11

0$6+,1$62=/,€¦ · 0$6+,1$62=/, 7(;12/2*,

  • Upload
    others

  • View
    5

  • Download
    0

Embed Size (px)

Citation preview

Page 1: 0$6+,1$62=/,€¦ · 0$6+,1$62=/, 7(;12/2*,
Page 2: 0$6+,1$62=/,€¦ · 0$6+,1$62=/, 7(;12/2*,

1

MASHINASOZLIÊ

TEXNOLOGIYASI ASOSLARI

T. U. HOLIQBERDIYEV

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligitomonidan 5320200 — «Mashinasozlik texnologiyasi,

mashinasozlik ishlab chiqarishlarni jihozlash va avtomatlashtirish»va boshqa texnologik, konstruktorlik yo‘nalishlari talabalari

uchun darslik sifatida tavsiya etilgan

«NOSHIR» nashriyotiÒoshkent — 2012

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTAMAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

Page 3: 0$6+,1$62=/,€¦ · 0$6+,1$62=/, 7(;12/2*,

2

ÓÄÊ 621.0(075)KÁK 34.5 H 62

Ta q r i z c h i l a r : T.U. Umarov — ToshDTU «Mashinasozlik texno-logiyasi, jihozlari va mashinasoslik ishlab chiqarishlarniavtomatlashtirish» kafedrasi, texnika fanlari doktori,professor;A.I. Usmanov — TDPU «Sanoat ishlab chiqarishasoslari» kafedrasi, texnika fanlari nomzodi, dotsent.

Mazkur darslikda mashinasozlik texnologiyasining nazariy asoslaribayon etilgan: asosiy tushuncha va ta’riflar; mashinasozlikda aniqlik, aniqlikkaerishish va tadqiqotlash usullari; bazalash asoslari; texnologik jarayonlarningasosiy qonuniyatlari; buyum sifatining shakllanishi va uni tayyorlashjarayonidagi vaqt sarflari; buyumning texnologiyabopligi; qo‘shimnihisoblash va tayinlash metodikasi. Buyumlarning berilgan sifatiga erishishmetodlari va tasniflari, buyumlarni tayyorlashning unumdorligini vasamaradorligini oshirish, tanavorlarga ishlov berish va buyumlarni yig'ishtexnologik jarayonlarini ishlab chiqishning metodik asoslari, yig‘ishjarayonlarini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish savollari ko‘rib chiqilgan.

Darslik 5320200 — «Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlabchiqarishlarni jihozlash va avtomatlashtirish» yo‘nalishi va boshqaOliy o‘quv yurtlari, universitetlarining texnologik va konstruktorlikyo‘nalishlarining bakalavrlari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, undan magistr-lar, kollej talabalari, respublika korxonalarining texnologlari va konstruktorlariham foydalanishlari bo‘lishi mumkin.

© «NOSHIR» nashriyoti, 2012.ISBN 978-9943-353-84-8

ÊÁK 34.5

Holiqberdiyev T.U.Mashinasozlik texnologiyasi asoslari: darslik / T.U. Holiqberdiyev;

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi. —Toshkent: Noshir, 2012. — 416 b.

Page 4: 0$6+,1$62=/,€¦ · 0$6+,1$62=/, 7(;12/2*,

3

ÊIRISH

O‘zbekiston iqtisodiyotida tub o‘zgarishlar amalga oshirilishi,respublika iqtisodiyoti asosan xomashyo yo‘nalishidan raqobat-bardosh mahsulot ishlab chiqarish yo‘liga izchil o‘tayotganligi,mamlakat eksport salohiyati kengayayotganligi ishlab chiqarishninghar bir sohasi oldiga yangi vazifalarni qo‘ydi. Jumladan, mashi-nasozlik sanoatini rivojlantirish, xalqimizni yuqori sifatli, mashinalarva buyumlar bilan ta’minlash mashinasozlik sanoati xodimlari oldidaturgan muhim vazifalardan biridir. Albatta, bu vazifalarni bajarishuchun turli-tuman mahsulotlarning ishlab chiqarish hajminioshirish, ularning sifatini yaxshilash, yangi yuksak samarali texnikagaega bo‘lgan robotlashtirilgan, avtomatlashtirilgan kichik va katta robottexnologik komplekslarni, kompyuter bilan boshqariluvchikorxonalarni yaratish kerak bo‘ladi. Hozirgi paytda Vatanimizmashinasozlik korxonalari fan-texnikaning oxirgi yutuqlari asosidaishlab chiqarilgan jihozlar bilan to‘ldirilmoqda. Mashina vauskunalarni xilma-xil moslamalar, mexanik qo‘l, sanoat robotlaribilan jihozlash orqali texnologik jarayonlarni kompleks mexa-nizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish ishlari davom etmoqda.

Mashinasozlik ishlab chiqarishning tayyorlov va yig‘uv sexlariishlarini mexanizatsiyalashtiradigan hamda avtomatlashtiradigandastgoh, mexanizmlar, ko‘tarish, tushirish va tashish qurilmalarikompleksi tatbiq etilmoqda. Êo‘p mashinasozlik korxonalarda:Toshkent TTZ, Navoyi mashinasozlik zavodi (NMZ), UzDEUAsaka avtomobil zavodi, Samarqand mashinasozlik va sovutkichlarchiqarish korxonalarida yangi zamonaviy yuqori unimdor dastgohva mexanizmlarni joriy qilish asosida, unumdor va ilg‘or texnologikjarayonlar yaratilishi davom etmoqda.

Êelajakda O‘zbekiston yuksakdarajada taraqqiy etgan iqtisodi bilanginaemas, ma’naviy jihatdan yetuk farzandlaribilan ham jahonni qoyil qilishi lozim.

Islom ÊARIMOV

Page 5: 0$6+,1$62=/,€¦ · 0$6+,1$62=/, 7(;12/2*,

4

Hozirgi zamon texnika taraqqiyoti darajasi yangi takomillash-tirilgan yuqori unumdorli avtomatlashtirilgan va yuqori aniqlikkaega bo‘lgan mashinalarni uzluksiz yaratishda fanning eng yangiyutuqlaridan foydalanishga asoslanadi. Nazariy bilimlarni hamdayangi texnika va ishlab chiqarish texnologiyasini chuqur egallaganmutaxassislarni tayyorlashni talab etadi.

Chuqur bilimga ega bo‘lgan mutaxassislarni tayyorlashO‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgan sharoitningboshlang‘ich bosqichda o‘zgacha tus olishi kerak. Haqiqiymutaxassis bo‘lishni orzu qilgan talabalar yangi sharoitda o‘zorzusiga erishish uchun texnikaviy fanlarni amaliy va nazariyjihatdan chuqur egallagan bo‘lishlari kerak. Yetukli, mustaqilo‘z fikriga, bilimiga, taklif va mulohazalariga ega bo‘lishlari lozim.

Êeng profilli mutaxassislarni nazariy va professionaltayyorlashdagi fundamental fanlar ahamiyatini oshirishgaasoslanib, fanning eng yangi yutuq hamda ilg‘or tajribalarini yanaham to‘laroq aks ettiruvchi o‘quv reja va dasturlarni doimotakomillashtirib borish kerak.

Bakalavr — mexanikni texnologik jihatdan tayyorlashdafundamental fanlarning ahamiyatini oshirish uchun texno-logiyaning asosiy nazariy savollari umumfanning tegishlibo‘limlariga bog‘lab bayon etiladi.

Umumiy va umum mutaxassislik fanlarining asosiy qismibirinchi va ikkinchi kurslarda o‘rganilib, ixtisoslashtirilgan fanlaruchinchi va to‘rtinchi kurslarda o‘rganiladi.

Ushbu darslik O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsusta’lim vazirligining «Zamonaviy o‘quv, uslubiy kompleks» yaratishtalablariga mos ravishda barcha boblari va mavzularning maqsadi, vazi-falari, ilmiy muammolari, xulosalari, kichik va katta guruhlar uchunish topshiriqlari, test va bilimlarni mustahkamlash savollari, mustaqilish topshiriqlari va tayanch iboralar hisobga olingan holda yaratildi.

Fanning maqsadi

Talabalarda mashinasozlik buyumlari (mahsulotlar)ni ishlabchiqarishda ishlab chiqarish va texnologik jaryonlarning vazifalari,

Page 6: 0$6+,1$62=/,€¦ · 0$6+,1$62=/, 7(;12/2*,

5

turlari, ishlov berish va yig‘ish aniqligiga erishish, bazalash,qo‘shimlarni aniqlash haqida nazariy bilimlarni, texnologikjarayonlarni tuzish, amallarni loyihalashda jihoz, asbob-usku-nalardan foydalanish va sozlash, texnologik parametrlarini aniq-lash, buyum birikmalarini yig‘ish bo‘yicha bilim, ko‘nikma vamalakalarini shakllantirish hamda rivojlantirishdan iborat.

Fanning ilmiy muammolari

Hozirgi kunda texnologik jarayonlarni kompleks mexanizat-siyalashtirish va avtomatlashtirishga oid quyidagi ishlar olibborilmoqda va tadqiqotlar o‘tkazilmoqda:

— detal, qism, buyumlarni tayyorlash va yig‘ish texnologikjarayonlarida sodir bo‘luvchi qonuniyatlarni yanada chuqur o‘r-ganib, ularni yangi progressiv va zamonaviy texnologik jarayonlaryaratishda qo‘llash;

— mashina-buyumlarni yaratishda ilg‘or yuqori unumdorlikkaega bo‘lgan rentabelli texnologik jarayonlarini tuzish bo‘yichatadqiqotlar olib borish;

— yakka va mayda seriyali ishlab chiqarishlarga yangi universalva SDB dastgohlarni hamda guruhli texnologik jarayonlarni joriyqilish;

— seriyali ishlab chiqarishga universal va SDB dastgohlar bilanbir qatorda ishlov beruvchi markazlar (IBM), ko‘p maqsadlidastgohlar (ÊMD), agregatli ko‘pholatli dastgohlar, moslashuv-chan tizimlarni hamda guruhli, modulli va zamonaviy progressivtexnologik jarayonlarni joriy etish;

— yirik seriyali va ommaviy ishlab chiqarishlarga maxsusyarimavtomat hamda avtomatik liniyalarni, robotlashtirilgan liniyava texnologik kompleks (RTÊ), moslashtiriluvchi avtomatik liniya(MAL), uchastka (MAU), sex (MAS) va moslashtiriluvchi avto-matik ishlab chiqarish (MAICh) larni joriy qilish.

Darslikni yozishda rus va xorijiy tillarda nashr etilganadabiyotlar hamda shu soha bo‘yicha internet tizimidan olinganma’lumotlar va materiallardan foydalanildi.

Page 7: 0$6+,1$62=/,€¦ · 0$6+,1$62=/, 7(;12/2*,

6

I ÁÎÁ. ÌÀSHINÀSÎZLIK ÒÅXNÎLÎGIYASI HÀQIDÀUÌUÌIY ÌÀ'LUÌÎÒLÀR

UMUMIY O‘QUV MAQSADLARI

Ta’limiy. Talabalarda mashinasozlik texnologiyasi faniningrivojlanish tarixi, ishlab chiqarish, texnologik jarayon, uningstrukturaviy tuzilishi, buyum (mashina) va uning elementlari,ishlab chqarish turlari, vaqtni me'yorlash usullarining asosiytusunchalari bo‘yicha nazariy, amaliy, tajribaviy bilim, ko‘nikmava malakalarni shakllantirish.

Tarbiyaviy. Talabalarning jamoada, kichik guruhlarda vaindividual ishlash qobiliyatlarini shakllantirish, kasbga bo‘lganqiziqishlarini orttirish.

Rivojlantiruvchi. Talabalarda ishlab chiqarish, texnologikjarayonlar, ularning strukturaviy tuzilishi to‘g‘risida erkin fikrlashva mustaqil ishlash qobiliyatlarini rivojlantirish.

1.1-ÌÀÂÇÓ. MASHINASOZLIÊ TEXNOLOGIYASININGPREDMETI VA QISQACHA RIVOJLANISH TARIXI

O‘quv maqsadi. Talabalarda mashinasozlik texnologiyasi faniningshakllanishi va rivojlanish taraqqiyoti haqida bilimlarni shakllantirish.

Mashinasozlik texnologiyasining obyekti bo‘lib texnologikjarayon hisoblanadi, predmeti esa texnologik jarayonning qonu-niyatlarini tashqi va ichki bog‘lanishlarini o‘rnatish hamdatadqiqodlash hisoblanadi.

Texnologiyaning rivojlanish tarixi qadim zamonlarga boribtaqaladi. Inson paydo bo‘libdiki, u o‘z ehtiyojini qoniqtirishga

Mashinasozligi va texnologiyasirivojlanib, eng yuksak pog‘onagako‘tarilgan davlat, eng qudratli vabuyuk davlatdir.

V.S. ÊORSAKOV

Page 8: 0$6+,1$62=/,€¦ · 0$6+,1$62=/, 7(;12/2*,

7

harakat qilib keladi. Buning uchun u tabiat predmetlarini olib,uning shakli, o‘lchamlari va sifatini o‘zgartirib, o‘z ehtiyoji hamdatalabini qondiruvchi buyum yaratadi va bu jarayon to‘xtovsiztakrorlanib insonning turli-tuman talablariga javob beruvchibuyumlar bunyod etilib kelinadi. Insonning talabi va imkoniyatlaricheksizdir. U doimo yangilik yaratuvchidir, har bir yaratganbuyumi texnologik jarayon orqali vujudga keladi. Inson paydobo‘lishi bilan texnologiya degan atama yuzaga kelgan desak hechham adashmagan bo‘lamiz. Bundan 1000 yil oldin dunyogamashhur bobolarimizdan A.R. Beruniyning ilmiy izlanishlarnatijasida bunyod etilgan uskunalar, mashhur tabib Ibn Sinoningtibbiyotdagi kashfiyotlari, Mo‘g‘ullar ixtilosini daf qilishda urishlartaktikasiga asos solgan bobomiz Amir Temurning qurol aslahalari,ularning koinot ilmida tengi yo‘q va koinotni o‘rganish uchunrasadxona qurdirgan va bir nechta ilmiy kashfiyotlar qilgannabiralari Mirzo Ulug‘bek va boshqa ko‘p allomalarimizning ilmiykashfiyotlari texnologiyaga bog‘liq bo‘lgan.

Qadim zamonlarda ishlab chiqarish juda ham sodda bo‘lgan.Qurollar jilvirlash xususiyatiga ega bo‘lgan oddiygina toshlar bilancharxlangan; dastlab keskich asbob ishchi holatida qo‘l bilan ushlabturilgan, keyinchalik tutqichga daraxt novdalari yoki hayvonlarpaylari bilan bog‘lab qo‘yilar edi.

O‘sha zamonning yutuqlaridan biri aylanuvchi toshni qo‘llashbo‘ldi - charxlash dastgohining timsoli kabi.

Êeyinchalik aylanma harakatni keramikali buyumlarni tayyor-lash uchun qo‘llashdi, undan keyin esa yog‘ochdan, hayvonlarsuyaklaridan va oxirida metalldan silindr shaklidagi buyumlartayyorlash uchun qo‘llanilaboshlandi.

Shu bilan bir qatorda ishlanuvchi materialni harakatga kelti-ruvchi moslama qo‘llandi. O‘sha vaqtlarda tokarlik dastgohinieslatuvchi buyumga komon yoyi (ipi) bilan aylanma harakatberib, kremniyli keskichni qo‘l bilan ushlab turib, ishlov berilaredi. Asta-sekin ot bilan aylanma harakatlanuvchi uzatmali tokarlikdastgohi yaratildi, ammo keskich asbob baribir qo‘lda ushlabturildi.

Page 9: 0$6+,1$62=/,€¦ · 0$6+,1$62=/, 7(;12/2*,

8

Metallarga ishlov berishning qadimgi tarixi juda kam o‘rga-nilgan. Ammo X asrdayoq rus ustalari turli-tuman qurollar, uyro‘zg‘or predmetlari va shu kabilar tayyorlash texnikasiga egabo‘lishgan. XII asrda rus qurolsozlari keskich asbobni yokiishlanuvchi tanavorni aylantiruvchi qo‘l uzatmali parmalash vatokarlik qurilmalardan qo‘llashgan. XIV—XVI asrlarda quroltayyorlash uchun suv tegirmoni aylanma harakat beruvchi tokarlikva parmalash dastgohlaridan foydalanishgan.

XVI asrda Tula shahrining atrofidagi Oka daryosi yonidagiPavlov qishlog‘ida mahalliy temir rudasini ishlatishga asoslanganmetall ishlovchi sanoat barpo etildi. Shunday bo‘lsa ham keskichasbob qo‘lda ushlab turilgan. Ammo, metall ishlab chiqaruvchisanoat Pyotir I zamonasiga kelib asta-sekin rivojlana boshladi,ustaxonalar fabrika va zavodlarga aylantirilib turli dastgoh, qurilmava moslamalar bilan jihozlantirildi.

Bu davrga kelib (1680—1756-yy.) yashagan rus mexanigi vaixtirochisi A.Ê. Nartov (1718—1725) dunyoda birinchi bo‘libtokarlik dastgohi uchun tanavor bo‘ylab tishli g‘ildirak va reykayordamida harakatlanuvchi mexanik support yaratdi. Biroq, ubundan tashqari qator original dastgohlar (vintqirquvchi, tishqir-quvchi, arralovchi va boshq.) ixtiro qildi. Jumladan u, qurol,tanga va hokazolar tayyorlash uchun qator texnologik jarayonlarniishlab chiqdi.

1714-yilda M.V. Sidorov Tula qurolsozlik zavodida «suv ta’siretuvchi mashinalar» yaratdi. Shu paytda askar Yakov Âàtishev24 qurol stvolini bir vaqtda parmalaydigan, stvolni artadigan vatozalaydigan tegirmonni yurituvchi uzatmasi qo‘llanilgan dast-gohlar ixtiro qildi. Ularning ishlarini XVIII va XIX asrlar boshlaridausta-mexaniklar: A. Surin, Ya. Leontev, L. Sobakin, P. Zaxov vaboshqalar davom ettirishdi.

Shu davrda iqtidorli rus olimi M.V. Lîmînîsîv (1711—1765)lobotokarlik, sferatokarlik va jilvirlash dastgohlarini qurdi.

Bug‘ mashinasining ixtirochisi I.I. Pîlzunov (1728—1764)bug‘ qozonining ba’zi bir detallarini tayyorlash uchun maxsussilindir yo‘nuvchi va boshqa dastgohlarni yaratdi. I.P. Pîlzunovsuv sirtining o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lgan suzgich (poplovok),

Page 10: 0$6+,1$62=/,€¦ · 0$6+,1$62=/, 7(;12/2*,

9

ya’ni oddiy avtomatik qurilma yaratib, ishlab chiqarishni mexa-nizatsiyalashga birinchi qadamni qo‘yishga sababchi bo‘ldi.

Rus mexanigi I.P. Êulibin (1735—1818) soat mexanizminitishli g‘ildiraklarini tayyorlash uchun maxsus dastgohlar yaratdi.

O‘sha vaqtda harbiy ishlab chiqarish yagona ommaviy ishlabchiqarishning namunasi bo‘ldi, u ishlab chiqarish texnologiyasigao‘zaro almashinuvchanlik tamoyilini kiritilishiga asos bo‘ldi.

Ma’lumki, o‘zaroalmashinuvchanlik tamoyili bo‘yicha ishlabchiqarishni tashkil etish instruksiyasi Rossiyada ishlab chiqildi vaTula zavodiga yuborildi. Bu deyarli 25 yil fransuz muhandisiLeblandan va 100 yil avval angliyalik ishlab chiqaruvchilar syezdi-gacha, ya’ni Djozef Vitvord o‘zaroalmashinuvchanlikning asosiyvazifalarini ifodalab bergunga qadar amalga oshgan edi.

XIX asrning oxiri XX asr boshida ba’zi bir korxonalardadetallarning ishchi chizmalarida tayyorlash qo‘yimlari (dopusklari)ko‘rsatila boshlandi.

Texnologik jarayonlarning o‘rganilaboshlanishi, ya’ni tanavor-larga ishlov berish uslublari, buning natijasida o‘lchamiga, shak-liga, sifatiga va ularning ishiga qo‘yiluvchi talablarga mos keluvchitayyor buyum olinishi, o‘tgan asrning birinchi yillariga to‘g‘rikeladi.

Tabiat predmetlarining sifatini o‘zgartirib, o‘z ehtiyojiniqondiradigan buyumlar yaratish jarayoniga texnologik jarayondeyiladi.

Texnologiya yunoncha so‘zlar birikmasidan tashkil topganbo‘lib, texne — san'at, mahorat, ustalik yoki uddalash usuliniifodalasa, logos — o‘qitish, fan so‘zini ifodalaydi. Boshqachaaytganda, texnologiya — mahorat yoki uddalash usuli (ish bajarishtartibi-majmui yoki rejasi).

1804-yil akademik V.M. Sàverin texnologiya to‘g‘risidagibirinchi qoidani ifodaladi va «texnologiya — hunarmandchiliklarva zavodlar to‘g‘risidagi ilim» deb aniqlik kiritdi.

Texnologiyaning rivojiga rus bilimdonlari A. Àndrey Choxov,M.V. Sidorov, Ya. Batishev, A.Ê. Nartov va boshqalar o‘z hissa-larini qo‘shdilar.

Page 11: 0$6+,1$62=/,€¦ · 0$6+,1$62=/, 7(;12/2*,

Bu tanishuv parchasidir. Asarning to‘liq versiyasihttps://kitobxon.com/oz/asar/263 saytida.

Бу танишув парчасидир. Асарнинг тўлиқ версиясиhttps://kitobxon.com/uz/asar/263 сайтида.

Это был ознакомительный отрывок. Полную версию можнонайти на сайте https://kitobxon.com/ru/asar/263