26
Azamat XODJAKOV Arsenal-D ® hostingida WordPress o’rnatish www.azamat.uz sayti mahsuloti © 2015-yil

Arsenal-D hostingida WordPress o’rnatish€¦ · boshqaruv paneli (cPanel)ga kirib, yangi ma’lumotlar bazasi va foydalanuvchisini tayyorlaymiz. Bizga, Moziygoh.uz sayti uchun

  • Upload
    others

  • View
    11

  • Download
    0

Embed Size (px)

Citation preview

Page 1: Arsenal-D hostingida WordPress o’rnatish€¦ · boshqaruv paneli (cPanel)ga kirib, yangi ma’lumotlar bazasi va foydalanuvchisini tayyorlaymiz. Bizga, Moziygoh.uz sayti uchun

Azamat XODJAKOV

Arsenal-D® hostingida

WordPress o’rnatish

www.azamat.uz sayti mahsuloti © 2015-yil

Page 2: Arsenal-D hostingida WordPress o’rnatish€¦ · boshqaruv paneli (cPanel)ga kirib, yangi ma’lumotlar bazasi va foydalanuvchisini tayyorlaymiz. Bizga, Moziygoh.uz sayti uchun

Ushbu elektron kitobdan foydalanish shartlari Azamat.uz sayti orqali yuklab olingan bu elektron qo’llanma uchun hech qanday kafolat taqdim etilmaydi. Kitobda berilgan ma’lumotlarning to’g’riligiga muallif javobgar. Shu o’rinda, ushbu kitobda tushuntirilgan, yangi saytni tashkil etish uchun foydalaniladigan Arsenal-D kompaniyasining hosting xizmati tariflaridagi o’zgarishlar, Arsenal-D kompaniyasi xizmatlarining boshqa o’zgarishlari va ular oqibatida kelib chiqadigan holatlar uchun kitob muallifi ham, Azamat.uz sayti ham javobgar hisoblanmaydi. Kitobda tushuntirilgan yo’l-yo’riqlar asosida yangi sayt tashkil qilgan haridor o’z saytining xavfsizligi, undagi ma’lumotlarning to’g’ri va ishonchliligi hamda yangi ochgan sayti orqali amalga oshiradigan barcha harakatlari uchun o’zi javobgan hisoblanadi.

Mazkur kitob www.azamat.uz sayti orqali yuklab olingan va kitobdagi barcha ma’lumotlarga tegishli mualliflik huquqi O’zbekiston Respublikasining 2006-yil 23-mart kuni qabul qilingan “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to’g’risida”gi Qonuni bilan himoyalangan. Qonunning to’liq matni www.uzraap.uz saytida. Bu qonunga ko’ra, Siz ushbu elektron kitobni muallifning yozma ruxsatisiz chop etishingiz, kitobdan nusxa ko’chirishingiz, kitobdagi ma’lumotlarni boshqa saytlarda chop etishingiz ta’qiqlanadi. Kitobdan faqat uni Azamat.uz sayti orqali yuklab olgan kishi foydalanishi mumkin. Uchinchi shaxslarga ushbu kitobni faqat Azamat.uz saytiga havola berish orqali ulashishingiz mumkin. Muallifning barcha huquqlari O’zbekiston Respublikasi Qonuni bilan himoyalanadi va unga amal qilmaslik qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortilishga olib kelishi mumkin.

Elektron kitobdagi ma’lumotlarning barchasi “qanday bo’lsa shundayligicha” taqdim etiladi va yuklab olingandan so’ng foydalanuvchiga yangi sayt ochish bo’yicha hech qanday qo’shimcha maslahatlar berilmaydi hamda amaliy yordam ko’rsatilmaydi. Muallif yuklab oluvchining saytlari bo’yicha kitobda berilgan ma’lumotlardan tashqari hech qanday qo’shimcha yordam ko’rsatish majburiyatini olmaydi.

Page 3: Arsenal-D hostingida WordPress o’rnatish€¦ · boshqaruv paneli (cPanel)ga kirib, yangi ma’lumotlar bazasi va foydalanuvchisini tayyorlaymiz. Bizga, Moziygoh.uz sayti uchun

Ushbu sahifa bo'sh qoldirildi

Page 4: Arsenal-D hostingida WordPress o’rnatish€¦ · boshqaruv paneli (cPanel)ga kirib, yangi ma’lumotlar bazasi va foydalanuvchisini tayyorlaymiz. Bizga, Moziygoh.uz sayti uchun

Arsenal-D® kompaniyasining domen va

hostingini oldingiz. Endichi?

Siz Arsenal-D® kompaniyasidan domen va hosting

xizmatini harid qilganingizdan so’ng email manzilingizga

hostingning asosiy boshqaruv paneli (cPanel)ga kirish uchun

ma’lumotlar yuboriladi.

Domen va hostingni bitta kompaniyadan harid

qilganligingiz sababli domeningiz hostingga allaqachon

bog’langan bo’ladi. Shu sababli domen va hostingni

bog’lash haqida o’ylamasangiz ham bo’ladi.

Siz harid qilgan hosting va domen ishga tushganligi

haqida email orqali xabar olganingizdan so’ng yangi

saytingiz uchun ajratilgan yangi hosting va yangi domen

rostdan ham ishlayotganligini tekshirib ko’ring. Buning

uchun shunchaki yangi ro’yxatga olingan domenni

brauzerda yozib, saytga kirishga urinib ko’ring.

Biz ushbu qo’llanmani tayyorlashda www.moziygoh.uz

domenidan foydalandik. Siz o’zingiznikidan foydalanasiz.

Page 5: Arsenal-D hostingida WordPress o’rnatish€¦ · boshqaruv paneli (cPanel)ga kirib, yangi ma’lumotlar bazasi va foydalanuvchisini tayyorlaymiz. Bizga, Moziygoh.uz sayti uchun

Yuqoridagi rasmdan ko’rinib turibdiki, bizning yangi

harid qilgan www.moziygoh.uz domenimiz ishlayapti.

Sahifa yuklanayapti, demak domen ulangan hosting ham

ishlayapti. Aks holda, domen yoki hosting ishlamasa,

yuqoridagi rasmda ko’rsatilgan ko’rinishga guvoh bo’la

olmaymiz – sayt umuman ochilmaydi va xatolik

ko’rsatiladi.

Yangi domen va hosting ishlaganini ko’rganimizdan

so’ng FileZilla dasturini olishimiz kerak bo’ladi. Bu dastur

FTP kliyent hisoblanib, uning yordamida

kompyuterimizdagi sayt fayllarini hostingda biz uchun

Page 6: Arsenal-D hostingida WordPress o’rnatish€¦ · boshqaruv paneli (cPanel)ga kirib, yangi ma’lumotlar bazasi va foydalanuvchisini tayyorlaymiz. Bizga, Moziygoh.uz sayti uchun

ajratilgan joyga yuklashimiz mumkin. Uni filezilla-

project.org saytidan yuklab oling.

FileZilla dasturini o’rnatganingizdan so’ng uni ishga

tushiring. Dasturning yuqori chap qismida joylashgan “File”

bandi menyusining birinchi o’rnida joylashgan “Site

Manager” qismini ochamiz.

Page 7: Arsenal-D hostingida WordPress o’rnatish€¦ · boshqaruv paneli (cPanel)ga kirib, yangi ma’lumotlar bazasi va foydalanuvchisini tayyorlaymiz. Bizga, Moziygoh.uz sayti uchun

Bu menyu quyida ko’rsatilgan oynani ochadi:

Uning quyi chap qismidagi “New Site” tugmasini

bosing va yangi saytingiz nomini yozing va ENTER bosing.

Bizning holatimizda, yuqorida ko’rib turibsizki, sayt nomi

“Moziygoh.uz” deb yozilgan.

Endi shu oynani yopmagan holda bizga hosting

kompaniya tomonidan email orqali yuborilgan login va

parolni oynaning o’ng qismidagi joyda yozamiz. “Host”ga

saytingiz manzilini yozing. “Logon type” bandini “Normal”

Page 8: Arsenal-D hostingida WordPress o’rnatish€¦ · boshqaruv paneli (cPanel)ga kirib, yangi ma’lumotlar bazasi va foydalanuvchisini tayyorlaymiz. Bizga, Moziygoh.uz sayti uchun

qilib belgilang. “User” bandida email orqali olgan loginingiz

va “Password” qismida email orqali olgan parolingizni

kiriting. Amaliyot so’ngida quyida ko’rsatilgandek

ma’lumotlar to’liq kiritilgan bo’lishi kerak:

Endi oynaning pastki qismida joylashgan “Connect”

tugmasini bosing. FileZilla dasturi darhol Siz kirilgan

ma’lumotlarga asosan hosting serveriga ulanishni boshlaydi.

Agar Siz kiritgan barcha ma’lumotlar to’g’ri bo’lsa, dastur

serverga ulanadi. Aks holda ularning to’g’riligini tekshiring.

Page 9: Arsenal-D hostingida WordPress o’rnatish€¦ · boshqaruv paneli (cPanel)ga kirib, yangi ma’lumotlar bazasi va foydalanuvchisini tayyorlaymiz. Bizga, Moziygoh.uz sayti uchun

Dastur hosting serveriga muvaffaqiyatli ulana olsa,

yuqoridagi rasmda ko’rsatilganidek, oynaning chap

tomondagi qismida Sizning kompyuteringizda joylashgan

fayllar, o’ng tomondagi qismida esa hosting serverida

joylashgan fayllar ro’yxati ko’rsatilishi kerak.

Bizning asosiy maqsadimiz - kompyuterimizda (chap

tomonda) bo’lgan fayllarni serverga (o’ng tomonga)

yuklash.

Serverga FTP orqali ulanib oldik, endi WordPress

dasturini ru.wordpress.org saytidan yuklab olishimiz kerak.

Page 10: Arsenal-D hostingida WordPress o’rnatish€¦ · boshqaruv paneli (cPanel)ga kirib, yangi ma’lumotlar bazasi va foydalanuvchisini tayyorlaymiz. Bizga, Moziygoh.uz sayti uchun

Saytga kiring va WordPress dasturini yuklab oling:

Yuqorida ko’rsatilgan WordPress dasturining rasmiy

rus tilidagi saytida dasturning eng ohirgi versiyasi bo’ladi.

Uni ZIP fayl ko’rinishida yuklab olamiz. Yuqoridagi rasmda

ko’rsatilgan yuklab olish tugmasini bosing va yuklanuvchi

ZIP faylni oling. Bu faylda WordPress dasturining sayt

sifatida ishlashi uchun kerak bo’ladigan barcha fayllari

joylashgan. Yuklab bo’lingandan so’ng ZIP faylni oching va

uning ichidagi “wordpress” deb nomlangan eng asosiy, bosh

papkani ZIP fayldan ajratib oling.

Page 11: Arsenal-D hostingida WordPress o’rnatish€¦ · boshqaruv paneli (cPanel)ga kirib, yangi ma’lumotlar bazasi va foydalanuvchisini tayyorlaymiz. Bizga, Moziygoh.uz sayti uchun

Yuqoridagi rasmda ko’rsatilgan holatda men yuklab

olingan “wordpress-4.1-ru_RU.zip” faylini ochib, ichidagi

birinchi, eng asosiy “wordpress” papkasini ZIP fayldan

tashqariga chiqardim. Bundan keyin biz aynan shu, ZIP

fayldan tashqariga chiqarilgan “wordpress” papkasi bilan

ishlaymiz.

Yodingizda bo’lsin, serverga FTP orqali ZIP faylning

o’zini chiqarish mumkin emas! Aksincha, uning ichidagi

“wordpress” papkasini alohida joyga ajratib olib, uning

ichidagi fayl va papkalarni FTP orqali hosting serveriga

chiqarish zarur.

Page 12: Arsenal-D hostingida WordPress o’rnatish€¦ · boshqaruv paneli (cPanel)ga kirib, yangi ma’lumotlar bazasi va foydalanuvchisini tayyorlaymiz. Bizga, Moziygoh.uz sayti uchun

Endi FileZilla dasturini ochamiz va yuqoridagi rasmda

ko’rsatilganidek, dasturning chap tomonida biz avvalroq ZIP

fayldan chiqarib olgan “wordpress” papkasi ichidagi

fayllarni, o’ng tomonida esa serverimizning “public_html”

nomli papkasini ochamiz. Boshlanishida hostingdagi

“public_html” papkasi ichida bir necha fayllar bo’ladi.

Ularni o’chiring. Hovotir olmang, ular bizga kerak

bo’lmaydi. Yuqoridagi rasmda men “public_html”

papkasidagi fayllarni o’chirib, uni bo’sh holatga

keltirganman. Siz ham huddi shunday qiling. Endi

“wordpress” papkasidagi fayllarni serverga chiqaramiz.

Page 13: Arsenal-D hostingida WordPress o’rnatish€¦ · boshqaruv paneli (cPanel)ga kirib, yangi ma’lumotlar bazasi va foydalanuvchisini tayyorlaymiz. Bizga, Moziygoh.uz sayti uchun

Fayllarni hosting serveriga chiqarish uchun yuqoridagi

rasmda ko’rsatilganidek, chap tomondagi “wordpress”

papkasi ichida joylashgan barcha fayllarni CTRL+A

tugmalarini birgalikda bosish orqali belgilab olamiz. So’ng

uning ustiga sichqoncha ko’rsatkichini olib borib,

sichqonchaning o’ng tomonini bosamiz. Sichqoncha

menyusining birinchi o’rnida joylashgan “Upload” bandini

bosamiz va FTP dasturi ko’rsatilgan fayllarni hosting

serveriga yuklashni boshlaydi.

WordPress yuklanishi bir oz vaqt olishi mumkin.

Page 14: Arsenal-D hostingida WordPress o’rnatish€¦ · boshqaruv paneli (cPanel)ga kirib, yangi ma’lumotlar bazasi va foydalanuvchisini tayyorlaymiz. Bizga, Moziygoh.uz sayti uchun

Internetingizning qanchalik tez ishlashiga qarab

WordPress fayllarini serverga chiqarish bir oz uzoqroq vaqt

olishi mumkin. Bizning fayllar yuklanguniga qadar

bajaradigan ishlarimiz bor, shuning uchun FileZilla dasturini

pastki panelga tushirib qo’yib, brauzerni ochamiz va

WordPress dasturini serverda o’rnatish uchun kerak

bo’ladigan ma’lumotlar bazasini tashkil etishga kirishamiz.

FileZilla orqali fayllar serverga chiqarilaversin, biz bu

vaqt oralig’ida email orqali bizga login paroli yuborilgan

boshqaruv paneli (cPanel)ga kirib, yangi ma’lumotlar bazasi

va foydalanuvchisini tayyorlaymiz.

Page 15: Arsenal-D hostingida WordPress o’rnatish€¦ · boshqaruv paneli (cPanel)ga kirib, yangi ma’lumotlar bazasi va foydalanuvchisini tayyorlaymiz. Bizga, Moziygoh.uz sayti uchun

Bizga, Moziygoh.uz sayti uchun email manzilga

boshqaruv panelining web1.webspace.uz:2083 manzili

yuborilibdi. Sizga boshqa manzil yuborilishi ham mumkin.

Iltimos, hosting kompaniyasi tomonidan yuborilgan emailda

ko’rsatilgan boshqaruv paneli manziliga o’ting.

Emailda ko’rsatilgan manzilga o’tganingizda

yuqoridagi rasmda ko’rsatilganidek, foydalanuvchi login va

parolini talab qiluvchi sahifa ko’rinishi kerak. Bu yerda

emailingizga yuborilgan login va parolni xatosiz kiritib,

asosiy boshqaruv paneliga kirishingiz mumkin.

Page 16: Arsenal-D hostingida WordPress o’rnatish€¦ · boshqaruv paneli (cPanel)ga kirib, yangi ma’lumotlar bazasi va foydalanuvchisini tayyorlaymiz. Bizga, Moziygoh.uz sayti uchun

Login va parolingiz to’g’ri kiritilgan holatda Siz

yuqoridagi rasmda ko’rsatilgan boshqaruv panelining ichki

qismiga kirasiz.

E’tiborli bo’ling, boshqaruv paneliga kirish uchun Sizga

email orqali yuborilgan parol harf shakliga sezgir. Ya’ni, bu

parolda katta va kichik harflar turlicha belgi sifatida qabul

qilinadi. Misol uchun, Sizga parol “wEstBoT” deb

yuborilgan bo’lsayu, Siz parolni “westbot” shaklida

yozsangiz, xatolik kelib chiqadi va panelga kira olmaysiz.

Login va parolni email manzilingizga qaysi shaklda

yuborishga bo’lsa, huddi shu shaklda kiriting.

Page 17: Arsenal-D hostingida WordPress o’rnatish€¦ · boshqaruv paneli (cPanel)ga kirib, yangi ma’lumotlar bazasi va foydalanuvchisini tayyorlaymiz. Bizga, Moziygoh.uz sayti uchun

Boshqaruv paneli ichida “Базы данных MySQL”

bandiga kiring. U yerda quyidagicha sahifani ko’rasiz:

“Создать базу данных” bo’limida yangi ma’lumotlar

bazasining nomini yozing. Bu nom saytingiz nomi bilan

boshlanadi. Bizda “moziygoh_” bo’lib boshlangan. Sizda

boshqacha bo’ladi. Biz bazaga “baza” deb nom berdik. Endi

bizdagi ma’lumotlar bazasining nomi “moziygoh_baza”

bo’ladi.

Ma’lumotlar bazasi nomini kiritganingizdan so’ng

“Создать базу данных” tugmasini bosing.

Page 18: Arsenal-D hostingida WordPress o’rnatish€¦ · boshqaruv paneli (cPanel)ga kirib, yangi ma’lumotlar bazasi va foydalanuvchisini tayyorlaymiz. Bizga, Moziygoh.uz sayti uchun

Barchasini to’g’ri bajargan bo’lsangiz, yangi baza

yaratilganligi haqida quyida ko’rsatilganidek xabar chiqadi:

Baza tayyor, endi bizga bu baza bilan ishlash uchun

foydalanuvchi kerak. “Назад” tugmasini bosish orqali ortga

qayting va sahifaning bir oz pastroq qismiga tushing.

U yerda “Добавить нового пользователя” bandini

topasiz. Yangi foydalanuvchi ismini yozing va bu

foydalanuvchiga yangi parol bering. Bilasizki, yangi parol

tasdiqlash maqsadida ikki marta kiritilishi kerak. Biz

foydalanuvchimizga “foyda” degan nom berdik.

Page 19: Arsenal-D hostingida WordPress o’rnatish€¦ · boshqaruv paneli (cPanel)ga kirib, yangi ma’lumotlar bazasi va foydalanuvchisini tayyorlaymiz. Bizga, Moziygoh.uz sayti uchun

“Создать пользователя” tugmasini bosamiz va yangi

foydalanuvchi tashkil etilganligi haqida xabar ko’rsatiladi.

Page 20: Arsenal-D hostingida WordPress o’rnatish€¦ · boshqaruv paneli (cPanel)ga kirib, yangi ma’lumotlar bazasi va foydalanuvchisini tayyorlaymiz. Bizga, Moziygoh.uz sayti uchun

Yana “Назад” orqali ortga qaytamiz va sahifaning

yanada pastroq qismiga o’tamiz. Bu yerda biz tashkil etgan

yangi bazaga yangi foydalanuvchini biriktirishimiz kerak.

“Добавить пользователя в базу данных” bandiga

tushib, biz avvalroq yaratgan foydalanuvchi nomi va baza

nomini tanlash menyusidan tanlaymiz. Shundan so’ng

tanlovlar oxirida ko’rsatilgan “Добавить” tugmasini

bosamiz.

Keyingi sahifada bizdan bazaga qo’shilayotgan

foydalanuvchiga beriluvchi ruxsatlar haqida so’raladi:

Page 21: Arsenal-D hostingida WordPress o’rnatish€¦ · boshqaruv paneli (cPanel)ga kirib, yangi ma’lumotlar bazasi va foydalanuvchisini tayyorlaymiz. Bizga, Moziygoh.uz sayti uchun

Biz foydalanuvchimizning bazada barcha amaliyotlarni

cheklovlarsiz amalga oshirishini xohlaymiz. Shuning uchun

bu foydalanuvchiga bazada barcha huquqlarni (ruxsatlarni)

berishimiz kerak. Buning uchun eng yuqoridagi “Все

права” bandiga belgi qo’yamiz, natijada barcha ruxsatlar

avtomatik tanlanadi. Shundan so’ng “Внести изменения”

tugmasini bosamiz. Hammasi tayyor ekanligi ko’rsatiladi:

Bo’ldi! Boshqaruv panelida qiladigan ishimiz qolmadi.

Page 22: Arsenal-D hostingida WordPress o’rnatish€¦ · boshqaruv paneli (cPanel)ga kirib, yangi ma’lumotlar bazasi va foydalanuvchisini tayyorlaymiz. Bizga, Moziygoh.uz sayti uchun

Biz ma’lumotlar bazasini tashkil etgunimizga qadar

FileZilla dasturi barcha fayllarni hosting serveriga chiqarib

bo’lgan bo’lishi kerak. Tekshiring. Agar barcha fayllar

xatosiz serverga chiqarilgan bo’lsa, brauzerni oching va

yangi saytingiz domeni orqali saytingizga kiring. Bizning

holatimizda brauzer manzil yozish bo’limida “moziygoh.uz”

deb yozamiz va WordPress dasturini hostingda o’rnatish

sahifasini ko’ramiz. Sizda ham (agar barcha fayllar to’liq

chiqarilgan bo’lsa) huddi shunday ko’rinishdagi sahifa

ochilishi kerak:

“Вперёд!” tugmasini bosib, o’rnatishni boshlaymiz.

Page 23: Arsenal-D hostingida WordPress o’rnatish€¦ · boshqaruv paneli (cPanel)ga kirib, yangi ma’lumotlar bazasi va foydalanuvchisini tayyorlaymiz. Bizga, Moziygoh.uz sayti uchun

Ochilgan sahifada ma’lumotlarni quyidagicha kiriting:

Hammasini to’ldirib, “Отправить” tugmasini bosing.

Barcha ma’lumotlar to’g’ri to’ldirilgan bo’lsa, quyidagicha

ko’rinishga guvoh bo’lasiz:

“Запустить установку” tugmasini bosing va saytning eng

asosiy ma’lumotlarini kiritish sahifasiga o’tkazilasiz.

Page 24: Arsenal-D hostingida WordPress o’rnatish€¦ · boshqaruv paneli (cPanel)ga kirib, yangi ma’lumotlar bazasi va foydalanuvchisini tayyorlaymiz. Bizga, Moziygoh.uz sayti uchun

Sayt ma’lumotlarini yuqoridagi rasmda ko’rsatilganidek

to’ldiring: sayt nomi, administrator logini (ismi), paroli (ikki

marta), administrator email manzili va qidiruv mashinalarida

saytning ko’rinishiga beriladigan ruxsat. Barchasini

to’ldirib, “Установить WordPress” tugmasini bosing.

Barchasi to’g’ri bajarilgan bo’lsa quyidagi xabar

ko’rsatiladi:

Page 25: Arsenal-D hostingida WordPress o’rnatish€¦ · boshqaruv paneli (cPanel)ga kirib, yangi ma’lumotlar bazasi va foydalanuvchisini tayyorlaymiz. Bizga, Moziygoh.uz sayti uchun

Bu xabar yangi saytingiz to’liq o’rnatilganligidan

dalolat beradi. “Войти” tugmasini bosing va administrator

login / parolini yozish qismiga o’tkazilasiz:

O’rnatilish vaqtida ko’rsatilgan administrator login va

parolini to’g’ri yozing. Shunda Siz saytingizning boshqaruv

paneliga yo’naltirilasiz:

Page 26: Arsenal-D hostingida WordPress o’rnatish€¦ · boshqaruv paneli (cPanel)ga kirib, yangi ma’lumotlar bazasi va foydalanuvchisini tayyorlaymiz. Bizga, Moziygoh.uz sayti uchun

Yangi saytingiz muborak bo’lsin! Siz hozirgina yangi

hostingda yangi saytingizni o’rnatdingiz!

Endi saytingizga maqolalar kiriting, yangi shablon

(tema) o’rnating, saytingizni rivojlantiring, ko’proq

foydalanuvchilarni jalb qiling va O’zbekiston internetini

yangi ma’lumotlar bilan boyiting!

Kelajakda saytingiz orqali daromad olish haqida ham

o’ylab ko’rishingiz mumkin. Sayt orqali pul topishning

cheksiz imkoniyatlari mavjud. Bu imkoniyatlar faqat

Sizning tasavvuringiz bilan chegaralanishi mumkin, xolos!

Sayt orqali daromad olishning yangi usullari haqida

bilib olish uchun www.azamat.uz saytini kuzatib boring.