29
Hikoya qiladilarki, amir al'm o‘minin Xorun ar-Rashid xalifa zamonida Bag‘dod shahrida Sindbod hammol nomli bir kishi bo'lgan ekan. U kambag‘al, yo'qsil bo'lib, og'ir yuklami boshida ko‘tarib yurib kun o'tkazar ckan. Ittifoqo, kunlaming birida og‘ir bir yuk ko‘taribdi. 0 ‘sha kuni juda issiq ekan. Sindbod yuk ko‘tarishdan charchab, terlab ketibdi. Bir savdogaming eshigi oldidan o'tibdi, eshik oldi supurilgan, 6uv sepilgan, havosi ham mo‘tadil, eshik yonida keng bir supasi ham bor ekan. Hammol dam olib nafasini rostlash uchun yukini supaga qo‘yibdi„, 0 ‘zi esa supaning bir çhetida rohatlanib o'tiribdi. Dutor, tanbur, üd va o'yin-kulgi ovozlarini, turli yoqimli she’rlar o‘qilayotganini, qushlaming har xil ovoz va turli lahjada sayragan ovozini eshitibdi. Ular qumri, xazor (bulbulning bir navi), mayna, bulbul, poxta, karvon qushlari ekan. Bulami eshitgach, taajjublanib, o‘zidan-o‘zi zavqqa toiib, ichkari kirib boraveribdi.Qarasa, hovlining ichi katta bo'ston, podshohlar va sultonlar saroyidan boshqa yerda topilmaydigan narsalar; xizmatchilar, qullar, yigitlar turganmish. Turli xil mazali taomlar, anvoyi xil ichkiliklaming hidlari burunga kirarmish. Sindbod yukini ko‘tarib, yurmoqchi bo‘lib turgan ekan, go'zal yuzli, qaddi-qomati kelishgan, yaxshi kiyimlar kiygan yosh bir yigit chiqib, hammolning qoiidan ushlab: «Ichkari kir, xojamga ucharash, u seni chaqiryapti»,—debdi. Hammol ichkari kirishdan tortinsa ham yigit qo'ymabdi. Yukni yo'lakka qo‘yib, yigitcha bilan hovli ichiga kiribdi. Qarasa, bu yer orombaxsh shavkatli joy ekan. Ko‘zi majlis ahliga tushibdi. U yerda aslzoda sayyidlar va xo‘jalaro‘tirishgan ekan. Har xil gui va har xil rayhonlar, ho‘l meva va laziz taomlaming ko‘p xillari, ta’rifiy tokning xosiyatli ichimliklari bor ekan. Unda go‘zal kanizlar, o'yin va musiqa - hammasi tartib bilan o‘miga qo‘yilgan bo‘lib, majlis to‘rida chakkalarida qarilik asari bilingan, haybat va salobatli, izzat va ikromli nuroniy bir kishi o‘tirgan ekan. 3

BIKZAfCnZ UXKOyA...2018/03/07  · voqeatami awaldan-oxirgacha hikoya qildim. U qissamga taajjublandi. Hikoyamni tamomlagach: «Ey xojam, menga ayb qo‘yma! Sarguzasht va qissamni

  • Upload
    others

  • View
    0

  • Download
    0

Embed Size (px)

Citation preview

Page 1: BIKZAfCnZ UXKOyA...2018/03/07  · voqeatami awaldan-oxirgacha hikoya qildim. U qissamga taajjublandi. Hikoyamni tamomlagach: «Ey xojam, menga ayb qo‘yma! Sarguzasht va qissamni

Hikoya qiladilarki, amir a l'm o ‘minin Xorun ar-Rashid xalifa zamonida Bag‘dod shahrida Sindbod hammol nomli bir kishi bo'lgan ekan. U kambag‘al, yo'qsil bo'lib, og'ir yuklami boshida ko‘tarib yurib kun o'tkazar ckan. Ittifoqo, kunlaming birida og‘ir bir yuk ko‘taribdi. 0 ‘sha kuni juda issiq ekan. Sindbod yuk ko‘tarishdan charchab, terlab ketibdi. Bir savdogaming eshigi oldidan o'tibdi, eshik oldi supurilgan, 6uv sepilgan, havosi ham mo‘tadil, eshik yonida keng bir supasi ham bor ekan. Hammol dam olib nafasini rostlash uchun yukini supaga qo‘yibdi„, 0 ‘zi esa supaning bir çhetida rohatlanib o'tiribdi. Dutor, tanbur, üd va o'yin-kulgi ovozlarini, turli yoqimli she’rlar o‘qilayotganini, qushlaming har xil ovoz va turli lahjada sayragan ovozini eshitibdi. Ular qumri, xazor (bulbulning bir navi), mayna, bulbul, poxta, karvon qushlari ekan.

Bulami eshitgach, taajjublanib, o‘zidan-o‘zi zavqqa to iib , ichkari kirib boraveribdi.Qarasa, hovlining ichi katta bo'ston, podshohlar va sultonlar saroyidan boshqa yerda topilm aydigan narsalar; xizmatchilar, qullar, yigitlar turganmish. Turli xil mazali taomlar, anvoyi xil ichkiliklaming hidlari burunga kirarmish.

Sindbod yukini ko‘tarib, yurmoqchi bo‘lib turgan ekan, go'zal yuzli, qaddi-qomati kelishgan, yaxshi kiyimlar kiygan yosh bir yigit chiqib, hammolning qoiidan ushlab: «Ichkari kir, xojamga ucharash, u seni chaqiryapti»,— debdi. Hammol ichkari kirishdan tortinsa ham yigit qo'ymabdi. Yukni yo'lakka qo‘yib, yigitcha bilan hovli ichiga kiribdi. Qarasa, bu yer orombaxsh shavkatli joy ekan. Ko‘zi majlis ahliga tushibdi. U yerda aslzoda sayyidlar va xo‘ja la ro ‘tirishgan ekan. Har xil gui va har xil rayhonlar, ho‘l meva va laziz taomlaming ko‘p xillari, ta ’rifiy tokning xosiyatli ichimliklari bor ekan. Unda go‘zal kanizlar, o'yin va musiqa - hammasi tartib bilan o‘miga qo‘yilgan bo‘lib, majlis to ‘rida chakkalarida qarilik asari bilingan, haybat va salobatli, izzat va ikromli nuroniy bir kishi o‘tirgan ekan.

3

Page 2: BIKZAfCnZ UXKOyA...2018/03/07  · voqeatami awaldan-oxirgacha hikoya qildim. U qissamga taajjublandi. Hikoyamni tamomlagach: «Ey xojam, menga ayb qo‘yma! Sarguzasht va qissamni

Sindbod hammol hayratda qoldi, o‘z-o‘ziga: «Xudo haqi, bu joy - jannatlaidan biri yoki podsholar, sultonlar qasri»,— dedi. So‘ngra odob bilan ulaiga salom berib, duo qildi, yer o‘pib boshini quyi solib turdi...

Uy egasi o ‘tirishga ruxsat bergach o ‘tirdi. Uy egasi: «Xush kelding!»— dedi.

Keyin unga har xil yoqimli va maqtovli taomlar keltirildi. Sindbod hammol to ‘yguncha yedi. Qo‘lini yuvib, ulaming iltifotiga tashakkur aytdi. Uy egasi: «Xush kelding, kuning xayrli bo‘lsin! Isming nima, kasbing nima?»— dedi unga. «Ey xojam, ismim Sindbod hammol. Odamlar yukini tashib, shu bilan tirikchilik qilib yuraman»,— deb javob berdi unga Sindbod.

Uy egasi tabassum qilib: «Bilgin, ey hammol, adash ekanmiz, men Sindbod dengizchi—bahriyman. Lekin ey ham m ol, bilgin, mening ajoyib qissam bor. Bu baxtga yetmasimdan ilgari o'tgan saiguzashtlarimni senga aytaman. Bu baxt va uy-joylaiga qattiq mehnat va zo‘r mashaqqatlar bilan erishdim. Yetti marotaba safar qildim. Safarlaming har biri aqlni hayratda qoldiradigan ajoyib hikoya. Har biri Ollohning hukmi va taqdiri bilan bo‘lgan. Azaldan yozilgandan qochib qutilib bo‘lmaydi».

BIKZAfCnZ U X K O yA

— Bilinglar, ey aslzoda va hurmatli zotlar, mening otam savdogar o ‘tgan. U katta savdogarlardan edi. Otamning molu dunyosi ko‘p edi. U o‘lganida men ikichik bola edim, molu dunyosi, yeru suvi menga qoldi.

Balog'atga yetib katta bo‘lganimdan keyin ulaming hammasini tasamifimga oldim. Yaxshi yeb, yaxshi ichdim. Ulfat orttirib, yaxshi kiyinib, o‘zimga oro berdim. D o‘st va o'rtoqlar orttirdim. Molu dunyom hamma vaqt qo‘limda turadi, deb ishondim. Bir qancha vaqt o‘tdi. G ‘aflatdan uyg‘onib, aqlim o‘zimga keldi. Qarasam, molim qo‘ldan ketib, ahvolim nochorlangan, bor narsam qo‘limdan ketgan. Otamdan eshitgan hikoya esimga tushdi. «Uch narsa uch narsadan yaxshiroq: o ‘lgan kun tug‘ilgan kundan yaxshi, tirik it o ‘lgan yo‘lbarsdan yaxshi, faqirlik qabrdan yaxshi».

4

Page 3: BIKZAfCnZ UXKOyA...2018/03/07  · voqeatami awaldan-oxirgacha hikoya qildim. U qissamga taajjublandi. Hikoyamni tamomlagach: «Ey xojam, menga ayb qo‘yma! Sarguzasht va qissamni

Qo‘limdagi bor narsalarimni: uy-ro‘zg‘or, kiyim-kechaklarimni sotdim, keyin yer-suvlarim va bor narsalarimni sotdim. Shunday qilib, uch ming dirham pul yig‘dim.

Safarga kerakli asboblar, tijorat mollari oldim. Dengizda safar qilishga ahd qildim. Kemaga tushdim. Bir to ‘da savdogarlar bilan Basra shahriga jo ‘nadim. Bir necha kecha-kunduz dengizda yurib oroldan-orolga, dengizdan dengizga, quruqlikdan quruqlikka o‘tardik. Qaysi yerga borsak, oldi-sotdi qilardik, mol ayirboshlardik. Yura- yura jannat bog‘laridek bir orolgacha yetdik. Kemachi kemasini o‘sha orolda to ‘xtatdi. Langartashladi, ko‘prik qo‘ydi. Kemadagi hamma kishilar orolga tushdi. 0 ‘choq qazishib, o ‘t yoqdilar va u-bu bilan mashg‘ul bo'ldilar. Ba’zilari ovqat pishirar, ba’zilari yuvinardi, ba’zilar esa tomosha qilardi. Men ham atrofni tomosha qildim.

Yo'lovchilar yig‘ilib, yeyish-ichish, o ‘yin-kulgi bilan mashg‘ul edilar. To‘satdan kemachi baland ovoz bilan hayqirib qoldi: «Ey y o 'lo v ch ila r, tez kelib kem aga ch iq ing lar va shoshilinglar! Narsalaringizni tashlab, jonlaringizni olib qochinglar. 0 ‘zingizni halokatdan omon qoldirib najot topinglar. Bu orol emas — dengizga cho‘kkan g‘oyatda katta baliq, ustida qum to ‘planib orol shaklini olgan, ustida daraxtlar ko‘kargan. Ustida o‘t yoqqaningizdan keyin o ‘t haroratini sezib, harakatga keldi. Hozir sizlar bilan dengizga tuShib ketadi. Hammalaringiz g‘arq bo‘lib ketasizlar. 0 ‘zlaringizni qutqaringlar...»

Kema boshlig 'ining so‘zini eshitgan yoMovchilar kemaga chiqishga shoshilib yugurdilar. Mollami, qilib turgan ishlarini, qozon- o ‘choqlarini tashlab ketdilar. Ba’zilari kemaga yetishib, ba’zilari yetisholmasdan orol harakatga kelib, ustidagi bor narsalar bilan dengiz tubiga tushib ketdi. Dengiz mavjlanib uning ustini qoplab oldi.

Men kemaga yetisholmay keyin qolganlardan biri edim. G ‘arq bo‘lganlar qatori men ham g‘arq bo‘ldim. Lekin Olloh inenga najot berdi, menga katta yog‘och tog'ora yetkazdi. Qo‘lim bilan inahkam ushlab, jonholatda unga minib oldim. Suvda oyog'imm eshkak qilib tepindim, dengiz toMqini o ‘ng-so‘lga surib men bilan o'vnaüi. Kema boshlig‘i kema yelkanini yozib yuborgandi, kema yurib ketdi. Kemaga chiqolmayg'arq bo‘lganlarga qayrilib ham boqmadi. Ko'zmidan g'oyib boMguncha kemaga tikilib qoldim va oMishimga ko'zim vetdi

5

Page 4: BIKZAfCnZ UXKOyA...2018/03/07  · voqeatami awaldan-oxirgacha hikoya qildim. U qissamga taajjublandi. Hikoyamni tamomlagach: «Ey xojam, menga ayb qo‘yma! Sarguzasht va qissamni

Bir kecha-kunduzni o'tkazdim. Shamol va to ‘lqin baland bir orol tagiga olib bordi. Unda dengizga osilib turgan daraxtlar bor edi. Baland daraxtning bir shoxini ushladim. Orolga chiqqunimgacha uni qo‘yib yubormadim.

Orolga chiqqanimdan keyin ikki oyog‘imga qarasam, kaftini baliq yebdi va yara bo'libdi. Mashaqqatim va charchoqlarim zo‘r bo‘lganligidan buni sezmagan ekanman. 0 ‘zimni o'likdek yerga tashladim va hushdan ketib qoldim. Ustimga oftob tushgach uyg‘onib, oyog'imning shishib ketganligini ko'rdim. Juda qayg‘urdim. Goh sudraldim, goh tizzam bilan emakladim. Shirin suvli chashmalardan suv ichdim, har turli ho‘l meva yeb kun kechirdim.

Shu holda bir necha kunni o‘tkazdim. Bir oz o ‘zimga keldim, jonim kirdi. Daraxtdan o‘zimga bir aso qilib oldim, orolni aylanib yura berdim.

Kunlarning birida aylanib yurganimda uzoqdan bir qorani ko‘rdim. Uni vahshiy hayvon yoki dengiz hayvonlaridan deb gumon qildim. U tomonga jadal yurib bordim. Qarasam, dengiz qirg‘og‘iga bog‘langan ko‘rkam bir ot ekan.

Unga yaqin boruvdim, ot qattiq ovoz bilan kishnadi. Men undan qo‘rqib orqamga qaytmochi bo‘ldim. To'satdan bir kishi yer ostidan chiqib baqirdi-da, menga qarab yurdi va: «Kimsan, qayoqdan kelding, bu joyga kelishingning sababi nima?»— dedi. «Ey xojam, bilgin, men bir g'arib kishiman, kemaga tushgan edim, g‘arq bo‘ldik. Olloh menga bir yog'och tog'ora yetkazdi, unga minib oldim. To‘lqin meni oqizib kelib shu orolga chiqarib tashladi»,— dedim unga.

U kishi so‘zimni eshitgach, qo‘limdan ushlab: «Men bilan yu r» ,- dedi. Meni olib borib bir yertoiaga tushdi. Yer ostidagi katta bir uyga kirdik. Meni uyning to'riga olib borib o'tqazdi va bir oz taom keltirdi. Och edim, qomim to‘yguncha edim. Nafsim rohatlandi.

Keyin u ahvolim va sarguzashtimdan so‘radi. Yuz bergan voqeatami awaldan-oxirgacha hikoya qildim. U qissamga taajjublandi.

Hikoyamni tamomlagach: «Ey xojam, menga ayb qo‘yma! Sarguzasht va qissamni haqiqati bilan senga hikoya qildim. Men ham kimligingni va yer ostidagi bu uyda o‘tirishing, bu otni dengiz qirg‘og‘iga bog'lab qo‘yganliging sababini aytsang deym an» ,- dedim.

6

Page 5: BIKZAfCnZ UXKOyA...2018/03/07  · voqeatami awaldan-oxirgacha hikoya qildim. U qissamga taajjublandi. Hikoyamni tamomlagach: «Ey xojam, menga ayb qo‘yma! Sarguzasht va qissamni

«Bilgin, biz bu orol atrofiga tarqalgan bir to‘damiz. Biz Mihrajon podshoning otboqarlarimiz, uning hamma otlari bizning qo‘limizda. Har bir biya voyaga yetganda bu orolga naslli biyalar keltiramiz. Dengiz otlarining arg‘umoqlari bu biyalaming hidini bilib, dengizdan chiqadi. Uyoq-buyoqqa qarab hech kimni ko‘rmagach, unga chopadi. Biyani o ‘zi bilan birga olib ketmoqchi bo‘ladi. Bog'langan biyani olib ketolmay, boshi va oyog‘i bilan uni urib kishnaydi. Chopib bo‘lganini kishnashidan bilamiz, baqirib chiqamiz, u bizdan qo'rqib dengizga tushib ketadi. Biya bo ‘g‘oz bo‘lib bir xazina molga arziydigan, yer yuzida misli yo‘q erkak yo urg‘ochi toy tug‘adi. Hozir dengiz ayg‘irlarining chiqadigan vaqti. Xudo xohlasa, seni o‘zim bilan M ihrajon podshoga olib boraman... Mamlakatni tomosha qildiram an. Bilginki, men bilan uchrashmaganingda, bu joyda mendan boshqani ko‘rmay, bo‘g‘ilib o ‘lib ketarding. Hech kim seni bilmasdi. Tirik qolishingga va o‘z mamlakatingga qaytishingga men sababchi boMdim»,— dedi.

Uning haqiga duo qilib, ehson va marhamatigatashakkur aytdim.Biz gaplashib turganim izda, to 'sa td a n bir tu lpor ayg‘ir

dengizdan chiqib, qattiq kishnadi. So‘ngra biyaga chopdi. Biyadan tushib uni o‘zi bilan birga olib ketmoqchi bo‘ldi. Iloji bo'lmay, tepib kishnay boshladi. O tboqar qo‘liga qilich va teri qalqon bilan yerto‘ladan chiqdi. U yo‘ldoshlariga hayqirib: «Tulpor ayg‘irga chiqinglar!»— deb qalqonga qilich bilan urardi.

Bir to ‘da kishi qo‘llarida nayza bilan hayqirib kelishdi. Dengiz ayg‘iri ulardan hurkib qochib o ‘z yo‘liga ketdi, dengizga tushib, suv tagida g'oyib bo‘ldi.

Shundan keyin otboqaming yo'ldoshlari harbiri qo‘lida bittadan biya yetaklab keldi. Meni ko‘rib hol-ahvol so‘radilar. Ularga ham qissamni hikoya qildim. Dasturxon yozdilar. Yedik-ichdik, so‘ngra ular qo ‘zg‘alib, otlariga m indilar, meni ham bir ot orqasiga mindirdilar. Mihrajon podsho shahriga yetguncha to‘xtamay yurdik. Otbqarlar podsho huzuriga kirib qissamni bildirdilar. Podsho meni yoniga chaqirtirdi. Kirib unga salom berdim. U salomimga javob qaytardi va: «Xush kelding»!— deb hurmat bilan tabrikladi. U mendan ho l-ahvo l so ‘radi. Yuz bergan voqealarn ing ham m asini va ko‘rganlarimning barchasini hikoya qildim. Bulami eshitib Mihrajon

7

Page 6: BIKZAfCnZ UXKOyA...2018/03/07  · voqeatami awaldan-oxirgacha hikoya qildim. U qissamga taajjublandi. Hikoyamni tamomlagach: «Ey xojam, menga ayb qo‘yma! Sarguzasht va qissamni

podsho g'oyat taajjubda qoldi. Menga: «Ey o‘g‘lim, Xudo haqi senga ortig'i bilan salomatlik ato bo‘libdi. Umring uzoq bo‘lmaganda, bu azob-mashaqqatlardan najot topmasding. Salomat qolganing uchun Xudoga shukr qil!»— dedi.

U menga yaxshilik qildi, siyladi, mehribonlik qilib, o ‘z yoniga tortdi. Mihrajon podsho zo‘r iltifot ko‘rsatdi. G 'arib boshimni siladi va meni dengiz bekatiga boshliq qilib, har bir kemani yozib turishni tayinladi. Uning amrini bajarib turdim. Har tomondan menga foydasi tegardi. Chiroyli nafis kiyimlar kiygizardi. So'ngra men odamlaming hojatini chiqarishda uning yaqin kishisi bo‘lib qoldim.

Uzoq vaqt shu hol davom etdi. Hamisha dengiz tomonga o‘tsam savdogarlardan, sayyohlardan Bag‘dod shahri qayerdaligini so‘rardim. Shoyadki, uni biladigan yoki u yerda bo‘lgan biror kishi xabar bersa, Bog‘dodga borib, keyin o‘z mamlakatimga qaytsam, der edim. Ammo hech kim Bag‘dodni ham, unga boradigan kishini ham bilmasdi. Uzoq muddat g'ariblikda qoldim, vatanimni qo‘msab zor-zor yig'ladim.

Birm uncha vaqtni shunday o‘tkazdim. K unlarning birida Mihrajon podsho huzuriga kirdim, bir to ‘da hindlami ko‘rib ularga salom berdim. Ular salomimga javob qaytarib: «Xush kelibsan!»— deb,«qaysi yurtdan kelganimni so‘radilar...

Ulaming yurtini so‘raganimdan keyin menga o'zlarining turli- turli joydan ekanliklarini bayon qildilar. Ulardan bir xillari kshatriylar (hindlaming m o'tabar toifalaridan) ekan. Ular hech kimsaga zulm va istilo qilmaydilar. Yana bir toifasini barahmanlar deb ataydilar, ular ichkilik ichmaydilar. Lekin maishatga, ko'ngilxushlikka, o‘yin- kulgiga, zebu ziynatga berilgan. Ular chorvadorlik qiladilar. Ulaming aytishicha, hindlar yetmish ikki toifaga bo‘linadilar. Shu so'zlarga g‘oyat taajjublandim.

Mihrajon mamlakatida bir orol ko‘rdim. Uni Kosil deb atardilar, unda tun bo‘yi nog‘ora, chirmanda ovozi eshitilib turardi. Orol egalari va sayohatchilaming xabar berishlaricha, u orol aholisi jiddu jahd va to ‘g‘ri fikr egalaridir. Dengizda uzunligi ikki yuz gaz keladigan, yana yuzi boyqushga o‘xshash bir baliqni ko‘rdim. Bu safarda ko'rgan ajoyib-g'aroyiblami sizlarga aytsam, hikoyam cho‘zilib ketadi.

U orolni va undagi narsalarni ko‘rib yurib, kunlarning birida,

8

Page 7: BIKZAfCnZ UXKOyA...2018/03/07  · voqeatami awaldan-oxirgacha hikoya qildim. U qissamga taajjublandi. Hikoyamni tamomlagach: «Ey xojam, menga ayb qo‘yma! Sarguzasht va qissamni

i

Page 8: BIKZAfCnZ UXKOyA...2018/03/07  · voqeatami awaldan-oxirgacha hikoya qildim. U qissamga taajjublandi. Hikoyamni tamomlagach: «Ey xojam, menga ayb qo‘yma! Sarguzasht va qissamni

qo‘limda aso, dengiz qirg‘og‘iga borib turdim. Ko‘p savdogar ortgan bir kema keldi. Kema kelib to ‘xtagach, kema boshlig‘i yelkanini o'radi, quruqlikka yaqin keltirib to‘xtatdi va ko'prik tushirdi. Kemadagi hamma narsalami quruqlikka chiqardilar, men hammasini yozib turdim.

Kemachidan: «Kemangda biror narsa qoldimi?»— deb so‘radim. U: «Ha, ey xojam, kemaning yukxonasida mol bor. Egasi orollaming birida bizdan ayrilib dengizga g‘arq bo‘lib ketgan. Mollari qo‘limizda omon qolgan. Uni sotib, pulini Bag'dod shahrida turuvchi oilasiga olib borib topshirmoqchimiz»,— dedi. «Mol egasining ismi nima ekan?»— deb so'radim kema boshlig‘idan. «Ismi Sindbod Bahriy, bizdan ayrilib dengizga g 'arq bo‘lgan»,- deb javob berdi. Bu so‘zni eshitgach, sinchiklab qarab uni tanidim. Suyunganimdan baqirib yubordim: «Ey boshliq, sen aytgan mol egasi men bo‘lam an, kemadan orolga tushib savdogarlar bilan qolgan Sindbod Bahriy menmaîi. Bizni ko‘tarib turgan baliq harakatga kelganida, sen baqirib bizni chaqirding, chiqqanlar chiqdi, qolganlar g‘arq bo‘lib ketdi. Men ham g‘arq boidim . Lekin katta yog'och tog‘ora sabab bo‘lib, omon qoldim. Unga minib olib oyog‘im bilan tepina boshladim. Shamol va to'lqin yordamida bu orolga yetib keldim. Mihrajon podshoning otboqariga uchrashib qoldim. Ular meni o ‘zlari bilan bu shaharga keltirib, Mihrajon podsho oldiga olib kirdilar. Unga o‘z qissamni hikoya qildim. Podsho menga marhamat qilib, bu shahar bekatiga kotib qilib tayinladi. Bu mollar mening nasibam...»— dedim.

Sindbod Bahriy kema boshlig‘iga: «QoMingdagi bu mollar mening mollarim va rizqu ro‘zim»,— deganida, kema boshlig'i: «Xudo qodir! Hech kimda ahdu omonat qolmabdi»,— dedi. Unga: «Ey boshliq, nima uchun bunday deysan? Men senga o‘z qissamni hikoya qildim, eshitding-ku»,— dedim. Boshliq: «Men qo‘limda egasi g‘arq bo‘lib ketgan kishining moli bor degandim, sen uni eshitib olib, endi nohaq u molga ega bo‘lmoqchisan. Bu harom. Biz uning g‘arq boiganini ko‘rganmiz, u bilan bir qancha yo'lovchilar ham bor edi. Ulardan biri ham najot topgani yo‘q. Sen qanday qilib, mol egasi menman deb da’vo qilasan?»— dedi. Unga: «Ey boshliq, qissamni eshit, so'zimga tushun, to ‘g‘riligim senga oshkora bo‘ladi. Yolg'on so‘z — munofiqlik aloannati»,— dedim. So‘ngra lk>ema

10

Page 9: BIKZAfCnZ UXKOyA...2018/03/07  · voqeatami awaldan-oxirgacha hikoya qildim. U qissamga taajjublandi. Hikoyamni tamomlagach: «Ey xojam, menga ayb qo‘yma! Sarguzasht va qissamni

boshlig*iga Bag'dod shahridan chiqqnimdan, g‘arq bo‘lgan jaziraga yetguncha ko‘rgan-kechiiganlarimni hikoya qildim. 0 ‘rtamizda o‘tgan ba’zi gaplardan xabar berdim. Shulardan keyin boshliq va savdogarlar so‘zimning haqiqatligiga ishonib, to ‘g‘riligimni bilib, meni tanishdi, salomat qolganligim bilan tabrikladilar, hammalari: «Xudo haqqi, biz sening najot topganingga ishonmagan edik, Olloh senga yangi umr beribdi»,— deyishdi.

Shu bilan mollarimni qo‘limga berdilar, qarasam, mollar ustiga ismim yozig‘lik ekan, hech narsa kamaymagan. Mollarni ochib, ichidan eng qimmatbaho narsalarimni podshoga hadya qildim. Kelgan kemadan podshoga xabar berdim. «Mollarim tugal kelib yetdi, bu hadya shu mollardan»,— dedim. Podsho g‘oyat taajjubda qoldi. Hamma so'zlarimning to ‘g‘riligi unga ayon bo‘ldi.

Shundan keyin meni yana ham yaxshi ko‘rib qoldi, ortiq siylaydigan bo‘ldi. Hadyalarim baravariga ko‘p narsalar berdi. Qo‘limdagi mollarni sotdim. Ko‘p foyda orttirib, bu shahardan bir q a n ch a m ol, a sb o b la r , m a to la r so tib o ld im . K em adagi savdogarlaming safariga qo‘shilib, hamma mollarimni kemaga ortdim. P o d sh o n in g q ilgan in ’om u eh so n ig a ta sh a k k u r ay td im , mamlakatimga — oilam yoniga qaytishga ruxsat so‘radim. Podsho menga ko‘pini berdi. U bilan vidolashib kemaga tushdim.

Bizga baxt yor bo‘ldi, taqdir yordam berdi, eson-omon Basra shahriga yetguncha to'xtam ay kecha-kunduzlab yurdik. U yerda bir oz vaqt turdik. Keyin qimmatbaho asboblar, matolar, yuklarimni olib Bag‘dod shahriga jo‘nadim. Hamma qavmu qarindoshlarim yig'ilishib keldi. Xizmatchilar, cho‘rilar, qullar sotib oldim. Hovli- joyli, yer-suvli bo‘ldim. D o‘stlarim ham, ulfatlarim ham ko‘paydi. Tortgan m ashaqqatim , m ehnatlarim ni, safar qiyinchiliklarini unutdim.

Huzur-halovatda um r kechira boshladim, birinchi safarimda ko'rgan-kechirganlarim shular bo'ldi. Xudô xohlasa, ertaga sizlarga ikkinchi safarimni hikoya qilaman.

Page 10: BIKZAfCnZ UXKOyA...2018/03/07  · voqeatami awaldan-oxirgacha hikoya qildim. U qissamga taajjublandi. Hikoyamni tamomlagach: «Ey xojam, menga ayb qo‘yma! Sarguzasht va qissamni

SXAÍVBOV BAH nxyM XAíg ZKKZSfCHI 'UTKOyASZ

Sindbod Bahriy ikkinchi hikoyasini shunday boshladi: Tijorat qilib shahar va orollmi tomosho qilishga juda mushtoq bo‘lib qoldim. Bu ishni o ‘zimga jazm qilib, ko‘pdan-ko‘p savdo molían oldim va safaiga kerakli yarog‘lami tayyorlab dengiz sohiliga keltirdim. U yerda yangi, chiroyli bir kema yasatdim. Yelkanlari nafis matodan edi. Kema yaxshi jihozlangan, xizmatchilar ham ko‘p edi. Savdogarlar qatori men ham yukimni kemaga ortdim. Shu bilan safarga jo ‘nab ketdim. Safarimiz juda yaxshi bo id i, dengizdan dengizga, oroldan orolga o 'tdik. Qaysi joyga borib to'xtasak, savdogarlar, davlat arboblari, sotuvchi, oluvchilarga uchrashib oldi-sotdi qildik va mol ayirboshladik.

Taqdirbizni daraxtlari ko‘p, mevalari pishgan, gullari ochilgan, qushlari sayragan, anhorlari tiniq, chiroyli bir orolga eltib tashladi. U yer turg‘un xalq va o'tparast odamlardan xoli ekan. Savdogarlar, yo‘lovchilar orolga chiqib qush va daraxtlarni tom osha qilib, Tangrining qudratiga taajjub qildilar. Ular qatori men ham bir daraxtzordagi tiniq chashma tepasiga kelib o'tirdim. Bir oz yeydigan ovqat olgandim, shu joyda tanovul qilib oldik. U joyning havosi menga juda xush keldi, vaqtim chog‘ bo'lib, o ‘zimni mudroq bosdi, rohatlanib uyquga g‘arq bo'ldim. Sof havo va xushbo'y hidlardan lazzatlandim. 0 ‘rnimdan tursam, orolda na inson va na jin bor: na savdogarlar, na kemachilar meni eslamay, oroldan jo ‘nab ketibdilar.

Uyoq-buyoqlami qarab hech kimni topmadim. Juda xafa bo'ldim. Yuragim yorilgudek bo'ldi.

Na yemak, na ichmak, hech narsa yo‘q edi. 0 ‘z xolimga yig‘lab ñola qila boshladim. Qilgan ishimdan, nafsim so‘ziga quloq solganimdan pushaymon edim. 0 ‘z yurtim, o‘z shahrimda rohat-farog‘atda va aysh- ishratda yashardim. Na mol na yer-suvga muxtoj edim.

Orolda bir joyda o'tirgani toqatim qolmadi. Bir baland daraxtga chiqib, tevarak-atrofga qaray boshladim — osmon, suv, daraxtlar va qushiardan boshqa narsa ko‘rmadim. Bir vaqt ko‘zimga katta oq bir sharpa ko'rindi. Daraxtdan tushib u tomonga yurdim, borib qarasam, aylanasi keng, baland, katta oq gumbaz ekan. Atrofini aylanib eshigini topmadim. Silliqligidan unga chiqishning iloji yo‘q edi.

12

Page 11: BIKZAfCnZ UXKOyA...2018/03/07  · voqeatami awaldan-oxirgacha hikoya qildim. U qissamga taajjublandi. Hikoyamni tamomlagach: «Ey xojam, menga ayb qo‘yma! Sarguzasht va qissamni

Turgan joyimni belgilab gumbazning aylanasini o‘lchab chiqdim. Aylanasi to‘la ellik qadam ekan. Ichkarisiga kirish uchun o‘y o‘ylay boshladim. Kun oxiriga yetib, botishga yaqinladi. Birdan kun botib qorong‘i tushdi. Quyosh ko'zim dan g‘oyib bo'ldi. Quyoshni bulut qopladi deb o‘yladim. Yoz vaqti edi. Hayron bo'lib boshimni ko‘tarib qaragandim, jussasi katta, qanotlari keng, havoda parvoz qilib yurgan qushni ko'rdim. Quyoshni to‘sib orolga qorong'ilik solgan shu ekan. Buni ko‘rib yana ham taajjublandim. Keyin bir hikoya yodimga keldi, ba’zi orollarda katta-katta qushlar bo‘lib, uni rux deb atasharkan. U qush fillami tumshug'ida ko‘tarib kelib bolalariga yedirarkan. Tekshirib qarasam, bu gumbaz o'sha ruxning tuxumi ekan. Ollohning yaratgan maxluqlariga taajjub qildim. Shu holda turganimda, u qush kelib shu qubbaga qo‘ndi, ikki oyog'ini orqasiga cho‘zib, qanotlarini yoyib ko‘kragiga bosdi. Shu alpozda uxladi. 0 ‘rnimdan turib boshimdan sallamni olib chuvatdim, ikki bo‘lib pilta qilib eshdim, arqon bo'ldi. U bilan belimni mahkam bog'ladim. 0 ‘zimni qushning oyog'iga m ahkrm qilib bog‘ladim. 0 ‘zimga: «Shoyad, bu meni biron mamlakat, shahar yo obod joyga yetkazar. Bu yerda turganimdan ko‘ra shunday qilganim yaxshiroqdir», — dedim.

Meni yana uxlab g'aflatda qolganimda olib uchib ketmasin, deb shu kechani uyqusiz o‘tkazdim. Tong otgach, qush tuxum ustidan turib qattiq qichqirdi, havoning eng yuqori qatlamiga ko'tarildi. Men fazoga yetdik deb gumon qildim. Keyin qush men bilan yerga, bir baland joyga qo‘ndi. Yerga yetganimda shoshilib ikkala oyog‘idan bogMangan bog'larni yechdim. U ndan qo‘rqib titrab turdim, lekin u meni sezmadi.

Sallamni yechib olib o'zim ni bo‘shatdim, kiyimlarimni qoqib, u yerdan ketdim. Qush tumshug‘i bilan yerdan bir narsani olib osmonga uchdi. Tikilib qarasam u juda katta bir ilon ekan. Uni olib dengiz tomonga ketdi. Men hayron turib qoldim. Bir vaqt qarasam baland bir joyda turibman. Ostimda katta va keng vodiy. Yonida osmonga o‘rkachlagan katta tog‘. Uning balandligidan hech kim cho‘qqisiga chiqolmagan bo‘lsa kerak.

Qilgan ishimga o‘zimni o‘zim koyidim: «Koshki orolda boisam , bu cho‘ldan yaxshi edi. Bu joyda na daraxt, na meva, na anhor bor. Q achon b ir m u sib a td an q u tilsam , undan k a tta ro g ‘iga va yomonrog'iga duchor bo‘laman».

13

Page 12: BIKZAfCnZ UXKOyA...2018/03/07  · voqeatami awaldan-oxirgacha hikoya qildim. U qissamga taajjublandi. Hikoyamni tamomlagach: «Ey xojam, menga ayb qo‘yma! Sarguzasht va qissamni

0 ‘mimdan turib shu vodiyga qarab yurdim. Uning yerlarida turli xil m a’dan, javohir, munchoq teshadigan olmos toshlarni ko‘rdim. Hech kim undan bir parchani ham kesib ololmaydi. U vodiyda har biri xurmo daraxtiday katta ilon va ajdaholar yuribdi. Ular shunchalik kattaki, agar filga qarshi kelsa, uni ham yutib yuboradi. U ilonlar rux yoki burgutning yulib, burdalab tashlashidan qo‘rqib, kunduzi bekinib, uyalaridan kechasi chiqarkan.

Qilgan ishimdan pushaymon bo‘lib o‘sha vodiyda qoldim. Kech kirdi, ammo men hamon yurardim. Ilonlardan qo‘rqib, yotadigan joy izlardim. Yemak-ichmakni ham unutib o ‘zim bilan ovora bo‘lib qoldim. Yaqinroq bir yerda ko'zimga g‘or chalindi. Borib qarasam, eshigi tor ekan, bir amallab kirdim. Eshik oldida katta bir tosh yotgan ekan, g‘oming eshigini shu bilan bekitdim. «Shu yerda jon saqlayman, tong otgach bu yerdan chiqib, xudoning nima yozganini ko‘rarman», deb qo‘ydim o ‘zimga.

G ‘or ichiga ko‘z tashlagandim, tuxum bosib, uxlab yotgan bir ilonni ko‘rdim. Badanim jimirlab ketdi. 0 ‘zimni xudoning qazoyu qadariga topshirdim.

Tun bo‘yi uxlamay chiqdim. Yorug‘ tushgandan keyin g‘or og‘zidagi toshni ming azoblar bilan o‘midan surib g 'ordan chiqdim. Ochlik va qo‘rqinch, uyqusizlikdan mast kishidek boshim aylanib garang bo‘lib vodiyda yurardim. To‘satdan so‘yilgan bir narsa o'.dimga «tap» etib tushdi. Lekin hech kimdan darak yo‘q. Juda taajjublandim. Ba’zi savdogar, musofir, sayyohlardan eshitgan hikoya esimga tushdi. Ulaming aytishicha, olmos toshli tog‘da ajoyib-g‘aroyib voqealar bo‘lib turarkan. Hech kim u yerdan o‘ta olmas ekan. Lekin savdogarlar hiyla ishlatisharkan. Qo‘y olib kelib so‘yisharkan, terisini shilib, go‘shtini parchalasharkan, tog‘ tepasidan vodiyg? tasnlasharkan. Unga har xil toshlar yopishib qolarkan. Buigut, rahma (kalxatga o‘xshagan qush) shu go‘shtlami changallab olib tog‘ tepasiga chiqib ketisharkan. Savdogarlar kelib ulaiga hayqirishsa, qushlar go‘sht tepasidan uchib ketisharkan. Savdogarlar borib u go‘shtlardan yopishgan toshlarni ajratib olisharkan. Shu b ilan go‘shtlarni qushlarga, vahshiy hayvonlarga qoldirib, olmos toshlarni o‘z mamlakatlariga olib ketisharkan. Boshqa yo‘l bilan hech kim olmos toshga yetishishga qodir bo‘lolmas ekan...

14

Page 13: BIKZAfCnZ UXKOyA...2018/03/07  · voqeatami awaldan-oxirgacha hikoya qildim. U qissamga taajjublandi. Hikoyamni tamomlagach: «Ey xojam, menga ayb qo‘yma! Sarguzasht va qissamni

Ó‘sha go‘shtni ko‘rganimda, shu hikoya esimga tushib, go‘sht parchasiga yaqinlashdim. Toshlardan ko‘pini tozalab qo‘ynimga, kiyimlarim orasiga, belbog'im va sallamga soldim. Shu holatda turganimda yana bir katta go‘sht parchasi tushdi. 0 ‘zimni salla bilan go‘sht parchasiga bog‘ladim. Uni mahkam changallab olgandim, bir vaqt qarasam, yerdan ko'tarilganday bo‘ldim. Bir burgut go‘sht parchasini changallab havoga ko‘tarildi. Bir tog‘ ustiga chiqquncha uchib bordi. U yeiga tushib, go‘shtni yulib eyishni boshladi. To‘satdan tog‘ ustida hayqirgan zo‘r ovoz keldi, hayqirgan kishi bir narsani yog'och bilan qattiq qoqdi. Burgut hurkib, qo'rqib havoga uchdi. Men o'zimni go‘shtdan bo‘shatib oldim. Kiyimlarim qonga belangan cdi. Shu on burgutga hayqirgan savdogar go‘sht oldiga kelganda, meni ko‘rdi. Menga gapirish qayoqda, qaytaga mendan qo'rqib titradi. G o‘shtga yaqin kelib uni uyoq-buyoqqa ag‘darib hech narsa topmadi.

Kaftini kaftiga urib: «Afsus bu qanaqa hol?» — der edi. Men uning oldiga bordim. U: «Kimsan va nima vaj bilan bu joyga kelding?»— dedi. Men: «Qo‘rqma, men insonlarning yaxshisidan biriman, o‘zim savdogar edim, zo‘r hikcyam va ajoyib bir qissam bor. Bu toqqa va bu vodiyga kelishimning sababi ajoyib qissadir. Qo‘rqma, mendan yomonlik ko‘rmaysan. Ko‘p olmos toshim bor, anchasini senga beraman. Zorlanma va qo‘rqma», — dedim.

U kishi tashakkur aytdi. Haqimga dúo qilib tili so‘zga kirdi. Qolgan savdogarlar ham' uning yo‘ldoshi bilan gaplashganligimni esnitib yonim¿a keldilar (ulaming har biri vodiyga go‘sht tashlagan edi). Hamma qissamni va safarda ko‘rgan qiyinchiliklarimni ularga hikoya qildim. Vodiyga qanday kelib qolganimni aytdim. Men osilib chiqqan go‘sht egasiga birtalay olmos berdim. U xursand bo‘lib meni dúo qilib, tashakkur aytdi. Savdogarlar menga: «Xudo haqqi, onadan tug‘ma bo'lding. Bu joyga hech kim yetib kelib najot topgan emas. Salomat qolganing uchun Ollohga hamd bo'lsin!» - dedilar. Ular bir yaxshi tinch joyda yotdilar, men ham ular oldida yotdim. llonlar vodiysidan qutulib salom at qolganim ga, obodon mamlakatga yetganimga juda sevindim. Tong otgach, katta toqqa tomon yurdik, ko‘p-ko‘p ilonlarni ko‘rdik. Bir katta oroldagi chiroyli bo‘stonga yetguncha to ‘xtamay yurdik. Unda kofur daraxti bor edi. Har bir kofur daraxti soyasida yuz kishi dam olishi mumkin.

15

Page 14: BIKZAfCnZ UXKOyA...2018/03/07  · voqeatami awaldan-oxirgacha hikoya qildim. U qissamga taajjublandi. Hikoyamni tamomlagach: «Ey xojam, menga ayb qo‘yma! Sarguzasht va qissamni

Bironta odam undan kofur olishni xohlasa, uzun narsa bilan daraxtning yuqorisidan teshadi. Idish tutsa, teshigidan kofur suvi oqadi. Kofur suvi yelimdek qotadi, bu daraxtning asalidir. Keyin daraxt qurib o‘tin bo‘ladi. Shu yerda vahshiy hayvonning bir jinsi bor. Uni karkidon deb ataydilar. Yurtimizda qora mol boqqanday, u jazirada karkidon boqiladi. Ulaming gavdasi tuya gavdvsidan kattaroq bo‘lib, o‘t eyishadi. Boshi o‘rtasida yo‘g‘on bir shoxi bor. Uzunligi o‘n gaz bo‘lib, inson surati bor. U orolda qoramolning ham bir jinsi bor. Kemachilar, musofirlar, sayyohlaming aytishicha, bu karkidon katta-katta fillami shoxida ko‘tarib orol va dengiz qirg‘oqlarida o'tlab yurarkan. Shoxida fil borligini o‘zi ham sezmas ekan. Fil uning shohida o‘lib qolar ekan, kunning issig‘idan filning yog'i erib karkidonning ko‘ziga tusharkan. Shu bilan ko‘r bo‘lib qolarkan. Qirg‘oqqa kelib yotganda rux qushi kelib uni changalida ko‘tarib, bolalariga olib borib, shoxidagi hayvonlami ham qo‘shib yedirarkan. Bu yerda govmishlaming ko‘p xillarini ko‘rdim. Bizda unaqa govmish yo‘q. U vodiyda men qo'ynimda saqlagan olmos toshlardan juda ko‘p.

Savdogarlar uni mol va matolarga ayrbosh qildilar. Menga tanga- yu, tilla berdilar. Ular bilan birga yurib, chet mamlakatlami tomosha qildim. Vodiydan vodiyga, shahardan shahaiga o‘tib to Basra shahriga yetguncha oldi-sotdi qildik. Basrada bir necha kun turdik.

Sindbod bahriy safaridan qaytgach, Bag‘dod shahriga, o‘z uyiga yetib keldi. Ko‘p miqdorda har xil olmos toshlar olib kelgan edi. Har xil mol-matolar ham bor edi. Olib kelgan mollaridan sadaqa va hadyalar tarqatdi. 0 ‘rtoqlari bilan aysh-ishratga berildi. Boshidan kech irgan qayg‘u alamlami unutdi. Yori birodarlari uni ko‘igani kelib, safarda ko‘rganlaridan so‘rashar edilar. Sindbod ularga ko‘rgan- kechirganlarini va tortgan mashaqqatlarini hikoya qilardi.

SlAfVBOVAÍIAfg u c h tM c u z SAngUZASHTZ

Ey birodarlar, bilinglar va uchinchi safarim hikoyasini eshitinglar. Bu o‘tgan kuni eshitgan hikoyalaringizdan ajoyibroqdir.

Ikkinchi safarimdan eson-omon kelganimga juda sevindim.

16

Page 15: BIKZAfCnZ UXKOyA...2018/03/07  · voqeatami awaldan-oxirgacha hikoya qildim. U qissamga taajjublandi. Hikoyamni tamomlagach: «Ey xojam, menga ayb qo‘yma! Sarguzasht va qissamni

Chunki ko‘p molu dunyolar orttirgan edim. Ketgan hamma mollarim evaziga Olloh bergan edi. Bag‘dod shahrida bir qancha vaqt turdim. Rohat-farog‘atda, xotiijam hayot kechirar edim. Menda tijorat qilish va kasbu harakat bilan boyish orzusi kuchaydi. Nafs degan doim yomonlikka boshlaydi. Dengiz safariga munosib savdo mollaridan ko‘p narsalar oldim. Ularni olib Bag‘doddan Basraga jo‘nadim. Dengiz sohiliga keldim. U yerda katta bir kema ko'rdim. U kem ada savdogar va yo‘lovchilar ko‘p edi. K em achilar ham diyonatli, taniqli, solih kishilar edi. Ular bilan shu kemaga tushdim.

Eson-omon dengizdan-dengizga, oroldan-orolga, shahardan- shaharga o ‘tdik. Qaysi joydan o‘tsak tomosha qilib, oldi-sotdi qildik, sevinch va xursandchilikda borardik. Kunlarning birida jo ‘sh urib, to ‘lqinlanib oqadigan dengiz o ‘rtasida ketayotgan edik, dengiz atrofiga qarab ketayotgan kemachilar boshlig‘i birdan o‘z yuziga o ‘zi urib, kema yelkanini o‘rab, langar tashladi. Soqolini yulib, kiyimlarini yirtib, baqira boshladi. Undan biz: «Ey boshliq, nima gap?»— deb so'radik. U: «Ey yo‘lovchilar, bilinglar, shamol bizning ustimizdan g'alaba qildi, bizni dengiz o ‘rtasiga surib keldi. Sho'rimiz qurib, taqdir bizni maymunlar tog‘iga keltirdi. Bu joyga birov kelib salomat qaytgan emas. Hammamizning halok bo'lib ketishimizga ko‘zim yetadi»,— dedi.

Kema boshlig‘i so‘zini tamom qilmasdanoq, maymunlar kelishib kemani har tomondan o‘rab olishdi. Ular chigirtkadek kema va quruqlikni tutib ketdi. Birontasini o'ldirsak yo ursak, yo quvlasak bizni o‘ldirishadi deb qo'rqdik. Ko'jbcliilik botirlikdan ham g‘olib keladi deyilgan. Biz qo‘rqqanimizcha turaverdik. Ular vahshiylarning eng yomoni edi, oziq-ovqatlarimizni va mollarimizni taladilar, yunglari qora kiyizga o'xshardi. Ko‘rinishlari ham qo‘rqinchili, hech bin so‘zga tushunmas, hech narsa bilmasdi. Odamlardan qochar, ko'zlari sariq, yuzlari qora, o‘zlari kichik, har birining bo‘yi to‘rt qarich edi.

M aymunlar langar iplariga chiqishib, tishlari bilan qirqib tashladilar, kemaning hamma arqonlarini qirqdilar: kema qiyshayib borib toqqa yonboshlab qoldi. Qirg‘oqqa borib to‘xtaganda, maymunlar savdogarlami, yo‘lovchilami tutib orolga chiqardi, kema ichidagi barcha narsalarni olib ketdilar, bizni u yerda qojdirdilar, kema ko‘zimizdan g‘oyib bo'ljbJi£^i’-uu* fla^iM^bUKeigänlari ni bilmadik.

1 U 4B.№

Page 16: BIKZAfCnZ UXKOyA...2018/03/07  · voqeatami awaldan-oxirgacha hikoya qildim. U qissamga taajjublandi. Hikoyamni tamomlagach: «Ey xojam, menga ayb qo‘yma! Sarguzasht va qissamni

Biz shu orolda qolib meva, sabzavot, ho‘l meva yeb yurgan vaqtimizda to ‘satdan orol o‘rtasida bir ajoyib uy ko‘zimizga yarqirab ko'rinib qoldi, borib qarasak, devorlari baland, hashamatli bir qasr. Obnus daraxtidan ishlangan ikki tavaqali darvozasi ochiq ekan. Qasr eshigidan kirib gir atrofi o‘raigan, katta, keng saroyga o‘xshash joyni ko‘rdik, atrofida baland-baland eshiklar. Yuqorisida katta, baland supa, uning ustida o ‘choqlarga idishlar osilgan, atrofni suyak bosgan. U joyda hech kimni uchratmay g'oyatda ajablandik. Bir oz o'tirib, so‘ngra uxladik, choshgohdan kun botguncha uxlabmiz; to ‘satdan yer qimirlay boshladi, gulduragan ovoz eshitildi, qasr ustidan insonsurat katta bir maxluq tushdi, rangi qora, bo‘yi baland, xurmo daraxtidek uzun, ikki ko‘zidan o ‘t chaqnab turardi. Tishlari to ‘ng‘iz tishlaridek, og‘zi g‘ordek, lablari tuya labidek cho'zilib ko'kragiga tushgan, supradek ikki qulog‘i yelkasigacha osilib yotgan, qo‘l timoqlari yo'lbars timoqlariga o'xshaydi.

Uni ko'rib o ‘zimizdan ketdik, xavfimiz ziyoda bo id i, murda bo'lib qoldik.

Bu dahshatli maxluqni ko'rgach, qattiq qo‘rquv ichida qoldik. U maxluq yerga tushgach supada bir oz o ‘tirib, keyin bizning oldimizga kelib, yoMdoshlarimiz ichidan meni yerdan ko‘tarib olib, har tomonga aylantirib tekshirib ko‘rdi, men uning qoMida bir luqm aday b o ‘lib qoldim . Qassob so ’yadigan qo 'y in i ushlab ko‘rgandek, meni rosa ushlab, aylantirib ko'rdi. Safarda qiynalib ozib ketganimni, hech go'shtim qolmaganini ko‘rib, bo'shatib yubordi-da, yo‘ldoshlarimizdan birini ushladi. Uni aylantirib ko‘rdi, siypalab ko‘rib uni ham qo‘yib yubordi. Axir navbat biz kelgan kema darg‘asiga yetdi. Darg‘a semiz va yo‘g‘on, yag'rini keng azamat kishi edi, haligi odamxo‘rga shu ma’qul bo‘ldi. Qassob singari uni ushlab ko'rib, yerga tashladi va oyog‘ini bo‘yniga qo‘yib turib, boshini uzib oldi. Uzun bir six olib kelib, halqumidan suqib orqasidan chiqardi: gulxan yoqib, daig'aning gavdasidan o'tkazgan sixni o‘t ustiga qo‘ydi va to go‘shti pishguncha aylantirib turdi, keyin odam jo 'jani boigandek, uni bo‘lib-bo‘lib timog‘i bilan yulib go‘shtini yeya boshladi. Darg‘aning go'shti tamom bo‘lib, suyaklari qolguncha yedi, suyaklami qasr yoniga tashladi, so‘ngra supaga yotib uxladi, chala so'yilgan hayvon yoki xirillagan ho‘kizdek xurrak tortardi. Shu holda tong otguncha uxlab, keyin o‘rnidan turib o‘z yo'liga qarab ketdi.

18

Page 17: BIKZAfCnZ UXKOyA...2018/03/07  · voqeatami awaldan-oxirgacha hikoya qildim. U qissamga taajjublandi. Hikoyamni tamomlagach: «Ey xojam, menga ayb qo‘yma! Sarguzasht va qissamni
Page 18: BIKZAfCnZ UXKOyA...2018/03/07  · voqeatami awaldan-oxirgacha hikoya qildim. U qissamga taajjublandi. Hikoyamni tamomlagach: «Ey xojam, menga ayb qo‘yma! Sarguzasht va qissamni

U uzoqlashib ketgandan keyin o ‘z ahvolimizga achinib yig'ladik va: «Koshkiydi, dengizga g‘arq bo‘lgan yoki maymunlarga yemish bo‘lgan bo‘lsak, cho‘g‘ ustida kabob bo‘lgandan ko‘ra, g‘arq bo‘lgan yaxshiroq. 04 ib ketamiz, najot yo‘q » ,- dedik. So‘ngra berkinadigan yoki qochadigan joy izlab orolga chiqdik; go‘shtim iz kabob bo‘lgandan ko‘ra, o ‘lim bizga osonroq ko'rindi.

Berkinadigan joy topm adik , tun kirdi, qo ‘rqinchim izning zo'rligidan yana qaytib qasiga keldik. Ozgina o‘tirgan edik, to ‘satdan yer qimirlab, o‘sha qora maxluq paydo bo‘ldi, bizlami yana birma- bir aylantirib, siypalab ko‘rdi. Odamxo‘rga bittamiz m a’qul bo‘ldik, uni ushlab kabob qildi va supada o‘tirib yedi, moldek xirillab, tong otguncha uxladi.

Tong otgach, o‘z yo‘liga ketdi. Bizlar bir-birmizga: «Xudo haqqi, o ‘tda kuyib o 'lgan im izdan o 'zim izn i dengizga tashlab g‘arq bo‘lganimiz yaxshiroq»,— dedik.

4Men: «Birodarlar, kemaga o ‘xshash bir sol yasaymiz, unt o‘ldirsak, qochib kelib solga tushamiz, dengizga chiqib, bironta kema o'tguncha shu yerda to ‘xtab, kema kelishi bilan unga tushib ketamiz. Agar uni o'ldirolmasak harn, dengizga g‘arq bo‘lamiz. G ‘arq bo‘lsakbo‘lamiz, harholda olovda qovirilish va so'yilishdan qutilamiz- ku. Salomat qolsak qoldik. G ‘arq boMsak o‘lib ketamiz»,— dedim. Hammalari: «Bu juda to ‘g‘ri fikr va to ‘g‘ri tadbir»,— dedilar.

Yog‘ochlarni qasrning sirtiga tashib chiqdik, sol yasab, dengiz qirg‘og‘iga bog‘lab qo‘ydik, bir oz oziq-ovqat ham g‘amlab qo‘ydik, qaytib qasrga keldik. Kech kirgach, to 'satdan yer larzaga kelib, o ‘sha qora maxluq kirib keldi, u quturgan itga o‘xshardi. U bizlami birma-bir aylantirib, siypalab ko‘-rdi, oxiri birimizni ushladi, pishirib yedi; supa ustida momaqaldiroqdek xurrak tortib uyquga kirdi. Biz o ‘mimizdan turib borib qadab qo‘yilgan sixlaridan ikki tem ir sixni oldik, ulami qip-qizil cho‘g‘ bo‘lguncha o‘t ustiga qo‘ydik. Sixlar cho‘g‘dek bo'lganda mahkam ushlab olib, haligi maxluq oldiga keldik, u hamon xurrak tortib uxlab yotardi. Sixlami bor kuchimiz bilan ko'ziga qadadik. Uni uxlab yotganida ko‘r qildik, hayqirdi, bizni titroq bosdi. U supadan turib bizlami izlay boshladi, biz tutqich bermadik, ko‘zi ko‘r bo‘lganidan bizlami ushlolmadi. U eshikni izlab, paypaslab borib undan chiqdi, hayqirig'i dunyoni bosdi, ovozi

20

Page 19: BIKZAfCnZ UXKOyA...2018/03/07  · voqeatami awaldan-oxirgacha hikoya qildim. U qissamga taajjublandi. Hikoyamni tamomlagach: «Ey xojam, menga ayb qo‘yma! Sarguzasht va qissamni

qattiqligidan yer larzaga kelardi. Qasrdan chiqib o ‘z yo‘liga ketdi. Bir vaqt qaytib kelib qoldi, o 'zidan ham katta va dahshatli bir urg‘ochisini boshlab keldi; biz juda qo‘rqib ketdik.

Biz bir amal qilib, tayyorlab qo‘ygan kemamizga tushib, uni dengizga surdik. U odamxo‘rlar bizni toshbo'ron qila boshladilar. Ko'pimiz toshbo‘ronda o‘lib ketib, uch kishigina salomat qoldik.

Orolga chiqqanimizdan so‘ng kech kirdi. Ozgina uxlab, uyqudan uyg'ongan edik, to ‘satdan katta, qomi keng bir ajdaho bizni o‘rab olib, birimizga bir hamla qilib, kiftigacha yutdi, so‘ngra qolgan qismini ham yutdi. Uning qobirg'alari ajdaho qomida singanini eshitib tu rd ik , uni yutib o ‘z y o ‘liga ketdi. G 'o y a td a taajjub lan ib , yo‘ldoshimizga qayg'urdik, o'zim izni ham nihoyatda vahima bosdi va: «Olloh nomi bilan qasamyod qilamizki, bu juda ajib ish bo‘ldi, har bir o ‘lim awalgisidan ham yomonroq; qora maxluqdan salomat qolganimizga suyungan edik. Endi bu shum ofatdan qanday najot topamiz?»— dedik. Kech bo‘ldi. Katta, baland bir daraxt ustida uxlamoqchi bo'ldik, men eng yuqori shoxiga chiqqan edim. Qorong'i tushdi, ajdaho kelib, o ‘ngu so‘lga qaray boshladi, biz chiqqan daraxtga qarab yo‘l oldi, kelib bir yo‘ldoshimni kiftigacha yutib daraxtga o'raldi. Ajdaho qomida yo‘ldoshimning suyaklari qasir-qasir singanini eshitib türdim. Yutib bo’lguncha hammasini o‘z ko'zim bilan ko‘rib turdim; ajdaho daraxtdan tushib o‘z yo'liga ketdi; tong otib kun yorishgandan keyin daraxt tepasidan tushdim, xavf va qo‘rqinchning zo‘rligidan o‘lgan o‘likdek bo‘lib qolgandim, o‘zimni dengizga tashlab, shu dunyodan qutilib qo'ya qolay, deb o‘yladim. Jon degan narsa shirin bo‘lar ekan, yana jonimni ko‘zim qiymadi. Enli bir yog‘ochni ko‘ndalang qilib oyog‘imga, bir yog'ochni chap oyog‘imga, yana birin i o ‘ng oyog‘imga bog‘ladim , b ittasm i qomimga, yana keng, uzun bir yog‘ochni oyog'imga bog‘lagandek boshimga ko‘ndalang qilib bogMadim. 0 ‘zim yog‘ochni ichiga kirib olganday bo'ldim, mustahkam qilibbog‘lab, o'zimni yerga tashladim, yog‘ochlar orasida uxladim, ular meni uydek o‘räb oigan edi. Kech kirgach u ajdaho kelib, menga qaradi va qasd qildi, ammo yog‘ochlar bilan o ‘ralganimdan meni yutolmadi.

Ajdaho atrofimni aylanib yurdi, men uni ko'rib turardim, xavf- xatiüning zo'rligidan o ‘likdek bo'lib qoldim, ajdaho bo'lsa nari

21

Page 20: BIKZAfCnZ UXKOyA...2018/03/07  · voqeatami awaldan-oxirgacha hikoya qildim. U qissamga taajjublandi. Hikoyamni tamomlagach: «Ey xojam, menga ayb qo‘yma! Sarguzasht va qissamni

ketardi-yu, yana qaytib kelardi, har safar meni yutishni jazm qilib kelganda, yog‘ochlar bilan to'silganimdan dog‘da qolardi. U kun botishdan to tong yorishib, kun chiqquncha yonimdan ketmadi. Axiri, ajdaho g'oyatda g‘azablanib, qahr bilan o‘z yo‘liga ketdi. Shundan key in u yog‘o c h la rd a n o ‘z im n i b o 's h a td im , a jd a h o d a n qo'rqqanim dan o'likday qotib qolgan edim.

0 ‘mim dan turib orolning etagiga yetguncha yurdim, dengiz girdobi o'rtasidagi bir kemaga ko‘zim tushdi. Bir daraxtdan katta shox sindirib olib, silkitib, baqirib-chaqirib ishora qildim, ular meni ko‘rib, menga yaqinlashib keldilar. Meni olib kemaga o‘tqazdilar. Keyin sarguzashtimni so’radilar, men ko‘rgan-kechirganlarimni awaldan-oxirigacha aytdim; ular g‘oyat taajjubda qoldilar.

Menga kiyim kiygizdilar, ovqat keltirdilar, muzdek shirin suv keltirib ichirdilar, qalbim yayrab, nafsim orom oldi. Barcha ko'rganlarim bir xayolga o ‘xshab qoldi.

Salohita nomli orolga chiqqunimizcha Olloh izmi bilan shamol bizga hamrohlik qildi, darg‘a kemani shu orol oldida to ‘xtatdi...

Kemachi menga qarab: «Gapimga quloq sol, sen bir g 'arib kishi ekansan , tortgan m ehnat va m ashaqqatlaring, xavf-xatarda qolganlaringni aytding, men mamlakatingga yetishingga yordam beray deyman, meni duo qilib yurarsan»,- dedi. Men: «Ha, albatta duo qilaman»,— dedim. «Bilginki,— dedi darg'a,— biz bilan birga bir musofir bor edi, uni yo‘qotib qo'ydik, tirikmi, o‘likmi, bilmaymiz, xabarini ham eshitmadim. Uning mollarini senga bermoqchiman, uni saqlaysan, xizmating va zahmating evaziga senga bir oz mol beram an, qolganini Bag‘dod shahriga olib boram iz. U yerda musofiming oilasini surishtirib, qolgan moli va sotilgan narsalarining pulini topshiram iz. N im a deysan, uning m ollarini bu orolda sotasanmi?»— dedi. Men: «Ey xojam, bosh ustiga»,— dedim. Bu yaxshiligi uchun uni duo qildim va tashakkur aytdim. Shundan keyin u ham m ol va dengizchilarga mollarni orolga chiqarib menga topshirishgabuyurdi. Kema kotibi: «Ey daig‘a, dengizchi va hammollar kemadan tashib chiqayotgan qanday mol, ulami qaysi savdogarning otiga yozaman?»— dedi. «Sindbod Bahriy ismiga yoz, u biz bilan birga edi, jazirada g‘arq bo‘ldi, bizga hech xabar yetmadi, uning molini mana bu musofîr-g‘aribga sotishga topshirdik, uning mehnati

22

Page 21: BIKZAfCnZ UXKOyA...2018/03/07  · voqeatami awaldan-oxirgacha hikoya qildim. U qissamga taajjublandi. Hikoyamni tamomlagach: «Ey xojam, menga ayb qo‘yma! Sarguzasht va qissamni

va xizmatiga loyig‘ini berib, qolgan mollarini va sotílganlaríning pulini o'zimiz bilan Bag'dodga olib qaytamiz, egasini topsak o'ziga beramiz, topmasak Bag‘dod shahridagi oilasiga topshiramiz»,- dedi darg‘a. Yuklar meniki ekanini eshitishim bilanoq, o‘z-o‘zimga: «Xudo haqi, Sindbod Bahriy mén bo‘ laman, jazirada g‘arq bo‘lganlar qatori g‘arq bo‘lgan ham m enm an»,- dedim.

Savdogarlar kemadan chiqib, oldi-sotdi ishlaridan gaplashib turganda, men o‘zimni tutib bir oz vaqt chidab turdim, keyin kemachi oldiga borib: «Ey xojam, siz hozir yuklarini menga topshirgan kishining holi nima kechgan, bilasizmi?»— dedim. «Uning holini b ilm aym an,- dedi u m enga,- lekin u Bag'dod shahrilik bir kishi edi, uni Sindbod Bahriy der edilar. Orollardan biriga borib to ‘xtovdik, u yerda ko‘p kishilar g‘arq bo'lib ketdi. G ‘arq bo‘lganlar qatori u ham yo‘q bo‘lib ketdi. Shu vaqtgacha undan darakyo‘q»,—dedi.

Shunday deganida qattiq baqirib yubordim va dedim: «Ey daig'a, bilgin, Sindbod Bahriy men bo‘laman. Men g'arq bo‘lganim yo‘q, kema orolda to‘xtaganda savdogarlar, yolovchilar kemadan chiqdilar, men ham ular qatori chiqdim, orol yonida o'tirib ovqat yedim. U yerda uyqu bosib uyquga g‘arq boMdim, o'mimdan turib qarasam, kema ham, yonimda biron kishi ham yo‘q. Bu mollar meniki, olmos toshi olib kelayotgan savdogarlar men olmos tog‘ida ekanimda meni ko'iganlar, ular men Sindbod Bahriy ekanimga guvohlik beradilar, kemada biiga bo‘lganimizda orolda uxlab qolganimdan, sizlar meni unutib ketib qolganingizdan va boshqa ko‘igan-kechiiganlarimdan sizlarga hikoya qilgan edim».

Savdogarlar, yo‘lovchilar mening so‘zimni eshitgach, tepamga yig'ilishib keldilar, ba’zilari so‘zimga ishondi, ba’zilari ishonmadi; shunda savdogarlardan biri olmos vodiysini tilga olganimni eshitib, oldimga keldi-da: «Ey jam oa, menga qaranglar, safarlarda ko‘rgan ajoyib narsalarim ni aytgan vaqtim da, olmos vodiysiga go‘sht parchalari tashlaganimda, bir kishi osilib chiqdi, degan edim, sizlar ishonmadinglar, meni yolg‘onchi qildinglar»,- dedi. «Ha, to‘g‘ri, buni so'zlab bergan eding, ammo biz ishonmagan edik»,- deyishdi. Shu savdogar: «Go‘sht parchalarimga osilib chiqqan shu kishi, menga qimmatbaho, misli yo‘q olmos toshi bergan ham shu kishi, go'sht parchamga ilashib chiqqan olmos toshlaridan ham ortiqrog‘ini bergan shu kishi edi. Basra shahriga yetgunimizcha uni o'zimga yo'ldosh

23

Page 22: BIKZAfCnZ UXKOyA...2018/03/07  · voqeatami awaldan-oxirgacha hikoya qildim. U qissamga taajjublandi. Hikoyamni tamomlagach: «Ey xojam, menga ayb qo‘yma! Sarguzasht va qissamni

qilib keldim, undan keyin o ‘z shahriga jo ‘nadi. 0 ‘sha shu odam, bizga nomim Sindbod Bahriy deb aytgan edi, kemaning ketib qolganidan, o'zining uxlab qolganligidan ham xabar bergan edi. Bilinglar, bu odam qoshingizga kelm as edi, sizlarga aytgan so‘zimning rostligini tasdiqlash uchun kelgan. Bu mollar hammasi uning nasibasi; biz bilan birga bo‘lgan vaqtida o‘z qissasidan xabar bergan edi. So‘zi rost chiqdi»,— dedi.

U savdogaming so‘zini eshitgach, daig‘a o‘midan turib oldimga keldi, menga tikilib, tekshirib boqdi, so‘ngra: «Molingning belgisi nima?»— dedi. Men unga: «Molimning alomati shunday-shunday»,— dedim. Basrada kemaga birga tushganda men bilan darg‘a o‘rtasida bo‘lgan ishlarni birma-bir aytdim, Sindbod bahriy ekanligim aniqlandi. Darg‘a meni salomat qolganimga suyunib tabrikladi. «Xudo haqqi, ey xojam, qissang ajoyib va ishing g‘aroyib, sen bilan meni uchrashtiigan, mollaringni o‘zingga qaytaigan Ollohga hamd bo‘lsin...»

Shundan keyin mollarimni o 'zim tasarruf qildim va bu ishda ko‘p foyda oldim. Sind mamlakatiga yetguncha orollarda savdo qildim. U dengizda behad ajoyib-g‘aroyiblarni ko‘rdim. U dengizda ko‘rganlarimdan biri ho‘kiz suratidagi baliq, eshak suratli qandaydir bir jonivor, dengiz o ‘rtasidan chiqib, tuxum qo‘yib, suv yuzida jo‘ja ochadigan, dengizdan yer yuziga aslo chiqmaydigan qushdir.

Bundan keyin Olloh izmi bilan to Basraga yetguncha shamol yaxshi esib, safarimiz tinch o‘tdi. U yerda bir necha kun bo‘ldim, keyin Bag'dod shahriga yetib bordim . Oilam, yo‘ldoshlarim , do'stlarimga sovg‘a-salom berdim. Beva va yetimlami kiyintirdim. Baxtli, farovon hayot kechirdim. Ko‘rgan-kechirganlarim, tortgan mashaqqatlarim va xavf-xatarlaming hammasini unutdim. Xudo xohlasa, ertaga kelasan, to 'rtinchi safarimni hikoya qilib beraman, bu hikoya u safarlar hikoyasidan ham ajoyibroqdir.

Sindbod Bahriy Sindbod hammolga yuz misqol oltin beringlar, dastirxon yozinglar, dedi. Dasturxon yozildi; hozir bo ‘lganlar hikoyalardan va safarda Sindbod Bahriyning ko‘rgan-kechirganlaridan taajjublandilar. Hamma uy-uyiga tarqaldi. Sindbod hammol oltinlami olib, Sindbod Bahriydan eshitganlariga taaijub qilib uyga qaytdi.

Tong otib, kun yorishgach Sindbod hammol o‘m idan turib, Sindbod Bahriynikiga qarab jo‘nadi. Kelib unga salom berdi. U xursand

24

Page 23: BIKZAfCnZ UXKOyA...2018/03/07  · voqeatami awaldan-oxirgacha hikoya qildim. U qissamga taajjublandi. Hikoyamni tamomlagach: «Ey xojam, menga ayb qo‘yma! Sarguzasht va qissamni

va ochiq chehra bilan qarshi olib, boshqa yo‘ldoshlari kelguncha yoniga o‘tqazdi; yo'ldoshlari kelgandan so'ng, taom tortdilar, hammalari yedilar, ichdilar, ko'ngilxushlik qilib o'tirdilar, shunda Sindbod bahriy so‘z boshlab ulaiga safarini hikoya qildi.

JO'RnXSÍCKI UTKOyASindbod Bahriy hikoya qildi: «Bilinglar, ey birodarlar, men

Bag‘dod shahriga qaytganimdan keyin yo‘ldoshlarim, do‘stlarimga qo'shildim, xursandchilik va rohatga erishib^foydaning ko‘pligidan ko‘rgan-kechirganlarimni unutdim. Hayotning eng lazzatli davrida bo‘la turib, xaris nafsim yana chet mamlakatlarga safarga chiqishni orzu qilib qoldi. Men har jinsdagi odamlar bilan hamsuhbat bo'lish, oldi-sotdi qilish, kasbu harakatga mushtoq bo‘lib qoldim. Dcngiz safariga munosib nafis tijorat mollari sotib oldim, ko‘p mol to‘pladim. Bog'dod shahridan Basraga jo ‘nadim.

Yuklarimni kemaga soldim, o ‘zim Basra shahrining kattalariga qo'shilib oldim. Shovillab yotgan to'lqinli dengizda ketar edik, safar tinch bo'ldi, bir necha kecha-kunduz shu holatda oroldan orolga, dengizdan dengizga o ‘tib ketaverdik. Kunlaming birida qattiq bo‘ron qo‘zg‘aldi, dengiz girdobida g'arq bo‘lib ketishdan qo'rqib, darg‘a dengiz o‘rtasida langar tashlab, kemani to‘xtatdi.

To'satdan bo‘ron ko‘tarilib, kemaning yelkanini yirtib, parcha- parcha qilib yubordi. Odamlar hamma yuk-mollari bilan g‘arq bo‘lib ketdi, men ham g‘arq bo'ldim , dengizda kuictik kelguncha suzdim, jonimdan umid uzib qo'ygandim. Xudo kema taxtalaridan bir boiagini yetkazdi, bir to ‘da savdogarlar unga minib oldik.

Bir-birimizga yopishib olib, taxtaga minganimizcha oyog'imiz bilan dengizda suzib bordik, shamol va to ‘lqin bizga yordam berib, bir kecha-kunduzni shu holatda o ‘tkazdik, ikkinchi kunning choshgohida shamol qo‘zg‘alib, dengiz to‘lqinlana boshladi, shamol va to ‘lqin kuchayib, bizni bir orolga chiqarib tashladi. Biz uyqusizlik, charchoq, sovuq, ochlik, qo 'rq inch, tashnalikning zo‘rligidan o‘likdekbo‘lib qolgandik.

Oroldan yegulik giyohlar topib yedik, har holda bizga quwat bo‘ldi. Shu kechasi orol yoqasida yotdik, tong otib atrof yorishgach,

25

Page 24: BIKZAfCnZ UXKOyA...2018/03/07  · voqeatami awaldan-oxirgacha hikoya qildim. U qissamga taajjublandi. Hikoyamni tamomlagach: «Ey xojam, menga ayb qo‘yma! Sarguzasht va qissamni

o'mimizdan turib, orolni aylanib yurganimizda ko‘zimizga bir imorat yarqirab ko'rindi.

Imoratga qarab yurdik, u yerga borib to'xtagandik, to ‘satdan imorat eshigidan yalong'och kishilar qaishimizga chiqdi, bizni ushlab podsholari oldiga olib bordilar. U: « 0 ‘tiringlar»,- deb buyurdi, biz o‘tirdik, bizga taom keltirdilar, umrimizda unday taomni ko‘rgan ham emasmiz, bilgan ham emasmiz. Bu taomni ko'nglim tortmadi, yo‘ldoshlarim yesa ham m en hech yem adim , to tinm aganim Ollohning marhamati bo‘ldi, bo‘lmasa hozir tirik yurmasdim.

Yo'ldoshlarim u taom dan yegandan keyin aqldan ozishdi, jinnilarga o‘xshab qolishdi. Ularga javzi hindi, noijil moyi ichirdilar, u bilan moyladilar. Yo‘ldoshlarim u moydan ichgach, ko'zlari teskari bo iib ketdi, keyin yana ham ko'proq ovqat yeydigan bo‘ldilar. Men hayratda qoldim va qayg'ura boshladim, u yalang‘ochlardan men xavf-xatarda, qattiq tashvishda qoldim.

0 ‘ylab qarasam, ular m a’jusiylar bo‘lib, shaharlarining podshosi g‘ul ekan, mamlakatlarga kelgan kishilami yoki ko‘rgan kishilami, yo vodiyda, yo yo‘lda uchratgan kishilarini podsholariga olib kelar, o'sha taomdan yedirib, badanlarini o‘sha moy bilan moylar ekanlar. Xaligi kishilar qorinlari kengayib, aqllari ketib, fikrlari so‘nib, tentakka o'xshab qolar ekanlar, semirtirish uchun ularga ko‘p ovqat yedirarkanlar. So‘ngra podsholarining taomi uchun ulami so‘yib kabob qilarkanlar, podshoning suhbatdoshlari odam go‘shtini hech narsa qo‘shmay, pishirmay yeyishar ekan.

Ularning bu ishlarini ko'rib, o‘z nafsim va yo‘ldoshlarim uchun g*oyat qattiq qayg‘u ichida qoldim, yoidoshlarim kamoli aqllaridan ozganlaridan, ularga ko'rilayotgan choralardan birortasini ham bilmas edilar. Ulami bir kishiga topshirishdi. U kishi ulami har kuni olib chiqib, hayvonlarni boqqandek boqib kelardi; men bo ‘lsam, qo‘rqinch va ochlikning zo‘rligidan zaiflashib, jismim illatga chalinib, etim suyakka borib yopishgan edi; m a’jusiylar meni bu holda ko‘rib o‘z holimga qo‘ydilar va unutib yubordilar.

Kunlardan bir kun hiyla qilib u joydan bir amallab chiqib uzoqlashdim. Bir cho‘ponning dengiz o‘rtasida, baland bir yerda o‘tirganini ko‘rdim, tikilib qarasam, u yo'ldoshlarimni boqish uchun topshirilgan kishi ekan, uning yonida yoMdoshlarimga o'xshagan

26

Page 25: BIKZAfCnZ UXKOyA...2018/03/07  · voqeatami awaldan-oxirgacha hikoya qildim. U qissamga taajjublandi. Hikoyamni tamomlagach: «Ey xojam, menga ayb qo‘yma! Sarguzasht va qissamni

kishilar ko‘p ekan. U kishi meni ko‘rgach, aqlim joyida ekanini bildi, menga uzoqdan ishorat qilib: «Orqanggaqayt, o‘ngtarafmgdagi yo‘lga yur. Unda sulton yo‘liga chiqasan»,— dcdi. Orqamga qaytdim, o ’ngimdagi yo’lni ko’rib shu yo’ldan yurdim, qo'rqqanimdan goh yugurib, goh sekinroq yurib, dam olib, yo‘lga solgan odam to ko'zim dan g'oyib bo‘lguncha yelib ketdim, men uni ko‘rmaydigan, u meni ko'rmaydigan bo‘ldi. Kun botib qorong'ilik tushdi, dam olishga o 'tird im , uxlagim kelsa ham qo‘rqinch, ochlik, charchoqning qattiqligidan bu kecha uyquni tark qildim. Yarim kechada o'mimdan turib orol bo‘ylab tong otguncha to ‘xtamay yura berdim. Tong otib quyosh shu’Iasi tepaliklarga, vodiylarga tushdi, charchadim, qomim ochdi, tashna bo‘dlim, so‘ngra oroldagi o‘simliklardan yeb, to‘ydim. Shu holatda kun-tun yurdim, qom im ochsa yana o‘simlik yedim.

Yetti kecha-kunduz shu ahvolda boidim . Sakkizinchi kun tong otarda uzoqdan bir sharpani ko‘rib, u tomon yurdim. Unga kun bo tganda yetib bo rd im , b ir- ik k i m arta q o ‘rq inch azobini tortganimdan, yuragim xavfsirab turardi. Qarasam, murch donlarini terayotgan kishilar ekan, men ularga yaqinlashgach, meni ko'rib oldimga keldilar va o‘rab olib: «Kimsan, qayerdan kelding?»— deyishdi. Ularga: «Men bir g'arib va miskin kishiman»,— dedim va hamma ko‘rgan-kechirganlarimni, tortgan mashaqqatlarim, xavf xatarlarimni hikoya qildim.

Ular: «Bu ajoyib voqea ekan! Ammo qoralardan qanday qilib qutulding? Va bu orolda ulaming yonidan qanday qilib o'tding? Ular juda ko‘p, o ‘zlari odamxo‘r, ulardan hech kim salomat qutila olmaydi, ulaming yonidan o'tishga hech kim botingan em as»,- dedilar. Men ularga ko‘rgan-kechirganlarim ni, yo‘ldoshlarimni qanday qilib ushlab qolganlarini, ularga maxsus taom yedirganlarini, men yemaganimni so‘zlab berdim. So‘ngra ular meni salomat qutilib kelishim bilan tabrikladilar, sarguzashtlarimni eshitib, taajjubda qoldilar-

0 ‘z ishlaridan bo‘shaguncha meni yonlariga o‘tqazib, bir oz taom keltirdilar, och edim, u taom dan yeb, bir oz o‘zimga keldim. Keyin meni kemaga tushirib o‘z joylariga olib keldilar.

M eni o ‘z podsholariga uchrash tird ilar, u menga: «Xush kelding!»— deb hurmat ko‘rsatib, mendan hol-ahvol so'radi. Men

27

Page 26: BIKZAfCnZ UXKOyA...2018/03/07  · voqeatami awaldan-oxirgacha hikoya qildim. U qissamga taajjublandi. Hikoyamni tamomlagach: «Ey xojam, menga ayb qo‘yma! Sarguzasht va qissamni

o‘z sarguzashtlarimdan, Bag‘dod shahridan chiqqait vaqtdan to uning oldiga yetib kelguncha ro‘y bergan hodisalardan xabar berdirrv. Podsho oldidan chiqib shaharlami tomosha qildim, qarasam, xalqi va mol- holi ko‘p, oziq-ovqatlari mo‘l, bozorlari katta, savda mollari va oldi-sotdilari hisobsiz obod shahar ekan; bu shaharga kelganimga juda sevindim, ko‘nglim tinchib, xalqiga o'rganib qoldim. Ularga va podshoga men mamlakat xalqidan, shahar akobirlaridan ham izzatli, hurmatli bo‘lib qoldim.

Katta-kichik hammaning chiroyli arg'umoq otlaiga egarsiz miñib yurganlarini ko‘rib, taaijubda qoldim. Men bir kun podshoga: «Ey shohim, nima uchun egarga minmaysizlar? Egarga minuvchi rohat qiladi, quw at bo‘ladi-ku?»,— dedim. Shoh: «Egar qanday bo‘ladi? Biz umrimizda ko‘rgan ham emasmiz, mingan ham em asm iz»,- dedi. «Sizga egar yasab beray, ruxsat bering. M inib rohatini ko'rsangiz»,— dedim. U menga: «Ruxsat!»- dedi. Shunda: «Menga bir oz yog'och keltirilsin»,— dedim. Shoh so‘ragan narsalarimning hammasini hozirlashga buyurdi. Men, usta bir duradgomi chaqirishni talab qildim, yonida o'tirib, unga egar yasashni o'rgatdim.

So'ngra men jun olib, uni titib namat yasadim, teri keltirib egarga qopladim va unga sayqal berdim, tasmalar bilan tortib, ayilini mahkam bog‘ladim.

Temirchini chaqirtirib, uzangi yasashning tavsifini qildim, temirchi katta bir uzangi yasadi, uni egovlab sayqal berdim, nihoyat, unga ipakgajim yasab, bog‘ladim. Keyin podsho otlarining eng yaxshisini keltirdim, unga egar urdim, uzangini egarga taqdim, otning boshiga yugan soldim, olib borib podshoga taqdim etdim, u ajablandi. Egar podshoga yoqib qolib, menga tashakkur bildirdi. Qilgan xizmatim uchun ko‘p ñarsalar berdi. Egar qilganimni podshoning vaziri ko‘rgan edi, u ham shunday egar ishlab berishimni talab qildi. Unga ham xuddi shunday egar qilib berdim; davlat arboblari, m ansab egalari egar ishlab berishim ni ta lab qila boshladilar, ularga ham va’da berdim.

Duradgorga egar ishlash hunarini o ‘rgatdim, birgalashib egar, uzangi qila boshladik, ulami davlat arboblari va amaldorlarga sotdik. Shu tariqa ko‘p dunyo to'pladim , bu odamlar oldida martabam ham baland bo'ldi; ular meni yaxshi ko‘rib qolishdi; podsho va

28

Page 27: BIKZAfCnZ UXKOyA...2018/03/07  · voqeatami awaldan-oxirgacha hikoya qildim. U qissamga taajjublandi. Hikoyamni tamomlagach: «Ey xojam, menga ayb qo‘yma! Sarguzasht va qissamni

uning yaqinlari, shahar akobirlari oldida obro‘yim baland bo'lib qoldi.

Kunlaming birida, podsho oldida g‘oyat xursand va hurmatda o‘tirganim da, podsho menga: «Hoy falonchi, bilginki, bizning oldimizda aziz va mukarram bo‘lib, o ‘z kishimiz bo'lib qolding, sendan ajrala olmaymiz, shahrim izdan cfiiqib kctishingga ham qo‘ymaymiz. Sen bir narsa qilsang, menga itoat etib, so'zimni qaytarmasang», dedi. Men ung* «Ey podshohim, mendan istaganing nim a, men so‘zingni aslo qaytarm aym an, sendan ko‘p lutfu marhamat va in’omu ehsonlar ko'rdim , xizmatchilaringdan bin bo‘lib qoldim»,— dedim. U: «Istagim shuki, senga nozik tabiatli, husnu jamol va molu mulk egasi bo ‘lgan go'zal bir xotin olib bermoqchiman. Shu bilan sen bizning oldimizda turib qolasan, qasrimda yonimdan senga joy qilib beram an, so'zimni qaytarma»,— dedi.

Podsho so ‘zini esh itgach , uyalib sukut q ild im , kam oli uyalganimdan javob ham qaytarmadim. Shoh menga: «Ey o‘g‘lim, nima uchun menga javob bermaysan?»— dedi« Men: «Ixtiyorim sizda, ey podshohi zamon!»— deb javob berdim.

Podsho o‘sha ondayoq kishi yuborib qozini, guvohlami hozir qilib, meni sharofatli, oliy nasab, mol-dunyosi ko‘p, aslzoda, husnu jamol, yeru suv egasi bo'lgan bir xotinga uylantirdi.

Podsho m enga k a tta , k o ‘rkam , aloh ida b ir qasr berd i, xizmatchilar, qullar berdi, menga maosh tayinlab, davlat xizmatidan o‘rin berdi. Rohat, farovonlikda, xursandchilikda umr kechirdim. Hamma mehnat-mashaqqat va og‘ir kunlarimni unutdim. 0 ‘zimga- o‘zim: «Mamlakatimga jo‘nasam, xotinimni o-‘zlm bilan olib ketaman. Inson azalda yozilgan qismatini ko'rm ay iloji yo‘q, boshiga nima kelishini kim biladi»,— der edim.

Men xotinimni sevdim, u ham menga juda zo‘r muhabbat qo‘ydi. Ittifoq bo‘lib ju3a ahil bo‘ldik, shirin hayot kechirdik, mamnunlikda yashadik. M a’lum vaqtgacha shu holatda umr ko‘rib keldik. Qo‘shnim xotinidan ayrilib qoldi. U mening do‘stim edi, ta’ziya bildirish uchun oldiga kirdim, uni g‘amgin va xotiri parishon ko'rdim. Ta’ziya bildirib, tasalli berib , unga: «X otiningga qayg‘urm a, Olloh bundan yaxshirog'ini berar, xudo xohlasa, umring uzun bo‘la r» ,- dedim. U

29

Page 28: BIKZAfCnZ UXKOyA...2018/03/07  · voqeatami awaldan-oxirgacha hikoya qildim. U qissamga taajjublandi. Hikoyamni tamomlagach: «Ey xojam, menga ayb qo‘yma! Sarguzasht va qissamni

juda qattiq yig‘lab: «Ey birodar, qaysi ko‘nglim bilan bundan boshqaga uylanam an yoki Olloh qanday qilib o 'rn iga bundan yaxshirog‘ini beradi? Umrimdan bir kun qolgan, xolos-ku?»— dedi. Men unga: «Ey birodar, esingni yig‘, o'zingga o‘limdan bashorat berma, hali tuppa-tuzuksan, salomatsan, ahvoling yaxshi»,— dedim. U menga: «Ey birodar, sening hayoting bilan qasamyod qilaman, ertaga m endan ayrilasan, um ring b o ‘lsa, ertaga ahvolim ni ko‘rasan»,— dedi. Unga: «Bu nima éeganing?»— dedim. Qo‘shnim menga aytdi: «Bugun mening xotinimni ko'madilar, u bilan birga meni ham ko‘madilar. Bizning mamlakatda shunday odat bor; agar xotin o‘lsa, erini u bilan birga tiriklayin ko‘madilar, agar er o ‘lsa, u bilan birga xotinini tiriklayin ko‘madilar, ularning hech biri yo‘ldoshidan keyin hayot lazzatini totmasin deydilar». Unga: «Bu juda yomon odat-ku, bunga kim chiday oladi?»- dedim.

Biz shu haqda gaplashib turgan vaqtimizda, shahar xalqining ko'pchiligi hozir bo‘lib, birodarimning o‘ziga va xotiniga ta ’ziya bildira boshladi. 0 ‘z odatlariga ko‘ra, xotinga go‘ru kafan tayyorlashga kirishdilar, tobut keltirib uni tobutga soldilar, eri ham xotini bilan birga edi, har ikkalovlarini olib shahardan chiqib' tog‘ etagidagi bir joyga keltirdilar; oldinroqqa o‘tib u yerdan katta bir toshni ko'tardilar, u toshning ostida quduqning og'zidek bir teshik paydo bo‘ldi, u xotinni shu teshikka tashladilar, u tog‘ ostidagi ichi keng, katta bir quduq edi. So‘ngra ular erini ham keltirib ko‘kragidan arqon bilan bog‘lab o‘sha quduqqa tushirdilar, u bilan birga katta bir ko‘zada shirin suv va yettita non ham tushirdilar. Uni tushirganlaridan keyin do‘stim arqonnî yechdi, arqonni tortib oldilar, yana o‘sha katta tosh bilan awalgidek qilib quduq og‘zini berkitib, birodarimni quduqda, xotinining oldida qoldirib, o‘z yo‘llariga qaytdilar.

Men o ‘z-o‘zimga: «Xudo haqqi, bu o ‘lim awalgi o‘limdan battarroq-ku», deb qo'ydim. So‘ngra men ularning podshosiga borib: «Ey xojam, mamlakatingizda qanday qilib tirikni o^ik bilan birga ko 'm ad ilar?»— dedim . Podsho menga: «Bilgin, bu bizning mamlakatimizning odati, agar er o ‘lsa, xotini bilan birga ko'mamiz, bordiyu xotin o‘lsa, erini ham tiriklayin u bilan ko‘mamiz. Biz ikkovini tirikda ham , o ‘lganda ham bir-biridan ayirm aym iz, bu ota- bobolarimizdan qolgan odat» ,- dedi. Men: «Ey podshohi zamon,

30

Page 29: BIKZAfCnZ UXKOyA...2018/03/07  · voqeatami awaldan-oxirgacha hikoya qildim. U qissamga taajjublandi. Hikoyamni tamomlagach: «Ey xojam, menga ayb qo‘yma! Sarguzasht va qissamni

shahringizda mendek g‘arib odamning xotini o‘lsa, uni ham shunday qilasizlarmi?» dedim. U menga: «Ha, uni ham xotini bilan ko‘mamiz va unga ham xuddi ko‘rganingdek tadbir ko 'ram iz»,- dedi.

Buni eshitgach, o ‘z jonim ga qayg'urib, g‘am yeganimning zo'rligidan o‘tim yorilib, hushim uchdi. Xotinim mendan ilgari o‘lib, meni tiriklayin u bilan birga ko‘msalar, qanday bo 'ladi, deb ko‘nglimga vahima tushdi. K o‘nglimga tasalli berib: «Shoyad xotinimdan oldin o'zim o'lsam»,— der edim. «Kim ilgari, kim keyin ketishini hech kim bilm aydi»,— deb ba’zi vaqtlarda o ‘zimni qiziqchilikka solardim.

Biroq oradan ozgina vaqt o‘tmay xotinim kasal bo‘lib qoldi, bir ozdan keyin o‘ldi, ko‘pchilik yig'lab kelib, menga va xotinimning qarindoshlariga ta ’ziya bildirdilar, podsho ham kelib menga ta ’ziya bildirdi. Yuvg‘uchi xotinni keltirib, uni yuvib, eng yaxshi kiyimlarini kiydirdilar, ziynat asboblarini, bo‘yniga qimmatli toshlarini taqdilar, keyin tobutga soldilar, ko‘tarishib, o ‘sha toqqa qarab jo'nadilar, quduqning og‘zidan toshni ko‘tarib, xotinimni unga tashladilar. Keyin hamma yo'ldoshlarim, xotinimning qarindoshlari oldimga kelib men bilan vidolashdilar, men ulaming o‘rtasida turib: «Men bir g‘arib kishiman, sizlaming odatingizga chidolmayman!»— deb baqirardim. Ular gapimga quloq ham solmadilar, so‘zlarimga e ’tibor ham qilmadilar. Ular meni ushlab, zo‘rlab bog‘ladilar, o ‘z odatlaricha yetti non va bir ko‘za shirin suv qo‘shib, meni o'sha quduqqa tushirdilar, qarasam, u tog‘ tagidagi g‘or ekan. Menga: « 0 ‘zingni arqondan bo‘shat!»— dedilar. Men rozi bo‘lmadim, ular arqonni tashlab yubordilar, so‘ng o'sha katta tosh bilan quduq og‘zini berkitib o ‘z yoMlariga ketdilar.

U g‘orda ko‘p o ‘liklarni ko‘rdim, sasib juda badbo‘y bo‘lib ketgan, keyin qilgan ishimga o‘zimni o'zim koyib: «Boshimga tushgan savdolarga va barcha ko‘rgan-kechirganlarimga o‘zim gunoh- korm an»,- der edim. Kecha bilan kunduzni ayirolmaydigan, ozgina narsaga qanoat qiladigan bo ‘lib qoldim , juda och qolmasam, yemasdim, tashnalik kuchaymasa, ichmasdim, qoMimdagi yemak- ichmakning tugab qolishidan juda qo‘rqardim. Bu shaharda uylanish degan narsa qanday zo‘r balo e k an ,- dedim. Endi bir musibatdán qutildim desam, yana undan zo‘rroq bir musibatga duchor bo‘libman.

31