Upload
others
View
72
Download
0
Embed Size (px)
Citation preview
1
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
MEHNAT TA’LIMI VA DIZAYN KAFEDRASI
BITIRUV MALAKAVIY ISHLARNI
TAYYORLASH
BO’YICHA METODIK TAVSIYANOMA
Toshkent 2015
2
Bitiruv malakaviy ishlarni tayyorlash bo’yicha metodik tavsiyanoma 5111000
– Кasb ta’limi (5150900 –dizayn (liboslar dizayni)) va 5111000 – Кasb ta’limi
(5111038 – texnologik mashinalar va jihozlar) bakalavriat ta`lim yo’nalishlari
talabalari uchun mo’ljallangan.
Mazkur metodik tavsiyanomada bitiruv malakaviy ishlarni himoya jarayoniga
tayyorlash tartibi, uning bajarilish va taqdim etish muddati, shuningdek, unga
tegishli materiallarni to’g`ri bayon etish va rasmiylashtirishning asosiy qoidalari
ko’rib chiqiladi. Metodik tavsiyanomada bitiruv malakaviy ishlarini bajarish
jarayonida ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish, tajribalar o’tkazish metodikasi,
olingan natijalarga tahliliy ishlov berish yoritilgan. Metodik tavsiyanomadan kasb
ta`limi fakulteti talabalari, magistrlar, aspirantlar, metodistlar, o’qituvchilar va
malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslari tinglovchilari o’z faoliyatlarida
foydalanishlari mumkin.
Mualliflar: R.G.Mullaxmetov – «Mehnat ta`limi va dizayn»
kafedrasi, mudiri p.f.n., dotsent.
Taqrizchilar: V.N.Sattorov -TTESI «Kasbiy pedagogikai» kaf.
p.f.n., dots.
H.Sanaqulov – “Boshlang`ich ta`lim metodikasi va
tarbiyaviy ish” kafedrasi mudiri, p.f.n.,
dotsent
Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universiteti
Ilmiy kengashi tomonidan tasdiqlangan.
2015 yil “___” _______№ ______.- sonli qaror bilan nashrga tavsiya etilgan.
3
MUNDARIJA
SO’Z BOSHI………………………………………………………………....…...4
OLIY O’QUV YURTLARIDA BAKALAVR BITIRUV MALAKAVIY ISHNI
BAJARISHGA QOYILADIGAN TALABLAR (O’zbekiston Respublikasi Oliy
va o’rta maxsus ta`lim vazirliganing 1998 yil 31 dekabr №362 sonli buyrug`i.......7
1. BITIRUV MALAKAVIY ISHNING MAQSAD VA VAZIFALARI...........10
2. BITIRUV MALAKAVIY ISHLAR MAVZULARINI TANLASH
VA TASDIQLASH TARTIBI 2.1 Umumiy talablar...........................................…....................................... 12
2.2 Bitiruv malakaviy ishlar mavzulariga qoyiladigan talablar.….................. 14
2.3 Malakaviy ishlar mavzularini tanlash va tasdiqlash.…............................... 22
3. BITIRUV MALAKAVIY ISHNI BAJARISHDA TASHKILOTLAR
VAZIFALARI
3.1 Universitet tayanch kafedralari vazifalari................................................... 22
3.2 Ilmiy rahbar, ilmiy maslahatchi vazifalari va talaba majburiyatlari…….. 23
4. MALAKAVIY ISHNI TAYYORLASH TARTIBI 4.1. Bitiruv malakaviy ishni bajarish jarayoniga tayyorgarlik......…... ... ……..29
4.2. Bitiruv malakaviy ishning mazmuni va tarkibiy tuzilishi………….............35
4.3. Ta`lim muassasalarida aniqlangan muammoni bartaraf qilish boyicha
tavsiyalar ishlab chiqish…......………………………………………………....45
5. BITIRUV MALAKAVIY ISHNI RASMIYLASHTIRISH QOIDALARI 5.1. Bitiruv malakaviy ishning rasmiylashtirilishi……….…….…... ……… ..47
5.2.Matn, jadval, chizma va boshqa illyustrativ
materiallarning rasmiylashtirilishi……………………………..……………….49
5.3. Bitiruv malakaviy ishning varaqlarining sahifalanishi…….…………... . ..51
5.4. Ilovalarning rasmiylashtirilishi…………….…. ………….…………… ...51
6. BITIRUV MALAKAVIY ISHNING DASTLABKI VA ASOSIY
HIMOYALARINI O’TKAZISH, SO’NGRA ULARNI SAQLASH VA
FOYDALANISH TARTIBI 6.1. Malakaviy ishning dastlabki himoyasini o’tkazish tartibi.….…………… .52
6.2. Taqrizchilarga taqdim etish..............…..........................……….…..….…..53
6.3. Ma`ruza va taqdimotlarni tayyorlash ..................................................…....54
6.4. Malakaviy ishning asosiy himoyasini o’tkazish tartibi....................…….. .56
6.5. Malakaviy ishni baholash mezonlari...............…................................……57
6.6. Bitiruv malakaviy ishni saqlash va undan foydalanish tartibi.…................60
ILOVALAR............................…...........................…..................…....................61
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR……………………............................78
4
SO’Z BOSHI
Oliy ta`lim muassasalarida bakalavrlarni tayyorlash tasniflagichiga ko’ra
5111000 – Кasb ta’limi (5150900 –dizayn (liboslar dizayni)) va 5111000 – Кasb
ta’limi (5111038 – texnologik mashinalar va jihozlar) bakalavriat ta’lim
yо‘nalishlari boyicha bitiruvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasi tarkibiga
fanlararo davlat imtihonlari, bitiruv malakaviy ishini tayyorlash va himoya qilish
jarayonlari kiradi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta mahsus ta`lim vazirligining 1998-yil
31-dekabr 362-sonli buyrug`iga asosan oliy ta`limda tahsil oluvchi talabalar
yakuniy davlat attestatsiyasi talablariga binoan bitiruv malakaviy ishini yozadilar
va himoya qiladilar.
Yakuniy davlat attestatsiyasini o’tkazishdan maqsad - 5111000 – Кasb ta’limi
(5150900 –dizayn (liboslar dizayni)) va 5111000 – Кasb ta’limi (5111038 –
texnologik mashinalar va jihozlar) bakalavriat ta’lim yо‘nalishlari boyicha
bitiruvchilarni Davlat ta`lim standarti talablari darajasiga muvofiqligini ta`minlash
hamda kasbiy pedagogik masalalarni echish asosida ularning amaliy va nazariy
tayyorgarlik darajalarini aniqlashdan iborat.
Bitiruv malakaviy ish “Oliy ta`lim muassasalarida bitiruv malakaviy ishini
tayyorlash tartibi haqida Nizom” asosida tayyorlanadi. O’quv yili uchun yakuniy
attestatsiya sinovlarining dasturlari va bitiruv malakaviy ishni baholash mezonlari
kafedra yig`ilishlarida muhokama qilinadi va oliy ta`lim muassasasi Ilmiy metodik
Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Bitiruv malakaviy ishlar mavzulari ta`lim muassasasining bitiruvchilarni
tayyorlovchi kafedralar tomonidan mutaxassislarga talabgorlarning talablarini,
shuningdek, zamonaviy fan, texnika, texnologiya yutuqlarini hisobga olgan holda
belgilanadi.
Bitiruv malakaviy ishlar mavzusi tahliliy, ilmiy-tadqiqiy yoki amaliy
yo’nalishida bo’lishi mumkin.
5
Bo’lajak muxandis-pedagoglarning bitiruv malakaviy ishlari boyicha
muammo echimi yuzasidan tajriba-sinov ishlarini amalga oshirish va olingan
natijalarga ishlov berish, umumlashtirish va tahlil qilish kabilar ifoda etilishi lozim.
Bitiruv malakaviy ishida bakalavr umumkasbiy va mutaxassislik fanlari
boyicha bilimlar qo’llanilishini talab qiladigan tugallangan kasbiy pedagogik
topshiriqni echadi.
Bu ishda bakalavr:
- echilayotgan topshiriq boyicha muammo holatining sharhi va bu
masalaning tahlilini beradi;
- kasbiy-pedagogik talablarni ifodalaydi, topshiriqni echish talqinlarini ko’rib
chiqadi va oqilona yo’lni aniqlaydi;
- oqilona yo’lning hisob-kitobi, pedagogik va metodik echimini beradi;
- topshiriq echimi boyicha xulosa va takliflarni beradi hamda ularni
iqtisodiyotning mos sohalarida qo’llash imkoniyatini aniqlaydi.
Talabaga bitiruv malakaviy ish topshirig`i uchinchi kursda o’qish davomida
beriladi. Ish umumkasbiy va ixtisoslik fanlarni talaba o’zlashtirib borgani sari
to’rtinchi kurs va pedagogik amaliyot davomida mazkur standartda bajarish uchun
ajratilgan vaqt mobaynida bajariladi.
Bitiruv malakaviy ish himoyasini o’tkazish boyicha oliy ta`lim muassasasida
rektor buyrug`i bilan Davlat attestatsiya komissiyalari tashkil etiladi.
Har kalendar yilida oliy ta`lim muassasasi rektorining taklifi asosida Oliy va
o’rta maxsus ta`lim vazirligining buyrug`i bilan ushbu ta`lim muassasasida
ishlamayotgan olimlar, ishlab chiqarishning etakchi mutaxassislari tarkibidan
Davlat attestatsiya komissiyasi raislari tayinlanadilar.
Davlat attestatsiya komissiyalari, mutaxassis tayyorlovchi tayanch oliy ta`lim
muassasasining ilmiy-pedagogik kadrlari tarkibidan, shuningdek, mazkur soha
kadrlarini iste`molchilari bo’lgan ta`lim muassasalarning yuqori malakali
mutaxassislari, turdosh oliy ta`lim muassasalarning etakchi professor-o’qituvchi va
ilmiy xodimlari, O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi tizimidagi muvofiq
sohalar olimlaridan shakllantiriladi.
6
Bitiruv malakaviy ish himoyasini o’tkazish boyicha Davlat attestatsiya
komissiyasining tarkibi oliy ta`lim muassasasi rektori tomonidan himoya
boshlanishidan bir oy oldin tasdiqlanadi.
5111000 – Kasb ta`limi yo’nalishlari boyicha bitiruv malakaviy ish
himoyasiga ta`lim dasturlarini to’liq tugatgan va o’quv rejasida nazarda tutilgan
barcha attestatsiya sinovlaridan muvaffaqiyatli o’tgan shaxslar qoyiladi.
Bitiruv malakaviy ishlar himoyasi (yopiq mavzulardagi ishlardan tashqari)
Davlat attestatsiya komissiyalarining ochiq majlislarida, a`zolarning uchdan ikki
qismi ishtirok etgan holda o’tkaziladi.
Bitiruv malakaviy ishlar boyicha o’zlashtirish ko’rsatkichi 100 ballik tizimda
baholanadi hamda attestatsiya komissiyasining majlis bayoni belgilangan tartibda
rasmiylashtirilgandan so’ng shu kunning o’zida e`lon qilinadi.
Davlat attestatsiya komissiyasi bitiruvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasi
natijalari asosida ularga 5140900 – Kasb ta`limi yo’nalishi boyicha bakalavr
darajasidan o’rnatilgan nusxada diplom berish haqida qaror qabul qiladi.
Davlat attestatsiya komissiyalarining qarorlari ochiq ovoz berish yo’li bilan,
majlisda ishtirok etuvchilarning ko’pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng
bo’lgan holda, raisning ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Ushbu metodik tavsiyanoma O’zbekiston Respublikasining «Ta`lim
to’g`risida»gi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, oliy ta`lim
muassasasining 5140900 – Kasb ta`limi yo’nalishi boyicha bakalavrlarning
tayyorgarlik darajasi va zaruriy bilimlar mazmuniga qoyiladigan talablar asosidagi
Davlat ta`lim standarti hamda Toshkent to’qimachilik va engil sanoat instituti
hamda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetlarida yillar
mobaynida to’plangan boy tajribalar asosida tuzilgan.
Mualliflar tomonidan takdim etilayotgan mazkur metodik tavsiyanoma
bitiruvchi talabalarga malakaviy ishlarni tayyorlash va ularni himoya kilish
jarayonida zaruriy manba bo’lib xizmat qilishi mumkin. Ushbu qo’llanma asosida
bitiruvchi talabalar malakaviy ishlar mavzularini tanlash va tasdiqlash tartibi
shuningdek, bitiruv malakaviy ishining mazmuni va tarkibiy tuzilishi va
7
rasmiylashtirish hamda tayyorlash ketma-ketligi boyicha ularga qoyiladigan
umumiy talablarni aniqlab oladilar.
OLIY O’QUV YURTLARIDA BAKALAVR BITIRUV MALAKAVIY
ISHNI BAJARISHGA QOYILADIGAN TALABLAR.
O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirliganing 1998 yil
31 dekabr №362 sonli buyrug`i bilan tasdiqlangan
1. Bitiruv malakaviy ishni bajarishning maqsad va vazifalari
Bitiruv malakaviy ishni bajarish (keyingi satrlarda malakaviy ish) — oliy
o’quv yurti bakalavriatida talabalarni o’qitishning yakuniy bosqichidir.
Malakaviy ishni bajarish maqsadi:
Ta`lim boyicha nazariy va amaliy bilimlarni mus-tahkamlash va kengaytirish,
olingan bilimlarni mu-ayyan ilmiy, texnikaviy, ishlab chiqarish, iqtisodiy, ijtimoiy,
madaniy vazifalarni hal etishda qo’llash;
Ijodiy ishlash, ishlab chiqilayotgan masalaning (muammoning) qoyilish
jarayonidan boshlab, uni to’la nihoyasiga etkazish boyicha qaror qabul qilishda
bo’lgan mas`uliyatni his etishga o’rgatish;
Zamonaviy ishlab chiqarish, iqtisodiyot, texnika va madaniyatning
rivojlanishi sharoitida talabalarni mustaqil ishlashga tayyorlikligini ta`minlash.
2. Bitiruv malakaviy ishlarning mavzusi
Malakaviy ishlar mavzusi muammoning zamonaviy holatini va iqtisodiyot,
ishlab chiqarish, texnika, ijtimoiy sohalar, fan, ta`lim va madaniyatning is-tiqboliy
rivojlanishini aks ettirishi kerak.
Malakaviy ishlar mavzusi mutaxassis chiqaruvchi kafedra tomonidan
belgilanadi va oliy o’quv yurti yoki fakultetning ilmiy kengashi tomonidan
tasdiqlanadi hamda uch yilda bir martadan ortiq qayta ko’rib chiqilmaydi.
Malakaviy ishlar mavzusining yillik royxati bitiruv amaliyoti boshlanishiga
qadar yoki bitiruv kursining boshida e`lon qilinadi.
8
Talabalarga (reytinglari boyicha kamayish tartibida) malakaviy ishlarning
mavzularini tanlash huquqi beriladi. Talaba yoki talabaning o’qishi uchun to’lov-
kontrakt mablag`ini to’lovchi buyurtmachi zaruriy asoslar bilan malakaviy ishlar
mavzusi boyicha o’z variantlarini taklif etishlari mumkin.
Malakaviy ish mavzusi va rahbarni talabaga biriktirish kafedraning
taqdimnomasi boyicha rektorning buyrug`i bilan rasmiylashtiriladi .
Ish rahbari, malakaviy ishning mavzusiga muvofiq talabaga malakaviy ishga
tegashli materiallarni to’plash boyicha (jumladan, malakaviy amaliyot o’tkazish
davrida ham) topshiriq beradi. Topshiriqning shakli oliy o’quv yurtining o’quv
bo’limi tomonidan belgilanadi. Topshiriq malakaviy ish bilan birgaliqda Davlat
attestatsiya komissiyasiga taqdim etiladi.
3. Malakaviy ishni bajarishga rahbarlik qilish
Malakaviy ishlarga rahbarlar ushbu oliy o’quv yurtining professor va
dotsentlari yoki ilmiy xodimla-ri boshqa muassasa va korxonalarning yuqori
malakali mutaxasislari safidan tayinlanadi.
Malakaviy ish rahbari:
topshiriq beradi;
malakaviy ishning bajarilish jadvalini rejalashtiradi;
asosiy adabiyotlar, ma`lumot va arxiv materiallarini hamda mavzu boyicha
boshqa manbalarni tavsiya etadi;
talabalar bilan muntazam ravishda konsultatsiyalar o’tkazadi;
malakaviy ishning bajarilish jarayonini nazorat etadi;
talaba bajargan malakaviy ishning sifati va muallifligiga javob beradi,
mavzularining qaytarilishiga yoki ko’chirilishiga yo’l qoymaydi.
Malakaviy ish rahbarining taklifiga binoan, kafedra malakaviy ishga rahbarlik
qilishga ajratilgan vaqt byudjeti hisobidan ishning ayrim bo’limlari boyicha
konsultantlarni taklif etishi mumkin.
Malakaviy ishning bo’limlari boyicha konsultant-lar etib, oliy o’quv
yurtlarining professorlari va dotsentlari, ilmiy xodimlari hamda boshqa muassasa
9
va korxonalarning yuqori malakali mutaxassislari tay-inlanishi mumkin.
Konsultantlar talaba bajargan ishning muvofiq qismini tekshiradilar.
Mutaxassis chiqaruvchi kafedra malakaviy ishga qoyiladigan majburiy
talablar hajmini belgilagan holda malakaviy ishni bajarish boyicha uslubiy
qo’llanmalarni ishlab chiqadi va talabalarni ta`minlaydi.
Malakaviy ish berilgan topshiriq asosida shaxsan talaba tomonidan bajariladi.
Malakaviy ishning har bir bo’limi muvofiq asoslar, qarorlar va xulosalar bilan
yoritiladi. Malakaviy ishda, ilgari bajarilgan mustaqil ishlarning natijalari yoki
boshqa mualliflarning (ilmiy ma`ruzalar va maqolalari, hisob-grafika ishlari, kurs
ishlari va loyihalari, albatta, nomlari ko’rsatilgan hodda) ishlari aks ettirilishi yoki
ulardan foydala-nish mumkin.
Tushuntirish qismi (poyasnitel`naya zapiska) malakaviy ishning mazmunini
qisqa va muayyan shaklda ifodalashi lozim Zaruriy hollarda tushintirish qism-ga
grafiklar, rasmlar, eskizlar, diagrammalar, sxema va boshqalar, shuningdek,
zaruriy qo’shimcha axborot yozilgan disketlar ilova etilishi mumkin.
Tushuntirish qismi qo’l yozma tarzida rasmiylashtirilgan bo’lishi shart.
Tushuntirish qismi kamida 10-15 ming so’z hajmida belgilanadi.
CHizmalarning formati, shartli belgilari, shrift va masshtablari amaldagi
DTSlar talablariga qat`iy muvofiq kelishi zarur, odatda, chizmalar A2 formatli
qog`ozda (5-6 varaq hajmida) qalamda bajariladi yoki texnika vositalari orqali
ekranda ko’rsatiladi. Arxitektura yo’nalishidagi chizmalarga qoyiladigan talablarga
muvofiq o’quv-uslubiy birlashmalar (assotsiatsiyalar) tomonidan belgilanadi.
Kafedraning tavsiyasiga binoan malakaviy ish chet tillarning birida bajarilishi
mumkin. Chet tilda bajarilgan ishga davlat tilidagi annotatsiya ilova etiladi va
himoya vaqtida tarjima ta`minlanadi.
4. Malakaviy ishning bajarilishi
Malakaviy ish oliy o’quv yurtining, odatda, ushbu maqsadda maxsus
ajratilgan xonalarida bajariladi. Ayrim hollarda, malakaviy ish korxonalar,
muassasalar, ilmiy loyihalash va boshqa muassasalarda baja-rilishi mumkin.
10
Malakaviy ishning bajarilishi boyicha talabaning hisobot berish muddatlarini
dekanat nazorat etadi. Dekanat belgilagan muddatlarda, talaba malakaviy ishning
bajarilishi haqida rahbar va kafedra mudiri oldida hisobot beradi. Kafedra mudiri
malakaviy ishning tayyorlik holatini belgilaydi.
Talaba ish muallifi, tanlangan qarorning to’g`riligiga va uning topshiriqqa
muvofiqligiga, malakaviy ishda ko’chirmachilik holatining yo’qligiga javob
beradi.
5. Malakaviy ishni himoya qilish
Belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan malakaviy ish talaba tomonidan
rahbarga taqdim etiladi. Rahbar, malakaviy ish talab darajasida bajarilganligiga
ishonch bildirgandan so’ng, ishni o’z taqrizi bilan birga kafedra mudiriga taqdim
etadi. Taqrizda talabaning faolligi, qabul qilingan qarorlardagi yangiliklar va
malakaviy ishning boshqa ijobiy tomonlari tavsiflanadi. Kafedra mudiri, taqdim
etilgan materiallar asosida, malakaviy ishni talaba tomonidan DAK da himoya
qilishga kiritish haqida qaror qabul qiladi. Agar, kafedra mudiri talabaning
malakaviy ishini himoyaga kiritish mumkin emas deb hisoblasa, masala kafedra
majlisida, rahbar ishtirokida muhokama etiladi. Kafedra majlisining bayonnomasi
fakultet dekani tomonidan tasdiq uchun rektorga taqdim etiladi.
Himoyaga kiritilgan malakaviy ish taqrizga yuboriladi.
Taqrizchilar tarkibi bitiruvchilarni iste`mol qiluvchi soha mutaxassislari
safidan tanlanadi. Taqrizchilar sifatida oliy o’quv yurtlarining professor va
o’qituvchilari ham jalb etilishi mumkin.
Fakultet dekani malakaviy ishni taqriz bilan himoya uchun DAK ga yuboradi.
Bitiruv malakaviy ishni himoya qilish tartibi O’zbekiston Respublikasi oliy
o’quv yurtlari bitiruvchilarini yakuniy davlat attestatsiyasi to’g`risidagi Nizomda
belgilangan.
Malakaviy ish himoyadan so’ng (kamida 10 yil) oliy o’quv yurtida saqlanadi.
Har xil sabablar boyicha malakaviy ishni boshqalarga topshirish zaruriyati mavjud
bo’lgan holda (tadbiq etish, tanlovlar va hakozo), ishdan nusxa olinadi (ishning asl
nusxasi oliy o’quv yurtida qoldiriladi).
11
1. BITIRUV MALAKAVIY ISHINIG MAQSAD VA VAZIFALARI
Bitiruv malakaviy ish talabaning o’qish davrida egallagan nazariy va amaliy
bilimlari asosida bajargan ilmiy-tadqiqot ishlarining natijasi hisoblanadi.
Bitiruv malakaviy ishning maqsadi talabalarning barcha blok fanlari boyicha
olingan nazariy va amaliy bilimlarni mustahkamlash va kengaytirish, bu bilimlarni
muayyan ilmiy, texnikaviy, ishlab chiqarish, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy
vazifalarni hal etishda qo’llashdan iboratdir. Talaba uzluksiz ta`lim turlari boyicha
o’quv dasturlari, o’quv rejalari bilan tanish bo’lishi, mutaxassislik fanlarini o’qitish
metodikasi, pedagogika va psixologiya fanlari, yangi pedagogik texnologiyalarni
chuqur bilishi va bilimlarni amalda qo’llay olishi kerak.
Bitiruv malakaviy ishning vazifasi olib borilgan tadqiqot mavzusi boyicha
olingan umumiy axborotni mustahkamlashni, manbalardan to’plangan ilmiy va
amaliy dalillarni tizimli tarzda izchil tartibga solishni nazarda tutadi.
Bitiruv malakaviy ishning muallifi ilmiy tadqiqotni mustaqil olib borishi,
ta`limiy muammolarni topishi va ularni hal qilishning umumiy metod va
qoidalarini amalda qo’llay bilishi, tahlil qila olishi, natijaning samardorligini
ko’rsata bilishi kerak.
Bitiruv malakaviy ishning vazifalari sifatida mutaxassislik va biror ixtisos
boyicha tayyorlash sohasida ilmiy-tadqiqot va amaliy ishlarda bilimlarni
mustahkamlash, mustaqil holda ma`lumotlarni izlash va muayyan muammolarni
echish, tanlangan mavzu boyicha kasbiy, pedagogik va psixologik kategoriyalar,
xodisalar va muammolar mohiyatini ochish, mavjud materiallarni tizimlashtirish,
taxlil qilish va qayta ishlash, uzluksiz ta`lim tizimida ta`lim sifati va
samaradorligini oshirishga yo’naltirilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish va
h.k.lardan iborat.
Bitiruv malakaviy ishning yozilishi, tayyorlanishi va ochiq himoya qilinishi
talabaning mutaxassisligi boyicha tanlagan mavzusi negizida nechog`lik mustaqil
tadqiqot olib borish tajribasiga ega bo’lganligini aniqlab beradi.
12
2. BITIRUV MALAKAVIY ISHLAR MAVZULARINI TANLASH VA
TASDIQLASH TARTIBI
2.1 Umumiy talablar
Bitiruv malakaviy ish talabaning oliy ta`lim muassasasidagi barcha ta`lim
olish davrlarida egallagan nazariy bilimlarini tizimlashtirish, tadqiqot, tajriba-sinov
va loyihalash metodikalarini amaliyotda qo’llay olish ko’nikmasini nazorat qilish,
shuningdek, bitiruvchi talabaning zamonaviy kasb-hunar ta`limi soxasida kasbiy
majburiyatlarni mutaxassis sifatida bajarishga tayyorgarlik darajasini aniqlash
maqsadida amalga oshiriladi. Bitiruv malakaviy ish mavzulari Respublikamizda
o’rta maxsus ta`lim muassasalari o’quv dasturlariga mos ravishda, Davlat ta`lim
standartlarida belgilangan talablarga asoslangan holda, zamonaviy fan yutuqlari va
texnologiyalarini xisobga olgan xolda tuziladi.
Bitiruv malakaviy ishning asosiy vazifalari:
olingan mutaxassislik va biror ixtisos boyicha tayyorlash sohasida ilmiy-
tadqiqot va amaliy ishlarda bilimlarni mustahkamlash;
mustaqil ma`lumotlarni izlash va muayyan muammolar yuzaga kelish
maqsadlarida vaziyatlarni o’rganishga bo’lgan bilimlarni egallash;
bitiruv malakaviy ishda qoyilgan vazifalarni bajarishda tadqiqot, tajriba-
sinov va loyihalash metodikalarini o’zlashtirganlik darajasini namoyish etish;
real sharoitlarda talabaning ishga tayyorgarlik darajasining namoyon
bo’lishi;
tanlangan mavzu boyicha kasbiy, pedagogik va psixologik kategoriyalar,
xodisalar va muammolar mohiyatini ochish;
mavjud materiallarni tizimlashtirish, tahlil qilish va qayta ishlash;
kasb-hunar ta`limini samaradorligini oshirishga yo’naltirilgan taklif va
tavsiyalar ishlab chiqish va h.k.lardan iborat.
Bitiruv malakaviy ish:
ilmiy tadqiqotning dastlabki ma`lumotlarini tizimlashtirilgan holda
saqlashi;
13
tanlangan mavzu boyicha tadqiqotning bajarilish yo’llari va natijalarini
ifodalashi;
olingan mutaxassislik va biror ixtisos boyicha tayyorlash sohasida mustaqil
ilmiy-tadqiqot va amaliy ishlarni o’z ichiga olishi;
yangi dalillar va hodisalar yoki zamonaviy ilmiy nuqtai nazarlar bilan
avvaldan ma`lum bo’lgan shartlar umumlashtirilgan ma`lumotlarni o’z ichiga
olishi;
munozarali va bahsga sabab bo’lgan xarakterdagi meteriallarni qamrab
olishi lozim.
Bitiruv malakaviy ishni bajarish jarayonida talaba turli ma`lumotlar
beradigan yordamchi adabiyotlar, davlat ta`lim standartlari, texnologik ko’rsatma
va me`yoriy hujjatlardan foydalanishni o’rganishi, mustaqil ravishda hisob-kitob
va loyihalash ishlarini bajara olishi va andozalar ishlab chiqa olishi, fan va
texnikaning ilg`or yutuqlarini xisbga olgan xolda ta`lim jarayonlarini to’g`ri tashkil
eta olishi, yangi asbob-uskuna va jihozlarni tanlashi hamda texnologik jarayonni
loyihalay olishi lozim. SHu bilan birga o’rta maxsus ta`limi tizimi, soha boyicha
kasb-hunar kollejlari o’quv dasturlari va o’quv rejalari bilan tanish bo’lishi,
mutaxassislik fanlarini o’qitish metodikasi, pedagogika va psixologiya fanlari,
zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini chuqur bilishi hamda bu
bilimlarini amalda qo’llay oladigan bo’lishi kerak.
Bitiruv malakaviy ish talabaning:
turli xil nuqtai nazarlarni hisobga olgan holda kasbiy-pedagogik
masalalarning ko’prok maqbul variantlarini tanlashi va mantiqiy fikrlashi;
mavzuni aniq ifodalashi va uning dolzarblik darajasini baholashi;
qoyilgan vazifalarni echishda tanlangan metodlarni asoslashi;
manbalar, adabiyotlar va boshqa lug`aviy-axborot materiallari bilan mustaqil
ishlashi;
ularni nazariy tahlil qilishi;
14
zarur dalillar, raqamli ma`lumotlarni tanlashi, ularni tahlil qilishi va
sharhlashi, shuningdek, ularni jadval yoki boshqa illyustrativ shakllarda namoyish
etishi;
asoslangan xulosalar chiqarishi, ishning ilmiy natijalarini ifodalashi va
amaliy tavsiyalar berishi;
o’z fikrlarini xatosiz, adabiy tilda bayon etishi, ishni to’g`ri
rasmiylashtirishi;
olingan natijalar taqdimotini zamonaviy axborot-kommunikatsion
texnologiyalarni qo’llagan holda o’tkazishi kabi mahorati to’g`risida dalolat berishi
lozim.
2.2 Bitiruv malakaviy ishlar mavzulariga qoyiladigan talablar
Bitiruv malakaviy ishning namunaviy mavzulari mutaxassislar tayyorlovchi
kafedralar tomonidan ishlab chiqiladi. Mavzular alohida hujjat sifatida taqdim
etilib, davlat va jamiyat talablari asosida davriy yangilab turiladi.
Namunaviy mavzular asosida shakllangan bitiruv malakaviy ish mavzui ilmiy
va amaliy jihatdan dolzarb bo’lishi lozim.
Bitiruv malakaviy ish mavzuining shakllanishi kasb-hunar ta`limi
samaradorligini oshirishga qaratilgan muayyan amaliy masalalarni hal etish
ko’zlanganligi to’g`risida aniq tasavvur berishi lozim.
Mavzu tanlashda talabani keyingi ilmiy tadqiqot ishlari olib borishini nazarda
tutgan holda bitiruv malakaviy ish mavzusining nomzodlik va hatto doktorlik
dissertatsiyalari yozishda ham dolzarb bo’lishiga erishish lozim. Bitiruv malakaviy
ish uchun tanlangan mavzu nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalari tayyorlashda
ham davom etishini maqsad qilib qoyiladi.
Tavsiya qilinayotgan va tanlangan mavzuning o’quv jarayonida albatta
foydalanishini nazarda tutmoq lozim. Buning uchun o’qilayotgan ma`ruza yoki
olib borilayotgan amaliy mashg`ulot dasturida o’z ifodasini topishiga erishish va
dars jarayonida tanqidiy fikrlar bildirilishi alohida vazifa qilib belgilab qoyilishi
lozim. Bitiruv malakaviy ish mavzulari har o’quv yilida 20 – 30 % yangilanadi.
15
Bitiruv malakaviy ishi mavzulari Respublikamizdagi o’rta maxsus ta`lim
muassasalari o’quv dasturiga mos ravishda, Davlat Ta`lim standartlarida
belgilangan talablarga asoslangan holda, zamonaviy fan yutuqlari va texnologiyasi
hamda servis sohasi korxonalari oldida turgan vazifalarni hisobga olib oliy ta`lim
muassasasining mutaxassis tayyorlovchi kafedralari tomonidan tuzilishi kerak.
Bitiruv malakaviy ish mavzusini ifodalashda misol tarzda Kasb ta`limi
“Servis” yo’nalishiga mos bo’lgan mavzuni tahlil qilamiz. Bunda birinchi qismida
o’rganiladigan muayyan ob`ektni tayyorlashning nazariy asoslari (modellashtirish,
loyihalashtirish, ishlab chiqarish texnologiyasi) va ikkinchi qismida ta`lim-tarbiya
masalalari va o’qitish jarayonining metodik asoslari aks ettirilishi kerak (Misol
uchun: “Kasb-hunar kollejlarida ayollar kundalik koylagini loyihalash va tikish
texnologiyasini o’rgatishda foydalaniladigan muammoli o’qitish usullari”).
Mavzuni shakllantirishda ob`ektni tayyorlash texnologiyasi qismida kasb-
hunar kollejlari o’quv dasturida mavjud bo’lgan fanlarda o’rganiladigan har bir
mavzu, ya`ni muayyan tikuv buyumi turini tayyorlash bo’lishi mumkin. Bunda shu
ob`ektga ishlov berish jarayonini o’rganishda mutaxassislikka tegishli bo’lgan
barcha fanlar boyicha olingan bilimlar qamrab olinishi kerak. Ob`ekt, ya`ni
muayyan tikuvchilik buyumini tayyorlash uchun kerak bo’ladigan asosiy va
qo’shimcha materiallar tanlash va asoslash (ularning turli xususiyatlari - fizikaviy-
mexanik, gigienik, ekspluatatsion va h.k.), buyumni loyihalash boyicha
bajariladigan ishlar, buyumni tayyorlash texnologiyasining barcha bosqichlari,
buyumga ishlov berish uchun qo’llaniladigan asbob-uskunalar, jihozlar va
moslamalar tanlash va ularning tavsiflari, buyumga ketadigan gazlama sarfi, uni
me`yorlash, mehnatni me`yorlash, ishlab chiqarish harajatlarini hisoblash kabi
ishlar bajariladi. Bu ishlarni bajarish uchun talabalar umumkasbiy va mutaxassislik
fanlari boyicha ega bo’lgan bilimlaridan foydalanishlari zarur bo’ladi hamda shu
buyumni tayyorlash texnologiyasi mavzusining mazmuniga mos ravishda ta`lim-
tarbiya masalalari va o’qitish metodikasi tanlanadi hamda amalga tatbiq qilinadi.
Qolgan yo’nalishlar boyicha ham mazularni ifodalashda xuddi shu tarzda
yondoshuv talab qilinadi.
16
Bitiruv malakaviy ish mavzulari bankini yaratishda mavzularni
shakllantirishni ob`ektni tayyorlash texnologiyasi orqali kompleks yondashuv va
ta`lim-tarbiya masalalari va o’qitish metodikasini uyg`unlashtirish tamoyilida
amalga oshirishni maqbul deb hisoblaymiz.
Bitiruv malakaviy ish mavzuini aniq ifodalash jarayonida ilmiy izlanish
yo’nalishi va metodlari, tadqiqot maqsadi va vazifalari, ob`ekti va predmeti
hisobga olinishi lozim.
Bitiruv malakaviy ishlarning sifatini yaxshilash, mavzularning qaytarilishi
yoki ko’chirmachilik holatlarining oldini olish maqsadida keng qamrovli mavzular
bankini yaratish muhim. Bunda bitiruv malakaviy ish mavzusini shakllantirishga
ta`lim mazmuni, metodlar, ta`lim vositalari va shakllari, tarbiyalash, shaxsiy va
individual sifatlarini rivojlantirish hamda texnik ob`ektlar asosida yondoshish
mumkin. Kasb ta`limi yo’nalishi boyicha ta`lim olayotgan talabalarning bitiruv
malakaviy ishlari mazmunida soha ixtisosligi boyicha hamda pedagogika,
psixologiya va kasbga oid fanlarni o’qitish metodikasi boyicha olgan bilim va
ko’nikmalari namoyon bo’lishi kerak. Bitiruv malakaviy ish mavzusi texnik
ob`ektlarga ishlov berish texnologiyasi va buni kasb-hunar kollejlari o’quvchilariga
o’rgatish jarayonida ta`lim va tarbiya berishning mazmuni, metodlari, shakl va
vositalari, o’quvchining shaxsiy va indidual sifatlarini rivojlantirish masalalarini
o’zida aks ettirishi kerak.
Tadqiqot maqsadi va vazifalari qoyidagi so’zlar bilan yakunlanishi lozim:
«…tadqiq qilish», «…. shakllantirish (rivojlantirish)», «… loyihalash (ishlab
chiqish)», «…tahlil qilish (baholash)», «…kuchaytirish (susaytirish)», «…sifatini
yaxshilash (samaradorligini oshirish)» va h.k. SHuningdek, bunda maqsad va
vazifalar uyg`unligiga erishish joiz. Masalan: «…tahlil qilish va yuzaga keltirish»,
«…loyihalash va baholash».
Bitiruv malakaviy ish mavzularini tanlash tamoyillari ta`lim mazmuni asosida,
shakl, metod va vositalari asosida hamda texnik obektlar, tarbiyalash, shaxsiy va
individual sifatlarini rivojlantirish asosida tanlanishi mumkin(1-jadval).
17
1-jadval
Ob`ektni tayyorlash texnologiyasi orqali kompleks yondashuv
Bitiruv malakaviy ish bajarishda ob`ektni tayyorlash texnologiyasi orqali
kompleks yondashuv asosida amalga oshiriladi. Quyidagi jadvalda tanlanadigan
ob`ektlarning tasnifi berilgan.
2-jadval
T/R Kiyim
assortimenti
Ob`ekt nomlari Kompleksning
tarkibiy
elementlari
I.
Bolalar kiyimi
(yosh guruhlari
boyicha):
1. YAsli yoshidagi;
2. Maktabgacha
yoshdagi;
3. Kichik maktab
yoshidagi;
Har bir (1-5) guruh ichida:
A) Bolalar engil kiyimlari;
- Qiz engil kiyimlari (koylak, sarafan, kombinizon,
yubka, bluzka va h.k.);
-O’g`il bolalar engil kiyimlari (koylak, shim,
kombinizon va h.k.);
B) Bolalar ustki kiyimlari:
- Qiz ustki kiyimlari (palto, kurtka, poncho va
h.k.);
-O’g`il bolalar ustki kiyimlari (palto, kurtka, pidjak
va h.k.).
V) Bolalar sport uslubidagi kiyimlari:
1.Model tanlash;
2. Asoslash;
3. Loyihalash;
4.Material tanlash
va asoslash;
5. Texnologiya;
6.Material sarfini
hisoblash;
7. Jihoz tanlash;
BMI mavzularini tanlash tamoyillari
Ta`lim
mazmuni
asosida
Metodlar
asosida
Texnik ob`ektlar
asosida
Tarbiya
lash asosida
SHaxsiy va individual
sifatlarini rivojlantirish
asosida
Ta`lim
shakl
lari
asosida
Ta`lim
vosita
lari
asosida
Tak
om
illa
shti
rish
; U
zviy
lig
ini
ta`m
inla
sh;
Uzl
uk
sizl
igin
i
ta`m
inla
sh;
Inte
gra
tsiy
alas
h;
Dif
fere
nts
iall
ash
; M
uam
mo
li;
Aq
liy
hu
jum
; R
oll
i
oy
inla
r; I
shb
ilar
mo
n, li
k o
yin
lari
;
I.B
ola
lar
kiy
imi
(yo
sh g
uru
hla
ri
bo
yic
ha)
-YA
sli
yo
shid
agi;
-M
akta
bg
ach
a
yo
shd
agi;
- K
ich
ik m
akta
b y
osh
idag
i; -
O’r
ta m
akta
b y
osh
idag
i;
- O
’sm
irla
r. I
I.A
yo
llar
kiy
imi;
III.
Erk
akla
r k
iyim
i:
Aq
liy
; A
xlo
qiy
; E
stet
ik;
Meh
nat
;
Iqti
sod
iy;
Hu
qu
qiy
; E
ko
log
ik;
Jism
on
iy;
Qiz
iqis
h;
Mo
tiv
atsi
ya;
Qo
bil
iyat
;
Xo
tira
; D
iqq
at;
Jam
oav
iy;
Gu
ruh
li;
YA
kk
a;
Ko
rxo
nad
a o
’qit
ish
; I
shch
iga
bir
ikti
rib
o’q
itis
h;
Ek
sku
rsiy
a;
Did
akti
k v
osi
tala
r; K
om
py
ute
r
vo
sita
lari
; V
irtu
al s
ten
dla
r;
18
II.
III.
4. O’rta maktab
yoshidagi;
5. O’smirlar.
Ayollar kiyimi:
Erkaklar kiyimi:
- Qiz bolalar sport uslubidagi kiyimlari;
- O’g`il bolalar sport uslubidagi kiyimlari.
-Ayollar engil kiyimlari (koylak, bluzka, yubka,
sarafan, jaket, shim va h.k.);
-Ayollar uy kiyimlari (koylak, xalat, milliy kiyim,
tungi koylak va h.k.);
-Ayollar kundalik kiyimlari (koylak, bluzka, yubka,
sarafan, jaket, shim va h.k.);
-Ayollar bashang kiyimlari (koylak, bluzka, yubka,
sarafan, jaket, shim va h.k.);
-Ayollar ustki kiyimlari (palto, plashch, kurtka va
h.k.).
-Erkaklar engil kiyimlari (koylak, shim);
-erkaklar ustki kiyimlari (palto, plashch, kurtka,
chopon va h.k.).
3-jadval
2. Ta`lim-tarbiya masalalari va o’qitish metodikasi boyicha
1 Psixologik
jihatlari boyicha
O’quvchilarning -
-kasbiy qiziqishlarini shakllantirish;
-faolligini oshirish;
-kasbga moyilligi kuchaytirish;
-qobiliyatini rivojlantirish;
-xotirasini mustahkamlash.
19
2 SHaxsni
tarbiyalash
boyicha
-Tarbiya metodlari tanlash;
-Tarbiya usullari tanlash;
-Tarbiya shakllari tanlash;
-Tarbiya vositalari tanlash;
-Nutq madaniyatini rivojlantirish;
-O’quvchilar faoliyatini rag`batlantirish yo’llari;
-YAngi pedagogik texnologiyalardan foydalanish;
-Axborot texnologiyalaridan foydalanish;
O’quvchilarni – -umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash; -
milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash; -estetik tarbiyalash;
-O’quvchilarda mehnat va kasbiy tarbiya sifatlarini shaklantirish;
-O’quvchilarda iqtisodiy tarbiya;
-Ekologik tarbiya;
-Axloqiy tarbiya;
-O’qitish jarayonida ulug` mutaffakirlarning pedagogik merosini
o’rganish.
3 O’qitish
metodikasi
boyicha
-O’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini shakllantirish;
-O’qitishning muammoli metodlaridan foydalanish;
-Hikoya, suhbat usullaridan foydalanish;
-Aqliy hujum metodidan foydalanish;
-Rolli oyinlar metodidan foydalanish;
-Ishbilarmonlik oyinlari metodidan foydalanish;
-O’quv adabiyotlari bilan ishlash malakalarini shakllantirish;
-Mashqlar bajarishni o’rgatish;
-Laboratoriya mashg`ulotlarini o’tkazish metodikasi;
-O’quvchilar o’zlashtirishini nazorat qilishning optimal variantlari;
-Dars turlaridan to’g`ri foydalanish;
-Ishlab chiqarish korxonalariga ekskursiyalar tashkil etish metodikasi;
-O’quvchilar faoliyati natijalarini nazorat qilish va baholash metodikasi;
-O’qitish metodlarining optimal variantlarini tanlash.
Bitiruv malakaviy ishni bajarish jarayonida tadqiqot ob`ekti sifatida uzluksiz
ta`lim tizimining barcha ta`lim muassasalaridagi ta`lim tarbiya jarayoni bo’lishi
mumkin:
20
Tadqiqot predmeti sifatida esa quyidagilar ishtirok etishi mumkin:
ta`lim tizimi;
o’quv-biluv faoliyati;
ta`lim-tarbiya jarayoni;
o’qitishning samaradorlik tavsifi va x.k.
Bitiruv malakaviy ish mavzulari bankini mavzular mazmuni boyicha muayyan
tartibga solish va tasniflash uchun bitiruv malakaviy ishni kodlash tizimini
shakllantirish maqsadga muvofiq bo’ladi. Bunda bitiruv malakaviy ishlari
mavzusining kodi soha yo’nalishi va tayanch hamda fundamental bilimlar asosida
shakllanganligining ketma-ketligi belgilanadi.
4 - jadval
Bitiruv malakaviy ish mavzularini kodlash tizimini shakllantirish tasnifi
algoritmi
Mutaxassisislikning
soha yo’nalishi Mavzuning ketma-ketlikda shakllanilganligi
1 2 3 4
01-08
UM UM UM
PP PP PP
FM FM FM
5 – jadval
Mutaxassisislikning soha yo’nalishi kodlari
Mutaxassislik soha yo’nalishi Kod raqami
Ta`lim 01
Fan 02
Gumanitar fanlar va san`at 03
Ijtimoiy fanlar, biznes va huquq 04
Muhandislik, ishlov berish va qurilish 05
21
Qishloq va suv xo’jaligi 06
Sog`liqni saqlash va ijtimoiy ta`minot 07
Servis xizmatlari 08
6 - jadval
Mavzuning ketma-ketligining shakllanish kodlari
Mavzuning tayanch va fundamental bilimlar Kodlari
Umumkasbiy va mutaxassislik bilimlar UM
Pedagogik va psixologik bilimlar RP
Fan va texnologiyalar FT
Bitiruv malakaviy ish quydagicha kodlangan bo’lishi mumkin (4-jadvalga
qarang): jadvaldagi agar mavzu ta`lim sohasiga oid bo’lsa mutaxassisislikning
soha yo’nalishiga 01 qoyiladi, mavzuning asosiy mazmuni yo’nalishining
ahamiyatlilik darajasiga qarab kodlar joylashtiriladi.
Masalan: mavzuning kodi: 01 RR UM FT bo’lsa, mavzu ta`lim soha
yo’nalishiga oid bo’lib, uning asosiy mazmuni tarbiyaviy ahamiyatga ega,
umumkasbiy va mutaxassislik tayanch bilimlar aks ettirilgan hamda unda fan va
texnologiyalarga oid tushunchalar berilgan yoki 08 UM FT PP kodi bilan
belgilangan mavzu servis xizmatlari sohasi yo’nalishiga tegishli bo’lib, uning
asosiy mazmunida umumkasbiy va mutaxassislik bilimlar o’z ifodasini topgan
bo’lib, fan va texnologiyalar boyicha tayanch bilimlar aks ettirilgan va tarbiya
masalalariga oid tushunchalar berilgan.
Xulosa sifatida shuni ta`kidlash mumkinki, mavzularni loyihalashga ob`ektni
tayyorlash texnologiyasi orqali kompleks yondashuvda texnologik va pedagogik
tizimlarni uyg`unlashtirish asosida bitiruv malakaviy ish mavzulari bankini
shakllantirishda bir-birini takrorlamagan holda mavzularning juda ko’plab
variantlarini yaratish mumkin. Bunda talabalarning bitiruv malakaviy ish
mazmunida pedagogik turkum fanlari hamda umummuhandislik va ixtisoslik
22
fanlar boyicha olgan bilim va ko’nikmalari aks ettiriladi. SHu bilan birga
mavzularni kodlash tizimini shakllantirish orqali bitiruv malakaviy ish mavzulari
bankini mavzularning mazmuni boyicha muayyan tartibga solish va tasniflash
imkoniyati yaratiladi.
Bunda ular pedagogika, psixologiya, kasb ta`limi metodikasi fanlaridan olgan
bilim va ko’nikmalarini qo’llaydilar va pedagogik amaliyot davomida bajargan
ishlari natijalarini tajriba-sinov ishlari sifatida aks ettiradilar.
2.3 Malakaviy ishlar mavzularini tanlash va tasdiqlash
Bitiruv malakaviy ish uchun materiallar to’plashga talabaning pedagogik
amaliyotini o’tagan ta`lim muassasasi tadqiqot bazasi bo’lishi mumkin. Talabaning
bitiruv malakaviy ish ximoyasiga tayyorgarlik jarayoni tanlagan mavzu va
yo’nalishi boyicha xal etilayotgan masala xususiyatiga muvofiq bo’lgan majburiy
shartlardan biri xisoblanadi.
Bitiruv malakaviy ish mavzuini tanlash va tasdiqlash jarayoni talaba mavzu
va ilmiy rahbar tanlaganidan boshlanadi. Talaba bitiruv malakaviy ish mavzuini
tanlashi bilan darhol uni tasdiqlash uchun 1-ilovada ko’rsatilgan shaklda tayanch
kafedra mudiri nomiga ariza berishi lozim. Bitiruv malakaviy ish mavzui va ilmiy
rahbarlari oliy ta`lim muassasasi rektori buyrug`i asosida bitiruvchi kurs o’quv
yilining birinchi yarimida tasdiqlanadi.
3. BITIRUV MALAKAVIY ISHNI BAJARISHDA TASHKILOTLAR
VAZIFALARI
3.1 Universitet tayanch kafedralari vazifalari
Universitet tayanch kafedralari bitiruv malakaviy ishning bajarilish jarayoniga
ilmiy rahbarni, fakultet dekanlari esa ma`muriy rahbarlikni ta`minlaydi.
Talaba tayanch kafedralaridan biriga ariza yozgandan keyin u yoki bu
kafedraga berkitiladi. Ariza kafedra yig`ilishida ko’rib chiqilish jarayonida bitiruv
23
malakaviy ish yoki loyiha mavzui ilk bor aniq ifoda etiladi. Bitiruv malakaviy
ishga rahbarlik qilish tartibiga ko’ra boshqa tashkilot va muassasalardan yuqori
malakali amaliyotchi-mutaxassislar, shuningdek, kafedraning ko’proq tajribali
o’qituvchilari belgilanishi mumkin.
Kafedra mudiri talabalarning pedagogik amaliyotini o’tash jarayoni va ular
tomonidan bitiruv malakaviy ishning bajarilishini doimiy nazorat qilib boradi.
Talaba pedagogik amaliyotini o’tab bo’lishi bilan kafedraga amaliyot o’tagan
joyidan o’z faoliyati boyicha yozma tavsifnoma va olingan tadqiqot natijalari
xaqida qisqacha hisobot topshiradi.
3.2. Ilmiy rahbar, ilmiy maslahatchi vazifalari va talaba majburiyatlari
Bitiruv malakaviy ish ilmiy rahbari:
talabaga bitiruv malakaviy ishni tayyorlash jarayonida ilmiy, metodik va
amaliy yordam ko’rsatishi;
talabaga mavzuni tanlash, ishni bajarishda bitiruv malakaviy ish mavzui va
tarkibiy tuzilmasi tasdiqlangan so’ng belgilangan vazifalarni ishlab chiqish(2-
ilova)ga ko’maklashishi;
talabani mavzu boyicha ilmiy izlanishda zarur bo’ladigan manba va
adabiyotlarni izlashga yo’naltirishi hamda tadqiqotni amalga oshirishda
qo’llaniladigan metodikalarni tanlashga yordam berishi;
talabaga muntazam maslahat berib borishi, «Bitiruv malakaviy ishni
tayyorlash jadvali»ni nazorat qilishi (3-ilova), talabaga DAK yig`ilishida himoya
qilish jarayoniga kirish so’zi va taqdimotlarni tayyorlash uchun zarur bo’lgan
yordamni ko’rsatishi;
belgilangan vaqt davomida bitiruv malakaviy ishning bajarilishini
ta`minlash maqsadida ba`zi bir qismlari uchun maslahatchilarni biriktirish boyicha
kafedraga taklif kiritishi;
bitiruv malakaviy ish xaqida 10-ilovada keltirilgan shaklda yozma xulosa
berishi lozim.
24
Talaba muntazam ilmiy rahbar tomonidan belgilangan hamda «Bitiruv
malakaviy ishni tayyorlash jadvali» qayd qilingan vaqtlarda olingan natijalar
haqida hisobot berib borishi lozim.
Talabaning ilmiy rahbar ko’rsatmalarini bajarmasligi yoki besabab
maslahatlarga kelmasligi bitiruv malakaviy ishga rahbarlikdan voz kechishga asos
bo’ladi.
Talaba tadqiqotni amalga oshirish jarayonida olingan natijalarning ilmiy
ishonchlilik darajasi uchun to’liq javobgarlikni oladi. Ilmiy rahbar olingan natijalar
ishonchliligini baholashda ishtirok etadi.
Talaba bitiruv malakaviy ishni o’z muddatida bajara olmasa, o’quv kurslarini
yakunlagandan so’ng uch yil davomida himoya qilish xuquqi beriladi. Berilgan
vaqt mobaynida u ilmiy rahbari va ilmiy maslahatchisini almashtirish, shuningdek,
unga bitiruv malakaviy ishni tayyorlashda ilmiy va metodik yordam ko’rsatuvchi
boshqa bir kafedrani tanlash xuquqiga ega.
Bitiruv malakaviy ish ilmiy maslahatchisi:
Bitiruv malakaviy ish maslahatchisi kafedrada faoliyat ko’rsatayotgan ilmiy
darajasi bo’lmagan o’qituvchiga ilmiy rahbarlik qilishi uchun biriktirilgan ilmiy
darajaga yoki ilmiy unvonga ega professor-o’qituvchilardan tayinlanadi.
talabaga bitiruv malakaviy ishni tayyorlash jarayonida o’z mutaxassisligiga
mos qismini tayyorlashga ilmiy, metodik va amaliy yordam ko’rsatishi;
talabani mavzu boyicha ma`lum qismini yoritishda zarur bo’ladigan manba
va adabiyotlarni izlashga yo’naltirishi hamda tadqiqotni amalga oshirishda
qo’llaniladigan metodikalarni tanlashga yordam berishi;
talabaga muntazam umumkasbiy, ixtisoslik va metodik jihatdan maslahat
berib borishi, «Bitiruv malakaviy ishni tayyorlash jadvali»ni nazorat qilishi;
belgilangan vaqt davomida bitiruv malakaviy ishning bajarilishini
ta`minlash maqsadida ba`zi bir qismlari uchun maslahatlarini kafedradagi bitiruv
malakaviy ishlarni muhokama qilish jarayonida bayon qilish;
25
bitiruv malakaviy ish xaqida 10-ilovada keltirilgan shaklda yozma taqriz
berishi lozim.
Talabaning ilmiy maslahatchi ko’rsatmalarini bajarmasligi yoki besabab
maslahatlarga kelmasligi bitiruv malakaviy ishga maslahatchilikdan voz kechishga
asos bo’ladi.
Bitiruv malakaviy ishni tayyorlash jarayonida talabaning
majburiyatlari:
Bitiruv malakaviy ishni bajarish jarayonida talaba butun o’quv faoliyatida
olgan bilimlari, egallagan ko’nikmalari asosida quyidagi kasbiy malakaviy
talablarga ega bo’lishi lozim:
Vazirlar mahkamasining ta`lim to’g`risidagi me`yoriy hujjatlari bilan ishlay
olishi;
Davlat ta`lim standartlarida ko’rsatilgan me`yoriy talablarga to’liq amal
qilishi;
o’quv rejasiga muvofiq tarzda faoliyat yurita olishi;
ijodiy izlanish asosida ta`lim mazmuniga tegishli o’zgartirishlar kirita olishi;
elektron darsliklar uchun animatsiyali taqdimotlar yarata olishi;
ko’rgazmali qurollar va tarqatma materiallar tayyorlay olishi;
zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalari asosda dars o’ta olishi;
muammoli ta`limni amalga oshirish va uning o’ziga xos xususiyatlarini
takomillashtirib borishi;
o’quvchi-talabalar bilan do’stona munosabatlarni shakllantira olishi;
pedagogik madaniyat va kasbiy mahoratga ega bo’lishi;
o’quvchi-talabalar bilan individual va tabaqalashtirilgan holda ta`limni
amalga oshira olishi;
iqtidorli o’quvchilarni izlash va ular bilan individual ishlash rejasini tuza
olishi;
o’quvchi-talabalarning mustaqil faoliyat ko’rsatishini ta`minlay olishi;
26
o’quvchi-talabalar uchun pedagogik, psixologik va kasbiy yo’nalishlarda
qo’shimcha mashg`ulotlar tashkil etishi;
mustaqil ta`lim jarayonida o’quvchilarning ilmiy-ijodiy qobiliyatlarini
shakllantirishi;
o’quv jarayonida o’quvchi-talabalarga modellashtirish va avtomatlashtirish
metodlarini qo’llay olishlariga imkoniyat yarata olishi;
darsni rejalashtirish jarayonida vaqtdan samarali foydalanish uchun
auditoriyaga beriladigan axborotni to’g`ri taqsimlay olishi;
darsda beriladigan axborot hajmi va o’quvchini o’zlashtirish darajasini
inobatga olgan holda metodika qonuniyatlarini ishlab chiqishi va ulardan eng qulay
metodlar va usullarni tanlab tadbiq eta olishi;
darsda qoyilgan aniq maqsadga erishish uchun belgilangan vazifalar echimi
asosida kafolatli natijani qo’lga kiritish;
erishilgan yutuq va kamchiliklar yuzasidan o’z-o’zini tahlil etish va o’z
faoliyatiga tanqidiy baho berishi;
o’qitish jarayonida pedagogik-psixologik usullarni to’g`ri tanlay olishi va
ularni qo’llash uchun yangi tavsiyalar berib borishi;
zamonaviy pedagogik texnologiyalar (interfaol metodlar, Blum
taksonomiyasi, motivatsiya va turli xil strategiyalar)ni tahlil etib, ularni ta`lim va
tarbiya jarayonida qo’llash metodikasini ishlab chiqish;
texnologik jarayonlarni o’qitish tamoyillari va metodlari asosida estetik
hamda iqtisodiy samaradorlik tomonlarini o’rganish;
kasbiy fanlarni o’qitishning umumiy tamoyillari va metodlarini ishlab
chiqish;
elektron darsliklar asosida ta`lim bera olishi (mavzuni yoritish jarayonida
elektron darsliklar imkoniyatlari yordamida taqdimotlar namoyish etishi);
ta`lim jarayonida masofadan o’qitishni tashkil eta olishi (ushbu holatda
masofadan o’qitish metodlari taxlil qilishi va ularni qo’llash uchun tavsiyalar
ishlab chiqishi);
27
o’quvchilarda tanqidiy fikrlashni yuzaga keltira olishi (auditoriyaga
berilayotgan axborotni turli usullar, tarqatma materiallar asosida mavzu boyicha
muammoli vaziyatlarni yarata olishi hamda o’tilayotgan mavzuga o’quvchilarning
tanqidiy fikrini shakllantirish boyicha tavsiyalar ishlab chiqishi);
interfaol metodlardan foydalanib o’qitishni tashkil etishi;
auditoriyani psixologik jihatdan boshqara olishi;
o’quvchilarda mavzu boyicha savollar, bahslar sharoitini yaratishi;
darsning yutuq va kamchiliklarini aniqlab, barcha o’z fikrini ifodalash
imkonini beruvchi usullarni tavsiya etishi;
o’quvchilarning ijodiy imkoniyatlarini faollashtirish maqsadida auditoriyada
psixologik muloqot o’rnatish uchun kichik guruhlarni shakllantira olish;
darsda belgilangan vazifa va muammodan kelib chiqadigan maqsadlarni
ifodalay olishi;
auditoriyada tashkil etilgan guruhlarda pedagogik g`oyalar tizimini
shakllantira olishi;
guruh a`zolari tomonidan tashlangan pedagogik g`oyalarni tizim holiga
keltirib tasniflashi;
keltirilgan g`oyalarni destruktivlashi, ya`ni amalga oshish imkoniyatiga
qarab baholashi;
o’quvchilar tomonidan bildirilgan tanqidiy mulohazalarga ob`ektiv baho
bera olishi;
o’quvchilarning tanqidiy, tahliliy va aniq mantiqiy fikrlashlarini rivojlatirish
uchun ularga o’z fikrini yozma yoki og`zaki shaklda ixcham bayon etish va
himoya qilishga tegishli shart-sharoitlar yaratishi;
ta`lim berish jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qanday
qo’llash va o’qitish uchun lozim bo’ladigan me`yoriy hujjatlarni tuza olishi;
mavzu boyicha dastur, yordamchi chizmalar, tarqatma materiallar va o’z
fikrini o’zgalarga etkaza olishi hamda himoya qila olishi;
28
dars yakunida o’quvchilar tomonidan o’zlashtirilgan bilimlarni tartibga
solishi va ularni umumlashtira olishi;
ob`ektlar miqdoriy va sifat munosabatlarini ifodalash uchun matematik
metodlarni qo’llashi;
eksperiment ma`lumotlarini ishlab chiqishning asosiy usul va yo’riqlaridan
foydalanishi;
olingan natijalarning foydalanish chegarasini baholab va ular ierarxik
tuzilishini hisobga olib modellarni tadqiq etishi;
kompyuter grafikasi vositalarini qo’llash boyicha ko’nikmalariga ega
bo’lishi;
texnologik jarayonlarni boshqarish, ishlab chikarish xom-ashyosiga ishlov
berish, jarayonlarning omillarini tanlash va o’rnatish, texnologik jarayonlarni
loyihasini tuzish va amalga oshirishni bilishi;
ishlab chiqarish texnologik uskunalardan foydalanish va ularga texnika
xizmati ko’rsatishini tashkil etishi;
boshlang`ich texnologik bo’g`inni tashkil etish va boshqarish haqida
tushunchaga ega bo’lishi;
pedagogik va soha tarmoqlarining rivojlanish qonuniyatlarini mukammal
bilishi va ularni texnikaviy-iqtisodiy tahlil qilish, texnikaviy-iqtisodiy
ko’rsatkichlarni aniqlashni bilishi;
psixologiya va pedagogikaning dolzarb muammolarini o’rganish boyicha
namunaviy usullarda ilmiy-amaliy tadqiqot o’tkazishi;
uzluksiz ta`lim muassasalarida o’quv jarayonini tashkil etishi va
o’tkazilishiga ko’maklashishi;
tadqiqotlarda ishtirok etishi, ma`lumotlarni to’plashi, umumlashtirishi va
tahlil etishi va x.k.
29
4. MALAKAVIY ISHNI TAYYORLASH TARTIBI
4.1 Bitiruv malakaviy ishni bajarish jarayoniga tayyorgarlik
Bitiruv malakaviy ishni bajarishga tayyorgarlik jarayoni talabaga tanlangan
mavzuning o’rganilganlik darajasini baholashga yordam beruvchi adabiyotlar,
monografiya va o’quv qo’llanmalar, ilmiy maqolalar bilan tanishishdan
boshlanadi.
Manba va adabiyotlar bilan ishlash jarayonida tadqiq etilayotgan u yoki bu
muammoga taalluqli bo’lgan dalil va voqealarni yozib olish tavsiya etiladi.
YOzib olingan ma`lumotlar ko’pchilik hollarda materialni qayta ishlash va
guruhlashda qiyinchilik tug`dirmasligi uchun bitta varaqqa joylashtirilishi
maqsadga muvofiqdir. Buning uchun ma`lumotlar chiqqan manba va
adabiyotlarning qaeridan yozib olinganligini aniq ko’rsatish talab etiladi.
Manba va adabiyotlar o’rganilib bo’lgach esa, bitiruv malakaviy ishning to’liq
rejasini tuzishi va uni ilmiy rahbar bilan, zarur hollarda esa ilmiy maslahatchi bilan
kelishishi lozim. Ushbu rejaga ish jarayonida aniqlik kiritish mumkin. Uning oxirgi
varianti asosiy manba va adabiyotlar bilan ishlab bo’lgach tuziladi va u ilmiy
rahbar tomonidan tasdiqlanib, muhim hujjatga aylanadi, unga kiritiladigan
o’zgarishlarni faqat rahbar roziligi bilan amalga oshirish mumkin.
Bitiruv malakaviy ishni o’z vaqtida va sifatli bajarish talabaning o’z mustaqil
ishini tashkil etish qobilyatiga bevosita bog`liq. Malakaviy ishni bajarishni talaba
bitiruv malakaviy ish rejasini tuzishdan boshlaydi. Reja asosida boblar va
paragraflar bajarilish ketma-ketligi va muddatlari ko’rsatiladi.
30
1-chizma
Bitiruv malakaviy ishni bajarishning asosiy vazifalari
Talaba bitiruv malakaviy ishning kirish va boshqa bo’limlari hamda
xulosalarini tayyorlashi bilan uni ilmiy rahbar va ilmiy maslahatchiga taqdim etadi.
Ular ko’rsatgan kamchilik va takliflarni bitiruv malakaviy ishni tayyorlash
jadvalida ko’rsatilgan muddatgacha qayta ishlab chiqadi (3-ilova).
Bitiruv malakaviy ishni bajarishda rejalashtirilayotgan asosiy
natijalar
Ilmiy tadqiqot olib borishda faolligini namoyon etish
Sabab-oqibat aloqalarini aniqlash
Har xil sohalar bilimlarini jalb qilgan holda muammolarni echimini topish
Mustaqil va ijodiy fikrlash ko’nikmalarini ifodalash
Mustaqil qaror qabul qilish va faoliyati natijalari bo’yicha mas`uliyatni uz zimmasiga olish
O’z bilimiga baho berish va ko’p xajmdagi axborot muhitida o’zini yo’qotmaslik
Gurux bilan ishlash ko’nikmalarini olish
Tadqiqotlar, tajribalar va tahlillarni mustaqil o’tkazish
Yo’l qo’ygan kamchiliklari uchun javob berish
Ilmiy izlanish faoliyati natijalarini tahlil qilib, o’z yutuqlari va kamchiliklarini aniqlash, vujudga kelgan qiyinchiliklar sabablarini topish, xatolarni tuzatish yo’llarini aniqlash
Mustaqil faoliyat olib borish huquqidan foydalangan holda o’z fikrlari va muloxazalarini himoya qilish
Izlanish natijalarining variantlari va ularning sodir bo’lish ehtimollarini bashorat qilish
Jamoa bo’lib muhokama qilishda o’z nuqtai nazarini baholash hamda himoya qilish
Bularning barchasi malakaviy ishni bajarishda qo’llaniladi!
31
2-chizma
Talabalar mustaqil faoliyatini tashkil etish natijalari sifatida bitiruv
malakaviy ishni bajarish va tayyorlashning pedagogik modeli
O’qituvchi talaba tadqiqotchilik
faoliyatining eksperti va
maslahatchisi sifatida
Talaba mustaqil tadqiqotchilik
faoliyati sub`ekti sifatida
deyatelnosti
Maqsad: Bitiruv malakaviy ishni tayyorlash va himoya qilish
Tamoyillar: ilmiylik, tizimlilik, faoliyatli, muammoli, dialogli o’zaro ta`sir, individullashtirish,
psixologik komfortlilik, onglilik, faollik; o’z-o’zini boshqarish
Bitiruv malakaviy ishning zamonaviy shakllari
Muammoni tadqiq etish bo’yicha talabaning bosqichma-bosqich
harakatlari:
1. tadqiqot muammosi bilan tanishish, tashki doiralarini aniklash
2. tadqiqot ob`ekta i predmetini belgilash
3. tadqiqot maqsadi va vazifalarini qo’yish
4. «tadqiqot qo’lyozmalari»ni yaratish
5. mustaqil goyalarni yaratish va tadqiqot farazini ishlab chiqish
6. tadqiqotning nazariy asoslarini o’rganish
7. empirik tajribalarni umumlashtirish
8. tajriba-sinov ishlarini tashkil etish va olib borish
9. tajriba-sinov ma`lumotlarini tuplash va umulashtirish
10. tadqiqot ilmiy apparatini tuzatish, uning mantiqini tekshirish
Bitiruv malakaviy ishni yaratish jarayonida ilmiy rahbar tomonidan
boshqarish bosqichlari:: axborot almashuv, operativ, qayta aloqa, nazorat,
tashxislovchi
Ishning tarkibiy tuzilishi va mantiqiy rasmiylashtirilishi
Dastlabki himoya.
Bitiruv malakaviy ish taqdimoti va himoya
Bitiruv malakaviy ishni tayyorlash va himoya qilish texnologiyasi
Mustaqil faoliyatni tashkil etish natijalari 1. Bitiruv malakaviy ish(loyiha) ximoyasi
2. CHukur tadqiqotchilik ilmiga egalik
3. Mustaqil faoliyat tajribasi 4.
Yondashuvlar: tizimli-sinergetik, faoliyatli
Psi
xolo
gik
-ped
agogik
sh
aro
italr
Ta
shk
iliy
-ped
ag
og
ik
Su
bek
t-sh
axsi
ga o
id
Zaxir
aviy
32
Bitiruv malakaviy ishni o’z vaqtida va sifatli bajarish talabaning o’z mustaqil
ishini tashkil etish qobiliyatiga bevosita bog`liq. Malakaviy ishni bajarishni talaba
taqvim reja tuzishdan boshlaydi. Taqvim reja asosida boblar va paragraflar
bajarilish ketma-ketligi va muddatlari ko’rsatiladi.
1-jadval
Bitiruv malakaviy ishni bajarish uchun zarur bo’ladigan
psixologik-pedagogik sharoitlar
SHaroitlar
guruhi Umumiy
Bitiruv malakaviy ishni tayyorlash uchun eng
asosiy zaruratlar
1 2 3
Tash
kil
iy-p
edagogik
sharo
itla
r
Tashkiliy-iqtisodiy,
ilmiy-uslubiy,
tashkiliy-boshqaruv
ta`limning kasbiy yo’nalganligi;
ilmiy va ijtimoiy hamkorlik;
faol o’zarota`sir, ishni ishlab chiqish uchun
tashkilot, muasssasa, laboratoriya, kafedraga ariza
berilishi, kasbga oid muhim muammolarni echish;
Bitiruv malakaviy ishmavzui, ilmiy rahbar va ilmiy
maslahatchini erkin tanlash imkonini yaratilishi
Su
bek
t-sh
axsi
ga
oid
sh
aro
itla
r
kasbiy o’zlashtirish
motivatsiyasi;
o’z vaqtini erkin
rejalashtirish;
o’ziga xoslikning yuzaga
kelishiga bo’lgan hurmat;
dolzarb hayotiy muammolarni
ochiq muhokama qilish;
ta`limning individual
cho’qqisi
ijobiy psixologik muhit;
o’zaro hurmat;
empatiya;
talaba va o’qituvchining ishchan ruhdagi,
hamkorlikdagi munosabati;
talaba tomonidan o’z qadr-qimmati va
kamchiliklarining anglanishi;
bilimlar ko’lami, muloqot qila olish ko’nikmasi;
o’z hayotiy va kasbiy faoliyatini olib borish
san`atini loyihalash qobiliyati
33
Zaxir
aviy
sh
aro
itla
r
moliyaviy-iqtisodiy,
moddiy-texnik,
me`yoriy-xuquqiy,
axborotli
ilmiy-nazariy va
dasturiy-metodik,
kadrlar masalasi
ta`lim jarayonida zamonaivy, ilmiy asoslangan
o’quv-uslubiy qo’llanmalarni ishlab chiqish va ularni
amaliyotga tatbiq etish;
zarur bo’ladigan o’quv-uslubiy va ma`lumotlar
boyicha tayyorlangan materiallarning tushunarliligi
(ommabopligi);
fanning ishchi dasturi xaqida ma`lumot beradigan
uslubiy qo’llanima ishlab chiqish;
«o’qituvchi-talaba» o’rtasida safarbar qayta aloqa
tizimni yaratish
Taqvim rejada talaba bajaradigan quyidagi ishlar aks ettirilishi lozim:
mavzu boyicha adabiyotlarni tanlash va tanishib chiqish;
malakaviy ishning dastlabki rejasini tuzish;
tanlab olingan adabiyotlarni chuqur o’rganish va yig`ilgan materiallarni
qayta ishlash;
malakaviy ishning oxirgi variantdagi rejasini tuzish;
malakaviy ishni matnini yozish;
malakaviy ishni rasmiylashtirib, dastlabki himoyaga olib chiqish.
Mavzuni bayon qilishda, avvalambor, bu mavzuni mohiyatini ochib berish,
ikkinchidan qoyiladigan masalalar va ularni yoritilishi bir biriga bog`liq holda
bo’lishi lozim. SHu bois, malakaviy ishga qoyilgan asosiy talablardan biri
tanlangan mavzuni chuqur va keng qamrovli bayon qilish xamda ko’rilayotgan
savollarni uzviy bog`liqlikda yoritib berishdan iborat.
Bitiruv malakaviy ishni bajarish uch bosqichda quyidagi amalga oshirish
texnologiyasi boyicha bajarilishi mumkin:
34
3-chizma
Bitiruv malakaviy ishning tavsifiy xususiyatlari va
uni amalga oshirish texnologiyasi
Malakaviy ish loyihasi
Malakaviy ishning tayyorlash ilmiy tadqiqot mantiqi asosida ilmiy tadqiqot
tizimga o’xshash yoki aynan shunday tuzilmaga ega
1.1. Malakaviy ish mavzusining dolzarbligini asoslash
1.2. Malakaviy ish muammosini, uning predmeti va ob`ektini
shakllantirish
1.3. Qaror taxminini oldinga surish
1.4. Malakaviy ish vazifalarini belgilash
1.5. Ma`lumotlar manbalarini aniqlash
1.6. Tadqiqot usullarini tanlash
I. Tayyorlov bosqichi
II. Bajarish bosqichi
III. Natija bosqichi
2.1. Tadqiqotni amalga oshirish
2.2. Xulosalar
2.3. Tadqiqot natijalarini aniqlash, ularni yanada
rivojlantirish uchun yangi muammolarni belgilash
3.1. Olingan natijalarni taqdim etish va muhokama qilish
3.2. Bitiruv malakaviy ishiga tashqi (ekspert) bahosi
35
Bitiruv malakaviy ishda ko’riladigan savollar uning maqsadini ochib berishga
qaratilgan bo’lishi lozim. Malakaviy ish matnida uning mavzusiga taaluqli
bo’lmagan matn va amaliy materiallar keltirilmaydi. Barcha bo’limlarda g`oya
birligi va izchilligi ta`minlanishi zarur. Aksariyat hollarda malakaviy ishning
birinchi bobida tanlangan mavzuning nazariy jihatlari yoritiladi. Unda talaba shu
mavzuni nazariy jihatdan qanchalik darajada bilishini, turli mualliflarning asarlari
va shu sohadagi fikrlarini o’rganganligi, mazmuniy va mantiqiy jihatdan tadqiqot
qilinayotgan mavzuga o’z fikrini bildira olishini ko’rsata olishi juda muhim
hisoblanadi.
4.2 Bitiruv malakaviy ishning mazmuni va tarkibiy tuzilishi
Bitiruv malakaviy ishning asosiy tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat:
sarvaraq (4-ilova);
mundarija (5-ilova);
kirish;
asosiy qismning bob va bo’limlari;
xulosa;
foydalanilgan manba va adabiyotlar royxati (6-ilova);
ilovalar.
Bitiruv malakaviy ishning tarkibi, shuningdek, ma`lumotlar beradigan sahifa
ostidagi izoh, qisqartmalar royxati, notanish va tushunilishi qiyin bo’lgan tayanch
so’zlar lug`ati ham kirishi mumkin.
Bitiruv malakaviy ishning mundarijasida varaqlar tartib raqamlari bilan
ko’rsatilgan kirish, barcha bob va bo’limlar, xulosa, foydalanilgan manba va
adabiyotlar royxati hamda ilovalarning sarlavhalari keltiriladi. Mundarija
sarvaraqdan keyin joylashtiriladi.
Bitiruv malakaviy ishning kirish kismi quyidagilarni o’z ichiga olishi lozim:
mavzuning dolzarbligi (mavzu asosnomasi);
muammoning o’rganilganlik darajasi;
tadqiqot maqsadi;
36
tadqiqot vazifalari;
tadqiqot ob`ekti va predmeti (voqealarning ijtimoiy psixologik, pedagogik,
etnik, milliy, hududiy va jinsiy ketma-ketlikda sodir bo’lishiga asoslangan
doiralari)
kutiladigan natija;
tadqiqot metodlari;
tadqiqotning ilmiy yangiligi va amaliy ahamiyati;
foydalanilgan manba va adabiyotlarning tanqidiy tahlili;
ishning tarkibiy tuzilishi.
Bitiruv malakaviy ishning kirish qismida malakaviy ishning dolzarbligi
asoslanadi, amaliy ahamiyati, ilmiy yangilik yoki muammolik tomonlari aks
ettiriladi, tadqiqot predmeti malakaviy ishda ko’rib chiqiladigan muammolar,
ishning maqsad va vazifalari belgilab beriladi.
Foydalanilgan manba va adabiyotlarning tanqidiy tahlilini tuzishda qoyilgan
muammoni o’rganish uchun ular nimaga e`tibor berishlari kerakligini aniqlash,
shuningdek, ularning muallifi qanday manbalarga tayanganliklariga e`tibor
qaratish lozim. Buning uchun foydalanilgan manba va adabiyotlarning tanqidiy
tahlili sifatida oddiy keltirilgan me`yoriy-huquqiy dalolatnomalar, ularning
mualliflari va ishlarini almashtirish mumkin emasligini unutmaslik lozim.
Foydalanilgan manba va adabiyotlar tahlili mavzusi yoki ko’rgazmali tamoyil
boyicha tuzilishi, talabaning (ya`ni, uning o’qigan materiallariga shaxsiy
munosabati) bahosini o’z ichiga olishi, muammoning qayta ishlanganlik darajasini
ko’rsatishi, to’liq o’rganilmagan masalalarni aniqlashi lozim. Kirish bitiruv
malakaviy ish umumiy hajmining 10 -15 foizini tashkil etishi lozim.
Bitiruv malakaviy ishning asosiy qismida tadqiqot uchun tanlangan
mavzuning nazariy jihatlarini yorituvchi bob va bo’limlardan tashkil topishi,
mavzu xususiyati mos tarzda mashinashunoslik va mashinasozlik fanlari, ixtisoslik
fanlari mazmuni, tadqiqot metodi va texnikalarini kirituvchi mazmun, kutiladigan
natijalarning bayon etilishi, xulosalarning shakllantirilishi va amaliy tavsiyalar
berilishi lozim.
37
Zarurat tug`ilganda bitiruv malakaviy ishda talaba tomonidan taklif
etilayotgan tavsiyalarning tatbiq etilishidagi ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlik
ko’rsatkichlari beriladi.
Asosiy qismni nazariy va metodik qismlar tashkil etib, bunda tashkil etuvchi
bob va bo’limlarning mazmuni bitiruv malakaviy ish mavzuiga to’liq mos kelishi
va uni to’la ochib berishi darkor. Bob va bo’limlar talabaning qisqa, mantiqan
to’g`ri va dalillar keltirib to’plagan, tizimlashtirgan hamda tahlil qilgan
materiallarini bayon etish qobiliyatini namoyish etishi lozim.
Nazariy qismni tashkil etuvchi bo’limlar:
o’rganilayotgan muammoning nazariy-metodik asoslari;
o’rganilayotgan muammoning qaysidir muayyan o’quv muassasasida
aniqlanishi va tahlil qilinishi;
muammoni bartaraf etish boyicha chora-tadbirlar va tavsiyalar ishlab
chiqish;
malakaviy ishning bajarilishini ta`minlovchi texnik ta`minot;
malakaviy ishning iqtisodiy qiymati;
ixtisoslik fanlaridan mavzuga mos nazariy materiallar;
bitiruv malakaviy ishning xuquqiy ta`minoti kabi masalalarni o’z ichiga
olishi lozim;
tadqiqot ob`ektining funktsiyalari, vazifalari, sohasi;
tashkiliy tuzilma, boshqaruv tizimi, uning tashqi va ichki aloqalarining
o’ziga xosligi;
tadqiqot ob`ektining texnik iqtisodiy ko’rsatkichlari;
texnik echim va xisob kitob ishlari;
texnik chizmachilik va loyihalash asoslari;
tadqiqot ob`ektida mavjud kamchilik va muammolar;
muqobil vazifalarni nazariy va amaliy hal etishning umumiy usullari va h.
38
Kasb ta`limi (Servis) ta`lim yo’nalishlari talbalarining bitiruv malakaviy
ishlarida nazariy qismida dizayn va konstruktsiyalash qismlari kiritilishi tavsiya
etiladi. Bunda :
konstruktsiyalanayotgan buyum uchun talablarni aniqlash;
kostyum stilistikasi va konstruktiv –dekorativ echimni asoslash;
asos konstruktsiyasini qurish uchun kerakli o’lchovlar;
asos konstruktsiyasini hisoblash va qurish;
konstruktsiyalanayotgan buyumni texnik modellashtirish;
ishchi xujjatlarni tuzish;
konstruktsiyalanayotgan buyum uzelini tikish uchun asbob-uskuna va tikish
usullarini tanlash;
buyumga ishlov berish texnologik kartasi;
material tanlash va asoslash.
Bitiruv malakaviy ishning nazariy qismida ko’rgazmali va raqamlar bilan
ko’rsatilgan materiallardan foydalanish maqsadga muvofiq. Ko’rgazmali
materiallar (jadval, diagramma, gistogramma, rasm, chizma, surat va
fotohujjatlar)ni namoyish qilish shakllarini tanlash asosan tadqiqot mavzusining
tavsifi va maqsadiga bog`liqdir. Biroq bunda bitiruv malakaviy ishning asosiy
qismiga joylashtiriluvchi barcha ko’rgazmali materiallar yuqori darajadagi yangi
foydali ma`lumotlarni berishi zarurligini hisobga olish lozim. Masalan, matnda
keltirilgan jadvalning asosiy qismi tahliliy tavsifga ega bo’lishi, raqamli
ko’rsatkichlarni tahlil qilish va qayta ishlash natijalari hisoblanishi lozim.
Dastlabki statistik ma`lumotlarni o’z ichiga olgan jadvallar ishning alohida ilova
qismida keltirilishi talab etiladi.
Asosiy qismning nazariy bo’limi yakuniga hayot faoliyati xavfsizligi
boyicha ma`lumotlar kiritish tavsiya etiladi. Bunda: kasb ta`lim yo’nalishlari va
mehnat ta`limi yo’nalishlari bevosita texnika elementlarni va asbob uskunalar,
jihoz hamda moslamalar, elektr jixozlari bilan ishlaganliklari uchun hayot faoliyati
xavfsizligi boyicha tegishli ma`lumotlar bitiruv malakaviy ishda bayon qilinishi
lozim.
39
Bunda bitiruv malakaviy ishi mavzusiga mos ravishda mehnat muxofazasi,
texnik va hayot faoliyati xavfsizligi masalalari to’g`risida ma`lumotlar yoritib
beriladi:
hayot faoliyati xavfsizligi nazariyasi, ishlab chiqarish korxonalaridagi zararli va
xavfli holatlar, sanoat sohasida havfsizlik psixologiyasi va uni tahlil qilish
tizimlari;
atrof muhit va insonni fizik, kimyoviy va biologik hodisalar zararli ta`siridan
himoyalash vositalari va usullari aniqlash.
Pedagogik - metodik qismni tashkil etuvchi bo’limlar:
Pedagogik-metodik qismning paragraflarini soni va mazmuni ishni turiga
qarab belgilanadi. Odatda birinchi bobda tadqiqot olib borilgan ob`ekt boyicha
qisqacha ma`lumot berish bilan birga mavzuning umumiy nazariy masalalari
boyicha mazkur tadqiqot natijalarining amaliyotda tadbiq etilishi mumkin bo’lgan
muassasaning qisqacha tavsifnomasi berilishi lozim. Mazkur bobda quyidagi
paragraflar o’zaro mantiqiy izchillikda beriladi:
- kasbiy ta`lim jarayonlarini o’qitishda zamonaviy pedagogik va axborot
texnologiyalarning ahamiyati;
- kasbiy ta`lim jarayoni boyicha fan rivoji va istiqbollarini o’qitishda elektron
darsliklarning axamiyati;
- kasb ta`limi muassasalarida ta`lim tarbiya jarayoniga qoyiladigan talablar;
- texnologik jarayonlar va zamonaviy texnikalarning ishlash mexanizmi
boyicha o’quvchi-talabalarni mustaqil ijodiy faoliyatining tashkil etishi;
- turli mahsulot ishlab chiqarish uchun texnologik jarayonlarni boshqarish va
ularning omillarini o’zgartirish uslubiyati boyicha masofadan o’qitish metodlari;
- turli xom-ashyolarni qayta ishlashdagi o’ziga xos jixatlarini o’qitish
jarayonida o’qituvchining pedagogik madaniyati va kasbiy mahoratining
axamiyati;
- texnologik uskunalarni tanlash va asoslash usullarini belgilash jarayonida
didaktik vositalardan foydalanishi;
40
- xom-ashyo, yarim tayyor va tayyor mahsulotning sifatini aniqlash va nazorat
qilish boyicha tashkil etiladigan fakultativ va qo’shimcha mashg`ulotlar mazmuni;
- mahsulotdagi nuqsonlarning sababini aniqlash va bartaraf etish uslublari
o’qitish jarayonida qo’llaniladigan pedagogik-psixologik usullar;
- kasb-hunar kollejlarida ta`lim-tarbiya jarayonining tug`ri tashkil etiluvchisi
va ularda integratsiyalashuv jarayonining amalga oshishi;
- kasb-hunar kollejlarida o’qitish jarayonida baholashning reyting tizimi;
- kasb-hunar kollejlarida ta`lim jarayonlarni boshqarish boyicha tashkil
etiladigan mustaqil ta`lim mazmuni;
- kasb-hunar kollejlarida o’qitish jarayonida qo’llaniladigan modellashtirish
va avtomatlashtirish metodlari;
- kasb-hunar kollejlarida o’qitishning umumiy printsiplari va metodlari;
- kasb-hunar kollejlarida ta`lim jarayonlarni kompyuter grafikasining dasturiy
vositalarini ishlab chiqishi;
- mahsulot ishlab chiqarishdagi xar bir texnologik jarayonni geometrik shakl
va chizmalarda ifoda etish, tasvirlash usullarini aniklashi;
- ishlab chiqarish materiallari va ularni qayta ishlash jarayonida sifatining
o’zgarishini o’qitish jarayonida didaktik vositalardan qo’llanishi;
- hayot faoliyati xavfsizligi nazariyasi, ishlab chiqarish korxonalaridagi zararli
va xavfli holatlar, sanoat sohasida xavfsizlik psixologiyasi va uni tahlil qilish
tizimlari;
- atrof-muhit va insonni fizik, kimyoviy va biologik hodisalar zararli ta`siridan
himoyalash vositalari va usullarini aniqlashi;
- «inson – texnika – muhit» tizimini loyihalashda inson omili muammolarini
hal qilishning ilmiy asoslari va usullari;
- texnika ob`ektlari va jarayonlarini patentga loyiqligi va patentni
chinakamligini tadqiq etishning pedagogik-psixologik asoslashi;
- o’lchov vositalarini tekshirish usullari va ularda yul qoyiladigan xatolik
chegaralari boyicha me`yoriy hujjatlarni yaratishi;
41
- zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalari asosida dars o’tish
metodikasi;
- darsni to’g`ri tashkil etish rejasi va unda taqdim etiladigan axborotlarni
integratsiyalash;
- darsning texnologik xaritasi, professiogrammalarga qoyiladigan talablar;
- muammoli ta`lim va uni amalga oshirishning o’ziga xos xususiyatlari;
- pedagogik madaniyat va kasbiy mahorati;
- pedagogik, psixologik va kasbiy yo’nalishlarda tashkil etiladigan fakultativ
va qo’shimcha mashg`ulotlar mazmuni;
- o’quvchi-talabalarning mustaqil ijodiy faoliyatini tashkil etish maqsadida
seminar, amaliy va laboratoriya mashg`ulotlarida foydalaniladigan muammoli
topshiriqlar mazmuni;
- pedagogik, psixologik va kasbiy yo’nalishlarda tashkil etiladigan mustaqil
ta`lim mazmuni;
- o’qitish jarayonida qo’llaniladigan pedagogik-psixologik usullar;
- o’quv jarayonida qo’llaniladigan modellashtirish va avtomatlashtirish
metodlari;
- dars jarayonida qo’llaniladigan texnik (kompyuter, audio va videotexnikalar)
va boshqa yordamchi didaktik vositalar (tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar
va x.k.);
- elektron darsliklar asosida texnologik jarayonlarni o’qitish tamoyillari va
metodlari (mavzuni yoritish jarayonida elektron darsliklar imkoniyatlari yordamida
taqdimotlar namoyish etish hamda ulardan samarali foydalanishning yo’l-
yo’riqlari);
- kasbiy fanlarni o’qitishning umumiy tamoyillari va metodlari;
- kasbiy ta`lim jarayonida masofadan o’qitish metodlari;
- o’quv jarayonida qo’llaniladigan interfaol metodlarni aniqlashi va ularni
qo’llashi;
- dars uchun zarur bo’ladigan o’quv va uslubiy materiallar ishlab chiqishi;
42
- amaliy mashg`ulotlar hamda laboratoriya mashg`ulotlar jarayonida
o’quvchi-talabalarning mustaqil ijodiy faoliyatini tashkil etuvchi muammoli
topshiriqlar yaratishi;
- o’quvchi-talabalarning loyihachilik qobiliyatini shakllantirishga xizmat
qiluvchi topshiriqlar to’plamini ishlab chiqishi;
- darsga oid asosiy va yordamchi vositalar(tarqatma materiallar, ko’rgazmali
qurollar, audio, video, texnologiyalar)ni tayyorlay olishi va darsning texnologik
xaritasini tuzishi;
- o’quvchilar faoliyatini baholashning reyting tizimini ishlab chiqishi;
- mavzuni yoritish jarayonida elektron darsliklardan samarali foydalanishning
yo’l-yo’riqlarini ishlab chiqishi;
- kasbiy ta`lim jarayonida masofadan o’qitishni tashkil etishda o’qitish
metodlarini tahlil qilib, ularni qo’llash uchun metodik tavsiyalarni ishlab chiqishi
ko’zlanadi.
SHuningdek, bu qismda muallif tomonidan o’rganib chiqilgan materiallar
tahlili asosida erishilgan natijalar, yangiliklari, ixtirolar, me`yoriy ko’rsatkichlar,
tavsiya etilayotgan texnologik jarayonlar asoslab beriladi, shunga mos jadvallar
tavsiya etiladi, taklif etilayotgan ob`ektni takomillashtirish yo’llari, iqtisodiy
samaradorligi aniqlanadi, ilgari surilayotgan g`oya va takliflar ilmiy jihatdan
asoslanadi.
Taxlilning dastlabki materiallari talaba tomonidan pedagogik amaliyot
jarayonida o’rganilgan o’quv muassasasining ish rejasi yoki ularning bir qismi,
yillik xisoboti, moliyaviy va statistik hisobot materiallari va boshqa hujjatlar
bo’lishi mumkin.
To’plangan material xajmi va tavsifi qabul qilingan tadqiqot metodikasining
o’ziga xos xususiyatlariga bog`liq. Bunda quyidagi metodlardan foydalanish
ko’zlanishi mumkin: empirik (kuzatuv, taqqoslash, chamalash, o’lchov, tajriba-
sinov), ekspert baholash, ekspert tahlil, hisoblash tahlili, me`yoriy, tashkiliy-
loyihalash, grafik tahlil, parametrik, korrelyatsion tahlil, variativ, diskriminant,
asosli tahlil, evristik (analogiya, inversiya, empatiya, idealizatsiya, «aqliy hujum»,
43
assotsiatsiya, sinektika, morfologik tahlil va b.), iqtisodiy-matematik modellash,
ijtimoiy-iqtisodiy taxlil (taqqoslash, tanlab o’rganish, guruhlash va korrelyatsion
tahlil), muhandis-iqtisodiy hisob.
Ta`lim muassasalarida umumkasbiy va ixtisoslik fanlar o’qitilishini o’rganish
to’plangan materiallarni qayta ishlashni mo’ljallaydi. Ma`lumotlarni qayta ishlash
iqtisodiy, ijtimoiy va psixologik tahlilni zamonaviy metodlardan foydalanish bilan
amalga oshirishni taqozo qiladi.
Xulosa va takliflar qismi malakaviy ishning umumiy hajmining 5-7 foizini
tashkil etadi. Unda ish mazmuni boyicha ishlab chiqilgan xulosalar va aniq
takliflar, erishilgan natijalar mujassamlashtiriladi. Malakaviy ish ayrim boblardagi
xulosalar va takliflar bilan ham tugallanishi mumkin, ammo undan eng muhimlari
ishning oxirida, ya`ni xulosa bo’limida aks ettirilishi kerak.
Bitiruv malakaviy ishning xulosa qismida olib borilgan tadqiqot natijalari
keltiriladi, umumlashtirilgan holda malakaviy ish maqsadi va vazifalarida
ifodalangan masalani o’rganilganlik xulosalari bayon etiladi, mavzuning
istiqboldagi ishlab chiqilishi mo’ljallanadi.
Bitiruv malakaviy ishining xulosa qismida talaba tugallangan kasbiy
topshiriqni echadi. YA`ni u bitiruv malakaviy ishning xulosa qismidagi asosiy
masalalarda o’z nuqtai nazarlarini asosli tarzda bayon etishi lozim. Bunda
bakalavr:
- echilayotgan topshiriq boyicha masala holatini o’rganib, uni tahlil qilib
beradi;
- kasbiy-pedagogik talablarni ifodalaydi, topshiriqni echish talqinlarini ko’rib
chiqadi va oqilona yo’lni aniqlaydi;
- psixologik, pedagogik va metodik echimning matematik-statistik tahlilini
qilib beradi;
- hal etilgan masalaning iqtisodiy samaradorlik darajasini belgilaydi;
- topshiriq echimi boyicha xulosa va takliflarni beradi hamda ularni
amaliyotga tatbiq etish imkoniyatini aniqlaydi.
44
Bu qismda ko’rilayotgan masalaning hozirgi ahvoli tahlil qilinadi, amaliyot
davrida to’plangan statistik materiallar asosida tadqiqot ob`ektida mavjud
kamchiliklarni yo’qotishga qaratilgan takliflar va tavsiyalari asoslanishi kerak.
Tajriba orttirish vaqtida yig`ilgan hamda tadqiqot jarayonida tahlil qilingan
meteriallar hal qilinmagan masalalar, muammolarni aniqlash va shunga muvofiq
xulosalar keltiriladi. Muammoni o’rganish uslub va uslubiyati yoritiladi. Bu
malakaviy ish mazmunining asosiy g`oyasini ifodalaydi.
Xulosa yangi ma`lumotlar, dalillar, belgilarni o’z ichiga olmasligi, balki
xulosalar ishning asosiy matnidan mantiqiy kelib chiqishi zarur. Xulosaning
taxminiy hajmi 3-5 varaqdan oshmasligi kerak.
Qisqartmalar royxatida ishda qo’llaniladigan bibliografik ma`lumotlar,
tushuncha va atamalar, muassasalarning nomlanishi qisqartirilgan holda shartli
belgi va raqamlar bilan yozilishi darkor.
Foydalanilgan manba va adabiyotlar talaba tomonidan bitiruv malakaviy
ishni tayyorlash va yozish jarayonida qo’llanilgan manba va adabiyotlarni o’z
ichiga oladi va u tadqiqot mavzuiga bog`liq tarzda 25-30 (va undan ko’p) nomdan
tashkil topadi. Manbalar xaqidagi ma`lumotlar O’zbekiston Respublikasi oliy
ta`lim Davlat ta`lim standartlari talablariga mos tarzda keltiriladi.
Bunda bitiruv malakaviy ishni yozish jarayonida qo’llanilgan barcha qonun
chiqaruvchi va me`yoriy-xuquqiy materiallar, ilmiy, o’quv va davriy nashrlar to’liq
bibliografik tavsifi (nashr joyi, nashriyot nomi, chop etilish yili yoki nashri)ni o’z
ichiga olishi lozim. Foydalanilgan manba va adabiyotlar royxatini tuzish
jarayonida nashr qilingan va chop etilmagan ishlar ajratilgan bo’lishi kerak.
Ishning ilova qismida bitiruv malakaviy ish asosiy mazmunini qo’shimcha
to’ldiruvchi va ko’rgazmali tasvirlovchi barcha materiallar keltiriladi. Bunda,
asosan chizma, jadval, diagramma, gistogramma, rasm, surat va fotohujjatlar,
shuningdek, har xil turdagi matnlar, tashkiliy-huquqiy hujjatlar, ma`lumotnomalar,
e`lonlar joylashtiriladi.
45
Bitiruv malakaviy ish ilmiy rahbar va kafedra bilan kelishilgan holda chet
tillarda yozilishi va himoya qilinishi mumkin. Himoyaga chet tilida taqdim
etiladigan bitiruv malakaviy ishni tayyorlash boyicha tavsiya 9-ilovada keltirilgan.
Ayrim hollarda agar talaba izlanish mobaynida o’rganilayotgan masalani
yangi qirralarini ochsa, malakaviy ish mavzusiga va rejaga o’zgartirishlar kiritishi
mumkin. SHu bilan birga agar o’rganilayotgan mavzu boyicha o’quv
muassasasining ma`lumotlari tijorat siri bo’lib talabaga berilmagan va shunga
o’xshash boshqa hollarda ham talaba malakaviy ish mavzusini hamda amaliyot
bazasini o’zgartirish huquqiga ega.
Bitiruv malakaviy ish oliy ta`lim muassasasining, odatda, ushbu maqsadga
maxsus ajratilgan xonalarida bajariladi. Ayrim hollarda, malakaviy ish o’quv
muassasalari, ilmiy-tadqiqot oliy ta`lim muassasalari va boshqa ta`lim
muassasalarda bajarilishi mumkin. Bitiruv malakaviy ishning bajarilishi boyicha
taqvim rejani nazorat qilish kafedra hamda dekanat tomonidan amalga oshiriladi.
4.3 Ta`lim muassasalarida aniqlangan muammoni bartaraf qilish boyicha
tavsiyalar ishlab chiqish
Talaba tahlil natijalari boyicha chiqarilgan xulosalarga tayanib, ta`lim
muassasalarida aniqlangan muammoni bartaraf qilish uchun zarur bo’ladigan
chora-tadbirlar va tavsiyalarni asoslashi lozim. Jumladan, u yashirin zahiralarni
qo’llash, ishdagi kamchiliklarni bartaraf qilish, shuningdek, loyiha vazifalarini
bajarish va maqsadga erishishni ta`minlovchi qarorlar qabul qilish, rejalashtirish va
asoslash yo’llarini belgilab olishi mumkin.
Talaba ishning ushbu qismini tayyorlash jarayonida quyidagi tamoyillarni
hisobga olishi lozim:
tizimli yondashuv, ya`ni bitiruv malakaviy ishni bajarishda o’zaro
bog`langan (bir-birini taqozo qiluvchi) masalalarni hisobga olish;
kompleks yondashish vaziyati, chunonchi, ta`limni operativ va strategik
tashkil etish;
46
dinamik, ya`ni bu yondashuv ta`lim muassasalari faoliyatidagi sharoit,
shuningdek, bitiruv malakaviy ishni bajarishdagi metodlarning o’zgarishi bilan
bog`liq tarzda tayyorlangan hujjatlarni muntazam tuzatib borishga mo’ljallangan.
Tavsiyalarni ishlab chiqish talabadan vaziyatlarni tahlil qilish, kamchilik va
imkoniyatlar aniqlangan muammoni bartaraf qilish asosida etarli darajada to’liq va
asoslangan takliflarni aniq ifodalashini taqozo qiladi.
Tavsiyalarni ishlab chiqish talabadan vaziyatlarni tahlil qilish, kamchilik va
imkoniyatlar aniqlangan muammoni bartaraf qilish asosida etarli darajada to’liq va
asoslangan takliflarni aniq ifodalashini taqozo qiladi. Masalan, ta`limni tashkil
qilish boyicha berilgan takliflarga monand hozirda faoliyat yuritayotgan ta`lim
muassasalari tarkibiy tuzilmasi, vazifalari va o’quv-tarbiyaviy ishlarni bajarish
tadbirlari, ta`limni tashkil etish to’g`risidagi nizom va ish rejalarida maqsadga
muvofiq tarzda o’zgartishlar kiritiladi.
Bitiruv malakaviy ishning bajarilishida texnik vositalarning ta`minlanishi u
yoki bu ko’rsatkichlarni hisoblash, vaziyatlarni modellashtirish, loyihani
rasmiylashtirish, taqdimot materiallarini DAK oldida himoya qilishga tayyorlash
uchun maxsus kompyuter va mos keluvchi dasturiy ta`minotdan foydalanishni
talab etadi.
Bitiruv malakaviy ishning qaysi tilda yozilishidan qat`iy nazar unga
qoyiladigan muhim talablardan biri grammatik va stilistik jihatdan to’g`ri yozilishi
hisoblanadi. Orfografik, grammatik va punktuatsion xatolar, shuningdek, stilistik
kamchiliklarning mavjudligi har qanday ilmiy tadqiqotning, hattoki novatorlik
mazmundagi ishlarni ham bahosini tushiradi.
Tadqiqot materiallarini bayon qilish tili malakaviy ish muallifining yozma
nutq madaniyati haqida xulosa chiqarishga imkon beradi. SHunday ekan,
malakaviy ish matnini ilmiy va badiiy tahrir qilish lozim.
Malakaviy ish matnini ilmiy tahrir qilish atamalar tanlanishini tekshirib
ko’rish, xulosa va asos bo’la oladigan mantiqiy hukmlarning to’g`riligi,
foydalanilgan manbalarning ishonchliligini taqozo qilinadi. Badiiy tahrir esa, o’z
navbatida, zamonaviy adabiy til me`yorlari saqlanishining nazorat qilinishini talab
47
etadi. Ikkala turdagi tahrir ham bitiruv malakaviy ish matnining sermazmunligini
oshirish va turli xil (semantik, stilistik va grammatik) xatolarni bartaraf qilishga
yo’naltiriladi.
5. BITIRUV MALAKAVIY ISHNI RASMIYLASHTIRISH QOIDALARI
5.1 Bitiruv malakaviy ishning rasmiylashtirilishi
Bitiruv malakaviy ish bitta nusxada tayyorlangan va kolenkor (qalin surpli)
muqovada tikilgan bo’lishi lozim. Bitiruv malakaviy ish matni o’qib chiqilgan va
tahrir etilgan bo’lishi darkor.
Bitiruv malakaviy ish qo’lyozma shaklida bajarilishi tavsiya etiladi.
Tayyorlangan ishning umumiy hajmi kamida 60-70 betdan iborat bo’lishi mumkin.
Ilovalar uning umumiy hajmiga kirmaydi. Bitiruv malakaviy ish sarvarag`ini
rasmiylashtirish namunasi, mazmuni, qisqartma royxati, foydalanilgan manba va
adabiyotlar royxati 4-6-ilovalarda keltirilgan.
Bitiruv malakaviy ish A4 formatdagi qog`ozning bir tomoniga
rasmiylashtirilishi shart. Jadval va ko’rgazmali materiallar A3 formatdagi qog`ozda
taqdim etishga ijozat etiladi. Bitiruv malakaviy ish A4 shaklidagi qog`ozning chap
tomonidan 3 sm, o’ngdan 1,5 sm, yuqori va pastdan 2 sm dan kam bo’lmagan
hoshiya qoldirilgan holda yozilishi talab etiladi.
Matnning tugallanmagan qismlarini boshqa betlarga o’tkazish man etiladi.
Yangi fikr ifodalaydigan jumlalar xat boshidan yoziladi. Agar matnda chet tilida
keltirilgan so’zlar, qo’shimchalar bo’lsa, ular asliga to’g`ri holda to’laligicha
yozilishi kerak.
Bitiruv malakaviy ishda raqamli materiallar jadval shaklida berilishi
maqsadga muvofiqdir. Mazmun jihatdan ular analitik va ish jadvallariga bo’linadi.
Analitik jadvallar o’rganilayotgan muammoni yoritib beruvchi umumiy xulosalar
va sharxlarni talab etadi.
Bitiruv malakaviy ishda analitik materiallarning ko’p bo’lishi ma`lum
darajada talabaning o’zi tadqiq qilayotgan muammoni tushunish darajasini
48
ko’rsatadi. Statistik materiallardan esa matnda bor muammoni sharhlab berish,
statistik ko’rsatkichlar tizimini hisoblash uchun foydalanish maqsadga muvofiq.
Qaysi manbadan olinganligini ko’rsatmay turib, matbuotda chop etilgan
jadvallardan foydalanish mumkin emas. Jadval boshqa betga ko’chirib o’tkazilgan
hollarda jadvalning nomi albatta qaytarilishi va yuqori o’ng tomoniga «jadvalning
davomi» deb yozib qoyilishi kerak.
Bitiruv malakaviy ishning har bir bobi yangi betdan yoziladi. Bobning nomi
yoki sarlavhalari asosiy matndan qo’shimcha interval bilan ajralib turishi kerak.
Bobning nomidan keyin paragraf nomi yoziladi. Bitiruv malakaviy ishda
betlarning tartib raqami varaqning quyi markaziy qismiga qoyiladi.
Bitiruv malakaviy ishning sarvarag`i qabul qilingan namunaga mos bo’lishi
(4-ilova) va quyidagi talablarga javob berishi kerak:
malakaviy ish nomi 16 shriftda;
muallifning ismi, familiyasi va sharifi 14 shriftda;
malakasi 14 shriftda;
kafedraning nomlanishi 12 shriftda;
ilmiy darajasi 12 shriftda yoziladi.
Izoh: tadqiqot mavzusining nomi, talabaning familiyasi, ismi, sharifi,
malakaviy ish hamda so’z boshi katta harflarda teriladi.
Tugallangan bitiruv malakaviy ish ilmiy rahbar ko’rib bo’lgandan keyin, uni
avval, kafedradagi dastlabki himoyaga, so’ngra ochiq himoyaga tavsiya etadigan
taqriz beriladi (9-ilova ).
Biror fikr yoki ta`riflarni keltirganda yoki ularni qiyosiy taqqoslaganda ular
o’z asliga to’g`ri xolda, hech qanday qo’shimchalarsiz qo’shtirnoq ichida «........»
keltiriladi va shu betdagi matn oxirida manbasi (muallif, asar nomi, nashr joyi,
nashriyot, yili, beti) ko’rsatiladi.
Bitiruv malakaviy ishning sarvarag`ida ishning himoya kilishga ijozat
berilishini tasdiqlovchi kafedra mudirining imzosi, shuningdek, ishning attestatsiya
komissiya oldida himoya qilishga tayyorgarligini tasdiqlovchi ilmiy rahbar va
ilmiy maslahatchining imzosi qoyiladi.
49
Bob va bo’limlarning sarlavhasi bo’lishi lozim. Boblar sarlavhasi hoshiyadan,
bo’limlar esa satr boshidan rasmiylashtiriladi. Sarlavha va matnlar o’rtasidagi
masofa sarlavha ajralib turilishi uchun kengaytirilgan bo’lishi lozim. Har bir bob
yangi varakdan boshlanishi kerak. Boblar sarlavhasi bosh harflarda, bo’limlar
sarlavxasi esa kichik xarflarda yoziladi. Sarlavhalar oxiriga nuqta qoyilmaydi va
ular tagiga chizilmaydi. Bob va bo’limlarning sarlavhasi arab raqamlari bilan
raqamlanadi. Bo’limlar raqamlari bob va bo’limlar raqamlaridan iborat bo’lib,
nuqtalar bilan ajratiladi.
Foydalanilgan manba va adabiyotlar royxati 2 intervaldan so’ng yoziladi, har
bir nomdagi adabiyot satr boshidan boshlanadi.
Foydalanilgan manba va adabiyotlar royxatining oxirgi varag`ida sana va ish
muallifi bo’lgan talabaning ish matni solishtirib chiqilganligi xamda matn
parchalari tekshirilganligini tasdiqlovchi shaxsiy imzosi qoyiladi.
Bitiruv malakaviy ishning hajmi
№ Bitiruv malakaviy
ishning bo’limlari
nomi
Konsultatsiya
uchun ajratilgan
vaqt (soat)
Bo’limlar hajmi
kamida (bet)
1 Kirish 3 6-7
2 Asosiy qism:
Nazariy asoslari
10 28-32
3 Pedagogika va
metodika asoslari
11 24-28
4 Mehnatni
muxofaza gilish
5 11-12
5 Xulosa 1 2-3
Jami 30 65-75
5.2 Matn, jadval, chizma va boshqa illyustrativ materiallarning
rasmiylashtirilishi
50
Bitiruv malakaviy ishning asosiy qismi tadqiqot mavzusi va mazmuniga
bog`liq tarzda matn shaklida, ko’rgazmali materiallar (jadvallar, chizmalar,
diagramma, gistogramma va h.k.) turli xil birikmalarda bayon etiladi. Bitiruv
malakaviy ishda ko’rgazmali materiallar (jadvallar, chizmalar, diagramma,
gistogramma va x.k.) tadqiqot ob`ekti tavsifi va xususiyatlarini ochish yoki matnni
a`lo darajada tushunish maqsadida joylashtiriladi.
Matn alohida sarlavha va arab raqamlari bilan raqamlangan bob va
bo’limlarga bo’linadi.
Matndan erkin satrlar bilan tenglama va formulalarni ajratish mumkin. Har
bir formuladan pastda va yuqori bittadan kam bo’lmagan erkin satr qoldirilgan
bo’lishi lozim. Agarda tenglama bitta satrga joylashmasa, tenglik (=) yoki
qo’shish(+), ayirish (-), ko’paytirish (x) va bo’lish (:) belgisidan so’ng uni boshqa
satrga o’tkazish mumkin.
Bir qancha ob`ektlar xaqidagi raqam va so’z orqali ifodalangan ma`lumotlar
jadvallar shaklida beriladi. Ish yakunida ko’proq ko’rgazmali materiallar va
olingan natijalarning taqqoslovchi ko’rsatkichlar keltirilgan diagramma va
gistogrammalar berilishi lozim. Ishda keltiriladigan jadvallar vertikal chizma va
gorizontal qatorlarda bo’lishi mumkin. CHizma va jadvallar raqamlanishi, agar
bitta jadval bir varaqqa joylashmagan taqdirda keyingi satrga chizma raqami takror
berilishi darkor.
Chizma va jadvallar nomlanishida faqatgina umumiy qabul qilingan
qisqartma so’zlar va shartli belgilar qo’llaniladi.
Har bir jadval tartib raqam bilan raqamlanishi va nomlanishi kerak. Sarlavha
bosh harflar bilan boshlanadi va uning tagiga chizilmaydi.
Muhim ma`lumotlarni beruvchi ko’rgazmali materiallar matndan so’ng yoki
dalillarni qayd qilish holatida bitiruv malakaviy ishning ilova qismida
joylashtirilishi kerak.
Katta hajmdagi rasm, chizma va jadvallar imkon qadar A4 formatdagi
qog`ozning bir varaqqa joylashtirilishi mo’ljallab berilishi lozim.
51
Chizma (rasm, jadval, diagramma, gistogramma va h.k.)lar
rasmiylashtirilishiga ko’ra me`yoriy talablariga muvofiq kelishi lozim.
Ko’rgazmali materialning yuqori qismida albatta mavzu nomi keltirilishi darkor.
Chizma shaklidagi materiallar ostida izohlovchi ma`lumotlar beriladi. Asosiy
qismdagi, shuningdek, ilovalardagi ko’rgazmali material arab raqami bilan
raqamlanishi kerak. Agar ishda faqatgina bitta chizma, rasm, jadval va
diagrammalar bo’lsa, unda «chizma» so’zi bilan raqam keltirilishi shart emas.
Chizma(rasm, jadval, diagramma, gistogramma va h.k.)larni bitta varaqda
bajarish talab etiladi. Agarda chizma bitta varaqqa joylashmasa, uni keyingi
sahifaga o’tkazish mumkin. Chizma mavzuining nomlanishi birinchi sahifasiga
joylashtiriladi.
5.3 Bitiruv malakaviy ishning varaqlarining sahifalanishi
Bitiruv malakaviy ish sahifalari arab raqamlari bilan raqamlanadi. Sarvaraq
joylashgan sahifa ishning umumiy raqamlanishiga kiradi. Sarvaraq, mundarija va
birinchi betdagi kirishga varaq raqami qoyilmaydi. Keyingi varaqlar esa raqamlab
sahifalanadi.
5.4 Ilovalarning rasmiylashtirilishi
Ilovalar ishning davomi sifatida foydalanilgan manba va adabiyotlar
royxatidan so’ng rasmiylashtiriladi. Ular matnda xavola tarzida joylashtiriladi. Har
bir ilova yangi varaqdan o’ng tomon burchakdan «ilova» so’zi bilan boshlanadi va
arab raqami ketma-ketligida raqamlanadi. Masalan, 1-ilova, 2-ilova va x.k.
Ilovaning chap pastki burchagida u qanday manbalarga asoslanib tuzilganligini
ko’rsatish mumkin.
52
6. BITIRUV MALAKAVIY ISHNING DASTLABKI VA ASOSIY
HIMOYALARINI O’TKAZISH, SO’NGRA ULARNI SAQLASH VA
FOYDALANISH TARTIBI
6.1 Malakaviy ishning dastlabki himoyasini o’tkazish tartibi
Mutaxassislar tayyorlaydigan tayanch kafedralar tashkil etiladigan malakaviy
ishning dastlabki himoyasini o’tkazishdan maqsad – ishning DAK oldidagi
himoyaga qay darajada tayyor ekanligini nazorat qilishdan iborat. Malakaviy
ishning dastlabki himoya tartibi tayanch kafedra tomonidan aniqlanadi. Xuddi
shunday, u kechiktirilmasdan, DAK oldidagi himoyadan 3 xafta oldin o’tkaziladi.
Dastlabki himoyada talaba bitiruv malakaviy ishni to’liq (biroq
muqovalanishi shart emas) varianti hamda o’zining ilmiy-izlanish va amaliy
faoliyatining ko’rgazmali natijalari va ma`ruzalari ilova qilingan qo’shimcha
materiallarni taqdim etadi.
Agar talabaning ma`ruzasi va bitiruv malakaviy ishning tayyorgarlik sifati
kafedra mudiri va professor-o’qituvchilari tomonidan past baholansa, bunda
kafedra yig`ilishida ishtirok etayotgan ilmiy rahbar bilan kelishilgan holda uning
himoya muddatini keyingi yilga o’tkazish to’g`risida qaror qabul qilish mumkin.
Kafedradagi dastlabki ximoyadan so’ng fakultet dekani talabani himoya
qilishga ruxsat etilishi to’g`risida buyruq tayyorlaydi.
Bitiruv malakaviy ish kafedradagi dastlabki himoya jarayonida talaba
tomonidan qabul qilingan kamchilik va tavsiyalar hisobga olingan holda oxirgi
marta qayta ishlangandan so’ng ilmiy rahbar 9-ilovada ko’rsatilgan shaklda unga
alohida yakuniy xulosa tayyorlaydi. Ilmiy rahbar xulosasida tanlangan mavzuning
dolzarbligi; bitiruv malakaviy ish mazmuni qoyilgan maqsad va vazifalarga mos
kelishligi; uning ilmiy-amaliy axamiyati; talaba mustaqil faoliyat yuritishining
namoyon bo’lish darajasi; foydalanilgan manbalarning ko’pligi; talabaning
adabiyotlar bilan ishlash ko’nikmasining mavjudligi; statistik materiallarni
hisoblash, tahlil qilish, umumlashtirish hamda ularni diagramma va jadval
53
shaklida tayyorlash; ilmiy izlanish jarayonida qo’llanish uchun tanlangan
metodlarni asoslash; mustaqil ravishda ilmiy va amaliy xulosalar tayyorlash
ko’nikmasi; tadqiqot natijalari, shuningdek, chiqarilgan xulosa va tavsiyalarning
qiymati; ilmiy-ma`lumotlar qismining to’g`ri rasmiylashtirilganligi; ish
rasmiylashtirilishining sifati va madaniy darajasi, matnning xatosiz yozilishi va
undagi mantiq masalasi ko’rsatilgan bo’lishi kerak.
Bitiruv malakaviy ish kasbiy tayyorgarlik darajasining yakuniy baholanishi –
bu uning Davlat ta`lim standarti talabalariga mos kelishi hamda ilmiy rahbarning
DAK oldidagi himoyaga ruxsat etilishi to’g`risidagi xulosasi hisoblanadi. Ilmiy
rahbar bitiruv malakaviy ishning yozilishi va rasmiylashtirilishi boyicha talaba
mehnati natijalarini faqat sifat ko’rsatkichida (miqdor - ball ko’rsatkichida emas)
baholash huquqiga ega.
Bitiruv malakaviy ishning dastlabki himoyasi o’tkazilgandan so’ng hamda
DAK kotibasining taqrizidan keyin himoyaga 3 kun qolganda quyidagilar taqdim
etilishi lozim:
1) malakaviy ish kafedra mudiri, ilmiy rahbar, ilmiy maslahatchilar
tomonidan tasdiqlangan, muqovalangan nusxasi;
2) malakaviy ish hamda uning takdimot materiallari agar kompyuterda
yozilgan bo’lsa, ularning elektron versiyasi tushirilgan disketa;
3) bitiruv malakaviy ishga yozilgan ilmiy rahbar yakuniy xulosasi;
4) ikkita opponentning taqrizi;
5) malakaviy ishga taalluqli bo’lgan boshqa hujjatlar.
6.2 Taqrizchilarga taqdim etish
Bitiruv malakaviy ishga ob`ektiv baho olish maksadida unga muvofik
keluvchi tashkilot boshqarmasining yuqori ilmiy-amaliy salohiyatga ega bo’lgan
mutaxassislarining taqrizlari muhimdir.
Har bir bitiruv malakaviy ish boyicha kafedra yig`ilishi qaroriga muvofiq
taqrizchi belgilanadi.
54
Ichki opponent ilmiy maslahatchi yoki bitiruv malakaviy ish bajariladigan
kafedra a`zolari tarkibidan belgilanadi, tashqi taqrizchi – OTM yoki o’rta mahsus,
kasb xunar ta`limi muassasalarining boshqa professor-o’qituvchilari, yoki
muayyan malakaviy ishda ko’tarilgan muammo boyicha etakchi ilmiy va amaliy
faoliyat olib boruvchi boshqa muassasa, tashkilot va korxona mutaxassislari
tarkibidan bo’lishi mumkin.
Ilmiy rahbardan ijobiy taqriz olingandan so’ng talaba tayyor bo’lgan bitiruv
malakaviy ishni bir xafta ichida fakultet dekani tomonidan davlat attestatsiyasi
uchun belgilangan ikkita opponentning har biriga taqriz olish uchun taqdim etishi
lozim.
10-ilovada namuna keltirilganidek, taqrizda talaba tomonidan tanlangan
mavzuning dolzarbligiga baho berilishi, unda qoyilgan maqsad va ifodalangan
vazifalarga bitiruv malakaviy ish mazmunining mosligi, uning asosiy kiymatini
belgilovchi amaliy ahamiyati va olingan natijalarning ilmiy asoslanganligi, ishning
Nizom talablari mos rasmiylashtirilganligi, shuningdek, ishda yul qoyilgan asosiy
kamchilik berilgan bo’lishi lozim. Bitiruv malakaviy ishning kasbiy tayyorgarlik
darajasini yakuniy baholash uning me`yoriy hujjat talablariga mosligi va
opponentning himoya qilishga ruxsati haqidagi xulosasi hisoblanadi. Taqrizchi
bitiruv malakaviy ishning mazmuni va rasmiylashtirilishi boyicha talaba mehnati
natijalariga nafaqat sifat, balki miqdor (ballarda) baho berishi zarur. Masalan: «ish
yuqori ijobiy bahoga loyiq», «ish yaxshi bahoga loyiq», «ish qoniqarli bahoga
loyiq».
Agar bitiruv malakaviy ish taqrizchiga himoya qilishga bir xaftadan kam vaqt
qolganda taqdim etilsa, u himoyani boshqa sanaga o’tkazish to’g`risidagi masalani
ko’tarishga xaqlidir.
6.3 Ma`ruza va taqdimotlarni tayyorlash
Bitiruv malakaviy ishning himoya qilish tartibi talaba tomonidan olingan
asosiy natijalar namoyishi – taqdimoti hisoblangan ma`ruzani o’z ichiga oladi.
55
Taqdimot namoyish etiladigan materialning ko’rgazmaliligini ta`minlaydi,
DAK a`zolariga bitiruv malakaviy ish natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyatini
baholash kabi talabaning o’ziga ularni qisqa bayon etish imkoniyatini beradi.
Taqdimot o’z ichiga quyidagilarni olishi lozim:
mavzu nomlanishi va ishni namoyish etishni talab etuvchi salomlashish;
kirish va asosiy qismdan tashkil topgan taqdimotning o’zini
xulosa.
Taqdimotlar bilan birga olib boriladigan ma`ruzaning davomiyligi 10
minutdan oshmasligi kerak. Agar ma`ruza 100 foiz davomiylikda olinadigan
bo’lsa, bunda taqdimot o’z ichiga olgan kismlari 10/80/10 foizga muvofiq kelishi
lozim.
CHiqish so’zi birinchi navbatda bitiruv malakaviy ish mavzuning dolzarbligi,
tadqiqot ob`ekti va predmeti, tadqiqot metodlari haqida tasavvur berishi lozim.
Ma`ruzaning asosiy qismi: tadqiqot ob`ekti va predmeti, talaba tomonidan
olib borilgan natijalar tahlili, aniqlangan muammolar, tadqiq etilgan tizim va
yo’nalishning mavjudligi boyicha asoslangan takliflar, metodlar, ushbu takliflarni
tatbiq etish vositalari, shuningdek, takliflarni tatbiq etishning ijtimoiy-iqtisodiy
samaradorligi yoki iqtisodiy qiymati kabi masalarni qamrab olishi lozim.
Ma`ruzaning xulosa qismida bitiruv malakaviy ish natijalari boyicha xulosa
qilinadi.
Taqdimot elektron slayd – film shaklida taqdim etiladigan va MS
POWERPOINT dasturida bajariladigan vizual materiallar bilan tasvirlanadi.
Vizual materiallarning qo’llanilishi, birinchidan, DAK a`zolari diqqatini bitiruv
malakaviy ishning ko’proq muhim elementlariga qaratish, ikkinchidan, verbal
(so’z bilan ifodalanadigan) ma`lumotni so’zma-so’z takrorlamasdan asoslash,
uchinchidan, og`zaki taqdim etish murakkab bo’lgan dalillarni tasvirlashga yordam
beradi.
Bitta slayd matnida sarlavxadan tashqari maksimum 36 so’z qo’llanishi
lozim. Material maksimum 6 qator va uning har birida 6 so’zdan oshmagan holda
bayon etilishi kerak.
56
Matn maqsadi - bitiruv malakaviy ishning asosiy g`oyasini asoslaydi.
6.4 Malakaviy ishning asosiy himoyasini o’tkazish tartibi
Bitiruv malakaviy ish ximoyasi DAK a`zolari tarkibining uchdan ikki qismi,
ilmiy rahbar va talaba, shuningdek, imkon qadar taqrizchilar ishtirokida ochiq
yig`ilish tarzida o’tkaziladi.
DAK kotibi har bir bitiruv malakaviy ish boyicha yig`ilish komissiyasiga
quyidagilarni taqdim qiladi:
ish nusxasi;
ilmiy rahbar xulosasi;
taqrizchilar taqrizi;
bitiruv malakaviy ishga olingan boshka taqrizlar
talabaning reyting daftarchasi.
Bitiruv malakaviy ishni himoya qilish tartibida quyidagilar talab etiladi:
talabaning chiqish so’zida (10 minutgacha) mavzu asosnomasi keltirilishi,
olib borilgan tadqiqot maqsadi va vazifalari ko’rsatilishi, foydalanilgan adabiyot va
manbalar tavsifi berilishi, tadqiqot ob`ekti va predmeti aniqlanishi, tadqiqot
xulosalari bayon etilishi lozim.
talabaning DAK a`zolari savollariga javoblari;
taqrizchi va boshka shaxslarning chiqishlari;
bitiruv malakaviy ishga olingan boshqa taqrizlar o’qib eshittirilishi;
talabaning yakunlovchi so’zi – ishni muhokama qilish jarayonida
ko’rsatilgan kamchiliklarga javobi.
DAK yig`ilishida barcha ishtirok etuvchilar savollar berishi va ijodiy
muzokarada ishtirok etishi mumkin.
YAkunlovchi ball tizimidagi baho DAK a`zolarining oddiy, ko’pchilik ovozi
olingan DAK yopiq yig`ilishida, albatta, komissiya raisi yoki uning o’rinbosari
ishtirokida tavsiya etiladi. Ovozlar soni teng bo’lgan taqdirda komissiya raisi yoki
uning o’rinbosari ovozi hal qiluvchi xuquqqa ega. Ilmiy rahbar yoki taqrizchi
57
o’zining fikrini bildirish huquqiga ega, biroq ular ovoz berishda ishtirok
etishmaydi.
DAK bitiruv malakaviy ishni nashr qilish, tanlovlarda ishtirok etish,
amaliyotda tadbiq etish boyicha tavsiya berish xuquqiga ega. DAK raisi (fakultet
dekani va kafedra mudiri bilan kelishilgan holda) ko’proq qobiliyatli talabani
magistraturaga kirish uchun tavsiya berishi ham mumkin.
DAK kotibi barcha berilgan savollar, javoblar, asosiy fikrlar va
komissiyaning (imtiyozli yoki imtiyozsiz) diplom berish yoki bermaslik
to’g`risidagi hukmi chiqarilgan yig`ilish bayonnomasini yuritadi. Bayonnoma
yig`ilishda ishtirok etgan komissiya raisi va a`zolari tomonidan imzolanadi. Xuddi
shu kuni DAK yig`ilishi bayonnomasi rasmiylashtirilgandan so’ng talabaga bitiruv
malakaviy ish himoyasining natijasi e`lon qilinadi.
Bitiruv malakaviy ishni uzrli sabablarga ko’ra belgilangan muddatda himoya
qila olmagan talaba hujjat asosida tasdiqlangach, DAKning keyingi ishlari davriga
qadar o’qish muddati uzaytirilishi mumkin. Birok bu muddat ilk o’tkazilgan
yakuniy attestatsiya o’tkazilgandan so’ng uch oydan kam bo’lmasligi va besh
yildan ham oshmasligi lozim. Buning uchun talaba fakultet dekaniga uzrli sababni
tasdiqlovchi hujjat ilova qilingan ariza berishi kerak. Bitiruv malakaviy ishning
qayta himoyasi ikkinchi marotaba belgilanmaydi.
DAK ishi to’g`risidagi hisobot OTM Ilmiy kengashida ko’riladi va yakuniy
davlat attestatsiyasi tugallangandan so’nggi ikki oy mobaynida mutaxassislarning
kasbiy tayyorgarlik sifatini oshirish boyicha tavsiyalar bilan birgalikda
O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligiga taqdim etiladi.
Kasb ta`limi yo’nalishi bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi
bayonnomasi OTM arxivida saqlanadi.
6.5 Malakaviy ishni baholash mezonlari
Bitiruv malakaviy ishni asosiy baholash mezonlari quyidagilardan iborat:
mavzuning dolzarbligi va yangiligi, uni ishlab chiqishning murakkabligi;
58
ko’rilayotgan masala boyicha mahalliy va xorijiy manba va maxsus
adabiyotlardan to’la foylanilganligi;
tadqiqot ob`ekti boyicha daliliy ma`lumotlarni to’liq va sifatli to’planganligi;
qoyilgan masalani hal qilishda metod va vositalardan foydalanishning
tasdiqlanganligi;
olingan natijalarni tahlil qilib, sharhlay olinganligi;
xulosa, taklif, tavsiyalarning ilmiy, uslubiy va amaliy ahamiyati hamda
ularni isbotlanganlik darajasi va real tadbiq etish imkoniyatlari;
materialni aniq va to’g`ri, xatosiz bayon etilganligi, ishni sifatli
rasmiylashtirilganligi, mazkur «Metodik tavsiyanoma» talablari hisobga
olinganligi;
bitiruv malakaviy ishning nazariy va amaliy masalalar boyicha munozara
yurita olinganligi, DAK a`zolarining savollari va taqrizchilar kamchiliklariga
berilgan javoblarning to’g`ri va chuqur ifodalanganligi.
Agar ish mavzui ilmiy asoslanib, o’zida nazariy, uslubiy yoki amaliy
qiziqishni uyg`ota olsa, qoyilgan masalani hal qilishda muallif tomonidan maqbul
tahlil qilish usullari, zamonaviy metod va vositalarni qo’llash mumkinligi
tasdiqlansa, shuningdek, u kasb-hunar ta`limining ilmiy-nazariy, uslubiy yoki
amaliy masalalariga yordam bersagina, bitiruv malakaviy ish «a`lo» bahoga loyiq
deb topiladi. «A`lo» baxolangan ishning tarkibiy tuzilishi aniq, mantikan to’g`ri va
qoyilgan maqsadga muvofiq bo’lishi lozim. Xulosa qismda anik, qoyilgan
masalani xal qilishda xissa qo’shadigan har tomonlama asoslangan xulosalar
keltirilishi lozim. CHunki bu uning kelajakdagi istiqbolini belgilaydi.
Bitiruv malakaviy ish adabiy tilda yozilishi, to’g`riligi puxta tekshirilgan,
unda berilgan ma`lumotlar amaldagi Davlat ta`lim standartiga va mazkur metodik
tavsiyanomaga mos bo’lishi, chizma, rasm, jadval va turli xil ko’rgazmali
materiallar shaklidagi ilovalarni o’z ichiga olishi lozim.
Talabaning chiqish so’zi qisqa va izchil tarzda asosiy xolatlar yoritilgan,
shuningdek, DAK a`zolari savollariga aniq va isbatlangan javoblar berilgan
shartlardagina, unga «a`lo» baho qoyiladi.
59
Agar bitiruv malakaviy ish yuqorida keltirilgan talablarga to’liq javob
bermagan hollarda, u ko’proq past ball bilan baholanadi.
Nizomiy nomidagi TDPU “Kasb ta`limi” fakulteti bitiruvchi barcha
mutaxassisliklar uchun bitiruv malakaviy ishlarini baholashning mezonlari
BAHOLASH MEZONI BALL
Mavzu dolzarbligining asoslanganligi:
Respublikamiz ta`lim tizimida mavzuga oid masalalarning aks etishi, bu
boradagi amalga oshirilgan nazariy, amaliy va metodik ishlarning yoritilishi.
10
BMI tuzilishi:
Bob va paragraflarning o’zaro mantiqan, to’g`ri izchil ishlab chiqilganligi,
mavzuni yoritishi, qoyilgan muammoning echimiga qaratilganligi.
20
BMI mazmuni:
Bob va paragraflar mazmunining qoyilgan mavzuga mosligi, uni yoritish
darajasi, talaba o’z shaxsiy fikri qay darajada ifodalanganligi
30
Amaliy taklif, tavsiyalarning ahamiyatliligi:
Taklif hamda tavsiyalarning amaliyotga tadbiq qilish imkoniyatlari, miqyosi,
ta`lim sifatini oshirishga ta`siri, pedagogik, psixologik hamda metodik
samarasi.
10
Bitiruv malakaviy ishining bajarilish savodxonligi:
Imloviy va stilistik jihatdan savodxonligi, fikrni aniq va mantiqan to’g`ri
ifodalanganligi, jadvallar va grafiklarni talab darajasida rasmiylashtirilishi.
10
Talabaning BMIni himoya qilishi:
Mavzu matnini butun tafsilotlari bilan bilish va tushunish, mazmunini izchil,
mantiqan bog`langan holda xatosiz bayon etish, savollarga javob berishda
o’zlashtirilgan bilimlarni mustaqil, dadil va to’g`ri tatbiq eta bilish hamda
ulardan o’rinli foydalanish, talab darajasida sifat ko’rsatkichlariga rioya qilish.
20
JAMI 100
6.6 Bitiruv malakaviy ishni saqlash va undan foydalanish tartibi
60
Bitiruv malakaviy ish himoya qilingach, oliy ta`lim muassasasi axborot resurs
markaziga saqlash uchun beriladi.
Himoya qilingan bitiruv malakaviy ishlari haqidagi ma`lumotlar oliy ta`lim
muassasasi axborot resurs markazining o’quv zalidagi muntazam to’ldirib
boriladigan kartotekalarda saqlanadi.
Professor-o’qituvchilar, talabalar va boshqa shaxslar fakultet dekanining
ruxsatnomasini olgan taqdirdagina bitiruv malakaviy ish bilan oliy ta`lim
muassasasi axborot resurs markazida tanishib chiqishlari mumkin.
Tayanch kafedralar bitiruv malakaviy ishni oliy ta`lim muassasasi axborot
resurs markazidan vaqtinchalik olib foydalanish huquqiga egadirlar.
61
Ilovalar
1 - ilova
BITIRUV MALAKAVIY ISHNI BAJARISH
UCHUN KAFEDRAGA BIRIKTIRILISHI XAQIDAGI
ARIZA NAMUNASI
«Mehnat ta’limi va dizayn»
kafedrasi mudiri, p.f.n., dots.
R.G.Mullaxmetovga 4-kurs talabasi
Tosheva Iroda Sobirjonovna
tomonidan
ARIZA
Menga Bitiruv malakaviy ishni « Mehnat ta’limi va dizayn » kafedrasida
tayyorlashga ruxsat berishingizni so’rayman.
Bitiruv malakaviy ishning mavzusi:
_______________________________________________________________
_______________________________________________________________
_______________________________________________________________
_________deb nomlanishi ko’zlangan.
Ilmiy rahbar etib ________________________________________________ni
tayinlashingizni so’rayman
________________________
(talabaning shaxsiy imzosi)
_______
(sana)
________________
(kafedra xulosasi)
№ - sonli bayonnoma
«_____» _______________ 20 _ y.
62
2 – ilova
BITIRUV MALAKAVIY ISHNI BAJARISHDA
BAJARILADIGAN TOPSHIRIQLAR NAMUNASI
TASDIKLAYMAN
Nizomiy nomidagi TDPU
«Kasb ta`limi» fakulteti dekani
p f.n. ____________ Y.О‘.Ismadiyarov
«___»_____________20 _ y.
« Mehnat ta’limi va dizayn » kafedrasi
BITIRUV MALAKAVIY ISHNI BAJARISHDA BAJARILADIGAN
TOPSHIRIQLAR
Talaba______________________________________________
Ismi-sharifi (kurs______, guruh__________)
Bitiruv malakaviy ish mavzui
_______________________________________________________________
______________________________________________________
Talaba tomonidan tugallangan ishni topshirish muddati _____________
Ishga dastlabki ma`lumotlar
______________________________________________________________
Bitiruv malakaviy ishda ko’riladigan masalalar royxati:
1.______________________________________________________________
_______________________________________________________________
2.______________________________________________________________
_______________________________________________________________
63
3.______________________________________________________________
_______________________________________________________________
4.______________________________________________________________
_______________________________________________________________
5.______________________________________________________________
_______________________________________________________________
Kafedra mudiri__________________________
Ilmiy rahbar___________________________
Ilmiy maslahatchi_____________________________
Topshiriqni bajarishga qabul qilib olindi
_________________________
(talaba imzosi)
«_____»____________20__ y.
64
3 - ilova
BITIRUV MALAKAVIY ISHNI TAYYORLASH JADVALI SHAKLI
Kafedra majlisida
tasdiqlangan______________
bayonnoma №______
«_____»____________20 _y.
CHizma
Bitiruv malakaviy ishni tayyorlagan talaba_________________________
Mavzu__________________________________________________________
(1)
№ Bitiruv malakaviy ishni tayyorlash bosqichlari Bajarish
muddati
Kafedra
mudiri va
ilmiy
rahbarning
bajarilishi
to’g`risidagi
bahosi
1 Bitiruv malakaviy ish tadqiqot yo’nalishini tanlash.
Talabaning bitiruv malakaviy ishini yozish uchun
kafedraga berkitilishi. Ilmiy rahbarni tayinlash (2)
2 Bitiruv malakaviy ishning mavzuini kafedrada
tasdiqlash (3)
3 Bitiruv malakaviy ish tuzilishini ilmiy rahbar
tomonidan muxokama etilishi. Nazariy materiallarni
to’plash. Bibliografiyaning tuzilishi.
4 Bitiruv oldi amaliyotining o’tkazilishi. Daliliy
materiallarni yig`ish.
5 Bitiruv malakaviy ishni tayyorlash qismlari:
Kirish
65
1-qism
2-qism
3-qism
4-qism…-
Xulosa
6 Ilmiy rahbar takliflari boyicha bitiruv malakaviy ish
matnini qayta ishlash.
7 Bitiruv malakaviy ishni kafedrada dastlabki
himoyasi (4)
Himoya tavsiya etish yoki himoya qilishga yul
qoymaslik (5)
8 Bitiruv malakaviy ishga taqriz berilishi.
Ilmiy rahbar va taqrizchi opponentlarning taqrizi
bilan tanishish (6)
9 DAK yigilishida bitiruv malakaviy ishni ximoya
qilish
Talaba________________________
Ilmiy rahbar____________
Izox:
(1) – kafedera yig`ilishida tasdiqlangandan so’ng yoziladi;
(2) – o’quv jarayoni 7-semestrining sentabr-oktabr oylarida;
(3) - o’quv jarayonining 8-semestri mobaynida;
(4) – himoyaga bir oy qolishidan kechikmasdan;
(5) – bitiruv malakaviy ishni himoya qilishga tavsiya etilishi ish mukovasida
kafedra mudirining imzosida aks etadi;
(6) – dastlabki himoyaga qadar bir xaftadan kechikmasdan.
66
4 -ilova
SARVARAG`NI RASMIYTIRISH NAMUNASI
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA
UNIVERSITETI
“Himoyaga tavsiya etilsin”
«Kasb ta`limi» fakulteti dekani
.................. Y.О‘.Ismadiyarov
“....”............................ 20...y
5111000 – Kasb ta`limi (________________)
Kunduzgi bo’lim 4-kurs talabasi
NAVRUZOVA Sharofat Ixtiyor qizining
«...................................................................................» mavzusida
yozilgan
BITIRUV MALAKAVIY ISHI
“Himoyaga tavsiya etilsin”
Kafedra mudiri__________________
(ilmiy daraja, ilmiy unvon)
_______________ ______________
(shaxsiy imzo) (ismi sharifi)
_______________
(sana)
.................... talaba I.Tosheva
Ilmiy rahbar______________________
(ilmiy daraja, ilmiy unvon, ismi sharifi)
Ilmiy maslahatchi____________________
(ilmiy daraja, ilmiy unvon, ismi sharifi)
Taqrizchilar:_______________
______________
(shaxsiy imzo) (ismi sharifi)
_______________
(sana)
______________ ______________
(shaxsiy imzo) (ismi sharifi)
_______________
(sana)
TOSHKENT -20...
67
5 - ilova
BITIRUV MALAKAVIY ISH MAVZUSI MAZMUNINI
RASMIYLASHTIRISH NAMUNASI
«………………………………………..»
Mundarija
Kirish……………………………………………………………….…………......3
1-BOB. …………………………………………………………....…….…….....10
1.1. ………………………………………………………………..……………..10
1.2. ……………………………………………………………………..………..17
1.3.…………………………………………………………………..…………...27
2- BOB…………………………..…….……………………….………………...36
2.1. ……………..………………………..………………………………..……..36
2.2. ...………………………..……………………..……..………………...…....44
2.3. …………………………..……………………………………………...…....55
Xulosa.................................................................................................................64
Foydalanilgan adabiyotlar royxati…………...………………….……..…..........65
Ilovalar…..………………………………………………………….………........68
68
6 - ilova
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROYXATINI
RASMIYLASHTIRISH NAMUNASI
Foydalanilgan adabiyotlar royxati
1. O’zbekiston Respublikasining “Ta`lim to’g`risida”gi Qonuni / Barkamol
avlod –O’zbekiston taraqqiyotining poydevori –T.: Shark nashriyot-matbaa
kontserni, 1997. 20-29 b.
2. O’zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”
Barkamol avlod - O’zbekiston taraqqiyotining poydevori.- T.: Sharq
nashriyot-matbaa kontserni, 1997, 31-61-b.
3. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar Kontseptsiyasi. –Ma`rifat
gaz., 1993. 3 mart.
4. Milliy istiqlol g`oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. –T.: O’zbekiston,
2000.- 77 b.
5. Azizxujaeva N.N. O’qituvchi tayyorlashning pedagogik texnologiyasi. –T.:
Nizomiy nomli TDPU, 2000, - 52 b.
6. Ziyomuxammedov B. Yangi pedagogik texnologiya: nazariya va amaliyot.
–T.: Chinoz ENK, 2002, - 124 b.
7. Ochilov M. Yangi pedagogik texnologiyalar / O’quv qo’llanma. - Qarshi,
Nasaf, 2000, - 79 b.
8. Ochilov M., Ochilova N. O’qituvchi odobi. - T.: O’qituvchi, 1998, - 94 b.
9. Ochilov S. Mustaqillik ma`naviyati va tarbiya asoslari. - T.: O’qituvchi,
1995, - 207 b.
10. Pedagogika / A.K. Munavvarovning umumiy taxr. ostida. - T.: O’qituvchi,
1996, - 215 b.
69
7 - ilova
HAR BIR SATR OSTIDA BERILADIGAN KO’CHIRISHLARNI
RASMIYLASHTIRISH NAMUNASI
ME`YORIY DALILLARNI KO’CHIRISH
1. Xalqimizning huquqiy madaniyatini yuksaltirish davlat siyosati darajasiga
ko’tarilishi lozim. Zero, mustaqillik so’zining zaminida ham katta, ulug`
huquqqa ega bo’lish degan tushuncha yotadi».
1-misol.
Jamiyatda xuquqiy madaniyatni yuksaltirish Milliy dasturi (O’zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining 1997 yil 29 avgustdagi qarori bilan tasdiqlangan)1
____________________
1
Xalk suzi g. 1997. 29 avgust.
70
BITTA VARAQQA JOYLASHUVCHI BIRINCHI VA HAR BIR SATR
OSTIDA TAKROR KELADIGAN KO’CHIRISHLAR
2-misol.
Bugungi kunda oldimizga qoygan buyuk maqsadlarimiz, ezgu
niyatlarimizga erishishimiz, jamiyatimizning yangilanishi, hayotimizning
taraqqiyoti va istiqboli amalga oshirayotgan islohotlarimiz, rejalarimizning
samarasi taqdiri – bularning barchasi, avvalambor, zamon talablariga javob
beradigan yuqori malakali, ongli mutaxassis kadrlar tayyorlash muammosi bilan
chambarchas bog`liqligini barchamiz anglab etmoqdamiz1
Pedagogik texnologiya - bu, ta`lim shakllarini optimallashtirish maqsadida
texnik vositalar, inson salohiyati hamda ularning o’zaro ta`sirini inobatga olib,
o’qitish va bilim o’zlashtirishning barcha jarayonlarini aniqlash, yaratish va
qo’llashning tizimli metodidir2
1 Каримов И.А. Баркамол авлод - Ўзбекистон тараккиётининг пойдевори. – Т.: Шарк. 1998. – Б. 4-19. 2 Беспалько В.П. Слагаемые педагогической технологии. – Москва: Педагогика. 1989. – 190 б.
71
8 – ilova
CHET TILLARDA HIMOYA QILISH UCHUN TAQDIM ETILADIGAN
BITIRUV MALAKAVIY ISHNI TAYYORLASH BOYICHA
TAVSIYANOMA
Chet tillarda himoya qilish uchun taqdim etiladigan bitiruv malakaviy ish bir
qancha talablarga javob berishi lozim.
1. Ximoyada quyidagilar namoyish etiladi:
a) bitiruv malakaviy ishning to’liq matni chet tilida (talabaning tanlovi
boyicha) mazkur «Metodik tavsiyanoma» talablariga muvofiq rasmiylashtiriladi;
b) bitiruv malakaviy ishning rus tilidagi referati keltirilgan me`yorning 50 %
hajmidan oshmagan holda talablarga muvofiq rasmiylashtiriladi (rus tilidagi bitiruv
malakaviy ishning talablariga monand);
v) bitiruv malakaviy ishning rus tilidagi to’liq matni himoya jarayonida
ma`ruza qilishdan oldin Davlat attestatsiya komissiyasining har bir a`zosiga taqdim
etiladi;
g) bitiruv malakaviy ishning himoyasida ko’rgazmali vosita sifatida
keltirilgan illyustrativ materiallar (rus va chet tillardagi rasm, chizma, jadval,
diagrammalar) kuzatiladi;
d) DAK oldida bitiruv malakaviy ishning himoyasi chet tillar kafedrasi
a`zolari ishtirokida chet tilida o’tkaziladi.
2. Chet tilidagi bitiruv malakaviy ishning mazmuni va rasmiylashtirilishiga
qoyiladigan talablar to’liq hajmda mazkur metodik tavsiyanomada bayon etilgan.
Referatda olib borilgan tadqiqot natijalari, muallif tomonidan ishlab
chiqilgan tavsiya va takliflar, tadqiqotning ayrim natijalari singari yakunlovchi
xulosalar, shuningdek, bitiruv malakaviy ish zahirasini tuldiruvchi tashkilotda
aprobatsiyadan o’tkazilib tavsiya etilgan natijalarni tasdiqlovchi ma`lumotlar
ifodalanishi lozim. Referatda asosiy illyustrativ va raqamli materiallar keltiriladi.
72
3. Chet tilida himoyaga taqdim etiladigan bitiruv malakaviy ishga
institutning tayanch kafedralaridan biri tomonidan belgilangan asosiy ilmiy rahbar
hamda chet tili kafedrasidan havola qilingan maslahatchi-o’qituvchilarga rahbarlik
topshiriladi.
4. Chet tilidagi bitiruv malakaviy ishni tayyorlash jarayonida talaba
bitiruv malakaviy ish mavuzi, qaysi tilda yozilishi va ishning tayyorlanishini
nazoratga oluvchi ilmiy-maslahatchini, shuningdek, DAK yigilishida ishtirok
etishini ko’rsatgan holda mutaxassis chiqaruvchi kafedra mudiri nomiga ariza
beradi.
5. Bitiruv malakaviy ishning dastlabki ximoyasida (DAK yigilishi
boshlanishidan 2-3 xafta oldin) talaba rus tilida loyihalashtiriladigan bitiruv
malakaviy ishning barcha asosiy materiallari (referat) va ishning chet tilidagi to’liq
matnini namoyish etadi. Dastlabki himoya ish tayyorgarligi uchun muhim jarayon
hisoblanadi va u mutaxassis chiqaruvchi kafedrada rus tilida o’tkaziladi.
6. Chet tilida himoyaga taqdim etiladigan bitiruv malakaviy ishni sifatli
tayyorlash maqsadida bitiruv malakaviy ishda loyihalashtirilgan topshiriqlar
mutaxassis chiqaruvchi kafedraning ilmiy rahbari, chet tili kafedrasi maslaxatchi-
ukituvchisi bilan kelishilgan bo’lishi, zaruriy hollarda esa tayanch kafedrasi mudiri
tomonidan tasdiqlanishi lozim
7. Talab darajasida bajarilmagan bitiruv malakaviy ishlarni mutaxassis
chiqaruvchi kafedra himoya qilishga ruxsat bermasligi mumkin.
73
9 - ilova
ILMIY RAHBAR YAKUNIY XULOSASI SHAKLI
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA
UNIVERSITETI
BITIRUV MALAKAVIY ISHGA ILMIY RAHBAR XULOSASI
Bitiruv malakaviy ish talaba
____________________________________________________
______________________________________________________tomonidan
ishlab chiqilgan
Fakultet_______________________________________________________
Kafedra___________________________________________Gurux________
Ixtisoslik______________________________________________________
Bitiruv malakaviy ish mavzusi
______________________________________________________
_______________________________________________________________
1. Tanlangan mavzuning dolzarbligi va maqsadga muvofikligi
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
2. Bitiruv malakaviy ish mazmunining qoyilgan maqsad va shakllantirilgan
vazifalarga mosligi
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
74
3. Bitiruv malakaviy ishning ilmiy-amaliy darajasi
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
4. Bitiruv malakaviy ishning mustaqil bajarilganlik darajasi
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
5.Manbalardan to’liq foydalanilgaligi
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
6. Adabiyotlar bilan ishlash, hisob-kitob ishlarini amalga oshirish, statistik
materiallarni tahlil qilib, jadval va diagramma shaklida umumlashtirish ko’nikmasi
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
7. Ilmiy izlanish uchun tanlangan metodlarning
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
8. Mustaqil ilmiy va amaliy xulosalar chiqara olish ko’nikmasi
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
9. Tadqiqot natijalari boyicha chiqarilgan xulosa va tavsiyalarning ahamiyati
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
10. Ilmiy-lug`aviy kismning to’g`ri rasmiylashtirilganligi
__________________________________________________________________
75
__________________________________________________________________
11. Bitiruv malakaviy ishdagi mantiq, matnning savodli yozilganligi hamda
madaniy-estetik jihatdan bajarilganligi
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
12. Bitiruv malakaviy ishning rasmiylashtirilish sifati
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
Ilmiy rahbar______________________
(ilmiy daraja, ilmiy unvon, ismi sharifi)
76
10- ilova
TAQRIZCHINING BITIRUV MALAKAVIY ISH XAQIDAGI
TAQRIZ SHAKLI
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA
UNIVERSITETI
TAKRIZCHINING BITIRUV MALAKAVIY ISH XAQIDA TAQRIZI
Bitiruv malakaviy ish talaba
_______________________________________tomonidan ishlab chiqilgan
Fakultet_______________________________________________________
Kafedra______________________Guruh_____________________________
Ixtisoslik______________________________________________________
Bitiruv malakaviy ish mavzusi
________________________________________________________________
1. Mavzuning dolzarbligi
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
2. Bitiruv malakaviy ish mazmunining qoyilgan maqsad va shakllantirilgan
vazifalarga mosligi
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
3. Ishning asosiy afzallik jihatlari
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
4. Natijalarning ilmiy asoslanganligi va ishning amaliy ahamiyati
77
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
5. Ishning O’zR OUMTV talablariga muvofiqligi
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
6. Ishdagi kamchiliklar
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
Xulosa_____________________________________________________________
________________________________________________________________
Taqrizchi______________________
(ilmiy daraja, ilmiy unvon, ismi sharifi)
78
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. O’zbekiston Respublikasining «Ta`lim to’g`risida»gi Qonuni (Barkamol avlod -
O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. –T.: Sharq nashriyot matbaa-kontserni.
1997. –B.20-29.
2. O’zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» //Barkamol
avlod - O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. –T.:Sharq nashriyot matbaa-
kontserni.1997. B.-31-61.
3. O’zbekiston Respublikasi Oliy ta`lim muassasasalarida bitiruv malakaviy ishini
tayyorlash tartibi haqida NIZOM. - T.: 2008. – 20 b.
4. O’zbekiston Davlat standarti. O’zbekiston uzluksiz ta`limi Davlat standartlari
tizimi. Oliy ta`lim. 5140900 – Kasb ta`limi yo’nalishi boyicha bakalavrlarning
tayyorgarlik darajasi va zaruriy bilimlar mazmuniga qoyiladigan talablar. - T.:
2008. – 25 b.
5. Архипова Н.И., Овчинникова Н.В., Артемов О.Y. и др. Методические
рекомендаsии по выполнениyu выпускных квалификаsионных работ для
студентов всех форм обучения (первое и второе высшее
профессиональное образование) спеsиальностей 061000 Государственное
и муниsипальное управление, 061100 Менеджмент организаsии. М.:
РГГУ, 2005. – 37с.
6. Salaeva M., Muslimov N.A. Bitiruv malakaviy ishlarini tayyorlash boyicha
metodik tavsiyanoma 5140900 – Kasb ta`limi yo’nalishlari bakalavrlari uchun
mo’ljallangan. T.: TTESI, 2009, - 37 b.
7. Слесарева Г.Д. Использование информаsионных технологий в подготовке
выпускных квалификаsионных работ [Текст] / Г.Д.Слесарева // Вестник
Челябинского государственного педагогического университета. – 2007. –
№ 8. – С. 172–181. – 0,5 п. л.
8. Слесарева Г.Д. Как подготовит и защитит выпускнуyu квалификаsионнуyu
работу [Текст]: учебно-методическое пособие / Г.Д.Слесарева. – Киров:
Изд-во ВятГГУ, 2006. – 141 с. – ISBN 5-93825-377-2. – 8,8 п. л.
79
9. Потапов И.В. Методические рекомендаsии по выполнениyu письменных
работ, отчетов по практике, подготовке и защите выпускных
квалификаsионных работ. Филиал СЗАГС в г. Великий Новгород. – 2007.
– 51 с.
10. Sharipov SH.S. va b. Oliy ta`lim muassasalarida talabalar ilmiy faoliyatini
tashkil qilish tizimi. Metodik qo’llanma. – T.: TDPU,2010. – 50 b.
www. inter – pedagogika. ru.
www.search.re.uz - O’zbekiston axborotlarini izlab topish tizimi.
80