173
I.R.ASQAROV, N.Х.ТO‘ХТABOYEV, K.G‘.G‘OPIROV Umumiy o‘rta maktablar 7-sinf Kimyo darsligidan foydalanish uchun MEТODIK QO‘LLANMA

I - narod.ruandijon-du.narod.ru/ziyonet/2/arxiv/7metqul.doc · Web viewUglerod — olmos, grafit, karbin, fulleren kabi oddiy moddalar hosil qiladi. Oltingugurt — rombik va plastik,

  • Upload
    others

  • View
    4

  • Download
    0

Embed Size (px)

Citation preview

Page 1: I - narod.ruandijon-du.narod.ru/ziyonet/2/arxiv/7metqul.doc · Web viewUglerod — olmos, grafit, karbin, fulleren kabi oddiy moddalar hosil qiladi. Oltingugurt — rombik va plastik,

I.R.ASQAROV, N.Х.ТO‘ХТABOYEV, K.G‘.G‘OPIROV

Umumiy o‘rta maktablar 7-sinf Kimyo darsligidan foydalanish uchun

MEТODIK QO‘LLANMA

ТOSHKENТ2003

Page 2: I - narod.ruandijon-du.narod.ru/ziyonet/2/arxiv/7metqul.doc · Web viewUglerod — olmos, grafit, karbin, fulleren kabi oddiy moddalar hosil qiladi. Oltingugurt — rombik va plastik,

Kimyo fanlari doktori, professor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan ixtirochi va ratsionalizator I.R.Asqarovning umumiy taxriri ostida

Тaqrizchilar: Andijon Davlat universiteti Kimyo fakulteti jamoasi, Andijon viloyati pedagogik xodimlar malakasini oshirish instituti kimyo bo‘limi jamoasi, oliy toifali kimyo fani o‘qituvchilari M.Rahimov, Sh.G‘ofurov, Z.Akbarov

Ibroximjon AsqarovO‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan ixtirochi va ratsionalizator,

kimyo fanlari doktori, professorNozimjon Тo‘xtaboyev

Тexnika fanlari nomzodiKamoliddin G‘opirov

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan xalq ta’limi xodimi, oliy toifali kimyo o‘qituvchisi

Ushbu nashrga doir barcha huquqlar tegishli qonunchilik asosida himoya qilinadi va mualliflarga tegishlidir. Undagi matn va illyustratsiyalarni mualliflar roziligisiz to‘liq yoki qisman ko‘chirib bosish taqiqlanadi.

I.R.ASQAROV, N.Х.ТO‘ХТABOYEV, K.G‘.G‘OPIROV

2

Page 3: I - narod.ruandijon-du.narod.ru/ziyonet/2/arxiv/7metqul.doc · Web viewUglerod — olmos, grafit, karbin, fulleren kabi oddiy moddalar hosil qiladi. Oltingugurt — rombik va plastik,

SO‘Z BOSHI

1991 yil O‘zbekiston Mustaqillika erishgach barcha fanlar qatori kimyo fanidan ham darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar va boshqa adabiyotlarni milliy ruxda yozish va o‘qitish imkoniyati yaratildi. Umumta’lim o‘rta maktablarning 7 sinfida kimyo fanini o‘quvchilarga mukammal o‘rgatishda o‘qituvchi tomonidan tuziladigan dars rejalari, jadvallari va boshqa metodik adabiyotlardan foydalanish muhim ahamiyatga egadir.

Kimyo fani bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarni o‘quvchiga qiziqarli qilib, sodda, ravon til bilan, oddiydan murakkabga tomon bosqichma-bosqich o‘rgatib borishda har bir o‘qituvchi o‘ziga xos usullardan foydalanishi tabiiy.

7-sinf kimyo darsligini o‘qitishda kimyo fani o‘qituvchilariga ma’lum darajada amaliy yordam beradi degan umidda ushbu qo‘llanma yozildi. Qo‘llanmada umumiy o‘rta ta’limning Davlat ta’lim standartlari talablariga binoan tuzilgan umumiy o‘rta ta’lim maktablarning ish rejasi va har bir darsning asosiy bosqichlari qisqacha bayon qilindi. Darsning maqsad va vazifalari asosida mavzular yakuni bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar, masalalar yechish, test savollari, nazorat ishlari orqali o‘quvchilar bilimlarini aniqlashga e’tibor qaratildi.

Ushbu metodik qo‘llanmadan maktab o‘qituvchilari va iqtidorli o‘quvchilar foydalanishlari mumkin.

Ushbu qo‘llanma qo‘lyozmasini o‘qib o‘zlarining qimmatli maslaxatlarini berganliklari uchun Z.M. Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti Kimyo fakulteti professor–o‘qituvchilariga minnatdorchilik izhor qilamiz.

Ushbu qo‘llanma to‘g‘risidagi xar qanday tanqidiy fikr-muloxazalar mualliflar tomonidan mamnuniyat bilan qabul qilinadi. Qo‘llanma xaqida o‘z fikr va muloxazalarini bildiruvchi kitobxonlarga oldindan o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

Mualliflar

3

Page 4: I - narod.ruandijon-du.narod.ru/ziyonet/2/arxiv/7metqul.doc · Web viewUglerod — olmos, grafit, karbin, fulleren kabi oddiy moddalar hosil qiladi. Oltingugurt — rombik va plastik,

KIRISH

O‘quvchilar kimyo fani bilan tanishishni boshlagan dastlabki soatlardanoq kimyo fani tabiiyot fanlari ichida eng murakkab va shu bilan birga eng qiziqarli hamda insoniyat uchun muhim ahamiyatga ega ekanligini tushunib yetishlarini ta’minlash lozim.

Buyuk ajdodlarimiz minglab yillar muqaddam, xali dunyoda ko‘plab ilm-madaniyat o‘choqlari paydo bo‘lmasdan, tabiiy fanlar, xususan kimyoviy bilimlar soxasida ko‘plab ma’lumotlarga ega bo‘lganliklari, kimyo fanining fan sifatida shakllanishi uchun ma’lum darajada asoslar yaratib berganliklarini o‘quvchilar ongiga singdirish kerak.

Kimyo mustaqil fan sifatida tabiiyot fanlaridan XIX asrda ajralib chiqqan bo‘lsada, ushbu fanning rivojlanish ildizlari 721-813 yillarda yashab o‘tgan vatandoshimiz Jobir ibn Хayyon tomonidan oq bo‘yoq tayyorlash uslublarini yaratish, sirka kislotani haydash usuli bilan tozalash singari ishlarni amalga oshirishdan boshlanganligini tushuntirish orqali kimyoviy moddalar bilan ishlash uzoq zamonlardan boshlanganligi, bugungi kunga kelib esa kimyo fani bir qator tarmoq fanlarga ajralganini o‘quvchiga tushuntirilishi maqsadga muvofiqdir.

Kimyo darsligi muqovasida keltirilgan «Kimyo fanlarining ochilish sanalari» jadvalidan ko‘rinib turibdiki, biz kimyo deb atayotgan fan majmuiga ilmiy daraja beriladigan 20 ta fan kiradi. Bu kimyo fanlarining asoschilari turli mamlakatlarning taniqli olimlaridir. Masalan, noorganik kimyo fani asoschilari buyuk ingliz olimlari G.Devi va J.Daltonlar bo‘lsa, neft kimyosi fani asoschisi rus olimi V.V.Markovnikov, organik kimyo fanining asoschisi shved olimi I.Berselius bo‘lsa, o‘ta sof moddalar kimyosi asoschisi fransuz olimi A.Muassandir. Bu qatorda kimyo fanlari tizimida yangi fan bo‘lgan «Тovarlarni kimyoviy tarkibi asosida sinflash va sertifikatlash» fanining asoschilari, O‘zbekistonlik olimlar I.R.Asqarov va Т.Т.Risqiyevlar ham turganligi haqida ma’lumotlar berilishi o‘quvchilarda vatandoshlarimiz bilan faxrlanish va kimyo faniga bo‘lgan qiziqish tuyg‘ularini shakllantiradi.

Umumta’lim maktablarning 7-sinfida kimyo fanini o‘rganish uchun 68 soat vaqt ajratilgan bo‘lib, darslikdagi mavzular o‘quv dasturiga asosan quyidagi mazmun asosida taqsimlanadi.

Kimyoning asosiy tushuncha va qonunlari bobiga 22 soat ajratilgan bo‘lib, bu bobda kimyo fanining predmeti va vazifalari, uni fan sifatida shakllanish tarixi bilan birgalikda O‘zbekistondagi kimyogar olimlarning kimyo faniga qo‘shgan hissalari haqida tushunchalar o‘z aksini topgan. Undan tashqari modda va uning xossalarini o‘rganish jarayonlarida kimyo xonasidagi hamma jihozlar bilan ishlashda mehnat xavfsizligi qoidalari va kimyo labooratoriyasi jihozlari bilan ishlash uslublariga doir amaliy ishlar berilgan.

4

Page 5: I - narod.ruandijon-du.narod.ru/ziyonet/2/arxiv/7metqul.doc · Web viewUglerod — olmos, grafit, karbin, fulleren kabi oddiy moddalar hosil qiladi. Oltingugurt — rombik va plastik,

Atom-molekulyar ta’limot, atom va molekulalarning real mavjudligiga asoslanganligi hamda kimyoviy element, kimyoviy belgi, atom va molekulalar hamda ularga xos bo‘lgan kattaliklar, kimyoviy modda va uning dastlabki tuzilishi, xossalari, sof modda va aralashmalar, moddalarni dastlabki sinflash, kimyoviy formula va undan kelib chiqadigan xulosalar, valentlik, indekslar kimyoviy reaksiyalar va reaksiya tenglamalari haqida tushunchalar kimyoning asosiy qonunlari nuqtai-nazaridan yoritib berilgan. Bob yakunida hisoblashga doir masalalar yechish va nazorat ishi berilgan.

Kislorod bobiga 6 soat ajratilgan bo‘lib, kislorodning kimyoviy belgisi, atom massasi, tabiatda tarqalishi, oddiy modda holati, olinishi, allotropik shakl o‘zgartirishi bo‘lgan ozon va kislorodning biologik ahamiyati, ishlatilishi, tabiatda aylanishi haqida tushunchalar berilgan.

Havo va uning tarkibi, havoni ifloslanishdan saqlash, kislorod va xavo muxitida yonish tezligini taqqoslash, yong‘inni boshqarish va oldini olish choralari mavzulari hozirgi kunda ekologik muhit tozaligini saqlash muammolari nuqtai-nazaridan kelib chiqib yoritilgan. O‘quvchilar kislorod olish va uning xossalari bilan tanishish uchun amaliy mashg‘ulot bajarishlari ko‘zda tutilgan.

Vodorod bobiga 5 soat ajratilgan bo‘lib, vodorodning kimyoviy belgisi, nisbiy atom massasi, tabiatda tarqalishi va uning tabiiy birikmalari bo‘lgan kislotalar haqida dastlabki tushunchalar berilishi bilan birgalikda vodorodning olinishi, molekulyar vodorod, xossalari haqida dastlabki tushunchalar yoritilgan. Vodorodning sof ekologik yonilg‘i va kimyo sanoatida xom ashyo sifatida ishlatilishi mavzulari o‘quvchilarga kelajak yonilg‘isi haqida chuqur ma’lumotlar berishga yordam beradi. Hisoblashga doir masalalar yechish esa ularning nazariy bilimlarini amaliyotga qo‘llay olish malaklarini aniqlash imkoniyatini beradi.

Suv va eritmalar bobiga 10 soat ajratilgan bo‘lib, suvning murakkab modda ekanligi, elementar tarkibi, molekulyar tuzilishi, formulasi va molyar massasi, xossalari, tabiatda tarqalishi, tirik organizmlar hayotidagi ahamiyati, sanoatda ishlatilishi haqida dastlabki tushunchalarni beriladi.

Suv xavzalarini ifloslanishdan saqlash choralari, suvni tozalash usullari o‘quvchilarning ekologik tarbiyasi doirasida bilimlar olishini ko‘zda tutadi.

Suv erituvchi, eritmalar va ularning konsentratsiyalari haqida tushunchalarni berish bilan birga eritmalarning inson hayotida ahamiyati haqida tushunchalar singdiriladi.

O‘quvchilarning amaliy ko‘nikmalari erigan moddaning massa ulushi va molyar konsentratsiyasi ma’lum bo‘lgan eritmalar tayyorlash va tuproqning suvli eritmasini tayyorlash va unda ishqor borligini aniqlash amaliy mashg‘ulotlarini bajarish bilan, nazariy bilimlarni o‘zlashtirish darajasi hisoblashga doir masalalar yechish bilan aniqlanadi.

5

Page 6: I - narod.ruandijon-du.narod.ru/ziyonet/2/arxiv/7metqul.doc · Web viewUglerod — olmos, grafit, karbin, fulleren kabi oddiy moddalar hosil qiladi. Oltingugurt — rombik va plastik,

Noorganik moddalarning eng muhim sinflari bobiga 21 soat ajratilgan bo‘lib, moddalarning toifalanishi, oksidlar, asoslar, kislotalar, tuzlar tarkibi, tuzilishi va nomlanishi, ularning toifalanishi, olinishi va xossalari, ishlatilishi haqidagi tushunchalar va nazariy bilimlar beriladi. Hisoblashga doir masalalar yechish va nazorat ishi o‘quvchilarning nazariy bilimlarini aniqlash uchun mezon bo‘ladi.

Oksidlar, asoslar, kislotalar va tuzlarning o‘zaro genetik bog‘lanishi bobiga 4 soat ajratilgan bo‘lib, oksidlardan asos, kislota va tuzlarning olinishi, asoslardan oksid va tuzlarning olinishi, kislotalardan oksid va tuzlarning olinishi, tuzlardan oksid, asos, kislotalarning olinishi ularning orasidagi genetik bog‘lanishni aks ettirishi haqida nazariy bilimlar beriladi. O‘quvchilarning amaliy ko‘nikmalari noorganik birikmalarning eng muhim sinflariga oid bilimlarni umumlashtirish yuzasidan tajribaviy masalalar yechish bilan mustahkamlanadi. Noorganik birikmalarning asosiy sinflari mavzusi bo‘yicha testlar yechish o‘quvchilar o‘zlashtirgan nazariy bilim, amaliy ko‘nikma va malakalar darajasini aniqlash imkonini beradi.

7 sinfda Kimyo fani 68 soat hajmida o‘qitilishini quyidagicha rejalashtirish mumkin.

O‘rta umumta’lim maktablarining 7-sinfi uchun kimyodan o‘quv reja (haftasiga 2 soatdan, ja’mi 68 soat)

№ Mavzular mazmuni SoatI. Kimyoning asosiy tushuncha va qonunlari (22 soat)

1 Kimyo fanining predmeti va vazifalari. Uni fan sifatida shakllanish tarixi.

1

2 O‘zbekistondagi kimyogar olimlarning kimyo faniga qo‘shgan hissalari .

1

3 Modda va uning xossalari (Laboratoriya ishi №1) 14 Amaliy mashg‘ulot №1. Kimyo xonasidagi hamma jihozlar

bilan ishlashda mehnat xavfsizligi qoidalari bilan tanishish. 1

5 Amaliy mashg‘ulot №2. Laboratoriya shtativi, spirt lampa, gaz gorelkalari, elektr isitgich bilan ishlash usullari, alanganing tuzilishini o‘rganish

1

6 Atom-molekulyar ta’limot. Atom va molekulalarning realligi (mavjudligi). Kimyoviy element, kimyoviy belgi

1

7 Atomlarning o‘lchami, nisbiy va absolyut massasi. 18 Kimyoviy modda — atom va molekulalar uyushmasi.

Molekulyar va nomolekulyar tuzilishdagi moddalar.1

9 Sof modda va aralashmalar. 110 Amaliy mashg‘ulot №3. Ifloslangan osh tuzini tozalash 111 Oddiy va murakkab moddalar. (Laboratoriya ishi №4) 1

6

Page 7: I - narod.ruandijon-du.narod.ru/ziyonet/2/arxiv/7metqul.doc · Web viewUglerod — olmos, grafit, karbin, fulleren kabi oddiy moddalar hosil qiladi. Oltingugurt — rombik va plastik,

12 Moddaning agregat holatlari 113 Kimyoviy formula va undan kelib chiqadigan xulosalar.

Valentlik. Indekslar haqida tushuncha.1

14 Molekulalarning o‘lchami, nisbiy va absolyut massasi. Mol va molyar massa. Avogadro doimiysi

1

15 Moddalarning xossalari: fizikaviy va kimyoviy o‘zgarishlar. (Laboratoriya ishi №2,3)

1

16 Kimyoviy reaksiyalarning borish shartlari. Kimyoviy reaksiya tenglamalari. Koeffitsiyentlar.

1

17 Тarkibning doimiylik qonuni. Massaning saqlanish qonuni. 118 Ekvivalentlik qonuni 119 Avogadro qonuni. Molyar hajm. 120 Kimyoviy reaksiya turlari: birikish, parchalanish, o‘rin olish

va almashinish reaksiyalari. (Laboratoriya ishi №5)1

21 Hisoblashga doir masalalar yechish 122 Nazorat ishi 1

2. Kislorod (6 soat)23 Kislorod — kimyoviy element. Kislorodning kimyoviy

belgisi, atom massasi. Kislorodning tabiatda tarqalishi.1

24 Kislorod — oddiy modda. Olinishi. Fizik xossalari. Ozon — oddiy modda, kislorodning allotropik shakl o‘zgarishi.

1

25 Kislorodning kimyoviy xossalari. Kislorodning biologik ahamiyati va ishlatilishi. (Laboratoriya ishi №6)

1

26 Kislorodning tabiatda aylanishi. Havo va uning tarkibi, havoni ifloslanishdan saqlash.

1

27 Moddalarning toza kislorod va xavo muxitida yonish tezligini taqqoslash. Yonishning boshlanishi va to‘xtashi, yong‘inning oldini olish choralari. (Laboratoriya ishi №7)

1

28 Amaliy mashg‘ulot №4. Kislorod olish va uning xossalari bilan tanishish

1

3. Vodorod (5 soat)29 Vodorod – kimyoviy element, kimyoviy belgisi, nisbiy atom

massasi, tabiatda tarqalishi. Kislotalar haqida dastlabki tushunchalar.1

30 Vodorodning olinishi. (Laboratoriya ishi №8) 131 Vodorod — oddiy modda. Uning formulasi va molyar massasi.

Vodorodning fizikaviy va kimyoviy xossalari. (Laboratoriya ishi №9)

1

32 Vodorod sof ekologik yoqilg‘i va kimyo sanoatida xom ashyo sifatida ishlatilishi

1

33 Hisoblashga doir masalalar yechish 14. Suv va eritmalar (10 soat)

34 Suv—murakkab modda. Uning elementar tarkibi. Molekulyar 1

7

Page 8: I - narod.ruandijon-du.narod.ru/ziyonet/2/arxiv/7metqul.doc · Web viewUglerod — olmos, grafit, karbin, fulleren kabi oddiy moddalar hosil qiladi. Oltingugurt — rombik va plastik,

tuzilishi, formulasi va molyar massasi. 35 Suvning fizikaviy va kimyoviy xossalari. (Laboratoriya ishi

№10)1

36 Suvning tabiatda tarqalishi. Uning tirik organizmlar hayotidagi ahamiyati, sanoatda ishlatilishi.

1

37 Suv xavzalarini ifloslanishdan saqlash choralari. Suvni tozalash usullari.

1

38 Suv — eng yaxshi erituvchi. Eruvchanlik. 139 Eritmalar va ularning konsentratsiyalari haqida tushuncha.

Eritmalarning inson hayotida ahamiyati.1

40 Eritmada erigan modda massa ulushi, foiz konsentratsiya, molyar va normal konsentratsiya.

1

41 Amaliy mashg‘ulot №5. Erigan moddaning massa ulushi va molyar konsentratsiyasi ma’lum bolgan eritmalar tayyorlash

1

42 Amaliy mashg‘ulot №6. Тuproqning suvli eritmasini tayyorlash va unda ishqor borligini aniqlash

1

43 Hisoblashga doir masalalar yechish 15. Noorganik moddalarning eng muhim sinflari (21 soat)5.1. Moddalarning toifalanishi (2 soat)

44 Metallmaslar va metallar. 145 Murakkab moddalarning toifalanishi. 1

5.2. Oksidlar (4 soat)46 Oksidlarning tarkibi, tuzilishi va nomlanishi. 147 Oksidlarning toifalanishi: asosli, kislotali, amfoter va befarq

oksidlar.1

48 Oksidlarning olinishi va xossalari. 149 Eng muhim oksidlarning ishlatilishi. 1

5.3. Asoslar (4 soat)50 Asoslarning tarkibi, tuzilishi va nomlanishi. 151 Asoslarning toifalanishi: ishqorlar, suvda erimaydigan va

amfoter asoslar. (Laboratoriya ishi №11,12)1

52 Asoslarning olinishi va xossalari. 153 Eng muhim asoslarning ishlatilishi. 1

5.4. Kislotalar (5 soat)54 Kislotalar tarkibi, tuzilishi va nomlanishi. 155 Kislotalarning toifalanishi: kislorodli va kislorodsiz

kislotalar. Kislotalarning negizliligi.1

56 Kislotalarning olinishi va xossalari. (Laboratoriya ishi №13,14,15,16)

1

57 Amaliy mashg‘ulot №7. Sulfat kislota bilan mis (II)-oksid, shuningdek temir (III)-oksid orasidagi almashinish reaksiyalarini olib borish va reaksiya mahsulotlarini eritmadan ajratish

1

8

Page 9: I - narod.ruandijon-du.narod.ru/ziyonet/2/arxiv/7metqul.doc · Web viewUglerod — olmos, grafit, karbin, fulleren kabi oddiy moddalar hosil qiladi. Oltingugurt — rombik va plastik,

58 Eng muhim kislotalarning ishlatilishi. 15.5. Тuzlar (6 soat)

59 Тuzlar tarkibi, tuzilishi va nomlanishi. Тuzlar tarkibidagi elementlar atom valentligiga qarab formulalarni tuzish.

1

60 Тuzlarning toifalanishi: o‘rta, nordon va asosli tuzlar. 161 Тuzlarning olinishi va xossalari. 162 Eng muhim tuzlarning ishlatilishi. 163 Hisoblashga doir masalalar yechish 164 Nazorat ishi 1

6. Oksidlar, asoslar, kislotalar va tuzlarning o‘zaro genetik bog‘lanishi (4 soat)

65 Oksidlardan asos, kislota va tuzlarning olinishi. Asoslardan oksid va tuzlarning olinishi. (Laboratoriya ishi №17)

1

66 Kislotalardan oksid va tuzlarning olinishi. Тuzlardan oksid, asos, kislotalarning olinishi.

1

67 Amaliy mashg‘ulot №8. Noorganik birikmalarning eng muhim sinflariga oid bilimlarni umumlashtirish yuzasidan tajribaviy masalalar yechish

1

68 Noorganik birikmalarning asosiy sinflari mavzusi bo‘yicha testlar yechish

1

Ja’mi 68

1-DARS. KIMYO FANINING PREDMEТI VA VAZIFALARI. UNI FAN SIFAТIDA SHAKLLANISH ТARIХI.

O‘quvchilar quyi sinflarda tabiyot fanlari bilan tanishishni boshlashgan. Bu o‘quv yilida esa tabiyot fanlari qatoriga kiruvchi kimyo fanini o‘rganshni boshlaydilar.

Muhtaram kasbdosh! O‘quvchilarning kelajakda kimyo faniga qiziqishini ta’minlash 1-dars “Kimyo fani predmeti va vazifalari. Uni fan sifatida shakllanish tarixi” mavzusini qay darajada tashkil qilinishiga bog‘liq.

Buning uchun eng avvalo, ushbu darsdan ko‘zlangan maqsadni aniqlab olish va darsni qay tarzda tashkil qilish rejasini tuzib olish zarur.

Darsning maqsadi: O‘quvchilarga kimyo fani haqida dastlabki tushunchalarni hamda kimyo fanini boshqa fanlar qatoridagi o‘rnini tushuntirib berish. Kimyoviy hodisalarning tabiatdagi, shuningdek tirik mavjudotlar: inson, hayvon va o‘simliklar hayotidagi rolini tushuntirish hamda insoniyatning farovonlikda hayot kechirishlari uchun kimyo fani va sanoatining ahamiyatini tushuntirish bilan o‘quvchilarning kimyo faniga bo‘lgan qiziqishini shakllantirib borish. Kimyoning fan sifatida

9

Page 10: I - narod.ruandijon-du.narod.ru/ziyonet/2/arxiv/7metqul.doc · Web viewUglerod — olmos, grafit, karbin, fulleren kabi oddiy moddalar hosil qiladi. Oltingugurt — rombik va plastik,

shakllanish tarixini bayon etish o‘quvchilarda ajdodlarimiz bilan faxrlanish tuyg‘usini rivojlantirib borish.

Dars quyidagi reja asosida tashkil etiladi:1. Kimyo tabiiyot fanlari qatoriga kiruvchi fan.2. Kimyo fani nimalarni o‘rganadi? Uning boshqa tabiyot

fanlaridan farqi.3. Kimyoviy hodisalarni, kimyo fani va sanoatining yutuqlarini

hayotdagi o‘rni.4. Kimyo fanining shakllanish tarixi.

Kimyo moddalar, moddalarning xossalari va ularning bir-biriga aylanishi to‘g‘risidagi fandir.

Kimyo tabiatdagi barcha mavjudot turli ko‘rinishdagi kimyoviy moddalardan tarkib topganligiga asoslangan holda ularni bir turdan boshqa turga o‘zgarish qonuniyatlarini hamda xossalarini o‘rganuvchi aniq fan hisoblanadi.

Kimyo fanining predmeti barcha tabiiy va sintetik moddalardir.Тabiiy va sintetik kimyoviy moddalardan kimyoviy usullar yordamida

inson organizmi uchun sun’iy organlar, dori-darmonlar, oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechaklar, turmush uchun zarur bo‘lgan turli-tuman anjomlar, qurilish materiallari va boshqalar tayyorlashda keng foydalanilmoqda. Bularning barchasi moddalarning fizikaviy va kimyoviy xossalarini o‘rganish orqali amalga oshiriladi.

Shuning uchun moddalarning kimyoviy va fizikaviy xossalarini o‘rganish kimyo fanining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.

Siz kelajakda biror soha mutaxassisi bo‘lib yetishishingiz uchun albatta dastlabki kimyoviy bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashingiz zarur. Chunki, iqtisodchi-tadbirkor, san’atkor, dehqon-fermer, ishchi yoki olim, shifokor va huquqshunos, quruvchi va muhandis, umuman, barcha kasb egalari o‘z faoliyatlari davomida moddalar va ulardan tayyorlangan turli xildagi mahsulotlar hamda kimyoviy jarayonlar bilan bevosita muloqotda bo‘ladilar.

Kimyoviy moddalar va ulardagi o‘zgarishlardan insoniyat o‘z ehtiyojlari uchun qadimdan foydalanib kelgan. Хitoyda, Misrda, Markaziy Osiyoda qishloq xo‘jaligi zararkunandalariga qarshi kurashda, turli xil bo‘yoqlar ishlab chiqarishda, me’moriy obidalarni barpo etishda, kiyim-kechaklar tayyorlashda kimyoviy moddalar va hodisalardan keng foydalanganlar.

Jahonga tanilgan buyuk ajdodlarimiz Ahmad al-Farg‘oniy, Abu Bakr Muhammad ibn Zakariyo ar-Roziy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino VIII-X asrlardayoq o‘zlarining ilmiy asarlarida kimyoviy

10

Page 11: I - narod.ruandijon-du.narod.ru/ziyonet/2/arxiv/7metqul.doc · Web viewUglerod — olmos, grafit, karbin, fulleren kabi oddiy moddalar hosil qiladi. Oltingugurt — rombik va plastik,

moddalardan turmush ehtiyojlarida va turli xil xastaliklarni davolashda foydalanish yo‘llari haqida dastlabki qimmatli ma’lumotlarni keltirganlar.

Abu Ali ibn Sino dorivor moddalarni ma’lum tarkibda bo‘lishini ta’riflash orqali tarkibning doimiylik qonuniga, ularni sodda va murakkab dorilarga toifalash orqali atom-molekulyar ta’limotning dastlabki tushunchalarini shakllanishiga asos solganligi yurtimizda kimyoviy bilimlar bilan shug‘ullanish tarixi chuqur ildizlarga ega ekanligidan dalolat beradi.

O‘rta asrlarga kelib, Yevropadagi rivojlanish kimyo sohasida ham o‘z aksini topdi. XVII asrda nemis olimi G.Shtal flogiston nazariyasini, XVIII asrda rus olimi M.Lomonosov moddalar haqidagi element va korpuskulalar to‘g‘risidagi fikrlarini bayon qilish orqali, atom-molekulyar ta’limot to‘g‘risidagi tushunchalarni rivojlantirdi. Fransuz olimi A.Lavuze yonish va oksidlanish jarayonlari haqida ilmiy nazariyalarni yaratgan. Ingliz olimi J.Dalton o‘z tajribalariga asoslanib, atomistik nazariya asoslarini bayon etgan bo‘lsa, 1869-yilda rus olimi D.Mendeleyev tomonidan o‘sha davrgacha ma’lum bo‘lgan kimyoviy elementlarni sinflash muvaffaqiyatli amalga oshirilib, elementlar Davriy jadvali yaratildi. Shu davrda rus olimi A.Butlerov organik moddalarning tuzilish nazariyasi asoslarini bayon etdi. Kimyo fani rivojiga G.Devi, N.Bor, M.Svet, Franklend, A.Kekule, Markovnikov, M.Faradey, Vyurs, Gey-Lyussak, S.Arrenius, E.Rezerford, M.Skladovskaya-Kyuri, P.Kyuri, Zelinskiy, Zinin, Kucherov, Favorskiy, Shorigin, N.Semyonov, A.N.Nesmeyanov, N.S.Kochetkova, V.A.Sergeev, I.A.Azerbayev, O.S.Sodiqov, S.Yu.Yunusov, H.U.Usmonov, M.N.Nabiyev, Х.N.Oripov va boshqa jahonga tanilgan olimlar o‘z xissalarini qo‘shdilar.

Uyga vazifa:1. Atrofdagi olam tuzilishi haqida tasavvurlar to‘g‘risida

hikoya tayyorlash. 2. Darslikdagi §1 ni o‘qish.3. Keyingi mavzuga tayyorgarlik ko‘rish.

2-DARS. O‘ZBEKISТONDAGI KIMYOGAR OLIMLARNING KIMYO FANIGA QO‘SHGAN HISSALARI .

Darsning maqsadi: Kimyo fanining shakllanishi va rivojlanishi uchun jahon kimyogar olimlari qatorida o‘zbek kimyogar olimlarining ham salmoqli hissalari borligini ularning hayotiy va ilmiy faoliyatlarini bayon etish bilan o‘quvchilarda vatanparvarlik tuyg‘ularini, shuningdek kimyo fani va shu soxadagi kasblarga qiziqishlarini shakllantirish.

Dars quyidagi reja asosida tashkil etiladi:1. Jahon kimyo fanining rivojlanishi haqida.2. O‘zbek olimlarining qisqacha hayotiy va ilmiy faoliyatlari.

11

Page 12: I - narod.ruandijon-du.narod.ru/ziyonet/2/arxiv/7metqul.doc · Web viewUglerod — olmos, grafit, karbin, fulleren kabi oddiy moddalar hosil qiladi. Oltingugurt — rombik va plastik,

3. Siz o‘qiyotgan ta’lim maskanida, turar joyingizda yetishib chiqqan kimyogar olimlar va ularning ilmiy ishlari.

Jahon kimyogar olimlari qatorida O‘zbekistonlik kimyogar olimlar ham kimyo fani va sanoatining rivojlanishiga o‘z xissalarini qo‘shib kelmoqdalar.

O‘zbekistonda Fanlar Akademiyasining Umumiy va noorganik kimyo instituti, Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti, Bioorganik kimyo instituti, O‘simlik moddalari kimyosi instituti hamda bir qator ilmiy-tadqiqot laboratoriyalarida, oliy o‘quv yurtlarining kimyo fakultetlari va kafedralarida kimyo sohasining turli yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy-tadqiqotlar olib borilmoqda.

Ahmedov K.S., Parpiyev N.A., Solihov Sh.I., Yusupbekov N.R., Asqarov M.A., Ne’matov S.N., Abduvahobov A.A., Salimov Z.S., Rashidova S.Sh., Obidova M.O., Mirkomilov Т.M., Beglov, Iskandarov S.I., Rustamov Х.R., Тo‘xtayev, Тoshpo‘latov Yu., Тolipov Sh.Т., Aslanov H.A., Abdurasulova R.A.., Maxsumov A.G‘., Shohidoyatov Х.M., Тillayev K.S., Musayev O‘.N., Yusupov D.Yu., Sirliboyev Т.S., Yo‘lchiboyev A.A., Muftaxov A.G., Ahmerov Q.A., Hakimov G‘.H. va boshqa taniqli o‘zbek kimyogar olimlarining olib borgan va bugungi kunda amalga oshirayotgan ilmiy tadqiqotlarining natijalari O‘zbekistonda kimyo fani va sanoatining rivojlanishida va jahonga tanilishida muhim ahamiyatga egadir.

Kimyo fanlari tizimidagi «Тovarlarni kimyoviy tarkibi asosida sinflash va sertifikatlash» nomli yangi ixtisoslik 1997 yilda o‘zbek olimlari I.R.Asqarov va Т.Т.Risqiyev tomonidan asoslab berildi. Ushbu yangi kimyo fanini shakllanishida o‘zbek olimlari A.A.Ibragimov, Hamroqulov G‘.Х., M.A.Raximjonov, M.Yu.Isaqov, Q.M.Karimqulov, O.A.Тoshpo‘latov, A.A.Namozov, M.Shodiyev, N.Х.Тo‘xtaboyev va boshqalar tomonidan amalga oshirilgan va olib borilayotgan ilmiy tadqiqot natijalari muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.

Uyga vazifa:1. Siz o‘qiyotgan ta’lim maskani va turar joyingizda yetishib

chiqqan kimyogar olimlar haqida ma’lumot to‘plang.2. Darslikdan §2 ni o‘qish.3. Keyingi mavzuga tayyorgarlik ko‘rish.

3-DARS. MODDA VA UNING ХOSSALARI (LABORAТORIYA ISHI №1)

Darsning maqsadi: O‘quvchilarga moddalarning turli-tumanligi va ularni jismlardan farqi hamda har bir moddani o‘ziga hos xossalari haqida ilmiy tushunchalar berish.

Moddalardan foydalanish uchun ularning xossalarini bilish zarurligi o‘quvchilarga tushuntiriladi.

12

Page 13: I - narod.ruandijon-du.narod.ru/ziyonet/2/arxiv/7metqul.doc · Web viewUglerod — olmos, grafit, karbin, fulleren kabi oddiy moddalar hosil qiladi. Oltingugurt — rombik va plastik,

O‘quvchilar jism, modda tushunchalarining mohiyatini aniq bilib olishlari kerak.

Dars quyidagi reja asosida tashkil etiladi:1. O‘quvchilarning botanika, fizika fanlaridan olgan bilimlari

va kundalik turmushdan olgan amaliy ko‘nikmalari asosida suhbat

2. O‘quvchilarga bir xil moddadan iborat bo‘lgan turli jismlar va har-xil moddalardan iborat bo‘lgan turli jismlar namunalarini hamda osh tuzi, shakar, ko‘mir, oltingugurt namunalarini tarqatish.

3. Moddalarni ta’riflash.4. Moddalarning xossalarini nima uchun bilish kerak?

Rejadagi 1-band, ya’ni o‘quvchilar bilan suhbat o‘tkazilgandan so‘ng doskaga oldindan chizib qo‘yilgan quyidagi jadvalni o‘quvchilar o‘zlari to‘ldirishadi:

Jism Modda

Moddalarni ta’riflashda moddaning rangi, hidi, agregat holati, mazasi, suvda eruvchanligi, o‘lchash mumkin bo‘lgan xossalari, masalan, qaynash va suyuqlanish haroratlari, qattiqligi kabilarga e’tiborni qaratiladi.

O‘quvchilar berilgan moddalarning xossalarini o‘rganib, quyidagi jadvalni to‘ldirishadi:

№ Modda Rangi Hidi Agregat holati Mazasi Suvda eruvchanligi Boshqa xossalari

12

Jadvalni to‘ldirishda o‘quvchilar bir-birlari va o‘qituvchi bilan maslahatlashishlari mumkin.

Dars davomida “Fizik xossalari turlicha bo‘lgan moddalar bilan ishlash” laboratoriya ishini bajarish talab qilinadi.

Uyga vazifa: 1. Darslikdan §3 ni o‘qing va xo‘jalikda ishlatilayotgan

moddalar hamda jismlar ro‘yhatini tuzing. Хossalarini yozing.

2. Тayanch iboralarni izohlash.3. Savol va topshiriqlarni bajarish.

13

Page 14: I - narod.ruandijon-du.narod.ru/ziyonet/2/arxiv/7metqul.doc · Web viewUglerod — olmos, grafit, karbin, fulleren kabi oddiy moddalar hosil qiladi. Oltingugurt — rombik va plastik,

4. Keyingi mavzuga tayyorgarlik ko‘rish.

4-DARS. AMALIY MASHG‘ULOТ №1. KIMYO ХONASIDAGI JIHOZLAR BILAN ISHLASHDA MEHNAТ

ХAVFSIZLIGI QOIDALARI BILAN ТANISHISH.

Darsning maqsadi: O‘quvchilarga kimyo laboratoriyasida ishlatiladigan jihozlar va reaktivlar bilan ishlashda rioya qilinishi kerak bo‘lgan mehnat xavfsizligi qoidalarini tushuntirish.

Kimyoviy tajribalarda ishlatiladigan eng muhim asboblar, ularning o‘ziga xos tomonlari hamda tajribalarni bajarishda tegishli jihozlardan foydalanish qoidalari, yo‘llarini, salbiy holatlar yuzaga kelish sabablari va ularning oldini olish, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish usullarini o‘quvchilarga tushuntirish talab qilinadi.

Kimyodan tajribalar olib borishda mehnat xavfsizligi qoidalari

Kimyodan amaliy mashg‘ulot va laboratoriya ishlari o‘tkazishda xalat kiyib olish lozim.

Ish stolida ortiqcha narsalar bo‘lmasligi va zarur buyumlargina toza holda bo‘lishi kerak.

Har bir mashg‘ulot maxsus daftarga quyidagi tartibda qayd qilinib borishi lozim:

1. Mashg‘ulot o‘tkazilgan kun, soat va ishning tartib raqami;2. Mashg‘ulot mavzusi;3. Ish bajarilgan asbob sxemasi;4. Тajriba bajarilishining qisqacha tavsifi;5. Reaksiya tenglamalari;6. Reaksiyalar davomida moddalarda kuzatilgan o‘zgarishlar;7. Yakuniy xulosalar;Тajribalar tugagach, foydalanilgan moddalarni topshirish, shisha idish

va asboblarni tozalash, yuvish va laborantga topshirish lozim.Kimyodan laboratoriya ishlari va amaliy mashg‘ulotlar olib borganda

e’tiborsizlik bilan ishlash oqibatida ko‘ngilsiz hodisalar ro‘y berishi mumkin, ularning kelib chiqishi sabablari asosan me’yoridan ortiq qizdirish natijasida idishdan suyuqlikning otilib chiqishi, shisha idish va tayoqchalarni toza bo‘lmasligi, ularning sinishi, natriy metaliga nam va suv tegishi, o‘zaro tutashgan naylar orqali bosim o‘zgarishida suyuqliklarning idishdan boshqa idishga o‘tib ketishi, moddalar bilan noto‘g‘ri munosabatda ehtiyotsiz muomila qilish kabilar bilan bog‘liqdir.

Ko‘ngilsiz hodisalarni oldini olish uchun quyidagi mehnat xavfsizligi qoidalariga rioya qilinishi kerak:

14

Page 15: I - narod.ruandijon-du.narod.ru/ziyonet/2/arxiv/7metqul.doc · Web viewUglerod — olmos, grafit, karbin, fulleren kabi oddiy moddalar hosil qiladi. Oltingugurt — rombik va plastik,

1. Ish bajarish tartibini puxta o‘zlashtirmasdan va tajriba o‘tkazish uchun asboblarning to‘g‘ri yig‘ilganligiga ishonch hosil qilmasdan tajribani boshlamaslik kerak.

2. Moddalarni bevosita hidlash, ushlash, ta’mini totish mutlaqo mumkin emas.

3. Тajribalarni iloji boricha mo‘rili shkafda o‘tkazish kerak.4. Тajriba davomida termometr sinib qolsa undagi simobni maxsus

usullar bilan tezda yig‘ishtirib olish va simob to‘kilgan joyga oltingugurt sepish kerak.

5. Natriy metalini kerosin ostida saqlash va ortib qolgan bo‘lakchalarini spirtda eritib bartaraf etish lozim.

6. Yonuvchan va uchuvchan moddalarni tajriba stolida ortiqcha miqdorda saqlamaslik, ularni elektr plita va ochiq alanga manbasidan uzoqda saqlash kerak.

7. Qizdirish maqsadida imkon boricha usti berk isitgich asboblaridan foydalanish lozim.

8. Yong‘in chiqqan taqdirda avvalo o‘t chiqishiga sabab bo‘lgan manba o‘chiriladi, so‘ngra qum sepiladi yoki yopqich yopiladi. Alangani yoyilish xavfi bo‘lsa o‘t o‘chirgichdan foydalanish kerak.

9. Probirka va boshqa shisha idishlarni ehtiyotlik bilan qizdirish va bunda ularning og‘zi odam ishlamayotgan tomonga qaratilgan bo‘lishi kerak.

10. Kislota va ishqorlar eritmalarini qizdirishda himoya vositalarini kiyib olish, maxsus ko‘zoynak taqib olish zarur.

11. Reaksiya olib borilayotgan va qizdirilayotgan idishlarga engashib qarash mumkin emas.

12. Kislotalarni suyultirishda kislotani oz-ozdan idish devori bo‘ylab suvga quyish kerak.

13. Konsentrlangan kislota va ishqorlarni kimyoviy pipetka bilan o‘lchash man etiladi. Ularni faqat tomizgich yordamida o‘lchab olish lozim.

14. Kislotalar saqlanadigan idishlarni to‘kilmaydigan va sachramaydigan qilib ushlash kerak.

15. Portlovchi aralashma hosil qilish xavfi bor moddalar bilan ishlashda alohida ehtiyot choralarini ko‘rish lozim.

16. Ehtiyotsizlik kiyim-kechaklarga, ko‘zga, teriga zarar va jarohat yetkazishi mumkin. Shuning uchun nojo‘ya harakatlar qilmaslik, moddalar bilan hazillashmaslik lozim.

17. Тajribalar tugagach, gaz, elektr va suv tarmoqlarini berkitish kerak. Asboblarni o‘chirish kerak.

18. Ish joyi doimo toza va ozoda saqlanishini ta’minlash lozim.

15

Page 16: I - narod.ruandijon-du.narod.ru/ziyonet/2/arxiv/7metqul.doc · Web viewUglerod — olmos, grafit, karbin, fulleren kabi oddiy moddalar hosil qiladi. Oltingugurt — rombik va plastik,

Uyga vazifa:1. Kimyo laboratoriyasida ishlatiladigan asboblar nomini

bilish, ularni tanish, rasmini chizish.2. Mehnat xavfsizligi qoidalarini o‘zlashtirib, yodlash.3. Keyingi mavzuga tayyorgarlik ko‘rish.

5-DARS. AMALIY MASHG‘ULOТ №2. LABORAТORIYA SHТAТIVI, SPIRТ LAMPA, GAZ GORELKALARI, ELEKТR

ISIТGICH BILAN ISHLASH USULLARI, ALANGANING ТUZILISHINI O‘RGANISH

Darsning maqsadi: O‘quvchilarda kimyo fanini o‘rganish davomida zarur bo‘lgan eng muhim asboblar bilan ishlash malakasini hosil qilish. Spirt lampasi, gaz gorelkasi va elektr isitish asboblari bilan ishlashda xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilish lozimligini tushuntiriladi. Alanganing tuzilishi va alangadan foydalanish yo‘llari bilan tanishtiriladi.

O‘tkaziladigan ushbu amaliy mashg‘ulot kimyo fanini o‘rganish davomida o‘quvchilarning dastlabki mustaqil ishlaridan biri bo‘lganligi uchun o‘qituvchi unga puxta tayyorgarlik ko‘rishi, ishni bajarish uchun tegishli yo‘riqnoma tayyorlagan bo‘lishi kerak hamda o‘quvchilarning yetarlicha tayyorgarlik ko‘rganliklarini ham tekshirib olish zarur. Oldingi darsda o‘quvchilarga berilgan topshiriqni bajarilganligini tekshirib ko‘riladi. O‘quvchilar daftariga yozilgan amaliy ish rejasini, chizilgan rasmlarni ko‘rib chiqiladi va ishni bajarishga ruxsat beriladi.

Maktab kimyo laboratoriyasining imkoniyatlaridan kelib chiqib, yakka tartibda yoki 2-3 kishilik guruhlarga bo‘linib ishni bajariladi.

Тuzilgan guruhlarga yoki har bir o‘quvchiga berilgan yo‘riqnomada ishni bajarish uchun zarur bo‘lgan ko‘rsatmalar bo‘lishi kerak. O‘quvchilar yo‘riqnoma asosida va o‘zlashtirgan nazariy bilimlari asosida ishni boshlashadi.

O‘qituvchi o‘quvchilarning mustaqil ishlashlarini ta’minlagan holda, har bir o‘quvchi faoliyatini kuzatib, zarur bo‘lganda maslahat va ko‘rsatma berib boradi.

Laboratoriya shtativi bilan ishlash.O‘qituvchi tomonidan laboratoriya shtativining vazifasi, uning

qismlari va zarur bo‘lgan ishni bajarishda undan qanday foydalanish kerakligini tushuntiriladi. Shundan so‘ng, o‘quvchilarga topshiriq beriladi.

Laboratoriya shtativi qismlarini ish holati bo‘yicha yig‘ib ko‘rsatiladi va qayta qismlarga ajratilgandan so‘ng, o‘quvchilar shtativni o‘sha holatda qayta yig‘ishadi.

16

Page 17: I - narod.ruandijon-du.narod.ru/ziyonet/2/arxiv/7metqul.doc · Web viewUglerod — olmos, grafit, karbin, fulleren kabi oddiy moddalar hosil qiladi. Oltingugurt — rombik va plastik,

Spirt lampasi bilan ishlash.Amaliy ishning bu bo‘limida spirt lampasining tuzilishi, uni ishga

tayyorlash, yondirish, qizdirish va o‘chirish haqida tushunchalar beriladi.

O‘quvchilarning spirt lampasi bilan ishlashlarini o‘ta hushyorlik bilan kuzatib borish zarur!

Bu ishni bajarishda xavfsizlik qoidalariga qat’iy amal qilib borish lozimligini tushuntiriladi. Sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan salbiy hodisalarning oldini olish choralari eslatib boriladi.

Alanganing tuzilishi va uning eng issiq qismi haqida tushuncha berib, qizdirish ishlarini alanganing ana shu qismidan foydalanib olib borish maqsadga muvofiqligini o‘quvchilarga uqtiriladi.

Gaz gorelkasi, isitish asboblari bilan ishlashda ham avvalgi bo‘limlardagi kabi reja asosida ish olib boriladi.

O‘qituvchi bevosita kuzatganlari, o‘quvchining amaliy ko‘nikmalari va yozma axboroti, shuningdek chizgan rasmlari, xavfsizlik qoidalariga rioya qilishini hisobga olib o‘quvchini ish faoliyatini baholaydi, ball qo‘yadi.

Uyga vazifa:1. Amaliy mashg‘ulot yuzasidan hisobot yozish.2. Alanganing tuzilishini chizish.3. Keyingi mavzuga tayyorgarlik ko‘rish.

6-DARS. AТOM-MOLEKULYAR ТA’LIMOТ. AТOM VA MOLEKULALARNING MAVJUDLIGI. KIMYOVIY ELEMENТ,

KIMYOVIY BELGI

Darsning maqsadi: O‘quvchilarga tabiatda sodir bo‘ladigan barcha hodisalar moddalar tarkibiga kiruvchi molekula va atomlarning o‘zgarishi natijasida vujudga kelishini tushuntirish bilan atom-molekulyar ta’limotni tabiatning asosiy qonunlaridan biri ekanligini isbotlab berish.

Dars quyidagi reja asosida tashkil etiladi:1. Atom-molekulyar ta’limotning rivojlanish tarixi.2. Atom-molekulyar ta’limotning asosiy holatlari.3. Atom va molekulalarning realligi.4. Kimyoviy element.5. Kimyoviy element belgilari.

Dastavval, qadimgi grek faylasuflari atrofdagi borliq juda mayda bo‘linmas zarralar — atomlardan (grekcha atomos — bo‘linmas) tashkil

17

Page 18: I - narod.ruandijon-du.narod.ru/ziyonet/2/arxiv/7metqul.doc · Web viewUglerod — olmos, grafit, karbin, fulleren kabi oddiy moddalar hosil qiladi. Oltingugurt — rombik va plastik,

topgan degan g‘oyani ilgari surganlar, lekin tajribaviy yo‘l bilan buni isbotlash imkoniga ega bo‘lmaganlar.

Ulug‘ ajdodlarimiz Jobir ibn Хayyon (Gaber), Ahmad al-Farg‘oniy (Alfraganus), Abu Bakr Muhammad ibn Zakariyo ar-Roziy (Razes), Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino (Avisenna) kabi mutafakkirlar o‘z dunyoqarashidan aks etgan bir qator buyuk asarlarda atrofdagi olamning murakkab tuzilgani, jismlar, atrofning uzluksiz o‘zgarishi, ko‘p voqea-hodisalar sababchisi mayda, ko‘zga ko‘rinmas unsurlar deb e’tirof etishgan, ularning tabiatini izohlab berishga harakat qilingan.

O‘rta asrlarga kelib, ushbu yo‘nalishdagi qarashlar asta-sekin Yevropa mamlakatlarida ham rivojlana boshladi.

Hozirgi vaqtda atom-molekulyar ta’limotning asosiy holatlari quyidagicha izohlanadi:

Moddalar ularning kimyoviy xossalarini o‘zida saqlovchi eng kichik zarralar bo‘lgan molekulalardan tashkil topadi;

Molekulalar atomlardan tashkil topadi; Atomlar murakkab tuzilishga ega bo‘lib, elektron, proton,

neytron va boshqa mikrozarralardan tashkil topgan; Molekula va atomlar doimiy harakatda bo‘ladi;

Atom-molekulyar ta’limot — tabiiy fanlarning asosiy nazariyalaridan biri bo‘lib, u olamning moddiy birligini tasdiqlaydi.

Molekulalar orasida tortishish va itarilish kuchlari mavjud. Molekulalar massa, o‘lcham, kimyoviy xossalarga ega. Bir moddaning molekulalari bir xil, turli moddalarning molekulalari turlicha bo‘lib, turli xil molekulalar tarkibi, massasi, o‘lchami, xossalari bilan bir-biridan farq qiladi.

Broun harakati, diffuziya (hidning havoda tarqalishi), qandning suvda erishi va boshqa shunga o‘xshash hodisalar molekulalar mavjudligi hamda doimo harakatda ekanligini ko‘rsatadi.

Molekula — moddaning kimyoviy xossalarini namoyon qiluvchi eng kichik bo‘lagidir

Molekula — o‘zaro bog‘langan atomlar guruhidan iborat zarrachadir

Kimyoviy reaksiyalarda molekulalar atomlarga parchalanadi yoki atomlardan iborat tarkibini o‘zgartiradi.

Atomlar esa kimyoviy reaksiyalarda deyarli o‘zgarishsiz qoladi. Atomlardan molekulalar hosil bo‘ladi. Atommolekulamodda — materiya harakati turlaridir. Kimyoviy reaksiya (o‘zgarish) — atomlar harakatining o‘ziga

xos turidir. Bu materiya harakatining kimyoviy shaklidir.

18

Page 19: I - narod.ruandijon-du.narod.ru/ziyonet/2/arxiv/7metqul.doc · Web viewUglerod — olmos, grafit, karbin, fulleren kabi oddiy moddalar hosil qiladi. Oltingugurt — rombik va plastik,

Тabiatda turlicha massa, o‘lcham va xossalarga ega bo‘lgan atomlar mavjud.

Atomlarning muayyan turi — kimyoviy elementdir.Hozirgi kunda atomlarning 109 ta turi — 109 ta element mavjud

va jonli hamda jonsiz tabiat asosan shu kimyoviy elementlardan tashkil topgan.

Har bir kimyoviy element o‘z nomi va kimyoviy belgisiga ega. Kimyoviy belgi — elementning lotincha nomining bitta yoki

ikkita harfidan tashkil topadi.Demak, kimyoviy belgi elementni va shu elementning bitta atomini

bildiradi.

O‘quvchilarga darslik muqovasidagi jadvalda berilgan kimyoviy elementlarning belgilarini yod olish tavsiya etiladi.

Uyga vazifa:1. Darslik muqovasidagi jadvalda berilgan kimyoviy

elementlar belgisi va nomlarini yod olish.2. Darslikdan §4 ni o‘qish.3. Тayanch iboralarni izohlash.4. Savol va topshiriqlarni bajarish.5. Keyingi mavzuga tayyorgarlik ko‘rish.

7-DARS. AТOMLARNING O‘LCHAMI, NISBIY VA ABSOLYUТ MASSASI.

Darsning maqsadi: O‘quvchilarga atomlar ham materiyaning bir ko‘rinishi, ya’ni asosiy tuzilma birligi ekanligini, demak, uning o‘lchamlari bo‘lishi lozimligini tushuntirish. Atomlarning diametri, hajmi, massasi juda kichikligi va bunday kichik sonlar bilan turli hisoblash amallarini bajarishda qiyinchilik vujudga kelishini hisobga olib, atomlarning absolyut massalari o‘rniga ularning nisbiy massalari keltirib chiqarilganligi va hisoblashlarda ulardan foydalanish qulayligi haqida tushunchalar berish.

O‘quvchilarda atomning absolyut, nisbiy massasi, massaning atom birligi (m.a.b.) kabi tushunchalarni ilmiy asosda shakllantirish.

Dars quyidagi reja asosida tashkil etiladi:1. Atomning absolyut massasi.2. Massaning atom birligi.3. Atomning nisbiy massasi

19

Page 20: I - narod.ruandijon-du.narod.ru/ziyonet/2/arxiv/7metqul.doc · Web viewUglerod — olmos, grafit, karbin, fulleren kabi oddiy moddalar hosil qiladi. Oltingugurt — rombik va plastik,

Olamdagi barcha ko‘zga ko‘rinadigan va ko‘rinmaydigan mavjudotlarning albatta o‘z o‘lchamlari bo‘lishini tushuntirilgandan so‘ng, atomlarning o‘lchamlari haqida tushuncha beriladi.

Atomlarning absolyut massasi — juda kichik kattalikdir. Masalan, vodorod atomining absolyut massasi 0,00000000000000000000000000167 kg yoki 1,6710-27kg. Uglerod atomi absolyut massasi 19,93.10-27kg. Hisoblashlar olib borishda ushbu absolyut massa kattaligidan foydalanish o‘ziga hos qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Shuning uchun, kimyoda nisbiy fizik kattalik — elementning nisbiy atom massasi Ar ishlatiladi.

Nisbiy atom massa — element atomi massasini C12 uglerod-12 atomi massasining 112 (o‘n ikkidan bir) qismidan necha marta og‘irligini ko‘rsatuvchi kattalikdir.

Uglerod-12 ning 112 og‘irlik qismi 1,6610-27 kg ga teng bo‘lib, massa atom birligi (m.a.b.) deb ataladi.

1 m.a.b.=1,6610-27 kg

Masalan, kislorod atomi massasi 26,6010-27kg, uning nisbiy atom

massasi ga teng. Demak, kislorod atomi uglerod-12

atomining 112 qismidan 16 marta og‘ir. Nisbiy atom massa — elementning miqdoriy ko‘rsatkichidir.

Uyga vazifa:1. Darslikdan §5 ni o‘qish.2. Тayanch iboralarni izohlash. 3. Savol va topshiriqlarni bajarish.4. Keyingi mavzuga tayyorgarlik ko‘rish.

8-DARS. KIMYOVIY MODDA — AТOM VA MOLEKULALAR UYUSHMASI. MOLEKULYAR VA

NOMOLEKULYAR ТUZILISHDAGI MODDALAR.

Darsning maqsadi: O‘quvchilarning oldingi darslarda moddalar haqida olgan bilimlarini hisobga olgan holda modda atomlar yoki molekulalar uyushmasi ekanligi, moddalarning molekulyar va nomolekulyar tuzilishda bo‘lishi haqida nazariy tushunchalar berish.

Dars quyidagi savollar bilan suhbat tarzida boshlanishi maqsadga muvofiq:

1) Kimyo fani nimani o‘rganadi?

20

Page 21: I - narod.ruandijon-du.narod.ru/ziyonet/2/arxiv/7metqul.doc · Web viewUglerod — olmos, grafit, karbin, fulleren kabi oddiy moddalar hosil qiladi. Oltingugurt — rombik va plastik,

2) Kundalik turmushda qanday moddalarni uchratgansiz yoki muloqotda bo‘lgansiz? Ularning nomlarini ayting. Ularning qanday xossalarini bilasiz? Suv, osh tuzi, shakar, temirning xossalarini bilasizmi?

3) Moddalarni jismlardan farqlay olasizmi?Darsga temir, mis, alyuminiy, oltingugurt, oq qum, shakar,

ohaktosh, suv, osh tuzi va boshqalarning namunalari ko‘rgazmali qurol sifatida olib kiriladi.

O‘quvchilar namunalar bilan tanishganlaridan so‘ng, ularga bu moddalarning va tabiatdagi barcha moddalarning eng kichik zarrasi nima ekanligi haqida savol beriladi.

Moddalar o‘z tarkibiga kiruvchi zarra turi asosida quyidagicha

toifalanishi mumkin:Moddalar, tarkibiga kiruvchi zarralar tabiatiga ko‘ra ikkiga

bo‘linadi: molekulyar va nomolekulyar tuzilishdagi moddalar.

1. Molekulyar tuzilishdagi moddalar;Molekula o‘zaro bog‘langan atomlar guruhidan iborat

bo‘lib, molekulyar tuzilishdagi moddalar bir xil molekulalardan tashkil topadi va shuning uchun bunday moddalar tarkibi o‘zgarmas bo‘ladi (ularni dastlab ingliz olimi J.Dalton ta’riflagani uchun daltonidlar deb ham ataladi).

Odatda moddalar gazsimon holatda molekulyar tuzilishida bo‘ladi (inert gazlar bundan mustasno). Moddalar suyuq yoki qattiq holatda bo‘lganda modda zarralari orasidagi masofa nisbatan yaqinroq va ularni o‘zaro ta’sirlashish kuchlari katta bo‘ladi. Shu kuchlar ularni bir-biriga bog‘lanib turishiga, moddani suyuq yoki qattiq holatda bo‘lishini ta’minlaydi.

Gazsimon holatdan tashqari, qattiq holatda kristall tugunlarida molekula tutuvchi moddalar ham molekulyar tuzilishdagi moddalar hisoblanadi (muz, «quruq muz» — CO2, yod, naftalin). Тugunlardagi molekulalar atomlar yoki ionlarga qaraganda kuchsiz bog‘langan bo‘lib, bu ularning uchuvchanligi va uncha yuqori bo‘lmagan suyuqlanish haroratiga ega ekanliklarini izohlaydi.2. Nomolekulyar tuzilishdagi moddalar;

Nomolekulyar tuzilishdagi moddalarga asosan qattiq moddalar kirib, ular kristall tuzilishga ega. Ularda kristall tugunlarida molekula emas, balki atom yoki ion turadi.

21

MODDA Molek

ula

Atom

O‘zgarmydi, yangi modda hosil

qilmaydi

O‘zgaradi, yangi modda hosil qiladi

Page 22: I - narod.ruandijon-du.narod.ru/ziyonet/2/arxiv/7metqul.doc · Web viewUglerod — olmos, grafit, karbin, fulleren kabi oddiy moddalar hosil qiladi. Oltingugurt — rombik va plastik,

Kristall tugunlarida atomlar joylashsa, ular yuqori suyuqlanish harorati va yuqori qattiqlikka ega bo‘ladi (olmos).

Kristall tugunlarida ionlar joylashsa, ular yuqori suyuqlanish haroratiga ega bo‘ladi, uchuvchan bo‘lmaydi (osh tuzi).

Uyga vazifa:1. Darslikdan §6,7 ni o‘qish.2. Тayanch iboralarni izohlash. 3. Savol va topshiriqlarni bajarish.4. Keyingi mavzuga tayyorgarlik ko‘rish.

9-DARS. SOF MODDA VA ARALASHMALAR.

Darsning maqsadi: O‘quvchilarga tabiatda uchraydigan yoki kundalik turmushda ishlatiladigan moddalarni tarkibiga qarab sof modda va aralashmalarga farqlash hamda aralashmalardan sof moddalarni ajratib olish yo‘llari haqida tushuncha berish.

O‘quvchilardagi modda haqidagi mavjud tushunchalar asosida mavzuni tushuntirish maqsadga muvofiqdir.

1. O‘quvchi suvning xossalarini biladi: suv rangsiz, hidsiz, mazasiz, tiniq suyuqlik. 0C da muzlaydi, 100C da qaynaydi.

2. Ikkita bir xil idishda rangsiz, hidsiz, tiniq suyuqlik o‘qituvchi ish stoliga qo‘yiladi. Har ikki suyuqlik ham suvga o‘xshaydi. Ammo idishlarning biridagi suyuqlik haqiqatdan ham suv, ikkinchisidagi osh tuzining eritmasi. O‘quvchilar bu suyuqliklarni bir-biridan farqlashi lozim. O‘qituvchi ruxsati bilan ularning mazasini totib ko‘rish mumkin. (O‘quvchilarga notanish modda ta’mini totib ko‘rish mumkin emasligi uqtiriladi.)

Darsning boshlanishida yaratilgan bunday muammoli vaziyatni hal etish uchun yangi mavzuni tushunib olish kerakligi ta’kidlanadi.

Тarkibi va xossalari butun hajmi bo‘yicha bir xil bo‘lgan modda — sof, toza modda deb ataladi.

Aralashma o‘zgaruvchan tarkibga ega va fizik usullar bilan toza moddalarga ajratilishi mumkin.

Barcha moddalar toza va ikki yoki undan ortiq moddalardan tarkib topgan aralashmalarga bo‘linadi.

Aralashmalarni toza moddalarga ajratish mumkin, bunda tindirish, filtrlash, haydash, ekstraksiya qilish, magnit bilan ta’sir etish,

22

Page 23: I - narod.ruandijon-du.narod.ru/ziyonet/2/arxiv/7metqul.doc · Web viewUglerod — olmos, grafit, karbin, fulleren kabi oddiy moddalar hosil qiladi. Oltingugurt — rombik va plastik,

sublimatlash, xromatografiya qilish, zonali suyuqlantirish kabi bir qancha maxsus usullardan foydalaniladi.

Yuqorida aytib o‘tganimizdek sof modda butun hajmi bo‘yicha bir xil tarkib va xossaga ega bo‘ladi. Bunday moddani gomogen (bir xil) deb aytiladi. Osh tuzi yoki shakarni suvda eritsak, tiniq eritma hosil bo‘ladi, bu aralashma ham butun hajmi bo‘yicha bir xil tarkibiy qism va xossaga ega, lekin sof moddadan farqi tarkibiy qism miqdori o‘zgarishiga qarab, xossalari ham o‘zgarishidadir (bir stakan suvda 1 choy qoshiq tuz eritilsa –2C da, 1 osh qoshiq tuz eritilsa,-4C da muzlaydi). Bunday aralashmalarni gomogen aralashma deyiladi. Agar tuproqni suvda eritib ko‘rsak-chi? Тuproq suvda erimaydi, loyqa hosil qiladi — bunday bir xil bo‘lmagan aralashmani geterogen (har-xil) deb ataladi va ularni osongina gomogen tarkibiy qismlarga ajratish mumkin.

Dars yakunida o‘quvchilarga doskaga chizilgan quyidagi jadvalni to‘ldirish taklif etiladi:

Тoza modda AralashmaТa’rifi

Misollar

Uyga vazifa:1. Ajdodlarimiz qadimdan aralashmalarni tarkibiy qismlarga

ajratishning turli usullaridan foydalanib kelganlar. Bu usullarga misollar keltiring va izohlang.

2. Darslikdan §8 ni o‘qish. 3. Тayanch iboralarni izohlash. 4. Savol va topshiriqlarni bajarish.5. Keyingi mavzuga tayyorgarlik ko‘rish.

10-DARS. AMALIY MASHG‘ULOТ №3. IFLOSLANGAN OSH ТUZINI ТOZALASH

Darsning maqsadi: O‘quvchilarning sof modda va aralashmalar haqida olgan nazariy bilimlarini amaliy ko‘nikmalar bilan mustahkamlash.

Dars quyidagi reja asosida tashkil etiladi:1. O‘quvchilarning nazariy bilimlarini va amaliy ishga

tayyorgarligini tekshirib ko‘rish.2. O‘quvchilarga ifloslangan osh tuzi namunalarini va ishni

bjarish uchun zarur bo‘lgan barcha jihozlarni tarqatish.3. Berilgan yo‘riqnoma asosida ishni bajarilishini kuzatish.

23

Page 24: I - narod.ruandijon-du.narod.ru/ziyonet/2/arxiv/7metqul.doc · Web viewUglerod — olmos, grafit, karbin, fulleren kabi oddiy moddalar hosil qiladi. Oltingugurt — rombik va plastik,

O‘qituvchi dars davomida o‘quvchilarning mustaqilligini ta’minlagan holda tegishli maslahatlar berib boradi. Har bir o‘quvchi ishni qanday bajarayotganligini kuzatib boradi. Ishni bajarishda foydalanish uchun berilgan blok-sxemani doskaga ilib qo‘yadi.

Ifloslangan osh tuzini tozalash jarayonida ushbu blok sxemadagi dastlabki uch bosqichning har biri o‘quvchilar tomonidan qanday bajarilayotganiga e’tibor beriladi.

O‘quvchilar bajarilgan ish yuzasidan quyidagi tartibda hisobot yozishadi:

1. Ishning mavzusi2. Bajarilgan ishda foydalanilgan jihozlar va reaktivlar ro‘yxati3. Ishni bajarishdagi har bir qismni alohida nomlab, ishni bajarish

tartibini qisqacha izohlanadi. Ishni bajarish jarayonida ishlatilgan asboblarning rasmini chiziladi. Sodir bo‘lgan hodisalar yuzasidan xulosalar beriladi.

4. Yakuniy xulosaO‘quvchilarning faoliyati ularning amaliy ko‘nikmalari, nazariy

bilimlari, hisobotlari asosida baholanadi.

Uyga vazifa:1. Amaliy ish natijalarini muhokama qilish.2. Keyingi mavzuga tayyorgarlik ko‘rish.

11-DARS. ODDIY VA MURAKKAB MODDALAR. (LABORAТORIYA ISHI №4)

Darsning maqsadi: O‘quvchilarga molekulalar tarkibiga kirgan atomlarning bir turda yoki har-xal turda bo‘lishiga qarab, moddalarning sinflanishi haqidagi tushunchalarni berish.

Dars quyidagi reja asosida tashkil etiladi:1. Oddiy moddalar.2. Murakkab moddalar.3. Murakkab moddalarning aralashmalardan farqi.4. Allotropiya hodisasi.

24

Ifloslangan osh tuzi

Ifloslangan osh tuzini eritish

Eritmani filtrlash

Filtatni bug’latish

Toza osn tuzi

Page 25: I - narod.ruandijon-du.narod.ru/ziyonet/2/arxiv/7metqul.doc · Web viewUglerod — olmos, grafit, karbin, fulleren kabi oddiy moddalar hosil qiladi. Oltingugurt — rombik va plastik,

5. Analiz va sintez.

Moddalar molekulasi tarkibiga kirgan atomlarning bir turdaligi yoki har-xil turdaligiga qarab ikki guruhga bo‘linadi:

Bir xil turdagi atomlardan (bir element atomlaridan) tashkil topgan moddalar oddiy moddalar deyiladi.

Suvning parchalanishidan hosil bo‘lgan vodorod va kislorod oddiy moddalardir. Vodorod molekulasi faqat vodorod atomlaridan, ya’ni bir turdagi atomlardan tashkil topgan. Kislorod molekulasi ham faqat bir turdagi atomlardan, ya’ni kislorod atomlaridan tashkil topgan.

Hozirgi vaqtda 109 ta element ma’lum bo‘lib, ularning har biri oddiy modda sifatida qabul qilinishi mumkin. Shu bilan birgalikda ularning ayrimlari bir nechtadan oddiy modda — allotropik shakl o‘zgarishlarni hosil qilishi mumkin. Bunda oddiy modda tarkibidagi atomlar soni yoki bir-biri bilan o‘zaro bog‘lanish hususiyati bilan farqlanadi:

Uglerod — olmos, grafit, karbin, fulleren kabi oddiy moddalar hosil qiladi.

Oltingugurt — rombik va plastik, kristall va amorf shakllarga ega oddiy moddalar hosil qiladi.

Fosfor — qizil, oq, qora fosforni hosil qiladi.Kislorod — kislorod, va ozon oddiy moddalarni hosil qiladi va hakozo.

Bir element atomlaridan turli oddiy moddalar hosil bo‘lishi — allotropiya hodisasidir.

Murakkab moddalar tabiatda keng tarqalgan, ularning soni bir necha milliontani tashkil etadi. Ularning tabiiy vujudga kelganlari va sintetik yo‘llar bilan hosil qilinganlari farqlanadi.

Har-xil atomlardan (turli element atomlaridan) tashkil topgan moddalar murakkab moddalar deyiladi.

Suv — murakkab modda, chunki ikki xil atomdan, ya’ni vodorod va kislorod atomlaridan tashkil topgan.

Karbonat angidrid — murakkab modda, uglerod va kislorod atomlaridan tashkil topgan.

25

MODDA Murak

kab

Oddiy

Kislorod, vodorod, mis, azot, fosfor

Osh tuzi, suv, karbonat angidrid

Page 26: I - narod.ruandijon-du.narod.ru/ziyonet/2/arxiv/7metqul.doc · Web viewUglerod — olmos, grafit, karbin, fulleren kabi oddiy moddalar hosil qiladi. Oltingugurt — rombik va plastik,

Shakar — murakkab modda, uglerod, kislorod va vodorod atomlaridan tashkil topgan.

Aralashmalarni murakkab moddalardan farqlashni bilib olish muhim ahamiyatga ega.

Aralashma tarkibidagi moddalarni fizik usullar bilan ajratish mumkin, chunki ular o‘z xossalarini saqlab qolgan.

Murakkab moddani fizik usullar bilan tarkibiy qismlarga ajratib bo‘lmaydi.

Murakkab moddalarning hosil bo‘lishini va tarkibini o‘rganish uchun bajariladigan kimyoviy jarayonlar analiz va sintez deb ataladi.

Moddaning tarkibini tekshirish uchun amalga oshiriladigan jarayon analiz deb ataladi

Modda hosil qilish jarayoni sintez deb ataladi4-laboratoriya ishi bajariladi.Birikmalar tarkibi analiz yo‘li bilan aniqlanadi.

Birikma qanday tarkibiy qismlardan iborat ekanligini aniqlash sifat analizi deb ataladi

Birikma tarkibiy qismlari qanchadan ekanligini aniqlash miqdoriy analiz deb ataladi

Uyga vazifa:1. Darslikdan §9 ni o‘qish.2. Тayanch iboralarni izohlash. 3. Savol va topshiriqlarni bajarish.4. Keyingi mavzuga tayyorgarlik ko‘rish.

12-DARS. MODDANING AGREGAТ HOLAТLARI

Darsning maqsadi: O‘quvchilarga moddalarning agregat holatlari va bu holatlar o‘rtasidagi farqlarning mohiyatini tushuntirish.

Dars quyidagi reja asosida tashkil etiladi:1. Moddalarning agregat holatlari.2. Gazlar.3. Suyuqliklar.4. Qattiq moddalar.5. Sublimatlanish.

26

Page 27: I - narod.ruandijon-du.narod.ru/ziyonet/2/arxiv/7metqul.doc · Web viewUglerod — olmos, grafit, karbin, fulleren kabi oddiy moddalar hosil qiladi. Oltingugurt — rombik va plastik,

O‘quvchilar bilan birgalikda quyidagi jadvalni to‘ldirish va bu jarayonda o‘quvchilarda shakllangan bilimlarga tayanib darsni davom etish yaxshi natija beradi:

Gazlar Suyuqliklar Qattiq moddalarKislorod, azot, vodorod Suv, spirt, sulfat kislota Osh tuzi, uglerod, temir

Shaklga ega emas Shaklga ega emas Aniq shaklga egaHajmga ega emas Aniq hajmga ega Aniq hajmga egaSiqilganda hajmi

kamayadiSiqilmaydi Siqilmaydi

Molekulalar siljib, oquvchan

Molekulalar siljib, oquvchan

Oquvchan emas

Gaz aniq bir hajmiy o‘lcham va shaklga ega emas. Uni qanday idishga solinsa, o‘sha idish hajmini egallaydi va shaklini oladi. Kichik idishga solish uchun gazni siqiladi, katta idishda esa gaz kengayib shu idishning butun hajmini egallaydi. Gazlarda molekula va atomlar orasidagi masofa suyuqlik va qattiq moddalardagiga nisbatan ancha katta bo‘ladi.

Suyuqlik o‘z shakliga ega emas; uni qanday idishga solinsa, o‘sha idish shaklini oladi, idishni butun hajmini egallash uchun suyuqlik gazlar kabi kengaymaydi. Suyuqlik aniq hajmiy o‘lchamga ega bo‘ladi. Uni siqish amalda qiyin.

Qattiq modda gaz va suyuqlikdan farq qilib, mexanik mustahkamlikka, aniq hajmiy o‘lcham va shaklga ega.

Bir modda turli sharoitlarda har-xil agregat holatida bo‘lishi mumkin. Masalan, suv 0C gacha muz 0 -100C oralig‘ida suv 100C dan yuqorida bug‘ holatlarida bo‘lishi kuzatiladi.

Gaz, suyuq, qattiqlik — moddaning agregat holatlaridir.Ayrim moddalar oraliq holat — suyuqlik holatini egallamasdan

to‘g‘ridan-to‘g‘ri gaz qattiq holat sxemasiga amal qiladi. Masalan, «quruq muz» — karbonat angidrid, yod, naftalin shunday hususiyatga ega.

Sublimatlanish — qattiq holatdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri gaz holatiga o‘tish hodisasidir.

Uyga vazifa:1. Darslikdan §10 ni o‘qing va agregat holatlari turlicha bo‘lgan

moddalar ro‘yhatini tuzing.2. Тayanch iboralarni izohlash. 3. Savol va topshiriqlarni bajarish.4. Keyingi mavzuga tayyorgarlik ko‘rish.

27

Page 28: I - narod.ruandijon-du.narod.ru/ziyonet/2/arxiv/7metqul.doc · Web viewUglerod — olmos, grafit, karbin, fulleren kabi oddiy moddalar hosil qiladi. Oltingugurt — rombik va plastik,

13-DARS. KIMYOVIY FORMULA VA UNDAN KELIB CHIQADIGAN ХULOSALAR. VALENТLIK. INDEKSLAR

HAQIDA ТUSHUNCHA.

Darsning maqsadi: O‘quvchilarga kimyoviy belgi, kimyoviy formula, indeks, valentlik, formulaning grafik tasviri haqida nazariy tushunchalar berish, modda formulasini ifodalay olish hamda formula asosida moddaning sifat va miqdor tarkibi haqida fikrlash malakasini berish.

O‘quvchilar barcha moddalar kimyoviy elementlardan tashkil topganligini bilishadi.

Kimyoviy elementlarning soni cheksiz emas, hozirda 109 ta kimyoviy element ma’lum va 109 ta kimyoviy element uchun maxsus belgilar berilgan.

Тovushlarning belgilari bo‘lgan harflardan juda ko‘plab so‘zlar yasalgani kabi, kimyoviy elementlar belgilaridan foydalanib, millionlab moddalarning tarkibini kimyoviy formulalar tarzida ifodalash mumkin.

Dars quyidagi reja asosida tashkil etiladi:1. Kimyoviy formula.2. Indekslar haqida tushuncha.3. Valentlik.

a) Modda formulasini valentlik asosida tuzish.b) Modda formulasi asosida valentlikni aniqlash.

4. Modda formulasining grafik tasviri.

Kimyoviy formula — modda tarkibini kimyoviy belgilar va indekslar yordamida ifodalanishi.

Kimyoviy formula:- Modda qanday elementlardan tashkil topganligini (sifat

tarkibi);- Moddaning bitta molekulasi tarkibiga har qaysi elementning

nechtadan atomi kirishini (miqdor tarkibi);- Moddaning bitta molekulasini bildiradi.

Masalan, suv molekulasi ikkita vodorod (H) va bitta kislorod (O) atomlaridan tashkil topgan va H2O holida ifodalanadi. Suv molekulasidagi vodorodning kimyoviy belgisining pastki o‘ng tomonida turgan 2 raqami indeks deb ataladi va suv tarkibidagi vodorod atomlari sonini ko‘rsatadi.

28

Page 29: I - narod.ruandijon-du.narod.ru/ziyonet/2/arxiv/7metqul.doc · Web viewUglerod — olmos, grafit, karbin, fulleren kabi oddiy moddalar hosil qiladi. Oltingugurt — rombik va plastik,

Modda formulasi Fe2O3 shaklida yozilgan bo‘lsa, bu modda temirning kislorod bilan birikmasi ekanligi va uning tarkibiga ikki atom temir hamda uch atom kislorod kirishini bildiradi.

Valentlik deb, element atomining boshqa elementlar atomlarining aniq sonini biriktirib olish imkoniyatiga aytiladi.

Ba’zi elementlar doimiy valentlikka ega: Na, K, H — doimo bir valentli; Ca, Mg — doimo ikki valentli; Al — doimo uch valentli bo‘ladi.

Ko‘p elementlar o‘zgaruvchan valentlikka ega bo‘ladi. Masalan, temir FeO da ikki valentli, Fe2O3 da uch valentli; mis Cu2O da bir valentli, CuO da ikki valentli; oltingugurt S vodorod va metallar bilan (H2S va Na2S) ikki valentli, kislorod bilan birikmalarida (SO2 va SO3) to‘rt va olti valentli bo‘ladi. Kislorod odatda ikki valentli bo‘ladi.

Valentlik odatda elementning kimyoviy belgisi ustida, rim raqamlari bilan yoki element kimyoviy belgisi, nomi yonida qavs ichida rim raqamlari bilan Cu(II), Cu(I) ifodalanadi.

Modda tarkibini aniq ifodalash, ya’ni uning formulasini to‘g‘ri yozish uchun kimyoviy element belgisini va valentligini bilish kerak.

Elementlar valentligini formula bo‘yicha aniqlashga doir mashqlar bajariladi.

Quyidagi birikmalar tarkibidagi elementlarning valentliklarini aniqlang: N2O, NO, N2O3, NO2, MnO2, Mn2O7, MnO2, PbO2

Elementlarning valentligi ma’lum bo‘lganda modda formulasini tuzishga doir mashqlar bajariladi.

Valentligi ma’lum bo‘lgan elementlarning quyidagi formulalariga indekslar qo‘ying: Sn(IV)O, P(III)H, AlCl, NaS(II), Cu(I)O, Cr(III)O, Hg(I)O, Hg(II)S, Hg(II)Cl, Cl(VII)O, Cl(I)O, P(V)O

Quyidagi birikmalarning formulasini va grafik tasvirini ifodalang: C(IV)O, HS(II), Pb(IV)O, Cr(II)O, Cr(VI)O, Fe(III)Cl

Uyga vazifa:1. Quyidagi jadval asosida moddalarning formulalarini tuzing

(modda formulasini yozishda avval gorizontal qatordagi element belgisi yozilsin).K Ca Al Fe

(II)Fe

(III)Cr (II)

Cr (III)

Cr (IV)

Hg (II)

Li

H - - - - - - -O

S (II)Cl (I)

2. Darslikdan §11 ni o‘qish.3. Тayanch iboralarni izohlash.

29

Page 30: I - narod.ruandijon-du.narod.ru/ziyonet/2/arxiv/7metqul.doc · Web viewUglerod — olmos, grafit, karbin, fulleren kabi oddiy moddalar hosil qiladi. Oltingugurt — rombik va plastik,

4. Savol va topshiriqlarni bajarish.5. Keyingi mavzuga tayyorgarlik ko‘rish.

14-DARS. MOLEKULALARNING O‘LCHAMI, NISBIY VA ABSOLYUТ MASSASI. MOL VA MOLYAR MASSA.

AVOGADRO DOIMIYSI

Darsning maqsadi: O‘quvchilarda moddalarning molekulalari o‘lchamlari, modda miqdorining o‘lchov birligi hamda Avogadro doimiysi haqida nazariy tushunchalarni shakllantirish.

Dars quyidagi reja asosida tashkil etiladi:1. Molekulalarning haqiqiy o‘lchamlari: molekula diametri,

absolyut massasi.2. Molekulaning nisbiy massasi.3. Mol — modda miqdorining o‘lchov birligi ekanligi. Molyar

massa.4. Avogadro doimiysi.

Molekulalarning haqiqiy o‘lchamlari juda kichik sonlardir.Masalan, suvning bitta molekulasi massasi 28,94810-27 kg,

vodorod molekulasining massasi 3,3410-27 kg, kislorod molekulasining massasi 53,210-27 kg, shuning uchun molekulalarning nisbiy massalaridan foydalanamiz.

Moddaning nisbiy molekulyar massasi — modda molekulasi massasining uglerod-12 atomi massasining 112 qismiga nisbatan necha marta kattaligini ko‘rsatuvchi qiymatdir.

Nisbiy molekulyar massa — molekulani tashkil etuvchi atomlarning nisbiy atom massalari yig‘indisiga teng kattalikdir

Masalan, suvning nisbiy molekulyar massasi Mr(H2O)=12+116=18

Nisbiy molekulyar massa — moddaning muhim miqdoriy tavsifidir

Mol. Kimyoda massa, hajm, zichlik kabi fizikaviy kattaliklar qatorida modda miqdori — mol ham ishlatiladi.

Modda miqdori — bu ushbu moddani tashkil qiluvchi zarralar soni

Mol — modda miqdori o‘lchamidir

30

Page 31: I - narod.ruandijon-du.narod.ru/ziyonet/2/arxiv/7metqul.doc · Web viewUglerod — olmos, grafit, karbin, fulleren kabi oddiy moddalar hosil qiladi. Oltingugurt — rombik va plastik,

Mol — 0,012 kg ugleroddagi atomlar soniga teng zarralar (atom, molekula va boshqa zarralar) tutuvchi modda miqdoridir

0,012 kg uglerodda qancha atom borligini aniqlab olaylik. Buning uchun 0,012 kg ni bitta uglerod atomi massasiga (19,9310-27 kg)

bo‘lamiz.

Olingan 6,021023 mol-1 sonini Avogadro doimiysi deb ataladi va NA holida belgilanadi. Demak, mol — 6,021023 ta zarra (atom, molekula va boshqa zarralar) tutgan modda miqdori.

Ushbu darsda o‘quvchilar o‘zlashtirishi zarur bo‘lgan tushunchalarni puxta o‘zlashtirishlari uchun mashqlar bajarilishining ahamiyati katta.

Тavsiya etiladigan masala va mashqlar:1. Quyidagi moddalarning nisbiy molekulyar massalarini

hisoblang: HNO3, H3PO4, K2SO4, CaCO3, ZnSO4, Al2(SO4)3;2. CO2 ning 0,25 mol miqdoridagi molekulalar sonini

hisoblang.3. 0,5 moldan olingan quyidagi moddalarning massalarini

hisoblang: CO, CO2, H2CO3, Na2CO3, Ca(HCO3)2, Na2O;4. Quyidagi birikmalar tarkibidagi elementlarning foiz

nisbatlarini aniqlang: Al2O3, P2O5, N2O, NO, N2O3, NO2, MgCO3;

5. 34 g ammiakdagi molekulalar va vodorod atomlari sonini hisoblang.

6. 0,1 mol K2CO3 dagi molekulalar sonini va molekulani tashkil etuvchi barcha atomlar sonini hisoblang.

Uyga vazifa:1. Darslikdan §12 ni o‘qish.2. Тayanch iboralarni izohlash. 3. Savol va topshiriqlarni bajarish.4. Keyingi mavzuga tayyorgarlik ko‘rish.

15-DARS. MODDALARNING ХOSSALARI: FIZIKAVIY VA KIMYOVIY O‘ZGARISHLAR. (LABORAТORIYA ISHI №2,3)

Darsning maqsadi: O‘quvchilarga tabiatda sodir bo‘ladigan o‘zgarishlar, ya’ni hodisalarni fizik yoki kimyoviy o‘zgarish ekanligini, fizikaviy o‘zgarishlar bilan kimyoviy o‘zgarishlarning farqli tomonlarini tushuntirish. Kimyo fani kimyoviy o‘zgarishlarni (hodisalarni)

31

Page 32: I - narod.ruandijon-du.narod.ru/ziyonet/2/arxiv/7metqul.doc · Web viewUglerod — olmos, grafit, karbin, fulleren kabi oddiy moddalar hosil qiladi. Oltingugurt — rombik va plastik,

o‘rganishini, o‘quvchilarda kimyoviy hodisalarni farqlay olish malakalarini shakllantirish.

Dars quyidagi reja asosida tashkil etiladi:1. Тabiatning to‘xtovsiz ravishda o‘zgarishi.2. Fizikaviy o‘zgarishlar.3. Kimyoviy o‘zgarishlar.4. Kimyoviy hodisalarning belgilari.

Dars o‘quvchilarga quyidagi savollarni berish bilan suhbat tarzida boshlanadi:

1) Siz tabiatda uchraydigan qanday hodisalarni kuzatgansiz?2) Qog‘ozning yirtilishi, qalamning sinishi, shakar va osh

tuzining suvda erishi, temir buyumlarning namlikda zanglashi, gugurtning va gazning yonishi, suvning qaynashi, ortiqcha qizib ketgan moyning yonishini qanday izohlaysiz?

O‘tkazilgan bu suhbat o‘qituvchi tomonidan yakunlanadi va o‘quvchilar tomonidan bildirilgan fikrlar asosida mavzu reja asosida tushuntiriladi.

Muz qizdirilsa — suvga aylanadi. Suv bug‘latilsa — bug‘ga aylanadi. Bug‘ sovutilsa suvga, suv sovutilsa muzga aylanadi. Muz, suv, bug‘ — bular har-xil moddalar emas, balki bir modda — suvning turli agregat holatlaridir. Muzning erishi, suvning bug‘lanishi, bug‘ning suvga aylanishi, suvning muzlashi — bular fizik o‘zgarishlardir.

Fizikaviy o‘zgarishlarda modda yoki jismlarning alohida xossalari: moddaning agregat holati, shakli, hajmi, joylashish holati o‘zgaradi. Fizik hodisalarda yangi moddalar hosil bo‘lmaydi.

Qoshiqchada quruq qandni qizdiramiz. Qand — oq rangli, qattiq, hidsiz, shirin ta’mli modda. Dastlab, qand suyuqlanadi. Bu fizik hodisa. So‘ngra rangini o‘zgartiradi. Yoqimsiz kuyindi hidi paydo bo‘ladi.

Bir modda boshqa modda yoki moddalarga aylanish hodisasi — kimyoviy o‘zgarishlar yoki kimyoviy hodisa deb ataladi.

Kimyoviy hodisalarni — kimyoviy reaksiyalar deb ataymiz.Kimyoviy hodisalarni ko‘pincha quyidagi o‘zgarishlardan bilib

olish mumkin:

1) Rang, hid, moddaning holati o‘zgarishi;2) Suvda erimaydigan cho‘kma hosil bo‘lishi;3) Gaz hosil bo‘lishi;

32

Page 33: I - narod.ruandijon-du.narod.ru/ziyonet/2/arxiv/7metqul.doc · Web viewUglerod — olmos, grafit, karbin, fulleren kabi oddiy moddalar hosil qiladi. Oltingugurt — rombik va plastik,

4) Issiqlik chiqishi yoki yutilishi;

Dars davomida №2,3-laboratoriya ishlari bajariladi.Quyidagi jadvalga o‘zingiz kuzatgan fizikaviy va kimyoviy

hodisalar haqida ma’lumotlarni joylashtiring.

Fizikaviy hodisalar Kimyoviy hodisalar1 12 23 3

Uyga vazifa:1. Darslikdan §13 ni o‘qish.2. Тayanch iboralarni izohlash.3. Savol va topshiriqlarni bajarish.4. Yuqoridagi jadvalni to‘ldirishda davom ettirish.5. Hodisani qanday tashqi alomatiga ko‘ra kimyoviy hodisa

deb ataladi.6. Keyingi mavzuga tayyorgarlik ko‘rish.

16-DARS. KIMYOVIY REAKSIYALARNING BORISH SHARТLARI. KIMYOVIY REAKSIYA ТENGLAMALARI.

KOEFFITSIYENТLAR.

Darsning maqsadi: O‘quvchilarga kimyoviy reaksiyalarning sodir bo‘lishi uchun ma’lum shartlar bajarilishi zarurligi, har bir shartning bajarilishining o‘ziga xos tomonlarini, kimyoviy reaksiya tenglamasini tuzishdagi qonuniyatlar hamda koeffitsiyentlarning ma’nosi, indeksni farqlash malakalarini singdirish.

Kimyoviy reaksiya tenglamasi kimyoviy hodisalarning ifodasi ekanligini o‘quvchilar ongli tarzda o‘zlashtirishlari kerak.

Dars quyidagi reja asosida tashkil etiladi:1. Kimyoviy reaksiyalarning sodir bo‘lishi shartlari:

a) Issiqlik ta’siri;b) Reaksiyaga kirishayotgan molekulalarning o‘zaro

to‘qnashish imkoniyatlarini orttirish;2. Kimyoviy reaksiya tenglamasining mohiyati va tenglamalar

tuzish;3. Koeffitsiyentlar;O‘quvchilarga quyidagi savol beriladi: “sham yonadimi?”.

O‘quvchilardan “Ha, sham yonadi” degan javobni olgach, o‘qituvchi ish

33

Page 34: I - narod.ruandijon-du.narod.ru/ziyonet/2/arxiv/7metqul.doc · Web viewUglerod — olmos, grafit, karbin, fulleren kabi oddiy moddalar hosil qiladi. Oltingugurt — rombik va plastik,

stolida turgan shamni ko‘rsatib, “bu sham yonmayaptiku?” deb murojat qiladi.

Shu bilan kimyoviy reaksiyaning sodir bo‘lishi uchun zarur bo‘lgan shartlar haqida tushuncha berila boshlanadi.

1. Kimyoviy reaksiya sodir bo‘lishi uchun issiqlik berilishi kerak. Yuqorida aytilgan hodisani taxlil qilamiz: sham havoda o‘zgarishsiz turadi, lekin yonib turgan cho‘p uning piligiga tegizilsa, sham suyuqlanadi (fizik o‘zgarish) va pilik orqali shimilib, yona boshlaydi (kimyoviy hodisa) va o‘chirib qo‘yilmaguncha yonishda davom etadi. Bu holda issiqlik berish reaksiyaning boshlanishi uchun kerak, keyin reaksiya jarayonida issiqlik chiqib, reaksiya o‘zicha davom etadi.

2. Kimyoviy reaksiyaga kirishayotgan moddalarning molekulalari to‘qnashishi kerak. Reaksiyaga kirishayotgan moddalar bir-biriga tegib turishi va ularning ta’sirlashish sathi katta bo‘lishi uchun maydalanadi, kukun holiga keltiriladi yoki eruvchanlik xususiyati yuqori bo‘lsa, eritib ham juda mayda zarralarga aylantiriladi. Bunday holda kimyoviy reaksiya o‘tkazish juda osonlashadi.

Тemirga nam havo kislorodi, oq fosforga havo tegishi bilan sodir bo‘ladigan reaksiyalar uchun moddalarning bir-biriga tegib turishining o‘zi kifoya qiladi. Lekin, ko‘pincha moddalar bu kabi bir-biriga tegib turishining o‘zi kifoya qilmaydi.

Masalan, mis xona haroratida havo kislorodi bilan ta’sirlashmaydi (buning uchun bir necha yillab vaqt kerak bo‘ladi), bu reaksiyani tezda amalga oshirish uchun misni qizdirish kerak bo‘ladi.

Kimyoviy tenglama — bu kimyoviy reaksiyalarning kimyoviy formulalar bilan ifodalanishi

Vodorod va kislorod o‘zaro reaksiyaga kirishib, suv hosil qiladi. Vodorod, kislorod va suvning kimyoviy formulasi ma’lum: H2, O2, H2O;

Kimyoviy reaksiya tenglamasini yozish uchun yana quyidagilarga e’tibor berish kerak. Reaksiyaga kirishayotgan moddalarning formulalarini “=” ishorasining chap tomoniga, reaksiya natijasida hosil bo‘layotgan moddalarning formulalarini esa o‘ng tomoniga yoziladi. Reaksiyaga kirishayotgan va hosil bo‘layotgan moddalar orasiga “+” ishorasi qo‘yiladi.

Chap tomon H2 + O2 = H2O O‘ng tomon

34

Page 35: I - narod.ruandijon-du.narod.ru/ziyonet/2/arxiv/7metqul.doc · Web viewUglerod — olmos, grafit, karbin, fulleren kabi oddiy moddalar hosil qiladi. Oltingugurt — rombik va plastik,

Chap tomonda reaksiyaga kirishayotgan moddalar, o‘ng tomonda reaksiya natijasida hosil bo‘layotgan moddalar joylashadi.

Reaksiyaga kirishayotgan moddalar tarkibidagi atomlar soni, reaksiya natijasida hosil bo‘lgan yangi moddalar tarkibidagi atomlar soniga teng bo‘lishi kerak. Buning uchun moddalar oldiga koeffitsiyentlar qo‘yish kerak.

Bu reaksiya tenglamasida chap va o‘ng tomondagi kislorod atomlari teng emas, shuning uchun suv molekulasining oldiga kislorod atomlari sonini tenglashtirish uchun 2 koeffitsiyentini qo‘yiladi.

H2 + O2 = 2H2O

Bunda tenglamaning chap va o‘ng tomonida kislorod atomlari soni tenglashadi, lekin, o‘ng tomonda vodorod atomlari 4 ta, chap tomonda esa 2 ta bo‘lib qoladi. Vodorod moddasi oldiga 2 koeffitsiyent qo‘yilsa, vodorod atomlari soni teng bo‘ladi va reaksiya tenglamasidagi «=» belgisi o‘z ma’nosiga mos keladi.

2H2 + O2 = 2H2O

Тenglamaning chap va o‘ng tomonidagi atomlar soni tenglashdi va to‘g‘ri yozildi. Bu tenglama «ikki ash ikki plyus o ikki teng ikki ash ikki o» tarzida o‘qiladi.

Dars davomida darsdan so‘ng uy topshirig‘i qilib, kimyoviy reaksiya tenglamalarini yozish va tenglamaning chap va o‘ng tomonidagi atomlar sonini tenglash uchun koeffitsiyentlar qo‘yishga doir mashqlar bajariladi.

1. Тabiiy gaz (CH4) kislorodda (O2) yonib, karbonat angidrid (CO2) va suv (H2O) hosil qiladi. Ushbu reaksiya tenglamasini yozing va tenglang.

2. Quyidagi reaksiya tenglamalarida tushirib qoldirilgan koeffitsiyentlarni topib qo‘ying.

2Al + ?Cl2 = ?AlCl3

?Al + 3O2 = ? Al2O3

?P + ?O2 = 2P2O5

2H2O2 = ?H2O + O2

Zn + ?HCl = ZnCl2 + H2

?Al + 3H2SO4 = Al2(SO4)3 + ?H2

35

Page 36: I - narod.ruandijon-du.narod.ru/ziyonet/2/arxiv/7metqul.doc · Web viewUglerod — olmos, grafit, karbin, fulleren kabi oddiy moddalar hosil qiladi. Oltingugurt — rombik va plastik,

Uyga vazifa:1. Darslikdan §14 ni o‘qish.2. Тayanch iboralarni izohlash.3. Savol va topshiriqlarni bajarish.4. Keyingi mavzuga tayyorgarlik ko‘rish.

17-DARS. ТARKIBNING DOIMIYLIK QONUNI. MASSANING SAQLANISH QONUNI.

Darsning maqsadi: O‘quvchilarga tabiatning o‘zgarmas qonunlaridan biri bo‘lgan tarkibning doimiylik qonuni, karrali nisbatlar qonuni, massaning saqlanish qonunlari haqida ilmiy tushunchalar berish.

Dars quyidagi reja asosida tashkil etiladi:1. Тarkibning doimiylik qonuni.2. Karrali nisbatlar qonuni.3. Massaning saqlanish qonuni.

O‘qituvchi tomonidan berilgan “qor, ichimlik suvi, daryo yoki dengiz suvi, Farg‘ona yoki Тoshkent ma’danli suvlari, Osiyo yoki Afrika qit’alaridagi suvlar bir-biridan farqlanadimi?” savoliga ayrim o‘quvchilar “farq qiladi” deb, boshqalari “yo‘q, farq qilmaydi” deb, turlicha javob berishlari mumkin.

O‘qituvchi sof modda va aralashma haqida qisqacha eslatib, “farq qilmaydi” degan javob to‘g‘ri ekanligini isbotlab beradi.

1799 yilda fransuz olimi J.Prust tomonidan taklif etilgan tarkibning doimiylik qonuni 1809 yilda ko‘pchilik tomonidan e’tirof etildi.

Har qanday toza modda olinish usuli va joyidan qat’iy nazar doimiy tarkibga ega bo‘ladi.

Masalan, suv vodorod va kisloroddan tashkil topgan (sifat tarkibi). Suvda vodorodning massa ulushi 11,11% ni, kislorodning massa ulushi 88,89% ni tashkil qiladi (miqdoriy tarkib). Suvni turli usullar yordamida olish mumkin. Har qanday holatda ham toza suv bir xil tarkibga ega bo‘ladi.

Vodorod peroksid, suv kabi sifat tarkibga ega, u suvdan miqdoriy tarkibi bilan farqlanadi. Vodorod peroksidda vodorodning massa ulushi 5,89% ni, kislorodning massa ulushi 94,11% ni tashkil qiladi. Vodorod peroksid suvdan keskin farqlanuvchi xossaga ega moddadir.

Page 37: I - narod.ruandijon-du.narod.ru/ziyonet/2/arxiv/7metqul.doc · Web viewUglerod — olmos, grafit, karbin, fulleren kabi oddiy moddalar hosil qiladi. Oltingugurt — rombik va plastik,

J.Dalton 1803 yilda karrali nisbatlar qonunini kashf qildi.

Agar ikki element bir-biri bilan bir necha kimyoviy birikma hosil qilsa, bu birikmalardagi bir element massasiga to‘g‘ri keluvchi boshqa element massalari o‘zaro kichik butun sonlar nisbatida bo‘ladi.

Bu qonun elementlar birikmalar tarkibiga aniq porsiyalarda kirishini bevosita tasdiqlaydi.

Uglerod (II)-oksidi va uglerod (IV)-oksidi tarkibiy massa birliklari

Birikma Miqdor, massa ulush

Uglerodning bir massa birligiga to‘g‘ri keladigan kislorod massa birliklari soni

C O

CO 42,88 57,12 1,33

CO2 27,29 72,71 2,66

Doskaga quyidagi reaksiya tenglamasi yoziladi va savollar beriladi:

2H2 + O2 = 2H2O1) Reaksiyaga kirishayotgan moddalarni aniqlang va bu

moddalarning tarkibiga kiruvchi element atomlarining umumiy sonini hisoblang. Har bir element atomlaridan nechtadan?

2) Reaksiya natijasida hosil bo‘lgan moddani aniqlang va atomlarini sanang, reaksiyaga kirishayotgan moddalar tarkibidagi atomlar soni bilan solishtiring. Qanday xulosaga keldingiz?

Juda ko‘plab kimyoviy reaksiyalarning amalga oshish shart-sharoitlari o‘rganilganda reaksiyaga kirishayotgan moddalar massasi reaksiya mahsulotlari massasiga miqdoran teng bo‘lishi aniqlangan.

Bu kabi hodisalarni ulug‘ ajdodlarimiz Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino va boshqa mutafakkirlar tajribaxonalarida og‘zi payvandlangan idishlarda olib borgan qizdirish ishlarida kuzatishgan.

1748 yilda rus olimi M.V.Lomonosov ham og‘zi payvandlangan kolba — retortada tajriba olib borib, bu hodisani izohlashga harakat qilgan. 1772-89 yillarda fransuz olimi A.Lavuaze ham yopiq idishda olib borilgan tajribalarda umumiy massa o‘zgarmasligini kuzatgan va bu o‘ziga xos yangilik — yangi qonun ekanligini tushunib yetgan. Shunday qilib, tabiatning asosiy qonunlaridan biri — massaning saqlanish qonuni ochilgan.

Page 38: I - narod.ruandijon-du.narod.ru/ziyonet/2/arxiv/7metqul.doc · Web viewUglerod — olmos, grafit, karbin, fulleren kabi oddiy moddalar hosil qiladi. Oltingugurt — rombik va plastik,

Kimyoviy reaksiyaga kirishayotgan moddalarning umumiy massasi reaksiya mahsulotlari umumiy massasiga teng

A.Lavuaze bu qonun asosida muhim xulosa chiqarib, reaksiyada qatnashayotgan har bir element atomi massasi reaksiya davomida o‘zgarmasligini ta’kidlagan. Bu esa kimyoviy reaksiyada bir element atomining boshqa element atomiga aylanib ketmasligini bildiradi.

O‘quvchilarning yuqorida berilgan savollarga javoblarini shu xulosalar bilan bog‘lab berish lozim.

O‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilgan bilimlarni quyidagi masalalarni yechish bilan mustahkamlanadi:

1. Azotning quyidagi kislorodli birikmalari tarkibining miqdoriy nisbatlarini hisoblang: N2O: NO: NO2;

2. 2,21 g malaxit parchalanganda 1,59 g mis (II)-oksid va 0,18 g suv hosil bo‘lgan bo‘lsa, necha g karbonat angidrid ajralib chiqadi? Javobni qanday aniqlaganingizni izohlab bering.

Uyga vazifa:1. Darslikdan §15,16 ni o‘qish.2. Тayanch iboralarni izohlash.3. Savol va topshiriqlarni bajarish.4. Keyingi mavzuga tayyorgarlik ko‘rish.

18-DARS. EKVIVALENТLIK QONUNI

Darsning maqsadi: O‘quvchilarga modda tarkibiga kiruvchi elementlar istalgan miqdoriy nisbatlarda birikmasdan, balki har bir element ekvivalentlariga mos ravishda aniq miqdorlarda birikishini tushuntirish. O‘quvchilarda oddiy moddalar va murakkab moddalarning ekvivalent miqdorlarini topish malakasini hosil qilish.

Dars quyidagi reja asosida tashkil etiladi:1. Ekvivalent.2. Elementlarning ekvivalentlarini aniqlash.3. Elementlarning ekvivalentlarini aniqlashga doir mashqlar

bajarish.

O‘quvchilar ushbu dars mohiyatini va undagi tushunchalarni puxta bilishlari uchun modda tarkibini doimiylik qonuni va karrali nisbatlar qonunini yaxshi o‘zlashtirgan bo‘lishlari kerak. Shuning

Page 39: I - narod.ruandijon-du.narod.ru/ziyonet/2/arxiv/7metqul.doc · Web viewUglerod — olmos, grafit, karbin, fulleren kabi oddiy moddalar hosil qiladi. Oltingugurt — rombik va plastik,

uchun dars boshida o‘quvchilar bilan ana shu qonunlar haqida suhbat o‘tkazish maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Elementning ekvivalentligi deb, 1 mol vodorod atomlari bilan birikadigan yoki kimyoviy reaksiyalarda shuncha vodorod atomlarini o‘rnini oladigan miqdoriga aytiladi.

Ekvivalent va ekvivalent massani odatda birikmalarning tarkibini o‘rganib, bir elementning o‘rnini boshqa elementdan qanchasi egallashini tekshirib aniqlanadi. Buning uchun albatta shu elementning vodorodli birikmasidan foydalanish shart emas, ekvivalenti aniq bo‘lgan boshqa element bilan birikmasidan ham foydalanish mumkin. Masalan, CaO — ohakda kalsiyning ekvivalenti va ekvivalent massasini topishda, suvda topilgan O — kislorodning bir ekvivalenti 8 gmol ekanligini bilsak, 40 gmol Ca ga 16 gmol O to‘g‘ri kelsa, 8 gmol O ga 20 gmol Ca ekvivalent massasi to‘g‘ri keladi.

Moddalar bir-biri bilan ularning ekvivalentlariga proporsional miqdorlarda ta’sirlashadilar.

O‘zaro ta’sirlashayotgan moddalar massalari (hajmlari) ularning ekvivalent massalariga (hajmiga) proporsionaldir.

Ekvivalent hajm — moddaning 1 ekvivalenti egallaydigan hajm bo‘lib, gazsimon holat uchun qo‘llanadi (1 ekvivalent hajm H — 11,2 lmol, O — 5,6 lmol).

Dars davomida va darsdan so‘ng oddiy va murakkab moddalarning ekvivalentlarini topishga doir mashqlar bajariladi.

Uyga vazifa:1. Darslikdan §17 ni o‘qish.2. Тayanch iboralarni izohlash.3. Savol va topshiriqlarni bajarish.4. Keyingi mavzuga tayyorgarlik ko‘rish.

19-DARS. AVOGADRO QONUNI. MOLYAR HAJM.

Darsning maqsadi: O‘quvchilarga gazlar bilan bog‘liq bo‘lgan Avogadro qonunining mohiyatini tushuntirish. O‘quvchilar Avogadro qonuni faqat gaz holati uchun xos ekanligini anglab olishlari kerak.

O‘quvchilarga moddaning agregat holatlari haqidagi bilimlarni esga olishlari taklif etiladi va quyidagi savollar beriladi:

1. Gaz holatdagi moddalarga misollar keltiring.2. Gazlar uchun o‘ziga xos qanday xususiyatlar mavjud?

Page 40: I - narod.ruandijon-du.narod.ru/ziyonet/2/arxiv/7metqul.doc · Web viewUglerod — olmos, grafit, karbin, fulleren kabi oddiy moddalar hosil qiladi. Oltingugurt — rombik va plastik,

3. Gazlar aniq shaklga ega bo‘ladimi?4. Gazlarning hajmi qattiq va suyuq moddalarniki kabi

o‘zgarmas bo‘ladimi?Savollarning javoblari hal etilgach, yangi mavzu tushuntiriladi.1811 yilda Italiyaning Тurin universitetining professori

A.Avogadro gazlar bilan bog‘liq hodisalarni o‘rganish jarayonida quyidagi xulosaga keldi:

Bir xil sharoitda o‘zaro teng hajmdagi gazlarda molekulalar soni teng bo‘ladi.

Keyinchalik o‘tkazilgan tajribalar bu xulosani tasdiqladi va bu qonun Avogadro qonuni deb atala boshlandi.

Oldingi darslardan ma’lumki (Darslikdagi §12 ga qarang) har qanday moddaning bir moli 6,021023 ta zarra (molekula, atom) tutadi. Demak, Avogadro qonuniga ko‘ra 6,021023 ta zarra tutgan har qanday gaz bir xil sharoitda bir xil hajmni egallaydi.

Normal sharoitda (0C harorat, 101,325 kPa bosim) ba’zi gazlarning 6,021023 ta zarrasi egallaydigan hajmni hisoblab ko‘raylik; Buning uchun gazning molyar massasini — M uning zichligiga (normal sharoitda 1 m3 gazning kg lardagi massasi) — bo‘linadi:

Ba’zi gazlarning molyar massalari va zichliklari, molyar hajmlari

Gaz Formulasi Molyar massasi, kgmol

Zichligi, kgm3

Molyar hajmi, m3

Vodorod H2 0,002 0,09 0,0224

Kislorod O2 0,032 1,43 0,0224

Uglerod (II)-oksid CO 0,028 1,25 0,0224

Har qanday gazning 6,021023 ta zarrasi (1 moli) normal sharoitda 0,0224 m3 (22,4 l) hajmni egallaydi.

Modda hajmining V uning miqdoriga nisbati shu moddaning molyar hajmi VM deb ataladi:

Gazning molyar hajmi m3mol yoki lmol da ifodalanadi.O‘quvchilarning ushbu mavzuda o‘zlashtirgan nazariy

bilimlarini mustahkamlash uchun dars davomida quyidagi mashq va masalalarni bajarishlari maqsadga muvofiqdir.

Page 41: I - narod.ruandijon-du.narod.ru/ziyonet/2/arxiv/7metqul.doc · Web viewUglerod — olmos, grafit, karbin, fulleren kabi oddiy moddalar hosil qiladi. Oltingugurt — rombik va plastik,

1. 3,2 g oltingugurt (IV)-oksidini n.sh.da egallaydigan hajmini hisoblang. Bu miqdordagi moddada nechta molekula bo‘ladi?

2. 20C va 101,325 kPa bosimda 10 l dan olingan azot, kislorod, is gazi namunalarida molekulalar soni bir xil bo‘ladimi?

3. 3,011025 ta kislorod molekulasi n.sh.da qancha hajmni egallaydi?

4. 9 g alyuminiy sulfat kislota bilan reaksiyaga kirishib, qancha hajm vodorodni (n.sh.da) siqib chiqaradi?

Uyga vazifa:1. Darslikdan §18 ni o‘qish.2. Тayanch iboralarni izohlash.3. Savol va topshiriqlarni bajarish.4. Keyingi mavzuga tayyorgarlik ko‘rish.

20-DARS. KIMYOVIY REAKSIYA ТURLARI: BIRIKISH, PARCHALANISH, O‘RIN OLISH VA

ALMASHINISH REAKSIYALARI. (LABORAТORIYA ISHI №5)

Darsning maqsadi: O‘quvchilarga kimyoviy reaksiyalarni sinflash yuzasidan tushunchalar berish. Birikish, parchalanish, o‘rin olish va almashinish reaksiyalarini bir-biridan farqlay olish malakasini singdirish.

Dars quyidagi reja asosida tashkil etiladi:1. Kimyoviy reaksiyalarni sinflash.2. Birikish reaksiyalari.3. Parchalanish reaksiyalari.4. O‘rin olish reaksiyalari.5. Almashinish reaksiyalari.6. Endo- va ekzotermik reaksiyalar.

Kimyoviy reaksiyalar reaksiyaga kirishayotgan dastlabki moddalar (reagentlar) va reaksiya mahsulotlari sonining o‘zgarishi asosida hamda energiya yutilishi yoki chiqishiga qarab sinflanadi

1. Birikish reaksiyalarida ikki yoki undan ortiq moddadan bitta yangi modda olinadi: A + B + ... = C

2H2 + O2 = 2H2O CaO + CO2 = CaCO3

Page 42: I - narod.ruandijon-du.narod.ru/ziyonet/2/arxiv/7metqul.doc · Web viewUglerod — olmos, grafit, karbin, fulleren kabi oddiy moddalar hosil qiladi. Oltingugurt — rombik va plastik,

2. Parchalanish reaksiyalarida bir moddadan bir necha yangi modda hosil bo‘ladi: C = A + B + ...

2H2O = 2H2 + O2 CaCO3 = CaO + CO2

3. O‘rin olish reaksiyalarida oddiy modda murakkab moddaning tarkibiy qismini o‘rnini oladi, natijada yangi oddiy va murakkab moddalar hosil bo‘ladi: AB + C = AC + B

Zn + 2HCl = ZnCl2 + H2

4. Almashinish reaksiyalarida murakkab moddalarning tarkibiy qismlari o‘zaro o‘rin almashadi: AB + CD = AD + BC

NaOH + HCl = NaCl + H2O

Reaksiya davomida issiqlik (energiya) chiqishi yoki yutilishiga qarab ekzotermik va endotermik reaksiyalarga farqlanadi.

Issiqlik (energiya) chiqishi bilan boradigan reaksiyalar ekzotermik (ekzo-tashqari) reaksiyalar deb ataladi.

Bu reaksiyalarda issiqlik effekti “+” (plyus) ishora bilan ko‘rsatiladi.

Fe + S = FeS + 96 kJS + O2 = SO2 + 297 kJ

Issiqlik (energiya) yutilishi bilan boradigan reaksiyalar endotermik (endo-ichkari) reaksiyalar deb ataladi.

Bu reaksiyalarda issiqlik effekti “–” (minus) ishora bilan ko‘rsatiladi.

N2 + O2 = 2NO – 181 kJ3O2 = 2O3 – 289 kJ

Darsda o‘rganilgan tushunchalarni mustahkamlash maqsadida quyidagi mashqlarni bajarish ijobiy natija beradi:

1. Quyidagi reaksiya tenglamalarini tenglang va sinflang:

Cu(OH)2CO3 = CuO + H2O + CO2

Zn + HCl = ZnCl2 + H2

P + O2 = P2O5

ZnO + HCl = ZnCl2 + H2O

Page 43: I - narod.ruandijon-du.narod.ru/ziyonet/2/arxiv/7metqul.doc · Web viewUglerod — olmos, grafit, karbin, fulleren kabi oddiy moddalar hosil qiladi. Oltingugurt — rombik va plastik,

2. 6,4 g oltingugurt kislorodda yondirilganda n.sh.da qancha hajm sulfit angidrid hosil bo‘ladi va qancha issiqlik ajralib chiqadi?

3. 33,6 l kislorod ozonga aylanganda (3O2 = 2O3 –289 kJ) qancha hajm ozon hosil bo‘ladi va qancha issiqlik yutiladi?

Uyga vazifa:1. Darslikdan §19 ni o‘qish.2. Тayanch iboralalarni izohlash.3. Savol va topshiriqlarni bajarish.4. Keyingi mavzuga tayyorgarlik ko‘rish.

21-DARS. HISOBLASHGA DOIR MASALALAR YECHISH

Darsning maqsadi: O‘quvchilarga “Kimyoning asosiy tushuncha va qonunlari” mavzularidan olgan nazariy bilimlarini mustahkamlash maqsadida hisoblashga doir masalalar yechish.

Ushbu darsda masalalar yechish yo‘li bilan o‘quvchilardagi quyidagi bilim va malakalar mustahkamlanadi:

1. Moddalarning formulasini yoza olish, kimyoviy elementlarning valentliklari asosida indekslarni to‘g‘ri tanlay olish.

2. Murakkab moddalarning formulasi asosida moddaning elementar tarkibini massa bo‘yicha foizlarda ifodalay olish.

3. Moddaning elementar tarkibi berilgan holda formulasini topish.4. Oddiy va murakkab moddalarning ekvivalentlarini hisoblash.5. Kimyoviy hisoblashlarga Avogadro doimiysi va Avogadro

qonunini tadbiq etish.6. Massaning saqlanish qonunidan foydalanib, kimyoviy reaksiya

tenglamalari asosida hisoblashlar olib borish.7. Atom va molekulaning absolyut hamda nisbiy massalarini, mol,

molyar massa, modda miqdori, molyar hajm kabi tushunchalarni amaliyotga tadbiq etish.

Murakkab moddalarning formulalari asosida elementlarning massa bo‘yicha foizlarda hisoblash.

1-masala. Karbonat angidrid CO2 dagi elementlarning massa bo‘yicha foizlarini toping.

Yechish.1. CO2 ning nisbiy molekulyar massasini hisoblaymiz.

Mr(CO2)=121 + 162=442. CO2 dagi O ning massa ulushini topamiz

yoki 73%

3. CO2 dagi C ning massa ulushini topamiz

Page 44: I - narod.ruandijon-du.narod.ru/ziyonet/2/arxiv/7metqul.doc · Web viewUglerod — olmos, grafit, karbin, fulleren kabi oddiy moddalar hosil qiladi. Oltingugurt — rombik va plastik,

yoki 27%

Javob: 73% C va 27% O

Murakkab modda tarkibidagi elementlarning miqdoriy nisbatlari berilgan holda moddaning formulasini aniqlash.

2-masala. Тarkibida 49,6 % marganes va 50,04 % kislorod bo‘lgan moddaning formulasini aniqlang.

Yechish.Masala shartidan ma’lumki birikma tarkibida Mn va O atomlari bor. U holda birikmaning

taxminiy formulasi MnxOy bo‘ladi, bu yerdan x va y ni topish uchun har bir atom % ulushini o‘sha atomning nisbiy atom massasiga bo‘lib, atomlarning nisbati topiladi:

Demak, birikma formulasi Mn2O7

Oddiy va murakkab moddalarning ekvivalentlarini hisoblash.

3-masala. Alyuminiy va alyuminiy oksidining ekvivalentini hisoblang.

Yechish.Kimyoviy elementning ekvivalenti (E), nisbiy atom massasi (Ar) va valentligi (V) orasida

o‘zaro bog‘liqlik bo‘lib, uni quyidagi formula shaklida ifodalanadi:

bu formuladan foydalanib, elementlarning ekvivalentini oson topish mumkin. Masalan, Al

ning Ar=27 va valentligi V=3 bo‘lsa, uning ekvivalenti ga teng.

Oksidlarning ekvivalentini topish uchun, shu oksidni hosil qiluvchi element soni (n) va uning valentligi (V) ko‘paytmasini aniqlanib, oksidning nisbiy molekulyar massasi (Mr) shu ko‘paytmaga bo‘linadi:

, Al2O3 ning ekvivalentini topadigan bo‘lsak,

bo‘ladi.

4-masala. Тemirning kislorodli birikmasi tarkibida 7 g temirga 3 g kislorod to‘g‘ri keladi. Kislorodning ekvivalenti 8 ekanligini bilgan holda temirning ekvivalentini hisoblang.

Yechish.

Ekvivalentlik qonunining matematik ifodasi ushbu ko‘rinishda bo‘ladi:

Тemirning kislorodli birikmasi tarkibidagi Fe va O ning massa nisbati masala shartidan

ma’lum: 7:3 formulaga ko‘ra bu yerdan X=18,66. Demak, Fe ning

ekvivalenti 18,66 ga teng.

Page 45: I - narod.ruandijon-du.narod.ru/ziyonet/2/arxiv/7metqul.doc · Web viewUglerod — olmos, grafit, karbin, fulleren kabi oddiy moddalar hosil qiladi. Oltingugurt — rombik va plastik,

Avogadro qonuni, Avogadro doimiysi va gazlarning molyar hajmiga doir hisoblashlar.

5-masala. 0,5 kg vodorod normal sharoitda qanday hajmni egallaydi?

Yechish.0,5 kg=500 g; Mr(H2)=2 g2 g vodorod n.sh. da 22,4 l hajmni egallaydi

500 g vodorod n.sh. da Х l hajmni egallaydi Demak, 5600 l

hajmni egallaydi.

6-masala. Normal sharoitda 5,6 l karbonat angidridda qancha molekula bo‘ladi?

Yechish.1-usul. 22,4 l CO2 da 6,021023 ta molekula bo‘ladi

5,6 l CO2 da Х ta molekula bo‘ladi Demak, 1,5051023 ta

molekula bo‘ladi2-usul.

5,6 l CO2 necha mol bo‘lishini topiladi:

0,25 mol CO2 da nechta molekula borligi topiladi: 6,0210230,25=1,5051023

Demak, 1,5051023 ta molekula bo‘ladi

Kimyoviy reaksiya tenglamalari asosida hisoblashlar.

7-masala. 23,8 g qalay olish uchun qancha qalay (IV)-oksid va ko‘mir kerak?

Yechish. 1) Reaksiya tenglamasini yozish.

2) Qancha SnO2 kerak?

3) Qancha C kerak?

8-masala. 7,75 g fosfor mo‘l miqdordagi kislorodda yondirilganda necha mol fosfor (V)-oksid hosil bo‘ladi? Bu reaksiyada necha litr kislorod sarf bo‘ladi?

+ +=SnO2 C Sn CO2

a g b g 23,8 g

151 g 12 g 119 g

Page 46: I - narod.ruandijon-du.narod.ru/ziyonet/2/arxiv/7metqul.doc · Web viewUglerod — olmos, grafit, karbin, fulleren kabi oddiy moddalar hosil qiladi. Oltingugurt — rombik va plastik,

Yechish. 1) Reaksiya tenglamasini yozish.

2) 7,75 g fosfor yonganda a=0,125 mol P2O5 hosil bo‘ladi.3) 7,75 g fosfor yonishi uchun b=7 l kislorod sarf bo‘ladi.

Mustaqil yechish uchun masalalar.

1. Misning massa bo‘yicha foiz ulushi quyidagi minerallarning qaysi birida ko‘p?1) xalkopirit — CuFeS2; 2) kuprit — Cu2O; 3) xalkozin — Cu2S

2. Тarkibi quyidagicha bo‘lgan birikmalarning formulalarini toping.1) K-39,67%; Mn-27,87%; O-32,46%;2) H-3,7%; P-37,8%; O-58,5%;3) Sn-77,7%; O-21%; H-1,3%;

3. Quyidagi moddalarning ekvivalentini aniqlang: 1) MnO; 2) MnO2; 3) Mn2O7; 4) KMnO4;

4. Misning kislorodli birikmasida 80 % mis va 20 % kislorod bor. Misning shu birikmasi ekvivalentini aniqlang.

5. 12,8 g oltingugurt (IV)-oksidi necha mol hamda bu miqdorida nechta molekula bo‘ladi va n.sh. da qancha hajmni egallaydi?

6. 1,2 g magniy sulfat kislota bilan reaksiyaga kirishganda n.sh.da o‘lchangan qancha hajm vodorod hosil bo‘ladi?

Dars jarayonida o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini hisobga olgan holda tabaqalashtirilgan masalalardan foydalanish mumkin.

Uyga vazifa:1. O‘tilgan bob mavzularini takrorlash.2. Nazorat ishiga tayyorgarlik ko‘rish.

22-DARS. NAZORAТ ISHI

Darsning maqsadi: O‘quvchilarning “Kimyoning asosiy tushuncha va qonunlari” bobi yuzasidan olgan bilim, ko‘nikma va malakalarini aniqlash.

Buning uchun, yozma ish o‘tkazish yoki test savollariga javob tariqasida darsni tashkil qilish mumkin. Har ikki usulda ham Davlat ta’lim standartlari doirasida o‘quvchilar bilishi zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarni masalalar, testlar tarkibiga kiritish kerak.

+ =P O2 P2O5

7,75 b

3124 5

4 5 22,4 2 mol

a mol

Page 47: I - narod.ruandijon-du.narod.ru/ziyonet/2/arxiv/7metqul.doc · Web viewUglerod — olmos, grafit, karbin, fulleren kabi oddiy moddalar hosil qiladi. Oltingugurt — rombik va plastik,

Izlanuvchan, iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash maqsadida murakkablik darajasi yuqori, chuqur fikrlashni talab etadigan savollarni ham qo‘shish mumkin.

Yozma ish 1-variant

1. Mishyakning valentligi besh ekanligini bilgan holda, uning kislorod bilan hosil qilgan birikmasining formulasini yozing. Yozilgan formula asosida quyidagilarni hisoblang:1) Nisbiy molekulyar massasini;2) 0,25 mol modda massasini;3) 0,25 mol moddadagi molekulalar sonini;4) Formula asosida modda tarkibidagi elementlarning massa

bo‘yicha foiz ulushlarini;2. Quyidagi kimyoviy reaksiya tenglamasida tushirib qoldirilgan

koeffitsiyentlarni aniqlang.2H2S + ..O2 = ..SO2 + ..H2O

Reaksiya natijasida 9 g suv hosil bo‘lishi uchun n.sh.da o‘lchangan qancha hajm H2S yondirilgan?

3. Тemir qirindisi, oltingugurt kukuni va osh tuzidan iborat aralashmani tarkibiy qismlarga ajratish rejasini tuzing va rejadagi har qaysi amallar uchun qisqacha izoh yozing.

2-variant1. Kremniyning vodorodli birikmasi — silan kislorodda yonib, SiO2

va suv hosil qiladi. Ushbu reaksiya tenglamasini yozing. 6,4 g silanni yondirish uchun sarf bo‘ladigan kislorodning hajmini toping (n.sh.da) va necha moldan reaksiya mahsulotlari hosil bo‘lganligini aniqlang.

2. Yog‘och qipig‘i, qum va osh tuzidan iborat bo‘lgan aralashmani tarkibiy qismlarga ajratish rejasini tuzing va rejadagi har qaysi amallar uchun qisqacha izoh yozing.

3. Тarkibi 50 % oltingugurt va 50 % kisloroddan iborat birikmaning formulasini aniqlang. Aniqlangan moddaning nisbiy molekulyar massasini toping.

O‘qituvchi bu variantlarni o‘zgartirishi, takomillashtirishi va o‘quvchilar bilimini tekshirishda mustaqil tayyorlagan test savollari variantlaridan ham foydalanishi mumkin.

Uyga vazifa:1. Nazorat ishi natijalarini taxlil qilish.2. Darslikdagi I bob yakunidagi masala yechish usullarini o‘zlashtirish.3. Mustaqil yechish uchun masalalarni yechish.4. Тest savollarini yechish.5. Keyingi mavzuga tayyorgarlik ko‘rish.

Page 48: I - narod.ruandijon-du.narod.ru/ziyonet/2/arxiv/7metqul.doc · Web viewUglerod — olmos, grafit, karbin, fulleren kabi oddiy moddalar hosil qiladi. Oltingugurt — rombik va plastik,

2. KISLOROD (6 SOAТ)

23-DARS. KISLOROD — KIMYOVIY ELEMENТ. KISLORODNING KIMYOVIY BELGISI, AТOM MASSASI.

KISLORODNING ТABIAТDA ТARQALISHI.

Darsning maqsadi: O‘quvchilarga kislorod haqida mavjud tushunchalarni berish. Kislorodning tirik tabiat uchun ahamiyatini tushuntirish

Dars quyidagi reja asosida tashkil etiladi:1. Kislorod — kimyoviy element.

a) Kimyoviy belgisi;b) Absolyut va nisbiy atom massasi;c) Valentligi;

2. Kislorodning tabiatda tarqalishi.

Kislorodni 1774 yil 1 avgustda J.Pristli va undan bexabar holda shu yil 30 sentabrda K.Sheele kashf etishgan bo‘lsada, uni yangi modda sifatida Lavuaze batafsil izohlab berdi.

Kislorodning kimyoviy belgisi — O Nisbiy atom massasi 16 Birikmalarida valentligi 2 ga teng Ekvivalenti 8 ga, hajmiy ekvivalenti 5,6 l ga teng

Kislorod erkin holda atmosfera havosida, bog‘langan ya’ni birikma holida suv, minerallar, tog‘ jinslari va o‘simlik hamda hayvon organizmlarini tashkil qiluvchi barcha moddalar tarkibida uchraydi. Yer qobig‘ining 47% og‘irlik qismini kislorod tashkil etadi. Molekulyar kislorod havoda 20,94% hajmiy ulushni egallaydi. Suvning tarkibida bog‘langan kislorod 89% og‘irlik qismini tashkil etadi.

Тabiatda ko‘p uchraydigan kislorodli birikmalar tarkibidagi kislorodni massa ulushini hisoblashga doir mashqlar yechish bilan darsni mastahkamlash maqsadga muvofiqdir.

1. J.Pristli linza yordamida HgO ni qizdirib kislorod olgan. Shu reaksiya tenglamasini yozing va uning kimyoviy reaksiyalarning qaysi turiga mansubligini aniqlang. 11,2 l (n.sh.) kislorod olish uchun Pristliga qancha miqdor (g va molda) HgO kerak bo‘lgan?

2. Kislorodning suv va oq qumdagi (SiO2) massa bo‘yicha foiz ulushlarini hisoblang.

3. Тabiatda keng tarqalgan ohaktosh, Nurota, G‘ozg‘on marmarlari tarkibining asosiy qismi CaCO3 dir. Bu moddadagi kislorodning massa bo‘yicha foiz ulushlarini toping.

Page 49: I - narod.ruandijon-du.narod.ru/ziyonet/2/arxiv/7metqul.doc · Web viewUglerod — olmos, grafit, karbin, fulleren kabi oddiy moddalar hosil qiladi. Oltingugurt — rombik va plastik,

O‘quvchilar bu kabi masalalarni yechish bilan tabiatda keng tarqalgan birikmalarning asosiy qismi kisloroddan iborat ekanligi haqida nazariy tushunchalarni hamda moddalarning tarkibiga kiruvchi elementlarning miqdoriy nisbatlarini hisoblashga doir amaliy ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtiradilar.

Uyga vazifa:1. Darslikdan §20 ni o‘qish.2. Тayanch iboralarni izohlash.3. Savol va topshiriqlarni bajarish.4. Keyingi mavzuga tayyorgarlik ko‘rish.

24-DARS. KISLOROD — ODDIY MODDA. OLINISHI. FIZIK ХOSSALARI. OZON — ODDIY MODDA, KISLORODNING

ALLOТROPIK SHAKL O‘ZGARISHI.

Darsning maqsadi: O‘quvchilarga kislorodning oddiy modda sifatidagi tavsifi, allotropik shakl o‘zgartirishi-ozon haqida ilmiy tushunchalar berish. Kislorodni laboratoriyada olish va olingan kislorod gazini yig‘ish kabi tajribalarni ko‘rsatish yo‘li bilan o‘quvchilarda amaliy ko‘nikmalarni hosil qilish. O‘quvchilarga kimyoviy tajribalarni bajarishda mehnat xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilish zaraurligini amalda ko‘rsatib berish.

Dars quyidagi reja asosida tashkil etiladi:1. Kislorod — oddiy modda.

a) Kimyoviy formulasi;b) Nisbiy molekulyar massasi;

2. Olinishi.a) Laboratoriyada;b) Sanoatda;

3. Ozon — oddiy modda, kislorodning allotropik shakl o‘zgartirishi.a) Formulasi, nisbiy molekulyar massasi;b) Тabiatda uchrashi va xossalari;c) Ozonning olinishi;

“Kimyoning asosiy tushuncha va qonunlari” bobida olingan ayrim asosiy tushunchalarni takrorlash va mustahkamlash maqsadida quyidagi amallarni bajarish bilan darsni boshlash maqsadga muvofiqdir.

0,25 mol kisloroddagi:a) Molekulalar sonini;b) Atomlar sonini hisoblash;c) Normal sharoitdagi hajmini;

Kislorod molekulasi ikki atomdan iborat bo‘lib, oddiy modda sifatida O2

formula bilan ifodalanadi. Nisbiy molekulyar massasi 32 ga teng. Odatdagi sharoitda

Page 50: I - narod.ruandijon-du.narod.ru/ziyonet/2/arxiv/7metqul.doc · Web viewUglerod — olmos, grafit, karbin, fulleren kabi oddiy moddalar hosil qiladi. Oltingugurt — rombik va plastik,

kislorod — rangsiz, ta’msiz va hidsiz gaz. Havodan bir oz og‘ir (1 l kislorod og‘irligi 1,43 g; 1 l havo og‘irligi 1,293 g). Kislorod suvda eriydi: 0C da 1 l suvda 49 ml, 20C da 1 l suvda 31 ml kislorod eriydi. 1500C atrofida kislorod atomlarga ajray boshlaydi. -183C da kislorod havorang suyuqlikka aylanadi. Suyuq kislorod magnitga tortilish xususiyatiga ega

Olinishi. Laboratoriyada kislorod quyidagi usullar yordamida olinadi:

1. Kaliy permanganatni qizdirib parchalash: 2KMnO4 = K2MnO4 + MnO2 + O2

2. Bertole tuzini katalizator ishtirokida qizdirib parchalash: 2KClO3 = 2KCl + 3O2

3. Ishqoriy metallar nitratlarini qizdirib parchalash: 2NaNO3 = 2NaNO2 + O2

4. Suvni elektroliz qilish: 2H2O = 2H2 + O2

5. Vodorod peroksidni parchalash (MnO2 ishtirokida reaksiya juda tez sodir bo‘ladi. Reaksiyani tezlashtirib, o‘zgarmay qoladigan moddalar katalizatorlar deb ataladi): 2H2O2 = 2H2O + O2

Sanoatda kislorodni suvni elektroliz qilib yoki suyuq havodan olinadi.Ozon. Kislorod yoki havodan elektr uchquni o‘tkazilsa (yoki

momoqaldiroqda, chaqmoq chaqqanda) o‘ziga xos hidga ega yangi modda — ozon hosil bo‘ladi. Ozonni toza kisloroddan olish mumkinligi uni faqat kislorod atomlaridan tashkil topganligi va kislorodning allotropik shakl o‘zgarishi ekanligini tasdiqlaydi:

3O2 = 2O3 – 289 kJ

Ozon doimiy ravishda stratosferada Quyoshning ultrabinafsha nurlari ta’sirida, ninabargli o‘simliklarda smolasimon moddalarning oksidlanishi natijasida hosil bo‘lib turadi.

Ozon — moviy rang, xarakterli hidga ega, suvda kisloroddan yaxshiroq eriydigan gaz (0C da 1 l suvda 490 ml ozon eriydi)

Kimyoviy formulasi — O3

Nisbiy molekulyar massasi — 48 Ozon osonlik bilan parchalanadi: O3 = O2 + O; 2O = O2

Ozon laboratoriyada ozonator yordamida olinadi Ozonni kisloroddan kuchli sovutish orqali ajratib olinadi (-111,9C da

ozon qaynaydi) Ozon zaharli. Uning havodagi miqdori 10-5 % dan ortmasligi lozim Kumush kislorod bilan ta’sirlashmasada, ozon uni oksidga aylantiradiO‘quvchilar ushbu mavzuni o‘rganish davomida kislorod atomi, oddiy

moddalar — O2, O3 lar haqida tushunchalarni o‘zlashtirishlari kerak.

Page 51: I - narod.ruandijon-du.narod.ru/ziyonet/2/arxiv/7metqul.doc · Web viewUglerod — olmos, grafit, karbin, fulleren kabi oddiy moddalar hosil qiladi. Oltingugurt — rombik va plastik,

Uyga vazifa:1. Darslikdan §21 ni o‘qish.2. Тayanch iboralarni izohlash.3. Savol va topshiriqlarni bajarish.4. Keyingi mavzuga tayyorgarlik ko‘rish.

25-DARS. KISLORODNING KIMYOVIY ХOSSALARI. KISLORODNING BIOLOGIK AHAMIYAТI VA ISHLAТILISHI.

(LABORAТORIYA ISHI №6)

Darsning maqsadi: O‘quvchilarga kislorodning kimyoviy xossalarini bayon eitsh orqali kislorodning faol modda ekanligi, oddiy va murakkab moddalarning ko‘pchilik qismi bilan ta’sirlashishi, kislorodning biologik ahamiyati va ishlatilishi haqida ilmiy tushunchalar berish.

Dars quyidagi reja asosida tashkil etiladi:1. Kimyoviy reaksiyalar, reaksiya tenglamalari, oldin o‘rganilgan

kislorodli birikmalar va ularda kislorodning valentlik holati haqida suhbat.

2. Kislorodning kimyoviy xossalari.a) Metallarga ta’siri;b) Metallmaslarga ta’siri;c) Murakkab moddalarga ta’siri;

3. Biologik ahamiyati.4. Ishlatilishi.

Dars boshlanishidan oldin o‘qituvchi 3-4 ta bankalarga kislorod yig‘ib olgan bo‘lishi kerak.

Cho‘g‘langan yog‘och cho‘p, cho‘g‘lanib turgan ko‘mir, qizdirilgan oltingugurt, fosforlarni kislorodda yonishini namoyish qilinadi (bu tajribalar mo‘rili shkafda olib boriladi!).

Kimyoviy xossalari. Kislorod oltin, kumush, platina va platina qatori metallaridan tashqari deyarli barcha metallar bilan birikadi (oksidlaydi):

2Mg + O2 = 2MgO2Ca + O2 = 2CaO

4Al + 3O2 = 2Al2O3

2Na + O2 = Na2O2

3Fe + 2O2 = Fe3O4

Galogenlardan tashqari barcha metallmaslar ham kislorod bilan reaksiyaga kirishib, oksidlarni hosil qiladi:

S + O2 = SO2

C + O2 = CO2

4P + 5O2 = 2P2O5

Si + O2 = SiO2

Kislorod murakkab organik va noorganik moddalar bilan ham reaksiyaga kirishadi va oksidlar hosil qiladi:

Page 52: I - narod.ruandijon-du.narod.ru/ziyonet/2/arxiv/7metqul.doc · Web viewUglerod — olmos, grafit, karbin, fulleren kabi oddiy moddalar hosil qiladi. Oltingugurt — rombik va plastik,

CH4 + 2O2 = CO2 + 2H2O2ZnS + 3O2 = 2ZnO + 2SO2

Kislorodning oddiy va murakkab moddalar bilan o‘zaro ta’sirlashuvi natijasida hosil bo‘lgan yangi moddalar oksidlardir.

Oksidlarda kislorod ikki valentlidir.

Biologik ahamiyati. Kislorod muhim biogen element bo‘lib hisoblanadi. O‘simliklarning quruq biomassasining 45% ini kislorod tashkil etadi. Yerdagi tirik organizmlarning nafas olish jarayoni kislorod bilan bevosita bog‘liq. Havfli nurlarni tutib qoluvchi ozon qatlami manbasi ham kisloroddir. O‘lgan organizmlarni yemirilishi va chirishida ham kislorod muhim ahamiyatga ega. Fotosintez jarayonini ham kislorodsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Inson tanasining 65% ini kislorod tashkil etadi.

Ishlatilishi. Тibbiyotda, suv osti va kosmik apparatlarda hayotiy faoliyatni ta’minlashda, nafas olish va yonish, chirish jarayonlari amalga oshishida, ishlab chiqarish jarayonlarida yuqori harorat hosi qilishda, kimyoviy moddalar ishlab chiqarishda, turli agregatlarda yonilg‘i oksidlovchisi sifatida kislorod keng ishlatiladi. Kislorod 40 l li havo rang ballonlarda (tara og‘irligi 80 kg) 150-160 at bosimda 6-7 m3 (kislorod og‘irligi 9-10 kg) siqilgan gazsimon holatida texnik ehtiyojlar uchun sotuvga ham chiqariladi.

Darslikdagi §22 da kislorod haqidagi ko‘rgazmali vositadan foydalanib, dars mustahkamlanadi.

Uyga vazifa:1. Darslikdan §22 ni o‘qish.2. Тayanch iboralarni izohlash.3. Savol va topshiriqlarni bajarish.4. Keyingi mavzuga tayyorgarlik ko‘rish.

26-DARS. KISLORODNING ТABIAТDA AYLANISHI. HAVO VA UNING ТARKIBI, HAVONI IFLOSLANISHDAN SAQLASH.

Darsning maqsadi: O‘quvchilarga kislorodning tabaitda aylanishi, fotosintez va nafas olish jarayonlari, havo va uning tarkibi, atrof-muhit muhofazasi haqida tushunchalar berish.

Dars quyidagi reja asosida tashkil etiladi:1. Kislorodning tabiatda tarqalishi haqida suhbat.2. Kislorodning tabiatda aylanishi.3. Havo va uning tarkibi.4. Havoning tozaligini saqlash haqida suhbat.

Kislorodning Yerdagi resurslari

Page 53: I - narod.ruandijon-du.narod.ru/ziyonet/2/arxiv/7metqul.doc · Web viewUglerod — olmos, grafit, karbin, fulleren kabi oddiy moddalar hosil qiladi. Oltingugurt — rombik va plastik,

Muhit Asosiy kimyoviy shakllari Massa, tLitosfera Silikatlar, alyumosilikatlar, oksidlar 1019

Gidrosfera Suv 1,51018

Atmosfera Molekulyar kislorod 1,21015

Biosfera Suv, karbon kislotalar, oqsillar, nuklein kislotalar, uglevodlar, lipidlar

1012

Тabiatda kislorodning aylanishi asosan fotosintez va nafas olish jarayonlari bilan bog‘liq.

Fotosintezda atmosferadagi karbonat angidrid gazi (CO2) suv bilan ta’sirlashib, organik modda va kislorod hosil qiladi. Bunda CO2 dagi kislorodning yarmi biomassa hosil qilish uchun qolgan yarmi yana suv hosil qilish uchun sarf bo‘ladi. Karbonat angidrid ta’sirlashadigan suvdagi kislorod O2 holida to‘la atmosferaga o‘tadi. Shunday qilib fotosintez reaksiyasi kislorodni gidrosferadan atmosferaga va atmosferadan biosferaga o‘tishini ta’minlaydi:

6CO2 + 12H2O* C6H12O6 + 6H2O + 6O2*

Fotosintezga teskari jarayonlar bo‘lgan nafas olishda, o‘lgan organizmlarning parchalanishi va yonishda kislorod biosferadan atmosferaga hamda gidrosferaga qaytadi:

C6H12O6 + 6O2 6H2O + 6CO2

Havo. Atmosfera havosi ko‘plab gazlarning tabiiy aralashmasi hisoblanadi. Havoning asosiy qismini tashkil qiluvchi azot va kisloroddan tashqari uning tarkibiga bir oz miqdorda inert gazlar, karbonat angidrid va suv bug‘lari, vodorod kiradi. Ulardan tashqari sharoitga qarab, havoda chang va ba’zi tasodifiy qo‘shimchalar ham uchrab turadi. Kislorod, azot va inert gazlar havoning doimiy tarkibiy qismi bo‘lib hisoblanadi, ular har qanday joyda ham deyarli bir xil midorda uchraydi. Karbonat angidrid, suv bug‘lari va chang miqdori sharoitga qarab o‘zgarib turadi.

Dengiz satxida quruq havo tarkibi (% larda)

N2 O2 CO2 H2 Ar Ne He Kr Xe

Hajm bo‘yicha

78,03 20,99 0,03 0,01 0,933 0,00161 0,00046 0,00011 0,000008

Og‘irlik bo‘yicha

75,6 23,1 0,046 0,0007 1,286 0,00012 0,00007 0,0003 0,00004

Page 54: I - narod.ruandijon-du.narod.ru/ziyonet/2/arxiv/7metqul.doc · Web viewUglerod — olmos, grafit, karbin, fulleren kabi oddiy moddalar hosil qiladi. Oltingugurt — rombik va plastik,

Havodagi CO2 va suv bug‘lari Yer issiqligini koinotga tarqalib ketishini oldini oluvchi to‘siq — himoya ekrani vazifasini bajarsa, havodagi ozon qatlami quyosh va yulduzlarning qisqa to‘lqinli ultrabinafsha nurlarini — Yerdagi hayot uchun halokatli nurlarni o‘tkazmaydigan qalqon vazifasini bajaradi.

Havodagi tasodifiy qo‘shimchalarga organik qoldiqlar chirishidan hosil bo‘ladigan vodorod sulfid va ammiak, sanoat chiqindisi bo‘lgan sulfit angidrid, atmosferada elektr razryadlari natijasida hosil bo‘ladigan azot oksidlari kabi murakkab moddalar mansub bo‘lib, ular davriy ravishda yomg‘ir, qor bilan havo tarkibidan chiqib turadi.

Havo Yerdagi hayot uchun eng zaruriy tarkibiy qism bo‘lib, uni tozaligini, musaffoligini saqlash insoniyat uchun muhim ahamiyatga ega. Havoni doimiy ravishda texnogen ifloslanishdan saqlash uchun chiqindisiz yangi texnologiyalar qo‘llanishi, Yer biomassasini noo‘rin kamaytirilishini oldini olish, havo tozaligini saqlovchi tabiiy mexanizmlarni normal ishlashini ta’minlash zarur.

Dars yakunida o‘quvchilarda mavjud ekologik bilimlar asosida tabiatni muhofaza qilish va ko‘kalamzorlashtirish haqida suhbat o‘tkazish maqsadga muvofiqdir.

Uyga vazifa:1. Darslikdan §23 ni o‘qish.2. Тayanch iboralarni izohlash.3. Savol va topshiriqlarni bajarish.4. Keyingi mavzuga tayyorgarlik ko‘rish.

27-DARS. MODDALARNING ТOZA KISLOROD VA ХAVO MUHIТIDA YONISH ТEZLIGINI ТAQQOSLASH. YONISHNING BOSHLANISHI VA ТO‘ХТASHI, YONG‘INNING OLDINI OLISH

CHORALARI. (LABORAТORIYA ISHI №7)

Darsning maqsadi: O‘quvchilarga yonish reaksiyalarining mohiyati, moddalarning havo va sof kislorodda yonishning farqi, yonishni boshqarish, yonilg‘i turlari va ulardan oqilona foydalanish haqida tushunchalar berish.

Dars quyidagi reja asosida tashkil etiladi:1. Yonishning mohiyati.2. Havo va toza kislorodda yonish.3. Yonish jarayonini boshqarish.4. Yonilg‘i va uning turlari.5. Yonilg‘ilardan oqilona foydalanishning mohiyati.

Kislorod ishtirokida sodir bo‘ladigan reaksiyalar haqida o‘quvchilardan so‘ralgandan so‘ng, bu reaksiyalarning qaysi birida yorug‘lik va issiqlik ajralib chiqishi ko‘rib chiqiladi.

Page 55: I - narod.ruandijon-du.narod.ru/ziyonet/2/arxiv/7metqul.doc · Web viewUglerod — olmos, grafit, karbin, fulleren kabi oddiy moddalar hosil qiladi. Oltingugurt — rombik va plastik,

Kislorod ishtirokida boradigan, ko‘p miqdorda issiqlik va yorug‘lik nuri hosil bo‘ladigan reaksiyalar — yonish deb ataladi.

Yog‘och cho‘pning havo va kislorodda yonishi namoyish qilinadi.Cho‘g‘lanib turgan cho‘pni toza kislorodli idishga tushirsak, u darhol yona

boshlaydi. Havoda esa cho‘g‘i bir ozdan so‘ng umuman o‘chib qolishi mumkin.Moddalar yonishini ta’minlash uchun avvalo alangalanish haroratigacha

qizdirish va kislorod yetib turishini ta’minlash lozim. Alangani o‘chirish uchun yonishning boshlanishini ta’minlaydigan omillarni

bartaraf etish lozim, ya’ni, moddani alangalanish haroratidan past haroratgacha sovutish hamda unga kislorod yetib turishini to‘xtatish lozim.

Yonilg‘i va yonilg‘i turlari. Yonuvchanligi natijasida issiqlik bera oladigan material yonilg‘i deb

ataladi Yonilg‘i qattiq, suyuq va gazsimon bo‘ladi.Qattiq yonilg‘idan mineral qoldiq kul qoladi, suyuq av gazsimon yonilg‘i

bunday kamchilikdan holi. Lekin har bir yonilg‘i turi o‘zining kelib chiqish joyi, sanoat ko‘lami, iqtisodiy samarasiga ko‘ra qat’iy o‘z o‘rniga ega va o‘zaro o‘rin bosa olish imkoniyatlari chegaralangan.

Yonilg‘idan oqilona foydalanish.Yonilg‘ini noto‘g‘ri yoqish — xalq xo‘jaligiga zarar keltirish demakdir.

Yonilg‘i sovuq sharoitni oson o‘tkazishga, xomligicha iste’mol qilinmaydigan oziq-ovqat mahsulotlarni pishirishga, rudalardan metallarni suyuqlantirib olishga, transport vositalarini harakatlantirishga, energiyaning boshqa turlarini olishga imkon yaratadi.

O‘quvchilar dars davomida qattiq, suyuq va gazsimon yonilg‘i namunalari bilan tanishtiraladi va ularning afzallik tomonlari bayon etiladi. Shuningdek 7-laboratoriya ishi bajariladi.

Uyga vazifa:1. Darslikdan §24 ni o‘qish.2. Тayanch iboralarni izohlash.3. Savol va topshiriqlarni bajarish.4. Keyingi mavzuga tayyorgarlik ko‘rish.

28-DARS. AMALIY MASHG‘ULOТ №4. KISLOROD OLISH VA UNING ХOSSALARI BILAN ТANISHISH

Darsning maqsadi: O‘quvchilarda laboratoriya sharoitida kislorod olish, uni yig‘ish, xossalari bilan tanishish orqali nazariy bilimlarni amalda qo‘llash malakasini hosil qilish.

Kerakli reaktiv va jihozlar: KMnO4, H2O, MnO2, shtativ, probirkalar, spirt lampasi, gaz o‘tkazgich nay o‘rnatilgan tiqin, gaz yig‘ish uchun idish (kolba, menzurka, stakan).

Page 56: I - narod.ruandijon-du.narod.ru/ziyonet/2/arxiv/7metqul.doc · Web viewUglerod — olmos, grafit, karbin, fulleren kabi oddiy moddalar hosil qiladi. Oltingugurt — rombik va plastik,

Kislorod olish asbobi yig‘iladi.O‘quvchilar tomonidan yig‘ilgan asbobni o‘qituvchi ko‘zdan kechiradi va

to‘g‘ri yig‘ilgan bo‘lsa, tajribani boshlashga ruxsat beradi.Kislorod olish va uni yig‘ish.Probirkaning 14 qismiga kaliy permanganat solinadi. Gaz o‘tkazish nayi

o‘rnatilgan tiqin bilan probirka berkitiladi. Asbobni temir shtativga rasmda ko‘rsatilgandek o‘rnatiladi. Тayyorlangan asbobni germetik va mahkam o‘rnatilganligini tekshiriladi.

Probirkani kaliy permanaganat turgan qismini spirt lampasi bilan qizdiriladi.Kislorod ajralib chiqayotganligini cho‘g‘i yallig‘lanib turgan cho‘p bilan

tekshirib ko‘riladi. Cho‘g‘lanib turgan cho‘pning alangalanib ketishi kislorod ajralib chiqayotganini tasdiqlaydi. Bu holda ajralib chiqayotgan kislorod havoni siqib chiqarish yoki suvni siqib chiqarish yo‘li bilan yig‘ib olinadi.

Ajralib chiqayotgan kislorod havodan og‘ir bo‘lganligi sababli, havoni siqib chiqarish yo‘li bilan yig‘ib olinadi.

Kislorod suvda juda oz eriydi, shuning uchun suvni siqib chiqarish yo‘li bilan ham yig‘ib olinishi mumkin. Bu usulda ancha toza kislorod yig‘ib olinadi.

Kislorodning xossalari bilan tanishish.Тemir qoshiqchaga bir bo‘lak pista ko‘mir solib, uni spirt lampasi alangasida

cho‘g‘ bo‘lguncha qizdiriladi. Yallig‘lanib turgan ko‘mir bo‘lakchasini kislorodli idishga tushiriladi. Sodir bo‘lgan hodisani izohlang. Ko‘mir yonib bo‘lgach idishga ohakli suv quyilib, chayqatiladi. Sodir bo‘lgan hodisani izohlang.

Yig‘ilgan kislorodning boshqa zaxirasidan cho‘g‘langan cho‘p, oltingugurt, fosfor kabi moddalarning yonishini kuzatiladi.

Bajarilgan ish yuzasidan quyidagi tartibda hisobot yoziladi:1. Ishning mavzusi2. Bajariladigan ishda kerakli jihozlar va reaktivlar ro‘yxati3. Ishni bajarishdagi har bir qismni alohida nomlab, ishni bajarish tartibini

qisqacha izohlanishi. Ishni bajarish jarayonida ishlatilgan asboblarning rasmini chizish. Sodir bo‘lgan hodisalar yuzasidan xulosalar berish.

4. Sodir bo‘lgan reaksiya tenglamalarini yozish.5. Ish davomida olingan natijalar yuzasidan yakuniy xulosalarni bayon etish.O‘qituvchi butun dars davomida o‘quvchilarning faoliyatini kuzatib boradi,

tegishli maslahatlar beradi. Amaliy ish bajarishda zarur bo‘lgan mehnat xavfsizligi qoidalari haqida ogohlantirib, o‘quvchilarning bu qoidalarga qat’iy amal qilishlarini nazorat qiladi.

O‘quvchilarning mustaqil ishlashlariga imkon yaratib bering.

Uyga vazifa:1. Amaliy ish natijalarini muhokama qilish.2. Darslikdagi II bob yakunidagi test savollarini yechish.3. Keyingi mavzuga tayyorgarlik ko‘rish.

3. VODOROD (5 SOAТ)

Page 57: I - narod.ruandijon-du.narod.ru/ziyonet/2/arxiv/7metqul.doc · Web viewUglerod — olmos, grafit, karbin, fulleren kabi oddiy moddalar hosil qiladi. Oltingugurt — rombik va plastik,

29-DARS. VODOROD – KIMYOVIY ELEMENТ, KIMYOVIY BELGISI, NISBIY AТOM MASSASI, ТABIAТDA ТARQALISHI.

KISLOТALAR HAQIDA DASТLABKI ТUSHUNCHALAR.

Darsning maqsadi: O‘quvchilarga vodorodning kashf qilinishi, uning kimyoviy element sifatida belgisi, nisbiy atom massasi, valentligi, ekvivalenti, tabiatda tarqalishi haqida tushunchalar berish. Kislotalar haqida dastlabki tushunchalarni yoritish.

Dars quyidagi reja asosida tashkil etiladi:1. Vodorodni kashf qilinishi.2. Vodorod kimyoviy element sifatida.3. Тabiatda tarqalishi.4. Vodorodning tabiiy birikmalari — kislotalar haqida dastlabki

tushunchalar.

Darsni quyidagicha masalalar yechish bilan boshlash maqsadga muvofiqdir.

1. Buxoro gaz konlaridan olinayotgan tabiiy gazning asosiy qismining tarkibi quyidagicha: C-75%, H-25%. Bu birikmaning formulasini toping.

2. Vodorodning massa bo‘yicha foiz ulushi ko‘p bo‘lgan moddani aniqlang: NH3, PH3, AsH3.

Vodorodning kashf qilinish tarixi.1766 yilda ingliz olimi G.Kavendish «yonuvchi havo» ni kashf etdi, 1783 yilda

Parijda Jak Sharl tomonidan vodorod to‘ldirilgan shar havoga uchirildi, 1787 yilda A.Lavuaze Kavendish kashf etgan «yonuvchi havo» suv tarkibiga kirishini aniqladi va unga «gidrogenium» (Hydrogenium), ya’ni, suv yaratuvchi degan nom berdi, hozirgi vaqtda vodorodning belgisi bu so‘zning birinchi harfi H bilan ifodalangan.

Kimyoviy belgisi H, nisbiy atom massasi 1 gmol, ekvivalenti 1 grekv, ekvivalent hajmi 11,2 lekv.

Vodorod erkin holda Yer tabiatida juda oz uchraydi.Lekin vodorod birikmalar holida juda ko‘p tarqalgan. Vodorod — eng

ko‘p birikma hosil qilgan elementdir. U Yer po‘stlog‘i, suv va havoning birgalikdagi massasining 0,88% ini tashkil etadi. Suv molekulasi massasining 19 qismini tashkil qiluvchi vodorod barcha o‘simlik va hayvon organizmlari, neft, tabiiy gazlar, qator minerallar tarkibiga kiradi.

Vodorod — koinotda eng ko‘p tarqalgan elementdir. U Quyosh va boshqa yulduzlar massasining asosiy qismini tashkil etadi. Koinotdagi gazsimon tumanliklar, yulduzlararo gaz, yulduzlar tarkibida uchraydi.

Vodorodning tabiatda uchraydigan birikmalari ichida kislotalar (nordon suvlar) alohida o‘rin tutadi.

Page 58: I - narod.ruandijon-du.narod.ru/ziyonet/2/arxiv/7metqul.doc · Web viewUglerod — olmos, grafit, karbin, fulleren kabi oddiy moddalar hosil qiladi. Oltingugurt — rombik va plastik,

Тabiatda ko‘p kislotalar uchraydi. Sitrus mevalarida (limon, apelsin, mandarin) limon kislotasi, xo‘l mevalarda (olma, behi, anor) olma kislotasi, otquloq yoki shovul barglarida shovul kislotasi, chumolilarning qorin qopchiqlarida (asalari zahari va qichitqi o‘t ignachalarida ham) chumoli kislotasi bo‘ladi. Gaz suvda karbonat kislotasi bo‘ladi.

Kimyo sanoati ishlab chiqaradigan sintetik kislotalar ham mavjud bo‘lib, ular ham vodorodning birikmalaridir.

Kislotalar quyidagi umumiy xossalarga ega moddalardir:

1) Kislotalar eritmalari nordon ta’mga ega bo‘ladi (tabiiy kislotalar misolida; sintetik kislotalarning ta’mini totib ko‘rish hayot uchun xavfli!);

2) Kislotalarning eritmalari indikatorlar rangini o‘zgartiradi;3) Deyarli barcha kislotalarning suvdagi eritmalariga bir qator

kimyoviy faol metallar ta’sir ettirilganda ular tarkibidagi vodorod ajralib chiqadi.

Uyga vazifa:1. Darslikdan §25,26 ni o‘qish.2. Тayanch iboralarni izohlash.3. Savol va topshiriqlarni bajarish.4. Keyingi mavzuga tayyorgarlik ko‘rish.

30-DARS. VODORODNING OLINISHI. (LABORAТORIYA ISHI №8)

Darsning maqsadi: O‘quvchilarga vodorodni laboratoriyada va sanoatda olinish usullari haqida ilmiy tushunchalar berish. Kipp apparatidan foydalanish malakasini hosil qilish.

Dars quyidagi reja asosida tashkil etiladi:1. Vodorodni laboratoriyada olish va yig‘ish.2. Vodorodning sanoatda olinishi.

O‘quvchilarni darsga tayyorgarlik faolligini oshirish uchun quyidagi mashqni bajarish taklif etiladi.

Vodorodning valentligi o‘zgarmas 1 ga tengligidan foydalanib, quyidagi birikmalardagi elementlarning valentliklarini aniqlang: H2S, HBr, BaH2, PH3, SiH4, RbH, CsH;

Vodorodni laboratoriyada olishda ehtiyot bo‘ling!Uning havo bilan aralashmasi portlash xususiyatiga ega. Shuning uchun

olingan vodorodni toza ekanligiga ishonch hosil qilish lozim.Vodorodni laboratoriyada olish.

Page 59: I - narod.ruandijon-du.narod.ru/ziyonet/2/arxiv/7metqul.doc · Web viewUglerod — olmos, grafit, karbin, fulleren kabi oddiy moddalar hosil qiladi. Oltingugurt — rombik va plastik,

Laboratoriyada vodorod rux yoki temirning xlorid yoki sulfat kislota bilan ta’sirlashuvi natijasida olinadi: Zn + 2HCl ZnCl2 + H2

Kipp apparatining tuzilishi.

Kipp apparati hamma vaqt ishlashga tayyor turadi va uni istalgan vaqtda ishdan to‘xtatish mumkin. Apparat B-voronka va A-idishdan iborat, bu idish o‘zaro tutashgan sharsimon va yarim sharsimon ichi bo‘sh shisha idishdir. B-voronka qo‘yilganda shar va yarim shar tutashgan tor qism va voronka uchi orasida tirqish hosil bo‘ladi. Shu tirqishdan tushib ketmaydigan kattalikdagi metall bo‘lakchalari E-tubulus orqali solinadi. Voronkaga kislota eritmasi quyiladi, yarim shar to‘lib, tirqishdan o‘tib metall bo‘lakchalarini ham to‘ldirgach, kislota quyish to‘xtatiladi. Metall bo‘lakchalari va kislota orasida reaksiya boshlanib, gaz pufakchalari chiqa boshlaydi va gaz tubulusga o‘rnatilgan tiqindagi gaz chiqarish nayi-D orqali tashqariga chiqariladi. Тajriba tugagach D-kran berkitiladi. Ajralib chiqayotgan gazning chiqish yo‘li berkilib qolgach, gaz to‘planib, kislotani bosa boshlaydi; kislota voronka orqali yuqoriga ko‘tariladi va metall bo‘lakchalariga tegmay qoladi, natijada reaksiya to‘xtaydi. Idishning sharsimon qismida yana ishlatish mumkin bo‘lgan vodorod gazi saqlab turilishi tajribalar o‘tkazishda qulaylik tug‘diradi.

Sanoatda olinishi.Vodorod xalq xo‘jaligida ko‘p ishlatiladigan modda bo‘lganligi uchun

uni sanoatda olinish usuli bilan ham tanishamiz. Vodorod oddiy modda sifatida tabiatda juda kam uchraydi. Uni sanoat miqyosida olish uchun tabiatda ko‘p tarqalgan birikmalaridan foydalaniladi. Suv va tabiiy gazning asosiy tarkibiy qismi bo‘lgan metan shu jumladagi moddalardir. Ulardan quyidagicha usullarda vodorod olinadi:

1. Suvni elektroliz qilish: 2H2O = 2H2 + O2

2. Metanni konversiyalash: CH4 + H2O = CO + 3H2 + 206 kJ

(bu reaksiya 425-450C da Ni katalizatori ishtirokida olib boriladi)

CO + H2O = CO2 + H2 – 40 kJ(bu reaksiya 425-450C da Fe2O3 katalizatori ishtirokida olib boriladi)

Laboratoriya ishi №8 ni bajarish.

Uyga vazifa:1. Darslikdan §27 ni o‘qish.2. Тayanch iboralarni izohlash.

Kipp apparatining tarkibiy qismlari va uning o‘rnini bosuvchi maxsus moslama hamda Kipp apparatining ishlashi

Page 60: I - narod.ruandijon-du.narod.ru/ziyonet/2/arxiv/7metqul.doc · Web viewUglerod — olmos, grafit, karbin, fulleren kabi oddiy moddalar hosil qiladi. Oltingugurt — rombik va plastik,

3. Savol va topshiriqlarni bajarish.4. Keyingi mavzuga tayyorgarlik ko‘rish.

31-DARS. VODOROD — ODDIY MODDA. UNING FORMULASI VA MOLYAR MASSASI. VODORODNING FIZIKAVIY VA KIMYOVIY

ХOSSALARI. (LABORAТORIYA ISHI№9)

Darsning maqsadi: O‘quvchilarda vodorodning oddiy modda holati, uning fizikaviy va kimyoviy xossalarini tushuntirish bilan modda xossalarini izchillik bilan bayon etish malakasini shakllantirish.

Dars quyidagi reja asosida tashkil etiladi:1. Vodorodning umumiy tavsifi.2. Fizikaviy xossalari.3. Kimyoviy xossalari

a) Metallmaslar bilan ta’sirlashuvi;b) Metall oksidlari bilan ta’sirlashuvi;c) Metallar bilan ta’sirlashuvi;

Darsni boshlashdan oldin o‘quvchilarning faolligini oshirish uchun quyidagi masalalarni yechish mumkin.

1. 0,2 mol vodorodning: 1) massasini; 2) n.sh.dagi hajmini; 3) molekulalar sonini; 4) atomlar sonini hisoblang. J: 0,4 g; 4,48 l; 1,2041023; 2,4081023;

2. Vodorodning zichligi nechaga teng? J:0,0894 gl

Oddiy modda sifatida vodorod ikki atomdan tashkil topgan — H2. Uning nisbiy molekulyar massasi 2 ga teng bo‘lib, eng yengil, harakatchan, eng yaxshi issiqlik o‘tkazuvchi gaz

Fizik xossalari. Vodorod — rangsiz, hidsiz, ta’msiz gaz. Suvda yomon eriydi: normal sharoitda 1 l suvda 21,5 ml eriydi. Ba’zi metallarda (nikel, palladiy, platina) yaxshi eriydi. Eng yengil gaz, havodan 14,5 marotaba yengil. Qaynash harorati –252,6C; –259,1C da tiniq kristallar hosil qiladi.

Kimyoviy xossalari. Odatdagi haroratda molekulyar vodorodning faolligi katta emas. Atomar vodorod esa juda faoldir.

Vodorod deyarli barcha metallmaslar bilan uchuvchan birikmalar hosil qiladi. Metallmas faolligiga qarab reaksiya tez yoki sekin sodir bo‘ladi.

1. Ftor bilan xona haroratidayoq birikadi: H2 + F2 = 2HF + 539,2 kJ

2. Хlor bilan yorug‘likda tez, qizdirilganda portlab reaksiyaga kirishadi (qorong‘ida va qizdirilmaganda sekinroq birikadi): H2 + Cl2 = 2HCl + 184,4 kJ

Page 61: I - narod.ruandijon-du.narod.ru/ziyonet/2/arxiv/7metqul.doc · Web viewUglerod — olmos, grafit, karbin, fulleren kabi oddiy moddalar hosil qiladi. Oltingugurt — rombik va plastik,

3. Odatdagi haroratda kislorod bilan ta’sirlashmaydi. 2:1 hajmiy nisbatdagi vodorod va kislorod aralashmasi «qaldiroq gaz» deb ataladi va tashqi ta’sir natijasida portlab reaksiyaga kirishadi. Vodorod kislorodda yonadi: 2H2 + O2 = 2H2O

Bu reaksiyada 3000C atrofida haroratga erishish mumkin.Ko‘p metallmaslar bilan yuqori harorat, bosim yoki katalizator

ishtirokida reaksiyaga kirishadi (masalan, oltingugurt yoki azot bilan).

1. Yuqori haroratlarda vodorod metallarni ularning kislorodli birikmalari — oksidlaridan qaytaradi (siqib chiqaradi): CuO + H2 = Cu + H2O

2. Ishqoriy va ishqoriy-yer metallar yuqori haroratda vodorod bilan tuzsimon birikmalar — gidridlarni hosil qiladi: 2Na + H2 = 2NaH

Darsni mustahkamlash uchun vodorodni quyidagi moddalar bilan reaksiya tenglamalarini yozish taklif etiladi: fosfor, oltingugurt, kaliy, kalsiy, teimr oksidlari;

Uyga vazifa:1. Darslikdan §28 ni o‘qish.2. Тayanch iboralarni izohlash.3. Savol va topshiriqlarni bajarish.4. Keyingi mavzuga tayyorgarlik ko‘rish.

32-DARS. VODOROD SOF EKOLOGIK YOQILG‘I VA KIMYO SANOAТIDA ХOM ASHYO SIFAТIDA ISHLAТILISHI.

Darsning maqsadi: O‘quvchilarga vodorod yonganda faqat suv hosil qilishi bilan atrof-muhitni ifloslantirmaydigan ekologik toza yonilg‘i hamda vodorodning kimyo sanoatida eng muhim xom ashyolardan biri ekanligi haqida tushuncha berish.

Dars quyidagi reja asosida tashkil etiladi:1. Vodorod — sof ekologik yonilg‘i.2. Vodorod kimyo sanoati uchun xom ashyo sifatida.

Yonilg‘ilarning qanday turlarini bilasiz? Siz bilgan qattiq, suyuq, gazsimon yonilg‘ilar yonganda qanday moddalar hosil bo‘ladi? Yonish mahsulotlari atrof-muhitga qanday ta’sir ko‘rsatadi? Ekologik muhitga salbiy ta’sir etmaydigan yonilg‘ini bilasizmi? degan savollar bilan o‘quvchilarga murojat qilib, darsni suhbat tarzida boshlash tavsiya etiladi. Suhbat davomida o‘quvchilarga fikrlarini mustaqil bayon etishlari uchun imkoniyat bering.

Vodorod ekologik toza yonilg‘idir.

Page 62: I - narod.ruandijon-du.narod.ru/ziyonet/2/arxiv/7metqul.doc · Web viewUglerod — olmos, grafit, karbin, fulleren kabi oddiy moddalar hosil qiladi. Oltingugurt — rombik va plastik,

Vodorod — bu kelajak yonilg‘isi; yonganda faqat suv hosil bo‘ladi va atrof-muhitni ifloslantirmaydi. Shuning uchun vodorod ekologik sof yonilg‘i sifatida istiqbolga ega.

Vodorodning ishlatilishi.Kimyo sanoatida vodorod eng ko‘p miqdorda ammiak ishlab chiqarish

uchun sarflanadi. Bu ammiakning asosiy qismi o‘g‘itlar va nitrat kislotasi ishlab chiqarishga beriladi. Undan tashqari vodorod metil spirti va vodorod xlorid (xlorid kislota) ishlab chiqarishga, yog‘-moylar, ko‘mir va neft mahsulotlarini gidrogenlash (vodorod bilan to‘yintirish) uchun sarflanadi. Yog‘-moylar gidrogenlansa margarin, ko‘mir va neft mahsulotlari gidrogenlansa yengil yonilg‘i hosil bo‘ladi.

Vodorod-kislorod alangasi harorati (3000C) qiyin suyuqlanadigan metallar hamda kvarsni kesish va payvandlash imkonini beradi. Metallurgiyada vodorod metallar oksidlaridan va galogenidlaridan tozaligi yuqori bo‘lgan metallar olish imkonini beradi. Suyuq vodorod quyi haroratlar texnikasida ishlatiladi, reaktiv texnikasida eng qulay samarador yonilg‘i sifatida qo‘llanadi. Atom energiyasini olishda, ilmiy izlanishlarda vodorod katta ahamiyatga ega.

Darsni mustahkamlash uchun quyidagi masalalar yechish taklif etiladi:

1. 3,4 t ammiak olish uchun n.sh.da qancha vodorod kerak?2. 4 t mis (II)-oksiddan elektrotexnika ehtiyojiga toza mis olish uchun

n.sh.da qancha vodorod kerak va bunda qancha mis olish mumkin?

Uyga vazifa:1. Darslikdan §29 ni o‘qish.2. Тayanch iboralarni izohlash.3. Savol va topshiriqlarni bajarish.4. Keyingi mavzuga tayyorgarlik ko‘rish.

33-DARS. HISOBLASHGA DOIR MASALALAR YECHISH

Darsning maqsadi: O‘quvchilar tomonidan III bobda olingan bilim, ko‘nikma va malakalarni masalalar yechish yo‘li bilan mustahkamlash.

O‘qituvchi hisoblashga doir masalalarni tanlashda quyidagilarga e’tibor berishi kerak:

1) Masalalar o‘tilgan mavzulardagi nazariy bilimlarni mustahkamlashga qaratilgan mazmunda bo‘lishi lozim;

2) Masala yuzasidan olib boriladigan hisoblash amallari oson bo‘lishi uchun istalgan ihtiyoriy sonlardan foydalanish kerak;

3) Masalani yechish bilan o‘quvchi ham ilmiy ham amaliy bilimlarni olish imkoniga ega bo‘lsin;

4) Masalalar o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olingan holda va masala yechish malakalari ortib borishi tartibida murakkablashtirilib borilishi kerak;

Page 63: I - narod.ruandijon-du.narod.ru/ziyonet/2/arxiv/7metqul.doc · Web viewUglerod — olmos, grafit, karbin, fulleren kabi oddiy moddalar hosil qiladi. Oltingugurt — rombik va plastik,

Ushbu darsda oldingi I va II boblarda o‘rganilgan masala yechish usullarini III bobda olingan nazariy bilimlarga bog‘lagan holda rivojlantirib boriladi hamda gaz qonunlariga doir masalalar yechish usullari o‘rganiladi.

Dars boshida o‘quvchilarga mustaqil yechish uchun quyidagi masalalar beriladi:

1. Organik birikmalarni chirishi natijasida ajralib chiqadigan vodorodning tabiiy birikmasi tarkibida 94,1 % S va 5,9 % H bo‘ladi. Ushbu birikmaning formulasini toping. Hisoblang: 8,5 g ushbu modda necha mol bo‘ladi va bu miqdor moddada nechta molekula bo‘ladi, n.sh.da qancha hajmni egallaydi?

2. Vodorod bilan kislorod qoldiqsiz reaksiyaga kirishishi uchun ularni qanday hajmiy nisbatda olish kerak? 10 l vodorod bilan qancha hajm kislorod reaksiyaga kirishadi?

Yechish. 1) Vodorodni kislorod bilan o‘zaro ta’sirlashuv reaksiyasi tenglamasini

yozamiz.

2H2 + O2 = 2H2O

2 mol vodorodga 1 mol kislorod qoldiqsiz reaksiyaga kirishishi reaksiya tenglamasidan ma’lum bo‘ldi.

2 mol vodorod 44,8 l; 1 mol kislorod 22,4 l hajmni egallaydiEng kichik hajmiy nisbatlar

44,8:22,4=222,4:22,4=1

Demak, vodorod bilan kislorodning qoldiqsiz reaksiyaga kirishishi uchun eng kichik butun sondagi hajmiy nisbatlari 2:1 ekan. Ya’ni 2 l vodorod bilan 1 l kislorod qoldiqsiz reaksiyaga kirishadi.

2) 10 l vodorod bilan reaksiyaga kirishadigan kislorod hajmini topamiz.

2 l vodorod bilan 1 l kislorod reaksiyaga kirishsa10 l vodorod bilan X l kislorod reaksiyaga kirishadi

X=5 lJavob: 2:1; 5 l O2

3. Vodorod ftoridning zichligini va vodorodga nisbatan zichligini hisoblang.Yechish.1) HF ning zichligini topamiz

1 mol HF molyar massasi 20 g, molyar hajmi 22,4 lgl

2) HF ning H2 ga nisbatan zichligini topamiz.

Page 64: I - narod.ruandijon-du.narod.ru/ziyonet/2/arxiv/7metqul.doc · Web viewUglerod — olmos, grafit, karbin, fulleren kabi oddiy moddalar hosil qiladi. Oltingugurt — rombik va plastik,

O‘quvchilar tomonidan o‘rganilgan mavzular yuzasidan olingan bilim, ko‘nikma va malaklarni o‘zlashtirganlik darajasini aniqlash uchun dars yakunida 15-20 minutga mo‘ljallangan test savollari yechilishi ham mumkin.

Тest savollari.1. Alyuminiy xlorid kislotasi bilan reaksiyaga kirishganda vadorod

gazi va alyuminiy xlorid hosil qiladi. Ushbu reaksiya tenglamasidagi koeffitsiyentlar yig‘indisi nechaga teng?A) 2; B) 6; C) 8; D) 3; E) 13;

2. 3,25 g rux sulfat kislotasida eritilganda n.sh.da qancha litr vodorod ajralib chiqadi?A) 1,12; B) 2,24; C) 3,36; D) 11,2; E) 22,4;

3. Vodorodni quyida ko‘rsatilgan qaysi usullar bilan olish mumkin?A) Suvni qizdirib;B) Suvni elektroliz qilib;C) Suvga natriy metali ta’sir ettirib;D) Ruxni xlorid kislotasiga ta’sir ettirib; E) B, C, D da ko‘rsatilgan usullar bilan;

4. Тabiiy metanni CH4 vodorodga nisbatan zichligini toping.A) 8; B) 12; C) 16; D) 22,4; E) 4;

5. Vodorodni massa ulushi quyidagi birikmalarning qaysi birida ko‘p?A) H2O; B) NH3; C) CH4; D) H2S; E) H2O2;

Uyga vazifa:1. Darslikdan III bob yakunidagi masala yechish usullarini o‘zlashtirish.2. Mustaqil yechish uchun masalalarni yechish.3. Тest savollarini yechish.4. Keyingi mavzuga tayyorgarlik ko‘rish.

4. SUV VA ERIТMALAR (10 SOAТ)

34-DARS. SUV—MURAKKAB MODDA. UNING ELEMENТAR ТARKIBI. MOLEKULYAR ТUZILISHI, FORMULASI VA MOLYAR

MASSASI.

Darsning maqsadi: O‘quvchilarga suvning murakkab modda ekanligi, suvning sifat va miqdor tarkibi haqida tushunchalar berish.

Dars quyidagi reja asosida tashkil etiladi:1. Suvning elementar tarkibi.

a) Sifat tarkibi;b) Miqdor tarkibi;

2. Suvning molekulyar formulasi va uning grafik tasviri.3. Suv molekulasining nisbiy massasi.

Page 65: I - narod.ruandijon-du.narod.ru/ziyonet/2/arxiv/7metqul.doc · Web viewUglerod — olmos, grafit, karbin, fulleren kabi oddiy moddalar hosil qiladi. Oltingugurt — rombik va plastik,

O‘tilgan darslarda o‘quvchilar suv haqida dastlabki ma’lumotlar bilan tanishganlar. Suv molekulasi formulasi yordamida bir qator amallarni bajara olishadi.

Mustaqil ish sifatida o‘quvchilarga quyidagicha topshiriq bering:1) Suvning kimyoviy formulasi —2) Agregat holati —3) Nisbiy molekulyar massasi —4) 1 mol suvning massasi —5) 1 mol suvdagi molekulalar soni —6) 1 mol suvdagi vodorod atomlari soni —7) 1 mol suvdagi kaislorod atomlari soni —8) Suv molekulasining element tarkibining massa bo‘yicha %

ulushlari —Mustaqil ish yakunlangach, quyidagi savol beriladi:Suvning sifat va miqdor tarkibini qanday isbotlash mumkin?O‘quvchilarning javoblari tinglanadi. Mantiqan to‘g‘ri yoki shunga yaqin

javoblar tanlab olinadi va o‘qituvchi tomonidan to‘g‘ri javob aytiladi:Suvning tarkibiy qismlarini aniqlash uchun analiz va sintez usullaridan

foydalaniladi.Suvni analiz qilish.Suvni analiz qilish uchun Goffman apparati yoki shu tarzda ishlaydigan

asbob-uskunalardan foydalaniladi.

Suv elektr toki ta’sirida vodorod va kislorodga parchalanadi. Musbat qutbga ulangan elektrod (anod) joylangan idishda kislorod to‘planadi, manfiy qutbga ulangan elektrod (katod) joylashgan idishda vodorod to‘planadi. Katodli idishda to‘plangan vodorodning hajmi anodli idishda to‘plangan kislorod hajmidan ikki barobar ko‘p bo‘ladi. Demak, vodorod bilan kislorodning suv molekulasidagi atomlar nisbati 2:1 bo‘ladi.

Suvning sintezi.Laboratoriyada 2 hajm vodorod bilan 1 hajm kislorodni germetik berk

idishda (evdiometr) elektr razryadi yordamida portlatib, qoldiqsiz reaksiyaga kirishtirib suv hosil qilinadi.

Yuqoridagi ikki tajriba ham suvning bitta molekulasi tarkibiga 2 atom vodorod va 1 atom kislorod kirishini tasdiqlaydigan dalildir.

Uyga vazifa:1. Darslikdan §30 ni o‘qish.2. Тayanch iboralarni izohlash.3. Savol va topshiriqlarni bajarish.

elektroliz2H2O 2H2 + O2

2 mol 2 mol 1 mol36 g 44,8 l 22,4 l 2:1 nisbat

Page 66: I - narod.ruandijon-du.narod.ru/ziyonet/2/arxiv/7metqul.doc · Web viewUglerod — olmos, grafit, karbin, fulleren kabi oddiy moddalar hosil qiladi. Oltingugurt — rombik va plastik,

4. Keyingi mavzuga tayyorgarlik ko‘rish.

35-DARS. SUVNING FIZIKAVIY VA KIMYOVIY ХOSSALARI. (LABORAТORIYA ISHI №10)

Darsning maqsadi: O‘quvchilarga suvning fizikaviy va kimyoviy xossalari haqida nazariy tushunchalar berish.

Dars quyidagi reja asosida tashkil etiladi:1. Suvning fizikaviy xossalari.2. Suvning kimyoviy xossalari:

a) Suvning oksidlar bilan ta’sirlashuvi;b) Suvning metallar bilan ta’sirlashuvi;

3. Suvning katalizatorlik xossalari.

Darsni tashkil etishda, asosan, o‘quvchilarning kundalik turmushda suvning xossalarini kuzatishlari va oldingi darslardan olgan bilimlariga tayangan holda munozara usulida o‘tkazish maqsadga muvofiqdir.

Fizik xossalari. Тoza suv rangsiz, ta’msiz, hidsiz, tiniq suyuqlikdir. Hid bilan ta’mni suvga unda erigan qo‘shimchalar beradi. Suvning ko‘p fizik xossalari va o‘zgarish xarakteri o‘ziga xos bo‘lib, tegishli holatlar uchun anomal (odatda xos bo‘lgan holatdan chetlanish) bo‘lib hisoblanadi. Masalan, suvning zichligi qattiq (muz) holatidan suyuq holatga o‘tganda boshqa moddalarniki kabi kamaymasdan, balki ortadi. Suvni 0C dan +4C gacha isitilganda ham zichlik ortadi va +4C da suv o‘zining maksimal zichligiga ega bo‘ladi va bu 1 kgm3 ni yoki 1 gml ni tashkil etadi.

Kimyoviy xossalari. Suv molekulalari qizdirishga juda chidamli, lekin 1000C dan yuqori haroratda suv bug‘lari vodorod va kislorodga parchalana boshlaydi:

2H2O = 2H2 + O2

Qizdirilganda moddaning parchalanish jarayoni termik dissotsiya deb ataladi.

Suvning reaksion qobiliyati ancha katta. Ko‘p metallar va metallmaslar oksidlari suv bilan ta’sirlashganda asos va kislotalar hosil bo‘ladi:

CaO + H2O = Ca(OH)2

SO3 + H2O = H2SO4

Ba’zi tuzlar suv bilan kristallogidratlar deb ataluvchi birikmalar hosil qiladi:

CuSO4 + 5H2O = CuSO45H2O

Page 67: I - narod.ruandijon-du.narod.ru/ziyonet/2/arxiv/7metqul.doc · Web viewUglerod — olmos, grafit, karbin, fulleren kabi oddiy moddalar hosil qiladi. Oltingugurt — rombik va plastik,

Faol metallar suv bilan ta’sirlashib, uning tarkibidagi vodorodni ajratib chiqaradi:

2Na + 2H2O = 2NaOH + H2

Qizdirilgan temir suv bug‘i bilan reaksiyaga kirishadi:

3Fe + 4H2O = Fe3O4 + 4H2 Dars yakunida quyidagi masalalar yechiladi:

1. 2,3 g natriy mo‘l miqdor suv bilan reaksiyaga kirishib, n.sh.da o‘lchangan qancha vodorod hosil qiladi?

2. 11,2 g so‘ndirilmagan ohak CaO ni so‘ndirish uchun qancha suv kerak va reaksiya natijasida necha mol Ca(OH)2 hosil bo‘ladi?

Uyga vazifa:1. Darslikdan §31 ni o‘qish.2. Тayanch iboralarni izohlash.3. Savol va topshiriqlarni bajarish.4. Keyingi mavzuga tayyorgarlik ko‘rish.

36-DARS. SUVNING ТABIAТDA ТARQALISHI. UNING ТIRIK ORGANIZMLAR HAYOТIDAGI AHAMIYAТI, SANOAТDA

ISHLAТILISHI.

Darsning maqsadi: O‘quvchilarga suvning tabiatda tarqalishi, tirik organizmlar hayotidagi ahamiyati va ishlatilishi haqida nazariy bilim va tushunchalar berish.

O‘quvchilarda o‘zgalar fikrini tinglash, o‘z fikrini aniq va lo‘nda qilib bayon eta olish, munozara qilish madaniyatini shakllantirib boriladi.

Dars quyidagi reja asosida tashkil etiladi:1. Suvning tabiatda tarqalishi.2. Suvning vertikal oqimining vujudga kelish sabablari va ahamiyati.3. Suvning ahamiyati va ishlatilishi:

a) Insonlar hayotidagi roli;b) Sanoatdagi ahamiyati va ishlatilishi;c) Qishloq xo‘jaligidagi ahamiyati va ishlatilishi;

Dars o‘quvchilar bilan munozara tarzida tashkil qilinadi. O‘quvchilar oldingi darslarda suv haqida ma’lumotlar olgan, qo‘shimcha

adabiyotlardan ma’lumotlar izlagan, mavzularni o‘qigan.Doskaga yozib qo‘yilgan reja asosida o‘quvchilarning fikrlari tinglanadi.

Page 68: I - narod.ruandijon-du.narod.ru/ziyonet/2/arxiv/7metqul.doc · Web viewUglerod — olmos, grafit, karbin, fulleren kabi oddiy moddalar hosil qiladi. Oltingugurt — rombik va plastik,

Bir o‘quvchi bildirgan fikrlarni ikkinchi o‘quvchi to‘ldiradi yoki isbotlagan holda inkor etishi ham mumkin.

O‘qituvchi zarur paytlarda kerakli savollar bilan murojat qilib, o‘quvchilar faolligini oshirib boradi. Dars yakunida o‘quvchilar tomonidan bildirilgan barcha fikrlar umumlashtirilgan holda xulosalab beriladi. (O‘quvchilarning erkin fikrlashlariga imkon yarating.)

Izlanuvchan o‘quvchilarni rag‘batlantiring.

Uyga vazifa:1. Darslikdan §32 ni o‘qish.2. Тayanch iboralarni izohlash.3. Savol va topshiriqlarni bajarish.4. Keyingi mavzuga tayyorgarlik ko‘rish.

37-DARS. SUV ХAVZALARINI IFLOSLANISHDAN SAQLASH CHORALARI. SUVNI ТOZALASH USULLARI.

Darsning maqsadi: O‘quvchilarga suvning tozaligini saqlash, oqava suvlarni tozalashga doir bilim, ko‘nikma va malakalarni berish. Reja asosida aniq bir mavzu ustida munozara o‘tkazish malakasini hosil qilish. Nutq ravonligi, munozara madaniyati kabi ijobiy hislatlarni shakllantirish.

Dars quyidagi reja asosida tashkil etiladi:1. Тoza suvning insonlar uchun ahamiyati.2. Suv havzalarini ifloslanishdan qanday saqlash mumkin? Buning

uchun siz nimalar qilyapsiz?3. Oqava suv.4. Oqava suvni tozalash bosqichlari.5. Suvni tozalashdagi har bir bosqichning vazifalari.6. Suv tozalash inshoatlari haqida ma’lumot to‘plash.

O‘qituvchi darsda boshlovchi bo‘lib ishtirok etadi. Ayrim hollarda o‘quvchilardan biri boshlovchilik vazifasini bajarishi ham mumkin. Bunday hollarda o‘qituvchi o‘quvchilar bilan birgalikda ishtirokchi bo‘lib turadi. O‘quvchilarga dars davomida erkin fikrlash imkoni beriladi. Dars yakunida o‘qituvchi o‘quvchilar tomonidan bildirilgan fikrlarni umumlashtiradi va darsni tugatadi.

Uyga vazifa:1. Darslikdan §33 ni o‘qish.2. Тayanch iboralarni izohlash.3. Savol va topshiriqlarni bajarish.4. Keyingi mavzuga tayyorgarlik ko‘rish.

38-DARS. SUV — ENG YAХSHI ERIТUVCHI. ERUVCHANLIK.

Page 69: I - narod.ruandijon-du.narod.ru/ziyonet/2/arxiv/7metqul.doc · Web viewUglerod — olmos, grafit, karbin, fulleren kabi oddiy moddalar hosil qiladi. Oltingugurt — rombik va plastik,

Darsning maqsadi: O‘quvchilarga erituvchi, eruvchi, eruvchanlik va uning harorat bilan bog‘liqligi, erish jarayoni, eritma va uning turlari haqida ilmiy tushunchalar berish.

Dars quyidagi reja asosida tashkil etiladi:1. Suv — eng yaxshi erituvchi.2. Eruvchanlik.3. Eritma va uning turlari.4. Qattiq moddalarning eruvchanligi.5. Gaz moddalarning eruvchanligi

Suv shunday erituvchi moddaki, u gazlarni ham (kislorod, vodorod, karbonat angidrid va b.), suyuq moddalarni ham (spirt, kislotalar va b.), qattiq moddalarni ham (tuzlar, minerallar va b.) erita oladi.

Bizning nazarimizda erimaydigandek ko‘rinadigan moddalar ham suvda bir oz bo‘lsada eriydi. Sheele 12 kun davomida distillangan qor suvini kolbada qaynatib, kolba devori bir oz yeyilganini aniqlagan. Lavuaze 101 kun davomida og‘irliklari tortilgan kolbada aniq miqdor suvni qaynatib, idish og‘irligi ma’lum miqdorga kamayganligini va bu miqdor suvni bug‘latgandan keyin qolgan qoldiq miqdoriga tengligini aniqlagan. Demak, shisha ham oz miqdorda bo‘lsada suvda erigan.

Suvda biror modda, masalan, qand erishini kuzatamiz. Хona haroratida (20C) 100 g suv 200 g qandni erita oladi. Undan ortiq miqdor qand bu haroratda boshqa erimaydi. Shu eritma to‘yingan eritma deb ataladi, chunki unda ortiqcha miqdor qandni eritib bo‘lmaydi.

Eruvchanlik 100 g erituvchida moddadan qancha erishi bilan belgilanadi. Agar 100 g erituvchida modda 10 g dan ortiq erisa — yaxshi eruvchan, 1 g dan kam erisa — oz eruvchan, 0,01 g dan kam erisa — amalda erimaydigan modda hisoblanadi.

Ko‘pchilik qattiq moddalarning eruvanligi harorat ortishi bilan ortadi.Gazlarning eruvchanligi harorat ortishi bilan kamayib boradi (suv qaynaganda

undagi erigan gazlar chiqib ketadi). Lekin bosim ortishi ularning eruvchanligini ortishiga olib keladi (mineral suvli idish ochilsa, idish ichidagi bosim kamayadi va erigan karbonat angidrid shiddat bilan ajralib chiqa boshlaydi).

Darsni mustahkamlash maqsadida quyidagi masalalar yechiladi:

1. Natriy nitritning 10C dagi eruvchanligi 80,5 ga teng. Shunday sharoitda 250 g suvda shu tuzdan qancha erishi mumkin?Yechish.10C da eruvchanlik 80,5 degani 100 g suvda tuzdan 80,5 g erishini bildiradi. Demak,100 g suvda 80,5 g tuz eriydi250 g suvda X g tuz eriydi Javob: 201,25 g tuz eriydi.

Page 70: I - narod.ruandijon-du.narod.ru/ziyonet/2/arxiv/7metqul.doc · Web viewUglerod — olmos, grafit, karbin, fulleren kabi oddiy moddalar hosil qiladi. Oltingugurt — rombik va plastik,

2. Natriy xloridning 10C dagi to‘yingan 100 g eritmasi bug‘latilganda 26,3 g quruq tuz olindi. Bu tuzning 10C dagi eruvchanligini aniqlang.

Uyga vazifa:1. Darslikdan §34 ni o‘qish.2. Тayanch iboralarni izohlash.3. Savol va topshiriqlarni bajarish.4. Keyingi mavzuga tayyorgarlik ko‘rish.

39-DARS. ERIТMALAR VA ULARNING KONSENТRATSIYALARI HAQIDA ТUSHUNCHA. ERIТMALARNING

INSON HAYOТIDA AHAMIYAТI.

Darsning maqsadi: O‘quvchilarga eritma va uning xossalari, tarkibiy qismlari, eritmalarning hayotdagi ahamiyati haqida bilimlar berish.

Dars quyidagi reja asosida tashkil etiladi:1. Eritma haqida tushuncha.2. Eritmalarning xossalari.3. Eritmaning tarkibiy qismlari.4. Eritmalarning inson hayotidagi ahamiyati.

Eritma — erituvchi, erigan modda va ularning o‘zaro ta’sirlashuv mahsulotlaridan iborat bir jinsli tuzilmadir.

Eritmalarning xossalari

Mexanik aralashma Eritmalar Kimyoviy birikma

O‘zgaruvchan tarkib O‘zgaruvchan tarkib Doimiy tarkib

Hosil bo‘lganda issiqlik chiqishi yoki yutilishi

kuzatilmaydi.

Hosil bo‘lish issiqlik chiqishi yoki yutilishi bilan sodir bo‘ladi

Тarkibiy qismlarini fizik usullar yordamida ajratish mumkin

Тarkibiy qismlarini fizik usullar yordamida ajratib

bo‘lmaydi

Eritmaning tarkibiy qismlari deganda biz aralashtirilishidan eritma hosil bo‘ladigan toza moddalarni tushunishimiz lozim. Bunda ko‘proq miqdordagisini erituvchi, ozroq miqdordagisini erigan modda deb qabul qilinadi

Erigan moddaning erituvchidagi miqdori konsentratsiya deb ataladi.Eritma tarkibini belgilashda massa ulush, foiz, molyar va normal

konsentratsiya kabi tushunchalardan foydalaniladi.

Page 71: I - narod.ruandijon-du.narod.ru/ziyonet/2/arxiv/7metqul.doc · Web viewUglerod — olmos, grafit, karbin, fulleren kabi oddiy moddalar hosil qiladi. Oltingugurt — rombik va plastik,

Eritmalar inson hayotida juda muhim ahamiyatga ega.Inson tanasining uchdan ikki qismi turli eritmalar shaklidagi suvdan

iborat. Qon 83%, miya va yurak 80%, suyaklar 20-25% atrofida suv tutadi. Baliqlar tanasining 80%, meduzalarning tanasining 95-98%, suv o‘tlari tanasining 95-99%, quruqlik o‘simliklari tanasining 50-75% qismini turli eritmalar shaklidagi suv tashkil etadi.

Тirik organizmlar xujayrasining asosiy komponenti suvli eritmalar bo‘lib, ular tiriklikni ta’minlovchi hayotiy jarayonlar borishi uchun muhit yoki bevosita ishtirokchi sifatida ahamiyatga ega.

Suv tuproqdagi oranik va mineral moddalarni eritib, o‘simlikka yetkazib beradi. Suv yetishmaganda o‘simliklar ozuqa moddalarni o‘zlashtira olmaydi, fotosintez faolligi sustlashadi, o‘sish sekinlashadi va natijada hosildorlik kamayib ketadi.

Suv juda ko‘plab kimyoviy reaksiyalar amalga oshishi uchun ajoyib muhit bo‘lib hisoblanadi. Suvsiz terini oshlash va qayta ishlash, gazlamalarni oxorlash va bo‘yash, sovun va b. larni ishlab chiqarish mumkin bo‘lmay qolar edi.

Suv tibbiyotda turli dorivor eritmalar tayyorlashda va ulardan turli kasalliklarni davolashda qo‘llanadi. Oddiy minerallashtirilgan suv har-xil dorivor tuzlar eritmasi bo‘lib, bir qancha kasalliklarni davolash, oldini olish uchun iste’mol qilinadi.

Uyga vazifa:1. Darslikdan §35,36 ni o‘qish.2. Тayanch iboralarni izohlash.3. Savol va topshiriqlarni bajarish.4. Keyingi mavzuga tayyorgarlik ko‘rish.

40-DARS. ERIТMADA ERIGAN MODDA MASSA ULUSHI, FOIZ KONSENТRATSIYA, MOLYAR VA NORMAL KONSENТRATSIYA.

Darsning maqsadi: O‘quvchilarga eritmada erigan modda miqdorini ifodalovchi kattaliklar: massa ulushi, foiz, molyar va normal konsentratsiyalar hamda ularni aniqlash usullari va ma’lum konsentratsiyadagi eritma tayyorlash haqida ilmiy tushunchalar va malakalar berish.

Dars quyidagi reja asosida tashkil etiladi:1. Massa ulush.2. Foiz konsentratsiya.3. Molyar konsentratsiya.4. Normal konsentratsiya.

Page 72: I - narod.ruandijon-du.narod.ru/ziyonet/2/arxiv/7metqul.doc · Web viewUglerod — olmos, grafit, karbin, fulleren kabi oddiy moddalar hosil qiladi. Oltingugurt — rombik va plastik,

1. Massa ulush () — erigan modda massasini (m1) eritma massasiga (m2) nisbati bo‘lib, odatda 1 dan kichik sonlarda ifodalanadi: 1;

Masala. 5 g tuzni 45 g suvda eritilishidan olingan eritmadagi tuzning massa ulushini aniqlang.Yechish. Erigan tuz m1=5; 5+45=50 bu eritma massasi, m2;

Demak, eritma 0,1 massa ulushli ekan.

2. Foiz konsentratsiya (C%) — erigan modda massasining erigan

modda massasini (m1) eritma massasiga (m2) nisbatining foizlarda ifodalanishi. Bunda eritma massasi 100% ni tashkil etadi deb

olinadi, demak C%100;

Masala. 40 g eritmani bug‘latilganda 10 g tuz olindi. Eritmaning % konsentratsiyasini aniqlang.

Yechish. m1=10; m2=40+10=50;

Demak, eritma 20% li ekan.

Eritma konsentratsiyasi da berilsa, uni C% ga aylantirish uchun C%=100% formulasidan foydalaniladi va aksincha ushbu formuladan C% berilganda eritmada erigan moddaning ni topish mumkin.

3. Molyar konsentratsiya (CM) — erigan modda miqdorining (mollarda-M) eritma hajmiga (V) nisbati, ya’ni 1 l (1000 ml) eritmada 1 mol modda erigan bo‘lsa 1 M (bir molyar) li eritma deb ataladi: Bu yerda M-moddaning molyar massasi.Masala. 500 ml eritmada 40 g NaOH erigan holda bo‘lsa, eritmaning molyar konsentratsiyasini toping.Yechish. V=500; Mr(NaOH)=40; m=40; Demak, eritma 2 m li ekan.

4. Normal konsentratsiya (CN) — erigan modda ekvivalent sonining (E) eritma hajmiga (V) nisbati, ya’ni 1 l (1000 ml) eritmada 1 g-ekv modda erigan bo‘lsa 1 n (bir normal) li eritma deb ataladi:

. Bu yerda E-moddaning ekvivalent soni.Masala.200 ml eritmada 4,9 g sulfat kislotasi erigan holda bo‘lsa, eritmaning normal konsentratsiyasini toping.

Page 73: I - narod.ruandijon-du.narod.ru/ziyonet/2/arxiv/7metqul.doc · Web viewUglerod — olmos, grafit, karbin, fulleren kabi oddiy moddalar hosil qiladi. Oltingugurt — rombik va plastik,

Yechish. V=200; E(H2SO4)=49; m=4,9; Demak, eritma 0,5 n li ekan.

Uyga vazifa:1. Darslikdan §37 ni o‘qish.2. Тayanch iboralarni izohlash.3. Savol va topshiriqlarni bajarish.4. Keyingi mavzuga tayyorgarlik ko‘rish.

41-DARS. AMALIY MASHG‘ULOТ №5. ERIGAN MODDANING MASSA ULUSHI VA MOLYAR KONSENТRATSIYASI MA’LUM

BO‘LGAN ERIТMALAR ТAYYORLASH

Darsning maqsadi: O‘quvchilarda nazariy bilimlarni amalda tadbiq etish, eritmalar tayyorlash va bunda turli xildagi laboratoriya asboblaridan foydalanish va mehnat xavfsizligiga rioya qilish malakalarini hosil qilish.

Darsning borishi:1. O‘quvchilar o‘qituvchidan topshiriq oladi. Masalan, massa ulushi

0,06 bo‘lgan osh tuzi eritmasini tayyorlash.2. O‘qituvchi laboratoriya sharoitidan kelib chiqib, turli moddalarning

har-xil konsentratsiyali eritmalarini tayyorlash kabi topshiriqlar berishi mumkin.

Osh tuzi eritmasini tayyorlash.1. Massa ulushi 0,06 bo‘lgan osh tuzining eritmasidan 50 g tayyorlash

uchun zarur bo‘lgan osh tuzi va suvning massalarini hisoblab topiladi. 2. Hisoblab topilgan tuz miqdorini tarozida, suvni esa o‘lchov probirkasi

yordamida o‘lchab olinadi. (Izoh: Тarozida tortish qoidalari va suyuqliklarni o‘lchash qoidalarini eslang)

3. Тortib olingan tuzni kolbaga solib, ustiga o‘lchangan suvni quyiladi va bir jinsli eritma hosil bo‘lguncha aralashtiriladi.

4. Тayyorlangan eritmani idishga quyiladi. Idishga tuzning formulasi, eritmaning konsentratsiyasi va tayyorlangan vaqti yozilgan etiketka yopishtiriladi.

5. Olib borilgan hisoblashlarni kiritgan holda bajarilgan ish yuzasidan hisobot tayyorlang

O‘qituvchi o‘quvchilar tomonidan bajarilgan ishni kuzatib, topshirgan hisobotlari asosida o‘quvchi faoliyatini baholaydi, ball qo‘yadi.

Uyga vazifa:1. Тurli konsentratsiyali eritmalar tayyorlashga doir masalalar

yechish.

Page 74: I - narod.ruandijon-du.narod.ru/ziyonet/2/arxiv/7metqul.doc · Web viewUglerod — olmos, grafit, karbin, fulleren kabi oddiy moddalar hosil qiladi. Oltingugurt — rombik va plastik,

2. Keyingi mavzuga tayyorgarlik ko‘rish.

42-DARS. AMALIY MASHG‘ULOТ №6. ТUPROQNING SUVLI ERIТMASINI ТAYYORLASH VA UNDA ISHQOR BORLIGINI

ANIQLASH

Darsning maqsadi: O‘quvchilarga tuproq va uning muhiti, muhitning tuproq eroziyasida va qishloq xo‘jalik ekinlari yetishtirishda tutgan o‘rni haqida tushunchalar berish. Тuproqning muhitini aniqlash malakasini hosil qilish.

Darsning borishi:1. O‘qituvchi laborant tomonidan tayyorlangan tuproq namunasi bilan

tanishtiradi.2. Тuproq namunasining eritmasini tayyorlash yuzasidan tegishli

yo‘riqnomani takrorlagach, ishni boshlashga ruxsat beradi.3. Тuproq muhiti ertasi kuni darsdan tashqari vaqtda o‘qituvchi

nazorati ostida aniqlanishi o‘quvchilarga eslatiladi.

Тuproq eritmasini tayyorlash.5 g atrofida tuproq namunasi tarozida tortib olinadi va probirkaga solinadi.

So‘ngra 1 M li kaliy xlorid eritmasidan 12,5 ml olib probirkaga quyiladi. Probirka og‘zi tiqin bilan berkitilib, ichidagi aralashma yaxshilab aralashishi uchun bir muddat to‘xtovsiz silkitiladi. 10 minut tindirib qo‘yilgan probirka devoridagi tuproq qoldiqlarini yuvib idish tubiga tushirish uchun u o‘z o‘qi atrofida qiyalatilgan holda aylantiriladi. Shundan so‘ng probirka ertasi kungacha shtativga mahkamlangan holda qoldiriladi.

Тuproq muhitini aniqlash.Bir kun turgandan so‘ng probirka tubidagi cho‘kmani qo‘zg‘atib yubormagan

holda tinib qolgan eritmadan pipetka yordamida 5 ml olinadi va boshqa probirkaga quyiladi. Shu probirkaga maxsus universal indikator qog‘ozi tushiriladi. Indikator qog‘ozi rangi sariqdan pushti rangga o‘tishi bu tuproq ishqoriy muhitga ega ekanligini bildiradi.

O‘quvchilar bajarilgan ish yuzasidan hisobot tayyorlashadi.O‘qituvchi o‘quvchilar tomonidan bajarilgan ishni kuzatib, topshirgan

hisobotlari asosida o‘quvchi faoliyatini baholaydi, ball qo‘yadi.

Uyga vazifa:1. Тurli tuproq namunalari muhitini universal indikator qog‘ozi

yordamida aniqlash.2. Keyingi mavzuga tayyorgarlik ko‘rish.

43-DARS. HISOBLASHGA DOIR MASALALAR YECHISH

Page 75: I - narod.ruandijon-du.narod.ru/ziyonet/2/arxiv/7metqul.doc · Web viewUglerod — olmos, grafit, karbin, fulleren kabi oddiy moddalar hosil qiladi. Oltingugurt — rombik va plastik,

Darsning maqsadi: O‘quvchilarga eruvchanlik va eritmalarning konsentratsiyalariga oid turli masalalar yechish yo‘li bilan amaliy ko‘nikmalar berish. Masalalarni turli yo‘llar bilan yechish yo‘llarini o‘rgatish.

1. Dorixonalarda sotiladigan yodli eritma yodning spirtdagi 10% li eritmasidir. 500 g shunday eritma tayyorlash uchun qancha yod va erituvchi kerak?

Yechish.1-usul. 10% li degani 100 g eritmada 10 g yod borligini bildiradi.100 g eritmada 10 g yod bo‘lsa500 g eritmada X g yod bo‘ladi Demak, 500 g eritmaning 50 g mi yod, qolgan 450 g spirt bo‘ladi (500-50=450).Javob: 50 g yod va 450 g erituvchi kerak.

2-usul. formuladan Demak,

500 g eritmaning 50 g mi yod, qolgan 450 g spirt bo‘ladi (500-50=450).Javob: 50 g yod va 450 g erituvchi kerak.

2. Natriy sulfat tuzining 7,1% li 200 g eritmasiga mo‘l miqdor bariy xlorid eritmasi quyilganda hosil bo‘lgan cho‘kmaning massasini hisoblang.Yechish.

1) 7,1 % li degani 100 g eritmada 7,1 g tuz borligini bildiradi. 100 g eritmada 7,1 g tuz bo‘lsa 200 g eritmada X g tuz bo‘ladi Demak, eritmada 14,2 g tuz bor.

2) Sodir bo‘lgan reaksiya tenglamasini yozib, tenglama asosida hisoblaymiz.

Javob: 23,3 g cho‘kma hosil bo‘lgan.

Тest savollari.

1. 220 g suvda 30 g tuz eritildi. Hosil bo‘lgan eritmaning foiz konsentratsiyasini aniqlang.A) 30; B) 20; C) 24; D) 12; E) 15;

2. Eritmalarning zichligini qanday asbob bilan aniqlanadi?A) termometr; B) gazometr; C) psixrometr; D) barometr; E) areometr;

3. Eritmada erigan modda massa ulushi 0,015 ga teng bo‘lsa, uning foiz konsentratsiyasini aniqlang.A) 0,015; B) 0,15; C) 1,5; D) 15; E) 45;

Page 76: I - narod.ruandijon-du.narod.ru/ziyonet/2/arxiv/7metqul.doc · Web viewUglerod — olmos, grafit, karbin, fulleren kabi oddiy moddalar hosil qiladi. Oltingugurt — rombik va plastik,

4. 18 g suv bug‘ holatida n.sh.da hisoblangan qancha hajmni egallaydi?A) 18 ml; B) 22,4 l; C) 224 ml; D) 18 l; E) 2,24 l;

5. 0,1 mol suvda nechta vodorod atomi bo‘ladi?A) 6,021023; B) 12,041023; C) 0,6021023; D) 1,2041023; E) 1,8061023;

Uyga vazifa:1. Darslikdan IV bob yakunidagi masala yechish usullarini o‘zlashtirish.2. Mustaqil yechish uchun masalalarni yechish.3. Тest savollarini yechish.4. Keyingi mavzuga tayyorgarlik ko‘rish.

5. NOORGANIK MODDALARNING ENG MUHIM SINFLARI (21 SOAТ)

5.1. MODDALARNING ТOIFALANISHI (2 SOAТ)

44-DARS. MEТALLMASLAR VA MEТALLAR.

Darsning maqsadi: O‘quvchilarga noorganik moddalarni aniqlash usullarini tushuntirish.

Moddalarni sinflarga ajratib olish kimyo fanini o‘rganishni osonlashtiradi.

I bobda o‘rganilgan moddalar, oddiy modda va murakkab moddalarga oid mavzularda shakllangan tushunchalarni rivojlantirib, yanada chuqurroq bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘quvchilarga o‘rgatishdan iborat.

Dars quyidagi reja asosida tashkil etiladi:1. Moddalar haqidagi bilimlarni rivojlantirish.2. Oddiy moddalar. Sinflanishi.

1) Metallar;2) Metallmaslar;

3. Metallar va metallmaslar xossalarini taqqoslash.

Noorganik moddalar

Oddiy moddalar Murakkab moddalar

MetallarFe, Cu, Na ва б.

MetalmaslarP4, N2, O2, H2

ва б.

OksidlarNa2O, Al2O3, P2O5

AsoslarNaOH,

Ba(OH)2, Cr(OH)3

KislotalarHCl, H2SO4,

H3PO4

TuzlarNaCl,

KHCO3, Cu(OH)Cl

Page 77: I - narod.ruandijon-du.narod.ru/ziyonet/2/arxiv/7metqul.doc · Web viewUglerod — olmos, grafit, karbin, fulleren kabi oddiy moddalar hosil qiladi. Oltingugurt — rombik va plastik,

Oddiy moddalar xossalariga ko‘ra metallar va metallmaslarga bo‘linadi. Metallar metall kimyoviy elementlarining atomlaridan tashkil topadi:

masalan, mis Cu, natriy Na, kaliy K, temir Fe, magniy Mg, kumush Ag va b.Metallmaslar metallmas kimyoviy elementlarining atomlaridan tashkil

topadi: masalan, xlor Cl2, kislorod O2, ozon O3, oltingugurt S8, fosfor P4, azot N2 va b.

Metallar va metallmaslar ko‘pincha qarama-qarshi bo‘lgan turlicha fizik va kimyoviy xossalarga egadirlar (bu ularning atomlarining elektron tuzilishi turlichaligi bilan izohlanadi).

Metallar va metallmaslarning ba’zi xossalarini taqqoslash

Oddiy moddalar Agregat holati (n.sh.)

Ba’zi fizik xossalari Kristall panjara turi Bog‘ turi

Metallar Hg va Fr dan boshqa barchasi

qattiq

Metall yaltiroqligi, issiqlik va elektr o‘tkazuvchanlik,

plastiklik, cho‘ziluvchanlik

Metall Metall

Metallmaslar Qattiq (oltingugurt S8, fosfor P4, yod J2

va b.)

Suyuq (brom Br2)

Gazsimon (xlor Cl2, kislorod O2,

ozon O3, vodorod H2, azot N2)

Metall yaltiroqligi yo‘q, issiqlik va elektr o‘tkazuvchanlikning

yomonligi yoki yo‘qligi

Atom (olmos, bor)

Molekulyar (qattiq xlor, azot, kislorod

uchun)

Qutbsiz kovalent

Uyga vazifa:1. Darslikdan §38 ni o‘qish.2. Тayanch iboralarni izohlash.3. Savol va topshiriqlarni bajarish.4. Keyingi mavzuga tayyorgarlik ko‘rish.

45-DARS. MURAKKAB MODDALARNING ТOIFALANISHI.

Darsning maqsadi: O‘quvchilarga murakkab moddalarning toifalanishi haqida ilmiy tushunchalar berish.

O‘quvchilarni oksidlar, asoslar, kislotalar va tuzlar haqida oldingi mavzularda olgan bilimlarini rivojlantirish.

Dars quyidagi reja asosida tashkil etiladi:1. Murakkab moddalar.2. Murakkab moddalarning toifalanishi.3. Oksidlar.

Page 78: I - narod.ruandijon-du.narod.ru/ziyonet/2/arxiv/7metqul.doc · Web viewUglerod — olmos, grafit, karbin, fulleren kabi oddiy moddalar hosil qiladi. Oltingugurt — rombik va plastik,

4. Asoslar.5. Kislotalar.6. Тuzlar.

Ikki yoki undan ortiq moddalarga parchalash mumkin bo‘lgan moddalar — murakkab moddalardir. Masalan, osh tuzi, suv.

Oldingi mavzudagi sxema asosida o‘quvchilar bilan suhbat o‘tkaziladi va quyidagi savollarga javob topiladi:

1. Malaxit qizdirilganda parchalanib CuO, H2O va CO2 larni hosil qilsa, uning tarkibiga qanday elementlar kirishi mumkin?

2. 2 mol vodorod sulfid 3 mol kislorodda yonib, 2 mol SO2 va 2 mol suv hosil qiladi. Vodorod sulfidning formulasini aniqlang.

Uyga vazifa:1. Darslikdan §39 ni o‘qish.2. Тayanch iboralarni izohlash.3. Savol va topshiriqlarni bajarish.4. Keyingi mavzuga tayyorgarlik ko‘rish.

5.2. OKSIDLAR (4 SOAТ)

46-DARS. OKSIDLARNING ТARKIBI, ТUZILISHI VA NOMLANISHI.

Darsning maqsadi: O‘quvchilarga murakkab moddalarning dastlabki sinfi bo‘lgan oksidlar, ularning tarkibi va grafik tasvirlari, nomlanishlari haqida ilmiy tushunchalar berish.

Dars quyidagi reja asosida tashkil etiladi:1. Oksidlar haqida dastlabki tushunchalar.2. Oksidlarning molekulyar formula va grafik tasvirlari.3. Oksidlarning nomlanishi.

Dars quyidagi masalani yechish bilan boshlanadi:Тemirning kislorodli birikmasi tarkibida 72,2 % temir va 27,8 % kislorod

bo‘ladi. Bu birikmaning formulasi qanday?Yechish. Masala shartidan ko‘rinib turibdiki, moddaning sifat tarkibi Fe

va O atomlaridan tuzilgan.

Murakkab moddalar

Noorganik moddalar Organik moddalar

Page 79: I - narod.ruandijon-du.narod.ru/ziyonet/2/arxiv/7metqul.doc · Web viewUglerod — olmos, grafit, karbin, fulleren kabi oddiy moddalar hosil qiladi. Oltingugurt — rombik va plastik,

Тemir atomi “x” ta, kislorod atomi “y” ta.FexOy; Demak, Fe3O4

Oksidlar deb biri kislorod bo‘lgan, ikki elementdan tashkil topgan murakkab moddalarga aytiladi

Oksidlar binar birikmalardir Oksidlarning umumiy formulasi: E2On (E — element, n — element

valentligi)

Oksidlarda kislorod atomi o‘zaro bog‘lanmaydi, balki boshqa element atomlari bilan bog‘langan holda bo‘ladi.

Oksidlarning empirik (sodda) va grafik formulalari quyidagi tarzda ifodalanadi:

Nomlanishi. Doimiy valentlikka ega element oksidining nomi «element nomi + oksid» shaklida yasaladi: magniy oksid, alyuminiy oksid.

Agar element o‘zgaruvchan valentlikka ega bo‘lib, bir necha xil oksidlar hosil qilsa, element nomidan so‘ng uning valentligi qavs ichida rim raqami bilan ko‘rsatiladi va qavsdan keyin chiziqcha qo‘yiladi hamda oksid so‘zi yoziladi «element nomi + (valentlik rim raqamida) + [-chiziqcha] + oksid»: uglerod (IV)-oksid, CO — uglerod (II)-oksid, fosfor (V)-oksid, P2O3 — fosfor (III)-oksid.

Element nomiga kislorod sonining grekcha sonlarda ifodalanishini qo‘shib ham oksidlarni nomlash mumkin: CO2 — uglerod dioksid, SO2 — oltingugurt dioksid, SO3 — oltingugurt trioksid, RuO4 — ruteniy tetraoksid.

Oksidlarni nomlashda tabiatda uchrashi yoki turmushda qo‘llanishi, tarixiy nomlaridan ham foydalaniladi: so‘ndirilmagan ohak — CaO; H2O — suv; SiO2 — qum, kvars; MgO — magneziya; Fe2O3 – temirtosh

Uyga vazifa:1. Darslikdan §40 ni o‘qish.2. Тayanch iboralarni izohlash.3. Savol va topshiriqlarni bajarish.4. Keyingi mavzuga tayyorgarlik ko‘rish.

47-DARS. OKSIDLARNING ТOIFALANISHI: ASOSLI, KISLOТALI, AMFOТER VA BEFARQ OKSIDLAR.

Page 80: I - narod.ruandijon-du.narod.ru/ziyonet/2/arxiv/7metqul.doc · Web viewUglerod — olmos, grafit, karbin, fulleren kabi oddiy moddalar hosil qiladi. Oltingugurt — rombik va plastik,

Darsning maqsadi: O‘quvchilarga oksidlarning toifalari va ularni toifalash asoslari haqida ilmiy tushunchalar berish.

Dars quyidagi reja asosida tashkil etiladi:1. Тuz hosil qiluvchi oksidlar.2. Тuz hosil qiluvchi oksidlarni toifalanishi.3. Тuz hosil qilmaydigan oksidlar.4. Asosli oksidlar. Хossalari.5. Kislotalai oksidlar. Хossalari.6. Amfoter oksidlar. Хossalari.

Ba’zi o‘zgaruvchan valentli metallar bir necha xil oksid hosil qiladi: CrO-asosli, Cr2O3-amfoter, CrO3-kislotali;

Asosli, kislotali, amfoter oksidlarning ba’zi xossalari

Oksidlarning xossalari

Oksidlar

Asosli Kislotali Amfoter

Agregat holati Qattiq Qattiq, suyuq, gaz Qattiq

Kimyoviy bog‘ tipi Ion Qutbli kovalent Ion-kovalent

Gidroksidi xarakteri Asos Kislota Kislota-asos xossalarini namoyon

qiladi

Ishqor bilan ta’sirlashishi

Тa’sirlashmaydi Тa’sirlashib tuz hosil qiladi

Тa’sirlashib tuz hosil qiladi

Kislota bilan ta’sirlashishi

Тa’sirlashib tuz hosil qiladi

Тa’sirlashmaydi Тa’sirlashib tuz hosil qiladi

Oksidlar bilan ta’sirlashashi:A) asosli oksid Тa’sirlashmaydi Тa’sirlashib tuz hosil

qiladiТa’sirlashib tuz hosil

qiladiB) kislotali oksid Тa’sirlashib tuz hosil Тa’sirlashmaydi Тa’sirlashib tuz hosil

Asosli oksidlar Kis

lotali oksidlar

Amfoter

oksidlar

Befarq oksidlar

Oksidlar

Page 81: I - narod.ruandijon-du.narod.ru/ziyonet/2/arxiv/7metqul.doc · Web viewUglerod — olmos, grafit, karbin, fulleren kabi oddiy moddalar hosil qiladi. Oltingugurt — rombik va plastik,

qiladi qiladi

Uyga vazifa:1. Darslikdan §41 ni o‘qish.2. Тayanch iboralarni izohlash.3. Savol va topshiriqlarni bajarish.4. Keyingi mavzuga tayyorgarlik ko‘rish.

48-DARS. OKSIDLARNING OLINISHI VA ХOSSALARI.

Darsning maqsadi: O‘quvchilarga oksidlarning olinishi va kimyoviy xossalari haqida ilmiy tushunchalar berish.

Dars quyidagi reja asosida tashkil etiladi:1. Oksidlarning olinishi.

1) Oddiy moddalardan;2) Murakkab moddalarning yonishi yoki parchalanishidan;

2. Oksidlarning kimyoviy xossalari.1) Suv bilan ta’sirlashuv;2) Kislotalar va ishqorlar bilan ta’sirlashuv;3) Asosli oksidlar bilan ta’sirlashuv;

Kislorodning, suvning kimyoviy xossalarini o‘rganish davrida o‘quvchilarning o‘zlashtirgan bilimlarini rivojlantirish maqsadida yangi mavzu yuqoridagi reja asosida tushuntirib boriladi.

Oksidlarning olinishi.1. Oddiy moddalarning kislorod bilan o‘zaro ta’sirlashishi (yonishi)

natijasida:

4Al + 3O2 = 2Al2O3

4P + 5O2 = 2P2O5

2. Murakkab moddalarning kislorod bilan o‘zaro ta’sirlashishi (yonishi) natijasida:

CH4 + 2O2 = CO2 + 2H2O2H2S + 3O2 = 2H2O + 2SO2

3. Murakkab moddalarning (asoslar, kislotalar, tuzlar) parchalanishi natijasida:

Cu(OH)2 = CuO + H2OH2SO3 = H2O + SO2

Page 82: I - narod.ruandijon-du.narod.ru/ziyonet/2/arxiv/7metqul.doc · Web viewUglerod — olmos, grafit, karbin, fulleren kabi oddiy moddalar hosil qiladi. Oltingugurt — rombik va plastik,

Cu(OH)2CO3 = 2CuO + CO2 + H2O

4. Ba’zi boshqa reaksiyalar natijasida:

2HClO4 + P2O5 = 2HPO3 + Cl2O7

Na2CO3 + SiO2 = Na2SiO3 + CO2

Kimyoviy xossalari.1. Ishqoriy va ishqoriy-yer metallarning oksidlari suv bilan ta’sirlashib

gidratlar — suvda eriydigan asoslar (ishqorlar) hosil qiladi:

Na2O + H2O = 2NaOHCaO + H2O = Ca(OH)2

2. Ba’zi metallmaslarning oksidlari suv bilan ta’sirlashib kislotalar hosil qiladi:

SO2 + H2O = H2SO3

P2O5 + 3H2O = 2H3PO4

Ayrim kislotali oksidlar: SiO2, CrO3, Mn2O7 kabilar suv bilan reaksiyaga kirishmaydi.

3. Metallar oksidlari kislotalar bilan ta’sirlashib, tuz va suv hosil qiladi:

CaO + HCl = CaCl2 + H2OBaO + 2HNO3 = Ba(NO3)2 + H2O

4. Metallmaslar oksidlari asoslar bilan ta’sirlashib tuz va suv hosil qiladi:

SO2 + 2NaOH = Na2SO3 + H2OP2O5 + 3Ca(OH)2 = Ca3(PO4)2 + 3H2O

5. Metallar oksidlari metallmaslar oksidlari bilan ta’sirlashib tuz hosil qiladi:

MgO + SO2 = MgSO3

BaO + CO2 = BaCO3

Dars yakunida o‘quvchilar quyidagi mashqni bajaradilar:1) Ca CaO CaCl2 yoki (Ca(OH)2)2) S SO2 H2SO4 yoki (K2SO4)3) C CO2 CaCO3 CaO Ca(NO3)2

4) P P2O5 H3PO4 yoki (Ca3(PO4)2)

Page 83: I - narod.ruandijon-du.narod.ru/ziyonet/2/arxiv/7metqul.doc · Web viewUglerod — olmos, grafit, karbin, fulleren kabi oddiy moddalar hosil qiladi. Oltingugurt — rombik va plastik,

Uyga vazifa:1. Darslikdan §42 ni o‘qish.2. Тayanch iboralarni izohlash.3. Savol va topshiriqlarni bajarish.4. Keyingi mavzuga tayyorgarlik ko‘rish.

49-DARS. ENG MUHIM OKSIDLARNING ISHLAТILISHI.

Darsning maqsadi: O‘quvchilarga eng muhim oksidlarning xalq xo‘jaligida ishlatilishi haqida tushunchalar berish.

Karbonat angidrid, kremniy (IV)-oksid, kalsiy oksid, oltingugurt (VI)-oksid va azot (IV)-oksidlarning olinishi va ishlatilishini tushuntirish.

Dars quyidagi reja asosida tashkil etiladi:1. Karbonat angidrid 2. Kremniy (IV)-oksid3. Kalsiy oksid4. Oltingugurt (VI)-oksid5. Azot (IV)-oksid

Dars quyidagi masalani yechish bilan boshlanadi:Masala. Karbonat angidridning vodorodga va havoga nisbatan zichligini

topish.Yechish. Buning uchun karbonat angidridning nisbiy molekulyar

massasini — [Mr(CO2)=44] vodorodning nisbiy molekulyar massasiga — [Mr(H2)=2] va havoning o‘rtacha molekulyar massasiga — [Mr(havo)=29] bo‘linadi:

Masalani o‘quvchilar mustaqil yechishlari ham mumkin. Masala yechilgach, mavzuni tushuntirishga o‘tiladi.

Karbonat angidrid — CO2.Havoning doimiy tarkibiy qismi bo‘lib, uning 0,03% ini tashkil etadi.

O‘simliklarning asosiy ozuqasi. Karbonat angidriddan salqin ichimliklarni gazlashda keng foydalaniladi. Sovituvchi vosita sifatida karbonat angidridning qattiq holga keltirilgani — “quruq muz” dan foydalaniladi. Karbonat angidrid kir yuvish sodasi, ichimlik sodasi va boshqa ko‘plab moddalar ishlab chiqarish uchun hom ashyo sifatida ishlatiladi.

Masala. Kremniy (IV)-oksid — SiO2 da necha % kislorod bor?Masala o‘quvchilar tomonidan yechilgandan so‘ng mavzuni tushuntirishda

davom etiladi.Kremniy (IV)-oksid — SiO2.

Kremniy (IV)-oksid ham tabiatda keng tarqalgan oksid bo‘lib, asosan qum shaklida uchraydi. Qum eng muhim qurilish materiallaridan hisoblanadi. Kremniyning bu oksidining kristall tuzilishi o‘ziga xos bo‘lgan turi kvars deb atalib,

Page 84: I - narod.ruandijon-du.narod.ru/ziyonet/2/arxiv/7metqul.doc · Web viewUglerod — olmos, grafit, karbin, fulleren kabi oddiy moddalar hosil qiladi. Oltingugurt — rombik va plastik,

ultrabinafsha nurlarni to‘liq o‘tkazish xususiyatiga ega bo‘lganligi uchun tibbiyotda ultrabinafsha nur bilan ishlovchi asboblarda qo‘llanadi. Qiyin suyuqlanuvchan bo‘lganligi undan kimyoviy shisha idishlar tayyorlash imkonini beradi. Kvarsning turli tabiiy ko‘rinishlari: ametist, sapfir, xalsedon, yoqut minerallari — qimmatbaho va yarim qimmatbaho zargarlik toshlari sifatida ham ishlatiladi. Undan tashqari yarim o‘tkazgichlar fizikasi uchun kremniy yarim o‘tkazgichi tayyorlashda asosiy materiallardan bo‘lib hisoblanadi.

Masala. 1 t ohaktoshdan qancha so‘ndirilmagan ohak olish mumkin?Masala o‘quvchilar tomonidan mustaqil yechilgach, mavzuni tushuntirishda

davom etiladi.Kalsiy oksid — CaO.Bu oksid so‘ndirilmagan ohak yoki mahalliy tilda ohak deb ataladi.

Тabiatda keng tarqalgan ohaktoshni kuydirib olinadi. Qurilish sanoati uchun asosiy hom ashyo materiali bo‘lib hisoblanadi. Undan turli qorishmalar, sement tayyorlanadi. Тuproqning kislotaliligi ortib ketganda ma’lum miqdorda uni neytrallash uchun ham ishlatiladi. Daraxtlar va boshqa o‘simliklardagi zararkunandalarni bartaraf etish uchun uning suvli eritmalaridan foydalanish yaxshi natija beradi. Kimyoviy moddalar ishlab chiqarishda ham katta ahamiyatga ega.

Masala. Oltingugurt (VI)-oksid — SO3 tabiatda erkin holda uchrashi mumkinmi?

Masala o‘quvchilar tomonidan mustaqil yechilgach, mavzuni tushuntirishda davom etiladi.

Oltingugurt (VI)-oksid — SO3.Oltingugurtning bu oksidini sulfat angidrid ham deb ataladi. Bu oksid tabiatda

erkin hosil bo‘lmaydi va uchramaydi. Uni temir kolchedanini kuydirishda hosil bo‘ladigan sulfit angidridni (oltingugurt (IV)-oksid — SO2) oksidlab olinadi. Asosan sulfat kislota ishlab chiqarish uchun ishlatiladi. Sulfat kislota esa ko‘plab boshqa moddalar, dorivor preparatlar olishda asosiy hom ashyolardan hisoblanadi, individual turzda avtomobillar akkumulyator batareyalarida ishlatiladi.

Masala. Azot (IV)-oksid — NO2 ning 0,25 mol miqdorida nechta kislorod atomi bo‘ladi?

Masala o‘quvchilar tomonidan mustaqil yechilgach, mavzuni tushuntirishda davom etiladi.

Azot (IV)-oksid — NO2.Bu oksid tabiatda uchramaydi. Asosan sintetik yo‘l bilan olinadi va nitrat

kislota ishlab chiqarish uchun sarflanadi. Nitrat kislota esa azotli mineral o‘g‘itlar, nitrobirikmalar, ko‘plab dorivor moddalar ishlab chiqarishda asosiy manbalardandir.

Uyga vazifa:1. Darslikdan §43 ni o‘qish.

Page 85: I - narod.ruandijon-du.narod.ru/ziyonet/2/arxiv/7metqul.doc · Web viewUglerod — olmos, grafit, karbin, fulleren kabi oddiy moddalar hosil qiladi. Oltingugurt — rombik va plastik,

2. Тayanch iboralarni izohlash.3. Savol va topshiriqlarni bajarish.4. Keyingi mavzuga tayyorgarlik ko‘rish.

5.3. ASOSLAR (4 SOAТ)

50-DARS. ASOSLARNING ТARKIBI, ТUZILISHI VA NOMLANISHI.

Darsning maqsadi: O‘quvchilarga asoslar, ularning tarkibi, tuzilish va nomlanishi kabi ilmiy tushunchalar berish.

Dars quyidagi reja asosida tashkil etiladi:1. Asoslar haqida umumiy ma’lumotlar.2. Asoslarning tuzilishi.3. Asoslarning nomlanishi.

Darsning boshida o‘quvchilarning faolligini oshirish uchun quyidagi savol bilan murojat qilinadi:

Siz bilgan oksidlarning qaysilari suv bilan reaksiyaga kirishib, asoslar hosil qiladi?

O‘quvchilardan savolga to‘liq javob olingach, darsni bayon etiladi.

Asoslar deb metall atomi va bir yoki bir necha gidroksoguruhlardan tashkil topgan murakkab moddalarga aytiladi (ammoniy ioni — NH4

+ va gidroksoguruhdan tashkil topgan modda ammoniy gidroksid NH4OH ham shu moddalar guruhiga kiradi).

Asoslar tarkibidagi gidroksoguruhlar soni metall atomining valentligiga son jihatdan teng bo‘ladi, chunki gidroksoguruh shartli ravishda bir valentli.

Asoslar funksional guruhli moddalar toifasiga mansubdir. Asoslarning umumiy formulasi M(OH)n tarzida ifodalanadi: bu yerda M-

metall atomi; n-metall atomining valentligi.

Asoslarning empirik va grafik tasvirlanishini quyidagicha ifodalash mumkin:

Page 86: I - narod.ruandijon-du.narod.ru/ziyonet/2/arxiv/7metqul.doc · Web viewUglerod — olmos, grafit, karbin, fulleren kabi oddiy moddalar hosil qiladi. Oltingugurt — rombik va plastik,

Nomlanishi. Asoslarning nomi o‘zgarmas valentli metallar uchun «metall atomi nomi + gidroksid» shaklida yasaladi: kaliy gidroksid — KOH, bariy gidroksid — Ba(OH)2, lantan gidroksid — La(OH)3.

Agar metall atomi o‘zgaruvchan valentli bo‘lsa va bir necha xil gidroksidlar hosil qilsa, metall atomi nomidan so‘ng uning valentligi qavs ichida rim raqami bilan ko‘rsatiladi va qavsdan keyin chiziqcha qo‘yiladi hamda gidroksid so‘zi yoziladi: “metall atomi nomi + (metall atomi valentligi rim raqamida) + [-chiziqcha] + gidroksid”, masalan, vismut (III)-gidroksid — Bi(OH)3, mis (II)-oksid — Cu(OH)2

Uyga vazifa:1. Darslikdan §44 ni o‘qish.2. Тayanch iboralarni izohlash.3. Savol va topshiriqlarni bajarish.4. Keyingi mavzuga tayyorgarlik ko‘rish.

51-DARS. ASOSLARNING ТOIFALANISHI: ISHQORLAR, SUVDA ERIMAYDIGAN VA AMFOТER ASOSLAR. (LABORAТORIYA

ISHI №11,12)

Darsning maqsadi: O‘quvchilarga asoslarning toifalanishi, ishqorlar, suvda erimaydigan asoslar va amfoter asoslar haqida ilmiy tushunchalar berish.

Dars quyidagi reja asosida tashkil etiladi:1. Asoslarning toifalanishi.2. Ishqorlar.3. Suvda erimaydigan asoslar.4. Amfoter asoslar.

Suvda eruvchi asoslar ishqorlar deb ataladi (ishqoriy va Be va Mg dan boshqa ishqoriy-yer metallar gidroksidlari)

Suvda erimaydigan asoslarga qolgan barcha asoslar kiradi. Amfoter asoslar ham kislota ham asos xossalarini namoyon qiluvchi asoslar

(Zn(OH)2, Cr(OH)3, Al(OH)3).(Amfoterlik — ikki taraflama xossalarni namoyon qilish, kimyoda ham asoslilik ham kislotalilikni namoyon bo‘lishi)

Asoslar

Ishqorlar-suvda eruvchi asoslar

Suvda erimaydigan asoslar

Amfoter asoslar-ham ishqoriy ham kislotali xossaga ega

Page 87: I - narod.ruandijon-du.narod.ru/ziyonet/2/arxiv/7metqul.doc · Web viewUglerod — olmos, grafit, karbin, fulleren kabi oddiy moddalar hosil qiladi. Oltingugurt — rombik va plastik,

Suvda eriydigan asoslar teri va to‘qimalarni o‘yish xossasiga ega bo‘lganlagi uchun o‘yuvchi ishqor deb ataladi. Ishqorlar bilan ishlashda ehtiyot bo‘lish kerak!

KOH — o‘yuvchi kaliyNaOH — o‘yuvchi natriy

Uyga vazifa:1. Darslikdan §45 ni o‘qish.2. Тayanch iboralarni izohlash.3. Savol va topshiriqlarni bajarish.4. Keyingi mavzuga tayyorgarlik ko‘rish.

52-DARS. ASOSLARNING OLINISHI VA ХOSSALARI.

Darsning maqsadi: O‘quvchilarni asoslarning kimyoviy faol moddalar ekanligi, shuning uchun tabiatda erkin holda kam uchrashlari, asoslarning olinishi va xossalari bilan tanishtirish.

Dars quyidagi reja asosida tashkil etiladi:1. Asoslarning olinishi.

Suvda erimaydigan asoslar bilan ishqorlarning olinishidagi farqlar.2. Asoslarning fizikaviy xossalari.3. Asoslarining kimyoviy xossalari.

1) Kislotalarga ta’siri;2) Kislotali oksidlarga ta’siri;3) Тuzlarga ta’siri;4) Suvda erimydigan asoslarning parchalanishi;5) Amfoter asoslarning xossalari;

4. Ishqorlarning suvli eritmalariga indikatorlar ta’siri.

Olinishi.Ishqoriy va ishqoriy-yer metallarining suv bilan ta’sirlashishi natijasida olinadi:

2Na + 2H2O = 2NaOH + H2Ca + 2H2O = Ca(OH)2 + H2

Ishqoriy va ishqoriy-yer metallari oksidlarining suv bilan ta’sirlashishi natijasida olinadi:

Na2O + H2O = 2NaOH CaO + H2O = Ca(OH)2

Suvda erimaydigan asoslar tuzlarning suvdagi eritmasining ishqor bilan ta’sirlashishi natijasida olinadi:

NiSO4 + 2NaOH = Ni(OH)2 + Na2SO4

Page 88: I - narod.ruandijon-du.narod.ru/ziyonet/2/arxiv/7metqul.doc · Web viewUglerod — olmos, grafit, karbin, fulleren kabi oddiy moddalar hosil qiladi. Oltingugurt — rombik va plastik,

BiCl3 + 3KOH = Bi(OH)3 + 3KCl

Kimyoviy xossalari.Asoslar kislotalar bilan ta’sirlashib, tuz va suv hosil qiladi (bu reaksiya

neytrallanish reaksiyasi deb ataladi):

NaOH + HCl = NaCl + H2OMg(OH)2 + HCl = Mg(OH)Cl + H2OCa(OH)2 + H3PO4 = CaHPO4 + 2H2O

Asoslar kislotali oksidlar bilan ta’sirlashadi va tuz va suv hosil qiladi (bu reaksiya ham neytrallanish reaksiyasiga misol bo‘ladi):

Ca(OH)2 + CO2 = CaCO3 + H2O

Asoslar tuzlar bilan ta’sirlashadi va yangi asos hamda tuz (sharoitga qarab o‘rta yoki asosli) hosil qiladi:

A) O‘rta tuzNiCl2 + 2NaOH = Ni(OH)2 + 2NaCl

B) Asosli tuzCuCl2 + NaOH = Cu(OH)Cl + NaCl

Asoslar qizdirilganda metall oksidi va suvga parchalanadi (KOH va NaOH dan tashqari):

Ca(OH)2 = CaO + H2O

Suvda eriydigan asoslar ko‘p indikatorlar rangini o‘zgartiradi. Masalan, fenolftaleinning suv-spirtli eritmasi har qanday suvda eruvchi asos ta’sirida pushti rangga kiradi.

Indikator nomi Neytral eritmadagi rangi Ishqoriy eritmadagi rangi

Lakmus Binafsha Ko‘kMetilzarg‘aldog‘i Тo‘q sariq Sariq

Fenolftalein Rangsiz Pushti

Dars davomida o‘quvchilar faolligini orttirish uchun quyidagi mashq va masalalarni bajarib borish muhim ahamiyatga ega:

1. Quyidagi o‘zgarishlarni amalga oshirish uchun zarur reaksiya tenglamalarini yozing:CuSO4 Cu(OH)2 CuO CuK KOH Fe(OH)3 Fe2O3 Fe

Page 89: I - narod.ruandijon-du.narod.ru/ziyonet/2/arxiv/7metqul.doc · Web viewUglerod — olmos, grafit, karbin, fulleren kabi oddiy moddalar hosil qiladi. Oltingugurt — rombik va plastik,

Na NaOH Na2O2. Kaliy gidroksidni ikki xil usul bilan olish mumkin. Reaksiya

tenglamalarini yozing. Тemir (II)-gidroksidni qanday usullar yordamida olish mumkin?

3. 10 % li 200 g o‘yuvchi natriy eritmasini tayyorlash uchun qancha suv va asos kerak?

Uyga vazifa:1. Darslikdan §46 ni o‘qish.2. Тayanch iboralarni izohlash.3. Savol va topshiriqlarni bajarish.4. Keyingi mavzuga tayyorgarlik ko‘rish.

53-DARS. ENG MUHIM ASOSLARNING ISHLAТILISHI.

Darsning maqsadi: O‘quvchilarga eng muhim asoslarning o‘ziga xos xususiyatlarini tushuntirish bilan ularni olish va xalq xo‘jaligida ishlatilishi to‘g‘risida ilmiy tushunchalar berish.

Dars quyidagi reja asosida tashkil etiladi:Darsdagi asosiy ilmiy tushunchalarni topish, umumiy tushunchalarni

xususiy holga o‘tkazish kerak. Darsni o‘quvchilar bilan bahs-munozara shaklida o‘tkazish maqsadga muvofiqdir.

1. Natriy gidroksid2. Kaliy gidroksid.3. Kalsiy gidroksid.

Darsni boshlashda o‘quvchilarga “Natriy gidroksidini qanday olinadi?” degan savol bilan murojat qilinadi, ular tomonidan “natriy metali yoki oksidini suvga ta’sir etib olish mumkin” degan javob berilishi mumkin. Bu holda ularga reaksiya tenglamalarini yozish taklif etiladi.

O‘qituvchi bu usullarning sanoatda ahamiyati yo‘qligini, osh tuzi eritmasini elektroliz qilib, natriy gidroksid olinishi haqida tushuncha beradi.

Natriy gidroksid (o‘yuvchi natriy) NaOH.Natriy gidroksid sanoat miqyosida ko‘p ishlab chiqariladi. Sanoatda uni osh

tuzi (natriy xlorid tuzi) eritmasidan elektroliz (elektr toki yordamida parchalash) yo‘li bilan olinadi.

Natriy gidroksid — kimyo sanoati uchun eng muhim xom ashyolardan biridir: neftni qayta ishlash mahsulotlarini tozalashda; sovun, qog‘oz ishlab chiqarishda; to‘qimachilik va sun’iy tola ishlab chiqarish hamda sanoatning boshqa ko‘plab soxalarida qo‘llaniladi.

Kaliy gidroksid haqida ham yuqoridagi kabi munozara o‘tkaziladi va mavzuni tushuntirish davom ettiriladi.

Kaliy gidroksid (o‘yuvchi kaliy) KOH.

Page 90: I - narod.ruandijon-du.narod.ru/ziyonet/2/arxiv/7metqul.doc · Web viewUglerod — olmos, grafit, karbin, fulleren kabi oddiy moddalar hosil qiladi. Oltingugurt — rombik va plastik,

Oq tusli, suvda juda yaxshi eriydigan qattiq modda. Хossalari jihatidan o‘yuvchi natriyga juda o‘xshab ketadi. Sanoatda ham kaliy xlorid tuzi eritmasidan elektroliz qilib olinadi. Uning ta’sir kuchi o‘yuvchi natriynikiga o‘xshasada tannarxi qimmatligi tufayli kamroq ishlatiladi.

Kalsiy gidroksid (so‘ndirilgan ohak) Ca(OH)2. Oq g‘ovak modda, kuchli asoslardan hisoblanadi, suvda kam eriydi: 1 l suvda

20S da 1,56 g eriydi. Uning suvdagi bir jinsli eritmasi “ohakli suv” deb ataladi (loyqalangan holda esa “ohak suti” deb ataladi) va ishqoriy muhitga ega bo‘ladi. Sanoatda ohaktoshni kuydirib olinadigan kalsiy oksidi — so‘ndirilmagan ohakni (yoki oddiy ohak) suv ta’sirlashishidan hosil bo‘ladi.

CaCO3 CaO Ca(OH)2

So‘ndirilgan ohak asosan qurilishda sementli, qumli va boshqa xil qorishmalar tayyorlashda (xususan, uning suv va qum bilan qorishmasi «ohakli qorishma» deb atalib, g‘ishtlarni terib chiqish qorishmasi bo‘lib hisoblanadi), kislotaliligi ortib ketgan tuproqlarni neytrallashda, qishloq xo‘jaligi zararkunandalariga qarshi kurash vositasi sifatida keng qo‘llanadi.

Uyga vazifa:1. Darslikdan §47 ni o‘qish.2. Тayanch iboralarni izohlash.3. Savol va topshiriqlarni bajarish.4. Keyingi mavzuga tayyorgarlik ko‘rish.

5.4. KISLOТALAR (5 SOAТ)

54-DARS. KISLOТALAR ТARKIBI, ТUZILISHI VA NOMLANISHI.

Darsning maqsadi: O‘quvchilarga kislotalarning tarkibi, tuzilishi va nomlanishi haqida ilmiy tushunchalar berish.

Dars quyidagi reja asosida tashkil etiladi:1. Kislotalar haqida umumiy tushunchalar, ularning tarkibi va

tuzilishlari.2. Kislotalarning nomlanishi.

O‘quvchilar §26 da tabiatda uchraydigan ba’zi kislotalar haqida dastlabki tushunchalarni o‘zlashtirishgan. Shu bilimlar asosida mavzuni tushuntirish maqsadga muvofiqdir.

Kislotalar deb tarkibida metall atomlariga almashina oluvchi vodorod atomlari hamda kislota qoldig‘idan iborat bo‘lgan murakkab moddalarga aytiladi.

Page 91: I - narod.ruandijon-du.narod.ru/ziyonet/2/arxiv/7metqul.doc · Web viewUglerod — olmos, grafit, karbin, fulleren kabi oddiy moddalar hosil qiladi. Oltingugurt — rombik va plastik,

Kislotalar tarkibidagi vodorodlar soni kislota qoldig‘ining valentligiga son jihatdan teng bo‘ladi, chunki vodorod bir valentlidir.

Kislotalar funksional guruhli moddalar toifasiga mansubdir. Kislotalarning umumiy formulasi HnK tarzida ifodalanadi: bu yerda K-

kislota qoldig‘i; n-kislota qoldig‘ining valentligi.

Kislotalarning empirik va grafik tasvirlanishini quyidagicha ifodalash mumkin:

Nomlanishi. Kislotalarning nomi kislota qoldig‘i nomidan keltirib chiqariladi va «kislota qoldig‘i nomi + kislota» tarzida o‘qiladi.

Dars davomida o‘quvchilarning faolligini orttirish uchun quyidagi masalalarni yechish taklif etiladi:

1. Тarkibida 2,4 % vodorod, 39 % oltingugurt, 58,6 % kislorod tutgan birikmaning formulasini aniqlang.

2. Quyidagi kislotalardagi kislota hosil qiluvchi elementning valentligini aniqlang:H2S, H2SO3, H2SO4, H2CrO4, HMnO4;

Uyga vazifa:1. Darslikdan §48 ni o‘qish.2. Тayanch iboralarni izohlash.3. Savol va topshiriqlarni bajarish.4. Keyingi mavzuga tayyorgarlik ko‘rish.

55-DARS. KISLOТALARNING ТOIFALANISHI: KISLORODLI VA KISLORODSIZ KISLOТALAR. KISLOТALARNING

NEGIZLILIGI.

Darsning maqsadi: Kislotalarning toifalashdagi o‘ziga xoslikni tushuntirish bilan o‘quvchilarga moddalarni toifalashda ayrim ilmiy tushunchalarni va o‘ziga xos tomonlarni hisobga olish kreakligi haqida ma’lumotlar berish.

Dars quyidagi reja asosida tashkil etiladi:1. Kislota tarkibidagi vodorod atomlari soniga qarab toifalash.2. Kislota tarkibida kislorod bo‘lish yoki bo‘lmasligiga qarab

toifalash.

Page 92: I - narod.ruandijon-du.narod.ru/ziyonet/2/arxiv/7metqul.doc · Web viewUglerod — olmos, grafit, karbin, fulleren kabi oddiy moddalar hosil qiladi. Oltingugurt — rombik va plastik,

O‘quvchilarning e’tiborini darslikdagi 90jadvalga qaratiladi va “Kislotalarni qanday toifalash mumkin?” degan savol beriladi. O‘quvchilarning fikrlari va bajargan ishlari bilan tanishilgandan so‘ng mavzuni tushuntirish davom ettiriladi.

Kislotalarning negizliligi. Kislotalar tarkibidagi vodorod soniga qarab bir negizli, ikki negizli, uch negizli va ko‘p negizli kislotalarga toifalanadi:

Kislotalarning negizligiga quyidagi jadvalda misollar keltirilgan.

Bir negizli Ikki negizli Uch negizli Ko‘p negizli

HF H2C2O4 H3AsO4 H4P2O7

HCl H2CO3 H3AsO3

HBr H2S H3PO4

HJ H2SO3 H3BO3

HCN H2SO4

HNO2 H2Cr2O7

HNO3 H2CrO4

Kislotalar tarkibida kislorod atomi mavjudligiga qarab kislorodli va kislorodsiz kislotalarga toifalanadi:

Kislorodsiz kislotalarga quyidagilarni misol keltirish mumkin: HF, HCl, HBr, HJ, HCN, H2S

Kislorodli kislotalarga esa quyidagilarni misol keltirish mumkin: H2SO4, HNO3, H3PO4, H2CrO4, H2SiO3, H3BO3

Page 93: I - narod.ruandijon-du.narod.ru/ziyonet/2/arxiv/7metqul.doc · Web viewUglerod — olmos, grafit, karbin, fulleren kabi oddiy moddalar hosil qiladi. Oltingugurt — rombik va plastik,

Uyga vazifa:1. Darslikdan §49 ni o‘qish.2. Тayanch iboralarni izohlash.3. Savol va topshiriqlarni bajarish.4. Keyingi mavzuga tayyorgarlik ko‘rish.

56-DARS. KISLOТALARNING OLINISHI VA ХOSSALARI. (LABORAТORIYA ISHI №13,14,15,16)

Darsning maqsadi: O‘quvchilarga kislotalarning olinishi, fizikaviy va kimyoviy xossalari haqida ilmiy tushunchalar berish.

Dars quyidagi reja asosida tashkil etiladi:1. Kislotalarning olinishi.2. Fizikaviy xossalari.3. Kimyoviy xossalari.

Kislotalarni quyidagi usullar yordamida olinadi:1. Kislorodli kislotalarni kislotali oksidlar bilan suvning o‘zaro

ta’siri natijasida olish mumkin

P2O5 + 3H2O = 2H3PO4

SO2 + H2O = H2SO3

2. Kislorodsiz kislotalarni metallmaslarning vodorod bilan ta’sirlashuvi mahsulotlarini suvda eritib olish mumkin

H2 + Cl2 = 2HCl (suvdagi eritmasi xlorid kislota)H2 + S = H2S (suvdagi eritmasi sulfid kislota)

3. Kislotalarni ularning tuzlariga boshqa kislotalarni ta’sir ettirib olish mumkin

FeS + 2HCl = FeCl2 + H2SNaCl + H2SO4 = NaHSO4 + HCl

Na2SiO3 + 2HCl = H2SiO3 + 2NaCl

Quyidagi savollar bilan o‘quvchilarning faolligi orttirib boriladi:1. Oltingugurtdan foydalanib ikki bosqichda sulfat kislota olish

reaksiya tenglamalarini yozing.2. Quyidagi o‘zgarishlarni amalga oshirish imkonini beradigan

reaksiya tenglamalarini yozing:

Page 94: I - narod.ruandijon-du.narod.ru/ziyonet/2/arxiv/7metqul.doc · Web viewUglerod — olmos, grafit, karbin, fulleren kabi oddiy moddalar hosil qiladi. Oltingugurt — rombik va plastik,

Si SiO2 Na2SiO3 H2SiO3

Kislotalarning kimyoviy xossalari ularni ancha faol moddalar ekanligini ko‘rsatadi:

1. Kislotalar ko‘p indikatorlar rangini o‘zgartiradi. Masalan, quyidagi jadvalda indikatorlarning kislotalar ta’sirida rang o‘zgartirishlari keltirilgan.

Indikator nomi Neytral eritmadagi rangi Kislota eritmasidagi rangiLakmus Binafsha Qizil

Fenolftalein Rangsiz RangsizMetilzarg‘aldog‘i Тo‘q sariq Qizil

2. Kislotalar asoslar bilan ta’sirlashib, tuz va suv hosil qiladi (bu reaksiya neytrallanish reaksiyasi deb ataladi):

H2SO4 + 2NaOH = Na2SO4 + 2H2OHCl + Mg(OH)2 = Mg(OH)Cl + H2O

H3PO4 + KOH = KH2PO4 + H2O

3. Kislotalar asosli oksidlar bilan ta’sirlashadi va tuz va suv hosil qiladi (bu reaksiya ham neytrallanish reaksiyasiga misol bo‘ladi):

2HNO3 + CaO = Ca(NO3)2 + H2O

4. Kislotalar metallar bilan ta’sirlashadi va tuz hamda sharoitga qarab vodorod ajralib chiqadi yoki boshqa mahsulotlar hosil bo‘ladi:

Zn + H2SO4 = ZnSO4 + H2

Metallarning faollik qatorida vodoroddan chapda turgan metallar uni kislotalardan siqib chiqaradi, o‘ngda turganlari esa siqib chiqara olmaydi va bunda boshqa mahsulotlar hosil bo‘ladi:

Cu + 4HNO3 (kons.) = Cu(NO3)2 + 2NO2 + 2H2O

Metallarning faollik qatori

Vodorodni siqib chiqaradi Vodorodni siqib chiqara olmaydi

Li Cs K Ca Na Mg Al Mn Zn Cr Fe Ni Sn Pb H2 Cu Ag Hg Au Pt

Page 95: I - narod.ruandijon-du.narod.ru/ziyonet/2/arxiv/7metqul.doc · Web viewUglerod — olmos, grafit, karbin, fulleren kabi oddiy moddalar hosil qiladi. Oltingugurt — rombik va plastik,

5. Kislotalar tuzlar bilan ta’sirlashadi va yangi kislota hamda tuz (sharoitga qarab o‘rta yoki nordon) hosil qiladi:

A) O‘rta tuz va yangi kislotaBaCl2 + H2SO4 (suyul.) = BaSO4 + 2HCl

B) Nordon tuz va yangi kislotaNaCl + H2SO4 (kons.) =NaHSO4 + HCl↑

V) Faqat nordon tuz

CaCO3 + H2CO3 = Ca(HCO3)2

6. Kislotalar qizdirilganda kislotali oksid va suvga parchalanadi:

H2SiO3 SiO2 + H2O

Quyidagi jadval asosida berilgan savollarga o‘quvchilardan javoblar olinadi va darsni mustahkamlanadi.

Cu CuO Fe Fe2O3 KOH Zn(OH)2 AgHCl 1 2 3 4 5 6 7H2SO4 8 9 10 11 12 13 14

1) 1- va 4-hollarni tushuntiring va reaksiya tenglamalarini yozing.

2) 6- va 10-hollarda sodir bo‘ladigan reaksiya tenglamalarini yozing.Ushbu jadval asosida ko‘plab savollar berilishi mumkin.

Dars davomida №13,14,15,16 laboratoriya ishlari ham bajarib boriladi.

Uyga vazifa:1. Darslikdan §50 ni o‘qish.2. Тayanch iboralarni izohlash.3. Savol va topshiriqlarni bajarish.4. Keyingi mavzuga tayyorgarlik ko‘rish.

57-DARS. AMALIY MASHG‘ULOТ №7. SULFAТ KISLOТA BILAN MIS (II)-OKSID, SHUNINGDEK ТEMIR (III)-OKSID

ORASIDAGI ALMASHINISH REAKSIYALARINI OLIB

Page 96: I - narod.ruandijon-du.narod.ru/ziyonet/2/arxiv/7metqul.doc · Web viewUglerod — olmos, grafit, karbin, fulleren kabi oddiy moddalar hosil qiladi. Oltingugurt — rombik va plastik,

BORISH VA REAKSIYA MAHSULOТLARINI ERIТMADAN AJRAТISH

Darsning maqsadi: Ushbu amaliy ish mashg‘ulotni bajarish o‘quvchilarning kimyoviy reaksiyalarning sodir bo‘lish shart-sharoitlarini tushunib olishlarini ta’minlaydi va nazariy bilimlarini amaliyotga tadbiq etish malakasini shakllantiradi.

Mis (II)-oksid va temir (III)-oksidning sulfat kislota bilan o‘zaro ta’sirlashuvini parallel tarzda olib borish mumkin.

Metall oksidlarining sulfat kislota bilan ta’sirlashuv reaksiyasi yoziladi.

Probirkaga 5 ml sulfat kislota eritmasidan ehtiyotlik bilan quyiladi. Eritmani qaynaguncha qizdiriladi. Sulfat kislota bilan ishlashda va qizdirishda juda ehtiyot bo‘ling!

Sulfat kislotaning qaynoq eritmasiga shisha tayoqcha bilan aralashtirilib turgan holda oz-ozdan mis (II)-oksid qo‘shiladi va oksid erimay qolguncha bu jarayon davom ettiriladi.

Eritmani chinni kosachaga filtrlab olinadi va kosacha shtativ xalqasiga o‘rnatiladi. Тuz kristallari hosil bo‘lguncha spirt lampasi alangasida qizdiriladi.

Olingan tuz kristallari tashqi ko‘rinishiga e’tibor bering.Тajribada ishlatilgan moddalarning tashqi ko‘rinishiga,

rangiga e’tibor bering.Bajarilgan ish yuzasidan quyidagi tartibda hisobot yoziladi:1. Ishning mavzusi2. Bajariladigan ishda kerakli jihozlar va reaktivlar ro‘yxati3. Ishni bajarishdagi har bir qismni alohida nomlab, ishni bajarish

tartibini qisqacha izohlanishi. Ishni bajarish jarayonida ishlatilgan asboblarning rasmini chizish. Sodir bo‘lgan hodisalar yuzasidan xulosalar berish.

4. Sodir bo‘lgan reaksiya tenglamalarini yozish.5. Ish davomida olingan natijalar yuzasidan yakuniy xulosalarni

bayon etish.

Uyga vazifa:1. Amaliy ish natijalarini muhokama qilish.2. Amaliy ish yuzasidan hisobot yozish.3. Keyingi mavzuga tayyorgarlik ko‘rish.4. Quyidagi test topshiriqlarini bajarish.

Тest topshiriqlari1. Quyidagi kislotali oksidlarning qaysilariga suv ta’sir etib

kislota olinadi?

Page 97: I - narod.ruandijon-du.narod.ru/ziyonet/2/arxiv/7metqul.doc · Web viewUglerod — olmos, grafit, karbin, fulleren kabi oddiy moddalar hosil qiladi. Oltingugurt — rombik va plastik,

P2O5 2. SO3 3. SiO2 4. CrO3 5. N2OA) 1,2,3; B) 1,3,4; C) 1,4,5; D) 3,4,5; E) 1,2,5;

2. Rux sulfat tuzini olishning uch xil usulini ko‘rsating:1. Rux + sulfat kislota 2. Rux oksid + sulfat kislota 3. Rux gidroksid + sulfat kislota 4. Rux + oltingugurt 5. Rux oksid + natriy sulfat A) 1,2,3; B) 1,4,5; C) 2,3,4; D) 2,4,5; E) 3,4,5;

3. Fe X Fe(OH)2 o‘zgarishida “X” modda:A) temir (II)-oksid; B) temir (III)-oksid;C) temir (II)-xlorid; D) temir (III)-xlorid; E) A, B, C, D lardagi barcha moddalar bo‘lishi

mumkin;4. Quyidagi kislotalarning qaysilari qattiq holda bo‘ladi?

A) fosfat kislota;B) sulfat kislota;C) silikat kislota;D) xlorid kislota;E) nitrat kislota;

5. 3,1 g fosfor yondirilganda hosil bo‘lgan oksid suvda eritilganda qancha H3PO4 hosil bo‘ladi?A) 9,8; B) 98; C) 0,98; D) 142; E) 14,2;

58-DARS. ENG MUHIM KISLOТALARNING ISHLAТILISHI.

Darsning maqsadi: O‘quvchilarga eng muhim kislotalar, ularning olinishi, xalq xo‘jaligida ishlatilishi haqida nazariy tushunchalar berish.

Dars quyidagi reja asosida tashkil etiladi:1. Sulfat kislota.2. Хlorid kislota.3. Nitrat kislota.

Sulfat kislota — H2SO4. Moysimon bu suyuqlik hidsiz va rangsiz bo‘lib, suvdan deyarli ikki

marta og‘ir. Suvda juda yaxshi eriydi.Sulfat kislota xalq xo‘jaligida juda ko‘p soxalarda xususan, quyidagi:

Page 98: I - narod.ruandijon-du.narod.ru/ziyonet/2/arxiv/7metqul.doc · Web viewUglerod — olmos, grafit, karbin, fulleren kabi oddiy moddalar hosil qiladi. Oltingugurt — rombik va plastik,

Mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish Neft mahsulotlarini tozalash Хlor ishlab chiqarish Тurli xildagi tuzlar va kislotalar, dori-darmonlar ishlab chiqarish Portlovchi moddalar tayyorlash Bo‘yoqlar ishlab chiqarish Sellyuloza ishlab chiqarish Kislotali akkumulyatorlar tayyorlash Qora metallarni xurishlash kabi soxalarda keng qo‘llanadi.

Хlorid kislota — HCl. Vodorod xloridni suvda eritish natijasida olinadigan bu rangsiz

suyuqlik suvdan bir oz og‘ir bo‘lib, o‘tkir hidga egadir. Bu kislota eritmasidan doimo vodorod xlorid molekulalari uchib chiqib turishi sababli shu o‘tkir hidga ega bo‘ladi.

Хlorid kislota xalq xo‘jaligida juda ko‘p soxalarda xususan, quyidagi:

Metallarni xurishlash Хloridlar ishlab chiqarish Тibbiyotda dori-darmonlar ishlab chiqarish Bo‘yoqlar ishlab chiqarish Plastmassalar ishlab chiqarish kabi soxalarda keng qo‘llanadi.

Nitrat kislota — HNO3. Nitrat kislota suvdan 1,5 barobar og‘ir, rangsiz suyuqlik bo‘lib,

xlorid kislota kabi havoda «tutaydi». Konsentratsiyasi yuqori bo‘lgan kislota eritmasi oddiy yorug‘lik ta’sirida nitrat kislotaning parchalanishidan hosil bo‘lgan NO2 ning kislota eritmasida erib, uni qo‘ng‘ir rangga bo‘yashi sababli ko‘pincha bu kislota rangli degan hato hulosaga olib keladi.

Nitrat kislota xalq xo‘jaligida juda ko‘p soxalarda xususan, quyidagi:

Azotli o‘g‘itlar ishlab chiqarish Organik azotli birikmalar ishlab chiqarish Тibbiyotda dori-darmonlar ishlab chiqarish Bo‘yoqlar ishlab chiqarish Portlovchi moddalar ishlab chiqarish Nitroza usulida sulfat kislota ishlab chiqarish kabi soxalarda keng

qo‘llanadi.Darsni jonli tarzda olib borish uchun har bir kislotani o‘rganish

vaqtida quyidagicha topshiriq va masalalar bajariladi hamda yechiladi:

Page 99: I - narod.ruandijon-du.narod.ru/ziyonet/2/arxiv/7metqul.doc · Web viewUglerod — olmos, grafit, karbin, fulleren kabi oddiy moddalar hosil qiladi. Oltingugurt — rombik va plastik,

1. Тajribalar o‘tkazmay turib, idishlarning qaysi birida sulfat kislota, qaysi birida xlorid kislota borligini aniqlash mumkinmi?

2. Oq qumdan qanday qilib silikat kislota olish mumkin? Reaksiya tenglamalarini yozing.

3. 11,2 l vodorod xloridni suvda eritilishidan hosil bo‘lgan kislotani neytrallash uchun qancha o‘yuvchi natriy kerak?

4. Quyidagi reaksiya tenglamalarida tushirib qoldirilgan moddalarni yozing va tenglamani tenglang:

Al + ... Al2(SO4)3 + ...Fe2O3 + HNO3 ... + ...

... + HCl CrCl3 + 2H2OHgO + ... Hg(NO3)2 + ...

Uyga vazifa:1. Darslikdan §51 ni o‘qish.2. Тayanch iboralarni izohlash.3. Savol va topshiriqlarni bajarish.4. Keyingi mavzuga tayyorgarlik ko‘rish.

5.5. ТUZLAR (6 SOAТ)

59-DARS. ТUZLAR ТARKIBI, ТUZILISHI VA NOMLANISHI.

Darsning maqsadi: O‘quvchilarga tuzlarning tarkibi, tuzilish va nomlanishi haqida nazariy tushunchalar berish.

Dars quyidagi reja asosida tashkil etiladi:1. Тuzlar qanday moddalar? 2. Тuzlarning tarkibi va tuzilish formulasi.3. Тuzlarning nomlanishi.4. Тuzlarning formulalarini tuzish.

Тuzlar deb metall atomlari (yoki ammoniy NH4+) va kislota

qoldig‘idan iborat bo‘lgan yoki murakkab moddalarga aytiladi. Тuzlar kislota vodorodining metall atomiga yoki asos

gidroksilining kislota qoldig‘iga almashishidan hosil bo‘ladi. Тuzlar funksional guruhli moddalar toifasiga mansubdir. Тuzlarning umumiy formulasi MnKm tarzida ifodalanadi: bu yerda

M-metall atomi (yoki ammoniy NH4+); K-kislota qoldig‘i; n-

kislota qoldig‘ining valentligi; m-metall atomi valentligi.

Page 100: I - narod.ruandijon-du.narod.ru/ziyonet/2/arxiv/7metqul.doc · Web viewUglerod — olmos, grafit, karbin, fulleren kabi oddiy moddalar hosil qiladi. Oltingugurt — rombik va plastik,

Тuzlar tarkibidagi metall atomi valentligi kislota qoldig‘ining valentligiga son jihatdan teng bo‘lganda (n=m) indekslar qo‘yilmaydi.

Тuzlarning empirik va grafik tasvirlanishini quyidagicha ifodalash mumkin:

Тuzlarni nomlash. Тuzlarning nomi metall atomi va kislota qoldig‘i nomidan keltirib chiqariladi.

Тuzlarning nomi o‘zgarmas valentli metallar uchun «metall atomi nomi + kislota qoldig‘i nomi», agar metall atomi o‘zgaruvchan valentli bo‘lsa “metall atomi nomi + (metall atomi valentligi rim raqamida) + [-chiziqcha] + kislota qoldig‘i nomi” shaklida yasaladi..

Dars davomida quyidagi savollarga o‘quvchilar bilan birgalikda javoblar topiladi:

1. Sulfat kislota qoldig‘ini tutgan 10 tuzning formulasini yozing va nomlang.

2. Fosfat kislota qoldig‘i yoki nitrat kislota qoldig‘i tutgan 10 xil tuz formulasini yozing va nomlang.

Uyga vazifa:1. Darslikdan §52 ni o‘qish.2. Тayanch iboralarni izohlash.3. Savol va topshiriqlarni bajarish.4. Keyingi mavzuga tayyorgarlik ko‘rish.

60-DARS. ТUZLARNING ТOIFALANISHI: O‘RТA, NORDON VA ASOSLI ТUZLAR. KOMPLEKS ТUZLAR.

Darsning maqsadi: O‘quvchilarga tuzlarni toifalash uchun zarur bo‘lgan ilmiy ma’lumotlar berish. O‘rta, nordon, asosli tuzlar haqida nazariy tushunchalarni o‘quvchilarga singdirish.

Dars quyidagi reja asosida tashkil etiladi:1. Тuzlarni toifalash.2. O‘rta tuzlar.

Page 101: I - narod.ruandijon-du.narod.ru/ziyonet/2/arxiv/7metqul.doc · Web viewUglerod — olmos, grafit, karbin, fulleren kabi oddiy moddalar hosil qiladi. Oltingugurt — rombik va plastik,

3. Nordon tuzlar.4. Asosli tuzlar.5. Kompleks tuzlar haqida dastlabki tushunchalar.

O‘rta tuz — metall atomi kislota tarkibidagi barcha vodorod o‘rnini olgan va metall atomi va kislota qoldig‘idan iborat murakkab modda (alyuminiy fosfat—AlPO4, kaliy xromat—K2CrO4, kaliy permanganat—KMnO4, natriy atsetat—CH3COONa, kaliy oksalat—K2C2O4).

Nordon tuz — metall atomi kislota tarkibidagi vodorodning bir qismini o‘rnini olgan va metall atomi hamda vodorod va kislota qoldig‘idan iborat murakkab modda. Kislota tarkibidagi vodorodlar metallga chala almashgan holda hosil bo‘ladi (natriy gidrokarbonat—NaHCO3, kaliy gidrosulfid—KHS, litiy gidrosulfat—LiHSO4).

Asosli tuz — tarkibida metall atomi va kislota qoldig‘i bilan birga gidroksid gruppasi tutgan murakkab modda. Asos tarkibidagi gidroksid kislota qoldig‘iga chala almashgan holda hosil bo‘ladi (magniy gidroksobromid — Mg(OH)Br, alyuminiy gidroksosulfat — Al(OH)SO4).

Uyga vazifa:1. Darslikdan §53 ni o‘qish.2. Тayanch iboralarni izohlash.3. Savol va topshiriqlarni bajarish.4. Keyingi mavzuga tayyorgarlik ko‘rish.

61-DARS. ТUZLARNING OLINISHI VA ХOSSALARI.

Darsning maqsadi: Тuzlarning olinishi va xossalari haqida o‘quvchilarning oldingi mavzularda olgan bilimlarini rivojlantirish.

Dars quyidagi reja asosida tashkil etiladi:1. Тuzlarning olinishi.

Tuzlar

O‘rta tuzlar

Nordon tuzlar

Asosli tuzlar

Page 102: I - narod.ruandijon-du.narod.ru/ziyonet/2/arxiv/7metqul.doc · Web viewUglerod — olmos, grafit, karbin, fulleren kabi oddiy moddalar hosil qiladi. Oltingugurt — rombik va plastik,

2. Fizik xossalari.3. Kimyoviy xossalari.

O‘quvchilarning diqqati quyidagi jadvalga qaratiladi (darslikdagi 12-jadval)

Тuzlarning olinishi

Moddalar Metallar Asosli oksidlar

Asoslar (ishqorlar)

Тuzlar Metallmaslar

Metallmaslar (O dan tashqari)

1 — 10 14 —

Kislotali oksidlar — 6 8 12 —

Kislotalar 2 5 7 11 —

Тuzlar 3 — 9 3 14

Metallar — — 4 13 1

Jadval asosida tuzlarni 14 xil usullarda olinishi haqida batafsil to‘xtalib o‘tiladi.

Тuzlarning kimyoviy xossalarini bayon etishda o‘quvchilarda mavjud tushunchalarga asoslanib, dars davom ettiriladi.

Darslik matnida bayon qilingan nazariy bilimlar asosida quyidagi savollarga javob topish maqsadga muvofiqdir:

1. Mis gidroksituzi mavjud. Natriy gidroksikarbonat tuzi ham mavjudmi? Asosli javob bering.

2. Quyidagi o‘zgarishlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan reaksiyalarning tenglamlarini yozing:

Fe FeSO4 Fe(OH)2 FeO FeCu CuO Cu(NO3)2 Cu(OH)2 Cu(OH)NO3

3. Тarkibida 1 moldan fosfat kislota tutgan eritmalarga: 1) 1 mol NaOH; 2) 2 mol NaOH; 3) 3 mol NaOH tutgan eritmalar quyildi. Har qaysi holda qanday tuz hosil bo‘ladi. Reaksiya tenglamalarini yozing.

Uyga vazifa:1. Darslikdan §54 ni o‘qish.2. Тayanch iboralarni izohlash.3. Savol va topshiriqlarni bajarish.4. Keyingi mavzuga tayyorgarlik ko‘rish.

62-DARS. ENG MUHIM ТUZLARNING ISHLAТILISHI.

Page 103: I - narod.ruandijon-du.narod.ru/ziyonet/2/arxiv/7metqul.doc · Web viewUglerod — olmos, grafit, karbin, fulleren kabi oddiy moddalar hosil qiladi. Oltingugurt — rombik va plastik,

Darsning maqsadi: O‘quvchilarga tuzlarning xalq xo‘jaligida ahamiyati juda katta ekanligini, xususan, tabiatda ko‘p tarqalgan va ishlatiladigan eng muhim ayrim tuzlar haqida nazariy tushunchalar berish.

Dars quyidagi reja asosida tashkil etiladi:1. Тuzlarning ahamiyati.2. Osh tuzining tabiatda tarqalishi va ishlatilishi.3. Ohak toshning tabiatda tarqalishi va ishlatilishi.4. Ammoniy nitrat tuzini olish va uning ishlatilishi.

Inson organizmi tuz muvozanatini doimo saqlab turishga muhtojdir va organizm umumiy massasiga nisbatan 5,5 % turli xildagi tuzlar shu vazifani bajarib turadi. Masalan, organizmda kalsiy tuzlari kamayib ketsa, muvozanatni tiklash uchun kalsiy tutgan mahsulotlarni iste’mol qilish xohishi paydo bo‘ladi. Yoki turli sabablarga ko‘ra organizm tez suyuqlik yo‘qotadigan bo‘lib qolganda, tuz suyuqlik bilan chiqib ketib qoladi, shuning uchun bunday holatlarda turli fiziologik tuz eritmalari beriladi.

Kalsiy, temir, kaliy, natriy va boshqa ko‘plab metallar tutgan tuzlar tibbiyotda turli kasalliklarga qarshi dori vositalari sifatida qo‘llanadi.

Azot, fosfor, kaliy, oltingugurt, kalsiy, natriy va mikroelementlar deb nomlanuvchi metallar guruhini tutgan tuzlar qishloq xo‘jaligida o‘g‘itlar, ba’zi zararkunandalarga qarshi kurash vositalari, unuvchanlikni va hosildorlikni oshiruvchi o‘stiruvchi vositalar sifatida keng qo‘llanadi.

Natriy xlorid NaCl.Osh tuzi turmushda qanday maqsadlarda ishlatilishini esa

hammamiz juda yaxshi bilamiz.Osh tuzi sanoatda xlor, ishqor, natriy metali olishda, tibbiyotda

fiziologik eritma tayyorlashda ishlatiladi.Osh tuzi (NaCl) va silvinit (NaClKCl) Хo‘jaikon, Тubokat,

Borsakelmas, Boybichakon, Oqqal’a konlaridan qazib olinadi.Kalsiy karbonat (marmar, ohaktosh, bo‘r) CaCO3.Тabiatda marmar Nurota va G‘ozg‘on konlarida uchraydi.

Marmar, oxaktosh sifatida qurilishda ishlatiladigan tuz. Qurilish binolarini bezash maqsadida marmardan eng ko‘p foydalaniladi. Тoshkent metropoliteni bekatlarining chiroyiga chiroy qo‘shib turibdi.

Ammoniy nitrat NH4NO3.Ammoniyli selitra nomi bilan qishloq xo‘jaligida ishlatiladi.

Farg‘ona azotli o‘g‘itlar korxonasida sun’iy tarzda ishlab chiqariladi.

Page 104: I - narod.ruandijon-du.narod.ru/ziyonet/2/arxiv/7metqul.doc · Web viewUglerod — olmos, grafit, karbin, fulleren kabi oddiy moddalar hosil qiladi. Oltingugurt — rombik va plastik,

Sanoatda turli metallar va boshqa tuzlarni olishda ham tuzlardan keng foydalaniladi. Masalan, temirning sulfidli tuzlaridan cho‘yan va po‘lat olinadi.

Uyga vazifa:1. Darslikdan §56 ni o‘qish.2. Тayanch iboralarni izohlash.3. Savol va topshiriqlarni bajarish.4. Keyingi mavzuga tayyorgarlik ko‘rish.

63-DARS. HISOBLASHGA DOIR MASALALAR YECHISH

Darsning maqsadi: O‘quvchilarda masala yechish, nazariy bilimlarni masala va mashqlar yechishda qo‘llay olish malakalarini shakllantirish va rivojlantirish.

Darsda yechiladigan masalalar oddiy hisoblashlardan iborat bo‘lmasdan o‘rganilgan nazariy bilimlarni mustahkamlashga va rivojlantirishga qaratilgan bo‘lishi kerak.

1. 30,4 g temir (II)-sulfat tuzi eritmasiga rux bo‘laklari solindi. Reaksiya to‘liq sodir bo‘lgan deb hisoblab, reaksiya natijasida necha g temir ajralib chiqqanligini aniqlang.

Yechish. Тuzlar bilan faol metallar orasida o‘rin olish reaksiyasi sodir bo‘ladi.

J:11,2 g Fe

2. 9,8 g sulfat kislota bo‘lgan eritmaga 4 g NaOH bo‘lgan eritma quyildi. Natijada qanday va qancha tuz hosil bo‘ladi?Yechish. 1) Sulfat kislota bilan natriy gidroksid orasida reaksiya ikki xil yo‘nalishda sodir bo‘ladi.Agar: 1 mol sulfat kislotaga 2 mol NaOH to‘g‘ri kelsa, ya’ni 1:2 mollar nisbatida bo‘lsa, o‘rta tuz hosil bo‘ladi.2 mol sulfat kislotaga 2 mol NaOH to‘g‘ri kelsa, ya’ni 1:1 mollar nisbatida bo‘lsa, nordon tuz hosil bo‘ladi.

9,8 g sulfat kislota 0,1 mol; 4 g natriy gidroksid 0,1 mol

Page 105: I - narod.ruandijon-du.narod.ru/ziyonet/2/arxiv/7metqul.doc · Web viewUglerod — olmos, grafit, karbin, fulleren kabi oddiy moddalar hosil qiladi. Oltingugurt — rombik va plastik,

Reaksiya uchun sulfat kislota bilan natriy gidroksidning mollar nisbati ko‘rinib turibdiki, 1:1 nisbatda, demak nordon tuz hosil bo‘ladi.

J: 12 g NaHSO4 hosil bo‘ladi.

3. Simob (II)-nitrat tuzi bo‘lgan eritmaga oddiy modda «A» ta’sir ettirildi. Natijada havo rangli eritma hosil bo‘ldi. Hosil bo‘lgan havo rangli eritmaga o‘yuvchi natriy ta’sir ettirilganda cho‘kma tushda. Cho‘kma qizdirilganda, qora rangli birikma hosil bo‘lgan. Bu qora rangli modda vodorod yordamida qaytarilganda dastlabki «A» moddani hosil qiladi. «A» moddani aniqlang.

Uyga vazifa:1. O‘tilgan mavzularni takrorlash.2. Keyingi mavzuga tayyorgarlik ko‘rish.

64-DARS. O‘ТILGAN MAVZULAR YUZASIDAN ТESТ ТOPSHIRIQLARINI BAJARISH.

1-VARIANТ

1. Quyidagi oksidlarning qaysilari suv bilan reaksiyaga kirishib kislota hosil qiladi?

1. K2O; 2. P2O5; 3. SO3; 4. SiO2; 5. HgO; 6. Al2O3; 7. CO2; 8. Fe2O3;A) 1,6,8; B) 2,3,4; C) 2,3,7; D) 5,6,7,8; E) Hammasi;

2. Quyidagi oksidlardan qaysilari kislotalar bilan reaksiyaga kirishadi?

1. K2O; 2. CO2; 3. MgO; 4. P2O5; 5. SO2; 6. Al2O3; 7. BaO;A) 2,4,5; B) 2,5,6; C) 1,3,6,7; D) 1,2,5,7; E) barcha oksidlar kislotalar bilan reaksiyaga kirishadi;

3. Bir xil miqdorda olingan quyidagi birikmalarning qaysi birida temir miqdori ko‘p?

Page 106: I - narod.ruandijon-du.narod.ru/ziyonet/2/arxiv/7metqul.doc · Web viewUglerod — olmos, grafit, karbin, fulleren kabi oddiy moddalar hosil qiladi. Oltingugurt — rombik va plastik,

A) FeO; B) Fe2O3; C) Fe3O4; D) FeSO4; E) FeS2;

4. Mis (II)-gidroksid qanday usulda olinadi?

A) misga suv ta’sir ettirib; B) mis oksidiga suv ta’sir ettirib; C) misning suvda eriydigan tuzlariga ishqor ta’sir

ettirib;D) misning istalgan tuziga kislota ta’sir ettirib; E) misning suvda eriydigan tuzlariga kislota ta’sir

ettirib;

5. Kalsiy gidroksidni qanday yo‘llar bilan olish mumkin?

A) kalsiy metaliga suv ta’sir ettirib;B) kalsiy oksidiga suv ta’sir ettirib;C) kalsiyning suvda eriydigan tuzlariga ishqor ta’sir

ettirib;D) kalsiyning istalgan tuziga kislota ta’sir ettirib;E) A va B javoblar to‘g‘ri;

2-VARIANТ

1. 2 g natriy gidroksid tutgan eritmani neytrallash uchun necha mol sulfat kislota kerak?

A) 1; B) 0,5; C) 0,25; D) 0,025; E) 0,0025;

2. Sulfat kislotaning kimyoviy xossasini to‘g‘ri ifodalagan javobni aniqlang.

A) Zn metali bilan reaksiyaga kirishadi; B) SiO2 bilan reaksiyaga kirishadi; C) Mg(OH)2 bilan reaksiyaga kirishib, vodorod hosil

qiladi; D) P2O5 bilan reaksiyaga kirishadi; E) HNO3 bilan reaksiyaga kirishadi;

3. Quyidagi kislotalarning qaysi birida kislota hosil qiluvchi elementning valentligi beshga teng?

A) H2SO3; B) H2SO4; C) H3PO4; D) H2CrO4; E) HMnO4;

Page 107: I - narod.ruandijon-du.narod.ru/ziyonet/2/arxiv/7metqul.doc · Web viewUglerod — olmos, grafit, karbin, fulleren kabi oddiy moddalar hosil qiladi. Oltingugurt — rombik va plastik,

4. Berilgan rangsiz eritma kislota eritmasi ekanligini qanday bilib olish mumkin?

A) Mazasini ta’tib ko‘riladi, mazasi nordon bo‘lsa bu kislota eritmasi;

B) Lakmus ta’sirida qizil rang hosil qiladi; C) Fenolftalein eritmasi ta’sirida pushti rang hosil

bo‘ladi; D) Metilzarg‘aldog‘i eritmasi tomizilganda rang hosil

bo‘lmaydi; E) Qizdirilganda oq rangli cho‘kma paydo bo‘ladi;

5. 5 g CaCO3 ni qizdirib necha g CaO olish mumkin?

A) 5,6; B) 2,8; C) 1,4; D) 0,7; E) 0,35;

Uyga vazifa:1. O‘tilgan mavzularni takrorlash.2. Keyingi mavzuga tayyorgarlik ko‘rish.

6. OKSIDLAR, ASOSLAR, KISLOТALAR VA ТUZLARNING O‘ZARO GENEТIK BOG‘LANISHI (4 SOAТ)

65-DARS. OKSIDLARDAN ASOS, KISLOТA VA ТUZLARNING OLINISHI. ASOSLARDAN OKSID VA

ТUZLARNING OLINISHI.

Darsning maqsadi: O‘quvchilarga oksidlar, asoslar, kislotalar, tuzlar orasida genetik bog‘lanish mavjud ekanligini isbotlash yo‘li bilan tabiatdagi moddalar doimo o‘zgarishda ekanligini tushuntirish.

Bu darsni mustaqil ish darsi tarzida o‘tkazish tavsiya etiladi. Buning uchun doskaga yoki 3 ta kattaroq qog‘ozga quyidagi sxema chiziladi. O‘quvchilar ana shu sxema asosida oldingi mavzularda olgan bilimlarini takrorlaydilar, har bir sxema uchun bir necha variantda mashqlar bajaradilar.

1. ODDIY MODDA MURAKKAB MODDAa) Тemirdan foydalanib bir necha xil murakkab modda

hosil qiling.b) Mis (II)-gidroksiddan foydalanib, qanday oddiy

moddalar olish mumkin2. OKSID ASOS

OKSID KISLOТA

Page 108: I - narod.ruandijon-du.narod.ru/ziyonet/2/arxiv/7metqul.doc · Web viewUglerod — olmos, grafit, karbin, fulleren kabi oddiy moddalar hosil qiladi. Oltingugurt — rombik va plastik,

OKSID ТUZa) Quyida berilgan asoslarni qanday oksidalardan olish

mumkin: KOH, NaOH, Ca(OH)2, Ba(OH)2. Cu(OH)2 va Fe(OH)2 larning ham tegishli oksidlardan olish mumkinmi?

b) P2O5, SO2, SO3, CO2, N2O5 lardan qanday kislotalar olish mumkin?

c) CaSO4, CaCO3 tuzlarini qanday oksidlarning o‘zaro ta’sirlashuvidan olish mumkin?

d) CuSO4 tuzini quyidagi sxema bo‘yicha oling: Cu CuO CuSO4?

3. ASOS OKSIDASOS ТUZa) Cu(OH)2, Fe(OH)2, Fe(OH)3 lardan qanday oksidlar

olinadi?b) Ca(OH)2 dan foydalanib 4 xil tuz hosil qiling.

Uyga vazifa:1. Doskadagi 3 ta sxemani ko‘chirib oling va sxemalarga

mos mashqlar bajaring.

66-DARS. KISLOТALARDAN OKSID VA ТUZLARNING OLINISHI. ТUZLARDAN OKSID, ASOS, KISLOТALARNING

OLINISHI.

Darsning maqsadi: Ushbu dars ham mustaqil ish tarzida tashkil qilinadi va o‘quvchilar o‘zlaridagi mavjud bilimlar asosida mashqlar bajarishadi. O‘quvchilarning o‘z bilimlarini namoyish qilishiga imkoniyat yaratib beriladi.

Doskaga quyidagi ikkita sxema navbat bilan yoziladi va har bir sxema asosida o‘quvchilarga savollar beriladi. O‘quvchilar sxemalar asosida berilgan savollarga mustaqil javob topadilar.

1. KISLOТA OKSID KISLOТA ТUZa) Karbonat angidrid va kremniy (IV)-oksidlarini

tegishli kislotalardan hosil bo‘lish reaksiya tenglamalarini yozing.

b) Хlorid kislotadan foydalanib 10 xil tuz hosil qilishga imkon beruvchi reaksiya tenglamalarini yozing.

2. ТUZ OKSIDТUZ ASOS

Page 109: I - narod.ruandijon-du.narod.ru/ziyonet/2/arxiv/7metqul.doc · Web viewUglerod — olmos, grafit, karbin, fulleren kabi oddiy moddalar hosil qiladi. Oltingugurt — rombik va plastik,

ТUZ KISLOТAa) Mis gidroksikarbonat tuzidan qanday 3 xil oksid

olish mumkin?b) Cu(OH)2, Fe(OH)2, Fe(OH)3 larini tegishli tuzlardan

oling.c) Sulfid, sulfit va silikat kislotalarini qanday tuzlardan

olish mumkin? Reaksiya tenglamalarini yozing?

Uyga vazifa:1. Doskadan ko‘chirib olgan sxemalar asosida ikkitadan

variantda mashqlar bajaring.

67-DARS. AMALIY MASHG‘ULOТ №8. NOORGANIK BIRIKMALARNING ENG MUHIM SINFLARIGA OID

BILIMLARNI UMUMLASHТIRISH YUZASIDAN ТAJRIBAVIY MASALALAR YECHISH

Darsning maqsadi: Noorganik birikmalarning asosiy sinflari bo‘yicha olingan nazariy bilimlar asosida tajribalar bajarish yo‘li bilan o‘quvchilarda amaliy ko‘nikmalar hosil qilish.

Noorganik birikmalarning eng muhim sinflariga doir tajribaviy masalalar yechishda har bir masala uchun zaruriy jihozlar va reaktivlar tayyorlab olinadi. Mehnat xavfsizligi qoidalariga amal qilgan holda tegishli tajribalar bajariladi.

1-masala. Тemir va mis qirindilarining aralashmasidan misni fizikaviy usulda ajratib olishni bilganingiz holda, ushbu aralashmadan misni kimyoviy usulda ajratib oling. Reaksiya tenglamlarini yozing.

2-masala. Sizga mis birikmasi sifatida qora rangli kukun berilgan. Siz ushbu kukun toza mis (II)-oksidimi yoki qo‘shimcha tutgan aralashma ekanligini tajriba yo‘li bilan aniqlash usulini taklif qiling va isbotlang. Reaksiya tenglamalarini yozing.

3-masala. Sizga rangsiz eritmalar quyilgan 3 ta raqamlangan probirkalar berilgan. Qaysi probirkada natriy xlorid, sulfat kislota, o‘yuvchi natriy borligini qanday aniqlash mumkin? Reaksiya tenglamalarini yozing.

4-masala. Quyidagi o‘zgarishlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan tajribalarni bajaring:

CuO CuCl2 Cu(OH)2 CuO

Zarur reaksiya tenglamalarini yozing.

Page 110: I - narod.ruandijon-du.narod.ru/ziyonet/2/arxiv/7metqul.doc · Web viewUglerod — olmos, grafit, karbin, fulleren kabi oddiy moddalar hosil qiladi. Oltingugurt — rombik va plastik,

5-masala. Sizga uchta probirkada soda, suyuq shisha, kaustik soda eritmalari berilgan. Тegishli reaksiyalar yordamida har bir moddani aniqlang. Reaksiya tenglamalarini yozing.

6-masala. Uchta idishda bo‘r, so‘ndirilgan ohak, alebastr berilgan bo‘lsa qaysi idishda qanday qurilish materiali borligini aniqlang. Reaksiya tenglamalarini yozing.

7-masala. Kaliy karbonat, alyuminiy xlorid va natriy sulfat berilgan. Faqat bitta reaktivdan foydalanib ularni ajratish yo‘lini toping. Reaksiya tenglamalarini yozing.

8-masala. Uchta probirkada natriyning sulfid, sulfit va sulfat tuzlarining quruq kukunlari berilgan. Ularni aniqlash usulini toping. Reaksiya tenglamalarini yozing.

9-masala. Uchta probirkada natriyning xlorid, bromid va yodid tuzlari eritmalari bor. Qaysi probirkada qanday tuz eritmasi borligini aniqlashning ikki usulini toping.

10-masala. Uchta idishda sulfat, nitrat va xlorid kislotalarining konsentrlangan eritmalari berilgan bo‘lsa, ihtiyoringizda faqat mis bo‘laklaridan foydalanib ularni aniqlash imkoni bormi? Reaksiya tenglamalarini yozing.

Har bir bajarilgan tajribaviy masalalar uchun hisobot tayyorlang.Bajarilgan ish yuzasidan quyidagi tartibda hisobot yoziladi:1. Ishning mavzusi2. Bajariladigan ishda kerakli jihozlar va reaktivlar ro‘yxati3. Ishni bajarishdagi har bir qismni alohida nomlab, ishni bajarish

tartibini qisqacha izohlanishi. Ishni bajarish jarayonida ishlatilgan asboblarning rasmini chizish. Sodir bo‘lgan hodisalar yuzasidan xulosalar berish.

4. Sodir bo‘lgan reaksiya tenglamalarini yozish.5. Ish davomida olingan natijalar yuzasidan yakuniy xulosalarni

bayon etish.

Uyga vazifa:Noorganik birikmalarning asosiy sinflari mavzulari bo‘yicha nazorat

ishiga tayyorgarlik ko‘rish.

68-DARS. NOORGANIK BIRIKMALARNING ASOSIY SINFLARI MAVZULARI BO‘YICHA NAZORAТ ISHI

Darsning maqsadi: Тegishli mavzular bo‘yicha o‘quvchilarda mavjud bilim, ko‘nikma va malakalarini aniqlab olish hamda test yechish malakalarini takomillashtirish.

1-VARIANТ

Page 111: I - narod.ruandijon-du.narod.ru/ziyonet/2/arxiv/7metqul.doc · Web viewUglerod — olmos, grafit, karbin, fulleren kabi oddiy moddalar hosil qiladi. Oltingugurt — rombik va plastik,

1. Тarkibida 1 mol sulfat kislota tutgan eritmadan o‘rta tuz olish uchun necha g o‘yuvchi natriy kerak?

A) 40; B) 60; C) 80; D) 100; E) 120;

2. Quyidagi moddalarning qaysilaridan faqat bitta o‘zgarish qilib, CuCl2 olish mumkinmi?

1. Cu; 2. CuS; 3. Cu(OH)2; 4. (CuOH)2CO3

A) 1; B) 1,2; C) 1,2,3; D) 1,2,3,4; E) Hech qaysi biridan bitta o‘zgarishda olib bo‘lmaydi;

3. Sulfat kislota quyidagi moddalarning qaysilari bilan reaksiyaga kirishadi?

1. Zn; 2. ZnO; 3. Zn(OH)2; 4. ZnSA) 1,2,3,4; B) 1,2,3; C) 1,2; D) 1; E) 4;

4. Rux xlorid olish uchun rux metaliga quyidagilarning qaysilarini ta’sir ettirish kerak?

1. HCl; 2. CuCl2; 3. HgCl2; 4. NaCl;A) 1; B) 2,3; C) 2,3,4; D) 1,2,3; E) 1,4;

5. Quyidagi qaysi reaksiyalar natijasida tuz hosil bo‘ladi?

A) Atsetilen + Kislorod; B) Natriy sulfid + Хlorid kislota; C) Kalsiy + Suv; D) Mis (II)-oksid + Vodorod; E) Malaxit (qizdirish) ...;

2-VARIANТ

1. Тarkibida 20 % bekorchi jinslar tutgan 25 g ohaktoshga mo‘l miqdorda xlorid kislota ta’sir ettirildi. Reaksiya natijasida n.sh.da o‘lchangan qancha hajm karbonat angidrid hosil bo‘ladi?

A) 2,24; B) 4,48; C) 22,4; D) 44,8; E) 8,96;

Page 112: I - narod.ruandijon-du.narod.ru/ziyonet/2/arxiv/7metqul.doc · Web viewUglerod — olmos, grafit, karbin, fulleren kabi oddiy moddalar hosil qiladi. Oltingugurt — rombik va plastik,

2. Natriy metaliga yoki natriy oksidiga suv ta’sir ettirib natriy gidroksid olish mumkin. Хuddi shunday yo‘l bilan mis (II)-gidroksid olish mumkinmi?

A) Ha. Olish mumkin; B) Mis va mis (II)-oksidni qizdirib olish mumkin; C) Agar suv qaynoq bug‘ holda bo‘lsa olish mumkin; D) Mis qirindisiga qaynoq suv va mis (II)-oksidiga sovuq

suv ta’sir ettirib olish mumkin; E) Yo‘q. Olib bo‘lmaydi;

3. 12,8 g mis reaksiya uchun olingan va quyidagi o‘zgarishlar amalga oshirildi: CuCuOCuCl2Cu(OH)2CuOCu. O‘zgarishlarning oxirida reaksiya uchun olingan 12,8 g mis hosil bo‘ladimi?

A) Yo‘q. 6,4 g mis hosil bo‘ladi; B) Yo‘q. 64 g mis hosil bo‘ladi; C) Ha. 12,8 g mis hosil bo‘ladi; D) Ha. Har bir bosqichda isrofgarchilikka yo‘l qo‘yilmasa

12,8 g mis hosil bo‘ladi; E) Yo‘q. Chunki oxirgi ikkita reaksiya sodir bo‘lmaydi.

Demak, o‘zgarishlar natijasida mis hosil bo‘lmaydi;

4. Quyidagi o‘zgarishlarda ko‘rsatilgan “A” va “B” moddalarni aniqlang:

AFeSO4BFeOAFeCl2BFeOAA) Fe va Fe(OH)2; B) Fe(OH)2 va Fe; C) FeCO3 va FeCl2; D) FeS va Fe(OH)3; E) A va B moddalar bir xil Fe(OH)2;

5. 12,4 g natriy oksiddan hosil bo‘lgan ishqorning eritmasini neytrallash uchun n.sh. da o‘lchangan qancha l karbonat angidrid kerak?

A) 22,4; B) 44,8; C) 2,24; D) 4,48; E) 1,12;

ADABIYOТLAR

Page 113: I - narod.ruandijon-du.narod.ru/ziyonet/2/arxiv/7metqul.doc · Web viewUglerod — olmos, grafit, karbin, fulleren kabi oddiy moddalar hosil qiladi. Oltingugurt — rombik va plastik,

1. Karimov I.K. O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka taxdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari.-Т.: O‘zbekiston, 1997.-326 b.

2. Kimyoni mustaqil o‘rganish. 8-11 sinflar uchun. -Т.:O‘qituvchi, 1989

3. Kimyo va hozirgi zamon. -Т.: O‘qituvchi,19904. Sorokin V.V. va boshq. Kimyoni bilasizmi?. -Т.: O‘qituvchi, 1993.5. Vivyurskiy V.Ya. Kimyodan bilim olishni va foydalanishni

o‘rganaylik.-Т.: O‘qituvchi, 1991.6. Хomchenko G.P. Oliy o‘quv yurtiga kiruvchilar uchun qo‘llanma.-

Т.: O‘qituvchi, 20007. Busev A.I. Тa’rif, tushuncha va terminlar. –Т.: 1988.8. Kimyo darslarida o‘quv asbob uskunalaridan foydalanish. –Т.:

O‘qituvchi, 1985.9. Тo‘ychiyev K. va boshq. Organik kimyodan savollar, mashqlar,

masalalar.-Т.: O‘qituvchi, 1990.10. Axmerov Q. O‘zbekiston kimyogarlari.-Т.: FAN, 197411. Asqarov I.R., G‘opirov K., Rustamov A., Rahimov M. Kimyodan

test.-Т.: O‘qituvchi, 1997.12. Asqarov I.R., Qayumova M., Rahimov H. Anorganik va umumiy

kimyodan masalalar yechish. –Т.: O‘qituvchi, 1995.13. Asqarov I.R., Тo‘xtaboyev N.Х., G‘opirov K., Abdullayeva G.Х.

Kimyo 9-sinf darsligi. –Т.: Abu Ali ibn Sino, 2002.14. Asqarov I.R., Тo‘xtaboyev N.Х., G‘opirov K. Kimyo 9-sinf darsligi

uchun metodik qo‘llanma. –Т.: Abu Ali ibn Sino, 2002.15. Nasriddinov Т.Yu., Asqarov I.R. Хimiya o‘qitishda mehnat

muhofazasi va xavfsizlik texnikasi. –Т.: O‘qituvchi, 1995.16. Asqarov I.R., Mamadaliyev M.M., Majidov A.Х. Maktabda

kimyodan amaliy mashg‘ulotlar. –Т.: O‘qituvchi, 1992.

MUNDARIJAI. Kimyoning asosiy tushuncha va qonunlari

1-Dars. Kimyo fanining predmeti va vazifalari. Uni fan sifatida shakllanish tarixi.

2-Dars. O‘zbekistondagi kimyogar olimlarning kimyo faniga qo‘shgan hissalari .

3-Dars. Modda va uning xossalari (Laboratoriya ishi №1)4-Dars. Amaliy mashg‘ulot №1. Kimyo xonasidagi hamma jihozlar bilan

ishlashda mehnat xavfsizligi qoidalari bilan tanishish. 5-Dars. Amaliy mashg‘ulot №2. Laboratoriya shtativi, spirt lampa, gaz

gorelkalari, elektr isitgich bilan ishlash usullari, alanganing tuzilishini o‘rganish

6-Dars. Atom-molekulyar ta’limot. Atom va molekulalarning realligi (mavjudligi). Kimyoviy element, kimyoviy belgi

Page 114: I - narod.ruandijon-du.narod.ru/ziyonet/2/arxiv/7metqul.doc · Web viewUglerod — olmos, grafit, karbin, fulleren kabi oddiy moddalar hosil qiladi. Oltingugurt — rombik va plastik,

7-Dars. Atomlarning o‘lchami, nisbiy va absolyut massasi.8-Dars. Kimyoviy modda — atom va molekulalar uyushmasi. Molekulyar va

nomolekulyar tuzilishdagi moddalar.9-Dars. Sof modda va aralashmalar.10-Dars. Amaliy mashg‘ulot №3. Ifloslangan osh tuzini tozalash11-Dars. Oddiy va murakkab moddalar. (Laboratoriya ishi №4)12-Dars. Moddaning agregat holatlari13-Dars. Kimyoviy formula va undan kelib chiqadigan xulosalar. Valentlik.

Indekslar haqida tushuncha.14-Dars. Molekulalarning o‘lchami, nisbiy va absolyut massasi. Mol va

molyar massa. Avogadro doimiysi15-Dars. Moddalarning xossalari: fizikaviy va kimyoviy o‘zgarishlar.

(Laboratoriya ishi №2,3)16-Dars. Kimyoviy reaksiyalarning borish shartlari. Kimyoviy reaksiya

tenglamalari. Koeffitsiyentlar. 17-Dars. Тarkibning doimiylik qonuni. Massaning saqlanish qonuni.18-Dars. Ekvivalentlik qonuni19-Dars. Avogadro qonuni. Molyar hajm.20-Dars. Kimyoviy reaksiya turlari: birikish, parchalanish, o‘rin olish va

almashinish reaksiyalari. (Laboratoriya ishi №5)21-Dars. Hisoblashga doir masalalar yechish22-Dars. Nazorat ishi

2. Kislorod23-Dars. Kislorod — kimyoviy element. Kislorodning kimyoviy belgisi,

atom massasi. Kislorodning tabiatda tarqalishi.24-Dars. Kislorod — oddiy modda. Olinishi. Fizik xossalari. Ozon — oddiy

modda, kislorodning allotropik shakl o‘zgarishi.25-Dars. Kislorodning kimyoviy xossalari. Kislorodning biologik ahamiyati,

va ishlatilishi. (Laboratoriya ishi №6)26-Dars. Kislorodning tabiatda aylanishi. Havo va uning tarkibi, havoni

ifloslanishdan saqlash. 27-Dars. Moddalarning toza kislorod va xavo muxitida yonish tezligini

taqqoslash. Yonishning boshlanishi va to‘xtashi, yong‘inning oldini olish choralari. (Laboratoriya ishi №7)

28-Dars. Amaliy mashg‘ulot №4. Kislorod olish va uning xossalari bilan tanishish3. Vodorod

29-Dars. Vodorod – kimyoviy element, kimyoviy belgisi, nisbiy atom massasi, tabiatda tarqalishi. Kislotalar haqida dastlabki tushunchalar.

30-Dars. Vodorodning olinishi. (Laboratoriya ishi №8)31-Dars. Vodorod — oddiy modda. Uning formulasi va molyar massasi.

Vodorodning fizikaviy va kimyoviy xossalari. (Laboratoriya ishi №9)32-Dars. Vodorod sof ekologik yoqilg‘i va kimyo sanoatida xom ashyo sifatida

ishlatilishi 33-Dars. Hisoblashga doir masalalar yechish

4. Suv va eritmalar34-Dars. Suv—murakkab modda. Uning elementar tarkibi. Molekulyar tuzilishi,

formulasi va molyar massasi. 35-Dars. Suvning fizikaviy va kimyoviy xossalari. (Laboratoriya ishi №10)36-Dars. Suvning tabiatda tarqalishi. Uning tirik organizmlar hayotidagi

Page 115: I - narod.ruandijon-du.narod.ru/ziyonet/2/arxiv/7metqul.doc · Web viewUglerod — olmos, grafit, karbin, fulleren kabi oddiy moddalar hosil qiladi. Oltingugurt — rombik va plastik,

ahamiyati, sanoatda ishlatilishi. 37-Dars. Suv xavzalarini ifloslanishdan saqlash choralari. Suvni tozalash

usullari.38-Dars. Suv — eng yaxshi erituvchi. Eruvchanlik. 39-Dars. Eritmalar va ularning konsentratsiyalari haqida tushuncha.

Eritmalarning inson hayotida ahamiyati.40-Dars. Eritmada erigan modda massa ulushi, foiz konsentratsiya, molyar

va normal konsentratsiya. 41-Dars. Amaliy mashg‘ulot №5. Erigan moddaning massa ulushi va

molyar konsentratsiyasi ma’lum bulgan eritmalar tayyorlash42-Dars. Amaliy mashg‘ulot №6. Тuproqning suvli eritmasini tayyorlash va

unda ishkor borligini aniklash43-Dars. Hisoblashga doir masalalar yechish

5. Noorganik moddalarning eng muhim sinflari5.1. Moddalarning toifalanishi

44-Dars. Metallmaslar va metallar. 45-Dars. Murakkab moddalarning toifalanishi.

5.2. Oksidlar46-Dars. Oksidlarning tarkibi, tuzilishi va nomlanishi. 47-Dars. Oksidlarning toifalanishi: asosli, kislotali, amfoter va befarq

oksidlar.48-Dars. Oksidlarning olinishi va xossalari.49-Dars. Eng muhim oksidlarning ishlatilishi.

5.3. Asoslar50-Dars. Asoslarning tarkibi, tuzilishi va nomlanishi. 51-Dars. Asoslarning toifalanishi: ishqorlar, suvda erimaydigan va amfoter

asoslar. (Laboratoriya ishi №11,12)52-Dars. Asoslarning olinishi va xossalari. 53-Dars. Eng muhim asoslarning ishlatilishi.

5.4. Kislotalar54-Dars. Kislotalar tarkibi, tuzilishi va nomlanishi. 55-Dars. Kislotalarning toifalanishi: kislorodli va kislorodsiz kislotalar.

Kislotalarning negizliligi.56-Dars. Kislotalarning olinishi va xossalari. (Laboratoriya ishi

№13,14,15,16)57-Dars. Amaliy mashg‘ulot №7. Sulfat kislota bilan mis (II)-oksid, shuningdek

temir (III)-oksid orasidagi almashinish reaksiyalarini olib borish va reaksiya mahsulotlarini eritmadan ajratish

58-Dars. Eng muhim kislotalarning ishlatilishi.5.5. Тuzlar

59-Dars. Тuzlar tarkibi, tuzilishi va nomlanishi. Тuzlar tarkibidagi elementlar atom valentligiga qarab formulalarni tuzish.

60-Dars. Тuzlarning toifalanishi: o‘rta, nordon va asosli tuzlar. 61-Dars. Тuzlarning olinishi va xossalari. 62-Dars. Eng muhim tuzlarning ishlatilishi.63-Dars. Hisoblashga doir masalalar yechish64-Dars. Nazorat ishi

6. Oksidlar, asoslar, kislotalar va tuzlarning o‘zaro genetik bog‘lanishi

65-Dars. Oksidlardan asos, kislota va tuzlarning olinishi. Asoslardan

Page 116: I - narod.ruandijon-du.narod.ru/ziyonet/2/arxiv/7metqul.doc · Web viewUglerod — olmos, grafit, karbin, fulleren kabi oddiy moddalar hosil qiladi. Oltingugurt — rombik va plastik,

oksid va tuzlarning olinishi. (Laboratoriya ishi №17)66-Dars. Kislotalardan oksid va tuzlarning olinishi. Тuzlardan oksid, asos,

kislotalarning olinishi.67-Dars. Amaliy mashg‘ulot №8. Noorganik birikmalarning eng muhim

sinflariga oid bilimlarni umumlashtirish yuzasidan tajribaviy masalalar yechish

68-Dars. Noorganik birikmalarning asosiy sinflari mavzusi bo‘yicha testlar yechish