4
,Шт„ IS У зШШШШ L-ib 5II l i i a i l Ш 9 Ш Щ| ISSN 2010-7900 Vatan oldidagi Oilaviy ajrimlarga Yaxshi dam - Protein burch va mas'uliyat psixologik nazar mehnatga hamdam moddalar xatari

ISSN 2010-7900

  • Upload
    others

  • View
    8

  • Download
    0

Embed Size (px)

Citation preview

Page 1: ISSN 2010-7900

,Шт„

IS У зШШШШ L-ib 5 I Il i i a i lШ9 Ш Щ|

ISSN 2010-7900

Vatan oldidagi Oilaviy ajrimlarga Yaxshi dam - Proteinburch va mas'uliyat psixologik nazar mehnatga hamdam moddalar xatari

Page 2: ISSN 2010-7900

Barkamol avlod — Vatanning baxti

SOG'LOM AVLOD UCHUN

llmiy-tarbiyaviy, ommabop, bezakli oylik jurnal

8 (256)-son, 2017-yil, avgust “Soglom avlod uchun” jurnali

0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 13-aprel

127-sonli qaroriga asosan “Maktabgacha tarbiya” jurnali

neglzida tashkll etilgan. 1996-yil yanvardan chiqa boshlagan.

MUASSISLAR: O'zbekiston Respublikasi

Xalq ta'limi vazirligi, “Sog'lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi

JAMOATCHILIKKENGASHI:

Svetlana INAMOVA Tatyana KARIMOVA Ulug'bek INOYATOV

BOSH MUHARRIR:* Muftilla YUSUPOV

TAHRIR HAY’ATI:Tillaniso ESHBOYEVA

(mas’ul kotib)Shomirza TURDIMOV

Sabohat MIRDJALILOVA Malohat A’ZAMOVA

Manzilimiz: 100000. Toshkent shahri, Buyuk Turon ko'chasi, 41.

Telefon 233-18-92 (faks), 233-31-53. E-mail: [email protected]

www.jlsau.uz

0 ‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi tomonidan 2007-yil 3-yanvarda 0102-

tartib raqami bilan ro'yxatdan o'tkazilgan.

Jurnal maketi tahririyatning matbaa bo'limida tayyorlandi.

Biror maqola yoki undan parcha ko'chirib bosil- ganda “Sog'lom avlod uchun” jurnalidan olindi" deb izohlash shart. Tahririyat nuqtayi nazariga

mos kelmagan maqolalar tahlil etilmaydi va egalariga qaytarilmaydi.

Navbatchi muharrir: Farida Islomova Musahhih: Ozoda Bozorova

Jurnalda M. Amin, A. To'ra olgan suratlardan foydalanildi.

Bosmaxonaga 2017-yil 31-avgust kuni topshirildi. Ofset usulida chop etildi.

Qog'oz bichimi A-4.Qog'oz hajmi 4,0 bosma taboq.

Nashriyot hisobida 3,8 bosma taboq. Adadi 6366 nusxa. 611-buyurtma.

“Sano-standarf MCHJ bosmaxonasida chop etildi.

Toshkent sh., Shiroq ko'chasi, 100-uy.

I BIRINCHI BET:

1-sentabr Mustaqillik bayramingiz muborak

bo‘lsin!

TO‘RTINCHI BET:

Do(st bilan obod uying...

USHBU SONDA:

| Vatan oldidagi burch va mas ’uliyat

DQLZARR MAVZUOilaviy ajrimlarga psixologik nazar

а Ц Ы И Л Ш Д Ш :О ‘tkir respirator kasalliklarida bolani ovqatlantirish

I Та ’lim — inson kapitali asosi

I Vatan mehridan ilhomlangan qalblar

Yaxshi dam — mehnatga hamdam

ж т г .ш ж 'ш ш г ':Uyushmagan yoshlami ish bilan ta ’minlash masalasi

SALOMATLIK SIRLARISpeleoterapiya — g ‘or bilan davolash

!И П [ . ] !№ « Ш Н и Я !И И ЯVirtual о yinlar oqibati

Protein moddalar xatari

| Taomlarimiz tarkibi qanday bo‘lishi kerak:

Ш А : l i = l l IW M M

Qush uyasida ко ‘rganini qiladi

EAN VAZAKO VATTaxionlar

Ж Ш Ш Ш Ш'Bobumoma ”da tarixiy shaxslar talqini

ш в ш ш а н шI YolgHz odam ovozi

Gavhaming qadri

Page 3: ISSN 2010-7900

Dolzarb mavzu

Azal-azaldan sharqona qadriyatlarda oila hamisha muqaddas maskan sifatida e’tirof etilgan. 0 ‘zbek xalqi ham oilaga Va- tah ichidagi mo'jaz Vatan, deb qaraydi. Ammo, afsuski, bugungi kunda oilalardagi kelishmovchilik va ziddiyatlar sababli aj- rashishlar kuzatilmoqda.

Ajrimlarga e’tibor qaratadigan bo'lsak, bu respublikaning turli hududlarida turlicha sabablarga ega ekanini kuzatamiz. Umuman olganda, moddiy ta’minlanishdagi yetish- movchilik, ег-xotinning o'zaro munosabatla- ridagi ijtimoiy moslikning yo'qolishi, oilada- gi er yoki xotinning ishlash uchun uzoq yurtlarga ketishi, farzand tarbiyasidagi mu- ammolar, oilaning boshqa a’zolari bilan ke- linning til topisha olmasligi, ег-xotindan bi­nning xulq-atvoridagi salbiy illatlar, no- sog'lom hayot tarzi, erta yoshdagi nikoh kabi qator sabablar bugungi kunda oilaning darz ketishiga olib kelmoqda. Bundan tash- qari, oilalardagi mavjud muammolarga qay- nona, qaynotaning ko‘r-ko‘rona aralashuvi, onalaming qizlar tarbiyasiga uzoqni ko'zla- may yondashayotganlari ham sabab bo‘l- moqda. Birgina o'tgan 2016-yilning 9 oylik holatiga ko'ra respublikaning turli hududla- ridagi oilaviy ajrimlar ko'rsatkichlariga na- zar tashlasak, sud idoralari tomonidan aj- rashgan oilalarning eng yuqori ko'rsatkichi Toshkent shahriga to‘g‘ri keladi - 3984 ta. Toshkent viloyatida 3460 ta, Samarqand vi­loyatida 3327 ta, Farg'ona viloyatida 2862 ta, Andijon viloyatida 2712 ta, Namangan viloyatida 1895 tani tashkil etgan. FHDYoda bekor qilingan nikohlar bo'yicha Andijon viloyatida 1150 ta, Toshkent shahrida 1136

Soglom avlod uchun • 2017 • 8

“ж .

ta, Farg'ona viloyatida 1089 ta, Namangan viloyatida 844 ta, Toshkent viloyatida 824 ta ko'rsatkich qayd etilgan. Ushbu ko'rsat- kichlar ortida ko'plab taqdirlar hal bo'layot- gani, jamiyat katta yo'qotishga yuz tutayot- gani o‘ta salbiy holatdir. Yuqoridagi ajrim xavfini keltirib chiqaruvchi va unga olib ke- layotgan muammolami bartaraf etish nikoh-< gacha bo'lgan davrda yoshlarni oilaviy ha- yotga tayyorlash mazmuni va ta’sirini ku- chaytirish zaruratini keltirib chiqaradi. Bu­gungi kunda bu borada mustaqil oilaviy ha- yotga tayyorlash yuzasidan yechilishi lozim bo'lgan muammolar borligini inkor qilib bo'lmaydi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev o‘z nutqlaridan birida: “Biz yoshlarimizni mil- liy va umumbashariy qadriyatlar ruhida tarbiyalash uchun bor kuch va imkoniyatla- rimizni safarbar etishimiz zarur. Bunday g'oyat muhim vazifani amalga oshirishda biz, avvalo, ko'pni ko'rgan kayvoni ona- xonlarimizga, mahalla faollariga, muhtaram faxriylarimizga, siz, aziz opa-singillarimiz- ning aql-zakovatingiz, bilim va tajribangiz- ga tayanamiz ...lekin eski zamondan qolgan ayrim salbiy holatlar, afsuski, bugungi tinch va yorug' hayotimizga soya solib turibdi. Loqaydlik, bir-birini ko'rolmaslik, oilada er-xotin, qaynona-kelin, qo‘ni-qo‘shnilar o'rtasidagi kelishmovchilik, ayollarga bepi- sand qarash - bunday yaramas illatlar biz- ga, bizning xalqimizga mutlaqo yarashmay- di,” deb ayni haqiqatni aytgan edi.

Oilalardagi ajrimlar, avvalo, er-xotinlar uchun kuchli psixologik streslarni keltirib chiqaradi. Oiladagi psixologik iqlimning shakl-

5

Page 4: ISSN 2010-7900

Dolzarb mavzulanishida qaynonalarning ham ta’siri yuqori bo‘lib, ularning qanchalik tajribaliligi, meh- ribonligi, oilaparvarligi har qanday oilaning baxtli bo'lishida qo‘l kelsa, aksincha, qay- nonaning xudbinligi, moddiyatga 0‘chligi, manmanligi, m a’nan qashshoqligi oilaviy nizolarning paydo bolishiga olib keladi. Oilalar mustahkamligini ta’minlashda qay­nonalarning faolligini, ijobiy ta’sirini oshi- rish maqsadida respublikaning turli hudud- larida “Qaynonalar kengashi”ning joriy qili- nishi orqali kayvonilarning oilalardagi to- tuvlikni ta’minlashga yordam berishi ko'zda tutilgan. Bundan tashqari, “Ayollar maslahat markazlari”ning tashkil etilishi ham oiladagi turli muammolarning hal eti- lishida muhim ahamiyat kasb etib kel- moqda. Demak, oila institutiga qaratilgan e’tiborni yanada oshirish, oila muammola- rining alohida mustaqil bir institut sifatida o'rganilishi, takliflarning berilishi undagi noxush vaziyatlarning oldini olishda m u­him. Jumladan, oilalarga psixologik xizmat ko'rsatislini keng qamrovda tashkillashti- rish, yoshlarni oilaga tayyorlashning psixo­logik asoslarini faollashtirish zarur.

Jamiyat taraqqiyotiga to'sqinlik qiluv- chi, uning inqiroziga olib keluvchi kuchlar- ning yuzaga kelishida oilaning ta’siri katta. Chunki oilalarning nosoglomligi, noqobil va nizoli xonadonlar, ajrashishlar sonining ortishi jamiyatga turli iqtisodiy, ijtimoiy zi- yon yetkazadi. Bunday nosog'lom, nizo- janjalli, o'zaro mehr-oqibatsiz muhitda dunyoga kelib, ulg‘ayayotgan bolada ham keyinchalik nafaqat o‘z ota-onasi, aka-uka- lariga, balki atrofdagilarga, qolaversa, o‘zi yashayotgan jamiyatga nisbatan salbiy mu- nosabat shakllanadi va shu asosda oilasi, xalqi, yurti uchun xavfli inson bo‘lib qoli- shiga asos bolishi mumkin. Oilada mehr- muruvvat topolmagan, ota-onaning nizoli munosabatlaridan bezib ketgan farzandlar- da kuchli depressiyaga moyillik, asabiy zo'riqish, o'zini tan olmaslik, o'zgalarga nisbatan qo'pol munosabatda bo'lish kabi salbiy odatlar shakllanadi. Bu hoi ijtimoiy xatarga moyil yoshlarning paydo bo'lishiga olib keladi. Demak, oilalarning mustah-

6

kamligi jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy, si- yosiy, milliy xavfsizligi, uning ravnaqi, ta- raqqiyotini belgilovchi hal qiluvchi omil hi- soblanadi. Hozirgi vaqtda jamiyatimiz, in- soniyat taraqqiyoti, mustaqilligimiz istiqbo- li uchun jiddiy xavf tug'dirayotgan iqtiso­diy, ijtimoiy, siyosiy, ekologik, ichki va tashqi omillarning tahdidi ortib borayotgan ayni vaqtda oilalar mustahkamligini ta’min- lash va bu masalani to‘g‘ri hal etilishining asosiy yo‘li bo'lmish yoshlarni oilaviy ha- yotga tayyorlash masalasi o‘ta jiddiy yon- dashuvni talab etadi. Ma’lumki, jamiyat ta- raqqiy etib borgan sari odamlarning o'zlari ham, ularning bir-birlari bilan bo'ladigan o'zaro munosabatlari ham, ayniqsa, shaxs- lararo munosabatlar orasida eng samimiy, yaqin bo‘lgan oilaviy munosabatlar ham takomillashib, o'ziga xos tarzda murakkab- lashib boradi. Chunki hozirgi zamon fan- texnika taraqqiyoti, ishlab chiqarish muno­sabatlari, qishloq xo'jaligi, sanoat, umuman xalq xo'jaligining barcha jabhalarida yangi texnologiyaning jadal joriy etilishi bevosita shu jarayonlarning yaratuvchisi, ishtirok- chisi bo'lgan inson omiliga, inson shaxsiga ham o'ziga xos yangicha talablar qo‘y- moqda. Bu kabi jarayonlar va insonlarda ro‘y berayotgan ijtimoiy-psixologik, fiziolo- gik o'zgarishlar ularning o'zaro muloqot munosabatlari doirasining ma’lum darajada chegaralanib qolishiga va turli ta’sirlar oqi- batida shaxs ruhiyatida hissiy zo'riqishlar- ning yuzaga kelishiga asos bo'lmoqda. Bu- larning ta’siri oilaviy hayot va undagi psixologik iqlimda ham o‘z ifodasini topadi. Xulosa qilib aytganda, har bir oilaning bax- ti, kamoloti butun bir jamiyat va davlat ta­raqqiyoti uchun ham muhim. Zero, oila 0 ‘zbekiston Qahramoni Ozod Sharafiddi- nov ta’kidlaganidek, “baxt fabrikasi”dir. Chunki sog'lom oilada sog'lom farzandlar kamolga у etadi. Bu esa jamiyatning ravnaq topishi va millat genofondining davomiyli- giga qo'shilgan katta hissa bo'ladi.

Nigora SHOMUROTOVA, psixologiya fanlari nomzodi

2017 • 8 • Sog'lom avlod uchun