32
1 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA‘LIM VAZIRLIGI NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI FIZIKA-MATEMATIKA FAKULTETI “5110100-MATEMATIKA O’QITISH METODIKASI” TA’LIM YO’NALISHI K U R S I SH I Mavzu: Matematikani o‘qitishning innovatsion vositalari BAJARDI: MO‘M 302-guruh talabasi A. Qayumov ILMIY RAXBAR: MO‘M kafedrasi o‘qituvchisi M. Mamatqulova TOSHKENT-2013

K U R S I SH I - ziyonet.uz · Zamonaviy ta‘limni tashkil etish uchun turli innovatsion vositalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Innovatsion vositalarga ekranli proektor, doska-stend,

Embed Size (px)

Citation preview

Page 1: K U R S I SH I - ziyonet.uz · Zamonaviy ta‘limni tashkil etish uchun turli innovatsion vositalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Innovatsion vositalarga ekranli proektor, doska-stend,

1

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS

TA‘LIM VAZIRLIGI

NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA

UNIVERSITETI

FIZIKA-MATEMATIKA FAKULTETI

“5110100-MATEMATIKA O’QITISH METODIKASI”

TA’LIM YO’NALISHI

K U R S I SH I Mavzu: Matematikani o‘qitishning innovatsion vositalari

BAJARDI: MO‘M 302-guruh

talabasi A. Qayumov

ILMIY RAXBAR: MO‘M

kafedrasi o‘qituvchisi

M. Mamatqulova

TOSHKENT-2013

Page 2: K U R S I SH I - ziyonet.uz · Zamonaviy ta‘limni tashkil etish uchun turli innovatsion vositalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Innovatsion vositalarga ekranli proektor, doska-stend,

2

REJA

Kirish………………………………………………………………………….

1-bob. Pedagogika nazariyasi va amaliyotida ta‘lim vositalari muammolari

1.1§. Ta‘lim vositasi tushunchasi……………………………………………

1.2§. Zamonaviy tailim vositalari……………………………………………

2 bob. Matematikani o‘qitishda an‘anaviy ta‘lim vositalari………………..

2.1§. Algebrani o‘qitishda an‘anaviy ta‘lim vositalari………………………

2.2§. Geometriyani o‘qitishda an‘anaviy ta‘lim vositalari………………….

3 bob. Matematikani o‘qitishda innovatsion ta‘lim vositalari………………

3.1§. Algebrani o‘qitishda innovatsion ta‘lim vositalari…………………….

3.2§. Geometriyani o‘qitishda innovatsion ta‘lim vositalari………………...

Xulosa………………………………………………………………………….

Page 3: K U R S I SH I - ziyonet.uz · Zamonaviy ta‘limni tashkil etish uchun turli innovatsion vositalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Innovatsion vositalarga ekranli proektor, doska-stend,

3

Kirish

Kurs ishining dolzarbligi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining

2012-yil 28-maydagi ―Malakali kadrlar tayyorlash hamda o‘rta mahsus kasb-

hunar ta‘limi muaasalarini shunday kadrlar bilan ta‘minlash yanada

takomillashtirishga oid chora tadbirlar to‘g‘risida‖gi qarori ta‘lim mazmunini

uning samaradorligini yanada yaxshilashga qaratilgan. Respublikamizda faoliyat

ko‘rsatayotgan o‘rta maxsus kasb-hunar kollejlari uchun tayyorlanayotgan

pedagog kadrlar sifatini tubdan yaxshilash, ta‘lim muassasalaridagi o‘quv

jarayonini zamonaviy talablar asosida qayta tashkil etish va tayyorlanayotgan

o‘rta bo‘gin mutaxasislari malakasining raqobatbardosh bo‘lishiga erishish

asosiy vazifalaridan biri bo‘lib hisoblanadi.

Ushbu vazifalarning samarali bajarilishining asosiy omili o‘quv

vositalaridir. Ta‘lim vositalari svilizatsiyaning ajralmas qismi umuminsoniy

madaniyatning muhum elementi hamda dunyoni ilmiy o‘rganish tilidir.

Shiddatli axboratlashuv jarayoni amalga oshib borayotgan hozirgi davrda

har bir soha kishisi zamon bilan hamnafas ravishda innovatsion

tehnalogiyalarga, innovatsion vositalarga murojaat qilishiga to‘g‘ri kelmoqda

shu jumladan matematika fani ham bunday oqimdan chetda qolayotgani yo‘q.

O‗zbekiston Respublikasi taraqqiyotida halqning boy ma‘naviy salohiyati va

umuminsoniy qadriyatlarga hamda hozirgi zamon madaniyati, iqtisodiyoti, ilmi,

texnikasi va texnologiyasining so‗nggi yutuqlariga asoslangan mukammal

ta‘lim tizimini barpo etish dolzarb ahamiyatga ega. Ma‘lumki, kadrlar

tayyorlash milliy dasturida ilg‗or pedagogic texnologiyalarni joriy qilish va

o‗zlashtirish zarurligi ko‗p marta takrorlanib yangi pedagogik va axborot

texnologiyalardan foydalanib, talabalarni o‗qitishni jadallashtirish ko‗zda

tutilgan.Pedagogik texnologiyaga UNESCO ning bergan ta‘rifini keltiramiz:

―Pedagogik texnologiya – bu butun o‗qitish va bilimlarni o‗zlashtirish

jarayonida o‗z oldiga ta‘lim shakllarini samaradorlashtirish vazifasini qo‗yuvchi

texnik hamda shaxs resurslari va ularning o‗zaro aloqasini hisobga olib,

bilimlarni yaratish, qo‗llash va belgilashning tizimli usulidir‖. Bu ta‘rifdagi

Page 4: K U R S I SH I - ziyonet.uz · Zamonaviy ta‘limni tashkil etish uchun turli innovatsion vositalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Innovatsion vositalarga ekranli proektor, doska-stend,

4

asosiy tushuncha ―tizimli usul‖ bo‗lib, aynan tizimli yondashuv pedagogik

texnologiyaning, o‗qitishga boshqa yondashuvlardan farqlanuvchi asosiy belgisi

hisoblanadi. Ta‘lim maqsadlari, uning mazmuni, o‗qitish va ta‘lim berish

usullari, nazorat va natijalarni baholashni o‗zaro bog‗liklikda loyihalash-

ko‗pincha an‘anaviy o‗quv jarayonida yetishmaydigan narsadir.Jaxon

pedagogika fani ilmiy – texnika taraqqiyoti ta‘sirini boshdan kechirib,

psixologiya, kibernetika, tizimlar nazariyasi, boshqaruv nazariyasi va boshqa

fanlar yutuqlarini birlashtirib, hozirgi davrda faol yangilanish innovatsiya

jarayonlari bosqichida turar ekan, inson imkoniyatlarini samarali rivojlantirish

amaliyotiga boy mahsul bermoqda. Pedagogik texnologiya usullari dastlab

o‗qitishning harakatini namunaviy vaziyatdagi belgilangan qoida bo‗yicha

o‗zlashtirish talab etiladigan mahsuldor darajasi uchun ishlab chiqilgan.

Mahsuldor ta‘lim har qanday ta‘limning zaruriy tarkibiy qismi hisoblanib, u

insoniyat jamg‗argan tajribani aniq o‗quv fani doirasida o‗zlashtirish bilan

bog‗liq. Ta‘lim oluvchilarda bilim va ko‗nikmalarning ma‘lum ―poydevori‖

hosil qilingandan keyingina ta‘limning natijali va ijodiy yondashish usullariga

ko‗chish mumkin.Pedagogik texnalogiya oqimi 70-80 yillarda AQSh da yuzaga

keldi va UNESCO kabi nufuzli tashkilot tomonidan tan olindi va qo‗llab –

quvvatlandi va hozirgi kunda ko‗pgina mamlakatlarda muvaffaqiyatli

o‗zlashtirilmoqda. Ma‘lumki, tubdan farq qiluvchi uchta ta‘lim turlarini ajratish

mumkin. Bular: og‗zaki- ko‗rgazmali, texnologik va izlanuvchan-ijodiy ta‘lim

turlari hisoblanadi.

1. Og‗zaki – ko‗rgazmali an‘anaviy bo‗lib, o‗qituvchining axborot

berishi,talabalarning bilimlarni qabul qilishi, to‗plashi va xotirasida saqlashi

bilan belgilanadi. Ta‘limda og‗zaki-ko‗rgazmali yondashuv juda katta tajribaga

ega bo‗lib, qismlarga ajratib ishlab chiqilgan va ta‘lim tizimida ulkan xizmat

ko‗rsatdi.Jadal suratlar bilan o‗sib borayot-gan fan va texnika talablari, ta‘lim

tizimidagi istlohatlar, raqobotbardosh kadrlar tayyorlash, shaxsni rivojlantirish,

uning ma‘lumot olish istaklarini to‗laroq qondirishga bo‗lgan jamiyat ehtiyojlari

o‗qitish usullariga yangicha yondashishni talab qilmoqda.

Page 5: K U R S I SH I - ziyonet.uz · Zamonaviy ta‘limni tashkil etish uchun turli innovatsion vositalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Innovatsion vositalarga ekranli proektor, doska-stend,

5

2. Ta‘limga texnologik yondashuvning umumiy tavsifnomasi qismlarga

ajratilmagan holda, ta‘limning juda oddiy mahsuldor darajasi sifati misolida

qaraladi. O‗quv ishlari yuqori natijalarga erishishga qaratilgan bo‗lib,

yo‗naltirilganlik, mashg‗ul bo‗lish, musobaqalashish va o‗zaro yordamlashish

tushunchalari mavjud bo‗ladi.

3. Izlanuvchan yondashuvdagi maqsad, talabalarda muammoni hal etish,

yangi, oxirigacha tugallanmagan tajribani o‗zlashtirish, ta‘sir etishning yangi

yo‗llarini yaratish qobiliyatlarini, shaxsiy idrokni rivojlantirishdan iboratdir.

Izlanuvchan ta‘lim andozasining ta‘lim mazmuni, tabiat va jamiyat bilan o‗zaro

ta‘siri natijasida shaxsda tadqiqotchilik va jadal ijodiy xarakterli faoliyat yo‗li

boshlanadi.

O‗quv jarayonining texnologik shakl modeli va uning amaliy tadbiqi

yangilik xususiyatiga ega bo‗lib, an‘anaviy ta‘limni qayta shakllantiradi.

―Pedagogik texnologiya‖ so‗z birikmasi asosida ―Texnologiya‖, ―Texnologik

jarayon‖ tushunchasi yotadi. Bu tushuncha orqali sanoatda tayyor mahsulotni

olish uchun bajariladigan ishlarning ketma – ketligi haqidagi hujjat, ta‘limda esa

fan bo‗yicha uslubiy tadbirlar majmuasi tushuniladi. Pedagogik texnologiyada

asosiy yo‗l aniq belgilan-gan maqsadlargaqaratilganlik, ta‘lim oluvchi bilan

muntazam o‗zaro aloqani o‗rnatish, pedagogik texnologiyaning falsafiy asosi

hisoblangan ta‘lim oluvchining xatti – harakati orqali o‗qitishdir. O‗zaro aloqa

pedagogik texnologiya asosini tashkil qilib, o‗quv jarayonini to‗liq qamrab olish

kerak. Pedagogik texnologiyada nazarda tutiladigan maqsadlarni qo‗yish

usuli,o‗qitish maqsadlari o‗quvchilar harakatida ifodalanadigan va aniq

ko‗rinadigan hamda o‗lchanadigan natijalar orqali belgilanadi. Maqsadlar

o‗qituvchining faoliyatidan kelib chiqqan holda o‗rgatish, tushuntirish, ko‗rsa-

tish, aytib berish va hokazo atamalar orqali qo‗yila-di. O‗quvchining

harakatlarida ifodalanadigan vazifalar esa ta‘limining natijalarda ifodalanadi.

Natija, talabaning tugallangan xatti –harakatini ifodalovchi keltirib chiqaring,

sanab o‗ting, so‗zlab bering tanlang, ko‗rsatib bering, hisoblang kabi atamalar

bilan ifodalanishi kerak.Shunday qilib, an‘anaviy o‗quv jarayonlarida asosiy

Page 6: K U R S I SH I - ziyonet.uz · Zamonaviy ta‘limni tashkil etish uchun turli innovatsion vositalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Innovatsion vositalarga ekranli proektor, doska-stend,

6

omil – bu pedagog va uning faoliyati hisoblansa, pedagogik texnologiyada

birinchi o‗ringa o‗qish jarayonidagi o‗quvchilarning faoliyati qo‗yiladi. Har bir

vazifa raqamlanib, u bitta natijani ko‗zlashi lozim. Har bir vazifani shunday

qo‗yish kerakki, u o‗qituvchining o‗tadigan darsining bosqichlarini emas, balki,

talabaning o‗zini keyin qanday tutishi kerakligiga ishora qilsin. Ma‘lumki, ilg‗or

texnologiyalarni qo‗llashda asosiy e‘tibor loyihalash bosqichiga qaratiladi,

bunday tizimli yondoshuv asosida o‗quv jarayonini loyihalash, kutilayotgan

natija shaklidagi o‗quv maqsadlarini mumkin qadar aniqlashtirish, rejalash-

tirilgan o‗quv maqsadlariga kafolatli erishishga undaydi. Biz ushbu mavzuda

matematika sohasi uchun innovatsion vositalar bilan tanishib chiqamiz.

Kurs ishining maqsadi:

Innovatsion pedagogika asoslarini va innovatsion ta‘lim jarayonini ,

maktabda matematikani o‘qitishning innovatsion vositalarini o‘rganishdan

iborat.

Kurs ishining obyekti:

O‘zbekistondagi barcha ta‘lim muassasalarida matematikani o‘qitish

jarayoni.

Kurs ishining predmeti:

Innovatsion ta‘lim muhiti mazmuni, metodlari va innovatsion muhitni

shakllantiruvchi vositalar.

Kurs ishining vazifalari:

Mavzuga doir manba topish, axborotlarni tartiblash, rejani shakllantirish;

Innovatsion pedagogik faoliyatni o‘rganish;

Innovatsion ta‘lim jarayoni, shakl, metod, vositalarini o‘rganish;

Innovatsion ta‘lim muhitini o‘rganish;

Matematikani o‘qitishning innovatsion muhitini o‘rganish;

O‘rganilgan ma‘lumotlar asosida xulosalar chiqarish;

Kurs ishini jihozlash, himoyaga tayyorlash;

Page 7: K U R S I SH I - ziyonet.uz · Zamonaviy ta‘limni tashkil etish uchun turli innovatsion vositalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Innovatsion vositalarga ekranli proektor, doska-stend,

7

1-bob. Pedagogika nazariyasi va amaliyotida ta’lim vositalari

muammolari.

1.1§. Ta’lim vositasi tushunchasi

Ta‘lim vositalari –O‘quv materialini ko‘rgazmali taqdim etish va shu

bilan birga o‘qitishni samaradorligini oshiruvchi yordamchi materiallar

hisoblanadi.

Ta‘lim berishning texnik vositalari –o‘quv materialini ko‘rgazmali namo-

yish etishga, uni tizimli yetkazib berishga yordam beradi talabalarga o‘quv

materialini tushunishlariga va eslab qolishlariga imkon beradi .Bunday

vositalarga quyidagilar misol bo‘lishi mumkin: diaproektor, grafoproektor,

doska-bloknot, doska-stend, …

Yordamchi ta‘lim vositalari — grafiklar, chizmalar, namunalar, tarqatma

materiallar va boshqalar.

O‘quv-uslubiy materiallar — o‘quv materiallar, o‘zlashtirilgan o‘quv

materiallarini mustahkamlash uchun mashqlar. Bular talabalarning mustaqil

ishlarini faollashtirishga yordam beradi (ish varaqasi, eslatma, nazorat varaqasi,

matnlar).

Tа‘lim vоsitаlаri o‘qituvchi uchun ham, o‘quvchi uchun ham qulay

bo‘lishi lozim. O‘qituvchi uchun vоsitаlаr: o‘quv prеdmеtini o‘qitish mеtоdikаsi

bo‘yichа qo‘llаnmаlаr, shаhsiy mеtоdikа, murаkkаb mаsаlаlаr bo‘yichа mеtоdik

tаvsiyalаr, o‘qituvchilаr tоmоnidаn tаyyorlаngаn mеtоdik ishlаnmаlаr, darslik.

Tаlаbаlаrni o‘quv bilish fаоliyatlаrini jаdаllаshtirishgа yordаm bеruvchi hаr

turdаgi tа‘lim vоsitаlаrini tаnlаsh vа ulаrdаn fоydаlаnish quyidаgilаrgа bоg‘liq:

1. Mаqsаdni bеlgilаsh;

2. Аsоsiy bilim mаnbаigа;

3. Tа‘lim usuligа;

4. O‘quv mаtеriаlining yangiligi va murаkkаbligigа;

5. Tаlаbаlаrni o‘quv imkоniyatlаrigа.

Tа‘lim vоsitаlаrini tаnlаshni аniqlоvchi оmillаr: mаqsаdni bеlgilаsh;

o‘quv аhbоrоt mаzmuni; tа‘lim vоsitаlаri; еtаkchi bilim mаnbаi; o‘quv

Page 8: K U R S I SH I - ziyonet.uz · Zamonaviy ta‘limni tashkil etish uchun turli innovatsion vositalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Innovatsion vositalarga ekranli proektor, doska-stend,

8

mаtеriаlining yangiligi vа murаkkаbligi. Mavzuni o‗rganishning taxminiy

bosqichlari quyidagilardan iborat deb bilamiz:

1. Mavzu va uning rejasi beriladi;

2. O‗quv faoliyati natijalari eslatiladi;

3. Mavzuni uning ahamiyatga qisqa to‗xtalinadi;

4. Mavzuni tushuntirish ketma– ketligi texnologik loyiha asosida o‗qituvchi

maqsadiga mos kelishi lozim;

5. Talabalar diqqatini jalb etib, mavzu savollari haqida muammoli vaziyatlar

hosilqilish;

6. Tushuntirish jarayonida o‗quv adabiyotlari yoki tarqatma materal bilan

ishlashga ahamiyat beriladi;

7. Talabaning tarqatma materal yoki o‗quv adabiyotlardan asosiy tushunchalarni

o‗qish va yozishni tashkil etishga imkoniyat yaratish;

8. Mavzuni o‗rganish darajasini tekshirish, talabalarga og‗zaki savollar berib

borish orqali, (masalan, analitik geometriya tushunchasining mohiyati nima?);

9. Talabalar javoblariga izoh berish yoki to‗ldirish, to‗g‗ri javoblarni

rag‗batlantirish;

10. Egallangan bilimlarni tekshirish va baholash; bunda tayyorlangan savollar

hamma talabalarga tarqatiladi. Savollarga javob berish uchun muayan (masalan,

10 minut) vaqt beriladi. Berilgan savol varaqlari yig‗ishtirib olingach, savollar

oldindan tayyorlab qo‗yilgan javoblar bilan solishtirib tekshiriladi. To‗g‗ri

javoblar ekranda ko‗rsatiladi yoki doskaga ilinadi. Har bir talaba o‗zining

bilimlarini o‗zi tekshirib ko‗radi va baholaydi baholash reyting tizimida bo‗ladi,

o‗qituvchi talabalar javoblariga munosabat bildiradi.yuqori baholanganlar

rag‗batlantiriladi va kam baho olgan-larga tanbeh bermasdan, ularni o‗qish –

o‗rganishga da‘vat etiladi;

11. Egallangan bilimlarni yanada mustahkamlash va mustaqil ishlash

ko‗nikmasini hosil qilish maqsadida uyga vazifa beriladi. Bunda beriladigan

vazifa aniq bo‗lishi, berilgan vazifaning bajarilish shakli (referat, konspekt

qilish, misol va masalalarni yechish) aniq bo‗lishi zarur.

Page 9: K U R S I SH I - ziyonet.uz · Zamonaviy ta‘limni tashkil etish uchun turli innovatsion vositalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Innovatsion vositalarga ekranli proektor, doska-stend,

9

Matematika fanini, o‗rganishda ushbularga erishishni maqsad qilib

olinadi:

1. matematikaning hozirgi zamon taraqqiyotidagi o‗rni va ahamiyati anglash;

2. o‗quvchining matematik apparatning qo‗llanilishiga qiziqishi;

3. amaldagi dastur asosida matematik apparatni o‗rgatish;

4. ayrim masalalarning matematik modellarini tuza bilish va uni tahlil qilish;

5. matematik fikrlash va xulosa chiqarish;

6. matematik bilimlarni chuqurlashtirishga yo‗naltirib, bu bilimlarni o‗z

faoliyatida qo‗llash.

Page 10: K U R S I SH I - ziyonet.uz · Zamonaviy ta‘limni tashkil etish uchun turli innovatsion vositalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Innovatsion vositalarga ekranli proektor, doska-stend,

10

1.2§. Zamonaviy ta’lim vositalari.

Zamonaviy ta‘limni tashkil etish uchun turli innovatsion vositalardan

foydalanish maqsadga muvofiqdir. Innovatsion vositalarga ekranli proektor,

doska-stend, doska-bloknot, grafoproektor, elektron darslik va videodarslikni

misol keltirishimiz mumkin.

Grаfоprоеktоr — shаffоf plyonkаdаgi tаsvir (slаydlаr) ni ekrаngа

prоеktsiyalаsh uchun qo‘llаnilаdigаn jihоz hisоblаnаdi. Undаn mа‘ruzа vаqtidа

mаtеriаllаrni nаmоyish qilish uchun, shuningdеk guruh ishlаri tаqdimоtidа

yordаmchi vоsitа sifаtidа fоydаlаnilаdi. Kоdоskоp fоydаlаnish uchun qulаy

mоslаshuvchаn vоsitа bo‘lib, bir mаrtа tаyyorlаngаn plyonkаdаn ko‘p mаrtа

fоydаlаnish mumkin, bundаn tаshqаri dоskа bo‘lmаgаn hоllаrdа аsоsiy

tushunchа g‘оyalаr vа nаtijаlаrni o‘qituvchi plyonkаgа flоmаstеr yordаmidа

to‘g‘ridаn-to‘g‘ri yozib ko‘rsаtish hаm mumkin.

EHM — Elektron Hisoblash Mashinalari.

Page 11: K U R S I SH I - ziyonet.uz · Zamonaviy ta‘limni tashkil etish uchun turli innovatsion vositalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Innovatsion vositalarga ekranli proektor, doska-stend,

11

Hozirgi kunda ta‘lim jarayonini EHM siz tasavvur qilish qiyin.

Allaqachon kompyuter o‘qituvchi uchun ham talaba uchun ham asosiy vositaga

aylanib ulgurgan. Kompyuterning afzallik taraflari anchagina.Uning yordamida

electron darslik va juda katta hajmli ma‘lumotlarni ihcham holatda saqlash va

foydalanish imkoniyati mavjud.Kamchiligi nurlanish tufayli inson salomatligi

uchun zararlidir. Kompyuter orqali elektron darslikdagi masala yechilishini

quyidagichanamoyish etish mumkin.

Masala. y=x2-2x+3 funksiyaning grafigini yasang va uni y=x

2 funksiya

grafigi bilan taqqoslang.

y=x2-2x+3 funksiyaning qiymatlar jadvalini tuzamiz:

x -3 -2 -1 0 1 2 3

y(x) 18 11 6 3 2 3 6

Topilgan nuqtalarni yasaymiz va ular orqali silliq egri chiziq o'tkazamiz.

Page 12: K U R S I SH I - ziyonet.uz · Zamonaviy ta‘limni tashkil etish uchun turli innovatsion vositalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Innovatsion vositalarga ekranli proektor, doska-stend,

12

Grafiklarni taqqoslash uchun, to'la

kvadratni ajratish usulidan

foydalanib, y=x2-2x+3 formulaning

shaklini almashtiramiz:

y=x2-2x+1+2=(x-1)

2+2

Avval y=x2 va y=(x-1)

2

funksiyalarning grafiklarini taqqoslaymiz.

Agar (x;y1) nuqta y=x2 parabolaning

nuqtasi, ya'ni y1=x12 bo'lsa, u holda

(x1+1;y1) nuqta y= (x-1)2 funksiyaning

grafigiga tegishli bo'ladi.

Chunki ((x1+1)-1)2=x1=y1. Demak,

y=(x-1)2 funksiyaning grafigi y=x

2

parabola-dan uni bir birlik o'ngga siljitish

(parallel ko'chirish) bilan hosil qilingan

parabola bo'ladi.

Endi y = (x- 1)2 va

y=(x-1)2 +2 funksiyalarning

grafiklarini taqqoslaymiz.

x ning har bir qiymatida

y = (x- 1)2 +2 funksiyaning

qiymati y=(x-

1)2 funksiyaning qiymatidan

2 taga ortiq. Demak, y = (x -

1)2 + 2 funksiyaning grafigi y = (x- 1)

2 parabolani ikki birlik yuqoriga siljitish

bilan hosil qilingan parabola bo'ladi.

Page 13: K U R S I SH I - ziyonet.uz · Zamonaviy ta‘limni tashkil etish uchun turli innovatsion vositalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Innovatsion vositalarga ekranli proektor, doska-stend,

13

Синf доскаси. Доска-стенд.

Shunday qilib, y = x2 - 2x + 3 funksiyaning grafigi y = x

2 parabolani bir

birlik o'ngga va ikki birlik yuqoriga siljitish natijasida hosil qilingan parabola

bo'ladi.

Dоskа-stеnd — mаshg‘ulоtlаrdа o‘quv munоzаrаlаri, аqliy hujum, guruh

ishlаri vа bоshqа muhоkаmаlаr nаtijаlаrini hujjаtlаshtirishdа fоydаlаnilаdigаn

o‘qitishning tеxnik vоsitаsidir. Bundа stеndgа o‘shа kаttаlikdаgi qоg‘оz

qo‘yilаdi vа ungа turli rаngdаgi hаmdа shаkldаgi kаrtоchkаlаr yopishtirilаdi.

Mаshg‘ulоt vаqtidа stеnddа mаzkur kаrtоchkаlаr yordаmidа sxеmаlаr,

tuzilmаlаr, shаrhlаr vа shu kаbilаrni tuzish mumkin. Dоskа-stеndning аfzаlligi

shundаki, undа kаrtоchkаlаr (sxеmаlаr, tuzilmаlаr, shаrhlаr vа hokazo)

jоylаshuvini xоhlаgаn vаqtdа o‘zgаrtirish imkоniyati mаvjud. Shuningdеk

dоskа–stеnd bilаn ishlаgаndа qisqа vаqt ichidа bаrchа tinglоvchilаrning fikr–

mulоhаzаlаri vа g‘оyalаrini qаmrаb оlish vа qаyd etish imkоniyatigа egа

bo‘linаdi.

O‘quv аuditоriyalаri uchun dоskаlаr tizimi

Page 14: K U R S I SH I - ziyonet.uz · Zamonaviy ta‘limni tashkil etish uchun turli innovatsion vositalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Innovatsion vositalarga ekranli proektor, doska-stend,

14

2-bob. Matematikani o’qitishning an’anaviy vositalari

2.1§. Algebrani o’qitishda an’anaviy ta’lim vositalari

Eng asosiy vositalardan biri bu sinf dоskаsi – o‘quv mаtеriаlini vizuаl

nаmоyish qilishning аn‘аnаviy vа qulаy vоsitаsidir. Undаn o‘quv mаtеriаlining

аsоsiy tаyanch nuqtаlаrini bеlgilаshdа, yoki birоr nаrsаni tеz yozish lоzim

bo‘lgаndа fоydаlаnish judа qulаydir. Bundаn tаshqаri sinf dоskаsi tа‘lim

muаssаsаsining hаr bir o‘quv xоnаsidа mаvjuddir.

Kаmchiligi: yangi mаtеriаlni tushuntirish uchun dоskаdа yozilgаnlаrni

o‘chirishgа to‘g‘ri kеlаdi vа аvvаl yozilgаnlаrni qаytа ko‘rsаtish imkоni

bo‘lmаydi.Bundаn tаshqаri o‘qituvchi dоskаgа hоlаtdа bo‘lаdi vа uni eshitish

qiyin bo‘lаdi.

Algebrani ananaviy o‘qitishda o‘qituvchiga doska, bo‘r yetarli bo‘ladi,

lekin biz bilamizki, har qanday maktab yoshidagi bolaning diqqat e‘tiborini

ko‘pi bilan 20 daqiqagina jalb etish mumkin. Bu qisqa vaqt ichida o‘quvchiga

kerakli ma‘lumotlar yetkazilishi lozim bu esa har qanday pedagokdan katta

mahorat talab qiladi. Algebraning ba‘zi mavzulari uchun jumladan:

trigonometriya, funksiya tushunchasi kiritilayotgan vaqtda an‘anaviy ta‘lim

vositalarining o‘zi kamlik qiladi, bu mavzularni maxsus ko‘rgazmali qurollar

yordamidan foydalangan holda o‘quvchilarga yetkazib berish maqsadga

muvofiqdir. Masalan proektor yordamida berilgan funksiyaning grafigini

Page 15: K U R S I SH I - ziyonet.uz · Zamonaviy ta‘limni tashkil etish uchun turli innovatsion vositalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Innovatsion vositalarga ekranli proektor, doska-stend,

15

namoyish qilish orqali ushbu funksiyaga oid boshqa tushunchalarni ham izohlab

ketish mumkin.

Dоskа–blоknоt — bu vаrаqаlаnаdigаn qоg‘оzli dоskа bo‘lib, ungа

mаrkеr bilаn yozilаdi. U turli muhоkаmаlаr yakunlаri vа nаtijаlаrni yaqqоl

nаmоyish etishdа hаmdа eng muhim аhbоrоtlаrni qаyd etishdа qo‘llаnilаdi.

Uning аfzаlligi shundаki, hоhlаgаn vаqtdа оldingi yozilgаnni qo‘yish hаm

mumkin.

Dоskа–blоknоt

Pedagogik texnalogiyalarni ham o‘qituvchi uchun ta‘lim vositasi sifatida

qarash mumkin.quyidagi jadvalda shunday texnalogiyalardan biri keltirilgan.

Page 16: K U R S I SH I - ziyonet.uz · Zamonaviy ta‘limni tashkil etish uchun turli innovatsion vositalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Innovatsion vositalarga ekranli proektor, doska-stend,

16

Matematika darslarida pedagogik texnologiyalar va ulardan ta‘limda

foydalanish.

№ MAVZULAR

Ma‘

ruza

Am

aliy

ot

Sem

inar

Lab

arat

ori

ya

Jam

i

1

1.

Pedagogik texnologiya

tushunchasi, uning

ta‘riflari va metodikadan

farqi.

2 - - - 2

2

2.

Pedagogik texnologiya

turlari va dars modullari. 2 - - - 2

3

3.

O‘quv fanlari misolida

darslar mazmuni va

jarayoni modullarini

belgilash mashqlari.

- 2 - - 2

4

4.

Interfaol ta‘lim, uning

shakllari va

ishtirokchilari.

22 - - - 2

5

5.

Interfaol ta‘lim shakllarini

amalda qo‘llash

mashqlari.

- 4 - - 4

6

6.

Muammoli ta‘lim

texnologiyasi asoslari. 2 - - - 2

7

7.

Muammoli ta‘lim

mashg`ulotlarini tashkil

etish va boshqarish.

- 2 - - 2

8

8.

Tinglovchilarning turli

pedagogik texnologiyalar

bo‘yicha dars

ishlanmalari taqdimoti.

- 2 - - 2

Jami: 8 10 - - 18

Page 17: K U R S I SH I - ziyonet.uz · Zamonaviy ta‘limni tashkil etish uchun turli innovatsion vositalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Innovatsion vositalarga ekranli proektor, doska-stend,

17

2.2§. Geometriyani o’qitishda an’anaviy talim vositalari

Asboblar, uskunalar, jadvallar, chizg‘ich, sirkul, doska, bo‘r, transporter,

darslik.

Geometriya fani o‘quvchilar uchun biroz murakkablikni keltirib chiqarishi

mumkin. Shu sabab texnik vositalardan foydalanish har bir o‗quvchiga

individual yondashuvni ta‘minlashi va turli darajadagi murakkablikka ega

topshiriqlarni ishlab chiqish, individual qobiliyati hamda tayyorgarligiga qarab

bir dars doirasida turli o‗quvchilarga taklif etishni ta‘minlashi mumkin bo‗ladi.

Shuni ta‘kidlaymizki, ―Oliy matematika‖ fani oliy ta‘limda asosiy tayanch fan

ekanligi, uning bo‘limlari ehtimollar nazariyasi va matematik statistika,

informatika, chiziqli va nochiziqli dasturlash, makro va mikro iqtisod,

ekonometriya, iqtisodiy tahlil, moliyaning miqdoriy metodlari, logistika va

boshqa fanlarning asosiy bilimlarini egallashda muhim qurol sifatida ishlatilishi

e‘tiborga olinadi. Ananaviy metodlarning ibtidosini ilk falsafiy va pedagogik

tizimlar tashkil etadi hozirgi davrda ulardan 5 tasi inobatga olinadi: amaliy,

ko‘rgazmali, ifodali, kitob bilan, video darslik.

Matematika darsining o‗ziga xos tomonlari, eng avvalo, bu o‗quv

predmetining xususiyatlaridan kelib chiqadi. Bu xususiyatdan biri shundan

iboratki, unda arifmetik material bilan bir vaqtda algebra va geometriya

elementlari ham o‗rganiladi. Talabalarning psixologik imkoniyatlari va o‘qish-

o‘zlashtirish faoliyati natijalari o‘zaro bir-biriga doimo mos kelavermaydi,

shuning uchun psixologik imkoniyat va o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari natijalari

sistemali ravishda hisobga olib boorishi zaruriyati tug‘iladi. Ayni mana shu

borada AQSh ta‘lim tizimida olib borilayotgan izlanishlar ijobiy natija

bermoqda.Bunda mutahassislar tomonidan tuzilgan mahsus testlar yordamida

talabalarni quyidagi guruhlarga ajratishadi.

Vizual talaba-ko‘rish orqali malumotlarni samarali qabul qiladi

Audial talaba –eshitish orqali

Reflektor qobiliyatli talaba –tahlil qilish,tajriba,soolishtirish orqali

Page 18: K U R S I SH I - ziyonet.uz · Zamonaviy ta‘limni tashkil etish uchun turli innovatsion vositalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Innovatsion vositalarga ekranli proektor, doska-stend,

18

Introvert talaba –kam muloqot qiladi ,energiyasi ichida bo‘ladi chuqur

o‘ylab tez o‘zlashtiradi

Exstrovert talaba –ko‘p gapiradi ,tinmay energiya sarflaydi bir joyda tura

olmaydi.

Endi ―Geometriya‖ fanining ―Fazoda tekislik tenglamalari‖ amaliy

mashg‘ulot darsida ilg‗or pedagogik texnologiyalarni qo‗llab, o‗qitish-o‗rgatish

haqida fikr yuritamiz.

Mavzu: Fazoda tekislik tenglamalari

Vaqti 2 soat Talabalar soni: 25 nafardan oshmasligi

Kerak

O‘quv mashg‗uloti

shakli

Individual topshiriqlarni bajarishga

asoslangan amaliy mashg‗ulo

Mashg‗ulot rejasi 1. Fazoda Dekart koordinatlar sistemasi va

asosiy masalalarпф oid misollar iechish.

2. Berilgan nuqtadan o‘tib, berilgan

vektorga perpendikulyar bo‘lgan tekislik

tenglamasini muayan misollarda chiqarish.

3. Tekislikning umumiy tenglamasi va

uning xususiy hollariga misollar iechish.

5. Tekislikning kesmalar bo‘yicha

tenglamasiga doir misollar iechish .

6. Berilgan uchta nuqtalardan o‘tuvchi

tekislik tenglamasiga oid misollar iechish

Asosiy tushuncha va

atamalar

Fazoda nuqtaning o‗rni, aplikata,

oktantlar, koordinat tekisliklari, ikki nuqta

orasidagi masofa, kesmani berilgan

nisbatda bo‗lish, sirt va uning tenglamasi,

sirtning tartibi, sferik sirt, fazoda tekislik,

normal vektor, tekislikning umumiy

Page 19: K U R S I SH I - ziyonet.uz · Zamonaviy ta‘limni tashkil etish uchun turli innovatsion vositalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Innovatsion vositalarga ekranli proektor, doska-stend,

19

tenglamasi, tekislikning kesmalar bo‗yicha

tenglamasi, berilgan uchta nuqtadan

o‗tuvchi tekislik, ikki tekislik orasidagi

burchak, nuqtadan tekislikkacha bo‗lgan

masofa, ikki tekislikning parallelligi va

perpendikulyarligi.

Amaliy

mashg‗ulotining

maqsadi

Fazoda tekislik tenglamalari haqidagi

bilimlarni mustahkamlash va ularni

chuqurlashtirish..

Pedagogik vazifalar O‗quv faoliyati natijalari

1.Mavzu bo‘yicha

bilimlarni

tizimlashtirish,

mustahkamlash.

2.O‘quv materiallari

bilan ishlash

ko‘nikmalarini

hosil qilish.

3. Fazoda Dekart

koordinatlar

sistemasi va

asosiy masalalarga

oid misollar iechish.

4. Berilgan nuqtadan

o‘tib, berilgan

vektorga

perpendikulyar

bo‘lgan tekislik

tenglamasini muayan

1.Fazoda Dekart koordinatlar sistemasi va

asosiy masalalarga oid misollar iecha

bilish.

2. Berilgan nuqtadan o‘tib, berilgan

vektorga perpendikulyar bo‘lgan tekislik

tenglamasini muayan misollarda chiqa bilish.

3. Tekislikning umumiy tenglamasi va

uning xususiy hollariga misollar iechni

bilish.

4.Tekislikning kesmalar bo‘yicha

tenglamasiga doir misollar iecha bilish .

5. Berilgan uchta nuqtalardan o‘tuvchi

tekislik tenglamasiga oid misollar iechni

bilish.

Page 20: K U R S I SH I - ziyonet.uz · Zamonaviy ta‘limni tashkil etish uchun turli innovatsion vositalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Innovatsion vositalarga ekranli proektor, doska-stend,

20

misollarda chiqarish.

5. Tekislikning

umumiy tenglamasi

va

uning xususiy

hollariga misollar

iechish.

6. Tekislikning

kesmalar bo‘yicha

tenglamasiga doir

misollar iechish .

7. Berilgan uchta

nuqtalardan o‘tuvchi

tekislik tenglamasiga

oid misollar iechish.

Ta‘lim usuli va

texnikasi

Amaliy mashg‗uloti, tezkor-so‗rov, aqliy

hujum, pinbord, suhbat, munozara, insert.

Ta‘lim shakli Frontal, jamoaviy(guruhli).

Ta‘lim vositalari Ma‘ruza matni, amaliy mashg‗ulot

bo‗yicha o‗quv materiallari, proektor,

axborot texnologiylari vositalari.

Ta‘lim berish sharoiti Maxsus texnika vositalari bilan

jihozlangan, guruhli shaklda ishlashga

mo‗ljallangan auditoriya

Manitoring va

baholash

Og‗zaki so‗rov, kuzatish, test.

Oliy ta‘limning asosiy vazifalariga ko‘ra talabalarni yuksak ko‘rsatkichli

ta‘limni ta‘minlash va DTS ga muvofiq ravishda xozirgi zamon ta‘limiy va

kasbiy dasturlar asosida malakali kadrlar tayyorlash,hamda jamiyat talablariga

Page 21: K U R S I SH I - ziyonet.uz · Zamonaviy ta‘limni tashkil etish uchun turli innovatsion vositalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Innovatsion vositalarga ekranli proektor, doska-stend,

21

javob beradigan, mamlakatning iqtisodiy siyosiy sotsial taraqqiyotiga munosib

hissa qo‘sha oladigan yoshlarni tarbiyalash lozim,zamonaviy fan texnika

texnologiya va madaniyat yutuqlariga asoslangan holda matematika o‘qitishni

tashkil etish lozim.

Page 22: K U R S I SH I - ziyonet.uz · Zamonaviy ta‘limni tashkil etish uchun turli innovatsion vositalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Innovatsion vositalarga ekranli proektor, doska-stend,

22

3-bob. Matematikani o’qitishda innovatsion ta’lim vositalari

3.1§. Algebra o’qitishda innovatsion ta’lim vositalari

EHM — Elektron Hisoblash Mashinalari. Hozirgi kunda matematikani

o‘qitishni tashkil etishni innovatsion yo‘llaridan biri masofaviy ta‘lim .

Masofaviy ta‘limni tashkil etish vositalari quyidagilardan iborat mahsus

ekran va proektor Internet brauzeri va online video, shular orqali biror bir

oldindan tan-langan mavzuni masofadan turib orgatish mumkin bu asosan

videokonfernsiya orqali amalga oshiriladi .

Matematikani o‗qitishda masalalar markaziy rol o‗ynaydi va o‗quv

jarayonining ham vositasi, ham maqsadi sifatida e‘tirof etilishi mumkin.

O‗quvchi nuqtai nazaridan masala ta‘limning maqsadidir, chunki u masala

yechilishini daftarga qayd etish, natijani olish va uni to‗g‗riligini tekshirish kabi

tushuniladi. O‗qituvchi nuqtai nazardan masala o‗qitish vositasi hisoblanadi. U

―ma‘lum bir matematik nazariyani shakllantirishga yordam beradigan natijalarni

olish‖ uchun masalani tavsiya etadi. Mazkur holatda matematikani ―masalalar –

nazariya – masalalar‖ sxemasi bo‗yicha o‗qitish haqida gapirish lozim.

A.A.Stolyar masalalarni shakllantirishda nomatematik sohada yuzaga kelgan

muammoli vaziyatlardan kelib chiqishni va ulardan mos masalalarni

shakllantirish zarurligini ta‘kidlaydi. Maqsad bunday masalalarni matematik

vositalar yordamida yechishda berilgan ma‘lumotlarning yetishmasligi, bu esa

Page 23: K U R S I SH I - ziyonet.uz · Zamonaviy ta‘limni tashkil etish uchun turli innovatsion vositalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Innovatsion vositalarga ekranli proektor, doska-stend,

23

nazariyani chuqurroq o‗rganish lozimligi kabi faktlarni o‗rnatishga olib keladi.

Nazariy materiallarni qayta ishlash yana masalalar (matematik va amaliy) orqali

amalga oshiriladi. Masalalarning ko‗p xilliligi ularni ma‘lum tanlangan

asoslarga ko‗ra klassifikatsiyalash ehtiyojini keltirib chiqaradi. Bunday asoslar

didaktik maqsadlar, bajaruvchi vazifalari, tuzi-lishlari, yechilish usullari va

boshqalar bo‗lishi mumkin. Matematikani o‗qitish jarayonida masalalar

quyidagi didaktik maqsadlarga xizmat qiladi:

1. Matematikani o‗rganishga qiziqishni orttiradi;

2. O‗rganiluvchi tushunchalar hamda harakatlar uslublarining

propedevtikasini yaratadi;

3. Nazariy materiallarni (o‗rgatuvchi masalalar) ni o‗zlashtirishga yordam

beradi;

4. Asosiy tipdagi masalalar (mashqlantiruvchi masalalar) ni yechish

ko‗nikmalarini shakllantiradi;

5. Intelllektni, dunyoqarashni, ma‘naviy sifatlarni (rivojlantiruvchi

masalalar) rivojlantirishga yordam beradi.

Yuqorida ko‗rsatilgan didaktik maqsadlarni amalga oshirish butun

ta‘limning maqsadiga erishish imkonini beradi. Jumladan, ma‘lum tipdagi

masalalar ta‘limning alohida maqsadlariga erishishga yordam beradi.

Page 24: K U R S I SH I - ziyonet.uz · Zamonaviy ta‘limni tashkil etish uchun turli innovatsion vositalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Innovatsion vositalarga ekranli proektor, doska-stend,

24

3.2§. Geometriyani o’qitishning innovatsion vositalari

Geometriyani o‘qitish jarayoni algebrani o‘qitishdan bir muncha farq

qila-di.Geometriyada adabiyotlar bilan ishlash ko‗nikma va malakalarini

shakllantirish mashg`ulоtlarda kоmpyutеrli, infоrmatsiоn va bоshqa zamоnaviy

o‘qitish tехnоlоgiyalari, pеdagоgik vaziyatlarni mоdеllashtirish, pеdagоgik

mazmundagi amaliy (rоlli) o‘yinlar, o‘quv – tadqikоtchilik va rеfеrat

tоpshiriqlarni bajarish qo‘llaniladi. Bundan tashqari psiхоlоgо-pеdagоgik fanlar

bo‘yicha darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari, ma‘ruza matnlari ―Pеdagоgik

tехnоlоgiyalar‖ faniga tеgishli bo‘lgan tarqatma matеriallar, EHM, o‘qitish

ko‘rgazmalari (plakat, jadval, diagrammalar) va tехnik vоsitalaridan

fоydalaniladi.

Aytaylik, vertikal to'g'ri chiziq markazi O nuqtada va radiusi 1 ga teng

bo'lgan aylanaga P nuqtada urinsin .

Page 25: K U R S I SH I - ziyonet.uz · Zamonaviy ta‘limni tashkil etish uchun turli innovatsion vositalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Innovatsion vositalarga ekranli proektor, doska-stend,

25

Bu to'g'ri chiziqni boshi P nuqtada bo'lgan son o'qi deb, yuqoriga

yo'nalishni esa to'g'ri chiziqdagi musbat yo'nalish deb hisoblaymiz. Son o'qida

uzunlik birligi sifatida aylananing radiusini olamiz. To'g'ri chiziqda bir nechta

nuqtani belgilaylik: .

( — taqriban 3,14 ga teng bo'lgan irratsional son ekanligini eslatib

o'tamiz). Bu to'g'ri chiziqni aylanadagi P nuqtaga mahkamlangan

cho'zilmaydigan ip sifatida tasavvur qilib, uni fikran aylanaga o'ray boshlaymiz.

Bunda son (o'qining) to'g'ri chizig'ining, masalan, koordinatali

nuqtalari aylananing, mos ravishda, shunday M1, M2, M3, M4 nuqtalariga

o'tadiki, PM1 yoyning uzunligi 1 ga teng, PM2 yoyning uzunligi ga teng va

hokazo bo'ladi. Shunday qilib, to'g'ri chiziqning har bir nuqtasiga aylananing

biror nuqtasi mos mos qo’yiladi.

Page 26: K U R S I SH I - ziyonet.uz · Zamonaviy ta‘limni tashkil etish uchun turli innovatsion vositalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Innovatsion vositalarga ekranli proektor, doska-stend,

26

Xulosa

Men ushbu kurs ishimda ta‘lim jarayonini tashkil etishdagi ta‘lim

vositalarining o‘rni va ro‘li haqida fikr yuritdim.Sifatli ta‘lim olish uchun ta‘lim

vositalarining ahamiyati katta.Xalqimizda ajoyib naql bor ―Ish quroling soz

bo‘lsa,mashaqqating oz bo‘lur ‖.Rivojlanib borayotgan texnikalashuv

sharayotida,albatta ta‘lim vositalari ham yangilashib borishi tabiiy.Kurs ishida

nomlari keltirilgan zamonaviy ta‘lim vositalaridan kelajakda akadamik litsey

maktab va oily o‘quv yurtlarida foydalanilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi va

yaxshi natijalarga erishish mumkin.

Ta‘lim maqsadlari, uning mazmuni, o‗qitish va ta‘lim berish usullari,

nazorat va natijalarni baholashni o‗zaro bog‗liklikda loyihalash ko‗pincha

an‘anaviy o‗quv jarayonida yetishmaydigan narsadir. Jaxon pedagogika fani

ilmiy – texnika taraqqiyoti ta‘sirini boshdan kechirib, psixologiya, kibernetika,

tizimlar nazariyasi, boshqaruv nazariyasi va boshqa fanlar yutuqlarini

birlashtirib, hozirgi davrda faol yangilanish (innovatsiya) jarayonlari bosqichida

turar ekan, inson imkoniyatlarini samarali rivojlantirish amaliyotiga boy mahsul

bermoqda. Pedagogik texnologiya usullari dastlab o‗qitishning harakatini

namunaviy vaziyatdagi belgilangan qoida bo‗yicha o‗zlashtirish talab etiladigan

mahsuldor darajasi uchun ishlab chiqilgan. Mahsuldor ta‘lim har qanday

ta‘limning zaruriy tarkibiy qismi hisoblanib, u insoniyat jamg‗argan tajribani

aniq o‗quv fani doirasida o‗zlashtirish bilan bog‗liq.

1997-yilda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining ―Ta‘lim

to‘g‘risida‖gi qonuni va ―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi‖ milliy ta‘lim

taraqqiyoti va milliy kadrlar tayyorlash tizimi istiqbollarini belgilovchi xujjat

sifatida bu sohadagi ishlarni rivojlantirishda yana bir tarixiy davr boshlanishiga

zamin yaratdi. Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi asosiy vazifalaridan biri bu

ta‘lim jarayonidagi sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilash, ya‘ni jahon andozalariga

mos, raqobatbardosh, yuqori saviyaga ega bo‘lgan mutaxassislar tayyorlashdir.

Ushbu murakkab muammolarni yechimini topib, ularni amalda keng qo‘llash

oliy ta‘lim tizimi xodimlari oldiga juda katta vazifalar belgilaydi. Bunda aniq

Page 27: K U R S I SH I - ziyonet.uz · Zamonaviy ta‘limni tashkil etish uchun turli innovatsion vositalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Innovatsion vositalarga ekranli proektor, doska-stend,

27

vazifalar sifatida bevosita o‘quv jarayonini yaxshilash, o‘quv dasturlarini yanada

takomillashtirish, o‘qitishning zamonaviy pedagogik texnologiyalarini amalga

joriy qilish, texnik vositalaridan keng foydalanish va shu asosda masofadan

o‘qitishni keng joriy qilishdan iboratdir. Masofaviy ta‘limni tashkil etish

natijasida ta‘lim olish jarayonini qulaylashtirish imkoni tug‘iladi. Kurs ishidan

ko‘zlangan maqsad ta‘lim jarayonini tashkil etishda foydalaniluvchi vositalar

haqida malumot berish edi.

O‘sib kelayotgan yosh avlodni yetuk ma‘naviyatli, bilimli, malakali kadr

etib tarbiyalash har bir pedagogning asosiy vazifasidir va bu ishlarni biz ham

munosib ravishda amalga oshirilishiga o‘z hissamizni qo‘shishga harakat

qilamiz.

Page 28: K U R S I SH I - ziyonet.uz · Zamonaviy ta‘limni tashkil etish uchun turli innovatsion vositalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Innovatsion vositalarga ekranli proektor, doska-stend,

28

Lug’at

O‘zbek Ingliz Rus

Adab Breeding Воспитанност

Ahamiyat Significance Важностъ

Ajoyib Astonishing Удивителъны

Akademiya Academy Akadeми

Aks holda Other wise Наоборот

Aksioma Axiom Аkсиома

Aktuallik Actuality Аkтуалъностъ

Algebra Algebra Алгебра

Aloqa Reletion Связъ

Aniq Exat Ясный

Aql Mind Разум

Axborot Repor Известния

Baho Prise Цена, стоимост

Bajarmoq Carry out Исполнятъ

Ball Unit off measure Балл

Bandlik Busy Занятый

Berilgan Given Преданный

Bilag‘on Learned Разг

Bilim Knowledge Знание

Bilimdon Learned Знаток, знающий

Bo‘lajak A future Будущий

Bola Child Дитя

Boshlang‘ich Initia Начальный

Boshqotirma Puzzle

Daftar Writing Тетрадъ

Daraja Degree Степень

Davriy Periodical Циkличный

Diqqat e‘tibor Attention Внимание

Dolzarb Culmination Кульминация

Dunyoqarash World wiew Мировоззрение

E‘lon Advertisement Обьявление

Egallamoq Takepossession Занимат

Ekran Movie screen Экран

Page 29: K U R S I SH I - ziyonet.uz · Zamonaviy ta‘limni tashkil etish uchun turli innovatsion vositalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Innovatsion vositalarga ekranli proektor, doska-stend,

29

Electron Electron Вычислительная

Erishmoq Get Достигат

Eski Old, ragged Старый

Fan Science, subject Наука

Faoliyat Activity Деятелъностъ

Faoliyat Activity Деятельность

Foydalanmoq Use, advantage, Пользоваться

Grafik Graphic Графиk

Hajm Size Ёмкость

Hamkorlik Coexistence Содружество

Ijodkor Creator Творец

Ilg‘or Advance-guard Прогрессивный

Imtiyoz Privilege Привилегия

Intilish Aspiration Стремление

Isbot Proof Доказательство

Islohot Reform Реформа

Iste‘dot Ability Способность

Ixtiro Invention Изобретение

Izoh Explanation, elucidation Разьяснение

Jamoa Community Общество

Jarayon Process Процесс

Kashfiyot Discoveries Открытия

Kelajak Future Будущее

Ko‘nikma Habit, practice, custom Навык

Ko‘rgazma Exhibition Выставка

Loyiha

Project, design,

undertaking Проект

Mahorat Craftsmanship, art Высокое

Malaka Habit, skill Квалификация

Maqsad Aim, goal, object Намерение

Masofa Distance Расстояние

Muvaffaqiyat Serccess, goodluck Успех

Natija Result, outcome Результат

O‘zgarish Change Перемена изменение

Ommalashtirmoq Popularize Попульярным

Page 30: K U R S I SH I - ziyonet.uz · Zamonaviy ta‘limni tashkil etish uchun turli innovatsion vositalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Innovatsion vositalarga ekranli proektor, doska-stend,

30

Qo‘llanma Manual Пособие

Qobiliyat Capability Одарѐнный

Raqobat Competition, rivalry Конкуренсия

Sezgi Feeling, sense Чуство

Sharoit Condition Условия

Ta‘lim Education, teaching Учѐба

Ta‘rif Definition, description Описание

Tabaqa Estate, stratum Створка

Tajriba Ezperiment, test Эксперимент

Takomillashtirmoq Perfecting, developing Совершенствоваться

Talab Demand, reduirement Требование

Tayyorgarlik Preparation Подготовка

Tekshirish Verification, checkup Проверка

Vosita

Instrument, implement,

means Средство

Yaratmoq Compose, create Создовать

Zamonaviy Contemporary, modern Современный

Page 31: K U R S I SH I - ziyonet.uz · Zamonaviy ta‘limni tashkil etish uchun turli innovatsion vositalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Innovatsion vositalarga ekranli proektor, doska-stend,

31

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

1. O‘zbekiston respublikasi ―Ta‘lim to‘g‘risidagi qonun‖.

2. Karimov I.A. ―Asosiy vazifamiz vatanimizning taraqiyoti va xalqimiz

farovonligini yanada yuksalyirish‖. Toshkent. O‗zbekiston. 2010 .

3. Karimov I.A. ―Barcha reja va dasturlarimiz vatanimiz taraqqiyotini

yuksaltirish, xalqimiz farovonligi oshirishga xizmat qiladi‖. Toshkent.

O‗zbekiston. 2011.

4. O‘zbekiston respublikasi ―Ta‘lim to‘g‘risidagi qonun‖.

5. Karimov I.A. ―Asosiy vazifamiz vatanimizning taraqiyoti va xalqimiz

farovonligini yanada yuksalyirish‖. Toshkent. O‗zbekiston. 2010 .

6. Karimov I.A. ―Barcha reja va dasturlarimiz vatanimiz taraqqiyotini

yuksaltirish, xalqimiz farovonligi oshirishga xizmat qiladi‖. Toshkent.

O‗zbekiston. 2011.

7. Sh.Alinov,O.R.Xolmuhammedov,M.A.Mirzaxmedov. 9-―algebra‖ 2006-

yil

Internet manzillari

1. www.bilimdon.uz

2. uz.wikipedia.org

3. www.tdpu.uz

4. library.tuit.uz

5. www.study.uz

6. www.elearning.uz

7. www.pedagog.uz

8. www.metodist.ru

9. www.criticalthinking.org

10. http://www.psyfactor.org/lybr7.htm

11. http://www.anovikov.ru/artikle/problem.htm89

Page 32: K U R S I SH I - ziyonet.uz · Zamonaviy ta‘limni tashkil etish uchun turli innovatsion vositalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Innovatsion vositalarga ekranli proektor, doska-stend,

32

Mundarija

Kirish…………………………………………………………………………….3

1 bob. Pedagogika nazariyasi va amaliyotida ta‘lim vositalari

muammolari……………………………………………………………………..7

1.1§. Ta‘lim vositasi tushunchasi……………………………………………...7

1.2§. Zamonaviy tailim vositalari……………………………..……………...10

2 bob. Matematikani o‘qitishda an‘anaviy ta‘lim vositalari………………..13

2.1§. Algebrani o‘qitishda an‘anaviy ta‘lim vositalari………………………13

2.2§. Geometriyani o‘qitishda an‘anaviy ta‘lim vositalari…………………..17

3 bob. Matematikani o‘qitishda innovatsion ta‘lim vositalari…………………22

3.1§. Algebrani o‘qitishda innovatsion ta‘lim vositalari……………………….22

3.2§. Geometriyani o‘qitishda innovatsion ta‘lim vositalari………………….24

Xulosa…………………………………………………………………………..26

Lug‘at…………………………………………………………………………..28

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati……………………………………………31