63
3 O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI MOLIYAVIY MENEJMENT FAKULTETI “KASBIY TA’LIM” KAFEDRASI Mamarasulov Erali Bozorboy o’gli «Ustav kapitali auditi» mavzusini mustaqil o’rganish uchun topshiriqlar ishlab chiqish va qo’llash metodikasi «HIMOYAGA RUXSAT ETILDI» «Kasbiy ta’lim» kafedrasi mudiri i.f.d.,prof. A.Omonov «__»_____________2013 y. Bitiruvchi: 5140900 -“Kasb ta’lim”(Buxgalteriya hisobi va Audit) ta’lim yo’nalishi 4- kurs talabasi Mamarasulov Erali Bozorboy o’gli «__»_____________2013 y. Ilmiy rahbar: _i.f.n.,dots. X.Iskanov «__»_____________2013 y. Ilmiy maslahatchi : k. o’qt.N.Xolyigitova «__»_____________2013 y. TOShKENT - 2013 BITIRUV MALAKAVIY ISHI

Mamarasulov Erali Bozorboy o’glioshirishda o’qitishning zamonaviy usullari, shakl va vositalari, o’yin texnologiyalari, muammoli o’qitish, xususan mustaqil ta’limning noan’anaviy

  • Upload
    others

  • View
    50

  • Download
    0

Embed Size (px)

Citation preview

Page 1: Mamarasulov Erali Bozorboy o’glioshirishda o’qitishning zamonaviy usullari, shakl va vositalari, o’yin texnologiyalari, muammoli o’qitish, xususan mustaqil ta’limning noan’anaviy

3

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTAMAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI

MOLIYAVIY MENEJMENT FAKULTETI

“KASBIY TA’LIM” KAFEDRASI

Mamarasulov Erali Bozorboy o’gli

«Ustav kapitali auditi» mavzusini mustaqil o’rganish uchun topshiriqlar ishlabchiqish va qo’llash metodikasi

«HIMOYAGA RUXSAT ETILDI» «Kasbiy ta’lim» kafedrasi mudiri

i.f.d.,prof. A.Omonov«__»_____________2013 y.

Bitiruvchi: 5140900 -“Kasb ta’lim”(Buxgalteriya hisobi va Audit)ta’lim yo’nalishi 4- kurs talabasi Mamarasulov Erali Bozorboy o’gli

«__»_____________2013 y.

Ilmiy rahbar: _i.f.n.,dots. X.Iskanov

«__»_____________2013 y.

Ilmiy maslahatchi : k. o’qt.N.Xolyigitova

«__»_____________2013 y.

TOShKENT - 2013

BITIRUV MALAKAVIY ISHI

Page 2: Mamarasulov Erali Bozorboy o’glioshirishda o’qitishning zamonaviy usullari, shakl va vositalari, o’yin texnologiyalari, muammoli o’qitish, xususan mustaqil ta’limning noan’anaviy

4

Reja

Kirish………………………………………………………………….....…..…..

I BOB. Ustav kapitali auditining ahamiyati va uning nazariy asoslari.

1.1. Ustav kapitali auditining maqsadi, vazifalari.

1.2. Ustav kapitali auditini tashkil qilish va o’tkazish tartibining

o’ziga xos xususiyatlari.

II bob. “Ustav kapitali auditi” mavzusini mustaqil o’rganish uchun

topshiriqlar ishlab chiqish va qo’llash metodikasi2.1. Mavzuni mustaqil o’rganish uchun o’ziga xos metodlarni tanlash va uning

ahamiyati.

2.2. “Ustav kapitali auditi” mavzusini mustaqil o’rganish uchun topshiriqlar

ishlab chiqish.

III BOB. “Ustav kapitali auditi” mavzusini mustaqil o’rganish uchun

metodlarni takomillashtirish masalalari.3.1. Mavzuni o’qitishda o’ziga xos zamonaviy pedagogik texnologiyalarni

ishlab chiqish, qo’llash va tadbiq etish asoslari.

3.2. “Ustav kapitali auditi” mavzusini mustaqil o’rganishni tashkil etishda

metodlarni takomillashtirish yo’llari.

XULOSA

Page 3: Mamarasulov Erali Bozorboy o’glioshirishda o’qitishning zamonaviy usullari, shakl va vositalari, o’yin texnologiyalari, muammoli o’qitish, xususan mustaqil ta’limning noan’anaviy

5

КIRISHMavzuning dolzarbligi. Malakali kadrlar tayyorlashning muhim omillaridan

biri - bu ta’lim sifati va samaradorligini oshirishdir. Ta’lim sifati va samaradorligini

oshirishda o’qitishning zamonaviy usullari, shakl va vositalari, o’yin texnologiyalari,

muammoli o’qitish, xususan mustaqil ta’limning noan’anaviy metodlari muhim o’rin

tutadi. Bu esa kasb-hunar ta’limi muassasalarida o’quvchi-talabalar mustaqil ta’limi

mazmunini ishlab chiqish va uni tashkil etish hamda amalga oshirish usullarini

takomillashtirish borasida ilmiy pedagogik izlanishlar olib borishni taqozo etadi.

Zero, ma’naviy barkamol avlodni shakllantirishda ijodiy ishlar va mustaqil faoliyat

yuritish o’z-o’zidan erkin tafakkurni talab qiladi. Mustaqil tafakkuri, o’z nuqtai

nazariga ega bo’lmagan o’quvchi ijodkor bo’la olmaydi, mustaqil faoliyat

yuritolmaydi.

Iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiyalash jarayonida amalga oshirilayotgan

ishlar ijtimoiy hayotimizning deyarli barcha jabhalariga tadbiq etilayotgan bir paytda

aholining iqtisodiy savodxonligini oshirish va yangi iqtisodiy taffakurni

shakllantirishga bo’lgan ehtiyoj tobora dolzarb muammo bo’lib bormoqda.

Shu bois, iqtisodiy fanlarni yoshlarga maktabdanok singdirib borish,

o’quvchilarni boshlang’ich sinflardanoq iqtisodiyotning sir-asrorlaridan xabardor

etish Xalq tizimi oldiga yangi vazifalarni qo’ymoqda. Hukumat qaroriga muvofiq, bu

vazifalarni amalga oshirish uchun oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnik

bazasini modernizatsiya qilish va mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash

bo’yicha 2011 - 2016 yillarga mo’ljallangan dastur ishlab chiqildi va uni amalga

oshirish uchun 277 milliard so’mdan ortiq mablag’ yo’naltirish ko’zda tutilgan.1

Yurtimizda ta’lim sohasida olib borilayotgan keng ko’lamli islohotlar ertamiz egalari

bo’lgan yosh avlodni har jihatdan barkamol qilib tarbiyalash, ta’lim tizimini jahon

andazalari darajasiga yetkazishga qaratilgan.

1 O’z Res Prezidenti I.Karimovning 2011 yilning asosiy yakunlari va 2012 yilda O’zbekistonni ijtimoiy- iqtisodiy rivojlantarishning yctuvopyo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi.

Page 4: Mamarasulov Erali Bozorboy o’glioshirishda o’qitishning zamonaviy usullari, shakl va vositalari, o’yin texnologiyalari, muammoli o’qitish, xususan mustaqil ta’limning noan’anaviy

6

Zero, har bir davlat taraqqiyoti yuksak malakali zamonaviy ilm-fandan boxabar

zakovatli mutaxassislar darajasi bilan belgilanadi. O’zbekistonda har yili ta’lim uchun

sarflanayotgan harajatlar yalpi ichki maxsulotning 10-12 foizini tashkil etadi.

Holbuki, jahon tajribasida bu ko’rsatkich 3-5 foizdan oshmaydi. Shuningdek,

O’zbekiston katta yoshdagi aholi savodxonligi darajasi bo’yicha Italiya, Ispaniya,

Janubiy Koreya va Isroil kabi iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlarni ortda

qoldirmoqda.

Hozirgi kunda bir yarim milliondan ortiq o’quvchi yangi qurilgan va

zamonaviy jihozlangan 1396 ta kasb-xunar kolleji va 141 ta akademik litseylarda

ta’lim olmoqda. Ushbu ta’lim muassasalarida ta’lim ishlab chiqarish korxonalari bilan

uzviy aloqada amalga oshirilmoqda. Yuksak malakali kadrlar tayyorlashning muhim

talabi esa bu - ularda ijodkorkorlikni va mustaqillikni rivojlantirishdir. Bu esa o’z

navbatida o’quvchi-talabalar mustaqil ishlarini tashkil etish va ularni bajarishning

sifatini oshirish bilan bog’liq. Bitiruv malakaviy ishining dolzarbligi ham shunda.

Tadqiqot ob’yekti. Ushbu bitiruv malakaviy ish bakalavr darajasida

bo’lganligi uchun uzluksiz ta’limning o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limidagi kollejlarda

o’qitiladigan iqtisodiy fanlarning “Ustav kapitali auditi” mavzusi tadqiqot ob’yekti

sifatida ajratib olindi, mustaqil ishlarni tashkil etish va ularni tashkil etishda

qo’llaniladigan metod va vositalar bitiruv malakaviy ishining predmeti hisoblanadi.

BMI ning maqsadi - o’quvchi-talabalarning iqtisodiy savodxonligini oshirish.

Mavzu bo’yicha mustaqil ishlarni tashkil etish va ularni sifatini oshirish

muammolarini bartaraf etish. Bu maqsadga erishish uchun esa quyidagi vazifalar

belgilab olindi:

- mustaqil o’qish bo’yicha adabiyotlarni o’rganish va tahlil qilish. tadqiqot

metodikasini tanlash va eksperimental modelini yaratish.

- o’quvchi-talabalarda mustaqil o’rganishni shakllanishiga ta’sir etuvchi

omillarni tadqiq qilish.

- mustaqil o’rganish uchun topshiriqlar ishlab chiqish.

Page 5: Mamarasulov Erali Bozorboy o’glioshirishda o’qitishning zamonaviy usullari, shakl va vositalari, o’yin texnologiyalari, muammoli o’qitish, xususan mustaqil ta’limning noan’anaviy

7

- Pedagogik xulosa va tavsiyalar ishlab chiqish.

Mavzuning nazariy - amaliy ahamiyati. BMI ning ahamiyatli tomoni

shundaki, mavzuni o’rganish orqali o’quvchi-talabalarda ijodiy ishlash ko’nikmasini

hosil qilish va bu orqali ularni mustaqil fikr bildirishga o’rgatish.

BMI tarkibining qisqacha tavsifi. Bitiruv malakaviy ishi kirish, 3 ta bobda 6

ta savol, xulosa qismi va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan tashkil topgan. Ishning

I bobida ustav kapitali auditining ahamiyati va uning nazariy asoslari keltirilgan. II

bobida “ustav kapitali auditi” mavzusini mustaqil o’rganish uchun topshiriqlar ishlab

chiqish va qo’llash metodikasi yoritilgan. Ishning III bobida “ustav kapitali auditi”

mavzusini mustaqil o’rganish uchun metodlarni takomillashtirish masalalari

yoritilgan. Bitiruv malakaviy ishining xulosa qismida mavzuga umumiy xulosa

berilib, mavzuni mustaqil o’rganish uchun topshiriqlar ishlab chiqilishi va qo’llanishi

to’g’risida ma’lumotlar hamda fikr mulohazalar keltirilgan.

Page 6: Mamarasulov Erali Bozorboy o’glioshirishda o’qitishning zamonaviy usullari, shakl va vositalari, o’yin texnologiyalari, muammoli o’qitish, xususan mustaqil ta’limning noan’anaviy

8

I BOB. Ustav kapitali auditining ahamiyati va uning nazariy asoslari.

1.1. Ustav kapitali auditining maqsadi, vazifalari.Iqtisodiy yo’nalishlardagi kasb-hunar kollejlarida zamonaviy o’quv jarayonini

tashkil etish, ularda ta’lim olayotgan o’quvchi-talabalarga mukammal iqtisodiy

tafakkur g’oyalarini singdirish bugungi kundagi eng muhim dolzarb masalalardan biri

hisoblanadi. Xususan, biz tomonimizdan o’rganilayotgan Audit fanining tarkibiy

mavzularidan sanalgan “Ustav kapitali auditi” bo’yicha sifatli o’quv jarayonini tashkil

etishda eng avvalo uning nazariy asoslarini chuqurroq o’rganishni taqozo etadi.

Chunki, mavzu bo’yicha mustaqil o’rganish uchun topshiriqlar ishlab chiqish va

qo’llash uchun eng avvalo mazkur mavzu bo’yicha o’quv jarayonini tashkil etishda

pedagogka nazariy bilim zarur bo’ladi. Nazariy bilimni chuqur o’rganmasdan turib

mustaqil ta’limni tashkil etib bo’lmaydi. Shuningdek, chuqur o’rganilgan nazariy

bilim turli metodlarni qo’llashda va uni uyg’unlashtirish jarayonini olib borishda qo’l

keladi. Shularni e’tiborga olib biz “ustav kapitali auditi” mavzusining nazariy

asoslarini o’rganishga alohida e’tiborimizni qaratamiz.

Korxonaning o’z mablag’larini shakllantirish asosiy manbai bo’lib uning

mulkdorlari tomonidan korxonaga qo’yilgan mablag’lar majmui bo’lgan ustav kapitali

hisoblanadi. Ustav kapitalini shakllantirish tartibi qonunchilik va ta’sis xujjatlari bilan

amalga oshiriladi.

Chunonchi, davlat korxonalarining ustav fondi korxona foydalanishga

topshirilgan vaqtida o’z faoliyatini amalga oshirish uchun davlat tomonidan (byudjet

hisobidan) ajratilgan mablag’lar (qurilish, montaj, sozlash ishlari xarajatlari, asbob-

uskunalar, aylanma mablag’lar va pul mablag’lari kiymati) ni aks ettiradi.

Nodavlat tijorat strukturalarining ustav kapitali aksiyadorlar (ta’sischilar)

tomonidan qo’yilgan (pul, moddiy va boshqa) mablag’lar hisobidan shakllantiriladi,

shuning uchun ham bir necha yuridik va jismoniy shaxslar aksiyadorlik jamiyatini,

shirkat va boshqa tashkiliy-huquqiy shakldagi jamoat mulkini tashkil etadi.

Page 7: Mamarasulov Erali Bozorboy o’glioshirishda o’qitishning zamonaviy usullari, shakl va vositalari, o’yin texnologiyalari, muammoli o’qitish, xususan mustaqil ta’limning noan’anaviy

9

Ma’suliyati cheklangan jamiyatlarida ham boshqa mulk shaklidagi korxonalar

singari buxgalteriya hisobining ob’yekti bo’lib, moliyaviy xo’jalik faoliyatini

shakllantiruvchi aktivlar va majburiyatlar hisoblanadi. Lekin shu bilan birgalikda

ma’suliyati cheklangan jamiyatlarida shu mulk shaklining o’ziga xos

xususiyatlaridan kelib chiqadigan va buxgalteriya hisobida inobatga olish shart

bo’lgan ob’yektlar ham mavjud. Buxgalteriya hisobining shunday ob’yektlaridan biri

korxona va tashkilotlarda mulkni tasarruf etish, boshqarish va unga egalik qilish usuli

yordamida liberal iqtisodiy-ijtimoiy faoliyat ko’rsatishdir. Buxgalteriya hisobida bu

jarayon o’ziga xos xususiyatlarga ega. Bularga aksiya chiqarish va uning muomalasi

bilan bog’liq operatsiyalar, xususiy (ustav) kapital, qimmatli qog’ozlar, daromad

(foyda), dividend to’lovlari, maxsus shakllanadigan fondlar va foydaning taqsimoti

kabi jarayonlar kiradi.

Ushbu ob’yektlarni tadqiq qilishda buxgalteriya hisobining muhim fundamental

tamoyillaridan biri bo’lgan ikki yoqlama yozuv tamoyiliga asoslaniladi.

Buning zamirida quyidagi tenglik yotadi:

AKTIV = XUSUSIY KAPITAL + MAJBURIYATLAR

Bu tenglikdan ko’rinib turibdiki, xususiy kapital har bir xo’jalik yurituvchi

sub’yektlar faoliyatining mulkiy va moliyaviy holatini ifodalaydi.

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2004-yil 15-yanvaridagi 5-sonli

buyrug’i bilan tasdiqlangan “Moliyaviy hisobot”ning 5-shaklida xususiy kapitalning

tuzilmasi quyidagilardan iboratdir deb ko’rsatilgan: ustav kapitali, qo’shilgan kapital,

rezerv kapitali, taqsimlanmagan foyda, xususiy kapital bilan qoplanmagan zarar.

Xususiy kapital

Ustavkapitali

Qo’shilgankapital

Zaxirakapitali

Taqsimlan-maganfoyda

Maqsadlijamg’armalar

Page 8: Mamarasulov Erali Bozorboy o’glioshirishda o’qitishning zamonaviy usullari, shakl va vositalari, o’yin texnologiyalari, muammoli o’qitish, xususan mustaqil ta’limning noan’anaviy

10

1-rasm. Xususiy kapitalning tashkil topish manbalari.2

Xususiy kapital deganda, xo’jalik yurituvchi sub’yektga tegishli bo’lgan

mulkning qiymati tushuniladi. Bu kapital jami kapital bilan qarzga olingan

kapitalning o’rtasidagi farq sifatida aniqlanishi mumkin, ya’ni:

Kx = Kj - Kq

Bunda:

Kx - xususiy kapital.

Kj - jami kapital.

Kq-qarzga olingan kapital

Xususiy kapitalni buxgalteriya hisobida aks ettirish uchun ularni bir qancha

belgilar bo’yicha tasniflashni taqozo qiladi. Aksariyat olimlar xususiy kapitalni

tasniflash belgilari sifatida ularning turlarini, xizmat muddatlarini, tashkil etish

manbalarini olish zarur deb hisoblaydilar.

Xususiy kapitalni tasniflashning tarkibiy tizimi quyidagi ketma - ketlikdan

tashkil topishi lozim.

2 Tadqiqotchi tomonidan tuzildi.

Moddiyligi bo’yicha

Xizmat muddati bo’yicha

Faoliyatda ishtrok etish darajasi bo’yicha

Turgan joyi bo’yicha

Turi yoki ko’rinishi bo’yicha

Tashkil toppish ma’nbasi bo’yicha

Page 9: Mamarasulov Erali Bozorboy o’glioshirishda o’qitishning zamonaviy usullari, shakl va vositalari, o’yin texnologiyalari, muammoli o’qitish, xususan mustaqil ta’limning noan’anaviy

11

2– rasm. Xususiy kapitalni tasniflashning tarkibiy tizimi.3

Ushbu rasmga ko’ra, xususiy kapitalni tasniflashning yuqori bo’g’inida uning

moddiylik belgisi turadi. Ushbu belgisiga ko’ra, korxona va tashkilotlarning barcha

xususiy kapitalini ikki guruhga, ya’ni moddiy xususiy kapital va nomoddiy xususiy

kapitalga ajratish mumkin.

Moddiy xususiy kapital deganda, korxona va tashkilotlarining moddiy bo’lgan

barcha aktivlari tushuniladi. Korxonalarning barcha moddiy xususiy kapitali barcha

aktivlarning bir qismi sifatida buxgalteriya balansining «AKTIV» qismida joylashadi.

Nomoddiy xususiy kapital o’z ifodasini nomoddiy aktivlarda topadi. Bu ham

buxgalteriya balansining aktiv qismida joylashadi

Korxona, tashkilot, turli jamiyatlarning xususiy kapitali, asosan, quyidagi

manbalar hisobidan shakllanishini kuzatish mumkin, ya’ni: mulk egalarining

mablag’laridan, ta’sischilar ulushidan, faoliyatdan olingan foydadan, qaytarib

bermaslik sharti bilan olingan mablag’lardan va hokazolardan.

Ustav kapitali - huquqlar va imtiyozlar olish uchun korxona muassislari

tomonidan ta’sis hujjatlariga muvofiq qo’shilgan (to’langan) hamda korxonaning

xo’jalik faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo’lgan moddiy boyliklar, pul

mablag’lari va xarajatlar majmuidir.

Ustav kapitalining xususiyatlariga quyidagilar kiradi:

· Ustav kapitalining miqdori korxona ustavi va ta’sis shartnomasiga muvofiq

belgilanadi va nisbatan doimiy harakterga ega bo’ladi.

· Ustav kapitalini haqiqatda shakllantirish vaqt bo’yicha chegeralanadi.

O’zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq korxonalar ustav kapitalini

shakllantirishning oxirgi muddati bo’lib ta’sis etilgan sanadan boshlab bir yil.

3 Tadqiqotchi tomonidan adabiyotlardan foydalanib tayyorlandi.

Page 10: Mamarasulov Erali Bozorboy o’glioshirishda o’qitishning zamonaviy usullari, shakl va vositalari, o’yin texnologiyalari, muammoli o’qitish, xususan mustaqil ta’limning noan’anaviy

12

· Ustav kapitaliga ta’sischilarning hissalari uzoq va qisqa muddatli aktivlar bilan,

ya’ni asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, kapital va moliyaviy investitsiyalar,

tovar-moddiy boyliklar va pul mablag’lari bilan, kiritilishi mumkin.

3– rasm. Хususiy kapitalning shakllanish manbalari. 4

Ustav kapitali korxonalarning tashkiliy-huquqiy shakllariga va mulk shakllariga

bog’liqdir. Davlat korxonalarida ustav kapitali unga davlat tomonidan biriktirilgan

mulklar majmuasidan tashkil topadi. Xususiy va kollektiv o’rtoqchilik mulklari

asosida tashkil etilgan korxonalarda ustav kapitali ta’sischilarning pay va

badallaridan iborat bo’ladi. Aksionerlik jamiyatlarida ustav kapitali chiqarilgan oddiy

va imtiyozli aksiyalarning nominal qiymatidagi summalarining yig’indisidan tashkil

topadi.

Korxona ustav kapitali uning ustavi va ta’sis shartnomasiga muvofiq qoidaga

ko’ra, ta’sischilarning hissalari hisobiga barpo etiladi. U korxonaning xo’jalik

4 Tadqiqotchi tomonidan adabiyotlardan foydalanib tayyorlandi.

Хususiy kapitalning shakllanish manbalari

Korxona ixtiyoridaqolgan foyda

Tashqi manbalarIchki manbalar

Asosiy vosita vanomoddiy aktivlarning

amortizatsiya ajratmalari

Xususiy kapitalnishakllantirishning boshqa

ichki manbalari

Xususiy kapitalnishakllantirishning

boshqa tashqi manbalari

Qaytarib bermaslik shartibilan olinganmoliyaviy

yordamlar (grant, subsidiya)

Qo’shimcha aksionerlikkapitalini jalb etish

Page 11: Mamarasulov Erali Bozorboy o’glioshirishda o’qitishning zamonaviy usullari, shakl va vositalari, o’yin texnologiyalari, muammoli o’qitish, xususan mustaqil ta’limning noan’anaviy

13

faoliyatidan olinadigan foydasi hisobiga, zarur bo’lganda ta’sischilarning maqsadli

badallari hisobiga ham to’ldirilishi mumkin.

Korxona ustav kapitaliga hissa sifatida binolar, inshootlar, qurilmalar va boshqa

moddiy qiymatliklar: yer, suv va boshqa tabiiy resurslardan foydalanish huquqlari,

shuningdek, boshqa mulkiy huquqlar (shu jumladan, kashfiyotlardan foydalanish

uchun, «nou xau» va boshqa nomoddiy aktivlar); qo’shma korxona ishtirokchi

davlatlarining valyutalaridagi erkin ayirboshlanadigan valyutalarda pul mablag’lari

qo’shilishi mumkin. Korxona, tashkilotlar, birlashmalar, aksiyadorlik jamiyatlari va

ma’suliyati cheklangan jamiyatlar ustav kapitaliga chet el valyutasida qo’shiladigan

ulushlar «Chet el valyutasida amalga oshiriladigan muomalalarni buxgalteriya hisobi,

statistik va boshqa hisobotlarda aks ettirish tartibi to’g’risida»gi qonun talablariga

muvofiq amalga oshiriladi.

Ustav kapitalini tashkil qilish amaldagi qonunlar va ta’sis hujjatlari asosida

amalga oshiriladi.

Barcha mulk shakllaridagi korxonalarda kapital rezervlar va taqsimlanmagan

foyda bo’yicha buxgalteriya hisobining vazifalari quyidagilardan iborat:

• Ustav kapitalini shakllanishi va ulardan foydalanishni nazorat qilish;

• Korxona muassislari, kapitalining shakllanish bosqichlari va aksiyalar

turlari bo’yicha axborot to’plash;

• Ustav kapitalininig holati va harakati xususida hisobot tuzish bo’yicha

ma’lumotlar olishni ta’minlash;

• Qo’shilgan kapital hamda rezerv kapitalininig shakllanishi bilan

bog’liq muomalalani o’z vaqtida hisobda aks ettirish;

• Korxona sof foydasining shakllanishi va uning taqsimlanishini o’z

vaqtida hisobga olish hamda nazorat qilish.

Korxonalar xususiy kapitalining muhim turi bo’lib ustav kapitali hisoblanadi.

Ustav kapitali bo’yicha buxgalteriya hisobining asosiy vazifalari bo’lib

quyidagilar hisoblanadi:

Page 12: Mamarasulov Erali Bozorboy o’glioshirishda o’qitishning zamonaviy usullari, shakl va vositalari, o’yin texnologiyalari, muammoli o’qitish, xususan mustaqil ta’limning noan’anaviy

14

ü Ustav kapitalini korxonalarning ta’sis etilgan kuniga aks ettirish;

ü Ta’sischilar tomonidan o’z ulushlarini belgilangan muddatlarda kiritilishi

ustidan nazorat o’rnatish;

ü Ustav kapitalidagi o’zgarishlarni o’z vaqtida va to’g’ri hisobga olish;

ü Chet el investorlari tomonidan chet el valyutasida kiritilgan mablag’lar

bo’yicha valyuta kurslari o’rtasidagi farqlarni to’g’ri hisobga olish;

ü Ta’sischilar bilan olinadigan dividendlar va ularning hissalari bo’yicha hisob-

kitoblarni to’g’ri olib borish;

ü Ustav kapitaliga doir ma’lumotlarni moliyaviy hisobotlarda to’g’ri aks ettirish

va boshqalar.

21- son BHMS ga muvofiq ustav kapitalining hisobi quyidagi schyotlarda olib

boriladi:

ü 8300 « Ustav kapitali» - davlat korxonalarida;

ü 8310 «Oddiy aksiyalar»,

ü 8320 «Imtiyozli aksiyalar» -aksionerlik jamiyatlarida

ü 8330 «Pay va badallar» - xususiy va kollektiv o’rtoqchilik korxonalarida

(xususiy savdo va ishlab chiqarish korxonalarida, ma’suliyati cheklangan

jamiyatlarda, qo’shma korxonalarda, xorijiy korxonalarda, sho’ba

korxonalarida, qaram xo’jalik jamiyatlarida).

Ushbu schyotlarning barchasi passiv schyotlar bo’lib, ularning kreditida ustav

kapitalini vujudga kelishi va ko’payishi, debetida esa uning kamayishi aks ettiriladi.

Debet4610 « Ta’sischilarning ustav kapitaliga hissalari bo’yicha qarzi»

Kredit 8300 «Ustav kapitali», 8310 «Oddiy aksiyalar», 8320 «Imtiyozli

aksiyalar», 8330 «Pay va badallar».

Ustav kapitalini auditorlik tekshiruvidan o’tkazishdan maqsad, ustav

kapitalining holati aks ettiriladigan moliyaviy hisobot ko’rsatkichlarining

ishonchliligi, hamda uni hisobga olish uslubiyotining me’yoriy hujjatlarga

muvofiqligi to’g’risida fikr shakllantirishdan iborat.

Page 13: Mamarasulov Erali Bozorboy o’glioshirishda o’qitishning zamonaviy usullari, shakl va vositalari, o’yin texnologiyalari, muammoli o’qitish, xususan mustaqil ta’limning noan’anaviy

15

Tekshiruvni korxona yuridik maqomini va ustavida belgilangan faoliyat

turlarini, ta’sischilar va ular ulushlarining tarkibi hamda summasini, ustav

kapitalining moliyaviy-xo’jalik faoliyatini amalga oshirish uchun yetarliligini

aniqlashdan boshlash maqsadga muvofiq.

Ta’sis hujjatlari, ustav kapitalini shakllantirishga doir dastlabki hujjatlar, hisob

registrlari va hisobot ma’lumotlarini tekshirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

- ta’sis hujjatlari (ustav, ta’sis shartnomasi) mavjudligi, shakllari va to’g’ri

rasmiylashtirilganligi;

- ta’sis hujjatlari mazmunining amaldagi qonunchilak va me’yoriy hujjatlar

talablariga muvofiqligi;

- ta’sischilar ulushlarining ustav kapitaliga to’liq va o’z vaqtida qo’shilishi;

- ta’sischilar mulk shaklida qo’shadigan ulushlarining to’g’ri baholanishini

tekshirish;

- ustavda ko’rsatilgan faoliyat turlarining qonuniyligini tekshirish;

- ustav kapitali hajmining ta’sis hujjatlari va O’zbekiston Respublikasi

qonunchiligiga muvofiqligi;

- ustav kapitalining to’liq va to’g’ri shakllantirilganligi;

- ta’sischilarning ustav kapitaliga o’z ulushlarini qo’shish bo’yicha yakuniy

hisob-kitoblar uchun qonunda belgilangan muddatlarga rioya qilinishi;

- ustav kapitalini shakllantirishga doir muomalalarning buxgalteriya hisobi

schyotlarida to’g’ri aks ettirilganligini tekshirish;

- ustav kapitaliga ulushlarning haqiqatan ham qo’shilganligini aniqlash;

- ustav kapitali hajmi o’zgarishining asosliligi, ustav va ta’sis shartnomasining

qayta ro’yxatdan o’tkazilganligini hamda bu haqda tegishli hisob registrlari va

hisobotda aks ettirilganligi.

Ushbu vazifalarni bajarish uchun quyidagi ma’lumot manbalari tahlil qilinadi:

· korxonaning huquqiy maqomini, ustav kapitalini shakllantirish va hisobga olish

masalalarini tartibga soladigan asosiy qonun hujjatlari va yo’riqnomalari;

Page 14: Mamarasulov Erali Bozorboy o’glioshirishda o’qitishning zamonaviy usullari, shakl va vositalari, o’yin texnologiyalari, muammoli o’qitish, xususan mustaqil ta’limning noan’anaviy

16

· ta’sis hujjatlari (notarial idora tomonidan tasdiqlangan ustav va ta’sis

shartnomasi);

· moliyaviy, statistik va boshqa tegishli hisobotlar;

· ustav kapitalini shakllantirish bo’yicha muomalalar hisobga olingan dastlabki

hujjatlar, analitik va sintetik hisob registrlari;

· Me’yoriy hujjatlarga muvofiqlik masalasini tekshirish uchun ustav kapitalini

shakllantirish va hisobga olish qoidalarini o’zida mujassamlashtirgan me’yoriy

hujjatlar to’plami zarur. Bunday to’plam tekshirilayotgan korxonaning o’ziga

xos jihatlarini hisobga olgan holda shakllantiriladi.

Audit moliyaviy hisobotlarning to’g’ri tuzilganligini tekshirishda:

Ø hisobotlarning aniqligini ta’kidlash yoki ularning noaniqligi to’g’risida

maslaxat berish;

Ø buxgalteriya hisobida qarzlar, daromadlar va korxona moliyaviy natijalarini

tekshirilayotgan davrda to’liq, aniq va xaqiqiy ko’rsatilganligini tekshirish;

Ø buxgalteriya hisobini yuritish va hisobotlarni tuzishni tartibga soluvchi

qoidalarga, me’yoriy xujjatlarga hamda qonunchilikka amal qilinganligini,

shuningdek aktivlar, majburiyatlar va o’z kapitalini baxolash usullariga rioya

etilganligini nazorat kilish;

Ø o’z asosiy va aylanma mablag’larini, moliyaviy zaxiralarini hamda qarz

mablag’laridan yaxshirok foydalanish buyicha takliflar berishdan iborat.

Auditorning vazifalari - balansni, moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotning

to’g’ri tuzilganligi hamda tushuntirish xatlarida ma’lumotlar aniqligini auditorlik

tekshiruvi orqali yoritishdan iboratdir.

Bunda quyidagilarga e’tibor qaratilishi lozim:

§ hisobotda hamma aktivlar va passivlar ko’rsatilganligi;

§ hisobotda barcha xujjatlardan foydalanilganligi;

§ haqiqatdagi mulkni baholash usuli korxona buxgalteriya hisobi siyosatida

belgilangan usulidan qanchalik farq qilishi.

Page 15: Mamarasulov Erali Bozorboy o’glioshirishda o’qitishning zamonaviy usullari, shakl va vositalari, o’yin texnologiyalari, muammoli o’qitish, xususan mustaqil ta’limning noan’anaviy

17

Auditor moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotda soliqqa tortilgan foyda

to’g’ri hisoblanganligini tekshiradi.

Auditor asosiy maqsadga erishish va xulosa berish uchun quyidagi savollar

bo’yicha o’z fikrni shakllantirish kerak:

ü hisobotning umumiy mos kelishi - ya’ni hisobot umuman uning oldiga

qo’yilgan talablarga javob berishi, hamda bir-biriga to’g’ri kelmaydigan

axborotdan xolis bo’lishi. (tovar moddiy zaxiralarning summasi mos keladi,

hamda korxonaning real talabiga to’g’ri keladi);

ü asoslanganlik - ya’ni ko’rsatilgan summalarni hisobotga kiritish uchun asos

borligi; (hamma tovar moddiy zaxiralar hisobotda ko’rsatilgan va ular balans

tuzilgan kunda mavjud bo’lishi);

ü yakunlanganlik - ya’ni hisobotga hamma summalar kiritilganligi, shuningdek

barcha aktivlar va passivlar korxonaga tegishliligi (barcha mavjud tovar

moddiy zaxiralar sanalgan va balansga kiritilgan bo’lishi). Bu tovar moddiy

zaxiralar korxona mulkidir.

ü baxolash - ya’ni barcha mablag’lar to’g’ri baxolangan va xatosiz

hisoblanganligi (buxgalteriya hisobidagi tovar moddiy zaxiralar soni haqiqatda

mavjud soni bilan mos keladi; tovar moddiy zaxiralarning bahosi uchun

ishlatilgan narxlar to’g’ri; ko’rsatilgan narxlar ishlatilgan davr hakikatga to’g’ri

kelishi).

ü turkumlash - ya’ni summani shu hisob varaqda ko’rsatish uchun asos borligi

(tovar moddiy zaxiralar, materiallar, tugallangan ishlab chikarish va tayyor

maxsulotlar sifatida to’g’ri turkumlanganligi).

ü ajratish- ya’ni operatsiyalar amalga oshirilgan davrda ko’rsatilganligi (sotilgan

va sotib olingan tovar moddiy zaxiralar summasi 2 davr orasida ajratilganligi).

ü saranjomlik - ya’ni analitik hisob-kitoblarida va jurnallarida keltirilgan

ma’lumotlarning aniqligi, ular to’g’ri qo’shilganligi va bosh kitobdagi

Page 16: Mamarasulov Erali Bozorboy o’glioshirishda o’qitishning zamonaviy usullari, shakl va vositalari, o’yin texnologiyalari, muammoli o’qitish, xususan mustaqil ta’limning noan’anaviy

18

ma’lumotlarga mos kelishi (tovar moddiy zaxiralari umumiy qiymati kitoblarda

keltirilgan analitik hisob ma’lumotlari).

ü ochib berish - ya’ni moliyaviy hisobotga hamma kategoriyalar kiritilgan hamda

ular hisobotda to’g’ri ko’rsatilganligi (tovar moddiy zaxiralarni asosiy

kategoriyalari va ularning bahosi hisobotda to’g’ri ko’rsatilganligi).

1.2. Ustav kapitali auditini tashkil qilish va o’tkazish tartibining

o’ziga xos xususiyatlari.Mavzu bo’yicha mustaqil o’rganish uchun topshiriqlar ishlab chiqishda va

samarali o’quv jarayonining asosiy shakllaridan hisoblangan ma’ruza va amaliy

mashg’ulotda zamonaviy ta’lim jarayonini tashkil etishda faqatgina «Ustav kapitali

auditi» ni tashkil qilish va o’tkazish tartibining nazariy jihatlari bilan cheklanish

fikrimizcha noto’g’ri hisoblanadi. Chunki, o’rganilayotgan mavzuyimiz bevosita audit

faniga bog’liq bo’lib, uning amaliy jihatlarini, hamda o’ziga xos xususiyatlarini

o’rganish zaruriyatini tug’diradi.

Mavzuimiz bevosita amaliyot bilan bog’liq, nazariy ko’nikma bilan cheklanish

va amaliy xususiyatlarini e’tiborga olmaslik biz tomonimizdan o’rganilayotgan mavzu

bo’yicha mustaqil o’rganish uchun topshiriqlar ishlab chiqishni murakkablashtiradi.

Ustav kapitali mablag’larining boshqa manbalaridan farqli o’laroq, nisbatan

barqaror miqdor hisoblanadi. Bu esa buxgalteriya hisobida 8300-hisobvarak krediti

bo’yicha ustav kapitali summasining orttirilishi uchun va ushbu hisobvarak debeti

bo’yicha uning kamayishi summasiga oid yozuvlar faqat tashkilotning ta’sis

hujjatlariga tegishli o’zgarishlar kiritilib bo’lingandan keyingina qayd etilishini

bildiradi. Xususan, bunday o’zgarishlar tashkilotning yangi a’zolari qabul qilinishi,

ular tomonidan qo’shimcha badallarning kirim qilinishi yoki olingan foydaning bir

qismi ustav kapitali hajmini oshirish uchun yo’naltirilishi chog’ida amal qilish

mumkin.

Shuning uchun ham tashkilotning ustav kapitaliga va ta’sis hujjatlariga

kiritilgan o’zgarishlarning asosliligi sinchiklab tekshirib ko’rish kerak.

Page 17: Mamarasulov Erali Bozorboy o’glioshirishda o’qitishning zamonaviy usullari, shakl va vositalari, o’yin texnologiyalari, muammoli o’qitish, xususan mustaqil ta’limning noan’anaviy

19

Bunga erishish uchun quyidagi audit manbalari kerak bo’ladi:

BBuuxxggaalltteerriiyyaa hhiissoobbiinnii ttaasshhkkiill eettiisshhnniinngg mmee’’yyoorriiyyhhuujjjjaattllaarrii::

- O’z Res Fuqorolik kodeksi- O’z R Soliq kodeksi- O’zR Buxgaleriya hisobi to’g’risidagi qonuni- O’zR konuni “Ommaviy Birlashuvlar hakida”- Uz r konuni “Aktsionerlik jamiyatlari xakida”- BXMS№1 Xisob siyosati va moliyaviy xisobot- BXMS№2 Asosiy faoliyatdan olinadigan daromad- BXMS№3 Moliyaviy natijalar xisoboti- BXMS№10 davlat subsidiyalari xisobi va davlat yordamlarini koplash- BXMS№15 Buxgalteriya balansi- BXMS№8moliyaviy xisobotlarni konsolidatsiya kilish va shuba korxonalariniinvestitsiya xisobi- BXMS№19 tashkilotlar va inventarizatsiya utkazish- BXMS№20 kichik biznes sub’ektlari xisobotlari ni tuzish va xisob yuritishningsoddalashtirish tartibi xakida- BXMS№21 Schetlar rejasi va kullanilish Yo’riqnomasi

Moliyaviy xisobot shakllarini tuldirish Tartibi .( 19.03.2002 g. N 1117

Axborotlar manbalari:Ustav, shartnomalar, huquqiy normalarnio’zgarishini ro’yxatga olish hujjatlar, davlat vastatistika organlarida ro’yxatga olinganligito’g’risidagi guvohnoma, soliq inspeksiyasi,budjetdan tashqari fondlar, yig’ilish protokollari,..xisobotlarini tuzish va hisob yuritishningsoddalashtirish tartibi haqida, mulk huquqinitasdiqlovchi hujjatlar, bank xizmatlarishartnomalari, emissiya prospektlari, emissiyaprospektlari bajarilish natijalari haqidagi hisobot,alohida turdagi faoliyatga ruxsatnoma valitsenziya, aksionerlar ro’yxati, ishonchnomalarniro’yxatga olish va kayta ro’yxatga olish,likvidatsiyalash jurnali, aksionerlar reestri, ustavkapitvlining sintetik va analitik hisob registrlari(8300, 8400, 8500), ustav kapitalinishakllantirishdagi birlamchi hujjatlar (bankko’chirmalari, kirim kassa orderlari, to’lovtopshiriqnomalari mulkni qabul qilish topshirishdalolatnomalari, nakladnoylar va boshqalar.),bosh kitob yoki aylanma -saldo vedomsi,Buxgalteriya balans(f. 1); xususiy kapital haqidagihisobot(sh.№5) va boshqalar.

Auditni tashkil etish me’yoriy hujjatlari:-O’zbekiston Respublikasining «Auditorlik faoliyatito’g’risida» qonuni (yangi tahriri )-Auditorlik tashkilotlari to’g’risida nizom( 4.04.2007 yil PQ-615)-O’zbekiston auditorlarning kasbga oid ahloq kodeksio’bama.26.08.2005y o’ap 25.06.2005y.-№3-AFMS «Auditni rejalashtirish»-№5- AFMS «Auditor ishining sifatini nazorat qilish»-№6- AFMS «Auditni hujjatlashtirish»-№9- AFMS «Jiddiylik va auditorlik riski»-№12-AFMS «Auditorlik tekshiruvlari jarayonidabuxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimini baholash»-№13- AFMS «Tahliliy amallar»-№14- AFMS «Auditorlik tanlash»-№24- AFMS «Moliyaviy hisobotning buzib ko’rsa-tilganligi aniqlanganida auditorlik tashkilotining ishtutishi»-№31- AFMS «Xo’jalik yurituvchi sub’yekt faoliyati(biznesi) bilan tanishish»*-№50- «Auditorlik dalillar»-№70- AFMS» Auditorlik hisoboti va moliyaviyhisobot haqidagi auditorlik xulosasi»-№80 AFMS -«Maxsus masalani tekshirish natijalaribo’yicha auditor hisoboti»Auditorlik tashkilotlarining ichki standartlari (28)

Audit manbalari

Page 18: Mamarasulov Erali Bozorboy o’glioshirishda o’qitishning zamonaviy usullari, shakl va vositalari, o’yin texnologiyalari, muammoli o’qitish, xususan mustaqil ta’limning noan’anaviy

20

4-rasm. Ustav kapitali auditini o’tkazish manbalari.5

Tekshirish sifatini oshirish uchun auditor ishtirokida tashkilotning ustav

kapitaliga badallar ko’rinishida kiritilgan mol-mulklar va boshqa mulkka oid

inventarlashning o’tkazilishi maqsadga muvofiq hisoblanadi.

Ustav kapitaliga badal sifatida kiritilgan mol-mulkning tarkibida yaroqsiz holga

kelgan asosiy vositalar va ishlab chiqarish zaxirilari, yoki bo’lmasa boshqa mulkiy

huquqlar bilan bir qatorda - foydani qo’llash muddati allaqachon o’tib ketgan

intellektual mulklar ham uchrab turishi ma’lum.

Muassislar bilan hisob-kitob qilishlar bo’yicha va ustav kapitalidagi

o’zgarishlar bilan bog’lik operatsiyalarin o’tkazish chog’ida yuzaga keluvchi eng

harakterli buxgalteriya yozuvlarini ko’rib chiqish lozim.

Auditor tomonidan ta’sis hujjatlarida, shuningdek ustav kapitali hisobida

tashkilot faoliyat yuritishining qonuniyligiga shubxa ostiga qo’yuvchi yoki davlatga,

mulkdorlarga (aksiyadorlarga) va kreditorlarga zarar yetkazishi mumkin bo’lgan

jiddiy qonun bo’zulishlari aniqlangan hollarda yuzaga kelsa, u holda u (xo’jalik

yurituvchi sub’yekt raxbariyatiga aniqlangan qonun bo’zilishlarini bartaraf etish

uchun vaqt berish kerak).

Ustav kapital tekshirilganda auditor ta’sis hujjatlar bilan tanishib chikadi. Ustav

kapital tashkilot mulkdorlari tomonidan pul mablag’lari, mulk, nomoddiy va boshqa

aktivlar shaklida tashkil etilishi ta’sis hujjatlarida belgilanishi lozim.

Ta’sischilar ulushi kirim qilinishi dastlabki hujjatlar va 4610-schet

ma’lumotlari asosida aniqlanadi. Hisob-kitob, valyuta scheti va kassa kirim orderlari

asosida ta’sischilar tomonidan to’liq va o’z vaqtida topshirilishi tekshiriladi. Qo’shma

korxonalarda chet el ta’sischilarining ulushi o’z vaqtida va to’liq topshirilishi nazorat

qilinadi. Agar ta’sischilar tomonidan ulushlar vaqtida topshirilmasa tegishli idoralar

korxonani yopish to’g’risida qaror qabul qiladi.

5 Audit sxemalarda, o’quv uslubiy qo’llanma. ТMI-Т.:2012 28-bet

Page 19: Mamarasulov Erali Bozorboy o’glioshirishda o’qitishning zamonaviy usullari, shakl va vositalari, o’yin texnologiyalari, muammoli o’qitish, xususan mustaqil ta’limning noan’anaviy

21

Audit o’tkazishda amaldagi qonunchilikka muvofik tarzda mazkur iqtisodiy

sub’yektning yuridik maqomi va faoliyat ko’rsatishga bo’lgan huquqini tekshirib

ko’rishlari kerak. Bunda quyidagi hujjatlar:

· ta’sischilar yig’ilishi tomonidan tasdiqlangan qonunga muvofiq ro’yxatga

olingan mijoz ustavi;

· korxona ta’sis shartnomasi.

Tekshirishning borishi jarayonida quyidagilar belgilanadi:

· korxona qachon va qaerda ro’yxatdan o’tganligi;

· mazkur korxonaning hisob raqami va boshqa hisob raqami qaysi bankda

ochilganligi;

· muassislari kimlar va ularning ustav kapitalidagi ulushi;

· har bir muassisning qo’yilmalari hajmlari va jami ustav kapitalining hajmi

qonun hujjatlari talablariga muvofiqligi.

Audit o’tkazilish jarayonida quyidagilar mavjudligi:

· davlat ro’yxatidan o’tkazilganligi to’g’risidagi guvohnoma yoki o’zgartirishlar

mavjud bo’lsa, ustav va ta’sis hujjatlarining yangi tahririga doir;

· muassislar yig’ilishi bayonnomalari;

· chet el investitsiyasi ishtirokidagi iqtisodiy sub’yektlar uchun, masalan

qo’shma korxonalar uchun O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida

ro’yxatdan o’tkazilganligi to’g’risidagi guvohnoma (litsenziya rakami);

· statistika organlari, Davlat soliq inspeksiyasida, byudjetdan tashqari va

ekologiya fondlarining tegishli bo’linmalarida ro’yxatga olinganligi to’g’risida

guvohnoma;

· davlat tasarrufida bo’lgan tashkilotlarning, jamoat tashkilotlari, jamoa

xo’jaliklari va shu kabilar xususiylashtirilishi va aksiyalashtirilishi bilan bog’lik

hujjatlar.

Page 20: Mamarasulov Erali Bozorboy o’glioshirishda o’qitishning zamonaviy usullari, shakl va vositalari, o’yin texnologiyalari, muammoli o’qitish, xususan mustaqil ta’limning noan’anaviy

22

Muassislarning ustav kapitaliga qilgan badallari manbasini, bunday manbalar

bo’lib faqat o’z mablag’lari hisoblanishi mumkin ekanligini inobatga olgan holda

o’rganib chiqilishi lozim bo’ladi.

Auditor ta’sis shartnomasi bilan tanishishda, unda qanday shartlar

keltirilganligini aniqlaydi. Jumladan.6

· mulklarni ulush sifatida qo’shish (topshirish)

· faoliyatda ishtirok etish;

· foyda va zararlarni ta’sischilar o’rtasida taqsimlash;

· korxona faoliyatini boshqarish va unda ta’sischilarning ishtiroki;

· ta’sischilarning korxonadan chiqishi.

Mas’uliyati cheklangan jamiyatlar (MCHJ) ta’sis shartnomasida yuqorida sanab

o’tilgan ma’lumotlardan tashqari quyidagi shartlar ham bo’lishi lozim:

· ustav kapitalining tarkibi va hajmi to’g’risida;

· har bir ta’sischi ulushining hajmi va uni o’zgartirish tartibi;

· ta’sischilar ulushlarining tarkibi, hajmi va topshirish muddatlari;

· ulushlarni qo’shishga doir majburiyatlarni bo’zganlik uchun javobgarlik;

· ta’sischilar tomonidan qo’shiladigan ulushlarning jami summasi.

Auditor korxona ustavi bilan tanishish chog’ida unda quyidagilar

ko’rsatilganlini aniqlaydi:

· korxonaning o’ziga xos hususiyatlari va tashqiliy-huquqiy shaklini

ifodalaydigan nomi;

· korxonaning davlat ro’yxatidan o’tkaziladigan, joylashgan o’rni;

· ustav kapitalining ko’lami va uning barcha ta’sischilar o’rtasida ulushlarga

taqsimlanishi;

· korxonaning maqsadi va faoliyat turlari;

· ijro organlarini saylash yoki tayinlash tartibi;

6 R.D.Do’smuratov, SH.N.Fayziev, I.N.Qo’ziev, A.Z.Avloqulov, G’.V.Po’latov Audit. O’quv qo’llanma II qismlar. - T.: Iqtisod-moliya, 2008.

Page 21: Mamarasulov Erali Bozorboy o’glioshirishda o’qitishning zamonaviy usullari, shakl va vositalari, o’yin texnologiyalari, muammoli o’qitish, xususan mustaqil ta’limning noan’anaviy

23

· korxona boshqaruv organining tarkibi va vakolatlari hamda ular tomonidan

qaror qabul qilish tartibi;

· dividendlar taqsimlash tartibi;

· amaldagi qonunchilikda ko’zda tutilgani hamda ta’sischilar bilan kelishilgan,

lekin qonunchilikka zid kelmaydigan boshqa zarur masalalar.

Shuningdek, ta’sis hujjatlarini tekshirishda korxonaning tashkiliy-huquqiy

shaklini e’tiborga olish zarur. Masalan, aksiyadorlik jamiyatining ta’sischilari

tomonidan tasdiqlangan ustavida, ustav kapitalining ko’lami to’g’risidagi ma’lumotlar

bilan birga jamiyat tomonidan chiqariladigan aksiyalarning toifalari, ularning nominal

qiymati va miqdori, aksiyadorlarning huquqlari to’g’risidagi shartlar har xil bo’lishi

lozim.

Ishtirokchilar tarkibini tahlil qilishda, aksiyadorlik jamiyati va mas’uliyati

cheklangan jamiyat yagona ishtirokchisi sifatida, bitta shaxsdan iborat xo’jalik

yurituvchi sub’yekt bo’la olmasligiga e’tibor berishi kerak.

Aksiyadorlik jamiyatlari va mas’uliyati cheklangan jamiyatlarda ham yuridik

shaxslar, ham jismoniy shaxslar ta’sischi sifatida ishtirok etishlari mumkin.

Qo’shma korxona ustav kapitaliga O’zbekistonlik ishtirokchi tomonidan

qo’shiladigan hissa xorijiy ishtirokchilar bilan kelishuvga ko’ra milliy valyutada

qanday baholansa, kelishilgan baholar bo’yicha chet el valyutasida ham jahon

bozoridagi bahoni hisobga olgan holda shunday baholanadi.

Xorijiy ishtirokchining hissasi ham shu tartibda qo’shma korxonani tashkil

etish haqidagi shartnoma imzolangan kundagi yoki uning ishtirokchilari kelishgan

boshqa sanaga amalda bo’lgan O’zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining rasmiy

valyuta kursi bo’yicha so’mga hisoblab o’tkazish yo’li bilan baholanadi.

Jahon bozori bahosi bo’lmaganda qo’shilayotgan mulklar qiymati

ishtirokchilarning kelishuviga muvofiq aniqlanadi.

Page 22: Mamarasulov Erali Bozorboy o’glioshirishda o’qitishning zamonaviy usullari, shakl va vositalari, o’yin texnologiyalari, muammoli o’qitish, xususan mustaqil ta’limning noan’anaviy

24

Ta’sis hujjatlarini tekshirishda amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq har bir

tashkiliy-huquqiy shakldagi xo’jalik yurituvchi sub’yekt uchun turli mas’uliyatlar

belgilanishini inobatga olish zarur.

1-jadval.

Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar uchun qonunchilikda belgilangan ma’suliyatlar.7

Xo’jalik yurituvchisub’yekt tashqiliy-huquqiy shakli

Qonun va unda belgilangan mas’uliyatlar

Qishloq xo’jalik

kooperativlari (shirkat

xo’jaliklari)

O’z. R. qonuni «Qishloq xo’jaligi kooperativi (shirqat xo’jaligi)to’g’risida»Q/x kooperativi (sh/x) faoliyatining asosiy turi qishloq xo’jalikmahsuloti yetishtirishdir.Q/x kooperativi (sh/x) qishloq xo’jalik mahsulotlari yetishtirishbilan bir qatorda kooperativning o’z hududida ham, shuningdekundan tashqari ham qishloq xo’jalik xom ashyosini qayta ishlash,oziq-ovqat mahsulotlari, xalq iste’mol mollari, ishlab chiharish-texnika ahamiyatiga ega bo’lgan mahsulotlar ishlab chiqarish,savdo-sotiq, ta’mirlash va qurilish ishlari, yuridik va jismoniyshaxslarga xizmat ko’rsatish, shuningdek qonunlarda ta’qiqlanma-gan boshqa faoliyat turlari baln shug’ullanishga haqli.(32-modda)

Fermer xo’jaliklari

O’z. R. qonuni «Fermer xo’jaligi to’g’risida»Fermer xo’jaligining mol-mulkiga egalik qilish undan foydalanishva uni tasarruf etish xo’jalik a’zolari tomonidan o’zaro kelishuvasosida amalga oshiriladi.(20-modda)

Dehqon xo’jaliklari

O’z. R. qonuni «Dehqon xo’jaligi to’g’risida»Dehqon xo’jaligining mol-mulkiga egalik qilish undan foydalanishva uni tasarruf etish xo’jalik a’zolari tomonidan o’zaro kelishuvasosida amalga oshiriladi.(16-modda)

Ma’suliyat cheklanganjamiyatlar (MCHJ)

O’Z. R. qonuni «Xo’jalik jamiyatlari va shirqatlar to’g’risida»MCHJ ta’sischilarning majburiyatlari bo’yicha javobgarhisoblanadi. Ta’sischilar MCHJ ustav kapitalidagi ulushlarigamutanosib majburiyatlari bo’yicha javobgardir.(16-modda)

Aksiyadorlik jamiyatlari O’zbekiston Respublikasi Qonuni «Aksiyadorlik jamiyatlari vaaksiyadorlarning himoya qilish to’g’risida»

7 R.D.Do’smuratov, SH.N.Fayziev, I.N.Qo’ziev, A.Z.Avloqulov, G’.V.Po’latov Audit. O’quv qo’llanma II qismlar. - T.: Iqtisod-moliya, 2008.

Page 23: Mamarasulov Erali Bozorboy o’glioshirishda o’qitishning zamonaviy usullari, shakl va vositalari, o’yin texnologiyalari, muammoli o’qitish, xususan mustaqil ta’limning noan’anaviy

25

Ushbu talablarga rioya qilinishi korxonaning faoliyat ko’rsatishi, hamda

kreditorlarning manfaatlarini huquqiy va iqtisodiy himoyalash shartlaridan biri

hisoblanadi. Korxona sof aktivlari maqdorining uning utav kapitalidan oshib ketishi

(yoki teng bo’lishi) to’g’risidagi majburiy talablarga rioya qilinishi shu

maqsadlardagina tekshiriladi.

Korxonaning xususiy kapitalini tekshirish uchun zarur ma’lumotlar moliyaviy

hisobotning quyidagi shakllarida aks ettiriladi:

Buxgalteriya balansida (OKUD bo’yicha 1-shakl):

Ta’sislarning ustav kapitaliga qo’shadigan ulushlari bo’yicha qarzlari -

aktivdagi II-«Aylanma aktivlar» bo’limining «Ta’sischilar bilan hisoblashishilar»

moddasi (4610-schyot) (280-satr);

Passivdagi I»O’z mablag’lari manbalari» bo’limida ustav kapitali (320 satr),

qo’shilgan kapitali (330 satr), zahira kapitali (340 satr), taqsimlanmagan foyda (350

satr);

Xususiy kapital to’g’risidagi hisobot (5-shakl) da

Xususiy kapitalning tarkibi bo’yicha : yil boshiga qoldig’i (010 satr 3, 4, 5, 6, 7,

8, -ustunlar), yil davomidagi o’zgarishi (020-070 satrlar) va yil oxiriga qoldig’i (080-

satr).

Buxgalteriya hisobining jurnal-order shakli qo’llaniladigan korxonalarda

amaldagi qoidalarga muvofiq 8310-8330 schyotlar bo’yicha №13- jurnal-order va

analitik hisob vedomostlari qo’llaniladi. Buxgalteriya hisobi kompyuterlashtirilgan

korxonalarda 8300-ustav kapitalini hisobga oladigan schyotlar (8310-8330), 4610-

»Ustav kapitaliga ulushlar bo’yicha ta’sislarning qarzlari» va 6620- Chiqib

ketayotgan ta’sislarning ulushlari bo’yicha qarzlar» schyotlari bo’yicha sintetik va

analitik hisob yuritiladigan kompyuter dasturlari qo’llaniladi.

Shuningdek, Bosh daftar yoki oborot-saldo vedomostlari ham tekshiriladi.

Qoidaga ko’ra, ta’sischilar tomonidan ustav kapitaliga qo’shiladigan hissalar

hisobda va balansda ularning haqiqatda kirim qilinish me’yoriga qarab aks ettiriladi:

Page 24: Mamarasulov Erali Bozorboy o’glioshirishda o’qitishning zamonaviy usullari, shakl va vositalari, o’yin texnologiyalari, muammoli o’qitish, xususan mustaqil ta’limning noan’anaviy

26

asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, tovar-moddiy qiymatliklar uchun qabo’l qilish-

topshirish dalolatnomasining to’zilgan sanasi, pul mablag’lari uchun mablag’larining

korxona schyotiga kelib tushgani (bank ko’chirmasi va unga ilova qilingan tegishli

hujjat). Bunda ushbu hissalarning analitik hisobi har bir ishtirokchi bo’yicha

yuritiladi.

Hissalarning belgilangan miqdori kirim qilinganidan so’ng ustav kapitalining

tashkil etilishi hisobda aks ettiriladi.

Ustav kapitalining miqdori ta’sis hujjatlarida belgilanganidan oshib

ketmasligini ta’kidlab o’tish zarur.

Korxona ta’sischilari ulushlarining yig’indisi (ulushlar, aksiyalar, pay badallari)

ta’sis hujjatlarida qayd qilingan ustav kapitalining miqdori va summalari tegishli

dastlabki hujjatlarga (dalolatnomalar, bank ko’chirmalari, bank kassasiga naqd pul

topshirilganligi to’g’risida kvitansiya va h. k) asosan schyotlar aloqasi to’zilib,

dastlabki buxgalteriya balansida aks ettiriladi.

Ustav kapitali summasi ta’sis hujjatlari, hisob registrlari va hisobotdagi

ma’lumotlarga teng bo’lishi lozim.

№21 -BHMS ga muvofiq ustav kapitalini hisobga oladigan schyotlar (8310-

«Oddiy aksiyalar», 8320-«Imtiyozli aksiyalar», 8330-«Pay va ulushlar») krediti va

4610 -«Ustav kapitaliga ulushlar bo’yicha ta’sischilarning qarzlari» schyotining

debeti bo’yicha yozuvlar korxona davlat ro’yxatidan o’tganidan so’ng amalga

oshiriladi.

Ustav kapitali to’liq va to’g’ri shakllanishi 4610-«Ustav kapitaliga ulushlar

bo’yicha ta’sischilarning qarzlari» schyoti ma’lumotlari bilan 8310-«Oddiy

aksiyalar», 8320-«Imtiyozli aksiyalar» schetlari yoki 8330-«Paylar va ulushlar»

schyoti (xo’jalik yurituvchi sub’yekt tashqiliy-huquqiy shakliga qarab tegishli schyot)

ma’lumotlarini solishtirish asosida tekshiriladi.

Page 25: Mamarasulov Erali Bozorboy o’glioshirishda o’qitishning zamonaviy usullari, shakl va vositalari, o’yin texnologiyalari, muammoli o’qitish, xususan mustaqil ta’limning noan’anaviy

27

2-jadval.

Xususiy kapitalni tekshirishda xato va huquqbuzarliklarni bo’lishi va bularganisbatan auditorlik harakatlari 8

8 Audit sxemalarda, o’quv uslubiy qo’llanma. ТMI-Т.:2012 28 bet

Ataylab qilingan xatoliklar va ularningbelgilari Uni tekshirish yo’llari

Hisob schyotlarida qo’shimcha kapitalniyozuvlarda manipulyatsiya qilish- qo’shimcha kapital summalaridakutilmagan va noodatiy kolebaniyaqilish.- Yordamchi schyotlarda kutilmaganyoki noodatiy o’zgarishlar

- Buxgalteriya registrlarida yozuvlarnitekshirish.- Analitik hisob va bosh kitobnisolishtirib tekshirish.- qo’shimcha kapitalni hisoblab chiqish.

To’lanmagan dividentlar va farqlar - Investorlarning noroziliklari- Noodatiy qabul qilishlar

Divident to’g’ri tekshirilganligini hisoblash-Uchinchi tomondan to’langan dividentsummalarini hujjatlardagi bilan birxilligigaishonch hosil qilish

Aksiya savdosining teng emasligi- Bir aksiyani nusxalashtirish vasoxtalashtirish.- Investorlarning noroziliklari

- Aksiya savdolarini tekshiribto’g’riligini isbotlash.- Og’zaki so’rovlar o’tkazish

Qarzlarni kapital sifatida ro’yxatgaolish-Aksiyalar narxini ushlab turishgaqiziqishning borligi.-Kompaniya yangi zayomlarni noodatiyshartlarida qabul qilishga bog’lik bo’lsayoki qarz to’lashda kam imkoniyatgaega bo’lishi

- qarz kelishuv shartlarini tahlil qilishva hisob siyosatidagi hisob metodlaribilan solishtirish.- Kerak bo’lsa aksionerlardan kelishuvshartlarini tasdiqlatib olish

Divident narxini ataylab tushirish.- Pul mablag’larining yo’qligi.

- Aksionerlar reestrlarini jamiyatshartnomalarini, direktorlar kengashiyig’ilishi protokollarini va boshqalarnitekshirish va majburiy to’lanishi lozimbo’lgan divident miqdorini aniqlash.- To’langan divident yozuvlarinitekshirish.- Divident hisoblanishini tahlilinio’tkazish

Page 26: Mamarasulov Erali Bozorboy o’glioshirishda o’qitishning zamonaviy usullari, shakl va vositalari, o’yin texnologiyalari, muammoli o’qitish, xususan mustaqil ta’limning noan’anaviy

28

Ustav kapitalini auditorlik tekshiruvidan o’tkazishning yakunlovchi bosqichida

uning eng kam miqdori to’g’risidagi qonunchilik talablariga rioya qilinishi ham

aniqlanadi.

Ustav kapitalining sintetik va analitik hisobini yuritishning to’g’riligi mazkur

korxonada qo’llanilayotgan hisob shaklining registrlari (memorial-orderlar, daftarlar,

jurnal-orderlar, mashinagrammalar va h. k) ma’lumotlarini tekshirish bilan aniqlanadi.

Ustav kapitalining analitik hisobini tekshirishda nafaqat uning sintetik hisob

ma’lumotlariga tengligi, balki aksiyalarning turlari, ularning egalari, aksiyalar uchun

hisob-kitoblarning ahvoli va boshqalar bo’yicha axborot olish imkoniyatlari ham

aniqlanadi.

Shuningdek, auditor «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyalarning huquqlarini

himoya qilish to’g’risida»gi qonunning 47-50 moddalariga muvofiq aksiyadorlar

reestrini yuritish qoidalariga rioya qilinishini ham tekshiradi.

Barcha bajarilgan tekshiruv amallari va aniqlangan nomuvofiqliklar auditorning

ishchi hujjatlarida aks ettiriladi.

Tekshiruv yakunida auditor ustav kapitalini hisobga olish va hisobotda aks

ettirish bo’yicha aniqlangan tafovutlarning qanchalik jiddiyligi(qatta-kichikligi)ni

me’yoriy hujjatlar talablariga nisbatan aniqlaydi. Agar auditor aniqlangan tafovut

ustav kapitaliga doir hisobot ko’rsatkichlariga unchalik ta’sir qilmaydi deb hisoblasa,

u ushbu ko’rsatkichlarning ishonchliligi to’g’risida ijobiy auditorlik hulosasi to’zishi

mumkin. Agar ahvol bunga teskari bo’lsa, ya’ni aniqlangan tafovutlar ustav kapitaliga

doir hisobot ko’rsatkichlarini sezilarli darajada bo’zib ko’rsatilganligi aniqlansa, u

holda auditor ushbu kamchiliklarni aks ettirib salbiy auditorlik xulosasi tuzadi.

Page 27: Mamarasulov Erali Bozorboy o’glioshirishda o’qitishning zamonaviy usullari, shakl va vositalari, o’yin texnologiyalari, muammoli o’qitish, xususan mustaqil ta’limning noan’anaviy

29

II bob. “Ustav kapitali auditi” mavzusini mustaqil o’rganish uchun

topshiriqlar ishlab chiqish va qo’llash metodikasi

2.1. Mavzuni mustaqil o’rganish uchun o’ziga xos metodlarni tanlash va uning

ahamiyati.

Kasb-hunar kollejlarida malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda

o’qituvchilarniig kasbiy mahorati muhim ahamiyatga ega. O’qituvchilarning kasb

mahoratini oshirish omillaridai biri dars jarayonida yangi pedagogik texnologiyalarni,

ayniksa, o’quvchilarniig faolligini oshirishga qaratilgan interfaol usullarni qo’llashdir.

O’qitishning interfaol usullari asosida o’quvchilar mustaqil fikrlashga o’rgatiladi.

Davlatimiz tomonidan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000

yil 16-oktyabrdagi «O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini

tasdiqlash to’g’risida»gi 400-sonli qaroriga muvofiq O’MKHT markazida 2005 yil

17-avgustdagi 192- sonli buyrug’i 6-ilovasida akademik litsey va kasb-hunar

kollejlarida o’quvchining mustaqil ishini tashkil qilish to’g’risida muvaffaq nizom

qabul qilindi.

Kadrlar tayyorlash milliy dasturida chuqur nazariy va amaliy bilimlar bilan bir

katorda tanlangan sohasi bo’yicha mustaqil faoliyat ko’rsata oladigan, o’z bilimi va

malakasini mustaqil ravishda oshirib boradigan, masalaga ijodiy yondashgan holda

muommali vaziyatlarni to’g’ri baholab, tahlil qilib, sharoitga tez moslasha oladigan

mutaxasislarni tayyorlash asosiy vazifalardan biri sifatida belgilangan.

Ta’lim tizimida ta’lim jarayoni tashkil etish tarixiga nazar tashlasak ta’limning

rivojlansh tendensiyasini ko’rish mumkin:

1. Xotira maktabi (diniy maktablar).

2. Reproduktiv ta’lim.

3. Fikrlashga o’rgatuvchi muammoli ta’lim.

4. Pedagogik texnologiyalar

Page 28: Mamarasulov Erali Bozorboy o’glioshirishda o’qitishning zamonaviy usullari, shakl va vositalari, o’yin texnologiyalari, muammoli o’qitish, xususan mustaqil ta’limning noan’anaviy

30

Mustaqil o’rganish usuli. Ushbu usul ta’lim oluvchilarning o’quv materialini

mustaqil o’zlashtirishini, o’z - o’zini tekshiruv malakalarini, berilgan matnning

mazmunini to’liq va ongli ravishda bayon eta bilishiga qaratilgan usuldir. Har bir

o’quvchi alohida yoki umumiy tarzda tashkil qilinadigan topshiriqni bajaradi.

O’qituvchi o’quvchilarning amaliy faoliyatiga aralashmay, tashqaridan teskari aloqa

muloqot yordamida yo’naltirib boshqaradi va nazorat qiladi.

5-rasm. Mustaqil ta’limning samarasi.9

Mustaqil ish faoliyatida bilimlarni egallash bilan birga, ko’nikmalarni

shakllantirish ham mustaqil amalga oshiriladi.

Borgan sari ortib boradigan mustaqil tayyorlanish vaqtini samarali bo’lishini

ta’minlashda ikki narsaga e’tibor qaratish kerak: 10

- mustaqil ish o’qishning, aqliy mehnatning alohida turi.

- axborotning asosiy qismini talaba mustaqil ravishda oladi.

Ayniqsa, internetning kirib kelishi bilan uning doirasi yanada kengaydi. Talaba

mustaqil ishlash ko’nikmasini egallamasa, zamon talabi darajasidagi mutaxassis

bo’lib etisha olmaydi, chunki talabaning o’qish yillari davomida olgan bilimlarining9 Tadqiqotchi tomonidan adabiyotlardan foydalanib tayyorlandi.10 D.Tojiboeva Maxsus fanlarni o’qitish metodikasi. O’quv qo’llanma. - T.: “Fan va texnologiya”, 2007. - 512 b.

ijodiy qobiliyatlarinirivojlantirishga asos

bo’ladi

o’quv topshiriqlarinitartibga solish va nazoratqilish uchun ongliravishda foydalana bilish

bilim, ko’nikma,malakalarni

shakllantirish

umumtexnik, maxsusfanlarga oid bilimlarini

rejalashtirish

shaxsiy, kasbiy,individual

xususiyatlarninamoyon etish

Mustaqil ta’limo’quvchi-

talabalarda

Page 29: Mamarasulov Erali Bozorboy o’glioshirishda o’qitishning zamonaviy usullari, shakl va vositalari, o’yin texnologiyalari, muammoli o’qitish, xususan mustaqil ta’limning noan’anaviy

31

ko’p qismi u faoliyat boshlagunga qadar eskiradi, ko’pgina bilimlar esa unutiladi.

Bilimning eskirishi tez, axborot oqimi nihoyatda katta bo’lgan hozirgi davrda

mustaqil o’qishga, o’z ustida tinmay ishlash, izlanishga o’rganish har bir mutaxassis

uchun nihoyatda zarur.Ta’limning reyting tizimi, ayniqsa, o’qish jarayoniga kirib

kelayotgan yangiliklar, axborot hajmining kattaligi o’quvchi-talabalardan mustaqil

ishlash va vaqtdan to’g’ri foydalanishni, uni tejash zaruriyatini keltirib chiqaradi.

Dars davomida mavzuga tegishli barcha asosiy savollarni muhokama qilib

bo’lmaydi. Uning iloji yo’q, ma’ruzada o’tilgan, muhokama qilingan masalalarni

psihologlarning tadqiqoti natijalariga ko’ra, atigi 5 foizi o’quvchi-talabalar yodida

qolar ekan. O’zi o’qib o’rgangani, o’rganganlarini boshqalarga o’rgatishi esa bir

necha baravar ko’p yodida qolar ekan. Shundan kelib chiqib, aytish mumkinki,

talabaning o’zini mustaqil tayyorlanib o’qishi fanni o’rganishda, uni asosiy

mazmunini tushunish va o’zlashtirishida, tahlil qilishi, o’z fikrini ifodalashida muhim

rol o’ynaydi.

O’quvchi-talabaning mustaqil ishidan maqsad o’qituvchining rahbarligi va

nazorati asosida muayyan o’quv ishlarini mustaqil ravishda bajarish uchun zarur

bo’lgan bilim va ko’nikmalarni shakllantirish va rivojlantirishdir.

O’quvchi-talabaning mustaqil ishi vazifalari quyidagilardan iborat bo’ladi:11

• yangi bilimlarni mustaqil tarzda puxta o’zlashtirish ko’nikmalariga ega bo’lish;

• kerakli ma’lumotlarni izlab topish, ularning qulay usullari va vositalarini

aniqlash;

• axborot manbalaridan samarali foydalanish;

• an’anaviy o’quv va ilmiy adabiyotlar, me’yoriy hujjatlar bilan ishlash;

• elektron o’quv adabiyotlar va ma’lumotlar banki bilan ishlash;

• internet tarmog’idan samarali foydalanish;

• berilgan topshiriqni muntazam va me’yorida bajarish;

11 D.Tojiboeva Maxsus fanlarni o’qitish metodikasi. O’quv qo’llanma. - T.: “Fan va texnologiya”, 2007. - 512 b.

Page 30: Mamarasulov Erali Bozorboy o’glioshirishda o’qitishning zamonaviy usullari, shakl va vositalari, o’yin texnologiyalari, muammoli o’qitish, xususan mustaqil ta’limning noan’anaviy

32

• ma’lumotlar bazasini tahlil etish;

• topshiriqlarni bajarishga tizimli va ijodiy yondashish;

• natijalarni muhokamaga tayyorlash va ko’rsatilgan kamchiliklarni qayta

ishlash.

• ishlab chiqilgan echim, loyiha yoki g’oyani asoslash, mutaxassislar jamoasida

himoyaqilish va boshqalar.

Mustaqil ishni tashkil etishning muhim xusutsiyati, uni o’quvchi-talabaning

o’zi tashkil qiladi.Mustaqil ishni bajarish uchun o’quvchi-talaba o’zinio’zi majbur

qilishi kerak.

Mustaqil ishlash quyidagi guruhlarga bo’linadi:

1. Dars o’tilgandan so’ng bajariladigan ishlar, uy vazifalarini bajarishda darslik,

o’quv qo’llanmalari bilan ishlash, konspekt tayyorlash.

Tipik topshiriqlarni echish. Bunda talaba avvalgi bilimlarini xotirasida qayta

tiklaydi va qisman qayta o’zgartirib, aniq topshiriqlarda qo’llaydi. Masalan: masala,

mashq echish;

3. O’rganilgan bilimlarni tipik bo’lmagan sharoitda qo’llash. Talaba o’rgangan

bilimlaridan yangi sharoitda foydalanadi. Sharoitlarda ma’lum umumiylik bo’lishi

mumkin.

4. Ijodiy faoliyatga asos yaratish. Bunda talaba o’rganilayotgan sohaning

mohiyatigatushunadi, uning yangi munosabat, bog’lanishlarini aniqlaydi, g’oyalar va

tushunchalarni yangi sharoitga bog’laydi.

Barcha mustaqil ishlar o’quvchi-talabalarda ijodiy ishlash ko’nikmasini hosil

qilishga qaratilgan.Talaba ijodiy ishlashga o’rgatilmasa, u ma’lum mavzuga oid

materiallarni turli manbalardan ko’chirib kelish bilan kifoyalanib qolishi hamda o’zi

mustaqil fikr bildirishga qiynalishi mumkin.12

O’quvchi-talabalar mustaqil ishini shartli ravishda ikkiga ajratish mumkin:

12 Rochinskiy V.M. “Azbuka pedagogicheskogo truda” M: 1990 str. 33.

Page 31: Mamarasulov Erali Bozorboy o’glioshirishda o’qitishning zamonaviy usullari, shakl va vositalari, o’yin texnologiyalari, muammoli o’qitish, xususan mustaqil ta’limning noan’anaviy

33

Auditoriyada amalga oshiriladigan o’quvchi-talaba mustaqil ishlari.

O’tilgan mavzuni qayta ishlash, kengaytirish va mustahkamlashga oid topshiriqlar

bajariladi;

Auditoriyadan tashkarida amalga oshiriladigan o’quvchi-talaba mustaqil

ishlari. O’quv dasturidagi ayrim mavzularni mustaqil holda o’zlashtirish, uyga

berilgan vazifalarni bajarish, amaliy va laborotoriya ishlariga tayyorgarlik ko’rib

kelish, ijodiy va ilmiy-tadqiqot xarakteridagi ishlar va h.k.

Birinchi tur ishlari o’quvchi-talabalarning nazariy va amaliy bilimlarini

o’zlashtirib borish darajasi, amaliy mashg’ulotlarga (amaliyot, laborotoriya, semenar

darsi tayyorgarlik saviyasi va uy vazifalarning bajarilish sifatini tekshirish maqsadida

nazorat ishlari olish, savol-javob, suxbat, munozara, amaliy topshiriqlarni bajartirib

ko’rish usullarida asosan amaliyot darslarida nazorat qilinadi.

Ikkinchi tur ishlar fanning ishchi o’quv dasturida auditoriyadan tashqarida

o’zlashtirilishi belgilangan mavzu bo’yicha malumot va axborotlarni mustaqil

ravishda izlab topish, tahlil qilish konspektlashtirish, va o’zlashtirish ijodiy

yondashishning talab qiladigan amaliy topshiriqlarni bajarish ko’rinishida amalga

oshiriladi.

Bu turdagi ishlarni bajarish jarayoni va o’zlashtirish sifatini nazorati darsdan

tashqari paytlarda, maxsus belgilangan konsultatsiya soatlarida amalga oshriladi.

Page 32: Mamarasulov Erali Bozorboy o’glioshirishda o’qitishning zamonaviy usullari, shakl va vositalari, o’yin texnologiyalari, muammoli o’qitish, xususan mustaqil ta’limning noan’anaviy

34

6-rasm. Mustaqil ta’lim olishga undovchi xususiyatlar.13

«Mustaqil ish» o’quvchi-talabaning darsdan tashqari vaqtida mustaqil ravishda

olib borayotgan faoliyati, izlanishi tushuniladi. Mustaqil ishlar rejasi davlat ta’lim

standartlari asosida, har bir fan o’qituvchisi tomonidan mustaqil ishlar uchun

ajratilgan vaqtda mos ravishda tuziladi va kafedrada tasdiqlanadi. Mustaqil ishlar

rejasida mavzu, shu mavzuning ish shakllari va hajmi berilishi lozim. Bu reja bilan

o’quvchi-talabalarni, o’quv yilining boshida tanishtiriladi va kafedraga tegishli

bo’lgan biror stendga yil davomida ilib qo’yiladi. Aynan shu reja asosida o’quvchi-

talabaning mustaqil ishi bo’lmish uy vazifasi, ma’ruza, seminar, amaliy ish, tarixiy

lavhalar, referat, ijodiy ishlar yozish, ko’rgazma, buklet, jadval, maketlar, sxemalar,

shakllar, modellarni yasash, krosvord, rebus va shunga o’xshash qiziqarli o’yinlar

tuzish, tayyorlash kiradi. Lekin o’quvchi-talabani mustaqil ishlarni bajarishga majbur

qilmaydi, aksincha, ularni o’quvchi-talabaning o’zi mustaqil ravishda tanlaydi.

O’qituvchi esa, unga metodik tavsiyanomalar, maslahatlar va yo’riqnomalar bilan

13 Tadqiqotchi tomonidan tuzildi.

O’quvchi-talabalarning mustaqilfaoliyatiquyidagi

belgilargaega:

Mustaqilfikr

yuritish vaunga

intilish

Har qandayshart-sharoitda

yokivaziyatlardabajariladiganish ob’yektinianiqlay olish

yangivazifalarnixal etishda

o’zyondashuvin

i amalgaoshira olish

bilimlarnitushunishni,balki ushbu

bilim, ko’nikma,malakalarni

o’zlashtirishning tez, samaraliusullarini izlab

topish

bajarilganishlarnitahlil

qilishdatanqidiy

yondashuv

o’z g’oyava

qarorlari-ning

erkinligi

Page 33: Mamarasulov Erali Bozorboy o’glioshirishda o’qitishning zamonaviy usullari, shakl va vositalari, o’yin texnologiyalari, muammoli o’qitish, xususan mustaqil ta’limning noan’anaviy

35

yordam berib, konsultatsiya vaqtida o’quvchi-talabaning mustaqil ishini baholaydi.

Mustaqil ishlarni baholash uchun alohida jurnal tutilmaydi, chunki bu baholar joriy

nazorat sifatida sinf jurnaliga qayd qilinadi.

Mustaqil ishlash uchun qo’llanilgan baho, joriy nazorat sifatida guruh jurnaliga

qo’yilishi, o’quvchini rag’batlantirib, uning kundalik uy vazifalarini to’liq

bajarilishini ta’minlaydi.

O’quvchi-talabalarda mustaqil ta’lim olish ko’nikmalarini shakllantirish uchun

quyidagilarga e’tibor berish maqsadga muvofiq:

- o’quvchi-talabalar o’quv faoliyatining aniq maksadini belgilash (mashqlar

qilish, mustaqil ishlash), uning o’quvchi-talabalar tomonidan tushunishlariga erishish;

- har bir o’quvchi-talabaning ishini idrok etish va shu bilan bir qatorda butun

jamoaning ish faoliyatini ham nazardan chetda qoldirmaslik;

- o’quvchi-talabalarda o’z mehnatini mustaqil tahlil qilish, xatolar sababini va

ularii bartaraf etish hamda oldini olish usullarini topish qobiliyatlarini hamisha

rivojlantirib borish;

- xatolarni tuzatishga doir tayyor ko’rsatmalar bermaslik, o’quvchi-talabalarning

o’zi ushbu xatolarni anglash va bartaraf etish usullarini topishlariga erishish;

-o’quvchi-talabalarning topshiriqlarni bajarishlariga qarab ijodiy yondoshishlarini

hamisha rag’batlantirib turish;

- o’quvchi-talabalarni yangi, ilg’or, yuksak unum beradigan ish usullarini

qo’llashga undash, paydo bo’ladigan qiyinchiliklarni tushunib yetishida ularga

yordam berish, ularning mustaqil ishlashlari uchun sharoit yaratish;

- o’quvchi-talabalarning ta’lim jarayoniga ijodiy yondoshishlari, topshiriqlarni

ongli bajarishlarini ta’minlashga erishish;

- yaxshi o’zlashtira olmayotgan o’quvchi-talabalarga muntazam yordam berish,

buning uchun ish usullarini takror ko’rsatib, ularni ijodiy mustaqil ish faoliyatini olib

borishga undash;

Page 34: Mamarasulov Erali Bozorboy o’glioshirishda o’qitishning zamonaviy usullari, shakl va vositalari, o’yin texnologiyalari, muammoli o’qitish, xususan mustaqil ta’limning noan’anaviy

36

- o’quvchi-talabalarning ish jarayonida ijodiy yondashib, mustaqil bajargan

ishlarini nazorat qilish va munosib baholab borish.

Kasb ta’limi metodlaridan o’quvchi-talabalarda mustaqil ta’lim olish malakasi

shakllanganlik darajasini aniqlashda foydalanish maqsadga muvofiq. Ularni shartli

ravishda quyidagi nomlar bilan atash mumkin:

7-rasm. Mustaqil ta’lim olish malakasi shakllanganlik darajasini aniqlashdaKasb ta’limi metodlaridan foydalanish. 14

14 Tadqiqotchi tomonidan tuzildi.

Mustaqil ta’lim olish malakasishakllanganlik darajasini aniqlashda

Kasb ta’limi metodlaridan foydalanish

1. O’quv materiallarini o’rganishda va mustaqil ishjarayonini tashkil etishda umumiydan tipiklikni vaxususiylikni ajratib olish malakasi (ajrata olishmalaka).

2. Mustaqil ish bajarilishi jarayonida texnologikjarayonlarni va texnik ob’yektlarni tanlash, amaliybajarish, texnik chizmalar, sxemalar tuzishmalakasi (tuzish malakasi)

3.Auditoriyada, auditoriyadan tashqarida, o’quvustaxonasida va uyda mustaqil ishlarni samaralitashkil etish malakasi (tashkil etish malakasi).

4.Mustaqil fikrlash malakasi (fikrlashmalakasi).

Page 35: Mamarasulov Erali Bozorboy o’glioshirishda o’qitishning zamonaviy usullari, shakl va vositalari, o’yin texnologiyalari, muammoli o’qitish, xususan mustaqil ta’limning noan’anaviy

37

2.2. “Ustav kapitali auditi” mavzusini mustaqil o’rganish uchun topshiriqlar

ishlab chiqish.

Mavzu bo’yicha mustaqil o’rganish uchun topshiriqlar ishlab chiqish metodi

orqali o’quv jarayonini tashkil etishda va o’quvchi-talabalarning mustaqil

o’rganishlari uchun shart-sharoit yaratish hamda ular samaradorligini oshirishda turli

o’qitishning ta’lim texnologiyalaridan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi.

O’quv jarayonining asosiy shakllari hisoblangan ma’ruza va amaliy dars

mashg’ulotlarida mustaqil ta’lim metodlaridan ham foydalanishimiz mumkin. Lekin,

mavzuyimiz doirasidan chetga chiqmasdan o’quvchi talabalarni mazkur mavzuni

chuqur anglab yetishlari uchun “ustav kapitali auditi” mavzusi bo’yicha turli mustaqil

ish topshiriqlarini qay yo’sinda ishlab chiqish lozimligi haqida fikr yuritish bilan

cheklanamiz. Dastavval, I bobda keltirilganidek mavzu o’quv maqsadini turli ham

nazariy, ham amaliy tomonlarini ochib beruvchi serqirra jihatlarini o’zida

mujassamlashtiruvchi reja savollarini tuzib olamiz. Mukammal o’quv maqsadini va

savollarini to’laqonli yoritib beruvchi jihatlarini tuzib olish bevosita mustaqil

topshiriqlarni ishlab chiqishga yordam beradi. Agar biz to’laqonli o’quv maqsadini

belgilab olmasak samarali mustaqil ta’limni tashkil etolmaymiz. Shuningdek, o’quv

maqsadlari “ustav kapitali auditi” mavzusining nazariy va amaliy jihatlari bilan

sug’orilgan bo’lishi kerak.

Mustaqil ishlash o’quvchi talabaning murakkablik darajasi turlicha bo’lgan

topshiriq va vazifalarni auditoriyada hamda auditoriyadan tashqarida ijodiy va

mustaqil bajarib, o’zida bilim, amaliy ko’nikma va malakalarni shakllantirishga

qaratilgan tizimli faoliyatidir.

Mustaqil ishlarning didaktik maqsadi, shakli, individual yoki jamoa bo’lib

bajarishga mo’ljallangani, bajariladigan joyiga qarab bir-biridan farq qiladi. Mustaqil

ishlash uchun mo’ljallangan mavzularning ilmiyligi, o’quv materiallarining

Page 36: Mamarasulov Erali Bozorboy o’glioshirishda o’qitishning zamonaviy usullari, shakl va vositalari, o’yin texnologiyalari, muammoli o’qitish, xususan mustaqil ta’limning noan’anaviy

38

qiziqarliligi, amaliyot bilan bog’liqligi, uzviyligi, fanlararo aloqadorligi, shuningdek,

muammoli topshiriqlar muhim ahamiyatga ega.

O’quvchi-talabani shaxsiy rivojlantirishga yo’naltirilgan mustaqil ishlarni

tashkil etish modelining tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat:

8-rasm. O’quvchi-talabaning shaxsiy rivojlantirishga yo’naltirilgan mustaqilishlarni tashkil etish modeli. 15

Eng asosiysi, mustaqil ta’lim olish faoliyatini tashkil etishda o’quvchilarning

intilish va qiziqishlariga e’tibor qaratish zarur. O’quvchi-talabalarning egallagan

bilimlarini amaliyotda qo’llay olishini, ijtimoiy foydali, targ’ibot tashviqot ishlarida

ishtirok etishini ta’minlash maqsadga muvofiq. Chunki ularni turli-tuman amaliy, ij-

timoiy, tashkiliy, ijodiy faoliyatga jalb etish ham mustaqil ta’lim samaradorligini

oshirish omilidir.

O’quvchi-talabalar mustaqil ta’lim olishlari jarayonida qo’shimcha

adabiyotlarga murojaat qiladi, o’tilgap mavzularni qayta ko’rib chiqadi. Ko’p

15 Tadqiqotchi tomonidan tuzildi

Dasturiy-maqsadli qism:

Nazoratqismi

Amaliyqism

Ijro qismi

o’quv rejasidagi fanlar bo’yicha mustaqil ish maqsadlarinibelgilash va uni tashkil etish.

Turli mustaqil o’quv faoliyati bo’yicha amaliy ko’nikmalarnishakllantirish.

Mustaqil ishni bevosita bajarish

O’quvchi-talabalarning o’quv faoliyatidagi mustaqil ishinatijalarini kuzatish va uni baholash

Аsoslovchiqism

O’quvchi-talabalarda mustaqil ishga qiziqish uyg’otish.

Page 37: Mamarasulov Erali Bozorboy o’glioshirishda o’qitishning zamonaviy usullari, shakl va vositalari, o’yin texnologiyalari, muammoli o’qitish, xususan mustaqil ta’limning noan’anaviy

39

o’quvchi-talabalar uyga berilgan ma’ruza matnlari ustida ishlaydilar, ma’ruzalar,

referatlar tayyorlashda ilmiy-ommabop, davriy nashrlardan foydalanadilar. Pedagogik

hamda texnik-texnologik mustaqil ishlarni ba- jarishda o’quvchi kasbiy faoliyat

muammolarini hal etish usullarini egallaydi.

O’quv adabiyotlaridan mustaqil foydalanishda o’quvchilar bir muncha

qiynchiliklarga duch keladilar. Shu bois o’qituvchi dastlab o’quvchilarda o’quv

adabiyotlaridan mustaqil foydalanish bo’yicha quyydagi ko’nikma va malaka- larni

shakllantirishi zarur:

- o’quv ma’lumotlarini qisqacha ma’ruza tarzida ifodalay olish;

- referat yoza bilish;

-tegishli o’quv axborotini tanlab, uni sxema, jadval va rasm ko’rinishida

ifodalash.

Bizningcha, o’quvchilarni o’quv adabiyotlaridan mustaqil foydalanishga

o’rgatish uch bosqichda amalga oshirilishi kerak.

1-bosqichda o’qituvchi o’rganilishi lozim bo’lgan mavzu bo’yicha o’quv

axborotlari mazmunini sxema, jadval va rasmlar ko’rinishida ifodalab, tayyor holda

mashg’ulotga olib kiradi va ularni tushuntiradi. Ularni kompyuter xotirasiga ham

kiritish mumkin. Bunda asosiy tushuncha va atamalar alohida izohlanadi.

O’quvchilarga mavzuga oid sxema, jadval va rasmlar doimo bir ko’rinishda

chizilmasligi, ularni tayyorlashda ijodiy yondashilishi hakida ma’lumot beriladi.

2-bosqichda mashg’ulot jarayonida bevosita o’quvchilarning ishtirokida o’quv

axborotlari sxema, jadval va rasmlar ko’rinishida tayyorlanadi. Shu tariqa o’quvchi-

larda o’quv axborotlarini tanlash, tizimlashtirish, ularni sxema, jadval va rasmlar

ko’rinishida ifodalash ko’nikmalari shakllantiriladi. Bunday mashg’ulotlar 2-3 marta

tashkil etiladi. So’ngra keyingi bosqichga o’tiladi.

3-bosqichda o’quv axborotlarini sxema, jadval va rasmlar ko’rinishda

ifodalashlari uchun o’quvchilarga ma’lum topshiriq yoki mustaqil ishlar beriladi.

Bunda o’qituvchi navbatdagi mashg’ulotni 2-bosqichdagi kabi tashkil etib,

Page 38: Mamarasulov Erali Bozorboy o’glioshirishda o’qitishning zamonaviy usullari, shakl va vositalari, o’yin texnologiyalari, muammoli o’qitish, xususan mustaqil ta’limning noan’anaviy

40

o’quvchilarning mustaqil ishlashi uchun ko’proq imkoniyat yaratib beradi.

O’quvchilar berilgan matnni o’qib uning, mazmunini mustaqil holda tizimlashtiradi,

asosiy tushuncha va atamalarni tasnif- laydi. Keyin mavzu mazmunini sxema, jadval

va rasmlar ko’rinishida ifodalab, tayyor holda o’qituvchiga taqdim etadilar.

O’qituvchi ularni tekshirib, takomillashtirish bo’yicha tavsiyalar beradi.

Mashg’ulotlar 2-3 marta xuddi shu tarzda takrorlanadi. So’ng vazifa sifatida

o’quvchilarga topshiriqlar beriladi.

O’quvchilarning fan bo’yicha butun o’quv yili davomida tuzib borgan tayanch

ma’ruza (sxema, jadval va rasm)laridan oraliq va yakuniy nazoratlarda foydalanishiga

ruxsat berish maqsadga muvofiq. Bu ularning doimiy izlanishlari va o’quv

adabiyotlari bilan mustaqil ishlashiga yanada katta pag’bat uyg’otadi.

O’quvchilarni o’quv adabiyotlardan mustaqil foydalanishga o’rgatish ta’lim

berish, tarbiyalash, rivojlantirish kabi vazifalarni qamrab oladi.

O’quvchilarga mustaqil ishlash bo’yicha uyga vazifa berishda quyi- dagilarga

alohida e’tibor bering:

• o’quv adabyyoti tuzilishi bilan tanishish;

• matnlarga ko’z yugurtirib chiqish;

• alohida boblarni o’qish;

• o’quv adabiyotidan savollarga javob qidirish;

• o’quv materialarini o’rganish.

• referat yozish;

• qisqacha bayonnoma tuzish;

• misolva mashqlar yechish;

• test sinovlarini bajarish;

• o’quv materiallari mazmunini tushunish va xotirada saqlab qolish.

Page 39: Mamarasulov Erali Bozorboy o’glioshirishda o’qitishning zamonaviy usullari, shakl va vositalari, o’yin texnologiyalari, muammoli o’qitish, xususan mustaqil ta’limning noan’anaviy

41

9-rasm. O’quvchi-talabalarni o’quv adabiyotlaridan mustaqil

foydalanishga o’rgatish.16

O’quvchining bilimlarni o’zlashtirgani to’g’risida kitobni necha marta

o’qiganiga qarab emas, balki o’quv materiallari mazmunini tushunganiga ko’ra xulosa

chiqarish va uni baholash kerak. Bunda o’quvchinng ko’p, o’qishi emas, balki,

o’qiganlarini faol eslab qolishi muhim hisoblanadi. O’qituvchi o’quvchilarni o’quv

adabiyotlaridan mustaqil foydalanishga o’rgatishda o’quv mashg’ulotining texnologik

haritasidan foydalanishi lozim.

Birinchi bosqichda o’qituvchi mashg’ulotga tayyorgarlik ko’radi,

o’quvchilarning mustaqil o’rganishlari uchun o’quv materialini tanlaydi, o’quv

faoliyati maqsadi, vazifasi, natijasi va uni baholash mezonini belgilaydi.

Ikkinchi bosqichda mavzuni e’lon qiladi, yangi o’quv materiali mazmuni va

mustaqil ishni bajarish tartibini o’quvchilarga tushuntiradi.

16 Tadqiqotchi tomonidan tuzildi

O’quvchilarni o’quv adabiyotlaridan mustaqilfoydalanishga o’rgatishda quyidagilar nazarda

tutiladi

o’quvchilarda o’z bilimini tekshirish malakasinishakllantirish

uyda kitob bilan ishlash orqali darsda olinganbilimlarni mustahkamlash

o’quvchilarning o’quv materiali mazmunini tushunishlariuchun ularni reja asosida o’qish, mantiqiy-tuzilmaviysxemalar, jadvallar, rasmlar shaklda ifodalash, konspektyozish kabi amaliy ishlarga o’rgatish

Page 40: Mamarasulov Erali Bozorboy o’glioshirishda o’qitishning zamonaviy usullari, shakl va vositalari, o’yin texnologiyalari, muammoli o’qitish, xususan mustaqil ta’limning noan’anaviy

42

O’qituvchi yana guruhni 3 ta kichik guruhlarga bo’lib, ularni nomlaydi va

ularga mustaqil ishlashi uchun topshiriqlar, testlar, tahlil qilish uchun jadvallar,

masala-mashqlar beradi. Ularning borish jarayoni quyidagicha.

Мустақил ўрганиш учун топшириқлар

1-topshiriq

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2004-yil 15-yanvaridagi 5-sonli

buyrug’i bilan tasdiqlangan “Moliyaviy hisobot”ning 5-shaklida xususiy kapitalning

tuzilmasi haqida o’z fikr-mulohazalaringiz orqali bayon qilib bering.

2-topshiriq

Ustav kapitalining shakllanish manbalari haqida ma’lumot bering.

3-topshiriq

Ustav kapitali auditini tashkil qilish va o’tkazish tartibining o’ziga xos

xususiyatlari haqida bayon qilib bering.

Guruhlarga topshiriqlar bergandan so’ng variantlar ko’rinishida testlar beradi.

1-variant

1. Ustav kapitaliga ulush sifatida yoki obuna bo’lingan aksiya qiymatini to’lash

hisobiga olingan nomoddiy aktivlarni kirim kilish qaysi hujjatda rasmiylashtiriladi?

@A) Ta’sis shartnomasi, qabul qilish topshirish dalolatnomasi

B) Oldi-sotdi shartnomasi qabul qilish-berish dalolatnomasi

V) Tekinga berish to’g’risida shart-noma

G) nomoddiy aktivlarni qayta baholash dalolatnomasi

2. Tekshiruv chog’ida auditor ustav kapitalini ko’paytirishning quyidagi

manbalaridan qaysi birini noqonuniy deb hisoblaydi?

A) Emitent-aksiyadorlik jamiyatining o’z aksiyalarini ularning nominal qiymatidan

yuqori bahoda otishdan olingan mablag’lar ya’ni emission daromad

B) Jamg’arma, iste’mol va boshqa fondlar hamda ishlatilmagan zahiralar mablag’lari

V) Oldingi yil yakuni bo’yicha taqsimlanmagan foyda

@G) Uzoq muddatli bank kreditlari

Page 41: Mamarasulov Erali Bozorboy o’glioshirishda o’qitishning zamonaviy usullari, shakl va vositalari, o’yin texnologiyalari, muammoli o’qitish, xususan mustaqil ta’limning noan’anaviy

43

3. Ta’sischilar tomonidan ustav kapitaliga qo’shiladigan hissalar hisobda va

balansda qay tarzda aks ettiriladi?

A) Ularning haqiqatda kirim qilinish me’yoriga qarab

@B) Aksiyalar obunasiga qarab

V) Ularning rejada kirim qilinish me’yoriga qarab

G) A va B

4. Ustav kapitalini shakllantirishdagi farq qaysi buxgalteriya hisobi yozuvi amalga

oshirilsa, auditor tomonidan to’g’ri deb qabul qilinadi?

A) D-t 8310, K-t 8420

B) D-t 4610, K-t 8420

@V) D-t 5210, K-t 8420

G) D-t 8610, K-t 8310

5. Tekshiruv chog’ida auditor ustav kapitalini kamaytirilishini qachon asosli deb

hisoblaydi?

A) Jamiyatning ustav fondi aksiyalarning nominal qiymatini qisqartirish yo’li bilan

kamaytirilganda

B) Aksiyalarning bir qismini jamiyatning o’zi keyinchalik muomaladan chiqarish

sharti bilan sotib olishi yo’li bilan kamaytirilganda

V) Ustav kapitalini har qanday yo’l bilan kamaytirilishi noqonuniy deb topiladi

@G) A va B

6. Quyidagilarning qaysilari qo’shilgan kapital tarkibiga kiritilganida auditor

qo’shilgan kapital tarkibini to’g’ri shakllangan deb hisoblaydi?

A) Aksiyalarni nominal qiymatidan yuqori bahoda dastlabki sotishdan olingan

emission daromadlar

B) Tekinga olingan mol mulk

V) Ustav kapitalini shakllantirishda hosil bo’lgan kurs tafovutlari

@G) A va V

Page 42: Mamarasulov Erali Bozorboy o’glioshirishda o’qitishning zamonaviy usullari, shakl va vositalari, o’yin texnologiyalari, muammoli o’qitish, xususan mustaqil ta’limning noan’anaviy

44

2-variant

1. Mol-mulk tekinga olinganida qaysi buxgalteriya hisobi yozuvi amalga

oshirilsa, auditor tomonidan to’g’ri deb qabul qilinadi?

A) D-t 1010, K-t 8810

@B) D-t 0130, K-t 8530

V) D-t 0820, K-t 8410

G) D-t 0820, K-t 8310

2. Quyidagilarning qaysilari zaxira kapital tarkibiga kiritilganida auditor zaxira

kapital tarkibining to’g’ri shakllanishini asosli deb hisoblaydi?

A) Aksiyalarni nominal qiymatidan yuqori bahoda dastlabki sotishdan olingan

emission daromadlar

B) Tekinga olingan mol mulk

V) Mulklarni qayta baholash bo’yicha tuzatishlar

@G) B va V

3. Auditor ta’sischilar ulushlarining ustav kapitaliga qo’shilganligini tasdiqlovchi

hujjatlar to’plamiga qaysi hujjatni kiritmaydi?

A) Bank ko’chirmalari

B) To’lov-topshiriqnomalari nusxalari

@V) Amortizatsiya hisoblash qaydnomasi

G) Kassa kirim orderlarining kvitansiyalari

4. Auditorlik tekshiruvida korxona ustav kapitaliga ta’sischilar tomonidan

ulushlar qo’shilmagan yoki to’liq qo’shilmagan holatlarning aniqlansa, qanday

qarorga kelinadi?

A) Korxona vaqtinchalik to’xtatilishiga asos bo’ladi

@B) Korxona ta’sis etilmagan va tugatilishi kerak deb topilishiga asos bo’ladi

V) Korxona faoliyati noqonuniy deb topilishiga asos bo’ladi

G) Korxona boshqa korxonaga qo’shilishi kerak deb topilishiga asos bo’ladi

Page 43: Mamarasulov Erali Bozorboy o’glioshirishda o’qitishning zamonaviy usullari, shakl va vositalari, o’yin texnologiyalari, muammoli o’qitish, xususan mustaqil ta’limning noan’anaviy

45

5. Ta’sischilar tomonidan ustav kapitaliga qo’shiladigan hissalar hisobda va

balansda qay tarzda aks ettiriladi?

A) Ularning haqiqatda kirim qilinish me’yoriga qarab

@B) Aksiyalar obunasiga qarab

V) Ularning rejada kirim qilinish me’yoriga qarab

G) A va B

6. Auditor sotilgan mahsulotlarning tannarxi bo’yicha hisob ma’lumotlarini qaysi

registrdan oladi?

A) Jurnal order №6

B) Jurnal order №11

V) Jurnal order №10

@G) Jurnal order №15

3-variant

1. Auditorlik tekshiruvi natijasida mol-mulkni uzoq muddatli ijaraga berishdan

olingan daromadlar operatsion daromadlar tarkibiga qo’shilganligi aniqlandi.

Qonunchilikka binoan bu turdagi daromad qaysi qatorga qo’shilishi kerak?

A) Mahsulot sotishdan olingan sof tushum

@B) Moliyaviy faoliyatdan olinadigan daromadlar

V) Asosiy ishlab chiqarish faoliyatidan olinadigan boshqa daromadlar

G) Favqulodda daromadlar

2. Auditor tekshiruv jarayonida quyidagi ko’rsatkichlardan qaysi birini moliyaviy

natijalar to’g’risidagi hisobotdan olmaydi?

A) Favqulodda foyda

B) Olingan dividendlar

@V) Tekinga olingan mol-mulk

G) Olingan foizlar

Page 44: Mamarasulov Erali Bozorboy o’glioshirishda o’qitishning zamonaviy usullari, shakl va vositalari, o’yin texnologiyalari, muammoli o’qitish, xususan mustaqil ta’limning noan’anaviy

46

3. Qo’shma korxonalarning hisob siyosati qaysi hujjatga asosan tuziladi?

A) Ta’sischilarning qaroriga asosan

B) Soliq kodeksiga asosan

V) Mulkdorlarning ustaviga asosan

@G) Hamma javoblar to’g’ri

4. Savdo tashkilotlarida ta’sischilar tomonidan ustav kapitaliga qo’shiladigan hissalar

hisobda va balansda qay tarzda aks ettiriladi?

A) Ularning haqiqatda kirim qilinish me’yoriga qarab

@B) Aksiyalar obunasiga qarab

V) Ularning rejada kirim qilinish me’yoriga qarab

G) A va B

5. Savdo tashkilotida ustav kapitaliga ulush sifatida yoki obuna bo’lingan aksiya

qiymatini to’lash hisobiga olingan nomoddiy aktivlarni kirim kilish qaysi hujjatda

rasmiylashtiriladi?

@A) Ta’sis shartnomasi, qabul qilish topshirish dalolatnomasi

B) Oldi-sotdi shartnomasi qabul qilish-berish dalolatnomasi

V) Tekinga berish to’g’risida shartnoma

G) Nomoddiy aktivlarni qayta baholash dalolatnomasi

6. Ustav kapitali ro’yxatga olingandan keyin qayday buxgalteriya o’tkazmasi

beriladi?

A) D-t 1010, K-t 8810

@B) D-t 4610, K-t 8310

V) D-t 0820, K-t 8410

G) D-t 0820, K-t 8310

Page 45: Mamarasulov Erali Bozorboy o’glioshirishda o’qitishning zamonaviy usullari, shakl va vositalari, o’yin texnologiyalari, muammoli o’qitish, xususan mustaqil ta’limning noan’anaviy

47

Shu zaylda tahlil qilib tekshirish uchun jadval beriladi

3-jadval

Moliyaviy hisobot ma’lumotlarini bir- biriga mosligini tekshirish.17

Ko’rsatkichlar nomi Shakl

raqami

Birlamchi ikkilamchi Mos-

ligisatri Summa

ming

so’m

Shakl

raqami

satri Summa

ming

so’m

А 1 2 3 4 5 6 7

Asosiy vositalar:

Boshlang’ich qiymat.1 010 71000 3 130 71000 Mos

Eskirish qiymati. 1 011 44500 3 130 44500 Mos

Ustav kapital 1 320 80000 5 080 80000 Mos

Tao’simlanmaganfoyda

1 350 45000 5 080 45000

Mos

Va hokozolar

17 Adabiyotlardan foydalanilib tadqiqotchi tomonidan tuzildi.

Page 46: Mamarasulov Erali Bozorboy o’glioshirishda o’qitishning zamonaviy usullari, shakl va vositalari, o’yin texnologiyalari, muammoli o’qitish, xususan mustaqil ta’limning noan’anaviy

48

4-jadval

Buxgalteriya balansidagi o’z mablag’lari manbai. 18

I. O’Z MABLAG’LARI MANBALARI

Ustav kapitali (8300) 410 27590,0 27590,0

Qo’shilgan kapital (8400) 420 9021,7 9021,7

Rezerv (zahira) kapital (8500) 430 298311,3 623718,1

Sotib olingan o’z aksiyalari (8600) 440 - -

Taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar) (8700) 450 -62807,7 -62807,7

Maqsadli tushumlar (8800) 460 - -

Bo’lg’usi xarajatlar va to’lovlar zahiralari (8900) 470 - -

I-bo’lim bo’yicha jami(410+420+430+440+450+460+470 satrlar)

480 272115,3 597522,1

Uchinchi bosqichda o’quvchi-talabalarga yordam beradi.

To’rtinchi bosqichda 3 ta guruhning bajargan ishini tahlil qiladi va natijalarni

baholaydi. Guruhlarni baholashda vaqtdan yutish uchun tekshirishni ularning

o’zlariga topshiradi. 1-guruh 2-guruhni, 2-guruh esa 3-guruhni tekshirib baholaydi.

Yakunda xulosani o’qituvchi berib, o’quvchi-talabalarning fikr-mulohazalarini

so’raydi. Bu darsning yutug’i shundaki bunda o’qituvchi emas balki o’quvchi-

talabalar ishlaydi, izlanadi va o’z qarashlarini guruhlar oldida so’z va yozma ravishda

ifoda etadi. Darsda barcha talabalar qatnashadi va baholanadi.

Xulosa qilib aytganda ta’limning barcha bosqichida mustaqil ishlash

ko’nikmasi o’ta muhim hisoblanadi. O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limida ham mustaqil

ish o’quvchilarning bilim olishi va turli faoliyat usullarini egallashlari uchun asosiy

manba bo’lib xizmat qiladi.

18 Bugalterya balansi 1-shakl.

Page 47: Mamarasulov Erali Bozorboy o’glioshirishda o’qitishning zamonaviy usullari, shakl va vositalari, o’yin texnologiyalari, muammoli o’qitish, xususan mustaqil ta’limning noan’anaviy

49

III BOB. “Ustav kapitali auditi” mavzusini mustaqil o’rganish uchun

metodlarni takomillashtirish masalalari.

3.1. Mavzuni o’qitishda o’ziga xos zamonaviy pedagogik texnologiyalarni

ishlab chiqish, qo’llash va tadbiq etish asoslari.

Zamonaviy pedagogik texnologiya - ta’limning ma’lum maqsadga

yo’naltirilgan shakli, usuli va vositalarining mahsulidir. Kuzatuvlar shuni

ko’rsatadiki, aksariyat hollarda o’qituvchi an’anaviy dars jarayonida faqat o’zi

ishlaydi, o’quvchilar esa kuzatuvchi bo’lib qolaveradilar. Ta’limning bunday

ko’rinishi uquvchilarning aqliy tafakkurini o’stirmaydi, faolligini oshirmaydi, ta’lim

jarayonidagi ijodiy faoliyatini so’ndiradi.

Zamonaviy pedagogik texnologiyalarining asosiy maqsadi esa o’qitish tizimida

o’quvchini dars jarayonining markaziga olib chiqish, o’quvchilarni o’quv

materiallarini shunchaki yod olishlaridan, avtomatik tarzda takrorlashlaridan

uzoqlashtirib, mustaqil va ijodiy faoliyatini rivojlantirish, darsning faol

ishtirokchisiga aylantirishdir. Shundagina o’quvchilar muhim hayotiy yutuq va

muammolar, o’tiladigan mavzularning amaliyotga tatbiqi bo’yicha o’z fikrlariga ega

bo’ladilar, o’z nuqtai nazarlarini asoslab bera oladilar.

Bugungi kunda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo’llash ta’lim

vositalarini bir vaqtda bir necha yo’nalishlarda qo’llash imkonini bermoqda:

multimedia - interfaol, intellektual va boshqa texnologiyalar, bular ayniqsa

gipermatnli yoki gipermedial ko’rinishlarda ko’proq uchraydi.

Yangi zamonaviy ta’lim vositalarini qo’llash jarayonini tahlil etish va ta’limni

zamonaviy turlarini yuzaga kelish sabablarini o’rganish ularning o’zaro bog’liq holda,

ya’ni zamonaviy vositalarini qo’llash, ta’limning zamonaviy turlaridan foydalanishni

taqozo etadi.

Ushbu faoliyatni amalga oshirish mexanizmi quyidagi qonuniyatga asoslanadi:

Page 48: Mamarasulov Erali Bozorboy o’glioshirishda o’qitishning zamonaviy usullari, shakl va vositalari, o’yin texnologiyalari, muammoli o’qitish, xususan mustaqil ta’limning noan’anaviy

50

- ijtimoiy buyurtmani shakllantirish;

- zamonaviy ta’lim vositalarini ishlab chiqish;

- uni qo’llash texnologiyasini yaratish (ya’ni ta’lim usullari);

- ta’lim tamoyillari tizimlarini yaratish (ya’ni zamonaviy ta’lim turlariga xizmat

qiladigan qoidalarni shakllantirish).

Yuqorida ta’kidlangan faoliyat pedagog-texnolog va metodistlarning

to’plangan dalillar va ularni tizimli tahlil qilish asosida kasbiy mahoratni amalga

oshirishiga yordam beradi.19

“Buyurtma - vosita - uslub - yondashuv - ta’lim turi” tizimi-da kino proektor,

o’quv magnitofoni, radio va televidenie, lingafon xonasi, avtomatlashtirilgan ta’lim

tizimlari, multimedia va gipermantli ta’lim turlarining intellektual tizimi yordamida

o’zlashtiriladi.

Gipermatnli yondashuvning oddiy matndan farqi, elementlarni chiziqli ketma-

ketligi ko’p darajali aloqalar asosida taqdim etiladi. Bu ta’lim jarayonini tuzishda

axborotlarni ikkita texnologiya: multimedia va gipermatn asosida birlashtirish bilan

zamonaviy ta’lim turi gipermedial ta’limni shakllantirishga sabab bo’ladi.

Shunday qilib, zamonaviy pedagogik texnologiyalar ta’lim vositalarining yangi

avlodi va ta’lim texnologiyasining oxirgi turlari ko’rinishida o’z mohiyatiga ega

bo’ladi.

Ta’lim jarayonini zamonaviy pedagogik texnologiyalar, axborot -

kommunikativ texnologiyalar asosida tashkil etish bugungi kunda ta’lim sifat va

samaradorligini oshirishda dolzarb vazifa hisoblanadi.

Buning negizida avvalombor ob’yekt ya’ni ta’lim oluvchi faoliyati o’z aksini

topishi zarur. Aynan shu jarayon ishtirokchilar faoliyatining zamonaviy

pedagogikaning, didaktikaning taraqqiyotini belgilaydigan texnologik ta’limning

maqsadi, kafolati mazmunini tashkil etishi kerak.

19 Tolipov O’.Q., Usmanbaeva M. Pedagogik texnologiyalarning tatbiqiy asoslari - T.: 2006, 82-bet

Page 49: Mamarasulov Erali Bozorboy o’glioshirishda o’qitishning zamonaviy usullari, shakl va vositalari, o’yin texnologiyalari, muammoli o’qitish, xususan mustaqil ta’limning noan’anaviy

51

Pedagogik texnologiyalarning vujudga kelishi va rivojlanish tarixi mazmuni

hammaga ma’lum. Pedagogik texnologiyalarni mazmun va mohiyatini asoslab

beruvchi 25 dan ziyod tavsifnoma mavjud. Buni V.Bespalko, V.Klarin, V.Monaxov

(Rossiya), I.Sokomoto (Yaponiya), V.Okon (Polsha), J.Yo’ldoshev (O’zbekiston) lar

tomonidan berilgan ilmiy fikr va xulosalar anik va ravshan ko’rsatadi.

Lekin pedagogik va axborot texnologiyalari ta’lim jarayoniga to’liq joriy

qilindi degan fikrni aytib bo’lmaydi, buning o’ziga xos muammolari mavjud. Bu

muammolar sirasiga quyidagilarni kiritish mumkin.

♦ O’quvchi-talabalar faolligining rivojlanish darajasini yuqori emasligi;

♦ shaxsni rivojlantirishga yo’naltirilgan maqsadlarning to’g’ri bajarilmasligi;

♦ o’quv materiallarini maqbul tarzda yetkazilmasligi;

♦ o’quvchi-talabalar bilish faoliyatini to’g’ri aniqlamaslik;

♦ pedagogik texnologiyalar va axborot texnologiyalari bo’yicha chuqur bilimga

ega emaslik yoki ularni qo’llashda pedagogik mahoratning yetishmasligi;

♦ pedagogik mahorati bo’lsada, axborot kommunikativ texnologiyalardan

foydalanishni bilmaslik;

♦ mustaqil ta’limni tashkil etishdagi pedagogik nuqsonlar;

♦ ijodiy qobiliyati, erkin fikrlashni to’liq rivojlanmaganligi;

♦ yangiliklarni tez va to’g’ri qabul qilmaslik;

♦ zamonaviy ta’lim vositalaridan foydalanmaslik.

Ushbu nuqsonlarni bartaraf etish uchun avvalom bor ta’lim, o’qitish, bilish kabi

didaktikaiing asosiy kategoriyalarini chuqur bilish va ular asosida o’quv materialiga

mos ravishda texnologik xaritani tuzish birinchi vazifa hisoblanadi.

Ikkinchidan, pedagogik texnologiyalarni qo’llashda ta’lim o’qitishning ichki va

tashki omillarni to’g’ri aniqlash muhimdir. Ichki omillar tarkibiga akademik

o’zlashtirish o’quvchi-talabalarning bilim sifati va darajasi, malaka va

ko’nikmalarning shakllanganlik darajasi, talabaning shaxsiy rivojlanish darajasi,

o’rganganlilik va anglaganlik darajasi kiradi.

Page 50: Mamarasulov Erali Bozorboy o’glioshirishda o’qitishning zamonaviy usullari, shakl va vositalari, o’yin texnologiyalari, muammoli o’qitish, xususan mustaqil ta’limning noan’anaviy

52

Bunda asosiy e’tibor real va rejalashtirilgan o’quv faoliyatining natijalari

yuqori bo’lishiga, kam vaqt sarflagan holda yuqori natijalarga erishishga qaratilgan

o’quv jarayonini boshqarish, ta’limning yangi klassifikator asosida yaratilgan

dasturlari, maqsadlarini o’rgatishga qaratilgan psihologik tayyorgarlikni ta’minlashga,

eng asosiysi o’quv materialini o’zlashtirishda yuqori natijalarga erishishga imkon

beradigan uslubiy yordam berishiga qaratilishi lozim.

Ta’lim samaradorligini oshirishga qaratilgan tashqi omillar sifatida

quyidagilarni keltirish mumkin.

10-rasm.Ta’lim samaradorligini oshirishga qaratilgan tashqi omillar.20

20 O’rat maxsus kasb-hunar ta’limi: “Uzviylik va uzluksizlik” mavzusidagi respublika ilmiy amaliy seminarining maqola va ma’ruza to’plami. T.:2012.

O’z bilimini,mutaxassisligi

bo’yicha ma’lumotinioshirishga

yo’naltirilgantayyorgarlik darajasi.

Kasbiy bilimva kasbiymahoratdarajasi.

Mustaqil bilimolishning o’sish

sur’atlari.

o’quvchi-talabaningijtimoiy hayotga,kasbiy faoliyatga

moslashganlikdarajasi.

Ta’limsamaradorligini

oshirishgaqaratilgan tashqi

omillar

Page 51: Mamarasulov Erali Bozorboy o’glioshirishda o’qitishning zamonaviy usullari, shakl va vositalari, o’yin texnologiyalari, muammoli o’qitish, xususan mustaqil ta’limning noan’anaviy

53

Ta’lim samaradorligini oshirishga yo’naltirilgan pedagogik va axborot

texnologiyalarni qo’llash uchun o’qitishning xususiyatlariga ham alohida e’tibor

qaratish zarur.

Bunda ham o’qitishning ichki va tashqi xususiyatlari muhim ahamiyat kasb

etadi.

Tashqi xususiyatlar tarkibiga quyidagilar kiradi:

- ta’lim mazmuni, maqsadi va metodlarining ijtimoiy asoslanganligi;

- ta’limning tarbiyalovchi va rivojlantiruvchi xarakterga egaligi;

- ta’limning doimiy ravishda muloqot, munosabat ko’rinishdaligi;

- ta’lim oluvchilarning o’zlashtirish natijalari bilan atrof- muxitning uzviyligi va

uzluksizligi;

Ichki xususiyatlar:

- o’quvchi-talaba rivojlanishida bartaraf etish zarur bo’lgan bilish va amaliy

vazifalarni bajarish o’rtasidagi ziddiyatlarni bartaraf etish va ularning aqliy

rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadigan zaruriy bilim, malaka va ko’nikmalar

darajasi;

- o’qituvchi va o’quvchi-talaba hamkorligi;

- o’qitishning natijalarini boshqarish jarayoni usullarini variativlikka va o’quvchi

faolligini rivojlantirishga qaratilganligi;

- o’quv materiallarini o’zlashtirishda talabaning bilmaslikdan-bilishga, bilishdan-

malakaga, malakadan-ko’nikmaga qaratilgan faoliyati.

Ushbu omillarni hisobga olgan holda ta’lim jarayonini tashkil etish yuqori

samara berishi muqarrar.

Page 52: Mamarasulov Erali Bozorboy o’glioshirishda o’qitishning zamonaviy usullari, shakl va vositalari, o’yin texnologiyalari, muammoli o’qitish, xususan mustaqil ta’limning noan’anaviy

54

3.2. “Ustav kapitali auditi” mavzusini mustaqil o’rganishni tashkil

etishda metodlarni takomillashtirish yo’llari.

Hozirgi kunda ta’lim jarayonida interfaol metodlar, innovatsion texnologiyalar,

pedagogik va axborot texnologiyalarini o’quv jarayonida qo’llashga bo’lgan qiziqish,

e’tibor kundan kunga kuchayib bormoqda. Bunday bo’lishining sabablaridan biri, shu

vaqtgacha an’anaviy ta’limda o’quvchi-talabalarni faqat tayyor bilimlarni o’rganishga

o’rgatilgan bo’lsa, zamonaviy texnologiyalar ularni egallayotgan bilimlarini o’zlari

qidirib topishlariga, mustaqil o’rganib, tahlil qilishlariga, hatto xulosalarni ham o’zlari

keltirib chiqarishlariga o’rgatadi. O’quvchi-talaba faoliyati bu jarayonda shaxsni

rivojlanishi, shakllanishi, ilm olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi, shu bilan bir

qatorda boshqaruvchi, yo’naltiruvchi vazifalarni bajaradi.

Zamonaviy pedagogik texnologiyalar va pedagog mahoratiga oid bilim, tajriba

va interfaol metodlar o’quvchi-talabalarni bilimli, yetuk malakaga ega bo’lishlarini

ta’minlaydi. Innovatsiya (inglizcha innovation) - yangilik kiritish, yangilikdir.

Innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayon hamda o’qituvchi va o’quvchi-talabalar

faoliyatiga yangilik, o’zgartirishlar kiritish bo’lib, uni amalga oshirishda asosan

interaktiv metodlardan to’liq foydalaniladi. Interaktiv metodlar - bu jamoa bo’lib

fikrlash deb yuritiladi, ya’ni pedagogik ta’sir etish usullari bo’lib, ta’lim mazmunini

tarkibiy qismlari hisoblanadi. Bu metodlarning o’ziga xosligi shundaki, ular faqat

pedagog va o’quvchi talabalarning birgalikdagi faoliyat ko’rsatishi orqali amalga

oshiriladi. Elektron - ta’lim muhiti deganda, axborot texnologiyalari yordamida

o’rganuvchi va o’rgatuvchi (o’qituvchi) o’rtasidagi to’g’ri va teskari aloqalar jarayoni

paydo bo’lishi va rivojiga imkon beruvchi shart-sharoitlar majmuasi vujudga

kelganda o’rganuvchining o’quv-bilish faoliyatini shakllantirish va rivojlantirib borish

tushuniladi.

Ma’lumki, o’quvchi-talabaning o’zi yoqtirgan amaliy faoliyatining mazmuni

sezilarli darajada o’zgarib boradi. Vaqt o’tishi bilan uning dunyoqarashi va

Page 53: Mamarasulov Erali Bozorboy o’glioshirishda o’qitishning zamonaviy usullari, shakl va vositalari, o’yin texnologiyalari, muammoli o’qitish, xususan mustaqil ta’limning noan’anaviy

55

qiziqishlari o’zgarib ketadi. Ilgari o’quvchi-talaba istalgan mavzuga oid axborotlarni:

darslik, ma’lumotnoma adabiyotlar, o’qituvchi beradigan saboqlar, darsni

konspektlashtirish vositasida egallagan bo’lsa, bugungi kunga kelib, asosan televizor

va radio, kompyuterlashgan o’yinlar orqali o’zlashtirmoqda. Shu sababli ham

o’qituvchi zamonaviy voqealikka to’g’ri yondashgan holda ta’lim jarayoniga axborot

uzatishning yangi metodlarini olib kirishi zarur.

Bu nima uchun kerak? Ma’lumki, o’quvchi-talabaning miya faoliyati axborot

va bilimlarni go’yo televidiniyadagi ko’ngilochar dasturlardagi kabi shaklda qabul

qilishni xush ko’radi. Shu boisdan ham, ularga darsda taqdim etiladigan axborotlarni

media - vositalar orqali o’zlashtirish osonroq bo’ladi. Katta hajmdagi axborotlarni har

bir o’quvchi-talaba qisqa vaqt mobaynida o’zlashtirishi, ongida shakllantirishi va

amaliy faoliyatida foydalana olishga o’rgatish zarur bo’ladi. Shuning uchun ham

darsni shunday tashkil etish kerakki, unda har bir o’quvchi-talaba o’zini erkin his

etib, faol ishtirok etsin, darsga qiziqish bilan yondashib, ijodiy fikrlasin, o’z mehnati

samarasini ko’rib uni baholay olsin.

Bunday murakkab vazifani hal etishda an’anaviy ta’lim metodlariga muvofiq,

zamonaviy axborot texnologiyalari, jumladan, kompyuterlardan foydalanib, ta’lim

samaradorligini oshirishga erishish lozim. Axir kompyuterdan foydalaninsh, darsni

qiziqarliroq qilishidan tashqari, uni qulaylashtiradi, qat’iy differensiallashishi va

individuallik xususiyatini oshiradi. Go’yo o’quvchi-talabaning ko’ngliga xush

yoquvchi o’yinlarni taqdim etib, uning har bir harakati va talablariga javob beradi.

Bu holat ko’pincha o’quvchi-talabalar uchun yetishmaydi. Boshqa tomondan esa,

mazkur ta’lim metodi o’qituvchilar uchun ham juda qiziqarli bo’ladi: ularning o’z

iqtidolari va bilimlarini to’g’ri baholashlariga, ularning o’zlarini anglashlari va

ta’limning yangi noan’anaviy shakl hamda metodlarini izlashlariga yordam beradi.

Zamonaviy ta’limda o’quvchi-talabaning ko’ngliga yaqin usulda va turli

pedagogik hamda kompyuter texnologiyalaridan foydalanib dars o’tish davr talabidir.

Ma’lumki, har qanday pedagogik texnologiya - bu axborot texnologiyasidir, sababi

Page 54: Mamarasulov Erali Bozorboy o’glioshirishda o’qitishning zamonaviy usullari, shakl va vositalari, o’yin texnologiyalari, muammoli o’qitish, xususan mustaqil ta’limning noan’anaviy

56

ta’lim jarayonining texnologik asoslarini axborotni qabul qilish va qayta shakllantirish

jarayoni tashkil etadi.

Bugungi kunda jamiyat hayotiga singib borayotgan, yangi yo’nalish sifatida

keng shakllanib borayotgan media ta’lim o’qitishning an’anaviy shakl va usullarini

sifat jihatidan yangi darajaga ko’taribgina qolmay, balki fanlarni o’rganish jarayonida

yangi variativ uslubiyotlarni yaratishda ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu

yaratilayotgan uslubiyotlar: predmet bo’yicha masalalar yechish jarayonida bilim

oluvchining ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish; o’quvchi-talabalarni fikrlash

doiralarini kengaytirish va mantig’ini rivojlantirish; ularning mustaqil ravishda bilim

egallash imkoniyatlarini kengaytirish; jarayonlarning abstrakt elementlarini tasavvur

qila olish ko’nikmalarini shakllantirish; o’quv-informatsion va tajriba-tadqiqot

faoliyatlarini amalga oshirish borasida ko’nikma va malakalarni shakllantirish kabi

masalalarni yechishga yo’naltirilgan.

Biz taklif etayotgan uslubiyot esa o’quvchi-talabalarning mustaqil ishlarini

media ta’lim vositalari (matbuot, televidenie, radio, kino, internet, tele va video

konferensiyalar) yordamida tashkil qilishga qaratilgan bo’lib, bu yerda mazkur

vositalar fan bo’yicha muayyan jarayonlarni yoritib berish, olib borilayotgan

izlanishlar, tadqiqotlar ularning natijalarini obrazli taqdim etish, konstruksiyalash,

egallangan bilimlarni shakllantirish imkoniyatlari jamlangan vosita sifatida

ahamiyatlidir.

O’qituvchi axborot - kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) dan foydalanib,

dars o’tishga tayyorgarlik ko’rishga bu jiddiy ta’lim dasturiga oid dars materiali

ekanligini unitmasligi zarur. Bundan tashqari, dars maqsad va vazifalaridan kelib

chiqib, uning rejasini tuzishi shart. O’quv materialini tanlashda asosiy didaktik

tamoyillarga: o’qituvchi asosan tizimlilik, muntazamlik, qulaylik, darsga diffensial

yondashuv, ilmiylik va boshqalarga amal qilishi shart. Yana shuni ham unutmasligi

zarurki, kompyuter o’qituvchining o’rnini bosa olmaydi, balki uning faoliyatini

to’ldirishda yordam beradi, xolos. Bunday darslarga quyidagi xususiyatlar mos keladi:

Page 55: Mamarasulov Erali Bozorboy o’glioshirishda o’qitishning zamonaviy usullari, shakl va vositalari, o’yin texnologiyalari, muammoli o’qitish, xususan mustaqil ta’limning noan’anaviy

57

11-rasm.O’qituvchining fаоliyatini to’ldirishda kompyuterning hususiyatlari. 21

21 Samarova SH., To’raev S. Media va pedagogik texnologiyalarning o’ziga xos jihatlari. -infoCOM.uz jurnali. T.2011.

Dars faoliyatini to’ldirishdakompyuterning xususiyatlari

Moslashuvchanliktamoyili

Individual vaguruhiy ishlarning

samaraliligi

Ta’limiyaxborotlarning

cheklanmaganligi

Kompyuter bilanmuloqot chog’ida

o’quvchiningijobiy psihologikholatda bo’lishi

Ta’limninginteraktivlilik va

dialoglilikxarakteri

Boshqaruvchanlik Axborot -kommunikatsiyatexnologiyalari

o’quvchi vao’qituvchiningharakatlarigajavob berish

qobiliyatiga egabo’lib, asosan

kompyutersavodxonligimetodikasiga

tayaniladi

Keng mazmunliaxborotga egabo’lib, undan

samaralifoydalaninishimkoniyati,

kompyuterdanta’limning

barchabosqichlarida:

darsgatayyorgarlikko’rishda,

o’qishjarayonida,

darsnitushuntirishda

(yangi darsmaterialini

tushuntirish),mustahkamlash,

takrorlash,o’quvchilar

bilim, ko’nikmava malakalarininazorat qilishda

foydalanishimkoniyatining

mavjudligi.

o’quvchi-talabaningindividualxususiyatlarigakompyuternimoslashtirish

ta’limjarayonining

istalgan vaqtidao’qituvchitomonidan

o’quvjarayoniga

tuzatish kiritishmumkin

Page 56: Mamarasulov Erali Bozorboy o’glioshirishda o’qitishning zamonaviy usullari, shakl va vositalari, o’yin texnologiyalari, muammoli o’qitish, xususan mustaqil ta’limning noan’anaviy

58

Bundan tashqari, kompyuter quyidagi funksiyalarni ham amalga oshiradi.

Kompyuter vositasida dars o’tayotgan o’qituvchi funksiyasi:

o Ta’lim axborotlari manbai;

o Ko’rgazmali qurol;

o Trenajyor;

o Tashhis va nazorat vositasi.

Kompyuterning funksiyalari:

§ Matnlarni tayyorlash va saqlash;

§ Grafik muharrir;

§ Boshqa turli imkoniyatlarga ega bo’lgan mashina.

Darsni loyihalashtirishda o’qituvchi turli dasturiy mahsulotlardan foydalanadi.

Darsga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tishda barchaga ma’lum bo’lgan matnlar bilan

ishlash imkonini beruvchi Word, Access ma’lumotlar bazasi, elektron taqdimotlar

tayyorlashda Power Point dasturini o’zida jamlagan Microsoft Office paketidan keng

foydalaniladi.

Dars dasturini tayyorlash jarayonida katta axborotlar manbaidan foydalanilish

orqali dars jarayonidan yaxshi natijalar hamda bilimlarni tekshirishda qulay

sharoitlarga ega bo’lish mumkin. Word matn muharriri sifatida darsda tarqatma va

didaktik materiallar tayyorlash imkonini beradi. Power Point dasturi dars

samaradorligini va qiziqarliligini oshirishda ahamiyatga molik bo’lgan elektron

taqdimotlar tayyorlashda keng qo’llaniladi.

Axborot- kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalaninshning afzalligi:

- Ta’limni individuallashtirish;

- O’quvchilar mustaqil ishlarini mujassamlashtirish;

- Darsda amalga oshirilgan darslar hajmining oshishi;

- Internetdan foydalanilganda axborot oqimi doirasining kengayishi;

- Darsda o’yinli texnologiyalardan, turli ish shakllaridan foydalanish

natijasida o’zlashtirishda faollik, darsga motivatsiyaning kuchayishi;

Page 57: Mamarasulov Erali Bozorboy o’glioshirishda o’qitishning zamonaviy usullari, shakl va vositalari, o’yin texnologiyalari, muammoli o’qitish, xususan mustaqil ta’limning noan’anaviy

59

Yangi texnologiyalar o’qituvchida ham shunday usulda dars o’tish orqali,

kompyuter taqdim etayotgan imkoniyatlar - yorqin rang barang olamdan o’z ishidan

qoniqish, xattoki, qiziqarli idrok etish jarayonlaridan huzurlanishni baxsh etadi. Agar

ilgari o’quvchi-talabalarni dars tayyorlashga majbur qilingan holatlari bo’lsa,

kompyuter vositasida dars o’tishda ularning o’zlarida darsga alohida qiziqish yuzaga

kelib, mashg’ulotlarga jiddiy yondasha boshlaydilar.

Darsni axborot- kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanib o’tishda

o’qituvchi o’z mehnatining ko’p qismini kompyuterga yuklashi mumkin bo’ladi. Bu

bilan darsni yanada qiziqarli, rang-barang qilib, mazmunan boyitadi. O’qituvchi

o’quvchi-talabaning mehnatini o’z vaqtida holisona baholab boradi, o’quvchilarga

noan’anaviy saboq berish usullarini topishga ijodiy yondashadi. Bu esa

o’qituvchining kasbiy jihatdan rivojlanishiga asos bo’ladi.

O’quvchi-talabaning bilimini qisqa vaqt mobaynida aniqlab, uni to’g’ri

yo’naltirishida o’qituvchi oldida qulay imkoniyat yaratiladi. Bundan tashqari,

o’quvchi-talaba olish kerak bo’lgan axborotni hali davr talabiga mos vaqtidayoq, o’z

dolzarbligini yo’qotmasdanoq olish imkoniyati mavjudligi va topshiriqlarning

murakkablik darajasini to’g’ri baholash sharoiti yaratiladi.

O’quvchilar tomonidan zamonaviy axborot texnologiyalarini o’z vaqtida

o’zlashtirilishi, turli fandan dars o’tish mobaynida axborot- kommunikatsiya

texnologiyalaridan foydalanishi evaziga o’quvchi-talabalar nafaqat shu fanga oid

bilmlarni, balki kompyuter savodxonligini, unda ishlash malakalarini ham o’z vaqtida

o’zlashtirib boradilar. Kompyuterda masalalarni yechish, jadval va grafik yechimlarni

tuzish, rasmlar chizish kabi ko’plab imkoniyatlarga ega bo’ladilar. Bu esa o’quvchi-

talabalar ijodiy tafakkuri rivojlanishiga zamin bo’lib xizmat qiladi.

Axborot- kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalaninshning kamchilik

va muammolari:

- Barcha o’qituvchi va o’quvchi-talabalar ham uylarida kompyuterga ega

bo’lmasliklari mumkin;

Page 58: Mamarasulov Erali Bozorboy o’glioshirishda o’qitishning zamonaviy usullari, shakl va vositalari, o’yin texnologiyalari, muammoli o’qitish, xususan mustaqil ta’limning noan’anaviy

60

- Maktablardagi kompyuter sinflarida yaratilgan imkoniyatdan

foydalanishi hamda o’qituvchilar kompyuter vositasida dars o’tishga tayyorgarlik

ko’rishlari uchun alohida vaqt ajratishlari talab etiladi;

- O’qituvchilarning kompyuter savodxonligining yetarli darajada emasligi;

- Informatika fani o’qituvchisi bilan bevosita muloqotda bo’lmaslik;

- Internetda ishlash malakasining yetarli darajada emasligi;

- Kompyuter savodxonligini dars mashg’ulotlariga uyg’unlashtirish

malakasining yetarli darajada emasligi;

- Kompyuter vaqtining barchaga yetishmasligi;

- O’quvchi-talabalarni dars mashg’ulotidan ko’ra o’yin, musiqa va

boshqalar qiziqtirishi holatlari kabilar ham yuzaga kelishi mumkin.

Shunday bo’lsada, o’z kasbining mahoratli sohibi bo’lgan o’qituvchi tomonidan

o’zining chuqur bilimi, katta tajribasiga tayangan holda axborot- kommunikatsiya

texnologiyalaridan foydalanib o’tkazilgan dars mashg’ulotlari, o’quvchilar ko’z

oldida namoyish etilgan media mahsulotlari, ko’rgazmali materiallari asosida yanada

qiziqarli bo’lib, oson o’zlashtiriladi va ularda mustaqil fikrlash hamda o’z ustida

ishlash malakalarini mustahkamlab, rivojlantiruvchi ta’sir etadi.

Shunday qilib, kasb-hunar ta’lim muassasalari o’quv mashg’ulotlarida, xycycan

o’quvchi-talabalar mustaqil ishlar uchun o’quv materiali mazmunini aniqlash va ish

jarayonini tashkil etishda, o’quvchi-talabalarning fikrlash qobiliyatlarini

faollashtirishda axborot - kommunikatsiya texnologiyalari, mediata’lim vositalari,

xususan multimedia vositalaridan foydalanish yangidan-yangi imkoniyatlarni ochib

berar ekan.

Bu kabi jarayonlar mashg’ulotlarning emotsionatik jihatidan kuchayishi, ta-

labalarning o’quv bilish faoliyati jarayonida bir qadar o’zgarishlarning yuzaga kelishi,

ularning o’quv jarayoniga, qolaversa faoliyatining natijalariga bo’lgan munosabatini

o’zgarishiga olib keladi.

Page 59: Mamarasulov Erali Bozorboy o’glioshirishda o’qitishning zamonaviy usullari, shakl va vositalari, o’yin texnologiyalari, muammoli o’qitish, xususan mustaqil ta’limning noan’anaviy

61

XULOSA

Xulosa o’rnida shuni aytishimiz mumkinki, iqtisodiy yo’nalishlardagi kasb-

hunar kollejlarida zamonaviy o’quv jarayonini tashkil etish, ularda ta’lim olayotgan

o’quvchi-talabalarga mukammal iqtisodiy tafakkur g’oyalarini singdirish bugungi

kundagi eng muhim dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Xususan, biz

tomonimizdan o’rganilayotgan Audit fanining tarkibiy mavzularidan sanalgan “Ustav

kapitali auditi” bo’yicha sifatli o’quv jarayonini tashkil etishda eng avvalo uning

nazariy asoslarini chuqurroq o’rganishni taqozo etadi. Chunki, mavzu bo’yicha

mustaqil o’rganish uchun topshiriqlar ishlab chiqish va qo’llash uchun eng avvalo

mazkur mavzu bo’yicha o’quv jarayonini tashkil etishda pedagogka nazariy bilim

zarur bo’ladi. Nazariy bilimni chuqur o’rganmasdan turib mustaqil ta’limni tashkil

etib bo’lmaydi. Shuningdek, chuqur o’rganilgan nazariy bilim turli metodlarni

qo’llashda va uni uyg’unlashtirish jarayonini olib borishda qo’l keladi.

Mavzu bo’yicha mustaqil o’rganish uchun topshiriqlar ishlab chiqishda va

samarali o’quv jarayonining asosiy shakllaridan hisoblangan ma’ruza va amaliy

mashg’ulotda zamonaviy ta’lim jarayonini tashkil etishda faqatgina «Ustav kapitali

auditi» ni tashkil qilish va o’tkazish tartibining nazariy jihatlari bilan cheklanish

fikrimizcha noto’g’ri hisoblanadi. Chunki, o’rganilayotgan mavzuimiz bevosita audit

faniga bog’liq bo’lib, uning amaliy jihatlarini, hamda o’ziga xos xususiyatlarini

o’rganish zaruriyatini tug’diradi.

Mavzuimiz bevosita amaliyot bilan bog’liq, nazariy ko’nikma bilan cheklanish

va amaliy xususiyatlarini e’tiborga olmaslik biz tomonimizdan o’rganilayotgan mavzu

bo’yicha mustaqil o’rganish uchun topshiriqlar ishlab chiqishni murakkablashtiradi.

Mavzu bo’yicha mustaqil o’rganish uchun topshiriqlar ishlab chiqish metodi orqali

o’quv jarayonini tashkil etishda va o’quvchi-talabalarning mustaqil o’rganishlari

uchun shart-sharoit yaratish hamda ular samaradorligini oshirishda turli o’qitishning

ta’lim texnologiyalaridan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi. O’quv

Page 60: Mamarasulov Erali Bozorboy o’glioshirishda o’qitishning zamonaviy usullari, shakl va vositalari, o’yin texnologiyalari, muammoli o’qitish, xususan mustaqil ta’limning noan’anaviy

62

jarayonining asosiy shakllari hisoblangan ma’ruza va amaliy dars mashg’ulotlarida

mustaqil ta’lim metodlaridan ham foydalanishimiz mumkin. Lekin, mavzuimiz

doirasidan chetga chiqmasdan o’quvchi talabalarni mazkur mavzuni chuqur anglab

yetishlari uchun “ustav kapitali auditi” mavzusi bo’yicha turli mustaqil ish

topshiriqlarini qay yo’sinda ishlab chiqish lozimligi haqida fikr yuritish bilan

cheklanamiz. Dastavval, I bobda keltirilganidek mavzu o’quv maqsadini turli ham

nazariy, ham amaliy tomonlarini ochib beruvchi serqirra jihatlarini o’zida

mujassamlashtiruvchi reja savollarini tuzib olamiz. Mukammal o’quv maqsadini va

savollarini to’laqonli yoritib beruvchi jihatlarini tuzib olish bevosita mustaqil

topshiriqlarni ishlab chiqishga yordam beradi. Agar biz to’laqonli o’quv maqsadini

belgilab olmasak samarali mustaqil ta’limni tashkil etolmaymiz. Shuningdek, o’quv

maqsadlari “ustav kapitali auditi” mavzusining nazariy va amaliy jihatlari bilan

sug’orilgan bo’lishi kerak.

Yana kasb-hunar ta’lim muassasalari o’quv mashg’ulotlarida, xycycan

o’quvchi-talabalar mustaqil ishlar uchun o’quv materiali mazmunini aniqlash va ish

jarayonini tashkil etishda, o’quvchi-talabalarning fikrlash qobiliyatlarini

faollashtirishda axborot - kommunikatsiya texnologiyalari, mediata’lim vositalari,

xususan multimedia vositalaridan foydalanish yangidan-yangi imkoniyatlarni ochib

berar ekan.

BMI bo’yicha olib borilgan amaliy tahlillar va amaliyot davrida olingan

ko’nikmalardan kelib chiqib quyidagi taklif tavsiyasidagi chora tadbirlarni amalga

oshirish maqsadga muvofiqdir:

- iqtisodiy yo’nalishdagi kasb-hunar kollejlarida mutaxasisliklar bo’yicha ishlab

chiqilgan ishchi o’quv rejasidagi fanga ajratilgan mustaqil ta’lim soatlaridan unumli

foydalanish lozim, aksariyat hollarda mana shu ajratilgan soatlardan o’quvchi

talabalarga zaruriy ko’rsatmalar talab darajasida emas. Shu maqsadda mustaqil

ta’limni amalga oshirish bo’yicha ko’rsatmali dasturlar ishlab chiqish kerak;

Page 61: Mamarasulov Erali Bozorboy o’glioshirishda o’qitishning zamonaviy usullari, shakl va vositalari, o’yin texnologiyalari, muammoli o’qitish, xususan mustaqil ta’limning noan’anaviy

63

- o’quvchi-talabalarning fikrlash qobiliyatlarini faollashtirishda axborot -

kommunikatsiya texnologiyalari, mediata’lim vositalari, xususan multimedia

vositalaridan foydalanish yangidan-yangi imkoniyatlarni ochib beradi;

- audit fanining nafaqat biz o’rganadigan ustav kapitali auditi mavzusi bo’yicha,

balkim boshqa mavzular hamda biz tomonimizdan o’rganilayotgan mavzuimizga

bevosita aloqador bo’lgan mavzular bo’yicha o’quvchi-talabalarning amaliy

ko’nikmasini shakllantirish maqsadida “Audit-klass” komputer sinflarini tashkil etish

maqsadga muvofiqdir;

- yuqoridagi tashkil etilishi lozim bo’lgan “Audit-klass” komputer dastur

zaxiralaridan maqsadli auditorlik tekshirishni o’quvchi talaba mustaqil topshiriqlarni

bajarishi uchun pedagoglar va dasturchilar tomonidan maxsus “Audit” amaliy

dasturlari bilan muntazam boyitib borishlari zarur.

]

Page 62: Mamarasulov Erali Bozorboy o’glioshirishda o’qitishning zamonaviy usullari, shakl va vositalari, o’yin texnologiyalari, muammoli o’qitish, xususan mustaqil ta’limning noan’anaviy

64

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati

1. “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni.

1996 y 30 avgust.

2. O‘zbekiston Respublikasining “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni

(yangi tahriri) 2000 y 26 may.

3. “Axborotlashtirish to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni.

2003y 11 dekabr.

4. Buxgalteriya hisobining milliy standartlari (BHMS) N 1-24. 2005-2009.

5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 15 iyundagi

“Tadbirkorlik subektlari tomonidan taqdim etiladigan hisobot tizimini

takomillashtirish va uni noqonuniy etganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish

to‘g‘risida”gi PK-100-sonli Qarori;

6. O‘z.R. Prezidentining “Tadbirkorlik subektlarini tekshirishni yanada

qisqartirish va uning tizimini takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi

farmoni. 2005 yil 6 oktabr.

7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5 fevraldagi

“Mahsulot (ish va xizmat)lar tannarxiga kiritiladigan, mahsulot (ish va

xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy

natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi

54-sonli qarori (2003 yil 25 dekabrdagi 567-sonli qaror asosidgi o‘zgartirishlar

bilan).

8. Karimov I.A. Asosiy vazifamiz-Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz

farovonligini yanada yuksaltirishdir.-T: O‘zbekiston, 2010.

9. Karimov I.A. Barcha reja va dasturlarimiz Vatanimiz taraqqiyotini

yuksaltirish, xalqimiz farovonligini oshirishga xizmat qiladi.-T: 2011.

10. Sotvoldiyev A.S, Buxgalteriya hisobi nazariyasi. T: IQTISOD-

MOLIYA. 2007

Page 63: Mamarasulov Erali Bozorboy o’glioshirishda o’qitishning zamonaviy usullari, shakl va vositalari, o’yin texnologiyalari, muammoli o’qitish, xususan mustaqil ta’limning noan’anaviy

65

11. Ochilov I.K, Qurbonboev J.E. “Moliyaviy hisob”. TMI, 2007

12. Tojiboeva D, Mahsus fanlarni o‘qitish metodikasi. O‘quv

qo‘llanma. –T: Fan va texnalogiya. 2007

13. Pardaev A.H, Pardaev B.H, Boshqaruv hisobi. O‘quv qo‘llanma.

–T: G‘ofur G‘ulom nomidagi nashriyot matbaa ijodiy uyi, 2008.

14. Ibragimov A, Ochilov I, Qo‘ziyev I, Rizayev N. “Moliyaviy va

boshqaruv hisobi”. T: Iqtisod-moliya nashriyoti, 2008.

15. Hamdamov B va boshq. “Moliyaviy hisobot”, Toshkent, “Iqtisod-

moliya”, 2008.

16. “Moliyaviy hisob”. KARANA korporatsiyasi-2005-2008.

17. Gadoyev E va boshq, Yillik hisobot-2008. Toshkent: NORMA,

2009.

18. G‘ulomova F.G‘. “Buxgalteriya hisobini mustaqil o‘rganish

uchun o‘quv qo‘llanma”. Toshkent: NORMA, 2009 yil

19. G‘ulomova F.G‘ “Zamonaviy buxgalteriya hisobi” Toshkent:

2011.

20. Ortiqov X, Yugay L, Tuxsanov X, Xo‘jabekov N, O‘zbekiston

Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standartiga sharxlar to‘plami.

Toshkent “NORMA” 2010.

21. Internet saytlari:

www.lex.uz

www.norma.uz

www.tfi.uz

www.ziyonet.uz

www.bukh.ru

www.bem.uz