158
1 O’zbekiston va Rossiya davlatlarining O’MKHT o’qituvchilari uchun ECVET (Yevropa sinov birliklari tizimi)ni tajriba- sinovdan o’tkazish uchun qo’llanma Kasb-hunar ta'lim dasturlari uchun ta'limiy (kutilgan) natijalarga asoslangan yunitlarni ishlab chiqish uchun ECVET tizimidan foydalanish yo’riqnomasi Ushbu loyiha Yevropa Komissiyasi yordami bilan moliyalashtirildi. Ushbu nashr muallif fikrlarini aks ettiradi va Komissiya unda mavjud bo'lgan axborotdan foydalanish uchun javobgar bo'lmaydi.

O’zbekiston va Rossiya davlatlarining O’MKHT o’qituvchilari ...Shu maqsadda, ECVET taqdimoti hamda namunalardan tarkib topgan uchbu qo’llanma faqatgina rasmiy sektor (soha)larda

  • Upload
    others

  • View
    8

  • Download
    0

Embed Size (px)

Citation preview

  • 1

    O’zbekis ton va Ross iya davla t lar in ing

    O’MKHT o’qi tuvchi lar i uchun ECVET

    (Yevropa s inov bir l ik lar i t iz imi)ni ta j r iba -

    s inovdan o’ tkaz ish uchun qo’ l lanma

    Kasb-hunar ta'lim dasturlari uchun ta'limiy

    (kutilgan) natijalarga asoslangan yunitlarni

    ishlab chiqish uchun ECVET tizimidan

    foydalanish yo’riqnomasi

    Ushbu loyiha Yevropa Komissiyasi yordami bilan moliyalashtirildi. Ushbu nashr muallif

    fikrlarini aks ettiradi va Komissiya unda mavjud bo'lgan axborotdan foydalanish uchun

    javobgar bo'lmaydi.

  • 2

  • 3

    MUNDARIJA

    Izoh .................................................................................................................. 8

    Qo'llanmaning qisqacha mazmuni ............................................................... 9

    ECVET doirasida qo'llaniladigan qisqartma so'zlar ro'yxati .................... 10

    ECVET atamalari (tayanch tushunchalar) .................................................. 11

    ECVET tizimidagi asosiy jarayonlar ........................................................... 16

    Asosiy hujjatlar va vositalar ........................................................................ 17

    1. KIRISH ....................................................................................................... 19

    1.1. RUECVET loyihasi ................................................................................. 20

    1.2. Hamkorlik ............................................................................................... 22

    1.3. Qo'llanmaning qisqacha mazmuni ...................................................... 22

    I QISM: ECVET TIZIMIGA KIRISH .............................................................. 235

    2. ECVET - texnik tahlil ............................................................................. 245

    2.1. ECVET tizimi nima va uning ishlash tamoyillari ............................... 245

    2.2. ECVET tizimini milliy kontekst (ta'lim tizimi)da qo'llashning qonuniy asoslari .......................................................................................................... 30

    2.3. ECVET tizimining asosiy tamoyillari va texnik xususiyatlari ............ 32

    2.3.1. Ta'limiy (kutilgan) natijalarga asoslangan yunitlar bo'yicha malakalarning tavsifi va ECVET ballari .................................................... 32

    Yunit nima? ................................................................................................... 32

    Yunitlar kim tomonidan belgilanadi?.........................................................33 ECVET kredit texnologiyasining Rossiya va O'zbekistondagi vakolatli muassasalari kimlardan iborat?.................................................................34 Yunitlar malakaning tarkibiy qismimi yoki o'quv dasturlaridagi modullarning komponentlarimi?................................................................35

    ECVET birlik (ball)lari nima? ..................................................................... 325

  • 4

    2.3.2. ECVET tizimida kredit birlik (ball)larni ko'chirish hamda yig'ish jarayonlari va ECVET hamkorlikni shakllantirish…………………………..37

    Kredit birligi nima?.......................................................................................38

    Kredit ko'chirish nima? ................................................................................ 39

    Kredit yig'ish nima?.....................................................................................39

    Ta'limda ECVETdoirasida hamkorlikni shakllantirish ............................... 40

    2.3.3. Qo'shimcha hujjatlar to'plami ........................................................... 40

    2.4. ECVETdagi asosiy tushunchalar, jarayonlar va me'yoriy hujjatlar .. 44

    2.5. ECVETning texnik asoslari ................................................................... 45

    2.6. ECVET va boshqa Yevropa vositalari o’rtasidagi bog’liklar ………..46

    2.6.1. EQF (Yevropa Malaka Me'yorlari)……………………………………...46

    2.6.2. EQAVET ............................................................................................... 46

    2.6.3. Europass ............................................................................................. 48

    o Europass namunasi .......................................................................... 48

    o Europass Mobillik .............................................................................. 48

    2.7. ECVET xronikasi: Uzluksiz rivojlanish ................................................ 50

    2.8. ECVET kredit texnologiyasi to’g’risida qo’shimcha manbalar ..... 5147

    2.9. KHT amaliyotchilari uchun ECVETning asosiy tushunchalari .......... 52

    3. RASMIY KASBIY TA’LIM DASTURLARINI ECVETDAN FOYDALANGAN HOLDA O’ZGARTIRISH UCHUN TAVSIYALAR ........................................ 504

    3.1. ECVET tamoyillaridan foydalangan holda yunitga asoslangan malaka va ta’lim dasturlarini yaratish………………………………………..54 3.2. Yunitlarga asoslanmagan kvalifikatsiyalarda ECVET kredit tizimidan foydalanish ……………………………………………………………………….58

    3.3. Ta’limiy (erishilgan) natijalardan tashkil topgan yunitlarni yaratishning asosiy bosqichlari .................................................................. 59

  • 5

    3.3.1 Ta’limiy (erishilgan) natijalardan tashkil topgan yunitlarni yaratish..........................................................................................................60

    3.3.2 Ta’limiy (erishilgan) natjalarga asoslangan yunitlarni yaratish modellari ………………………………………………………...………………..62

    Funksional tahlil /Kasbiy standartlar .......................................................... 63

    3.3.3 Funksional tahlil ................................................................................ 574

    3.3.4 Bilim, ko’nikma va kompetensiyalar (KSC) asosida ta’limiy (erishilgan) natijalarni tasvirlash hamda Yevropa malaka me’yorlari (EQF)ning daraja deskriptorlarini aniqlash ................................................ 66

    3.3.5: Ta'limiy (erishilgan) natijalarni yunitlarga ajratish .......................... 69

    Yunitlar hajmi qanday aniqlanadi? ............................................................. 71

    3.3.6. Baholash mezonlarini ishlab chiqish ............................................. 704 3.4. ECVET tamoyillariga asoslangan davlat ta’lim dasturlarini qayta tashkil etish – asosiy masalalar va fikr-mulohazalar………………………76

    II QISM: RUECVET METODOLOGIYASI ...................................................... 81

    4. GEOGRAFIK MOBILLIKNI YO’LGA QO’YISH UCHUN DAVLAT KASB-HUNAR TA’LIMI DASTURLARIDAGI TA’LIMIY (ERISHILGAN) NATIJALARDAN TASHKIL TOPGAN YUNITLARNI YARATISHNING RUECVET METODOLOGIYASI .................................................................... 81 4.1 RUECVET hamkorlarining roli ......................................................... 81 4.1.1 ECVET tizimini sinovdan o'tkazish ................................................... 81

    4.2 RUECVET metodologiyasi ................................................................... 782

    4.2.1 Malaka sohasi hamda o'quv dasturi profilini tanlash ...................... 83

    4.2.2 RUECVETning ichki sifat dasturi profili……………………………….804

    4.2.3 Funksional xarita shabloni (namunasi) .......................................... 804

    4.2.4 Dasturlar bo'yicha Maslahat Qo'mitasi (DMQ) .................................. 86

  • 6

    4.2.5 Ta'limiy (erishilgan) natijalardan tashkil topgan yunitlar ................ 88

    III QISM: TA'LIMIY (ERISHILGAN) NATIJALARNDAN TASHKIL TOPGAN YUNITLARNI YARATISH .............................................................................. 90 5. Geografik mobillik uchun ta’limiy (erishilgan) natijalardan tashkil topgan yunitlarni yaratish ........................................................................ 871

    5.1 Kirish ..................................................................................................... 871

    5.1.1 TN1 Ta’limiy (erishilgan) natijalardan tashkil topgan yunitlarning tarkibiy tuzilishini o’rganish ..................................................................... 882

    5.1.2 TN2 - Malaka darajasini aniqlash ..................................................... 893 5.1.3 TN3 – Belgilangan qonun hujjatlariga muvofiq ta’limiy (erishilgan) natijalardan tashkil topgan yunit tarkibidagi kreditlarni hisoblash …….94 5.1.4. TN4 - Ta’limiy natijalarning ta’rifini aniqlash ………………………..95

    5.1.5 TN 5 – Ta’limiy natija: ta’limiy (erishilgan) natijalarni yozishda muvofiq metodologiyadan foydalanish .................................................. 915 5.1.6 6–Ta’limiy natija: Ta’limiy (erishilgan) natijalardan tashkil topgan yunitlar tarkibidagi bilim, ko’nikma va kompetensiyalar (avtonomlik va ma’suliyat)ning rolini aniqlash ………………………………………………..97 5.1.7. 7–Ta’limiy natija: ta’limiy (erishilgan) natijalardan tashkil topgan yunitlardagi baholash mezonining ta’rifi va rolini aniqlash ……………..99 5.1.8 8–Ta’limiy natija: baholash mezonlarini yozayotganda muvofiq metodologiyadan foydalanish ……………………………………………….100 6. Geografik mobillik jarayonida kreditlarni ko’chirishda ECVET hamkorlikni yo’lga qo’yish……………………………………………………104 6.1. Ta’lim sifati hamda shaffofligini kafolatlash uchun qo’llaniladigan qo’shimcha hujjatlar …………………………………………………………105

    6.2. RUECVET: ECVETdan uzluksiz ta’lim jarayonida foydalanish……107 7. Ilovalar…………………………………………………………………………109

    8. Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………………………110

  • 7

    A ilova- Dastur profil (tavsif) shabloni ……………………………………..111

    B ilova – RUECVET dasturi profili (tavsifi)ni qayta ko’rib chiqish (namuna asosida) ……………………………………………………………...115 C ilova – Funktsional xarita shabloni ………………………………………124 D ilova – Funktsional xaritani qayta ko’rib chiqish………………………126 E ilova – RUECVET ta’limiy (erishilgan) natijalardan tashkil topgan yunitlar shabloni………………………………………………………………..132

  • 8

    Izoh Ushbu qo’llanma Yevropa Ittifoqi ERASMUS+ dasturining Oliy ta’limda

    salohiyatni oshirish (Capacity Building in Higher Education) (CBHE) loyihasi

    doirasidagi 2016 yil oktyabridan 2019 yil sentyabrigacha amalda bo’lgan

    ECVET (Yevropa sinov birliklari tizimi)ni Rossiya va O’zbekiston davlatlarida tajriba-sinovdan o’tkazish (RUECVET) nomli loyiha asosida yaratilgan bo’lib, O’zbekiston va Rossiya davlatlarining O’MKHT o’qituvchilari

    uchun mo’ljallangan hamkor davlatlarning bu sohadagi chuqur bilim va

    tajribalari asosida yaratilgan yagona dasturulamal hisoblanadi.

    Qo'llanmada, Yevropa hukumat organlari tomonidan belgilangan “ECVET

    foydalanuvchilari uchun qo’llanma” (I, II, III) (ECVET Users’ Guide) hamda (I,

    II, III) “ECVET uchun tavsiyalar” (ECVET Recommendation) (2009) nomli

    rasmiy hujjatlarda qo'llanilgan turli xil atamalar va izohlardan foydalanildi.

    ECVETning asosiy tamoyillari hamda texnik tarkibiy qismlarini to'liq tushunish

    maqsadida RUECVET qo'llanmasini nomi yuqorida keltirilgan asosiy hujjatlar

    bilan parallel ravishda o'qilishi tavsiya qilinadi.

    ECVET barcha o'qitish kontekstlarida (rasmiy va norasmiy) qo'llash uchun

    yaratilgan bo’lsada, ushbu qo'llanma ECVETning faqatgina rasmiy ta'lim

    tizimida foydalanish uchun mo’ljallangan. Shu maqsadda, ECVET taqdimoti

    hamda namunalardan tarkib topgan uchbu qo’llanma faqatgina rasmiy sektor

    (soha)larda qo’llaniladi. ECVET kredit texnologiyasining norasmiy sektor

    (soha)larda qo'llanilishi bo'yicha ko'rsatmalar uchun yuqorida qayd etilgan

    ECVET hujjatlariga murojaat qilish tavsiya etiladi.

    Ushbu loyiha Yevropa Komissiyasi yordami bilan moliyalashtirildi. Ushbu

    nashr muallif fikrlarini aks ettiradi va Komissiya unda mavjud bo'lgan

    axborotdan foydalanish uchun javobgar bo'lmaydi.

  • 9

    Qo’llanmaning qisqacha mazmuni Ushbu qo’llanma ERASMUS+ dasturining Oliy ta’limda salohiyatni oshirish (CBHE) loyihasi doirasidagi RUECVET - (Yevropa sinov birliklari tizimi)ni Rossiya va O’zbekiston davlatlarida tajriba-sinovdan o’tkazish nomli loyiha asosida yaratilgan bo’lib, O’zbekiston va Rossiya davlatlarining O’MKHT o’qituvchilarining loyiha doirasidagi quyida ko’rsatilgan sohalarda o’z bilim va tajribalarini boyitishga yaqindan yordam beradi.

    ! ECVET nima va uning ishlash tamoyillari ! ECVETning asosiy tamoyillari va texnik xususiyatlari ! Kredit mobillik va uzluksiz ta'limni ta’minlash maqsadida ta’limiy

    (kutilgan) natijalarga asoslangan yunitlarni yaratish ! RUECVET o’quv rejalariga o’tish metodologiyasi

    Qo'llanma quyidagi shaxslar tomonidan qo'llanilishi mumkin: ! O’MKHT o'qituvchilari ! O’MKHT sektori bilan aloqada bo'lgan muassasalar va o'qituvchilar ! Milliy malaka tizimidan manfaatdor tomonlar

    o Malaka, imtihon va baholash tizimini qonun bilan idora qiluvchilar

    o Mukofot ta’sislovchi organlar

    ! Siyosatchilar

  • 10

    ECVET doirasida qo’llaniladigan qisqartma so’zlar ro'yxati

    ! ECVET - Kasb-hunar ta'limida Yevropa kredit (sinov-birliklari) tizimi ! EQF - Yevropa malaka talablari ! HE - Oliy ta'lim ! HEIs - Oliy ta’lim muassasalari ! LOs – Ta’limiy (erishilgan) natijalar ! RUECVET – ECVET (Yevropa sinov birliklari) tizimini Rossiya va

    O'zbekistonning O’MKHT tizimida tajriba-sinovdan o’tkazish - Erasmus+

    dasturi doirasida Oliy ta’limda salohiyatni oshirish (CBHE) loyihasi

    ! VET – Kasb-hunar ta’limi

  • 11

    ECVET Atamalari (tayanch tushunchalar)

    ECVET ECVET Kasb-hunar ta'limida qo’llaniladigan Yevropa kredit (sinov-

    birliklari) tizimi hisoblanadi. Ushbu

    tizim bir qator o’ziga xos tamoyil va

    vositalardan tashkil topgan bo’lib,

    tinglovchining ma’lum bir kontekst

    (ta’lim muassasi)da o’quv fanini

    tugatganligi hamda malaka va

    diplomlarining davlatlararo o’zaro tan

    olinishi asosida qurilgan. ECVET

    tamoyillari turli mamlakatlar va turli xil

    ta'lim sharoitlarida moslashuvchan

    tarzda qo'llanilishi mumkin.

    Rasmiy ta’lim Ta’lim ma’lum bir muassasada

    yuzaga kelgan va maxsus tuzilishga

    ega bo’lgan jarayon hisoblanadi. U

    rejalashtirilgan jarayon bo’lib,

    qonunan amaliy kuchga hamda

    kafolatga ega.

    Norasmiy ta’lim (A) Ta'limning ushbu turi ish, oilaviy

    hayot hamda bo'sh vaqt bilan bog'liq

    bo'lgan kundalik faoliyat natijasidir. U

    ma’lum bir tuzilishga ega emas, shu

    sababli norasmiy ta’lim hech narsani

    kafolatlamaydi. Ko'p hollarda

    ta’limning ushbu turi oldindan

    rejalashtirilmagan holda paydo

  • 12

    bo’ladi.

    Norasmiy ta’lim (B) (malaka oshirish, stajirovka)

    Ta’lim muassasasi bilan bog’liq

    bo’lmagan ta'limning ushbu norasmiy

    turi biror bir kafolat kuchiga ega

    emas. Shu bilan bir qatorda, ushbu

    ta’lim shakli tinglovchi tomonidan

    rejalashtiriladi hamda o’zining

    maqsadi, muddati va ko’magiga ega.

    Masalan, ishga asoslangan ta’lim

    shaklan norasmiy bo’lishi mumkin va

    u ishning yoki amaliyot

    (stajirovka)ning bir qismi sifatida

    amalga oshiriladi.

    Mas’ul tashkilot Ushbu tashkilot ECVET doirasida

    quyidagi vazifalarga mas’ul

    hisoblanadi: diplomlarning o’zaro tan

    olinishi, yunitlar to’g’risida to’liq

    ma’lumotga ega bo’lish,

    tinglovchining bilimini baholash tartibi

    va mezonlari, OTMdagi o’quv

    fanlarining ta’limiy (erishilgan)

    natijalarining yaroqliligini tan olish va

    h.k.

    Ta’limiy (erishilgan) natijalar Ta’limiy (erishilgan) natijalar – bu

    tinglovchining o’quv fanini bilishi,

    tushunishi hamda o’quv jarayoni

    oxirida o’quv fani doirasida egallagan

  • 13

    bilim, ko’nikma va

    kompetensiyalaridir. Odatda,

    malaka talablari malakaning ta'limiy

    (erishilgan) natijalariga asoslangan

    umumiy ta’lim darajasini ko'rsatadi.

    ECVET kredit texnologiyasi doirasida

    Yevropa malaka talablari (EQF) turli

    bilim va tayyorgarlik darajalarni

    belgilash uchun asos bo’lib xizmat

    qiladi. Ta’limiy (erishilgan) natijalar

    turli maqsadlar uchun qo'llaniladi:

    masalan, malaka talablarining

    standart ko’rsatkichlarini belgilash,

    malakalarni aniqlash, o'quv

    dasturlarini ishlab chiqish, baholash

    va boshqalar. Ta'limiy (erishilgan)

    natijalar har bir o’quv fanining

    maqsadi va o’quv kontekstiga qarab

    belgilanadi va o’quv fanining malaka

    talablaridan kelib chiqib yaratiladi.

    Bugungi kunda malakaga asoslangan

    ta’limiy (erishilgan) natijalarni

    aniqlash hamda tasvirlashning turli

    yondashuvlari mavjud. Ular asosan

    turli xil o’quv jarayonlarida

    (maktabda, kompaniyalarda, ish

    joylarida va hokazo), turli shakllarda,

    turli ta'lim olish sharoitlarida (rasmiy

    va norasmiy) hamda turli joylarda

    (masalan, mamlakat, ta'lim va trening

    tizimida) tinglovchilar tomonidan

  • 14

    egallanadi.

    Ta’limiy (erishilgan) natijalarga asoslangan yunitlar

    Yunit malakaning asosiy komponenti

    hisoblanib, baholanadigan hamda tan

    olinadigan bilim, ko'nikma va

    kompetentsiyalardan tashkil topgan.

    Kredit Kredit – shartli sinov birligi bo’lib,

    tinglovchining o’quv fanining ma’lum

    bir qismini o’tganligi, baholanganligi

    hamda akademik bilimlarni hamda

    malakalarni o’zaro tan olinganligi

    to’g’risida ma’lumot beradi. Har bir

    o’quv faniga ma’lum miqdordagi

    kredit birliklari ajratiladi va ular

    ma’lum muddat ichida jamlab boriladi

    hamda boshqa o’quv

    dasturlari/kurslarga va malakalarga

    osonlik bilan ko’chiriladi.

    ECVET ballar ECVET ballari tinglovchining erishgan

    natijalari va tinglovchi faoliyatining

    hajmini belgilab beradi. Har bir o’quv

    yili 60 qismga bo’linadi va zachyot

    birligi hisoblanadi. Shunga qaramay,

    dunyodagi hamma mamlakatlar ham

    ECVET ballardan foydalanmaydi.

    Malaka tizimi Ushbu jarayonda a’zo yoki hamkor

    tashkilotlar o’rtasida akademik

    bilimlar hamda kvalifikatsiya

  • 15

    (malaka)lar tan olinadi hamda ular

    mehnat bozori va fuqarolik jamiyati

    bilan bevosita bog’liq bo’ladi. Ushbu

    tizim sifat ta’minoti bilan bog’liq

    jarayonni, ta’lim muassasalari

    o’rtasidagi dastur va kelishuvlarni,

    baholash tizimini hamda malaka bilan

    ta’minlash jarayonini o’z ichiga oladi.

    Milliy malaka tizimi bir necha kichik

    tizimlardan hamda malaka

    talablaridan iborat bo'lishi mumkin.

    Malaka talablari Malaka talablari milliy malakalarni va

    kichik tizimlarni integratsiyalash va

    muvofiqlashtirish, ta’limning

    shaffofligini, erkinligini hamda sifatini

    ta’minlash, mehnat bozori va

    fuqarolik jamiyati o’rtasida o’zaro

    mutanosiblikni ta’minlovchi mezon

    hisoblanadi. Umumyevropa malaka

    talablari (EQF) Milliy malaka

    talablarini taqqoslash uchun xizmat

    qiluvchi manba bo’lib, shaklan bir xil

    tarkibga ega bo’lmasligi mumkin.

  • 16

    ECVET tizimidagi asosiy jarayonlar

    Kredit yig’ish jarayoni Ushbu jarayonda tinglovchining erishgan natijalari bosqichma-bosqich

    baholanadi.

    Kreditlarni ko’chirish jarayoni Ushbu jarayonda o’qitish natijalarini

    yakuniy ko’rsatkichlarining o’zaro tan

    olish jarayoni bo’lib, baholash, validlik

    (muvofiqlik) hamda tan olishlik

    tamoyillariga asoslanadi.

    Ta’limiy (erishilgan) natijalarni baholash jarayoni

    Tinglovchining bilimi, malakasi va

    kompetensiyalarga erishish darajasini

    aniqlash uchun foydalaniladigan usul

    va jarayonlar.

    Ta’limiy (erishilgan) natijalarni o’zaro tan olish jarayoni

    Yunit va malakalarni ta’sis qilishda

    ta’limiy natijalarni rasman tan olish

    jarayoni.

  • 17

    Asosiy hujjatlar va vositalar

    Memorandum (shartnoma) Ikki yoki undan ortiq hamkorlik tashkilotlari (masalan, kredit mobilligi

    loyihalari uchun, tinglovchini boshqa

    OTMga jo’natgan universitet va qabul

    qiladigan universitet) tomonidan

    imzolangan hujjat bo’lib, OTMlar

    o’rtasida kreditlarni ko’chirish tizimini

    o’rnatadi va ECVET doirasidagi

    hamkorlikni rasmiylashtiradi.

    O’zaro kelishuv Tinglovchi bilan ikkala OTM orasida

    tayyorlash mazmuni, o’quv tartibi va

    muddatlari, attestatsiya tadbirlari,

    o’quv rejalaridagi farqni bartaraf etish

    tartiblari haqida o’zaro kelishuvlarni

    anglatadi. Ushbu kelishuv orqali

    ta’limiy (erishilgan) natijalarga

    erishilganligi hamda ularning o’zaro

    tan olinganligini kafolatlaydi.

    Shaxsiy qaydnoma (transkript) Qaydnomada tinglovchining o’quv

    fanida erishgan yutuqlari yozib

    boriladi. Ushbu hujjatda

    tinglovchining ta’limiy natijalari

    asosida baholanganligi hamda uning

    yunitlar hamda ECVET ballari

    (ulardan ta’lim jarayonida

    foydalanilsa) to’g’risida ma’lumot

    beriladi. Ushbu hujjat tinglovchining

    shaxsan o’ziga tegishli bo’ladi.

  • 18

    Yevropass Yevropa fuqarolariga o'z bilim,

    malakalari hamda kompetensiyalarini

    aniq va oson tushunishlariga

    yaqindan yordam beradigan beshta

    hujjat to'plami hisoblanadi.

    Europass quyidagilardan iborat:

    Yevropass rezyumesi (CV) –

    rezyume namunasi

    Til pasporti - til ko’nikmalari va

    malakalarni belgilab beruvchi o'z-

    o'zini baholash vositasi

    Sertifikat (guvohnoma) ilovasi Kasb-hunar ta’limida tinglovchining

    o’quv fanida erishgan bilim, ko’nikma

    va sertifikat (guvohnoma)lardagi

    qaydlardan iborat hujjat.

    Diplom ilovasi Oliy ma'lumot egalar (tinglovchilar)i

    tomonidan egallangan bilim va

    ko'nikmalardan iborat hujjat shakli

    Yevropass mobillik Boshqa Yevropa davlatlaridan birida

    egallangan bilim va ko'nikmalarni

    qayd etuvchi hujjat.

    Manba: ECVETning tayanch tushunchalri, jarayonlari va hujjatlari. An’anaviy

    ECVET Forumi 2016. ECVET Sekretariati. Hujjatni ushbu qo’llanmadan

    topishingiz mumkin.

  • 19

    1. Kirish ECVET Yevropa qonunchiligi va muayyan texnik asosga muvofiq

    boshqarilsada, u har bir davlatning qonun-qoidalariga, siyosatdagi ustuvor

    tamoyillariga, malaka tizimlariga hamda tajriba-sinovlariga moslashgan tarzda

    qo’llanilishi mumkin bo’lgan markazlashtirilgan mexanizmdir.

    ECVET ko’plab komponentlarni o’zida mujassam etgan murakkab texnik asos

    bo’lib, Yevropa Ittifoqi davlatlarining bu sohadagi tajriba hamda tatbiq ishlarini

    amalga oshirishi sababli to’xtovsiz rivojlanib bormoqda.

    Ushbu qo’llanmada ECVETning asosiy tamoyillari, vositalari va

    metodologiyasi haqida batafsil ma’lumot kiritilgan bo’lsada, unga ECVETni

    to’liq yoritib beruvchi hujjat sifatida qaramaslik kerak. ECVET tizimi haqida

    to’liq tasavvurga ega bo’lish maqsadida o'quvchilarga “ECVET

    foydalanuvchilari uchun qo’llanma” (I, II, III) (ECVET Users’ Guide) hamda (I,

    II, III) “ECVET uchun tavsiyalar” (ECVET Recommendation) (2009) nomli

    asosiy rasmiy hujjatlar tavsiya etiladi. Bundan tashqari Yevropa bo'ylab

    ECVET loyihalarining natijalari hamda internet manbalar ECVET

    metodologiyasiga nisbatan o’quvchilar orasida katta qiziqish uyg’otadi.

    RUECVET metodologiyasi ta’lim dasturlari doirasida geografik mobillikni

    yo’lga qo’yish hamda ta’limiy (kutilgan) natijalardan iborat yunitlarni yaratish

    jarayonida ECVET asoslarini tajriba-sinovdan o’tkazish va qo’llash

    maqsadida yaratildi. Loyihaning yana bir maqsadi ECVETning ECTS –

    zachyot birligiga aylanuvchiYevropa tizimi (European Credit Transfer System)

    bilan o’zaro mosligini ta’minlash orqali ECVETni uzluksiz ta’lim tizimida

    qo’llashdan iborat.

    RUECVET qo’llanmasi loyiha rivojlangan sari rivojlanib boradi va sinov

    natijalari bilan to’xtovsiz boyitiladi. Yo’riqnoma (Master Guide)ning yakuniy

    shakli keng jamoatchilik ommasiga loyihaning internet saytida onlayn trening

    qo’llanmasi sifatida taqdim etiladi.

  • 20

    1.1. RUECVET loyihasi ERASMUS+ dasturining Oliy ta’limda salohiyatni oshirish (Capacity Building in Higher Education) (CBHE) loyihasi doirasidagi RUECVET: Piloting ECVET in the National VET System of Russia and Uzbekistan loyihasining asosiy maqsadi Rossiya va O’zbekiston hamkor davlatlarining Oliy hamda kasb-hunar ta’lim tizimlarida ECVET (Yevropa sinov birliklari tizimi)ni tajriba-sinovdan o’tkazish hamda uning milliy ta’lim tizimlari bilan muvofiqligi, taqqoslanishi hamda bir-birini to’ldirishdan iborat. Loyiha doirasidagi asosiy vazifalar quyidagilardan iborat:

    Rossiya va O'zbekiston davlatlarining Oliy hamda kasb-hunar ta’lim

    muassasalarida ECVETni qo’llash jarayonida tavsiya qilingan vositalar va ishlarni

    yaratish;

    ECVETning afzalliklari to’g’risida keng ommaga axborot tarqatish va targ’ibot

    ishlarini olib borish hamda tan olingan OTMlar tomonidan kasb-hunar sohasida

    o’qituvchilarning malakasini oshirish maqsadida 4 ta milliy ECVET trening

    markazlariga – 2 ta Rossiyada (RDKPU va TDU) hamda 2 ta O’zbekistonda

    (QDPI va NukDPI) asos solish;

    ECVETni Rossiya va O'zbekiston davlatlarida keng qo’llashga yaqindan ko’mak

    berish maqsadida Oliy hamda kasb-hunar ta’lim muassasalarining milliy va

    transmilliy tizimini rivojlantirish;

    KHT o'qituvchilari va manfaatdor tomonlarni ECVETdan foydalanishga o'rgatish;

    Rossiya va O'zbekiston davlatlarida ECVET tizimidan keng foydalanish hamda

    milliy trening markazlari va manfaatdor tomonlarni qo’llash maqsadida o’quv

    materiallari va resurslarini yaratish;

    Rossiya va O'zbekiston davlatlarida ECVET evolyutsiyasining yo'l xaritasi

    (ko’rsatmalar)ni ishlab chiqish.

  • 21

    1.2. Hamkorlik RUECVET loyihasini amalga oshirish uchun 11 ta asosiy OT hamda kasb-

    hunar ta’limi muassasalaridan iborat transmilliy konsortsium tuzildi. Ulardan

    uchtasi Yevropa Ittifoqi davlatlari (Kipr, Malta va Latviya) va ikkita hamkor-

    davlatlar (Rossiya va O'zbekiston) bo’lib, ular ECVETni Rossiya va

    O'zbekiston davlatlarining kasb-hunar ta’limi tizimida sinovdan o'tkazish

    hamda Yevropa Ittifoqining shaffoflik va mobillik (ECTS)ka oid

    instrumentlarini qo’llash uchun amaldagi tajribalarini tatbiq qilishga yordam

    berishmoqda.

    Loyiha to’g’risida batafsil ma’lumotga ega bo’lish uchun www.ruecvet.uz

    saytidan foydalaning.

    1.3. Qo’llanmaning qisqacha mazmuni Qo'llanma qo'shimcha va modulli yondashuvlar asosida yaratilgan.

    Qo’shimcha yondashuvda qo’llanmaning har bir bo’limi ECVETning asosiy

    tamoyillari, vositalari va metodologiyasini tushunishga mo’ljallangan, modulli

    yondashuvda esa qo’llanmaning har bir bo’limi ECVETning ma’lum bir

    aspektlari to’g’risida ma’lumot beradi.

    Ushbu qo’llanma 2 qismdan iborat:

    I qism 2 va 3-boblarni o'z ichiga oladi va kasbiy ta'lim dasturlari doirasida

    ta'limiy natijalarni yaratish uchun ECVETning asosiy tamoyillari, vositalari va

    metodologiyasi to’g’risida ma’lumotni taqdim qiladi. Ushbu qismda asosiy

    masalalar ro'yxati berilgan va tahlil qilingan.

    II qism 4 va 5-boblarni o'z ichiga oladi va geografik mobillikni hamda uzluksiz

    ta’limni yo’lga qo’yish uchun Rossiya va O’zbekiston davlatlarida ECVET

    asoslarini tajriba-sinovdan o’tkazish va qo’llashga oid RUECVET

    metodologiyasining yaratilishiga bag’ishlangan. Ushbu bobda ayniqsa vertikal

  • 22

    mobillik, ya’ni O’MKHT muassasalaridan OTMlarga qilingan mobillik haqida

    batafsil ma’lumot keltiriladi.

    RUECVET doirasida geografik mobillikni ta’minlash hamda ko’chirish

    jarayonlari uchun kerakli misollar va raqamlar tavsiya etilayotgan

    metodologiyaga kiritilgan.

    Qo’llanmaning ilova qismida ishlab chiqilgan RUECVET namuna (shablon)lari

    va hujjatlarini topishingiz mumkin.

    Ushbu yo’riqnoma qo'llanmada ishlatilgan qisqartma so’zlarning ro'yxati,

    atamalarning izohi hamda o’qish uchun foydali adabiyotlar ro’yxatidan tashkil

    topgan.

  • 23

    I QISM: ECVET TIZIMIGA KIRISH

  • 24

    I QISM: ECVET TIZIMIGA KIRISH

    2. ECVET – TEXNIK TAHLIL ECVET ma’lum sohada malakaga erishish uchun ta'limiy (kutilgan) natijalarni to'plash, ko’chirish va o’zaro tan olishga mo’ljallangan texnik asosdir. ECVETning muvaffaqiyatli qo’llanilishi bir qator jarayonlarga bog’liq: barcha malakalar ta’limiy natijalardan iborat, ta’limiy natijalar yunitlarni ishlab chiqishda asos bo’lib xizmat qiladi, yunitlarning yig’indisi esa malaka asosini tashkil etadi. Baholash, validlik (yaroqlilik) hamda o’zaro tan olish jarayonlari ishtirokchilar o’rtasida kelishib olinadi va ulardan amaldagi milliy, mintaqaviy, tarmoq hamda institutsional qonun-qoidalarni hurmat qilish talab etiladi.

    2.1. ECVET tizimi nima va uning ishlash tamoyillari ! O'MKHT uchun Yevropa sinov birliklari tizimi (ECVET)

    mamlakatlar, ta’lim muassasalari va ta'lim sohasi bo'yicha kasbiy malakaga erishish uchun kreditlarni ko’chirish hamda yig’ishga mo'ljallangan Yevropa tizimi hisoblanadi.

  • 25

    ! ECVET kredit texnologiyasi yordamida ma’lum sohada malakani egallovchi tinglovchining ijobiy baholangan ta’limiy (erishilgan) natijalari qayerda va qanday erishilganligidan qat'iy nazar, kredit deb tan olinadi va yaroqli deb topiladi. Tinglovchi quyidagi sharoitlarda malakaga ega bo’lish uchun kreditlarni ko’chirishi va yig’ishi mumkin:

    " Ta’lim muassasida o’qiyotganda (rasmiy ta'lim) " Ish jarayonida o’rganayotganda (norasmiy ta'lim A) " Mustaqil o’rganish jarayonida (norasmiy ta'lim B) " Chet elda ta'lim olayotganda

  • 26

    Boshqacha aytganda, ECVET tizimi kasbiy ta’limda malakani egallashda moslashuvchanlikni ta’minlaydigan markaziy tizimlardan bo’lib, quyidagi holatlarda shaffoflik, mobillik va o'tkazuvchanlik xususiyatlarini namoyon etadi:

    " Chegaralararo mobillik (transmilliy harakatlanish), shuningdek " Ta’lim va malaka sohalari o'rtasida (uzluksiz ta’lim)

    ECVETdan potentsial foydalanishning ayrim misollari quyida keltirilgan: " Tinglovchi A chet elning o'quv yurtida o'qishi davomida erishgan

    malakasining ta’limiy natijalarining tan olinishi imkoniyatiga ega bo’lsa (rasmiy ta'lim va transmilliy mobillik);

    " Tinglovchi B o’tmishda biror bir tashkilotda ishlash jarayonida erishgan malakasining ta’limiy natijalarining tan olinishi imkoniyatiga ega bo’lsa (norasmiy ta’lim A);

    " Tinglovchi D mustaqil o’rganish jarayonida erishgan malakasining ta’limiy natijalarining tan olinishi imkoniyatiga ega bo’lsa (norasmiy ta’lim B).

    ECVET tinglovchining ta’limga qo’shgan hissasi (ish hajmi, o’qishga sarflangan vaqt va h.z)dan ko’ra asosiy e’tiborni ta’limiy (kutilgan) natijalarga qaratadi va shu sababli millatlararo mavjud malakalar va ta’lim tizimlar orasidagi katta farqni bartaraf etadi. Ta’limiy natijalar ta’lim jarayoni, o’qitish mazmuni yoki ular erishilgan ta’lim sohasiga bog'liq emas. Shu sababli ulardan tinglovchining ma’lum ta’lim sohasida nimaga erishganligi hamda uning boshqa ta’lim maskanida nimalarga erisha olishini aniqlashda foydalaniladi. ECVET tizimining doimiy ravishda faoliyat yuritishi uchun zaruriy shartlardan biri bu – ta’limiy natijalardan foydalanishdir. Ta’limiy natijalarsiz ECVETni qo’llab bo’lmaydi.

  • 27

    ! ECVET, tingovchining bilim va ko'nikmalarini markaziy bosqichga olib boradi va tizimli, tartibga solish va institutsional farqlarni ko’rsatib beradi.

    ! ECVET tizim ichida O’MKHT ta’limi doirasidagi barcha manfaatdor tomonlar bilan quyidagi milliy rahbariyat o’rtasidagi keng qamrovli hamkorlikni talab etadi.

    milliy vakolat organlari malaka organlari O’MKHTga oid kadrlarni ta’minlab beruvchi organlar mehnat bozori va h.k.

    ! ECVET tizimida hamkorlik aloqalari barcha sub'yektlar o’rtasida memorandum (shartnoma) va o’zaro kelishuv hujjatlarini imzolash orqali rivojlantiriladi.

    ! ECVET barcha manfaatdor tomonlar o'rtasida kelishuv va ishonchni talab

    qiladigan tizim hisoblanadi.

    Eslatma! ECVETning barcha ta’lim kontekstlarida (rasmiy, norasmiy va h.k) qo'llanilishi mumkin bo’lgan tizim sifatida yaratilganligini yodda tutish kerak

    bo'lsa-da, ushbu qo'llanmada ECVETning faqat rasmiy ta'lim doirasida

    qo'llanilishi ko'rib chiqilgan. Unda ECVET to’g’risidagi barcha ma’lumotlar va

    misollar ECVETning rasmiy sektorda qo’llanilishiga asoslangan. ECVETning

    ECVET - bu baholangan ta’limiy natijalarning yaroqliligini aniqlash, tan olish,

    ko’chirish va to'plashni osonlashtiradigan tizim bo’lib, ta’lim mazmunidan

    qat’iy nazar (rasmiy, norasmiy va h.k) turli kontekstlarda qo’llaniladi.

    Asosiy e’tiborni ta'limiy natijalarga qaratgan ECVET tizimi milliy malakaviy

    tizimlar bilan kasb-hunar va ta'lim muassasalari hamda vakolatli organlar

    o’rtasida farqlarni aniqlash uchun ko’prik vazifasini o’taydi.

    Malakaviy ta’lim jarayonida ta’limiy natijalarni qo’llash ECVET tizimidan

    foydalanishning asosiy va muhim sharti hisoblanadi.

  • 28

    norasmiy sektorda qo'llanilishiga oid batafsil ko'rsatmalar ECVET Guide (I, II,

    III)da berilgan.

    2.2. ECVETni milliy kontekst (ta’lim tizimi)da qo’llashning huquqiy asoslari ! ECVET Yevropa Komissiyasining a'zo davlatlar bilan hamkorlikda o’zaro

    hamjihatlikda hamda ko'p bosqichli sinovlar natijasida yuzaga kelmoqda.

    ! ECVET Yevropa qonunchiligi tomonidan qo'llab-quvvatlansa ham (2009

    yilning 18-iyundagi O’MKHT tizimida Yevropa kredit birliklaridan foydalanish

    to’g’risidagi Yevropa Parlamenti va Konsulligi tavsiyasi), turli mamlakatlar

    undan ixtiyoriy tarzda foydalanmoqda hamda ushbu tizimdagi faoliyat

    amaldagi qonun-qoidalarga muvofiq amalga oshirilmoqda.

    ! ECVET asosiy tamoyillar va texnik komponentlar yordamida boshqarilsa-

    da, u markazsizlashtirilgan tizim hisoblanadi va shunga muvofiq uning

    tamoyillari turli davlatlarda turli ta'lim kontekstlariga moslashtirilgan tarzda

    qo'llaniladi.

    Masalan:

    " Ma’lum bir mamlakat ECVETdan faqatgina transmilliy mobillikni

    ta’minlash maqsadida foydalanishi mumkin.

    " Boshqa mamlakat esa uni transmilliy mobillik bilan birga ta’lim

    muassasalarida uzluksiz ta'lim strategiyasi sifatida qo’llashga qaror

    qilishi mumkin.

    ! Biror bir mamlakat ECVET tizimidan foydalanishi uchun o’sha davlatda

    mavjud aloqalar va monitoring (ichki kuzatuv) mexanizmlari muvofiq darajada

    bo’lishi hamda milliy qonunchilik, tuzilmalar va talablarga asoslangan holda

    sifat, shaffoflik hamda tashabbuskorlikka erishishni kafolatlashi lozim.

    ! Xususan, ECVET tizimi mamlakatda milliy qonunchilik va amaliyotga

    muvofiq tatbiq etilsa va baholash, ta’lim natijalarini tan olish hamda qonunan

    amaliy kuchga ega bo’lsa, uning KHTdagi sifat kafolatining umumiy

    tamoyillari (EQAVET) asosida amalga oshirilishi ta'minlanadi.

  • 29

    2.3. ECVETning asosiy tamoyillari va texnik xususiyatlari nimadan iborat? Yevropa Tavsiyasi (2009)ga ko’ra, birgalikda qo’llanilgandagina ECVETning samarasi va muvaffaqiyatini ta’minlovchi tamoyil va texnik vositalardan tashkil

    topgan kredit texnologiyasi hisoblanadi.

    ECVET barcha davlatlar o’rtasida umumiy yakdillik hamda tushunish

    uchun yagona tilni yaratgan Yevropa boshqaruvi hamda markaziy texnik

    asosga ega bo'lsa-da, uning milliy ta’lim tizimida qo’llanilishi ixtiyoriy va

    markazlashmagan.

    Mamlakatlar ECVETdan quyidagi maqsadlarda foydalanishi mumkin:

    transmilliy mobillik, uzluksiz ta’lim, ikkala kontekstda ham (mobillik va

    uzluksiz ta’lim) yoki umuman ushbu tizimdan foydalanmasligi mumkin.

    ECVET mavjud milliy tizimlar o’rniga qo’llanilishi uchun mo'ljallanmagan,

    balki uning asosiy tamoyillari va texnik xususiyatlari milliy ta’lim tizimining

    o’ziga xos qonun-qoidalariga rioya qilish asosida yaratilgan.

  • 30

    1 rasm: ECVET kredit texnologiyasining asosiy tamoyillari va texnik vositalari

    2.3.1. Ta'limiy (erishilgan) natijalarga asoslangan yunitlar bo’yicha malakalarning tavsifi va ECVET ballari

    ECVET tizimi va metodologiyasining negizi hisoblangan ta'limiy (erishilgan)

    natijalarga asoslangan yunitlar bo’yicha malakalarning tavsifi baholash,

    muvofiqlash, sertifikatlash hamda yig’ish mumkin bo’lgan bilim, ko’nikma va

    kompetensiyalarini o’zida mujassam etgan.

    Yunit nima? " Yunit - baholanishi va muvofiqlashtirilishi mumkin bo'lgan aniq ta’limiy

    (erishilgan) natijalar to'plamidan iborat bo'lgan malaka asosidir.

    " Har bir malaka bir nechta asosiy yunitlarni o’z ichiga oladi va yunitlar

    to’plamidan tashkil topadi.

    " Malaka tarkibidagi yunitlar ta’limiy (erishilgan) natijalarning

    jamlanmasidan, ya’ni tinglovchining erishishi kerak bo'lgan hamda

    baholanishi va muvofiqlashtirilishi mumkin bo'lgan bilim, ko’nikma va

    kompetensiyalar (ma’suliyat va avtonomiya)dan iborat bo’ladi.

    Ta'limiy (erishilgan) natijalarga asoslangan yunitlar bo'yicha malakalarning tavsifi

    Ta'lim (erishilgan) natijalarini ko'chirish va yig'ish jarayoni

    Memorandum (shartnoma), o'zaro kelishuv va shaxsiy qaydnoma (transkript) kabi hujjatlar to'plami

  • 31

    " Yunitlar ta'limiy (erishilgan) natijalarni ko’chirish va yig’ish orqali malakaga

    bosqichma-bosqich erishishga imkon beradi. Ular tinglovchining erishgan

    natijalarini muvofiqlashtirish va baholashga yaqindan yordam beradi.

    " Barcha yunitlatning yig’indisi esa malakaviy imtiyozga olib keladi.

    # Mavjud boshqaruv qoidalarga asosan, har bir malaka muayyan

    yunitdan tashkil topishi yoki bitta yunit bir nechta malakaga mos

    tushishi mumkin.

    # Erishilgan natijalardan tashkil topgan yunitlarning umumiy qoidalari va

    jarayonlarini belgilash hamda malakaga muvofiq yunitlarni yig’ish va

    birlashtirish milliy va hududiy qoidalar asosida ta’lim jarayoniga jalb

    qilingan vakolatli tashkilotlar va hamkorlar tomonidan belgilanadi.

    Yunitlar kim tomonidan belgilanadi? Yunitlarning kim tomonidan belgilab berilishi institutsional tuzilmalarga va vakolatli tashkilotlarning milliy kadrlar tizimidagi roliga qarab o'zgaradi.

    Masalan:

    " Ayrim tizimlarda yunitlar malaka talablarining bir qismi sifatida belgilanadi.

    Buning uchun ular markaziy darajada malakani oshirish jarayoniga mas’ul

    vakolatli tashkilotlar (masalan, vazirliklar, hududiy tashkilotlar va h.k)

    tomonidan aniqlab beriladi.

    " Boshqa tizimlarda esa kadr ta’minotchilari markaziy darajada belgilangan

    malakaviy me'yorlarga asoslangan yunitlarni belgilashga ma’suliyatli bo'lishi

    mumkin.

    " Yunitlarni belgilashda vositachilik yondashuvidan ham foydalaniladi.

    Bunda markaziy darajada malakaga tegishli ma’lum miqdordagi yunitlar

    yaratishga mas’ul vakolatli organlar tomonidan belgilab beriladi, qolgan

    yunitlar esa boshqa muassasa tomonidan belgilanadi (hududiy yoki

    mutaxassis kadr ta’minotchilari darajasida).

    " Malakalarni belgilashga mas’ul vakolat organlari tomonidan yunitlarning

    umumiy talablarini belgilanishi, ularning detallari (yunit bo’linmalari) esa

  • 32

    mutaxassis kadrlarni yetkazib beruvchilar tomonidan batafsil ishlab chiqilishi

    ham mumkin.

    ECVET kredit texnologiyasining Rossiya va O’zbekistondagi vakolatli muassasalari kimlardan iborat?

    " Rossiya va O'zbekistondagi mas’ul vakolatli organlarni aniqlash maqsadida

    ulardan ECVET, kasb-hunar tizimi va ta’minotining turli funksiyalari to’g’risida

    o’z qarashlarini aks ettirish talab etiladi.

    Yunitlar malakaning tarkibiy qismimi yoki o'quv dasturlaridagi modullarning komponentlarimi?

    " ECVET Tavsiyasi (2009) kasbiy ta’lim malakalarining komponenti

    hisoblangan ta'limiy (erishilgan) natijalardan tashkil topgan yunitlar hamda

    rasmiy ta’lim dasturlarining modullar deb nomlangan komponentlari

    o’rtasidagi farqni batafsil ochib bergan (Cedefop, 2014a).

    " Tavsiyaga muvofiq, yunit bu rasmiy ta’lim dasturlarida mavjud bo’lgan modul emas.

    " Ikkala komponent o'rtasidagi farqni aniqlash juda muhim: yunitni tashkil etuvchilari, ya’ni tinglovchining ma’lum malaka doirasida erishgan natijalariga qayerda va qanday erishganligi muhim emas.

    " Biroq, ta'limiy (erishilgan) natijalardan tashkil topgan yunitlar rasmiy ta’lim dasturlari doirasida keng qo’llanilishi mumkin. Ta’lim dasturlarida qo’llanilgan erishgan natijalarga asoslangan yunitlar to’g’risidagi batafsil ma’lumotni ushbu qo’llanmaning 3-bo’limidan topishingiz mumkin.

    ECVET birlik (ball)lari nima? " ECVET birlik (ball)lari tinglovchining erishgan natijalari hamda

    faoliyatining umumiy hajmini belgilab beruvchi o’lchov birliklari hisoblanadi.

  • 33

    " ECVET birliklari malaka to’g’risida qo'shimcha ma'lumotni taqdim etadi.

    Ular malaka doirasidagi ta’limiy (erishilgan) natijalardan ajralgan holda hech

    qanday qiymatga ega emas hamda ushbu birliklar yunitdagi yutuqlar va

    ballarning yig’indisini ko’rsatadi.

    " Har bir akadem o’quv yili 60 qism (ball)ga bo’linishi va zachyot birligi deb

    hisoblanishi Yevropa konvensiyasiga muvofiq belgilangan.

    " ECVET ballari quyidagi ikki bosqich asosida ajratiladi:

    o 1-bosqich: ECVET birlik (ball)lari malaka asosida ajratiladi

    o 2-bosqich: ECVET birlik (ball)lari yunitlarning malakada tutgan nisbiy

    hajmiga qarab ajratiladi.

    " Nisbiy hajmga qarab ECVET ballarining taqsimoti yunitlarning ma’lum bir

    iyerarxiya asosida erishilishi tushuniladi. Yunitlarning nisbiy hajmini aniqlash

    uchun turli mezonlardan foydalanish mumkin:

    o Ta’limiy (erishilhan) natijalarga asoslangan yunitlarning mehnat bozori

    hamda boshqa malaka darajasiga o’tish uchun muhimliligi

    o Ta’limiy (erishilhan) natijalarga asoslangan yunitlarning murakkabligi,

    ko'lami va hajmi

    o Tinglovchining yunitda talab etilgan bilim, ko'nikma va kompetensiya

    darajasini egallashdagi sa’y-harakati.

    " Yunitga ajratilgan ECVET ballarining soni tinglovchining ma’lum

    kompetentlik darajasini egallashi uchun kerakli bo’lgan mehnat hajmining

    yig’indisi haqida ma’lumot beradi. Shuningdek, ular tinglovchiga erishilishi

    lozim bo’lgan natijalar to’g’risida ham ma’lumot beradi.

    " ECVET birlik (ball)larni ajratish odatda malaka va yunitlarni ishlab

    chiqishning muhim qismi hisoblanadi. Ular malakalarni yaratish hamda ularga

    qo’shimchalar kiritishga mas’ul vakolatli muassasalar tomonidan ishlab

    chiqiladi.

    " Ammo hamma davlatlar ham ECVET birlik (ball)larini qo’llamaydi.

  • 34

    2.3.2. ECVET tizimida kredit birlik (ball)larni ko’chirish hamda yig’ish jarayonlari va ECVET hamkorlikni shakllantirish

    ! ECVET kredit texnologiyasida tinglovchining ma’lum bir ta’lim muassasida

    erishgan natijalari baholanadi, so’ng erishilgan kredit birliklar boshqa ta’lim

    muassasiga ko’chiriladi.

    ! Ikkinchi kontekst (ta’lim muassasi)da kredit birliklar vakolatli tashkilotlar

    tomonidan tinglovchining erishilishi maqsad qilib qo’yilgan malakaviy

    talablarning bir qismi sifatida muvofiqlashtiriladi va o’zaro tan olinadi.

    ! Ta’limiy (erishilgan) natijalardan tashkil topgan yunitlarning kredit birliklari

    milliy va mintaqaviy qonun-qoidalarga mos ravishda jamlanadi.

    . Ta’limiy (erishilgan) natijalardan tarkib topgan yunitlar asosidagi

    malakalarning tavsifi ECVET tizimi va metodlogiyasining o’zagi

    hisoblanadi. Barcha malakalar ta’limiy (erishilgan) natijalardan tarkib

    topgan individual yunitlardan iborat bo’lib, ular bevosita sohaga oid

    bilim, ko’nikma va kompetensiyalarni belgilashda yordam beradi.

    Yunitning muvaffaqiyatli yakuni kredit deb tan olinadi.

    Ta’limiy (erishilgan) natijalardan tarkib topgan yunitlar har bir

    malakaning asosiy komponenti hisoblanadi, shu sababli ular rasmiy

    ta’lim hamda o’quv dasturlarining mazmuni hamda tuzilmasini belgilab

    beradi. Biroq yunitlarni ta’lim va o’quv dasturlarining modul, kurs kabi

    komponentlari bilan almashtirmaslik lozim. Aytim davlatlar hamda ta’lim

    muassasalari oz’ ta’lim dasturlarining o’quv rejalarida yunitlardan

    foydalanishga qaror qilishgan. Yunitlar hamda rasmiy ta’lim va o’quv

    dasturlari o’rtasidagi bog’liqlik qo’llanmaning 3-bo’limida batafsil

    o’rganilgan.

  • 35

    ! Ta'lim (erishilgan) natijalarning baholash, muvofiqlash, yig’ish hamda tan

    olish bilan bog’liq jarayon va yo’riqnomalari tegishli vakolatli tashkilotlar

    hamda treningga jalb qilingan ishtirokchilar tomonidan ishlab chiqiladi.

    ! Kredit birlik (balla)larni yig’ish va ko’chirish ko‘p jihatdan milliy/mahalliy qonunchilik tizimiga bog‘liq.

    2-rasm: Ta’lim (erishilgan) natijalardan tashkil topgan yunitlar ECVET

    tizimining asosi hisoblanadi.

    Kredit birligi nima?

    " Kredit – bu tinglovchi mehnat sarfining o’quv fanlari bo’yicha shartli-sonli

    ifodasidir. Kredit birligi tinglovchining baholangan natijalarini belgilab beradi,

    ushbu birliklar malaka doirasida tinglovchi tomonidan yig’ib boriladi va boshqa

    ta’lim dasturlari hamda malakalarga ko’chiriladi.

    " Kredit tinglovchining ma’lum bir o’quv fanida erishgan natijalarining ijobiy

    baholanganligini hamda baholarning shaxsiy qaydnoma (transkript)

    daftarchasida rasmiylashtirilishini ta’minlaydi. Ushbu hujjatga asosan boshqa

    ta’lim muassasalari tinglovchining kreditlarini o’zaro tan oladi.

    Ta'lim (erishilgan) natijalar har bir malakaning asosidir.

    Muvaffaqiyatli baholangan ta'lim (erishgan) natijalari qayd etilishi hamda boshqa ta'lim kontekst (muassasa)lariga ko'chirilishi mumkin.

    Erishilgan malaka asosidagi yunitlar kredit deb muvofiqlashtiriladi va o'zaro tan olinadi.

    Kreditlarning jadal sur'atda yig'ilishi malakaning egallanishiga olib keladi.

  • 36

    Kredit ko’chirish nima? " Kredit ko’chirish - bir ta’lim kontekst (muassasi)ida erishilgan

    natijalarning boshqa ta’lim muassasasi tomonidan o’zaro tan olish jarayonidir. Ushbu jarayon baholash, muvofiqlashtirish va o’zaro tan olish jarayonlariiga asoslangan.

    " Tinglovchining erishgan natijalarini ko'chirish uchun ular, avvalambor, baholanishi kerak. Baholash natijalari esa tinglovchining shaxsiy qaydnoma (transkript) daftarchasiga yoziladi va ular kredit birliklarini hosil qiladi. Baholangan natijalar asosida esa kredit boshqa vakolatli tashkilot tomonidan muvofiqlashtiriladi va o’zaro tan olinadi.

    Kredit yig’ish nima? " Kredit yig’ish – tinglovchining erishgan natijalarining baholanish va

    muvofiqlashtirish orqali ma’lum bir malakani bosqichma-bosqich egallash

    jarayoni hisoblanadi.

    " Kredit yig’ish bilan bog’iq barcha masalalar malakani ta’sis etuvchi vakolatli

    tashkilot tomonidan hal qilinadi. Tinglovchi kerakli kredit birliklarni yig’sa va

    malakani egallash uchun barcha shart-sharoitlar bajarilsa tinglovchi malakaga

    ega bo’la oladi.

  • 37

    Ta’limda ECVET doirasida hamkorlikni shakllantirish " ECVET tizimiga asoslangan va rasmiy ta’lim kontekstlarida

    erishilgan ta’limiy natijalar qo’llanilgan kredit ko’chirish jarayoni vakolatli ta’lim muassasalari bilan o’zaro hamkorlikni o’rnatishga yaqindan yordam beradi. Buning uchun ular malaka yoki yunitni ta’sis eta olish hamda muvofiqlashtirilgan va ko’chirilgan ta’limiy natijalar uchun kredit berish vakolatiga ega bo’lishi lozim.

    " ECVET hamkorlik tashkilotlari o’z oldiga quyidagi maqsadlarni qo’yadi:

    o Shartnoma (Memorandum of Understanding)da nomi keltirilgan hamkorlar o’rtasida o’zaro hamkorlikning umumiy asosini ta’minlash

    o Tinglovchilar uchun muayyan tadbirlarni ishlab chiqishda hamkorlarga ko'maklashish.

    " Kredit quyidagi holatlarda o’zaro muvofiqlashtiriladi va avtomatik ravishda

    tan olinadi: kredit ko’chirish oldindan rejalashtirilgan mobillik doirasida bo’lsa

    va o’zaro kelishuv asosida bajarilsa, baholash ijobiy bo’lsa.

    ECVET tizimi doirasida kredit ko’chirish qo’shimcha baholashsiz ham avtomatik tarzda rasmiy tan olinadi.

    2.3.3. Qo’shimcha hujjatlar to’plami Ushbu bo’limda ECVET tizimi doirasida tavsiya etilgan hujjatlar nomi

    keltiriladi va ular haqida qisqacha ma’lumot beriladi:

    Shartnoma (Memorandum of Understanding) (MOU)

    " Ushbu hujjat ma’lum muddat davomida mobillikni yo’lga qo’yish uchun barcha shart-sharoitlarni o’zaro kelishib olgan vakolatli ta’lim muassasalari o’rtasida ixtiyoriy ravishda imzolanadi.

    " Shartnomada hamkorlar o'z maqomlarini vakolatli muassasa sifatida tan

    olishadi. Bundan tashqari, ular ta’limiy (erishilgan) natijalarning sifat kafolatini

  • 38

    ta'minlash, baholash, muvofiqlashtirish va tan olish kabi jarayonlar uchun o'z

    mezonlari va tartib-qoidalalarini qabul qilishadi.

    " Shartnomaning asosiy talablaridan biri tanlangan malaka va uning

    qismlarini o’zaro solishtirish hamda ta'lim natijalari (yoki uning qismlari)ning

    o'zaro tan olinishi darajasini belgilovchi bitimlar hisoblanadi. Bunday

    shartnomani tuzish uchun hamkorlarga bu borada yetarli ma'lumotlarni

    taqdim etish kerak.

    O’zaro kelishuv (Learning Agreement) " O’zaro kelishuv chet elda belgilangan muddat davomida o'tkaziladigan

    muayyan o'quv mashg'ulotlari uchun tegishli shart-sharoitlarni yaratish uchun

    (mobillik loyihasi) tuziladi.

    " O’zaro kelishuv vakolatli muassasalar (masalan host (qabul qiladigan) va

    post (tinglovchini boshqa TMga jo’natgan) maktablar) va mobil tinglovchi

    tomonidan tuziladi.

    " O’zaro kelishuv mobil tinglovchi haqidagi shaxsiy ma’lumot, uning chet

    elda bo'lish muddati, egallaniladigan bilim, malaka va kompetensiyalar hamda

    ECVET ballari (ixtiyoriy tarzda) to’g’risidagi ma’lumotlarni o’z ichiga oladi.

    " O’zaro kelishuvda shuningdek, jalb etilgan tomonlar mobil tinglovchining

    egallangan kompetensiyasi borasida ayrim masalalarni ham aniqlab olishi

    kerak. Xususan, post institut mobil tinglovchining egallangan bilim, ko’nikma

    va kompetensiyalarini muvofiqlashtirishi va tan olishi lozim.

    Shaxsiy qaydnoma (transcript) daftarchasi " Shaxsiy qaydnoma (transcript) daftarchasida mobil tinglovchining o’quv

    yutuqlari yoziladi. U tinglovchining baholangan ta’limiy natijalari, yunitlari va

    tan olingan ECVET ballari haqidagi ma'lumotlarni o'z ichiga oladi. Ushbu

    daftarchada mobil tinglovchi hamda vakolatli muassasaning

    muvofiqlashtirilgan va tan olingan kredit ballarni baholashi to’g’risida ham

    ma’lumot beriladi

    " Shaxsiy qaydnoma (transcript) daftarchasi mobil tinglovchiga tegishli

    hujjat hisoblanadi.

  • 39

    ECVETda bir nechta asosiy tamoyillar va texnik komponentlar qo'llab-

    quvvatlanadi:

    ð Ta’limiy (erishilgan) natijalardan tashkil topgan yunitlar asosidagi

    kvalifikatsiya (malaka)larning tavsifi ECVET tizimining asosini tashkil

    etadi.

    ð Yunitlar uchun ajratilgan ECVET ballari tinglovchining malaka va

    yunitlar bo’yicha umumiy mehnat sarfining shartli-sonli ifodasi

    hisoblanadi.

    ð Kredit birlik (balla)larni ko’chirish va yig’ish jarayoni

    milliy/mintaqaviy qonun-qoidalarga va qonuniy asosga bog'liq bo’ladi.

    Ta’lim tizimida geografik mobillikni yo’lga qo’yish quyidagilarni talab

    etadi:

    o Ta’lim muassasasi tomonidan erishilgan natijalarning baholanishi A

    (chet elda)

    o Ta’lim muassasasi tomonidan erishilgan natijalarning

    muvofiqlashtirilishi B (o’z mamlakatida)

    o Ta’lim muassasasi tomonidan tinglovchi kreditlarining tan olinishi B

    (o’z mamlakatida)

    ➢ ECVET doirasida hamkorlikni shakllantirishda hamda kelishuv,

    hujjatlashtirish va jarayonning sifatini kafolatlash uchun ma’lum bir

    qo’shimcha me’yoriy hujjatlar talab etiladi. Ular:

    o Shartnoma (Memorandum of Understanding)

    o O’zaro kelishuv (Learning Agreement)

    o Shaxsiy qaydnoma daftarchasi (Personal Transcript)

  • 40

    2.4. ECVETdagi asosiy tushunchalar, jarayonlar va me’yoriy hujjatlar Quyidagi jadvalda ECVET kredit texnologiyasining asosiy tushunchalari,

    jarayonlari va me’yoriy hujjatlari ko’rsatilgan.

    1-jadval: ECVETdagi asosiy tushunchalar, jarayonlar va me’yoriy hujjatlar

    Asosiy tushunchalar

    •  Ta'limiy (erishilgan) natijalar

    •  Ta'limiy natijalardan tarkib topgan yunitlar

    •  ECVET birlik (ball)lari

    •  Kreditlar

    Jarayonlar

    •  Ta'limiy (erishgan) natijalarni baholash

    •  Ta'limiy (erishgan) natijalarni muvofiqlashtirish

    •  Ta'limiy (erishgan) natijalarni o'zaro tan olish

    •  Kredit ko'chirish •  Kredit yig'ish

    Me'yoriy hujjatlar

    •  Shartnoma •  O'zaro kelishuv •  Shaxsiy qaydnoma

    daftarchasi

  • 41

    2.5. ECVETning texnik asoslari Quyidagi diagrammada ECVETning asosiy maqsadi, jarayonlari va texnik

    komponentlari haqida ma’lumot beriladi.

    4-rasm: ECVET texnik asosining komponentlari

    Manba: Rasm ECVET foydalanuvchilari guruhi tomonidan tayyorlangan "Uzluksiz ta’lim tizimida ECVETdan foydalanish" nomli hujjatdan olingan (2012).

  • 42

    2.6. ECVET va boshqa Yevropa vositalari o’rtasidagi bog’liklar ECVET EQF, EQAVET, Europass singari keng tarqalgan Yevropa

    vositalaridan biri bo'lib, u ko'p jihatdan turli davlat va tizimlar bo’ylab ta’limning

    shaffofligini va akademik bilimlarni hamda kvalifikatsiyani tan olishni

    osonlashtiruvchi mukammal tizim hisoblanadi.

    2.6.1. EQF (Yevropa Malaka Me’yorlari) ECVET Yevropa kvalifikatsiyalarida yuqori darajada shaffoflikni ta’minlovchi, ishchilar va tinglovchilarning mobilligini osonlashtiruvchi hamda uzluksiz ta’limni ta’minlovchi Yevropa Malaka Me’yorlari (EQF) bilan birga qo’llaniladi.

    EQF barcha darajalarni va barcha turdagi ta’lim shakllarini o’z ichiga qamrab

    olgan. U EQF darajalari deb nomlangan 8 ta darajadan iborat bo’lib,

    tinglovchining nimani bilishi, tushuna olishi hamda nima qila olishi haqida

    ma’lumot beradi (batafsil ma’lumot uchun EQFda darajalarni belgilovchi

    identifikatorlar bo’limiga qarang). EQF aniq kvalifikatsiyalarni tasvirlamaydi,

    aksincha ularni darajalarga bo’lib chiqadi va Milliy Malaka Tizimlari va

    Me’yorlari (NQF) vositasi singari ularni ta’sis etmaydi.

    Ikkala vosita ham ta’limiy (erishilhan) natijalarni qo’llashda birday ishlatiladi,

    chunki EQF va ECVETning yagona maqsadi ta’limda shaffoflikka erishishdir.

    2.6.2. EQAVET Yevropa ta’lim sifat kafolati (EQAVET) vositasi Yevropa sifat kafolati me’yorlarini xorij kasb-hunar ta’lim tizimida ta’lim sifatini yaxshilash va rivojlantirish maqsadida qo’llaniladi hamda Yevropa Itiffoqi a’zo davlatlarini, ijtimoiy hamkorlarni va Yevropa Komissiyasini quyidagi maqsadlar sari birlashtiradi. ! A’zo davlatlarga bu borada samarali tamoyillarni ishlab chiqish uchun

  • 43

    ! Ta’lim sifati kafolatining milliy baholash me’yorlari va boshqa tarmoq

    a’zolari yordamida Yevropa davlatlarining ajralmas qismi hisoblangan sifat

    madaniyatini rivojlntirish uchun

    ! Ta’lim va Trening 2020 Strategiyasi kontekstida e’tirof etilgan me’yorlarni

    qo’llashda va nazorat qilishda a’zo davlatlar hamda Yevropa Komissiyasiga

    yaqindan ko’mak berish uchun

    ! EQF va ECVETda ta’lim sifati kafolati kabi o’lchov birligini qo’llashda

    yordamlashish uchun.

    2.6.3. Europass Europassning asosiy maqsadi Yevropadagi odamlarning ko’nikma va malakalarini aniq va oson tushunishlarini ta’minlash hamda tinglovchi va ishchilar uchun mobillikni yengillashtirishdan iborat. Europass milliy Europass markazlari tarmog'i tomonidan boshqariladi. Europass, malaka va kompetensiyalarni yagona shaffoflik me’yori sifatida Yevropa Parlamenti va Kengashining 15-dekabr 2004 yil, 2241/2004 /EC-sonli qarori asosida tashkil etilgan. Har bir mamlakatda (Yevropa Ittifoqi va Yevropa Iqtisodiy Mintaqasi),

    Europass hujjatlari bilan bog'liq barcha faoliyat milliy Europass markazi

    tomonidan nazorat qilinadi. Europassdan foydalanish yoki u haqda to’liqroq

    ma’lumotga ega bo’lish uchun quyida berilgan aloqa manzili juda foydali

    sanaladi.

    http://europass.cedefop.europa.eu/about/national-europass-centres

    Europassning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

    • Europass hujjalatlari boshqaruvini nazorat qilish;

    • Europassni targ’ib qilish va hujjatlarini tuzishda yaqindan yordam berish;

    • Europass va uning hujjatlashtirish ishlari bilan axborot va maslahat

    markazlarini yetarlicha xabardor qilish;

    • Barcha Europass hujjatlarining qog’oz varianti mavjudligiga ishonch hosil

    qilish;

  • 44

    • Milliy Europass markazlarining Yevropa tarmoqlarida hamkor sifatida

    ishtirok etish.

    Europass namunasi Europass shablon (namuna)ini hamda turli Yevropa tillaridagi Europass

    namunalarini topish uchun quyida berilgan havoladan foydalaning.

    http://europass.cedefop.europa.eu/documents/curriculum-vitae/templates-

    instructions.

    Europass Mobillik # Europass mobillik nima?

    Boshqa Yevropa davlatida bilim va ko’nikmalarni qayd qilish hujjati. Masalan:

    (http://europass.cedefop.europa.eu/sites/default/files/europass_mobility_exa

    mple_en.pdf)

    • Biror bir kompaniya yoki tashkilotga ishga joylashish;

    • Almashinuv dasturi doirasidagi akadem termin;

    • Nodavlat tashkilotga ixtiyoriy ravishda ishga joylashish.

    # Europass mobilligi kimga mo’ljallangan? Yoshi va ta'lim darajasidan qat'iy nazar ish tajribasini o'rganish maqsadida

    Yevropa mamlakatlaridan biriga borishni istagan xohlovchilar.

    # Europass mobillikka kim mas’ul? Mobillik loyihasiga jalb qilingan ikki hamkor ta’lim muassasasi, ya’ni

    tinglovchini boshqa TMga jo’natgan muassasa (post) hamda tinglovchini

    qabul qiladigan muassasa (host).

    Ushbu kontekstda hamkorlar universitetlar, maktablar, trening markazlari,

    kompaniyalar hamda nodavlat tashkilotlar bo'lishi mumkin.

    # Qo’shimcha ma’lumotlar hamda namunalarni olish quyidagi havoladan

    foydalaning:

  • 45

    http://europass.cedefop.europa.eu/documents/european-skills-

    passport/europass-mobility

    2.7. ECVET xronikasi: Uzluksiz rivojlanish 5-rasm: ECVET xronikasi

  • 46

    Kopengagen Deklaratsiyasi,

    2002

    •  Ishtirokchi davlatlarning ekspertlar guruhi tomonidan turli mamlakatlarning KHT tizimlari o'rtasida o'zaro muloqot va almashinuvni ta'minlaydigan tizimning asoslarini belgilashga qaratilgan.

    EI a'zo

    davlatlariining tajriba-sinov va

    rivojlanish dasturi, 2002-2009

    • Tajriba-sinov va rivojlanish dasturi ECVET qoidalari va tamoyillarini yaratishga qaratilgan. Ushbu tamoyil va qoidalar turli davlatlar o'rtasida KHT ta'minotchilari va mahalliy hokimiyatlarni jalb qilgan holda mobillik va almashinuv jarayonlarini ta'minlaydi.

    ECVET uchun

    tavsiyalar 2009

    • Ushbu hujjatga ko'ra, ECVET, Yevropa Parlamenti va Kengashi boshchiligida yaratilgan bo'lib, ECVETning umumiy tamoyillarini tasdiqlagan holda, ECVET uchun batafsil texnik mezonlarni taqdim etadi va a'zo davlatlarga bu borada turli yo'riqnomalar beradi.

    A'zo davlatlar

    tomonidan jadal qo'llash jarayoni,

    2009-hozirga qadar

    • KHTdagi barcha ishtirokchilarni ish bilan ta'minlash shart-sharoitlarini yaratish maqsadida a'zo davlatlar uchun imkoniyat yaratildi.

    Geografik mobillik to'g'risida

    ECVET qo'llanmasi,

    2011

    • 14 mahalliy agentliklar ECVETda geografik mobillikni ta'minlovchi mas'ul shaxslarga yaqindan yordam berish maqsadida birlashgan. NetECVET deb nomlangan tarmoq esa ECVET qo'llanmasini yaratgan.

    ECVETni qo'llash va baholash

    bo'yicha hisobot

    • Ushbu hisobot ta'limiy (erishilgan) natijalar tamoyili singari muvaffaqiyatlar hamda barcha tomonlar uchun foydali bo'ladigan masalalar va ECVETning boshqa tan oluvchi va shaffoflikni ta'minlovchi vositalar bilan bir vaqtning o'zida qo'llanilishi to'g'risidagi tavsiyalardan tarkib topgan.

    2017

    • ECVET tizimiga kiritilishi mumkin bo'lgan o'zgarishlar to'g'risida suhbat tashkil etish.

  • 47

    2.8. ECVET kredit texnologiyasi to’g’risida qo’shimcha manbalar ECVET - asosiy tamoyil va texnik komponentlarni o’z ichiga olgan murakkab

    texnik asos hisoblanadi. ECVET dasturini qo’llash maqsadida yanada keng

    qamrovli yondashuvni ishlab chiqishdan manfaatdor shaxslar, avvalambor,

    uning texnik asosini to'liq tushunishlari lozim. Quyidagi jadvalda, ECVETni

    qo’llashda yanada keng qamrovli yondashuvlardan foydalanish uchun kerakli

    bo’lgan muhim hujjatlar ro’yxati berilgan.

    2-jadval: Muhim ECVET manbalari

    Qonuniy asos

    ECVET uchun tavsiyalar (ECVET Recommendation) (2009)

    EQF uchun tavsiyalar (EQF Recommendation) (2017)

    ECVET foydalanuvchilari ucnun qo’llanma

    I qism: ECVETni yaqindan bilish: savol va javoblar (2011)

    II qism: ECVETdan geografik mobillik uchun foydalanish (2012)

    III qism: Uzluksiz ta’lim tizimida ECVETdan foydalanish (2011)

    Onlayn manbalar

    Onlayn ECVET: savol-javoblar (On-line ECVET Q&A)

    ECVET mobillik uchun qo’llanma - ECVET Toolkit

  • 48

    2.9. KHT amaliyotchilari uchun ECVETning asosiy tushunchalari

    1. ECVETning bosh maqsadi:

    ð Uzluksiz ta’lim

    ð Geografik mobillik

    2. ECVET ob’yekti:

    ð Kasbiy malakalarni egallash 3. ECVET ta’lim jarayoni hamda TM, mehnat sarfi va o’rganish uslublariga emas,

    aksincha ta’limiy (erishilgan) natijalarga asoslanadi.

    ð Ta’limiy (erishilgan) natijalar tinglovchining nimani bilishi, nimani tushuna

    olishi hamda o’quv jarayoni yakunida nimalar qila olishini belgilab beradi.

    ð Ushbu tamoyil EQF, EQAVET, VNFL singari Yevropa Ittifoqining ta’limda

    shaffoflikni ta’minlab beruvchi barcha vositalari uchun bir xil.

    4. ECVET ta’limiy (erishilgan) natijalarning qaysi ta’lim kontekstida

    erishilganligidan qat’iy nazar, kasbiy malakani egallash uchun qo’llanila oladi.

    ð Rasmiy ta’lim

    ð Norasmiy ta’lim (A)

    ð Norasmiy ta’lim (B) (malaka oshirish, stajirovka)

    ð Chet elda ta’lim olish

    5. ECVETning asosiy tamoyillari:

    ð Ta’limiy (erishilgan) natijalardan tashkil topgan yunitlar asosida malakalar

    tavsifi

    ð ECVET birlik (ball)lari

    ð Ta’limiy (erishilgan) natijalarni ko’chirish va yig’ish, ECVET doirasidagi

    hamkorlik

  • 49

    6. ECVETdagi ta’limiy (erishilgan) natijalardan tashkil topgan yunitlar

    ð Yunit malakaning asosini tashkil etadi

    ð Yunitni muvaffaqiyatli tugatish jarayoni kredit deb tan olinadi

    ð Barcha kreditlarning yig’indisi tinglovchi tomonidan malakani egallanganligini

    bildiradi.

    7. ECVET yunitlarining modul yoki kurslardan farqi:

    ð Yunitlar malaka tavsiflariga tegishli bo’ladi.

    ð Modul va kurslar esa o’quv rejaning komponentlari bo’lib, rasmiy ta’lim yoki

    o’quv kurslariga tegishli bo’ladi.

    ð Yunit rasmiy ta’lim yoki o’quv kurslarining komponetlari hisoblangan modul

    va kurslar bilan almashtirilmasligi kerak. Ammo ayrim davlatlar va ta’lim

    muassasalari o’zlarida mavjud ta’limiy modullarni yunitlar deb atashadi.

    ð Yunitlar rasmiy ta’lim dasturlarini ishlab chiqishda keng qo’llanilishi mumkin.

    8. ECVET vositalari va metodologiyasi

    ð Kvalifikatsiya o Ta’limiy (erishilgan) natijalardan tarkib topgan yunitlar asosidagi

    malakalarning tavsifi

    ð Ajratilgan kreditlar soni ð Kredit ko’chirish va yig’ish jarayoni

    o Ta’limiy (erishilgan) natijalardan yashkil topgan yunitlarning baholash

    mezonlari

    o Ta’limiy (erishilgan) natijalarni muvofiqlashtirish

    o Ta’limiy (erishilgan) natijalarni o’zaro tan olish

    ð ECVET doirasidagi hamkorlikning sifati va shaffofligini ta’minlovchi

    hujjatlar o Shartnoma (Memorandum of Understanding) o O’zaro kelishuv (Learning Agreement) o Tinglovchining shaxsiy yutuqlarini qayd qilish daftarchasi (Learners’

    transcript of record).

  • 50

    3. RASMIY KASBIY TA’LIM DASTURLARINI ECVETDAN FOYDALANGAN HOLDA O’ZGARTIRISH UCHUN TAVSIYALAR ! Yunitlarga asoslangan kvalifikatsiyalarni ishlab chiqishda ularning asosiy

    tamoyil va jarayonlarini tushunish ECVET tamoyillariga asoslangan rasmiy

    ta’lim dasturlarni yaratishda yoki qayta ishlab chiqishda juda muhim sanaladi.

    ! Ta’lim jarayonida malaka ta’limiy (erishilgan) natijalardan tarkib topgan

    yunitlardan tashkil topmasa, KHT muassasalari ECVET tamoyillari asosida

    mobil yunitlardan foydalanishi mumkin.

    3.1. ECVET tamoyillaridan foydalangan holda yunitga asoslangan malaka va ta’lim dasturlarini yaratish ! Ko'pgina Yevropa davlatlarida malaka indikatorlari ushbu malakaga

    tayyorlaydigan ta'lim va o'quv dasturlarining indikatorlaridan mustaqil

    bo'lishiga qaramasdan, ular o'rtasida kuchli bog'liqlik mavjud.

    ! Malaka tavsif (indikator)lari rasmiy o'quv dasturlarining asosiy mazmuni va

    hattoki tuzilishini belgilashda muhim o’rin tutadi.

    ! ECVET kredit texnologiyasida ta’limiy (erishilgan) natijalardan tarkib

    topgan yunitlar malaka indikatorlarining muhim komponenti sanaladi va shu

    bilan birga ular ta’lim va o’quv dasturlarining asosiy mazmuni va tuzilishini

    belgilab beradi.

    ! Yunit rasmiy ta’lim yoki o’quv dasturlarining komponetlari hisoblangan

    modul va kurslar bilan almashtirilmasligi kerak. Ammo ayrim davlatlar va

    ta’lim muassasalari o’quv rejalarida mavjud ta’limiy modullarni yunitlar deb

    atashadi.

    ! Yunitlar va boshqa komponentlar o’rtasidagi bog’liqlik malaka tizimi va

    ta’lim muassasalariga bevosita bog’liq bo’ladi.

    Masalan:

    " Ssenariy A: Ba’zan kasb-hunar ta'limi muassasalarida o'quv dasturlari

    yunitlarni bosqichma-bosqich o’rganish uchun ishlab chiqilgan. Masalan,

    tinglovchi ta’limning dastlabki oyida o’rgangan materiallarining hajmiga qarab

    bir yoki bir nechta yunitlarni qamrab olishi mumkin. Shu tarzda tinglovchi

    birin-ketin yunitlarni o’rgana boshlaydi.

  • 51

    " Ssenariy B: Boshqa tizimlarda esa yunitlarning barcha ta’limiy (erishilgan)

    natijalariga butun o'quv dasturi yakunida erishiladi.

    " Ssenariy C: Davomiy (yunit davomida) baholash yakuniy baholash bilan

    bir vaqtning o’zida qo’shilgan holda tashkil qilinishi ham mumkin.

    6-rasm: ECVET tamoyillarini qo’llagan holda yunitga asoslangan malakadan davlat ta’lim dasturlariga o’tish

    Malta San'at, Fan va Texnologiya Kolleji (MCAST) ning KHT dasturlari

    MCAST ECVET tomonidan tavsiya etilgan aniq metodologiya asosida o’quv

    rejadagi malakaviy tavsiflarni ishlab chiqadi.

    MCAST 2011-2013 yillarda ESF loyihalari orqali ECVET tizimi doirasida 1-

    darajadan 4-darajagacha bo’lgan dasturlarni sinovdan o’tkazdi. Uch yil oldin

    ushbu tizim kollejning o’z daturlarini yaratguniga qadar barcha ta’limiy

    dasturlar uchun tadbiq etildi.

    ECVETni tadbiq qilish jarayonida MCAST ta’lim sohasiga oid

    kompetensiyalarni aniqlash maqsadida sanoat sektoridagi va kasbiy

    ta’limdagi mutaxassislar bilan birga sohalarning funksional xaritasini ishlab

    chiqdi. Barcha kompetensiyalarni tinglovchilarga yetkazish maqsadida ta’limiy

    Vakolatli tashkilotlar tomonidan

    malakalarning tavsifini yaratish

    Ta’limiy (erishilgan) natijalardan tashkil

    topgan yunitlar asosidagi kvalifikatsiya (malaka)larning tavsifi

    ECVET birlik (ball)larining taqsimoti

    Baholash va tan olish jarayonini ishlab chiqish

    Vakolatli tashkilotlar tomonidan

    yaratilgan rasmiy ta'lim dasturlari

    (e.g. KHT muassasalari)

    Ta'limiy (erishilgan) natijalardan

    tashkil topgan yunitlarning rasmiy ta'lim

    tuzilmasi o'rtasidagi bog'liqlik

    Baholash va tan olish jarayonlari

    o'rtasida bog'liqlik, ta'limiy (erishilgan) natijalardan tarkib topgan yunitlarni

    muvaffaqiyatli tugallash hamda ularga ECVET ballarni ajratish

  • 52

    (erishilgan) natijalaridan iborat yunitlarga bo’lindi. Ta’lim dasturlari va yunitlar

    ta’limiy (erishilgan) natijalar asosida yaratildi. MCASTda 1 kredit 25 akademik

    soatga teng. Kredit tizimi barcha o’qitish shakllarining nazoratini o’z ichiga

    oladi (auditoriya va auditoriyadan tashqari). Auditoriyadan tashqari soatlar

    baholash va baholanishga tayyorlanish jarayonlaridan tashkil topgan.

    ECVETning afzalliklaridan biri bu shaffoflikdir. O’quv dasturi so’ngida MCAST

    tinglovchilarining olgan baholari, xususiyatli kreditlari hamda umumiy o’quv

    yuklamasi to’g’risidagi barcha ma’lumotlar unifikatsiyalashgan hujjat

    (transcript)da qayd etiladi. Ushbu hujjat ish beruvchilarning tinglovchi yoki

    bo’lajak ishchining o’z sohasidagi bilim va ko’nikmalarini batafsil bilib olishlari

    uchun juda muhim sanaladi. Ushbu hujjat malakani muvaffaqiyatli darajada

    yakuniga yetgazmagan tinglovchilarning qaysi yunitlarni o’tganligi tog’risida

    ham xabar beradi va unda tinglovchining ta’limni boshlagan davridan boshlab

    erishgan barcha yutuqlari qayd etib boriladi, bu esa bevosita ish bilan

    ta’minlovchilar uchun dalil vazifasini o’taydi. Har bir yutuq e’tirof etilganligi

    sababli, uzluksiz ta’lim tizimini takomillashtirish hamda tinglovchilarni yanada

    bilim olishga undash o’ta muhim sanaladi.

    ECVETning joriy etilishidan boshlab, MCAST tinglovchilari ECVET kredit

    texnologiyasidan foydalangan holda boshqa Yevropa ta’lim muassasalarida

    o'z malakalarining bir qismini egallashga muvaffaq bo'lishdi. Boshqa

    tomondan, Yevropa ta’lim muassasalari tinglovchilari esa ba'zi yunitlarning

    ta’limiy (erishilgan) natijalarini egallash uchun MCASTda tahsil olishdi. Ushbu

    tashabbus tinglovchilarga chet elda o’z tajribalarini boyitishga, madaniyat va

    an'analarni yaqindan o’rganishga hamda Yevropaning o’ziga xos xususiyatlari

    bilan tanishishga yaqindan yordam beradi.

    ECVET me’yorlaridan foydalangan holda Yevropa ta’lim muassasalari bilan

    hamkorlik aloqalarini o’rnatgandan so’ng mobillik (bir joydan ikkinchi joyga

    harakatlanish) imkoniyatini beradi. ECVETning 8 ta asosiy xususiyatlaridan

    biri hisoblangan shartnoma (Memorandum of Understanding) bu kabi

    hamkorliklarni qo’llab-quvvatlaydi va hamkorlikning asosiy shartlarini aniqlab

  • 53

    beradi. Bir ta’lim muassasidan boshqa ta’lim muassasiga borib tahsil oluvchi

    tinglovchi ta’lim olish muddati va shart-sharoitlari bilan yaqindan

    tanishtiradigan hujjat – o’zaro kelishuv (Learning Agreement) bilan

    ta’minlanadi.

    ECVETning MCAST ta’lim tizimiga kirib kelishi ta’lim muassasasi hamda

    tinglovchilar uchun juda muhim qadam bo’ldi. Shu sababli MCAST ECVET

    kredit texnologiyasi orqali kelajakda yangi imkoniyatlarni hamda Yevropa

    ta’lim muassasalari bilan o’zaro hamkorlik aloqalarini kengaytirishni o’z oldiga

    bosh maqsad qilib belgiladi.

    3.2. Yunitlarga asoslanmagan kvalifikatsiyalarda ECVET kredit tizimidan foydalanish “ECVET foydalanuvchilari uchun qo’llanma”da ushbu masala bo’yicha

    quyidagicha fikr yuritiladi:

    " Kvalifikatsiyalar yunitlar tarzida yaratilmagan hamda yunitlarning

    kreditlarini yig’ishga ruxsat bermagan davlatlarda ham faqatgina mobillik

    uchun yaratilgan yunitlarni ishlab chiqish evaziga ECVETdan geografik

    mobillik uchun foydalanilsa bo’ladi.

    " Bunday paytda mobillik uchun yaratilgan yunitlar malakaning tarkibiy

    qismi sifatida qabul qilinmaydi. Ular tinglovchi egallamoqchi bo’lgan

    malakaning ta’limiy (erishilgan) natijalaridan iborat bo’ladi, tinglovchi ushbu

    natijalarga faqatgina mobillik davrida erishadi va ular chet elda baholanadi.

    Ushbu yunitlar uchun belgilangan kreditlar ko’chirilishi mumkin va ta’limiy

    (erishilgan) natijalar tinglovchining o’z mamlakatida tan olinadi, shu bilan

    birga tinglovchi ta’lim muassasasi belgilagan ma’suliyatdan ozod etiladi

    (tinglovchi ushbu ta’lim jarayoniga qayta jalb qilinmaydi). Ammo tinglovchi

    malakani ta’sis etishdan oldin topshiriladigan yakuniy imtihondan

    " muvaffaqiyatli o’tsagina, erishilgan natijalar ta’lim muassasasi tomonidan

    haqiqiy deb tan olinadi.

  • 54

    3.3. Ta’limiy (erishilgan) natijalardan tashkil topgan yunitlarni yaratishning asosiy bosqichlari ! Ushbu qo’llanmada malakalar uchun batafsil tafsiflarini ishlab chiqish

    jarayoni va bosqichlari hamda RUECVET loyihasining tahlili va

    metodologiyasi asosiy ob’yekt sifatida o’rganilmasa-da, ta’limiy (erishilgan)

    natijalardan tashkil topgan yunitlarni yaratish bo’yicha asosiy masalalarni

    tushunish ECVET tamoyillariga asoslangan rasmiy ta’lim dasturlarini

    yaratishda va qayta tuzishda juda muhim sanaladi.

    ! Yunitlardan tashkil topmagan malaka tizimida faoliyat yuritayotgan KHT

    o’qituvchilari va KHT muassasalari mobillik yunitlarini yaratishda ECVET

    tamoyillaridan foydalana oladi.

    Kvalifikatsiyalar yunitlar tarzida yaratilmagan hamda yunitlarning

    kreditlarini yig’ishga ruxsat bermagan davlatlarda ham faqatgina

    mobillik uchun yaratilgan yunitlarni ishlab chiqish evaziga ECVETdan

    geografik mobillik uchun foydalanilsa bo’ladi.

    ECVET milliy malaka tizimlari o’rnida qo’llanilish uchun yaratilmagan.

    Ushbu tizim Yevropa darajasida mobillik hamda ixtiyoriy kontekstda

    amalga oshirilishi mumkin.

  • 55

    7-rasm: ECVET tamoyillari yordamida yunitlarga asoslangan kvalifikatsiyalarni yaratish bosqichlari

    3.3.1 Ta’limiy (erishilgan) natijalardan tashkil topgan yunitlarni yaratish ! Ushbu qo’llanmada bir necha marotaba ta’kidlanishicha, ta’limiy

    (erishilgan) natijalar ECVET jarayonining boshlang’ich nuqtasi hisoblanadi.

    Qo’llanilish doirasidan qat’iy nazar, barcha kasbiy ta’lim ta’minotchilari hamda

    o’quv reja bo’yicha mutaxassislar har bir ta’lim dasturi va mashg’ulot uchun

    alohida ta’limiy (erishilgan) natijalarni yaratishi lozim. Ta’limiy (erishilgan)

    natijalardan iborat malaka tizimida malakalar hamda o’quv dasturlari

    o’rtasidagi ta’limiy (erishilgan) natijalarni o’zaro bog’lash juda muhim

    hisoblanadi. Ammo ta’lim muassasasida ushbu jarayonlarning birortasi

    Muvofiqlashtirish va sertifikatlash jarayonini ishlab chiqish

    Baholash jarayonini ishlab chiqish

    Baholash mezonlarini ishlab chiqish

    Ta'limiy (erishilgan) natijalar/yunitlarni yig'ish jarayonini ishlab chiqish

    Ta’limiy (erishilgan) natijalardan tashkil topgan yunitlar asosidagi

    kvalifikatsiya (malaka)larning tavsifi KSC va EQFdagi

    daraja deskriptorlarini aniqlash

    Yunitlarning mazmuni va hajmini aniqlash

    ECVET birlik (ball)larni ajratish (ixtiyoriy)

  • 56

    mavjud bo’lmasa, kasbiy ta’lim ta’minotchilari ushbu ta’limiy (erishilgan)

    natijalarni mobillik yunitlarini yaratish uchun qo’llaydi.

    ! Ta’limiy (erishilgan) natijalardan tashkil topgan yunitlarni yaratish va tan

    olish jarayoni turlicha bo’ladi va ushbu jarayonda boshlang’ich asos kabi

    omillarning ta’siri kuchli bo’ladi.

    Masalan:

    " hech qanday boshlang’ich asos (standart hujjat) ga ega bo’lmagan

    yangi yunitlarni yaratish

    " boshlang’ich asos (standart hujjat) ga ega bo’lgan yangi yunitlarni

    yaratish, masalan O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tarmoq ta’lim

    standarti

    Yunitni yaratishda va muvofiqlashtirishda istalgan tamoyilni tanlashga

    qaramasdan, jarayonning ilk bosqichidayoq mutaxassis va vakolatli tashkilot

    vakillarini jalb qilish tavsiya etiladi, bu esa bevosita yaratishni ta’minlaydi.

    Yunit mazmuni, darajani belgilash hamda kredit qiymati turli tajriba va

    qarashlar bilan bog’liq bo’ladi.

    ! Ta’limiy (erishilgan) natijalardan tarkib topgan yunitlarni yaratishda va

    muvofiqlashtirishda quyidagi mutaxassis vakillarni jalb qilish talab etiladi:

    " Sanoat sektori vakili / ish beruvchi

    " Professional kasb egalari / mutaxassis amaliyotchilar

    " KHT instruktorlari

    " O’quv reja bo’yicha mutaxassislar

    " Malaka bilan ta’minlovchi tashkilotlar

    " Tinglovchilar

  • 57

    8-rasm: Ta’limiy (erishilgan) natijalardan tashkil topgan yunitlarni yaratish ko’p bosqichli jarayon bo’lib, quyidagi bir-biriga bog’liq bosqichlardan iborat:

    3.3.2 Ta’limiy (erishilgan) natjalarga asoslangan yunitlarni yaratish modellari Ta’limiy (erishilgan) natijalarni aniqlash jarayonidagi barcha bosqichlarning

    keng qamrovli tahlili ushbu qo’llanma va loyihada berilmagan bo’lsa ham,

    qo’llanmaning keyingi bo’limlari ECVET tizimiga asoslangan tavsiyalarni

    muhokama qiladi.

    Funktsional tahlil / Kasbiy standartlar Funktsional tahlil hamda kasbiy standartlar bandlik ehtiyojlari to’g’risida turli

    qarashlarni ifodalab, sohaga oid o’quv rejalarni ishab chiqishda yaqindan

    yordam beradi.

    " Kasbiy funktsiyalar, vazifa va jarayonlar yunitlarni ishlab chiqish uchun

    asos vazifasini o’taydi. Bularning barchasi, ayniqsa, yunitlar ma’lum bir soha

    yoki kasbga aloqador ta’limiy (erishilgan) natijalari bilan bog’liq bo’lsa, juda

    muhim sanaladi.

    Asosiy funksiyalarni

    aniqlash

    Bilim, ko'nikma va

    kompetensiyalar bo'yicha ta'limiy

    natijalarni aniqlash

    (avtonomiya va o'ziga ishonch

    darajasi)

    NQF va EQF me'yorlari

    bo'yicha daraja deskriptorlarini

    aniqlash

    Ta'limiy natijalarni yozishda

    taksonomiyadan foydalanish

    (masalanBlum)

  • 58

    " Malaka talablarini ishlab chiqish uchun asos sifatida tayyorlanadigan

    soha va kasb to’g’risida haqiqatni ifoda etgan ma’lumotlardan foydalanishning

    bir nechta afzallik tomonlari bor:

    o Malaka talablari bir tizimdan boshqa tizimga yoki bir davlatdan

    boshqa davlatga o’tganda o’zgarsa, ish joyidagi vazifalar, topshiriq

    turlari hamda umumiy jarayonlar odatda bir xil bo’ladi.

    o Uzluksiz ravishda sinalgan ECVET loyihalariga ko’ra, hamkor ta’lim

    muassasalari mutaxassislikka oid topshiriq, vazifa va jarayonlarni

    o’zaro muhokama qilib olsa, malakaning boshqa ta’lim muassasasida

    egallangan qismini aniqlash ancha oson bo’ladi, aksincha o’quv reja

    o’zaro muhokama qilinmasa, bu ancha qiyinchilik tug’diradi.

    o Shuningdek, ushbu jarayon malaka mazmunini ta’lim va o’qitish

    sohasidan manfaatdor tomonlar, masalan ish bilan ta’minlovchilar

    bilan ham muhokama qilishga olib keladi.

    o Ish joylarida topshiriq, vazifa va jarayonlaridan foydalanish ta’limiy

    (erishilgan) natijalarning baholash jarayoniga to’liq mos keladi.

    o Funktsional tahlil norasmiy (malaka oshirish, stajirovka va h.k) ta’lim

    jarayonida erishilgan ta’limiy natijalarni baholash, muvofiqlashtirish

    hamda o’zaro tan olish jarayonlariga ham mos tushadi.

    o Topshiriq, vazifa kabi kasbiy jarayonlar odatda malakaga oid ish

    profilida batafsil yoritiladi. Shunda yunitlarni yaratishda kasbiy

    profildan foydalansa bo’ladi. Shu bilan birga bir nechta kasblarga

    tayyorlaydigan malakalar ham mavjud, ushbu holatda yagona kasbiy

    profilni aniqlash mumkin bo’lmaydi. Bu kabi hollarda yagona kasbiy

    profilga tegishli bo’lmagan topshiriq, vazifa va jarayonlar to’g’risidagi

    ma’lumotlarga murojaat qilish mumkin.

    3.3.3 Funksional tahlil Funksional tahlil deduktiv strategiyani qo’llagan holda soha yoki kasbga oid

    kerakli kompetensiyalarni aniqlashda qo’llaniladigan metod hisoblanadi.

    Asosiy e’tibor mavjud kasbiy faoliyatdan uning funksiya (vazifa) yoki

    natijalariga qaratilsa, malaka talablarini ishlab chiqishda ta’limiy natijalarga

  • 59

    erishish usullari hamda texnologiyalardan mustaqil ravishda bajariladi.

    Boshqacha ta’riflaganda, funksional tahlil odamlar nima qilayotgani o’rniga,

    ular nimaga erishishi lozimligini tasvirlaydi (Mitchell, L. va Mansfield B.,

    1996).

    RUECVET loyihasi ta’limiy (erishilgan) natijalarni aniqlashda funksional

    tahlildan foydalanishni tavsiya etadi. Kasbiy faoliyat sohadagi har bir aspektni

    ifodalash orqali katta guruhlarga bo’linishi mumkin. Kasbning har bir faoliyat

    turini tasvirlaydigan funksiyalar funksional tahlilni hosil qiladi. Bu kabi jarayon

    o’rganilayotgan sohaning bir-biridan farqli tomonilarini ko’rishda yaqindan

    yordam beradi.

  • 60

    Funksional tahlil orqali ta’limiy (erishilgan) natijalarga asoslangan yunitlarni aniqlash

    Funksional tahlil ma’lum bir kasbiy sektorning o’ziga xos tomonlari hamda

    undagi faoliyat turlarini aniqlashda keng qo’llaniladigan muhim vosita

    hisoblanadi. Bu turli malakalar o’rtasida mavjud kasbiy kompetensiyalarni

    aniqlashda asosiy jarayon vazifasini bajaradi.

    Funksional tahlil ishchi o’z kasbiy faoliyatida nimalar qila olishi, shu bilan

    birga ushbu tahlil malaka yakunida tinglovchi qanday ta’limiy natijalarga

    erishishi to’g’risida batafsil ma’lumot beradi. Funksiyalar deganda

    kasbning ajralmas qismi hisoblangan faoliyat turlari tushuniladi, ammo

    funksiya istalgan faoliyat turi bo’la olmaydi.

    Funksiyalar ishchiga tegishli aniq maqsad va natijalarni belgilab beradi.

    Ishchilar bajarishi kutilgan funksiyalar aniqlashtirib olinsa, shundagina

    faoliyat mezonlariga mos tushadigan bilim va ko’nikmalarni aniqlash oson

    bo’ladi. Funksional tahlilni bajarish uchun biror bir kasbiy soha tanlanadi

    hamda ishchining o’sha sohada bajarishi kerak bo’lgan aniq ish faoliyati

    (turlari) aniqlamaguniga qadar kichik elementlarga bo’linadi. Shundagina

    funksiyalar, ya’ni ishchilar o’z kasbiy faoliyatida nimalar qila olishi

    mumkinligi kelib chiqadi.

    Funksiyalar aniqlangan keyin ish beruvchilar ishchilar bilan yunitlarning

    mazmuni, ya’ni ular ma’lum kasb bo’yicha bajarishi kerak bo’lgan ishlar

    hamda o’sha sohaga oid bilim va ko’nikmalar to’g’risida gaplashib

    olishadi.

  • 61

    3.3.4 Bilim, ko’nikma va kompetensiyalar (KSC) asosida ta’limiy (erishilgan) natijalarni tasvirlash hamda Yevropa malaka me’yorlari (EQF)ning daraja deskriptorlarini aniqlash Ta’limiy (erishilgan) natijalar tushunchasi o’qitish jarayoni (ayniqsa kasbiy

    ta’lim)da yangi tushuncha bo’lmasa-da, bugungi kundagi uch tomonlama

    kompetensiyalar hamda mukammal ta’limiy natijalarga ta’lim olayotganlar

    uchun ular to’g’risidagi butunlay boshqa tasavvurni beradigan “paradigmatik

    o’zgarish” sifatida qaralmoqda. O’rganishning ushbu yangicha namunasi

    oqibatida ta’limiy (erishilgan) natijalar KHT tizimi hamda undagi mavjud

    malakalar, umumiy va oliy ta’lim o’quv rejalari hamda dasturlarini qayta ko’rib

    chiqishda juda muhim ahamiyatga ega, ammo bu jarayon rivojlanishning turli

    bosqichlarida bo’lgan davlatlar uchun turlicha kechadi (Cedefop, 2010).

    " Ta’limiy (erishilgan) natijalar tinglovchining nimani bilishi, tushunishi

    hamda ta’lim jarayoni yakunida nimani qila olishi to’g’risida xabar beruvchi

    gaplar hisoblanadi.

    Funksional tahlil tegishli soha yoki kasb bo’yicha ma’lum bilimlarga ega

    ekspertlar guruhi tomonidan ishlab chiqiladi. Ushbu tahlil ish

    beruvchilarning xodimardan nimalar talab qilayotganini aks ettirganligi

    sababli, funksional tahlilni ishlab chiqish guruhiga ularni ko’proq jalb qilish

    talab etiladi.

    Ishchi-xodimlar, o’z sohasining mutaxassislari hamda savdo organlari

    vakillari ham funksional tahlilni ishlab chiqishda o’z hissalarini qo’shishi

    mumkin. Qattiq ta