Upload
others
View
38
Download
0
Embed Size (px)
Citation preview
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
SAMARQAND DAVLAT CHET TILLAR INSTITUTI
IJTIMOIY FANLAR KAFEDRASI
FALSAFIY MUNOZARA VA YOSH NOTIQLAR
TO’GARAGI
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
2017-YIL 27-NOYABRDAGI “O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
BIRINCHI PREZIDENTI, BUYUK DAVLAT VA SIYOSAT
ARBOBI ISLOM ABDUG’ANIYEVICH KARIMOV
TAVALLUDINING 80 YILLIGINI NISHONLASH
TO’G‘RISIDA“GI QARORI IJROSINI TA’MINLASH
MAQSADIDA
“ISLOM KARIMOV – MUSTAQIL O’ZBEKISTON
DAVLATINING ASOSCHISI” MAVZUSIDAGI AMALIY ANJUMAN MATERIALLARI
TO‘PLAMI
Samarqand - 2018
2
UO’K 9
KBK 633 (5O‘zb) 45
I-80
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-noyabrdagi
„O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti, Buyuk davlat va siyosat arbobi
Islom Abdug’aniyevich Karimov tavalludining 80 yilligini nishonlash
to’g‘risida“gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “ISLOM KARIMOV –
MUSTAQIL O’ZBEKISTON DAVLATINING ASOSCHISI” mavzusidagi amaliy
anjuman materiallari to’plami.
To’plam Samarqand davlat chet tillar instituti Ijtimoiy fanlar kafedrasi
Falsafiy munozara to’garagi rahbari X.S.Ashurova tomonidan tayyorlandi.
To’plam Samarqand davlat chet tillar instituti Ijtimoiy fanlar kafedrasi Ilmiy
seminari 15-yanvar 2018-yil 5- yig’ilish qarori bilan chop etishga tavsiya qilingan.
Mas’ul muharrirlar D.T. Amridinova – falsafa fanlari nomzodi dots.
X.S.Ashurova-Ijtimoiy fanlar kafedrasi o`qituvchisi
Taqrizchilar M.J.Bozorov – falsafa fanlari nomzodi, dots.
R.S.Mardonov- falsafa fanlari nomzodi, dots.
Maqolalardagi kamchiliklarga mualliflar javobgar
© Samarqand davlat chet tillar instituti, 2018
3
ISLOM KARIMOV – MUSTAQIL O’ZBEKISTON DAVLATINING
ASOSCHISI
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI BIRINCHI PREZIDENTI ISLOM
KARIMOV XOTIRASIGA BAG’ISHLANADI!
Farzandlarimiz bizdan ko’ra kuchli, bilimli, dono va albatta, baxtli bo’lishlari
shart. Islom Karimov
Ta’limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta’limdan ajratib bo’lmaydi – bu sharqona
qarash, sharqona hayot falsafasi. Islom Karimov
Biz uchun tarixiy, madaniy, umuman ma’naviy qadriyatlar, xalqimizning
ruhini baland saqlash, yosh avlodni tarbiyalash asosiy vazifa bo’lib qolishi
kerak. Islom Karimov
„Ma’naviyat – insonni ruhan poklanish, qalban ulg’ayishga chorlaydigan,
odamning ichki dunyosi, irodasini baqquvvat, iymon-e’tiqodini butun
qiladigan, vijdonini uyg’otadigan beqiyos kuch, uning barcha qarashlarining
mezonidir“
Islom Karimov
Har qanday millatning ravnaqi, umumbashariyat tarixida tutgan o’rni va
shuhrati bevosita o’z farzandlarining aqliy va jismoniy yetukligiga bog’liqdir.
Islom Karimov
4
BIZ HECH KIMDAN KAM EMASMIZ VA KAM BO’LMAYMIZ HAM!
Ashurova Z.,
SamDCHTI talabasi
“Moziyga qaytib ish ko’rish xayrlik, deydilar”,- deb yozadi Qodiriy bobomiz
mashhur “O’tgan kunlar”ining debochasida…O’ylanib qolaman, tizginsiz xayollar
allaqayoqlarga olib ketadi. Nihoyat, tushunganday bo’laman. Darhaqiqat, orqaga
nazar tashlab, har bir kunimizni sarhisob qilsak, ulardan saboq chiqaramiz, bundan
keyin nima qilishimiz kerakligini aniq-tiniq ko’z oldimizga keltira boshlaymiz.
Yaxshi niyatlar bilan xalqimizning yaqin o’tmishdagi sahifalarini varaqlasam,
ularda O’zbekistonim bo’g’ziga qonli qo’llarini qadab turgan mustabid tuzum va
uning jirkanch, vahshiyona qiyofasini ham ko’rgandek bo’laman. Shoxlari
osmonlarga, tomirlari yer qa’rigacha yetgan xalqimizni asrlar osha ulug’lanib,
sayqal topib kelayotgan milliy qadriyatlaridan, urf-odat, an’analaridan ayirish
yo’lidagi ko’z ko’rib, quloq eshitmagan xatti-harakatlar – chi?! Inson biror bir
sabab bilan moddiy boyliklaridan mosuvo bo’lishi mumkindir. Biroq uni tarixiy
ildizlaridan ajratish va shu asnoda manqurtga aylantirishga urinish vahshiylik
hisoblanadi. Ma’naviy tomirlari qirqilgan xalq esa misoli tomiri qurigan daraxt. U
o’tindan boshqasiga yaramaganiday, boshi egik, yelkasi qisiq, diydasi qattiq
manqurtlar ham xo’jasiga “labbay” deyishdan boshqasiga yaramaydi.
Vatanim tarixi bilan bog’liq yuqoridagi singari qora sahifalarni mutolaa qilar
ekanman, har gal ulardan to’g’ri xulosa chiqarishga, shuning barobarida o’zimni,
o’zligimni anglashga harakat qilaman. Qalbimizni tik, boshimizni baland qilgan
istiqlolimizga shukronalar aytaman. Shu yo’lda ne-ne mashaqqatlar chekkan buyuk
INSONlar, eng avvalo, O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti
I.A.Karimov qarshisida tiz cho’kib ta’zim qilishga tayyorman.
Daryolarning izlarida daryo bo’lgay,
Daholarning avlodi ham daho bo’lgay. (I.Mirzo)
Tarix g’ildiragini ortga qaytarish, uni istalgancha tasarruf etish aqlga
sig’maydigan ish. Har qanday yovuzlikning ibtidosi bo’lganidek, intihosi ham
albatta bo’ladi. Asl javohirning bahosi qanchalik yerga urilmasin tushmaydi.
5
Buning isbotini Vatanimiz timsolida ham ko’ramiz. Kimlardir bizni “savodsiz”,
“yovvoyi” deb tahqirlashib, o’zlarini osmonlarga ko’tarishdi. Biroq yolg’onning
baribir misi chiqarkan. Bugun butun dunyo ahli kimning aslida kim ekanligini,
nimalarga qodirligini ko’rib, ta’bir joiz bo’lsa, barmog’ini tishlab turibdi! Oqqan
daryo oqaveradi, degan gap bejizga aytilmagan. Darhaqiqat, toshqin daryoni
to’xtatish insonning qo’lidan kelmaydi. Majoziy ma’noda esa ulug’ o’tmishga ega
xalq orasidan qanchalik to’sqinlik bo’lmasin, barchani lol qoldiruvchi insonlar
chiqaveradi: buyuk ajdodlar izidan xuddi shunday avlodlar dunyoga keladi. Zero,
tinchlikni birinchi o’ringa qo’ygan shukronalik bilan yashaydigan, yoshlar ta’lim –
tarbiyasiga alohida e’tibor qaratgan xalq o’zi ekkan daraxtning totli mevasidan
bahramand bo’ladi va uni kelajak avlodlariga meros qilib qoldiradi.
Hech kimdan kam emasmiz,
Kam bo’lmaydi, O’zbek! (I.Mirzo)
O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov “Biz hech
kimdan kam emasmiz va kam bo’lmaymiz ham!” degan mulohazani bildirganlarida
kun kelib ushbu fikrning xalqimiz shuurini egallashi, uni yuksak marralar sari
chorlashi, balki, ko’pchilikning xayoliga kelmagandir… Aslida shunday bo’lib
chiqdi. Chunki bu purma’no hikmat orqali Prezidentimiz o’zbek xalqining
dilidagini tiliga chiqardi. Natijada o’zbekistonliklar qullik o’tmishda qolganligini,
o’zlarining ham minbarlarda gerdayib o’tirishga, yig’inlarda to’rdan joy olishga
haqlari borligini, qaysi jabhada bo’lmasin, tenglar ichra teng bo’lib yashashlari
mumkinligini tushundilar. Ongning yangilanishi insonlar qalbida bizning hech
kimdan kam emasligimizni isbotlash tuyg’usini uyg’otdi. Bu esa yorqin kelajak sari
olg’a bosish yo’lidagi eng asosiy qadamdir.
Rahmatli bobom bilan suhbatlashganimda, u kishi har gal bir gapni
takrorlashdan charchamasdilar: “Qizim, O’zbekistonni xudo yarlaqagan ekan,
I.A.Karimovday inson Prezident bo’lib, shu darajaga yetdik. Agar boshqa kishi
bo’lganida, xudo ko’rsatmasin, kosamiz oqarmasdi!” Oq – qorani taniganimdan
so’ng bu gaplarning mag’zini chaqdim. Haqiqatan ham, Mustaqillik me’morining
uzoqni ko’zlab, olib borgan sa’y – harakatlari tufayli sobiq SSSR deb atalmish qizil
6
imperiyadan meros qolgan “teshik tog’ora” dan xalos bo’ldik. O’zbekistonimiz
dunyo bo’yicha eng tez rivojlanayotgan mamlakatlar ro’yxatida oldingi o’rinlardan
joy oldi. Bundan keyin diyorimizning kelajagi bizning qo’limizda ekanligini chuqur
his etgan holda, o’z oldimizga buyuk maqsadlarni qo’ymog’imiz lozim. Agar har
bir O’zbekiston fuqarosi, kim bo’lishidan qat’i nazar, Muhtaram yurtboshimiz
Sh.M.Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek, har bir o’tgan kunidan rozi bo’lsa, demak,
ko’zlangan marralarga erishamiz. Zero, tomchida quyosh aks etgani kabi, yakka
shaxslarning kundalik muvaffaqiyatlaridan O’zbekistonimizning buyuk zafarli
odimlari hosil bo’ladi. O’zbek xalqining bir bo’lagi sifatida har birimiz hamisha o’z
oldimizga ezgu maqsadlar qo’yib yashashimiz va ularni amalga oshirishda bor
kuch-g’ayratimizni ayamasligimiz zarur. Tinch, osuda hayotimiz esa barchamizni
yangi - yangi marralarni egallashga chorlayveradi.
Agar yo’limizda uchragan to’siqlarni oqilona yengib, tanlagan yo’limizdan
og’ishmasak, baxt va omad bizga albatta yor bo’ladi. Zero, I.A.Karimov ta’biri
bilan aytganda, “Mustaqillik – bu hech kimga qaram bo’lmasdan, o’z milliy
manfaatlarimizni, uzoq va davomli maqsadlarimizni ko’zlab, iqtisodiyotimizning
barqaror sur’atlar bilan o’sishini ta’minlash, aholimizning farovonligini, xalqaro
maydonda Vatanimizning obro’- e’tiborini munosib darajaga ko’tarishdir”.
Hech kimni baxt o’z – o’zidan quchgan emas,
Qush ham ko’kka mashaqqatsiz uchgan emas.
Oydin tunlar, osoyishta, tiniq tonglar,
Oydan tushgan emas, ko’kdan tushgan emas. (I.Mirzo)
7
ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ БИРИНЧИ ПРЕЗИДЕНТИ
И.А. КАРИМОВ АСАРЛАРИДА ГЛОБАЛЛАШУВ ВА ТАЪЛИМ-
ТАРБИЯ МАСАЛАЛАРИ
Шапулатов У.Х.
СамДУ магистранти
Ҳозирги дунёда амалга ошаётган глобал ўзгаришлар таълим ва тарбия
соҳасига ҳам ўзининг таъсирини кўрсатмоқда. Бу бир томондан, глобал
ўзгаришларни объектив жараён сифатида инсон ҳаёти соҳаларига таъсирини
холисона ўрганишни тақозо этади. Иккинчидан, глобал ўзгаришлар таълим-
тарбия жараёнларига ҳам ўзининг таъсирини кўрсатаётганлиги сабабли унинг
билан боғлиқ бўлган ютуқ ва муаммоларни билиш ва тегишли хулосалар
чиқариш амалий аҳамиятга эга. Глобаллашув таълим-тарбиянинг ахборот
коммуникация тизими, интернет тармоқлари ва замонавий педтехнологиялар
билан боғлиқ янги имкониятлар яратиб бермоқда. Таълимни анънавий
усуллари ўрнида интефаол усулларни қўллаш орқали уни самарадорлигига
эришиш долзарб бўлиб турибди. Шунингдек, глобаллашув жарaёни айниқса
тарбия соҳасига кўрсатаётган айрим ғаразли носоғлом ғоявий-мафкуравий
муаммоларни ҳам келтириб чиқармоқдаки, уни ҳисобга олмаслик мумкин
эмас.
Ўзбекистон Республикаси Биринчи Президенти асарларида глобаллашув
ва таълим-тарбия масалаларига алоҳида эътибор бериб келинмоқда.
Мустақиллик туфайли мамлакатимизда таълим соҳаси тубдан ислоҳ этилди,
“Таълим тўғрисида”ги Қонун ва Кадрлар тайёрлаш миллий дастури қабул
қилинди. Бу таълим-тарбияга қўйилаётган янгича талабларга ўзига хос
жавобдир1.
Шунингдек, глобаллашув ва таълим-тарбия билан боғлиқ бўлган ютуқлар
ва муаммолар И.Каримовнинг “Юксак маънавият – енгилмас куч” асарида ўз
ифодасини топган. “Глобаллашув феномени ҳақида гапирганда, - дейди
1 Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Олий малакали илмий ва илмий-педагог кадрларни
тайёрлаш ва аттестациядан ўтказиш тизимини янада такомиллаштириш тўғрисида”ги Фармони
(2012 йил 24 июль, ПФ-4456-сонли)
8
И.Каримов, - бу атама бугунги кунда илмий-фалсафий, ҳаётий тушунча
сифатида жуда кенг маънони англатишини таъкидлаш лозим. Умумий нуқтаи
назардан қараганда, бу жараён мутлақо янгича маъно-мазмундаги хўжалик,
ижтимоий-сиёсий, табиий-биологик глобал муҳитнинг шаклланишини ва шу
билан бирга, мавжуд миллий ва минтақавий муаммоларнинг жаҳон
миқёсидаги муаммоларга айланиб боришини ифода этмоқда” 2.
Президент глобаллашув жараёни ҳаётимизга тобора тез ва чуқур кириб
келаётганининг асосий омили ва сабаби ҳақида тўхталиб, уни қуйидагича
изоҳлайди: “Бугунги кунда ҳар қайси давлатнинг тараққиёти ва равнақи
нафақат яқин ва узоқ қўшнилар, балки жаҳон миқёсида бошқа минтақа ва
ҳудудлар билан шундай чамбарчас боғланиб боряптики, бирон мамлакатнинг
бу жараёндан четда туриши ижобий натижаларга олиб келмаслигини
тушуниш, англаш қийин эмас”3.
Шу маънода, глобаллашув — бу аввало ҳаёт суръатларининг беқиёс
даражада тезлашуви демакдир.
Ҳар бир ижтимоий ҳодисанинг ижобий ва салбий томони бўлгани
сингари, глобаллашув жараёни ҳам бундан мустасно эмас. Ҳозирги пайтда
унинг ғоят ўткир ва кенг қамровли таъсирини деярли барча соҳаларда кўриш,
ҳис этиш мумкин. Айниқса, давлатлар ва халқлар ўртасидаги интеграция ва
ҳамкорлик алоқаларининг кучайиши, хорижий инвестициялар, капитал ва
товарлар, ишчи кучининг эркин ҳаракати учун қулайликлар вужудга келиши,
кўплаб янги иш ўринларининг яратилиши, замонавий коммуникация ва
ахборот технологияларининг, илм-фан ютуқларининг тезлик билан
тарқалиши, турли қадриятларнинг умуминсоний негизда уйғунлашуви,
цивилизациялараро мулоқотнинг янгича сифат касб этиши, экологик офатлар
пайтида ўзаро ёрдам кўрсатиш имкониятларининг ортиши - табиийки,
буларнинг барчасига глобаллашув туфайли эришилмоқда.
2 Каримов И. “Юксак маънавият – енгилмас куч”. – Т.”Маънавият”, 2008, 173-б. 3 Каримов И. “Юксак маънавият – енгилмас куч”. – Т.”Маънавият”, 2008, 173-б.
9
Айни пайтда ҳаёт ҳақиқати шуни кўрсатадики, ҳар қандай тараққиёт
маҳсулидан икки хил мақсадда - эзгулик ва ёвузлик йўлида фойдаланиш
мумкин. Агарки башарият тарихини, унинг тафаккур ривожини тадрижий
равишда кўздан кечирадиган бўлсак, ҳаётда инсонни камолотга, юксак
марраларга чорлайдиган эзгу ғоя ва таълимотлар билан ёвуз ва зарарли ғоялар
ўртасида азалдан кураш мавжуд бўлиб келганини ва бу кураш бугун ҳам
давом этаётганини кўрамиз.
Бугунги кунда замонавий ахборот майдонидаги ҳаракатлар шу қадар
тиғиз, шу қадар тезкорки, энди илгаригидек, бу воқеа биздан жуда олисда юз
берибди, унинг бизга алоқаси йўқ, деб бепарво қараб бўлмайди. Ана шундай
кайфиятга берилган халқ ёки миллат тараққиётдан юз йиллар орқада қолиб
кетиши ҳеч гап эмас.
“Глобаллашув жараёнининг яна бир ўзига хос жиҳати шундан иборатки,
- деб таъкидлайди И.Каримов, - ҳозирги шароитда у мафкуравий таъсир
ўтказишнинг ниҳоятда ўткир қуролига айланиб, ҳар хил сиёсий кучлар ва
марказларнинг манфаатларига хизмат қилаётганини соғлом фикрлайдиган ҳар
қандай одам, албатта, кузатиши муқаррар” 4.
Бугунги замонда мафкура полигонлари ядро полигонларидан ҳам кўпроқ
кучга эга.Бу масаланинг кишини доимо огоҳ бўлишга ундовчи томони
шундаки, агар ҳарбий, иқтисодий, сиёсий тазйиқ бўлса, буни сезиш, кўриш,
олдини олиш мумкин, аммо мафкуравий тазйиқни, унинг таъсири ва
оқибатларини тезда илғаб етиш ниҳоятда қийин.
Мана шундай вазиятда одам ўз мустақил фикрига, замонлар синовидан
ўтган ҳаётий-миллий қадриятларга, соғлом негизда шаклланган дунёқараш ва
мустаҳкам иродага эга бўлмаса, ҳар турли маънавий таҳдидларга, уларнинг
гоҳ ошкора, гоҳ пинҳона кўринишдаги таъсирига бардош бериши амримаҳол.
Буни кундалик ҳаётда учраб турадиган кўплаб воқеалар мисолида яққол
кузатиш мумкин ва уларнинг қандай оғир оқибатларга олиб келиши ҳаммага
маълум.
4 Каримов И. “Юксак маънавият – енгилмас куч”. – Т.”Маънавият”, 2008, 184-б.
10
Бугунги кунда ёшларимиз нафақат ўқув даргоҳларида, балки радио-
телевидение, матбуот, Интернет каби воситалар орқали ҳам ранг-баранг
ахборот ва маълумотларни олмоқда. Жаҳон ахборот майдони тобора кенгайиб
бораётган шундай бир шароитда ёшларни ушбу воситаларни қўлламасликка
чақириш ҳам тўғри келмаслиги ушбу асарда қуйидагича изоҳланади: “Биз
юртимизда очиқ ва эркин демократик жамият қуриш вазифасини ўз
олдимизга қатъий мақсад қилиб қўйганмиз ва бу йўлдан ҳеч қачон
қайтмаймиз”5.
Ёшларимизнинг маънавий оламида бўшлиқ вужудга келмаслиги учун
уларнинг қалби ва онгида соғлом ҳаёт тарзи миллий ва умуммиллий
қадриятларга ҳурмат-эҳтиром туйғусини болалик пайтидан бошлаб
шакллантиришимиз зарур.
Юртимизда янги ҳаёт асосларини барпо этиш йўлида, Биринчи
Президентимиз И.Каримов яна бир масалага алоҳида эътибор қаратади. Яъни,
коммунистик мафкура ва унинг ахлоқ нормаларидан воз кечилганидан сўнг
жамиятда пайдо бўлган ғоявий бўшлиқдан фойдаланиб, четдан биз учун
мутлақо ёт бўлган, маънавий ва ахлоқий тубанлик иллатларини ўз ичига
олган «оммавий маданият» ёпирилиб кириб келиши мумкинлигини
муаммосидир.
“Оммавий маданият” деган ниқоб остида ахлоқий бузуқлик ва
зўравонлик, индивидуализм, эгоцентризм ғояларини тарқатиш, керак бўлса,
шунинг ҳисобидан бойлик орттириш, бошқа халқларнинг неча минг йиллик
анъана ва қадриятлари, турмуш тарзининг маънавий негизларига
беписандлик, уларни қўпоришга қаратилган хатарли таҳдидлар одамни
ташвишга солмай қўймайди.
Ҳозирги вақтда ахлоқсизликни маданият деб билиш ва аксинча, асл
маънавий қадриятларни менсимасдан, эскилик сарқити деб қараш билан
боғлиқ ҳолатлар бугунги тараққиётга, инсон ҳаёти, оила муқаддаслиги ва
ёшлар тарбиясига катта хавф солмоқда ва кўпчилик бутун жаҳонда бамисоли
5 Каримов И. “Юксак маънавият – енгилмас куч”. – Т.”Маънавият”, 2008, 185-б.
11
бало-қазодек тарқалиб бораётган бундай хуружларга қарши курашиш нақадар
муҳим эканини англаб олмоқда. Ота-боболаримизнинг онгу тафаккурида
асрлар, минг йиллар давомида шаклланиб, сайқал топган ор-номус, уят ва
андиша, шарму ҳаё, ибо ва иффат каби юксак ахлоқий туйғу ва тушунчалар
бу кодекснинг асосий маъно-мазмунини ташкил этади.
Бугунги замон воқеликка очиқ кўз билан, реал ва ҳушёр қарашни,
жаҳонда ва ён-атрофимизда мавжуд бўлган, тобора кучайиб бораётган
маънавий таҳдид ва хатарларни тўғри баҳолаб, улардан тегишли хулоса ва
сабоқлар чиқариб яшашни талаб этмоқда. Шу боис юртдошларимиз, айниқса,
ёш авлод онгида мураккаб ва таҳликали ҳаёт ҳақида, унинг шафқатсиз
ўйинлари тўғрисида бирёқлама ва сохта тасаввур бўлмаслиги керак.
Мустақиллик туфайли Ўзбекистонда демократик жамият қуриш амалга
оширилмоқда. Бунда таълим-тарбия тизими ҳам тубдан ислоҳ этилмоқда.
Ўзбекистон Республикасининг Конституциясининг 41-моддасида “Ҳар ким –
билим олиш ҳуқуқига эга. Бепул умумий таълим олиш давлат томонидан
кафолатланади. Мактаб ишлари давлат назоратидадир” деб белгилаб қўйилди
6.
“Таълимни тарбиядан, тарбияни эса таълимдан ажратиб бўлмайди – бу
шарқона қараш, шарқона ҳаёт фалсафаси” – деб таъкидланади
И.Каримовнннг “Юксак маънавият – енгилмас куч” асарида. “Шуни
унутмаслик керакки, келажагимиз пойдевори билим даргоҳларида яратилади,
бошқача айтганда, халқимизнинг эртанги куни қандай бўлиши
фарзандларимизнинг бугун қандай таълим ва тарбия олишига боғлиқ” .
Абдулла Авлонийнинг “Тарбия биз учун ё ҳаёт – ё мамот, ё нажот – ё
ҳалокат, ё саодат – ё фалокат масаласидир” деган сўзлари ҳозирги вақтда ҳам
долзарб аҳамият касб этади.
6 Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси. – Т.: Ўзбекистон, 2010.
12
ISLAM KARIMOV-THE ARCHITECT OF OUR INDEPENDENCE
Umirov O.
SamDCHTI talabasi
Islam Abduganievich Karimov was born on 30 January 1938 in Samarkand
into a family of civil servants. He graduated from the Central Asian Polytechnic
Institute and the Tashkent Institute of national economy, receiving degrees as an
engineer-mechanic and economist.
The moment when he came to the center of events, it was a time when the
country was on the brink of a civil war, bloodshed, ethnic and religious conflicts, in
line with the scenarios that were implemented in the neighboring countries. In this
difficult period, he, with his foresight, will and determination saved our people and
country from this gloomy fate.
It was then that our people acquired in the name of Islam Abduganievich
Karimov a true leader with personal courage, indomitable will and vision of the
essence of the ongoing extremely complex events, a special sense of responsibility
for his country and people, for the fate of every compatriot. Heading the
independent Uzbekistan for 25 years, Islam Abduganievich Karimov has attained a
high authority in the country and in international community as an outstanding
statesman, who has developed and implemented a deeply thought-out strategy of
building a democratic constitutional state with a civil society and a market
economy.
The peoples of Uzbekistan inextricably relate the great achievements of the
country in the years of independence with the name and activity of the Head of our
state. He is rightfully considered the author of the Constitution of the Republic of
Uzbekistan, fully meeting the democratic requirements and international criteria,
and has turned into a true guarantor of its implementation.
In 1991 Uzbekistan was a backward agrarian country with a hypertrophied
one-sided economy, a cotton monopoly, destructively influencing it, extremely low
level of people's standard of living. The country did not produce many kinds of
13
essential goods, did not provide its own needs, primarily on grain and energy
resources.
Islam Abduganievich Karimov was firmly convinced that the political
independence may not be achieved without achieving economic independence.
Accordingly, he developed a program of fundamental reforms and structural
transformation of the economy of Uzbekistan, based on the well-known five
principles, which has received worldwide recognition as the "Uzbek model" of
development. The fundamental basis of this model was the practical
implementation of the strategic priority - "The reforms are not for the sake of
reforms, but for the sake of people."
Completely abandoning the old dogmas and stereotypes, a large-scale
National program for cadres training and a radical reform of the education system
on the basis of the most modern international standards have been developed and
practically implemented on the initiative of Islam Karimov. Islam Karimov directly
supervised the work on developing and realizing a fundamentally new system of
education of the younger generation, radically changing the thinking and outlook of
our youth, who are becoming the decisive force of country’s present and future.
The Head of our state raised the respectful relation to the spiritual values of our
nation, preservation and development of our sacred religion, traditions and
customs, the priceless heritage to the level of state policy, greatly contributed to the
increase of the authority of Uzbekistan in the international arena.
Islam Karimov infinitely loved the people of Uzbekistan and all his life, until
the last few days, dedicated to the service of his country.
The bright memory of the First President of the Republic of Uzbekistan, the great
son of the Uzbek people Islam Abduganievich Karimov will remain forever in the
hearts of our people and the grateful memory of our compatriots. Ultimately, I am
proud of having such an outstanding president, his deeds will be the model in my
future career and his words will light my path as a torch.
14
“Shundoq yonimizdan o’tdi mangulik”
Abdulla Oripov
Bir xabar tarqaldi,
Yarim tun edi,
Go’yo g’am seliga botdim, yoqoldim.
Kimdir yo’l boshchidan ayrildik dedi,
Men-chi aziz do’stdan ayrilib qoldim.
Kimdir xayoliga kelmishdir axir,
Birdan qulab tushsa buyuk bir chinor.
Alam bo’g’zimizda achchiq va tahir,
Bu g’amning na cheki-chegarasi bor.
Ketdi nogahonda aytmay biror so’z,
Hijron oloviga barchani tashlab.
O’zbek osmonida so’ndi cho’ng yulduz,
Katta-yu kichikning ko’zini yoshlab.
Biz-ojiz bandalar, anglamay turib,
Birovning zabonini sanadik afzal.
Shu yurt daholarini bilib va ko’rib,
Begona zotlarga yasadik haykal.
Bosqin tepamizda turar edi zil,
Uni tag-tubidan buzmoq shart edi.
Asriy vayronaning o’rnida dadil,
Yangicha mamlakat tuzmoq shart edi.
Foniy bu dunyoning baland-pastiga,
Teran nazar tashlab o’tdi bu inson.
Millat qadri deya yashab aslida,
Xalqning dardiga bo’loldi darmon.
Bugun judolik bor gar qalbimizda,
Lekin g’urur yashar xavas qilgulik.
Abadiyat o’sdi ko’z oldimizda,
Shundoq yonimizdan o’tdi mangulik.
15
Reference
1. Shavkat Mirziyoyev`s speech at the funeral of Islam Karimov Samarkand
2016.
2. Abdulla Oripov “Shundoq yonimizdan o’tdi mangulik” Tashkent 2016.
BIRINCHI PREZIDENTIMIZ I.A.KARIMOV YOSHLAR RAHNAMOSI
Ochilova H.,
SamDCHTI magistranti
Ishonchimiz va tayanchimiz bo’lmish navqiron yosh avlodni barkamol shaxs
bo’lib voyaga yetishini ta’minlash buyuk kelajagimiz poydevorini mustahkamlash
yo’lidagi orzu-maqsadlarimizdan biridir.
“Vatanimiz kelajagi, xalqimizning ertangi kuni, mamlakatimizning jahon
hamjamiyatidagi obro’-e’tibori, avvalambor, farzandlarimizning unib-o’sib,
ulg’ayib, qanday inson bo’lib hayotga kirib borishiga bog’liqdir. Biz bunday o’tkir
haqiqatni hech qachon unutmasligimiz kerak ”7, deb qayta-qayta ta’kidlab o’tadilar
birinchi prezidentimiz I.A.Karimov o’z asarlarida va so’zlagan nutqlarida.
Bizning xalqimiz, ajdodlarimiz azaldan ma’rifatga oshno bo’lib kelishgan.
Tarixga nazar tashlaydigan bo’lsak, ona yurtimiz tuprog’ida qanchadan-qancha
buyuk daholar, ulug’ ma’rifatparvar siymolar yetishib chiqqanligini ko’rishimiz
mumkun. Ularning ko’p asrlik merosini o’rganishimiz natijasida bobolarimizning
ham ilmiy, ham ma’naviy darajasi naqadar yuksak bo’lganligining guvohi
bo’lamiz. Xususan, Amir Temur davlatchiligi, Abu Nasr Forobiyning fozillar
jamiyati, Abu Ali ibn Sinoning tibbiyoti, Abu Rayhon Beruniyning qomusiy ilmi,
Mirzo Ulug’bek koinoti, Alisher Navoiyning she’riyat gulshani kabilari fikrimiz
dalilidir.
Demak, har tomonlama yetuk, intellektual salohiyatli, yuksak ma’naviyatli
barkamol avlodni tarbiyalash haqidagi ezgu niyatning ma’naviy-ma’rifiy asosi
mavjud, va u bir necha ming yillar davomida xalqimiz qoniga singib, shakillangan,
sayqal topgan.
7 Karimov I.A Yuksak ma'naviyat yengilmas kuch.- Toshkent.: Ma’naviyat , 2008. 1-bet.
16
“Har qanday millatning ravnaqi umumbashariyat tarixida tutgan o’rni, mavqei
va shuhrati bevosita o’z farzandlarining aqliy va jismoniy yetukligiga bog’liqdir”8-
deya aytilgan I.Karimovning purhikmat so’zlari bejiz emas. Amir Temur asos
solgan kuchli davlatning tanazzuliga jaholat botqog’iga botgan avlodlar sababchi
emasmi? Davlatning asosi - poydevori noto’g’ri qo’yilgani uchun emas, balki,
mustahkam asos ustiga yaxshi pishirilmagan g’ishtlar qing’ir-qiyshiq terilganligi
bois bino darz ketdi.
Shunday ekan, vatanimiz ravnaqi, yurtimiz kelajagi yo’lida yoshlarimizning
zamon talablariga mos bilimlarni puxta o’zlashtirib, kelgusida malakali mutaxassis
bo’lishlari uchun beqiyos imkoniyatlar yaratilganligi zamirida farovon kelajak
orzusi mujassam, chunki mamlakatning qudratini belgilaydigan omillardan biri bu
– shu yurtda voyaga yetayotgan yuksak ma’naviyatli, ham ruhan, ham jismonan
sog’lom , har tomonlama barkamol avloddir.
Yoshlarimizning ma’nan intellektual, jismonan yetuk, o’qib izlanishlari,
iqtidor va salohiyatlarini dunyo miqyosida namoyon etishi, o’zi istagan kasb-hunar
egasi bo’lishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar va amalga oshirilgan islohotlar,
birinchi Prezidentimiz rahnamoligida hayotga tatbiq etilgan maqsadli dasturlar
yoshlar masalalari davlat siyosatining ustuvor yo’nalishiga aylanganligidan
dalolatdir. Xususan, ta’lim sohasida maqsadli tizimning joriy etilganligi, zamon
talablariga javob beruvchi umumta’lim maktablari bilan bir qatorda ixtisoslashgan
maktablarning faoliyat yuritishi, yurtimizda Singapur menejmentni rivojlantirish
instituti, Turin politexnika universiteti kabi chet el oliygohlarining filiallari
ochilishi birinchi prezidentimizning yoshlar masalasiga naqadar yuksak e’tibor
bilan qaraganliklarini ko’rsatadi.
“Kelajakda O’zbekiston yuksak darajada taraqqiy etgan iqtisodi bilangina
emas, balki bilimdon, ma’naviy jihatdan yetuk farzandlari bilan ham jahonni qoyil
qilishi lozim”9
8 Karimov.I.A. Barkamol avlod orzusi.-Toshkent.: Sharq, 1998. 20 bet 9 Karimov I.A. Buyuk va muqaddassan mustaqil vatan. O’zbekiston mustaqilligining 20 yilligiga
bag’ishlangan ma’ruza.- Toshkent.: O’zbekiston, 2011.
17
Mamlakatimizda barkamol avlod tarbiyasi yo’lida sport sohasini
rivojlantirishga alohida e’bor qaratib kelingan, jumladan bugungi kunga kelib
respublikamizda 2000ga yaqin sport inshootlari barpo etildi. Ushbu inshootlarda
millionlab yoshlar sporning ko’plab turlari bilan shug’ullanib kelmoqda.
Respublikamizda uch bosqichli sport o’yinlarining joriy etilishi, “Bunyodkor” sport
majmuasining foydalanishga topshirilishi yurtimizda yosh avlod sportiga
qaratilayotgan e’tiborning yuksak namunasi desak mubolag’a bo’lmaydi.
Yoshlarning iqtidor va iste’dodini qo’llab-quvvatlash maqsadida joriy etilgan
Zulfiya nomidagi davlat mukofoti, Navoiy, Beruniy, Prezident stipendiyalari,
“O’zbekiston belgisi” ko’krak nishoni, “Nihol” davlat mukofoti kabi ko’plab
rag’batlar ilg’or va tashabbuskor yoshlarga kelgusi faoliyati uchun keng yo’l ochib
berdi. “Kelajak ovozi” ko’rik tanlovi, “Yangi avlod ” bolalar ijodiyoti festivali kabi
tanlovlar esa ko’plab iqtidorli yoshlarni kashf etdi.
Yuqoridagi maqsadli ishlarning samarasi yurtimizda kamol topayotgan
ko’plab o’g’il-qizlarning izlanishi, intilishi va muvaffaqiyatli odimlari misolida
namoyon bo’ldi. Xususan, 2016-yil Reo de Janero shahrida bo’lib o’tgan yozgi
olimpiya o’yinlarida yurtimiz shanini himoya qilgan sportchilarimiz olimpiya va
paraolimpiya o’yinlarida jami 34 olimpiyada medallarini qo’lga kiritishdi. Bu
birinchi yurtboshimiz rahnamoligida sportchi yoshlarimiz shu kungacha qo’lga
kiritgan eng yuksak natijadir.
Mustaqil yurtimizning mustaqil farzandlari ularga qaratilgan e’tibor va
g’amxo’rlikni chuqur his etib ildam bormoqda. Kelajak egalarining qo’lga
kiritayotgan har bir yutuqlari zamirida shukronalik tuyg’usini his etish mumkun.
Zero, O’zbekiston yoshlari tom ma’noda baxtiyor yoshlardir.
“Bilimga chanqoq, iste’dodli yoshlarni topib, ularni vatanga fidoiy insonlar
qilib tarbiyalash muqaddas vazifadir”10 – deydi birinchi Prezidentimiz I.Karimov.
Va u ulug’ siymoning butun hayoti va faoliyati davomida mana shu muqaddas
vazifadan og’ishmay kelganligining guvohi bo’lamiz.
10 Karimov.I.A Barkamol avlod orzusi.- Toshkent: Sharq, 1998. 49 bet
18
Fikrimiz yakuni sifatida birinchi Prezidentimiz I. Karimovning yoshlarga oid
davlat siyosatining asl mohiyatini ko’rsatib beruvchi qo’yidagi fikrlarini keltirib
o’tishni joiz deb bildik: “Biz iste’dodli, fidoiy bolalarimiz, farzandlarimizga bilim
va kasb cho’qqilarini zabt etishlari uchun qanot bo’lishimiz kerak” , zero
“Farzandlarimiz bizdan ko’ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo’lmog’i
lozimdir”.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
1. Karimov I.A Asarlar to’plami. 1-21 jildlar.-T.: O’zbekiston, 1996-2013 yillar
2. Karimov I.A Yuksak ma'naviyat yengilmas kuch.-Toshkent.: Ma’naviyat,
2008
3. Karimov.I.A Barkamol avlod orzusi.-Toshkent.: Sharq, 1998.
4. Karimov I.A Buyuk va muqaddassan mustaqil vatan. O’zbekiston
mustaqilligining 20 yilligiga bag’ishlangan ma’ruza.-Toshkent.: O’zbekiston,
2011.
Elektron manbalar:
1. www.press-servise.uz.
2. www. Ziyo net.uz.
3. www.gov.uz
4. www.press.uz
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING MUSTAQILLIKGA ERISHISHIDA
ISLOM KARIMOVNING MARDONAVOR JASORATI
Tursunqulov S.
SamDCHTI magistranti
Islom Karimov Samarqand shahridagi maktabda o’qib yurgan kezlaridayoq
tengdoshlari orasida o’zining kuchli bilimi bilan ajralib turgan yosh iste’dod egasi,
o’sha davrlarda kuchli bilimga ega yoshlarni, o’zini har tomonlama ko’rsatish
uchun yo’l qo’yilmagan, maktabni a’lo baholarga bitirgan Islom Karimovga
maqtov medali bergan o’qituvchini ishdan bo’shashi to’g’risidagi arizasini yozishi
o’sha davr ahvolini ko’rsatib beradi.
http://www.press-servise.uz/http://www.literature.uz/http://www.gov.uz/http://www.press.uz/
19
Buyuk yunon faylasufi Suqrot aytganlaridek dunyoga kelgan har bir inson
o’z tolei bilan to’g’ilib bu uning taqdirida aks etadi. Ammo o’z taqdiri–xalq
taqdirida iz qoldirgan insonlar sanoqlidir. [Suqrot] Bunga yaqqol misol sifatida
birinchi prezidentimiz Islom Karimovni aytib o’tish joyiz.
1912-yilda Rossiya dehqonchilik ba’zalari xo’jayini Aleksandr Klevashining
imperator Nekolay ikkinchiga yozgan xatida aytilganidek Turkiston paxtasi
Amerikani yengish imkonini berdi, mustamlaka ahli Amerika qullari kabi paxta
yetishtirsin degan muddaoning ijrosi XX asr so’nggi choragida ham o’z kuchida
qolgani xalqimizning shuncha paxta yetishtirgan respublika, o’zi kafanlikga zor
bo’lganini millionlab gektar yeri kamlik qilgandek hovlisiga ham paxta ekgani va
oziq-ovqat mahsulotlariga yetishmovchiliklar paydo bo’lganini ta’kidlagan.
Bizdan olib chiqilgan mahsulot bilan kiritilgan mahsulot o’rtasidagi tafovut
898 million rublni tashkil etgan. Birinchi prezidentimiz ta’kidlaganidek paxta narxi
bug’doy narxi bilan tenglashtirilar edi. Shuning evaziga balansni
tenglashtirilganligi O’zbekistonni qashshoqlik girdobiga tushib qolishi deyarli
boshqa davlatlarga yalinib yurganini hech ham tushunib bo’lmas edi.
Islom Karimov 1989-yil 24-iyun respublika rahbarligiga saylangan vaqtda
ma’ruza qilib millat va mamlakatni hurriyat yuliga olib chiqish uning o’z
huquqlariga egalik qilishining ilk dasturiy konsepsiyani asoslab berdi. Bu
konsepsiyada biz eskicha yashay olmaymiz zamon ham bunga yul qo’ymaydi deb
nomlangan edi. G’ururi, shani toptalgan xalqning qaddi va qadrini tiklash o’zligini
anglash g’oyasi dolzarb masala sifatida keskin quyildi.
Milliy mustaqillikga erishishning tadrijiy jarayoniga shu tariqa tamal toshi
qo’yildi. Albatda mustaqillikga erishish jarayonida birinchi prezidentimiz Islom
Abdug’aniyevich Karimovning kuchli psixolog ekanligi hovlisida paxta ekib
yurgan xalqni o’z shaxsiy mulkiga ega bo’lish uchun imkoniyat yaratib bergani va
shu orqali millionlab xalqning yuragiga kirib borishi, mustaqillik degan
tushunchani singdirishi yaqqol nomoyon bo’ladi. 1989-yil Prezidentimizning
dastlabki farmonlaridan birida aholiga tomarqa yerlarini ajratib berish edi.
Farmonga binoan 2,5 million xonadonga tomarqa yerlari berildi.
20
Islom Karimov mustaqillikga erishish yo’lida har qanday qarshiliklarga
qaramasdan mardonavor harakatlari bilan o’zining oqilona siyosatini olib borgan.
1991-yil 31-avgust davlatimiz mustaqil deb e’lon qilindi, lekin mustaqillik
deb e’lon qilinishi hali tom ma’nodagi erkinlik emas, bu yulda qanchadan qancha
harakat, mehnat, chidam, sabot va bardosh kerakligini anglardi.
Mustaqillik arafasida ocharchilik ostonasiga kelib qolgan respublikaning
iqtisodiy ahvoli o’nglash abgor bo’lgan ijtimoiy sohaning qaddini ko’tarish harbiy
salohiyatni oshirib milliy armiyaga ega bo’lish eng muhimi xalqning o’z kuchiga,
kelajagiga ishontira olish edi.
Namangan shahri faollaridan biri Mamatov Turg’un guvohlik berishicha,
Tohir Yuldoshevning 1991-yil dekabrda Namangan shahrida orqasidan
ergashtirgan isyonchilarni qo’zg’olon ko’tarishib mustaqil bo’lgan davlatni
parokanda qilmoqchi bo’lgan niyatlarini o’z vaqtda Islom Karimov Namanganga
yetib kelib usha kunning sovuq manzaralarini, ya’ni un mingdan ziyod xalq bir
yerga jamlangan vaqtda, Islom Karimov hech qanday qo’riqchilarsiz shaxdam
qadamlar bilan kirib keladi va isyonchilarga qarata shunday deydi: men
prezidentman, men keldim qanaqa savollaring bor menga, men allhamdurulloh
musulmonman, nima arzingiz bo’lsa menga aytinglar.
Shunda qo’zg’olon ko’targan olomonni tinchlantiradi va yana bir o’zini
kuchli psixolog ekanini ko’rsatadi. Madamin Xasanov O’zbekistan SSR savdo
vaziri shunday ta’kidlaydi 1986-yil O’zbekiston o’zi uchun 25 foizgina non
yetishtirar, qolgan g’alla tashqaridan olib kirilar, paxta ishlab chiqarishda
respublikamiz yetakchilardan biri bo’lganligiga qaramay xizmati evaziga
ushoqlarga ega bo’lardi xolos. Islom Karimov halol inson sifatida unga toqat
qilolmas edi.
Chunki bu ushoqlarga ijtimoiy sohalarni moliyalashtirishning also iloji yuq
edi. Bu nuqtayi nazar Islom Karimovni o’sha paytdagi partiya dohiylari bilan
ziddiyatga olib kelishini taqozo etgandi. Islom Karimov O’zbekistonning
muammolari xususida markazga jiddiy tahliliy murojaat tayyorladi, uning bu
21
harakati respublika markaziy qo’mitasining ikkinchi kotibi Anishev bilan
kelishmovchiliklarni yuzaga keltirdi.
Usha davrlarda u markazdan yuborilgan to’rt yuz nafar desantchilarga
boshchilik qilardi. Anishev rahbarlik qilgan yig’ilishda Islom Karimov o’rnidan
to’rib mamlakatimizni iqtisodini rivojlantirish to’g’risidagi hujjatni qayta- qayta
ularga tushuntirishga harakat qilgani Anishevga yoqmay, siz qachongacha bunaqa
to’palon qilib yurasiz deb aytishiga qaramasdan Islom Karimov ildam qadam
tashlashi katta jasorat egasi ekanligini ko’rsatib beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. I.Karimov. O`zbekiston XXI asrga intilmoqda. -T.: SHarq, 1999.
2. Karimov.I.A. O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. - T.:
„O‘zbekiston“, 2011.
3. Karimov I. “Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch”. -T.: “Ma’naviyat”
nashriyoti, 2008. -108 b.
4. И.А.Каримов. Наша вышая цель – незовисимость и процветание
Родины, свобода и благополучие народа\\ Доклад на первой сессии Олий
Мажлиса Республики Узбекитан второго созыва от 22.01.2000. –Т:
Узбекистан 2000. Т.8-С.322-340.
5. И.А.Каримов Гармонично развитое поколение - основа прогресса
Узбекистана. Т.1998. Стр 156-168
6. Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. -T.: «O‘zbekiston»,
2001.
7. 6. “O‘zbekiston ovozi” gazetasi. 12-son, 28-yanvar 2010- yil.
8. http://e-adabiyot.uz/kitoblar/qollanmalar/867-uzbek-xalq-ogzaki-
ijodi.html?start=6
9. http://kitob.uz/
http://e-adabiyot.uz/kitoblar/qollanmalar/867-uzbek-xalq-ogzaki-ijodi.html?start=6http://e-adabiyot.uz/kitoblar/qollanmalar/867-uzbek-xalq-ogzaki-ijodi.html?start=6http://kitob.uz/
22
МАЪНАВИЯТ – ИНСОН ҚАЛБИНИНГ БЕЗАГИ
Имомов Ш.,
СамДУ магистранти
Маънавият – инсон қалб кўзини очувчи, уни юксаклик ва улуғлик сари
етакловчи маёқдир. Маънавиятни, маърифатни англаш учун ҳар бир инсон
аввало, ўзлигини англамоғи, ўз қўнглига теран назар солмоғи, миллий
қадриятларни, миллий урф-одатларни англамоғи лозим. Юртимиз истиқлолга
эришганидан кейин маънавиятга, миллий қадриятларга эътибор кучайди.
Республикамизнинг биринчи Президенти Ислом Абдуғаниевич Каримовнинг
ҳар бир нутқларида, китобларида “маънавият”, “маърифат” деган сўзлар
доимо ишлатилган.
Жумладан, “Юксак маънавият – енгилмас куч” китобида шундай
дегандилар:
“Маълумки, ўзликни англаш, миллий онг ва тафаккурнинг ифодаси,
авлодлар ўртасидаги руҳий-маънавий боғлиқлик тил орқали намоён бўлади”
(Юксак маънавият – енгилмас куч, 83-б), - деган ҳикматни илгари
сургандилар.
Мана шундай ҳикматга бой сўзлардан туртки олиб, бу сўзга, яъни
маънавият ва тилнинг боғлиқ жиҳатларига, ундаги маъно-моҳиятга
диққатимизни қаратдик. Ҳақиқатан ҳам ҳурматли биринчи Президентимиз
таъкидлаганларидек, маънавият аввало инсон қалбига унинг гудаклигида она
сути, она алласи ва она тилининг гўзал ва жозибадор оҳанги билан жо бўлади.
Тил орқали инсоннинг гўзал туйғулари, меҳр-муҳаббати аксланади.
Миллатнинг миллийли тилда, унинг маънавий қадриятларида, миллий
бойликлари-ю, бадиий адабиётларида акс этади. Ахир бежизга биринчи
Президентимиз мустақиллик сари ташланган илк одимини ўзбек тилига
давлат тили мақомини бериш билан бошламаган. Бу эса маънавиятимизни,
23
маърифатимизни юксалтириш сари қўйилган одим десак адашмаган бўламиз.
Тилга муҳаббат орқали Ватанга муҳаббат туйғуси шаклланади.
Маънавиятнинг мазмун-моҳияти, унинг луғавий маъноси ҳақида
сиёсатшунослар, файласуфлар, адабиётшунослар бир қанча таърифларни
келтиришган. Лекин менинг назаримда энг мукаммал таъриф: “маънавият –
инсонни руҳан покланиш, қалбан улғайишга чорлайдиган, одамнинг ички
дунёси иродасини бақувват, иймон-эътиқодини бутун қиладиган, виждонини
уйғотадиган беқиёс куч, унинг барча қарашларининг мезонидир” (“Юксак
маънавият – енгилмас куч”, 19-б).
Бу мукаммал таъриф барчамизнинг аъмолимизга айланса,
камчиликларимиз, нуқсонларимиз бартараф бўлиб, инсоннинг қадр-қиммати
ортади, комиллик сари юксалади. Шу билан бирга бугунги кун ёшларини
манавиятли, ор – номусли килиб тарбиялаш жуда муҳим масала, чунки
бугунги ёшлар эртанги кунимизнинг яратувчиларидир.
Мен бир ҳақиқатни доимо тан олишни хоҳлар эдим, муҳтарам биринчи
Президентимиз Ислом Каримовнинг “Юксак маънавият – енгилмас куч”
асарини қўлимга олганимда, кўз ўнгимда гўё дунё қайтадан яралганидек,
ўзим янгидан туғилгандек бўлавераман. Чунки бу китоб инсонни қалбан
гўзаллик сари етаклайверади, кўнгилларни равшанлаштиради. Бу китоб
биринчи Президетимизнинг инсоннинг яшашдан мақсади, зоҳирий ва
ботиний олами ҳақидаги қарашларидан иборатдир. Китобда инсоннинг
муқаддас маскани Оила, Маҳалла, Ватан ҳақидаги туйғулари, миллий
қадриятларимизга эъзоз, буюк аждодларимиз меросига ҳурмат, моддий ва
маънавий қадриятларимизни асраш ҳақидаги теран мушоҳадаларини баён
этганлар. Бу каби теран ҳикматга бой фикрлар бугуннинг муҳим шиорига
айланмоқдаки, айнан ана шундай сермаъно фикрларидан бирини
келтирмоқликни жоиз топдим: “Бу ёруғ оламда ҳар бир одам ўзининг
меҳрибон ота-онасига, устоз-муаллимларига нисбатан ҳамиша миннатдорлик
туйғуси билан яшайди. Инсон ўз умри давомида қандай ютуқ ва натижаларга
эришмасин, қаерда, қандай лавозимда ишламасин, мактаб даргоҳида олган
24
таълим-тарбияси унинг етук шахс ва малакали мутахассис бўлиб
шаклланишида улкан аҳамиятга эга экани шубҳасиз” (“Юксак маънавият –
енгилмас куч”, 130-б).
Дарҳақиқат, инсон маънавиятининг шаклланишида яна бир улуғ
даргоҳ-мактабнинг ўрни беқиёсдир. Чунки мактаб билимлар маскани.
Инсоннинг олам ҳақидаги, дунё ҳақидаги, табиат, жамият ҳақидаги фикрлари
шаклланадиган гўшадир. Мана шу шаклланган фикрлар маънавиятга,
маърифатга етаклайди.
Хулоса қилиб шуни айтишимиз мумкинки, муҳтарам биринчи
Президентимиз Ислом Абдуғаниевич Каримовнинг маънавият, маърифат
ҳақидаги муқаддас ўгитлари доимо ўзбек ёшларининг, балки бутун
Ўзбекистон аҳлининг қалбининг қурида, онгу шуурида яшайверади. Бунга
шубҳа йўқ.
Адабиётлар:
1. Миллий истиқлол ғояси: Асосий тушунча ва тамойиллар. – Т.:
Ўзбекистон, 2000. – Б.56.
2. Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. – Т.: Маънавият,
2008. – Б.176.
ИСЛОМ КАРИМОВ – МУСТАҚИЛ ЎЗБЕКИСТОН БУНЁДКОРИ
Кубаева Н.,
СамДЧТИ талабаси
Жаҳон халқлари ва миллатларининг озодлик йўлидаги курашлар
тарихи шунчалик узоқ вақт давом этганки, жамият ҳаётидаги туб
бурилишлар, ўзгаришлар даврида ижтимоий-сиёсий вазиятнинг ўзи буюк
йўлбошчиларни майдонга олиб чиқди, уларни миллат келажаги, халқ
эртасини қуришга масъул этиб белгилади. Халқининг манфаатларини
ўзиникидан устун қўйиб, миллати келажаги йўлида умрини бахшида этган,
ватани тақдирини қурган баҳодирларгина ўзига юклатилган бу вазифани
уддалашга муваффақ бўлди.
25
Маълумки, жамият тараққиётида шахснинг ўрни муҳим аҳамият касб
этади. Айниқса, ўтиш даврида давлат арбобининг, сиёсий етакчининг
бошқариш салоҳияти янада яққолроқ кўзга ташлана бошлайди. Чунки, бу
пайтда ҳали маълум сиёсий тузум, қатлам ва жамиятни йўналтирадиган оқим
шаклланмаган бўлиб, турли қарама-қаршиликлар ҳамда зиддиятлар мавжуд
бўлган мураккаб вазиятлар вужудга келади. Бундай шароитда, халқ ўз
келажагини асосан давлат раҳбарига қараб белгилайди. Ўзининг иймон-
эътиқодини, тақдирини у билан боғлайди.
Жаҳон тарихида дунёни адолат билан забт этган Амир Темур,
Ҳиндистон халқининг эркига тинчлик йўли билан етишган Маҳатма Ганди,
АҚШ мустақиллик реформаси бошчиси Жорж Вашингтон, Франциянинг
жаҳон саҳнасида мустақил овоз ҳуқуқи учун умрини фидо қилган Шарль де-
Голль, Туркия давлати суверенитети учун жон-жаҳди билан курашган
Мустафо Камол Отатурк каби даҳолар туфайли давлат ва жамиятларнинг
ҳаёти тубдан ўзгарганига тарих гувоҳ. Бобокалонимиз Амир Темур ХIV асрда
Туркистон заминини мўғуллар зулмидан озод этиб, буюк “Темурийлар
давлати”ни тузгани, дунёни зулмдан озод этиб, халқлар нажоткорига
айлангани сир эмас.
Соҳибқирон Темурнинг издоши – ўзбек ифтихори, халқ таянчи бўлган
буюк шахс Ислом Каримовни ёдга олар эканмиз, умрини «Мустақилликни
эркинлик тўғрисидаги шиорлар билан эмас, балки сиёсий, иқтисодий,
маънавий мазмун билан тўлдириш керак» деган шиорни фаолиятининг бош
мезонига айлантирган сиймони ҳотирлаймиз. Ўзбекистон Республикасининг
Биринчи Президенти И.А.Каримов бир пайтнинг ўзида улкан назариётчи,
моҳир ташкилотчи ҳамда амалиётчи сифатида халқ ва миллат олдида
кўндаланг турган кўпдан-кўп саволларга пухта илмий-назарий асосда жавоб
топгани ҳамда уларнинг энг мақбул ечимини кўрсатиб бергани унинг дунё
аҳамиятидаги буюк сиёсат арбоби эканлигига яна бир бор шоҳид бўламиз.
Ислом Абдуғаниевич ўтган асрнинг мураккаб 90-йилларида юритган
сиёсати, қатъияти ва жасорати халқимиз интилган кўп асрлик озодлик
26
неъматига эришишида асосий омил бўлди. Тақдирнинг қалтис ўйин ва
синовларидан ўтган, қисқа давр ичида Ўзбекистондаги аҳволни тубдан
ўзгартиришга эришган Ислом Каримов Ўзбекистон раҳбари бўлиб
сайланганининг эртасига, яъни 1989-йилнинг 24-июнь куни республика
ҳукуматининг мажлисида «Биз бундан буён эскича яшолмаймиз ва бундай
яшашга замоннинг ўзи йўл қўймайди» дея қатъий ишонч билан халқни олға
интилишга, мустақиллик аталмиш неъматни эзозлашга чорлагани унинг
қандай азм-у шижоат билан янги вазифага киришганидан далолат берар эди.
Улкан масъулият ва жавобгарликни бутун қалби билан ҳис қилган
миллат етакчиси буюк вазифани — Ўзбекистонни, унинг жафокаш халқини
қарийб 130 йилдан буён давом этиб келаётган мустамлакачилик зулмидан
озод этиш вазифасини ўз зиммасига олди ва 1991 йилнинг 31 августида
тантанали равишда Ўзбекистон Республикаси мустақиллигини эълон қилди.
Республикада жамиятни демократлаштириш, Ўзбекистонда ҳақиқий
суверенитетни ўрнатиш, мамлакатда яшаётган кўп сонли миллатларнинг
тотувлиги ва тенглигини таъминлаш Ислом Каримов бошлиқ сиёсий
раҳбариятнинг асосий вазифаларидан бирига айланди.
Тарихий ривожланиш кўрсатганидек, ҳар қайси жамият келажакни
кўзлаб яшайди ва унинг пойдеворини имкон қадар мустаҳкамроқ қуришга
ҳаракат қилади. Фақат миллий истиқлол, давлат мустақиллигига эришиш
туфайли Ўзбекистон Республикасининг тамомила янги, инсон
манфаатларини, ҳақ-ҳуқуқини ҳимоя қилувчи чинакам демократик
Конституциясини яратишдек улкан тарихий имконият вужудга келди.
Ўзбекистон Республикаси ХII чақириқ Олий Кенгашининг 1992 йил 8
декабрдаги ўн биринчи сессияси томонидан Ўзбекистоннинг биринчи
Конституцияси қабул қилиниши мамлакат тарихида оламшумул воқеа эди.
Биринчи Президентимизнинг сиёсий, иқтисодий, ижтимоий, маданий-
маънавий соҳаларга — Ўзбекистон ҳаётининг деярли барча жабҳаларига
тааллуқли бўлган муаммоларни аниқ рақам ва кўрсаткичлар асосида билиши
ва уларнинг ечимини аниқ кўрсатиб бериши унинг қалбида ислоҳот ҳамда
27
мустақиллик ғоялари узоқ йиллар давомида шаклланиб борганини кўрсатди.
И.А.Каримов ўзбек халқи ўзининг кейинги бир ярим минг йиллик тарихида
бор-йўғи 376 йил ҳур мамлакат рутбасида бўлганлигини эътиборга олган
ҳолда қатъият ва жасорат билан тараққиётнинг “ўзбек модели”ни ишлаб
чиққани миллат ҳаётининг кейинги тарихида туб бурилиш ясади.
Миллат отаси Ўзбекистон ҳаётига дахлдор бўлган ҳар бир масалага
комплекс ёндашиб, уларнинг ягона тўғри ва муқаррар ечими — бу
мустақиллик ва фақат мустақиллик дея халқни буюк ишларга чорлар эди.
Бундай дадил фикрни катта-катта минбарлардан туриб баён этишдан
тортиниб ҳам ўтирмасди. Халқ дарди билан ёниб, нафас олиб, ўзини улкан
ишларга бағишлаб, ҳеч қандай хавф-у хатардан қўрқмади. Бутун халқнинг
эзгу ниятлари кўринмас қудратли кучга айланиб, уларни қўллаб-қувватлаб
турди. Мустақил Ўзбекистон номини жаҳон саҳнасига олиб чиққан
йўлбошчининг олиб борган оқилона сиёсати аста-секинлик билан ўз
ҳосилини бера бошлади. Ўлкамиз чорак аср ичида мисли кўрилмаган
натижаларга эришди, халқлар ичида ўзининг муносиб ўрнини топди.
Президент Ислом Каримовнинг маънавий ва руҳий покланиш, юксак
инсоний баркамоллик соҳасида амалга оширган ишлари миқёси булар билан
чекланмади. У киши мамлакат аҳолиси маънавий эхтиёжларидан келиб
чиққан ҳолда ўзбек халқининг минг йиллик урф-одат ва анъаналари
равнақига кенг йўл очиб берди, советлар тузуми даврида юртимизнинг
хорижий ислом мамлакатлари билан бутунлай узилиб қолган алоқаларини
бутунлай янгидан ташкил этди. Юртбоши Туркия, Эрон, Малайзия,
Индонезия, Покистон, Миср каби мамлакатларга сафарлари чоғида
минтақавий барқарорликни таъминлаш, дини ва дили бир-бирига яқин бўлган
халқлар орасида манфаатли ҳамкорликларни ўрнатишни ўз олдига мақсад
қилиб қўйди.
У кишига хос фидойилик, ватанпарварлик, адолатпарварлик ва
меҳрибонлик каби олижаноб хислатлари бутун ўзбек халқини янада
жипслаштирди. Фаолиятида ёшлар тарбиясига алоҳида эътибор қаратиб,
28
“Ёшларни Ватанни севиш руҳида тарбиялаш – келажаги буюк жамият
қуришнинг муҳим шарти”, - деган шиорга амал қилди. Ёш авлод учун кўплаб
имкониятлар эшигини очиб берган бобомиз бу борадаги фикрини давом
эттириб “Ҳар қандай қалъа ичидан олинади. Демак, биз ичкарини мустаҳкам
қилишимиз керак. Бунинг учун ёшлар қалбига юртга садоқат, катталарга
ҳурмат, тарихга меҳр, келажакка умид туйғулари уруғини сочишимиз лозим”,
- дея таъкидлаган эдилар.
Бу ишлар бугунги кун ўлчови билан қаралганда, табиий жараёнга
ўхшаши мумкин. Бироқ, ҳар бир ҳодисани ўз вақтида баҳоласак, у рўй берган
ё амалга оширилган вазият ва шароитни чуқур таҳлил этсак, мазкур
ишларнинг нақадар тарихий, сиёсий, ижтимоий ва маънавий воқеа бўлганини
англаш мумкин бўлади.
Шу асосда, Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат
Миромонович Мирзиёев 2017 йил 27 ноябрь куни “Ўзбекистон Республикаси
Биринчи Президенти, буюк давлат ва сиёсат арбоби Ислом Абдуғаниевич
Каримов таваллудининг 80 йиллигини нишонлаш тўғрисида”ги қарорни
имзолади. Қарорга мувофиқ, И.А.Каримовнинг она-Ватан мустақиллиги, эл-
юрт равнақи йўлидаги улкан тарихий хизматларини инобатга олган ҳолда ул
зотнинг мўътабар хотирасини абадийлаштириш бўйича бир қатор эзгу ишлар
амалга оширила бошланди.
Ислом Абдуғаниевичнинг амалга оширишга улгурмаган мақсад, эзгу
ишларини собитқадамлик билан давом эттираётган сафдоши, яқин дўсти
ҳамда шогирди Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Миромонович
мустақил Ўзбекистон асосчисини ёдга олар экан: “Ислом Каримовни
эъзозлаш нафақат вазифамиз, балки муқаддас инсоний бурчимиздир. У киши
ҳотирасини қанча эъзозлаб, улуғласак, тараннум этсак, халқимиз, ўзлигимиз,
миллатимизни шунча улуғлаган бўламиз”,- деган эдилар.
Орадан йиллар, асрлар ўтса-да, Ислом Абдуғаниевич Каримов
ҳотираси авлодлар қалбида мангу яшайди. Миллионлаб инсонлар юрагидан
жой олиб, халқларнинг чуқур муҳаббатини қозонган бобомиз сиймоси
29
осмонимизда йўлчи юлдуз каби чарақлаб, бизни олижаноблик ва
бунёдкорликка чорлайди. Юртбоши айтган ҳар бир сўз, ёзган ҳар китоби
мард, танти, ҳалол ва ғайратли ҳалқимизни бирлаштиришда,
жипслаштиришда, қудратли келажагимизни қуришда куч-қудрат ҳамда
шижоат бағишлайди.
Фойдаланилган адабиётлар рўйхати:
1. Ўзбекистон Республикаси Президенти Ш.М.Мирзиёев 2017 йил 27
ноябрь\даги Қарори.
2. И.А.Каримов. Бизнинг йўлимиз демократик ислохотларни
чуқурлаштириш ва модернизация жараёнларини изчил давом эттириш. 20-
жилд. -Т.: «Ўзбекистон». 2012. 184-бет.
3. И.А.Каримов. Она юртимиз бахту иқболи ва буюк келажак йўлида
хизмат килиш – энг олий саодатдир. -Т.: «Ўзбекистон», 2015. 25-бет.
4. И.А.Каримовнинг Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси
Қонунчилик палатасининг биринчи ташкилий йиғилишидаги нутқи. //«Халк
сўзи» газетаси, 2015 йил 13 январь.
5. Н.Жўраев, Т.Файзуллаев. Мустақил Ўзбекистон тарихи. 3-жилд. -Т.:
«Шарқ». 2000. 7-бет.
TARIXIMIZ VA KELAJAGIMIZ YO’LIGA BAXSHIDA UMR –
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING BIRINCHI PREZIDENTI ISLOM
KARIMOV - JASORAT TIMSOLI
Husanova N.,
SamDCHTI talabasi
O’zbekiston Respublikasining istiqlol yillarida erishgan barcha yutuqlari,
jumladan mustaqillikning bugungi kuni O’zbekiston Respublikasining birinchi
prezidenti Islom Karimov nomi bilan bog’liqdir. Islom Karimov sobiq sovet
tizimidan keyin paydo bo’lgan beqaror, notinch davrda O’zbekiston jamiyatida
barqarorlik va ishonchni paydo qila oldi. O’zbek xalqi oldiga millatni, vatanni
yanada yuksaklarga ko’taradigan ulkan maqsad va vazifalarni qo’ydi. Islom
Karimov O’zbekistonda amalga oshirgan ulkan ishlari, tarixiy o’zgarishlarning
30
tashabbuskori va rahnamosi, mamlakatning istiqlol dasturini ishlab chiqqan va
milliy taraqqiyot yo’lini belgilab bergan buyuk shaxsdir.
Islom Karimov demokratik talablar va xalqaro mezonlarga to’la javob bera
oladigan O’zbekiston Respublikasi konstitutsiyasining asosiy muallifi va uni
hayotga tatbiq etishning kafolatidir. Islom Karimov doimo davlatni isloh
qilayotganda “Islohot-islohot uchun emas, avvalo inson uchun, uning farovon
hayoti uchun xizmat qilishi kerak” degan shiorga asoslanib ish yuritganlar va shu
sababli ham barcha chiqargan qaror va farmoyishlar inson manfaatlarini himoya
qilish uchun mo’ljallangan. Xalqning turmush darajasini oshirishga xizmat
qilishiga zamin yaratib, uning nazoratini o’z qo’llarida olib qolganlar. Markaziy
hokimiyat va uning joylardagi bo’g’inlarini isloh qilish, davlat, jamiyat va inson
munosabatlarini uyg’unlashtirishga qaratilgan yangi siyosiy-ijtimoiy tizim
tamoyillarini ishlab chiqdi va amalga oshirdi.
Ma’lumki, Islom Karimov Respublikamiz rahbari sifatida 1989-yil 23-iyun
kuni bo’lib o’tgan O’zbekiston Kompartiyasi MQning XIV Plenumida Islom
Abdug’aniyevich Karimov O’zbekiston Kompartiyasi MQning birinchi kotibi etib
saylandi va uning boshchiligidagi yangi rahbariyat tomonidan o’zbek xalqining
milliy o’zligini anglash kuchayib borayotganligi birinchi bor e’tirof etildi. Xalqning
shon-shuhrati, qadr-qimmatini himoya qilish, milliy mustaqillikka erishish tomon
yo’l olindi. Respublikada kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo’yish va tarbiyalsh
masalalarida milliy manfaatdorlik ustuvorligi ta’minlandi. Mahalliy kadrlar
rahbarlik lavozimlariga ko’tarildi. Kadrlar siyosatidagi jiddiy ijobiy o’zgarishlar
bo’ldi. Bu davrning og’ir va ayanchli ijtimoiy-siyosiy manzarasiga I. Karimov
shunday baho beradi: “Shu narsa shak-shubhasiz va ochiq-oydindirki, Respublika
barcha asosiy iqtisodiy va ijtimoiy ko’rsatkichlar bo’yicha Ittifoqdagi o’rtacha
darajadan ham ancha orqada bo’lib, mamlakatda oxirgi o’rinlardan birida
turibdi”11degan fikirlarni bildirib o’tadi.
Leonid Levitin Islom Karimov haqida juda iliq fikirda bo’lib, uning davlat
rahbari bo’lishini bir ovozdan ma’qullaydi. Islom Karimov Leonid Levitin bilan
11 I.A.Karimov. O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida.T.: “O’zbekiston”, 2014, 5-6-b
31
bo’lgan suhatdan Yurtboshimiz “Faqat bilimli, ma’rifatli jamiyatgina-demokratik
taraqqiyotning barcha afzalliklarini qadrlay olishini va aksincha bilimi kam, omi
odamlar avtoritarizimni hamda totalitar tuzumni ma’qul ko’rishini hayotning o’zi
ishonarli tarzda isbotlamoqda”12 degan fikrlarni aytadi. Bu ajoyib fikr Islom
Karimovning nechog’lik masalaning mohiyatini tushunib yetganligini bildiradi deb
ta’riflaydi Leonid Levitin.
1989-yilning may oyida Farg’ona viloyatida buzg’unchi kuchlar tomonidan
tashkil etilgan ommaviy tartibsizliklar iyunning oxiriga kelib nihoyatda avj olib
ketdi. Kechagina Respublikamiz rahbari etib saylangan Islom Karimov ishga
kirishgan kunning ertasigayoq, ya’ni 24-iyun kuni O’zbekiston SSR Ministrlari
Sovetida katta majlis o’tkazildi va unda nutq so’zladi. Bu nutq mohiyati e’tiboriga
ko’ra Islom Karimovning O’zbekiston rahbari sifatidagi birinchi nutqi ekanligi
bilan ham alohida tarixiy ahamiyatga egadir. Ushbu chiqishda Islom Karimovning
siyosiy yetakchiga xos barcha fazilatlari yaqqol namoyon bo’ladi. O’zining keskin
tanqidiy va amaliy ruhi bilan ajralib turadigan mazkur nutqda Respublika rahbari
O’zbekistonda vujudga kelgan o’ta murakkab ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat va uning
sabablarini chuqur tahlil qilib, achchiq va haqqoniy bir xulosaga keladi. “Biz
bundan buyon eskicha yashay olmaymiz va bunday yashashga zamoning o’zi yo’l
qo’ymaydi”, deb yangi lavozimga qanday ulug’ maqsad bilan kurashayotgani, o’z
faoliyatida islohotchilik, el-yurtning dardu tashvishlari eng oliy mezon bo’lib
qolishini ochiq bayon qiladi.
Yangi rahbarning mavjud ahvolni ijobiy tomonga o’zgartirish, Respublikani
chuqur inqiroz holatidan olib chiqish borasidagi azmu - qarori naqadar jiddiy va
qat’iy ekani ularning o’rtasida katta bezovtalik va besaranjomlikka sabab bo’ldi.
Farg’onada sodir bo’lgan fojeaga asosiy sabab ikkinchi jahon urushi yillarida
mustabid tuzum tomonidan deportatsiya qilingan bir qator xalqlar qatorida mesxeti
turklari ham bo’lib, ular asosan aholi zich yashaydigan Farg’ona viloyatiga, bir
qismi Andijon, Namangan va Toshkent viloyatlariga joylashtirilgan bo’lib, buning
oqibatida ijtimoiy-iqtisodiy va millatlararo munosabatlarda qo’shimcha
12 Leonind Levitan.O’bekiston tarixiy burulish pallasida.-T.: “O’zbekiston”,2001, 10-11-b
32
muammolarni yuzaga keltirgan edi. Respublikaning siyosiy rahbariyati yuzaga
kelgan bu murakkab vaziyatni o’z vaqtida to’g’ri baholay olmadi. Natijada, oddiy
mojaro Farg’ona, Toshkentda ahlosining ayniqsa, yoshlarning ommaviy
chiqshlariga, millatlararo to’qnashuviga sabab bo’ldi.
Farg’ona viloyatida o’n yillar davomida ijtimoiy-iqtisodiy keskinlik ortib
bordi. Xo’jalik strukturasi buzilgan, tarmoqlar xomashyo yetishtrish, yarim
fabrikalar ishlab chiqarishga moslashib qolgan edi. Ishsizlar soni tobora ortib borar,
odamlarni, yoshlarni ish bilan ta’minlash tadbirlari ko’rilmasdi. Kadrlarni tanlash,
joy-joyiga qo’yish ishlari buzilgan, poraxo’rlik, xizmat mavqeini suiste’mol qilish
avj olgan edi. Ana shunday keskinlikdan, respublikada ijtimoiy-siyosiy beqarorlikni
keltirib chiqarishdan manfaatdor siyosiy kuchlar allaqachon ishlab chiqilgan, puxta
tayyorgarlik ko’rgan reja asosida ig’vogarona harakat qildilar. Mana shunday
vaziyatlarda 25 iyun kuni Islom Karimov janjal to’polonlar alangasida qolib ketgan
Farg’onaga yo’l oladi. Lovullab yonayotgan uylar, tahlika va sarosimaga tushgan
shahar va qishloqlar, qahr-g’azabga to’lgan odamlarning ichiga dadil kirib boradi.
Ular bilan chin dildan, hech narsani yashirmasdan ochiq gaplashadi. Bu
insonlarning shu vaqtga qadar hech kim eshitmagan ohu-nolalarini tinglab, o’zining
yurakdan chiqqan samimiy va haqqoniy so’zlari bilan bamisoli ularning qalbidagi
jarohatlariga malham qo’ygandek bo’ldi. Ko’ngillarda so’ngan umid uchqunlarini
uyg’otdi. Tartib-intizomni tiklash, qon to’kilishining oldini olish bo’yicha butun
mas’uliyatni o’z zimmasiga olib, aniq chora-tadbirlar ko’radi. O’sha yillarda
Farg’ona voqealari to’g’risida shov-shuv ko’tarilgan, shunday qonli fojia hisobidan
obro’ topishi, o’zining g’arazli manfaatlariga erishishga, xalqimizni badnom
qilishga urungan kimsalar ko’p bo’lgan. Jumladan, Yurtboshimiz Toshkentda va
Moskvada bo’lib o’tgan katta anjumanlarda, matbuotdagi chiqishlarida bu
masalada qatiy pozitsiyada turib, quyidagi fikrlarni alohida ta’kidlaydi: “O’zbek
xalqining vijdoni pok. Farg’ona voqealari o’zbek xalqining irodasi bilan sodir
bo’lmadi. Bu voqealarga tutruqsiz va g’arazli maqsdalarni ko’zlab, kim qanday
bo’yoq bermasin, tarix albatta, o’zining hukmini chiqaradi. Baynalmilalchilik,
mehmondo’stlik, yaxshilik, saxovat hamisha o’zbek xalqiga xos fazilat bo’lib
33
keladi. Xalqimiz hech qachon boshqa xalqlarga nisbatan dushmanlik kayfiyatida
bo’lmagan. Na qadimiy va na hozirgi tariximizdan olingan ko’pgina misollar bilan
isbot qilingan” 13.
Ana shunday tarixiy misollar asosida aytish mumkinki, Islom Karimovning
barcha muammolar haqida-ular qanchalik og’ir va noxush bo’lmasin-ochiq
gapirishi, hamisha haqiqatning ko’ziga tik qarashi unga nisbatan xalqimizning
e’tirofi va ehtiromini uyg’otdi. Yana bir o’ta muhim jihati shundaki,
mamlakatimizda huquqiy demakratik davlat, fuqorolik jamiyatni barpo etish
yo’lida avval boshdanoq asosiy ustuvor yo’nalishlarga aylangan masalalar tinchlik
va barqarorlikni saqlash, millatlararo hamjihatlikni asrash, aholini ijtimoiy
muhofaza qilish, iqtisodiyotni tubdan isloh etish, milliy armiyani shakllantrish, sud-
huquq tizimini yangi asosda barpo etish, inson manfaati, huquq va erkinliklarini
ta’minlash, ijtimoiy-siyosiy hayotni erkinlashtirish, aholi salomatligi, ilm-fan,
ta’lim-tarbiya, madaniyat va sport sohalariga e’tibor qaratish, jahon hamjamiyatida
munosib o’rin egallash kabi ko’pdan ko’p dolzarb vazifalar mustaqilligimizning
poydevori qo’yilayotgan o’sha davrda Yurtboshimizning chiqishlarida har
tomonlama o’z ifodasini topa boshlagan edi.
Bir so’z bilan aytganda, bugungi kunda “Taraqqiyotning o’zbek
modeli”deb olgan rivojlanish yo’limizning asosiy prinsiplari, umummilliy shiorga
aylanib ketgan “O’zbekiston kelajagi buyuk davlat”, “O’zbek xalqi hech
qachon hech kimga qaram bo’lmaydi”, “Bizdan ozod va obod vatan qolsin”
kabi mashhur iboralar sokin kabinetlarda emas, ana shunday shiddatli kurashlar,
tinimsiz bahs va munozaralar, achchiq hayotiy tartiblar asosida vujudga kelgan.
O’sha onlardan yurtboshimiz “Biz faqat o’z kuchimiz, o’z salohiyatimizga
tayanib ish ko’rishimiz kerak”, “O’zimiz harakat qilmasak, chetdan kelib
birov bizga yordam bermaydi”degan da’vatkor so’zlarni aytadi. Yana bir
diqqatga sazovor tomoni shundaki, sho’ro mafkurasi chuqur ildiz otgan o’sha
siyosiy muhitda ham Yurtboshimizning har bir so’zida, har bir chiqishida o’z
13 O'zbekiston kompartiyasi Markaziy Komitetining 1989 -yil 19-avgustdagi XVI plenumida so’zlagan
nutqida.
34
xalqining tarixi va madaniyatiga, o’z ona zaminiga, milliy qadriyatlarga ulkan
muhabbat tuyg’usi sezilib turardi. Yurtboshimiz “Xalq vakili xalqining posboni,
xalq rahbari bo’lib, xalqning issiq-sovug’idan xabardor bo’lguvchi sirdoshiga
aylanishi shart” degan so’zlarni aytib o’tadi.
Xalqimizning qadimiy tarixi, boy madaniy merosi, urf-odati va an’analarini
asrab-avaylash va rivojlantirish, mustabid tuzum davrida ta`qiqlab qo’yilgan
Navro’z bayrami, Ramazon va Qurbon hayitlarini nishonlash, dinga hurmat
bilan munosabatda bo’lishni qaror toptirish, Imom al Buxoriy, Imom at Termiziy,
Bahouddin Naqshband va boshqa aziz-avliyolarimiz, Amir Temur, Jaloliddin
Manguberdi, Alisher Navoiy, Bobur singari ulug’ ajdodlarimiz xotirasiga nisbatan
tarixiy sadoqatni tiklash haqidagi fikr-mulohazalari, qaror va farmonlari shular
jumlasidandir.
Xalqimiz, vatanimiz tarixiga oltin harflar bilan yoziladigan o’sha unutilmas
kunlarga nazar tashlar ekanmiz, ayni o’sha paytda yosh, mustaqil O’zbekiston
davlati rahbari tomonidan mamlakatimizning siyosiy-ijtimoiy, ma’naviy taraqqiyot
uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’lgan ko’plab juda muhim hujjatlar qabul
qilinganini ko’ramiz. Mamlakatimiz mustqilligining e’lon qilinishi, turgan gapki,
sobiq markazdagi imperiyaparast kuchlar va ularning yurtimizdagi tarafdorlari
tomonidan ichki norozilik bilan kutib olindi. Ular O’zbekistonning istiqlol yo’lidagi
qat’iy harakatlarini qanday qilib bo’lmasin yo’qqa chiqarish uchun qulay fursat
poylab yurishar edi. Mamlakatimiz mustaqilligidan so’ng bir oy o’tar-o’tmas bu
alamzada kuchlar ochiqchasiga bosh ko’tarib