Upload
others
View
35
Download
0
Embed Size (px)
Citation preview
SAMARQAND QISHLOQ XO’JALIK
INSTITUTI
19-ma’ruza. MODDA ALMAShINUVI
BUZILIShINI TEKSHIRISH USULLARI
Маruzachilar: SamQXI Hayvonlarning yuqumsiz kasalliklari, akusherlik va ginekologiya
kafedrasi Dotsenti Safarov M.B.
v.f.n Eshburiev S.B
Samarqand- 2016
O’quv soati: 2 soat Talabalar soni: 115 nafar.
O’quv mashg’ulotining shakli Kirish. Vizual ma’ruza.
Ma’ruza rejasi 1.Moddalar almashinuvi to’g’risida umumiy
tushunchalar. Moddalar almashinuvi buzilishini
aniqlash tartibi va usullari.
2.Ekologik holat tahlili, poda sindromatikasi,
oziqa rasioni va saqlash sharoitlarining tahlili.
Klinik tekshirish, qonni, siydikni laborator
tekshirish va suyaklarning rentgenografiyasi
tahlillari.
3.Moddalar almashinuvi buzilishining umumiy
sindromatikasi va kasalliklari sindromatikasi.
4.Oqsil, uglevod, yog’, mineral va vitamin
almashinuvi buzilishini aniqlash usullari.
O’quv mashg’ulotining maqsadi: Talabalarga o’quv fani to’g’risida to’g’ri
tasovvurlarni berish.
1.1. Ma’ruzaning o’qitish texnologiyasi
Pedagogik vazifalar:
Hayvonlarda modda almashinuvi
to’g’risida tushuncha;
Modda almashinuvi buzilishini
aniqlash tartibi va usullari;
Poda sindromatikasi, oziqa rasioni
va saqlash sharoitlarining tahlili;
Hayvonlarni klinik, laborator va
rentgenologik tekshirishlar tahlili;
Modda almashinuvi buzilishi
kasalliklari sindromatikasi;
Modda almashinuvi buzilishini
turlarini (oqsil, uglevod, yog’,
mineral va vitamin almashinuvini
buzilishini) aniqlashni tushuntirish.
O’quv faoliyati natijalari:
Talabalar:
Hayvonlarda modda almashinuvi to’g’risida
tushunchani;
Modda almashinuvi buzilishini aniqlash tartibi va
usullarini;
Poda sindromatikasi, oziqa rasioni va saqlash
sharoitlarining tahlilini;
Hayvonlarni klinik, laborator va rentgenologik
tekshirishlar tahlilini;
Modda almashinuvi buzilishi kasalliklari
sindromatikasini;
Modda almashinuvi buzilishini turlarini (oqsil,
uglevod, yog’, mineral va vitamin almashinuvini
buzilishini) aniqlashni tushunib oladilar.
Ta’lim usullari Ma’ruza. Aqliy hujum.
Ta’limning tashkiliy shakli Ommaviy, jamoaviy.
Ta’lim vositalari Matn. Plakat. Kodoskop. Videoproyektor. Kompyuter.
Ta’lim berish sharoiti Maxsus jixozlangan ma’ruzaxona.
Monitoring va baholash Og’zaki so’rov. Tezkor so’rov.
Ma’ruza bosqichlari Faoliyat mazmuni
Ta’lim beruvchi Ta’lim oluvchi
1. Ma’ruzaga kirish
(10 daqiqa)
1.1. Mavzu. Undan kutiladigan natijalar.
1.2. Rejani e’lon qilish.
1.1. Eshitadi, yozadi.
1.2. Savol beradi, aniqlik
kiritadi.
2. Asosiy qism
(60 daqiqa)
2.1. Tezkor savol-javoblar:
- assimilyasiya va dissimilyasiya prosesslarini kanday
tushunasiz?
- modda almashinuvi buzilishlari turlari?
- giperproteinemiya nima?
- gipoproteinemiya nima?
- giperglikemiya nima?
- gipoglikemiya nima?
- gipervitaminozlarni qanday tushunasiz?
2.2. Vizual materiallardan foydalanilgan holda
ma’ruzaning asosiy nazariy qismlari bayon qilinadi.
2.1. Eshitadi,
tushunchalarini aytadi,
o’ylaydi, javob beradi.
2.2. Eshitadi, jadvallar
mazmunini muhokama
qiladi va asosiy joylarini
yozib oladi.
3. Yakun
(10 daqiqa)
3.1. Ma’ruzaga yakun yasaydi va talabalar e’tibori
asosiy masalalarga qaratiladi, faol talabalar
rag’batlantiriladi.
3.2. Uyga vazifa beriladi va baholanadi.
3.1. Eshitadi, aniqlashtira-
di.
3.2. Yozib oladi.
1.2. Ma’ruzaning texnologik xaritasi
Tavsiya etilayotgan adabiyotlar
• 1.Кондрахин И.П., Левченко В.И. Диагностика и терапия внутренних
болезней животных. М.: ООО «Аквариум-Принт», 2005. С-652-653.
• 2.Методы ветеринарной клинической лабораторной диагностики:
Справочник/ под ред. проф. И.П.Кондрахина. М.: Колос, 2004. 520 с
• 3.Под ред М.Ф.Васильева, (Е.С.Воронин., Г.Л.Дугин., С.П.Ковалев.,
Г.В.Сиоз., В.И.Черкасова., А.М.Шабанов., М.В.Шукин). Практикум по
клинической диагностике болезней животных. Издателство Колос 2004 г.
• 4.М.Б.Сафаров, А.Ж.Рахмонов, А.О.Рахмонов. Клиник диагностика фанидан
маърузалар курси, Самарқанд 2013 йил.
• 5. Зооветеринария журнали 2008-2016 йй.
• Internet malumotlari: www. @moil.ru
• www. Labdiagnostic.ru
• www. Km.ru./ zdorov/ encyclopediya
• http: // vegavet. Spb.ru
• ru. Loogle.uz
Tayanch iboralar
• Assimilyasiya, dissimilyasiya, oqsil, yog’
uglevod, vitamin va minerallar.
Giperproteinemiya, gipoproteinemiya,
giperglikemiya, gipoglikemiya,
gipervitaminozlar, gipovitaminozlar,
avitaminozlar. Giperkalsiyemiya,
gipokalsiyemiya, gipofosforemiya,
gipokoboltoz, gipokuproz, anemiya,
alopesiya, bulimiya, polidipsiya, ketoz,
• osteomalyasiya, raxit,
• Hayvonlarning tirikligi, mahsuldorligi, yashashi
modda almashinuvi bilan taminlanadi. Hayvonlarning
mahsuldorligi qancha yuqori bo’lsa ular organizmida
modda almashinuvi shuncha yuqori bo’ladi.
Hayvonning saqlash va oziqlantirish sharoiti genetik
potensialiga mos bo’lsa moddalar almashinuvi
me’yorda kechadi.
• Modda almashinuvi buzilishi kasalliklari veterinariya
amaliyotida ko’pincha rasionda oqsil, uglevod,
mineral moddalar, vitaminlar va biologik aktiv
moddalarning kamligidan, ayrim paytlarda ko’pligi
natijasida, saqlash sharoitining buzilishi,
zaharlanishlar, mineral moddalarning o’zaro
munosabatining buzilishi natijasida rivojlanadi.
• Hayvonlar organizmida modda
almashinuvi buzilishi kasalliklari darhol
rivojlanmaydi. Chunki rasionda oqsil, uglevod,
mineral moddalar, vitaminlar va biologik aktiv
moddalar yetishmaganda organizm o’zining
zahirasini ishlatib modda almashinishini
me’yorda saqlaydi. Organizmda zahiralar
tugagach modda almashinuvi buzilishi
kasalliklari rivojlana boshlaydi.
• Olimlarning aniqlashicha organizmdagi
zahira moddalar 40-50 kun davomida modda
almashinisi jarayonlarini me’yorda bo’lishini
taminlaydi.
• Modda almashinuvi organizmda 2 ta jarayonning to’xtovsiz amalga oshishi
bilan namoyon bo’ladi.
• Tirik organizmda modda almashinuvi ikkiga bo’linadi:
• 1. Assimilyasiya.
• 2. Dissimilyasiya.
• Assimilyasiyada organizmga xos bo’lgan moddalar sintezlanadi.
• Dissimilyasiyada organizmning murakkab moddalari parchalanadi.
• Organizmda modda almashinishining kechishi yem-xashaklar bilan organizmga
tushadigan oqsil, uglevod, yog’, suv va mineral moddalarning miqdoriga bog’liq.
• Modda almashinuvi organizmda uch bosqichda o’tadi.
• 1. Ovqat hazm qilish tizimi a’zolarida yem-xashaklardagi murakab moddalar oddiy
moddalarga parchalanadi.
• 2. Oddiy moddalarning parchalanishi davom etib, hamma moddalar pirovinograd
kislotasi va asetil koenzim-A ga aylanadi.
• 3. Pirovinograd kislotasi, asetil konenzim-A yangi moddalar hosil bo’lishiga ishtrok
etishi mumkin yoki anaerob parchalanishida, ya’ni Krebs xalqasiga tushib, suv va
karbonad angidridga parchalanishi mumkin.
• Modda almashinishini buzilishini aniqlash juda katta ahamiyatga ega. Chunki yil
davomida qoramollarning 30-40 %, quy, echkilarning 20%, cho’chqalarning 40% modda
almashinishi buzilishi bilan kasallanadi va nobud bo’ladi. Hozirgi davrda ushbu
ko’rsatkichlar soni oshgan.
Modda almashinishi buzilishidagi iqtisodiy zarar. • Modda almashinishini buzilishi hayvonlarda uzoq muddat klinik belgilarsiz
surunkali kechib, hayvonlar o’sish va rivojlanishidan qoladi, mahsuldorligi pasayadi,
rezistentligi susayadi, kasalliklarga chidamsiz bo’lib qoladi, kasalliklarni davolash uchun
veterinariya xarajatlarining ortishi katta iqtisodiy zarar keltiradi.
• Yuqumsiz kasalliklarning 50 foizdan ko’prog’ini modda almashinuvi buzilishi
kasalliklari tashkil etadi.
• Hozirgi vaqtda modda almashinuvining buzilishini aniqlash veterinariya fanida
eng murakkab, eng qiyin va to’lig’icha hal qilinmagan muammolardan biridir.
• Modda almashinuvi buzilishini aniqlashning o’ziga xos hususiyatlari
• Modda almashinuvi buzilishini aniqlashning o’ziga xos hususiyatlari mavjud.
• 1. Modda almashinuvi buzilishiga diagnoz qo’yish uchun veterinariya vrachi juda
ko’p fanlardan to’lig’icha bilimni egallagan bo’lishi kerak.
• 2. Organizmda ayrim modda almashinishi turlari bo’lmasdan, bir butun modda
almashinuvi mavjuddir. Shuning uchun bir turdagi modda almashinuvining buzilishi
albatta ikkinchi turdagi modda almashinuvining buzilishiga olib keladi.
• 3. Organizmdagi hamma a’zolar va sistemalar bir-biri bilan modda almashinuvi
orqali bog’liq. Shuning uchun har qanday a’zo va tizim kasalliklari o’z navbatida modda
almashinuvi kasalliklariga olib keladi.
• Diagnoz qo’yish uchun modda almashinuvi buzilishining rivojlanishini, keltirib
chiqaradigan omillarni bilish kerak.
• Modda almashinuvi buzilishining sabablari • Modda almashinuvi buzilishiga quyidagi omillar sabab bo’ladi.
• 1. Rasionda oqsil, uglevod, yog’, vitamin va mineral moddalarning kam yoki ko’p
bo’lishi.
• 2. Endogen faktorlar natijasida: jigar kasalliklarida, me’da ichak kasalliklarida,
gormonlar va fermentlar kam yoki ko’p ishlab chiqarilsa, ichki sekresiya bezlar
faoliyatining buzilishida, oshqozon-ichak mikroflorasi ishi buzilsa.
• 3. Har qanday yuqumli, parazitar, yuqumsiz kasalliklarda modda almashinuvi
buziladi.
• 4. Saqlash sharoiti buzilganida modda almashinuvi buziladi.
• Modda almashinuvi buzilishiga diagnoz qo’yish uchun quyidagi tekshiruvlarni
o’tkazish shart.
1. Ekologik holatni taxlil qilish.
• Bunga quyidagilar kiradi.
• a). Yaylov biogeosenozi.
• b). Sug’oriladigan yerlar biogeosenozi.
• v). Hayvonning saqlash sharoitini o’rganish.
•
• Yaylov biogeosenozi tahlilida yaylov
hosildorligiga qarab hayvonlar soni
saqlanishi kerak. Bunga e’tibor berilmasa
hayvonlarda modda almashinuvi buzilishi
kasalliklari kelib chiqadi va hayvonlar
halok bo’ladi.
• Sug’oriladigan erlar biogeosenozida
tuproq tarkibi tahlili va o’zgarishini
aniqlanadi. Etishmagan mikroelementlar
yerga beriladi. O’g’itlarni yerga berish
normalariga e’tibor beriladi.
•
Bahorda o’z vaqtida yomg’ir yoqqan davrda o’tlarni yaylovlarda yaxshi
o’sgan holati
Bahorda o’z vaqtida yomg’ir yoqqan davrda o’tlarni
yaylovlarda yaxshi o’sgan holati
Bahorda o’z vaqtida yomg’ir yog’magan davrda
tabiiy o’tlarning yaylovlarda yaxshi o’smay qolgan
holati
• 2. Hayvonlar rasionidagi oziqalar to’yimliligi
tahlil qilinadi.
• Buning uchun vetvrach xo’jalikdagi hamma yem
xashaklardan namunalar olib, viloyat agrokimyo
laboratoriyasiga jo’natadi. Laboratoriyaning
xulosasiga qarab oziqalarning kartogrammasi tuziladi,
rasion oziqalarining to’yimliligi tahlil qilinadi,
me’yoriy ko’rsatkichlar bilan taqqoslanadi. Rasionga
etishmagan moddalar qo’shiladi, ortiqcha bo’lgan
moddalar rasiondan chiqariladi.
• R.P.Pushkaryov malumoti bo’yicha O’zdekiston
sharoitida tuproq va em-xashak tarkibida yod, mis,
kobalt, marganes va rux elementlari etishmaydi.
Shuning uchun bu elementlar oziqalarga qo’shiladi.
Oqsil etishmasa beda uni, paxta shroti,
Dotsent Safarov M.B. malumotlari
bo’yicha
Sigirlar rasioni tahlili
• kalsiy va fosfor etishmasa monokalsiyfosfat,
dikalsiyfosfat, trikalsiyfosfat, tuxum po’chog’i
uni qo’shiladi. (Dotsent Safarov M.B.
tavsiyasiga ko’ra).
• Karotin etishmasa trivit yoki tetramag,
kompleks multivitaminlar yo’riqnomasiga
asosan ineksiya qilish yoki ichirish tavsiya
etiladi.
• Kafedramiz olimlari tomonidan tavsiya etilib
amaliyotga joriy etilayotgan Ultraketost oqsilli-
vitaminli aralashmasi kuniga 100 g dan 30 kun
davomida beriladi (B.Bakirov).
Inkubasiyadan keyingi tuxum
po’chog’i
Mufel pechida quritilgan va tegirmondan
o’tkazilgan tuxum po’chog’i uni
Ultraketost oqsilli-vitaminli aralashmasining
tarkibi
• Bentonit 2 qism
• Natriy xlorid 3 qism
• Karbomid 2 qism
• Natriy bikarbonat 0,479
• Kobalt xlorid 0,002 qism
• Natriy selenit 0,001 qism
• GBT 0,5 qism
• Mikroelementlar etishmovchiligida LPP-1,
LPP-2 va MIKROVIT mineral – vitaminli
preparati qoramollar rasionidagi omixta
emlarga qo’shiladi. (professor Norboev
Q.N, dotsent Eshburiyev 2008).
• Hayvonlar rasionida sifatsiz silos va senaj,
chirigan va mog’orlagan oziqalar bo’lsa
rasiondan chiqariladi.
№ Таркиби Ўлчов бирлиги Профилактик дозаси
1 Бентонит Г 50
2 Мис сулфат Мг 200
3 Кобалт хлорид Мг 40
4 Марганес сулфат Мг 200
5 Рух сулфат Мг 250
6 Калий ёдид Мг 150
7 Витамин А минг ҲБ 240
8 Витамин Д3 минг ҲБ 160
9 Витамин Е Мг 100
.
«Микровит» препаратининг таркиби
№ Таркиби Ўлчов
бирлиги
ЛПП-1
(даволовчи)
ЛПП-2
(профилактик)
1 Бентонит Г 100 80
2 Мис сульфат Мг 200 100
3 Калий йодит Мг 150 100
4 Марганец сульфат Мг 100 80
5 Кобальт хлорид Мг 40 20
6 Вит А минг ХБ 250 200
7 Вит Д3 минг ХБ 150 100
8 Вит Е Мг 100 80
ЛПП-1 ва ЛПП-2 даволовчи-профилактик премикслари
Poda sindromatikasini taxlil qilish.
Xo’jalikning va veterinariya vrachining yillik hisobotlaridan,
veterinariya hodimlari qo’yidagi ko’rsatkichlarni aniqlaydi va taxlil
qilishadi.
Xo’jalikdagi hayvonlarning turi, zoti, yoshi, jinsi, mahsulotning tan
narxi, sarflangan oziqalar va xashak miqdori. Har 100 ta ona
hayvonan olingan buzoq yoki qo’zi soni.
Yangi tug’ilgan hayvonlarning holati va o’lim chiqimi, katta
hayvonlarning majburiy so’yilishi, kasallanish darajasi va xokazolar.
Agarda xo’jalikdagi hayvonlar mahsuldorligi past bo’lsa, 100 ta
sigirdan 50-55 ta buzoq olinsa, olingan buzoqlarning ko’pchiligi
nimjon, (gipotrofik) rivojlanmagan bo’lib, dastlabki kunlarda o’lsa,
bu xo’jalikdagi hayvonlarda modda almashinuvi buzilishi borligidan
dalolat beradi.
Hayvonlarni klinik tekshirish. • Hayvonda modda almashinuvi buzilsa, birinchi kesuvchi tishlar qimirlaydi,
hamda oxirgi dum umurtqalari so’rila boshlaydi, katta qorin matorikasi
susayadi. Shox, ko’z, yelka, bo’yin atrofi junlari tushadi. Keyinchalik raxit,
osteodistrofiya, osteomalyasiya, osteoporoz, avitaminoz, ketoz, ketonuriya,
mikroelementoz kasalliklari paydo bo’ladi. Hayvonda oyoq bo’g’inlari
shishadi, yurganida oqsaydi, yotganda va turganda og’riq sezib inqillaydi.
• Suyaklarni rentgenografiya usulida tekshirish.
• Modda almashinuvi buzilganida yoki rasionda Ca, P moddalar kam bo’lganda,
reflektor yo’l bilan suyakdagi Ca, P moddalar qonga so’rila boshlaydi. Buni
aniqlash uchun oxirgi dum umurtqalari rentgenografiya qilinadi. Me’yorda
rentgenogramma oxirgi dum umurtqalari ponasimon va qora rangda ko’rinadi,
suyakdagi mineral moddalar so’rila boshlasa, boshlanish stadiyasida oxirgi
dum umurtqalari bo’lib, lekin oq rangda. Og’ir stadiyasida 1-2-3-4 dum
umurtqalari umuman so’rilib ketadi. M.B.Safarov malumoti bo’yicha.
• Mineral moddalarning so’rilishi birinchi navbatda organizm uchun ikkinchi
darajali yoki tayanch xususiyatga ega bo’lmagan suyaklarda boshlanadi: (tish,
shox, dum umurtqalari, oxirgi qovurg’alar) keyinchalik organizm uchun
birinchi darajali suyaklarda so’rila boshlaydi. Bunda avval keskir tishlar
qimirlaydi, oxirgi qavirg’alar va dum umurtqalari so’riladi, oyoq va umurtqa
pog’onasi qiyshayadi, lordoz holati kuzatiladi.
Raxitda orqa oyoq bo’g’inining
kattarishi
Osteodistrofiyada oldingi oyoq
bo’g’inining kattarishi
Oxirgi dum umurtqalarining
so’rilmagan ko’rinishi
Oxirgi dum umurtqalarining
so’rilgan ko’rinishi
Keskir tishlarning qimirlashini
aniqlash usuli
Osteodistrofiyada sigirda lordoz
ko’rinishi
So’rilmagan oxirgi dum
umurtqalari rentgenogrammasi
So’rilishi boshlangan oxirgi dum
umurtqalari rentgenogrammasi
Kuchli darajada so’rilgan oxirgi dum
umurtqalari rentgenogrammasi
• OQSILLAR ALMASHINUVI BUZILISHINING
SINDROMLARI
• Hayvonlarda ketoz kasalligining belgilari kelib
chiqadi, ketonuriya, jigar, yurak, buyrak faoliyati
buziladi, nevrotik sindrom kuzatiladi.
• Teridan aseton hidi keladi.
• Disproteinemiya kuzatiladi:
• Qonda gipoproteinemiya yoki giperprotenemiya
kuzatiladi. Qalqonsimon va qalqonoldi bezlari
gipofunksiyasi kuzatiladi. Hayvonlarda semizlik
darajasi pasayadi, jinsiy sikl buziladi, servis
davri uzayadi.
• UGLEVODLAR ALMASHINUVI BUZILISHINING
SINDROMLARI
• Hayvonlarda gipoglikemiya – qonda glykoza
miqdorining kamayishi. Bu ketoz, gipocobaltoz,
osteodistrofiya kasalliklarida kuzatiladi.
Og’ir holatlarda gipotermiya, puls va nafasning
tezlashishi, umumiy holsizlanish, lohaslik,
uyqusirash, ishtaha o’zgarishi, katta qorin
gipotoniyasi, arriqlash, anemiya kuzatiladi.
• Hayvonlarda gipereglikemiya – qonda glykoza
miqdorining ko’payishi.
• Qandli diabet kasalligida.
• Ishtahaning oshishi – bulimiya, chanqoqlikning
oshishi – polidipsiya, poliuriya – siydik
miqdorining ko’payishi, glykozuriya, ariqlash,
teri elastikligining pasayishi, gipotoniya
kuzatiladi.
• VITAMINLAR ALMASHINUVI
BUZILISHI SINDROMLARI
• Retinol etishmovchiligida – teri va shilliq
pardalarning quruqlashishi, teri elastikligining
pasayishi, teri qoplamasi hurpaygan, yaltiroqligi
pasaygan va sinuvchan bo’ladi, alopesiya,
o’sishdan qolish, nafas va ovqat hazm tizimi
kasalliklarining rivojlanishi, kon’yunktivitlar,
gemerolopiya, kseroftalmiya (ko’zning
quruqlashishi), ko’payish organlari faoliyatining
buzilishi, embrional abortlar, yo’ldoshning
ushlanib qolishi, organizm umumiy
rezistentligining pasayishi belgilari bo’ladi.
• Kalsiferol (Vitamin D) etishmovchiligida –
yosh hayvonlarda o’sish va rivojlanishdan qolish,
suyaklarning deformasiasi va yumshoq bo’lisi
(raxit), katta hayvonlarda osteodistrofiya
belgilari oxirgi dum umurtqalarining
mineralsizlanishi, tishlarning qimirlashi belgilari
bo’ladi.
• Tokoferol (Vitamin E) etishmovchiligi
belgilari – muskullarning distrofiyasi,
bepushtlik, embrion o’lishi, endokrin va nerv
tizimida o’zgarishlar kuzatiladi.
• Vitamin K (vikasol) etishmovchiligi
sindromlari – oshqozon ichaklardan qon ketish,
anemiya, qon ivish xususiyatining pasayishi.
• V guruhi vitaminlari etishmovchiligi
sindromlari – uglevod, oqsil va boshqa modda
almashinuvi buzilishlari, qon, asab tizimi,
terining zararlanishi, dermatit, anemiya
taxikardiya, asab tizimi faoliyatining buzilishi
xarakterli simptom bo’lib, umumiy holsizlanish,
ataksiya, yelka va bel muskullarining klonik -
tonik qaltirashi (opistotonus), ko’z olmasining
tebranib turishi (nistagm), oyoq muskullarining
taranglashuvi, falaji va yarim falaji kuzatiladi.
• Vitamin C etishmovchiligi
sindromlari – modda
almashinuvlarining chuqur
buzulishlari, til, milk va lunjlarda
yara va nekrozlar kuzatilishi
hamda qonashi, organizm
rezistentligining pasayishi
kuzatiladi.
V guruhi vitaminlari etishmovchiligi
sindromlari – uglevod, oqsil va boshqa
modda almashinuvi buzilishlari bilan
kechib, qon, asab tizimi, terining
zararlanishi, dermatit, anemiya taxikardiya,
asab tizimi faoliyatining buzilishi xarakterli
simptom bo’lib, umumiy holsizlanish,
ataksiya, yelka va bel muskullarining
klonik - tonik qaltirashi (opistotonus), ko’z
olmasining tebranib turishi (nistagm),
oyoq muskullarining taranglashuvi, falaji
va yarim falaji kuzatiladi.
• Kalsiy etishmovchiligi sindromlari – katta
hayvonlarda hazmlanish jarayonining buzilishi,
osteomalyasiya, suyaklar distrofiyasi, ishtaha
o’zgarishi, hayvonlar bir-birini va oxurlarni
yalashi, siydigini ichishi, kavsh qaytarishning
kamayishi, uzoq vaqt yotishi, o’rnidan turishga
qiynalishi, oyoqlarini tez-tez ko’tarib bosishi,
tishlarning qimirlashi, oxirgi dum umurtqalari va
qovurg’alarning mineralsizlanishi, lordoz, yosh
hayvonlarda ko’krak qafasining torayishi,
bo’ginlar kattalashishi, umurtqa pog’onasining
qiyshayishi, gohida gipokalsiemik titaniya
kuzatiladi.
Teri qoplamasi ho’rpaygan, shilliq pardalar oqargan, ishtaha
o’zgaruvchan (lizuxa) bo’lib, kasal hayvon latta, qog’oz, taxta, rezina
va boshqa yot jismlarni iste’mol qilishga harakat qiladi. Devor va
oxirlarni yalaydi. Oshqozon oldi bo’limlarining gipo- va atoniyasi,
shirdon va ichaklarning kataral yallig’lanishi, bezoarlar hosil bo’lishi
qayd etiladi. Ichaklar harakati sekinlashgan, tezak odatda
quruqlashgan, ba’zan yupqa shilimshiq parda bilan qoplangan
bo’ladi. Shirdon va ichaklarning yallig’lanishida diareya kuzatiladi.
Semizlik darajasi pasayadi, kaxeksiya, teri qoplamasining
dag’allashishi, uning ko’p joylarda tushib ketishi (ayniqsa
qo’zilarda), teri elastikligining pasayishi va quruqlashishi xarakterli
bo’ladi.
GIPOKOBALTOZ SINDROMLARI
GIPOKUPROZ SINDROMLARI Teri qoplamasi yaltiroqligining pasayishi,
hurpayishi, dag’allashishi, tananing ayrim loylarida, ko’z
atrofida junlarning to’kilishi, pigmentsizlanishi,
ishtahaning o’zgarishi, shilliq pardalar anemiyasi
harakterli bo’ladi.
Bug’oz sovliqlarda bola tashlas, o’lik bola tug’ish
yoki shu sovliqlardan tug’ilgan qo’zilarda enzootik
ataksiya kasalligi kuzatiladi. Qo’zilar bo’ynini cho’zib,
oyoqlarini cho’zgan holda yotadi, o’rnidan turmoqchi
bo’lganda chayqalib yiqiladi. Orqa oyoqlari harakatsiz
bo’ladi.
Rux yitishmovchiligi sindromlari Kasallik 1,5 - 2 oylik cho’chqa bolalarida va sutdan
ajratilgandan keyin 3-4 oylikda xarakterli tarzda kechadi.
epidermis xujayralari shoxlanishining buzilishi (parakeratoz),
Hayvonlarda ishtahaning pasayishi, ariqlash, o’sishdan qolish,
chanqoqning kuchayishi, qayd qilish va ich ketishi kuzatiladi.
Quloq, burun, ko’z atrofi, oyoqlar va tananing boshqa
qismlarida qizarish va mayda toshmalar paydo bo’ladi,
keyinchalik terida qazg’oqga o’xshagan xosilalar paydo
bo’lib, teri qalinlashadi, burmalar hosil bo’ladi.
Buzoq va qo’zilarda o’sishdan qolish, oyoqlar shishi,
bo’g’inlarning kattalashishi, terida qazg’oq paydo bo’lishi,
junlarning tushib ketishi, teri elastikligini pasayishi, burmalar
paydo bo’lishi xarakterli bo’ladi.
Yod etishmovchiligi sindromlari
Barcha turdagi modda almashinuvlari buziladi.
Hayvonlarda o’sish va rivojlanishdan qolish,
yolg’on yollar hosil bo’lishi, junlar tushishi
(alopesiya), ekzoftalm, terining burmalar hosil
qilishi, qalqonsimon bezning kattalashishi,
mahsuldorlik va pushtdorlikning kamayishi yoki
rivojlanmagan tuksiz bola tug’ilishi kuzatiladi.
Marganes etishmovchiligi
sindromlari Hayvonlarda jinsiy siklning buzilishi,
ko’yukishning belgilarsiz kechishi kuzatiladi.
Tilni tashqariga chiqarib o’ynatish, spiralsimon
burash va so’rish belgilari bo’ladi. Buzoqlarda
bo’g’inlarning qalinlashishi va deformasiyasi
harakterli bo’ladi.
Cho’chqa bolalarida naysimon suyaklarning
kalta bo’lishi, o’sishdan qolish belgilari
namoyon bo’ladi. Parrandalarda peroz kasalligi
uchraydi.
Qonni, sutni, siydikni, laborator tekshirish.
Qonda eritrositlar va leykositlar sonini, leykogrammani, umumiy oqsil, Ca, P,
karotin, ishqor zaxirasi, glyukoza, mikroelementlar, keton tanachalari
aniqlanadi.
Bu ko’rsatkichlarning me’yordan ko’p yoki kam bo’lishi modda
almashinuvining buzilishidan dalolat beradi.
Me’yorda qonda umumiy oqsil miqdori 7-9 (6-8) g%,
ishqor zahirasi 460-520 mg%
Ca 9-11 mg%; P 4-7 mg%; Glyukoza 40-80 mg%; Karotin 0,5-2 mg%;
Keton tanachalari 2-3 mg%.
Sutda: kislotalik darajasi va keton tanachalari aniqlanadi.
Me’yorda:
Kislotaligi 16-20 0T
Keton tanachalari bo’lmasligi kerak.
Siydikda: nisbiy zichligi, keton tanachalari, oqsil, glyukoza, urobilin, siydikda
nisbiy zichligi kamayadi, oqsil, uglevod,
keton tanachalari paydo bo’ladi. Urobilin miqdori oshib ketadi.
Modda almashinuvi buzilishini oldini olishda vrach o’zi ishlayotgan joyning
biogeosenoz holatini bilishi kerak.
• Professor Pushkarev tekshiruviga binoan O’zbekistonda yod moddasini saqlanishi
bo’yicha uchta zonaga (provinsiya) ajratgan.
• 1. Zona Farg’ona vodiysi - yod moddasining ko’p miqdorda yetishmaydigan zonasidir.
• 2.Zona Sirdaryo, Samarqand, Surxondaryo, Qashqadaryo, Xorazm - bunda o’rtacha
yetishmaydi.
• 3. Zona boshqa qolgan viloyatlarda yod moddasi qisman yetishmaydi.
• Bundan tashqari O’zbekiston tuprog’i va o’simliklarida, kobalt, mis, rux, marganes
elementlari yetishmaydi.
• Yuqoridagi yetishmovchiliklarni e’tiborga olib, veterinariya xodimla-ri yil davomida har
kvartalda 1 marta 45 kun davomida hayvon rasioniga qo’shimcha, kobalt xlorid, marganes
sulfat, rux sulfat berilishi shart.
• Modda almashinishining turlari buzilganida, o’ziga xos ko’rsatiklarga e’tibor beramiz.
• Oqsil almashinishi buzilganida diagnoz qo’yish uchun rasion tarkibidagi xazm bo’luvchi
proteinga, qand-oqsil nisbatiga, qonda esa umumiy oqsil miqdoriga, glyukozaga, qand- oqsil
nisbatiga, ishqor zaxirasi va keton tanachalariga e’tibor beramiz.
• Uglevod almashinuvi buzilganida diagnoz qo’yish uchun rasionda uglevodlar miqdoriga,
qonda esa glyukoza miqdoriga e’tibor beramiz.
• Mineral almashinuvi buzilganida diagnoz qo’yish uchun rasionda Ca, P, K, Fe, Mg, I, Co, Cu,
Zn miqdoriga e’tibor beramiz. Qonda esa Ca, P, ishqor zaxirasi, karotin va D vitamini
miqdorini tekshiramiz.
•
ЭЪТИБОРЛАРИНГИЗ УЧУН
РАХМАТ!