36
Ozbekiston Respublikasi davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti 2018 yil 13 mart seshanba kuni dars jadvalining ikkinchi juftligida o’tkaziladigan “Axborot soati va murabbiylik soati” materiallari Samarqand- 2018 y

samgasi.uz soati/AXB Soat 13... · Web viewO‘zaro anglashuv va birgalikdagi sa’y-harakatlar tufayli mamlakatlarimiz va xalqlarimiz o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik, umumiy

  • Upload
    others

  • View
    10

  • Download
    0

Embed Size (px)

Citation preview

Page 1: samgasi.uz soati/AXB Soat 13... · Web viewO‘zaro anglashuv va birgalikdagi sa’y-harakatlar tufayli mamlakatlarimiz va xalqlarimiz o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik, umumiy

O‘zbekiston Respublikasi davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti

2018 yil 13 mart seshanba kuni dars jadvalining ikkinchi juftligida o’tkaziladigan “Axborot soati va murabbiylik soati” materiallari

Samarqand- 2018 y

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDAGI IQTISODIY,

Page 2: samgasi.uz soati/AXB Soat 13... · Web viewO‘zaro anglashuv va birgalikdagi sa’y-harakatlar tufayli mamlakatlarimiz va xalqlarimiz o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik, umumiy

IJTIMOIY-SIYOSIY VOQEALARGA DOIRMA’LUMOTLAR

SODIQ IMOMIY: “SHAVKAT MIRZIYOYEV YURITAYOTGAN SIYOSAT TUFAYLI MINTAQAMIZDA KATTA O‘ZGARISHLAR YUZ

BERMOQDA”O‘zbekiston bilan Tojikiston o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli va samarali

hamkorlik izchil rivojlanmoqda, barcha darajada, jumladan, chegaraoldi hududlar hamda ishbilarmon doiralar o‘rtasida muloqot faollashgani kuzatilmoqda. O‘zaro anglashuv va birgalikdagi sa’y-harakatlar tufayli mamlakatlarimiz va xalqlarimiz o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik, umumiy tarix, ma’naviy va madaniy qadriyatlarga asoslangan yaxshi qo‘shnilik aloqalari mustahkamlanmoqda.

Tojikiston Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Sodiq Imomiy shular haqida so‘zladi.

– O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev olib borayotgan siyosat tufayli so‘nggi yillarda nafaqat O‘zbekiston, balki butun mintaqamizda katta o‘zgarishlar yuz bermoqda. O‘zbekiston o‘zining tashqi siyosatida qo‘shni mamlakatlar bilan aloqalarga ustuvor ahamiyat qaratmoqda. Natijada mintaqamizga yangi hayot shabbodasi kirib keldi va hukmronlik qilmoqda.

Shavkat Mirziyoyevning qo‘shni mamlakatlar bilan chegara masalalarini hal etayotgani e’tirofga loyiq. O‘zbekiston rahbari eng avvalo qo‘shni mamlakatlar bilan yaqindan hamkorlikka alohida e’tibor qaratmoqda. Bu maqsadlar 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida ham o‘z ifodasini topgan. Ushbu hujjatda chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat yuritish, O‘zbekistonning yon-atrofida xavfsizlik, barqarorlik va yaxshi qo‘shnilik muhitini mustahkamlash, davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish kabi masalalar ustuvor yo‘nalishlar etib belgilandi.

O‘tgan qisqa vaqtda mintaqa mamlakatlari o‘rtasida hamkorlikni kengaytirish maqsadida tarixiy qadamlar tashlandi. Bunda O‘zbekistonning qo‘shni Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston bilan hamkorlik aloqalarini kengaytirayotgani, Afg‘onistonga alohida e’tibor qaratayotgani asosiy omil bo‘lmoqda. O‘zbekistonda bugungi kunda kechayotgan shiddatli o‘zgarishlar xalqaro miqyosda yuksak e’tirof etilmoqda.

O‘tgan qisqa vaqt davomida O‘zbekiston – Tojikiston munosabatlarida ham chuqur o‘zgarishlar yuz berdi. Ikki tomonlama hamkorlik barcha kompleks masalalarni yaxshilash nuqtai nazaridan qayta ko‘rib chiqilmoqda. Toshkent va Dushanbe o‘rtasida aviaqatnovlar tiklandi, savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning majlislari o‘tkazildi, davlatlararo chegaralarni delimitatsiya qilish bo‘yicha hukumatlararo delegatsiyalar ishchi guruhlarining uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Shu bilan birga, turli sohalarda, xususan, madaniy-gumanitar sohadagi qo‘shma tadbirlar ham jamoatchilik tomonidan iliq kutib olindi.

Shu kunlarda mamlakatlarimiz juda katta siyosiy voqea arafasida turibdi. Men buni tarixiy voqea deb atagan bo‘lardim. Yaqin kunlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga davlat tashrifi amalga oshiriladi. Ikki tomon qizg‘in tayyorgarlik ishlarini olib bormoqda.

Page 3: samgasi.uz soati/AXB Soat 13... · Web viewO‘zaro anglashuv va birgalikdagi sa’y-harakatlar tufayli mamlakatlarimiz va xalqlarimiz o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik, umumiy

Tojikistonda tashrifga oid tashkiliy masalalarga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu masala shaxsan Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon nazoratiga olingan.

Davlat tashrifi davomida o‘nlab muhim hujjatlar imzolanishi ko‘zda tutilgan. Shu sababli ham tayyorgarlik ishlarining qamrovi juda kengligini ta’kidlashni istardim.

Bir narsani ochiq aytaman, O‘zbekiston Prezidentining Tojikistonga davlat tashrifi ikki xalq o‘rtasidagi qadim-qadimdan davom etib kelayotgan do‘stlik munosabatlarida yangi sahifa ochadi. O‘zbek bilan tojik ikki tilda so‘zlashuvchi bir xalq. Bizni o‘zaro ajratuvchi jihatlar yo‘q, xalqlarimizni bir-biridan ayro tasavvur etib bo‘lmaydi. Ularning tafakkuri, turmush tarzi, e’tiqodi va qarashlari ham mushtarak.

Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga davlat tashrifi mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlarni sifat jihatdan yangi pog‘onaga olib chiqadi, albatta. Imzolanadigan hujjatlar xalqlarimiz do‘stligini mustahkamlash, o‘zaro bordi-keldini kengaytirish imkoniyatlarini yaratadi. Viza rejimini soddalashtirishga intilishlar ham shundan dalolat bermoqda.

Ikki mamlakat fuqarolarining bemalol bordi-keldisini yo‘lga qo‘yish maqsadida yangi transport yo‘nalishlarini ochish ham rejalashtirilmoqda. Mavjud kommunikatsiya imkoniyatlaridan emin-erkin foydalanish uchun qo‘ldan kelgan barcha ishlar amalga oshiriladi. Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi savdo aylanmasi so‘nggi bir yilda 80 foiz oshdi. Bu o‘tgan yillarga solishtirganda juda katta yutuqdir. Yaqin ikki yil mobaynida mamlakatlarimiz o‘rtasidagi savdo hajmini 500 million dollarga etkazish ko‘zda tutilmoqda. O‘ylaymanki, bu chegara emas.

O‘zbekiston ham, Tojikiston ham iqtisodiy sohada katta yutuqlarni qo‘lga kiritmoqda. O‘zbekistonda elchilik faoliyatimni boshlaganimdan keyingi davrda mamlakatingiz erishayotgan katta-katta yutuqlarga guvoh bo‘ldim. Iqtisodiyotdagi muvaffaqiyatlarni o‘z ko‘zim bilan ko‘rmoqdaman. O‘zbekiston mahsulotlari jahon bozorini zabt etmoqda. Tojikistonda ham shunday imkoniyatlar bor. Ishonch bilan ayta olamanki, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi savdo aylanmasi yaqin kelajakda yuqori ko‘rsatkichlarga erishadi.

O‘tgan yili Toshkentda Tojikiston madaniyati kunlari, Dushanbeda O‘zbekiston madaniyati kunlari o‘tkazildi. Hech bir mubolag‘asiz aytish kerakki, bu tadbirlar xalqlarimizning do‘stlik bayramiga aylanib ketdi. Anjumanlarda ikki xalq bir-birining milliy musiqa san’atini yuksak qadrlashi yana bir bor namoyon bo‘ldi. Shaxsan o‘zim Toshkentdagi Tojikiston madaniyati kunlarida xalqlarimiz bir-birini juda ham sog‘inganiga bevosita guvoh bo‘ldim.

Biz, diplomatlar, davlat idoralari rahbarlarining zimmasidagi eng muhim vazifa – xalqlarimizning bir-biriga quchoq ochib borishiga, yanada yaqin muloqot qilishiga hissa qo‘shishdan iborat.

Biz o‘sib kelayotgan yosh avlod ongiga asrlar osha meros bo‘lib kelayotgan o‘zbek va tojik xalqlari o‘rtasidagi mustahkam do‘stlik g‘oyalarini singdirishimiz kerak. Bu masalada OAVning roli juda katta. Shu sababli barcha matbuot xodimlariga murojaat qilib, xalqlarimiz o‘rtasidagi azaliy do‘stlik, yaxshi qo‘shnilikka alohida e’tibor qaratishini so‘rardim.

Tojikiston ommaviy axborot vositalarida do‘st O‘zbekistonda yuz berayotgan olamshumul voqealarga katta e’tibor qaratilmoqda. Ular do‘stlik, yaxshi qo‘shnilik ruhida yoritilmoqda. Misol sifatida aytadigan bo‘lsam, yaqinda

Page 4: samgasi.uz soati/AXB Soat 13... · Web viewO‘zaro anglashuv va birgalikdagi sa’y-harakatlar tufayli mamlakatlarimiz va xalqlarimiz o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik, umumiy

23 yoshgacha bo‘lgan o‘zbekistonlik futbolchilar Osiyo chempionatida g‘alaba qozondi. Tojikistondagi ikkita telekanal bu musobaqani to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatdi. Tojik xalqi O‘zbekistonning, o‘zbek xalqining shodligini birgalikda baham ko‘rdi. Tojikiston markaziy telekanallarida Dushanbedagi O‘zbekiston madaniyati kunlari va Toshkentda o‘tkazilgan Tojikiston madaniyati kunlari tadbirlari tez-tez namoyish etilib turibdi.

O‘ZBEKISTON VA TURKIYA PREZIDENTLARINING TELEFON ORQALI MULOQOTI TO‘G‘RISIDA

Joriy yilning 26 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi. 

Prezident Shavkat Mirziyoyev Prezident Rejep Tayyip Erdog‘anni tug‘ilgan kuni bilan samimiy qutlab, uning O‘zbekiston bilan Turkiya o‘rtasidagi qardoshlik va strategik sheriklik munosabatlarini rivojlantirish, o‘zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan katta e’tibori va sa’y-harakatlarini hamda qo‘shayotgan ulkan hissasini alohida qayd etdi. 

Suhbat chog‘ida ikki davlat rahbarlari tomonidan 2017 yil oktyabr oyida Turkiya Respublikasiga amalga oshirilgan oliy darajadagi tashrif doirasidagi samarali uchrashuv va muzokaralar ko‘p qirrali va o‘zaro manfaatli ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun mustahkam zamin yaratgani hamda aniq amaliy mazmun baxsh etgani chuqur mamnuniyat bilan qayd etildi. 

Prezident Rejep Tayyip Erdog‘an Prezident Shavkat Mirziyoyevga tabrik va ezgu tilaklar uchun samimiy minnatdorlik bildirdi. O‘zbekiston Prezidenti timsolida O‘zbekiston – Turkiya hamkorligini har tomonlama mustahkamlash borasida haqiqiy birodar va hamfikrga ega bo‘lganini alohida ta’kidladi. 

Mazkur tarixiy tashrif yakunlari bo‘yicha erishilgan aniq kelishuv va imzolangan bitimlarning bajarilishi, jumladan, savdo, investitsiya, bank-moliya, transport, turizm va boshqa muhim sohalardagi yirik qo‘shma loyihalarni hayotga to‘liq tatbiq etish borasida kelishib olindi. 

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anning O‘zbekiston Respublikasiga bo‘lg‘usi oliy darajadagi tashrifiga tayyorgarlik ko‘rish hamda muqaddam erishilgan kelishuvlarning bajarilishi masalalari yuzasidan Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo qo‘shma komissiyaning navbatdagi yig‘ilishini tashkillashtirish muhimligi e’tirof etildi. 

Suhbat chog‘ida ikki mamlakat rahbarlari O‘zbekiston – Turkiya hamkorligini yanada kengaytirish istiqbollarini atroflicha muhokama qildi, mintaqaviy va xalqaro dolzarb masalalar bo‘yicha fikr almashdi. 

Muloqot so‘ngida davlat rahbarlari O‘zbekiston bilan Turkiya o‘rtasidagi azaliy do‘stlik va qardoshlik aloqalari hamda an’anaviy yaqin hamkorlikni har tomonlama rivojlantirish va mustahkamlashga tayyorligini bildirdilar. 

PREZIDENT MIRZIYOYEVNING TASHABBUSLARI MINTAQADAGI KESKIN IJOBIY O‘ZGARISHLARGA POYDEVOR BO‘LMOQDA

Prezident Mirziyoyevning islohotlari sabab Amerika Markaziy Osiyoning yangi qirralarini kashf etayotganini ta’kidlayotgan AQSHning Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha bosh rasmiysi, AQSH Davlat kotibi yordamchisining

Page 5: samgasi.uz soati/AXB Soat 13... · Web viewO‘zaro anglashuv va birgalikdagi sa’y-harakatlar tufayli mamlakatlarimiz va xalqlarimiz o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik, umumiy

birinchi o‘rinbosari, professional diplomat Elis Uells xonim O‘zbekistondagi o‘zgarishlar haqida intervyu berdi. 

– Markaziy Osiyo davlatlari, jumladan, O‘zbekistonga borib keldingiz. Tashrif taassurotlari, Donald Tramp Prezident bo‘lganidan keyin bu mintaqaga nisbatan siyosatda qanday o‘zgarishlar yuz bergani haqida so‘zlab bersangiz. 

– Ikki jihatni ta’kidlamoqchiman. Hozirgi muhim yangiliklardan biri shuki, O‘zbekistonda Prezident Shavkat Mirziyoyev olg‘a surgan tashabbuslar mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi. Markaziy Osiyo davlatlari o‘z salohiyatini to‘la ro‘yobga chiqarishi uchun yangi imkoniyatlar yuzaga kelmoqda. Shavkat Mirziyoyev davlatni tashqi dunyo uchun ochar ekan, qo‘shnilarga do‘stlik qo‘lini cho‘zib, chegara muammolarini hal etish yo‘lida harakat qilar ekan, biz ham Markaziy Osiyoning yangi qirralarini kashf etayapmiz va yangicha hamkorlik haqida o‘ylayapmiz. 

Ikkinchi jihat – Prezidentimizning Janubiy Osiyo strategiyasidir. O‘tgan yilning avgustida e’lon qilingan bu strategiya “Afg‘onistonda barqarorlik va xavfsizlik ta’minlanmaguncha, biz u erni tark etmaymiz”, degan va’daga asoslanadi. Bu O‘zbekiston uchun, Afg‘onistonning boshqa qo‘shnilari uchun juda muhim qaror. Mintaqa rahbarlari bu qarorimizni olqishlamoqda. Afg‘oniston Prezidenti Ashraf G‘ani Toshkentga kelib ketdi. Qator bitimlar imzolandi. U o‘z davlatini Markaziy Osiyoning bir qismi, deb atadi. Mintaqadagi hozirgi manzara bizni umidlantiradi. Bu yerda ikki tomonlama aloqalar jonlanmoqda, xalqaro hamjamiyat Markaziy Osiyoga yangi nazar bilan qaramoqda. Bu holat Afg‘onistonda tinchlikka erishish umidini kuchaytiradi. 

– Toshkent uchun Afg‘oniston bo‘yicha mart oyida o‘tkazish rejalashtirilgan anjuman juda muhim. 

– Gapingizga to‘liq qo‘shilaman – bu anjuman O‘zbekiston uchun nihoyatda muhim. O‘zbekiston Afg‘onistonda tinchlikka erishish yo‘lida tarixan muhim o‘rin tutib kelgan. 

– Afg‘onistondagi vaziyat o‘zingizga ma’lum. Anjuman nimani o‘zgartira oladi? 

– Bu anjuman muzokara uchun yo‘l ochiq ekanini ko‘rsatadi. Bu g‘oyat ahamiyatli. Qon to‘kishni to‘xtatib, Afg‘oniston konstitutsiyasiga rioya etgan holda, kam sonli millatlar va xotin-qizlar huquqlarini hurmat qiladigan kuchlar bilan murosaga kelish yo‘llari bor. Mintaqadagi har bir davlat, AQSH va Afg‘oniston faqat tinchlik va barqarorlik istaydi. Tinchlik muzokaralari ish bersin, deydi. 

Kobulda sodir etilayotgan xurujlar xalqaro hamjamiyatga tinchlikning dushmani aslida kim ekanini yaqqol ko‘rsatdi. Bu – “Tolibon”. Shu bois butun e’tiborimizni mana shu yovuz kuchga qaratayapmiz. Uning tarkibida qurol tashlamoqchi bo‘lganlar ham bor. Shunday ekan, murosa umidi so‘nmaydi. Hukumat toliblar bilan til topisha olishiga ishonadi. 

– Markaziy Osiyo davlatlari AQSH bilan aloqalar mustahkam bo‘lishini xohlaydi. Biroq Vashington mintaqaga Afg‘oniston orqali qaraydi. 

– Bu noto‘g‘ri talqin. Afg‘oniston, shubhasiz, muhim davlat. Lekin mintaqa davlatlari bilan aloqalarimiz, siyosatimiz hamisha o‘zaro manfaatlarga asoslangan. Hamisha uni qanday shakllantirish, iqtisodiy hamkorlikni ta’minlash, islohotlarni

Page 6: samgasi.uz soati/AXB Soat 13... · Web viewO‘zaro anglashuv va birgalikdagi sa’y-harakatlar tufayli mamlakatlarimiz va xalqlarimiz o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik, umumiy

qo‘llab-quvvatlash haqida bosh qotirib kelganmiz. Mustaqillikning ilk yillarida bu davlatlarga oyoqqa turib olishi uchun yordam ko‘rsatganmiz. Endi manzara boshqacha. Biz O‘zbekistonda Shavkat Mirziyoyev boshlagan islohotlar samara berishini istaymiz. Konvertatsiya ochilgani AQSH xususiy sektorida qiziqishni oshirdi. Kompaniyalarimiz uchun bu mamlakatda ishlash imkoniyatlari kengaydi. Hozirgi vazifa – biznes targ‘iboti. O‘zbekiston Jahon savdo tashkilotiga kirishiga tarafdormiz. 

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasini o‘qib chiqdim. U ko‘p sohalarda o‘zgarishlar qilishni istaydi. Davlatni taraqqiy ettirish borasida o‘z rejalariga ega. Uzoq yillar amalga oshmagan maqsadlar mana endi ro‘yobga chiqishi mumkin. 

O‘zbekiston mintaqada muhim o‘rin tutadi. Biz har bir jabhada bu mamlakat bilan yaqindan ishlashga bel bog‘laganmiz. O‘zbekiston va butun mintaqa davlatlari bilan qator yo‘nalishlarda hamkorlik yangi pog‘onaga ko‘tarilishiga ishonamiz. 

– Vashington O‘zbekistondagi o‘zgarishlar jarayonini qanday baholaydi? 

– O‘zbekiston o‘zi o‘zgarishlarni amalga oshiryapti. Tashqi ta’sir ostida emas. Biz katta qiziqish bilan kuzatyapmiz va qo‘llab-quvvatlaymiz. YOrdamlashishga ham tayyormiz. Toshkentga borganimda tashqi ishlar vaziri, mudofaa vaziri, Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakil, senatorlar, fuqarolik jamiyati institutlari va xalqaro tashkilotlar vakillari bilan muloqot qildim. Hamma yangi imkoniyatlar haqida gapirdi. Maqsadni aniq belgilab, reja asosida amalga oshirish kerak. Bu murakkab jarayon. Nafaqat AQSH, balki BMT, Jahon banki, Xalqaro valyuta jamg‘armasi va boshqa tuzilmalar Prezident Shavkat Mirziyoyevga ko‘maklashish tarafdori. 

Afv haqidagi qaror, majburiy mehnatga qarshi choralar, axborot maydonining ochila boshlagani, adliya tizimini isloh qilish borasidagi qadamlarning ahamiyati katta. AQSH biznesi ko‘pdan buyon O‘zbekistonga qiziqqan, lekin hamkorlik uchun etarli darajada imkon topa olmagan. Bugungi o‘zgarishlar hammamizni ezgu ishlarga chorlamoqda. Yangi O‘zbekistonga yangicha ko‘z bilan qarayapmiz. 

O‘zbekiston uzoq yillar mobaynida mintaqa va bugun dunyoga ochilishni istamadi. Mintaqaviy hamkorlik yo‘lidan bormadi. Endi yangi yo‘l tuta boshladi. Bu O‘zbekiston ravnaqiga xizmat qiladi, albatta. Sarmoyadorlarga yo‘l ochib, mamlakatni ham o‘z qudrati, ham chet ellik hamkorlar yordami bilan rivojlantirish payti keldi. Prezident Shavkat Mirziyoyev qo‘shnilar bilan hamkorlikni kengaytirishga intilayotgani, chegaraviy masalalarni echa boshlagani, boshqa yo‘nalishlardagi aloqalarni yaxshilashga harakat qilayotgani nafaqat biznes uchun, balki mintaqaviy xavfsizlik nuqtai nazaridan ham juda e’tiborlidir. 

– Mintaqada AQSH faol ishtirokchi emas, balki kuzatuvchi, deydiganlar ko‘p. Rossiya o‘z iqtisodiy va siyosiy ta’sir vositalariga ega. Xitoy milliardlab dollar sarmoya olib kirmoqda. Bu ham ta’sir vositasiga aylanishi mumkin. AQSH bu vaziyatga real tarzda qanday ta’sir qila oladi? 

– Biz Markaziy Osiyo bilan chegaradosh emasmiz. Ta’sir o‘tkazishni ham istamaymiz. O‘zbekiston va Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari erkin, suveren,

Page 7: samgasi.uz soati/AXB Soat 13... · Web viewO‘zaro anglashuv va birgalikdagi sa’y-harakatlar tufayli mamlakatlarimiz va xalqlarimiz o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik, umumiy

hududiy jihatdan yaxlit davlatlar bo‘lib qolishi tarafdorimiz. AQSH bilan hamkorlik boshqalar bilan sheriklikka daxl qilmasligi kerak. 

AQSH mintaqada faol emas, deyish noto‘g‘ri. Biz qatnashgan eng uzoq urush dunyoning shu qismida. Qancha odam yo‘qotdik, moddiy zarar ko‘rdik. Bu mintaqa keyingi 4-5 nafar prezidentimizning diqqat markazida bo‘lib keldi. 

Markaziy Osiyo biz uchun muhim. Prezidentlar – aloqada. Tashqi ishlar vazirlari – aloqada. O‘zbekiston mintaqadagi muhim davlat sifatida hamisha bizning e’tiborimizda. Markaziy Osiyo bilan rishtalarimizda, mintaqa istiqbolida uning o‘rni beqiyos. Biz hamkorlikning yangi yo‘llarini izlashdan to‘xtamaymiz. 

Ijtimoiy tarmoqlar hukmron asrda yashayotganimizni inobatga olib, buning ijobiy va salbiy jihatlari borligini ta’kidlash kerak. Odamlar bir-biri bilan doimiy aloqada. Bu aloqadan yovuz kuchlar ham foydalanmoqda. Ekstremizm va shafqatsizlik yoshlarni yo‘ldan ozdirmoqda. Markaziy Osiyoda ham. Bu baloga qarshi birga kurashishimiz kerak. Kurashayapmiz ham. Oldimizdan misli ko‘rilmagan muammolar chiqmoqda. Ularni bartaraf etish uchun hamkorlik zarur. 

– AQSHning Markaziy Osiyodagi Shimoliy ta’minot tizimi ishlab turibdi. Bu borada yangi kelishuvlar kutilyaptimi? 

– Savdo va transport aloqalariga hamisha jiddiy e’tibor beramiz. Mintaqadagi mamlakatlar bilan shu sohada ishlashni davom ettirish niyatidamiz. 

Markaziy Osiyo davlatlari hamisha ekstremizmga qarshi bo‘lgan, terrorchi tashkilotlar ildiz otmasligi yo‘lida harakat qilgan. Biz bu borada hamkorlikdan manfaatdormiz. Terrorizm va ekstremizmga qarshi hamkorlik biz uchun ustuvor vazifa. 

– Iqtisodiy sohada AQSH kompaniyalarining O‘zbekistonga qiziqishi qanchalik oshdi? 

– Qiziqish katta. Yangiliklar kutsak, arziydi. Shaxsan o‘zim uchun bir yo‘nalish juda ahamiyatli – ikki xalq bir-birini yaqindan tanishi, anglashi, bir-biridan o‘rganishi uchun biznes, ta’lim sohasida, malaka oshirish, nohukumat tashkilotlarni rivojlantirish borasida yo‘lni katta ochish kerak. Hukumatlar aloqasi bilan xalqlar o‘rtasida rishtalar boshqa-boshqadir. Biz O‘zbekiston bilan rasmiy hamkorlikka urg‘u berib kelganmiz, lekin norasmiy, ya’ni, madaniy va ijtimoiy aloqalarni ham rivojlantirish tarafdorimiz. Biz davlatlarimiz o‘rtasida insoniy qadriyatlarga asoslangan hamkorlik rivojlanishini istaymiz. Bu borada qilinadigan ishlar ko‘p. 

Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxonaga bordim. Ingliz tili darsliklarini ko‘rdim. Ularni chop etishga homiylik qilamiz. Talabalarni ko‘rib, lol qoldim. O‘zbekistonning mag‘rur fuqarolari o‘zlari global hamjamiyatning bir bo‘lagi ekanini anglaydi. Mamlakatlarimizda yangi avlod vakillari bir-birini tanishi lozim va buni ta’minlash dolzarb vazifa, deb hisoblayman. 

– AQSHda o‘qish uchun yangi dasturlar ishga tushadimi, oldin yopilganlari qayta ochiladimi? 

– AQSHda o‘qishni istaganlar elchixonamizning jamoatchilik bilan ishlaydigan bo‘limiga murojaat qilishi mumkin. Biz ayrim dasturlarni qayta tiklamoqchimiz. Yangilarini ochmoqchimiz. Birgalikda yangi loyihalar boshlash niyatidamiz. Turli soha egalarini AQSHga olib kelib, bizning tizim va jamiyat bilan yaqindan tanishtiradigan dasturlar bor. Bir-birimizni yaqindan tanishimiz,

Page 8: samgasi.uz soati/AXB Soat 13... · Web viewO‘zaro anglashuv va birgalikdagi sa’y-harakatlar tufayli mamlakatlarimiz va xalqlarimiz o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik, umumiy

anglashimiz muhim ahamiyatga ega. Bu yangi g‘oya va takliflar paydo bo‘lishiga imkon yaratadi. Birgalikda ezgu ishlar qila olishimizga ishonchim komil. 

Bugun O‘zbekistonga nisbatan qiziqish, ayniqsa, kuchaygan. Davlat departamenti hamkorlikni qaysi yo‘nalishlarda rivojlantirish haqida bosh qotirayapti. Toshkent – yaxshi sherik. 

– O‘zbekiston, xususan, Prezident o‘zini sinab ko‘rayotgandek. Siz ham O‘zbekiston bilan bog‘liq siyosatda o‘zingizni sinayapsizmi? 

– Xuddi shunday. Bilasizmi, islohot – juda murakkab jarayon. Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlar juda katta va shu sababli ham nihoyatda qiyin. Nafaqat tizim, balki mentalitet o‘zgarishi kerak. Muhimi, buning uchun xohish-iroda bor. Nazarimda xalqaro hamjamiyat O‘zbekistonni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyor. BMT, Jahon banki, umuman, hamma yordamga shay. 

QOZOG‘ISTON ELCHISI QORAQALPOG‘ISTONDAQozog‘iston Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va

muxtor elchisi Erik Utembayev uch kunlik safar bilan Qoraqalpog‘istonga keldi. Mehmon bilan uchrashuvda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i

Kengesi raisi M.Erniyazov ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish, hududiy hamkorlikni mustahkamlash yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘z yuritdi. 

E.Utembaev qishloq ho‘jaligi, fan, ta’lim, turizm, tibbiyot, farmatsevtika sohalarida mintaqalararo sheriklik uchun ulkan salohiyat mavjudligini ta’kidladi. 

Qozog‘iston elchisi Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida respublikadagi oliy o‘quv yurtlari rahbarlari bilan uchrashdi. 

Shuningdek, mehmon Xo‘jayli tumanidagi Logistika markazida, Nukus shahridagi “Nukus polimer” MCHJ va “Nukus elektroapparat” qo‘shma qorxonasida bo‘ldi. 

IQTISODIYOT BARQARORLIGINING ASOSIY OMILI – EKSPORTO‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 27

fevral kuni eksportni oshirish va importni qisqartirish bo‘yicha qo‘yilgan vazifalar ijrosi, bu borada tarmoqlar va hududlardagi ishlar holati tahliliga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 

Unda Bosh vazir va uning o‘rinbosarlari, tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ishtirok etdi. Videokonferensiya aloqasi orqali Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri rahbariyati, mahalliy hokimliklar, vazirlik va idoralarning hududiy tuzilmalari, eksportchi korxonalar vakillari qatnashdi. 

Yig‘ilish tanqidiy ruhda o‘tdi. Davlatimiz rahbari eksport rejasini bajarishdagi kamchiliklarni chuqur tahlil qilib, asosiy yo‘nalish va vazifalarni belgilab berdi. 

Bugungi kunda mamlakatimiz iqtisodiyotini barqarorlashtirish bo‘yicha muhim islohotlar amalga oshirilmoqda. Raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish va eksport qilish uchun zarur sharoit va imkoniyatlar yaratilmoqda. Lekin shu paytgacha biror tashkilot mamlakatimizga kirib kelayotgan mahsulotlar

Page 9: samgasi.uz soati/AXB Soat 13... · Web viewO‘zaro anglashuv va birgalikdagi sa’y-harakatlar tufayli mamlakatlarimiz va xalqlarimiz o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik, umumiy

importini tahlil qilmagani, ushbu sohada nazorat o‘z holiga tashlab qo‘yilgani tanqid ostiga olindi. 

Jumladan, 2017 yilda importni qisqartirish rejasi 88 foizga bajarilgani yana bir bor qayd etildi. Misol uchun, bir yilda 20 million dollarlik kir yuvish kukuni, 13 million dollarlik atir sovun, 49 million dollarlik qurilishda ishlatiladigan va sintetik bo‘yoqlar, 23 million dollarlik shokolad import qilingan. 

Bu holat o‘tgan yillarda qabul qilingan mahalliylashtirish dasturlari hech qanday asosga ega emasligi, ular faqatgina ko‘zbo‘yamachilik va imtiyoz olish uchun xizmat qilganidan dalolat emasmi, dedi Shavkat Mirziyoyev. 

Aslida Investitsiya loyihalari ro‘yxatiga ko‘p import qilinayotgan tovarlarni yurtimizda ishlab chiqarish bo‘yicha loyihalar kiritilishi kerak. Lekin mutasaddilar bu oddiy haqiqatga panja orasidan qaramoqda. 

Yig‘ilishda ta’kidlanganidek, endi sohadagi ishlarni tashkil etish va nazorat qilishning butunlay yangi tizimi joriy etiladi. Eksportni tashkil etish va monitoring qilishga Bosh vazir o‘rinbosari Nodir Otajonov va Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari Erkaboy Tadjiev rahbarligidagi guruh javob beradi. Joylarda eksport bilan shaxsan viloyat hokimi va viloyat prokurorlarining birinchi o‘rinbosarlari shug‘ullanadi. 

Importni qisqartirish ishlarini tashkil etish va monitoring qilish bo‘yicha respublika Ishchi guruhi ham tuzilib, unga Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boshlig‘i rahbar etib belgilandi. Xuddi shunday ishchi guruhlar hududlarda ham tashkil etiladi va ularga hududiy departament boshliqlari rahbarlik qiladi. 

Departamentning vazifalari bugungi kun talablari, import va eksport masalalarini tartibga solish nuqtai nazaridan tubdan o‘zgartiriladi. Departament mamlakatimizdan valyuta maqsadsiz chiqib ketishining oldini olish, importni qisqartirish, uning o‘rnini bosadigan mahalliy mahsulot ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etishi zarurligi ta’kidlandi. 

Bu ishchi guruhlar joylarda piyoda yurib, eksportchilarni o‘ziga chaqirtirib emas, ularga eksport hajmini oshirishi uchun real yordam berishi, mahsulot eksport qilayotganlarga “yashil koridor” qilib berishi lozim, dedi Shavkat Mirziyoyev. Shu bilan birga, ular importni muntazam tahlil qilib, mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish bo‘yicha aniq loyihalarni amalga oshirishga har tomonlama ko‘mak berishi zarur. Vazirlar va tarmoqlar rahbarlari ham o‘z faoliyatini xuddi shu tartibda tashkil etadi. 

Eksport va import bo‘yicha qilinayotgan ishlar Bosh vazir hamda Bosh prokuror rahbarligida haftada ikki marta muhokama qilinadi. Masalan, tumanlardagi ishchi guruhlar fermerlar va aholi tomorqalarida serdaromad meva-sabzavot ekish, ularni urug‘lik, mablag‘, o‘g‘it, yoqilg‘i bilan ta’minlash ishlarini tashkil etishga ko‘maklashadi. Har bir tumanda meva-sabzavotni eksport qiluvchi korxona tashkil etish ham bu boradagi muhim vazifa hisoblanadi. 

Yig‘ilishda joriy yilning o‘tgan davrida eksport bo‘yicha mo‘ljallangan rejalar va berilgan va’dalar bajarilmagani ta’kidlandi. Xususan, “O‘zagrotexsanoatxolding” aksiyadorlik jamiyati va “O‘zbekoziqovqatxolding” kompaniyasining bu boradagi sustkashligiga jiddiy e’tiroz bildirildi. 

Page 10: samgasi.uz soati/AXB Soat 13... · Web viewO‘zaro anglashuv va birgalikdagi sa’y-harakatlar tufayli mamlakatlarimiz va xalqlarimiz o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik, umumiy

Yig‘ilishda eksport bo‘yicha foydalanilmayotgan imkoniyatlar ko‘pligi, ularni ishga solish uchun mutasaddilarda tashabbuskorlik va qat’iyat etishmayotgani ta’kidlandi. 

Ayniqsa, qurilish materiallari va farmatsevtika tarmoqlarida import hajmi eksportdan o‘nlab barobar yuqoriligiga e’tibor qaratildi. Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi, “O‘zqurilishmateriallari” aksiyadorlik jamiyati rahbarlariga tegishli ko‘rsatmalar berildi. 

Eksportni kengaytirish imkoniyatlari joylarda ham ko‘p. Prezident Shavkat Mirziyoyevning shu yil yanvar-fevral oylarida Toshkent, Surxondaryo, Qashqadaryo va Buxoro viloyatlariga tashriflari chog‘ida ushbu hududlarda to‘liq foydalanilmayotgan eksport rezervlari aniqlandi. Jumladan, Surxondaryo viloyatida 95 million, Qashqadaryoda 62 million, Buxoroda 68 million dollarlik qo‘shimcha manbalar yuzaga chiqdi. Boshqa viloyatlarda ham katta eksport salohiyati bor, albatta. 

Shu bois Vazirlar Mahkamasi komplekslari rahbarlari, Tashqi savdo vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga tarmoqlar va hududlarda eksport hajmini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha rezervlarni aniqlash va Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish bo‘yicha topshiriq berildi. 

Eksport hajmini ko‘paytirish yuzasidan mavjud rezervlarni ishga solish bo‘yicha muhim yo‘nalishlar belgilandi. 

Jumladan, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi va viloyat hokimliklariga eksport rejasini har bir korxona, yangi quvvatlar bo‘yicha oyma-oy bajarish yuzasidan “yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi. Bunda 2018 yilga tasdiqlangan investitsiya loyihalari doirasida nazarda tutilgan yangi ishlab chiqarish quvvatlarini muddatidan oldin ishga tushirish va loyiha quvvatiga chiqish, yangi bozorlarni egallash va xorijiy xaridorlar bilan shartnomalar tuzish masalalariga alohida e’tibor qaratiladi. 

Eng katta salohiyatga ega sohalardan yana biri – turizmda tushumni ko‘paytirish, turistlar boradigan barcha ob’ektlarga turniket orqali va to‘lov asosida kirish tizimini joriy qilish kerakligi ta’kidlandi. 

“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati va “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasining rejadagi eksport hajmini sezilarli darajada oshirish, 2018 yil eksport dasturi loyihasiga tegishli o‘zgartirishlar kiritish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi. 

Joriy yilda meva-sabzavot mahsulotlari eksportini o‘tgan yilga nisbatan 2 barobarga oshirish belgilangan. Buning uchun hududlarda avgust piyozi, sarimsoqpiyoz, to‘qsonbosti ekinlar hosilini o‘z vaqtida va to‘liq yig‘ib olish, ularni xorijga sotishni tashkil etish zarur. Meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan hududlarning salohiyatidan to‘liq foydalanish, paxta va g‘alladan bo‘shaydigan qo‘shimcha 150 ming gektar erga serdaromad ekinlar ekish, yirik eksportchi tashkilotlarga qo‘shimcha ekin maydonlari ajratish, zamonaviy issiqxonalar, muzlatkichli omborxonalar va qayta ishlash korxonalarini tashkil etish kerak. 

Shu munosabat bilan Bosh vazir o‘rinbosarlari va hokimliklarga barcha hududlarda tasdiqlangan 2018 yilda meva-sabzavot, poliz, uzum va dukkakli mahsulotlar etishtirishni ko‘paytirish, qayta ishlash, eksport hajmlarini oshirish va ichki iste’molni ta’minlash, oziq-ovqat loyihalarni amalga oshirish hamda sohani

Page 11: samgasi.uz soati/AXB Soat 13... · Web viewO‘zaro anglashuv va birgalikdagi sa’y-harakatlar tufayli mamlakatlarimiz va xalqlarimiz o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik, umumiy

rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturlarini to‘la ijro etish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi. 

Tovarlarni saqlash, eksportga tayyorlash va tashish bo‘yicha kompleks xizmatlar ko‘rsatuvchi zamonaviy logistika markazlari tashkil etish bo‘yicha aniq “yo‘l xaritalari”ni tasdiqlash zarurligi qayd etildi. 

Mahsulotlarni xorijga elektron savdo maydonchalari orqali sotish bo‘yicha ham zamonaviy mexanizmlar joriy etish zarur. Shu bois Janubiy Koreya bilan hamkorlikda 2019 yil 1 yanvardan boshlab, xorijiy xaridorlarga mahalliy eksportchi korxonalarning tovarlarini sotib olish imkoniyatini beradigan O‘zbekiston milliy savdo elektron maydonchasini ishga tushirish bo‘yicha topshiriq berildi. 

Mamlakatimizda qanday eksportchi korxonalar borligi va ularning qanday tovarlar ishlab chiqarishi to‘g‘risida xorijiy kompaniyalar ham, mahalliy korxona va davlat idoralari ham axborot oladigan to‘liq manba yo‘qligiga e’tibor qaratildi. Shu bois har bir eksportchi korxona to‘g‘risidagi elektron axborotlar bazasini shakllantirish, ularning mahsulotlari, marketing tadqiqotlari, eksport hajmi kabi ma’lumotlarni o‘z ichiga oluvchi elektron pasportni joriy etish vazifasi qo‘yildi. 

Yig‘ilishda Vazirlar Mahkamasi komplekslari, vazirlik va idoralar, xo‘jalik birlashmalari hamda hududlar rahbarlarining hisobotlari tinglandi va muhokama qilindi. 

Prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakatimiz eksport salohiyatini oshirish, eksportchi korxonalar va tadbirkorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha aniq topshiriqlar berdi. 

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI XORIJIY DAVLATLAR ELCHILARINING ISHONCH YORLIQLARINI

QABUL QILDIO‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 28

fevral kuni Pokiston Islom Respublikasi, Shveytsariya Konfederatsiyasi, Latviya Respublikasi, Isroil Davlati, Germaniya Federativ Respublikasi, Slovakiya Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchilari etib tayinlangan Irfon Yusuf Shomiy, Olive Shav, Mixails Popkovs, Eduard Shapira, Gyunter Overfeld, Yan Bori va Szyan Yandan ishonch yorliqlarini qabul qilib oldi. 

Davlatimiz rahbari elchilarni mamlakatimizda diplomatik missiyasini boshlagani bilan samimiy qutlab, mas’uliyatli faoliyatida ulkan yutuq va muvaffaqiyatlar tiladi. 

Marosimda O‘zbekiston kuchli fuqarolik jamiyati va jadal rivojlanayotgan bozor iqtisodiyotiga ega erkin va demokratik davlat barpo etishning yangi tarixiy bosqichiga qadam qo‘ygani alohida ta’kidlandi. 

O‘zbekistonni yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi doirasida boshlangan keng ko‘lamli islohot va o‘zgarishlar muqarrarlik tusini olmoqda. 

Ochiq tashqi siyosat olib bormasdan, ko‘p qirrali va o‘zaro manfaatli xalqaro hamkorlikni mustahkamlamasdan turib belgilangan vazifalarni amalga oshirib bo‘lmasligi ta’kidlandi. 

Page 12: samgasi.uz soati/AXB Soat 13... · Web viewO‘zaro anglashuv va birgalikdagi sa’y-harakatlar tufayli mamlakatlarimiz va xalqlarimiz o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik, umumiy

O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatida g‘oyat qisqa davrda salmoqli natijalar qo‘lga kiritildi. Xorijiy davlatlar, nufuzli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan munosabatlar sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarildi. 

Davlatimiz rahbari O‘zbekiston Markaziy Osiyoda xavfsizlik, barqarorlik va izchil taraqqiyotni ta’minlashda bundan buyon ham barcha sa’y-harakatlarini safarbar etishi hamda ochiq, do‘stona va amaliy tashqi siyosat olib borishni davom ettirishini ta’kidladi. Bunda avvalo qo‘shni davlatlar bilan munosabatlarga alohida e’tibor beriladi. 

Shuningdek, dunyoning etakchi mamlakatlari bilan o‘zaro manfaatli va uzoq muddatli sheriklikni kengaytirish siyosati davom ettiriladi. 

Prezidentimiz o‘z nutqida yangi elchilarni tayinlagan mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari va o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlashning ustuvor yo‘nalishlariga to‘xtaldi. 

O‘zbekiston Respublikasi mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashda an’anaviy ravishda muhim o‘rin tutayotgan Pokiston Islom Respublikasi bilan ko‘p qirrali munosabatlarni rivojlantirishga katta ahamiyat berayotgani ta’kidlandi. 

Oliy darajadagi muntazam siyosiy muloqotlar ikki tomonlama hamkorlikni sezilarli faollashtirishga xizmat qildi. Shu bilan birga, o‘zaro savdo-sotiq hajmini oshirish, agrosanoat, farmatsevtika, ko‘nchilik va boshqa tarmoqlarda kooperatsiyani kuchaytirish uchun ulkan salohiyat mavjud. 

Shveytsariya Konfederatsiyasi O‘zbekistonning Yevropadagi ishonchli va uzoq muddatli sherigidir. 

Bugungi kunda O‘zbekiston – Shveytsariya munosabatlari siyosat, iqtisodiyot, moliya va bank, madaniyat va ta’lim kabi turli sohalarda muvaffaqiyatli rivojlanmoqda. Shveytsariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi bilan samarali sheriklik yo‘lga qo‘yilgan. 

Shveytsariyaning yetakchi kompaniyalari bilan kimyo, to‘qimachilik, farmatsevtika, oziq-ovqat sanoati, sog‘liqni saqlash va turizm sohasida kooperatsiya uchun imkoniyatlar mavjudligi alohida qayd etildi. 

Latviya Respublikasi bilan faol siyosiy muloqot yo‘lga qo‘yilgan, iqtisodiy va madaniy-gumanitar aloqalar izchil rivojlanmoqda. 

Rigada buyuk ajdodlarimiz Mirzo Ulug‘bek va Abu Ali ibn Sino haykallari o‘rnatilgani mamlakatimiz va xalqimizga yuksak hurmat-ehtirom ifodasidir. 

Savdo, investitsiya va innovatsiyalar, transport va logistika, energetika, farmatsevtika, qishloq xo‘jaligi va turizm sohalaridagi dastur va loyihalarni amalga oshirish mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari ekani qayd etildi. 

O‘zbekiston Isroil Davlati bilan o‘zaro hurmat va manfaatlarni hisobga olish tamoyillari asosida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdor ekani ta’kidlandi. 

Isroilning ilg‘or texnologiyalari, tajribasi, ilmiy yutuqlarini jalb etish asosida biotexnologiyalar, energiya va suv resurslarini tejash, tibbiyot va farmatsevtika, turizm kabi yo‘nalishlarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish taklif etildi. Ta’lim, madaniyat va sport sohalarida mavjud katta salohiyatdan foydalanish muhimligiga e’tibor qaratildi. 

Page 13: samgasi.uz soati/AXB Soat 13... · Web viewO‘zaro anglashuv va birgalikdagi sa’y-harakatlar tufayli mamlakatlarimiz va xalqlarimiz o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik, umumiy

Mamlakatimizning ishonchli va uzoq muddatli sherigi bo‘lgan Germaniya Federativ Respublikasi bilan barcha sohalarda faol muloqot yo‘lga qo‘yilgan, yaqin aloqalar va tajriba almashuvi qo‘llab-quvvatlanmoqda. 

Asosiy e’tibor mamlakatimiz iqtisodiyotining yuqori texnologik tarmoqlarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish maqsadida Germaniyaning etakchi kompaniyalari bilan uzoq muddatli va o‘zaro manfaatli sheriklik aloqalarini rivojlantirishga qaratildi. 

Ilm-fan va ta’lim sohalarida hamkorlikni rivojlantirish, ikki mamlakat hududlari o‘rtasida aloqalar o‘rnatish va rivojlantirish muhimligi qayd etildi. 

Slovakiya Respublikasi O‘zbekiston uchun Evropadagi istiqbolli hamkorlardan biri hisoblanadi. 

Davlatimiz rahbari siyosiy muloqotni mustahkamlash bilan bir qatorda savdo-iqtisodiy va investitsiya sohalarida mavjud salohiyatni ro‘yobga chiqarishni taklif etdi. Bu o‘rinda, avvalo, elektrotexnika, farmatsevtika, qurilish materiallari ishlab chiqarish, kimyo va oziq-ovqat sanoatida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish muhim ahamiyatga ega. 

O‘zbekiston Prezidenti Xitoy Xalq Respublikasi bilan do‘stlik va har tomonlama strategik sheriklik munosabatlari izchil mustahkamlanib borayotganini chuqur mamnuniyat bilan qayd etdi. 

Ikki davlat rahbarlarining o‘tgan yili Pekin va Ostona shaharlarida bo‘lib o‘tgan uchrashuvlari o‘zaro hamkorlikni sifat jihatidan yangi darajaga olib chiqib, aniq mazmun bilan boyitdi. 

Davlatimiz rahbari hamkorlikning deyarli barcha sohalarida, jumladan, savdo-iqtisodiy, investitsiya, innovatsiya, moliyaviy-texnik, transport kommunikatsiyalari va boshqa yo‘nalishlardagi sheriklikni chuqurlashtirish uchun keng imkoniyatlar mavjudligini alohida ta’kidladi. 

Transport-tranzit yo‘laklarini rivojlantirishga doir mintaqaviy loyihalarni amalga oshirish, shu jumladan, O‘zbekiston – Qirg‘iziston –Xitoy temir yo‘l magistralini qurish muhimligi ta’kidlandi. 

O‘zbekiston Xitoy bilan fan, madaniyat, ta’lim va turizm sohalaridagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirishga tayyorligi qayd etildi. 

O‘zbekiston Prezidenti so‘zining yakunida xorijiy elchilarga mamlakatimizning vazirlik, idora va tashkilotlari bilan faol ishlash, joylardagi salohiyat va imkoniyatlar, xalqimizning boy tarixi va madaniyati bilan yaqindan tanishish uchun hududlarga tez-tez tashrif buyurishni taklif etdi. 

Turli mas’uliyatli lavozimlardagi faoliyati davomida to‘plangan tajriba xorijiy diplomatlarga belgilangan maqsadlarga samarali erishish hamda O‘zbekiston bilan ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash yo‘lida o‘z zimmasiga yuklatilgan muhim missiyani muvaffaqiyatli ado etishga xizmat qilishiga ishonch bildirildi. 

O‘z navbatida, yangi tayinlangan elchilar samimiy qabul uchun davlatimiz rahbariga minnatdorlik bildirib, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi keng miqyosli va o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga bor sa’y-harakatlarini safarbar qilishini qayd etdilar. 

O‘ZBEKISTON IQTISODIY SALOHIYATI HAMKORLIK ALOQALARIDA NAMOYON BO‘LMOQDA

Page 14: samgasi.uz soati/AXB Soat 13... · Web viewO‘zaro anglashuv va birgalikdagi sa’y-harakatlar tufayli mamlakatlarimiz va xalqlarimiz o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik, umumiy

Bugun mamlakatimiz kuchli fuqarolik jamiyati va jadal rivojlanayotgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan, erkin va demokratik davlat qurish bo‘yicha yangi tarixiy bosqichga qadam qo‘ymoqda. Bunda dunyoning barcha davlatlari bilan do‘stlik, mustahkam ishonchga asoslangan samarali hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilmoqda. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 28 fevral kuni qator xorijiy davlatlar elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qilib oldi. Tantanali marosim doirasida elchilar o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. 

Gyunter Overfeld, Germaniya Federativ Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi: 

– Mamlakatingizga kelganimga besh oy bo‘ldi. Shu vaqt mobaynida O‘zbekistonning ko‘plab viloyatlarida bo‘ldim. Chet ellik investorlar uchun yaratilgan imkoniyat va sharoitlar, ularning davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi meni hayratga soldi. O‘zbekiston bilan Germaniya o‘rtasida azaldan do‘stlik va hamkorlik aloqalari mavjud. Bundan keyin ham mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanib, yangi tarmoqlarni yo‘lga qo‘ymoqchimiz. 

Ayni paytda to‘qimachilik va qurilish materiallari sohasida aloqalar jadal rivojlanmoqda. O‘zbekistondagi faoliyatim davomida madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirishga ham katta e’tibor qaratmoqchiman. Ayni paytda Germaniyada o‘qish istagida bo‘lgan talabalarni tanlab olish jarayoni davom etmoqda. Ular Germaniyaning nufuzli oliy o‘quv yurtlarida tahsil olish imkoniga ega bo‘ladi. 

Szyan Yan xonim, Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi: 

– Prezident Shavkat Mirziyoyevga ishonch yorlig‘i topshirish men uchun katta sharafdir. O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasidagi hamkorlik keng miqyos kasb etib, strategik sheriklik aloqalari yuksak darajaga ko‘tarilmoqda. Siyosat, iqtisodiyot, savdo, sanoat, moliya, qurilish, ilm-fan, ta’lim, madaniyat sohalarida keng ko‘lamli hamkorlik izchil rivojlanmoqda. Xalqlarimiz o‘rtasidagi munosabatlar Buyuk ipak yo‘li tarixi bilan chambarchas bog‘langan. Milliy qadriyat va an’analarimiz jahon madaniyati rivojida alohida o‘rin tutadi. Davlat rahbarlari o‘rtasidagi muntazam muloqotlar mamlakatlarimizning SHHT va boshqa xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorligiga ham yangi ruh bag‘ishlamoqda. 

Yan Bori, Slovakiya Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi: 

– O‘zbekiston so‘nggi yillarda jadal rivojlanayotgan davlatlar qatoriga kirdi. Dunyoning barcha davlatlari qatori Slovakiya bilan ham aloqalar yuksak bosqichga ko‘tarilmoqda. Iqtisodiy sohada yangi yo‘nalishlar yaratish bo‘yicha oldimizda katta vazifalar turibdi. Barcha sohalar qatori madaniy aloqalarni rivojlantirishga ham e’tiborni kuchaytirmoqchimiz. 

Yurtingizda sayyohlik salohiyati yuksalgani hamda madaniy meros yodgorliklarini asrab-avaylash, ularni tiklash va ta’mirlash ishlariga davlat tomonidan qaratilayotgan e’tibor alohida tahsinga loyiq. 

Eduard Shapira, Isroil Davlatining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi: 

Page 15: samgasi.uz soati/AXB Soat 13... · Web viewO‘zaro anglashuv va birgalikdagi sa’y-harakatlar tufayli mamlakatlarimiz va xalqlarimiz o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik, umumiy

– Isroil bilan O‘zbekiston o‘rtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va boshqa sohalardagi hamkorlikni mustahkamlash va rivojlantirishdan ikki tomon ham birdek manfaatdor. Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvda bu fikr yana bir bor ta’kidlandi. 

Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2018 yil O‘zbekistonda Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalar yili, deb e’lon qilingani islohotlarga yangi sur’at, mamlakatlarimizning ushbu yo‘nalishdagi aloqalariga yanada rivoj bag‘ishlaydi, deb o‘ylayman. 

Irfon Yusuf Shomiy, Pokiston Islom Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi: 

– Mamlakatlarimizni nafaqat savdo-iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy, balki ko‘p asrlik tarixiy aloqalar birlashtirib turadi. Pokistonda O‘zbekistonni qadimiy sivilizatsiya beshiklaridan biri, Imom Buxoriy, Amir Temur, Zahiriddin Bobur kabi Shavkatli farzandlari insoniyat madaniy-ma’rifiy taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan yurt sifatida bilishadi. 

Bugungi kunda mamlakatlarimiz BMT, SHHT kabi xalqaro tashkilotlar doirasida yaqindan hamkorlik qilib kelmoqda. Siyosiy, iqtisodiy, harbiy, madaniy-gumanitar sohalardagi munosabatlar xalqlarimizning tub manfaatlariga xizmat qilmoqda. 

Olive Shav, Shveysariya Konfederatsiyasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi: 

– Avvalo, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga samimiy qabul uchun chuqur minnatdorlik bildiraman. 25 yil davomida Shveytsariya bilan O‘zbekistonning ikki tomonlama hamkorligi samarali rivojlanib keldi. O‘zbekistonda diplomatik missiyamni boshlaganimga 8 oy bo‘ldi. Shu vaqt oralig‘ida mamlakatingiz hayotida yangi davr boshlanganiga guvoh bo‘ldim. Shveytsariyaning O‘zbekistondagi vakili sifatida mamlakatlarimizning o‘zaro hamkorligini yanada yuqori bosqichga ko‘tarish, jumladan, yurtingizga shveysariyalik sayyohlar oqimini ko‘paytirish niyatidaman. 

Mixails Popkovs, Latviya Respublikasining Favqulodda va muxtor elchisi: 

– O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatlarimizning ikki tomonlama hamkorligiga yuksak baho berganidan g‘oyat quvonchdaman. Darhaqiqat, Latviya – O‘zbekiston muloqoti tarixan qisqa davrda davlatlarimiz o‘rtasidagi mustahkam do‘stlikka, o‘zaro anglashuv va ishonchga asoslangan sheriklikka aylandi. Bugun hamkorlikning barcha yo‘nalishlari bo‘yicha munosabatlar jadal rivojlanib bormoqda, turli sohalarga oid shartnoma va bitimlar hayotga joriy etilmoqda. 

Qabul chog‘ida mamlakatlarimiz o‘rtasida farmatsevtika, axborot texnologiyalari, yashil texnologiyalar, energetika, ta’lim sohalaridagi hamkorlikni mustahkamlash, ma’muriy islohotlar o‘tkazish hamda fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda tajriba almashish kabi masalalar yuzasidan fikr almashildi. 

AMERIKA QO‘SHMA SHTATLARI PREZIDENTI DONALD TRAMPNING O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI SHAVKAT

MIRZIYOYEVGA YO‘LLAGAN MAKTUBIGA DOIR

Page 16: samgasi.uz soati/AXB Soat 13... · Web viewO‘zaro anglashuv va birgalikdagi sa’y-harakatlar tufayli mamlakatlarimiz va xalqlarimiz o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik, umumiy

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga Amerika Qo‘shma SHtatlari Prezidentidan joriy yil 26-27 mart kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiyaga oid maktub keldi. 

AQSH Prezidenti O‘zbekiston Prezidentining Toshkentda bo‘lib o‘tadigan Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiya ta’rifi bayon etilgan maktubini olganidan mamnun bo‘lganini qayd etdi.

Maktubda AQSHning Janubiy Osiyodagi strategiyasi mintaqa mamlakatlarini Afg‘onistondagi nizoni tartibga solish va vaziyatni barqarorlashtirish uchun birdek mas’uliyat his qilishga undashi ta’kidlangan.

Donald Tramp O‘zbekiston Prezidentining mintaqaviy yondashuvga doir tashabbusini qo‘llab-quvvatlashi, bu esa o‘z navbatida vaziyatni tinch muzokaralar yo‘li bilan hal qilish uchun sharoit yaratishi, iqtisodiyot, jumladan, Afg‘oniston bilan savdo aloqalarini rivojlantirishini qayd etdi.

Shuningdek, maktubda bunday deyilgan:“Mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan sa’y-harakatlaringiz

katta muvaffaqiyatlar keltirdi. O‘tgan yili noyabr oyida Samarqandda bo‘lib o‘tgan konferensiya butun Markaziy Osiyo bo‘ylab istiqbolli hamkorlik muhitini yaratdi, dekabr oyidagi Prezident Ashraf G‘ani bilan uchrashuvingiz esa mustahkam hamkorlik va taraqqiyotga zamin hozirlab berdi.

Sizning Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiya o‘tkazishga doir tashabbusingizni to‘liq qo‘llab-quvvatlayman, shunday ekan, ushbu format afg‘onistonliklar boshchilik qilayotgan Kobul jarayoni bilan muvofiqlashtirilishini ta’minlash uchun biz hamkorlikda astoydil ishlashimiz zarur. Oq uy ma’muriyati Toshkentdagi konferensiyada ishtirok etuvchi AQSH delegatsiyasi tarkibini ko‘rib chiqmoqda.

Samimiy va iliq so‘zlaringiz, shuningdek, Afg‘onistondagi birgalikdagi sa’y-harakatlarga qo‘shayotgan ulkan hissangiz uchun minnatdorlik izhor etishga ijozat bergaysiz. O‘zbekiston xalqiga salomim va ezgu tilaklarimni etkazishingizni so‘rayman.

Yaqin orada Siz bilan uchrashishni intizorlik bilan kutib qolaman.Ehtirom bilan,

Donald Tramp,Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti”

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI TURKMANISTON VAZIRLAR MAHKAMASI RAISINING O‘RINBOSARINI

QABUL QILDIO‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1 mart kuni

Savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston – Turkmaniston hukumatlararo qo‘shma komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi doirasida mamlakatimizga tashrif buyurgan Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisining o‘rinbosari Bayram Annameredovni qabul qildi. 

Davlatimiz rahbari mehmonni samimiy qutlar ekan, ikki davlat o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik, yaxshi qo‘shnilik va o‘zaro manfaatli hamkorlikka asoslangan munosabatlar izchil rivojlanib, mustahkamlanib borayotganini chuqur mamnuniyat bilan qayd etdi. 

Page 17: samgasi.uz soati/AXB Soat 13... · Web viewO‘zaro anglashuv va birgalikdagi sa’y-harakatlar tufayli mamlakatlarimiz va xalqlarimiz o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik, umumiy

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining o‘tgan yili mart oyidagi Turkmanistonga davlat tashrifi, shuningdek, ikki mamlakat rahbarlarining muntazam muloqotlari O‘zbekiston – Turkmaniston hamkorligini strategik sheriklik darajasiga ko‘tarib, uni sifat jihatdan yangi amaliy mazmun bilan boyitgani ta’kidlandi. 

Savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, energetika sohalaridagi keng miqyosli hamkorlik istiqbollari, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida kooperatsiya aloqalarini mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. 

2017 yilda O‘zbekiston bilan Turkmaniston o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 177 million dollarni tashkil qildi. Yuqori qo‘shimcha qiymatga ega mahsulotlarni o‘zaro etkazib berish ko‘rsatkichlari ham oshib bormoqda. 

Turkmanobod – Farob yangi avtomobil va temir yo‘l ko‘priklarining ishga tushirilishi hamda yuklarning temir yo‘l tranzitida o‘zaro chegirmalar taqdim etilishi yuk tashish hajmi va ikki mamlakat tranzit salohiyatini oshirishga xizmat qilmoqda. 

Chegaraoldi mintaqalar o‘rtasidagi aloqalar, shuningdek, madaniy-gumanitar hamkorlik faollashyapti. 

Davlatimiz rahbari erishilgan kelishuvlarning o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash, navbatdagi oliy darajadagi uchrashuvga puxta tayyorgarlik ko‘rishning samarali mexanizmi sifatida Hukumatlararo qo‘shma komissiya faoliyatiga yuksak baho berdi. 

Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisining o‘rinbosari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga samimiy qabul uchun chuqur minnatdorlik bildirib, Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi. 

B.Annameredov Turkmaniston tomoni keng ko‘lamli hamkorlikni yanada rivojlantirish, ikki qardosh davlat o‘rtasidagi do‘stlik va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashga tayyor ekanini bildirdi. 

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI "MANGOLD KONSALTING" KOMPANIYASI BOSHQARUVI RAISI BILAN

UCHRASHDIO‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2 mart kuni

Toshkent xalqaro aeroportida Germaniyaning “Mangold Konsalting” kompaniyasi boshqaruvi raisi Klaus Mangold bilan uchrashdi. 

Davlatimiz rahbari mehmonni qutlar ekan, O‘zbekistonda Germaniyaning etakchi kompaniyalari bilan o‘zaro manfaatli va uzoq muddatli sheriklikni rivojlantirishga ustuvor ahamiyat qaratilayotganini alohida ta’kidladi. 

Bugungi kunda mamlakatimizda Germaniyaning “MAN”, "Klaas", “Lemken”, “Knauf” kabi o‘z sohasida etakchi bo‘lgan konsern va korxonalari muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda. “Simens”, "Bosh", "Vismann", "Xumana" va ko‘plab boshqa kompaniyalar bilan birgalikda istiqbolli investitsiya loyihalari ishlab chiqilmoqda. Germaniyadan O‘zbekiston iqtisodiyotiga jalb etilgan investitsiyalar hajmi 1 milliard dollarni tashkil etadi. 

Uchrashuvda Germaniya kompaniyalari bilan O‘zbekistonda yuqori texnologiyali ishlab chiqarish korxonalarini ochish, transport-logistika va turizm

Page 18: samgasi.uz soati/AXB Soat 13... · Web viewO‘zaro anglashuv va birgalikdagi sa’y-harakatlar tufayli mamlakatlarimiz va xalqlarimiz o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik, umumiy

infratuzilmasini modernizatsiya qilish, savdo-sotiq va qo‘shma loyihalarni moliyalashtirish bo‘yicha amaliy hamkorlikni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi. 

“Mangold Konsalting” kompaniyasiga raislik qilish bilan birga turizm sohasida eng yirik kompaniyalardan biri bo‘lgan “TUI grup” kuzatuv kengashining rahbari sanaladigan Klaus Mangold O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga muloqot qilish imkoniyati hamda Germaniya ishbilarmon doiralarining O‘zbekistondagi loyihalari va takliflariga ko‘rsatilayotgan har tomonlama ko‘mak uchun samimiy minnatdorlik bildirdi. O‘zbekiston bilan keng ko‘lamli va o‘zaro manfaatli biznes-sheriklikdan g‘oyat manfaatdor ekanini qayd etdi. 

BMT OLIY KOMISSARI O‘Z OILASI BILAN O‘ZBEKISTONGA BORISH ISTAGIDA EKANINI MA’LUM QILDI

Jeneva shahrida davom etayotgan BMTning inson huquqlari bo‘yicha kengashi 37-sessiyasi doirasida BMTning inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Zayd Raad al-Husayn O‘zbekiston Adliya vaziri R.Davletov, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori A.Saidov bilan uchrashdi. 

Uchrashuv davomida O‘zbekistonning BMT bilan inson huquqlari sohasidagi hamkorligi holati va istiqbollari muhokama qilindi. 

Oliy komissar fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlari kuchaytirilayotgani, odil sudlovni takomillashtirish va samaradorligini oshirish, adolatni ta’minlash yo‘lida muhim qadamlar qo‘yilayotganidan mamnunligini bildirdi. 

Shu maqsadda xalq bilan muloqot yo‘lga qo‘yilgani, inson manfaatlarini ta’minlash borasida Harakatlar strategiyasi doirasida izchil ishlar amalga oshirilayotgani qayd etildi. 

Zayd Raad al-Husayn muloqot chog‘ida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan Toshkent va Nyu-York shaharlarida uchrashganini, shuningdek, 2017 yil may oyida O‘zbekistonga safari samarali o‘tganini esga oldi. 

Oliy komissar O‘zbekistonda hayotning barcha jabhalarida davom etayotgan demokratik o‘zgarishlarni yuqori baholadi. Jumladan, sud-huquq tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, milliy qonunchilikni xalqaro standartlarga mos ravishda takomillashtirishga qaratilgan ishlar e’tiborga molik. O‘zbekistonda hukm surayotgan millatlararo totuvlikni va diniy bag‘rikenglikni saqlab qolish muhim ahamiyatga ega. 

2018 yilning noyabr oyida Samarqandda inson huquqlari bo‘yicha Osiyo forumi bo‘lib o‘tishi, O‘zbekiston 2021-2023-yillar mobaynida Inson huquqlari bo‘yicha kengash a’zosi bo‘lish tashabbusi bilan chiqqanini qo‘llab-quvvatlashini bildirgan Oliy komissar O‘zbekiston bilan nafaqat inson huquqlari, balki boshqa sohalarda ham faol hamkorlik qilishga tayyor ekanini bildirdi. Kelajakda u o‘z oilasi bilan O‘zbekistonga borish istagida ekanini ham ma’lum qildi. 

XALQ FAROVONLIGI YO‘LIDAGI LOYIHALAR IJROSI PREZIDENT NAZORATIDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, olib borilayotgan islohotlar

Page 19: samgasi.uz soati/AXB Soat 13... · Web viewO‘zaro anglashuv va birgalikdagi sa’y-harakatlar tufayli mamlakatlarimiz va xalqlarimiz o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik, umumiy

jarayoni, yirik loyihalar bilan tanishish va xalq bilan muloqot qilish maqsadida 2 mart kuni Navoiy viloyatida bo‘ldi. 

Navoiy viloyati o‘zining mehnatkash xalqi, yerosti va yerusti boyliklari, ulkan iqtisodiy salohiyati bilan mamlakatimizda alohida o‘ringa ega. Viloyatda konchilik, metallurgiya, kimyo, energetika, qurilish materiallari, oziq-ovqat sanoati izchil rivojlangan. 

Bugun viloyatda yirik sanoat korxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda. Navoiy kon-metallurgiya kombinati, “Navoiyazot”, “Qizilqumsement”, “Navoiy issiqlik elektr stansiyasi” aksiyadorlik jamiyatlari va “Elektrkimyozavodi” qo‘shma korxonasi shular jumlasidandir. 

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev o‘tgan yil 28 mart kuni viloyatga tashrif buyurib, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayoniga doir ishlar bilan tanishgan edi. Oradan o‘tgan bir yil davomida viloyatda ulkan ishlar amalga oshirildi. Ijro jarayoni davlat rahbarining shaxsiy nazoratida. Prezidentimizning bu safargi tashrifi ham ana shu maqsadlarga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. 

Davlat rahbari dastlab Karmana tumanidagi «Karmana golden eggs» mas’uliyati cheklangan jamiyatida bo‘ldi. Uni tashkil qilish bo‘yicha loyiha o‘tgan yil mart oyida Prezidentga taqdim qilingan edi. Oradan o‘tgan vaqt davomida birinchi bosqichdagi ishlar boshlandi. 90 kunda tovuq etishtirishga mo‘ljallangan parrandachilik kompleksida ellik ish o‘rni yaratildi. Majmuada jo‘ja uch oy davomida parvarishlanib, tuxum beradigan tovuq holida sotuvga chiqariladi. 

Prezident Shavkat Mirziyoyev loyiha tashabbuskorlari bilan kelajak rejalari haqida suhbatlashdi. Ma’lum qilinganidek, 2019 yilda inkubatsiya, tuxum etishtirish komplekslarini ishga tushirish mo‘ljallangan. Olinadigan mahsulotning 30 foizi eksportga chiqariladi, yana 100 kishining bandligi ta’minlanadi. 

– Parrandachilik bo‘yicha tizim yaratilibdi, – dedi Prezident. – Endi bu erda tuxum etishtirish va uni eksportga chiqarishni yo‘lga qo‘yish lozim. 

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Navoiy viloyatiga tashrifi doirasida «Navoiy» erkin iqtisodiy zonasida istiqboldagi rejalar taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Ma’lumki, 2010-2016 yillarda iqtisodiy zonada 22 ta loyiha amalga oshirilgan bo‘lib, 904 ish o‘rni yaratilgan. Taqdim qilingan rejaga ko‘ra, 2017-2019 yillarda 32 ta loyiha amalga oshirilib, 1659 ta ish o‘rni yaratiladi. Bunda elektrotexnika, farmatsevtika va tibbiy buyumlar, mashinasozlik va avtomobilsozlik, qurilish materiallari, kimyo va neft kimyosi mahsulotlari ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan. 

Loyihalarda marmar va granit toshlar, kompozit tosh mahsulotlari ishlab chiqarish rejasi ham o‘rin olgan. Tosh kar’erlaridan marmar qazib olish, qayta ishlash, kompozit va arxitektura qurilmalari yaratish ishlari bajariladi. 

Davlat rahbariga taqdim qilingan yana bir reja bo‘yicha 2018-2019 yillarda umumiy qiymati 84,5 million AQSH dollariga teng bo‘lgan alyumin profillar, aksessuar va butlovchi qismlar ishlab chiqaruvchi 4 ta loyiha amalga oshiriladi. 

– Navoiy viloyatida iqtisodiy loyihalarni amalga oshirish uchun barcha imkoniyatlar mavjud, – dedi Prezident. – Bu imkoniyatlardan unumli foydalanish uchun tashabbuskor tadbirkorlarni topish kerak. Buning uchun yaqin vaqtda viloyatda biznes-forum tashkil qilish lozim. Unga chet ellik investorlarni ham jalb qilish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Ana shunda Navoiyga eng sara investorlar keladi. 

Page 20: samgasi.uz soati/AXB Soat 13... · Web viewO‘zaro anglashuv va birgalikdagi sa’y-harakatlar tufayli mamlakatlarimiz va xalqlarimiz o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik, umumiy

Viloyatda shisha mahsulotlari ishlab chiqarish loyihasi Zarafshon shahri hududida amalga oshiriladi. 350 kishining bandligi ta’minlanadigan korxonada silliq list oyna, shisha idishlar ishlab chiqariladi. 

Prezidentga zamonaviy issiqxonalar tashkil qilish, parrandachilik, baliqchilikni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar haqida ma’lumot berildi. 

Baliqchilikka oid reja davlat rahbariga manzur bo‘ldi. Unda Karmana tumanidagi xonadonlarda kichik suv havzalari barpo etib, intensiv usulda baliq etishtirish mo‘ljallangan. Loyihaga ko‘ra, ikki sotix yerda intensiv usulda baliq yetishtiriladi. Davlat rahbariga etishtiriladigan baliq turlari, ozuqasi, daromadlar haqida ma’lumot berildi. 

– Baliq parhez mahsulot hisoblanadi, go‘sht o‘rnini bosadi. Shunday ekan, bu tarmoqni rivojlantirishga katta e’tibor berish zarur, – dedi Prezident. – Xonadonlarda yetishtirilgan baliq aholiga faqat qo‘shimcha daromad manbai emas. U sog‘liq uchun ham foydalidir. 

Ma’lum qilinganidek, Navoiy viloyatidagi “To‘dako‘l” suv havzasida ochiladigan baliqchilik majmuasiga 1200 gektar yer ajratiladi. Eronlik investorlar tomonidan amalga oshirilayotgan loyiha yiliga 5000 tonna baliq, 4000 tonna qayta ishlangan baliq mahsulotlari (baliq filesi, farshi, dudlangan baliq) tayyorlashni ko‘zda tutadi. 

Mamlakatimiz iqlim sharoitiga mos, tog‘ va tog‘oldi hududlarda etishtiriladigan pista mevasi xushta’mligi bilan alohida ajralib turadi. Olimlar fikricha, pista daraxti ming yilgacha hosil beradi. 

Prezident Shavkat Mirziyoyev Navoiy viloyatiga tashrifi doirasida Nurota tumanida 10 ming gektar lalmi yerda tashkil etiladigan intensiv pista plantatsiyalari loyihasi bilan tanishdi. Davlatimiz rahbariga uning afzalliklari haqida batafsil ma’lumot berildi. Qiymati 21 milliard so‘mlik ushbu loyihaning amalga oshirilishi natijasida 850 kishi doimiy ish bilan ta’minlanadi. 

Ma’lumki, bizda mavjud texnologiyalar asosida ekilgan pista 11-12 yilda hosilga kiradi. Bir tup daraxtdan 200-300 gramm hosil olish mumkin. Yangi plantatsiyalarni takomillashgan texnologiya asosida barpo etish ko‘zda tutilgan. Ya’ni ko‘chatxonada o‘stirilgan niholga ikkinchi yil navdor pistalardan olingan kurtak payvand qilinadi. Uchinchi yildan uni ochiq maydonda ekish mumkin. Ushbu texnologiyada ekilgan pista 7-8 yilda hosilga kiradi. Uning bir tupidan 1,5-2 kilogramm pista olish mumkin. 

– Qishloq xo‘jaligiga ilmiy yondashmay qo‘yganimiz bois ko‘plab ekinlardan kutilgan darajada hosil ololmayapmiz, – dedi Prezident. –Bundan buyon sohaga ilm-fan yutuqlarini keng joriy etish, ekinni ekishdan boshlab uni yig‘ib-terib olishgacha olimlar bilan hamkorlikda ish olib borish kerak. Hosildorlik qancha yuqori, eksportbop bo‘lsa, dehqon boyiydi. Bizning asosiy maqsadimiz ham shu. 

Pista plantatsiyalari 2018-2021 yillar davomida barpo etiladi. Davlatimiz rahbariga Toshkent kimyo texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti

olimlari ishlab chiqqan gidrogel moddasi haqida ham ma’lumot berildi. Ushbu modda o‘simlik o‘sishi va rivojlanishini jadallashtirishga xizmat qiladi. Gidrogel yomg‘ir suvini va o‘simlikka berilgan o‘g‘itni saqlaydi. Suvni 50 foizgacha tejashga yordam beradi. 

Page 21: samgasi.uz soati/AXB Soat 13... · Web viewO‘zaro anglashuv va birgalikdagi sa’y-harakatlar tufayli mamlakatlarimiz va xalqlarimiz o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik, umumiy

Prezident Shavkat Mirziyoyev Navoiy viloyatida cho‘l o‘rmonchiligini rivojlantirish ilmiy markazini tashkil etish, Xatirchi tumanida bog‘ va zamonaviy issiqxona barpo etish, meva-sabzavotni qayta ishlash, Navbahor tumanida tomchilatib sug‘orish usulida bodom va pista plantatsiyalari ochish, qorako‘lchilik, tivit junli echkilarni ko‘paytirish, 2018-2019 yillarda viloyatda oziq-ovqat ta’minotini ravnaq toptirish va qator boshqa yo‘nalishlarga oid istiqbolli loyihalar bilan tanishdi. Ularni o‘z vaqtida sifatli bajarish yuzasidan topshiriq va ko‘rsatmalar berdi. 

Davlat rahbari Navoiyga tashrifi davomida viloyatning eng olis hududlaridan biri – Tomdi tumanida ham bo‘ldi. Tumandagi 12-bolalar musiqa va san’at maktabida Navoiy viloyatida amalga oshirilayotgan loyihalar va istiqboldagi rejalar bilan tanishdi. 

Prezidentga dastlab Tomdi, Uchquduq, Konimex tumanlari va Zarafshon shahrini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari haqida ma’lumot berildi. Viloyatning ushbu chekka tumanlari va Zarafshon shahrida sanoat, xalq iste’moli mollari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish tarmoqlarida amalga oshiriladigan loyihalar aholi farovonligini yaxshilashga xizmat qiladi. 

Xususan, Uchquduq tumani junni qayta ishlash va tayyor mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashtiriladi. Shuningdek, “Uchquduq tekstil” MChJ tomonidan joriy yilda tayyor kiyim-kechak ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Natijada 320 kishi ish bilan ta’minlanadi. 

“Qizilqum marvaridi” korxonasi tomonidan gidroponika usulida issiqxona barpo etiladi. Zarafshon shahrida yiliga 4,5 ming tonna armatura, 10 million kvadrat metr oyna, 250 million dona shisha idish ishlab chiqarish, qariyb 2 ming boshga mo‘ljallangan qoramolchilik kompleksi, sig‘imi 500 va 200 tonna bo‘lgan muzlatkichli omborxonalar barpo etish, 100 ming boshdan ziyod parranda boqish, baliqchilik xo‘jaligi, issiqxonalar tashkil etish loyihalari amalga oshiriladi. 

Tomdi, Konimex tumanlarida ham shu kabi istiqbolli loyihalar hayotga tatbiq etiladi. Natijada ikki yil ichida 4 ming ish o‘rni yaratish ko‘zda tutilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, Konimex tumanida katta yo‘l bo‘yida tashkil etilgan tuyachilik majmuasiga o‘tgan yili 61 davlatdan 3 ming sayyoh kelgan. Bu erdagi sharoitlar talabga javob bermas edi. Tarmoqning samaradorligini e’tiborga olib, bu erda ming bosh tuya va 500 bosh naslli echki boqishga mo‘ljallangan chorvachilik kompleksi barpo etish rejalashtirilyapti. Umumiy qiymati 15,7 milliard so‘m bo‘lgan ushbu zamonaviy chorvachilik majmuasi uchun xorijdan naslli echkilar sotib olinadi. Bu yerda yiliga ming tonna tuya, 300 tonna echki suti qayta ishlanadi. Bu joy nafaqat tuya va echkichilik majmuasi, balki yiliga 10 ming sayyohni qabul qiladigan zamonaviy ekoturizm markaziga aylanadi. 

Shu o‘rinda tuya sutining shifobaxsh xususiyati haqida to‘xtalish joiz. Uning tarkibida A, V1, V2, S va D vitaminlari sigir sutiga qaraganda 3 barobar ko‘p. Kalsiy, kaliy, magniy, temir, mis, marganets, rux, fosfor kabi mikroelementlarga boy. Bundan tashqari, tuya sutida elastin, lanolin, laktoferrin kabi foydali moddalar mavjud. U qandli diabet, kamqonlik, gepatit, nafas va oshqozon-ichak yo‘llari, buyrak, yurak, asab kasalliklariga davo bo‘lib, immun tizimini mustahkamlaydi. 

Bu yerga kelgan sayyohlar ana shu shifobaxsh sutdan tatib ko‘rishi, cho‘l bo‘ylab tuya va kvadrotsikllarda sayr qilishi mumkin bo‘ladi. Davlat rahbari

Page 22: samgasi.uz soati/AXB Soat 13... · Web viewO‘zaro anglashuv va birgalikdagi sa’y-harakatlar tufayli mamlakatlarimiz va xalqlarimiz o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik, umumiy

mutasaddilarga majmuani Mustaqillik bayramigacha qurib bitkazish va sayyohlarga zarur sharoit yaratish yuzasidan topshiriqlar berdi. 

Tomdi tumanidagi Navoiy kon-metallurgiya kombinatiga qarashli 4 ming bosh qo‘y boqishga mo‘ljallangan chorvachilik kompleksi ham shunday istiqbolli loyihalardan bo‘lib, viloyatda qorako‘lchilikni rivojlantirish va yangi ish o‘rinlari yaratishga xizmat qiladi. 

Ijtimoiy loyihalar taqdimoti ham o‘tkazildi. Xususan, Tomdi tumanida “Shodlik” mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari uchun bolalar shaharchasi quriladi. Maydoni 4,3 gektar bo‘lgan shaharchada bolalar uchun barcha qulaylik yaratiladi. Qurilish ishlari mart oyida boshlanib, yil oxirigacha yakunlanadi. Zarafshon shahrida favvoralar xiyoboni barpo etish, Uchquduq tumanidagi “Konchi” sanatoriysini ta’mirlash va jihozlash loyihalari shaharlar obodligi va aholi salomatligini mustahkamlashga xizmat qiladi. 

Prezident Zarafshon va Uchquduq shaharlaridagi ko‘p qavatli uy-joy fondini ta’mirlash ishlari bilan tanishdi. 

– Olisda joylashgan bu shaharlar aholisi yaxshi yashashga haqli, – dedi davlat rahbari. – O‘tgan yili 150 uy ta’mirlab berilgan edi, 2018-2019 yillarda qolgan 723 turar joyning tomidan erto‘lasigacha mukammal ta’mirdan chiqariladi. 

Ayni paytda 2026 yilgacha qimmatbaho metallar qazib olishni ko‘paytirish, “Auminzo-Amantoy” konini o‘zlashtirish, Muruntov konini o‘zlashtirishning 5-bosqichi, Tomdi tumanidagi 2-gidrometallurgiya zavodi quvvatlarini kengaytirish kabi loyihalar taqdimotlari o‘tkazildi. 

Davlat rahbari barcha loyihalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish, mahsulot ishlab chiqarishni yanada kengaytirish bo‘yicha zarur ko‘rsatmalar berdi. 

Shavkat Mirziyoyev shu yerda Tomdi, Uchquduq, Konimex tumanlari va Zarafshon shahri jamoatchiligi vakillari, oqsoqollar, yoshlar, tadbirkorlar bilan muloqot qildi. Suhbatda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, yaratilayotgan ulkan imkoniyatlar, yon qo‘shnilarimiz bilan do‘stona aloqalar faollashayotgani, odamlarni ish bilan ta’minlash, eng chekka Tomdi tumanida suv manbalarini topish hisobiga aholi farovonligini oshirish, yoshlar ta’lim-tarbiyasi kabi masalalar haqida so‘z yuritildi. 

Shu kuni Xatirchi tumani hokimligida viloyat faollari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat iqtisodiyotini yuksaltirish, odamlar turmush sharoitini yaxshilash, yangi ish o‘rinlari yaratishga e’tiborni kuchaytirish, ta’lim, tibbiyot va boshqa sohalarda boshlangan islohotlarni izchil davom ettirish, ayollar o‘rtasida jinoyatchilikni kamaytirish kabi qator dolzarb masalalar muhokama qilindi. Prezident odamlarning muammo va takliflarini eshitib, mutasaddilarga ularni qisqa fursatlarda bartaraf etish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berdi. 

Shu bilan Prezident Shavkat Mirziyoyevning Navoiy viloyatiga tashrifi yakuniga etdi. Safar asnosida alohida ta’kidlanganidek, istiqbolli loyihalar, berilgan topshiriqlar ijrosi davlat rahbarining doimiy nazoratida bo‘ladi.