8
STOMATOLOGIYA DUNYOSI Toshkent davlat stomatalogiya instituti nashri Vatan ravnaqiga sog‘lom tabassum bilan boqing! № 28, 2018 yil Yanvar SIFATLI TIBBIY XIZMAT VA SOG‘LIQNI SAQLASH TIZIMIDAGI IZCHIL ISLOHOTLARNI AMALGA OSHIRISHDA OLIY O‘QUV YURTLARINING O‘RNI El salomatligini asrash, yurtimizda sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish, uni xalqqa yanada yaqinlashtirish, aholiga sifatli tibbiy yordam ko‘rsatishning zamonaviy tizimini shakllantirish borasida Davlatimiz tomonidan bir qancha ijobiy ishlar qilinmoqda. Bugungi kunda yurtimizdagi tibbiy islohotlarni faollashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar tibbiyot xodimlarini erishilgan yutuqlardan to‘xtab qolmaslikka undamoqda. Prezidentimizning 2018 yil 7 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonida ham ushbu masalalarga bandma- band to‘xtalib o‘tilgan. Tibbiy yordam – birinchi navbatda samarador, sifatli va ommabop bo‘lishi lozim. Bunga o‘z-o‘zidan erishilmaydi, albatta. Bunda Oliy o‘quv yurtlari zimmasiga tushadigan mas’uliyatlar talaygina. Xususan, ushbu farmonda belgilab o‘tilganidek; - o‘rta va oliy tibbiy ta’lim tizimini isloh qilish, o‘quv rejalari, dasturlari, o‘quv-uslubiy materiallari va nazariy mashg‘ulotlarni yanada optimallashtirish va amaliy mashg‘ulotlarni ko‘paytirish nuqtai nazaridan qayta ko‘rib chiqish, shuningdek, ularni tibbiyot fani va amaliyotining umumjahon yutuqlariga muvofiqlashtirish; - ilg‘or ilmiy ishlanmalar va texnologiyalarni amaliy sog‘liqni saqlashga integratsiya qilishda tibbiy oliy ta’lim muassasalari klinikalarining rolini kuchaytirish; - tor mutaxassisliklar bo‘yicha tibbiy kadrlarni tayyorlashni takomillashtirish, magistratura va klinik ordinaturada o‘qitish muddatlarini klinik ko‘nikmalarni egallash murakkabligidan kelib chiqqan holda maqbullashtirish; - oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini, sog‘liqni saqlash mutaxassislarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimini qayta ko‘rib chiqish, muammolarga yo‘naltirilgan modulli o‘quv dasturlarini joriy etish, masofadan o‘qitish mexanizmlarini keng qo‘llash; - boshqaruv va o‘quv jarayoniga yuqori malakali va malakali xorijiy mutaxassislar, olimlar va o‘qituvchilarni keng jalb etish kabi bandlari ayni oliy o‘quv yurtlari uchun qaratilgani, mas’uliyatni yanada oshiradi. Toshkent davlat stomatologiya institutida istiqbolda Orenburg davlat tibbiyot universiteti bilan hamkorlik dasturiga asosan, “klinik- psixologiya” yo‘nalishida yangi fakultet ochish yuzasidan ishlar olib borilyapti. Mazkur fakultetga 2019-2020 o‘quv yilidan talabalar qabul qilish rejalashtirilgan. Institutimizning Toshkent shahridagi stomatologiya poliklinikalari va klinik shifoxonalar hamda 20 dan ziyod yirik xususiy stomatologiya poliklinikalarida klinik bazalar tashkil etilib, o‘quv jarayoni olib borilmoqda. Shu bilan birga zamonaviy simulyatsion markaz tashkil qilinib, zamonaviy simulyatorlar bilan jihozlangan. Bundan tashqari, institutda 2017/2018 o‘quv yilidan boshlab fakultetlarning barcha kurslarida ayrim mutaxassislik fanlarini

STOMATOLOGIYA DUNYOSItsdi.uz/journals/gazeta/stomatalogiya2019Yanvar.pdf · STOMATOLOGIYA DUNYOSI Toshkent davlat stomatalogiya instituti nashri Vatan ravnaqiga sog‘lom tabassum

  • Upload
    others

  • View
    18

  • Download
    0

Embed Size (px)

Citation preview

  • STOMATOLOGIYADUNYOSIToshkent davlat stomatalogiya instituti nashri

    Vatan ravnaqiga sog‘lom tabassum bilan boqing!

    № 28, 2018 yil Yanvar

    SIFATLI TIBBIY XIZMAT VA SOG‘LIQNI SAQLASH TIZIMIDAGI IZCHIL ISLOHOTLARNI AMALGA OSHIRISHDA OLIY O‘QUV YURTLARINING O‘RNI

    El salomatligini asrash, yurtimizda sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish, uni xalqqa yanada yaqinlashtirish, aholiga sifatli tibbiy yordam ko‘rsatishning zamonaviy tizimini shakllantirish borasida Davlatimiz tomonidan bir qancha ijobiy ishlar qilinmoqda. Bugungi kunda yurtimizdagi tibbiy islohotlarni faollashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar tibbiyot xodimlarini erishilgan yutuqlardan to‘xtab qolmaslikka undamoqda. Prezidentimizning 2018 yil 7 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonida ham ushbu masalalarga bandma-band to‘xtalib o‘tilgan. Tibbiy yordam – birinchi navbatda samarador, sifatli va ommabop bo‘lishi lozim. Bunga o‘z-o‘zidan erishilmaydi, albatta. Bunda Oliy o‘quv yurtlari zimmasiga tushadigan mas’uliyatlar talaygina. Xususan, ushbu farmonda belgilab o‘tilganidek;

    - o‘rta va oliy tibbiy ta’lim tizimini isloh qilish, o‘quv rejalari, dasturlari, o‘quv-uslubiy materiallari va nazariy mashg‘ulotlarni yanada optimallashtirish va amaliy mashg‘ulotlarni ko‘paytirish nuqtai nazaridan qayta ko‘rib chiqish, shuningdek, ularni tibbiyot fani va amaliyotining umumjahon yutuqlariga muvofiqlashtirish;

    - ilg‘or ilmiy ishlanmalar va texnologiyalarni amaliy sog‘liqni saqlashga integratsiya qilishda tibbiy oliy ta’lim muassasalari klinikalarining rolini kuchaytirish;

    - tor mutaxassisliklar bo‘yicha tibbiy kadrlarni tayyorlashni takomillashtirish, magistratura va klinik ordinaturada o‘qitish muddatlarini klinik ko‘nikmalarni egallash murakkabligidan kelib chiqqan holda maqbullashtirish;

    - oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini, sog‘liqni saqlash mutaxassislarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimini qayta ko‘rib chiqish, muammolarga yo‘naltirilgan modulli o‘quv dasturlarini joriy etish, masofadan o‘qitish mexanizmlarini keng qo‘llash;

    - boshqaruv va o‘quv jarayoniga yuqori malakali va malakali xorijiy mutaxassislar, olimlar va o‘qituvchilarni keng jalb etish kabi bandlari ayni oliy o‘quv yurtlari uchun qaratilgani, mas’uliyatni yanada oshiradi.

    Toshkent davlat stomatologiya institutida istiqbolda Orenburg davlat tibbiyot universiteti bilan hamkorlik dasturiga asosan, “klinik-psixologiya” yo‘nalishida yangi fakultet ochish yuzasidan ishlar olib borilyapti. Mazkur fakultetga 2019-2020 o‘quv yilidan talabalar qabul qilish rejalashtirilgan.

    Institutimizning Toshkent shahridagi stomatologiya poliklinikalari va klinik shifoxonalar hamda 20 dan ziyod yirik xususiy stomatologiya poliklinikalarida klinik bazalar tashkil etilib, o‘quv jarayoni olib borilmoqda. Shu bilan birga zamonaviy simulyatsion markaz tashkil qilinib, zamonaviy simulyatorlar bilan jihozlangan. Bundan tashqari, institutda 2017/2018 o‘quv yilidan boshlab fakultetlarning barcha kurslarida ayrim mutaxassislik fanlarini

  • 2 STOMATOLOGIYADUNYOSI Xalqaro hamkorlik

    XALQARO ISHTIROK

    ingliz tilida o‘qitish yo‘lga qo‘yilmoqda. Bunday zamonaviy imkoniyatlar malakali kadrlar tayyorlash, stomatologiya sohasida jahon tibbiyotining ilg‘or amaliyotlarini keng joriy etish, xalqimizga ko‘rsatilayotgan stomatologik xizmatni sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqishda muhim qadam bo‘lmoqda.

    Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim va sog‘liqni saqlash mutaxassislarining malakasini oshirish hamda qayta tayyorlash yo’nalishlari esa mahalliy tajribani va jahon

    yutuqlarini uyg‘unlashtirish asosida tibbiyot fanini rivojlantirish, ilmiy tibbiy tadqiqotlar samaradorligini oshirish, sog‘liqni saqlash amaliyotiga fan, texnika yutuqlarini va ilg‘or tajribani qo‘llaydigan mutaxassislarni tayyorlash tibbiy ta’lim muassasalari oldida turgan muhim yo‘nalishlardan biridir.

    Qolaversa, kundan-kunga yangilanayotgan tibbiyot yutuqlaridan xalqimizni bahramand etish, aholining malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqini to’la ro’yobga chiqarish borasida hali bajariladigan ishlar talaygina. Bu borada sog’liqni saqlash tizimini rivojlantirish Konsepsiyasi faoliyatimizda muhim huquqiy asosi bo’lib xizmat qiladi. Unda belgilanganidek, yaqin istiqbolda tibbiyotning boshqa yo’nalishlari kabi stomatologiya sohasida ham tibbiy profilaktika ishlarini tizimli tashkil etish, tish, milk, jag’ kasalliklarining oldini olish, erta aniqlash, diagnostika va davolash ishlarini yanada takomillashtirish, jahon ilm-fanining ustuvor vazifalarini yechimiga munosib ulush qo’shish zimmamizga yuklamoqda.

    Jasur Rizayev,

    Toshkent Davlat stomatologiya instituti rektori, professor

    2019 yil, 19 yanvar kuni Qozog‘iston Respublikasi Chimkent shahridagi Janubiy Qozog‘iston Tibbiyot Akademiyasida Akademik Seksenbayev Deribsalы Seksenbayevichning 80 yillik tavalludiga bag‘ishlangan “Klinik tibbiyotning dolzarb masalalari” mavzusida ilmiy-amaliy anjuman bo’lib o’tdi. Ushbu anjumanda institutimiz nomidan Mikrobiologiya va farmakologiya kafedra mudiri, t.f.d. N.M. Mamatova ishtirok etdi va anjumanda o’z ma’ruzasi bilan chiqish qildi. Safar davomida Janubiy Qozog‘iston Tibbiyot Akademiyasining rektori professor M.M. Risbekov, farmakoterapiya va klinik farmakologiya kafedrasi mudiri, t.f.d., professor Kerimbayevalar bilan uchrashuv bo’lib o’tib, oliy o’quv yurti faoliyati bilan tanishildi. Har ikkala kafedra mudirlari bilan hamkorlikda ilmiy amaliy va o‘quv uslubiy ishlarda hamkorlik qilishga kelishib olindi.

  • 3STOMATOLOGIYADUNYOSITadbir

    TIBBIYOT OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA MUTAXASSISLAR TAYYORLASH SIFATINI OSHIRISH MASALALARIGA INNOVATSION

    YONDOSHUVJoriy yilning 7 yanvar kuni Toshkent davlat

    stomatologiya institutida “Tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish masalalariga innovatsion yondoshuv” nomli respublika o‘quv-amaliy anjumani (xalqaro ishtirok bilan) tashkil etildi. Konferentsiya ishtirokchilari: Xitoy Xalq Respublikasidan Dong Xu Xua, Orenburg Davlat Tibbiyot Universitetining o’quv-uslubiy bo’limi boshlig’i – Е.М. Nefedova, S.D. Asfendiyarov nomidagi Qozog‘iston milliy meditsina universiteti stomatologiya bo‘yicha internatura kafedrasidan – Ye.X. Abdrazakov, A.A. Yesirkepov, K.J. Jumabayeva va yurtimizning obro’li tibbiy oliy o’quv yurtlaridan tashrif buyurgan mutaxasislar mutaxassis tayyorlashda zamonaviy pedagog mahorati va madaniyati, ta’lim jarayonida tolerant hulq-atvorni shakllantirishning innovatsion metodlari, tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida o‘qitishning zamonaviy usullari, zamonaviy pedagogik texnologiyalar o‘qitishga motivatsiyani kuchaytiruvchi zarur vositalar, stomatologiya fanini o‘qitish jarayoniga interfaol pedagogik texnologiyalari uslubini tadbiq etish, amaliy ko‘nikmalarni ortopedik stomatologiya fanini o‘zlashtirishdagi ahamiyati, tibbiy ta’limda axborot kommunikatsion texnologiyalarni virtual laboratoriya misolida qo‘llash, yuz-jag‘ jarrohligi fanini o‘qitishning modul tizimi, xirurgik kasalliklar fanini o‘qitish sifatini oshirish va innovatsion yondoshuv, tibbiyot xodimlarida kasbiy madaniyatni shakllantirishda muomala texnologiyasi, tibbiy oliy ta’lim muassasalarida zamonaviy mutaxassislarni deontologik talablar asosida tayyorlash, tibbiyot institutlarida “O‘zbek tili” fanini o‘qitishda talabalar ijodkorligini oshiruvchi innovatsion texnologiyalar samaradorligi, tanqidiy fikrlashni rivojlantirish muammolariga innovatsion yondoshuv, tibbiyot xodimlarini kasbiy madaniyatini takomillashtirishda muloqot psixologiyasining o‘rni, shaxslararo muloqotning psixologik jihatlari, xorijiy tilda tibbiy atamalarni o‘rganishda innovatsion yondoshuv kabi bir qator dolzarb mavzularda ma’ruzalar o’qidilar. Anjuman davomida xorijdan kelgan olimlar bilan yurtimiz pedagoglari ta’lim jarayonidagi o’ziga xosliklar xususida fikr almashdilar.

  • 4 STOMATOLOGIYADUNYOSI

    IBN SINONING

    TIBBIYOT SOHASIDAGI SABOQLARI

    Илм олами / Мир науки

    Ulug’ mutafakkir Abu Ali ibn Sino (980 - 1037) Buxoro yaqinidagi Afshona qishlog’ida mahalliy amaldor oilasida dunyoga keldi. Uning asl ismi Husayn ibn Abdulloh. Besh-o’n yoshlarida maktabda ta’lim oldi. Maktabni bitirgach, ustozi Abu Abdulloh an-Natiliy dan mantiq,falsafa, riyoziyot va fiqh ilmlarini o’rgandi. U asosan tabobat ilmiga qiziqardi. O`sha vaqtda uni Husayn deb atagan bo`lsalar, sharqda

    Sheyxulrais, g`arbda Avitsenna, arablar esa Abu ali Alhusayn ibn Abdullo ibn Hasan ibn Sino deb atar edilar.Ibn Sino avval Qur’on, bu darslarni to’la o’zlashtirib oladi. Ayni vaqtda u mantiq, hisob, aljabr, handasa va falakiyot bilan ham shug’ullanadi.Shu bilan birga Ibn Sino tabiiy fanlarni, xususan sevib o’rganadi. U o’zining tug’ma iste’dodi va favqulotda mehnatsevarligi tufayli darslarini osonlik bilan o’zlashtirar va hatto muallimlariga noma’lum bo’lgan narsalarni ham kitobdan mustaqil o’qib o’rganardi. Ibn Sino tibbiyot, uning mohiyati va vazifalari haqida so’zlab, avvalo tibbiyotning o’zi qanday fan degan masalaga to’xtaladi. U tibbiyotga bunday ta’rif bergan. «Tibbiyot shunday bir ilmki, u bilan inson gavdasining ahvoli sog’lik va kasallik jihatidan o’rganib, uning mavjud sog’lig’i saqlanadi va yo’qotilgani tiklanadi». Ibn Sinoning bu ta’rifida juda muhim bir fikr bor. U salomatlikni saqlash masalasini birinchi o’ringa qo’ygan.

    Demak, Ibn Sinoning tushunishicha,tibbiyotning asosiy vazifasi kishilar sog’Iig’ini saqlashdan iborat. Bu fikr yuksak darajada rivojlangan hozirgi zamon tibbiyotining asosiy qoidasiga butunlay mos keladi. Ibn Sino o’zining bu fikri bilan o’sha zamondagi ko’pchilik tibbiyot namoyandalarining fikrlaridan ming yil ilgarilab ketgan edi. Ibn Sinoning tabobat sohasida qilgan ishlari o‘sha davr tabobatini bir necha asrlarga ilgarilatdi va ayrim sohalarda hatto hozirgi zamon tibbiyotiga yaqinlashtirdi ham. Olim yashagan davrda bu sohada antik olimlarning, xususan Gippokrat, Galen, Dioskorid va boshqalarning ta’limoti ustuvor edi. Ibn Sino ham o‘z tibbiy faoliyatida ularning nazariy qarashlari va amaliy ko‘rsatmalariga tayandi, lekin ularni Hindiston, Xitoy, O‘rta Osiyo, Sharq olimlarining hamda o‘z tajribalari va bilimlari asosida rivojlantirdi va boyitdi. Ibn Sinoning daho tabib sifatida shuhrat qozonishining asosiy omillaridan biri — uning tib nazariyasini, xususan, anatomiya — inson gavdasi tuzilishini mukammal bilishligidir. Bosh suyagining tuzilishi, tishlarning tuzilishi to‘g‘risida u Galenga ergashgan holda to‘g‘ri fikrlagan. Uning ko‘zning anatomiyasi, ko‘rish jarayonining qanday sodir bo‘lishi va unda ko‘z qorachig‘ining roli, ko‘z muskullarining joylashishi xususida

    yozganlari zamonaviy oftalmologiyaga yaqindir. Asablar, qon tomirlar, mushaklarning tuzilishi va funktsiyalari to‘g‘risida yozganlari anatomiyaning amaliyot bilan bog‘liqligini ko‘rsatadi. Bu esa amaliy anatomiyaning asoschisi deb tan olingan rus olimi N. I. Piragovni Ibn Sinoning izdoshi deyishga asos beradi.Olim tibbiy yo’nalishning nozik masalalaridan yuz- jag’ sohasi kasalliklari va jarohatlariga,ayniqsa qo’shaloq va birgalikdagi ko’p sonli jarohatlarning og’ir kechishi,asoratlanishi va erta hamda chuqur nogironlikka olib keliushi haqida fikr bildiradi. Ibn Sino yuz,jag’ va og’iz bo’shlig’i a’zolari ichki a’zolarning ko’zgusi ekanligini e’tirof etadi.Bu sohaga o’ta estetik yondashish zarurligini uqtiradi.

    Ibn Sino o‘tkir diagnost edi. Uning ba’zi tashhis usullari hozir ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Perkussiya (a’zoga urish orqali diagnoz qo‘yish)ni, xususan, astsit va meteorizmni farqlashda, istisqoni aniqlashda (qoringa sekin urish orqali) qo‘llagan. Bu usul 600 yildan keyin venalik tabib Leopold Auenbrugger (1722—1809) tomonidan qayta kashf qilinib, yana 50 yildan so‘ng amaliyotga kirgan. Olim qon tuflash holatlari va nafas olish turlarini chuqur o‘rganib, ulardan tashhisda foydalangan. Ibn Sino turli kasalliklarning differentsial diagnostikasida va gavdaning umumiy holatini aniqlashda tomir urishi, siydik va najasga qarab olinadigan belgilarga katta e’tibor beradi. Masalan, diabet (qand) kasalligini u siydikning holati, shu jumladan, undagi shirinlik moddasiga qarab tashhis qiladi. Diabet kasalligida siydikda qand moddasi bo‘lishini 1775 yilda ingliz olimi Dobson aniqlagan. Tabobat tarixida birinchi bo‘lib Ibn Sino vabo bilan o‘latni farqlagan, yuqumli kasalliklar bilan og‘rigan bemorlarni boshqalardan ajratgan holda saqlash kerakligini ta’kidlagan, meningit, oshqozon yarasi, sariq kasalligi, plevrit moxov, zaxm, qizamiq, suvchechak, kuydirgi kabi kasalliklarning belgilari va kechish jarayonini to‘g‘ri tasvirlab bergan. Quturish kasalligining ko‘rinishlari, uning yuqumli xarakteri, bemorning bu kasallikdagi holatlarini juda to‘g‘ri aniqlagan. 1804 yilda yevropalik olim Sinke quturgan hayvonlarning so‘lagi yuqumliligini tasdiqlagan. Psixik va asab kasalliklarini tavsiflash va davolashga ham olim ko‘p yangiliklarni kiritgan. Bu kasalliklarni davolashda u atrof muhitning, iqlimning, parhez va jismoniy mashqlarning ta’siriga hamda bemor kayfiyatini yaxshilashga qaratilgan tadbirlarga katta ahamiyat beradi.

    Bemorlarni davolashda olim 3 narsaga — tartib (parhez,jismoniy tarbiya,o’z vaqtida dam olish), dorilar(giyohlar) bilan davolash va turli tibbiy tadbirlarni qo‘llash (qon olish,

  • 5STOMATOLOGIYADUNYOSIИлм олами / Мир науки

    banka qo‘yish, zuluk solish, huqna va h. k.)ga ahamiyat berish kerakligini aytadi. Kasallikni davolashda ovqatlanish, ya’ni parhezni muhim omillardan deb hisoblaydi va har bir kasallik uchun o‘z ovqatlanish tartibini beradi. Chunonchi, jigar kasalliklarida ko‘proq mayiz, anjir, anor suvi iste’mol qilishni buyuradi. Bu esa bunday kasalliklarni hozirgi glyukoza va insulin bilan davolash usullarining qadimgi ko‘rinishidir.Bemorlarni tibbiy savodxonligini oshirish,mavsumga qarab libos kiyinish(libos tanlash),og’iz bo’shlig’I gigiyenasiga va zarali odatlardan chekinishni tavsiya qiladi. Ibn Sinoning jarrohlik sohasini rivojlantirishdagi xizmatlari ham ulkandir. U o‘z tibbiy asarlarida zamonaviy jarrohlikda qo‘llanib kelayotgan ayrim usullarni bayon qiladi.Jarrohlik usullarini ishlatishda amaliy tomondan ularni oshirishda bir qator asbob anjomlar kashf qilgan va aseptika antiseptikaga rioya qilishni qonun deb bilgan. Yiringli shishlarni kuydirish yoki pichoq bilan yorish, bavosil shishlarini tikish, tampon, o‘tkir modda yoki tikish bilan qon to‘xtatish, tomoqni kesib, nay qo‘yish (traxeotomiya) shular jumlasidandir. Yelka suyagining chiqishini oddiy bosish bilan davolash usuli hozirgacha «Avitsenna usuli» deb ataladi. Umurtqaning qiyshayishini Ibn Sino o‘zi ixtiro qilgan yog‘och moslama yordamida tuzatgan. Bu usulni 15-asrda fransuz tabibi Kalo qayta kashf etgan. Suyaklarni gipslash usuli ham Ibn Sino tomonidan keng qo‘llangan, lekin u ham keyinchalik unutilib, yevropalik tabiblar tomonidan 1852 y. da amaliyotga yangi ixtiro sifatida qaytarilgan. Hozirgi ko‘z jarroxligida qo‘llanayotgan usullarning qariyb barchasi Ibn Sinoga ma’lum bo‘lgan. Yomon sifatli saraton (rak) shishlari, qovuq toshlarini olish, istisqo, bavosirning operatsiyalari, bosh suyagining operatsiyasi va boshqalar Ibn Sino qo‘llagan muolaja usullaridandir. Jarrohlikda anesteziya (og‘riqni sezdirmaslik) masalasiga ham Ibn Sino katta e’tibor bergan. Buning uchun u afyun, mingdevona, nasha va shu kabi narkotik ta’sirga ega bo‘lgan dorilardan foydalangan. Kasallikni davolashda Ibn Sino shaxsiy gigiyena, uyqu va jismoniy mashqlarning ahamiyati kattaligini uqtirgan. Uning bir kasallikni boshqa bir kasallikni chaqirish yo‘li bilan davolash usuli diqqatga sazovordir. Masalan, u tutqanoqni davolashda to‘rt kunlik isitma bilan og‘rishni foydali deb biladi. Avstriyalik psixiatr Yu. Vagner-Yaureg (1857—1940) shunday usulni qo‘llab, zaxm kasalligini bezgakni yuqtirish orqali davolagani uchun 1927 yilda Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan.

    Ibn Sino dorishunoslik sohasida chuqur tadqiqotlar olib borgan. U antik olimlarning farmatsiyasi asosida musulmon Sharqida paydo bo‘lgan yangi farmatsiyaning shakllanishiga yakun yasadi. Tabobatda sano, kofur (kamfara), rovoch, tamrhindiy (hind hurmosi) kabi dorilarning ishlatilishi, asal o‘rnida ko‘p dorilarning qand (shakar) asosida tayyorlanishi ham Ibn Sinoning xizmatidir. Uning dorivor o‘simliklarni yig‘ish, saqlash, qayta ishlash usullari hozirgi dorishunoslikdagi usullarga juda yaqindir. Tabiiy dorilar bilan bir katorda Ibn Sino birinchilardan

    bo‘lib kimyoviy usulda tayyorlangan dorilarni ham ishlatgan. Kasallikning turiga qarab avval sodda, so‘ng murakkab tarkibli dori bilan davolagan. Eng muhimi, u o z i q - o v q a t l a r n i n g shifobaxsh ta’siriga katta ahamiyat berib, davolashni shunday mahsulotlardan (meva, sabzavot, sut, go‘sht va h. k.) boshlagan. Dori tayinlashda bemorning mijozi (issiq, sovuq, ho‘l, quruq), yoshi, iqlim sharoitini hisobga olish zarurligini ta’kidlaydi. Ibn Sino farmatsiyasi juda puxta o‘ylangan farmakologik tadqiqot usuliga asoslanganligi bois o‘rta asr Yevropa dorishunoslikka yaqinlashdi. Olim ishlatgan dorilarning bir qanchasi hozir farmakopeyalardan mustahkam o‘rin olgan.

    Ibn Sinoning tibga oid yozgan asarlarining 30 dan ortig‘i bizgacha yetib kelgan, ularning orasida «Qonun» kabi tibbiy entsiklopediya bilan bir qatorda tibning ayrim nazariy va amaliy masalalariga bag‘ishlangan turli hajmdagi «Urjuza fi-t-tibb» («Tibbiy ur-juza»), «al-Adviyat al-qalbiya» («Yurak dorilari»), Daf’ al-madorr al-kulliya an-al-abdon al-insoniya» («Inson badaniga yetishgan barcha zararlarni yo‘qotish»), «Kitob al-qulanj» («Qulanj haqidagi kitob»), «Maqola fin-nabz» («Tomir urishi haqida maqola»), «Risola fi-l-boh» («Shahvoniy quvvat haqida risola»), «Risola fi tadbiri al-musofirin» («Safardagilarning tadbiri haqida risola»), «Risola fi xifz as-sihha» («Sog‘liqni saqlash haqida risola»), «Risola fis-sikanjubin» («Sikanjubin haqida risola»), «Risola fi-l-fasd» («Qon olish haqida risola»), «Risola fi-l-hindabo» («Sachratqi haqida risola») kabi risolalar ham bor.

    Buyuk olim Ibn Sinoni butun jahon olimlari bu ulug’ arbobning qiyofasini yangicha yoritib, sharq xalqlarining ulug,vor ruhiy boyligini ochib berdilar va unga yuqori baho berib xalqlarni,tibbiyot soha vakillarini yanada birlashtirish ishiga xizmat qiladi. Xalqlarning Ibn Sinoning mangu yashashini talab qilgan orzulari yuzaga chiqdi. Jahon Sog’liqni saqlash tashkiloti Ibn Sinoning qiyofasini turli mamlakat kishilarining xotirasida jonlantirdi,bugungi kunda “Qonun”ni mutolaa qiluvchi xalq,millat vakillari unga yangi abadiy va shon-sharafli hayot berdi.

    TDSI talabalari Rizayeva Sh508-B, Jamoliddinov F (304C-Bs),

    Abduhafizova G (205A stom) Rahbar:Yuz-Jag’ sohasi

    kasalliklari va travmatologiya kafedrasi dotsenti B.M.Yahyayev

  • 6 STOMATOLOGIYADUNYOSI Talabalar minbari

    60-70 yillarda tadqiqotchilar stressning psixologik mexanizmlarini o‘rganar ekan, haddan ortiq emotsional zo‘riqishlar natijasida vujudga keladigan «stress kasalliklari» deb nomlanuvchi kasalliklarning rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni o‘rganishga diqqat qaratdilar. Ko‘psonli tadqiqotlarning ko‘rsatishicha: so‘z inson haqida borar ekan stressning asosiy holatlari sifatida emotsional va psixologik hodisalar kuzatilgan. Stressning rivojlanishida ularning roli shu qadar katta ekanki, natijada bu sohada «emotsional yoki psixologik stress» degan tushunchalar paydo bo‘lgan.

    Tadqiqotchilarning fikricha, stressni chaqiruvchi voqea balki shaxs sog‘lig‘iga yoki hayotiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xavf tug‘dirmasligi mumkin, lekin uning o‘z-o‘zini baholashiga, obro‘-e’tiboriga, «jamiyatda tutgan o‘rniga» salbiy ta’sir etishi tabiiy.

    Demak, stress har doim shaxsning psixofiziologik reaksiyasidir. Va uni chaqiruvchilar qatori dastlab sanab o‘tilganidek - faqat sovuq yoki issiq, ochlik yoki og‘riq, hayot uchun xavf tug‘diruvchi vaziyatlar yoki sog‘liqning yomonlashuvigina emas, balki kengroq qilib aytilsa, ko‘ngli og‘rishi (ranjish, ranj-alam, ozorlanish), aybdorlik, rashk, uyat kabi hislar ham bo‘lishi mumkin.

    Stressning paydo bo‘lishi va davom etishida uchta o‘zaro ta’sir etuvchi zveno va sistema namoyon bo‘ladi: Stressogen voqeani BAHOLASH; voqeaning o‘ziga yoki uning bahosiga FIZIOLOGIK va BIOXIMIK reaksiya; va nihoyat, stressning sabab va oqibatlarini bartaraf qilishga qaratilgan harakatlar, XULQ-ATVOR REAKSIYALARI.

    Baholash. Eng asosiysi – voqeaning qanday baholanishidir. Ya’ni stressogen ta’sir jarayonda sodir bo‘lgan voqea va undan talab qilinayotgan zo‘r berish inson tomonidan qanchalik adolatsiz, haddan ortiqdek his qilinsa yoki unga shunday tuyulsa stressning his qilinishi ham shunchalik zo‘rayadi. Yoki omadsizlik tajribasi (ya’ni o‘zining omadsizligiga qat’iy ishonch ham stressning zo‘rayishiga olib keladi. Bu borada shaxsning pozitsiyasini passiv pozitsiyaga ajratish mumkin.

    B u n d a y l a r g a n i s b a t a n : “Chumchuqdan qo‘rqqan tariq ekmas”; “Sutdan og‘zi kuygan qatiqni ham puflab ichadi” kabi maqollar o‘rinli. Lekin ularga qarama-qarshi ikkinchi xil - aktiv pozitsiya ham mavjud bo‘lib, ular «Ko‘z qo‘rqoq, qo‘l botir» maqoliga amal qilishadi.

    Stress kechishining 2-zvenosidagi fiziologik va biologik reaksiyalar o‘z-o‘ziga emas, balki voqeaning shaxs tomonidan qabul qilinishi va baholanishi orqali beriladi, aynan shu vaqtda ruh va tana birligi paydo bo‘ladi.

    3 zveno. Stressning kechishida emotsional va hulq-atvor javoblardir.Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, stressga nisbatan shaxs tomonidan beriladigan psixologik, fiziologik va bioximik javob reaksiyalari o‘zaro bog‘lanishida ekan. Shu bilan birga ularning ortida «boshqaruv pulti» yashiringan; bu pultning «operatori» bizning hayotga, uning talablariga bo‘lgan munosabatimiz va dunyoqarashimizdir.

    Shunday munosabatlardan biri «himoyasizlik hissi» bo‘lib, bu his har qanday omadsizlik oldidan vujudga kelishi mumkin. Bu hisga qarshi immu-nitetga ega bo‘lish lozim: har qanday omadsizlik, har qanday muvaffaqiyatsizlik oxirgi chora emasligini, xatolarni haqqoniy baholab, ulardan ke-rakli xulosa chiqarib muvaffaqiyatning garovi - faqat qat’iylik, optimizm va umid ekanligiga ishonch hosil qilish kerak. Ba’zi ota-onalarning «qo‘lingdan biror-bir ish kelmaydi - sen qanday qilib yashaysan» qabilidagi pand-nasihatlari stress-zonasini kengaytirib, himoyasizlik hissini bola ongiga singib ketishiga olib keladi.

    Agar kishi yanglishishni oldindan tasavvur qilaversa, u deyarli yanglishadi. Shuning uchun harakatni boshlashdan oldin muvaffaqiyatli natijani ko‘ra bilish lozim. Omadsizlik hissi shuning uchun ham xavfliki, zo‘riqishga tayyorgarlikni «yashiradi». Zo‘riqish esa muvaffaqiyatga bo‘lgan ishonch qancha kam bo‘lsa, shuncha cheksiz bo‘ladi. Shuning uchun shaxsdagi omad-sizlik hissi stressni bartaraf etish imkoniyatini to‘xtatib qo‘yishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim.

    Zo‘riqishga tayyorlik stressga dosh beruvchi asosiy omillardan biridir. Faollik o‘z-o‘zidan ma’lumki, stressga qarshi effektiv dorilardan biri. Har qanday faol izlanish stressni yumshatadi va uning disstressga o‘tishidan qaytaradi. Bu fiziologik va psixologik mexanizmlarning aniq-ligi shartli bo‘lib, faqat faol qarshi turishning o‘zi stressogen vaziyatda real o‘zgarish qilishi mumkin, degan xulosa chiqarmaslik kerak.

    Umid-ishonch kabi hislar ham zo‘riqishga qarshi eng yaxshi psixoterapevtik yordamdir.

    STRESSNINGPSIXOLOGIK MEXANIZMLARI

  • 7STOMATOLOGIYADUNYOSI

    QANDAYQILIBBAXTLIBO‘LISH

    MUMKIN?Talabalar minbari

    Qanday qilib baxtli bo‘lish mumkin?Har qanday inson o‘zini baxtli hayot

    kechirishini orzu qiladi va shunga intiladi. G’arb olimlari inson baxtli bo‘lishi uchun 3 shart bo‘lishini ta’kidlagan edi. Bular:

    1. Yaxshi bank hisobi, ya’ni mo‘maygina daromad.

    2. Yaxshi oshpaz, ya’ni totli taomlarni tanovul etishga imkon yaratuvchi shaxs.

    3. Yaxshi oshqozon, ya’ni inson ichki a’zolarida ovqatni yaxshi hazm bo‘lishi.

    Olib borilgan tadqiqotlarda esa bu shartlardan ham avval kishi o‘zini baxtli bo‘lishi uchun o‘zini baxtli his etishi lozimligi tasdiqlangan. Shuning uchun ushbu shiorni psixologlar ilgari suradilar: «Baxtli bo‘lishni istasang o‘zingni baxtli tut». Inson baxtli bo‘lishi uchun ushbu 7 usulni unutmasligi va amal qilishni maslahat beramiz.

    1. Yaqin kishilaringizni seving. Ko‘p vaqtingizni, etiboringizni o‘zingiz sevgan kishilaringizga bag‘ishlang. Bundan o‘zingizni baxtli his eta olasiz.

    2. Ko‘p kuchingizni o‘zingiz sevgan mashg‘ulotingiz, kasbingiz yoki faoliyatingizga bag‘ishlang. Agar siz o‘z ishingizni sevsangiz, unda ko‘p ishlang. Agar yomon ko‘rsangiz - almashtirishga harakat qiling, chunki shunday qilsangiz o‘zingiz uchun ham, jamiyat uchun ham samaraliroq bo‘ladi. Ish joyida biz ko‘p vaqtimizni o‘tkazamiz va bu vaqtni jazo yoki xush bo‘lmagan sifatida qabul qilmaslik kerak.

    3. Boshqa odamlarga yordam bering. Hamma insonlarda ichidan altruizm, ya’ni beg‘araz atrofdagilarga yordam ko‘rsatish ehtiyoji mavjud. Boshqalarga yordam berish orqali, birinchidan, o‘z-o‘zingizga hurmatni oshirasiz, ikkinchidan,

    o‘zingizdagi jismoniy va psixologik tanglik holatlarini, ya’ni stresslarni yo‘qotasiz va natijada hayotdan qoniqish, baxtga erishish hissiga ega bo‘lasiz.

    4. Baxtli bo‘lishga intiling. O‘zingizni kuzatib ko‘ring, nima sizning kayfiyatingizga ijobiy va nima salbiy ta’sir ko‘rsatishini o‘ylab ko‘ring. Nima sizni quvontirsa, shunga intiling, albatta bu quvonchingiz axloqiy va xuquqiy tartiblarga zid bulmasa.

    5. Jismoniy faollik. Istalgan jismoniy faolliknig harakat sog‘lom kishiga haqiqiy lazzatni baxsh etishi ma’lum, buning sababi chuqur o‘rganilmagan. Akademik Pavlov bu hisni «mushaklar zavqi mashqi» deb atagan. Jismoniy faollik davrida inson miyasida o‘ziga xos tabiy narkotik moddalar ishlab chiqiladi va bu moddalar kishiga lazzat, zavq baxsh etadi. Demak, jismoniy harakatlar insonga baxt hissini ato etadi. Siz raqs tushishingiz, sportning istalgan turi bilan shug‘ulanishingiz yoki qo‘lingizdan keladigan istalgan mashq, harakatni amalga oshirishingiz mumkin. Hatto qishda ertalab turib yoqqan qordan yo‘lakni ochsangiz ham yerni belkurak bilan miriqib chopsangiz ham, mashaqqat bilan derazalarni yuvsangiz ham, baxtni his eta olasiz.

    6. Hayotingizga yangiliklarni kiritishga harakat qiling. Bizga bolaligimizdan hamma narsaga tartib bilan yondoshish lozimligi uqtiriladi. Doimiy kun tartibi, barqaror qiziqishlar, bir ish joyiga o‘rganish, har yili faqat bir joyda va bir vaqtda dam olish ta’tilini o‘tkazish, bular hammasi yaxshi, lekin har qanday odamga yangilik ham yoqadi. Shuning uchun vaqti vaqtida tartibdan chiqing - ya’ni yangilik yarating. Masalan, ishga doimiy yo‘ldan emas, boshqa yo‘ldan boring, yangi xobbiga intiling, yoki ta’tilni boshqa vaqtda oling.

    7. Agar gohida o‘zingizni ezilgan va baxtsiz his qilsangiz, tushkunlikka tushsangiz «psixologik mayatnik» qonuni mavjudligini, chunki agar bugun baxtli bo‘lsangiz, bunga qarama-qarshi holat ham kelish mumkinligini yodda tutish kerak. Shuningdek «+» xolati qanchalik ko‘p bo‘lsa «-» xolat ham albatta kelishi, mumkinligini unutmang.

    Demak, kishi o‘zini baxtli deb hisoblashi uchun ushbu oddiy qoidalarga rioya etishi mumkin ekan.

    Nargiza Umirzakova Ijtimoiy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi

    Zo‘riqishga tayyorlik stress yuz berish ehtimolini susaytiradi, zo‘riqish asosidagi aktivlik esa paydo bo‘lgan stressni yumshatadi va uni disstressga o‘tishdan qaytaradi.

    Bo‘lib o‘tgan voqeani to‘g‘rilash, qaytarish shak-shubhasiz bo‘lsa (yaqinlarining o‘limi, mayib-majruh bo‘lib qolmoq, oilaning inqirozga yuz tutishi, parchalanib ketishi va boshqa shu kabilar) sodir bo‘lgan voqeadan chuqur iztiroblanish, tushkunlik, yo‘qotishga ko‘nikish, zo‘riqish bilan birgalikda yashashning yangi yo‘llarini izlash, hayotdan yangicha mazmun izlash kabi hayotni o‘zgartiruvchi qarorlar qabul

    qilish asosiy bo‘lib qoladi. Umumiy retsept bo‘lishi mumkin emas. Faqat bir narsa aniq: himoyasizlik va umidsizlikka berilaverish, hayotdan va odamlardan cheksiz xafagarchilik, ranjish - shubhasiz oxiri berk yo‘ldir. Laboratoriya eksperimentlari, klinik kuzatishlar, hayotiy tajribalarning hammasi bir narsadan guvohlik beradiki, optimizm, zo‘riqishga tayyor turish, faollik stressning og‘riqli kechishini yumshatadi va uni disstressga o‘tishdan qaytaradi.

    Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari Z.M.Sirojiddinova

  • 8 STOMATOLOGIYADUNYOSI

    MUASSIS:TOSHKENT

    DAVLAT STOMATOLOGIYA

    INSТITUTI

    Bosh muharrir: Jasur Rizayev

    Muharrir o‘rinbosari:Eldor TangirovMusahhih va sahifalovchi:

    Shohinur MirzayevFotograflar:

    Dilmurod KaromatullayevZarina Isayeva

    Tahrir hay’ati:

    A.O.Jilonov,X.I.Irsaliyev,

    A.Y.Yo‘ldoshev, T.V.Melkumyan,

    Y.Y.Sharipov, R.K.Yakubov

    Gazeta 2015 yil 20 yanvarda 0842 raqam bilan ro‘yxatdan o‘tgan.

    Manzil: Toshkent sh, Yashnobod tumani, Maxtumquli ko‘chasi,103

    Tel: 230-20-75, 624-05-48Gazeta bepul tarqatiladi.

    ТОШКЕНТ ДАВЛАТ СТОМАТОЛОГИЯ ИНСТИТУ-ТИ ПРОФЕССОР-ЎҚИТУВЧИЛАР

    ТАРКИБИНИНГ БЎШ ЛАВОЗИМЛАРИГА ТАН-ЛОВ ЭЪЛОН ҚИЛАДИ.

    E’lon

    Развитие биологии и информационных технологий в настоящее время привело к широкому использованию совершенно новых подходов в науке и практике, раз-работке принципиально новых технологий и материалов в различных отраслях. Это геномные методы анализа в криминали-стике, лабораторной диагностике и клини-ческой медицине, биофармацевтические препараты, созданные на основе биоин-женерных технологий, продукты генной, белковой и клеточной инженерии. Во всем мире ощущается недостаток в квалифици-рованных кадрах, способных плодотворно работать в области биоинженерии и био-информатики.

    Это направление является наиболее перспективным и востребованным в со-временной биологии.Оно позволяет загля-нуть в самые глубокие тайны мироздания, понять, что такое жизнь на молекулярном уровне. Исследованиям в этой области по-священо подавляющее большинство ста-тей в ведущих высокорейтинговых научных журналах, таких как «Science», «Nature» и др. Другими словами, биоинженерия и биоинформатика – это специальность бу-дущего, овладеть которой можно уже се-годня. Подготовку кадров по этой редкой специальности в Узбекистане осуществля-ют только 1 ВУЗ, Ташкентский госудаствен-ный стоматологический институт.

    О б у ч е н и е проводится на базе Турин-ского поли-технического университета в Ташкенте. В распоряжении университета имеются со-в р е м е н н ы е и с с л е д о в а -тельские ла-боратории.

    Развитие биоинженерии направлено на углубление знаний в области инженерии, биологии и медицины и укрепление здоро-вья человека за счет междисциплинарных разработок, объединяющих в себе инже-нерные подходы с достижениями биоме-дицинской науки и клинической практики. Приведены предпосылки развития био-инженерии в Узбекистане, направления развития этой отрасли, в том числе при подготовке кадров, а также некоторые осо-бенности применения технических подхо-дов в области биоинженерии, являющихся

    перспективными с точки зрения отрасли информационных и коммуникационных технологий, для исследований и разрабо-ток.

    Биоинженер занимается:• применением технических методов

    для решения проблем биологии и медици-ны;

    • проведением молекулярных иссле-дований микроорганизмов, вирусов, кле-точных культур живых организмов;

    • планированием исследований, на-блюдением, документированием данных;

    • изучением работы ДНК;• редактированием наследственного

    материала (в том числе разработкой ген-но-модифицированных организмов);

    • участвует в разработке новых био-материалов;

    С.С. Вафаева, студентка международного

    факультета ТГСИ

    БИОИНЖЕНЕРИЯВ УЗБЕКИСТАНЕ