323
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ICHKI ISHLAR VAZIRLIGI A K A D E M I YA TRASOLOGIK EKSPERTIZA O‘zbekiston Respublikasi IIV tomonidan Vazirlik tizimidagi oliy ta’lim muassasalarining tinglovchi va kursantlariga darslik sifatida tavsiya etilgan Toshkent 2012

TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

  • Upload
    others

  • View
    7

  • Download
    10

Embed Size (px)

Citation preview

Page 1: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

3

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ICHKI ISHLAR VAZIRLIGI

A K A D E M I YA

TRASOLOGIK EKSPERTIZA

O‘zbekiston Respublikasi IIV tomonidan Vazirlik tizimidagi oliy ta’lim muassasalarining tinglovchi va kursantlariga

darslik sifatida tavsiya etilgan

Toshkent – 2012

Page 2: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

2

O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasining Tahririyat-noshirlik hay’atida ma’qullangan.

M u a l l i f l a r j a m o a s i :

yuridik fanlar nomzodi, dotsent R.R.Shakurov – so‘z boshi; fizika-matematika fanlar nomzodi, dotsent SH.X.Kamilov – 1-bob; yuridik

fanlar nomzodi T.B.Mamatqulov – 10-bob, A.B.Babamuradov bilan hammualliflikda – 3-bob, K.I.Turonov bilan hammualliflikda – 11-bob; yuridik fanlar nomzodi X.A.Turabbayev – 7, 12-boblar, I.E.Eshmetov

bilan hammualliflikda – 13-bob; L.YU.Yugay – 8, 9-boblar; S.A.Nurumbetova – 2, 6-boblar; A.D.Xusanov – 4, 5-boblar.

T a q r i z c h i l a r :

O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi Ichki ishlar idoralari

ofitserlarining malakasini oshirish fakulteti maxsus fanlar kafedrasining boshlig‘i, yuridik fanlar doktori,

polkovnik A.X.Xamdamov;

Toshkent davlat yuridik instituti kriminalistika kafedrasining mudiri, yuridik fanlar nomzodi, dotsent A.N. Norboyev;

O‘zbekiston Respublikasi IIV Ekspert-kriminalistika markazi

boshlig‘ining o‘rinbosari, podpolkovnik X.I. Fayziyev

T-65 Trasologik ekspertiza / Darslik. – T.: O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2012. – 323 b.

Ushbu darslikda trasologik ekspertizaning umumiy qoidalari, tushunchasi,

turlari, predmeti, obyektlari, vazifalari, trasologik izlarning tasnifi, ularni o‘rganishning metodikasi, ilmiy, tashkiliy-huquqiy asoslari yoritilgan. Trasologik ekspertizada poyafzal va oyoq, transport, odam tishi izlari, qulflar, buzish qurollari, plombalar, ishlab chiqarish mexanizmlari, kiyimlardagi shikastlanishlar, hayvon izlari va boshqa izlarni o‘rganish masalalari bayon qilingan.

IIV Akademiyasiining tinglovchilari va barcha qiziquvchilarga mo‘ljallangan.

BBK 67.99 (5 U) 94.ya 73

© O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2012-y.

Page 3: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

3

SO‘ZBOSHI

O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Islom Karimov 2007-yil 25- oktabrda «Ichki ishlar idoralarining xodimlari kuni» munosabati bilan yo‘llangan tabrigida: «Bugungi kunda ichki ishlar idoralarining faoliyati samaradorligini oshirish va ularni mustahkamlash borasida yuksak malakali, professional kadrlar tayyorlash masalasi muhim ahamiyat kasb etadi», – deb ta’kidlaganidek, hozirgi vaqtda chop etilayotgan har bir darslik, o‘quv qo‘llanma yosh avlodning huquqiy, ma’naviy-ma’rifiy bilimini oshirish, ularning har tomonlama barkamol inson bo‘lib yetishishlari uchun ma’lum darajada o‘z hissasini qo‘shmoqda. Bu o‘rinda, mazkur «Trasologik ekspertiza» nomli darslik ichki ishlar organlarining ekspert-kriminalistika xizmatlari uchun malakali mutaxassislarni tayyorlashda o‘z hissasini qo‘shadi hamda yuqorida keltirilgan vazifalarni bajarishga qaratilgandir.

Jinoyat sodir etgan shaxslarni fosh etishga va jazolashga yo‘nalgan jinoiy sud amaliyoti masalalarining hal etilishi har bir jinoyat ishi bo‘yicha haqiqatni tiklash bilan uzluksiz bog‘liq. Faqatgina jinoyat hodisasini har tomonlama tadqiq etish orqali unga aloqador barcha shaxslarning o‘rnini va jinoyat sodir etish shart-sharoitlarini yetarli ishonchliligida aniqlash mumkin. Atrof-muhitda jinoyatchilar tomonidan sodir etilgan harakatlar ushbu harakatlarga mos ta’sir etgan shaxs yoki predmetning o‘ziga xosliklari aks etgan muhitda muayyan o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi. Jinoyatlarni tergov qilishda isbot manbasining asosiylaridan biri sifatida qo‘llaniladigan bunday o‘zgarishlar kriminalistikada moddiy izlar, deb ataladi. Moddiy izlarni topish, qayd etish va tadqiq etish metodikalarining ilmiy ishlanishi, tabiiy va texnik fanlarning zamonaviy yutuqlari asosida ularning hosil bo‘lish qonuniyatlari tahlili «izlar to‘g‘risidagi kriminalistik ta’limot yoki trasologiya» kabi kriminalistik texnikaning mustaqil sohasi paydo bo‘lishiga olib keldi.

Trasologik ekspertiza o‘quv fani ichki ishlar idoralari uchun ekspert-kriminalist mutaxassislarni tayyorlash dasturi doirasida O‘zbekiston Resublikasi IIV Akademiyasida o‘qitiladi. Fanning dasturi umumilmiy qoidalar va turli izlar, obyektlarni tadqiq etishning aniq metodikalaridan iborat.

Page 4: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

4

Ushbu darslikni tayyorlashning zarurligi, birinchi navbatda, ekspert-kriminalistik xizmatlarning amaliy faoliyatidagi islohotlarning talablari bilan ifodalanadi, jumladan jinoyat izlarini topish, qayd etish va olishning yangi usullari ishlab chiqilganligi, tadqiqotlarning yanada rivojlangan metodlari yaratilganligi hamda olingan natijalardan amaliy foydalanish bo‘yicha katta tajribaning yig‘ilganidir.

Darslikda trasologiyaning umumiy tushunchalar apparati, trasologik ekspertizaning tarixi yoritilgan bo‘lib, undagi mavzularni o‘rganish bo‘lajak ekspertning ilmiy dunyoqarashini shakllantirib, trasologik ekspertiza obyektlari va ularni tadqiq etish orqali hal etiladigan masalalar to‘g‘risidagi tasavvurga ega bo‘lishga imkon beradi.

Page 5: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

5

1-BOB. TRASOLOGIK EKSPERTIZANING UMUMIY QOIDALARI

Jinoyat odil sudlovi vazifalarini amalga oshirish jinoyat sodir etgan

shaxslarni fosh etish va jazolashga qaratilgan bo‘lib, har bir jinoyat ishi bo‘yicha haqiqatni qaror toptirish bilan uzviy bog‘liqdir. Aynan jinoyat sodir etilish hodisasini har taraflama o‘rganish jinoyat sodir etishga aloqador shaxslarni ishonchli ravishda aniqlash imkonini beradi.

Jinoyatchilar tomonidan moddiy olamda amalga oshiriladigan harakatlar, ularning xususiyatlariga mos ravishda o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi hamda moddiy obyektlarga bevosita ta’sir etuvchi shaxs, buyum sifatlarini o‘zida aks ettiradi. Kriminalistikada bu kabi o‘zgarishlar moddiy izlar, deb atalib, jinoyatlarni tergov qilish uchun foydalaniladigan dalillarning asosiy manbai bo‘lib xizmat qiladi.

Moddiy izlarni aniqlash, ularni hisobga olish va tekshirish usullarini ilmiy jihatdan ishlab chiqish, ularning yuzaga kelish qonuniyatlarini zamonaviy tabiat va texnika fanlari asosida tahlil qilish, shuningdek zamonaviy kriminalistik texnika sohasi – izlar to‘g‘risidagi kriminalistik ta’lim yoki trasologiyaning vujudga kelishiga asos bo‘ldi.

Oxirgi yillar mobaynida trasologlar tomonidan izlarni aniqlash va hisobga olishning yangi usul va vositalari ishlab chiqildi. Shuningdek, ularni tadqiq etishning birmuncha zamonaviy uslublari yaratildi va trasologik ekspertizadan olingan natijalardan foydalanish bo‘yicha katta amaliy tajriba to‘plandi. Shu bilan birga, bo‘lajak ekspert-kriminalistlarga ta’lim berish bo‘yicha o‘quv rejasi va dasturlariga o‘zgartirishlar kiritildi. Bularning barchasi trasologiyaning hozirgi zamon taraqqiyoti darajasiga to‘g‘ri keladigan darslikni yaratish zaruratini yuzaga keltirdi.

1. «Trasologik ekspertiza» tushunchasi va turlari

Trasologiya – kriminalistikaning alohida bo‘limi bo‘lib, uning vujudga

kelishi ko‘chmanchilar, ovchilar, izquvarlar tomonidan izlarni o‘qish san’atiga borib taqaladi. Jinoyatlarni ochishda izlar va ulardan foydalanish to‘g‘risidagi manbalar qadimgi dunyo va keyingi davrlarning hujjatlarida ilk marotaba eslatib o‘tiladi. Bular Manuning qadimgi hind qonunlari (er. avv. II asrdan va eramizning II asrigacha), Salik haqiqati (V–VI asrlar), Polsha haqiqati (XIII asr) va boshqalar. Rus haqiqatida ham o‘g‘rini izidan

Page 6: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

6

qidirib topish, jinoyat sodir etilgan joydagi qon izlarining ahamiyati to‘g‘risida turkum maqolalar berib borilgan.

Tergov va sud amaliyotida ilk bora qo‘llangan izlar oyoq va qon izlari bo‘lganligini e’tirof etish uchun barcha asoslar mavjud. Shu bilan birga, qadim zamonlardan boshlab, qo‘l barmoqlarining izlari hamda tish izlariga dalil sifatida katta ahamiyat berilgan. Bularning hammasi keyinchalik jinoyatlarni ochishda izlardan foydalanish imkoniyatini yuzaga keltirdi. Izlarni topish, rasmiylashtirish va olib qo‘yish usullari ishlab chiqildi. Trasologiyaning nazariyasiga asos solindi, ya’ni izlar, iz hosil bo‘lishi, iz belgilari to‘g‘risidagi ta’limotlar bora-bora rivojlana boshlanganligi bois, trasologik ekspertizalarni tasniflash amalga oshirila boshladi. Trasologiyaning rivojlanishiga rossiyalik kriminalist olimlar katta hissa qo‘shganlar. Biroq trasologiyaning vujudga kelish vaqtidan boshlab o‘tgan jarayon mobaynida uning nazariy asoslari yetarlicha rivojlantirilmadi.

Binobarin, trasologiyaning bu kabi amaliy yo‘nalishi undagi kuchli taraflardan biri bo‘lishiga qaramay, muayyan bosqichdagi nazariy asoslari unchalik o‘rganilmadi. Izlarni olishning samarali vositalari ishlab chiqildi. Biroq ularning shakllanish qonuniyatlari hammaga ham ma’lum emas edi, ekspertlar identifikatsiyalovchi (aynanlashtiriluvchi) belgilarni o‘rganish maqsadida ularni soddalashtirishni uddasidan chiqsalar-da, biroq hanuz iz belgilarini aynanlashtirishning aniq tizimini topmagan edilar. Xususan, amaliyotda iz belgilariga baho berishning induktiv usullari tez rivojlana boshlashi va samarali ravishda o‘zgarib borishiga qaramay, belgilarning buzilish qonuniyatlari, ularga baho berishning miqdoriy va obyektiv usullari to‘g‘risida hech nima ma’lum emas edi.

Trasologiyada yuzaga kelgan bu kabi holat uning boshlang‘ich bosqichi uchun xosdir. Kriminalistikaning mustaqil bo‘limi sifatida trasologiya o‘tgan asrning 30–40-yillarida ilk bor shakllana boshladi. Trasologiyaga taalluqli dastlabki manbalardan biri I. S. Semenovskiyning «Daktiloskopiya izlarni hisobga olish sifatida» (M., 1923-y.) deb nomlangan risolasi hisoblanadi. Kriminalistikaga doir ilk sovet darsliklarida (1935-y., 1938-y.) trasologiyaning ba’zi umumiy masalalari ko‘tarilgan edi. I. N. Yakimov 1938-yilda nashr ettirgan darsligida ilk bor bu bo‘limga ta’rif berib, uni «trasologiya» deb atashni tavsiya qildi. Shu vaqtdan boshlab «trasologiya» atamasi keyingi yillarda chop ettirilgan barcha darsliklarda qo‘llanila boshladi.

1947-yilda B. I. Shevchenkoning asari nashr ettirilib, trasologiya kriminalistikaning mustaqil bo‘limi sifatida uzil-kesil e’tirof etildi.

Page 7: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

7

Trasologiyaning kriminalistik bilimlarning mustaqil sohasi sifatida tan olinishi nafaqat unga nazariy nuqtai nazardan nihoyasiga yetganligini bildirardi, aksincha, trasologiyaning ko‘pgina muammolari (izlarni talqin etish, trasologik ekspertiza chegaralari va hajmini belgilash, izlarni tasniflash va hokazo) bo‘yicha bahs-munozaralarning boshlanayotganligini anglatar edi.

Kriminalistikada matematik usullar ilk bora qo‘llana boshladi. Matematik usullardan asosan daktiloskopiyada ko‘proq foydalanilgan. Xususan, bundan keyingi tadqiqotlar daktiloskopiyada matematik usullarni qo‘llashda yangicha yondashuvlarni ishlab chiqish va buning asosida boshqa turdagi trasologik ekspertizalarga tegishli tarzda miqdoriy ko‘rsatkichlarni aniqlash, xususan eksperimental trasologik tadqiqotlarda matematik statistika usullarini qo‘llash imkonini berdi. Trasologiyaning rivojlanishida mikroskopiya va mikrosuratga tushirish, rentgenografiya, infraqizil va ultrabinafsha rang nurlarda tekshirish kabi fizikaviy usullarni qo‘llash kabilar muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Iz qoldirgan obyektdagi eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman erishib bo‘lmaydigan vazifa hisoblanardi. Spektrning ko‘rinmas sohasidagi infraqizil va ultrabinafsha rang nurlar ko‘z ilg‘amaydigan izlarni aniqlash va qayd etish uchun qo‘llansa, rentgen nurlari qulflar va boshqa buyumlarning ichki qurilishini o‘rganish imkonini berdi.

Trasologiyaning rivojlanishida ilmiy nuqtai nazardan fotosuratga tushirish, xususan sud ekspertizasida sud fotografiyasi qoidalari asosida fotosuratga olish keng rivojlangan. Chunonchi, bu kabi faoliyat tekshirilayotgan obyektlarning umumiy ko‘rinishlarini aniqlash, detal relyefini tekshirish va o‘rganish kabi barcha trasologik ekspertizalarni amalga oshirishda qo‘llanadi.

Hozirgi kunda an’anaviy qora-oq fotosuratga olish o‘rniga raqamli hamda rangli fotosuratga olish, izlar tasvirini kompyuterda qayta ishlash va yuqori darajada tiniqlashtirish kabilar amalga oshirilmoqda.

Trasologiya fani doirasida izlarni va boshqa obyektlar tasvirlarini modellashtirish usullarini qo‘llash, izlarni o‘lchash va taqqoslash borasida salmoqli ishlar amalga oshirilgan. Oxirgi o‘n yillar ichida amalga oshirilayotgan ekspertizalar turlari to‘g‘risidagi bilimlarning ko‘payib borishi bilan birga trasologiya fanini ilmiy-nazariy muvofiqlashtirish jarayoni davom etmoqda. Trasologiyaga kiritilgan ilmiy-nazariy yangiliklar qatoriga kiyim-kechakdagi mexanik buzilish izlarini tekshirish, butunni qismlarga qarab aniqlash, qon, ovoz fonogrammasi, tugunlar, qo‘l

Page 8: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

8

choklarini trasologik nuqtai nazardan tadqiq etish usullari va boshqalarni misol qilib keltirish mumkin.

Trasologiya kriminalistikaning mustaqil bo‘limi bo‘lib, boshqa turdagi kriminalistik ekspertizalar uchun o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Trasologiyaga tegishli ma’lumotlar, izlar va iz hosil bo‘lishi to‘g‘risidagi trasologik bilimlar hujjatshunoslik ekspertizasida muhr, shtamp bosma nusxalar, yozuv mashinkasida yozilgan hujjatlar, poligrafik mahsulotlarni tadqiq qilish uchun asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin.

Trasologiya qoidalari asosida sud-ballistik ekspertizasida o‘q va gilza izlarini tekshirish orqali o‘q-otar qurollarni aynanlashtirish amalga oshiriladi.

Sud tibbiyotida inson tanasi va suyaklarida sodir bo‘lgan fojia izlarini trasologik tadqiq etish tizimi mavjud. Masalan, sud tibbiyotida trasologiya usul va vositalarini qo‘llash sud tibbiyoti trasologiyasini alohida bo‘limga ajratish imkonini beradi.

Hozirgi kunda trasologiya sohasiga tegishli ilmiy-texnik yutuqlarni o‘rganish va amaliy faoliyatga tatbiq etish ishlari jadallashtirilmoqda. Kelajakda trasologiyaning yangi yutuqlari safiga kiritilishi mumkin bo‘lgan eng ilg‘or usullarga elektron mikroskopiya, tasvirlarni kompyuter texnologiyalari orqali aniqlash, iz belgilarini ehtimolli-statistik nuqtai nazardan baholash, avtomatlashtirilgan axborot-qidiruv tizimi asosida ekspertlar ishini to‘liq avtomatlashtirish, ekspertning ish joyini avtomatlashtirishda kompyuter texnologiyalarini qo‘llash va nihoyat, obyekt izlarini sur’atga olish va ishlov berishda kompyuter dasturlaridan foydalanish kabilar kiradi.

2. Trasologik ekspertizaning predmeti, obyekti va vazifalari

Hozirgi kunda trasologik ekspertiza predmetini quyidagicha ifodalash

mumkin: Trasologiya – kriminalistika fanining bo‘limi bo‘lib, iz hosil bo‘lishi

jarayonining nazariy asoslari, ularni qoldirgan obyektlarning tashqi tuzilishi, izlarning hosil bo‘lish mexanizmlari, izlarni topish, hisobga olish va olib qo‘yish usullari va vositalari, shuningdek jinoyatlarni ochish, tergov qilish va oldini olishda amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan holatlarni aniqlash maqsadida izlar tadqiqotining umumiy va xususiy usullarini o‘z ichiga oladi.

Iz qoldiradigan obyektlarning turiga qarab, izlarning to‘rtta asosiy guruhi ajratiladi:

Page 9: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

9

1) odam izlari; qurol, asbob va ishlab chiqarish mexanizmlarining izlari; transport vositalarining izlari; hayvon izlari. Shu bilan birga, mazkur guruhdagi izlar ham quyidagi tarkibiy

qismlarga bo‘linadi: 1. Odam izlari (gomeoskopiya): Qo‘l izlari (papillyar naqshlar, daktiloskopiya). Oyoq izlari – yalang oyoq izlari, paypoqli oyoq izlari, poyafzal izlari. Tish izlari. Tirnoq izlari. Papillyar chiziqlarga ega bo‘lmagan tana a’zolari (lab, quloq, peshona,

burun qirralari va h.k.)ning izlari. Kiyim-kechak, ko‘lqop izlari. Qon izlari (ularning hosil bo‘lish shakllari va mexanizmlarini

kriminalistik tadqiq etish). Qurol, asbob va ishlab chiqarish mexanizmlarining izlari (mexa-

noskopiya): Buzish qurollarining izlari. Qulf va qulflash moslamalaridagi izlar. Nazorat plombalari va yopuvchi-plombalovchi qurilmalardagi izlar. Mahsulotlardagi ishlab chiqarish mexanizmlarining izlari. 3. Transport vositalarining izlari: 3.1. Relssiz transport vositalarining g‘ildirak izlari. 3. 2. Sudraluvchi zanjirsimon (g‘ildirak) izlari. 3. 3. Chang‘i va chana izlari. 3. 4. Transport vositalaridagi bo‘rtib turuvchi detallarining izlari. 4. Hayvon izlari: 4. 1. Hayvon oyoqlari (panja, taqa) izlari. 4. 2. Tamg‘a (belgi)ning ko‘rinishi. Bundan tashqari, trasologik tadqiqot obyektlariga quyidagilar kiradi: a) mexanik usul bilan ajratilgan turkum obyektlar yoki monolit obyekt

qismlari («qismlarga qarab butunni aniqlash». Ya’ni alohida qismlarning bir-biriga yoki bir nechta qismlarning yagona butun bo‘lakka tegishliligini aniqlash);

b) tugun, tamaki qoldiqlari, qo‘l choklari, ya’ni odamning ish faoliyatini aks ettiruvchi buyumlar (funksional-dinamik komplekslar – FDK);

Page 10: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

10

v) qulflar, mexanizmlar va boshqa ishlab chiqarish mahsulotlarining xususiyatlari va holatini aniqlashda izlarning yuqorida keltirilgan tasniflanishi shartli hisoblansa-da, biroq u trasologik ekspertizalarning alohida turlari va kenja turlarini shakllantirishda asos sifatida qabul qilingan.

Shu bilan birga, ekspertiza turlari va kenja turlari doirasida bir emas, bir nechta obyektlar o‘rganilishi mumkin. Masalan, oyoq izlarini ekspertiza qilish poyafzal tagcharmini aks ettiruvchi izlar hamda iz qoldirgan shaxsga tegishli funksional-dinamik xususiyatlarni o‘z ichiga oladi (masalan, qadam kengligi, uzunligi, qadam tashlash burchagi, tovonning burilish burchagi). Mashina chiroq va yoritgichlari (fara)ning siniqlarini ekspert tekshiruvini o‘tkazish zich-qolip shakliga tegishli izlarni o‘rganish, fara yoritgichni yasashda yuzaga kelgan nuqsonlar va bo‘linish maydonidagi izlarini tekshirish (butunni bo‘laklariga qarab aniqlash) kabilardan iborat. Shunday qilib, iz hosil bo‘lishining murakkabligini hisobga olgan holda, trasologik tadqiqot o‘tkazishda ba’zi hollarda turli xil tasniflanuvchi guruhga tegishli (aniqrog‘i, ularning belgilari va turkum belgilarni o‘z ichiga oluvchi)izlarni o‘rganish zarur bo‘ladi.

Chunonchi, sodir etilgan jinoyat hamda uni amalga oshirish uchun qo‘llangan narsa va buyumlar to‘g‘risida fikr yuritishda tergovchi, ekspert va sud xodimlari mazkur jinoyat sodir etishdagi fizik jarayonlarning atrofdagi moddiy muhitda akslanishini hisobga olishlari zarur. Sodir bo‘lgan hodisa to‘g‘risida fikr yuritishga akslanish nazariyasi yordam berishi mumkin, zero, atrof-muhitdagi narsa-buyumlar uning izlarini aks ettirishi mumkin. Mazkur nazariyaga binoan, jinoyat hodisasi hamda obyektiv voqelikning boshqa hodisasi umuman olganda akslantiruvchi tizim sifatida qabul qilinadi. Mazkur tizim murakkab bo‘lib, u o‘zida turlicha, ba’zida yirik elementlarni qamrab olishi mumkin. Bunday elementlarga quyidagilar kiradi: hodisa sodir etgan shaxs(lar) qiyofasi, jinoyat sodir etishda foydalanilgan obyektlar, ularning xususiyatlari va belgilari, sodir etilgan jinoyatdagi fizik jarayonlarni aks ettiruvchi belgilar, yuqorida qayd etib o‘tilgan jihatlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik va hokazo.

Odamni identifikatsiya qilishning trasologik masalalarini hal qilishda uning qo‘li, oyog‘i, ba’zi hollarda tishi va labining izlari misol qilib olinishi mumkin. Bunda subyekt sifatida jinoyat sodir etilgan joyda (atrof-muhit, uy sharoiti, uy jihozlari, idish-tovoqlar, ovqat qoldiqlarida) o‘z izlarini qoldirgan jinoyatchi va jinoyatda jabrlanuvchi sifatida tan olingan

Page 11: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

11

shaxs olinishi mumkin. Masalan, o‘lgan odamni uning muqaddam yashash va ishlash joyida topilgan izlar orqali aniqlash va hokazo.

Izlar orqali aynanlashtirish ikki bosqichda amalga oshirilishi mumkin. Birinchi bosqichda – iz qoldirgan obyektning muayyan guruhga tegishliligi va turi aniqlanadi. Olingan ma’lumotlardan buyumni izlash maqsadida foydalaniladi. Tekshirilayotgan bir yoki bir nechta buyum olib qo‘yilganidan so‘ng, ularning birida individual aynanlashtirish amalga oshiriladi.

Bunda tezkor axborotni olish diagnostik trasologik vazifalarni hal qilish bilan bog‘liq bo‘lib, uning davomida qanday, qay tarzda va qaysi sharoitda obyektlar bir-birlari bilan aloqaga kirishganligi aniqlanadi: to‘siq (eshik, oyna) qaysi tomon (ichkaridan yoki tashqari)dan buzilgan; transport vositasi qaysi yo‘nalishda harakatlangan, qulf qaysi usulda buzilgan, u birlamchi qisilganda plomba (tamg‘a)si buzilganmi kabi savollarga javob olinadi.

Diagnostik trasologik tadqiqotlar hodisa-hodisa va uning oqibati orasidagi sababiy bog‘liqlikni aniqlash, mazkur sharoitda hosil bo‘lgan iz turkumlarini tahlil qilish va ular asosida yuz bergan hodisa-hodisa tafsilotini bilish imkoniyatini beradi. Masalan, transport vositasining yo‘nalishi va harakatlanish tartibi (tormozlanish, to‘xtash), transport vositalarining to‘qnashuvi qayerda yuz bergan (yo‘lning qaysi chizig‘ida), ular qaysi tomon va qanday burchak ostida urilganlar, avtomobildan biri qaysi tomonga uloqtirib yuborilgan, transport vositasi ag‘darilganmi, mashinani kim boshqargan va hokazo.

Odatda identifikatsion va diagnostik masalalar umumiy asosda hal qilinadi. Chunki, obyekt izlarini ularning hosil bo‘lish mexanizmlari yordamida aniqlash muhim kriminalistik ahamiyatga ega bo‘ladi. Mazkur masalalarni hal qilish jinoyat qurollarini aniqlash, jinoyat subyekti (uning jismoniy alomatlari, kiyim-kechagi va ko‘nikmalari), jinoyat sodir etish usullari, jinoiy suiqasd to‘g‘risida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘lish imkonini beradi. Bunda olingan natijalar izlarning trasologik ekspertizasini o‘tkazish bosqichlari va shakli nuqtai nazaridan turlicha ahamiyatga ega bo‘ladi.

Basharti, bunday tadqiqot hodisa sodir bo‘lgan joyda tergovchi tomonidan mustaqil ravishda yoki mutaxassis ishtirokida amalga oshirilsa, olingan natijalar asosan qidiruv maqsadlarida qo‘llaniladi. Xulosalar dastlabki protsessual mazmunga ega bo‘lib, tintuv, ushlab turish va so‘roq qilishda qo‘llaniladi.

Page 12: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

12

Ko‘zdan kechirish bayonnomasida izlarning joylashishi, ulardagi umumiy va xususiy alomatlar aytib o‘tiladi.

Izlarni trasologik tekshirish laboratoriya sharoitida ekspert shaxs tomonidan tezkor xodimning topshirig‘iga ko‘ra muayyan obyekt tomonidan qoldirilgan izlarni yashirin tarzda tekshirish bilan bog‘liq tezkor maqsadlarda amalga oshiriladi. Bunday sharoitda olingan natijalar, o‘tkazilgan tadqiqot haqidagi ma’lumot ko‘rinishida qayd etilib, tezkor ahamiyatga egaligi hamda ushbu ma’lumotni olish manbai sir tutilishi kerakligi bois, jinoyat ishi materiallariga qo‘shilmaydi.

Jinoyat protsessida trasologik bilimlarni qo‘llashning asosiy shakllaridan biri ekspertiza hisoblanadi. Ekspert tadqiqoti davomida olingan dalillar sodir etilgan jinoyatni isbotlash ahamiyatiga ega bo‘lganligi bois, tergov va sudda foydalanilishi mumkin. Bunda jinoyat sodir etilgan joyda topilgan izlar va jinoyat sodir etgan shaxs orasidagi o‘zaro aloqadorlikni aniqlash hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi. Trasologik ekspertiza identifikatsion (aynanlashtirish) yoki diagnostik vazifalarni hal qilish-qilmasligidan qat’i nazar, muqaddam yuz bergan fizik jarayon: jinoyat sodir etish obyektining buyum sirti bilan ta’sirga kirishi oqibatida qolgan izlar, qulf yaxlitligining buzilishi, transport vositalarining to‘qnashuvi kabilarni aniqlash uchun xizmat qiladi. Ekspert tomonidan aniqlangan dalillardan foydalanish isbotlash mohiyatini tashkil etib, uning jarayonida muayyan shaxsning jinoiy harakatlari va qoldirilgan izlar orasidagi sababiy bog‘lanish aniqlanadi. Masalan, muayyan poyafzal aniq bir shaxsga tegishliligi va boshqa hech kim tomonidan kiyilmaganligi isbotlanganidan so‘ng, ekspert tomonidan hodisa sodir bo‘lgan joyda topilgan izlarni identifikatsiya qilish orqali mazkur shaxsning jinoyat sodir etishga daxldor ekanligi isbotlanadi. Trasologik ekspertiza orqali jinoyat sodir etilishiga aloqador dalillar ham topiladi, masalan, tamg‘ani yuzaki qo‘yish, eshikka ichki qurilmasi yetarlicha mustahkam bo‘lmagan qulfni osish va hokazo. Jinoyat sodir etilishiga sabab bo‘lgan holatlar aniqlanganidan so‘ng, ekspert tadqiqoti asosida ularni kelajakda bartaraf etish bo‘yicha profilaktik tavsiyalar ishlab chiqiladi.

3. «Trasologik izlar» tushunchasi va tasnifi

Gnoseologik nuqtai nazardan jinoyat sodir etilishi oqibatida atrof-

muhitdagi har qanday o‘zgarishlar jinoyat izlari sifatida tan olinadi. B. I. Shevchenkoning ta’kidlashicha, «jinoyat izlari» tushunchasi jinoyatning turli bosqichlarida jinoyatchining xatti-harakatlari samarasi o‘laroq yuzaga

Page 13: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

13

kelgan har qanday moddiy o‘zgarishlarni qamrab oladi. Mazkur holat kriminalistika fanining butun rivojlanish davrida «iz» tushunchasining turlicha talqin etilishiga sabab bo‘lgan. Masalan, «keng ma’noda izlar» iborasi kiritilib, jinoyatning har qanday, shuningdek jinoiy oqibatlari nazarda tutilgan, aksincha, «tor ma’nodagi izlar» deganda, u yoki bu obyektning tashqi tuzilishini ifodalovchi izlar nazarda tutilgan.

Shubhasiz, bu kabi talqin muhim ahamiyatga ega, zero agar izning akslanish jarayonini oxirgi natija deb qabul qiladigan bo‘lsak, akslanish mexanizmining o‘zini e’tiborga olmaslikning iloji yo‘q. Bunda izlar u yoki bu obyektning tashqi tuzilishini aks ettirmasligi mumkin, biroq ularning yuzaga kelish mexanizmini aniqlashga imkon beradi. Mazkur holatni hisobga olar ekan, I. Kertes obyektning tashqi tuzilishini aks ettiruvchi izlar bilan bir qatorda, harakat (faoliyat)ni aks ettiruvchi izlarni ham tan olishni tavsiya etadi.

Harakatni aks ettiruvchi izlar odamning ko‘nikma, odat va ruhiy sifatlarini ifodalovchi izlarga hamda mexanik faoliyatni aks ettiruvchi izlarga bo‘linishi mumkin. Inson ko‘nikmalarini aks ettiruvchi birinchi guruhdagi izlarga funksional-dinamik kompleks (FDK)ni ifodalovchi bir xildagi xatti-harakatni qayta-qayta takrorlash natijasida hosil bo‘lgan izlar kiradi. Mazkur turdagi izlar trasologik ekspertiza obyektlarida uchrab turadigan qadam tashlash (yurish) izlari, (oyoq izlarining yo‘lagi), tugunlar, qo‘l choklari bo‘lishi mumkin.

Shunday qilib, izlarga berilgan trasologik ta’rifga muhim o‘zgartirishlar kiritilgan bo‘lib, hozirgi kunda trasologiya obyekti sifatida «iz» tushunchasiga quyidagicha ta’rif beriladi: izlar – moddiy obyektlar tashqi tuzilishining akslanishi va iz hosil bo‘lish mexanizmini o‘z ichiga oladi.

Trasologiyaning taraqqiy etishi davomida o‘rganish obyekti sifatida «iz» tushunchasini aniqlash hamda trasologiyaning ilmiy bazasini yaratish borasida quyidagi asosiy prinsiplar ilgari surilgan:

Tergov qilinayotgan jinoyatlar bilan bog‘liq izlarning yuzaga kelish manbalari quyidagilarni o‘z ichiga oladi: a) qurol, asbob, mexanizmlar va transport vositalaridan foydalanuvchi odamlar harakatlari; b) hayvonlarning bir joydan boshqa joyga ko‘chirilishi; v) tashqi tuzilishga ega qattiq, shuningdek suyuq, sochiluvchan va turg‘un shaklga ega bo‘lmagan buyumlarning harakatlanishi.

Iz hosil bo‘lishida tergov qilinayotgan hodisaga aloqador ikki va undan ortiq (iz hosil qiluvchi va sirtida iz hosil qilingan) obyektlar ishtirok etadi.

Page 14: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

14

Izlarning o‘zlari muayyan sharoitda ko‘rsatib o‘tilgan obyektlar va ularga tegishli xossalarning iz hosil bo‘lgan yuzada moddiy akslanishini tashkil qiladi.

Izlarda: a) obyektlarning o‘zaro ta’sir hodisasi; b) ta’sir shakli (fizik, kimyoviy, biologik); v) ta’sir yo‘nalishi va kuchi; g) iz hosil bo‘lish mexanizmi va shartlari; d) iz hosil bo‘lishda qatnashuvchi obyektlarning xossalari o‘z aksini topadi. Bunda obyektlarning tashqi tuzilishini belgilovchi sifatlar asosiy ahamiyatga ega bo‘ladi.

Iz hosil bo‘lgan obyektda yuzaga kelgan o‘zgarishlarning o‘ziga xos xususiyatiga ko‘ra, ikki turdagi izlar ajratiladi: hajmli va yuzaki.

Hajmli izlar iz hosil qiluvchi obyektning buzilishi (deformatsiyasi) natijasida yuzaga keladi. Bunda iz qabul qiluvchi obyekt bilan yaqinlashish joyi yangicha shaklga kirib, obyekt sirtining u yoki bu darajada buzilishini aks ettiradi. Hajmli izlar hosil bo‘lishida odatda iz qabul qiluvchi obyekt, basharti, u bir turda va nisbatan qattiq xossaga ega bo‘lgan taqdirda, qisman buziladi (masalan, yog‘ochdagi zarba izlari, poyafzalning yumshoq tuproqdagi izlari). Aksincha, u bir turga oid xususiyatga ega bo‘lmasa, moddaning avvalgi holati o‘zgaradi (masalan, sochiluvchan qumda va qalin yo‘l changidagi avtomobil shinalarining izlari va hokazo).

Mazkur turdagi izlarning o‘ziga xos xususiyati ularda iz hosil qiluvchi obyektning hajmli, uch o‘lchamda aks etishi bo‘lib, bu, o‘z navbatida, izni tekshirish orqali obyektning ta’sir etilayotgan qismi tashqi ko‘rinishidagi sifatlar to‘g‘risida fikr yuritish imkonini beradi.

Hajmli izlarda obyekt tashqi tuzilishining akslanish sifatiga iz hosil qiluvchi obyekt (buyum)ning quyidagi xususiyatlari jiddiy ta’sir ko‘rsatadi:

qattiqlik. Iz qabul qiluvchi obyektning qattiqligi qanchalik kam bo‘lsa, undagi iz shunchalik to‘liq va aniq akslanadi;

obyekt moddasining tuzilishi. Izlar qayishqoq, yaxlit (turdosh) va mayda donali moddalarda boshqa moddalarga qaraganda yaxshiroq akslanadi;

iz hosil bo‘lish natijasida yuzaga keladigan o‘zgarishlarni saqlab qolish xususiyati. Bu xususiyat qanchalik yuqori bo‘lsa, izning akslanishi shunchalik aniq va mustahkam bo‘ladi. Mazkur omillarning hammasi u yoki bu darajada iz hosil qiluvchi obyekt tashqi tuzilishining akslanishiga ta’sir etgani bois, ular izlarni o‘rganishda hisobga olinadi.

Yuzaki izlar – iz qabul qiluvchi obyekt sirtining o‘zgarishi natijasida hosil bo‘ladigan izlardir. Bunday o‘zgarishlar quyidagi omillar natijasida yuzaga keladi:

Page 15: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

15

iz qabul qiluvchi obyektga iz hosil qiluvchi obyekt parchalari, moddaning o‘zi yoki uning tarkibida bo‘lgan boshqa moddaning qoplanib qolishi, bunday izlar qatlam izlari deyiladi;

iz hosil qiluvchi obyekt tomonidan iz qabul qiluvchi obyekt tarkibiga kiruvchi moddaning ko‘chishi, sinib tushishi, bunday izlar ko‘chish izlari deb ataladi;

iz qabul qiluvchi obyekt sirtining fizikaviy, kimyoviy va boshqa hodisalar ta’siri ostida o‘zgarishi va hokazo.

Iz hosil qiluvchi obyektning to‘liq va sifatli akslanishi ko‘p hollarda quyidagilar bilan belgilanadi:

iz qabul qiluvchi modda yuzasida iz hosil qiluvchi moddaning miqdori, moddaning kamligi yoki aksincha, juda ham ko‘pligi izdagi obyekt tashqi tuzilishining akslanishini susaytiradi;

iz hosil qiluvchi moddaning sifati va qoplanishi iz hosil bo‘ladigan yuzaga yopishish xususiyati yoki aksincha, ko‘chish izi hosil bo‘lgan iz hosil qiluvchi obyekt bilan ta’sirga kirishish xususiyati;

iz hosil bo‘lish mexanizmining o‘ziga xos xususiyatlari. Iz qabul qiluvchi obyektdagi o‘zgarishlarning joylashishiga qarab,

hajmli va yuzaki izlar iz qabul qiluvchi obyektda mahalliy yoki pereferik joylashishi mumkin. Mahalliy izlar deganda, iz hosil bo‘lgan obyekt chegarasida hosil bo‘lgan izlarga aytiladi. Pereferik izlar deb, iz hosil qiluvchi va iz qabul qiluvchi obyektlarning bir-biriga tegib turuvchi yuzalaridan tashqarida hosil bo‘lgan izlarga aytiladi. Pereferik izlar hattoki iz hosil qiluvchi obyektdan tashqarida hosil bo‘lishi mumkin. Mahalliy izlar ko‘proq uchrab turadi. Xususan, ularga poyafzal yoki buzish quroli, qo‘llarning turli yuzalardagi hajmli (botiq) izlari kiradi.

Statik izlar – bosib tushirilgan izlar bitta yo‘nalishdagi bitta ta’sir natijasida hosil bo‘ladi. Shu bois, tashqi o‘zgarishlar bitta joyda deyarli bir vaqtning o‘zida hosil bo‘ladi. Iz hosil qiluvchi obyektni dumalatish orqali yuzaga kelgan izlar statik izlar turiga kiradi. Zero, ularni iz hosil qiluvchi obyektlarning bir-biriga yaqin joylashgani, ammo ko‘rinishidan turlicha bo‘lgan sirtdan yuzaga kelgan bosilgan izlar sifatida ko‘rib chiqish mumkin.

Dinamik izlar ikki kuchning o‘zaro ta’siri natijasida yuzaga keladi. Ularning biri bosilgan iz hosil bo‘lishida, boshqasi iz hosil bo‘luvchi yuza bo‘ylab harakatlanishga ta’sir qilishi tufayli dinamik izlar iz hosil qiluvchi obyekt (buyum)ning sirtidan paydo bo‘lgan uzluksiz statik izlarni tashkil etadi.

Page 16: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

16

4. Trasologik ekspertiza va uning uslublarining ilmiy asoslari Trasologik tekshiruvning ilmiy-nazariy usullarini ishlab chiqishda

dialektik akslanish nazariyasi, kriminalistik identifikatsiya (aynanlashtirish) nazariyasi, belgilar va tizimli yondashuv to‘g‘risidagi kriminalistik ta’limga tayaniladi.

Izlar to‘g‘risidagi trasologik bilimlar quyidagi asosiy tamoyillarga asoslanadi:

I. Moddiy borliq, shuningdek obyekt (buyum)lar tashqi tuzilishining individualligi (alohidaligi). Turdosh obyektlar (buyumlar)ning tashqi tuzilishi umumiy belgilar (shakl, hajm va boshq.) bo‘yicha mos kelsa-da, xususiy belgilariga ko‘ra bir-biridan farqlanishi mumkin. Trasologiyaning xususiy belgilariga obyekt yuzasining relyefiga tegishli o‘ziga xos belgilar kiradi:

1. Kesish (bo‘lish)dan hosil bo‘lgan relyef qismlari (detallari)ga bolta tig‘ining notekisligi va g‘adir-budurligi sababli qoldirilgan chuqurcha va do‘ngchalarning mavjudligi. Avtomobil g‘ildiragining izlaridagi xususiy belgilarga projektorning tashqi belgilari (g‘ildirak rezinasining uvalanganligi turli yoriqlarning borligi) misol bo‘ladi.

2. Buyumning tashqi tuzilishi, shuningdek undagi xususiy belgilar tasvir izlar ko‘rinishida boshqa obyektlarda akslanishi mumkin. Xususiy belgilarning aniq va to‘liq aks etishi iz hosil bo‘lish sharoitiga bog‘liq bo‘ladi. Ular orasida obyekt materiali – iz hosil qiluvchi va iz hosil bo‘luvchi material hamda obyektlar o‘zaro ta’sirining mexanizmi kabi fizikaviy xususiyatlar asosiy hisoblanadi. Iz qabul qiluvchi obyekt tekis va uning tarkibiy tuzilishi qanchalik mayda bo‘lsa, iz detallari shunchalik aniq va jonli chiqadi.

3. Obyekt tashqi ko‘rinishining izda aks etishi doimo teskari ko‘zgu kabi ifodalanadi. Chunonchi, hajmli obyekt (poyafzal tagcharmi) yumshoq material (qum, ho‘l loysimon tuproq)da chuqur iz qoldiradi. Iz hosil bo‘lish holati nuqtai nazaridan boshqa turdagi o‘zgarishlar izda aks etishi mumkin, masalan, notekis relyef tirnalgan kabi izlar qoldiradi.

Shunday qilib, akslanuvchi izlar trasologik ekspertizaning asosiy obyekti bo‘lib, ikkita obyektning o‘zaro ta’siri natijasida yuzaga keladi. Akslangan iz hosil qilish bilan tugallangan jarayon iz hosil bo‘lish mexanizmi, deb ataladi. Bunda o‘zaro ta’sir qiluvchi elementlar quyidagicha: iz hosil qiluvchi obyekt, iz qabul qiluvchi obyekt, shuningdek obyektlarga u yoki bu turdagi energiya bilan ta’sir qilish natijasida hosil bo‘lgan iz kontakti (aloqasi). Iz kontakti obyektlarning

Page 17: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

17

hajmlari va sifati to‘g‘risidagi ma’lumotga ega bo‘ladi. Zero, u izdagi o‘zaro ko‘chish (sirg‘alish) yo‘nalishining kuchlar tizimi bilan shartlanadi.

Trasologiyaning muhim nazariy asoslariga turli xil trasologik obyektlarni o‘rganishning uslublar tizimi kiradi. Hozirgi kunda kriminalistikada boshqa fanlardagi kabi umumilmiy va maxsus tasnifga asoslangan quyidagi uslublar tizimi qabul qilingan:

1. Dialektik uslub – dialektik (falsafiy) mantiq va rasmiy mantiqiy bilish toifalari va qonuniyatlarini o‘z ichiga oluvchi fanning umumiy uslubi.

2. Umumilmiy uslublar – kuzatish, o‘lchash, tasvirlash, taqqoslash, tajriba-sinov, modellashtirish, tadqiqotning matematik usullari.

3. Kriminalistikaning maxsus usullari. Ular kriminalistika oldida turgan vazifalarni muvaffaqiyatli hal qilish maqsadida boshqa fanlardan olingan bo‘lishi yoki kriminalistika doirasida yangi kashf etilgan bo‘ladi.

Mazkur barcha usullarni turlicha kompleks va majmuada trasologik obyektlarni tadqiq qilish uchun qo‘llasa bo‘ladi. Ikkinchi va uchinchi guruhdagi usullarni detallashtirish (aniqlashtirish) ekspert-trasolog tomonidan qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan turli usullar to‘g‘risida tasavvur hosil qilishga imkon beradi. Trasologik ekspertizada ilmiy usullar bilan bir qatorda, morfologik belgilarni o‘rganish usuli keng qo‘llaniladi. Zarur hollarda u bilan birgalikda ichki tuzilish, atomli va molekulali tarkibni o‘rganish usullari ham qo‘llanilishi mumkin. Kompleks tadqiqotlar qismlarning bir butunga tegishliligini aniqlash uchun (shuningdek trasologik jihatdan) qo‘llaniladi. Shunday qilib, trasologik ekspertizaning usullariga: kuzatish, o‘lchash, ta’riflash (ta’riflab yozish), tajriba (eksperiment), taqqoslash, modellashtirish, fizikaviy, kimyoviy, matematik usullar va fotosuratga olish kabilar kiradi.

Kuzatish – har qanday trasologik ekspertizani boshlash usullaridan biridir. Kuzatish rejali va maqsadli bo‘lishi kerak. Aynan shundagina u tekshirilayotgan belgilarni ajratib olish va tadqiq etish imkonini beradi. Kuzatish oddiy tarzda (ko‘z bilan) va ko‘rish qobiliyatini oshirish maqsadida turli usul va moslamalarni qo‘llash orqali amalga oshirilishi mumkin. Bunga lupa, mikroskop, ko‘ndalang tushuvchi nurda tekshirish, izlarni bo‘yash, elektron-optik o‘zgartirgich, ultrabinafsha nur va boshqa yoritgichlardan foydalanish kiradi.

Kattalashtirish darajasi trasologik obyektning turi va hal qilinayotgan kriminologik vazifalar nuqtai nazaridan tanlanadi.

O‘lchash – obyektning miqdoriy o‘lchamlarini olish uchun qo‘llanadi. Olingan ko‘rsatkichlar metrologiyada qabul qilingan o‘lchov birliklari

Page 18: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

18

(bunda olingan o‘lchamlar mavhum bo‘lishi mumkin, masalan, bir sm maydondagi trassalar soni), chiziqli va burchak, maydon va chuqurlikni o‘lchash birliklari bilan qiyoslanadi. O‘lchashning aniqligi belgilarning izlarda to‘liq aks etganligi, o‘lchash uchun qo‘llanadigan usullar va texnik vositalarning (chizg‘ich, ruletka, shtangensirkul, mikrometr, o‘lchash lupasi, okulyarli mikrometr va h.k.) mukammalligiga bog‘liq bo‘ladi.

Trasologik ekspertizada ta’riflash (ta’riflab yozish) ? ekspertning o‘z xulosalarida asoslanadigan obyektlar, belgilar va ekspertiza jarayonining o‘zini yozma nutq, jadval, chizma, fotosurat va ularga ishora qo‘yib chiqish orqali ifodalashidir. Bunda boshqa usullar yordamida olingan tekshiruv manbalari ham yozib qo‘yiladi. Fotosurat yordamida qayd qilish ekspertiza natijalarini yaqqol ko‘rsatib berish imkonini beradi.

Tajriba (Eksperiment) – trasologik ekspertizada izlarning (identifikatsion masalalarni hal qilishda) qiyosiy namunalarini olish, shuningdek izlarning yuzaga kelish mexanizmlari to‘g‘risidagi farazning to‘g‘riligini isbotlash (diagnostik masalalarni hal qilish)da qo‘llaniladi. Eksperiment izda akslangan obyektning belgilarini qayta aks ettirish, iz hosil bo‘lishida mazkur belgilar qay tarzda o‘zgarishini aniqlash, jinoyat sodir etilgan sharoitga yaqin sharoitda izlarni hosil qilish imkonini beradi. Bunda obyektning o‘lchamlari va qay maqsadlarda qo‘llanilishi, izlarning yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan holatlar to‘g‘risida fikr yuritish imkoni mavjud.

Taqqoslash tadqiqoti – trasologik obyektlarni identifikatsiya qilish jarayonidagi asosiy usullardan biri hisoblanadi. U bir-biriga mos keladigan belgilarni ajratish, ularning mazmunini o‘rganish, identifikatsion ahamiyatini aniqlash, ularning o‘zaro o‘xshashligi va farqlarini tushuntirib berishga imkon yaratadi. Taqqoslash ikkita asosiy guruhga ajratish mumkin bo‘lgan usullar yordamida amalga oshiriladi:

1. Bevosita taqqoslash usullari: ikkita solishtirilayotgan obyektlar (haqiqiy va eksperimental iz, iz va tekshirilayotgan obyekt) fotosuratlarini yoki optik tasvirlarini oddiy solishtirish, yonma-yon tushirish yoki ustma-ust tushirish usullari orqali taqqoslash.

2. Baholash ko‘rsatkichlarini taqqoslash usullari – belgilarni o‘lchash yoki ko‘zdan kechirishdan olingan ko‘rsatkichlarni solishtirish.

Qiyosiy taqqoslash usulini tanlash obyektning turi, izda aks etgan belgilar buzilishining xususiyatlari va kattaligi, tadqiqot aniqligi va tezligiga bog‘liq bo‘ladi.

Bevosita solishtirish tadqiqotning yuqori darajada aniqligi va natijalar ko‘rgazmaliligini ta’minlaydi. Biroq, u belgilari yetarli darajada turg‘un

Page 19: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

19

aks etadigan obyektlarga, shuningdek yuzaga keladigan farqlar surunkali xususiyatga ega bo‘lib, eksperiment orqali ularni qayta aks ettirish mumkin bo‘lgan izlarga nisbatan qo‘llanilishi mumkin. Bevosita taqqoslash nolga teng yoki ayniyatli bo‘lishi mumkin. Nolga teng taqqoslash tekshirilayotgan iz va eksperimental izning to‘liq ravishda bir-biriga mos kelishiga erishiladi (chiziqlar to‘liq ravishda bir-biriga qoplanadi va bir chiziqqa tutashib ketadi, relyef detallari bir-birining ustiga qo‘yilganda, to‘liq ravishda o‘zaro qoplanadi). Mazkur holatda belgilar orasidagi farqlarni ko‘z bilan ko‘rib bo‘lmaydi, ya’ni ular nolga teng bo‘ladi.

Ayniyatli (farqli) taqqoslashda eng muhim belgilarning bir-biriga mos kelishining o‘zi yetarli hisoblanadi. Qolgan farqlar, basharti tegishli namunalarni yasash orqali isbotlanmasa, tushuntirib berilishi zarur. Busiz bir-biriga o‘xshashlik to‘g‘risida xulosa qilib bo‘lmaydi.

Bevosita taqqoslash uchun taqqoslovchi mikroskoplar, komparatorlar, optik qoplash uskunalari (PON), kompyuter tizimlari qo‘llaniladi.

Modellashtirish – trasologik uslub sifatida modellarni qurish, zarur bo‘lgan o‘zgartirishning uslub va texnik vositalarini qamrab oladi. Model deb, ashyoviy dalillar ekspertiza namunalari va boshqa obyektlari belgilarini qayd etuvchi maxsus yasalgan buyum (idoimatematik tasvir)ga aytiladi. Model tekshiruv jarayonida haqiqiy izlarning o‘rnini bosishi va yangi isbotlash ma’lumotini olish, unga baho berish va undan foydalanishga imkon beradi. Modellar haqiqiy buyumga o‘xshash bo‘lishi (ya’ni undagi belgilarni to‘liq ravishda aks ettirishi), o‘zgarmas bo‘lishi (ya’ni undagi belgilar uzoq muddat davomida saqlanib turishi) zarur.

Modellar turlicha vazifalarni bajarishi mumkin: izlarni qayd etish (masalan, poyafzal izlaridan gipsli qolip yasash), buzish qurollari va boshqa obyektlarning iz hosil qiluvchi relyefining belgilarini ajratib ko‘rsatish (masalan, boltaning muayyan yuzasi bilan yog‘ochni bo‘lish izlarini olish), tekshirish va baholashni yengillashtiruvchi ko‘rgazmalilik va tasvirlilik (masalan, tekshirilayotgan iz va eksperimental izning fotosuratlari), moddellashtirilayotgan obyektni tekshirish (relyef detallarini mikrofotosuratga tushirish).

Trasologiyada modellashtirish jarayoni bir nechta bosqichlarga bo‘linadi: modellashtirish maqsadini aniqlash, modellashtirilayotgan obyektni o‘rganish, modellashtirishga tegishli belgilarni ajratish, modellashtirish usullarini tanlash va nihoyat, model yasash. Modellashtirish usullari fizikaviy va matematik usullarga bo‘linadi. Fizikaviy usulga tez o‘zgaradigan izlar yoki iz hosil bo‘lgan obyektdan

Page 20: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

20

izlarni olish imkoni bo‘lmagan hollar kiradi, masalan, sariyog‘dagi tish izlari, poyafzal izlari va h.k.). Bunga poyafzal izlarini maxsus plyonkalar yoki qayd etilgan fotosurat yordamida modellashtirish, turli xil qoliplovchi moddalar (polimer pastali gips) yordamida uch o‘lchovli hajmli izlarni yasash kiradi. Polimerlar relyef belgilarining yetarlicha aniq nusxasini olish imkonini beradi.

Profilogrammalash modellashtirish usuli sifatida profilogrammaning kesishma izini olish va izlarda aks etgan uchinchi o‘lcham (balandlik va chuqurlik) detallarini tahlil qilish imkonini beradi. Profilogrammalar optik (soyali), lazerli, mexanik (paypaslovchi) bo‘lishi mumkin.

Profillash matematik usulda va kompyuterda qayta ishlanganda, eng muhim dalil sifatida qo‘llanilishi mumkin.

Golografik model – muayyan tarzda yoritilgan modellashtiruvchi obyektdan chiquvchi nur oqimini tashkil etadi. Gologrammada obyekt relyefining eng kichik detallari (parchalari) to‘g‘risida aniq ma’lumotni ko‘rish mumkin. Bunday model hajmli, go‘yoki havoda muallaq turgandek tasvirlangani bois, uni har tomondan ko‘rish imkoniyati vujudga keladi.

Optik modellashtirish – taqqoslovchi mikroskopda tekshirish yoki iz va namuna fotosuratlarini solishtirishdan iborat bo‘ladi. Bunda iz hosil qiluvchi obyektning nuqtali relyefini chiziqlarga aylantirish imkonini beruvchi maxsus usullar qo‘llanadi.

Tadqiqotning fizikaviy usullari. Ularga mikroskopda ko‘rish, yorug‘lik spektrining ko‘rinmas sohasidagi nurlarda tekshirish, iz hosil qilgan moddaning yopishqoqligi va turlicha singdirish qobiliyatiga asoslangan holda tadqiq qilish kiradi.

Mikroskopik tadqiqotlar (mikroskopiya) – izning oddiy, ko‘zga ko‘rinmaydigan va ilg‘ab bo‘lmaydigan mikrozarralari va mayda qismlarini ko‘rishdir. Ko‘zning ko‘rish qobiliyatini oshirishga xizmat qiluvchi moslamalarga lupalar, turli binokulyar, stereoskopik, instru-mantal, biologik, kattalashtiruvchi, elektron kriminalistik mikroskoplar kiradi. Trasologik obyektlarni mikroskopik tadqiq etish qaytuvchi va o‘tuvchi nurda amalga oshirilishi mumkin. Relyefning notekis joylarini tekshirishda soya kontrastini kuchaytirish maqsadida qiya tushuvchi nurdan foydalaniladi. Iz hosil bo‘lgan obyekt va izdagi ranglar kontrastini aniqlash maqsadida rangli filtrlar qo‘llanadi (masalan, qorong‘i yuzada qoldirilgan qon izlari, qotib qolgan poyafzal izlari).

Infraqizil nurlarda tekshirish ko‘rinmas izlarni aniqlash, qon qotib qolgan kiyim-kechakni tekshirishda foydalaniladi.

Page 21: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

21

Ultrabinafsha rang nurlarda tekshirish, odatda oddiy sharoitda ko‘rinmaydigan izlarni topishda qo‘llaniladi. Bunda lyuminissensiya hodisasini hisobga olgan holda, nur manbasi sifatida simob-kvarsli lampa yoki elektron-optik o‘zgartirgichdan foydalaniladi. Izlarni ko‘rinarli qilish uchun tarkibiga lyuminoforlar kiruvchi mexanik reaktivlardan foydalaniladi.

Rentgen nurlarida tekshirish mazkur nurlarning buyumlar yaxlitligini buzmay, ularning ichidan o‘tish qobiliyatini hisobga olgan holda (qulf, plomba, poyafzallar), nurlantirish orqali amalga oshiriladi. Bunday tekshirish buyumlarning ichki tuzilishi, qismlarining o‘zaro joylashuvi, ichki buzilishlar va izlar to‘g‘risida xulosa qilish imkoniyatini beradi.

Radioaktiv moddalarni qo‘llagan holda tekshirish gamma nurlardagi trasologik ekspertizalarga nisbatan qo‘llanilishi mumkin. Gamma nurlar rentgen nurlari kabi obyektlarni nurlantirish (asosan yirik) maqsadida qo‘llaniladi.

Trasologik ekspertizada sud tekshiruvi uchun fotosuratga olishning ko‘pgina uslublari qo‘llaniladi: masshtabli, kontrastli va ranglarga bo‘linuvchi suratga olish, mikrosuratga olish, infraqizil, ultrabinafsha rang va rentgen nurlarida suratga olish, stereosuratga olish (shuningdek, mikrostereo), qiyosiy suratga olish, raqamli fotosuratga olish va hokazo.

Trasologiyada matematik usullar ham matematik modellashtirish, ham olingan natijalarni baholash uchun qo‘llaniladi.

Matematik modellashtirishda obyektlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning rasmiylashishi va soddalashishiga erishiladi. Matematik belgilar modelda tekshirilayotgan obyektning tarkibini tashkil qiluvchi asosiy belgilari va aloqalarni aks ettirish imkonini beradi. Masalan, izlar yo‘lagining elementlari (o‘ng va chap qadamning uzunligi, qadam kengligi, qadam burchagi, tovon burilishining burchagi – chap va o‘ng).

Matematik modellar ikkita katta guruhga bo‘linadi: xayoliy (mukammal) va moddiy. Birinchisiga belgili matematik model-tasvirlar, moddiyga shakllarni mashinada aniqlash kiradi.

Matematik uslublarga o‘lchovlar natijalarini baholash, belgilarning identifikatsion ahamiyatini baholashning ehtimolli usullari kiradi.

Yuqorida keltirilgan katta miqdordagi usullar trasologik ekspertizada ham identifikatsion, ham diagnostik masalalarni yechish uchun qo‘llanadi.

Trasologiyada ommaviy ishlab chiqarish mahsulotlarining kelib chiqish manbaini aniqlash masalalari o‘rganiladi, masalan, mixlar bitta guruhga mansubmi va bitta mix yasash avtomatida ishlab chiqarilganmi, sim bo‘laklari muayyan stanokda ishlab chiqarilgan butun simga tegishlimi

Page 22: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

22

va hokazo. Shuni ta’kidlash joizki, umumiy «yuzaga kelish manbai» degan tushuncha tekshirilayotgan belgilar soniga nisbatan toraytirilishi mumkin. Bu – modda tarkibi, uning tuzilishi, yot jismlarning borligi va boshqalar bo‘lishi mumkin. Ularni o‘rganish maqsadida kompleks tekshiruvlar amalga oshiriladi.

Ekspert trasologiya identifikatsiya qilish bosqichlari. Hozirgi kunda sud ekspertizasi nazariyasida ekspert tekshiruvini to‘rt bosqichga bo‘lish rusum bo‘lgan:

Dastlabki tadqiqot (tayyorgarlik bosqichi). Batafsil tadqiqot (analitik bosqich). U uchta kichik bosqichdan iborat: a) alohida tekshiruv; b) ekspert tajribasi; v) taqqoslash tadqiqotlari. 3. Tadqiqot natijalarini baholash (sintez qilish bosqichi) va xulosalar

chiqarish. 4. Tekshiruv natijalarini rasmiylashtirish (yakuniy bosqich). Har bir

avvalgi bosqich keyingisini o‘tkazishga tayyorlanadi va ko‘mak beradi. Shu bois, mazkur bosqichlar o‘rtasidagi chegaralar shartli hisoblanadi.

Dastlabki tadqiqot. Ekspertiza tayinlangani to‘g‘risidagi qaror va tekshirish zarur bo‘lgan obyekt (buyumlar)ni olgandan so‘ng, ekspert eng avvalo, qo‘yilgan masalalarning mohiyatini aniqlab oladi, tekshirish zarur bo‘lgan obyektlarni ko‘zdan kechiradi (o‘ramning borligi va holati, obyektlar turi va maqsadi, ularning holati va soni), ularning saqlanganligi, ekspertiza tayinlash to‘g‘risidagi qarorda ko‘rsatilgan ro‘yxatga muvofiqligiga ishonch hosil qiladi. Sodir etilgan hodisa tafsilotlari, izlarni olish sharti va vaqti, ularni qayd etish usullarini aniqlangandan so‘ng, tadqiqotning maqsadi va hajmini belgilaydi. Tayyorlov bosqichi tekshiruv o‘tkazish rejasini tuzish va keltirilgan obyektlarni (ashyoviy dalillarni) fotosuratga olish bilan yakunlanadi.

Batafsil tadqiqot. Mazkur bosqichda eng ko‘p mehnat talab qiladigan bosqich alohida tadqiqot bosqichi hisoblanib, uning asosiy vazifasi – izlarda identifikatsion belgilarni aniqlash va ularni keyinchalik tahlil qilish hisoblanadi. Tekshiruv jarayonida har bir taqdim etilgan obyekt bir-biridan alohida o‘rganiladi, ya’ni boshida predmet va uning izi, izning o‘zi, so‘ngra faraz qilingan iz hosil qiluvchi buyum. Belgilangan maqsadlar uchun optik moslamalar, izning ko‘rinishi va kontrastini kuchaytiruvchi usullar, o‘lchov asboblari qo‘llanadi.

Iz chegarasini aniqlash bir qator qiyinchiliklarni tug‘diradi. Buni obyekt chegarasi ayniqsa hajmli hajmli izlarda shartli bo‘lishi bilan

Page 23: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

23

tushuntiriladi. Iz qabul qiluvchi obyektlarning o‘zi ichki (obyektning buzilishi) va tashqi (iz hosil bo‘lish) omillari ta’sirida o‘zgarishi mumkinligini nazarda tutish lozim. Iz chegarasini uning modeli yoki fotosuratiga qarab aniqlash undanda murakkab vazifa hisoblanadi. Shu munosabat bilan izlarning o‘lchamlari qarama-qarshi chegaralar orasidagi o‘lchamlarining o‘rtacha kattaligini hisoblash orqali aniqlanadi.

Buyum relyefini tahlil qilishda ham sifat, ham son ko‘rsatkichlariga e’tibor beriladi. Bu kabi tahlil jarayonida relyefning bo‘rtib turishi, aniqligi va o‘rtacha joylashuvi tekshiriladi.

Agar, avval trasologlar iz detallari uzunligi va kengligini o‘lchash bilan kifoyalangan bo‘lsalar, hozirgi kunga kelib har bir belgini o‘lchash son ko‘rsatkichi birmuncha oshgan. Bunda bo‘rtib turgan detallarning maydoni va balandligi, chuqurchalar (o‘yilgan joy) chuqurligi, nishab (qiyalik) burchaklari o‘lchanadi. Identifikatsiya qilinayotgan obyekt relyefining morfomometrik xususiyatlarini aks ettiruvchi miqdoriy ko‘rsatkichlari identifikatsiya qilishning zaruriy vositasi sifatida qo‘llaniladi.

Obyektlarni alohida tekshirishning muhim jihatlaridan biri tekshirilayotgan buyumning qaysi sirti bilan iz hosil qilinganini aniqlash hisoblanadi (pichoq qinining qaysi maydoni yoki bolta tig‘ining qaysi qismi).

Izlar, uning shakllari, aks etgan relyef o‘lchamini tekshirishdan olingan manbalar asosida iz qoldirgan obyekt muayyan guruhga tegishliligi to‘g‘risida xulosa qilish imkoni yaratildi. Masalan, buzish uchun ishlatiladigan qurol turi (kesuvchi, parmalovchi, arralovchi va h.k.), odam urib ketgan avtomashina modeli va hokazo. Ko‘zga tashlanadigan belgilar (alohida, maxsus)ning mavjudligi guruh sonini qisqartirishga imkon beradi: ishchi qismining bir bo‘lagi singan randa, o‘ng orqa g‘ildirak protektorida yoriqning mavjudligi va hokazo.

Alohida tekshirish o‘tkazish xulosasida aniqlangan belgilarga baho beriladi, iz hosil qilgan obyektning muayyan guruhga tegishliligi aniqlanadi, va nihoyat, iz hosil qiluvchi obyektning u orqali izni identifikatsiya qilishga yaroqliligi yoki yaroqsizligi va hokazo.

Bu bosqichdagi ekspert tekshiruvining asosiy vazifasi quyidagilardan iborat: iz hosil bo‘lish mexanizmini aniqlash, belgilarning akslanish turg‘unligini aniqlash va qiyosiy tahlil qilish uchun namuna izlarini yasash. Eksperiment o‘tkazishning zaruriy shartlaridan biri ? bir tomondan jinoyat sodir bo‘lishida iz hosil qilish vaziyatiga maksimal yaqinlashtirilgan shart-sharoitlar yaratish, boshqa tarafdan iz hosil qiluvchi

Page 24: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

24

obyekt individual xususiyatlarining akslanishi va hokazo. Basharti chiziqli (dinamik) izlarni qiyoslash kerak bo‘ladigan bo‘lsa, eksperiment o‘tkazish muhim hisoblanadi. Bu holatda tekshirilayotgan iz hosil qiluvchi obyekt iz hosil qiluvchi mexanizmlari eksperimental iz qoldirishlari zarur (frontal va qarama-qarshi burchaklar).

Ekspertga qiyosiy tekshiruv uchun yuborilayotgan qiyosiy namu-nalarga ham boshqa kriminalistik modellar oldiga qo‘yiladigan talablar qo‘yiladi: belgilarning izomorf akslanishi, o‘z navbatida iz hosil qiluvchi obyektni aynanlashtirish uchun muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Bu kabi izomorf akslanish qiyoslanayotgan obyektlar o‘lchamlarini birxillashtirish to‘g‘risidagi talabning amalga oshirilishini ta’minlashi zarur.

Obyektlar belgilarini taqqoslash usullari tekshirilayotgan iz (uning nusxasi)ni iz hosil qiluvchi obyekt yoki eksperimental iz bilan bevosita taqqoslashda o‘z aksini topadi. Avval bir turdagi umumiy, so‘ngra xususiy belgilar tekshiriladi, qiyoslash belgilarning shakli, o‘lchami, o‘rni va o‘zaro joylashishiga ko‘ra amalga oshiriladi. Bunda sanab o‘tilgan belgilarning buzilish ehtimolligi hisobga olinib, ular iz hosil qiluvchi buyum yoki iz hosil bo‘luvchi yuzaning o‘ziga xos xususiyatlari, shuningdek iz hosil bo‘lish sharti va mexanizmlari bilan shartlanishi mumkin. Qiyoslashda geometrik jismlarni qurish prinsipidan foydalanish mumkin bo‘lib, u bir xil belgilarni to‘g‘ri chiziqlar bilan tutashtirish va ulardagi belgilardan olingan geometrik jismlar (shakl, hajm, tomon, tomonlar o‘rtasidagi burchak)ni qiyosiy taqqoslashdan iborat bo‘ladi.

Ba’zida koordinata to‘ri, fotosuratlar va bir xil masshtabli tasvirlardan foydalaniladi.

Belgilarni qiyoslash usuli asosan dinamik izlarni qiyoslash uchun qo‘llaniladi.

Bunda izlardagi trassalar (do‘ngcha va chuqurchalar)ning o‘rni va o‘zaro joylashishi, ko‘ndalang kesimining shakli qiyoslanadi. Ikki o‘lchamli tekislikda qiyoslashda «MSK-1» yoki uning mukammalroq analogi «MSK-3» yoki «Peleng MS-22» mikroskopidan foydalaniladi.

Mazkur asbob buzilgan izlar profili va sirtining yuzasi kichik bo‘lgan izlarni yuqori darajada aniq ko‘rish hamda 1:8000 gacha berilgan masshtab diapazonda mikrorelyef profilining obyektiv belgilarini ajratib ko‘rsatish imkonini beradi.

Bir qator hollarda ekspertiza o‘tkazishda qoplash usuli amalga oshirilib, unda quyidagi usullar qo‘llanadi:

a) tiniq tasvirlar (izlar, obyektlar)ni ustma-ust qo‘yish; b) tiniq tasvirlarni xira tasvirlar ustiga qo‘yish;

Page 25: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

25

v) ekranga proyeksiya qilinadigan tasvirlarni ustma-ust qo‘yish. Bunda bir xil belgilar, imkoni boricha bir-birining ustiga qoplanishi zarur. Ustma-ust qoplash natijalariga ko‘ra o‘xshash va farq qiluvchi jihatlar (shakl, o‘lcham, o‘rni) aniqlanadi.

Darhaqiqat, olingan natijalarni baholash eng murakkab va mas’u-liyatli bosqichlardan biri hisoblanadi. Bu tadqiqotchi tomonidan har bir identifikatsiya bosqichida muayyan o‘xshashlik bo‘yicha falsafiy talqin nuqtai nazaridan bir-biriga mos va farq qiluvchi belgilarni aniqlashi zarurligi shartidan kelib chiqadi. Biroq, obyektning tashqi ko‘rinishidagi belgilar va iz orasidagi o‘xshashlik va farqni tahlil qilishda uchrashi mumkin bo‘lgan o‘zgarishlar to‘g‘risida unutmaslik zarur.

O‘zgarishlarni tahlil qilishda ularning surunkali (tizimli) va tasodifiy bo‘lishini nazarda tutish lozim. Surunkali o‘zgarishlar doimiy bo‘ladi va muayyan sharoitlarda vujudga kelib, ular bilan uzviy aloqadorlikda bo‘ladi. Surunkali (tizimli) o‘zgarishlarga, masalan, daraxt kesilganda hosil bo‘lgan izlarning daraxt keyinchalik quriganida o‘zgarishi (buzilishi)ni misol qilish mumkin.

Obyekt tashqi tuzilishini qiyosiy tadqiqot qilish jarayonida topilgan belgilari ulardagi o‘xshash va farq qiluvchi belgilar nuqtai nazaridan o‘rganib chiqiladi. Bunda muayyan ketma-ketlikda quyidagi vazifalarni hal qilishga to‘g‘ri keladi:

1. Belgilar bir-biriga o‘xshashmi yoki farq qiladimi? 2. Identifikatsiya qilinuvchi obyektni alohidalashtirish imkonini

beruvchi belgilar bir-biriga mos kelgan holda majmuani hosil qiladimi? 3. Qiyoslash jarayonida topilgan farqlar nimasi bilan farqlanadi va ular

qanday ahamiyatga ega? 4. Topilgan farqlar o‘xshashlikni inkor etish uchun yetarlicha asos

bo‘la oladimi? Kriminalistik diagnostika jinoyat sodir etish mexanizmi to‘g‘risida

moddiy borliq obyektlarida qoldirilgan izlarni ilmiy tekshirish asosida tasavvur hosil qilish bilan bog‘liq jarayonni tashkil qiladi. Bu kabi trasologik ekspertiza masalalarini hal qilishda jinoyat sodir etilishida ishlatilgan obyektlarga ta’sir qilish mexanizmi, tabiiy jarayonlarning akslanishini tahlil qilish muhim hisoblanadi. Bu kabi diagnostik tahlil asosida jinoyat sodir etish jarayonida qanday harakatlar qay tarzda sodir etilganligi, ularning ketma-ketligi to‘g‘risida tasavvur hosil qilish mumkin.

Trasologiya bo‘yicha amalga oshiriladigan ekspert diagnostik tadqiqotlar sirasiga quyidagilar kiradi:

1. Obyekt holati va xossalarini tadqiq etish.

Page 26: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

26

1.1. Obyekt xossalarini uning ba’zi bir xususiyatlariga mos kelishi bo‘yicha tekshirish. Masalan, muayyan qulf qurilmasi uning ishonchliligini ta’minlaydimi va otmichka bilan buzish imkoniyatini inkor etadimi?

1.2. Obyektning faktik holatini aniqlash, muayyan me’yorga mos kelishi yoki mos kelmasligini aniqlash. Masalan, plomba qayta yopilganmi, qulf qayta sozlanganmi, uning qismlari bir-biriga mos keladimi?

1.3. Obyektning birlamchi holatini aniqlash. Masalan, avtomobil kuzoviga tushirilgan va keyinchalik jinoyatchi tomonidan o‘zgartirilgan raqam avval qanday ko‘rinishga ega bo‘lgan?

1.4. Obyekt xususiyati va holatlarini o‘zgartirish sabablari va shartlarini aniqlash. Masalan, qulfning ichki mexanizmlarida tartibsiz joylashgan tirnalishlarning yuzaga kelish sabablari qanday? Ular qulfni otmichka bilan ochishga urinish natijasida yuzaga kelmaganmi?

2. Obyekt tasvirlari (akslanishi)ni tadqiq etish. 2.1. Obyektning moddiy akslanishi, ya’ni izning mavjudligini

aniqlash. Masalan, eshik sirtida buzish izlari mavjudmi? 2.2. Identifikatsion masalalarni yechish maqsadida uning xususiyatlari

akslangan obyekt to‘g‘risida fikr yuritish imkoniyati. Masalan, poyafzal tagining izlari qay tarzda ifodalangan, iz identifikatsiya qilish uchun tayyormi?

2.3. Obyekt akslanishi vaqtida uning tabiiy vaziyatini aniqlash (ya’ni, iz hosil bo‘lishiga sabab bo‘lgan iz kontakti). Masalan, jinoyat sodir etilgan joyda iz qoldirgan shaxs oyoq izlarining elementlari qanday?

3. Harakat (hodisa) natijalarini tadqiq etish. 3.1. Hodisa mexanizmlari va holatlari, uning natijalari to‘g‘risida fikr

yuritish imkoniyatini aniqlash. Masalan, izlarga qaraganda, transport vositasi qaysi yo‘nalishda harakatlangan, uning harakatlanish tartibi (to‘xtaganligi, burilganligi, orqaga yurganligi), to‘siq qaysi tomondan va qay tarzda buzilgan?

3.2. Hodisaning alohida elementlari, bosqichlarini aniqlash. Masalan, hodisa sodir bo‘lgan joyda qoldirilgan qon izlariga ko‘ra, jabrlanuvchiga qanday ziyon yetkazilgan, tana qay tarzda bir joydan boshqa joyga ko‘chirilgan (ko‘tarib ko‘chirilganmi, sudralganmi), u qayerda yotgan?

3.3. Hodisa mexanizmini uning dinamikasi bo‘yicha aniqlash. Masalan, transport vositalari qaysi tomonlari bilan urilgan, ular bir-biriga nisbatan qanday joylashgan va hokazo.

Page 27: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

27

3.4. Hodisaning vaqt bo‘yicha davomiyligi va xronologik ketma-ketligini aniqlash. Masalan, hodisa sodir bo‘lgan joydagi izlar yomg‘ir yoqquniga qadar qoldirilganmi yoki undan keyinmi? Buzishda nima yuzaga kelgan: arralash izlarimi yoki kesish (chopish) izlarimi?

3.5. Hodisa sodir bo‘lgan joyni aniqlash. Masalan, transport vositalari yo‘lning qaysi tomonida to‘qnashganlar?

3.6. Hodisa sodir bo‘lishiga ko‘mak bergan holatlar. Masalan, buzish qurolini ishlatish va buzishda qo‘llangan qurollar nuqtai nazaridan jinoyatchi muayyan kasbiy va jinoiy ko‘nikmalarga ega bo‘lganmi?

4. Yuzaga kelgan harakatlar (hodisalar, dalillar) o‘rtasidagi aloqadorlikni tekshirish.

4.1. Jinoyat sodir etilishi natijasida yuzaga keladigan oqibatlarni aniqlash. Masalan, osma qulfga ilgaklar mahkamlanish ishonchliligi ta’minlaganmi, ilgaklar texnologik qoidalarni buzib qo‘yilganligi, ularning uzib olinishiga sabab bo‘lganmi?

4.2. Yuzaga kelgan oqibatlarning sabablarini aniqlash. Masalan, ko‘zoynak gardishining sinishi ularga og‘ir jism bilan urish natijasida yuzaga kelganmi?

4.3. Muayyan sharoitlarda dalil (fakt)ning mavjudligini aniqlash. Masalan, N. ning kiyim-kechagidagi qon izlari fuqaro V. ning jasadini avtomobil yukxonasiga yuklashga ko‘maklashish chog‘ida yuzaga kelganmi yoki V. ga bevosita jarohat yetkazish sababli paydo bo‘lganmi?

Yuqorida keltirilgan ro‘yxat obyektlarni tekshirishda diagnostik vazifalarni hal qilish, ularning qay tarzda obyektlarda akslanishini aniqlash imkonini beradi. Diagnostika qilishda identifikatsiya jarayonidagi kabi iz belgilari va ularning axborot-ma’lumot tomoni tadqiqot obyekti bo‘lib hisoblanadi. Biroq izlarni o‘rganish (umumiy, xususiy, zaruriy va tasodifiy) obyektni identifikatsiya qilish maqsadida emas, aksincha, izlarni hosil bo‘lish mexanizmlarini batafsil o‘rganish maqsadida amalga oshiriladi.

Trasologik vazifalarni diagnostik nuqtai nazardan hal qilish imkoniyatini hisobga olgan holda, professor G. L. Granovskiy tomonidan hodisa sodir bo‘lgan joyni vaziyatli tahlil qilish taklif qilingan. Mazkur tahlilning alohida tomonlaridan biri uning obyekti jinoyat sodir etilgan joyning izlar akslangan moddiy tomonidan iborat ekanligi bilan ajralib turadi.

Jinoyat sodir bo‘lgan joyni tekshirish quyidagi tartibdagi oraliq vaziyatlar ketma-ketligini o‘z ichiga olishi zarur: a) bo‘lishi ham mumkin; b) bo‘lish ehtimoli bor; v) bo‘lishi mumkin emas. Bu kabi ketma-ketlik

Page 28: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

28

sodir etilgan jinoyat mexanizmini ochishga qaratilgan, ya’ni qanday ish-harakat qanday ketma-ketlikda bajarilgan, qanday vositalar yordamida amalga oshirilgan, qanday maqsadlarda amalga oshirilgan?

Bu kabi vazifalarni hal qilish uchun turli mutaxassis ekspertlarni jalb etish talab qilinadi, masalan, kriminalistlar (trasologlar, ballistlar), sud tibbiyoti mutaxassislari, avtotexnik ekspertlar va hokazo.

Tadqiqot quyidagi chizma asosida amalga oshiriladi: hodisaning dastlabki umumiy tahlili, narsa-buyum holati (turdosh izlar guruhi)ni ajratib ko‘rish mumkin bo‘lgan hodisa sodir bo‘lgan joyning joylashishi: narsa-buyum vaziyatini ajratib olish imkoniyati (har xil turlarga mansub alohida izlar), izlarni alohida o‘rganish imkoniyati, iz tuzilishini umumiy o‘rganish, xulosalar chiqarish.

5. Trasologik ekspertizaning tashkiliy-huquqiy asoslari

Ekspertning xulosasi ashyoviy dalil manbai deb hisoblanishi qonunda

ko‘rsatilgan. Har qanday ashyoviy dalil sifatida u tergovchi, prokuror va sud tomonidan tekshirilib ko‘rilishi va uning ashyoviy dalil sifatida tan olinishi, ekspert tomonidan aniqlangan dalillarning ishga tegishliligi, ekspert xulosalarining ishonchliligi va ularning daliliy ahamiyati tasdiqlanishi zarur. O‘zbekiston Respublikasi JPKning 184-moddasida: «Ekspert zarur tadqiqotlarni amalga oshirgandan so‘ng o‘z nomidan yozma xulosa tuzadi va uni o‘z imzosi bilan tasdiqlaydi», – deyilgan.

Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan talablarga javob berishi uchun ekspert xulosasi O‘zbekiston Respublikasi JPKning 184-moddasida belgilangan talablar va qoidalarga mos kelishi zarur. Ekspert xulosasi bu — maxsus bilimlar asosida haqiqatni aniqlash va ekspertning ular to‘g‘risidagi fikridan iboratdir.

Ekspert xulosani yozishdan avval O‘zbekiston Respublikasi JPKning 238-moddasida nazarda tutilgan bila turib yolg‘on guvohlik berganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortilishi to‘g‘risida ogohlantiriladi. Yolg‘on guvohlik bermaslik to‘g‘risida tilxat xulosaning sarlavhasiga yoziladi. Xulosaning o‘zi uch qismdan iborat bo‘ladi: kirish qismi, tadqiqot qismi va xulosalar.

Kirish qismida umumiy ko‘rinishdagi ma’lumotlar keltirilib, ular asosida keyinchalik ish bo‘yicha dalil sifatida xizmat qilishi mumkin bo‘lgan xulosalar yoziladi:

kriminalistik muassasa (bo‘lim)ning nomi; xulosa raqami va uni tuzish sanasi;

Page 29: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

29

ekspertiza o‘tkazish uchun asos (tergovchi qarori, sud ajrimi), jinoyat ishining raqami, jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan ayblanuvchilarning familiyalari;

o‘tkazilgan ekspertizaning nomi; ekspertiza kim tomonidan amalga oshirilgan (ekspertning familiyasi,

ismi, sharifi, ma’lumoti, mutaxassisligi, ilmiy unvoni, egallab turgan lavozimi), ba’zida ekspert sifatida ish staji ko‘rsatiladi.

ekspertning oldiga qo‘yilgan savollar; tekshirish uchun berilgan obyektlar: ashyoviy dalillar, namunalar, ish

materiallari. basharti ekspertiza takroriy amalga oshirilayotgan bo‘lsa, birlamchi

ekspertiza kim tomonidan va qachon amalga oshirilgani ko‘rsatiladi. Tadqiqot qismida berilgan obyektlar, tadqiqotning borishi va natijalari,

sintezlovchi qism batafsil ta’riflanadi. Tadqiqot obyektlariga quyiladigan talablarda o‘ramning butunligi

katta ahamiyatga ega bo‘ladi, zero, u obyektning butunligini va buzilmaganligini ta’minlaydi. Basharti o‘ram buzilgan bo‘lsa, bu alohida qayd etiladi. Obyektlarning o‘ziga, ularning umumiy va xususiy belgilari va obyektni alohidalashtirishga imkon beruvchi tomonlariga ta’rif berib o‘tiladi. Ko‘rsatib o‘tilgan ma’lumotlar fotosuratlar bilan tasdiqlanib, ularda obyektning umumiy ko‘rinishi tasvirlanadi va belgilarni bayon qilish mobaynida ularga havola qilib o‘tiladi.

Alohida tadqiq etish bosqichini bayon qilishda ekspert tomonidan identifikatsiya qilinuvchi belgi sifatida olingan belgilarga alohida ta’rif berib o‘tiladi. Iz hosil bo‘lish mexanizmiga alohida e’tibor berilib, u diagnostik vazifani hal qilishda alohida ahamiyatga ega bo‘ladi. Agar ekspert tajriba-sinovi o‘tkazilsa, xulosaning muayyan qismiga «Eksperimentlar o‘tkazish» deb nomlangan mustaqil bo‘lim kiritiladi.

Mazkur bo‘limda eksperimentning maqsadlari, o‘tkazilgan tajribalar va ularning soni, shart-sharoitlari, olingan natijalar, ularning shart-sharoitlarning o‘zgarishiga qarab turlanishi (variatsiyaligi), o‘tkazilgan eksperiment natijalarini qayd etish yo‘llariga batafsil to‘xtalib o‘tiladi.

Har bir obyektga doir alohida tekshiruv natijalari bo‘yicha ma’lumotlar beriladi.

Shu bilan birga, turdosh obyektlar (hodisa sodir bo‘lgan joyning uchta turli joylaridan olingan iz qoliplari) bo‘lganda va o‘xshash belgilarni tahlil qilish (uzunlik, kenglik, umumiy va xususiy shakllar) amalga oshirilganda, ularning yagona jadvalga kiritilishi maqsadga muvofiq hisoblanadi. Bu, o‘z navbatida, tadqiqotni amalga oshirishda tizimlilikka erishish imkoniyatini beradi.

Page 30: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

30

Fotosuratlar orqali identifikatsion masalalarni hal qilishda o‘xshash va farq qiluvchi belgilar qiyoslanadi. Bu maqsadda qiyoslash usullari: taqqoslash, qoplash, birlashtirish qo‘llanadi. Bir-biriga mos kelgan belgilar raqamlar bilan belgilanadi. Ular nazorat raqamlari deb atalib, o‘xshash va farq qilgan tomonlarni mustaqil ravishda tekshirish imkonini beradi. Fotojadval ekspert tomonidan imzolanadi va xulosaga ilova qilinadi.

Savol va topshiriqlar:

1. «Trasologiya» atamasi nimani anglatadi? 2. «Trasologiya» atamasi kim tomonidan ilk bor fanga kiritilgan? 3. Trasologiyada «izlar» tushunchasi va ularning hosil bo‘lish

mexanizmlarini tushuntiring. 4. Izlar qoldirgan obyektlarning turlarini ta’riflang. 5. Trasologik ekspertiza va uning uslublarining ilmiy asoslarini

tushuntiring. 6. Trasologik ekspertizani o‘tkazishning bosqichlarini izohlang. 7. Trasologik ekspertizaning tashkiliy-huquqiy asoslari nimalardan iborat?

Page 31: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

31

2- BOB. POYAFZAL VA OYOQ IZLARINING TRASOLOGIK EKSPERTIZASI

1. «Poyafzal va odam oyog‘i izlari» tushunchasi va uning

turlari Poyafzal va oyoq izlarining trasologik ekspertizasi trasologik

ekspertiza fanining bo‘limi bo‘lib, jinoyat sodir etilgan joyda gumonlanuvchilar tomonidan qoldirilgan poyafzal va oyoq izlarini o‘rganadi.

Poyafzal va oyoq izlarining kriminalistik ahamiyati tergov qilinayotgan jinoyatning faktik holatlarini aniqlashda ulardan foydalanish imkoniyati bilan belgilanadi.

Poyafzal va oyoq izlari trasologik ekspertizasining predmeti: – poyafzal va oyoq izlarining vujudga kelishi; – poyafzal va oyoq izlarini topish; – poyafzal va oyoq izlarini olish; – poyafzal va oyoq izlarini qayd etish; – poyafzal va oyoq izlarini tadqiq etish; – poyafzal va oyoq izlarini baholash; – poyafzal va oyoq izlaridan foydalanish. Poyafzal va oyoq izlari trasologik ekspertizasining obyekti: – hodisa joyini ko‘zdan kechirishda aniqlangan poyafzal izlari; – hodisa joyini ko‘zdan kechirishda aniqlangan poyafzal izlarining

masshtabli fotosuratlari; – hodisa joyini ko‘zdan kechirishda aniqlangan poyafzal izlarining

gipsli quyma nusxalari; – hodisa joyini ko‘zdan kechirishda aniqlangan poyafzalning sirtqi

izlari mavjud bo‘lgan daktotasmalar; – hodisa joyida topilgan poyafzallar; – hodisa joyidagi izlar shu shaxs tomonidan qoldirilgan, degan

taxminlar mavjud bo‘lgan gumon qilinuvchining poyafzali; – hodisa joyidagi izlar shu shaxs tomonidan qoldirilgan, degan

taxminlar mavjud bo‘lgan gumon qilinuvchining poyafzalidan olingan eksperimental sirtqi izlar;

– hodisa joyidagi izlar shu shaxs tomonidan qoldirilgan, degan taxminlar mavjud bo‘lgan gumon qilinuvchining poyafzalidan olingan hajmiy izlar;

Page 32: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

32

– hodisa joyidagi izlar shu shaxs tomonidan qoldirilgan, degan taxminlar mavjud bo‘lgan gumon qilinuvchining poyafzalidan olingan eksperimental izlarning fotosuratlari;

– hodisa joyidagi izlar shu shaxs tomonidan qoldirilgan, degan taxminlar mavjud bo‘lgan gumon qilinuvchining poyafzalidan olingan gipsli quyma nusxalar hisoblanadi.

Hodisa joyini ko‘zdan kechirishda poyafzalning o‘zi, poyafzal tagcharmining izlari, izlar yo‘lakchalari, izlarning bir qancha turlari va izlarning hosil bo‘lish mexanizmlari uchrashi mumkin, tadqiqot jarayonida ularni aniq ko‘rsatib berish maqsadida poyafzal va oyoq izlarining quyidagicha tasniflanishi keltirib o‘tilgan:

1) shaxsiga ko‘ra; 2) turiga ko‘ra; 3) tuzilishiga ko‘ra; 4) izlarning hosil bo‘lish mexanizmiga qura; 5) izlarning hodisa joyida joylashishiga ko‘ra. Shaxsiga ko‘ra: – ayollarniki, – erkaklarniki; Turiga ko‘ra: – fuqarolik (tufli, yarim tufli, botinka, yarim etik, etik); – sport (keda, shippak, krossovka, maxsus etik); – sayohatchilar oyoq kiyimi (botinka, keda, yumshoq rezina botinka,

yarim botinka); – alpinistlar oyoq kiyimi (maxsus botinka); – harbiylar oyoq kiyimi (xizmat tuflilari, yarim etik, etiklar). Tuzilishiga ko‘ra: – tagcharmi poshnali; – tagcharmi tekis. Izlarning hosil bo‘lish mexanizmiga ko‘ra: – hajmiy izlar; – yuzaki (sirtqi) izlar. Izlarning hodisa joyida joylashishiga ko‘ra: – yakka izlar; – guruhiy izlar. Poyafzal va oyoq izlari hodisa joyida joylashishiga ko‘ra, yagona izlar

va guruhiy izlarga bo‘linadi. Yagona poyafzal yoki oyoq izlari deb, o‘zaro alohida joylashgan

izlarga aytiladi.

Page 33: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

33

Guruhiy izlar deb esa – navbati bilan o‘ng va chap oyoqlardan qoldirilgan izlarga aytiladi va bunday izlar yana «izlar yo‘lakchasi», deb ham ataladi. Oyoq izlarining yo‘lakchasi – hodisa joyida har bir oyoq (poyafzal)dan eng kamida uchtadan qoldirilgan izlar majmuidir. Bu izlar majmuini izlar yo‘lakchasi, deb aytish uchun yuqorida aytilgan oltita iz yaxshi ifodalangan, ya’ni bu izlarda ularning zarur o‘lchamlarini aniqlash imkonini beradigan darajada ifodalangan bo‘lishi kerak.

Trasologiyada oyoq izlari quyidagicha tasniflanadi: – iz hosil qiluvchi obyektning shakliga ko‘ra; izlarning hodisa joyidagi joylashiga ko‘ra; ularning yuzaga kelish mexanizmiga ko‘ra. Oyoq izlari ularni hosil qiluvchi obyektning shakliga qarab, poyafzal

va oyoq kafti izlariga bo‘linadi. O‘z navbatida, ularning birinchisi poyafzalning tagcharmi va poyafzal ustki qismining izlariga bo‘linadi.

2. Odam oyog‘i izlari yo‘lakchasining belgilari va ahamiyati

Odam oyog‘i izlarining yo‘lakchasini o‘rganish orqali ekspert-

kriminalist tomonidan hal etiladigan masalalar: – jinoyatchilar qaysi yo‘nalish bo‘ylab harakatlangan; – jinoyatchilar hodisa sodir etilgan joyga qanday predmet bilan

borgan; – jinoyatchilar qanday tezlikda harakat qilishgan; – jinoyat sodir etishda ishtirok etgan shaxslar soni; – jinoyatchilar qanday xatti-harakatlarni sodir etganlar va hokazo. Bu masalalarni hal etishda ekspert izlar yo‘lakchasiga murojaat etadi. Izlar yo‘lakchasida quyidagi elementlar ko‘rib chiqiladi: harakatlanish

yo‘nalishi chizig‘i, yurish chizig‘i, o‘ng va chap oyoq tovoni burilishining burchaklari, o‘ng va chap oyoq qadam tashlashlarining uzunligi va oyoq qo‘yish (qadam tashlash) kengligi (1-rasm).

1-rasm. Izlar yo‘lakchasining ko‘rinishi:

Page 34: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

34

AB – harakatlanish yo‘nalishi chizig‘i; VGDE – yurish chizig‘i; VAB – tovon burilish burchagi; VK – qadam uzunligi; KG – qadam kengligi.

«Izlar yo‘lakchasi»ga qarab, boshlovchi (katta qadam) va ergashuvchi (kichik qadam) oyoq to‘g‘risida fikr yuritish mumkin. Biror-bir oyoq izidagi katta chuqurlik ushbu oyoqning shikastlanganligi va odamning shu oyog‘i bilan oqsoqlanishini ko‘rsatadi. Oyoq izlariga qarab, o‘ng va chap oyoq qadamlarining uzunligidagi farq, biror-bir oyoqning cho‘ziqligi, oyoqning odatdagidan keng qo‘yilishi va boshqalar to‘g‘risida xulosa qilish mumkin.

Harakatlanish tezligi to‘g‘risida qadamlarning uzunligiga qarab fikr yuritish mumkin. Yurganda erkaklar qadamining uzunligi o‘rtacha 70 – 85 sm ni, ayollarda esa 50 – 65 sm ni tashkil etadi.

Harakatlanish suratining ortishi qadamlar uzunligining muayyan darajagacha oshishiga ta’sir qiladi. Daqiqasiga 150 – 170 ta qadam bosilganda, qadamlarning uzunligi maksimal darajaga yetadi. Erkaklar sekin yugurganda, qadamlar uzunligi 85 – 100 sm ga va tez yugurganda 150 sm ga va hatto undan kattaroq bo‘lishi mumkin; ayollarda esa, yugurganda qadam uzunligi birmuncha kamroq bo‘ladi. To‘xtab turilganda, bir-birini qisman yopib turgan oyoq izlarining betartib joylashishini ko‘rish mumkin.

3. Poyafzal va odam oyog‘i yagona izlarining belgilari va

ahamiyati Hodisa joyini ko‘zdan kechirishda yagona poyafzal yoki odam

oyog‘ining yagona izlari topilishi mumkin. Bunday holatlarda bu izlar orqali izlar yo‘lakchasida aniqlanadigan ma’lumotlar singari bir qancha ma’lumotlarni aniqlash mumkin. Demak, birinchidan topilgan yagona poyafzal izidan uning umumiy uzunligini, tagcharm old qismi uzunligi, kengligini, tagcharm oraliq qismining uzunligini, enini, poshna qismining uzunligini va kengligini aniqlasa bo‘ladi.

Odamning oyog‘i qoldirgan yagona (yakka) izlarga qarab, odamning taxminiy bo‘yini hisoblab chiqish mumkin (baland – 174 sm dan yuqori, o‘rta 160 – 173 sm va past – 160 sm gacha). Oyoq kaftining uzunligi erkaklar bo‘yi kattaligining 15,8 % ni; ayollar bo‘yining 15,5 % ni tashkil etadi. Poyafzal va oyoq izlarining uzunligi orqali shaxs oyoq kaftining uzunligi, shuningdek uning kafti va tovoni kengligi o‘rtasida korrelyatsion bog‘liqlikligi mavjudligi aniqlanadi. Bu oyoq kafti yoki tovon kengligini aks ettirgan izga qarab, odam bo‘yi to‘g‘risida taxminiy xulosa qilish

Page 35: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

35

imkonini beradi. Oyoq kaftining kengligi 18 marta, tovon kengligi esa 27 marta har qanday jinsdagi odam bo‘yi kattaligidan kamdir.

2-rasm. Poyafzal tagcharmining o‘lchamlari: 1 – izning umumiy uzunligi; 2 – tagcharm old qismining uzunligi va kengligi;

3 – tagcharm oraliq qismining uzunligi va eni; 4 – poshna qismining uzunligi va kengligi.

Bu kabi ma’lumotlarni olishda quyidagi taxminiy jadvaldan

foydalansa bo‘ladi: Poyafzal izi uzunligi orqali odamning taxminiy bo‘yini aniqlash

jadvali Poyafzal izining uzunligi,

sm

Topilgan uzunlik quyidagi raqamlarga ko‘paytirilishi

kerak: :

21,9 sm gacha 7,17 22,0–22,9 6,84 23,0–25,9 6,61 24,0–24,9 6,55 25,0–25,9 6,40 26,0–26,9 6,32 27,0–27,9 6,25 28,0–28,9 6,12

29,0 va undan kattalar 6,0 Namuna: topilgan poyafzal izining uzunligi 27,5 sm. 27,5 sm x 6,25= 171,875. Jadvalga asosan, bu 172 sm ga teng.

Page 36: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

36

4. Poyafzal va oyoq izlarining hosil bo‘lish mexanizmlari Hosil bo‘lish mexanizmiga qarab, oyoq va poyafzal izlari hajmiy va

yuzaki izlarga bo‘linadi. Poyafzal yoki oyog‘i hajmiy va yuzaki (sirtqi) izlarining

shakllanishiga quyidagilar muhim ta’sir ko‘rsatadi: – poyafzal yoki odam oyog‘i kafti bilan iz qabul qiluvchi obyekt

sirtining o‘zaro ta’sirlashishini keltirib chiqaradigan asosiy kuchlanish (ta’sir)ning yo‘nalishi va kattaligi;

– o‘zaro ta’sirlashishning uzoq muddatliligi; – poyafzal yoki odam oyog‘i kafti va iz qabul qiluvchi sirtda mavjud

bo‘lishi mumkin bo‘lgan turli begona moddalar; – iz qabul qiluvchi sirt yoki uning ustida mavjud bo‘lgan

moddalarning qoldiq deformatsiyani saqlab qolish, qatlamlanadigan moddalar zarralarini ushlab qolish yoki sirtdagi qatlamni oson ko‘chirish xususiyatlari.

Oyoq yoki poyafzal izlarining shakllanishida alohida xususiyat bo‘lib, odam tanasining og‘irligi va mushaklar energiyasi, shuningdek odam harakatlanganda yuzaga keladigan inersiya kuchiga bog‘liq bo‘lgan asosiy kuchlanish (ta’sir) hisoblanadi. Ba’zan ko‘rib chiqilayotgan izlarning hosil bo‘lishi asosan odam tanasining og‘irligi (masalan, to‘xtab turganida) yoki uning mushak kuchlari (masalan, vertikal joylashgan sirtdan oyoq bilan sakraganda yoki oyoq bilan zarb berganda)ga ta’sir hisobidan yuzaga keladi. Inersiya kuchi tayanch sirt bo‘ylab yurishda, yugurganda va sakraganda oyoq yoki poyafzalning olg‘a siljishi (harakati)ni keltirib chiqaradi. Oyoq yoki poyafzal tagcharmi tashqi tuzilishining belgilari yuzaga keladigan izlarda tiniq aks etadi.

Poyafzal yoki oyoqning hajmiy izlari iz qabul qiluvchi obyektlarda uning sirti deformatsiyaga uchrashi natijasida hosil bo‘ladi. Deformatsiya bosim yoki sirpanish oqibatida yuzaga keladi. Shu munosabat bilan, hajmiy izlar botiq va sirpanish izlariga bo‘linadi.

Oyoq yoki poyafzalning botiq izlari yurish, yugurish jarayonida va odam yumshoq yer (masalan, haydalgan dala, namli qum va h.k.)da to‘xtab turganda hosil bo‘lishi mumkin. Odatda, botiq izlar ular qoldirgan oyoq yoki poyafzal tagcharmi shakli va o‘lchamini to‘liq beradi.

Yurganda qoldirilgan botiq izlarda oyoq kafti yoki poyafzal tagcharmi tovon qismining tashqi tuzilishi xususiyatlarining aksi bo‘ylama o‘q yo‘nalishi bo‘ylab cho‘zilgan, old qism xususiyatlarining aksi esa qisqa bo‘ladi. Old va orqa qismi (tumshuq va poshna yoxud oyoq kafti va tovon)

Page 37: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

37

nisbatan chuqur bo‘ladi. Shu munosabat bilan, botiq izlarning tagi kamon shakliga ega bo‘ladi. Tez yurilganda yoki yugurganda, botiq izlar nisbatan chuqur bo‘ladi. Odam to‘xtab turganda, yuzaga kelgan botiq izlar poyafzal tagcharmi yoki oyoq kafti o‘lchami, konturlari va tashqi tuzilishi belgilarini ancha aniq aks ettiradi.

Yirik tuzilishga ega iz qabul qiluvchi obyektlarda qoldirilgan botiq izlar oyoq kafti yoki poyafzal tagcharmi tashqi tuzilishining mayda belgilarini aks ettirmasligi mumkin. Tuproq tuzilishi qanchalik mayda bo‘lsa, tagcharm tashqi tuzilishi xususiyatlari botiq izlarda shunchalik to‘liq o‘z aksini topadi.

10–80 % loydan iborat namli tuproq qattiq, plastik va suyuq holatda bo‘lishi mumkin. Botiq izlarning iz hosil qilishi uchun plastik holatdagi tuproq eng qulay hisoblanadi. Bunday tuproqdagi izlarda oyoq kafti va poyafzal tagcharmining identifikatsion belgilari aniq va nisbatan to‘liq aks etadi.

Tuproqning me’yordan ortiq nam tortishi va qaqrab ketishi izlarda identifikatsion belgilarning aks etishini buzadi. Organik aralashmali gilsimon tuproqlar nisbatan me’yordan ortiq nam tortgan va qaqragan bo‘ladi; qumloq tuproqli va qumli yerlar esa bunday xususiyatlarga nisbatan kam ega bo‘ladi. Havo haroratining tushib ketishi (nuldan pastga) me’yordan ortiq nam tortish va qaqrashga duchor bo‘lgan tuproqning siqilishiga olib keladi. Buning natijasida gilsimon tuproqlardagi botiq izlar 1,5 sm dan 3 sm gacha qisqargan bo‘lishi mumkin va shuning natijasida identifikatsion belgilar aksi o‘zgaradi. Aksariyat hollarda qor – qulay iz qabul qiluvchi obyekt hisoblanadi. Ta’kidlash joizki, issiqlik ta’sirida qordagi izlar erib, undagi poyafzal tagcharmi tashqi tuzilishining belgilari aksining ayrim qismlari yo‘qolishiga olib keladi.

Botiq izlar, shuningdek qattiq jismlar ustidagi biror-bir moddaning bosilishi natijasida ham hosil bo‘lishi mumkin. Masalan, tasodifan pol ustidagi plastilin bo‘lakchasida oyoq kafti yoki poyafzal tagcharmining botiq izlari qolishi mumkin.

Oyoq kafti va poyafzal tagcharmi kontaktli sirtining tashqi tuzilishi belgilari botiq izlarga aksincha (negativ) ko‘rinishda o‘tadi.

Sirpanish izlari yurganda, to‘siqlardan oshib o‘tishda (devor va boshqalardan oshib o‘tishda), poyafzal kiyilgan oyoq bilan zarba berganda (sindirilgan eshikning pastki qismida va h. k.) hosil bo‘lishi mumkin.

Sirpanish izlarida poyafzal tagcharmi yoki oyoq kaftining tashqi tuzilishi xususiyatlari yo‘l (chiziq) shaklida aks etadi. Izlardagi yo‘l (chiziq)ning kengligi va chuqurligi ko‘pincha hosil bo‘lgan ularning relyef

Page 38: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

38

xususiyatlari kengligi va balandligiga teng bo‘ladi. Izlardagi yo‘l (chiziq)lar poyafzal tagcharmidagi tegishli xususiyatlar (mixlarning qalpoqchalari, metall nag‘allar va boshqalar)ning o‘zaro joylashuvini aks ettiradi.

Identifikatsiya qilish uchun yaroqli bo‘lgan poyafzal qoldirgan sirpanish izlari qattiq obyektlar (parket, faner, taxta, tosh va h. k.)da uchraydi. Bunday izlar, shuningdek poyafzal tuproqda qoldirgan botiq izlarning vertikal devorlarida ham hosil bo‘lishi mumkin. Ularda qulay sharoitlarda tagcharm va ularning qismlari kesiklarida mavjud bo‘lgan o‘ziga xosliklar yo‘l (chiziq) shaklida aks etishi mumkin.

Yalang oyoq yoki paypoq kiyilgan oyoq bilan qoldirilgan sirpanish izlari xususiyatlari va belgilarining qo‘shilib ketishi va ularning bir-birining ustiga qo‘yilishi natijasida identifikatsiya qilish uchun yaroqsizdir. Ulardan ba’zan jinoyat hodisasining faktik holatlarini aniqlash uchun foydalanish mumkin.

Oyoq yoki poyafzal yuzaki (sirtqi) izlari biror-bir moddaning iz qabul qiluvchi obyektning yuzasiga surtilishi natijasi yoxud ushbu yuzani qoplagan modda zarralarini yo‘q qilish hisobiga yuzaga keladi. Oyoq kafti va poyafzal tagcharmi tashqi tuzilishining belgilari bosilganda yuzaga keladigan yuzaki (sirtqi) izlarda nisbatan to‘liq aks etadi. Surtilish natijasida yuzaga keladigan yuzaki (sirtqi) izlar iz hosil qiluvchi obyekt tashqi tuzilishi belgilarini shunchalik buzib aks ettiradiki, oqibatda ular identifikatsiya qilish uchun yaroqsiz holga kelib qoladi. Ushbu izlarning hodisa joyida mavjud bo‘lishi va o‘zaro holati bir qator hollarda sodir bo‘lgan hodisaning ayrim detallari to‘g‘risida fikr yuritish imkonini beradi.

Oyoq va poyafzal yuzaki (sirtqi) izlari qatlamli va ko‘chgan izlarga bo‘linadi. Qatlamli izlar iz qabul qiluvchi yuzaga biror-bir moddaning poyafzal tagcharmi yoki oyoq kaftiga surtilishi natijasida hosil bo‘ladi. Qatlamli izlar iz hosil qilish paytida poyafzal tagcharmi yoki oyoqda tagida mavjud bo‘lgan chang, loy yoki suyuq bo‘yoq, qon va poyafzal yoki boshqa moddalar zarralari bilan hosil qilingan bo‘lishi mumkin. Bu izlar daraxt, metall, tosh, sopol buyumlar, sementlangan pol, shuningdek plastmassa, shisha, gazlama, qog‘oz va boshqalarda kuzatilishi mumkin. Masalan, poyafzal tagcharmida mavjud bo‘lgan changsimon zarralardan parketda hosil bo‘lgan izlar tipik qatlamli izlar hisoblanadi.

Qatlamli izlarda tagcharm konturlari, shuningdek ularning tashqi tuzilishi xususiyatlari aks etadi. Izni shakllantiruvchi modda poyafzalning butun tagcharmida mavjud bo‘lmasligi mumkin, shuning uchun izlarda

Page 39: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

39

tagcharmning faqat bir qismi (masalan, poshna, panja qismi, ularning ayrim qismlari) aks etishi mumkin.

Qatlamli izlar oyoq kafti va poyafzal tagcharmi tashqi tuzilishini aks ettirish xususiyatlariga qarab, pozitiv va negativ bo‘lishi mumkin.

Poyafzal tagcharmi yoki oyoq kaftidagi bo‘rtiqlarni aks ettiruvchi izlar pozitiv hisoblanadi, iz hosil qiluvchi obyektdagi bo‘rtiqlar iz qabul qiluvchi obyektda chuqurchalar shaklida aks etadi. Masalan, papillyar chiziqlar aks etgan oyoq izlari aksi pozitiv iz bo‘ladi.

Iz hosil qiluvchi obyekt tashqi tuzilishining chuqurchalardan iborat belgilari va xususiyatlarini aks ettirgan izlar negativ hisoblanadi, iz hosil qiluvchi obyektdagi chuqurchalar iz qabul qiluvchi obyektda bo‘rtiqlar shaklida aks etadi. Masalan, yalang oyoqning papillyar chiziqlari orasidagi oraliqlari aks etgan izlari negativ izlar bo‘ladi.

Izlarning yuqorida keltirilgan farqlanishi to‘liq bo‘lmagan qatlamli (tagcharm qismlari va h.k.) izlarni o‘rganishda katta ahamiyatga egadir. Agar qayerda bo‘rtiq, qayerda chuqurcha aks etgani noto‘g‘ri belgilansa, unda bu trasologik ekspertiza natijalariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Ko‘chgan izlar poyafzal tagcharmi yoki oyoq kafti yuzasi bilan biror-bir moddani iz qabul qiluvchi obyektlar yuzasidan ko‘chirib olish natijasida yuzaga keladi. Ko‘chgan izlar biror-bir changsimon yoki suyuq moddaning yupqa qatlami bilan qoplangan sirtda hosil bo‘ladi. Masalan, oyoq bilan chang zarrasini yuzadan ko‘chirib olish ko‘chgan izning yuzaga kelishini keltirib chiqarishi mumkin. Ko‘chgan izlarning shakllanishi bilan qatlamli izlar o‘rtasida juda ko‘p umumiylik mavjud.

5. Poyafzal va odam oyog‘i izlarining identifikatsion belgilari Poyafzal iz hosil qiluvchi obyekt sifatida bir qator identifikatsion

belgilarga egadir. Bu belgilar poyafzalda uni tayyorlash, kiyish va ta’mirlash jarayonida hosil bo‘ladi. Poyafzal o‘zaro biriktirilgan ustki va ostki qismlardan iborat.

Tadqiqot jarayonida poyafzal kaftining tashqi detallari ancha muhim trasologik ahamiyatga molikdir. Ular sirasiga tagcharm, tagcharmning panja qismi, poshna, nag‘al va baxya kiradi. Tagcharm shartli ravishda quyidagi qismlarga bo‘linadi: panja qismi, oraliq qismi va poshna.

Tagcharm, poshna va panja qismning yon tomoni kesik (chet)lari, deb ataladi. Tagcharmdagi kesiklar ichki, tashqi, old (tumshuq) va orqa; poshnada – old, yon (o‘ng va chap) hamda orqaga bo‘linadi. Panja qismlar tumshuq (panja qismning old qismi), yon (o‘ng va chap; ba’zan ularni

Page 40: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

40

ichki va tashqi deb ham atashadi) hamda orqa (poshnaning qarama-qarshi tomonidagi) kesiklarga egadir.

Poyafzal ostki qismidagi identifikatsion belgilarning barqarorligi nisbiydir. Vaqt o‘tishi bilan ular qisman o‘zgarishi yoxud yo‘qolib ketishi mumkin. Bu tagcharm materialining xususiyati, uning andozasi (modeli, fasoni), poyafzalning yeyilishi va unga tashqi omillarning ta’sir ko‘rsatishiga bog‘liqdir.

Poyafzal tagcharmining identifikatsion belgilari umumiy va xususiy belgilarga bo‘linadi. Ularning birinchisi tagcharmni to‘lig‘icha; ikkinchisi – uning ayrim qismlarini yoki detallarini tavsiflaydi.

Poyafzal tagcharmining umumiy identifikatsion belgilari quyidagilar hisoblanadi:

3-rasm. Poyafzal ustki va tagcharm old qismining shakllari: – poyafzal ustki va tagcharm old qismining shakllari (3-rasm); – tagcharm old, o‘rta va tovon qismlarining shakllari (4-rasm); – tagcharm va uning qismlarining shakli va o‘lchami; – tagcharmning panja va poshna qismlaridagi relyefli rasmlarning

shakli va turlari; – tagcharmning panja va poshna qismlarida metall nag‘allarning

mavjudligi; – tagcharmni poyafzalning ustki qismi bilan biriktirish usuli (tikilgan

tagcharmlardagi kesik chiziqlar, shpilkali-mixli biriktirishda mixlar yoxud shpilkalarning mavjudligi);

– tagcharmdagi relyefli rasmlarning bir xildagi detallari miqdori; – tagcharm oraliq qismidagi relyefli belgilar (harflar, raqamlar, firma

belgilari); – tagcharmning yeyilish darajasi; tagcharmda standart poyafzallar uchun xos bo‘lmagan rasmlarning

mavjudligi va h. k.

Page 41: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

41

4-rasm. Turlicha poyafzal tagcharmlarining ko‘rinishi: A – uchli poyafzal tagcharmining ko‘rinishi; Б – to‘g‘ri burchakli poyafzal

tagcharmining ko‘rinishi; Д – tagcharm panja qismining orqa (ichki) kesimi to‘g‘ri chiziqli shaklda; Ж – poshna qismining oldi kesimi to‘g‘ri shaklda; В – keng

aylanasimon poyafzal tagcharmining ko‘rinishi; E – tagcharm panja qismining orqa (ichki) kesimi qiya chiziq shaklida; З – poshna qismining oldi kesimi to‘g‘ri shaklda

egri chiziq (botiq) shaklida; Г – keng to‘g‘ri burchakli poyafzal tagcharmining ko‘rinishi; E – tagcharm panja qismining orqa (ichki) kesimi yoysimon (botiq)

shaklda; И – poshna qismining oldi kesimi egri chiziq (qabariq) shaklida.

Poyafzal tagcharmining xususiy belgilari quyidagi hollarda yuzaga

keladigan belgilardir. 1. Poyafzalni tayyorlashda: – tagcharmdagi va uning kontur chiziqlari bo‘ylab alohida nuqsonlar,

ularning tagcharm kesiklari va relyefli suratlari detallariga nisbatan shakli va joylashishi;

– rezinali quyma poyafzallar tagcharmidagi kam ahamiyatli chuqurchalar shaklidagi notekisliklar;

– ayrim joylardagi tagcharm kesiklarining notekisliklari; tagcharmdagi shpilkalar, mixlar va vintlar o‘rtasidagi notengliklar;

– poshnaning old kesigidan tagcharm oraliq qismida joylashgan birinchi shpilka (mix, vint)largacha bo‘lgan masofa;

– rezina poshnalarda shakllangan teshiklardagi mixlar qalpoq-chalarining holati; tagcharmdagi vintlar, mixlar, shpilkalar va tegishli choklar joylashishi (choklardagi qatorlarning miqdori, mixlar, vintlar, shpilkalarning miqdori);

– tagcharm qismlarining kontur chiziqlaridagi relyefli rasmlar qismlarining mosligi; relyefli firma belgisi va boshqa belgilar, shuningdek ularning ayrim elementlarining tagcharm oraliq qismida joylashuvi;

Page 42: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

42

– yelimlangan rezina poyafzaldagi tagcharm o‘rta chizig‘iga nisbatan panja qismlari va poshnalar o‘q chizig‘ining holati; bir juftdan iborat poyafzal nusxalari o‘rtasidagi tagcharm va uning qismlari o‘lchamidagi farqlar.

2. Poyafzalning kiyilishida: – yeyilgan (to‘zigan, titilgan) joylar va ularning konturlarining

joylashuvi; tagcharmdagi yoriqlar, teshiklar, ularning tagcharmdagi kesiklar va relyefli rasmlar detallariga nisbatan o‘lchami, shakli, holati;

– tagcharmdagi relyefli rasmlar detallarining shikastlanishi; yeyilgan joylardagi kesiklar yoni bo‘ylab tagcharm va uning qismlari qalinligi; tagcharmdagi tegishli choklarda alohida shpilka, mix yoxud vintlarning mavjud emasligi;

– tagcharmdagi relyefli rasmlari qismlariga nisbatan shpilkalar, mixlar va vintlar qalpoqchalarining holati;

– tagcharmga kirib qolgan turli zarra (bo‘lak)lar (metall qirindisi, shlak (toshqol), tuproq va h. k.)ning shakli, kattaligi va joylashishi.

3. Poyafzalni ta’mirlashda: – tagcharm kontur chiziqlariga nisbatan shpilkali, mixli, vintli va

drapli choklarning holati; – shpilkalar, mixlar, vintlarning miqdori va ularning choklar bilan

o‘zaro joylashuvchi; vintlar, mixlar, shpilka va choklarning joylashishi; – tagcharm o‘rta chizig‘i va ularning bir-biriga nisbatan panja qismi va

poshna o‘q chiziqlarining holati; – poshna old kesigi markaziy nuqtasi va panja qismi orqa kesigi

markaziy nuqtasi o‘rtasidagi masofa; – poshna old kesigi shakli tagcharmga u orqali biriktirilgan mixlarning

holati; – tagcharmga biriktirilgan metall nag‘allarning shakli va joylashuvi. Oyoq kaftining identifikatsion belgilari. Odam oyog‘i kaftining turli

identifikatsion belgilari oyoq kaftining anatomik tuzilishi anomaliyasi va hayoti davomida olgan shikastlanishlari bilan ifodalanadi. Oyoq kafti panja, oraliq, tovon qismlari va barmoqlarga bo‘linadi. Oyoq kaftida oyoqning tashqi va ichki chetlari farqlanadi.

Oyoq kaftining terisi qo‘l panjalari kafti terisi kabi morfologik tuzilishga ega. Oyoq kaftidagi papilyar chiziqlar turli naqshlarni hosil qiladi. Oyoq kaftida papillyar chiziqlardan tashqari fleksor chiziqlar va qisqa burishiqlar – ajinlar, qadoqlar, unchalik katta bo‘lmagan, yoriqlari bo‘lgan qotib qolgan teri va boshqa nuqsonlar kuzatiladi.

Page 43: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

43

Odam oyog‘i kafti tashqi tuzilishining belgilari umumiy va xususiy belgilarga bo‘linadi.

Oyoq kaftining umumiy belgilari quyidagilar hisoblanadi: – oyoq kafti va uning qismlarining shakli; – oyoq kaftining umumiy uzunligi va uning qismlarining kengligi; – oyoq kafti oraliq qismi balandligining kattaligi (baland, o‘rta, past); – oyoq kafti biror-bir joyining uning barcha yuzasiga nisbatan alohida

bo‘rtig‘i; – fleksor chiziqlar va qisqa burishiq, ajinlarning mavjudligi; – oyoq kaftining patologik o‘zgarishi; – papillyar naqshlarning turlari. Tovon kaftining xususiy belgilari quyidagilar hisoblanadi: barmoqlarning bir-biriga nisbatan joylashishi va ular o‘rtasidagi

oraliqning kattaligi; barmoqlar uzunligi, ularning o‘lchami va bukilgan joylarning o‘zaro

munosabati; barmoqlar yostiqchasi markazi va oyoq kafti konturi naqshlari

o‘rtasidagi masofa; oyoq kafti oldingi bo‘limining konfiguratsiyasi; notekisliklar va ularning oyoq kafti, tovonning tashqi va ichki

chekkalari chizig‘i bo‘ylab joylashishi; g‘udda, so‘gal, qadoq va boshqalarning shakli, o‘lchami va

joylashishi; fleksor chiziqlar, so‘gal, qadoq va boshqalar tuzilishining detallari; teri shikastlanishi – chandiqlarning o‘lchami va shakli; terining qotib qolgan joylaridagi yoriqlarning shakli, o‘lchami va

joylashishi; – bitib ketgan barmoqlar, tovon old qismining amputatsiyasi, chizig‘i,

konturlari; – qisqa burishiq – ajinlarning o‘lchami va joylashishi; – papilyar naqshlar tuzilishining detallari.

6. Chulki va paypoqlarning identifikatsion belgilari Chulki va paypoqlarning umumiy belgilari quyidagilar hisoblanadi: – mato iplarini to‘qish tipi va turi; – fabrika chok (baxya)larining mavjudligi, ularning turi va shakli; – mato iplarini to‘qishda hosil bo‘lgan suratlar; – mato iplarining qalinligi;

Page 44: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

44

– bir maydondagi iplar soni (masalan, bir kvadrat santimetr matoda). Chulki va paypoqlarning xususiy belgilari quyidagilar hisoblanadi: – nuqsonlari, ularning shakl va o‘lchami; – to‘rlab yamalgan joylar, ularning shakli va o‘lchami, to‘rlash uchun

ishlatilgan ishning qalinligi, bir joyda to‘rlab yamash uchun ishlatilgan iplarning soni;

– yamaganda hosil bo‘lgan chok (baxya)lar, ularning shakllari, o‘lchamlari (uzunligi, kengligi) va joylashishi;

– yamaganda qoldirilgan iplarning to‘planishi, ularning hajmi va joylashishi;

– chulki (paypoq) matosidagi g‘ijimlar va burishiqlarning shakllari hamda o‘lchamlari.

7. Poyafzal va odam oyog‘i izlarini ko‘zdan kechirish,

qayd etish va olish Topilgan oyoq izlarining jinoyat hodisasi bilan o‘zaro bog‘liqligini

aniqlash uchun sinchikovlik bilan ko‘zdan kechirish o‘tkaziladi. Bunda izlar hosil bo‘lishining muddatidan dalolat beruvchi belgilarga, hodisa joyidagi predmetlarga nisbatan ularning joylashishiga va hodisa joyini ko‘zdan kechirish jarayonida aniqlangan iz hosil bo‘lishi mumkin bo‘lgan holatlarga e’tibor qaratiladi. Masalan, predmetlar yonida qoldirilgan oyoq izlarining yagonaligi va «izlar yo‘lakchasi», butunligi yoki jinoyat sodir etilayotgan paytda buzilgan odatdagi joylashuvi ularni jinoyat hodisasiga bog‘lash imkonini beradi; buzilgan eshik (pol, tuproq) yonida, eshikda va boshqalarda topilgan izlar ular jinoyat sodir etgan shaxs tomonidan qoldirilganligidan dalolat berishi mumkin. Oyoq izlarini ko‘zdan kechirish, shuningdek oyoq izlarining hosil bo‘lish ehtimoliy mexanizmini, ularda mavjud bo‘lgan oyoq kafti yoki poyafzal tagcharmi tashqi tuzilishining o‘ziga xos xususiyatlarini, qanday izlarni olish lozimligini va bunda qayd etishning qaysi usullaridan foydalanish maqsadga muvofiqligini aniqlash maqsadini ham ko‘zda tutadi.

Hodisa joyida topilgan oyoq izlarini tasodifan buzilishlardan saqlash lozim, buning uchun ularning usti yopib qo‘yiladi yoki turli ashyolar bilan to‘sib qo‘yiladi. Biroq, bunda to‘sib qo‘yilgan predmetlar izlarga zarar yetkazmaydigan tarzda bo‘lishi lozim. Masalan, sochiluvchan tuproqdagi oyoq izlari faner, karton va boshqa narsalar bilan to‘sib qo‘yiladi.

Oyoq izlarining yo‘lakchasini ko‘zdan kechirishda uning elementlari qanday yuzada qoldirilgani, uning botiqligi yoki yuzaki ekanligi, o‘ng va

Page 45: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

45

chap oyoq izlari qoldirgan botiqning chuqurligi, izlarning o‘lchami; qo‘shimcha izlar (hassa, qo‘ltiqtayoq va boshqalarning izlari)ning shakllari, joylashishi va o‘lchamlari aniqlanadi. Agar hodisa joyida har qaysi (o‘ng va chap) oyoq bilan oltitadan kam bo‘lmagan iz qoldirilgan bo‘lsa, oyoq izlari yo‘lakchasining elementlari o‘lchanadi. O‘ng (chap) oyoq qadamlarining uzunligi ular qoldirgan izdagi tovon (poshna) qismining markazi va chap (o‘ng) oyoq izi tovon (poshna) qismining markazi o‘rtasidagi masofa bo‘yicha o‘lchanadi. Har qaysi oyoq tovonining izning o‘q chizig‘i bilan harakat yo‘nalishi chizig‘i kesishganda hosil bo‘lgan burchakka ko‘ra aniqlanadi. Oyoq qo‘yilishining kengligi biri o‘ng oyoq bilan ketma-ketlikda qoldirilgan izlarning tovon (poshna) qismlarining markazlarini birlashtiradigan, boshqasi esa chap oyoq bilan ketma-ketlikda qoldirilgan izlarning tovon (poshna) qismlarining markazlarini birlashtiradigan ikki chiziq o‘rtasidagi masofaga qarab o‘lchanadi. Oyoq izlari yo‘lakchasining elementlarini o‘lchashda maktab katta sirkuli, ortopedik burchak o‘lchagich va o‘lchov ruletkasi qo‘llaniladi. Izlar yo‘lakchasidagi zarur chiziqlarni ikki yog‘och qoziqcha o‘rtasidagi izlarning tegishli nuqtalari ustiga tortiladigan ip yordamida olinadi.

Poyafzalning yagona izlarini ko‘zdan kechirishda ularning shakliga (konfiguratsiyasiga) e’tibor qaratiladi; poyafzal ostki qismining qaysi qismlari va xususiyatlari izlarda o‘z aksini topgan; aks etgan relyefli suratlar yeyilganlik belgilari – relyefli suratlar nuqsonlari, chuqurchalar tagcharm kontur chiziqlari bo‘ylab notekisliklar, tagcharmning panja qismi va poshna qismlaridagi yeyilgan joylarning aks etishi; yamoq, nag‘al, chok, mixlar, metall shpilkalar va boshqalarning aks etishi. Poyafzal izi, uning alohida panja qismi, oraliq va poshna qismlari uzunligi o‘q chizig‘iga ko‘ra o‘lchanadi. O‘q chiziq o‘rnida tagcharm poshnasining orqa kesigi va panja qismi old kesigi qismlari aksini birlashtiruvchi o‘rta nuqta qabul qilinadi. Shuningdek, panja qismi va poshna aksining eng katta kengligi va tagcharm oraliq qismining eng kichik kengligi o‘lchanadi. Yalang oyoq qoldirgan yagona izlarda ularning konfiguratsiyasi (shakli) to‘lig‘icha o‘rganiladi, ya’ni panja qismi, oraliq qism va tovon izlari aksining holatlari, tovon tuzilishining anomaliyasi va nuqsonlarining aksi kabilar. Shuningdek, papillyar chiziqlar, so‘gallar, chandiqlar va boshqalarning izlarini o‘lchash ularning uzunligidan tashqari, xuddi poyafzal izlarini o‘lchashdagi kabi amalga oshiriladi. Izning uzunligini o‘lchashda o‘q chiziq tovon va ikkinchi yoki uchinchi barmoq yostiqchasi (do‘mboqchasi) aksining markazi orqali o‘tkaziladi.

Page 46: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

46

So‘ngra tovon va bosh barmoq orqa kesigining aksiga o‘q chiziqqa perpendikular bo‘lishi lozim bo‘lgan urinma chiziq o‘tkaziladi. Urinma chiziqlar o‘rtasidagi masofa izning uzunligi, deb olinadi. Hodisa joyida topilgan oyoq izlarini iloji boricha ular joylashgan obyektlar bilan birgalikda olish lozim. Ayrim hollarda uning iloji yo‘q, shuning uchun oyoq izlarini qayd etishning quyidagi usullari qo‘llaniladi:

– hodisa joyida topilgan oyoq yoki poyafzal izlari hodisa joyini ko‘zdan kechirish bayonnomasida batafsil qayd etiladi;

– oyoq izlari yo‘lakchasiga nisbatan bayonnomalarda ular topilgan yuzaning ko‘rinishi, qoldirilgan izlar botiq yoki yuzaki ekanligi, izlar yo‘lakchasining ko‘lami, ularning yo‘nalishi ko‘rsatiladi. Shuningdek, unda izlar yo‘lakchasi elementlarini o‘lchash natijalari – qadamning uzunligi, oyoq qo‘yilishining kengligi hamda o‘ng va chap oyoq tovonlari burilishining burchaklari; yo‘lakcha hosil qilgan izlarning o‘lchamlari, shakllari, joylashuvi va yondosh (yo‘ldosh) izlarning o‘lchamlari qayd etiladi.

Poyafzalning qordagi botiq izlarini suratga olish ancha murakkab, chunki ularning yirik va mayda detallari ko‘pincha suratlarda farqlanib turmaydi. Bunga yo‘l qo‘ymaslik uchun qordagi izlar sariq yoki olov rang yorug‘lik filtri bilan izoorto, izopanxron, izoxron ko‘rinishidagi fotomateriallarga suratga olinadi, fotoapparat obyektiviga esa blenda kiydiriladi.

Bo‘yoq, qon va shunga o‘xshash moddalar orqali hosil bo‘lgan yuzaki izlar yorug‘lik filtri yordamida fotosuratga olinadi. Uni tanlash sirtni qabul qiluvchi fonga va izning rang xususiyatiga bog‘liq bo‘ladi. Kulrang izlar ustki va yon tomonini yoritish orqali suratga olinadi. Toq konturli yuzaki izlar yon tomondan yo‘naltirilgan (yorug‘lik manbai nurlari, izlarning joylashuviga nisbatan 20–30 gradus (0S) burchak ostida yuboriladi) yorug‘lik ostida fotosuratga olinadi.

Yuzaki oyoq izlarining nusxasini olish. Changsimon modda (un, bo‘r, gips va h.k.)larning qismlaridan hosil bo‘lgan yuzaki izlardan daktiloskopik tasmaga nusxa olish mumkin: qora rangli jismlardan hosil bo‘lgan izlarni yorqin va yorqin rangdagilarini qora himoya qatlamidan ajratilgan daktiloskopik tasma silliq tomoni bilan iz ustiga qo‘yiladi va uning ustidan rezina valik yurgiziladi yoxud qo‘l bilan tekislanadi. Tasma ajratib olingandan so‘ng, uning silliq tomonida iz hosil qilgan modda qismlari qoladi. Tasmaga nusxasi olingan iz himoya qatlami bilan yopiladi.

Page 47: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

47

Daktiloskopik tasmaning o‘lchami faqatgina yuzaki izlardan noto‘liq nusxa olish imkonini beradi (masalan, poshna izi, panja qismining izi va h.k.). Changsimon moddalar bilan qoldirilgan oyoq yoki poyafzal tagcharmining ko‘rinadigan va yaxshi ko‘rinmaydigan yuzaki izlarini ham fotoqog‘ozning jelatinli qatlamiga nusxa olish mumkin. Buning uchun fotoqog‘oz oldindan tayyorlanadi: yoritilgani ishlov beriladi (proyavka) qilinadi, mustahkamlanadi, yuviladi va quritiladi; yoritilmagani mustahkamlanadi, yuviladi va quritiladi.

Botiq oyoq izlaridan quyma nusxalar tayyorlash. Quyma nusxalarni tayyorlashda gips keng qo‘llaniladi. Buning uchun gips bilan suvning qorishmasi tayyorlanadi, ushbu qorishma yaxshilab aralashtirilgan va quyuqlik darajasiga ko‘ra qaymoqqa o‘xshash bo‘lishi kerak. Bunday qorishma 25–30 daqiqa mobaynida quyilib qoladi (qotadi). Agar qorishmaga, ishlatilgan gips og‘irligining 1–1,5 % miqdorida mis kukuni yoxud xlorli natriy qo‘shilsa, ushbu qorishmaning quyilishi (qotishi) tezlashadi. Botiq izlar joylashgan yirik donali sirt ustidan quyuqroq qorishma, mayda donali yuza ustidan suyuqroq qorishma quyiladi. Eng ko‘p qo‘llaniladigan gipsli qorishma konsentratsiyasi suvning bir og‘irlik birligiga birdan ikkigacha bo‘lgan birlik og‘irlikdagi gips to‘g‘ri keladigan qorishma hisoblanadi, masalan, 10 gramm suvga 20 grammgacha gips ishlatilishi mumkin. Oyoq yoki poyafzal to‘liq izining quyma nusxasi uchun 500–600 gramm gips zarur bo‘ladi.

Gipsli qorishmani izga quyishdan oldin tayyorlov ishlari o‘tkaziladi. Izdan begona narsa va moddalar pinset bilan olib tashlanadi. Agar iz unchalik chuqur bo‘lmasa, uning atrofi qorishma chiqib ketishining oldini oluvchi to‘siq bilan o‘rab olinadi (tuproq, karton bo‘lagi, faner yoki boshqa shu kabi narsalar).

Izlardagi yangi yoqqan qor xuddi yelpig‘ich sifatida harakat qilib, faner yoki karton bo‘lagi bilan puflanadi yoxud yumshoq cho‘tka (fleys) bilan olib tashlanadi. So‘ngra karkas (sinch) uchun zarur bo‘ladigan predmetlar – yog‘och tayoqchalar (ikkita iz uzunligiga teng va bir nechta uning kengligiga teng bo‘lgan) hamda yorliq tayyorlanadi.

Shundan so‘ng, izning tubini qoplashi uchun tayyorlangan gipsli qorishmaning taxminan yarmi 3–4 millimetr qalinlikda quyiladi. Quyilgan qorishmaga suv bilan ho‘llangan karkas (sinch)lar qo‘yiladi. Yorliq ip (bechevka) bilan karkasga qotiriladi va u izning tashqarisiga chiqarib qo‘yiladi. So‘ngra izga qorishmaning qolgan qismi quyiladi. Oradan 25–30 daqiqa o‘tgach, izdagi gipsli qorishma qotib qoladi va tayyor quyma nusxa izdan chiqarib olinadi.

Page 48: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

48

Quyma nusxaga yopishib qolgan tuproq zarralari suv bilan yuviladi, quyma nusxaning o‘zi esa xona haroratida quritiladi. Quyma nusxaning mustahkamligini oshirish uchun qorishmaga 10–15 daqiqadan so‘ng, 15% li kremniy kislota qorishmasini qo‘shish mumkin.

Agar botiq izlar suvli bo‘lsa, unda gipsli quyma nusxa tayyorlanayotganda gipsni oddiy sepish usulidan foydalanish mumkin. Buning uchun izlar qo‘l ostidagi materiallardan to‘siq bilan o‘rab olinadi va gips sepiladi, so‘ngra usti tekislanadi. Zarur bo‘lgan hollarda gips ustidan qo‘shimcha ravishda suv quyish uchun uning ustiga mato qo‘yiladi, mato ustidan undan suv o‘tishi to‘xtamagunga qadar suv quyib turiladi. Oradan 25–30 daqiqa o‘tgach, gips qotadi, tayyor quyma nusxa chiqarib olinadi va quritiladi.

Qordagi izlardan quyma nusxalarni tayyorlashdan oldin: gips sovutilgan suvda (qor aralashtiriladi) eritiladi va unga osh tuzi (gips og‘irligining 1–1,5 foizigacha) solinadi. Shundan so‘ng yirik ko‘zli elak orqali izga uning tubini 1,6–2 millimetrcha bo‘lgan qatlam bilan qoplaydigan gips kukuni sepiladi. Quyma nusxani tayyorlashning keyingi ishlari yuqorida bayon qilingan tartibda amalga oshiriladi.

Sochiluvchan materiallar (yo‘l changi, un, daryo quruq qumi va h.k.)dagi izlar pulverizator orqali sochiladigan maxsus qorishma (100 gramm spirtda suyultirilgan 6 gramm shellak (lak, plastmassa kabilar ishlab chiqarishda ishlatiladigan tabiiy smola); 90 gramm atsetonda suyultirilgan 10 gramm sellyulit yoki 95 gramm spirtda suyultirilgan 5 gramm kanefol bilan) mustahkamlanadi. Izga shikast yetkazmaslik uchun pulverizatorning sepuvchi moslama (soplo)si oldin yuqoriga yo‘naltiriladi. Bunday hollarda qorishma mayda zarrachalar ko‘rinishida sochiladi. Izning tubi va devorlarida ko‘z bilan farqlanadigan qatlam hosil bo‘lgandan so‘ng, bevosita uning tomonlariga yo‘naltirilishi mumkin. Qatlam hosil bo‘lgandan so‘ng, bunday izlardan gipsli quyma nusxalar odatdagi usulda olinadi. Izlarni mustahkamlash maqsadida kerosin qo‘llashga ham yo‘l qo‘yiladi. U pulverizator yordamida izga oldin 80–60 santimetr, so‘ngra 30–20 santimetr masofadan turib sepiladi. Iz modda uning zarralari birlashishini oshiradigan darajada kerosin bilan to‘yinishi lozim. To‘yingandan so‘ng oradan 10 daqiqa o‘tgach, izga ehtiyot bo‘lib suyuq gips qorishmasi quyiladi. U qotganidan so‘ng izga qo‘shimcha ravishda odatdagi tarkibdagi gips qorishmasi quyiladi.

Hodisa joyini ko‘zdan kechirish bayonnomasida bayon qilinganlarga qo‘shimcha ravishda oyoq izlarining erkin (ixtiyoriy) yoxud masshtabli surati chizilishi mumkin. Oyoq izlari yo‘lakchasining erkin (ixtiyoriy)

Page 49: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

49

yoxud masshtabli surati chizilishi uning umumiy joylashuvini, shuningdek yo‘lakcha hosil qilgan alohida oyoq izlarini tasavvur qilish imkonini beradi; masshtabli surat – izlar yo‘lakchasi elementlarini muayyan masshtabda qayd etishdir. Masshtabli suratni millimetr katakli (to‘rli) qog‘ozga chizish qulaydir. Yolg‘iz oyoq izlarini, ularning masshtabli suratidan tashqari shishaga yoki shaffof sellofanga qayta chizish tavsiya qilinadi. Buning uchun izning ikki tomonidan shisha joylashadigan (uning ustiga sellofan ham qo‘yish mumkin) baland bo‘lmagan taxtachalar qo‘yiladi. Iz konturlari va uning barcha xususiyatlari shishada mum qalam bilan yurgiziladi (shuningdek yuvilib ketmaydigan bo‘yoq yoki suyultirilgan shishadan ham foydalanish mumkin). Izlar suratini shishaga chizishda to‘g‘ri burchaklar ostiga qarash lozim, yo‘qsa, ular detallarining aks etishi buzilishi mumkin. Izlarning suratini chizish daliliy ahamiyatga ega emas va faqatgina qidiruv maqsadlariga ega.

Fotosuratga olish. Oyoq izlarini suratga olish yirik formatli (masalan, FK yo‘l kamerasi), kichik formatli (masalan, «Zenit») kameralarida ham iloji boricha katta masshtabda amalga oshiriladi. Yo‘lakcha hosil qiluvchi izlar yig‘indisi keng qamrovli suratga olish usulida, yolg‘iz oyoq izlarni esa masshtabli suratga olish tartibida fotosuratga olinadi.

Oyoq izlarini fotosuratga tabiiy yorug‘likda olish ma’quldir. Amaliyotda ko‘pincha sun’iy yoritishdan foydalaniladi. Bunday hollarda izning o‘zini va uning detallarini yaxshiroq yoritishga erishish uchun ustki va yon chiroqlardan foydalaniladi. Yoritish manbalari sifatida impulsli fotochiroqdan foydalanish mumkin.

Poyafzalning hajmiy izlarini olishda qurilish-montaj ko‘piklari va germetiklarini qo‘llash imkoniyatlari. Tadqiqotlar natijalari ko‘rsatadiki, hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirishda, poyafzal izlarini qayd etish va olishning mavjud metodikalarida bir qator kamchiliklar mavjud. Ushbu kamchiliklarga quyidagilarni kiritish mumkin:

1. Sovuq havo haroratlarida, qorda qolgan izlarni qayd etish va olishning murakkabligi (ayrim hollarda umuman mumkin emasligi).

2. Izlarni olishga mo‘ljallangan vosita va materiallardan foydalanishda maxsus malaka va ko‘nikmalarning talab etilishi.

3. Poyafzallarning hajmiy izlarini olishda foydalaniladigan vosita va materiallar yordamida, O‘zbekiston Respublikasi IIV rahbariyati tomonidan tergov-tezkor guruhining (guruh a’zolarining) hodisa joyida izlarni aniqlash, qayd etish va olish qobiliyatlariga qo‘yilayotgan talablarni amalga oshirishning qiyinligi.

Page 50: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

50

Yuqoridagi muammoni hal etish maqsadida, hodisa sodir bo‘lgan joyda poyafzalning hajmiy izlarini olish uchun qurilish-montaj ko‘piklari va germetiklardan foydalanish yaxshi samara berishi aniqlangan. Buning uchun turlicha iz qabul qiluvchi sirtlarda (5-rasm – chuqurligi 5 sm bo‘lgan qor, atrof-muhitning harorati 5°S; 6-rasm – chuqurligi 15 sm bo‘lgan qor, atrof-muhitning harorati 10°S; 7-rasm – chuqurligi 30 sm bo‘lgan qor, atrof-muhitning harorati 15°S; 8-rasm – nam qum, atrof-muhitning harorati musbat; 9-rasm – nam tuproq, atrof-muhitning musbat) poyafzalning statik hajmiy izlari hosil qilingan.

5-rasm. Poyafzalning chuqurligi 5 sm qorda, havo harorati –5°S bo‘lganda hosil qilingan statik hajmiy izi.

6-rasm. Poyafzalning chuqurligi 15 sm qorda, havo harorati –10°S bo‘lganda hosil qilingan statik hajmiy izi.

7-rasm. Poyafzalning chuqurligi 30 sm qorda, havo harorati – 15°S bo‘lganda hosil qilingan statik hajmiy izi.

Page 51: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

51

8- rasm. Poyafzalning nam qumda havo harorati musbat bo‘lganida hosil qilingan statik hajmiy izi.

9-rasm. Poyafzalning nam tuproqda havo harorati musbat bo‘lganida hosil qilingan statik hajmiy izi.

Izlarni qayd etish va olish uchun «KLADEZ steel PRO» va «PU-

Montageschaum BAU MASTER» turdagi qurilish-montaj ko‘piklari, shuning-dek «WELL SILICONE» rusumdagi universal silikon germetikdan foydala-nilgan (10, 11, va 12-rasmlar). Ushbu rusumdagi qurilish-montaj ko‘pikli va germetikli aerozol idishlari juda ko‘plab qurilish do‘konlarida sotiladi.

Yuqorida ta’kidlangan va hosil qilingan izlarga qurilish-montaj ko‘pigining qatlami surtilgan (13,14-rasmlar).

10-rasm. «PU-Montageschaum BAU MASTER» rusumli qurilish-montaj

ko‘pikli aerozol ballon (germetik).

Page 52: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

52

11-rasm. «WELL SILICONE» rusumli universal silikon

germetikli ballon.

12-rasm. Poyafzalning, chuqurligi 15 sm bo‘lgan qordagi hajmiy iziga «KLADEZ steel PRO» rusumli qurilish-montaj ko‘pigi qatlamini

surish jarayoni.

13-rasm. «KLADEZ steel PRO» rusumli qurilish-montaj ko‘pigini nam qumdagi poyafzal iziga surish jarayoni.

14-rasm. «WELL SILICONE» rusumli silikon germetikni poyafzalning nam tuproqdagi statik hajmiy iziga surish jarayoni.

Page 53: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

53

Ko‘pikning sirtiy qatlami qotganidan so‘ng, quyma nusxalar kelgusi tadqiqotlar uchun olinishi mumkin. Ushbu quyma nusxalar bir kecha-kunduz davomida 22°S haroratda saqlanganidan so‘ng, poyafzal izidan «PU-Montageschaum BAU MASTER» rusumli qurilish-montaj ko‘pigi yordamida olingan quyma nusxalarning o‘lchamlari 20 % ga kattalashgani ma’lum bo‘ladi. «KLADEZ steel PRO» rusumli qurilish-montaj ko‘pigi yordamida olingan quyma nusxalarning o‘lchamlari esa deyarli o‘zgarmaydi. Quyma nusxada aks etgan izning tagcharmi qismini tadqiq etish natijasida, unda iz hosil qiluvchi obyektning umumiy va xususiy belgilari aniq va to‘liq aks etganligi kuzatildi.

Ta’kidlash joizki, iz hosil bo‘lish mexanizmi nisbiy barqaror, real sharoitlarda izlarning belgilari birmuncha o‘zgarishi mumkin. Ammo, bunday hollarda yaxlit izning o‘zini emas, balki izning bir bo‘lagi (fragmenti)ni olish va tadqiq etish mumkin bo‘ladi.

«WELL SILICONE» rusumli silikon germetikdan foydalanish ham o‘ziga xos ijobiy xususiyatlarga ega. Havo harorati sovuq bo‘lganida ushbu germetikning qotishi uzoq vaqt kechadi hamda izlarning elastik o‘zgarishiga sabab bo‘lishi mumkin. Ammo, issiq havoda ushbu germetikdan foydalanish samarali bo‘ladi.

Poyafzalning statik hajmiy izlarini olish maqsadida zamonaviy qurilish-montaj ko‘piklari va germetiklaridan foydalanish bo‘yicha metodik tavsiyalar. O‘tkazilgan tadqiqotlar natijasi, poyafzalning hajmiy izlarini qayd etish va olish uchun qurilish-montaj ko‘piklari va germetiklaridan foydalanish yaxshi samara berishini ko‘rsatadi. Ushbu sharoitlar, qurilish-montaj ko‘piklari va germetiklaridan foydalanish bo‘yicha quyidagi tavsiyalarni ishlab chiqishga asos bo‘ldi:

1. Hodisa sodir bo‘lgan joyda aniqlangan, poyafzalning hajmiy izlari – hodisa joyini ko‘zdan kechirish bayonnomasida batafsil ta’riflab yoziladi, masshtabli usulda fotosuratga olinib, qayd etiladi, begona moddalardan tozalanadi.

2. Qurilish-montaj ko‘pikli aerozol balloncha ishlatish uchun tayyorlanadi (uni ishlatish texnikasi ballonchada ko‘rsatilgan bo‘ladi). Odatda ko‘pikni surish uchun ballonchaga maxsus quvur o‘rnatiladi.

3. Ko‘pikni izga 1–2 sm masofadan turib, yupqa qatlam qilib, ballonchaning quvurchasi egri harakat bilan suriladi. Shu vaqtda ko‘pik qatlami ustiga yorliqli ip o‘rnatiladi.

4. Izga ko‘pikning qatlami surilganidan so‘ng, 20–40 daqiqa kutib turiladi (ushbu kutish vaqti havo haroratiga bog‘liq bo‘ladi), quyma nusxaning qotganiga ishonch hosil qilingandan so‘ng (havo harorati issiq

Page 54: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

54

bo‘lganda, bunday quyma nusxaning qotishi uchun bir kecha-kunduz kerak bo‘ladi), ko‘pikdan ajratib olinadi.

5. Qurilish-montaj ko‘pigi yordamida olingan quyma nusxani qog‘oz yoki polietilen xaltachaga solish tavsiya etiladi.

6. Ushbu turdagi obyektlarni mexanik buzilishdan saqlash choralari ko‘rilib jo‘natish (transportirovka qilish) lozim.

8. Poyafzal va odam oyog‘i izlarining ekspertizasida

hal etiladigan savollar Jinoyatlarni tergov qilishda oyoq izlari ekspertizasidan foydalanish

ularni hodisa joyida o‘rganish bilan cheklanmaydi. Aksariyat hollarda oyoq izlari oyoq kafti yoki poyafzal tagcharmi tashqi tuzilishi aks etadigan izlardan iborat bo‘ladi. Ushbu izlarga qarab, muayyan shaxs yoki poyafzalni identifikatsiya uchun maxsus bilim va tegishli texnik vosita zarur. Shu munosabat bilan oyoq izlarining trasologik ekspertizasi tayinlanadi. Bu ekspertiza oldiga hal etish uchun quyidagi savollar qo‘yilishi mumkin:

– bir necha hodisa joyida topilgan yakka oyoq izlari bir odam tomonidan yoki bir poyafzaldan qoldirilganmi;

– izlar gumon qilinuvchidan olib qo‘yilgan poyafzaldan qoldirilganmi; – oyoq izlari oyoq kaftining nusxa izlari tadqiqotga taqdim etilgan

muayyan odam tomonidan qoldirilganmi; – oyoq izlarida gumon qilinuvchidan olib qo‘yilgan chulki yoki

paypoqlarning tashqi tuzilish belgilari aks etganmi; hodisa joyidan topilgan poyafzalni gumon qilinuvchi kiyganmi; hodisa joyidan topilgan izlar yo‘lakchasi elementlari gumon

qilinuvchining eksperimental izlar yo‘lakchasiga mos keladimi? Yuqorida keltirilgan savollar ro‘yxati taxminiy hisoblanadi va ishning

holatiga qarab ekspertizada hal etish uchun boshqa savollar ham qo‘yilishi mumkin.

G. L. Granovskiyning fikricha, odam oyog‘i va poyafzal izlari ekspertizasi oldiga quyidagi savollar qo‘yilishi mumkin:

1. Hodisa joyidan topilgan oyoq (poyafzal) izlari tadqiqot uchun yaroqlimi?

2. Hodisa joyida qolgan izlar bir poyafzaldan qolganmi yoki har xil poyafzaldanmi?

3. Hodisa sodir etilgan joydan topilgan oyoq izlari shu shaxs tomonidan qoldirilganmi?

Page 55: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

55

4. Hodisa joyidan topilgan poyafzal (paypoq, uzun paypoq) izlari tadqiqot uchun taqdim etilgan poyafzal (paypoq, uzun paypoq) dan qolganmi?

5. Hodisa joyidan olingan poyafzal izlari qaysi poyafzal turiga tegishli?

6. Bu izlar nechanchi o‘lchamli poyafzaldan qoldirilgan? 7. Iz hosil bo‘lish mexanizmi qanday (yugurayotgandami, turgandami,

yurayotgandami) hosil bo‘lgan?�1. Oyoq izlari, shuningdek ularga hamroh (yo‘ldosh) izlar tadqiqot

jarayonida fizikaviy, kimyoviy, biologik va boshqa tadqiqotlarga tortilishi mumkin. Shuning uchun bunday tadqiqotlarni o‘tkazish tegishli malakaga ega bo‘lgan mutaxassislarga topshiriladi. Ko‘pincha, ular oldiga hal etish uchun quyidagi savollar qo‘yiladi:

– hodisa joyidan topilgan oyoq izlari qaysi moddadan hosil bo‘lgan; – agar oyoq izlari bo‘yoqdan hosil bo‘lgan bo‘lsa, unda uning tarkibi

qanday va u ekspertizaga taqdim etilgan bo‘yoq namunasi bilan bir xilmi; – gumon qilinuvchining oyog‘idan topilgan modda (chang, loy,

payraxa va h.k.) hodisa joyidagi izlarda mavjud bo‘lgan moddalar bilan bir xilmi;

– jinoyatchilar tomonidan hodisa joyida qoldirilgan poyafzal patagi va tagligi (astari)da mavjud bo‘lgan ter ajratmalari qaysi guruhga tegishli va ular gumon qilinuvchining guruhiy ter ajratmalariga mos keladimi;

– hodisa joyida topilgan botiq izlar gumon qilinuvchidan olib qo‘yilgan qo‘ltiqtayoq (hassa, protez oyoq)ning tayanch qismi bilan qoldirilmaganmi?

9. Poyafzal va odam oyog‘i izlarining trasologik

ekspertizasini o‘tkazish metodikasi

Ekspert topshiriq va tadqiqot vazifasini aniqlashtirib olarkan, ekspertizaga berilgan obyektlarni ko‘zdan kechirishga kirishadi. Ko‘zdan kechirish jarayonida u ekspertiza obyektlarining holatini qayd etadi. So‘ngra poyafzal izlarining hosil bo‘lish, topilishi va qayd etish shart-sharoitlarini aniqlaydi (qaysi obyektdan topilgan qaysi ashyo bilan shakllangan, ularning hodisa joyidagi narsalar bilan o‘zaro joylashuvi va bog‘liqligi, jinoyatchilarning qaysi xatti-harakatlari orqali hosil bo‘lgan,

1 Қаранг: Грановский Г. Л. Криминалистическое исследование следов ног.

– Киев, 1970. – С. 69.

Page 56: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

56

qaysi usullar bilan aniqlangan va mustahkamlangan, hodisa joyida qanday o‘zgarishlarga duchor bo‘lgan, qanday sharoitda saqlangan).

Ekspert ish materiallaridan gumon qilinuvchining poyafzali jinoyat sodir etilgandan so‘ng, qancha muddat kiyilganini, bu vaqt ichida u qanday o‘zgarishlarga duchor bo‘lganini, uni boshqa shaxslar kiygan-kiymaganligini, uning ta’mirlangan yoki ta’mirlanmaganligini; tajriba nusxasi kim tomonidan olinganligini qaysi materiallar va predmetlar yordamida qo‘llanilgan usul va vositalar olinadigan nusxalarning yuqori sifatga ega bo‘lishini taminlay olishini aniqlashi mumkin. Tadqiqotga taqdim etilgan materiallar yetarli bo‘lmaganda, ekspert xulosa berish uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha materiallarni so‘rab olishga haqlidir. So‘ngra ekspertiza obyektlarining nimalardan iboratligini va qanday xususiyatlarga egaligini aniqlash uchun ularni ko‘zdan kechiradi. Bularning bari keyinchalik oyoq kiyimlari izlari ekspertizasi obyektlarining alohida va taqqoslash tadqiqotini to‘g‘ri olib borish imkonini beradi.

Oyoq kiyimlari izlarining alohida tadqiqoti jarayonida ekspert izlardagi poyafzal tagcharmining tashqi tuzilishi belgilarining aksini o‘rganadi, ekspertiza oldiga qo‘yilgan savollarni hal etish uchun har bir iz aksining ahamiyatini aniqlaydi va ushbu belgilar aksi qo‘shilishining individualligini aniqlaydi. Poyafzal ekspertizasiga berilgan tagcharmi identifikatsion belgilarini alohida o‘rganishda ham shu vazifalar hal etiladi.

Izlarning o‘zi, ularning qoliplari va fotosuratlari, shuningdek izlardan olingan nusxalarning alohida tadqiqotida, ularda aks etgan poyafzal tagcharmi va uning qismlari konfiguratsiyasi; izning uzunligi undagi har bir qismning uzunligi va eni; iz qismlarida aks etgan suratlar, harfli va raqamli belgilar, metall nahallar va boshqalarning shakllari aniqlanadi. Iz shakliga qarab, u butun tagcharm bilan yoki uning biror-bir qismi bilan qoldirilgan-qoldirilmaganli va iz qaysi oyoqning poyafzaldan qoldirilganligi haqida fikr yuritiladi.

Shuningdek, izlarning o‘ziga xosligi, masalan, izlardagi qandaydir geometrik figuraning akslanishining notekisliklari, ularning o‘lchamlari, shakllari, joylashishi ham ta’kidlanadi. Panja qismining aksida uning orqa kesimining izning o‘q chizig‘i va poshna old kesimi aksining chizig‘iga nisbatan holati aniqlanadi. Yuzaki izlarning konturlari, botiq izlardagi va ularning quyma nusxalaridagi relyefli notekisliklarni aniqlash uchun yon tomondan yoritish qo‘llaniladi. Sirpanish izlarida izning ko‘lami, uning kengligi va ular o‘rtasidagi masofa aniqlanadi.

Page 57: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

57

So‘ngra xususiy identifikatsion belgilarning akslanishi tadqiq etiladi. Agar ular geometrik figura, uzuq-yuluq chiziqlar notekislikning noaniq shakli ko‘rinishiga ega bo‘lsa, unda ularning shakli, o‘lchami (uzunligi, eni, balandligi, chuqurligi, diametri) va holati aniqlanadi. Belgilarning aksi va ularning o‘zaro holatini belgilaydi. Buning uchun shaffof asos ustiga tomonlari 5x5 va 10x10 mm o‘lchamda bo‘lgan kvadratdan iborat o‘lchov to‘rini tayyorlash tavsiya etiladi. To‘r oldindan tanlangan nuqta yoki o‘q chizig‘i bo‘ylab izning fototasviri ustiga qo‘yiladi, bunda suratdagi iz tasviri ularning tabiiy kattaligiga mos kelishi lozim. O‘lchov to‘ri ba’zan bevosita izning fotosuratiga chiziladi.

Identifikatsiya qilinayotgan poyafzalning alohida tadqiqotida, avvalo, umumiy belgilar farqlanadi – tagcharm va uning qismlarining shakllari va o‘lchami; tagcharm bilan poyafzal ustki qismining birlashtirilish usuli; poyafzalning turi (ko‘rinish) va raqami; poyafzal ostki qismining o‘ziga xos xususiyatlari: tagcharm qismlaridagi relyefli suratlarning joylashishi va ularning mos kelishi, relyefli suratlar detallarining ko‘rinishi; relyefli belgilar (harfli, raqamli va h.k.)ning joylashishi; tuzatilgan va yirtilganligini ko‘rsatuvchi belgilar va h.k. So‘ngra xususiy belgilar aniqlanadi; tagcharm qirqimi bo‘ylab joylashgan relyefli suratlar qismlarining birikuvi, yeyilgan joyining shakli va joylashishi; relyefli suratlarning nuqsonlari va boshqa notekisliklar (ularning shakllari, o‘lchamlari va joylashishi); tuzatilganlik belgilari; tagcharmdagi mixlar va shpilka (etikdo‘zlarning qalpoqchali maxsus mixi) soni va joylashishi; tagcharmdagi metall detallar va tasodifan kirib qolgan narsalarning mavjudligi (shakli, o‘lchami va holati) va h. k.

Alohida tadqiqot jarayonida ekspert izlardagi yoki ularning nusxalaridagi identifikatsion belgilarning akslari mavjud emasligini aniqlashi mumkin, shuning uchun u tadqiqotga tortilgan obyektlar ekspertiza oldiga qo‘yilgan savollarni hal etish uchun yaroqsiz, degan xulosaga kelishi mumkin. Bunday hollarda ekspertiza tadqiqotlari shu bilan tugallanadi.

Taqqoslash tadqiqotlarida poyafzalning tagcharmi identifikatsion belgilari va ularning izlardagi akslari o‘rtasidagi o‘xshashlik yoki farqlar aniqlanadi. So‘ngra poyafzalning identifikatsion belgilari izlardagi xuddi shunday belgilarning tegishli aksi bilan taqqoslanadi. Taqqoslash umumiy belgilardan boshlanadi: tagcharm qismlarining tegishli shakllari va o‘lchamlari aniqlanadi yoki poyafzal tagcharmining alohida bo‘laklari izning tegishli qismi bilan solishtiriladi. Umumiy belgilarning mos kelishi ekspertning xususiy belgilarni taqqoslashni bajarishiga xizmat qiladi.

Page 58: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

58

Xususiy identifikatsion belgilar va ularning izlardagi aksini taqqoslashda quyidagi izchillikka rioya qilinadi: avvalo, izda nisbatan aniq bo‘lgan biror-bir belgining aksi aniqlanadi. Ushbu aks va poyafzal tagcharmidagi o‘xshash belgi shakli, o‘lchami va mayda tafsilotlariga ko‘ra o‘zaro taqqoslanadi. So‘ngra izdagi birinchi aksga qarab, boshqa belgining aksi qidiriladi va shu asosda uning poyafzal tagcharmidagi tegishli belgiga mos kelish-kelmasligi aniqlanadi. Izlarda aniqlangan belgilarning qolganlari ham xuddi shunday taqqoslanadi. Umumiy va xususiy belgilarning mos kelishi izlari hodisa joyida qoldirilgan poyafzalning birxilligini aniqlash to‘g‘risidagi xulosaga kelishga yetarli asos hisoblanadi. Taqqoslanayotgan xususiy belgilarda farqning aniqlanishi hatto umumiy belgilar mos kelganda ham, qoida tariqasida o‘xshashlikning mavjud emasligi to‘g‘risida xulosa qilish uchun asos hisoblanadi.

Poyafzal izlari tadqiqotida quyidagi taqqoslash usullari qo‘llaniladi: oddiy solishtirish, yonma-yon quyish va ustma-ust tushirish.

Oddiy solishtirish usuli izni poyafzal tagcharmi bilan bevosita taqqoslashda qo‘llaniladi. Bunda izdagi iz hosil qiluvchi obyekt tashqi tuzilishi belgilarining aksi poyafzal tagcharmidagi identifikatsion belgilari bilan yoxud ularning tajribaviy izlardagi akslari bilan alohida-alohida solishtiriladi. Bunday solishtirishning natijalari fotosuratlarda ko‘rsatilgan bo‘lishi mumkin. Masalan, ulardan birida hodisa joyidagi iz aks etgan; ikkinchisida esa, oyoq izining tajribaviy izi yaqqol mos kelishi uchun geometrik tuzilish usulidan foydalanish mumkin. Buning uchun fotosuratdagi iz hosil qiluvchi obyekt tashqi tuzilishi belgilari to‘g‘ri chiziqlar bilan birlashtiriladi. Iz yoki uning nusxasi aks etgan suratda iz hosil qiluvchi obyekt belgilarining aksi to‘g‘ri chiziqlar bilan birlashtiriladi. Buning natijasida taqqoslanayotgan obyektlarning fotosuratlarida bir xil yoki o‘xshash geometrik figuralar hosil bo‘ladi va ular solishtiriladi. Taqqoslanayotgan obyektlarni o‘lchov to‘ri bo‘yicha ham o‘tkazish mumkin.

Sirg‘algan izlar ekspertizasida yonma-yon qo‘yish yoki ustma-ust tushirish usullaridan birini qo‘llash mumkin. Bunday izlarni ustma-ust tushirishda taqqoslash tadqiq etilayotgan va tajribaviy izlarni bir-birining ustiga qo‘yish orqali amalga oshiriladi. Sirg‘algan tajribaviy izlar tadqiq etilayotgan poyafzal bilan ko‘zdan kechirish jarayonida topilgan iz qabul qilish obyektiga o‘z tabiiy xususiyatlari bilan yaqin bo‘lgan materialga qo‘yiladi. Shuningdek, tajriba uchun plastilin, mum va identifikatsion belgilarni nisbatan to‘liq aks ettiradigan boshqa materiallardan ham

Page 59: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

59

foydalanish mumkin. Tadqiq etilayotgan va tajribaviy sirg‘algan izlar bir masshtabda fotosuratga olinadi, olingan fotosuratlar kesiladi va eniga hamda o‘zaro joylashuviga ko‘ra, izlar bir-birining ustiga qo‘yiladi.

Kalish, botinka kabi oyoq kiyimlari qoldirgan izlarni taqqoslashda ham ustma-ust tushirish usuli samarali hisoblanadi. Buning uchun poyafzal izi bilan kalish tagligi va ushbu izni qoldirgan poyafzal tagcharmi bir masshtabda fotosuratga olinadi. Fotoaks shaffof fotomaterialga tushiriladi yoki diapozitiv tayyorlanadi, ular bir-birining ustiga qo‘yilib, yorug‘lik yordamida ko‘riladi. Agar suratlar fotoqog‘ozga tushirilgan bo‘lsa, unda bular ham bir-birining ustiga qo‘yilishi mumkin. Buning uchun fotosurat, masalan, poyafzal tagcharmining fotosurati to‘g‘ri yoki qiyshiq chiziqlar bilan kesiladi, izdan olingan gipsli nusxa fotosurati ustiga qo‘yiladi.

Taqqoslashda tadqiq etilayotgan obyektlarda tasodifiy o‘xshashlik yoki farqlar aniqlanishi mumkin. Bunday hollarda ekspert kuzatilayotgan o‘xshashlik yoki farqlarning sabablarini izohlashi lozim. Sabablar turlicha bo‘lishi mumkin. Bu, eng avvalo, iz hosil qilish mexanizmining muayyan shart-sharoitlari, izni olish va jinoyat sodir etilgan payt o‘rtasidagi uzoq vaqt o‘tishi, havo harorati va atmosfera ta’siri, izlarni qayd qilish usullarining nomukammalligi va poyafzal kiyilganda uning tagcharmida yuzaga keladigan doimiy o‘zgarishlar, iz hosil qilish jarayoni bu – relyefning poyafzal ust qismiga ta’sir qilish belgilarining aks etishidir. Bunday ta’sir har doim poyafzal tagcharmi tashqi tuzilishi belgilarining o‘tishini buzib ko‘rsatishga olib keladi. Izlardagi poyafzal tagcharmi tashqi tuzilishi belgilari o‘tishining buzilishi va aniqligi darajasi haqida tajriba ma’lumotlariga ko‘ra xulosa qilish mumkin. Poyafzal izlarining identifikatsion ekspertizasini o‘tkazishda quyidagilarni o‘rganish uchun tajribalar o‘tkazish mumkin: poyafzal izlarining yuzaga kelish mexanizmi izlardagi identifikatsion belgilar aks etishining barqarorligi va o‘ziga xos xususiyatlari izlarda identifikatsion belgilar aks etishining buzilishini keltirib chiqaruvchi sabablar va bunday buzilishlarning ehtimoliy chegaralari, shuningdek taqqoslash maqsadida tajribalar orqali namunalarni olish uchun ham o‘tkaziladi (masalan, tadqiq etilayotgan poyafzal qoldirgan sirg‘anishning tajribaviy izlari).

Ekspert tajriba o‘tkazishdan oldin ekspertiza tayinlash to‘g‘risidagi qarorni, hodisa joyini ko‘zdan kechirish bayonnomasining nusxasini, ish materiallarini, shuningdek ekspertizaga topshirilgan izlarni yana bir bor batafsil o‘rganib chiqadi. Bu uning ularning iz hosil qilish mexanizmini tasavvur qilishiga imkon beradi (ishchi faraz). So‘ngra ekspert bir necha tajribaviy izlarni oladi. Har qaysi iz olinganda erishilgan natija va ularga tajriba shart-sharoitining ta’siri hisobga olinadi.

Page 60: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

60

Poyafzal izlari tadqiqotida ekspert xulosasi uchun asos qoida tariqasida taqqoslash tadqiqot natijalariga berilgan baho hisoblanadi. Hodisa joyida iz qoldirgan poyafzalning o‘xshashligi to‘g‘risidagi masalani hal etishda ekspert ularning ekspertiza bo‘yicha ijobiy xulosani asoslash uchun yetarliligi nuqtai nazaridan tadqiq etilayotgan obyektlarni taqqoslashda aniqlangan mosligini baholashi lozim. Bunda shuni nazarda tutish lozimki, oyoq kiyimi tagcharmining kam uchraydigan belgilari ko‘proq identifikatsion ahamiyatga ega bo‘ladi, aksincha, ko‘p uchraydigan belgilar kamroq ahamiyatga ega bo‘ladi. Shuning uchun hatto kam uchraydigan belgilarning cheklangan miqdori ham jamlanganda, ushbu tadqiq etilayotgan poyafzal uchun betakror yig‘indini berishi mumkin. Identifikatsion belgilar yig‘indisining individualligi kam uchraydigan joylashish yoxud ko‘p uchraydigan va kam uchraydigan belgilarning o‘ziga xos qo‘shilishi bilan tavsiflanishi mumkin.

Oyoq kiyimlarining birxilligi to‘g‘risidagi savolni hal etarkan, ekspert mos kelish va farqlarning barcha belgilarini baholashi va o‘z dalillarining to‘g‘riligiga ishonch hosil qilishi mumkin. Umumiy identifikatsion belgilardagi farqlarni aniqlarkan, ekspert ularning kelib chiqishi va barqarorlik darajalarini izohlashi lozim. Umumiy belgilardagi barqaror farqlar, odatda, shunday xulosa qilishga imkon beradiki, ekspertizaga olingan izlar tadqiq etilayotgan poyafzal qoldirmagan, shuningdek unga o‘xshash har qanday boshqa poyafzal qoldirgan bo‘lishi mumkin. Agar nafaqat umumiy, balki xususiy belgilarda ham barqaror farqlar aniqlangan bo‘lsa, bunda bular odatda tadqiq etilayotgan poyafzalning bir xilligi to‘g‘risida salbiy xulosa berish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Umumiy belgilarni farqlashda ba’zan ayrim xususiy identifikatsion belgilar ham mos kelishi mumkin. Bunday hollarda ekspertiza oldiga qo‘yilgan savollarga javob berish uchun aniqlangan mos kelish, farqlarni baholash va zarur bo‘lgan hollarda eksperiment o‘tkazish lozim. Tadqiq etilayotgan oyoq kiyimlarining birxilligi to‘g‘risidagi masala ijobiy hal etilganda, ekspert nafaqat mos keluvchi belgilarning, balki farqlanib turgan belgilarni ham baholashi va ularning yuzaga kelish sabablarini tushuntirishi lozim. Ekspertizaning taqqoslanayotgan obyektlaridagi mos kelish va farqlarni baholarkan va ularning paydo bo‘lishiga asosli izohni topa olmagan ekspert birxillik to‘g‘risidagi masalani hal etishni rad qilishi lozim. Mos keluvchi yoxud farqlanuvchi belgilarni har tomonlama baholash asosida ekspert o‘zining ichki ishonchini shakllantiradi va ekspert xulosasida o‘z aksini topadigan muayyan xulosaga keladi.

Page 61: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

61

Savol va topshiriqlar: 1. «Poyafzal va odam oyog‘i izlari» tushunchasi va uning turlarini

tushuntirib bering. 2. Odam oyog‘i izlari yo‘lakchasining belgilari va ahamiyatini izohlang. 3. Poyafzal va odam oyog‘i yagona izlarining belgilari va ahamiyatini

yoritib bering. 4. Poyafzal va oyoq izlarining hosil bo‘lish mexanizmlari qanday? 5. Poyafzal va odam oyog‘i izlarining identifikatsion belgilarini

tushuntiring. 6. Chulki va paypoqlarning identifikatsion belgilari qanday? 7. Poyafzal va odam oyog‘i izlarini ko‘zdan kechirish, qayd etish va olish

tartiblari qanday? 8. Poyafzal va odam oyog‘i izlarining ekspertizasida hal etiladigan

savollarni sanab bering. 9. Poyafzal va odam oyog‘i izlarining trasologik ekspertizasini o‘tkazish

metodikasi qanday?

Page 62: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

62

3-BOB. TRANSPORT VOSITALARI IZLARINING TRASOLOGIK EKSPERTIZASI

1. Transport vositalari izlarining trasologik ahamiyati

Kriminalistik nuqtai nazardan transport vositalari sifatida nafaqat

qonun chiqaruvchi tomonidan yuqori xavf-xatar manbai bo‘lgan obyektlar, balki makonda turli xil yuk va odamlarni ko‘chirishga mo‘ljallangan har qanday moslama tan olinadi.

Transport vositalarining izlarini muvaffaqiyatli tarzda o‘rganish uchun ekspert transport vositalarining o‘ziga xos xususiyatlari va atrof-muhit sharoitini o‘zida aks ettirgan iz hosil bo‘lish qonuniyatlari to‘g‘risida aniq tasavvurga ega bo‘lishi lozim.

Hozirgi zamon transport vositalari yetarlicha turli-tuman bo‘lishiga qaramasdan, ularni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:

a) yer usti transporti; b) yer osti transporti; v) havo transporti; g) suv transporti. Yer osti transporti relsli (temir yo‘lda yuradigan) transport bo‘lganligi

bois, harakatlanganda iz qoldirmaydi. Suv transporti ham shu kabi hech qanday iz qoldirmaydi. Havo transporti vositalari faqat uchish va qo‘nishda iz qoldiradi. Yer usti transportiga transport vositalarining ikkita katta guruhi kiradi:

a) relsli transport; b) relssiz transport. Relsli yer usti transporti yer osti transporti kabi relsli yo‘lak bo‘ylab

harakatlanishiga qaramay, yerning tashqi yuzasi bo‘ylab harakatlangani sababli iz qoldiradi. Mazkur izlar turli yo‘l hodisalarini tadqiq etishda tekshiruv obyekti bo‘lib hisoblanishi mumkin. Shu bois, ichki ishlar idoralarining xodimlari ko‘pincha relssiz yer usti transporti bilan ishlashlariga to‘g‘ri keladi. Relssiz yer usti transportining harakatlanish usuli, harakatlanuvchi qismlarining tuzilishi, g‘ildirak va o‘q soniga qarab, tasniflanadi.

A) harakatlanish usuli: 1. O‘ziyurar transport – turli dvigatellar bilan harakatga keltiriladigan

barcha transport vositalari kiradi: avtomobillar, mototsikllar, traktorlar, kombaynlar, ekskavatorlar, avtokranlar, aerochanalar va hokazo.

Page 63: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

63

2. O‘zi yurmaydigan transport – hayvon (ot, bug‘u, it) kuchi bilan harakatga keladigan transport vositalari (arava, tarantas, ikki g‘ildirakli yengil arava, chana) va odam kuchi bilan harakatga keltiriladigan transport vositalari (velosiped, qo‘l arava, chana va hokazo).

B) harakatchan qismlarining qurilishiga ko‘ra: 1. O‘ziyurar transport – g‘ildirakli, gusenitsali (zanjirli) yoki

sirg‘aluvchi (chanali). 2. O‘zi yurmaydigan – g‘ildirakli yoki sirg‘aluvchi. V) o‘q va g‘ildiraklarining soniga ko‘ra: 1. O‘ziyurar transport ikkita, kamdan-kam hollarda uchta o‘qli bo‘ladi

(harbiy transportlar to‘rtta yoki undan ortiq o‘qli bo‘ladi). Bitta o‘qda bitta, ikkita, to‘rtta va undan ortiq g‘ildiraklar joylashishi

mumkin. Yuqoridagi barcha turdagi transport vositalari yo‘l harakati hodisalari,

shuningdek jinoyat sodir etishda turli xil izlar qoldirishi mumkin. Transport vositalari jinoyat sodir etish quroli yoki jinoiy tajovuz predmeti bo‘lishi mumkin.

«Transport vositalarining izlari» deganda, quyidagilar tushuniladi: transport vositalarining alohida qismlarining tashqi qurilishini aks etti-ruvchi izlar, masalan, shina, gusenitsali g‘ildirak, mototsiklning tayanch tagligi, avtomobil bamperi, kuzov qismi va hokazo.

Transport vositasi bilan bir butun bo‘lgan, biroq hodisa yuz berishi natijasida undan ajralib chiqqan qismi, masalan, mashina eshigining dastasi yoki kuzov taxtasining qismi, chiroq siniqlari va hokazo.

Transport vositalarini ekspluatatsiya qilishda ishlatiladigan vositalar: moylovchi moddalar, tormoz suyuqligi, radiatordagi muzlamaydigan suyuqlik.

Yuqorida ko‘rsatilganlarni umumlashtirgan holda transport vosita-larining izlariga quyidagicha ta’rif berish mumkin:

Transport vositalarining izlari – bu transport vositasi biror qismining tashqi tuzilishini aks ettiruvchi izlar (g‘ildiraklar, gusenitsalar kabilarning izlari), transport vositasi bilan bir butunni tashkil etgan va undan ajralib tushib qolgan qismlar (chiroqlar shishasining bo‘laklari kabi qismlar) va transport vositasini ekspluatatsiya qilishda foydalaniladigan moddalar (tormoz suyuqligi, moylash materiallari va boshq.)dir.

2. Transport vositalari izlarining turlari

Yo‘l-transport hodisasi bilan bog‘liq izlarni shartli ravishda yuzaga

kelish mexanizmiga ko‘ra turlarga bo‘lish mumkin: statik va dinamik izlar.

Page 64: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

64

Shuningdek, izlarning yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan hodisalarga ko‘ra, izlarni quyidagilarga ajratish mumkin:

To‘qnashuv izlari – o‘zaro to‘qnashayotgan transport vositalarining qarama-qarshi, yonlama yoki bir tomonlama harakatlanishi va harakatlanayotgan transport vositasining harakatsiz transport yoki buyumga urilishidan hosil bo‘ladi. Bunda o‘zaro to‘qnashayotgan obyektlarda botish, sirg‘alish, parchalanish, qatlam-qatlam bo‘lish, ko‘chish, qirilish izlari hosil bo‘ladi. Mazkur izlar juft izlar bo‘lib, bir vaqtning o‘zida to‘qnashgan transport vositalarida yuzaga keladi. Ular o‘zining shakllari, hajmlari, bir-biriga va yo‘lga nisbatan joylashishiga ko‘ra o‘zaro mos bo‘ladi. Transportning turtib chiqqan qismi bilan hosil bo‘ladi.

Ko‘rsatilgan izlar kesib o‘tish izlaridan farq qiladi. Zero, ular g‘ildiraklarning yotgan predmet ustidan yumalashi natijasida yuzaga keladi. Ular transport detali sirtining bukilishi, sinishi yoki ezilishi ko‘rinishida paydo bo‘ladi.

Kesib o‘tishni amalga oshirgan transportning pastki qismida tirnalish, sirg‘alish izlari yoki transport ustidan bosib o‘tgan obyektlarning bo‘laklari bo‘ladi.

Bosish izlari – ular o‘zida to‘qnashuv va to‘liqsiz bosib o‘tish izlarini umumlashtiradi. Agar bu transport vositasining odam bilan to‘qnashuvini ifodalasa, transportdagi izlarda jabrlanuvchi tanasining transport vositasiga urilishida hosil bo‘lgan botiqlar, qo‘l va kiyim, tananing transport vositasiga sirg‘alish izlari va hokazo. Odatda, transport vositalari oldingi qismining sirtida hosil bo‘ladi – old qanot, kapot, radiator va hokazo. Jabrlanuvchining tanasi va kiyimida transport vositasining izlari qoladi – g‘ildirak grunti, bo‘yoq, ya’ni qatlam bo‘lish izlari, shuningdek tana qismlarining uzilishi, kesilishi yoki ezilishi va kiyimning g‘ijim bo‘lishi va hokazo.

Dumalash izlari – g‘ildirakning oldinga intiluvchi aylanma harakatlari natijasida yuzaga keladi va yuzada aylana buralishini hosil qiladi. Ularning hosil bo‘lish mexanizmi statik izlarning hosil bo‘lish mexanizmiga o‘xshash bo‘lib, zero har qaysi alohida holatda g‘ildirak xususiyatlarining akslanishi statik ta’sir natijasida hosil bo‘ladi, ya’ni obyektlarning qisqa muddatli tinch holatida. Biroq g‘ildirak (ayniqsa, oldingi g‘ildirak) dumalaganda, har doim iz hosil bo‘luvchi yuza bo‘ylab biroz sirg‘aladi va bu bilan iz hosil bo‘lish jarayoniga dinamika (harakatlanish) elementlarini olib kiradi. Bu iz uzunligi ba’zida iz hosil qilgan g‘ildirak maydonidan kichikroq bo‘lishi bilan tushuntiriladi.

Page 65: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

65

Botiq (hajmli) dumalash izlari hosil bo‘lishida relyef tasvirining ba’zi elementlari, aniqrog‘i, ko‘ndalang botiq va o‘yiq izlarning akslanishi deformatsiyalanishini bildiradi. Ya’ni bu o‘yiqlar qanchalik baland bo‘lsa, ular orasidagi oraliq shunchalik tor bo‘ladi va ularning izdagi ko‘rinishi o‘zgaradi. Iz qabul qiluvchi obyektning fizikaviy holati va sifatlari uning izda akslanishiga ta’sir qiluvchi o‘ziga xos xususiyatlarni o‘z ichiga oladi, bular: elastiklik (qayishqoqlik, taranglik, zichlik va hokazo).

Yuqoridagilardan tashqari, transport vositasi g‘ildiraklaridan yana ishqalanish va tebranish izlari qolishi mumkin. Ishqalanish izlari g‘ildirakning tormozlanishi va yonbosh harakatlanishi natijasida qoladi. Tebranish izlari esa g‘ildirakning yo‘l qoplamasi sirtida kiruvchi aylanma harakati natijasida vujudga keladi, bunda g‘ildirakning yugurish yo‘lakchasi (yo‘l bilan ta’sirlashish qismi) hoshiya shaklidagi izlar qoldiradi.

G‘ildirakning hajmiy tebranish izlari vujudga kelish jarayonida shinaning yugurish yo‘lakchasiga tegishli ayrim elementlar akslarining qisman bo‘lsa-da deformatsiyasi yuzaga keladi. Bu deformatsiyaning qanchalik ko‘p yoki kam bo‘lish darajasi, shinadagi qabariq yoki botiq elementlarning balandligi yoki chuqurligiga bog‘liq bo‘ladi, agar qabariq element qanchalik baland bo‘lsa, deformatsiya ham shunchalik ko‘p bo‘ladi. Bundan tashqari, deformasiyaning darajasi iz qabul qiluvchi obyektning xususiyatlariga ham bog‘liq (masalan, yumshoq tuproq) bo‘ladi.

3. Avtotransport vositalarining tuzilishi va g‘ildirak

shinasining markirovkasi Transport vositasi iz hosil bo‘luvchi yuza bilan, eng avvalo, o‘zining

harakatchan qismi – g‘ildiraklari bilan bevosita ta’sir qiladi. G‘ildirak izlari ko‘pincha jinoyat sodir etilgan joyda ko‘p uchraydi. Shu bois, avtotransport vositalari g‘ildiraklarining tarkibiy tuzilishi elementlarini ko‘rib chiqishi lozim. Avtotransport vositasining g‘ildiraklari metall doira (disk) va pnevmatik shinadan iborat bo‘ladi.

Avtotransport vositasining shinasi ? bu g‘ildirak uchun maxsus rezina to‘plami bo‘lib, bu pokrishka (g‘ildirakning tashqi qatlami), havo o‘tmaydigan yopiq toroidal kamera va gardish tasmadan iboratdir. Kamera shinasi murakkab tuzilishga ega bo‘lib, bir nechta tarkibiy qismlarni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, kamerasiz shinalar ham bo‘lib, ularda kamera vazifasini pokrishkaning o‘zi bajaradi. (1-rasm).

Page 66: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

66

1-rasm. Kamerali shina: 1 – bort lentasi; 2 – yonboshi; 3 – kord qatlamlari; 4 – breker; 5 – protektor;

6 – yugurish yo‘lakchasi; 7 – karkas; 8 – tovon; 9 – pokrishka borti; 10 – buruncha; 11 – simli halqa; 12 – qanotning mahkamlash tasmasi.

Iz hosil qiluvchi obyekt sifatida eng ko‘p qiziqishni pokrishka, uning

qurilishi va tarkibiy tuzilishi uyg‘otadi. Pokrishka – kamerani mexanik buzilishlardan himoyalovchi pishiq,

elastik, rezina kordonli qoplamadan iborat. Pokrishkada protektor va chekka yonboshi ajratiladi.

Protektor – pokrishkaning qalinlashgan tashqi qavati. U harakatlanish (yugurish) yo‘lkasi va tuproq ilgich (gruntozasep)lardan iborat bo‘ladi.

Yugurish yo‘lkasi – protektorning yo‘l bilan aloqa qiluvchi va tuproq ilgich (gruntozatsep)larning chekka qirralari orasidagi relyef tasvirga ega qismi.

Protektor yugurish yo‘lagining relyefli tasviri quyidagi elementlarni o‘z ichiga oladi: tor va keng ariqchalar, tirqishsimon kesmalar, kertiklar va hokazo. Mazkur elementlar relyef tasvirining qadamini tashkil etadi.

Protektor ko‘rinishining turlari quyidagicha : – yo‘lli (chuqurchalar bilan chegaralangan bo‘rtmalar; – yo‘naltirilgan (g‘ildirak sirtiga nisbatan nosimmetrik joylashgan); – yuqori darajada o‘ta olish qobiliyati (botiqlar bilan ajratilgan baland

tuproq ilgich (gruntozatsep)lar); – karyerali (chuqurchalar bilan ajratilgan turli shaklga ega yirik

bo‘rtmalar); – qishki (bo‘rtmalar chekkalari o‘tkir bo‘ladi); universal (bo‘rtmalar yurish yo‘lagining markaziy qismida, gruntil-

gichlar chekkasida bo‘ladi (2-rasm).

Page 67: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

67

2-rasm. Protektor naqshining turlari: a – yo‘lakli; b – yo‘naltirilgan; v – ko‘p yurishga mo‘ljallangan;

g –karyerga mo‘ljallangan; d – qishki; ye – universal. Harakatlanish qadami – relyef tasvirini tavsiflovchi barcha elementlar

kuzatiladigan yurish bo‘lagi qismining uzunligi. Qadam doimiy va o‘zgaruvchan bo‘lishi mumkin. Birinchi holatda qadamni tashkil etuvchi relyef tasvirining elementlari yurish yo‘lagining barcha qismlarida o‘zining shakli va hajmiga ko‘ra bir xil bo‘ladi, ya’ni yurish yo‘lagi uzunligi bo‘yicha bir-biriga teng maydonlarning muayyan miqdoridan tashkil topadi.

Mototsikllar, motorollerlar va barcha yuk avtomobillarining shinalari muttasil qadam tasviriga ega bo‘ladi. Qadam uzunligi 42 mm dan 510 mm gacha bo‘ladi.

O‘zgaruvchan qadam uni tashkil etuvchi relyefli tasvir elementlari shakliga ko‘ra bir xil bo‘lsa-da, hajmiga (uzunligi va kengligiga) ko‘ra, yugurish yo‘lagining qo‘shni maydonida turlicha, ya’ni yugurish yo‘lagi uzunligiga ko‘ra, bir xil bo‘lmagan muayyan miqdordagi maydonlarga ega bo‘lishini bildiradi.

Qadamning o‘zgaruvchan tasviri yengil avtomobillarda yuqori tezlikda harakatlanish chog‘ida shovqinni kamaytirish maqsadida yasaladi. Qadamning uzunligi 7,5–9 mm dan 120–134 mm gacha bo‘ladi.

Kamera – halqasimon elastik rezina truba bo‘lib, uning ichiga havo ventili o‘rnatilgan bo‘ladi. Kamera pokrishkaga joylashtiriladi, havo bilan to‘ldiriladi va pnevmatik havo yostig‘i bo‘lganligi bois, harakatlanishda g‘ildirakning yo‘l notekisligiga urilishini kamaytiradi.

Gardish tasma – kamera va g‘ildirak gardishi orasidagi qistirma (prokladka). Ba’zi turdagi shinalarda umuman bo‘lmasligi mumkin.

Page 68: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

68

Ichki bosim (ya’ni kameradagi bosim)ning kattaligiga ko‘ra, ikki turdagi shinalar ishlab chiqariladi: yuqori bosimli; past bosimli, ular o‘z navbatida ballonli va yuqori ballonli shinalar.

Yuqori bosimli shinalar (havo bosimi 5 dan 7 atmosferagacha) juda pishiq bo‘ladi. Ular og‘ir yuk avtomobillari va avtobuslarda qo‘llanadi.

Ballonli shinalar 1,75 dan 5,5 atmosferadagi bosimda ekspluatatsiya qilinadi ( ya’ni shina hajmi qancha katta bo‘lsa, bosim shuncha katta bo‘ladi). Bu shinalar eng ko‘p tarqalgan bo‘lib, yengil va yuk (og‘irdan tashqari) avtomobillarda qo‘llanadi.

Yuqori ballonli shinalar (bosimi 0,8 dan 1,75 atmosferagacha) qum, qor, haydalgan yerda yuqori darajada o‘ta olish qobiliyatiga ega bo‘ladi, biroq tez yeyiladi, toshloq yo‘llarda esa tez tormozlana olmaydi.

Hozirgi vaqtda avtotransportning qiyin yo‘l sharoitida harakatlanish qobiliyatini oshirish maqsadida pishiq keng profilli shinalar va havo bosimini boshqarish imkoniyati bo‘lgan shinalar qo‘llanilmoqda.

Ravoqli (arkasimon) shinalar oddiy shinalardan o‘zining kengligiga ko‘ra ajralib turadi. Ular 2–2,5 baravar keng bo‘ladi. Yuk avtomobilining orqa o‘qiga qo‘shaloq shinalarning o‘rniga qo‘yiladi. Bu kabi shinalarda havo bosimi 0,5 dan 2 atmosferagacha bo‘ladi. Shu bois, ular ancha-muncha deformatsiyaga uchraydi va tez yeyiladi.

Keng profilli shinalar ham oddiy shinalardan keng bo‘ladi, biroq, ravoqli (arkali) shinalardan torroq bo‘ladi. Ularning qurilishi pishiqroq bo‘lib, ravoqli shinalarga o‘xshash maqsadlarda qo‘llanadi.

Havo bosimi boshqariladigan shinalar shinalarda havo bosimini yurish davomida o‘zgarishtirish imkonini beruvchi maxsus qurilmaga ega avtomobillarda qo‘llaniladi («ZIL», «Tatra» va boshq). Masalan, bosim kamaytirilganda, shinaning yo‘l bilan aloqa qilish maydoni kattalashadi, pirovardida o‘tish qobiliyati yaxshilanadi.

Shinalar quyidagi o‘lchamlarga ega bo‘ladi: a) tashqi diametr; b) ichki (qo‘nish) diametri; v) profil kengligi (profil balandligi). Yuqoridagi o‘lchamlar millimetrlar yoki dyumlarda beriladi (1 dyum –

25,4 mm). Shina profilining kengligi va ichki (qo‘nish) diametrini ifodalovchi sonlar orasiga «–» belgisi, tashqi diametr va shina profilining kengligini ifodalovchi raqamlar orasiga ko‘paytirish belgisi – «x» qo‘yiladi.

Masalan, «940x300–500» yozuvi keng profilli shinaning quyidagi o‘lchamlarini ko‘rsatadi:

Page 69: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

69

– tashqi diametri – 940 mm; – profil kengligi – 300 mm; – ichki diametr – 500 mm; Ravoqli shinalarga ikkita raqamdan iborat ishora qo‘yiladi. Birinchi

raqam – shinaning tashqi diametri, ikkinchisi – profil kengligi. Raqamlar orasiga ko‘paytirish belgisi – «x» qo‘yiladi.

Bitta hajmdagi guruhga kiruvchi shinalar modeli (rusumi)ga ko‘ra, bir-biridan ajralib turadi. Shina modelining asosiy farq qiluvchi belgisi protektor tasvirining qurilishi, uning shakli, o‘lchami va elementlarining joylashishi, yugurish yo‘lagining kengligi hisoblanadi. Shina modeli harf yoki bir nechta harf hamda raqamlar bilan birgalikda ko‘rsatiladi, masalan, «M-107», «IK-7», «IYAV-12”.

Shinani ishlab chiqarishda pokrishkalar yonlamasiga ishlab chiqaruvchi zavodlar quyidagi markirovka belgilarini ko‘rsatadilar:

– zavod nomi yoki mahsulot belgisi; – shinaning ishorasi; – mahsulot chiqarilgan yil va oy; – seriya raqami; – maksimal og‘irlikni belgilovchi qavat me’yori; – davlat standarti yoki texnik ko‘rik raqami; – shina modeli. Ushbu barcha belgilar ikkita relyef yozuvlar ko‘rinishida qilinadi yoki

elektr tamg‘alar bilan kuydirilib bosiladi (ta’mirlanadiganlari). Bundan tashqari, yechiladigan protektorli (RS turdagi) shinalar

bo‘ladi. Bunday shinalar faqat yuk avtomobillarida foydalaniladi. Ular karkas (qobirg‘a) va bitta yoki uchta yechiladigan protektor halqasidan iborat bo‘ladi. Yeyilganida ular almashtiriladi, shinalar esa keyinchalik ham ishlatilaveradi.

4. Transport vositalarining shinalar izlarida aks etuvchi

identifikatsion belgilari Transport vositalari muayyan belgilar majmuiga ega bo‘lib, ular

transport vositalarining turlari va rusumini tavsiflaydi. Bu belgilarning bir qismi shinalar izlarida ifodalanadi. Bunday belgilar: oldingi va orqa g‘ildirak koleyasi, baza, g‘ildiraklar soni, shina modeli hisoblanadi.

Koleya – bir o‘q g‘ildiraklari orasidagi masofa (asosiy belgi sifatida avtomobil yo‘li izini g‘ildiraklar yordamida yuzaga kelgan iz chuqurchasi sifatida ifodalangan yo‘ldagi iz bilan adashtirish mumkin emas) (3-rasm).

Page 70: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

70

Izlar orqali ularning o‘lchamlari, o‘ng va chap yonlama iz chegaralari orasidagi masofa aniqlanadi. Orqa o‘qi juft g‘ildirakka ega transport vositasida yo‘l izi chap va o‘ng juft g‘ildiraklar orasidagi masofa yoki o‘ng juftlik tashqi g‘ildirakning tashqi yonlama chegarasi va chap juftlik g‘ildirakning ichki yonlama chegarasiga yoki teskarisiga mos keladi.

3-rasm. Transport vositasining koleyasini aniqlash: Ka – koleyani o‘lchash (strelka bilan transport vositasining

harakat yo‘nalishi ko‘rsatilgan). Transport vositasining to‘g‘ri chiziq bo‘ylab harakatlanishida oldingi

g‘ildiraklar izlari to‘liq yoki qisman orqa g‘ildiraklar izlari bilan yopiladi. Shu bois, oldingi g‘ildiraklar yo‘l izini burilishda yuzaga kelgan izlar orqali o‘lchab topish mumkin. Izlarni o‘lchash izlarning ko‘ndalang o‘q chiziqlariga perpendikular ravishda mashina qayrilishdan to‘g‘ri yo‘lga chiqqanda amalga oshirilishi kerakki, bunda u kamroq buzilishga uchraydi. Turli rusumdagi mashinalarda iz yo‘lining kengligi atigi bir necha millimetrga farqlangani bois, o‘lchash sinchiklab amalga oshirilishi va bir necha marta, har xil joylarda qilinishi zarur.

Baza – avtotransportning oldingi va orqa o‘qi orasidagi masofa. Uch o‘qli avtomobillarda o‘ziga xos arava tayanchi, ya’ni o‘rta va orqa o‘qi orasidagi masofa ajratiladi. Bunday hollarda avtomobil bazasi oldingi o‘q va arava o‘rta tayanchi orasidagi masofa hisosoblanadi. (4, 5-rasmlar).

4-rasm. Ikki o‘qli avtomobil bazasini aniqlash.

5-rasm. Uch o‘qli avtomobil bazasini aniqlash.

Page 71: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

71

Baza avtomobil to‘xtaganda (to‘xtash, g‘ildirakning joydan jilmay aylanishi), orqa yurish qo‘llagan holda orqaga aylanishda hosil bo‘lgan izlardan aniqlanadi.

Avtotransport to‘xtaganda, tuproqdagi cho‘kish, qordagi erib qolgan joy, g‘ildirakdan to‘kilib qolgan tuproq qoldiqlari kabi izlar hosil bo‘ladi. Mazkur izlar to‘g‘ri chiziqlar bilan birlashtirilganda, ular o‘qlarning joylashishini ko‘rsatishi mumkin. Shundan so‘ng oldingi o‘q o‘rta chizig‘idan orqa o‘q chizig‘iga perpendikulyar o‘tkaziladi. Perpendikular uzunligi baza hisoblanadi.

Burilish izlari bo‘yicha tayanch quyidagicha aniqlanadi: birinchi va ikkinchi o‘q g‘ildiraklarida avtotransport to‘xtaganda hosil bo‘lgan izlarining oxiri to‘g‘ri chiziq bilan tutashtiriladi. Mazkur chiziqlar orasidagi masofa transport vositasining tayanchiga to‘g‘ri keladi (6-rasm).

6-rasm. Orqaga yurish va burilish izlarini qo‘llash orqali avtomobilning

koleya va bazasini aniqlash: Lp – oldingi o‘qning chizig‘i (oldingi g‘ildiraklarning koleyasi);

Lz – orqa o‘qning chizig‘i (orqa g‘ildiraklar kolesi); B – avtomobil bazasi. Transport vositalarining tayanchi – doimiy o‘lchov hisoblanib,

transport vositasi ekspluatatsiya qilinishi davomida o‘zgarmaydi. Chunonchi, «DT-20», «DT-30» modeldagi ba’zi traktorlar bundan istisno. Avtomobil g‘ildiragining izi va tayanchini yuqorida ko‘rsatilgan usulda aniqlash hodisa sodir bo‘lgan joyda to‘xtaganda yoki burilishida yuzaga kelishi mumkin. Biroq, ko‘pincha, hodisa sodir bo‘lgan joyda turli radiusga ega to‘rtta yoy ko‘rinishida burilish izlari qoldiraladi.

Ko‘rsatilgan izlar bo‘yicha umumiy belgilarni aniqlashning yuqorida ta’kidlangan usuli hozirgi kunda amaliyotda deyarli qo‘llanmaydi, chunki bu murakkab matematik usullarni qo‘llashni talab qiladi. Rossiya

Page 72: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

72

Federatsiyasi ekspert-kriminalistika xizmatlarining amaliy faoliyatida avtomobil g‘ildirak va tayanchini burilish izlari bo‘yicha aniqlashning oddiy usuli joriy qilingan bo‘lib, u murakkab hisob-kitoblarni talab qilmaydi va eng oddiy geometrik o‘lchashlar va hisoblashlar orqali topiladi. Mazkur usulning afzalligi shundaki, oldingi va orqa bir xil g‘ildiraklar proyeksiyalari markazlari orasidagi masofa avtomobil tayanchining o‘lchamiga teng bo‘lib, avtotransport burilishida o‘zgarishsiz qoladi.

Avtotransport yo‘li va tayanchini burilish izlari orqali aniqlash quyidagi bosqichlarga ega (7-rasm):

1) avvalo, avtomobil burilishining markazi joylashgan orqa o‘qining chizig‘i, ixtiyoriy olingan to‘g‘ri chiziq (xorda)ga nisbatan chiziladi;

2) ushbu orqa o‘q chizig‘ining avtomobil orqa g‘ildiraklari izlarining tashqi (yoki ichki) chetlari bilan kesishgan nuqtalarida ko‘rilayotgan izlarga urinma (chiziq) o‘tkaziladi, bu urinmalar yuqorida chizilgan chiziqqa nisbatan perpendikular joylashishi lozim. Bu urinmalar avtomobil oldi g‘ildiraklari izlarining tashqi (yoki ichki) chetlari (O1, O2)gacha davom ettiriladi va bu nuqtalar chiziq orqali o‘zaro birlashtiriladi;

3) avtomobil orqa g‘ildiraklarining koleyasi orqa o‘qining chizig‘i bo‘ylab o‘lchanadi;

4) chiziqning orqa o‘q koleyasini ifodalovchi qismining markazidan, orqa o‘q chizig‘iga, Op nuqtada O1, O2 chiziq bilan kesishadigan perpendikular chiziq tortiladi;

5) Op nuqtadan oldingi g‘ildiraklar izlarining tashqi yoki ichki chetlarigacha, avtomobilning orqa o‘qiga parallel bo‘lgan chiziq o‘tkaziladi. Ushbu nuqtalar orasidagi masofa avtomobil oldingi g‘ildiraklarining koleyasini bildiradi.

Avtomobilning bazasi orqa o‘q chizig‘i bilan oldingi g‘ildirak izlarining ichki (A) va tashqi (V) chetlariga o‘tkazilgan urinmalarning kesishgan nuqtalari orasidagi masofaning yarmi bilan aniqlanadi: B=A+V/2. Avtomobilning bazasi yana orqa o‘q chizig‘i va Op nuqta orasidagi masofadan ham aniqlanishi mumkin.

G‘ildiraklar soni ularning avtotransport to‘xtagan joydagi (chuqurliklar, qor ezilib, erib qolgan joylar) orqa tomonga yurishni qo‘llagan holda, keskin burilish va orqaga qayrilishda hosil bo‘lgan izlar orqali aniqlanadi.

Orqa o‘qida juft g‘ildiragi bo‘lgan avtotransportlarda ba’zi sabablarga ko‘ra bitta g‘ildirak ishlatilishi mumkin, bu o‘z navbatida, g‘ildiraklarning to‘liq to‘plamini hosil qilmaydi. Avtotransportning bu kabi vaqtinchalik alomati uni qidirishda qo‘l kelishi mumkin.

Page 73: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

73

7-rasm. Burilish izlari bo‘yicha avtomobilning koleya va bazasini aniqlash.

Shinalar rusumi (modeli). Shinalar rusumini aniqlash maqsadida

protektor naqshining izda aks etgan tuzilishini o‘rganish, shina yugurish yo‘lagining kengligi va qadami hamda uning tashqi diametrini o‘lchash kerak bo‘ladi.

Protektordagi naqshlar, undagi elementlarning shakllari va o‘lcham-lari, soni va o‘rta chizig‘i va bir-biriga nisbatan joylashishi bilan tavsiflanadi.

Yugurish yo‘lagining kengligi izlar orqali o‘lchanadi. Bu maqsadda u to‘liq aks etgan iz bo‘lagi topiladi. Bo‘rtiq izning to‘liqligi to‘g‘risida uning chegarasi bo‘lgan vertikal yonlama chekkalarining aks etishi orqali xulosa qilish mumkin.

Bir-biridan alohida joylashgan bo‘rtmalar (tuproq ilgich (grunto-zatsep))ning yuzaki izlarda aks etganda yugurish yo‘lagi mazkur bo‘rtmalar orasidagi kenglik o‘lchanadi.

Shina izidagi tashqi diametrni aniqlashda undagi ketma-ket joylashgan xususiyatlar (yoriq, yamoq)dan qolgan iz topiladi. Mazkur alohida izlar orasidagi masofa shinali g‘ildirakning doirasiga teng bo‘ladi. G‘ildirak doirasining uzunligini 3,14 ga bo‘lib, shina tashqi diametrini topishimiz mumkin.

Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan belgilar transport vositasining turi, ko‘rinishi, rusumi, ya’ni uning guruhiy tegishliligi to‘g‘risida xulosa qilishga imkon beradi.

Shina izlari orqali muayyan transport vositasini aniqlash uchun aynan iz qoldirgan shinaning individual belgilarini aniqlash zarur.

Bunday belgilarga quyidagilar kirishi mumkin: shina protektorining notekis yeyilganligi, yamoqlarning mavjudligi, ularning shakllari,

Page 74: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

74

o‘lchamlari, protektor ta’mirlanganda, boshqa naqshdagi protektorning ishlatilishi, yoriqlar, tirqishlar, rezinaning uvalanishi, shuningdek sirpanishga qarshi moslamalarning belgilari — traplar yoki bo‘g‘inlar shakllari, o‘lchamlari va relyefining xususiyatlari. Mazkur guruhga juft shinalar orasiga tiqilib qolgan yoki protektorning relyefli naqshiga yoki shina rezinasiga kirib qolgan begona jism (tosh, shlak, temir qoldig‘i va boshq.)lar kirishi mumkin.

Shubhasiz, bu kabi belgilarning identifikatsion (aynanlashtiruvchi) ahamiyati shina detallarini ifodalovchi belgilar kabi ahamiyatga ega bo‘lmasa-da, ular bilan birgalikda izlarning identifikatsion ahamiyatini kuchaytiradi.

5. Transport vositalarining izlarini topish, qayd etish va olish Transport izlari yo‘l-transport hodisasi ro‘y bergan joyda yoki

transport vositasi jinoyat quroli yoki vositasi sifatida ishlatilgan joylarda topiladi.

Shina izlari hodisa sodir bo‘lgan joydagi yo‘l tasmasi va u yerda topilgan buyumlar, shuningdek jinoyat sodir etilgan joyga olib keladigan qisqa yo‘l, yo‘l chetidagi ariqcha (kyuvet), kirish yo‘li (podyezd) va transport vositasi to‘xtagan joylarda topilishi mumkin.

Ko‘pgina hollarda avtotransport izlarini tabiiy holda olib qo‘yishning iloji bo‘lmaydi. Shu bois, mutaxassis ularni sinchiklab o‘rganishi va ular topilgan joyda qayd etishi zarur. Bu maqsadda izlarning iloji boricha uzun masofasi o‘rganilib, bu, o‘z navbatida, shina belgilari aniqroq ifodalangan joyni topish imkonini beradi. Barcha g‘ildiraklardagi shinalar xususiyatlarini aniqlash uchun avtotransport orqaga qayrilgan va burilgan joylarni tekshirish zarur.

Shinalarda xususiy belgilarni topish va ularning turg‘unligi (o‘zgarmasligi)ni aniqlash uchun har qaysi g‘ildirak kamida ikkita burilgan joydagi izlar ko‘zdan kechirilishi zarur. Jumladan, yengil avtomobillar qoldirgan izlar uchun izlar uzunligi 4–6 metr bo‘lsa, yuk avtomashinalarida 6–12 metrni tashkil etadi.

Hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirishda mutaxassis topilgan izlarni darhol tekshirishi zarur. Chunonchi, tekshiruv natijasida dastlab quyidagilar aniqlanishi mumkin:

1. Transport vositasining guruhiy tegishliligi: a) avtotransport turi (avtomashina, traktor, mototsikl, arava, tirkama

va h.k.);

Page 75: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

75

b) avtotransport turi (yengil mashina, yuk mashina, aravachali mototsikl);

v) rusumi («ZIL-130» rusumli yuk mashinasi, VAZ-2121 «Niva» rusumli yengil avtomashina, «DT-75» rusumli traktor va h.k.);

2. Transport vositalarining to‘qnashuvga qadar holatlari. 3. Avtotransport hodisasi sababli mashinaga yetkazilgan ziyon (chiroq

(chiroq (fara))ning sinishi, bamperning g‘ijimlanishi). 4. Transport vositasida qoldirilgan moddalar (qon izlari, bo‘yoq,

tuproq zarralari). 5. Transport vositasining harakatlanish yo‘nalishi. Jumladan, uni qator

belgilarga qarab aniqlash mumkin (8-rasm):

8-rasm. Transport vositalari izlari bo‘yicha ularning harakat yo‘nalishlarini aniqlash.

a) transport vositasi tomonidan ko‘lmak yoki suyuq balchiq kechib

o‘tilganda, oldingi g‘ildirakdan harakatlanish yo‘nalishiga qarab suv yoki loy sachraydi. Bunda g‘ildiraklarning harakat yo‘nalishi tomoniga qoldirgan nam izlar sekin-asta yo‘qola boradi. Bu kabi izlar bo‘yovchi moda bosib o‘tilganda ham hosil bo‘lishi mumkin;

b) hajmli izlarning devorlarida (yopishqoq loy, ho‘l qor) g‘ildirak aylanishining izlari aks etishi mumkin. G‘ildirak aylanganida, iz

Page 76: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

76

devorlarida yoysimon chuqurchalar va g‘o‘lachalar paydo bo‘lib, ular yelpig‘ichsimon joylashadi. Bunda uning tepasi harakatlanish yo‘nalishi tomoniga qaragan bo‘ladi;

v) agar g‘ildirak kengligi to‘g‘ri joylashtirilgan bo‘lsa, protektorining tasviri harakatlanish yo‘nalishi to‘g‘risida xulosa chiqarish imkonini beradi. Tasvir qismlari hosil qilgan burchak odatda harakatlanish yo‘nalishiga qaragan bo‘ladi;

g) g‘ildirak katta tezlikda aylanganda chang, qum, qor orqaga va yonga sachratilib, tepa qismi harakatlanish yo‘nalishiga qaragan yoysimon yotqiziqlar hosil qiladi. Bu kabi izning yonida zina kabi g‘o‘lachalar hosil bo‘lib, ularning qirralari harakatlanish yo‘nalishini ko‘rsatadi;

d) g‘ildirak ingichka shoh-shabba, alohida tayoqcha, xashak ustidan bosib o‘tganda, ular bo‘linib, harakatlanish yo‘nalishiga qaragan burchakni hosil qiladi. O‘t ustida yurib ketayotgan transport vositasi yanchilgan o‘t ustida yo‘nalish bo‘ylab iz qoldiradi, aksincha, g‘ildiraklar joyida turib aylanganda (buksirovka), izlar qarama-qarshi tomonga yo‘nalgan bo‘ladi. Qattiq jism, masalan tuproqdagi tosh ustidan o‘tishda harakatlanish yo‘nalishiga qarama-qarshi tomonda buyumning oldinga siljib qolishi natijasida tirqish hosil bo‘ladi;

ye) avtomashina burilishi joyida oldingi va orqa g‘ildiraklar izlari orasida burchaklar hosil bo‘ladi. Bunda eng o‘tkir burchak harakatlanish yo‘nalishini ko‘rsatadi.

Transport vositasining g‘ildirak izlari bo‘yicha uning guruhiy tegishliligi masalasini hal qilishda shina rusumi, g‘ildiraklar soni, ularning iz yo‘lagi va tayanchni aniqlash kerak bo‘ladi.

6. Transport vositasi izlarining trasologik ekspertizasida

hal qilinadigan masalalar Yo‘l-transport hodisasi bo‘lgan joyni yoki transport vositasini ko‘zdan

kechirishda topilgan izlar va obyektlarning xususiyatiga qarab, ekspertiza tomonidan hal qilish uchun quyidagi masalalar qo‘yiladi:

– g‘ildirak izlari qolgan transport vositasi qaysi tur (xil, rusum)ga mansub?

– transport vositasi qaysi yo‘nalishda harakatlangan? – qoldirilgan g‘ildirak izlari aniq bir avtomashinaga tegishlimi? – shisha qoldiqlari va boshqa obyektlar chiroq (fara) shishasi, chiroq

ostidagi yoritgichlar (podfarnik), kuzov va boshqalar avval bir butunni tashkil qilganmi?

Page 77: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

77

– muayyan transport vositasida aniq bir narsa (simyog‘och, daraxt, zina ushlagichi) bilan urilish natijasida hosil bo‘lgan bukilish (g‘ijimlanish), tirnalish izlari bormi?

– transport vositasidan topilgan ip va mato bo‘laklari jabrlanuvchining kiyim-kechagiga tegishli bo‘lganmi yoki boshqa obyektlarga tegishlimi?

Biroq shuni nazarda tutish lozimki, yuqorida keltirilgan ro‘yxat muayyan obyektni tergov qilishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan masalalarni to‘liq qamrab olmaydi.

Avtotransport vositalarining shina izlarini trasologik ekspertiza qilish iz qoldirgan muayyan transport vositasini aniqlash maqsadida amalga oshiriladi. Boshqa shu kabi identifikatsion ekspertizalardagi kabi tekshirish uchun turli xil obyektlar taqdim etiladi. Masalan, birinchidan, shina izlari bo‘lgan obyektlar (jabrlanuvchilarning kiyim-kechaklari) yoki ularning qolip, fotosurat, ottiska ko‘rinishidagi nusxalari tekshiriladi. Ikkinchidan, iz qaysi g‘ildirak tomonidan qoldirilganligi aniq bo‘lsa, transport vositasi yoki shinasi tekshiriladi. Agar transport vositasi yoki shinani ekspertiza qilish uchun olib kelishning iloji bo‘lmasa, ekspert tekshiruvning bir qismini hodisa sodir bo‘lgan joyda amalga oshirishi yoki keyinchalik laboratoriya tekshiruvi uchun shina izlari nusxalarining eksperimental nusxalarini yasab olishi zarur.

7. Transport vositalarini shina izlari orqali

identifikatsiya qilish usuli Trasologik aynanlashtirish ekspertizasining umumiy prinsiplariga

binoan, mazkur tekshiruvda to‘rt bosqich ajratiladi: 1. Dastlabki tadqiqot. 2. Batafsil tadqiqot, u ham uch bosqichni o‘z ichiga oladi: – alohida tadqiqot; – eksperimental tajriba; – taqqoslash tadqiqoti. 3. Tadqiqot natijalarini baholash va xulosalar chiqarish. 4. Tadqiqot materiallarini rasmiylashtirish. Dastlabki tadqiqot. Ekspertiza tayinlash to‘g‘risida qaror va

tekshirilishi shart bo‘lgan obyektlarni olganidan so‘ng, ekspert, eng avvalo, berilgan savollarga aniqlik kiritadi, qarorda ko‘rsatilgan obyektlar bilan olib kelingan obyektlarning birxilligiga ishonch hosil qiladi. Shina izlarini ekspertiza qilishni muvaffaqiyatli tarzda amalga oshirish, ekspert tomonidan hodisa tafsilotlarini qay tarzda bilishga bog‘liq. Birinchi

Page 78: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

78

navbatda, iz hosil bo‘lish shartlari va mexanizmlari, izlarni olib qo‘yish va izlarni qayd qilish shartlarini bilish zarur.

Iz hosil bo‘lish sharoitini o‘rganishda ekspert iz hosil bo‘lgan yuzaning xususiyatlarini aniqlashi, transport vositasiga yuk ortilgan-ortilmaganligini, shinalarga bo‘lgan bosim o‘zgarganligini bilishi zarur. Bunda iz hosil bo‘lgan vaqtdan boshlab, g‘ildirak yoki eksperimental nusxalarni olishgacha o‘tgan davr hamda mazkur vaqt ichida shina surunkali ravishda ishlatilganmi, ta’mirlanganmi aniqlanishi zarur.

Shinaning dastlabki tadqiqoti uning asosiy konstruktiv elementlarini o‘rganishga yo‘naltirilgan (naqshining turi, qadami yoki yugurish yo‘lagining kengligi, umumiy o‘lchami va hokazo) bo‘lishi, shuningdek uning turi va rusumi aniqlanishi shart.

Shuningdek, ekspert tadqiqot uchun taqdim etilgan izlarning nusxalari bilan tanishadi, birkalardagi yozuvlarni o‘qiydi, nusxalarning sifati va sonini aniqlaydi. Izlarning fotosuratlari taqdim etilganida, ularning aniqligi, masshtabli suratga tushirish qoidalariga rioya etilganini tekshirishi zarur.

Ekspertizaning birinchi bosqichi masshtabli fotosuratga tushirish va reja tuzish bilan tugatiladi.

Batafsil tadqiqot. Mazkur bosqichda alohida tekshirish bosqichi eng ko‘p mehnat talab qiladigan bosqich hisoblanadi. Mazkur bosqichning asosiy vazifasi identifikatsion belgilarni aniqlash va o‘rganish hamda ularni kelgusida tahlil qilish hisoblanadi.

Har qanday identifikatsion tekshiruvdagi kabi avval iz qoldirgan shinaning guruhiy tegishliligi aniqlanadi. Bu maqsadda shina modelini aniqlashga imkon beradigan izda aks etgan asosiy belgilar o‘rganiladi (umumiy o‘lchami, yugurish yo‘lagining kengligi va qadami, protektor naqshi va undagi alohida elementlarning o‘lchamlari va hokazo).

Identifikatsiya qilinayotgan obyektda aniqlangan umumiy belgilarning tekshirilayotgan umumiy belgilar bilan mos kelmasligi ekspertga o‘xshashlik yo‘qligi to‘g‘risida xulosa chiqarishga imkon beradi. Basharti umumiy belgilarni taqqoslash natijalari tekshirilayotgan shinani hisobdan chiqarishga imkon bermasa, xususiy belgilarni tekshirishga o‘tiladi. Bu maqsadda izda aks etgan shinaning individual xususiyatlari ajratiladi (iz sirtidagi bo‘yalmay qolgan joylar, qolipdagi botiq va bo‘rtiq joylar), ular-ning shakllari, o‘lchamlari, yugurish yo‘lagi qirralariga nisbatan va o‘zaro joylashishi. Shundan so‘ng, aniqlangan belgilar alohidaligi va yetarliligi nuqtai nazaridan baholanadi, bu o‘z navbatida izning kelgusida tahlil qilish uchun tegishliligi masalasini hal qiladi.

Page 79: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

79

Shunday qilib, taqqoslash obyekti sifatida yuborilgan shina yoki eksperimental izlar tekshiriladi. Mazkur bosqichda aniq ifodalangan umumiy va eng yaqqol xususiy belgilar taqqoslanadi. Ular orasidagi o‘xshashlikning yo‘qligi tadqiqotning tugatish uchun asos bo‘ladi.

Ko‘rsatilgan belgilar mos kelganda, iz qoldirilgan yugurish yo‘lagi maydonining lokalizatsiyasiga kirishiladi. Izlashning eng oddiy usullaridan biri — shina yuzasini bir nechta qismlarga bo‘lish va ularni ketma-ket o‘rganishdan iborat.

Kelgusida lokalizatsiya maydonini batafsil tekshirish relyef xususiyatlari aniqlash bilan birga, ularning kelib chiqishini aniqlashning imkonini beradi (ishlab chiqarish, ekspluatatsiya va ta’mirlash natijasida). Mazkur xususiyatlar ularning konfigurasiyasi, o‘lchami, joylashish joyi va o‘zaro joylashishi nuqtai nazaridan o‘rganish hamda baholash imkonini beradi. Xulosada tekshirilayotgan shinaning identifikatsion tahlili amalga oshiriladi va uning kelgusida tekshirish uchun tegishlilik masalasi hal qilinadi.

Ekspert tajribalari. Mazkur bosqichning asosiy vazifasi iz hosil bo‘lish mexanizmi, belgilarning aks etish turg‘unligini tekshirish va taqqoslash uchun namunalar olishdan iborat bo‘ladi. Eksperiment o‘tkazish iz hosil bo‘lish vaqtiga maksimal yaqinlashtirilgan sharoitlar yaratish va shinadagi individual xususiyatlarning aks etishini to‘la va aniq o‘rganishga imkon beruvchi jihatlarini o‘rganishdan iboratdir. Bu maqsadda u loy va kirdan yaxshilab tozalanishi zarur. Eksperimental yuzaki izlar qalin qog‘oz to‘shalgan tekis maydonda olinadi. Shinaning yugurish yo‘lagiga avvaldan tipografiya bo‘yog‘i surtiladi, keyin shinaning butun izining (agar iz hosil qilgan shina yuzasi aniqlanmagan bo‘lsa), aksincha aniqlangan bo‘lsa, muayyan yuzasining ikkitagacha ottiskasi (izi) olinadi. Gipsli qolip olish ehtiyoji yuzaga kelsa, yumshoq namlangan grunt ishlatiladi.

Shu bilan birga, ekspert tomonidan laboratoriya sharoitida olingan eksperimental izlar hamma vaqt ham nusxalarni taqqoslash uchun qo‘yiladigan talablarga javob bermaydi, chunki, iz hosil bo‘lish vaqtida shinadagi havo bosimini hisobga olish imkoniyati bo‘lmaydi. Shu bois, zarur hollarda ekspert tajriba-sinovi tergov qilinayotgan hodisa yuz bergan sharoitga o‘xshash sharoitda amalga oshiriladi.

Taqqoslash tadqiqotlari ko‘rib chiqilayotgan bosqichning eng muhim bosqichlaridan biri hisoblanadi.

Obyekt belgilarini taqqoslash usuli pokrishka protektorining nusxasini bevosita eksperimental iz bilan solishtirishdan iborat bo‘ladi. Avval bir xil umumiy izlar, so‘ngra alohida xususiy izlar solishtiriladi. Ular shakli,

Page 80: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

80

o‘lchami, joylashishi va o‘zaro joylashishi nuqtai nazaridan tekshiriladi. Bunda sanab o‘tilgan belgilarning shinaning elastikligi va turli xil iz hosil bo‘lish sharoitida bo‘lishi mumkin bo‘lgan xatoliklar hisobga olinishi kerak. Taqqoslashda geometrik shakllar qurish tamoyilidan ham foydalanish mumkin bo‘lib, u quyidagilardan iborat: o‘xshash alomatlar to‘g‘ri chiziq bilan birlashtiriladi, shundan so‘ng olingan geometrik shakllar solishtiriladi (ularning shakllari, tomonlarining o‘lchamlari, to-monlari orasidagi burchaklar).

Shuningdek, fotosuratga bevosita chop etiladigan yoki taqqoslash tahlili vaqtida tasvirning ustiga qoplash uchun koordinata jadvali ham ishlatiladi.

Tasvirlardagi belgilarni ustma-ust tushirish usuli asosan dinamik izlarni solishtirish uchun ishlatiladi.

Tasvirlarni ustma-ust tushirish izlar (ularning belgilari) bir xil kattalikka ega yoki ularni hosil qilgan obyektlarga o‘xshash bo‘lgandagina samarali bo‘lishi mumkin. Amaliyotda transport dinamik izlarining mukammal tarzda akslanishini kamdan-kam uchragani bois, ustma-ust tushirish usullari odatda qo‘llanilmaydi.

Tadqiqot natijalarini baholash va xulosalar chiqarish. Trasologik ekspertizaning umumiy qoidalardan kelib chiqqan holda izlarni alohida, eng asosiysi – taqqoslash tadqiqotlari nafaqat obyektlar belgilari, balki iz hosil bo‘lish mexanizmining xususiyatlarini hisobga olgan holda ham amalga oshiriladi.

Identifikatsiyalash (aynanlashtirish) tadqiqoti jarayonida ekspert odatda belgilarning to‘laligicha mos kelishini aniqlashni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ymaydi. Aksincha, izlar orasidagi o‘xshashlik bilan birga, bir qator farqlar ham uchrab turadiki, bunda iz belgilarini baholash ketma-ketligi to‘g‘risidagi masala yuzaga keladi. Amaliyotning ko‘rsatishicha, tadqiqotni o‘zaro farq qiluvchi belgilarning identifikatsion ahamiyatini aniqlashdan boshlash maqsadga muvofiq hisoblanadi. Ekspertda ular iz shaklining o‘zgarishi yoki aynan bir xil belgining turlicha akslanish sharoiti natijasida yuzaga kelganmi yoki bu umuman turli belgilarning akslanishimi, degan savol tug‘iladi. Agar farqlar odatiy bo‘lsa va umumiy belgilar o‘zaro mos kelmasa, aksincha, umumiy belgilar o‘zaro mos kelsa-da, xususiy belgilar o‘zaro mos kelmasa, o‘xshashlik yo‘qligi to‘g‘risida xulosa chiqarishga to‘g‘ri keladi. Bunda obyektning deformatsiyalanishi natijasida yuzaga keladigan va obyekt belgilarining buzilishiga sabab bo‘ladigan yanglish (soxta) farqlardan o‘zaro ajralib turuvchi belgilarni farqlash kerak. Buni hisobga olgan holda, ekspert buzilishlarga muayyan

Page 81: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

81

barqarorlik bilan tavsiflanuvchi belgilar, masalan, belgi xususiyatlarining o‘zaro joylashishiga asoslanib, farqlarga baho berishi kerak bo‘ladi.

Belgilar orasidagi farqlarni o‘rgangandan so‘ng, ekspert o‘zaro mos keladigan belgilarga baho berishga o‘tadi. Ular o‘zaro bir-biriga mos keladigan belgilar majmuining yetarliligi, barqarorligi, individualligi nuqtai nazaridan ko‘rib chiqiladi.

Belgilar majmuining yetarliligi ularning identifikatsion ahamiyatliligi (belgilarning uchrashish chastotasi) va miqdori bilan belgilanadi. Bunda belgilarning alohida va bir-biriga nisbatan joylashishi eng muhim ahamiyatga ega bo‘lishi bilan bir qatorda, shinadagi qismlar shakllari va o‘lchamlari jiddiy o‘zgarishga uchrashi mumkin.

Aks etgan belgilarning barqarorlik darajasini baholash xulosalar ishonchliligi ortishiga imkon beruvchi muhim omil hisoblanadi. Masalan, kelib chiqishi bo‘yicha ishlab chiqarishga tegishli belgilar (oxirigacha zichlamaslik, ulagichlarning yo‘qligi va boshq.) shinalardan foydalanish jarayonida odatda o‘zining chuqurligini va kamdan-kam hollarda yuzadagi shakllari va o‘lchamlarini o‘zgartiradi. Boshqacha qilib aytganda, ularning tashqi tuzilishi shinalarni ekspluatatsiya qilish davomida yuzaga kelgan shunga o‘xshash belgilar (yoriq, kesik va boshqalar)ga qaraganda barqaror bo‘lib, oxirgilarining o‘zgarishi birmuncha tezroq yuzaga keladi.

Ekspert xulosasi ekspertiza davri davomida tayyorlanib, izlarni batafsil tadqiq etish hamda o‘zaro mos keluvchi va farq qiluvchi belgilarni miqdoriy-sifat nuqtai nazaridan tavsiflashga asoslanadi. Agar o‘xshashlik borligi haqida xulosa chiqarilsa, ekspert u yoki bu farqlarning yuzaga kelishi sabablarini tushuntirishi lozim. Farq borligi to‘g‘risida salbiy xulosa chiqarilganda, qidirilayotgan obyekt to‘g‘risida barcha mavjud axborot berilishi zarur.

Xulosa qat’iy ijobiy mazmunda quyidagicha ifodalanishi zarur: «Hodisa sodir bo‘lgan joydan olingan va gipsli quyma nusxada qayd etilgan iz ... avtomobilning oldingi chap g‘ildiragida o‘rnatilgan .... turdagi shina protektori tomonidan qoldirilgan”.

Qat’iy salbiy xulosada ekspert quyidagilarni qayd etadi: «Hodisa sodir bo‘lgan joydan olingan va gipsli quyma nusxada qayd etilgan iz .... avtomobilga o‘rnatilgan shina tomonidan hosil bo‘lmagan. Bu iz ... turdagi shina tomonidan qoldirilgan bo‘lib, bunday shinalar .... rusumli avtomobillarga o‘rnatiladi».

Tadqiqot materiallarini rasmiylashtirish. Tarkibiy tuzilishi bo‘yicha ekspert xulosasi uch qismdan iborat bo‘ladi: kirish, tadqiqot va xulosalar. Ular o‘z navbatida tadqiqotning borishi va natijalarini aks ettiradi.

Page 82: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

82

Ish holatlari bayon etiladigan kirish qismi izlar hamda tekshirilayotgan shina to‘g‘risida barcha mavjud ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi (bosib o‘tilgan yo‘l uzunligi, jinoyat sodir etish va olib qo‘yish orasidagi davrda shinani ekspluatatsiya qilishning yo‘l-iqlim sharoiti, ta’mirlash to‘g‘risidagi ma’lumotlar va h.k.) lozim.

Xulosaning tadqiqot qismida tekshirilayotgan shina yoki uning eksperimental nusxalari izlarining dastlabki tekshiruvi va tadqiqot davomiyligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar aks ettiriladi.

Ekspert xulosasiga ilova qilinadigan fotojadval mazmuni tadqiqot natijalari va xulosa shakliga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Agar izlarning o‘xshashligi to‘g‘risida salbiy xulosa chiqarilsa va iz qoldirgan shina modeli aniqlansa, fotojadvalda aniqlangan shina modeli aks ettirilishi lozim. Basharti identifikatsiya ekspertizasi davomida ijobiy javob olinsa, fotojadvalga obyektlarning umumiy ko‘rinishi bilan birgalikda, bir-biriga mos kelgan eng muhim detallarning kattalashtirilgan tasviri joylashtirilishi, shina suratida mazkur izga mos keladigan yugurish yo‘lagining qismi belgilanishi kerak.

Qattiq shinali g‘ildiraklar izlarini ekspertiza qilish pnevmatik shinalar izlarini o‘rganish metodikasidan tubdan farq qilmaydigan uslub bo‘yicha amalga oshiriladi.

Yuqorida aytib o‘tilganidek, yo‘l-transport hodisasi ro‘y bergan joylarda shina izlaridan tashqari boshqa izlar qoladi. Transport vositasining o‘zida ham muayyan izlar yuzaga keladi.

To‘qnashish izlari buzish qurollaridan qolgan izlarni tadqiq etish usuliga ko‘ra amalga oshiriladi. Biroq, bunda ekspertiza oldida turgan masala avtomobilning u yoki bu qismi tomonidan qoldirilgan yagona iz emas, to‘qnashuv natijasida yuzaga kelgan iz majmuiga ko‘ra hal qilinadi. Shu bois, transport vositasining u yoki bu detallarini ekspertiza o‘tkazish uchun ajratish maqsadga muvofiq emas, chunki bunda (balandlik, alohida va o‘zaro joylashish) ular bilan bog‘liq ko‘pgina belgilar yo‘qolishi mumkin.

Avtomobildan ajratilgan qismlar qismlarga qarab butunni aniqlash uslubiga ko‘ra tekshiriladi. Shunga ko‘ra, jabrlanuvchi kiyimining avtomobilda qolgan parchalari tadqiq etiladi.

Bo‘yoq va boshqa moddalarning zarralari kimyoviy va boshqa turdagi tadqiqot qilish uchun yuboriladi.

Transport vositalarining barcha izlarini topish, qayd etish va batafsil tekshirish qisqa muddat ichida hodisa tafsilotlarini aniqlash va jinoyat sodir etgan shaxslarni izlab topish imkonini beradi.

Page 83: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

83

8. Gusenitsa (zanjir g‘ildirak), g‘ildirakli ot-ulov transport va chang‘i izlarining ekspert tadqiqoti

Gusenitsa, ot-ulov transport va chana izlarini tekshirish trasologik

ekspertizaning umum qabul qilingan usuliga binoan amalga oshiriladi. Biroq tadqiqotni to‘g‘ri amalga oshirish ekspertdan iz hosil qilish mexanizmini bilish, shuningdek iz hosil qiluvchi obyekt belgilarining ifodalanish xususiyatlarini tahlil qilishni talab qiladi.

Gusenitsa izlari. Gusenitsa izlari traktorlarning iz hosil bo‘luvchi yuzaga statistik (normal bo‘yicha) va dinamik (urinma) ta’siri natijasida hosil bo‘ladi. Bunda dinamik ta’sir kam ahamiyatli bo‘lib, aloqaning boshi va oxirida ifodalanadi. Hajmli izlarda sirg‘alish hisobiga siljish izlari paydo bo‘ladi.

Gusenitsali transport vositalari harakatlanish qismining umumiy belgilari qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:

– iz o‘lchami; – gusenitsa (bitta bo‘g‘ini)ning kengligi va qadami; – bo‘g‘inlar miqdori; – tuproq ilgich (gruntozatsep)lar shakli va o‘lchami. Iz kengligini aniqlash uchun gusenitsa izlari orasidagi masofani yoki

markazi yoxud ichki va tashqi qirralari bo‘ylab o‘lchash zarur. Yuzaki izlarda tuproq ilgich (gruntozatsep)larning qirrasi akslangani

va ularning umumiy kengligi gusenitsa bo‘g‘inining to‘liq kengligidan birmuncha tor ekanligi bois, ularni faqat hajmli izlarda o‘lchash mumkin.

Gusenitsa (bo‘g‘inlari)ning xususiy belgilariga tuproq ilgich (gruntozatsep)lar buzilgan joylarining mavjudligi, ularning shakli, o‘lchami, joylashishi kiradi. Ular odatda bo‘rtiq (hajmli) izlarda akslanadi.

Ot-ulov transportining izlari. Ot-ulov transportiga aravalar kirib, ularning ko‘pchiligida metall shinali yog‘och g‘ildiraklar ishlatiladi. Ularning hodisa sodir bo‘lgan joydagi iz uzunligi odatda unchalik katta bo‘lmaydi. Bunda gips qoliplarda qayd etilgan hajmli izlar tadqiqot obyekti hisoblanadi. Ot-ulov aravada g‘ildiraklar qo‘lbola usulda tayyorlangani bois, ularda alohida xususiyatlar ko‘p uchraydi.

G‘ildirakning asosiy qismiga markaziy gupchak, gupchaklar va yog‘och chambarak kiradi. Chambarakka dastlab doira shaklida eritilib, payvandlangan metall shina kiydiriladi. Shina sovugandan so‘ng, chambarakka jips yopishadi va ishonchlilik uchun mufta, bolt va mixlar yoramida mustahkamlanadi.

Page 84: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

84

Ko‘pincha chambarak kengligi va shina bir-biriga mos kelmaydi yoki bir xil kenglik bo‘lganida shina chambarakka nisbatan birmuncha siljigan bo‘ladi. Mazkur xususiyat izda o‘yiq (tokcha) sifatida ifodalanadi.

Metall shinali g‘ildiraklarning identifikatsion belgilarini tadqiq etishda quyidagi belgilar olinishi mumkin:

— metall shina doirasining uzunligi, kengligi va qalinligi; — chambarak kengligi; — payvandlangan chok shakli, o‘lchami; — shinani mahkamlash vositalari (qalpoqcha, bolt, mix va h.k)ning

mavjudligi, shakli, o‘lchami, o‘zaro joylashishi; — shinani yasash va ekspluatatsiya qilish natijasida hosil bo‘lgan

bo‘rtiq va chuqurchalar ko‘rinishidagi notekisliklarning mavjudligi, shakli, o‘lchami, o‘zaro joylashishi.

Shuni ta’kidlash joizki, mazkur tadqiqotni o‘tkazishda identifikatsiya qilish obyekti ot-ulov emas, g‘ildirak hisoblanadi, zero u almashtirilishi mumkin. Metall shinani almashtirish ehtimoldan uzoq bo‘lsa-da, uni inobatga olmasdan bo‘lmaydi.

Chana izlari. Chanalarning iz hosil qiluvchi qismlari metall shinalari biriktirilgan yog‘och oyoqlar (poloz) hisoblanadi. Polozlar qor qatlamida sirg‘aluvchi izlar qoldiradi. Ularni tadqiq etish trasologik ekspertizaning umumiy uslublari hamda iz hosil bo‘lish mexanizmini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.

Polozlar harakati ko‘pincha ikkita yo‘nalishda: uzunasiga va yonlama sirpanish hisobiga yuz beradi.

Agar polozlar bir-biriga nisbatan yoki harakatlanish yo‘nalishi bo‘ylab burchak ostida joylashsa, hosil bo‘ladigan iz polozga qaraganda kengroq bo‘ladi. Bundan tashqari, alohida sharoitlarda izda poloz va shinaning bir-biriga aloqa qiluvchi eng keng qismi akslanadi. Iz hosil bo‘lish mexanizmining berilgan xususiyatlari qator hollarda ba’zi belgilarni aniqlash imkoniyatini kamaytiradi yoki aksincha, yo‘q qiladi.

Chananing xususiy belgilariga quyidagilar kiradi: o‘lcham, do‘nglar va chuqurchalarning o‘zaro joylashishi, poloz pastki yuzasining nuqsonlari (yoriq, sochiq), shuningdek shinani mustahkamlash vositalari (mix, bolt, shurup); poloz va shina kengligi orasidagi o‘zaro aloqadorlik, shuningdek oxirgisining poloz chetlariga nisbatan joylashishi (metall shinaning mavjudligiga izning zinapoyasimon bo‘lishi dalolat beradi).

Shuni nazarda tutish lozimki, chananing ikkala oyog‘i (polozi)ning xususiy belgilari bitta obyektning belgisi sifatida ko‘rib chiqiladi.

Page 85: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

85

Aniqlangan belgilar chananing harakatlanuvchi qismi xususiyatlari bilan birgalikda hodisa sodir bo‘lgan joydan olingan izlardagi kabi eksperimental izlar bilan taqqoslanadi.

Topilgan farqlarga baho berishda iz hosil bo‘lish mexanizmining xususiyatlari hisobga olinadi.

Savol va topshiriqlar:

1. Transport vositalarining guruhlarini tushuntiring. 2. «Transport vositalarining izlari» tushunchasining mohiyatini yoriting. 3. Transport vositalari izlarining yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan hodi-

salarga ko‘ra turlarini sanab bering. 4. Avtotransport vositalarining tuzilishini aytib bering. 5. Transport vositalari shinalarining izlarida qanday identifikatsion belgilar

aks etadi? 6. Shinalar rusumi (modeli) haqida ma’lumot bering. 7. Transport vositalarining izlarini topish, qayd etish va olib qo‘yish

metodikasini aytib bering. 8. Transport vositasi izlarining trasologik ekspertizasida qanday masalalar

hal qilinadi? 9. Transport vositalarini shina izlari orqali identifikatsiya qilish usuli

qanday? 10. Gusenitsa (zanjir g‘ildirak), g‘ildirakli ot-ulov transporti va chang‘i

izlarining ekspert tadqiqotlari qanday o‘tkaziladi?

Page 86: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

86

4-BOB. ODAM TISHI IZLARINING TRASOLOGIK EKSPERTIZASI

1. Odam tishi izlarining kriminalistik ahamiyati

Odam tishi izlari hodisa sodir bo‘lgan joyda oziq-ovqat mahsulotlari

yoki oziq-ovqat bo‘lmagan mahsulotlarda, odam tanasida uchrab turishi mumkin. Odatda, birinchi ikki turdagi izlar kriminalistlar tomonidan, oxirgisi esa sud tibbiyoti mutaxassislari tomonidan o‘rganiladi. Amaliyotda tish izlari ekspert tadqiqoti orqali ularning qaysi shaxsga tegishliligini yoki guruhiy bog‘liqligi aniqlangani bois, jinoyatlarni muvaffaqiyatli tarzda ochish va tergov qilishga sabab bo‘lgan.

Odam tishi izlarini identifikatsiyalash (aynanlashtirish) tadqiqotlari bilan bir qatorda, diagnostik xususiyatga ega masalalar hal qilinishi mumkin. Masalan, jinoyatchi shaxsi to‘g‘risida, ya’ni uning yoshi, jinsi, kasb-kori, yuz va jag‘-tish apparatining tuzilishi, uning so‘zlashuv xususiyatlari haqida ma’lumotlarga ega bo‘lish va boshqalar.

Shaxs yoshini aniqlash nafaqat muhim, balki umuman shaxsni aniqlashdagi muhim omillardan biri bo‘lib hisoblanadi. Shaxs yoshini aniqlashning asosiy belgilari quyidagilardan iborat:

– sut tishlarining chiqishi va ularning doimiy tishlar bilan almash-ganligi;

– eskirish sababli tishlarning yeyilganligi; – tish kasalliklari; – qarilik sababli yuzaga kelgan o‘zgarishlar. Go‘daklikda tish chiqishi va ularning doimiy tishlar bilan almashinishi

inson tanasining umumiy holati, asab tizimi va endokrin apparatining kasalliklari, modda almashinuvining buzilishi kabi omillarga bog‘liq bo‘ladi. Tishlarning chaynash sirti 18 yoshdan boshlab yedirila boshlaydi. Tishlarning yedirilishiga bir-biriga qarama-qarshi jag‘ tishlarining bir-biriga tegish darajasi, oziq-ovqatning mexanik, termik ta’siri va ish sharoiti bilan bog‘liq kimyoviy ta’sir sabab bo‘ladi. Tish kasalliklari (kariyes, parodontoz va boshq.) ham bilvosita insonning yoshini bildirib turadi.

Page 87: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

87

1-jadval

Vaqtinchalik tishlarning chiqishi

Chiqish vaqtlari (oy) Jag‘

Tishning nomi

Tepa Pastki Markaziy kesuvchi 6 7,5 Yon kesuvchi 7 9 Qoziq tish 16 18 Birinchi katta ildizli 12 14 Ikkinchi katta ildizli 20 24

2-jadval

Doimiy tishlarning chiqishi

Chiqish vaqtlari (yil) Jag‘

Tishning nomi

Tepa Tepa Markaziy kesuvchi 6–7 7–8 Yon kesuvchi 7–8 8–9 Qoziq 9–10 11–12 Birinchi kichik ildizli 10–12 10–11 Ikkinchi kichik ildizli 11–12 10–12 Birinchi katta ildizli 6–7 6–7 Ikkinchi katta ildizli 11–13 12–13 Uchinchi katta ildizli 17–26 17–21

3-jadval

Tepa jag‘ tishlarining yedirilishi bo‘yicha yoshini aniqlash

Tishning nomi Yosh (yil)

kesuvchi

qoziq

kichik ildizli

birinchi katta ildizli

ikkinchi katta ildizli

10–13 Yedirilish boshlanmagan 13–14 0–1 0 0 0 0 14–16 1 0 1 0 0 16–18 1–2 1 1 1 0

Page 88: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

88

18–20 2–3 2 2 2 1 20–25 2–3 2 2 2 2 25–30 3 2–3 2–3 2–3 2 30–35 3 2–3 2–3 3 2–3 35–40 3 3 3 3–4 3 40–50 3–4 3–4 3–4 4 3–4 50–60 4–5 4 4 5 4–5

Inson yuzi qoldiqlari orqali uning jinsini aniqlash kompleks ravishda,

ya’ni kriminalistlar va sud tibbiyoti eksperti hamkorligida amalga oshiriladi. Masalan, ayollarning jag‘ tuzilishi erkaklarga qaraganda nozikroq va kichikroq bo‘ladi. Ponasimon koronka (tishning milkdan chiqib turgan qismi) ko‘proq erkaklarda uchraydi. Ayollar uchun esa koronkaning to‘g‘ri burchakli past ko‘rinishda bo‘lishi xosdir. Ayollarda qoziq tishlar kichikroq, oldingi va yondagi kurak tishlar erkaklarga qaraganda eniga tor va kichik bo‘ladi.

Tish belgilariga qarab, odam kasbini aniqlash ko‘p hollarda uchrab turadi. Qator mutaxassislikdagi shaxslar ish jarayonida ishlatadigan kimyoviy moddalar ularning tishlari va og‘iz bo‘shlig‘iga ta’sir etadi. Masalan, mis bilan ishlanganda, chegaralari aniq ko‘rinib turuvchi yashil dog‘lar yuzaga kelsa, simob bilan ishlaganda, tishlar qora tusga kiradi.

Yuz shaklini aniqlash. Yuzning qiyofasi ko‘p hollarda jag‘ tuzilishi va tishlarning birlashish xususiyati (tishlam)ga bog‘liq bo‘ladi. Jag‘lar qanchalik yuqori joylashgan bo‘lsa, yuz shunchalik uzunchoq bo‘ladi. Tepa jag‘ bilan tish oralig‘iga 20–30 mm atrofida bo‘ladi. Pastki jag‘ bilan tishlar orasidagi masofa esa 32–50 mm ni tashkil etadi.

Yuz tuzilishining to‘rt turi ajratiladi: serebral, respirator, digestiv va muskulli (1-rasm).

1-rasm. Yuz tasvirining turlari: serebral, respirator, digestiv, muskulli (chapdan o‘ngga).

Page 89: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

89

Serebral turdagi yuz tuzilishi bosh miya sohasining kuchli rivojlanganligi bois, bosh suyagining kattaligi bilan ajralib turadi. Yuzning yuqori va peshona qismi keng, yuz sohasining boshqa qismlaridan keskin ravishda ajralib turgani bois yuz piramidal (asosi tepaga yo‘nalgan konussimon) shaklga ega bo‘ladi. Serebral turdagi yuz tuzilishida mimika (imo-ishoralar) yuzning peshona qismida, katta jonli ko‘zlar atrofida mujassamlashadi.

Respirator turdagi yuz tuzilishida yuz sohasining o‘rta qismi (nafas olish apparati)ning rivojlanganligi bilan tavsiflanadi. Shu bois, boshning yuz sohasi bir qator o‘ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadi. Burun qirralari va bo‘shliqlari kuchli rivojlangan, yuqori jag‘ sohasi katta, yonoqlar biroz turtib chiqqan bo‘ladi. Yuz rombsimon shaklga ega, burun uzunasiga qattiq rivojlangan, uning qirrasi bo‘rtib chiqqan bo‘ladi.

Digestiv yuz tuzilishida yuz sohasi (tish-jag‘ apparati) rivojlangan bo‘ladi. Yuqori va pastki jag‘ nihoyatda bo‘rtib chiqqan bo‘ladi. Pastki jag‘ chekkalarining oralig‘i katta, pastki jag‘ sohasi juda keng, og‘ir, uning shox o‘simtasi qisqa va keng bo‘ladi. Chaynash muskuli kuchli rivojlangan. Og‘iz qismi semiz lablar bilan o‘ralgan. Dahan keng va baland. Yuzning pastki qismi kuchli rivojlanganligi sababli peshona qismi torroq bo‘ladi, shu bois, yuz trapetsiyasimon ko‘rinishga ega bo‘ladi (teskari konussimon yuz). Sochlar chegarasi ko‘pincha yuzning tepa qismiga tomon yo‘nalgan bo‘ladi. Yuz imo-ishoralari yuzning pastki qismida mujassamlashadi.

Muskulli turdagi yuz — yuzning yuqori va pastki sohalari deyarli bir xil, soch o‘sish chegarasi to‘g‘ri, yuz to‘rtburchak shaklga ega.

Yuqorida sanab o‘tilgan yuz tuzilishining turlari jag‘larning me’yorda tutashishi, ya’ni jag‘ning pastki lab va dahanga nisbatan to‘g‘ri joylashganligini nazarda tutadi. Yuz profili to‘g‘ri (klassik) ko‘rinishga ega. Tish qisish (prikus) kamchiliklari bor odam yuzi nuqsonlarga egaligidan dalolat beradi. Yuqori jag‘ oldinga turtib chiqqanda (prognatiya), yuzning pastki qismi kerakli darajada rivojlanmagan va yuzning o‘rta qismi birmuncha uzunchoq ko‘rinishga ega bo‘ladi. Ba’zida yuqori lab yopilganda, tishlarni to‘liq qoplamaydi. Aksincha, pastki jag‘ turtib chiqqanda (progeniya) u qo‘pol, og‘ir ko‘rinishga ega bo‘ladi, ba’zida pastki lab yuqori labga qaraganda, to‘la bo‘lib, burun-lunj sohasida ajinlar hosil bo‘ladi (2-rasm).

Page 90: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

90

2-rasm. Tish-jag‘ tizimining anomaliyasi (buzilishi)da tishlash va yuz profilining anomal turlari.

1 – ikki jag‘ning haddan tashqari rivojlanganligi; 2 – tepa jag‘ning haddan tashqari rivojlanganligi; 3– pastki jag‘ning haddan tashqari rivojlanganligi; 4 – ikki

jag‘larning rivojlanmaganligi; 5 – tepa jag‘ning rivojlanmaganligi; 6 – pastki jag‘ning rivojlanmaganligi; 7 – ochiq tishlash; 8 – kesuvchi tishlarning chuqur yopilishi. Talaffuz (til) xususiyatlarini aniqlash (fonetik dalillar). Frontal

(oldingi tishlar) bo‘lmaganda, odam tish izlaridan uning quyidagicha talaffuz qilish xususiyatlari haqida ma’lumot olish mumkin:

pastki jag‘ning oldingi tishlari bo‘lmaganida, «s» tovushi «sh» tarzida talaffuz qilinadi;

ustki va ostki jag‘lar orasida masofa bo‘lganda yoki yuqori jag‘da bir nechta tishlar bo‘lmaganida, «sh» tovushi hushtakli tovush bilan talaffuz qilinadi.

Yuqorida keltirilgan fikrlar odam tishlarini, jinoyatchini «issiq izlari»dan topish va muayyan inson shaxsini aniqlashning imkonini beradi.

Page 91: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

91

2. Odam tish apparatining tuzilishi va uning identifikatsion belgilari

Odam tishi izlarini ekspertiza qilishda tish qatorining yoki tishlar

anatomik tuzilishi, tish qisish (prikus) shakli, tish nuqsonlari, koronkalar (tish qoplamasi), ko‘prikchalarning bor-yo‘qligini hisobga olmasdan iloji yo‘qligini alohida ta’kidlash kerak. Tishlar odam tanasining betakror a’zolaridan biri bo‘lib, u inson hayoti davomida ikki marta paydo bo‘ladi.

Birinchi sut tishlar 5–6 oylik chaqaloqda yorib chiqadi, 6–7 yoshdan sut tishlari doimiy tishlarga almashinadi. Bunda doimiy tishlar sut tishlar kabi tartibda yorib chiqadi. 13–14 yoshga kelib, doimiy tishlar soni 28 taga yetadi. Oxirgi «aql tishlari» 17 dan 40 yoshgacha chiqishi yoki umuman chiqmasligi mumkin. Sut tishlar doimiy tishlarga qaraganda bir nechta farq qiluvchi belgilarga ega. Sut tishlar birmuncha vertikal tartibda joylashadi, ularning asosida kichkina ildizlar bo‘ladi. Shuningdek, sut tishlari o‘zining rangi va shakli bilan ajralib turadi (3,4-rasmlar).

3-rasm. Sut tishlarning shakli: 1 – tepa jag‘ kesuvchi tishlari; 2 – pastki jag‘ kesuvchi tishlari;

3 – tepa jag‘ qoziq tishi; 4 – pastki jag‘ qoziq tishi; 5 – tepa jag‘ molyarlari; 6 – pastki jag‘ molyarlari.

Doimiy tish ikkita asosiy qismga ega bo‘ladi: koronka (tish

qoplamasi), u tishning tashqi qismidan iborat va emal bilan qoplangan

Page 92: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

92

4-rasm. Doimiy tishlarning shakllari: 1 – tepa jag‘ kesuvchi tishlari; 2 – pastki jag‘ kesuvchi tishlari; 3 – tepa jah qoziq

tishi; 4 – pastki jag‘ qoziq tishi; 5 – tepa jag‘ premolyarlari; 6 – pastki jag‘ premolyarlari; 7 – tepa jag‘ molyarlari; 8 – pastki jag‘ molyarlari.

bo‘ladi. Uning ildizi alveolaga zich yopishib turadi. Odatda katta odamning yuqori va pastki jag‘ida 16 tadan tishi bo‘lib, ular jag‘ning chap va o‘ng tomoniga nisbatan simmetrik joylashgan bo‘ladi. Har bir jag‘da to‘rtta kurak tish, ikkita qoziq tish, to‘rtta kichik oziq tish (premolyar) va to‘rtta katta oziq tishlar (molyar) mavjud bo‘ladi. Tishlar bir-biridan o‘zining hajmi, shakli, ildizlarining soni va kesuvchi hamda chaynovchi sirtlarining ko‘rinishi bilan ajralib turadi (5-rasm).

5-rasm. Odamning tish apparati: 1 – kesuvchi tishlar; 2 – qoziq tishlar; 3 – kichik ildizli (premolyarlar);

4 – katta ildizli (molyarlar).

Tishlar yuqori harorat, chirish va boshqa tashqi ta’sirlarga chidamlidir. Shifokorlar tish apparatini qayd etishda qulaylik tug‘dirish tariqasida

quyidagi formuladan foydalanadilar:

Page 93: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

93

8 7 6 5 4 3 2 1 1 2 3 4 5 6 7 8 8 7 6 5 4 3 2 1 1 2 3 4 5 6 7 8

Bunda yuqori va pastki jag‘lar ushbu formulaning surati va maxrajiga to‘g‘ri keladi. Tishlar qatorining chap va o‘ng qatori shifokorga qarama-qarshi o‘tirgan tekshirilayotgan shaxsda qanday bo‘lsa, shunday belgilanadi. Stomatologik formuladan qidiruv jadvalini tuzish, ko‘zdan kechirish bayon-nomasida tasvirlash, ekspert xulosasida foydalanish mumkin.

Identifikatsiya qilinuvchi tish belgilarining tasnifi: Tish qatorlarining umumiy anatomik belgilari; Tish qatorlarining umumiy funksional belgilari; Alohida tishlarning umumiy anatomik belgilari; Alohida tishlarning xususiy anatomik belgilari; Tishlarning xususiy funksional belgilari. Tish qatorining umumiy anatomik belgilari: – tish qatorining umumiy shakli (ellipsimon, to‘g‘ri burchakli,

trapetsiyasimon, uchburchak); – tish qatorining umumiy uzunligi (hajmi) – katta, o‘rtacha, qisiq; – tish qatorida notekislik (assimetriya), yuqori va pastki jag‘ hajmi va

og‘ish radiuslarining bor yoki yo‘qligi; – tishlarning umumiy soni (alohida tishlarning yo‘qligi, ortiqcha

tishlar, ya’ni haddan tashqari tishlarning jamlanganligi, tish qatori butunligining buzilganligi);

– tishlar orasida oraliqning borligi – diastema (anomaliyalar: tug‘ma yoki 5 mm dan ortiq orttirilgan diastema);

– tish qatorining mavjudligi va og‘ish burchagi; – tish protezlarining borligi va turlari: to‘liq, qisman, yechiladigan va

yechilmaydigan protezlar va hokazo. Tish qatorlarining umumiy funksional belgilari: bunda yuqori va

pastki jag‘ning o‘zaro joylashishi, tish qisish (prikus) hisobga olinadi: Stomatologik amaliyotda 10 ta asosiy tish qisish turlari ajratiladi. – me’yordagi tish qisish – prognatik tish qisish – yuqori kurak tishlar

va qoziq tishlar pastki tishlarning 1/3 qismini qoplab turadi (bu fiziologik norma 70 foiz odamlarda uchraydi);

– to‘g‘riburchakli tish qisish (kurak tishlar kesuvchi uchlari bilan tutashadi);

– yuqori jag‘ kurak tishlari pastki jag‘ kurak tishlarining 1/3 dan ortig‘ini qoplab turadi;

– pastki jag‘ tishlari yuqori jag‘ tishlarini 1/3 dan ortig‘ini bekitib turadi;

– ikkala jag‘ tishlari konussimon ko‘rinishda oldinga bo‘rtib chiqqan bo‘ladi;

Page 94: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

94

– ikkala jag‘ tishlari konus kabi og‘izning ichiga kirib turadi; – patologik chuqur tish qisish – oziq tishlar (molyar va premolyar)ning

yo‘qligida; – ochiq tish qisish (tishlar qisilganda, pastki va yuqori jag‘ tishlari va

kurak tishlar orasida ochiq joy qoladi); – kesilgan tish qisish; – tish bo‘lmaganda tish qisish. Alohida tishlarning umumiy anatomik belgilari: – tish ponasining hajmi – balandligi (katta o‘rtacha, kichik); – kesuvchi qirrasi yoki chaynash sirtining uzunligi; – tish ponasining shakli – kurak tishlar koronkasi (ponasi)ning uchli,

bochkasimon bo‘lishi; – kurak tishlarning kesuvchi qirrasidagi o‘yiqlar soni, arrasimon

qirrali, qoziq tishlar va oziq tishlar ponasining uchli g‘adir-budurligi, kubsimon va boshqacha shakldan iboratligi;

– tish qatorida tishning joylashishi (tishlarning to‘g‘ri ketma-ketligi); – tishning tish qatorining umumiy chizig‘iga nisbatan joylashishi

(tishning o‘z o‘qi atrofida aylana holda joylashishi, uning lab, lunj, til tomonga og‘ganligi, tishlarning jag‘ yoyining orqasiga siljiganligi;

– tishlar ponasi joylashishi balandligining buzilishi; – chaynash do‘nglarining soni. Tishlarning xususiy anatomik belgilari: – kurak tishlar kesuvchi qirrasida o‘yiqlarning shakli va hajmi; – tabiiy botiqlarning bor-yo‘qligi, ularning joylashishi, hajmi, shakli,

soni, kesuvchi qirralar burchaklarining shakli – dumaloq yoki to‘g‘ri burchak (uchli) shaklga egaligi;

– kurak va qoziq tishning til tomondagi (tish yoyi atrofida) qismida do‘ngcha va chuqurchalarning joylashishi, shakli va hajmi, qoziq tish uchining shakli (tish burchagining og‘ishi va egilish burchagining kattaligi);

– tish shakli (ovalsimon, dumaloq, rombsimon, ellipsimon), oziq tishlar ponasida (koronkasida) chaynash do‘nglarining joylashishi. Yo‘nalishi va chuqurligi, tish ponasining chaynash sirtida nuqtasimon chuqurliklarning borligi, ularning soni va joylashishi;

– tishning o‘z o‘qi atrofida o‘ng, chap tomonga aylanganligi va aylanish darajasi;

– tish o‘zining til yoki lablar tomonga va jag‘ yoyiga nisbatan og‘ish yo‘nalishi va hajmi;

– tish qatorining umumiy chizig‘iga va uning o‘qiga nisbatan tishning siljish darajasi;

Page 95: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

95

– tish nuqsonlarining borligi, joylashishi, shakli va hajmi, nuqtasimon bo‘rtiq va o‘yiqlar, tish kasallanishi sababli tish uvalanishi, teshiklar hamda tishlarni davolash natijasida qo‘yilgan plombalarning bor-yo‘qligi.

Tishlarning xususiy funksional belgilari: yuqori va pastki jag‘ birlashganda kuzatiluvchi antagonist tishlarning o‘zaro joylashganligi. Tish izlarida quyidagi umumiy va xususiy belgilar kuzatiladi. Umumiy belgilar: tish izi boshlanishining shakli (to‘g‘ri, yoysimon, uzuq-yuluq), tish izining kengligi, tish izi sirtining shakli (yassi, bo‘rtgan).

Xususiy belgilar: o‘yiq va botiqlarning joylashishi; do‘nglarning kengligi, chuqurligi va shakli.

Identifikatsion tadqiqotlarda tish qatorlarining nuqsonlari, tish qisish rusumi, ya’ni bunda eng ko‘p identifitsatsion ahamiyatga ega bo‘lgan belgilar muhim ahamiyatga ega. Murdalar yoki tirik odamlarning tish izlarini ko‘zdan kechirishda hodisa sodir bo‘lgan joyda ekspert izlarda aks etgan belgilar yordamida jinoyatchi tishlarining qiyshiqligi yoki ularning umuman yo‘qligi, tish qisish rusumi to‘g‘risida, «ko‘zga ko‘rinarli» belgini aniqlash imkoniyati yuzaga keladi. Ekspert jinoyatchida tish protezlari bor-yo‘qligi, ularning joylashishini aniqlash orqali uning qidiruvida baholi qudrat yordam berishi mumkin.

Tish protezlari ham odamning tabiiy tishlari kabi bir qator xususiy belgilarga ega bo‘ladi. Mazkur belgilar tish protezlarining konstruktiv xusu-siyatlari, shakli va katta-kichikligi, ularni yasash va «podgonka» (moslash-tirish)da hosil bo‘lgan belgilar kiradi. Ortopedik stomatologiyada turli-tuman protezlar qo‘llaniladi. Bular bitta tish nuqsoni (defektida) qo‘llaniladigan mikroprotezlar va murakkab qurilmadagi tish-jag‘ protezlari qo‘llaniladi. Protezlar yechilmaydigan, yechiladigan va aralash turlarga bo‘linadi.

Yechilmaydigan protezlarga vkladkalar (qo‘shimchalar), yarim koronka, koronka, shtiftli tishlar, ko‘prikchali protezlar va konsulli protezlar kiradi (6-rasm).

6-rasm. Protezlar tuzilishining turlari: a – ko‘priksimon; b – plastinkali; v – byugelli.

Page 96: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

96

Vkladkalar (qo‘shimchalar) ko‘pincha oldingi kurak tishlarga qo‘yilib, tishning bir yoki ikki tomonini qoplab turadi. Yarimkoronkalar oldingi tishlarda kosmetik maqsadlarda qo‘llaniladi. Yon tishlarning to‘rtdan uch qismiga koronka qo‘yiladi.

Vkladka (qo‘shimcha) va yarimkoronkalar ko‘pincha plastmassa yoki metalldan yasaladi. Izlarda ularning shakli va kattaligi vkladka yoki yarimkoronkaning u yoki bu tish sirti bilan birlashish joyida chiziq shaklidagi botiqlar aks etishi mumkin.

Koronkalar — bu yechilmaydigan protezlar bo‘lib, u tish sirtining hamma tomonidan o‘rab turadi. Koronkalar tish yemirilishini plomba qo‘yish bilan tiklab bo‘lmaydigan, tishlarning patologik yemirilishi, ko‘prikli yoki yechiladigan protez qo‘yilganda hamda tish qatorini tiklash uchun qo‘yiladi.

Ko‘priksimon protezlar koronkalar tayanch qismlari va tabiiy tishlar shaklidagi asosiy qismdan iborat. Ularning chaynash sirtida tabiiy tishlardagi kabi o‘yiq va botiqlar hosil qilinadi. O‘yiq va botiqlar soni kamroq, turlicha joylashgan bo‘lishi, ba’zida ularga romb va uchburchak shaklidagi kertiklar qilinishi mumkin. Izlarda bunday tish izlari yassi oval shaklida aks etishi mumkin.

Klammer yechiladigan protezlarda tayanch yoki fiksatsiya qilish (mustahkamlash) uchun qo‘llaniladi (7-rasm).

7-rasm. Turli xildagi tayanchli klammerlar: a – simdan egilgan klammer; b – mumdan yasalgan qoplama;

v – quyilgan tayanchli klammer. Shtiftli tish tish koronkasi o‘rnini bosuvchi sifatida qo‘llaniladi

(odatda qoziq tish yoki kurak tishda). U odatda tishning ildizi sog‘ bo‘lgan

Page 97: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

97

hollarda qo‘llaniladi. Bunday tishlar metalldan, plastmassadan, marmardan yoki ularni birga qo‘llash orqali yasaladi (8-rasm).

8-rasm. Shtifli tish. Yuqorida sanab o‘tilgan protezlar – tekshirishning eng ko‘p

uchraydigan obyektlaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Barcha protezlar ulardagi tashqi xususiyatlar aks etgan izlarni

qoldiradi. Mazkur belgilar, izlarni qoldirgan odam shaxsini aniqlashda foydalanilishi mumkin.

Protez belgilari: – doimiy protezlar va koronkalarning joylashish joyi, shakli va

kattaligi; – qisman protezlarning joylashish joyi, shakli va katta-kichikligi

(tishning faqat lunj yoki lab tomonini qoplovchi yarimkoronkalar); – shtiftli tishlarning katta-kichikligi va shakli (tish ildizi bo‘ylab

qirqilgan shtiftli tish, Richmondning halqali koronkasi, Ilyinaning shtiftli tishi – kubli vkladka (qo‘shimcha);

– klammerning o‘q bo‘ylab kesishuvidagi shakli (dumaloq, yarim dumaloq, yassi) va uning uzunligi (to‘liq yoki halqali, to‘rttdan uch qismli, ikki yelkali, bir yelkali);

– koronkalar kesuvchi sirtining xususiyatlari (dumaloq, yassi burchakli, til va lab tomondagi sirtlari tekis, silliq);

– yasama tishlarning chaynash sirtidagi g‘adir-budurlarning shakli, kattaligi va o‘zaro joylashganligi.

Shubhasiz, tish apparatining tarkibiy tuzilishi, protezlar va ularning identifikatsion belgilarini bilish, kriminalistlar oldida turgan vazifalarni hal qilish uchun zaruriy dalil-isbot bo‘lib xizmat qiladi.

3. Odam tishi izlarining turlari, ularni hodisa sodir bo‘lgan joyida

aniqlash va rasmiylashtirish Inson tishlari ularga tegishli bo‘lgan asosiy maqsad – ovqatni

chaynash uchun ishlatiladi. Bunday hollarda oziq-ovqat mahsulotlari yoki

Page 98: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

98

oziq-ovqat bo‘lmagan sanoat mollarida tishlash (nadkus) yoki tishlab uzish (otkus) ko‘rinishidagi izlar qoldirilishi mumkin. Ba’zida tishlar bilan simlar tishlab uzilishi, butilka qopqoqlari ochilishi, tamg‘alar siqilishi mumkin. Shunday holatlar bo‘lganki, tish izlari konserva bankalari, sovun, mum, sun’iy mevalarda qoldirilgan. Ayrim hollarda tanaga jarohat yetkazish quroli sifatida (himoyalanishda, kamdan-kam hollarda esa hujum qilishda) qo‘llaniladi. Bunday harakat natijasida turli buyumlar va odam tanasida tishlash (nadkus) va tishlab uzish (otkus) hamda tish bosimi va sirg‘anish izlari qoladi.

Tish izlarining hosil bo‘lish jarayoni jag‘lar tutashganda hosil bo‘lgan murakkab uyg‘unlashgan ish-harakat natijasida yuzaga keladi. Pastki jag‘ nafaqat vertikal, balki gorizontal yo‘nalishda yoysimon murakkab harakatni amalga oshiradi. Oqibatda buyum siljishi va tishlar xususiy belgilarining buzilgan noaniq izlarini o‘zida aks ettirishi mumkin. Belgilarning aks etishi tish izlari qoldirilgan buyumning turi va sirtining holati, shuningdek jag‘larning bosim kuchiga bog‘liq bo‘ladi.

Qoidaga ko‘ra, tishlashda ikkala jag‘ izlari, kamdan-kam hollarda bitta jag‘ tishlarining izi qoladi. Tishlash har qanday turdagi tishlar majmui bilan hosil qilinishi mumkin. Tishlar unchalik chuqur botmagan hollarda oldingi tishlar to‘g‘ri chiziq shakliga ega bo‘ladi, alohida tishlar orasidagi masofa ko‘rinib turadi, bir qator chuqurliklar ko‘rinishida tishlarning kesish va chaynash sirtlarining individual o‘ziga xos xususiyatlarini o‘zida aks etadi. Chuqur tishlanganda, izda tishlarning chekkalari va umumiy kattaligi (hajmi) chaynash yuzalarining chuqurchalari va do‘ngliklari, ularning shakli va kattaligi, shuningdek o‘zaro joylashishi to‘liqroq o‘z aksini topadi. Ularda ham dinamik, ham statik elementlarni ko‘rish mumkin.

Tishlab uzishda jag‘lar to‘liq qisilganda va tishlar koronkasi (shoh qoplami) kesuvchi qirralari va chaynash yuzasi bilan buyumning bir qismi to‘liq uzib olinganda hosil bo‘ladi. Bu sirg‘alish (dinamik) izlarni o‘z ichiga oladi, ammo jag‘larning qisilish chizig‘i bo‘ylab bosim belgilari (statik izlarni) aniqlash mumkin. Dinamik izlar trassalar (g‘o‘lachalar va chuqurchalar) kabi ko‘rinishiga ega bo‘ladi. Trassalar (chuqurchalar) soniga tishlar sirtidagi mikrorelyef, xususan, turli notekisliklar, o‘yiqlar, yoriqlar, siniqlar va boshqalar alohida ta’sir ko‘rsatadi. Jag‘lar qisilish chizig‘i bo‘ylab bosilishi vaqtida hosil bo‘lgan statik izlar turli botiq va o‘yiqlar shaklida, tishlar shoh qavati (koronka) tuzilishining o‘zaro ta’sir (kontakt) qismini aks ettiradi.

Page 99: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

99

Mutaxassis kriminalistning vazifasi hodisa sodir bo‘lgan joyda boshqa izlar bilan bir vaqtda, tish apparatining izlari bo‘lgan buyumlarni yaxshilab qidirishdan iborat, ayniqsa, bu oziq-ovqat do‘konlari, savdo bazalari, xonadonlarda o‘g‘rilik sodir etilganda, odam o‘ldirish va boshqa shu kabi jinoyatlarda muhim ahamiyat kasb etadi.

Tish izlari oziq-ovqat mahsulotlari, ayniqsa, tez eruvchan mahsulotlar (sariyog‘, margarin, shokolad va boshqalar)da qoldirilishi mumkin.

Bu kabi buyumlardagi izlar muzlatgich, muzli quti yoki sovuq suvga (uni vaqti-vaqti bilan almashtirib turish kerak) solinganda yaxshiroq saqlanadi. Tez buziladigan mahsulotlar formalinning 0,5%li eritmasiga solinadi, bu o‘z navbatida, mahsulot tashqi qatlamining tez so‘lishi va qurishining oldini oladi.

Murda tanasida topilgan izlar, ko‘zdan kechirish bayonnomasini tuzish va suratga tushirishdan so‘ng, alohida teri bo‘lakchalari olinib, maxsus eritmaga solinadi. Mazkur eritma formalin (oshlovchi modda)dan farqli ravishda izlarning o‘zgarishsiz saqlanishini ta’minlaydi.

Hodisa sodir bo‘lgan joyda izlarni qayd etish masshtabli suratga tushirish usuli bilan rasmga olinadi, hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish bayonnomasi tuziladi, elastik polimerlar, gips yordamida nusxalar olinadi.

Tez eruvchan buyumlardagi tish izlarini suratga tushirish ehtiyotlik bilan amalga oshirilishi zarur, chunki ularni elektr lampalar nuridan chiqadigan harorat yo‘q qilib yuborishi xavfi mavjud bo‘ladi. Bunday hollarda buyum issiqlik manbaiga yaqin joylashtirilmasligi, qizdirish lampalari kunduzgi yoritish lampalariga almashtirilishi yoki suratga tushirish apparatini oldindan sozlab issiqlik singdiruvchi yorug‘lik filtrlarini qo‘llash maqsadga muvofiqdir.

Gipsli nusxalarni yasash umum qabul qilingan usulda amalga oshiriladi. Tez eruvchan obyektlardagi izlar modellashtirishdan avval muzlatilishi yoki sovutilishi zarur. Polimer materiallar sifatida turli xil stomatologik moddalar, masalan, odam tishi qolipini yasash uchun qo‘llanadigan moddalardan foydalanish mumkin. Qoliplarni yasashda to‘ldirgich sifatida (qurum, bo‘yovchi modda, sink oksidi)ni qo‘shish tavsiya etiladi.

Yumshoq obyektlardan nusxa olishda oddiy va ishonarli vosita sifatida polivinilatsetat yelim (PVA) qo‘llash mumkin. PVA yelimi bo‘yovchi modda (gaz qurumi, qora siyoh, sink oksidi) solingan holda, yelimning qurishiga qarab (5–10 daqiqa) qatlam-qatlam qilib surtiladi. Tirik odam badanidan qolip olish uchun gips qo‘llaniladi.

Page 100: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

100

Obyektlarni ekspert tadqiqotiga tayyorlashda tish apparatini modellashtirish keng qo‘llaniladi. Tekshirilayotgan shaxslar jag‘ qolipini yasash tergovchining topshirig‘iga ko‘ra stomatolog shifokorlar, tish yasovchi texniklar tomonidan amalga oshiriladi. Odatda, qoliplar gipsdan yasaladi. Ko‘pincha, qoliplarni tez eruvchan metalldan yasash maqsadga muvofiq bo‘lib, bu o‘z navbatida, ekspert tekshiruvlari mobaynida ulardan ko‘p marotaba foydalanish hamda eksperimental izlarni qoldirish usullarini tekshirishda qo‘llash imkonini beradi.

4. Odam tishi izlarini trasologik ekspertiza

qilish uslubi Odam tishi izlarini ekspertiza qilish shubhasiz kriminalistik qiziqish

uyg‘otadi, zero, bu shaxsni identifikatsiya qilish imkonini beradi. Tish izlariga protez izlari ham kiradi.

Odam tishi izlarini trasologik ekspertiza tomonidan hal qilinishi zarur bo‘lgan masalalarga quyidagilar kiradi:

Obyektlardagi izlar yoki tanadagi jarohatlar tishlarning ta’sirida hosil bo‘lganmi?

Obyektlardagi tish izlari muayyan shaxs tomonidan qoldirilganmi? Tish izlari odam yoki hayvonga tegishlimi? Bundan tashqari, protez izlari va protezlarning o‘zini tekshirishda

kompleks tekshiruvlar amalga oshirilishi mumkin bo‘lib, ularda ekspert-kriminalist va ortoped-stomatolog ishtirok etishi maqsadga muvofiqdir. Yuqorida sanab o‘tilganlardan tashqari, protezlardagi metall qorishmasining tarkibi yoki tish izlarida nikel, oltin, kobalt, xrom, kumush, mis, zanglamaydigan po‘latning bor yo‘qligi masalasi hal qilinishi zarur.

Ko‘pincha, tadqiqot obyekti sifatida tish siniqlari olinadi. Trasologik ekspertiza natijasida tish sinig‘i aynan qaysi tishga tegishliligi masalasi hal qilinsa, sud biologlari tomonidan tish sinig‘ida yoki tekshirilayotgan obyektda qoldirilgan so‘lak va qon qoldiqlari ekspertiza qilinadi.

Tish izlarining trasologik ekspertizasi tekshirish uslubining barcha an’anaviy elementlarini o‘z ichiga olish bilan birga, o‘zining alohida xususiyatlariga ega. Tish izlarini ekspertiza qilishda qiyosiy manba sifatida aniqlanishi kerak bo‘lgan obyekt – gumonlanuvchining tishlari emas, aksincha, tish qoliplari yoki eksperimental izlar o‘rganiladi, bu esa o‘z navbatida, tekshiruvni qiyinlashtiradi, zero har qanday eng yaxshi nusxa asl nusxa oldida hech narsa emas. Eksperimental izlarni tekshirishga tayyorlashda ularda identifikatsion alomatlar hodisa sodir bo‘lgan joydan

Page 101: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

101

olingan izlarga qaraganda iloji boricha to‘liq aks ettirilishi zarurligi inobatga olinishi kerak. Eksperimental izlar neytral va zararsiz moddalar ( plastilin, stens, gips)dan tayyorlanadi.

Chunonchi, stomatologlar va tish texniklariga eksperimental izlar olishni topshirish ekspertizani amalga oshiruvchi trasolog huzurida amalga oshirilishi muhimligini alohida ta’kidlash zarur.

Dastlabki tadqiqot an’anaviy harakatlar: ekspertiza belgilash to‘g‘risidagi qaror, jinoyat ishining boshqa hujjatlari bilan tanishish, obyektlarni o‘rash, yelim xaltalarga joylashtirish, tekshiruv obyektlarini ko‘zdan kechirishdan boshlanadi. Bunda ekspert buyumning ko‘rinishi va sifatini, taqdim etilgan obyektlar soni va holatini, berilgan qiyosiy materiallarning to‘liqligini, shuning ularning ekspertiza o‘tkazish qaroriga muvofiqligini tekshirib ko‘radi. Dastlabki ko‘zdan kechirish: obyektdagi qaysi izlar tekshirilishi zarurligi, tekshirish qanday hajmda va qanday ketma-ketlikda amalga oshirilishi kerakligini belgilash imkonini beradi. Ekspert texnik vositalarni belgilaydi va tayyorlaydi, shuningdek ularni qo‘llash tartibini atroflicha o‘ylab ko‘radi.

Alohida (mustaqil) tadqiqot bosqichida izlar hosil bo‘lish mexanizmi va izlar aynanlashtirish (identifikatsiyalash) uchun yaroqliligi to‘g‘risidagi masala hal qilinadi. Bu maqsadda izlarda aks etgan identifikatsion belgilar qayd qilinadi va baholanadi. Izlarni ta’riflashda ularning xususiyati, shakli, sifatlari, izlar ko‘rinishi, buyumda aks etgan tishlar soni, aynanlashtirish belgilarining mavjudligi qayd etiladi.

Tadqiqotning mazkur bosqichida doim quyidagi xususiy savollarga javob topiladi: a) izlar yuqori yoki pastki jag‘ yoki ikkala jag‘ tishlar tomonidan va ularning qaysi tarafi bilan qoldirilganini aniqlash; b) izlar aynan qaysi tishlar bilan qoldirilgan; v) izlar protezlar tomonidan qoldirilganmi?

Izlar aynan qaysi jag‘ tishlari yoki ularning qaysi tomoni bilan qoldirilganligi to‘g‘risidagi masalani hal qilishda quyidagilarga alohida e’tibor berish zarur: tishlangan joyda yuqori jag‘ izlari tomonidan qoldirilgan yoysimon izlar pastki jag‘ tomonidan qoldirilgan yoysimon izlarga qaraganda katta; oldingi (frontal) izlar cheti ko‘proq qayrilgan. Yuqori jag‘ kurak tish va qoziq tishlari pastki jag‘ning xuddi shunday tishlarga qaraganda sezilarli darajada kattaroq. Yuqori jag‘dagi qoziq tishlarning ichkari sirti uzunasiga bo‘rtgan, pastki jag‘dagi qoziq tishlar u yalpoq yoki ozgina botgan bo‘ladi. Yuqori jag‘ katta va kichik oziq tishlar

Page 102: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

102

aniq aks etgan bo‘rtmali chaynash sirtiga ega, bunda kichik oziq tishlarda ikkitadan, katta oziq tishlarda to‘rtta va undan ko‘p bo‘ladi. Yuqori jag‘ katta oziq tishlar qoplamasi (koronkasi) rombsimon shaklga ega bo‘lsa, pastki jag‘ katta oziq tishlar chaynash sirti chetlari qayrilgan noto‘g‘ri to‘rtburchak shaklga ega.

Jag‘lar tarafini aniqlash tish izlarining o‘zaro joylashishi, tish yoyining shakli va qayrilish yo‘nalishiga qarab aniqlanadi.

Izlar qaysi tish (kurak tish, qoziq tish, oziq tish)lar tomonidan qoldirilganini aniqlashda g‘adir-budur kesuvchi sirtga ega kurak tishlarning shakli va kattaligini hisobga olish zarur. Yuqori jag‘da o‘rtadagi kurak tishlar chetdagi kurak tishlarga qaraganda katta bo‘lsa, pastki jag‘da chetdagi kurak tishlar o‘rtadagi kurak tishlarga qaraganda kattaroq bo‘ladi. Qoziq tishlardan yaqqol ko‘rinadigan izlar hosil bo‘ladi yoki jarohatlar yuzaga keladi, qattiq yuzalarda esa qoziq tishlar nuqtali izlar qoldiradi.

Gumonlanuvchi tishi izlarining nusxalari alohida eksperimental tekshirilib, tish apparatining o‘ziga xos xususiyatlari aniqlanadi. Eksperimental izlar va tishlarning gips qoliplari olingan jag‘lar to‘g‘risida ma’lumot bayonnomada qayd etiladi.

Ba’zi hollarda iz hosil bo‘lish mexanizmini kuzatish va o‘rganish hamda qo‘shimcha nusxalarni taqqoslash maqsadida ekspertli tekshiruv (eksperiment) o‘tkaziladi. Eksperiment jarayonida ekspert iz hosil bo‘lish mexanizmini qayta tiklashi mumkin, bunda tekshirilayotgan izlarning aks etish xususiyati hisobga olinadi. Eksperiment natijalarini qayd etishda ekspert tajriba o‘tkazish shartlarini bayon qiladi, chunonchi: izlar qanday materialdan olingan, uning ta’rifi (shakli, hajmi, sifatlari va hokazo) tajriba sharti necha marta va qanday o‘zgargan? Iz qoldiruvchi obyekt (masalan, odam tishlari) o‘ziga xos sifatlariga ko‘ra, tajriba-eksperiment jarayonida ba’zi axloqiy (etik) muammolarni, masalan, stomatolog, tish texnigi, hattoki psixologning maxsus yordamini talab qiladigan masalalarning vujudga kelishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Qiyosiy tadqiqot tish apparati tarkibiy tuzilishining umumiy va xususiy alomatlari (belgilari)dagi o‘xshashlik va farqlarni aniqlash maqsadida o‘tkaziladi. Identifikatsiya (aynanlashtirish) qilinayotgan obyekt faqat aynanlashtirilayotgan belgilarni qiyosiy tekshirish natijasida aniqlanishi mumkin. Bunda avval umumiy, so‘ngra xususiy belgilar

Page 103: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

103

qiyoslanadi. Tadqiq qilish (tekshirish) jarayonida, agar qiyoslanayotgan izlardagi turdosh belgilar orasida keskin farq bo‘ladigan bo‘lsa, davom ettirilmaydi, ya’ni to‘xtatiladi. Basharti mazkur belgilar bir-biriga mos kelsa, ekspert xususiy belgilarni taqqoslashga kirishadi.

Qiyosiy tekshiruvning asosiy usullari quyidagilardan iborat: taqqoslash, bir-birini ustiga yotqizish kabilar bo‘lib, mazkur usullar tish izlarini taqqoslashda qo‘llanilishi mumkin. Taqqoslashga talablar har qanday trasologik ekspertiza o‘tkazishni amalga oshirishda qo‘yilishi mumkin.

Fotosuratlarda berilgan izlarni taqqoslashda ular ikki marotaba kattalashtirilgan aniq masshtabda berilishi shart. Shuningdek, izlar bir xil sharoitdagi yorug‘likda olinishi, bir xil fotomaterialda qayd etilishi zarur.

Taqqoslash usuli tishlash izlari hosil bo‘lganda yoki tekshirilayotgan izlarda buzilishlar yuzaga kelganda amalga oshiriladi. Birining ustiga yotqizib tekshirish, tishlab uzib olish natijasida hosil bo‘lgan va oddiy tishlash orqali yuzaga kelgan, aniq buzilmagan izlarni qiyoslashda yoki kattalashtirish mikroskoplarida, fotosuratlar yordamida amalga oshiriladi. Oxirgi holda iz fotojadvalga to‘laligicha yopishtiriladi, eksperimental (tajriba usulida olingan) iz esa eng ko‘zga tashlanadigan izlar kesimi bo‘ylab yonlamasiga yopishtiriladi.

Qoplash usuli tekshirilayotgan va tajriba izlarining diapozitiv tasvirlariga nisbatan qo‘llanilib, izlardagi belgilar bir-biriga mos kelganda jadval yorig‘iga qistiriladi va yorug‘likka tutib, ko‘zdan kechiriladi. Qiyoslash natijasida belgilarning to‘liq yoki ba’zi bir farqlar bo‘lganida mos kelishiga ishonch hosil qilish mumkin.

Tadqiqot natijalarini baholashda ekspert mavjud farqlar ularni qiyoslash natijalariga qay darajada ta’sir etishiga asoslantirilgan dalil-isbotlarni keltirishlari zarur.

Tadqiqot natijalarini baholash ekspert ishining yakuniy bosqichi bo‘lib, u xulosa chiqarish uchun asos hisoblanadi. Ekspert o‘zining ichki ishonch-e’tiqodi, barcha identifikatsion belgilarni umumlashtirish hamda mos tushgan va farqlanadigan belgilarni tekshirish orqali xulosa chiqaradi. Xulosalar ekspert oldiga qo‘yilgan savollarga to‘laligicha javob berishi shart.

Xulosa qilib aytish mumkinki, bu kabi trasologik ekspertiza ekspertdan ishda sinchkovlikni talab qilib, mazkur faoliyatni muvaffaqiyatli uddalash undan nafaqat kriminalistika faniga oid bilimlarni, balki unga yondosh sohalar: sud tibbiyoti va stomatologiya bo‘yicha ham yetarlicha bilimlarga ega bo‘lishi zarurligini taqozo qiladi.

Page 104: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

104

Savol va topshiriqlar: 1. Odam tishi izlari hodisa sodir bo‘lgan qaysi joylarda uchrab turishi

mumkin? 2. Amaliyotda ekspert tadqiqoti orqali tish izlari to‘g‘risida nimalarni

aniqlash mumkin? 3. Shaxs yoshini aniqlashning asosiy belgilari nimalardan iborat? 4. Doimiy tish nechta asosiy qismdan iborat? 5. Identifikatsiya qilinuvchi tish belgilarining tasnifini tushuntirib bering. 6. Tish qatorining umumiy anatomik belgilarini ta’riflang. 7. Tishlarning xususiy anatomik belgilari nimalardan iborat? 8. Trasologik ekspertizada odam tishi izlariga oid qaysi masalalar hal

qilinadi?

Page 105: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

105

5-BOB. BUZISH QUROLLARINING EKSPERT TADQIQOTI

1. Buzish qurollarining umumiy tavsifi va ularning

to‘siqlarga ta’sir qilish usullari Xususiy mulkka qarshi ko‘pgina jinoyatlar texnik vositalarni qo‘llash

orqali sodir qilinib, ular qatoriga buzish (buzib ochish) qurollari ham kiradi masalan, turli xil maishiy va ishlab chiqarish mehnat qurollari (lomlar, changaklar, arralar, bolg‘alar, montaj belkurak-montirovkalar va hokazo), shuningdek jinoiy maqsadlarda maxsus yasalgan asboblar («fomka», «balerina», «g‘oz panja»). Bundan tashqari, tasodifiy buyumlar (metall o‘zak, quvur, armatura tayoq va hokazo) yordamida turli xil to‘siq qisman va to‘liq buziladi. Bu kabi buzilish ta’sirida hosil bo‘ladigan izlar trasologik ekspertiza obyekti hisoblanadi.

Mazkur izlarning ekspert tadqiqoti jarayonida qo‘llangan qurolning turi aniqlanadi, aynanlashtiriladi, turli buyumlarga ta’sir qilish mexanizmi, to‘siqlar va qulflanadigan moslamalarni buzish usullari aniqlanadi. Bu, o‘z navbatida, jinoyat ishlarini tergov qilishda daliliy ahamiyatga ega bo‘lgan ma’lumotlarning olinishiga xizmat qiladi.

To‘siq va buzish qurollarining o‘zaro ta’sir mexanizmiga ko‘ra, ular uruvchi, teshuvchi, richagli, kesuvchi, shuningdek murakkab turlarga bo‘linib, ular bir nechta turga kiritilishi mumkin. Masalan, richagli-kesuvchi, teshuvchi-yoruvchi buzish qurollari kesuvchi qurollar guruhiga kiritiladi.

Quyida yuqorida keltirilgan qurol guruhlarining ishlash mexanizmi, to‘siqqa ta’sir etish xususiyatlarini ko‘rib chiqamiz.

Uruvchi (zarba beruvchi) qurollar. Urib ta’sir qilish (zarbali ta’sir) to‘siq ishlangan materialdan nisbatan qattiq va pishiq har qanday buyum bilan amalga oshirilishi mumkin. Bunda uruvchi qurolning zarba berilayotgan buyum og‘irligidan birmuncha og‘irligi zarbaning kinetik energiyasini oshiradi va pirovardida uning vayron qilish ta’sirini kuchaytiradi. Bular maxsus uruvchi qurollar – bolg‘a, katta bolg‘a (kuvalda), bolta (bolta muxrasi) va boshqa katta buyumlar – katta tosh, biror-bir buyumning metall detali, qattiq turdagi daraxt poyasining bir bo‘lagi bo‘lishi mumkin.

Teshuvchi qurollar. Teshish, urish (zarba berish) kabi muskul kuchi yordamida yetarlicha og‘ir qurol bilan zarbaning kinetik energiyasi

Page 106: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

106

oshirilishini nazarda tutadi. Biroq zarba berib, ta’sir qilish asosan to‘siq yuzasining bir qismini buzishga qaratilgan bo‘lsa, teshish – material ichkarisiga buzib kirish va hosil bo‘lgan yoriqni kengaytirishni nazarda tutadi. Buning natijasida teshik, yoriq paydo bo‘ladi.

Teshish qurollari sifatida lomlar, shlyamburlar, belkuraklar va boshqalar ishlatiladi. Ko‘pincha, yoriq qilish maqsadida teshuvchi qurol yoki boshqa asbobning richagli (ilgakli) ta’siridan foydalaniladi.

Richagli qurollar. Buzishning richagli qurollari muskul kuchini ko‘p marotaba ko‘paytirish va uni to‘siqning muayyan qismiga markazlashtirilgan holda ta’sir etish maqsadida qo‘llaniladi. Bunda to‘siq elementlarining buzilishi (qulf dastasi, qulf yelkasi, panjaraning yulib olinishi) yoki uning qisman deformatsiyalanishi yuzaga keladi, masalan, eshik tavaqalari, oyna romlarini siqib chiqarish va hokazo. Richag sifatida ko‘pincha lomlar, montirovkalar, armatura simlari yoki boltalar (boltaning tig‘i eshik qutisi va tasmasi orasiga kiritiladi, bolta dastasi esa siqib chiqarishda richag vazifasini o‘taydi). Ba’zida o‘g‘rilarning maxsus asbobi «fomka» qo‘llaniladi. U uchi yassilanib yasalgan metall tayoqdan iborat bo‘lib, o‘ziga xos ilgak vazifasini o‘taydi (1-rasm).

1-rasm. O‘g‘rilarning maxsus yasalgan asboblari: a – «fomka» turlari; b – «g‘oz panja».

Mazkur guruh qurollariga qisqich moslamalari (asboblari va

qurilmalari) ham kirgan bo‘lib, ular yordamida to‘siqlar qisiladi, so‘ngra alohida bo‘laklarga parchalanadi. Ularga domkratlar, iskanja, yassi ombir, yumaloq jag‘li ombirlar kiradi.

Kesuvchi qurollar. Kesish ta’siri mexanik yoki termik bo‘lishi mumkin. Mexanik kesish turlarining turli-tumanligiga qaramay, ularning asosiga kesiluvchi materialning asbob bilan o‘zaro ta’siri kiradi. Kesuvchi asbob ponasimon ishchi qismi va kesuvchi qirrasiga ega bo‘ladi. Kesish kesuvchi qirra materialga bosib kiritiladi, ponasimon qismi esa yon yuzasi bilan uni yirib, qismlarga bo‘ladi (pichoqda kesish, bo‘lish) yoki undan qirrindilar chiqarib kesadi (randalash, parmalash, arralash).

Page 107: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

107

Kesish jarayonining yagona prinsipga egaligiga qaramay, uning alohida turlarini ajratish kerak:

– pichoq yoki shu kabi asbobda erkin (pichoq tig‘ining mus-tahkamlanmagan holda joylashishi) kesish;

– chopish; – uzish; – kesib olish; – parmalash; – arralash; – qirqadigan doiralarda kesish; – oyna kesish. Yuqorida ko‘rsatilgan turlar materialni bo‘lish mexanizmi va

qo‘llanadigan qurollar qurilmasiga ko‘ra ajralib turadi. Kesishning eng tarqalgan qurilmasi sifatida pichoq yog‘ochdan yoki

boshqa yumshoq moddalardan yasalgan to‘siqqa boshlang‘ich ta’sir qilish uchun ishlatiladi. Pichoq yordamida chuqur bo‘lmagan tilish amalga oshirilib, so‘ngra urish, richag bilan ta’sir qilish va yopiladigan moslamalarga boshqacha ta’sir qiluvchi asboblar samarali ishlatiladi. Pichoq tig‘i bilan tilish va kesish ko‘ndalang (tolaga perpendikular ravishda) yoki uzunasiga, qiya (tolalarga nisbatan burchak ostida) va sirg‘anuvchi harakat bo‘lishi mumkin (bunda pichoq tig‘i bir vaqtning o‘zida ikkita yo‘nalishda harakatlanadi: kesish tomonga va pichoq tig‘ining uzunasiga o‘qi bo‘ylab).

Chopish deganda, birmuncha og‘ir buyumning tig‘i bilan to‘siqqa qilingan zarbali ta’sir natijasida yuzaga kelgan buzilish tushuniladi. Chopish mexanizmining farqlovchi belgisi sifatida zarba kinetik energiyasining asbob tig‘ining qirrasiga jamlanishi tushuniladi. Bunda asbob tig‘i ta’sir qilinayotgan to‘siq materialiga chuqurroq botadi va kuchli buzilishlarni yuzaga keltiradi. Chopish asboblari sifatida boltalar va shu kabi maishiy-xo‘jalik asboblari, shuningdek xanjar va machete qo‘llaniladi.

Teshuvchi-chopuvchi asboblar – bu iskana, tarosh, kreysmeysel bo‘lib, ularga og‘ir buyum bilan urish orqali ish-harakat amalga oshiriladi.

Kesishning alohida turlariga uzish va kesib olish kiradi. Uzishda ombir, bokorez, yassi ombirlar ishlatiladi, kesib olish qaychilar (maishiy, tibbiy, chilangar) yordamida amalga oshiriladi. Ularda richagli-kesuvchi o‘q va kesuvchi elementlarning o‘zaro mustahkamlangan joylashishi umumiy element hisoblanadi.

Page 108: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

108

Metall to‘siqlarni kesish uchun maxsus yasalgan moslama «g‘oz panja» ishlatiladi. U konserva kutilarini ochqichni eslatadi: uzaytirilgan dastak richag orqali kuchni kesuvchi elementning qirrasiga jamlash va 5 mm gacha qalinlikdagi metall to‘siqni kesish imkonini beradi (1-rasm).

Teshish turli xil parmadastalar yoki elektr drellar yordamida amalga oshiriladi. Ularning turlariga aylanma tezligi o‘zgaruvchan drellar va drel-perforatorlar kiradi. Oxirgilari aylanma harakat qilishdan tashqari parmaning oldinga intiluvchi (teshuvchi) harakati orqali beton, g‘isht va boshqa shu kabi materiallarni teshish imkonini beradi.

Teshishda ishchi element parma hisoblanadi. Parmalar turlicha diametrda, ko‘rinishda bo‘lib, metall va yog‘och materiallarda ishlash imkonini beradi. Ko‘pgina parmalar ikkita kesuvchi qirralarga ega bo‘lib, ularning har biri qirindi chiqarish orqali teshikni yuzaga keltiradi. Parma qirralarining charxlash burchagi, teshish tezligi va material sifatiga qarab qirindi yaxlit spiralsimon yoki uzuq-yuluq (fragmentar) ko‘rinishga ega bo‘lishi mumkin. Bunda dumaloq teshiklar yuzaga kelib, qulflanadigan moslamalar mexanizmlariga kirish yo‘lini ochadi. Ba’zi hollarda to‘siqning muayyan yuza sohasida bir nechta yaqin joylashgan teshiklar o‘yiladi, so‘ngra mazkur yuza buzib olinadi.

Teshishda maxsus qo‘lbola yasalgan «balerina» moslamasi ham ishlatiladi. U tayanch-tirgak moslamadan (sirkul oyoqchasi kabi) iborat bo‘lib, qattiq qotishmali metall keskich shtanga yordamida aylantiriladi. Shtanga keskichi aylanganda, qirindi ajralib chiqib, aylanma harakat bo‘ylab, sekin-asta to‘siq ichiga chuqurlashadi va oqibatda aylana diametri bo‘ylab teshik yuzaga keladi.

Arralash kesishning maxsus turi hisoblanadi. Arralovchi asboblar ko‘psonli kesuvchi qismlar (arra tishlari)dan iborat bo‘lib, materialni kesishni samarali amalga oshirish imkonini beradi. Amalda metall kesuvchi va yog‘och kesuvchi arralar ishlatiladi. Ularning bir-biridan asosiy farq qiluvchi tomoni tishlarning kattaligi va kesuvchi qirralarning joylashishi hisoblanadi.

Nadfil, egov va shlitsovkalar ham arralash vositasi hisoblanadi. Hozirgi kunda metall, beton, tosh kabi materiallarni kesuvchi aylanma doiralar keng tarqalgan. Ularning aylanma harakatini amalga oshirish uchun burchak-silliqlash uskunalari qo‘llaniladi. Mazkur uskunalar «bolgarka» deb ataladi hamda yuqori tezlikda daqiqasiga 11000 ta aylanma harakatni amalga oshiradi. Bunda drel (parma dasta) yoki elektrdvigatellar quvvatidan foydalanish ularning yetarlicha tez aylanma

Page 109: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

109

harakat qilishini ta’minlaydi. Kesuvchi doira aylanganda uning qattiq zarralari to‘siq materialiga arra tishlari kabi ta’sir ko‘rsatadi.

Kesish turlariga oyna kesish kiradi. Shishakeskichning kesuvchi elementi sifatida olmosning konussimon bo‘lagi (korunda) yoki qattiq qotishmali metalldan yasalgan rolik (g‘ildirakcha) olinadi. Olmos bo‘lagining ta’sirida shishaning sirtqi qatlamida tirnalgan iz qoldiriladi, g‘ildirak (rolik) esa dumalab, sirtqi qatlamni parchalaydi va ariqcha hosil qiladi. Ikkala holatda ham shisha tilinadi, uni oxirigacha kesish shishakeskich chizgan chiziq bo‘ylab ikkiga ajratish orqali amalga oshiriladi.

Metallni kesish termik ta’sir ko‘rsatish qurollarini qo‘llash orqali amalga oshiriladi. Termik kesishning ikkita usuli mavjud – kislorodli (gazli) va elektrli. Kislorodli kesishda metall kislorod oqimida kuydiriladi, yoqilg‘i sifatida atsetilen, propan-butan va boshqa gazlar ishlatiladi; elektrli (tokli) kesishda metall elektrod va metall orasida yonuvchi sirg‘alma elektr yoyi bilan eritiladi.

Termik kesish maxsus standart jihozlar yoki yasama kesuvchi moslamalar yordamida amalga oshiriladi. Bundan tashqari, metallarni kesish uchun kavsharlash-payvandlash qalamlari ishlatilib, ular yonishda 30000S haroratgacha issiqlik chiqarishi mumkin.

2. Buzish qurollaridan qolgan izlarning hosil bo‘lishi

Trasologiyada qabul qilingan tasniflashga ko‘ra, buzish qurollarining

mexanik izlari statik va dinamik izlarga bo‘linadi. Ularning hosil bo‘lish mexanizmini ko‘rib chiqamiz.

Statik izlar buzish quroliga kuch bilan ta’sir etishda iz hosil bo‘luvchi yuzaga nisbatan perpendikular (qiya) yo‘nalishda harakatlanishi natijasida hosil bo‘ladi. Bunday sharoitda buzish qurolining ta’sir qiluvchi yuzasi mazkur yuzada iz qoldiradi, ya’ni iz hosil qiluvchi moslamalarning muayyan nuqtalari iz hosil qiluvchi obyektning muayyan nuqtalarida aks etadi. Shunday qilib, qurol belgilari o‘ziga o‘xshash nuqtali akslanishga ega bo‘ladi; ya’ni buzish qurolidagi har bir shartli nuqta izdagi muayyan nuqtaga to‘g‘ri keladi. Mazkur izlar ko‘pincha urish, teshish, richagli buzish qurollari bilan ta’sir qilishda paydo bo‘ladi.

Statik izlar hajmli va yuzaki bo‘lishi mumkin. Hajmli izlar buzish quroli bilan o‘zaro ta’sirga kiruvchi obyektga qaraganda qattiqroq bo‘lganda, iz hosil bo‘lish kuchi oxirgisining materialidan pishiqroq bo‘lganda yuzaga keladi. Bunda buyum plastik deformatsiya holatiga

Page 110: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

110

o‘tadi hamda muayyan deformatsiyalangan holatda buzish quroli bilan o‘zaro ta’siridan hosil bo‘lgan relyefni o‘zida aks ettiradi va ta’sir tugagandan so‘ng, u buzish qurolining shaklini o‘zida saqlab qoladi. Bunda qurolning bo‘rtib turuvchi qismlari konform botiqlar, botiq qismlari esa do‘nglar ko‘rinishida akslanadi. Mazkur akslangan qurol qismlari ularni hosil qilgan relyef (notekislik) elementiga nisbatan qarama-qarshi ko‘zgu kabi akslanadi. Hajmli akslanishning afzalligi uning uch o‘lchovdan iboratligi bo‘lib, bu o‘z navbatida buzish qurolining iz hosil qiluvchi yuzasi to‘g‘risida ko‘proq ma’lumot olish imkonini beradi.

Yuzaki izlar ikki o‘lchovli bo‘lib, ularda faqat tashqi yuza va relyef detallarining chegaralari akslanadi. Ular o‘z navbatida qatlam bo‘lish va ko‘chish izlariga bo‘linadi.

Qatlam bo‘lish izlari deb, buzish quroli yuzasini qoplovchi moddaning ta’sir qilinuvchi yuzaga o‘tishi natijasida hosil bo‘lgan izlarga aytiladi. Bu metallning oksidlanishi (korroziya) mahsulotlari, bo‘yoq zarralari, metall zangi, moylash mahsulotlari va boshqalar — iz moddasi deb atalib, obyektning iz hosil qiluvchi maydoni yuzasining tuzilishi elementlarning aks ettirilishini ta’minlaydi.

Iz qabul qiluvchi obyektda ko‘chish izlarining hosil bo‘lish mexanizmi buzish quroli bilan ta’sir etish vaqtida biror-bir moddalar bilan qoplangan yuza yoki uning bir qismining qurol sirtiga ko‘chishini nazarda tutadi. Bu kabi izlarda buzish quroli sirtining chegaralari hamda qisman relyefining izlari qolishi mumkin. Buzish quroliga o‘tib qolgan moddalar zarrasida (masalan, bo‘yoq ko‘chib tushgan joylarda) bo‘linish izlari bo‘ladiki, ular orqali butun jismni tiklash imkoniyati yuzaga keladi.

Buzish quroli va uning alohida qismlari tashqi tuzilish belgilariga ega bo‘ladi. Odatda izlarda qurolning uncha katta bo‘lmagan iz hosil qiluvchi qismi akslanadi. Aynan shu orqali uning turi, hajmi va xususiy sifatlarini aniqlash imkoni tug‘iladi. Tashqi tuzilish belgilariga: buzish quroli va qismlarining tarkibiy tuzilishi, materiali, turi (yuzasida u yoki bu qoplama-larning mavjudligi), buzish quroli va qismlarining geometrik shakli va hajmi, shuningdek mazkur qurol nusxasini unga o‘xshash quroldan ajratishga imkon beruvchi alohida xususiyatlari kiradi.

Konstruktiv tarkibiy tuzilish belgilari asosan biror-bir maqsad uchun ishlatiladigan asboblarda mavjud bo‘lib, unga tegishli konstruktiv elementlar, izlarda aks etadi. Masalan, mix sug‘uruvchi lomcha ishchi qismlarining konstruktiv belgisi yassi, yoysimon qayilgan o‘yiq uchli asbob bo‘lib, uning uchlari muayyan burchak ostida bir-biridan ajralib turadi.

Page 111: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

111

Buzish quroli yasalgan material belgilari ba’zi hollarda izlarda bevosita yoki bilvosita aks etishi mumkin. Masalan, to‘siq bilan buzish quroli o‘zaro ta’sir qilish joyida yog‘och tolalarining ko‘p qavat bo‘lishi richag yoki urish (zarba berish) quroli sifatida yog‘ochli buyumning ishlatilganligidan dalolat beradi. Metall buyumlarda yaqqol ko‘rinib turuvchi bosim izlari – birmuncha qattiq metalldan yasalgan qurol ishlatilgani to‘g‘risida dalolat beradi.

Ta’sir qiluvchi maydonning geometrik shakli, qismlarining hajmiga asbobning qurilishi (yoki qo‘l ostiga tushgan buyumning turi)ga ko‘ra, to‘siqni buzgan asbob to‘g‘risida tasavvur hosil qilish mumkin. Tashqi qurilish belgilari umumiy tavsifga ega bo‘lib, buzish qurollarining alohida guruhga tegishli belgilari, turi, ko‘rinishini aniqlash uchun xizmat qilishi mumkin.

Buzish quroli tashqi tuzilishining o‘ziga xos xususiyatlari uni alohidalashtirishga imkon beruvchi xususiy belgilarga kiradi. Odatda ular qurolni yasash, saqlash, ishlatish va ta’mirlash natijasida yuzaga keladi. Sanoat korxonalarida yasalgan asboblar sifat nazoratidan o‘tadi va odatda sirtida nuqsonlar, detal shakllarida hech qanday kamchiliklar bo‘lmaydi. Relyefning o‘ziga xos xususiyatlari abraziv (charxlash, silliqlash asboblari uchun ishlatiladigan mayda donador qattiq) materiallarni qo‘llash orqali ishchi qismlariga ishlov berish natijasida vujudga keladi. Qo‘lbola ishlangan asboblarga berilgan shakl, o‘lcham va yuza sirtining silliqligida nuqsonlar mavjud bo‘lib, ularni mazkur tashqi belgilar orqali alohida guruhlarga kiritish imkonini beradi. Asbobni saqlash uchun to‘g‘ri kelmaydigan sharoitda saqlash, uning sirtida korroziya va zang hosil bo‘lishiga olib keladi. Asbobni ishlatish va ta’mirlash uning tashqi ko‘rinishidagi xususiyatlariga ta’sir qiladi: asbob sirtida turli-tuman yoriqlar, metallning ushoqlanishi, parchin, g‘udurlar hosil bo‘ladi. Asbobni ta’mirlash (rixtovka, bolg‘alash, charxlash), odatda asbob sirtida yangi relyef izlarini yuzaga keltiradi, ba’zida asbob tashqi tuzilishining umumiy xususiyatlarini o‘zgartirib yuboradi.

Shu munosabat bilan kriminalistikada «identifikatsiyalash davri» degan tushuncha paydo bo‘lgan, mazkur davr mobaynida buzish qurolining iz hosil qilinuvchi sirtidagi belgilar o‘zgarishsiz saqlanadi.

Izning identifikatsion ahamiyatini aniqlash (u umumiy yoki xususiy bo‘lishi mumkin), uning kelib chiqishini tekshirish orqali amalga oshirish mumkin. Chunonchi, tahlil, tasodif va zaruratning birligi to‘g‘risidagi nazariy qoidaga tayangan holda amalga oshiriladi. Har bir alohida belgining kelib chiqishi va tabiatini bir-biridan alohida emas, aksincha,

Page 112: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

112

belgilarning shakllanishiga sabab bo‘lgan yagona jarayonning bir qator umumiy shartlari sifatida tahlil qilish zarur. Xususiy belgilar sirasiga bir vaqtning o‘zida yuzaga kelgan sabab, shart-sharoitlarning majmui kiradi. Bolg‘a sopidagi o‘yiq bolg‘a yasalgan metalldan qattiqroq buyumga muayyan burchak ostida katta kuch bilan urish natijasida hosil bo‘ladi. Bunda zarba kuchi, uning burchagi, obyekt sirtining yuzasi va qattiqligi erkin tarzda berilishi mumkin. Hosil bo‘lgan o‘yiq (o‘zining shakli, hajmi, joylashishi)ga qarab tasodifiy xususiyatga ega bo‘lib, xususiy belgi sifatida qabul qilinishi mumkin. Agar aynan shunday belgining boshqa bolg‘ada hosil bo‘lish ehtimoli mavjud bo‘lsa, uning identifikatsion ahamiyati keskin kamayadi. Aksincha, bu kabi belgining yuzaga kelishi bir guruh buyumlar (predmetlar) uchun ehtimolli bo‘lsa, u xususiy belgilar qatoridan umumiy belgilar qatoriga kiradi.

Buzish qurollarining dinamik izlari. Ular orasida quyidagilarni ajratish mumkin:

sirg‘alish (zichlanish, qirindi tushishi); erkin tarzda kesish va bo‘lish; ko‘ndalang kesish va uzib olish; parmalash; arralash; maxsus asboblarni qo‘llash («balerina» moslamasi, kesuvchi doira,

shisha keskich va h.k.)

2-rasm. Dinamik izlarning hosil bo‘lishi (sirg‘alish): a — chiziqli ta’sir natijasida hosil bo‘lgan izlar;

b — yuzali ta’sirda hosil bo‘lgan izlar. Sirg‘alish izlari iz hosil qiluvchi kuch (F) (2-rasm), iz hosil bo‘luvchi

yuza bo‘ylab emas, (90° dan katta yoki kichik burchak ostida yo‘nalganda hosil bo‘ladi (2-rasm, a). Mazkur kuchni tashkil etuvchi (F1) iz hosil qiluvchi obyekt iz hosil bo‘luvchi yuzaga ta’sir qiladi, ikkinchisi esa (F2)

Page 113: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

113

uni turgan joyidan siljitishga harakat qiladi. Basharti ikkinchi birikma o‘zining kattaligiga ko‘ra birinchisidan ustun kelsa, obyekt iz hosil qiluvchi yuza bo‘ylab siljiydi. Bunda iz hosil qiluvchi narsaning har qanday shartli nuqtasi (masalan, relyefning bo‘rtib chiqqan qismi) harakatlanish yo‘nalishi bo‘ylab bitta trassa – iz qabul qiluvchi obyektda o‘yiqning hosil bo‘lishiga imkon beradi.

Sirg‘alishda odatda ikki turdagi izlar hosil bo‘ladi – chiziqli va yuzaki. Chiziqlar izlar buzish qurolining kesuvchi uchining sirg‘aluvchi ko‘ndalang harakatlanishi uchun xosdir. Mazkur holatda iz hosil qiluvchi obyektning bir xil nuqtalari iz qabul qiluvchi obyektning turli nuqtalarida akslanadi. Izda buzish qurolining izlari adekvat (o‘xshash) emas, trassalar (parallel chuqurchalar) kabi relyefning muayyan elementlariga mos ravishda akslanadi. Bunday izlarda statik izlar bilan solishtirganda, iz hosil qilish obyekti to‘g‘risida ma’lumot kamroq bo‘lsa-da, biroq ular buzish qurolining guruhiy tegishliligi va uning aynanligini aniqlash uchun muhim omil hisoblanadi.

Yuzali izlar u yoki bu buzish quroli yuzasining iz qabul qiluvchi obyekti bo‘ylab sirg‘alish natijasida yuzaga keladi (2-rasm, b). Bunda iz hosil bo‘luvchi maydon doirasida joylashgan relyef nuqtalari trassalar (ariqchalar) hosil bo‘lishida ishtirok etib, ular bir-birini qoplagan holda o‘zaro singib ketadi. Mazkur izda relyef izlari va akslangan izlar orasida o‘zaro moslikni aniqlash qiyin bo‘lgani bois, ular bo‘yicha buzish qurolini identifikatsiya qilish mumkin.

Ekspert asosan chiziqli ta’sir qilish natijasida hosil bo‘lgan izlar bilan ishlaydi. Shu bois, bu kabi izlarda belgilarning aks etish (ifodalanish)ga ta’sir etuvchi asosiy jihatlarini ko‘rib chiqish maqsadga muvofiqdir. Sirg‘alish izlari ham yuzaki va hajmli bo‘lishi mumkin. Yuzaki izlar u yoki bu moddaning iz hosil bo‘luvchi yuzaga qoplanishi yoki aksincha, uni mazkur moddaning ochiq joylar bilan ketma-ket kelgan parallel chiziqlar ko‘rinishidagi izlar qolib, relyefning bo‘rtgan yoki botgan qismlariga mos keladi. Bunda akslanishning aniqligi moddaning konsistensiyasi (zichligi), uning obyekt yuzasi bilan birikish kuchi, iz hosil bo‘luvchi yuzaga yopishishi (uni bo‘yash) xususiyatiga bog‘liq bo‘ladi.

Sirg‘alishning hajmli izlarining hosil bo‘lishi statik hajmli izlarning hosil bo‘lishiga mos keladi. Uning yagona farqli tomonlaridan biri iz qabul qiluvchi obyektning ko‘chishi natijasida parallel chuqurchalar va ularni ajratib turuvchi do‘ngchalar (valiklar) yuzaga keladi.

Sirg‘alishning tashqi hajmli izlarining hosil bo‘lishida iz hosil bo‘lish jarayoni va bir obyektning ikkinchisiga nisbatan siljishini ta’minlovchi iz

Page 114: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

114

hosil bo‘luvchi yuzaga bosilish kuchi katta ahamiyatga ega. Iz hosil qiluvchi relyef va iz hosil bo‘luvchi yuza relyefi mikro belgilarining buzilishiga imkon bermaydigan holda bosish chegaralarini aniqlashtirish ushbu belgilarning yaqqolligi va to‘liq akslanishiga sabab bo‘ladi. Hajmli sirg‘alish izlarida hosil bo‘lgan izlarni ko‘ndalang kesish orqali izlar hosil bo‘lgan relyef elementlarini geometrik nisbatlarda va ulushlarda qaytarish imkoniyati yuzaga keladi. Izlardagi trassalar (chuqurchalar)ning shakli va kattaligiga iz hosil bo‘luvchi maydon va iz hosil qiluvchi qurol yuzasining o‘zaro ta’siri (joylashishi) ta’sir qilib, ular buyumdagi izlarning frontal va tutashgan qismlari orqali aniqlanishi mumkin.

Yuqorida qayd etilganidek, kesish maqsadida ham ishlatilishi mumkin bo‘lgan qurol (masalan, otvertka)ning ishchi qismi (uchi) pona ko‘rinishiga ega. Pona hosil hosil qiluvchi qirralar asbob tig‘i uchida birlashadi, u esa o‘z navbatida ko‘ndalang kesimida asbob ishchi burchagining tepasini tashkil qiladi. Kesuvchi qirra ishchi burchagining kattaligi eng kam bo‘lgan sharoitda (masalan, xavfsiz ustara tig‘i) to‘g‘ri chiziqli emas, silindrsimon yuzani tashkil etadi. Binobarin, uning tekis yuza bilan o‘zaro ta’sirida asbobning iz hosil bo‘luvchi yuzaga nisbatan og‘ish burchagiga qarab, tig‘ qirrasi bo‘ylab joylashgan turlicha chiziqlar (qatorlar) hosil bo‘ladi. Mazkur og‘ish burchagi o‘zgarishida relyef detallarining iz hosil bo‘luvchi yuzada proyeksiyalanish hajmi va ko‘rinishi o‘zgaradi.

Frontal burchak, og‘ish burchagi deb ham atalib, iz hosil bo‘lgan yuzaga va asbob ishchi burchagining bissektrisasida joylashadi. U asbob harakatlanishiga nisbatan «ochiq» bo‘ladi. Xususan, asbobning ishchi qismi, ishchi burchagining yuzasi bilan chegaralangan muayyan yuzani aks ettiradi. Uning frontal ishchi burchagining yarmisi va 1800 ni tashkil qilgan asbob ishchi burchagining yarmisini ayirib tashlashda hosil bo‘lgan ko‘rsatkichga teng. Agar asbob tig‘i bir tomonlama charxlangan bo‘lsa, ishchi burchagining yarmisi va frontal burchakning eng chetidagi ko‘rsatkichlar hisobga olinmaydi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, mazkur burchakning minimal va maksimal ko‘rsatkichida asbob ishchi qismlarining qirralari va iz hosil bo‘luvchi yuza orasida tashqi izlar hosil bo‘ladi. Basharti, frontal burchak kattaligi 900 dan kichik bo‘lsa, odatda zichlanish izi, burchak 900 dan katta bo‘lganda, qirilish (ko‘chish) izlari hosil bo‘ladi.

Sirg‘alish izlari, odatda tig‘ va qirra, ya’ni asbob uchining kesishuv chizig‘i keskin ifodalangan chiziqni tashkil qilgan asboblar yordamida hosil qilinadi. Sirg‘alish izlarida buzish qurolining tashqi tuzilishi haqida

Page 115: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

115

unchalik ko‘p ma’lumot olib bo‘lmaydi. Mazkur izlar orqali faqat iz hosil bo‘luvchi maydon kengligi to‘g‘risida tushunchaga ega bo‘lish mumkin. Bu kabi izlar bo‘yicha identifikatsiya, odatda, qurol relyefi hamda unga yaqin joylashgan tig‘ maydonini tashkil etadi.

Qurolni yasashda uning tig‘i (uchi) yo‘niladi, natijada iz yuzasining o‘ziga xos mikrorelyefi hosil bo‘ladi. Asbobga bunday ishlov berish abraziv va boshqa turdagi charxlash doiralarini qo‘llash orqali amalga oshiriladi. Ular tartibsiz ravishda joylashgan qattiq zarralar birikmasidan iborat bo‘lib, charxlash vaqtida ular buyumdan o‘zining miqdori, shakli va hajmi, shuningdek o‘zaro joylashuviga ko‘ra, boshqa buyumlarda takrorlanmaydigan relyef qatlamini buzib yuboradi. Qurol tig‘i va relyefining boshqa qismlariga ekspluatatsiya qilish va saqlash holati ham ta’sir qiladi. Xulosa qilib aytish mumkin, relyef elementlari o‘zida xususiy belgilar majmuini tashkil qilib, u muayyan buzish qurolini boshqa shu kabi qurol turlaridan alohidalashtiradi.

Erkin kesish va bo‘lish (chopish) izlari pichoq, bolta, tarosh va boshqa asboblarning obyekt sirtida hosil bo‘lib, sirg‘alishga o‘xshaydi. Ular iz hosil bo‘luvchi maydon va asbob kesuvchi qirrasining relyefi to‘g‘risidagi dalilni o‘zida mujassamlashtiradi. Izlarda belgilarning ifodalanish darajasi iz hosil qiluvchi kuch kattaligi va yo‘nalishi, ularning iz hosil bo‘lish jarayonida o‘zaro joylashishiga, buzish qurol materialining mexanik xossalari orasidagi o‘zaro aloqadorlikka bog‘liq. Biroq, yuqorida aytib o‘tilgan omillarning oxirgisi sirg‘alish izlarining yuzaga kelishida bo‘lgani kabi hamma vaqt ham frontal va qarama-qarshi burchaklar katta- kichikligiga asoslanmaydi.

Kesish yoki bo‘lish vaqtida qarama-qarshi burchakning kattaligi o‘zgaradi, frontal burchak (iz yuzasi va asbob ishchi burchagining kesishish bissektrisasi orasida joylashgan bo‘lib) 1800 burchakka yaqin o‘zgarishsiz holatda bo‘lib, uni hisobga olishning zarurati yo‘q. Buzish quroli va to‘siqning o‘zaro joylashuvi va bir-birining sirti bilan ta’sirlanish burchagini aniqlash zarurati yuzaga kelganda o‘lchanishi mumkin (masalan, pichoq yoki bolta tig‘ining yuzasi va obyekt yuzasi o‘lchanadi).

Kesish izlariga ombir, kombinatsiyalashgan yassi ombir orqali hosil bo‘lgan izlar, qirqish izlariga qaychi, cheti to‘mtoq tok qaychi bilan qirqish orqali hosil bo‘lgan izlar kiradi. Ular hosil bo‘lishining o‘ziga xos xususiyati shundaki, bunda (odatda sim yoki kichik diametrli qayishsimon metall) bir vaqtning o‘zida o‘zaro bir nuqtada mustahkamlangan kesuvchi elementlar – ombir uchi, qaychi pichoqlari va boshqalar ta’sir etadi. Bunda frontal va qarama-qarshi burchaklar o‘zgarmaganligi bois, iz hosil bo‘lgan

Page 116: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

116

maydonni izlash va umuman olganda identifikatsiya qilish vazifasini hal qilish imkonini beradi. Odatda, bu kabi asboblar ta’sirida bo‘linish yuzasi ikkita tekis yuzaga bo‘linadi va bir-biri bilan muayyan burchak ostida birlashadi hamda botiq hosil qiladi.

Parmalash izlari ikki tomoni ochiq teshik va uchi yopiq teshiklardan hosil bo‘lgan izlarni tashkil etadi. Parma teshuvchi uskuna bo‘lib, bir yoki bir nechta teshuvchi qirralardan iborat bo‘ladi. Asosiy teshuvchi qirralarning relyef xususiyatlari ochiq teshiklarda ifodalanmaydi. Bunday izlar bo‘yicha qo‘llangan parmaning diametri va parmalash qaysi tomondan amalga oshirilganini aniqlash mumkin.

Uchi yopiq teshiklar sirtida odatda parma kesuvchi qirralarning bir-biriga nisbatan markazlashgan holda joylashgan halqa chiziqlar ko‘rinishda parma qirralarining relyefi akslanadi. Ko‘ndalang chiziqlar ko‘rinishida relyef parmalash vaqtida hosil bo‘ladigan qirindida akslanadi. Parmalash izlarida kesuvchi qirralar relyefi xususiyatlarining akslanishi mazkur izlarni hosil qiluvchi muayyan parmani identifikatsiya qilish imkonini beradi.

Arralash izlari yog‘och, arra, metall, dastarra (nojovka), shlisovka, napilnik (tishi mayda arra), nadfil va boshqalar qo‘llash natijasida yuzaga keladi. Arralash jarayonining boshqa turdagi kesish turlaridan farqlovchi umumiy xususiyatlaridan biri – bo‘linayotgan obyektga bir vaqtning o‘zida ta’sir qiluvchi qirrali tishlarning ta’siri bo‘lib, ularning har biri arralangan joydan payraha (qirindi) chiqargan holda, uning ichiga sekin-asta botadi (3-rasm). Bunda hosil bo‘lgan izlarni to‘liq va to‘liqsiz arralash izlariga bo‘lish rusum bo‘lgan. Ularga arra sal tekkan joy (nadpil) va keng arralangan joy (propil) kiradi.

4-rasm. Metallni kesish tasmasi bilan kesish jarayonida qirindi hosil bo‘lishi.

Shuningdek, arralash izlari narsa-buyum kesilgan (bo‘lingan) maydon-

larda yuzaga kelib, arraning kesuvchi qismiga mos keluvchi do‘ng va

Page 117: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

117

botiqlar ko‘rinishidagi relyefni tashkil etadi. Ular o‘zaro parallel va burchak ostida joylashadi. Shuni nazarda tutish kerakki, bu relyef asbobning qandaydir alohida xususiyatlarini aks ettirmaydi va identifikatsiya qilishda foydalanish mumkin emas.

Arra sal tekkan joy izlari sirt va yonlama devorlarga ega bo‘lib, to‘liq arralangan joyga o‘xshash yuzani tashkil etadi. Sirtning relyefi asbob tishlari ta’sirida hosil bo‘lgan va bir-biriga qoplangan ko‘ndalang izlardan iborat bo‘ladi. Bunda mazkur holat sirtning relyefiga qarab arralovchi asbobni identifikatsiya qilish imkoniyatini puchga chiqaradi.

Ba’zi hollarda iz tagida arra tishlarining «tiqilish» izlaridan iborat statik izlar topilishi mumkin, ularda buyum tashqi tuzilishining belgilari ifodalanadi.

Ta’kidlash kerakki, metall buyumlarni metall arra (arradasta) bilan arralashda alohida tishlarning kesuvchi qirrasi relyefining xususiyatlarini ifodalovchi mikrotrassalar yuzaga kelib, ular o‘z navbatida identifikatsiya qilishda foydalanilishi mumkin.

Nadfil va arratarosh (napilnik) bilan arra sal tekizilgan va arralangan izlar, arraning kertik tishlarining ketma-ket davomiy ta’siri natijasida hosil bo‘lgan trassalar bir-birini qoplashi natijasida alohida tishlarning alomatlarini ajratib olishga xalaqit beradi. Mazkur izlarda asbobning shakli va hajmini tavsiflovchi umumiy belgilar qoladi.

Kesuvchi doiralar va shishakeskich ishlatish orqali hosil bo‘ladigan izlarda ham umumiy belgilar (turdosh va alohida turga tegishli) birmuncha umumiy bo‘lgan belgilar ifodalanadi.

Metallni termik kesish izlarida ko‘pincha kesish (gaz yoki elektrda payvandlash) usulini aniqlash imkonini beruvchi belgilar mavjud bo‘ladi va bunda qo‘llanilgan qurolni aniqlash imkoni tug‘iladi.

3. Buzish qurollarining statik izlari ekspert

tadqiqotining usullari Dastlabki tadqiqot bosqichida ekspert o‘rganish zarur bo‘lgan

obyektlar, jinoyat ishining jinoyat sodir etilishi joyida iz hosil bo‘lish shart-sharoitlariga tegishli holatlar to‘g‘risida umumiy tasavvurga ega bo‘ladi. Chunonchi, iz yog‘och buyumda qoldirilgan bo‘lsa, u holda iz hosil bo‘lgan vaqtda yog‘ochning holati (quruq, ho‘l yoki boshqa modda bilan qoplangan) hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi. Ushbu ma’lumotlar ekspertni yog‘och quriganda yoki ho‘llanganda qanaqa o‘zgarishlarga uchrashi ehtimolligi qiziqtiradi. Masalan, yog‘och ho‘llanganda, izda

Page 118: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

118

akslangan mayda tolalar namiqqanda shishishi va tekislanib ko‘rinmay qolishi mumkin. Ekspertga buzish quroli topilgan joy va vaqt, uni tergov qilinayotgan jinoyatdan so‘ng ishlatish imkoniyati to‘g‘risida ma’lumotlarni olish zarur, zero bularning hammasi relyef elementlari va buyum tashqi tuzilishining boshqa xususiyatlarini o‘zgartirib yuborishi mumkin.

Statik izlarni ekspertiza qilish tartibi ko‘pincha o‘rganilayotgan obyektlar miqdori bilan belgilanadi. Agar ekspertiza qilish uchun bitta iz va bir nechta ehtimolli buzish qurollari olinsa, boshida izning o‘zini o‘rganib chiqish maqsadga muvofiqdir. Zero, buyumda buzish quroli izlarini o‘rganish bevosita o‘rganilayotgan buzish qurollarini o‘rganish orqali ulardan aynan qaysisi tomonidan ushbu izlar qoldirilgani to‘g‘risida xulosa qilishga imkoniyat yuzaga keladi. Boshqa holatlarda ekspertiza qilishni bevosita buzish qurollaridan boshlash kerak.

Obyektlar ko‘zdan kechirilganda, ularning yuzasida begona moddalar qoldiqlari bor-yo‘qligini tekshirib ko‘rish zarur, chunki ular ham tabiiy va kimyoviy yo‘l bilan tekshirib ko‘rilishi mumkin. Izda topilgan begona buyumlarni darhol olib tashlash maqsadga muvofiq emas, zero ular keyinchalik tekshirish davomida o‘zining joylashishi va shakliga ko‘ra tekshirilayotgan qurol bilan bog‘liqligini ko‘rsatishi mumkin. Mazkur zarralar fotosuratga olish va trasologik tekshiruv o‘tkazilgandan so‘ng, olib tashlanishi mumkin.

Izlarni ko‘zdan kechirishda optika va o‘lchov asbob-uskunalaridan foydalaniladi. Tekshirish uchun yuborilayotgan izlarni ko‘zdan kechirish obyektlarning umumiy ko‘rinishini masshtabli tasvirga olish qoidalariga ko‘ra suratga olinadi va ta’riflanadi.

Odatda ekspertizaga izlarni o‘z ichiga olgan quyidagi obyektlar yuboriladi: buzilgan to‘siqlar va ularning qismlari (masalan, yog‘och to‘siqlarning arralab olingan qoldiqlari), metall eshik hamda panjaralar va hokazo. Kamdan-kam hollarda iz qoliplari va ularning fototasvirlari, shuningdek mazkur buyumlarda izlarni qoldirish ehtimoli mavjud bo‘lgan buzish qurollari. Binobarin, ularni alohida tekshirishga kirishilganda, birinchi navbatda iz qoldirilgan buyum yasalgan materialni tavsiflash: uning turi, mustahkamligi, birxilligi, buyum sirtining holatiga alohida baho beriladi, so‘ngra iz turi, uning yuzaga kelish shart-sharoitlari va mexanizmi aniqlanadi.

Izlarni o‘lchash orqali tekshirilganda, iz hosil bo‘lgan obyekt sirtiga nisbatan boshqa obyektning joylashish holati hamda buzish qurolining tashqi ta’siri (zarba, bosim)ning yo‘nalishi va usuli aniqlanadi. Bunda

Page 119: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

119

izning umumiy shakli va o‘lchamiga alohida e’tibor qaratish kerak. Agar iz chegaralari noaniq bo‘ladigan bo‘lsa, uning shakli va hajmiga aniqlik kiritish maqsadida kattalashtirish lupalari, mikroskoplar va turli yorug‘lik manbalaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Iz shakli va hajmini tahlil qilish uni yuzaga keltirgan qurol turini aniqlash imkonini beradi. Bu nazariya izlarning umumiy tuzilishi tipik, standart qurolning izlariga mos kelgandagina to‘g‘ri keladi. Masalan, siqib chiqarishda otvertkadan qolgan izlar uning ishchi qismiga xos trapetsiyasimon shaklga va muayyan o‘lchamlarga ega bo‘ladi. Asboblarning guruhiy tegishliligini aniqlash maqsadida standart texnik hujjatlarda berilgan ishlab chiqarish ma’lumotlaridan foydalaniladi.

Ekspertiza jarayonida iz hosil bo‘lish mexanizmlari to‘g‘risidagi masala hal qilinadi: buzish qurolining qaysi qismi tomonidan izlar hosil bo‘lgan, u to‘siqqa qaysi burchak ostida va qaysi yo‘nalishda ta’sir qilgan va hokazo. Hajmli izlarda ular izning chekkalari va tagida g‘adir-budur va o‘ziga xos relyef hosila (chuqur va do‘ng)lar ko‘rinishida ifodalanadi. Agar izlar chuqur qoldirilgan va ularning tagi yaxshi ko‘rinmaydigan bo‘lsa, ularga «K» pastasi, qurilish-montaj ko‘piklari va germetiklari yoki boshqa nusxa oluvchi moddalarni quyish tavsiya etiladi. Alohida hollarda bunday izlarni ehtiyotlik bilan ko‘ndalangiga kesib ko‘rish mumkin.

Izlarda u yoki bu xususiyatlar topilganda, ularning kelib chiqishini aniqlash zarur (ya’ni ular qurol sirtini aks ettiradimi yoki iz qabul qiluvchi obyekt materialining relyefi uchun xosmi yoxud tashqi mexanik, termik yoki kimyoviy ta’sir natijasida yuzaga kelganmi).

Yuzaki izlarda (qatlam bo‘lish yoki ko‘chish) relyef tuzilishining xususiyatlari yomonroq aks etishi mumkin. Ko‘pgina hollarda mazkur belgilar faqat iz chegaralarida, basharti qurolning iz qoldiruvchi joyining qirrasi notekis bo‘lsa (sinib tushgan, qayilgan va boshqalar), aniqlanish ehtimoli bor. Ba’zida iz konturining chegarasida iz moddasi quyuq qoplangan dog‘ ko‘rinishida yirik o‘yiq va botiqlar yoki bo‘shliq izlarni topish mumkin.

Buzish qurolining izlari ifodalangan umumiy va xususiy belgilarni tahlil qilish (ular yaqqol aks etganligi sharti bilan) ular bo‘yicha iz hosil qiluvchi obyektdagi izning identifikatsiya qilishga yaroqliligi to‘g‘risidagi masalani hal qilish imkonini beradi. Biroq, ko‘pincha bu masalaga faraz qilinayotgan qurolning belgilarini o‘rganish va ularning izlarda ifodalanish ehtimolligini ekstremal ravishda hal qilganidan so‘ng oydinlik kiritiladi.

Qurolni tekshirish vaqtida ekspert uning ko‘rinishi, ishlatish maqsadini aniqlaydi, uning shakli, o‘lchami, tarkibiy xususiyatlarini

Page 120: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

120

ta’riflaydi, uning sirtida begona moddalarning bor yoki yo‘qligini tekshiradi. Asbobning ishchi qismi va izda bevosita ifodalanishi mumkin bo‘lgan boshqa qismlariga alohida e’tibor qaratiladi. Basharti ekspertiza qilish uchun bir nechta qurollar taqdim etiladigan bo‘lsa, avval iz hosil qilgan qurolning umumiy belgilari va ko‘rsatilgan joylardagi izlar (shakli, o‘lchami) o‘rganiladi. Shundan so‘ng, tanlab olingan buzish qurollari ularni alohidalashtirish imkonini beruvchi o‘ziga xos xususiyatlarni aniqlash maqsadida batafsil o‘rganiladi.

Qurolning iz hosil qismining tashqi sirti va tashqi tuzilishi «Ularus» uskunasida kattalashtirilib tasvirga olinadi. Bunday kattalashtirishda relyefning izda ifodalanishi xususiyatlari aniq ko‘rinishi kerak. Ba’zida izlar telekameraga tushirilishi va kompyuter dasturlari orqali ishlanishi mumkin.

Amaliyotning ko‘rsatishicha, iz hosil bo‘luvchi materialning xususiyatlari, iz hosil bo‘lishda kuchning miqdori va bir-biri bilan ta’sirlanayotgan obyektlarning makonda joylashishiga qarab, izlar o‘zgarib turishi mumkin. Bu holat belgilar turli xilda aks etishi darajasini va iz hosil bo‘lish dinamikasini aniqlash hamda qiyosiy tadqiqot iz nusxalarini olish maqsadida ekspert tomonidan tajriba o‘tkazish zaruratini taqozo etadi. Izlarni o‘rganish orqali ularning yuzaga kelish mexanizmini eksperiment tariqasida o‘rganish vaqtida shunday sharoit yaratiladiki, bunda eksperiment vaqtida olingan iz jinoyat sodir qilish joyida olingan izga (undagi belgilarning ifodalanish darajasiga ko‘ra) mos kelishi kerak. Hajmli eksperimental izlarni olish uchun shunday material olinadiki, unda buzish qurollarining iz qoldiruvchi qismi tashqi tuzilishi o‘zgarmasligi lozim, shu boisdan buzish qurolining ishchi sirtini tuzilishini o‘zgartirib yuborishi mumkin bo‘lgan materiallardan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi. Odatda iz daraxtda qoldirilgan bo‘lsa, aynan shu turdagi daraxt turi yoki plastilin olinadi, izlar metallda bo‘lsa qo‘rg‘oshin yoki mis namuna sifatida olinadi.

Qatlam bo‘lish yoki ko‘chishning eksperimental izlarini olish uchun o‘zining tuzilishi va rangi bo‘yicha tekshirish uchun berilgan izlarga mos bo‘lgan bo‘yoq moddalari olinadi.

Ekspert bir nechta eksperimental izlarni solishtirish orqali iz hosil bo‘lish belgilarining turg‘unligi (yoki turli xilda aks etishining darajasi)ni tekshiradi va pirovardida qiyosiy taqqoslashda foydalanish uchun mos iz namunasini tanlab oladi. Bu iz jinoyat sodir qilingan joyda topilgan iz kabi sharoit va masshtabda suratga tushiriladi. Eksperiment o‘tkazish tartibi va shart-sharoitlari ekspert xulosasida bayon qilinadi.

Page 121: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

121

Izlarni eksperimental tarzda yuzaga keltirish jarayonida buzish qurolining to‘siq bilan o‘zaro ta’sirga kirishishining boshlang‘ich mexanizmlari aniqlanadi: qurol qanday burchak ostida va qaysi yo‘nalishda harakatlantirilgan, unga qanday kuch bilan bosilgan. Mazkur ma’lumotlar umuman olganda to‘siqni buzish uslubi to‘g‘risidagi masalani hal qilish imkonini beradi.

Ekspert tadqiqotining eng mas’uliyatli qismi jinoyat sodir etilgan joydan olingan izlarni eksperimental tarzda olingan izlar yoki buzish qurolining iz hosil qiluvchi qismi bilan taqqoslash hisoblanadi. Bunda taqqoslashni eksperimental izlar bilan o‘tkazish maqsadga muvofiq hisoblanadi, chunki buzish quroli izda oynali akslanadi, bundan tashqari, mazkur belgilar iz hosil bo‘luvchi materialning o‘ziga xos xususiyatlariga ko‘ra hamma vaqt ham buzish qurolidagi belgilarga mos keladigan izlarni hosil qilmaydi.

Taqqoslash asosan obyektlarni bevosita taqqoslash orqali amalga oshiriladi. Alohida hollarda yaqqollik va ishonchlilik maqsadida fotosuratlarni obyektlarga qoplab taqqoslash usullari qo‘llanishi mumkin. Taqqoslashda jinoyat sodir qilingan joydan olingan iz va eksperimental izlar bitta tekislikda bir xil yorug‘lik sharoitida yonma-yon joylashtiriladi. Izlardagi solishtirilayotgan belgilarni xususiyati va o‘lchamiga qarab, kattalashtirish mikroskoplari yoki lupa, stereoskop va taqqoslovchi mikroskop ostida ko‘rish mumkin.

Bunda avval izlardagi umumiy belgilar, so‘ngra xususiy belgilar tekshirib ko‘riladi. Bu kabi ketma-ketlik umumiy belgilar orasidagi farqni aniqlashda xususiy belgilarni taqqoslashga vaqt sarflamasdan turib, o‘hshashlikni mustasno qilish imkonini beradi. Agar buzish qurolining shakli, o‘lchami, tarkibiy tuzilishini tavsiflovchi umumiy belgilar bir-biriga mos tushsa, xususiy belgilarni taqqoslashga kirishiladi. Shuni ta’kidlash joizki, relyef hosil qiluvchi obyekt qismlarining chegaralari noaniq bo‘lishi mumkin. Shu bois, ulardagi miqdoriy ko‘rsatkichlar (relyef qismlarining uzunligi va kengligi, ular orasidagi masofa, burchak o‘lchovi)ni taqqoslash, ko‘p marotaba o‘lchash orqali olingan ko‘rsatkichlar natijalarini statistik qayta ishlash (o‘rtacha arifmetik miqdori hisoblab topiladi) orqali amalga oshiriladi. Ba’zida iz belgilari shakli va o‘lchami o‘xshash bo‘lgani bilan, ular orasida farq qiluvchi tomonlar ham bo‘ladi. Ular iz hosil bo‘lish sharoitlari va iz hosil bo‘lgan materialning xususiyatiga bog‘liq bo‘ladi. Izlarni baholash avval eksperiment tarzida olingan va eksperimental izlarda belgilar variatsionligini o‘rganish orqali amalga oshiriladi. Basharti iz belgisidagi

Page 122: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

122

farq aniqlangan variatsionlik chegarasida bo‘lsa, unday holda ular juz’iy, ya’ni qiyoslanayotgan iz belgilarining mos kelishi to‘g‘risidagi umumiy xulosaga mos kelmaydi deb tan olinadi.

Aksincha, taqqoslash vaqtida izning umumiy va xususiy belgilari izni hosil qiluvchi obyektni alohidalashtiruvchi obyekt qismlari bilan mos tushadigan bo‘lsa, u holda o‘xshashlik aniqlangan, ya’ni izlar tekshirish uchun taqdim etilgan buzish quroli tomonidan qoldirilgan, deb tan olinadi. Solishtirilayotgan belgilardagi jiddiy farqlar o‘xshashlikni inkor etishi, ya’ni aynan shu buzish quroli tomonidan izlarning qoldirilish imkoniyatini rad etadi. Shu bilan birga, farqlarni baholashda ularning ba’zilari iz hosil qilinishidan so‘ng, buzish quroli shaklining o‘zgartirilishi mumkinligini hisobga olish kerak. Agar ekspert bunday o‘zgarishlarni aniqlasa (ko‘pincha bu charxlash, o‘tmaslashtirish, qayrilish ko‘rinishida bo‘lishi mumkin) yoki jinoiy ish materiallaridan jinoyat sodir etilganidan so‘ng, buzish quroli uzoq vaqt ekspluatatsiya qilingani tasdiqlansa, odatda ekspert tekshiruvining imkoni yo‘qligi to‘g‘risidagi masala hal qilinadi.

O‘xshashlik to‘g‘risidagi xulosa aniq va uzil-kesil chiqarilgan bo‘lishi, ya’ni ekspert buzish qurolini alohidalashtiruvchi belgilar orasidagi o‘xshashlikni ishonarli tarzda ko‘rsatib bera olishi yoki to‘liq tarzda mos kelish bo‘lmaganda, taxminiy xulosa chiqargan bo‘lishi zarur. Ikkala holatda ham zaruriy shart bo‘lib, belgilar orasida jiddiy farqlarning yo‘qligi hisoblanadi. Faqat umumiy belgilarning mos kelishi guruhiy mansublikni aniqlash, ya’ni iz qoldirgan obyektni tekshirish uchun taqdim etilgan qurolga o‘xshashligi to‘g‘risida xulosaga kelish imkonini beradi.

Ekspert xulosasini rasmiylashtirish. Statik izlarning ekspertizasi bo‘yicha xulosa chiqarishda umumiy talablar bilan birga, o‘ziga xos xususiyatlar ham bo‘ladi. Masalan, alohida tekshiruvning bayoni buzish izlari bo‘lgan buyumlardan boshlanadi. Bayonnomada ularning nomlanishi, shakli, o‘lchami, material turi, sirtining xususiyatiga ta’rif beriladi. Agar berilgan qolip hajmli izdan olingan bo‘lsa, iz materialining turi, rangi, qolip o‘lchami ko‘rsatiladi. Aniqlangan umumiy belgilar asosida iz qoldirgan qurolning tur (guruhiy)i mansubligi to‘g‘risida dastlabki xulosa chiqariladi. So‘ngra izda aks etgan xususiy belgilarning ta’rifi beriladi. Bunda uni batafsil amalga oshirish muhimdir, masalan, izlarning shakllari, o‘lchamlari, joylashishini ko‘rsatish. So‘ngra mazkur izlarning yuzaga kelish imkoniyati tahlil qilinadi, ularning identifikatsion ahamiyati umumiy belgilar bilan majmuada baholanadi va buzish qurolini mazkur izlar orqali identifikatsiya qilish imkoniyati to‘g‘risida uzil-kesil xulosa chiqariladi.

Page 123: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

123

Berilgan qurolni ta’riflashda uning turi, tashqi tuzilish xususiyatlari, yasash usullari, asosiy o‘lchami to‘g‘risidagi ma’lumotlar keltiriladi. Izlar hosil qilingan qismi batafsil tavsiflanadi – uning shakli, o‘lchami, tashqi tuzilishining o‘ziga xos xususiyatlari (xususiy belgilar)ga ta’rif beriladi, ularning yuzaga kelishi va identifikatsion ahamiyati baholanadi.

Basharti tadqiqot jarayonida ekspert tekshiruvi amalga oshirilgan bo‘lsa, ekspert harakatlari ketma-ketlikda qaytariladi, ya’ni tanlangan materiallar, iz hosil bo‘lish sharoiti, buzish qurollari va moslamalarni ishlatish ehtimoli tekshiriladi.

Ekspertiza obyektlarining taqqoslash tadqiqotlarini ta’riflash jarayonida taqqoslash uslublari, vositalari va foydalanilgan asboblarni izohlash muhimdir. Basharti taqqoslash natijasida salbiy natija olingan bo‘lsa, faqat jiddiy farqlargina ko‘rsatib o‘tiladi. Tekshiruv ijobiy natija beradigan bo‘lsa, o‘xshash va farq qiluvchi umumiy va xususiy belgilar ilova qilingan fotojadvalga havola qilgan holda batafsil izohlanadi.

Ekspertiza jarayonida mos keluvchi belgilarga baho berishga alohida urg‘u beriladi. Bunda ekspert belgilarning kelib chiqishi va obyektda aks etish barqarorligini hisobga olgan holda har bir belgining identifikatsion ahamiyatini va barcha belgilar majmuining xususiyligi (individualigi)ni ko‘rsatishi zarur. Aynan shuning asosida iz muayyan buzish qurolining aniq bir qismidan qoldirilganligi to‘g‘risida xulosa qilishga imkon beradi.

Ekspert xulosasiga obyektlar umumiy ko‘rinishi, ulardagi belgilar, tekshirilishi zarur bo‘lgan buzish qurolining masshtabli (yiriklashtirilgan) fotosuratli fotojadvali ilova qilinadi. Keyinchalik taqqoslashni tasvirlash maqsadida bir masshtabli, yetarli darajada kattalashtirilgan haqiqiy izlar va eksperimental izlarning fototasvirlari tayyorlanadi. Mazkur suratlar bitta gorizontal tekislikda bir-biriga iloji boricha yaqin joylashtiriladi. Bir-biriga mos kelgan xususiy belgilar qizil chiziqlar bilan belgilanib, soat o‘qi bo‘ylab raqamlanadi. Farq qiluvchi belgilar ko‘k rang bilan belgilanadi. Basharti qizil va ko‘k chiziqlar bir-birining ustini qoplab, belgilarni ko‘rish imkoniyatini qiyinlashtirsa, fotojadvalga aynan shunday tasvirli ikkita nazorat fotosurati yopishtiriladi.

4. Buzish qurolining dinamik izlari ekspert tadqiqotini

o‘tkazish uslubi Faraz qilinayotgan buzish qurollaridan qolgan dinamik izlarning

dastlabki ekspert tekshiruvi o‘zining mazmuni va uslubiga qarab statik izlarni tekshirishdan unchalik farq qilmaydi. Ekspertiza tayinlash

Page 124: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

124

bayonnomasidan yoki jinoyat ishi materiallaridan izlarning yuzaga kelish vaqti va shart-sharoitlari aniqlanadi. Izlari bo‘lgan obyektni o‘rganishda uning materiali, sirtining holati va tuzilishi aniqlanadi. Buzish qurolini ko‘zdan kechirishda uning turi, vazifasi, holati aniqlanadi, yaqin vaqt oralig‘ida qilingan charxlash, qayta charxlash, buzilish, yopishib qolgan begona jismlar va nihoyat, izlar hosil bo‘lishiga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan boshqa belgilar o‘rganiladi.

Sirg‘alish izlarini tekshirish. Batafsil tadqiq qilish jarayonida eng avvalo iz turi – hajmli yoki yuzaki (qavat bo‘lish yoki ko‘chish)ligi aniqlanadi, uning shakli, chegaralarining aniqligi e’tiborga olinadi, izning uzunligi, kengligi, chuqurligi, uning yuzaga kelish mexanizmi (materialning zichlanishi, ko‘chib tushishi va.h.k.), izning boshlanishi va qurolning harakatlanish yo‘nalishi aniqlanadi. Izning boshi ko‘ndalang aniq iz ko‘rinishida bo‘lib, buzish quroli bilan obyektning boshlang‘ich ta’siriga mos kelishi kerak. Mazkur chiziqning uzunligiga qarab, buzish qurolining obyekt bilan aloqa qiluvchi qismining kengligini aniqlash mumkin. Agar izning boshlanish chizig‘i aniq ko‘rinmasa, qurolning ta’sir qiluvchi qismining kengligi izning turli qismlarida joylashgan yoyilish chiziqlari bo‘ylab o‘zgargan bo‘lishi mumkin. Mazkur yoyiq chiziqlar buzish quroli to‘xtatilgan yoki iz hosil qiluvchi kuch o‘zgartirilgan va yo‘nalishi o‘zgartirilgan hollarda yuzaga kelishi mumkin. Mazkur chiziqlarga qarab, iz hosil bo‘lish jarayonida qurolning joylashish koordinatasi – qarshi burchak aniqlanadi. Mazkur burchakni izning boshlanish chizig‘i («yoyilish» va izning tugashi) va uning buzish qurolining harakatlanishiga nisbatan chap tomondagi chegarasi tashkil qiladi. Qarshi burchak transportir yordamida o‘zgartirilishi mumkin. Transportir bevosita izga yoki uning fototasviriga, basharti izning buzilish ehtimoli bo‘lmagan taqdirda qo‘yiladi.

Frontal burchak o‘lchamini chuqur sirg‘alish izlari bo‘lgan taqdirdagina aniqlash mumkin. Buning maqsadida izning oldingi va orqa devorining burchagi o‘lchanadi. Avvalo, ingichka yumshoq sim yoki folga yordamida izning burchaklari bilan ko‘ndalang kesuvchi profilining modeli olinadi, so‘ngra transporti yoki o‘lchash mikroskopi yordamida burchaklarning kattaligi aniqlanadi. Shuni unutmaslik kerakki, izning old burchagi frontal burchakdan o‘lchash asbobining ishchi burchagining yarmidan katta bo‘lsa, orqa burchak esa frontal burchak aniqlanayotganda 1800dan ayirib tashlanishi, hosil bo‘lgan ayirmaga ishchi burchakning yarim qoldig‘ini qo‘shish zarur.

Page 125: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

125

Identifikatsion masalani hal qilishda iz hosil qiluvchi qurol relyefining izda aks etishini o‘rganishga alohida e’tibor qaratish lozim. Bu kabi chiziqli chuqurcha trassasimon izlar, ular orasidagi bo‘shliq va tasmali izlar kattalashtiruvchi mikroskoplar yordamida tekshirib ko‘riladi. Tekshirish jarayonida trassalarning soni o‘lchanadi (bunda eng ko‘zga ko‘rinadigan va sanash uchun qulay izlar olinadi). Okulyar mikrometr yordamida ularning kengligi va chiziqlar orasidagi kenglik o‘lchanadi. Trassalarning joylashishi izlar chegarasiga nisbatan belgilanadi. Bu esa o‘lcham kattaliklari bilan birgalikda buzish qurolining ta’sir qiluvchi maydonini aniqlash va uning identifikatsion belgilariga baho berish imkonini beradi.

Amaliyotda odatda izlarda aks etgan belgilarni baholashda quyidagilarga e’tibor beriladi: trassalar soni, kengligi va ular profilining shakli (hajmli izlarda) iz hosil qiluvchi detal relyefining xususiyatlarini ifodalaydi, kengligi turlicha bo‘lgan trassalarning majmui – iz qoldirgan obyekt detallari relyefi orasidagi o‘zaro munosabat, ya’ni uning tuzilishini aks ettiradi.

Bu kabi ekspertizada to‘g‘ri xulosa qabul qilish ko‘p borada ekspertning mahoratiga bog‘liq bo‘lib, izda bilinar-bilinmas chiziqlarni aniqlash va ularni identifikatsiya qilish murakkab masala hisoblanadi. Shu o‘rinda professor G.L. Granovskiy tomonidan belgilarga baho berishning obyektiv uslubini misol qilish maqsadga muvofiqdir. Uning mazmuni quyidagicha: avvalo izda bo‘lgan identifikatsion ma’lumotlarning hajmi aniqlanadi. Izda bo‘lgan trassalar soni va ular orasidagi bo‘shliq o‘lchanadi. Trassalar va bo‘shliqlarning uzunligi va kengligi orasidagi farq aniqlanadi. Shundan so‘ng, 1-jadvaldan foydalangan holda, trassalar va bo‘shliqlar to‘plamining identifikatsion axborotining hajmi aniqlanadi, bu o‘lchamlar qo‘shilib, izda ifodalangan belgilarning umumiy identifikatsion ayniyati topiladi. Olingan miqdor identifikatsion ma’lumotning boshlang‘ich 19 ta shartli birligi bilan taqqoslanadi. Agar bu ko‘rsatkich shartli boshlang‘ich nuqtalardan ortiq bo‘lsa, u identifikatsiya qilish uchun yaroqli, deb topiladi. 2-jadval bo‘yicha xatolik ehtimolligi va ekspert xulosasining statistik ishonchliligi aniqlanadi.

Identifikatsion tekshiruv jinoyat sodir etishda faraz qilinayotgan buzish qurolining iz qoldiruvchi sirtini aniqlashdan boshlanadi. Bunda buzish qurolidan qoldirilgan izning shakli, o‘lchami va iz hosil bo‘lgan buyumga ta’sir qilish xususiyatini o‘rganishdan olingan ma’lumotlardan foydalaniladi.

Page 126: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

126

Basharti qurolda izda bo‘lgan belgilar bo‘lmasa, u tekshirilayotgan izlar qatoridan chiqariladi va iz aynan shu qurol tomonidan qoldirilmagan degan xulosa qilinadi. Basharti buzish qurolida izda mavjud bo‘lgan belgilar topilganida, uning shakli aniqlanadi, chunonchi agar buzish qurolining tig‘i (lezviya)si bo‘lsa, ishchi burchagining kattaligi, kesuvchi qirrasining umumiy relyefi, relyefning eng ko‘zga tashlanuvchi va izda aks etish ehtimoli bo‘lgan elementlarining o‘lchami va joylashishi aniqlanadi (g‘ovaklar, darz ketgan joylar, ko‘chib tushgan va qo‘lbola charxlash izlari va hokazo).

Shuni alohida ta’kidlash lozimki, buzish quroli harakatlanish yo‘nalishiga qaysi tomoni bilan o‘girilganini aniqlash muhim ahamiyatga ega. Bu buzish qurolining buyum bilan ta’sirlanish qismidagi eng ko‘zga ko‘rinadigan relyef xususiyatlari va iz trassalari bilan izning o‘zaro joylashishidagi mos kelgan taraflari orqali aniqlanadi.

1-jadval

Izning identifikatsion ahamiyatining ehtimoliy ishonchliligini aniqlash

Iz alomatlarining identifikatsion

ma’lumotlari va chegaraviy sanalari orasidagi ayirmasi

Ehtimoliy xatolik

Ekspert xulo-sasining statistik

ishonchliligi 1 0,05 0,95 2 0,01 0,99 3 0,003 0,998 4 0,0006 0,9994 5 0,00014 0,99985 6 0,00004 0,99996 7 0,00001 0,99999 8 0,000005 0,999995 9 0,000001 0,999999 10 0,0000001 0,9999995

Dinamik izlarni ekspertiza qilishning o‘ziga xos xususiyati shundaki,

uning obyektlari qoidaga ko‘ra to‘g‘ridan-to‘g‘ri qiyoslanmaydi (chunki bunday izlarda belgilar o‘zgargan holda ifodalanadi). Shu bois, namuna izlarni eksperimental tarzda hosil qilish tadqiqotning zaruriy elementlaridan biri hisoblanadi. Agar buzish qurolining iz hosil qiluvchi maydoni va uning iz hosil qilish makonida joylashishi aniqlansa, tekshiruvlarni amalga oshirish birmuncha yengillashadi

Page 127: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

127

Aks holda birmuncha yumshoq materialda buzish asbobining turli tomonlari bilan qarshi va frontal burchakni o‘zgartirgan holda hosil qilinadi. Bunda tajriba sifatida olingan izlar dastlab hodisa sodir bo‘lgan joydan olingan izlar bilan taqqoslanadi1.

Eksperimental izlar orasidan o‘zining xususiyati, ifodalanish darajasi va undagi trassalar miqdori, kengligi va shakli, o‘zaro joylashuviga ko‘ra tekshirilayotgan izga mos bo‘lgan iz tanlab olinadi.

Hodisa sodir bo‘lgan joydan olingan iz hamda eksperimental tarzda olingan iz ulardagi optik tasvir va fosuratlarni taqqoslash orqali amalga oshiriladi.

O‘lchami uncha katta bo‘lmagan mayda tarkibli relyef (mikrotrassalar)ga ega izlar «MSK» rusumidagi mikroskoplar yordamida tekshiriladi. Pichoq bilan kesish, bo‘lish izlari va boshqalar — fotosuratlar yordamida amalga oshiriladi. Izlarni mikroskop orqali tekshirishda va fotosuratga tushirishda ularning bir xilda yoritilishi (yorug‘lik yo‘nalishi, nur tushish burchagi, yorqinlik darajasi)ga e’tibor qaratilishi zarur.

Bundan tashqari, alohida fotosuratga olishda bir xil masshtabga rioya qilinadi, fotosuratlarni chiqarishda esa ularning bir xilda kattalashtirilishiga e’tibor beriladi.

Mikroskop yordamida amalga oshiriladigan taqqoslash izlarning o‘zaro o‘rnini almashtirish yordamida shunday vaziyatni tanlashga imkon beradi. Bunday trassalar va ular orasidagi oraliqlar o‘zaro bir-biriga mos kelib, bu o‘z navbatda, ularning qurolning ta’sir qilish sirtining bir xil mikrorelyefi yordamida hosil qilinganligi to‘g‘risida dalolat beradi. Mazkur moslik fotoplyonkaga tushiriladi.

Fotosuratlar bo‘yicha trassalarni taqqoslash quyidagicha amalga oshiriladi: eksperimental iz fotosurati trassalarga ko‘ndalang chiziq bo‘yicha qirqiladi va hodisa sodir bo‘lgan joydagi iz tushirilgan fotosurat ustiga yopiladi. Shundan so‘ng, qirqish chizig‘i bo‘ylab hosil bo‘lgan qirra (chekkasi) ko‘ndalang va uzunasiga pastdagi surat ustida undagi trassalar to‘liq mos kelmaguniga qadar yurgiziladi. Mazkur vaziyat fotosuratlarni bir-biriga yopishtirish orqali amalga oshiriladi. Izlar bir-biriga mos kelganligini yaqqol ko‘rish maqsadida eksperimental izning fototasviri,

1 Экспериментал изларни ҳосил қилиш учун материал қуйидаги талабларга жавоб бериши зарур: текширилаётган из қолган материалга мос келиши, башарти охиргиси юқори даражада қаттиқликка эга бўлса ва бузиш қуролининг таъсир қилиш сиртини ўзгартирмаса; агар из қаттиқ материалда ҳосил бўлган бўлса, масалан, пўлат буюмда; эксперимент учун юмшоқроқ металл (мис ёки алюминий) ишлатилади.

Page 128: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

128

siniq chiziqlar bo‘ylab kesilishi yoki bir nechta bo‘laklarga bo‘linishi mumkin. So‘ngra ular pastki fotosuratda tasvirlangan izning turli zonalariga qo‘yib chiqiladi. Biroq optik tasvir va fotosuratlar trassalar kengligi, ulardagi oraliqlar hamda o‘zaro joylashishidagi moslikni aks ettiradi. Shu bois, izda ifodalangan trassalar va ular orasidagi oraliqning umumiy identifikatsion ahamiyati past bo‘lgan taqdirda, trassalar chuqurligi va ular kesimi (profili)ning xususiyatlari to‘g‘risida qo‘shim-cha ma’lumot olish zaruratini taqozo etadi. Bu maqsadda solishtirilayotgan izlarni profillashtirish usuli qo‘llaniladi. Amaliyotda paypaslab profillashtirish va replika (bo‘lak)larni ko‘ndalang kesish usullari keng tarqalgan.

Paypaslab profillash profilograf-profilometr deb atalgan maxsus asbobda amalga oshiriladi. Mazkur moslama detallar sirtining tekisligini tekshirish maqsadida metallni qayta ishlash sanoatida foydalaniladi. Profilografning turli (modifikatsiya) tuzilishi mavjud bo‘lib, ular tekis, dumaloq, silindrli yuzalar uchun mo‘ljallangan. Ularning ish prinsipi quyidagilardan iborat: obyektning sirti bo‘ylab juda ingichka olmos igna yuritilib, u mayda notekisliklarni paypaslab chiqadi. Ignaning vertikal tebranishi paypaslanayotgan relyefning xususiyatlariga bog‘liq bo‘lib, ular elektr signal ko‘rinishida o‘zi yozuvchi qalam (samopises)ga uzatiladi. Bu qalam o‘z navbatida profilogrammani chizadi.

Qiyoslanayotgan dinamik izlar profilogrammasi ularni bir nechta ko‘ndalang kesimlarni profillashtirish orqali olinadi. Profilogramma aniq ifodalangan o‘sish va tushish nuqtalaridan iborat bo‘lib, ular bir-biridan o‘zining kengligi va balandligi (chuqurligi) bilan ajralib turadi. Siniq chiziqning elementlari vertikal bo‘yicha 400 piksel va gorizontal bo‘yicha 20 pikselga tengligi iz relyefining kattalashtirilganiga teng bo‘ladi. Tekshirilayotgan va eksperimental izlarning profilogrammalari bir xil sharoitda olinib, eng ko‘zga ko‘rinarli va barqaror ravishda takrorlanib turuvchi elementlari orqali taqqoslanadi. Ularni ko‘z bilan ko‘rib taqqoslash, o‘zaro mosligini tekshirish yoki o‘lchash orqali miqdoriy xususiyatlarini taqqoslash mumkin.

Izlarni profilli tasvirini tushirishning barcha uchun qulay usuli ham mavjud. U ham bo‘lsa, qiyoslanayotgan izlarga polimer qoliplash moddasini quyish hisoblanadi, bunda ularga qora rang berish maqsadida avvaldan qora kukun solinadi. Polimerizatsiyadan so‘ng qoliplar (nusxa) replikalardan izlar olinadi va trassalarga ko‘ndalang ravishda o‘tkir ingichka ustara (lezviya) bilan qirqiladi. Bunda kesilgan joylar suratga tushiriladi. So‘ngra parallel bo‘lingan qirralar bo‘ylab 0,5 m qalinlikda

Page 129: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

129

kertik (kesma) qilinadi. Har bir kesmaning har qaysi qirrasi iz profilini ko‘zgusimon akslantiradi. Kesma (kertiklar) suratga olinadi va ularning bir xilda kattalashtirilgan fotosuratlari yasalib, izlar profili taqqoslanadi.

Iz hosil qiluvchi obyektning eng mas’uliyatli identifikatsion bosqichi qiyosiy tadqiqotni baholash hisoblanadi. Uning birinchi qismi oddiy ko‘zdan kechirish orqali izdagi belgilarning bir-biri bilan mos kelishiga ishonch hosil qilishdan iborat. Zero, hodisa sodir qilingan joydan olingan va eksperimental izlar orasida to‘liq o‘xshashlikka (bir-biri bilan mos kelgan trassa va bo‘shliqlar) erishish mushkul bo‘lganligi bois, mos kelgan belgilarning miqdoriy tahlilini amalga oshirish maqsadga muvofiqdir. Basharti bir-biriga mos kelgan belgilar miqdori va o‘xshashligi yetarlicha to‘liq identifikatsion ma’lumotga ega (19 chegaraviy songa teng yoki undan katta) bo‘lsa, birxillik to‘g‘risida xulosa chiqariladi. Ya’ni iz aynan berilgan buzish quroli tomonidan qoldirilganligi to‘g‘risida yetarlicha ishonch hosil qilish imkonini beradi.

Eksperimental izlarda uning to‘liq ravishda mos kelishiga erishib bo‘lmasligi bois, bir-biriga mos keladigan belgilarning sonini hisoblab chiqish zarur. Biri-biriga mos keladigan identifikatsion belgilar yetarli bo‘lmasa, qo‘shimcha ravishda uning profili va trassalarining chuqurligi to‘g‘risidagi ko‘rsatkichlardan foydalaniladi (profilogramma). Bunda izlarning o‘zaro o‘xshashligi haqidagi masalani hal qilish ekspertdan yetarlicha tajribalilikni talab qiladi. Shuni ta’kidlash joizki, trassalar orasida farq bo‘lganligi bois, o‘xshashlik yo‘qligi to‘g‘risida xulosa chiqarish maqsadga muvofiq hisoblanmaydi. Zero, bunda buzish qurolining iz hosil qiluvchi mikrorelyefi tekshirish vaqti kelgunigacha o‘zgargan bo‘lishi, ya’ni identifikatsion davr o‘tib bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

Ekspert xulosasiga berilgan buzish qurolining izlari va uning iz hosil qilish sirtining fotosuratlari biriktirilib, ularda izlarda aks etgan relyef elementlari yaqqol ko‘rinib turishi zarur. Shu bilan birga jadvalga bir-biri bilan kesishgan trassalarning yetarli darajada kattalashtirilgan tasvirlari ham kiritilib, bir-biriga mos kelish jihatlari odatda belgilanmasligi mumkin.

Erkin tarzda kesish va bo‘lish izlarining tadqiqoti. Pichoq, bolta, iskana yordamida iz hosil qilish mexanizmida umumiy jihat kesuvchi qismining noaniq vaziyati hisoblanadi. Sirg‘alish izlaridan farqli ravishda ular ikkita yuzada ifodalanadi, bunda bo‘lingan (kesilgan) obyektning o‘zida yoki payrahada mazkur izlarni topish mumkin. Mazkur jihat tadqiqot o‘tkazish jarayonida hisobga olinishi zarur. Avvalo, qismlarning

Page 130: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

130

bo‘lingan obyektga va izlarning bo‘linish sirtiga tegishliligi aniqlanadi. Bu qismlarning tashqi qurilishi va bo‘linish sirtlarining bo‘lishdan avval joylashish xususiyatiga qarab aniqlanadi.

Tadqiqot natijasida qurolning kesuvchi qirrasining iz hosil bo‘luvchi buyumlarga nisbatan joylashishi hisobga olinadi. Bunda hodisa sodir bo‘lish joyidan buyumning alohida bo‘lingan qismlarini topishda buzish qurolining ularga ta’sir qilish yo‘nalishi va mazkur buyumlarda izlarning holati to‘g‘risida aniq fikr-mulohaza qilish imkoniyatini istisno etadi. Masalan, gumon qilinuvchi shaxs (o‘naqay yoki chapaqay bo‘lganmi, zarba chapdan o‘ngga yoki o‘ngdan chapga berilganmi) to‘g‘risidagi dalillar mavjud bo‘lib, ular darhol ekspertizaga taqdim etilishi zarur. Ular o‘rganilgandan so‘ng, ekspert izlar tekshiruvini amalga oshiradi: uning shakli va o‘lchamini, o‘zaro joylashishi, obyekt kesimining yuzasi va boshqalarni tekshirib ko‘radi.

Xususan, kesish tolalarning o‘sishi bo‘ylab yoki ko‘ndalangiga amalga oshirilganligi, izlarning hosil bo‘lish yo‘nalishi, yuzaki kesish (yo‘nish)da qarama-qarshi va frontal burchaklar hamda chuqur kesish (asbob qirrasi (tig‘i) obyekt materialining ichkarisiga botirilgan) hollarida qarama-qarshi burchakning kattaligi aniqlanadi. Burchaklarni o‘lchash sirg‘alish izlarida topilgan belgilarni aniqlash kabi amalga oshiriladi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, qarama-qarshi burchak ham trassalarga nisbatan kesish va chopish izlarining o‘zaro joylashishi orqali aniqlanishi mumkin.

So‘ngra izlar mikroskop ostida tekshirilib, unda aniq ko‘rinadigan trassalar va ular orasidagi oraliqlar sanab chiqiladi, so‘ngra ularning kengligi o‘lchanib, barcha belgilarning identifikatsion ahamiyati aniqlanadi hamda izlar orqali buzish qurolini identifikatsiya qilish to‘g‘risidagi masala hal qilinadi.

Kesish orqali hosil bo‘lgan bir nechta izlar o‘zaro taqqoslanadi va ular aynan bitta qurol bilan hosil qilingan bo‘lishi mumkinligi to‘g‘risidagi dalil-isbot topiladi. Agar hodisa sodir bo‘lgan joydan payraha keltiri-ladigan bo‘lsa, ularning sirtida identifikatsiya qilinayotgan qurol kesuvchi qirrasining izlarini topish maqsadida tekshiriladi. Kesuvchi asbob ishchi qismining o‘ziga xos xususiyatlari aniqlanganidan so‘ng, kesish va chopishning ekperimental izlari olinishi mumkin. Kriminalistikaga doir adabiyotlarda eksperimental izlarni olishda texnik moslamalarni qo‘llash bo‘yicha ko‘plab takliflar berilgan. Xususan, kesuvchi asbob ostiga turlicha burchak ostida joylashtirish va mumli plastinalarni kesish imkonini beruvchi sirpanchiq mikrotomni qo‘llash tavsiya etiladi.

Page 131: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

131

Shuningdek, maxsus yasalgan mexanik trasograf mavjud bo‘lib, uning yordamida mum va mis platinalarda ekperimental izlarni qoldirish imkoniyati yuzaga keladi. Shu bilan turlicha optik trasograflar qo‘llanilib, ular kesuvchi qirraning soyali proyeksiyasini yorug‘likka ta’sirchan material bo‘ylab yuritish orqali qora-oq parallel tasmalar ko‘rinishidagi tasvirlar hosil qilishga imkon beradi. Biroq amaliyotda bu moslamalar keng tarqalmagan, zero, ko‘pgina hollarda eksperimental tarzda tekshirilayotgan dinamik izlarda belgilarning ifodalanish birxilligiga erishishga yo‘l qo‘ymaydi. Hozirgi kunda hamon eksperimental izlarni qo‘lda bajarish eng ishonarli usullardan biri bo‘lib, bunda buzish qurolining qirrasini turlicha qarama-qarshi burchak ostida aylantirish orqali kertik va kesmalar qilinadi hamda navbatma-navbat hodisa sodir bo‘lgan joydan olingan izlar bilan solishtiriladi. Basharti izlar yirik bo‘lsa, qoidaga ko‘ra, ular yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan usulga ko‘ra masshtabli fotosuratga olish orqali tekshiriladi.

Kesish va qirqish izlarining tadqiqoti. Kesish va qirqish amalga oshirilgan asbob turini aniqlash uchun bo‘lish amalga oshirilgan obyektlarning yon tomonlari qurilishining belgilarini tekshirish zarur. Mazkur belgilarning mavjudligi asboblar qurilishi va ularning yasash texnologiyasi, shuningdek undagi kesuvchi qismlarning obyekt materiali bilan o‘zaro ta’siriga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, o‘rtasi birga qo‘shilgan ombir qaychi yordamida kesishda to‘g‘ri burchak ostida bir-biri bilan birlashadigan ikkita maydon hosil bo‘lib, ularning birida to‘g‘ri burchakli qirra bo‘lsa, ikkinchisida tepa qismi nayzasimon shakldagi uncha katta bo‘lmagan do‘ng (g‘o‘la) yuzaga keladi.

Kesish va qirqish izlarini o‘rganishda ularning obyektda joylashishi, hosil bo‘lish yo‘nalishi, obyekt chekkalarida yuzaga kelgan yuzalarning kesishish burchaklari, ularning o‘lchami, ifodalanish darajasi va trassaning yo‘nalishi, bundan tashqari, ularning sifati, kengligi va o‘zaro joylashishi aniqlanadi. Bularning hammasi obyektda aks etgan belgilarining identifikatsion ahamiyatini baholash va izlarning identifikatsiya qilish uchun yaroqliligi to‘g‘risidagi masalani hal qilish imkonini beradi.

Kesish va qirqishning eksperimental izlarini yasash uchun frontal va qarama-qarshi burchaklarning ta’sirini tekshirishning hojati yo‘q, chunki asboblarning kesuvchi qismlari (ombir, qaychi va hokazo) bir-biriga va iz hosil bo‘luvchi yuzaga nisbatan mahkamlangan bo‘ladi. Bunda alohida e’tiborni iz qabul qiluvchi obyektni tanlashga va izlar qoldirilishi mumkin bo‘lgan kesuvchi qirralar yuzasini aniqlashga qaratilishi zarur.

Page 132: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

132

Qiyosiy tadqiqot asosan taqqoslash mikroskopida optik moslashtirish uslubi asosida o‘tkaziladi. Bunda kesilgan va qirqilgan obyektlarning qirra yuzalaridagi tegishli maydonlarida joylashgan trassalar qiyoslanadi.

Teshish izlarining tadqiqoti. Tadqiqotning dastlabki bosqichida asbobning umumiy belgilari va harakatlanish yo‘nalishi aniqladi. Chunonchi, teshikning diametriga ko‘ra, qo‘llangan parmaning diametri aniqlanadi. Shuni alohida nazarda tutish lozimki, teshik diametri doim (0,7 mm gacha) parma diametridan kattaroq bo‘ladi, chunki teshikning qisman yorilishi yuzaga keladi. Agar ikkala tomoni ochiq teshikning bir tarafida qirilgan va ko‘chgan joylar soat o‘qi bo‘ylab, boshqa tarafida soat o‘qiga qarshi tomonga og‘gan bo‘lsa, bunda parmalash (teshish) vaqtida parmani uzatish qirilgan va ko‘chgan joylar soat o‘qi bo‘ylab ko‘chgan tarafda amalga oshirilgan, degan xulosaga kelish mumkin.

Qator hollarda qo‘l dreli yoki elektr drelda teshik qilinganini aniqlashga muvaffaq bo‘linadi. Qo‘l drelidan foydalanilganini quyidagi alomatlardan bilsa bo‘ladi: ikkala tomoni ochiq teshikning boshlanish qismida tirnalgan, kesilgan joylar ko‘p bo‘ladi. Ularda konussimon shaklda to‘liq yoki qisman saqlanib qolgan teshik tubining qismlari to‘plangan bo‘ladi. Ba’zida konus shaklidagi teshik tubi saqlanib qoladi; teshik devorlari sirtida g‘adir-budurlar bo‘ladi; «ko‘r» (ochiq bo‘lmagan) teshikda uning tubi aniq ifodalangan markazga intiluvchi to‘lqinsimon chiziqlar, radial tarzda joylashgan do‘ngchalar, ya’ni kesuvchi qirralarning to‘xtash izlari bo‘ladi. Bunda teshik tubining umumiy shakli uch qirrali prizmaning izini eslatadi. Odatda payraha (qipiq) fragmentar, konussimon, chegaralari notekis uzuq-yuluq bo‘ladi.

Elektr drel bilan parmalash (teshish) uchun parma chiqadigan joylarda tekis qirqilmagan joylarning yo‘qligi xosdir. Teshik devorlari birmuncha tekis bo‘ladi. Bir tomoni ochiq bo‘lmagan teshiklarning tubi aniq markazga intiluvchi trassalardan iborat bo‘ladi. Payraha uchun yaxlit, spiral kabi o‘ralgan, metallning qizib ketish izlari qoramtir va uzun-uzun dog‘lar ko‘rinishida bo‘ladi.

Yog‘ochli to‘siqlardagi ochiq bo‘lmagan teshiklarda kesuvchi asboblar (parma, dastparma)ning belgilari ifodalanadi. Masalan, markaz va tag keskich (podrezatel)ga ega spiralsimon parma yordamida qilingan teshikning sirtida parma markazining izi va teshik devorlarida keskichlardan qoldirilgan o‘yiq izlar hosil bo‘lishi mumkin. Spiralli dastparmani ishlatishda teshik sirti tekis, markazida vintli yo‘nilgan (narezka) uchining yo‘naltirilgan harakati sababli hosil bo‘lgan chuqurlik bo‘ladi.

Page 133: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

133

Ikkala uchi ochiq bo‘lmagan teshiklarning sirtidagi izlar bo‘yicha ishlatilgan parmani identifikatsiya qilish mumkin. Bu izlar yuqorida qayd etilganidek, bir-biriga nisbatan doirasimon joylashgan bo‘lib, parmaning kesuvchi qirralarining relyefini aks ettiradi. Agar teshik chuqur va undagi trassalarni suratga tushirishning imkoni bo‘lmasa, qoliplash materiallari yordamida nusxa olinadi. Aynan shunday nusxalar eksperimental izlardan olinib, so‘ngra ular bir-biri bilan taqqoslanadi. Tekshirilayotgan va eksperimental izlardagi parma tashqi tuzilishi belgilari tekshirish mikrofotomoslamalar va qiya tushuvchi yorug‘lik nuri yordamida bir xil sharoitda amalga oshiriladi. Shuningdek, fotosuratlar yordamida ham taqqoslash amalga oshirilishi mumkin bo‘lib, bunda ularning biri diametri yoki xordasi bo‘ylab kesiladi va doirasimon trassalarni taqqoslash imkonini beradi.

Parmani identifikatsiya qilish parmalash natijasida hosil bo‘lgan payrahada kesuvchi qirralar relyefining akslanishi orqali ham amalga oshirilishi mumkin. Bunda yoki uzun qirqma qirindi (payraxa) yoki 3-4 mmli fragmentar qirindini olish mumkin. Qirindi (payraha) tek-shirilayotganda uning zichlashib qolishi, parma yoki teshik devorlari bilan ta’sirga kirishishda buzilish imkoniyati ham hisobga olinishi zarur. Qirindini tekshirish yuqorida ko‘rsatilgan usullar orqali amalga oshiriladi.

Arralash izlarining tadqiqoti. Arralash izlarining tadqiqotida arralab kesish qaysi tomondan amalga oshirilgani, arralab bo‘lingan qismlar bir butunni tashkil etganligi aniqlanadi. Bundan tashqari, to‘liq arralanmagan va arra sal tekkan joylardagi izlardan arralash asbobining qaysi guruhga mansubligini aniqlash imkonini beradi.

Arralash yo‘nalishini aniqlashda g‘udurlar (metallda) yoki tilingan mayda tarasha odatda arralangan joyga nisbatan qarama-qarshi joylashgan bo‘ladi va arra harakatlangan tomonga yo‘nalgan bo‘ladi. Arra harakatining yo‘nalishi to‘g‘risida arralangan joyning chekkalaridagi o‘yiq joylar dalolat berib, ular doim arralash boshlangan tomonga qaragan bo‘ladi.

Arralaydigan asbobning ko‘rinishi to‘liq arralanmagan joydagi izning qurilishi, shakli va o‘lchami orqali aniqlanishi mumkin. Metall qirqadigan dastarra (nojovka)dan qoldirilgan iz ingichka (kengligi 1,2 mm) bo‘lgan chuqurcha bo‘lib, uning sirti arra tishlarining joylashishiga mos to‘lqinsimon ko‘rinishda bo‘ladi. Aksincha, egovdan qoldirilgan iz egov kesmasining shakliga mos keladi. Egovlar yassi, to‘rtburchak, uch qirrali, yarim doira shaklda, romb shaklida bo‘lishi mumkin.

Page 134: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

134

Arralangan joy sirtida qoldirilgan izlar bo‘yicha dastarra yoki egovni identifikatsiya qilib bo‘lmaydi, chunki bu izlar navbatma-navbat arra izlarining buyumga ta’sir qilishidan qoldirilgan trassalardan iborat bo‘ladi.

Arralangan buyum devorlarida o‘yiq statik izlar, arra tishlarining to‘xtagan (kirib qolgan) joylarini ko‘rish mumkin. Ba’zi hollarda izlar arra tishlarida bo‘lgan nuqsonlarni o‘zida aks ettirishi mumkin. Aynan shunday hollarda arralangan buyumdan arrani identifikatsiya qilish mumkin.

Metallni kesuvchi tasma orqali kesishda undagi tishlarning biri trassa ko‘rinishida hosil bo‘lgani sababli uni tashqi qurilishi orqali identifikatsiya qilish imkonini beradi.

Arralash vaqtida hosil bo‘ladigan qirindi bilan ishlash ko‘p mehnat talab qiladi. Hodisa sodir etilgan joydan to‘plangan qirindi (payraha)da begona jismlar, masalan kesish tasmasining sinib tushgan tishlari bo‘ladi, ulardan o‘z navbatida mikroskop ostida ko‘rish orqali xalos bo‘lish mumkin.

Shundan so‘ng, sirtida arralash izlari bo‘lgan payrahalar tanlab olinadi. Ular tibbiy leykoplastirda shunday joylashtiriladiki, bunda izlar kuzatuvchi tomonga qaratilgan, undagi trassalar esa bir yo‘nalishga qaratilgan bo‘lsin.

Kesish tasma sinchiklab tekshirilgandan so‘ng, uning yordamida zararlangan to‘siqqa mos mexanik xususiyatlarga ega bo‘lgan metall kesib ko‘riladi. Arralashda chiqqan qirindi leykoplastirda o‘xshash tarzda joylashtiriladi. Qiyosiy tekshirish «MSK-1» mikroskopi yoki rastrli elektron mikroskop (kattalashtirish imkoniyati 70–80x) yordamida amalga oshirilib, bunda jinoyat sodir bo‘lgan joydan olingan payraha (qirindi)da hosil bo‘lgan trassalar eksperimetal tarzda olingan payrahalardagi izlar bilan solishtiriladi. Mazkur izlar va trassalar ikkita yoki uchta payrahada mos kelsa, arralash ekspertizaga uchun berilgan kesish tasmasi yordamida amalga oshirilgan, deb xulosa chiqarishga imkon beradi.

Kesuvchi disklar bilan ta’sir qilish izlarining tadqiqoti. Kesuvchi disklarining ixchamligi, mustahkamligi va yeyilishiga nisbatan chidamliligi va nihoyat, kesish tezligining yuqoriligi ularni samarali buzish quroliga aylantiradi. Sanoat usulida «M» va «D» turdagi disklar ishlab chiqariladi. «D» turdagi disklar – bakalalitli va vulkanitli bog‘lam, «M» turdagi disklar (olmos doiralar) – metall bog‘lamga ega. Mazkur disklar ishlab chiqarishda po‘lat, volfram, chinni, shisha, kvars, olovda yonmaydiga g‘isht, marmar, granit, quvur, quyma kesish, chuqurchalar o‘yish kabi operatsiyalarni bajaradi. Bunda ular ishlab chiqarish

Page 135: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

135

samaradorligi past egovlar va metall doirali arralarning o‘rnini bosadi. Kesuvchi disklarning o‘lchamlari, diametrining turli-tumanligi, qalinligi ular bilan ta’sir qilish oqibatida qoldirilgan izlarni tekshirish orqali guruhiy tegishliligi, buzish holatlari va mexanizmini o‘rganishga imkon beradi.

Kesuvchi disklar kesish asbobi sifatida qo‘llanilgani to‘g‘risida quyidagi belgilar dalolat beradi:

kesish sirti nisbatan tekis bo‘lib, unda yoysimon chuqurchalar va do‘ngchalar mavjud;

kesish qirralari odatda to‘g‘ri chiziqli; metallni kesish sohasida kuyib qolgan (metall «qochgan» kabi) izlar

bo‘lib, ular to‘siq metalli va kesuvchi disk ta’sir qilganda hosil bo‘lgan yuqori haroratdan dalolat beradi;

to‘siqning ichki tomonida g‘udurlar hosil bo‘ladi. Disklarning ta’sir qilish yo‘nalishi (kesish amalga oshirilgan tomon) undagi g‘udurlarning joylashishiga va yoysimon joylashgan chuqurlik hamda o‘yiqlardan bilsa bo‘ladi, bunda ularning markazi kesishning boshlanishini ko‘rsatadi.

Disklar o‘lchami yuzaki kesish va qisman kesish orqali aniqlanadi. Chunonchi, mazkur izlarning kengligiga qarab, uning taxminiy kengligi, kesish maydonidagi trassalar egrilik radiusiga qarab, uning tashqi diametri aniqlanadi. Agar hodisa sodir bo‘lgan joyda diskning maydalangan va sinib tushgan bo‘laklari bo‘lsa, ekspert bo‘laklar orqali butunni aniqlash usulida ularning diskka tegishliligi masalasini hal qilishi mumkin. Yuzasi kesilgan joylar sirti va qisman kesilgan joylar sirtidagi dinamik izlarga ko‘ra, diskni identifikatsiya qilib bo‘lmaydi, zero, ular diskning aylanishi natijasida hosil bo‘lgan izlarning o‘zaro bir-biriga yotqizilishidan hosil bo‘lgan trassalarni tashkil etadi.

Shishakeskich yordamida hosil bo‘lgan izlarning tadqiqoti. Shisha-keskichni qo‘llash izlari butun yuzalardagi turli shakldagi chiziqlar ko‘rinishidagi izlar va shisha ikkiga bo‘linish qirrasidagi izlarni tashkil qiladi.

Ekspert tadqiqotining asosiy maqsadi asosan buzish vaqtida shisha-keskichdan foydalanilganmi, degan masalasini hal qilish hisoblanadi. Agar javob ijobiy bo‘lsa, qaysi turdagi (olmosli yoki rolikli) shishakeskich ishlatilgani aniqlanadi. Ayrim hollarda asbobdan nuqsonlar (kesish elementining buzilishi, deformatsiyasi) bo‘lsa va ular barqaror ravishda izlarda akslansa, identifikatsiya o‘tkazilishi mumkin. Biroq odatda shishaning mo‘rtligi sababli shishakeskich ta’sirining xususiy belgilari izlarda ifodalanmaydi.

Page 136: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

136

Shu bois, qaysi turdagi shishakeskich qo‘llangani masalasini hal qilish maqsadida turli yoritish sharoitida «MBS» turidagi mikroskoplar qo‘llaniladi. Shuningdek, rastrli elektron mikroskopdan foydalanilganda, tadqiqotni samaraliroq tarzda amalga oshirish mumkin. Chunonchi, uning yuqori darajada kattalashtirish xususiyati va ravshanlik kuchi (aniqligi) eng mayda belgilarni ko‘rish imkonini beradi.

Izlarda topilgan differensiyalovchi alomatlar quyidagilardan iborat: – shishakeskich yordamida hosil bo‘lgan izlar dinamik xususiyatga

ega bo‘lib, uning alohida yuzalari iz bo‘ylab ketgan parallel ariqchalardan iborat bo‘ladi. Izlar ikkala tomonidan tutashgan darz ketgan joylar segment (bo‘g‘im) ko‘rinishiga ega;

– rolikli shishakeskich izlari, o‘zining hosil bo‘lish mexanizmiga ko‘ra statik izlarga yaqin bo‘lib, mikro yoriq va siniqlarni hosil qiladi. Ular o‘zaro parallel va iz chizig‘i bo‘ylab ko‘ndalang joylashadi. Izlarga tutashgan yirik yoriqlar uning o‘qiga nisbatan perpendikular yo‘nalishda cho‘zilgan bo‘ladi.

Shishakeskich turi tadqiqot uchun berilgan shishakeskichga mos kelsa, uni identifikatsiya qilishdan bosh tortmaslik kerak. Bu maqsadda hodisa sodir bo‘lgan joydan olingan shishaga o‘xshash nusxasi bir nechta marta kesib ko‘riladi. Olingan izlar umumiy va xususiy belgilariga qarab mikroskop ostida ko‘rilib, taqqoslanadi.

5. Metall to‘siqlarni termik kesish izlarini tadqiqot

qilish usullari Hodisa sodir bo‘lgan joyda termik ta’sir qiluvchi metall kesish

moslamalarining izlari aniqlangan sharoitda ekspert oldiga quyidagi savollar qo‘yiladi: qo‘llangan moslama (apparat)ning turi, kesishni amalga oshirish uchun sarflangan vaqt, kesishni amalga oshirgan shaxsning malakasi, kasbiy ko‘nikmalari va hokazo. Shuningdek, termik kesish qurolini identifikatsiya qilish masalasi ham qo‘yiladi, biroq bu masala hali oxirigacha uslubiy jihatdan qayta ishlanmagan. Tadqiqot trasologik ekspertizalarni o‘tkazishga qo‘yiladigan uslubiy talablarga muvofiq ravishda amalga oshiriladi.

Ekspert tadqiqotga berilgan materiallar bilan tanishish, jumladan, hodisa sodir bo‘lgan joy, uning chizmasi, fotosuratlarini ko‘zdan kechirish jarayonida buzilgan obyektlarning o‘zida va atrof-muhitda qanday izlar hosil bo‘lganligini ham aniqlab olishi zarur. Mazkur izlar — qurum, yorug‘lik gardishi, tilinish tasmasi, erigan metall qatralari, kislorod puflash

Page 137: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

137

izlari kabi asosiy izlar va qo‘shimcha izlar — atsetilen hidi, karbid bo‘laklari va uning parchalanish mahsulotlari (gidrat kalsiy oksidi), yongan gururt cho‘plar, atsetilen generator yoki kislorodli balonni joylashtirish izlari qolishi mumkin. Kerosinli kesish moslamasi ishlatilganda kerosin dog‘lari aniqlanishi mumkin. Kerosin kesish moslamasi yoqilganda, butunlay yonib tamom bo‘lmasdan yaqin turgan narsalarga sachrashi mumkin. Elektr yoyli kesish apparatini ishlatishda hodisa joyida kuygan elektrodlar va elektr simlar qoldiqlari uchrashi mumkin.

Shu bilan, birga ekspert tomonidan ashyoviy dalillar to‘liq hajmda keltirilganligi aniqlanishi zarur. Ekspert qo‘l ostida kesish izlari bo‘lgan buyumlar bilan birgalikda metall kesuvchi apparatlarni ishlatish izlari bo‘lgan buyumlar ham bo‘lishi kerak. Buzish izlari bo‘lgan buyumlar butunligicha taqdim etiladi. Agar iloji bo‘lsa, ularni qismlarga ajratish yoki ularning izlari bo‘lgan alohida elementlarini kesib olish, bunda tepa, chap tomon, ichki va tashqi sirt kabi muvofiq belgilar qo‘yilishi zarur.

Metall kesuvchi apparat turini aniqlash uning kesish va boshqa izlarda ifodalanishi alomatlarini batafsil o‘rganish orqali amalga oshiriladi. Gaz yordamida kesish minimal miqdorda alohida qotib qolgan tomchi ko‘rinishida metall uchqunlari va kesish joyida qurum bo‘lmasligi bilan tavsiflanadi. Bunda tomchilar qalinroq metallni kesishda ko‘payadi. Ikkala kesish 30 mm bo‘lgan kenglikda yorug‘lik toji (oreol)lar hosil bo‘lib, ular sariq, ko‘k va jigarrang tasmalardan iborat bo‘ladi. Kesish yo‘nalishiga qarama-qarshi joylashgan qirralari bo‘ylab erigan metallning kumush rangdagi yoki och zangori rangdagi oksidlanishi va to‘planishi (g‘udda bo‘lishi) kuzatiladi. Kesish bo‘shlig‘ining kengligi kesilayotgan metallning qalinligiga bog‘liq bo‘ladi.

Kesish qirralarining chekka yuzalari o‘ziga xos yarim oval shakldagi chuqurchalar va do‘ngchalardan iborat bo‘lib, ular erigan metallning kislorod oqimi bilan purkash natijasida yuzaga keladi. Ularning o‘lchami kesuvchi qirraning tashqi va ichki uchi (mundshtuk), kislorod bosimi, kesuvchi uchning og‘ish burchagining kattaligi, kesish tezligi, kesuvchi tig‘ uchining harakatlanish maromiga bog‘liq bo‘ladi. Gazda kesishning o‘ziga xos xususiyati shundaki, kesishda boshlang‘ich nuqta mavjud bo‘lib, u kesuvchi tig‘ning aniq yo‘nalgan ta’siri va kislorod oqimi ostida kuydirishdan iborat bo‘ladi. U kesish qirralarida bir-biriga qarama-qarshi joylashgan ikki yarim kraterlar ko‘rinishida ifodalanadi. Kraterlar chekkalari silliqlashgan (tekis) bo‘lib, uning sirti va devorlarida metall yig‘ilib, g‘udda bo‘lib qolgan bo‘ladi. Sanab o‘tilgan iz belgilari kerosin

Page 138: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

138

va atsetilen generator apparatlari yordamida kesish orqali hosil bo‘lgani bois, ularni amalda bir-birdan ajratib bo‘lmaydi. Kerosinda kesish qo‘llangani to‘g‘risida qo‘shimcha hosil bo‘lgan izlar (kerosin hidi va dog‘laridan) bilsa bo‘ladi. Shunday qilib, kesish izlarida va izlardagi qo‘shimcha alomatlar orqali gazli kesish apparati qo‘llangani to‘g‘risida xulosa mumkin bo‘ladi.

Elektrli kesishni qo‘llashda kesish izlarida boshqa belgilarning yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. Kesilayotgan metallning ikkala tomonida ko‘p miqdorda metallning qotib qolgan tomchilari joylashadi. Bunda ularning uchish masofasi 150 mmni tashkil etib, u tok kuchi va metallni kesish jarayonida elektrod uchining joylashishiga bog‘liq bo‘ladi. Kesish qirralarida nurli toj (oreol)lar bo‘lib, ular qurum bilan qoplangan bo‘lgani bois ko‘rinmaydi. Kesishning chekka yuzalarida metallning to‘planishi va toshqol (shlak) qatlam ko‘rinishida relyef hosil bo‘ladi. Toshqol elektrod va asosiy metallning kuyib ketishida hosil bo‘lgan g‘ovak tarkibli va qora, to‘q jigarrang, sariq, zangori va kulrang bo‘ladi. Kesish kengligi tok kuchi, kesilayotgan to‘siq qalinligi, elektrod diametri, shuningdek buzishni amalga oshirgan shaxsning kasbiy ko‘nikmalariga bog‘liq bo‘ladi. Shuni yana alohida ta’kidlash lozimki, elektr payvandlash apparatida qirqishda metallning bir xilda qalinligida gazda kesishga qaraganda, kesilgan joy kengroq bo‘ladi.

Kesuvchi apparatning turini tavsiflovchi aniq ifodalangan belgilar bo‘lmaganida, kesilgan joyning chekkalarida metall tarkib o‘zgarishining metallografik tekshiruvi o‘tkaziladi.

To‘siqni kesish uchun zarur bo‘lgan vaqtni aniqlashda qulf buzuvchilar tomonidan ishlatilgan moslamalarga o‘xshash payvandlash moslamalari yordamida tegishli sharoitlarni yaratish orqali eksperimental tajriba o‘tkaziladi.

Kesishni amalga oshirgan shaxsda kasbiy ko‘nikmalarning mavjud bo‘lishiga quyidagilar dalolat beradi: kesish chizig‘ining yetarlicha to‘g‘riligi, metall sirtiga nisbatan kesish sirtining ko‘ndalang joylashishi, kesishning bir xildagi kengligi. Bundan tashqari, malakali payvand-lovchilar soat o‘qiga qarama-qarshi yo‘nalishda kesishni amalga oshiradilar, kesish burchaklari nisbatan aniq, kesilgan sirtlardagi relyef bir xil bo‘ladi.

Basharti, kesish elektrda payvandlash apparatida amalga oshirilgan bo‘lsa, payvandlovchining malakasi to‘g‘risida, qirralarning tekisligi,

metall tomchilari miqdorining kamligi, nur tojlari maydonining kamligi va elektr yoyini ko‘p marotaba yoqish izlarining yo‘qligi dalolat beradi.

Page 139: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

139

Ekspert xulosasini o‘qishda izlar bo‘lgan obyektlar, izlarning o‘zlarini va ulardagi alomatlariga batafsil izoh berilishi zarur. Bunda zarurat tug‘ilganda, ish materiallarida mavjud ma’lumotlarga va hodisa sodir bo‘lgan joydan topilgan va ekspertizaga taqdim etilmagan bo‘lsa-da, biroq qo‘llangan payvandlash moslamalarini tavsiflovchi izlarga havola qilinadi.

Kesish izlarining kattalashtirilgan fotosuratlarida ekspert oldiga qo‘yilgan masalalarni hal qilishga yordam beruvchi eng aniq ifodalangan belgilar ko‘rsatiladi.

Savol va topshiriqlar::

1. To‘siq hamda buzish qurollarining o‘zaro ta’sir mexanizmiga ko‘ra,

buzish qurollari qaysi guruhlarga kiritiladi? 2. Qurol guruhlarining ishlash mexanizmi, to‘siqqa ta’sir etish

xususiyatlarini tushuntiring. 3. «Buzish qurollarining statik izlari» tushunchasini yoriting. 4. «Buzish qurollarining dinamik izlari» tushunchasini yoriting. Buzish qurollarining ekspertizasi jarayonida qanday masalalar hal

qilinadi? Qurolni tekshirish vaqtida ekspert nimalarga e’tibor qaratadi?

Page 140: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

140

6-BOB. «QULFLARNING TRASOLOGIK EKSPERTIZASI» TUSHUNCHASI VA OBYEKTLARI

1. Qulflarning tuzilishi, ishlash prinsiplari

va tasniflanishi Turli binolar va inshootlar, seyf, shkaf, stollar qutilari va boshqa shu

kabi obyektlarning eshiklarini yopish uchun turli mexanizm, moslama va vositalardan foydalaniladi. Hayotimizda eng ko‘p tarqalgan yopish vositasi qulflar hisoblanadi.

Qulf – turli eshiklarni yopish uchun xizmat qiladigan va blokirovka qilishni ta’minlovchi murakkab yopish moslamasi yoki ishchi shtiftlarga ega bo‘lgan mahsulotdir.

Mexanik qulflar mo‘ljallangan maqsadi va tuzilishidan qat’i nazar, quyidagi asosiy tarkibiy qismlardan iborat bo‘ladi: korpus, zulfin (lo‘kidon, rigel,), ushlab turuvchi (berkituvchi) moslama va kalitlar. Ko‘plab qulflarda saqlagich moslamalar yoki saqlagich vazifasini bajaruvchi alohida qismlar bo‘ladi. Har bir qulfga bir yoki bir necha shtatli (asl) kalit yasaladi (tegishli bo‘ladi, ilova qilinadi).

Korpus – bu qulfning barcha tarkibiy qismlarini o‘zida joylashtira-digan qismi (qutisi) hisoblanadi, qulfning barcha qism va mexanizmlarini o‘zida joylashtirish hamda to‘siqqa (eshikka) mahkamlash uchun xizmat qiladi. O‘yma (ichki) qulfning korpusi tashqi (yuza) planka va qopqoq mahkamlanadigan asosdan iborat bo‘ladi. Korpusning asosida turli maqsadda ustuncha joylashadi.

Osma qulfning qopqoqli yuqori qismida, qulf yoylari uchun ikkita tuynuk mavjud bo‘ladi, kalit teshigi esa qopqoqda joylashadi. Juda ko‘plab osma qulflarda korpus yaxlit tayyorlanadi. Qulflar korpuslarining shakli va o‘lchamlari turlicha bo‘lishi mumkin, ularning yuza qismlari esa galvanik, lak-bo‘yoq, emal va boshqa himoyalovchi-dekorativ qoplamalar bilan ishlov beriladi. Osma nazorat qulflari boshqa turdagi qulflardan ikki qopqog‘ining mavjudligi bilan farqlanadi: asosiy va qo‘shimcha (nazorat), ularning orasiga nazorat varaqasi qo‘yiladi (1-rasm).

Page 141: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

141

1-rasm. O‘yma (ichki) qulfning elementlari: 1 – qulf korpusining asosi; 2 – kalit uchun teshik; 3 – korpus qopqog‘ini mahkamlash uchun teshik; 4 – qulfning yuza plankasi; 5 – suvaldali qulflar uchun yuza plankadagi

tuynuk; 6 – fiksator roligi uchun yuza plankadagi teshik; 7 – suvalda prujinalari uchun tayanch ustuncha; 8 – fiksatorning tayanch plankasi; 9 – yo‘naltiruvchi

ustuncha; 10 – suvaldalarning o‘qi; 11 – korpus qopqog‘i; 12 – suvalda prujinalarining tayanch ustunchasi uchun o‘yiq ariqcha; 13 – zulfin ustunchasi uchun

o‘yiq ariqcha; 14 – suvalda o‘qi uchun tuynuk; 15 – qopqoqni korpus asosiga mahkamlash uchun teshik.

Zulfin – bu qulfni berkitish uchun mo‘ljallangan moslama bo‘lib,

qulfni yopish zulfinning boshchasini berkituvchi planka teshigiga yoki yoyning berkituvchi uchidagi teshikka kiritish bilan amalga oshiriladi. Zulfinning tuzilishi turlicha bo‘lishi mumkin, ammo har qanday zulfinda ikkita majburiy element albatta mavjud bo‘ladi: xvostovik (orqa qismi, dumi) va boshcha (2-rasm). Zulfinning asosida turli o‘yiq ariqchalar va ustunchalar mavjud bo‘ladi (3-rasm). Qulflarda bir yoki bir necha zulfinlar yoki bo‘lmasa, bir necha boshchali bir zulfin bo‘lishi mumkin.

2-rasm. Turli yopish mexanizmli qulflarning zulfinlari. (Zulfinlarning boshchasi qora rang bilan ajratib ko‘rsatilgan)

Page 142: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

142

3-rasm. Kalitni ikki marta aylantirish bilan berkitiladigan suvaldali qulfning zulfini:

1 – boshcha; 2 – asos; 3 – yo‘naltiruvchi ustuncha uchun tirqish; 4 – ustuncha; 5 – suvaldalar o‘qi uchun tirqish; 6 – kalit tishlari uchun o‘yiqlar.

Qulfning ushlab turuvchi (berkituvchi) moslamasi zulfin yordamida

qulfni ochiq yoki yopiq holatida ushlab turish uchun mo‘ljallangan. Bunday moslama sifatida turli prujinalar, zulfinlarning qulf korpusi bilan rezbali birikishlari, suvalda va yopish mexanizmlar harakatchan detallarining bo‘rtiqlaridan foydalaniladi. Eng xilma-xil tuzilishga ega bo‘lgan ushlab turuvchi (berkituvchi) moslama suvaldalar hisoblanadi.

Suvalda markazida tuynugi bo‘lgan metall plastinadan iborat (4-rasm). Ushbu tuynukda zulfin ustunchasi uchun o‘yiqlar bo‘ladi. Bu o‘yiqlar yuqori yoki quyi qismlarda yoki faqat yuqorida joylashgan bo‘ladi va stoporlovchi (muayyan holatda to‘xtatish, qimirlamaydigan qilib o‘rnatish uchun mo‘ljallangan) element vazifasini bajaradi. Ba’zida o‘yiqlar o‘rniga suvaldaning quyi qismida joylashgan chuqurchalardan foydalaniladi.

4-rasm. Kalitni ikki marta aylantirish bilan berkitiladigan suvaldali qulfning suvaldasi:

1 – suvalda tuynugi; 2 – suvalda tuynugining yuqori o‘yiqlari; 3 – suvalda prujinasi; 4 – suvalda o‘qining teshigi; 5 – kalit tishlari uchun o‘yiqlar;

6 – suvalda tuynugining quyi o‘yiqlari.

Page 143: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

143

Suvaldalar va ular elementlarining shakli, tuzilish xususiyatlari turlicha bo‘ladi (5-rasm). Har bir suvaldada prujina mavjud bo‘ladi va o‘qida yoki yo‘naltiruvchi ustunchaga harakatlanadigan tarzda mahkamlanadi. Ayrim qulflarda barcha suvaldalar uchun yagona prujina ishlatiladi. Suvaldalarning soni, ularning joylashishi, qalinligi va o‘lchamlari hamda tuynuklarining o‘lchamlarining yig‘indisi suvaldali qulflarning siri yoki sirlilik mexanizmi hisoblanadi.

5-rasm. Turli tuzilishli suvaldalarning ko‘rinishi. Qulflarning siri yoki sirlilik mexanizmi – bu mexanik qulflardagi,

shtatli kalit bilan birgalikda harakat qiladigan va kalitni zulfin bilan o‘zaro ta’sirini yoki zulfinning boshqa qismi (dasta, shturval) ta’sirida harakatlanishini ta’minlaydigan moslamadir. Qulflarning sirlilik mexa-nizmi tizimiga qulfni begona buyumlar bilan ochishni qiyinlashtiradigan detallar ham kiradi va bunday detallar saqlagichlar deb ataladi. Saqlagichlar metalldan muayyan shakl va o‘lchamda tayyorlanadi hamda korpus asosiga nisbatan ko‘ndalang yoki bo‘ylama holatda mahkamlanadi (6-rasm). Qulfdagi kalit uchun teshiklarning tuzilishi va konfiguratsiyasi ham o‘ziga xos saqlagich vazifasini bajaradi.

6-rasm. Suvaldali qulflarning saqlagichlari: A – bo‘ylama saqlagich; B – bo‘ylama saqlagich: 1 – bo‘ylama saqlagichning

plastinasi; 2 – ko‘ndalang saqlagichning bo‘rtiqlari.

Page 144: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

144

Kalit – qulfning yopish mexanizmi detallari yoki silindrli mexanizm shtiftlarini harakatga keltirish hamda zulfinning kerakli tarzda chiqishini ta’minlaydigan mahsulotdir. Qulfning yopish mexanizmi tizimiga bog‘liq ravishda kalitlar turli tuzilishlarga ega bo‘ladi.

Suvaldasiz qulflarning boshcha, sterjen va bir yoki ikkita tishli kalitlari eng sodda tuzilishga ega bo‘ladi. Suvaldali qulflarning kaliti turli miqdordagi bo‘rtiq va o‘yiqlardan iborat bir yoki ikkita tishli bo‘ladi (7-rasm).

7-rasm. Yopish mexanizmi turlicha bo‘lgan qulflarning kalitlari: A – suvaldasiz qulflarning kalitlari; B – suvaldali qulflarning kalitlari; V – silindrli

qulflarning kalitlari; G – «Abloy» turidagi silindrli qulflarning kalitlari; D – «Syurpriz» rusumli magnitli qulf kaliti; YE – vintli qulf kaliti.

Silindrli qulflar kalitining tuzilishi yopish mexanizmidagi shtiftlarning

soniga bog‘liq bo‘ladi. Bir qator shtiftli silindrli mexanizmga ega bo‘lgan qulfning kaliti yassi va sterjenining bir tomonida joylashgan turli bo‘rtiqlar va o‘yiqlardan iborat bo‘ladi. O‘zaro qarama-qarshi joylashgan ikki qator shtiftli mexanizmga ega qulfning kaliti esa yassi hamda sterjenining ikki tomonida joylashgan bo‘rtiq va o‘yiqlardan iborat bo‘ladi.

8-rasm. Silindrli mexanizmga ega bo‘lgan qulfning kaliti: A – bir qator shtiftli qulf kaliti: 1 – kalit boshchasining teshikchasi; 2 – saqlagich

uchun ariqcha; 3 – sterjendagi chuqurchalar; 4 – sterjendagi o‘yiqlar; 5 – sterjendagi bo‘rtiqlar; 6 – sterjen; 7 – kalit boshchasi.

B – uch qator shtiftli qulf kaliti: 1 – bo‘rtiq va o‘yiqlar qatorlari; 2 – kalit sterjeni.

Page 145: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

145

Agar qulf uch yoki undan ko‘proq shtiftlar qatoriga ega bo‘lsa, uning kaliti silindrsimon sterjenga ega bo‘ladi (8-rasm).

«Abloy» turidagi qulfning ko‘ndalang kesimi yarim aylana shaklda bo‘lgan kalitining sterjenida, kengligi va chuqurligi turlicha bo‘lgan o‘yiqchalar joylashadi (9-rasm).

9-rasm. «Abloy» turidagi qulfning kaliti: 1 – kalit boshchasining teshigi; 2 – kalit boshchasi;

3 – sterjen; 4 – bo‘rtiqlar.

10-rasm. Vintli qulflarning kalitlari. Kalit elementlarini qulfning yopish mexanizmi detallariga mexanik

ta’siridan tashqari, bir qator qulflarda yopish mexanizmlari detallarining harakatlanishi magnit yoki elektromagnit maydonlar yordamida ham amalga oshiriladi. Kalit o‘rnida, EHM yordamida tanib olinadigan muayyan obraz (surat, naqsh) ishlatiladigan (masalan, barmoqning papillyar naqshlari) qulflar ham bor. Ayrim qulflar uchun ularning yopish mexanizmi detallarining ayrimlari bilan ta’sirlashadigan bir necha turdagi kalitlar ishlatilishi mumkin. Bunda qulfni ochish uchun bir necha kalit navbati bilan ishlatiladi, bunday qulflar avtomatik tarzda yopiladi.

Page 146: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

146

2. Qulflarning ishlash prinsipi va tasniflanishi Qulflarning ishlash prinsipi ularning yopish mexanizmlarining

tuzilishidan kelib chiqadi. Suvaldasiz qulflar eng sodda tuzilishga ega bo‘ladi. Suvaldasiz osma qulf korpus va yoydan iborat bo‘ladi, yoyning bir uchi mahkamlangan, ikkinchi (harakatlanadigan) uchi esa prujina bilan qulf korpusi ichiga kiradigan tarzda tayyorlangan. Yoyning ushbu (ikkinchi, harakatlanadigan) uchida teshik bo‘ladi (11-rasm). Qulfning qopqog‘ida kalit uchun teshik bor.

Quflarni ochish quyidagicha amalga oshiriladi: kalit qulfdagi teshikka kiritilib, soat millari yo‘nalishi bo‘yicha buralganida, uning tishlari zulfinning asosini bosadi hamda prujinaning egiluvchanligini yengib, zulfinni o‘ngga siljitadi. Bunda zulfinning boshchasi qulf yoyining harakatlanadigan uchidan chiqadi. Qulf yoyining o‘z o‘qi atrofida aylanashi hisobiga, uning harakatlanadigan uchi qulf korpusidan chiqadi. Ayrim qulflarda yoylar mustaqil ravishda prujina yordamida korpusdan chiqadi.

11-rasm. Suvaldasiz osma qulfning ishlash prinsipi: A – yopiq holatdagi qulf; B – ochiq holatdagi qulf: 1 – korpus; 2 – zulfin; 3 – zulfin

boshchasi; 4 – yoyning yopiladigan uchidagi teshik yoki o‘yiq; 5 – yoyning yopiladigan uchi; 6 – yoy; 7 – yoy o‘qi; 8 – zulfin prujinasi; 9 – kalit uchun teshik.

Yuqorida keltirilgan qulflar odatda kalitning yordamisiz berkiladi, buning

uchun qulf yoyini yuqoridan pastga qarab bosish kerak. Yoyning harakatlanadigan uchi korpus ichiga kiradi va zulfin boshchasini bosadi, natijada zulfin chapdan o‘ngga siljiydi. Yoyning harakatlanadigan uchidagi teshik yoki o‘yiq ariqcha zulfin boshchasi bilan bir sathga kelishi natijasida zulfin prujina ta’sirida o‘z joyiga qaytadi va yoyni mahkam ushlab qoladi.

Ikkita zulfinli suvaldasiz qulflar kalitni ikki marta burash orqali ochiladi. Kalitning tishlari har ikki zulfinlarning xvostoviklarini siljitadi, zulfinlarning boshchalari esa yoyning harakatlanadigan uchidagi teshigi yoki o‘yiqlaridan chiqadi (12-rasm).

Page 147: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

147

12-rasm. Ikki zulfinli suvaldasiz osma qulfning ishlash prinsipi: A – yopiq holatdagi qulf; B – ochiq holatdagi qulf: 1 – zulfinlar; 2 – kalit uchun teshik; 3 – zulfin o‘qi; 4 – zulfin boshchasi; 5, 6 – yoyning yopiladigan uchlari;

7 – zulfin prujinalari. Suvaldasiz nazorat qulflari ham ko‘p ishlatiladi. Ularning tuzilishidagi

o‘ziga xos xususiyat – qo‘shimcha qopqoqning mavjudligi hisoblanadi. Ushbu qo‘shimcha qopqoq bilan asosiy qopqoq orasiga nazorat qog‘ozcha (mas’ul shaxsning imzosi yoki muhr aksi tushirilgan, kerakli o‘lchamdagi qog‘oz parchasi) qo‘yiladi va bu vkladish kalit uchun teshikni berkitadi hamda qo‘shimcha qopqoqdagi teshikdangina ko‘rinib turadi. Qo‘shimcha qopqoq qulf yopiq holatda bo‘lganida, yoyning harakatlanadigan uchi bilan mahkamlanadi (13-rasm).

13-rasm. Suvaldasiz osma nazorat qulfning tuzilishi: A – qulf; 5 – korpus qopqog‘i; V – zulfin; G – qo‘shimcha qopqoqdagi nazorat

teshikchasi; D – kalit: 1 – zulfin asosi; 2 – zulfin va prujina o‘qi; 3 – korpus asosi; 4 – zulfin prujinasi; 5 – yonbosh devor; 6 – yoyning erkin uchi; 7 – yoyning

harakatlanadigan uchi; 8 – yoyning erkin uchi uchun teshik; 9 – nazorat oynasi; 10 – qo‘shimcha (nazorat) qopqoq; 11 – yoy prujinasi; 12 – chegaralagich; 13 – kalit

ustunchasi; 14 – korpus qopqog‘ini mahkamlash uchun ustuncha; 15 – korpus qopqog‘ini mahkamlash uchun teshik; 16 – nazorat teshikchasi; 17 – kopus qopqog‘i; 18 – o‘q uchun teshik; 19 – prujina uchun tayanch bo‘rtiqcha; 20 – zulfin boshchasi:

21 – kalit uchun bo‘rtiqcha; 22 – kalit bo‘rtiqchasini kuchaytiruvchi ustuncha.

Page 148: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

148

Reyka zulfinli qulfning tuzilishi o‘ziga xos bo‘ladi. Bunday qulfda zulfin asosining quyi chetida, o‘zaro turli burchak va masofada joylashgan va turli o‘lchamdagi bo‘rtiq hamda kesiklar bo‘ladi. Kalitning sterjenida, o‘lchamlari va joylashish burchaklari zulfin asosiga qat’iy mos keladigan og‘ma bo‘rtiq va kesiklar bo‘ladi. Kalit qulf teshigiga kiritilganda, kalit sterjenidagi bo‘rtiq va kesiklar zulfindagi kesik hamda bo‘rtiqlarga ketma-ketlikda tushadi, natijada zulfin siljiydi. Kalitni qulfdan chiqarishda, qulfning zulfini prujina ta’sirida o‘z joyiga qaytadi va qulf berkilib qoladi. Qulfning ochiq holatida, zulfinni ushlab turish uchun stoporli vint xizmat qiladi (14-rasm).

14-rasm. Reyka zulfinli tashqi qulfning tuzilishi: A – qulf; B – zulfin; V – kalit: 1 – kalit uchun teshik; 2 – zulfin prujinasi; 3 – qulf

korpusidagi, qulfni mahkamlash uchun teshik; 4 – zulfin prujinasining yo‘naltiruvchi sterjeni; 5 – zulfin asosidagi chuqurcha; 6 – korpusdagi tirqish; 7 – zulfinni mahkam

ushlab turish uchun vint; 8 – zulfin boshchasi; 9 – yuza planka; 10 – qulfni mahkamlash uchun teshik; 11 – zulfin asosi; 12 – zulfin asosidagi bo‘rtiq va kesiklar.

Reykali qulflarning ko‘plab turidagi zulfinlarda ikki yoki ko‘proq

boshchalari bo‘ladi, ular qulfni yopishda yuza plankadan tashqariga chiqib turadi. Suvaldasiz va reykali qulflarning sodda tuzilishga egaligidan jinoyatchilar ustalik bilan foydalanadilar, oddiy otmichkalar yoki oddiy begona buyumlar (mix, bigiz, sim bo‘lagi) bilan ularni ochishga urinadilar.

Suvaldali qulflarning boshqa qulflardan farqi, ularning yopish mexanizmidagi suvaldalarni ushlab turish mexanizmi vazifasini bajarishidir.

Suvaldali qulflar tuzilishi jihatdan juda xilma-xil ishlab chiqariladi, ammo ularda turli detal va tugunlar kamroq bo‘ladi. Bunday qulflarning ayrim turlari 15-rasmda ko‘rsatilgan.

Page 149: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

149

15-rasm. Suvaldali osma qulf va suvaldali o‘yma (ichki) qulfning tuzilishi: Suvaldali osma qulfning tuzilishi (chapdan birinchi):

1 – kalit uchun ustuncha; 2 – suvalda; 3 – zulfin asosi; 4 – tayanch plankasi; 5 – korpus asosi; 6 – devor; 7 – yoy. Suvaldali o‘yma (ichki) qulfning tuzilishi (chapdan ikkinchi): A – yuza planka; B – qulf; 1 – fiksator roligi; 2 – prujina;

3 – vilka; 4 – zulfin boshchasi; 5 – vint; 6 – planka; 7 – suvalda prujinasi; 8 – suvalda o‘qi; 9 – suvalda; 10 – zulfin ustunchasi, 11 – zulfin; 12 – krpus asosi;

13 – yuza planka.

Suvaldali qulfning yopish mexanizmidagi detallarning o‘zaro ta’sirlashishi quyidagicha yuz beradi: qulf yopiq bo‘lganida, zulfin asosining ustunchasi suvalda oynasida mahkamlangan bo‘ladi. Kalit solinib buralganda, kalitning tishi suvaldani ko‘taradi va natijada zulfin asosining ustunchasi erkin maydonga chiqib qoladi. Kalitning yana aylanishi hisobiga kalitning boshqa tishi zulfinni korpusi ichiga siljitadi. So‘ng kalitning tishi pastga harakat qiladi, suvalda bo‘lsa, prujina ta’sirida joyiga qayta tushadi va natijada zulfin asosining ustunchasi suvalda oynasining ikkinchi tirqishiga tushib qoladi. Qulfni yopishda qulf detallarining o‘zaro ta’siri xuddi shu tarzda davom etadi, faqat barcha harakatlar kalitning teskari tomonga aylanishida bajariladi.

Qulfda bir nechta suvalda bo‘lsa, ularning har biri kalit ta’sirida, kalit tishlaridagi bo‘rtiq va o‘yiq ariqchalar hisobiga yuqoriga ko‘tariladi va siljib qoladi, natijada qulf ochiladi. Bunday qulflarni yopish ham yuqoridagi kabi bo‘ladi.

16-rasm. Suvaldali mexanizmning ishlash prinsipi.

Page 150: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

150

«Syurpriz» rusumli magnitli osma qulflar suvaldali qulflarning o‘ziga xos turi hisoblanadi. Bu qulfda suvaldalarning vazifasini erkin osilgan shtiftlar bajaradi. Bu shtiftlar qulf ochilganida kalitning magnit maydoni ta’sirida harakatga keladi hamda zulfin asosining qulf korpusida harakat qilishiga sabab bo‘ladi (17-rasm).

17-rasm. «Syurpriz» rusumli magnitli osma qulfning tuzilishi: A – zulfin asosidagi tirqishlarning joylashishi; B – yopiq holatdagi qulf; V – kalit;

G – ochiq holatdagi qulf; 1 – korpus; 2 – yoyning harakatchan uchi; 3 – zulfin boshchasi; 4 – yoy prujinasi; 5 – yoy; 6 – yoyning erkin uchi; 7 – kalit uchun

chuqurcha; 8 – shtiftlar blogi; 9 – zulfinning yo‘naltiruvchi sterjeni; 10 – shtift; 11 – zulfin asosi; 12 – ikki yelkali richag; 13 – richag prujinasi; 14 – kalit magniti.

Silindr mexanizmli qulflar ham turli, lekin sodda tuzilishga ega

bo‘ladi. Ularning mexanizmi korpus ichida joylashgan silindrdan iborat bo‘ladi (18-rasm). Silindrning ichida, uning bo‘ylama o‘qi bo‘ylab turli shakldagi yonbosh qirra (kalit uchun tirqishlar)li chuqurcha bo‘ladi. Shtiftlar uchun chuqurchalar bir qatorda joylashadi va kalit chuqurchasini silindr sirti bilan tutashtiradi. Silindrning korpusida xuddi shunday joylashgan korpus shtiftlarining chuqurchalari bo‘ladi. Bu chuqurchalar tashqi tomondan berkitilgan bo‘ladi. Quyma osma qulflarda silindrli mexanizm korpusi vazifasini qulf korpusidagi chuqur bajaradi. Silindr chuqurchasida turli uzunlikdagi shtiftlar, korpus chuqurchasida esa uzunligi bir xil bo‘lgan shtiftlar joylashadi. Korpusning shtiftlari spiralsimon prujinalarga tayanadi.

Bu kabi mexanizmning yopiq holatida silindr va korpus chuqurchalari o‘zaro mos tushadi. Prujinalar ta’sirida korpus shtiftlari silindr chuqurchasiga qisman kirib qoladi va natijada korpus hamda silindr orasidagi chegarani berkitadi, bu bilan silindrni aylanib ketishdan saqlaydi. Qulfga kalit solinganida, silindrning shtiftlari chuqurchaga botadi, ularning korpus shtiftlari bilan ta’sirlashish tekisligi korpus va silindr o‘rtasidagi

Page 151: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

151

chegara bilan mos tushib qoladi. Shtiftlarning bu holatida silindr kalit yordamida osongina aylanadi va o‘zining bo‘rtiqchasi bilan qulf zulfinini siljitadi, ya’ni qulf ochiladi.

18-rasm. Silindrli mexanizmning tuzilishi: A – yopiq holatdagi mexanizm; B – ochiq holatdagi mexanizm;

1–korpus; 2 – silindr; 3 – kalit uchun teshik; 4 – silindr shtifti; 5 – silindr chuqurchasi; 6 – korpus shtifti; 7 – korpus prujinasi; 8 – korpus qopqog‘i;

9 – korpus chuqurchasi; 10 – kalit. Silindrli qulflar osma, o‘yma (ichki) yoki tashqi variantlarda

tayyorlanishi mumkin. Silindr mexanizmli osma qulflarning eng ko‘p tarqalgan turi quyilgan (quyma) korpusli qulf hisoblanadi (19-rasm).

19-rasm. Quyma korpusli silindrli osma qulfning tuzilishi: A – qulf; B – silindrning ostidan ko‘rinishi; V – ochiq holatdagi qulf; 1 – yoyning prujinasi; 2 – yoyning chegaralagich shtifti; 3 – korpus; 4 – yoyning erkin uchi; 5 – yoyning harakatchan uchi; 6 – zulfin boshchasi; 7 – zulfin asosi; 8 – tayanch

shtifti uchun tirqish; 9 – silindrning tayanch shtifti; 10 – tiqin; 11 – korpus prujinasi; 12 – korpus shtifti; 13 – silindr; 14 – kalit uchun teshik; 15 – silindr shtifti.

Page 152: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

152

Shtiftlar vazifasini silindr chiga joylashtirilgan plastinkalar bajara-digan silindrli qulf o‘ziga xos tuzilishga ega (20-rasm). Ushbu plastinkalar silindrning ochiq teshiklarida joylashadi va spiralsimon prujinalarga tayanadi. Plastinkalarning markazida to‘g‘ri to‘rtburchak shakldagi oynalar ochilgan bo‘lib, har bir plastinkaning bunday oynalari bo‘ylama o‘q bo‘yicha individual tartibda joylashadi. Qulfning yopish mexanizmi korpusining ichki sirtida, plastinkalarning yuqori va quyi chetlari ostida, o‘zaro qarama-qarshi joylashgan yoysimon chuqurchalar mavjud.

Qulf mexanizmi yopiq bo‘lganida, plastinkalar prujina ta’sirida korpusdagi maxsus chuqurchaga kirib qoladi va bu bilan silindrning harakatlanishiga yo‘l qo‘ymasdan mahkam ushlab turadi. Qulfga kalit solinganida, uning tishlari (bo‘rtiq yoki o‘yiqlari) plastinkadagi oynalar orqali o‘tadi va plastinkani korpusdagi maxsus chuqurchadan chiqaradi. Plastinkalardan qutulgan silindr harakatchan bo‘lib qoladi (korpusda aylanadi) va zulfinni qulf korpusi ichiga siljitadi, natijada qulf ochiladi.

20-rasm. Qarama-qarshi joylashgan plastinkali silindrli mexanizmning tuzilishi: A, B – yopiq holatdagi silindrli mexanizm; V, G – ochiq holatdagi silindrli

mexanizm; 1 – korpus; 2 – korpusning quyi tirqishi; 3 – silindr; 4 – kalit uchun teshik; 5 – zanjir yoki tizgin; 6 – korpusning yuqori tirqishi; 7 – plastinka;

8 – plastinkadagi oyna; 9 – ulagich yoki kashak; 10 – kalit tayanchi; 11 – prujina. «Abloy» rusumli silindrli qulflar ham keng tarqalgan. Mo‘ljallangan

maqsadi va obyektga mahkamlanish usulidan qat’i nazar, bunday qulflar bir turdagi yopish mexanizmidan iborat bo‘lib, qulf mexanizmining siri bir necha disk (shayba)lardan iborat silindrda bo‘ladi (21-rasm).

Silindrning disk (shayba)lari ikki turga bo‘linadi: – asosiy – harakatchan; – qo‘shimcha – harakatsiz. Qulfning turiga qarab, ushbu disklarning soni turlicha bo‘lishi

mumkin. Asosiy disklar aylana shakldagi metall plastinadan iborat bo‘lib,

Page 153: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

153

girdida turli bo‘rtiq va o‘yiqlari hamda markazida kalit uchun teshiklari bo‘ladi. Har bir pastinadagi bo‘rtiq va o‘yiqlarning o‘zaro joylashishi hamda kalit uchun teshiklarining diametr bo‘yicha tekisliklari turlicha (o‘ziga xos) bo‘ladi.

Qo‘shimcha disk (shayba)lar yupqa bronza tasmadan tayyorlanadi. Ularning egiluvchanlik xususiyati ta’sirida asosiy disklar, qulfdan kalit chiqarilganida qanday holatda bo‘lgan bo‘lsa, shu holatda mahkamlanib qoladi. Qo‘shimcha disklar bir xil bo‘ladi va asosiy disklar bilan ketma-ketlikda qulf korpusida mahkamlangan bo‘ladi. Qo‘shimcha disklarda, asosiy disklarning bo‘rtiqlari qarshisida o‘yiqlar, markazida esa kalit uchun teshik bo‘ladi.

Stakan shaklidagi korpusning yon sirtida, o‘zaro qarama-qarshi joylashgan keng va tor o‘yiqlar bo‘ladi. Korpus tubining tashqi tomonida zanjir yoki tizgin (povodok) mahkamlangan. Keng o‘yiqlar qo‘shimcha disklarni mahkamlash va asosiy disklar kalit bilan buralganida, ularning bo‘rtiqlarini o‘zida joylashtirish uchun mo‘ljallangan. Tor o‘yiqda esa stoporli shtift joylashadi, bu shtift to‘g‘ri sterjen yoki G simon shaklda po‘lat yoki jez simdan tayyorlanadi.

Disklar va stoporli shtiftdan yig‘ilgan yopish mexanizmining korpusi qulf korpusida joylashtiriladi hamda chegaralovchi vtulka bilan qotiriladi, ushbu vtulkaning markazida kalit uchun teshik bor. Qulf korpusida stoporli shtift uchun mo‘ljallangan bo‘ylama chuqurcha mavjud.

21-rasm. «Abloy» rusumli qulfning silindrli mexanizmi tuzilishi: 1 – asosiy disk (shayba); 2 – korpusdagi keng tirqish; 3 – asosiy diskdagi bo‘rtiq;

4 – qo‘shimcha disk (shayba); 5 – korpus; 6 – zanjir yoki tizgin (povodok); 7 – stoporli shtift; 8 – asosiy diskdagi chuqurcha; 9 – qo‘shimcha diskdagi

chuqurcha; 10 – korpusdagi tor chuqur; 11 – qulfni qismlarga ajratishdagi arralash tekisligi; 12 – chegaralovchi vtulka; 13 – kalit; 14 – qulfning silindrli mexanizmi

blokining korpusi.

Page 154: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

154

Mexanizm yopiq holatda bo‘lganida, asosiy disklar shunday holatda joylashadiki, ularning markazidagi kalit uchun teshiklar o‘zaro mos tushadi va silindrning butun uzunligi bo‘ylab yarim aylana shakldagi kanalni hosil qiladi (22-rasm). Bunda asosiy disklardagi o‘yiqlar bir chiziqda joylashmaydi, stoporli shtift esa qulf korpusidagi bo‘ylama chuqurchada harakat qilib, yopish mexanizmining korpusini mahkam ushlab qoladi. Qulfga kalit solinib 900S ga buralganida, kalitning tishlari o‘ziga mos keladigan asosiy diskni ma’lum burchak ostida buraydi. Natijada barcha asosiy disklardagi o‘yiqlar korpusdagi tor o‘yiqlar va qo‘shimcha disklardagi o‘yiqlar bilan ustma-ust tushadi hamda ularning o‘yiqlari birgalikda bo‘ylama chuqur hosil qiladi. Buning natijasida esa yopish mexanizmining korpusi qulf korpusida harakat qila oladi, ya’ni qulf ochiladi.

Agar shtift prujina ta’sirida bo‘lsa, kalitning keyingi harakati ta’sirida bu shtift bo‘ylama chuqurga kiradi. Agar kalit 900S ga buralsa, asosiy disklarning ayrim bo‘rtiqlari korpusdagi keng o‘yiqqa tiralib qoladi, kalitning keyingi harakati ta’sirida esa yopish mexanizmi korpusini aylantiradi. Yopish mexanizmi korpusida joylashgan zanjir yoki tizgin (povodok) aylanadi va zulfinni siljitadi, natijada qulf ochiladi. Qulfni yopish xam xuddi shunday teskari tartibda amalga oshiriladi.

22-rasm. «Abloy» turidagi yopish mexanizmining ishlash prinsipi: A – yopiq holatdagi silindrli mexanizm; B – yopish mexanizmi detallarining kalit 900S ga buralgandagi holati; V – ochiq holatdagi silindrli mexanizm; 1 – asosiy

diskdagi bo‘rtiqlar; 2 – asosiy diskdagi o‘yiqlar; 3 – stoporli shtift; 4 – qulf korpusidagi chuqurcha; 5 – qulf korpusidagi keng o‘yiq; 6 – qulf korpusi;

7 – silindr korpusi; 8 – korpusdagi tor o‘yiq. Kodli (raqamli) yopish mexanizmli qulflar ikki xil variantda ishlab

chiqariladi: kalitsiz va disklarni aylantirish uchun kalitli. Har qanday

Page 155: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

155

holatda ham bunday qulflarni ochish uchun muayyan kodlar (raqam-lar)ning variantlaridan foydalaniladi.

Kodli yopish mexanizmiga ega bo‘lgan qulfning tuzilishi 23-rasmda keltirilgan. Qulf korpus, ikki uchi harakatlanadigan (berkitadigan) uchli yoydan iborat bo‘ladi, ushbu yoyning uchlarida segmentsimon teshiklar (yoki chuqurchalar) mavjud bo‘ladi. Qulf korpusidagi ko‘ndalang teshikda segmentsimon chuqurchali to‘rtta silindrsimon vtulka qotirilgan. Ushbu vtulkalarning qulf korpusiga kiritilgan yon sirtida o‘yiqchalar, korpusining sirtida, vtulkalar girdida esa muayyan raqamli yoki harfli belgilar bo‘ladi. Qulf yopiq holatda bo‘lganida, vtulkalar qulf yoyining chuqurchalarida joylashadi va uni qulf korpusida mahkam ushlab turadi.

23-rasm. Kodli (raqamli) yopish mexanizmli qulfning tuzilishi: A – vtulkalar yopiq holatda; B – vtulkalar ochiq holatda: 1 – yoy; 2 – korpus;

3 – vtulka (zulfin)lar.

24-rasm. Vintli qulfning tuzilishi: 1 – korpus; 2 – zulfin uchun teshik; 3 – kalit uchun teshik; 4 – zulfin asosi; 5 – vintli

zulfin; 6 – yoyning berkitadigan uchi uchun teshik; 7 – zulfin boshchasi; 8 – yoyning berkitadigan uchi; 9 – yoy.

Page 156: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

156

Vintli qulflar tuzilishiga ko‘ra nisbatan soddaroq bo‘ladi va asosan osma shaklda ishlab chiqariladi. Ushbu qulf korpus, erkin va berkitadigan uchli yoy hamda zulfindan iborat bo‘ladi (24-rasm). Qulfning korpusida uchta teshik – yoy uchlari uchun mo‘ljallangan ikkita vertikal va zulfin uchun mo‘ljallangan ko‘ndalang teshiklar bo‘ladi. Zulfin uchun mo‘ljallangan teshikning girdida rezba o‘yilgan. Yoyning berkitadigan uchida zulfin boshchasi uchun chuqurcha mavjud. Zulfinning ingichkalashgan qismida ham rezba bo‘ladi va ushbu qism xvostovik bilan tugaydi. Bu xvostovikning shakli va o‘lchamlari kalitning ishchi sirtidagi chuqurchalarning shakli va o‘lchamlariga mos keladigan qilib tayyorlanadi.

Vintli zulfinga turli begona ta’sirlarni kamaytirish uchun qulfning korpusida turli diametrli va o‘zaro perpendikular joylashgan teshiklar bo‘ladi. Ushbu qulfda yoy vazifasini metall sterjen bajaradi. Bu sterjen eshiklarning qulf osish uchun mo‘ljallangan xalqalariga kiritiladi (25-rasm).

25-rasm. Vintli qulfning tuzilishi: 1 – sterjen uchun teshik; 2 – zulfin boshchasi; 3 – zulfin boshchasi uchun chuqurcha;

4 – sterjen; 5 – sterjen boshchasi; 6 – vintli zulfin uchun rezbali teshik; 7 – korpus; 8 – kalit; 9 – kalit uchun ingichka teshik, 10 – kalit uchun teshiklar

orasidagi tirqish; 11 – kalit uchun keng teshik; 12 – zulfin asosi: 13 – zulfinning rezbali qismi.

Bu turdagi qulfni yopish uchun kalit korpusdagi keng teshikka

solinadi. Kalit o‘zining tishlari (bo‘rtiq va o‘yiqlari) bilan zulfin asosini bosadi va uni korpusdagi rezbali chuqurcha bo‘ylab ichkariga bosadi. Bunda zulfinning boshchasi sterjendagi chuqurchaga kiradi va uni

Page 157: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

157

korpusda mahkam ushlab qoladi. Qulfni ochish uchun zulfinni oxirigacha ichkariga bosish kerak, bunda zulfin boshchasi sterjenni korpusdan bo‘shatadi va qulf ochiladi.

Qulflarning kriminalistik tasniflanishi quyidagi asoslarga ko‘ra amalga oshiriladi:

1. Obyektlarga mahkamlanish usuliga ko‘ra: 1.1. Doimiy (ochishda obyektdan ajralmaydigan qulflar); 1.2. Osma (olinadigan). Doimiy qulflar obyektga mahkamlanish usuliga ko‘ra ichki (o‘yma) va

tashqi qulflarga bo‘linadi. Ichki (o‘yma) qulfning korpusi eshik kesakisida hosil qilinadigan maxsus kovakka o‘rnatiladi, tashqi qulf esa obyektning sirtiga mahkamlanadi.

2. Mo‘ljallanishiga ko‘ra qulflar quyidagilarga ajraladi: 2.1. Yashash binolarining eshiklari uchun. 2.2. Osma – turli binolar, garajlar va mebellar eshiklari uchun. 2.3. Seyf va avtomobillar eshiklari uchun. 2.4. Transport vositalari uchun. 2.5. Saqlash kameralari uchun. 2.6. Taksofonlar uchun. 2.7. Portfel va jomadonlar uchun va h.k. 3. Yopish mexanizmining tizimiga ko‘ra quyidagi qulflar mavjud: 3.1. Suvaldasiz. 3.2. Suvaldali. 3.3. Silindrli. 3.4. Kodli (raqamli). 3.5. Vintli. Qulflarning yuqoridagi guruhlarga ajratilishi qulf zulfinining ochiq va

yopiq holatidagi mahkamlanish usuliga qarab amalga oshiriladi. Shu boisdan, «suvaldasiz», «tashqi» va «silindrli» atamalari shartli ravishda qabul qilingan hisoblanadi, chunki silindrli qulflarda ham suvaldalar mavjud bo‘lishi mumkin. Shuning uchun birorta yopish mexanizmini u yoki bu turga tegishli deb xulosa chiqarish uchun, unda aylanadigan silindr bor yoki yo‘qligini aniqlash lozim bo‘ladi. Agar qulfda silindr bo‘lib, uning aylanishi hisobiga yopish mexanizmi ishlaydigan bo‘lsa, bunday qulfni silindrli qulf deb, qulf mexanizmi tarkibida aylanadigan silindr bo‘lmasa va bitta bo‘lsa ham suvalda mavjud bo‘lsa, uni suvaldali qulf deb hisoblash kerak. Agar qulfda suvalda ham, silindr ham bo‘lmasa va uning zulfini prujina yordamida harakat qiladigan bo‘lsa, bunday qulfni suvaldasiz qulf, deb hisoblash kerak.

Page 158: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

158

4. Yopish usuliga ko‘ra, qulflar quyidagi turlarga bo‘linadi: 4.1. Avtomat. 4.2. Kalit yordamida yopiladigan. Avtomatik usulda yopiladigan mexanizmlarda zulfinning alohida

mexanizmi bo‘ladi, ushbu mexanizm eshikni yopishda yuza planka bilan ta’sirlashish natijasida zulfinni harakatga keltiradi va qulf yopilib qoladi. Avtomatik usulda yopiladigan osma qulflarning yoyini qulf korpusidagi teshikka to‘g‘rilab bosish bilan yopish mumkin bo‘ladi. Kalit yordamida yopiladigan qulflar kalitning bir yoki ikki marta aylanishi bilan yopiladi. Undan tashqari, reyka mexanizmli qulflarning xona ichidan avtomatik tarzda, tashqarisidan esa kalit bilan yopiladigan turlari ham mavjud bo‘ladi.

5. Yopish mexanizmining miqdoriga ko‘ra, quyidagi qulflar bor: 5.1. Bir mexanizmli qulflar. 5.2. Ikki mexanizmli qulflar. Qulfda ikki yoki undan ko‘proq mexanizm bo‘lsa, mexanizmning

tizimlari bir xil yoki turlicha bo‘lishi mumkin. Agar mexanizmlar bir xil bo‘lsa, ular turli kalit bilan ochiladigan bo‘lishi kerak.

6. Kalitning yopish mexanizmiga ko‘rsatadigan ta’siri bo‘yicha qulflarning quyidagi turlari mavjud:

6.1. Yopish mexanizmiga kalitning mexanik ta’siri. 6.2. Yopish mexanizmiga magnit maydonining ta’siri. 6.3. Yopish mexanizmiga elektromagnit maydonining ta’siri («ZKE-

410» rusumli kodli elektron qulf). Juda ko‘plab turdagi kodli qulflar uchun kalitlar mo‘ljallanmagan,

bunday qulflarda kalitning o‘rniga, qo‘lda teriladigan muayyan kod (shifr)dan foydalaniladi.

3. Qulflarni belgilanmagan tarzda ochish usullari

va ularga xos bo‘lgan belgilar Qulflar to‘siq sifatida «qulfni turli yo‘llar bilan ochish» va «qulfni

buzish» bilan bartaraf etiladi. «Qulfni turli yo‘llar bilan ochish (qulfni belgilanmagan tarzda ochish, qulfni ruxsatsiz ochish) va «qulfni buzish» tushunchalari kriminalistikada jinoyat sodir etishda mavjud bo‘ladigan qulflarni bartaraf etish usullarini ta’riflash va o‘zaro farqlash maqsadida ko‘rib chiqiladi.

Ta’kidlash joizki, davlat standartlarida qulflarni buzishni qo‘riqla-nadigan obyektga kirish (ta’sir ko‘rsatish)ga imkon bermaydigan to‘siqni

Page 159: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

159

bartaraf etish maqsadidagi harakatlar, deb talqin etiladi hamda qulflarni buzishni quyidagi ikki turi ajratiladi:

1. Qulflarni texnik jihatdan buzmaydigan buzish usullari: qulflarning mexanik buzilishiga (shikastlanishiga) olib kelmaydigan keng qo‘llaniladigan, chegaralangan tarzda qo‘llaniladigan yoki maxsus tayyorlangan asbob-uskunalar yoxud moslama va qurilmalar yordamida ta’sir qilish usullari.

2. Qulflarning texnik jihatdan buzilishiga olib keladigan buzish usullari: qulflarning tuzilishida dastlabki holatiga qaytarilmaydigan o‘zgarishlar hosil qilish yoki alohida tarkibiy qismlarini mexanik buzish bilan ta’sir qiladigan usullar. Bunda qulfning zulfiniga oson ta’sir qilish imkoniyati yaratiladi, natijada zulfin yoki uzilgan yoki tuzilishi o‘zgargan qulfda erkin (masalan, ixtiyoriy ta’sir ostida) harakat qiladigan bo‘lib qoladi. Buzuvchi ta’sirlar natijasida zulfin o‘zining ishlash tartibini yo‘qotadi.

Kriminalistikada esa qulflarni to‘siq sifatida bartaraf etish usullarining tizimi yaratilgan bo‘lib, ular orasida qulflarni buzish va qulflarni belgilanmagan tarzda ochish ajratiladi.

Qulfni uzish – qulflarni turlicha buzish orqali to‘siq sifatida bartaraf etiladigan harakatlar. Agar bunda qulfning zulfini harakatlansa ham, u buzilgan qulfda, qulfning yopish mexanizmining detallariga ta’sir qilish osonlashganda, harakat qiladi.

Qulfni belgilanmagan tarzda ochish (qulfni ochish) – qulfni buzmasdan, uning zulfinining keraklicha harakat qilishiga qaratilgan harakatlar. Jinoyat sodir etishda, qulflarni belgilanmagan tarzda ochishning quyidagi usullari ma’lum:

– tanlangan kalitlar yordamida; – soxta kalitlar yordamida; – maxsus ochgich (otmichka)lar yordamida; – maxsus moslamalar («uistiti») yoki maxsus trubkalar yordamida; – tasodifiy buyumlar yordamida; – qulf zulfini mexanik siqish (otjim) usulida. Tanlangan kalit deganda, birorta muayyan qulfni ochishga

mo‘ljallangan, ammo boshqa qulfni ham ochish mumkin bo‘lgan kalitlar tushuniladi.

Agar kalit jinoyatchilar tomonidan aniq bir qulfni ochish maqsadida tayyorlangan bo‘lsa, bunday kalitlar ushbu qulfga nisbatan soxta (qalbaki) kalit hisoblanadi. Soxta (qalbaki) kalitlarni yarim tayyor mahsulotlar yoki boshqa kalitlardan kerakli kalitning nusxasi, surati hamda jinoyatchilarga

Page 160: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

160

qulfning tayyorlagan zavodda qabul qilingan raqamli belgilari ma’lum bo‘lganda, qulf mexanizmi belgilariga qarab tayyorlanishi mumkin.

Agar soxta kalitlar muayyan bir qulfni jinoiy maqsadda ochish uchun mo‘ljallangan bo‘lsa, maxsus ochgichlar muayyan tuzilishli qulflarni ochishga mo‘ljallangan bo‘ladi. Prujinali qulflarni ochish uchun mo‘ljalangan maxsus ochgich (otmichka)lar mixdan, sim bo‘lagidan va shu kabilardan tayyorlanishi mumkin. Ularning ishchi uchi ingichka va yassi hamda biroz egilgan qilib tayyorlanadi. Bu esa ularni qulfdagi kalit tirqishiga bemalol kirishini ta’minlaydi. Suvaldali qulflarni ochishga mo‘ljallangan maxsus ochgichlar tashqi ko‘rinishidan kalitlarga o‘xshaydi. Ularning tishlari bir necha ishchi sirtlardan iborat bo‘ladi. Undan tashqari, bunday maxsus ochgichlarning tishlarida qulflarning saqlagichlariga tegmasdan o‘tishlari uchun, ularda maxsus ariqchalar o‘yilgan bo‘ladi. Silindrli qulflarni ochish uchun juda ingichka metall plastinkalardan foydalaniladi (26, 27, 28-rasmlar).

26-rasm. Suvaldasiz qulflarni ochish uchun mo‘ljallangan maxsus ochgich (otmichka)lar.

27-rasm. Suvaldali qulflarni ochish uchun mo‘ljallangan maxsus

ochgich (otmichka)lar.

28-rasm. Silindrli qulflarni ochish uchun mo‘ljallangan maxsus ochgich (otmichka)lar.

Page 161: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

161

Qulflarni maxsus ochgichlar bilan ochishda, bu ochgichlardan qulf korpusi (quti)sining ichki devorlarida va qulf mexanizmlari (masalan, zulfin va suvaldalar)da ishqalanish izlari qoladi. Qulf korpusi (quti)sining ichki devorlaridagi ishqalanish izlari yoysimon shaklda bo‘ladi. Bu izlar kalit tirqishining atrofida joylashadi va kalit tishlarining izlari bilan mos tushmaydi. Zulfin, lo‘kidon va suvaldalardagi ishqalanish izlari ingicha ariqchalar shaklida bo‘ladi.

Silindrli qulflar maxsus ochgich bilan ochilganda, ishqalanish izlari kalit tirqishida va bevosita shtiftlarning boshchalarida vujudga keladi.

Juda ko‘p hollarda jinoyatchilar qulflarni tanlangan kalitlar yordamida ochadilar. Bu holda qulfning ochilish ehtimolligi tanlangan kalitning asl kalitga qay darajada o‘xshashligiga bog‘liq bo‘ladi.

Prujinali qulflar, suvaldali (agar suvaldalar miqdori kam bo‘lsa) qulflarni kalit tanlash usuli bilan ochish osonroq bo‘ladi.

Qulflarni kalit tanlash usulida ochishda, ishlatilayotgan kalitga turlicha ta’sir ko‘rsatiladi, uni turlicha holatga o‘tkaziladi, ba’zida bunday ta’sir natijasida zulfin (lo‘kidon) surilishi yoki silindr aylanib ketishi mumkin. Ayniqsa, hozirgi kunda keng tarqalgan Xitoyda ishlab chiqarilgan qulflarda bu usul juda qo‘l keladi. Kalitlarni soxtalashtirish asl kalitdan birorta usulda nusxa olish, uning chizmasini chizish orqali amalga oshiriladi.

Qulflarni tanlangan yoki asl nusxasiga qarab yasalgan begona kalitlar bilan ochishda quyidagi izlar va belgilar vujudga kelishi mumkin:

– suvaldali va prujinali qulflarning korpusi (quti)larining ichki devorlarida, ishlatilgan kalitning tishlaridan aylana shaklidagi izlar qoladi, bu izlar asl kalitning izlariga va izlarning diametrlariga mos tushmaydi, metallning shilinishi kuzatiladi;

– zulfin (lo‘kidon) va suvaldalarning asl kalit bilan ta’sirlashmaydigan joylarida, begona kalit tishlaridan qolgan izlar vujudga keladi;

– qulf mexanizmlarining oraliq holatlarga o‘tib qolishi. Bundan tashqari, qulflarni tanlangan yoki begona kalitlar bilan

ochishda qulfga katta jismoniy kuch bilan ta’sir ko‘rsatiladi. Bu esa ayrim hollarda qulf qismlarining deformatsiyalanishiga, kalitlarning sinishiga (ba’zan kalitlarning sinib qolgan qoldiqlari qulf tirqishida qolib ketadi) sabab bo‘ladi. Agar qulfda singan kalit qoldig‘i, gumon qilinuvchida ham bunday qoldiq aniqlansa, bo‘laklarga qarab butunni aniqlash bo‘yicha trasologik ekspertiza tayinlanishi lozim.

Juda ko‘p hollarda qulflar maxsus moslama «uistiti» yordamida ham ochilishi mumkin. Bu asbob asosan eshik berkitilib, qulfda (eshikning

Page 162: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

162

ichkari tomonidan) kalit qoldirilganda ishlatiladi. Buning uchun uistiti tashqaridan eshikdagi qulfga o‘rnatiladi. Uning tishlari bilan ichkari tomondan qulfda turgan kalitning sterjenining uchlari qisib ushlanadi va uistitining tishlari asta aylantiriladi, natijada qulf ochilib ketadi. Bu holda kalit sterjenining uchida uistitiing tishlaridan ezilgan yoki ishqalanish izlari qolishi mumkin.

4. Qulflarni buzish usullari va ularga xos bo‘lgan belgilar

Qulflarning buzish usullari juda ko‘p va xilma-xildir. Buzishning u

yoki bu usullarini qo‘llash qulfning turiga, uning holatiga, eshikka mahkamlanish usuliga bog‘liq bo‘ladi.

Eng ko‘p buzilib ochiladigan qulflar osma qulflar hisoblanadi. Osma qulflarning buzilishi quyidagicha amalga oshirilishi mumkin:

– qulf yoylarini yoki qulfni eshikka osish uchun mo‘ljallangan halqalarni sug‘urib olish usulida;

– qulf yoylarini yoki qulfni eshikka osish uchun mo‘ljallangan halqalarni kesish usulida;

– qulf korpusi (quti)sini buzish usulida; – qulf korpusi (quti)sining yuqori chetini kuch ishlatib siqish usulida. Osma qulfning yoylarini sug‘urib olish uchun jinoyatchilar richag

sifatida turlicha qattiq buyumlar (lom, metall simlar va hokazo)dan foydalanadilar. Bunday ta’sir natijasida qulfning ayrim qismlari (masalan, qulfning yoyi, zulfin (lo‘kidon)i) shikastlanadi. Qulf yoyini sug‘urib olishda zulfin (lo‘kidon) boshchasida yoki qulf yoyining berkituvchi uchida turlicha egilishlar, qisman sinishlar, metallarning ko‘chishi, shilinishlar vujudga kelishi mumkin. Agar qulf korpusi (qutisi)dan, qulf yoyining ichkariga mahkamlanib qo‘yilgan ikkinchi uchi ham sug‘urib olinsa, yoyning ushbu uchi sinib ketadi.

Osma qulflarning yoylari ularga ta’sir ko‘rsatilganda lotincha «S» harfiga o‘xshab egilib ketadi (deformatsiyaga uchraydi). Qulflarni buzishda ishlatilgan buzish qurolidan ezilish va shilinishlar shaklidagi izlar qolishi mumkin. Bu izlar, odatda, buzish qurolining iz hosil qiluvchi qismlarining relyefini aks ettirmaydi va shuning uchun ular identifikatsiya uchun yaroqsizdir.

Osma qulflarning yoylarini sug‘urib olishda buzish qurolining bir uchi eshikka yoki devorga tayanadi. Bu holda ushbu sirtlarda hajmiy izlar vujudga keladi. Ushbu izlar ko‘pincha buzish qurolining ishchi sirtini shakli va tashqi tuzilishining xususiyatlarini aks ettirishi va binobarin ular

Page 163: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

163

identifikatsiya uchun yaroqli bo‘lishi mumkin. Osma qulf yoyini sug‘urib olishda qulflarni eshikka osish uchun mo‘ljallangan halqalarning deformatsiyalanishiga olib keladi.

Jinoyatchilar osma qulflarni buzishda ko‘pincha qulflarni osish uchun mo‘ljallangan halqalarni sug‘urib oladilar. Bunday usullarni jinoyatchilar, ushbu halqalar qulfga qaraganda, kamroq mustahkam bo‘lganida qo‘llaydilar. Bunda eshiklar va qulf osilgan joyning boshqa qismlarida qulflar buzilganida qolgan izlarga o‘xshash izlar vujudga kelishi mumkin.

Osma qulf yoylari temir kesuvchi ombirlar yoki qaychilar yordamida kesilganda, yoyning kesilish joylarida tashqaridan markazga yo‘nalgan ponasimon chuqurcha shaklidagi izlar vujudga keladi. Yoylarning kesilish sirtlarida ishlatilgan asbobning kesuvchi sirtlaridan, o‘zaro parallel ishqalanish chiziqlari shaklidagi izlar kuzatiladi. Bu izlar identifikatsiya uchun yaroqli bo‘lishi mumkin.

Agar osma qulfning yoylari temir arra yordamida kesilgan bo‘lsa, yoylarning kesilgan sirtlarida yelpig‘ichsimon zinapoyalar shaklidagi izlar vujudga keladi. Yoyning sirtida, kesish boshlangan tomonda tilinishlar, metallning ko‘chishi, shilinishlar vujudga keladi, bu belgilar temir arra tishlarining yoyning kesilish sirtida ishqalanishi natijasida vujudga keladi.

Osma qulf yoylarini egov yordamida kesishda yoylarning kesilgan sirtlari deyarli tekis bo‘ladi, egovning ishqalanish izlari betartib joylashgan shilinishlar ko‘rinishida kuzatiladi. Agar uchburchak yoki to‘rt burchak shakllaridagi egov ishlatilgan bo‘lsa, u holda yoyning egovlab kesilgan sirtlari konussimon shaklda bo‘ladi. Yuqorida aytilgan asboblar ishlatilgan holatlarda, qulf yoyining kesilgan qismida oxirigacha egovlanmagan soha kuzatiladi, chunki bu joy egovlash oxiriga yetkazilmasdan turib, sinib ketadi. Aynan ana shu izlarni ko‘zdan kechirib va tadqiq etib, qulfni buzishda ishlatilgan asbobning turi, arraning tishlari kengligini aniqlash mumkin.

Osma qulfni buzishda juda ko‘p hollarda eshiklarda, qulf korpusi (qutisi)ning ichida, polda, yerda va shu kabi joylarda arralash yoki egovlash yoxud sindirishdan vujudga keladigan temir zarralari – qirindilar (opilkalar) kuzatiladi. Bunday temir qirindilar gumon qilinuvchining qo‘llarida, kiyimlarida va tanasida ham qolishi mumkin. Bunday hollarda hodisa joyidan va gumon qilinuvchidan olingan qirindilar spektral tahlil metodi yordamida tekshirilib aniqlanishi lozim.

Ba’zi osma qulflar yoylarining berkituvchi uchlari korpusi (quti)ning tirqishiga unchalik chuqur kirmaydi. Bunday tuzilishga nazorat qulflari ega. Bu kabi qulflar qulf korpusi (qutisi) yuqori chetini siqish usulida

Page 164: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

164

ochilishi mumkin. Buning uchun, yassi metall buyumni qulf korpusi (qutisi)ning yuqori cheti bilan qo‘shimcha qopqoqning orasiga kirgiziladi va siqiladi. Natijada korpus (quti)ning tirqishidan yoyning berkitil-maydigan uchi chiqarilib yuboriladi va qulf ochilib ketadi. Qulflarni bunday buzishda qulf korpusi (qutisi)da, qo‘shimcha qopqoqning sirtlarida turlicha ishqalanish va ezilish izlari, sinishlar vujudga keladi.

Silindrli osma qulflarni buzishda jinoyatchilar parmalardan foydala-nadilar. Buning uchun qulfning korpusi (qutisi)da, qulfning shtiftlari olinadigan qilib teshik parmalanadi. Natijada shtiftlar bilan ushlanib turilmaydigan bo‘lib qolgan silindr ixtiyoriy tomonga aylanadigan bo‘lib qoladi va qulf ochilib ketadi. Qulflarni bunday buzish uchun parmalash izlari va to‘kilib qolgan metall qirindilar hamda qulfdagi turli ezilish kabi belgilar xosdir.

Tashqi va ichki qulflarni buzish osma qulflarni buzishga qaraganda kamroq uchraydi. Buning sababi shundaki, bunday qulflarni buzish uchun ushbu qulflar o‘rnatilgan joyni (masalan, eshikning shu qismini) buzishga to‘g‘ri keladi. Agar qulfni boshqa usullar bilan ochishning imkoni bo‘lmagandagina bunday qulflar buzish usulida ochiladi. Qulflarni buzishdan boshqa usullarda ochishning quyidagi turlari mavjud:

– zulfin (lo‘kidon)ni siqib ayirish (otjim); – maxsus ochgich (otmichka), tanlangan yoki soxta kalitlar, «uistiti»

va boshqa moslamalar yordamida ochish. Zulfin (lo‘kidon)ni siqib ayirish (otjim) usuli. Bu usul tashqi va ichki

qulflarni ochishda ishlatiladi. Ko‘pincha o‘zi yopiladigan silindrli qulflarning zulfin (lo‘kidon)i siqib ayriladi. Chunki, bunday qulflarning zulfin (lo‘kidon)i saqlagichda ushlab turilmagan bo‘lsa, u erkin holatda joylashadi. Shuning uchun eshik bilan uning kesakisi orasidagi oraliqqa yassi buyum (iskana, pichoq, buragich va shu kabilar) kiritiladi hamda uning yordamida zulfin (lo‘kidon)ga ta’sir etib, uni qulf korpusi (qutisi)ning ichiga kirgizib yuboriladi. Bu usulda qulflar ochilganda, eshikning chetlarida, kesakisida, kesakidagi zulfin (lo‘kidon) uchun mo‘ljallangan kovakning atrofiga qo‘yiladigan plankaning sirtida bosish (ezilish) va ishqalanish izlari qoladi. Zulfin (lo‘kidon)ning boshchasida uning bo‘ylama o‘qiga parallel joylashgan ishqalanish izlari va metallning o‘yilishlari vujudga keladi. Zulfin (lo‘kidon)ni ayirib ochishda qulf mexanizmi qismlarida deformatsiyalanish paydo bo‘ladi.

Prujinali qulflar zulfin (lo‘kidon)ini ayirib ochishda zulfin (lo‘kidon) asosi deformatsiyalanadi.

Silindri o‘zi yopiladigan qulflarda zulfinni ayirib ochish natijasida, zulfin tayanchining buzilishi kelib chiqadi.

Page 165: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

165

5. Qulflarni belgilanmagan tarzda ochish va buzilishining hodisa sodir bo‘lgan joydagi dastlabki tadqiqotlari

Qulflarni belgilanmagan tarzda ochish va buzish izlarining dastlabki

tadqiqotlari jinoyatning sodir etish usuli va sharoitlari, buzish qurolining turi, jinoyatning vaqtga doir xarakteristikalari bo‘yicha bevosita hodisa sodir bo‘lgan joyning o‘zida ma’lumot olishga imkon yaratadi.

Ushbu dastlabki tadqiqotlar qulflarning tashqi tuzilishi, uning alohida detallarini, shuningdek qulfning yopish mexanizmining o‘zgarishi yoki buzilishiga olib kelmaydigan usullar yordamida o‘tkaziladi.

Qulflarni jinoiy maqsadda ochish belgilari odatda qulflar korpusi (qutisi)ning ichki qismida aks etadi, shu boisdan, qulflarning dastlabki tadqiqotlarida bunday belgilarni aniqlash ehtimolligi juda kam bo‘ladi. Qulf korpusi (qutisi)dagi kalit uchun mo‘ljallangan teshikda va bevosita uning atrofida ishqalanish, shilinish va metall ko‘chishi ko‘rinishidagi izlarni esa dastlabki tadqiqotlar jarayonida aniqlash hamda tadqiq qilish mumkin bo‘ladi.

Dastlabki tadqiqotlar jarayonida qulflarni buzish usullari qulfning o‘zida ham, uning detallarida va qulfni obyektlarga mahkamlovchi elementlarida ham aniqlanishi mumkin.

Osma qulflarni buzish ko‘p hollarda, uning yoyini qo‘porib olish, kesish, arralash va qirqish usullari bilan amalga oshiriladi. Ichki (o‘yma) qulflar esa qo‘porib (sug‘urib) olish bilan buziladi. Ichki qulflar silindrlari ham qo‘porib olinadi, sindiriladi yoki parmalash bilan buziladi.

Qulflarning buzilishi izlarini qayd etishda qulfning o‘zidagi emas, balki eshikdagi va qulfni osish uchun mo‘ljallangan moslamadagi belgilarni ham o‘rganish lozim. Undan tashqari, eshikning tuzilishiga oid xususiyatlari (uning tabaqalarining soni, eshik va kesakisi orasidagi masofa va shu kabilar)ni, eshikdagi nuqsonlarni ham qayd etish kerak.

Hodisa sodir bo‘lgan joyda, qulfni buzishda ishlatilgan (buzish) qurollarining juda ko‘plab iz va belgilar aniqlangan bo‘lsa, ularni fotosuratga olish bilan birga, ularning o‘zaro joylashishi chizmasini ham tayyorlash tavsiya etiladi.

Qulflarning hodisa sodir bo‘lgan joyda o‘tkaziladigan dastlabki tadqiqotlari jarayonida, har qanday turdagi ekspert tajribalarini (ekspe-riment) o‘tkazish – qulflarni o‘zining shtatli kaliti bilan ochib ko‘rish, qulflarni hodisa joyida aniqlangan maxsus ochgich yoki tanlangan va begona kalitlar bilan ochib ko‘rish qat’iyan taqiqlanadi.

Page 166: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

166

Qulflarning hodisa sodir bo‘lgan joyda o‘tkaziladigan dastlabki tadqiqotlarining asosiy maqsadi – qulfni buzishda ishlatilgan (buzish) qurolning guruhiy taalluqliligini aniqlash hisoblanadi.

Qulfdagi arralash (egovlash) izlari bo‘yicha ushbu izni hosil qilgan buyumning turi (temir kesish uchun mo‘ljallangan arra, egov, «bolgarka”), o‘lchamli xususiyatlari va shakli (arra tig‘ining kengligi, egovning o‘lchamlari – tishlari orasidagi masofa) aniqlanishi mumkin.

Hodisa joyida aniqlangan parmalash izlarining dastlabki tadqiqotlari o‘zaro bog‘liq quyidagi vazifalarni hal etishga imkon beradi: parmaning shakli, o‘lchamli xususiyatlari va ishlatilgan asbobning turi (mexanik yoki elektr parma)ni aniqlash. Buning uchun parmalashda vujudga keladigan barcha izlarning tizimi: parmalashning ochiq va yopiq izlari, parmaning to‘siqdan chiqishida hosil bo‘ladigan elementlarni tekshirish lozim bo‘ladi.

Qulf yoylarini qo‘porish, sug‘urish, sindirish yoki mexanik siqish (otjim)ning statik izlarining dastlabki tadqiqotlarida, qulfni buzishda ishlatilgan (buzish) quroli ishchi sirtining xususiyatlari: o‘lchami, shakli, konturi, xususiy belgilarining mavjudligi tekshiriladi.

Dastlabki tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, mutaxassis-kriminalist tomonidan chiqarilgan xulosalar va takliflar tezkor qidiruv vazifalari, tergov harakatlarini rejalashtirish va amalga oshirish vazifalarini hal etish uchun xizmat qiladi hamda daliliy ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin.

6. Qulflarning trasologik ekspertizasining metodikasi

Qulflar quyidagi hollarda tadqiq etilishi mumkin: – turli omborxonalar, binolar, inshootlar yoki xonadonlar berkitilib

qo‘yilgan qulflar buzilganda yoxud turli usullar bilan ochilganda; – muayyan moddiy javobgar shaxsdan ishlatilayotgan qulflaring nosoz

holatga kelib qolganligi to‘g‘risida ariza tushganda; – tergov ishini yuritayotgan huquq-tartibot organlarining ixtiyoriga

ko‘ra, jinoyat sodir etilishiga oid turli holatlarni, sabab va sharoitlarni aniqlayotganida va hokazo.

Qulflarning kriminalistik tadqiqotlari quyidagilarni aniqlashga yordam berishi mumkin:

– qulflar haqiqatan ham o‘g‘irlik maqsadidami yoxud boshqa bir noqonuniy qilmishni yashirish uchun o‘g‘irlik jinoyatini inssenirovka qilish maqsadida buzilganmi yoki ochilganligini aniqlashga;

– jinoyatchini qidirish va fosh qilishga; – jinoyatlarning sodir etilishiga yengillik yaratgan yoki imkon bergan

shart-sharoitlarni aniqlashga.

Page 167: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

167

Qulflarning trasologik ekspertizasi, trasologik ekspertizaning keltirilgan qulflar buzuq emasmi (texnik jihatdan sozmi), keltirilgan qulf begona kalit, tanlangan kalit yoki maxsus ochgich (otmichka) yordamida osilganmi kabi savollarga javob berish uchun tadqiqotlar o‘tkazish bilan shug‘ullanadigan bo‘limi hisoblanadi.

Qulflar tadqiqotining tartibi quyidagicha bo‘ladi: – keltirilgan qulf va uning kalitini tashqi ko‘zdan kechirish; – qulfni ochish va qismlarga ajratish; – qulf mexanizmi va uning alohida qismlarini tadqiqot qilish. Tadqiqot jarayonida ekspertiza oldiga qo‘yilgan savollarga javob

berishda ahamiyatga ega bo‘lgan holatlarni qayd etish zarur. Qayd etish uchun ta’riflab yozish, fotosuratga olish va chizmalar chizish qo‘llaniladi.

Juda ko‘plab hollarda moddiy javobgar shaxslar yopuvchi moslamalarni (qulflarni) buzib yoki turli usullar bilan ochish orqali o‘zlari ilgari sodir etgan o‘zlashtirish, talon-taroj va shu kabi boshqa jinoyatlarini yashirish maqsadida o‘g‘irlik jinoyatini inssenirovka qiladilar. Bunday hollarda tekshirilayotgan qulflarning konstruktiv tuzilishiga bog‘liq ravishda moddiy javobgar shaxslar qulflarni buzish yoki ochishning tur-licha va xilma-xil usullaridan foydalanadilar. Tekshirilayotgan qulflarning ochish yoki buzilish usullarini aniqlash, ushbu qulfni buzish yoki ochish izlarini hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish tadbirining o‘zida tekshirish imkonini beradi yoki qulflarni laboratoriya sharoitlarida yanada to‘laroq tekshirish imkonini beradi. Masalan, o‘g‘irlik jinoyatini inssenirovka qilish maqsadida qulfni buzish izlari quyidagicha bo‘lishi mumkin: izlarning – to‘siq va qulfning o‘zidagi buzish qurollari izlarining mavjudligi, ko‘rinishi va o‘zaro joylashishi.

Ushbu sharoitlarni aniqlash tergov tusmollarini (versiyalarni) to‘g‘ri tuzishga hamda tergovni to‘g‘ri olib borishga katta yordam beradi.

Kriminalistik ekspertizalarga oid ma’lumotlarni tahlil etish va umumlashtirish natijasida qulflarni buzish yoki turli usullar orqali ochish bilan bog‘liq jinoyatlarni tergov qilish amaliyoti bilan chuqur tanishib hamda amaliyot xodimlarining ushbu muammo bo‘yicha fikrlarini o‘rganib, ushbu fikrlarning barchasi jinoyatlarning sodir etilishiga yengillik yaratgan va imkon bergan shart-sharoitlarni aniqlashda foyda-laniladi.

Qulflar va ularni buzish natijasida qolgan izlar bo‘yicha ekspertiza o‘tkazilayotganda ekspert oldiga xal qilish uchun quyidagi savollar qo‘yiladi:

1. Ushbu qulf buzuqmi yoki buzuq emasmi?

Page 168: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

168

2. Ushbu qulf maxsus ochgich, ilgak yoki unga tushadigan boshqa qalbaki kalitlar yordamida ochilganmi?

3. Qulf taqdim etilgan kalit yordamida ochilganmi? 4. Buzilayotgan paytida qulf qanday (yopiq yoki ochiq) holatda

bo‘lgan? 5. Qulfda qolgan izlar taqdim etilgan buyumdan qolganmi? 6. Nazorat qilish uchun qulf ichiga joylashtirilgan qog‘ozni

shikastlantirmay qulfni ochish mumkinmi? Buzilgan, sindirilgan to‘siqlar, omborxonalarni va turli yopish

moslamalari va boshqa qulflarni tadqiq qilishda quyidagi savollar qo‘yilishi mumkin:

1. Izlarning hosil bo‘lish mexanizmi qanday (arralash, kesish, parmalash, o‘yish, chopish, harorat ta’sirida va hokazo)

2. Ushbu izlar qanday turdagi uskunalar (arra, pichoq, bolta) yoki asboblardan qolgan?

3. Ushbu izlar bir predmetdan hosil bo‘lganmi yoki aniq turdagi har xil predmetlardan hosil bo‘lganmi?

4. Tadqiq uchun taqdim etilgan obyektda qolgan izlar ushbu predmetdan hosil bo‘lganmi?

5. To‘siq (eshik, devor) qaysi tarafdan buzilgan, ichkaridanmi yoki tashqaridan?

Ushbu savollarning ekspertiza tadqiqotlarida hal etilishi ekspertizaga keltirilgan obyektlarning holatiga bog‘liq bo‘ladi. Hodisa joyidan olingan qulf tashqi ko‘zdan kechirilganidan so‘ng, qanday holatda olingan bo‘lsa, shu holatda ekspertizaga yuborilishi lozim.

Agar, ekspertlarga keltirilgan qulfni birorta buyum yordamida ochish mumkinligi yoki taqdim etilgan maxsus ochgich bilan ochilganligi kabi savollar qo‘yilgan bo‘lsa, ekspertizaga qulf bilan birga buzish qurollari ham taqdim etilishi lozim.

Qulflarning trasologik ekspertizalarining metodikasi boshqa turdagi trasologik ekspertizalar metodikasidan unchalik farq qilmaydi (ya’ni, umumiy metodika bir xil). Agar tadqiqotga tashqi va ichki qulflar keltirilgan bo‘lsa, ularning zulfin (lo‘kidon)iga alohida e’tibor beriladi (u oldinga chiqib turibdimi yoki korpusi (quti)ning ichiga kirib ketganmi), zulfin (lo‘kidon)da va oldi plankada qanday izlar mavjud? Zulfin (lo‘kidon) va oldi plankada izlarning mavjudligi, ularning o‘zaro joylashishi qulf zulfin (lo‘kidon)ini ayirib ochish usulida ochilganidan darak berishi mumkin. Agar zulfin (lo‘kidon)dagi izlar orasida ishqalanish izlari bo‘lsa, ularga ko‘ra izlarning boshlanishi va oxirini aniqlash mumkin

Page 169: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

169

bo‘ladi – izning oxirida metallning ko‘chishi kuzatiladi, izning boshlanishida esa ular bo‘lmaydi. Undan keyin qulfdagi kalit tirqishi ko‘zdan kechiriladi. Kalit tirqishi chetlarining shikastlanishlari, turli shilinishlar ushbu qulf begona buyumlar yoki maxsus ochgichlar bilan ochilganligidan dalolat berishi mumkin. Ushbu qulfni birorta aniq buyum bilan ochish imkoniyati bor yoki yo‘qligini aniqlash uchun, kalit tirqishining shaklini va uning o‘lchamlarini aniqlash, kalit sterjeni uchun mo‘ljallangan o‘yiqlarning diametrini o‘lchash, kalit tishlari uchun o‘yiqlarning kengligi va tirqishning balandligini aniq o‘lchash kerak bo‘ladi. Ushbu ma’lumotlar ekspertizaga keltirilgan ochuvchi begona buyumning xuddi shu kabi ma’lumotlari bilan solishtirilishi mumkin.

Agar tadqiqotga osma qulf keltirilgan bo‘lsa, birinchi navbatda, uning buzilish usullarini aniqlashga harakat qilish lozim. Osma qulf yoyi arralash usulida ochilgan hollarida, arraning kesuvchi tekisligining korpusi (quti)ning yuqori asosiga nisbatan holati aniqlanadi. Qulf korpusi (qutisi)dagi va to‘siqdagi arralash chiziqlarining yo‘nalishi, yoyni arralab kesish qulfning qanday holatida (ochiq yok yopiq tuganida) aniqlash imkonini beradi. Osma qulf uning yoyini ombir yordamida kesish usulida buzilgan bo‘lsa, u holda bu qulfning yoyidagi izlarning relyefi o‘rganiladi hamda ushbu izlarning identifikatsiya uchun yaroqliligi aniqlanadi. So‘ng qulfning zulfin (lo‘kidon)i, yoyning berkituvchi uchi, qulfning korpusi (qutisi) va kalit tirqishi tekshiriladi.

Qulflarni tashqi tomondan ko‘zdan kechirib bo‘lgandan so‘ng, ular fotosuratga olinadi.

Fotosuratga olinganidan keyin, keltirilgan qulflarning ichki mexa-nizmlari ko‘zdan kechiriladi. Undan maqsad – qulfning yopish mexanizmining holatini, unda izlar mavjudligi hamda bu izlarning hosil bo‘lish mexanizmini aniqlashdir. Agar qulfni qismlarga ajratish qiyin bo‘lsa, uni rentgen nurlarida suratga olish va suratni tadqiq etish mumkin. Ammo rentgen suratlarida ichki mexanizmlardagi ayrim mikroizlar ko‘rinmasligi mumkin. Shuning uchun qulflarning ichki mexanizmini batafsil tekshirish ularni qismlarga ajratigan holda bajarilgani maqsadga muvofiqdir.

Qulflarni qismlarga ajratish uning tuzilishiga bog‘liq bo‘ladi. Agar qulfning korpusi (qutisi) vintlar bilan berkitilgan bo‘lsa, ularni burab chiqarib qulfni qismlarga ajratish mumkin. Lekin ko‘p qulflar quyma usulda tayyorlangan bo‘ladi. Bunday qulflarning qutisi kesiladi, silindrli qulflarning asoslari, parmalash yordamida shtiftlari chiqarib olinadi va asoslari teng ikkiga bo‘linadi (temir arra yordamida kesish usuli bilan).

Page 170: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

170

Qulflar qismlarga ajrtilganidan so‘ng, ularning ichki mexanizmi, suvaldali qulflarda suvaldalar (agar ular bir necha bo‘lsa, ularning har biri tekshirilishi lozim), saqlagichlar, prujinalar, kalit uchun tirqishlar (qulf korpusi (qutisi)ning ichki tomonidan) kalit tayanchlari va ularning atrofi (qulf korpusi (qutisi)) diqqat bilan tekshirilishi lozim. Qulf korpusi (qutisi)ning ichki sirti ham tekshiriladi.

Prujinali qulflarda zulfin (lo‘kidon), uning o‘qi, zulfin (lo‘kidon)dagi o‘yiqchalar va ularning atrofi tekshiriladi.

Silindrli qulflarda shtiftlarning ishchi boshchalari, kalit tirqishining ichki sirti diqqat bilan tekshiriladi.

Ushbu tekshirishlardan maqsad – qulflarning bu qismlarida begona buyumlardan qolgan izlarning bor-yo‘qligini aniqlashdir.

Agar ekspertga taqdim etilgan qulf tanlangan yoki begona kalit bilan ochilganligi bo‘yicha savol qo‘yilgan bo‘lsa, u holda qulfning, uning asl kalitining shakli, o‘lchamlari va boshqa xususiyatlarini aniqlashga imkon beruvchi mexanizmining tuzilishi tekshiriladi. Bu tekshirishda qulf va kalit tarkibiy qimlarining o‘lchamlaridagi chetlashishlarni aniqlashga harakat qilish kerak. Bu chetlashishlar kalitlarning ushbu qulflarni ochishni ta’minlaydigan minimal va maksimal o‘lchamlarini aniqlash imkonini beradi. O‘lchamlarda chetlashishlarni (suvaldali qulflarda) aniqlashda kalit sterjeni uchun o‘yiqlar yoki shtiftlarning markazidan suvaldaning quyi chetigacha bo‘lgan masofa aniqlanadi. Bu masofalar suvaldalarning barchasi uchun va ularni har birini qulf ichida qanday holatda turishi mumkin bzlsa, shu holatga qo‘yib aniqlanadi. So‘ng ularning o‘zaro farqi aniqlanadi. Ana shu farq asl kalit uchun har suvaldaga tegishi bo‘lgan o‘lchamlardagi chetlashishlarni bildiradi.

Qulflarning ichki mexanizmlarini tekshirishda, ularda begona buyumlar, tanlangan va begona kalitlar, maxsus ochgichlarning izlari bor-yo‘qligi aniqlanadi. Ta’kidlash joizki, bunday izlarni aniqlash qiyin emas. Chunki, begona buyumlarning izlari qulfning asl kaliti izlari bilan mos tushmaydi. Odatda bunday (begona buyumlarning) izlari asl kalit iziga qaraganda yangi bo‘ladi, shuning uchun ular metall yaltiroqligini yo‘qotmagan bo‘ladi. Undan tashqari, begona buyumlarning izlari asl kalitning izlaridan kichikroq yoki kattaroq bo‘lishi mumkin. Begona buyumlarning izlari qulfni ochish usulini aniqlash uchungina emas, balki ularning identifikatsiya uchun yaroqliligini aniqlash uchun ham kerak bo‘ladi.

Qulflarni tekshirib bo‘linganidan so‘ng, kalitlar yoki keltirilgan begona buyumlar (begona yoki tanlangan kalitlar, maxsus ochgichlar)

Page 171: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

171

tekshiriladi. Ularni tekshirishda shakli, o‘lchamlari, materiali, ularda mavjud bo‘lgan begona moddalar, izlar va turli nuqsonlari aniqlanadi. Bu tekshirishda alohida e’tibor kalitlarning tishlariga, begona buyumlarning qulfdagi kalit tirqishiga kiruvchi qismiga qaratilishi lozim.

Tadqiqotlar jarayonida ekspertlar kerakli tajribalarni ham o‘tkazadilar. Tajriba o‘tkazish taqdim etilgan qulfning sozligi, berilgan kalit bilan shu qulfni ochish imkoniyati borligi kabi noidentifikatsion savollarga jaob berishda zarur bo‘ladi. Bunday hollarda qulfni tadqiqotga taqdim etilgan kalit yoki begona buyum bilan ochishga harakat qilinadi. Tajribalarning natijalaridan kelib chiqqan holda qo‘yilgan savollarga javob beriladi.

Keltirilgan qulflarning tashqi va ichki holatini tekshirib bo‘lganidan so‘ng ekspert, olingan ma’lumotlarni o‘ziga ma’lum bo‘lgan adabiyot-lardagi ma’lumotlar bilan solishtiradi. Masalan, taxmin qilinayotgan begona buyum bilan keltirilgan qulfni ochish mumkinmi, degan savolga javob berishda, ekspert, har ikki obyektning ma’lumotlarini o‘zaro quyidagicha solishtiradi: buyumning o‘lchamlari va shaklini qulfdagi kalit tirqishining o‘lchamlari va shakli bilan, kalit tishlari kengligi va balandligini suvaldalardagi kalit uchun o‘yiqlar cheti bilan suvaldalar o‘qi markazigacha bo‘lgan masofa bilan.

Tadqiqot jarayonida aniqlangan izlar va belgilar, o‘tkazilgan ekspert tajribalari natijalariga asoslanib, ekspert yakuniy xulosalarni shakllantiradi. Ta’kidlash joizki, yakuniy xulosalarni chiqarishda tadqiqot jarayonida aniqlangan barcha belgilarning yig‘indisidan foydalanish lozim bo‘ladi.

Qulflar ekspertizasi jarayonida tajribalar (eksperimentlar)ni o‘tkazish tartibiga alohida e’tibor berish lozim bo‘ladi. Chunki, ekspertga quyidagi ikki turdagi savollar qo‘yilgan bo‘lishi mumkin:

1. Tadqiqotga taqdim etilgan qulf qalbaki yoki tanlangan kalit, maxsus ochgich va begona buyumlar bilan ochilganmi?

2. Ushbu qulfni gumonlanuvchidan olingan kalit, maxsus ochgich va begona buyum bilan ochishi mumkinmi?

Yuqoridagi savolarga javob berishda ekspert albatta tajribalar o‘tkazishga majbur. Masalan, birinchi savolga javob berishda ekspert ushbu qulfning ichini ochishi (qismlarga ajratishi) yoki silindrli qulflarning silindrsimon asosini ochib, shtiftlarning ishchi sirtini tekshirishi lozim (begona buyumlardan qolgan izlarning mavjudligi va xususiyatini aniqlash maqsadida). Ammo bu holda tekshirilayotgan qulf yaroqsiz holga kelishi hamda tadqiqotga keltirilgan qulf taqdim etilgan kalit yordamida ochilgan yoki ochilmaganligini aniqlash uchun kerakli tajribalar o‘tkazish imkoniyati yo‘qqa chiqadi.

Page 172: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

172

Ikkinchi savolga javob berishda ham ekspert tajribalar o‘tkazishga majbur, chunki ushbu qulfni keltirilgan buyumlar bilan ochish imkoniyatini amalda tekshirib ko‘rishi kerak. Lekin tajriba jarayonida agar qulfda begona kalit yoki ochuvchi moslamadan qolgan izlar bo‘lsa, yo‘qolishi yoxud o‘zgarib ketishi mumkin.

Ushbu muammoni bartaraf etish uchun quyidagicha harakat qilish tavsiya etiladi:

– keltirilgan qulfning tashqi va ichki qism va mexanizmlarini batafsil ko‘zdan kechirib va o‘rganib, ekspert olingan ma’lumotlarni, maxsus adabiyotlarda keltirilgan qulflarni turli buyumlar bilan ochish usullaridan qoladigan belgilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan solishtirishi zarur. Qulfning ichki mexanizmlaridagi izlarni o‘rganish uchun esa, uni qismlarga ajratish zarur;

– tajriba o‘tkazish uchun esa, taqdim etilgan qulfga aynan o‘xshash, rusumi, tuzilishi, o‘lchamlari, mo‘ljallangan maqsadi va turi bir xil boshqa qulfni olish mumkin (iloji boricha, begona buyumlar bilan ochilish ta’siriga uchramagan qulf bo‘lishi lozim).

Quflarning texnik jihatdan soz yoki nosozligini aniqlash. Ushbu turdagi tadqiqotlar jarayonida qulflarning qay holatda texnik jihatdan soz va qay holatda nosoz deb hisoblash kerak, degan masalaga ham e’tibor berish lozim. Ayrim kriminalist olimlarning fikricha, qulflar amaliy mo‘ljallangan holatda qanday ishlasa, aynan shu holatda soz hisoblanadi, boshqa kriminalistlar esa qulflar har qanday holatda ham ishlab tursa, ya’ni u bilan birorta joyni yopishning imkoniyati bo‘lsa, uni soz deb hisoblash kerak, deb aytadilar. Soha mutaxassislarining fikrlarini umumlashtirib, ushbu masalaga quyidagicha oydinlik kiritilgan:

– agar qulfning barcha tarkibiy qismlari va mexanizmlari mavjud bo‘lsa, ular qulfning me’yorida ishlashiga to‘sqinlik qilmasa va qulf o‘zi mo‘ljallangan maqsadda foydalanish imkoni bersa – uni soz holatda, deb aytish mumkin;

– agar qulfning tarkibiy qismlari yoki mexanizmlarining yo‘qligi yoki buzilishi (masalan, qulf yoyining arralanganligi, zulfin (lo‘kidon)ning singanligi va shu kabilar), ushbu qism va mexanizmlar bor bo‘lsa ham, ularning o‘zi qulfning me’yorida ishlashiga xalal berishi natijasida qulf o‘zi mo‘ljalangan maqsadda foydalanish imkonini bermasa – uni nosoz deb hisoblash kerak;

– agar qulfning barcha qismlari mavjud, lekin birorta qismi kam shikastlanishi natijasida uning ochilishi osonlashib, yopilishi qiyinlashib qolgan bo‘lsa (masalan, qulf kalitni bir marta burashda ochiladi, ikki marta burashda yopiladi) – uni nosoz, deb hisoblash lozim;

Page 173: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

173

– agar qulfning barcha qismlari mavjud va qandaydir qismi shikastlangan, ammo uning me’yorida ishlashi kuzatilayotgan bo‘lsa – bunday qulfni nosoz, lekin o‘zining mo‘ljallangan maqsadiga ko‘ra ishlatish mumkin, deb hisoblash kerak.

Qulflarning trasologik ekspertizasining zamonaviy imkoniyatlari juda yuqori. Bunga ushbu turdagi ekspertiza tadqiqotlarida hal etiladigan savollarning miqdori va hajmini baholab, ishonch hosil qilish mumkin.

Qulfning begona buyum bilan ochilganligini aniqlash. Qulfni tadqiq qilib, ekspert-trasolog quyidagi ikki o‘zaro qarama-qarshi fikrlarga kelishi mumkin:

1. Qulfning mexanizmidagi detallar va ichki sirtlarida begona buyumlarning ta’sir qilish belgilari aniqlanmadi.

Odatda, bunday hollarda chiqariladigan yagona xulosa quyidagicha shakllantirilishi mumkin: «Qulfni tanlangan (soxta, begona) kalit yoki maxsus ochgich (otmichka) bilan, shtatli kalitning izlaridan farq qiluvchi iz va belgilar qoldirmasdan ochishning imkoni bo‘lmaganligi bois, taqdim etilgan qulfning begona buyumlar bilan ochilganligini aniqlash bo‘yicha savolga javob berishning imkoni yo‘q». Bunday xulosa chiqarish uchun kundalik hayotda keng qo‘llaniladigan qulflarning sodda tuzilishi ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Suvaldasiz nazorat qulflarni tadqiq etishda esa, agar qulfdagi nazorat qog‘ozi buzilmagan va qulfning hamda uning korpusi (qutisi) zulfinga qandaydir ta’sir ko‘rsatishning imkonini bermagan hollarda salbiy (rad etuvchi) xulosa chiqarish mumkin bo‘ladi: «Keltirilgan nazorat qulf begona buyumlar bilan ochilmagan».

2. Qulf korpusi (qutisi)ning ichki sirti va yopish mexanizmining detallarida begona buyumlar ta’sirining iz va belgilari aniqlandi.

Odatda, ushbu iz va belgilar shilinish, ishqalanish, metall ko‘chishi ko‘rinishida bo‘lib, ularning rangi metall yaltiroqlikka ega bo‘ladi. Undan tashqari, ushbu iz va belgilar, qulfning shtatli kaliti izlaridan boshqa joylarda joylashgan bo‘ladi va shtatli kalit izlaridan keskin farq qiladi.

Begona buyumlarning qulfga ta’siri izlari va belgilarini aniqlash uchun, bunday izlar qolishi mumkin bo‘lgan sohalar (qulfning ichki sirti va mexanizmining detallari) tekshirilishi kerak.

Suvaldasiz qulflarda bu kabi sohalar quyidagilar hisoblanadi: qulf korpusi (qutisi)ning yo‘naltiruvchi ustunchasiga tutash sohasidagi tubi va ushbu ustunchaning sirti, zulfindagi kalit uchun bo‘rtiqlar, shuningdek zulfin boshchasi va yoyning berkituvchi uchidagi teshik sohalari.

Page 174: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

174

Suvaldali qulflarda esa begona buyumlarning qulfga ta’siri izlari qolishi mumkin bo‘lgan sohalar bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: qulf korpusining suvalda va zulfinning quyi chetlari atrofidagi sohalari, suvalda va zulfinning quyi sohalari.

Silindrli qulflarda esa bunday sohalar – kalit uchun teshikning ichki sirtlari va silindr shtiftlarning yonbosh sirtlari hisoblanadi.

Qulflarni begona buyumlar ta’sirida ochilganligi to‘g‘risidagi ajobiy (tasdiqlovchi) xulosa – ekspert aniqlangan iz va belgilarning tadqiqotlariga tayanib, qulf zulfini «ochiq» holatga aynan begona buyum yordamida surilganligini isbotlay olganidagina berilishi mumkin.

Suvaldasiz qulflarda, uning zulfini yopiq holatda faqat prujina yordamida ushlanib turiladi, shuning uchun ushbu zulfinni ochiq holatga o‘tkazish maqsadida, unga prujina kuchidan kattaroq kuch ilan ta’sir qilish yetarli bo‘ladi. Natijada, suvaldasiz qulflarning begona buyum yordamida ochilganligi to‘g‘risidagi ijobiy (tasdiqlovchi) xulosa quyidagi ikki holatda mumkin bo‘ladi:

1. Tekshirilayotan qulf zulfinida begona buyumlarning izlari aniqlan-ganda, ularning hosil bo‘lish mexanizmini to‘liq aniqlab olish lozim: qulfni ochishda ishlatilgan buyumga ta’sir qilgan kuchning yo‘nalishi va kattaligi, buyumning ishchi sirtining xususiyatlari (o‘lchamlari, shakli, xususiy belgilarining mavjudligi).

Undan so‘ng, tajriba orqali tekshirilayotgan qulf zulfinining ochiq holatga o‘tish imkoniyatlari va bu jarayonda hosil bo‘ladigan izlarning yo‘nalishi hamda ifodalanganlik darajasi bo‘yicha tekshirilayotgan izlarga mos kelishi aniqlanadi. Agar, tajribalardan tekshirilayotgan izlarning hosil bo‘lishida qulf prujinasi egiluvchanlik darajasiga ta’sir etilganligi aniqlansa, u holda suvaldasiz qulfni begona buyum bilan ochilganligi to‘g‘risidagi xulosa berish mumkin. Ushbu xulosada, qulfni ochishda ishlatilgan buyumning shakli, o‘lchamlari va tuzilishidagi xususiyatlari haqida ham ma’lumot berish lozim.

2. Qulf korpusi (qutisi)ning tubida begona buyumning ta’siri izlari aniqlansa, ularning zulfin yopiq va ochiq holatida qay darajada ko‘rinishiga alohida e’tibor berish kerak. Begona buyumning qulf korpusi (qutisi) tubidagi izlari – zulfin yopiq holatda bo‘lganida uning asosi bilan to‘silishi, zulfin ochiq holatda bo‘lganida esa aniq ko‘rinib qolishi mumkin. Undan tashqari, aniqlangan izlardan begona buyumning ta’siri zulfinni ochish yo‘nalishi bo‘ylab qilinganligini aniqlash kerak.

Suvaldali qulflarda, uning zulfinini siljitish qulfning har bir suval-dasini muayyan holatidagina mumkin bo‘ladi. Shuning uchun begona

Page 175: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

175

buyumlarning zulfinning o‘ziga ta’siri qulfning ochilishiga sabab bo‘lmaydi. Ammo, qulf suvaldalarining har biriga bir vaqtning o‘zida begona buyum bilan ta’sir qilinganligini aniqlashning imkoni yo‘q. Shu boisdan, suvaldali qulflarning begona buyum bilan ochilganligi to‘g‘ri-sidagi xulosalar qulf zulfinining begona buyum ta’sirida siljitilganligi izlariga qarab chiqariladi.

Silindrli qulflarda zulfinni siljitish silindrning aylanishi hisobiga amalga oshiriladi. Shuning uchun, silindrli qulfning begona buyum bilan ochilganligi to‘g‘risidagi xulosa qulf silindrining begona buyum bilan aylantirilganligiga ishonch hosil qilinganida chiqarilishi mumkin.

Silindrli qulfni begona buyumlar bilan ochilganligi to‘g‘risidagi obyektiv va ishonchli xulosa quyidagi holatda mumkin: silindrning oraliq holati, ya’ni silindrning shtiftlari qulf korpusi (qutisi) shtiftlaridan ajralgan holatda bo‘ladi, bunda silindr erkin holatda va qulfning shtatli kaliti silindrda joylashgan bo‘ladi. Bunda, silindrning ushbu (oraliq) holatida kalitni qulfdan chiqarib olishning imkoni yo‘qligiga tajriba orqali ishonch hosil qilish lozim.

«Abloy» rusumli qulflarni jinoiy maqsadda ochish uning yopish mexanizmidagi har bir asosiy disk (shayba)larning muayyan holatda turganidagina mumkin. Ushbu faktni aniqlashning esa umuman imkoni yo‘q. Bunday hollarda, ya’ni qulfda begona buyumlarning iz va belgilari aniqlangan, ammo ularning qulf zulfinini ochiq holatga siljishi bilan bevosita va sababiy bog‘liqligini aniqlashning imkoni bo‘lmaganda, ekspert-trasolog tekshirilayotgan qulfning yopish mexanizmiga begona buyum bilan ta’sir ko‘rsatilganligini ta’kidlashi, ushbu begona buyumning aniqlangan xususiyatlarini ta’riflashi hamda u yoki bu turdagi xulosa chiqarishning imkoni yo‘qligini izohlab berishi lozim.

Savol va topshiriqlar:

1. «Qulflar trasologik ekspertizasi» tushunchasi va obyektlarini tushun-tiring.

2. Qulflarning tasniflanishi va ishlash tamoyili qanday? 3. Qulflarning osish usullari va ularga taalluqli belgilarni sanab bering. 4. Qulflarni maxsus ochgich (otmichka)lar, tanlangan yoki begona kalitlar

yordamida ochish usullari haqida gapiring. 5. Hodisa joyida qulflar buzilishi izlarining tadqiqotini izohlang. 6. Qulflar trasologik ekspertizasining metodikasi qanday?

Page 176: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

176

7-BOB. PLOMBALARNING TRASOLOGIK EKSPERTIZA TADQIQOTLARI

1. «Plombalar» tushunchasi va tasniflanishi

Plomba deganda, turli binolar, vagonlar, omborxonalarning kirish

eshiklariga osiladigan va ushbu joylarga uni buzmasdan kirish imkonini bermaydigan oddiy tuzilishga ega bo‘lgan moslamalar tushuniladi. Plombalarning funksional maqsadi nazorat qilishdan iborat, plombani buzish unchalik qiyin emas.

Plombalarning juda ko‘plab turlari mavjud, ammo harakatlanuvchi obyektlar (vagon, konteynar, transpot vositasi)da joylashgan yuklarni plombalash uchun quyidagi ikki turdagi plombalardan foydalaniladi:

– polietilen plombalar; – qo‘rg‘oshin (babbitli) plombalar. Ushbu plombalar asosan ikki elementdan iborat: plombaning korpusi

(qutisi) va plomba osiladigan osgich. Osgich sifatida odatda sim ishlatiladi. Ekspertiza amaliyotida polietilen plombalar ham uchrab turadi. Bunday plombalar diametri 17 mm atrofida va qalinligi 8–9 mm bo‘lgan silindrdan iborat bo‘ladi. Plombalarning korpusi (kutisi)da ikki kirish va bitta chiqish tuynugi (teshigi) va kamerani tashkil qiladigan ikkita kanal (ariqcha) bo‘ladi. Plombaning korpusiga yumshoq metall (masalan, aluminiy)dan tayyorlanadigan armirovka (mustahkamlash) uchun halqa zichlash usulida o‘rnatilgan bo‘ladi (1-rasm).

1-rasm. Polietilen plombaning tuzilishi: A – plombaning kesimi; B – kirish tuynugi tomonidan ko‘rinishi; V – chiqish tuynugi

tomondan ko‘rinishi; 1 – armirovka (mustahkamlash) halqasi; 2 – plombaning korpusi; 3 – kirish tuynugi; 4 – ajratuvchi bo‘rtiq; 5 – kanal; 6 – kamera; 7 – chiqish tuynugi.

Page 177: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

177

Polietilen plombani osish uchun diametri 0,6–0,7 mm bo‘lgan yumshoq bir simli (odnojilnaya) kabel ishlatiladi.

Konteyner, vagon va shu kabilarning eshiklarini plombalashda, plombaning simdan yasalgan osgichi eshiklarning yopish moslamalaridan o‘tkaziladi, simning ikki uchi plombaning kirish tuynugi orqali korpusiga kiritiladi, so‘ng chiqish tuynugidan chiqariladi va bog‘lanadi (o‘zaro o‘raladi). Undan keyin plombaning korpusi plombalovchi moslama (tisk)lar yordamida mahkam qisiladi (2–rasm).

2–rasm. Polietilen plombani osish tartibi.

Nitrokalsiyli babbitdan tayyorlanadigan qo‘rg‘oshin plombalarning ikki turi mavjud:

– ikkita kirish tuynukli va bitta chiqish tuynukli; – ikkita o‘zaro parallel va alohida kanalli (3-rasm).

3-rasm. Qo‘rg‘oshinli plombaning tuzilishi: A – kamerali plomba; B – kanalli plomba; 1 – kamera; 2 – plombaning korpusi;

3 – kanallar; 4 – kirish tuynugi; 5 – ajratgich bo‘rtiq; 6 – chiqish tuynugi. Qo‘rg‘oshinli plombalar diametri 0,6–0,7 mm bo‘lgan ikkita o‘zaro

o‘ralgan simga osiladi, simni o‘rash quyidagicha bo‘ladi: osgichning 1 santimetriga to‘rtta o‘rim to‘g‘ri kelishi lozim.

Page 178: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

178

Ikkita kanalli qo‘rg‘oshin plombalar quyidagi usullarda osiladi: – osgichni plombadan oddiy o‘tkazish; – osgichni plombadan «ilon» shaklida o‘tkazish; – osgichni ikkitali qilib o‘tkazish. Osgichni plombadan «ilon» shaklida o‘tkazish usuli yordamida

plombani osishda osgich sim plombaning har ikki kanali orqali qarama-qarshi yo‘nalishlarda o‘tkaziladi (4-rasm).

4-rasm. Osgichni plombadan «ilon» shaklida o‘tkazish usulida plombani osish. Osgichni ikkitali qilib o‘tkazish usulida esa, osgich simning har bir

uchi o‘zining kanali orqali ikki marta o‘tkaziladi (5-rasm).

5-rasm. Osgichni ikkitali qilib o‘tkazish usulida plombani osish. Kamerali qo‘rg‘oshinli plombalar polietilen plombalar kabi osiladi (6-rasm).

6-rasm. Kamerali qo‘rg‘oshinli plombani osish.

Page 179: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

179

Qo‘rg‘oshinli plombalarni osish uchun ham, polietilen plombalarni osish uchun ham uzunligi 380 mm kam bo‘lmagan simdan foydalaniladi. Vagonlar eshigining plomba osish uchun mo‘ljallangan moslamasi bilan plomba orasidagi masofa 45 mm dan hamda osgichning erkin (plombadan tashqari chiqib turadigan) uchlari 15–22 mm dan ortib ketmasligi kerak. Sisternalar qopqoqlarini plombalashda esa plomba osish uchun mo‘ljallangan moslama bilan plomba orasidagi masofa 22 mm dan hamda osgichning erkin uchlari 10–15 mm dan ortib ketmasligi kerak.

Plombalar (qo‘rg‘oshin va polietilen) osilganidan so‘ng, maxsus plombalovchi moslama (tisk)lar bilan ikki tomonidan qisib qo‘yiladi. Ushbu plombalovchi moslama (tisk)larning ish sirti (plomba bilan bevosita ta’sirlashadigan qismi)da relyefli matn, raqamli belgilar hamda aylanishi natijasida nazorat belgilarining mazmuni o‘zgarib turadigan baraban bo‘ladi.

Yuklarni jo‘natuvchi tashkilotning plombalovchi moslamasi (tisk)ida quyidagilar aks etgan bo‘ladi:

– moslama (tisk)ning bir ishchi sirtida – yuk jo‘natgan tashkilotning nomi, temir yo‘lining qisqartirilgan nomi;

– moslama (tisk)ning boshqa ishchi sirtida – stansiyaning nomi, moslama (tisk)larning raqami.

Yuqoridagilardan tashqari, moslama (tisk)larning ishchi sirtida nazorat belgilari ham bo‘lishi mumkin, masalan, tashkilotning sodda tuzilishga ega bo‘lgan emblemasi va hokazo.

Temir yo‘llarining plombalovchi moslama (tisk)larida esa quyidagilar aks etgan bo‘ladi:

– moslama (tisk)ning bir ishchi sirtida – bekatning nomi, moslama (tisk)larning raqami;

– moslama (tisk)ning boshqa ishchi sirtida – temir yo‘lining qisqartirilgan nomi, harflar va raqamlar birlashmasidan iborat nazorat belgilari.

Murakkab (yuk jo‘natuvchi tashkilot va yo‘llar) moslama (tisk)larida: – moslama (tisk)ning bir ishchi sirtida – yuk jo‘natuvchi tashkilotning

belgilari (nomi va nazorat belgilari); – moslama (tisk)ning boshqa ishchi sirtida – temir yo‘lining belgilari,

bekatning nomi va moslama (tisk)larning raqami. Temir yo‘llari transportida yuk tashish qoidalariga binoan, bir obyekt

(vagon, konteyner, sisterna va hokazo)ga osiladigan plombalarga bir xilda nazorat belgilari bosilishi kerak. Undan tashqari, turli obyektlarni bir xildagi nazorat belgilari bilan plombalash mumkin emas.

Page 180: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

180

Oxirgi vaqtlarda qo‘rg‘oshin va polietilen plombalar bilan birga qo‘rg‘oshinli-tasmali plombalar ko‘plab ishlatilmoqda. Ushbu turdagi plombalar alohida tarzda ham ishlatiladi yoki bo‘lmasa, «Yersh» rusumidagi berkituvchi-plombalovchi moslamalar bilan birgalikda ham ishlatiladi.

Qo‘rg‘oshinli-tasmali plombalar ikkita asosiy elementdan iborat: zanglamaydigan qatlamli metall lenta hamda «tutashuv tuguni». Ushbu «tutashuv tuguni» esa diametri 13 mm va balandligi 5 mm bo‘lgan yaxlit (monolit) silindr shaklidagi qo‘rg‘oshin detal (vkladыsh)dan iborat bo‘lib, plombaning asosiga zichlash usulida o‘rnatilgan bo‘ladi (7-rasm).

7-rasm. Qo‘rg‘oshinli-tasmali plomba. 1 – asos; 2 – qo‘rg‘oshin detal (vkladish); 3 – plomba qopqog‘idagi tuynuk;

4 – plombaning qopqog‘i; 5 – tasma; 6 – bo‘ylama tirqish; 7 – birlashtiruvchi plastina.

Plombaning asosi va sirtida diametri 13 mm tuynuk bo‘lgan plomba

qopqog‘i birlashtiruvchi plastina yordamida bir butun kabi o‘zaro tutashtiriladi. Tasmada, uning erkin uchidan 4,45 va 145 mm masofada uchta bo‘ylama tirqishlar mavjud.

Bu turdagi plombalarni osishda, uning tirqishlaridan biriga plombaning qopqog‘i kiritiladi, qo‘rg‘oshin detal (vkladish)ga tuynugi bilan kiygiziladi va bu detal plombalovchi moslama (tisk)lar bilan qisiladi.

Ushbu plombani belgilangan (ruxsat etilgan) tarzda ochishda, uning tasmasi, tirqishlari yo‘q sohalaridan kesilib (qirqilib) amalga oshiriladi.

Qishloq xo‘jaligi, avtotraktor va avtomobil texnikalarini plombalashda alyumindan yasalgan plastina shaklli plombalar va plomba-trubkalar ishlatiladi. Plastina shaklli plombalar doirasimon plastinadan iborat bo‘lib, uning chetlari zavalsovka qilinishi natijasida halqasimon valik hosil qiladi, ushbu halqasimon valiqda ikkita kirish tuynugi va bitta chiqish tuynugi mavjud bo‘ladi (8-rasm).

Page 181: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

181

8-rasm. Plastina shaklli plomba: A – simdan yasalgan osgichli plomba; B – plombaning ko‘ndalang kesimi;

1 – plombaning korpusi; 2 – kirish tuynuklari; 3 – halqasimon valik; 4 – osgich; 5 – chiqish tuynugi.

Plastina shaklli plombani osishda osgichning uchlari kirish tuynuk-

lariga kiritiladi, so‘ng chiqish tuynugidan chiqariladi va tugash qismlari o‘rib qo‘yiladi. Osgichning o‘rilgan uchlari plombaning ichiga tortib kiritib, ishchi sirtida tegishli shartli belgilari bo‘lgan maxsus qisqichlar bilan qisiladi. Ushbu harakatlar natijasida plombaning osgichi halqasimon valik bilan mustahkam qisib qolinadi va bu bilan osgichning ishonchli qayd etilishini ta’minlaydi.

Plomba-trubkalar uzunligi 9–12 mm, diametri 8–11 mm va devor-larining qalinligi 2,3–3,5 mm bo‘lgan aluminiy quvurdan iborat (ko‘ndalang kesimi aylanasimon) bo‘ladi. Bunday plobmalarda osgich sifatida diametri 0,6 mm bo‘lgan sim yoki kanop shpagat (ip) ishlatiladi. Osgich plombaning yonboshida mavjud bo‘lgan tuynuklar orqali o‘tka-ziladi, so‘ng plombalovchi moslama yordamida qisiladi. Plombalovchi moslamaning ishchi sirtlarida ishlab chiqaruvchi tashkilotning maxsus belgilari, texnik nazorat bo‘limi (TNB)ning raqami va shu kabilar aks etgan bo‘ladi. Plomba-trubkalar qisib qo‘yilganidan keyin, uning ko‘ndalang kesimi oval shakliga ega bo‘lib qoladi va osgichni ishonchli tarzda qayd etadi.

2. «Berkituvchi-plombalashtiruvchi vositalar»

tushunchasi va tasniflanishi Oxirgi yillarda turli yuklarni temir yo‘l yoki boshqa turdagi

tarnsportda tashishda, ularni saqlashni ta’minlash maqsadida turlicha

Page 182: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

182

berkituvchi-plombalovchi moslamalar (BPM)dan keng foydalanilmoqda. Bunday moslamalar amaldagi «yuklarni temir yo‘l transportida tashish, yuk tashishni nazorat qilish va vagonlar va konteynerlarning yopiladigan moslamalari (eshiklar, lyuklar va shu kabi)ni tashilayotgan yuklarni ruxsat etilmagan tarzda ochishga yo‘l qo‘ymaslikni ta’minlash qoidalari» asosida plomba qilinadigan barcha turdagi temir yo‘l yuk vagonlari va konteynerlarni yopish va plombalash uchun ishlatiladi.

Tuzilishidagi xususiyatlariga ko‘ra berkituvchi-plombalovchi moslamalar (BPM)ning ikkita asosiy guruhi mavjud:

– egiluvchan berkituvchi (blok) element (tros)li moslamalar — «Sprut», «Sprut-universal», «Izilok» va boshqalar;

– qattiq berkituvchi (blok) element (sterjen)li — «Kleщ», «Yersh», «LaVR» va h.q..

Berkituvchi-plombalovchi moslamalar (BPM)ning boshqa plomba-lardan farqi, quyidagi afzalliklari bor:

– keyinchalik berkituvchi-plombalovchi moslamalar (BPM)ni ruxsat etilmagan tarzda ochish yoki qayta osish uchun sharoit yaratish maqsadida, ushbu moslamalarni osishdan oldin sezilmaydigan, bartaraf etish oson bo‘lgan yoki niqoblash mumkin bo‘lgan g‘arazli maqsaddagi o‘zga-rishlardan ishonchli himoya qiladi;

– berkituvchi-plombalovchi moslamalar (BPM)ning tuzilishi va plom-balashda bosib tushiriladigan nazorat belgilari mavjudligi natijasida, keyinchalik ushbu moslamalarni ruxsat etilmagan tarzda ochish yoki qayta osish uchun sharoit yaratish maqsadida, vagon yoki konteynerning o‘zida ushbu moslamalarning dublikati yoki istalgan qismini tayyorlash imkonini yo‘qqa chiqaradi;

– berkituvchi-plombalovchi moslamalar (BPM)ning tarkibiy elementlarini buzmasdan ochishga chidamligi va uni qayta osish imkoniyatlari uchun kamida 60 daqiqa talab etiladi;

– berkituvchi-plombalovchi moslamalar (BPM)ning va uning tarkibiy elementlarini buzish uchun 2000 kgs (vagonlar uchun mo‘ljallanganlari) va 1200 kgs (konteyner uchun mo‘ljallanganlari) kuch birligini talab qiladi;

– yuqorida ta’kidlangan kuch birliklari bilan yopilgan holatdagi egiluvchan berkituvchi (blok) element (tros)li moslamalar («Sprut», «Sprut–universal», «Izilok» va boshqalar) ta’sir qilinganida yumshoq element halqasining uzayishi 20 mm dan ortmaydi (demak, mustahkamlik darajasi juda yuqori). Yumshoq element halqasining uzayishi deganda, berkituvchi-plombalovchi moslamalar (BPM)ning kerak darajada tortilgan

Page 183: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

183

berkituvchi halqasi o‘lchamlarini deformatsiya, siljitish va yumshoq elementining cho‘zilishi natijasida ta’sir qilayotgan kuch yo‘nalishi bo‘ylab kattalashishi tushuniladi.

«Sprut» rusumli berkituvchi-plombalovchi moslamalar (BPM) – plomba osish uchun mo‘ljallangan halqalarining diametri 10 mm dan kam bo‘lmagan ko‘chma (harakatlanuvchi) yoki ko‘chmas (harakatlan-maydigan) obyektlarni bir vaqtda ham berkitish (yopish), ham plombalash uchun mo‘ljallangan texnik-qo‘riqlash moslamasi hisoblanadi. Ushbu turdagi berkituvchi-plombalovchi moslamalar (BPM)da yumshoq element (tros)ning mavjudligi turlicha (nostandart, o‘zaro joylashuvi o‘zgarib qolgan yoki nuqsonli) plomba osish uchun mo‘ljallangan halqalarga osish imkonini beradi.

«Sprut» rusumli berkituvchi-plombalovchi moslamalar (BPM) diametri 6 mm va uzunligi 350 yoki 500 mm po‘lat tros hamda diametri 22 mm bo‘lgan olti qirra korpus (vtulka)dan iborat metall tuzilishga ega bo‘lib, olti qirra korpus ichida ushlagich element (fiksator) joylashtirilgan bo‘ladi. Korpusning qirralarida nazorat markirovkalar (masalan, 7 ta raqamdan iborat nazorat belgilari va temir yo‘lining qisqartirilgan nomi), shuningdek ushbu moslamani ishlab chiqargan korxonaning tovar belgisi va ishlab chiqarilgan yilining oxirgi raqami o‘yib tushiriladi (9-rasm).

9-rasm. «Sprut» rusumli berkituvchi-plombalovchi moslama.

Ushbu moslamani berkitish (yopish) tros uchlarini korpus ichiga

kiritish va ushlagich elementi (fiksator) bilan mahkamlash orqali amalga oshiriladi.

«Sprut» berkituvchi-plombalovchi moslamalar (BPM)ning mahkam-lash usuli moslama trosi uchligining halqasimon ariqchasiga o‘raladigan sim yordamida amalga oshiriladigan tuzilishga ega bo‘lgan turlari ham mavjud.

«Sprut» berkituvchi-plombalovchi moslamalar (BPM)ning trosini tutashtirish quyidagicha amalga oshiriladi: troslarning uchlari (poynagi) o‘zaro moslashtirilgan (tenglashtirilgan, bir xil sathda joylashtirilgan) plomba osish uchun mo‘ljallangan halqalar (proushina – adabiyotlarda «zo‘g‘ota» ham deyiladi)dan o‘tkaziladi (agar plomba osish uchun

Page 184: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

184

mo‘ljallangan halqalar imkon bersa, tros bir necha marta o‘tkaziladi), trosning uchligi (poynagi)ga aylanma harakat yordamida olti qirrali korpus (vtulka)ga kiydiriladi. Berkituvchi-plombalovchi moslamaning troslarini tutashtirishni to‘g‘riligini tros uchligi (poynagi)ni olti qirrali korpus (vtulka) ichida aylanishi yoki ushbu olti qirrali korpus (vtulka)ni tros uchligi (poynagi)dan tortib ko‘rish yo‘li bilan tekshirib ko‘riladi.

«Keyblsil» rusumli berkituvchi-plombalovchi moslamalarning tuzilishi ham «Sprut» rusumli moslamadan farq qilmaydi, ammo uning mustahkamlik darajsi yuqoriroq.

«Sprut-universal» rusumli berkituvchi-plombalovchi moslamalar yuk transporti vositalari (plomba osish uchun mo‘ljallangan halqalarining diametri 6 mm dan kam bo‘lmagan yopiq vagonlar, don tashishga mo‘ljallangan transport vositalari – xopperlar, avtomobil tashuvchi yuk mashinalari, sisternalar, konteynerlar, avtofurgonlar, omboxonalar va shu kabilar) eshiklarini yopish uchun mo‘ljallangan eng ishonchli bir martalik qo‘riqlash moslamasi hisoblanadi. Bu moslama shu kabi xorijiy moslamalardan qolishmaydi (10-rasm).

10-rasm. «Sprut–universal» rusumli berkituvchi-plombalovchi moslamaning tuzilishi:

1 – asosiy element (uchlik va nazorat shaybali egiluvchan sterjen); 2 –mahkamlovchi element (qisqich (zajim)); 3 – birlashtiruvchi element (plashka).

Ushbu moslamaning egiluvchan sterjeni mustahkam trosdan iborat

bo‘lib, uning bir uchida o‘yib tushirilgan axborot aks ettirilgan nazorat shaybasi mahkamlangan bo‘ladi. Ikkita tuynukli plastinadan iborat plashka, obyektni «bo‘yinbog‘« tipida plombalash orqali qo‘riqlanishini ta’minlaydi.

Moslamaning mahkamlovchi elementi – qisqich (zajim) konussimon shakldagi berkituvchi element bo‘lib, berkituvchi-plombalovchi mos-

Page 185: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

185

lamani osishda moslamaning trosi bo‘ylab bir tomonga erkin harakatlana oladi xamda ushbu qisqichni boshqa tomonga siljitishga (berkituvchi-plombalovchi moslamani ruxsatsiz ochishga) harakat qilinsa, trosda mahkam qotib qoladi.

Moslamaning nazorat shaybasida quyidagi markirovka belgilari o‘yib tushirilgan bo‘ladi:

– raqamli belgilar (masalan, temir yo‘lining kodi); – 7 ta raqamli nazorat belgisi; – «Straj» yopiq turdagi aksiyadorlik jamiyatining tovar belgisi va

moslama ishlab chiqarilgan yilning oxirgi raqami. «Sprut-universal» rusumli berkituvchi-plombalovchi moslama quyi-

dagi usulda osiladi: egiluvchan sterjen (tros) plashkaning bir tuynugidan o‘tkaziladi, so‘ng obyektning yopish tugunlaridan va plashkaning ikkinchi tuynugidan o‘tkaziladi; trosning erkin uchiga zich taqalgan tarzda qisqich (zajim) o‘rnatiladi (11-rasm).

11-rasm. «Sprut-universal» berkituvchi-plombalovchi moslamaning osilish tartibi.

Bir qator berkituvchi-plombalovchi moslamalar («Skat», «Izilok»,

«Alyumalok») «Sprut-universal» kabi yopish tuguniga ega, faqat o‘lcham-lari bilangina farq qiladi.

Bu kabi berkituvchi-plombalovchi moslamalarni ochish nazorat shaybasining silindrsimon shakldagi qismini qirqish yo‘li bilan amalga oshiriladi.

«Kleщ» rusumli zulfin-plombalovchi moslamaning tuzilishi po‘lat sterjen va stopor (muayyan holatda to‘xtatish, qimirlamaydigan qilib o‘rnatish uchun mo‘ljallangan moslama)li korpusdan iborat bo‘ladi (12-rasm).

Zulfin-plombaning sterjeni uzunligi 60 mm va diametri 8–20 mm bo‘lgan rezbasiz boltdan iborat. Ushbu boltning ikkinchi uchida kengligi

Page 186: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

186

1,4 mm va chuqurligi 10 mm bo‘lgan bo‘ylama ariqcha (paz) o‘yilgan. Ushbu bo‘ylama ariqchaning asosida, sterjen aylanasi bo‘ylab, halqasimon ariqcha o‘yilgan.

12-rasm. «Kleщ» rusumli qulf-plombaning tuzilishi: A – korpus; B – sterjen; V – korpusning kesimi: 1 – stoporli sim; 2 – sterjen

boshchasi; 3 – sterjen; 4 – halqasimon ariqcha; 5 – bo‘ylama ariqcha; 6 – sterjen tugash qismining chuqurchasi; 7 – stopor sim uchun tuynuk; 8 – korpusdagi

halqasimon ariqcha. Zulfin-plombaning korpusi balandligi 27–30 mm olti qirra shaklda

tayyorlangan. Korpusni sterjenga o‘rtanish uchun, korpusda diametri 8 mm bo‘lgan chuqurcha hamda diametri 1,2 mm bo‘lgan stoporli simni joylashtirish uchun diametri 1,4 mm bo‘lgan ko‘ndalang tuynuk mavjud.

Har bir zulfin-plombaning sterjen boshchasida va korpusining qirralarida raqamli va harfli markirovka belgilari o‘yib yozilgan.

«Kleщ» rusumli zulfin-plombani osishda uning sterjeni berkitilayot-gan obyekt eshigining plomba osish uchun mo‘ljallangan halqalar (proushina – adabiyotlarda «zo‘g‘ota» ham deyiladi)dan o‘tkaziladi, korpusning ko‘ndalang tuynugiga stoporli sim kiritiladi, so‘ng korpusni sterjenga shunday kiydiriladiki, stoporli sim sterjenning bo‘ylama ariqchasiga kirib qolishi lozim. Undan so‘ng, korpus bilan sterjen bir-biriga nisbatan 180 gradusga buraladi va natijada sim korpus ichiga kirib halqasimon ariqchada joylshib qoladi va sterjenni korpusda mahkam ushlab qoladi.

«Kleщ» rusumli zulfin-plombani ochishda ombir, metal kesishga mo‘ljallangan arra yoki gaz-elektr payvandlash uskunalari yordamda sterjenni ko‘ndalang yo‘nalishda kesish orqali amalga oshiriladi.

«Kleщ-M» rusumli zulfin-plomba eshigining plomba osish uchun mo‘ljallangan halqalarining diametri 6 mm dan katta bo‘lgan uch yoki besh tonnali transport konteynerlari eshiklarini berkitish (yopish) uchun

Page 187: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

187

mo‘ljallangan bir martalik plomba hisoblanadi. Ushbu zulfin-plomba osma qulf shaklida tayyorlangan bo‘lib, korpus, osgich yoy (dujka) va korpusning quyi sirtiga mahkamlangan stoporli qurilmadan iborat (13-rasm).

13-rasm. «Kleщ–M» rusumli zulfin-plomba: A – osilgan holatda; B – plombaning osgich yoyi (dujka) va korpusi

(yuqoridan ko‘rinish). Ushbu zulfin-plombaning korpusi diametri 22 mm va uzunligi 38–48

mm bo‘lgan po‘lat simdan tayyorlangan. Korpusning quyi qismida stopor qurilmasining boshchasi joylashadi. Korpusning yuqori qismida osgich yoyning erkin uchi kiritiladigan 6–8 mm li teshik hamda osgich yoyning yopish uchun mo‘ljallangan uchi kiradigan 8 mm li teshik (ushbu teshikka stopor qurilmasi ham joylashadi) mavjud. Stopor qurilmasiga ko‘ndalang (perpendikular) ravishda mahkamlovchi po‘lat sim uchun mo‘ljallangan diametri 2 mm bo‘lgan teshik mavjud.

Zulfin-plombaning osgich yoyi diametri 6–8 mm bo‘lgan po‘latdan tayyorlangan, uning bir uchida aylanma halqali bo‘ylama ariqcha o‘yilgan.

Zulfin-plombaning stoporli qurilmasi aylanadigan vtulka shaklida tayyorlangan. Uning bir uchi bolt shaklida yasalgan, ikkinchi tomonida esa teshik mavjud. Kopus va stoporli qurilmaning ichida diametri 1,2 mm bo‘lgan po‘lat sim joylashtirilgan bo‘lib, uning yordamida zulfin-plombaning korpusi osgich yoyda mahkamlanib, yopilib qoladi.

«Kleщ-M» rusumli zulfin-plombani osish va ochish xuddi «Kleщ» rusumli plomba kabi amalga oshiriladi.

Konteyner, avtofurgon va ko‘chmas omborxonalarning eshiklarini berkitish uchun hozirgi kunda «Kleщ» rusumli zulfin-plombadan unchalik farq qilmaydigan Rossiya Federatsiyasida («Kleщ–60 SS», «Rodlok–3», «Intermodal») hamda boshqa xorijiy davlatlarda («Oneseal 79», «PNV») ishlab chiqarilgan berkituvchi-plombalovchi moslamalar ishlatilmoqda.

Page 188: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

188

«LaVR» rusumli zulfin-plomba vagonlar va konteynerlar eshiklarini yopish (berkitish) uchun mo‘ljallangan. Ushbu plomba tuzilishiga ko‘ra g‘altakni eslatadi va korpus, qalpoqcha va plomba-sterjendan iborat bo‘lib, umumiy uzunligi 62 mm ni tashkil etadi (14-rasm).

14-rasm. «LaVR» rusumli plombaning ochiq holatdagi ko‘rinishi: 1 – korpus; 2 – qalpoqcha; 3 – plomba-sterjen; 4 – plomba-sterjenning nazorat

belgilari mavjud boshchasi. Ushbu plombaning korpusi po‘latdan va ko‘p marta ishlatishga

mo‘ljallangan bo‘lib, uzunligi 45 mm va qalinligi 14–19 mm bo‘lgan bolt shaklida yasalgan. Boltda diametri 9 mm bo‘lgan teshik mavjud bo‘lib, u plomba-sterjenni kiritish uchun mo‘ljallangan. Korpusning boshchasida plomba-sterjenning prujinali fiksatori o‘rnatilgan, ushbu fiksator kesilgan konus shaklida tayyorlangan.

Plombaning qalpoqchasi ko‘p marta ishlatishga mo‘ljallangan va po‘latdan uzunligi 33 mm bo‘lgan bolt shaklida tayyorlangan, ushbu boltda diametri 9 mm bo‘lgan teshik mavjud.

Plombaning plomba-sterjeni bir marta ishlatishga mo‘ljallangan va uzunligi 70 mm va diametri 9 mm bo‘lgan po‘lat shurupdan iborat. Uning boshchasida plombani tayyorlagan korxona, yuk jo‘natuvchi tashkilot va tartib raqamidan iborat nazorat belgilari yozilgan plastmassa qobiq o‘rnatilgan.

«LaVR» rusumli plombani osishda, uning korpusi berkitilayotgan eshikning yopish ilmoqlariga kiritiladi, so‘ng unga qalpoqcha kiygiziladi va bo‘ylama teshikka plomba-sterjen kiritiladi (15-rasm).

15-rasm. «LaVR» rusumli plombaning yopilgan holatdagi ko‘rinishi: 1 – vagonlar uchun plomba; 2 – konteynerlar uchun plomba.

Page 189: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

189

«LaVR» rusumli plombani ruxsat etilgan tarzda ochish maxsus ochgich orqali amalga oshiriladi. Buning uchun, ochgichning ushlagichlari plombaning qalpoqchasiga kiydiriladi va uni soat millari yo‘nalishi bo‘ylab oxirigacha aylantiriladi. So‘ng, plombaning korpusi ushlab turilib, ochgich soat millari yo‘nalishiga teskari tomonga, plomba ochilgunicha buraladi.

«Yersh» rusumli berkitiuvchi-plombalovchi moslama korpus (sterjen), qalpoqcha, prujinali «pichoq» va prujinadan iborat metall tuzilishga ega. Ko‘p marta ishlatishga mo‘ljallangan sterjen bolt shaklida tayyorlangan bo‘lib, unda diametri 5 mm bo‘lgan bo‘ylama ochiq tuynuk mavjud. Ushbu tuynukning oxirida kengligi 7 mm va chuqurligi 3 mm bo‘lgan hamda prujinali «pichoq» o‘rnatilishi uchun mo‘ljallangan ariqcha bor (16-rasm).

Bir martalik po‘lat qalpoqcha diametri 30 mm va balandligi 17 mm bo‘lgan porshendan iborat bo‘lib, uning tubida 5 mm li tuynuk hamda ichida «pichoq»ni mahkam ushlab turish uchun figurali ariqcha o‘yilgan. Plombaning «pichog‘i» qalinligi 6 mm va tashqi diametri 18–20 mm bo‘lgan konussimon halqa shaklida tayyorlangan. «Pichoq»ning sirtida diametri 14,5 mm bo‘lgan po‘lat prujinani o‘rnatish uchun mo‘ljallangan aylanma ariqcha o‘yilgan bo‘lib, bu prujina «pichoq»ni sterjenning ariqchasida mahkam ushlab turish uchun xizmat qiladi.

16-rasm. «Yersh» berkituvchi-plombalovchi moslamaning ochiq holatdagi ko‘rinishi:

1 – korpus; 2 – «pichoq» ; 3 – prujina; 4 – qalpoqcha. Plomba sterjenining boshchasida ushbu plombani tayyorlagan korxona

va buyurtmachining maxsus kodlari o‘yib tushiriladi, shuningdek qalpoqchadagi bo‘ylama ochiq tuynukka esa yukni jo‘natuvchi haqidagi ma’lumotlar aks ettirilgan plastmassa bolt joylashtiriladi.

«Yersh» rusumli plombani osishda, uning sterjeni vagon yoki konteyner eshiklarining plomba osish uchun mo‘ljallangan halqalariga

Page 190: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

190

o‘tkaziladi, sterjenning boshqa uchiga esa prujinali konussimon «pichoq» shunday kiritiladiki, bunda «pichoq» sterjen qalpoqchasi tomonda emas, balki uning tubi tomonda joylashishi kerak. Sterjenning tubiga qalpoqcha oxirigacha kiydiriladi va bu bilan plombaning barcha qismlari o‘zaro mahkamlanib qoladi.

Undan tashqari, ushbu plombaning mustahkamligini yanada oshirish maqsadida, uning barcha detallarining sirti texnologik sementlash orqali ishlov beriladi.

«Yersh» rusumli plombani ruxsat etilgan tarzda ochish uchun «Straj» rusumli maxsus ombirdan foydalaniladi (17-rasm).

17-rasm. «Straj» rusumli maxsus ombir. «Straj» rusumli maxsus ombir richaglar va maxsus o‘ta mustahkam

tig‘lar tizimidan iborat. Ushbu ombir diametri 10 mm bo‘lgan toblangan po‘lat simlarni kesa olish imkoniyatiga ega.

3. Plombalar va berkituvchi – plombalashtiruvchi vositalarni

buzishga qaratilgan kriminal ta’sir usullari Plombaning yaxlitligini buzish deganda, unga o‘zining asl nazorat

funksiyasini butunlay yo‘qotadigan tarzdagi jinoiy ta’sir qilish tushuniladi. Bunda ushbu jinoiy ta’sir plombaning korpusiga ham, uning osgichiga ham bo‘lishi mumkin.

Plombani buzish yoki uni butunlay olib tashlash hech qanday texnik qiyinchilik tug‘dirmaydi, unchalik kuch talab qilmaydi hamda plombaga turli ta’sir o‘tkazish maqsadida turli texnik vositalardan foydalanish ham ko‘p vaqt talab qilmaydi.

Ammo, amalda bu kabi holatlar unchalik ko‘p uchrayvermaydi. Juda ko‘p hollarda, plombaning yaxlitligi (butunligi)ni buzish holatlari jinoyatchilar tomonidan niqoblanadi yoki niqoblashga harakat qilinadi. Bu narsa plombaning jinoiy maqsadda ochilganligi holatini yashirish yoki ochilish holatining aniqlanishini qiyinlashtirish yoki imkoni boricha kechiktirish maqsadida qilinadi.

Page 191: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

191

Polietilen yoki qo‘rg‘oshin plombalarni niqoblangan tarzda buzish (ochish) usullari turlicha bo‘lib, ularni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:

1. Plombani almashtirib qo‘yish. Bu usulda buzilgan plombaning o‘rniga boshqa plomba osiladi hamda boshqa plombalovchi moslamalar bilan qisib qo‘yiladi (odatda, ushbu moslamalarning nazorat belgilarini o‘qib bo‘lmaydi) yoki haqiqiy plombaga o‘xshash nazorat belgilari mavjud bo‘lgan plombalovchi moslamalardan ham foydalaniladi.

2. Plomba osgichini buzish. Bunday buzish bir necha usulda bajarilishi mumkin. Agar plombaning osgichi kanop ipdan iborat bo‘lsa, u holda uni o‘rimi yochiladi va uzib yuboriladi. Keyin kesilish joyi, osgichni yelimlovchi modda bilan ishlov berib, qayta o‘rish bilan niqoblanadi.

Agar plombaning osgichi simdan tayyorlangan bo‘lsa, u holda sim plombaning kirish tuynugiga yaqin joydan qirqiladi. So‘ng, plombani qayta osishda, osgichning qirqilgan uchini plombaning korpusiga qayta kiritib, plombaning korpusi qo‘l ostidagi ixtiyoriy buyum (ombir, bolg‘a va shu kabilar) bilan iz qolmaslikka harakat qilingan holda qisib qo‘yiladi. Juda ko‘p hollarda, plombaning korpusini qayta qisishda iz qoldirmaslik hamda plomba nazorat belgilarining deformatsiyaga uchramasligi uchun qisishda ishlatilayotgan buyum va plomba korpusi orasiga mato, karton yoki ko‘p qatlamdan iborat oddiy qog‘oz qo‘yiladi. Osgichni plombaning korpusida mahkam o‘rnashib qolishi uchun esa, osgich uchining 1 mm uzunlikdagi qismi egib qo‘yiladi.

Rossiya Federatsiyasi IIV Volgograd akademiyasida plombaning simli osgichi qirqish va qirqilgan joyni statsionar yoki ko‘chma elektr manbali payvandlash uskunasi yordamida niqoblash imkoniyati mavjudligi isbot qilingan. Qirqilgan osgichning payvandlangan qismi sayqallash orqali tekislanadi va natijada uni ko‘z bilan ko‘rish juda qiyin bo‘ladi.

Qo‘rg‘oshin plombaning bir simni o‘rish yo‘li bilan tayyorlangan osgichiga jinoiy maqsadda ta’sir qilinganda, ushbu osgichni tashkil qilgan simlarning o‘rimini buzish va ixtiyoriy qismini kesish mumkin, so‘ng, plombani qayta osish va osgichni tashkil qilgan simlarni qayta o‘rib qo‘yish mumkin bo‘ladi.

3. Osgich tugunini plombaning korpusidan tortib chiqarish. Bunda plombaning chiqish tuynugining chetlari kengaytiriladi (buning natijasida plombani osishda hosil qilingan qattiq qisish ta’siri kamayib qoladi), so‘ng plomba osgich bo‘ylab yuqoriga siljitiladi va osgichning tuguni plombaning korpusidan tashqariga chiqib qoladi. Keyin osgichning tuguni yechiladi, so‘ng esa jinoiy maqsad (masalan, o‘g‘irlik) amalga oshirilgach,

Page 192: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

192

plomba asl holatiga qaytariladi yoki asl holati kabi ko‘rinish beriladi. Plombaning ruxsat etilmagan (jinoiy maqsadda) tarzda ochilganligini niqoblash uchun uning korpusi maxsus moslama (tisk)lar yordamida qisib qo‘yilishi mumkin, bu maxsus moslama (tisk)lar ishchi sirtlarining aylana shakldagi chetida halqasimon bo‘rtiqlar bo‘lganli uchun, ular plombaning nazorat belgilariga ta’sir ko‘rsatmasligi mumkin.

Plastinasimon plombalarni jinoiy (kriminal) maqsadda buzish uchun plombalarning kirish va chiqish tuynuklarining chetlari oldindan kengaytiriladi, so‘ng osgich plombadan tashqariga tortib chiqariladi va osgichning tuguni yechiladi. Plombani qayta osishda esa, plomba elastik yumshoq prokladkalar orqali qisib qo‘yiladi.

Ta’kidlash joizki, plombalarning jinoiy (kriminal) maqsadda ochilish holatlari, ushbu ochishni har qanday usulda niqoblanganida yoki yashirilganida ham aniqlash mumkin bo‘ladi, chunki, plombaga har qanday ta’sir natijasida u yoki bu turdagi (ko‘rinishdagi, shakldagi) izlar yoki belgilar albatta qoladi.

Ushbu belgilarni muayayn miqdorda, shartli ravishda bu belgilarni aniqlash joyiga ko‘ra quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:

– plomba korpusining tashqi sirtida; – plomba kamerasi yoki kanallari sirtlarida. 1) birinchi guruhdagi belgilar orasida ko‘p hollarda uchraydigan

quyidagi iz yoki belgilarni kiritish mumkin: – plomba korpusida qayta qisish uchun ishlatilgan buyumning, qisish

ta’sirida vujudga keladigan belgilarining aks etishi; ta’sirlashuvchi sirtlarning parallel emasligi;

– plomba hamda unga ta’sir etayotgan buyumlarning ta’sirlashuvchi sirtlari chelaridagi halqasimon chuqurliklar;

– birlamchi (plombani birinchi marta osishdagi) relyefli matnlar yoki raqamlarning tekislanib qolishi yoki deformatsiyasi;

– ta’sirlashuvchi sirtlarning shishib qolishi; – relyefli matnlar yoki raqamli belgilar shtrixlarining ajralib qolishi

yoki qisman aks etishi; – plombaning kirish yoki chiqish tuynuklari chetlarining kengayib

qolishi; – osgichga issiqlik ta’siri (payvandlash, eritish va shu kabilar)

ko‘rsatilganida, plomba korpusining chiqish yoki kirish tuynuklari sohasida erib qolishi (erishga uchrashi);

2) kanopdan tayyorlangan osgichlarda jinoiy maqsadda ta’sir qilishning quyidagi belgilarini aniqlash mumkin:

Page 193: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

193

– osgichning ayrim qismlarida osgich materiali (kanop)ning ingichkalashib qolishi, zichligining o‘zgarishi, kanop to‘qilishi shaklining o‘zgarishi;

– osgichda qo‘shimcha tugunlarning mavjud bo‘lishi; 3) simdan tayyorlangan osgichlarda esa quyidagi ochilish belgilarini

aniqlash mumkin: – osgichga turli ta’sir ko‘rsatilgan joyda simning sirtidagi turli

o‘zgarishlar: erish izlari, rangining o‘zgarishi, turli mikrozarrachalarning mavjud bo‘lib qolishi, simni qumqog‘oz bilan tozalash belgilari, kimyoviy ta’sir belgilari;

– sim diametrining o‘zgarishi (ingichkalashib qolishi); – osgich materiali (sim)ni tayyorlashda mavjud bo‘ladigan ishqalanish

izlarining yo‘qligi; 4) dinoiy (kriminal) maqsadda ochilgan plombalar korpusi, kamerasi

va kanallarining ichki sirtida quyidagi belgilarni aniqlash mumkin bo‘ladi: – plombaning kirish va (yoki) chiqish tuynuklarini kengaytirishda

ishlatilgan uskunalar belgilarining aks etishi; – ishqalanish va shilinish izlari, metallarning siljishi (shilinish

natijasida); – plomba korpusi materialining ishqalanish natijasida siljib qolishi

(ko‘chishi), bu belgi plomba osgichini siljitish (qimirlatish) natijasida yuzaga keladi;

– plomba osgichini qayta bog‘lash izlari, osgichni birlamchi bog‘lash yoki o‘rishda yuzaga keladigan izlarning o‘zaro mos kelmasligi;

– plomba kamerasi yoki kanallaridagi osgichning birlamchi (plombani birinchi marta osishda yuzaga kelgan) izlarining o‘zaro mos kelmasligi, shu kabi yangi izlarning mavjudligi;

– osgich tugunining izlari joyining o‘zgarib qolganligi, plomba ichki sirtidagi yangi izlar, rangining o‘zgarishi;

– osgich tugunining plombaning ichki devoridagi izlarining ikkilamchi (plombani qayta osish natijasida yuzaga kelgan) akslari;

– plomba osgichi butunligining buzilishi yoki o‘zgarishi. Ta’kidlash joizki, qo‘rg‘oshinli–tasma plombani ruxsat etilgan tarzda

ochish qoidalarida plomba tasmasini hech qanday teshiklar, tuynuklar bo‘lmagan qismini qirqish ko‘zda tutilganligi uchun, ushbu qoidalardan har qanday darajadagi chetlashish ushbu plombaga jinoiy (kriminal) maqsadda ta’sir qilish deb qabul qilinishi mumkin. Bu kabi jiniy maqsadda ta’sir qilishlar, plomba tasmasining qirqilgan qismlarining o‘zaro mos kelmasligi, tasma qismlari uzunligining o‘zgarishi yoki o‘zaro mos

Page 194: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

194

kelmasligi, ushbu tasmani qirqish emas, balki boshqa usulda (masalan, uzish) izlarining mavjudligi.

Ushbu turdagi plombalarni jinoiy maqsadda ochish usullaridan biri bu – plombaning osishda deformatsiyaga uchragan korpusini, uning qopqog‘i tomonidan aylana bo‘lab kesish va boshqa teshik ochish hisoblanadi. So‘ng, ushbu plombani qayta osishda plomba korpusining chetlari qayirib qo‘yiladi. Ushbu turdagi plombani bu kabi jinoiy ochishda quyidagi belgilarni aniqlash mumkin:

– plomba korpusida, plombaning tuynugi va korpus aylanasi bo‘ylab joylashgan, kesuvchi uskunaning izlari;

– plomba korpusi materialining aylana bo‘ylab siljib qolishi (ko‘chishi);

– plombaning qopqog‘i tomonida, plombani qisishda ishlatilgan moslamaning ishchi sirti izlarining yo‘qligi yoki qisman yo‘qolib ketganligi;

– plomba qopog‘ining turli joylardagi deformatsiyasi. Plomba-trubkalarning yaxlitligini jinoiy maqsadda buzish uchun u

yonbosh tomonlaridan ingichka va o‘tkir predmet (bigiz, pichoq va shu kabilar) yordamida kengaytiriladi yoki ovali (trubkaning ko‘ndalang kesimi oval shaklida bo‘ladi)ning katta o‘qi bo‘yicha siqiladi, natijada trubkaning ko‘ndalang kesimi aylana shaklga o‘xshab qoladi, natijada unda plomba osgichini qisish kamayadi. Undan so‘ng, plomba–trubkani qayta qisib qo‘yiladi.

Berkituvchi-plombalovchi qurilmalarning jinoiy (kriminal) maqsadda ochish usulari. Berkituvchi-plombalovchi qurilmalarni jinoiy maqsadda ochish uchun buzish usullaridan foydalaniladi, chunki bu qurilmalarni ochish qoidalarida, ularni ochish uchun ushbu qurilmalarni albatta buzish belgilab qo‘yilgan (boshqa usulda ularni ochish mumkin emas).

Berkituvchi-plombalovchi qurilmalarni jinoiy maqsadda ochish usullari:

– uruvchi ta’sirli predmet (buyum, qurol)lardan foydalanish. Ushbu usulning samarasi kam, chunki berkituvchi-plombalovchi qurilmalarning tuzilishi o‘ziga xos xususiyatlarga ega hamda ular yetarlicha mustahkamlikka ega. Buzish usuliga egiluvchan bloklovchi elementga ega bo‘lgan yoki tarkibiy elementlari rangli metall yoki plastmassadan tayyorlangan berkituvchi-plombalovchi qurilmalar unchalik chidamli emas;

– richag ta’sirli predmet (buyum, qurol)lardan foydalanish. Ushbu usulda berkituvchi-plombalovchi qurilmalarning sterjeni arralanadi hamda

Page 195: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

195

mustahkam richag yordamida egiladi. Juda ko‘plab turdagi berkituvchi-plombalovchi qurilmalar hech qanday deformatsiyasiz 200 kgm gacha kuch ta’siriga dosh berishi mumkin;

– kesuvchi ta’sirli predmet (buyum, qurol)lardan foydalanish. Odatda, ushbu usuldan «Sprut», «Sprut-universal» rusumli va shu kabi egiluvchan elementli berkituvchi-plombalovchi qurilmalarni jinoiy maqsadda ochish uchun ishlatiladi;

– arralovchi ta’sirli predmet (buyum, qurol)lardan foydalanish. Bunday qurollar sirasiga kesuvchi diskli («bolgarka”) elektr arra kiradi. Ushbu usulda «LaVR» va «Yersh» rusumli plombalardan tashqari barcha plombalarni ochish mumkin;

– olmosli parmadan foydalanish. Bunda berkituvchi-plombalovchi qurilma («LaVR», «Kleщ», «Kleщ-M»)larning sterjeni yoki stoprli elementi parmalanadi;

– plomba sterjenini urib chiqarish («LaVR»). Bu usuldan foydalanishda plombaning shaybasi va prujinasi oldindan chiqarib olinadi, so‘ng plombaning sterjeni uning korpusidan chiqarib olinadi;

– berkituvchi-plombalovchi qurilmalarning bloklovchi elementi (tros yoki sterjen)ni qirqish. Odatda, bu usul yordamida «LaVR» (konteyner uchun), «Kleщ», «Sprut» rusumli plombalar ochiladi. Ushbu usulda plombalarni ochish uchun sapyorlar qaychisi yoki ishchi sirtlari gidravlika yordamida ishlaydigan ombirlardan foydalaniladi;

– kimyoviy ta’sirlardan foydalanish. Berkituvchi-plombalovchi qurilmalarning ichiga kislota (azot, fosfor) quyiladi. Albatta, ushbu jarayon juda uzoq davom etadi (ikki-uch hafta). Bu usulga «Sprut» rusumli va unga o‘xshash boshqa plombalar chidamsiz;

– issiqlik ta’sirli predmet (buyum, qurol) va uskunalardan foydalanish (elektr–gaz kesgichlar). Amaliyotda ushbu usuldan foydalanish uchun plombaga dastavval suyuq azot bilan ta’sir ko‘rsatiladi, natijada plombaning elementlari mo‘rtlashib qoladi. So‘ng, plombaga yengil ta’sir ko‘rsatilganida ham oson buziladi;

– portlatish qurilmalaridan foydalanish. Bu usulda nafaqat berki-tuvchi-plombalovchi qurilma, balki eshiklar xam buzilib ketadi.

Juda ko‘p hollarda berkituvchi-plombalovchi qurilmalarni jinoiy (kriminal) usulda buzish uchun yuqoridagi usullarning bir nechasidan bir vaqtda foydalaniladi. Buzishning u yoki bu usulini tanlash plombalarning turi va o‘ziga xos xususiyatlari, vaqt, jinoyatlarning «mahorati va tajribasi» hamda boshqa shart–sharoitlar (soqchilarning mavjudligi, ochilishi kerak bo‘lgan obyektning joylashgan joyi va hokazo)dan kelib chiqadi.

Page 196: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

196

Berkituvchi-plombalovchi qurilmalarga qo‘yiladigan texnik talablar, ushbu qurilmalarni jinoiy maqsadda buzishni turlicha niqoblash imkoniyatlarini yo‘qqa chiqaradi. Turli asbob-uskunalardan foydalanib plombalarni buzishda, buzish qurollarining izlari albatta mavjud bo‘ladi.

Ammo, ta’kidlash joizki, amaliyotda berkituvchi-plombalovchi qurilmalarni ochish va ularning ochilishini niqoblash holatlari kam bo‘lsa ham, uchrab turadi. Masalan, «Kleщ» rusumli berkituvchi-plombalovchi qurilmalarni birlamchi (belgilangan tartibda) osishda, yukni jo‘natuvchilar jinoyatchilar bilan til birikitirib, plombaning mustahkam osgichi o‘rniga, boshqa yumshoq material (alyumin)dan tayyorlangan osgichdan foydalanadilar. So‘ng, oldindan kelishilgan joyda jinoyatchilar tomonidan ushbu plomba ochiladi, uni qayta osishda esa belgilangan tartibdagi osgich yordamida qayta berkitiladi. Bunday usulda plombani ochishning belgilari bo‘lib, plombaning ichki qismidagi yumshoq materill (aluminiy yoki mis)dan tayyorlangan osgichdan qoladigan metallanish izlari hisoblanadi.

«Kleщ-M» rusumli berkituvchi-plombalovchi qurilmada uning stoporli simi plombaning korpusi ichida joylashgan bo‘ladi, shu boisdan, yuqoridagi usul bilan bu rusumdagi plombalarni ochishning imkoni yo‘q..

«LaVR» rusumli plombani ruxsat etilgan tartibda ochishda maxsus izlar – sterjen boshchasining olinishi (kesilishi, sindirilishi) natijasida, g‘adir-budur izlar qoladi. Ushbu rusumdagi plombani jinoiy maqsadda ochishda esa, sterjen boshchasini olishda, u bilan birga plastmassa halqa ham joyidan ko‘chib ketadi. Ammo shunga qaramay, ushbu plombani jinoiy maqsadda ochish va uni niqoblash usullari mavjud. Buning uchun ushbu plombaning sterjenini uning korpusi ichiga kiritishdan oldin, yupqa temir plastina (folga), juda yupqa devorli trubka o‘rnatib qo‘yiladi.

Bunda, sterjenni plombada mahkam ushlab qolishning imkoni yo‘qqa chiqadi va natijada uni korpusdan osongina chiqarib olish mumkin bo‘lib qoladi. Jinoiy maqsadga erishib bo‘lganidan so‘ng, plombani belgilangan qoidalar asosida qayta osish mumkin bo‘ladi.

«Yersh» rusumli berkituvchi-plombalovchi qurilmalarni ruxsat etilgan tartibda ochishda, plombaning qalpoqchasi, pichog‘i va prujinasi maxsus uskuna yordamida buzilishi belgilangan. Bu usulda ushbu plombani ochishda xech qanday maxsus izlar qolmaydi. Bunday plombalarni jinoiy maqsadda belgilanmagan tartibda ochishda, begona buyumlarning izlari qoladi, ammo, ushbu plombaning buzilishiga olib kelmaydi. Agar bunday plombalarni elektr yoki gaz payvandlash uskunalari yordamida ochilsa, ushbu uskunalarning izlari qoladi.

Page 197: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

197

«Sprut» va «Sprut-universal» rusumdagi plombalarni faqatgina «Straj» rusumli maxsus ombirlar yordamida ochish belgilab qo‘yilgan. Bu holda, plombaning trosi uzunligi o‘zgarmaydi va ushbu maxsus ombir uchun xos bo‘lgan izlar hosil bo‘ladi. Ushbu turdagi plombalarni jinoiy maqsadda ochishda esa, qanday uskunalardan foydalanilgan bo‘lsa, ushbu uskunalarga xos bo‘lgan izlarning hosil bo‘lishiga olib keladi.

4. Plombalarning ekspertiza tadqiqotlari

Plombalarning trasologik tadqiqotlari, odatda ularning jinoiy maq-

sadda ochilgan yoki ochilmaganligini aniqlashga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Ammo, amaliy faoliyatda ekspert-trasologning oldiga qo‘yiladigan savollarning mazmun-mohiyati juda turlicha hamda ularning hajmi ham yetarlicha katta bo‘ladi.

Ekspert-trasologning oldiga, hal etish uchun identifikatsion savollar, shuningdek plombalardagi nazorat belgilarining, yuklarni tashish qoidalari buzilishlarning mexanizmi va sabablarini aniqlash bo‘yicha savollar ham qo‘yilishi mumkin.

Ushbu savollarning mazmuni quydagicha bo‘lishi mumkin: 1. Dastlabki osilganidan so‘ng plombaning yaxlitligi (butunligi)

buzilganmi?. Agar, buzilgan bo‘lsa, qaysi usulda buzilgan? 2. Tadqiqotga taqdim etilgan plombani osishda belgilangan qoidalarga

amal qilinganmi? 3. Mavjud bo‘lgan buzilishlarning qaysi biri plombani dastlabki

osishda hosil bo‘lgan? 4. Plombaning ishchi sirlarida (ta’sirlashuvchi sirtlarida)gi nazorat

belgilari va yozuvlarning mazmuni qanday? 5. Plombani buzmasdan turib, uning osgichini plombadan chiqarib

olish mumkinmi? 6. Plombaning kirish tuynugidan chiqib turgan osgichning bo‘laklari,

ilgari bir butunni tashkil qilganmi? 7. Plombani osishning qaysi qoidalarini buzish, tadqiqotga taqdim

etilgan plombaning yaxlitligini buzishni va plombani qayta osishni osonlashtirgan?

8. Tadqiqotga taqdim etilgan plombaning yaxlitligini buzish va uni qayta osish usullari o‘zaro mos keladimi?

Eksper-trasolog oldiga qo‘yilishi mumkin bo‘lgan identifikatsion savollar quyidagicha bo‘lishi mumkin:

Page 198: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

198

1. № 48569230 raqamli vagondan yechib olingan plombaning ishchi sirtlarida tasvirlar (matn, raqam va boshqa nazorat belgilari), tadqiqotga taqdim etilgan moslama (tisk)larning ishchi sirtida mavjud bo‘lgan yozuvlar bilan bir xilmi (mos keladimi)?

2. Tadqiqotga taqdim etilgan barcha (bir necha) plombalarda mavjud bo‘lgan nazorat belgilari bir xil moslama (tisk)lardan qoldirilganmi?

3. Tadqiqotga taqdim etilgan plombadagi buzilish-izlar qanday asbob-uskunadan qoldirilgan? Ushbu izlar taqdim etilgan uskunadan qoldirilganmi?

4. Plobani dastlabki osishda ishlatilgan moslama (tisk)lar ushbu plomalarni qayta osishda ham ishlatilganmi?

Plombalarning ekspertiza tadqiqotlari trasologik ekspertizaning umumiy metodikasiga asosan o‘tkaziladi. Plombalarni tadqiqot qilishga ixtisoslashgan ekspert-trasologlarning ushbu turdagi ekspertizalarni o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish bosqichining ajralmas tarkibiy qismi plombalarni osish qoidalari va turli transport vositalari yordamida turli yuklarni tashish qoidalarini muvofiqlashtiruvchi barcha me’yoriy-huquqiy hujjatlar, qoidalar va yo‘riqnomalarni bilishdan iborat bo‘lishi lozim.

Plombalarning trasologik tadqiqotlari bosqichlarining ketma-ketligi quyidagicha bo‘lishi mumkin:

– tadqiqotga taqdim etilgan obyektlarni umumiy ko‘zdan kechirish, ekspertiza tayinlash haqidagi qarorni va boshqa qo‘shimcha materiallarni (protsessual hujjatlarning nusxalari, tijorat aktlari va shu kabilar) o‘rganish;

– plomba va uning osgichining tashqi (ishchi, ta’sirlashuvchi) sirtlarini tadqiqot qilish;

– obyektlarning umumiy ko‘rinishi, plombaning sirti va aniqlangan belgilar hamda o‘ziga xos xususiyatlarini fotosuratga olish;

– plombani qismlarga ajratish (kesish); – plombaning kanali, kamerasi va mustahkamlovchi (armirovka)

halqalarining ichki sirtini tadqiq qilish; – plomba korpusining ichki sirtini fotosuratga olish; – tadqiq etilayotgan plombani tekshirishda aniqlangan belgilar va

xususiyatlarni eksperimental plombalardagi xuddi shunday xususiyatlar bilan taqqoslash;

– aniqlangan belgilar va o‘ziga xos xususiyatlarning o‘zaro aloqadorligini izohlash orqali o‘tkazilgan tadqiqotlarning natijalarini tahlil qilish;

– ekspert oldiga qo‘yilgan savollarga javoblar shaklidagi yakuniy xulosalarni shakllantirish;

Page 199: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

199

– ekspertiza xulosasini tuzish va unga fotojadvallarni rasmiylashtirish. Ekspertizaga taqdim etilgan materiallar bilan tanishishda, plombani

aniqlash va olish bilan bog‘liq barcha holatlarni hamda birinchi navbatda ushbu plombani ruxsat etilgan tartibda ochish usullarini aniqlashtirib olish zarur.

Undan tashqari, ekspert oldiga qo‘yilgan savollarning mazmuni hamda ushbu savollarga javob berish ekspertning vakolatiga tegishli ekanligini ham aniqlab olish lozim. So‘ng, ekspertizaga taqdim etilgan obyektlar – plombalar, plombalovchi moslama (tisk)lar, plombalarni jinoiy maqsadda ochish uchun ishlatilgan buyum (predmet)larni ko‘zdan kechirish va ularning batafsil alohida tadqiqotlari o‘tkaziladi.

Plombalarni tadqiq qilishda (tekshirishda) birinchi navbatda uning turi, o‘lchamli xususiyatlari (xarakteristikalari)ning o‘zaro mosligi, plomba korpusi va osgichining materiali, tuzilishidagi o‘ziga xosliklarni belgilan-gan talablarga mos kelishi aniqlanadi.

Tadqiqot jarayonida plombalarni belgilangan tartibda osish qoidalarini buzish (jinoiy maqsadda ochish) belgilari aniqlanadi, ya’ni:

– plombani yetarli darajada emas, balki yengilroq qisish; – plomba korpusi va ishchi sirtlarning parallel emasligi; nazorat

belgilaridagi turli yozuvlar, raqamlar va boshqalarning aniq o‘qilmasligi yoki to‘liq aks etmaganligi;

– plombalovchi moslama (tisk)larning tasvirlarini plombaning ishchi sirtlari markaziga nisbatan siljib qolganligi; plombalar tuynuklari chetlarining yetarlicha zich emasligi;

– osgich va uning tugunlarining plomba korpusida harakatlana olishi; – osgich materialining plombaning rusumiga mos kelmasligi; – osgich sirtmoqlari va uning erkin uchlari o‘lchamlarining belgilan-

ganidan chetlashishlari. Plombalarning tadqiqoti jarayonida belgilangan qoidalardan qandaydir

chetlashishlar aniqlansa, ularning hosil bo‘lish mexanizmi hamda sabablari aniqlanishi lozim. Masalan, plombalarning ishchi (ta’sirlashuvchi) sirtlarida nazorat belgilari (matnlar, harflar yoki raqamlar)ning yaxshi yoki umuman o‘qilmasligining sababi plombani dastlabki osishda, uning yetarlicha mahkam qisilmaganligi, begona buyum yoki moslama bilan qayta qisish yoki qalbaki plombalovchi moslama (tisk)lardan foydalanish va shu kabilar bo‘lishi mumkin.

Agar, plomba korpusining yonbosh sirtlarini tadqiqot qilishda, uning tuynuklari shakli va konturlarining buzilishi (materialining siljishi, ko‘ndalang kesimi shaklining o‘zgarishi, tuynuklarning konussimon shaklga kelib qolishi) aniqlansa, bunday holda ushbu o‘zgarishlarning sabablari va hosil bo‘lish mexanizmini aniqlash zarur.

Page 200: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

200

Plomba osgichini tadqiqot qilishda, uning sirtining holati, rangi, diametri hamda butun uzunligi bo‘yicha zichligi o‘rganiladi. Ushbu o‘rganishda alohida e’tibor metall osgichdagi keskin bukilishlar, tozalash va kimyoviy ta’sir izlari va belgilariga qaratiladi. Kanopdan tayyorlangan osgichlarni tekshirishda esa osgich tolalari o‘rimining xususiyati va holati, ayrim joylaridagi diametrining o‘zgarganligi, alohida qismlaridagi zichligining o‘zgarishi kabilar aniqlanishi lozim. Ushbu belgilar, plombaga jinoiy (kriminal) maqsadida ta’sir ko‘rsatilganidan so‘ng, plombani qayta osishda osgich tolalarining ajratilishi va uning keyin qayta birlashtirilishi (o‘rilishi) natijasida hosil bo‘lishi mumkin. Kanopdan tayyorlangan osgich tolalarini qayta birlashtirish (o‘rish) holatini aniqlash maqsadida ultra-binafsha yoritishdan foydalanish ham yaxshi samara beradi.

Undan tashqari, osgichni tekshirishda uning uchliklarining shakli va holatiga alohida e’tibor berish lozim: osgichning uchliklarida sinishlar, cho‘zlilib qolishlar, konussimon shaklga ega bo‘lib qolish, tolalarining o‘zaro ajralib qolishi kabilar mavjud bo‘lishi mumkin. Ushbu belgi va xususiyatlar plomba osgichi tolalarining o‘zaro ajralish mexanizmini aniqlashga imkon beradi.

Plombalar va ularning osgichlarini tadqiqot qilishda, yoritish burchaklarini 10 dan 80°S gacha o‘zgartirgan holda, yoyilgan va nuqtali qo‘shimcha yoritgichlardan foydalanish, shuningdek kattalish darajasi 2–16 marta bo‘lgan kattalashtirib ko‘rsatuvchi asbob-uskunalardan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Polietilen plombaning osgichi va plomba korpusida joylashgan osgich tugunlarini tadqiqot qilish uchun uni rentgen nurlarida tekshirish yaxshi samara beradi. Bunday tadqiqot qilish, ekspert-trasolog tomonidan taqdim etilgan plombani kesish (qismlarga ajratish)dan oldin, uning ichki qismining holati haqida aniq tasvirlarini ko‘rish va o‘rganish imkoniyatini beradi (18-rasm).

18-rasm. Polietilen plombalarning rentgen nurlari ta’siri ostidagi ko‘rinishi.

Page 201: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

201

Plombalarni tadqiq etish jarayonida aniqlangan belgilar va xusu-siyatlarni baholashning aniqligi va obyektivligi ekspert-trasolog ihtiyorida, tadqiqotga taqdim etilgan moslama (tisk)lar yordamida qisilgan plomba-larning namunalari (namuna-plombalar, eksperimental-plomalar)mavjud bo‘lganida, ancha ortadi. Agar namuna-plombalar mavjud bo‘lsa, plombalardagi barcha turdagi nazorat belgilari (harfli va raqamli belgilar, tovar belgilari)ni bevosita taqqoslash, plombalovchi moslama (tisk)larning o‘ziga xos xususiyatlari va belgilarini o‘zaro farqlash hamda plomba jinoiy (kriminal) maqsadda ochilganligining belgilarini farqlash imkoniyati vujudga keladi.

Tadqiqotga taqdim etilgan plombalarning umumiy ko‘rinishi, uning ishchi (ta’sirlashuvchi) va yonbosh sirtlari, plombani osish qoidalarining buzilishi yoki bu qoidalardan chetlashishlar, plombaga va uning osgichiga begona buyumlar bilan qilingan ta’sirning belgilari fotosuratga olinishi kerak. Fotosuratga olishda makro va mikro fotosuratga olish qoidalaridan to‘liq foydalanish lozim.

Plombaning ishchi sirtlarida mavjud bo‘lgan relyefli matnlarni fotosuratga olishda opakli (oq noshaffof elementdan o‘tuvchi nurlar) yoritishdan, plombaga ko‘rsatilgan jinoiy ta’sirlarning belgi va xususiyatlarini fotosuratga olishda esa o‘tmas burchak ostida tushuvchi yoritishdan foydalangan ma’qulroq. Fotosuratlarning masshtabi aniqlangan barcha belgi va xususiyatlarni aniq ko‘rinadigan (yaxshi o‘qiladigan) darajadagi o‘lchamda bo‘lishi kerak. Odatda, obyektlar (buyum yoki ularda mavjud belgilar) 4–8 marta katalashtirib suratga olinadi.

Tekshirilayotgan plombaga yoki uning osgichiga qilingan jinoiy ta’sirning belgilari va xususiyatlari, nafaqat ushbu ta’sirning usulini aniqlash maqsadida, balki ushbu jinoiy ta’sirlarning hosil bo‘lish mexanizmi – begona buyumlarning ta’sirlashuvchi sirtlarining aksini aniqlash hamda ushbu iz va belgilarning identifikatsion tadqiqotlari uchun yaroqli ekanligini haqidagi savollarga ilmiy asoslangan javoblar berish maqsadida ham baholanadi.

Ekspertiza tadqiqotlarining keyingi bosqichi ushbu plombalarning ichki sirti: kanali, kamerasi va armirovka halqalarini tadqiqot etishdan iborat. Buning uchun taqdim etilgan plomba yonboshidan ikkita teng qismlarga ajratiladi, ushbu ajratishda kesish chizig‘i, plombaning ta’sirlashuvchi sirtlariga parallel tarzda bo‘lishi lozim.

Plombani ikkita elastik (ko‘p qavatli mato, rezina) qatlamlar orasiga olib, ehtiyotlik bilan qisiladi va ketma-ket ikkita kesik (kesilgan joy) hosil qilinadi, ushbu kesiklar plombaning kirish va chiqish tuynuklari orasidagi

Page 202: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

202

yonbosh sirtlaridan boshlanadi. Ushbu jarayonda plombani kesishda (ikkiga ajratishda) ishlatilayotgan asbob (skalpel, pichoq, lezviye) plombaning mustahkamlovchi (armirovka) halqasi, kanallar va kamera sirtlariga shikast yetkazmasligi hamda osgichning yaxlitligini buzmasligi lozim.

Agar, tadqiqotga juda ko‘p miqdorda plombalar taqdim etilgan bo‘lsa, plombani ikkiga ajratish jarayonini osonlashtirish va tezlashtirish maqsadida, maxsus plomba keskich tayyorlab olgan ma’qul. Buning uchun metal kesishga mo‘ljallangan qaychi yoki qirqishga mo‘ljallangan ombir (passatije)ning ishchi sirtlari (lablari) ingichka qilib o‘tkirlanadi (tig‘ muhrasi (obuxi)ning qalinligi 1,5 mm dan ortmasligi kerak). Bu kabi maxsus keskich plombalarni xavfsiz va samarali kesish (ikkiga ajratish) imkonini beradi.

Plombalar ikkiga ajratilgandan so‘ng, plomba osgichi va uning tugunlarining plomba korpusida joylashish holati albatta fotosuratga olinishi zarur. Plombaning ichki sirtining keyingi tadqiqotlari, plombada, uni jinoiy maqsadlarda ochish yoki plomba osish qoidalarini buzish va ushbu qoidalardan chetlashish belgilarini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi. Buning uchun plomba osgichini plomba korpusi ichki sirtiga bosilishi natijasida hosil bo‘ladigan ezilgan izlar (ariqchalar) va ularning osgich konfiguratsiyasiga mosligi, osgich tugunlarining shu kabi ezilgan izlarining miqdori aniqlanadi. Undan tashqari, osgichning plomba ichida joylashgan qismlarining butunligi aniqlanishi lozim.

Plombani osish qoidalarini buzish belgilari quyidagilar bo‘lishi mumkin:

— osgich tugunlarining armirovka halqasidan pastda joylashishi; — osgich tugunlari miqdorining kamligi (tugunlar ikkitadan kam). Plombalarni jinoiy (kriminal) maqsadda ochish belgilari esa

quyidagilar bo‘lishi mumkin: — osgichning aks-izlaridagi ajralishlar (ariqchalarning ikkitaligi); — osgich va uning aks-izlarining joylashishi (topografiyasi)ning

o‘zaro mos kelmasligi; — osgich tuguni aks-izlaridagi ajralishlar (ariqchalarning ikkitaligi); — osgich tuguni va uning aks-izlarining joylashishi (topogra-

fiyasi)ning o‘zaro mos kelmasligi; — plomba osgichining tugunlari mavjud sohalarida ushbu tugunlarga

xos bo‘lmagan belgilarning borligi: osgichning keskin bukilishi yoki uzilishi (sinishi), osgich tolalarining o‘zaro zich emasligi va hokazo;

— osgich yaxlitligining buzilganligi;

Page 203: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

203

— plomba korpusining osgich va uning tugunlari bilan ta’sirlashadigan sohalarida dinamik izlar va metall ko‘chishlari (siljishlari)ning mavjudligi;

— plomba kanalarining kirish va chiqish tuynuklari sohasida begona buyumlar bilan ta’sir qilish izlarining mavjudligi, ushbu tuynuklarini kengaytirish izlari (belgilari).

Polietilen plombalarni tadqiqot qilishda plombalarning armirovka halqalarining barcha sohalari, jinoiy maqsadda ochish belgilarini aniqlash uchun batafsil va diqqat bilan tekshiriladi. Ushbu plombalarni tekshirishda jinoiy maqsadda ochish yoki shunday ochishga bo‘lgan harakat izlari aniqlansa, plombalarning ushbu izlar aniqlangan sohalariga qarama-qarshi qismlari ichki sirtlari yanada batafsilroq tekshirilishi lozim. Bu tekshirish ekspert-trasologlarga ushbu izlar va belgilarning xarakteri va hosil bo‘lish mexanizmiga ko‘ra o‘zaro taqqoslashga, ushbu xususiyatlarning o‘zaro mosligini baholashga va pirovard natijada plombaga ko‘rsatilgan ta’sirning mexanizmi haqida fikr yuritishga imkon yaratadi.

Plombalarning trasologik tadqiqotlarining oxirgi bosqichi o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalari bo‘yicha yakuniy xulosalarni shakllantirishdan iborat bo‘ladi. Bu jarayonda ekspert-trasolog tadqiqot jarayonida aniqlangan barcha belgi va xususiyatlarni ularning o‘zaro joylashishi va holati, hosil bo‘lish mexanizmi, ifodalanganlik darajasi va sababiy bog‘liqligi bo‘yicha mos kelishi nuqtai nazaridan solishtirishi va baholashi lozim. Tadqiqot natijalari bo‘yicha qat’iy yakuniy xulosa chiqarish uchun tadqiqot jarayonida aniqlangan barcha qarama-qarshiliklar (fikrlar) bartaraf etilishi, negativ holatlarga esa asosli izohlar berilishi shart.

Tadqiqotga taqdim etilgan plombaga, uni ruxsat etilmagan tarzda (jinoiy maqsadda) ochish uchun ta’sir ko‘rsatilganligi bo‘yicha qat’iy xulosa chiqarish — ekspert-trasologda ushbu plombaga haqiqatan ham belgilanmagan tartibda ta’sir ko‘rsatilganligi, ushbu ta’sir natijasida plomba o‘zining nazorat funksiyalarini bajara olmay qolganligi hamda tegishli berkitilgan obyektni belgilanmagan tartibda ochish imkoniyati keltirib chiqarganligi bo‘yicha to‘liq, asoslangan va xolisona tadqiqot jarayonida vujudga kelgan ishonch hosil bo‘lganida mumkin. Bu kabi yakuniy xulosada plombani buzish usuli aniq ifodalanishi shart.

Aks holda esa, plombaga ta’sir ko‘rsatilganligi belgilari (ushbu belgilar qanchalik ko‘p bo‘lmasin) yagona mumkin bo‘lgan xulosa – plombaning yaxlitligi buzilmagani haqida emas, balki plombaga jinoiy maqsadda ta’sir ko‘rsatilganligi haqida bo‘ladi. Bu holda ekspert-trasolog ta’sirning usuli va mexanizmini, plombaga ta’sir ko‘rsatishda ishlatilgan

Page 204: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

204

va izlari tadqiq etilayotgan plombaning korpusida aniqlangan begona buyumning tegishlilik guruhini (aynan qanday turdagi buyum) aniqlashi hamda ushbu iz va belgilarni identifikatsion tadqiqotlar uchun yaroqliligi haqidagi savolga javob berishi lozim.

Ichki ishlar idoralari ekspert-kriminalistika xizmatlarining amaliy faoliyatidan ma’lumki, ekspert-trasologlar o‘zlarining ekspertiza xulosalarida yuqoridagi kabi vaziyatlarni (plombaga ta’sir ko‘rsatilganligi belgilari plombaga jinoiy maqsadda ta’sir ko‘rsatilganligi haqida xulosa chiqarishga imkon berganda) plombaning yaxlitligini buzishga harakat qilish, deb baholaydilar. Ammo, bunday yakuniy xulosalar ekspert-trasologning vakolatiga tegishli emas, chunki bu holda ekspert jinoyatchi shaxsning g‘arazli maqsadi (jinoyat tarkibining subyektiv tomoni) haqida fikr yuritmoqda, ya’ni bu masala ekspert hal etishga huquqi bo‘lmagan huquqiy masala hisoblanadi.

Plombalarning identifikatsion tadqiqotlari identifikatsion trasologik tadqiqotlarning umumiy metodikasiga asosan o‘tkaziladi. Ammo, shu bilan birga plombalarning identifikatsion trasologik tadqiqotlari o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, ular tekshirilayotgan obyektlarning hamda plombalovchi tisklar belgilarining turli xossalari bilan bog‘liqdir.

Plombalovchi tisklar matritsalari (ishchi sirtlari)ning umumiy identifikatsion belgilari bo‘lib, quyidagilar hisoblanadi:

— matritsa (ishchi sirt)ning shakli va o‘lchamlari; — harfli va raqamli belgilarning mazmuni; — matritsa (ishchi sirt) maydonidagi yozuv va belgilarning o‘lchami

va umumiy xususiyatlari; — matritsa (ishchi sirt)ning ishlov berilganlik darajasi; — matritsa maydonini o‘rab turuvchi relyefli halqa devorining

qalinligi; — plombalovchi tisk dastalarini to‘liq qisilgan (biriktirilgan) holatida,

matritsalar orasidagi minimal masofa. Plombalovchi tisklar matritsalari (ishchi sirtlari)ning xususiy

identifikatsion belgilari matritsaning plomba ishchi (ta’sirlashuvchi) sirtlarida relyefli aks etadigan, chuqurlikka ega bo‘lgan nazorat belgilarining o‘ziga xos xususiyatlari va o‘zaro joylashishi hisoblanadi. Ushbu nazorat belgilari plombalovchi tisk matritsasi (ishchi sirti)ga qo‘lda yoziladi (gravirovka), shu boisdan, individual xususiyatga ega bo‘ladi.

Yuqorida sanab o‘tilgan identifikatsion belgilardan tashqari, xususiy identifikatsion belgilar va xususiyatlar sifatida plombalovchi tisklar matritsalari (ishchi sirtlari)da mavjud bo‘ladigan turli nuqsonlar (tiskni

Page 205: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

205

ishlab chiqarishda hosil bo‘lgan) va matritsalarning ishlatish jarayonida hosil bo‘ladigan o‘ziga xosliklar maydonga chiqadi.

Plombalarning identifikatsion tadqiqotlari jarayonida eksperimental namunalar (namuna-plombalar) sifatida identifikatsion tadqiqotlarga obyekt sifatida taqdim etilgan plombalovchi tisklar bilan belgilangan tartibda qisilgan plombalar olinadi. Bu jarayonda, tekshirilayotgan xususiy identifikatsion belgilarga xos xususiyatlarga bog‘liq ravishda namuna-plombalarni tekshirilayotgan tisklar bilan qisish plombalarni ichiga osgich kiritib va kiritmasdan amalga oshiriladi.

Ta’kidlash joizki, identifikatsion turdagi savollar tadqiqotga tisklar taqdim etilmagan holda ham hal etilishi mumkin. Bunday hollarda eksperimental-plombalar sifatida turli omborxonalar, vagonlar va konteynerlardan yechib olingan plombalarni olish mumkin hamda bunda ushbu namuna-plombalarni berkitishda ishlatilgan plombalovchi tisklarni identifikatsiya qilish haqida savollarga javoblar beriladi.

Plombalarning trasologik ekspertizasidagi identifikatsion taqqoslash tadqiqotlari taqqoslovchi mikroskop («MSK-1»)lar yordamida, plomba-lovchi tisklar matritsa (ishchi sirt)larining tadqiqotiga taqdim etilgan hamda eksperimental (namunaviy) aks-tasvirlarni optik yonma-yon tushirish usuli orqali amalga oshiriladi.

Plombalarni jinoiy (kriminal) maqsadda ochishda ishlatilgan begona buyum (predmet, buzish quroli)larning aynanligini aniqlash maqsadidagi identifikatsion tadqiqotlar buzish qurollarining mikroizlar bo‘yicha identifikatsiya qilish (aynanligini aniqlash) tadqiqotlari metodikasi asosida o‘tkaziladi.

Tadqiqotlar natijalari bo‘yicha ekspert-trasolog yozma xulosa tayyorlaydi (tuzadi). Ekspertiza tadqiqotlari jarayonining to‘liqligi va sifati, yakuniy xulosalarning asoslanganligi va ishonchliligi ushbu yozma xulosaning daliliy ahamiyatini ifodalaydi.

Plombalarning trasologik ekspertizasiga oid ekspertiza xulosasi uch qismdan iborat bo‘ladi. Ekspertiza xulosasining birinchi – kirish qismida ekspert oldiga hal qilish uchun qo‘yilgan savollar, tadqiqotlar obyektlari va taqdim etilgan qo‘shimcha materiallar (tergov harakatlarining bayon-nomalari, tijorat hujjatlari va boshqalar) bayon qilinadi.

Ekspertiza xulosasining ikkinchi – tadqiqot qismi taqdim etilgan obyektlar o‘ramining ta’riflab yozishdan va obyektlarni ekspertiza muassasasiga qay tartibda olib kelinganligini qayd etishdan boshlanadi. Bu qismda obyekt o‘ramining, obyektlarning belgilangan tartibda saqlanishi va ularni almashtirib qo‘yish imkoniyatini bermaslik maqsadida qo‘yilgan talablarga mos kelishi baholanadi.

Page 206: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

206

Undan so‘ng, ekspert-trasolog o‘zining barcha harakatlarining ketma-ketligini hamda obyektlar alohida tadqiqotlarining natijalarini bayon qiladi. Bu jarayonda taqdim etilgan plombaga turli ta’sirlarning belgilari va izlarini, plombalovchi tisklar va begona buyum (predmet, buzish quroli)larning identifikatsion belgilarini (idnetifikatsion savollarga javob berishda) hamda tadqiqotlarning usullari va texnik ta’minotini to‘liq va batafsil ta’riflashga alohida e’tibor qaratish lozim bo‘ladi.

Ekspert-trasolog tomonidan tadqiqotlar jarayonida eksperimental tajribalar o‘tkazilgan bo‘lsa, ekspert ushbu harakatlarni o‘tkazish zarurligini, ushbu tajribalarning maqsadini, bu tajribalarni o‘tkazish metodikasini hamda tajribalardan olingan natijalarni asoslab berishi kerak.

Plombalovchi tisklar va begona buyum (predmet, buzish quroli)lar-ning aynanligini aniqlash maqsadida o‘tkaziladigan taqqoslash tadqiqotlari jarayonini bayon qilishda ekspert-trasolog tomonidan taqqoslash usullari va ishlatilgan texnik-kriminalistik vositalar batafsil yoritilishi lozim. Bu jarayonda tekshirilayotgan izlar va belgilarning aynanlik uchun yaroqliligi hamda o‘zaro mos kelgan (o‘xshash bo‘lgan) belgilar yig‘indisining takrorlanmasligi (zarurligi va yetarliligi)ni asoslashga alohida e’tibor qaratish lozim.

Ekspertiza xulosasining uchinchi – xulosa qismida ekspert-trasolog oldiga qo‘yilgan savollarga tegishli javoblarni shakllantiradi. Ushbu javoblar belgilangan va to‘liq tahrirda bayon etilishi hamda tadqiq etilgan obyektlarning o‘ziga xos xususiyatlari va belgilari aniq ifodalangan bo‘lishi lozim.

Ekspertiza xulosasiga ilova qilinadigan fotojadvalda quyidagi foto-suratlar bo‘lishi mumkin:

— taqdim etilgan obyektlarning (plombalar, plombalovchi tisklar, taqqoslash tadqiqotlari uchun namunalar, jinoiy (kriminal) ta’sir etishda ishlatilgan buyum (predmet, buzish qurollari) va boshqalar) umumiy ko‘rinishining fotosurati;

— tekshirilayotgan plombaning har ikki ta’sirlashuvchi sirtlari va kirish hamda chiqish tuynuklari sohasidagi yonbosh sirtlarining 4–4 marta kattalashtirilgan fotosuratlari;

— plomba osgichi, uning o‘zgarishga uchragan xususiyatlarining belgilari mavjud bo‘lgan qismlarining fotosurati;

— osgich tugunlarining plomba korpusidagi joylashishining foto-surati;

— armirovka halqalarining holati va joylashishi (polietilen plomba-larda)ning fotosurati;

Page 207: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

207

— osgichning plombaning kanallari va armirovka halqalarida mavjud bo‘lgan aks-izlar joylashishi (topografiyasi)ning fotosurati;

— plombaga ta’sir qilishda ishlatilgan begona buyum (predmet, buzish qurollari)ning belgilari va izlari (shilinishlar, ko‘chishlar, osgich va tugunlarning buzilishlari)ning fotosurati;

— eksperimental namunalar (plombalovchi tisklar matritsalari (ishchi sirtlari))ning aks-izlarining fotosuratlari.

Fotojadvalga kiritilgan fotosuratlarning miqdori va turi tadqiqotga taqdim etilgan obyektlar hamda ekspert oldiga qo‘yilgan savollarning miqdoridan kelib chiqib aniqlanadi. Ammo har qanday holatda ham, fotojadval to‘liq hajmda bo‘lishi va olingan natijalarni sifatli ifodalashi zarur.

5. Berkituvchi-plombalovchi moslamalarning

ekspertiza tadqiqotlari Berkituvchi-plombalovchi moslamalar (BPM)ning ekspertiza tadqi-

qotlari buzish qurollarining trasologik tadqiqotlarining umumiy metodikasi hamda ushbu metodikaga tegishli usullar va yo‘llar asosida o‘tkaziladi. Ushbu tadqiqotlarning obyektlari bo‘lib turli omborxonalar, vagonlar va konteynerlardan yechib olingan berkituvchi-plombalovchi moslamalar, ularning tarkibiy qismlari va elementlari, shuningdek yangi berkituvchi-plombalovchi moslamalarning eksperimental namunalari hamda juda kam hollarda taxmin qilingan buzish qurollari hisoblanadi.

Hozirgi kunda ekspert-kriminalistika xizmatlarining amaliyotida, ushbu turdagi ekspertiza tadqiqotlarining tadqiqot obyektlari – «Sprut» va «Sprut-universal» rusumli berkituvchi-plombalovchi moslamalar tekshiril-moqda. Buning sababi shundaki, ushbu turdagi berkituvchi-plombalovchi moslamalarning ishonchliligi va mustahkamligi juda yuqori bo‘ladi, shu boisdan, turli yuklarni tashishda foydalaniladigan transport vositalari (yuk avtomobillari, temir yo‘l transporti, vagonlar va konteynerlar) aynan shu rusumdagi plombalar bilan berkitilmoqda.

Ushbu turdagi ekspertiza tadqiqotlarini samarali o‘tkazish uchun quyidagi qo‘shimcha shart-sharoitlar talab qilinadi:

— tadqiqotlarga berkituvchi-plombalovchi moslamalarning barcha tarkibiy elementlarining taqdim etilishini;

— ekspertiza tayinlash to‘g‘risidagi qarorda jo‘natilayotgan yukning komission tartibda turishida berkituvchi-plombalovchi moslamalarning qay tartibda va usulda yechib olinganligi (maxsus moslama, «Straj»

Page 208: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

208

maxsus ombiri, plomba osgichini uzish yoki qirqish va shu kabilar) ko‘rsatilishini;

— agar ekspertga, berkituvchi-plombalovchi moslamalarning almashtirilganini aniqlash yoki plombalardagi nazorat belgilarining o‘zgartirilganligi haqida savollar qo‘yilgan bo‘lsa, u holda ekspertda yukka tegishli hujjatlarda yuqoridagi masalalar bo‘yicha tegishli ma’lumotlar borligi shartligi.

Berkituvchi-plombalovchi moslamalarning trasologik ekspertizasida odatda quyidagi asosiy vazifalar hal qilinadi:

1. Berkituvchi-plombalovchi moslamalarning ruxsat etilmagan tartibda ochilish holatini aniqlash. Ushbu vazifani ijobiy hal qilishda berkituvchi-plombalovchi moslamalarni yechish (ochish, buzish) usullari va ishlatilgan buyum (predmet, buzish quroli)ni aniqlash.

2. Berkituvchi-plombalovchi moslamalarni osish qoidalariga rioya etilganlik (ushbu qoidalarni buzish) holatlarini aniqlash.

3. Berkituvchi-plombalovchi moslamalarni boshqa, qo‘riqlash xossalari kuchsiz berkituvchi-plombalovchi moslamalar bilan almashtirib qo‘yilganlik holatini aniqlash.

4. Berkituvchi-plombalovchi moslamalarning tarkibiy qismlari va elementlarini, bir butun berkituvchi-plombalovchi moslamaga tegishli ekanligini aniqlash.

5. Identifikatsion (aynanlikni aniqlash bo‘yicha) vazifalarni hal qilish. Ushbu turdagi ekspertizalarning dastlabki tadqiqotlar bosqichida

ekspertiza tayinlash haqidagi qaror hamda boshqa tegishli manbalardan berkituvchi-plombalovchi moslamalarni osish va yechishga oid bo‘lgan bir qator quyidagi sharoitlarni aniqlash zarur: berkituvchi-plombalovchi moslamalarni osish obyekti, vaqti, joyi va osish usuli; nazorat belgilari; eng asosiysi yukni komission tartibda tushirishda berkituvchi-plombalovchi moslamalarni yechish usuli va vositalari.

Ekspertizaning keyingi bosqichlarida berkituvchi-plombalovchi moslamaning turi, uning turli tarkibiy qismlaridagi nazorat belgilarining o‘zaro mosligini aniqlash zarur, so‘ng, berkituvchi-plombalovchi moslamaning barcha tarkibiy qismlarining tuzilishi, materiali, rangi, o‘lchamlari va shuningdek belgilangan standart talablarga (plomba trosigi va sterjeni tarkibiy qismlarining umumiy yoki yig‘indi uzunligi) javob berishiga ko‘ra o‘zaro mosligini aniqlash kerak bo‘ladi.

«Kleщ» rusumli berkituvchi-plombalovchi moslamalarni osish qoidalariga rioya etilganligi holatini aniqlashda ushbu berkituvchi-plombalovchi moslamalarni stopor simining materiali, plomba korpusining

Page 209: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

209

ichidagi begona qismlar va zarralar, shuningdek begona buyumlardan qolgan izlarning mavjudligi tekshiriladi. Undan tashqari, berkituvchi-plombalovchi moslamaning har ikki qismidagi qismlarga ajratish (ikiga bo‘lish) usullari (qirqish, arralash, issiqlik ta’siri va shu kabilar) belgilarining o‘zaro mosligi, har bir qism sirtining xususiyatlari – donadorligi, sayqallanganligi va boshqalar aniqlanadi. Berkituvchi-plombalovchi moslamalarning yechilish usuli hamda ushbu usulni ekspertiza tayinlash haqidagi qarorda qayd etilishiga mos kelishi haqidagi fikrlar shakllanadi.

Berkituvchi-plombalovchi moslamalarning jinoiy (kriminal) maqsadda yechilganligi (buzilganligi, olib tashlanganligi) holati va usullarini aniqlash unchalik qiyin emas, chunki deyarli barcha berkituvchi-plombalovchi moslamalarning konstruktiv tuzilishi ularni buzilishlarsiz yechish yoki olib tashlashga imkon bermaydi. Berkituvchi-plombalovchi moslamalarni jinoiy (kriminal) maqsadda yechish usullari va bu jarayonda ishlatilgan buyumlar (buzish qurollari, asbob-uskunalar)ni aniqlash mavjud iz va belgilarni, shuningdek berkituvchi-plombalovchi mosla-malarni yechishda hosil bo‘lgan turli o‘zgarishlar va deformatsiyalarning ko‘rinishi, xususiyatlari va xossalarini tahlil qilish natijalariga ko‘ra aniqlanadi.

Berkituvchi-plombalovchi moslamalarning trasologik ekspertizasi jarayonida o‘tkaziladigan identifikatsion (aynanlikni aniqlovchi) tadqi-qotlarda identifikatsion savollarga javob berish maqsadida ekspert tajribasi (eksperiment) o‘tkaziladi, uning maqsadi tadqiqotga taqdim etilgan berkituvchi-plombalovchi moslamalarni yechishda ishlatilgan buyumlar (buzish qurollari, asbob-uskunalar)ning izlari – taqqoslash uchun namu-nalar olishdan iborat bo‘ladi.

Ekspertiza xulosasining matnida quyidagi ma’lumotlar (axborotlar) qayd etilishi lozim:

— berkituvchi-plombalovchi moslama, uning tarkibiy qismlari, ular-ning belgilari (materiali, rangi, o‘lchamlari, sirtlarining xususiyatlari)ning ta’riflari;

— berkituvchi-plombalovchi moslamaning barcha tarkibiy qismlari bitta (yagona) berkituvchi-plombalovchi moslamaga tegishli ekanligi (yoki tegishli emasligi);

— berkituvchi-plombalovchi moslamaning tarkibiy qismlarining nomlanishi mavjud standartlarga mos kelishi lozimligi;

— berkituvchi-plombalovchi moslamaning maxsus adabiyotlar yoki ma’lumotli manbalardan aniqlangan turi, chunki ekspertiza tayinlash

Page 210: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

210

haqidagi qarorda bunday ma’lumotlar umuman bo‘lmaydi yoki xato ko‘rsatiladi;

— berkituvchi-plombalovchi moslama tarkibiy qismlari (element-lari)ning miqdori;

— berkituvchi-plombalovchi moslama tarkibiy qismlari (troschasi, sterjen va shu kabilar)ning umumiy (yig‘indi) uzunligi;

— berkituvchi-plombalovchi moslamaning yechish (ochish) usuli va ajratish (bo‘lish, sindirish) mexanizmini ifodalovchi belgilarning joylashishi, ifodalanganlik darajasi, ajralish sirtlarining xususiyatlari va shu kabilarning ta’riflari.

Ekspertiza xulosasi taqdim etilgan berkituvchi-plombalovchi mosla-malarni tadqiqot etishda aniqlangan barcha belgilar va ushbu plombaga qilingan ta’sirlar izlarining tahlil qilish natijalari hamda ularni o‘zaro solishtirishga asoslangan bo‘lishi lozim.

Berkituvchi-plombalovchi moslamalarni ruxsat etilmagan tartibda (jinoiy maqsadda) yechish (ochish, buzish) haqidagi yakuniy xulosa – ushbu plombani ekspert tomonidan to‘liq aniqlangan ochish (yechish) usuli, uni ekspertiza tayinlash to‘g‘risidagi qarorda ko‘rsatilgan hamda ruxsat etilgan tartibda ochish (yechish) usuliga mos kelmasa (o‘xshamasa) va ushbu usulning belgilari va yo‘llari tadqiqotga taqdim etilgan plombada aniqlanganda chiqarilishi mumkin. Bu kabi ma’lumot (axborot) bo‘lmasa, ekspert-trasolog faqatgina berkituvchi-plombalovchi moslamaning yechish (ochish) usuli haqida yakuniy xulosa chiqarishi lozim. Aks holda, ekspertning taqdim etgan berkituvchi-plombalovchi moslamaning ochilish (yechish) usuli, vaqti va boshqa shart-sharoitlari haqidagi yakuniy xulosalari xato hisoblanishi lozim.

Ekspert-kriminalistika xizmatlarining amaliy faoliyatida quyidagicha yakuniy xulosalar ham uchrab turadi: ekspertiza tayinlash qarorida plombani ochish (yechish) usuli ko‘rsatilmagan hollarda ham, «taqdim etilgan plomba yuklarni komission (ruxsat etilgan) tartibda tushirishda, uning sterjenini sindirish usuli bilan ochilgan». Ushbu xulosa to‘g‘ri emas, chunki plombani ochish usullarining belgilarini o‘zaro solishtirishning imkoni yo‘q.

Ayrim hollarda, trasologik ekspertizalarga oddiy tuzilishga ega bo‘lgan berkituvchi moslama – buragich (zakrutka) taqdim etiladi. Buragich uzunligi 250–260 mm va diametri 4–6 mm bo‘lgan metall simdan iborat bo‘lib, ushbu simning uchlari vagon eshiklarining osgich halqalariga o‘tkaziladi, uchlari o‘zaro tenglashtiriladi va o‘zaro o‘rib qo‘yiladi. Ushbu buragich bilan bir vaqtda vagon eshigiga plomba ham

Page 211: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

211

osiladi. Hozirgi kunda ushbu turdagi buragichlar unchalik qimmatga ega bo‘lmagan yuklar (pichan, turli chiqindilar)ni tashishda foydalaniladigan vagonlarga yoki bo‘sh vagonlarga osiladi. Hozirgi kunda buragichlarni jinoiy maqsadda yechish (ochish) usullari aniqlanmagan (buning imkoni yo‘q), chunki buragichlar sodda tuzilishga ega bo‘lganligi bois, ularni ruxsat etilgan tartibda ham, ruxsat etilmagan tartibda ham ochish (yechish) usullari o‘zaro farq qilmaydi. Buragichlarning trasologik tadqiqotlari buzish qurollarining trasologik tadqiqotlarining umumiy metodikasi asosida o‘tkaziladi.

Ekspertiza xulosasiga ilova qilinadigan fotojadvalga tadqiqot obyekt-larining umumiy ko‘rinishi, berkituvchi-plombalovchi moslamalarning sirtla-rining ajralish va plombani ochish (yechish) usullarini bildiruvchi belgilari aniq ajratib ko‘rsatilgan tasviri hamda agar taqqoslash tadqiqotlari o‘tkazilgan bo‘lsa, ushbu tadqiqotlarning ko‘rgazmali tasvirlari kiritilishi lozim.

Savol va topshiriqlar:

1. Plomba deganda nimani tushunasiz? 2. Plombalarning funksional maqsadi qanday? 3. Ikkita kanalli qo‘rg‘oshin plombalar qanday usullarda osiladi? 4. Qo‘rg‘oshinli-tasmali plombalar nechta asosiy elementdan iborat? 5. Berkituvchi-plombalovchi moslamalar (BPM)ning boshqa plombalardan

farqini tushuntiring. 6. Plombaning yaxlitligini buzish deganda nima tushuniladi? 7. Polietilen yoki qo‘rg‘oshin plombalarni buzish (ochish) usullarini nechta

guruhga ajratish mumkin? 8. Kanopdan tayyorlangan osgichga jinoiy maqsadda ta’sir qilinganini

qanday belgilari orqali aniqlash mumkinligini tushuntiring. 9. Simdan tayyorlangan osgichlarga jinoiy maqsadda ta’sir qilinganini

qanday belgilari orqali aniqlash mumkin? 10. Jinoiy (kriminal) maqsadda ochilgan plombalar korpusi, kamerasi va

kanallarining ichki sirtida qanday belgilarni aniqlash mumkin? 11. Berkituvchi-plombalovchi qurilmalarga qo‘yiladigan qanday texnik

talablar mavjud? 12. Plombalar trasologik tadqiqotlarining maqsadlari qanday? 13. Ekspert-trasolog oldiga qanday identifikatsion savollar qo‘yilishi

mumkin? 14. Berkituvchi-plombalovchi moslamalarning trasologik ekspertizasida

qanday vazifalar hal qilinadi?

Page 212: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

212

8-BOB. ISHLAB CHIQARISH MEXANIZMLARINI MAHSULOTLARDA QOLGAN IZLARIGA KO‘RA ANIQLASHNING TRASOLOGIK EKSPERTIZASI

1. Ishlab chiqarish mexanizmlari va ularda ishlab

chiqarilgan mahsulotlarning trasologik ekspertizalari va ularning vazifalari

Trasologik tadqiqot obyektlari – ko‘pincha ishlab chiqarishga oid

mexanizmlar (texnologik jarayonlar) qismlarining tayyor mahsulot yoki yarimfabrikatlarda qoldirgan izlari hisoblanadi. Bular mexanik qayta ishlov berilgan buyumlardagi izlar bo‘lishi mumkin, masalan, bosim bilan ishlov berish (sim va undan ishlangan mahsulotlar – cho‘zish, metall shakldagi tugmalar – qoliplash); kesib tayyorlash (o‘g‘rilar «asbobi», portlovchi qurilmalarning detallari, yasama sovuq qurol va hokazo); ekstruziya (polimer plyonka va undan yasalgan mahsulotlar, transport vositalarining oynalari uchun rezina zichlagich); chigirlash (plyonka, izolatsiya tasmasi va hokazo); zichlash (poyafzal, shinalar, fara yorug‘lik tarqatuvchisi, idish-tovoq va hokazo).

Ishlab chiqarish mexanizmlari izlarini tadqiq etish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:

poyafzal, shina kabi an’anaviy trasologik obyektlarning tegishliligini tekshirish, basharti ularni ekspluatatsiya qilishning aniq alomatlari bo‘lmasa;

qismlar orqali butunni aniqlash (fara yorug‘lik tarqatuvchisi, sim, kabel, polimer plenka), bunda tekshirilayotgan qismlar bo‘linish joyiga ega emas yoki bo‘linish chizig‘i bilinar-bilinmas bo‘lsa;

turli iste’molga oid mahsulotlarni talon-toroj qilish yoki jinoiy faoliyat buyumlarini ishlab chiqarish joyini aniqlash uchun (qurol-yarog‘, port-lovchi qurilmalar, o‘g‘rilik «asboblari») tadqiq qilinayotgan buyumlarni yasashda ko‘mak bergan muayyan mexanizmlar (asboblar) orasidagi o‘xshashlikni aniqlash;

vino-aroq mahsulotlarini qo‘lbola tiqinlash, avtotransport vositala-rining qalbaki detallari, kontrafakt (soxta) audio va video kompakt disk-larni aniqlash;

turli joylarda, turli vaqtda va turli shaxslardan olingan mahsulotlar guruhi (ular qismlari)ning umumiy ishlab chiqarish manbaini aniqlash.

Page 213: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

213

Trasologlar tomonidan hal qilinadigan vazifalar quyidagilardan iborat: diagnostik usul – tekshirilayotgan buyum (mahsulot)ni tayyorlash

usuli, uning qanday maqsadda ishlab chiqarilganini aniqlash; identifikatsiyalash (aynanlashtirish) usuli – butunni qismlarni yig‘ish

orqali aniqlash. Bunda umumiy uzilish (buzilish) joylari bilinar-bilinmas bo‘lishi yoki umuman bo‘lmasligi, murakkab ko‘p qismli buyumlarning qismlari ajratib yuborilgan bo‘lishi mumkin; bir nechta buyumlar (qismlar, yarim mahsulot, zagatovka)ning umumiy ishlab chiqarish manbaini aniqlash; o‘ziga xos ekspluatatsiya qilish alomatlari bo‘lmagan muayyan mahsulotni izlari orqali aynanlashtirish; muayyan mexanizmlar (asboblar)ni yasalayotgan (ishlov berilayotgan) buyum bilan o‘zaro ta’sir izlarini aniqlash.

Ishlab chiqarish mexanizmlarining izlarini ekspertiza qilish – muayyan ishlab chiqarish mexanizmining buyumdagi izlariga aynanligi (yoki izlarning umuman yo‘qligi)ni, shuningdek tiklanayotgan buyum qismla-rining umumiy ishlab chiqarish manbaini aniqlashdan iborat.

Muayyan mexanizmni izlari orqali aynanligini aniqlashda ekspertizada quyidagi masalalar hal qilinadi:

muayyan shaxs yoki joydan olingan buyumlar yoki yarimfabrikatlar muayyan mexanizmlar, asboblar (qoliplar, shtamplar, kalandr va hokazo) yordamida yasalganini aniqlash.

Ekspertiza tomonidan umumiy ishlab chiqarish manbaini aniqlashda quyidagi masalalar hal qilinadi:

turli shaxslar va turli joylardan olingan buyumlar bir mexanizm (asbob) bilan yasalgan-yasalmaganini aniqlash;

buyum qismlari aynan bir mexanizm (asbob) bilan yasalganmi? Avval ular bir butun buyumning bo‘laklari bo‘lganmi?

Mahsulotda muayyan mexanizm izlarining aynanligini uchun ekspertizaga quyidagi obyektlar yuboriladi:

1. Mexanizm (texnik qurilma) butunligicha, basharti buning iloji bo‘lsa yoki uning ishlovchi qismlari (matritsa (o‘yma qolip), puanson, profil boshchasi va hokazo).

2. Ishlab chiqarish mexanizmlari (asboblar)ning ishlovchi qismlari tashqi qurilishi izlari o‘zida aks etgan buyumlar (ishlab chiqarish mahsulotlari va hokazo).

3. Qiyosiy namunalar: tekshirilayotgan mahsulotlar bilan bir vaqtning o‘zida aniqlanayotgan asboblar yordamida yasalgan buyumlar, tek-

Page 214: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

214

shirilayotgan buyumlar yasalgan sharoitga maksimal yaqinlashtirilgan sharoitda yasalgan eksperimental namuna buyumlar.

Umumiy ishlab chiqarish manbaini aniqlash maqsadida ekspertizaga quyidagilar yuboriladi:

1. Turli shaxslar va turli joylardan olingan mahsulotlar. 2. Oddiy buyumlarning buzilgan (bo‘laklarga ajratilgan) qismlari. Murakkab tarkibli buyumlar yoki komplektlarning ajratilgan qismlari

(bo‘laklari).

2. Ishlab chiqarish mexanizmlarining identifikatsion alomatlari

Turli zamon va turli makonda buyumlarda quyidagicha ishlab

chiqarish, kelib chiqishga ega izlar yuzaga keladi: a) tayyorlovchi (qayta ishlovchi) mexanizmlar ishchi va boshqa

qismlarining tashqi tuzilishini o‘zida aks ettirgan izlar; b) tayyorlovchi va qayta ishlovchi mexanizmlar (asboblar)ning funk-

sional (amaliy) belgilari aks etuvchi izlar; v) muayyan harakat aks etuvchi izlar, masalan, operator ko‘nikmasi

(ishchi qismlarni sozlash, qo‘l bilan ishlov berish); g) texnologik jarayon xususiyatlarini aks etuvchi izlar (tayyor

mahsulotni ishlab chiqarish tartibidagi og‘ish, mahsulotni bevosita ishlab chiqarish va tayyor mahsulotga keyinchalik ishlov berish);

d) to‘plamda bo‘lgan buyum qismlarini yig‘ish izlari; ye) operatsion ko‘chish izlari; yo) mahsulotni butlash, tashish va omborxonada saqlash izlari. Ishlab chiqarishda kelib chiqishiga ko‘ra ko‘p sonli ta’sir ko‘rsatish

omillarini aks ettirish izlari asosan quyidagilardan iborat: zagotovkaga uskunaning ishlovchi qismlarining miqdori va ketma-ketligi; izlarning yuzaga kelish sharoitlari; mahsulot tayyorlovchi, unga qayta ishlov beruvchi uskunaning tashqi ko‘rinishi; ishlov berish tartibining o‘zgarishi, buyum tayyorlanayotgan (ishlov berilayotgan) operator harakatlari, mahsulot tayyorlash (qayta ishlov berish) tartibidagi og‘ishlar.

Misol tariqasida simdan yasalgan mixlarni tayyorlash jarayonini ko‘rib chiqamiz. Simdan yasalgan mixlar gorizontal zich avtomatlarda po‘lat simga sovuq ishlov berishda qalpoqcha o‘tkazish va uchini qayrash orqali ishlab chiqariladi (1-rasm).

Page 215: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

215

1-rasm. Press-avtomat uskunasida simdan yasalgan mixlarni ishlab chiqarish. sxemasi: 1- sim; 2-matritsa; 3-puanson; 4-keskir

Sim avtomatik tarzda o‘yma planka yordamida ochiq matritsa (o‘yma

qolip)ga mix qalpoqchasini yasash uchun kerakli uzunlikka chiqariladi (bunda sirg‘alib o‘tishning oldi olinadi). So‘ngra o‘yma qolip (matritsa) yopilib, bo‘rtma chiziqli sirti bilan simni qisib qoladi («a» vaziyati), puanson sirg‘aluvchi qismning harakatlanishida mix qalpoqchasini oldinga itarib chiqaradi («b» vaziyati). Puanson ortga ketganda o‘yma qolip (matritsa) ochiladi va qalpoqchali sim mix uzunligida oldinga siljiydi va yana o‘yma qolip bilan qisiladi («v» vaziyati), shundan so‘ng maxsus keskirlar uni 30-400 burchak ostida qirqib mix uchini yasaydilar. Hosil bo‘lgan mix simdan bolg‘a (otboynik) yordamida ajratib olinadi. Shunday qilib, mixga uni yasash jarayonida ketma-ket ravishda uzatib beruvchi iskana (zubilo), o‘yma qolip (matritsa), puanson, keskir (pichoq) ta’sir qilib, uning sirtida izlar qoldiradi.

Ishlab chiqarish jarayonining texnologik me’yorlaridan turlicha og‘ish natijasida qoldirilgan akslanish izlari mahsulot nuqsoni yoki qusuri deyiladi. Ularning ko‘pchiligi har xil mahsulotlarda texnik standartga moslik (GOST, TU) ko‘rsatkichi bilan belgilanib, quyidagilarga bo‘linadi:

a) mahsulot ishlab chiqarish yoki bevosita ishlab chiqarish jarayo-nidagi kamchilik;

b) xomashyodagi nuqson (shisha massa, rezina qorishmasi, termoplast, metall, loy);

v) qayta ishlashdagi nuqsonlar (bezatish). Ishlab chiqarish nuqsonlari deb, umuman olganda, mahsulot shakli va

hajmidagi kamchiliklar, mahsulot sirtidagi g‘udda bo‘lgan yoki aksincha qat-qat ko‘chgan, yulib olingan, begona jismlar, relyefdagi notekisliklar, g‘adir-budir, maydalangan, singan, tirnalgan, yorilgan, qatlangan joylarning mavjudligiga aytiladi. Bu kabi nuqsonlar ko‘pincha ishchi qismlar holatidagi og‘ishlar (eskirish, kirlanish), ularni boshqarish yoki

Page 216: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

216

sozlashdagi kamchiliklar, operator (ishchi) harakatlarining mashina tomonidan noto‘g‘ri qabul qilinishi natijasida yuzaga keladi.

Xomashyodagi nuqsonlar – metall qorishmalarini tayyorlashda texnologik jarayonlar (harorat rejimi, kukun tarkibi, unda bo‘yoqning taqsimlanishi)ning nomukammalligi sababli yuzaga keladi: bo‘yoqlar turli-tumanligi, xiralik, uzuq-yuluq dog‘lar, ranglarning tarqalganligi (harorat ostida metall rangining o‘zgarishi), pufakchalar, aralashmalar, chig‘a-noqsimon qotgan, shishgan, kumush rangga kirgan joylarning borligi.

Qayta ishlov berishdagi nuqsonlar: mahsulotlarni bo‘yashda – tasvir detallarining notekisligi, haddan tashqari bo‘yab yuborish yoki bo‘yalmay qolgan joylarning borligi, tasvirning umumiy yoki qisman buzilganligi; o‘yma naqsh qilishda chetlarining notekisligi; sopol buyumlarda sirlash va kuydirishda nuqsonlar bo‘lishi mumkin. Bular siniqlar (sirlanib to‘ldirilmay qolgan nuqta-nuqta cho‘ngak joylar), sirlanishning quruqligi (sopolning sir shlikerini muddatdan oldin shimib olishi natijasida yuzaga keladi), sirning g‘uddalanishi (sir shlikerining haddan tashqari quyuqligida yuzaga keladi), yopishma (mahsulotning sirlanmay qolgan joyi), u sopolning yaxshi tozalanmagan joyida yuzaga keladi, bulg‘anish (mahsulot sirtiga yopishib qolgan begona bo‘lakchalar), sex (sirdagi ingichka tolali yoriqlar) – sir tarkibini kengayish koeffitsiyenti sopolga nisbatan aniq tanlanmagan hollarda yuzaga keladi.

Nuqson-izlarning ko‘pchiligi tasodifiy xususiyatga ega bo‘lib, mazkur izlar tayyorlangan mahsulotning xususiy belgilari sifatida ko‘rib chiqilishi mumkin.

Ishlab chiqaruvchi (qayta ishlov beruvchi) mexanizmlar (asboblar) ishchi qismlari tashqi qurilishini aks etuvchi izlar – mahsulotlardagi izlarning asosiy guruhini tashkil qiladi.

Iz hosil qilish mexanizmi va shart-sharoitiga ko‘ra, mazkur izlar statik (botiq, yuzaki), dinamik (kesish, sirg‘alish (ishqalanish), bo‘lish, tebratish va boshqalar), statik-dinamik izlarga bo‘linadi.

Statik izlar metall quyish1, press-qolip va press-avtomat uskunalarda presslash2, shakl yasovchi shtamplar yordamida shtampalash (qoliplash)3.

1 Металл қуйиш – қуйма шаклга эритилган хомашёни қуйиш орқали

маҳсулотни олиш 2 Пресслаш – яхлит ёки ғовак профилларни олиш, шунингдек кукундан

пресс-шаклида ёки қобиқли маҳсулот учун босим остида хомашёни контейнер бўшлиғидан матрица каналидан сиқиб чиқариш.

3 Штампалаш – хомашёга босим остида бериш усули, бунда маҳсулотга шакл бериш қолип бўшлиғида ташқи куч таъсирида маҳсулот қисмларининг пластик деформацияланиши натижасида амалга оширилади.

Page 217: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

217

Dinamik izlar cho‘zish1, ekstruziya, kesish2 natijasida yuzaga keladi. Andoza yordamida mahsulotga shakl berishda mahsulotning tashqi sirtida statik izlar, ichkarisida esa dinamik izlar qoladi.

Statik-dinamik izlar prokat3 va kalandrlash4 jarayonida yuzaga keladi. Statik izlar mexanizm (uskuna)ning ishchi qismining iz qoldiruvchi sirtining tuzilishini aniq ifodalaydi. Iz qoldiruvchi sirtdagi qabariqlarga

1 Чўзиш – загатовка (чивиқ, ўрама сим ва бошқа хомашё)ни ускунанинг

торайтирилган ёриғидан тортиш (чўзиб чиқариш). 2 Кесиш – кесувчи асбоб ёрдамида загатовка сиртидаги қатламни қиринди

кўринишида кесиб тушириш жараёни. Асбобдан фойдаланиш хусусиятига ва ишлов берилаётган загатовкага кўра хомашёни кесиш орқали қайта ишлашнинг қуйидаги асосий турларини ажратиш мумкин: чархлаш, фрезерлаш, рандалаш, пармалаш, силлиқлаш.

Чархлашда икки турдаги иш-ҳаракат амалга оширилади: загатовканинг айланма ҳаракати (кесишнинг асосий ҳаракати) ва кесувчи асбобнинг олға интилувчи ҳаракати (кескич, узатиш ҳаракати). Узатиш ҳаракати загатовка айланма ўқига параллел равишда (узунасига узатиш), загатовка айланма ўқига перпендикуляр равишда (кўндаланг узатиш), загатовка айланма ўқига бурчак остида (қия узатиш) ҳисобига амалга оширилади

Фрезерлаш – загатовка сиртига кўп устарали кесувчи асбоб (фреза) билан ишлов бериш, кесувчи асбобнинг айланиши ва станок столида қотирилган загатовканинг унга нисбатан олға интилувчи ҳаракати ҳисобига амалга оширилади. Фрезерлаш станокларида горизонтал, вертикал ва қия юзали, шаклдор, ўйиқ деталлар, турли профилдаги пазларга ишлов берилади. Фрезерлашда детал фрезанинг ҳар бир тиши билан алоҳида кесилиши ва жараённинг узуқ-улуқлиги билан ажралиб туради.

Рандалаш детал сиртини силлиқлаш, ариқча ва чуқурча ўйиш учун ишлатилади. Узунасига ва кўндалангига рандалаш ажратилади. Кўндаланг рандалашда детал ҳаракатсиз қотирилиб, ускуна унда интилувчи-қайтувчи ҳаракатланади, рандалаш деталнинг бутун сирти бўйича ҳаракатланиши ҳисобига амалга оширилади. Кўндаланг рандалашда эса детал станокда ҳаракатсиз қотирилиб, загатовка интилувчи-қайтувчи ҳаракатни амалга оширади.

Пармалаш – яхлит материалда тешик қилишнинг энг тарқалган усули. Бундай йўл билан икка ёқлама ва бир ёқлама берк тешик қилинади. Тешикларнинг ҳажмини кенгайтириш, каттароқ очиш ва тешик сиртининг ғадир-будирлигини йўқотиш учун қўлланилади.

Силлиқлаш – абразив материаллардан иборат асбоблар (доиралар) ёрдамида загатовкага юқори даражада пардоз бериш (тозалаш).

3 Прокат – прокат станокларининг айланиб турувчи ғўласи ўртасидан загатовкани ўтказиш. Материал айланиб турувчи ғўла (валик) ўртасидан ўта туриб, катта босим остида ўз шакли ва ҳажмини ўзгартиради.

4 Каландрлаш – қарама-қарши айланиб турувчи бир-бирига паралил ғўла(валик)лар ўртасидаги тирқиш орқали термопластик материални доимий сиқиб чиқариш орқали тунука ёки тасма ҳосил қилиш.

Page 218: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

218

mahsulot sirtidagi o‘yiqlar to‘g‘ri keladi va teskarisi. Mahsulotlar iz qoldiruvchi sirtning javobi, ya’ni uning qayta akslanishi hisoblanadi. Mahsulotning tashqi sirti matritsaning tashqi tuzilishini aks etirsa, ichki tuzilishini puanson hosil qiladi. Bunda aynan nuqtali akslanish hosil bo‘ladi. Shtampalash jarayonida qoliplanayotgan xomashyo faqat plastik deformatsiyaga uchraydi, o‘tda toblangan ishchi qismlar esa qayishqoq deformatsiyaga uchraydi. Shtampalash katta bosim ostida puanson yordamida to‘g‘ri-to‘g‘ridan mexanik ta’sir orqali amalga oshiriladi. Mahsulotning tashqi tuzilishi turli iz qoldiruvchi mexanizm (uskuna) qismlari tomonidan iz qoldirish miqdori, ketma-ketligi va o‘ziga xos xususiyatini aks ettiradi. Press-shakllarda izlar matritsa, puanson va itarib chiqaruvchi asbob yordamida hosil bo‘ladi. Itarib chiqaruvchi asbob orqali matritsa izlari ko‘zga tashlanmaydigan joylar (plastmassa likopchalar, chashkalar tagi)da iz qoldiradi. Quyma press shakllarda eritilgan mahsulot (metall, plastmassa) press-shaklga quyiladi. Bunday press-shakllarda tayyorlangan mahsulotda litnik (kanalda qotib qolgan erigan metall (plastmassa) qoldig‘i) bo‘lib, u odatda pichoq yoki qaychida kesib tashlanadi. Litnik kesmasining izi mahsulot sirtida qoladi.

Bunday usulda tayyorlangan mahsulot press-shaklning o‘zaro bog‘liq qismlarini boshqarish va qayta yoqish, ishlov berilayotgan sirtlardagi nuqsonlar, ularning eskirishi va kirlanish xususiyatlarini aks ettiradi.

Quyma metall mahsulotlarda obloy (qurib qolgan xomashyo (metall, plastmassa) press-shaklning murakkab almashinuvchi qismi (vkladish) kesimi shakli (konfiguratsiyasi)ni va vkladish bilan ulangan joyida yeyilish (g‘ijimlanish)ga sabab bo‘ladi.

Tayyor quyilib tayyorlangan mahsulotlar sirtining haddan tashqari g‘adir-budirlining sababi pardozlovchi qismlarning yeyilganligi bo‘lsa, ularga notekislikning sababi relyef sirtiga yopishib qolgan yot jismlar yoki o‘yiq borligidan dalolat beradi.

Tamg‘alash, belgi qo‘yish (razmetka) va chekanka shtampalarida bo‘rtib turgan qismlar (kern)larning jadal yeylanishi yuzaga keladi. Izlar aks etgan mahsulotlarda belgilar yetarlicha chuqur bo‘lmaydi, relyefi noaniq bo‘lib, belgi elementining turli nuqsonlari yuzaga keladi.

Bosim ostida metall(plastmassa) quyish, presslash, shakl shtampalash yo‘li bilan tayyorlangan metall va plastmassa mahsulotlar sirtida agar press-shakl yaxshi tozalanmagan bo‘lsa yot jismlar qoldiqlarining kirib qolishi bilan bog‘liq nuqsonlar: grat (qotib qolgan eritilgan modda) eritilgan mahsulotni quyishda basharti u eskirgan bo‘lsa bo‘laklarga bo‘linadigan qismlarning ulangan joylarida yuzaga keladi; tirnalgan,

Page 219: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

219

ko‘chgan, o‘pirilgan shakllar sirtida mexanik shikast borligini bildirsa, hajmdan chetlashish – shakl beruvchi sirtning yeyilganligini bildiradi.

Presslangan shisha idishlarda puanson hamda chegaralovchi xalqa o‘rtasida katta yoriqning borligi natijasida yuzaga kelgan ulangan va qavariq joylar bo‘ladi. Shuningdek, qatlamlar – materialning markazdan siljib tushishi, chala presslash – shaklda chegaralangan xalqaning zich quyilmaganligi, qatlamlarning turli tumanligi, qoramtirligi va nihoyat matritsaning ifloslanganligi yoki eskirganligi bois tirnalgan joylar yuzaga kelishi mumkin.

Chiqim xomashyoda dinamik izlar eritilgan mahsulot (rezina, plastmassa, shisha) qo‘chqaroq uskuna profil boshqasining shakl beruvchi tirqishidan siqib chiqarish orqali; sim yasash asbobida bosim ostida mahsulotni cho‘zib tortish natijasida zagatovka metalining plastik deformatsiyasi yuzaga keladi.

Rezina va plastmassa mahsulotlarda bir-biriga qarama-qarshi joylashgan bir tomonlama yo‘nalgan botiq izlar hamda mahsulot uzunasi bo‘ylab turli o‘yiqlar hosil bo‘ladi.

Cho‘zish orqali ishlov berilgan metall mahsulotlarda mazkur izlar sirg‘alish-ishqalanish va ba’zida kesishish kabi izlarda ifodalanadi.

Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan izlar mahsulotning o‘qi bo‘ylab bir-biriga parallel joylashgan izlar (alohida nuqtali izlar) iz qoldiruvchi sirtning relyefini makro va mikronotekisligining shakli va hajmini aks ettiradi. Bu kabi mahsulotning ko‘ndalang kesishuvining shakli va hajmi cho‘zish kanalining tirqishi va ekstruder boshchasining umumiy shakli va hajmini ifodalaydi. Agar tirqish dumaloq shaklda bo‘lsa, sim, tayoqcha, halqasimon ko‘rinishda bo‘lsa truba, kabel, va nihoyat teshik yoriq shaklida bo‘lsa, tasma, tunuka kabilarni yasash mumkin. Odatda bunday mahsulotlarning boshi va oxirining kesilishi bois ular qalin va deformatsiyalangan bo‘ladi. Kesish jarayonida yuzaga keladigan dinamik izlar muayyan ketma-ketlikda keluvchi turli shakl, kenglik va chuqurlikdagi chiziqlarni o‘z ichiga oladi. Masalan, cho‘zish va ekstruziya izlari mahsulot o‘qiga nisbatan parallel joylashadi, chunki mahsulot tashqi bosim ta’siri ostida uskunaning harakatsiz mahkamlangan detallari orasidan siqib chiqariladi.

Kesuvchi uskuna bilan ishlov berilgan mahsulot sirtidagi izlar uning ko‘ndalang o‘qiga nisbatan parallel ravishda xalqa shaklidagi bir-biri bilan kesishuvchi ziziqlar ko‘rinishida joylashadi.

Frezerlashda (frezer stanogi bilan ishlov berishda) izlar umumiy markazga ega bo‘lgan xalqa, spiral chiziqlar ko‘rinishida bo‘ladi.

Page 220: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

220

Charxlash va silliqlashda ko‘ndalang kesishgan burama chiziq kabi izlar hosil bo‘ladi (mahsulot o‘z o‘qi atrofida aylantirilib, uskuna unga nisbatan to‘g‘ri chiziq bo‘ylab harakatlanadi).

Silliqlash izlari alohida trassa riska (ko‘chib tushgan bo‘laklar)dan iborat bo‘ladi. Riskalar shakli va hajmi abraziv donalarining kesuvchi qirrasining shakli va hajmini aks ettiradi, alohida riskalar orasidagi masofa abrazivdagi donalarning joylashishi bilan belgilanadi.

Umuman olganda, dinamik iz hosil bo‘dishiga quyidagi omillar ta’sir qiladi:

a) zagatovka xomashyoneing xususiyati, uning tarkibi, tuzilishi, qattiqligi, egiluvchanligi va boshqa fizikaviy xossalari;

b) iz hosil qiluvchi obyektlarning ishchi qismlarining xususiyatlari: mustahxkamlik, pishiqlik, relyefining tuzilishi, abraziv uskunaning donadorligi (ularning shakli, hajmi va joylashishi);

v) iz hhosil qiluvchi obyektlarning yo‘nalishi, tezligi, ta’sir kuchi; g) «uskuna-detal-asbob» ishlab chiqarish tizimining qat’iyligi va

turg‘unligi. Statik-dinamik izlar prokat va kalandrlash jarayonida yuzaga keladi.

O‘zining yuzaga kelish mexanizmiga ko‘ra tebranish izlariga yaqinlashadi. G‘o‘lalar bochkalari orasidagi tirqish kattaligi ishlab chiqarilayotgan mahsulot qalinligiga to‘g‘ri keladi, oxirgisining cheklovchi o‘qlarni tartibga solish (to‘g‘rilash) orqali belgilanadi. Makrorelyef statistik ravishda bo‘chkalar aylanmasiga to‘liq aks etadi.

Shunday qilib, tayyorlanayotgan mahsulot sirtida ko‘pgina ishlab chiqarish texnologik xususiyatlari alomatlar o‘zida aks etadi. Izlar ko‘zdan kechirish yoki kriminalistik masalalarni yechish uchun mikroskop yordamida aniqlanishi mumkin.

Mahsulotlarning identifikatsion ahamiyatini hisobga olgan holda o‘ziga xos tasnifiy ishlab chiqarish texnologik alomatlarini misol qilamiz.

Mahsulotlarning umumiy (guruhiy) alomatlari: a) mahsulot qurilishi: oddiy, murakkab tarkibli – qanday qismlardan

iborat; b) mahsulot (qismlari)ning shakli; v) mahsulot xomashyosi, rangi d) markirovka belgilarning bor-yo‘qligi, ularning mazmuni; ye) mahsulot sirtining makro xususiyati – silliq, relyef, relyefi o‘yma

rasm kompozitsiyasi (shakl, hajm, rasm detallarining o‘zaro joylashishi), mexanik va boshqa ishlov berish izlari, litnik, itarib chiqaruvchi (tolkatel) izlarining mavjudligi.

Page 221: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

221

Mexanizmlar iz hosil qiluvchi sirti relyefining tashqi qurilishining xususiyatlarini aks ettiruvchi mahsulotlarning umumiy alomatlari:

a) iz hosil qiluvchi sirtning makro va mikrorelyef qurilishining o‘ziga xos xususiyatlarini aks etuvchi qo‘lda ishlangan (gravirovka, yo‘nish, razmetka) yoki stanokda keskir yordamida qayta ishlov berish. Mahsulot chetlari va bir-biriga nisbatan markirovka belgilarining shakli, hajmi va joylashishi; relyef detallarining turlicha chuqurligi; relyef alohida elementlari qurilishining xususiyatlari va hokazo.

b) mahsulot «silliq»sirtlarining mikrorelyefi qurilishining o‘ziga xos xususiyatlarini aks etuvchi qo‘lda ishlangan (gravirovka, yo‘nish, razmetka) yoki stanokda keskir yordamida qayta ishlov berish.

v) mahsulot qirralari va bir-biriga nisbatan markirovka belgilarining shakli, hajmi va joylashishi; relyef detallarining turlicha chuqurligi; relyef alohida elementlari qurilishining xususiyatlari va hokazo.

g) mahsulot «silliq» sirtlarining mikrorelyefining xususiyatlari: – statistik yuzaga kelgan sirtlarda qabariq va chuqurliklarning o‘zaro

joylashishi, miqdori, shakli, hajmi. – dinamik yuzaga kelgan sirtlarda muayyan yo‘nalishdagi alohida

trassalarning miqdori profilining shakli va kengligi, ularning balandligi va chuqurligi;

– mahsulot mexanizmlarining iz hosil qiluvchi sirtidagi nuqsonlarga asoslangan makrorelyef va mikrorelyef tarkibi (eskirish, turg‘un ravishda kirlanish, korroziya): yuqori darajada g‘adir-budirlik, relyefning yetarlicha chuqur emasligi, yoriqlar, tirnalish, mikroqavariq yoki mikrochuqurlar, chiqim xomashyoning alohida (muayyan uzunlikdagi) qismlaridagi alohida trassalar kengligining kuchayishi choklar, yarimshakllar oralig‘idagi o‘smalar (tutamlar) va boshqalar.

Mahsulotning o‘zini alohidalashtiruvchi xususiy alomatlar (odatda brak hisoblanmaydigan va muayyan chegaralarda har bir nav uchun standart mos keladigan nuqsonlar alomatlar)

a) operator (ishchi) harakatlariga asoslangan alomatlar: –asbob-uskuna ishchi qismining muayyan sozlanganligi natijasi

sifatida mahsulot shakli va hajmining o‘zgarishi; – mahsulot deformatsiyasi yoki kesish izlarining «stanok-detal-

uskuna» tizimining tartibga solinmaganligi sababli hajmining o‘zgarishi, kalandrlangan (cho‘zib ishlangan);

«uskuna-detal-asbob» tizimining mustahkam emasligi sababli kesish izlarining o‘zgarishi va mahsulot deformatsiyasi;

Page 222: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

222

cheklovchi o‘q va g‘o‘la bo‘chkalarining tartibga solishini sababli kalandrlangan chiqim mahsulotlar kengligi va qalinligining o‘zgarishi;

qolipga taxminan loy solinganligi sababli shakl berilayotgan sopol hajmi va og‘irligining o‘zgarishi (oxirgigacha shakl berilmaganligi, hajmining standartga mos kelmasligi);

shablon gips shaklining markazida joylashtirilmaganligi sababli sopol mahsulot devorlarining turlicha qalinligi;

shablon sirti tomonidan alohida loy parchalari va mahsulotning deformatsiyasi («lizun» deb atalgan nuqson) agar oxirgisi stanokka mahkamlanmagan bo‘lsa;

vulkanizatsiya jarayonida zagatovkaning siljishi sababli ramkadagi shtrixlar va markirovka belgilarining ikkilanishi;

mahsulotning press-shakldan olishda rezina bo‘laklarining shilinib chiqishi va boshqalar;

b) qo‘lda ishlangan mahsulotlarning belgi-nuqsonlari: – gravirovka vaqtida qirralarning qo‘milishi; oformitellarni bo‘yashda butun rasmning va qismlarining buzilishi,

noaniqligi, oxirigacha chizilmay qolishi yoki haddan tashqari ko‘p chizib yuborilganligi, rasm detallarining bir-biriga mos emasligi.

v) quyidagilar xomashyoda mahsulot tayyorlashda kelib chiqadigan kamchiliklar:

– metall mahsulotlar – chig‘anoqlilik, g‘ovaklilik, bo‘shliq joylar, yoriqlar, begona jismlarning borligi, yoyilib ketgan pufaklar, sochilib ketgan ranglarning borligi;

plastmassa mahsulotlar – ranglar tonlarining turli tumanligi, xiralik, uzuq-yuluq dog‘lar, kumush rangga kirganlik, begona jismlarning borligi, pufaklar va boshqalar;

rezina mahsulotlarda – chig‘anoqlilik, begona jismlarning borligi, pufaklar, shishlar;

shisha mahsulotlar – bolg‘alanish, tilimlanish, begona jismlar, pufaklar, shishlar;

sopol mahsulotlar – maydalanish (sirlanmay qolgan nuqta nuqta joylar, sirning quruqligi, sirning to‘planib qolishi, slipish (sirlanmay qolgan joy), kirlanish (mahsulot sirtiga yopishib qolgan begona jismlar); sek (sirning taram-taram yorilishi).

Ekspert keltirilgan tasnifda ikkinchi guruhdagi alomatlar ishlab chiqarish uchun guruhiy ahamiyatga ega bo‘lganmi yoki ular ishlab chiqarilgan mexanizmlarning xususiy (individual) belgisini ekanligini aniqlashi zarur.

Page 223: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

223

Kriminalistik vazifani hal qilishda u yoki bu alomatlarning aynanlik (identifikatsion) ma’noga ega ekanligi bilan bog‘liq bilimlar kerak.

Aynanlikni to‘g‘ri baholash uchun nuqson kelib chiqishining sabablari bilish zarur, ya’ni u bexosdan yuzaga kelganmi yoki uning kelib chiqishi oldindan belgilanganmi.

Mahsulotning tashqi ko‘rinishi bilan bog‘liq belgilarga baho berishdan avval ularni ishlab chiqarish bilan bog‘liq barcha xususiyatlarni inobatga olish zarur.

Tasodifiy alomatlarga: operatorning harakatlarini aks ettiruvchi mashinaning ishlashi; xomashyo (zagatovka) nuqsonlari va qo‘lda ishlash izlari (bezash)

izlari zagatovka tarkibiy tuzilishi va qoliplangan metallar va cho‘zish bilan

bajarilgan mahsulotlardagi izlarning o‘ziga xos birligi; iz hosil qilish jarayonida yuzaga kelgan mahsulot tashqi sirtining

nuqsonlari (masalan, keskir yordamida mexanik ishlov berilgan yuzalardagi nuqsonlar – tasodifiy to‘siqlar sababli izlar xususiyati, shakli, hajmi, yo‘nalganligi, trassalar o‘rtasidagi masofaning o‘zgarishi).

3. Ishlab chiqarish mexanizmlari izlarining ekspertizaga

oid tadqiq etish metodikasi Ishlab chiqarish mexanizmlarining izlarini ekspert tekshiruvi krimi-

nalistik aynanlik (identifikatsiya) nazariyasining umumiy qoidalariga asoslanadi.

Mazkur ekspertiza obyektlarini tadqiq etish o‘ziga xosligi ishlab chiqarish va uning alohida elementlarini o‘rganish hisoblanadi (texnik vositalar, texnologik jarayonlar, xomashyo (mahsulot).

Muayyan asbob-uskuna to‘plami yoki ishlab chiqarish mexanizmi (uning ishchi qismi) tayyorlangan mahsulotlardagi izlari bo‘yicha aynanligini aniqlash bo‘yicha masala qo‘yilganda tadqiqot obyektiga aylanadi.

Ishlab chiqarish elementlari va bosqichlari kompleks ravishda muayyan ishlab chiqaruvchi korxona bilan aynanligini aniqlash maqsadida o‘rganiladi.

Birinchi holatda iz hosil bo‘lish jarayonlari va ularda ishtirok etuvchi obyektlarni tadqiq qilish bilan trasolog shug‘ullanadi, ba’zi hollarda esa materiallarni tekshirish bilan texnolog mutaxassislar va asbob-uskuna bo‘yicha muhandislar shug‘ullanadilar.

Page 224: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

224

Ikkinchi holatda har tomonlama tadqiqotlarni olib borish zarur bo‘ladi, zero ular birgalikda baholanishi kerak, chunki bunda o‘z tarkibiga ko‘ra kompleks xususiyatga ega bo‘lgan obyektni aynanligini tekshirish to‘g‘risida so‘z yuritilmoqda. Bunda quyidagilar tadqiq etiladi: mahsulot tuzilishi (konstruksiyasi), mahsulot tayyorlangan xomashyo (tarkibi, ishlov berish texnologiyasi), ishlab chiqarishda qo‘llangan asosiy va yordamchi uskuna, ular ishining tartibi, ishchilarning ishlab chiqarish ko‘nikmalari, tashish usuli, markirovkasi, butlanishi, saqlanishi.

Bu kabi turdagi tadqiqotlarda trasologlar, tovarshunoslar, texnologlar, KEMVI ekspertlari ishtirok etadilar. Bunda standartlar va texnik hujjatlar, texnologik jarayonlar, u yoki bu mahsulotlarni ishlab chiqarishda yuzaga keladigan va u yoki bu ko‘rinishda mazkur korxona mahsulotida o‘z aksini topgan turli xil og‘ishlar o‘rganiladi.

Ishlab chiqarish mexanizmlari qismlari va ular izlarini o‘rganish trasologik ekspertizalarning umumiy metodikasi bo‘yicha amalga oshiriladi. Shu bilan bir qatorda tadqiqot obyektlarining mohiyati va mashina bilan ishlov berish izlarining hosil bo‘lish o‘ziga xosligi yuqorida aytib o‘tilgan ekspertiza turini ifodalaydi. Ekspertiza obyektlarini o‘rganish uchta bosqichga bo‘linadi.

1. Dastlabki tadqiqot. Kerakli materiallarni olgandan so‘ng ekspert tadqiqotni ekspertizaga yuborilgan obyektlarni dastlabki ko‘zdan kechi-rishdan boshlaydi. Taqdim etilgan mahsulotlarning xususiyati, maqsadi va xomashyosini aniqlaydi. Ishlab chiqarish jarayonida mahsulotlarda mexanizmlar qismlari bilan yuzaga kelgan izlarni o‘rganadi. Mazkur vazifalarni amalga oshirish uchun esa u mexanizmlar tuzilishi, ishlab chiqarishning texnologik jarayoni, mashina detallari va mexanizmlarining o‘zaro aloqadorligi to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lishi zarur. Bundan tashqari ekspertizani amalga oshirishda mashinadagi alohida detallar va qurilmalar almashtirilmaganligiga ishonch hosil qilishi zarur. Basharti almashtirilgan bo‘lsa, ularni almashtirish vaqti, mashinaning uzluksiz ishlash davri, qayta ishlov berishda tayyor mahsulotlarda iz qoldiruvchi ishchi qismlarining holati, ishlov berish bo‘yicha qo‘shimcha ish bajarish-bajarmasligi aniqlanadi.

Izlarni aniqlashda mahsulotlarga anodirlangan kukun bilan ishlov beriladi, biroq bunda mahsulotlarda aynanlashtirish uchun yetarlicha belgilar qoladi.

Shuningdek, tayyor mahsulotlarni butlash usullari va saqlash sharoitini aniqlash, qancha vaqt mahsulotlar ekspluatatsiya qilingan va bu vaqt ichida izlar qay darajada o‘zgarganligi, mahsulotni tayyorlashda

Page 225: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

225

ishlatiladigan xomashyo va yarimfabrikatlar turi aniqlanishi zarur. Shuni nazarda tutish zarurki, turli korxonlarning bir xil mahsuloti, bir korxo-naning turli mahsulotiga qaraganda bir-biridan ko‘proq ajralib turishi mumkin.

Ko‘rsatilgan ma’lumotlarni bilish taqqoslash uchun kerakli obyektlarni tanlab olish, mashina bilan ishlov berishdan qolgan izlarning identifikatsion alomatlariga to‘g‘ri baho berish va ekspert tadqiqotining keyingi bosqichini o‘tkazish tartibini belgilash, shuningdek ekspertga qiyosiy tadqiqot olib borish usullarini to‘g‘ri tanlash imkonini beradi.

Dastlabki tadqiq etishda aniqlangan alomatlar mashina va mexa-nizmlarni aynanligini aniqlash imkoniyatini yuzaga keltiradi yoki uni inkor etadi.

2. Batafsil tadqiq etish taqsimlangan tadqiqot, ekspert sinov-tajribasi va qiyosiy tadqiqotga bo‘linadi.

Taqsimlangan tadqiqot. Mazkur bosqichda ekspert tajriba mahsulotlar shakli, hajmi va tuzilishining o‘ziga xosligi, ish bo‘yicha daliliy ashyolarning borligi, mexanizmlar ishchi qismlarining izlarini o‘zida aks ettirgan namuna mahsulotlar va sinov mahsulotlarni aniqlaydi. Mahsulotlardagi mexanizmlar izlarini o‘rganar ekan ekspert ishchi qismlar identifikatsion belgilarini aniqlaydi va ularning shakli, hajmi, turi, vaziyati va bir-biriga nisbatan joylashishini belgilaydi. Shuningdek ekspert tomonidan identifikatsiya qilinayotan mexanizmlar tomonidan qoldirilgan izlarni aynan berilgan mahsulotga xos belgilardan ajrata bilish zarur.

Mexanizm izlarini tadqiq etar ekan, ekspert sanoat ixtisosligi hamda turli ishlab chiqarish mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi alohida korxo-nalarni hisobga olishi kerak. Sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishda ba’zida bir qancha ixtisoslashgan korxonalar ishtirok etishi mumkin, shu bois tayyor mahsulotda bir vaqtning o‘zida bir nechta korxona mexanizmlarining izlari qolishi mumkin. Uzluksiz ish usuli (konveyer) yordamida ishlab chiqarilgan mahsulotlarda mazkur konveyerlarni tashkil qiluvchi mexanizmlar ishchi qismlarining izlari qolishi mumkin. Ikkala holatda izlarning buzilishi imkoni bo‘ladi, chunki keyingi ishlov berish izlari ilk ishlov berish izlarining ustida joylashishi mumkin. Ushbu bosqichda shuningdek, mexanizmlarning yakka tartibda iz qoldirish xususiyatlari o‘rganiladi. Bunda ekspert ishchi qismlarning shakli va hajmini o‘rganadi. Ishlab chiqarilayotgan va ishlov berilayotgan mahsulotlar yuzasi bilan bevosita o‘zaro ta’sirga kiruvchi ish qismlar sirtida relyef o‘zgarishlar kabi tashqi tuzilishining belgilari topiladi.

Page 226: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

226

Bunday belgilar: rasmlar, geometrik shakllar, siniq chiziqlar, chuqurliklar, kemtik, bo‘rtib chiqqan yoki tirnalgan joylar, g‘udur, qisman shikastlanish yoki rasm alohida elementlarining yo‘qligi va hokazolar bo‘lishi mumkin. Keltirilgan alomatlarni o‘rganar ekan, ekspert ularning shakli, hajmi, mexanizm ishchi qismlarida joylashishini aniqlaydi.

Mazkur eksperiza bosqichida ishlab chiqarilgan joyi oldindan ma’lum bo‘lgan namunalarni o‘rganish maqsadga muvofiqligi kabi omil hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.

Ekspert sinov-tajribasi. Ishlab chiqarish mexanizmlarini identifi-katsion ekspertiza qilishda sinov-tajribalarini o‘tkazish muhim ahamiyat kasb etadi. Ular qiyosiy material olish va izlarning yuzaga kelish yo‘llari, mahsulotdagi izlarning identifikatsion izlar bilan aynanligini bevosita o‘rganish uchun o‘tkaziladi.

Ekspert sinov-tajribasi mahsulotlarni tayyorlash vaqtida ular yuzasida aks etgan belgilar turg‘unligi darajasini aniqlash imkonini beradi. Sinov – tajriba aynanligi aniqlanayotgan mexanizmlar miqdori ko‘p bo‘lgan hollarda katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Bunda sinov-tajriba tekshirilayot-gan mahsulot ishlab chiqilgan muayyan mexanizmni aniq belgilash imkonini beradi. Sinov-tajriba o‘tkazish tekshirilayotgan mahsulot ishlab chiqilgan vaqt, izlar hosil bo‘lishiga ta’sir qiluvchi mahsulot tayyorlangan uskuna alohida qismlari yoki qurilmalarining qachon o‘zgartirilgani to‘g‘risida ma’lumot olishga imkon beradi.

Sinov-tajriba o‘tkazish taqiqlangan hunar bilan shug‘ullanish, shuningdek mahsulotlarni xonaki ishlab chiqarish bilan bog‘liq ishlarni tergov qilishda ko‘mak berishi mumkin.

Shu bilan birga ta’kidlash joizki, sinov-tajriba ishlab chiqarish mexanizmlarini identifikatsiya qilishda o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Basharti qulfni buzib kirish qurollarini identifikatsiya qilish jarayonida sinov izlarini olish uchun birmuncha yumshoq material (plastilin, qo‘rg‘oshin) ishlatilsa, ishlab chiqarish mexanizmlarini tadqiq qilishda qiyosiy material olish uchun tekshirilayotgan mahsulot yasalgan xomashyo olinishi kerak, ya’ni xomashyoning fizikaviy xossalari o‘xshash bo‘lishi kerak.

Birmuncha yumshoq yoki qattiqroq xomashyoni olish izlar tuzilishiga o‘zgarish kiritishi mumkin, bu esa o‘z navbatida kelgusida ularni tadqiq qilishni qiyinlashtirishi yoki noto‘g‘ri xulosa chiqarishga sabab bo‘lishi mumkin.

Qiyosiy tadqiqot. Avvalgi tadqiqotlar natijalari asosida ekspertiza qilish uchun taqdim etilgan obyektlar va namunalar alohida tadqiq etish

Page 227: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

227

bosqichida aniqlangan belgilar bo‘yicha qiyoslanadi. Shuni ta’kidlash kerakki, ekspertiza o‘tkazishda ishlab chiqarishning aynan bir omilini hisobga olish noto‘g‘ri hisoblanadi.

Mazkur alomatlar o‘rtasidagi farqlar salbiy xulosa chiqarish uchun yetarli hisoblanmaydi. Basharti guruhiy ahamiyatga ega bo‘yicha o‘xshashlik aniqlansa, ekspert individual ahamiyatga ega belgilarni taqqoslashga kirishadi.

U yoki bu sabablarga ko‘ra to‘liq qiyosiy tadqiqot o‘tkazish ilojisi bo‘lmasa, ekspert o‘xshashlik yoki farq to‘g‘risida qat’iy qarorga kela olmaydi. Mazkur hollarda ekspert qiyoslanayotgan obyektlar o‘rtasida o‘xshashlik va farq alomatlarini qayd etar ekan, o‘z xulosasida masalani hal qilish imkoni yo‘qligi sababini tushuntiradi. O‘xshashlik bo‘lgan, biroq mavjud farqlarni tushuntirishni imkoni bo‘lmaganida ekspert o‘z xulosasida buning sababini tushuntirishdan bosh tortish huquqiga ega.

3.Tadqiqot natijalariga baho berish va xulosa chiqarish. Ekspertizaning yakunlovchi bosqichida qiyosiy tadqiqotning natijalariga umumiy baho berilib, bunda bir-biriga mos bo‘lgan va ajralib turuvchi alomatlarning aynanligiga alohida e’tibor beriladi.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, ishlab chiqarish mexanizmlaridan qolgan izlarni trasologik ekspertizasi kriminalistik ekpertizani muvaffa-qiyatli amalga oshirish imkonini beradi.

Savol va topshiriqlar: 1. Ishlab chiqarish mexanizmlaridan qolgan izlarni trasologik eksperti-

zasida hal etiladigan savollarni ko‘rsating? 2. Ishlab chiqarish mexanizmlaridan qolgan izlarni trasologik

ekspertizasining tadqiqot obyektlarini nima? 3. Ishlab chiqarish mexanizmlarinining mahsulotlarda qoladigan izlarining

tasniflanishini aytib bering? 4. Ishlab chiqarish mexanizmlarinining mahsulotlarda qoladigan izlarini

identifikatsion belgilarini ko‘rsating? 5. Mixlani tayyorlash jarayonini aytib bering? 6. Ishlab chiqarish mexanizmlaridan qolgan izlarni trasologik eksperti-

zasining tadqiqot bosqichlarini aytib bering?

Page 228: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

228

9-BOB. QISMLAR ORQALI YAXLITLIKNI ANIQLASHNING

TRASOLOGIK EKSPERTIZASI

1. Qismlar orqali yaxlitni aniqlash trasologik ekspertizasining predmeti, obyekti va vazifalari

Butunni uning qismlari orqali aniqlash (qismlarning bir butunga

o‘zaro aloqadorligi) trasologik ekspertiza turlaridan biri hisoblanadi. Mazkur ekspertlik tadqiqotini quyidagi savollar tashkil etadi: muayyan buyum boshqasining qismi hisoblanadimi, berilgan obyektlar avval yagona yaxlitlikni tashkil etganmi?

Mazkur savollar ijobiy hal etilganda ular muhim daliliy ahamiyatga ega bo‘lib, jinoyat ishi holatlarini aniqlashning yagona imkoniyatini hisoblanadi.

Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish, uni sodir etish va izlarini yashirishda avval bir butunni tashkil qilgan turli buyumlar qismlarga ajratilib ketishi mumkin. Ba’zida mazkur qismlar turli joylarda bo‘lishi mumkin. Masalan, ochqichning bir qismi qulfda, ikkinchisi – gumonlanuvchida; fara shishasi siniqlarining bo‘laklari – hodisa sodir bo‘lgan joyda; bir qismi – qidirilayotgan avtoulovda bo‘lishi mumkin.

Kriminalistik ekspertizada «butun» tushunchasi hal qilinayotgan vazifalar xususiyatini hisobga olgan holda turlicha talqin etilishi mumkin. Zero bir holatda obyekt qism sifatida, boshqa holatda butun sifatida ifodalanadi.

Oxir oqibatda obyekt qismlarining o‘zaro aloqadorligi amaliy ahamiyatga ega bo‘ladi. Butunni uning qismlari orqali ekspertiza qilishda aynanlikni aniqlashning an’anaviy sxemasidan farqli ravishda obyektni alohidalashtiruvchi belgilari emas, o‘zaro aloqadorlikning individual alomatlari tadqiq etiladi.

Butunni uning qismlari orqali aniqlashda trasologik ekspertizalar uslublarini qamrab olgan usul va vositalar qo‘llaniladi. Masalani kompleks hal etishda tadqiqotning fizikaviy, kimyoviy, biologik va boshqa usullari qo‘llaniladi. Har bir muayyan holatda ekspertiza usullarini tanlash obyektlar tabiati, ularning tarkibiy tuzilishi, izlar turi va ulardagi moddalarga bog‘liq bo‘ladi.

Buyum qismlarining butunga taalluqliligini aniqlash imkoniyati obyektning fizikaviy tarkibi va materialining tashkiliy tuzilishi orqali aniqlanadi.

Page 229: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

229

Obyektlar o‘zining tashkiliy tuzilishiga qarab, umumiy butun modda va yaxlit tizimlarga bo‘linadi.

Umumiy butun tizimlar (sochiluvchan jism, suyuqlik, gaz) o‘zining ichki tashkiliy tuzilishiga ko‘ra jiddiy xislarlarga ega emas. Ularning o‘ziga xos xususiyati umumiy xususiyatlarining tarkibiy qismlar xususiyatlariga mosligidan iborat. Boshqacha qilib aytganda, umumiy butun tarkibida bo‘lgan yoki undan chiqayotgan vaqtda obyektlarning faqat hajmi o‘zgaradi, modda esa hech qanday sifat o‘zgarishlariga uchramaydi.

Daliliy ashyolarga muvofiq ravishda yaxlit tizimlarga qattiq jismlar kiradi. Ularning ichki tuzilishi faol xususiyatga ega bo‘lib, ularga nisbatan tashqi ta’sirga ta’sirchan xususiyatga ega bo‘ladi. Shuni alohida qayd etish kerakki, umumiy butun modda yaxlit tizimga aylanishi mumkin (masalan, turib qolgan reaktivlar, qurib qolgan avtomobil bo‘yog‘i va hokazo).

Kriminalistika fanida uch turdagi yaxlit tizimlar ajratiladi: 1. Bir jinsli (monolit) buyumlar (pichoq tig‘i, fara shishasi, lom va

hokazo) 2. Qo‘shma predmetlar, o‘zaro alohida qismlar (detal)lar bilan

birikkan bo‘ladi (pistolet, qulf, velosiped, yozuv mashinkasi va hokazo) Qo‘shma narsa-buyum (predmet)ni tashkil etuvchi detal o‘z navbatida

yaxlit butunlikni tashkil etadi. Qo‘shma buyum komplektlik xususiyatga ega bo‘ladi. Ya’ni muayyan vazifalarni bajarishga qaratilgan buyumlar yaxlit bo‘lib, ularning o‘zgarmasligi mazkur obyektning turi va kelib chiqishiga bog‘liq bo‘ladi. Sanoat mahsulotlari tarkibidagi detallarning yuqori darajada o‘zgarmasligi bilan ajralib turadi. Chunonchi, bir xil turdagi o‘q otar qurol, bir seriyada chiqarilgan avtoulov barcha nusxalari oldindan belgilangan detallar to‘plamiga ega bo‘ladi. Binobarin, detalni qo‘shma predmet – standart mahsulotga taalluqliligini aniqlash uchun eng avvalo, u mazkur predmet detallari tarkibiga kiradimi degan masalani aniqlash zarur.

Individual ishlab chiqarilgan obyekt detallarining tarkibini aniqlash birmuncha murakkab, zero bunday obyektni yasash jarayoni qat’iy tartibga solinmagan.

Harakatlanuvchi qo‘shma predmetning detallari uchun qo‘shimcha ishlash xos bo‘ladi. Ularning bir-biri bilan ishqalanishi yeyilishning u yoki bu turini yuzaga keltiradi. Bundan tashqari ko‘p hollarda qo‘shma predmetning detallariga ko‘pincha tashqi omillar ta’sir qiladi (zang bosish, ifloslanish va hokazo).

Page 230: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

230

Mazkur belgilar kelib chiqishi tasodif bo‘lganligi bois detallarni bir butunga tegishliligini aniqlashda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.

3. Komplekt yaxlitlik – bir turdagi va qo‘shma buyumlarning majmui bo‘lib, bir-biri bilan fizikaviy bog‘lanishga ega bo‘lmay, birgalikda ishlatish va saqlash xususiyatiga ega (bir juft poyabzal, bir quti gugurt, bir quti papiros, pichoq va g‘ilof, futlyar va ko‘zoynak v.h.) Buyumlar komplekti (jufti) birgalikda ishlatish va birga saqlanishga mo‘ljallangan.

Ekspert-trasolog tomonidan butunni qismlar orqali aniqlashga qaratilgan ekspertizani amalga oshirishda hal qilinishi kerak bo‘lgan masalalar tekshirish uchun taqdim etilgan obyekt turlariga bog‘liq.

Agar ekspertizaga bir turdagi obyektlar yuborilsa, ekspert oldiga quyidagi masalalarni hal etish vazifasi qo‘yiladi:

1. Hodisa sodir bo‘lgan joyda topilgan shisha siniqlari muayyan avtoulov farasining nur tarqatgichi bo‘laklari hisoblanadimi?

2. Hodisa sodir bo‘lgan joyda topilgan parcha muayyan avtoulov kuzov bortidan ko‘chib tushganmi?

3. Ayblanuvchidan olib qo‘yilgan andaza va charm parchasi bir butun narsaning bo‘lagi hisoblanadimi?

4. Hodisa sodir bo‘lgan joyda qoldirilgan mato parchasi ayblanuvchidan olib qo‘yilgan gazlama bo‘lagini tashkil qiladimi?

5. Hodisa sodir etilgan joyda qoldirilgan gazeta parchasi K.dan olib qo‘yilgan gazeta qoldig‘i bilan yaxlit bo‘lakni tashkil qilganmi?

Qo‘shma predmetlarga tegishli obyektlarni ekspertiza qilishga yuborishda quyidagi masalalar hal qilinadi:

1. Hodisa sodir etilgan joyda olingan tepki va ayblanuvchidan olib qo‘yilgan Makarov pistoleti yaxlit bir butunlikni tashkil etganmi?

2. Gumonlanuvchidan olib qo‘yilgan avtoulov eshigining qulfi va muayyan avtoulov eshigi yaxlit bir butun bo‘lganmi?

Bir butun komplekt (juft)ni tashkil qilgan obyektlarni o‘rganishda savollar quyidagicha beriladi:

1. Hodisa sodir bo‘lgan joydan olingan g‘ilof va gumonlanuvchidan olib qo‘yilgan pichoq bir-biriga to‘g‘ri keladimi?

2. Gumonlanuvchidan olib qo‘yilgan qo‘njsiz botinka (maxsi) hodisa sodir etilgan joydan topilgan kalish bilan birga kiyib yurilganmi?

Yuqorida sanab o‘tilgan savollar o‘zgartirilishi va kengaytirilishi mumkin.

Page 231: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

231

2. Qismlar orqali yaxlitni aniqlash trasologik ekspertizasining metodikasi

Topilgan bir necha qismdan iborat bitta obyektni va unda yaxlitlik

to‘g‘risida dalolat beruvchi hosil bo‘lgan izlarni xususiyatlariga bog‘liqdir Iz hosil bo‘lish jarayonida kuch qanday yo‘nalganligiga qarab,

obyektni bo‘lish va uni qismlarga ajratishni ajratish mumkin. Bo‘laklarga bo‘lishda izlarning hosil bo‘lish xususiyati ichki

molekular birikish kuchining ta’siriga qarab aniqlanadi. Agar obyektga ta’sir qiluvchi tashqi kuch molekular birikish kuchidan katta bo‘lsa, modda zarralarining bir-biriga nisbatan siljishi yuzaga keladi va obyekt bo‘laklarga bo‘linadi (parchalanadi). Shuni nazarda tutish kerakki, parchalanishda obyektga ta’sir qiluvchi buyum va kuch emas, aksincha predmetni tashkil qiluvchi tola, kristall va zarralarning o‘ziga xos tarkibiy tuzilishi katta ahamiyatga ega. Bo‘laklarga bo‘lingan buyumlarda chiziqlar, botiqlar, iz hosil qiluvchi obyekt qatlami kabi belgilar bo‘lmaydi. Bo‘lingan qismdagi notekich g‘adir-budir joylar boshqa bo‘lakning tuzilishini aks ettiradi.

Obyektni bo‘laklarga bo‘lishda iz hosil bo‘lishi aks etuvchi izlarning qoldirilishidan ajralib turadi. Ma’lumki, oxirgilari ikkita buyumning vaqtincha bir-biri bilan aloqasi natijasida, bo‘lish izlari esa – bir buyumni bo‘laklarga bo‘lish tufayli yuzaga keladi.

Butundan bo‘lakni ajratib olish deganda biri ikkinchisiga kirib turuvchi buyum qismini boshqasidan ajratish tushuniladi. Mazkur holatda iz hosil bo‘lish mexanizmini tashkil qilishda buyum sirti relyefida butunni qismga ajratishda ishlatilgan qurol tig‘ining belgilari bor yo‘qligi inobatga olinadi. Bunda iz hosil qiluvchi obyektning uzluksiz ravishda bosilishi va sirg‘alishi natijasida izlar hosil bo‘ladi.

Shunday qilib, butunni bo‘laklarga bo‘lish va qismlarga ajratishni farqlash uchun asosiy omil bo‘lingan bo‘laklarda bo‘lgan sirg‘alish izlari hisoblanadi.

Iz hosil bo‘lishning ko‘rsatilgan mexanizmini tahlil qilish bir turdagi, aksariyat hollarda qo‘shma obyektlarda butunni qismlarga qarab farqlash imkonini beradi. Komplekt (juft)ni tashkil etuvchi buyumlarni bo‘lishda hech qanday iz hosil bo‘lmaydi, zero ular bir-biri bilan fizikaviy birikmagan bo‘ladi.

Butunni qismlarga qarab aniqlashda identifikatsion belgilar. Butunni qismlarga qarab aniqlashga mo‘ljallangan umumiy belgilar

hosil bo‘lish vaqtiga ko‘ra buyumni qismlarga ajratishdan avval hosil

Page 232: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

232

bo‘lgan izlar va buyumni bo‘laklarga bo‘lishdan keyin hosil bo‘lgan belgilarga bo‘linadi.

Buyumni bo‘lishdan avval hosil bo‘lgan belgilar mexanik, termik, kimyoviy, biologik (yog‘och) jarayon natijasida hosil bo‘ladi.

Bunday belgilarga: 1. Buyum shakli va hajmi (bir turdagi yoki qo‘shma) butunligicha,

buyumning o‘zi va qismlari yasalgan xomashyo xossalari. 2. Buyum sirtining tarkibiy tuzilishi – g‘adir budirlik, botiq (relyef)

naqshlarning borligi, sirtining rangi, rasm, naqsh, yozuv, markirovka belgilarining mavjudligi.

3. Buyumni yasashda ishlatilgan asboblardan qolgan izlarning borligi va o‘ziga xos xususiyati.

4. Buyumni saqlash va ekspluatatsiya qilishda hosil bo‘lgan belgilar (dog‘lar, shikastlangan, ishqalangan, burama bo‘lgan joylarning borligi, qog‘ozda qatlangan chiziqning mavjudligi va hokazo)

5. Ichki tarkibiy tuzilishining xususiyatlari (nuqson, xilma-xillik). Qo‘shma va komplekt obyektlarni aynanligini aniqlashda qismlarning

bir-biri bilan o‘zaro ta’siri, ya’ni qismlarning bir-biriga ta’siri muhim ahamiyatga ega bo‘ladi (avtoulov detalining mexanizmining boshqa qismlariga, pichoq qinining g‘ilofga ta’siri va hokazo).

Butunni qismlar bo‘yicha identifikatsiya qilish belgilari guruhiga buyumni bo‘laklarga bo‘lishda hosil bo‘lgan izlar hisoblanadi. Bunda buyum qirrasi (sirti)da relyef hosil bo‘lib, u identifikatsiya qilish belgisi sifatida qo‘llanilishi mumkin.

Butunni bo‘laklariga qarab ekspertiza qilish usuli. Yaxlit butunning turi va uni aynanlashtirish belgilariga qarab butunni

bo‘laklariga qarab aniqlashning uch turi ajratiladi: 1. Bo‘lishning umumiy chegarasini borligi. 2. Bo‘lishning umumiy chegarasini yo‘qligi. 3. Detalning qo‘shma yaxlit buyum yoki komplekt (to‘plamga)

tegishliligini aniqlash. Barcha holatlarda identifikatsiya qilinayotgan obyekt – butun,

identifikatsiyalovchi obyekt – tekshirilayotgan qismlar (bo‘laklar) hisoblanadi.

Trasologik ekspertizaning dastlabki bosqichi uning qolgan bosqich-laridan farq qilmaydi. Bunda buyumlar bo‘lingan vaqtidan boshlab qanday o‘zgarishlarga uchragani (masalan matoning bo‘yalishi) muhim hisob-lanadi.

Page 233: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

233

Alohida tekshirish bosqichida buyumlarning guruhiy tegishliligi aniqlanadi.

Basharti buyum bir butun (monolit) bo‘lsa, uning bo‘laklari materiali o‘rganiladi. Bunda materialning bir turdaligi (bir hil ahamiyatga egaligi)ga katta ahamiyat beriladi (shisha – shishaga, yog‘ochga emas, qayrag‘och taxtasiga – qayrag‘och taxtasi, eman yoki qora qayin emas).

Agar obyekt qo‘shma bo‘lsa – bo‘laklarining vazifasi o‘rganiladi. Bunda buyum materialining ahamiyati yo‘q. So‘ngra obyektlarning bir-biriga mosligi aniqlanadi, ya’ni ular tuzilishiga ko‘ra bir-biriga mos bo‘lishi kerak (dastak – qalpoqcha, chashka emas va hokazo, bunda ularning materiali turlicha bo‘lishi mumkin).

Agar obyektlar turli xil bo‘lib, o‘zaro mos bo‘lmasa qat’iy salbiy xulosa kelib chiqadi.

Obyektlarning bir xilligi va bir-biriga mosligi aniqlansa identifikatsiya belgilari aniqlanadi.

Bir turdagi (monolit) buyumlarni ekspertiza qilishda bo‘linishning umumiy chizig‘i bor yo‘qligi masalasi hal qilinadi. Agar buning ilojisi bo‘lmasa (kesik joy) boshqa identifikatsiya belgilarini aniqlash maqsadida tekshirish o‘tkaziladi. Agar ular bo‘lmasa, ichki tarkibiy tuzilish belgilarini aniqlashning tegishli usullari qo‘llaniladi.

Qo‘shma obyektlarni ekspertiza qilishda qismlarning bir-biri bilan bog‘lanish joylari va mazkur bo‘laklardagi identifikatsiyalovchi belgilar aniqlanadi.

So‘ngra shakl, hajm, belgilarning o‘zaro joylashishini ketma ket taqqoslashdan iborat bo‘lgan qiyosiy tahlilga o‘tiladi.

Qiyosiy taqqoslash natijalarini baholash – uchinchi bosqich. Unda ekspert bir-biriga mos va farqlanadigan belgilarni har tomonlama tahlil qiladi, ularning muhim identifikatsiyalovchi mohiyatini aniqlaydi, barcha belgilarni majmuada va dialektik birlikda tahlil qiladi.

Umumiy bo‘linish chizig‘i bo‘lmaganida butunni qismlarga qarab aniqlash.

Yagona bo‘linish chizig‘iga ega bo‘lmagan obyektlarni tahlil qilishda ikki turdagi belgilar tahlil qilinadi:

1. Obyektlar sirtidagi belgilar. 2. Ichki tarkibiy tuzilishga ega belgilar. Obyektlar sirtidagi belgilar juda turli-tuman bo‘lib, ular turli

sabablarga ko‘ra hosil bo‘lishi mumkin. Ular bo‘yicha aynanlikni aniqlash, asosan yetishmaydigan bo‘lakning hajmi emas, mazkur belgilarning ko‘lami, masofaga oidligi, belgilarga nisbatan bo‘linish izlarining

Page 234: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

234

yo‘nalganligiga asoslanadi (masalan, simda mayda izlar 10 mda, chuqur izlar – 25 mda o‘zgarib, 100mdan keyin ko‘rinish butunligicha o‘zgaradi).

Barcha hollarda qiyosiy tahlil qilish identifikatsiya qilish uchun zarur bo‘lgan va turli qismlarda mavjud belgilarni bir-biriga qoplashdan iborat.

Bunda an’anaga ko‘ra qiyoslash oddiy yoki malakali kuzatish, shuningdek mikroskop ostida ko‘rish yordamida amalga oshiriladi. Ba’zida mazkur belgilarni maxsus usullar yordamida aniqlashga to‘g‘ri keladi.

Bunday hollarda mazkur belgilar ko‘pincha bevosita tekshirilmaydi, aksincha bir masshtabda sur’atga tushiriladi. Olingan tasvir fotosuratlar bilan taqqoslanadi.

Bo‘laklarning o‘zaro bir-biriga aloqadorligi to‘g‘risida xulosaga kelish uchun alomatlar bir-biriga geometrik ravishda mos kelishi kerak, chunki ular bo‘lingan obyektning avval bir butun bo‘lgan qismlarini tashkil etadi.

Mazkur o‘ziga xos xususiyatlar qatoriga butun buyumning tashqi tuzilishiga oid xususiyatlar kiradi:

a) kelib chiqishiga ko‘ra o‘simlikka oid obyektlar – sirtining tuzilishi, rangi (mevalar, daraxtlar po‘stlog‘i va hokazo);

b) anorganik jismlarda – texnologik belgilar (sopol, g‘ishtda – yoriqlar, mikroyoriqlar, qo‘lbola bajarilgan qilingan lak-bo‘yoq qoplamalar, turli tuman plastmassa mahsulotlarda – tasma, uzuq-yuluq dog‘lar va boshqalar)

v) mahsulot sirtiga egov, abraziv material va boshqalar bilan ishlov berish izlari.

Ishlov berish izlaridan shisha, plastmassa, metall va qotishmalarda ular birgalikda ishlab chiqarilganda press-shakl yoki qoliplarga quyishdan qolgan izlarni farqlash zarur. Mazkur izlar obyektlarning guruhiy taalluqliligini aniqlash uchun qo‘llanishi mumkin, ya’ni ularning kelib chiqish manbai va hokazo;

g) ekspluatatsiya qilish izlari (tirnalgan, chopilgan, kesilgan, yeyilgan joy)ning mavjudligi;

d) saqlash izlari – turli tuman bo‘lib, ko‘p sabablarga ko‘ra yuzaga keladi: bu zanglash izlari, kirlanish, dog‘lar, burushiq va qatlangan, arngi o‘chgan joylar va hokazo);

ye) bo‘lish qurollarining izlari – bo‘linish sirtida qoladi, agar butun jismlar yetarlicha qalinlikka ega bo‘lsa. Masalan arralangan joy: bunda detal relyefi bir-biriga mos kelmaydi. Biroq arralashda obyektning ko‘ndalang kesimiga nisbatan burchak ostida og‘adi. Bo‘linish sirtida arra vaziyatining o‘zgarishini aks etuvchi izlar qoladi.

Page 235: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

235

j) markirovka belgisi. Bo‘lingan obyektning ikkala qismida bir xil raqamlar qoladi.

Mahsulotlar ichki tuzilishini tashkil etuvchi belgilar tadqiqot qilishning fizikaviy, fizikaviy-kimyoviy va mexanik usullar bilan aniqlanadi.

Qo‘shma obyektlar va komplekt yaxlit buyumlarning qismlari orqali butunni aniqlash.

Qo‘shma yaxlit buyum bir-biri bilan biriktirilgan detallar (kitob, bloknot) yoki ham o‘zaro birikkan, ham yon-yonma joylashgan va bir-biridan mustaqil qismlardan iborat bo‘ladi. Bunda ularning alohida qismlari o‘zaro aloqador yuza bilan bir-biriga tegib turishi mumkin.

Buyum qismlarining o‘zaro birikish usulidan qat’iy nazar, obyektlardagi birikish va ayrilish izlari, shuningdek o‘zaro aloqador yuzalardagi ishqalanish izlari identifikatsiyalovchi belgi bo‘lib hisoblanishi mumkin.

Komplekt yaxlit buyumlar. Mazkur obyektlarni tadqiq etishda predmetlarni ekspluatatsiya qilishda yuzaga keladigan belgilar (qo‘njsiz botinka (maxsi)-kalish, ko‘ylak va kastimdagi siyoh izi va hokazo) dan foydalaniladi. Bundan tashqari, ishlab chiqarish xususiyatiga ega belgilardan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi.

Predmetlar komplekti (to‘plami) ikki guruhga bo‘linadi: Turli maqsadlarda foydalaniladigan turli tuman buyumlar to‘plami

(qurol-aslaha va g‘ilof, ko‘zoynak va futlyar). O‘z maqsadiga ko‘ra bir xil bo‘lgan buyumlardan iborat to‘plamlar

(papiros qutisi, bir juft poyafzal). Har xil turga mansub predmetlar to‘plamini identifikatsiya qilish usuli,

to‘plam (komplekt)ni tashkil qiluvchi narsalarni o‘rganish, ularning bir-biri bilan bog‘lanish izlarini ajratish, mazkur izlarni taqqoslash va bevosita qiyoslash orqali ulardagi o‘zaro aloqadorlikni aniqlashdan iborat. Birgalikda saqlash va ishlatish natijasida yuzaga kelgan belgilar muhim ahamiyatga ega bo‘ladi (dog‘lar, korroziya izlari va hokazo.

O‘z maqsadiga ko‘ra bir xil to‘plamlarni identifikatsiya qilish katta qiyinchiliklar keltirib chiqaradi. Mazkur to‘plamlarni aniqlashda ular tarkibiga kiruvchi obyektlarning yagona manbaga ega ekanligi to‘g‘risidagi trasologik belgilar katta ahamiyatga ega. Masalan, sigaretalar bitta uskunada ishlab chiqarilgan. Bunday ma’lumotlar birgalikda saqlash natijasida yuzaga kelgan izlar topish bilan to‘ldiriladi (sigaretalardagi bir xil ifloslanish va hokazo).

Page 236: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

236

3. Qismlar orqali yaxlitni aniqlash trasologik ekspertizasini o‘tkazishning o‘ziga xos xususiyatlari

Yog‘ochdan ishlangan buyumlar bo‘laklarini tekshirishning o‘ziga xos

xususiyatlari. Yog‘ochdan ishlangan buyumlar sindirish, arralash va kesish orqali bo‘linishi mumkin. Shu bois, topilgan bo‘laklarning bir predmetning o‘ziga tegishliligini aniqlash uchun eng avvalo, buzilish chiziqlarining konturi va ko‘ndalang kesilgan qirra relyefining tuzilishi o‘rganilishi kerak. Bunda bir-biriga qo‘shilgan yuzalarning nafaqat bo‘linish chizig‘i va relyefi, balki yog‘och po‘stlog‘ining tuzilishi, alohida bo‘laklarning rangi va taxta qatlami, hamda daraxt yuzasida bo‘ladigan shikastlanish va qatlam bo‘lib qolgan joylarining xususiyati orqali aniqlanadi. Taxta-yog‘ochning bo‘linishi uning chekka yuzasida ko‘p miqdordagi payraha kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Agar bo‘lingan buyumning bo‘laklari yig‘ilganda va payraha bo‘laklari bir-biriga mos kelsa, bu avval bu qismlar yaxlit bir butun bo‘lgan degan xulosaga kelish mumkin. Yuqorida ko‘rsatilgan bir-birini qoplash usuli juda jo‘ndir.

Daraxtda umumiy bo‘linish chizig‘i bo‘lmagan hollarda tizimli-tarkibiy belgilarga yillik xalqalar kiradi. Ular dendroxronologik usul yordamida tadqiq etiladi.

Agar tekshirilayotgan yog‘och obyektlari (parchalari) to‘g‘ri qatlamli taxta zonalarga ega bo‘lsa, u holda ularning o‘zaro bir-biriga aloqadorligi yillik xalqalarni qiyoslash yordamida erishiladi. Bu maqsadda ko‘ndalang kesimlar yuzasi tozalanadi (silliqlanadi, yaltiratiladi) Yillik xalqalar bevosita obyektlar yoki fotosuratlarda qiyoslanadi. Bunda bir namunadagi yillik xalqalar, ikkinchi namunadagi y illik xalqalarga mos kelishi, har bir qatlam ichida erta va kech yog‘och-taxta zonalari bir-biriga mos kelishi kerak. Bunda farqlar faqat to‘g‘ri qatlamli yog‘ochdan tashqarida – poyaning markazida bo‘lishi mumkin.

To‘g‘ri qatlamli yog‘ochda mazkur zonalar bo‘lmagan taqdirda yoki ularning uzunligi va qalinligi unchalik ko‘p bo‘lmasa, daraxtning rivojlanishi va daraxt poyasiga qarab yillik xalqalarning kengligidagi o‘zgarishlar qonuniyatiga asoslangan dendroxronologik identifikatsiya usulidan foydalaniladi. Daraxt poyasining o‘sishi mobaynida ularning qiyosiy kengligi mazkur namunadagi boshqa xalqalarga nisbatan o‘zgarmaydi (ingichka qatlamlar, ingichkaligicha, keng qatlamlar kengligicha qoladi. Identifikatsiya qilish uchun o‘sishning yarimlogarifmik egri chizig‘iga asoslaniladi.

Page 237: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

237

Shishadan yasalgan buyumlar bo‘laklarini tekshirishning o‘ziga xos xususiyatlari.

Singan shisha buyumlarning qismlaridan ekspert tekshiruviga avtoulovlar yoritgichlarining siniqlari (shuningdek, avtoulovdagi boshqa yoritish uskunalari (podfarnik, orqa signal chirog‘i) hamda tekis qurilish oynasi (deraza va vitrina oynalari) taqdim etiladi. Bunda bu kabi turdagi moddalarni ekspertiza qilish shisha kabi mo‘rt jismlar (chinni, sopol kabilar)ga ham taalluqlidir.

Shishaning yirik siniqlari bo‘linish chizig‘i (sinish chizig‘i) bo‘yicha qalinligiga qarab, birmuncha maydalari – bo‘linish yuzasining relyefi bo‘yicha solishtiriladi. Bu maqsadda bir yuzani boshqasiga qoplash yoki bo‘linish chiziqlarini solishtirish orqali amalga oshiriladi. Agar shisha sinig‘i sirtida mayda chuqurchalar va g‘o‘lalar ko‘rinishidagi relyef bo‘lsa, tekshirish qiyoslash usuli orqali amalga oshiriladi.

Shisha sindirilganida uning ba’zi parchalari butun eni bo‘ylab sinmasdan, sirtidan ko‘chib tushadi. Bunda bo‘linish natijasida yuzaga kelgan konturlar, shuningdek siniq parchaning konformligi va chuqurligi hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi.

Shisha siniqlari qirralari relyefini mikroskop ostida tekshirish va sur’atga tushirish bir qator qiyinchiliklar bilan bog‘liq bo‘lib, ko‘p miqdorda vaqt sarflanishini talab qiladi. Shu bois eng oson usul - tekshirilayotgan qirralarning polimer nusxalarini qiyoslash va solishtirish tavsiya qilinadi.

Avtoulov yoritgichi siniqlari solishtirilganda hoshiyasining relyefi ham inobatga olinishi kerak. Ularni tadqiq etish o‘ziga xos xususiyatlarga ega.

Avvalo ular botiq tomoni bilan tashqariga qaratilib taxlanadi. Relyef tasvir elementlarini o‘zida saqlab qolgan yirik siniqlar bo‘lsa, ular birinchi navbatda tekshiriladi. So‘ngra qirralarida zavodda ishlov berilgan qirralar (bortiklar) bo‘lgan shisha siniqlari tanlab olinadi. Taqsimlash uchun tegishli markali va shunday diametrga ega fara yoritgichi uchun botiq ishlangan maxsus gips shakldan foydalanish maqsadga muvofiqdir.

Yoritgich siniqlarining yagona yaxlit bo‘lakka tegishliligini aniqlash uchun shisha sinishi paytida yuzaga kelgan belgilardan tashqari kelib chiqishi ishlab chiqarishga tegishli belgilar ham o‘rganiladi. Xususan, matritsa relyefi, g‘ovaklilik va bolg‘alanish.

Matritsani identifikatsiya qilishga yordam beruvchi izlar guruhiy taalluqlilik (guruhiy ahamiyatga ega) belgilaridan iborat bo‘ladi, zero bitta matritsada ishlab chiqarilgan muayyan yoritqichlar tuo‘plamiga mos

Page 238: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

238

keladi. Bolg‘alanish va g‘ovaklilik – shishaning ishlab chiqarish nuqsonlariga kiradi. Ular turli sabablarga ko‘ra yuzaga kelib, har bir yoritgich uchun alohida hisoblanadi.

Birinchisi, o‘yiq kabi joylashgan do‘nglar bo‘lsa, ikkinchisi shisha ichida va sirtida yuzaga kelgan chiziqlar ko‘rinishida bo‘ladi. G‘ovaklilik yoritgich (siniqlari)ni qiya yo‘nalgan akslanuvchi nur yordamida tekshirilganda ko‘rinadi. Deraza oynasini ishlab chiqarishda yuzaga keladigan izlarni tekshirish maqsadga muvofi hisoblanadi.

Bir qator hollarda ekspertizaga keladigan oyna, ko‘zgu, fara, lampa, butilka va boshqa turdagi shisha va shisha mahsulotlar siniqlarini tashqi tuzilishi xususiyatlarini o‘rganish zarurati yuzaga keladi. Bunday xususiyatlarga shisha buyumarni quyib ishlashda yuzaga kelgan mexanik ishlov berish belgilari (g‘ovak, bo‘rtiq)larni o‘rganish zarurati yuzaga keladi. Mazkur trasologik tadqiqot shisha siniqlari umumiy bo‘linish chizig‘i bo‘lmagan taqdirda yaxlit bir butun bo‘lganmi degan masalani hal etishga qaratiladi.

Shishadan yasalgan buyumlarni tadqiq etish davomida shishaning normal tarkib topgan qismida yuzaga kelgan o‘zgarishlardagi optik xilma xillikda ifodalanadi. Mazkur o‘zgarishlar texnologik jarayonlarga asoslangan bo‘lib, singuvchi yorug‘lik nuri ostida turli darajada sinishning ipsimon yoki qavatsimon qatlamlarini o‘zida aks ettiradi. (1-rasm).

1-rasm. Bo‘lingan shisha siniqlarini ichki tuzilishini solishtirishning interferension tasviri (tasvir lazer nurlarida olingan).

Bu kabi qatlamlar texnika tilida svil deb ataladi. Svillar deraza

oynasida, butilka shishasi va boshqa idishda, elektr lampochkasida, kolbalarda va boshqalarda uchraydi. Shu bilan birga sanoatda umuman svildan holi bo‘lgan shisha (ko‘zgu va vitrina oynasi va boshqa turdagi maxsus shisha turlari ishlab chiqariladi).Turmushda foydalaniladigan

Page 239: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

239

shishadagi svillar shishaning o‘ziga qaraganda nurni keskin sinishini yuzaga keltirmaydi, shu bois oddiy ko‘z bilan ularni ilg‘ab olish qiyin.

Svillar tasvirini olish uchun shisha siniqlari orqali nuqtasimon nur tarqatuvchi asbobning paralel yorug‘ligi obyektdan 3 mm masofada o‘tkaziladi. Nurning yurishini tekis shisha yordamida o‘zgartirish mumkin. O‘rganilayotgan shisha siniqlari svillari bo‘lmagan ko‘zgu oynasining sirtiga qo‘yiladi. Ko‘zgu orqasida 30-40 sm masofada ekran (toza qog‘oz) joylashtirilib, unda tekshirilayotgan shisha siniqlarining shakli va svillari ko‘rinib turishi kerak. Svillar tasviri bevosita ekran o‘rniga qo‘yilgan yuqori darajada kontrastlikka ega foto qog‘ozga qayd etiladi. Butun ish qorong‘i xonada amalga oshiriladi. Ushlab turish (viderjka) vaqti tajriba yo‘li bilan aniqlanadi. Foto qog‘ozga ishlov berish natijasida unda siniqlar chegaralari va svil chiziqlari paydo bo‘ladi.

Shisha siniqlarini yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan usulda tekshirish umumiy bo‘linish chizig‘i bo‘lmagan taqdirda qismlariga qarab butunni aniqlash asqotishi mumkin. Espert modelda shisha siniqlarini qiyoslar ekan, ularning hammasi bir turdagi yoritgichga tegishli ekanligini aniqlaydi. Buni aniqlagandan so‘ng u yon devorlari bor shisha siniqlarini mikroskop yoki polimer qolip yordamida ko‘zdan kechiradi. Shuningdek, press-qolipdan qolgan chiziqlar, do‘nglar, qubbalar (cheklovchi xalqa, matritsa va razyom) izlari o‘rganiladi. Bular o‘z navbatida, tekshirish uchun berilgan shisha siniqlari avval yaxlit bir butunni tashkil qilgan xulosaga kelishga imkon beradi.

Shishaning ichki tuzilishini tashkil qiluvchi belgilarni aniqlash fizikaviy-kimyoviy usullar: ultrabinafsharang nurlarda lyuminessent spektral tahlil, emission spektral tahlil, rentgenospektral mikrotahlil yordamida amalga oshiriladi.

Matodan tayyorlangan buyumlar qismlarini tekshirish xususiyatlari. Odatda, ekspertiza obyekti bo‘lib, qirqish yoki yirtish natijasida

bo‘lingan mato parchalari hisoblanadi. Tekshirish boshida to‘qima matolar umumiy namuna belgilariga qarab tahlil qilinadi va taqqoslanadi. Ularga tola turi, mato qalinligi, iplar qalinligi va to‘qilish yuzasining tuzilishi, rangi kiradi.

Bo‘yalgan matoda bo‘yash usuliga ham e’tibor beriladi: tekis, agar u butunligicha bir rangga bo‘yalgan bo‘lsa, naqshli yoki bosma gulli – agar bir nechta rangda bo‘lsa. Bosma gulli usulda bo‘yashda tasvir va undagi ranglar soni bilan tavsiflanadi.

O‘zining kimyoviy tarkibiga ko‘ra bir xil bo‘yoqqa bo‘yalmagan matolar rangi ko‘zga ko‘rinmas darajada farqlanishi mumkin. Ular

Page 240: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

240

ultrabinafsha nurlarda ko‘zga ko‘rinadigan flyuoressensiya yoki infraqizil nurlarda tasvirga olish orqali aniqlanadi.Solishtirilayotgan obyektlar bir vaqtning o‘zida bitta fotoplastinkaga tushiriladi. Olingan tasvirlarning turli tumanligi bo‘yoqlardagi farq borligidan dalolat beradi. Mato qalinligining bir xildaligi buni inkor etmaydi, zero turli bo‘yoqlar infraqizil nurlardan bir xil ta’sirlanishi mumkin.

So‘ngra qirqilish joyida yuzaki mato maydonlari va ularning tarkibiy tuzilishi o‘rganiladi. Bo‘linish chizig‘i bo‘ylab 1sm masofada bo‘lgan iplar soni aniqlanadi. Kesilgan (uzilgan) iplar ichida boshqalaridan o‘zining joylashishi (zichlashgan yoki siyraklashgan joylar), qalinligi, tarkibiy tuzilishi, rangi va rang turi bilan ajralib turadiganlari aniqlanadi va mato bo‘laklarini taqqoslash va qoplashda bog‘lovchi bo‘g‘in bo‘lishi mumkin bo‘lganlari ajratiladi.

Qog‘ozdan tayyorlangan buyumlar bo‘laklarini tekshirishning o‘ziga xos xususiyatlari.

Qog‘oz butunni qismlariga ko‘ra aniqlash bo‘yicha ekspertiza obyekti sifatida yirtilgan yoki qirqilgan varaq (gazeta parchasi, xat, pilta v.h) ko‘rinishida olinadi.

Bunday bo‘laklarning bir butunga tegishliligini aniqlash ularni qiyoslash va taqqoslash yordamida amalga oshiriladi. Alohida va qiyosiy tekshirishda inobatga olinadigan asosiy belgilarga quyidagilar kiradi:

– qog‘ozning namunaviy xossalari – uning rangi, rang turi, qalinligi, yelimlanganligi va yaltiroqligi, maxsus maqsadlarda chiqarilgan qog‘oz boshqa xossalarga ega bo‘lishi mumkin; muhim farqlovchi belgi bo‘lib, uning ultrabinafsharang nurlarda flyuoressensiyalanish xususiyati hisoblanadi;

– qog‘ozda chiziqlar, nashriyot belgilari, orqa qismida rang va tasvirning borligi;

– bosmaxonada, yozuv mashinasida yoki qo‘lda yozilgan yozuvlar, tasvirlarning borligi; zarur hollarda qog‘ozning turli qismlaridagi yozuv shrifti, yozuvning identifikatsiya qilinuvchi belgisi, dastxat tekshiriladi (2-rasm);

– qog‘ozning yorug‘likka tutganda ko‘rinadigan ichki tarkibiy tuzilishi (suv qog‘ozdagi belgi, bir xilda qalin emasligi va hokazo);

– qog‘ozdan foydalanish jarayonida yuzaga kelgan burma, sitilgan joylar, oddiy ko‘z bilan ko‘rib bo‘lmaydigan, faqat ultrabinafsha nurlarda ko‘rinadigan dog‘lar (3-rasm)

Page 241: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

241

2-rasm. Chiziq bo‘ylab mos kelish.

3-rasm. Bloknot va chilvirning bo‘linish chiziqlari orqali mos kelishi.

Metalldan ishlangan buyumlar tekshirishning o‘ziga xos xusu-

siyatlari1. Metall qismlar yog‘och qismlar kabi buzilish, kesilish yoki arralash

chizig‘iga ko‘ra solishtirilayotgan qismlar yuzasidagi shikastlangan va qatlam-qatlam bo‘lgan joyini hisobga olgan holda solishtirish mumkin. Bunda predmetga ishlov berilgan asbob tomonidan buyum sirtida qoldirilgan izlarga, shuningdek solishtirilayotgan qismlar sirtidagi turli nuqsonlar (g‘ovaklar, yoriqlar, chiziqlar, qayrash izlari)ga e’tibor berish zarur.

Uzilish va sinish natijasida yuzaga kelgan obyektlar sirtida konform relyeflar yuzaga keladi. Mazkur holatda mazkur relyeflarni solishtirish va bo‘laklarga bo‘lish joyini taqqoslash muhim ahamiyat kasb etadi (4-rasm).

4-rasm. Kalit o‘zagini sindirilgan chizig‘i bo‘yicha qiyoslash. Yog‘ochni chopish yoki kesishda bo‘laklar sirti deformatsiyalanadi va

buning natijasida ular konform xususiyatga ega bo‘lmay qoladi. Ularni bir-

1 Пластмасса ва резинадан тайёрланган нарса қисмлари айнан шундай услубга кўра текширилади.

Page 242: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

242

biriga birlashtirib bo‘lmaydi. Shu bois mazkur qismlar avval yagona buyumni tashkil etganligi to‘g‘risidagi masalani hal qilish uchun kesish amalga oshirilgan asbob qirrasining izi hamda obyektni bo‘laklarga bo‘lishgacha yuzaga kelgan belgilar hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi.

Asbob qoldirgan izlarni (chiziqlar)ni tekshirish ularni qiyoslashdan boshlanadi. Bunda ikkala yuzadagi izlar miqdori, ularning qirralarga nisbatan joylashishi, trassalar orasidagi masofa va birlashish burchaklari aniqlanadi. Agar sanab o‘tilgan belgilar bir-biriga mos kelsa, so‘ngra chiziqlar tekshiriladi. Xususan, ular mikroskop yordamida hamda kattalashtirilgan fotosuratlar yordamida o‘zaro mosligi taqqoslanadi. Bundan tashqari trassalarning bir-biriga mosligini tekshirish uchun diapozitiv tasvir yoki shaffof nusxalar bir-biriga qoplanadi.

Metall buyumlarda ularni yasashda qoladigan izlarni tekshirish katta ahamiyatga ega.

Masalan, kerakli diametrdagi sim maxsus kiryalaydigan uskunalarda tayyorlanadi. Bu maqsadda ular (4-5) maxsus kalibrlangan teshiklardan o‘tkaziladi. Mazkur teshiklarning ichki vkladishi qattiq metalldan yasaladi.

Qattiq ishqalanish va kalibrlash teshigiga turli qattiq zarralar (to‘pon, qum) tushishi natijasida uning devorlarida g‘adir-budurlar yuzaga keladi. Ularning sifati va hajmi cho‘zilgan simlar miqdoriga bog‘liq bo‘ladi. Chunonchi, kalibrlangan teshik devori almashtirilganda uning devorlari birmuncha silliq bo‘ladi, ish kunining oxirida esa ularda tepalik va chuqurlik ko‘rinishida g‘adir-budur joylar yuzaga keladi. Kalibrlangan teshik devorlaridagi g‘adir-budurlar sim yuzasida chiziqlar (trassa)lar qoldiradi. Ularning miqdori, tabiati va chuqurligi kalibrlovchi teshikning devorlaridagi g‘adir-budirlarga to‘g‘ri keladi. Mazkur g‘adir-budirlar o‘zgarganligi bois sim sirtidagi chiziqlarning xususiyati o‘zgaradi.

Eng chuqur tasmalar (tilim)lar 25 metrgacha bo‘lgan uzunlikdagi sim maydonida, undan maydalari 10 metr uzunlikdagi sim maydonida saqlanadi. Simni 100 metrgacha cho‘zishda izlarning tasviri butunlay o‘zgaradi (namunalar oddiy temir simdan yasaladi).

Sim bo‘laklarini qiyoslash jarayoni stvol kanali qattiq ifloslangan quroldan otilgan ikkita o‘q uzish bilan qiyoslashga teng.

Metalldan yasalgan qiyoslanuvchi obyektlarda yagona bo‘linish chizig‘i bo‘lmagan, shuningdek buyum sirtida morfologik xususiyatlar yetarli darajada emasligi sharoitida ichki tarkibiy tuzilishini tadqiqotning fizikaviy, fizikaviy-kimyoviy, metallshunoslik usullarini qo‘llagan holda tekshirish maqsadga muvofiq hisoblanadi.

Qora metalldan yasalgan qismlar va qotishmalarni aniqlash uchun guruhiy tegishliligini tadqiq etishda qoldiq magnitlanish va koersitiv kuch kattaligini aniqlash orqali amalga oshiriladi. Mazkur me’yorlar kattaligi

Page 243: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

243

obyektlarning kimyoviy tarkibi, mikrotarkibiga bog‘liq bo‘lib, mahsulotga mexanik va termik ishlov berish orqali aniqlanadi.

Metall obyektlarni sifat va miqdori bo‘yicha element tarkibi bo‘yicha o‘xshashligi va farqlarini aniqlash uchun Rossiya Ichki ishlar Vazirligi ekspert laboratoriyalarida emission spektral, atomli adsobsiyalovchi, lazer nurli, mikrospektral, rentgenospektral flyuoressent tahlil qilish amalga oshiriladi. Metallar va qotishmalarni tadqiq etish ko‘rsatkichlari tasnif qilish va identifikatsiya qilish vazifalarini hal qilish uchun qo‘llaniladi. Ularning yuqori darajada ta’sirchanligi va aniqligi elementlarning yuqori intervalda konsentratsiyasini aniqlash uchun yetarli hisoblanadi. Bu o‘z navbatida qotishmalar navini aniqlashga imkon beradi.

Identifikatsiyalovchi tadqiqot sharoitid asosiy (legirlovchi) va aralashma elemenlarning tarkibi qiyoslanayotgan obyektlarning guruhiy tegishliligini aniqlashga imkon beradi.

Boshqa belgilar (mikro tarkibiy tuzilish, nuqsonlarning borligi, qattiqlik va hokazo) bilan bir qatorda mahsulotlar kelib chiqishining yagona manbaini aniqlash imkoni yuzaga keladi (texnologik jarayon).

Metallar va qotishmalar mikro tarkibiy tuzilishi ularni ishlab chiqarish, qayta ishlov berish usuli va ekspluatatsiya qilish sharoitiga bog‘liq bo‘ladi. Bir xil kimyoviy tarkibga ega metall buyumlarning identifikatsion belgilarini ekspert tekshiruvida turlicha haroratda, biroq bir xil ish tartibi va turli texnologik sharoitda ishlov berilgan metallarda identifikatsion belgi sifatida quyidagilar olinadi:

– metall bo‘lmagan qo‘shimchalarning sifat va miqdor xossasi; – qutblangan nurda ko‘zdan kechirishda anizotropligi va izotropligi; – zarralarning kattaligi (ishlab chiqarish usuli – oksidlanishga bog‘liq

bo‘ladi); – tarkibiy tuzilmalarning dispersligi.

Savol va topshiriqlar:

1. Yaxlit tizimlarning qanday turlari mavjud? 2. Qismlar orqali yaxlitni aniqlash trasologik ekspertizasida hal etiladigan

savollarni sanab bering? 3. «Qismlarga ajratish» va «Yaxlitdan bir qismini ajratib olish» tushun-

chalarining farqini ko‘rsating? 4. Qismlar orqali yaxlitni aniqlash maqsadida foydalaniladigan identifi-

katsion belgilarni sanab bering? 5. Qismlar orqali yaxlitni aniqlashning turlarini aytib bering? 6. Qismlar orqali yaxlitni aniqlash trasologik ekspertizasining metodikasini

yoritib bering?

Page 244: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

244

10-BOB. KIYIMLARDAGI SHIKASTLANISHLAR VA ULAR IZLARINING EKSPERTIZA TADQIQOTLARI

1. Kiyimlardagi shikastlanish (jarohat)lar va ular izlarining

kriminalistik ahamiyati Kiyimlardagi izlar va mavjud jarohatlarning tadqiqotlari kriminalistik

ekspertizalarning imkoniyatlarini yanada kengaytiradi hamda sud–tergov idoralarida vujudga keladigan bir qator savollarga javob berish imkonini yaratadi. Chunki, kiyimlar iz qabul qiluvchi va iz hosil qiluvchi obyekt sifatida jamiyatda ko‘p tarqalgan hamda juda ko‘p jinoiy ishlar bo‘yicha ashyoviy dalil hisoblanadi. Turli jarohatlar va ularning izlari mavjud bo‘lgan kiyimlar — jarohatlarni keltirib chiqargan ta’sirlarning xususiyatlari va mexanizmi bo‘yicha yagona ma’lumot manbai bo‘lib hisoblanishi mumkin. Kiyimlarda juda ko‘plab hollarda, iz hosil qiluvchi obyektning tuzilishidagi o‘ziga xos xususiyatlar odam tanasining teri qatlamiga qaraganda to‘liq va aniq aks etishi mumkin.

Ilgari kiyimlardagi jarohatlar bilan sud–tibbiyot ekspert– xodimlari tadqiqotlar olib borganlar. Bu borada birinchilardan bo‘lib

mashhur olim, sud–tibbiyoti bo‘yicha mutaxassis va kriminalist N.S.Bokarius ilmiy tadqiqotlar olib borgan va sohaning rivojlanishiga o‘zining ulkan hissasini qo‘shgan. Sud–tibbiyotchilari kiyimlardagi jarohatlaring odam tansidagi jarohatlar bilan o‘zaro mos tushishishi, asosan o‘tmas buyumlar bilan qoldirilgan jarohatlarning tabiatiga alohida e’tibor qaratishni tavsiya qilganlar. 20-asrning 40-yillariga kelb, X.M.Taxo–Godi va YU.M.Kubitskiy kabi olimlarnng sa’i–haraktalari bilan, kiyimlarda mexanik jarohatlarning mavjudligi, ularni trasologik tadqiqotlar obyektlari safiga kiritishni taqozo qilishi isbot qilingan. Ushbu fikr va mulohazalar ma’lum ma’noda kiyimlardagi mexanik jarohatlar bo‘yicha trsologik tadqiqotlarning rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatdi. Shunday qilib, kiyimlardagi izlarning trasologik ekspertizasi kiyimlardagi mexanik jarohatlarning kriminalistik ekspertizasi turkumiga kiritilgan.

Hozirgi kunda soha mutaxassislari kiyimlardagi shikaslanishlar va jarohatlar zamonaviy kriminalistik nazariya va amaliyotda kengoq tushuncha sifatida qo‘llanilmoqda, chunki, hozirgi kunda nafaqat kiyimlardagi jarohat va jarohatlar, balki kiyimlar bilan turli buyumlar va atrof muhit bilan ta’sirlashishining baocha oqibatlari (natijalari) ham

Page 245: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

245

tadqiq etilmoqda. Bunga misol qiliyu, kiyimlardagi issiqlik va kimyoviy ta’sir izlarini olish mumkin.

Kiyimlar predmetlarining o‘ziga xos xususiyatlari kiyimlardagi jarohat va jarohatlarning identifikatsion xususiyatlari va ahamiyatini qayd etish va ta’riflashda alohida yondashuvni talab qiladi. Kiyimlar, odam tanasining yumshoq to‘qimalaridan farqli ravishda, turli ta’sirlarning izlarini to‘liq aks etishi va uzoq muddat davoimda saqlab turishi mumkin,bu esa o‘z navbatida diagnostik hamda aynanlikni aniqlash tadqiqotlar uchun o‘ta muhim ahamiyat kasb etadi.

Kiyimlardagi shikastlanish va jarohatlar hamda ularning izlarining kriminalistik tadqiqotlari tergov harakatlarining qiziqtiruvchi juda ko‘plab savollar doirasini aniqlashga hamda ushbu savollarga ko‘rilayotgan jinoya ishi bo‘yicha haqiqatni aniqlash maqsadida anq javoblarni topishga imkon yaratadi.

Kiyimlardagi shikastlanish va jarohatlar hamda ularning izlarining trasologik tadqiqotlarni takomillashtirish borasidagi muhim vazifalar sirasiga ushb turdagi tadqiqot obyektlarini sifatli o‘rganish va tadqiq etish bo‘yicha yangi metodikalar va usullarni ishlab chiqish hisoblanadi. Ta’kidlash joizki, kiyimlardagi izlar va jarohatlarning trasologik ekspertizalari bo‘yicha kompleks tadqiqotlarni o‘tkazish kriminalistik amaliyotning ehtiyojlariga to‘liq mos keladi.

2. Kiyimlar materiallarining tasniflanishi, ularning tuzilishidagi

xususiyatlari va tayyorlash texnologiyalari Kiyim mahsulotlarning barchasi mayishiy va maxsus kiyimlarga

bo‘linadi. Mayishiy kiyimlarning mo‘ljallangan maqsadiga ko‘ra quyidagi besh turdagi mahsulotlar mavjud:

a) ichki kiyimlar; b) ustki kiyimlar; v) paypoqlar; g) qo‘lqoplar; d) bosh kiyimlar va ro‘mol–sharflar.

Har bir guruh mahsulotlari o‘z navbatida odamlarning yoshi va jinsiga mo‘ljallanganligiga (erkaklar va ayollar kiyimi, bolalar, o‘smirlar va kattalar kiyimi) hamda kiyimlarning mavsumiyligiga (qishki–kuzgi va bahorgi–yozgi kiyimlar) ko‘ra kichik guruhlarga bo‘linadi

Maxsus kiyimlar odamlarni turli mehnat jarayonlarida (harorat, suv, kislotalar va shu kabilar ta’siridan) himoya qilish uchun xizmat qiladi.

Kiyimlarni tayyorlash uchun asosiy va qo‘shimcha materiallardan foydalaniladi. Asosiy materiallar to‘qimachilik, charm va polietilen mahsulotlardan iborat bo‘ladi. Kiyimlar asosan to‘qimachilik mahsulotlardan tayyorlanadi va ularning o‘zi quyidagi turlarga bo‘linadi: ip gazlamalar, trikotaj gazlamalar va to‘qilmagan gazlamalar.

Page 246: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

246

Trikotaj — bir yoki bir necha iplarni turli usullarda to‘qish yo‘li bilan olingan mato yoki tayyor mahsulot. Trikotaj materiallarga silliq (glad — gul solib tikilgan) matolar — paypoqlar, kapron paypoqlar, qo‘lqoplar va shu kabilar, cho‘ziluvchan matolar (lastik — rezina ip qo‘shib to‘qilgan) — ichki kiyimlar, sportchilar kiyimlari, ustki trikotaj hamda atlas — yengil shohi liboslar va ichki kiyimlar kiradi.

Trikotaj mahsulotlari tuzilishiga ko‘ra ko‘ndalang to‘qilgan (kulirli) va asosiy to‘qilgan yoki bittali (bir fonturli) hamda ikkitali (ikki fonturli) turlarga bo‘linadi. Trikotaj mahsulotlarini to‘qishda hosil qilinadigan sirtmoqlar trkotajning asosiy elementi hisoblanadi.

Bir gorizontal qatorda joylashgan sirtmoqlar sirtmoqlar qatorini, bir-biri bilan ustma–ust joylashgan sirtmoqlar esa — sirtmoqlar ustunini tashkil qiladi. Ikkita yonma–yon joylashgan sirtmoqlarning markazlari orasida masofa sirtmoqlar qadami deb ataladi, ikkita sirtmoqlar qatorlarining markazlari orasidagi masofa esa sirtmoq qatorining balandligi deyiladi.

Trikotajning zichligi tomonlarining uzunligi 50 mm bo‘lgan kvadrat ichidagi sirtmoqlar soni bilan ifodalanadi. Trikotaj zichligining quyidagi turlari mavjud:

– gorizontal bo‘yicha zichlik (Rg) — sirtmoqlar qadam (ustun)larining miqdori;

– vertikal bo‘yicha zichlik (Rv) — sirtmoq qatorlarining miqdori. Trikotajning umumiy zichligi quyidagi formula bilan ifodalanadi:

R = Rg * Rv

1–rasm. Kulirli matoning tuzilishi: A — sirtmoq qadami, V — sirtmoq qatorining balandligi.

Page 247: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

247

Trikotajlarning to‘qilishi uchta turga bo‘linadi: asosiy, hosil qilingan va suratli.

Asosiy to‘qilishlar kulirli (ko‘ndalang to‘qilgan) va asosiy to‘qilgan bir yoki ikki fonturli bo‘ladi. Ular o‘zaro yig‘indisi oddiy tuzilishni tashkil qiladigan bir xil sirtmoqlardan tashkil topadi. Ushbu to‘qilishlarning turlarini ko‘rib chiqaylik:

Silliq to‘qilish (glad) — bittali to‘qilish. Amaliy faoliyatda juda ko‘p uchraydi, matoning oldi tomonidagi surat sirtmoqli yoy shaklida bo‘ladi, ich tomoni (astari) silliq bo‘ladi.

Lastik (lastik — rezina ip qo‘shib to‘qilgan mato) — ikkitali to‘qilish, matoning har ikki tomoni yuza hamda ich (astar) sirtmoqlaridan tashkil topadi. Ushbu sirtmoqlarning ketma–ketligiga bog‘liq bo‘lmagan tarzda, ushbu turdagi mahsulotlarning yuza va ich (astar) tomonlarining tashqi ko‘rinishi bir xil bo‘ladi.

Zanjir — bir ipdan iborat va o‘zaro ustma–ust joylashgan sirtmoqlardan iborat to‘qilish. Bunday to‘qilish odatda, matoda turli suratlar hosil qilish maqsadida boshqa turdagi to‘qilishlar bilan birgalikda qo‘llaniladi.

Triko — sirtmoqlar ustuning zigzaksimon tuzilishi bilan xarakterlanadi. Bunday to‘qilish ham, matoda turli suratlar hosil qilish maqsadida boshqa turdagi to‘qilishlar bilan birgalikda qo‘llaniladi.

Atlas — bunday to‘qilishda, har bir ip (tola) barcha ustunlarda yangi sirtmoq hosil qiladi va bunda hosil bo‘layotgan sirtmoqlar qatorida joylashgan oldingi sirtmoqqa nisbatan yangi sirtmoq siljib boradi. Bu turdagi to‘qilishdan ichki kiyimlar va yangil matolar (shohi) ishlab chiqishda foydalaniladi.

Hosil qilingan to‘qilish u yoki bu turdagi asosiy to‘qilishlarning o‘zaro qo‘shilmasidan iborat bo‘ladi. Ularning eng ko‘p tarqalgani interlokli to‘qilish (ikkita lastik) bo‘lib, quyidagicha tuzilishga ega: lastik to‘qilishlar o‘zaro shunday qo‘shiladiki, bir lastikning har ikki sirtmoq ustunlari orasida boshqa lastikning sirtmoq ustuni joylashgan bo‘ladi.

Suratli to‘qilish asosiy va hosil qilingan to‘qilishlar asosida hosil qilinadi. Bunday to‘qilishdan relyef naqshli yoki muayyan fizik–mexanik xususiyatga ega bo‘lgan mahsulotlar (matolar) olishda foydalaniladi. Ushbu guruhga jakkardli usulda to‘qilish kiradi.

Mato — o‘zaro perpendikular bo‘ylama (asosiy) va ko‘ndalang (utok) ip (tola)larni to‘qish usulida to‘qimachilik ishlab chiqarishida tayyorlangan mahsulot. Ayrim hollarda turli naqshlar va tuk (vors) hosil qilish uchun

Page 248: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

248

alohida ip (tola)lar tizimidan ham foydalaniladi. Matolarning trikotajdan asosiy farqi sirtmoqli tuzilishning yo‘qligi hisoblanadi.

Matolarning aosiy xususiyatlari bo‘lib rapport (takrorlanadigan naqshlar) va matoning zichligi (1 sm2 maydondagi asosiy (bo‘ylama) va utok (ko‘ndalang) ip (tola)larning miqdori) hisoblanadi.

Matodagi ip (tola)larning o‘zaro to‘qilishi quyidagi turlarga bo‘linadi: asosiy yoki oddiy; mayda naqshli; murakkab; yirik naqshli; jakkardli to‘qilishlar.

Asosiy to‘qilishlarga yana polotno (qalin gazlama), sarja (bir xil astarbop gazlama), atlas, satin kabilar ham kiradi.

Polotnoli to‘qilish amaliyotda keng tarqalgan. Bunday usulda to‘qilgan matoni asosiy (bo‘ylama) iplarni utok (ko‘ndalang) iplar bilan navbati bilan qoplash bilan olinadi. Bu usulda to‘qish bilan barcha turdagi matolarni ishlab chiqishda foydalaniladi.

Sarjali to‘qilish polotnoning yon qismiga, 45°S ga yaqin burchak ostida yo‘naltirilgan diagonal hoshiyalarning mavjudligi bilan xarakterlanadi. Ushbu to‘qilish paxta, kanop, jun va shohi matolarni ishlab chiqishda foydalaniladi. Ushbu matolarning yuz tomonida yuqorida ta’kidlangan diagonallar pastdan yuqoriga va chapdan o‘ngga yo‘nalgan, ich (astar) tomonida esa pastdan yuqoriga va o‘ngdan chapga yo‘nalgan bo‘ladi.

Satinli va atlasli to‘qilish tekis va yaltiroq yuz qismli matolar olish imkonini beradi. Satinli to‘qilish satin matolar ishlab chiqishda, atlasli to‘qilish esa atlas, kanop, jun, shohi matolar ishlab chiqishda ishlatiladi.

Mayda naqshli to‘qilish oddiy to‘qiishlarning o‘zaro aralashtirib hosil qilinadigan to‘qilishlar hisoblanadi. Murakkab to‘qilishlar asosiy va utok iplarning bir necha tizimlari mavjud bo‘lgan to‘qilishlar hisoblanadi. Yirik naqshli to‘qilishlar (jakkardli) rapporti juda ko‘plab (24 tadan ortiq) aosiy iplardan tashkil topgan to‘qilishdir.

Charm mahsulotlari. Kiyimlarni ishlab chiqarishda qo‘y, echki, ot, qoramol, morj, sudralib yuruvchilar va boshqa jonvorlarning terilarini oshalab ishlab chiqariladigan chrm mahsulotlardan keng foydalaniladi. Jonvorlarning terilarini oshlashda, terilarni tashqi qatlami olib tashlanganda, uning sirtida turli bo‘rtiqlar va qabariqlar ko‘rinishidagi naqshlar kuzatiladi va ular «mereya» deb ataladi.

To‘qilmagan materiallarni to‘qimachilik iplari va tolalarini qandaydir asosga tikish yoki yelimlash usuli bilan olinadi. Juda ko‘p hollarda bunday materiallar (namat, kigiz, fetr)dan poyafzal (piyma) va bosh kiyimlari (shlapa)lar tayyorlashda foydalaniladi.

Page 249: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

249

Polietilen materiallar sintetik yuqori molekular moddalardan kimyoviy yo‘l bilan olinadi va jarrohlik va anatomik qo‘lqoplarni tayyorlashda keng qo‘llaniladi. Polietilen materiallarning bir turi sifatida sun’iy charmni ham keltirish mumkin.

Kiyimlarni tayyorlashda ishlatiladigan qo‘shimcha materiallar tikuvchilik iplari va kiyim furniturasi hisoblanadi.

Tikuvchilik iplari tolalari, o‘rimi va qalinligiga ko‘ra tasniflanadi. Jumladan, kiyim mahsulotlarini ishlab chiqarishda uch o‘ramdan iborat iplar ishlatiladi.

Kiyimlar materiallari ishlab chiqarishda ishlatiladigan xom ashyoning quyidagi to‘rt guruhi mavjud:

a) tabiiy tolalar — paxta, kanop, zig‘ir yoki ipak tolali matolar, shohi, charm va hokazolar;

b) sun’iy tolalar — viskoza, atsetat va boshqalar; v) sintetik tolalar — kapron, nitron, lavsan va boshqalar; g) aralash tolalar — o‘zaro aralashgan tabiiy va kimyoviy tolalar. Kiyimlarning furniturasiga izlarda ko‘plab holatlarda aks etadigan

tugmalar, ilmoq va ilgaklar, to‘qalar va shu kabilar kiradi. Kiyimlar mahsulotlarini tayyorlash usuliga ko‘ra shartli ravishda

bichilgan, regulyar va murakkab mahsulotlarga ajratish mumkin. Bichilgan mahsulotlar oldindan bichib tayyorlangan qismlardan tayyorlanadi. Regulyar mahsulotlar (paypoqlar, to‘qilgan qo‘lqoplar) bir mashinada to‘liq tayyorlanadi yoki tayyorlash jarayonida kerakli shakl beriladigan yaxlit to‘qilgan qismlardan tayyorlanadi. Murakkab mahsulotlar esa yuqoridagi ikki usul yordamida olinadi.

Kiyimlarning alohida qismlarini tayyorlash va o‘zaro birlashtirish, shuningdek ularning chetlariga ishlov berish uchta usul yordamida amalga oshiriladi: ipli, yelimli va payvandli usullar (ushbu nomlash shartli hisoblanadi)

Kiyimning alohida qismlarining o‘zaro birlashgan (birlashtirish) joyi chok deb, o‘zaro birlashtirilayotgan matolarning igna bilan teshilgan teshiklari orasidagi joy — stejka deb ataladi. Stejkalarning ketma–ket joylashishi qatorni tashkil qiladi.

Kiyimlarni tayyorlashda foydalaniladigan ipli choklar birlashtiruvchi, chetki va naqshli choklarga ajratiladi.

Yelimli usuldan kiyimlarni alohida qismlari (etaklari, yoqasi, yelka qismi, cho‘ntaklari va hokazolar)ga muayyan shakl, qattiqlik berish maqsadida ishlov berishda foydalaniladi.

Payvandlash usulida polieilent yoki sintetik to‘qimachilik materiallar-dan tayyorlangan kiyimlarning qismlarini o‘zaro birlashtirishda foyda-laniladi.

Page 250: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

250

3. Kiyimlardagi shikastlanish (jarohat)larning tushunchasi va tasniflanishi

Umum kriminalitsik ma’noda kiyimlardagi shikastlanish (jarohat)lar

yanada kengroq tushuncha — kiyimlardagi izlar tushunchasining bir turi hisoblanadi. Ammo, ekspertiza amaliyotida kiyimlardagi shikastlanish (jarohat)lar va izlar alohida mustaqil guruhlar sifatida o‘rganiladi hamda har bir guruhning o‘ziga xos xususiyatlari ajratiladi.

Kiyimlardagi shikastlanish (jarohat)lar — kiyimga mexanik, issiqlik va kimyoviy ta’sirlar natijasida, uning yaxlitligi (butunligi)ning buzilishi hisoblanadi.

Kiyimlaragi izlar — kiyimga tas’ir qilgan obyektning ta’sirlashuvchi (iz hosil qiluvchi) sirtlari tashqi belgilarining moddiy aks etgan tasvirlari hisoblanadi.

O‘z navbatida, izlarni kriminalistik tadqiqotlarning obyekti nuqtai nazaridan o‘rganishda, ularni quyidagicha tasniflash mumkin:

Ta’sirlashuvchi qismlarning tashqi tuzilishining aks–izlari. Modda–izlar (metallanish, porox zaradining yonish mahsulotlari va

hokazolar). Kiyimlardagi shikastlanish (jarohat)larni ham ikki turga: o‘tkir va

o‘tmas buyumlardan hosil bo‘lgan jarohatlarga ajratish mumkin. O‘tkir buyumlar o‘zlarining tuzilishidagi xususiyatlaridan kelib chiqib,

iz qabul qiluvchi obyekt sirtining muayyan nuqtali yoki chiziqli sohasiga kesuvchi, sanchuvchi, chopuvchi, arralovchi yoki murakkablashgan (pichoq, bolta, qaychi, arra va hokazolar) ta’sir ko‘rsatishi mumkin hamda bu ta’sir natijasida iz qabul qiluvchi obyekt teshilishi yoki qismlarga ajralib ketishi mumkin.

O‘tkir buyumlar tuzilishiga ko‘ra kesuvchi (masalan, pichoq), arralovchi (arra), sanchuvchi (stilet, xanjar), chlpuvchi (qilich) va murkkablashgan (kesuvchi–sanchuvchi, kesuvchi–chopuvchi, kesuvchi–sanchuvchi–chopuvchi) bo‘lishi mumkin.

Kiyimlarning kriminalistik ekspertizalariga quyidagi mazmundagi savollar qo‘yilishi mumkin:

1. Kiyimlardagi jarohatlar o‘tkir buyumlar bilan yetkazilganmi, agar yetkazilgan bo‘lsa, aynan qanday: kesuvchi, sanchuvchi, sanchuvchi–kesuvchi, chopuvchi quroolardan yetkazilgan?

2. Jarohatlar bir yoki bir necha buyum tomonidan yetkazilgan? 3. Jarohatlar yetkazilgan pichoq tig‘ining belgilari qanday (tig‘

qalinligi va kengligi, tig‘ muhrasining shakli, tig‘ damlarining miqdori, o‘tkirlik darajasi)?

Page 251: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

251

4. Sanchuvchi buyumning shakli, uning o‘lchamlari va ko‘ndalang kesimining o‘lchamlari qanday?

5. Kiyimlardagi jarohatlarni inobatga olgan holda bolta damining xususiyatlari qanday?

Tekshirilayotgan kiyimdagi jarohatlarning kelib chiqishi (ushbu jarohat kesish, qirqish, chopish, sanchish yoki sanchuvchi–kesuvchi ta’sir natijasida hosil bo‘lganligi) bo‘yicha savolga javob berilayotganida, ekspert yuqorida sanab o‘tilgan jarohatlarga xos bo‘lgan morfologik belgilarini, ayrim hollarda esa esa jarohatlarni hosil bo‘lish mexanizmini aniqlay bilishi lozim. Iz hosil bo‘lish mexanizmini aniqlash tekshirilayotgan obyektga qilingan ta’sirning usuli haqida fikr yuritishga, ya’ni zarbaning mavudligi, uning yo‘nalishi kabi ko‘rilayotgan jinoyat ishi uchun ahamiyatli bo‘lgan ma’lumotlarni olishga imkon beradi.

Kesilish jarohatlari birorta buyumning tig‘ini kiyim matosi bo‘ylab harakati ta’sirida hosil bo‘ladi va natijada matoning ochiq (hajmiy) yoki yopiq (sirtiy) buzilishlari vujudga keladi (4–rasm). Kesilish izlari — tig‘li qurol yoki predmetni yuqoridan pastga (pastdan yuqoriga), chapdan o‘ngga (o‘ngdan chapga) tortganda — kesganda vujudga keladi. Bunda kiyim matosi, agar qurol yoki predmet o‘tkir tig‘li bo‘lsa, matoning tolalari bir hilda uziladi, agar predmetning shikastlovchi qismi (tig‘i) o‘tmas bo‘lsa, tolalarning uchi titilishi (oddiy uzilish) mumkin. Bu kabi izlar odatda, chiziq yoki ingichka ellips shaklida bo‘lib, jarohatlar joylashgan sohada mato tolalarining uchi bir-biriga yetishi mumkin.

Kesish izlari kiyim matosi tolalarining uchlari tekis qirqilgan yorilish shaklida bo‘ladi. To‘siqdagi jarohat sohasida obyektning muayyan bir qismining yetishmasligi – «matoning minusi» kuzatilmaydi. Undan tashqari, agar iz hosil qiluvchi obyektning iz qabul qiluvchi obyekt bilan ta’sirlashuvchi ishchi sirtida (masalan, pichoq tig‘ining yonbosh sirtlarida) turli nuqsonlar yoki identifikatsion xususiyatga ega bo‘lgan belgilar mavjud bo‘lsa, ushbu ishchi sirtning xususiy belgilari mato tolalarining uchlarida ifodanishi mumkin. Ammo, bu belgilar mikroskopik tadqiqotlar jarayonidagina aniqlanishi mumkin va o‘ta murakkab vazifa hisoblanadi.

Kesilishlar to‘g‘ri yoki egri shaklda bo‘lishi mumkin (tig‘ning harakat yo‘nalishiga bog‘liq ravishda). Kesilishlar kiyim matosining asosiy (bo‘ylama) va utok (ko‘ndalang) tolalarini ixtiyoriy burchak ostida kesishi mumkin, bu esa kesilishglarni yirtilishdan farqlovchi asosiy belgi hisoblanadi. Kesilish jarohatlarining chetlari tekis bo‘ladi, tolalarning erkin uchlari (uchliklari) bir sathda joylashgan bo‘ladi.

Page 252: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

252

4–rasm. Kesilish jarohatining ko‘rinishi. Kesilish jarohatida jarohatlovchi buyum tig‘iga ko‘rsatilayotgan

ta’sirning kamayishi natijasida hosil bo‘ladigan kashaklar (matoning ikkiga ajralgan qismlarining bir-biriga tutashtiruvchi tolalar, ya’ni kesish natijasida uzilmay qolgan tolalar) kuzatiladi. Kesilishning o‘ziga xos xususiyati bo‘lib, ochiq jarohatning boshanish va tugash qismlaridagi sirtiy (yopiq) qo‘shimcha kesilishlar hisoblanadi. Ushbu qo‘shimcha kesilishlar jarohatlovchi buyum tii matoga kirayotganida hamda matodan chiqayot-ganida hosil bo‘ladi. Kesilish natijasida mato «minusi» kuzatilmaydi. Mato tolalarining erkin uchlari ingichkalashmagan, tekis, iplarning tolalari bir xil sathda buzilishga uchragan bo‘ladi.

Kesilish izlarini tadqiqot qilishda kesish yo‘nalishi muhim ahamiyat kasb etadi. Agar kesilish matoning birgina qatlamidan o‘tgan bo‘lsa, uning yo‘nalishi to‘g‘risida iplarning erkin uchlari yo‘nalishi qarab xulosa qilish mumkin, odatda bu erkin uchlarning yo‘nalishi jarohatlovchi buyumning harakai bilan bir xil bo‘ladi.

Agar kesilish matoning ikki yoki undan ko‘proq qatlamlaridan o‘tgan bo‘lsa, u hoda kechilishning yo‘nalishi haqida eng ustki va eng ostki qatlamlarda joylashgan ochiq jarohatlarning joylashiga ko‘ra fikr yuritish mumkin bo‘ladi. Kesilish jarohatining boshlanish tomonida har ikki (ostki va ustki) qatlamlaridagi kesilishlar bir xil sathda joylashgan bo‘ladi, kesilishning tugash qismida esa, matoning ostki qatlamidagi jarohatlar matoning ustki qismidagiga qaraganda ichkariroqda joylashgan bo‘ladi.

Agar kesilish matodan keyin joylashgan paxtali qatlamdan ham o‘tgan bo‘lsa, u holda kesilishnng boshlanish qismida unchalik katta bo‘lmagan chuqurlik kuzatiladi. Undan tashqari, kesilish yo‘nalishi, paxtali qismdagi paxta qatlamini jarohatlovchi buyum tig‘i yo‘nalishi bo‘ylab siljib qolishi bilan aniqlanishi mumkin.

Sanchilish jarohatlari matoga sanchuvchi ta’sirli buyum ta’sirida hosil bo‘lishi mumkin. Sanchilish izlari — tig‘li qurol yoki predmetni oldinga, yuqoridan pastga (pastdan yuqoriga), chapdan o‘ngga (o‘ngdan chapga) urganda — sanchganda vujudga keladi.

Page 253: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

253

Bunda kiyim matosi quyidagicha o‘zgarishga uchraydi: agar qurol yoki predmet o‘tkir tig‘li bo‘lsa, matoning tolalari bir hilda uziladi, agar predmetning shikastlovchi qismi (tig‘i) o‘tmas bo‘lsa, tolalarning uchi titilishi mumkin.

Sanchish — matoning teshilishi bilan kuzatiladi. Kiyimdagi o‘q tegishidan hosil bo‘lgan jarohatni ham sanchish izlari sifatida ko‘rish mumkin. Bu kabi izlar ko‘pincha, yumaloq yoki ellips shaklida bo‘lib, jarohatlar joylashgan sohada shikastlangan obyektning bir qismi yetishmaydi. To‘siqdagi jarohat sohasida obyektning muayyan bir qismining yetishmasligi – «matoning minusi» deb ataladi va jarohat yetkazuvchi qurol yoki predmet tomonidan yulib ketiladi.

Undan tashqari, agar iz hosil qiluvchi obyektning iz qabul qiluvchi obyekt bilan ta’sirlashuvchi ishchi sirtida turli nuqsonlar mavjud bo‘lsa, ushbu ishchi sirtning xususiy belgilari mato tolalarining uchlarida ifodanishi mumkin. Ammo, bu belgilar mikroskopik tadqiqotlar jarayonidagina aniqlanishi mumkin va o‘ta murakkab vazifa hisoblanadi.

Bu kabi jarohatlovchi buyumlar ishchi sirti konussimon yoki pirami-dasimon shaklda bo‘lishi mumkin. Konussimon shakli buyumlarning ishchi sirti o‘tkir uchli hamda ko‘ndalang kesimi aylana yoki oval shakldi bo‘ladi. Piramidasimon ishchi sirtli buyumlar uchli qism bilan birga o‘tmas yoki o‘tkir qovurg‘alarga ham ega bo‘ladi. Ushbu jarohatlovchi buyumlarning matoga ta’sir qilish mexanizmi xam turlicha bo‘ladi.

Silindr–konussimon shakldagi buyum matoga, uning iplarini chetga surish yo‘li bilan kirib boradi, natijada matoning surilgan iplari jarohat chetida zichlashib qoladi. Agar jarohatlovchi buyum o‘z yo‘lida to‘qilgan iplarga duch kulsa, ularni avval cho‘zilishiga hamda keyinyaalik uzilib ketishiga sabab bo‘ladi. Shunday qilib, silindr–konussimon shakldagi buyum bilan sanchish ta’sirida hosil bo‘lgan jarohatlar aylana yoki oval shaklda bo‘ladi, jarohatning diametri buyum diametridan kichikroq bo‘ladi, chunki matoning uzilgan iplari, jarohatlovchi buyum chiqarib olinganidan so‘ng, o‘z joyiga qaytib qoladi. Jarohatlarning chetlari ichkariga ham tashqariga ham yo‘nalgan bo‘ladi. Shikastlangan iplarning uchlari yorilish yoki qirqilishning barcha belgilariga ega — tolalar ingichkalashgan, iplarning uchlari yoyilgan hamda tolalarning uchlari turli sathda joylashgan bo‘ladi.

Piramidasimon shakldagi buyum, matodan o‘tib boradi, agar buyumning ishchi sirti (uchi) o‘tmas bo‘lsa iplarni qisman siljitadi, agar o‘tkir bo‘lsa tolalarni kesib yuboradi.

Page 254: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

254

Sanchilish jarohatlari turli qovurg‘alarga ega bo‘lgan buyumlar ta’sirida hosil bo‘lgan bo‘lsa, jarohatlarda ushbu qovurg‘alardan qoladigan iz (belgi)lar — «qirralar» mavjud bo‘ladi. Ushbu qirralarning miqdori buyum qovurg‘alarining miqdoriga teng bo‘lishi shart emas, ularning aniq hosil bo‘lishi qovurg‘alarning o‘tkirligi, ularning o‘lchamlari, buyumning kirish chuqurligi va burchagi, shuningdek matoning xossalariga bog‘liq bo‘ladi (5–rasm).

5–rasm. Uch qovurg‘ali tig‘ning sanchilishi ta’sirida hosil bo‘lgan jarohat. Matoning bir qism iplarining erkin uchlari qirqish (yorilish), bir qismi

esa kesilish belgilariga ega bo‘ladi. Sanchuvchi buyum ta’sirining yo‘nalishi haqida jarohatdagi iplarnig joylashishiga ko‘ra fikr yuritish mumkin. Agar buyumda qovurg‘alar bo‘lsa va jarohatning bir tomonida ta’sir izlari yoki qovurg‘alardan qolgan moddalar (ifloslanish, chang, tuprrq va shu kabilar)ning mavjudligi, matoga yuqorida ko‘rsatilgan tomondan, o‘tkir burchak ostida zarba berilganligidan darak beradi. Agar bir necha qatlam matolar shikastlangan bo‘lsa, u holda xar bir qatlamdagi jarohatlarning joylashiga qarab, buyumning ta’sir yo‘nalishini aniqlash mumkin.

Tadqiqotlarga juda ko‘p hollarda sanchilish–kesilish izlari keltiriladi. Ular matoga nafaqat sanchuvchi, balki kesuvchi ta’sir ko‘rsatadigan buyumlar ta’sirida hosil bo‘ladi. Shu sababli sanchilish–kesilish jarohatlarini o‘rganishda, sanchuvchi ta’sir belgilari ham, kesuvchi ta’sir belgilari ham aniqlanadi. Bunday buyumning o‘tkir uchi matoga kirib borib avval sanchuvchi ta’sir ko‘rsatadi. Agar yetarlicha o‘tkirlanmagan bo‘lsa, bunday buyum mato iplarini cho‘zlishiga va keyinchalik qirqilishi yoki uzlishiga sabab bo‘ladi. Agarbuyum matoga ta’sirini to‘xtatmasa, unda endi buyum matoga kesuvchi ta’sir ko‘rsatadi, ya’ni matoning iplari kesiladi.

Page 255: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

255

Sanchilish–kesilish jarohatlarining shakli, agar mato yupqaroq bo‘lsa to‘g‘ri, yoysimon yoki egri (siniq) chizziq shakllarida bo‘lishi mumkin (6–rasm).

6–rasm. Bir damli tig‘ ta’sirida hosil bo‘lgan sanchilish–kesilish jarohati. Agar mato qalinroq yuo‘lsa, sanchilish–kesilish jarohatlari to‘g‘ri

chiziq shaklda bo‘ladi. Mato zichligi kamayishi bilan, jarohatning shakli yoysimon shakldan siniq chiziq shakligacha o‘zgarib boradi. jarohat o‘lchamlari bilan ushbu jarohatni hosil qilgan buyum tig‘i (ishchi sirti)ning o‘lchamlari orasidagi nisbat matoning turi, jarohatlovchi buyumning tuzilishidagi xususiyatlar va ushbu buyumlarni matodan chiqarib olish mexanizmiga bog‘liq bo‘ladi. Ayrim matolarda jarohatlarning o‘lchamlari jarohatlovchi buyum tig‘i kengligidan biroz kattaroq bo‘ladi, masalan, trikotaj, neylon va atsetatli shohi matolada ushbu kattalik 2 mm gacha, satin matosida esa — 4 mm gacha bo‘ladi.

Jarohatlarning kengligi ham jarohatlovchi buyumning tuzilishdagi xususiyatlari — jumladan buyum ishchi sirtida muhra qiya qismining mavjudligi, uning shakli va uzunligi, ishchi sirt uchining muhra qiya qismiga nisbatan joylashishi, shuningdek jarohatlarning to‘qiish iplariga nisbatan joylashishiga qarab o‘zgari qoladi. To‘qilish iplariga nisbatan 45° burchak ostida yetkazilgan jarohatlarning kengligi har doim jarohatlovchi buyum tig‘i kengligidan kichikroq bo‘ladi (7–rasm).

7–rasm. Bir damli tig‘ ta’sirida, o‘tkir burchak ostida yetkazilgan sanchilish–kesilish jarohati.

Page 256: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

256

Jarohatlovchi buyumni holatini matoning to‘qish iplariga nisbatan o‘zgartirmasdan chiqarib olishda, uning tig‘i, asosiy kesilish jarohatining uzunligi bo‘ylab qo‘shimcha kesuvchi ta’sir ko‘rsatadi. Agar buyum o‘z o‘qi atrofida buralsa va keyin chiqarib olinsa, buyumning tig‘i matoni asosiy jarohat chizig‘i bo‘yicha kesishni davom ettiradi. Shu sababli, agar matoning zichligi katta va cho‘zilish xususiyati kamroq bo‘lsa, jarohatlovchi buyumning asosiy jarohatning chizig‘i bo‘ylab kesuvchi ta’siri, zichligi kamroq va cho‘zlilish xususiyati ko‘proq bo‘lgan matoga qaraganda kattaroq bo‘ladi.

Jarohatlovchi buyumni holatini matoning to‘qish iplariga nisbatan kichik burchak ostida burab olishda va chiqarishda, ushbu buyum tig‘ining kesuvchi ta’siri katta burchak ostida burab olishda va chiqarishdagiga qaraganda kattaroq bo‘ladi. Bunday jarohatlarning chetlari tekis, iplarning erkin uchlari bir stahda joylashgan va mato minusi kuzatilmaydi. Sanchilish–kesilish jarohatlarida, jarohatlovchi buyum tig‘ini kiyim matosiga kirishidagi asosiy kesilish hamda ushbu tig‘ni matodan chiqarib olishda qo‘shimcha (bir yoki bir nechta) kesilish hosil bo‘ladi. Jarohatning tig‘ muhrasi tomoni o‘tmas, tig‘ dami tomoni o‘tkir bo‘ladi. Jarohatning tig‘ muhrasi tomoni shu tig‘ muhrasining shakli bilan ifodalanadi. Odatda jarohatning ushbu tomonining shakli aylana, P–simon shaklda bo‘ladi. Agar jarohatlovchi tig‘ muhrasida qovurg‘alar mavjud bo‘lsa, jarohattning shu tomondagi shakli G–simon, T–simon yoki M–simon shaklda bo‘lishi mumkin. Jarohatlovchi tig‘ muhrasidan hosil bo‘ladigan jarohatlar ko‘p hollarda qo‘shimcha kesilishga o‘xshagan bo‘ladi. Shu boisdan bu kabi jarohatlarni tekshirishda jarohatlovchi tig‘ muhrasining shakli, muhra qiya qismining shakli va uzunligi, iz hosil bo‘lish mexanizmi, kiyim matosining xususiyatlari va mato iplarining to‘qilish usullariga alohida e’tibor berish kerak.

Jarohatlarning tig‘ muhrasi tomonini mikroskop ostida tekshirishda, jarohatning ushbu qismidagi iplar turli sathda kesilganini, iplarning uchlari yoyilganligini, ozgina cho‘zilganligini ko‘rish mumkin. Jarohatlangan iplarning uchlari notekis va jarohatning ichki tomoniga yo‘nalgan bo‘ladi. Ushbu jarohatning o‘rta qismi va tig‘ning dami tomonidagi qismi tekis kesilgan, iplarning uchlari bir sathda kesilgan bo‘ladi. Ayrim hollarda (tig‘ o‘tmasroq bo‘lsa) jarohatning tig‘ dami tomonidagi qismi oxirigacha kesilmagan bo‘lishi mumkin.

Sanchilish–kesilish jarohatlaridagi qo‘shimcha kesilishlar asosiy kesilishdan muayyan burchak ostida siljigan, ammo asosiy kesilishning davomi bo‘lishi mumkin. Asosiy kesilishning qo‘shimcha kesilishga

Page 257: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

257

tutashgan joyida ko‘ndalang iplarning uzilishi, iplar uchlarining tolalarga ajralishi kuzatiladi, iplarning uchlari notekis bo‘ladi. Qo‘shimcha kesilishda iplar tolalarga ajralgan, turli sathda kesilgan va ularning uchlari siljib qolgan bo‘ladi.

Kiyimdagi jarohatlarga tegishli bo‘lgan belgilar yig‘indisiga ko‘ra, jarohatlovchi buyumni, shuningdek ushbu buyumning ta’sir ko‘rsatish mexanizmini ham aniqlash mumkin

Agar tekshirilayotgan kiyimda bir necha sanchilish–kesilish jarohatlari mavjud bo‘lsa, o‘xshashlik va farqlar mavjudligini aniqlash uchun, ularni o‘zaro solishtirish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bir jarohatlovchi buyum bilan ko‘p marta ta’sir qilish natijasida bir necha jarohat yetkazilganligini aniqlash uchun, kiyim elementlarini siljib qolishi imkoniyatlarini inobatga olish lozim.

Chopish izlari — tig‘li qurol yoki predmetni yuqoridan pastga (pastdan yuqoriga), chapdan o‘ngga (o‘ngdan chapga) siltaganda — chopganda vujudga keladi. Ta’kidlash joizki, agar chopish uchun ishlatilgan qurol yoki predmetning ishchi sirtida uning identifikatsion xususiyatlarini aks ettiruvchi belgilari (masalan, aniq ifodalangan nuqson, tig‘ining kemtik joyi va shu kabilar) bo‘lmasa, chopish natijasida kiyim matosida iz hosil qilgan predmetni xususiy belgilarini ifodalovchi belgilar aniqlanmaydi, chunki, chopish katta kuch va katta tezlikda amalga oshiriladi.

Bunda kiyim matosi, agar qurol yoki predmet o‘tkir tig‘li bo‘lsa, tekis qirqiladi, matoning tolalari bir hilda kesiladi, agar predmetning shikastlovchi qismi (tig‘i) o‘tmas bo‘lsa, tolalarning uchi titilishi mumkin, izlarning shakli uzun chiziq ko‘rinishida bo‘ladi. To‘siqdagi jarohat sohasida obyektning muayyan bir qismining yetishmasligi – «matoning minusi» kuzatilmaydi. «Kesilish izlari»dan o‘lchami bilan farq qilishi mumkin, umuman olganda deyarli farqi yo‘q.

Chopuvchi ta’sir qiladigan buyumlar tig‘ining og‘irligi, u yoki bu daraja o‘tkirlangan tig‘i va o‘ziga xos ta’sir qilish mexanizmi bilan xarakterlanadi. Chunki bunday buyumlar bilan ta’sir qilishda, odatda buyumning ta’sir kuchi jarohatlanuvchi obyekt sirtiga nisbatan yoki perpendikular va qandaydir burchak ostida yo‘nalgan bo‘ladi.

Urib–majaqlash izlari — tig‘siz (urib–majaqlovchi) qurol yoki predmetni yuqoridan pastga (pastdan yuqoriga), chapdan o‘ngga (o‘ngdan chapga) siltaganda — urganda vujudga keladi.

Bunda kiyim matosi quyidagicha o‘zgarishga uchraydi: matoning tolalari ezilib ketadi, tolalarning uchlari uziladi, tolalarning uchi titilishi mumkin, yorilish, yirtilish, sinish kuzatiladi.

Page 258: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

258

Urib–majaqlash — matoning teshilishi bilan kuzatiladi. Bu kabi izlar ko‘pincha, yumaloq yoki ellips shaklida, bazan shikastlovchi obyekt ishchi sirti shakli bilan bir hil shaklda bo‘ladi, jarohatlar joylashgan sohada shikastlangan obyektning bir qismi yetishmaydi – «matoning minusi» kuzatiladi.

Kiyimlardagi o‘tmas buyumlardan hosil bo‘lgan jarohatlar ta’sir qiluvchi buyumlar shakli, o‘lchamlari va materialiga mos ravishda juda turli bo‘ladi.

O‘tmas buyumlar shakliga ko‘ra quyidagilarga bo‘linadi: — yassi sirtlari katta o‘lchamli bo‘lgan buyumlar; — yassi sirtlari kichik o‘lchamli bo‘lgan buyumlar; — qovurg‘alarga ega bo‘lgan buyumlar; — silindrsimon sirtli buyumlar; — sferik sirtli buyumlar. Kiyimlardagi o‘tmas buyumlar bilan yetkazilgan jarohatlar va izlarni

tadqiqot qilishda, ekspertiza oldiga qo‘yiladigan savollar ham turlicha bo‘ladi.

Juda ko‘p hollarda ekspertiza oldiga quyidagi savollar qo‘yilishi mumkin:

1. Jarohatlar o‘tmas buyum bilan yetkazilganmi? 2. Kiyimdagi darohatlar va izlar transport vositasining ta’sirida hosil

bo‘lganmi? 3. Kiyimdagi jarohatlarning hosil bo‘lish mexanizmi qanday? 4. Jarohatlar hosil bo‘lgan paytda, jabrlanuvchi va transport

vositasining o‘zaro holati qanday bo‘lgan? 5. Tekshirilayotgan jarohatlar transport vositasining turtib chiquvchi

qismlaridanmi yoki g‘ildiragidan hosil bo‘lganmi? Kiyim matosining ochiq buzilishlari quyidagi uchta turdagi jarohat-

lardan iborat bo‘ladi: — o‘tmas buyumlarning bevosita ta’sirida hosil bo‘ladigan yirtilishlar; — turli ta’sirlar natijasidagi yirtilish–cho‘zilishlar; — ishqalanish natijasidagi jarohatlar. O‘tmas buyumlarning bevosita ta’sirida hosil bo‘ladigan yirtilishlar

obyektga to‘g‘ri yoki urinma kuchlar ta’sirida hosil bo‘ladi. Birinchi holatda o‘tmas buyumlarning qovurg‘alaridan qoladigan chopilishga o‘xshagan jarohatlar hosil bo‘ladi, ikkinchi holatda esa asosiyva utok (bo‘ylama) iplarni cho‘zilishi hisobiga to‘g‘ri burchak shaklidagi yirtilishlar hosil bo‘ladi.

Page 259: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

259

Bunday jarohatlarni tadqiqot qilishda matolar elementlarning ezilishi, iplarning bir-biridan ajralib ketishi kabi buzilishlar kuzatiladi. Jarohat-larning chetlari o‘tmas buyumlar konturlariga mos keladi. Shikatlangan iplarning tolalari turli sathlarda ajralgan bo‘ladi. Jarohatlarning chetlari yomon ifodalanadi va noaniq shaklga ega bo‘ladi.

Ushbu jarohatlarni mikroskopik tadqiqotlarida, jarohatda ezilgan, ajralib ketgan tolalar hamda jarohatlarning atrofida begona moddalar — ta’sir qiluvchi buyumdan o‘tib qolgan metall zarrachalar, zanglash izlari, yoqilg‘i–moylash moddalarining qoldiqlari kuzatiladi.

Yorilishlar kiyimga o‘tmas qovurg‘ali buyumlarni urinma bo‘ylab ta’sirida va mato iplarini cho‘zilishi natijasida hosil bo‘lib, tirqishsimon shaklga ega bo‘ladi. Kiyimdagi bir nuqtadan ikkita — bo‘ylama va ko‘ndalang iplar bo‘ylab o‘zaro perpendikular yorilishlar ajralib ketishi mumkin. Yorilish jarohatining chetlari notekis bo‘ladi. Iplarning uchi cho‘zsilgan va turli sathda tolalarga ajralgan bo‘ladi. Jarohatning uzilgan iplarining uzunligi jarohat uzunligiga teng bo‘ladi. Yorilish chetlaridagi iplar unchalik shikastlanmaydi, ammo cho‘zilgan va tolalarga ajralgan bo‘ladi. Yorilishlar — buyum ta’sir qilgan nuqtadan uzoqda hosil bo‘ladi. Bu odatda, kiyimga ishchi sirti katta bo‘lgan o‘tmas buyum ta’sir qilganida kuzatiladi, masalan, avtomashina g‘ildiragi.

Ishqalanish ta’sirida hosil bo‘lgan jarohatlar egri aylana shaklidagi tuynuklardan iborat bo‘lib, ularning chetlari yoysimon bo‘ladi. Jarohat chetlaridagi iplar ingichkalashgan, ba’zida ishqalanish natijasida tolalarga ajralgan bo‘ladi. Qalin matolarda tolalarning asosigacha yeyilishi kuzatiladi.

Kiyim matolarida o‘tmas buyumlardan qoladigan jarohatlarni hosil bo‘lishi quyidagi shart–sharoitlarga bog‘liq bo‘ladi:

— buyumning uruvchi qismini shakli va o‘lchamlari (yassi, sferik, burchaksimon);

— materialning texnologik xususiyatlari (zichligi, matoning turi va qalinligi);

— astarining xususiyati (qattiq, yumshoq); — iz hosil qiluvchi buyum materialining xususiyatlari va uning

sirtidagi begona moddalarning mavjudligi (bo‘yoq, tuproq, qalin chang qatlami, zang va shu kabilar);

— iz hosil bo‘lish mexanizmi (ta’sirlashuvchi obyektlarning o‘zaro joylashishi, ta’sir kuchining xususiyatlari va zarbaning yo‘nalishi).

Kiyim materiali odatda elastik bo‘ladi, shuning uchun iz hosil qiluvchi buyumning yassi qismi bilan berilgan zarba, kiyimda oddiy ko‘z bilan

Page 260: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

260

ko‘rib bo‘ladigan jarohatlarni keltirib chiqarmaydi. Zarba natijasida matoning zarba berilgan qismlarining zichligi ortib ketishi mumkin. Agar ta’sir qiluvchi obyekt sifatida ishchi sirti sferik shaklda bo‘lgan buyum matoga ta’sir qilgan bo‘lsa, kiyim sirtida yoysimon ezilishlar kuzatilishi mumkin. Bunday jarohatda matoning iplari (bo‘ylama va ko‘ndalang) ingichkalashgan, bu iplar orasidagi masofa kamaygan hamda tolalari chigallashib ketadi. Ba’zida bunday ta’sir natijasida matoda yorilish izlari kuzatiladi.

Turli izlarni hosil bo‘lishida kiyim matosining xususiyatlari (turi va qalinligi) ham muhim ahamiyatga ega. O‘tmas buyumlardan jarohatlar paxta va shohi materiallarda yaxshi ifodalanadi. Bunday matolarda o‘tmas buyum ta’sirida hosil bo‘lgan jarohatlar chiziqli shaklda bo‘ladi. Mato (paxta, shohi)ning qalinligi kamayishi bilan jarohatlarning shaklini kuzatilishi yumonlashadi. Tukli matolarda zarbalar amortizatsiga uchraydi va jarohatlar nisbatan kam hosil bo‘ladi. Agar tukli material turli rangga bo‘yalgan bo‘lsa, zarba ta’sirida material tukining ezilishi va rangini o‘zgarishi kuzatilishi mumkin. Jun (Shert) materiallarda pilarning chigallashishi va kam shikastlanishi seziladi. Velvet materiali iz hosil qiluvchi buyumning shaklini kam aks ettiradi. Kapron materiallari ham uruvchi–majaqovchi buyumlarning ta’siriga chidamli bo‘ladi.

Kiyim matosida va odam tanasida transport vositalarining va ularning qismlarining shakli va naqshlarini aks ettiradigan aks–izlar jabrlanuv-chining tanasini transport vositasi, uning alohida qismlari bilan ta’sirlashuvida hosil bo‘ladi. Amaliy faoliyatda transport vositasining bamperi, chiroq (fara)lari, ostki chiroq (podfarnik), eshiklari dastalari va boshqa turtib chiqib turuvchi qismlaridan qoladigan izlar va jarohatlar ko‘proq uchraydi. Ushbu aks izlar transport vositasining qismlarini to‘liq yoki qisman aks ettirishi mumkin. Transport vositasining sirtida odatda turli ifloslanishlar va chang, bo‘yoq va yoqilg‘i–moy materiallari mavjud bo‘ladi. Shuning uchun transport vositasi kiyim bilan ta’sirlashganda kiymga yuqoridagi moddalar o‘tib qolishi mumkin va ular qatlam–izlar deb ataladi.

Transport vositasining g‘ildiragidan qoladigan izlar va jarohatlar maxsus va nomaxsus turlarga bo‘linadi. Maxsus zlar sifatida g‘ildirak protektorining va ayrim turtib chiquvchi qismlarning izlari, nomaxsus izlar sifatida esa kiyimdagi mexanik jarohatlar va kiyimga o‘tib qolgan begona moddalar olinadi. Avtomashinaning turtib chiqib turuvchi qismlaridan qolgan izlari oddiy ko‘z bilan tekshirilgana ham aniqlanishi mumkin. Ammo, ba’zida bunday izlarni tadqiqotning maxsus metodlaridan foydalanib tekshirish zarur bo‘ladi.

Page 261: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

261

Kiyimlardagi relsli transport ta’sirida hosil bo‘lgan jarohatlar uchun kiyimda bosish hoshiyasini mavjud bo‘lishi xosdir. Ushbu bosish hoshiyasi relsli transportning temir g‘ildiraklari ta’sirida hosil bo‘ladi va unda matoning qatlam–qatlam bo‘lib yirtilishi, kuchli ifloslanishlar (temir yo‘llariga hos bo‘lgan tarkibli) kuzatiladi. Bunday bosish hoshiyasi kiyimning ikki tomonida ham mavjud bo‘ladi.

Bosish hoshiyalarining ifodalanganlk darajasi va o‘lchamlariga ko‘ra kiyim va relsli transportning ta’sirlashish vaqtidagi holatini, masalan, kiyimning qayti tomoni transportning g‘ildiragi tomonga, qaysi qismi esa temir yo‘l tomonga qaraganligini aniqlash mumkin. Kiyimning g‘ildirak ta’sir qilgan tomonida kengligi 13 — 14 sm bo‘lgan hoshiya, rels ta’sir qilgan tomonida esa 7 — 8 sm kenglikdagi hoshiya kuzatiladi.

Kiyim matosidagi issiqlik ta’sirida hosil bo‘lgan jarohatlar ularning ip va tolalarini o‘rganish haroratning kattaligi, ta’sirning davomiyligi hamda issiqlik ta’siri manbai haqida fikr yuritishga imkon beradi.

Kiyimga issiыlik ta’sirining tщrtta asosiy turlari mavjud bщladi: olov ta’siri, qizigan jismning ta’siri, atrof–muhitning yuqori harorati ta’siri va elektr tokining ta’siri.

Birinchi uchta ta’sirning kiyim matosiga ta’siri turlicha va matoning turiga, issiqlik manbaining haroratiga va ta’sir qilish vaqtiga bog‘liq bo‘ladi. Paxta, jun va shohi mato sirtiga 100 ? S harorat bilan uzoq vaqt ta’sir natijasida sezilali ta’sir ko‘rsatmasligi mumkin, ya’ni ularni oddiy ko‘z bilan ko‘rib bo‘lmaydi. Ammo, ultrabinafsha nur ostida tekshirishda sariq–yashil lyuminessensiya kuzatilishi mumkin.

Agar kiyimga 200°S harorat ta’sir qilsa, matoning rangi os jigar rangdan to‘q jigar rangga o‘zgarishi mumkin. Paxta va bo‘z materiallarda issiqlik natijasida qora dog‘lar, mato tukining kuyishi va tolalar rangining o‘zgarishi kuzatiladi. Jun matolarda matoning qalinlashishi, btolalarning buralishi va erishi seziladi.

Kiyimga 300°S issiqlik ta’sir qilsa matoning yonib ketishi kuzatiladi. Yongan sohalarning chetlari ultrabinafsha nur ostida tekshirilsa, sariq–yashil rangli lyuminessensiya kuzatiladi.

Kiyimdagi issiqlik ta’siridagi jarohatlar texnik va atmosfera (chaqmoq, yashin) elektr ta’sirida ham hosil bo‘lishi mumkin. Bu holda maxsus va nomaxsus ta’sirlar ajratiladi. Elektr tokining maxsus ta’siriga elektr toki ta’sirida kiyimdagi o‘zgarishlar, nomaxsus ta’sirga esa elektr tokining elektr manbasi bilan kiyimning metal qismlari orasida hosil bo‘ladigan elektr yoyi ta’siridagi jarohatlarni kiritish mumkin. Atomsfera elektri (chaqmoq, yashin) ta’siri natijasida kiyimda yirtilishlar va kuyishlar kuzatiladi.

Page 262: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

262

Kiyimdagi kimyoviy ta’sirlarnin jarohatlari mutaxassis–kimyogar tomonidan maxsus tadqiqotlar orqali aniqlanadi. Ekspert–trasolog esa qaysi turdagi matolar kimyoviy ta’sirlarga qay darajada chidamli yoki chidamsiz emasligini bilishi zarur.

Jun matolar tarkibida kislota kamroq bo‘lgan eritmalarga nisbatan chidamli bo‘ladi, 96 % li azot kislotasi ta’sirida esa jun matolar buzilish (erish)ga uchraydi. Azot va sulfat kislota ta’sirida jun matolarda hosil bo‘ladigan jarohatlar tekshirilganda, mato tolalarining mustaxkamligi kamayishi va oson yirtiladigan bo‘lib qolishi aniqlanadi. Azo kislotasi ta’sir qilgan sohalar rangsizlanadi va pushti rangga kirib qoladi.

Shohi matolar jun matolarga qaraganda kislotalar ta’siriga chidam-sizroq. Sulfat kislotasi 10 minut ichida bunday matolarni eritib yuboradi. Sirka va fosfor kislotalari o‘ohi matoga sezilarli ta’sir ko‘rsatmaydi.

Paxta matolar ham kislotalar ta’siriga chidamsiz bo‘ladi. Kislota ta’sirida mato tolalari erib ketishi va rangini yo‘qotishi mumkin.

Yuqorida ta’kidlanganlardan ko‘rinib turibdiki, sanchuvchi, sanchuv-chi-kesuvchi, majaqlovchi va o‘tmas qurol va predmetlar bilan yetkazilgan kiyimlardagi mexanik jarohatlar ham va ularni xarakterlovchi belgilar ham juda xilma-xil va o‘ziga xosdir. Shuning uchun, bunday izlar va ularning xususiy belgilarini tadqiq etishda, har bir xususiy holni alohida o‘rganish va tajribadan namunaviy izlar olish hamda ularni batafsil o‘rganib tadqiqot etish zarur bo‘ladi.

4. Kiyimlardagi jarohatlarni trasologik ekspertizasining

metodikasi Hodisa sodir bo‘lgan joyda kiyimlarn ko‘zdan kechirishda, ashyoviy

dallilarni yo‘qolibketishini oldini olish maqsadida, muayyan qoidalarga amal qilish maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Kiyimlar qatlamma–qatlam va ketma–ketlik bilan, ustki kiyimdan boshlanib ichki kiyimgacha, kiyimdagi jarohatlarni odam tanasidagi jarohatlarga mosligiga alohida e’tibor berib tekshiriladi. Kiyimdagi barcha jarohatlar va izlar masshtabli chizg‘ich bilan fotosuratga olinadi, kiyimdan to‘kilgan zarrachalar, kelgusida tadqiqot qilish maqsadida olib qo‘yiladi, kiyimdagi jarohatlar esa turli tashqi ta’sirlarga uchramasligi uchun oq mato parchasi bilan yopiladi, ushu parchaing chetlari esa kiyimga tikib qo‘yiladi.

Kiyimni o‘rab–joylashtirishda kiyimni taxlash chiziqlari jarohatlar sohasiga to‘g‘ri kelmasligi lozim. Agar kiyim nam bo‘lsa yoki qon shimilgan bo‘lsa, uni ekspertizaga taqdim etishdan oldin quritilishi kerak.

Page 263: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

263

Ekspertiza tadqiqotlarini o‘tkazish quyidagi bosqichlardan iborat bo‘ladi:

— dastlabki tadqiqotlar; — alohida tadqiqotlar; — natijalarni baholash; — ekspertiza materiallarini rasmiylashtirish. Kiyimlardagi mexanik shikastlarning trasologik ekspertizasi o‘ziga

xos xususiyatlariga ega. Ekspert eekspertiza uchun materiallarni olgandan so‘ng, tergov organlarini qiziqtiruvchi savollarni aniqlab oladi. Ekspertiza tayinlash haqidagi qarorda savollar turlicha qo‘yilishi mumkin, ammo ularning asl mazmuni asosan quyidagicha bo‘ladi:

1. Kiyimdagi shikastlarning hosil bo‘lish mexanizmi qanday? Kesilganmi, yorilganmi, teshilganmi, chopilganmi, avtotransport vositasi sudrashidan hosil bo‘lganmi? Iz hosil qiluvchi obyektning yo‘nalishi qanday bo‘lgan?

2. Quyidagi shikastlarga qarab avtotransport xalokati paytida jabrla-nuvchi qanday holatda turganligini aniqlang.

3. Kiyimidagi shikastlar ma’lum bir qurol (buyum) dan qolganmi? Bu shikastlar mashina urib yuborganda, mushtlashganda hosil bo‘lishi mumkinmi?

4. Kiyimning parchalari bitta kiyimga taalluqlimi? Birinchi bosqichda ekspert tadqiqotga taqdim etilgan jinoyat ishi

materiallari bilan tanishadi. Ekspert oldiga qo‘yilgan savollar bilan tanishadi va ashyoviy dalillarni dastlabki umumiy ko‘zdan kechiradi.

Ekspert birinchi galda daliliy ashyolarning haqiqiyligiga ishonch hosil qilishi kerak. Berilgan obyektlarning haqiqiyligiga salgina shubha tug‘ilsa, ekspertiza tayinlagan shaxsdan qo‘shimcha ma’lumotlar talab qilinishi kerak. O‘bekiston Respublikasi Jinoyat–protsessual kodeksining 68–moddasiga binoan ekspert o‘zi o‘tkazayotgan ekspertiza predmetiga tegishli jinoiy ish materiallari bilan tanishish huquqiga ega. Bunday materiallarga daliliy ashyoni ko‘zdan kechirish bayonnomasi, daliliy ashyo sifatida qo‘shib qo‘yish haqidagi qaror, ba’zi hollarda esa hodisa joyini ko‘zdan kechirish bayonnomasi kiradi. Ularda buyumlarning to‘liq belgilari aks etishi kerak. Jinoyat ishi materialidagi ayblanuvchining biror buyumdan jinoiy maqsadda foydalanganligini ifodalovchi harakatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ekspertiza obyekti hisoblanmaydi. Binobarin bu ma’lumotlar ekspertni qiziqtirmasligi, ekspert xulosasida ko‘rsatilmasligi kerak. Ekspertiza obyektlarining haqiqiyligi to‘g‘risidagi shubhani bartaraf etish juda katta ahamiyatga ega. Chunki ekspert xulosasida muayyan

Page 264: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

264

shaxsning harakatlarini yuridik tomondan baholashga ikkinchi darajali bo‘lsada ta’sir ko‘rsatuvchi daliliy ashyolarning xususiyatlari aniqlanadi. Daliliy ashyolarning haqiqiyligiga shubha bo‘lmagan holda buyum ko‘zdan kechiriladi. Ko‘zdan kechirishdan maqsad, aynan shu buyumning boshqa shunday buyumlar bilan bir xilligini aniqlovchi belgilarini topishdan iborat. Ko‘zdan kechirishda buyumning o‘ziga o‘xshash buyumlardan farqlovchi belgilariga ham e’tibor beriladi. Bunday belgilar jumlasiga: o‘lchamlar, rang, yozuvlar ko‘rinishidagi alohida xususiyatlar, birorta qismning nuqsonlari kabilar kiradi. Ekspert aniqlagan alohida xususiyatlar nafaqat xulosa matnida, balki ekspertiza xulosasiga ilova qilinadigan suratli jadvallarda yoki fotosuratlar orqali qayd qilingan bo‘lishi kerak.

Ekspertizaga taqdim etilgan ashyoviy dalillar ekspertiza tadqiqotlari o‘tkazish uchun yetarli ekanligiga ishonch hosil qilganidan so‘ng ekspert, ushbu tadqiqotlarni o‘zi mustaqil o‘tkaza olishi yoki olmasligini, yoki bo‘lmasa kompleks ekspertiza tadqiqotlari o‘tkazilishi zarurligini aniqlaydi.

Taqdim etilgan kiyimni ko‘zdan kechirish kiyimni turi, o‘lchamlari, holati, jarohatlar va izlarning aniqlash va qayd etish maqsadida o‘tkaziladi. Bu jarayonda kiyimning va tarkibiy qimlarinng nomlanashi, materiali va uning tuzilishi, o‘lchamlari, kiyilish darajasi (eski yoki yangiligi kabi), turli ifloslanishlarning mavjudligi, jarohatlar — kesilish, sanchilish, yorilish, yirtilish, issiqlik yoki kimyoviy ta’sir izlari borligi hamda ko‘rilayotgan ish uchun ahamiyatli va qo‘yilgan savollarga javob berishga kerak bo‘ladigan boshqa belgilar ko‘rsatiladi.

Ko‘zdan kechirishning keyingi maqsadi – tekshirish obyektini o‘rganishdir. Kiyimlardagi mexanik shikastlarning trasologik eksperti-zasidagi ko‘zdan kechirishda kriminalistikada qabul qilingan oddiy uslublar qo‘llaniladi: ko‘zdan kechirish, kuzatish, o‘lchash, ta’riflab yozish. Ushbu turdagi ekspertizaga tegishli bo‘lgan yoki tegishli bo‘lishi mumkin bo‘lgan obyekt jinoyat ishida qanday ahamiyatga ega ekanligiga qarab, ko‘zdan kechirishning maqsadi turlicha bo‘lishi mumkin. Agar taqdim etilgan buyum qotillik yoki tan jarohatlari yetkazish quroli bo‘lgan bo‘lsa, uning sirtida qon izlari, odam terisi, soch tolalari va kiyim matosi mikrozarralarining o‘tirib qolishi mumkin.

Kiyimlardagi mexanik shikastlar shakli, o‘lchamlari, tuzilishi, individual belgilarini aniqlash uchun ko‘zdan kechiriladi. Bunda mexanik shikastlarning uni aynan jarohat sifatida ifodalovchi guruhiy belgilariga va individual belgilariga e’tibor berish kerak.

Page 265: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

265

Tadqiqotlarda o‘rganilayotgan buyumni kattalashtirib fotosuratga olish kerak. Fotosuratga olishning holatlari va sharoitlari ekspert xulosasida qayd qilinadi, tayyorlangan fotosuratlar esa fotojadvalga yelimlanadi, ularga izoh beriladi va ekspert imzosi hamda muhr bilan tasdiqlanadi.

Kiyimlardagi mexanik shikastlarning ko‘zdan kechirish uning tuzilishi va o‘lchamlarini o‘rganishdan boshlanadi. Kiyimlardagi mexanik shikastlarni to‘g‘ri ta’riflab yozish uchun kriminalistikada qabul qilingan yagona atamalardan foydalanish kerak. Ekspertiza xulosasi matnida buyum va uning alohida qismlarining nomlanishi bir xilda bo‘lishi zarur.

Kiyimlardagi mexanik shikastlarda quyidagilar o‘lchanadi: jarohatning to‘g‘ri o‘q bo‘yicha umumiy uzunligi; jarohatning asosi va o‘rtasidagi kengligi; jarohatning qalinligi; jarohatning kiyimning aynan qayerida joylashganligi (masalan,

kiyimning etagidan falon sm yuqorida, chap chokidan falon sm o‘ngda, yoqasidan falon sm pastda).

Kiyimlardagi ifloslanishlar juda ko‘p hollarda, kiyim shimib olgan qon va boshqa moddalar bilan bog‘liq bo‘ladi. Qonning qurib qolgan izlari (qotib qolgan qon) kiyimdagi jarohatlarning shakli va ko‘rinishini o‘zgartirib yuborishi mumkin. Bunday hollarda kiyimni suv bilan namlash va jarohat sohasi tagiga karton yoki fanera qo‘yib maxkamlash lozim.

Kiyimda aniqlangan jarohatlarning turi, shakli, o‘lchamlari, miqdori va joylashgan sohalari aniq ko‘rsatladi. Agar jarohatlar kiyimning turli elementlari (ustki va ichki kiyimlar)da joylashgan bo‘lsa, ularni o‘zaro solishtirish lozim. Ko‘p qatlamli kiyimlardagi jarohatlarni tekshirishda, bunday kiyimlarning ichki qatlamlarini ham alohida tekshirish kerak.

Undan keyin jarohatning barcha mavjud bo‘lgan va aniqlangan xususiy belgilari batafsil yozilishi lozim. Buning uchun ushbu jarohat mikroskop ostida diqqat bilan tadqiq etilishi lozim. Ekspert tekshirilayotgan buyumdagi, shu buyumni aniqlovchi belgilar yig‘indisini topganidan so‘ng, o‘z xulosasining to‘g‘riligiga ishonch hosil qilishi kerak. Buning uchun aniqlangan belgilar yig‘indisini muayyan buyumlar guruhining belgilari bilan solishtirish maqsadga muvofiq Ekspertning maxsus bilimlari asosida tadqiq etilayotgan buyumning aniqlangan va ajratilgan belgilari yig‘indisi ushbu buyumni aniqlovchi bo‘lib xizmat qiladi.

Tadqiqotga taqdim etilgan jarohatlovchi buyum mikroskop ostida tekshirilishi zarur. Bunda qon izlari, soch va kiyim matosining ip hamda tolalari aniqlanishi mumkin. Bunday vaziyatda ushbu izlar yo‘qolib

Page 266: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

266

ketmasligi uchun ekspert o‘z tadqiqotlarini vaqtinchalik to‘xtatadi va sud–biologik yoki gistologik ekspertiza tadqiqotlari o‘tkazilgan yoki o‘tkazilmaganligini tergovchidan aniqlab olishi zarur.

Daslabki tadqiqotlar bosqichi ekspertiza obyektlarini fotosuratga olish bilan yakunlanadi. Kiyimlar maxsus stend yordamida yoki manekenga kiydirib turib fotosuratga olinadi, bunda arngli fotosuratga olish maqsadga muvofiq.

Sanchuvchi-kesuvchi ta’sir qiladigan buyumlarni ta’riflashda, ularning asosiy qismlari va tuzilishi bayon etilishi lozim. Birinchi navbatda buyumning ta’sir qiluvchi qismi — tig‘i, ya’ni materiali, rangi, damining turi ta’riflanadi. Agar buyum tig‘ida tovon mavjud bo‘lsa, uning shakli va o‘lchamlari ta’riflanadi. Tig‘ damining shakli va jangovar uchining muhraga nisbatan joylashishi alohida qayd etiladi. Tig‘ muhrasini ta’riflashda uning ko‘ndalang kesimi shakli, qovurg‘alarining shakli va muhraqiya qismining mavjudligi va shakli ko‘rsatiladi. Buyum tig‘ining o‘lchamlari: uzunligi, kengligi va qalinligi, muhraning qalinligi, muhra qiya qismining uzunligi aniqlanadi.

Uruvchi–majaqlovchi ta’sirli buyumlarni ta’riflashda ularning materiali, shakli, sirtining xususiyatlari, qovurg‘alari, yonbosh qirralari va tekisliklarining mavjudligi, relyefli nuqsonlari va ifloslanishlarning mavjudligi ko‘rsatiladi.

Undan keyin, buyumlar dastasining shakli va o‘lchamlari, tayyor-langan materiali va chegaralagichning mavjudligi (yo‘qligi) ko‘rsatiladi.

Jarohatlovchi buyumlarni iz hosil qiluvchi obyekt sifatida baholash, ularning turiga qarab turlicha bo‘ladi. Kesuvchi, sanchuvchi, kesuvchi–sanchuvchi ta’sirli buyumlarda, kiyimdagi izlarda aks etadigan belgilari kamroq bo‘ladi, shu boisdan ulardan identifikatsion tadqiqotlar o‘tkazishda foydalanish bir muncha qiyinroq bo‘ladi. O‘tmas (uruvchi–majaqlovchi) ta’sirli buyumlarda turli umumiy va xususiy belgilar izlarda kщproы aks etadi va identifikatsion tadыiыotlarda samarali foydalanish mumkin. Masalan, kiyimdagi kesilish yoki sanchilish jarohatidan, jarohatlovchi buyumni aynanligini aniqlashning imkoni deyarli yo‘q, ammo bunday jarohatlardan jarohatlovchi buyumlarni guruiy taalluqliligini aniqlash mumkin.

Kiyimdagi jarohatlar tadqiqotga taqdim etilgan sanchuvchi-kesuvchi ta’sirli jarohatlovchi buyumdan qoldirilganmi degan savolga javob berishda, kiyimdagi jarohatlarda kesilish-sanchilish jarohatlarining belgilari bor yoki yo‘qligiga asoslanish lozim. Bunda jarohatlarning shakli va o‘lchamlariga, tig‘ muhrasining jarohatda aks etgan xususiyatlariga va tig‘ damining o‘tkirligi darajasiga e’tibor berish kerak.

Page 267: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

267

Kiyimlardagi mexanik jarohatlarning tekshirishda va identifikatsion tadqiqotlarida kiyim matosi va jarohatlovch buyumlarning xususiyatlariga bilan birga, iz hosil bo‘lish mexanizmini ham inobatga olish zarur. Masalan, sanchilish–kesilish jarohatlarida, jarohatlovchi buyum tig‘ining o‘ziga xos xususiyatlari va belgilari, jarohatning tig‘ kengligidan kichikroq sohalarida aks etadi.

Taqqoslash tadqiqotlarini boshlashdan oldin, kiyimdagi mavjud jarohatlarning o‘ziga xos xususiyatlari va belgilari hamda jarohatlovchi buyumlarning guruhiy taalluqliligni aniqlab olish zarur.

Taqqoslash, ikki yoki undan ortiq obyektlar uchun umumiy bo‘lgan xossalar va belgilarni solishtirib va natijalarni baholab tadqiq qilish. Taqooslash bu shunday mantiqiy operatsiyadan iboratki, unda mantiqiy fikrlashning tahlil va sintez, mavhumlashtirish, umumlashtirish va qiyosiy kabi usullari qo‘llaniladi. Taqqoslash solishtirish usuli bilan amalga oshiriladi, binobarin, o‘rganilayotgan obyektlar solishtirish uchun yaroqli bo‘lishi, ya’ni, ushbu obyektlar uchun umumiy bo‘lgan belgilarga ega bo‘lishi kerak. Bu belgilarga ko‘ra obyektlarning o‘xshashligi yoki o‘xshash emasligi (farqlari) aniqlanadi hamda bu o‘xshashlik va farqlar ikkitadan ko‘p bo‘lishi lozim.

Taqqoslash yuqori sifatli bo‘lishi uchun tekshirilayotgan obyektdagi jarohatning asosiy xususiy identifikatsion belgilarini aniqlash va ularni yig‘ib kerakli xulosa chiqarish kerak. Taqqoslashda jarohat yetkazgan qurol yoki predmetni ajratib olishga imkon beruvchi belgilar yig‘indisini hisobga olish zarur. Keyingi tadqiqotlarda esa o‘sha belgilar alohida taqqoslanib, tekshirilayotgan va namuna obyektlar belgilari mos kelishi yoki mos kelmasligi, o‘xshashligi yoki o‘xshash emasligi aniqlab olinadi. Agar belgilar o‘zaro o‘xshash bo‘lmasa, bu farqlarning sabablari (qandaydir qismlarni yo‘qligi, qismlarning nosozligi, tuzilish shaklidan chetga chiqishi, o‘lchamlarning o‘zgarganligi) ham ko‘rsatib o‘tiladi.

Ayrim hollarda tergovchilar tomonidan ekspertga jabrlanuvchining kiyimi hamda gumon qilinuvchidan olingan va jabrlanuvchiga qandaydir ta’sir ko‘rsatgan (jarohat qoldirgan) obyekt sifatida ma’lum bir qurol yoki predmet taqdim etiladi hamda «Jabrlanuvchining kiyimidagi jarohat gumon qilinuvchidan olingan quroldan qoldirilganmi?» degan savol qo‘yiladi.

Bunday holda, ekspert avval kiyimdagi jarohatni hosil bo‘lish mexanizmini aniqlashi, ya’ni shikast – sanchish ta’siridami, kesish ta’siridami, chopish ta’siridami yoki urib-majaqlash ta’sirida hosil bo‘l-ganligini aniqlashi lozim. Izning hosil bo‘lish mexanizmi aniqlanganidan so‘ng, ekspert tajriba o‘tkazishi lozim.

Page 268: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

268

Pichoq tig‘ining xususiy belgilari va uning aks–izlari, ushbu tig‘ni kiyimlardagi jarohalar bo‘yicha identifikatsiya qilishda quyidagilardan oqilona va samarali foydalanish zarur:

1. Tig‘ning bo‘ylama yo‘nalishdagi deformatsiyasi (tig‘ egilgan yoki buralgan bo‘lishi mumkin).

Kiyimdagi jarohatda ushbu belgi shtmas burchk yoki yoy shakliga ega bo‘ladi hamda sud–tibbiyot ekspertizasi xulosasida ko‘rsatilganlar bilan birgalikda xususiy belgi sifatida baholanishi mumkin.

2. Tig‘ jangovar uchining yo‘qligi (singan, o‘tmaslashib qolganligi). bu holda sanchilish–kesilish jarohatida matoning yirtilishi kuzatiladi.

3. Pichoq tig‘ida turli qabariq, botiq va boshqa nuqsonlarning mavjudligi hamda ularning miqdori, joylashishi va o‘lchamlari. Ti–da nuыsonlar mavjud bщlsa, uning matoga ta’siri xususiyatlari щzgarishga uchraydi. Jarohatning chetlarida yirtilish sohalari hosil bo‘ladi, uning chetlari notekis, iplari tolalarga ajralib ketadi. Tig‘dagi nuqsonlarning jarohatda aks etishi ularning joylashishiga bog‘liq bo‘ladi. Agar nuqsonlar tig‘ning butun kengligi bo‘ylab mavjud va joylashgan bo‘lsa, u holda ularni aks–izlarini aniqlash va ulardan foydalanish qiyinroq bo‘ladi. Pichoqdan yetkazilgan jarohatlarning o‘ziga xos xususiyatlarini bilish, jarohatlovchi pichoqni ijobiy iyedntifikatsiya qilish imkonini beradi.

Tekshirilayotgan kiyimlardagi jarohatlar tadqiqotga taqdim etilgan chopuvchi buyumdan qoldirilganligini aniqlash uchun chopilish jarohat-lariga xos belgilarga asoslangan holda amalga oshiriladi. Ta’kidlash joizki, charm va karton kabi materiallarni chopishda, jarohatlarning chopilish joyida jarohatlovchi buyum tig‘idan turli ishqalanish izlari ko‘rinishidagi izlar hosil bo‘ladi va bu izlarga ko‘ra jarohatlovchi buyumni identifi-katsiya qilish mumkin bo‘ladi.

Kiyimlardagi jarohatlar tadqiqotga taqdim etilgan o‘tmas (uruvchi–majaqlovchi) buyumdan qoldirilganligini aniqlash uchun, tegishli belgi-lardan foydalanish lozim. Bunda o‘tmas buyumning shakliga xos bo‘lgan umumiy va xususiy identifikatsion belgilarni batafsil o‘rganish kerak.

Yuqoridagi masalalarni hal etishda, ekspertiza jarayonida amalga oshiriladigan tajribalar (eksperiment) muhim ahamiyat kasb etadi.

Ekspert tajribalarini o‘tkazish uchun, tadqiqotga keltirilgan kiyim-larning jarohalar mavjud bo‘lmagan qismlariga tajribadan olinadigan jarohatlar — eksperimental namunalar — hosil qilinadi. Ekspertiza yaku-nida eksperimental namunalar (tajriba jarayonida hosil qilingan jarohatlar) belgilab qo‘yiladi, ya’ni ularning atrofi mato rangiga qarama–qarshi rangdagi iplar bilan aylantirib tikib qo‘yiladi.

Page 269: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

269

Eksperiment — tajriba, tekshirilayotgan hodisa va jaryonlarni, doimiy o‘zgaruvchan sharoitlar hamda boshqa hodisalar bilan bog‘liq holda sun’iy qayta tiklash. Eksperiment vositasida juda ko‘pla obyektlar, faktlar orasidan, alohida o‘rganilishi mumkin va kerak bo‘lganlari ajratib olinadi. Ko‘zdan kechirish asosida vujudga kelgan eksperiment o‘rganilayotgan hodsaga aralashish, ushbu hodisaning o‘zgartirish yoki uning yuz berishi sharoitlarini o‘zgartirib yuborishi mumkin. Eksperiment — nafaqat bilishning metodi, balki, amaliyotning bir shakli, haqiqatning mezon-laridan biridir. Tajriba quyidagicha o‘tkaziladi:

Ekspert tadqiqot uchun taqdim etilgan kiyimni yoki uni bir bo‘lagini olib maxsus makenga kiydiradi yoki o‘rnatadi. So‘ng, taqdim etilgan qurol yoki predmet bilan o‘sha kiyimga yoki uning bo‘lagiga jabrlanuvchining kiyimidagi jarohat qay usulda yetkazilgan bo‘lsa, aynan shu usulda jarohat yetkazadi. Ushbu tarzda olingan izlar — namunaviy izlar deb ataladi.

Taqqoslash tadqiqotlari tajribadan olingan namunalarni o‘rganishdan boshlanadi. Birinchi navbatda izlarning takroriyligi, ya’ni qurol yoki predmetning izlardagi aks etgan xususiy belgilarining barqarorligi aniqlanadi.

Tajribadan olingan izlardan biri binokulyar mikroskop ostiga qo‘yiladi. Mikroskop yoritgichining holatini o‘zgartirib, iz yaxshi ko‘rinadigan qilib o‘rnatiladi va fotosuratga olinadi. Iz belgilarining o‘zaro joylashishi va konturlari, izlardagi ajralib turuvchi elementlari: konturlar-ning notekisliklari, relyefdagi chuqurliklar va qabariqlar, shilinishlar, o‘yiqlar va hokazolar qayd etiladi. Qaysi izlarda aynanlikni aniqlash imkonini beruvchi qanday elementlar yaxshi ifodalangan bo‘lsa, uni ham qayd etish zarur. Aniqlangan izlar qayd etib boriladi va izlar haqida ma’lumotnoma tuziladi.

Bu ma’lumotnoma shartli bo‘lib, faqat ekspertning ishlashi uchun kerak. Bu ma’lumotnomadagi izlarni solishtirib, qaysi iz qurol va predmmetning qaysi qismdan qolganligini aniqlash mumkin. Har bir tajribadan olingan izlar shu tariqa tekshirib boriladi va ulardagi belgilar qayd etiladi. Bu izlardagi belgilar birinchi izdagi belgilar ma’lumotnomasi bilan solishtiriladi, agar yangi belgilar aniqlangan bo‘lsa, ma’lumotnoma to‘ldiriladi. Keyin barcha tajribadan olingan izlar uchun umumiy bo‘lgan, ya’ni barcha izlarda takrorlanuvchi, barqaror belgilar alohida aniqlanadi.

Tadqiqotga taqdim etilgan izlar ham xuddi shu tariqa mikroskopda tekshiriladi.

Taqdim etilgan izlardagi aniqlangan belgilar tajribadan olingan izlardagi belgilar bilan solishtiriladi, ya’ni ular orasidagi mosliklar,

Page 270: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

270

o‘xshashliklar, aynanliklarni yoki ba’zi bir to‘liq farqlarni aniqlash uchun, taqdim etilgan izlarda, tajribadan olingan izlarning barchasi uchun umumiy bo‘lgan, ularning barchasida birdek takrorlangan belgilar va xususiyatlar izlanadi. Agar birorta o‘xshashlik aniqlangan bo‘lsa, u holda mikroskopning kattalashtirishi kuchaytirilib, relyefining elementlari va konturlari aniq ifodalangan mos izlarni solishtirish davom ettiriladi.

Keyingi solishtirishlar uchun FMN — 2 qurilmasidan foydalangan yaxshiroqdir. Bu qurilma obyektivining fokus masofasi 100 mm bo‘lib, unda izlarni fotosuratga olish mumkin. Mikroskop stolchasiga tajribadan olingan va taqdim etilgan izlar o‘rnatiladi, ular bir xil belshilari bo‘yicha oriyentirlanadi. Izlar nuqtaviy yoritgich yordamida yoritiladi. Yoritgich avval maksimal difragmada bo‘lishi kerak. Diafragma ochiq bo‘lganda izlar to‘laligicha va bir tekis yoritilgan bo‘ladi. Aniq mos kelgan belgilari bor izlar bir fototasmaga fotosuratga olinadi. Olingan fotosuratlarni solishtirilayotgan izlarni taqqoslash va ustma-ust tushirish, shuningdek, fotojadvalga ilova qilish uchun ishlatiladi. Bu suratlar bir xil masshtabda ishlab chiqarilishi kerak.

Mos kelgan izlar yoki ular elementlarining ko‘rsatkichli va raqamli nuqtalari reperlar bilan qayd etiladi. Bu ko‘rsatkichlar (strelkalar) kesishmasligi kerak, raqamlarni esa soat millari yo‘nalishi bo‘yicha tartib bilan joylashtirish lozim.

Mos kelgan izlarni ustma–ust tushirish uchun ikki xil usul bor: birinchisi — suratlar orqali ustma–ust tushirish, ikkinchisi – taqqoslash mikroskopi orqali ustma–ust tushirish.

Agar birorta sababga ko‘ra tadqiqotga taqdim etilgan matolarda ekspermental jarohatlar hosil qilishni imkoni bo‘lmasa, u holda xuddi shunday turdagi boshqa matodan foydalaniladi.

Ekspert tajribalari uchun tayyorgarlik ko‘rishda avvalo kerakli taglik (maneken, taxta va shu kabilar) tayyorlanadi. Odamning tanasi va ushbu taglikning kerakli xususiyatlari (zichligi, qarshiligi) turlicha bo‘ladi va shu boisdan eksperimental jarohatlar hosil bo‘lishiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shuning uchun, taglik xossa va xususiyatlariga ko‘ra odam tnasiga yaqin bщlishi kerak. Tajribalar asosida bunday material sifatida zichligi yuqori bo‘lgan porolondan foydalanish mumkinligi aniqlangan.

Tajribalar jarayonida, eksperimental jarohat yetkazish usullari, ya’ni iz hosil bo‘lish mexanizmi, ekspert tomonidan tadqiqotga taqdim etilgan kiyimlarni o‘rganish jarayonida aniqlangan va jinoyat ishi materiallarida qayd etilgan jarohatlarning hosio bo‘lish mexanizmiga mos kelishi shart.

Page 271: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

271

Esperimentlar jarohatlar tajribalarni bir necha marta takrorlab olinadi. Chunki, arohatlarda mavjud bo‘lgan u yoki bu turdagi belgilarni hosil bo‘lish (takrorlanish) qonuniyatlarini isbotlash zarurati mavjud bo‘ladi.

Ekspert eksperimental jarohatlarni mikroskpik tadqiqotlarini o‘tkazadi va bu jarayonda eksperimental jarohatlarda takrorlanadigan xususiyat va belgilarni aniqlab oladi. Ushbu xususiyat va belgilarga ega bo‘lganidan so‘ng taqqoslash tadqiqotlari boshlanadi.

Tig‘li jarohatlovchi buyumlardan qolgan (tekshirilayotgan kiyimdagi va eksperimental olingan) jarohatlarni taqqoslashda, avvalo ushbu jarohatlarni hosil bo‘lish mexanizmini ifodalaydigan belgilar o‘zaro solshitiriladi – ushbu jarayon umumiy identifikatsion belgilarni taqqoslash yoki umumiy identifikatsion tadqiqotlar deb ataladi. Ushbu talabgi kiyimlarda ochiq jarohatlar hosil bo‘lgan barqa holatlarda amal qilinishi shart. Chunki, ushbu jarayonda tekshirilayotgan jarohatlarni tekshiri-layotgan jarohatlovchi buyumga xos bo‘lgan jarohatlar guruhiga taalluqli ekanligini aniqlash va tadqiqotlarni davom ettirish yoki bo‘lmasa, tekshirilayotgan jarohatlovchi buyumga xos bo‘lgan jarohatlar guruhiga taalluqli emasligini aniqlash va tadqiqotlarni shu yerda to‘xtatish imkoni yaratiladi.

O‘tmas jarohatlovchi buyumlar ta’sirida hosil bo‘lgan jarohatlarni taqqoslash tadqiqotlarida dastavval aks–izlarning mavjudligi, ularning shakli va o‘lchamlari kabi belgilarning har ikki turdagi (tekshirilayotgan kiyimdagi va eksperimental olingan) jarohatlarda o‘zaro mos kelishi aniqlanadi. So‘ng, iz hosil qiluvchi obyekt materiali moddalarining o‘tib qolish belgilari solishtiriladi.

Ushbu ishlar yakunlanganidan so‘ng, kiyimlardagi mexanik shikastlarning trasologik ekspertizasida xulosalarni shakllantirish bosqichi boshlanadi, bunda, ekspert o‘zining yakuniy xulosasida ichki tuyg‘ulariga ishongan holda tadqiqot natijalarini baholaydi, qo‘yilgan savollarga javoblarni shakllantiradi, ularning sifat tafsifi va obyektning aynanligini isbotlaydi. Ekspert baholash natijalarini alohida va taqoslash tadqiqotlari bosqichlarida yig‘ib boradi. U izning umumiy va xususiy belgilarini aniqlaydi, ularni o‘rganadi, individual belgilar majmuini aniqlaydi va izni aynanlashtirish uchun yaroqli deb topadi. Undan tashqari tekshirilayotgan va namuna nusxalardagi izlar belgilarining taqqoslash tadqiqotini o‘tkazadi. Alohida tadqiqotlarda izning yaroqliligi xal bo‘lgan savolni shakllantiradi va javob sifatida qayd etadi. Lekin solishtirish tadqiqoti natijasini baholashning asosiy qismini ekspert xulosani shakllantirish bosqichida amalga oshiradi.

Page 272: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

272

Agar jarohatlovchi buyum ekspertizaga taqdim etilmagan bo‘lsa, ekspert tekshirilayotgan obyektda aniqlangan belgilarni, o‘ziga ma’lum bo‘lgan turli jarohatlarga hos bo‘lgan belgilar bilan taqqoslash hamda iz hosil qiluvchi obyektning taxminiy turi haqida ehtimol shakldagi xulosa chiqarishga haqlidir.

Shakllantirilgan xulosalar ekspertiza tadqiqotlari jarayonida olingan mantiqiy fikrlarga asoslangan bo‘lishi shart.

Ekspertning tadqiq qilinayotgan obyektlarning o‘zaro o‘xshashligi (aynnaligi) bo‘yicha qat’iy xulosasi, taqqoslash tadqiqotlarida o‘zaro solishtirilayotgan obyektlarning umumiy va xususiy belgilari yetarli darajada mos kelsa (o‘xshash bo‘lsa) hamda aniq farqlar aniqlanmasa (bo‘lmasa)gina chiqarilishi mumkin. Ko‘p hollarda, ushbu turdagi vazifalarni amalga oshirish turli bo‘rtiqlar va chuqurchalarga ega bo‘lgan uruvchi–majaqlovchi jarohatlovchi buyumlarga nisbatan osonroq bo‘ladi.

Ekspertning yakuniy xulosalarini shakllantirishda kiyimlarda mavjud bo‘lgan aks–izlarning shakli va o‘lchamlari, turli jarohatlarning o‘zaro joylashishi, kiyim matosi tolalarining o‘zgarishlari kabi belgilar muhim ahamiyat kasb etadi.

Ekspertning qat’iy shakldagi salbiy xulosasi tadqiqotlar jarayonida har ikki turdagi (tekshirilayotgan kiyimdagi va eksperimental olingan) jarohatlarning umumiy va xususiy belgilarining mosligini (o‘xshashligini) aniqlamasa hamda ular orasidagi aniq farqlarni aniqlasa chiqariladi. Masalan, kiyimdagi jarohatlar yirtilishmi degan savolga javob berishda, ekspert tekshirilayotgan jarohatda yirtilishga xos bo‘lmagan bironta ham belgi yoki xususiyatni aniqlamasa,u holda ushbu savolga qat’iy salbiy (qat’iy shakldagi tekshirilayotgan jarohat yirtilish emas degan) xulosa berishi mumkin.

Ekspert, tadqiqotlar jarayonida aniqlangan xususiyat va belgilar o‘zining sifatiy va miqdoriy xossalariga ko‘ra qat’iy xulosa chiqarishga yetarli bo‘lmasa, ehtimol shakldagi xulosa chiqarishi kerak. Masalan, tekshirilayotgan kiyimdagi jarohat ekspertizaga taqdim etilgan pichoq ta’sirida hosil bo‘lganmi degan savolga javob berishda, ekspert kiyimdagi jarohatda sanchilish–kesilish belgilarini va jarohatlovchi buyum tig‘ining kengligi kiyimdagi jarohating kengligi bilan bir xil ekanligini aniqlagan hollarda, yuqoridagi belgilar qat’iy xulosa chiqarish uchun yetrli bo‘lmaydi, chunki tekshirilayotgan jarohat ekspertiza taqdim etilgan jarohatlovchi buyum bilan bir xil boshqa buyumdan ham qoldiriishi mumkin.

Page 273: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

273

Kiyimlardagi mexanik va issiqlik ta’sirida hosil bo‘lgan jarohatlarga oid noidentifikatsion masalalar ehtimol shaklda hal etiladi.

Bu bosqichdan so‘ng, kiyimlardagi mexanik shikastlarning trasologik ekspertizasi natijalarini rasmiylashtirish bosqichi keladi, bunda, ekspert tomonidan belgilangan shakldagi hujjatni, ya’ni ekspert xulosasi yoki ekspert ma’lumotnomasini tuzish, fotojadvalni tayyorlash, ashyoviy dalillarni joylashtirish va jo‘natishga oid hujjatlarini tayyorlashdan jarayonlari amalga oshiriladi.

O‘tkazilgan ekspertiza tadqiqotlar natijalarini bayon etish tartibi kriminalistik ekspertizalar uchun tavsiya qilinadigan umumiy metodikaga asosan amalga oshiriladi.

Kiyimlardagi mexanik shikastlarning trasologik ekspertizalari jarayonidagi muammolar bo‘yicha quyidagilarni ta’kidlash mumkin:

Kiyimlardagi mexanik shikastlarning trasologik ekspertizalari amaliyoti va nazariyasida hozirgi kunda ayrim muammolar ham uchrab turadi. Kriminalistik ekspertizalarning barcha turlarini tayinlash, o‘tkazish, yangi metod va metodikalarini yaratish bilan mashg‘ul bo‘lgan nazariy va amaliy xodimlari oldida turgan, dastlabki e’tiborni qaratish lozim bo‘lgan muammolar sirasiga albatta o‘zbek tilidagi maxsus adabiyotlar yaratish muammosi turadi. Darhaqiqat, trasologik ekspertizalar fani va kiyim-lardagi mexanik shikastlarning trasologik ekspertizalarini o‘tkazishga oid bo‘lgan o‘zbek tilidagi maxsus adabiyotlar juda kam. Davlat tilida darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari, maqola va risolalar kam bo‘lgani sababli bo‘lsa kerak, ushbu turdagi ekspertizalarni o‘tkazuvchi mutaxassislarni maxsus tili yaratilmagan va shu boisdan hanuzgacha O‘zbekiston Respublikasi huquqni muhofaza qiluvchi organlarning ekspert–krimina-listika xizmatlari tomonidan o‘tkaziladigan trasologik ekspertizalarning xulosalari rus tilida beriladi. Shularni hisobga olib, bizning fikrimizcha, ana shu kamchilikni bartaraf etish borasida jiddiy ish olib borish lozim bo‘ladi, ushbu turdagi maxsus adabiyotlarni chop ettirish ishlarini jadallashtirish maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Aynan kiyimlardagi mexanik shikastlarning trasologik ekspertizalari jarayonidagi eksperiment jarayonida bugungi kunda Ekspert–krimina-listika xizmatlari faoliyatida muammo mavjud. Bu ham bo‘lsa, kiyimlardagi mexanik shikastlarning tadqiqotlarida tajriba o‘tkazishda foydalaniladigan maneken qanday materialdan tayyorlanishi kerak degan savolga javob berish. Odatda bunday tajriba o‘tkazishda ekspertlar qo‘l ostlarida bo‘lgan 6ar qanday buyumlardan foydalanadilar, rezina, kauchuk, penoplast va shu kabilar. Ammo, tajriba uchun har qanday buyumdan foydalanish tajribalarning samarali bo‘lmasligiga olib keladi.

Page 274: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

274

Yuqorida aytilgan muammolar qatoriga, trasologik ekspertizalarni bevosita o‘tkazuvchi ekspert–mutaxassislarni elektron–dasturiy texnologiyalar bilan ta’minlash muammosini kiritish mumkin. Kompyuter texnologiyalari va elektron dasturlar juda ham rivojlanib, dunyoning rivojlangan va rivojlanayotgan barcha mamlakatlarida hayotning barcha jabhalariga jadal kirib kelayotgan kompyuterli dasturlar va turlicha texnologiyalardan hodisa joyini ko‘zdan kechirish, tadqiqotlar o‘tkazishda samarali foydalanish imkoniyati mavjud bo‘lgan bir paytda, tan olish kerak, bizning ekspert–mutaxassislar juda kam ta’minlangan. Albatta, shaxsiy kompyuterlar bilan hozirgi kunda IIVning barcha xizmatlari ta’minlangan. Ammo, ushbu elektron–hisoblash mashinalari, kompyuterli texnologiya va dasturlardan hodisa joyini ko‘zdan kechirish, turli tadqiqotlar o‘tkazish kabi vazifalarni bajarishda foydalanish hali yaxshi yo‘lga qo‘yilgani yo‘q.

5. Kiyimlardagi mexanik jarohatlar tadqiqotlarini

rivojlantirish istiqbollari Kiyimlardagi mexanik shikastlarning trasologik ekspertizasini

o‘tkazishdagi muammolardan biri, eksperiment jarayonidagi tajriba o‘tkazishda foydalaniladigan maneken qanday materialdan tayyorlanishi kerak degan savolga javob berish deb ta’kidlandi. Tajribalardan aniqlanganki, sanchuvchi yoki kesuvchi qurol tig‘lari odam yoki birorta hayvonning teri qoplamini teshib o‘tayotganda eng katta qarshilikka uchraydi, yumshoq to‘qimalarni teshib o‘tayotganda eng kichik qarshilikka uchraydi. Bu yerda eng katta mustahkamlik chegarasi — 25–30 kg ga, eng kichik mustahkamlik chegarasi esa 2 kg ga teng. Ilmiy tadqiqotlar teri qoplamasining o‘rnini, qalinligi 1,5–2 mm bo‘lgan rezina, yumshoq to‘qimalarni o‘rnini esa kauchuk bosishini ko‘rsatdi. Soha mutaxas-sislarining fikricha, 1,5–2 mm qalinlikdagi rezina bilan qoplangan kauchuk manekenga urish orqali qurolning mustahkamligi haqida juda aniq ma’lumotlar olish mumkin.

Ekspertiza amaliyotida mavjud bo‘lgan manekenlar tajriba obyekt-larida iz hosil bo‘lish sharoitlarini yaxshi aks ettirmaydi. Shuning uchun yuqoridagi kabi tajribalarda ishlatiladigan maneken sifatida qalinligi 3,5 mm va 10 mm bo‘lgan plastinalardan iborat, poralar o‘lchami 0,1 mm dan to 0,5 mm bo‘lgan yumshoq rezina (gubka) ishlatilgani ma’qul bo‘lar ekan. Ana shu rezinalar varaqlaridan qalinligi 20–25 sm va o‘lchami 60 sm x 60 sm bo‘lgan paket tashkil etiladi. Ana shunday maneken tegishli izlar va ularning xususiy belgilarini aniqlash uchun juda samarali bo‘lar ekan.

Page 275: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

275

Undan tashqari, sanchuvchi, sanchuvchi-kesuvchi, majaqlovchi va o‘tmas qurol va predmetlardan qolgan iz va belgilarni tadqiqotlarini rivojlantirish istiqbollari haqida gapirganda, quyidagilarni ta’kidlash mumkin:

Kiyimlardagi mexanik shikastlarning trasologik ekspertizalarini o‘tka-zish jarayoniga axborot texnologiyalari joriy etish, ushbu turdagi ekspertizalarni rivojlanish istiqbollarini ochib beradi.

Hozirgi kunda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning jinoyatlarni oldini olish va ochish bo‘yicha faoliyatlarini samarasini oshirishni kriminalistikaga yangi axborot texnologiyalari, birinchi navbatda shaxsiy kompyuterlarni jalb etmasdan tasavvur qilish qiyin. Shaxsiy kompyu-terlarni kichik o‘lchamdaligi, ularni iqtisodiy jihatdan tejamliligi, ulardan ihtiyoriy ish joyida foydalanish, shuningdek, istalgan vaqtda kerakli manbalar tarmoqlariga elektron–hisoblash mashinalar orqali ulanish imkoniyatini beradi.

Jinoyatlarni oldini olish va ochish jarayonida universal va maxsus dasturiy ta’minotlar qo‘llanilishi mumkin. Umumiy maqsadli universal dasturiy ta’minotlarga quyidagilar kiradi:

Ekspertiza tadqiqotlarini avtomatlashtirish. Kompyuter texnikalari eng avvalo, fizikaviy, kimyoviy va biologik hamda boshqa turdagi tadqiqotlar natijasida olingan natijalarni yig‘ish va qayta ishlash jarayonlarini avtomatlashirish uchun ishlatiladi va bu turdagi kompyuter texnologiyalari maxsus asboblar va shaxsiy kompyuterlarga o‘rnatilgan o‘lchov–hisoblash komplekslaridan iborat bo‘ladi. Hozirgi vaqtda tadqiqotlargacha va ulardan keyingi olingan barcha ma’lumot va natijalar bevosita EHM ga kelib tushadi, keyin ana shu ma’lumot va natijalarni kerakli tarzda qayta ishlash jarayoni boshlanadi. Ma’lumot va natijalarni tahlil etish uchun modda va materiallarni xarakterlovchi maxsus fizikaviy–kimyoviy majmualar yoki obyektlarning magnit tashuvchilarga maxsus yozilgan spektrogrammalaridan iborat «ma’lumotlarning ichki texnologik banklari» deb atalgan ma’lumotlar bazasidan foydalaniladi. Shu tariqa kerakli modda va obyektlarni tahlil etish osonlashadi, vaqt kam sarf bo‘ladi, tadqiqotlarning aniqligi va haqiqiyligi darajasi ortadi.

Kiyimlardagi mexanik shikastlarning trasologik ekspertizalari jarayoniga kompyuter – dasturiy texnologiyalarni tadbiq etishning ikkinchi yo‘nalishi – ekspertizalarning aniq obyektlari bo‘yicha, ayrim yordamchi kriminalistik hisoblarni avtomatlashtirish bo‘yicha avtomatlashtirilgan axborot–qidiruv tizimlari (AAQT)ni yaratishdan iborat, masalan, «Tola (volokno)» tekstil tolalarining xarakteristikalari haqida ma’lumotlar. Bu

Page 276: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

276

kabi axborotlar banklari shaxsiy kompyuterlarda ham, laboratoriya sharoitlarida ham, hatto noutbuklar shaklida hodisa joyida ishlash chog‘ida ham juda katta samara berishi mumkin.

Ekspertiza jarayoniga kompyuter – dasturiy texnologiyalarni tadbiq etishning keyingi yo‘nalishi – ekspertiza vazifalarini bevosita bajarish va ekspertiza xulosalarini bevosita yozib tayyorlash bo‘yicha dasturiy majmualar tayyorlash yo‘nalishidir. Masalan, Rossiya Federatsiyasida keng qo‘llanilayotgan «Avtoeks» – avtomatlashtirilgan ekspertiza metodi-kasini olish mumkin, bu texnologiyaning dasturiga avtotexnik tadqiqotlarning asosiy formulalari kiritilgan bo‘lib, operator (ekspert) kerakli ma’lumotlarni unga kiritadi va hisoblashlar avtomatik ravishda bajariladi, ekspert darhol kerakli natijalarni olish imkoniga ega bo‘ladi. Bu kabi dasturlarning eng murakkablari «Dialog» tartibida ishlaydi. Bu dasturda ishlash chog‘ida ekspert kompyuter tomonidan o‘ziga berilgan savollarga jinoiy ish materialariga asoslanib javob beradi. Agar avtomatlashtirilgan metodika ushub javoblar asosida bir ma’noli yakuniy xulosa chiqarsa, ekspertiza xulosasi avtomatik tarzda tuziladi. Agar unday bo‘lmasa, kriminalistik ahamiyatga ega bo‘lgan belgilar ekranga chiqariladi va bu holda ekspert o‘zining tajribasi va ichki ishonchiga asoslangan holda xulosa chiqaradi.

Barcha yuqorida ta’kidlangan dasturiy tizimlar turli ixtisoslikka ega bo‘lgan ekspertlarning kompyuterlashtirilgan ish joylarini tashkil etishda ishlatilishi mumkin.

6. Kiyim izlarining hosil bo‘lish mexanizmi va tasniflanishi

Kiyimlarning turli qismlaridan hosil bo‘ladigan izlar trasologiyada

hajmiy va sirtiy, statik va dinamik, rangli va rangsiz kabi turlarga bo‘linadi.

Odatda, yuqoridagi izlarda kiyimlarning xususiy izlaridan tashqari, odam tanasining ayrim a’zolarining anatomik belgilari, shuningdek kiyimlarni kiyishning funksional belgilari (qatlamlari, sinishlari)ning xususiyatlari aks etishi mumkin.

Qo‘lqoplar va qo‘l izlarining hosil bo‘lish mexanizmi bir xil bo‘ladi. Ular yakka yoki guruhiy izlarga bo‘linadi. Barmoq falangalari, ularning o‘zaro joylashishi, falangalar orasidagi qatlamlar hamda fleksor qiziqlarning mavjudligi va joylashishiga ko‘ra, ushbu belgilar qanday ta’sir (obyektni siqib ushlash, tegib ketish yoki bosish) natijasida hosil bo‘lganligini aniqlash mumkin. Bir panjali qo‘lqoplarning izlarida,

Page 277: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

277

qo‘lqopning barmoqlararo sohalari materialining tuzilishi aks etishi mumkin.

Qatlamli tushuvchi izlar ko‘rinadigan, yaxshi ko‘rinmaydigan (ko‘rish qiyin bo‘lgan) va ko‘rinmaydigan bo‘lishi mumkin. Ko‘rinadigan izlar kiyim sirtini birorta bo‘yovchi modda (masalan, qon) bilan bo‘yalish natijasida paydo bo‘ladi. Yaxshi ko‘rinmaydigan izlar turli moddalar, masalan ter–yog‘ yoki yog‘ moddalarini qatlamli tushishi natijasida hosil bo‘ladi (yog‘li moddalarga oziq–ovqat moyi, moylash matenriallari kiradi).

Chram mahsulotlarida yog‘ moddalarning mavjudligi ushbu mahsu-lotlarda charm xom ashyosini qayta ishlash texnologiyasi bilan bog‘liq. Charmdagi yog‘ning miqdori charmning turi va mo‘ljallangan maqsadi bilan aniqlanadi. Masalan, qo‘lqoplar tayyorlash uchun mo‘ljallangan charmda yog‘ miqdori 13%dan oshmasligi, kiyim tayyorlash uchun mo‘ljallangan charmda esa 12%dan oshmasligi kerak.

Rezina va sun’iy charmdan tayyorlangan qo‘lqoplarning ko‘rinmay-digan izlari, qo‘lqop bilan yog‘ yoki bo‘yovchi moddalarga, shuningdek odam tanasining ayrim sohalariga tegish natijasida hosil bo‘ladi. Xususan, bunday qo‘lqoplarni kiyishda, odam qo‘lida mavjud bo‘ladigan ter–yog‘ moddalari va turli ifloslanishlar bu qo‘lqoplarga o‘tib qolishi mumkin.

Yuqoridagi izlarni o‘z vaqtida aniqlash uchun, hodisa sodir bo‘lgan joyning sharoitlarini inobatga olgan holda, jinoyatchining harakatlarini hayoliy modelini tasavvur qilish (shakllantirish) va uning kiyimlari ta’sirlashishi mumkin bo‘lgan obyektlar doirasini aniqlash lozim. Undan tashqari, izlarning hosil bo‘lish mexanizmi va sharoitlari bilan birga, ularni aniqlashning eng ma’qul variantlarini tanlash va buning uchun zarur texnik vositalarni qo‘llay bilish kerak.

Kiyim izarini aniqlash, qayd etish va olish uchun qo‘l izlari va turli qattiq buyumlardan qoladigan izlar bilan ishlashga mo‘ljallangan juda ko‘p vositalarni tavsiya qilish mumkin (optik, fizikaviy va kimiyoviy metodlar).

Kiyimlarning daktiloskopik kukunlar bilan ishlov berilgan yoki changli sirtda hosil bo‘lgan sirtiy izlari daktiloskopik tasma yoki yopishqoq tasmaga ko‘chirib olinishi mumkin.

Kiyimlarning hajmiy izlaridan turli sintetik material yoki gips yordamida quyma nusxalar olish mumkin.

Izlarga qo‘shimcha qayta ishlov berish (masalan, kontrastini kuchaytirish uchun tegishli kukunlar bilan bo‘yash)dan oldin, ularni fotosuratga olish zarur.

Page 278: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

278

Kiyim izlarini qayd etish quyidagi usullar bilan amalga oshiriladi: — hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish bayonnomasida

ta’riflab yozish; — fotosuratga olish; — sirtiy izlarning nusxasini yopishqoq tasmalarga ko‘chirish; — hajmiy izlarning quyma nusxalarini olish. Hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish bayonnomasida

kiyimlarning izlarini ta’riflashda, ularni to‘liq va quyidagi ketma–ketlikda bayon etish lozim:

— buyumning nomi; — izlar aniqlangan sirtining xususiyatlari; — izlar aniqlangan joylar, ularning ko‘rinishi va o‘lchamlari; — izlarning tekshirilayotgan obyektda joylashish tartibi; — izlarni aniqlash usullari, kiyimning izlarda aks etgan belgilari; — izlarni qayd etish va olish usullari; — izlar mavjud bo‘lgan obyektlarni o‘rab–joylashtirish usullari. Hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish bayonnomasida

quyidagilar aks ettiriladi: iz hosil qiluvchi obyekt relyefining belgilari va to‘qilish naqshlari; choklarining turi; kiyim elementlari (to‘qasi va boshqalari)ning kattaligi va joylashishi, furniturasi, shuningdek turli nuqsonlari.

Kiyim izlarini fotosuratga olish masshtabli suratga olish qoidalariga binoan amalga oshiriladi. Xususan, tugunli (uzlovoy) fotosuratga olish izli obyektlarni atrof–muhitga nisbatan holatini qayd etishga, detal suratga olish esa izlarning belgilarini sifatli aks ettirishga yordam beradi. Izlarning belgilarini fotosuratga olishdan oldin raqamlash va bu haqida bayon-nomaga tegishli yozuvlar kiritilishi lozim.

Kiyimlarning sirtiy izlarini boshqacha usulda olishning imkoni bo‘lmaganda, ularni yopishqoq tasmalarga olinadi. Bunday izlar oldin tegishli kukunlar bilan bo‘yaladi va keyin daktiloskopik tasma yoki texnik yopishqoq tasmalarga ko‘chiriladi. Bir necha izlarning joylashish tartibini saqlab qolish uchun bir yopishqoq tasmaga ko‘chirish lozim.

Agar kiyimlarning izlari noteksi sirtda joylashgan bo‘lsa, u holda ularning quyma nusxalarini olish mumkin. Kiyimlarning hajmiy izlarini modellashtirish uchun polimer materiallar yoki gipsdan foydalangan ma’qul. Ushbu quyma nusxalar umumiy qoidalarga binoan tayyorlanadi.

Hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirishda, kiyimlarning qayd etilgan izlari olinishi lozim. Aniqlangan izlar mustaxkam bo‘lmagan moddalar (masalan, chang, bo‘r, qurum, kul va shu kabilar) bilan hosil

Page 279: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

279

bo‘lganda, ularni saqlab qolish choralarini ko‘rish kerak. Bu maqsadda kiyimlarning izlari laksimon modda (soch uchun lak, rangsiz mebel laki va shu kabilar) yoki lavsan asosli yopishqoq shaffof tasma yordamida mustaxkamlanashi lozim.

Ta’kidlash joizki, kiyimlarning izlarida juda mayda o‘lchamli elementlar mavjud bo‘ladi, shuning uchun ushbu mayda elementlarga nisbatan extiyotkorona munosabatda bo‘lish lozim. Aks holda, izlar buzilishi mumkin.

Kiyimlarning izlarida o‘ziga xos identifikatsion belgilar ham mavjud bo‘ladi. Kiyimlarning asosiy xususiyatlarini o‘rganish natijasida ularning izlarida akslanadigan belgilarning quyidagi ikki guruhini ajratishga imkon beradi:

— ishlab chiqarishga oid belgilar; — kiyish (ekspluatatsii) va ta’mirlash belgilari. Ishlab chiqarishga oid identifikatsion belgilar kiyimlarni ishlab chiqish

(bichish va tikish) jarayonida hosil bo‘ladi. Ular kiyim materialining ko‘rinishi va turi, mahsulotning tuzilishidagi xususiyatlar va tayyorlanish usulini ifodalaydi.

Kiyim materiali turini aniqlash tekshirilayotgan kiyimni muayyan guruhga tegishli ekanligini aniqlashga imkon beradi. Masalan, tekshirilayotgan izlarda mato tuzilishini aks etishi, kiyimlar tekstil matodan tayyorlanganligini bildiradi.

Tekstil matolarning turlari ularning iplari va tolalarining to‘tsilish sxemasiga ko‘ra aniqlanishi mumkin. Masalan, agar izlarda ikki astarli trikotaj to‘qilish izlari aks etgan bo‘lsa, ushbu izlar ro‘mol–sharf ma’sulotlaridan qoldirilgan deyishga imkon yaratishi mumkin, chunki ro‘mol–sharf mahsulotlarini aynan ikki astarli trikotaj to‘qilish usulda tayyorlanadi.

Kiyim matosining xususiyatlarini ifodalovchi belgilar bilan birga, izlarda kiyimlarning yoki matoning nuqsonlari (ip va tolalarning nuqsonlari, matoni tayyorlashdagi nuqsonlar, to‘qilish nuqsonlari, bichish va tikishda vujudga kelgan nuqsonlar) ham aks etishi mumkin.

Ip va tolalarning nuqsonlariga ip va tolalarning ingichkalashib yoki yo‘g‘onlashib qolishi, ular qalinligining turlichaligi kiradi. Ip va tolalar ingichalashib yoki yo‘g‘onlashib qolsa, matoning «mahalliy nuqsonlari» hosil bo‘ladi, ya’ni matoning ayrim sohalarining qalinligi yoki kamayib yoki kattayib ketadi.

Matoni tayyorlashdagi nuqsonlari barcha matolar uchun bir xilda bo‘lishi mumkin va ular safiga quyidagilarni kiritish mumkin:

Page 280: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

280

a) blizna — matoning asosiy iplarini uzilib qolishi natijasida hosil bo‘ladigan teshiklar;

b) prometka — matoning utok (bo‘ylama) iplarini uzilib qolishi natijasida hosil bo‘ladigan teshiklar;

v) hoshiyalar — iplarning zichligi kamayishi hisobiga hosil bo‘ladigan, utok (bo‘ylama) iplar bo‘yicha joylashgan, uzunligi 2–3 sm bo‘ladigan chiziqlar;

g) podpletina — bir necha asosiy iplarning uzilishi natijasida matoning to‘qilish naqshlarining buzilgan sohalari. Uzilgan asosiy iplar bo‘ylama ip (utok)lar bilan o‘zaro chigallashib qoladi.

Yuqorida sanab o‘tilgan nuqsonlar izlarda vertikal va gorizontal chiziqlar kesib o‘tgan hoshiyalar shaklida aks etishi mumkin;

d) zaboina — bo‘ylama ip bo‘yicha keskin va iplarning zichligi ortishi bilan ifodalanadigan. Izlarda mato naqshlarining buzilishi ko‘rinishida akslanishi mumkin;

ye) utok izlari — bo‘ylama ip (utok)larning keskin yo‘g‘onlashishlari; j) to‘qimachilik naqshlarining buzilishlari. To‘qilish izlariga quyidagilarni kiritish mumkin: a) yo‘g‘onlik va ingichkaliklar — mato iplari qalinliginining sezilarli

o‘zgarishi natijasida hosil bo‘ladigan, sirtmoq qatorlari va usutnlari bo‘ylab joylashgan kichik sohalar. Izlarda iplarning qalinliklari o‘zga-rishining tartibsiz birlashishi kuzatiladi;

b) «zebra»lar — matoni qalinligi turlicha bo‘lgan iplar bilan to‘yishda hosil bo‘ladigan, ketma–ket joylashadigan qalin va ingichka hoshiyalar;

v) sirtmoqlarning turlicha uzuniligi — matoning hoshiyadorligini keltiribchiqaradi;

g) sirtmoq ustunlarining qiyshayishi — matoga ishlov berishda, uni turlicha cho‘zish yoki tortish natijasida hosil bo‘ladigan iplarning turlicha o‘qrilishi.

Charm materiallarning o‘ziga xos xususiyatlari bo‘lib, ularda «mereya»ning mavjudligi hisoblanadi.

Mereya — charm xom ashyosiga hos bo‘lgan, teridagi derma va poralarning notekisligi natijasida hosil bo‘ladigan oshlangan charmning naqshlari. Mereyaning detallari, xuddi papillyar naqshlar kabi individual xususiyatga ega bo‘ladi. Charm materialdan birorta mahsulot tayyorlashda, uning naqshlari ushbu mahsulotgagina xos bo‘ladi. Izlarda, mereyadan tashqari,charm mahsulotlarining nuqsonlari ham aks etishi mumkin. Ushbu nuqsonlar charm xaom ashyosiga ishlov berishda hosil bo‘lishi mumkin. bunday nuqsonlarga tirnalishlar, shilinishlar, teshiklar, yirtilish va yorilishlar, charm yuza qismining ajindorligi (setka) kabilar kiradi.

Page 281: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

281

Plenka materiallardan tayyorlangan kiyimlarning izlarda ishlab chiqarishga oid nuqsonlari aks etadi. Masalan, yupqa plenka materialdan tayyorlangan qo‘lqop kiyib birorta buyum maxakam siqib ushlansa, barmoqlarning papillyar naqshlari izlarda aks etishi mumkin.

Kiyim mahsulotlarining tuzilishiga oid xususiyatlari bo‘lib ularning o‘lchamlari, shakli, detallarning o‘zaro joylashishi va miqdori, shuningdek turli nuqsonlari hisoblanadi. Ayrim hollarda aynan ular iz qoldirgan shaxsning jismoniy ma’lumotlarini aniqlash imkonini berishi mumkin.

Ma’lumki, kiyimlarning tuzilishiga oid nuqsonlar, kiyimlarda bo‘ylama, ko‘ndalang va og‘ma qatlamlarni paydo bo‘lishiga olib keladi. Bo‘ylama qatlamlar mahsulotlarning orqa (yelka) qismida, reglan shaklidagi yenglarda, mahsulotning o‘rta choki sohasida hosil bo‘ladi. Ko‘ndalang qatlamlar mahsulotlarning orqa qismida, yenglarni shimarishda va shimlarning yon choklarida hosil bo‘ladi. Og‘ma qatlamlar yenglarning yonbosh va tirsak choklarida, shimlarning poychalarida (asosan tizzadan yuqori qismida) hosil bo‘ladi.

Kiyimlarning tuzilishiga oid nuqsonlardan tashqari, izlarda kiyimlarni bichish va tikish belgilari ham aks etishi mumkin.

Kiyimlarni bichish jarayonining belgilari kiyim detallari (yoqasi, cho‘ntaklari, yenglari va fasonidagi detallar)ning simmetriyasi haqida fikr yuritishga imkon beradi. Ammo, ularni tadqiqot qilishda, ushbu detallarning joylashishini iz hosil bo‘lish jarayonida o‘zgarib qolishini inobatga olish zarur. Bichish jarayonidagi nuqsonlar bo‘lib detallarning qiyshayib qolishi yoki kaltaligi, ularning o‘zaro ismmetriyasining buzilishi hisoblanadi.

Kiyimlarni tikish yoki ularning detallarini o‘zaro birlashtirish nuqsonlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:

— choklarning qiyshiqligi va nosimmetrikligi; — propuski stejkov; — detallarning notekis qirqilishi; — mahsulot yengi va etaklarining notekis bukilishi; — kiyim izmalari va furniturasining notekisligi; — iplar va sirtmoqlarining cho‘zilishi; — yelimlangan choklarning ajralib ketishi. Kiyim mahsulotlarining kiyilish (ekspluatatsiya) belgilari guruhiga

quyidagilar kiradi: mato relyefining tekislanib qolishi; tekstil matodan tayyorlangan

mahsulotlarnig ayrmi sohalaridagi iplarning tolalarga ajralishi; kesilishlar, yorilish va yirtilishlar, teshiklar, yamoqlar va shu kabilar.

Page 282: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

282

Yuqorida sanab o‘tilgan belgilarining barchasi birgalikda kiyim mahsulotlarining individualligini ta’kidlaydi va ularni izlar bo‘yicha farqlash imkonini beradi.

7. Kiyim izlarining trasologik ekspertizasining metodikasi

Ushbu turdagi ekspertizalar trasologik ekspertizalarning umumiy

metodikasi asosida o‘tkaziladi. Ammo, kiyimlarning izlari bilan ishlashda bir qator o‘ziga xos xususiyatlar mavjud.

Hodisa sodir bo‘lgan joydan olinayotgan obyektlar, ushbu obyektlardagi izlar buzilib yoki yo‘qolib ketmaydigan qilib o‘rab–joylashtirilishi lozim.

Olinayotgan obyektlarda aniqlangan mayda zarrachavlar va tolalarni probirkalarga joylashtirish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Kiyim izlari mavjud bo‘lgan obyektlarni o‘rab–joylashtirish uchun ixtiyoriy matodan foydalanish mumkin emas.

Kiyimlar izlarining kriminalistik tadqiqotlarining obyektlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: iz mavjud bo‘lgan buyumlar, izlarning yopishqoq tasmalarga ko‘chirilgan turli nusxalari, izlarning modellari — gips va polimer materiallardan tayyorlangan quyma nusxalari, shuningdek fotosuratlar.

Ushbu turdagi ekspertizaga quyidagi savollar qo‘yilishi mumkin: 1. Hodisa sodir bo‘lgan joydan olingan izlar, kiyim izlarimi? 2. Izlarda, kiyimlarning qanday materiali turi aks etgan? 4. Izlarda aks etgan kiyimlarning o‘lchami va tuzilishiga oid

xususiyatlari qanday? 5. Izlar bir yoki bir nechta kiyimlardan hosil bo‘lganmi? 6. Tekshirilayotgan izlar, tadqiqotga taqdim etilgan kiyimlar yoki

ularning muayyan sohalaridan qoldirilganmi va ularning hosil bo‘lish mexanizmi qanday?

Ekspertlar oldiga qo‘yilgan savollar va izlardagi mavjud ma’lumot-larga bog‘liq ravishda, kiyimlar izlarining tadqiqotlari identifikatsion yoki noidentifikatsion hususiyatga ega bo‘ladi.

Kiyimlarning identifikatsion tadqiqotlari, iz qoldirgan aniq bir kiyim predmetini aniqlash uchun o‘tkaziladi.

Noidentifikatsion tadqiqotlar esa quyidagilarni aniqlash maqsadida o‘tkaziladi:

— hodisa sodir bo‘lgan joydan olingan izlarning asosiy xusu-siyatlarini;

Page 283: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

283

— iz hosil bo‘lish mexanizmi hamda jinoyat hodisasi bilan iz hosil bo‘lish mexanizmi orasidagi sababiy bog‘liqlikni;

— iz hosil qiluvchi obyektlarning guruhiy taallluqligini. Tekshirilayotgan obyektlarning guruhiy taalluqliligini aniqlashda,

tekshirilayotgan obyektning o‘ziga o‘xshash obyektlar turkumiga tegishli ekanligi yoki bir guruh obyektlarning kelib chiqish manbalarining bir xilligi bo‘yicha savollarga javob berilishi zarur. Birinchi holatda hodisa joyidan olingan obyektning belgilari o‘rganiladi va keyin ekspertga oldindan ma’lum bo‘lgan obyektlarning belgilari bilan solishtiriladi. Ikkinchi holatda har bir obyektning belgilari alohida o‘rganiladi va keyin o‘zaro solishtiriladi.

Tadqiqotlar natijalari tekshirilayotgan izlar kiyimlarning qanday qismi yoki detalidan qolganligini va izlarning hosil bo‘lish mexanizmini aniqlashga bog‘liq bo‘ladi. Buning uchun, izlarning o‘zaro joylashishi va ularda aks etgan belgilar o‘rganiladi. Kiyimlarning izlarda aks etgan sohalari (detallari)ni aniqlash uchun, barcha tegishli ma’lumotlardan, ya’ni jinoyat ishining mohiyati, hodsa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirishga oid materiallar, jinoyatchi shaxsning jismoniy ma’lumotlaridan foyda-lanish zarur. Ushbu ma’lumotlar hodisaning mexanizmini modellashtirish imkonini beradi.

Kiyimlarning iz hosil qilgan sohalari va detallarini aniqlash uchun izlardagi aks etgan barcha belgilarni batafsil va diqqat bilan o‘rganish zarur. Izlardagi belgilar (naqshlar, to‘qilishning zichligi va shu kabilar) kiyim matosining turi va aynan shu material hayotimizning qay sohalarida ko‘proq qo‘llanilishini aniqlashga imkon beradi.

Kiyi izlarining identifikatsion tadqiqotlari quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:

— dastlabki tadqiqotlar; — alohida tadqiqotlar; — tadqiqotlar natijalarini baholash; — ekspertiza materiallarini rasmiylashtirish. Dastlabki tadqiqotlar jarayonida ekspert jinoyat ishi materiallari bilan

tanishadi, tadqiqotga taqdim etilgan obyektlarning mavjudligi va ularning ekspertiza tayinlash haqidagi qarorda ko‘rsatilganiga mos kelishini aniqlaydi va ekspertiza oldiga qo‘yilgan savollarni aniqlashtirib oladi. Jinoyat ishi bo‘yicha materiallardan izlarni olish va saqlash sharoitlarini, ularni hosil bo‘lish vaqti va ekspertizaga yuborish sharoitlarini o‘rganadi; so‘ng ko‘rinmaydigan izlarni aniqlashga kirishadi va keltirilgan materiallarni taqqoslash tadqiqotlari uchun yetarliligni aniqlash bo‘yicha savolga javob beradi.

Page 284: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

284

Ekspertizaga keltirilgan materiallarni ko‘zdan kechirish va dastlabki tanishish jarayonida, ekspert birinchi navbatda amalga oshiradigan vazifa — bu kiyim izlarining, shu izlarni hosil qilgan obyektlarni identifikatsiya qilish uchun yaroqliligi haqida masalalani hal qilishdir. Kiyimlarni identifikatsiya qilish uchun izlarning yaroqliligi haqidagi masala faqat taqqoslash tadqiqotlari natijasidagina hal etilishi mumkin.

Alohida tadqiqotlar o‘z navbatida uch bosqichga bo‘linadi: detal tadqiqotlar, ekspert tajribasi (eksperimenti) va taqqoslash tadqiqotlari.

Detal tadqiqotlar jarayonida tadqiqotga taqdim etilgan izlar va namunalarhar bir obyektga xos bo‘lgan belgilar – individuallashtiruvchi xususiyatlarni aniqlash maqsadida batafsil tekshiriladi. Avval iz hosil bo‘lish mexanizmi aniqlanadi, so‘ng kiyimning izlar hosil qilgan sohalari aniqlanadi. Masalan, tekshirilayotgan izlar qanday qo‘lqop va qaysi barmoq bilan qoldirilgan savolga javob berishda, izlarning o‘zaro joylashishi, egilish qatlamlar va choklarni tekshirish natijalariga asoslanish lozim. Qo‘lqoplardagi egilish qatlamlarning holati qo‘l barmoqlarining falangalar aro qatlamlarining holatiga mos keladi. Qo‘lqoplarning ikkinchi va to‘rtinchi barmoqlarida yuqori egilish qatlamlari uchinchi barmoqning o‘rta falangasining yarmigacha bo‘ladi. Qo‘lqopning beshinchi barmog‘ining eng yuqori qismi (chegarasi) to‘rtinchi barmoqning yuqori egilish qatlamining darajasida joylashadi. Qo‘lqopning birinchi barmog‘i, boshqalardan farqli ravishda, faqat ikkita egilish qatlamiga ega bo‘ladi. Qo‘lqoplar barmoqlarining uchlari izlarda oavlsimon yoki to‘g‘ri to‘rtburchak shaklda aks etadi.

Taqqoslash tadqiqotlarini o‘tkazish uchun eksperimental namunalar olish kerak. Kiyim izlarining eksperimental nusxalari umumiy qoidalar asosida olinishi kerak — eksperimental namunalar tekshirilayotgan izlarga o‘xshash bo‘lishi shart. Shuning uchun, eksperiment tajribalarini o‘tkazishda hodisa sodir bo‘lgan joyda izlar hosil bo‘lgan sharoitlarni maksimal darajada hisobga olish shart. Masalan, ekspert tajribalarini o‘tkazishda, tekshirilayotgan kiyimlarni kiyish va undan keyingina eksperimental namunalar olinishi kerak. Ammo, ta’kidlash joizki, eksperimentator (ekspert tajribasida ishtirok etayotgan va tekshirilayotgan kiyimlarni kiyib, tegishli harakatlarni amalga oshiradigan shaxs) bilan gumon qilinuvchining antropometrik xususiyatlari to‘liq mos kelishi shart emas. Masalan, eksperimentatorning qo‘llari tekshirilayotgan qo‘lqopdan kattaroq bo‘lsa, ushu qo‘lqopning izda aks etadigan belgilari o‘zgarishi mumkin. Dekin ko‘p hollarda, izlarda aks etadigan belgilar deyarli o‘zgarishsiz bo‘ladi va shuning uchun, tajriba jarayonidagi kichik

Page 285: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

285

chetlashish va og‘ishlarni inobatga olgan holda, ayniyat bo‘yicha masala ijobiy hal etilishi mumkin.

Eksperimental namunalar rangli va rangsiz bo‘lishi mumkin. Kiyim detallarini bo‘yash uchun kukunsimon bo‘yovchilar va tipografiu bo‘yodan foydalanish mumkin.

Eksperimental namunalarni olishda quyidagi qoidalarga rioya etish zarur:

— eksperimental namunalarni turlicha kattalikda kuch bilan ta’sir qilib olish kerak, chunki, kiyim matolarining egiluvchanligi izlarda ularning belgilarini aks etishiga ta’sir ko‘ratishi mumkin;

— iz qabul qiluvchi obyektning sirti tekis, ya’ni belgilarni sifatli o‘tkazishga yaroqli bo‘lishi kerak. Shisha, plastik, qog‘oz va shu kabilar tajriba uchun yaroqli bo‘ladi;

— tajriba o‘tkazishda, kiyim materialining holati, tekshirilayotgan izlar hosil bo‘lgandagi holatiga mos kelishi kerak.

Agar tadqiqotga taqdim etilgan kiyimlar ifloslangan bo‘lsa, uning sirtini suv bilan yuvish va keyin to‘g‘rilangan hoda quritish lozim. Charmdan tayyorlangan buyumlar tozalanganidan so‘ng, ularning elastikligini tiklash maqsadida, sirtiga yog‘li moddalar (kosmetik krem va shu kabilar) bilan ishlov berish kerak

Tadqiqotga taqdim etilgan obyektlarni kimiyoviy usul bilan tozalash, mexanik yuvish va dazmollash mumkin emas, chunki bunda kiyim matosi deformatsiyalanishi va natijada izlarning belgilari o‘zgarishi yoki yo‘qolib ketishi mumkin.

Taqqoslash tadqiqotlari tekshirilayotgan obyektlarning umumiy identi-fikatsion belgilarni solishtirishdan boshlanadi. Ushbu jarayonda aniqlan-gan farqlar, ayniyat bo‘yicha salbiy (rad etuvchi) xulosa chiqarishga sabab bo‘ladi. Ammo, tekshirilayotgan mato sirti tuzilishi yoki kiyim tashqi qoplamasining ifodalovchi belgilarning o‘xshashligi ayniyat haqida xulosa chiqarishga asos bo‘la olmaydi, chunki ushbu belgilar guruhiy ahamiyatga ega bo‘lib, individual yig‘indini hosil qila olmaydi.

Tekshirilayotgan obyektlarning xususiy identifikatsion belgilari umumiy belgilarni solishtirishda katta ahamiyatga ega bo‘lgan farqlar aniqlanmaganda boshlanadi.

Xususiy belgilarni solishtirishdan oldin eng yaxshi ifodalangan belgi — oriyentirni aniqlab olish kerak. Oriyentirni aniqlagandan so‘ng, u bilan yonma–yon joylashgan boshqa belgilar, kiyimning detallari tekshiriladi.

Taqqoslash tadqiqotlarida aniqlangan, o‘zaro o‘xshash bo‘lgan umumiy va xususiy belgilarni baholashda, ushbu jarayonda aniqlangan

Page 286: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

286

farqlarni ham albatta inobatga olish kerak. Ushbu farqlarning mavjudligi iz hosil

bo‘lish mexanizmi, vaqtga doir o‘zgarishlar va jinoyat ishining shart–sharoitlari bilan izohlanishi mumkin.

Juda ko‘p hollarda, taqqoslash tadqiqotlarida aniqlangan farqlarni izohlash uchun, tajribalar jarayoniga, jinoyat ishi mohiyatini o‘rganish jarayoniga qayta murojaat etishga to‘g‘ri keladi. Bu vaziyatda ekspert–trasolog aniqlangan farqlarning hosil bo‘lish sabablarini aniqlashi va ularni tushuntirib bera olishi kerak. Farqlarni aniqlash va ularning kelib chiqish sabablarini tushuntirish, ayniyat bo‘yicha masalalarni hal etishda xuddi o‘xshash belgilar yig‘indisini aniqlash kabi muhim ahamiyat kasb etadi.

Ekspertning xulosasi tadqiqotlar jarayonida anqlangan o‘xshash va farq qiluvchi belgilarni baholash asosida shakllantiriladi. Bunda ekspert o‘zining butun tadqiqotlar davomida shakllanadigan ichki ishonchi va ilmiy qoidalarga tayanadi. Ayniyat haqida xulosa chiqarish uchun tekshirilayotgan obyekt va izlarni ifodalovchi belgilar yig‘indisi o‘zaro mos kelishi (o‘xshash bo‘lishi) hamda qarama–qarshiliklar bo‘lmasligi kerak. Undan tashqari, taqoslashda aniqlangan farqlarni hosil bo‘lishi ilmiy asoslangan holda tushuntira oladigan bo‘lishi lozim.

Ekspertiza materiallari umumiy qoidalar asosida rasmiylashtiriladi. Tekshirilayotgan obyektlardagi o‘xshash belgilarni ko‘rsatish (belgilash) uchun quyidagilardan foydalaniladi:

— aks etgan qatlamlar punktir (uzuq–uzuq chiziqlar) bilan belgila-nadi;

— poralarning aksi va charm mahsulotlardagi mereyalarning belgilari ko‘rsatkichlar (strelkalar) yoki nuqtalar bilan belgilanadi;

— choklarning va turli nuqsonlarning aks etishlari aylanasiga chiziq bilan o‘rab qo‘yiladi yoki ko‘rsatkichlar (strelkalar) bilan belgilanadi.

Savol va topshiriqlar:

1. Kiyimlar predmetlarining o‘ziga xos xususiyatlarining ahamiyati. 2. Kiyimlar materiallarining tasniflanishi va ularning tuzilishidagi xusu-

siyatlari 3. Trikotaj matolarning to‘qilish turlari. 4. Kiyimlar materiallari ishlab chiqarishda ishlatiladigan xom ashyoning

guruhlari. 5. Kiyimlardagi shikastlanish (jarohat)larning tushunchasi va tasniflanishi 6. Kiyimlarning kriminalistik ekspertizalarida hal etiladigan savollar. 7. Tekshirilayotgan kiyimdagi jarohatlarning turlari.

Page 287: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

287

8. Kiyimlardagi o‘tmas buyumlardan hosil bo‘lgan jarohatlarning turlari. 9. Ishqalanish ta’sirida hosil bo‘lgan jarohatlarning turlari. 10. Hodisa sodir bo‘lgan joyda kiyimlarni ko‘zdan kechirish metodikasi. 11. Kiyimlardagi mexanik shikastlarni to‘g‘ri ta’riflab yozish metodikasi. 12. Kiyimlardagi mexanik jarohatlarning tekshirish va identifikatsion

tadqiqotlari. 13. Kiyimlardagi mexanik jarohatlarning tadqiqotlarida eksperimentga

tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish. 14. Kiyimlardagi mexanik shikastlarning trasologik ekspertizasida xulo-

salarni shakllantirish bosqichi.

Page 288: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

288

11-BOB. HAYVON IZLARINING EKSPERT TADQIQOTI

1. Xayvon izlari tadqiqotining kriminalistik ahamiyati Ekspert-kriminalistik amaliyotda hayvonlar izlari (tuyoq izlari)ning

tadqiqoti kamdan-kam uchraydigan bo‘lib qoldi, bu, eng avvalo, jamiyat rivojlanishida shaharlar rolining oshish jarayoni va transport vositalaridan keng miqyosda foydalanish bilan bog‘liq. Bunday izlar bilan ishlash, ayniqsa, ular hayvonlar (ko‘proq otlarga taalluqli)ning taqa va oyoq izlariga tegishli bo‘lsa, qoidaga ko‘ra, qishloqlarda uchraydi. Shu bilan birga, biz tuyoq izlari tadqiqotiga nafaqat ulardan og‘ir yuklarni tashishda foydalanganda yoki o‘g‘irlab ketishganda, balki ularning o‘zi jinoyat ishtirokchisi aylanib qolganda (masalan, tishlash orqali og‘ir jarohat yetkazishi yoki o‘lim bilan tugashi) tez-tez ehtiyoj sezamiz.

Tuyoq izlarining kriminalistik tadqiqotining ahamiyati haqida faqatgina kriminalistik tadqiqot emas, balki sud-tibbiyot amaliyoti ham guvohlik beradi. Hayvonlar insonga nafaqat hayotlik vaqtida shikast yetkazadi, balki murda badanining yumshoq joylari yoki suyagida o‘z izlarini qoldiradi. Uzoq vaqt ochiq joyda qolib ketgan murdalarga yirtqich qushlar, suvdan chiqarib olingan murdalarga esa baliqlar yoki suv hayvonlari shikast yetkazishi mumkin.

Zamonaviy kriminalistika amaliyotining ko‘rsatishicha, oyoqlar, tishlar, soch, qon va shunga o‘xshash izlar ko‘rinishidagi hayvon izlari joylari mavjud bo‘lgan jinoyatlar soni kamayayotgani yo‘q. Bunday holatda trasologik tadqiqotlar hajmini oshirish zarurati ushbu amaliyot talabini namoyon qiladi, xolos. Ayrim holatlarda tuyoq izlarini o‘rganish trasologik tadqiqotlar bilan cheklanib qolishi mumkin emas, bu o‘rinda kompleks ekspertiza (sud-tibbiyot va trasolog ekspertlar hamkorligi) o‘tkaziladi. Bunday guruhlar orasida it, mayda kemiruvchilar tishlari, it va mushuklarning tirnoqlari izlari ekspert tekshiruviga ko‘proq kelib tushsa, mushuklarning tish izlari kamroq uchraydi.

Itlar va kemiruvchilar tishlarining izlari turli obyektlar: kiyimlar, joylanadigan va o‘raladigan materiallar va boshqalarda topilishi mumkin. Masalan, ekspertizalardan biriga jabrlanuvchining kiyimi tekshirish uchun taqdim etilgan bo‘lib, unda yirtiq holda teshikli shikast yetkazish va chiziq shakldagi yuzaki shikast yetkazish mavjud edi. O‘tkazilgan tekshiruvlar natijasida yirtiq hayvon tishlari bilan hosil bo‘lgani, tirnalish

Page 289: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

289

ko‘rinishidagi yuzaki shikastlar esa it odamga tashlanganda tirnoqlari bilan tirnashi natijasida yuzaga kelgani aniqlangan. Yetkazilgan shikastning shakli va kengayib ketishining oldini olish orqali ular hosil bo‘lishining to‘liq mexanizmi aniqlangan.

Amaliyot hayvonlar izlari tadqiqoti ularni farqlash, aniqlash va belgi-larini baholash nuqtai nazaridan ham qiyinligini ko‘rsatadi.

Ayolning yo‘qolishi bilan bog‘liq bir jinoyat ishida ekspertizaga yo‘l sumkasi, o‘rama (shokolod folgasidan qog‘oz o‘rama ) taqdim etilgan. Ekspert oldiga shunday savol qo‘yilgan: «Ko‘rsatilgan predmetlardagi qoldirilgan shikast izlari ayiq tishlari izlarimi? «. Ushbu taxmin tergovchi tomonidan ilgari surilgan edi, chunki ayol kelgan sihatgoh joylashgan o‘rmon hududida oxirgi paytlarda daydi ayiq paydo bo‘lgani ko‘zga tashlanayotgan edi. Taqdim etilgan obyektlarga yetkazilgan shikast va izlarni taqiq qilish hamda o‘rganish sumkaning yirtig‘i yaqinida materialining ustki qismi shikastlangan holda 40 sm. gacha cho‘zilgan yoy shaklida chiziq ko‘rinishidagi izlar mavjudligini ko‘rsatdi. Ushbu belgilar shikastlanish hayvon tirnoqlari yordamida hosil bo‘lganligidan dalolat beradi. Shokolad qog‘ozi o‘ramasida juft holda joylashgan, kengligi 1–2 mm. ga yaqin bosilgan izlar aniqlandi. Ayiqning tishlari va panjalarini o‘rganish ular o‘lchami o‘rganilayotgan predmetlardagi izlardan bir muncha katta ekanligini ko‘rsatdi. Izlarni shakli va kattaligi bo‘yicha mayda kemiruvchilar tishlari bilan taqqoslash orqali mos kelishi aniqlan-gan, shunga asoslanib ekspertlar tegishli xulosa qilishgan. Qayd etish lozimki, ushbu ekspertizalarni o‘tkazishda ekspert muayyan qiyinchilik-larga duch kelingan. Bu shu bilan bog‘liqki, ekspertga nafaqat mutaxassis-zoologlardan malakali maslahatlar olish, balki zooparkda hayvonlarning tishlari, panjalari va tirnoqlarini ko‘zdan kechirish zarurati paydo bo‘lgan.

Kriminalistik ekspertiza amaliyotida hayvonni tish izlari bo‘yicha identifikatsiya qilish juda kam uchraydi. Biroq, qayd etish lozimki, bunday turdagi tadqiqotlarda guruhiy mansublik yoki farqlanishlar darajasidagi masalalarning hal etilishi ham sud va tergov uchun katta ahamiyatga ega. Masalan, ekspert tomonidan tish izlari kemiruvchilarga emas, balki it yoki mushukka tegishli ekanligini aniqlash va hokazo.

2. Hayvon izlarining tasnifi va dastlabki tadqiqoti

Zoologiyada qabul qilingan tizimlashtirishdan kelib chiqib, hayvonot

olamining muhim taksonomik (taksonomicheskim) elementlariga guruh, tip, sinf, otrad, oila, zot va tur kiradi. Bular, o‘z navbatida, yana mayda

Page 290: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

290

tasnifiy birliklarga bo‘linadi (hayvonlarning tasniflanishi haqida to‘liq ma’lumot zoologiyaga oid maxsus adabiyotlarda berilgan).

Hayvonlar izlarining kriminalistik tasnifi uchun asos (trasologiya sohasida) iz hosil qiluvchi obyektning o‘ziga xosligi hisoblanadi. Ushbu holatda hayvon izlari quyidagi uchta asosiy guruhga ajratiladi:

— hayvonlarning qo‘l-oyoq izlari (tuyoq, panjalar, tirnoq va h.k.); — metall taqalar izi; — jag‘ apparati izlari (tishlar, jag‘larning o‘zi, tumshuqlar va boshq.); — hayvon tanasining boshqa qismlari izlari (teri qoplamasi, organik

qoldiqlar, shoxlarning qismlari va h.k.). Bundan tashqari, hayvonlarning qo‘l-oyoq izlarini quyidagilarga

ajratish zarur: — toq tuyoqlilar oyoq izlari (otlar, eshaklar va shunga o‘xshash); — juft tuyoqlilar oyoq izlari (sigirlar, echkilar va boshq.); —boshqa sut emizuvchilar oyoq va panja izlari (itlar, bo‘rilar,

chiyabo‘rilar, ayiqlar va h.k.); qushlar va hayvonot olamining boshqa vakillari qo‘l-oyoq izlari. Tadqiqotning ushbu turida, shuningdek, kriminalistik trasologiyada

qabul qilingan izlarning hosil bo‘lish mexanizmi bo‘yicha, ya’ni izlarni hajmli va yuzaki, statik va dinamik, qatlam va qatlam-qatlam, lokal, ya’ni mahalliy va sirtqiga ajratib tasniflash tatbiq qilinadi. Shunga o‘xshash odam tishlari izlari bilan hayvonlarning jag‘ apparati va tishlari izlari hosil bo‘lish mexanizmiga ko‘ra, tishlab uzib olingan va tish tekkan joyga ajratiladi. Hayvon tishlari izlarining obyektda hosil bo‘lish belgilariga ko‘ra tish naqshi, aynan jag‘ apparati, tumshuq va boshqa izlarga bo‘linadi.

Hodisa sodir bo‘lgan joyda hayvon izlari topilganda, avvalo, ularning jinoyat hodisasi bilan o‘zaro bog‘liqligi aniqlanadi. Hodisa joyini ko‘zdan kechirishda dastlabki tekshiruvning vazifasi nafaqat qoldirilgan hayvon izlarining jinoyat hodisasi bilan bog‘lovchi faktlarni aniqlash, balki ularni keyinchalik trasologik ekspertiza doirasida tadqiq qilish imkoniyati ham aniqlanadi. Bunda asosiy e’tibor hayvon izlari kelib chiqishi vaqtining uzoqligi haqida guvohlik beruvchi belgilarga, ularning hodisa sodir bo‘lgan joy atrof-muhitiga nisbatan o‘zaro joylashuvi, izlar hosil bo‘li-shining sharoitlari va mexanizmiga qaratiladi. Masalan, izlarning qordagi qoldirilgan vaqtini aniqlashdagi qiyinchiliklar qorning ustki qismi xossalarining barqaror emasligi bilan bog‘liq. Bunday holatda hayvon-larning izlari noaniqligi bilan xarakterlanadi. Hatto eng yirik hayvonlar ham qorli joylarda chuqur, biroq qor bilan yarim yopilgan izlarni qoldiradilar.

Page 291: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

291

Hayvonlar izlarini ko‘zdan kechirishda ularning hosil bo‘lish sharoitlari va mexanizmlari, balki ushbu izlarni yuza qismida hosil qiluvchi makrorelf tashqi qurilishi va tuzilishining o‘ziga xos xarakterli tomonlari ham atroflicha o‘rganiladi. Ko‘zdan kechirish natijasida qaysi izlarni olish va o‘rash, shuningdek, hayvonlarning turlicha izlarini qayd etishning eng samarali metodlarini qo‘llash haqidagi masala ham hal etiladi.

Hayvonlarning tegishli izlari olib, o‘ralgan va qayd etilgandan keyin kompleks yoki trasologik ekspertiza jarayoni uchun ekspert muassasasiga transportirovka qilish va yetkazishda ularning saqlanishi va ularga shikast yetkazilishi ehtimolining oldini olish borasidagi zarur choralar ko‘riladi.Hayvonlarning topilgan oyoq-qo‘l izlari hodisa joyini ko‘zdan kechirish protokolida texnik shaklda (suratga olish orqali, izlarni tayyorlash, daktotasma yordamida nusxa ko‘chirish va h.k.) tasvir shaklida qayd etiladi.

Hayvonlarning oyoq-qo‘l izlari bayonida (opisaniye) quyidagilar ko‘rsatiladi:

— iz topilgan joyning atrof-muhit sharoiti (ochiq joy, bino)xususida; — izni qabul qilgan yuzaning ko‘rinishi (nam, qumli yer, qumoq

tuproqli yer va h.k.); — hayvon oyoq-qo‘l izlarining soni, ularning o‘zaro joylashuvi; — izlar guruhi aks ettirilgan taqdirda yo‘lning belgilari, harakat

yo‘nalishi haqida ma’lumot; — Izlarning ko‘rinishi (hajmli, yuzaki, qavat-qavat, bir qavat),

ularning shakli, o‘lchami, farq qiluvchi belgilari, individual o‘ziga xos jihatlari;

— izlarni topish, olish va qayd etishning texnik vositalari, izli obyektlarni o‘rash usullari va qo‘llanilgan metodlar.

Izlar bayoni grafik ko‘rinishidagi qarab chizilgan rasmlar bilan to‘ldirilishi mumkin (masalan, izlar yo‘li).

Hayvonlarning oyoq-qo‘l izlari masshtabli, detalli qayd etish qoida-siga binoan rasmga olinadi. Hayvonlarning oyoq-qo‘l izlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ular joylashgan obyekt bilan birgalikda, tabiiy holda olish talab etiladi. Biroq, ularning modellarini ko‘pincha izlardan nusxa ko‘chi-riladigan plyonkalarga nusxa ko‘chirish yoki qoliplarini tayyorlash kabi qayd etish usullarini qo‘llagan holda tayyorlashadi. Hayvonlarning yuzaki oyoq-qo‘l izlarini daktiloplyonkaga nusxa ko‘chirish yoki foto qog‘oz yordamida modellashtirish mumkin, bunda emulsiya oldindan qayd etiladi va perxlorvinilning atsetondagi eritmasiga shimdiriladi.

Page 292: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

292

Hajmli sayoz va uncha chuqur bo‘lmagan izlarning qoliplari plastilin, mum, polimer pasta (xamirsimon modda)lar yordamida tayyorlanadi, katta izlar uchun gipsdan foydalaniladi.

Hayvonlarning tish izlarini qayd etish, to‘plash ham chizish, suratga olish va ularning modellarini tayyorlash orqali bilan amalga oshiriladi. Hayvonlarning boshqa izlari bilan taqqoslash va ta’riflashda izlarning ko‘rinishi (tishlangan va tishlab uzib olingan), iz tashuvchi obyektlarning o‘ziga xos xususiyatlari kabi jihatlari qayd etiladi. Iz tashuvchi obyektlar oziq-ovqat mahsulotlari (pishloq, yog‘, mevalar va h.k.), inson tanasi yoki murda bo‘lishi mumkin.

Hayvon tishlari izlarini topish, qayd etish va olishning usullari, yo‘llari va texnik vositalari, shuningdek, izli obyektlarni o‘rash usullari trasologik obyektlar uchun xos bo‘lib, umuman olganda , yuqorida qayd etilganidek, bir-biriga o‘xshash.

Qayd etish lozimki, hayvon tishlarining izlarini ular topilgan obyekt bilan yoki uning bir qismi bilan olish maqsadga muvofiqdir. Murdadagi tish ishlarini olish tergovchining topshirig‘i bo‘yicha o‘likxonada bevosita ekspert tomonidan amalga oshiriladi.

Hayvon izlari bilan ishlashning o‘ziga xos tomonlaridan yana biri shuki, izlar tez buziladigan oziq-ovqat mahsulotlari (pishloq, sariyog‘ va h.k.), saqlash va transportirovka qilishda o‘zgarishlar va deformatsiyaga uchrashi mumkin bo‘lgan predmetlarga qoldirilgan bo‘lsa, albatta suratga olingan bo‘lishi kerak. Shuning uchun oziq-ovqat mahsulotlari (pishloq, margarin, sariyog‘ va h.k.) yo sovuq suv, muzlatgichga joylashtiriladi yoki formalin eritmasidan foydalaniladi. Murdaning yumshoq qismi (yumshoq to‘qimalar) spirtli yoki 5% li formalin eritmali idish (yemkost)da saqlanadi.

3. Hayvon oyoq izlarining kriminalistik tadqiqoti

Garchi hodisa joyida (hududdan kelib chiqib) turli xil hayvonlarning

izlari topilsa-da, kriminalistik amaliyotda hammasidan ko‘proq, tez-tez uchrab turadigan obyekt it panjalari (mushukniki kamroq), ot tuyoqlari hisoblanadi. Ushbu izlarda oyoq yoki panja (barmoqlar, tirnoq, tuyoqning tuzilishi) elementlarining o‘zaro joylashuvi, shakli, kattaligi aks etadi.

It (mushuk) panjalari izlarining ekspert tadqiqotida nafaqat guruhiy tegishliligini (shakli, kattaligi va panjalarining umumiy tuzilishi) ko‘rsa-tuvchi umumiy belgilari, balki alohida belgilari, teri relyefi ham o‘rga-niladi. Alohida belgilariga panjalarining tuzilishidagi kabi, teri naqsh-

Page 293: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

293

larining relyeflari (papillyarli)da, shuningdek, mikrorelyefda farqlar bo‘lishi mumkin. Masalan, itning zotidan kelib chiqib, uning panjalari turlicha aks etadi. Bunday aks etishning aniqligi tovon va panjalar orasidagi junning qanchalik kuchli yoki qalin o‘sganligiga va boshqa bir qator omillarga bog‘liq.

Qiyosiy tadqiqot uchun trasologiyada qabul qilingan metodika bo‘yicha eksperimental iz tayyorlash zarur. Bunda ekspert izlarni hayvon egasining ishtirokida tayyorlashi (yoki ekspert ishtirokida va uning ko‘rsatmasini qat’iy bajarish asosida tayyorlash) maqsadga muvofiqdir.

Oyoq izlarining shakli, kattaligi, ularning o‘zaro joylashuvi, shuningdek, tadqiq etilayotgan izlar (barmoqlar, tirnoqlar, changallar va h.k.) elementlariga doir o‘xshash tavsiflar hayvonlarning nafaqat zot va turini, ular harakatining yo‘nalishi va trayektoriyasini, tezligini aniq belgilash, balki xususiy belgilari kompleksini o‘rganishda aniq hayvon zotini aniqlash imkonini beradi.

Trasologiyada hayvon oyoqlari belgilarini anatomik va funksional, umumiy va xususiyga ajratish qabul qilingan. Umumiyga tuyoqning shakli (aylana, oval), oyoq kaftining shakli (kirgan, yassi), tuyoqning hajmi (taqalangan yoki taqalanmagan tuyoq) kiradi. Ushbu belgilar izlarda yarim aylana, yarim oval ko‘rinishida aks etadi. Ularda oyoq kafti (tuyoq yoki taqaning oldingi qismi) va ikki shoxi farqlanadi. Tuyoqning shakli va hajmidan kelib chiqib, izlar oldingi yoki orqa oyoqdan qoldirilganini aniqlash mumkin.

Xususiy belgilariga ko‘rsatgichlarning shakli, hajmi va burchagi, yoriq ko‘rinishidagi nuqsonlari, o‘simtalar, qatlam qismlari (uchastkalari), taqalarning belgilari, tuyoqning tuzilishi detallari va boshqalar kiradi.

Funksional belgilar otlarning o‘ziga xos yurishi, oyoqlarini qo‘yishi haqida guvohlik beradi. Bu belgilar izlar yo‘lkasida aks etadi. Oyoqlarning qo‘yilishiga qarab, izlarning tegishli yo‘lakchalari hosil bo‘ladi.

Keltirilgan belgilarga oyoqlarni qo‘yish, qadamning uzunligi, qadam burchagi kiradi. Ushbu tadqiqotlar va izlarni qayd etish inson oyoqlari izlari yo‘lakchalaridagi kabi o‘tkaziladi. Qayd etish lozimki, tuyoq izlaridan ko‘proq ma’lumot beruvchi belgilar nam va loy yerlarda yaxshi aks etadi va saqlanadi. Bunday izlarni qayd etish umum qabul qilingan metodlarga mos keladi, ya’ni o‘lchash, masshtabli suratga olish va qolimlarni tayyorlash o‘tkaziladi

Tuyoq belgilari bilan chambarchas bog‘langan taqa belgilari katta identifikatsiyaviy ahamiyatga ega hamda, qoidaga ko‘ra, birgalikda tadqiq etiladi (izlarda yetarlicha yaxshi aks etganda). Biroq, tuyoqlar tadqiqotida

Page 294: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

294

hayvonlar, taqa izlari bo‘yicha esa, ayrim holatlarda, faqat taqaning o‘zi identifikatsiya qilinadi. Bu shu bilan izohlanadiki, ba’zan taqa bir hayvondan boshqasiga taqalangan holatlar ham uchraydi.

Otlarning tuyoq va itlarning panja izlari boshqa hayvonlarning izlari orasida ko‘proq kriminalistik tadqiqotlarning obyekti hisoblanadi. Tuyoq va taqa izlarini, shuningdek, ularning yo‘laklarini o‘rganish otlarning harakat yo‘nalishi va tezligini aniqlash uchun informatsiyaviy materiallarni beradi.

Har bir hayvonning, shu bilan birga otning iz yo‘llari uning o‘ziga xos «yurishi»dan guvohlik beradi va u orqali otlarning bir xil yurishi (allyur), ya’ni harakat tipi (qadamlab yurish, yo‘rtib chopish, sakrab chopish, yo‘rg‘alab yurish va h.k.) aniqlanishi mumkin. Umumiy va xususiy belgilar tuyoq va taqaning alohida izlari bo‘yicha aniqlanadi. Bir tipda yurishni aniqlash harakat tezligi haqida taxminiy xulosa chiqarish imkonini beradi. Ayrim tegishli manbalarda bu ma’lumotlar ajratiladi. Sekin qadamlarda harakat 3,5–4,5 km/s, tez qadamlarda – 7 km/s, chopib, yo‘rtib harakatlanganda – 12 km/s, tez, yelib harakatlanishda 15–20 km/s tezlikka to‘g‘ri keladi. Bir tipda yurishning keltirilgan turli ko‘rinishlari izlari yo‘lida aks etadi va ular orqali otlarning siljishi borasida tasavvurga ega bo‘lish mumkin. Harakatlanish yoki siljish tezligiga otlarning yoshi va qanchalik yuk ortilgani kabi omillar ham ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Yuqorida sanab o‘tilgan izlar bo‘yicha yurish tiplar (allyura) tavsifi, ular yurishining o‘ziga xosligi orqali otlarning zotini aniqlash muayyan qiyinchiliklarni tug‘diradi va yilqichilik sohasidagi maxsus bilimlarni talab qiladi. Ot tuyoqlari izlarini ko‘zdan kechirish va trasologik ekspertiza o‘tkazishda ko‘rsatilgan sohadan tegishli mutaxassisni taklif etish tavsiya etiladi.

Izlarni o‘rganish jarayonida hosil bo‘lgan iz oldingi yoki orqa tuyoqdan hosil bo‘lganligi holatini aniqlash juda muhim hisoblanadi. Qoidaga ko‘ra, oldingi oyoq tuyoqlari orqa oyoq tuyoqlariga qaraganda bir qadar katta hajmga ega va bir muncha yassi tovoni bilan farq qiladi.

Tuyoqlar tadqiqoti metodikasi, muayyan o‘ziga xosliklarga ega bo‘lsa-da, trasologiyada umum qabul qilingan bosqichlardan tashkil topadi. O‘ziga xosligi shundan iboratki, qator holatlarda ekspertga hayvon tuyog‘ini bevosita o‘rganish kerak bo‘ladi. Bunday holatlarda ko‘zdan kechirishni mutaxassis (veterinar yoki zootexnik) ishtirokida amalga oshirish kerak. Hayvon tuyoqlarini bevosita o‘rganish bir qator sabablar bilan bog‘diq. Birinchidan, eksperimental namunalarni tayyorlash jarayonida muayyan qiyinchiliklar kelib chiqishi mumkin. Ikkinchidan,

Page 295: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

295

hayvon tuyog‘ining tag qismi tuzilishi shikastlanishlar va boshqa omillar ta’sirida yetarlicha tez o‘zgarishga uchrashini hisobga olish lozim. Ekspertga, shuningdek, hayvon (ot)ning oxirgi vaqtda (ya’ni, hodisa sodir bo‘lgan va ekspertiza tayinlangan muddat oralig‘ida) qanday sharoitda (o‘rmon, tuproqli, asfaltli yo‘l) ekspluatatsiya qilinganligi haqidagi ma’lumotlar taqdim etilishi shart. Hayvon ishlatilganidan keyin tuyoqlarining tozalangan-tozalanmaganligi fakti ham muhim ahamiyatga ega, chunki tozalashda belgilari o‘zgarishi mumkin.

Barchaga ma’lumki, otlarning tuyog‘ini asrash maqsadida taqalarning turli ko‘rinishlaridan foydalaniladi. Otlardan foydalanish va vazifasidan kelib chiqib, joy (shahar, qishloq)ni hisobga olgan holda taqalarning turli ko‘rinishlari qo‘llaniladi. Hozirgi vaqtda taqalarning 300 ga yaqin turi mavjud. Shuningdek quyidagilarni ham hisobga olish kerak, masalan, turli o‘ziga xos sharoitlar (oqsaqlanish, maymoqlik va boshq.)da ot oyoqlariga maxsus taqalar (yengillashtirilgan va og‘irlashtirilgan va h.k.) tayyor-lanishi mumkin. Shuning uchun, agar ekspert taqa izlari tadqiqotida umum qabul qilingan umumiy tasnifga to‘g‘ri kelmaydigan biror-bir belgini aniqlasa, maslahat olish uchun mutaxassis (taqachi-temirchi)ga murojaat etishi tavsiya etiladi. Taqalar ( old yoki orqa) belgilangan o‘rniga qarab, oval, yarim aylana ko‘rinishidagi izlarda aks etadi.

Taqalangan otlarning taqa izlari katta identifikatsiyaviy ahamiyatga ega. Qattiq yerda bu izlarda taqalarning chiqib turgan qismi ancha aniq aks etadi, yumshoq yerda hajmli izlarda taqalarning yuza qismi va tuyoqning tag qismi yaxshi ko‘rinadi.

Otlarning taqalarida ikkita shox, buxtovaka, ilgakli qism, mix teshigi va shoxlarning oxirida tegishli shiplar (sirg‘anmaslik uchun) qayd etiladi.

Taqaning tuyoqqa yopishadigan sirti yuqori, yer tomonga qaragani esa pastki deb ataladi. Juft oyoqqa qaratilgan tuyoq shoxlari ichki shox hisoblanadi va aksincha, ya’ni teskarisi tashqi shox hisoblanadi.

Buxtovka — bu taqaning ichki yuzasining qiyaligi. U tuyoqning yumshoq tovonini taqa bilan aloqa (kontakt)dan saqlash uchun zarur. Taqaning pastki yuza qismidagi mix qotiriladigan va boshchasi chiqib turadigan ariqcha qovurg‘ali yo‘lakcha deb ataluvchi vazifani bajaradi. Taqada 6 tadan 8 tagacha mix uchun teshiklarni sanash mumkin. Yo‘l qoplamasi bilan yaxshi tishlashishi uchun taqaga shiplar mustahkamlanadi.

Zavodda tayyorlanadigan taqalar tegishli sdandartlarga asosan tayyorlanadi va rezbali yechiladigan shiplar o‘rnatiladi.Oldingi va orqa tuyoqlarning farq qilishi bois, ular uchun xuddi shungdek turli taqalar tayyorlanadi. Kosiblik usulida tayyorlanadigan taqalar, qoidaga ko‘ra,

Page 296: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

296

doimiy shiplarga ega bo‘ladi, zavodda tayyorlanadiganlarida esa yochiladigan bo‘lishi mumkin. Tuyoqning qishki taqalari uchun o‘tkirlashtirilgan shiplar, yozgilari uchun esa o‘tmas shiplar foydalaniladi. Adohida holatlarda taqalar shipsiz qo‘llaniladi. Kasl tuyoqli hayvonlar uchun maxsus taqalar mavjud.

Taqa izlarida quyidagi alomatlar aks etadi: — taqaning tuzilishi to‘laligicha, maxsus taqalar tiplari ( «maxsus»,

«sharqiy» va boshq.); — shiplarning mavjud yoki mavjud emasligi, soni, shakli va

kattaligi,ularning taqa yuzasida joylashuvi; — mixli yo‘lakchalarning shakli va kattaligi hamda mixlar soni; — mixlar boshining joylashuvi, ularning kattaligi va shakli. Taqalarni identifikatsiya qilish faqat turli individual alomatlar majmui

aniqlanganda mumkin. Xususiy alomatlarga quyidagilar kiradi: alohida shiplarning shakli va kattaligi; taqaning tishlashadigan va tovon qismida yoriq ko‘rinishidagi deformatsiya alomatlarining o‘zaro joylashuvi va mavjudligi; taqa teshigidan mix boshining chiqib turishi darajasi va boshqalar.

It panjalarining umumiy alomatlari panjalarning o‘zi va ular elementlarining shakli va kattaligi bilan tavsiflanadi. Masalan, yirik itlarning izlari bo‘ri izlari bilan o‘xshashliklarga ega va shuning uchun ularning farq qiluvchi jihatlarini qunt bilan o‘rganish zarur. Xonaki itlarning izlarida faqat tovoning oldingi qismi izlari qoladi, 4 ta barmoq joylashgan yostiqcha kuchli tirnoq izlari bilan ta’minlanadi.

It panjalarining xususiy alomatlari panjaning tug‘ma va orttirilgan kamchiliklari o‘zaro joylashuvining kattaligi va shakli bilan tavsiflanadi. Izlarning kattaligi itlarning zoti va uning gavdasiga bog‘liq.

Trasologiya ekspertizasi rivojining hozirgi bosqichida chiziqli fragment va kamdan-kam uchraydigan nuqtalar ko‘rinishidagi panjaning tovon qismida joylashuvchi papillyar tipli naqshlardan foydalanish juda istiqbollidir. Hozirgi vaqtda tadqiqotning ushbu metodikasi yetarlicha ishlanmaganligiga qaramay, it panjalarining biologik naqshlaridan hayvonlarni identifikatsiya qilishning muqobil mezonlaridan biri sifatida foydalanish imkoniyatini hisobga olish mumkin bo‘ladi.

Hayvon izlarini qidirishda, ularni o‘rganish va qayd etishda yil-qichilik, it bilan shug‘ullanish, ovchilik sohasidagi tegishli mutaxassislar va zoologlarni taklif etish maqsadga muvofiqdir. Ular o‘ziga xos tavsifga ega bo‘lgan hayvonlarning turlarini aniq belgilashda yordam berishi mumkin.

Page 297: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

297

4. Hayvon tish izlarining kriminalistik tadqiqoti Hayvon tishlari izlarining kriminalistik tadqiqoti birinchi navbatda

ushbu izlar hayvonlar tomonidan qoldirilgan yoki qoldirilmaganligi masalasi hal qilinadi. Hayvonlar tish tizimi va tuzilishi odam tish apparati tavsifidan farq qilsa-da, ushbu masalaning hal etilishi jinoyatlarni tergov qilinishida muhim hisoblanadi.

Hayvon tishlari odamniki singari pulpa, ya’ni har bir tish o‘rtasidagi bo‘shlikni to‘ldirib turadigan va nerv uchlari tutashadigan yumshoq to‘qima, milk kungurasi ega. Uning ichiga tomirlar va nerv uchlari joylashadi, tishning tashqi yuzasi emal bilan qoplangan. Ular ham jag‘ning og‘iz bo‘shlig‘ida o‘ziga xos alveolalari (jag‘ suyaklarida tish ildizlari o‘rnashgan uyalar)ga ega bo‘lib, tishning yashirin qismi ildiz hosil qiladi. Jag‘dan chiqib turgan esa tish koronkalari deb nomlanadi.

Tishning oila, zot va tur tizimli alomatlari tavsifini sanab o‘tamiz. Umumiy anatomik alomatlari: — jag‘ning yuqori va pastki tishlar qatorining umumiy shakli

(uchburchak, ellipssimon va boshqalar); — tishlarning umumiy soni va ularning shakli va kattaligi; — tishlarning o‘zaro joylashuvi; — yuqorigi ikki kesgichning umumiy kengligi, qoziq tishlarning

uzunligi, tishlar orasidagi oraliq. Funksional alomatlari (masalan, itlarda zotiga qarab farqlanadi): — tabiiy tishlam — prognatik, yuqori jag‘ tishlari pastkilarini yopib

turadi (masalan, pudellar); — progenik — pastki jag‘ tishlari yuqoridagilarini yopib turadi

(masalan, buldoglar); — nonormal tishlamlar – turli sabablarning asorati hisoblanadi (itning

hayotining dastlabki yilida kasallanishi, ushbu vaqtda qattiq suyaklarni g‘ajishi va h.k.).

Xususiy alomatlar: — qoziq yoki keskichning kesuvchi chekkasidagi nuqsonlar; — ularning shakli va kattaligi; —alohida tishlarning joylashuvi va ularning tishlar qatoriga nisbatan

og‘ish burchagi; — qoziq tishlarning o‘tkirlik darajasi; — tishlar qatorining og‘ish shakli. Ekspert amaliyotida otlar tishlarining izlari ham uchrashi mumkin.

Bunday tishlar tadqiqotining o‘ziga xosligi shundan iboratki, otlarning tish

Page 298: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

298

apparati o‘ziga xos bo‘lib, boshqa hayvonlardan farq qiladi. Bunda yosh alomatlari bo‘yicha (tishlarning shakli va kattaligi bo‘yicha), shuningdek, oldingi tishlarning o‘xshashligini (yilqichilik sohasidagi mutaxassislarda bu «tish arkadasi», yoki «qubba» deb ataladi) hisobga olgan holda differensiatsiyalash o‘tkazilishi mumkin. Qari otlarning tishlari orasida oraliq hosil bo‘ladi, tishlarning balandligi qisqaradi, og‘izdan qiyalik esa ortadi. Bu va boshqa bir qator alomatlar (tishlar va tish qatorining kattaligi, tish qatorining shakli va boshq.) juda muhim hisoblanadi va hayvonlarni individuallashtirishga imkon beradi.

Ekspert amaliyotida hayvon tishlari tadqiqoti bilan bir qatorda, hayvonlarning burun izlari ham uchrashi mumkin. Itlar, mushuklar va shoxli hayvonlarning burunlari papillyar naqshlarni eslatuvchi relyefga ega, ya’ni almashib turuvchi valiklar va jo‘yakchadan iborat. Bu relyef muayyan hayvonni individuallashtirish imkonini beruvchi o‘ziga xos tuzilishga ega. Kriminalistlar amaliyotida bunday ekspertizalar qayd etilmagan, ajratib ko‘rsatilgan tegishli alomatlar va ekspert tadqi-qotlarining muayyan imkoniyatlari asosida faqat eksperimentlar o‘tkazilgan.

5. Hayvon izlari ekspertizasi jarayoni metodikasi

Trasologlarga nafaqat sut emizuvchilarning tish izlarini, balki yovvoyi

qushlarning tumshuq izlarini, sudralib yuruvchilarning jag‘ va tish izlari va shunga o‘xshashlarni ham tadqiq qilishga to‘g‘ri keladi. Har qanday holatda hayvonlarning tish izlarini tadqiq qilishda kriminalistik bilimlar kamlik qiladi. Amaliyotning ko‘rsatishicha, bu turdagi tadqiqotlarni kompleks ekspertiza tarzida, ya’ni hayvonot dunyosini o‘rganuvchi zoologlar, biologlar va fan sohasining boshqa mutaxassisliklari vakillari, shuningdek, tegishli sohalar (yilqichilik, ovchilik, veterinariya va h.k.)ning mutaxassisliklari vakillari ishtirokida o‘tkazgan ma’qul

Hayvonlarning tishlari, oyoq-qo‘llari va taqalari bo‘yicha trasologik ekspertizalar jarayoni metodikasi, hayvon izlari tadqiqotida keng tarqalgan obyektlar sifatida, boshqa trasologik tadqiqotlar metodikasidan, aniqrog‘i, odam tishlari, oyoq, poyafzal izlari tadqiqoti metodikasidan amaliy jihatdan farq qilmaydi. Hayvon izlari tadqiqoti bo‘yicha ekspertiza tadqiqoti jarayonining dastlabki bosqichida ham ekspert ixtiyoriga taqdim etilgan qaror va materiallar o‘rganiladi. Tadqiqotning alohida va detalli bosqichlarida izlarning hosil bo‘lish mexanizmlari, turlari aniqlanadi, izlarning shakli va kattaligi o‘rganiladi, zarur o‘lchovlar amalga oshiriladi,

Page 299: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

299

izlarning umumiy va xususiy alomatlari ajratiladi va hayvon izlarining trasologik tadqiqot uchun yaroqliligi aniqlanadi. Qiyosiy tadqiqot bos-qichida, zarurat bo‘lsa, ekspert eksperimenti o‘tkaziladi, uchrab turadigan alomatlarning turg‘unligi va tez-tez takrorlanib turishi baholanadi.

Taqa va tuyoq izlarni qiyosiy o‘rganishda baholash ma’lumotlarini solishtirish amaliyotini qo‘llash mumkin, chunki ushbu obyektlarning alomatlari, xususiy alomatlari to‘liq bo‘lmagan izlarda ham saqlanuvchi standart shiplardan farqi o‘laroq, juda kam hollarda aniq va to‘liq aks etadi.

It panjalari izlarini qiyosiy o‘rganish uchun oyoq izlari tamg‘alari tipi bo‘yicha eksperimental qoliplar tayyorlanadi. Qiyoslash jarayonida ham it panjalari izlari va eksperimental qoliplar tadqiqoti jarayonida olingan baholash ma’lumotlari solishtirilishi mumkin.

Oxirgi bosqichda tadqiqot natijalari asosida hayvon izlarining mos tushishi yoki farq qilishi haqidagi xulosalar shakllantiriladi. Tadqiqotning borishi va uning natijalari ekspert xulosasida bayon etiladi. Unda tadqiq etilayotgan obyektning mos keladigan va farq qiluvchi alomatlari va detallari fotojadval tarzidagi namunali misollarda ko‘rsatiladi.

Savol va topshiriqlar:

1. Hayvon izlari tushunchasi va ahamiyati. 2. Hayvon izlarining kriminalistik tasnifi. 3. Tuyoq izlari tushunchasi va ahamiyati. 4. Tuyoq izlarining hosil bulish mexanizmi. 5. Tuyoq izlarining identifikatsion alomatlari. 6. Hayvon oyoq-qo‘l izlarni topish, olish va qayd etishning usullari va

qo‘llanilgan metodlar. 7. Hayvon oyoq-qo‘l izlarning kriminalistik tadqiqoti. 8. Tuyoq izlarining kriminalistik tadqiqoti. 9. It, mushuk panja izlaring kriminalistik tadqiqoti. 10. Ot tuyoq izlarining kriminalistik tadqiqoti. 11. Ot taqa izlarining o‘ziga xos xususiyatlari. 12. Ot taqa izlaring identifikatsion alomatlari. 13. Hayvon tish izlarining kriminalistik tadqiqoti. 14. Hayvon izlarini ekspertizadan o‘tkazish metodikasi.

Page 300: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

300

12-BOB. KAM UCHRAYDIGAN IZLARNING EKSPERTIZA TADQIQOTI

1. Sirtmoqlar tadqiqoti

Kriminalistikada sirtmoqlar tadqiqoti kam uchraydi. Bu shundan

dalolat beradiki turli usullarda sirtmoq bog‘lash hammaga ham ayon emas. Sirtmoqlarni bog‘lanish usullarinig o‘zi uni bog‘lagan shaxslarni maxoratidan darak beradi va ularni aniqlash doirasini chegaralaydi.

Sirtmoq bog‘lash usulinig o‘zi ushbu usulni qo‘llovchilar doirasini belgilash bilan bir qatorda ularni davomli jinoyatlarini ham aniqlash imkonini beradi.

Sirtmoq bog‘lash usullari tibbiyotda, to‘qimachilikda, chorvachilikda, dengizchilikda, alpinistlikda sohaga ko‘ra o‘rgatiladi va bu sohalar o‘z betakrorligiga ega.

Kriminalistik jinoyat holatlariga oid sirtmoq bog‘lash usullarini o‘rgatibgina qolmasdan sirtmoqlar bog‘lash tadqiqotlarini ham o‘tkazadi bunda sirtmoq bog‘lashni o‘rganish jinoyatchilar tomonidan, jinoyat ishini yuritayotgan kriminalist xodimlarni chalg‘itishlaridan saqlaydi va bu eksperiment o‘tkazish orqali aniqlanadi

Sirtmoqlar bog‘lash tadqiqotlarini samarali natija berishini taminlash maqsadida hodisa sodir bo‘lgan joyidan olingan dalillar (sirtmoqli bog‘lamlar) ga ta’sir qo‘rsatilmasligi lozim. Agarda sirtmoq murdani bo‘ynida bo‘lsa uni bog‘langan joyini yuqorirog‘idan kesiladi va bu harakatlar bayonnomada ko‘rsatilishi shart. Agarda bog‘langan sirtmoq biror joyga mahkamlangan bo‘lsa mahkamlangan ashyo bilan yoki uning ayni mahkamlangan qismi bilan ajratib olish kerak va bayonnomada qilingan ishlarni yozib borish shart. Har qanday holatlarda ham hodisa sodir bo‘lgan joyda sirtmoqli bog‘lash uchraganda arqon, uni qaysi turdagi tarkibdan bo‘lishidan qat’iy nazar, asl holida rasmiylashtirib olish va bezarar saqlashni taminlash lozim.

Sirtmoqlarni murdani bo‘ynidan olishdan oldin bo‘g‘ilgan sirtmoq doirasini belgilab olish shart chunki bu o‘tkaziladigan tadqiqotlarda izlarni ta’sir doirasini aniqlashga imkon beradi.

Kriminalistika fani, sirtmoq bog‘lash bilan aloqador ekspertiza tadqiqotlarini o‘tkazishda asosan, sirtmoq bog‘lash usuli va sirtmoqning ta’sir etish mexanizmini, chilvir turi, tegishliligi, uning ta’siri natijasida

Page 301: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

301

yuzaga kelgan oqibatlarga qaratilgan tomonlarni o‘rganishga katta e’tibor qaratadi. Bunda avvalo ekspertiza tadqiqotlariga quyidagi savollar qo‘yiladi:

O‘lim mexanik bo‘g‘ilishdan kelib chiqqanmi? O‘lim sirtmoqdan bo‘g‘ilishdan kelib chiqqanmi? Agar murdaga sirtmoq o‘limdan keyin solingan bo‘lsa o‘limning

sababi nima? Murdada sirtmoqning xolati va joylashuvi qanday? Bunda osilish yoki bo‘g‘ilish alomati bormi? Sirtmoqda murda qancha vaqt bo‘lgan? Sirtmoq qanday birikmadan yasalgan ( metal, rezina paxta tolasi, ipak,

va x.k.)? Sirtmoq maqsadiga ko‘ra nimaga qaratilgan? Sirtmoq qanday usulda bog‘langan? Sirtmoqni xuddi shunday bog‘lash uchun alohida bilim talab

etiladimi? Tadqiqotga berilgan sirtmoq bilan taqqoslashga berilgan sirtmoq bir

xil bog‘langanmi? Murda, o‘limiga qadar, ushbu sirtmoqni o‘zi bog‘lay olganmi? Ekspertiza tadqiqotlariga sirtmoqli ashyolar, gumonlanuvchilar,

jabrlanuvchilar yoki mutaxassislar tomonidan o‘xshash qilib bog‘lash orqali sirtmoqli bog‘lamni tadqiqotga jo‘natish yoki ilgarigi jinoyat ishlariga aloqador sirtmoqli bog‘lamlar, tadqiqotga taqdim etilishi ham mumkin.

Bunday sirtmoqli bog‘lamlarni tayyorlish, aynan o‘xshash material va bir xil bog‘lam bo‘lishini talab qiladi. Shuningdek ilgari sodir etilgan jinoyatlarga aloqador sirtmoqli bog‘lamlar yoki o‘xshash bog‘lamlar tadqiqotga taqdim etilishi mumkin.

Sirtmoqlarni bog‘lashga doir ekspertiza o‘tkazish trasologik eksper-tizaga taalluqli bo‘lib o‘z ichiga quyidagi bosqichlarni oladi:

– dastlabki tadqiqot; – alohida tadqiqot; – taqqoslash tadqiqoti; – xulosalarni shakillantirish; – xulosani rasmiylashtirish. Dastlabki tadqiqot bosqichida, qismida ekspert ekspertiza o‘tkazish

to‘g‘risidagi qaror bilan tanishadi va ekspertizaga taqdim etilgan ashyolar butligini va ularga zarar yetmaganligini tekshiradi. Agar zarurat yuzaga kelsa ekspert qo‘shimcha materiallari (hodisa sodir bo‘lgan joyini ko‘zdan

Page 302: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

302

kechirish bayonnomasini, murdani hodisa sodir bo‘lgan joyidagi fotojadvalini yoki videoyozuvini) talab qilishi mumkin

Shuningdek ekspert tadqiqotga taqdim etilgan obyektni hodisa sodir bo‘lgan joyidan topilganidagi asl holati o‘zgarmaganmi, sirtmoq bog‘lami bo‘shatilmaganmi, bog‘lam o‘zgartirilmaganmi, bog‘lamni tadqiqotga qadar saqlanish talab darajasida bo‘lganmi degan savollariga ekspertizaga qaror jo‘natgan xodimdan javob olishi va o‘z tadqiqotlariga oydinlik kiritib olishi kerak.

Alohida tadqiqot bosqichida, obyektga umumiy va asosli tavsif beradi, bunda sirtmoq yasalgan birikma, uning ko‘rinishi, turi, rangi, zichligi, uzunligi, boshi va oxirining ko‘rninishlarini, uning alohida belgilarini va sirtmoq bog‘langan arqonning bog‘langan joyi, uning qaysi qismida joylashgani ko‘rsatiladi. Shuningdek arqonni umumiy chidamliligi va bog‘lamni qanday darajada bog‘langan zichligini uning naqshlari bo‘lsa naqshlari ko‘rinishini qo‘rsatib beriladi.

Sirtmoqni tadqiq etishda tekis toza joyda yetarli yorug‘lik bor xonada ko‘zdan kechirish maqsadga muvofiq avvalo uni tasvirga olish lozim. Shundan so‘ng bog‘lanish usulini tekshirish va bog‘lash amalga oshirilgan uslubini aniqlash lozim bunda ung yoki chap tomondan boshlanganligini aniqlash katta ahamiyatga ega. Shuningdek arqonning bo‘g‘imlarini unga tegishli elementlarini, elementlarni katta kichikligi masofasi va sonini aniqlash lozim.

Sirtmoq bog‘langan usulni aniqlash uchun tegishli manbalar (qo‘llan-malar, darsliklar va x.k.lar ) dan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Sirtmoq bog‘langan uslubni aniqlash uchun eksperiment o‘tkazish va mutaxassis yordamidan foydalanish lozim.

Sirtmoq bog‘lash usullarining keng tarqagani oddiy sirtmoqlar bo‘lib ular turlisa otma sirtmoq, tuzoq, osma sirtmoq kabilar bo‘lib dengizchi, baliqchi, chorvadorlar va ovchilar ko‘p foydalanadi.

Murakkab sirtmoqlar turkumiga, tibbiyotda, alpinizmda, o‘t o‘chiruv-chilikda, elektr quvvati xodimlari, ovchilar, chorvachilar tomonidan qo‘llanadigan sirtmoqlar kiradi: kurmak, siqma sirtmoq, dengizcha sirtmoq, osma sirtmoq, baliqchi sirtmoq, tugun sirtmoq (qarang. 1-6-rasmlar.).

1-rasm. Kurmak bog‘lash.

Page 303: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

303

2-rasm. Siqma sirtmoq.

3-rasm. Dengizcha sirtmoq.

4-rasm. Osma sirtmoq.

5-rasm. Baliqchi sirtmoq.

6-rasm. Tugun sirtmoq. Sirtmoqlarni tuzilishi va bog‘lanish mexanizmini aniqlashda ularni

qaysi turdagi birikmadan iboratligi va qanday usulda bog‘langani eng

ahamiyatli elementlardan hisoblanadi. Bunday aniqlashda sirtmoqni kimyoviy birikmasini turini belgilash kimyoviy ekspertizani talab etadi. Chilvirni qaysi usulda bog‘langanini aniqlash esa eksperiment o‘tkazish orqali aniqlanadi.

Taqqoslash tadqiqoti bosqichida, hodisa sodir bo‘lgan joyidan topilgan sirtmoqni kimyoviy tarkibi aniqlangandan so‘ng uning bog‘lanish usuli

Page 304: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

304

aniqlanib ushbu bog‘lash usuli bo‘yicha bir toxtamga kelinganidan keyin, sirtmoqning bog‘lash maqsadi nimaga qaratilgani aniqlanadi va uni bog‘lash sharoiti batafsil o‘rganib chiqiladi. Shundan so‘ng hodisa sodir bo‘lgan joyidan topilgan sirtmoq kimyoviy birikmasi bilan bir xil tarkibdagi va bog‘lanish usuliga ko‘ra bir xil sirtmoqni bog‘lash usulida, gumonlanuvchilardan kimyoviy birikmasi va bog‘lanish usuli bir xil shakilda sirtmoq bog‘latiladi va taqqoslash tadqiqoti o‘tkaziladi. Bunda ekspert o‘zaro taqqoslashda muvofiq keladigan belgilarni alohida ko‘rsatib o‘tadi va nomuvofiq keladiganlarini alohida belgilab ko‘rsatadi.

Taqqoslash tadqiqotida bir xulosaga kelishdan oldin bog‘lanish turlariga talluqlilik va sohaviy tegishliligiga ham etibor qaratish lozim.

Xulosalarni shakillantirish bosqichida, diagnostik alomatlarni yoritishda sinchkovlik bilan kuzatilgandan keyingina bir toxtamga kelish lozim. Shuningdek identifikatsion alomatlarni ajratib ko‘rsatishda va aynanligi bo‘yicha xulosalarni shakillantirishda kutilmagan extimollarni ham nazardan qochirmaslik maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Xulosani rasmiylashtirish bosqichida, ko‘rgazmali o‘xshash ko‘rinish beradigan maket tayyorlash, taqqoslangan buyumlarning aynanligini isbotlashda yuqori saviyali natijalarni beradi. Bundan tashqari, sirtmoq bog‘lamlarini dastlabki ko‘rinishi va aynanlashtirilgandagi ko‘rinishlarini fototasvirga olib kattalashtirilgan taqqoslash shakliga keltirib aks ettirish, inkor etib bo‘lmaydigan dalil sifatida qabul qilinadi.

Fototasvirda aks ettirishda, sirtmoq bog‘lanish usulini yo‘nalish beruvchi belgilar bilan belgilanib, alohida yechilishini va bog‘lanishini ko‘rsatish lozim. Bunda sirtmoqni boshi va oxirini raqamlar bilan aloxida belgilab borish talab etiladi. Ushbu belgili fototasvir bilan birga yonma-yon, belgisiz nazorat fototasvirni aks ettirish lozim.

2. Qon izlarining tadqiqoti

Shaxsga qarshi jinoyatlarni aniqlashda qon izlari katta ahamiyatga ega

bo‘lib, bunda qon izlari orqali gumonlanuvchilar ichidan ayblanuvchini aniqlash, jinoyat qurolini aniqlash, jinoyat vaqti va usulini aniqlash imkoniyatlarini beradi, shunigdek, jinoyat sodir bo‘lgan vaqtdagi jinoyatchi va jabirlanuvchining harakatlarini aniqlash imkonini beradi. Bundan tashqari shaxsi aniqlanmagan murdalarni va yashiringan jinoyatchilarni qon guruhlarini aniqlash orqali ularni shaxsini aniqlash imkoniyatlarini vujudga keltiradi.

Page 305: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

305

Qon izlarini aniqlashda ularni oqishi tezligi, miqdori va rangi, alohida ahamiyatga ega, shuningdek qon tekkan buyumlar kimyoviy tarkibi va yuza qatlami e’tiborsiz qoldirib bo‘lmaydigan obyektlar hisoblanadi.

Qon izlari oqish tezligiga ko‘ra, tomchi yoki dog‘ shaklida, sachrash ko‘rinishida, oqish holatida va ko‘lmak bo‘lib uchraydi.

Qon tomchisi, tomishi natijasida dumaloq iz hosil bo‘ladi. Tomchi izlar hosil bo‘lishi ularni qancha balandlikdan tomishi va qanday tekislikdagi qatlamga tushishiga bog‘liq. Tomchi tomish balandligi 10 sm balandlikda oddiy dumaloq, 20–40 sm balandlikda dumaloq atrofida qirralar paydo bo‘la boshlaydi, 50 sm ikkilamchi tomchilar ajrala boshlaydi, bunday ajralish 2 metrgacha davom etadi, 3 metrga yetganda tomchilar parchalanishi kamayadi va qirralashadi.

Qon tomchilari harakatda, tomsa uzunchoqsimon aylana hosil qiladi va o‘zida harakat tomoniga qaragan qirra qoldiradi.

Qon tomchilarining tomishi tekis turmagan yuzaga tushganda, tekis joyga tushgan alomatlar ikkilamchi sachrashlar, qirralarni hosil bo‘lishi qolishi mumkin lekin yuza qatlam qaysi tomonga og‘gan bo‘lsa qon tomchilari shu tomonga oqadi va izli oqish hosil qiladi.

Qon tomchilari singuvchi yuzaga tekkanda shimilish yoki shu yuzaga singishni keltirib chiqaradi bular yumshoq va par matolar, qog‘oz, tuproq, qum kabilar bo‘lishi mumkin.

Qon dog‘lari, tomchiga nisbatan ko‘p qon tomishida va qon yo‘qotayotgan shaxs harakatlanish natijalarida hosil bo‘ladi. Chunki harakatlanish bo‘lmasa quyulish yuzaga kelib bir joyda ko‘lmak hosil qiladi. Bunday izlar murdalarni qo‘zg‘atilsa yoki bir joydan boshqa joyga qo‘zg‘atilganda shuningdek og‘ir yaralangan shaxslarni harakatlanish yo‘nalishlarida ham iz qoldiradi. Qon dog‘lari surkalish va teginishlarda ham yuzaga keladi va hodisa sodir bo‘lgan joyidagi harakatlardan darak beradi. Ular iz qoldiruvchi yuza qism va iz oluvchi yuza qismlarning shaklidan ko‘rinishidan ham darak beradi.

Qonni sachrab iz qoldirishi, bunda qon tomchisi o‘z og‘irlik kuchidan tashqari harakatlanish yoki tashqi ta’sir kuchiga asosan sachralishni keltirib chiqaradi. Bunday ko‘rinishda qon sachrashi o‘zida mayda tomchilarni va keng joyga yoyilgan sachrashni hosil qiladi.

Qon sachrashidagi izlar, shaklining ko‘rinishi va joylashuvi qon tomchisi to‘g‘ri tushganda dumaloq shakilchalarni hosil qiladi, biror tomonga qarab tomidan qolgan izda esa o‘sha tomonga nisbatan cho‘zilish bo‘ladi.

Page 306: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

306

Bundan tashqari, qon sachrashi arterial qon yo‘qotishda, qonga kuchli ta’sir tegishida, murdalarni maydalashdagi og‘ir harakatlarda, qonga har qanday tashqi ta’sir orqali ta’sir ko‘rsatishda bo‘lishi mumkin.

Qon oqishi, qon uzluksiz oqishi natijasidagi holatini anglatadi, bundan tashqari qon oqqan joylardagi hosil bo‘lgan izlarda o‘zining aksini qoldiradi. Qon izlarining oqishidan qolgan izlarga ko‘ra qon oqish hosil bo‘lgan tomon, qon oqqan yuza tekisligi yoki qiya joylashgani izlarni hosil bo‘lish jarayonidan darak beradi va qon oqish jarayonida bo‘lgan harakatlarni aniqlash imkonini beradi. Bundan tashqari qon oqish izlari, jarohat olgan va hushini yo‘qotgan shaxsni jarohatlaridan oqqan qon izlarini hosil bo‘lishini ularni bir joyda ko‘lmak bo‘lishi yoki har joylarda ko‘lmak bo‘lishi orqali aniqlanadi.

Qon izining ko‘lmak hosil qilishi, tanasida qon mavjud bo‘lgan trik jonizotlardan qon oqishi yoki tomishi natijasida tekis yuza qatlamda ko‘lmak hosil bo‘lishini anglatadi. Qon oqishida ko‘lmak hosil bo‘lishi, qon aylanish doirasidan tashqi ta’sir yoki ichki zo‘riqish, shuningdek biror o‘tkir qasallik natijasida qon oqishi oqibatida hosil bo‘lishi mumkin.

Ko‘lmak hosil qilib qon oqish jarayoni, qon chiqayotgan jarohat va qon oqishi borib tegayotgan yuza qatlam orasidagi masofa oralig‘iga bog‘liq, bunda yaqin masofada 1–20 smlarda sachrashlar asosan kuzatil-maydi, 20sm oshgan oraliqlarda qon ko‘lmak atrofiga sachrash izlari kuzatiladi.

Shuningdek qon oqayotgan yuza qatlam holati, qonni to‘planishiga sharoit yaratadigan bo‘lishi ham katta e’tiborga ega, chunki qiya yuzalarda qon bir joyga to‘planmaydi va qiyalik tomonga oqadi.

Hodisa sodir bo‘lgan joylarida topilgan murdani joylashuvi, qon oqish joylashuvi va tarkibi bir-biriga muvofiq kelishi lozim aks holda, bu qon izi yoki tarkibi, murdaga tegishli emasligidan darak beradi. Bunday holatlarda murdani joyi o‘zgartirilganini aniqlash, keyingi ishlarni davom ettirishda to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatadi.

Qon izlarini qayd etish, hodisa sodir bo‘lgan joyini ko‘zdan kechi-rishda bayonnomaga qayd etiladi va JPKning 91-moddasi talablaridan kelib chiqqan holda, tasvirga tushuriladi va bayonnomaga ilova qilinadi.

Qon izlarini hodisa sodir bo‘lgan joyida tasvirga olishda, foto qurilmalar va video qurilmalar vositalari orqali (fotosuratga olish qoidalari bo‘yicha) keng ko‘rinishli, alohida buyumlarga bog‘lab, qismlarga ajratib va o‘lchamli tasvirga (panorama) olish tavsiya etiladi. Qon izlarini keng ko‘rinishli va alohida buyumlarga bog‘lab tasvirga olishda qon izlari ta’sirlangan harakat tomoniga qaratib, raqamli belgilar bilan balgilab qo‘yiladi.

Page 307: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

307

Qon izlarini qismlarga ajratib va ulchamli tasvirga olishda, qon izlarini alohida ajratib yo‘nalishli ko‘rsatkich raqamlar bilan qo‘shib tasvirga olish mumkin. Bundan tashqari, qon izlarini ulchamli tasvirga olishda, yo‘nalishli raqamlar bilan birga ulchagich qo‘yib, kattalashtirib tasvirga olish mumkin. Bunday tasvirga olishda qon izlarining asl qo‘rinishi, atrofidagi sachragan qon izlari bundan tashqari tegishli har qanday element tasvirga olinishi va qayd etilishi lozim. Tasvirga olishda shuni alohida e’tiborga olish kerakki tasvirlar ketma ketligi, ko‘rinish maydoni va tiniqlik sifatli bo‘lishi, keyinchalik ish holatlari bilan tanishishda, hodisa sodir bo‘lgan joyni asl ko‘rinishini aniqlashga imkon beradi.

Qon izlari yoki unga o‘xshash izlarni qayd etishda quyidagilarga etibor berish lozim:

— nomini to‘g‘ri tanlash; — shaklini to‘g‘ri yoritish; — o‘lchamini aniq ifodalash (izlar dorirasi va qon oqqa joygacha); — joylashuvini to‘g‘ri belgilash (iz oluvchi va qoldiruvchini); — qon tekkan yuzani aniq ifodalash (qum, mato, nam, quriq,); — qon izidagi qonni quruqlik darajasini ko‘rsatish; — oqish tomonini aniq belgilash; — qon yoki boshqa modda ekanini va undagi o‘zga moddalarni aniq

tasvirlash. Qon izlarini topish va ular bilan ishlash, sinchkovlikni talab etadi va

qon yoki qonga o‘xshash izlarni ko‘zdan qochirmaslikni talab etadi. Buning uchun hodisa sodir bo‘lgan joyini tekshirishda, sinchkovlik bilan qon yoki qonga o‘xshash izlarni aniqlashda, qizil rangli dog‘lar, qizg‘ish yoki sarg‘ish rangli dog‘lar mavjudligiga e’tibor qaratish lozim. Chunki qon izlari har xil rangda (tuq jigarrang, kulrang, qoramtir, och sariq, yashilga o‘xshash) bo‘lishi mumkin.

Eski qon izlari kulrang, qoramtir tus oladi, yangi qon izlari qizil, to‘q qizil rangda ko‘rinadi biroz turib qolish oqibatida, qon izlari jigarrang ko‘rinishga kiradi, shuningdek mog‘orlash oqibatida qon izlarida yashillashish ro‘y beradi.

Asosan, hodisa sodir bo‘lgan joyini ko‘zdan kechirishda, oddiy ko‘z bilan tekshiruv o‘tkaziladi, ammo mayda va to‘q rangli buyumlardagi qon izlarini aniqlash uchun maxsus yoritkichlar va qon izlarini kattalishtirib ko‘rish imkonini beradigan texnik vositalar ijobiy natijalarga erishish imkonini beradi.

Qon izlarini boshqa buyumlar bilan birga yoki buyumlar zarralari bilan aralash kelganda, qon analizlari o‘tkazish maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Page 308: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

308

Bunda qon izi mavjud deb taxmin qilingan izni laboratoriya tekshiriuvi uchun tibbiyot mutaxassislariga jo‘natish lozim.

Hodisa sodir bo‘lgan joyini o‘zida, qon yoki qonga o‘xshash izlarni kimyoviy vositalar bilan ta’sirlantirib, qon izligini aniqlash tavsiya etilmaydi, chunki qon izlari labaratoriya tekshiruvlaridagina mukammal va to‘lik tadqiq etish natijalarini beradi. Shuningdek, kimyoviy ta’sirlar qon tarkibiga jiddiy ta’sir etib keyingi labaratoriya tadqiqotlariga yaroqsizlikni keltirib chiqarishi ham mumkin.

Dalil sifatida qon izlarini olish, to‘liqlik va bezararlikni talab etadi. Qon izini olishda uni qanday buyumdaligi katta ahamiyatga ega, chunki qon izini olishda qon iziga zarar keltirmay, uning joylashuv holatini buzmasdan harakat qilish kerak. Agar qon izini alohida o‘zini olishni iloji bo‘lmasa, qon izi tekkan buyum bilan birga yoki buyumdagi qon tekkan joyni o‘zi buyumning bir qismi bilan olinishi mumkin.

Agarda qon izini tekkan buyum bilan olishni iloji bo‘lmasa, tozalangan suvda, qon iziga teng quruq tozalangan dokadani namlab, qon iziga yaxshilab ishqalash va qon shimilishiga erishish lozim, shundan so‘ng qon izi shimitilgan doka bo‘lagini, xona haroratida quritib, qog‘oz konvertga o‘raladi.

Qon izlari qorda qumda tuproqda yoki boshqa qatlamda nam, hul holatda uchrasa, xona haroratida quritiladi va daliliy ashyo sifatida maxsus idishga joylanadi yoki qog‘oz konvertga o‘raladi. Shuningdek, qon izi tekkan qatlam moddasidan nazorat uchun tekshirishga olish mumkin.

Qon izlarini politelin idishlarga olish tavsiya etilmaydi, chunki qon zichligi buziladi, namlig ajralishi o‘zgaradi. Shuning uchun qon izlarini alohida qog‘oz konvertlarga joylashtirib hodisa sodir bo‘lgan joyning tavfsiloti va olingan iz, iz joylashgan buyum, iz haqidagi ma’lumotlarni ushbu jarayondagi ishtirokchilar – xolislar, ekspert, tergovchi birgalikda imzo chekib, sanani belgilab, muhrlashi lozim.

3. Kam uchraydigan izlarning trasologik tadqiqoti

Kam uchraydigan izlarga lab izlari, peshona izlari, burun izlari, egak

izlari, shuningdek tananing boshqa alohida tadqiq etilmaydigan joylarining izlari bo‘lishi mumkin.

Lab izini tadqiqotiga, har doim ham e’tibor qaratilavermaydi, bunday izlarda ham har xil e’tiborga molik xususiy belgilar bo‘lib ular diagnostik va identifikatsion ahamiyatga ega.

Lab izlari, lab tegishi mumkin bo‘lgan iste’mol vositasida ishlatiladigan buyumlarda, piyola, kosa, stakan, qoshiq va shu kabilarda, qolishi mumkin.

Page 309: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

309

Lab izlari hodisa sodir bo‘lgan joyida kuzatilganda, albatta izni tadqiqot uchun ehtiyotkorlik bilan olinishi va tadqiqot joyiga yetkazilishi choralanini ko‘rish lozim. Lab izlari bilan tadqiqot o‘tkazish laboratoriya sharoitida ijobiy natijalarni beradi.

Tadqiqotda lab izini taqqoslash uchun gumonlanuvi yoki jabrlanu-vilardan namuna sifatida lab izlarini olish lozim. Bunday holatda lab izlarini olish, xuddi hodisa sodir bo‘lgan joydan olingan, lab izi qolgan buyumga o‘xshash buyumda olinishi lozim yoki labga pamada surtib toza 10 sm kvadrat oynaga izini olish ham mumkin. Bunday oynaga izni olish bir necha marotaba takrorlab olinishi mumkin chunki lab izini xususiy alomatlarini yanada aniqlash uchun namunalar doirasi kengayadi. Olingan namunalar, hodisa sodir bo‘lgan joydan olingan lab izi bilan taqoslashda kattalashtirib fototasvirga olinadi va taqqoslash natiasidagi umumiy va xususiy alomatlarini asoslantiruvi jadvali tuziladi. Jadvalda fototasvir yonma-yon qo‘yilib alomatlar asoslatirilib raqamlar bilan birma-bir ko‘rsatib o‘tiladi.

Lab izlari tadqiqoti kompleks bo‘lishi ham mumkin chunki, lab izi bilan bir vaqtda so‘lak, pamada kimyoviy tarkibi, iste’mol moddalari qoldiqlari yoki shu kabi boshqa tadqiqotlar o‘tkazilishi mumkin.

Shuningdek, lab izlarini tadqiqotida, lablar kasalliklari va ulardan qolgan izlarga ham e’tibor qaratish maqsadga muvofiq bo‘ladi, bunday holatlarda lab izi olingan muddat va shu muddatda lab kasalikklari tuzalishi mumkinligi ham e’tibordan chetda qolmasligi lozim.

– dastlabki tadqiqot; – alohida tadqiqot; – taqqoslash tadqiqoti; – xulosalarni shakillantirish; – xulosani rasmiylashtirish. Dastlabki tadqiqot bosqichida, ekspert, ekspertiza o‘tkazish to‘g‘ri-

sidagi qaror bilan tanishadi va ekspertizaga taqdim etilgan ashyolar butligini va ularga zarar yetmaganligini tekshiradi. Agar zarurat yuzaga kelsa ekspert qo‘shimcha materiallari (hodisa sodir bo‘lgan joyini ko‘zdan kechirish bayonnomasini, hodisa sodir bo‘lgan joyidagi fototasvir jadva-lini yoki videoyozuvni) talab qilishi mumkin

Shuningdek, ekspert tadqiqotga taqdim etilgan obyektni, hodisa sodir bo‘lgan joydan topilganidagi, asl holati o‘zgarmaganmi, zarar yetka-zilmaganini, muhrlangan konvertlar buzilmaganligini, lab izlari olingan ashyolarni tadqiqotga qadar saqlanish talab darajasida bo‘lganini sinchkovlik bilan ko‘zdan kechirad.

Page 310: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

310

Alohida tadqiqot bosqichida, obyektga umumiy va asosli tavsif beradi, bunda lab izi qolgan bum, uning ko‘rinishi, turi, rangi, zichligi, hajmi, undagi lab izining joylashuvi, rangi, o‘lchamlari batafsil yoritiladi, shundan so‘ng, lab izining o‘ziga xos alohida belgilarini ya’ni umumiy va xususiy alomatlari alohida ko‘zdan kechiriladi.

Lab izining umumiy alomatlarini aniqlashda, uning ko‘rinishi (keng, ingichka, qalin kabilar.), vertikal va gorizontal joylashuv tafsilotlari, yuqori lab ko‘rinishini alohida yoritish, pastki lab ko‘rinishini alohida yoritish, yuqori labni pastki labga nisbatini ko‘rsatib o‘tish va pastki labni qori labdan farqini ifodalash maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Lab izini xususiy alomatlarini ifodalashda, yorug‘lik moslamalaridan foydalanb, lab izini bir necha o‘n barobar kattalashtirib ko‘zdan kechirish va fototasvirga tushirish lozim, shundan so‘ng fototasvir jadvalini tuzib xususiy alomatlar ko‘rinishini va joylashuvini soat yo‘nalishiga ko‘ra raqamlar bilan belgilab olish zarur.

Ushbu bosqichda, ekspertiza tadqiqotiga taqqoslash uchun yuborilgan lab izlarini ham umumiy va xususiy alomatlari to‘liq o‘rganilib, fotojadval tuzish orqali ifodalanadi hamda xususiy alomatlar ko‘rinishi va joylashuvi soat yo‘nalishiga ko‘ra raqamlar bilan belgilab olinadi.

Taqqoslash tadqiqoti bosqichida, hodisa sodir bo‘lgan joydan topilgan lab izini umumiy va xususiy alomatlari aniqlab olingandan so‘ng, ekspertiza tadqiqotiga taqqoslash uchun yuborilgan lab izlari bilan umumiy va xususiy alomatlariga ko‘ra solishtirib qo‘rish jarayoni o‘tkaziladi va ularni o‘zaro muvofiq kelishi yoki nomuvofiq kelishi masalasi hal etiladi.

Xulosalarni shakillantirish bosqichida, diagnostik va identifikatsion savollarga javob berish maqsadida, ekspertiza tadqiqotiga taqqoslash uchun yuborilgan lab izlarining vujudga kelish jarayonidan boshlab uning umumiy va xususiy alomatlariga qadar aniqlangan xulosalar yoritiladi va asoslantirib ko‘rsatib o‘tiladi.

Xulosani rasmiylashtirish bosqichida, diagnostik va identifikatsion savollarga javob beriladi va ekspertiza tadqiqotiga yuborilgan lab izlarining vujudga kelish jarayonidan boshlab uning umumiy va xususiy alomatlariga to‘liq javob beriladi, bunday javob berish shakli ekspert xulosasida o‘z ifodasini topadi.

Ekspert xulosasida, hodisa joyidan olingan lab izi taqqoslashga taqdim etilgan lab izi bilan muvofiq kelgani yoki nomuvofiq kelgani haqida yoki umuman boshqa shaxsga tegishliligi haqida rasmiy javob beriladi.

Page 311: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

311

Ekspert xulosasiga asos qilib umumiy va xususiy alomatlar aniqlangan fotojadval ilova qilinadi.

Peshona, quloq, burun va engak izlari, ekspertiza tadqiqotlari kamdan-kam holatlarda uchraydi, bunday holatlarda izlar o‘zida umumiy va xususiy belgilarni qoldiradi va tadqiqot o‘tkazish uchun imkoniyatlar yaratadi. Shuningdek, peshona, quloq, burun va engak izlarida mikro izchalar qoladi va ular mikro ariqchalar hamda teri poralarida namoyon bo‘ladi.

Peshona izlarida umumiy alomatlar, peshona ajinlarining joylashuvi, peshona shakli (to‘rtburchak, uchbukrchak), kengligi va qoshning joylashuvi aks etishi mumkin, xususiy alomatlar bo‘lib, ajinlarning tarmoq otishi va ariqchalar, ariqchalarning uzunligi va kengligi, teri pora teshiklari, chandiqlar, jarohatlar.

Quloq izlarida umumiy alomatlar, quloq yumshog‘i, undagi teshik, quloq qabartma burama shakli, qalinligi yoki ingichkaligi, quloq shakli va tuzilishi, xususiy alomatlar bo‘lib, quloq yumshog‘i ajinlari va ariqchalari, ariqchalarning uzunligi va kengligi, teri pora teshiklari, chandiqlar, jarohatlar, teshilgan teshigining kattalik doirasi va shakli, joylashuvi.

Burun izlarini tadqiq etishda, umumiy alomatlar: burun teshiklari, bururning tuzilishi, katta kichikligi, to‘g‘ri egriligi, singan belgilari, xususiy alomatlar: teri katakchalarining izlari, tuzilishi, teshiklarning diametri va o‘zaro joylashuvi, jarohat, chandiq, hol yoki boshqa individual belgilar.

Engak izlari tadqiqotida umumiy alomatlar: engakning shakli, to‘mtoq yoki qirraligi, o‘lchami, burmalari, soqolli yoki soqolsizligi, xususiy alomatlari: terining teshik izlari, chandiqlar va jaroxat izlari, ularning joylashuvi, soqollarning chiqish teshiklaridagi chiqish tartibi va boshqa taqqoslashga imkoniyat beradigan belgilari.

Peshona, quloq, burun va engak izlarini tadqiqoti bosqichlari: dastlabki tadqiqot; alohida tadqiqot; taqqoslash tadqiqoti; xulosalarni shakllantirish; xulosani rasmiylashtirish bosqichlariga bo‘linadi. Dastlabki tadqiqot bosqichida, ekspert, ekspertiza o‘tkazish to‘g‘ri-

sidagi qaror bilan tanishadi va ekspertizaga taqdim etilgan ashyolar butligini va ularga zarar yetmaganligini tekshiradi. Agar zarurat yuzaga kelsa ekspert qo‘shimcha materiallari (hodisa sodir bo‘lgan joyini ko‘zdan kechirish bayonnomasini, hodisa sodir bo‘lgan joyidagi fototasvir jadvalini yoki videoyozuvni) talab qilishi mumkin.

Page 312: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

312

Shuningdek, ekspert tadqiqotga taqdim etilgan obyektni, hodisa sodir bo‘lgan joydan topilganidagi, asl holati o‘zgarmaganmi, zarar yetkazil-maganini, muhrlangan konvertlar buzilmaganligini, peshona, quloq, burun va engak izlari olingan ashyolarni tadqiqotga qadar saqlanish talab darajasida bo‘lganini sinchkovlik bilan ko‘zdan kechiradi.

Alohida tadqiqot bosqichida, obyektga umumiy va asosli tavsif beradi, bunda peshona, quloq, burun va engak izi qolgan bum, uning ko‘rinishi, turi, rangi, zichligi, hajmi, undagi peshona, quloq, burun va engak izlarining joylashuvi, rangi, o‘lchamlari batafsil yoritiladi, shundan so‘ng, peshona, quloq, burun va engak izlarining o‘ziga xos alohida belgilarini ya’ni umumiy va xususiy alomatlari alohida ko‘zdan kechiriladi.

Peshona, quloq, burun va engak izlarining umumiy alomatlarini aniqlashda, vertikal va gorizontal joylashuvi, ularning ko‘rinishi, shakli, o‘lchamlarini ifodalash maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Peshona, quloq, burun va engak izlarining xususiy alomatlarini ifodalashda, yorug‘lik moslamalaridan foydalanb, peshona, quloq, burun va engak izlarining bir necha o‘n barobar kattalashtirib ko‘zdan kechirish va fototasvirga tushirish lozim, shundan so‘ng fototasvir jadvalini tuzib xususiy alomatlar ko‘rinishini va joylashuvini soat yo‘nalishiga ko‘ra raqamlar bilan belgilab olish zarur.

Ushbu bosqichda, ekspertiza tadqiqotiga taqqoslash uchun yuborilgan peshona, quloq, burun va engak izlarining qoliplari, fototasvirlari hamda ilgarigi hodisa sodir bo‘lgan joylardan topilgan boshqa peshona, quloq, burun va engak izlarining umumiy va xususiy alomatlari to‘liq o‘rganilib, fotojadval tuzish orqali ifodalanadi hamda xususiy alomatlar ko‘rinishi va joylashuvi soat yo‘nalishiga ko‘ra raqamlar bilan belgilab olinadi.

Taqqoslash tadqiqoti bosqichida, hodisa sodir bo‘lgan joydan topilgan peshona, quloq, burun va engak izlarining umumiy va xususiy alomatlari aniqlab olingandan so‘ng, ekspertiza tadqiqotiga taqqoslash uchun yuboril-gan peshona, quloq, burun va engak izlarining qoliplari, fototasvirlari hamda ilgarigi hodisa sodir bo‘lgan joylardan topilgan boshqa peshona, quloq, burun va engak izlari bilan umumiy va xususiy alomatlariga ko‘ra solishtirib qo‘rish jarayoni o‘tkaziladi va ularni o‘zaro muvofiq kelishi yoki nomuvofiq kelishi masalasi hal etiladi.

Xulosalarni shakllantirish bosqichida, diagnostik va identifikatsion savollarga javob berish maqsadida, ekspertiza tadqiqotiga taqqoslash uchun yuborilgan peshona, quloq, burun va engak izlarining vujudga kelish jarayonidan boshlab uning umumiy va xususiy alomatlariga qadar aniqlangan xulosalar yoritiladi va asoslantirib ko‘rsatib o‘tiladi.

Page 313: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

313

Xulosani rasmiylashtirish bosqichida, diagnostik va identifikatsion savollarga javob beriladi va ekspertiza tadqiqotiga yuborilgan peshona, quloq, burun va engak izlarining vujudga kelish jarayonidan boshlab uning umumiy va xususiy alomatlariga to‘liq javob beriladi, bunday javob berish shakli ekspert xulosasida o‘z ifodasini topadi.

Ekspert xulosasida, hodisa joyidan olingan peshona, quloq, burun va engak izlarining taqqoslashga taqdim etilgan, peshona, quloq, burun va engak izlarining qoliplari, fototasvirlari hamda ilgari hodisa sodir bo‘lgan joylardan topilgan boshqa peshona, quloq, burun va engak izlari bilan mos kelgani yoki mos kelmagani haqida yoki umuman boshqa shaxsga tegishliligi haqida rasmiy javob beriladi.

Ekspert xulosasiga asos qilib umumiy va xususiy alomatlar aniqlangan fotojadval ilova qilinadi.

Savol va topshiriqlar:

1. Sirtmoqlar tadqiqoti obyektlariga nimalar kiradi? 2. Hodisa joyini ko‘zdan kechirishda sirtmoq bog‘lash tadqiqotlarini

samarali natija berishini ta’minlash maqsadida nimalarga e’tibor berish kerak? 3. Qon izlari yoki unga o‘xshash izlarni qayd etishda nimalarga e’tibor

berish lozim? 4. Qon izlari yoki unga o‘xshash izlarni qayerlardan topish mumkin va

ularni qanday qayd etish lozim? 5. Topilgan kon izlarini (dog‘larini) qanday olib ketish qoidalari mavjud? 5. Kam uchraydigan izlarga qanday izlar kiradi? 6. Lab izlarini qayerlardan topish mumkin va ularni qanday qayd etish

lozim? 7. Lab izlarini tadqiqotida fototasvir jadvalini tuzib xususiy alomatlar

ko‘rinishini va joylashuvini asoslantirish meyorlariga nimalar kiradi? 8. Peshona, quloq, burun va engak izlari tadqiqotida qanday alomatlarga

e’tibor berish lozim? 9. Peshona, quloq, burun va engak izlari tadqiqotida fototasvir jadvalini

tuzib xususiy alomatlar ko‘rinishini va joylashuvini asoslantirish meyorlariga nimalar kiradi?

Page 314: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

314

13-BOB. IZLAR KARTOTEKASI VA AXBOROT-MA’LUMOT

KOLLEKSIYASINI TASHKIL QILISH VA FOYDALANISH

1. Izlar kartotekasi va axborot-ma’lumot kolleksiyasi tushunchasi

Ichki ishlar organlarida markazlashgan tezkor-ma’lumot, qidiruv va

kriminalistik hisoblar bilan bir qatorda markazlashgan va hududiy ekspert-kriminalistik izlar kartotekasi hamda axborot-ma’lumot kolleksiyasi yuritiladi (IIV EKM, IIBB, IIB va TIIB EKB). IIV EKM va EKBning kolleksiyasi va kartotekasi, eng avvalo, jinoyatlarni aniqlash, ochish va tergov qilishga mo‘ljallangan. Jinoyatchilikka qarshi kurash natijalari ushbu ishning sifati va darajasi bilan belgilanadi. Shuning uchun u zamonaviy, har tomonlama to‘liq, shubhasiz, aniq ma’lumotlarga asoslangan bo‘lishi kerak.

Ekspert-kriminalistik hisob, jumladan trasologik tadqiqot obyektlari, kriminalistik qayd qilish turi sifatida ko‘riladi va maqsadi nafaqat tezkor-qidiruv va tergov bo‘linmalariga axborotlarni taqdim etish, axborotlar hisobini to‘g‘ri, tizimlashtirilgan holda yuritish hamdir. Bu ma’lumotlarni tahlil qilishni ta’minlash imkonini beradi, uning natijalari esa jinoyatlarni samarali, ijobiy ochish va tergov qilishda yordam beradi.

Ushbu faoliyat tegishli hukumat qonunlar va idoraviy qonunosti aktlari, xususan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi buyruqlari bilan qat’iy belgilab qo‘yilgan.

Trasologik tadqiqotlar obyektlarining ekspert-kriminalistik hisobi ichki ishlar organlarining ekspert-kriminalistik bo‘linmalarida ochilmagan jinoyat joylaridan olingan izlar va ashyoviy dalillar, shuningdek, kriminalistik ma’lumotga ega bo‘lgan boshqa manbalardan to‘liqroq, kengroq foydalanish uchun xizmat qiladi.

Trasologik tadqiqotlar obyektlari izlar kartotekasi va kolleksiyasining axborot asosi bo‘lib, ochilmagan jinoyat joylaridan olingan izlar, ularni yig‘ish, jamlash va bir xil hamda o‘xshash belgilari (buzish qurollarining izlari, oyoq kiyimi izlari va avtomobil vositalarining shina qoplamalari va h.k.) bo‘yicha tizimlashtirish yoki jinoyatchilar tomonidan buzish quroli (moslamalar, qurilmalar, asbob-uskunalar to‘plami) sifatida qo‘llanilgan vositalar haqidagi ma’lumotlar, shuningdek, video-yozuv apparaturalari va ma’lumotlarni yorug‘likka asoslangan qayd qilishning raqamli tizimlari

Page 315: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

315

yordamida olingan muhim kriminalistik ahamiyatga ega bo‘lgan tasvirlar hisoblanadi.

Shunday qilib, trasologik tadqiqotlar obyektlari izlar kartotekasi va kolleksiyasini tashkil qilish va yuritish deganda, ekspert-kriminalistik bo‘linmalarning xodimlari tomonidan obyektlar (buzish qurollarining izlari, oyoq kiyimi izlari va avtomobil vositalarining shina qoplamalari va h.k.) yoki obyektlarning o‘zi (buzish quroli sifatida qo‘llanilgan moslamalar, qurilmalar, asbob-uskunalar to‘plami) haqidagi ma’lumot-larni, jinoyatlarni tergov qilish va ochish samaradorligini oshirish hamda obyektlarni identifikatsiya qilish jarayonini ta’minlash maqsadida video va raqamli apparaturalar bilan qayd qilish yordamida olingan obyektlar tasvirini yig‘ish, qayd qilish va tizimlashtirish tushuniladi.

2. Izlar kartotekasi va kolleksiyalarni tashkil qilish hamda undan foydalanish

O‘zbekiston Respublikasi IIV EKMning ichki ishlar organlarida

ekspert-kriminalistik hisoblar, kartotekalar, kolleksiya va ma’lumot-axborot fondlarini shakllantirish, yuritish va foydalanish bo‘yicha ko‘rsatmasi (instruksiyasi)ga muvofiq, buzish qurollarining izlari, oyoq kiyimi izlari va avtomobil vositalarining shina qoplamalari izlar kartotekasi respublika IIV, viloyat IIB, Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV, TIIB, shahar, tuman IIBlarning ekspert-kriminalistik bo‘linmalarida yuritiladi.

Hududdagi tezkor vaziyatning o‘ziga xosligi hisobga olinib, boshqa ekspert-kriminalistik hisoblar, kartoteka va kolleksiyalar tashkil etiladi. Tabiiy sharoitda olingan turli ko‘rinishdagi kolleksiyalardan foydalanish yetarli darajada samarali hisoblanadi. Ushbu kolleksiyaga joylashgan obyektlar turli xil ko‘rinishda bo‘lishi va jinoyat hodisalari bilan sababiy bog‘liqlikka ega bo‘lmasligi mumkin. Qayd etish belgilariga ega bo‘lgani bois, ular yordamchi ma’lumotlar sifatida foydalaniladi.

Amaliy faoliyatda quyidagi kolleksiyalardan foydalanish keng tarqalgan:

– buzish qurollari sifatida foydalaniladigan instrumentlar, qurilmalar va moslamalar;

– turli usullar bilan buzilgan eshik qulflari, kalitlar hamda ochqichlar (qulfni ochadigan moslamalar);

– plombalar, nazorat tamg‘alari va qulflash-plombalash qurilmalari; – qo‘lbola alkogol mahsulotlarini idishlar (butilka)ga quyish, tiqinlash

(probkalash) va rasmiylashtirish uchun materiallar va moslamalar;

Page 316: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

316

– elektr va gaz payvandlash asboblari yordamida bajarilgan turli xil kesmalarning ko‘rinishlari;

– elektr uzatish tarqoqlari va boshqa elektr asbob-uskunalarini demontaj (qismlarga ajratish) qilish uchun moslamalar va instrumentlar;

– to‘qnashishda farq qiladigan avtomobil faralarining oynalari va boshqa qismlari.

Ichki ishlar organlarining kompyuterlashtirilishi, zamonaviy texnika vositalari bilan ta’minlanishi munosabati bois alohida ichki ishlar bo‘linmalarida kriminalistik qayd etishning avtomatlashtirilgan hisobini olib borish imkoniyati vujudga keldi. Ilgari ichki ishlar bo‘linmalarida mavjud bo‘lgan, mamlakatimiz va xorijiy davlatlar ishlab chiqaruvchilar tomonidan tayyorlangan oyoq kiyimlarining ustki va tag (podosh) qismlari videoteka namunalari o‘rniga obyektlarning kengroq spektrdagi dasturlashtirilgan variantlari kirib keldi.

Idoralarning normativ hujjatlari izlar bilan ishlashning boshlang‘ich bosqichi hisoblanuvchi buzish qurollari, oyoq kiyimi ishlari (podosh) va avtotransport vositalari shinalarining qoplamalari iz kartotekalarni shakllantirish va ulardan foydalanish bo‘yicha ishlar tartibini belgilaydi. Izlar ekspertiza jarayonidan keyin tegishli izlar kartotekasiga joylash-tiriladi. 1:1 masshtabda bajarilgan fotonusxalarni izlar kartotekalariga joylashtirishga ruxsat etiladi.

Izlarning izlar kartotekasiga joylashtirilgani haqida ekspert xulosasi to‘g‘risidagi yo‘naltiruvchi xatda tergovchiga yoki surishtiruvni amalga oshirgan shaxsga xabar beriladi.Barcha materiallarining harakati tegishli jurnallarda qayd etilib boriladi.

Izlar kartotekasi IIV EKM, IIB, IIBB, TIIB EKBlarida yaratiladi, shuningdek, muayyan administrativ hududga xizmat ko‘rsatuvchi IIBlarning ekspert bo‘linmalarida ham shakllantirilishi mumkin. Izlarni ekspert-kriminalistik bo‘lim, ekspert-kriminalistik bo‘linmalarga jo‘natish ekspert bo‘linmalari (ichki ishlar bo‘linmalari) rahbarlari (yoki ekspert) tomonidan jo‘natiladi.

Ekspert bo‘linmasi rahbari izlar kartotekasi ishini tashkillashtiradi, uni shakllantirish va undan kundalik foydalanish uchun mas’ul shaxsni tayinlaydi.

Izlar kartotekasiga kelib tushadigan obyektlar bitta obyekt boshqa jinoyat sodir etilishida foydalanilgan yoki yo‘qligi faktini aniqlash maqsadida tekshiriladi.

Tezkor-qidiruv tadbirlari jarayonida olingan obyektlar izlar kartote-kasida tekshirish uchun 10 kun muddatga yuboriladi.

Page 317: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

317

Obyektning identifikatsiyasi yoki mosligi aniqlanganligi haqidagi ma’lumot hududida jinoyat sodir etilgan IIB rahbariga va tekshiruv tashkilotchisiga darhol jo‘natiladi.

Buzish qurollari, poyafzal izlari (podosh) va avtotransport vositalari shinalarining qoplamalari izlar kartotekasini tashkil qilish va yuritish bitta obyektdan foydalanib turli jinoyatlarni sodir etish faktlarini aniqlashtirgan holda foydali qidiruv ma’lumotlarini olish imkonini beradi. Bunday ma’lumotlarning bahosi, ayniqsa, gap davomli jinoyatlar haqida borayotganda juda ham yuqori bo‘ladi.

Ushbu turdagi izlar kartotekasini yuritishning o‘ziga xosligi identifi-katsiya uchun yaroqli bo‘lgan, izlar kartotekasida joylashgan izlarning u qadar katta bo‘lmagan solishtirma og‘irligi iz hosil qiluvchi obyektlarning uncha uzoq davom etmaydigan identifikatsion davri uchun obyektiv hisoblanadi.

Yordamchi ma’lumot hisoblari, aynan turli obyektlarning tabiiy ra-vishda olingan kolleksiyalari, ma’lumot-axborot fondlari gumon qilinayot-gan obyektlar qidiruvi doirasini qisqartirish imkonini beradi, ko‘pgina holatlarda uning aniq turini belgilaydi.

Jinoyat izlarini aks ettiruvchi instrumet belgilari ushbu predmetlarning tashqi ko‘rinishi, ularning o‘ziga xos konstruktiv tuzilishi haqida guvohlik berishi mumkin. Ularning kolleksiyada mavjudligi esa sodir etilgan jinoyat bilan bog‘liq bunday o‘xshash predmetlar yoki jinoyat qurollarini yaqqol tasavvur qilish va aniqlash imkonini beradi1.

3. Izlar kartotekasi va axborot-ma’lumot kolleksiyasining

rivojlanish istiqbollari Buzish qurollari, poyafzal izlari (podosh) va avtotransport vositalari

shinalarining qoplamalari izlar kartotekasidan foydalanish, jinoyatlarni tergov qilish va ochishda yordamchi ma’lumot hisoblarini qo‘llash samaradorligi pastligicha qolmoqda. Hattoki iz hosil qiluvchi obyektlarning nisbatan uzoq davom etmaydigan identifikatsion davrini o‘z ichiga oluvchi obyektiv mavjud sabablarni, identifikatsiya uchun yaroqli izlar miqdorining nisbatan katta emasligini hisobga olganda ham ushbu turdagi kriminalistik hisobning samaradorligi asossiz pastdir.

Ushbu yo‘nalishda, mohiyatiga ko‘ra an’anaviy bo‘lgan bir qator o‘zaro bog‘liq muammolarni hal qilish talab etiladi. Bular:

– hisob olib boriladigan bo‘linmalarning tashkiliy tuzilishi va faoliya-tini takomillashtirish;

Page 318: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

318

– hisob yuritilishi va jinoyatlarni tergov qilish hamda ochishda ular yordamida olinadigan qidiruv hamda dalil bo‘lib xizmat qiladigan ma’lumotlardan foydalanishni huquqiy tartibga solinishini yo‘lga qo‘yish;

– hisoblarning ishlashi uchun ilmiy-metodik va texnik ta’minotini yaxshilash;

–tergovchilarning, surishtiruv organlari xodimlarining, kriminalist-mutaxassislarning kriminalistik tayyorgarlik darajasini oshirish�.

Qayd etish lozimki, xizmatlar va bo‘linmalar orasidagi axborot ta’mi-notiga tegishli elementar tashkiliy masalalar ishning sifatli bajarilishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Izlari izlar kartotekasida joylashgan jinoyatlarning ochilganligi to‘g‘risida ekspert-kriminalistik bo‘linmalarning xabardor qilinmasligi, ular massivida ko‘plab ishlangan ma’lumotlarning to‘planib qolishiga olib keladi. Bu massivlarning sezilarli darajada ortib ketishiga, o‘z navbatida, tekshiruv o‘tkazish muddatlarining cho‘zilishiga olib keladi.

Tashkillashtirish borasidagi masalalar ham to‘liq hajmda o‘z yechimini topmagan. Hozirga vaqtgacha tabiiy ravishda, aslidan olinib yig‘iladigan kolleksiyalar va kataloglar tashabbuskorlik asosida yaratilmoqda.

Tashkillashtirish borasidagi masalalarni rejali asosda hal etish, kriminalistikaga informatsion texnologiyalarni joriy etish, hisoblarni avtomatlashtirishga mo‘ljallangan maxsus dasturlarni yaratish ma’lumotlar bazasini yaratish va undan foydalanish bo‘yicha ishlarning samaradorligi va tezkorligini bir qadar oshiradi.

Hamma joyda kriminalistik hisoblarning bir xil tashkiliy-metodik ta’minotining ta’minlanishi istiqbolda yagona informatsion tizim yaratilishiga imkon yaratadi. Hozirgi vaqtda bu yo‘nalishda birinchi qadamlar qo‘yildi, ko‘pgina ishlar qilinmoqda. Ba’zi bir yordamchi ma’lumot hisoblarini avtomatlashtirish uchun bir qator Avtomat-lashtirilgan informatsion qidiruv sistemasi (AIPS) lar yaratilgan, o‘z massivida poyafzal izlari (podosh) tavsiflarini saqlovchi «Poyafzal» («Obuv») shular jumlasidandir. Avtotransport vositalari shinalarining qoplamalari izlari bo‘yicha identifikatsiya qilish va guruhiy tegishliligini aniqlash uchun tizim ishlab chiqilgan.

Poyafzal izlari va boshqa obyektlarning trasologik xarakterdagi krimi-nalistik hisoblarini avtomatlashtirishda matematik metodlardan foydala-nish imkonini beruvchi yo‘nalish ko‘rib chiqilmoqda.

Barcha identifikatsiyaviy belgilar koordinatlar setkalari yordamida raqamda ifodalangan tarzda taqdim etilishi mumkin: tag charim (podosh) materialining relyefli (bo‘rtirib ishlangan naqshli) rasmi elementlari, poyafzalning ishlatilishi va ta’miri belgilari va hokazo. EHMni qo‘llash

Page 319: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

319

asosida taklif etilayotgan kodli tizim (matematik ishlanma) poyafzal izlari bilan ishlashda ochilmagan jinoyatlar joyidan olingan poyafzal izlari kriminalistik hisoblarini avtomatlashtirish yo‘llarini ochib beradi.

Profilogramlarni qo‘llagan holda trassalar tadqiqoti masalasi dolzarbligicha qolmoqda.

Hozirgi vaqtda muhim kriminalistik ahamiyatga ega bo‘lgan obyektlarni ekspert muassasalarida qayd etish uchun, ularning tasvirlarini keyin tekshirish maqsadi bilan, optik ma’lumotlarni raqamli qayd etish tizimi qo‘llaniladi.

Optik kriminalistik ma’lumotlarni sifatli qayd etish uchun, imkoni boricha, kasbga oid (professional) raqamli fotokameralar va proyeksion skanerlarni qo‘llash zarur. Bugungi kunda video tasvirlarni kompterga kiritish imkoniyatlari vujudga keldi.

Tegishli apparaturalarning mavjudligi sharoitida texnologiyalarning ma’lumotlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri joylarda yuqori sifatli ma’lumotlar bazasini yaratish imkonini beradi, ularni doimiy ravishda yangi ma’lumotlar bilan to‘ldirib turadi. Masalan, bu muayyan joyda sotuvga kelib tushgan poyafzal, avtomobil pokrishkasi partiyasi elementlarining tasviri bo‘lishi mumkin va hokazo.

Jinoyatchilikning rivojlanish sur’ati va tuzilishi hisob ma’lumotlari hajmining o‘sishini shart qilib qo‘yadi. Ko‘rinib turibdiki, yaqin yillarda egalari tezkor qiziqish uyg‘otuvchi avtomobillar shinalari qoplamalari izlarining tasviri tushirilgan ma’lumotlar bazasini yaratish zarurati vujudga keladi. Ushbu me’yor shubhasiz kerak, chunki turli ko‘rinishdagi jinoyatlarning asosiy qismi avtotransportdan foydalangan holda amalga oshiriladi.

Keyingi ishlarda avtomatlashtirish vositalari, hisoblash texnikasi, optik ma’lumotlarni qayd etish vositalarining yangi avlodidan foydalanish, ularga qayta ishlov berish orqali, avvalo, kelajakda ekspert-kriminalistlarning ish joylarida yagona hududiy yopiq tarmoq bo‘lishi lozimligini talab qiladi.

Savol va topshiriqlar:

1. Izlar kartotekasi tushunchasi deganda nima tushuniladi? 2. Axborot-ma’lumot kolleksiyasi tushunchasi deganda nima tushuniladi? 3. Izlar kartotekasidan foydalanish maqsadlari nimalarga qaratilgan? 4. Kolleksiyalarni tashkil qilish hamda undan foydalanish qanday amalga

oshiriladi? 5. Izlar kartotekasining rivojlanish istiqbollari nimalarga asoslanadi? 6. Axborot-ma’lumot kolleksiyasining rivojlanish istiqbollari qanday

muammolarni hal etadi?

Page 320: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

320

M U N D A R I J A

SO‘ZBOSHI…………………………………………………………………………..3

1-BOB. TRASOLOGIK EKSPERTIZANING UMUMIY QOIDALARI 1. «Trasologik ekspertiza» tushunchasi va turlari…………………………………….5 2. Trasologik ekspertizaning predmeti, obyekti va vazifalari……………………….. 8 3. «Trasologik izlar» tushunchasi va tasnifi………………………………………...12 4. Trasologik ekspertiza va uning uslublarining ilmiy asoslari……………………..16 5. Trasologik ekspertizaning tashkiliy-huquqiy asoslari…………………………….25

2- BOB. POYAFZAL VA OYOQ IZLARINING TRASOLOGIK EKSPERTIZASI 1. «Poyafzal va odam oyog‘i izlari» tushunchasi va uning turlari………………..…31 2. Odam oyog‘i izlari yo‘lakchasining belgilari va ahamiyati i………………..……33 3. Poyafzal va odam oyog‘i yagona izlarining belgilari va ahamiyati………………34 4. Poyafzal va oyoq izlarining hosil bo‘lish mexanizmlari………………………….36 5. Poyafzal va odam oyog‘i izlarining identifikatsion belgilari……………………..39 6. Chulki va paypoqlarning identifikatsion belgilari……………………………...…43 7. Poyafzal va odam oyog‘i izlarini ko‘zdan kechirish, qayd etish va olish…………………………………………….………………..…44 8. Poyafzal va odam oyog‘i izlarining ekspertizasida hal etiladigan savollar………54 9. Poyafzal va odam oyog‘i izlarining trasologik ekspertizasini o‘tkazish metodikasi…………………………………………………………………………55

3-BOB. TRANSPORT VOSITALARI IZLARINING TRASOLOGIK EKSPERTIZASI

1. Transport vositalari izlarining trasologik ahamiyati………………………………62 2. Transport vositalari izlarining turlari……………………………….……………..63 3. Avtotransport vositalarining tuzilishi va g‘ildirak shinasining markirovkasi………………………………………………………….65 4. Transport vositalarining shinalar izlarida aks etuvchi identifikatsion belgilari…..69 5. Transport vositalarining izlarini topish, qayd etish va olish……………………..74 6. Transport vositasi izlarining trasologik ekspertizasida hal qilinadigan masalalar…………………………………………………………………………..76 7. Transport vositalarini shina izlari orqali identifikatsiya qilish usuli……………...77 8. Gusenitsa (zanjir g‘ildirak), g‘ildirakli ot-ulov transport va chang‘i izlarining ekspert tadqiqoti……………………………………………83

Page 321: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

321

4-BOB. ODAM TISHI IZLARINING TRASOLOGIK EKSPERTIZASI

1. Odam tishi izlarining kriminalistik ahamiyati…………………………………….86 2. Odam tish apparatining tuzilishi va uning identifikatsion belgilari………………91 3. Odam tishi izlarining turlari, ularni hodisa sodir bo‘lgan joyida aniqlash va rasmiylashtirish..........................................................................................………97 4. Odam tishi izlarini trasologik ekspertiza qilish uslubi………………………….100

5-BOB. BUZISH QUROLLARINING EKSPERT TADQIQOTI 1. Buzish qurollarining umumiy tavsifi va ularning to‘siqlarga ta’sir qilish usullari……………………………………………………………………..105 2. Buzish qurollaridan qolgan izlarning hosil bo‘lishi……………………………..109 3. Buzish qurollarining statik izlari ekspert tadqiqotining usullari………………...117 4. Buzish qurolining dinamik izlari ekspert tadqiqotini o‘tkazish uslubi…………..123 5. Metall to‘siqlarni termik kesish izlarini tadqiqot qilish usullari…………………136

6-BOB. «QULFLARNING TRASOLOGIK EKSPERTIZASI» TUSHUNCHASI VA OBYEKTLARI

1. Qulflarning tuzilishi, ishlash prinsiplari va tasniflanishi………………………..140 2. Qulflarning ishlash prinsipi va tasniflanishi……………………………………..146 3. Qulflarni belgilanmagan tarzda ochish usullari va ularga xos bo‘lgan belgilar…………………………………………………...158 4. Qulflarni buzish usullari va ularga xos bo‘lgan belgilar………………………..162 5. Qulflarni belgilanmagan tarzda ochish va buzilishining hodisa sodir bo‘lgan joydagi dastlabki tadqiqotlari…………………………….165 6. Qulflarning trasologik ekspertizasining metodikasi…………………………...166

7-BOB. PLOMBALARNING TRASOLOGIK EKSPERTIZA TADQIQOTLARI

1. «Plombalar» tushunchasi va tasniflanishi……………………………………….176 2. «Berkituvchi-plombalashtiruvchi vositalar» tushunchasi va tasniflanishi……...181 3. Plombalar va berkituvchi – plombalashtiruvchi vositalarni buzishga qaratilgan kriminal ta’sir usullari……………………………………...190 4. Plombalarning ekspertiza tadqiqotlari………………………….………………..197 5. Berkituvchi-plombalovchi moslamalarning ekspertiza tadqiqotlari……………..207

8-BOB. ISHLAB CHIQARISH MEXANIZMLARINI MAHSULOTLARDA QOLGAN IZLARIGA KO‘RA ANIQLASHNING TRASOLOGIK EKSPERTIZASI

1. Ishlab chiqarish mexanizmlari va ularda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning trasologik ekspertizalari va ularning vazifalari…………………………………212

Page 322: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

322

2. Ishlab chiqarish mexanizmlarining identifikatsion alomatlari…………………..214 3. Ishlab chiqarish mexanizmlari izlarining ekspertizaga oid tadqiq etish metodikasi……………………………………………………….223

9-BOB. QISMLAR ORQALI YAXLITLIKNI ANIQLASHNING TRASOLOGIK EKSPERTIZASI

1. Qismlar orqali yaxlitni aniqlash trasologik ekspertizasining predmeti, obyekti va vazifalari…………………………………………………………….228 2. Qismlar orqali yaxlitni aniqlash trasologik ekspertizasining metodikasi……….231 3. Qismlar orqali yaxlitni aniqlash trasologik ekspertizasini o‘tkazishning o‘ziga xos xususiyatlari………………………………………………………….236

10-BOB. KIYIMLARDAGI SHIKASTLANISHLAR VA ULAR IZLARINING EKSPERTIZA TADQIQOTLARI

1. Kiyimlardagi shikastlanish (jarohat)lar va ular izlarining kriminalistik ahamiyati..............................................................................................................244 2. Kiyimlar materiallarining tasniflanishi, ularning tuzilishidagi xususiyatlari va tayyorlash texnologiyalari…………………………………………………….245 3. Kiyimlardagi shikastlanish (jarohat)larning tushunchasi va tasniflanishi……….250 4. Kiyimlardagi jarohatlarni trasologik ekspertizasining metodikasi………………262 5. Kiyimlardagi mexanik jarohatlar tadqiqotlarini rivojlantirish istiqbollari………274 6. Kiyim izlarining hosil bo‘lish mexanizmi va tasniflanishi………………………276 7. Kiyim izlarining trasologik ekspertizasining metodikasi………………………..282

11-BOB. HAYVON IZLARINING EKSPERT TADQIQOTI 1. Xayvon izlari tadqiqotining kriminalistik ahamiyati…………………………….282 2. Hayvon izlarining tasnifi va dastlabki tadqiqoti…………………………………289 3. Hayvon oyoq izlarining kriminalistik tadqiqoti………………………………….292 4. Hayvon tish izlarining kriminalistik tadqiqoti…………………………………...297 5. Hayvon izlari ekspertizasi jarayoni metodikasi………………………………….298

12-BOB. KAM UCHRAYDIGAN IZLARNING EKSPERTIZA TADQIQOTI 1. Sirtmoqlar tadqiqoti……………………………………………………………...300 2. Qon izlarining tadqiqoti………………………………………………………….304 3. Kam uchraydigan izlarning trasologik tadqiqoti……………….…………...…...308

13-BOB. IZLAR KARTOTEKASI VA AXBOROT-MA’LUMOT KOLLEKSIYASINI TASHKIL QILISH VA FOYDALANISH

1. Izlar kartotekasi va axborot-ma’lumot kolleksiyasi tushunchasi………………..314 2. Izlar kartotekasi va kolleksiyalarni tashkil qilish hamda undan foydalanish……315 3. Izlar kartotekasi va axborot-ma’lumot kolleksiyasining rivojlanish istiqbollari……………………………………………………………317

Page 323: TRASOLOGIK EKSPERTIZA - Академия МВДakadmvd.uz/wp-content/uploads/2012-trasolog-eksp...eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz umuman

323

TRASOLOGIK EKSPERTIZA

Darslik

Muharrirlar: M.S. Rahmonova Texnik muharrir D.X. Xamidullayev

Bosishga ruxsat etildi 04.05.2012-y. Nashriyot-hisob tabog‘i 20,5. Adadi 50 nusxa. Buyurtma № . Kelishilgan narxda

O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 1000197, Toshkent sh., Intizor ko‘chasi, 68.