10
S h e’riyat kechasi: Iste’dodim q albim sizlarga Adabiy kechaning maqsadi yosh kitobxonlarda shoira ijodiga qiziqish yanada kengroq, chukuroq bilishlariga yordam berish. Oq uv zaliga 6-7 sinf oq uvchilari taklif etiladi. Zalga kerakli jihozlar, Zulfiya haqida kitoblardan ko rgazmalar tashkil etiladi. Zulfiya she rlarini tarqatish uchun chiroyli qog ozlarga yoziladi va ifodali o qigan o`quvchi shoira haqidagi qiziqarli savolga javob beradi. Bolalaga raqamlar tarqatiladi va raqamlar bo‘yicha bolalar davraga chiqadilar. 1- boshqaruvchi: Asarlarning nidosi yangragan har parda satring kim Xayotiy shoir maqomlardir yurak zarbiga teng so`zing Uvaysiy, Nodira, Zebiniso, Mexri moxastiylar Tuzatgan anjumaning mash alidir fikri mumtozing Hamisha sen qalam olganda xalqlar tolein ko zlab Uzun tonglar mussafo aql-u idrok bo ldi hamrozing Ko`ngillarning jilosidir rubobi mavzun ijoding Ajib nozik tabiat, zarshunosdir poqiza joningda Bu bizningdir, sening axloq-u iffatga to liq nozing. Assalomu alaykum, aziz o quvchilar! Bugun biz o zbek xalqining sevimli shoirasi, she riyatimiz malikasi Zulfiyaxonimni bu yil 100 yiligini keng nishonlaydilar. Shu munosabat bilan bizning maktabda ham Zulfiyaning tug ilgan kuniga bag ishlab ISE DODIM QALBIM SIZLARGA nomli she riyat kechasini taqdim etamiz. Zulfiya XX asr o zbek she riyatining yorqin yulduzidir. She rlari doimo yangi chuqqillarni ko zlaydi, yangi ijodiy yuksalishlarga intiladi. Shoira sifatida u hamisha she rdan she rga, kitobdan kitobga kamolot kasb etib borgan. 2- boshqaruvchi: Hurmatli o`quvchilar! Endi Zulfiya hayoti va ijodi haqida tinglasak. Zulfiya Isroilova 1915-yil 1- marta Toshkent shax-hrida hunarmand degrez oilasida tug ilgan. 1928- yilda boshlangich maktabni tugatgan. So ng Zulfiya xotin qizlar pedagogika bilim yurtiga o ‘qishga kiradi. Ana shu yillardan boshlab ISHCHI , YOSH LENINCHI gazetalari, KOLXOZCHI BOLALAR , YANGI YO L jurnallarida yosh shoirani ‘” she rlari ko`rindi.1932 -yilda 17 -yoshli shoiraning birinchi she rlar to plami HAYOT VARAKALARI bosilib chiqdi. Zulfiya doimo izlanishda. O qish o rganishda davom etdi. U bilim yurtini tugatgach, Nizomiy nomli Davlat Toshkent pedagogika institutida tahsil ko`radi. 1935- 1938- yillarida esa A.S.PUSHKIN nomidagi til va adabiyot Oliy Tekshirish institutini aspiranturasida o`qiydi. Mana Zulfiya ijodi hakida qisqacha ma’lumotga ega bo‘ldik. Endi shoiraning she’rlaridan tinglasak. Mana bu kitobni oralariga gullar qistirilgan. Kim qaysi gulni tanlasa shu

Tadbir: Zulfiya

Embed Size (px)

Citation preview

Page 1: Tadbir: Zulfiya

S h e’riyat kechasi: Iste’dodim q albim sizlarga

Adabiy kechaning maqsadi yosh kitobxonlarda shoira ijodiga qiziqish yanada kengroq, chukuroq bilishlariga yordam berish. O‘quv zaliga 6-7 sinf o‘quvchilari taklif etiladi. Zalga kerakli jihozlar, Zulfiya haqida kitoblardan ko‘rgazmalar tashkil etiladi. Zulfiya she’rlarini tarqatish uchun chiroyli qog‘ozlarga yoziladi va ifodali o‘qigan o`quvchi shoira haqidagi qiziqarli savolga javob beradi. Bolalaga raqamlar tarqatiladi va raqamlar bo‘yicha bolalar davraga chiqadilar.

1- boshqaruvchi:

Asarlarning nidosi yangragan har parda satring kimXayotiy shoir maqomlardir yurak zarbiga teng so`zingUvaysiy, Nodira, Zebiniso, Mexri moxastiylarTuzatgan anjumaning mash’alidir fikri mumtozingHamisha sen qalam olganda xalqlar tolein ko‘zlabUzun tonglar mussafo aql-u idrok bo‘ldi hamrozingKo`ngillarning jilosidir rubobi mavzun ijodingAjib nozik tabiat, zarshunosdir poqiza joningdaBu bizningdir, sening axloq-u iffatga to‘liq nozing.

Assalomu alaykum, aziz o‘quvchilar! Bugun biz o‘zbek xalqining sevimli shoirasi, she’riyatimiz malikasi Zulfiyaxonimni bu yil 100 yiligini keng nishonlaydilar. Shu munosabat bilan bizning maktabda ham Zulfiyaning tug‘ilgan kuniga bag‘ishlab “ISE’DODIM QALBIM SIZLARGA” nomli she’riyat kechasini taqdim etamiz. Zulfiya XX asr o‘zbek she’riyatining yorqin yulduzidir. She’rlari doimo yangi chuqqillarni ko‘zlaydi, yangi ijodiy yuksalishlarga intiladi. Shoira sifatida u hamisha she’rdan she’rga, kitobdan kitobga kamolot kasb etib borgan.2- boshqaruvchi:

Hurmatli o`quvchilar! Endi Zulfiya hayoti va ijodi haqida tinglasak. Zulfiya Isroilova 1915-yil 1- marta Toshkent shax-hrida hunarmand – degrez oilasida tug‘ilgan. 1928- yilda boshlangich maktabni tugatgan. So‘ng Zulfiya xotin – qizlar pedagogika bilim yurtiga o‘qishga kiradi. Ana shu yillardan boshlab “ISHCHI”, “YOSH LENINCHI” gazetalari, “KOLXOZCHI BOLALAR”, “YANGI YO‘L” jurnallarida yosh shoirani she’rlari ko`rindi.1932 -yilda 17 -yoshli shoiraning birinchi she’rlar to‘plami “HAYOT VARAKALARI” bosilib chiqdi.Zulfiya doimo izlanishda. O‘qish o‘rganishda davom etdi. U bilim yurtini tugatgach, Nizomiy nomli Davlat Toshkent pedagogika institutida tahsil ko`radi. 1935- 1938- yillarida esa A.S.PUSHKIN nomidagi til va adabiyot Oliy Tekshirish institutini aspiranturasida o`qiydi.Mana Zulfiya ijodi hakida qisqacha ma’lumotga ega bo‘ldik. Endi shoiraning she’rlaridan tinglasak. Mana bu kitobni oralariga gullar qistirilgan. Kim qaysi gulni tanlasa shu betdagi she’rni ifodali qilib aytib beradi.MarhamatP A L A KSenga maftun bo`lib sevib qolganimIshqing olovida o`rganganim rostSening yuzing bilan nafas olganim

Page 2: Tadbir: Zulfiya

Isming takrorlashga o`rganganim rostDedin-ku, ey yigit,yozimga boqdingSendan uzolmadim men nigohimniO‘sha go‘zal bahor bag‘rimni yoqdingEndi o‘zing tingla tortgan ohimni!Qizlar bo‘yi yetsa, tikarda palakMen seni sevdim-u, oldim qulimgaSavatda tovlanar rang -barang ipakBahor nusxa tashlar chizgan gulimgaDushman ajal tortib keldi VatangaBizning sevgimizga tashladi hijronSen ketding yarog‘ing olib yelkangga“Qaytaman, kut- dedim, yov bitgan zamon” D U G O N A L A R I MSalom mening aziz dugonalarimAzizim, lobarim, chevarim qizlarEy toza qalbining oshnolariKuylarim, ilhomi, sevarim qizlar!Hormang paxtakorlar muborak bo‘lsinMehnat va tinchlikning mo`l- hosil to`yi!Hattoki quyoshga yeta olgudayDur bo`lib uyilmish hirmonlar bo`yiKumushday ochilgan paxtalardaSizning kulingizning hissasi ulug‘Jon dildan ishlaymiz chunki qalbingizEzgu umid bilan sevgiga to`liqO`z yeri, o`z erki o`z xur mehnatiO`qib yod olgan aziz kitobdayNe baxtdir, ham damgi mehnat mahsuliQalbingiz yoritsa huddi oftobday.

Bu kun erk bayramimiz. Sevinch to‘la dilimiz,Dilda sevinch tosharkan, senga yo‘llaymiz salom.

Sening o‘zing erk bergan, xusn bergan , bo‘y bergan,Tanglar qatorida teng turib deymiz assolom!

Tarixdan so`zlaymiz, kim edig-u, bo‘ldik kim?O`zbekning qizlarini quyoshga tutgan sensan.

Zulmatning atir toshin yelkamizdan irgitib,Zaxil jamolimizni mangu yoritgan sensan!

1. Boshqaruvchi:Rahmat! Hurmatli o`quvchilar kechamiz qizikarli chiqishi uchun biz o`yinlar ham kiritganmiz. Hozir sizlarning bilimingizni sinash uchun “ O‘YLAB TOP” nomli o‘yinni o‘ynaymiz. O‘rtaga

raqam bo‘yicha 2ta o`quvchini taklif qilaman. O‘yinimiz sharti shundan iboratki, mana kartochkalarimizda shoirlarimizning 3ta bolalar uchun yozilgan she’riy to‘plamalari yozilgan.

Shularning ichida Zulfiyaning she’riy to`plami kitobini topib bering./Kitoblar: “QUSH BO‘LIB UCHGAN ONA”, “FAXRIM”/

L O LA Q I Z G‘ A L D O QYana 2ta o`quvchini chiqaramiz. Ssu kitobi bo`yicha YULDUZLI SOAT o`yinini o`ynaymiz.

Shu lolaqizg‘aldoq so`zidan kim ko`prok so‘z tuzadi. LOLAQIZG‘ALDOQ – lola, qiz, qizg‘aldok, alla, dala, g‘oz,ola, ko`k,ok, iz, ol.

G‘olib chiqqan o`quvchilar sovg‘a bilan taqdirlanadilar.2 Boshqaruvchi: Bolalar! Zulfiyani ijodini tinglashni davom ettiramiz. 1938-1940 yillarda

Page 3: Tadbir: Zulfiya

respublika bolalar va yoshlar adabiyotini nashriyotida redaktor bo‘lib ishlaydi.Ulug‘ Vatan urushi yillari Zulfiyaning ijodi yanada mazmundor bo`ldi. Bu yillarda “UNI FARXOD DER

EDILAR” 1943, “HIJRON KUNLARIDA” (1944) she’riy to`plamlarni hamda rus tilida “VERNOST” to`plamini nashr ettirdi.

Urush! Noming o`chsin jahonda,Hamon bitmas sen solgan alam.

Sen tufayli ko`p xonadonda,Ota nomli buyuk shodlik kam.

Bas, bas ezgu onalar kabi,Yashay olsin bexavf baxt bilan.

Mehnatsiz g‘azab sevgimiz,Tinchlik deydi butun xalq bilan.

1. Boshqaruvchi: Zulfiyaning urushdan keyingi yillarda ijodi yanada gurkirab ketdi. Uning “MEN TONGNI KUYLAYMAN”, DUGONALARIM BILAN SUHBAT”, “Yurtimni

kuylayman” she’rida vatanparvarlik zo‘r ifolanadi. Zulfiyaxonim o`zbek she’riyatini jahon minbaridan jaranglatganlaridan biri va balki birinchisi. Qozoq ham, arman ham, tojik, arab ham,

ukrain ham,hind ham shoiramiz ijodidan bahramand va uning odamiyligiga, san’atiga, mahoratiga, jasoratiga shaydo.Chingiz Axmarov Zulfiyaga shunday she’r bag‘ishlagan.

Bukur tog‘lar ko`kka cho`zdi qadPortlab qaynar yer beosoyish

Million yillar o`zni tabiatBezay- bezay topdi oroyish

Jamoling ko`r- oddiy va go`zal

O`rmoni tog‘, kecha- kunduzning

Olam qanday barkamol misol – mana, sen uzingSevikli shoiramiz Zulfiyaning bolalar uchun yozgan she’rlari “GULLARIM”,

“LOLAQIZG‘ALDOQ”, “KAPALAK” kitoblarida jamlangan.Ular barcha bolalar ruhiga yaqin, aksariyati o`quvchilarga yod bo‘lib ketgan. Zulfiyaning she’rlari bolalarni vatanga sadoqat,

odamlarga mehr, tabiatga muhabbat ruhida tarbilaydi.Davraga 3-4 ta bolajonlarimizni taklif qilsak. Ular hozir bizga Zulfiyaning bolalar uchun “MEN

TUGILGAN KUN” she’rini badiiy kompozitsiya asosida aytib berishadi.

1. O`QUVCHI: Qizik, har yil yanvarda Men tugilgan bir kun bor Kelishadi mehmonlar Yog‘ib turganda hamkor Endi urilgan sochin Bo‘lganman o`quvchi qiz2.- O`QUVCHI: Bu kun tugilgan kuni Maktabdan qolar?-dersiz O‘ylamang bunday deb hech Ketib issiq kiyinib Bu kun sakkizga kirib Maktabda Gulnor, Dilbar Meni kutib olishdi.3-O`QUVCHI: Tug‘ilgan kunni qizlar Qanday bila qolishdi Ha kecha aytdim o‘zim Chorlagandim barchani Katta uy o‘rtasidaBezatganmiz archani O‘yinchoklar osilgan YOkilgan har xil chiroq4- O`QUVCHI: Archa xuddi mevalar Pishib etgan kum-kuk bog‘ Ayam keltiradi bizga Turli sovg‘alar ancha Dedi – a’lo o`qisang Har yil bezayman archa So‘z beraman ayamga Guvoh bo`lsin qorboboO`saman soat sayinO`qiyman doim a’lo

2.BOSHQARUVCHI: Zulfiyaning ijodiy kamolatida o‘zbek she’riyatining yorqin yulduzlaridan biri H.Olimjonni ta’siri, shubhasiz katta bo`ldi. Shoira H.Olimjon haqida shunday deydi: Hayotimni un yili H.Olimjon bilan ham nafas va hamqadam o‘tgani uchun baxt bo‘ldi. H.Olimjon qalbim va ruhimga uygan va sezgir maslaxatchi ham edi. Men undan fikrlashni, mehnat qilishni va she’r yozishni o`rgandim. Uning ijod maktabida ta’lim oldim.

Page 4: Tadbir: Zulfiya

1944-yil 3 -iyulda H.Olimjon halok bo‘ldi.Taqdir Zulfiya bilan H.Olimjon kabi ikki ulkan shoirni juflashtirib, o‘zbek she’riyatiga ajib bir koshona qurdi-yu, ajal to`satdan uni harob etdi. Baxtsizlik sharobidan sarmast shoira g‘am xasrat bila to`la firoqnomalar yozdi.Hijroning qalbimda, so`zing qo`limdaHayotni kuylayman, chekinar alamTunlar tushimdasan, kunduz yodimdaMen hayot ekan, hayotsan sen ham!Bolalar zerikib qolmadilaringmi? Sizlarni zerkitirmaslik uchun yana alterrnativ o`yin o`ynaymiz.Raqam buyicha chakiriladi. Stolda 6ta kubik ko‘yilgan. Kubikda harflar yozilgan. Shu harflarni tartib bilan terilsa Zulfiya redaktor bo‘lib ishlagan xotin- qizlar jurnalining nomi kelib chiqadi. S A O D A T1 BOSHQARUVCHI: Zulfiyaning yangrok poyetik ovozi jahon kezib yuribdi. U Hindiston va Yaponiyada, Shri- Lankanda, Yugoslaviya va Bolgariyada boshqa mamlakatlarda bo`ldi. Shoira va mamalakatlarda taniqli adabiyot va san’at ahillari bilan oddiy kishilar bilan uchrashdi.Tinchlik va do‘stlik tuyg‘ularini ifodalangan she’rlarini o`qib berdi. Tinchlik va xalqlar do`stligi g‘oyalari bilan sug‘orilgan “MUSHOIRA” tushunchasining o‘zi tarjimasiz ko‘p tillarda tushuniladigan so‘zga aylandi.Yangi kuy, yangi uyolib shoirlarDavraga kelardi, kelardi hamonDillarni payvandlar edi satrlarDo‘stlik qarindoshlikning ko‘prigisimonZulfiya 1941-1950-yillarda O‘zbekiston SSR Davlat bo‘limi mudiri, 1950-1954 yillarda O‘zbekiston xotin-qizlari (Saodat) jurnalining adabiyot va san’at bo`limi vazifasida ishladi. Zulfiyaga Javohirlal Neru nomidagi va “NILUFAR” mukofotlari berilgan. Bolgariya hukumati esa Zulfiyani 1 darajali “KIRILLva MEFODIY” ordeni bilan mukofotladi. Zulfiyaning qudratli ovozi, mayin va mehr to`la qo`shiqlari, o‘zbek xotin -qizlarning bugungi baxtiyor taqdirini tinchlikka va ozod mehnatga tashna insonning orzularini ifodalangan harorati she’rlari baland yangramoqda.

2.BOSHQARUVCHI: Kardosh ulkalar va diyorimizning turli viloyatlarida bo‘lib o‘tayotgan adabiyot bayramlarida Zulfiya opaning millionlab muxlislari borligi va ularning nechog‘lik katta muxabbat bilan kutib olganlarining shohidi bo‘lamiz. Ha, ulug‘ zotlarni yaratgan yurt hamisha e’zoz va hurmatda buyuklarning yulduzlaridir. Ayni paytda Zulfiya opa tabarruk 85 bahorni qarshiliyaptilar. Bu yoqda hali H.Olimjonni ham 85 yoshlarini kechmoli kerak. Zero, bir tanda ikki jon, ikki she’riyat yashamoqda.Eng yuksak, eng yorqin, eng yaqin yulduzKo`kning Zuhrosi-yu she’r ZulfiyasiIkkingiz egizak, bir yokimli so‘zMangulikning sevgan juft madhiyasiBugun yoshingizni etar ekanmiz to‘yO`rik gullaridan bitdim gul dostonSizning qalbingizda oqsa xushnud bo‘yDemak bu o`zingiz yaratgan bo`stonHurmatli o`quvchilar! Mana Zulfiya hayoti va ijodi bilan chuqurrok tanishib chiqdik. Kechamizni Zulfiyaning chiroyli she’rlari bilan yakun yasasak. Hozir quyiydagi savollarimga javob bergan o`quvchilar bizni o‘yinimizda ishtirok etishga muyassar bo`ladi. DIQQAT!1. Dunyoda eng katta boylik nima? /Bilim, kitob /2. “Zaynab va Omon”, “Semurg‘” dostonning muallifi? /H.Olimjon/3. Farg‘onalik yozuvchilardan kimlarni bilasiz?/Y,Sulaymon, X.To`xtaboev, A.Obidjon, E.Rahimov/Mana savollarimiz orqali o`yinimizda ishtirok etadigan o`quvchilarni aniqlab oldik. Endi sizlarni

Page 5: Tadbir: Zulfiya

o`yinimiz sharti bilan tanishtiraman. Shartimiz shundan iboratki, mana bu aylanmaga Zulfiyani she’rlaridan quyilgan.Shu aylanma aylantirganizda qaysi she’rda to`xtasa shu she’rni olib ifodali ma’noli qilib o`qib berasizlar. Marhamat! Birinchi ishtirokchimiz aylanani aylantirishingiz mumkin.B A H O RInson qo`llarida orzuga ayb yo‘kShu kunlarda qalb qo`shiq qatorKunda bitta yozaman she’rMa’nosi ham, yorqini ham borTuproq, hayot, yurak bu axir!Faqat dilga solaman quloqBuzib, yasab misoli zargarBorin to`kib nuqta quyiboqBir tinglovchi qolaman izlabVa orqaga tortar yuragimUyg‘otibmi, chorlabmi bo`zlabTolib,fikring kelar so`ragim

B A X T I M B O RBaxtim bor ajoyib kishilar aroTug`ilib, gurkirab keksayar umrimO‘shalar she’rimga baxsh etgan sadoHayotim nurini yoritgan nurimKeding-ey, Istiqlol, istiqbolQalbimga nasling bilan yo‘l soldingSen shu xur nazmga ixtiyor beribMen og‘ir bulutdek bir yog‘ib oldimHurriyat, kelding-ey, so`zlari kucharSeni qalbim. Ko`zim. So‘zlarim qucharVaqt yetsa shu xalqda qolar daftarimVaqt yetsa bu yoqda qolar dardlarim

O L T I N K U ZSevaman, oltn kuz, sevaman jondanAtlas tabiatli go`zal chog‘ingniDaraxtlar libosi rango-rang, gulgunKuzni erkalagan chaman bog`ingniSevaman, yerlarga rangdor yaproqlarYumshoq va rang-barang gilam to`shasaGul terganday gurpanglab yayrab o‘ynasaDalada paxtalar kumush porlabMomix yuzlarini quyoshga tutsaTerimchi chechanlar yetaklab, ko`plabTog‘day xirmonlar keltirib to`ksaSevaman, oltin kuz, sevaman jondanTovusday bezangan daraxt, bog‘larniYomg‘irlim oqshoming. Quyoshli tongingHayotga cho`mgani go`zal onglarni!

Raxmat! Aziz o`quvchilar! O`йigan bo`lsalaring kerak bu yil Zulfiya 100 yilligi munosabati bilan Prezidentimiz I.A.Karimov bir qator ijodkor xotin-qizlarga Zulfiya mukofotini ta’sis etdi.– Hurmatli o`quvchilar! Mana bugun sizlar bilan sevimli shoiramiz Zulfiya tavalludi munosabati

Page 6: Tadbir: Zulfiya

bilan ushbu she’riyat kechasini o`tkazdik. Biz o‘ylaymizkiб bu kechamiz sizlarda Zulfiya ijodiga kengroq kirib borishga yordam beradi. Sizlar yana ham kengroq o`rganmoqchi bo`lsangiz kutubxonamizga kelib kitoblardan foydalanishingiz mumkin. Sizlarga o`qishlaringizda muvaffaqiyatlar tilayman. Hayr, sog‘ bo‘linglar!

Page 7: Tadbir: Zulfiya
Page 8: Tadbir: Zulfiya