Samarqand davlat universiteti Musiqa, badiiy va mehnat ta’limi fakulteti

Preview:

DESCRIPTION

Samarqand davlat universiteti Musiqa, badiiy va mehnat ta’limi fakulteti Kasbiy ta'lim metodikasi kafedrasi Katta o’qituvchi O’tkir O’tanov. Mavzu: 1917-1990-yillarda ta’lim-tarbiya , ma’orif va pedagogik fikr. Reja :. O’zbekistonda 1917-1924- yil larda maktab va maorif. - PowerPoint PPT Presentation

Citation preview

Samarqand davlat universiteti

Musiqa, badiiy va mehnat ta’limi fakulteti

Kasbiy ta'lim metodikasi kafedrasi

Katta o’qituvchi O’tkir O’tanov

1. O’zbekistonda 1917-1924-yillarda maktab va maorif.

2. Turkistonda milliy davlat chegaralanishi o’tkazilganidan so’ng xalq ta’limi va pedagogik fikr (1924-1941).

3. Ikkinchi jahon urushi va urushdan keyingi yillarda O’zbekistonda xalq maorifi va pedagogika.

4. Siddiq Rajabov. 5. XX asrning 70-80- yillarida O’zbekistonda

xalq ta’limi.

Admin

1917-yil to’ntarishidan keyin Markaziy Osiyo xalqlarining hayotida ijtimoiy siyosiy, iqtisodiy ma’naviy-mafkuraviy va xalq maorifi soxalarida keskin o’zgarish yuz berdi. Bu davrda milliy ziyolilar faoliyati keng tus oldi, jumladan: jadidchi ziyolilar Maxmudxo’ja Behbudiy, Munavvar qori, Sadriddin Ayniy, Fitrat, Cho’lpon, Abdulla Qodiriy, Abdulla Avloniy, Hamza, G’ozi yunus, Xurshid va boshqa ziyolilar madaniyat, maorif sohalarida jonbozlik qildilar va yangi usul maktablarining keng tarmoqlarini yaratish sohasida faoliyat ko’rsatdilar.

1917-yil fevralda Turkistonning yirik shaharlarida turli tillarda dars beradigan xususiy maktablar ochiladi.

1918-yil Samarqandda musulmon o’qituvchilari uchun pedagogik kurslar ochildi. 1918-yil 9-aprel oyida Munavvar qori uyida to’plangan jadidlar Turkiston xalq dorilfununining musulmon bo’limini tashkil etish maqsadida 9 kishidan iborat tashkilot komissiyasini tuzadi. Ular 22 kun ichida musulmon bo’limi dasturlarini ishlab chiqadilar va bu dorilfununga Munavvar qori rais (rektor) qilib saylanadi.

1918-yil noyabrda Toshkentda Turkiston Sharq instituti tashkil qilinadi. Institut nizomida uning asosiy vazifalari qilib Turkiston mahalliy aholisi va qo’shni mamlakatlar tilini yaxshi biladigan sharxshunos olimlar tayyorlashdir deb belgilab qo’yilgan.

Uzoq tarixga ega bo’lgan o’zbek xalqi ijtimoiy- siyosiy to’siqlarga qaramay Markaziy Osiyodagi boshqa xalqlar kabi, ilg’or fikr egalarini, buyuk olimlarni yetkazdi, insoniyatga ilm-fan ma’naviyat sohasida o’lmas durdona asarlar, fikrlar qoldirdi.

1924-yil amalga oshirilgan milliy davlat chegaralanishi natijasida mintaqa haritasi qaytadan tuzuladi. Sovet hokimiyati yillarida kommunistik partiya rahbarligida respublikada adolatsiz milliy siyosat amalga oshirildi. Bu paytda maktablarda o’quv tarbiya ishlari mazmuni tuzumning maqsadi asosida o’zgardi. Din va Qur’oni Karimga umuman e’tibor berilmadi. Tarix darslarida voqealar buzib talqin etildi. Adabiyot darslariga esa ko’proq rus yozuvchilarining asarlari bilan tanishtirishga katta ahamiyat berildi va rus pedagoglari darsliklaridan foydalanildi. Natijada o’zbek pedagogikasi markscha-lenincha nazariya doirasida shakllangan soxta fanga aylanib ketdi.

1930-yil 14-avgustda SSR ittifoqi markaziy ijroiya komiteti va xalq komisarlari soveti tomonidan qaror qabul qilindi. Bu qaror umumiy boshlang’ich ta’limni joriy etish va savodsizlikni qisqartirishga yordam berdi. 30-yillarning oxirlariga kelib, umumiy yetti yillik ta’limni amalga oshirishga kirishildi. Biroq bu borada jiddiy hatoliklarga yo’l qo’yildi. Maktab yoshidagi bolalarning bir qismi maktabga tortilmadi. Mahalliy millat bilalari orasida o’qishni tashlab ketish hollari ko’paydi. Ko’pgina maktablarda muallimlarning bilim darajasi yeterli bo’lmaganligi tufayli o’qish saviyasi talabga javob bermas edi.

SSSR MQ va XKKning 1929-yil 7-avgust qaroriga asosan arab alifbosi o’rniga lotin alifbosi qabul qilindi. Arab yozuvini lotin lashtirilishi dinga qarshi tashviqotning bir shakli edi. Bu islohat oqibatida SHarq xalqlari tarixi va madaniyatini o’zida mujassam qilgan minglab arab yozuvidagi qimmatbaho manbalardan o’zbek xalqini maxrum qildilar. O’sha davrning taniqli tilshunosi G’ozi Olim Yunusov va ilg’or pedagoglar bu ‘isloxotni’ ma’naviy bilimsizlik deb baholadilar. 1940- yilning may oyida O’zbekistonda “O’zbek yozuvini lotinlashtirilgan alfavitdan rus grafikasi asosidagi yangi o’zbek alfavitiga ko’chirish to’g’risida” qonun qabul qilindi.

Tarixdan ma’lumki, xalqimiz o’z boshidan kechirgan og’ir davrlardan biri ikkinchi jaxon urushi yillaridir. Bu davrda kishilar “hamma narsa front uchun, hamma narsa g’alaba uchun” degan shior ostida fidokorona ishlaganlar. Ikkinchi jahon urushi davrida maktablarning o’quv dasturlari sharoitga moslashtirildi.

O’zbekiston mahalliy sovetlari , hukumat ko’rsatmasiga binoan , 1943-yilning 1-yanvaridan boshlab 8-10-sinf o’quvchilari hamda katta yoshdagi o’zbek o’quvchilarini o’qish haqi to’lashdan ozod eydi. Urush davrida maktablar anch qisqargan, o’quvchilar soni ham shunga yarasha edi. Ko’pchilik o’quvchilar turli sinflardan o’qishni tashlab, front uchun qurol aslaha ishlab ciqaradigan zavodlarga ishga ketib qoldilar. Urushdan keying yillarda o’rta maktablarni tamomlaganlarning maxsus kasbiy tayyorgarligini oshirish maqsadida tehnikumlar soni ko’paytirildi.

1957-1958 o’quv yilidan boshlab ba’zi pedagogika oily o’quv yurtlarida boshlang’ich maktab uchun oily pedagogika ma’lumotiga ega bo’lgan o’qituvchilar tayyorlashga kirishildi va bu uchun maxsus fakultetlar ochildi. 1959-1975-yillari respublikada internet-maktablar , maxsus maktablar va kuni uzaytirilgan guruhlar tarmog’I rivojlandi. Jismoniy nuqsoni bor bolalar uchun maxsus maktablar tashkil qilindi, pedagog hodimlar tayyorlash va ular malakasini oshirish tarmog’i kengaytirildi.

Siddiq Rajabov respublikamizda xalq maorifining rivojlanishiga, pedagogi kadrlar tayyorlash ishiga muayyan hissa qo’shgan dastlabki pedagogika fanlari nomzodi, dastlabki pedagogika fanlari doktori , professor va dastlabki akadedemikdir.

Olimning “Pedagogikani o’qitishni hozirgi zamon fani talabi darajasiga ko’taraylik”, “O’qituvchilar kasbi haqida”, O’zbekistonda 25 yil ichida maktablarning taraqqiyotiga doir”, “Pedagogika oliy o’quv yurtlari talabalarining ilmiy tadqiqot ishlari haqida” kabi 26 ilmiy-ommabob ishlari nashr qilindi. 1964-yili S.Rajabovga “Respublikada xizmat ko’rsatgan fan arbobi” unvini berildi.

O’zbekistonda umum ta’likm maktablarida ta’lim-tarbiya tizimi, mazmuni, shaklva metodlari, yosh avlodni har tomonlama shakllangan barkamol shaxs sifatida shakllantirish uchun ta’lim tizimini isloh qilish zarur edi. Islohatda umumiy o’rta ta’lim 11 yillik bo’lib, l-lV-sinflar boshlang’ich’ V-lX-sinflar esa to’liqsiz o’rta va X-Xl-sinflar umumta’lim maktablarini tashkil qiladi. Mazkur tuzulishga binoan o’rta umumiy ta’lim maktablarida bolalarni olti yoshdan boshlab o’qitish nazarda tutiladi. Hunar-tehnika ta’limi tubdan o’zgartirilib, “O’rta hunar-tehnika bilim yurtlari”ga aylantirildi.

Recommended