Upload
others
View
25
Download
0
Embed Size (px)
Citation preview
2014 yil
DEKABR
8 dekabr – O‘zbekiston
Respublikasining
Konstitutsiyasi
qabul qilingan kun
Bosh muharrir
Qobiljon Qosimov
Tahrir hay’ati
G.Qo‘shmonova,
D.Buvaboyeva,
Sh.Usmonova
Jamoatchilik kengashi
V.Rajapov, S.Isoqov
Q.Hakimov, A.Asraqulova,
Q.To‘laboyev
Mashhuraxon Boyxonova
Sinf rahbarlari va tarbiyachilar
uslubbirlashmasi rahbari
Mustaqillik – tabiiy boyliklarga egalik qilish, xalqimiz qudrati, salohiyati, aqlu
zakovatiga tayanib, O‘zbekistonda yashayotgan har bir inson, har bir oila uchun
munosib hayot qurish, kelajak avlodlarga ozod va obod Vatan qoldirish uchun yangi
imkoniyatlarning yaratib berilishi;
Har bir fuqaro uchun – millati, irqi va diniy e’tiqodidan qat’i nazar, xalqimizga
farovon hayot kechirish va imkoniyatlardan to‘la foydalanish erkinligi kafolatining
ta’minlab berilishi;
Biz uchun istiqlol – milliy davlatchiligimizning poydevorini qurish, milliy ongimiz
va faxr-iftixorimizni yuksaltirish, jahon hamjamiyatida munosib o‘rnimizni egallash
uchun zarur shart-sharoit yaratib berganligi;
Istiqlol tufayli hayotimiz va umumiy xonadonimizni milliy manfaat va
qadriyatlarimizga, umume’tirof etilgan demokratik mezonlarga monand qilib qurishdek
noyob tarixiy imkoniyatga ega bo‘linganligi;
Istiqlol tufayli Vatanimiz har bir fuqarosining o‘z iste’dodini namoyon qilishiga
keng imkoniyatlar yaratilishi;
Uch bosqichli sport musobaqalari tizimining yaratilishi va ularning yosh avlodni
sport sohasida o‘z iste’dod va qobiliyatini yuzaga chiqarishi, eng muhimi, sog‘lom va
barkamol bo‘lib voyaga yetishi uchun yangi-yangi imkoniyatlar eshigini ochib
berganligi;
“Mehr nuri” hamda “O‘zbekiston madaniyati va san’ati forumi”
jamg‘armalarining iste’dodli yoshlarni tanlash va ularni qo‘llab-quvvatlash dasturlari va
loyihalari;
“Yangi avlod” bolalar ijodi festivali, “Navqiron O‘zbekiston” an’anaviy va
zamonaviy san’at festivali, “Kelajak ovozi” megatanlovi va boshqalar. “Nihol”, Zulfiya
nomidagi davlat mukofoti, oliy o‘quv yurtlari talabalari orasida yuksak iste’dodli
talabalarni saralab olish maqsadida nufuzli stipendiyalarning joriy qilinishi;
O‘zbekiston Respublikasining inson huquqlariga doir davlat siyosatida insonning
huquq va erkinliklari jamiyatda qonunchilik asosida mustahkamlanib, siyosiy, iqtisodiy,
huquqiy, tashkiliy jihatdan kafolatlar tizimi bilan ta’minlanganligi;
Mamlakatimizda fuqarolarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha davlat huquqiy
mexanizmi va kafolatlar tizimi yaratilganligi;
O‘zbekiston Konstitutsiyasida xalqimizning demokratik huquqiy davlat qurish
borasidagi orzu-intilishlari o‘z ifodasini topganligi va demokratiya umuminsoniy
qadriyatlarga asoslanishi, inson va uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va
boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat sifatida belgilab qo‘yilganligi bilan ham qadrli va
azizdir!
Zero prezidentimiz tomonidan 2016-yilni “Sog‘lom ona va bola yili” deb
nomlanishi ham juda katta ma’no va mazmunga ega.
S.Musaboyev
Tarix va huquq
fanlari
o‘qituvchisi
8-DEKABR
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASI
QABUL QILINGAN KUN
O‘zbek xalqi xotirasida XX asrning so‘ngi o‘n yilligidagi shonli tarixiy voqealar abadiy muhrlanib
qoladi. Aynan shu o‘n yillikning boshlarida istiqlol sari qadam qo‘yildi. Ajdodlarimizning azaliy orzusi
mustaqillik - o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqi qo‘lga kiritildi. Bu yillarda insonparvar , demokratik davlatni
va fuqarolik jamiyatini barpo etish uchun zarur zamin yaratildi. Yangi ming yillik boshi XXI asr - o‘zbek xalqi
uchun O‘zbekistonni buyuk davlatga aylantisih va inson huquqlari ustuvor bo‘lgan farovon hayot qurish asri
bo‘ladi.
Bu borada jamiyat hayotining barcha sohalarida tub yangilanish va bunyodkorlik ishlari keng ko‘lamda izchil amalga
oshirilmoqda. Kelajagi buyuk O‘zbekistonni yaratishga hissa qo‘shish shu Vatan farzandlarining zimmasiga ulkan mas’uliyat yuklaydi.
Yuksak mas’uliyatni anglab, jamiyatga o‘rnatilgan tartib va intizomga amal qilib yashash huquqiy davlatga hos hususiyat hisoblanadi.
Shuni aytish kerakki, huquqiy davlat o‘z-o‘zidan bunyod bo‘lmaydi. Buning uchun Konstitutsiya va qonunlarning ustuvorligi
ta’minlanishi kerak. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi asosida yuksak huquqiy ong va huquqiy madaniyat bo‘lishi, mas`uliyat va
majburiyatni his qilib yashash tarzi qaror topishi zarur.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi - oliy yuridik kuchga ega huquqiy hujjatdir. Uning qabul qilinishi huquqiy tiklanish
va taraqqiyot sari qadam bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasining huquq tizimida Konstitutsiya huquqi tizimining birlamchi asosidir. U huquq tarmoqlari birligini,
o‘zaro muvofiqligini hamda harakatlanish prinsplarining yagonaligini ta`minlaydi. Huquqiy davlat yaratish sari rivojlanib borayotgan
davlatimizda huquq ustuvorligini ta`minlab borish muhim vazifalardan sanaladi. Konstitutsiyamizning ustuvorligi esa har birimizdan
ulkan huquqiy mas`uliyatni talab qiladi. Ya’ni bu mas’uliyat konstitutsiya va qonunlarni bilishni, ularga amal qilib yashashni taqozo
etadi. Bu esa konstitutsiyani o‘rganish zarurligini bildiradi.
O‘z huquq, erkinlik va burchlarimizni yanada chuqurroq anglashda qonunlarni bilish muhim ahamiyat kasb etadi. Konstitutsiya
huquq va erkinliklarni mustahkamlash bilan birga fuqarolar zimmasiga burch va mas’uliyatlar yuklaydi. Burch degani, avvalo
Konstitutsiyani o‘qib o‘rganishdan boshlanadi. Konstitutsiyani bilgan kishi o‘z hatti-harakatini qonun doirasi ichida amalga oshiradi.
Boshqa kishilarning hamda jamiyat va davlatning huquqi va erkini hurmat qiladi.
Konstitutsiyani bilish asosida sizda shakllangan huquqiy ong jamiyat taraqqiyotining qudratli kuchiga aylanadi. Qonunlarni
bilishning muhimligi oqibat natijada ana shunday maqsadni amalga oshirishga xizmat qiladi. Shu bois ajdodlarimiz qonunga hurmat va
unda itoat qilishni qadrlaganlar.
,,Qonunni bilganga keng dunyo, qonunni bilmaganga tor dunyo” , ,,Qonunning kaliti adolat, adolat kaliti sahovat”,
,,Qonunbuzar-elbuzar, elbuzarni qonun tutar” va shu kabi hikmatli so‘zlar ham qonunga bo‘lgan ongli munosabatning mahsulidir.
Konstitutsiyada davlatimizning demokratik mohiyatidan kelib chiqqan holda asosiy inson huquqlari va erkinliklari huquqiy
kafolati qo‘yilgan. Konstitutsiyada O‘z bekistonda erkin fuqarolik jamiyati, ya`ni xalqning o‘zi bevosita boshqariladigan jamiyat va
demokratik huquqiy davlat qurishni asosiy maqsad qilib qo‘yadi. Unda “Jamiki nematlar orasida eng ulug‘i-inson” ekanligi yorqin
mujassamlashtirilgan. Inson ni ulug‘lash, uni muhofaza qilish va har tomonlama kamol toptirish Konstitutsiya mizning asosiy g‘oyasiga
aylantirilgan.
Zero, Konstitutsiyamizning eng katta va muhim qismi ,,Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari” deb
nomlangan II bo‘limdir.
KONSTITUTSIYA TUSHUNCHASI
Hadisa Sobirova – 9 a sinf o‘quvchisi
"Konstitutsiya" tushunchasi XVIII asr oxirida paydo bo`lib, Konstitutsiyaga juda ko`p ta`riflar berilgan. "Konstitutsiya"ga
turli xil ta`riflar berilgan bo`lib, ulardan bir necha misollar keltiramiz.
Birinchi ta`rif: fransuz davlatshunos olimi J.Byurdoning Konstitutsiyaga bergan ta`rifi: "Konstitutsiya - siyosiy
hokimiyatlarni tayinlash, tashkil etish va faoliyat ko`rsatishga oid qoidalar yig`indisidir".
Ikkinchi ta`rifda esa ushbu (yuqoridagi) ta`rifga amerikalik olim K.Berd "Fuqarolar erkinliklari" tushunchasini qo`shadi.
Uchinchi ta`rif sifatida Nigeriyalik konstitutsiyashunos B.Nvabuyezening ta`rifini berashimiz mumkin: "Konstitutsiya - bu
qonun kuchiga ega bo`lgan formal hujjat bo`lib, uning yordamida jamiyat o`z-o`zini boshqaradi hamda o`zining turli idoralari bilan
shuningdek, bu idoralarning fuqarolar bilan munosabatlarini o`rnatadi".
Ko`pchilik hollarda konstitutsiyaga u tartibga soladigan ijtimoiy munosabatlar predmetiga qarab tushuncha beriladi.
Shu ma`noda, Konstitutsiya - davlatning Asosiy Qonuni bo`lib, davlat hokimiyatini tashkil etishni va hokimiyat, jamiyat va
shaxsning o`zaro munosabatlarini tartibga soladi.
Konstitutsiya tushunchasini ochib berishda uning mohiyati muhim ahamiyat kasb etadi. Turli mamlakatlardan turli huquqiy
oqimlar vakillari Konstitutsiya mohiyatini turlicha ta`riflaydilar. Masalan, tabiiy huquq maktabi vakillari Konstitutsiya –xalq (millat)
ning umumiy irodasini ifodalovchi o`ziga xos ijtimoiy shartnomadir deydilar. Normativ huquq nazariyasi vakillari esa Konstitutsiya
bu oliy huquqiy normaning ifoda bo`lishidir deb tushunadilar. Marksizm-leninizm Konstitutsiyani sinfiy kurashning mahsuli sifatida
baholaydi. Bizning fikrimizcha, Konstitutsiya – umuminsoniy huquqiy qadriyatlarni eng umulashgan in`ikosidir.
O‘quvchilarning intellektual faolligini oshirishda multimedia darslarining ahamiyati
Shohistaxon Usmonova
Oliy toifali ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi
Joriy yilning 4-dekabr kuni maktab internatimizda “O‘quvchilarning intellektual faolligini oshirishda
multimedia darslarining ahamiyati” mavzusida viloyat seminari o‘tkazildi. Seminarda viloyat xalq ta’limi
boshqarmasi mutasaddilari, xususan maktablar bo‘limi boshlig‘i A.Otaxonov, Namangan shahar va tumanlar
XTMFMTTE bo‘limlari mudirlari, ixtisoslashgan maktab-internat direktorlari va ularning o‘rinbosarlari, matbuot
xodimlari ishtirok etishdi. Seminar ko‘tarinki ruhda o‘tdi. Har bir dars jonli o‘tdi. Ayniqsa matematika fani
o‘qituvchisi Q.Qosimovning “To‘g‘ri burchakli parallelepiped va kub xajmi formulalari”, G‘.Po‘latovning
“Bakteriyalarning tabiatdagi va xalq xo‘jaligidagi ahamiyati”, A.Xonsaidovning “I like … it’s fun…”,
A.Zokirovaning “Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo‘lida xizmat ko‘rsatish eng oliy saodatdir”,
B.Umrzoqovning ”Bir no‘malumli tengsizliklarni yechish”, N.Mirzarahimovaning “Mustaqillik bu xuquqdir”
mavzularidagi ochiq darslari mutaxassislar e’tirofiga sabab bo‘ldi.
Seminar ishtirokchilari va mehmonlar mazkur seminar juda yuqori saviyada tashkil etilgani, ayniqsa maktab-
internatning ahil jamoasi jonkuyar rahbar G.Qo‘shmonova rahbarligida qisqa davr mobaynida juda katta ishni amalga
oshirganini alohida ta’kidlab o‘tdi. O‘qituvchilar tomonidan yaratilgan dars ishlanmalari, slaydlar va elektron
vositalar o‘quvchilarning bilim va malaka, ko‘nikmalarini yanada chuqurlashtirish, ularning ongini oshirish,
dunyoqarashini kengaytirishda muxim axamiyatga ega ekanligi seminar ishtirokchilari tomonidan maqullandi.
Seminar konstitutsiya bayramiga bag‘ishlangan bayram tadbiri bilan o‘z nihoyasiga yetdi.
SEMINARDAN LAVHALAR
A
F
E 0 2-chizma
C D B
A
E 0
1-chizma
C D B
Geometrik masalalar yechisning ba’zi usullari
Baxtiyor Umrzoqov
Iqtidorli matematika o‘qituvchisi
1-masala. To‘g‘ri burchakli uchburchakning 14 va 18 sm ga teng
katetlariga tushurilgan medianalar uni uchta uchburchak va
to‘rtburchakka ajaratadi. To‘rtburchakning yuzini toping.
1-usul
Berilgan:
AC=14,BC=18
CD=BD, AE=BE
SEODC=?
1-chizmadan ko‘rinib turibdiki EODC to‘rtburchak EDC va
EDO uchburchaklar yuzlarining yig‘indisiga teng.
EDO uchburchakning yuzi ABC uchburchakning BE va AD
medianalarni 222 )(2
2
1acbma formula yordamida
topib, uchburchakning medianalari haqidagi teoremadan EO va OD kesmalar to‘iladi. EDO uchburchakning yuzi EO, OD,
ED (ED tomon EDC to‘g‘ri burchakli uchburchakdan Pifagor teoremasi orqali topiladi) tomonlari aniqlangandan keyin
Geron formulasi yordamida topiladi, ya’ni 5,10EDOS sm2
SEODC=SEDO=31,5 sm2+10,5sm2=42 sm2 ekanligi kelib chiqadi.
Bu usul bilan yechishda BE va AD medianalar irratsional son
bo‘lishi hisoblashni murakkablashtiradi.
2-usul. ABC uchburchakning uchinchi medianasini o‘tkazsak
va 2-teoremani tadqiq qilsak va
21262
1814см
смсмS ABC
ekanligi
22 421266
2
6
2смсмSS ABCEODC
ekanligi osongina kelib chiqadi.
AJOYIBOTLAR - QIZIQARLI MA’LUMOTLAR
ANTIQA GULLAR
Qodirova Zarifa
6-b sinf o‘quvchisi
Gullar paydo bo‘libdiki, go‘zallik, baxtli onlar uchun xizmat qilib keladi.Ularni yoqtirmaydigan, umrida
bir marta ham sovg‘a qilmagan yoki sovg‘a sifatida qabul qilmagan odam bo‘lmasa kerak. Hayotingiz
davomida gullarning ko‘plab turlarini uchratgansiz, ko‘rgansiz, eshitgansiz albatta. Ammo biz
tanishtirmoqchi bo‘lgan gullar haqida-chi?
“Tun qiroli”nomi bilan mashhur qora lolalar dunyodagi eng qimmat gullar sirasiga kiradi. Ushbu turdagi
gullar ma`lumotlarga qaraganda, 1986-yil Niderlandiya floristika institutida yetishtirilgan. O‘sha paytlar
“Lola jazavasi” juda kuchayib uning bir tup piyozchasini qo‘lga kiritish uchun odamlar hatto bir suruv
qo‘ydan voz kechganlar. Ammo ko‘rinishidan tim qora lolalar aslida binafsha rang.
Qora atirgul esa hech qanday tadqiqot natijasi emas, tabiiy qora rangga ega.U faqat Turkiyaning
Xalfeti shaharchasida o‘sadi va har yili 15 kun davomida ochilib ko‘zni
quvnatadi.
Kamalak singari turli ranglarga ega bo‘lgan ushbu atirgulning barglari
bo‘yab chiqilgan desangiz adashasiz. Ammo uni tabiiy shunday deyish ham
qiyin. Janubiy Gollandiyadagi gul kompaniyalaridan birining egasi Peter Van
de Vergen kashf qilgan ushbu atirgulning bandi o‘sish jarayonida turli bo‘yoqlar bilan
oziqlantiriladi. Natijada uning yaproqlari kamalak tusga kira boshlaydi.
Abdusamatov Shohruxbek.
6-a sinf o‘quvchisi
QAZI DARAXTI
Abdurasulova Shohodatoyim, Qurbonova Bahrinisobegim, Jo‘raboyeva Gulshodabegim.
5-a sinf o‘quvchilari
Bu alomat daraxt bizda uchramaydi. Lekin qazi daraxti oilasiga kiradigan, ko‘cha va parklarda manzarali o‘simlik sifatida
ekiladigan, bahorning oxirlarida odamlarni o‘ziga maftun qiladigan gullar chiqarib, tevarak-atrofga ajib husn beradigan begnoliya deb
ataladigan kattagina daraxtni ko‘pchilik yaxshi biladi. Bu har ikkala daraxt qovoq daraxti singari begnoliyadoshlar oilasiga kiradi. Qazi
daraxtining ilmiy nomi Kigeliya afrikanadir.
Qazi daraxti yovvoyi holda Afrikaning tropik zonasida tarqalgan bo‘lib, u qurg‘oqchilik ro‘y berib turadigan savannalarda suvga
yaqin joylarda yoki o‘rmon etaklarida o‘sadi.
Qazi daraxtining shox-shabbasi tarvaqaylagan va ko‘rkam bo‘ladi hamda quyuq soya beradi. Yilning qurg‘oqchilik mavsumida
barglari to‘kilib, tanasi yalang‘ochlanib qoladi. Gullari yirik, voronkasimon va to‘q qizil bo‘lib, barg chiqarishidan oldin yoki u bilan bir
vaqtda ochiladi.
Bu o‘simlikning gullash paytida bu yerda kolibri qushlarning o‘rnini bosadigan chumchuqdoshlar oilasiga mansub, o‘simlik nektari
bilan ovqatlanadigan qushlar daraxtga yopirilib, gulini tevaragida parvona bo‘ladi va changlatadilar. Otalangan gul rivojlanib, mevaga
aylanadi. Lekin changlangan gulning yetilib pishgan mevaga aylanishiga qadar oradan bir yil vaqt o‘tadi.
Qazi daraxtining mevasi odamlarni hayratda qoldiradi. U silindr shaklida, bo‘yi 50 santimetr, diametri 10 santimetr, po‘sti kulrang.
Bu meva tashqi ko‘rinishi bilan chindan ham liver (o‘pka va jigardan tayyorlangan) kolbasasiga juda ham o‘xshaydi. SHu tufayli bu
o‘simlik ruscha «kolbasnoe derevo», o‘zbekcha «qazi daraxti» deb nom olgan. Inglizcha va fransuz tillarida ham shu ma’noda, ya’ni
kolbasa daraxti deb ataladi. Bu daraxt mevasini kishilar iste’mol qilmaydi.
Xalq meditsinasida mevasi surgi dori sifatida qo‘llaniladi, dizenteriyani davolashida ham ishlatiladi. Po‘stlog‘idan revmatizmga va
ilon chaqishiga qarshi dori tayyorlanadi.
O‘zbekistondagi ramziy mo‘jizalar.
1.Registon maydoni (Samarqand)
2.Shohi Zinda majmuasi (Samarqand)
3.Somoniylar maqbarasi (Buxoro)
4.Minorai Kalon yodgorligi (Buxoro)
5.Bibihonim madrasasi (Samarqand)
6.Ichon qal’a yodgorligi (Xiva)
7.Navoiy teatri (Toshkent)
Yetti mo‘jizaning yangi versiyasi.
1.Buyuk Xtoy devori.
2.Rim Kolizeyi
3.Toj Mahal.
4.Iordaniyadagi Petra shahri.
5.Reo-de-Janeyrodagi Iso Payg‘ambar xaykali.
6.Perudagi Machu-pekchu shahri.
7.Meksikadagi Mayyalar piramidalari.
Basketbol o‘yinining strategiya va taktikasi Adhamjon Tursunov, Akmaljon Toshboyev
Jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari
Strategiya.
Jamoadagilar basketbol musobaqalarining turlariga qarab bir qator uchrashuvlar o‘tkazadilar. Bu
uchrashuvlarning natijasida qarab jamoa-larning musobaqada egallagan o‘rinlari aniqlandi.
Sport kurashining qonuniyatlari o‘rganish musobaqalarning mashtablariga qarab strategiya va taktikaga bo‘linadi.
Strategiya taktika bilan chambarchas bog‘liq bo‘ladi. U sport kurashining piravod maqsadini unega erishish uchun
lozim bo‘lgan vositalarni aniqlaydi.
Taktika strategiyaning bir qismi hisoblanadi. U strategiyaga bo‘y so‘nadi va unga xizmat qiladi.
Taktika.
Taktika – basketbol nazariyasi va praktikasida o‘yin jarayonining rivojlanish qonuniyatlarini sport kurashining olib
borilish vositalarini usullar va formalarini hamda muayyan raqibga qarshi qo‘llashni o‘rganadigan bo‘limdir.
Basketbol taktikasi o‘yinni olib borishda qo‘llaniladigan juda ko‘p vositalarga usullarga va sitemalarga boydir. Jamoalar
hujumini yoki himoyani individual guruh va jamoa taktik harakatlari yordamida uyushtiriladi. Oldingi liniya
basketbolchilar (markaz) o‘yinchi va hujumchilar asosan shitga nisbatan yaqin va o‘rta pazitsiyalardan hujum tashkil
qilib va uni yakunlab hamda shu pazitsiyalarning o‘zida raqibga qarshilik ko‘rsatib harakat qiladilar.
Basketbolchilar maydonda har bir hujum va himoya sistemasiga xos joylashadilar va maxsus harakat qiladilar.
Sistemalarning ichidan asosiy prinsiplari saqlab qolgan ayrim variantlari ajratiladi. Bular individual va guruhli harakatlar
farqlanadi.Zamonaviy basketbolda ko‘proq o‘yinning faol formalari qo‘llaniladi. Hujum va himoyada qo‘llaniladigan
taktik harakatlarda qarama-qarshi vazifaarni yechish uchun qo‘llaniladi. SHuning uchun taktika 2 katta bo‘limga hujum
taktikasi va himoya taktikasiga ajratiladi.
Hujum taktikasi.
Hujum eng atta vazifa bo‘lib raqibning himoyadagi harakatlari tartibini buzish va savatga to‘p otishga individual
qarshilikni yengish hisoblanadi. Zamonaviy basketbol hujumining tez-tez va qisqa vaqt davomida uyushtirilishi bilan
xarakterlanadi. Hozirgi kunda himoyadan hujumga o‘tish tezligi taktik kombinatsiyalarni bajarish tezkorligi va aniqligi
oshdi. Buning natijasida texnik priyomlarini bajarish vaqti qisqardi.
Google to‘g‘risida bilganlarimiz
№1 Google ofisida qanaqadir ish rejasi ko‘zda tutilmagan. Har bir kishi o‘zining ishini hohlagan payt boshlashi va hohlagan
payt tugatishi mumkin, talabiga binoan. Asosiysi — ko‘zda tutilgan ish reja asosida tugatilishi zarur.
№2 Xodimlar bo‘limiga yuborilgan 10 ta rezyumeni xammasi diqqatlik bilan o‘rganiladi. Xar 10 ta rezyumedan 1 tasiga telefon
qilinadi. har 10 ta qilingan telefon qo‘ng'irog'idan 1 tasi suhbatga chaqiriladi. har 10 ta suhbatdoshdan 1 tasi ishga qabul qilinadi. Mana
shunday. Shunday qilib, Google ga ishga kirish tanlov asosida qoladi va bu tanlov 1:1000 to‘g'ri keladi.
№3 Google ga ishga kirish juda qiyin. Lekin undanda qiyini, ishdan ketish. Kaliforniya shtati mehnat qonuni shunday qilinganki,
ishdan ketish bu katta muammo. Ishdan moment «uchib ketish» — faqatgina 1 holatda, ya’ni korxona ma’lumotlarini fosh etishda sodir
bo‘ladi. Agar hodim o‘zining vazifalarini uddalay olmasa, yoki ishlamasa, unda boshliq, bu hodim bilan suhbat o‘tkazadi va yordam
beradi. Agar bir oydan so‘ng holat o‘zgarmasa, uni «itarish» uchun yordamchi ajratiladi. Agar bu ham qo‘l kelmasa, unda yana suhbatlar,
ogohlantirishlar va jarimalar boshlanadi. Shundan so‘ngina, 6 oydan keyin, ishdan ozod etishadi. Biroq, bu hodisa kamdam kam holatda
bo‘ladi. Chunki ishga qabul qilish bir necha etablar asosida olib boriladi (AQLLI DANGASALAR bu erda ham kerakmas). Ikkinchidan,
bu erda yaratilgan sharoitning o‘zi ishlashga asos bo‘ladi.
№4 Google-shaharchasining territoriyasida 20 ga yaqin oshxonalar mavjud. Bularning bari hodimlar uchun tekin. (Ux...)
Oshxonalar ham turlicha: Italyan, Meksika, Arab, Antigo‘shxo‘rlar (vegetarian), fastfud va boshqalar. Ko‘pgina hodimlar kuniga 3 mahal
ofisda ovqatlanishadi.
№5 San-Franstisko va Palo-Alto shaharida yashovchi hodimlarga «Shatl»-avtobuslari qatnab turadi. Ular hodimlarni uydan ishga va
ishdan uyga tashiydilar. ha, aytgancha, hodim uyda yoki ofisda ishlash tanloviga ham ega.
№6 Google-shaharchasida hodimlarning farzandlari uchun ham bog'chalar mavjud.
№7 Google da itlar bilan ishlash ham mumkin. Mushuklar bilan esa mumkin emas. :) Menimcha, ish jarayonida ularni urushlari
halaqit bermasligi uchun…
№8 Google ning ofisi joylashgan ko‘chani ham, Google street deb atashadi.
№9 Google da ishlovchilarning ko‘pchiliga rus millatiga tegishli. Bularning o‘ziga xos tarixlari mavjud. Kimdir shu erda rus
oilasida tug'ilgan. Kimdir mutaxasis bo‘lib ishga kelgan. Bu hodimlar bir birlari bilan doim muloqotda. Darvoqe, aytishlaricha, Google
ning rus versiyasi XITOYda tuzilgan ekan… :)
№10 Google da o‘zining atamalari mavjud. Google ning hodimlari o‘zlarini Google People deb atashadi. Yangi hodimlarni esa —
Nooglers.
№11 Google hodimlari uchun Elton Jon kabi san’atkorlar tez tez konsert berib turishadi.
№12 Google fen-shou do‘konlarida Kremliy vodiysining eng chiroyli suvenir aksesuarlari sotiladi.
№13 Har juma Google da odatiy o‘tirishlar bo‘lib o‘tadi. Bu o‘tirishda har bir hodim o‘zining boshdan o‘tkazgan holatlarini
boshqalar bilan baham ko‘radi.
№14 Shuncha sharoitlarga qaramasdan, Google o‘z hodimlarindan 100 foiz ishga berilishni va eng yaxshi rezultatlarni talab qiladi.
Bir dasturchining aytishicha, agar u tomonidan yozilgan dasturiy KOD ixchamlash mumkin bo‘lsa, boshliq bu kodni qayta ko‘rilsin deya
imzo qo‘yadi. U bilan qanday qilib qisqartirish kerakligi haqida bahslashmaydi. Chunki u ham (boshliq) o‘z sohasining profisi…
Internet ma’lumotlari asosida Shohruhmirzo tayyorladi
TAMAKI CHEKISHNING SOG‘LIQQA ZARARI
Ahmadaliyev Diyorbek
6-sinf o‘quvchisi
Tamaki chekish odam organizmiga ta’sir qiladimi? So‘zsiz ta’sir qiladi. Odam papiros chekkanda tamaki tutini bilan nafas
oladi, o‘pkaga kislorod o‘rniga CO2 (karbonat angidrid) gazi borib qonga o‘tadi, organizmdagi moddalar almashinuvini buzadi, bunday
xolat o‘z navbatida organizmning kislorod tanqisligiga sabab bo‘ladi. Tamaki tarkibidagi ammiak namlik ishtirokida o‘pka al’veolalari
(xujayralarida) ishqor – nashatir spirtiga aylanadi. Bu ishqor o‘pkaning shilliq qavatini ta’sirlab chekuvchida bronxit kasalligini keltirib
chiqaradi. Buning oqibatida o‘pkaning turli yuqumli kasalliklarga chidamligi kamayadi. Olimlar ma’lumoticha sil kasalligiga duchor
bo‘lganlarning 90 foiz chekuvchilardir. Tamaki tarkibidagi kantserogen moddalar chekuvchilarda saraton (rak) kasalligini keltirib
chiqaradi. Tamaki tarkibidagi nikotin kuchli zahar. Nikotinning 0,1 grammi odamni o‘ldiradi. Bu doza 20 dona papirosda saqlanadi.
Agarda chekuvchi har kuni 20 dona papiros cheksa 30 yil mobaynida 200 ming dona papiros chekadi, bu (160 kg) tamaki degani.
Bunday miqdordagi papiros tarkibida 800 g nikotin bo‘ladi. Chekuvchi bir kunda odamni o‘ldiradigan miqdordagi nikotinni
yutadi. Lekin bu nikotin oz – oz miqdorda organizmga kiradi. Nikotin birinchi navbatda nerv sistemasini zaharlaydi. Uzoq muddat
papiros chekkan odamlarning qo‘llari qaltiraydi, nafas olishi qiyinlashadi, o‘qtin – o‘qtin yo‘taladilar, ko‘ngli ayniydi. Nikotin simpatik
va parasimpatik nerv sistemalariga ta’sir etadi. Bemorda dastlab yurak tez – tez qisqaradi, qon bosimi ortadi, periferik qon tomirlarida
spazma, yurakning toj tomirlarida kengayish hollari sodir bo‘ladi. qonda nikotin moddasini ko‘payishi tufayli bemorda infarkt kasalligi
kelib chiqadi. Tamaki tutini bronxlarni keskin toraytirib yuboradi, so‘ng kengaytirib yuboradi. Chekish tufayli odamning xotirasi
susayadi, odam ozib ketadi. Yosh o‘smirlarni chekishi tufayli bola o‘sish va rivojlanishdan orqada qoladi, urug‘ hujayralarida
o‘zgarishlar sodir bo‘ladi, jinsiy ojizlik kelib chiqadi.
Tamaki chekuvchilardan askarbin kislota, furosemid, geparin esterogenlarning ta’sir etish kuchi kamayib ketadi. SHuning
uchun, chekuvchilarda qon bosimi, qandli diabet, yurak ishemiyasi, oshqozonning yara kasalligi, nafas kasalliklarini davolashni
qiyinlashtiradi. Nikotin buyrak usti bezi funktsiyasiga juda salbiy ta’sir etadi. Bundan tashqari nikotin arteroskleroz kasalligini zo‘rayib
ketishiga sabab bo‘ladi.
Surunkali chekish orqa miya funktsiyalariga salbiy ta’sir etadi. Bu jinsiy ojizlikka sabab bo‘ladi.
Ayniqsa, yosh qizlarni papiros chekishni barcha a’zolariga zararli ta’sir etadi. Chekuvchi qizlar rivojlanishdan orqada qoladi
tez – tez kasallanadilar, xayz ko‘rish buziladi. Surunkali chekish qiz bola xusnini buzadi, qiz bola erta balog‘atga yetadi. Chekuvchi
ayollar tez qariydilar, yuzlariga ajin tushadi yuz terisining rangi o‘zgaradi. Chekuvchi ayollarning 30 foizda bazedov kasalligi taraqqiy
etadi. Shuni aytish kerakki, chekmovchilar chekuvchilar yonida turishi tufayli chekuvchilardagi kasalliklar chekmovchilarda ham hosil
bo‘lishi mumkin chunki chekmovchilar passiv chekuvchilar hisoblanadilar. Ko‘p tekshirishlardan ma’lum bo‘lishicha qon ivishi
jarayonini tezlashtirib yuboradi. Periferik tomirlarda aterosklerozni kuchayishi natijasida oyoq qon tomirlarining kasalliklarini kelib
chiqishiga sabab bo‘ladi. Bemor oyoq bo‘g‘inlarida og‘riq sezadi, keyinchalik yurolmay qoladi.
Nikotin oshqozon shirasini ajralish va uning kislotaligini izdan chiqaradi, chekish jarayonida oshqozon tomirlari torayadi,
oshqozonning shilliq qavati yallig‘lanadi. Chekuvchilarda sezish organlarining faoliyati izdan chiqadi. Chekuvchida asta sekin rang
ajratish qobiliyati pasaya boradi, u dastlab yashil so‘ng qizil va sariq ranglarni ajrata olmay qoladi. Ko‘pgina chekuvchilarda eshitish
sezgirligi kamayadi. Chekish tufayli quloqda nog‘ora parda qalinlashadi, eshitish suyakchalarining hajmi kichiklashadi.
Hozirgi vaqtda ko‘pgina chekuvchilarning yoshi 20 – 30 da bo‘lib yosh oila qurgan bo‘ladilar. Shuning uchun, chekuvchi ota –
onalar birinchi navbatda o‘z bolasiga zarar yetkazadi. Chekuvchi onaning ko‘krak sutida nikotin bo‘lgani uchun u qo‘lansa xidli, bir oz
taxir mazali bo‘ladi. Shuning uchun, ba’zi bola onasini emmay qo‘yadi. Chekuvchi onaning bolasi ham passiv chekuvchi bo‘lib qoladi.
Angliyaning shimolida yashovchi 16 mingta bolalardan so‘rovnoma o‘tkazilganda ota – onasi chekadigan bolalarning 48 foizi tez
yo‘talishini aytganlar.
O‘smirlar kattalardan berkitib chekkanda papiros tutini bilan ko‘proq zararli moddalar o‘pkaga o‘tar ekan. Papirosni tez
chekkanda o‘pkaga ikki marta nikotin o‘tishi isbotlangan. Chekuvchi o‘smirlar organizmi jismoniy va psixik rivojlanishdan orqada
qoladi. Maktab bolalarining papiros, nos chekishi hech qanday odob, axloq normalariga to‘g‘ri kelmaydi. Bola qancha yosh chekishga
urinsa uning papiros, nosni chekishni shunchalik tashlash qiyin bo‘ladi. Chekuvchi odamlarda ishchanlik qobiliyati past bo‘ladi.
Chekuvchilar atrof muhitni musaffoligini buzadilar, havoni zaharlaydilar.
Sovrinli savollar
1. Toshlarning uchta uyumi bo‘lib, 1-uyumda 10 ta, 2-uyumda 15 ta, 3-sida esa 20 ta tosh bor. Har bir yurishda ixtiyoriy
bitta uyumni birdan ko‘p toshga ega bo‘lgan 2 ta uyumga ajratish mumkin. Kim yurish qila olmasa, shu o‘yinchi
yutqazadi. Kim yutadi?
2. a) Ikki o‘yinchi navbat bilan 9×9 shaxmat taxtasiga shohlarni bir-birini urmaydigan qilib qo‘yishmoqda. Kim yurish qila
olmasa, shu o‘yinchi yutqazadi. Kim yutadi?
b) Ikki o‘yinchi navbat bilan shaxmat taxtasiga fillarni qo‘yishmoqda. Navbatdagi yurishda hech bo‘lmaganda bitta “erkin”
turgan (hujum ostida qolmagan) katakni egallash lozim. Kim yurish qila olmasa shu o‘yinchi yutqazadi. O‘yinda kim
yutadi?
3. Aylanada 20 ta nuqta olingan. Har bir yurishda bu nuqtalardan ikkitasini kesma bilan tutashtirish kerak. Bunda
o‘tkazilgan kesmalar kesishmasligi lozim. Kim yurish qila olmasa, shu o‘yinchi yutqazadi. Bu o‘yinda kim yutqazadi?
4. Har birida bitta banan bo‘lgan likopchalar bir qator terilgan. Ikki o‘yinchi navbat bilan bananlarni emoqda. Bunda ikkita
qo‘shni tarelkaning faqat bittasidagi bananni olishlari mumkin. Ohirgi bananni egan yutadi. Agar hamma tarelkalar
soni a) 20; b) 21 ta bo‘lsa, bu o‘yinda kim yutadi?
5. Doskaga 1, 2, 3, ..., 2015, 2016 sonlari yozilgan. O‘yinchilar navbat bilan doskadagi ixtiyoriy ikkita sonni o‘chirib,
o‘rniga ularning ayirmasini yozib qo‘yishadi (kichigini kattasidan ayirib). Bu jarayon doskada 1 ta son qolguncha
davom ettiriladi. Agar bu son juft bo‘lsa, 1-o‘yinchi, aks holda 2-o‘yinchi yutadi. O‘yinda kim yutadi?
Mazkur sahifada nafaqat maktab – internatimiz ustozlari va o‘quvchilari, balki “Umid”
jurnaliga bevosita qiziqish bildirgan insonlar, ijodkorlarning ijod namunalaridan,
maqola va maslahatlaridan berib boramiz.
Shodiyaxon Abdug‘afurova
Iqtidorli yosh shoira. Ijod na’munalari matbuotda muntazam nashr etib
boriladi.She’rlari to‘plam sifatida e’lon qilingan. 2010-2015 yillarda
maktab – internatimida taxsil olgan. Hozirda NamDU qoshidagi
akademik litseyning 1-bosqich talabasi
Vatan madhi
Ko‘z ochib ko‘rganim jahonim sensan,
Dunyoda yagona ziyoratgohim.
Onamsan, otamsan, qadrdonimsan,
Yashamoq zavqiga ishontirgansan.
Zilol suvlar ovozi ko‘ngilni ochar,
Yurtimning bahori iforlar sochar.
Havas qilar o‘zbegimning bog‘lariga
Mo‘jizakor osmono‘par tog‘lariga.
Ko‘rib quvonaman, ko‘chalar go‘zal,
An’ana, urf-odat azaldan, azal.
Baralla o‘qishar she’rlar va g‘azal,
O‘zga yurt mehridan, o‘zbegim afzal.
Jannatmakon mevalari g‘arq pishar.
Bu o‘lkaning odamlari zo‘r yashar.
O‘tar yillar bizni iqbolga chorlab,
Quyoshi nur sochar ko‘klarda porlab.
Sening hayajoning sezaman qalban,
Tinchlik so‘rayman sen uchun dildan.
Sening kelajaging porloq bilaman,
Sen yagona ulug‘, go‘zalsan vatan.
Ustozimga
Chalinganda qo‘ng‘iroq,
Dil to‘rida yonadi chiroq.
Bilim sari qaynagan buloq,
Ustoz, sizga ta’zimdaman men.
Bilim oldik, chiqardik savod,
Yashayabmiz baxtiyor, ozod.
Yurtim go‘zal, bo‘lmoqda obod,
Ustoz, sizga ta’zimdaman men.
Biz jurnal sahifalarida o‘zbekning asl farzandi, samimiy she’rlari ohangrabo qo‘shiqlarga aylanib, har bir
o‘zbek xonadoniga kirib borgan, XXI asr o‘zbek adabiyotining so‘nmas yulduzi bo‘lib o‘quvchi qalbida o‘chmas iz
qoldirgan otashin shoir Muhammad Yusuf ijodidan she’rlarni berib borishni oldimizga maqsad qilib qo‘yganmiz.
She’r yozishni niyat qilgan, she’riyat bo‘stoniga ilk qadamlarini qo‘yayotgan o‘quvchilarga she’rning qanday kuchga
ega ekanligini eslatib o‘tish bilan birga ularga baland parvozlar tilab qolamiz.
Umid jurnali avvalo yuragida yurt ishqi, hayotga mehri baland bo‘lgan insonlar, bolajonlar uchun o‘z
sahifalaridan joy ajratishini yana bir bor eslatib o‘tamiz. Azizlar. Ba’zi she’rlar asl she’rga o‘hshamaydi, yoki she’r
qoidalariga umuman javob bermaydi kabi savollaringizga, e’tirozlaringizga asos yo‘q ekanini eslatib o‘tamiz. Zotan
barcha buyuk ishlarning zamirida oddiylik hamda tirishqoqlik, mehnat yotganligini eslatib o‘tamiz. Asosiysi - qo‘lga
qalam olib, mardlarcha ushbu maydonga kirib kelish. Qolganini kelajak ko‘rsatadi.
ONAMGA XAT
Muhammad Yusuf
Men sizni o'ylayman shomu
saharda,
Ona, sog'insam ham bora
olmayman,
Tunlari charog'on shunday
shaharda,
Hech kimga ko'nglimni yora
olmayman.
Men siz aytgandayin hammani
sevdim,
Hammaga ishondim, mana oqibat:
O'z do'stim uyiga ko'mildi sevgim,
Kun bo'lib ko'ksimni kuydirdi
nafrat.
Boshimdan o'tgani ko'kka ham
ayon,
Yulduzlar qiqirlab kular oqbadan:
Men - zangor yaylovda olis,
bepoyon,
Uyuridan ajrab qolgan qulunman...
Mana, ketayapman tosh yo'lda
ko'zim,
Qadamim moshinlar yo'rg'asiga
mos.
Yig'lasam yupatib o'zimni o'zim,
Pishqirib qo'yaman toychoqlarga
xos.
Va sizni o'ylayman shomu saharda,
Ona, sog'insam ham bora
olmasdan.
Tunlari charog'on shunday
shaharda
Hech kimga ko'nglimni yora
olmasman...
Ha, sevgi haqida. U dilga ne zeb,
Kuyinmang, ne iloj qilmasa nasib.
Baxtimga hamisha Siz sog' bo'ling
deb,
Sog'ingan o'g'lingiz - Muhammad
Yusuf.
GO‘ZALSAN O‘ZBEKISTON
Abdulhamidov Maqsadjon.
6-a sinf o‘quvchisi
Onamsan onajonim!
Go‘zal O‘zbekistonim.
Tengi yo‘q asal-qanding,
Buxoro Samarqanding.
Har yering erur bo‘ston,
Go‘zal yurt O‘zbekiston.
MEHRIBONIM OTAJON.
Xabibullayev Poshshoxo‘ja
6-a sinf o‘quvchisi
Otajonim otajon,
Mehribonim o‘zingiz.
Tez sog‘inib qolaman,
Ma`noga boy so‘zingiz,
Duo bering otajon,
Siz keraksiz bizlarga,
Kiring deyman ilohim,
Otajonim yuzlarga.
DO‘STLAR
Abdulhamidov Maqsadjon.
6-a sinf o‘quvchisi
Bilaman hech kimsa yashamas
do‘stsiz,
Osmon ham g‘aribdir oy-u
yulduzsiz.
Jam bo‘lib borardik biz maktab
tomon,
Endi u kunlarning barchasi armon.
Biringiz yaqinsiz biringiz yiroq,
Qalbim yorishmaydi yoqsamda
chiroq.
MUSTAQIL YURTIM
Mahamadjanova Kavsarbonu
5-a sinf o‘quvchisi
Ramzimiz-qudratimiz,
Vatanimiz timsoli.
Bayrog‘imiz, gerbimiz,
Tinchiligimiz misoli.
Yashil rangi-bog‘imiz,
Yam-yashil o‘tlog‘imiz.
Ko‘k esa osmonimiz,
Osuda makonimiz.
Qizil misli qonimiz,
Tomirdagi jonimiz.
Oq-beg‘ubor ko‘nglimiz,
Bayrog‘imiz fahrimiz.
SEHRGAR BO‘LSAM..
Jo‘rayeva Shahlohon.
6-b sinf o‘quvchisi
Sehrgar bo‘lsam agar,
Kulgu qasrin qurardim.
Devorlarni ko‘zguda,
Sizni chorlab turardim.
Mehmon bo‘lib hardoim,
Ko‘nglingizni olardim.
Umringiz uzun bo‘lsin,
Deya tilab qolardim.
KONSTITUTSIYA
Tilanboyev Boburjon.
6-b sinf o‘quvchisi
Onajonlar baxtlari,
Askarlarning ahdlari.
Yashayapmiz biz ozod,
Yurtimiz go‘zal ozod.
Bunda bizga yordamchi,
Bordir konstitutsiyamiz,
Unda yaqqol ko‘rinar,
Yuzlab bizni maddamiz.
Bolalar huquqlari,
O‘qushu yozishlari,
Kichik kitoblarda bor,
Bundan hamma bahtiyor.
MENING YURTIM
Sotiboldiyev Alijon.
6-b sinf o‘quvchisi
O‘zbek nomin oqlagan,
Polvonlar ham bor ekan.
Yurti uchun jon bergan,
Insonlar ham bor ekan.
Yurtim bo‘lsa bog‘ bo‘ston,
Mening yurtim jona-jon,
Bizlar bo‘lsak sog‘-omon.
Koriga yaraymiz har on.!
Yurtda bo‘lsa donolar,
Gullatadi bog‘bonlar.
Daladagi dehqonlar,
Hizmat qilar posbonlar.
DOVYURAKLAR VATANI
Ergashev Diyorbek.
6-b sinf o‘quvchisi
Bu yurtning bohodirlari bor,
Bu yurtning botirlari bor.
Bu yurtda Tumaris Shiroq bor,
Bu yurtning qahramonlari bor.
Bu yurtning bir istsgi bor,
Faqat tinchlik bo‘lsa.
Hechkim g‘am-tashvish ko‘rmasa.
Bu yurtning farzandlarimiz,
Yerga tegmas kuragi.
Do‘stlik.
Bu dunyo sinovlidir,
Bu dunyo to‘siqlidir.
Bunda do‘stlar yordam berar,
Haf-hatardan qutqarar.
ONA
Ro‘zimatov Sardor.
6-b sinf o‘quvchisi
Boshingni silaydigan,
Mehribon ko‘p dunyoda.
Ammo barchasidan ham,
Ona mehri ziyoda.
Kasal bo‘lsang sen agar,
Yoningda onang yig‘lar.
Jaji yuragingdan ham
Ona mehri ziyoda.
SAROY
Abdumajidov Sarvarbek.
6-b sinf o‘quvchisi
Men ko‘rib qoldim,
Eshit nechanchi asir.
Unda botar to‘lino y,
Go‘yoki misli saroy.
Karvonlar qator emish,
Aslida jannat emish.
Endi yahshilab bilsam,
Nomi chin saroy emish.
KOINOT.
Qancha mililon yuldizlar,
Sanab-sanab to‘ymayman,
Yuldizlarga yuzlanib,
Niyatimni aytaman..
KONISTITUTSIYA.
Mamadjanov Asadbek.
6-b sinf o‘quvchisi
Konistitutsiya baxtimiz,
Ham toj-u taxtimiz.
Bizga zafarlar bergan,
O‘zbekiston yurtimiz.
YANGI YIL.
Olimov Xojiakbar Muzafar o‘g‘li.
6-a sinf o‘quvchisi
Yangi yil kirib keldi,
O‘zgacha bir baxt bilan.
Dasturhon to‘lib toshgan,
Meva cheva tort bilan.
Archa shoxchasi bilan,
O‘yinchoq toqib olgan.
Oila bo‘lib jamy-jam.
Yangi yilni qutlashar.
Xamma bo‘lib shod xurram
Qilishar juda bayram.
YANGI YIL
Yana keldi yangi yil,
Sog‘lom ona-bola yili.
Barcha baxtli shod xuram.
Yosharganday uchar ham,
Ko‘chada oq qor yog‘ar,
Oppoq yaxmalak yalpoq.
Uyda archa turar taxt,
Yulduzchasi ham baht.
Yangi yil torti kelar.
Doim ajoib bo‘lar,
Salatlarni bir ko‘ring,
Har biriga termiling.
Gulnozaxon Rahmatova
Matematika fani o‘qituvchisi
YANGI YIL DASTURXONIGA “MO‘JIZA” SHIRINLIGI
Krossvordlar
6- B sinf o`quvchisi
Muhammadjanov Shohruhbek
6 2 5 3
1 1.Adabiyotning yana bir turi nima deb ataladi?
2.Qanday so‘z arab tilidan olingan bo‘lib “so‘z”degan ma`noni
4 anglatadi?
3.Imom Al-Buxoriyning asl ismi Muhammad uning otasining
ismi nima?
4.Majoziy xarakterdagi qismi hikoyacha bo‘lib nasriy yoki
sheriy shakilda yiziladi u nima deyiladi?
5.Ertak buxoro atrofidagi ba`zi qishloqlarda nima deb ataladi?
6.”Mening o‘g`rigina bolam”ertagidagi 4 ta yetimni boqqan
ayolning ismi nima edi?
6- A sinf o`quvchisi
Xabibullayev Poshshoxo`ja
1 1.Vatan so`zining ma`nodoshi.
6 2.Dunyoda kechirilmas hato.
7 3.Vatan timsoli bu …
4.1996-yilda Toshkent shahrida qurilgan muzey.
5.Registon maydoni qaysi shaharda joylashgan.
8 6.Qaysi maydon vatanimizning bosh maydoni hisoblanada.
3 7.Yurtimizda eng buyuk boylik.
2 8.1997-yilda qaysi shaharni 2500 yilligi nishonlangan.
4
5
6-A sinf o`quvchisi
Xasanboyev Abdulaziz
1 6 1.Eng katta okean?
3 2.Birinchi globisni kim yaratgan?
4 3.Nechta okean bor?
2 4.Martin B.globusni nima deb atagan?
5.Eng katta ko‘l?
6.Eng katta materik?
7.Eng kichik okean?
7 8.Eng sho‘r dengiz?
5
8
6- B sinf o`quvchisi
Erkinov Rahmatillo
1 1. Третий месяц зимы
3 2. Первый месяц осени
2 3. Второй месяц зимы
6 4. Второй месяц лета
5. Второй месяц весна
5 6. Первый месяц зимы
4 7. Второй месяц осени
7
6-a sinf o`quvchisi
Sobitxanov Abu Lays
FIND 18 WORDS
M U C H Z R I C H
E M A O K I I D E
A O E I O F M C F
T A L L O K D E E
T O I L L A B Y O
T L S T R O N G S
O M I L K O N O M
SUDOKU
Mahamadjanov Maqsadjon
9 a sinf o‘quvchisi
1 3 2
5 1 3
5- A sinf o`quvchisi
Sharafiddinov Nurmuhammad
M
E
V
A
L
A
R
2
2
8
5
3 6 4
7
4
Ingliz tilini bilasizmi?
FIND THE WORDS
KIMYONI BILASIZMI?
9-a sinf o‘quvchilari
Kimyo moddalar, moddalarning xossalari va ularning bir-biriga aylanishi to‘g‘risidagi fandir.
Kimyo tabiatdagi barcha mavjudot turli ko‘rinishdagi kimyoviy oddalardan tarkib topganligiga asoslangan
holda ularni bir turdan boshqa turga o‘zgarish qonuniyatlarini hamda xossalarini o‘rganuvchi aniq fan
hisoblanadi. Kimyo fanining predmeti barcha tabiiy va sintetik moddalardir. Tabiatdagi Yer, suv, havo, osmon
jismlari, umuman, jonli va jonsiz barcha mavjudotlar, kundalik turmushda foydalaniladigan uy-ro‘zg‘or buyumlari,
oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmonlar, qishloq ho‘jaligi, sanoat va xalq ho‘jaligining boshqa sohalarida
ishlatilayotgan barcha asbob-anjomlar, umuman, atrofimizdagi butun borliq kimyoviy moddalardan tarkib topgan.
Moddalar esa hozirgi vaqtda ma'lum bo‘lgan 109 ta kimyoviy elementning u yoki bu tarzda o‘zaro birikishi
natijasida hosil bo‘lgan birikmalardir. Shuning uchun kimyo fani butun borliqdagi kimyoviy o‘zgarishlar natijasida
hosil bo‘ladigan moddalarning xossalari, ulardan foydalanish yo‘llari va boshqa insoniyat uchun muhim bo‘lgan
qator rhuammolarni hal qilishda bevosita ishtirok etadi.' Tabiatda mavjud bo‘lmagan, sintetik yo‘llar bilan hosil
qilingan polietilen, plastmassalar, dori vositalari, kapron, neylon kabi tolalar, avtomobil va boshqa texnik
vositalarning ko‘plab ehtiyot qismlari sintetik kimyoviy moddalardir."
Tabiiy va sintetik kimyoviy moddalardan kimyoviy usullar yordamida inson organizmi uchun sun'iy
organlar, dori-darmonlar, oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechaklar, turmush uchun zarur bo‘lgan turli-tuman
anjomlar, qurilish materiallari va boshqalar tayyorlashda keng foydalanilmoqda. Bularning barchasi
moddalarning fizik va kimyoviy xossalarini o‘rganish orqali amalga oshiriladi.
Shuning uchun moddalarning kimyoviy va fizik xossalarini o‘rganish kimyo fanining asosiy
vazifalaridan biri hisoblanadi.
Hayotni kimyo fanisiz tasavvur qilish mumkin bo‘lmaganligi tufayli, atrofimizda sodir bo‘layotgan
o‘zgarishlarning mohiyatini tushunish uchun moddalarni va ularning kimyoviy o‘zgarishlari qonuniyatlarini
bilish talab etiladi.
Qadim davrlardanoq insonlar xo‘jaliklarida nafaqat mineral, balki o‘simlik va hayvonlardan olinadigan
moddalardan ham foydalanib kelishgan. Bu moddalar oziq-ovqat, kiyim-kechak va insoniyatning rivojlanib
borishi jarayonida dori-darmon, bo‘yoq, pardoz-andoz vositalari va boshqalarni tayyorlash uchun ishlatilib
kelingan. Insonga o‘simlik va hayvon mahsulotlari bo‘lgan: qand, yog‘-moy, efir moylari, bo‘yovchi va
kayfiyatni o‘zgartiruvchi moddalar qadim davrlardan ma'lum. Barcha sanab o‘tilgan moddalar faqat o‘simlik
va hayvon hayotiy faoliyati yoki ularni qayta ishlash mahsulotlari bo‘lib, shuning asosida «organik moddalar»
tushunchasi paydo bo‘lgan va ularni o‘rganuvchi bo‘lim organik kimyo deb atala boshlagan.
Olimlar orasida uzoq vaqtlar organizmlar hayotiy faoliyatidan ajratib olingan moddalarning tuzilishini
aniqlash va sintez qilish imkoni yo‘qligi, organik moddalar alohida «hayotiy kuch» orqali vujudga keladi
(vitalistik ta'limot; "vis vitalis"-hayotiy kuch) degan xato fikr shakllanib qoldi. Lekin, keyinchalik bu xato
fikrdan voz kechishga majbur qiluvchi dalillar olina boshlandi.
2015 йил декабр ойида устозларимиз Х.Юнусов, М.Турсунов, Қ.Қосимовларнинг
“Математика фанини ўқитишда электрон воситаларнинг аҳамияти” номли услубий
қўлланмаси Халқ таълими вазирлиги томонидан республика миқёсида
оммалаштиришга қарор қилинди.
Биз устозларни бу ғалаба билан табриклаймиз.
Asadullayeva Dilafruz 5 - a sinf Tohirjanova Iroda 6 - a sinf
Muhammadjanov Azamatbek 5 - a sinf Ergashev Otabek 6 - b sinf Yoqubjonov Yoqubjon 5 - a sinf
Mirzakamolova Halima 5 - a sinf Sharofiddinov Nurmuhammad 5 - a sinf
UMID jurnali barcha - barchani yangi
2016 - yil bilan tabriklaydi.
Baxt, omad, yangidan-yangi zafarlar
tilaydi. Yurtimiz tinch, osmonimiz
musaffo bo‘lishini tilab o‘tayotgan
yilda jurnalimiz bilan birga bo‘lgan
aziz insonlarga tashakkur bildiradi!
Yangi yilda ko`rishguncha!!!
Umid jurnali tahririyati
Asosiy hamkorimiz: “Ziyo FOTO” studiyasi
2016 - “Sog‘lom ona va bola” yili