20
2014 yil son

Без названия · Ingliz tilini oµqitishning amaliy, talimiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlari nafaqat dars jarayonida, balki darsdan tashqarida olib boriladigan

  • Upload
    others

  • View
    42

  • Download
    0

Embed Size (px)

Citation preview

Page 1: Без названия · Ingliz tilini oµqitishning amaliy, talimiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlari nafaqat dars jarayonida, balki darsdan tashqarida olib boriladigan

2014 yil

son

Page 2: Без названия · Ingliz tilini oµqitishning amaliy, talimiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlari nafaqat dars jarayonida, balki darsdan tashqarida olib boriladigan
Page 3: Без названия · Ingliz tilini oµqitishning amaliy, talimiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlari nafaqat dars jarayonida, balki darsdan tashqarida olib boriladigan

1

Onalarning oyog`i ostidadir,

Ravzai jannatu jinon bohi

Ravza bog`in visolin istar esang,

Bo`l onaning oyog`i tufrog`i.

A. Navoiy.

Ayollarni, qizlarni bahorga qiyoslashadi, bahorni ularga. Go`zallik, nafosat, yangilanish, hayot

davomiyligi bahor va ayol tushunchalarida uyg`unlashib ketadi. 8-mart Xotin-qizlar bayrami go`zal va

betakror yurtimizga bahor nafasi kirib kelganidan darak beradi.

Ayol azaldan mehr-shafqat va sadoqat timsoli bo`lib kelgan. Ayol deganda ko`z o`ngimizda

avvalo, ulug` va tabarruk ona siymosi gavdalanadi. Inson zoti borki, olamdagi barcha yaxshilik va

ezguliklarni, hayot siru-asrorlari va saboqlarini onaning mehru-sahovati tufayli o`rganadi.

Ayol borki, olam munavvar, ayol borki, hayot go`zal va maftunkor. Inson, oila, ayol

tushunchalarini bir-biridan ajralgan holda tasavvur etib bo`lmaydi.

Oilani ham, jamiyatimizni ham birlashtirib, unga fayzu barokot kiritadigan xonadonlarimizni

mehr-muhabbat, nafosat, ezgulik nuri bilan munavvar qiladigan zotlar ham aslida mo`'tabar onalarimiz,

munis opa-singillarimizdir.

Chindan ham, ayolllarimizning oilada tutgan o`rni beqiyos. Oqila, go`zal ayollar o`zlarining

g`amxo`rligi, mehribonligi, qalbi daryoligi bilan oiladagi, qolaversa, butun jamiyatdagi muvozanatni,

poklik, halollik, samimiyat va adolat muhitini saqlab turadilar. Ulug` donishmandlar Vatanga eng

munosib ta'rif izlaganda, uni Ona siymosiga qiyos etganlarida katta ma'no bor. Dunyoda "muqaddas"

degan so`zga eng munosib zot ham - Onadir.

Onani e'zozlash - bizning millatimiz, xalqimiz uchun oliy qadriyat darajasiga ko`tarilgan fazilat.

Chunki ayollarni qancha ulug`lasak, hayotimizning chirog`i, umrimizning guli deb e'zozlasak, demakki,

oilamizni, Vatanimizni e'zozlagan bo`lamiz.

O`zbekiston xalq shoiri, O`zbekiston qahramoni A.Oripov aytganidek:

Bu yorug` olamda Vatan bittadir,

Bittadir dunyoda Ona degan nom!

Sharqda ayolni farishtaga qiyos qilishadi. Chunki farishtalar Alloh taolo yaratgan eng pok, eng

begunoh zotlardir. Xalqimizning buyuk tarixida o`zining jasorat va matonati, aql-zakovati, nafosat va

nazokati bilan o`chmas nom qoldirgan. To`maris, Bibixonim, Gulbadanbegim, Zebuniso, Nodira,

Uvaysiy, Anbar Otin, va boshqa yuzlab ayollarimizni hamisha ehtirom bilan tilga olamiz.

Ulug` momolarimizga xos bo`lgan olijanob fazilatlar bugun ham muhtaram ayollarimiz

siymosida davom etib kelmoqda. Ayollarga bo`lgan cheksiz hurmat-ehtiromimizning Yana bir sababi

shundaki, ayol avvalo har bir insonning beshigini tebratadigan, oq suti bilan uning yuragiga odamiylik

fazilatlarini singdiradigan, uni hayot bo`ronlaridan asrab-avaylaydigan fidoiy insondir. Hadislarda

"Ayollarni ulug` odamlar hurmat qiladi. Ularni faqat pastkash odam xo`rlaydi" deb bejizga aytilmagan.

Ayollarni izzat-ikrom qilish ota-bobolarimizdan qolgan muqaddas udumdir.

Dunyoda har qanday kuch onaning mehru-muhabbatidan zaifrohdir. Uning farzandiga bo`lgan

mehri naqadar beg`ubor. Onaning mehri quyoshdek issiq, beminnat va musaffodir. Uning farzandlari

uchun qilgan xizmatlarini hech narsa bilan tenglashtirib bo`lmaydi. Ona o`z farzandiga hayot va

insoniylik fazilatlarini baxsh euvchi chashmadir. Farzand esa xuddi shu chashmadan go`zallikni,

ezgulikni, olijanoblik va komillikni o`ziga singdirib oladi.

Biz ham maktab internatimizda faoliyatb ko`rsatayotgan barcha ayollarni, o`quvchi qizlarni

Umid jurnali muharririyati nomidan bayram bilan muborakbod etamiz.

Jurnal tahririyati

Page 4: Без названия · Ingliz tilini oµqitishning amaliy, talimiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlari nafaqat dars jarayonida, balki darsdan tashqarida olib boriladigan

2

A. Sh. Xonsaidov

Xorijiy tillar uslubiy

birlashmasi rahbari

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 dekabrdagi “Chet

tillarni o`rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida” gi

PQ-1875 qarori ingliz tili o`qituvchilarining kuchiga-kuch, g`ayratiga g`ayrat

qo`shgani sir emas. Har bir o`qituvchi yosh avlodga zamonaviy pedagogik

texnologiyalar asosida ta’lim berar ekan, o`qitishning ta’limiy, amaliy,

rivojlantiruvchi maqsadlarini to`laqonli amalga oshirishi lozim.

Ta’limiy maqsad Ta’limiy maqsad ingliz tilini o‘rgatish jarayonida o‘quvchilarning tafakkurini mantiqiy o‘stirish va shu tilni

o‘zlashtirish orqali ona tilidan egallagan bilimlarini rivojlantirish tushuniladi. Ona tili va ingliz tili o‘rtasidagi

o‘xshashlik hamda farqlarni bilib olish o‘quvchilarning bilim saviyalarini yanada oshiradi. Ta’limiy maqsadning

vazifasi o‘quvchilarning bilim olishiga yordam berishi, ularda mustaqil faoliyat ko‘nikmalarini rivojlantirishi,

o‘zlashtirilgan bilimlarni kundalik turmush amaliyoti bilan bog‘lashi va ularni mustahkamlashi, boshqa fanlar bilan

uyg‘unlashtirishdan iborat. Ta’limiy maqsad quyidagilarni o‘z ichiga oladi.

Ingliz tilini o‘rganish jarayonida fanlararo bog‘lanish orqali mamlakatimiz va tili o‘rganiladigan

mamlakatning geografiyasi, tarixi, adabiyoti, san’ati, fan va madaniyati bilan tanishtirish, milliy o‘zligi va milliy

madaniyatlar yerishgan yutuqlarini chuqur anglash, umuminsoniy madaniyat rivojini anglab yetish.

O‘quvchilarda mamlakatimiz va tili o‘rganiladigan mamlakatning geografiyasi, iqlimi, o‘zlarini o‘rab turgan

atrof-muhit haqidagi ma’lumot bera olish ko‘nikmalarini shakllantirish.

Ona tili va boshqa fanlar bo‘yicha egallangan bilimlar hamda qo‘shimcha manbaalar asosida mavzular

bo‘yicha ingliz tilida mustaqil ravishda qiyosiy ma’lumot bera olish malakalarini rivojlantirish.

O‘kuvchilarni filologik va umumiy dunyoqarashini, mantiqiy hamda tanqidiy fikrlarini rivojlantirish.

Amaliy maqsad

Amaliy maqsad tarbiyaviy, ta’limiy va rivojlantiruvchi maqsadlarni shakllantirish orqali amalga oshiriladi.

Ingliz tilini amaliy egallash, o‘zgalarning ingliz tilidagi og‘zaki va yozma nutqlarini ushbu dasturda qayd etilgan

talablar doirasida tushunishdan iborat bo‘lib, quyidagi maqsadlarni o‘z ichiga oladi.

Mavzu bo‘yicha o‘z fikrini ingliz tilida bayon etish malaka va ko‘nikmalarni shakllantirish hamda ularni

rivojlantirish.

Kishilar orasidagi bevosita muloqot malakalarini o‘qish, tinglab tushunish jarayonida olgan bilimlari orqali

amaliy jihatdan qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantirish.

Tilni amaliy bilish nutq faoliyati qo‘nikmalari, shuningdek, gapirish hamda yozuv orqali egallagan bilim,

ko‘nikma, malakalarini mustahkamlash va takomillashtirish.

Nutqning to‘rt faoliyati talablari asosini mavzu bo‘yicha o‘z fikrini mustaqil ravishda amaliy jihatdan qo‘llay

olish ko‘nikma va malakalarini shakllantirish va rivojlantirish.

Rivojlantiruvchi maqsad

O‘quvchini har tomonlama yetuk shaxs bo‘lib yetishishini, ya’ni uning dunyoqarashini, estetik didini, mustaqil

fikrlashini, xotirasini, aqliy mehnat qilish madaniyatini, kishilar bilan qiladigan muloqot madaniyatini, mustaqil

bilim olish malaka va ko‘nikmalarini vujudga keltirishni ko‘zda tutadi va quyidagi maqsadlar amalga oshiriladi;

O‘quvchi shaxsining aqliy, hissiy va motivatsion (ichki turtki) xususiyatlarini rivojlantirish.

O‘quvchilarda dars jarayonida va darsdan tashqari vaqtlarda mustaqil o‘qib o‘rganish ko‘nikmalarini

shakllantirish.

O‘quvchilarda mustaqil o‘rgangan manbalar va materiallar asosida shaxsiy fikrlarini bayon qilish

sifatlarini rivojlantirish.

Muloqotning yangi holatlarida til bo‘yicha egallagan ko‘nikma va malakalarini tahlil qilish, bir tizimga

solish, taqqoslash, umumlashtirish va ijodkorona qo‘llashni rivojlantirish.

O‘quvchilarning til va kommunikativ muloqot bo‘yicha hozirjavobligini, mustaqil fikrlay olish qobiliyatini

shakllantirish hamda rivojlantirish.

Ingliz tili sohasida egallagan bilim, ko‘nikma va malakalari asosida keyinchalik ish faoliyatida o‘z bilimini

oshirishda mustaqil qo‘llash malakalarini rivojlantirish.

Ingliz tilini o‘qitishning amaliy, ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlari nafaqat dars jarayonida,

balki darsdan tashqarida olib boriladigan ish (og‘zaki nutqni o‘rgatish, qo‘shimcha adabiyotlarni o‘qish, turli o‘yinlar

o‘ynash, olimpiada va musobaqalarda qatnashish) larda ham o‘z ifodasini topadi.

Yuqoridagi maqsadlarni amalga oshirish uchun quyidagi uchta vazifani belgilash maqsadga muvofiqdir:

- til o‘qitish bilan bog‘liq bo‘lgan vazifalar;

- til o‘rganish bilan bog‘liq bo‘lgan vazifalar;

- o‘quvchilarning egallagan malaka va ko‘nikmalarini nazorat qilish bilan bog‘liq bo‘lgan vazifalar.

Amaliy maqsadning mohiyati ingliz tilini muloqot vositasi sifatida foydalanishni o‘rgatishdan iborat bo‘lib, u nutq

faoliyatining o‘qish, tinglab tushunish, gapirish va yozuv kabi turlariga xos bo‘lgan ko‘nikmalarni rivojlantirish va

takomillashtirishni taqozo etadi.

Page 5: Без названия · Ingliz tilini oµqitishning amaliy, talimiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlari nafaqat dars jarayonida, balki darsdan tashqarida olib boriladigan

3

Po`latov G`aybullo

Xalq ta`limi a`lochisi

Tabiiy fanlar uslubiy

birlashmasi rahbari

Hozirgi paytda zamonaviy pedtexnologiya usullarini o`quv jarayoniga joriy qilishga katta ahamiyat berilib

kelinmoqda, chunki o`quvchilarga o`quv maqsadini shakllantirishda muammoli savollar qo`yish va uni

o`qituvchi yordamida birgalikda ijro etish u yoki bu fanni puxta urganishga yaxshi asos bo`lishi allaqachonlar

ijobiy natijalar bergan. Ayniqsa bu jarayon biologiya fanini o`qitishda o`qituvchidan katta mashuliyat talab

qiladi. Tahlim tizimida mantiqiy, ilmiy, ijodiy fikr yuritishni, qo`yilgan muammoni yechish jarayonida sinf

o`quvchilarini jalb qila bilish pedagogik mahoratni talab qiladi. SHu o`rinda tahlim jarayonida samaradorlikga

erishish uchun, qolaversa o`tilayotgan mavzuning qiziqarliroq qilib o`zlashtirilishida biologiyadan masalalar

yechishning ham ahamiyati katta.

Darsda masalalar yechish jarayonida o`quvchi mavzu mazmuniga chuqurroq kiradi, mavzu va masalada

berilgan topshiriq yuzasidan mulohaza yuritadi. Mahlumki har qanday yangi mavzuda yangi qonuniyatlar,

atamalar, muhim tushunchalar, xotirada qoldirilishi zarur raqamli mahlumotlar bo`ladi. Masala yechish

jarayonida esa bularga takror va takror murojaat qilinadi. Natijada bu tushunchalar o`z-o`zidan o`quvchi

xotirasida muhrlanib qoladi. Eng muhimi bu jarayon qiziqarli o`tadi. Tahlim qiziqarli bo`lgandagina, uning

samarasi yuqori bo`ladi. Quyida ayrim masalalar va ularning javoblarini tavsiya qilamiz.

Masala: Inson bir daqiqada 16 marta nafas oladi. Bir soatda necha marta nafas oladi? bir sutka

davomida-chi?

Tabiiyki, o`quvchi masalani ishlash jarayonida 16 raqamiga takror va takror murojaat qiladi. Bu harakat

16 raqamini uning xotirasida uzoq vaqt saqlanishiga sabab bo`ladi. CHunki mulohaza, shu raqam atrofida

bo`ladi. Tahlim jarayonida mulohaza yuritish, mavzu doirasida hayolan fikrlash, tahlil qilish, hulosa chiqarish,

qaror qabul qilish o`quvchida o`ziga ishonch hissini shakllantiradi. Quyida tanishish va mulohaza yuritish uchun

masalalar tavsiya etiladi:

1-masala: Ko`k kaptar tinch turganda bir daqiqada 26 marta, uchganda esa 400 marta nafas oladi. Nafas

olishdagi bunday farqni qanday tushunish mumkin?

Yechish: Uchayotgan ko`k kaptarda moddalar almashinuvi bir necha marta tezlashadi, buni uning yurak

urishining ham bir necha baravar oshganligidan sezish mumkin.

2-masala: Yomg`ir chuvalchangi bir yilda 250 tonna tuproqni qayta ishlaydi. Bir kunda, bir oyda qancha

tuproqni qayta ishlashi mumkin.

Yechish:

1 kunda – x

69,030

18,20

х tonna

12 oyda – 250 tonna

1 oyda – x

8,2012

1250

х tonna

3-masala. Golland olimi 2 kg li tol ko`chatini 80 kg tuproq solingan bochkaga o`tqazib besh yil

mobaynida yomg`ir suvi yoki distillangan suv bilan sug`organ. Besh yil o`tgach tol 60 kg ga yetib, bochkadagi

tuproq esa 79, 943 kg bo`lib qoldi. Binobarin 5 yil mobaynida tol og`irligi 58 kg ortgach, bochkadagi tuproq

og`irligi esa atigi 57 g kamaydi. Qayd qilingan tajribadagi o`simlikning bo`yiga o`sishi, og`irligining ortishi

nima hisobiga yuz bergan?

Yechish: O`simlikning bo`yiga o`sishi, og`irligining ortishi uning yashil qismlarida bo`ladigan jarayon:

fotosintez-organik moddalarning hosil bo`lishi bilan bog`liq.

Page 6: Без названия · Ingliz tilini oµqitishning amaliy, talimiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlari nafaqat dars jarayonida, balki darsdan tashqarida olib boriladigan

4

M.N. Boyxonova

Ijtimoiy fanlar uslubiy

birlashmasi rahbari

Agar atrofdagi olamga diqqat bilan nazar solsangiz, o`zingiz, kelgusi hayotingiz uchun

iborat bo`ladigan ko`p narsalarga guvoh bo`lasiz. Oyog`ingiz ostiga qarang – yuzlab,

minglab chumolilar tinim bilmay mehnat qilayotgani – uyasiga zarur narsalarni

tashiyotganini ko`rasiz. Biri qiynalsa, ikkinchisi, uchinchisi yordamga kelayapti,

birortasi chetga chiqib, “qo`l qovushtirib” turgani yo`q. Ular uchun yer ostidagi mana

shu kichkinagina joy vatan hisobiga o`tadi. Shu yerda tinch, osoyishta, xotirjam

yashamoq niyati ularni oyoqqa qalqtirgan, mittigina yuraklariga shijoat, qildek oyoq-qo`llariga g`ayrat baxsh

etgan. Holbuki bular – biz “ongsiz”, “aqlsiz” sanaganimiz qumursqalar, xolos. Holbuki, Siz bilan biz INSON

degan nomni ardoqlamog`imiz lozim.

Bu o`rinda hazrat Navoiyga murojaat etamiz. Ul zot jamiki inson bolalariga xitob qilmoqdalar:

Tuxum yerga kirib chechak bo`ldi,

Qurt jondin kechib ipak bo`ldi.

Lola tuxmicha g`ayrating yo`qmu,

Pilla qurticha himmating yo`qmu?

Aksincha, mehnatni sevmaydigan inson borki, demak, u o`zini ham sevmaydi. Bunday kishilarning

dangasaligi, ishqoymasligi oxir-oqibat beuquv va beburd bo`lib qolishiga sabab bo`ladi. Ayni shunday odamlar

qorin to`yg`azish, kunni bir amallab o`tkazish ilinjida har qanday jinoyatga, tubanlikka qo`l uradilar. Yalqovlik

inson hayotining, kelajagining zavoli, kambag`allikka eltuvchi asosiy yo`ldir. Go`zal va boy hayot kechirmoq

uchun esa bor kuch-imkoniyatni ishga solmoq, hunar o`rganmoq, g`ayrat-shijoat bilan mehnat qilmoq zarur.

Zero, baxt, boylik, obro`-e’tibor, xotirjamlik o`z-o`zidan kelmaydi. Hayotdagi jamiki ro`shnoliklarga inson faqat

o`z aql-u zakovati, mehnati tufayli erishadi. Oilaning moddiy va ma’naviy ahvoli ham mehnat tufayli yuksaladi.

Oila a’zolarining mavqeyi, mahalla-ko`ydagi obro`si, ularga nisbatan o`zgalar munosabati ham qilingan

mehnatning natijalari asosiga quriladi. Bir kun kelib inson olamdan o`tgach, uning mehnati, foydali ishlari

yaxshi so`zlar bilan esga olinadi. Ota-onaning oilada farzandlariga o`rgatgan mehnat saboqlari, kasb-kori

avlodlari uchun bebaho boylik bo`lib qoladi.

Tursunova Humora

8 A sinf o`quvchisi

Zulfiya-sadoqat timsoli.

Nafaqat, o`z she`rlari, balki butun hayoti bilan o`zbek ayolining ma`naviy

qiyofasini namoyon etgan atokdi shoiramiz Zulfiyaxonimni ham men ana shunday

fidoyi insonlar qatoriga qo`shgan bo`lardim. Uning jahon minbarlaridan yangragan

she`rlari Sharq ayolining aqlu zakosi, fazlu kamolining yorqin ifodasi sifatida

millionlab she`riyat muxlislariga odamiylik, muhabbat va sadoqatdan saboq bergan,

desak, mubolag`a bo`lmaydi. Shoira Zulfiyaning sadoqatga to`la hayoti, nurga

yo`g`rilgan ijodini xalqimiz juda qadrlaydi. Shu sabab Zulfiya tavallud topgan 1 mart

yurtimizda har yili o`ziga xos she`riyat bayramiga aylanib ketadi.

(I.Karimov. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch)

O’zbek xalqining sevimli shoirasi, taniqli

jamoat arbobi, xalqaro tinchlik uchun kurash

jarchisi Zulfiya Isroilova 1915 yili Toshkentda

hunarmand oilasida tug‘ilgan. Shoira xotin-qizlar

bilim yurtida o‘qigan vaqtlarida (1931-1934)

adabiy to‘garaklarda she’r mashq qila boshladi.

1935-1938 yillarda O’zbekiston Fanlar

akademiyasining A.S.Pushkin nomidagi Til va

adabiyot instituti aspiranturasida tahsil oldi.

So‘ngra 1938-1948 yillarda Bolalar nashriyotida

muharrir, O’zbekiston Davlat nashriyotida bo‘lim

boshlig’i, 1950-1953 yillarda esa «O’zbekiston

xotin-qizlari” oynomasida bo‘lim boshlig‘i va

nihoyat, 1953-1980 yillarda «Saodat»

oynomasining bosh muharriri bo‘lib ishladi. Zulfiya

17 yoshida yozgan «Hayot varaqlari» (1932) nomli

birinchi she’rlar to‘plami bilan Oydin, Muzayyana

Alaviya, Xosiyatxon Tillaxonovalar safiga kirib

keldi. Yosh shoira poeziyasi zamonaviy, aktual

mavzularga bag`ishlanadi.

Zulfiyaning ijodiy kamolotida o‘zbek

klassiklari, xalq og’zaki ijodiyoti va jahon adabiyoti

an’analarining roli benihoya bo‘ldi. Shoira

«She’rlar» va «Qizlar qo‘shig’i» (1938) kabi poetik

asarlarini ona-Vatan va uning dala, cho‘llarida

mehnat qilayotgan paxtakorlar, mexanik, traktorchi

qizlarning qaynoq hayotlariga bag‘ishlaydi. Ayni

choqda mazkur to‘plamlardagi she’rlar yosh

Page 7: Без названия · Ingliz tilini oµqitishning amaliy, talimiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlari nafaqat dars jarayonida, balki darsdan tashqarida olib boriladigan

5

shoiraning she’riy mahorat sirlarini egallayotgan

davrini xarakterlovchi asarlar sifatida ham muhim

edi.

Hozirjavob shoiraning urushdan so‘nggi

yillarida yozilgan «Chorjo‘y—Qo‘ngirot» (1947),

«Dalada bir kun» (1948), «Zootexnik qiz» (1952),

«Tong qo‘shig’i» (1953) kabi bir qator she’rlar

turkumi, «Men tongni kuylayman», «Yuragimga

yaqin kishilar» (1958), «Kuylarim sizga» (1965),

«Salom, sizga erkparvar ellar», «O’g‘lim, sira

bo‘lmaydi urush» kabi she’r va to‘plamlarida Vatan

madhi, mehnat jarayonida fidokorlik ko‘rsatayotgan

kishilar hayoti jo‘shib kuylanadi, xunrez urushlarga

la’natlar o‘qiladi.

Uning «So‘roqlaydi shoirni she’rim»

(1960), «Oydin» (1953), «Quyoshli qalam» (1967)

kabi ocherk, poema va dostonlari H. Hakimzoda,

Oybek, Oydin, Hamid Olimjon kabi ustodlarning

yorqin xotiralariga bag’ishlangan. Serqirra ijod

egasi Zulfiya H.Olimjonning «Semurg‘», «Zaynab

va Omon» dostonlari asosida pyesa va opera

librettolar ham yaratdi.

Zulfiya «O’ylar», «Shalola» kabi she’riy

majmualari uchun Hamza nomidagi Respublika

Davlat mukofoti sovrindori bo‘lgan, hind

mavzuidagi she’rlari uchun Javoharlal Neru

nomidagi umumhindiston sovrini, Tinchlik va

do‘stlikni tarannum etuvchi asarlari hamda

taraqqiyparvar Osiyo va Afrika yozuvchilari

harakatidagi faol ishtiroki uchun xalqaro «Nilufar»

mukofotlariga sazovor bo‘lgan.

Uning she’rlari rus, ingliz, nemis, hind,

bolgar, xitoy, arab, fors va boshqa tillarga tarjima

qilingan. Shoira Nekrasov, Lermontov, S.

Shchepachev, V. Inber, Lesya Ukrainka, Edi

Ognesvet, M.Dilboziy, Amrita Pritam asarlarini

o‘zbek tiliga mahorat bilan tarjima qildi.

O'zbekiston xalq shoirasi Zulfiya Isroilova

1996-yil 1-avgustda vafot etdi.

Mohinur

Zulfiya yodi

Yo`q, hali tirikman, umrim boqiydir,

Goh tong shamoli, goh bahor sasida,

Goh yayov kezganda vatanni kuylab,

Yashayman, hayotning hur nafasida.

Toki yashnar ekan ijodiy bog`im,

Toki yashar ekan she’rim ilkingda.

Hali so`nmagaydir hayot chirog`im,

Ha, men yashayapman sening kulgingda.

Yo`q, hali tirikman umrim boqiydir,

Bahorim gul ochgan yerda yashayman,

Shoiram, sen ekkan rayhon isida,

Gar she’r bitsang, o`shal she’rda

yashayman.

Bugun qabrim uzra bo`y cho`zar lola,

Bugun she’rim saqlar manguga yodni.

Demak men tirikman qilmayin nola,

Umrim so`ngigacha kuylay hayotni!

Karimova Muxtasar

8 D sinf o`quvchisi

Mirzo Ulugbek

1394-1449)

Mirzo Ulugbek, the grandson of Amir Temur was born in March 1394 in Sultany, Iran. From his

childhood he was interested in science, though he was mainlygiven military political training. But he was

grown up under the influence of astronomers and mathematicians. And at the age of 17 he was appointed

the governor of Movarounnahr by his father Shakhrukh Mirzo.

Later he deeply acquired such subjects as Arabic, logic, mathematics, astronomy and built his own

school of astronomy between 1417-1420 in Samarkand. By 1429 he had finished building his observatory.

These efforts enabled the sciences as astronomy and mathematics to develop in the region.

Mirzo Ulugbek wrote 4 works which were of great importance from scientific point of view. They are

"Zij" (the astronomic work in Islamic world and consisted of timetables), "Bir daraja sinusini aniqlash" (to

define the first power of sinus), "Risolai Ulug'bek" (the scientific work of Ulugbek) and "To'rt ulusi tarixi" (the

history of four appanages). "Zij" is the most important and famous of them. It's devoted to problems of

chronology, epochs, mathematics, time and mainly to astronomy. It was the perfect scientific work of the

medieval time and was used by many European scientists. The "Zij" of Ulugbek is widely spread in Turkey,

India and some other European countries.

In 1994, by the decree of the president of Uzbekistan, the 600th anniversary of Mirzo Ulugbek was

broadly celebrated.

Page 8: Без названия · Ingliz tilini oµqitishning amaliy, talimiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlari nafaqat dars jarayonida, balki darsdan tashqarida olib boriladigan

6

Ahadjon Akbarov

Mohir pedagog,

Geografiya fani

o`qituvchisi

O‘zan deb ataluvchi chuqurlik-da oqayotgan suv oqimi daryo deb ataladi.

O‘zan daryo vodiysining suv oqadigan chuqur qismi. Odatda daryolar doim oqib

turadi. Lekin iqlimi quruq o‘lkalarda issiq, yog‘in kam vaqtlarda goho qurib

qoladigan daryolar ham bor. Ularni vaqtincha qurib qoladigan daryolar deyiladi.

Har bir daryoning boshi va quyar joyi bo‘ladi. Daryo boshlana-digan joy

uning manbai deb ataladi. Sirdaryo va Amudaryo baland tog‘lardagi qor va

muzliklardan boshlanadi. Volga daryosi tekislik-da, ko‘ldan boshlanadi. Daryolar

qayerdan boshlanmasin, ularning irmoqlari bo‘lsa, katta sersuv daryolarga aylanadi.

Irmoqlar deb daryo-ga yon tomondan kelib quyiladigan kichikroq daryolarga

aytiladi. Ko‘pchilik daryolar okean, dengiz, ko‘l yoki boshqa daryolarga kelib

quyiladi.

Daryoning okean, dengiz, ko‘l yoki boshqa daryoga quyiladigan joyi daryoning mansabi deyiladi.

Bosh daryo o‘zining barcha irmoqlari bilan birga daryo sistemasini hosil qiladi

Daryo havzasi va suvayirg‘ich. Yerga shimilishga ulgurmagan va bug‘lanib ketmagan hamma suv

daryolarga oqib tushadi. Barcha suvi bir daryoga oqib

tushadigan quruqlik maydoni daryo havzasi deb ataladi

Amazonka sayyoramizning eng yirik daryosi

Uning uzunligi-(Ukayali daryosi bilan) 6400 km ni

tashkil qiladi

Hamma daryolarning, hatto eng kichik

daryolarning ham o‘z havzasi bo‘ladi. Amazonka havzasi

dunyoda eng katta daryo bo‘lib, uning maydoni 7 mln

km2 dan iborat.

Qo‘shni daryolar havzalarini bir-biridan ajratib

turadigan che-gara suvayirg‘ich deyiladi. Suvayirg‘ichlar

tog‘larning qirralariga, te-kisliklarda esa balandroq

joylarga to‘g‘ri keladi.

Tog‘ va tekislik daryolari. Tog‘ daryolari

tekislik daryolariga qaraganda juda tez oqadi. Vodiylari tor va chuqur bo‘ladi. Ko‘p daryolar tog‘lardan

boshlanib, tekislikka oqib chiqadi va tekislik daryosiga aylanadi. Bunday daryolarga Sirdaryo, Amudaryo va

Zaraf-shon daryolarini misol qilib ko‘rsatish mumkin. Sirdaryo Tyanshan tog‘larida 6000 m balandlikdan

boshlanadi. Tog‘lar orasidagi chuqur daralarda hayqirib oqadi. Tekislikka chiqqanidan keyin keng o‘zanda

yoyilib, sekin oqadi. Daryolar tog‘larda yemirib oqizib kelgan tog‘ jinslari tekislikda cho‘kib, cho‘kindi jinslarni

hosil qiladi. Daryolar suvidan cho‘kindi jinslarning cho‘kish qonuniyatini birinchi bo‘lib Abu Rayhon Beruniy

aniqlagan.

Daryolar suvi baland joylardan otilib tushib, sharsharalar hosil qiladi. Dunyodagi eng baland

sharshara Janubiy Amerikada, Churun daryosidagi

Anxel sharsharasi. Uning balandligi 1054 m. Lekin

suvi ko‘p emas. Eng sersuv sharsharalardan biri

Shimoliy Amerikadagi Niagara sharsharasidir. Bu

sharshara 51 m balandlikdan otilib tushadi. Yana bir

katta sharshara Afrikadagi Viktoriya sharsharasi Unda

suv 120 m balanddan otilib tushadi.

Daryolarga suv qayerdan keladi? Daryolar

yomg‘ir, qor, muz suv-lari, buloqlar suvilardan

to‘yinadi. Baland tog‘lardan boshlanadigan daryolar

tog‘lardagi muzliklar suvi bilan to‘yinadi. Ular yozda

sersuv bo‘ladi. Amudaryo bilan Zarafshon daryosi ana

shunday daryolar hisoblanadi. Ba'zi daryolarga

yomg‘ir suvi ham, qor suvi ham, yer osti suvlari ham

tushadi. Sunday daryolarni aralash to‘yinuvchi

daryolar deyiladi. Sirdaryo shunday daryolar sirasiga

kiracli.Daryolar qadim zamonlardan kishilarni

chuchuk suv bilan ta'min-laydigan asosiy manba

bo‘lib kelgan. Suvdan yaxshiroq foydalanish uchun daryolarga suv omborlari quriladi, kanal va ariqlar qazib

qurnq yerlarga suv chiqariladi.

Suvni iflos qilmasdan, tejab-tergab foydalanish har birimizning muqaddas burchimiz hisoblanadi. Buni

aslo unutmaylik.

Page 9: Без названия · Ingliz tilini oµqitishning amaliy, talimiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlari nafaqat dars jarayonida, balki darsdan tashqarida olib boriladigan

7

Akmaljon Toshboyev

Jismoniy tarbiya o`qituvchisi, Boks bo`yicha bir

qator musobaqalar g`olibi

Badantarbiya mashqlarini bajarayotgan vaqtda

avvalo yengil mashqlardan foydalaning, xech

qachon xaddan tashqari kuch sarflamang. Ertalab

uyqudan turgan zaxoti odamning xarakatsizlikdan

faollikka o'tishi qiyin bo'ladi. Misol uchun

televizorni qo'yganimizdan keyin uning normal

ishlagunicha qandaydir vaqt o'tadi. Lampasi qizishi

kerak. Odam esa eng nozik mexanizmga qaraganda

ham ancha murakkab to'zilgan. Uyqu paytida

organizmning barcha hayotiy funksiyalar: nafas, qon

aylanish susayadi, nerv sistemasi qattiq

tormozlanadi. Shu sababli, aqliy va jismoniy mehnat

qobiliyati birdan asli xoliga kelmaydi, balki asta-

syokin uyqu zanjiridan ozod bo'la olmaydi. Masalan

ish paytida oyoq charchasa, so'zish, eshkak eshish,

velosiped minish lozim,shunda oyoq muskullari

mustahkamlanadi va yurakka qon oqib kelishi

yaxshilanadi. O'tirib ishlaganda ko'p xarakat qilmoq

kerak, bunda yongil atletika bilan shug'ullanish yoki

sport o'yinlari o'ynagan makul nerv sistemaning

ancha-muncha zo'riqish bilan boglik bo'lgan

xollarda tabiat bag'rida sayohatlarga chiqish

odamning asabini tinchlantiradi. Shuning uchun ham

tajribadan kelib chiqqan holda zavod, fabrika va

korxonalarda fizkultura minutlari o'tkaziladi va qon

aylanish,muskullarni chigalini yozish mashqlari

beriladi, bu deganki mehnat bilan birga badantarbiya

mashqlarini uzluksiz holda olib borilsa o'sha

korxonada ish unumi rivojlanib odamlari sog'lom

bo'ladi.

Amaliy mashqlar jismoniy tarbiya bo'yicha

o'tkaziladigan mashg'ulotlarning barcha qismlariga

mahsus jismoniy mashqlar bilan muntazam

shug'ullanib borsa, maqsadga muvofiq ovqatlansa,

sog'lom turmush tarzida yashasa uning tanasining

guzalligi va puxtaligi doimo ortib boradi, yoki

aksincha odam o'zini kuzatib

bormasa,cheksa,alkogol ichimliklar ichsa, uning

organizmi so'lib boradi. Shunday ekan talabalar

uchun asosan jismoniy tarbiyada yurish, yugurish,

xarakatga keltirish mashqlari ularni sog'ligini

tiklashda katta ahamiyatga ega.

Yurish: -bu koordinasiya jixatidan murakkab,

inson hayotida muhim ahamiyatga ega bo'lgan

avtomatlashgan ko'nikmadir. Yurishda talabalarning

butun muskullari xarakatga keladi, bu esa yurak-

tomir va nafas olish sistemalari ishini

rag'batlantiradi. Talabalar bilan xarakatga

keltiradigan mashg'ulotlarda odatda sport turlaridan

yurish. Odatdagi yurish oyoq uchlarida yurish,

tovonda yurish, tovonlarning ichki va tashqi

tomonlari bilan yurish, tizzaga qo'llarni tirab yurish,

engashib yurish, bukilib yurish, sonlarni yuqoriga

ko'tarib yurish, yarim cho'qqayib yurish, yon

tomonga qadam tashlab yurish, oldinga va yon

tomonga oyoqlarni chalkashlab sakrab sakrab qadam

tashlab yurish.

Yugurish:- xarakat strukturasi jixatidan

yurishga o'xshaydi, bir oz uning xarakatlarida

uchish fazasi bor, yurishda esa bu faza yo'q yugurish

yurishga qaraganda jushqinroq, mana shu jushqinlik

tayanch xarakat apparatiga, yurak-tomir va nafas

olish sistemasiga samarali tasir ko'rsatishni

belgilaydi.

Shohruhbek Qosimov

6 a sinf o`quvchisi Nega biz yerning aylanishini sezmaymiz?

Odamlar bundan bir necha asr muqaddam, Yer tek turadi, Quyosh, Oy va yulduzlar uning atrofida aylanadi, deb

o`ylashgan. Nega shunday deb o`ylashganini tushunish uncha qiyin emas. Bir qarashda hozir ham shunday tuyuladi. Hech kim Yer

aylanishini sezmagan. Nega Yer aylansa, uning ustidagi narsalar, okeanlardagi suvlar to`kilib, sochilib ketmaydi?

Odamlar bundan bir necha asr muqaddam, Yer tek turadi, Quyosh, Oy va yulduzlar uning atrofida aylanadi, deb

o`ylashgan. Nega shunday deb o`ylashganini tushunish uncha qiyin emas. Bir qarashda hozir ham shunday tuyuladi. Hech kim Yer

aylanishini sezmagan. Nega Yer aylansa, uning ustidagi narsalar, okeanlardagi suvlar to`kilib, sochilib ketmaydi?

Endilikda biz Yer ikki yo`nalishda aylanayotganini yaxshi bilamiz. U Quyosh atrofida aylanishi bilan birga o`z o`qi

atrofida ham aylanadi. Nega biz buni sezmaymiz, degan savolga kelsak, biz ham Yer yuzasi bilan birga aylanamiz. Bizni va

okeanlardagi suvlarni gravitatsiya, Yerning tortish kuchi tutib turadi.

Yerning aylanishi biz kuzatadigan va sezadigan ko`pgina narsalarda ko`rinadi. Yer aylangani uchun ham tun bilan kun

almashadi. Agar u aylanmaganida, uning Quyoshga qaragan tomonida abadiy kunduz, orqa tomonida esa abadiy tun hukm surgan

bo`lar edi. Yerning har bir nuqtasi 24 soat ichida dastlab Quyosh nuri tushadigan tomonda, so`ngra qorong`i tomonda bo`ladi.

Yerning biz «sezmaydigan», ammo hayotimizni o`zgartiradigan yana bir muhim harakati Quyosh atrofida aylanishidir.

Aynan shu harakat yil fasllari almashuviga sabab bo`ladi, tevarak-atrof har faslda o`zgaradi. Quyosh atrofidagi sayohat 365,25 kun,

ya'ni bir yil davom etadi. Yil esa tarix, har birimizning hayotimiz va hokozolar o`lchovidir.

Fasllar almashuvi Yer o`qining qiyaligi bilan bog’liq. Yer o`qining ekliptika (Quyoshning ko`z bilan ko`rish mumkin

bo`lgan yillik harakati sodir bo`ladigan katta sfera aylanasi)ga nisbatan qiyaligi 66 gradusdir. Har bir qutb yarim yil davomida

Quyoshga, yana yarim yilda esa undan teskari tomonga qiyalagan bo`ladi. Shuning uchun yerning shimoliy qismiga yarim yil

davomida Quyosh nuri ko`proq, keyingi yarim yilda esa ozroq tushadi. Quyosh nuri ko`proq tushgan vaqt kamroq tushgan vaqt

yilning eng sovuq fasllari bo`ladi.

Page 10: Без названия · Ingliz tilini oµqitishning amaliy, talimiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlari nafaqat dars jarayonida, balki darsdan tashqarida olib boriladigan

8

Rahimova Nodiraxon

7 b sinf o`quvchisi

8 mart bayramida

Qo`shiq aytmang shamollarga siz,

Baxt ulashing ayollarga siz.

Yaxshi tilak so`zlang kamida,

8-mart bayramida.

Oching tarix kitoblarini,

Biling ayol zahmatlarini.

Tabrik ayting siz ayollarga,

8-mart bayramida.

Vatan

Vatanni sev, vatan deb yasha,

Vatan bilan sen gullab yashna.

Vatan uchun sen joningni bersang,

Shu ham kamdir bu vatan uchun!

Abdurahmonova Shoira

6 a sinf o`quvchisi

Bahor

Bahor keldi o`lkamga,

Gullarin bilan birga.

Hamma yoqni qoplovchi,

Ranglarin bilan birga.

Darahtlarning shohida

Ochilar turli gullar.

Dehqonlarning bog`ida

Sayraydi sho`x bulbullar.

Yoqubjonov O`rozali

9 A sinf o`quvchisi

O`zbekiston, O`zbekiston!

Gulzorlarga burkanib,

Dunyoga dong`in solib.

Yigirma uchga kirib,

Hammani xursand qilib.

Ulg`aymoqda O`zbekiston,

O`zbekiston, O`zbekiston!

Hamma yog`i bog`-u , bo`ston,

Dunyoga dong`i doston.

Hirmoni zo`r paxta-yu, don,

Yoshlari zo`r mardu maydon.

G`ayratli xalq bo`ldi shodon,

O`zbekiston, O`zbekiston!

Keksalari duoda har dam,

Yoshlari bilimda har dam.

Butun dunyo bermoqsa tan,

Keljagi porloq vatan,

O`zbekiston, O`zbekiston!

Mirzaabdullayev Hurshidbek.

7 b sinf o`quvchisi

O`zbekiston

Bog`u rog`da gullar yashnar,

Jannat makon deb bulbul sayrar.

Maysalar yerlarda sayrar,

Samoda qushlar uchar.

O`lkalar ichra jannatmakon,

O`zbekiston, O`zbekiston!

O`zbek xalqi mehnatkash xalq,

Bir biriga mehmondo`st xalq.

Ayollari xurlar ichra nur,

Bir –biriga mehribondir ul.

O`lkalar ichra jannatmakon,

O`zbekiston, O`zbekiston!

Page 11: Без названия · Ingliz tilini oµqitishning amaliy, talimiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlari nafaqat dars jarayonida, balki darsdan tashqarida olib boriladigan

9

Isoqova Nilufarxon

8 d sinf o`quvchisi

Iqtidorli rassom, bo`sh

vaqtlarida se`rlar mashq

qilib turadi.

Bahor ifori

Bahor tarovati g`uncha husnida,

Mayin sabolarga roz etgan damlar.

Bizning hur mustaqil vatanimizga

Yarashib turadi ajib bayramlar.

Orzular ro`yobi sumalak qilib,

Men unga tosh yig`ay sof niyat qilib

Navro`z nashidasin olib kel sabo.

Yangrasin yurtimga yarashgan navo.

Axmadjanova Muxtasarxon

8 d sinf o`quvchisi

Otam

Siz mening tuganmas baxtim davlatim

Olamda yagonam, sizsiz davlatim.

Tilagim otajon yuz yoshdan o`ting,

Faqatgina o`zingiz mening borlig`im.

Ota ko`zingizga nur bo`lay o`zim,

Dunyo, dunyo gavharu, dur bo`lay o`zim.

Meni duo qilib turing ortimdan,

Bilimlar koniga nur bo`lay o`zim.

Istagim otajon hajga yuborish,

Onam bilan sizdan duolar olish.

Hassaga suyanmang ota hech qachon,

Hassa o`rnida sizga suyanchiq bo`lish.

Normirzayeva Marhabo

7 a sinf o`quvchisi.

Onajonlar bayrami

8-martga ham

Juda oz kun qolibdi.

Hali bayram bo`lmasdan

Do`stim sovg`a olbdi.

Juda ham hayron bo`lib,

Bozor tomon boraman.

Eng zo`r sovg`a bormi deb?

Do`konlardan so`rayman.

Do`konchilar ba’zisi,

Ha, qizim bor deyishar.

Ular tomon borsam men,

Guldastalar berishar.

Guldastani olib men,

Uyim tomon shoshaman.

Onamni tabriklayman,

Qo`llariga gul tutib,

Sog`-omonlik tilayman.

Mahmudov Doniyorbek

5 a sinf o`quvchisi

O`zbekiston vatanim

Sen bizlarga onasan,

Tug`ilgan makonimsan.

Bizlar uchun yagonasan.

O`zbekiston vatanim

Dunyoda durdonasan,

Go`zaldirsan hamisha.

Nechun chiroylisan?

O`zbekiston vatanim

Mening ota makonim.

Jasur o`g`lonlaring bor

Munis ayollaring bor.

Jonkuyar askarlaring bor,

O`zbekiston vatanim

Mening Ona yurtim!

Xolmirzayev Ulug`bek

5 a sinf o`quvchisi

Onajonlarga rahmat!

O`zi yemay yedirib,

O`zi ichmay ichirib,

Kiyinmasdan kiydirgan,

Onajonlarga rahmat!

Onajonlar bor bo`lsin,

Sog`u salomat yursin.

Ilohim yuzga kirsin,

Mehribonlarga rahmat!

Page 12: Без названия · Ingliz tilini oµqitishning amaliy, talimiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlari nafaqat dars jarayonida, balki darsdan tashqarida olib boriladigan

10

Dehqanova

Mohitobon.

7 b sinf o`quvchisi

Anvar bilan Sobir

Hikoya

Anvar bilan Sobir bir maktabda o`qushar edi. Anvar juda odobli,

aqlli bola edi. Sobir esa odobsiz, yerga ursa ko`kka sapchiydigan bola edi.

Anvar bir kuni avtobusdan tushmoqchi bo`lgan og`ir yukli ayolni ko`rib

qolibdi va darrov unga yordam berdi. O`sha ayol Anvarning yelkasiga qoqib “Barakalla o`g`lim,

tarbiya bergan ota-onangga rahmat” debdi. Ertasiga esa o`sha ayol Sobirdan yuklarini ko`tarib

yuborishni so`radi. Sobir esa xuddi bu gapni eshitmaganday indamay avtobusdan tushib ketaveribdi.

Ertasiga Anvar bilan Sobir avtobusga o`tirishdi. Avtobusga hassaga suyangan bir keksa odam chiqdi.

Anvar buni ko`rib xaligi odamga joy bo`shatibdi. “Keling otaxon, o`tiring” deya o`rnidan turdi. Buni

ko`rgan Sobir o`z-o`zidan uyalib ketdi va u ham o`rnidan turib salom berdi. Keyinchalik Sobir hamma

qilgan ishlaridan afsuslandi va a’lochi, aqlli, odobli bo`lishga so`z berdi.

Ana ko`rdinglarmi bolalar, kattaga hurmat bilan, kichikka izzat bilan muomalada bo`lishni.

Shuning uchun ham xalqimiz “Kattaga hurmat, kichikka izzat” deb bejizga aytmagan.

Ulug`xo`jayeva Muazzamxon

7 A sinf o`quvchisi

O`zingizni bilasizmi?

Odam boshida 125 mingga yaqin soch tolasi bor. Har kuni o`rtacha 45-60 ta tola to`kilib, yangi sochlar chiqadi.

Kishining butun umti davomida 1,5 mln ga yaqin soch tolasi to`kiladi va shunchasi o`sib chiqadi.

Salkam 4 oylik umri davomida eritrositlar (qizil qon tanachalari) 1600 km ga yaqin masofani bosib o`tadi.

Inson miyasi 10 mlrd nerv to`qimasidan tashkil topgan bo`lib, 86 mln informatsiya birligini eslab qolish

qobiliyatiga ega.

Umri mobaynida inson 40 tonna ovqat iste’mol qiladi va nafas olish natijasida 380 m3 hajmda xavo oladi.

Bosh miyada har sekundda 100 mingga yaqin kimyoviy reaksiya yuz beradi. Miya sezgi organlari qabul qilgan

axborotning 1 foizinigina qayta ishlaydi xolos.

Sabaraliyeva Sug`diyona

7 a sinf o`quvchisi

Jonivorlar o`rtacha qancha umr ko`rishadi?

Quyon 26 -yil G`oz 90 -yil

Qo`y 12 -yil Qarqara 6 -yil

Mushuk 13 -yil Ilon 40 -yil

It 15 -yil Baliqchi qush 45 -yil

Echki 15 -yil Zuluk 25 -yil

Sigir 25 -yil Bulbul 16 -yil

Ot 30 -yil Maymun 14 -yil

Tuya 40 -yil Toshbaqa 700 -yil

To`tiqush 100 -yil

Page 13: Без названия · Ingliz tilini oµqitishning amaliy, talimiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlari nafaqat dars jarayonida, balki darsdan tashqarida olib boriladigan

11

Mahmudova Malikaxon

7 B sinf o`quvchisi Matematikaga oid qiziqarli ma`lumotlar.

Raqamlarning asosi

Ulug` hind olimlari jahon fani va madaniyatining rivojiga ulkan hissa qo`shganlar. Ularning

boshqa ishlarini qo`yib turib, birgina kashfiyotlari -keyinchalik boshqa xalqlar uchun ham

“o`zlariniki” bo`lib qolgan raqamlarni ihtiro etishgani har qanday tahsinga loyiq.

Zamonlar o`tishi bilan bu raqamlarning ko`rinishi bir muncha o`zgartirib, silliqlangan. Ammo

zamonaviy olimlar raqamlarni ihtiro qilgan kishilarning qanday mezonlarga rioya qilishganini

aniqlashdi.

Raqamlar qiymati doim ular shaklidagi burchaklar soniga muvofiq kelar ekan. Masalan 1 da

bitta, 2 da ikkita va hokazo.

Umidjon Sobirov

9 A sinf o`quvchisi MANTIQIY SAVOLLAR

1. To`rtburchak shaklidagi xonaning har bir burchagida bittadan mushuk o`tiribdi. Har bir mushuk

qarshisida uchtadan mushuk o`tiribdi. Xonada nechta mushuk bor?

2. Poyezdlarda “Stop kran” qizil rangda bo`ladi. Samolyotlarda “Stop kran” qaysi rangda bo`ladi?

3. Bir qariyadan necha yoshdaligini so`rashganda , u 100 yoz va bir necha oylik ekanini, lekin

tug`ilgan kunlari 25 ta ekanini aytdi. Shunday bo`lishi mumkinmi?

4. Ikki sayohatchi bir vaqtda daryo qirg`og`iga kelishdi. Qirg`oqda qayiq bo`lib u faqat bir kishini

ko`tarishi mumkin. Sayohatchilar suzishni bilmasdilar. Lekin sayohatchilar eson-omon qayiqda

daryodan o`tib olishdi. Buni ular qanday amalga oshirishgan?

5. Arifmetik amallar yordamida uchta 5 bilan 2 ni hosil qiling.

Jo`raboyev Bahromjon

8 D sinf o`quvchisi

Matematik topishmoq.

Kunlardan bir kuni podshoh quyidagi masala bilan xalqqa murojaat etibdi va katta mukofot

vada qilibdi:

“Men uchta idishda marvarid saqlar edim. Katta o`g`limga birinchi idishdagi marvaridlarning yarmini,

o`rtancha o`g`limga ikkinchi idishdagi marvaridlarning uchdan bir qismini, kichik o`g`limga esa

uchinchi qismini sovg`a qildim. So`ngra katta qizimga birinchi idishdagi marvaridlarning eng yaxsi

to`rtasini, o`rtancha qizimga esa ikkinchi idishdagi marvaridlardan oltitasini, kichik qizimga uchinchi

idishdagi marvaridlardan faqat ikkitasini hadya qildim. Shunda birinchi idishda 38 ta, ikkinchi idishda

12 ta, uhcinchi idishda esa 19 ta marvarid qoldi. Har bir idishda men qanchadan marvarid saqlagan

ekanman? “

Page 14: Без названия · Ingliz tilini oµqitishning amaliy, talimiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlari nafaqat dars jarayonida, balki darsdan tashqarida olib boriladigan

12

Abdullayev Mansurbek

9 a sinf o`quvchisi Biologiya fanidan qiziqarli savollar

1. Yil davomida besh marta tuhum ochadigan qush?

2. Yoz davomida bitta yapaloqqush nechtagacha kalamush va sichqonlarni yeydi?

3. D vitamini yetishmasligi natijasida bolalarda qanday kasallik yuzaga keladi?

4. Odam organizmida eng katta bez?

5. Cho`llarda gipsga boy qatlamlarda o`sadigan o`simliklar?

6. Odamda nerv tolasining kasalligi nima deb ataladi?

7. Qaysi suvo`t suv yuzasida baqato`nini hosil qiladi?

8. Qaysi suvo`t uzunligi bo`yicha birinchi o`rinda turadi?

9. O`pka tashqi tomondan qanday parda bilan o`ralgan?

10. Sanoatda yod, brom qaysi o`simliklardan olinadi?

Dadaboyev Bahtiyor

7 a sinf o`quvchisi

Qiziqarli kimyo

1. Yer po`stining 98 foizini 8 ta element : O, Si, Al, Fe, Ca, Na, K, Mn tashkil etadi.

2. Olma, behi, anorda olma kislotasi ko`p miqdorda uchraydi.

3. Tarkibi va kimyoviy xossalari o’xshash bo’lib, bir-biridan CH2 atomlar guruhi bilan farq

qiluvchi moddalar gomologlar deb ataladi.

4. Sanoatda vodorod olish uchun metanni suv bug`i bilan konversiyalanadi.

5. Shisha tarkibida 11.7 % CaO bo’ladi.

Rustamova Ziroatxon

Qiziqarli mantiqiy savollar

Mehmonlar.

Siz uyingizda uxlab yotibsiz. Habar bermay uyingizga do`stlaringiz mehmonga kelishdi.

Uyingizda dasturxonga qo`yish uchun konservalangan murabbo, bankada asal, sharbat,

pishloq va non bor. Mehmonlar eshik qo`ng`irog`ini chalishgach, siz birinchi bo`lib nimani

ochasiz?

Bir fermada 17 ta qo`y bor. Kasallik sababli qo`ylarning to`qqiz nafari qattiq kasallandi,

qolganlari esa o`ldi. Fermada nechta qo`y qoldi?

Ketma-ketlikning keyingi hadini toping: 891-684-479-366-?

Page 15: Без названия · Ingliz tilini oµqitishning amaliy, talimiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlari nafaqat dars jarayonida, balki darsdan tashqarida olib boriladigan

13

Ahmadaliyev Sherzod

9 sinf o`quvchisi

Informatika fanidan murakkab test

1. Dasturlash tili qanday guruhlarga ajratiladi?

A)Quyi darajali, oliy darajali, past darajali B) Quyi darajali, o’rta darajali, yuqori darajali.

C) Quyi darajali, ommaviy, umumiy. D) translyator, assembler, mnemokod.

2. Paskal dasturlash tili qachon va kim tomonidan yaratilgan?

A)1969-y, Nikalas Virt. B) 1964-y, Tomas Kurts C) 1958-y, Jon Kemeni. D) 1832-y, Ada Lavleys

3. Dasturlash tilining tugallangan biror amalini berish uchun mo’ljallangan ko’rsatmasi nima deyiladi?

A)Ifoda B) O’zgaruvchilar C) Operator D) Konstanta

4. Paskal dasturlash tilida qanday miqdorlar ishlatiladi?

A)O’zgarmas, o’zgaruvchi va jadval ko’rinishidagi miqdorlar B) O’zgarmas, standart va arifmetik miqdorlar.

C) O’zgaruvchi, haqiqiy va satrli miqdorlar. D) Bir o’lchovli, ikki o’lchovli va ko’p o’lchovli.

5. Satrli o’zgaruvchilarni tavsiflash uchun qaysi ko’rsatma qo’llaniladi?

A)Real B) Boolea C) Char D) String.

6. Paskal dasturlash tilida jadvallar bilan ishlash uchun … tushunchasi kiritilgan.

A)Identifikator B) Indeks C) Massiv D) Satr

7. Sqrt (x) funksiyasining vazifasi nima?

A)x ning kvadrat ildiz B) x ning kvadrati C) x ning absolyut qiymati D) x ning kasr qismi.

8. a5sinx+6 ifoda Paskal tilida qanday yoziladi?

A)exp(5*ln(a))*sin(x)+6. B) sqr(a*ln(a))*sinx+6 C) int(5*abs(a))*sin(x+6) D) sqrt(a+sin(x)+6).

9. O’zlashtirish operatorini ko’rsating.

A)readln B) writeln C) := D) end.

10. Ma’lumotlarni ekranga chiqarish operatorini ko’rsating.

A)readln B) writeln C) := D) run.

Abdujabborova Mohigul

5 b sinf o`quvchisi

Matematik krosvord

H Bo`yiga: A) 870*706=

A I H)100000-43535=

B D I) 1412*435=

Eniga: A) 12*5303=

B) 820820: 9020=

D) 143412:7248=

E F E) 50381:81=

F)460312:652=

Usmonov Zafarjon

5 a sinf o`quvchisi

Zoologik boshqotirma

2

4

6

←1 ←3 1.Chumchuqsimonlar oilasiga kiruvchi qush

2.Pardaqanotlilar turkumiga kiruvchi hasaharot

3.Mo`ynasi uchun ovlanadigan xayvon.

4.Yirik sut emizuvchi xayvon.

5. Yirtqich qush.

6.Mushuksimonlar oilasiga mansub xayvon.

5→

Mahamadjanov Maqsadjon

7 A sinf o`quvchisi

Poytaxtlar uzra sayohat

V Vatikanning poytaxti

A Qozog`istonning

poytaxti

R Marokashning

poytaxti

S Poytaxti Qohira...

H Turkmanistonning

poytaxti

A Rossiyaning poytaxti

V Avstriyaning poytaxti

A Turkiyaning poytaxti

Page 16: Без названия · Ingliz tilini oµqitishning amaliy, talimiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlari nafaqat dars jarayonida, balki darsdan tashqarida olib boriladigan

14

Muxtasarxon Erkinova

8 D sinf o`quvchisi

Mohir pazanda

Yaxshi so`z bamisoli nurga o`hshaydi. Sizga biror inson yoqimli so`z

aytsa ko`nglingiz go`yo Eyfel minorasidek ko`tariladi. Ayrim insonlar esa

ba`zi tushunmovchiliklarni, o`zlariga qilingan yomonliklarni dillariga

tugib qo`yishadi va vaqti kelsa hisoblashishni ham rejalashtirib

qo`yishadi. Lekin bu yaxshi emas. Siz bunday dilhiraliklarni

ko`nglingizdan chiqarib tashlang. Axir komil inson ko`nglida va o`yida

yomonlik bo`lmaydi-ku. Taomlarni mazali tayyorlash uchun ham dil pok

bo`lishi lozim. Eng avvalo yaxshi niyatlar bilan ishga kirishing va

quyidagi shirinlikni taomnomangizga kiriting:

“Shirin quyoshchalar”

Bu pechenyeni boshqalardan asosiy farqi tarkibidagi quyultirilgan sut

masallig`idir. Shuning uchun ham u o`ziga hos mazali ta’mga ega.

Kaloriyasi baland bo`lgani uchun nihoyatda to`yimli bo`ladi. Ustini

ta’bingizga yoqqan yong`oqlar bilan bezashingiz mumkin. Pechenyeni

tayyorlash ham juda oson.

MASALLIQLAR:

200 gr sariyog` (yoki margarin)

1 st shakar

200 gr quyultirilgan sut

3st un

1 choy qoshiq razrixlitel

1 chimdim tuz

yong`oq (ta’bga ko`ra)

vanilin

TAYYORLANISHI:

1. Sariyog` va shakarni yaxshilab aralashtirib olinadi.

2. Aralashmaga quyultirilgan sut va vanilin qo`shib aralashtiriladi.

3. Elangan un va razrixlitelni qo`shib xamir qoriladi.

4. Xamirdan yong`oq kattaligida zuvalachalar yasab, ustidan oxista bosib rasmdagidek shaklga keltiriladi

5. Xamir ustiga yong`oq qo`yib chiqib, sovutgichda 30 daqiqa qoldiriladi.

6. 180 darajagacha qizdirilgan duxovkada 10-12 daqiqa pishirib olinadi.

Qo`shimcha:

- Pechenyelar pishish jarayonida biroz yoyilib kengayadi, shuning uchun listga terayotganda har birisini

atrofida 3 sm dan joy qoldirish kerak.

- Pishgan pechenye juda mayin bo`lgani uchun, avval xona xaroratida sovutib olib so`ngra listdan ko`tarib

olishni maslaxat beramiz.

Pechenye tayyor. Yoqimli ishtaxa!

Page 17: Без названия · Ingliz tilini oµqitishning amaliy, talimiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlari nafaqat dars jarayonida, balki darsdan tashqarida olib boriladigan

15

5 a Abdullayeva Malohat

7 b Mirzaabdullayev Hurshidbek

5 a sinf Abduramatova Zilola

5 a sinf Ibragimova Shodiyabegim

8 a sinf Qosimov Abdusamad

Page 18: Без названия · Ingliz tilini oµqitishning amaliy, talimiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlari nafaqat dars jarayonida, balki darsdan tashqarida olib boriladigan

16

7 a sinf Abduqahharov Shahboz

7 a sinf Mamadaliyev Sirojiddin

7 a Karimjanova Iroda

7 b Ergashev Samandar

6 b sinf Sobirov Azizbek

7 b sinf Abdullajonova Muhtasar

Page 19: Без названия · Ingliz tilini oµqitishning amaliy, talimiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlari nafaqat dars jarayonida, balki darsdan tashqarida olib boriladigan

Isaqova Nilufar 8 d sinf

Page 20: Без названия · Ingliz tilini oµqitishning amaliy, talimiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlari nafaqat dars jarayonida, balki darsdan tashqarida olib boriladigan

“Umid” umidlarning porloq oshyoni,

Nurli kelajakning ayni o`zidir!

“Umid” muxlislarning eng qadrdoni,

“Umid” ijodkorning ko`ngil so`zidir!