20
2014 yil son

Без названия · oilaning orni, ³Badan tarbiyasi sog`lom insonni tarbiyalash, ³Fikr tarbiyasi tafakkurini rivojlantirish, fikrlashga orgatish, ³Axloq tarbiyasi ± yaxshi

  • Upload
    others

  • View
    17

  • Download
    0

Embed Size (px)

Citation preview

Page 1: Без названия · oilaning orni, ³Badan tarbiyasi sog`lom insonni tarbiyalash, ³Fikr tarbiyasi tafakkurini rivojlantirish, fikrlashga orgatish, ³Axloq tarbiyasi ± yaxshi

2014 yil

son

Page 2: Без названия · oilaning orni, ³Badan tarbiyasi sog`lom insonni tarbiyalash, ³Fikr tarbiyasi tafakkurini rivojlantirish, fikrlashga orgatish, ³Axloq tarbiyasi ± yaxshi

Alisher Navoiy

(1441-1501)

Page 3: Без названия · oilaning orni, ³Badan tarbiyasi sog`lom insonni tarbiyalash, ³Fikr tarbiyasi tafakkurini rivojlantirish, fikrlashga orgatish, ³Axloq tarbiyasi ± yaxshi

M. Tursunov

Ma`naviy-marifiy ishlar

bo`yicha direktor o`rinbosari,

bir nechta uslubiy

qo`llanmalar muallifi

Sog`lom bola tarbiyasi azaliy qadriyat

Bugun tezlik va o`ta shiddat bilan o`zgarib borayotgan dunyoda globallashuv

jarayonlarining ijobiy tomonlari bilan bir qatorda, uning salbiy oqibatlari ham hayotimizga

kirib kelmoqda.

Bunday xatarlardan hayotimizni asrash, ma’naviy bo’shliqqa yo`l qo`ymaslik uchun,

avvalambor, ezgu insoniy g`oyalar va yuksak mahorat bilan yaratilgan asarlar orqali, bugun

jahon maydonida yuz berayotgan keskin aql-zakovat va iste’dod musobaqasida bellashuvga

qodir bo’lishimiz lozim.

Davlatimiz Siz yoshlarning ta’lim-tarbiya olib barkamol shaxs bo’lib voyaga

yetishingizda barcha imkoniyatlarni ochib bermoqda. Mamlakatimizda ta’lim olishning

huquqiy asoslari yaratildi. Har bir fan bo’yicha darsliklarning yangi avlodi yaratildi hamda

amaliyotga joriy etildi. Davlatimiz rahbari mustaqillikning dastlabki yillarida “Bizga

bitiruvchilar emas, maktab ta’lim va tarbiyasini ko’rgan shaxslar kerak”, deb ta’lim

xodimlari oldiga vazifa qo’ydilar. Tarbiya haqida gapirar ekanmiz, u – inson ma’naviyatining

ko’zgusidir.

Qomusiy olimlarimizdan Al-Xorazmiyning ilmiy bilimlar sohasidagi kashfiyotlari, Abu

Nasr Farobiyning fozil inson kontsepsiyasi, Abu Rayhon Beruniyning ilmiy bilish yo’llari,

usullari, ilm-hunarni egallash metodlari, axloqlilikning belgilari va uni tarkib toptirish

usullariga oid qarashlari, Abu Ali ibn Sinoning aqliy, axloqiy, jismoniy kamolotga oid

ta’limoti, ta’limiy-axloqiy asarlar barkamol inson tarbiyasida muhim o’rin tutadi.

Shu sababdan milliy qadriyatlarimiz, odob-axloqni belgilab beruvchi tarbiya sohasidagi

boy merosni targ`ib va tashviq etish mustaqil davlatimiz ziyolilarining asosiy vazifasidir.

Abdulla Avloniy “Turkiy Guliston yoxud axloq” asarida tarbiya turlari haqida fikr

yuritar ekan, “Tarbiyaning zamoni, ya’ni bolaning yetuk tarbiya topishida ijtimoiy muhit,

oilaning o’rni, “Badan tarbiyasi” sog`lom insonni tarbiyalash, “Fikr tarbiyasi” tafakkurini

rivojlantirish, fikrlashga o’rgatish, “Axloq tarbiyasi” – yaxshi xulq va odatlarni tarkib

toptirish kabi masalalarga e’tiborni qaratadi.

Qadim zamonlardan boshlab barkamol insonni shakllantirishning asosiy mezoni sifatida

aqliy yetuklik, sog`lom fikr, yuqori iste’dod, ijodkorlik, yaxshi xulq, nafosat tarbiyasini

shakllantirish tushunilgan.

Ana shu oddiy talabdan kelib chiqqan holda, aziz o’quvchilar mustaqil va keng

fikrlash qobiliyatiga ega bo’lgan, ongli yashaydigan barkamol shaxs bo’lib voyaga yetishishi

lozim.

Har bir ota-ona farzandining sog`lom bo’lishini va barkamol, aql-zakovatli, baxtli

bo’lishini istaydi. SHunday farzandni voyaga yetkazish, uning hayotda munosib o’rin

egallashini ko’rish, shu borada ularga ko’maklashish — ota-onaning eng ulug`, eng

muqaddas orzusidir.

Page 4: Без названия · oilaning orni, ³Badan tarbiyasi sog`lom insonni tarbiyalash, ³Fikr tarbiyasi tafakkurini rivojlantirish, fikrlashga orgatish, ³Axloq tarbiyasi ± yaxshi

ЯЗЫК - ЭТО ОКНО В НОВЫЙ МИР

Yu.Sarimsaqova

Rus tili uslubiy

birlashmasi rahbari

Ничто на свете не связано с человеком так прочно, как язык. Нет на свете лучшего

средства общения. Чем лучше ты владеешь языком, тем больше у тебя права

называться человеком. Благодаря языку ты встречаешься с великим множеством новых

людей. Благодаря языку у тебя появляются друзья в других странах и даже в

отдалённых временах. Но главное - новый язык стоит учить потому, что он проложит

тебе дорогу к другим людям.

Язык - это орудие дружбы, и с тех пор, как стоит мир, лучшего орудия ещё никто

не придумал.

Мировыми языками называются некоторые наиболее распространённые языки,

употребляемые между собой представителями разных народов за пределами

территорий, населённых людьми, для которых они изначально родные.

Функции этих языков охватывают международные сферы - дипломатию, мировую

торговлю, туризм. На них общаются учёные разных стран. Они принимаются как

“рабочие языки” ООН и других международных организаций, а также их изучают как

“иностранные языки”, т.е. обязательный предмет обучения в вузах и школах во многих

государствах мира.

Состав мировых языков изменчив. В настоящее время в него входят английский,

испанский, китайский, немецкий, русский, французский.

Русский язык издавна служит средством межнационального сотрудничества

многих народов разных стран и является общепризнанным мировым языком с

середины XX века. Богатейшая русская классическая художественная литература и

непревзойдённые по качеству и количеству переводы на русский язык литературы всех

языков мира способствуют признанию русского языка как мирового.

Принятие человечеством данного языка как мирового связано с авторитетом,

ролью страны этого языка в истории и современности.

Наряду с социально-историческими причинами существенны и лингвистические.

Речь идет о том, насколько данный язык подготовлен к преподаванию носителям иных

языков и культур. Он должен быть сформировавшимся национальным литературным

языком, обладающим длительной письменной традицией, установившимися нормами,

хорошо исследованным и описанным в грамматиках, словарях, учебниках.

Page 5: Без названия · oilaning orni, ³Badan tarbiyasi sog`lom insonni tarbiyalash, ³Fikr tarbiyasi tafakkurini rivojlantirish, fikrlashga orgatish, ³Axloq tarbiyasi ± yaxshi

Siz nechanchi sinfda o`qiysiz? Q.Qosimov

Jurnal muharriri Bu savol Sizga qiziq, balki erish tuyulishi mumkin. Lekin...

Biz aynan ana shu lekinga to`xtalib, biroz bosib o`tgan yo`limizga nazar tashlasak.

Biz hozir aytadigan fikrlarni har bir kishi do`ppini bir chekkaga olib qo`yib,

mulohazalarimizni aql tarozisiga qo`yib, o`z xulosasini chiqaradi degan umiddamiz.

Bu yog`i oddiy arifmetika: Agar bir o`quvchi bitta dars jarayonida arzimagan 10

daqiqani hayol surib-mi, boshqa keraksiz ishlar bilan chalg`ib-mi, uyqusirab-mi va hokazolar

bilan bekor o`tkazsa – bu bir kunda o`tilgan 6 soat darsda 60 daqiqa yoki 1 soat yo`qotildi

degani. Bu sonni bir o`quv yiliga ko`paytirsak – o`rtacha 204 soat bo`ladi. Agar 9 sinf

o`quvchisi 9 yilni ana shunday bekorchi 10 daqiqalar bilan o`tkazgan bo`lsachi – bu 1836

soatni tashkil etadi. Agar bu ulkan sonni dars soatlariga aylantirsak nima bo`lishini

bilasizmi?!!! 2754 soat dars havoga uchdi degani. Agar bu sonni yillik o`quv soatlariga

aylantirsak salkam 2,5 yillik dars soatlari bajarilmay qolganiga guvoh bo`lamiz...

Biz arzimagan 10 daqiqani aytayapmiz. Bitta darsda 15 daqiqa yoki 20 daqiqa diqqat

– e’tiborsiz qatnashgan o`quvchi haqida, turli sabablar bilan – masalan, qarindoshnikidagi

to`y bahona 3 kun, dada va onaning tug`ilgan kuni bahonasida 2 kun, turli marosimlaru

dangasalik bilan maktabga bormagan o`quvchi haqida, uning bilim darajasi, odamiyligi

haqida fikr yuritishga yuragimiz bellamadi.

Aziz o`quvchi, haqiqatni o`zingiz-o`zingizdan so`rab ko`ringchi - Siz nechanchi sinfda

o`qiysiz?...

Mutalov Muhammad Ali

9 a sinf o`quvchisi CHUMOLI FALSAFASI.

(Internet materiallari asosida)

Men bolalarga doim chumoli falsafasi deb nomlangan to`g`ri hayot yo`lini uqtirib kelaman.

Chumolilar hayratda qoldiradigan 4 ta konsepsiyadan iborat ajoyib falsafaga ega:

1. Chumolilar hech qachon maqsadlaridan ortga qaytmaydilar.

Agar biror yoqqa ketayotgan bo`lsa, xalaqit bersangiz yoki to`xtatsangiz, ular darrov boshqa yo`l

topadilar. Qanday ajoyib falsafa!

2. Chumolilar yoz bo`yi qish g`amini yeydilar.

Hamma vaqt yoz bo`lib turmaydi. Yozda ortiqchasini qishga g`amlaydi. Siz ham kelajak haqida

o`ylang va realist bo`ling.

3. Chumolilar qish bo`yi yoz to`g`risida o`ylaydilar. Bu juda muhim. Ular qish ham mangu

cho`zilmasligini, tez orada issiq kunlar kelishini o`ylaydilar. Ular doim yaxshi o`zgarishlarni

kutib yashaydilar.

4. Chumolilar qishga tayyorgarlik ko`rish uchun yoz bo`yi mehnat qiladilar. Qo`ldan kelgancha

hamma ishni o`z vaqtida qilish lozim. Qanday ajoyib

Haqiqatan ham amerikalik faylasuf Jim Ron fikrlarida jon bor. Albatta biz ham shu fikrlar asnosida

o`z shahsiy falsafamizni yaratishimiz va bu orqali kelajak orzularimizni amalga oshirish rejasini

tuzmog`imiz lozim. Zero, kelajakka nurli ko`zlar ila boqmoq lozim. Hech qachon tushkunlikka,

umidsizlikka tushmang. O`z maqsadingiz, orzuyingiz yo`lida tinmay mehnat qiling. Ana shunda siz

ko`zlagan maqsadingizga yetishasiz!

Page 6: Без названия · oilaning orni, ³Badan tarbiyasi sog`lom insonni tarbiyalash, ³Fikr tarbiyasi tafakkurini rivojlantirish, fikrlashga orgatish, ³Axloq tarbiyasi ± yaxshi

S. Musaboyev (hikoya)

Mohir pedagog,

iste’dodli yozuvchi

o`nlab asarlar muallifi

Birodar! Xech qachon mana bunday axvolga tushganmisiz?

Faraz qilaylik, kunlardan bir kuni nechundir yuragingiz siqildi, allanechuk ruxan

bo`shashib borayotganingizni his qilasiz. Ochig`ini aytganda, bunaqa xolat sababini

dabdurustdan tushuntirish ham, anglab yetish ham anchayin mushkul ish. Qisqasi, hayot

kemasi noma’lum sayozlikka kirib qolgan, botib qolish, halokat xavfi taxdid solayotir... Bu

o`xshatishning turmushdagi salbiy surati shuki, odamning yillar davomida o`rganib qolgan,

qadr topgan o`z ishidan qaysidir fursatda bir karra ko`ngli soviydi. Nimadir bo`lgan!

Xamkasblarni, qadrdonlarni xatto, ko`rgisi kelmaydi. Buning ustiga boshqa bir xunuk

kayfiyat sirtmoq soladi: qaergadir bosh olib ketish, noma’lum va mavxum ishlarning boshini

tutish istagi tinchlik bermaydi.

Shunda sizning qarshingizda ikki muammo kundalang bo`ladi, Birinchisi,ruxiy

tushkunlik sababini topib, ish o`rnida qaytadan ildiz otish, Ikkinchisi, eng xavflisi sizning

yuragingizga g`ulg`ula solib, tani joningizga tinchlik bermayotgani, ishdan bo`shash.

Bunday nohush fursatda sizga hech kim yordam berolmaydi. Birov to`g`ri yo`l

ko`rsatolmaydi. Inchunun, siz birovga yorilmagansiz, o`y hayollaringiz balki o`tkinchi,

ko`zlagan maqsadingiz pinxon va mavxum.

Sayozlikka botayotgan kemani o`z darg`asining aql idroki va maxorati ro`shnolikka

olib chiqadi. Binobarin sizni ham qutqaradigan samoviy darg`a bor. Bu o`z ichki quvvatingiz

va teran muloxazangizdir.Faqat siz ularni topa olasizmi, zarur maqsad yo`lida safarbar eta

olasizmi?

Shu o`rinda sizdan jiddiy bir mas’uliyat, hayotga cheksiz muhabbat talab etiladi. Zero,

tushkunlik bulutlari iskanjaga olgan taqdirda ham mehnatga mahkam yopishsangiz va

qadrdon ish joyini tashlab ketmasangiz, bilib qo`ying, xayrixoxlar, do`stlar istiqbolingizga

shoshiladi, qo`llab quvvatlaydi. Shoyad, shu fursat sizning ham baxri-dilingiz ochiladi, aql-

shuuringiz ravshan tortadi.

Chunki, siz o`tkinchi kayfiyatlarning xalokatli sirtmog`iga bo`yin bermadingiz, eng

muximi, hayot kemasini sayozlikdan olib chiqa oldingiz!

Zero, bu sizning g`alabangiz edi. Xuddi mana shu g`alabani ta’min etgan botiniy

intilishning nomi esa IRODA, deb ataladi.

Bu ayni haqiqat, aziz birodar!

Page 7: Без названия · oilaning orni, ³Badan tarbiyasi sog`lom insonni tarbiyalash, ³Fikr tarbiyasi tafakkurini rivojlantirish, fikrlashga orgatish, ³Axloq tarbiyasi ± yaxshi

Bahodirjon Fayzullayev

Ona tili va adabiyot

fani o`qituvchisi

Iste’dodli shoir, bir

nechta she’riy

to`plamlari nashr etilgan.

- Qaldirg`och kelibdi dedingmi?

Buncha yoqimli bo`lmasa so`zlaring…

Sog`inchlaring tikilar, ona,

Chehrangga nur yugurar, ona,

Rayhon ekib yayraysan hali,

Ona, yana bahor keladi.

O`sma hidin xush ko`rgan singlim,

Tol bargakni tush ko`rgan singlim,

Tut shoxiga arg`imchoq ildim,

Singkim, yana bahor keladi.

Xasta yurak, xastalangan jon,

Shifo so`rab zorlandim har on,

Ko`klamga yetdik otajon…

Ota , yana bahor keladi.

Satimova Zulayxo

8 a sinf o`quvchisi

Bilimlar bellashuvi sovrindori

Ko`klamoyim

Bahoroyim ko`klaringni ko`z-ko`z etib,

Tog`da lola, bog`da gullar ochibsanmi?!

Iforingdan bu dillarni bahra etib,

Ko`klamoyim yurtimga xush kelibsanmi?!

Daraxtdagi novdalarda gul ochirib,

Adirlarni yashil tusga bo`yabsanmi?!

Men keldim deb ko`ngillarni shodon aylab.

Ko`klamoyim yurtimga xush kelibsanmi?!

Baland tog`ni bezab turar qizg`aldoqlar,

O`z sepingni har tomonga yoyibsanmi?!

Doshqozonda pishar qaynoq sumalaklar,

Ko`klamoyim yurtimga xush kelibsanmi?!

Page 8: Без названия · oilaning orni, ³Badan tarbiyasi sog`lom insonni tarbiyalash, ³Fikr tarbiyasi tafakkurini rivojlantirish, fikrlashga orgatish, ³Axloq tarbiyasi ± yaxshi

Teshaboyeva

Mohiraxon

9 b sinf o`quvchisi

Istedodli o`quvchi.

She’rlari viloyat va

respublika gazetalarida

chop etilgan.

Kelgusida taniqli

shoira bo`lish orzusida

Oqibat

Dunyo xech to`ymadi ko`z yoshga,

Alam jang boshladi bardoshga.

Tanaga sig`magan bir boshga,

Nelarni solgan bu oqibat.

Shoh Mashrabni qilgan devona,

O`z o`g`liga begona ona.

Haqiqatni izlaydi yana,

Yolg`ondan to`lgan oqibat.

Yaxshilikni bilmagan qancha,

Ota nasixatin uqqancha.

Ulug`bekka nayzasin sancha,

Jonini olgan oqibat

Qaldirg`och farzandin xor qilmas,

Bir ona mehriga zor qilmas.

Dunyoni ko`ziga tor qilmas

Qushlardan qolgan bu oqibat.

G`amda kim ham yelka tutadi,

Yillar uzr so`rab o`tadi.

Qoshin kerib ajal kutadi,

Tushlarda qolgan bu oqibat

… Qushlardan qolgan bu o q i b a t.

Xamidova O`g`iloy

9 b sinf o`quvchisi

She’rlar mashq qilib

turadi.She’rlarsiz

hayotini tasavvur ham

etolmaydi.

Kelajakdagi orzusi-

advokat bo`lish

Qish

Qishning go`zal ziynati,

Kirib kelar yangi yil.

Uylar mexmonga to`lib,

Boshlanadi yangi yil.

Uyimizda ko`z olib,

Yaltiraydi archalar.

Aytaman yangi yilda

She’rlarimdan parchalar.

Ajoyib xayol

Chuqur xayollar surib,

Ba’zida o`ylab ko`rib,

Yer shundayin kattami,

Oy undan ham kattami?

Quyosh charaqlab tursa,

Men bilan birga yursa.

Quyosh ham yuradimi,

O`zi xam biladimi.

Page 9: Без названия · oilaning orni, ³Badan tarbiyasi sog`lom insonni tarbiyalash, ³Fikr tarbiyasi tafakkurini rivojlantirish, fikrlashga orgatish, ³Axloq tarbiyasi ± yaxshi

Axmadjanova

Muxtasarxon

8 d sinf o`quvchisi

Bo`sh vaqtlarida

she’rlar mashq qilib

turadi.

Kelgusida yaxshi inson

bo`lish orzusida

Onajonimga

Agar Sizni bag`rimga bossam,

Keng dunyolar esdan chiqadi.

Oy yuzizga bir bora boqsam,

Murg`ak qalbdan dardlar ketadi.

Xusn olgan farishta sizdan,

Mening uchun farishtam o`ziz.

O`rnak olsin onajon sizdan,

Mendayin bir erkatoy qiziz.

Dunyolarga almashmam sizni,

Jon onajon, yig`lamang, faqat.

Ne istaydi ko`nglingiz ayting,

Xizmatizga shayman toabad!

Abdullayev Dilshodbek

5 b sinf o`quvchisi

Daqiqa

Vaqt aytadi har damda,

Kimlar buni bilmaydi.

Bir kun necha soatlik,

Nazarga ham ilmaydi.

Aslidachi bir kunda,

Ellik sahifa kitob,

O`qish kerak albatta

Bo`lsa hamki u betob.

O`tkirova Maftunaxon

8 s sinf o`quvchisi

Bo`sh vaqtlarida she’rlar

mashq qilib turadi.

Orzusi- yetuk

huquqshunos bo`lish

Farishtam

Mening dunyodagi eng go`zal baxtim,

Moviy ko`zli oxu, ko`kdagi taxtim.

Sizni baxtli qilish meningdir ahdim,

Onajonim, farishtam, farishtaginam.

Sizning so`zlaringiz xayot tayanchi,

Toza yuragingiz dunyo quvonchi.

Kuchli irodangiz Vatan ishonchi,

Onajonim, farishtam, farishtaginam.

Tolibjanova Ruxsora

5 b sinf o`quvchisi

Mening go`zal Chortog`imsan!

Xizir nazar etgan joy,

Gullagan gul shahrimsan.

Ramzi ko`k, ramzi chiroy,

Mening go`zal Chortog`imsan!

Jaxon ichra jaxonim

Maskani jonajonim,

Olamda yo`q bo`stonim-

Mening go`zal Chortog`im!

Page 10: Без названия · oilaning orni, ³Badan tarbiyasi sog`lom insonni tarbiyalash, ³Fikr tarbiyasi tafakkurini rivojlantirish, fikrlashga orgatish, ³Axloq tarbiyasi ± yaxshi

Mahmudov Doniyor

5 a sinf o`quvchisi

Onajonim allasi

Kechalari uxlamay,

Alla aytib chiqadi.

Bolam baxtli bo`lsin deb,

Duo qilib chiqadi.

Onajonim allasi,

Mehribonim duosi.

Oq yuvib, oq tarab,

Bizni ulg`aytiradi.

Sog`lom bola bo`lsin deb,

Bor kuchini beradi.

Onajonim allasi,

Mehribonim duosi.

Birovdan kam qilmaydi,

Yugurib yelib o`zi.

Faqat bizni o`ylaydi,

Tinim bilmay kunduzi.

Onajonim allasi,

Mehribonim duosi.

Abdug’ofurova Shodiyaxon

8 a sinf o`quvchisi

Abdullayeva Sarvinoz

8 a sinf o`quvchisi

Abdurahmanova Mohichehra

7 a sinf o`quvchisi

Dadajonim

Quvonchimiz o`zingiz,

Mehr to`la ko`zingiz.

Bizga boqqan oningiz,

Yorishadi yuzingiz.

Ketsangiz siz yiroqlab,

Xuvillaydi uyimiz.

Go`yoki uchib ketgan

Farishtasi xovlimiz.

Bergan tarbiyangizdan,

To`gri saboq olamiz.

Xuddi siz aytganingizdek,

Zo`r shifokor bo`lamiz.

Page 11: Без названия · oilaning orni, ³Badan tarbiyasi sog`lom insonni tarbiyalash, ³Fikr tarbiyasi tafakkurini rivojlantirish, fikrlashga orgatish, ³Axloq tarbiyasi ± yaxshi

Mamadjanova Asalxon

8 s sinf o`quvchisi

Murakkab foizlar va ular bilan bog’liq masalalar.

Agar biror miqdordagi pul, aytatlik p so’m omonat kassaga qo’yilsa va unga boshqa tegilmasa,

ya’ni boshqa pul qo’shilmasa yoki biror qismi olinmasa, u holda bu p omonatga uning ma’lum foizi

qo’shilib turadi. Navbatdagi foizlar avvalgi miqdor p ga va qo’shilgan foydaga nisbatan ham

qo’shilib boriladi.

Aytaylik, bir yilda qo’shiladigan foyda omonatga qo’yilgan pulning a % ini tashkil etsin. U

holda birinchi yil oxiridagi foyda p miqdor pul uchun 100

ap so’mni tashkil etadi. Buni yanada

ixchamroq ifodalash uchun 100

ak belgilash kiritaylik. U holda, birinchi yil oxiridagi foydani

qisqacha kp so’mga teng deya olamiz.

Shunday qilib, birinchi yil oxirida omonatdagi pul dastlabki qo’yilgan pul bilan foydaning

yig’indisi )1( kppkp ga teng bo’ladi.

Endi omonatdagi pulga ikkinchi yili ham tegilmagan desak, u holda ikkinchi yil uchun

qo’shiladigan foyda yangi )1( kp miqdorga nisbatan hisoblanishi kerak. Shuning uchun

ikkinchi yil qo’shiladigan foyda kkp )1( bo’ladi. Demak, kassadagi omonatning umumiy

miqdori

)1()1()1( kpkkpkp 2

bo’ladi.

Uchinchi yil davomida keladigan foyda oxirgi miqdordan hisoblanib, u kkp 2)1( ga

tengdir. Demak, uch yil ichida omonatdagi pul 322 )1()1()1( kpkkpkp .ga teng

bo’ladi.

Shunday qilib, biror n yildan keyin omonatdagi pul nkp )1( bo’lishi kelib chiqadi.

1-masala: Aytaylik omonat kassaga 15 000 so’m qo’yildi va bir yilda keladigan foyda

omonatning 4% ini tashkil etsin. Agar omonatdagi pulga tegilmasa, u holda 5

yildan keyin u qancha bo’ladi?

Yechish: Belgilashga ko’ra 04,0100

4k bo’lgani uchun omonatdagi pul miqdori

18240)04,1(15000)04,01(15000

so’m bo’ladi.

2-masala: 1983 yil o’rtalarida yer yuzi aholisi 4,72 mlrd.dan iborat bo’lib, yillik o’sish

1,8% ni tashkil etgan. 1990 yil o’rtalariga kelib yer yuzi aholisi qancha

bo’lgan?

Yechish: Bu masala huddi 4,72 mlrd omonat qo’yilib, yiliga 1,8% foyda olinishi

masalasiga o’xshashdir. Shuning uchun yuqoridagi mulohaza va hulosalarga asoslanib, 7 yildan

keyingi aholi soni

35,5133,172,4)018,1(72,4)018,01(72,4

mlrd.ga teng bo’lganini topamiz.

Page 12: Без названия · oilaning orni, ³Badan tarbiyasi sog`lom insonni tarbiyalash, ³Fikr tarbiyasi tafakkurini rivojlantirish, fikrlashga orgatish, ³Axloq tarbiyasi ± yaxshi

Sobirova M.

9 a sinf o`quvchisi

Men 9 – “A” sinf o’quvchilari haqida ikki og`iz gapirib o`tmoqchiman.

Avvalo, bu sinfning ilg`orlari, ya’ni bilimda tengi yo`q o`quvchilari haqida gapishdan

oldin, bu sinfning jonkuyar va oqila sinf rahbari haqida aytib o`tishni joiz deb bilaman.

Bizning sinf rahbarimiz Usmanova Shoxistaxon - bu bilim maskaniga qadam qo`yganimizdan

buyon bizga ikkinchi ona vazifasini o`tadilar. Yaxshi-yomon kunlarimizda yonimizda

bo`ldilar. Ular bamisoli bir daraxt, biz esa ularning mevalarimiz. Biz bunday ustozga chin

dildan rahmat aytamiz.

Sinfimizda ilg`or, a’lochi o`quvchilar juda ko’p. Otamirzayeva Shoxsanam, Xolmatov

Bekzod, Adasheva Matluba, O`tbosarov Muzaffar, Mutalov Muhammadlarning o`rni alohida.

Bu bilan boshqalarning nufuzi yo`q demoqchi emasman, har ishda, har narsada har bir

o`quvchining o`rni bor.

Sinfimiz bilimda ham, badiiy tadbirlarni o`tkazishda ham lmaktab-internatda o`z

o`rniga ega. Bilimlar belleshuvida bir qator o`quvchilarimiz qatnashdilar va nufuzli o`rinlarni

egalladilar. O`tbosarov Muzaffar, Otaxanov Ikromjon, Yoqubjanov O`rozalilar faxrli

o`rinlarni egalladilar. Xolmatov Bekzod esa tarix fanidan birinchi o`rinni egallab viloyat

bosqichiga yo`llanma oldi.

Bizda yana sho`x va quvnoq yigitlardan tuzilgan “Shum yigitlar” jamoasi mavjud. Bu

jamoani biz ertalabki saflanishlarda, tadbirlarda ko`rar va ularning chiqishlaridan zavqlanar

edik. Lekin keyingi paytlarda biz bu jamoani deyarli ko`rmayapmiz. Ular albatta yana

sahnaga qaytishlarini aytishdi. Bu jamoa yigitlariga omad tilaymiz.

Biz yana barcha o`qituvchilarimizga va guruh tarbiyachilarimizga minnatdorchilik

bildirmoqchimiz. Ular bizga bilim sirlarini chuqurroq egallashimiz uchun o`z kuchlarini

ayashmayapti. Bundan tashqari mustaqil shig`ullanishimizga imkon va sharoit yaratib

berishmoqda. Men shu sinfda o`qiyotganimdan xursandman. Shu o`rinda Umid jurnali va

uning muharriri Qobiljon Qosimovga minnatdorchilik bildiraman.

Page 13: Без названия · oilaning orni, ³Badan tarbiyasi sog`lom insonni tarbiyalash, ³Fikr tarbiyasi tafakkurini rivojlantirish, fikrlashga orgatish, ³Axloq tarbiyasi ± yaxshi

Abdullayev Mansurbek

9 a sinf o`quvchisi

MUHAMMAD YUSUF

O‘zbek milliy adabiyotining ko‘zga ko‘ringan iste’dodli shoirlaridan biri Muhammad

Yusufdir. U 1954 yil 26 aprelda Andijon viloyatining Marhamat tumani, Qovunchi

qishlog`ida oddiy oilada tavallud topdi. O’rta maktabni tugatgandan so‘ng respublika Rus tili

va adabiyoti institutini (1978) tamomladi. 1978—1980 yillarda respublika Kitobsevarlar

jamiyatida, 1980—1986 yillarda «Toshkent oqshomi» ro‘znomasida, 1986—1992 yillarda esa

G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida, «O’zbekiston ovozi»

ro‘znomasida faoliyat yuritdi. 1997-yiidan e'tiboran O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

raisining o'rinbosari etib tayinlandi.

Garchi, uning she'rlari vaqtli matbuotda tez-tez chop etilib turgan bo'lsa-da, birinchi she'riy

to'plami nisbatan kech - 1985-yildagina e'lon qilingandi. Shundan keyin shoirning «Bulbulga

bir gapim bor» (1987), «Iltijo» (1988), «Uyqudagi qiz» (1989), «Halima enam allalari»

(1989), «Ishq kemasi» (1990), «Ko'nglimda bir yor» (1990), «Bevafo ko'p ekan» (1991),

«Yolg'onchi yor», «Erka kiyik» (1992), «Osmonimga olib ketaman» singari o'nlab she'riy

majmualari °'quvchi qo'liga yetib bordi. U yirik poetik janrlarga ham murojaat etib,

«Osmonning oxiri», «Qora quyosh» singari dostonlar yaratdi.

1989 yilda «Uyqudagi qiz» nomli she’riy to‘plami uchun unga respublika Yoshlar mukofoti

berilgan.

U rostgo‘y shoir, halol va pokiza qalb egasi edi. Shuning uchun ham uning she’riyati

butun ma’naviyatga to‘la, muhabbat haqida kuylaydimi, bevafo yor haqida qo‘shiq to‘qiydimi

yoki tariximiz, taqdirimiz haqida kuylaydimi hamisha hayotga, haqiqatga hamnafaslik sezilib

turadi. Uning she’rlari oddiy, ravon, soddaligi bilan xalq og’zaki ijodiga hamohang ko‘rinadi.

Shoirnig «Mehr qolur» she’rini eslang-a:

O'tar qancha yillar to'zoni,

Yulduzlar — ko'zyoshi samoni.

O'tar inson yaxshi-yomoni,

Mehr qolur, muhabbat qolur.

Istiqlol yillarida erishgan yuksak ijodiy yutuqlari uchun Muhammad Yusufga 1998-yilda

«O`zbekiston xalq shoiri» unvoni berildi.

Shoir she’riyati ham shunday. Mehringizda, qalbingizda qo‘shiq bo‘lib qoladi.

Page 14: Без названия · oilaning orni, ³Badan tarbiyasi sog`lom insonni tarbiyalash, ³Fikr tarbiyasi tafakkurini rivojlantirish, fikrlashga orgatish, ³Axloq tarbiyasi ± yaxshi

Otamirzayeva Shohsanam

9 a sinf o`quvchisi

ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR

Bobur dunyoni hayratga solgan yirik davlat va madaniyat arbobi, mohir sarkarda,

donishmand tarixchi, zakovatli olim va tarjimondir. Ayni paytda u adabiyotimizning

Navoiydan keyingi zabardast vakili hisoblanadi.

Bobur 1483- yili Farg'ona viloyatining poytaxti Andijonda tug'ilgan. Otasi ushbu

viloyat hokimi Umarshayx Mirzo Amir Temurga to'rtinchi avlod — evara edi. Onasi Qutlug'

Nigorxonimning otasi Yunusxon esa o'n ikki avlod bilan Chingizxonga ulanardi. Ko'rinadiki,

Bobur insoniyat tarixidagi ikki buyuk sulola tutashgan nuqtada dunyoga kelgan jahonning eng

mashhur shaxslaridan biridir. Murakkab va ziddiyatli hayoti o'spirinlikdan to umrining

oxirigacha jang-u jadallar, sarson-sargashtalik, zafar va mag'lubiyat, ijod-u bunyodkorlik

og'ushida kechdi.

Bobur 1497- yili 15 yoshida sohibqiron Amir Temur poytaxti Samarqand shahrini

egallaydi. Lekin moddiy tanqislik, qaltis siyosiy at tufayli bu shahri azimni tashlab chiqishga

majbur boiadi. Andijonda lat yuz bergandi. Bobur ishongan beklar taxtga ukasi Jahongir mirzoni

zmoqchi bo'ladilar. Ikki yil sargardonlikdan so'ng katta mashaqqatlar Andijon qaytarib olinadi.

1500- yilda Bobur Samarqandni jangsiz qo'lga kiritadi. Lekin Shayboniyxon yaqinlashib

kelayotganligi uchun kuch to'plash maqsadida Shahrisabzga jo'naydi. Bobur Samarqandni

tashlaab ketishga, nafaqat Samarqandni, jondan aziz Vatanini ham butunlay tark etishga

majbur bo'ldi. Ikki yilga yaqin sarson-sargardonlikdan so'ng Kobulga yo'l oladi. Kobul va

G'aznani jangsiz egallaydi va o'zini podshoh deb e'lon qiladi. 1507- yildan Hindistonni zabt

etish harakatiga tushgan Bobur 1526- yili o'z maqsadiga yetadi. Bobur va boburiylarning

hukmdorligi Hindiston tarixida juda katta ijobiy ahamiyat kasb etdi. Bobur Hindistondagi din-

mazhab janjallarini oldini olishga, mamlakatda tinchlikni qaror toptirishga urindi. Begona bir

yurtni zabt etish hech qachon oson kechmagan. 1526- yilning 21- dekabrida Bobur

dushmanlari tomonidan zaharlanib, tasodif tufayli omon qoladi. Bu ahvol yigirma besh-

yigirma olti kun davom etadi. Bobur 1530- yilning 26- dekabrida Agrada vafot etadi. Keyin

uning xoki, vasiyatiga muvofiq, Kobulga ko'chiriladi.

Bobur xalqimizning har jihatdan yetuk, g'oyat iste'dodli farzandi edi. U o'ta notinch,

sargardonlikda kechgan umrini zo'r salohiyati tufayli jozibali qila oldi. Uning hayoti faqat

janglar bilangina emas, ilhomiy onlar bilan ham to'la edi. U yigirma yoshida yangi bir yozuv -

"Xatti Boburiy"ni kashf qildi. Umr bo'yi ajoyib she'rlar yozdi, devon tartib qildi. Musiqa bilan

shug'ullanib, "Chorgoh" maqomiga "savt"lar bitdi. 1521-yilda she'riy yo'lda soliq ishlarini

tartibga soluvchi "Mubayyin al-zakot" ("Zakot bayoni") asarini yozdi. 1523-1525-yillarda aruz

vazni haqida "Muxtasar" nomli risola bitdi. Boburning "Harb ishi", "Musiqa ilmi" nomli

asarlari hozirgacha topilgan emas. U tarjima bilan shug'ullandi. Xo'ja Ahrorning "Volidiya"

asarini she'riy yo'l bilan o'zbekchaga o'giradi.

Muallifning "Boburnoma" asari nafaqat o'zbek adabiyoti, balki jahon adabiyotining nodir

namunasi sanaladi. Bu memuar (esdalik) asarida Bobur o'n ikki yoshida taxtga chiqishidan

boshlab umrining oxirigacha boshidan o'tkazganlarini, ko'rgan-kechirganlari, guvohi bo'lgan

voqealarni siyosatchi, davlat arbobi, olim, sayyoh va shoir nigohi bilan tahlil etadi. Shuning

uchun bu asar tarix, etnografiya, geografiya, tilshunoslik, adabiyotshunoslik va boshqa fanlar

uchun birday manba bo'la oladi. "Boburnoma"ning o'zbek nasri taraqqiyotidagi o'rni

beqiyosdir.

Bobur o'zbek va fors tillarida ijod etgan zullisonayn shoirdir. U ona tilida yozgan she'rlarini

to'plab, 1519- yilda Kobulda, 1528 - 1529- yillarda Hindistonda devonlar tuzgan. Bu ikki

to'plam o'sha joylar nomi bilan "Kobul devoni", "Hind devoni" deb ataladi. Kobul devoni

topilgan emas. Mutaxassislarning fikricha, saqlanib qolgan she'rlarining soni to'rt yuzdan ortiq.

Shundan 119 tasi g'azal, 231 tasi ruboiy. Shuningdek, shoir devonidan tuyuq, fard, masnaviy,

qit'a, muammo kabi janrlar ham joy olgan.

Page 15: Без названия · oilaning orni, ³Badan tarbiyasi sog`lom insonni tarbiyalash, ³Fikr tarbiyasi tafakkurini rivojlantirish, fikrlashga orgatish, ³Axloq tarbiyasi ± yaxshi

Rahimov Mirzaabdulla

7 a sinf o`quvchisi

Baliqlarning ahamiyati.

Baliqlarning amaliy ahamiyati juda katta. Jahonda yiliga 50 mln

tonnadan ortiqroq baliq ovlanadi. Bu miqdor oziq birligi bo`yicha 650

mln bosh qoramolga to`g`ri keladi. Ovlanadigan baliqlarning asosiy qismi oziq

– ovqat mahsulotlari sifatida ishlatiladi. Baliqchilik sanoati chiqindilaridan

chorva mollari uchun baliq uni, qishloq xo`jaligi ekinlari uchun o`g`it

tayyorlanadi. Bundan tashqari baliq yog`i tibbiyotda dori sifatida ishlatiladi.

Baliq maxsulotlari vitaminlarga boy bo`ladi.

Baliq go`shti oqsilga boy mazali bo`lishi bilan birga organizmda tez hazm

bo`ladi. Balqning ikrasi ham hushta’m taom xisoblanadi. Ayniqsa seld va

lasossimon baliqlarning go`shti yuqori kaloriyali bo`lib ularning ikrasi juda

qadrlanadi. Baliq go`shtini qaynatib, qovurib, dudlab, tuzlab yoki

konservalangan xolda iste’mol qilinadi.

Adasheva Matluba

9 a sinf o`quvchisi

Biologiyadan qiziqarli savollar

1.Kolorado qo`ng`izining qurtlari va g`umbagi qayerda rivojlanadi?

2.Ko`zlari teri ostida joylashgan, tuproqda 30-60 sm chuqurlikda yashaydi, dum va oyoqlari

yo`q, bu ta’riflar suvda hamda quruqlikda yashovchilarning qaysi turkumiga mansub?

3.Ba’zi hasharotlar orasida mozaik ko`rish mavjud. Lekin o`rgimchakning 8 ta ko`zi bo`lsa

ham unda mozaik ko`rish mavjud emas . Nima uchun?

4. “Dengiz arisi” nomini olgan hayvon qaysi va nima uchun?

5.Qizilquyruq qaysi sinf va tipga mansub?

6.Suvda yashaydigan qaysi sutemizuvchilar hidni yaxshi sezmaydi, biroq o`ljasini hidini tez

payqaydi?

7.Kitlardagi rudiment organ qaysi?

8. “Men butun umrim bo`yi aqliy va jismoniy mehnatni sevib keldim, ikkinchisini, hatto

ortiqroq ko`raman” – deb yozgan inson kim?

9.Bunday qaddi-qomat umurtqa pog’onasini bo’yin va bel qismidagi oldinga egilishlarini

normaga nisbatan kam, ko’krak qismidagi orqaga egilishning esa ko`p bo`lishi tufayli vujudga

keladi. Bu qanday qaddi-qomat?

10.Qaysi nafas olish organida havo mavjud emas?

11.Adashgan ma’nosini beruvchi nerv markazi qaysi?

12.Qaysi vitamin yetishmaganda ko`zning shox pardasi xiralashadi hamda ko`rish o`tkirligi,

ranglarni ajratish qobiliyati pasayadi, soch to`kiladi?

Page 16: Без названия · oilaning orni, ³Badan tarbiyasi sog`lom insonni tarbiyalash, ³Fikr tarbiyasi tafakkurini rivojlantirish, fikrlashga orgatish, ³Axloq tarbiyasi ± yaxshi

Satimboyev Ne’matjon

8 s sinf o`quvchisi.

Matematik topishmoqlar

1. - Buvijon nabirangiz necha yoshda?

- Mening yoshim nechada bo`lsa nabiram shuncha oylik.

- Sizning yoshingiz nechada?

- Nabiram yoshi bilan mening yoshimni qo`shsang 65 chiqadi. Nabiram nesha yoshda?

2. Salimning akalari qancha bo`lsa opalari ham shuncha. Katta opasining ukalari soni singillari

sonidan 2 marta ko`p. Shu oilada nechta o`gil va nechta qiz bor?

Haydarova Gulsora

7 a sinf o`quvchisi

Qiziqarli savollar

1. Sham nimadan tayyorlanadi?

2. “Volfram” so`zining ma’nosi ?

3. Yashil brilliant eritmasi nima deb ataladi?

4. Xindular buni “daraxt yoshlari“ deb atashgan. Bu nima?

5. Alkimyogarlar suvni nima deyishgan?

6. Ruteniy elementi qaysi davlat sharafiga qo`yilgan?

7. Litiy qachon va kim tomonidan kashf etilgan?

To`raxanova Shodiyona 7 a sinf

1 O’ 1.Suv tashiydigan qadimiy idish

2 Z 2.Kavkazdagi davlat

3 B 3.Yevropadagi davlat

4 E 4. O`zbek avtomobili

5 K 5.Qarz olish

6 I 6. Yapon elektronika firmasi

7 S 7. Kulgi, iljayish

8 T 8. Issiq va sovuq o`lchov birligi

9 O 9.Bahor mevasi

10 N 10. Uzoqni yaqin qiladigan…

Abduvahobov Sherzodbek. 7 a sinf

1 2 3 4

1 1. Gul turi

2 2. Koinot, dunyo

3 3. Chuqur, o`ra

4 4.Otaning singlisi

Page 17: Без названия · oilaning orni, ³Badan tarbiyasi sog`lom insonni tarbiyalash, ³Fikr tarbiyasi tafakkurini rivojlantirish, fikrlashga orgatish, ³Axloq tarbiyasi ± yaxshi

Dadaboyev Bahtiyor 7 a sinf

B

1 O 1.Gul nomi bilan ataladigan sayl

2 Y 2.Boychechakka sinonim gul

3 CH 3.Yarmi idish yarmi gul

4 E 4.Uyda parvarish qilinadigan gul

CH 5. …gul

5 A 6.Tikonli gul

6 K

Xudayberdiyev Asrorbek 8 d sinf

1 O’ 1.Meva turi

2 Z 2.Italiyadagi mashhur minora

3 B 3.Poytahti DAKKA

4 E 4. Afrikada paydo bo`lgan qabila

5 K 5.Yuz qismi

I 6. Tottenxem futbol jamoasi hujumchisi

6 S 7.Radius so`zining ma’nosi

T

O

7 N

Mirjalilova Mohlaroyim. 8 s sinf

1 O’ 1.Keng va …

2 Z 2.Ayollar taqinchog`i

3 B 3.Momo va …

4 E 4. O`zi bitta ko`zi mingta

5 K 5. Qush turi

6 I 6. Ko`k kuylakli bir ayol, sariq bola ko`targan

7 S 7. Ayiq … yaladi, asalari taladi.

8 T 8. … va Zuhra

9 O 9.Lolaning makoni

10 N 10. Aziz ne’mat.

Page 18: Без названия · oilaning orni, ³Badan tarbiyasi sog`lom insonni tarbiyalash, ³Fikr tarbiyasi tafakkurini rivojlantirish, fikrlashga orgatish, ³Axloq tarbiyasi ± yaxshi

Mamatvaliyeva Shirinbonu Mamatvaliyev Jasurbek

8 d sinf 5 b sinf

Jamoliddinova O Sobirov Sohibjon

7 a sinf 5 b sinf

Isoqova Nilufarxon Ortig`aliyev Ulug`bek

8 d sinf 5 b sinf

Hurmatli jurnal mushtariylari: Siz yuborgan rasmlar, maqolalar, krosvordlar, topishmoqlarning hammasini jurnalimizda bosib

chiqarishning imkoni yo`qligi sababli, keyingi sonlarda berib borishni rejalashtrirdik.

Page 19: Без названия · oilaning orni, ³Badan tarbiyasi sog`lom insonni tarbiyalash, ³Fikr tarbiyasi tafakkurini rivojlantirish, fikrlashga orgatish, ³Axloq tarbiyasi ± yaxshi

Fevral – matematika va informatika fanlari oyligi

Maktab internatda mazkur oylikni samarali o`tkazish bo`yicha tadbirlar rejasi tuzilgan.

Mazker rejaga muvofiq quyidagi nominatsiyalar bo`yicha tanlov e’lon qilqinadi:

1. Eng faol sinf.

2. Eng faol sinf kutubxonasi

3. Rasmlar tanlovi.

4. Refaratlar va ilmiy maqolalar tanlovi.

5. Yosh modelchilar tanlovi.

6. Eng yaxshi dars ishlanmalari tanlovi.

7. Matematik topshiriq va topishmoqlar tanlovi.

Natijalar oylik yakunida hakamlar tomonidan e’lon qilqinadi.

Aniq fanlar uslubbirlashmasi

Page 20: Без названия · oilaning orni, ³Badan tarbiyasi sog`lom insonni tarbiyalash, ³Fikr tarbiyasi tafakkurini rivojlantirish, fikrlashga orgatish, ³Axloq tarbiyasi ± yaxshi