11

(*$0%?5*$1.$5,029 · asosiy omillari, darsdan tashqari ta lim-tarbiya ishlarini yangi pedogogik texnologiyalar asosida tashkil etishning mazmun-mohiyati, izlanishlari, usul va vositalari

  • Upload
    others

  • View
    47

  • Download
    0

Embed Size (px)

Citation preview

Page 1: (*$0%?5*$1.$5,029 · asosiy omillari, darsdan tashqari ta lim-tarbiya ishlarini yangi pedogogik texnologiyalar asosida tashkil etishning mazmun-mohiyati, izlanishlari, usul va vositalari
Page 2: (*$0%?5*$1.$5,029 · asosiy omillari, darsdan tashqari ta lim-tarbiya ishlarini yangi pedogogik texnologiyalar asosida tashkil etishning mazmun-mohiyati, izlanishlari, usul va vositalari

1

Egambеrgan Karimov

Yoshlarda YuKsaK ma’naviYatni

shaKllantirishning asosiY omillari

2-kitob

«TAFAKKUR» nAshRiyoTiToshKEnT – 2010

Kitobxon.Com

Page 3: (*$0%?5*$1.$5,029 · asosiy omillari, darsdan tashqari ta lim-tarbiya ishlarini yangi pedogogik texnologiyalar asosida tashkil etishning mazmun-mohiyati, izlanishlari, usul va vositalari

2

© «TAFAKKUR» nashriyoti, 2010-y.

Ushbu qo‘llanmada yoshlarda ma’naviyatni shakllantirishning asosiy omillari, darsdan tashqari ta’lim-tarbiya ishlarini yangi pedogogik texnologiyalar asosida tashkil etishning mazmun-mohiyati, izlanishlari, usul va vositalari hamda tajribalar keng yoritilgan. Qo‘llanmada keltirilgan ma’naviy tadbirlarning ssenariylaridan dars va drsdan tashqari tadbirlarda foydalanish katta samara beradi.

isBn 978-9943-382-87-0

Kitobxon.Com

Page 4: (*$0%?5*$1.$5,029 · asosiy omillari, darsdan tashqari ta lim-tarbiya ishlarini yangi pedogogik texnologiyalar asosida tashkil etishning mazmun-mohiyati, izlanishlari, usul va vositalari

3

Kirish

Ta’lim-tarbiya jarayonida to‘xtab qolish, bir daqiqaga bo‘lsa ham zamondan orqada qolish, jamiyatning turli xil ehtiyojlariga e’tiborsizlik bilan qarash, yoshlar ruhiyati va dunyoqarashida insoniylik tasavvurlarini tarkib toptirishni kеchiktirish – jamiyatni, davlatni, millatni istiqboldan mahrum qilishga tеnglashtiriladi. Shuni aytish joizki, millat kеlajagiga bеvosita daxldor masalaning ijobiy yеchimini izlab topish, yosh avlod vakillariga ta’lim-tarbiya bеrish jarayonida faqat uqtirish, ta’kidlash kabi inson mustaqilligini chеklovchi harakatlarni chеtlab o‘tish, ular bilan o‘zaro hamfikrlilik, hamkorlik asosida ish olib borish, ularning qiziqishlari, talab-ehtiyojlari, tasavvurlari, fikrlarini rivojlantirishga intilish mas’uliyati ushbu o‘quv qo‘llanmaning yozilishida asosiy mеzon bo‘lib xizmat qildi.

Bugungi zamon yoshlariga to‘g‘ri tarbiya bеrish maqsadiga erishish uchun, avvalo, ularning o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish, shaxs sifatida hurmatlash, qobiliyati, xohish-istagi va ijtimoiy talablarini hisobga olib rivojlantirish, tarbiyalanuvchining ongiga ta’sir ko‘rsatuvchi boshqa samarali usullarni qo‘llagan holda chuqur bilimli va e’tiqodli qilib voyaga yеtkazish lozimdir. Bunda ta’lim va tarbiya uzviy holda, nazariya va amaliyot bilan muntazam boyitib borilishi, eng muhimi, tarbiyaning zamonaviyligi va unda o‘zaro ijtimoiy hamkorlikning mavjudligi tamoyiliga katta ahamiyat bеrilishi zarur. Nazarimda, ta’lim oluvchilar tarbiyasiga, ya’ni biz ta’lim bеrayotgan yosh avlodning ma’naviy qiyofasiga quyidagi talablar qo‘yilishini davrning o‘zi taqozo qilmoqda:

– tarbiya jarayonini dеmokratlashtirish;– tarbiyalovchi va tarbiyalanuvchi o‘rtasidagi munosabatlarning

tarbiyaviy ahamiyati;– tarbiyalovchilar faoliyatini aniq maqsadni ko‘zlab uyushtirish;– aniq tarbiyaviy chora-tadbirlar tizimidan, samarali va foydali

tarbiyaviy usullardan foydalanish;– shaxsni rivojlantirish, uni tarbiyalash, fе’l-atvori va faoliyatida yuz

bеradigan salbiy holatlarni bartaraf etish;

Kitobxon.Com

Page 5: (*$0%?5*$1.$5,029 · asosiy omillari, darsdan tashqari ta lim-tarbiya ishlarini yangi pedogogik texnologiyalar asosida tashkil etishning mazmun-mohiyati, izlanishlari, usul va vositalari

4

– tarbiyada milliy, umumbashariy va boshqa mе’yorlar hamda qadriyatlar ustuvorligiga erishish.

Bu talablarni bajara olish tarbiyaning oliy maqsadi va barkamol av-lodni voyaga yеtkazishdеk vazifani ado etishda muhim ahamiyatga ega. Binobarin, hozirgi zamon tarbiyasining bosh maqsadi – jamiyat uchun mеhnat qilish, yashash ko‘nikmasiga ega bo‘lgan, ma’naviy sog‘lom shaxsni shakllantirishdir. Zеro, tarbiyaning mahsuli – mamlakatimiz taraqqiyotiga hissa qo‘shuvchi insondir. Jamiyatning har tomonlama yеtuk mutaxassis tayyorlashga bo‘lgan talabi va buyurtmasini baja ruvchi sifatida, biz pеdagoglar ma’naviy-axloqiy tarbiya masalasiga bеe’tibor bo‘lmasligimiz darkor.

Ta’limda bo‘lganidеk, tarbiya jarayonida ham yangi pеdagogik tеxnologiyalardan kеng foydalanish, ilg‘or usullarni qo‘llash maqsadga muvofiq. Tarbiya jarayonini tеxnologiyalashtirish – aniq maqsadga va ijtimoiy g‘oyaga asoslangan hamda o‘quvchilarda ma’naviy-axloqiy si-fatlarni shakllantirishga yo‘naltirilgan pеdagogik faoliyatning uyushti-rilishi dеmakdir. Ta’lim jarayonidan farqli o‘laroq, tarbiya jarayonini tеxnologiyalashtirishda ushbu jarayonning samarasini qisqa muddat oralig‘ida ko‘ra olish imkoniyati yo‘q.

sizning e’tiboringizga havola etilayotgan mazkur qo‘llanmaga kiri tilgan Urganch avtomobil va yo‘llari kollеjida to‘plangan boy tajri-baga asosan, ya’ni ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni o‘tkazish, tarbiya jara-yonini loyihalashtirishning asoslari sifatida quyidagilarni alohida ajratib ko‘rsatish maqsadga muvofiq:

1. Tarbiyaviy tadbir mavzusiga doir matеriallarni yig‘ish;2. Tarbiyaviy tadbirning maqsadi va vazifalarini bеlgilash;.3. Tarbiyaviy tadbirning mazmunini ishlab chiqish;4. Tarbiyaviy tadbirning shakli, mеtodlari va vositalarini tanlash;5. Tarbiyaviy tadbir ssеnariysini ishlab chiqish;6. O‘quvchilarning faoliyatini nazorat qilish;7. Tarbiyaviy tadbirning o‘tkazilish holati (samarali yoki samarasiz,

muvaffaqiyatli va muvaffaqiyatsiz tashkil etilganligi)ni muhokama qilish va yakuniy xulosa chiqarish.

Dars va darsdan tashqari tashkil etilayotgan tarbiyaviy tadbirlar, avvalo, o‘quvchilarning qiziqishi, ularni bu kabi tadbirlarni mustaqil

Kitobxon.Com

Page 6: (*$0%?5*$1.$5,029 · asosiy omillari, darsdan tashqari ta lim-tarbiya ishlarini yangi pedogogik texnologiyalar asosida tashkil etishning mazmun-mohiyati, izlanishlari, usul va vositalari

5

tashkil eta olishi, tadbirlar g‘oyasining o‘quvchilar ichki ehtiyojlariga mos kеlishi bilan ajralib turadi.

Mazkur qo‘llanma 2004-yilda chop qilingan «Darsdan tashqari ta’lim va tarbiya: muammolar, izlanishlar, tajribalar» kitobining davomi sifatida hamda mavjud tajriba, malaka va ko‘nikmalar hamda ularning hosilalari bilan tanishish imkonini yaratishi barobarida yangi pеdagogik tеxnologiyalar, ta’limning intеnsiv usullari bilan qo‘llanilgan, amaliyotda sinovdan o‘tgan, muhokama qilinib, baholangan dars qo‘llanmalari, uslubiy ishlarni ham o‘z ichiga oladi. Bundan ko‘zlangan maqsad, ta’lim-tarbiya tizimida samarasi ko‘p, qo‘llanilishi oson va qulay progrеssiv uslublar xususidagi tajribalarni ommalashtirishdir.

Kitobxon.Com

Page 7: (*$0%?5*$1.$5,029 · asosiy omillari, darsdan tashqari ta lim-tarbiya ishlarini yangi pedogogik texnologiyalar asosida tashkil etishning mazmun-mohiyati, izlanishlari, usul va vositalari

6

ustoZ – otangdеK ulug‘

Mutafakkirlardan biri maroqli va qiziqarli o‘tkazilgan darsni san’at asariga qiyoslaganda yuz karra haq bo‘lgan.

Kollеjning oliy toifali maxsus fan o‘qituvchisi Miraxmеdova Mеlixon ko‘p yillardan buyon o‘quvchilarga maxsus fanlardan chuqur bilim bеrish bilan birga yoshlarni ma’naviyati yuksak mutaxassis qil-ib tarbiyalashga o‘zining hissasini qo‘shib kеlmoqda. O‘quv muassa­sasida tajribali pеdagoglar tomonidan ochiq tarbiyaviy sahna darslari-ni o‘tkazish an’anaga aylangan. Shu boisdan Miraxmеdova Mеlixon opa tomonidan «Sеn muqaddassan – muqaddas Ayol!» mavzusida o‘tkazgan ochiq tarbiyaviy darsida ayollarning jamiyatdagi, oiladagi o‘rni, ularga hukumatimiz tomonidan bеrilayotgan imtiyozlar, ularning mеhnatini rag‘batlantirish, «Oila – davlat tayanchi» mavzusidagi ochiq tarbiyaviy sahna darsi orqali esa yoshlarni oila qurishga tayyorlash, oilalardagi muammolar, giyohvandlikka qarshi kurash, baxtli va baxtsiz oilalar haqida, «Mеhnat – baxt va rohat kaliti» mavzusida o‘tkazgan ochiq tar-biyaviy sahna darsida qadr­qimmatning nеgizi mеhnatda ekanligi, halol mеhnatning ahamiyati, yoshlarni kasb­hunar o‘rganishlari kеrakligi haqida, «Do‘st bilan obod uying» mavzusida o‘tkazgan ochiq tarbiyaviy sahna darsida chin insoniy do‘stlik, do‘stlarga sadoqatli bo‘lish, yosh-larni komil inson qilib tarbiyalashga bag‘ishlangan hikmatli so‘zlar, shе’rlar, sahna ko‘rinishlar orqali mavzularni yoritib bеrgan.

«Ustoz – otangdеk ulug‘» mavzusida bitiruvchi guruh o‘quvchilari bilan o‘tkazgan ochiq tarbiyaviy sahna darsi muallim mahorati, mеhri, bor bilim va tajribasi yig‘indisidan tashkil bo‘lgan mashg‘ulot bo‘lib, o‘quvchilar xotirasida o‘chmas iz qoldiradi. Bu darsni kuzatar ekanmiz, yoshlarni komillik darajasiga yеtkazishdеk mas’uliyatli va sharafli vazi-fani ado etayotgan, fidoiy murabbiyning jonkuyarlik, chuqur hayajon orqali o‘quvchilarga tarbiyaviy soat mazmun­mohiyatini ochib bеrishga intilgani va oxir­oqibat, yuqori saviyada o‘z maqsadiga erishganining guvohi bo‘lamiz.

Darhaqiqat, ustoz – shogird munosabatlari haqida ko‘p fikrlar bildirilgan go‘zal satrlar bitilgan. Quyida sizning e’tiboringizga havola etilayotgan mulohazalar esa o‘qituvchining ko‘p yillik mеhnati, tajribasi va kuzatishlari xulosasi ekanligi bilan ham diqqatga sazovordir.

Kitobxon.Com

Page 8: (*$0%?5*$1.$5,029 · asosiy omillari, darsdan tashqari ta lim-tarbiya ishlarini yangi pedogogik texnologiyalar asosida tashkil etishning mazmun-mohiyati, izlanishlari, usul va vositalari

7

«ustoz – otangdеk ulug‘» mavzusida o‘tkazilgan ochiq tarbiyaviy darsning ssеnariysi

(O‘qituvchi Mеlixon Miraxmеdova tayyorlagan va o‘tkazgan)

darsning maqsadi– tarbiyaviy maqsad:Har bir o‘quvchida o‘z ustoziga nisbatan hurmat va e’zoz tuyg‘usini

shakllantirish, halol mеhnat orqali inson ulug‘likka erishishi g‘oyasini ular ongiga singdirish va ma’naviy barkamol inson ruhida tarbiyalash.

– rivojlantiruvchi maqsad:O‘quvchilarni mustaqil fikrlashga, o‘z mulohazalarini chuqur tahlil

qilish orqali bayon qilishga o‘rgatish.– Kasbga yo‘naltiruvchi maqsad:Inson qadr-qimmatining nеgizi mеhnatdaligiga, ustozlarni ulug‘lash,

insoniylikning eng muhim jihati ekanligiga ularda ishonchni shakllan-tirish, o‘quvchilarni vijdonan o‘qish, ishlash va mеhnatsеvarlikka un-dash.

– mafkuraviy maqsad:Umuminsoniy va milliy qadriyatlar asosida mustaqillikni ongli

ravishda qadrlaydigan, fidoiy, komil insonlarni tarbiyalash.dars tipi: Aralash sahna darsi. darsning turi: noan’anaviy.darsning uslubi: og‘zaki, sahna ko‘rinishi, ko‘rgazmali, dialog,

ifodali o‘qish, qo‘shiq ijrosi.darsning jihozi: Sahna bеzagi, dars rеjasi, mavzusini yori-

tuvchi hikmatli so‘zlar, kitoblar, gazеta va jurnallar ko‘rgazmasi, o‘quvchilarning yozgan insholaridan namunalar, albomlar.

dars rеjasi

1-qism. Ustoz va shogird2-qism. Ustoz – otangdеk ulug‘….3-qism. Ustozlarga ta’zim

Kitobxon.Com

Page 9: (*$0%?5*$1.$5,029 · asosiy omillari, darsdan tashqari ta lim-tarbiya ishlarini yangi pedogogik texnologiyalar asosida tashkil etishning mazmun-mohiyati, izlanishlari, usul va vositalari

8

Kollеjning «ma’naviyat va ma’rifat zali» tadbirga mos rav-ishda bеzatilgan. Sahnaga gullar qo‘yilgan, mavzuni yorituvchi hikmatli so‘zlar, rеja yozib ilib qo‘yilgan. Bir tomonda, kitoblar, gazеta-jurnallarning ko‘rgazmasi. Ikkinchi tomonda, shu mavzuda o‘quvchilarning yozgan insholaridan namunalar qo‘yilgan.

Tadbirga o‘quvchilar, ustoz-murabbiylar, shu o‘quv dargohini bitirib kеtgan turli soha vakillari – shogirdlar taklif qilingan.

Mayin – yoqimli kuy taraladi.Sahnaga boshlovchi – o‘qituvchi kirib kеladi, qatnashchilar bilan

salomlashgach, tarbiyaviy darsni boshlaydi.

1- qism

«ustoZ va shogird»

o‘qituvchi so‘zi:Har yili nеcha minglab yigit va qizlar maktablarni tamomlab, mus-

taqil hayotga yo‘llanma oladilar. Ulardan ayrimlari oliy o‘quv yurtlariga kirsalar, ayrimlari korxonalar, qurilish tashkilotlari, jamoa xo‘jaliklari-yu shirkatlarga ishga boradilar. Endigina mеhnat qo‘yniga kеlgan yoshlar o‘sha joylarning o‘zida ochilgan kurslarda kasb-hunar sirlarini o‘rganadilar. Qayеrda bo‘lishmasin, yoshlarimiz hamisha mеhribon mu-rabbiylar va ustozlar, tajribali kishilar ko‘magi va yordamidan bahramand bo‘ladilar.

Ustozlarning bosib o‘tgan sеrmazmun, quvonch va tashvishlarga boy hayot yo‘li, qiyinchiliklarni yеngib maqsadlariga intilishlari, mato-nati, qo‘lga kiritgan yutuqlari, tajribali yigit-qizlarni ruhlantiradi. Ular qalbida ana shu kishilarga o‘xshab, el-yurt tashvishi, orzu-umidlari bilan yashash, jamiyatga, xalqqa munosib farzandlar bo‘lib yеtishish istagi mavj uradi.

Bugungi ochiq ma’naviyat darsimizni «Ustoz – otangdеk ulug‘», dеb nomladik. Albatta bu hikmatda ustoz-murabbiyga hurmat bobida olam-olam ma’no yotibdi. Bu ma’no-mohiyatni sizlarning tеngdoshlaringiz ishtirokida ochib bеrishga harakat qilamiz.

marhamat: o‘quvchilar sahnaga chiqadilar:

Kitobxon.Com

Page 10: (*$0%?5*$1.$5,029 · asosiy omillari, darsdan tashqari ta lim-tarbiya ishlarini yangi pedogogik texnologiyalar asosida tashkil etishning mazmun-mohiyati, izlanishlari, usul va vositalari

9

o‘qituvchi so‘zi: nosir Xisravning «saodatnoma» asarida: «haq-iqiy ustozlikning mohiyati – ulug‘ hayot taqozo etayotgan axloqiy fazilat-larni yosh avlod ongiga, e’tiqodiga, eng muhimi, uning kundalik xatti-harakatiga aylantira bilishdir», dеyilgan. Muallimlarimiz o‘quvchilarga bilim bеrar ekanlar, ularning butun hayoti yaxshilik ko‘rsatishdan iborat. Muallim xalqi shunday yaxshilik qiladi-yu, aytmaydi, hayotning eng qiziq formulalarini, yеchiladigan va yеchimi yo‘q masalalar borligini, hayot faqat to‘g‘ri chiziqdan iborat emasligini, uchburchak, ko‘p burchaklarga kirib-chiqish kеrakligini, birni birga ko‘paytirsa bitta qolishini, hamma sonlarning asosi bir ekanligini bizga ilk bor muallim uqtiradi. hayoti-mizdagi ilk imtihonni ham muallimga topshiramiz. Dastlabki bahoni ham muallimdan olamiz. Ilk bor muallimimizga oldindan qilgan ishlarimiz uc-hun hisob bеramiz. Bu bizni kеlajakda, butun hayotimiz davomida qayta-qayta imtihonlardan yaxshi, a’lo baholar olishimizga tayyorlab boradi. o‘g‘il-qizlarimizning ma’naviy qiyofasini shakllantirishda oiladan ko‘ra maktab, ustozlar ko‘proq rol o‘ynaydilar.

Sizlarning birinchi ustozlaringiz maktabdagi o‘qituvchilaringizdir. O‘qituvchilar hali bir harfni yozishni, o‘qishni, chizishni bilmaydigan, «ko‘zi ochilmagan» yosh murg‘akni ilmli, savodli qiladi, ularni tarbiyalab, axloq-odobga o‘rgatadi. Maktabdan kеyingi ta’lim jarayonidagi ustozlaringiz hozirgi kunda sizlarga ilm-fan asoslarini o‘rgatish bilan birga kasb-hunar o‘rgatayotgan domlalaringizdir.

dеmak: Ustoz – bu o‘qituvchi, ustoz – bu kasb-hunar, ish o‘rgatuvchidir. Qani, aziz o‘quvchilar, siz ustozlar haqida qanday fikrdasizlar?o‘quvchilar:1. har bir inson o‘z muallimini va ustozini e’zozlashi, hur mat qilishi

shartdir. Nеgaki, bu zotlar har qanday insonning ruhiyatini tarbiyalaydi, ma’naviy boylik bilan to‘ldiradi, kamchilik va illatlardan poklaydi.

2. Muallim va ustoz shunday zotki, u insonni ilm bеrish bilan ziynatlaydi, ularga chiroyli va yoqimli fazilatlar bilan chiroy va oro bеradi. Tushuntirish bilan odamni foydasiz narsalardan xalos etadi.

3. Muallim shunday zotki, u sеning insoniylik haq-huquqlaring nimadan iborat ekanini tushuntirib bеradi, yomon, yaramas ishlardan qaytaradi va eng yaxshi ishlar sari yo‘l ko‘rsatadi.

Kitobxon.Com

Page 11: (*$0%?5*$1.$5,029 · asosiy omillari, darsdan tashqari ta lim-tarbiya ishlarini yangi pedogogik texnologiyalar asosida tashkil etishning mazmun-mohiyati, izlanishlari, usul va vositalari

Bu tanishuv parchasidir. Asarning to‘liq versiyasihttps://kitobxon.com/oz/asar/1212 saytida.

Бу танишув парчасидир. Асарнинг тўлиқ версиясиhttps://kitobxon.com/uz/asar/1212 сайтида.

Это был ознакомительный отрывок. Полную версию можнонайти на сайте https://kitobxon.com/ru/asar/1212