57
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI 5-9-sinflarda NAVOIYXONLIK VA BOBURXONLIK kechalarini o’tkazish bo’yicha uslubiy qo’llanma EGAMBERDIYEVA DURDONAXON (Andijon viloyati Oltinko’l tumani 28-DIMIning ona tili va adabiyoti o’qituvchisi) 1

28-dimi.uz28-dimi.uz/.../2017/02/SSENARIY-NAVOIY-VA-BBOBUR.docx · Web viewDarhaqiqat, Nizomiy panjasiga panja urib, o’zining turkiy tildagi birinchi “Xamsa”sini yaratgan lirik

  • Upload
    vandiep

  • View
    509

  • Download
    6

Embed Size (px)

Citation preview

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI

5-9-sinflardaNAVOIYXONLIK VA BOBURXONLIK kechalarini o’tkazish bo’yicha uslubiy qo’llanma

EGAMBERDIYEVA DURDONAXON(Andijon viloyati Oltinko’l tumani 28-DIMIning

ona tili va adabiyoti o’qituvchisi)

Andijon

1

UO’K – 808KBK – 83.3 (O’z)Е 32

Egamberdiyeva Durdonaxon “Navoiyxonlik” va “Boburxonlik” kechalarini o’tkazish bo’yicha uslubiy qo’llanma / Egamberdiyeva Durdonaxon ; mas’ul muharrir: D.Abdullayeva. – Andijon, 2015. – 44 b.

Ushbu “Navoiyxonlik va Boburxonlik” kechalarini o’tkazish bo’yicha uslubiy

qo’llanma ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etishda amaliy yo’riqnoma

vazifasini bajara oladi.

Uslubiy qo’llanmadan umumiy o’rta talim va ixtisoslashtirilgan maktab-

internatlarining 5-9-sinflarida “Navoiyxonlik” va “Boburxonlik” kechalariga

bag’ishlangan madaniy va ma’rifiy tadbirlarni o’tkazishda keng foydalanish

mumkin.

Mas’ul muharrir:

D.Z. Abdullayeva – filologiya fanlari nomzodi

Taqrizchi:

F.Kiyikboyev – filologiya fanlari nomzodi

So’z boshi

2

Bugungi kun ta’lim sohasida o’quvchilarni har tamonlama barkamol shaxs

qilib tarbiyalashda ajdodlarimiz qoldirgan boy ijodiy merosni o’rganish muhim

ahamiyat kasb etadi. Umumiy o’rta ta’lim maktablarida bu yo’lda madaniy-ma’rifiy

ishlarni tashkil etish, unda bevosita o’quvchilarning faol ishtirokini ta’minlash

pedagogning asosiy vazifasi sanaladi. Ona tili va adaboyot darslarida

o’qituvchining o’quvchi shaxsini riojlantirishida buyuk mutafakkir, davlat arbobi,

so’z mulkining sultoni – Alisher Navoiy va shoh, shoir, olim, buyuk sarkarda

Zahiriddin Muhammad Bobur kabi til va adabiyot rivojiga o’zining salmoqli

hissasini qo’shgan buyuk ajdodlarimizning beqiyos ijodiga, ularning o’chmas

xotirasiga bag’ishlangan tadbirlarni tashkil etishi, o’quvchilarning yosh va

psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda madaniy-ma’rifiy kechalar

o’tkazishi komil inson shaxsini tarbiyalashida yetakchi qadamdir.

Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur shaxsiyati, hayot yo’li va

ijodi hamma davrlarda yosh avlodning ta’lim-tarbiyasi uchun o’rnak, namuna

bo’la oladi. Buyuk zotlarning murakkab hayot yo’li, ijodiy merosini o’rgangan,

sevib mutolaa qilgan o’quvchida mumtoz adabiyotimizga mehr, muhabbat paydo

bo’lsa, asarlaridagi g’oyalar orqali yoshlarning vatanga, ona yurtga, xalqqa

bo’lgan yuksak his-tuyg’ulari shakllantiriladi. Ayniqsa, mutafakkir ijodkorlarning

qiyofasi sahnada jonlantirilganda ularga bo’lgan hurmat va muhabbat, ehtirom

tuyg’ulari yanada jo’shadi.

O’rta umumta’lim maktablarining adabiyot darslarida, adabiy to’garak

mashg’ulotlari, sinf soatlari, ma’naviyat tadbirlarida o’quvchilar tomonidan ijro

etilgan sahna asarlari tomoshabinga o’zgacha badiiy-estetik ta’sir ko’rsata oladi.

Mashhur insonlar rolini ijro etishga qiziqish albatta, barcha o’quvchida bo’ladi.

Ushbu qo’llanma umumta’lim maktablarining ma’naviyat tadbirlarini tashkil

etishda amaliy yo’riqnoma vazifasini o’taydi, deb umid qilamiz.

3

5-sinf uchun Navoiyxonlik kechasini tashkil etish bo’yicha bayram tadbiri ssenariysi

(Sahna bayramona bezatilgan. Sahnaning to’rida Alisher Navoiyning surati.

O’ng tomonda ijod namunalari stol ustiga terilgan. Mayin musiqa sadosi ostida

boshlovchilar chiqib keladi)

1-boshlovchi: Xalqim tarixini o’chmas izi bor,

Qo’llaydi muqaddas ajdodlar ruhi.

Ularni yurakdan e’zozlab bu kun,

Yurtimda kezadi bayram shukuhi.

2-boshlovchi: Moziyning taratgan yorqin nuridan,

Iftixorga to’la dildan bir kalom.

Ey, buyuk yurtimning gul-chechaklari,

Navoiy avlodi sizga assalom.

1-boshlovchi: Assalomu alaykum aziz ustozlar, bilimga chanqoq o’quvchilar.

2-boshlovchi: Ulug’ ajdodlarimizning siymosi hamisha el ardog’ida. Mana

bugun ham she’riyat mulkining sultoni, ona tilimiz ravnaqiga o’zining munosib

hissasini qo’shgan mir Alisher Navoiy bobomiz tavalludining ___ yilligini

nishonlamoqdamiz.

1-boshlovchi: Navoiy bobomiz hayotiga nazar solsak, u zotning naqadar

ibratli umr ko’rganini guvohi bo’lamiz.

2-boshlovchi: Navoiy ijodining har bir namunasida insonlarni ezgulikka

chorlovchi g’oyalar o’z aksini topgan.

1-boshlovchi: Odami ersang demagil odami,

Onikim yo’q xalq g’amidin g’ami

deya odamlarni Vatanni sevishga, xalqni qadrlashga chorlaydi.

2-boshlovchi: Ana shunday hikmatga to’la ijod namunalarini biz yoshlar dildan

o’rganmoqdamiz.

4

(Sahnaga sakkizta o’quvchi kirib keladi)

1-o’quvchi: Yigitlikda yig’ ilmning maxzani,

Qariliq chog’i xarj qilg’il ani. 2-o’quvchi: Yolg’onchi kishi ermas,

Yolg’on aytmoq mardlar ishi ermas.

3-o’quvchi: Inson ani bilki, kom erur onga saloh,

Til hifzida bil zumrai insonga saloh.

4-o’quvchi: Agar yaxshilik kimga af’oldur,

Jazosi aning ganji iqboldur.

5-o’quvchi: Hunarni asrabon netkumdir oxir,

Olib tufroqqamu ketgumdir oxir?!

6-o’quvchi: Ko’ngul maxzanining qulfi til,

Va ul maxzanning kalitin so’z bil.

7-o’quvchi: Har kimgaki, ilm qil-u qoli bo’lmas,

Ilm ahliga so’z derga majoli bo’lmas.

8-o’quvchi: Ilm ichra menga to bo’ldi madxal,

Topilmas mushkule men qilmagan hal.

1-boshlovchi: Navoiy bobomiz bolaligidan yuksak iste’dodi bilan ustozlarini

ham hayratga solgan.

2-boshlovchi: U besh yoshida Qosim Anvorning kattalar ham tushinishi qiyin

bo’lgan g’azalini yod olgan.

1-boshlovchi: U endigina qalam tebratgan kezlaridayoq o’zining bir bayti bilan

ustozi mavlono Lutfiyni lol qoldiradi.

2-boshlovchi: Hirot tuprog’ida voyaga yetgan,

Qush tilin yo’llarin munavvar etgan.

Yillar to’zonidan sog’-omon o’tgan,

Navoiy bobomlar buyuk odamlar.

5

(Sahna ortidan T. Almatovning “Ey, sabo” kuyi yangraydi. Sanada yosh Alisher

siymosi gavdalanadi. Egnida o’sha zamonga mos to’n, salla, etik. Sahnaning bir

chetida Lutfiy va uning shogirdlari kitob mutolaa qilib o’tiribdi. Alisher ta’zim qilib

kirib keladi)

Alisher: Assalomu alaykum, ustoz.

Lutfiy: Vaalaykum assalom, barakallo, kelsinlar. Qani Alisherbek, o’lturung.

(Alisher ta’zim qilib o’tiradi)

Lutfiy: Otangiz salomatmu?

Alisher: Insholloh, yuribdilar. Sizga ko’pdan ko’p salom aytdi.

Lutfiy: Salomat bo’lg’aylar. O’zingiz-chi, omonmisiz? She’r mashq qilib

turibsizmu?

(Alisher boshini tasdiq ma’nosida silkib qo’yadi)

Alisher: Ha ustoz, bugun ham bir g’azal bitgan erdim. Lozim topsalar o’qib

beramen.

Lutfiy shogirdlariga qarab jilmayib

Lutfiy: Qani eshitaylik.

(Alisher o’rnidan turib, qo’ynidan g’azal yozilgan qog’ozni oladi va o’qiy

boshlaydi )

Alisher: Orazin yopg’och ko’zimdin sochilur har lahza yosh,

Bo’yla kim paydo bo’lur yulduz nihon bo’lg’ach quyosh.

Lutfiy: Barakallo, Alisherbek, barakallo.

Shogirdlari: Ofarin, bag’oyat go’zal bayt bitibdursiz.

Lutfiy bir muddat jim turib, so’ng

Lutfiy: Agar imkon bo’lsa erdi, sizning bu baytingizg’a umrim davomida

yozg’on barcha she’rlarimni alishg’on bo’lur erdim. Sizdan xo’o’o’b xursandmen.

Alisher: Qulluq, taqsir, qulluq.

Lutfiy: O’qig’on g’azalingizni bog’dagi mushoirada ham o’qib berg’aysiz.

6

Alisher: Xo’p bo’ladi, taqsir.

(Barchalari birgalikda chiqib ketadilar)

1-boshlovchi: Dunyoda biror nom qoldirmoq uchun,

Yurt buzish shart emas, degan gap-ku, rost.

Kimdir pesh qilganda nayzaning kuchin,

Alisher qalamni ko’rsatgan , xolos.

Sahnada qizlar tomonidan raqs ijro etiladi

2-boshlovchi: Nido tingla, bu kun yurting tarafdan,

Ey, yiroq Hirotda maskan topgan er!

Ogoh bo’l, Alisher, sen ushbu gapdan:

Har ikki nabirang – biri Alisher.

O’quvchilar Navoiy ruboiy va tuyuq, qit’alaridan namunalar o’qishadi

1-o’quvchi: Jondin seni ko’p sevarmen ey, umri aziz,

Sondin seni ko’p sevarmen ey, umri aziz.

Har neniki sevmak ondin ortiq bo’lmas,

Ondin seni ko’p sevarmen ey, umri aziz.

2-o’quvchi: G’urbatda g’arib shodumon bo’lmas emish,

El anga shafiq-u mehribon bo’lmas emish.

Oltin qafas ichra gar qizil gul bitsa,

Bulbulg’a tikondek oshiyon bo’lmas emish.

3-o’quvchi: Tig’i ishqing yorasidur butmagan,

Dardini har kimga aytib butmagan.

Hajr sahrosidur ohim o’tidin,

Anda gul yoxud giyohe butmagan.

4-o’quvchi: Kamol et kasbkim, olam uyidin

Senga farz o’lmag’ay g’amnok chiqmoq.

7

Jahondan notamom o’tmak biaynih

Erur hammomdin nopok chiqmoq.

1-boshlovchi: Alisher Navoiy ijodi bebaho xazinadir. Uning adabiy merosi

ham, o’zining nurli hayot yo’li ham biz yoshlarga hamisha ibrat va hayot maktabi

bo’lib qoladi.

2-boshlovchi: Shunday ekan, bu ulug’ zotning merosini qadrlamoq, uni qunt

bilan o’rganmoq, qolaversa, unga munosib avlod bo’lmoq bizning muqaddas

burchimizdir.

Shu buyuk o’g’lingni ardoqlab dildan, -

Xalqim, ta’zim etsang arzigay tamom.

Uning nomi bilan birga bitilgan

1- va 2- boshlovchi: 2- (Jo’rlikda) Dunyo daftariga o’zbek degan nom.

Sahnaga tadbirda ishtirok etgan barcha o’quvchilar chiqib, Abdulla Oripov

she’ri, Mutal Burxonov musiqasi asosida yaratilgan “Alisher Navoiyga qasida”

qo’shig’ini musiqa jo’rligida ijro etadilar.

5-sinf uchun Boburxonlik kechasini o’tkazish bo’yicha bayram ssenariysi

(Bayramona bezatilagan sahnada Bobur surati qo’yilgan. Sahna ortida Sh.

Jo’rayev ijrosida “Yaxshilig’” ashullasi pastroq ovozda yangraydi. Sahnaga ikki

boshlovchi – yigit va qiz chiqib keladi.)

1-boshlovchi: Har kimki vafo qilsa, vafo topqusidur,

Har kimki jafo qilsa, jafo topqusidur.

Yaxshi kishi ko’rmagay yomonlig’ hargiz,

Har kimki yomon bo’lsa, jazo topqusidur. 2-boshlovchi: Tole’ yoqe jonimg’a balolig’ bo’ldi,

Har ishniki ayladim, xatolig’ bo’ldi.

8

O’z yerni qo’yib, Hind sori yuzlandim,

Yo rab, netayin, ne yuz qarolig’ bo’ldi.

1-boshlovchi: Assalomu alaykum, aziz ustozlar, qadrli o’quvchilar.

2-boshlovchi: Man bugun ham o’zbek mumtoz adabiyotiga o’zining munosib

hissasini qo’shgan buyuk ajdodimiz shoh va shoir Zahirridin Muhammad Bobur

tavalludining ___ yilligini nishonlamoqdamiz. 1-boshlovchi: Zahiriddin Muhammad Bobur 1483-yil 14-fevralda Andijonda

Farg’ona viloyatining hukmdori Ummarshayx Mirzo xonadonida tavallud topgan.

2-boshlovchi: Dovyurak, jasurligi uchunan yoshligidan “Bobur” ya’ni “Sher”

laqabini olgan.

1-boshlovchi: 12 yoshida otasidan ayrilgan Bobur taxtni boshqaradi. Lekin

g’animlarning tazyiqi va Shayboniyxon bilan bo’lgan urush va nizolardan so’ng

Bobur taxtni tashlab Hidistonga ketishga majbur bo’ladi.

2-boshlovchi: Bobur Hindistonda Boburiylar imperiyasiga asos solgan

bo’lsa-da, umri bo’yi Vatan sog’inchi bilan yashadi. She’rlarida ham buni takror-

takror aytadi:

Davron meni o’tkardi savri-samondin,

Ayirdi meni bir yo’la xoni mondin.

Gah boshima toj, gah baloyi ta’na,

Nelarki boshimga kelmadi davrondin.

1-boshlovchi: Bobur davlatni boshqarish bilan bir qatorda, ko’plab ilmiy va

badiiy asarlar yaratib, o’zbek adabiyoti xazinasini yana-da boyitdi. O’zining umr

bo’yi ko’rgan-kechirganlari haqida “Boburnoma” asarini yaratadi.

Buyukligi uning shohlikda emas,

Taxt o’tkinchi shon-shavkat, xolos.

G’azal bitgan xassos qalami uchun,

Butun dunyo xalqi qo’ygandir ixlos.

9

(Sahnaga 4 nafar o’quvchi Bobur ruboiylarini o’qish uchun chiqadi.

Orqa fonda esa “Ey sabo” kuyi past ovozda yangrab turadi )

1-o’quvchi: Yuz oh, Zahiriddin Muhammad Bobur,

Tuz oh, Zahiriddin Muhammad Bobur.

Sarishtayi ayshdin ko’ngilni zinhor,

Uz oh, Zahiriddin Muhammad Bobur

2-o’quvchi: Beqaydmen-u harobi siym ermasmen,

Hammol yig’ishtirur laim ermasmen.

Qobulda iqomat etdi Bobur dersiz,

Andoq demangizkim, muqim ermasmen.

3-o’quvchi: Raftori-yu qaddig’a ravonim sadqa,

Bir boqishig’a iki jahonim sadqa.

Og’ziyu belig’a bud-u nobudim sarf

Ko’ziyu labig’a jismi jonim sadqa

4-o’quvchi: Yod etmas emish kishini mehnatda kishi,

Shod etmas emish kishini g‘urbatda kishi.

Ko‘nglim bu g‘ariblig‘ga shod o‘tmadi hech,

G‘urbatda sevinmas emish, albatta, kishi.

1-  boshlovchi: Bobur Hindistonda shoh bo‘lsada, bir umr Vatanini, uning

tuprog‘ini bag‘ri keng odamlarini sog‘inib yashadi.

 2-  boshlovchi: U o‘zga yurt toji taxtidan Vataning bir siqim tuprog‘ini afzal

deb bildi. Shoir g‘azallarida, ruboiylarida armonga aylangan Vatan sog‘inchini his

etamiz.

Maktab o‘quvchilari tomonidan  kichik sahna ko‘rinishi namoyish etiladi.

Mayin musiqa yangraydi.

10

Bobur taxtda o‘tiribdi. Atrofdagi uch-to‘rt mulozimlari bilan mamlakatdagi siyosiy axvol, soliqlar to‘g‘risida suhbatlashmoqda. Shunda soqchi kelib bir kishi Boburning huzuriga kirish uchun izn so‘rayotganini aytadi.

Bobur: - Ruxsat, huzurimga olib kelingiz. (Notanish kishi qo‘lida qovun bilan

kirib keladi va ta'zim qiladi.)

 Kishi: Assalomu alaykum, hazratim. (Ta'zim keltiradi.) Men savdogarman.

Sizning huzuringizga kelishimdan maqsad Andijondan keltirilgan qovundan olib

keldim. Ona yurtimizdan olib kelingan bu ne'matdan totib ko‘ring, hazratim. Zora

sog‘inchingizga malham bo‘lsa.

Bobur sekin taxtdan tushib kelib titroq qo‘llari bilan qovunni oladi. Uni uzoq

hidlab yuz-ko‘zlariga surtadi va o‘ta g‘amgin holda gapiradi.

  Bobur: Rahmat, sizga. Vatanimning xush bo‘ylarini olib kelgan bu qovunda

Andijon shamoli-yu, musaffo havosini, tabarruk tuprog‘ining isini, beqiyos

ekinzorlarining go‘zalligini, bolaligim o‘tgan go‘zal vodiylar  manzarasi, dilkash

xalqimning nafasini, ota-onam mehrini tuydim. Kindik qonim to‘kilgan Vatan -

mening beshigim, sog‘inchim va tuganmas armonlarimdir.

  Tole yo‘qki jonimga balolig‘ bo‘ldi,

Har ishniki ayladim, xatoliq bo‘ldi.

O‘z yerni qo‘yib, Hind sori yuzlandim,

Yo, rab, netayin, ne yuz qarolig‘ bo‘ldi.

 1-boshlovchi:  Buyuk shoir Zahiriddin Muhammad Bobur she'riyati o‘zining

nodir va badiiy qimmati bilan ham adabiyotimizda katta o‘rin egallagan.

2-boshlovchi: Ha, Bobur iymoni butun inson bo‘lgan, ana shu e'tiqod, uning

o‘z iqroriga ko‘ra, uni doimo turli balo-qazolardan muhofaza qilgan.

 Dunyoning tilagi, samari ham biz,

 Aql ko‘zin qarosi, javxari ham biz.

11

 To‘garak jahonni uzuk deb bilsak

 Shaksiz, uning ko‘zi, gavhari ham biz.

Qizlar tamonidan Boburning “Gul jamoling…” g’azali asosida yaratilgan

qo’shiqqa raqs ijro etiladi

1-boshlovchi: Bobur shoh va shoir bo’libgina qolmay buyuk sarkarda ham edi.

U yurt tinchligi yo’lida harbiy ilmni mukammal egallagan.

2-boshlovchi: Bungi avlod ham ana shunday ajdodlariga munosib voris

bo’lishga hamisha harakat qiladilar.

Sahnada Sultonali Rahmatovning “Assalom, O’zbekiston ” kuyi ostida o’g’il

bolalar harbiy harakatlar namoyish qiladilar

1-boshlovchi: Hurmatli mehmonlar, aziz o‘quvchilar bugungi kechamizni

Zahiriddin Muhammad Boburning so‘zlari bilan yakunlasak.

2-boshlovchi: Unda kishi umrini mazmunli, barakali, o‘zidan keyin dog‘ va

malomat qoldirmasdan yashashi, bu zaminda yashashdan maqsad, odamlarni

ezgulikka  yetaklash garovi bor. Unga amal qilish hammamizga nasib etsin:

Bori elga yaxshilig’ qilg’inki mundin yaxshi yo’q,

Kim degaylar dahr aro qoldi falondin yaxshilig’.

6-7-sinf uchun Navoiyxonlik kechasi uchun tadbir ssenariysi

12

(Sahna bayramona bezatilgan, to’rida Navoiyning sur’ati. Suratning bir

tomoniga “Odami ersang demagil odami, Onikim yo’q xalq g’amidin g’ami” bayti

shior qilib qo’yilgan, bir tomonda esa I.Karimiovning Navoiy haqida “Inson

qalbining quvonch-u qayg`usini, ezgulik va hayot mazmunini Navoiydek teran

ifoda etgan shoir jahon adabiyoti tarixida kamdan-kam topiladi”-degan so’zlari

yozilgan plakat .

Mayin musiqa sadosi ostida boshlovchilar sahnaga chiqib keladilar. )

1-boshlovchi:Ko’p jahongir ko’rgan, bu dunyo,

Hammasiga guvoh yer osti.

Lekin do’stlar she’r ahli aro,

Jahongiri kam bo’lar rosti.

2-boshlovchi: Besh asrki nazmiy saroyni,

Titratadi zanjiband she’r,

Temur tig’i yetmagan joyni,

Qalam bilan oldi Alisher.

1-boshlovchi: Assalomu alaykum, buyuk mutafakkir, g`azal mulkining sultoni -

Mir  Alisher Navoiy tavalludi tantanasiga yig`ilgan aziz mehmonlar!

 2-boshlovchi: Assalomu alaykum, “Davron elining jismida jon bo`lg`on”

mo’tabar ustozlar, qadrli o’quvchilar!

1-boshlovchi: Emas oson bu maydon ichra turmoq,

Nizomiy panjasiga panja urmoq.

Kerak sher oldida sheri jangi,

Magar sher o’lmasa bori palangi.

2-boshlovchi: Darhaqiqat, Nizomiy panjasiga panja urib, o’zining turkiy tildagi

birinchi “Xamsa”sini yaratgan lirik shoir, davlat arbobi, mutaffakir – Mir Alisher

13

Navoiy o’zbek mumtoz adabiyotining yirik namoyondasi sifatida adabiyot

ixlosmandlari uchun chinakkam ulkan badiiy xazina meros qoldirib ketdi.

2-boshlovchi: Buyuk "Xamsa"ni yaratib, Nizomiy, Xisrav Dehlaviy, Jomiyga

hamqadam bo`lib, buyuklar qatoridan joy olgan hazrat Navoiy o`z oldiga

qo`ygan maqsadini sharaf bilan ado etdi.

1-boshlovchi: Zamonasining alloma shoiri, ustozi Jomiyning yuksak bahosiga

musharraf bo`ldi. Husayn Boyqaro esa  "Bu qalamga falakdin ofarinlar yog`ilsin"

deya niyat bildirdi.

2-boshlovchi: Navoiy 60-yillik umri davomida xalqi, yurti uchun chin

insoniylik burchini ham ado etdi. Do’sti Husayn Bayqaroning yonida turib yurtning

farovonligi yo’lida qo’ldan kelgancha sa’y harakat qildi.

1-boshlovchi: Navoiyning ulkan adabiy merosi bugun jahon adabiyoti

ixlosmandlari uchun ham birdek qadr-qimmatga ega.

2-boshlovchi: Ana shunday buyuk insonlarni xizmatlarini qadrlamoq, ularga

munosib avlod bo’lmoq bizning sharafli burchimizdir

Birin-ketin o’tib borar asrlarning karvonlari,

Oh, nechog’lik xatarlidir uning oshar dovonlari,

Inson zoti murodiga azal-abad yetar edi.

Ushalsa gar umidvor zot Navoiyning armonlari.

Sahnaga 4 nafar o’quvchi chiqib Navoiyning g’azal va ruboiylaridan o’qishadi.

Orqadan “Cho’li iroq” musiqasi past ovozda yangrab turadi.

1-o’quvchi: Jonimdag’i ikki “jim” ikki dolingga fido,

Andin so’ng alif toza niholingga fido.

“Nun”i dag’i anbarin hiloloing’a fido

Qolgan ikki nuqta ikki xolinga fido.

2-o’quvchi: Ko’z bila qoshing yaxshi qabog’ing yaxshi,

Yuz bila so’zing yaxshi, dudog’ing yaxshi,

14

Eng bila mening yaxshi, saqoqing yaxshi,

Bir-bir ne deyin, boshdi oyoqing yaxshi.

3-o’quvchi: Jondin seni ko’p sevarmen , ey umri aziz,

Sondin seni ko’p sevarmen, ey umri aziz.

Har nenikim sevmak ondin ortiq bo’lmas,

Ondin seni ko’p sevarmen, ey umri aziz.

4-o’quvchi: Zohid, sanga – hur, manga – janona kerak,

Jannat – sangabo’lsun, manga – mayxona kerk.

Mayxona aro soqi-yu paymona kerak,

Paymona necha bo’lsa to’la, yona kerak .

1-boshlovchi: Fursat keldi do`st-u g`anim kimligini bilay bu kun.

Jami bashar farzandiga saodatlar tilay bu kun,

Ko`kka boqib sahar chog`i iltijolar qilay bu kun,

Nurga to`lsin aziz bobom, Navoiyning makonlari.

Maktab musiqa to’garagi a’zolari tomonidan Navoiy g’azali asosidagi ashula

ijro etiladi.

2-boshlovchi: Baytingga bir bora qovushgan har lab,

Takrorlab ketgusi mahshargacha to,

Qaratib turibsan bu yon, ne ajab,

Milliard martabali jahonni hatto.

Sahnaga ikki o’quvchi chiqib Navoiy g’azalidan o’qiydilar:

1-o’quvchi: Ko’rgali husningni zor-u mubtalo bo’ldim sanga

Ne balolig’ kun edikim, oshno bo’ldim sanga.

Har necha dedimki kun- kundin uzay sendin ko’ngil,

Vahki, kun-kundin batarrak mubtolo bo’ldim sanga.

15

Men qachon dedim, vafo qilg’il manga zulm aylading,

Sen qachon deding, fido bo’lg’il manga, bo’ldim sanga.

Qay pari paykarg’a, dersen telba bo’lding bu sifat,

Ey pari paykar, ne qilsang qil manga, bo’ldum sanga/

G’ussa changidin navoye ttopmadim ushshoq aro,

To Navoiydek asir-u benavo bo’ldim sanga.

2-o’quvchi: Qoshi yosinmu deyin, ko’zi qarosinmu deyin,

Ko’ngluma har birining dard-u balosinmu deyin?

Ko’zi qahrinmu deyi, kipriki zahrinmu deyin,

Bu kudurat aro ruxsori safosinmu deyin?

Ishq dardinmu deyin, hajr nabardinmu deyin,

Bu qatiq dardlar aro vasli davosinmu deyin?

Charx ranjinmu deyin, dahr shikanjinmu deyin,

Jonima har birining javr-u jafosinmu deyin?

Eynavoiy, dema qosh-u ko’zining vasfini et,

Qoshi yosinmu deyin, ko’zi qarosinmu deyin

Bir guruh qizlar tamonidan Navoiy so’zi bilan aytilgan Z.Boyxonova ijrosidagi

“Laling agar ne balo rangingdur…” qo’shig’iga raqs ijro etadilar.

1-boshlovchi: Kamol et kasbkim olam uyidin,

Senga farz o`lmag`ay g`amnok chiqmoq.

Jahondin notamom o`tmak biaynih,

Erur hammomdin nopok chiqmoq Navoiy aql qurolini mohir ustasi edi. U o’zining donoligi sabab zamonasini

hamisha lol qoldirib kelgan.

16

O’quvchilar tomonidan sahna ko’rinishi namoyish etiladi. Sahnada Bayqaro

o’zining mulozimlari bilan suhbat qurib o’tirigan holat. Mulozimlari Bayqarodan

norozi kayfiyatda so’z boshlaydilar.

Mulozim: Shohim biz sodiq mulozimlaringiz orasida har-xil mish-mishlar

yuribdir. Deydilarki, olampanohimiz bizning sodiqligimizga shubhalari bormikon

deb.

Bayqaro: (ajablangan ohangda)Nechuk bunday demishlar.

Mulozim: Deydilarki, siz Alisherbekka hamisha yon bosarmishsiz, bizlar

qancha sizning xizmatingizni chin yurakdan ado etsak-da, g’ayri nigoh bilan

qararmishsiz.

Yana bir mulozim: Shohim, afu etgaysiz. Sizning davlatingizni o’ylab

aytayotibmiz. Alisherbekka bunday munosabatda bo’laversangiz, u kishim

haddilaridan oshib ketmasunlar deymiz-da. Har zamonda maoshini oshira

bersangiz hovliqib ketmasunlar.

Bayqaro: (jiddiy ohangda) Ho’p mayli, sizlarga bir savolim bor. Agar shuni

javobini topsangiz sizlarni ham mavqeyingizni oshirishga va’da beramen. Uch

kun ichida javob bera olmasangiz boshingizni tanangizdan judo etamen.

(Bayqaro mulozimlarga qarab tili bilan boshini ko’rsatadi. ) Qilg’on harakatimning

javobini topsangiz bergan va’damni bajaramen, javobini topa olmasangiz ham

o’sha va’da ya’ni bir boshg’a bir o’lim.

Bayqaro orom olish uchun chiqib ketadi. Orqalaridan mulozimlar ham

ergashadi. Bir-ozdan so’ng mulozimlar yana to’planadilar. Uchunchi kun holati.

1-mulozim: Mana berilgan muddat ham poyoniga yetdi. Ammo javob topa

olmadik.

2- mulozim: Bu ketishda boshimizdan judo bo’lishimiz tayinga o’xshaydur.

3-mulozim: Jonni saqlamoq kerak. Alisherbekni oldiga borib jumboqni

yechmoq darkor. Ul kishi, albatta javobini biladur.

17

Sahnada Navoiy qiyofasidagi o’quuvchi paydo bo’ladi. Navoiy kitob mutolaa

qilib o’tirgan bo’ladi.

Mulozimlar ta’zim qilib kirib keladilar.

Mulozimlar: Assalomu alaykum, mavlono.

Alisher: Vaalaykum assalom, kelsunlar.

1 -mulozim: Taqsir sizning oldingizda gunohkormiz. Sizga xasadimiz kelib,

ustingizdan shohimizga arz qilib qo’yg’on edik.

2-Mulozim: Bizni afv etgaysiz. Shohimiz bizga bir jumboq berdilarki uning

javobini topib borsak bizni siz kibi mukafotlashg’a, agar javob topa bilmasak bizni

qatl qildirmoqqa va’da berdilar.

3-mulozim: Necha kundirki javobini topa olmadik. Bori umidimiz sizdandur.

Bizni kechirib, bizga yordam bersangiz.

Alisher nim tabassumda

Alisher: Xasad har kimning ichini yondirg’uvchi o’tdir. Xo’p mayli, jumboq

qandoq erkon?

1 -mulozim: Olampanoh bir qo’llarida boshni, bir qo’llarida tilini ko’rsatdilar.

Bu bilan nima demoqchi ekanliklarini anglolg’animiz yo’q.

Alisher bir oz jim turib aytadi

Alisher: Shohimiz bu bilan tiling boshingni yeydi demoqchi bo’lganlar. Chunki

odamni yaxshilikka yetaklovchi yoki yomonlikka duchor qiluvchi bu tildir. Bo’lar

bo’lmas so’zlarni gapirish odamni umriga zomin bo’lishi mumkin.

Mulozimlar qulluq qilib chiqib ketadilar.

Sahnada Boyqaro va Alisher suhbat qurib o’ltiribdilar. Mulozimlar ta’zim qilib

kirib keladilar.

Bayqaro: Xo’sh javobini topdingizmu?

Mulozimlar: Ha, topdik hazratim. Jumboqning javobi tiling boshingni yeydi

erkon..

18

Bayqaro: Sizlarning bunga aqlingiz yetgoniga ishonmaymen, to’g’risini

so’zlangiz kim aytdi.

Mulozimlar: Alisherbek

Bayqaro hayrat bilan Alisherga qarab

Bayqaro: Alisherbek, bularning sizga g’ayrligi borligidan xabardor bo’lsangiz

kerak, bilib turib nega bularga yordam berdingiz.

Alisher: Hazratim inson umri azizdir. Bosh egib yordam so’rab kelgan odamga

yordam bemoq, umrlarini asramoq savobdir, agar bularga yordam bermasam

nomardning ishini qilg’on bo’lar erdim. Iltimos hazratim, bularning bir qoshiq

qonidan kechsangiz.

Bayqaro: (mulozimlarga qarab) Ana ko’rdingizmi Alisherbekni nima sababdin

sizdan ortiq ko’ramen. Javobini o’zingiz ham anglog’on bo’lsangiz kerak.

Mulozimlar: Bizni kechiringiz.

Barchalari birgalashib chiqib ketadilar.

1-boshlovchi: Navoiy bobomiz yaratgan asarlar samodek tiniq, tongdek

shaffof, musiqiy ohanglar bilan yo’g’rilgan.

Asarlari ni o’qir ekanmiz, har bir satridan o’z xalqiga, insoniyatga cheksiz

mehri, u bilan bir jon, bir tan ekanligini anglash qiyin emas.

Vatan tarkini bir nafas aylama,

Yana ranji g`urbat havas aylama.

2-o`quvchi: Navoiyning jozibador baytlari bilan insoniyatga so’zning sehrini,

hayotning ma’nosini, saodatning eshigini ochib  berayotgandek .

Bu gulshan ichra yo’qtir baqo guliga sabot,

Ajab saodat erur yaxshilik bila chiqsa ot

1-boshlovchi: Bunday buyuk zotni qadrlamoq, unga munosib avlod bo’lmoq

bizning muqaddas burchimizdir.

Nido tingla, bu kun yurting tarafdan,

19

Ey, yiroq Hirotda maskan topgan er!

Ogoh bo’l, Alisher, sen ushbu gapdan:

Har ikki nabirang – biri Alisher.

Sahnada mayin mayin musiqa yangraydi. Tadbirda qatnashgan barcha

o’quvchila chiqib ta’zim qiladilar.

“Boburxonlik kechasi” uchun tadbir ssenariysi (6-7sinf)

(Sahnaga Boburning portreti qo’yilgan. Bir tomonda Z.M. Boburning “Har kimki

vafo qilsa vafo topqusidur…” deb boshlangan ruboyisi, bir tomonda esa.

I.Karimovning “Bobomiz Zahiriddin Muhammad Bobur nomi bilan har qanch

faxrlansak arziydi. O’zbek xalqi nomini butun dunyoga tanitgan ajdodlarimizdan

biri o’laroq, bu kishi bizni tarixni qadrlashga, kelajakkka ishonch ko’zi bilan

boqishga o’rgatdi” degan so’zlari shior qilib olingan plakat. Sahna ortida mayin

musiqa past tovushda yangrab turadi. Sahnaga o’g’il va qiz boshlovchilar chiqib

keladi.)

1-boshlovchi: Ko’hna tol beshikdan boshlangan olam,

Senga iddaolar qilmay sevaman.

Bir kuni singlim deb, bir kuni onam,

Vatan, kimligingni bilmay sevaman.

2-boshlovchi: Menga yering suyuk, osmonin suyuk,

Boqsam teng to’rtala tomoning suyuk.

Oyog’imga kirgan tikoning suyuk.

Kaftdan zirapchang ham olmay sevaman.

1-boshlovchi:

20

Ana shuday vatanini chin yurakdan sevib, undan ayro bo’lgan jismi shohlik

umrini kezsa-da, yuragi g’arblik dardini surgan, lekin tarix uchun, adabiyot uchun

shonli o’tmish yaratib ketgan bobomiz Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining

__yilligiga yig’ilgan siz aziz ustozlarga, qadrli o’quvchilarga assalomu alaykum

deymiz.

2-boshlovchi: Zahiriddin Muhammad Bobur 1483 yil 14 fevralda Andijonda

Umarshayx Mirzo xonadonida tavallud topdi. Saroyda shahzodalarga xos

munosib ta'lim - tarbiya olgan  Bobur otasi vafotidan so‘ng 12 yoshida taxtga

o‘tirdi.

1- boshlovchi: Bobur toj - taxt uchun bo‘lgan urushlar tufayli Andijondan

chiqib ketib, Hindistonda buyuk boburiylar sulolasiga asos soldi. Hindistonda

qudratli saltanat o‘rnatgan, davlatning gullab- yashnashida katta hissa qo‘shgan

Bobur 530 yil  Agra shahrida olamdan o‘tdi.

2- boshlovchi: U o‘z umri davomida “Boburnoma”, “Mubayyin-al -zakot”

(Zakot bayoni),”Xatti Boburiy”, “Xarb ishi” kabi ko‘plab nasriy va she'riy asarlar

yaratdi.

1- boshlovchi: Boburning ijodiy me’rosi besh asrdirki o’zining qadr-qimmqtii

yo’qotgan yo’q. Bugun ham u sevib o’rganilmoqda. Hozir o‘quvchilarimiz

tomonidan yod olingan Bobur ruboiylaridan tinglaymiz.

(Sahnaga 6 ta o‘quvchi zarli chopon va do‘ppilarda chiqadilar. Sahna ortida

“Ey sabo kuyi yangrab turadi”)

1-o’quvchi: Davron meni o‘tkardi  saru samondin,

Ayirdi meni bir yo‘la xoni mondin.

Gah boshima toj, gah baloyi ta'na,

Nelarki boshimga kelmadi davrondin.

2-o’quvchi: Yod etmas emish kishi mehnatda kishi,

Shod etmas emish kishini g‘urbatda kishi.

21

Ko‘nglim bu g‘ariblig‘ga shod o‘tmadi xech,

G‘urbatda sevinmas emish albatta kishi.

3-o’quvchi: Eshitsa kishi bu sho’ru shevan ne degay,

Doim bu tariq ichguni ko’rgan ne degay,

Dushman so’ziga kirma, eshit do’st so’zin,

Eshitmasa so’zni do’st, dushman ne degay.

4– o’quvchi: Davlatga yetib mehnat elin unutma,

Bu besh kun uchun o’zingni asru tutma.

Borg’onni kel emdi, yod qilma, ey do’st,

Borish – kelishingni lutf etib o’ksutma.

5-o’quvchi: Davron meni o’tkardi sar-u, somondin,

Ayirdi meni bir yo’lda xon-u mondin.

Gah boshima toj gah baloyi ta`na,

Nelarki boshimg’a kelmadi davrondin.

1-boshlovchi: Yoshligidan Zahirriddin Muhammadga shijoati bois “Bobur’

laqabini berishni ya’ni Bobur – “yo’lbars” demakdir.

2-boshlovchi: Boburga berilgan bunday taxallus ham uning chaqaloqligidagi

ismi qo’yilgan kun kabi quvonchli edi.

Maktab o’quvchilari tamonidan Boburning chaqaloqligidagi ism qo’yish

marosimi sahna ko’rinish orqali namoyish etiladi.

1-boshlovchi:Hijron qafasida jon qushi rom qiladur,

G’urbat bu aziz umrni kam qiladur.

Ne nav`bitay firoq-u g’urbat shahrin,

Kim ko’z yoshi nomaning yuzini nam qiladur.

Maktab musiqa to’garagi a’zolari tamonidan Bobur g’azali ijrosida ashula ijro

etiladi.

22

1-boshlovchi: Bobur shoh va shoir bo’libgina qolmay buyuk sarkarda ham edi.

U yurt tinchligi yo’lida harbiy ilmni mukammal egallagan.

2-boshlovchi: Bungi avlod ham ana shunday ajdodlariga munosib voris

bo’lishga hamisha harakat qiladilar.

Sahnada Sultonali Rahmatovning “Assalom, O’zbekiston ” kuyi ostida o’g’il

bolalar harbiy harakatlar namoyish qiladilar

1-boshlovchi: Zahiriddin Muhammad Bobur mumtoz adabiyotning tuyuq

janrida ham ravon qalam yurgizdi. Bugun tadbir mehmoni bo’lgan siz aziz

o’quvchilarga uning bir tuyug’idan na’muna keltiramiz.

2-boshlovchi: Ushbu tuyug’ni diqqat bilan tinglab, uning ma’nosini birinchi

bo’lib to’g’ri izohlab bergan o’quvchi tadbir tashkilotchilari tamonidan taqdirlanadi.

1-boshlovchi: Qaddimni firoq mehnati yo qildi,

Ko’nglim g’am-u anduh o’tig’a yoqildi.

Holim sabog’a aytib erdim, ey gul,

Bilmam, sanga sharh qilmadi, yoqildi.

Tadbirda ushbu tuyuqda qofiyadosh so’zlarining ma’nolarini to’g’ri topib tuyuqni

tahlil qila olgan dastlabki o’quvchiga mukofot sifatida “Boburnoma” asari taqdim

qilinadi

2-boshlovchi: Ruhi shod bo’lsin deb yodga olamiz ,

Xalqim iftixori u baxtli shoir.

1-boshlovchi: Toki o’zbek yashar ekan dunyoda,

Uning nomi abadiy qolur,

1-2-boshlovchi: Zahirriddin Muhammad Bobur

Mayin musiqa sadosi ostida sahnada o’zining chiqishlari bilan ishtirok etgan

o’quvchilar chiqib keladilar.

1-boshlovchi: Shuning bilan Bobur tavalludiga bag’ishlangan kechamiz o’z

nihoyasiga yetdi.

23

So’zimiz so’ngida esa siz azizlarga Boburdek fazilat, chin e’tiqod, Vatanga

muhabbat nasib etishini tilab qlolamiz. E’tiboringiz uchun tashakkur.

Sahnadagi barcha ishtirokchilar ta’zim qiladilar.

8-9-sinflarda “Navoiyxonlik kechas”ini o’tkazish bo’yicha bayram ssenariysi

Sahna bayramona bezatilgan. Alisher Navoiyning surati sahna devorining

markazida turibdi. Sahnaning burchagida Navoiy yaratgan asarlar va Navoiy

shaxsiyati, hayoti, ijodi haqida yaratilgan asarlar to’plami – kichik kutubxona

tashkil etilgan. Sahnada mayin musiqa yangraydi. Tadbir Navoiy haqida rolik

qo’yish bilan boshlanadi. Rolikda Navoiyning hayot yo’li, ijodiga keng o’rin

ajratiladi. Rolikni yakunlovchi musiqa boshlanganda sahnaga Alisher Navoiy

siymosi kirib keladi. Sahnada musiqaga monand harakatlanadi va g’azal o’qiydi. Alisher Navoiy: Kecha kelgumdur debon, ul sarvi gulro’ kelmadi,

Ko’zlarimg’a kecha tong otg’uncha uyqu kelmadi.

Lahza-lahza chiqdim-u chekdim yo’lida intizor,

Keldi jon og’zimg’avu ul sho’xi badho’ kelmadi

Orazidek oydin erkonda gar etti ehtiyot

Ro’zgorimdek ham o’lg’onda ul qorong’u kelmadi.

Tolibi sodiq topilmas yo’qsa kim qo’ydi qadam

Yo’lg’a kim avval qadam mashuqe o’tro’ kelmadi

24

Ey, Navoy boda birla hurram et ko’ngling uyin,

Kim bori qon boda kelgan bu kecha su kelmadi

G’azalni tuggallab, asta qadamlar bilan sahna ortiga o’tib ketadi. Boshlovchilar

ikki tomonda chiqib keladilar:

1-boshlovchi: “Agar bu zotni avliyo desak, aliyol1arning avliyosi, mutafakkir

desak, mutafakkirlarning mutafakkiri, shoir desak shoirlarnig sultonidir”.

2-boshlovchi: Bu buyuk siymoga yurtboshimiz Islom Karimov tomonidan

berilgan ushbu ta’rifning ne chog’liq haqiqat ekanligiga tarixning o’zi guvoh.

1-boshlovchi: Bugun mana shunday so’z mulkining sultoni, turkiy tilning

asoschisi, davlat va jamiat arbobi mir Alisher Navoiy bobomizning ____yilligini

nishonlash arafasida sizlar bilan diydorlashib turibmiz.

2-boshlovchi: Shunday buyuk insonlarning vorislari ekanligidan ko’ngillari

g’urur va iftixorga to’la siz azizlarga assalomu alaykum deymiz.

1-boshlovchi:Kitobing kirmagan o`zbek elida xonadon yo`qdir,

Ruboiy kuylaring yod bilmagan bir jonajon yo`qdir,

Yetuk avlodlaringdir ilmu donishli, gumon yo`qdir,

Bashar tarixini yuz bor o`qi, bunday zamon yo`qdir,

Ko`ngillarni yoritdik ma'rifatdan mohitob aylab.

1-boshlovchi: Navoiy 60 yillik umri davomida o`z davrining ijtimoiy-siyosiy 

voqeliklarini, inson tuyg`ularini, uning kamolini, o`z orzu-tilaklarini  boy adabiy

ilmiy merosida aks ettirdi.

2-boshlovchi: Navoiyning  mana shu boy badiiy, ijodiy dahosi o`z davridan

boshlab adabiy hayotimizda alohida bir maktab bo`lib keldi.

1-boshlovchi: Navoiy bolaligidanoq o`zining o`tkir zehni, ziyrakligi va

xushxulqi bilan  barchani hayratga solgan. U uch-to`rt  yoshidayoq she'riyatga

25

mehr qo`yadi,  to`rt-besh yoshida Qosim Anvor g`azallarini yod biladi, maktab

yoshida Farididdin Attorning "Mantiq ut-tayr" asarini to`liq yod oladi.

2-boshlovchi: U yetti-sakkiz yoshlarida g’azallar bitgan bo’lsa, o’n ikki-o’n

uch  yoshlarida mamlakat bo’ylab shuhrat taratadi, el e’tiborini qozonadi. Navoiy

yigitlik yillarida o`zi sevgan shoirlarning  "shirin ash’ori va rangin  ab’otidin" ellik

mingdan ortiq baytni yod bilgan.

1-boshlovchi: Navoiy hayoti davomida yettita devon tartib qildi. Turkiy tilda ilk

“Xamsa” asrini yaratdi.

2-boshlovchi: Emas oson bu maydon ichra turmoq,

Navoiy panjasiga panja urmoq.

Kerak sher oldida sher jangi,

Magar sher o’lmasa bori palangi.

1-boshlovchi: Ana shunday mas’uliyatning uddasidan chiqa olgan Navoiy,

xalqining farovonligi yo’lida ham qo’ldan kelgan barcha yordamni ayamadi. Xalqi

uchun do’sti va olampanohi bo’lgan Husayn Boyqaro bilan birdek g’am chekdi.

2-boshlovchi:Odamiy ersang demagil odami,

Onikim yo’q xalq g’amidin g’ami, -

so’zlari esa uning bir umrlik shioriga aylanib ketdi.

1-boshlovchi: Navoiy ijodi go’zal, turli tuman gullarga to’la bir chamoniston.

Barchangizni bu gullar iforidan bahramand etishga chorlaymiz.

Sahnaga 4 ta o’quvchi chiqib Navoiy ruboiylaridan o’qiydilar. Sahna ortida

Chorgoh musiqasi past ohangda yangrab turadi.

1-o’quvchi: Ey jism, aning ko’yini paydo qila ko’r,

Ey ko’ngil, o’shul ko’yini mavo qila ko’r.

Ey ko’r, sen aning yuzin tomosho qila ko’r.

Ey ashk, aning ko’yi sari oqila ko’r

26

2-o’quvchi: Ko’z bila qoshing yaxshi qabog’ing yaxshi,

Yuz bila so’zing yaxshi, dudog’ing yaxshi,

Eng bila mening yaxshi, saqoqing yaxshi,

Bir-bir ne deyin, boshdi oyoqing yaxshi.

3-o’quvchi: Zohid, sanga – hur, manga – janona kerak,

Jannat – sanga bo’lsun, manga – mayxona kerk.

Mayxona aro soqi-yu paymona kerak,

Paymona necha bo’lsa to’la, yona kerak.

4-o’quvchi: Yo’q dahrda bir besar-u somon mendek,

O’z holig’a sargashta-vu hayron mendek.

G’ami kuyida xonumoni vayron mendek,

Ya’niki, alxon-u alomon mendek.

Maktab musiqa to’garagi a’zolari tomonidan Navoiy g’azali asosida ashula

aytiladi

1-boshlovchi: Jondin seni ko’p sevarmen, ey umri aziz,

Sondin seni ko’p sevarmen, ey umri aziz.

Har nenikim sevmak ondin ortiq bo’lmas,

Ondin seni ko’p sevarmen, ey umri aziz.

Sahnaga Navoiy qalamiga mansub bo’lagan she’rlar asosida “Bahru bayt”ga

navbat beriladi. To’rt o’quvchi milliy libosda chiqib bayt-baraka o’ynaydilar.

2-boshlovchi:G’urbatda g’arib shodumon bo’lmas emish,

El anga shafiq-u mehribon bo’lmas emish.

Oltin qafas ichra gar qizil gul utsa,

Bulbulg’a tikondek oshiyon bo’lmas emish.

Maktab raqossa qizlari ansabili tomonidan Navoiy so’zi nilan aytilgan ashullaga

raqs ijro etiladi.

27

1-boshlovchi:Baytinga bir bora qovushgan har lab,

Takrorlab ketgusi mashxargacha to.

Qaratib turibsan bu yon, ne ajab,

Milliard martabali jahonni hatto.

Bunday kechalar, albatta, mushoirasiz bo’lmaydi. Endigi navbatni mushoiraga

beramiz.

4 ta o’quvchi chiqib Navoiyning g’azallaridan o’qiydi. Past ohangda “Munojot”

kuyi chalinib turadi.

1-o’quvchi: Kimga qildim bir vafokim, yuz jafosin ko’rmadim?!

Ko’rguzib yuz mehr, ming dard-u balosin ko’rmadim?!

Kimga boshimni fido qildimki, boshim qasdig’a,

Har tarafdin yuz tuman tig’I jafosin ko’rmadim?!

Kimga ko’nglim ayladi mehr-muhabbat foshkim,

Har vafoga yuz jafo, aning jzosin ko’rmadim?!

Kimga soldim ko’z qaro-vu oqini ishq ichra kim,

Qon aro pinhon ko’zum oq-u qarosin ko’rmadim?!

Sen vafo husn ahlidin qilma tavaqqu, ey rafiq,

Kim, men ushbu xaylning husni vafosin ko’rmadim?!

Ey Navoiy, tavba andin qilmadim shayx ollida,

Kim, bu ishq dayr pirining rizosi ko’rmadim.

2-o’quvchi: Rahm etib, ey do’stlar, majruh ko’ksumni yoring,

Qo’l yolang aylab solib, har yon ichimni axtaring.

28

Uchrasa yuzi qora ko’nglum tutub, tortib, uzub,

O’tqa solib o’rtabon, jonimni andin qutqoring.

Ketgan ersa choklik ko’ksim tikib, voqif bo’lub,

Kelsa bu jonib, sinolar birla sanchib qaytaring.

Chun o’larmen yorni istang, boshimg’a kelmasa,

Bosh yalong aylab, qo’yib tufroq uza yuz yolboring.

Kelsa ayturda oshiqmangkim, farahdin o’lmayin,

Nuktadonlig’ birla ul so’zni qoshimda o’tkoring.

Gar muyassar bo’lmasa bu ish, Navoiy xastani,

Qo’ldabon yo sudrabon mayxona sari boshqaring. 3-o’quvchi: Mening firoqim-u aning visoli tun bila tong,

Bu nav dahrda yo’q ehtimoli tun bila tong.

G’arib zulf-u yuz ermasmukim, jahon elide,

Ko’rinmamish bu ikining misoli tun bilatong.

Tongim yorug’-u tunum tiyradurki, chirmashdur,

Ko’ngul aro zulfing xayoli tun bila tong.

Biravki, tong-u tunin boda birla o’tkargay,

Yaqinki, bo’lmag’ay aning misoli tun bila tong.

Navoiy etmadi zulf-u yuzun visolin kashf,

29

Valek erur g’amining ittisoli tun bila tong.

4-o’quvchi: Men jahondin kechtim-u kechmas mening jonimdin el,

Men ilg jondin yundum, chekmas ilig qonimdin el.

To’sh-to’shimdin baski rasvolig’ o’ti lov-lov yonar,

Har taraf yo’lida chiqarlar o’tsalar yonimdin el.

Baxtim uyqusig’a go’yokim surudedur hazing,

Ko’yida bukim uyimas hart un afg’onimdin el.

Istaram, ey Xizr, kelgaymen qilib jon birla tavf,

Ka’bayi ko’yin xabar topquncha bormog’imdin el.

Ey Navoiy, qilmag’aylar ayb agar devonamen,

Ul pari vasfin o’qug’on soyi devonimdin el.

G’azal o’qigan o’quvchilar mushoirani davomini bog’da davom ettirishlarini

aytib chiqib ketadilar.

2-boshlovchi: Navoiyning hayot yo’li ibratga to’la edi. Chin insoniyli,

vatansevarlik, do’stlik, xalqparvarlik tuyg’ularini Navoiydan o’rganish kerak. Hozir

e’tiboringizga Navoiyning ana shunday ibratga to’la hayotidan lavhani havola

etmiz.

O’quvchilar tomonidan sahna ko’rinishi qo’yiladi. Sahnada Husayin Bayqaro

siymosi g’amgni va horg’in qiyofada; shohona liboslarda taxtda o’tiribdi. Alisher

asta qadamlar bilan uning oldiga kirib boradi. “Cho’li iroq” musiqasi past ohangda

yangrab turadi.

Alisher: Olampanoh!

30

Bayqaro: (Boshini ko’tarib, Alisherga qaraydi,o’rnidan turib quchoq ochib

Alisher tamon yuradi) Alisher, do’stim!

Alisher: (Quchoq ochib u ham Bayqaro tomon yaqinlashadi) Olompanoh, endi

ko’rgilik,

olampanoh. (Quchoqlashib ko’rishadilar. Bir muddat turadilar)

Bayqaro: (Og’ir xo’srinib, hazin ohangda) Boshimizda shunday kunlar ham bor

ekan, og’ir gunohga botdik. (Yig’lamsirab) Nuriydiydamni, o’z jigarbandimni,

Temur kabi ulug’ qo’shinlarga sardor bo’lguvchi shunqorimni o’z qo’llarim ila

jallod qo’liga topshirmishmen, mavlono. Tangrim o’zi kechirmasa ahvolim

mushkul.

Alisher: (Hazing ohanda) Yuz qarolig’ bo’libdi, hazratim. Tangrim, tangrim

hech qaysi bandasining boshiga bunday kunlarni solmasin.

Bayqaro: Es-hushimdan, ixtiyorimdan ayrilgan vaqtda noinsoflar…

Alisher: Haqiqiy jinoyatkorlarni bilurmisiz ular kimlar?

Bayqaro: Noshukurlar, nobakorlar, fitnachilar, qo’yimda asrab yurgan

chayonlar. (Bir oz sukutdan so’ng) Endi nima qilmoq kerak, mavlono.

Alisher: Davlat taqdirini, xalqni zolim vazirlar makriga havola qilmoq jinoyatdir.

Mansabdorar o’z vazifalarini halol bajarsinlar. Hatto,hatto tojdor podshoh ham

davlat va xalq manfaatlari uchun xizmat qilmoqqa mas’uldir, hazratim.

Bayqaro: (Uzoq tin olib) Haq so’zni aytdingiz, mavlono. Ammo, ammo siz juda

yumshoq ko’ngulsiz. Men, men makkorlaning boshiga shunday daxshatli kunlarni

solayki…

Alisher: Fitnachilar qilmishiga yarasha jazosini olsin. To’g’onbek kabi razil

mahluqlarni bu aziz tuproqdan haydamoq kerak, hazratim.

Bayqaro: Mavlono, siz davlatimning tayanchi, saroyimning ustini, mening esa

yuragim edingiz. Yana ham saroyda qolsangiz bu musibatlar girdobidan meni

halos etsangiz.

31

Alisher: (Qat’iy ohangda) Men fasod, g’iybatlarga to’la bu dargohda

qololmayman.

Bayqaro: Bizni tashlab qayoqlarga ketursiz.

Alisher: (Sahnaga qarab qulochini yozib) Endi men xalqimga, ijodimga

keturmen. (Qo’lini ko’ksiga qo’yib Bayqaroga ta’zim qiladi) Boshqa iloji yo’q,

hazratim. (Ta’zim qilib chiqib ketadi)

Bayqaro: Yo’q, mavlono, siz bor ekansiz bu dargohda makkorlarga o’rin yo’q,

qayting, qayting do’stim… Alisher!

Bayqaro Alisher tamon qo’lini cho’zgancha qotib qoladi. Alisher chiqib ketadi.

1-boshlovchi: Ulug’lar nomi o’chmaydi sira,

Navoiy bobomning yodi ham mangu,

Axir uning nurafshon, shonli hayoti

Tarixdan bizlarga eng yorqin ko’zgu.

2-boshlovchi: Shunday ekan, bunday ajdodlarimiz merosini qadrlamoq,

ularga munosib voris bo’lmoq bizning sharafli burchimizdir. Mir alisher na’rasiga aks sado berdi jahon,

She’riyat mulkida bo’ldi shoh-u sulton o’zbegim

Sahna ortidan Sh, Jo’rayev ijrosidagi “O’zbegim” ashulasi yangraydi. Barcha

tadbir ishtirokchilari sahnaga chiqib ta’zim qiladilar.

8-9- sinf uchun “Boburxonlik kechasi”ni o’tkazish bo’yicha bayram ssenariysi

Sahna markazida Boburning surati. Suratning bir tamonida uning “Har kimki

vafo qilsa vafo topqusidur…” deb boshlanuvchi ruboiysi, bir tomonda esa

32

I.Karimovning “Bobomiz Zahiriddin nomi bilan har qancha faxrlansak arziydi.

O’zbek xalqi tarixini dunyoga tanitgan ajdodlarimizdan biri o’laroq bu zot bizni

tarixni qadrlashga, kelajakka ishonch kozi bilan boqishga o’rgatdi”degan so’zlari

yozilgan foster. Sahnaninig bir chetida Boburning asarlari, u haqida yaratilgan

ilmiy, ijodiy ishlaridan tashlik topgan kichik kutubxona. Sahnada taxt qo’yilgan

bo’ladi. Tadbir boburning hayo yo’li va ijod olami yoritilgan rolik qo’yilishi bilan

Bobur siymosidagi o’quvchi sahnaga asta qadamlar bilan chiqib keladi. Taxtga

borib o’tiradi. Taqdimot davomida Bobur ko’zini bir nuqtaga qadab turadi. Ro’lik

yakunida “Mirza Bobur” nomli qo’shiq yangrashi bilan Bobur o’rnidan turib, sekin

sahnaning oldi tomon yaqinlashadi. Qo’shiq tugagandan so’ng

Bobur: Tole’ yoqe jonimg’a balolig’ bo’ldi,

Har ishniki ayladim, xatolig’ bo’ldi.

O’z yerni qo’yib, Hind sori yuzlandim,

Yo rab, netayin, ne yuz qarolig’ bo’ldi.

Hindistonda shoh bo’lsamda

Andijonda qoldi yodim.

Shukur, bu kun nom-u shonim,

Yodga olmish shu avlodim.

“Ey, sabo” kuyi ostida Bobur sahnani tark etadi. Boshlovchilar sahnaga chiqib

keladilar.

1-boshlovchi: Buyukligi uning shohlikda emas,

Taxt o’tkinchi shon-shavkat, xolos

G’azal bitgan hassos qalami uchun

Butun dunyo ahli qo’ygandir ixlos.

1-boshlovchi:Bu kun o’zbek o’g’lonlariga,

Shijoati meros bo’ldi Boburning.

33

Bag’ringa sig’magan bo’lsa ham ammo,

Dillarda yashaydi bugun Boburing. 1-boshlovchi: Assаlomu alaykum, aziz ustozlar, tadbirimiz mehmonlari.

Barchangizga xush kelibsiz deymiz.

1-boshlovchi:Yaqindagina so’z mulkining sultoni bobomiz Alisher Navoiy

hazratlarining tavvalud ayyomini keng nishonlagan edik. Mana bugun ham

o’zbek xalqi tarixida o’zining shonli o’tmishi, diltortar adabiy merosi bilan dunyo

xalqlarini e’tiborini qozongan va hali ham ularni hayratga solayotgan shoh va

shoir, buyuk sarkarda zahiriddin Muhammad Boburning ___-yilligini

nishonlamoqdamiz.

1-boshlovchi: Zahirriddin Muhammad Bobur adabiyotimiz tarixidagi

takrorlanmas siymolardan biridir. U faqat yirik adib, buyuk tarixchi, ulkan olimgina

emas, balki mohir sarkarda va buyuk davlat arbobi ham edi.

2-boshlovchi: Uning mustaqil siyosiy faoliyati juda erta bir tarzda otasi

Umarshayx Mirzoning kutilmaganda vafot etishi munosabati bilan boshlangan.

Shunda u bor-yo’g’i 12 yoshda edi. G’animlarning tazyiqi va Shayboniyxon bilan

bo’lgan tinimsiz mojarolar va janglar tufayli u vatanini tashlab ketishga majbur

bo’ladi. Hindistonga borib ulkan Boburiylar imperiyasiga asos soladi. Umri bo’yi

vatan sog’inchi bilan yashagan Bobur 1530-yilning 26-dekabrda Agrada vafot

etadi.

1-boshlovchi: Zahiriddin Muhammad Bobur o’zbek xalqining chin

iste’dodli va har tomonlama yetuk farzandi edi. U o’ta notinch, sargardonlikda

kechgan umrini o’zining yuksak salohiyati bilan jozibali qila oldi. Uning hayoti

faqat taxt boshqaruvi bilangina emas, ilhomiy onlarga ham to’la edi.

2-boshlovchi: U yigirma yoshidayoy “Xatti Boburiy”ni kashf etdi. She’rlarini

yig’ib ikki devon tartib qildi. “Chorgoh” maqomiga “savt”lar bitdi. Aruz vazni

34

haqida “Muxtasar” nomli risola yozadi. Tarjimonlik sohasida Xo’ja Ahrorning

“Volidiya” asarini she’riy yo’l bilan o’zbekchaga o’giradi.

1-boshlovchi: Bobur dunyoqarashi va mukammal aql-zakovati bilan

Hindistonda boburiylar sulolasiga asos solib, bu mamlakat tarixida davlat arbobi

sifatida nomi qolgan bo‘lsa, serjilo o‘zbek tilida yozilgan «Boburnoma» asari bilan

jahonning mashhur olimlari qatoridan ham joy oldi.

2-boshlovchi: Bobur she’riyatida samimiylik, benihoya go’zal tuyg’ular,

alm va iztirob chizgilar qalbga yaqin ruhiya tila ifodalangan.

1-boshlovchi: Shu sabab ham uning she’rlari dillar torini chertuvchi

mashoqdir.

Sahnaga Bobur ruboiylarini aytish uchun 6 ta o’quvchi chiqadi. Mumtoz musiqa

past ovozda yangrab turadi.

1-o’quvchi: Azm ayla sabo, yet guli xandonimg’a,

Ne gulki, quyoshdek mahi tobonimg’a.

Yetgil dog’i ishtiyoq ila Boburdin

Zinhor deigil salom tuqqonimg’a.

2-o’quvchi: Shohim senga ma’lum emastur , ne qilay,

Ohim sanga ma’lum emastur ne qilay?

Men yuz qoshing dermen-u sen – badr-u hilo,

Mohim, senga ma’lum emastur ne qilay?

3-o’quvchi: Sen gul sen-u men haqir bulbuldirmen,

Sen shu’lasen-u ul shu’lag’a men kuldurmen.

Nisbat yo’qtur debon ijtinob aylamakim,

Shahmen ela, va senga quldurmen.

4– o’quvchi: Jonimda mening hayoti jonim sensen,

Jismimda mening ruhi ravonim sensen.

Boburni seningdek o’zga yo’q yori azizi,

35

Alqissaki, umri jovidonim sensen.

5-o’quvchi: Ko’ngil tilagan murodig’a yetsa kishi,

Yo barcha murodlarni tark etsa kishi.

Bu ikki ish muyassar bo’lmasa olamda

Boshin olib bir sorig’a ketsa kishi.

6-o’quvchi: G’urbat tug’i yorg’on ruhi zardinmu dey?

Yo hajr chiqarg’on ohi sardinmu dey?

Holing ne durur? Bilurmisan, dardimni!

Holingni so’raymu, yo’qsa dardimnimu dey!

Bobur g’azli bilan musiqa to’garagi a’zolar maqom aytadilar.

1-boshlovchi:Tuz oh, Zahiriddin Muhamad Bobur,

Yuz oh, Zahiriddin Muhammad Bobur.

Sarishtayi ayshdin ko’ngulni zinhor,

Uz oh, Zahiriddin Muhammad Bobur.

Sahnaga Bobur she’riyati ixlosmandlari bo’lgan o’g’il-qizlarni mushoira bazmi

uchun taklif etamiz .

4ta o’quvchi milliy kiyimlarda Boburning g’azllaridan o’qiydilar

1-o’quvchi: Kim ko’ribdur, ey ko’ngul, ahli jahondin yaxshilig’?

Kimki ondin yaxshi yo’q , ko’z tutma ondin yaxshilig’!

Gar zamonni nafiy qilsam ayb qilma, ey rafiq,

Ko’rmadim hargiz netoyin, bu zamondin yaxshilig’!

Ey ko’ngul, chun yaxshidin ko’rdung yomonliq asru ko’p,

Emdi ko’z tutmoq ne ma’ni har yomondin yaxshilig’?

Bori elga yaxshiilig’ qilginki, mundin yaxshi yo’q,

Kim, degaylar dahr aro qoldi falondin yaxshilig’!

36

Yaxshilig’ ahli jahonda istama Bobur kibi,

Kim ko’ribdur , ey ko’ngul, ahli jahondin yaxshilig?

2-o’quvchi: Sendek menga bir yori vafodor toplmas,

Mendek senga bir zori vafodor topilmas.

Bu shakl-u shamoyil bila xud hur-u parisen,

Kim jinsi bashar ichra bu miqdor topilmas.

Ag’yor ko’z oldida ul yor ayon yo’q,

G’am xori ko’ngul ichra-yu g’amxor topilmas.

Ey, gul meni zor etmaki husning chamanida,

Ko’zni yumib ochquncha, bu gulzor topilmas.

Bobur seni chun yor dedi, yorlig’ etgil,

Olamda kishia yo’q esa, yor topilmas.

3-o’quvchi: Sochining savdosi tushdi boshima boshdin yana,

Tiyra bo’ldi ro’zg’orim ul qaro qoshdin yana.

Men xud ul tifli parivashg’a ko’ngul berdim, vale

Xonumonim nogohon buzilmag’ay bosgdin yana.

Yuz yomonlig’ ko’rib ondin telba bo’lding, ey ko’ngul,

Yaxshilig’ni ne kutarsen ul parivashdin yana.

Tosh urar atfol mani, uyida forig’ ul pari,

Telbalardek qichqirurman har zamon toshdin yana.

Oyog’im yetgancha Boburdek ketar erdim, netay,

Sochining savdositushdi boshima boshdin yana.

37

4– o’quvchi: Ko’ngulga bo’ldi ajoyib balo qaro soching,

Shikasta ko’ngluma ermish qaro balo soching.

Muyassar o’ldi junun mulki, ey junun ahli,

Nisori ashkni emdi bu kun manga soching.

Soching shikastida bordur shikasta ko’ngullar,

Ko’ngullar chilur, ochilsa ul qaro soching.

Ochildi ko’ngli, chun ochting sochingni, Boburing,

Ne ayb, agar desa dilband-u dilkusho soching.

Bobur g’azali bilan kuylangan qo’shiqqa bir guruh qizlar raqs ijro etadilar.

2-boshlovchi: Davron meni o’tkardi sar-u, somondin,

Ayirdi meni bir yo’lda xon-u mondin.

Gah boshima toj gah baloyi ta’na,

Nelarki boshimg’a kelmadi davrondin.

Sh. Jo’rayev ijrosidagi Bobur haqidagi qo’shiq past ohangda yangrab turadi.

Sahnada Honzoda begim , Mohim begim qo’llari ko’sida bosh egib taxtning

oldida turibdilar. Bobur sekin yurib sahnaga chiqadi. Ortidan Humoyin.

Bobur : Bu dard, bu hasrat, bu firoq. Sekin borib taxtga o’tiradi.

Humoyin: Nechuk undoq dersiz, hazratim

Bobur: Ko’nglimda allanechuk g’ashlik bor. (Biroz sukutdan so’ng hazin

ohangda) Inson umri sham misoli yonib-yonib bir kun pasayarkan. Men ham umr

bo’yi ayovsiz yondim.

Humoyin: (To’lqinlanib) Siz… Siz biz uchun ham yonib kuygansiz. Endi bu

qarzni uzishga mening bor umrim ham yetmagay.

38

Bobur: (Xo’rsinib) Qarzingni menga uzolmasang farzandlaringa uzarsen.

Temuriylarning ko’pchiligi fidoiylikni ututib yo’q bo’lib ketishdi. O’g’il otani o’ldirdi,

tog’a singilga xiyonat qildi. Oqibatda bari razolatning qurboni bo’ldi undan ko’ra

yaxshiliknng fidosi bo’lgan afzal emasmi? (Ko’z yoshini artayotgan

Honzodabegimga qarab) Mana ammang Honzodabegim, Samarqandda meni

qutqraman deb, o’zini asoratga soldi. Bu fidoiylik hamisha meni umrim davomida

shunday bo’lishimga undab keldi. Sen ham endi singillaringni, farzandlaringni

mardlikka, fidoiylikka o’rgatgin. (Tohirbekka qarab) Tohirbek.

Tohirbek: (Boshini egib, qo’li ko’ksida) Labbay, Hazratim.

Bobur: “Vaqoe”ni keltiring.

Tohirbek: Bosh ustiga, hazratim.

Tohirbek stol ustida turgan “Boburnomani” olib kelib Boburningqo’liga beradi.

Bobur: (Humoyinga qarab) Badxshonda “Vaqoe”ni so’ragan edingiz. Yozib

tugalladim mana ola qoling. (Kitobni Humoyinga uzatadi. Humoyin ta’zim qilib

kitobni oladi). Sendan iltimosib buni farzandlar ham o’qisin. Xatolarimni takror

etmanglar yaxshi ishlarim oz bo’lsa ko’paytiringlar. Bu kitobdan nushalar

ko’chirtirib Samarqang’a, Toshqang’a, Andijong’a munosib kishilarg’a yuboring.

Men tug’ilgan yurt bilan aloqani uzmangiz, shoyat, bitgan kitoblar ikki aloqaning

oradagi rishtalari bo’lsin.

Honzodabegim: (Ko’z yoshlarini dastro’molga artib, yig’i aralash) Aslo, also

mundoq demang, Boburjoon. Men… Men sizdan besh yosh kattamen. Bu

dunyodan ketish navbati avval meniki. Siz also taslim bo’lmang, inim. (Ortiga

qarab, yelkalarini siltab-siltab yig’laydi )

Mohim: (Yig’i aralash) Mening ham … Mening ham hasratlarim sizni ancha

хastalatdi, hazratim.( Boburning oldiga borib tiz cho’kadi). Meni kechiring.

Bobur: Mohimning yelkasidan tutib turishiga ishora qiladi. Siz meni

kechirsangiz bo’ldi men sizdan rozimen. Faqat endi meni “hazratim” demang.

39

Mohim o’rnidan turib, Honzodabegimning oldilaiga borib Bir-birlarini asta

quchoqlab yig’laydilar

Bobur: Humoyin, men sendan ham hali ota degan so’zni eshitganim yo’q.

Humoyin: (Tiz cho’kib, Boburning qo’llarini silab o’padi. Ko’zida yosh bilan)

Padari buzrukvor, Otajonim. (Humoyin qaddini ko’tarib) Hazratim, siz menga

saltanani bermoqchi bo’libsiz lekin… Lekin ishoning men toj-u taxtdan ko’ra

sizning bir nafaslik umringizni afzal ko’rurmen, Otajon.

Bobur: Humoyin, men sendin rozimen. (Barchaga qarab) Endi mendan ham

rozi bo’linglar.

Tohirbek: (Mungli va qat’iy ohangda) Hazratim toliqdilar. Ul kishi orom olmog’i

darkor.

Barchalari ta’zim qilib chiqib ketadilar.

Bobur: (Honzodabegimga qarab) Opajon!

Honzodabegim: (Bobur tamon o’girilib) Labbay, inim.

Bobur: Opajon, Andijon osmonini eslaysizmi. (O’rnidan turib) Nafis havosi,

purviqor tog’lari, qir-adrlarga to’la lolazorlari, go’zal bog’lari, hushmanzara, so’lim

tabiati, bolalaigimiz kechgan go’zal vodiylar manzarasi, hamma hammasi huddi

kechagidek ko’z o’ngimda, opajon.

Honzodabegim: Ha… Hammasi yodimda. Siz hali uzoq umr ko’rgaysiz.

Barcha orzularingizga yetishgaysiz, Boburjon. Men bunga ishonurmen. Siz, siz

o’zingizni ko’p urintirmang.

Bobur: Men …Men Andijonni qancha eslasam. Andijon so’zini qancha tilga

olsam tanamga shuncha jon kirib, tomirimda qon shuncha jo’sh urgandek bo’ladi,

opajon.

Honzodabegim: Endi orom olmog’ingiz darkor, Boburjon, inim. Sizni saltanat

ishlari ham ancha toliqtirib qo’ydi. O’zingizni asrang. Boburjon, men Tohirbekni

chorlay.

40

Ta’zim qilib, ko’z yoshini artib chiqib ketadi. Bobur yolg’izqolgach asta yurib bir

qutichani oladi. Qutichani yerga qo’yib, o’zi ham cho’kkalb o’tiradi. Qutichani

asta ochadi. Ichidagi o’ralgan matoni yechib, undagi bir hovuch tuproqni

siqimlab ko’zlariga surtadi.

Bobur: (Hazin ohangda) Taqdir bobom Temurbekdek jahongirga ne ne

o’lkalarni hadya eti-yu, uning zuriyodi bo’lgan mendek g’aribga vataning bir

hovuch tuprog’iga zor etdi. Men ham bobo Temurbekdek sarkarda bo’lmoqni,

uning saltanatidek saltanat barpo etmoqni, Sanarqandni poytaxt etib, obod va

faravon hayot qurmoani istagan edi. Bu istaklarimdan qay biri amalga oshdi-yu,

qay biri ko’nglimda orzuligicha qoldi. Ko’nglimdagi barcha g’ashlik ana

shundandir. (Bobur o’rnidan turib osmonga qarab iltijo qiladi) Lekin, lekin,

Tangrim, sendan so’raymanki, mening bu orzularimni avlodlarim amalga

oshirg’ay, avlodlarim buyuk ajdodlari izidan borg’ay. Ajdodlari ruhlari samodan

turib ularni qo’llagay. Mening ruhim ham ularga madadkor bo’lg’ay shunda bu

dunyodan armonim qolmas. Bobur asta yurib sahnani tark etib chiqib ketadi.

1-boshlovchi: Bobur chin inson edi. Bunday ulug’ insonlar Boburning o’zi

aytganidak ular qoldirgan buyuk ishlarida yashaydi.

2-boshlovchi: Shunday ekan, Boburning xotirasi ham also o’chmagay.

Shuning bilan Bobur tavalludiga bag’ishlangan kechamiz o’z payoniga yetdi.

E’tiboringiz uchun tashakkur.(Mayin musiqa sadosi ostida tadbirda qatnashgan

barcha o’quvchilar sahnaga chiqib ta’zim qiladilar.)

MUNDARIJA

41

42

So’z boshi………………………………………................................

5

5-sinf uchun Navoiyxonlik kechasini tashkil etish bo’yicha bayram tadbiri ssenariysi...........……………….............................

6

5-sinf uchun Boburxonlik kechasini o’tkazish bo’yicha bayram ssenariysi……………………………………......................................

10

6-7-sinf uchun Navoiyxonlik kechasi uchun tadbir ssenariysi.................................................................…………............

14

“Boburxonlik kechasi” uchun tadbir ssenariysi (6-7sinf)…………………….......

............................................................21

8-9-sinflarda “Navoiyxonlik kechas”ini o’tkazish bo’yicha bayram ssenariysi……………………………...................................

25

8-9- sinf uchun “Boburxonlik kechasi”ni o’tkazish bo’yicha bayram ssenariysi.....................………………….............................

33

Адабий-илмий нашр

Масъул муҳаррир: Д.Абдуллаева.Техник муҳаррир: Б.Аҳмедов.

Дизайнер: Б.Зияев

Босмахонага 2015 йил, 3 июлда берилди. Босишга 2015 йил, 6 июлда рухсат этилди. Бичими 84х108 1/32. Ҳажми 1.5 б.т. Times

New Roman гарнитураси, офсет қоғози, офсет усулида чоп этилди.Буюртма 36. Адади 100 дона.

“Step by step print” МЧЖ босмахонасида чоп этилди.Андижон шаҳар, Храбек кўчаси, 94 б уй.

Ўзбекистон матбуот ва ахборот агентлигининг27.06.2014 й.даги 12-3299. рақамли гувоҳномаси.

43

44