10
102 TALAB, TAKLIF VA TAHLIL FIZIKA DARSLARIDA O'QUVCHILARGA ENERGIYADAN TEJAMKORLIK BILAN FOYDALANISHNI O'RGATISH A.A.Po'latov, Namangan DU prorektori, f-m.f.n., dotsent. D.B.Xolmatova, O'zPFITI, katta ilmiy xodim-izlanuvchisi Ushbu maqola o'quvchilarga yoqilg'i, yoqilg'ining solishtirma yonish issiqligi to'g'risidagi bilimlarni o'rgatish, ularda energiyadan tejamkorlik bilan foydalanishga oid kompetensiyalarni shakllantirish masalasiga bag'ishlangan. Tayanch so'zlar: kompetensiya, yoqilg'i, yoqilg'ining solishtirma yonish issiqligi, yoqilg'i turlari, energetik zahiralar, yonuvchi qattiq moddalar, elektr energiyasi, energiya taqchilligi, neft, gaz, ko'mir, o'tin. This article is devoted to questions of training of pupils in knowledge of thermal energy of combustible materials, formations of competence of pupils on their economical expenditure. Keywords: competence, fuel, thermal capacity offuel, types of combustible materials, energy resources, strong combustible substances, electric power, lack of energy, oil, gas, coal, firewood. Данная цатя посвящена вопросам обучения учащихся знаниям о тепловой энергии горючих материалов, формирования компетенсии учащихся по их экономному расходо- ванию. Ключевые слова: компетенсия, горючее, тепловая ёмкоц горючего, виды горючих материалов, энергетические ресурсы1, твердые горючие вещецва, электроенергия, недо- цаток энергии, нефт, газ, угол, дрова. Bugungi kunda sayyoramizda global iqlim o'zgarishini jadallashib borishi sababli hozirda, barcha ta'lim muassasalarida o'quvchilarni bu jarayonga moslashishini uyg'unlashtirish maqsadida har bir fan o'qituvchilari fanlar kesimida o'qitiladigan mavzularga mos holda yoki fanlararo aloqa o'rnatish asosida o'quv ishlarini rejalashtirishlari lozim. Ma'lumki, fizika darslarida yoqilg'i, yoqilg'ining solishtirma yonish issiqligi asosiy tushunchalardan bo'lib, u o'quvchilarga ilmiy dunyoqarashning asosi bo'lgan olamning fizik manzarasini ochib berishda hal etuvchi ahamiyatga ega. Shu bois quyidagi iqlim o'zgarishiga oid dars ishlanmasini havola etamiz: Dars mavzusi: Yoqilg'ining solishtirma yonish issiqligi (9-sinf). Darsning maqsadi. O'quvchilarga yoqilg'i, yoqilg'ining solishtirma yonish issiqligi to'g'risidagi bilimlarni o'rgatishda turmushda energiyadan tejamkorlik bilan foydalanishga oid kompetensiyani shakllantirish. Darsning vazifalari: - o'quvchilarning yoqilg'i haqidagi bilimlarini chuqurlashtirish, issiqlik mashinalarini (f.i.k.) va yoqilg'ining solishtirma yonish issiqligi haqida tushuncha berish, yoqilg'iga bo'lgan asosiy talablarni shakllantirish; - o'quvchilarni yoqilg'i energetik resurslaridan to'g'ri va tejamli foydalanishda ruhiy holatni shakllantirish; - kimyo, geografiya va fizika darslarida avval o'rganilgan mavzu materiallarning 1 2014/6 FIZIKA, MATEMATIKA va INFORMATIKA KwWI W 1

FIZIKA DARSLARID O'QUVCHILARGA ENERGIYADAA TEJAMKORLIN K ...uzfizika.uz/source/library/library_1469253505.pdf · FIZIKA DARSLARID O'QUVCHILARGA ENERGIYADAA TEJAMKORLIN K ... tin yonganida

Embed Size (px)

Citation preview

Page 1: FIZIKA DARSLARID O'QUVCHILARGA ENERGIYADAA TEJAMKORLIN K ...uzfizika.uz/source/library/library_1469253505.pdf · FIZIKA DARSLARID O'QUVCHILARGA ENERGIYADAA TEJAMKORLIN K ... tin yonganida

102 T A L A B , T A K L I F V A T A H L I L

FIZIKA DARSLARIDA O'QUVCHILARGA ENERGIYADAN TEJAMKORLIK BILAN FOYDALANISHNI O'RGATISH

A.A.Po'latov, Namangan DU prorektori, f-m.f.n., dotsent. D.B.Xolmatova, O'zPFITI, katta ilmiy xodim-izlanuvchisi

Ushbu maqola o'quvchilarga yoqilg'i, yoqilg'ining solishtirma yonish issiqligi to'g'risidagi bilimlarni o'rgatish, ularda energiyadan tejamkorlik bilan foydalanishga oid kompetensiyalarni shakllantirish masalasiga bag'ishlangan.

Tayanch so'zlar: kompetensiya, yoqilg'i, yoqilg'ining solishtirma yonish issiqligi, yoqilg'i turlari, energetik zahiralar, yonuvchi qattiq moddalar, elektr energiyasi, energiya taqchilligi, neft, gaz, ko'mir, o'tin.

This article is devoted to questions of training of pupils in knowledge of thermal energy of combustible materials, formations of competence of pupils on their economical expenditure.

Keywords: competence, fuel, thermal capacity of fuel, types of combustible materials, energy resources, strong combustible substances, electric power, lack of energy, oil, gas, coal, firewood.

Данная цатя посвящена вопросам обучения учащихся знаниям о тепловой энергии горючих материалов, формирования компетенсии учащихся по их экономному расходо-ванию.

Ключевые слова: компетенсия, горючее, тепловая ёмкоц горючего, виды горючих материалов, энергетические ресурсы1, твердые горючие вещецва, электроенергия, недо-цаток энергии, нефт, газ, угол, дрова.

Bugungi kunda sayyoramizda global iqlim o'zgarishini jadallashib borishi sababli hozirda, barcha ta'lim muassasalarida o'quvchilarni bu jarayonga moslashishini uyg'unlashtirish maqsadida har bir fan o'qituvchilari fanlar kesimida o'qitiladigan mavzularga mos holda yoki fanlararo aloqa o'rnatish asosida o'quv ishlarini rejalashtirishlari lozim.

Ma'lumki, fizika darslarida yoqilg'i, yoqilg'ining solishtirma yonish issiqligi asosiy tushunchalardan bo'lib, u o'quvchilarga ilmiy dunyoqarashning asosi bo'lgan olamning fizik manzarasini ochib berishda hal etuvchi ahamiyatga ega. Shu bois quyidagi iqlim o'zgarishiga oid dars ishlanmasini havola etamiz:

Dars mavzusi: Yoqilg'ining solishtirma yonish issiqligi (9-sinf). Darsning maqsadi. O'quvchilarga yoqilg'i, yoqilg'ining solishtirma yonish issiqligi

to'g'risidagi bilimlarni o'rgatishda turmushda energiyadan tejamkorlik bilan foydalanishga oid kompetensiyani shakllantirish.

Darsning vazifalari: - o'quvchilarning yoqilg'i haqidagi bilimlarini chuqurlashtirish, issiqlik

mashinalarini (f.i.k.) va yoqilg'ining solishtirma yonish issiqligi haqida tushuncha berish, yoqilg'iga bo'lgan asosiy talablarni shakllantirish;

- o'quvchilarni yoqilg'i energetik resurslaridan to'g'ri va tejamli foydalanishda ruhiy holatni shakllantirish;

- kimyo, geografiya va fizika darslarida avval o'rganilgan mavzu materiallarning

1 2 0 1 4 / 6 FIZIKA, MATEMATIKA va INFORMATIKA K w W I

W 1

Page 2: FIZIKA DARSLARID O'QUVCHILARGA ENERGIYADAA TEJAMKORLIN K ...uzfizika.uz/source/library/library_1469253505.pdf · FIZIKA DARSLARID O'QUVCHILARGA ENERGIYADAA TEJAMKORLIN K ... tin yonganida

A.A.Po'latov, D.B.Xolmatova. Fizika darslarida o'quvchilarga energiyadan tejamkorlik bilan foydalanishni jn-i o'rgatish 10/

elementlari o'rtasidagi aloqalarni tiklash, umumlashtirish, taqqoslash, tahlil qilish xulosa chiqarish malakalarini rivojlantirish;

- yoqilg'ining solishtirma yonish issiqligi, yoqilg'i turlariga oid Markaziy Osiyo olimlarning ilmiy g'oyalari to'g'risidagi tushunchalarni o'rgatish, ularning ilmiy g'oya va mavzuga doir kashfiyotlari haqida ma'lumotlar berish;

- kuzatuvchanlik va diqqatni jalb qilishni rivojlantirish; - ekologik savodxonlikni, yashash faoliyati xavfsizligi asoslarini o'rgatish. Namoyish etish. Turli xildagi yoqilg'ilarning yonishi (spirt lampasi, paxta, neft, tarasha, o'tin).

1 - r a s m . Spirt l a m p a s i

2 - r a s m . M o m i q paxta

3 - r a s m . N e f t 4 - r a s m . O' t in

Darsning borishi. Yoqilg'i turlarini namoyish qilish chog'ida ularning ichida eng muhimlari bo'lgan neft va ko'mir haqida so'zlab beriladi. Neft — insoniyat texnik taraqqiyotining qudratli dvigatelidir.

O'qituvchi: Bizga har doim ham qandaydir miqdorda yoqilg'i kerak bo'lsa (masalan, suv qaynatishmi, sayohat chog'ida ovqat tayyorlashmi, uyni isitishmi yoki avtomobildan foydalanishmi), biz avtomatik tarzda o'tin, gaz, kerosin, ko'mir va benzindan foydalanamiz. Bularning barchasi yoqilg'ining keng tarqalgan turlaridandir.

Aslida siz yoqilg'i nima deb, o'ylab ko'rganmisiz? Yoqilg'i haqida Siz aynan nimani bilmoqchisiz? Yoqilg'ining qanday turlari mavjud? Bir turdagi yoqilg'i, boshqa turdagi yoqilg'idan nimasi bilan farqlanadi? Yana shuni qo'shimcha qilish mumkinki, yoqilg'iga yana qanday muhim talablarni qo'yish mumkin?

Bir qarashda yoqilg'i sifatida ixtiyoriy yonuvchi moddalardan foydalanish mumkindek tuyuladi. Tabiatda yonuvchi moddalar juda ko'p. Masalan, yonuvchi qattiq moddalar — ko'mir, oltingugurt, fosfor, ba'zi metallar; suyuq moddalar — neft, benzin, spirt, atseton, gaz; yonuvchi moddalar — vodorod, metan, propan, butan, atsetelin. Bu moddalarning barchasi yonganida o'zidan issiqlik ajratib chiqaradi. Ammo yonuvchi moddani yoqilg'iga aylantirishda yana boshqa muhim sifatlari ham bor.

Kelinglar, bir necha turdagi yoqilg'ilarni bir vaqtda yonishini tajriba qilib ko'rib chiqamiz: neft, o'tin, spirt va parafin (turli xildagi yoqilg'ilarni yonishining rasmi).

Tajriba. Tajribani o'tkazish uchun spirt lampasi, sham, neftga shimdirilgan

FIZIKA, MATEMATIKA va INFORMATIKA 2014/6

Page 3: FIZIKA DARSLARID O'QUVCHILARGA ENERGIYADAA TEJAMKORLIN K ...uzfizika.uz/source/library/library_1469253505.pdf · FIZIKA DARSLARID O'QUVCHILARGA ENERGIYADAA TEJAMKORLIN K ... tin yonganida

104 TALAB, TAKLIF VA TAHLIL

paxta, tarasha va o'tin. O'quvchilarga savollar. Har bir yoqilg'i turlarida qanday umumiylik bor va nimasi bilan ular bir-

biridan farq qiladi? Javob: Yoqilg'i yonish chog'ida issiqlik ajralib chiqadi va yonish mahsuloti

hosil bo'ladi. Ayniqsa neft yonganida juda ko'p qora qurum, qora kuya va dud, is chiqaradi, bu esa, tabiiyki, atrof-muhitga salbiy ta'sir ko'rsatadi.

O'qituvchi: Ha, albatta, ixtiyoriy modda yonganida boshqa moddalarga, ya'ni yonish mahsulotiga aylanadi. Masalan, o'tin yonganida kul qoladi va karbonat angidrid, is gazi va boshqa gazlar chiqaradi. Yonish mahsuloti chiqarmaydigan yoqilg'ilar yo'q. Ammo, barcha yonuvchi moddalar ichidan yonish mahsulotlari atrof-muhitga va insonlarga zarar keltirmaydigani yo'q.

Jadvalni tahlil qilamiz. Aytinglar-chi, 1-jadvalda yoqilg'i haqidagi qanday ma'lumotlarni bilib olish mumkin.

1-jadval

2 0 1 4 / 6 FIZIKA, MATEMATIKA va INFORMATIKA м е к l 1

Page 4: FIZIKA DARSLARID O'QUVCHILARGA ENERGIYADAA TEJAMKORLIN K ...uzfizika.uz/source/library/library_1469253505.pdf · FIZIKA DARSLARID O'QUVCHILARGA ENERGIYADAA TEJAMKORLIN K ... tin yonganida

A.A.Po'latov, D.B.Xolmatova. Fizika darslarida o'quvchilarga energiyadan tejamkorlik bilan foydalanishni jn-i o'rgatish 10/

Jadvalda ba'zi bir yoqilg'ilarni kimyoviy tarkibi haqida ma'lumotlar keltirilgan. Jadvaldan ko'rinib turibdiki, barcha turdagi yoqilg'ilarda uglerod va vodorod bor. Yoqilg'idagi boshqa elementlarni foiz tarkibiga qaraganda yoqilg'ida uglerod va vodorod ortiqdir.

O'qituvchi: Kimyo darslaridan sizlarga eslataman. Uglerodni to'la oksidlanishi natijasida SO2 gazi vodorodni oksidlanishidan esa suv bug'i hosil bo'ladi. SNO2 =SO2 -N Q0 (issiqlik).

2-jadval

Yoqilg'i turi

Tabiiy ko'rinishi Yonishning solishtirma

issiqligi q, mJ/kg Kkal /kg

Q o ' n g ' i r k o ' m i r 15,7 3750

FIZIKA, MATEMATIKA va INFORMATIKA 2014/6

Page 5: FIZIKA DARSLARID O'QUVCHILARGA ENERGIYADAA TEJAMKORLIN K ...uzfizika.uz/source/library/library_1469253505.pdf · FIZIKA DARSLARID O'QUVCHILARGA ENERGIYADAA TEJAMKORLIN K ... tin yonganida

106 TALAB, TAKLIF VA TAHLIL

Page 6: FIZIKA DARSLARID O'QUVCHILARGA ENERGIYADAA TEJAMKORLIN K ...uzfizika.uz/source/library/library_1469253505.pdf · FIZIKA DARSLARID O'QUVCHILARGA ENERGIYADAA TEJAMKORLIN K ... tin yonganida

A.A.Po'latov, D.B.Xolmatova. Fizika darslarida o'quvchilarga energiyadan tejamkorlik bilan foydalanishni jn-i o'rgatish 10/

V o d o r o d -г 119,7 2 8 6 0 0

M e t a n 49 ,8 11900

Tabi iy gaz

ч

45,6 1 0 9 0 0

Yonishning bu mahsulotlari inson uchun zararsizdir. Yoqilg'i tarkibidagi oltingugurt va azotlar ularni oksidlanishiga olib keladi, bu esa insonlar va hayvonlar uchun zararlidir. Hattoki, yoqilg'ining maxsus tozalangan turlari ham yonish jarayonida ma'lum miqdorda zararli chiqindilar chiqaradi. Mana bugun nima uchun yoqilg'ilarga yonish jarayonida juda kam miqdorda zararli moddalarni kam chiqarish bo'yicha qattiq talablar qo'yilmoqda. Bundan tashqari, filtrlar orqali zararli moddalarni ushlab qolish choralari ko'rilmoqda.

O'qituvchi: Shunday qilib yoqilg'i nima ekan? Qanday yonuvchi moddalar yoqilg'i bo'lishi mumkin ekan?

O'quvchi: Yoqilg'i — bu yonuvchi modda bo'lib, issiqlik beruvchi energiya manbai hisoblanadi. Shuningdek, yonish mahsuloti zararsiz bo'lgan yonuvchi modda yoqilg'i bo'lishi mumkin.

O'qituvchi: Ammo yoqilg'idan boshqa narsa ko'zda tutiladi — issiqlik berish. Demak, yonish jarayonida qanchalik ko'p issiqlik beradigan yonilg'i juda ham a'lo hisoblanadi. Bu to'g'rimi? Quyidagi jadvalda yonuvchi moddalarni solishtirma yonish issiqligi q, mJ/kg larda berilgan. 1 kg massali turli xil yoqilg'ilar to'la yonganida turli miqdordagi issiqlik chiqaradi.

FIZIKA, MATEMATIKA va INFORMATIKA 2014/6

Page 7: FIZIKA DARSLARID O'QUVCHILARGA ENERGIYADAA TEJAMKORLIN K ...uzfizika.uz/source/library/library_1469253505.pdf · FIZIKA DARSLARID O'QUVCHILARGA ENERGIYADAA TEJAMKORLIN K ... tin yonganida

108 TALAB, TAKLIF VA TAHLIL

Taqqoslash jarayonida faqatgina bir xil massadagi yoqilg'ilarni chiqargan issiqlik miqdorlari olinadi. Jadvalni tahlil qilamiz.

O'quvchi: Jadvalda asosiy turdagi yoqilg'ilarni solishtirma yonish issiqligi berilgan. Eng katta solishtirma yonish issiqligi — 119,7 J/kg vodorodga, eng kichik solishtirma yonish issiqligi 12,3 J/kg o'tinga to'g'ri keladi.

O'qituvchi: 1 kg yoqilg'i to'la yonganida ajrab chiqadigan issiqlik miqdori, yoqilg'ining solishtirma yonish issiqligi deb ataladi. Solishtirma yonish issiqligi lotin harfi q bilan belgilanadi va J/kg larda o'lchanadi. Jadvaldan tabiiy gazning solishtirma yonish issiqligini toping va o'qing, bu raqam nimani anglatishini aytib bering.

O'quvchi: Tabiiy gazning solishtirma yonish issiqligi 45,6 mJ/kg ga teng. Bu raqam shuni ko'rsatadiki, 1 kg gaz to'la yonganida 45,6 mJ issiqlik ajralib chiqadi. 1 kg vodorod to'la yonganida esa 119,7 mJ issiqlik ajraladi. 1 kg o'tin yonganida esa 12,3 mJ issiqlik ajraydi, bu degani 1 kg vodorod yonganida ajralgan issiqlik 1 kg o'tin yonganida ajralgan issiqlikka qaraganda 10 marta ko'p ekan.

O'qituvchi: Turli xildagi yoqilg'ilarning solishtirma yonish issiqligi va tarkibi haqidagi ma'lumotlarni solishtiring, ya'ni taqqoslang. Yoqilg'i tarkibidagi qaysi kimyoviy element solishtirma yonish issiqligida katta ustunlikni aniqlashi to'g'risida taxminlaringiz qanday?

O'quvchi: Jadvalni tahlil qilib, biz shuni ko'ryapmizki yoqilg'ining solishtirma yonish issiqligini yoqilg'i tarkibidagi ko'proq uglerod va vodorod aniqlaydi. Masalan tabiiy gazning tarkibida 74,0 % uglerod (S) va 25% vodorod (N) mavjud va o'tin hamda ko'mirga qaraganda eng katta yonish solishtirma issiqligiga ega.

O'qituvchi: Zarur miqdordagi issiqlikni olish uchun qanday yoqilg'idan o'tinmi yoki benzindan oz miqdorda talab etiladi? Nima uchun?

O'quvchi ularni solishtirma yonish issiqliklarini solishtirib, o'tinniki — 12,3 mJ/ kg, benzinniki — 44 mJ/kg ning ko'rib ozroq benzin talab qilinadi deyishimiz mumkin.

O'qituvchi: 1 kg yoqilg'i emas, balki m kg yoqilg'i yonganida issiqlik miqdorini qanday hisoblanadi?

O'quvchi: Biror m kg massali yoqilg'ining to'la yonishi natijasida ajralib chiqqan issiqlik miqdorini hisoblash uchun, solishtirma yonish issiqligi q ni yongan yoqilg'i massasiga ko'paytiriladi.

Q=m • q. O'qituvchi: Yoqilg'iga yana qanday talablar qo'yiladi? O'quvchi: Uncha katta bo'lmagan alangalanish temperaturasi — yoqilg'i

sifatida foydalansa bo'ladigan moddaga qo'yiladigan muhim talabdir. O'qituvchi: Keng tarqalgan qazib olinishi nisbatan sodda va yuklab jo'natilishi

Page 8: FIZIKA DARSLARID O'QUVCHILARGA ENERGIYADAA TEJAMKORLIN K ...uzfizika.uz/source/library/library_1469253505.pdf · FIZIKA DARSLARID O'QUVCHILARGA ENERGIYADAA TEJAMKORLIN K ... tin yonganida

A.A.Po'latov, D.B.Xolmatova. Fizika darslarida o'quvchilarga energiyadan tejamkorlik bilan foydalanishni o'rgatish

qulay bo'lgan moddalar yoqilg'i bo'lishi mumkin. Shunday qilib yoqilg'iga qo'yiladigan asosiy talablarni ifodalab bering: 1) Katta solishtirma yonish issiqligiga ega bo'lishi; 2) Tarkibida yonuvchi zararli mahsulotlarning bo'lmasligi; 3) Alanga olish haroratini past bo'lishi; 4) Tabiatda keng tarqalganligi; 5) Nisbatan yengil qazib olinishi va yuklab jo'natishning noqulayligi. O'qituvchi: Shuni eslatib o'tamanki, ko'pchilik an'anaviy energiya manbalari

(ko'mir, neft, torf)lar uzoq geologik davrlar davomida o'simliklar va hayvonlarning qoldiqlaridan hosil bo'lgan. Bular ko'proq sayyoramizdagi qayta tiklanmaydigan energiya manbalardir. Mana nima uchun bugun olimlar issiqlik hamda energiyaning muqobil manbalari, shuningdek, energiyaning tejamkor texnologiyalarni yaratish bilan shug'ullanmoqdalar. Elektr energiyani tejash bo'yicha o'tkaziladigan sodda tadbirlar insonning ongli yondashuvi bilan bo'lishi kerak. Masalan, yoritkich yoki energiyaning boshqa iste'molchisini ham ularning ishi kerak bo'lmagan joyda o'chirish lozim. Elektr energiyani tejash to'g'ridan-to'g'ri energiya qabul qilishga ta'sir etish hisobiga bo'lmagan bo'lsa, bir qadar ko'rilgan choralar hisobiga ham bo'ladi. Yonilg'i va elektr energiyasini iqtisod qilishi uchun odamlar yashash va ishchi joylarini issiq tutishlari kerak, bunda issiqlik sarfi tejaladi. Demak, elektr energiyasi ishlab chiqarishda zarur bo'lgan yoqilg'i, bevosita, elektr energiya tejaladi. Chunki joylarni isitish uchun har xil isitish asboblaridan foydalanilmaydi. Ma'lumki, xonadagi haroratni ushlab turish uchun uni albatta isitish kerak emas, balki issiqlikni tashqariga chiqib ketishini chegaralash lozim, chunki turli xil elektr asboblaridan lampalardan, sovutkich, televizor va boshqalar shuningdek insonlarning tanasidan chiqayotgan issiqliklarni tashqariga chiqib ketishga yo'l qo'ymaslik kerak. Ko'p hollarda ko'chalardagi yoritkich chiroqlarini kunduz kunlari yonib, isitkichdagi suv qaynab bo'lganidan so'ng ham behudaga qaynab turganini ko'ramiz. Bunday hollarda elektr energiyasini tejashga hamda lampalarni, isitkichlarni va boshqa elektr asboblarini ishlash muddatini oshirishga olib keladigan sodda avtomatlashtirilgan ixcham sxemalardan foydalanish kerak.

Energiyani tejash texnologik inqilobga xizmat qiladi. Chunki uning vazifasi mahsulotlarni ishlab chiqarishda va foydalanishda ilmiy texnika taraqqiyotiga asoslangan holda kam material ishlatish va energiya sig'imini kamaytirish hisoblanadi. Tejash usulidan biri — yonayotgan yoqilg'idan ko'proq issiqlikni qidirib topishda. Biz bir turdagi energiyani boshqa turdagi energiyaga kam samarali yo'llar bilan aylantiramiz. Ko'p hollarda energiyaning faqatgina juda ham oz qismi foydali shaklga aylanadi, qolgani esa yo'qolib ketadi.

Agar energiyadan to'g'ri foydalanilsa, yoqilg'i zahiralari uzoq vaqtlargacha

Page 9: FIZIKA DARSLARID O'QUVCHILARGA ENERGIYADAA TEJAMKORLIN K ...uzfizika.uz/source/library/library_1469253505.pdf · FIZIKA DARSLARID O'QUVCHILARGA ENERGIYADAA TEJAMKORLIN K ... tin yonganida

110 TALAB, TAKLIF VA TAHLIL

avlodlarimizga yetadi. Bugun kichik hajmdan katta energiyani tortib olishni o'rganish kerak. Masalan, avtomobillarda yoqilg'i elementidan foydalanish. Avtomobillar benzinda, gazda emas, balki yoqilg'i elementida ishlaydi. Bunday elementlar ko'proq batareyaga o'xshash bo'ladi. Uni ichida ikkita kimyoviy element atomli vodorod va kislorod bo'ladi. Ular o'zaro ta'sirlashib elektr energiyasi ishlab chiqaradi. Quyosh energiyasi suvni vodorod va kislorodga bo'lib yuboradi. Suvning mo'l-ko'lligi tufayli yoqilg'i elementi arzon bo'ladi.

Xulosa shundaki, siz o'zingizdan so'rangki: har bir insonning elektr energiyadan tejamkorligi davlat iqtisodiyotini kuchaytirishga olib keladimi yoki yo'qmi?

Sizlar bilasizlarmi, tabiiy gazni, neftni qazib olish bilan bir xil ekanmi? Agar gazni qazishga tushishni boshlasak, Yer ostida gaz katta bosim ostida bo'ladi. Qachonki, quduq gaz qatlamiga yetib borganida u sirtga chiqishni boshlaydi. Bu yerda ularni gaz quvurlariga joylash va uzoq masofalarga aholi va sanoat ishlab chiqarish korxonalari uchun jo'natishga kerak bo'ladi. U boshqa yoqilg'i turlarining ya'ni ko'mir, neft, torflarning o'rnini bosadi. Shuningdek, gazdan plastmassa, sun'iy kauchuk, tola va boshqa foydali mahsulotlar olinadi. Shu bilan birga doimo gazning xavfliligini yodda tutish kerak. U havo bilan o'zaro ta'siri natijasida xavfli portlovchi va bundan tashqari zaharli modda tarqatadi. Nafas yo'liga tushgan gaz, jiddiy zaharlanishga olib keladi. Shunga asosan har bir isitkich, issiqlik dvigateli yoki bir butun elektr stansiyalar foydali ish koeffitsiyenti bilan tavsiflanadi. Bu kattalik shuni ko'rsatadiki, yoqilg'ining yonishi jarayonida issiqlikning qanday qismi foydali sarf bo'ladi, foydali ish koeffitsiyenti qisqartirilganda (F.I.K.) deb belgilanadi. Foydali ish koeffitsiyenti grekcha 3 (eta) harfi bilan belgilanadi. Masalan, yonilg'ining yonishi natijasida Q sarf issiqlik ajralgan bo'lsa va faqat Q foydali foydalanilgan, u holda (F.I.K.) quyidagicha topiladi: Q foydali issiqlikni Q sarf sarflangan issiqlikka nisbatining foizlardagi ulushi. Ya'ni,

3=(Q foy / Q sa^)100% ko'rinishida ifodalanadi.

O'qituvchi: Markaziy Osiyo olimlari tomonidan yoqilg'ining solishtirma yonish issiqligi, yoqilg'i turlari va ulardan foydalanishga oid ko'plab kashfiyotlar va tajribalar amalga oshirilgan bo'lib, ulardan Abu Rayhon Beruniyning jismlarni isish sababiga bergan ushbu ta'rifini keltirib o'tish joiz: jismlar ishqalanganda, Quyoshdan kelayotgan yorug'lik nuri ta'sirida isiydi.

Ibn Sinoning yorug'lik ta'sirida jismlar isishini, toshni toshga urganda qizib olov chiqishini aytish bilan birga, bu ikki allomaning Quyosh Yerdagi energiyaning asosiy manbai degan g'oyalarini keltirib o'tish maqsadga muvofiqdir. Bu esa hozirgi kun g'oyalariga mos. Bu kabi ma'lumotlarni bilib qo'yish ham foydadan xoli emas.

2014/6 FIZIKA, MATEMATIKA va INFORMATIKA

Page 10: FIZIKA DARSLARID O'QUVCHILARGA ENERGIYADAA TEJAMKORLIN K ...uzfizika.uz/source/library/library_1469253505.pdf · FIZIKA DARSLARID O'QUVCHILARGA ENERGIYADAA TEJAMKORLIN K ... tin yonganida

A.A.Po'latov, D.B.Xolmatova. Fizika darslarida o'quvchilarga energiyadan tejamkorlik bilan foydalanishni jn-i o'rgatish 10/

O'tilgan mavzuni mustahkamlash uchun savollar. 1. 1 kg tabiiy gaz yonganida 44 mJ issiqlik ajrab chiqadi. Yonilg'ining yonish

issiqligi qanday bo'ladi? 2. O'qituvchining quyidagicha bergan savolini, kerosinning yonish issiqligi

46 mJ/kg teng qanday tushunmoq kerak? Bu shunday deganiki, kerosin yonish jarayonida 46 mJ issiqlik ajratadi. O'quvchining javobi to'g'rimikin?

3. Alanganing eng yuqori qismidagi harorati ma'lum. Nima uchun choynakdagi suvni toshib qaynatish uchun gaz plitasining yonish kallagi ochiladi?

Javob: Suvning qizish vaqtini tejash uchun unga birlik vaqt ichida juda katta miqdorda issiqlik berish kerak, ya'ni birlik vaqt ichida katta miqdorda yoqilg'i sarf qilishimiz kerak.

4. Rus pechkasini isitish uchun qancha o'tin talab qilinadi? Pechkaning massasi 1,5 t., isitish jarayonida uning harorati 100S dan 700S gacha o'zgaradi. Foydali ish koeffitsiyenti esa 25% ga teng (Javob: 26 kg o'tin).

Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, o'quvchilarni energiya tejamkorligi ruhida tarbiyalanishlariga ta'sir etuvchi omillarni atroflicha tahlil etish orqali jamiyatimiz oldidagi dolzarb muammolardan biri bo'lgan, energiya taqchilligining oldini olishga oz bo'lsada hissamizni qo'shgan bo'lamiz. Ushbu muammolarning yechimini ta'lim jarayonida o'quvchilarning ongiga singdirish orqali yuksak natijalarga erishish mumkin. Bu esa, jamiyat va xalq farovonligi yo'lida qo'yilgan dastlabki qadam bo'lishi mumkin.

Adabiyotlar: 1. Fizika fanidan uzviylashtirilgan Davlat ta'lim standarti va o'quv dasturi.

(5-9-sinflar uchun). — T.: Yangiyo'l poligraf servic. 2010.- B. 49-82. 2. Habibullayev P., Boydadayev A. va b. Fizika. (Umumiy o'rta ta'limning

9-sinfi uchun darslik). -T.: G'.G'ulom nomidagi NMIU, 2010. -B.99-101. 3. Turdiqulov E., Sultonqulov R. O'rta Osiyo olimlarining ijodini o'rganish.

Toshkent - 1993. - B . 11.

FIZIKA, MATEMATIKA va INFORMATIKA 2014/6