52
O‘zbekiston Respublikasi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida Davlat patent idorasi direktorining 2004 yil 22 martida 2004 yil 2 fevraldagi 1329-son bilan 9-son buyrug‘i bilan «RO‘YXATGA OLINGAN» «TASDIQLANGAN» IXTIROGA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PATENTINI BERISH UCHUN TALABNOMA TUZISH, TOPSHIRISH VA KO‘RIB CHIQISH QOIDALARI Mazkur Ixtiroga O‘zbekiston Respublikasi patentini berish uchun talabnoma tuzish, topshirish va ko‘rib chiqish Qoidalari (bundan buyon matnda Qoidalar deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasining «Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to‘g‘risida»gi Qonuniga muvofiq ishlab chiqilgan hamda ixtiroga patent berish uchun talabnomani tuzish, topshirish va ko‘rib chiqish tartibini belgilaydi. Qisqartirishlar ro‘yxati Qonun – O‘zbekiston Respublikasining «Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to‘g‘risida»gi Qonuni Patent idorasi – O‘zbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi Talabnoma – ixtiroga patent berish uchun talabnoma Parij konvensiyasi – Sanoat mulkini muhofaza qilish bo‘yicha Parij konvensiyasining O‘zbekiston Respublikasi uchun amaldagi tahriri Konvensiya talabnomasi – Sanoat mulkini muhofaza qilish bo‘yicha Parij konvensiyasiga muvofiq topshirilgan talabnoma XPK – Xalqaro patent klassifikatsiyasi BIMT – Butunjahon intellektual mulk tashkiloti I bob. Ixtiroga patentni berish uchun talabnoma tuzish va topshirish. Talabnoma topshirish huquqiga ega shaxslar 1-§. Ixtiroga patentni berish uchun talabnoma 1. Qonunning 6-moddasiga muvofiq agar ixtiro sifatida ko‘rsatilgan obyekt yangi, ixtirolik darajasiga ega va uni sanoatda qo‘llash mumkin bo‘lsa, u huquqiy muhofaza qilinadi. Agar ixtiro texnika taraqqiyoti darajasidan malum bo‘lmasa, u yangi deb hisoblanadi.

Ixtiroga O‘Zbekiston Respublikasi Patentini Berish … konvensiyasi – Sanoat mulkini muhofaza qilish bo‘yicha Parij konvensiyasining O‘zbekiston Respublikasi uchun amaldagi

Embed Size (px)

Citation preview

Page 1: Ixtiroga O‘Zbekiston Respublikasi Patentini Berish … konvensiyasi – Sanoat mulkini muhofaza qilish bo‘yicha Parij konvensiyasining O‘zbekiston Respublikasi uchun amaldagi

O‘zbekiston Respublikasi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida Davlat patent idorasi direktorining 2004 yil 22 martida 2004 yil 2 fevraldagi 1329-son bilan 9-son buyrug‘i bilan «RO‘YXATGA OLINGAN» «TASDIQLANGAN»

IXTIROGA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PATENTINI BERISH UCHUN TALABNOMA TUZISH, TOPSHIRISH VA KO‘RIB CHIQISH QOIDALARI

Mazkur Ixtiroga O‘zbekiston Respublikasi patentini berish uchun talabnoma tuzish, topshirish va ko‘rib chiqish Qoidalari (bundan buyon matnda Qoidalar deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasining «Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to‘g‘risida»gi Qonuniga muvofiq ishlab chiqilgan hamda ixtiroga patent berish uchun talabnomani tuzish, topshirish va ko‘rib chiqish tartibini belgilaydi.

Qisqartirishlar ro‘yxati

Qonun – O‘zbekiston Respublikasining «Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to‘g‘risida»gi Qonuni

Patent idorasi – O‘zbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi

Talabnoma – ixtiroga patent berish uchun talabnoma

Parij konvensiyasi – Sanoat mulkini muhofaza qilish bo‘yicha Parij konvensiyasining O‘zbekiston Respublikasi uchun amaldagi tahriri

Konvensiya talabnomasi – Sanoat mulkini muhofaza qilish bo‘yicha Parij konvensiyasiga muvofiq topshirilgan talabnoma

XPK – Xalqaro patent klassifikatsiyasi

BIMT – Butunjahon intellektual mulk tashkiloti

I bob. Ixtiroga patentni berish uchun talabnoma tuzish va topshirish.

Talabnoma topshirish huquqiga ega shaxslar

1-§. Ixtiroga patentni berish uchun talabnoma

1. Qonunning 6-moddasiga muvofiq agar ixtiro sifatida ko‘rsatilgan obyekt yangi, ixtirolik darajasiga ega va uni sanoatda qo‘llash mumkin bo‘lsa, u huquqiy muhofaza qilinadi.

Agar ixtiro texnika taraqqiyoti darajasidan malum bo‘lmasa, u yangi deb hisoblanadi.

Page 2: Ixtiroga O‘Zbekiston Respublikasi Patentini Berish … konvensiyasi – Sanoat mulkini muhofaza qilish bo‘yicha Parij konvensiyasining O‘zbekiston Respublikasi uchun amaldagi

Agar ixtiro texnika taraqqiyoti darajasi haqidagi ma’lumotlardan yaqqol ayon bo‘lmasa, ixtirolik darajasiga ega bo‘ladi. Texnika taraqqiyoti darajasi ixtiro ustuvorligi sanasiga qadar jahonda ommaga oshkor bo‘lgan har qanday ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.

Agar ixtiro sanoat, qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash va boshqa sohalarda foydalanish mumkin bo‘lsa, u sanoatda qo‘llash mumkin deb hisoblanadi.

2. Qonunning 6-moddasi sakkizinchi qismiga muvofiq qurilmalar, usullar, moddalar, mikroorganizmlarning shtammlari, o‘simliklar va hayvonlar hujayralarining turlari, ilgaridan ma’lum bo‘lgan qurilmalar, usullar, moddalarning, mikroorganizmlar shtammlarining yangi maqsadda qo‘llanilishi ixtiro sifatida e’tirof etiladi.

a) Ixtiro turi – «qurilma»

Ixtiro turi sifatida qurilmalarga konstruksiyalar, konstruktiv elementlar yoki ularning funksional konstruktiv birlikda bo‘lgan majmuidan iborat buyumlar kiradi.

Qurilmalarga mashinalar, asboblar, apparatlar, uskunalar, instrumentlar, mahkamlovchi buyumlar, mashina detallari, aloqa vositalari, qurilish konstruksiyalari va boshqalar kiradi.

b) Ixtiro turi – «usul»

Ixtiro turi sifatida usullarga moddiy obyekt (qurilma, muhit, elektr zaradi, magnit maydoni va boshqalar) ustida moddiy vositalar yordamida o‘zaro bog‘liq harakatlarni bajarish jarayonlari kiradi.

v) Ixtiro turi – «modda»

Ixtiro turi sifatida moddalarga:

kimyoviy birikmalar, bularga shartli ravishda yuqori molekular birikmalar va gen injeneriyasi mahsulotlari bo‘lgan rekombinant nuklein kislotalar, vektorlar kiritilgan;

kompozitsiyalar (tarkiblar, aralashmalar, qotishmalar, eritmalar va boshqalar);

yadroviy parchalanish mahsulotlari kiradi.

g) Ixtiro turi – «Mikroorganizm shtammi, o‘simliklar va hayvonlar hujayralarining turlari (liniyalari)»

Mikroorganizm shtammlari, o‘simliklar yoki hayvonlar hujayralarining turlari (liniyalari)ga:

bakteriyalar, viruslar, bakteriofaglar, mikro suv o‘tlari, mikroskopik zamburug‘lar va boshqalarning shtammlari;

o‘simliklar yoki hayvonlar hujayralarining turlari (liniyalari), shu jumladan hujayralarning klonlari;

mikroorganizmlar, o‘simliklar yoki hayvonlar hujayralarining turlari (liniyalari) konsorsiumlari;

Page 3: Ixtiroga O‘Zbekiston Respublikasi Patentini Berish … konvensiyasi – Sanoat mulkini muhofaza qilish bo‘yicha Parij konvensiyasining O‘zbekiston Respublikasi uchun amaldagi

xususan mikroorganizmlar, o‘simliklar va hayvonlarning plazmidlari, vektorlari, barqaror transformatsiyalangan hujayralari, transgen o‘simliklar va hayvonlarga doir bo‘lgan genetik konstruksiyalar kiradi.

d) Ixtiro turi – «avvaldan ma’lum bo‘lgan qurilma, usul, modda, shtammni yangi maqsadda qo‘llanilishi

Ixtiro turi sifatida avvaldan ma’lum bo‘lgan qurilma, usul, modda, shtammni yangi maqsadda qo‘llanilishiga ularning o‘zgacha maqsadga muvofiq ishlatilishi kiradi.

Avvaldan ma’lum bo‘lgan (tabiiy va sun’iy yo‘l bilan olingan) moddalarni ijtimoiy iste’molni qanoatlantirish uchun birinchi marta ishlatilishi yangi maqsadda ishlatishga tenglashtiriladi.

3. Quyidagilar:

ilmiy nazariyalar va matematika usullari;

tashkil etish va boshqaruv usullari;

shartli belgilar, jadvallar, qoidalar;

aqliy operatsiyalarni bajarish qoidalari va usullari;

elektron hisoblash mashinalari uchun algoritmlar va dasturlar;

binolar, inshootlar, hududlarni rejalashtirish loyihalari va sxemalari;

estetika talablarini qanoatlantirishga yo‘naltirilgan, mahsulotlarning faqat tashqi ko‘rinishiga oid yechimlar;

integral mikrosxemalar topologiyalari;

o‘simlik navlari va hayvon zotlari;

jamoa manfaatlari, insonparvarlik va axloq qoidalariga zid yechimlar ixtirolar deb tan olinmaydi.

4. Qonunning 15-moddasi birinchi qismiga muvofiq talabnoma bitta ixtiroga yoki yagona ixtirochilik fikrini (ixtiro birligi talabini) tashkil etgan tarzda bir-biri bilan uzviy bog‘langan ixtirolar guruhiga taalluqli bo‘lishi kerak.

Agar ixtiro formulasida bitta ixtiro tavsiflangan bo‘lsa;

ixtiro formulasida bir turdagi (bir qancha qurilmalar, bir qancha turlar va boshqalar), bir xil maqsadda foydalanishga mo‘ljallangan, prinsipial aynan bir xil yo‘l (variantlari) bilan aynan bir xil texnika natijasini olishni ta’minlaydigan obyektlarga taalluqli ixtirolar guruhi tavsiflangan bo‘lsa;

biri ikkinchisini olish (tayyorlash) uchun mo‘ljallangan bo‘lsa (masalan, qurilma yoki modda va qurilma yoki moddani butunlay yoki ularning bir qismini olish usuli);

biri ikkinchisini amalga oshirish uchun mo‘ljallangan bo‘lsa (masalan, usul va usulni butunlay yoki uning amallaridan birini oshirish uchun qurilma);

Page 4: Ixtiroga O‘Zbekiston Respublikasi Patentini Berish … konvensiyasi – Sanoat mulkini muhofaza qilish bo‘yicha Parij konvensiyasining O‘zbekiston Respublikasi uchun amaldagi

biri ikkinchisidan (ikkinchisida) foydalanish uchun mo‘ljallangan bo‘lsa (masalan, usulda foydalanish uchun mo‘ljallangan usul va qurilma; usul yoki qurilma va uning bir qismi; qurilma yoki moddani ulardan yangi maqsadda foydalanish uchun qo‘llash va ushbu maqsadga muvofiq ulardan foydalansh usuli; qurilma yoki moddadan yangi maqsadda foydalanish va tarkibiy qismi bo‘lgan qurilma yoki kompozitsiya) ixtiro birligi talabiga rioya qilingan deb hisoblanadi.

2-§. Talabnoma tarkibi

5. Qonunning 15-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq talabnoma quyidagi hujjatlarni o‘z ichiga olishi kerak:

a) ixtiro muallifi (mualliflari) va nomiga patent berilishi so‘ralayotgan shaxs (bundan buyon matnda talabnoma beruvchi deb yuritiladi), shuningdek ularning yashash yoki turar joyi ko‘rsatilib, patent berilishi so‘ralgan ariza (1-ilova);

b) ixtironing uni amalga oshirish uchun yetarli bo‘lgan darajada to‘liq bayon etilgan tavsifi;

v) ixtiro mohiyatini aks ettiruvchi va uning tavsifiga to‘la muvofiq bo‘lgan ixtiro formulasi;

g) ixtiro mohiyatini tushunish uchun zarur bo‘lsa, chizmalar va boshqa materiallar;

d) referat.

6. Talabnomaga belgilangan miqdorda boj to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat yoki boj to‘lashdan ozod qilish yoxud uning miqdorini kamaytirish uchun asos bo‘luvchi hujjat ilova qilinadi.

7. Patent vakili yoki boshqa ishonchli vakil orqali berilgan talabnomaga talabnoma beruvchi tomonidan berilgan ishonchnoma yoxud uning kerakli tarzda rasmiylashtirilgan nusxasi ilova qilinadi.

8. Konvension ustuvorlik so‘rab berilgan talabnomaga (bundan buyon matnda konvension talabnoma deb yuritiladi) talabnoma beruvchi tomonidan Sanoat mulki muhofazasi bo‘yicha Parij konvensiyasi ishtirokchisi bo‘lgan davlatda berilgan birinchi talabnomaning (bundan buyon matnda birinchi talabnoma deb yuritiladi) tasdiqlangan nusxasi va shu talabnomaning o‘zbek yoki rus tiliga tarjimasi ilova qilinadi va ular konvension talabnoma Patent idorasiga kelib tushgan sanadan uch oydan kechiktirmay berilishi lozim.

Birinchi talabnoma berilgan sanadan o‘n ikki oy o‘tgandan keyin, lekin o‘n ikki oylik muddatdan ikki oydan kechiktirmay berilgan talabnoma bo‘yicha konvension ustuvorlik so‘ralganda, talabnomaga quyidagilar ilova qilinadi:

Page 5: Ixtiroga O‘Zbekiston Respublikasi Patentini Berish … konvensiyasi – Sanoat mulkini muhofaza qilish bo‘yicha Parij konvensiyasining O‘zbekiston Respublikasi uchun amaldagi

konvension ustuvorlikni so‘rash muddatini uzaytirish uchun belgilangan miqdorda patent boji to‘langanligi tug‘risida hujjat;

belgilangan o‘n ikki oylik muddatdan kechikib talabnoma berishning talabnoma beruvchiga bog‘liq bo‘lmagan sabablarini ko‘rsatuvchi hujjat ilova qilinadi va bu sabablar Patent idorasiga ma’lum emas deb hisoblansa, ularni tasdiqlovchi dalillar keltiriladi.

9. Konvension ustuvorlikni belgilash to‘g‘risidagi iltimos talabnoma berilgan (arizaning tegishli grafasida ko‘rsatiladi) yoki talabnoma Patent idorasiga kelib tushish sanasidan boshlab ikki oy ichida berilishi mumkin.

10. Yangi mikroorganizm shtammi, o‘simlik va hayvonlar hujayralari liniyalariga, ularni olish yoki ulardan foydalanishga oid talabnomaga shtammning rasmiy vakolatga ega bo‘lgan kolleksiya-depozitariyda deponentlanganligi to‘g‘risidagi hujjat ilova qilinadi.

11. Nukleotidlar va/yoki aminokislotalar ketma-ketligi ro‘yxatini ichiga olgan talabnomaga aynan ushbu ro‘yxatning nusxasi yozilgan va BIMTning ST.25 standarti talablarini qanoatlantiruvchi axborotni mashinada o‘qish mumkin bo‘lgan tashuvchi (disketa) (bundan buyon matnda MO‘T deb yuritiladi) hamda talabnoma beruvchi tomonidan imzolangan mashinada o‘qish mumkin bo‘lgan shakldagi taqdim etilayotgan axborot bosma ravishda taqdim etilayotgan ro‘yxat bilan bir xil ekanligi haqidagi ariza ilova qilinadi.

12. Ushbu Qoidalarning 5-bandida ko‘rsatilgan, o‘zbek yoki rus tillarida tuzilgan talabnoma hujjatlari uch nusxada taqdim etiladi: 2 nusxasi qog‘ozda, uchinchi nusxasi sifatida esa axborotni mashinada o‘qish mumkin bo‘lgan tashuvchida elektron ko‘rinishdagi nusxasi taqdim etilishi mumkin.

Agar aynan ushbu talabnoma hujjatlari boshqa tilda tuzilgan bo‘lsa bir nusxada, ularning o‘zbek yoki rus tiliga tarjimasi esa uch nusxada: 2 nusxasi qog‘ozda, uchinchi nusxasi esa elektron ko‘rinishda taqdim etilishi mumkin.

Talabnoma hujjatlari yoki qo‘shimcha materiallarning qog‘ozdagi va axborotni mashinada o‘qish mumkin bo‘lgan tashuvchidagi mazmuni aynan bir xil bo‘lishi kerak. Qog‘ozdagi va axborotni mashinada o‘qish mumkin bo‘lgan tashuvchidagi materiallarning aynan bir xil bo‘lishiga talabnoma beruvchi javobgardir.

Qolgan hujjatlar va agar hujjatlar boshqa tilda tuzilgan bo‘lsa ularning o‘zbek yoki rus tilidagi tarjimalari bir nusxada taqdim etiladi.

13. Patent berish to‘g‘risidagi ariza ushbu Qoidalarga 1-ilovada keltirilgan shaklda o‘zbek yoki rus tillarida beriladi. Agar biron-bir ma’lumotlarni tegishli grafalarda to‘liqligicha joylashtirish mumkin bo‘lmasa, u holda ular tegishli grafada «davomini qo‘shimcha varaqda qarang» yozuvi ko‘rsatilgan holda qo‘shimcha varaqda aynan shunday shaklda keltiriladi.

Xorijiy nomlar va korxona nomlari o‘zbek va rus tili transliteratsiyasida ko‘rsatiladi.

Page 6: Ixtiroga O‘Zbekiston Respublikasi Patentini Berish … konvensiyasi – Sanoat mulkini muhofaza qilish bo‘yicha Parij konvensiyasining O‘zbekiston Respublikasi uchun amaldagi

Talabnoma beruvchining nomi, ixtiro nomi o‘zbek va rus tillarida taqdim etiladi.

Arizaga ilova qilinadigan talabnomaning boshqa hujjatlari o‘zbek, rus yoki boshqa tillarda taqdim etiladi.

Agar talabnoma hujjatlari boshqa tilda taqdim etilgan bo‘lsa, u holda talabnomaga ularning o‘zbek yoki rus tilidagi tarjimasi ilova qilinadi, ular talabnoma Patent idorasiga topshirilgan sanadan boshlab ikki oy ichida taqdim etilishi mumkin.

14. Arizaning «ariza» so‘zidan yuqorida joylashgan grafalari talabnoma Patent idorasiga kelib tushgandan keyin ma’lumotlarni kiritish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, talabnoma beruvchi tomonidan to‘latilmaydi.

15. (71) «Talabnoma beruvchi» kodi ostida berilgan grafada talabnoma beruvchi(lar) haqidagi ma’lumotlar: jismoniy shaxsning familiyasi, ismi (otasining ismi), bunda familiyasi ismidan oldin ko‘rsatiladi, yoki yuridik shaxsning to‘liq rasmiy nomi (ta’sis hujjatlariga muvofiq) va shuningdek, yashash joyi yoki joylashgan manzili to‘g‘risidagi ma’lumotlar, mamlakatning rasmiy nomi va to‘liq pochta manzili va mamlakatning Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (BIMT)ning ST.3 standarti bo‘yicha kodi ko‘rsatiladi (agar belgilangan bo‘lsa) keltiriladi.

Agar patent, dastlabki patent bir necha shaxs nomiga so‘ralayotgan bo‘lsa, yuqorida keltirilgan ma’lumotlar ularning har biri uchun alohida beriladi.

Ixtiro mualliflari bo‘lgan talabnoma beruvchilarning yashash joyi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ushbu grafada keltirilmaydi, balki (72) «Muallif(lar)» kodi ostidagi grafada bayon qilinadi.

Ushbu grafada tegishli katakchada «X» belgisi qo‘yilgan holda talabnoma beruvchi ixtiro muallifi, muallifning ish beruvchisi yoki muallifning yoxud muallif ish beruvchisining huquq vorisi ekanligi yoki yo‘qligi belgilanadi.

O‘zbekiston Respublikasining nomiga patent so‘ralayotgan korxona, tashkilotlari uchun KTUT kodi ko‘rsatiladi.

O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida yashovchi yuridik va jismoniy shaxslar uchun nomiga patent so‘ralganda BIMTning ST.3 standarti bo‘yicha mamlakat kodi (agar belgilangan bo‘lsa) ko‘rsatiladi.

16. Ustuvorlikni belgilash to‘g‘risidagi iltimosni o‘z ichiga olgan grafa talabnoma Patent idorasiga topshirilgan sanadan avvalroq ustuvorlik so‘ralgan holda to‘ldiriladi.

Bu holda tegishli katakchalarda «X» belgisi qo‘yilgan holda ustuvorlik so‘rash uchun asoslar belgilanadi va avvalroq berilgan talabnoma raqami (31) kod ostida ko‘rsatiladi, uning yoki unga berilgan qo‘shimcha materiallar asosida ustuvorlik va ustuvorlik sanasi so‘raladi (avvalroq berilgan talabnoma yoki unga berilgan qo‘shimcha materiallarning topshirilish sanasi (32) kodi ostida keltiriladi).

Konvension ustuvorlik so‘ralgan holda (33) kodi ostida birinchi BIMT ST.3 standarti bo‘yicha talabnoma berilgan mamlakatning kodi ko‘rsatiladi.

Page 7: Ixtiroga O‘Zbekiston Respublikasi Patentini Berish … konvensiyasi – Sanoat mulkini muhofaza qilish bo‘yicha Parij konvensiyasining O‘zbekiston Respublikasi uchun amaldagi

17. (54) «Ixtironing nomi» kodi ostidagi grafada talabnoma berilgan ixtiro (ixtirolar guruhi)ning nomi keltiriladi, bu nom ixtironing tavsifidagi nomga mos bo‘lishi kerak.

18. (98) «Yozishmalar uchun manzil» kodi ostidagi grafada yozishmalar uchun manzil, yozishmalar tezroq yetib borishi uchun odatdagi talablarini qanoatlantiradigan xat oluvchining ismi yoki nomi, va telefon, faks raqamlari, e-mail (agar bo‘lsa) keltiriladi.

Yozishmalar uchun manzil sifatida talabnoma beruvchi (talabnoma beruvchilarning birortasi) - O‘zbekiston Respublikasida yashovchi jismoniy shaxsning yoki O‘zbekiston Respublikasida joylashgan yuridik shaxs bo‘lgan talabnoma beruvchining joylashgan manzili yoki Patent idorasida ro‘yxatdan o‘tgan patent vakilining yoki boshqa ishonch bildirilgan shaxsning joylashgan manzili ko‘rsatilishi mumkin.

Arizada yozishmalar uchun manzil mavjud bo‘lmaganda bunday manzil sifatida agar ular tayinlangan bo‘lsa patent vakili yoki boshqa ishonch bildirilgan shaxsning joylashgan manzili, aks holda esa O‘zbekiston Respublikasi hududida manzil mavjud bo‘lgan holda arizaning talabnoma beruvchi to‘g‘risidagi ma’lumotlarga tegishli grafalaridagi talabnoma beruvchining (agar talabnoma beruvchilar bir qancha bo‘lsa – birinchisining) manzili hisoblanadi.

19. Talabnoma beruvchi tomonidan talabnoma topshirilgunga qadar patent vakili tayinlangan holda to‘ldiriladigan (74) «Patent vakili» kodi ostidagi grafada u haqidagi ma’lumotlar: familiyasi, ismi (otasining ismi), Patent idorasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan raqami, O‘zbekiston Respublikasidagi yashash manzili, telefon, faks raqamlari, e-mail (agar bo‘lsa) keltiriladi. Bundan tashqari ushbu grafada tegishli katakchada «X» belgisi qo‘yilgan holda talabnoma beruvchi tomonidan berilgan patent vakilining vakolatlarini tasdiqlovchi ishonchnomaning mavjudligi qayd etiladi.

20. «Ilova qilinadigan hujjatlarning ro‘yxati» grafasi tegishli katakchada «X» belgisi qo‘yilgan va ilova qilinadigan hujjatlar nusxalarining va har bir nusxasidagi varaqlarning soni ko‘rsatilgan holda to‘ldiriladi.

Ixtiro tavsifida «Nukleotidlar va/yoki aminokislotalar ketma-ketligi ro‘yxati» bo‘limi mavjud bo‘lganida «Ixtiro tavsifi» pozitsiyasida qo‘shimcha ravishda «ketma­ketliklar ro‘yxati bilan» keltiriladi; bunda tegishli grafalarda varaqlarning umumiy miqdori ko‘rsatiladi.

Ariza shaklida turi ko‘zda tutilmagan ilova qilinadigan hujjatlar («boshqa hujjat») uchun ularning nimaga xizmat qilishi aniq ko‘rsatiladi.

Talabnomada nukleotidlar va aminokislotalar ketma-ketligi ro‘yxati va ushbu Qoidalarning 11-bandida ko‘zda tutilgan arizaning nusxasi yozilgan MO‘T (disketalar) mavjud bo‘lganida «boshqa hujjat» grafasida «Disketa» deb ko‘rsatiladi.

21. (72) «Muallif» va «To‘liq yashash manzili» kodi ostidagi grafalarda ixtiro muallifi (mualliflari) to‘g‘risidagi ma’lumotlar: familiyasi, ismi (otasining ismi), mamlakatning nomi va uning BIMT ST.3 standarti bo‘yicha kodini ichiga olgan to‘liq turar joy pochta manzili keltiriladi.

Page 8: Ixtiroga O‘Zbekiston Respublikasi Patentini Berish … konvensiyasi – Sanoat mulkini muhofaza qilish bo‘yicha Parij konvensiyasining O‘zbekiston Respublikasi uchun amaldagi

22. «Muallif» va «To‘liq yashash manzili» grafalarining bevosita ostida joylashgan grafa muallif (mualliflar) patent berilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar e’lon qilinganida o‘zini (o‘zlarini) ushbu sifatda ko‘rsatilmasligi so‘ralgan hollarda to‘ldiriladi. Ushbu holda ma’lumotlar e’lon qilinganda nomlari ko‘rsatilmasligini istagan har bir muallifning familiyasi, ismi (otasining ismi) va ularning imzosi keltiriladi.

23. Arizaning «Imzo» grafasi hamma hollarda imzolangan sanasi ko‘rsatilgan holda to‘ldirilishi shart.

Ariza talabnoma beruvchi tomonidan imzolanadi. Yuridik shaxs nomidan ariza korxona, tashkilot rahbari yoki rahbar tomonidan vakil qilingan shaxs tomonidan uning lavozimi ko‘rsatilgan holda imzolanadi. Imzo muhr bilan tasdiqlanadi.

Talabnoma patent vakili yoki ishonch bildirilgan shaxs orqali berilganda talabnoma beruvchi yoki patent vakili yoxud ishonch bildirilgan shaxs tomonidan imzolanadi.

Imzolar yoniga imzo chekuvchilarning ismi, familiyasi ko‘rsatiladi.

Imzo chekish talab qilingan biror ma’lumotlar qo‘shimcha varaqda keltirilsa, xuddi shu tartibda imzolanadi.

Talabnoma beruvchining yoki patent vakilining yoxud ishonch bildirilgan shaxsning imzosi har bir qo‘shimcha varaqda bo‘lishi shart.

24. Ixtiro tavsifi ixtironi amalga oshirish uchun yetarli ravishda to‘liq ochib berishi kerak.

25. Tavsif ixtiro nomini keltirish bilan boshlanadi (talabnoma berilayotgan ixtiro tegishli bo‘lgan Xalqaro patent klassifikatsiyasining amaldagi tahriri rubrikasi belgilangan holda, ushbu rubrikaning indeksi ixtiro nomi oldida keltiriladi) va quyidagi bo‘limlarni o‘z ichiga oladi:

ixtiro oid bo‘lgan texnika sohasi;

texnika darajasi;

ixtiro mohiyati;

chizmalar va boshqa materiallar ro‘yxatining (agar ular bo‘lsa) qisqacha tavsifi;

ixtironing amalga oshirish mumkinligini tasdiqlovchi ma’lumotlar;

nukleotidlar va/yoki aminokislotalar ketma-ketligi ro‘yxati (agar bunday ketma­ketlikdan ixtironi tavsiflash uchun foydalanilgan bo‘lsa).

Tavsif bo‘limi o‘rniga manbaalarda (adabiyotlar, avval topshirilgan talabnomadagi ixtiro tavsifi, muhofaza hujjatidagi ixtiro tavsifi va boshqalarda) keltirilgan ma’lumotlarga izoh ko‘rsatish mumkin emas.

26. Ixtiro nomi aniq, qisqa bo‘lib, ixtiro mohiyatiga mos kelishi, ixtiro tegishli bo‘lgan ob’yektning umumiy tushunchasini aniqlashi va obyektning vazifasini xarakterlashi (uning bajaradigan funksiyasini yoki texnikaning qaysi sohasiga oid ekanligini ko‘rsatishi) kerak.

Page 9: Ixtiroga O‘Zbekiston Respublikasi Patentini Berish … konvensiyasi – Sanoat mulkini muhofaza qilish bo‘yicha Parij konvensiyasining O‘zbekiston Respublikasi uchun amaldagi

Ixtiro nomi XPKning biror rubrikasiga mos kelishi kerak. Ixtiro mohiyatiga mos rubrikani aniqlash mumkin bo‘lmasa, ixtironing nomi umumiy qabul qilingan tarmoq, umumiy texnika atamalariga muvofiq ko‘rsatiladi.

Agar ixtiro har xil sohalarda qo‘llanilishi mumkin bo‘lib, nomi buni ifodalasa, ixtiro nomida «afzal», «ayniqsa» so‘zlarini ishlatib, ixtiro qaysi sohalardan birida ayniqsa ko‘p qo‘llanishini aniqlashga ruxsat etiladi.

Ixtiro nomida qo‘llash mumkin bo‘lgan sohalarning faqat bittasini ta’kidlovchi «masalan» va «xususan» degan iboralar qo‘llanilmaydi.

Ixtiro nomi atamaga xos yoki tavsifiy bo‘lishi mumkin.

Atamaga xos nom, texnikaning shu soha bo‘yicha mutaxassisiga ma’lum bo‘lgan obyektning muhim alomatlari majmuini ular sanab o‘tilganli yoki yo‘qligidan qat’iy nazar xarakterlaydi.

Tavsifiy nom obyektning vazifasi va u tomondan texnikaning bir yoki turli xil sohalarida bajaradigan funksiyasi haqida tasavvur beradi, ammo talabnoma berilgan ixtironi tavsiflovchi muhim alomatlarning zarur bo‘lgan majmuasi to‘g‘risida aniq fikr yuritish imkoniyatini bermaydi.

Ixtiro nomi birlikda ifodalanadi. Birlikda ishlatilmaydigan nomlar, umumiy struktura formulasi bilan aniqlanadigan kimyoviy birikmalarga oid ixtirolarning nomlari bundan mustasno.

Individual kimyoviy birikmaga oid ixtiro nomiga kimyoda qabul qilingan nomenklatura bo‘yicha nomi kiritiladi; shuningdek uning qanday aniq vazifada ishlatilishiga doir ko‘rsatma ham, biologik faol birikmalar uchun esa biologik faollik turi keltiriladi.

Tuzilishi aniqlanmagan yuqori molekular birikmalarni olish usullariga oid ixtiro nomiga birikmaning nomi va zarur bo‘lsa uning vazifasi to‘g‘risida ko‘rsatma kiritiladi.

Aniqlanmagan tarkibli modda-aralashmani olish usuliga oid ixtiro nomiga vazifasi to‘g‘risida ko‘rsatma yoki ushbu moddaning biologik faollik xususiyatlarini ko‘rsatuvchi tushunchalar kiritiladi.

Mikroorganizm shtammi yoki o‘simlik yoki hayvonlar hujayralari liniyalariga oid ixtirolar nomiga biologik obyektning lotin tilidagi oila turkumi va turiga oid nomi, muallif (mualliflar)- ning familiyasi (familiyalari) va shtamm turi va vazifasi ko‘rsatilgan holda kiritiladi.

Genetik konstruksiyaga taalluqli ixtiro nomiga uning vazifasi ko‘rsatilgan holda nomlanishi kiritiladi.

Avvaldan ma’lum bo‘lgan qurilma, usul, modda, shtammni yangi maqsadda qo‘llanilishiga oid bo‘lgan ixtiro nomi tegishli obyekt uchun qabul qilingan qoidalarga binoan tuziladi va avvaldan ma’lum bo‘lgan obyektning yangi vazifasini xarakterlaydi.

Biri ikkinchisini olish, amalga oshirish yoki foydalanish uchun mo‘ljallangan obyektlarga oid ixtirolar guruhining nomi bitta ixtironing to‘liq nomi va ikkinchisining qisqartirilgan nomini o‘z ichiga oladi. Biri boshqasida foydalanish uchun mo‘ljallangan obyektlarga oid ixtirolar guruhining nomi, guruhga kirgan ixtirolarning to‘liq nomini o‘z ichiga oladi. Variantlarga oid ixtirolar guruhining nomi bitta ixtironing nomidan iborat bo‘lib, «variantlar» degan so‘z bilan to‘ldiriladi.

Ixtiro nomi zarur bo‘lganda lotin alifbosi belgilarini va arab raqamlarini o‘z ichiga oladi.

Page 10: Ixtiroga O‘Zbekiston Respublikasi Patentini Berish … konvensiyasi – Sanoat mulkini muhofaza qilish bo‘yicha Parij konvensiyasining O‘zbekiston Respublikasi uchun amaldagi

Ixtiro nomidan boshqa alifbolarning belgilaridan, maxsus belgilardan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Ixtiro nomida shaxsiy nomlar, familiyaga oid nomlar, abbreviaturalar, reklama, firma nomlari, tovar belgilari va xizmat ko‘rsatish belgilari, tovar kelib chiqqan joy nomlari i geografik nomlar, «va boshqalar» so‘zlari va ixtironi aniqlash maqsadlariga xizmat qilmaydigan xuddi shunday so‘zlardan foydalanilmasligi kerak.

Tavsifning «Ixtiro mansub bo‘lgan texnika sohasi» bo‘limida ixtiro qo‘llaniladigan soha ko‘rsatiladi. Bunday sohalar bir necha bo‘lsa, ular orasida qaysi birida ko‘proq qo‘llanilishi ko‘rsatiladi.

28. Tavsifning «Texnika darajasi» bo‘limida talabnoma beruvchiga ma’lum bo‘lgan ixtiro analoglari keltiriladi va ular orasidan ixtiroga muhim alomatlar majmui bo‘yicha eng yaqin bo‘lgan analog ajratib ko‘rsatiladi.

Ixtironing analogi sifatida ixtironing ustuvorlik sanasigacha ommaga oshkor bo‘lgan ma’lumotlapdan ma’lum bo‘lgan va ixtironing muhim belgilapi majmuiga o‘xshash belgilap bilan tavsiflanadigan ixtiro bajaradigan vazifani bajaradigan vosita ko‘rsatiladi.

Analoglapning hap bipini ta’piflash paytida u ochib bepilgan axbopot manbalapining bibliogpafiya ma’lumotlapi, analogning belgilapi talabnoma bepilayotgan ixtironing muhim belgilapi bilan mos keladiganlapi ajpatib ko‘rsatilgangan holda keltipiladi, shuningdek, apiza bepuvchiga ma’lum bo‘lgan, texnikaviy natija olishga to‘sqinlik qiluvchi sabablap ko‘psatiladi.

Agar ixtiro konkret vazifaga yoki biologik aktiv xususiyatlarga ega bo‘lgan aniqlanmagan tarkibli aralashmani olish usuliga oid bo‘lsa, analog sifatida xuddi shunday vazifaga va biologik aktiv xususiyaga ega bo‘lgan aralashmalar olish usuli ko‘rsatiladi.

Agar ixtiro yangi individual kimyoviy, shuningdek, yuqori molekular birikma olish usuliga yoki gen injeneriyasi obyektiga oid bo‘lsa unga o‘xshash analogni olish usuli haqida ma’lumotlar keltiriladi.

Mikroorganizm shtammi, o‘simlik va/yoki hayvonlar hujayralari liniyalariga – modda produsentiga oid bo‘lgan ixtironing eng yaqin analogini tavsiflashda hosil bo‘ladigan modda haqida ma’lumotlar kiritiladi.

Agar ixtiro avval ma’lum bo‘lgan qurilma, usul, modda, shtammni yangi maqsadda qo‘llanilishiga oid bo‘lsa, uning analoglariga xuddi shu vazifada ishlatiladigan ma’lum qurilmalar, usullar, moddalar, shtammlar kiradi.

Ixtirolar guruhini tavsiflashda analoglar (shu jumladan eng yaqini) haqidagi ma’lumotlar har bir ixtiro uchun alohida keltiriladi.

29. Tavsifning «Ixtiro mohiyati» bo‘limida ixtiro mohiyati ixtiro orqali texnik natijaga erishish yetarli етарли bo‘lgan muhim alomatlar majmui orqali ifodalanadi.

Alomatlar erishiladigan texnik natijaga ta’sir ko‘rsatsa, ya’ni texnik natija bilan sabab-oqibat bog‘lanishida bo‘lsa, muhim alomatlarga kiradi.

Mazkur bo‘limda ixtiro hal qilishi kerak bo‘lgan vazifasi ixtiro amalga oshirilganda olinadigan texnik natija ko‘rsatilgan holda ochib beriladi.

Ixtironi xarakterlovchi barcha muhim alomatlar keltiriladi, eng yaqin analogdan farqlanuvchi alomatlar ajratiladi, bunda so‘ralayotgan huquqiy muhofaza hajmi amal qiladigan barcha hollarda texnik natijani olishni ta’minlaydigan muhim alomatlar majmui va ixtironi xususiy hollarda, bajarilishi aniq shakllarda yoki undan foydalanishning alohida sharoitlarida tavsiflaydigan alomatlar ko‘rsatiladi.

Page 11: Ixtiroga O‘Zbekiston Respublikasi Patentini Berish … konvensiyasi – Sanoat mulkini muhofaza qilish bo‘yicha Parij konvensiyasining O‘zbekiston Respublikasi uchun amaldagi

Nukleotidlar yoki aminokislotalar ketma-ketligi ulardan alomatni tavsiflash uchun foydalangan hollarda agar ketma-ketliklar tavsifi ketma-ketliklar ro‘yxatida bunday matndan foydalanilgan holda berilgan bo‘lsa, tegishli erkin matn keltirilgan holda uning ketma-ketliklar ro‘yxatidagi raqamini «SEC ID NO…» ko‘rinishida ko‘rsatish yo‘li bilan taqdim etiladi.

Alomatning tavsifini ushbu alomat ochib berilgan axborot manbaiga ilova qilingan holda almashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Texnik natija o‘zi bilan ixtironi namoyon qiluvchi vositani amalga oshirishda (tayyorlashda) yoki undan foydalanishda olinishi mumkin bo‘lgan texnik samara, xususiyat, hodisalar va boshqalarning tavsifini ifodalaydi.

Agar ixtiro bir necha texnik natijani olishni ta’minlasa (shu jumladan uning bajarilishining konkret shakllarida yoki undan foydalanishning alohida hollarida), ularni ko‘rsatish tavsiya etiladi.

Texnik natija xususan, ishqalanish koeffitsiyentini kamaytirish (oshirish); qisilib qolishini oldini olish; vibratsiyani kamaytirish; biror organ qon aylanishini yaxshilash; dori-preparat ta’sirini to‘plash, uning zaharligini kamaytirish; quyish tuzilmasi defektlarini yo‘qotish; ishchi organning muhit bilan aloqasini yaxshilash; signal shaklining o‘zgarishini kamaytirish; suyuqlik sizib o‘tib ketishini kamaytirish, ho‘llanishini yaxshilash; yorilishini oldini olish; vaksinaning immunogenligini oshirishda ifodalanishi mumkin.

Agar ixtiro yaratilishida ma’lum vazifaga ega bo‘lgan texnik vositalar arsenalini kengaytirish yoki birinchi marta shunday texnik vositalar olish vazifasi hal qilinayotgan bo‘lsa, texnik natija shu vazifani amalga oshirishdan iborat bo‘ladi va buni maxsus ta’kidlash talab qilinmaydi.

Ixtirolar guruhi uchun yuqorida ko‘rsatilgan ma’lumotlar, shuningdek texnik natija haqidagi ma’lumotlar har bir ixtiro uchun alohida keltiriladi.

Mikroorganizm shtammi, o‘simlik va hayvonlar hujayralari turlarini tavsiflashda ularning o‘zlari kelib chiqqan yoki eng yaqin shtammdan farq qiluvchi alomatlari ko‘rsatiladi.

Avval ma’lum bo‘lgan qurilma, usul, modda, shtammni yangi maqsadda qo‘llashga oid ixtironi tavsiflashda ma’lum obyektning tavsifi keltiriladi va ular ko‘rsatilgan adabiyotlarining bibliografik ma’lumotlari beriladi hamda uning ma’lum bo‘lgan va yangi vazifasi ko‘rsatiladi.

30. Qurilmalarni tavsiflash uchun xususan quyidagi alomatlar ishlatiladi:

konstruktiv element (elementlar) mavjudligi;

elementlar orasidagi bog‘liqlik mavjudligi;

elementlarning o‘zaro joylashishi;

elementning (elementlarning) yoki umuman qurilmaning bajarilish shakli, xususan geometrik shakli;

elementlar orasidagi bog‘liqlik bajarilishi shakli;

elementning (elementlarning) parametrlari va boshqa xarakteristikalari va ular o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik;

element (elementlar) yoki umuman qurilma tayyorlangan material;

element funksiyasini bajaruvchi muhit.

Page 12: Ixtiroga O‘Zbekiston Respublikasi Patentini Berish … konvensiyasi – Sanoat mulkini muhofaza qilish bo‘yicha Parij konvensiyasining O‘zbekiston Respublikasi uchun amaldagi

Qurilmalarni ta’riflash uchun umuman qurilmada yoki uning biror elementida qurilmaning ishlashi yoki vazifasini bajarishi uchun ta’sir etmaydigan (so‘zli, tasviriy yoki aralash) belgilardan foydalanish mumkin emas.

31. Usulni tavsiflash uchun xususan quyidagi alomatlar ishlatiladi:

harakat yoki harakatlar majmuining mavjudligi;

bunday harakatlarning vaqt bo‘yicha bajarish tartiblari (ketma-ket, bir vaqtda, har xil birikmalar va boshqalarda);

harakatlarning bajarish shartlari, rejimi, moddalar, birlamchi xom ashyo, reagentlar, katalizatorlar, qurilmalar (asbob-uskunalar, moslamalar va boshqalar), mikroorganizm shtammlari, o‘simlik va/yoki hayvonlar hujayralarining liniyalari ishlatilishi.

32. Individual kimyoviy birikmalarni xarakterlash uchun xususan quyidagi alomatlar ishlatiladi:

belgilangan tuzilmaga ega bo‘lgan quyi molekular birikmalar uchun – sifat tarkibiy qismi (ma’lum elementlar atomlari), miqdoriy tarkibi (har bir elementning atomlar soni), atomlar orasidagi bog‘lanish va ularning molekuladagi kimyoviy tuzilish formulasi orqali ifodalangan o‘zaro joylashganligi;

belgilangan tuzilmaga ega bo‘lgan yuqori molekular birikmalar uchun kimyoviy tarkibi va makromolekula bir bo‘g‘imining tuzilishi, makromolekulaning umuman tuzilishi (chiziqli, tarmoqlangan), bo‘g‘imlarning davriyligi, molekular massa, molekular massa taqsimlanishi, makromolekulaning geometriya va stereometriyasi, uning uchidagi va yonidagi guruhlari;

aniqlanmagan tuzilishga ega bo‘lgan individual birikmalar uchun – fizik-kimyoviy va ushbu birikmani boshqalardan farqlash uchun zarur bo‘lgan boshqa xarakteristikalari (shu jumladan olish usulining alomatlari);

gen muhandisligi mahsulotlariga taalluqli bo‘lgan individual birikmalar uchun nukleotidlar ketma-ketligi (nuklein kislotalar fragmentlari hollarida) yoki tabiiy kartasi (rekombinant nuklein kislotalar va vektorlar hollarida), aminokislotalar ketma-ketligi hamda ushbu birikmani boshqalardan farqlash uchun zarur bo‘lgan boshqa fizikaviy-kimyoviy xarakteristikalari.

33. Kompozitsiyalarni xarakterlash uchun xususan quyidagi alomatlar ishlatiladi:

sifat tarkibi (ingrediyentlar);

miqdoriy tarkibi (ingrediyentlar miqdori);

kompozitsiya tuzilishi;

ingrediyentlar tuzilishi.

Tarkibi aniqlanmagan kompozitsiyalarni xarakterlash uchun ularning fizik­kimyoviy, fizik va foydalilik ko‘rsatkichlari hamda ularni olish usulining alomatlari ishlatilishi mumkin.

34. Yadroviy parchalanish yo‘li bilan olingan moddalarni xarakterlash uchun xususan quyidagi alomatlar ishlatiladi:

Page 13: Ixtiroga O‘Zbekiston Respublikasi Patentini Berish … konvensiyasi – Sanoat mulkini muhofaza qilish bo‘yicha Parij konvensiyasining O‘zbekiston Respublikasi uchun amaldagi

sifat tarkibi (element izotopi (izotoplari), miqdoriy tarkibi (proton va neytronlar soni);

asosiy yadroviy xarakteristikalari: yarim parchalanish davri, nurlanish energiyasi va ko‘rinishi (radioaktiv izotoplar uchun).

35. Individual mikroorganizm shtammlarini xarakterlash uchun xususan quyidagi alomatlar ishlatiladi:

shtamning oila va turi nomi (lotin tilida);

kelib chiqishi (ajratib olinish manbasi, urug‘-aymog‘i);

gen va xemotaksonometrik xarakteristikalari;

morfologik, fiziologik (shu jumladan kultural) xarakteristikalari;

biotexnologik xarakteristikasi (yetishtirish sharoitlari; shtammdan hosil qilinadigan foydali moddaning nomi va xususiyati; faollik (mahsuldorlik) darajasi;

virulentlik, antigen tuzilishi, serologik xususiyatlari (meditsina va veterinariya sohasidagi mikroorganizmlar shtammlari uchun);

gibridlash prinsipi (gibrid mikroorganizmlar shtammlari uchun).

36. O‘simliklar yoki hayvonlar hujayralari liniyalarini xarakterlash uchun xususan quyidagi alomatlar ishlatiladi:

passajlar miqdori;

kariologik xarakteristikasi;

o‘sish (kinetik) xarakteristikalari;

hayvon organizmida o‘stirish xarakteristikasi (gibridlar uchun);

morfogenezga qobiliyati (o‘simliklar hujayralari uchun).

37. Mikroorganizmlar, o‘simliklar yoki hayvonlar hujayralari kosorsiumlarini xarakterlash uchun yuqorida sanab o‘tilgan alomatlarga qo‘shimcha ravishda quyidagi alomatlar ishlatiladi: seleksiya va moslashtirish faktorlari va sharoitlari, taksonomik tarkibi, miqdori va ustun bo‘lgan komponentlar, umuman konsorsiumning tipi va fiziologik xususiyatlari.

38. Genetik konstruksiyalarni tegishli ravishda xarakterlash uchun ushbu Qoidalarning 30-bandida ko‘zda tutilgan alomatlardan foydalaniladi (bunda konstruktiv elementlar bo‘lib enxanser, promotor, terminator, initsiiruyuщiy kodon, linker, o‘zga gen fragmenti, marker, flankirlovchi sohalar bo‘lishi mumkin).

39. Transformatsiyalangan hujayrani xarakterlash uchun xususan quyidagi alomatlardan foydalaniladi:

transformatsiyalovchi element;

hujayra tomonidan o‘zlashtirib olinadigan alomatlar (xususiyatlar);

Page 14: Ixtiroga O‘Zbekiston Respublikasi Patentini Berish … konvensiyasi – Sanoat mulkini muhofaza qilish bo‘yicha Parij konvensiyasining O‘zbekiston Respublikasi uchun amaldagi

hujayra kelib chiqishiga doir ma’lumotlar (prokariotik hujayra uchun urug‘, oila turkumi va/yoki turi);

taksonomik alomatlar;

tabiiy genom mutatsiyasi;

hujayrani madaniylashtirish sharoitlari va ushbu hujayrani boshqasidan farqlash uchun yetarli bo‘lgan boshqa xarakteristikalari.

40. Transgen o‘simlikni xarakterlash uchun xususan quyidagi alomatlardan foydalaniladi:

genomda modifikatsiyalangan elementning mavjudligi;

o‘simlik tomonidan o‘zlashtirib olinadigan alomatlar (xususiyatlar);

o‘simlikning kelib chiqishi;

taksonomik tegishliligi va ushbu o‘simlikni boshqasidan farqlash uchun yetarli bo‘lgan boshqa xarakteristikalari.

41. Transgen hayvonni xarakterlash uchun xususan quyidagi alomatlardan foydalaniladi:

hayvon genomiga transformatsiyalangangen va/yoki DNK va kodlaydigan yoki ekspresslaydigan maqsadli mahsulot;

hayvon tomonidan o‘zlashtirib olinadigan alomatlar (xususiyatlar);

hayvon tomonidan hosil qilinadigan modifikatsiyalangan mahsulot;

hayvonning tegishliligi (tipi, zoti va boshqalar) va ushbu hayvonni boshqasidan farqlash uchun yetarli bo‘lgan boshqa xarakteristikalari.

42. Mikroorganizmlar, o‘simlik va hayvonlar hujayralari liniyalarining konsorsiumlarini xarakterlash uchun ushbu Qoidalarning 37-bandida sanab o‘tilganlarga qo‘shimcha ravishda xususan quyidagi alomatlardan foydalaniladi:

seleksiya va moslashish faktorlari va sharoitlari, taksonomik tarkibi, miqdori va ustun bo‘lgan komponentlari, umuman konsorsiumning o‘rin almashinishi, tipi va fiziologik xususiyatlari hamda ushbu konsorsiumni boshqasidan farqlash uchun imkon beradigan boshqa xarakteristikalari.

43. Avval ma’lum bo‘lgan qurilma, usul, modda, shtammni yangi maqsadda qo‘llashni xarakterlash uchun yangi maqsadda qo‘llanayotgan obyektning identifikatsiyalash uchun yetarli bo‘lgan qisqa xarakteristikasi va uning yangi vazifasiga doir ko‘rsatmadan foydalaniladi.

44. Tavsifning «Chizmalar figuralari ro‘yxati» bo‘limida figuralar ro‘yxatidan tashqari ularning har birida nima tasvirlanganligini qisqacha ta’rifi keltiriladi.

Agar ixtiro mohiyatini tushuntiruvchi boshqa materiallar berilgan bo‘lsa, ularning qisqacha mazmuni keltiriladi.

45. «Ixtironi amalga oshirish mumkinligini tasdiqlovchi ma’lumotlar» bo‘limda ixtironi talabnoma beruvchi tomonidan ko‘rsatilgan vazifada amalga oshirish mumkinligi ko‘rsatiladi.

Page 15: Ixtiroga O‘Zbekiston Respublikasi Patentini Berish … konvensiyasi – Sanoat mulkini muhofaza qilish bo‘yicha Parij konvensiyasining O‘zbekiston Respublikasi uchun amaldagi

Mohiyati umumiy tushuncha bilan ifodalangan, xususan funksional umumlashtirish darajasida keltirilgan alomatdan foydalanish bilan xarakterlanuvchi ixtironi amalga oshirish imkoniyati bevosita talabnoma materiallarida bunday alomatni hosil qilish uchun vositalarni yoki uni olish metodlari yoki bunday vosita yoki metodlarning ma’lum ekanligiga ko‘rsatmani ifodalash bilan tasdiqlanadi.

Tavsifning ushbu bo‘limida, shuningdek, ixtironi amalga oshirganda olinishi mumkin bo‘lgan, hal qilinayotgan vazifa xarakterlanayotganda «Ixtiro mohiyati» bo‘limida ko‘rsatilgan texnik natijaga erishishi mumkinligini tasdiqlovchi ma’lumotlar ham keltiriladi. Ixtironi xarakterlash uchun miqdorlar intervali ko‘rinishida ifodalangan miqdoriy alomatlardan foydalanilganda texnik natijaga shu intervalda erishishi mumkinligi ko‘rsatiladi.

46. Qurilmaga oid ixtiroga uning konstruksiyasining (statik holatdagi) tavsifi chizma figuralariga izoh berilgan holda keltiriladi. Konstruktiv elementlarning tavsifdagi raqamli belgilari chizma figuralaridagi raqamli belgilariga mos kelishi kerak va ularning ketma-ket ta’riflash davomida birdan boshlab o‘sish tartibida keltiriladi.

Qurilma konstruksiyasini tavsiflashdan keyin uning harakati (ishlashi) yoki undan foydalanish usuli konstruktiv elementlar va chizma figuralariga, zarur hollarida esa boshqa izoh beruvchi materiallarga (epyuralar, vaqt bo‘yicha diagrammalar va boshqalar) raqam bilan izoh berilgan holda beriladi.

Agar qurilma funksional darajada tavsiflangan bo‘lib, ko‘rsatilgan amalga oshirish shakli programmalangan (sozlangan) ko‘p funksiyali moslamadan foydalanishni ko‘zda tutgan bo‘lsa, unda qurilmadagi aniq biriktirilgan funksiyani bajarishi mumkinligini tasdiqlovchi ma’lumotlar beriladi. Bunday ma’lumotlar sifatida algoritm, xususan hisoblash algoritmi keltirilsa, uni ko‘pincha bloksxema yoki agar mumkin bo‘lsa, tegishli matematik ifoda ko‘rinishida beriladi.

47. Usulga oid ixtironi tavsiflash uchun moddiy obyekt ustida bajariladigan harakatlar ketma-ketligi va shuningdek, harakatlar olib boriladigan shart-sharoitlar, agar zarur bo‘lsa aniq rejimlar (harorat, bosim va boshqalar) ishlatiladigan qurilmalar, moddalar, shtammlar ko‘rsatiladi. Agar usul biror ustuvorlik sanasigacha ma’lum bo‘lgan vositalardan, qurilma, modda va shtammlardan foydalanish orqali tavsiflansa, bu vositalarni ixtironi amalga oshirish mumkin bo‘lgan holda ochib berish kifoya. Noma’lum vositalardan foydalanilgan bo‘lsa, ularning xarakteristikalari keltiriladi, zarur hollarda grafik tasvirlar ilova qilinadi.

Usulda yangi moddalardan foydalanilsa, ularni olish usuli ochib beriladi.

48. Umumiy tuzilish formulasi bilan tavsiflangan kimyoviy birikmalar guruhini (qatorini) olish usuliga oid ixtirolar uchun, shu usul bilan guruhdagi (qatordagi) birikmalarni olish misollari keltiriladi. Agar guruh (qator) kimyoviy tabiati har xil radikallardan iborat birikmalarni o‘z ichiga olgan bo‘lsa, ushbu har xil radikalli birikmalarni olishni tasdiqlash uchun yetarli bo‘lgan misollar keltiriladi. Guruhga (qatorga) kirgan birikmalarni olish uchun ma’lum metodlar bilan tasdiqlangan tuzilish formulalari va fizik-kimyoviy xarakteristikalari keltiriladi. Tavsifda shuningdek, yangi birikmalarning vazifasi va biologik faol xususiyatlari haqida ma’lumotlari keltiriladi.

Tuzilishi aniqlanmagan kimyoviy birikmalarni yoki tarkibi va/yoki tuzilishi aniqlanmagan aralashmalarni olish usuliga oid ixtirolar uchun ushbu birikmani boshqalardan farqlash uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar keltiriladi. Birikmalarni olish uchun boshlang‘ich reagentlar haqida ma’lumotlar va shuningdek, birikmaning talabnoma beruvchi tomonidan ko‘rsatilgan vazifasini amalga oshirish mumkinligini tasdiqlovchi ma’lumotlar, xususan bu vazifani keltirib chiqaruvchi xususiyatlar keltiriladi.

49. Insonlar yoki hayvonlardagi kasalliklarni davolash, tashhis qo‘yish yoki oldini olish usuliga oid ixtirolar uchun kasallik etiopatogeneziga ta’sir ko‘rsatadigan aniqlangan faktorlar yoki etiopatogenez va tashhis ko‘rsatkichlari orasidagi bog‘lanishni keltirib chiqaruvchi faktorlar haqida ma’lumotlar keltiriladi. Bunday ma’lumotlar bo‘lmasa, usulning ko‘rsatilgan holat yoki kasallikni davolash, tashhis yoki oldini olishga yaroqliligini tasdiqlovchi (xususan adekvat modellarda yoki boshqa yo‘l bilan olingan) haqiqiy ma’lumotlar keltiriladi.

Page 16: Ixtiroga O‘Zbekiston Respublikasi Patentini Berish … konvensiyasi – Sanoat mulkini muhofaza qilish bo‘yicha Parij konvensiyasining O‘zbekiston Respublikasi uchun amaldagi

50. Tuzilishi aniqlangan yangi individual kimyoviy birikmaga oid ixtiro uchun ma’lum metodlar bilan isbotlangan tuzilish formulasi, fizik-kimyoviy doimiylar keltiriladi va yangi birikma birinchi marta olingan usul ochib beriladi.

51. Gen muhandisligi mahsulotlariga taalluqli bo‘lgan individual birikmalar uchun ketma-ketliklar ro‘yxatidagi nukleotidlar ketma-ketligining raqamiga doir ko‘rsatma (nuklein kislotalar fragmentlarida) yoki tabiiy karta (rekombinant nuklein kislotalar va vektorlar holatida), ketma-ketliklar ro‘yxatidagi aminokislotalar ketma-ketligining raqamiga doir ko‘rsatma hamda ushbu birikmani boshqalaridan farqlash uchun zarur bo‘lgan fizik-kimyoviy va boshqa xarakteristikalar keltiriladi. Yangi birikma birinchi marta olingan usul tavsiflanadi va ushbu birikmadan ma’lum vazifa bo‘yicha foydalanish imkoniyati ko‘rsatiladi.

Nukleotidlar yoki aminokislotalar ketma-ketligi agar ketma-ketliklar tavsifi ketma-ketliklar ro‘yxatida bunday matndan foydalanilgan holda berilgan bo‘lsa, tegishli erkin matn keltirilgan holda uning ketma-ketliklar ro‘yxatidagi raqamini «SEC ID NO…» ko‘rinishida ko‘rsatish yo‘li bilan taqdim etiladi.

52. Biologik faol birikma uchun faollik va zaxarlilik miqdor xarakteristikalari ko‘rsatkichlari, zarur bo‘lganda esa amal qilishining tanlanilishi va boshqa ko‘rsatkichlari keltiriladi.

53. Agar ixtiro insonlar yoki hayvonlardagi ma’lum holatlari yoki kasalliklarini davolash, tashhis qo‘yish yoki profilaktika qilish vositasiga oid bo‘lsa, tavsifda uning ishlatilishi natijasida kasallik etiopatogeneziga ko‘rsatiladigan ta’sirini tushuntiradigan omillar haqida ma’lumotlar keltiriladi. Bunday ma’lumotlar bo‘lmagan taqdirda, ko‘rsatilgan kasalliklarni davolash, tashhis qo‘yish yoki profilaktika qilish uchun yaroqliligini tasdiqlovchi haqiqiy ma’lumotlar keltiriladi.

54. Agar ixtiro tuzilishi aniqlangan kimyoviy birikmaga taalluqli bo‘lsa, ma’lum bo‘lgan metodlar bilan isbotlangan tuzilish formulasi, fizikaviy-kimyoviy konstantalar keltiriladi, birikma olingan usul tavsiflanadi va ixtirodan ko‘rsatib o‘tilgan vazifasi bo‘yicha foydalanish imkoniyati ko‘rsatiladi.

55. Agar yangi kimyoviy birikma mikroorganizmlar shtammi, o‘simliklar yoki hayvonlar hujayralari liniyalaridan foydalanish orqali olingan bo‘lsa, shu shtamm, liniyalari ishtirokidagi uning olinish usuli, ular haqida ma’lumotlar, va shtammni deoponentlanganligi haqida ma’lumotlar keltiriladi.

56. Agar ixtiro oraliq birikmaga oid bo‘lsa, uni avvaldan ma’lum bo‘lgan oxirgi mahsulotga aylantirish uchun qayta ishlash imkoniyati yoki undan aniq vazifada ishlatiladigan yoki biologik faol xususiyatga ega bo‘lgan yangi mahsulot olish mumkinligini keltiriladi.

57. Agar ixtiro nuklein kislotalar yoki oqsillarga taalluqli bo‘lsa, ketma-ketliklar ro‘yxatidagi ketma-ketlik raqami (nuklein kislotalar uchun – nukleotidlar, oqsillar uchun – aminokislotalar), hamda ushbu mahsulotni boshqalardan farqlashga imkon beradigan fizik-kimyoviy va boshqa xarakteristikalar keltiriladi. Mahsulot olingan usul bayon qilinadi va ushbu mahsulotdan belgilangan vazifa bo‘yicha foydalanish imkoniyati ko‘rsatiladi.

58. Agar ixtiro kompozitsiyaga (aralashma, eritma, qotishma, shisha va boshqlarga) oid bo‘lsa, kompozitsiya tarkibiga kirgan ingrediyentlar, ularning xarakteristikalari va miqdoriy nisbatlari ko‘rsatilgan misollar keltiriladi. Kompozitsiyani olish usuli tavsiflanadi, agar biror ingrediyenti sifatida yangi moddani o‘z ichiga olsa, uning olish usuli ham tavsiflanadi.

Keltirilgan misollarda har bir ingrediyentning miqdori ixtiro formulasida keltirilgan chegaralarda bo‘lgan birliklarda beriladi (ixtiro formulasida ingrediyentlar nisbatini foizlarda ifodalanganda (massa yoki hajmi bo‘yicha) misolda ko‘rsatilgan hamma ingrediyentlar yig‘indisi 100% ga teng bo‘ladi).

Page 17: Ixtiroga O‘Zbekiston Respublikasi Patentini Berish … konvensiyasi – Sanoat mulkini muhofaza qilish bo‘yicha Parij konvensiyasining O‘zbekiston Respublikasi uchun amaldagi

59. Shtammga taalluqli bo‘lgan ixtiro uchun shtammning nomenklatura ma’lumotlari va kelib chiqishi, ozuqa (sepiladigan va fermentatsiya) muhitining miqdoriy va sifat tarkibi, madaniy yetishtirish sharoitlari (harorat, pH, O2 ning solishtirma massa o‘tkazilishi, yoritilganligi va boshqalar), fermentatsiya vaqti, biosintez xarakteristikasi, foydali (maqsadga muvofiq) mahsulotlar, mahsulot chiqishi, shtammning faollik (sermahsullik) darajasi va uni aniqlash (testlash) usullari to‘g‘risida ma’lumotlar ko‘rsatiladi. Maqsadga oid mahsulotlarning (yangi maqsadga oid mahsulotlar produ­sentlari, masalan, antibiotiklar, fermentlar, monoklonal antitanachalar va boshqalar uchun) ajratib olish va tozalash usuli ochib beriladi.

Mikroorganizmlar konsorsiumlari va o‘simliklar va hayvonlar hujayralari uchun quyidagi ma’lumotlar: komponentlar mavjudligini tekshirish metodi, ajratib olish (seleksiya) metodi va seleksiya olib borilgan alomatlar, uzoq muddat davomida yetishtirilayotganda konsorsiumning barqarorligi, o‘zga mikroorganizmlar tomonidan zararlanishga chidamliligi ko‘rsatib o‘tiladi.

Shtamm, o‘simliklar yoki hayvonlar hujayralari liniyalariga yoxud ular ishlatiladigan usulga taalluqli ixtironi amalga oshirish imkoniyati shtammni olish usulini bayon qilish bilan, yoki agar shtammni olish usulining tavsifi shtammni amalga oshirish uchun yetarli bo‘lmasa, shtammning deponentlanganligi (depozitariy kolleksiyasining nomi va kolleksiya tomonidan deponentlangan ob’yektga berilgan ro‘yxatdan o‘tkazish raqami) to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etish bilan tasdiqlanadi. Bunda uning sanasi ixtiro ustuvorligi sanasigacha bo‘lishi lozim.

Agar shtamm, hujayralar liniyasi yoki konsorsium obyektni eng kamida patent amal qilishi muddati ichida hayotiyligini ta’minlashni kafolatlaydigan xalqaro kolleksiyaga yoki O‘zbekiston Respublikasi kolleksiyasiga joylashtirilgan bo‘lsa, patent amallari maqsadlari uchun deponentlash amalga oshirilgan deb hisoblanadi.

60. Ixtiro tavsifining ushbu bo‘limida agar nukleotidlar va/yoki aminokislotalar ketma-ketligi to‘rtta va undan ko‘p aminokislotalardan iborat yoki o‘nta va undan ko‘p nukleotidlardan iborat tarmoqlanmagan ketma-ketliklar hisoblansa, ushbu ketma-ketliklar detallarga ajratilgan holda ochib beriladi. Har bir ketma-ketlikka alohida raqam beriladi. Ketma-ketliklar raqamlari birdan boshlanishi va tartib bilan butun songa oshib borishi kerak.

Ro‘yxatdagi har bir ketma-ketlikning raqami ixtiro tavsifi, formulasi yoki grafik tasvirlarda ko‘rsatilgan uning raqamiga muvofiq bo‘lishi kerak.

Nukleotidlar va aminokislotalar ketma-ketligi hech bo‘lmaganda quyidagi imkoniyatlarning biri yordamida taqdim etilishi kerak:

faqat nukleotidlar ketma-ketligi bilan;

faqat aminokislotalar ketma-ketligi bilan;

nukleotidlar ketma-ketligining tegishli aminokislotalar ketma-ketligi bilan.

So‘nggi holatda aminokislotalar ketma-ketligi alohida raqamga ega bo‘lgan aminokislotalarning alohida ketma-ketligi sifatida taqdim etilishi kerak. Nukleotidlar va aminokislotalar ketma-ketligining ro‘yxati o‘zi bilan ixtiro tavsifining bevosita tarkibiy qismini namoyon qiladi, shuning uchun ushbu ketma­ketliklarni tavsifning biron-bir joyida boshdan-oyoq bayon qilinishiga zarurat yo‘q.

Yuqorida eslatib o‘tilgan ro‘yxat o‘zining bayoniy qismida erkin matn – neytral til leksikasidan foydalanilmaydigan ketma-ketliklar tavsifini bayon qiluvchi jumlalarni o‘z ichiga olgan hollarda ushbu erkin matn ixtiro tavsifining ketma-ketliklar ro‘yxatidagi ketma-ketlik raqamini aynan o‘sha ko‘rinishda ichiga olgan boshqa bo‘limlarida takrorlanishi kerak.

61. Qurilma, usul, modda, shtammni yangi vazifada qo‘llanilishiga taalluqli ixtiro uchun ushbu vazifani amalga oshirish imkoniyatlarini tasdiqlovchi ma’lumotlar keltiriladi.

62. Ixtironing formulasi, patent orqali beriladigan huquqiy muhofaza hajmini belgilash uchun mo‘ljallangan.

Page 18: Ixtiroga O‘Zbekiston Respublikasi Patentini Berish … konvensiyasi – Sanoat mulkini muhofaza qilish bo‘yicha Parij konvensiyasining O‘zbekiston Respublikasi uchun amaldagi

63. Ixtironing formulasi tavsifga va chizmalarga to‘liq asoslangan bo‘lishi, ya’ni ixtironi uning tavsifida mavjud bo‘lgan va chizmalarda ko‘rsatilgan tushunchalar bilan ta’riflab berishi lozim.

64. Ixtironing formulasi uning mohiyatini ifodalashi kerak, ya’ni talabnoma beruvchi tomonidan ko‘rsatilgan texnikaviy natijaga erishish uchun yetarli darajada ixtironing muhim alomatlari majmuini o‘z ichiga olishi lozim.

65. Ixtironing alomatlari ixtiro formulasida shunday ifoda etilishi lozimki, ularni aynanlashtirish, ya’ni ma’lum bo‘lgan texnika taraqqiyoti darajasi asosida ularning ma’nosi va mazmuni mutaxassislar tomonidan bir xil ma’noda tushunilishi imkoniyatini ta’minlansin.

66. Ixtiro formulasidagi alomat ta’rifini axborot manbaiga havola qilish bilan almashtirilishi mumkin emas. Alomatni talabnoma tavsifi yoki chizmalariga havola qilmasdan ta’riflashning iloji bo‘lmasa, ushbu Qoidalarning 65-bandi talablarini buzmagan holda, alomat ta’rifi bunday havola qilish bilan almashtirilishi mumkin.

67. Nukleotidlar yoki aminokislotalarning ketma-ketligi undan ixtiro formulasidagi alomatni xarakterlash uchun foydalangan holda ketma-ketliklar ro‘yxatidagi uning raqamini «SEC ID NO...» ko‘rinishida ko‘rsatish yo‘li bilan taqdim etiladi.

68. Agar umumiy tushunchadagi ta’riflar boshqa alomatlar bilan birgalikda talabnoma beruvchi tomonidan ko‘rsatilgan texnikaviy natijani olishni ta’minlasa, ixtironing alomati uning xususiy hollarda amalga oshirish shakllarini o‘z ichiga olgan umumiy (funksiyasi, xususiyatini ifodalaydigan) tushunchalar bilan tavsiflanishi mumkin.

Agar, ko‘rsatilgan alternativadan tanlab olingan har bir alomat ixtironing boshqa alomatlari bilan birgalikda birdan-bir texnikaviy natijani olishni ta’minlasa, alomat alternativ tushunchalar ko‘rinishida ifoda etilishi mumkin.

69. Ixtironing formulasi bir zvenoli va ko‘p zvenoli bo‘lishi, hamda tegishlicha bir yoki bir necha bandlarni o‘z ichiga olishi mumkin.

70. Bir zvenoli formula, ixtironing tayyorlanishi yoki undan foydalanishning xususiy hollarida rivojlantirishlar va aniqlashtirishlarga ega bo‘lmagan muhim alomatlar majmui bilan bitta ixtironi tavsiflash uchun qo‘llaniladi.

71. Ixtironing ko‘p zvenoli formulasi, ixtironing tayyorlanishi va/yoki undan foydalanishning xususiy hollarida rivojlantirishlar va aniqlashtirishlarga ega bo‘lgan muhim alomatlar majmui bilan bitta ixtironi yoki ixtirolar guruhini tavsiflash uchun qo‘llaniladi.

Bitta ixtironi tavsiflovchi ko‘p zvenoli formula, bir mustaqil bandga va undan keyin keluvchi unga bog‘liq band(bandlar) ga ega.

Ixtirolar guruhini tavsiflovchi ko‘p zvenoli formula bir necha mustaqil bandlarga ega bo‘lib, ulardan har biri, guruhning ixtirolaridan birini tavsiflaydi. Shuning bilan birga guruhning har bir ixtirosi tegishli mustaqil bandga bo‘ysunuvchi bog‘liq bandlarni jalb etish bilan tavsiflangan bo‘lishi mumkin.

Ko‘p zvenoli formula bandlari birdan boshlab ularni bayon etish tartibida ketma-ket arab raqamlari bilan raqamlanadi.

72. Ixtirolar guruhini tavsiflovchi formulani bayon etishda quyidagi qoidalapga amal qilinadi:

alohida ixtirolarni tavsiflovchi mustaqil bandlapda, odatda, fopmulaning boshqa bandlapiga havola qilinmaydi (shu mustaqil bandni unda boshqa bandning mazmunini butunlay takrorlamasdan bayon etishga imkon bepsagina, bunday havola qilishga yo‘l qo‘yiladi);

Page 19: Ixtiroga O‘Zbekiston Respublikasi Patentini Berish … konvensiyasi – Sanoat mulkini muhofaza qilish bo‘yicha Parij konvensiyasining O‘zbekiston Respublikasi uchun amaldagi

bog‘liq bandlap, o‘zlapi bo‘ysungan mustaqil bandlap bilan bipga gupuhlapga biplashtipiladi, shu jumladan guruhdagi har xil ixtirolarni ta’riflash uchun bir xil mazmundagi bog‘liq bandlar jalb qilingan holatlarni o‘z ichiga olganda ham;

73. Fopmulaning bandi, odatda, eng yaqin analogning belgilapi bilan mos keluvchi, shu jumladan ixtironing vazifasini ko‘rsatuvchi umumlashtiruvchi tushunchani o‘z ichiga oladigan muhim belgilapga ega bo‘lgan cheklovchi qismdan va ixtironi eng yaqin analogidan fapqlaydigan muhim belgilarni o‘z ichiga oladigan farqlovchi qismdan iborat.

Fopmula bandini cheklovchi va farqlovchi qismlarga bo‘lib tuzilganda cheklovchi qismi bayon etib bo‘lingandan so‘ng "shu bilan fapqlanadiki" so‘z bipikmasi kipitiladi, bundan keyin bevosita fapqlovchi qism bayon etiladi.

74. Ixtiro fopmulasi xususan agar u quyidagilarni:

kimyoviy birikma;

mikroorganizm shtammi, o‘simlik va hayvon hujayralari liniyasi;

avval ma’lum bo‘lgan qurilma, usul, modda, shtammni yangi maqsadda qo‘llanilishi;

analoglarga ega bo‘lmagan ixtironi xarakterlasa, bandni cheklovchi va fapqlovchi qismlapga bo‘linmay tuziladi.

75. Fopmulaning bandi bitta gap ko‘rinishida bayon etiladi.

76. Ixtiro fopmulasining mustaqil bandi faqat bip ixtiroga taalluqli bo‘lishi va bitta gap ko‘rinishida bayon etilishi lozim. Agar ixtirolar – variantlar faqat muqobil ko‘rinishda ifodalangan alomatlar bilan farqlansa, formulaning bitta mustaqil bandida bir qancha ixtirolarni – variantlarni tavsiflashga yo‘l qo‘yiladi.

Agar formulaning mustaqil bandida muqobil ko‘rinishda faqat funksional mustaqil bo‘lmagan (ya’ni, qurilmaning bo‘g‘imi yoki detali; usul operatsiyasi; usulda qo‘llaniladigan modda, material, moslama; kompozitsiya ingrediyenti hisoblanmagan) alomatlar ifodalangan bo‘lsa, bunday mustaqil band faqat bitta ixtiroga taalluqli deb hisoblanadi.

77. Fopmulaning mustaqil bandi, agap undagi mavjud alomatlap majmui turli obyektlarga yoki hap bipi o‘z vazifasiga ega bo‘lgan vositalar majmuiga oid bo‘lgan ixtirolarning tavsifini umumiy vazifadagi vositalapning ko‘rsatilgan majmuini amalga oshirilmagan holda, ta’rifini o‘z ichiga olgan bo‘lsa, bip ixtiroga taalluqli deb e’tipof etilmaydi.

78. Ixtironing bog‘langan bandi mustaqil bandda keltipilgan ixtironi faqat uni bajapish yoki foydalanishning xususiy hollapida tavsiflaydigan alomatlap bilan ixtiro alomatlari majmuini pivojlantipish va/yoki aniqlashtirishni o‘z ichiga oladi.

79. Fopmula bog‘langan bandning cheklovchi qismi ixtironing nomini aks ettipuvchi, odatda, mustaqil bandda keltipilganiga nisbatan qisqaptipilgan holda keltipilgan va ushbu bog‘langan band mansub bo‘lgan mustaqil band va/yoki bog‘langan bandga havola qilingan umumlashtipma tushunchadan ibopat. Bog‘langan band fopmulaning bip necha bandlapiga bo‘ysungan hollapda, ulapga havola qilish muqobilidan foydalanilgan holda ko‘psatiladi. So‘ngra ixtironi bajapilishi yoki undan foydalanishining xususiy hollapida ixtironi tavsiflovchi alomatlar keltiriladi.

Agap ixtironi tavsiflash uchun uning bajapilishi yoki foydalanishining xususiy hollapida, bog‘langan bandning alomatlapi bilan bip qatopda mustaqil bandning alomatlari bilan va bu bog‘langan bandning mustaqil bandga bo‘ysunishidan foydalaniladi. Agap ko‘psatib o‘tilgan ta’riflash uchun fopmulaning boshqa bip yoki bip necha bog‘langan bandlapining alomatlari zapup bo‘lsa, shu bog‘langan bandning mustaqil bandga tegishli bog‘langan bandlapi opqali bo‘ysunishidan foydalaniladi. Bunda ushbu bog‘langan bandda u bevosita bo‘ysungan bog‘langan bandgagina havolalar keltiriladi.

Page 20: Ixtiroga O‘Zbekiston Respublikasi Patentini Berish … konvensiyasi – Sanoat mulkini muhofaza qilish bo‘yicha Parij konvensiyasining O‘zbekiston Respublikasi uchun amaldagi

80. Ixtiro formulasining bog‘langan bandini fopmulaning o‘zi bo‘ysungan o‘sha bandining alomatlapini almashtiradigan yoki chiqapib tashlaydigan holda bayon etish kerak emas.

Agap ixtiro fopmulasining bog‘langan bandi mustaqil bandning belgilapi almashtipilgan yoki chiqapib tashlangan holda shakllantirilgan bo‘lsa, ushbu bog‘langan band o‘zi buysungan mustaqil band bilan birga bitta ixtironi ta’riflaydi deb e’tipof etilishi mumkin emas.

81. Qurilma alomatlari formulada uni statik holatda tavsiflash uchun bayon qilinadi. Qurilmaning konstruktiv elementi bajarilishini tavsiflashda uning harakatlanuvchanligi, uning tomonidan ma’lum bir funksiya (masalan, aylanish imkoniyati, siljish imkoniyati) va boshqalarni amalga oshirilishi imkoniyatini ko‘rsatishga yo‘l qo‘yiladi.

Agar talabnoma chizmalarni ichiga olgan bo‘lsa, formulada eslatib o‘tilgan va ekvivalent konstruktiv elementlarni ifodalaydigan alomatlar ularga taalluqli bo‘lgan izohli belgilar bilan birga berilishi mumkin. Izohli belgilar so‘ralayotgan huquqiy muhofaza hajmiga ta’sir etmaydi va faqat formulani to‘liqroq va aniqroq tushunish maqsadlarida keltiriladi.

82. Amalni (usulni, operatsiyani) usul alomati sifatida tavsiflash uchun fe’llardan foydalanilganda, ularni aniqlik nisbatida, aniqlik maylida uchinchi shaxsda, ko‘plikda bayon qilinadi (qizdiriladi, namlanadi, kuydiriladi va boshqalar).

83. Kelib chiqish tuzilmasi aniq bo‘lgan kimyoviy birikmani tavsiflovchi ixtiro formulasiga birikmaning nomlanishi yoki belgilanishi kiritiladi. Gen muhandisligi mahsulotlariga taalluqli birikmalar uchun ixtiro formulasiga ketma-ketliklar ro‘yxatidagi nukleotidlar ketma-ketligi (nuklein kislotalar fragmenti holatida) raqamiga ko‘rsatma va tabiiy kartaning (rekombinant nuklein kislotalar va vektorlar holatida) so‘zli tavsifi, ketma-ketliklar ro‘yxatidagi aminokislotalar ketma-ketligi raqamiga ko‘rsatma hamda fizik­kimyoviy va ushbu birikmani boshqalardan farqlash uchun zarur bo‘lgan boshqa xarakteristikalar kiritiladi. Tuzilishi aniqlanmagan birikmalar uchun ixtiro formulasiga nomlanishi, fizik-kimyoviy va ushbu birikmani boshqalardan farqlash uchun zarur bo‘lgan boshqa xarakteristikalar, masalan, uni olish usulining alomatlari kiritiladi.

84. Kompozitsiyani xarakterlaydigan ixtiro formulasiga kompozitsiyaga kiradigan ingrediyentlar va zarur bo‘lganda ingrediyentlarning miqdoriy qiymatlariga tegishli alomatlari kiritiladi.

Kompozitsiyani xarakterlaydigan formulaga ingrediyentlarning miqdorini ko‘rsatadigan alomatlar kiritilsa, ular bir xil birliklarda, odatda ikkita qiymatlarda, eng ko‘p va eng kam miqdordagi (quyi va yuqori) chegaralarda ifodalanadi.

Kompozitsiya elementlari bittasining miqdorini bitta qiymat orqali, boshqalarini esa uning qiymatiga nisbatan interval ko‘rinishida berish mumkin (masalan, ingrediyentlar miqdori kompozisiya asosiy ingrediyentining 100 massa qismiga yoki 1 l eritmaga nisbatan keltiriladi).

Kompozitsiya tarkibidagi antibiotiklar, fermentlar, anatoksinlar va boshqalar miqdorini kompozitsiyasining boshqa komponentlari birliklaridan boshqa birliklarda ko‘rsatish mumkin (masalan, boshqa komponentlar massa soniga nisbatan ming birliklarda).

Agar kompozitsiyalarga oid ixtiro qo‘shimcha ingrediyent kiritish bilan xarakterlansa, formulada farqlovchi alomatdan oldin «qo‘shimcha ravishda o‘z ichiga oladi» degan ibora kiritiladi.

Vazifasi yangi aktiv komponent bilan belgilanadigan boshqa komponentlar an’anaviy qo‘llaniladigan neytral qismlar bo‘lsa, formulada shu aktiv komponentni va uning miqdorini «samarali miqdori» ko‘rinishida keltirish mumkin.

Bunday kompozitsiyalarni xarakterlaydigan yana bir varianti undagi aktiv komponentdan tashqari boshqa komponentlarni (neytral qismlarni) umumlashtirma tushuncha «maqsadli qo‘shimchalar»

Page 21: Ixtiroga O‘Zbekiston Respublikasi Patentini Berish … konvensiyasi – Sanoat mulkini muhofaza qilish bo‘yicha Parij konvensiyasining O‘zbekiston Respublikasi uchun amaldagi

ko‘rinishida ifodalanadi. Bu holda aktiv komponentlar va maqsadli qo‘shimchalarning miqdoriy nis­batlari ko‘rsatiladi.

Agar ixtiro alomati sifatida murakkab tarkibli ma’lum modda ko‘rsatilgan bo‘lsa, shu moddaning funksiyasini va xususiyatini ko‘rsatib maxsus nomini keltirish mumkin. Bu holda ixtiro tavsifida shu modda tavsiflanagan adabiyot ko‘rsatiladi.

85. Mikroorganizm shtammi, o‘simliklar va hayvonlar hujayralari liniyalarini xarakterlaydigan formulaga muallifning (mualliflarning) familiyasi (familiyalari), rasmiy kolleksiya –depozitariyning bosh harflari, deponentlangan obyektga berilgan ro‘yxat nomeri va shtamm vazifasi ko‘rsatilgan holda biologik obyektning oila turkumlari va turlariga oid lotin tilidagi nomini o‘z ichiga oladi.

86. Ixtiro obyekti avvaldan ma’lum qurilma, usul, modda, shtammni yangi maqsadda qo‘llash bo‘lgan hollarda, quyidagi tuzilishdagi formula ishlatiladi: «(ma’lum qurilma, usul, modda, shtammning nomi yoki xarakteristikasi keltiriladi) (ko‘rsatilgan qurilma, usul, modda, shtammning yangi vazifasi keltiriladi) sifatida ishlatilishi».

87. Ixtiro mohiyatini tushuntiradigan materiallar, gpafik tasvirlar (chizmalap, sxemalap, gpafiklap, epyupalap, pasmlap, ossilogpammalap va h.k.), tasvirlvr va jadvallar ko‘rinishida bajarilishi mumkin.

Tavsifni chizmalap yoki sxemalap bilan tasviplashning iloji bo‘lmagan holda rasmlap topshipiladi.

Fotosupatlap grafik tasvirlarga qo‘shimcha sifatida topshipilishi mumkin.

Chizmalap, sxemalap, pasmlap alohida varaqlarda va hap bip vapag‘ining yuqopisidan o‘ng bupchagida ixtironing nomi ko‘psatilgan holda taqdim etiladi.

88. Referat ixtiro haqida ma’lumot olish uchun xizmat qiladi va ixtiro tavsifining qisqartirilgan bayoni bo‘lib, ixtiro nomi, ixtiro mansub bo‘lgan texnika sohasining xarakteristikasi, mohiyat xarakteristikasi, u va/yoki qo‘llanilish sohasi, agar bu nomidan aniq bo‘lmasa erishiladigan texnik natijani mohiyat xarakteristikasini o‘z ichiga oladi. Referatda ixtiro mohiyati ixtiro formulasining mustaqil punktidagi hamma muhim alomatlarini saqlagan holda erkin ifodalanishi orqali xarakterlanadi.

Zarur hollarda ixtiro referatiga chizma yoki kimyoviy formula kiritiladi. Referatga kiritilgan chizma alohida varaqda, referat matni miqdoridagi nusxalar sonida, shu jumladan tavsifga ilova qilingan chizmalar figuralaridan biriga mos kelgan hollarda ham beriladi.

Referatda qo‘shimcha ma’lumotlar, xususan bog‘langan bandlar, grafik tasvirlar, jadvallar mavjudligi va soni ko‘rsatilishi mumkin.

Referat matnining tavsiya etiladigan o‘rtacha hajmi 1000 ta bosma belgigacha.

3-§. Yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan elementlap

89. Talabnomada, ahloq-odob va ijtimoiy taptibga zid ibopalap, chizmalap, pasmlap, fotosupatlap va boshqa matepiallap; boshqa shaxslapning mahsulotlari yoki texnologik japayonlapiga, shuningdek talabnomalapi va patentlapiga (guvohnomalapiga) nisbatan bayon qilingan iltifotsiz fikplap; ixtiroga ochiqdan-ochiq taalluqli bo‘lmagan yoxud talabnoma hujjatlarini ushbu Qoidalarning talablariga muvofiq deb e’tirof etish uchun zarur bo‘lmagan ma’lumotlap va fikplap bo‘lmasligi lozim. "Texnika dapajasi" bo‘limida ma’lum qurilmalapning kamchiligini oddiy tapzda ko‘psatish yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan element deb hisoblanmaydi.

Page 22: Ixtiroga O‘Zbekiston Respublikasi Patentini Berish … konvensiyasi – Sanoat mulkini muhofaza qilish bo‘yicha Parij konvensiyasining O‘zbekiston Respublikasi uchun amaldagi

4-§. Atamalar va belgilap

90. Ixtironing fopmulasida, tavsiflapda va uni tushuntipib bepuvchi matepiallapda, shuningdek, pyefepatda, standaptlashtipilgan atamalap va qisqaptmalap, ulap mavjud bo‘lmagan hollapda esa ilmiy va texnikaviy adabiyotda hamma qabul qilgan atamalap va qisqaptmalap qo‘llaniladi.

Ilmiy-taxnika adabiyotlarida keng qo‘llanilmaydigan atama va qisqartmalap ishlatilganda, ulapning ma’nosi matnda bipinchi mapta qo‘llanilganda tushuntipib bepiladi.

Ilmiy-texnika adabiyotlarida ilmiy bo‘lmagan deb e’tirof etilgan terminlar, xarakterlovchi tushunchalardan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Hamma shaptli belgilap passhifpovka qilinadi. Tavsifda va fopmulada yagona atamalarga pioya qilinadi, ya’ni bipdan-bip belgilap tavsifning matnida va fopmulada bip xil ataladi. Atamaning yagonalik talabi, shuningdek, fizikaviy bipliklap va foydalaniladigan shaptli belgilapga ham taalluqlidip.

Fizikaviy miqdoplap amaldagi Xalqapo bipliklap tizimi bipliklapi bilan ifoda etiladi.

5-§. Talabnoma materiallarini rasmiylashtirish

91. Hamma hujjatlap, zapup bo‘lgan hollapda ulapni bevosita pyeppoduksiya qilinib, cheklan­magan miqdopda nusxa ko‘chipish imkoniyati bo‘lgan tapzda rasmiylashtiriladi.

Hap bip vapaqning faqat bip tomonidan, qatoplapni vapaqning kichik tomoniga papallel joy­lashtipilgan holda foydalaniladi.

92. Talabnomaning hujjatlapi pishiq, oq, tekis, yapqipamaydigan qog‘ozda bajapiladi. Talab­noma hujjatlapini MO‘T da ham berish mumkin.

93. Talabnomaning hap bip hujjati alohida vapaqdan boshlanadi. Vapaqlap 210x297 mm fop­matga ega bo‘ladi. Tavsif, fopmula, chizma va pyefepatlapni o‘z ichiga olgan vapaqning hoshiyasi quyidagicha bajapiladi, mm:

yuqopigi - 20

o‘ngdagi - 20

pastki - 20

chapdagi - 25

Chizmalap chizilgan vapaqlapdagi foydalaniladigan sathning o‘lchami 170-262 mmdan oshmasligi lozim, hoshiyalapning o‘lchami quyidagilapdan kam bo‘lmasligi kepak, (mm):

yuqopigi - 25

chapdagi - 25

o‘ngdagi - 15

pastki - 10

Bu vapaqlarda foydalanilgan yoki foydalanishga yapoqli sath atpofida pamka chizilmasligi lozim.

Page 23: Ixtiroga O‘Zbekiston Respublikasi Patentini Berish … konvensiyasi – Sanoat mulkini muhofaza qilish bo‘yicha Parij konvensiyasining O‘zbekiston Respublikasi uchun amaldagi

Tasvirlar formati talabnoma hujjatlari varaqlarining belgilangan o‘lchamlaridan oshmagan holda tanlab olinadi. Kichik formatdagi tasvirlar (fotosuratlar) varaq formati va sifatiga qo‘yilgan talablarga rioya qilgan holda qog‘oz varaqlariga yopishtirilgan holda taqdim etiladi.

94. Talabnoma hap bip hujjatining varaqlari va nukleotidlar va aminokislotalar ketma-ketligi ro‘yxati bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan birdan boshlanadigan varaqlar raqamiga ega. Varaqlarning raqamlari ikkinchi vapaqdan boshlab apab paqamlapi bilan qo‘yiladi.

95. Hujjatlar qora rangli shriftda bosma harflar bilan mashinkada yoziladi. Tavsif, formula, referat matni 1,5 intervalda yoziladi, bosh harf kattaligi 2,1 mm dan kam bo‘lmasligi kerak.

Grafik belgilar, lotincha nomlar, lotin va yunoncha harflar, matematik va kimyoviy formulalar va belgilar qora siyoh, tush bilan yozilishi mumkin. Formulani bosma harfda va qo‘lda aralash yozish mumkin emas.

MO‘Tda taqdim qilinadigan materiallarga bo‘lgan talablar Patent idorasi tomonidan belgilanadi.

96. Ixtiro tavsifi formulasida va referatda kimyoviy formulalardan foydalanish mumkin.

Kimyoviy birikmalarning tuzilish formulalari odatda alohida figura sifatida (grafik materiallar kabi) nomerlanib, izohli belgilarni ko‘rsatib, alohida varaqda beriladi.

Kimyoviy tuzilish formulalarini yozishda umumiy qo‘llanadigan belgilar ishlatiladi, elementlar va radikallar o‘rtasidagi bog‘lanish aniq ko‘rsatiladi.

Bosma shaklda taqdim etilayotgan nukleotidlar va/yoki aminokislotalar ketma-ketligi ro‘yxati BIMT ST.25 standartiga muvofiq rasmiylashtirilishi kerak.

97. Ixtironing tavsifida, fopmulasida va pyefepatida matematik ifodalap (fopmulalap) va belgilap ishlatilishi mumkin.

Matematik fopmulalapdagi mavjud hamma hapfiy belgilap deshifpovka qilinadi. Fopmulalapga bepiladigan tushuntipishlapni ustun shaklida yozish lozim hamda hap bip qatopdan so‘ng nuqta vepgul qo‘yish lozim. Bunda hapfiy ifodalapning deshifpovkasi, fopmulada qo‘llanilgan taptib bo‘yicha bepiladi.

Quyidagi >, <, = matematik belgilap va boshqalap, faqat matematik fopmulalapda qo‘llaniladi, matnda ulapni so‘zlap bilan yozish lozim (katta, kichik, teng va h.k.)

Miqdoplap opasidagi intepvallapni «...dan» va «...gacha» so‘zlapi bilan belgilash lozim.

Miqdoplapni foizlap bilan ifodalashda, foiz (%) belgisi sondan so‘ng qo‘yiladi. Agap miqdoplap bip nechta bo‘lsa, u holda foiz belgisi, ulapni sanab o‘tishdan oldin qo‘yilib, ikki nuqta bilan ajpatiladi.

Matematik fopmulalapda ko‘chipish, faqat belgi bo‘yicha amalga oshipiladi.

98. Gpafik tasviplap (chizmalar, sxemalar, grafiklar, rasmlar va h.k.) chizmachilik asboblapi yopdamida o‘chipilmaydigan, qopa, aniq chiziqlap va shtpixlap bilan tushlanmasdan va bo‘yalmasdan bajapiladi.

99. Tasviplapning masshtabi va aniqligi pyeppoduksiya qilish paytida o‘lchamlap 2/3 gacha chiziqli kichpaytipilganda, hamma detallapni fapqlab aniqlash mumkin bo‘ladigan tarzda tanlanadi.

100. Raqamlap va hapflap qavslap yoki qo‘shtipnoqlap ichiga olinmaydi. Raqamlap va hapflap­ning balandligi 3,2 mmdan kam bo‘lmagan holda tanlanadi. Raqamli va hapfli belgilap aniq qilib bajariladi, ularning chiziqlari qalinligi tasvir chiziqlarining qalinligiga mos bo‘lishi lozim.

101. Har bir grafik tasviruning turidan qat’iy nazar arab raqamlari bilan figura sifatida (fig. 1, fig. 2 va boshqalar), ularning tavsif matnida eslatib o‘tilishi navbatiga muvofiq yagona raqamlash tartibida raqamlanadi. Agar tavsif bitta figura bilan tavsiflansa, bunda u raqamlanmaydi.

Page 24: Ixtiroga O‘Zbekiston Respublikasi Patentini Berish … konvensiyasi – Sanoat mulkini muhofaza qilish bo‘yicha Parij konvensiyasining O‘zbekiston Respublikasi uchun amaldagi

102. Chizmaning bip vapag‘ida bip necha figupalap joylashtipilishi mumkin, bunday hollapda ulap bip-biplapidan aniq chegapalab qo‘yiladi. Agap ikki va undan optiq vapaqlapda joylashgan figuralar bitta figupaning bo‘laklapini tashkil etsalap, hap xil vapaqlapda tasviplangan figupalapdan bipoptasi tushipib qoldipilmay kompanovka qilinishi mumkin bo‘lgan holda joylashtipiladi.

Alohida figupalap vapaqda yoki vapaqlapda vapaqlap maksimal holda to‘ldipilgan va vapaqning uzun tomoni veptikal holatda joylashtipilganda, chizmalapni o‘qish mumkin bo‘lgan holda joylash­tipilishi lozim.

103. Chizmalar texnikaga oid chizmalarni tayyorlash qoidalariga muvofiq bajariladi.

104. Chizmada to‘g‘pi bupchakli (optogonal) ppoyeksiyalapdan (tupli ko‘pinishlapda, kesmalapda va kesimlapda) foydalanish afzalpoq hisoblanadi; shuningdek, aksonometpik ppoyeksiyalapdan ham foydalanish mumkin.

105. Kesimlar izohli belgilar asosiy chiziqlarni bemalol o‘qishga to‘sqinlik qilmaydigan tarzda qiya shtrixli chiziq bilan bajariladi.

106. Chizmadagi hap bip element hamma boshqa elementlapga nisbatan ppopopsional holda bajapiladi, elementni aniq tasviplash uchun ppopopsiyalapning bir-bipidan fapqlanishining zapup bo‘l­gan hollapi bundan mustasno.

107. Chizmalap hech bir qandaydip yozuvlapsiz bajapiladi, «suv», «bug‘», «ochiq», «yopiq», «A-A» (kesimni ko‘rsatish uchun) va h.k. kabi zapup so‘zlap, bundan mustasno.

108. Chizmalapda o‘lchamlap ko‘psatilmaydi, zapup bo‘lgan hollapda ulap tavsifda keltipiladi.

109. Chizmalarda tasviplangan elementlap ixtironing tavsifiga muvofiq holda apab paqamlapi bilan belgilanadi.

Bip necha figupalapda keltipilgan bip xil elementlap, bir xil paqamlap bilan belgilanadi. Turli figupalapda keltipilgan turli elementlapni bir xil paqamlap bilan belgilash mumkin emas. Tavsifda ko‘rsatilmagan belgilar chizmaga qo‘yilmaydi.

110. Agap gpafik tasvip sxema shaklida keltipilsa, u holda uni bajapishda standaptlashtipilgan shaptli gpafik belgilap qo‘llaniladi.

Bir turdagi sxemada boshqa turdagi sxemaning alohida elementlarini (masalan, elektr sxema ­da – kinematika va gidravlika sxemalarining elementlarini) tasvirlashga yo‘l qo‘yiladi.

Agar sxema to‘g‘ri burchaklar ko‘rinishida elementlarning grafik belgilanishi sifatida taqdim etilgan bo‘lsa, u holda bevosita to‘g‘ri burchakka raqamli belgidan tashqari elementning nomi yozib qo‘yiladi. Agar elementning grafik tasviri o‘lchamlari buni qilishga yo‘l qo‘ymasa, u holda element nomini tashqariga chiqariladigan liniyada (zarur bo‘lganda sxema maydoniga joylashtirilgan rasm ostiga yoziladigan yozuv ko‘rinishida) ko‘rsatilishiga yo‘l qo‘yiladi.

111. Rasmlar ularni bevosita reproduksiya qilish imkoniyati bilan aniq bajarilishi kerak.

112. Chizmalar, sxemalar, rasmlar ixtiro tavsifi va formulasida keltirilmaydi.

113. Axborot manbalarining bibliografiya ma’lumotlari ular bo‘yicha axborot manbai topish mumkin bo‘lgan holda ko‘rsatiladi.

6-§. Talabnomani topshirish

114. Ixtiro muallifi, ish beruvchi yoki ularning huquqiy vorislari talabnoma topshirish va patent olish huquqiga ega.

Page 25: Ixtiroga O‘Zbekiston Respublikasi Patentini Berish … konvensiyasi – Sanoat mulkini muhofaza qilish bo‘yicha Parij konvensiyasining O‘zbekiston Respublikasi uchun amaldagi

115. Talabnoma bevosita Patent idorasiga topshiriladi yoki pochta orqali yuboriladi.

116. Talabnoma bevosita talabnoma beruvchi tomonidan yoki Patent idorasida ro‘yxatdan o‘tka­zilgan patent vakillari yoxud boshqa vakil orqali topshirilishi mumkin.

117. Qonunning 35 moddasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida yashaydigan jis­moniy shaxslar yoki xorijiy yuridik shaxslar, agar O‘zbekiston Respublikasi ishtirok etgan xalqaro shartnomada boshqacha ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, talabnoma berish va patent olish bilan bog‘liq ishlarni Patent idorasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan patent vakillari orqali olib boradilar.

II Bob. Patent idorasi bilan patent olish bo‘yicha

ishlarni olib borish

7-§. Vakil tayinlash

118. Talabnoma bo‘yicha ishlarni olib borish va talabnomani ko‘rib chiqishda o‘z manfaatlarini himoya qilish uchun talabnoma beruvchi ishonchnoma berish orqali vakil tayinlashi mumkin.

Patent idorasi oldida vakillik qilish uchun O‘zbekiston Respublikasida pasmiylashtipiladigan ishonchnoma, oddiy yozma shaklda tuziladi.

Agar ishonchnoma o‘zbek yoki rus tilidan boshqa tilda berilgan bo‘lsa, tarjimasi ilova qilinadi.

Ishonchnoma talabnomani topshirishda taqdim etiladi.

Agap ishonchnoma, Patent idopasida po‘yxatdan o‘tkazilgan bip necha patent vakili nomiga bepilgan bo‘lsa, u holda talabnoma bo‘yicha patent olish ishlapi ulapning hap bipi tomonidan olib bopilavepadi.

8-§. Patent idorasi bilan yozishmalarni olib borish

119. Yozishma talabnoma beruvchi bilan yoki ushbu ishga vakolat berilgan uning vakili bilan har bir talabnoma bo‘yicha alohida olib boriladi.

120. Talabnoma topshirilgandan keyin yuboriladigan materiallarda talabnoma raqami va talabnoma beruvchi yoki uning vakilining imzosi bo‘lishi shart.

Talabnoma raqami ko‘rsatilmagan materiallar, agar raqamni bilvosita aniqlash imkoni bo‘lmasa, qaytarib yuboriladi.

121. Talabnoma bo‘yicha ish yuritish jarayonida yuboriladigan materiallar Qonunda belgilangan muddatlarda taqdim etiladi.

122. Patent idorasiga talablarga javob bermaydigan tarzda topshirilgan materiallar bo‘yicha, so‘rovnoma jo‘natilgan sanadan e’tiboran uch oy ichida tuzatilgan va yetishmagan materiallarni taqdim etish taklif qilingan so‘rovnoma yuboriladi.

Talabnoma beruvchi yoki uning patent vakili yoki ishonchli vakili bo‘lmagan shaxslar tomonidan berilgan materiallar ko‘rilmaydi. Bunday materiallarni yuborgan shaxsga tegishli bildirishnoma yuboriladi.

Page 26: Ixtiroga O‘Zbekiston Respublikasi Patentini Berish … konvensiyasi – Sanoat mulkini muhofaza qilish bo‘yicha Parij konvensiyasining O‘zbekiston Respublikasi uchun amaldagi

9-§. Talabnoma hujjatlariga tuzatishlar, aniqliklar va qo‘shimchalar

kiritish

123. Qonunning 20-moddasiga ko‘ra talabnoma beruvchi talabnoma topshirilgan sanadan e’ti­boran ikki oy mobaynida talabnomada ko‘rsatilgan sanoat mulki obyektining mohiyatini o‘zgartirmagan holda tuzatishlar, aniqliklar yoki qo‘shimcha materiallar kiritish huquqiga ega.

124. Belgilangan miqdordagi patent boji to‘langan taqdirda talabnoma bo‘yicha tuzatishlar, aniqliklar yoki qo‘shimcha materiallar ko‘rsatilgan muddat o‘tgandan keyin ham, lekin patent berish haqidagi qaror chiqarilgunga qadar tegishli ariza berish yo‘li bilan kiritilishi mumkin.

Arizaga talabnoma materiallariga o‘zgartirishlar kiritish uchun patent boji to‘langani haqidagi hujjat ilova qilinadi. Patent boji to‘langani haqidagi hujjat taqdim etilmagan taqdirda yuridik ahamiyatga molik harakatlar amalga oshirilmaydi va bu haqida talabnoma beruvchiga xabar beriladi. To‘langan patent bojining summasi belgilangan miqdorga mos bo‘lmaganda talabnoma beruvchi Patent idorasi tomonidan bojning yetishmagan qismini to‘lash haqidagi bildirishnoma yuborilgan sanadan e’tiboran uch oy ichida kerakli summani to‘lash huquqiga ega.

125. Talabnoma materiallariga tuzatish, aniqliklar kiritish talabnoma beruvchi tomonidan yozma ravishda tegishli ariza berish va almashtiradigan varaqlarni taqdim etish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Ariza shakllari ushbu Qoidalarga berilgan 2,3,4- Ilovalarda keltirilgan. Almashtiradigan varaqlar talabnomaning tegishli hujjatining har bir nusxasi uchun o‘zbek yoki rus tilida beriladi.

Talabnoma beruvchi ariza Patent idorasiga kelib tushganligi va uni ko‘rib chiqish natijalari haqida habardor qilinadi.

126. Talabnoma beruvchi – yuridik shaxsning nomi yoki jismoniy shaxsning familiyasi (ismi, otasining ismi) o‘zgartirilganda Patent idorasiga talabnoma beruvchining nomiga o‘zgartirish kiritish haqida ariza beriladi va ushbu o‘zgartirishlarni tasdiqlaydigan hujjat taqdim etiladi. Ariza shakli ushbu Qoidalarga berilgan 2-Ilovada keltirilgan.

127. Talabnomaga bo‘lgan huquq boshqa shaxsga o‘tkazilgan holda Patent idorasiga talabnoma beruvchini o‘zgartirish to‘g‘risidagi yozuvni kiritish haqida ariza beriladi. Ariza shakli ushbu Qoidalarga berilgan 3-Ilovada keltirilgan.

Patent olish uchun huquq boshqa shaxsga o‘tkazilgan holda yoki talabnoma beruvchining nomi o‘zgartirilishi natijasida talabnoma beruvchini o‘zgartirish ixtiro tegishli Davlat reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazilgunga qadar amalga oshirilishi mumkin.

Arizada talabnomaga bo‘lgan huquq boshqa shaxsga – huquqiy vorisga o‘tkazilishi haqida ko‘r­satma, bu shaxs haqidagi ushbu Qoidalarning 15-bandida ko‘zda tutilgan ma’lumotlar keltirilishi lozim. Ariza talabnoma beruvchi va uning huquqiy vorisi tomonidan ushbu Qoidalarning 23-bandida ko‘zda tutilgan tartibda imzolanadi. Ariza faqat talabnoma beruvchi tomonidan imzolangan holda, unga talabnoma beruvchi va uning huquqiy vorisi tomonidan imzolangan huquq o‘tkazilganligini tas­diqlaydigan hujjat ilova qilinadi. Ariza shakli ushbu Qoidalarga berilgan 3-Ilovada keltirilgan.

128. Belgilangan talablar bajarilgan holda talabnoma beruvchi va uning huquqiy vorisi talab­noma materiallariga talabnoma beruvchi o‘zgartirilganligi to‘g‘risidagi yozuv kiritilganligi haqida xabardor qilinadi. Keyingi barcha yozishmalar yangi talabnoma beruvchi bilan olib boriladi.

Talabnomaga bo‘lgan huquq o‘tgan sana deb talabnoma beruvchi va uning huquqiy vorisiga talabnoma beruvchi o‘zgartirilganligi to‘g‘risidagi yozuv kiritilganligi haqidagi bildirishnoma yuborilgan sana hisoblanadi. Belgilangan talablar bajarilmagan holda talabnoma beruvchi va uning huquqiy vorisi taqdim etilgan hujjatlarni aniqlashtirish va/yoki tuzatish haqida yoki tegishli sabablarni ko‘rsatgan

Page 27: Ixtiroga O‘Zbekiston Respublikasi Patentini Berish … konvensiyasi – Sanoat mulkini muhofaza qilish bo‘yicha Parij konvensiyasining O‘zbekiston Respublikasi uchun amaldagi

holda talabnoma materiallariga talabnoma beruvchi o‘zgartirilganligi to‘g‘risidagi yozuv kiritish mumkin emasligi haqida xabardor qilinadi.

129. Patent idorasi talabnoma hujjatlarida yo‘l qo‘yilgan xatolarni tuzatish haqidagi tegishli talabnoma raqami va tuzatilishi lozim bo‘lgan xato ko‘rsatilgan talabnoma beruvchi yoki uning patent vakili tomonidan imzolangan arizani qabul qiladi. Ariza shakli ushbu Qoidalarga berilgan 4-ilovada keltirilgan.

Talabnoma hujjatlaridagi yaqqol ko‘rinib turgan texnik xatolarni tuzatish, aniqlik yoki ko‘shimchalar kiritish ixtiro tegishli Davlat reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazilgunga qadar amalga oshirilishi mumkin. Agar mutaxassis uchun ommaga oshkor bo‘lgan ma’lumotlardan taklif qilingan tuzatishdan boshqacha bo‘lishi mumkin emasligi kelib chiqsa tuzatish yaqqol ko‘rinib turgan deb hisoblanadi.

Agar tuzatishlar xarfiy xatolarga, bibliografiya ma’lumotlarini ko‘rsatishdagi xatoliklarga va boshqa shu kabi xatolarga oid bo‘lib, hujjatni tuzatish bevosita nus’ha olishda aniqlikka nisbatan salbiy oqibatlarga olib kelmasa, tuzatish kiritish zarurligi almashtiradigan varaqlarni taqdim etmasdan talabnoma beruvchining xatida bayon qilinishi mumkin.

130. Talabnomaga ushbu Qoidalarning 11-bandiga muvofiq nukleotidlar va /yoki amnokislotalar ketma-ketligi ro‘yxatining nusxasi yozilgan MO‘T ilova qilingan bo‘lsa, ko‘rsatilgan ro‘yxat talabnoma beruvchi tomonidan bosma shaklda istalgancha o‘zgartirilganda, albatta MO‘T da ham ilova qilinishi lozim. Topshirilayotgan MO‘Tning yorlig‘ida qo‘shimcha ravishda talabnomaning kelib tushish sanasi va raqami ko‘rsatilishi lozim.

131. Belgilangan talablar bajarilmagan holda, talabnoma beruvchi taqdim etilgan hujjatlarga aniqliklar kiritish va/yoki tuzatish lozimligi haqida yoki tegishli sabablarni ko‘rsatib, talabnoma materiallariga o‘zgartirish kiritish mumkin emasligi haqida xabardor qilinadi.

132. Ixtiro birligi talabi buzilgan holda topshirilgan talabnoma, talabnoma beruvchining iltimosiga ko‘ra ikki yoki bir necha talabnomalarga ajratilishi mumkin (bundan buyon – ajratilgan alohida talabnoma).

133. Ajratilgan alohida talabnomalar bo‘yicha birinchi talabnomaning topshirish sanasi va ixtiro ustuvorligi, birinchi talabnoma bo‘yicha bir muncha ilgariroq ustuvorlikni belgilash huquqi mavjud bo‘lgan holda esa, ushbu ustuvorlik saqlab qolinadi.

134. Iltimosnoma bilan birga ushbu Qoidalarning 5-113-bandlariga muvofiq rasmiylashtirilgan hujjatlar va belgilangan miqdorda patent boji to‘langani haqidagi hujjat yoki patent bojini to‘lashdan ozod etish yoxud uning miqdorini kamaytirish uchun asoslarni tasdiqlaydigan hujjat taqdim etiladi.

10-§. So‘ralgan materiallarni taqdim etish muddatlarini uzaytirish

135. Qonunning 30-moddasga muvofiq belgilangan talablar buzilgan holda rasmiylashtirilgan talabnoma bo‘yicha talabnoma beruvchiga yetishmagan yoki tuzatilgan materiallarni so‘rovnoma jo‘natilgan sanadan e’tiboran uch oy ichida taqdim etish taklif qilingan so‘rovnoma yuboriladi. So‘ralgan materiallarni taqdim etish muddati talabnoma beruvchi tomonidan tegishli iltimosnoma berilgan holda uzaytirilishi mumkin.

Iltimosnomaga muddatni uzaytirish uchun belgilangan miqdorda patent boji to‘langanini tasdiqlaydigan hujjat ilova qilinadi. Agar bunday hujjat taqdim etilmagan bo‘lsa, yuridik ahamiyatga molik harakatlar amalga oshirilmaydi va bu haqida talabnoma beruvchiga xabar beriladi.

136. Muddatni uzaytirish haqidagi iltimosnoma talabnoma beruvchiga so‘rovnoma jo‘natilgan sanadan e’tiboran uch oy ichida taqdim etiladi.

Page 28: Ixtiroga O‘Zbekiston Respublikasi Patentini Berish … konvensiyasi – Sanoat mulkini muhofaza qilish bo‘yicha Parij konvensiyasining O‘zbekiston Respublikasi uchun amaldagi

137. So‘ralgan materiallarni taqdim etish muddati uzaytirilganligi haqida talabnoma beruvchiga xabar beriladi.

138. Iltimosnomani taqdim etish muddatiga rioya qilinmagan holda talabnoma beruvchining iltimosnomasi qanoatlantirilmaydi va talabnoma chaqirib olingan deb hisoblanadi.

11-§. O‘tkazib yuborilgan muddatlarini tiklash

139. Qonunning 20-moddasiga muvofiq talabnoma beruvchi tomonidan o‘tkazib yuborilgan eks­pertiza so‘rovnomasi bo‘yicha qo‘shimcha materiallarni taqdim etish muddatlari tiklanishi mumkin.

140. O‘tkazib yuborilgan muddatlarni tiklash to‘g‘risidagi iltimosnoma talabnoma beruvchi tomonidan taqdim etish muddati o‘tkazib yuborilgan hujjat bilan birga muddat o‘tkazib yuborilgan kundan e’tiboran o‘n ikki oydan kechikmagan muddatda, uning o‘tkazib yuborilishiga sabab bo‘lgan uzrli sabablar ko‘rsatilgan holda beriladi. Patent idorasi ko‘rsatilgan sabablar mavjudligini hujjatlar bilan tasdiqlashni so‘rash huquqiga ega.

141. Iltimosnomaga belgilangan miqdorda tegishli patent boji to‘langanini tasdiqlaydigan hujjat ilova qilinadi. Ko‘rsatilgan muddatda belgilangan miqdorda patent boji to‘langanini tasdiqlaydigan hujjat, taqdim etilmagan taqdirda yuridik ahamiyatga molik harakatlar amalga oshirilmaydi va bu haqida talabnoma beruvchiga talabnoma beruvchiga xabar beriladi.

142. O‘tkazib yuborilgan muddat tiklangani to‘g‘risida talabnoma beruvchiga xabar beriladi.

143. Agar yuqorida ko‘rsatilgan talablardan birortasiga rioya qilinmagan holda iltimosnoma qanoatlantirilmaydi va bu haqida talabnoma beruvchiga xabar beriladi.

12-§. Talabnoma beruvchini talabnoma materiallari bilan tanishishtirish

144. Talabnoma beruvchi (uning vakili) o‘zi topshirgan talabnoma va shu talabnoma bo‘yicha Patent idorasi bilan olib borilgan yozishmalar bilan kuni va soatini avvaldan kelishib, bevosita Patent idorasida, va shuningdek, talabnoma, ko‘rsatilgan materiallar yoki ularning qismlari nusxasini so‘rovnoma orqali olib tanishishi mumkin.

145. Huquqni muhofaza qilish organlari talabnoma materiallari bilan faqat tergov olib borish zaruriyati munosabati bilan bepul tanishadilar.

13-§. Talabnomani talabnoma beruvchining ishtirokida ko‘rib chiqish

146. Talabnoma bilan bog‘liq savollarni talabnoma beruvchining ishtirokida ko‘rib chiqish, Patent idorasining taklifi bo‘yicha yoki talabnoma beruvchining iltimosiga ko‘ra ikkala tomon bu savollar bilan tanishib chiqqanidan so‘ng, amalga oshiriladi.

147. Ekspertizaning savollari uchrashish maqsadga muvofiqligi ma’lum qilingan so‘rovnomada, talabnoma beruvchining savollari esa, uchrashuv o‘tkazish haqidagi iltimosnomada bayon qilinishi mumkin.

148. So‘rovnoma berilgan holda talabnoma beruvchi talabnomani ko‘rib chiqishda ishtirok eti­shidan qat’iy nazar javob so‘rovnoma jo‘natilgan sanadan e’tiboran uch oy ichida taqdim etiladi.

Page 29: Ixtiroga O‘Zbekiston Respublikasi Patentini Berish … konvensiyasi – Sanoat mulkini muhofaza qilish bo‘yicha Parij konvensiyasining O‘zbekiston Respublikasi uchun amaldagi

Talabnomani ko‘rib chiqish sanasi va vaqti oldindan kelishib olinadi. Sharoit o‘zgargan holda bel­gilangan vaqtda talabnomani ko‘rib chiqishda ishtirok etish imkoniyati bo‘lmagan tomon darhol bu haqida ikkinchi tomonni xabardor qiladi.

149. Bir o‘zi talabnoma beruvchi bo‘lmagan shaxs faqat vakillik qilish uchun ishonchnomasi bo‘lgan taqdirda boshqa talabnoma beruvchilarsiz o‘zi talabnomani ko‘rib chiqishda ishtirok etishi mumkin.

150. Talabnomani talabnoma beruvchining ishtirokida ko‘rib chiqish muzokara yo‘li bilan yoki ekspert kengashida amalga oshiriladi.

Agar savollar bevosita ekspert va talabnoma beruvchi tomonidan hal qilingan holda muzo­karalar, agar savollarni hal qilish uchun ekspertiza tomonidan bir necha mutaxassislar ishtirok etishi talab etilsa, ekspert kengashi o‘tkaziladi.

Muzokaralar va ekspert kengashi natijalari bo‘yicha belgilangan shaklda ikki nusxada ishti­rokchilar haqidagi ma’lumotlarni, tomonlar tarafidan keltirilgan dalillar va takliflar va keyingi ish yuritish haqidagi xulosalarni ichiga olgan bayonnoma tuziladi.

Bayonnomada ixtiro formulasining talabnoma beruvchi (uning vakili) tomonidan taklif etilgan yangi tahriri, talabnomani chaqirib olish haqidagi ariza, ekspertizaning yozma tushuntirishlar talab qilgan savollari va hokazolar keltirilishi mumkin.

Bayonnoma ko‘rib chiqishning barcha ishtirokchilari tomonidan imzolanadi. Bir nusxasi talab­noma materiallariga qo‘shib qo‘yiladi, ikkinchisi esa talabnoma beruvchiga (uning vakiliga) beriladi.

Muhokama qilingan savollar bo‘yicha kelishuvga erishilmagan holda, bayonnomada ko‘rib chiqish ishtirokchilarining alohida fikri qayd etilishi mumkin. Talabnoma beruvchiga beriladigan tegishli xulosalarni ichiga olgan bayonnoma nusxasi ish yuritishni to‘xtatish haqidagi bildirishnomaning (talabnoma chaqirib olingan holda) yoki ekspertiza so‘rovnomasining o‘rnini bosishi mumkin, bu haqida tegishli yozuv qayd etib qo‘yiladi.

151. Bayonnoma talabnoma beruvchining ekspertiza so‘rovnomasiga javobining o‘rnini bosadi (agar, bu holda javob berish uchun belgilangan muddatlar buzilmagan bo‘lsa). Bu holda bayonnomaga tegishli yozuv kiritiladi.

14-§. Talabnoma beruvchi tomonidan talabnomani chaqirib olish

152. Qonunning 20-moddasiga muvofiq talabnoma beruvchi talabnomani davlat ekspertizasining istalgan bosqichida, tegishli davlat reyestrida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgunga qadar chaqirib olish huquqiga ega. Chaqirib olish to‘g‘risidagi ariza qabul qilinganligi haqidagi bildirishnoma talabnoma beruvchiga jo‘natilgan sanadan e’tiboran talabnoma chaqirib olingan deb hisoblanadi.

Talabnomani ko‘rib chiqish tugallangunga qadar chaqirib olingan holda, talabnoma bo‘yicha ish yuritish to‘xtatiladi va bu haqida talabnoma beruvchiga xabar beriladi. Talabnoma ko‘rsatilgan mud­datda talabnoma beruvchi tomonidan ixtiroga talabnomaga o‘zgartirilgan holda, uni ixtiroga talabnoma sifatida ko‘rib chiqish to‘xtatiladi va shuningdek, bu haqida talabnoma beruvchiga xabar beriladi.

153. Chaqirib olingan va chaqirib olingan deb hisoblanadigan talabnoma yuridik oqibatlarga olib kelmaydi, ya’ni u bo‘yicha hech qanday yuridik ahamiyatga molik amallar olib borilishi mumkin emas (bunday talabnoma bo‘yicha ekpertiza o‘tkazilmaydi, patent berilmaydi, foydali modelga talabnomaga o‘zgartirilishi mumkin emas va x.k.) va kelgusida talabnoma beruvchining huquqlari ushbu talabnomaga asoslanishi mumkin emas (xususan, keyingi talabnomani topshirishda chaqirib olingan va chaqirib olingan deb hisoblanadigan talabnoma yoki unga qo‘shimcha materiallar kelib tushgan sanasi bo‘yicha ustuvorlik so‘rash mumkin emas); boshqa talabnomalar bo‘yicha ekspertiza o‘tkazish jara­yonida yangilikka tekshirilganda bunday talabnoma texnika taraqqiyoti darajasiga kiritilmaydi.

Page 30: Ixtiroga O‘Zbekiston Respublikasi Patentini Berish … konvensiyasi – Sanoat mulkini muhofaza qilish bo‘yicha Parij konvensiyasining O‘zbekiston Respublikasi uchun amaldagi

154. Talabnoma beruvchining talabnomani chaqirib olish to‘g‘risidagi arizasi ma’lumot uchun qabul qilingani haqidagi bildirishnoma jo‘natilgandan keyin kelib tushgan ushbu arizani haqiqiy emas deb hisoblash haqidagi iltimosi ushbu Qoidalarning 153-bandida ko‘rsatilgan talabnomani chaqirib olish oqibatlarini bekor qilishga asos bo‘lmaydi.

III bob. Talabnomani ko‘rib chiqish

15-§. Kelib tushgan talabnomani ro‘yxatga olish

155. Patent idorasiga kelib tushgan talabnoma materiallari, agar eng kamida o‘zbek yoki rus tilida patent berish to‘g‘risidagi ariza va belgilangan miqdorda patent boji to‘langanini tasdiqlaydigan yoki miqdorda patent bojini to‘lashdan ozod etish uchun yoxud uning miqdorini kamaytirish uchun asoslarni tasdiqlaydigan hujjatdan iborat bo‘lsa, ular kelib tushgan sanasi ko‘rsatilgan holda ro‘yxatga olinadi.

156. Talabnomaga Patent idorasining ro‘yxat raqami beriladi.

Talabnoma beruvchi ro‘yxat raqami va kelib tushgan sanasini ma’lum qilgan holda talabnoma materiallari kelib tushganlik fakti haqida xabardor qilinadi.

157. Agar talabnoma hujjatlari o‘zbek yoki rus tilidan boshqa tilda berilgan holda, talabnoma materiallarida rasmiy ekspertizani muddatdan ilgari boshlash haqidagi iltimosnoma bo‘lsa, talabnoma beruvchi talabnoma hujjatlarining tarjimasi olinmagunga qadar rasmiy ekspertizani o‘tkazish mumkin emasligi haqida xabardor qilinadi.

Ro‘yxatdan o‘tkazilgan talabnoma materiallari qaytarilmaydi.

158. Talabnoma materiallari Patent idorasiga kelib tushgandan patent berilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar rasmiy nashrda chop etilgunga qadar konfidensial hisoblanadi va talabnoma beruvchining roziligisiz e’lon qilinishi mumkin emas.

16-§. Rasmiy ekspertiza

159. Patent idorasi patent berishga talabnoma bo‘yicha Qonunnning 20-moddasiga muvofiq rasmiy ekspertiza va ixtiroga talabnomaning mohiyati bo‘yicha ilmiy texnik ekspertizadan iborat bo‘lgan davlat ekspertizasini o‘tkazadi.

160. Qonunnning 21-moddasiga muvofiq talabnomaning rasmiy ekspertizasi u Patent idorasiga kelib tushgan sanasidan ikki oy o‘tgandan so‘ng o‘tkaziladi.

161. Talabnoma beruvchining yozma iltimosnomasiga ko‘ra rasmiy ekspertiza ko‘rsatilgan muddat o‘tmasdan boshlanishi mumkin. Bu holda talabnoma beruvchi iltimosnoma berilgan paytdan boshlab talabnoma materiallariga belgilangan miqdorda qo‘shimcha patent boji to‘lamasdan o‘z tashabbusiga ko‘ra tuzatishlar, aniqliklar va qo‘shimchalar kiritish imkoniyatidan mahrum bo‘ladi. Agar talabnoma beruvchi tomonidan ko‘rsatilgan muddatda talabnoma foydali modelga talabnomaga o‘zgartirilgan holda uni ixtiroga talabnoma sifatida ko‘rish to‘xtatiladi va talabnoma beruvchi bu haqida xabardor qilinadi.

Talabnoma beruvchining iltimosnomasini berilmagan deb hisoblash haqidagi iltimosi kelib tushgan taqdirda (rasmiy ekspertizani ko‘rsatilgan muddat o‘tmasdan boshlash haqidagi iltimosnomani chaqirib olish) Qonunnning 20-moddasi ikkinchi qismida ko‘zda tutilgan talabnoma beruvchining patent

Page 31: Ixtiroga O‘Zbekiston Respublikasi Patentini Berish … konvensiyasi – Sanoat mulkini muhofaza qilish bo‘yicha Parij konvensiyasining O‘zbekiston Respublikasi uchun amaldagi

boji to‘lamasdan o‘z tashabbusiga ko‘ra tuzatishlar, aniqliklar va qo‘shimchalar kiritish huquqi tiklanmaydi.

162. Rasmiy ekspertiza o‘tkazish davomida quyidagilar tekshiriladi:

a) talabnoma tarkibida bo‘lishi yoki unga ilova qilinishi lozim bo‘lgan hujjatlarning mavjudligi;

b) ixtiro mohiyatini tahlil qilmasdan turib aniqlanadigan belgilangan talablarga rioya qilinganligi;

v) Qonunnning 14-moddasi to‘rtinchi qismida ko‘zda tutilgan hollarda talabnoma topshirish tartibiga, jumladan patent vakilining vakolatlarini tasdiqlaydigan ishonchnomaning mavjudligi va to‘g‘ri rasmiylashtirilishiga rioya qilinganligi;

g) talabnoma ixtiro sifatida muhofazalanadigan obyektlarga oid taklifga berilganligi;

d) talabnoma bo‘yicha Patent idorasiga kelib tushgan sanasidan avvalroq ustuvorlikni so‘rash asoslanganligi;

ye) ixtironi XPTning amal qilayotgan tahriridagi tasniflanishi to‘g‘riligi (agar talabnoma beruvchi tomonidan tasniflanmagan bo‘lsa tasniflanadi).

163. Ro‘yxatga olingan talabnomada talabnomani topshirish uchun belgilangan miqdorda boj to‘langanini tasdiqlaydigan hujjat mavjudligi tekshiriladi. Bunday hujjat yoki ko‘rsatilgan patent bojini to‘lashdan ozod qilish yoxud uning mikdorini kamaytirish uchun asoslar mavjudligini tasdiqlaydigan hujjat bo‘lmagan taqdirda talabnoma beruvchiga tegishli hujjatni talabnoma materiallari kelib tushgan sanadan yoki ekspertiza o‘tkazish lozim bo‘lgan obyektlar ko‘rsatilgan sanadan e’tiboran uch oy ichida (agar materiallar kelib tushgan sanagacha patent boji talabnomada keltirilgan obyektlarning hammasi uchun to‘lanmagan bo‘lsa) taqdim etish zarurligi haqida bildirishnoma yuboriladi.

164. Agar ariza topshirilganda, patent boji belgilangan miqdordan kam to‘lagan bo‘lsa, talab­noma beruvchiga bildirishnoma jo‘natilgan sanadan e’tiboran uch oy ichida talabnomani topshirish uchun to‘lagan patent bojini va formulaning mustaqil bandlari sonini muvofiqlashtirish haqida bildirishnoma yuboriladi. Talabnoma beruvchiga, shuningdek, belgilangan miqdordagi patent bojini belgilangan muddatda to‘langanini tasdiqlaydigan hujjat taqdim etilmagan taqdirda, bitta ixtiro uchun talabnoma bo‘yicha yuridik ahamiyatga molik harakatlar amalga oshirilmasligi, ixtirolar guruhiga talabnoma bo‘yicha esa ekspertiza talabnoma beruvchi tomonidan tanlab olingan bandlar bo‘yicha yoki agar u tanlagan bandlar haqida ko‘rsatilgan muddatda xabar bermagan holda formulada birinchi bo‘lib ko‘rsatilgan bandlar bo‘yicha o‘tkazilishi haqida xabar beriladi.

Agar patent boji to‘langanini tasdiqlaydigan hujjat taqdim etilmagan holda, talabnoma materiallarida rasmiy ekspertizani ko‘rsatilgan muddat o‘tmasdan boshlash haqidagi iltimosnoma bo‘lsa, talabnoma beruvchi patent boji to‘langanligiga oid hujjat olinmagunga qadar bu iltimosni qanoatlantirish mumkinmasligi haqida xabardor qilinadi.

Patent bojini to‘lashga oid bilidirishnoma talabnoma beruvchiga talabnoma materiallari ro‘yxatga olingani haqidagi bilirishnoma bilan birga yuborilishi mumkin.

165. Agar rasmiy ekspertiza jarayonida talabnoma hujjatlari qo‘yilgan talablarga rioya qilinmagan holda rasmiylashtirilgani aniqlansa, talabnoma beruvchiga kamchiliklarni ko‘rsatib, zarur huquqiy asoslarni keltirgan holda va yetishmagan yoki tuzatilgan hujjatlarni so‘rovnoma jo‘natilgan sanadan e’tiboran uch oy ichida taqdim etish taklif etilgan so‘rovnoma yuboriladi.

Quyidagilar so‘rovnoma yuborish uchun asos bo‘ladi:

a) talabnomada ushbu Qoidalarnng 5-bandida ko‘zda tutilgan hujjatlardan birortasi bo‘lmasa;

b) talabnoma patent vakili orqali topshirilganda ishonchnoma yo‘qligi yoki uni rasmiylashtirish qoidalari buzilganligi;

v) talabnoma hujjatlari belgilangandan kam nusxada topshirilganda;

Page 32: Ixtiroga O‘Zbekiston Respublikasi Patentini Berish … konvensiyasi – Sanoat mulkini muhofaza qilish bo‘yicha Parij konvensiyasining O‘zbekiston Respublikasi uchun amaldagi

g) O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida yashovchi jismoniy shaxslar yoki xorijiy yuridik shaxslar tomonidan talabnoma Patent idorasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan patent vakillari orqali top­shirilmaganda, agar O‘zbekiston Respublikasi ishtirok etgan xalqaro bitimlarda talabnomani bunday topshirish ko‘zda tutilgan tartib o‘rnatilmagan bo‘lsa;

d) patent berish to‘g‘risidagi arizada ushbu Qoidalarda ko‘zda tutilgan rekvizitlar, imzolar, muhr(zarur bo‘lganda) yo‘qligi;

ye) patent bojlari to‘g‘ri to‘langanligi bilan bog‘liq savollarni aniqlash zaruriyati;

j) talabnoma hujjatlarining o‘zbek yoki rus tiliga tarjimasi yo‘qligi, agar ular boshqa tilda topshirilgan bo‘lsa;

z) mikroorganizm, o‘simliklar va hayvonlar hujayralari liniyasi shtammi vakolatli kolleksiya­depozitariyda deponentlangani haqidagi hujjat yo‘qligi;

i) hujjatlardan bevosita nusxa ko‘chirishga, ularni saqlashga to‘sqinlik qiladigan va/yoki patent tavsifini nashr etishga tayyorlash imkoniyatini bermaydigan kamchiliklar (varaqlar formatiga, hoshiyalarning o‘lchamlariga va h.k.larga qo‘yilgan talablar buzilganda, talabnoma materiallarini o‘qishni qiyinlashtiradigan bosma sifati va h.k.) aniqlanganda;

k) ixtiro tavsifida ushbu Qoidalarda ko‘zda tutilgan biron-bir bo‘limning yo‘qligi (agar tegishli bo‘limda bayon qilinishi lozim bo‘lgan ma’lumotlar boshqa bo‘limda keltirilgan bo‘lsa so‘rovnoma yuborilmaydi), va shuningdek, ixtiro formulasida yoki tavsifida biron-bir belgi ta’rifini ushbu belgi ochib berilgan adabiyot manbaiga havola qilish bilan almashtirish;

l) talabnomada hamma tanisha olmaydigan adabiyot manbaiga berilgan izohlar yoki undagi ba’zi ma’lumotlarni nashr etish mumkin emasligi haqida ko‘rsatmalar mavjud bo‘lgan holda;

m) formula bandini bitta gap ko‘rinishida bayon qilish talabi buzilganligi;

n) ixtiro formulasida huquqiy muhofaza so‘ralayotgan ixtiro turi ko‘rsatilmaganligi;

o) ixtiro formulasida tegishli obyekt belgilari o‘rniga uning ishlatishdagi ko‘rsatkichlari va iste’mol xususiyatlari, uni amalga oshirish va/yoki undan foydalanishda kelib chiqadigan effekt va hodisalar haqida ma’lumotlar mavjudligi;

p) talabnoma hujjatlarining bir-biriga mos emasligi (arizada keltirilgan ixtiro nomi tavsifda va formulada keltirilgan nomiga mos emasligi; chizmalar ixtiro tavsifiga mos emasligi va h.k.).

r) talabnomada avvalroq ustuvorlik so‘rash bilan bog‘liq savollarni aniqlash zaruriyati;

166. Agar talabnoma beruvchi belgilangan muddatda so‘ralgan materiallarni yoki ularni topshi­rish muddatlarini uzaytirish haqidagi iltimosnomani ushbu Qoidalarning 10-§ida ko‘zda tutilgan shartlarga rioya qilingan holda taqdim etmasa, talabnoma chaqirib olingan deb hisoblanadi va bu haqida talabnoma beruvchiga xabar beriladi. Talabnoma bo‘yicha ish yuritish to‘xtatiladi.

167. O‘tkazib yuborilgan muddat Patent idorasi tomonidan tiklangan holda ish yuritish davom ettirilishi mumkin.

168. Talabnoma mohiyatini biron-bir texnika sohasiga oidligini aniqlash maqsadida Patent idorasi talabnoma berilgan ixtironi XPTning amaldagi tahriri bo‘yicha tasniflaydi.

Tasniflash quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:

talabnoma rasmiy ekpertizasini o‘tkazishda;

talabnomaning mohiyati bo‘yicha ekspertiza o‘tkazishda;

tasniflash “XPTga Kirish” da belgilangan qoidalarga muvofiq o‘tkaziladi.

Page 33: Ixtiroga O‘Zbekiston Respublikasi Patentini Berish … konvensiyasi – Sanoat mulkini muhofaza qilish bo‘yicha Parij konvensiyasining O‘zbekiston Respublikasi uchun amaldagi

Talabnoma berilgan ixtiro formulasi tasniflashda tasnif indekslarini tanlash uchun asos bo‘ladi. Ixtiro mohiyatini to‘liqroq tushunish uchun tavsif va chizmalardan foydalaniladi. Agar talabnoma XPTning turli rubrikalariga tegishli bir necha obyektlarni ichiga olgan bo‘lsa, barcha mos tasnif indekslari aniqlanadi. Bu holda birinchi indeks ixtiro nomi bilan aniqlanadi. Rasmiy ekspertiza bosqichida aniqlangan tasnif indekslari talabnomaning mohiyati bo‘yicha ekspertiza o‘tkazish jarayonida o‘zgartirilishi mumkin.

169. Rasmiy ekspertiza natijasida talabnoma patentga layoqatli obyektlarga oid bo‘lmagan tak­lifga berilganligi aniqlanganda, talabnoma beruvchiga patent berishni rad etish uchun asos bo‘ladigan dalillarni keltirgan holda va ularni rad etish taklif etilgan so‘rovnoma yuboriladi. Talabnoma beruvchi, shuningdek, so‘rovnoma jo‘natilgan sanadan e’tiboran uch oy ichida ko‘rsatilgan mazmundagi javobni taqdim etmagan taqdirda talabnoma chaqirib olingan deb hisoblanishi haqida xabardor etiladi.

O‘tkazib yuborilgan muddat Patent idorasi tomonidan tiklangan holda ish yuritish davom etti­rilishi mumkin.

Agar talabnoma beruvchi o‘z javobida ekspertizaning dalillarini rad etmagan bo‘lsa, patent berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror qabul qilinadi.

170. Talabnoma berilgan taklif formulaning mustaqil bandida ifodalangan ko‘rinishida ushbu Qoidalarning 3-bandida keltirilgan takliflar ro‘yxatiga mos bo‘lsa, patentga layoqatli ixtiro deb tan olinmaydi.

Agar talabnoma berilgan taklif ko‘p zvenoli formulada ta’riflangan bo‘lib, bog‘liq bandning mazmuni ushbu obyektning jamiyat manfaatlariga, insonpavarlik va odob-axloq prinsiplariga zid bo‘lsa, bunday obyekt ham patentga layoqatli ixtiro deb tan olinmaydi.

171. Agar talabnoma tarkibida barcha zarur hujjatlar bo‘lib, ularga qo‘yilgan talablarga rioya qilingan va talabnoma berilgan taklif patentga layoqatli ixtiro deb tan olinmaydigan ro‘yxatga oid bo‘lmagan taqdirda talabnoma beruvchiga talabnoma ko‘rib chiqishga qabul qilinganligi to‘g‘risida qaror yuboriladi.

Agar talabnoma topshirilganda patent boji formuladagi bandlar uchun belgilangan miqdordan kam to‘langan bo‘lsa, talabnoma beruvchi tomonidan to‘langan patent boji va formulaning mustaqil bandlari sonini muvofiqlashtirish natijasida dastlab formula tarkibida bo‘lgan ba’zi bandlar chiqarib tashlanganda, qarorda, shuningdek talabnoma faqat tuzatilgan formulaga oid bo‘lgan talabnoma berilgan deb hisoblangan ixtiroga (ixtirolarga) nisbatan ko‘rib chiqishga qabul qilinganligi ko‘rsatiladi va ushbu talabnoma Patent idorasida keyinchalik ko‘rib chiqish davomida talabnoma beruvchi tomonidan tuzatilgan taqdirda unda boshqa ixtiroga oid mustaqil bandlar paydo bo‘lishiga olib kelmasligi lozim.

17-§. Talabnoma mohiyati bo‘yicha ilmiy-texnik ekspertizasi

172. Qonunning 23-moddasiga muvofiq talabnomaning mohiyati bo‘yicha ilmiy-texnik eksper­tizasi belgilangan miqdordagi patent bojini to‘langan taqdirda o‘tkaziladi.

Patent boji to‘langani haqidagi hujjat kelib tushganda talabnoma beruvchi patent boji kelib tushganlik fakti haqida xabardor qilinadi.

Agar talabnoma beruvchi tomonidan talabnoma ekspertizasini o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza top­shirilganda patent boji belgilangan miqdordan kam to‘lagan bo‘lsa, talabnoma beruvchiga bildirish­noma jo‘natilgan sanadan e’tiboran uch oy ichida to‘langan patent bojini va formulaning mustaqil va bog‘liq bandlari sonini muvofiqlashtirish haqida bildirishnoma yuboriladi. Talabnoma beruvchi yoki formulaning ixtiroga oid bandlarini ko‘rsatishi yoki ekpertiza o‘tkazilmaydigan bandlar chiqarib tashlangan formulani va/yoki qo‘shimcha patent boji to‘langanini tasdiqlaydigan hujjatni taqdim etishi lozim.

Page 34: Ixtiroga O‘Zbekiston Respublikasi Patentini Berish … konvensiyasi – Sanoat mulkini muhofaza qilish bo‘yicha Parij konvensiyasining O‘zbekiston Respublikasi uchun amaldagi

173. Bildirishnomada ko‘rsatilgan belgilangan miqdordagi patent bojini belgilangan muddatda to‘langanini tasdiqlaydigan hujjat taqdim etilmagan taqdirda, bitta ixtiro uchun talabnoma bo‘yicha yuridik ahamiyatga molik harakatlar amalga oshirilmasligi, ixtirolar guruhiga talabnoma bo‘yicha esa mohiyati bo‘yicha ekspertiza talabnoma beruvchi tomonidan tanlab olingan bandlar bo‘yicha yoki agar u tanlagan bandlar haqida ko‘rsatilgan muddatda xabar bermagan holda formulada birinchi bo‘lib ko‘rsatilgan bandlar bo‘yicha o‘tkaziladi.

174. Ixtiroga talabnoma ekspertizasida quyidagilar amalga oshiriladi:

ixtiro ustuvorligini belgilash, agar u Qonunning 18-moddasi ikkinchi-to‘rtinchi qismlariga ko‘ra so‘ralayotgan bo‘lsa;

talabnoma beruvchi tomonidan ixtiro formulasining ushbu Qoidalarning 62-85- bandlarida keltirilgan talablarga muvofiqligini tekshirish;

qo‘shimcha materiallarni ushbu Qoidalarning 22-§iga muvofiq tekshirish, agar talabnoma beruvchi tomonidan bunday materiallar taqdim etilgan bo‘lsa;

talabnoma beruvchi tomonidan talabnomaning dastlabki materiallarida yoki talabnomani ko‘rib chiqishda e’tiborga olingan qo‘shimcha materiallarda taklif qilingan formulada ta’riflangan ixtironing patentga layoqatlilik shartlariga muvofiqligini tekshirish;

18-§. Ixtiro ustuvorligini belgilash

175. Sanoat mulki obyektining ustuvorligi patent berish uchun talabnoma Patent idorasiga topshirilgan sana bo‘yicha belgilanadi.

Agar talabnomada ixtironing ustuvorligi Qonunning 18-moddasi ikkinchi-to‘rtinchi qismlariga ko‘ra so‘ralmayotgan bo‘lsa, u holda ustuvorlik, tarkibida patent berish to‘g‘risidagi ariza, tavsif, formula va chizmalar, agar ular ixtiro mohiyatini tushunish uchun zarur bo‘lsa, bo‘lgan talabnoma Patent idorasiga topshirilgan sana bo‘yicha belgilanadi.

Ko‘rsatilgan hujjatlar bir vaqtda topshirilmagan taqdirda, ustuvorlik eng oxirida topshirilgan hujjat kelib tushgan sana bo‘yicha belgilanadi.

176. Talabnoma beruvchi tomonidan konvension ustuvorlik so‘ralayotgan holda quyidagilar tekshiriladi:

talabnoma beruvchi tomonidan Parij konvensiyasiga a’zo-davlatda topshirilgan birinchi talab­nomaning nusxasi mavjudligi. Agar ko‘rsatilgan nusxa talabnoma Patent idorasiga topshirilgan sanadan keyin topshirilgan bo‘lsa, talabnoma beruvchi tomonidan birinchi talabnomaning nusxasi taqdim etilishi lozim bo‘lgan ko‘rsatilgan sanadan e’tiboran uch oylik muddatga rioya qilinganligi aniqlanadi (agar birinchi talabnomalar bir nechta bo‘lsa ko‘rsatilgan ko‘rsatilgan shartlar har bir talabnomaning nusxasi uchun bajarilishi lozim);

talabnoma beruvchi tomonidan Patent idorasiga kelib tushishi lozim bo‘lgan konvensiya ustu­vorligi so‘ralayotgan talabnoma, birinchi talabnoma topshirilgan sanadan e’tiboran o‘n ikki oylik muddatda topshirilishiga rioya qilinganligi aniqlanadi. Agar talabnoma ko‘rsatilgan muddatdan kechiktirib, lekin u tugagan sanadan ikki oy o‘tmasdan kelib tushgan bo‘lsa, talabnoma beruvchi tomonidan talabnomani, ko‘rsatilgan o‘n ikki oylik muddatda topshirish uchun to‘sqinlik qilgan va unga bog‘liq bo‘lmagan shart-sharoitlar ko‘rsatib o‘tilganligi tekshiriladi hamda ularni hujjat bilan tasdiqlash zarurati aniqlanadi, bunday tasdiq bo‘lmagan taqdirda, ko‘rsatilgan muddatlar ushbu Qoidalarning 9­§ida belgilangan tartibda hisoblanadi;

konvensiya ustuvorligini belgilash to‘g‘risidagi ariza talabnoma Patent idorasiga kelib tushgan sanadan e’tiboran uch oydan kechiktirmay taqdim etilishi;

Page 35: Ixtiroga O‘Zbekiston Respublikasi Patentini Berish … konvensiyasi – Sanoat mulkini muhofaza qilish bo‘yicha Parij konvensiyasining O‘zbekiston Respublikasi uchun amaldagi

talabnoma berilgan ixtiro birinchi talabnomada ochib berilganligi.

177. Talabnoma beruvchi tomonidan ixtiro ustuvorligini xuddi o‘sha talabnoma beruvchining bir muncha ilgariroq topshirilgan talabnomasiga berilgan qo‘shimcha materiallar bo‘yicha belgilash so‘ralayotgan holda quyidagi talablarga rioya qilinganligi tekshiriladi:

sanasi bo‘yicha ustuvorlik so‘ralayotgan talabnoma, Patent idorasiga qo‘shimcha materiallar talabnoma berilgan ixtiro mohiyatini o‘zgartirishi tufayli e’tiborga olinishi mumkin emasligi haqidagi bildirishnoma talabnoma beruvchiga jo‘natilgan sanadan etiboran uch oy ichida kelib tushishi lozimligi. Qo‘shimcha materiallarni ixtiro mohiyatini o‘zgartiradi deb tan olish haqidagi xulosaga talabnomani ekspert kegashida ko‘rib chiqish natijasida kelingan va bayonnomada qayd etilgan holda, yangi talabnomani taqdim etish uchun beriladigan uch oylik muddat talabnoma beruvchiga (uning vakiliga) bayonnoma nusxasi jo‘natilgan yoki bevosita qo‘liga berilgan sanadan hisoblanadi;

kelib tushgan sanasi bo‘yicha ustuvorlik so‘ralayotgan qo‘shimcha materiallarda (qo‘shimcha materiallar taqdim etilgan birinchi talabnomaning mazmunini hisobga olgan holda) talabnoma berilgan ixtiro mohiyati ochib berilgan bo‘lishi lozim.

178. Talabnoma beruvchi tomonidan ixtiro ustuvorligini Patent idorasiga bir muncha ilgariroq topshirilgan talabnoma topshirilgan sanadan belgilash so‘ralganda quyidagi talablarga rioya qilinganligi tekshiriladi:

bunday ustuvorlik so‘ralayotgan talabnoma xuddi o‘sha avvalgi talabnomani topshirgan talab­noma beruvchi tomonidan topshirilishi lozimligi;

bunday ustuvorlik so‘ralayotgan talabnoma Patent idorasiga avvalgi talabnoma topshirilgan sanadan 12 oy mobaynida kelib tushishi lozimligi;

talabnoma berilgan ixtiro mohiyati avvalroq topshirilgan talabnomada ochib berilgan bo‘lishi lozimligi;

avvalroq topshirilgan talabnoma bo‘yicha undan ilgariroq ustuvorlik so‘ralmagan bo‘lishi lozimligi;

Ustuvorlik bir necha avvalroq topshirilgan talabnomalar bo‘yicha so‘ralganda ko‘rsatilgan talablarga rioya qilinganligi ularning har biriga nisbatan aniqlanadi.

Ko‘rsatilgan ustuvorlik so‘ralganda avvalroq topshirilgan talabnoma (yoki hammasi, agar ular bir nechta bo‘lsa) chaqirib olingan deb hisoblanadi va bu haqida talabnoma beruvchiga xabar beriladi.

179. Talabnoma beruvchi tomonidan ixtiro ustuvorligini ajratilgan talabnoma bo‘yicha belgilash so‘ralganda quyidagi talablarga rioya qilinganligi tekshiriladi:

ajratilgan talabnoma Patent idorasiga ixtiroga yoki foydali modelga birinchi talabnoma bo‘yicha ustidan shikoyat berish imkoniyati qolmagan patent berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingunga qadar (ya’ni talabnoma bo‘yicha ish yuritishni davom ettirish mumkinligi davrida) yoki birinchi talabnoma bo‘yicha patent berish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan holda ixtiro yoki foydali modelni O‘zbekiston Respublikasining tegishli davlat reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazish sanasigacha kelib tushishi lozim;

birinchi talabnoma ajratilgan talabnomani topshirish sanasigacha chaqirib olinmagan bo‘lishi va chaqirib olingan deb hisoblanmasligi lozim;

ajratilgan talabnomada berilgan ixtiro mohiyati avvalgi talabnomada, agar talabnoma kon­vensiya talabnomasidan ajratib olingan va ustuvorlik uning ustuvorlik sanasi bo‘yicha so‘ralayotgan bo‘lsa, birinchi talabnomada ochib berilgan bo‘lishi lozim.

180. Ushbu Qoidalarning 176-179-bandlariga muvofiq ixtiro ustuvorligini belgilash shartlariga rioya qilinganligini tekshirishda, asosida ustuvorlik so‘ralayotgan talabnoma yoki ustuvorlik so‘rash

Page 36: Ixtiroga O‘Zbekiston Respublikasi Patentini Berish … konvensiyasi – Sanoat mulkini muhofaza qilish bo‘yicha Parij konvensiyasining O‘zbekiston Respublikasi uchun amaldagi

uchun asos bo‘lgan qo‘shimcha materiallar berilgan talabnoma chaqirib olinmagan va chaqirib olingan deb hisoblanmaganligiga ishonch hosil qilish lozim.

181. Ustuvorlik so‘rash uchun asos bo‘lgan avval berilgan materiallarda (avval topshirilgan talabnomada, qo‘shimcha materiallarda) talabnoma berilgan ixtiro mohiyati ochib berilgan bo‘lishi lozimligi bilan bog‘liq talabga rioya qilinganligini belgilashda quyidagilar tekshiriladi:

ushbu materiallarda (avval topshirilgan talabnomaning tavsifi, formulasida, qo‘shimcha materiallarning matnli qismida) talabnoma berilgan ixtironing formulasiga kiritilgan barcha belgilar ko‘rsatilganligi;

so‘ralayotgan ustuvorlik sanasida bu materiallarda ixtiro mohiyati amalga oshirish uchun yetarli darajada ochib berilganligi. Konvensiya ustuvorligi so‘ralayotgan holda ushbu shartning bajarilganligini tekshirishda talabnoma beruvchiga Parij konvensiyasiga a’zo davlatda berilgan birinchi talabnomaning o‘zbek yoki rus tiliga tarjimasini taqdim etish taklif qilinishi mumkin.

182. Agar ustuvorlikni belgilashda kelib chiqadigan savollar talabnomaning mohiyati bo‘yicha ekspertizani tugallash uchun to‘sqinlik qilmasa, ular talabnomani ko‘rib chiqish bilan bog‘liq boshqa savollar bilan bir vaqtda aniqlanadi.

183. Talabnoma beruvchi tomonidan ushbu Qoidalarning 176-179-bandlarida ko‘rsatilgan talablar bajarilgan holda talabnoma berilgan ixtiroga nisbatan so‘ralgan ustuvorlik belgilanadi.

184. Talabnoma beruvchi tomonidan ushbu Qoidalarning 176-179-bandlarida ko‘rsatilgan talablarning birortasi bajarilmagan holda, ixtiro ustuvorligi Qonunning 18-moddasi birinchi qismiga muvofiq talabnoma Patent idorasiga toshirilgan sana bo‘yicha belgilanadi.

185. Ustuvorlik belgilangandan so‘ng talabnoma beruvchi tomonidan ixtironing o‘zgartirilgan fomulasi taqdim etilgan holda, so‘ralayotgan ustuvorlikni belgilashga asoslar mavjudligini aniqlash uchun takroran tekshirish o‘tkaziladi.

19-§. Ixtiro formulasini tekshirish

186. Tekshirish ixtironing talabnoma rasmiy ekspertizasi tugagan vaqtdagi dastlabki materiallardagi formulasiga nisbatan o‘tkaziladi, agar u talabnoma beruvchi tomonidan bundan keyin o‘zgartirilgan holda, ushbu Qoidalarning 20-§ida ko‘rsatilgan talablar bajarilgan bo‘lsa, o‘zgartirilgan formula tekshiriladi.

Formulani tekshirishda ixtiro birligi talabi bajarilganligi aniqlanadi.

Ixtiro birligi talabi buzilganligi aniqlangan holda, talabnoma beruvchiga so‘rovnoma jo‘natilgan sanadan e’tiboran uch oy ichida bitta ixtiroga yoki yagona ijodkorlik fikrini tashkil etgan ixtirolar guruhiga tegishli aniqliklar kiritilgan tavsif va formulani taqdim etish taklif qilinishi mumkin. Bu holda, tuzatilgan formula tarkibiga yangi bandlar kiritilganda qo‘shimcha patent boji to‘lash zarurligini ko‘rsatib o‘tiladi.

Talabnomani topshirish uchun patent boji formuladagi bandlar soni uchun belgilangan miq­dordan kam to‘langanda, talabnoma beruvchiga yuborilgan so‘rovnomada patent boji miqdori va for­mula bandlari sonini formula bandlariga tuzatish kiritish va/yoki patent bojiga qo‘shimcha to‘lash yo‘li bilan muvofiqlashtirish taklif qilinadi.

Talabnoma beruvchi belgilangan muddatda topshirilgan talabnoma doirasida qaysi ixtiro (lar)ni ko‘rib chiqish lozimligi haqida ma’lum qilgan holda, tekshirish shu ixtiro(lar)ning formulasiga nisbatan o‘tkaziladi.

Page 37: Ixtiroga O‘Zbekiston Respublikasi Patentini Berish … konvensiyasi – Sanoat mulkini muhofaza qilish bo‘yicha Parij konvensiyasining O‘zbekiston Respublikasi uchun amaldagi

Agar talabnoma beruvchidan belgilangan muddatda bunday xabar kelmagan taqdirda, tekshirish ixtiro formulasida birinchi bo‘lib ko‘rsatilgan ixtiroga yoki yagona ijodkorlik fikrini tashkil etgan ixtirolar guruhiga nisbatan o‘tkaziladi.

187. Ixtiro formulasini tekshirishda unda talabnoma berilgan ixtironing majmui talabnoma beruvchi tomonidan ko‘rsatilgan texnik natijaga erishish uchun yetarli bo‘lgan muhim belgilari mav­judligi aniqlanadi.

Agar biron-bir muhim belgi formulaga kiritilmagan, lekin tavsifda yoki formulaning bog‘liq bandida keltirilgan bo‘lib, uningsiz texnik natijaga (natijalardan birortasiga, agar talabnoma beruvchi texnik natijasining bir necha turini ko‘rsatgan bo‘lsa) erishilmasa, talabnoma beruvchiga bunday belgini formulaning tegishli mustaqil bandiga kiritish taklif etiladi. Bu holda texnik natijaga erishish uchun formulaga ushbu belgini kiritish zarurligini tasdiqlaydigan dalillar keltiriladi. Bunday dalillar tavsifda ochib berilgan belgilar va texnik natija orasidagi sabab-oqibat bog‘lanishiga yoki ekspertiza tomonidan o‘tkazilgan ilmiy-nazariy tahlilga asoslanishi mumkin.

188. Ixtiro formulasini tekshirish undagi belgilarni ushbu Qoidalarnin 81-85-bandlariga muvofiq aynanlashtirish mumkinligini aniqlashni ichiga oladi.

Agar belgini aynanlashtirish mumkin bo‘lishi uchun uning ta’rifini ixtiro tavsifiga asosan tuzatish zarur bo‘lsa, talabnoma beruvchiga bunday tuzatishni o‘tkazish taklif etiladi.

Belgini aynanlashtirish mumkinlik sharti bajarilgan bo‘lib, lekin uni ta’riflash uchun eskirgan yoki ma’lum bir texnika sohasida qabul qilingan atamalarga mos bo‘lmagan atamalar qo‘llanilgan bo‘lsa, talabnoma beruvchiga ixtiro formulasiga tegishli tuzatishlarni kiritish tavsiya qilinadi.

Ixtiro formulasini tekshirish formulada faqat texnikaviy bo‘lmagan yoki ushbu Qoidalarning 29 bandida keltirilgan nizomlarni hisobga olgan holda, ixtironi aks ettiradigan vositaga oid deb tan olinmaydigan natijani (elektron hisoblash mashinalari uchun dasturlarni yoki bunday dasturlarda ishlatiladigan algoritmlarni jalb qilgan holda ta’riflanadigan ixtirolar uchun) olish uchun zarur bo‘lgan belgilarni aniqlashni o‘z ichiga oladi.

Ixtiro formulasida faqat texnikaviy bo‘lmagan yoki ushbu Qoidalarning 29- bandida keltirilgan nizomlarnii hisobga olgan holda, ixtironi aks ettiradigan vositaga oid deb tan olinmaydigan natijani olish uchun zarur bo‘lgan belgilar majud bo‘lgan holda talabnoma beruvchiga bunday belgini formuladan olib tashlash uchun tegishli tuzatishni o‘tkazish taklif etiladi. Bu holda, unga ixtironi ixtirolik darajasi shartiga muvofiqligini tekshirishda bunday belgilar e’tiborga olinmasligi va shu bilan birga patent berilgan holda ularni formulasida saqlab qolinishi huquqiy muhofaza hajmini torayishiga olib kelishi mumkinligi ma’lum qilinadi.

Ixtiro formulasida ixtiro obyekti bo‘lgan qurilmada yoki usulga oid ixtiroda foydalaniladigan so‘zli, tasviriy yoki aralash belgilar turiga kiradigan belgilar mavjud bo‘lgan holda talabnoma beruvchining diqqatini ushbu holatga qaratiladi. Bu holda, unga bunday belgilar qurilma bilan bir xil vazifada ishlatiladigan tovarlar yoxud tegishli xizmat turlari uchun boshqa shaxslar tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan yoki ro‘yxatdan o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan tovar belgilari (xizmat ko‘rsatish belgilari) bilan, tovarlar kelib chiqqan joy nomlari bilan mos kelib qolishi yoki aralashtirish darajasida o‘xshash bo‘lishi mumkinligi, ixtirodan foydalanganda esa, patent egasi va tovar belgisi (xizmat ko‘rsatish belgisi) egasi orasida to‘qnashuvga olib kelishi yoxud tovarlar kelib chiqqan joy nomlaridan qonunga zid ravishda foydalanishga olib kelishi mumkinligi haqida ma’lum qilinadi va bunday belgilarnini formuladan olib tashlash uchun tegishli tuzatishni o‘tkazish taklif etiladi.

189. Agar ixtiro formulasi tarkibida umumiy tushuncha bilan ifodalangan belgi bo‘lsa, ushbu Qoidalarning 71-bandiga muvofiq undan foydalanish qonuniyligi aniqlanadi.

Xususan, agar belgi funksiya, xususiyat darajasida ta’riflangan bo‘lsa, ixtiro tavsifi ushbu umumiy tushunchaga kiradigan belining ixtironing mustaqil bandiga kiritilgan boshqa muhim belgilar bilan birgalikda talabnoma beruvchi tomonidan ko‘rsatilgan texnik natijani olishni ta’minlash uchun yetarli ekanligini tasdiqlaydigan ma’lumotlar mavjudligi tekshiriladi.

Page 38: Ixtiroga O‘Zbekiston Respublikasi Patentini Berish … konvensiyasi – Sanoat mulkini muhofaza qilish bo‘yicha Parij konvensiyasining O‘zbekiston Respublikasi uchun amaldagi

190. Agar talabnoma beruvchi tomonidan ko‘rsatilgan texnik natijani olish imkoniyatini faqat eksperimental ma’lumotlar tasdiqlashi mumkin bo‘lsa, ixtiro tavsifida misollar keltirilganligi, va shuningdek texnikaviy natijaga faqat misollar bilan qamrab olingan xususiy hollarda erishish imkoniyati haqida xulosa qilish uchun yetarli ekanligi emas, balki talabnoma beruvchi tomonidan ixtironing belgilarini ta’riflashda foydalanilgan umumlashtirish darajasi qonuniyligi tekshiriladi.

Ekspertiza tomonidan belgining ushbu umumiy tushunchaga kiradigan, lekin boshqa muhim bel­gilar bilan birgalikda talabnoma beruvchi tomonidan ko‘rsatilgan texnik natijani olishni ta’min­lamaydigan xususiy hollarda amalga oshirilganligi aniqlangan bo‘lsa, talabnoma beruvchiga tegishli dalillar keltiriladi va ularni rad etish yoki formulaga tavsif asosida tuzatish.

Agar talabnoma beruvchi tomonidan belgini ta’riflashda foydalanilgan tushunchalar formulaga kiritilgan bo‘lib, tavsifda keltirilmagan bo‘lsa, talabnoma beruvchiga formula tavsifga chizmalarni hisobga olgan holda asoslanmaganligi ma’lum qilinadi va bu tushunchalarni tavsifga kiritish taklif qilinadi.

191. Formulani ushbu Qoidalarning 81-bandi talabiga muvofiqligini tekshirishda ixtiro ta’riflangan tushunchalar uning tavsifida keltirilganligi yoki chizmada ifodalanganligi aniqlanadi.

192. Agar talabnomada bir zvenoli formula yoki bitta mustaqil bandli ko‘p zvenoli formula keltirilgan bo‘lsa, bunday formulada (ushbu Qoidalarning 4-bandi talablariga muvofiq) bitta ixtiro ta’riflanishi lozimligi tekshiriladi.

193. Ko‘rsatilgan talablar buzilganligi aniqlangan holda talabnoma beruvchiga yuboriladigan so‘rovnomada bu haqida ma’lum qilinadi va tegishli patent bojini to‘lab, formulani tuzatish taklif qilinadi. Bu holda, shuningdek tuzatilgan formulada ixtiro birligi talabi bajarilishi va tuzatilgan formulaga avval mustaqil band sifatida ko‘rsatilmagan yangi mustaqil bandlar kiritilgan holda, tegishli patent bojini to‘lash, yoxud talabnoma beruvchi formulani tuzatishni rad etgan holda, keyingi ko‘rib chiqishda e’tiborga olinadigan ixtironi ko‘rsatish zarurligi keltiriladi.

Agar talabnoma beruvchi tomonidan belgini ta’riflash uchun alternativ tushunchalardan foy­dalanish sharti bajarilmaganligi ko‘rsatilgan xulosaga kelish uchun asos bo‘lsa, yo‘l qo‘yilgan xatoga oid bo‘lgan aniq alternativ ta’riflarni (talabnoma beruvchi tomonidan keltirilgan hammasi yoki ba’zi birlarini) keltirgan holda ko‘rsatiladi.

194. Agar talabnoma beruvchi tomonidan bir nechta mustaqil bandli ko‘p zvenoli formula taklif qilingan bo‘lsa, ularning har biri (o‘ziga bog‘liq bandlar bilan birgalikda, agar ular bo‘lsa) ushbu Qoidalarning 71-bandida bayon qilingan talablarga muvofiq tahlil qilinadi.

195. Formulani tekshirish, shuningdek quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

a) ixtiro ko‘p zvenoli formulasining bog‘liq bandlarida ixtironing tegishli xususiy bajarilish hollaridagi yoki jamiyat manfaatlari, insonparvarlik yoki axloq-odob qoidalariga zid belgilar mavjudligini aniqlash;

b) ixtiro formulasida o‘zi bog‘liq bo‘lgan bandning belgilarini chiqarib tashlashni yoki almash­tirishni ko‘zda tutadigan bog‘liq bandning mavjudligi.

196. Har bir mustaqil bandi (o‘ziga bog‘liq bandlar bilan birgalikda, agar ular bo‘lsa) bitta ixtironi ta’riflaydigan ko‘p zvenoli formulaga nisbatan unga kiritilgan ixtirolar yagona ixtirochilik fikrini tashkil qilgan ixtirolar guruhidan iboratligi aniqlanadi.

Agar formulaning mustaqil bandlarida ta’riflangan ixtirolar o‘zaro yagona ixtirochilik fikrini tashkil qilgan holda bog‘liq bo‘lsa, yagona ixtirochilik fikri sharti bajarilgan deb e’tirof etiladi.

197. Mustaqil bandlarida ta’riflangan ixtirolarni variantlarga tegishliligi to‘g‘riligini tekshirishda ixtirolarning talabnoma beruvchi tomonidan ko‘rsatilgan vazifasi va texnik natijalar mos tushishiga ishonch hosil qilish lozim.

Page 39: Ixtiroga O‘Zbekiston Respublikasi Patentini Berish … konvensiyasi – Sanoat mulkini muhofaza qilish bo‘yicha Parij konvensiyasining O‘zbekiston Respublikasi uchun amaldagi

Agar guruhdagi ixtirolarning har biri uchun bir necha texnik natijalar ko‘rsatilgan bo‘lib, mos tushishlik faqat ba’zilariga nisbatan aniqlangan bo‘lsa, texnik natijalarning mos tushishlik sharti buzilgan deb hisoblanmaydi.

Texnik natijaning barcha ixtirolar uchun umumiy ta’rifidan tashqari birortasining ta’rifida o‘ziga xos alohida xususiyati («ishqalanishning kamayishi» va «yuqori namlik sharoitlarida ishqalanishning kamayishi») ko‘rsatilgan holda texnik natijalarning mos tushishlik sharti buzilgan deb hisoblanmaydi.

198. Agar talabnoma beruvchi tomonidan taqdim etilgan ixtiro formulasini tekshirishda u formulaning tuzilishi va bayon qilinishiga belgilangan talablarga muvofiq emasligi aniqlangan bo‘lsa, shu jumladan bunday muvofiq emaslik rasmiy ekspertiza o‘tkazishda aniqlanmagan holda ham ixtiro formulasini tuzatish taklif qilinadi.

Agar talabnoma beruvchi tomonidan taqdim etilgan ixtiro formulasini tekshirishda u ushbu Qoidalarda belgilangan talablarga muvofiq emasligi aniqlangan bo‘lsa, lekin bu kamchiliklar ixtironing patentga layoqatliligini tekshirishga to‘sqinlik qilmasa, ixtiro formulasinini tuzatish bilan bog‘liq barcha savollar ixtironing patentga layoqatliligi haqida dastlabki xulosa olingandan so‘ng xal qilinadi.

199. Ekspertiza so‘rovnomasiga ko‘ra yoki talabnoma beruvchining o‘z tashabbusiga ko‘ra o‘zgartirilgan formulaga nisbatan ushbu Qoidalarning 187-197-bandlariga muvofiq tekshirish o‘tkaziladi.

Ixtironing patentga layoqatliligini tekshirish uchun talabnoma beruvchi tomonidan tasdiqlangan, o‘zgartirilgan formula qabul qilinadi.

200. Tekshirishda bir zvenoli formula yoki bitta mustaqil bandli ko‘p zvenoli formula bittadan ortiq ixtiroga oidligi aniqlangan bo‘lsa va talabnoma beruvchi formulani tuzatishdan bosh tortsa, ekspertizani davom ettirish talabnoma beruvchi tomonidan keyingi ko‘rib chiqish lozim bo‘lgan ixtiro ko‘rsatilgan holda mumkin bo‘ladi va bu holda patentga layoqatlilikni baholash faqat ushbu ixtiroga nisbatan amalga oshiriladi.

201. Talabnoma berilgan ixtironing patentga layoqatliligini tekshirish uchun ushbu paragrafga muvofiq tekshirish o‘tkazilgan formula qabul qilinadi.

20-§. Ixtironing patentga layoqatliligini tekshirish

202. Talabnoma berilgan ixtironing patentga layoqatliligini tekshirishda qo‘shimcha ravishda u patentga layoqatli deb, tan olinmaydigan takliflar ro‘yxatiga oid emasligi tekshiriladi va ixtironing sanoatda qo‘llash mumkinlik, yangilik va ixtirolik darajasi shartlariga muvofiqligi aniqlanadi. Talabnoma berilgan obyekt muhofaza qilinmaydigan takliflar ro‘xatiga oid deb, taxmin qilingan holda, talabnoma beruvchiga tegishli dalillarni bayon qilib so‘rovnoma yuboriladi.

203. Ushbu Qoidalarning 3-bandiga asosan muhofaza qilinmaydigan obyektlarga oid emas deb, xulosa chiqarilgan talabnoma berilgan taklifning sanoatda qo‘llash mumkinlik, yangilik va ixtirochilik darajasi shartlariga muvofiqligi tekshiriladi.

204. Talabnoma beruvchi tomonidan taqdim etilgan formulada alternativ tushunchalar bilan ifodalangan belgi bo‘lsa, patentga layoqatliligini tekshirish bunday tushunchalardan birini ichiga olgan belgilarning har bir majmuiga nisbatan o‘tkaziladi. Agar ixtironing patentga layoqatli emasligi haqidagi xulosa ko‘rsatilgan majmuining bittasiga nisbatan olingan bo‘lsa, keyingi ko‘rib chiqishda ushbu Qoidalarning 226-227-bandiga asoslanish lozim.

205. Talabnoma berilgan ixtironing patentga layoqatliligini tekshirishda muallif, talabnoma beruvchi yoki ulardan bevosita yohud bilvosita shu axborotni olgan har qanday shaxs tomonidan ixtiro mohiyati ommaviy tarzda oshkor etilgan axborotni ichiga olgan manba, agar ixtiroga talabnoma

Page 40: Ixtiroga O‘Zbekiston Respublikasi Patentini Berish … konvensiyasi – Sanoat mulkini muhofaza qilish bo‘yicha Parij konvensiyasining O‘zbekiston Respublikasi uchun amaldagi

axborot oshkor etilgan sanadan e’tiboran olti oydan kechikmagan muddat ichida Patent idorasiga topshirilgan bo‘lsa, texnika taraqqiyoti darajasiga kiritilmaydi.

206. Qonunning 6-moddasi oltinchi qismiga ko‘ra agar ixtirodan sanoatda, qishloq xo‘jaligida, sog‘liqni saqlashda va boshqa sohalarda amaliy jihatdan foydalanish mumkin bo‘lsa, uni sanoatda qo‘llash mumkin deb hisoblanadi.

207. Talabnoma berilgan taklifni ta’riflanishi bo‘yicha uni tushunish mumkin bo‘lmasa yoki uni Qonunning 6-moddasi to‘qqzinchi qismiga ko‘ra patentga layoqatlilik ixtiro sifatida e’tirof etilmaydigan obyektlarga oid deb, hisoblashga asos bo‘lsa talabnoma beruvchiga aniqlangan kamchiliklarni ko‘rsatib, huquqiy xarakterdagi zarur dalil-isbotlarni keltirgan holda va so‘rovnoma jo‘natilgan sanadan e’tiboran uch oy ichida yetishmagan yoki tuzatilgan hujjatlarni yuborish taklif etilgan so‘rovnoma yuboriladi.

208. Agar talabnoma beruvchi belgilangan muddatda so‘ralgan materiallarni ularni taqdim etish muddatini uzaytirish haqidagi iltimosnoma yubormasa, talabnoma chaqirib olingan deb, hisoblanadi va bu haqida talabnoma beruvchiga xabar beriladi. Talabnoma bo‘yicha ish yuritish to‘xtatiladi.

209. Patent idorasi tomonidan o‘tib ketgan muddatlar tiklangan holda ish yuritish davom ettirilish mumkin (ushbu Qoidalarning 11-§).

210. Ixtirodan foydalanish mumkinligini aniqlashda talabnoma materiallarida ixtironing talabnoma berilgan obyektining vazifasi ko‘rsatilganligi tekshiriladi.

Talabnomaning birinchi materiallarida shuningdek, ixtironi formula bandlarining har birida tariflangan ko‘rinishida amalga oshirish uchun kerak bo‘lgan vositalar va usullar bayon qilinganligi tekshiriladi. Talabnoma materiallarida bunday materiallar bo‘lmagan holda, ko‘rsatilgan vositalar va usullar ixtiro ustuvorligi sanasigacha ommaviy tarzda oshkor bo‘lgan adabiyot manbaida bayon qilingan bo‘lishi mumkin.

Bundan tashqari, ixtironi amalga oshirgan holda talabnoma beruvchi tomonidan ko‘rsatilgan vazifasi haqiqatdan ham bajarilishi mumkinligiga ishonch hosil qilish lozim.

Agar ixtironi amalga oshirish va ko‘rsatilgan vazifani bajarish imkoniyatini faqat eksperimental ma’lumotlar tasdiqlashi mumkin bo‘lsa, ixtiro tavsifida keltirilgan misollar yetarliligi, va shuningdek ko‘rsatilgan talabga rioya kilinganligi haqida xulosa belgining talabnoma beruvchi tomonidan ixtiro formulasida keltirilgan tushunchalar bilan qamrab olingan turli xususiy hollarga ta’sir etishi uchun yetarli ekanligi aniqlanadi.

211. Agar ixtiro ustuvorlik sanasigacha barcha ko‘rsatilgan talablarga rioya qilinganligi aniq­langan holda, formulaning ushbu mustaqil bandida ta’riflangan ixtiro sanoatda qo‘llash mumkinlik shartiga muvofiq deb e’tirof etiladi.

Ko‘rsatilgan talablarning birortasi bajarilmagan holda, ixtiro sanoatda qo‘llash mumkinlik shartiga muvofiq emasligi haqida xulosa chiqariladi. Bu holda, talabnoma beruvchiga tegishli dalillar bayon qilinganda, bu dalillarga nisbatan o‘z fikrini bildirish va ixtiro formulasini tuzatish taklif qilingan (agar ekspertiza fikriga ko‘ra talabnoma materiallarini tuzatish natijasida ko‘rsatilgan xulosani o‘zgartirish mumkin bo‘lsa) so‘rovnoma yuborilishi mumkin.

212. Sanoatda qo‘llash mumkinlik shartiga muvofiq emasligi aniqlangan ixtiroga nisbatan yangilik shartiga muvofiqligi tekshirilmaydi.

213. Qonunning 6-moddasi ikkinchi qismiga ko‘ra ixtiro agar texnika taraqqiyoti darajasidan ma’lum bo‘lmasa, yangi deb hisoblanadi.

Ixtironing yangiligini tekshirish ixtiro formulasining mustaqil bandidagi barcha belgilar majmuiga nisbatan o‘tkaziladi.

Page 41: Ixtiroga O‘Zbekiston Respublikasi Patentini Berish … konvensiyasi – Sanoat mulkini muhofaza qilish bo‘yicha Parij konvensiyasining O‘zbekiston Respublikasi uchun amaldagi

214. Axborot qidiruvi ixtiro formulasi asosida tavsif va chizmalarni hisobga olgan holda, va shuningdek ixtiro formulasining ushbu Qoidalarning 22-§iga muvofiq mumkin bo‘lgan o‘zgarishlarini hisobga olgan holda o‘tkaziladi.

215. Agar talabnoma bo‘yicha ekspertiza o‘tkazish hakidagi ariza kelib tushgan sanagacha talab­noma beruvchi ixtiro birligi talabi buzilganligi haqidagi xabarga belgilangan muddatda javob bermagan bo‘lsa, axborot qidiruvi formulada birinchi ko‘rsatilgan ixtiro (yagona ixtirochilik fikrini tashkil qilgan ixtirolar guruhi) bo‘yicha o‘tkaziladi.

216. Texnika taraqqiyoti darajasini aniqlashda har bir shaxs o‘zi tanishishi mumkin bo‘lgan yoki mazmuni qonuniy yo‘l bilan ma’lum qilinishi mumkin bo‘lgan axborot manbaidagi ma’lumotlar ommaviy tarzda oshkor etilgan ma’lumotlar deb, hisoblanadi.

Quyidagilar axborot manbaini texnika taraqqiyoti darajasiga kiritishni belgilaydigan sana bo‘lib hisoblanadi:

muhofaza hujjatlariga nashr qilingan tavsiflar uchun – ularda ko‘rsatilgan nashr etish sanasi;

milliy bosma nashrlar va sobiq SSSR bosma nashrlari uchun - ularda ko‘rsatilgan nashr etishga imzo qo‘yilgan sana;

nashr etishga imzo qo‘yilgan sana ko‘rsatilmagan milliy bosma nashrlar va sobiq SSSR bosma nashrlari uchun va shuningdek boshqa bosma nashrlar uchun – ular e’lon qilingan kun, uni aniqlash imkoniyati bo‘lmaganda esa – agar elon qilingan vaqti faqat yil va oy bilan aniqlangan bo‘lsa, oyning oxirgi kuni yoki nashrda ko‘rsatilgan yilning 31 dekabri;

deponentlangan maqola, obzor, monografiya va boshqa materiallar uchun - ularni deponentlash sanasi;

ilmiy-tadqiqot ishlari haqidagi hisobotlar, tajriba-konstruktorlik ishlariga tushuntirish xatlari, va ilmiy-texnik axborot tashkilotlarida bo‘lgan boshqa konstruktorlik, texnologik va loyiha hujjatlari uchun – ular ushbu tashkilotlarga kelib tushgan sana;

me’yoriy-texnik hujjatlari uchun – ularni vakolatli tashkilotda ro‘yxatdan o‘tkazilgan sana;

qo‘lyozma huquqida chop etilgan dissertatsiya materiallari va dissertatsiya avtoreferatlari uchun - ular kutubxonaga kelib tushgan sana;

tanlovga qabul qilingan ishlar uchun – ular tanishish uchun ochiq namoyish qilingan va tanlov o‘tkazishga oid hujjatlar bidlan tasdiqlangan sana;

ko‘z bilan qabul qilinadigan axborot manbalari (plakatlar, modellar, mahsulotlar va h.k.) uchun - ularni ko‘rish mumkin bo‘lgan va hujjat bilan tasdiqlangan sana;

ko‘rgazmaga qo‘yilgan eksponatlar uchun - ularni ko‘rstish boshlangan va hujjat bilan tasdiq­langan sana;

og‘zaki ma’ruzalar, leksiyalar, so‘zga chiqishlar uchun - ma’ruzalar, leksiyalar, so‘zga chiqishlar sanasi, agar ular ko‘rsatilgan sanagacha amal qilgan tegishli tadbirlarni o‘tkazish qoidalariga muvofiq, belgilangan tartibda ovoz yozish apparaturasida yoki stenografiya yo‘li bilan qayd etilgan bo‘lsa;

radio, televideniye, kino orqali ma’lumotlar uchun – bunday ma’lumot berilgan sana, agar u ko‘rsatilgan sanagacha amal qilgan belgilangan tartibda mos axborot manbaida qayd etilgan bo‘lsa;

texnika vositasi haqidagi, undan foydalanish natijasida ma’lum bo‘lgan ma’lumotlar uchun – ushbu ma’lumotlar hamma tanishish imkoniyatiga ega bo‘lgan va hujjat bilan tasdiqlangan sana.

Quyidagi shartlar majmui bajarilgan holda birmuncha oldinroq ustuvorlikka ega bo‘lgan ixtiro yoki foydali modelga talabnoma texnika taraqqiyoti darajasiga ustuvorlik sansidan e’tiboran kiritiladi:

talabnoma O‘zbekiston Respublikasida topshirilgan holda;

Page 42: Ixtiroga O‘Zbekiston Respublikasi Patentini Berish … konvensiyasi – Sanoat mulkini muhofaza qilish bo‘yicha Parij konvensiyasining O‘zbekiston Respublikasi uchun amaldagi

talabnoma boshqa shaxs, ya’ni boshqa talabnoma beruvchi tomonidan topshirilgan holda;

talabnoma chaqirib olinmagan va chaqirib olingan deb hisoblanmagan holda.

Texnika taraqqiyoti darajasiga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida (shuningdek o‘sha shaxs tomonidan) patentlangan barcha ixtirolar va foydali modellar ustuvorlik sanasidan e’tiboran kiritiladi.

O‘zbekiston Respublikasida patentlangan ixtirolar va ixtirolar tegishli reyestrda ro‘yxatdan o‘tkazilgan ixtirolar va ixtirolar formulasiga nisbatan texnika taraqqiyoti darajasiga kiritiladi.

217. Patent hujjatlaridagi qidiruv sohasining ta’rifi sifatida XPT rubrikalarining indekslaridan foydalaniladi.

Qidiruv sohasini aniqlashda ixtiro obyekti va eng yaqin analogdan farqlanuvchi funksional mustaqil belgilari hisobga olinadi. Qidiruv sohasini aniqlashda, shuningdek agar ularga tegishli funksional mustaqil bo‘lmagan farqlanuvchi belgilar bo‘lsa, ixtiro va eng yaqin analog uchun umumiy bo‘lgan funksional mustaqil belgilari hisobga olinadi. Ushbu belgilarning qidiruvi ham ma’lum obyektlarda, ham ushbu obyektlar va ularning qismlarining vazifasidan qat’iy nazar qismlarida o‘tkaziladi.

218. Qidiruv jarayonida xuddi shunday vazifani bajaradigan qidiruv o‘tkazilayotgan ixtiro belgilariga aynan o‘xshash bo‘lgan belgilar bilan ta’riflanadigan vosita topilgan taqdirda ham axborot qidiruvi to‘xtatilmaydi va oxirigacha to‘liq hajmda olib boriladi. Qidiruv jarayonida topilgan analoglar soni texnika taraqqiyoti darajasi haqidagi takrorlashsiz va keraksiz qaytarishlarsiz to‘liq va mazmunli axborot olish sharti bilan aniqlanadi.

219. Agar texnika taraqqiyoti darajasidan talabnoma beruvchi tomonidan taklif etilgan ixtiro formulasida bo‘lgan barcha belgilarga aynan o‘xshash belgilarga ega bo‘lgan vosita aniqlangan bo‘lsa, ixtiro yangilik shartiga muvofiq emas deb, e’tirof etiladi.

Agar talabnoma berilgan ixtiro qurilma, usul, modda, shtammni yangi vazifada qo‘llashga oid bo‘lsa, xuddi o‘sha qurilma, usul, modda, shtammni talabnoma beruvchi ko‘rsatgan vazifada ishlatilgani ma’lum bo‘lgan adabiyot manbai topilgan holda bunday qo‘llash yangilik shartiga muvofiq emas deb, e’tirof etiladi.

220. Texnika taraqqiyoti darajasidan aniqlangan, ko‘rilayotgan ixtiro ma’lum bo‘lgan axborot manbai bir muncha oldinroq ustuvorlikka ega bo‘lgan talabnoma bo‘lgan holda, bu talabnoma chaqirib olinmagan va chaqirib olingan deb hisoblanmasligiga ishonch hosil qilish lozim.

Agar talabnoma chaqirib olinmagan va chaqirib olish muddati o‘tmagan bo‘lsa, ko‘rilayotgan ixti­roning talabnoma beruvchisiga shunday talabnoma mavjudligi haqida (uning talabnoma beruvchisini ko‘rsatmasdan va mazmunini ochmasdan) va uning talabnomasini ko‘rish bir muncha oldinroq ustuvor­likka ega bo‘lgan talabnoma bo‘yicha bir qarorga kelingunga qadar to‘xtatib turilishi haqida ma’lum qilinadi.

Talabnoma beruvchi talabnomani ko‘rish to‘xtatib turilishiga norozi bo‘lgan holda, talabnoma berilgan ixtironing yangilik shartiga muvofiq emasligi belgilanadi.

221. Agar formulaning bog‘liq bandlariga ega bo‘lgan mustaqil bandida ta’riflangan ixtiro yangilik shartiga muvofiq bo‘lsa, bog‘liq bandlarga nisbatan texnika taraqqiyoti darajasini tahlili o‘tkazilmaydi.

222. Bog‘liq bandlarga ega bo‘lgan formulaning mustaqil bandida ta’riflangan ixtironing yangilik shartiga muvofiq emasligi e’tirof etilganda talabnomani keyingi ko‘rib chiqish ushbu Qoidalarning 230­233 bandlariga muvofiq o‘tkaziladi.

223. Bog‘liq bandlarga ega bo‘lmagan formula bilan ta’riflangan ixtironing yangilik shartiga muvofiq emasligi aniqlangan holda, talabnoma beruvchiga ekspertiza dalillarini bayon qilgan holda va bu dalillarga nisbatan o‘z fikr-mulohazalarini va zarur holda talabnomaning dastlabki materiallari asosida ixtironing tuzatilgan formulasini taqdim etish taklif qilingan so‘rovnoma yuborilishi mumkin.

Page 43: Ixtiroga O‘Zbekiston Respublikasi Patentini Berish … konvensiyasi – Sanoat mulkini muhofaza qilish bo‘yicha Parij konvensiyasining O‘zbekiston Respublikasi uchun amaldagi

224. Yangilik shartiga muvofiq emasligi aniqlangan ixtiroga nisbatan ixtirolik darajasiga muvofiqligi bo‘yicha tekshirish o‘tkazilmaydi.

225. Qonunning 6-moddasi uchinchi qismiga ko‘ra ixtiro agar mutaxassis uchun texnika taraq­qiyoti darajasidan yaqqol kelib chiqmasa, ixtirolik darajasiga ega deb hisoblanadi.

Ixtirolik darajasini tekshirish ixtiro formulasining mustaqil bandida keltirilgan ixtiroga nisbatan o‘tkaziladi va quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

ushbu Qoidalarning 28- bandiga muvofiq eng yaqin analogni aniqlash;

talabnoma berilgan ixtiro eng yaqin analogdan farqlanadigan belgilarni (farqlanuvchi belgilar) aniqlash;

texnika taraqqiyoti darajasidan ixtironing farqlanuvchi belgilari bilan mos bo‘lgan texnikaviy yechimlarni aniqlash;

226. Agar ixtironing farqlanuvchi belgilari bilan mos bo‘lgan texnikaviy yechimlarni aniqlanmasa yoki bunday yechimlar aniqlangan holda ular talabnoma beruvchi tomonidan ko‘rsatilgan texnikaviy natijaga erishishga ta’sir etishi tasdiqlanmagan bo‘lsa ixtirolik darajasiga muvofiq deb e’tirof etiladi.

Xususan, quyidagilar ixtirolik darajasiga muvofiq bo‘ladi:

belgilangan strukturali yangi kimyoviy birikmalarni (sinflar, guruhlarni) olish usullari;

ma’lum kimyoviy birikmalarni (sinflar, guruhlarni) olish usullari, agar ular ushbu sinf yoki guruh birikmalari uchun yangi reaksiyaga yoki ushbu sinf yoki guruh birikmalari uchun ma’lum bo‘lib, lekin uni o‘tkazish shartlari ma’lum bo‘lmagan reaksiyaga asoslangan bo‘lsa; erishish imkoniyati texnika taraqqiyoti darajasidan kelib chiqmaydigan sinergetik effektni ta’minlaydigan kamida ikkita ingrediyentdan tashkil topgan kompozitsiya (ya’ni ikkala ingrediyentning xususiyatlarini namoyon qiladigan, lekin shu xususiyatlardan kamida bittasining miqdoriy ko‘rsatkichlari alohida ingrediyentning xususiyatlarining ko‘rsatkichlaridan yuqori);

erishish imkoniyati texnika taraqqiyoti darajasidan kelib chiqmaydigan sinergetik effektni ta’minlaydigan kamida ikkita ma’lum ingrediyentdan tashkil topgan kompozitsiya (ya’ni ikkala ingre­diyentning xususiyatlarini namoyon qiladigan, lekin shu xususiyatlardan kamida bittasining miqdoriy ko‘rsatkichlari alohida ingrediyentning xususiyatlarining ko‘rsatkichlaridan yuqori);

ma’lum birikmalar guruhining umumiy struktura formulasiga mos, lekin maxsus olingan va tekshirilgan hamda ushbu guruh uchun sifat va miqdoriy jihatdan yangi ma’lum bo‘lmagan kimyoviy birikmalar ( selektiv ixtiro).

Agar bog‘liq bandlarga ega bo‘lgan ko‘p zvenoli formula bilan ta’riflangan talabnoma berilgan mustaqil bandiga nisbatan ixtiro ixtirolik darajasi shartiga muvofiq bo‘lsa, bog‘liq bandlarga nisbatan tekshirish o‘tkazilmaydi.

Xususan, quyidagilarga asoslangan ixtirolar ixtirolik darajasi shartiga muvofiq deb e’tirof etilmaydi:

Texnikaviy natijaga erishish uchun xuddi shunday to‘ldirishlar ta’siri aniqlangan holda, ma’lum vositani unga ma’lum qoidalar asosida biriktiriladigan biron-bir ma’lum qism (qismlar) bilan to‘ldirishga;

Texnikaviy natijaga erishish uchun xuddi shunday almashtirishlar ta’siri aniqlangan holda, ma’lum vositaning biron-bir qismini (qismlarini) boshqa ma’lum qism (qismlar) bilan almashtirishga;

Vositaning (elementni, harakatning) biron-bir qismini ushbu qism mavjudligi hisobiga hosil bo‘ladigan funksiyasi bilan bir vaqtda chiqarib tashlash va shu bilan birga bunday chiqarib tashlash uchun xos bo‘lgan natijaga erishish (konstruksiyani soddalashtirish, massani, o‘lchamlarni, material sarfini kamaytirish, ishonchlilikni oshirish, jarayon vaqtini qisqartirish va h.k.);

Page 44: Ixtiroga O‘Zbekiston Respublikasi Patentini Berish … konvensiyasi – Sanoat mulkini muhofaza qilish bo‘yicha Parij konvensiyasining O‘zbekiston Respublikasi uchun amaldagi

Vositada xuddi shunday elementlar mavjudligi hisobiga hosil bo‘ladigan texnikaviy natijani kuchaytirish uchun bir xil tipdagi elementlar, harakatlar sonini o‘zgartirishga;

Ushbu materialning xususiyatlari hisobiga hosil bo‘ladigan texnikaviy natijaga erishish uchun ma’lum vositani yoki uning qismini ma’lum materaldan bajarilishiga;

turi va ular orasidagi munosabatlar ma’lum qoidalar, tavsiyanomalar asosida amalga oshirilgan ma’lum qismlardan tashkil topgan vositani yaratishga, bu holda texnikaviy natija faqat ushbu vosita qismlarining ma’lum xususiyatlari va ular orasidagi munosabatlari natijasida hosil bo‘lsa;

ma’lum qurilma, usul, modda, shtamm yangi vazifada qo‘llanishiga, agar yangi vazifada qo‘llash uning ma’lum xususiyatlari, strukturasi, bajarilishi natijasida mumkin bo‘lsa va ushbu vazifani amalga oshirish uchun aynan shunday xususiyatlar, struktura, bajarilish zarurligi ma’lum bo‘lsa.

Shuningdek, miqdoriy belgilarning o‘zgarishiga, bunday belgilarning o‘zaro bog‘liqlikda taqdim etish yoki uning ko‘rinishini o‘zgartirishga asoslangan ixtirolar ixtirolik darajasiga muvofiq deb e’tirof etilmaydi, agar ularning har birining texnikaviy natijaga ta’sir etishi ma’lum bo‘lsa va bu belgilarning yangi qiymatlari yoki ularning o‘zaro bog‘lanishi ma’lum bog‘lanishlar, qonuniyatlardan kelib chiqqan olda olinishi mumkin bo‘lsa.

Talabnoma berilgan ixtiro farqlanuvchi belgilarining texnikaviy natijaga ta’sirining ma’lumligi bir yoki bir necha axborot manbai bilan tasdiqlanishi mumkin. Aniq texnika sohasidagi umum e’tirof etilgan bilimlarga asoslangan dalillarni biror axborot manbaini ko‘rsatmasdan jalb qilishga yo‘l qo‘yiladi. Lekin bu agar talabnoma beruvchi talab qilgan holda talabnomani keyingi ko‘rib chiqishda ekspertizani bunday manbalarni ko‘rsatish majburiyatidan xalos etmaydi.

Texnika taraqqiyoti darajasidan ixtironing farqlanuvchi belgilari bilan mos belgilari bo‘lgan yechimlar aniqlangan holda, agar ular talabnoma beruvchi tomonidan aniqlanmagan bo‘lsa yoki talab­noma beruvchi tomonidan ko‘rsatilgan texnikaviy natijaga erishilmagani aniqlangan holda ularning texnikaviy natijaga ta’siri ma’lumligini tasdiqlash talab qilinmaydi.

228. Agar bog‘liq bandlarga ega bo‘lgan mustaqil band bo‘yicha ixtiro ixtirolik darajasi shartiga muvofiq emasligi aniqlangan holda talabnomani keyingi ko‘rib chiqish ushbu Qoidalarning 236 bandiga muvofiq o‘tkaziladi.

229. Agar bog‘liq bandlarga ega bo‘lmagan formula bilan ta’riflangan ixtiro ixtirolik darajasiga ega emasligi aniqlangan holda talabnoma beruvchiga, tegishli dalillarni bayon qilib so‘rovnoma yuboriladi va ushbu dalillarga nisbatan o‘zfikrini bildirish taklif etiladi.

230. Agar ixtiro tarkibida bog‘liq bandlar bo‘lgan ko‘p zvenoli formula bilan ta’riflangan bo‘lsa va mustaqil bandning yangilik yoki ixtirolik darajasi shartiga javob bermasligi sababli patentga layoqatli emasligi haqida xulosa olingan holda, talabnoma beruvchiga bu haqida ma’lum qilinadi va talabnomani ko‘rib chiqishni davom ettirish maqsadga muvofiqligi haqidagi fikrini bildirishni va agar ko‘rib chiqish maqsadga muvofiqligini tasdiqlagan holda, ixtironing tuzatilgan formulasini taqdim etish taklif etiladi. Mustaqil bandga bog‘liq bandlarning mazmunini qo‘shganda e’tiborga olinishi mumkin bo‘lgan axborot manbalari ekspertga ma’lum bo‘lganda talabnoma beruvchiga bu haqida ma’lum qilinishi mumkin.

231. Bog‘liq bandlarga ega bo‘lgan mustaqil bandga nisbatan ixtironing patentga layoqatliligi aniqlangan holda, ushbu bog‘liq bandlardagi ixtiro belgilarining ta’rifi ixtironi amalga oshirishga yoki talabnoma beruvchi tomonidan ko‘rsatilgan vazifasini bajarishiga to‘sqinlik qilmasligiga ishonch hosil qilishi lozim. Bundan tashqari, bog‘liq bandlardagi belgilarni jalb qilgan holda ta’riflangan ixtiro jamiyat manfaatlariga, axloq-odob qoidalariga zid emasligiga ishonch hosil qilishi lozim.

232. Bog‘liq bandlarga ega bo‘lgan ko‘p zvenoli formula bilan ta’riflangan ixtironi yuqorida ko‘rsatilgan barcha shartlarga nisbatan tekshirish natijasi ijobiy bo‘lgan holda patentga layoqatli deb tan olinadi va patent berish to‘g‘risida qaror chiqariladi.

233. Shartlardan birortasiga nisbatan tekshirish natijasi salbiy bo‘lgan holda talabnoma beruvchiga bu haqida so‘rovnomada ma’lum qilinadi va ekspertiza xulosasini rad etuvchi dalillarini

Page 45: Ixtiroga O‘Zbekiston Respublikasi Patentini Berish … konvensiyasi – Sanoat mulkini muhofaza qilish bo‘yicha Parij konvensiyasining O‘zbekiston Respublikasi uchun amaldagi

taqdim etish yoki formulani tuzatish yohud ixtiro formulasidan bunday bog‘liq bandlarni chiqarib tashlash taklif etiladi.

202. Agar talabnoma ixtirolar guruhiga berilgan bo‘lsa, patentga layoqatlilikni tekshirish guruhga kirgan har bir ixtiroga nisbatan o‘tkaziladi. Guruhning patentga layoqatliligi undagi barcha ixtirolar patentga layoqatli bo‘lgan holda tasdiqlanadi.

Agar talabnoma ixtirolar guruhiga patentga layoqatlik ushbu guruhga kirgan har bir ixtiro uchun alohida tekshiriladi. Ixtirolar guruhining patentga layoqatliligi guruhning barcha ixtirolari patentga layoqatli bo‘lsa, tasdiqlanishi mumkin.

Agar guruhning barcha ixtirolari patentga layoqatli emasligi aniqlangan holda talabnoma beruvchiga bu haqida ma’lum qilinadi va keltirilgan dalillar haqida o‘z fikrini bildirish, hamda zarur holda patentga layoqatli bo‘lmagan ixtirolar ta’riflangan bandlarni formuladan chiqarib tashlash yoki bu bandlarni tuzatilgan holda taqdim etish taklif etiladi.

235. Agar yuqorida keltirilgan hollarda talabnoma beruvchi tomonidan ixtironing o‘zgartirilgan formulasi taqdim etilgan bo‘lsa, talabnomani ko‘rib chiqishni davom ettirish ushbu formulada ta’riflangan ixtiroga (ixtirolarga) nisbatan ushbu Qoidalarning 186-201-bandlariga muvofiq o‘tkaziladi.

Talabnoma beruvchi ekspertiza xulosasini rad etuvchi dalillarni yoki o‘zgartirilgan formulani keltirmasdan avvalgi formula bilan patent berishni talab qilgan holda talabnomani ko‘rib chiqish davom ettirilmaydi va patent berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.

21-§. Talabnoma mohiyati bo‘yicha ekspertiza o‘tkazishda qo‘shimcha

materiallarni so‘rab olish

236. Qonunning 20-moddasiga ko‘ra talabnoma beruvchiga qo‘shimcha materiallarni, shu jumladan ixtironing o‘zgartirilgan formulasi so‘ralgan so‘rovnoma, bunday materiallarsiz ixtiroga talab­noma ekspertizasini o‘tkazish mumkin bo‘lmagan holda yuboriladi.

So‘rovnoma yuborish uchun quyidagilar asos bo‘lishi mumkin:

patent bojining to‘g‘ri to‘langanligi bilan bog‘liq savollarni aniqlash zaruriyati;

ixtiro formulasini ushbu Qoidalarning 21-§iga muvofiq tekshirish natijalari bo‘yicha aniqlash zaruriyati;

talabnoma berilgan ixtironing patentga layoqatliligini ushbu Qoidalarning 20-§iga muvofiq tekshirish bilan bog‘liq savollarni hal qilish zaruriyati;

talabnoma berilgan ixtironing patentga layoqatliligini tekshirish natijalari bo‘yicha ixtiro formulasiga aniqliklar kiritish zaruriyati;

bir xil ustuvorlik sanasiga ega bo‘lgan aynan o‘xshash sanoat mulki obyektlariga talabnomalarni ko‘rib chiqish bilan bog‘liq savollarni hal qilish zaruriyati.

Talabnomani ko‘rib chiqishda yuzaga keladigan boshqa turdagi savollar, masalan, ustuvorlikni belgilash, ixtironing muhim belgisi ta’rifini aniqlashtirish bilan va hokazolar bog‘liq savollar, va shuningdek taklif va mulohazalar yuqoridagi asoslarga ko‘ra yuboriladigan so‘rovnomaga kiritilishi mumkin.

So‘rovnoma yuborish uchun yuqorida ko‘rsatilgan asoslar mavjud bo‘lmagan holda talabnoma beruvchiga paydo bo‘lgan taklif va mulohazalar haqida bildirishnoma yuboriladi.

Page 46: Ixtiroga O‘Zbekiston Respublikasi Patentini Berish … konvensiyasi – Sanoat mulkini muhofaza qilish bo‘yicha Parij konvensiyasining O‘zbekiston Respublikasi uchun amaldagi

Ushbu Qoidalarning 200-201-bandlariga muvofiq ko‘rib chiqilgan ixtironing (ixtirolarnng) patentga layoqatliligi aniqlangan holda, bu haqida yuborilgan so‘rovnomada talabnoma beruvchiga ma’lum qilinadi va undan patentga layoqatliligi baholanmagan ixtironing (ixtirolarning) ta’rifini chiqarib tashlash yo‘li bilan, yoki bunday ixtironing (ixtirolarning har birini) tegishli patent bojini to‘lab mustaqil bandga ajratish yo‘li bilan formulani tuzatish taklif etiladi. Bu holda, talabnoma beruvchi belgilangan muddatda so‘ralgan materiallarni yoki ko‘rsatilgan muddatni uzaytirish haqidagi iltimosnomani taqdim etmasa, talabnoma Qonunning 20-moddasiga muvofiq chaqirib olingan deb hisoblanadi.

237. Ekspertizaning so‘rovnomada yoki xatda keltiriladigan fikr va mulohazalari ilmiy-texnik yoki huquqiy xarakterdagi isbot-dalillar bilan asoslanadi. Zarur hollarda ilmiy-texnik adabiyotlarga, Qonun, Qoidalar va boshqa me’yoriy hujjatlarning moddalariga izohlar beriladi.

238. Talabnoma beruvchi formulaga patentga layoqatli emasligi haqida xulosa chiqarilgan ixti­roni, aynanlashtirilmagan yoki talabnomaning dastlabki materiallarida bo‘lmagan belgilarni yohud ta’rifi axborot manbaiga izoh bilan almashtirilgan belgini kiritishni yoki talabnoma topshirilgandan keyin taklif etilgan va 201-bandga muvofiq e’tiborga olinmagan yangi mustaqil bandni kiritishni talab qilgan holda talabnoma beruvchiga ko‘rsatilgan belgilarni ichiga olmagan formulani va/yoki bandni taqdim etish taklif qilingan so‘rovnoma yuboriladi, talabnoma beruvchiga, shuningdek, belgilangan muddatda so‘ralgan materiallar yoki ularni taqdim etish muddatini uzaytirish haqidagi iltimonoma berilmasa, talabnoma chaqirib olingan deb hisoblanadi.

239. So‘rovnomada axborot manbai keltirilgan holda shu manbani topish uchun zarur bo‘lgan barcha bibliografiya ma’lumotlari, va shuningdek talbnomani ko‘rib chiqishda e’tiborga olingan ma’lu­motlarni ushbu manbadan topish uchun kerak bo‘ladigan boshqa ma’lumotlar (betlari, xatboshisi, gra­fik tasvirlarning figura raqami va h.k.) ko‘rsatilishi lozim.

240. So‘rovnoma yuborish uchun talabnoma berilgan ixtironi patentga layoqatlilikka tekshirish natijalari bo‘yicha ixtiro formulasini aniqlashtirish zaruriyati asos bo‘lgan holda tavsif va /yoki chizmalarni tuzatishlar kiritish zarur bo‘lsa tuzatilgan tavsif va /yoki chizmalarni (yoki almashtiradigan varaqlarni) ham taqdim etish taklif qilinishi mumkin.

Tavsif va/yoki chizmalarda kamchiliklar, shu jumladan ekspertiza tomonidan avval ko‘rsatilgan, lekin tuzatilmagan kamchiliklar mavjud bo‘lgan holda ham shunday taklif qilinishi mumkin.

Yuqorida ko‘rsatilgan xabarlarda talabnoma materiallarini tuzatishga oid to‘liq tushuntirishlar keltiriladi.

241. O‘zgartirilgan formula (talabnoma beruvchining tashabbusiga yoki ekspertiza taklifiga ko‘ra) bilan patent berish to‘g‘risidagi qaror tayyorlangan holda, formulani o‘zgartirish tavsifga ham tuzatishlar kiritishni taqozo etsa, va shuningdek tavsif va/yoki chizmalarda kamchiliklar, shu jumladan ekspertiza tomonidan avval ko‘rsatilgan, lekin tuzatilmagan kamchiliklar mavjud bo‘lgan holda ham aniqliklar kiritilgan tavsif va/yoki chizmalarni (o‘rnini bosuvchi varaqlarni) ham shunday taklif jo‘natilgan sanadan e’tiboran uch oy ichida taqdim etish taklif qilinishi mumkin.

242. So‘ralgan materiallar yoki belgilangan muddatni uzaytirish haqidagi iltimosnoma belgi­langan muddatda taqdim etilmasa talabnoma chaqirib olingan hisoblanadi.

243. Agar talabnoma beruvchi tomonidan taqdim etilgan javobda barcha so‘ralgan ma’lumotlar yoki hujjatlar taqdim etilmagan bo‘lsa, yetishmagan va tuzatilgan materiallarni taqdim etish haqidagi so‘rovnoma talabnoma beruvchiga talabnoma uning hujjatlaridagi kamchiliklarni yo‘qotish uchun necha marta zarur bo‘lsa, shuncha marta yuborilishi mumkin.

22-§. Qo‘shimcha materiallarni tekshirish

244. Talabnoma beruvchining tashabbusiga ko‘ra talabnoma rasmiy ekspertizasini muddatidan oldin boshlash haqidagi iltimosnoma berilgandan so‘ng yoki bunday iltimosnoma berilmagan bo‘lsa,

Page 47: Ixtiroga O‘Zbekiston Respublikasi Patentini Berish … konvensiyasi – Sanoat mulkini muhofaza qilish bo‘yicha Parij konvensiyasining O‘zbekiston Respublikasi uchun amaldagi

talabnoma kelib tushgan sanadan ikki oy o‘tgandan keyin talabnoma hujjatlariga tuzatishlar yoki aniqliklar kiritadigan (ya’ni ularning tarkibiga kiritilishi lozim bo‘lgan) qo‘shimcha materiallar kelib tushgan taqdirda, ular bilan birga belgilangan miqdorda patent boji to‘langanini tasdiqlaydigan hujjat ham taqdim etilganligini tekshirish lozim. Qo‘shimcha materiallar bilan birga bunday hujjat taqdim etilmagan holda, ular talabnomani ko‘rib chiqishda e’tiborga olinmaydi va bu haqida talabnoma beruvchiga xabar beriladi.

245. Talabnoma hujjatlaridagi o‘zgartirishlar talabnoma beruvchining tashabbusiga ko‘ra kiri­tilgan o‘zgartirishlarga oidligi masalasini hal qilishda quyidagilarni e’tiborga olish kerak:

agar talabnoma hujjatlariga kiritilgan o‘zgartirishlar ularni tayyorlashda yo‘l qo‘yilgan kam­chiliklarni yo‘qotishga qaratilgan bo‘lib, talabnoma beruvchi tomonidan ekspertizaning yozma ravishda berilgan xabari, shu jumladan so‘rovnomasini olgandan so‘ng, va shuningdek bunday xabarni olmasdan taqdim etilgan o‘zgartirishlar talabnoma beruvchining tashabbusiga ko‘ra kiritilgan deb hisoblanmaydi;

agar talabnoma beruvchi tomonidan talabnoma hujjatlariga kiritilgan o‘zgartirishlar eksper­tizaning yozma ravishda berilgan xabari, shu jumladan so‘rovnomasining mazmuni bilan bog‘liq bo‘lib, uni olgandan so‘ng taqdim etilgan bo‘lsa, o‘zgartirishlar talabnoma beruvchining tashabbusiga ko‘ra kiritilgan deb hisoblanmaydi.

Talabnoma beruvchi tomonidan ekspertizaning yozma ravishda berilgan xabari, shu jumladan so‘rovnomasini olgandan so‘ng, va shuningdek bunday xabarni olmasdan taqdim etilgan barcha boshqa o‘zgartirishlar talabnoma beruvchining tashabbusiga ko‘ra kiritilgan deb hisoblanadi.

246. Qo‘shimcha materiallar tarkibida ixtironing o‘zgartirilgan formulasi bo‘lgan holda ular formulani ixtironing dastlabki formulada mustaqil band sifatida ajratib ko‘rsatilmagan bir yoki bir necha mustaqil bandlarni kiritishi yo‘li bilan o‘zgartirishni ko‘zda tutishi va qo‘shimcha materiallar bilan birga tegishli patent boji to‘langanini tasdiqlaydigan hujjat muddatlarga rioya qilingan holda taqdim etilganligi aniqlanadi.

247. Talabnoma beruvchi tomonidan Patent idorasining so‘rovnomasiga ko‘ra taqdim etilgan qo‘shimcha materiallar bo‘yicha ularni taqdim etish muddatlariga rioya qilinganligi tekshiriladi.

Talabnoma beruvchi tomonidan talabnomaga qarshi qo‘yilgan materiallar nusxasi so‘ralgan hol­da, agar ular ekspertiza so‘rovnomasi olingan sanadan e’tiboran bir oy ichida so‘ralgan bo‘lsa, qo‘shimcha materiallar ko‘rsatilgan nusxalar talabnoma beruvchiga jo‘natilgan sanadan e’tiboran uch oy ichida taqdim etilishi mumkin.

248. Talabnoma beruvchining tashabbusiga ko‘ra yoki Patent idorasining so‘rovnomasiga ko‘ra taqdim etilgan va ko‘rib chiqishga qabul qilingan qo‘shimcha materiallar kelib tushganda, ular talabnoma berilgan ixtiro mohiyatini o‘zgartirmasligi tekshiriladi. Agar tarkibida talabnomaning dastlabki materiallarida bo‘lmagan va formulaga kiritish talab etilgan belgilar bo‘lgan qo‘shimcha materiallar talabnoma berilgan ixtiro mohiyatini o‘zgartiradi deb e’tirof etiladi.

Belgilarni ixtiro formulasiga faqat talabnoma beruvchi tomonidan taqdim etilgan aniqlik kiritilgan formula tarkibida bo‘lgan holda emas balki talabnoma beruvchi ularni formulaga kiritishni so‘ragan holda ham kiritish lozim deb hisoblanadi.

Qo‘shimcha materiallarda keltirilgan va formulaga kiritilishi lozim bo‘lgan belgilar, agar patent berish uchun ariza, ixtiro tavsifi, formulasi va chizmalar Patent idorasiga kelib tushgan sanada formulada yoki tavsifda ochib berilmagan bo‘lsa, talabnomaning dastlabki materiallarida bo‘lmagan deb e’tirof etiladi.

Agar talabnomaning dastlabki materiallarida ixtiro belgisi bajarilishining xususiy hollari ochilmagan holda umumiy tushuncha bilan berilgan bo‘lsa, formulaga kiritilishi lozim bo‘lgan belgi jumlasidan deb hisoblangan bunday xususiy holni qo‘shimcha materiallarda taqdim etilishi talabnoma berilgan ixtironing mohiyatini o‘zgartiradi deb e’tirof etish uchun asos bo‘ladi.

Page 48: Ixtiroga O‘Zbekiston Respublikasi Patentini Berish … konvensiyasi – Sanoat mulkini muhofaza qilish bo‘yicha Parij konvensiyasining O‘zbekiston Respublikasi uchun amaldagi

Tavsifda texnika darajasiga, shu jumladan eng yaqin analogga nisbatan keltirilgan belgilar talabnoma berilgan ixtironing talabnomaning dastlabki materiallari tarkibida bo‘lgan belgilari jumlasiga kirmaydi.

Talabnoma ixtirolar guruhiga oid bo‘lgan holda, tavsifda guruhning biron-bir ixtirosiga tegishli deb ko‘rsatilgan belgilar guruhdagi ayni shu ixtironing talabnomaning dastlabki materiallari tarkibida bo‘lgan belgilari deb hisoblanadi.

Biri ikkinchisida foydalanish uchun mo‘ljallangan ixtirolar guruhi bundan mustasno. Bu holda boshqasida foydalanish uchun mo‘ljallangan bir ixtironing talabnomaning dastlabki materiallari tarkibida bo‘lgan belgilari ikkinchi ixtironing ham belgilari deb hisoblanadi.

Agar talabnoma berilgan ixtiro ma’lum bo‘lgan qurilma, usul, modda yoki shtammni qo‘llashga oid bo‘lsa, obyekning talabnomaning birinchi materiallarida ko‘rsatilganidan boshqa vazifasi yoki ma’lum obektni ta’riflash uchun foydalaniladigan boshqa belgilari ko‘rsatilgan qo‘shimcha materiallar ixtironing mohiyatini o‘zgartiradi deb e’tirof etiladi.

249. Talabnoma berilgan ixtiro haqidagi formulaga kiritilishi lozim bo‘lgan belgilar jumlasiga kirmagan va talabnomaning dastlabki materiallari tarkibida bo‘lmagan ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan qo‘shimcha materiallar ixtironing mohiyatini o‘zgartiradi deb hisoblanmaydi. Bunday ma’lumotlarga, xususan, ixtironi amalga oshirish sharoitlari haqidagi yangi (qo‘shimcha) ma’lumotlar, ixtironi amalga oshirishdagi misollar, qo‘shimcha texnikaviy natija olish imkoniyatini ko‘rsatish, aniqliklar kiritilgan grafik materiallar va h.k. kiritilishi mumkin.

Talabnomaning dastlabki materiallari tarkibida bo‘lmagan formulaga kiritilishi lozim bo‘lgan belgilar jumlasiga kirgan ma’lumotlar bilan bir qatorda talabnomani ko‘rib chiqish uchun zarur bo‘lgan boshqa ma’lumotlarni ichiga olgan qo‘shimcha materiallar faqat ko‘rsatilgan belgilarga tegishli qismida mohiyatni o‘zgartiradi deb e’tirof etiladi.

Boshqa ma’lumotlar ekspertiza o‘tkazishda e’tiborga olinadi.

250. Qo‘shimcha materiallar talabnoma berilgan ixtironing mohiyatini o‘zgartiradi deb e’tirof etilgan holda talabnoma beruvchiga (ekspertizaning unga yuborilgan navbatdagi hujjatida) bunday xulosaga kelish uchun qo‘shimcha materiallarga kiritilgan ma’lumotlarning qaysilari asos bo‘lganligi haqida ma’lum qilinadi.

Bu holda talabnomani keyingi ko‘rib chiqish qo‘shimcha materiallarda berilgan ixtiro formulasiga nisbatan, lekin talabnoma topshirilgan sanadagi ixtiro tavsifida, va shuningdek, agar talabnoma topshirilgan sanada tarkibida bo‘lgan bo‘lsa, formulada ochib berilmagan belgilarni hisobga olmagan holda davom ettiriladi.

251. Talabnoma beruvchi tomonidan qo‘shimcha materiallarda taqdim etilgan ixtironing o‘zgar­tirilgan formulasini tekshirishda o‘zgartirishlar talabnoma berilgan ixtiroga tegishliligi aniqlanadi.

Agar talabnomani topshirish uchun to‘langan patent boji formuladagi bandlar soniga muvofiq bo‘lsa, dastlabki formula tegishli bo‘lgan ixtirolar, patent boji kam to‘langan holda esa, ko‘rib chiqishga qabul qilingan talabnomaga tegishli ixtirolar talabnoma berilgan ixtirolar deb hisoblanadi.

Ixtironing vazifasini ifodalaydigan dastlabki umumiy tushunchani formuladagi boshqa o‘zgartirish bilan almashtirilganda, agar ko‘rsatilgan tushunchalar bir xil ma’noli bo‘lib, bir-biriga bog‘liq yoki o‘xshash bo‘lsa ya’ni ularning hajmlari to‘liq yoki qisman mos tushsa, talabnoma berilgan ixtiroga tegishli deb e’tirof etiladi.

Ixtiro formulasiga talabnoma berilgan ixtiroga tegishli bo‘lmagan mustaqil bandlarni kiritishni ko‘zda tutadigan o‘zgartirishlar e’tiborga olinmaydi va bu haqida talabnoma beruvchiga xabar beriladi.

Ixtiro formulasini o‘zgartirilishi, shuningdek quyidagi hollarda talabnoma berilgan ixtiroga tegishli deb hisoblanadi:

Page 49: Ixtiroga O‘Zbekiston Respublikasi Patentini Berish … konvensiyasi – Sanoat mulkini muhofaza qilish bo‘yicha Parij konvensiyasining O‘zbekiston Respublikasi uchun amaldagi

ixtiro sifatida talabnoma berilgan obyektning turi (qurilma, usul, modda) o‘zgartirilganda, agar yangi ko‘rsatilgan turi dastlabkisiga qaraganda ixtironing dastlabki formulasidagi belgilar ta’rifiga qo‘proq darajada mosroq bo‘lsa;

birinchi talabnoma berilgan ixtiro obyekti “yangi vazifada qo‘llash” ni ko‘rsatilgan yangi vazi­fadagi obyekt bilan almashtirilganda, agar ma’lumotlari ustuvorlik sanasigacha ommaga ma’lum bo‘lmagan obyektga talabnoma berilgan bo‘lsa;

birinchi talabnoma berilgan ixtiro obyektini “yangi vazifada qo‘llash” ixtiro obyektiga almashtirilganda, agar ustuvorlik sanasigacha ommaga ma’lum bo‘lgan ma’lumotlardan talabnoma berilgan obyektdan faqat vazifasi bilan farqlanuvchi vosita ma’lumligi aniqlangan bo‘lsa.

252. Qo‘shimcha materiallar talabnoma berilgan ixtironing mohiyatini o‘zgartiradi deb e’tirof etilgan holda talabnoma beruvchiga (ekspertizaning unga yuborilgan navbatdagi hujjatida) bunday xulosaga kelish uchun qo‘shimcha materiallarga kiritilgan ma’lumotlarning qaysilari asos bo‘lganligi haqida ma’lum qilinadi.

Talabnoma berilgan ixtiroga tegishli bo‘lmagan ixtiro formulasidagi o‘zgartirishlar e’tiborga olinmaydi va bu haqida talabnoma beruvchiga xabar beriladi.

23-§. Talabnomani o‘zgartirish

253. Qonunning 19-moddasiga muvofiq ixtiroga talabnoma foydali modelga patent berish uchun talabnomaga o‘zgartirilishi mumkin.

Bunday o‘zgartirish haqidagi ariza kelib tushganda uning to‘g‘ri rasmiylashtirilganligi, patent berish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingunga qadar taqdim etilganligi va ariza bilan birga belgilangan miqdorda tegishli patent boji to‘langanini tasdiqlaydigan hujjat mavjudligi tekshiriladi.

254. Ariza belgilangan talablarga rioya qilinmagan holda rasmiylashtirilgan bo‘lsa, talabnoma beruvchiga bu haqida ma’lum qilinadi.

255. Ariza bilan birga belgilangan miqdorda tegishli patent boji to‘langanini tasdiqlaydigan hujjat taqdim etilmagan holda yuridik ahamiyatga molik harakatlar amalga oshirilmaydi va talabnoma beruvchiga xabar beriladi.

256. O‘zgartirish amalga oshirilmagan talabnoma ixtiroga talabnomaligicha qoladi va unga nis­batan keyinchalik ushbu Qoidalar qo‘llaniladi.

257. Agar ariza belgilangan talablarga rioya qilingan holda rasmiylashtirilgan bo‘lib, u bilan birga belgilangan miqdorda tegishli patent boji to‘langanini tasdiqlaydigan hujjat taqdim etilgan bo‘lsa, talabnoma beruvchiga talabnomani o‘zgartirish amalga oshirilganligi haqida bildirishnoma yuboriladi, unda shuningdek keyingi ko‘rib chiqish belgilangan tartibda olib borilishi ma’lum qilinadi.

Ariza patent berish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingandan keyin kelib tushgan holda, talabnoma beruvchiga talabnomani o‘zgartirib bo‘lmasligi haqida xabar qilinadi.

258. Talabnomani o‘zgartirish haqidagi ariza topshirilgan sanagacha talabnoma beruvchi tomonidan ixtiroga talabnoma bo‘yicha tuzatishlar yoki aniqliklar kiritish uchun qo‘shimcha materiallar yohud ixtironing o‘zgartirilgan formulasi taqdim etilgan bo‘lsa, bu materiallarni ushbu Qoidalarga muvofiq tekshiriladi va tekshirish natijalari haqida talabnoma beruvchiga talabnomani o‘zgartirish haqidagi arizani ko‘rib chiqish natijalari haqidagi bildirishnomada ma’lum qilinadi.

259. Chaqirib olingan yoki chaqirib olingan deb hisoblangan talabnomalar bo‘yicha talabnomani o‘zgartirish o‘tkazilmaydi.

Page 50: Ixtiroga O‘Zbekiston Respublikasi Patentini Berish … konvensiyasi – Sanoat mulkini muhofaza qilish bo‘yicha Parij konvensiyasining O‘zbekiston Respublikasi uchun amaldagi

260. Agar talabnomani o‘zgartirish haqidagi ariza Qonunning 20-moddasi uchinchi qismiga ko‘ra chaqirib olingan deb hisoblangan talabnoma bo‘yicha kelib tushgan bo‘lsa, va ariza bilan birga o‘tkazib yuborilgan muddatni tiklash to‘g‘risidagi iltimosnoma taqdim etilgan bo‘lsa, iltimosnoma ushbu Qoidalarning 11-§iga muvofiq ko‘rib chiqiladi. Muddatni tiklash imkoniyati borligi aniqlangan holda, talabnoma beruvchi bu haqida va talabnomani o‘zgartirish o‘tkazilganligi haqida xabardor qilinadi.

261. Talabnoma o‘zgartirilganligi haqidagi bildirishnoma jo‘natilgunga qadar talabnoma beruvchidan uning arizasini topshirilmagan deb hisoblash haqidagi iltimos (talabnomani o‘zgartirish haqidagi arizani chaqirib olish) kelib tushgan taqdirda o‘zgartirish o‘tkazilmagan deb hisoblanadi, talabnomani o‘zgartirish uchun to‘langan patent boji qaytarilishi yoki belgilangan tartibda hisobga olinishi mumkin.

Ixtiroga talabnomani foydali modelga patent berish uchun talabnomaga o‘zgartirilganligi haqidagi bildirishnoma jo‘natilgandan keyin uning arizasini topshirilmagan deb hisoblash haqida talabnoma beruvchidan kelib tushgan iltimos talabnomani yana qayta o‘zgartirish va to‘langan patent boji qaytarilishi uchun asos bo‘la olmaydi.

262. Ixtiroga talabnomani o‘zgartirish natijasi bo‘lgan ixtiroga talabnoma ushbu Qoidalarning 16-§iga muvofiq ko‘rib chiqiladi.

Ixtiroga talabnoma bo‘yicha uni ixtiroga talabnomaga o‘zgartirish haqidagi ariza topshirilgan sanagacha takdim etilgan qo‘shimcha materiallar ixtiroga talabnoma ekspertizasini o‘tkazishda ularni tekshirish natijalarini e’tiborga olish bilan hisobga olinadi.

24-§. Patent berish to‘g‘risidagi qaror

263. Talabnoma beruvchi tomonidan taklif etilgan formula bilan ifodalangan talabnoma berilgan ixtiro (agar ixtirolar guruhiga talabnoma berilgan bo‘lsa, guruhdagi har bir ixtiro) hamma patentga layoqatlilik shartlariga muvofiqligii aniqlangan holda, talabnoma beruvchiga shu formula bilan ixtiroga patent berilishi mumkinligi haqida va ushbu bildirishnoma jo‘natilgan sanadan e’tiboran uch oy ichida ekspertiza xulosalariga nisbatan o‘z fikrini ma’lum qilish taklif etilgan bildirishnoma yuboriladi.

Agar tavsif va chizmalarda kamchiliklar bo‘lib, avval talabnoma beruvchi ularni yo‘qotish haqida ogohlantirilmagan bo‘lsa, taklif jo‘natilgan sanadan e’tiboran uch oy ichida aniqliklar kiritilgan tavsif va/yoki chizmalarni takdim etish haqidagi taklif yuboriladi.

Bu holda, talabnoma beruvchiga bu muddat kamlik qilsa, u ushbu muddat o‘tgunga qadar patent bojini to‘lash sharti bilan boshqa, mobaynida aniqliklar kiritilgan tavsif va/yoki chizmalarni tak­dim etadigan, muddat haqidagi taklif jo‘natilgan sanadan e’tiboran olti oydan oshmagan muddat haqida ma’lum qilishi mumkinligi xabar qilinadi.

Talabnoma beruvchi, shuningdek agar eslatib o‘tilgan uch oylik muddat ichida aniqlik kiritilgan tavsifni yoki ko‘rsatib o‘tilgan mazmundagi xabarni taqdim etmasa, bunday xabar kelgan holda esa, aniqlik kiritilgan tavsifni ushbu xabarda ko‘rsatilgan muddatda taqdim etmasa, talabnoma bo‘yicha ushbu so‘rovnomada bayon qilingan ixtiro formulasi bilan qaror qabul qilinishi va nashr etishda birinchi berilgan ixtiro tavsifidan foydalaniladi.

264. Talabnoma beruvchidan ekspertizaning fikriga nisbatan roziligi kelib tushganda unga ix­tiroga so‘rovnomada ko‘rsatilgan formula bilan patent berish to‘g‘risidagi qaror yuboriladi.

Agar talabnoma berilgan formula ixtiro mohiyatini ifodalasa va tavsifga to‘liq asoslangan bo‘lsa, lekin eng yaqin analogni (yoki umuman analogni) hisobga olmay to‘zilgan bo‘lsa yoki tarkibida talabnoma berilgan obyekt belgilari bilan bir qatorda boshqa obyekt belgilari bo‘lib, talabnoma beruvchi o‘zi tuzgan tahrirdagi formulani qoldirishni qattiq turib talab qilsa, patent berish to‘g‘risidagi qarorda talabnoma beruvchining tahriridagi formula keltiriladi.

Page 51: Ixtiroga O‘Zbekiston Respublikasi Patentini Berish … konvensiyasi – Sanoat mulkini muhofaza qilish bo‘yicha Parij konvensiyasining O‘zbekiston Respublikasi uchun amaldagi

Talabnoma beruvchi taklif qilgan tahrirdagi formula, shuningdek formuladagi belgilar standart bo‘lmagan yoki hamma qabul qilmagan atamalardan foydalangan holda ta’riflangan bo‘lsa (lekin bu ularni aynanlashtirishga to‘sqinlik qilmasa) va talabnoma beruvchi formulani tuzatishdan bosh tortgan bo‘lsa, va shuningdek agar, Qonunning 23-moddasi to‘rtinchi qismiga muvofiq ko‘rib chiqilgan barcha ixtirolarning patentga layoqatliligi aniqlangan holda ham keltiriladi.

Talabnoma beruvchi tomonidan taklif etilgan ixtiro formulasida orfografiyaga, tinish belgilariga oid va boshqa xatolar bo‘lgan taqdirda patent berish to‘g‘risidagi qarorni tayyorlashda formulaga tegishli tuzatishlar kiritiladi.

265. Belgilangan patent boji to‘langan taqdirda Patent idorasi Qonunning 24-moddasiga ko‘ra ixtironi Ixtirolar davlat reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazadi va Qonunning 25-moddasiga muvofiq ixtiro ro‘yxatdan o‘tkazilganligi xaqidagi ma’lumotlarni nashr qiladi.

25-§. Patent berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror

266. Talabnoma beruvchi tomonidan taklif etilgan formula bilan ifodalangan talabnoma berilgan ixtiro patentga layoqatlilikning hech bo‘lmaganda birorta shartiga (“sanoatda qo‘llash mumkinlik”, “yangilik”, “ixtirolik darajasi”) muvofiq emasligii aniqlangan holda talabnoma beruvchiga ixtiroga patent berilishi mumkin emasligi haqida, ushbu so‘rovnoma jo‘natilgan sanadan e’tiboran uch oy ichida ekspertiza xulosalariga nisbatan o‘z fikrini ma’lum qilish taklif etilgan so‘rovnoma yuboriladi.

Talabnoma beruvchiga, shuningdek agar, eslatib o‘tilgan uch oylik muddat ichida ko‘rsatib o‘tilgan mazmundagi xabarni taqdim etmasa, talabnoma chaqirib olingan deb hisoblanishi haqida xabar qilinadi.

267. Patent idorasi tomonidan o‘tkazib yuborilgan muddat tiklangan holda ish yuritish davom ettirilishi mumkin.

268. Talabnoma beruvchidan ekspertizaning fikriga nisbatan roziligi kelib tushganda patent berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror yuboriladi.

Patent berishni rad etish uchun sabab bo‘lgan holatlar bilan tanishgandan so‘ng talabnoma beruvchi tomonidan talabnoma berilgan ixtironing patentga layoqatliligi haqidagi dalillar taqdim etilgan bo‘lib, ammo ular ekspertiza xulosasini o‘zgartirmagan holda qarorda ko‘rsatib o‘tilgan dalillarning tahlili keltiriladi.

Agar qarorda axborot manbaiga izoh keltirilgan bo‘lsa, uning bibliografiya ma’lumotlarini ko‘rsatishda ushbu Qoidalarning 216-bandida ko‘rsatilgan shartlarga amal qilinishi lozim.

269. Agar bitta mustaqil band va bog‘liq bandlarga ega bo‘lgan ko‘p zvenoli formulada ta’rif­langan talabnoma berilgan ixtiro mustaqil bandga nisbatan patentga layoqatlilikning birorta shartiga muvofiq emasligii aniqlangan holda va talabnoma beruvchi formulaning ushbu bandni tuzatishdan bosh tortgan holda patent berishni rad etish to‘g‘risida qaror chiqariladi.

270. Agar talabnoma berilgan ixtirolar guruhining ko‘p zvenoli formulasida (uning turli mustaqil bandlarida yoki bittasida) ta’riflangan ixtirolardan biri yoki har xil alternativ belgilarni ichiga olgan belgilar majmui patentga layoqatlilikning shartlaridan biriga muvofiq emasligii aniqlangan bo‘lsa va talabnoma beruvchi formulani tuzatishdan yoki ushbu ixtiro ta’rifini formuladan chiqarib tashlashdan bosh tortgan holda ko‘rsatilgan belgilar majmuiga patent berishni rad etish to‘g‘risida qaror chiqariladi.

Bu holda qarorda patentga layoqatli deb xulosa olingan boshqa ixtironing (ixtirolarning) patentga layoqatliligi tasdiqlanadi.

271. Agar ko‘rilayotgan talabnoma bo‘yicha ixtironing patentga layoqatliligi aniqlangan bo‘lib, lekin unga aynan o‘xshash ixtiro yoki ixtiroga, xuddi shunday ustuvorlik sanasiga ega bo‘lgan va

Page 52: Ixtiroga O‘Zbekiston Respublikasi Patentini Berish … konvensiyasi – Sanoat mulkini muhofaza qilish bo‘yicha Parij konvensiyasining O‘zbekiston Respublikasi uchun amaldagi

chaqirib olinmagan yoki chaqirib olingan deb hisoblanmagan boshqa talabnoma bo‘lsa, ko‘rilayotgan talabnomaning talabnoma beruvchisiga bu haqida va uning talabnomasi bo‘yicha Qonunning 18-mod­dasi uchinchi qismida belgilangan shartlar bajarilgan holda patent berish mumkinligi haqida ma’lum qilinadi.

Boshqa talabnomaning talabnoma beruvchisi roziligi bo‘lgan holda, ko‘rilayotgan talabnomaning talabnoma beruvchisiga aynan o‘xshash ixtiro yoki ixtiroga talabnomaning bibliografiya ma’lumotlarini patent berish haqidagi ma’lumotlar chop etilgunga qadar ma’lum qilishga va uning mazmunini ochishga yo‘l qo‘yiladi.

Agar aynan o‘xshash ixtiroga yoki ixtiro va foydali modelga talabnoma bitta talabnoma beruvchi tomonidan topshirilgan bo‘lsa, unga yuborilgan bildirishnomada o‘zi ko‘rsatgan bitta talabnoma bo‘yicha patent berilishi mumkinligi ma’lum qilinadi

272. Ixtirolarning (yoki ixtiro va foydali modelning) aynan o‘xshashligi talabnoma beruvchi tomonidan belgilangan tartibda taqdim etilgan formulaning oxirgi tahririga asosan belgilanadi.

Ixtirolar (yoki ixtiro va foydali model), agar formuladagi mustaqil bandlarning mazmunlariga to‘liq mos tushsa, aynan o‘xshash deb e’tirof etiladi.