113

Click here to load reader

Jinoyatchi shaxsining verbal va noverbal psixodiagnostikasi va uni o

Embed Size (px)

Citation preview

Page 1: Jinoyatchi shaxsining verbal va noverbal psixodiagnostikasi va uni o

O‗ZBEKISTON RESPUBLIKASI ICHKI ISHLAR VAZIRLIGI

A K A D E M I YA

JINOYATCHI SHAXSINING VERBAL VA NOVERBAL PSIXODIAGNOSTIKASI

VA UNI O‗RGANISH METODIKASI

TOSHKENT – 2015

Page 2: Jinoyatchi shaxsining verbal va noverbal psixodiagnostikasi va uni o

O„zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi Tahririyat-noshirlik kengashida ma‟qullangan

Tuzuvch i -mual l i f l a r :

I. M. Xakimova, N. Z. Rasuleva

T a q r i z ch i l a r:

O‗zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi psixologiya va kasb etikasi kafedrasi boshlig‗ining o‗rinbosari, psixologiya fanlari nomzodi

B. N. Sirliyev;

Toshkent davlat pedagogika universiteti umumiy psixologiya kafedrasi mudiri psixologiya fanlari doktori, professor N. S. Safayev

X-16 Xakimova I. M., Rasuleva N. Z. Jinoyatchi shaxsining verbal va noverbal psixodiagnostikasi

va uni o‘rganish metodikasi: O‗quv-amaliy qo‗llanma. – T.: O‗zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2015. – 112 b.

Qo‗llanmada transportda xavf tug‗dirishi mumkin bo‗lgan yo‗lovchilarni aniqlashda

verbal va noverbal diagnostika qilishning psixologik usullari yoritiladi. Jinoyatchi psixologiyasiga oid zamonaviy bilimlar asosida profayling metodining strukturaviy diagnostikasi keltiriladi. Ushbu metodni qo‗llash samaradorligini oshirishga imkon beruvchi bir qator amaliy usullar batafsil bayon etiladi.

Yuridik oliy ta‘lim muassasalarining professor-o‗qituvchilari, tadqiqotchi-izlanuv-chilari, tinglovchi-talabalari hamda ichki ishlar organlarining amaliyotchi xodimlariga mo‗ljallangan.

BBK 88.4я73

O‗zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2015

Page 3: Jinoyatchi shaxsining verbal va noverbal psixodiagnostikasi va uni o

3

SO‘ZBOSHI Inson qiyofasi, uning o‗zini tutishi va yurish-turishiga qarab unga

baho berish masalasi doimo psixolog-olimlarni qiziqtirib kelgan. Chunki psixologlar inson ruhiyatini o‗rganib, uni har tomonlama tadqiq etadilar, ruhiyatdagi sog‗lom yoki nosog‗lom o‗zgarishlar ularning tadqiqot obyektidir. Shu munosabat bilan, jahonda jinoyatchilikning terrorchilik, giyohvandlik va odam savdosi bilan bog‗liq turlari tobora ildiz otayotgan hozirgi murakkab sharoitda, mamlakatimizda unga qarshi kurash olib borish uchun huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining nafaqat jismoniy, yuridik va taktik, balki puxta psixologik bilimlar bilan ham qurollanishi davr taqozosiga aylanmoqda.

Kishi yuz qiyofasining tuzilishi muayyan darajada uning xarakter-xususiyatlari bilan ham bog‗liq bo‗lib, uning botiniy xislatlari yoki aksincha, kamchiliklari, qilmishini aniqlash, o‗rganishga imkon beradi. Ayniqsa, jinoyatchi shaxsini verbal va noverbal psixodiagnostika qilish masalasi hozirgi kunda ichki ishlar organlari turli xizmatlari xodimlari uchun o‗rganish zarur bo‗lgan fan tarmog‗i yo‗nalishlaridan biri hisoblanadi.

Qo‗llanmada jinoyatchi shaxslarni verbal va noverbal diagnostika qilish, ya‘ni ularning ovozi, tashqi imo-ishorali harakatlari va xulq-atvoriga qarab rost yoki yolg‗on so‗zlayotganligini vizual aniqlash orqali niyat-maqsadlarini bilib olish, profayling metodi hamda u bilan bog‗liq masalalar, shuningdek, inson tashqi a‘zolarining o‗zgarishi natijasida uning xarakter-xususiyatlarini anglash, samarali muloqot o‗rnatish usullari orqali insonning ichki dunyosini bilish haqida tushuncha va ma‘lumotlar beriladi. Bundan tashqari, kitobning keng va boy mazmunga ega bo‗lgan ilovalar qismidan profayling sxemasi, ma‘lumot olishning noverbal kalitlarini o‗rganish praktikumi, ma‘lumot olishning ko‗z kalitlarini aniqlash treningi, o‗rgatuvchi psixologik o‗yinlar, kuzatuvchanlik, mimika va imo-ishoralarni o‗qish bo‗yicha testlar, xotirani rivojlantirish mashqlari joy olgan.

Page 4: Jinoyatchi shaxsining verbal va noverbal psixodiagnostikasi va uni o

4

I bob. JINOYATCHI SHAXSINI NOVERBAL PSIXODIAGNOSTIKA QILISH XUSUSIYATLARI

Hozirgi kunda huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarini verbal va noverbal psixodiagnostika yo‗nalishida tayyorlash nafaqat terrorchilik harakatlarini sodir etishga qodir odamlar psixologiyasini bilishni, balki juda ko‗plab odamlar orasidan bunday jinoyatni sodir etishga tayyorgarlik ko‗rayotgan shaxsning tashqi alomatlari va xulqidagi xususiyatlariga qarab aniqlash imkonini beruvchi bilimlarni ham o‗z ichiga olishi lozim. Terrorchining psixologik xususiyatlari bo‗yicha uning umumiy, ko‗pincha alohida ahamiyatga ega jihatlari borligiga qaramay, oddiy jinoyatchiga tenglashtirish mumkin emasligi ko‗p jihatdan uni tashqi ko‗rinishidan aniqlashni (noverbal diagnostikani) qiyinlashtiradi, ayrim hollarda esa bunga imkon bermaydi. Bu o‗rinda avvalo, ―parda ortida‖ qoladigan ter-rorchilik harakatlarining rahbarlari va tashkilotchilari, g‗oyaviy ilhomchi-lari haqida so‗z yuritiladi.

Terrorchining shaxsi, oddiy inson shaxsi kabi, barcha insonlar ruhiyatidagi xos jihatlar singari, tashqi muhit bilan faol o‗zaro ta‘sir jarayonida shakllanadi va ochiladi. Individ jamiyatda hosil qilingan tajribani – hayot qoidalari va qadriyatlari, insonning umumiy intilishi, boshqalarga, o‗ziga, jamiyatga munosabatlari haqidagi tasavvurlar tizimi va shu kabilarni o‗zlashtirish orqali shakllanadi va namoyon bo‗ladi. Turli zamonlar va turli madaniyatlarda bu tizimlar o‗zaro farq qiladi, ammo bundan ularning mazmuni o‗zgarib qolmaydi.

Agar ekstremizmga terrorizmning ashaddiy ko‗rinishi sifatida qarala-digan bo‗lsa, etnodiniy terrorchilar, bir qarashda o‗zimizga o‗xshash odamlar bo‗lib ko‗rinsa-da, ularning shaxsi mutlaqo boshqa yo‗nalishda ekanligi, ya‘ni ularning dunyoqarashini ifodalovchi boshqa manfaat, mayl, e‘tiqodlar (jumladan, g‗oyaviy e‘tiqodlar), boshqa ideallarga ega ekanligi ma‘lum bo‗ladi. Harakatlarining to‗g‗riligiga ishonch ularda o‗z qilmishi-ga nisbatan aybdorlik hissining mutlaqo yo‗qligida ifodalanadi va bu holat bunday tipdagi terrorchilar noverbal diagnostikasini qiyinlashtiradi.

Terrorizm psixologiyada faoliyatning alohida turi sifatida e‘tirof etilgan. Terrorchi o‗zining har bir harakatida g‗oyaviy tayanch, o‗zini oqlashga omil izlaydi. Bu bilan u oddiy bosqinchi – qotildan farq qiladi. Terrorchilarning ideali o‗z faoliyatini imkon qadar shaxsdan ustun turadigan qilib tasavvur etishdir. Shunga qaramay, terrorchilik harakat-larini odamlar – shaxslar amalga oshiradilar. Butun tahlilni murak-kablashtiradigan paradoks ana shundadir.

Page 5: Jinoyatchi shaxsining verbal va noverbal psixodiagnostikasi va uni o

5

Mamlakatimiz va xorijda nashr etilgan adabiyotlarda ko‗p marta terrorchining psixologik portretini tuzishga, insonning terrorchilik faoliyati yo‗liga kirishi bosqichlarini aniqlashga, bu faoliyatga yollanuvchilar sifatida jalb etiladigan shaxslar doirasini aniqlashga urinishlar bo‗lgan. Ushbu murakkab yaxlitlik o‗rganilgach terrorchi psixologiyasidagi hamma narsa anglab yetiladi va unga qarshi kurash muammosi ishonchli ilmiy asosga ega bo‗ladi, deb hisoblangan. Biroq aynan shu narsa o‗ta murakkab, osonlikcha hal qilib bo‗lmaydigan vazifa bo‗lib chiqdi.

Shunga qaramay, bu hol terrorchining psixologiyasini bilish terror-chilik faoliyatiga aloqador shaxslarni noverbal diagnostika qilish uchun asos bo‗la olmasligini bildirmaydi. Birinchidan, amaliyotda terrorchilik harakatlarini, mantiqan, ―bir martalik, sarflanadigan material‖ga tenglash-tiriladigan ijrochilar amalga oshiradilar. Bunday ijrochilarni tanlashda ko‗pincha keyinchalik ruhiy ishlov beriladigan oddiy yollashdan foyda-laniladi. Ikkinchidan, terrorchi, garchi kuchli motivlashtirilgan bo‗lsa-da, oddiy o‗lim keltiruvchi mashina emas, balki o‗ziga xos hissiy sohasiga ega tirik insondir. Fosh bo‗lishdan qo‗rqish ham, rejalashtirilgan harakati natijasini tasavvur qilishdan tuyadigan shodligi ham uni terrorchilik harakatini sodir etishga tayyorlanayotgan chog‗idagi hissiy holati bildirib qo‗yishi, bu bilan esa psixologik zo‗riqish holatidagi odamni noverbal diagnostika qilish uchun ―noverbal kalit‖ berishi mumkin.

Aynan yolg‗onni1 va yashirilayotgan holatlarni diagnostika qilish asosida yotadigan hissiy holat va undagi o‗zgarishlar diagnostikasi transport oqimlaridagi xavf tug‗dirishi mumkin bo‗lgan yo‗lovchilarni, jumladan terrorchilik harakatlari sodir etishga tayyorgarlik ko‗rayotgan terrorchilarni aniqlab berishi mumkin.

Avvalo, terrorchilik harakatlarini sodir etishga qodir shaxslar doirasini aniqlab olamiz. Ba‘zi tadqiqotchilarning fikricha, ularga ―siyosiy sohada o‗z o‗rnini topa olmagan, ammo hokimiyatga kuchli intilayotgan va qandaydir noqislik (noto‗liqlik) majmuiga ega bo‗lgan shaxslar kiradi. Ularga allaqachon qon to‗kkan va pul uchun terrorchilik tashkilotlarining har qanday buyurtmasini bajara oladigan bosqinchi unsurlar yaqin turadi. Shu o‗rinda hayot chetga surib qo‗ygan sobiq sportchilarni ham

1 ―Yolg'on‖, ―aldash‖, ―nosamimiylik‖ tushunchalariga bu o'rinda va keyinchalik matnda

umumiy semantik (mazmuniy) makon bo'lgan ―noto'g'ri gap‖ga taalluqli ma‘no jihatdan yaqin tushunchalar sifatida qaraladi. Bunda so'zdagi (verbal) xulqning gap ma‘nosiga kirish-kirmasligi, pirovard natijaning muvaffaqiyatli-muvaffaqiyatsizligi kabi belgilar bo'yicha o'zaro munosabati ko'rib chiqilmaydi. Yolg'on fenomeni axloq yoki ijtimoiy xulq normalari nuqtai nazaridan emas, balki faqat axborotni jinoiy yo'l bilan buzish imkoniyati sifatidagina ko'rib chiqiladi.

Page 6: Jinoyatchi shaxsining verbal va noverbal psixodiagnostikasi va uni o

6

unutmaslik lozim. Garchi ularni terrorchilik harakatlariga jalb etilishi ehtimoli kamroq bo‗lsa-da, turli xil marginallar, ajralganlar va jamiyat sarqitlari ham terrorchilik bilan shug‗ullanish istagiga ega bo‗ladilar.

Terrorchi kadrlarni to‗ldirishning muhim manbaini turli mojaroli hududlarda bo‗lgan, goh bir tomonda, goh boshqa tomonda turib kurashgan yollanma qotillar ham tashkil qiladi. Ularning psixologiyasida bir narsa, ya‘ni kim ko‗proq pul to‗lashi muhim. Ko‗pincha ularni oddiygina ―o‗ldirishga qiziqishi‖, ―odamlar ustidan hukmronlikni his qilish‖, ―o‗zining boshqalardan ustunligini ko‗rsatib qo‗yish‖ hissiyotlari ularni bunday ishga undaydi. O‗zlarini boshqalardan ustun sezish kompleksini o‗ziga singdirib olgan turli ruhiy buzilishlarga moyil shaxslarni ham unutmaslik lozim‖.

Bundan tashqari, jinoyatchilar terrorchilik harakatini sodir etish vaqtida va unga tayyorgarlik ko‗rish davrida odatda narkotik vositalar ta‘sirida bo‗ladilar.

Yuqoridagilardan ma‘lum bo‗ladiki, shaxsning jinoiy (kriminal) belgilarini noverbal diagnostika qilish, jinoyat sodir etishga tayyorgarlik ko‗rayotgan shaxs xulqiga xos jihatlarni bilish, narkotiklar iste‘mol qilganlik ehtimolini noverbal diagnostika qilish – bularning hammasi terrorchilik faoliyati bilan shug‗ullanadigan shaxslar diagnostikasining tarkibiy qismlaridir.

Shunday qilib, terrorchi shaxsining psixologiyasini, kuchli psixologik zo‗riqishga ega shaxsning hissiy holatini ko‗rsatuvchi noverbal kalitlarni bilish ichki ishlar organlari xodimlarining transportda terrorchilik xususiyatiga ega jinoyatlarning oldini olish borasidagi ishining samaradorligini ancha oshirish imkonini beradi.

Page 7: Jinoyatchi shaxsining verbal va noverbal psixodiagnostikasi va uni o

7

II bob. PROFAYLING VA NOVERBAL PSIXODIAGNOSTIKA

1-§. Profayling metodi, tushunchasi va tuzilishi

Profayling tushunchasidan (ing. Profile – qiyofa, obraz degan ma‘noni anglatadi) verbal va noverbal (nutqsiz), tashqi belgilar asosida jinoyatchi shaxsining obrazini yaratish metodi sifatida qo‗llaniladi. Profayling metodi zamonaviy yuridik psixologiyada ―transportda profayling‖ hamda ―kriminal profayling‖ tushunchalari bilan izohlanadi.

So‗nggi vaqtlarda, ayniqsa havo transportida, profayl-metod yoki profayling iborasi keng tarqaldi. Ushbu profayling metodi tajribasi Isroil, AQSH, Rossiya kabi davlatlarda bir necha yillardan beri takomillashib kelayapti.

Agar profayling (uchishdan oldingi ko‗zdan kechirish vaqtida) yo‗lovchilardan so‗rash va uni psixologik kuzatib borish sifatida ta‘riflana-digan bo‗lsa, bu metod ikkita bir-birini to‗ldiruvchi metoddan, ya‘ni psixologik kuzatish metodi va so‗rov (suhbat) metodidan tashkil topgan-ligi, aslida esa shaxs (ushbu holda – terrorchi shaxsi) psixodiagnostika-sining turi ekanligi ma‘lum bo‗ladi. Bu usulning huquqni muhofaza qilish faoliyatining ko‗plab yo‗nalishlarida, jumladan jamoat transportining amaldagi barcha turlarida xavfsizlikni ta‘minlash uchun foydalanishga imkon beruvchi universalligi ana shundadir.

Mazkur usuldan foydalanishda diagnostik taomillarning izchil sxemasi qo‗l keladi (bunda inson psixologik axborot manbai hisoblanadi) (1-rasm).

Psixologik axborotni uqish qobiliyati (mahorati) nafaqat kuzatuv-chanlik va diqqatni mashq qildirish hamda psixologik kuzatish bo‗yicha barqaror ko‗nikmalar hosil qilishni, balki kinestetika (tana tili haqidagi fan)ning asosiy qonunlarini tushunish, suhbat olib borish san‘atini egallash, transport obyekti hududida dastlabki ko‗rik yoki hujjatlarni tekshirish davomida yo‗lovchilarning xulqini samarali baholashga imkon beradigan taktik usullarni egallashni nazarda tutadi.

Profayl metodda axborotni jinoiy tarzda buzish (avvalo xabarlarni, ham verbal (so‗zdagi), ham noverbal (kinestetik) xabarlarning kongruent-ligini (muvofiqligini) baholash nuqtai nazaridan tavsiflanadi. Shunday qilib, profayling metodining asosiy maqsadi yo‗lovchilar xatti-harakat-larida nokongruentlik (nomuvofiqlik) yuzaga kelishining sabablarini muqarrar aniqlashdir. Buning sabablari har xil bo‗lishi mumkin: aynan shu

Page 8: Jinoyatchi shaxsining verbal va noverbal psixodiagnostikasi va uni o

8

transport turida harakatlanish zarurligidan qo‗rqish, bu hol insonning psixologik xususiyatlari bilan bog‗liqligi; o‗zini yomon his qilish; shaxsiy, ba‘zan fojiali kechinmalar va h.k. Biroq bunga shaxsning transport obyektida terrorchilik harakati sodir etishga tayyorgarlik ko‗rish va o‗tkazishga aloqadorligi ham sabab bo‗lishi mumkin. Har qanday holda ham shubhali xulq ko‗zdan kechirish va hujjatlarni tekshirishning puxtaroq o‗tkazilishi uchun asosli sabab bo‗ladi.

2-§.Terrorchi-shahidlarni aniqlash (lot.) Terrorchi-shahidlar kimlar? Terrorchi–shahidlar asosan 18–

35 yoshdagi turli millatlarga mansub ayol va erkaklarni tashkil etishi mumkin.

O‗limga yuboriladigan terrorchi g‗ayritabiiy (patologik) shaxs bo‗lib, unga narsischa (narsissizm – bu kishining o‗z shaxsiga nisbatan kuchli sevgisini ifodalaydi. Qadimda greklarning Narsiss haqidagi afsonalarida, uning sohibjamol Exoning sevgisidan voz kechgani uchun unga o‗zining suvdagi aksini sevish buyurilgani haqida so‗z boradi) tajovuzkorlik, qo‗rquv, depressiv holat, aybdorlik hissi, avtoritarizm, o‗ziga va boshqalarga mardlik yetishmasligini qayd etish, egotsentirizm (xudbinlik), ashaddiy ekstrovertlik xosdir.

Terrorchi-shahidlar yuqori darajada tajovuzkor bo‗lib, umuminsoniy qadriyatlardan butkul voz kechadilar. Shuningdek, ular asosan quturgan va murosasiz hamfikrlar guruhiga mansub bo‗lib, o‗zlarini faqat umumiy intilishda, olomondagina kuchli hisoblashi mumkin bo‗lgan yolg‗iz va ruhan ojiz odamlardan tashkil topadi. Olomon ishonuvchan, bo‗ysunuv-chan va o‗zgaruvchan odamlardan tashkil topadi. Ularning mavjudligi – dinga o‗xshash ishonchdir. Ammo terrorchi-shahidlarda bu din qarama-qarshi qo‗yishlar mafkurasidir. Dunyoni «biz va ular» tarzida ko‗rish, musulmonlar va «kofirlar»ga bo‗lish har qanday o‗zgacha fikrlashga nisbatan ashaddiy murosasizlikda namoyon bo‗ladi.

O‗limga yuboriladigan terrorchilarni tayyorlash – tashkiliy jihatdan murakkab va uzoq davom etuvchi jarayon. Dastlab o‗limga yuboriladigan terrorchilikka nomzodlar tanlanadi. Asosiysi – o‗zini (din yo‗lida, biror maqsadga erishish uchun yoki qasos olish maqsadida) qurbon qilishga moyil bo‗lganlarni aniqlash.

1.Tanlashda asosiy tayanchni xufiya bosqinchilar boshliqlari psixologik jihatdan shikastlangan, ruhiyati chegaraviy holatda bo‗lgan va doimo o‗lim haqida o‗ylab yurgan odamlarga tayaniladi. Ularga ilgari yo‗q

Page 9: Jinoyatchi shaxsining verbal va noverbal psixodiagnostikasi va uni o

9

qilingan jangarilarning qarindoshlari (tul qolgan xotinlari, ota-onalari, aka-ukalari, opa-singillari va boshqalar «qasos harakati»ni sodir etish uchun), shuningdek tuzalmaydigan kasallar, jiddiy jismoniy nuqsonlari bor nogironlar kiradi. Jismoniy mayiblik – qo‗l, oyoq, ko‗zning yo‗qligi terrorchilarga blok-postlardan, ichki ishlar bo‗limlariga va huquqni muhofaza qilish organlari joylashgan yerlarga terrorchilik harakatlari sodir etish uchun o‗tishlarini osonlashtiradi, deb hisoblanadi. Bunday shaxslar tekshiruvchi organlarda kamroq shubha uyg‗otadi, shu bois ular har qanday jamoat joylariga osonroq kirib boradilar.

2. Shuningdek, ayollarni jalb etish osonroq kechadi. Ularni halok bo‗lgan erlari, farzandlari, aka-ukalari yoki boshqa qarindoshlari uchun qasos olishga ko‗ndirish osonroq kechadi.

3.Terrorchilik faoliyatiga mutaassiblikka (fanatizmga) moyil bo‗lgan odamlar jalb etiladilar. Ma‘lumki, ko‗pchilik mutaassib terrorchilar o‗z faoliyatining ijtimoiy oqibatlari haqida kam o‗ylaydilar.

4.O‗limga yuboriladigan terrorchilar qatoriga bo‗ynida uzib bo‗lmay-digan qarzi bor, shuningdek shariat sudi tomonidan o‗limga hukm etilgan shaxslar kirib qoladilar. Jangarilar tarqatadigan soxta islomiy mafkuraga muvofiq, o‗limga yuboriladigan terrorchilar guruhiga kirish ularga «Olloh oldida aybini yuvish» imkonini beradi.

5.Emissarlar (maxfiy-siyosiy topshiriq bilan chet elga yuboriladigan kishi, agent)ning obyektlarini yaqin qarindoshlari bo‗lmaganlar, ilgari bosqinchilar guruhlarida ishtirok etgani uchun jazoga hukm etilganlar, shuningdek huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining e‘tiborini kamroq tortadigan 14 yoshdan kichik bolalar tashkil qilishi mumkin.

Bu odamlarning hammasiga yuqori darajadagi ishonuvchanlik xos bo‗lib, muayyan sharoitda bu jihat qisqa muddatda insonning xulq-atvorini kerakli yo‗nalishda loyihalashtirish imkonini beradi.

Terrorchi-shahidlarning motivlari bo„yicha tasniflanishi. Har bir ichki ishlar organlari xodimi тerrorchi-shahidlarning quyidagi

tipologiyasini bilishi kerak: 1. Terrorchi-ekzistensial. Bular shunday kishilarki, yuksak maqsad va

qadriyatlar (Alloh, avliyolar, farzandlar va hokazo) uchun ongli ravishda o‗z hayotini qurbon qilishi mumkin. Bu yerda hech qanday psixopato-logiya yoki zombilashtirish yo‗q. O‗z o‗limiga qiziqish, hayot va o‗lim orasida yashashga asoslangan diniy nuqtai nazar.

2. Terrorchi-psixopat. Sadomazoxizm, psixopatologik tajovuz, maniakal sindrom, yuksaklikda bo‗lishga kuchli ehtiyoj bilan namoyon

Page 10: Jinoyatchi shaxsining verbal va noverbal psixodiagnostikasi va uni o

10

bo‗ladigan tip. Bunday kishilarga avliyolik, payg‗ambarlikni da‘vo qilish xos.

3. O‗z joniga qasd qiluvchi terrorchi-shahidlar. Ular kuchli tushkun-likdan aziyat chekadilar. Tashkilotchi terrorchilar ularning bu holatidan foydalanib, o‗lim – ushbu azoblardan qutulishning eng oson yo‗li deb ishontiradilar.

4. Terrorchi-zombi. O‗z joniga qasd qilish va vazifalarni ideal tarzda bajaruvchilardir. Dasturlashtirilgan avtomat sifatida va ta‘sirga berilish oqibatida harakat qiladi. Vazifani bajarishda tez harakatlanadi va qo‗rquv bilmaydi.

5. Terrorchi-bevalar. Zamonaviy terrorizmda o‗limga yuborish uchun nomzod terrorchi ayollarni yollash ishonchli psixologik jarayonga aylandi. Ko‗pincha «o‗lim koordinatorlari» qo‗liga hayotda o‗z o‗rnini topmagan, shaxsiy hayotida fojia yuz bergan – sevgilisi (eri, oilasi) xiyonat qilgan yoki halok bo‗lgan ayollar tushadi. Ular fojia, yolg‗izlik, hayotdan ko‗ngli sovigan paytda jalb qilinadi.

6. Terrorchi-hamfikrlar. Dunyoni isloh qilish va faol o‗zgartirish istagidagi terrorchilar. Bu motivlar dunyoning mavjud tuzilishida mavjud adolatsizlikdan norozilik hamda adolatni subyektiv tushunish asosida uni o‗zgartirishni istash bilan bog‗liq.

7. Mafkuraviy-buzg‗unchi terrorchi-shahidlar. Bu davlatning mafkura-viy-siyosiy tizimiga qarshi qaratilgan xatti-harakatlarni o‗z ichiga oladi.

Terrorchining ko„rinishi. O‗limga yuboriladigan terrorchi juda kam hollarda qo‗lga olinishi oldidan qattiq stress holatiga tushadi yoki fosh bo‗lish va jazolanishdan qo‗rqayotganini bildiradi. U qo‗lga tushishi rejalashtirgan terrorchilik harakatini amalga oshirishiga imkon bermasligidan qo‗rqadi. Bu qo‗rquvning tashqi ko‗rinishlari quyidagilar:

-yuzning oqarishi (yoki juda qizarishi); -xo‗mrayib qarash; -terlash (ayniqsa, qo‗l terlashi); -qo‗l barmoqlarining titrashi; -cheklangan harakatlar. Ko‗pincha terrorchi-shahidlar o‗z yoshiga qaraganda katta ko‗rina-

dilar. Erkaklar, odatda, soch-soqollari toza qirilgan bo‗ladi (bu o‗ziga xos dafn marosimiga tayyorgarlik hisoblanadi), nihoyatda toza poyafzalda bo‗ladilar. Ba‘zan o‗zini o‗ldirishga tayyorlangan ayollar atrofdagilarda kamroq shubha uyg‗otish uchun homiladorlik qiyofasidan yaxshi niqob sifatida foydalanadilar. Terrorchilar kiyimi ostida bel sohasida notabiiy do‗ngliklar sezilishi, portlatish qurilmasi maishiy buyum tarzida

Page 11: Jinoyatchi shaxsining verbal va noverbal psixodiagnostikasi va uni o

11

niqoblanishi, yoxud rukzak, sumka, hatto bolalar kajavasiga yashirilishi mumkin. Bu buyumlarga terrorchi nihoyatda ehtiyotkorlik bilan munosa-batda bo‗ladi, ularni o‗ziga yaqin tutadi, ko‗pincha beixtiyor ularni siypalab qo‗yadi. O‗limga mahkum shaxs odatda mahalliy sharoitga, urf-odat va ob-havoga mos kiyinadi. Ammo tanada portlatish mexanizmini joylashtirish va yashirish uchun kiyim-bosh yuqoridagi talablarga zid kelishi ham mumkin.

O‗limga yuborilayotgan zamonaviy terrorchi portretida ikki yorqin jihat mavjud. Bir tomondan, bular odatda doimiy yaqin ijtimoiy aloqalari bo‗lmagan shaxslardir. Boshqa tomondan, bular kuchli ta‘sirga uchragan-lardir. Terrorchi-shahid shaxsining qandaydir muayyan psixologik profili mavjud emas.

O‗limga yuboriladigan terrorchini aniqlash mumkin bo‗lgan alomat-larga quyidagilar kiradi: «shishasifat ko‗zlar», ya‘ni bunday terrorchi odatda bir nuqtaga tikilib turadi, uning qarashlarida hech qanday his-tuyg‗u bo‗lmaydi, ayni vaqtda qorachiqlar keskin toraygan, yoki keskin kengaygan bo‗ladi. Uni imillagan yurish (tashqaridan qaraganda hatto bu odam shirakayf tuyuladi), shuningdek uyqusirash holati ajratib turadi. Bu ayniqsa, atrofdagilarning hammasi hissiyotlarini ifodalayotgan ommaviy tadbirlarda sezilishi mumkin. Agar o‗limga yuboriladigan terrorchi narkotik modda ta‘sirida bo‗lsa, odatda, chanqaydi va ko‗pincha yonida mineral suv solingan idish olib yuradi.

Terrorchilik harakatlarini sodir etuvchi shaxslarning ijtimoiy va psixologik xususiyatlari. Terrorchi-shahidlar terrorizmining oldini olish va bunga chek qo‗yish uchun o‗limga yuborilayotgan terrorchining ijtimoiy va psixologik portretini (qiyofasini) tuzish, uning xususiyatlarini tahlil qilish dolzarb ahamiyatga ega.

Jangarilarning qurbonlarini odatda 35 yoshdan oshmagan yosh bevalar ham tashkil qiladi. Shuningdek, xufiya jinoyatchilarning obyektiga shariat sudi tomonidan sodir etgan diniy yoki maishiy jinoyatlari uchun o‗limga hukm qilingan o‗rta yoshdagi «e‘tiqodli» kishilar ham kiradi. Odatda, bu odamlar yolg‗iz bo‗lib, yaqin qarindoshlari, do‗stlari va oilasi bilan aloqalari bo‗lmaydi.

Terrorchi–shahidlarning tashqi belgilari quyidagilardan iborat bo‗lishi mumkin: erkaklarda – soqol (ayniqsa, qaychilanmagan) hamda bosh kiyimi (odatda, naqsh va kashtasiz do‗ppi) borligi, mo‗ylov bo‗lmasligi; ayollarda – bo‗yin va quloqlarni yashirib turadigan ro‗mol bo‗lishi. Ko‗ylak sidirg‗a, ko‗pincha suratlarsiz, etagi tizzadan pastda yoki deyarli yerga tegib turadi, ko‗ylak yenglari uzun. Gumon qilinayotgan shaxsning

Page 12: Jinoyatchi shaxsining verbal va noverbal psixodiagnostikasi va uni o

12

ko‗zlaridagi noverbal signallarni atrofdagilardan yashiradigan to‗q tusli ko‗zoynaklari (odatda, binoning ichida ko‗zoynakda yurishi) ham uning yovuz niyatlaridan dalolat berishi mumkin.

O„limga yuboriladigan terrorchilar tomonidan terrorchilik harakati-ning sodir etilishi. Bevosita terrorchilik harakati sodir etilishidan avval hujum obyekti puxta razvedka qilinadi (maksimal darajadagi batafsil axborot to‗planadi), terrorchilik harakatining maqsadi belgilanadi. Ushbu faoliyatning hammasi qo‗poruvchilik-terrorchilik harakatini o‗tkazishga yo‗naltirilgan va qaratilgan bo‗ladi.

1. Shundan so‗ng terrorchilik harakatini o‗tkazish usuli va ijrochilari tanlanadi. Operatsiya rejasi ijrochilarga yetkaziladi va ular qo‗shimcha psixologik ishlovga olinadi. Terrorchilik harakati muvaffaqiyatli o‗tishi uchun, jumladan orqaga chekinish terrorchilik harakati ijrochilari yo‗q qilinishini ta‘minlashga qaratilgan tadbirlarni o‗tkazish uchun qo‗shimcha kuchlar joylashtiriladi (o‗limga yuboriladigan terrorchini portlatishda besh-olti kishi ishtirok etishi mumkin. Bular himoyalash guruhi, haydov-chilar, portlovchi moddalar bo‗yicha mutaxassislar va boshqalardir).

2. Tayyorgarlik ko‗rgan o‗limga yuboriladigan terrorchilar (yoki terrorchilar guruhi)dan darhol foydalanilmasligi, balki ular mamlakatning biror hududiga vaqtincha joylashish uchun yuborilishi ham mumkin. O‗limga yuboriladigan terrorchilar «topshiriqqa» yuborilishlaridan avval, odatda psixotrop moddalar bilan to‗yintiriladilar, so‗ngra ularni to‗xtatish yoki boshqa gapga ishontirish mumkin bo‗lmay qoladi. Shunisi yaxshi ma‘lumki, mazkur preparatlar qo‗rquv hissini yo‗qotadi, zo‗ravonlikka moyillikni kuchaytiradi, afsuslanmasdan nihoyatda shafqatsiz harakatlar sodir etish va o‗z jinoyatlaridan pushaymon bo‗lmaslik imkonini beradi. Bundan tashqari psixotrop moddalar inson istamasa ham uning ongini bo‗ysundirishi mumkin.

3. Terrorchilik harakatini sodir etishga borayotgan terrorchilar o‗zlarini boshqa shaxslar kabi odatiy tutishga harakat qiladilar. Ular uchun asosiysi – olomon ichida sezilmay qolish va hech bir jihat bilan e‘tiborni o‗ziga tortmaslik. Yoz paytida, bu odatda ko‗krakda, sonda, belda joylashtiriladigan (jumladan homiladorlikni imitatsiya qiladigan shahid belbog‗ini yashiruvchi keng kiyimdir (portlovchi modda ayollar sumka-sida, videokamera ichida, barsetkada, diplomatda, poyafzal poshnasida ham joylashtirishi mumkin). «Shahidlar belbog‗i»dagi portlovchi modda-ning og‗irligi trotil ekvivalentida 2-3 kg bo‗lishi mumkin.

4. O‗limga yuboriladigan terrorchilar «vazifa»ni bajarishga odatda juft-juft bo‗lib yuboriladi (biri ijrochi, ikkinchisi – «nazoratchi», «kurator»

Page 13: Jinoyatchi shaxsining verbal va noverbal psixodiagnostikasi va uni o

13

yoki «assistent»). O‗limga yuboriladigan terrorchini terrorchilik harakati sodir etishga yuborayotganlar so‗nggi daqiqada rejadan voz kechmasligiga ishonch hosil qilishlari lozim. Agar ijrochida nimadir chiqmayotgan yoki terrorchilik harakatini sodir etish fikrini o‗zgartirayotgan bo‗lsa, «nazorat-chi» (kurator) ijrochini yo‗q qilishi kerak bo‗ladi. O‗limga yuboriladigan terrorchi qo‗riqlanayotgan obyektga kira olmagan taqdirda ham uni yo‗q qilish rejalashtiriladi. Ushbu holda o‗limga yuboriladigan terrorchi yonida olib yurgan portlatish moslamalarini masofadan turib boshqariladigan moslama yordamida portlatish orqali yo‗q qilinadi. Bunda ushbu juftlikka bir-birini yaxshi taniydigan (yoki qarindosh bo‗lgan) va bir-birlariga nihoyatda sodiq odamlar tanlanadi. Ayrim hollarda o‗limga yuboriladigan terrorchilar avvaldan qurbonlar ro‗yxatiga kiritilganliklarini hamda boshqa odamlarning istagiga ko‗ra portlatish moddasini nishonga olib borish «konteyneri» va vositasi sifatida «xufiya» foydalanilayotganliklarini bilmasliklari ham mumkin. Terrorchilik harakatini bu tariqa tashkil qilgan-da ijrochiga portlovchi modda yoki sumkani (uning ichida nima borligini u bilmasligi, nari borsa, sezishi mumkin) belgilangan joyga qoldirib kelish vazifasi topshiriladi, ammo bunda terrorchilik harakatining ushbu ishtirok-chisiga o‗z taqdiri avvaldan belgilab qo‗yilganligi aytilmaydi.

Ba‘zan jinoiy guruhning boshliqlari tom ma‘noda aldashdan foyda-lanadilar. Katta hajmdagi portlovchi moddalardan foydalaniladigan qo‗poruvchilik operatsiyalarini ishlab chiqayotganda ular ijrochiga ma‘lum bo‗lgan vaqtdan bir necha daqiqa avval ishga tushadigan soat mexanizmini o‗rnatadilar. Bunda uni atayin aldagan holda orqaga chekinish variantlari o‗rgatiladi. Shu tariqa terrorchi o‗lim keltiradigan yukni qo‗poruvchilik joyiga olib boradi va u bilan birga portlab ketadi.

Ko‗p hollarda o‗limga yuboriladigan terrorchilar qo‗lga tushish xavfi aniq bo‗lganida yonidagi portlatish qurilmalarini ishga tushirib yuboradilar.

6. Keyinchalik jangarilar boshliqlari «qahramonni» ulug‗lovchi jadal targ‗ibot ishlarini boshlab yuboradilar. Ular terrorchining Ollohga oxirgi murojaati yozilgan va shu yo‗lga kirishga da‘vat etadigan video material-larni tarqatadilar.

Olomon ichida o„limga yuborilayotgan terrorchini qanday aniqlash mumkin? Terrorchi-shahidni omma orasidan aniqlash amaliy jihatdan murakkab. Sababi ular, emotsional holatlarini yashirish, omma orasiga singib ketish hamda e‟tiborni jalb qilmaslik bo‗yicha maxsus tayyorgar-likdan o‗tadilar.

Page 14: Jinoyatchi shaxsining verbal va noverbal psixodiagnostikasi va uni o

14

Olomon ichida o‗limga yuborilayotgan terrorchini aniqlash uchun ayrim belgilarga ahamiyat berish zarur. Bular:

Xatti-harakati. Buni aniqlash usullari, albatta, mavjud. Ammo ularni nafaqat bilish, balki qo‗llay olish ham zarur. Birinchisi – bu noadekvat xatti-harakat. Bu odamlar o‗zlarini asabiy yoki, aksincha, tormozlangan, haddan tashqari diqqatini jamlagan holda tutishlari, doim jim yurishlari, harakatsiz bo‗lishlarida ko‗rinadi. Harakatdagi olomonning o‗z belgilari bor, hamma qayergadir yuradi, bir kishi esa boshqalardan sekinroq yuradi yoki umuman turib qoladi va bu bilan hammaga xalal beradi. Katta shaharda yashamaydigan, balki bu yerga boshqa joydan kelib qolgan odamlar shahar hayotining maromidan tushib qolishlari aniq (hatto ularni qo‗llaridan tutib olsangiz ham). Mahalliy odam o‗zini bunday tutmasligi kerak. Ularning ko‗z- qo‗llariga, ya‘ni ko‗zlari qayerga qarayotgani, qo‗llarida nima ushlab olganligiga e‘tibor berish lozim.

Kiyim-boshi. Birinchi belgi – shaharda ko‗pchilik kiyadigan urfga mos kelmaydigan (arzon, osilib turadigan kurtkalar) yoki faslga nomuvofiq kiyimlarni kiyib yurish. Garchi buni hozir aniqlash qiyin bo‗lsa-da, ammo bunga e‘tibor berish kerak. Havo isiy borgani sayin bu darhol ko‗zga tashlana boshlaydi. Sumkalar, paketlar, rukzaklarga ahamiyat berish juda muhim. Eng asosiysi, agar og‗irlik chamalab aniqlanadigan bo‗lsa, inson narsani qanchalik oson ko‗tarib yurganligini tushunish kerak.

Yosh davri. Tabiiyki, yana bir mezon – terrorchining yoshi. Bu har holda kampir yoki bola emas. Ayol terrorchilar odatda yosh bo‗ladilar. Bunday ayollar odatda avval-boshdan beqaror psixikaga ega qizlardir. Yoshi katta ayollar barqarorroq bo‗ladilar. O‗limga tayyor erkak terrorchilar esa odatda, keksaroq bo‗ladilar.

Yosh, xulq-atvor, faollik kabi mana shunday belgilar majmui tahdidni aniqlashga imkon beradi. Ana shu belgilarning hammasi odamlar gavjum joyda hozir bo‗lishi kerak. Buning uchun metro bo‗lishi shart emas, odamlar ko‗p joy bo‗lsa kifoya. Bundan tashqari, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlariga tezkorlik ham muhim. Shaxsning uchrashuvdan bo‗yin tovlashga urinishi – yuzini yashirishi yoki o‗girishi ham belgi hisoblanadi.

Terrorchini tanib olishga bir soniya qarash bilan erishib bo‗lmasligini ham tushunish lozim. Barcha ko‗rsatkichlar bo‗yicha muvofiqlikni har tomonlama baholash, yuzaga kelgan obraz insonni nimagadir tayyorgarlik ko‗rayotganlikda gumon qilish uchun yetarli asos bo‗lishi uchun biroz kuzatish kerak. Bunda:

Page 15: Jinoyatchi shaxsining verbal va noverbal psixodiagnostikasi va uni o

15

umumiy asabiy holat yuz ifodasi va boshqa tana harakatlarida namoyon bo‗ladi, tormozlanish, tashqi qo‗zg‗atuvchilarga reaksiyaning sustligi;

omma orasiga singib ketish, tashqi shart-sharoitlarga xulq-atvorning nomutanosibligi;

ichki ishlar organlari xodimlarini ko‗rgan vaqtidagi xatti-harakatidagi nosamimiylik;

yarim ovozda sura yoki oyatlarni qaytarish ehtimoli; ob-havoga mos bo‗lmagan tarzda kiyinish, kiyim va yuklar sonining

ko‗pligiga e‘tiborni kuchaytirish kerak. Shubha uyg„otgan shaxs bilan aloqaga kirishish taktikasi va

texnikasi. Ichki ishlar organlari xodimlari shubha uyg‗otgan shaxs bilan suhbatlashish uchun biror maqbul bahona bilan aloqaga kirishishlari lozim. Shuni yodda tutish zarurki, notanish odam bilan aloqa o‗rnatish muvaf-faqiyati va suhbatni davom ettirish imkoniyati ko‗p jihatdan tashqi ko‗rinishga, imo-ishoralar, holatlar, birinchi aytilgan so‗zlar va insonning muomala tarziga bog‗liq. Shu bois shubha uyg‗otgan shaxs bilan aloqaga kirishishning bir qancha ssenariylarini tayyorlab qo‗yish hamda avvaldan maxsus mashg‗ulotlarda tajribali psixologlar rahbarligida puxta mashq qilish zarur. O‗limga yuborilayotgan terrorchilarning aksariyati juda bezovta bo‗lishlarini inobatga olib, shubha uyg‗otayotgan shaxs bilan aloqa vaqtida yuz berishi mumkin bo‗lgan kutilmagan vaziyatlar variantlarini puxta ishlab chiqish lozim.

Shubha qilinayotgan shaxs bilan suhbat chog‗ida uning yoshi, jinsi, millati, psixologik tipi, aqliy salohiyatini inobatga olish zarur. Turli xalqlarning an‘ana va odatlarini hurmat qilish, dindorlarning e‘tiqodlariga ehtirom bilan munosabatda bo‗lish lozim. Noxush oqibatlarning oldini olish uchun nihoyatda odob bilan ish tutish, aslo bahslashmaslik, ayniqsa diniy yoki milliy mavzuda tortishmaslik lozim.

Yuqorida aytilganidek, suhbatga avvaldan tayyorlanib kirish lozim. Suhbat qaysi «ssenariy» bo‗yicha o‗tkazilishiga qarab savollar tayyor-lanishi kerak. Shubha qilinayotgan shaxsga berilayotgan savollar ham yuzaga kelayotgan vaziyatga qarab hamda uning hissiy holatini inobatga olib tanlanadi.

Savollar aniq, tushunarli bo‗lishi, odob bilan berilishi hamda «ssenariyga» mos kelishi lozim. Aytaylik, «shifokor» shaxsdan uning pasport ma‘lumotlari va kelishdan ko‗zlagan maqsadini so‗rab qistayversa, bu unda asosli shubha tug‗dirmasligi mumkin emas. Ayni vaqtda «kasal» ko‗rinishiga ega bo‗lgan yoki o‗zini bemordek tutayotgan gumon

Page 16: Jinoyatchi shaxsining verbal va noverbal psixodiagnostikasi va uni o

16

qilinuvchiga, shuningdek homiladorlik alomatlari bor shubhali ayollarga nisbatan bunday «shifokor» alohida g‗amxo‗rlik va e‘tibor ko‗rsatishi, yordam taklif qilishi lozim.

Shubha qilinayotgan shaxsga hujjatlar tekshirilayotganida savollarni «yoppasiga» bersa bo‗ladi. Bunda mazkur tadbir o‗limga yuborilayotgan terrorchi tomonidan kutilmagan oqibatlar sodir etilishiga olib kelishi mumkinligini inobatga olish zarur. Shu bois fuqarolarning hujjatlarini tekshirishni o‗limga yuborilayotgan terrorchi nazorat postini oldindan ko‗rishi hamda hujjat tekshirish barcha fuqarolarga taalluqli ekanligi va rasmiy tarzda o‗tkazilayotganiga ishonch hosil qilishi mumkin bo‗ladigan tarzda o‗tkazish tavsiya etiladi. Hujjatlar tekshiriladigan joyga yaqinlasha-yotgan fuqarolarni yashirincha kuzatishda bunday vaziyatda noodatiy bo‗lgan noverbal signallarni hamda hujjatlari tekshirilishidan bo‗yin tovlayotgan shaxslarni aniqlash lozim.

Shubha qilinayotgan shaxsning hujjatlarini quyidagi tartibda tekshirish tavsiya etiladi: bir xodim hujjatlarni tekshiradi, ikkinchisi uning xatti-harakatini diqqat bilan kuzatib turadi. Haqiqiyligi shubha uyg‗otuvchi hujjat aniqlanganida gumon qilinayotgan shaxs biror bahona bilan odamlar gavjum joydan nari olib ketiladi, so‗ngra qo‗lga olinadi.

Hujjatlarni tekshirish chog‗ida tezkor-qidiruv guruhi xodimlari shubha ostidagi shaxsning pasport (biografik) ma‘lumotlarini aniqlashtirishlari, kelish vaqti va maqsadi bilan qiziqishlari, aniq yashash manzili, tug‗ilgan joyi, oilaviy ahvoli, ma‘lumoti, mashg‗ulot turi kabilarni surishtirishlari mumkin. Javob olinayotganida shubha qilinayotgan shaxsning noverbal signallari sinchiklab kuzatiladi, bu signallar verbal signallar bilan qiyoslanadi: shubha qilinayotgan shaxsning imo-ishorasi, holati, mimikasi (jumladan ko‗z va lab ifodalari), nutq xususiyatlari, teri qoplamining holati (oqarish, qizarish, «dog‗lar» bilan qoplanish, ter chiqishi kabilar) uning so‗zlariga mos kelish-kelmasligi tekshiriladi. Savollar «ha» yoki «yo‗q» deb javob qaytarishga imkon bermaydigan tarzda qo‗yiladi. Shuningdek organ xodimlari to‗g‗ri javobi avvaldan (hujjatlar, tezkor ma‘lumotlardan) ma‘lum bo‗lgan ayrim savollarni ham berishlari tavsiya etiladi. Bu savollarga qaytarilgan yolg‗on javoblar so‗rov qilinayotgan shaxsga nisbatan shubhani mustahkamlaydi.

Ayrim noverbal signallarni aniqlashtirish uchun qo‗shimcha, bilvosita savollar (masalan, «Hozir yashash joyingizda ob-havo qanday?» degan savolni) berish tavsiya etiladi.

Fosh bo‗lishdan qo‗rqish terrorchini javob qaytarish uchun so‗zlarini diqqat bilan (to‗xtab-to‗xtab) tanlashga, to‗g‗ridan-to‗g‗ri javob berishdan

Page 17: Jinoyatchi shaxsining verbal va noverbal psixodiagnostikasi va uni o

17

bo‗yin tovlashga, nutq chog‗ida xatoga yo‗l qo‗yishga majbur etadi. Uning yuzi oqaradi yoki aksincha qizaradi, dog‗lar bilan qoplanadi. Ter tomchilari paydo bo‗ladi. Boshqa noverbal signallar, masalan, ko‗z qorachiqlarining kengayishi, yuzdagi ayrim mushaklarning asabiy titrashi, lablarni yalash, tez-tez yutinish kabilar ham kuzatilishi mumkin. Uning ovozi ham noodatiy, masalan, titrab, bo‗g‗ilib yoki xirillab chiqadi. Ushbu noverbal signallar majmui shubha uyg‗otgan shaxsni jinoiy xulqqa aloqasi bor yoki yo‗qligini bilib olishga imkon beradi.

Shubha qilinayotgan shaxs bilan suhbat o‗tkazilayotganida ayni vaqtda atrofdagi odamlarni kuzatish lozim bo‗ladi, chunki odamlar orasida uning sheriklari bo‗lishi mumkin.

«Shubha qilinuvchilar» ikkita bo‗lganida ularning ikkovi kuzatiladi va har ikkovi bilan suhbat o‗tkaziladi. Bunda «kamgap», befarq shubha qilinuvchi shaxs ko‗proq qiziqish uyg‗otishi lozim, holbuki ikkinchisi tashabbusni qo‗lga olib, ikkovi uchun ham javob berishga urinishi mumkin.

Albatta, organ xodimlarining fuqarolar hujjatlari va shaxsiy buyumlarini tekshirishi hech kimga yoqmaydi. Ko‗pchilik fuqarolar bunga sabr-toqat bilan va tushunib munosabatda bo‗ladilar. Ayrim fuqarolar, ayniqsa shoshib turganlarida, bundan achchiqlanishlari (bunda hayajon-lanish, sabrsizlik, g‗azab kabilar ko‗rinishida yuqori darajadagi stressning noverbal belgilari kuzatilishi) mumkin.

Yuz berayotgan ishlarga inson neytral munosabatda bo‗lganida odatda uning boshi tik va to‗g‗ri, qarashlari tiyrak bo‗ladi, suhbatdoshidan ko‗zini yashirmaydi, erkin holatda turadi, imo-ishoralari ifodali bo‗ladi. Agar so‗ralayotgan shaxsning boshi tushirilgan yoki egik, nigohlari boshqa tomonga yoki zimdan (ko‗z qiri bilan) qarayotgan, qo‗llari himoyalanish holatida (shubha qilinuvchining «qo‗llari qovushgan», sumkasi yoki paketini ikki qo‗llab ushlab olgan) bo‗lsa, ushbu noverbal signallar suhbatdoshga nisbatan salbiy emotsiyalardan va (yoki) uning stress holatidaligidan dalolat beradi. Qo‗shimcha ma‘lumot beruvchi signallar quyidagilar: qo‗llarning og‗iz, burun yoki bo‗yin sohasiga tegishi bilan bog‗liq imo-ishoralar, qovoqlarni ishqalash, nigohni boshqa tomonga olib qochish, odatda pol yoki shiftga qaratish, qo‗llarni cho‗ntakka yashirish yoki ko‗krak oldida qovushtirish –shaxsning aldayotganidan; lablarning qattiq siqilganligi, yuzning qizarganligi, qo‗l barmoqlarining musht tugilganligi, oyoqlarning himoya holatidaligi, ko‗z qorachiqlarining torayganligi, zimdan yoki tik qarash, chimirilgan peshona, burun orqali qisqa-qisqa nafas olish kabilar – tajovuzkorlik va hujumga tayyorlikdan;

Page 18: Jinoyatchi shaxsining verbal va noverbal psixodiagnostikasi va uni o

18

qo‗l barmoqlarining titrashi, ovozdagi titroq, tez-tez nafas olish, qon tomirlarining bo‗rtishi va (yoki) haddan tashqari tez urishi (ayniqsa bo‗yinda), lablarni tishlash, qo‗llarni ko‗krak oldida chalishtirish, bir qo‗l bilan ikkinchisini quchoqlab olish, biror narsani, masalan, paket, sumka, gullarni ikki qo‗llab ko‗krak oldida ushlab turish kabilar – bezovtalik, hayajon, asabiylik, qo„rquvdan dalolat beradi. Emotsional holatiga qarab gumon qilinuvchida yuzning oqarishi yoki qizarishi, ko‗z qorachiqlarining torayishi yoki kengayishi, og‗iz qurishi, yoki aksincha, haddan tashqari ko‗p so‗lak ajralishi, sust yoki haddan tashqari faol imo-ishoralar kuzatiladi. Yuzda insonning ayni vaqtda boshdan kechirayotgan hislari (masalan, sarosima, qo‗rquv yoki tajovuzkorlik) aks etadi. Boshqa millat vakillarida hayajon, qo‗rquv yoki kuchli asabiylashish tufayli tilni bilish darajasi keskin pasayadi hamda ona tilining aksentlari (shevasi) kuchliroq namoyon bo‗ladi. Shubha qilinuvchining holati va tashqariga yo‗nalgan oyoqlari ham uning tezroq ketishni istayotganini ko‗rsatadi.

Organ xodimi shubha qilinuvchi shaxs bilan muloqot chog‗ida quyidagilarni hisobga olishi lozim: begona shaxsga nisbatan xayrixohlik, ziyraklik va hurmat bilan munosabatda bo‗lish suhbatda ruhiy zo‗riqishni kamaytiradi, aksincha, asossiz gumon, sabrsizlik, sullohlik (xiralik), qo‗pollik suhbatdoshga nisbatan yomon munosabatni yuzaga keltiradi.

O‗limga yuborilayotgan terrorchi uchun ekstremal holatda ikki variant bo‗lishi mumkin: 1) qo‗yilgan maqsadga erishishda xalal berayotgan, qo‗qqisdan «oldida paydo bo‗lgan to‗siq»dan kuchsiz va ishonchsiz dalil bilan (masalan, shoshib turgani yoki qayergadir kechikayotganini aytib) yoki hatto sababini aytmay kutilmaganda qochish. Bu hol yanada ko‗proq shubha uyg‗otishi kerak; 2) o‗zini nazorat qila olmay qolishi oqibatida to‗satdan tajovuzkorlik namoyon etish.

Nizoli vaziyat yuzaga kelganida (shubha qilinuvchi shaxs o‗ta tajovuzkor bo‗lib, bir soniyadan so‗ng affektiv portlash yuzaga kelishi mumkin bo‗lganida) nizoni tinchitishning eng oddiy yo‗li xodimlar e‘tiborini atayin boshqa odamlarga chalg‗itishdir. Bunda gumon qilinayotgan shaxsdan vaqtini olganlik uchun uzr so‗rash hamda suhbat uchun minnatdorchilik bildirish (masalan, konsertga borish, ko‗rgazmaga tashrif buyurishni) maslahat berish kerak. Bu hol shubha qilinuvchining stress holatini susaytirishga, uning hushyorligini kamaytirishga va kutmagan paytida uni qo‗lga olish (zararsizlantirish)ga imkon beradi.

Qo‗qqisdan suhbatdan qochish ayrim hollardagina o‗limga yuborila-yotgan terrorchining niyatidan qaytganligini bildiradi: u faqat o‗ylagan

Page 19: Jinoyatchi shaxsining verbal va noverbal psixodiagnostikasi va uni o

19

niyatini amalga oshirish uchun qulay payt kutish yoki mo‗ljallagan joyiga boshqa tomondan kirish uchungina chekinishi mumkin.

Shunday qilib, olomon orasida o‗limga yuborilayotgan terrorchining odamlarini aniqlash uchun xodim shubha qilinayotgan shaxsning tashqi ko‗rinishi va kiyimigagina emas, balki uning yurish-turishi, qo‗l ishoralari, yuz ifodasi, ovoz xususiyatlari va boshqa noverbal signallariga ham e‘tibor qaratishi zarur. Noverbal signallarni o‗qiy olish va to‗g‗ri identifikatsiya qilish terrorchilik xususiyatiga ega jinoyatlarning maksimal darajada oldini olishga, terrorchilik harakatlari sodir etishni rejalashtirgan shaxslarni aniqlash va zararsizlantirishga imkon beradi.

Terrorizmga qarshi samarali kurashish uchun nafaqat bilim, balki amaliy tajriba ham zarur. Terrorizmga qarshi kurash bo‗linmalarining xodimlari o‗limga yuborilayotgan terrorchini aniqlash va zararsizlantirish vaqtida nafaqat to‗g‗ri, balki tez va ishonch bilan harakat qilishlari uchun ularni tajribali yo‗riqchilar va psixologlar rahbarligida tegishlicha tayyorlashlari zarur.

Eslatma! Agar siz yoningizdagi shaxsda, avtobus salonida birga ketayotgan yo‗lovchida va shu kabilarda o‗zini o‗ldirishga tayyor terrorchini gumon qilsangiz, sir boy bermang, sarosimaga tushmang va uni mustaqil ravishda zararsizlantirishga urinmang. Aks holda o‗limga yuboriladigan terrorchi o‗z niyatini amalga oshirishi mumkin.

3-§. Noverbal psixodiagnostika. Psixologik axborot olish yo‘llari

Diagnostika – holat identifikatsiyasi. Noverbal psixodiagnostika – insonni kuzatuvchi tomonidan ko‗rib idrok etish asosida uning psixologik holatini aniqlash (identifikatsiyalash). Boshqacha aytganda, psixologik axborot to‗plashning qandaydir test yoki instrumental usullaridan foyda-lanmay turib diagnostika qilishdir. Shunday qilib, kuzatuvchining o‗zi ―psixometrik asbob‖ hisoblanadi va har qanday asbob singari muayyan tarzda kalibrlashtirilishi va sozlanishi lozim. Kuzatuv usuli bilan psixologik axborotni idrok etish va to‗plash xususiyatlarini bilish ana shunday sozlash hisoblanadi.

Ma‘lumki, kuzatuv – avvalo muayyan tarzda tashkil qilingan idrok bo‗lib, u kuzatuvchi oldida turgan vazifa hamda ko‗rib chiqilayotgan hodisaning mohiyati bilan bog‗liq. Ya‘ni kuzatuv maqsadga qaratilgan faoliyat hisoblanadi.

Inson idroki o‗ta muhim xususiyatga ega: ―Inson tez almashuvchi ta‘sirlarni hissiy tuyg‗ularning ketma-ketligi sifatida emas, balki umum-

Page 20: Jinoyatchi shaxsining verbal va noverbal psixodiagnostikasi va uni o

20

lashma obraz sifatida qabul qiladi, ya‘ni bizda bu inson haqida tasavvur hosil bo‗ladi. Tasavvur, ―bitta‖ bo‗lishiga qaramay, amalda bir-biriga qo‗shilgan va bir butunlikka birlashgan son-sanoqsiz juz‘iy tasavvurlardan tashkil topgan bo‗ladi. Shunday qilib, insonga qaraganimizda asta-sekin (ketma-ket) uning gavda tuzilishi, holati, mimikasi, jestikulyatsiyasini sezamiz, u qanday harakatlanayotganini kuzatamiz va hokazo, biroq ushbu idrok etish jarayonini ―bir vaqtdagi‖ idrok sifatida his qilamiz, chunki u juda tez yakuniga yetadi‖. Bu inson gapira boshlaganida, bizning obrazga, bizning ―bitta‖ tasavvurimizga yana ovoz intonatsiyasi, ohangi, til maromi, tovush kuchi, ehtimolli dialekt tusi va ko‗plab boshqa jihatlar qo‗shiladi.

Ma‘lumki, muomala jarayonida axborot uzatilishi quyidagicha kechadi: – verbal vositalar (faqat so‗zlar) evaziga – 7 %; – tovush vositalari (ohang, tembr, ovoz intonatsiyasi va barcha nutqiy

bo‗lmagan tovushlar) evaziga – 38 %; – noverbal vositalar evaziga – 55 %. Ana shu asosda odamlar o‗rtasidagi muloqotning bir vaqtda amalga

oshadigan ikki darajasi farqlanadi: mazmun darajasi, u so‗zlarda ifodalangan raqamli (verbal)

axborotni, ya‘ni gapiruvchi aytishni istagan narsani uzatadi; munosabatlar darajasi, u analog (noverbal) axborotni uzatadi va unda

so‗zlovchining o‗zi aytayotgan so‗zlarga yoki eshituvchiga munosabati ifodalanadi (2-rasm).

Albatta, bunday nutqiy bo‗lmagan signallarni tushunishga har kim ham qodir emas, chunki ichkaridan bizga xos bo‗lgan ustanovka e‘tibori-mizni avvalo aytilayotgan so‗zga yo‗naltiradi. Bunday sof psixologik usuldan barcha mohir (professional) yolg‗onchilar foydalanadilar, bunda ular nafaqat o‗z xatti-harakatlari yo‗nalishini, balki jinoiy yoki boshqa maqsaddagi nutqlarini ham puxta o‗ylab oladilar. Ko‗pchiligimiz esa munosabatlar darajasidagi signallarni xuddi shu darajada idrok etish hamda gavda tilini tushunishni o‗rganish imkoniga hech qachon ega bo‗lmaganmiz. Demak, bizga ko‗p ma‘lumot bera oladigan aksariyat axborotlar odatda e‘tiborimizdan chetda qoladi. Har holda biz qabul qiladigan ayrim noverbal signallarni ko‗pincha ongsiz, intuitiv, hissiy ravishda sezamiz.

Intuitiv idrok, qimmatli ekaniga qaramay, har doim ham ishonchli bo‗lmaydi va, asosiysi, ―uning natijalaridan ongli harakatlar qilish uchun foydalanish qiyin. Ong so‗zda tasvirlashni (verballashtirishni) talab etadi‖. Binobarin, kuzatuvchi avvalo ongli idrokini – noverbal signallarni so‗zda ifodalanadigan tilimizga o‗girishni (hissiyotlarni verballashtirishni) mashq qildirishi zarur (3-ilova).

Page 21: Jinoyatchi shaxsining verbal va noverbal psixodiagnostikasi va uni o

21

Bundan tashqari, kuzatuvchanlik, diqqat xotirani mashq qildirish natijasida gavda tilini tushunish yana ongsizlik darajasiga (ammo endi butunlay boshqa sifatda) o‗tadi. Bu har qanday inson bilishning to‗rt darajasini bosib o‗tishi bois ham yuz beradi:

birinchisi – anglanmagan bilmaslik (inson nimanidir bilmasligini anglamaydi);

ikkinchisi – anglangan bilmaslik (inson qaysidir sohada bilim olishi zarurligini tushunadi);

uchinchisi – anglangan bilish (inson o‗ziga kerakli sohadagi bilimlarni egallagan);

to‗rtinchisi – anglanmagan bilish (bilimlar qo‗llanilgan va muayyan sohada ishlash bo‗yicha barqaror ko‗nikmaga aylangan).

Katta tajribaga ega haydovchining avtomobilni boshqarishi anglan-magan bilim misolidir. Haydashni endi o‗rgangan odam, garchi avtomobil boshqarish va yo‗l harakati qoidalarini bilsa ham, yo‗lda duch kelgan va uni quvib o‗tayotgan har bir mashinadan xavfsiraydi. Tajribali haydov-chiga mufta va tormozni qanday almashtirishni o‗ylab o‗tirmaydi, sekinlashtirish va tezlashtirish jarayoni ham o‗z-o‗zidan (ongni faol ishlatmasdan) yuz beradi. Uning uchun avtomobil haydash – dam olish, yo‗ldagi mashinalar oqimi esa daryoning ohista oqishidek. Biroq oz bo‗lsa-da, ―uchqun‖, ya‘ni avariya yuz berishi imkoniyati paydo bo‗lgan zahoti uning ongi ishlab ketadi hamda darhol va aniq chora ko‗radi. Odamlari ko‗p bo‗lgan transport yo‗lovchilarini ham shu kabi tasavvur qilish mumkin. Tajribasi oshgan sari kuzatuvchida olomon orasida xatti-harakati xavotir tug‗diradigan ―noverbal‖ kalit beruvchi muayyan shaxsni darhol ―sezish‖ ko‗nikmasi hosil bo‗ladi.

4-§. Profayl metodidan foydalanishda shaxsiy va psixologik xatolar

Kinesika degan asosiy qonunga ko‗ra, insonning ichki holati, ruhiyati doimo uning xatti-harakatlari, holati (pozasi), mimikasi kabilarda aks etadi. Ammo bu qonunni ehtiyotkorlik bilan qo‗llash kerak. Shuni yodda tutish zarurki, ―inson haqidagi bilim – hech qachon mukammallikka erishib bo‗lmaydigan soha bo‗lib, hatto tajribali odam ham qayta-qayta xatolarga yo‗l qo‗yadi‖ (Shopengauer).

Insonning atrofdagilar uni qanday idrok etayotganliklari haqidagi tasavvuri ko‗p jihatdan uning xatti-harakatini belgilaydi. Muloqot jarayonida sheriklarning har birida ―u nimani o‗ylayotgani haqida o‗ylayotganim to‗g‗risida o‗ylayapti‖ singari tasavvur shakllanadi. Bunday

Page 22: Jinoyatchi shaxsining verbal va noverbal psixodiagnostikasi va uni o

22

ko‗p qavatli tasavvurlar mazmunini noto‗g‗ri talqin etish ―yetarli tushunmaslik zanjiri‖ga olib keladiki, u, bundan tashqari, quyidagi jihatlar tufayli ham murakkablashadi.

1. Birinchi tasavvur stereotipi professional, etnik, yosh jihatlariga ega bo‗lib, har bir katta yoshdagi inson (jumladan huquqni muhofaza qilish organlarining xodimi) ―intuitiv psixolog‖dir, ya‘ni har kimning odamlar tipologiyasi haqida o‗z tushunchasi (tasavvuri) bor. Bu esa atrofdagi odamlarni idrok etishda anglab bo‗lmas ustanovkalar shakllanishiga ko‗maklashadi.

2. Oreol effekti – birinchi taassurot aldamchidir, basavlatlilik oddiy niqob bo‗lishi ham mumkin.

3. Ko‗ngilchanlik effekti yuz berayotgan voqeaga haddan tashqari ortiqcha ijobiy baho berishga moyillikda ko‗rinadi.

4. Markaziy tendensiya xatosi, u kuzatilayotgan jarayonlarni baho-lashda o‗rtalashtirishga urinishda namoyon bo‗ladi, chunki xatti-harakat-ning ikki chekkasi kamroq uchraydi.

5. Mantiqiy xato, u insondagi har qanday xislatlar aloqasi chambar-chas ekanligi haqidagi mulohazaning yolg‗onligiga asoslanadi (―mar-hamatlilik‖ = ―mehribonlik‖, ―vazminlik‖ = ―sovuqqonlik‖, ―befarqlik‖).

6. Keskin farq (kontrast) xatosi, ya‘ni kuzatilayotgan shaxsda mavjud jihatlarga teskari jihatlarni ta‘kidlash.

7. Aksincha, muloqotga kirishgan sherigimizga o‗zimiz ega bo‗lgan jihatlarni xos deb bilishga moyildirmiz. Bu proyeksiya effektidir. Bu narsa ayniqsa o‗ziga nisbatan tanqidiy qarashi kam bo‗lgan va o‗z shaxsini chuqur bilmaydigan odamlarda rivojlangan bo‗ladi.

Bundan tashqari, profayl-metodga nisbatan qo‗llaganda, jumladan yolg‗onni va yashirilayotgan holatlarni tashhislashga taalluqli jihatida, inson yolg‗onni fosh qilishga urinayotganida yo‗l qo‗yishi mumkin bo‗lgan ikkita takrorlanuvchi xato mavjud. Bu xatolarga batafsilroq to‗xtalish joiz. P. Ekman ularni quyidagicha ifodalagan: ―Otello xatosi‖

hamda ―Individual xususiyatlar xatosi‖ yoki ―Brokau qopqoni‖. Yo‗l qo‗yilishi mumkin bo‗lgan birinchi xato – ―Otello xatosi‖.

Dezdemonaning eri uni o‗ldirishi mumkinligini anglashidan kelib chiqqan qo‗rquvi va ruhiy azoblarini noto‗g‗ri talqin etgan Shekspirning fojiali qahramoni Otello o‗z xotinining bu hissiyotlarini yolg‗on alomati deb hisoblaganidek, yolg‗onni fosh etishga urinayotgan inson haqiqatga ishon-maydi va ishonmagani tufayli kelib chiqqan stressni e‘tiborga olmaydi. Masalan, insonning unga ishonmasliklari mumkinligidan xavotiri fosh

Page 23: Jinoyatchi shaxsining verbal va noverbal psixodiagnostikasi va uni o

23

bo‗lishdan qo‗rqish sifatida noto‗g‗ri talqin etilishi mumkin. Boz ustiga, ayrimlar o‗zlarini birovlar nimadadir ayblaganda har safar kuchli aybdorlik hissini boshdan kechiradilar va bu hislar aldagani uchun aybdorlik belgisi sifatida noto‗g‗ri talqin etilishi mumkin.

Boshqacha vaziyat ham bo‗lishi mumkin: odamlar haqiqatni gapira turib yolg‗on ayb qo‗yayotgan shaxslarga nisbatan nafrat his qiladilar, yoki agar ayblovchining haq emasligini isbotlay olsalar, shodlikdan o‗zlarini qo‗yarga joy topmaydilar; yoxud aybsizligi isbotlanishi (oqlanishi)ni oldindan sezib, xursand bo‗ladilar. Bu his-tuyg‗ular aldashdan shodlanish belgilariga o‗xshash alomatlarni yuzaga keltirishi mumkin. Garchi sababi har xil bo‗lsa-da, yolg‗onchi ham, haqiqatni aytayotgan inson ham o‗zini fosh etayotgan shaxsning gumonlari yoki savollaridan hayrat, g‗azab, umidsizlik, dilsiyohlik yoki nafratni boshdan kechirishlari mumkin.

His-tuyg‗ularning har qanday ifodasi (ko‗rinishi)ni ham yolg‗onning dalolati sifatida talqin qilmaslik lozim. Haqiqatgo‗y inson, unga ishon-masliklaridan qo‗rqib, o‗zini fosh bo‗lishdan qo‗rqayotgan yolg‗onchi kabi tutishi mumkin (Otello xatosi).

Ikkinchi – ―Individual xususiyatlar xatosi‖ – insonning yolg‗onchi-ning xulqidagi mavjud individual farqlarni hisobga ola bilmasligi oqibatida kelib chiqadi. Bunday xato tufayli haqiqatni – yolg‗on, yolg‗onni esa, aksincha, haqiqat deb qabul qilish mumkin.

Masalan, ko‗pchilik yolg‗on so‗zlovchi shaxs suhbatdoshining ko‗ziga tik qaray olmaydi, deb hisoblaydi. Holbuki, tadqiqotlarning ko‗rsatishicha, ko‗z qarashlari yolg‗onga aslo bog‗liq emas. Masalan, muloqot vaqtida suhbatdoshining ko‗ziga hech qachon qaramaydigan inson bor. Ularni yolg‗onchi deb hisoblash adolatdan emas, chunki bu ularning normal individual muloqot uslubidir. Yuqorida so‗z yuritilgan xatti-harakatni o‗ylab ko‗rish bilan bog‗liq ko‗plab kalitlar ushbu toifaga kiradi; juda ko‗pchilik odamlar so‗zlaganda ko‗p gapiradilar, yanglish gapirib qo‗yadilar, so‗zlash jarayonida uzoq yoki qisqa tanaffuslar qiladilar. Odamlar qancha bo‗lsa, xatti-harakatlar turlari ham shuncha bo‗ladi, bunday farqlar esa haqiqat va yolg‗onni anglashda xatolarni keltirib chiqarishi mumkin.

Yolg‗onligi aniq ko‗rinib turgan aksariyat hollardagi har qanday ko‗rinishlar ayrimlar uchun odatdagi xulqining tarkibiy qismi bo‗lishi mumkin (Brokau qopqoni).

Va nihoyat, olish imkoni bo‗lgan har qanday axborotdan muqarrar ravishda bizning yo‗nalish va shaxsimizga xos xususiyatlarga bog‗liqlarini tanlab olamiz. Biz ko‗pincha qabul qilishni o‗ylayotgan narsamizni idrok

Page 24: Jinoyatchi shaxsining verbal va noverbal psixodiagnostikasi va uni o

24

etamiz va idrok etgan narsamizni o‗zimiz istagandek talqin qilamiz. Ya‘ni kuzatuvchi ustanovkalari va ruhiy holatining kuchli ta‘siri – o‗z gipote-zasini tasdiqlashga perseptiv tayyorlik (idrok etishga ichki ustanovka) ko‗rinadi; bu kuzatish qonuniyati bo‗lib, kuzatuvchi subyektivlikka yo‗l qo‗ymaslik uchun uni hisobga olishi shart.

Atrofdagi odamlarning tana signallarini ―tushunish‖ zarur bo‗lganida, avvalo hammani juda yaxshi bilaman deb hisoblamaslik, balki avvalo o‗z taassurotlarini nazorat qilish zarur!

Bundan tashqari, insonning emotsional holatlarini va ulardagi o‗zgarishlarni diagnostika qilishdagi qiyinchiliklar ham alohida e‘tiborga molik. Hissiyotlarni aniqlash (anglash, tushunish)da kuzatilayotgan shaxs va uning xulqiga oid u hozir bo‗lgan vaziyat haqidagi barcha olish imkoni bo‗lgan axborotdan foydalaniladi.

His-tuyg‗ular tilini tushunish nafaqat muayyan jamiyatga xos hissiyotlarni ifodalashning umumiy normalarini bilishni, balki atrofdagi odamlarning o‗ziga xos tilini tahlil qilish va o‗rganish qobiliyati va bunga tayyor bo‗lishni ham talab etadi.

YA. Reykovskiyning tadqiqotlariga qaraganda, har kim ham bunday tahlil qilish va hissiyotlarning individual tilini o‗zlashtirishni istamaydi va bu ularning qo‗lidan kelmaydi. Bu hol turli sabablar bilan bog‗liq. Ba‘zilar o‗z shaxsiga haddan tashqari diqqat qaratadilar va shu bois boshqalarning holatini sezish va to‗g‗ri baholashga qodir emaslar. Boshqalarda atrofda-gilarga e‘tiborsizlik uning o‗zini ustun tutish hissiyoti bilan bog‗liqdir. Yana boshqa shaxslarda his-tuyg‗ular (emotsiyalar) tilini o‗zlashtirishdagi bunday qiyinchiliklar qo‗rquv hissi bilan izohlanadi. Bu o‗z hissiyotlari bilan bog‗liq bo‗lgan va uni o‗zida salbiy hissiyotlar keltirib chiqarishi mumkin bo‗lgan har narsadan qochishga uni undovchi xavotir bo‗lishi mumkin; buning oqibatida inson boshqalarning his-tuyg‗ularini sezmaydi. Haqiqiy his-tuyg‗ularni tushunishda quyidagilarni bilish muhim.

So‗roq qilinayotgan (so‗ralayotgan) shaxsda tabiiy his-tuyg‗ularga xos mimikaning barcha elementlari mavjudmi?2

So‗ralayotgan shaxs yuzida boshqa hissiyotlar unsurlari yoki soxtalik alomatlari (masalan, asimmetriya) bormi.

His-tuyg‗ularni nafaqat tushunish, balki ifodalashning o‗zi ham qiyinchiliklar tug‗dirishi mumkin. Shu bois tana tilini o‗rganishni o‗zlikni anglashdan boshlash zarur. O‗z tanangiz aks ta‘sirini va bunda siz tuyadigan hislarni diqqat bilan kuzatishingiz kerak. Barcha holatlarni aniq

2 1-ilovada P. Ekman va U. Frizen singari hissiyotlarning mimik ifodalanishi sohasidagi mashhur mutahassislar ajratgan tabiiy mimik (yuz) ifodalari uchun ekstressiyalar patternlari keltirilgan.

Page 25: Jinoyatchi shaxsining verbal va noverbal psixodiagnostikasi va uni o

25

tahlil qilish va so‗z orqali tavsiflash lozim, ya‘ni imkoni topilgan har vaqt hissiyotlarni verballashtirishni mashq qilish lozim. ―Ayni vaqtda o‗zingiz va signallaringizni bilmay turib, inson haqidagi amaliy bilimlarga oid mavzularga murojaat qilish foydasizdir‖.

Bundan tashqari, psixologiya fanida quyidagilardan dalolat beruvchi ko‗plab tadqiqotlar o‗tkazilgan: insonning motivatsion, aqliy (intellektual) va boshqa psixologik tavsiflari, uning hayotiy tajribasi, bilimlari hajmi, u vaziyatni qanday idrok etishi, o‗z imkoniyatlarini baholashi kabilar uning xulqiga jiddiy ta‘sir ko‗rsatadi. Tashqaridagi xavf-xatar vaziyati insonning u yoki bu faoliyatni bajarish jarayonidagi funksional, jumladan ruhiy imkoniyatlari adekvat yoki noadekvatligini aniqlashga yordam beradi, xolos.

Terrorchining qiyofasidagi psixologik xususiyatlarni, uning moti-vatsiyasi, ustanovkalarini hisobga olib, umuman, diagnostik manzara biz istaganga qaraganda ko‗rimsizroq bo‗lishini taxmin qilish mumkin.

Psixologik zo‗riqish harakatlarning maromi buzilishida, yarmi uzilib qolganida, turli tutilishlar, qoqilishlarda namoyon bo‗lishi mumkin. Bular-ning barchasi insonning to‗lig‗icha xayoli joyida emasligidan dalolat beradi, ko‗pchilikka ma‘lum insondagi hardamxayollik va muayyan ishonchsizlik ana shundan kelib chiqadi.

To‗lqinlanish (hayajon), xavotir, qo‗rquv, shodlik, g‗azab, sarosima va hatto xotirjamlik ham kuzatuvchan mutaxassisga ko‗p ma‘lumot berishi mumkin.

Page 26: Jinoyatchi shaxsining verbal va noverbal psixodiagnostikasi va uni o

26

III bob. YOLG‘ONNI ANIQLASH – JINOYATCHI SHAXSINI NOVERBAL ANIQLASH ASOSI

1-§. Yolg‘on – ishontiruvchi ta’sir ko‘rsatish vositasi

YOLG‗ON – boshqa subyekt ongida voqelikning u yoki bu jihatlari haqida bila turib yolg‗on tasavvur yaratish.

Bu – ta‘rif. Yolg‗on va haqiqat – bir medalning ikki tomoni. Bu – falsafa. Terrorchilik dunyoqarashining asosini tashkil qiluvchi shior – ―Biz

ularga qarshimiz, ular esa – muammolarimiz sababidir‖. Qanchalik g‗alati tuyulmasin, biroq bu – o‗yin, qo‗rqinchli siyosiy

o‗yin, uning o‗z dovlari (stavkalari) mavjud bo‗lib, ular ancha katta. Dovlar terrorchilik faoliyatining maqsadlari bilan bog‗liq. Bu maqsadlar esa pastdan yuqoriga qarab quyidagi ko‗rinishga ega: o‗z talablariga e‘tiborni tortish; ega bo‗lingan taniqlilikni e‘tirofga ko‗chirish; talablarni oqlash; hokimiyatni qo‗lga kiritish; jamiyat, davlat boshqaruvini nazoratga olish.

Terrorchi – o‗yin ishtirokchisi. U o‗z faoliyatini romantika va qahramonlik og‗ushida ko‗radi. Biz uchun terrorchilik – qonli dahshat bo‗lsa, uning uchun – adolatli qasosdir. Qoidaga ko‗ra, hozirgi ―o‗yin‖

ko‗pincha birovning hududida amalga oshiriladi, shu bois terrorchi o‗z faoliyatini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun ―dushman‖ qo‗shini orasida puxta niqoblanadi. Binobarin, nihoyatda kuchli konspiratsiya, turli niqoblar yordamida o‗zi va faoliyati haqida soxta tasavvur hosil qilish uchun aldovdan ishontirish vositasi sifatida foydalanadi.

Aldov ham, xuddi yolg‗on singari qarama-qarshi manfaatlar, axloqiy va ijtimoiy normalar to‗qnashgan paytda yuzaga keladi.

Axborotning jinoiy tarzda buzilishini fosh etish doimo dolzarb mavzu bo‗lgan. Bu masalalar bilan 20 yildan ortiq shug‗ullanayotgan amerikalik olim Pol Ekman yolg‗on axborot ko‗pincha shunchalar tabiiyki, uni hatto inson faoliyatining deyarli barcha sohalariga kiritish mumkin, deb yozgan. Mavzuning dolzarbligi ana shu hodisaga (yolg‗onga) oddiy bo‗lmagan qiziqish bilan qarashgina emas, balki kasbiy faoliyat sohasidagi katta ahamiyati bilan ham bog‗liqdir.

Yolg„onni fosh etuvchi psixologik sabablar. Barcha qiyinchiliklar va xato qilish imkoniyatlari mavjudligiga qaramay, aldovni aniqlash mumkin.

Page 27: Jinoyatchi shaxsining verbal va noverbal psixodiagnostikasi va uni o

27

Nima uchun inson hammani alday olmaydi? P. Ekmanning fikricha, buning ikkita asosiy sababi mavjud:

o‗z xatti-harakat yo‗nalishi va aytadigan gaplarini puxta tayyorlash va har tomonlama o‗ylashga imkoni yo‗qligi (o‗ylangan xatti-harakat yo‗nalishini yo‗qqa chiqaradigan barcha ehtimolli savollarni, turli kutil-magan holatlarni oldindan sezish uchun topqirlik yetishmasligi);

ichki hissiy (emotsional) nizolar (o‗z-o‗zidan anglanmagan tarzda hissiyotlarni ko‗rsatish va oqibatda yuzaga keladigan hissiyotlarini yashirishga, yoki aksincha, soxtalashtirishga urinish).

Bu sabablar xatti-harakat (xulq)ning asosiy jihatlariga turlicha ta‘sir ko‗rsatadi, oqibatda yolg‗on fosh bo‗ladi. Inson o‗z hissiyotlarini yashirishi va soxtalashtirishi (falsifikatsiya qilishi) qiyin bo‗lganligi uchun ham xatolarga yo‗l qo‗yiladi. Hissiyotlar (emotsiyalar) o‗z-o‗zidan ong osti darajasida yuzaga keladi va inson muayyan paytga qaysi emotsiya ko‗proq to‗g‗ri kelishini tanlashi yoki bu haqda mulohaza yuritishiga imkon bo‗lmaydi. O‗zgarishlar soniyaning ulushi ichida yuz beradi – bu hissiy kechinmalarning xususiyatidir. Masalan, biz istasak-istamasak qo‗rqamiz. Bu fe‘l-atvorning ishonchli belgisidir. Bu shu ma‘noda ishonchliki, qo‗rquvni o‗xshatadigan yoki ―to‗g‗ri qo‗rqadigan‖ odamlar juda kam.

Agar inson bir vaqtning o‗zida boshqa hissiyotlarini yashirishga urinsa, o‗zi sezayotgan hissiyotlarni soxtalashtirish yanada qiyinroq kechadi. Masalan, atayin jahldor ko‗rinish oson emas, ammo qo‗rquv hissini sezayotganida jahldor ko‗rinishga urinish yanada qiyin, chunki bunda qarama-qarshi kuchlar to‗qnash keladi. Qo‗rquv tufayli yuzaga kelgan impulslar yuz mushaklarini bir yo‗nalishda tortsa, jahldor ko‗rinishga urinish – mutlaqo boshqa tomonga tortadi. Masalan, qo‗rqqan odamning qoshlari beixtiyor yuqoriga ko‗tarilib suriladi, ammo jahldor ko‗rinish uchun u qoshlarini pastga tushirishi kerak bo‗ladi. Ko‗pincha, inson o‗zi sezayotgan va soxtalashtiradigan hissiyotlar o‗rtasidagi bunday ichki kurash belgilari uning aldayotganini bildirib qo‗yadi.

Agar inson fosh bo‗lishni istamasa, hissiyotlarini yashirishiga to‗g‗ri keladi. O‗z his-tuyg‗ularini yashirishga bunday urinishlar quyidagi ikki holdan birida kuzatilishi mumkin:

1) yashirilayotgan hissiyotning ba‘zi alomatlarini bostirish yoki berkitishning iloji bo‗lmaydi, ana shunda aldovni bilib olishning noverbal kaliti paydo bo‗ladi – ―axborot chiqib ketadi‖;

2) yoki aldoqchining so‗zlari bilan mos kelmaydigan, anglab (rasshifrovka qilib) bo‗lmaydigan fragment (parcha) paydo bo‗ladi, yoki nimanidir yashirishga urinishning o‗zi insonning xatti-harakatida o‗zga-

Page 28: Jinoyatchi shaxsining verbal va noverbal psixodiagnostikasi va uni o

28

rishlarni yuzaga keltiradi va bu o‗zgarishlar asosiy yo‗nalishga mos kelmaydi (xulqdagi nokongruentlik).

Aldash bilan birga kechadigan hissiy holatlar. Har qanday hissiyot (emotsiya) aldashdan dalolat berishi mumkin, ammo uchta hissiy holat ko‗pincha u bilan birga keladi. Bular:

– fosh bo‗lishdan qo‗rqish; – aybdorlik hissi; – aldashdan quvonish. Yolg‗onni aniqlashga bag‗ishlangan tadqiqotlarda yuqori motivatsiyaga

ega yolg‗onchilarning xulqi kamroq motivatsiyaga ega yolg‗onchilarning xulqidan farq qiladi. Demak, fosh bo‗lishdan qo‗rqayotgan terrorchining xatti-harakati fosh bo‗lishdan qo‗rqmaydigan terrorchinikidan farq qiladi.

Olloh yo‗lida qurbon bo‗lishga bel bog‗lagan ―shahid‖ terrorchilar fosh bo‗lishdan qo‗rqmasliklari mumkin, chunki uning manzilga yetib borish-bormasligi faqat jinoyat qurbonlarining umumiy soniga ta‘sir qiladi. Terrorchi portlatish qurilmasini istagan paytida ishga tushirishi mumkin. Biroq fosh bo‗lishdan qo‗rqishni o‗limdan qo‗rqish bilan chalkashtirmaslik kerak. O‗limdan qo‗rqish har doim bo‗ladi, chunki u insonning asosiy instinkti hisoblanadi. Uning qay darajada bo‗lishi ―shahid‖ terrorchiga berilgan psixologik ishlov darajasiga bog‗liq.

Bundan tashqari, nafaqat mukofot, balki jazodan qutulish imkoni ham beriladigan bo‗lsa, fosh bo‗lishdan qo‗rqish yanada kuchli bo‗ladi.

Terrorchi o‗z qurbonlariga nisbatan umumiy ijtimoiy qadriyatlarga asoslanmaydi va umuman ularni odam hisoblamasligi mumkin. Shu bois terrorchilik harakatiga tayyorgarlik ko‗rish va uni sodir etish vaqtida aybdorlik hissi umuman bo‗lmasligi mumkin. Mayda-chuyda (moddiy) manfaatlar yo‗lida terrorchilik harakatlarini sodir etadigan shaxslar (avvalo, yollanma qotillar)gina bundan mustasno bo‗lishi mumkin (4-rasm).

Terrorchi – narsissizm kasaliga giriftor shaxs bo‗lib, u hamma narsadan tashqari, o‗ziga beradigan yuqori bahosi tasdiqlanishiga muhtoj ekan, demak, unga odamlarni aldashdan rohatlanish hissi xos bo‗lishi kerak. Televizor ekranlarida OAV taqdim etadigan efir vaqtida terrorchilar fojiali voqealar rivojlanishining birinchi bosqichida odamlarni garov sifatida tutqunlikka olganliklari haqida jahonga e‘lon qilganlarida ana shu hissiyotlarining cho‗qqisini kuzatishimiz mumkin (Dubrovka). Boshqacha aytganda, bunday holatda samarali yolg‗on (aldash, niqoblanish, huquqni muhofaza qilish organlarining hushyorligiga pand berishdan zavqlanish) yutuqlarga kiritiladi va qoniqish hissini yuzaga keltiradi.

Page 29: Jinoyatchi shaxsining verbal va noverbal psixodiagnostikasi va uni o

29

Bunda hissiyotlar (emotsiyalar)ning hammasi birga va navbatma-navbat hozir bo‗lishi, hatto terrorchi yashirishga uringan taqdirda ham uning yuz qiyofasi, ovozi yoki tana harakatlarida aks etishi mumkin. Hatto noverbal ―utechka‖ mavjud bo‗lmasa ham, ushbu hissiyotlarni yashirishga urinishlar uni aniqlash kalitini berishi mumkin.

2-§. Yolg‘onni va yashirilayotgan holatlarni noverbal diagnostika qilishning asosiy qoida va vazifalari. Xabar qilinayotgan

ma’lumotlarni nazorat qilish darajasi

Yakka o‗zi insonning aldayotganligini anglatadigan hech bir imo-ishora, yuz ifodasi yoki ixtiyorsiz mushak qisqarishi mavjud emas. Faqat so‗zlar yaxshi o‗ylanmagani yoki his qilinayotgan emotsiyalar so‗zlarga mos kelmasligini taxmin qilish mumkin bo‗lgan belgilargina mavjud.

Yolg‗on gapirayotgan shaxs birovlar ko‗proq diqqat bilan kuzatadilar deb hisoblaydigan narsalarnigina yashiradi va soxtalashtiradi.

Ushbu qoidalardan yolg‗onchilar ayniqsa so‗zlarni ko‗proq tanlashlari haqidagi xulosa kelib chiqadi. Buning sabablari bir qancha:

insonning aynan so‗zda (verbal) ifodalangan axborotni idrok etishga ichki moyilligi;

nutqni oldindan tayyorlab qo‗yish mumkinligi; qaytma aloqa mavjudligi (gapirayotgan odam bayon etishning

muvofiq keluvchi yo‗lini tanlab, o‗zini eshitadi); so‗zlar uchun javob berishga to‗g‗ri keladi, chunki ularni takrorlash

oson va ulardan batamom voz kechish qiyin. Insonning yuziga ham so‗zlardan kam bo‗lmagan e‘tibor qaratiladi.

Yuz qiyofasi ovoz bilan birgalikda eshituvchiga so‗zlayotgan shaxsda uning o‗z so‗zlari keltirib chiqaradigan hissiyotlari haqida axborot berishi, shu bois insonning yuzi ham aldashi mumkin. Ammo yuz mimikasini nazorat qilish qiyinroq. Inson yuzi miyaning hissiyotlar uchun javob beruvchi sohalari bilan bevosita bog‗liq, so‗zlar esa unday emas. Nimani gapirayotganimizni bilish oson, ammo yuzimiz nimani ifodalayotganini bilish ancha qiyin. Garchi yuz mushaklarining taranglashuvi ba‘zi hissiyot-lar bilan kechsa-da, P. Ekmanning tadqiqotlari aksariyat odamlar ushbu hissiyotlardan keladigan axborotdan deyarli foydalanmasliklari va o‗z yuzining ifodasini aniqlay olmasliklarini ko‗rsatgan. Yuzning hissiyot yuzaga kelgan paytda paydo bo‗ladigan dastlabki ifodasi atayin tanlan-maydi (5-rasm).

So‗zlar va yuzga ajratiladigan bunchalik saxiy e‘tibor natijasida plastika va ovozga deyarli e‘tibor qolmaydi. Shunga qaramay, suhbatdoshi

Page 30: Jinoyatchi shaxsining verbal va noverbal psixodiagnostikasi va uni o

30

yolg‗on gapirayotganda undan gumon qiluvchilar ularning ovozi va tanasiga ko‗proq e‘tibor berishlari to‗g‗ri bo‗ladi. Ovoz ham, yuz singari hissiyotlar uchun javobgar miya sohalari bilan bog‗liqdir.

Inson tanasi axborot chiqadigan va boshqa aldash belgilari ko‗rinadi-gan yaxshi manbadir. Tana harakatini nazorat qilish unchalik qiyin bo‗lmasa-da, ko‗pchilik bunga e‘tibor bermaydi, ya‘ni zarurati yo‗q deb hisoblaydi.

Yolg‗onni aniqlash oson emas. Muammo axborotning mo‗lligida. Axborot manbalari ham haddan tashqari ko‗p. Bular: so‗zlar, to‗xtamlar, ovoz jarangi (sadosi), yuz ifodasi, bosh harakati, imo-ishoralar, gavda holati, nafas olish, ter bosish, yuzdagi qizillik yoki rangparlik va hokazo. Ana shu manbalarning hammasi axborotni galma-gal va birgalikda berishi mumkin (6-rasm).

Hatto yolg‗onga tayyorgarlik ko‗rgan, o‗z xatti-harakatining jihatlarini nazorat qilayotgan, kuzatib turgan inson ham o‗zini fosh etishi mumkin bo‗lgan barcha narsalarni (barmoq uchlaridan tortib bosh tepasigacha) nazorat qila olmaydi. Istagan taqdirda ham bu qo‗lidan kelmaydi.

Bundan tashqari, tayyorgarlik ko‗rgan mutaxassisda, agar aldayotgan shaxs ―hissiy qo‗zg‗alishda, ruhiy zo‗riqish holatida bo‗lsa, aldash borasi-da katta tajribaga ega bo‗lmasa, tug‗ma yolg‗onchi va psixopat bo‗lmasa, yolg‗onni aniqlash imkoniyati ancha ko‗p bo‗ladi‖.

Afsuski, terrorchilarning muayyan qismini ruhiy anomaliyalari bor shaxslar tashkil qiladi.

Yolg‗onni va yashirilayotgan holatlarni aniqlashda asosiy vazifalarga quyidagilarni kiritish mumkin:

yolg‗onni sezish; haqiqatni yolg‗on deb bilmaslik; va, eng asosiysi, qachon unisini ham, bunisi ham aniqlash mumkin

emasligini aniq tushunish.

3-§. Axborotning mazmuni va uni yetkazish texnikasi (verbal belgilari) bo‘yicha yolg‘onni aniqlash

Nutqni oldindan tayyorlab qo‗yish mumkin, ammo kimnidir aldashga uringan inson asosan beparvoligi (beg‗amligi) tufayli nutqiy xatolarga yo‗l qo‗yadi. Ko‗pchilik ehtiyotsizlikka yo‗l qo‗yib aytgan so‗zlari bilan o‗zini fosh qiladi. Zigmund Freyd buni tildagi yanglishuv sifatida ta‘riflagan. Yanglishuv, – deb yozgan edi u, – o‗ziga xos ―aytishni istamagan, ammo o‗zingni fosh etib qo‗yadigan narsani ifodalash ... quroli‖ga aylanadi. Agar so‗zlayotgan odam bila turib yolg‗on gapirayotgan bo‗lsa, ma‘yuslik ongli bo‗lishi mumkin. U istamagan holda gapirib qo‗ygach o‗zining tushkun

Page 31: Jinoyatchi shaxsining verbal va noverbal psixodiagnostikasi va uni o

31

holatini tushunishi ham, bunga e‘tibor bermasligi ham mumkin. Yanglishib aytilgan gaplar bo‗yicha yolg‗onni aniqlashda ehtiyot bo‗lish zarur, deb hisoblaydi P. Ekman, chunki ana shu yanglishuvlarning hammasi ham yolg‗ondan dalolat beravermaydi. Yanglishuv yolg‗onni fosh qilayotgani yoki qilmayotganini odatda kontekstdan kelib chiqib aniqlash mumkin. Shu o‗rinda boshqa bir keng tarqalgan xatoning oldini olish va yanglishib gapirmaydigan har bir kishini haqiqatgo‗y deb hisoblamaslik zarur. Ko‗plar yolg‗on gapirayotganda yanglishishga yo‗l qo‗ymaydilar. Hozircha qanday-dir yolg‗onning yanglishuv bilan fosh bo‗lishi, qaysilaridir esa bunday bo‗lmasligini izohlovchi hech bir tadqiqot amalga oshirilmagan (hatto taxminlar ham bildirilmagan).

Yolg‗on psixologiyasiga oid ayrim tadqiqotlarga ko‗ra, ba‘zilar yolg‗on gapirayotganlarida dangal javob bermaydilar, gapni aylantiradilar yoki keragidan ortiq ma‘lumot beradilar. Boshqa tadqiqotlarning ko‗rsa-tishicha, buning aksi ham bo‗ladi: aksariyat odamlar savolga javob berishdan bo‗yin tovlash va aniq javob berishdan qochish uchun haddan tashqari ayyordirlar. Bunday yolg‗onchilarni sezmaslik ham mumkin. Aynan shu joyda gaplari javobdan qochish yoki gapni butunlay aylantirish bo‗lgan haqiqatgo‗y insonni noto‗g‗ri baholash xavfi (individual xusu-siyatlar xatosi) mavjuddir. Ba‘zilar doimo ana shunday so‗zlaydilar. Bundaylarning so‗zlash uslubi shunaqa. Ammo bu yolg‗onchilik alomati emas, balki ularning oddiy gapirish uslubidir. Masalaning murakkabligi shundaki, ko‗pincha birovning aldayotganini aniq ko‗rsatib turgan har qanday ko‗rinishlar boshqa odamlar uchun kundalik xulqining tarkibiy qismigina bo‗lishi mumkin. Verifikator har doim, ayniqsa gumon qilinayotgan shaxs bilan tanish bo‗lmasa, ularning tipik xulqini bilmasa, Brokau qopqoni deb ataluvchi qopqonga tushib qolishi mumkin.

To„xtalish (pauza) va tutilishlar. To‗xtalishlar haddan tashqari uzoq yoki qisqa bo‗lishi mumkin. So‗zlar oldidagi tutilishlar (duduqlanishlar), ayniqsa bu savolga javob berayotganda kelib chiqsa, har doim shubha uyg‗otadi. Nutq jarayonining o‗zidagi qisqa to‗xtalishlar ham haddan tashqari ko‗p uchrasa, shubhali tuyuladi. Nutqdagi xatolar: masalan: ―hm‖, ―xo‗sh‖ va ―e-e‖ singari kirish so‗zlar; ―men‖, ―men‖, ―men‖ ... nazarda tutyapman‖ singari takrorlar; ―Menga j-juda yoqdi‖ singari ortiqcha bo‗g‗inlar ham yolg‗on alomatlari bo‗lishi mumkin. Nutqdagi to‗xtalish va tutilishlarning sabablari quyidagilardan iborat:

yolg‗onchining o‗z harakatlari yo‗nalishini, muayyan masalani yaxshilab o‗ylamagani;

fosh bo‗lishdan qattiq qo‗rqqanligi. Bundan tashqari, odam o‗zining yolg‗oni qanchalik haqiqatdan

Page 32: Jinoyatchi shaxsining verbal va noverbal psixodiagnostikasi va uni o

32

uzoqligini eshitsa, qo‗lga tushishdan yanada ko‗proq qo‗rqa boshlaydi, natijada to‗xtalish va nutqiy xatolar ko‗payib boradi.

Axborotni berish (yoki yetkazish) – uzatish texnikasi (yo‗llari) bilan bog‗liq yolg‗on belgilariga alohida e‘tibor qaratish lozim:

savollarga haddan tashqari tez berilayotgan javoblar o‗ylashga majbur qilishi lozim;

berilayotgan axborotga nisbatan haqiqiy munosabatni niqoblash yoki buzib ko‗rsatgan holda qandaydir boshqa jihatlarini nutqiy vositalar – intonatsiya, pauzalar va boshqalar yordamida namoyishkorona ta‘kidlash (ajratib ko‗rsatish).

Oxirgi belgi yolg‗on gapiruvchilar boshqa birovni chalkashtirish uchun atayin qo‗llaydigan usullar guruhiga kiradi va boshqa ma‘lumotlar bilan qiyoslaganda yolg‗on ko‗rsatkichi bo‗lib xizmat qilishi mumkin. Kundalik amaliyotda bu aynan usul ekanligiga ishonch hosil qilinganida, bunday holatlar haqida boshqa birovni ishontirishga urinib ―oshirib yubordi‖ deyiladi.

Suhbatdoshingiz sizni o‗zining samimiy gapirayotganiga, to‗g‗ri so‗zligiga ishontirishga qattiq harakat qilayotgani, uning so‗zlariga ishonmayotganingizni sezganida faqat haqiqatni gapirayotganligini qayta-qayta ta‘kidlashi yolg„on gapirayotganidan dalolat berishi mumkin. Masalan:

– Sog‗lig‗im bilan qasam ichaman ... – Chin so‗zim, bilmayman ... – Qo‗limni kesib tashlashingiz mumkin ... – Bu ham ... dek to‗g‗ri gap ... – Chin so‗zim, aynan shunday bo‗lgan edi ... – bular yolg„ondan

dalolat beruvchi eng ko‗p tarqalgan va aniq so‗zdagi alomatlardir. Ba‘zi mavzu va masalalarni muhokama qilishdan qochish (agar ular

inson uchun qandaydir noxush jihatlarga taalluqli bo‗lmasa): – Esimda yo‗q ... – Bunday deganim yo‗q ... – Buni muhokama qilmoqchi emasman ... – Bunda hech bir aloqadorlik ko‗rmayapman ... – Bu savolingizga javob berolmayman ... Suhbatdoshni asossiz mensimay, uning jig‗iga tegib yoki unga

dushmanlarcha ohangda gapirish, atayin qo‗pollik qilish ig„vodan dalolat beradi:

– Gap nimadaligini tushunmayapman ... – Siz bilan gaplashishni umuman istamayman ... – Savollaringizga javob berishga majbur emasman ...

Page 33: Jinoyatchi shaxsining verbal va noverbal psixodiagnostikasi va uni o

33

Bu shaxs bilan avvalgi munosabatlaringiz yaqinlikka olib kelmagani-da ishonchingizni qozonish, rahmingizni keltirishga urinish:

– Men ham sizga o‗xshagan odamman ... – Muammolarim ham xuddi siznikiga o‗xshaydi ... – Oilam, bolalarim bor ... Berilgan aniq-dangal savollarga qisqa rad javobi yoki beparvolik

bilan, mujmal javoblar olish; oddiy takrorlanuvchi javoblar yoki oddiy rad etishni takrorlash; “Ha” yoki “Yo„q” so„zlarini ishlatmaslikka urinish:

– Buni o‗zingiz aytgansiz-ku! – Ishonch bilan aytolmayman ... – Meni hurmat qilasizmi? – Siz, shubhasiz, jiddiy odamsiz ... – Bu haqda hech narsa bilmayman ... Tajribadan ma‘lum bo‗lishicha, samimiy inson o‗ziga nisbatan shubha

borligini ko‗rganida ko‗proq gapirishga va samimiyligini isbotlashga harakat qiladi, ayni vaqtda berilgan to‗g‗ri savollarga qaytarilgan beparvo, mujmal javoblar normal xatti-harakat tushunchasiga mos kelmaydi. Bun-day javoblar suhbat jarayonida yolg‗on gapirish borgan sari qiyinlashib borishi bilan bog‗liq:

so‗zlarda qat‘iyatsizlik paydo bo‗lishi; to‗xtovsiz gaplashish yoki ko‗plab savollar berish orqali suhbat-

doshni chalg‗itish; savollarga javob berishni istamaslik yoki javob berolmaslik; savollarga javob berishdan oldin uzoq vaqt jim qolish; savollarga

haddan tashqari imillab yoki chalkash javob berish; savolga savol bilan javob berish; berilayotgan savollarni ovoz chiqarib takrorlash yoki tushunarliroq

qilib berishni so‗rash; savolning mohiyatini ishga aloqasi bo‗lmagan ortiqcha ma‘lumotlar

bilan niqoblash. Psixologlarning quyidagi tafsilotlarini nazarda tutish foydali bo‗ladi:

Aybsiz shaxs sizga nisbatan shubha, ishonchsizlik bildirishi mumkin, ayni vaqtda ish bo‗yicha tafsilotlarni aniqlashtirishga qarshilik qilmaydi; ko‗p hollarda to‗liq, batafsil, hatto ishga bevosita aloqasi yo‗q

ma‘lumotlarni beradi; ko‗p gapiradi; doimo o‗z izohlari bilan gapingizni bo‗lishga harakat qiladi; o‗zini nimadadir ayblashlari yoki undan shubhalanishlaridan

avval jadal himoyalanishni boshlaydi;

Page 34: Jinoyatchi shaxsining verbal va noverbal psixodiagnostikasi va uni o

34

Aybdor shaxs batafsil izohlardan qochadi, ko‗p gapirmaydi; savollarga javob berishda o‗zini tutib turadi; muhokama qilinayotgan masala bo‗yicha faktlar, tafsilotlarni

aniqlashda suhbatdoshga qarshilik ko‗rsatadi; hech bir aytarli sababsiz izoh berishdan bosh tortishi mumkin; izohlaridagi mayda tafsilotlargacha aniqligini ta‘kidlaydi; u yoki bu holatlarni aniqlashda yordam berish istagini

bildiradi

So‗ralayotgan shaxs xatti-harakatidagi quyidagi xususiyatlar uning yolg‗on gapirayotganidan dalolat berishi mumkin:

– inson xulqining vaziyatga nomuvofiqligi; – xayrixohlikni oshirib namoyish qilish; vaziyat taqozo etmasa ham

iljayaverish; – so‗ramagan yordamingizni berish; – arzimas sabablarga ko‗ra qahr-g‗azabini baralla ko‗rsatish; – o‗zini yomon his qilayotganidan shikoyat qilish, tibbiy yordam

so‗rash; bu hol haqiqatan ham umumiy ahvoli yomonlashganidan dalolat berishi ham, e‘tiborni chalg‗itish usuli, suhbatni tugatish uchun bahona bo‗lishi ham mumkin.

4-§. Berilayotgan axborotga nisbatan yolg‘onni aniqlash (noverbal alomatlar)

Ovozdagi yolg„on alomatlari. Ovoz nutq to‗lqinlarining fiziologik ko‗rsatkichlarini o‗lchash asosida insonning hissiy holatidan dalolat beradigan nihoyatda informativ ko‗rsatkichdir. Ushbu fiziologik ko‗rsatkichlarga quyidagilar kiradi: nafas olish harakatlarining xarakteri, qon oqimi bilan bog‗liq bo‗lgan ovozdagi pulsatsiya; ovozdagi asosiy ohang o‗zgarishlari; ovoz apparati mushaklarining tebranishi. Biroq ovozdagi o‗zgarishlarga qarab aynan yolg‗onning ishonchli alomatlarini aniqlash mumkin deb qat‘iy ta‘kidlashning amalda iloji yo‗q. Ko‗pincha biz stress ta‘sirida salbiy hislar yuzaga kelganligining belgilarini ko‗ramiz. Shu bois ovoz xususiyatlari (ko‗rsatkichlari)dagi o‗zgarishlarni boshqa qo‗shimcha alomatlarni hisobga olgan holda talqin etish kerak.

Ovoz xususiyatlaridagi o‗zgarishlarning sabablari: – hissiyotlarning nazorat qilib bo‗lmaydigan tarzda qo‗qqisdan yuzaga

kelishi; – fosh bo‗lishdan qo‗rqish; – bosh suyagining tuzilishidagi anatomik xususiyatlar. Inson, bosh suyagining akustikasi hamda idrok etishning boshqa

xususiyatlari tufayli, o‗z nutqini amaldagidan boshqacharoq eshitadi.

Page 35: Jinoyatchi shaxsining verbal va noverbal psixodiagnostikasi va uni o

35

Aldashga urinadigan odamlar o‗z xulqini, jumladan ovozining sadosini nazorat qilishga harakat qiladilar, ammo shu paytda buni qay darajada uddalaganliklarini aniq bila olmaydilar, chunki o‗z ovozining sadosini to‗liq nazorat qilish ancha qiyin ish. Hayajon, jumladan fosh bo‗lishdan qo‗rqish tufayli kelib chiqadigan va ko‗proq hayajonga xos bo‗lgan hamda yolg‗on axborot berish vaqtida ovoz va nutqda ko‗rinadigan quyidagi belgilar farqlanadi:

ovozda titroq paydo bo‗lishi; vaqti-vaqti bilan ovozni tozalash; yo‗talib qo‗yish; og‗iz qurishi hamda yutinish va lablarni yalash ehtiyoji tufayli gap

o‗rtasida jumlalar uzilishi; nutq ohangi (intonatsiya)dagi ixtiyorsiz o‗zgarishlar; nutq sur‘atidagi o‗zgarish (masalan, jumlalarni o‗ylab ko‗rish

zarurligi tufayli uning pasayishi); ovoz tembrining o‗zgarishi. Ovozda hissiyotlar ko‗rinishining eng ko‗p o‗rganilgan belgisi ohang

kuchayishidir. Ranjigan odamlarda ovoz pardasi ko‗tarilib boradi. Ular g‗azablangan yoki qo‗rqqan hollarda buni yanada ko‗proq ko‗rish mumkin. G‗am-anduh yoki qayg‗u-hasrat vaqtida ovoz pardasining pasayishidan dalolat beradigan tadqiqotlar mavjud. Va nihoyat, hayajon, xafagarchilik, nafrat va jirkanish vaqtida ovoz pardasining balandligi o‗zgarish-o‗zgarmasligi noma‘lum. Ovoz pardasining ko‗tarilishi yolg‗ondan dalolat beradigan ishonchli belgi emas; u qo‗rquv yoki g‗azab va, ehtimol, hayajon belgisidir. Ammo ovoz va undagi o‗zgarishlarga qarab aldashdan rohatlanish bor yoki yo‗qligini aniqlash mumkin yoki mumkin emasligi noma‘lum.

Ovozdagi hissiy o‗zgarishlarni yashirish oson emas. Agar asosan yolg‗on gapirish paytidagi hissiyotlar haqida so‗z yuritiladigan bo‗lsa, axborotning oshkor bo‗lish ehtimolligi ancha katta. Agar yolg‗on gapirish-dan maqsad qo‗rquv yoki g‗azabni yashirish bo‗lsa, ovoz balandroq pardada va qattiqroq chiqadi, nutq esa, ehtimol tezlashadi.

Biroq ovozdagi har qanday hissiyot ko‗rinishini aldash alomati sifatida talqin etmaslik lozim. Haqiqatgo‗y inson birovlar unga ishonmas-ligidan qo‗rqib, xuddi fosh bo‗lishdan qo‗rqayotgan yolg‗onchi singari ovozini ko‗tarishi mumkin. Muammo shundaki, nafaqat yolg‗onchilar, balki mutlaqo aybsiz odamlar ham ba‘zan hissiy qo‗zg‗alish sezishlari mumkin (Otello xatosi).

Xuddi shuningdek, bir maromdagi ovozda gapirayotgan odam o‗zini nazorat qilayotgandek tuyulishi mumkin, bu esa, o‗z navbatida, u nimani-

Page 36: Jinoyatchi shaxsining verbal va noverbal psixodiagnostikasi va uni o

36

dir yashirishi mumkinligi haqida taxmin qilish imkonini beradi. So‗zlash ohangidagi sovuqqonlikni talqin etishda xato qilmaslik uchun aslida bu odamga shu tariqa so‗zlash xos yoki xos emasligini bilish zarur. Vazmin ovoz har doim ham haqqoniylikdan dalolat bermaydi; ayrimlar o‗z hissiyotlarini hech qachon, loaqal ovozda ham ko‗rsatmaydilar. Hatto hissiyotga beriluvchan odamlar ham muayyan hollarda o‗z hissiyotlarini ko‗rsatmasdan aldashlari mumkin (Brokau qopqoni). Shu bois vazmin ovoz ham ayni vaqtda aldash va haqqoniylikning ojiz belgisi hisoblanishi mumkin.

5-§. Ko‘z harakatlari va yuz mimikasiga qarab yolg‘on alomatlarini aniqlash

Inson o‗z yuzini ovoziga qaraganda yaxshiroq nazorat qila oladi. Faqat yuzga qarab xulosa chiqarish qiyin, chunki yuzda yolg‗onni aniqlash uchun tahlil qilishni talab etuvchi ko‗rsatkichlar haddan tashqari ko‗p. Xilma-xil mimika, ko‗z harakatlari, nigoh yo‗nalishi, odam yuzining muloqot davomida surilishi, asosiysi esa – inson turli holatlarining ―tashqaridan‖

turlicha ko‗rinishlari ko‗pincha uning haqqoniylik darajasi haqida noto‗g‗ri xulosalarga olib keladi. Boshqa tomondan, aynan yuz ifodasini tahlil qilish natijasida ko‗pincha yolg‗onni sezish mumkin bo‗ladi.

Ma‘lumki, ko‗zlar nafaqat ―dunyoga qaragan deraza‖, balki ―qalb oynasi‖ hamdir, ya‘ni ular insondagi ichki ruhiy jarayonlarni ko‗rsatadi. Ruhiy jarayonlar tafakkur va inson qalbida yuz berayotgan barcha narsalar bilan chambarchas bog‗liq. Bu mavzu ancha qiziqarlidir. Hayotda hamma narsa fazoda tebranib turganidek, ko‗z qorachig‗i ham doimo harakatda bo‗ladi va, neyrolingvistik dasturlashtirish (NLD) sohasidagi tadqiqotlarga ko‗ra, aynan qorachiqlar harakatiga qarab nafaqat fikriy jarayonning borishini, balki muloqotda samimiylik yoki nosamimiylik borligini ham aniqlash mumkin.

Bu yerda gap o‗ziga xos ―ko‗z kalitlari‖ haqida boradi (7-rasm). Ko‗z qorachig‗ida axborotni ―tuzish‖ (NLD termini) vaqtida beixtiyor

tushib qoladigan muayyan zonalar (to‗qqiztadan ikkitasi) mavjud bo‗lib, bu bir qator hollarda nosamimiylikning turi hisoblanadi, chunki biror topshiriqni bajarishda, savollarga javob berishda atayin buzish haqida gap boradi va hokazo. Ko‗pincha tuzish zonasini kuzatish emas, balki ko‗z qorachiqlarining axborot mazmuniga ega modalliklar (sensor tizimlar, his-tuyg‗ular) bo‗yicha mos kelmasliklarini tahlil qilish samara beradi. Masalan, qandaydir obrazlar haqida gap ketganida ko‗z qorachig‗i noverbal emas, balki audial zonada bo‗lgan.

Page 37: Jinoyatchi shaxsining verbal va noverbal psixodiagnostikasi va uni o

37

Ushbu muammoga batafsilroq to‗xtalamiz. Yuqorida ko‗z harakatlari suhbatdosh tafakkur yo‗lining ko‗rsatkichi ekanligi aytilgan edi. Ko‗zlar nafaqat ichki jarayonlarni aks ettiradi, balki qaytma aloqa ham mavjud: ong ostidan qandaydir xotiralarni chiqarib olish yoki atayin istalayotgan ichki hissiyotni yaratish uchun ko‗pincha ko‗zlarni muayyan holga keltirishning o‗zi yetarli bo‗ladi.

So‗zlashayotgan yoki xayol surayotgan odamlarni kuzatganda ularning ko‗z soqqalari doimo oldinga-orqaga, yuqoriga va pastga harakatlanayotgani, tasodifan narsa va odamlarga tikilayotgani, shuningdek ko‗pincha ichki tajribaga ―qaratilayotgani‖ni sezish mumkin. Boshqacha aytganda, axborot izlash paytida odamlar odatda tashqi noverbal ta‘sirlarni payqamaydilar. Ular ko‗proq ichki (saqlanayotgan va hosil qilinayotgan) obraz, tovush, so‗z va hissiyotlarga e‘tibor beradilar.

O‗zingizga quyidagi savollarni berib, ularga javob qaytarayot-ganingizda ko‗zlaringiz harakatlarini kuzatsangiz bunga ishonch hosil qilishingiz mumkin:

– har kuni yuradigan yo‗lingizni eslang. Bu yo‗lda nechta svetofor bor? Yoki nechta burilish va aylanishlardan o‗tishingizga to‗g‗ri keladi?

Ko‗ruv xotirangizga kirish uchun ko‗zlaringiz yuqoriga va chapga (agar chapaqay bo‗lsangiz, yuqoriga va o‗ngga) harakat qilganini sez-dingizmi?

– Yashil xolli pushti echkini tasavvur qiling. Ko‗zlaringiz sur‘atni hosil qilish uchun o‗ng va yuqoriga

harakatlanganini sezdingizmi? – Mehmonxonangizdagi divan qaysi rangda? Divaningiz ko‗rinishini xotirangizda tiklash va rangini eslash uchun

javobni yuqoridan va chapdan qidirasiz. – Aytaylik, uyingiz polida turadigan vaza yo‗q. Aytingchi, u dahliz-

dagi holatga qay darajada mos kelgan bo‗lardi? Ko‗zlaringiz o‗ngga va yuqoriga harakatlanganini sezgan bo‗lsangiz

kerak, chunki ana shu manzarani yaratishingiz, vazani fikran hozir yo‗q va hech qachon bo‗lmagan joyga ―qo‗yishingiz‖ kerak bo‗ladi.

Yuqoriga va o„ngga qarash: ko‗z bilan yaratish. Bu individ tomonidan hosil qilinadigan noverbal obraz yoki manzaralardir. Ular avvalgi noverbal kiritmani yangi qism yoki shakllarda va ketma-ketlikda qayta guruhlashtirish bo‗lishi yoki boshqa hissiy (sensor) ta‘sirlarga javoban tuzilishi mumkin.

Yuqoriga va chapga qarash: ko‗z bilan eslash (ko‗rish xotirasi). Bu o‗tmish hodisalar, shuningdek ilgari his qilingan boshqa noverbal ta‘sirlarning saqlanayotgan noverbal obrazlari yoki manzaralaridir.

Page 38: Jinoyatchi shaxsining verbal va noverbal psixodiagnostikasi va uni o

38

Yotiq (gorizontal) va o„ngga qarash: quloq bilan yaratish (audial konstruksiya), inson ilgari hech qachon eshitmagan tovushlarini tasavvur qilishi. Diqqat! Bu so‗zlashuv tilini yaratish jarayoni bilan bog‗liq bo‗lishi mumkin. Bunday holatda odam bundan keyin aytmoqchi bo‗lgan narsalarini ―so‗zlarga tushiradi‖.

Yotiq (gorizontal) va chapga qarash: quloq bilan (audial) eslash. Bu pattern (namuna) o‗z ichiga ―alfavit metodikasi‖, reklama harflari, tovush-lari, telefon raqamlari, shuningdek sleng va so‗kinishlar singari tonal reprezentatsiyani qamrab oladi. U, inson ko‗pincha qisqa, ko‗pincha ohangdor yoki bir maromdagi patternlarda saqlanayotgan, ko‗p takror-langani tufayli mavjudligi payqalmayotgan ilgari idrok etilgan eshituv obrazlarini eslashda ko‗z soqqalarini ko‗p harakatlantirishida ham uchraydi. Masalan, ―esdan chiqmasin – ishdan – uyga – qaytishda – yo‗l-dan – sut – olish‖ tongda shu qadar ko‗p marta aytiladiki, u tabiiy ravishda fahmlamay qoladi.

Izoh. Ko‗z harakatlari reaksiyalarining quyidagi ikkita patterni o‗ngaqaylar va chapaqaylarda ko‗pincha teskari bo‗ladi. Individ ko‗z soqqalarining harakatlarini kuzatish natijasida olingan axborotdan qanday foydalana olishingizdan aniqlashdan avval u qaysi patterndan ―foydalan-ganligini‖ bilib olish juda muhim.

Pastga va o„ngga qarash: kinestetik tasavvurlar (tuyg‗ular). Bu holatda inson hosil qilinadigan hissiyotlar (emotsiyalar)dan ham, saqlana-yotgan kinestetik xotiralardan ham foydalanishi mumkin. Depressiya (tushkunlik) holatiga tushgan insonda ko‗p kuzatish mumkin bo‗ladigan holatni eslang: boshi egik, qo‗llari shalviragan, gavdasi butunlay bukilgan; bunday odam tom ma‘noda o‗z hissiyotlariga sho‗ng‗ib ketgan (o‗z yog‗ida o‗zi qovurilmoqda). Eslab qoling, ayrim individlar uchun pastga va chapga qarash ana shunday usul hisoblanadi.

Pastga va chapga qarash: ichki eshituv dialogi. Odatda u ―chuqur fikrlash‖ bilan bog‗liq; ichki so‗z va tovushlar ana shu jarayon bilan birga kechadi (ba‘zan bu tovush va xitoblar, egasi bilmagan holda, tashqariga ―chiqib ketishi‖ mumkin: ko‗pincha bunga javoban ―Iltimos, o‗zingizcha g‗o‗ng‗illashni bas qiling‖, – degan reaksiyani eshitish mumkin). Ichki dialog hozirgi tajriba sharhi hisoblanadi. Xotirjamroq paytlarda u kompleks, ratsional va mantiqiy tafakkurning tahliliy quroli bo‗lishi mumkin. Ushbu ma‘lumot olish yo‗li patterni ayrim individlarda pastga va o‗ngga qarashda ifodalanishi mumkin.

Bir nuqtaga qaramaydigan ko„zlar: noverballashuv.

Page 39: Jinoyatchi shaxsining verbal va noverbal psixodiagnostikasi va uni o

39

Yumuq ko„zlar: ta‟m va hid. Garchi odamlar muayyan ta‘m yoki hidni eslab qolish uchun ko‗pincha ko‗zlarini yumsalar ham, qovoqlari ostida ko‗z soqqalarining harakatini kuzating. Bu harakatlar yuqorida tasvirlan-gan ma‘lumot olish yo‗li kalitlaridan istalganini ko‗rsatishi hamda ko‗zlar ochiq holatdagidek talqin etilishi mumkin.

Havo transporti bilan bog‗liq xavfsizlikka doir masalada Yo‗riqnoma-da ko‗zdan kechirishdan o‗tayotgan yo‗lovchiga bir qator majburiy savollar berilishi nazarda tutilgan. Xodim yo‗lovchining ko‗zlariga qarab ichki kechinmalarini aniqlashi mumkin. Ayni vaqtda, inson so‗zlashayot-ganida suhbatdoshining ko‗ziga qarashi yoki qaramasligi muhim emas, balki qachon qarab, qachon nigohini olib qochgani muhim.

Yetakchi va reprezentativ tizimlardan foydalanish kalitlari bilan ishlash texnikasiga kelsak, muhim bir qoidani nazarda tutish zarur.

Foydalanish kalitlarini bilish yetarli emas, ular bilan ishlay olish kerak.

Ko‗nikma xuddi avtomobil haydash ko‗nikmalari singari avtomatik tusga ega bo‗lishi kerak. Agar har safar ko‗z harakatlari qaysi ichki jarayonga mosligi haqida mulohaza qiladigan bo‗lsangiz, bunga javoban o‗z vaqtida chora ko‗ra olmaysiz. Har qanday xotira o‗z reprezentativ tizimlariga ketish bilan bog‗liq bo‗lib, bu hol tashqi axborot yo‗llarini yopadi va siz suhbatdoshingizni ko‗rmay qolishingiz mumkin (4-ilova).

Inson nigohini deyarli mashq qildirib bo‗lmaydi, shu bois u shaxsning hissiy-ruhiy holatini eng to‗g‗ri aks ettiradi. Odam so‗zlaganda har narsani (xafagarchilik, iztirob, shodlik, g‗azab kabilarni) yashirishi mumkin, ammo qarashlarida buni yashirish uchun yo juda katta iroda, yoxud maxsus mashq talab etiladi.

Umuman, muloqotga kirishgan sherik yuziga qaraganda yolg‗onni aniqlash uchun ko‗pincha quyidagi jihatlarga e‘tibor qaratiladi.

Nigohlarning aloqada bo„lish davomiyligi. Ma‘lumki, normal aloqa-da, ya‘ni odamlar bir-birlariga rost gapirayotganlarida, butun muloqot vaqtining 2/3 qismi davomida ko‗zlar uchrashib turadi. Agar inson samimiy bo‗lmasa yoki nimanidir yashirayotgan bo‗lsa, uning ko‗zlari suhbat-doshiniki bilan muloqot davrining 1/3 qismidan kam vaqt uchrashadi. Diqqat! Brokau qopqoni ham bo‗lishi mumkin. Ayrim juda tortinchoq, o‗ziga ishonmaydigan odamlar ko‗zga tik qarashdan qochishlari mumkin.

“Qochuvchi qarash”. Bu odatda qayd etiladigan belgi bo‗lib, yolg‗on so‗zlashga o‗rganmagan yoki boshqa sabablarga ko‗ra xavotirda bo‗lgan odam yolg‗on gapirayotganida suhbatdoshining qarashlariga qiyinchilik bilan dosh berishi hamda nigohini (ko‗zlarini) olib qochishi bilan bog‗liq.

Page 40: Jinoyatchi shaxsining verbal va noverbal psixodiagnostikasi va uni o

40

Suhbatdosh ko„zlarining biroz qisilishi (torayishi) – odatda, ko‗zlar egasining e‘timodli (ishonch ohangidagi) munosabatlar o‗rnatishdan, ―qalbini ochishni‖ istamayotganidan, bezovtaligidan dalolat beradi (8-rasm).

Yengil tabassum (bunda ko„zning pastki qovoqlari ko„tarilmaydi), tadqiqotlardan ma‘lum bo‗lishicha, ko‗pincha yolg‗on so‗zlar bilan birga kechadi, ammo muloqotning o‗ziga xos uslubi bo‗lishi ham mumkin. Yolg‗on bilan kechadigan (soxta) tabassum ichki zo‗riqishni yashirish imkonini beradi, ammo har doim ham yetarlicha tabiiy ko‗rinmaydi. Tabassum uzunchoq ko‗rinishga ega (lablar yuqori va pastki tishlardan biroz orqaga tortilgan, bu bilan uzun chiziq hosil qilgan, tabassumning o‗zi esa ―chuqur‖ tuyulmaydi), bu boshqa odamning tashqi ko‗rinishi, rasmiy xushmuomalalikni ko‗rsatadi, ammo muloqotda samimiy ishtirokni va yordam berishga tayyorlikni bildirmaydi (9-rasm).

Yuz mushaklarining mikro zo„riqishi. Yolg‗on xabar berilayotganida inson yuzidan go‗yoki ―soya yuguradi‖. Videosuratga olish bunda yuz ifodasida sekundning ulushi mobaynida davom etadigan qisqa muddatli zo‗riqishni qayd etish imkonini beradi. Amerikalik tadqiqotchi R. Bennet fikricha, bu ixtiyorsiz reaksiya – yolg‗onning juda ishonchli ko‗rsat-kichidir.

Nosamimiylik belgilari haqida so‗z yuritganda yolg‗on gapirish paytida suhbatdoshni nazorat qilish imkoniyatini ham unutmaslik lozim. Odam yolg‗on gapirayotganida diqqatini sherigining yuziga qaratadi, bu bilan uni aldashga urinish qanchalik muvaffaqiyatli chiqqanligini baho-lashga urinadi – sinovchan qarash bo‗ladi.

Inson nazoratda ushlanadigan qo‗rquv, jumladan fosh bo‗lishdan qo‗rqish paytida, uning qoshlari biroz ko‗tarilgan – go‗yoki to‗g‗ri chiziqqa tortilgan bo‗ladi. Agar qo‗rquv kuchliroq bo‗lsa, bu belgiga qo‗shimcha boshqa alomatlar ko‗rinadi: peshonada yotiq ajinlar paydo bo‗ladi; ko‗zlar kengaygan, buning ustiga yuqori qovoq biroz ko‗tarilgan, pastkisi esa taranglashgan bo‗ladi; og‗iz biroz ochilgan, burchaklari esa orqaga surilgan, buning natijasida lablar taranglashgan va to‗g‗rilangan bo‗ladi. Ushbu taranglik va lablardagi to‗g‗rilanganlik qanchalik kuchli bo‗lsa, qo‗rquv shunchalik kuchli bo‗ladi (10-rasm).

Biroq peshana tirishmagan holda bir yoki har ikki qosh sal-pal sezilarli darajada ko‗tarilishi ham mumkin.

Peshanadagi gorizontal ajinlar odatda kuchli e‘tiborni bildiradi. Buning turli sabablari bo‗lishi mumkin: dahshat, qo‗rquv yoki oddiygina tushunmaslik, hayrat, sarosima va kutmaganlik. Bu, albatta, vaziyatga bog‗liq.

Page 41: Jinoyatchi shaxsining verbal va noverbal psixodiagnostikasi va uni o

41

Peshonadagi tik chiziqlar odatda kimdir yoki nimadir tufayli kelib chiqqan umumiy diqqat eng yuqori nuqtasiga yetganligini ko‗rsatadi.

Diqqatning bir nuqtaga qaratilganligi doimo giriftorlik (jalb etilish)ni bildiradi.

Xo‗sh, inson o‗zining til bilan bog‗liq bo‗lmagan signallarini qay darajada manipulatsiya qilishi (o‗zgartirishi), his-tuyg‗ularini qanday qilib sezdirmay yashirishi mumkin? Bu savollarga taxminan quyidagicha javob berish mumkin. Albatta, har kim o‗z tanasining tiliga ancha kuchli ta‘sir ko‗rsatishni o‗rganib olishi mumkin. Biroq yuz mushaklarini va ko‗zlar ifodasini deyarli boshqarib bo‗lmaydi. Kimdir o‗z qo‗llarini nazorat qilishni o‗rganib olib, tashqaridan qaraganda mutlaqo xotirjam ko‗rinishi mumkin (masalan, u qo‗l barmoqlarini qovushtirib, bu bilan ulardagi asabiy titroqni bostirishi mumkin). Shunga qaramay, ichki bezovtalik mavjud bo‗lsa, u bari bir yuzda ko‗rinadi.

Xo‗sh, nima uchun yuz mushaklarini boshqarish bunchalik qiyin? Chunki yuz mushaklari miyaning hissiyotlarni nazorat qiluvchi

sohalari bilan bevosita bog‗liq. Shuningdek, biz yuzimiz mushaklarini ishonch bilan boshqarish

uchun ularni yetarli darajada bilmaymiz. Aynan boshqalar ham, biz singari, o‗z mimikasini kam anglaganliklari

bois biz yuz mushaklari o‗ynashidan bilinadigan axborotga ishonsak bo‗ladi.

6-§. Imo-ishoralar va holatning beriladigan axborot mazmuniga bog‘liqligi

A. Derevitskiyning yozishicha, ―qo‗llar – shunchalik so‗zamol a‘zo-lardirki, ba‘zan insonga tilning nima keragi bor deb o‗ylaysan kishi‖.

Qo‗llar yolg‗onni bildirib qo‗yadi. Ba‘zan ular yolg‗onni aniqlashga so‗z va ko‗zlar harakatidan ko‗ra ko‗proq hissa qo‗shadi. Biz hech qachon sotqin-qo‗llar uchun tayanchlarsiz kasbi taqozosiga ko‗ra yolg‗on gapirish-ga majbur bo‗ladigan hech bir insonni ko‗rmaymiz – direktorlar tirsakqo‗ygichli kreslolarida o‗tiradilar, siyosatchilarga esa pyupitr (qog‗oz qo‗yiladigan maxsus moslama)lar kerak bo‗ladi.

Shu narsa mutlaqo aniqki, yolg‗on gapirayotgan paytda bildirib qo‗ymaslik uchun holatingiz to‗liq ko‗rinib turmasligi zarur. Jinoyatda gumon qilinayotgan shaxsni so‗roq qilish paytida uni yoritilgan xonadagi yaxshi ko‗rinarli stulga o‗tqazilishining sabablaridan biri ana shundadir. Bu uning so‗roq qilayotganlarga ko‗rinib turishi va yolg‗on gapirganida payqash oson bo‗lishi uchun qilingan. Tabiiyki, gapirayotgan paytingizda

Page 42: Jinoyatchi shaxsining verbal va noverbal psixodiagnostikasi va uni o

42

stol ortida o‗tirgan va gavdangiz qisman yashirin yoki mutlaqo ko‗rinmay turgan bo‗lsa, yolg‗oningiz juda kam seziladi. Telefon orqali yolg‗on gapirish esa eng osoni!!!

Imo-ishoralar tili eng katta axborot berish imkoniga ega. 25 yil mobaynida 25 millionga yaqin guvohlik ko‗rsatuvlarini yozib olgan A. Brasserning ta‘kidlashicha, guvoh haqqoniyligining asosiy ko‗rsatkich-lari uning ko‗zlari va qo‗llaridir. ―Inson har narsani aytishi mumkin. Ammo ko‗z va qo‗llari uni albatta fosh etadi. Qo‗llar hech narsani yashira olmaydi va ko‗zlarga qaraganda ko‗proq narsani aytib beradi‖, deb hisoblaydi Brasser.

Shu bilan birga, imo-ishoralar tili, individuallik (jumladan tem-perament)dan tashqari, insonning millati, yoshi va jinsi, madaniyat darajasi va boshqa belgilariga bog‗liq bo‗lgan ayrim xususiyatlarga ham ega. Masalan, imo-ishoralar tilini o‗rgangan ingliz psixologi M. Ardjaylning aniqlashicha, o‗rtacha bir soatlik so‗zlashuv davomida qo‗l ishorasini finn – bir marta, italiyalik – 80 marta, fransuz – 120 marta, meksikalik esa 180 marta ishlatadi.

Imo-ishoralarni talqin qilish uchun P. Ekman va U. Frizen quyidagi tasnifni taklif qilganlar: timsol ishoralar, namoyish ishoralar, manipu-latsiya ishoralar.

Timsol ishoralar tildagi ekvivalentga ega bo‗lib, so‗zlar o‗rnida va so‗zlarni ishlatish mumkin bo‗lmagan joyda foydalaniladi va muayyan madaniyat, ijtimoiy guruh uchun yetarlicha aniq ahamiyatga ega bo‗ladi. Misol qilib quyidagi singari ishoralarni keltirish mumkin:

panja mushtga tugilgan, bosh barmoq kaftga nisbatan tik ko‗tarilgan – ―zo‗r‖, ―ajoyib‖, ―yaxshi‖;

kaftning o‗zi tomonga harakati – ―oldimga kel‖; yelka qisish – ―bilmadim‖ va boshqalar.

Timsol axborotning beixtiyor chiqib ketishidir, odatda bitta timsol bo‗ladi, u ham qisman ko‗rsatiladi. Masalan, faqat bir yelkani pastroq ko‗tarish yoki pastki labni cho‗chchaytirish mumkin. Timsol atayin qilingan harakatdan ko‗ra ko‗proq amaldagi ―sharhlovchi‖(bu o‗rinda ―sharhlovchi‖, shaxsning tana a‘zolari o‗zi bilmagan holatda o‗zi xaqida ma‘lumot berib qo‗yishi nazarda tutilmoqda) hisoblanishining ikkinchi belgisi uning noodatiy holatda bajarilishidir.

Albatta, bu jihatlar (fragmentarlik va noodatiy tarzda bajarilishi) uni sezishga xalal beradi. Bunday sotqin ―sharhlovchilar‖ qayta-qayta namoyish qilinishi mumkin, ammo ularni na yolg‗onchi, na uning qurboni sezmaydi. P. Ekman garchi har bir yolg‗onchi ham o‗zidagi ―sharh-

Page 43: Jinoyatchi shaxsining verbal va noverbal psixodiagnostikasi va uni o

43

lovchi‖larni namoyish etmasa-da, ammo ularning yuz berishi – ishonchli belgidir, deb hisoblaydi.

A. Piz ―qo‗lni yuzga olib borish‖ ishoralari sifatida ajratgan barcha imo-ishoralarni ―sharhlovchi‖larga kiritish mumkin. Yosh bola yolg‗on gapirgach og‗zini qo‗llari bilan to‗liq yopadi. Katta yoshdagi kishi, o‗zini nazorat qilar ekan, bu harakatni o‗rtasidan uzib qo‗yadi, ammo qo‗li allaqachon ko‗tarilgan bo‗ladi, natijada qo‗lni boshning o‗zga qismiga olib borishdan boshqa yo‗li qolmaydi. ―Qo‗lni yuzga olib borish‖ ishoralariga quyidagilar kiradi:

―Og‗izni yopish‖ ishorasi – og‗izni kaft, barmoqlar yoki musht bilan yopish, shuningdek og‗izni to‗sgan holda yo‗talish. Bunday ishora baholash pozitsiyalari bilan bog‗liq bo‗lgan hollarda jipslashgan kaft yonoqlarda, ko‗rsatkich barmoq esa ko‗pincha yuqoriga qaragan holda joylashadi. Agar suhbatdoshingiz siz gapirayotgan vaqtingizda og‗zini to‗ssa, demak u yolg‗on gapirayotganigizni sezayotgan bo‗ladi;

―Burunga tegish‖ ishorasi – burunni ohista ishqalash yoki tez tegish, odatda burunni amalda qashishdan farqli ravishda, unchalik aniq ko‗rinmaydi; burunga tegish (yengil, deyarli sezilmaydigan tarzda burun tagidagi chuqurchaga tegish yoki burun uchini ishqalash va sh.k.) – bu og‗izni to‗sishdan ko‗ra nozikroq ishora shaklidir;

―Ko‗zni ishqalash‖ ishorasi – g‗irt yolg‗on ishlatayotganda erkaklar ko‗zlarini olib qochish va ishqalashga, ayollar esa ko‗zga ohista barmoq tegizib ko‗z ostidagi sohani ishqalashga moyil bo‗ladilar. Bu ishoraga qisilgan tishlar va soxta tabassum qo‗shilishi mumkin;

―Yoqani ko‗tarish (tortish)‖ ishorasi – A. Piz, D. Morrisning tadqi-qotlariga asoslanib, bu ishorani yuz va bo‗yinning sezgir to‗qimalarida yolg‗on gapirayotganda ter chiqishi tufayli yuzaga keladigan yengil qachinish bilan bog‗laydi. Bu harakatlarga ayniqsa e‘tiborli bo‗ling: agar ular keskin va kuchli bajarilsa, suhbatdoshingizda yurak xuruji boshlan-ganidan dalolat berishi mumkin;

sochlarni tarash, quloqni ishqalash, quloq chig‗anog‗ini bukish – bunda inson yolg‗onni eshitmaslikka harakat qiladi (suhbatdoshingizning bu harakatlari sizning so‗zlaringiz bilan kechsa, demak u sizga ishonmaydi);

bo‗yinning quloq ostidagi sohasini ko‗rsatkich barmoq bilan qashish – shubha yoki gumon;

sochni tez-tez silash. Yolg‗on gapirish jarayonida qaysi timsolning ixtiyorsiz ravishda

ko‗rsatilishi va bunda qaysi xabar ma‘lum bo‗lishi nimani yashirish istalayotganiga bog‗liq.

Page 44: Jinoyatchi shaxsining verbal va noverbal psixodiagnostikasi va uni o

44

Katta yoshdagi hech bir kishiga timsollar lug‗atini o‗rgatish kerak emas. Odamlarning o‗z madaniyati vakillari foydalanadigan timsollar hammaga ma‘lum. Biroq timsollar beixtiyor bajarilishi mumkinligini hamma ham bilmaydi.

Illyustrativ ishoralarga so‗zlar bilan kechadigan, nutqni ifodalaydigan harakatlar kiradi. Bular dirijorlik qiluvchi (boshqaruvchi), ko‗rsatuvchi, ritmik (bir maromdagi), harakat bilan bog‗liq kinetografik, obyekt yoki tushunchani har xil tasvirlash uchun qo‗llaniladigan piktografik ishora-lardir.

Illyustrativ ishora (illustratsiya) ham aldash alomati bo‗lishi mumkin. Diqqat! Turli madaniyat vakillari bo‗lgan odamlar nafaqat illustratsiyalar-ning har xil tiplaridan, balki jadallikning turli darajasidan ham foyda-lanadilar. Illustratsiya timsollardan farqli ravishda, so‗zlardan ajralgan hamda ko‗rib chiqiladigan bo‗lsa, alohida ahamiyat kasb etmaydi.

Odatdagi muomala tarziga nisbatan illustratsiyalar sonining kamayishi aldash belgisi bo‗lishi mumkin.

Buning o‗z sabablari bor: inson so‗zlarda ifodalaydigan hissiyotlarning yo‗qligi; nutqning puxta o‗ylanishi, gap so‗zlarda ehtiyotkorlik; fosh bo‗lishdan qo‗rquvni bostirish.

Illustratsiyalarni ehtiyotkorlik bilan talqin etish joiz. Otello xatosi va Brokau qopqoni illustratsiyalar bo‗lganida ish beradi, ammo ―sharh-lovchi‖lar bo‗lganida ishlamaydi.

Manipulatsiya (qo‗l ishidagi murakkab va nozik harakatlar) ishoralari. Bular tananing boshqa qismini silkish, uqalash, qashish, ushlash, chimchi-lash, kavlash, ishqalash orqali yoki boshqa harakatlar bilan amalga oshiriladigan barcha harakatlar. Ayrim narsalar (gugurt donasi, qalam, ko‗zoynak, sigareta kabilar) manipulatsiya harakatining tarkibiy qismi bo‗lishi mumkin.

Manipulatsiyalar ong chegarasida bo‗ladi. Har bir insonning o‗z sevimli manipulatsiyalari mavjud. Hech bir urinish aksariyat odamlarga ulardan uzoq vaqtga voz kechish imkonini bermaydi. P. Ekman inson yolg‗on gapirganida, rasmiy sharoitda odob-axloq qoidalariga rioya etishga qaratilgan barcha harakatlarga qaramay, manipulatsiyalar soni ko‗payishini va agar umidlar katta bo‗lsa, ular uzuq-yuluq bo‗lishini sezgan. Biroq bir qancha sabablarga ko‗ra manipulatsiyalar yolg‗onni fosh etishning ishonchli belgilari bo‗la olmaydi:

odamlar o‗zlariga xos manipulatsiyalar soni va tipi bo‗yicha o‗zaro keskin farq qiladilar (Brokau qopqoni);

Page 45: Jinoyatchi shaxsining verbal va noverbal psixodiagnostikasi va uni o

45

manipulatsiyalar nafaqat noqulaylik, balki qulaylik belgilari ham bo‗lishi mumkin;

manipulatsiyalarning jadalligi (Otello xatosi); agar umidlar katta bo‗lsa, yolg‗onchi, aqalli vaqtincha bo‗lsa-da,

manipulatsiyani bostirishi ancha oson bo‗ladi. Yuqorida aytilganidek, zarurat bo‗lganida barmoqlarni jipslashtirib

yoxud qo‗lda biror narsa tutib, kaft bo‗g‗ini yoki bilakni ushlagan holda qo‗llarni nazorat qilish mumkin. His-tuyg‗ular tiyib turilganligining belgisini barmoqlar bo‗g‗inlaridagi oqarish fosh etadi. Tiyib turilgan hissiyotlar qanchalik kuchli bo‗lsa, barmoqlar shunchalik kuchli siqiladi, teri oqarishi shunchalik aniq ko‗rinadi.

Ma‘lumot uchun: A. Mexrabian ko‗plab eksperimentlar asosida yolg‗on gapirayotgan odam rost gapirgandagiga qaraganda ko‗proq nutqiy xatolarga yo‗l qo‗yishi, imillab gapirishi, ko‗proq jilmayishi, kamroq bosh irg‗ashi, kamroq imo-ishoralar ishlatishi va oyoqlari bilan kamroq harakat qilishini aytgan. Shuningdek, uning fikricha, insonning tinglovchi tomonga kamroq qarashi, erkin harakat qilmasligi, o‗zini bemalol sezmasligi, umuman, pastroq ohangda gapirishi, gapirayotganida ko‗proq tanaffus (pauza qilishi) va savollarga bergan javoblari qisqaroq bo‗lishi uning yolg‗on gapirayotganidan dalolat berishi mumkin.

Gavda holatlarini ko‗pchilik tadqiqotchilar o‗rganganlar, ammo gavda holati bilan bog‗liq holda axborotning chiqib ketishi yoki yolg‗on alomatlari uchrashi kam aniqlangan. Odamlar qanday vaziyatda o‗tirish yoki turish lozimligini yaxshi biladilar. P. Ekmanning fikricha, kuchli motivatsiyaga ega yolg‗onchi o‗zining gavda holati fosh etib qo‗yadigan hissiyotlarning barcha belgilarini bostirishga qodir bo‗lishi lozim.

Eslatma sifatida gavda holatining har qanday keskin o‗zgarishi psixologik holatning keskin o‗zgarganidan dalolat berishini ta‘kidlab o‗tamiz.

Vegetativ asab tizimining reaksiyasi bo„yicha aldash belgilari. Aldayotgan inson fosh bo‗lishdan qo‗rqish bilan bog‗liq emotsional stressni boshdan kechiradi. Bunday holatning alomatlari quyidagilar bo‗lishi mumkin:

- ter tomchilari, ayniqsa yuqori lab ustida yoki peshanada paydo bo‗lishi;

- og‗iz qurishi, chanqash; - lablar qurishi, natijada vaqti-vaqti bilan lablarni yalash; - og‗ir nafas olish, bunda nafas noxush hidli bo‗ladi; - ovoz chiqarib nafas chiqarish, chuqur nafas olish;

Page 46: Jinoyatchi shaxsining verbal va noverbal psixodiagnostikasi va uni o

46

- yuz rangining o‗zgarishi (qizarishi, oqarishi yoki dog‗lar bilan qoplanishi);

- yuz mushaklarining (qovoq, og‗iz burchagi, qoshlar chekasi kabi joylarning) uchishi;

- yuzda vertikal ajinlar paydo bo‗lishi; - og‗iz qiyshayishi, lablar taranglashuvi, lablarni tishlay boshlash; - badanda titroq paydo bo‗lishi; - ovozda titroq sezilishi; - ko‗z pirpirashining kuchayishi; - qo‗llarning ―g‗oz terisi‖ belgilari bilan qoplanishi; - esnash boshlanishi; - yurak zarbining tezlashuvi, natijada tomirlarda qon oqishining (pul-

satsiyaning) kuchayishi; bo‗yin, peshona, chakka, uyqu arteriyasi tomirlarida qon pulsatsiyasining sezilarli bo‗lib qolishi;

- duduqlanish boshlanishi; - vaqt-vaqti bilan asabiy ravishda yo‗talib turish; - ovoz tembri va ohangi ustidan nazorat yo‗qolishi; - tez-tez va (yoki) kuchli tarzda yutinish yuz berishi, bunda kekirdak

olmasi keskin harakatlanishi.

Page 47: Jinoyatchi shaxsining verbal va noverbal psixodiagnostikasi va uni o

47

IV bob. BIRGA KECHUVCHI DIAGNOSTIKA

1-§. Shaxsdagi jinoiy ahamiyatga molik belgilar diagnostikasi

Jinoyat sodir etishga tayyorgarlik ko‗rayotgan shaxslar xatti-harakati belgilariga quyidagilar kiradi:

bezovtalik, kuchli zo‗riqish, asabiylashish, notabiiy xushchaq-chaqlik yoki betakalluflik (odobsizlik, surbetlik), ayniqsa militsiya xodimi-ni ko‗rganida yoki u hujjatlarini tekshirish uchun yaqinlashganida;

o‗ziga e‘tiborni tortmaslik istagida shoshib yoki ortiqcha zo‗riqib yurish;

birov kuzatmayotganiga ishonch hosil qilish uchun orqa va atrofga xavotir va shiddat bilan qarash;

―dum‖dan qutulish usullarini qo‗llash (oxirgi lahzada avtobus, metroga kirish va xuddi shu tariqa undan chiqish, transportda ko‗p marta boshqasiga o‗tirish va boshqalar);

bu shaxslarga ham, katta jinoiy tajribaga ega boshqa shaxslarga ham xos bo‗lgan orqasidan birov yurishiga yo‗l qo‗ymaslik odati. Bunday hollarda ular yo qadamlarini tezlashtiradilar, yo orqadan kelayotgan odamni o‗tkazib yuboradilar.

Jinoiy faoliyat bilan shug‗ullanadigan shaxslarga xos belgilar: ―o‗rtoq boshliq‖, ―komandir‖ singari murojaat turlari, ―o‗g‗rilar

qo‗shiqlari‖dagi so‗z va iboralarni ishlatish; jadal imo-ishoralar (jestikulyatsiya), kaft va barmoqlar bilan ifodali

harakatlar qilish (jinoyatchilar olamida, ozodlikdan mahrum qilish joy-larida ishoralardan ovoz chiqarmay axborot almashish va aloqa vositasi sifatida foydalaniladi);

bino yoki xonaga kirishning muayyan uslubi, yurish tarzi; devor oldida cho‗qqayib o‗tirish, kutish xususiyatlari (bir tomonga

uch qadam, boshqa tomonga ham uch qadam); ayrim odamlarga laqabi bilan murojaat etish, oshxonada pichoq va

vilka ishlatishni bilmaslik, turli ovqatlarni bitta qilib aralashtirish odati, barmoqlarida qimmatbaho uzuklar bo‗lishi va boshqalar;

inson o‗zini ko‗rsatishga harakat qilayotgan qiyofaga ko‗rsatayot-gan xislatlarining mos kelmasligi;

nihoyatda haqgo‗ylik, odoblilik va beg‗arazlik kabilarni namoyish etish;

o‗zini himoya qilishga haddan tashqari tayyorlik; o‗ta ehtiyotkorlik, shubhalanishga nihoyatda keskin reaksiya va

boshqalardan gumonsirash, o‗zini qattiq nazorat qilish va boshqalar.

Page 48: Jinoyatchi shaxsining verbal va noverbal psixodiagnostikasi va uni o

48

Yashirilayotgan qurolni noverbal aniqlash. Insonda qurol, jumladan pistolet borligini ko‗rsatuvchi belgilardan biri uning assimmetrik yurishi-dir. Buning sababi, odam cho‗ntagida turgan yoki (o‗ng yoki chap tomonga) kamariga qistirib qo‗yilgan to‗pponchasi bor tomonga qisqaroq qadam tashlaydi. Chunki o‗ng tomonda kamarga qistirilgan to‗pponcha o‗ng oyoq harakatiga xalal beradi, shu bois o‗ng oyoq qadami chap oyoqnikiga nisbatan qisqaroq bo‗ladi. Bundan tashqari, to‗pponcha bor tomondagi qo‗l nisbatan kamroq siltanadi. Bu qo‗l instinktiv tarzda badanga yaqinroq turadi, go‗yoki qurolni qo‗riqlaydi.

Zinadan ko‗tarilayotganda cho‗ntakdagi yoki kamarga qistirilgan to‗pponchaning holati o‗zgarishi mumkin. Shu bois quroli bor odam bilagidan biroz bukilgan qo‗lini tezkor aylanma harakat qildirib, to‗pponchani avvalgi holatiga keltirishga urinadi. Tez yurayotganida yoki yugurayotganida qurol yashirayotgan odam uni qo‗li bilan ushlab turishga moyil bo‗ladi.

Huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimi tomonidan to‗xtatilgan qurolli odam qurolini xodimdan uzoqlashtirish uchun unga teskari burilishga harakat qiladi. Bu hol sonining sezilar-sezilmas harakatida yoki yengil burilishida ko‗rinishi mumkin. Ayni vaqtda qo‗li qurol yashirilgan tomonga instinktiv tarzda harakat qiladi.

Narkotiklar iste‟mol qilinganligining bilvosita belgilari. Bunday iste‘molning bilvosita belgilari mutlaq emas, ammo har holda giyohvand shaxsni ko‗chadagi omma orasidan topishda yordam beradi. Agar faqat tashqi alomatlarga qaraladigan bo‗lsa, ular katta tajribaga ega giyoh-vandlarga to‗g‗ri kelmaydi:

yorug‗lik qay darajada bo‗lishidan qat‘i nazar, qorachiqlarning notabiiy torayishi (―og‗ir‖ narkotiklar – geroin, kokain iste‘mol qilin-ganida) yoki kengayishi (―yengil‖ narkotiklar iste‘molida);

parishonlik bilan qarash; isqirt ko‗rinish, sochlarning quruqligi; qo‗l panjasining shishganligi;

ko‗pincha tishlarning qoraygan, uvalangan, ―singan‖ (to‗nkachalar ko‗rinishida)ligi;

gavdaning bukikligi; nutqning tushunarsiz, ―cho‗ziq‖ligi; og‗izdan alkogol hidi kelmagan holda beso‗naqay va sekin harakat-

lanish; ma‘murlarga (hokimiyat vakillariga) uchrashishdan qochishga

urinish; ob-havo va vaziyat qanday bo‗lishidan qat‘i nazar, doimo uzun

yengli kiyim kiyish (ojiz diagnostik belgi).

Page 49: Jinoyatchi shaxsining verbal va noverbal psixodiagnostikasi va uni o

49

V bob. SAMARALI MULOQOTNI TA’MINLASH USULLARI

1-§. Samarali muloqot nazariyasi va amaliyoti

Sizni qiziqtirayotgan inson bilan kerakli hamkorlik individual aloqalardan shakllanadiki, ushbu aloqalardan keladigan foydani ularni oqilona tashkil qilish orqali ko‗paytirish mumkin.

Ushbu o‗zaro munosabatlarning turli jihatlarini qisqacha ko‗rib chiqamiz.

Maqsadga yo„naltirilgan tuzilma. Muloqot quyidagilar singari bir qator maqsadlarga erishishga bo‗ysundirilgandagina samarali bo‗ladi:

– obyekt psixologiyasini o‗rganish; – obyektni diagnostika qilish; – yaqinroq aloqalar o‗rnatish; – hamkorlikni ta‘minlash; – muayyan (aniq) muammoni muhokama qilish; – kerakli axborotni olish; – o‗z fakturasini yoki yolg‗on xabarni uzatish (yetkazish); – biror narsaga ishontirish; – biror narsaga majburlash. To‗laqonli hamkorlik davomida quyidagilarni o‗z ichiga oladigan va

bir-biriga o‗tadigan bosqichlarni ajratish mumkin: – dastlabki tayyorgarlik; – suhbatdoshning mos keluvchi psixoemotsional holatini ta‘minlagan

holda suhbatni boshlash; – belgilangan yo‗nalishda o‗z mavzuini o‗tkazish va suhbatni

yo‗naltirish; – erishilgan natijani mustahkamlab, suhbatni yakunlash. Dastlabki tayyorgarlik bosqichida quyidagilar bilan shug‗ullaniladi: – suhbat natijasida erishish lozim bo‗lgan narsani aniqlash, bunda afzal

ko‗riladigan maksimum va kelishsa bo‗ladigan minimumni ta‘kidlash; – suhbatdosh va tegishli muammo haqida dastlabki ma‘lumot olish; – aloqa taktikasini (obyekt psixologiyasi va bunda amal qiluvchi

boshqa omillar bilan muvofiq holda) o‗ylab ko‗rish; – muloqotning yutuqli jihatlarini ishlab chiqish (uchrashuvning to‗g‗ri

keladigan payti, joyi, vaziyati va shart-sharoitini tanlash). Ro‗paradagi suhbatdoshda tegishli psixoemotsional kayfiyatni saqla-

gan holda boshlangan suhbat salbiy hissiyotlar to‗qnashgan joyda va zarur hamjihatlikni (o‗zaro tushunishni) qiyinlashtiradigan turli to‗siqlarni

Page 50: Jinoyatchi shaxsining verbal va noverbal psixodiagnostikasi va uni o

50

uloqtirib tashlash asosida quriladi. Suhbatdoshning salbiy reaksiyalari turli tashqi ko‗rinishlar (iboralarning keskinligi, holatlarning siqiqligi, ko‗z qorachiqlarining torligi...) bo‗yicha aniqlanadi hamda turli psixologik usullar (alohida ta‘sir etuvchi so‗zlarni tanlash, mimika, pantomimik harakatlar bilan qaytarish...) orqali yechiladi.

Tanlangan mavzu bo‗yicha suhbat o‗tkazish hamda muloqot chog‗idagi o‗zgarishlarga suhbatni moslashtirish suhbatdoshning turli reaksiyalari (imo-ishorasi, yuz qiyofasi, qarashlari...)ni doimiy ravishda kuzatib borish hamda ulardan kelib chiqqan holda o‗zining keyingi xatti-harakatini tashkil qilishga tayanadi.

Erishilgan natijani mustahkamlagan holda suhbatni yakunlash mazkur muloqot jarayoni suhbatdoshning ro‗paradagi suhbatdosh haqidagi fikrini salbiy tomonga o‗zgartirishga majburlamagan holda uning tafakkuri va xatti-harakatlariga zarur tarzda ta‘sir ko‗rsatadi.

O‗rnatilgan nutqiy muloqotning samaradorligini yaxshilovchi turli psixologik jihatlarni keltirib o‗tamiz.

2-§. Muloqotni tashkil qilish bo‘yicha umumiy tavsiyalar

Istiqbolli aloqaga tayyorgarlik ko‗rishda quyidagilarni hisobga olish lozim:

– inson sovuq va quruq kunlarda yaxshiroq ishlaydi, ammo haddan tashqari issiq yoki nam havoda uning aqliy faolligi sezilarli darajada pasayadi;

– «dengizda»gi uchrashuvlar musaffo «dengiz» havosi (ozroq tuz va ozroq yod...)ning alohida ta‘siri tufayli ishga oid muzokaralar o‗tkazish uchun juda qulaydir;

– soat 19 lar atrofida odamlarning asab-ruhiy holati ancha beqaror-lashadi, bu esa ortiqcha achchiqlanish va jizzakilikda namoyon bo‗lishi mumkin;

– olomon bo‗lmagan va musiqa pastroq eshitilib turgan joyda suh-batga ishonarli xususiyat berish oson kechadi;

– har qanday quvonch altruizmni3 oshiradi, alam yoki hafsalasi pir bo‗lish esa uni kamaytiradi;

– bizni har doim bilimdon va tajribali odamlar o‗ziga tortadi; – inson o‗zi yaxshi ko‗rgan odamlarni yoqtiradiganlarni xush ko‗radi; – hamsuhbatni qancha ko‗p ko‗rsak, uni yoqtirib qolishimiz ehtimoli

3 O‗z manfaatlaridan voz kechib boshqalarga yaxshilik qilish, g‗amxo‗rlik ko‗rsatish;

egoizmning aksi.

Page 51: Jinoyatchi shaxsining verbal va noverbal psixodiagnostikasi va uni o

51

shunchalik katta bo‗ladi, ammo haddan tashqari ko‗p muloqot uning jozibadorligini kamaytiradi;

– odamlar ko‗pincha sherigining shaxsiy maqsadlari ro‗yobga chiqishida yordam berishlari mumkin bo‗lgan darajadagina qadrlanadilar;

– individ qanchalik katta hokimiyatga ega bo‗lsa, do‗stona aloqalarga shunchalik kam intiladi;

– inson ko‗pincha «do‗stlarim har ishda muvaffaqiyat qozonsinlar, ammo men uchun muhim bo‗lgan masalada – menikidan ortiq bo‗lmasin» qoidasiga amal qiladi.

Sherigingiz bilan suhbatga kirishish va uning ichki zo„riqishini bartaraf etishda quyidagilarni yodda tuting:

– insonning ko‗ziga tik qarab ishonch bilan qattiq qo‗l siqish, odatda, hammaga yoqadi;

– suhbatning oddiy boshlanishi butun suhbatlashish jarayonining sodda bo‗lishiga yo‗l ochadi;

– insonga uning ismini eslay olmasliklari xabar qilinganida u hamma-dan ko‗ra ko‗proq tahqirlanadi, chunki bu bilan uning hech qanday qadrga ega emasligiga ishora qilinadi;

– hissiy iztirobni bilgan odamlar ko‗pincha suhbatdoshda maslahat-chini emas, balki faqat «rezonator»ni izlaydilar (masalan, oddiy qo‗l tegizish tushunish va hamdardlikni yaxshi ifodalaydi...);

– suhbat boshlaganda sherigingizga odatda u sezilarli mamnuniyat bilan «ha» javobini beradigan savollar orqali xayrixohlik muhitini yaratishga harakat qiling;

– yaxshi munosabat ustanovkasi (oddiy aytganda – insonni tinglashga tayyorlik) erkin holatni yuzaga keltiradi; so‗zlayotgan shaxsni qanchalik kam ayblasak, u o‗z fikri va his-tuyg‗ularini anglangan nazorat holatidagidan ochiqroq aytib, o‗ziga shunchalik ko‗proq tanqidiy munosabatda bo‗ladi;

– odamlar odatda o‗zi haqida gapirishni va o‗zining ahamiyatliligini ta‘kidlashni xush ko‗radilar;

– subyekt bilan u odatlangan «til»da suhbatlashish, bunda notanish so‗zlarni ko‗p ishlatmaslik (bu uning g‗ashiga tegadi) va haddan tashqari sodda tilda so‗zlamaslik maqsadga muvofiq (aks holda aqliy salohiyatingiz yuqoriligiga shubha qilishlari mumkin);

– muloqot jarayonida suhbatdoshingizning fikr va intilishlarini birinchi o‗ringa qo‗yish zarur («istardimki...» o‗rniga – «xohlasangiz…» so‗zini ishlatish), chunki u o‗z muammo va istaklari haqidagi suhbatni maroq bilan davom ettiradi;

– ochiq chehrali va ekspressiv imo-ishorali, shuningdek o‗z-o‗zidan erkin (tabiiy) muloqotga kiradigan odamlar bilan suhbatlashish yoqimli

Page 52: Jinoyatchi shaxsining verbal va noverbal psixodiagnostikasi va uni o

52

(suhbat chog‗ida yalpayib o‗tiradigan yoki kresloga yastanib oladiganlar bilan esa odatda inson o‗zini noqulay his qiladi);

– muloqot jarayonida to‗la hamjihatlikka erishish va erkinlikni yuzaga keltirish uchun suhbatdoshning holati va xatti-harakatlariga taqlid qilgan ma‘qul;

– bunday «taqlidchilik» siz uning fikr va qarashlarini qo‗llab-quvvat-lashingizni ko‗rsatadi hamda unda sizga nisbatan xayrixohlikni yuzaga keltiradi;

– ba‘zan sherigingizning ruhiy holatini juda yaxshi tushunishingizni ko‗rsatib, uning hissiy kechinmalarini ifodalashingiz ortiqchalik qilmaydi; bu unga xush yoqadi va ishonchli munosabatlarni yaxshilaydi;

– inson emotsional jihatdan qo‗zg‗algan paytda o‗zini ko‗pincha haddan tashqari ekspressiv namoyon etadi va suhbatdoshiga hujum qilayotgandek ko‗rinadi, holbuki, aslida unday bo‗lmaydi;

– gapirayotgan odamning ko‗zlariga tikilib qarash qiziqishingizdan dalolat beradi va o‗z-o‗zidan uni monologini davom ettirishga ruhlantiradi;

– eng sodda neytral so‗zlar («to‗g‗ri», «albatta»...) suhbatdoshni ruhan his qilgan holda boshni quyi solib aytilsa, uni quvvatlaydi va unda muloqotni davom ettirish istagini yuzaga keltiradi;

– sukut saqlab turgan sherigingizdan suhbat mavzui haqidagi fikrini so‗rasangiz, unga har narsadan ko‗proq yoqadi, ammo bunda uni diqqat bilan tinglash kerak, albatta;

– inson uni tinglayotganliklarini ko‗rsa, suhbatdoshini yoqtirgan holda unga moslashib boradi va, o‗z navbatida, unga quloq solishga harakat qiladi;

– har qanday odam, ayniqsa ayol kishi, o‗ziga yoqadigan xabarlarni eshitishni istaydi;

– oqilona maqtov insonda xayrixohlikni yuzaga keltirish uchun katta ahamiyatga ega;

– xushomad, haddan tashqari ochiq yolg‗ondek ko‗rinmasa, og‗ir botmaydi;

– hatto niqoblangan bo‗lsa-da, yolg‗onga javoban do‗stona ochiqlikni kutib bo‗lmaydi;

– haddan tashqari ko‗p savol bermagan ma‘qul, chunki bu zarur ishonchga ega bo‗lishingizga to‗sqinlik qilishi mumkin;

– tiyilmagan aniq maqtanchoqlik odatda natija bermaydi va sherigin-gizning ishonchiga ega bo‗lishga ulgurgan bo‗lsangizgina undan foyda-lanish mumkin;

– asosiy fikrni ta‘kidlovchi go‗zal shijoatkorona imo-ishoralar odatda xalal bermaydi, ammo e‘tiborni tortish uchun qo‗l ishlatmang;

Page 53: Jinoyatchi shaxsining verbal va noverbal psixodiagnostikasi va uni o

53

– dushmanchilik keltirib chiqarish uchun axborot almashuvida quruqlik va og‗irlikning o‗zi yetarli bo‗ladi;

– do‗stona munosabatga ega bo‗lish uchun turli ma‘lumotlarni erkin va ortig‗i bilan xabar qilish kerak bo‗ladi.

Odatda quyidagilar suhbatdoshingizning g‗ashiga tegishini unutmang: – salbiy egotsentrizm (bunda gap shaxsiy muammolar, jumladan

kasallik yoki ishdagi ko‗ngilsizliklar haqida boradi); – siyqasi chiqqanlik (hammaga ma‘lum narsalar haqida gapirish, ko‗p

chaynalgan hazil va hikmatlarni takrorlash); – passivlik (suhbatdoshning aytganini ko‗r-ko‗rona ma‘qullayverish

va o‗ylagan fikrini aytishni istamaslik); – o‗z fikr-xayollariga cho‗mish (fikrni faqat o‗z muvaffaqiyat va

muammolariga jamlash); – past darajadagi emotsionallik (yuz qiyofasining o‗zgarmasligi, bir

maromdagi ovoz, sherigining ko‗ziga qaramaslikka intilish); – badqovoqlik (g‗amginlik, suhbatni quvvatlamaslik, ya‘ni har bir

so‗zni go‗yoki ombir bilan sug‗urib olish...); – jiddiylik (umuman jilmaymaslik va hamma narsani jiddiy qabul

qilish); – qalbakilik (tilyog‗lama ohang, sun‘iy quvnoqlik va yuzaki samimiyat); – odobsizlik va shoshilinch xulosalar chiqarish (suhbatdoshning

gapini hadeb bo‗laverish va birinchi taassurot bo‗yicha subyektiv baho-lash; bularning bari mudofaa holatini olishga majbur etadi va normal muloqotga to‗sqinlik qiladi);

– haddan tashqari chalg‗uvchanlik (turli bahonalar bilan muammoni ko‗rib chiqishdan o‗zini olib qochish, suhbatda chapani so‗zlardan foyda-lanish...);

– mug‗ombirlik (o‗zini manfaatdor yoki hamdard qilib ko‗rsatishga urinish, masalaga qiziqmaslik va zerikish suhbatdosh qanchalik urinmasin, yuz qiyofasidan juda yaxshi ko‗rinib turadi, bular esa ba‘zan haqoratlash sifatida qabul qilinadi);

– takabburlik (dimog‗dorlik va suhbatdoshni mensimaslik, so‗zlarni go‗yoki tishlar orasidan «sizib chiqarish»...);

– qo‗pollik (aniq va anchagina beandisha ziddiyat...); – sergaplik (birovga gap bermaslik); – so‗ralmagan maslahatlar (mutlaqo hech kim so‗ramasa ham, maslahat

berish, ayniqsa ko‗rilayotgan masalani yaxshi bilmaydigan shaxsning maslahat berishi);

Page 54: Jinoyatchi shaxsining verbal va noverbal psixodiagnostikasi va uni o

54

– gapirishda qat‘iylik (birovning fikrini mensimay, betakalluf tanbeh berish; bunday munosabat ong ostida norozilik keltirib chiqaradi va janjal-ga sabab bo‗lishi mumkin);

– ―yopiq» savollar (ya‘ni aniq – «ha» yoki «yo‗q» – javoblarini talab qiluvchi savollar; ular suhbatda zo‗riqishni keltirib chiqaradi, chunki suhbatdoshning manevr imkoniyatini cheklaydi, u o‗zini xuddi so‗roq qilinayotgandek his etishi mumkin).

Maqsadli ustanovkani amalga oshirishda quyidagilarni bilish ortiq-chalik qilmaydi:

– birinchi bo‗lib ko‗pincha ojizroq suhbatdosh gapirishga majbur bo‗ladi;

– o‗zingizga nisbatan qiziqishni saqlab turish uchun suhbatdoshingizni bor gapdan xabardorligingiz bilan qiziqtirib qo‗yishingiz mumkin;

– ovozingiz ohangini suhbatdoshingizniki bilan muvofiqlashtirish foydali: suhbatdoshingiz ovozini ko‗tarsa, siz pastroq ohangda so‗zlang, bu hol uni o‗z ovoz kuchini pasaytirishga majbur qiladi; bunda u o‗zining jizzakiligidan afsuslanadi va shu o‗rinda siz g‗alaba qilasiz:

– nizoli vaziyatlarda yuzaga keladigan hissiyotlar junbushini ko‗pin-cha insonga ichidagini aytib olish imkonini berish orqali pasaytirish mumkin bo‗ladi;

– nimagadir ishontirmoqchi bo‗lsangiz, o‗zingizni tinglashga majbur qila olishingiz kerak;

– yolg‗onni fosh etilishi mumkin bo‗lmagandagina ishlatish mumkin; – kichik yolg‗on katta ishonchsizlik tug‗dirishi mumkin; – aniq ifodalanmagan savol ko‗pincha suhbatdoshingizni bezovta-

lantiradi; – suhbatdoshingizning noto‗g‗ri tushunchalarini e‘tiborga olmaslik

xavfli; – hamsuhbatingizning har qanday sohadagi bilimlarini namoyish

etishiga imkon berish foydali; – odamlar sodir etmay qo‗ygan xatolarini eslatishlaridan og‗rinadilar; – tanqid qilayotgan odam hamdard ekanligini yoki tanqid odob

doirasida ifodalanayotganligini anglagan shaxs bunday tanqidiy mulohaza-larni qabul qiladi;

– xotirjam tekis ohangda ifodalangan ayni bir tanqidiy fikr xolerikda qo‗zg‗alish, sangvinikda quvvat, melanxolikda kayfiyatsizlik keltirib chiqarishi, sovuqqon flegmatikka esa umuman ta‘sir etmasligi mumkin;

– sukutni diqqat deb tushunmang, ko‗p hollarda bu faqat insonning o‗z fikrlariga cho‗mganligini bildirishi mumkin.

Suhbatni yakunlashda quyidagilarni inobatga oling:

Page 55: Jinoyatchi shaxsining verbal va noverbal psixodiagnostikasi va uni o

55

– suhbatning noaniq va ifodasiz yakuni barcha aytganlaringizdan hosil bo‗lgan yaxshi taassurotni yo‗q qilishi mumkin;

– suhbatning oxiri hammadan ko‗ra mustahkam esda qoladi; – o‗z vaqtida to‗xtay olish zarur, aks holda o‗tkazilgan muloqotning

samaradorligi ancha pasayadi.

3-§. Muloqotning psixofiziologik jihatlari

Obyektdan kutilayotgan javobni olish uchun inson idrokining xususiyatlarini tushunish zarur:

– odatda 13 ta (boshqa ma‘lumotlarga ko‗ra 7 ta) so‗zdan ortiq jumla-larning ma‘nosini ong qabul qilmaydi, shu bois ularni qo‗llashdan ma‘no yo‗q;

– nutqni faqat sekundiga 2,5 ta so‗zdan oshmaydigan tezlikda bo‗lsagina tushunish mumkin;

– to‗xtovsiz 5–6 soniyadan ortiq talaffuz etiladigan jumla anglan-maydi;

– erkak kishi boshqalarni o‗rtacha 10–15 sekund tinglaydi, shundan keyin suhbat mavzuiga nima qo‗shish haqida o‗ylay boshlaydi;

– odatda har qanday emotsional qo‗zg‗alish (hamdardlik bundan mustasno) boshqalarni tushunishni qiyinlashtiradi;

– odatdagi suhbatdosh o‗zi ko‗rsatishni istayotganidan ancha kam «eshitadi» va tushunadi;

– o‗zini o‗zi tahlil qilishga moyil odamlar o‗zining ichki dunyosi haqida o‗ylamaydiganlarni yaxshi tushunmaydilar;

– suhbatdoshlar tanish vaziyatlarda ma‘lum inson bilan suhbat-lashayotganlarida odatda nimani eshitishni mo‗ljallagan bo‗lsalar, shuni eshitadilar, shu bois o‗zi uchun unchalik xos bo‗lmagan xabarni odatda eshitmaydilar (sezmaydilar) yoki noto‗g‗ri idrok etadilar;

– ishlatilayotgan iboraning standartga, hatto uslub qonunlariga nomuvofiqligi ba‘zan salbiy hissiyotlarni yuzaga keltiradi va suhbatdan kutilayotgan butun foydani yo‗qqa chiqaradi (ortiqcha dabdabali gaplar – kuldiradi, chaynalganlari – ko‗p hollarda g‗ashga tegadi, xato leksika – hazilga moyil qiladi...);

– ko‗pchilik odamlarda (ruhiyatga uncha ta‘sir etmaydigan) ba‘zi tanqidiy so‗zlar mavjudki, ularni eshitgan obyekt qo‗qqisdan junbushga kelib, borayotgan suhbatning «ipini» yo‗qotadi;

– do‗stona munosabatdan birdaniga asossiz dushmanlikka o‗tish sarosima (esankirash), dong qotib qolish, qo‗rquv va hatto emotsional shok keltirib chiqara oladi;

Page 56: Jinoyatchi shaxsining verbal va noverbal psixodiagnostikasi va uni o

56

– insonning his-tuyg‗ulariga ta‘sir ko‗rsatish kerak bo‗lganida – ko‗proq chap qulog‗iga, mantiqqa ta‘sir ko‗rsatish kerak bo‗lganida esa – o‗ng qulog‗iga gapiriladi;

– odatdagi kayfiyatdagilarga qaraganda qo‗qqisdan g‗azablangan odamlarni kuldirish oson, nizoni bartaraf etishning qimmatli usullaridan biri mana shunda;

– idrokning faolligi olingan axborotning insonda yashirin bo‗lgan xotiralarni kuchaytirish qobiliyatiga juda bog‗liq;

– hamsuhbat uchun butunlay yangi bo‗lgan va uning bilimlariga aslo mos kelmayotgan narsa unda katta qiziqish uyg‗otmaydi, aksincha, individ predmet bilan qancha ko‗p tanish bo‗lsa, uning juz‘iy tomoni va jihatlari ko‗proq qiziqtiradi;

– subyekt biror masala bilan umuman tanish bo‗lmaganida predmet-ning keyingi idrok etilishi odatda u haqdagi dastlabki xabarga juda bog‗liq bo‗ladi;

– ma‘lumki, olingan dastlabki xabarlarga ko‗proq, keyingilariga esa kamroq ishonadilar;

– odamlar odatda o‗zlarining taxminlarini tasdiqlovchi voqealarning informatsion bahosini oshiradilar va ularga zid axborotni yetarli baho-lamaydilar;

– inson aytmoqchi bo‗lgan gaplarining 80 % ini aytadi, uni tinglayot-ganlar esa aytilgan xabarning atigi 70 % ini qabul qiladilar, 60 % ini tushunadilar, xotiralarida esa 10–25 % qoladi;

– suhbatdosh berilayotgan axborotni qabul qila olishi uchun asosiy fikr va qoidalarni doimo unga takrorlab turish zarur;

– suhbat mavzuini (predmetini) qancha yaxshi anglasak, uni shuncha yaxshi eslab qolamiz;

– «o‗rtacha odam» unga ikki kun avval aytilgan xabarning ko‗pi bilan chorak qismini eslab qoladi;

– inson xotirasi ertalab 8 dan 12 gacha va kechqurun 9 dan keyin yaxshi ishlaydi, ovqatdan keyin esa eng yomon xotira bo‗ladi;

– axborotning oxirgi qismi eng ko‗p, birinchi qismi biroz kamroq eslab qolinadi, o‗rta qismi esa umuman unutiladi;

– inson xotirasi qilayotgan ishining 90 % ini, ko‗rganining 50 % ini va eshitganining 10 % ini saqlab qoladi;

– u yoki bu sababga ko‗ra uzilib qolgan harakatlar yakunlanganlariga qaraganda yaxshi esda qoladi;

– axborotning haddan tashqari ko‗pligi miyani gangitib qo‗yadi va tushunishga to‗sqinlik qiladi;

– inson aqli o‗tirgan holida eng yaxshi, tik turganida yomonroq, yotganida umuman yomon ishlaydi;

Page 57: Jinoyatchi shaxsining verbal va noverbal psixodiagnostikasi va uni o

57

– keksalar tongda, yoshlar esa kechqurun yaxshiroq fikrlaydilar; – odamlar odatda ertalab soat 8 da aqlliroq va hisob-kitobga kuchliroq

bo‗ladilar; – tik turgan odam o‗tirganga qaraganda psixologik jihatdan ustunlikka

ega bo‗ladi; – juda shovqin sharoitdagi muloqot jarayonida so‗zlayotgan odamga

qarab turish, faqat yaxshi tanish so‗zlarni ishlatish, bo‗g‗inlarni biroz cho‗zish, «taqiqlayman» singari fe‘llarni jumlaning boshiga, «ruxsat beraman» singari fe‘llarni esa oxiriga qo‗yish kerak;

– «fikr uni ifodalashda ishlatilayotgan so‗zlarga qarab o‗zgaradi»; –«boshqacha tartibda qo‗yilgan so‗zlar boshqa ma‘no beradi,

boshqacha tartibda ifodalangan fikrlar esa boshqa taassurot qoldiradi»; – impulsiv emotsional javobda odatda idrok etilayotgan axborotning

ko‗pi bilan 1/3 qismi tushuniladi, chunki bunda yuzaga keluvchi stress (qonga adrenalin chiqarib, nafas olish sur‘ati va pulsni jadallashtirib, qand va yog‗ zaxirasini ishga solib, miyaning «keraksiz» ishini to‗sib) tanani faol javobga hozirlaydi;

– ayollar suhbatga aloqa o‗rnatish, hissiyotlar yoki simpatiya va antipatiyalarni ifodalash, asosiysi – turli muammolarning yechimini izlash usuli sifatida qaraydilar;

– erkaklar birovlarning muvaffaqiyati haqida eshitgandan ko‗ra, o‗zlariniki haqida gapirishni ko‗proq yoqtiradilar, ayollar esa aksincha;

– erkak atrofdagilarning fikridagi o‗z mavqeidan tashvishlanadi va muloqotga kechinmalar emas, balki axborot almashish imkoniyati sifatida qaraydi, bu yerda o‗z mustaqilligini qaror toptirishni istaydi;

– ayollar suhbatning ichki mazmuniga (fikrlar, niyatlar, his-tuyg‗ular va munosabatlarga) e‘tiborli bo‗ladilar, har qanday arzimas luqmalarda turli shamalarni sezadilar; ular harakatlarga qaraganda ko‗proq so‗zlarga ishonadilar.

4-§. Muloqotning tarkibiy unsurlari

Har qanday suhbat tashqi vaziyatga bog‗liq bo‗lgan va o‗ylangan strategiya bilan uyg‗unlashgan ko‗plab unsurlardan tashkil topadi. Samarali muloqotni amalga oshirishga qaratilgan ayrim yo‗llanma beruvchi tavsiyalarga to‗xtalamiz.

Suhbatga tayyorgarlik ko‗rayotganda quyidagilarni inobatga oling: – siz jiddiy muhokama qilishga kirishayotgan muammoni juda yaxshi

bilishingiz zarur; asossiz iboralar (mulohazalar)dan tiyiling; – manfaatdor bo‗lmagan shaxslarning hozir bo‗lishi va turli rejalash-

tirilmagan chalg‗ishlar (telefon qo‗ng‗irog‗i, qo‗qqisdan eshitilgan

Page 58: Jinoyatchi shaxsining verbal va noverbal psixodiagnostikasi va uni o

58

shovqin, tasodifiy tashrif...) ishonchli muloqotga xalal beradi va siz o‗rnatgan suhbat kayfiyatini buzadi;

– o‗tirgan inson odatda turgan insonga nisbatan ochiqroq bo‗ladi, ammo qat‘iyat va tezlikka mo‗ljallangan topshiriq berilganida ro‗paradagi suhbatdosh doimo tik tursin;

– suhbatdosh muayyan faktni eslab qolishini istasangiz unga bu axborotni suhbatning eng boshida bering, agar uning nimadir qilishini istasangiz – iltimosni suhbatning oxiriga qoldiring.

Inson bilan muloqot qilayotganda quyidagilarni anglab yeting: – odamlar ko‗pincha gapira boshlaganlaridan keyin fikrlay boshlaydilar; – sherigingizning o‗ziga nisbatan ishonchi qancha kam bo‗lsa, asosiy

masalaga qaror qilib, kirishgunicha gapni shuncha ko‗p aylantiraveradi; – hayajonlangan inson bilan ish masalasida gaplashish befoyda; – suhbatdosh hissiyotlarining ta‘siriga berilish xavflidir, aks holda

xabarning butun ma‘nosini yo‗qotish mumkin; – shoshilib turgan yoki hojatxonaga borishni juda istayotgan odam

oqilona fikrlashga qodir bo‗lmaydi; – «o‗zimizni bizga qo‗yilgan tuzoqqa tushgandek ko‗rsatsak, haqiqiy

nozik nayrangni namoyon etamiz, chunki birov bizni aldashni istagan paytda uning o‗zini aldash doimo osonroq bo‗ladi».

Biror axborotga ega bo‗lishni rejalashtirganda quyidagilarni unut-mang:

– amaldagi tasdiq gapingizga javoban sherigingiz oddiy savolga beriladiganidan ortiqroq ma‘lumotlarni xabar qiladi;

– ayollarga mayda voqealarni yirik hodisalar sifatida idrok etish xosdir;

– insonni hayratga solganimizda ba‘zan kutilmagan materiallar olishimiz mumkin bo‗ladi;

– «bunday bo‗lishi mumkin emas» degan ibora bilan suhbatdoshingiz so‗zlarini bo‗lish orqali uni ochiqlikka da‘vat qilasiz: «Biz zid gap aytganimizdagina odamlar bizni qiziqtiruvchi ma‘lumotlarni aytadilar»;

– agar suhbatdoshingizda unga qaraganda ancha ko‗proq narsani bilishingiz haqida ishonchli taassurot qoldirsangiz, uning o‗zi sizga hamma bilganlarini aytib beradi;

– emotsional so‗z va iboralarni eshitayotganda ularning shakliga emas, balki tom ma‘nosiga e‘tibor bering;

– «yopiq» (ya‘ni oddiy – «ha» yoki «yo‗q» – javoblarini talab etuvchi) savollarning hammasida so‗zlayotgan shaxsning fikr yo‗nalishini buzish xususiyati mavjud, shu bois ularga ochiq savol bergan ma‘qul;

Page 59: Jinoyatchi shaxsining verbal va noverbal psixodiagnostikasi va uni o

59

– ochiq savollar suhbatdoshingiz sizga ijobiy yoxud neytral munosabatda bo‗lganida, sizga qo‗shimcha ma‘lumotlar kerakligiga yoki obyektning haqiqiy motiv va qarashlarini aniqlash zarurligida yaxshi natija beradi; bu o‗rinda tashabbus suhbatdoshga berilgani bois u butun suhbatning borishi ustidan nazoratni qo‗lga olmasligini kuzatib turing.

Sizga kerakli xayrixohlikni saqlab qolish uchun quyidagilarni bilish foydali:

– aslida subyektga bir qarashda ko‗ringanidan ancha kam ahamiyatli bo‗lgan muayyan yon bosishlar orqali uni ancha ruhlantirish mumkin;

– har bir qulay fursatda suhbatdoshingizning haqligini faol e‘tirof eting, bu narsa u nimadadir nohaq bo‗lganida ham foyda keltirishi mumkin;

– xato qilganingizda o‗zingizga nisbatan qancha ko‗p tanqidiy munosabatda bo‗lsangiz, raqibingizni shuncha ko‗p «qurolsizlantirasiz»;

– hurmat bilan murojaat etish (nazokatli muomala) na iltimosning, na buyruqning ravshanligini kamaytiradi, balki suhbatdoshda yashirincha qarshilik yuzaga kelishiga to‗sqinlik qiladi;

– suhbatdoshingiz dalillarining haqiqiy ma‘nosini tushunishni istamay, ularni nafrat bilan uloqtirib tashlash amaliy suhbatning muhitiga juda yomon ta‘sir ko‗rsatadi;

– Sizga nisbatan biror ish bo‗yicha mutlaqo nomaqbul munosabat bildirilganida, uni asossiz rad etmasdan, hozircha Sizga tushunarsiz ekan-ligini aytganingiz ma‘qul.

Aloqa kompozitsiyasini qurayotganda quyidagilar inobatga olinadi: – suhbat taktikasi va texnikasini tanlashda suhbatdoshingizning fikr-

lash xususiyatlari va psixofizik jihatlarini inobatga olish kerak (masalan, ayol kishiga ish qanday bajarilayotganini emas, balki nima bajarilganligini ko‗rsatgan ma‘qul);

– har qanday muloqotda suhbatning «ko‗tarilishlarini» ham (e‘tiborni jamlagan holda), «pastga tushishlarini» ham (uning fikr va assotsiatsiya-larini tashkil qilish va mustahkamlash uchun) oldindan nazarda tutish kerak;

– dam olishga imkon berish va erishilgan yutuqni mustahkamlash uchun suhbatni vaqti-vaqti bilan asosli to‗xtalishlar bilan bo‗lish lozim;

– oqilona to‗xtalishlar ba‘zan so‗zlarning umumiy oqimiga qaraganda ancha katta ta‘sir ko‗rsatishi mumkin;

– uncha yoqimli bo‗lmagan jihat va faktlarni yaxshilari bilan almash-lab turgan ma‘qul, ammo suhbatning boshi va oxiri, shubhasiz, ijobiy bo‗lishi kerak;

– oxiriga yaqinlashgan sari aloqaning boyligini oshirish tavsiya etiladi;

Page 60: Jinoyatchi shaxsining verbal va noverbal psixodiagnostikasi va uni o

60

– suhbatdoshingizni taslim bo‗lgandek yoki o‗z qarashlaridan ancha chekingandek ko‗rinishiga yo‗l qo‗ymagan ma‘qul.

Suhbatdoshingizni nimagadir ishontirishni istasangiz: – undagi ichki shubhalarning barcha bandlarini yoki motivlar kurashi

borayotgan joydagi bandlarini aniqlashga harakat qiling va o‗z ta‘sirin-gizni aynan ularga yo‗naltiring;

– inson idrok eta oladigan dalillar bilangina ta‘sir ko‗rsating; – fakt va dalillarni keltirish bilangina cheklanmang, balki ularning

butun ma‘nosini aniq yoriting; – dastlab suhbatdoshingiz dalillariga javob berishga urinib ko‗ring,

so‗ngra esa o‗z dalillaringizni keltiring; – sizga qarshi dalillarga bee‘tibor bo‗lmang, balki oldindan

tayyorgarlik ko‗rib, qarshi dalillaringizni o‗ylab qo‗ying; – obyekt qaror qabul qilayotganida birdan shubhaga bormasligi uchun

yaxshi bir dalilni doimo zaxira tuting; – ba‘zi gaplaringizni neytral (ba‘zan ritorik, hatto o‗ylantiradigan...)

savol shaklida bildirish foydali, o‗shanda ro‗parangizdagi suhbatdoshingiz tashqi bosim va u bilan bog‗liq chuqur kontekstni sezmaydi hamda bu fikrni o‗zinikidek qabul qiladi;

– suhbatdoshingiz «yo‗q» deb javob berishi mumkin bo‗lgan savollardan tiyiling (subyekt o‗z fikrini oshkora aytganida u o‗ziga qarshi keyingi barcha hujumlarga nisbatan ancha barqaror bo‗lib qoladi...);

– suhbatdoshingizni o‗zingizga og‗dirayotganingizda ko‗zlarining o‗rtasiga qarang va siz undan kutayotgan reaksiyani tasavvur qiling;

– suhbatdoshingiz «yo‗q» so‗zini bir necha bor aniq va qat‘iy qilib takrorlamagunicha chekinmang;

– o‗z xulqingizni obyektning ruhiy holatiga moslashtirgan holda uning noverbal reaksiyalarini kuzating (masalan, agar suhbatdoshingiz taklif etilayotgan muammoga qiziqsa, sigaretasini og‗zidan chiqaradi yoki boshini yonga egadi; suhbatga qiziqishi yo‗qolib borsa, oldidagi qog‗ozga turli suratlar chiza boshlaydi yoxud oyog‗ini kreslo suyanchig‗iga tashlab oladi; qaror qabul qilayotgan paytida engagini silaydi, qiyinchilik va o‗ziga nisbatan ishonchsizlik kelib chiqqanida esa qulog‗i, yuzi (yonog‗i) yoki burnini qashiydi, ko‗zlarini ishqalaydi...).

Faktlar bilan manipulatsiya qilishda quyidagi usullardan foydalaniladi: – haqiqatga uydirmani aralashtirish; – haqiqiy voqealar haqidagi xabarlarga yolg‗on fakt yoki shama

qo‗shib qo‗yish; – e‘tiborni (hislar bilan o‗ynashib yoki qo‗shimcha faktlar bilan...)

muhim ma‘lumotlardan chalg‗itish;

Page 61: Jinoyatchi shaxsining verbal va noverbal psixodiagnostikasi va uni o

61

– faktlar o‗rniga emotsiyalarni keltirish; – to‗g‗ri faktlardan yolg‗on xulosalar chiqarish; – yolg‗on umumlashmalar (juz‘iy faktdan umumiy xulosa chiqarish); – faktlar o‗rtasidagi muvaqqat va mantiqiy aloqalarni nazarga olmaslik; – ko‗p ma‘noli so‗zlarni ishlatish; – avtoritetlarga yolg‗ondakam suyanish; – assotsiatsiyalar bilan «o‗ynash» («fanni hurmat qilish»...); – insonning o‗zini yaxshi ko‗rishidan foydalanish («siz albatta bil-

ganingizdek...»). Obyektning qat‘iyatini bartaraf etish va siz uchun noxush qarorga

kelishiga to‗sqinlik qilish uchun quyidagi singari odobga zid usullar qo‗llaniladi:

– uchrashuvga kechikish; – insonning ustidan kulish, uni haqorat qilish, ayblash; – namoyishkorona mensimaslik; – qandaydir yoqimsiz xabar yetkazish; – o‗zini tushunmaslikka solish; – «vaqt yetishmasligi» bilan bosim o‗tkazish; – haqiqatga to‗g‗ri kelmaydigan muddatlar belgilash; – muzokaralarni cho‗zib yuborish. Insonning holatidan suhbatni tamomlash istagi mutlaqo aniqligi

ma‘lum bo‗lsa, tashabbusni qo‗lga oling va suhbatga yakun yasashni birinchi bo‗lib taklif qiling, chunki bu hol psixologik ustunlik va vaziyat ustidan nazoratni saqlab qolishingizga imkon beradi.

5-§. Suhbatdoshni idrok etish aniqligi

Kirish qoidalari. Odamlar odatda bir narsa haqida gapirib, butunlay boshqa narsa haqida o‗ylaydilar, shu bois ularning haqiqiy ahvolini (holatini) tushunish juda muhim.

Axborotning atigi 7 % so‗zlar (verbal ravishda), 30 % ovoz ohangi (tovush kuchi, intonatsiya...) va 60 % dan ortig‗i boshqa noverbal kanallar (qarashlar, imo-ishoralar, mimika...) orqali beriladi.

Gapirayotgan odamni to‗g‗ri tushunish uchun gapirilayotgan fikrni so‗zlar, nutq, pantomimika va muloqot «kuzatuvchilari» bilan chambar-chas bog‗liq ravishda baholab, o‗z idrokimizni muayyan tugallikkacha yetkazish maqsadga muvofiq bo‗ladi.

Odamlar o‗z qalbidagi his-tuyg‗ularni odatda: – konvensial tarzda (muayyan muloqot muhitida standart sifatida

qabul qilingan usul orqali);

Page 62: Jinoyatchi shaxsining verbal va noverbal psixodiagnostikasi va uni o

62

– spontan tarzda, dabdurustdan (beixtiyor) ifodalaydilar. Suhbatdosh berilayotgan xabarga o‗z munosabatini bildirib qo‗ymas-

likka intilayotganida hammasi oddiy konvensial noverbal belgilar bilan cheklanishi mumkin. Bu belgilar ba‘zan haqiqiy, ammo ko‗pincha chalg‗i-tuvchi bo‗ladi.

Odamlar ko‗pincha o‗z so‗zlarini chamalaydilar va mimikalarini nazorat qiladilar, biroq inson bir vaqtning o‗zida ichida tug‗ilayotgan barcha reaksiyalarning ko‗pi bilan 2–3 tasini nazorat qila oladi. Bunday «axborotning chiqib ketishi» tufayli, tegishli bilim va tajriba yordamida shaxsning yashirishni afzal bilgan his-tuyg‗ulari va intilishlarini aniqlash imkoni mavjud bo‗ladi. Odamlarda beixtiyor yuzaga keladigan reaksiyalar nihoyatda individual bo‗lib, suhbatdoshni juda yaxshi bilgan taqdirdagina uqib olish mumkin. Bu jihatni tushunmaslik boshqa birovni bilishda muqarrar o‗zini o‗zi aldashga olib kelishi mumkin.

Shaxsiy ekspressiyani baholaganda nafaqat tug‗ma farqlar, balki an‘analar, tarbiya, muhit va umumiy hayotiy madaniyatning ta‘siri ham inobatga olinadi.

Individning kayfiyati (fon holati)ni ham, uning qandaydir paydo bo‗luvchi rag‗batga reaksiyasini (zondaj, xatti-harakat, vaziyatni...) ham anglash maqsadga muvofiqdir.

Erkaklarning his-tuyg‗ulariga qaraganda ayollarniki aniqroq namoyon bo‗lgani bois, ularni aniqlash osonroq kechadi, ammo har doim ham emas.

O‗z his-tuyg‗ularini yashirishning muvaffaqiyati insonning tabiatiga (flegmatikka qaraganda xolerikning hissiyotlarini yashirishi qiyinroq kechadi), birga kechadigan holatlar (daxldorlik, kutilmaganlik...) va idrok etuvchining tajribasiga bog‗liq.

Shaxsiy his-tuyg‗ularni rag‗batlantirishda yanada ishonchli bo‗lishi uchun barcha ekspressiv vositalar odatda keragidan ortiq ishlatiladi. Shu bois boshqa odamlarning samimiyligini baholayotganda va o‗z kechinma-laringizni tasvirlashga urinayotganda buni unutmang.

Insonning his-tuyg‗ularini uning miyasining o‗ng yarim pallasi, mantiq va nutqni esa chap yarim pallasi boshqaradi. Buning ustiga, ushbu yarim pallalarning har biri gavdaning qarama-qarshi tomonini muvofiq-lashtiradi. Shu bois: odam boshqalarga ko‗rsatishga urinayotgan hamma narsalar tanasining o‗ng yarimida o‗z ifodasini topadi, aslida ko‗nglidan kechirayotgan his-tuyg‗ular esa chap tomonida aks etadi.

Biror insonning qalbida yuzaga kelayotgan kechinmalar uning qiyofasida va harakatlarida muayyan tarzda ko‗rinadi. Buning qanday yuz berishini batafsilroq ko‗rib chiqamiz.

Page 63: Jinoyatchi shaxsining verbal va noverbal psixodiagnostikasi va uni o

63

Yuz mimikasi (ifodasi). Individ his qilayotgan tuyg‗ular ta‘sirida yuzdagi turli qismlarning muvofiqlashgan qisqarish va bo‗shashishlari yuzaga keladi. Ular inson boshdan kechirayotgan hissiyotlarni juda yaxshi aks ettiruvchi yuz ifodalarini belgilab beradi. Yuz mushaklarining holatini boshqarishni o‗rganish qiyin bo‗lmaganligi sababli hissiyotlarning yuzdagi ifodasini ko‗p hollarda niqoblashga va hatto o‗xshatishga harakat qiladilar.

Inson his-tuyg‗ularining samimiyligidan hissiyotlarning yuzdagi ifodasidagi simmetriya dalolat beradi, ayni vaqtda soxtalik qancha kuchli bo‗lsa, yuzning o‗ng va chap qismlari mimikalari shuncha ko‗p farq qiladi.

Hatto oson anglashiladigan mimika ham ba‘zan juda qisqa vaqt (soniyaning ulushi mobaynida) davom etadi va ko‗pincha sezilmay qoladi; uni ilg‗ay olish uchun ancha katta tajriba yoki maxsus mashqlar kerak bo‗ladi. Bunda ijobiy hissiyotlar (shodlik, huzurlanish...) salbiy hissiyotlar (g‗am, uyat, nafrat kabilar)ga qaraganda osonroq bilib olinadi.

Inson lablari hissiy jihatdan ayniqsa ifodali bo‗lib, ularni uqib olish aslo qiyin emas (masalan, og‗iz mimikasining kuchliligi yoki lablarni tishlash xavotirdan dalolat beradi, bir tomonga qiyshaygan og‗iz esa ishonmaslik yoki birovning ustidan kulishni bildiradi).

Yuzdagi tabassum odatda do‗stona munosabatni yoki ma‘qullashga ehtiyojni bildiradi. Erkaklar uchun tabassum – u har qanday vaziyatda ham o‗zini boshqarib turganligini ko‗rsatish uchun yaxshi imkoniyat. Ayol kishi-ning tabassumi ancha haqqoniy bo‗lib, ko‗pincha uning haqiqiy kayfiyatiga mos keladi. Tabassumlar hamma joyda turli motivlarni aks ettirgani bois, ularni standart tarzda talqin etishga ortiqcha ishonmagan ma‘qul:

– haddan tashqari ko‗p jilmayish – ma‘qullanish ehtiyojidan darak beradi;

– qiyshiq tabassum – nazorat qilinayotgan asabiylik belgisi; – qoshlar ko‗tarilgan holatdagi tabassum – bo‗ysunishga tayyorlik; – qoshlar tushirilgan holatdagi tabassum – ustunlikni ko‗rsatadi; – pastki qovoqlar ko‗tarilmagan holatdagi tabassum – nosamimiylik; – ko‗zlarni katta-katta ochib qilingan tabassum – tahdid. His etilayotgan tuyg‗ulardan darak beruvchi yuzdagi tipik ifodalar

quyidagicha: – shodlik: lablar qiyshaygan va burchaklari orqaga tortilgan, ko‗zlar

atrofida mayda ajinlar hosil bo‗lgan; – qiziqish: qoshlar biroz ko‗tarilgan yoki tushirilgan, ayni vaqtda ko‗z

qovoqlari biroz kengaygan yoki toraygan; – baxt: lablarning tashqi burchaklari biroz ko‗tarilgan va odatda

orqaga tortilgan, bunda ko‗zlar xotirjam;

Page 64: Jinoyatchi shaxsining verbal va noverbal psixodiagnostikasi va uni o

64

– nafrat: qosh biroz ko‗tarilgan, yuz cho‗zilgan, bosh ko‗tarilgan, go‗yoki inson kimgadir yuqoridan qarayapti; go‗yoki suhbatdoshidan nari ketyapti;

– qo‗rquv: qoshlar biroz ko‗tarilgan, ammo to‗g‗ri shaklga ega, ularning ichki burchaklari surilgan va peshona orqali yotiq ajinlar o‗tgan, ko‗zlar kengaygan, pastki qovoqlar taranglashgan, yuqoridagilari esa biroz ko‗tarilgan, og‗iz ochiq turishi mumkin, burchaklari esa orqaga tortilgan bo‗lib, lablarni tishlar ustidan tortadi va to‗g‗rilaydi (aynan oxirgi alomat his-tuyg‗ularning jadalligidan dalolat beradi...); agar qoshlarning yuqorida keltirilgan holatigina mavjud bo‗lsa, bu – nazorat qilinayotgan qo‗rquv;

– g‗azab: peshona mushaklari ichkariga va pastga tortilgan bo‗lib, ko‗zlarning tahdid soluvchi yoki xo‗mraygan ifodasini tashkil qiladi, burun kataklari kengaygan va devorlari ko‗tarilgan, lablar yo zich yopishgan, yo orqaga tortilib to‗g‗riburchak shakliga kirgan va zich birlashgan tishlar ko‗rsatilgan, yuz ko‗pincha qizargan;

– uyat: bosh osilgan, yuz burilgan (o‗girilgan), nigohlar olib qochil-gan, ko‗zlar pastga qaragan yoki bir tomondan boshqa tomonga «yuguradi», ko‗z qovoqlari biroz yumilgan, ba‘zan esa birlashgan; yuz ancha qizargan, puls (tomir urishi) tezlashgan, nafas olish notekis;

– g‗am: qoshlar birlashgan, ko‗zlar xira, lablarning tashqi burchaklari ba‘zan biroz osilgan.

Turli emotsiyalarda yuz ifodalarini bilish nafaqat boshqalarni tushunish uchun, balki o‗z ish imitatsiyalarini (odatda ko‗zgu oldida) puxta o‗zlashtirish uchun ham foydalidir.

Nigoh va ko„zlar. Insonning ko‗zlari uning ichki kechinmalaridan aniq dalolat beradi, tajribali «o‗yinchilar» bejizga ko‗zlarini to‗q rangli ko‗zoynak ortida yashirmaydilar.

Odamlarni odatda quyidagilar fosh etadi: – ko‗zlarning odatdagi ifodasida yuz bergan o‗zgarishlar – muayyan

hissiyotning yuzaga kelishi, stimulga reaksiya signali; – ko‗zlarning beixtiyor harakatlari (sezilarli «yugurik ko‗zlar») –

xavotir, uyalish, aldash, qo‗rquv, nevrasteniya (nevroz guruhiga kiruvchi psixologik buzilish);

– yaltirovchi nigoh – jonsaraklik, qo‗zg‗alish; – qotib qolgan nigoh – nihoyatda ojizlik; – qorachiqlarning kengayishi – qiziqishni sezish hamda axborot,

muloqot, fotosurat, hamsuhbat, ovqat, musiqa va boshqa tashqi omillardan huzurlanish, nimanidir qabul qilish, ayni vaqtda kuchli azob; ba‘zi dorilar va narkotiklar (marixuana, kokain...) iste‘mol qilish;

Page 65: Jinoyatchi shaxsining verbal va noverbal psixodiagnostikasi va uni o

65

– qorachiqlarning torayishi – g‗ijinish, jahl chiqishi, nafrat va boshqa shu kabi salbiy emotsiyalarning chulg‗ab olishi, biror narsani qabul qilmaslik; muayyan narkotiklar (morfin, geroin...) ta‘siri;

– qorachiqlarning tartibsiz harakati – mastlik belgisi (bunday harakatlar qancha ko‗p bo‗lsa, odam shunchalik mast bo‗ladi);

– ko‗zning kuchli pirpirashi – qo‗zg‗alish, aldov. Odamlar har doim o‗zlari aniq zavq oladigan yoki yaqin munosabatda

bo‗lgan odamlarga qarashni afzal biladilar; bunda ayollar erkaklarga qaraganda ko‗proq noverbal qiziqish namoyish etadilar.

Muloqot jarayonida ko‗pincha gapirayotganda emas, balki tinglayotganda suhbatdoshning ko‗ziga qaraladi, holbuki ishontirishga urinish bo‗layotganida ba‘zan so‗zlab turib suhbatdoshning ko‗zlariga tik qarash usuli qo‗llaniladi.

Siz bilan muloqot qilayotgan davrning 1/3 qismidan kamroq vaqt mobaynida ko‗zingizga qarayotgan subyekt yolg‗on so‗zlaydi yoki nimanidir yashirishga urinadi; ko‗zingizga yashirmay tik qarab turgan odam esa yo sizga qattiq qiziqadi (qorachiqlar kengaygan), yo oshkora dushmanlik namoyon etadi (qorachiqlar toraygan), yo ustunlik qilishga intiladi.

Ko‗zlar kontaktlarining modifikatsiyalari (ko‗z qarashlarining turlari) quyidagicha rasshifrovka qilinadi:

– hissiz nigoh – diqqat jamlangan o‗y; – nigohni atrofdagi narsalar va shiftga ko‗chirish – suhbatga qiziqish-

ning yo‗qolishi, suhbatdosh monologining haddan tashqari uzunligi; – ko‗zlarga barqaror va sinchkov qarash (qorachiqlar toraygan) –

dushmanlik va ustunlikning yorqin ifodasi; – ko‗zlarga barqaror va sinchkov qarash (qorachiqlar kengaygan) –

jinsiy qiziqish belgisi; – nigohni olib qochish va pastga qarash – uyalish, aldash; – yondan qarash – ishonchsizlik; – ko‗zlar goh olib qochiladi, goh orqaga qaytariladi – rozilikning

yo‗qligi, ishonchsizlik. Holat va uning tafsilotlari. Inson tanasining turg‗un holati ham

uning ichki kayfiyatidan ko‗plab ma‘lumotlar beradi. Bunda ko‗p takrorlanadigan holat shaxsning barqaror xususiyatlaridan dalolat beradi.

Hissiyotlar o‗zgarganida, odamlar odatda gavdasiga qaraganda yuzini yaxshiroq nazorat qilganliklari bois, ko‗p hollarda individning haqiqiy xavotiridan mimikasi emas, balki gavda holati xabar beradi.

Tana holatlari insonning ruhiy holatiga quyidagicha bog‗liq bo‗lishi mumkin:

Page 66: Jinoyatchi shaxsining verbal va noverbal psixodiagnostikasi va uni o

66

– qo‗llar orqada, bosh baland ko‗tarilgan, engak oldinga chiqqan – o‗ziga ishonch va boshqalardan ustunlik hissi;

– gavda oldinga chiqqan, ikki qo‗l belda – o‗z kuchiga ishonch va faol harakatlarga tayyorlik, tajovuzkorlik, so‗zlashganda jizzakilik, o‗z qarash-larini oxirigacha himoya qilishga intilish;

– qo‗llar bilan stolga tiralib turish – suhbatdosh bilan aloqaning noto‗liqligi hissi;

– qo‗llar tirsaklaridan bukilgan holda bosh orqasiga qo‗yilgan – boshqalardan ustunlikni anglash;

– qo‗llarning bosh barmoqlarini belbog‗ ortiga yoki cho‗ntaklarga qo‗yish – tajovuzkorlik va o‗ziga nisbatan namoyishkorona ishonch;

– qo‗llarning bosh barmoqlarini cho‗ntaklardan chiqarib turish – ustunlik belgisi;

– qo‗l-oyoqlarni chalishtirish – skeptik (ishonchsiz) himoya ustanovkasi; – chalishtirilmagan qo‗l-oyoqlar va tugmasi qadalmagan pidjak –

ishonch ustanovkasi; – boshni yonga egish – qiziqish uyg‗onishi; – boshni pastga bukish – salbiy munosabat; – boshni biroz orqaga tashlash – tajovuzkorlik belgisi; – stul chetida o‗tirish – yo ketishga, yo yuzaga kelgan vaziyatda

harakatlanishga, yo jamlangan qo‗zg‗alishni bostirishga, yo o‗ziga e‘tiborni tortish va suhbatga qo‗shilishga (istalgan paytda sakrab turishga) tayyorlik;

– qo‗llarni ko‗krak oldida, oyoqlarni bir-birining ustida chalishtirish – suhbatdan «chetlashish»;

– kresloda o‗tirgan holda oyoqni uning tirsak qo‗ygichiga tashlab olish – atrofdagilarni mensimaslik, suhbatga qiziqishning yo‗qolishi;

– o‗tirgan odam oyoqlari (boldirlari)ning chalishtirilishi – ma‘qullan-maydigan munosabatni tiyib turish, qo‗rquv yoki hayajon, o‗zini nazorat qilishga urinish, salbiy himoya holati;

– chiqish eshigi tomon yo‗naltirilgan oyoqlarning (o‗tirgan yoki turgan) holati – suhbatni aniq to‗xtatish va ketish istagi;

– holatni tez-tez o‗zgartirib turish, stulda qimirlab o‗tirish, behalovat-lik – ichki xavotir, zo‗riqish;

– o‗rindan turish – biror qarorga kelganlik, suhbat jonga tekkani, nimadir hayratlantirgani yoki lol qoldirgani haqidagi signal;

– qo‗l barmoqlarining chalishtirilishi – hafsalasi pir bo‗lish va salbiy munosabatni yashirishni istash (bunda qo‗llar qanchalik yuqori joylashgan bo‗lsa, salbiy holat shunchalik kuchli bo‗ladi);

Page 67: Jinoyatchi shaxsining verbal va noverbal psixodiagnostikasi va uni o

67

– qo‗l panjalari barmoqlar uchlari orqali birlashtirilgan, ammo kaftlar bir-biriga tegmaydi – ustunlik, o‗ziga va o‗z so‗zlariga nisbatan ishonch belgisi;

– tirsaklar stolga tayangan, panjalar esa og‗iz ro‗parasida joylashgan – haqiqiy niyatlarni yashirish, suhbatdosh bilan mushuk-sichqon o‗ynash;

– boshni kaft bilan ushlab turish – zerikish; – mushtga tugilgan barmoqlar lunj ostida joylashgan, ammo bosh

uchun tayanch emas – qiziqish belgisi; – bosh barmoq engakka tirgak bo‗lgan – qandaydir tanqidiy baho

belgisi; – o‗z krujkasini ikki qo‗llab ushlash – niqoblangan asabiylik; – sigareta tutunini yuqoriga chiqarish – yashirin yoki shubhali fikrlar

bilan salbiy kayfiyat. Imo-ishora va tana harakatlari. «Imo-ishora – tananing emas, balki

qalbning harakati». U insonning istagi va shu paytda nimani his qilayot-ganidan, kimdir uchun odatiy bo‗lgan imo-ishora esa uning xarakteriga xos jihatdan dalolat beradi.

Tashqaridan qaraganda bir xil ko‗ringan imo-ishoralar turli odamlarda mutlaqo o‗xshamaydigan ma‘nolarni bildirishi mumkin, ammo bir xil jihatlari ham mavjud:

– faol imo-ishoralar – ijobiy his-tuyg‗ularning ko‗p uchraydigan tarkibiy qismi bo‗lib, boshqalar inoqlik va qiziqishning ifodasi sifatida tushunadilar;

– haddan tashqari ko‗p imo-ishoralar – xavotir yoki o‗ziga nisbatan ishonchsizlik belgisi.

Individning fikr va emotsiyalarini aniqlashda faqat g‗ayriixtiyoriy imo-ishoralarni ta‘kidlash lozim:

– ochiq kaftlarni namoyish qilish – ochiqlik ko‗rsatkichi; – mushtlarni tugish – ichki qo‗zg‗alish, tajovuzkorlik (barmoqlar

qanchalik kuchli siqilsa, emotsiyaning o‗zi shunchalik kuchli bo‗ladi); – gapirayotganda og‗izni qo‗l bilan (yoki qo‗ldagi qadah bilan) to‗sish

– hayrat, aytilayotgan gapning to‗g‗riligiga aniq ishonmaslik, yolg‗on, ishonchli xabar, kasb odatiga ko‗ra lablarga qarab uqib olishlarining oldini olish;

– qo‗l bilan burunga tegish yoki uni asta qashish – aytilayotgan xabarga (o‗ziga ham, sherigiga ham) aniq ishonmaslik, yolg‗on, bahs jarayonida yangi qarshi dalilni izlash;

– barmoq bilan ko‗z qovoqlarini artish – yolg‗on belgisi, ammo ba‘zan – suhbatdoshi tomonidan bildirilayotgan gumon va yolg‗onni sezish;

Page 68: Jinoyatchi shaxsining verbal va noverbal psixodiagnostikasi va uni o

68

– boshning turli qismlari (peshana, yonoqlar, ensa, quloq...)ni silash va qashish – tashvishlanish, uyalish, ishonchsizlik;

– engakni silash – qaror qabul qilish payti; – qo‗llarning behalovatligi (nimanidir yulib yig‗ish, avtoruchkani

burash, kiyim-bosh qismlariga tegish...) – ehtiyotkorlik, asabiylik, uyalish; – kaftni chimchilash – tajovuzga tayyorlik; – tirnoqlarni tishlash – ichki xavotir; – qo‗llarning tana eni bo‗ylab turli harakatlari (soatni to‗g‗rilash,

zaponka (ilmatugma)ga tegish, manjeta (qadama yeng)dagi tugmalarni o‗ynash...) – niqoblanayotgan asabiylik;

– kiyimdagi qillarni tozalash – ma‘qullamaslik ishorasi; – xalal berayotgani aniq ko‗rinib turgan bo‗yinbog‗ni bo‗yindan

tortish – inson aldayotganini birovlar bilib qolganligini gumon qiladi, g‗azablanganda havo yetishmasligi;

– ko‗zoynak shishalarini artish yoxud ravoqlarini og‗izga solish – o‗ylash uchun tanaffus, kutib turishni iltimos qilish;

– ko‗zoynaklarni yechib, stol ustiga tashlash – haddan tashqari keskin suhbat, qiyin va noxush mavzu;

– sigaretani o‗chirish yoki bir chetga qo‗yish – eng katta zo‗riqish davri;

– sigareta kulini haddan tashqari ko‗p urib tushirish – og‗ir ichki holat, asabiylik;

– boshni yonga egish – qiziqish uyg‗onganligi; – boshni tez egish yoki yon tomonga burish – biror nima deyish istagi; – go‗yoki «xalal berayotgan» sochlarni doimiy ravishda peshonadan

chetga olish – xavotir; – nimagadir suyanish yoki tayanishga aniq intilish – paytning

murakkabligi va noxushligini his etish, yuzaga kelgan vaziyatdan chiqib ketish yo‗lini bilmaslik (har qanday tayanch o‗ziga bo‗lgan ishonchni oshiradi...).

Ovoz intonatsiyalari. Ovoz atrofdagilarga juda ko‗p hollarda insonning shu paytdagi holati (kechinmalari, faktlarga munosabati, o‗zini qanday his qilayotgani, ko‗p hollarda esa temperamenti va fe‘liga xos jihatlar) haqida xabar beradi.

Shaxs (obyekt)ning ovozidagi ohang uning emotsiyalarini aniqlashga imkon beradi (g‗azab va g‗amni – osonroq, rashk va asabiylikni – qiyinroq...).

Xavotir yoki asabiy zo‗riqish holatida suhbatdoshning ovoz tembri ham biroz o‗zgaradi. Bu holat xorijiy davlatlar tajribalarida foydalanib

Page 69: Jinoyatchi shaxsining verbal va noverbal psixodiagnostikasi va uni o

69

kelinayotgan «yolg‗on detektori»ning aloqasiz (ya‘ni suhbatdosh uchun butunlay sezilarsiz) namunalarida munosib qo‗llanilmoqda.

Xabarni «rasshifrovka» qilayotganda ovozning KUCHIGA ham, BALANDLIGIGA ham e‘tibor qarating:

– ko‗rinib turgan baland ohang – zavq-shavq, shodlik, ishonchsizlik; – ovoz kuchi, ohangi (toni) va balandligining keng diapazonidagi

yuqorilik – g‗azab va qo‗rquv; – haddan tashqari baland, «teshib yuborgudek» ovoz – xavotir; – yumshoq va past tovush, har bir jumlaning oxirida intonatsiyaning

pasayishi – g‗am, charchoq; – tovushni kuchaytirish – zo‗riqish, aldov. Noverbal tovushlar ancha ko‗p axborot beradi: – hushtak (badiiy emasligi aniq...) – ishonchsizlik yoki xavfsirash; – vaziyatga nomuvofiq xoxolab kulish – zo‗riqish; – ovozdagi kutilmagan spazmlar – zo‗riqish; – doimiy yo‗tal – yolg‗onchilik (kazzoblik), o‗ziga nisbatan ishonch-

sizlik, xavotir. Leksika xususiyatlari. Insonning so‗zlashuviga bog‗liq nutqini tahlil

qilish uning ichki psixoemotsional holatida hammadan ko‗ra ko‗proq axborot berishi mumkin: nutqda mantiqiy urg‗ularning qo‗yilishi, so‗zlar-ning qanchalik tez talaffuz qilinishi, iboralarning (jumlalarning) tuzilishi, normalardan qaysi og‗ishlarga yo‗l qo‗yilganligi (ishonchsizlik yoki so‗zlarni noto‗g‗ri tanlash, jumlalarning so‗z o‗rtasida uzilib qolishi, so‗zlarning o‗zgarishi, parazit so‗zlarning paydo bo‗lishi, to‗xtamlarning yo‗qolishi...) bunda:

– tez sozlangan nutq – aniq hayajon yoki nimadandir tashvishlanish, kimnidir ishontirishga yoki ko‗ndirishga bo‗lgan qattiq istak, shaxsiy qiyinchiliklar haqidagi gaplar (suhbat);

– sur‘ati sekinlashgan nutq – takabburlik, charchoq, bosim ostidagi holat, g‗am-anduh;

– uzuq-yuluq nutq – ishonchsizlik; – alohida «silliq» nutq paydo bo‗lishi – jumbishga kelganlik; – nutqning lo‗nda va qat‘iyligi – aniq ishonch; – duduqlanish – zo‗riqish yoki aldov; – so‗zlarni tanlashda qat‘iyatsizlik – o‗ziga nisbatan ishonchsizlik

yoki nima bilandir qo‗qqisdan hayratga solish niyati; – nutqdagi kamchiliklarning paydo bo‗lishi (so‗zlarni takrorlash yoki

buzib talaffuz qilish, jumlalarni o‗rtasidan uzib qo‗yish...) – shubhasiz hayajon, ammo ba‘zan aldash istagi bo‗lishi ham mumkin;

– nutqda to‗xtamlarni ishlatmaslik – zo‗riqish;

Page 70: Jinoyatchi shaxsining verbal va noverbal psixodiagnostikasi va uni o

70

– haddan tashqari uzun to‗xtamlar – qiziqmaslik yoki norozilik; – nutqda parazit so‗zlar bilan to‗ldiriladigan to‗xtamlar paydo bo‗lishi

(«xo‗sh»..., «aytmoqchi»..., «e»...) – fikrni ifodalashdagi qat‘iyatsizlik va qiyinchilik, vaziyatdan chiqish yo‗lini izlash;

– odatdagidan tezroq aytiladigan tuturiqsiz so‗zlar yig‗indisining ko‗payishi – hissiy qo‗zg‗alish, zo‗riqish;

– jim turib qolish yoki kam so‗z ishlatish – arazlash; – doimo boshqalarning gapini bo‗lish – zo‗riqish; – ichki nutqning tashqi nutqqa o‗tishi («ovoz chiqarib fikrlash») –

haddan tashqari hayajon. Beixtiyor reaksiyalar. Bu reaksiyalar odatda yaxshi nazorat

qilinmaydi (garchi turli usullar bilan ularni niqoblashga harakat qilinsa ham) va shu bois juda ko‗p axborot bera oladi. ularning ayrimlari aldovni apparatlar yordamida diagnostika qilish vaqtida aniqlanadi. Ushbu apparat-larning umumlashtiruvchi nomi «yolg‗on detektori» (shuningdek «poli-graf»)dir.

Ushbu reaksiyalarning standart o‗qilishi quyidagicha: – yuz qizarishi (ba‘zan dog‗lar tarzida) – uyalish, g‗azablanish; – yuz oqarishi – qo‗rquv, aybdorlik belgisi; – ko‗z qorachiqlarining kengayishi – qiziqish, huzurlanish, rozilik,

kuchli og‗riq; – qorachiqlarning torayishi – qoniqmaslik hissi, rad etish; – qo‗l venalarida yoki bo‗yin arteriyalarida tomir urishi (puls)ning

kuchayishi (yurak urishi kuchayishi natijasida bo‗yindagi galstukning titrashi...) – xavotir, qo‗rquv, uyalish, aldov;

– puls tezligining pasayishi – kuchli diqqat; – tez va yuzaki nafas olish – ichki zo‗riqish; – burun orqali qisqa nafas olish – jahl; – nafas olishning buzilishi, tomoqning spazmatik harakati va reflektor

tarzda tupuk yutish – xavotir, uyalish, aldov; – og‗iz qurishi (yutinish, lablarni yalash, tashnalik...) – qo‗rquv,

aldov; – qo‗qqisdan tishlarning ochilishi – kuchli g‗azab belgisi, tajovuzkor-

lik; – qizish, terlash – g‗azab, uyalish, asabiylashish, aldov; – qaltirash (qo‗l va oyoq barmoqlarida, yuz mushaklarida...) – ichki

zo‗riqish, qo‗rquv, aldov; – kipriklarni tez-tez pirpiratish – qo‗zg‗alish, aldov; – qorin quldurashi – qo‗rquv (albatta har doim ham emas...);

Page 71: Jinoyatchi shaxsining verbal va noverbal psixodiagnostikasi va uni o

71

– tishlarni g‗ichirlatish – kuchli asabiylik, stress, o‗ylangan rejani amalga oshirish imkoni yo‗qligi.

Bunday reaksiyalarni, odatda, ayollarga qaraganda erkaklarda ko‗rish osonroq, buning ustiga, ayollar yolg‗on detektorini ham yaxshiroq aldaydilar.

Fon kayfiyati. Bu o‗rinda taqdim etilgan kuzatilayotgan tashqi ko‗rinishlarning individ amalda boshdan kechirayotgan hissiyotlarga bog‗lanishi to‗liq emas va juda ishonchli ham emas, chunki har bir inson, oz bo‗lsa-da, noyobdir.

– o‗z kuchini anglash (o‗ziga nisbatan ishonch). Barqaror to‗g‗ri holat, bunga qo‗shimcha ravishda engakning oldinga chiqishi, qo‗llar bunda: orqada birlashishi, yonda osilib turishi, cho‗ntaklarda turishi, bunda bosh barmoqlar tashqarida qolishi, panjalarning orqa tomoni faol namoyish etilishi, ayni vaqtda bosh barmoqlar belbog‗ ichida joylashishi mumkin... stulda «egarda o‗tirgandek» o‗tirish yoki oyoqlardan birini kresloning tirsak qo‗ygichiga beparvo tashlab olish... ba‘zan qo‗llar bosh ortiga qo‗yiladi yoxud kaftlar ajralgan holda barmoqlar uchlari birlashtirilishi mumkin... ba‘zan ko‗zlar deyarli qovoqlar bilan berkitilgan bo‗lib, bunda boshni orqaga tashlagan holda qarashga to‗g‗ri keladi... qoshlar tushirilgan holdagi iljayish... nutqdagi qat‘iyat va lo‗ndalik... ishga oid axborotni berishda kamgaplik va aloqa o‗rnatishda faktlarni tez ishlatish... muammolar, maqsadlar va boshqalarning majburiyatlari bilan ortiqcha qiziqish... xotirjamlik...

– o‗zining ojizligini anglash (o‗ziga nisbatan ishonchning yo‗qligi). Haddan tashqari ko‗p imo-ishoralar qilish, shuningdek qo‗llarga olib, bir qo‗l bilan boshqasining bilagidan ushlab olish; nimagadir tayanish yoki suyanishga harakat qilish... qoshlar ko‗tarilgan holatdagi iljayish... so‗zlarni tanlashda shubhalanish va nutqning uzilishi... axborot berishda shoshilish va bunga tayyor bo‗lish, shuningdek o‗zining qat‘iy bo‗lmagan niyatlarini batafsil va ipidan-ignasigacha dalillar bilan asoslashga moyillik... hovliqmalik...

– qarshilik ko‗rsatish istagi. Ovozning o‗rtacha balandligi, qat‘iy sovuq ohang, aniq artikulatsiya, sekin sur‘atda va ritmik ravishda nutq so‗zlash, aniq diksiya...

– ichki zo‗riqish. Holatlar va harakatlardagi cheklanganlik, nimagadir tayanish yoki suyanishga intilish, o‗tirgan odamlarda sonlarining chalkashtirilishi.

Qo‗llarning nihoyatda jipslashgan bo‗lishi, yonayotgan sigareta kulini haddan tashqari ko‗p (tez-tez) urib tushirish... ovoz tembrining o‗zgarishi, tovushning kuchayib borishi, kekirdakning qo‗qqisdan qisib qolishi, tishlar

Page 72: Jinoyatchi shaxsining verbal va noverbal psixodiagnostikasi va uni o

72

g‗ichirlashi, duduqlanish, shu paytga xos bo‗lmagan xaxolab kulish, doimo boshqalarning gapini bo‗lish... shablon jumlalarni ko‗p ishlatish, odatdagidan tezroq aytish, nutqiy to‗xtamlarga e‘tiborsizlik, nutqda erkalovchi va kichraytiruvchi qo‗shimchalarni ishlatish;

– charchoq yoki ruhiy ezilish (xunobgarlik). Xira va shishasimon nigoh, past sur‘atdagi (sekinlashgan) nutq, yumshoq va pastlashgan ovoz, bunda ayrim jumlalar oxirida intonatsiyaning pasayishi...

– dushmanlik. Suhbatdoshdan nari surilish, qo‗llarni chalishtirgan holda musht tugish, boshni orqaga butunlay og‗dirish va birovning gaplarini bo‗lish... qorachiqlari keskin toraygan ko‗zlar bilan tikilib yoki qat‘iyat bilan qarash...

Ehtimol tutilgan variantlarida qoshlar tushirilgan holda ko‗z qiri bilan qaraladi, peshana tirishgan, lablarning burchaklari tushirilgan bo‗ladi.

– asabiylik va ishonchsizlik. Hovliqish, holatni tez-tez o‗zgartirish, haddan tashqari ko‗p imo-ishoralar, qo‗llarning gavda eni bo‗ylab harakat-lanishi (nimanidir olish yoki tuzatish...), tirnoqlarni tishlash, peshana (manglay)dagi «xalal beruvchi» sochlarni itarib tashlash, og‗izning kuchli mimikasi, lablarni tishlash... yuqori va kuchli ovoz, tezkor nutq, «ovoz chiqarib fikrlash»... qizish, terlash...

– yaxshi kayfiyat (ijobiy emotsiyalar). Yuzdagi tabassum, faol imo-ishoralar, qorachiqlarning kengayishi, pidjak tugmalarining yechilganligi, hushtak bilan biror kuyni jonli ijro etish... sigareta tutini yuqoriga yo‗naltirish, kirishimlilik...

– yomon kayfiyat (salbiy emotsiyalar). Oyoqlarni sudrab yurish, sezilarli darajada toraygan qorachiqlar, yerga qaragan nigohlar... sigareta tutunini pastga yo‗naltirish, sust nutq, qayg‗uli sukut, asabiy ovoz...

Mutlaqo beozor so‗zlarga osilish va janjal chiqarish, dushmanlik, aloqaga bormaslik...

Kayfiyatdagi mikroo„zgarishlar. Agar shu paytgacha insonning oz yoki ko‗p darajada barqaror psixoemotsional holatining tipik turlari ko‗rib chiqilgan bo‗lsa, endi obyektning kutilmaganda yuzaga keladigan ta‘sirga (so‗z, harakat, vaziyatga...) javoban avtomatik reaksiyalariga e‘tibor qaratamiz. Har doimgidek, bunda yo quyida keltirilgan belgilar to‗plami, yo yagona, ammo muayyan subyekt uchun xos bo‗lgan javob hisobga olinadi:

– huzurlanish, qabul qilish – qorachiqlarning ancha kengayishi, yuzda to‗satdan hosil bo‗ladigan tabassum va xushohang ovoz;

– qoniqmaslik hissi, rad etish – qorachiqlarning torayishi, yer yoki havoni keskin tepish;

– qiziqish – boshni yonga egish, ko‗z qiri bilan qarash, bunda tabassum qilish yoki qoshni biroz ko‗tarish, sigaretani og‗izdan chiqarish;

Page 73: Jinoyatchi shaxsining verbal va noverbal psixodiagnostikasi va uni o

73

– zerikish – nigohni atrofdagi narsalar va shiftga ko‗chirish, qog‗ozda nimanidir mexanik tarzda chizish, oyoqlarini chalishtirib o‗tirgan ayolning oyoqlarini asta tebrata boshlashi;

– uyalish – ko‗zlarni yumish, shuningdek uni pastga va boshqa tomonga qaratish, yuzning qizarishi (ba‘zan dog‗-dog‗ bo‗lib), qon tomirlarining kuchli urishi va buning qo‗l venalarida yoki bo‗yin arteriya-larida kuzatilishi, nafas olishning qiyinlashishi, qizish, terlash;

– ishonchsizlik – qo‗llarni ko‗krak oldida chalishtirish, barmoqlar bilan burun orqasini (devorlarini) qashish, nigohni boshqa tomonga qaratish va orqaga qaytarish;

– ma‘qullamaslik va norozilik – boshni sarak-sarak qilish, kiyimdagi tuklarni chertib tushirish, qo‗llarni ko‗krak oldida chalishtirish, nutqdagi to‗xtamlarni cho‗zish;

– yolg‗on – nigohni boshqa tomonga va pastga ko‗chirish, ko‗z qovoqlarini barmoq bilan qashish va kaft bilan bosh orqasini (ensa qismi-ni) ishqalash, so‗zlayotganda og‗izni qo‗l bilan to‗sish, «yugurik ko‗zlar», tez-tez tupurish, og‗iz qurishi (tupuk yutish, lablarni yalash, chanqash...), tomoqning g‗ayriixtiyoriy harakatlari, nafas olishdagi muammolar, qo‗l venalari yoki bo‗yin arteriyalarida kuzatiladigan qon tomirlarining kuchli urishi (pulsatsiyasi), qizish va terlash, tana mushaklarida (qo‗l-oyoq barmoqlarida, yuz qismlarida...) titroq, suhbat chog‗ida so‗zlarni takrorlash yoki jumlalarni so‗z o‗rtasida (yolg‗on oldidan) uzish singari yuzaga keladigan nutqiy kamchiliklar, ovozni kuchaytirish, shuningdek duduq-lanish va yo‗tal tutishi;

– qo‗rquv –yuzning ancha sezilarli ravishda oqarishi, og‗iz qurishi (so‗lak yutish, lablarni yalash, tashnalik...), qo‗l venalari yoki bo‗yin arteriyalarida tomir urishining tezlashishi, qo‗l barmoqlari va yuz mushak-larida titrash, qorinda quldurash, baland ovoz, «yugurik ko‗zlar»;

– aybdorlik – yuz rangidagi ayrim o‗zgarishlar (oqarish); – jahl (g‗azab) – mushtlarni siqish, kaftlarni chimchilash, sigaretani

kuldonga jahl bilan ezish, nimanidir tepish yoki qo‗pollik qilib uloqtirish, qizish va terlash, yuzdagi sezilarli qizarish (ba‘zan dog‗-dog‗ bo‗lib), burun orqali qisqa va shovqinli nafas olish;

– hujum qilish ehtimolligi – yuzning keskin oqarishi, qorachiqlarning qo‗qqisdan torayishi, tishlarni ko‗rsatish.

Obyektni «fosh etuvchi» reaksiyalarni aniq sezish uchun quyidagilar-da yuzaga keladigan barcha o‗zgarishlarni beixtiyor sezish odatini egallash lozim:

– ko‗z ifodalari;

Page 74: Jinoyatchi shaxsining verbal va noverbal psixodiagnostikasi va uni o

74

– qorachiqlar kattaligi (torayishi yoki kengayishi); – yuz rangi (oqarish yoki qizarish); – tomir (bo‗yin, chakka va qo‗l bilaklarida) urishi; – nafas olish (ko‗krak qafasining tebranishlari bo‗yicha, shuningdek

bo‗yin asosidagi chuqurcha bo‗yicha...); – og‗iz qurishi (tupik yutish yoki lablarni yalash bo‗yicha...); – terining terlashi (qo‗l kaftlari va yuzda...); – mushak tremori (qo‗llardagi, qo‗l-oyoqlar barmoqlaridagi va

yuzning ayrim qismlaridagi titrash...).

6-§. Psixikaga neyrolingvistik kirib borish

Neyrolingvistik dasturlash (NLD) inson ong ostiga deyarli sezilmay kirib borish hamda shu asosda u bilan samarali o‗zaro ta‘sirlashishning juda samarali usulidir.

Kirish qoidalari. Barcha odamlar ong osti (ichki anglanmagan olam) bilan aloqaga kirishadigan ongga (ichki anglangan olamga) ega bo‗lib, muayyan muhitda (tashqi atrof olamda) faoliyat ko‗rsatadilar.

Subyektni odatda uning o‗tmish tajribasidan yuzaga keladigan, shu-ningdek tasavvurida yaratilgan va ong ostida saqlanadigan obrazlar boshqaradi.

Tashqi olam ham, ong osti ham ong bilan obraz, sezgi va tasav-vurlarning quyidagi uchta asosiy tizimi bilan aloqada bo‗ladi:

– audial (eshitish); – noverbal (ko‗rish); – kinestetik (mushak sezgilari, ta‘m bilish va hid sezish). Bu yerda «modalliklar» deb ataluvchi tasavvurlar tizimlariga asos-

lanib, barcha individlarni uchta guruhga bo‗lish mumkin: – noverbal istlar (asosan obrazlar bilan fikrlovchi); – audialistlar (asosan so‗zlar bilan fikrlovchi); – kinestetiklar (asosan hissiyotlar bilan fikrlovchi). Odamlar turli modalliklar atamalari orqali axborot almashadigan

bo‗lsalar, bir-birlarini aniq tushunmaydilar; bitta umumiy modallikdan foydalanish esa ong osti darajasidayoq avtomatik tarzda ishonchli munosa-batlar o‗rnatilishini ta‘minlay oladi.

Insonning asosiy modalligini odatda quyidagilarga qarab bilib olish mumkin bo‗ladi:

– u ishlatadigan so‗zlarning (fe‘llar, sifatlar, ravishlar – bular bu yerda «predikatlar» deb ataladi) o‗ziga xosligi;

– ko‗zlarining harakatlari; – shaxsiga xos ayrim xususiyatlar.

Page 75: Jinoyatchi shaxsining verbal va noverbal psixodiagnostikasi va uni o

75

Ehtimol tutilgan predikatlarning tipik variantlari quyidagicha: – Noverbal: ko‗rish, fokuslash, ko‗zga chalinish... yorqin, to‗q rangli,

tumanli... surkalgan, aniq, ravshan... – Audial: eshitish, yangrash, baqirish, quloqni batang qilish, sozlash

(moslash), kelishish... baland, past... jarangdor... – Kinestetik: sezish, ushlab olish, tegish... iliq, silliq, qattiq, og‗ir,

mazali, chuchuk, o‗tkir, achchiq, yangi, xushbo‗y... hid taratish, tatib ko‗rish...

– Neytral: o‗ylash, bilish, tushunish, qabul qilish, yodda tutish, ishonish... hurmat, o‗zgaruvchanlik...

Subyekt axborotni qayta ishlash chog‗ida odatda ko‗zlarini quyidagicha harakatlantiradi:

– Vizualist – chapga-yuqoriga yoki o‗ngga-yuqoriga, shuningdek to‗g‗riga-yuqoriga yoki markaz bo‗ylab (joyida);

– Audialist – chapga-yonga yoki o‗ngga-yonga, shuningdek chapga-pastga;

– Kinestetik – o‗ngga-pastga va to‗g‗riga-pastga. Ayrim o‗ziga xos belgilariga ko‗ra odamlarni quyidagicha

tashxislashga urinadilar: – Vizualist: yelkalar rostlangan, muloqotda masofani saqlashga moyil,

jumlalarni «sen» yoki «Siz» olmoshlaridan boshlashni afzal biladi hamda tez va baland ovozda ko‗plab pauzalar bilan gaplashadi... atrofdagi hamma narsani o‗ziga daxldor qilmagan holda baholaydi... janjal chiqsa, ko‗pincha ayblaydi...

– Audialist: kam harakat, imo-ishoralari cheklangan darajada... suhbatdoshining ko‗ziga qaramaslikka harakat qiladi, so‗zlayotganida esa uning peshonasiga qaraydi... nutqi bir ohangda va go‗yoki bir notada... odatda «ular...», «o‗sha...» deb gapiradi, «men» olmoshini juda kam ishlatadi... mas‘uliyatni zimmasiga olmaslikka harakat qiladi...

– Kinestetik: yelka va bo‗yin oldinga egilgan... suhbatdoshiga yaqinroq bo‗lishni afzal biladi va qo‗li bilan uni ushlashni, qo‗llarini uzoq ushlab turishni yoqtiradi... «men» so‗zini sezilarli darajada suiiste‘mol qiladi... janjal chiqsa, kechirim so‗rashga moyil...

Predikatlarni eshita olish va ko‗zlarining reflektor harakatiga qarab insonning chuqur kechinmalarini aniqlay olish ongsizlik darajasida ishonchli aloqa o‗rnatish va obyektning quvvatini kerakli tomonga yo‗naltirish imkonini beradi.

Axborotga ishlov berish usulini bilib (tanib) olish. Har qanday insonning ko‗z harakatlari nafaqat uning modalligi haqida, balki uning joriy axborot bilan qanday ishlashi to‗g‗risida ham ma‘lumot bera oladi.

Page 76: Jinoyatchi shaxsining verbal va noverbal psixodiagnostikasi va uni o

76

Nigohlarning to‗qqiz yo‗nalishini va ularning tavsiya etiladigan rasshifrovkasini ko‗rib chiqamiz:

– o‗ngga-yuqoriga – noverbal konstruksiyalash (yaratish) (VK); – to‗g‗riga-yuqoriga – noverbal eslash (VE); – chapga-yuqoriga – noverbal eslash (VE); – chapga-yonga – auidal eslash (AE); – chapga-pastga – audial tasavvurlar (AT); o‗zi bilan o‗zi gaplashish; – to‗g‗riga-pastga – kinestetik tasavvurlar (KT); – o‗ngga-pastga – kinestetik tasavvurlar (KT); – o‗ngga-yonga – audial konstruksiyalash (AK); – to‗g‗riga-oldinga – tashqaridan «majburlab kiritilgan» yoki xotira-

dan olinadigan noverbal tasavvurlar (VT). (Oriyentatsiyani osonlashtirish uchun yuqorida keltirilgan chap tomon

xususiyatini qo‗llash qulay (u o‗ng tomondan ko‗ra «haqqoniydir»)). Chapaqayga duch kelinganida kuzatiladigan manzara odatda ko‗zgudagi-dek qarama-qarshi bo‗ladi.

Savolga javob izlashda axborot bilan ishlash strategiyasi uchta ketma-ket keladigan bosqichdan shakllanadi:

– ong osti xotirasidan (tasavvurlarning o‗ziga xos YETAKCHI tizimidan foydalanib) axborot izlash;

– olingan axborotni ongga (tasavvurlarning o‗ziga xos REPREZENTATIV tizimidan foydalanib) taqdim etish;

– ongning ushbu axborotning haqiqiyligini (tasavvurlarning o‗ziga xos REFERENT tizimidan foydalanib) baholashi.

Ushbu bosqichlarning har birida odatda ko‗zlar harakatining yo‗nalishlari bo‗yicha aniqlanadigan o‗z modalligi amal qiladi. Bunda mazkur uchta harakatdan iborat o‗ziga xos seriyada odatda, birinchisi – qo‗lga kiritish, ikkinchisi – tasavvur, uchinchisi – baholashga mos keladi.

Bosqichlar modalliklari inson nutqida ham, ya‘ni bitta jumlada ko‗rinib qoladigan muayyan predikatlar izchilligida kuzatiladi. Masalan: «Biz ushbu muammoga kelishgan holda kirishganimizda (audial izlash), uni hal qilish ancha og‗ir ekanligini (kinestetik baho) aniq ko‗ramiz (noverbal reprezentatsiya)».

Obyekt strategiyasi ba‘zan vaziyatga qarab o‗zgaradi; ushbu strategiya ko‗zlar harakatida ancha tez namoyon bo‗ladi va shu bois uni sezish uchun muayyan tayyorgarlik mashqlari kerak bo‗ladi.

Ko‗zlar harakati ko‗p hollarda insonga uning oldida yuzaga kelgan mental obrazlarga real munosabatidan xabar beruvchi (ko‗zlar chapga

Page 77: Jinoyatchi shaxsining verbal va noverbal psixodiagnostikasi va uni o

77

ketdi, ayni vaqtda qorachiqlar toraydi – nimadir haqidagi noxush audial xotira...) sof individual reaksiyalar bilan uyg‗unlashadi.

Suhbatdoshni kalibrlash. Har qanday muloqotdan ko‗proq foyda olish uchun quyidagilarni bilish maqsadga muvofiq bo‗ladi:

– ba‘zi tashqi belgilarga qarab suhbatdoshning qaysi yo‗nalishda fikrlayotganini aniqlash;

– uning emotsional holatini anglash; – gaplarining haqqoniyligini bilish (oriyentatsiya olish); – uning ongi va ong ostiga sezdirmasdan o‗z g‗oyalarini kiritish. Suhbatdoshning fikriy, emotsional va baholovchi javoblarini yaxshi

tushunish uchun uni aniq «kalibrovka» qilish zarur. Obyektni kalibrlash suhbatga javobini shubhasiz siz biladigan

qandaydir o‗ylantirmaydigan savollarni kiritish hamda ushbu savollarga bo‗ladigan turli so‗zsiz javoblarni aniq sezish orqali amalga oshiriladi.

Individni batafsil kalibrlashda fikrlar va his-tuyg‗ularni o‗qib olishga taalluqli (bo‗limda batafsil keltirilgan) faktura katta yordam bera oladi.

«Rozilik va inkor» guvohliklarini tushunish uchun aniq («ha» yoki «yo‗q») javoblarini talab qiluvchi eng oddiy savollardan foydalaniladi hamda ularga beriladigan aniq javob reaksiyalaridagi ayrim farqlar aniqlanadi. Pirovardida siz javob olguningizga qadar kutilayotgan .... sizga tushunarli bo‗lishi kerak. Insonning emotsional reaksiyalarini tushunish uchun obyektga xush yoqadigan va yoqmaydigan, puxta tanlangan mavzu-lar (yoki odamlarning fikrlari) haqida so‗z yuritiladi. Suhbatdosh ko‗zlari-ning harakatlarini tushunish uchun (axir ular standart sxemaga mos kel-masliklari mumkin...) galma-galdan uning ichki tasavvurlarining goh vizual («...qanday ko‗rinishga ega?»), goh audial («...qanday ohangga ega?»), goh kinestetik («...qanday seziladi?») tizimlariga taalluqli bo‗lgan oson sinov savollari beriladi.

Obyekt qachon chin gapirayotgani, qachon to‗qib chatayotganini tushunish uchun ham aniq eslashga («xotiningizning turmagi qanday?»), ham fantaziyani ishlatishga mo‗ljallangan turli savollardan («Idealingiz qanday ko‗rinishga ega?») ishlatiladi.

Individ nutqiga quloq tutib, u yerda ko‗rinib qoladigan barcha modal predikatlar hamda ularning bunda aytib yuboriladigan jumlalar tuzilishi-dagi ularning ketma-ketligi (axborot bilan ishlash strategiyasi) diqqat bilan kuzatiladi.

NLD yordamida manipulatsiyalash texnikasi. Obyektni kalibrla-gach, uning chuqur ichki olamini bilib olishingiz mumkin. Endi ularni o‗z shaxsiy g‗oyalaringiz bilan to‗ldirsangiz kifoya qiladi.

Page 78: Jinoyatchi shaxsining verbal va noverbal psixodiagnostikasi va uni o

78

Insonga aytilayotgan so‗zlar unga faqat uning ongida shu paytda hosil qila oladigan mental obrazlar tufayligina qandaydir ta‘sir ko‗rsatadi.

Kerakli samaraga erishish uchun individga «moslashishga» to‗g‗ri keladi, bu sinxronlashtirish, oddiy qilib aytganda, uning imo-ishoralarini va nutqini manipulyatorning faol xatti-harakatida aks ettirish orqali amalga oshiriladi.

So‗zlarni ifodalash tarzi (ovoz ohanglari va intonatsiya...) ular orqali ko‗pchilik anglaydigan ma‘noga qaraganda ancha muhimroq; nutq maromi (ritmi) tekis bo‗lishi va suhbatdoshingizning nafas olish chastotasiga moslashtirilishi lozim.

Kerakli fikr yoki g‗oyani o‗tkazish uchun suhbatdoshingizning e‘tiborini egallab olishingiz zarur, buning uchun uning modal so‗zlari yordamida u hozir his qilayotgan narsalarni jonli tasvirlash kerak bo‗ladi. So‗ngra, «agar», «shunday qilib», «demak» singari o‗tish so‗zlari orqali (dastlabki modallikdan foydalangan holda) majburlab qabul qildiriladigan tasavvurlar kiritib qo‗yiladi. Ular bunday holda, garchi avval keltirilgan fikrlardan mutlaqo boshqa bo‗lishi mumkin bo‗lsa-da, unga «o‗ziniki»dek va juda ishonchli tuyuladi.

Insonning ongi va ong ostiga bildirmay kiritishning (joriy etishning) klassik sxemasi bunda quyidagicha ko‗rinishga ega bo‗ladi: gaplar orasiga kiritiladigan gaplar – o‗tish so‗zi – belgilangan yo‗nalishda boradigan jumla.

Gaplar suhbatdoshning (uning avvaldan ma‘lum bo‗lgan ko‗z harakat-lari bo‗yicha aniqlanadigan) ichki strategiyasidan, u ishlatayotgan so‗zlarni qo‗llash va u keltirgan iboralar izchilligi bo‗yicha foydalangan holda tuziladi.

Ta‘sir ko‗rsatish davomida obyektga ishlatilayotgan barcha so‗zlarga nisbatan yuzaga keladigan har bir reaksiya diqqat bilan kuzatiladi hamda uning ongida sizni batamom qoniqtiradigan javob shakllanmagunicha unga tuzatishlar kiritiladi.

Page 79: Jinoyatchi shaxsining verbal va noverbal psixodiagnostikasi va uni o

79

ILOVALAR 1-ilova

1-rasm. Profayling sxemasi

2 - rasm.

Muloqot jarayonida olinadigan verbal va noverbal axborot nisbati

Verbal signallarAxborot mazmunining darajasi

7%– faqat so‘zlar evaziga

38%–tovush vositalari (ohang, tembr, ovoz intonatsiyasi va barcha nutqiy

bo‘lmagan tovushlar) evaziga

55%– boshqa noverbal vositalar evaziga.

Axborot mazmunining darajasiTananing noverbal signallari

Ovoz Mimika Imo-ishoralar Holatlar Masofa

Psixologik kuzatish metodi orqali terrorchilik faoliyatiga mansublik ehtimoli bo‗lgan

belgilarini diagnostika qilish

Ko‗zdan kechirish yoki hujjatlarni tekshirish vaqtida suhbatlashish (so‗roq qilish, so‗rov)

metodi orqali terrorchilik faoliyatiga mansublik ehtimoli bo‗lgan belgilarini

diagnostika qilish

Tashqi belgilar va xatti-harakat xususiyatlari bo‗yicha diagnostika qilish

EMOTSIONAL HOLAT VA UNDAGI O‘ZGARISHLARNI BAHOLASH

Shaxsning kriminal belgilarini diagnostika

qilish

Narkotiklarning ehtimol tutilgan iste‘molini diag-

nostika qilish

YOLG‘ON VA YASHIRILAYOTGAN HOLATLARNI DIAGNOSTIKA QILISH

TRANSPORT YO‘LOVCHI OQIMI

Terrorchilik faoliyatiga mansublik belgilariga ega shaxslar

Terrorchilik faoliyatiga mansublik belgilariga ega bo‗lmagan shaxslar

Xatar guruhlari: jinoyatchilar, giyohvandlar va boshqalar

Page 80: Jinoyatchi shaxsining verbal va noverbal psixodiagnostikasi va uni o

80

3-rasm.

Yolg‘on – ishontiruvchi ta’sir ko‘rsatish vositasi sifatida

Ta’sir ko‘rsatish vositasi

Shaxsiy yoki ko„z orqali aloqa yo„qligida verbal ta‟sir ko„rsatish (elektron yoki qog„oz

manbadagi har qanday matn)

Birgalikdagi verbal yoki noverbal ta‟sir (shaxsiy

aloqa, ovozli videotasvirlar)

Verbal ta‟sir (birinchi taassurot hosil qilish)

Telefon orqali so‘zlashuvlar

4-rasm.

Terrorchi his qiladigan hissiyotlar hamda aldashning xulqiy belgilari aniqligi eng yuqori darajada bo‘ladigan

ushbu hissiyotlarga xos vaziyatlar

*Terrorchi xodimning maxsus tayyorgarlik ko„rganidan xabardor, ya‟ni aldash qiyin vazifa hisoblanadi*Muvaffaqiyatli aldash tajribasining yo„qligi *Yuqori stavkalar

Qo„rquv:

Aybdorlik hissi:

Huzurlanish:* Aldash murakkab masala hisoblanadi * Boshqalar aldash haqida biladilar va aldoqchining mohir taqdimotini qadrlaydilar.

Umumiy ijtimoiy qadriyatlar mavjudligi

Page 81: Jinoyatchi shaxsining verbal va noverbal psixodiagnostikasi va uni o

81

5-rasm.

Ovoz

Mimika

Tana

“Tana yuzdan, ovoz esa so„zlardan kamroq axborot beradi. Ovoz his

qilinayotgan emotsiyalar xarakteri haqida mimika berganichalik axborot

beradimi – bunisi noma‟lum” (P. Ekman).

So„zlar

6-rasm. Ma‘lumot olishning ko‗zdagi kalitlari

Vizual konstruksiyalash Vizual xotira Vizual xotira

Audial xotira

Kinestetik tasavvurlar, ichki

dialog

Kinestetik tasavvurlar, ichki dialog Kinestetik xotira

Audial konstruksiyalash

Page 82: Jinoyatchi shaxsining verbal va noverbal psixodiagnostikasi va uni o

82

7-rasm. Yuz mimikasi bo‗yicha aldash belgilarini aniqlash

Pastki qovoqlar ko„tarilmagan holda yengil jilmayish:

lablar yuqori va pastki tishlardan biroz orqaga tortilgan va bu bilan uzun chiziq hosil

qilgan, tabassumning o„zi esa “chuqur” tuyulmaydi, lab burchaklari tushirilgan

pastki qovoq taranglashgan

Qiyoslash uchun – samimiy tabassum:

ko„zlar ostida “g„oz panjalari” nomli o„ziga xos mimikaviy ajinlar hosil bo„ladi,

tishlar to„liq ochiladi, lablarda taranglashish yo„q

8-rasm.

Page 83: Jinoyatchi shaxsining verbal va noverbal psixodiagnostikasi va uni o

83

2-ilova

Tabiiy emotsiyalar mimikaviy ifodalarining asosiy patternlarini4 aniqlashga qaratilgan mashqlar

Quyida tabiiy emotsiyalarning namunalarini (patternlarini) aks ettira-digan fotosuratlar keltirilgan. Namunalarning so‗zdagi tavsiflari har bir blokni tashkil qiluvchi fotosuratlar ostida keltirilgan.

Topshiriq: fotosuratlardan tavsiflarga mos keluvchi emotsiyalar namunalarini toping, shuningdek boshqa fotosuratlardagi boshqa yuz ifodalari topilgan namunadagidan nimasi bilan farq qilishini aniqlang va tavsiflanng. Ehtimol, ularning hammasi haqiqiy emotsiya namunasini ifodalar, nima uchun shunday o‗ylayotganingizni aniq bilib oling. Mashq uchun jurnallar, kitoblar va boshqa manbalardan olingan fotosuratlardan foydalaning. Asosiysi, ko‗rgan narsangizni ovoz chiqarib va ichingizda aytishni unutmang.

Mashqda hissiyotlarni grafika orqali tasvirlashning mohir ustasi Xerluf Bitstrubning rasmidan foydalanilgan.

Shodlik

Lab burchaklari yon tomonlarga tortilgan va biroz ko‟tarilganOg‟iz biroz ochilgan yoki yopiq bo‟lishi mumkin, tishlar ko‟rinadiBurundan lablarning tashqi burchagi tomonga ajinlar (burun-lab burmalari) cho‟ziladiYonoqlar ko‟tarilganYuqori qovoqlar tinch holatdaPastki qovoqlar biroz ko‟tarilgan, lekin taranglashmaganKo‟z burchaklarining tashqi chetida ajinlar – “g‟oz panjalari” paydo bo‟ladi.

44 Patternlar (ingl. pattern – rasm, naqsh) – muayyan axborot ahamiyatiga ega nerv

impulslarining ketma-ketligi.

Page 84: Jinoyatchi shaxsining verbal va noverbal psixodiagnostikasi va uni o

84

Hayrat

Qoshlar yoysimon va yuqori ko’tarilgan.Qoshlar ostidagi teri taranglashgan.Peshonada yotiq (gorizontal) ajinlar paydo bo’lgan.Qovoqlar ochilgan.Og’iz ochiq, pastki jag’ tushirilgan, tishlar bir-biridan ajralgan.

Qo`rquv

Qoshlar biroz ko‟tarilgan va bir-biridan qochgan.Peshona markazida ajinlar paydo bo‟ladi.Yuqori qovoqlar shu darajada ko‟tarilganki, ko‟z sklerasi (oqi) ko‟rinadi,

pastki qovoq esa taranglashgan va ko‟tarilgan.Og‟iz ochilgan, lablar va biroz taranglashgan va chetga tortilgan yoki juda

taranglashib, cho‟zilgan.

Page 85: Jinoyatchi shaxsining verbal va noverbal psixodiagnostikasi va uni o

85

G`am

Qoshlarning ichki burchaklari yuqoriga ko’tarilgan.

Qoshlar o’rtasidagi teri uchburchak shaklda.

Yuqorigi qovoqlarning ichki burchaklari biroz ko’tarilgan.

Og’iz yopilgan, lab burchaklari tushirilgan, ammo taranglashmagan.

Qoshlar tushirilgan va birlashgan.Qoshlar o’rtasida tik (vertikal) burmalar bor.Pastki qovoqlar taranglashgan va ko’tarilgan, yuqorigi qovoqlar ham taranglashgan.Ko’zlar harakatsiz, bo’rtib chiqqandek tuyulishi mumkin.Lablar ikki holatdan birida: qattiq jipslashgan, lab burchaklari to’g’ri yoki tushirilgan; lablar xuddi baqirgandagi kabi ochilgan va taranglashgan. Burun kataklari kengaygan.

G`azab

Page 86: Jinoyatchi shaxsining verbal va noverbal psixodiagnostikasi va uni o

86

Jirkanish

Yuqoridagi lab ko’tarilgan, pastkisi esa yuqoridagi labyo’nalishida ko’tarilgan yoki tushirilgan va biroz cho’chchaygan.

Burun jiyirilgan.Yonoqlar ko’tarilgan.Pastki qovoqlar biroz ko’tarilgan, ammo taranglashmagan,

ular ostida ajinlar hosil bo’lgan.Qoshlar va yuqori qovoqlar tushirilgan.

Page 87: Jinoyatchi shaxsining verbal va noverbal psixodiagnostikasi va uni o

87

3-ilova

Ma’lumot olishning noverbal kalitlarini o‘rganish bo‘yicha praktikum

Ma‘lumot olishning noverbal kalitlarini tushunishni o‗rganish, ya‘ni boshqa birov tanasining tilini tushunish uchun avvalo o‗zini o‗zi bilish yo‗lini bosib o‗tish zarur. Eslatib o‗tamiz, ―Ayni vaqtda o‗zingiz va signal-laringizni bilmay turib, inson haqidagi amaliy bilimlar mavzulariga murojaat qilish befoyda‖.

V. Birkenbil tana tilini o‗rganishga oid o‗z asarlarida shu jihatdan sodda va foydali bo‗lgan quyidagi mashqlarni taklif etgan.

Anglangan idrok. Sezgilar verballashuvi

1-mashq

Inson aks etgan biror suratni ko‗rib chiqing. Oilaviy albomdagi fotosuratni yoki rasmlar, jumladan jurnal, kitob, reklamalardagi suratlar va shu kabilarni olish mumkin.

Siz suratda ko‗rib turgan umumiy vaziyatni so‗zlar (tana signallari terminlari)orqali tavsiflang. Masalan: ―Erkak o‗z qo‗lini ayolning yelkasi-ga qo‗ydi, ayol kulyapti, bola chetda turibdi va ikkalasiga qarayapti‖. Hozircha hammasi oson.

Qiyinroq savollar beramiz: Bola qanday qarayapti? U o‗zini yolg‗iz, e‘tiborsiz qolgan, tashlandiq

sifatida his qilyaptimi yoki erkak va ayol yonma-yon tinch turganlaridan xursandmi.

Albatta, ushbu holda gap to‗g‗riligini tekshirish mumkin bo‗lmagan talqin etish haqida bormoqda. Biroq siz avval faqat o‗z kuzatishlaringizni verballashtirish borasida mashq qilishingiz kerak. Nazorat bilan siz nafaqat his qilishni, balki nimani his qilganligingiz haqida o‗ylashni ham o‗rgan-ganingizdan keyin shug‗ullanasiz, zero talqin, izoh, taxminning yuqori darajadagi aniqligiga oddiy intuitsiya yordamida erishib bo‗lmaydi. Bunga erishish uchun ko‗p mashq qilish kerak.

Yaxshisi, mashqni ikki kishi bo‗lib yoki guruh tarkibida bajargan ma‘qul. Ko‗pincha yo‗l qo‗ygan xatoingiz tashqaridan aniqroq ko‗rinadi.

Buning ustiga, verballashuv deganda biz so‗zda ifodalangan mohiyat-ni aniq ifodalashni tushunamiz. Shu bois noaniq ichki hissiyotni baland ovozda aytgan yaxshiroq.

Mashq turli sur‘atlarda 2–3 marta bajariladi.

Page 88: Jinoyatchi shaxsining verbal va noverbal psixodiagnostikasi va uni o

88

2-mashq

Aslida, bu mashq avvalgisiga o‗xshash, faqat farqi shundaki, bu safar real hayotdagi voqeani (masalan, ko‗chada, kafeda, temir yo‗l vokzalining kutish zalida, avtobus bekatida, aeroportda va boshqa joylardagi sahnani) yoki teleekranda yuz berayotgan biror voqeani (masalan, televizion davra suhbati yoki badiiy filmni) tavsiflash zarur bo‗ladi.

Bunda siz, agar avvalgi mashq ko‗nikmalarini yetarli darajada o‗z-lashtirmasangiz, ushbu topshiriqni bajarish ancha qiyin bo‗lishini to‗lig‗i-cha his qilasiz.

3-mashq

Insonning o‗z dunyosidagi hissiyotlari qancha o‗tkir bo‗lsa, u buni boshqalarga nisbatan shuncha ko‗p rivojlantirishi mumkin bo‗ladi.

Bu safar o‗z tanangiz signallarini o‗zidan o‗zi intervyu olish tipidagi so‗zda ifodalangan (sport radiosharhlovchilariniki singari) joriy sharhlar yordamida tavsiflashga harakat qiling.

10–15 daqiqa mobaynida o‗zingiz sezgan har bir tana signalini tavsiflang. Masalan: ―Men peshanamni tirishtiryapman, lablarim siqilgan, shaxdam qadamlar bilan oshxonaga boryapman, bir oyog‗imda turganim-dan belim uvishib qoldi, kofe qaynatgichni ta‘mirlayapman...‖ Shu kabi signallardan iloji boricha ko‗prog‗ini qidirib topishga harakat qiling.

4-mashq

Tana signallarining bir qatorini yo‗riqnoma bo‗yicha bajarish. Yo‗riq-noma vazifasini ―arzon badiiy adabiyot‖da topish mumkin bo‗lgan har qanday matn bajarishi mumkin. Muhimi, unda turli tana harakatlari yetarlicha tavsiflangan bo‗lishi kerak. Masalan: ―U qoshlarini chimirib o‗tirardi, so‗ngra sapchib turib nimanidir ming‗irlagan holda xonadan yugurib chiqdi...‖

Barcha ko‗rsatmalarga darhol va uyalmay amal qilishga harakat qiling. O‗zingizga quloq tuting. Gavdangiz o‗zini qanday tutyapti? Bunda siz nimalarni his qilyapsiz?

5-mashq. “Oyna”

Yoningizda turgan yoki teleekranda ko‗rinib turgan odamga taqlid qilishga harakat qilib ko‗ring. Ba‘zi odamlar uchun bunday o‗zgarishlar oson kechadi, boshqalar esa hamma narsani qiynalib va notabiiy bajaradilar. Siz odamlarning qaysi tipiga mansubsiz?

Page 89: Jinoyatchi shaxsining verbal va noverbal psixodiagnostikasi va uni o

89

Agar mashqlar guruh tarkibida bajarilsa, ishtirokchilar juft-juft bo‗lib bo‗linadilar hamda bir-birlariga yuzma-yuz turadilar: biri – yetakchi, boshqasi – yetaklanuvchi.

Yetakchi qo‗l, oyoq, gavda bilan ohista harakat qila boshlaydi – musiqa ostida bo‗lishi ham mumkin. Yetaklanuvchi sherigining harakat-larini ko‗zgudagi obrazdek aks ettiradi. 5 daqiqadan so‗ng ular rollarini almashtiradilar.

Topshiriq tugagach ishtirokchilar o‗z taassurotlarini o‗rtoqlashadilar. Mashq uchun 15 daqiqa ajratiladi.

6-mashq. “Metafora”

Ishtirokchi aylana o‗rtasiga chiqadi va o‗zi uchun qulay har qanday holatda, har qanday qulay yuz ifodasi bilan turadi, bunda mimikani va holatini zaruratga qarab o‗zgartirish imkoniga ega bo‗ladi.

Quyidagi savollarga javob bering: – bu odamga qaraganda qanday obraz tug‗iladi? – ushbu obrazga qo‗shimcha ravishda qaysi suratni chizish mumkin? – qanday odamlar uni o‗rab olishi mumkin? – ushbu surat uchun qaysi interyer yoki peyzaj fon bo‗lishi mumkin? – bularning bari qaysi zamonlarni eslatadi? Har bir ishtirokchi bu masaladagi ijodiy g‗oyalari bilan alohida

bo‗lishishi, yoki obraz butun guruh tomonidan yaratilishi mumkin. Guruhning barcha a‘zolari aylana markazi orqali o‗tishlari lozim.

Mashq uchun 1 soat ajratiladi.

7-mashq. Tinglay bilish, intonatsiyani sezishni rivojlantirish

Intonatsiya hissini rivojlantirish uchun shu paytgacha bo‗lganidan boshqacha tarzda eshitishimiz kerak.

Bu ―mashqlarni‖ yaxshisi televizor oldida amalga oshirgan ma‘qul. Buning ustiga, ularga har qanday ko‗rsatuv yaraydi. Axborot xabarlari, to‗g‗risi, badiiy filmlarga qaraganda kamroq intonatsion jihatlarga ega, ammo o‗zingiz ham buni oson tushunib olasiz. Televizion ko‗rsatuvlarni tomosha qiling va intonatsion signallarni verballashtirishga harakat qiling. Masalan: ―U baland ovozda, tajovuzkorona, tortinib, sekin gapiryapti va hokazo‖. Mashqlar vaqtida olingan hissiyotlarni Siz tez orada hayotiy vaziyatlarda ham idrok eta olasiz, ularni so‗zlar orqali, buning ustiga uyalmay, tavsiflay olasiz.

Page 90: Jinoyatchi shaxsining verbal va noverbal psixodiagnostikasi va uni o

90

8-mashq. Tashqi holat va ichki pozitsiya

Bu mashqni bajarganda bir qancha mini-eksperimentlar o‗tkazamiz (har biriga 15 daqiqa ajratiladi).

Har bir mini-sikldan imkon qadar ko‗p foyda olishga harakat qiling. Qog‗ozda har bir eksperiment natijasini qayd eting. Bu bilan Siz ikki natijaga erishasiz: verballashtirish qobiliyatingizni takomiillashtirasiz va o‗z signallaringiz tavsifiga ishlov berasiz. Bu hol Sizga keyingi eksperimentlar chog‗ida hissiyotlaringizni yaxshiroq talqin etishda yordam beradi!

Oldinga-orqaga bir necha qadam tashlash uchun yetarli joyga ega xona, tirsak qo‗ygichsiz stullar zarur bo‗ladi.

Siz qanday turibsiz? 1. Odatdagi (masalan, kimnidir kutayotganingizda bo‗ladigan) holatda

turing. Ushbu holatda biroz qoling va qanday turganingizni anglashga harakat

qiling: og‗irligingiz ikkala oyoqqa taqsimlanganmi yoki faqat bittasigami? Balki Siz bir oyoqdan boshqasiga og‗irligingizni almashib turgandirsiz?

2. To‗xtang. O‗z og‗irlik markazingizni his qiling! U qayerda joylashgan: bosh, ko‗krak, qorin, bel, dumba (son) yoki

oyoqlaringizda. 3. Javobingizni yozib qo‗ying. 4. Tik turgan holda mushaklaringizni his qiling. 5. To‗g‗ri (tayoqdek emas, odatdagidek) turing. 6. Gavdangizning yuqori qismini iloji boricha oldinga sekin va

anglangan ravishda ko‗chiring. Buni yiqila boshlaguningizcha davom ettiring.

7. To‗xtang. Bu harakatni takrorlang. Ushbu holatda bir necha soniya qoling. 8. Yiqilishga to‗sqinlik qilish uchun qaysi mushaklaringiz va qay

darajada taranglashganini anglang. 9. Buni daftarda qayd eting. 10. So‗ngra yana bitta harakat. Gavdangizning og‗irligini sekin va bila

turib orqaga ko‗chiring. Bunda sizni yiqilishdan saqlab qolish uchun qaysi mushaklaringiz va qay darajada taranglashganini his qiling.

11. To‗xtang. Yozib qo‗ying. Qay holda o„tiribsiz? 1. Iltimos, tirsak qo‗ygichsiz stulga o‗tiring. Hech narsaga tegmas-

ligingiz uchun stulingiz bo‗sh joyga qo‗yilgan bo‗lishi lozim.

Page 91: Jinoyatchi shaxsining verbal va noverbal psixodiagnostikasi va uni o

91

2. Tos markazidan yuqoriga qarab fikran to‗g‗ri chiziq o‗tkazing. Og‗irlik markazingiz qayerda joylashgan: xayoliy chiziq oldida, tos

ustida, chiziq ortida. 3. Qayd eting. 4. Endi stulning old chekkasiga o‗tiring va gavdangizning og‗irligini

oldinga ko‗chiring (―A‖ o‗tirgan holati). 5. Oyoqlaringiz, ehtimol, bir-biriga parallel turibdi. Ularning holatini

o‗zgartiring – bir oyog‗ingiz boshqasidan bir qadam oldinda turadigan qilib suring.

6. To‗xtang. Endi boshingizni biroz osiltiring, qo‗llaringiz esa tizzalaringiz orasida

erkin osilib tursin. 7. O‗zingizni qanday his qilyapsiz? 8. Yaqin 10 daqiqa shu holatda qolishga to‗g‗ri kelsa, o‗zingizni

qanday his qilasiz? 9. Bunday vaziyatni o‗zingiz yoki boshqalarda yana qachon kuzatgansiz. 10. Qayd eting. 11. Yana to‗g‗ri o‗tiring, bunda tanangizning yuqori qismi og‗irligi

beldan yuqorida turishi kerak. Ammo bu sizga go‗yo ―tog‗ni yutib yubor-gandek‖ o‗tirishingiz kerakligini bildirmaydi. Yelkalaringizni bo‗shash-tiring, odatdagidek o‗tiring (―B‖ o‗tirgan holati).

12. To‗xtang. Endi qulay holat topib, oyoqlaringizni bir-biriga nisbatan parallel

joylashtiring. Qo‗llaringiz qayerda joylashgan? Polda emasmi? 13. Ushbu holatda nimani his qilyapsiz? 14. Bunday holatni (o‗zingiz yoki boshqalarda) qachon ko‗rgansiz? 15. Ushbu tashqi holatga mos ichki holatni tavsiflashda quyida

keltirilgan so‗zlardan qaysi biri hissiyotlaringizni yaqinroq aks ettirishini aniqlang:

– qo‗rqqan, tormozlangan, o‗ziga nisbatan ishonchsiz, jur‘atsiz, qat‘iyatsiz;

– ochiq, kutuvchi, diqqat-e‘tiborli; – dimog‗dor, mijg‗ov, xushchaqchaq. 16. Qayd eting. 17. Endi butun gavdangiz og‗irligini orqaga ko‗chiring va stul

suyanchig‗iga suyaning (―V‖ o‗tirgan holati). 18. Tanangiz yana qaysi harakatni o‗z-o‗zidan bajaradi. 19. Bunda siz nechta oyog‗ingizni uzatdingiz, og‗riq sezgach

oyog‗ingizni tushirdingizmi? Balki siz umurtqangizga tushayotgan yukni

Page 92: Jinoyatchi shaxsining verbal va noverbal psixodiagnostikasi va uni o

92

kamaytirmoqchidirsiz? Bu holat stul va unda o‗tirgan shaxs bo‗yining balandliklari nisbatiga bog‗liqmi?

20. Qayd eting. Siz qanday yurasiz? 1. Xonada kamida 10 (iloji bo‗lsa ko‗proq) qadam tashlay oladigan

joyni toping. 2. Bu masofani bosib o‗ting. Bunda qanday yurayotganingizni his

etishga harakat qiling. 3. To‗xtang. Bu o‗tishni o‗z yurishingizni bilishingizga ishonch hosil qilmaguncha

bir necha marta takrorlang. 4. Savollarga javob bering: – O‗z ―og‗irlik markazingizni‖ qayerda his qildingiz (bunda gavda

og‗irligini shubhasiz deb hisoblamaslik kerak): bosh, ko‗krak, qorin, bel, dumba yoki oyoqlaringizda?

– Siz qanchalik barqaror turibsiz? – Sizningcha, yurishingiz qanday (sekin, qat‘iyatsiz yoki shohona,

dadil, tez)? 5. Yana bir marta yuring va quyidagi savollarga javob berishga

harakat qiling: Men xonada qanday yuraman? Ko‗chada qanday yuraman? 6. Farqini aniqlay olasizmi? 7. Yozib qo‗ying.

Page 93: Jinoyatchi shaxsining verbal va noverbal psixodiagnostikasi va uni o

93

4-ilova

Ma‟lumot olishning ko„z kalitlarini aniqlash treningi

Ma‘lumot olishning noverbal (so‗zsiz) kalitlarini aniqlashni mashq qilish uchun Siz yaxshi taniydigan odamlarga o‗tmish haqida bir necha savol berishingiz mumkin.

Masalan: Oxirgi marta qachon tog‗da bo‗lganingizni eslaysizmi? O‗z kirish eshigingiz, birinchi o‗qituvchingiz, birinchi bo‗sa, birinchi

maoshingiz yoki stipendiyangizni eslay olasizmi? Bunda suhbatdoshingizning ko‗zlarini kuzating va ichingizda uning

ko‗zlari qaysi sektorda bo‗lishiga e‘tibor bering va belgilab qo‗ying (7-rasm). Agar savolingizga javob berishdan avval nigohini yuqoriga yoki

yuqori va chapga qaratsa, bu uning ichki manzarani ko‗rganligini bildiradi. Agar uning ko‗zlari yotiq (gorizontal chiziq bo‗ylab yoki chap

tomondagi pastki burchakka harakatlanishini sezsangiz, demak u dastlab gap borayotgan narsani ichkaridan eshitgan.

Agar nigoh o‗ngga va pastga qaratilgan bo‗lsa, demak u avvalo xotirasida sezgini chaqirishga harakat qilgan bo‗ladi.

Ko‗pchilik o‗ngaqaylardagi ko‗rish obrazlari bilan bo‗lgani kabi, xotiralar chap tomonda, obrazlar yaratish, shakllantirish funksiyasi esa o‗ng tomonda saqlanadi. Eshitish obrazlariga murojaat etilganida ko‗z harakatlari yotiq (gorizontal) ravishda, bevosita tegishli quloqqa yo‗naladi.

Quyida keltirilayotgan savollarga javob bering va e‘tiborni ko‗z harakatlariga qarating:

Yoqtirgan kuyingizni eslay olasizmi? Onangizning qizlik familiyasini oxirgi marta qachon eshitgansiz? Eng yaxshi do‗stingiz bilan oxirgi marta qachon gaplashgansiz? Ushbu barcha savollar berilganida ko‗zlar chap quloq tomonga

harakatlangan bo‗lishi kerak, chunki Siz tegishli axborotni eslashingiz zarur. Agar ko‗zlar chapga va yuqoriga harakatlangan bo‗lsa, Sizdan so‗ralgan narsa haqida eshitgan paytingizda yuz bergan voqeani ifodalovchi suratni eslagan bo‗lishingiz kerak.

Endi bir nechta kinestetik savol keltiramiz: Qo‗lingizda paxta tutamini ushlab turganingizni tasavvur qiling. Qo‗lingizda qand solingan paket turganini tasavvur qiling. Uning

og‗irligi qancha? Ko‗zlaringiz yetakchi qo‗l yo‗nalishida o‗ngga harakatlanganini

sezdingizmi?

Page 94: Jinoyatchi shaxsining verbal va noverbal psixodiagnostikasi va uni o

94

5-ilova

O‘rgatuvchi psixologik o‘yinlar

“Soqov” o„yini

O‗yin juft bo‗lib o‗ynaladi. Ta‘lim oluvchlardan biriga (―soqovga‖)

yarim betli jinoiy yoki hayotiy vaziyat tasvirlangan matn beriladi. Uning vazifasi imo-ishora va mimika yordamida (tovush chiqarmay) sherigiga matn mazmunini yetkazish, sherigining vazifasi esa buni tushunish, so‗ngra ko‗rganini hikoya qilib berishdir.

O‗yindan ko‗zlangan maqsad: birinchisiga mimika va imo-ishoralar-dan oqilona va ifodali foydalanishni o‗rgatish, ikkinchisiga esa suhbat-doshini, uning imo-ishoralari va mimikasini kuzatish, so‗ngra fuqarolar bilan birga bo‗ladigan ish bo‗yicha muloqotda ushbu darsdan foydalanish – nafaqat suhbatdoshni eshitish, balki uni ―ko‗rish‖.

Muhokama o‗tkaziladi, so‗ngra o‗yin sheriklarning majburiyatlarini almashtirgan holda va yangi matnli material asosida takrorlanadi.

“O„g„rining boshida telpagi ham yonadi” o„yini

O‗quv guruhi xonada joylashadi, ishtirokchilardan biri yo‗lakka chiqadi. O‗qituvchi unga biror kichkina narsa (masalan, ―narkotik moddali paket‖, ―o‗g‗irlangan pasport‖ va shu kabilar) topshiradi hamda xonaga besh marta kirish topshirig‗ini beradi. Faqat bir holatda u o‗zini hech narsa bo‗lmagandek bildirmay narsa bilan kirishi mumkin. Bu haqda guruhga xabar beriladi, guruhga kirayotgan o‗yinchining barcha tashqi ko‗rinish-larini sinchiklab kuzatish, qiyoslash, qachon cho‗ntagida narsa bo‗lgan-ligini aniqlashga harakat qilish haqida topshiriq beriladi.

O‗yin varianti: bir yoki ikki o‗quvchi kabinetdan chiqadi. Narsa cho‗ntakka, portfelga, xonada bo‗lgan o‗quvchilardan birining stoliga qo‗yiladi. O‗quvchilar kabinetga qaytib kiradilar. Ularning vazifasi – xonadagi odamlarning tashqi ko‗rinishini baholash, narsa kimdaligini aniqlash.

“Qamoqdan qochish” o„yini

O‗yindan maqsad – empatiya, mimikani, tana harakatlari tilini tushunish qobiliyatini rivojlantirish.

Guruh ishtirokchilari bir-birlariga qaragan holda ikki qator (sherenga)-da turadilar. Boshlovchi topshiriqni taklif etadi: ―Birinchi qator –

Page 95: Jinoyatchi shaxsining verbal va noverbal psixodiagnostikasi va uni o

95

―jinoyatchilar‖, ikkinchisi ularning qochishini uyushtirish uchun qamoq-xonaga kelgan ―hamtovoqlar‖ (sheriklar) rolini o‗ynaydi. O‗rtangizda tovush o‗tmaydigan shisha to‗siq. Qisqa muddatli uchrashuv vaqtida ―hamtovoqlar‖ imo-ishora va mimikalar yordamida ―jinoyatchilarga‖ ularni turmadan qanday qilib qutqarishlarini aytib berishlari kerak (har bir ―hamtovoq‖ bitta ―jinoyatchi‖ni qutqaradi). O‗yin tugagach ―jinoyatchilar‖

qochish rejasini to‗g‗ri tushungan-tushunmaganliklarini aytib beradilar.

“Tushingga nima kirganligini bilaman” o„yini

Bu o‗yin ijtimoiy persepsiya (idrok) treningi usullariga taalluqlidir. Maqsad: boshqa odamni uning ongi ostiga yetib boradigan darajada

―his qilish‖, uning simvolikasini tushunish qobiliyatini rivojlantirish; empatik kechinmalar tajribasiga ega bo‗lish, ya‘ni dunyoni birovning ko‗zi bilan ko‗rishni o‗rgatish. Guruhning har bir ishtirokchisiga mashg‗ulotda ishtirok etayotgan odamlar nechta bo‗lsa, shundan bitta kam kartochka topshiriladi.

Yo„riqnoma: ―Tanasi boshqa dard bilmas‖ degan maqol barchaga yaxshi ma‘lum. Bunda, odatda, kishining ko‗nglini bilib bo‗lmasligi nazarda tutiladi. Ammo, birovning ong osti obrazlari yanada qorong‗i. Keling, birovning ongi ostiga kirish va uni tushunishga qanchalik qodir ekanligimizni tekshiramiz. Ikki daqiqa mobaynida davramizda o‗tirgan odamlarga qarang. Nazaringizda, kimnidir yaxshigina o‗rgangansiz, kimdir hamon ulkan topishmoq. O‗ylab ko‗ring: bu yerda hozir bo‗lgan odamlarning har biri tushida nimani ko‗rishi mumkin, uning tushlariga eng ko‗p xos bo‗lgan obrazlar nimalardan iborat, sizningcha, u tushida ko‗proq nimalarni ko‗radi?

Har biringizda kartochkalar bor. Kartochkaning bir tomonida guruh a‘zosining ismini yozing, boshqa tomonida esa – ―bu odam tushida nima ko‗radi‖ degan savolga javobingizni yozing.

Biror odam juda kam tush ko‗radi yoki ularni amalda eslab qolmaydi, deb hisoblasangiz, xuddi shunday deb yozing.

Guruh a‘zolarining har biriga kartochkalarni to‗ldiring. Ish uchun beriladigan vaqt – 30–40 daqiqa. Ushbu muolaja tugagach

kartochkalar boshlovchining stolida ishtirokchining ismi yozilgan tomoni yuqoriga qaratilgan holda taxlanadi. Barcha ishtirokchilar ishlarini tamom-lagach, kartochkalar egalariga tarqatiladi.

Bir yoki bir necha kartochkada tushlaringiz to‗g‗ri topilganligini aniqlasangiz, qo‗lingizni ko‗taring. Yaxshi! Endi, o‗rtoqlaringizning tush-laringiz haqidagi taxminlari sizning tushlaringiz mazmuni bilan umuman

Page 96: Jinoyatchi shaxsining verbal va noverbal psixodiagnostikasi va uni o

96

mos kelmasa ham, har holda ushbu kartochkalar bilan biroz ishlang: ularni mavzulari bo‗yicha guruhlashtiring va sizda nima hosil bo‗lgani haqida o‗ylab ko‗ring. Bu o‗yin natijalarining muhokamasi juda qiziqarli chiqishi mumkin. Agar guruhda boshqa ishtirokchilar bir yoki bir necha holda ―aniq topishiga‖ erishilgan loaqal bitta odam topilsa, shuning o‗zi bunday topish usullarini tahlil qilish uchun ajoyib sabab bo‗ladi. Xo‗sh, ―tush ta‘birchisiga‖ to‗g‗ri javobni nima aytib berdi? Balki, ―tush egasi‖ning xatti-harakatida uning tushlarini ―ko‗rish‖ga imkon beruvchi nimadir bor? Aniqlangan tush obrazlari bo‗yicha ikkala tomonning izohlarini eshitish qiziqarli bo‗ladi (bunda guruh ishtirokchilariga Freydning quyidagi mash-hur iborasini eslatib o‗tish joiz: ―Tushlar ong ostiga olib boradigan shoh yo‗ldir‖).

Boshqa odamlarning biz ko‗radigan tushlar haqidagi taxminlari – bu yana ularning bizni shaxs sifatida aks ettirish usullari hamdir. Tushlarimiz bashoratlarida qandaydir o‗xshashlik aniqlangan hollarda bu ayniqsa, yaqqolroq namoyon bo‗lishi mumkin. Boshlovchining iltimosiga ko‗ra ishtirokchilar amalga oshiradigan kartochkalar tasnifi insonga xos deb bilinadigan tushlarning ustuvor mavzularini aniqlashga hamda to‗g‗ri yoki noto‗g‗ri topilganidan qat‘i nazar, bu odamning guruh tomonidan idrok etilishi xususiyatlarini ko‗rishga imkon beradi.

“Sukut saqlovchi va so„zlovchi ko„zgu” o„yini

Boshlovchi ―ko‗zguga qarab turadigan‖ ko‗ngilliga davraga chiqishini taklif qiladi.

Uning vazifasi – faqat ―ko‗zgu‖dagi, aniqrog‗i ikkita ―ko‗zgudagi‖

aksiga qarab, guruh a‘zolaridan qaysi biri unga orqa tomonidan yaqinlash-ganini aniqlash. Bu ikki ―ko‗zgu‖, albatta, tirik odamlar bo‗ladi. Biri jim turadigan: u orqangizda turgan shaxsni faqat mimika va imo-ishoralar yordamida tushuntira oladi. Ikkinchi ―ko‗zgu‖ – so‗zlovchi. U, albatta, ismini aytmagan holda bu qanday odamligini tushuntiradi. Guruh tarkibi-dan jim turadigan va so‗zlaydigan ―ko‗zgu‖ rolini bajaruvchi ikki kishini tanlash kerak.

O‗yinchi tanlovni amalga oshirganidan so‗ng boshlovchi ―ko‗zgu-larga‖ batafsilroq yo‗l-yo‗riq beradi:

―ko‗zgular‖ devor yonida yonma-yon turishadi. Asosiy o‗yinchi – ular oldida, guruhning qolgan barcha ishtirokchilari asosiy o‗yinchining orqasi-da joylashadilar va bitta-bittadan shovqinsiz orqadan unga yaqinlashadilar. Ularning ―ko‗zgulardagi‖ aksi navbatma-navbat yuz beradi. Dastlab jim turadigan ―ko‗zgu‖ ishlaydi. Agar asosiy o‗yinchi orqasida turgan odam-

Page 97: Jinoyatchi shaxsining verbal va noverbal psixodiagnostikasi va uni o

97

ning kimligini topa olmasa, ―so‗zlovchi ko‗zgu‖ o‗yinga kirishadi va faqat bitta jumla aytadi. Agar o‗yinchi yana topa olmasa, yana jim turuvchi ―ko‗zgu‖ ishlaydi va hokazo. O‗yinchining vazifasi – orqasida turgan odamning kimligini iloji boricha tezroq topish.

Biroq ―ko‗zgular‖ muayyan shartlarga rioya etishlari lozim. Jim turuv-chi ―ko‗zgu‖ asosiy o‗yinchining orqasidagi odamni ―aks ettirish‖ usullari-da amalda cheklanmaydi. Ammo odamlarning sof tashqi xususiyatlarini tasvirlash, buning ustiga, qandaydir jismoniy xususiyatlarini ta‘kidlashga urg‗u bermagan ma‘qul.

So‗zlovchi ―ko‗zgu‖ga bir qator aniq cheklovlar qo‗yiladi. Birinchi-dan, tabiiyki, asosiy o‗yinchining orqasida turgan odamning ismini aytish man etiladi. Ikkinchidan, bu odamni tavsiflaganda ushbu inson guruhdan tashqarida ishtirok etgan voqealarni eslamasligi kerak. Uchinchidan, tashqi qiyofani oddiy tavsiflashdan qochish lozim. Bunga faqat uchinchi jumladagina yo‗l qo‗yiladi.

So‗ngra quyidagi savollarni muhokama qilish mumkin: Orqasida turgan odamning kimligini aniqlashi uchun qaysi o‗yinchiga

eng kam miqdorda ―ko‗zgu akslari‖ talab etildi? Bunday ziyraklikning siri nimada? Guruh ishtirokchilaridan qaysi biri eng iste‘dodli ―ko‗zgu‖ ekan?

Bunda unga nima yordam berdi? Ishtirokchilardan qaysi biri o‗zining ―ko‗zgular‖dagi aksiga hayron

bo‗ldi? O‗z ―aksingizni‖ ko‗rganingizda nimani his qildingiz? Ushbu o‗yin natijasida yuzaga keladigan qaytma aloqalarning boyligiga

ortiqcha baho berish qiyin. Hatto biror sababga ko‗ra guruh tarkibida muhokama qilish uchun material bo‗lmagan narsa ham ishtirokchi uchun o‗ziga xos ―sehrli fotosurat‖ bo‗lib qoladi. Axir, fotoapparat insonning ―obyektiv‖ qiyofasini qayd etadi, mana bunday ―ko‗zgular‖ esa hech qaysi asbob orqali olish mumkin bo‗lmagan subyektiv portretni ―hadya‖ qiladilar.

“Seni tushunaman” mashqi

Guruhning har bir a‘zosi o‗ziga sherik tanlaydi, so‗ngra 3–4 daqiqa ichida mobaynida uning shu paytdagi holati, kayfiyati, his-tuyg‗ulari, istaklarini og‗zaki shaklda tavsiflaydi. Sherigi ahvolini tavsiflayotgan odam taxminlarning to‗g‗riligini tasdiqlashi yoki rad etishi kerak. Mashq juft-juft bo‗lib ham, umumiy doirada ham o‗tkaziladi.

Page 98: Jinoyatchi shaxsining verbal va noverbal psixodiagnostikasi va uni o

98

“Izquvarlar” mashqi

10–12 nafardan ortmaydigan odamlar o‗ynaydilar. Agar guruh kattaroq bo‗lsa, uni ikkita kichik guruhga bo‗lgan ma‘qul, bunda ikkinchi guruh vaqtincha mustaqil kuzatuvchi ekspertlarga aylanadilar. Guruh biroz faoliyatga jalb etiladi. Bu faoliyat har bir guruh a‘zosi nimadadir qattiq mashg‗ul bo‗ladigan qilib tashkil etilishi lozim. Yaxshisi, vaziyat har bir ishtirokchidan aniq, tashqi kuzatuvchiga sezilarli harakatlar qilishni talab etgani ma‘qul. Ba‘zan ushbu maqsadda individual topshiriqli kartochka-larni ishlatish foydali bo‗ladi. Shubhasiz, bu mashq boshlovchidan katta ixtirochilikni talab qiladi, chunki har bir o‗yinchi uchun topshiriqni vaqt bo‗yicha nisbatan teng bajarishnigina emas, balki uni yetarli darajada ifodali bajarishni talab etadi. Ishtirokchi o‗zi ham improvizatsiya qilishi va hatto kartochkada bayon etilgan boshlang‗ich tavsiyalardan batamom uzoqlashishi mumkin. Asosiy vazifa boshqa.

Guruh kartochkalar bilan tanishib, ishtirokchilar harakat qilishga tayyor bo‗lganlaridan keyin boshlovchi har bir ishtirokchiga boshqalarga sezdirmay o‗zi uchun kuzatish obyektini tanlashni taklif etadi.

Kartochkada berilgan faoliyatni bajarish jarayonida har bir ishtirokchi yana ikkita vazifani bajarishi kerak. Birinchidan, u kuzatayotgan obyekt nima qilayotganligini, o‗zini qanday tutayotganligini diqqat bilan ko‗zdan kechirishi lozim. Ikkinchidan, har bir ishtirokchi uning o‗zini kim kuzatib turganini tushunishga harakat qilishi mumkin. Yana bitta qo‗shimcha vazifa bor. Kuzatuv obyekti kimni kuzatayotganligini aniqlashga urinib ko‗rish mumkin. Albatta, o‗zingizni fosh etib qo‗ymaganingiz ma‘qul, ishtirokchining o‗zi kimni kuzatayotganligini birov bilib qolishiga yo‗l qo‗ymasligi kerak.

Mashqning o‗yin qismini bajarish uchun 5 daqiqa vaqt beriladi. So‗ngra muhokama boshlanadi. Muhokama vaqtida har bir ishtirokchiga o‗z taassurotlarini aytib berishiga imkon berish muhim. Muhokamani bir necha doira-bosqichlarda o‗tkazish foydaliroq bo‗ladi.

Dastlab har bir ishtirokchiga kartochkada yozilgan o‗yin sujetining bajarilish sifatidan qoniqish hosil qilgan-qilmaganligini, ya‘ni, uning nazarida, topshiriqni uddalay olgan-olmaganligini aytish so‗raladi.

So‗ngra har bir ishtirokchi, uning fikricha, kim uni kuzatganligi haqidagi o‗z taassurotlarini aytib beradi. Uning taxminlari darhol tekshi-riladi va bu odamni kuzatgan ―izquvarlar‖ o‗zlarini oshkor etadilar. Bunday ketma-ketlik ―izquvar‖ ham, kuzatuv obyekti ham kuchliroq hayratlanishiga imkon beradi.

Page 99: Jinoyatchi shaxsining verbal va noverbal psixodiagnostikasi va uni o

99

Bundan tashqari, fosh etilish davomida ―o‗zlarini ochib bergan‖

ishtirokchilar qisqacha izoh orqali o‗zlari kuzatgan obyekt kimni kuzatganligini aniqlay olgan-olmaganligini aytishlari mumkin. Bu izohlar ―obyekt‖ ―rejali ravishda o‗zini oshkor etishi‖dan oldin kelmasligi lozim.

Shundan so‗ng boshlovchi ishtirokchilarga kim, qay tariqa butun topshiriqlar majmuini bajara olganligi haqidagi taassurotlarini aytib berishni taklif etishi mumkin. Bunda har bir ishtirokchi bilan nima voqealar bo‗lganligi, uchta topshiriqdan qaysi birini bajarish oson kechgani, fikrni bir vaqtning o‗zida bir necha vazifalarga jamlash imkoni qanday topilganligi, sizni kimdir kuzatayotganligini tushunish sizda qanday hissiyotlar keltirib chiqarganligini, bunda qanday istaklar yuzaga kelganligi, o‗yin jarayonida nima xalal berdi-yu, nima yordam berganligini aytib berish taklif etiladi.

Ishtirokchilar o‗zining kuzatuv obyekti ekanligini his etish asosiy faoliyatdan e‘tiborni chalg‗itib, uning sifati pasayishiga olib kelishini – bir vaqtning o‗zida bir necha turdagi faoliyatga e‘tiborni jamlash qiyinligini, shu bois dastlab kartochkada yozilgan asosiy ishga kirishish, uni ―ishga solish‖, so‗ngra, inersiya bo‗yicha harakat qilib, atrofga nazar tashlashni boshlashlari mumkin. Kimdir zimdan kuzatayotgan odamning o‗ziga xos jihatlarini tavsiflashga harakat qilishi mumkin.

Ko‗pincha guruh ishtirokchilaridan birortasi yordamida bajarilgan mashq – real hayotning yaxshigina modeli ekanligi, unda muayyan vazifa-ni bajarish faoliyati bir tugunga bog‗langani hamda bir-birini idrok etish, kuzatish, hatto ba‘zan bir-birining ortidan kuzatish va ularning tabiiy muloqotidagi tarkibiy qism ekanligi haqidagi umumiy fikrni bildirgan. Real hayotdan nimanidir chiqarib tashlash qiyin. Shu bois mashq qilish hamda hozirgina modeli yaratilgan mavjud voqelikda samarali bo‗lishning o‗z usulini izlab ko‗rish foydali bo‗ladi.

Page 100: Jinoyatchi shaxsining verbal va noverbal psixodiagnostikasi va uni o

100

6-ilova

Kuzatuvchanlik, diqqat, xotirani rivojlantirish mashqlari

1-mashq

Bu kuzatuvchanlikni rivojlantirish uchun mo‗ljallangan eng oddiy, lekin juda samarali mashqlardan biri. Uning mohiyati – eng oddiy (kundalik) narsalarni ―ko‗rish‖ mahoratida.

Oldingizga birorta oddiy, yaxshisi yorqin rangli buyumni qo‗ying, chunki dastlab bunday mashqni bajarish osonroq bo‗ladi. Bu jurnal, apelsin yoki kompakt disk bo‗lishi mumkin. Ma‘lum vaqt davomida ushbu narsaga xotirjam, ammo juda diqqat bilan, uni xotirangizda saqlab qolishga urinib, tikiling.

So‗ngra ko‗zingizni yuming va ushbu narsani maksimal darajada aniq eslab qolishga harakat qiling. Uning o‗lchamini, barcha tafsilotlarini eslashga harakat qiling va bularning barini miyangizda saqlab qoling. So‗ngra ko‗zlaringizni oching, yana bir marta narsaga qarang va u siz yaratgan obrazdan qanchalik farq qilishiga e‘tibor bering.

E‘tiboringizdan tushib qolgan tafsilotlariga qarang, so‗ngra yana ko‗zlaringizni yuming va tasvirni takomillashtirishga urining; so‗ngra yana narsaga qarang va narsaning aniq obrazi barcha tafsilotlari bilan tuzilmagunicha bu ishni davom ettiring.

Uncha katta bo‗lmagan amaliyot Sizga juda yaxshi ko‗nikma beradi hamda keyingi ishga va takomillashishga tayyorlaydi.

2-mashq

Birinchi mashqni o‗zlashtirgach, ikkinchisiga kirishing, o‗zingiz o‗rgangan narsalardan birini qo‗lingizga oling va aniq fikriy tasviriga ega bo‗lgach, qog‗ozda uning shakli va tafsilotlarini chizishga harakat qiling.

Albatta, Siz rassomlik iste‘dodiga ega bo‗lmasligingiz mumkin. Shu bois birinchi marta uchun (boshlanishiga) o‗zingizga oddiyroq topshiriq bering, umidingiz puchga chiqmaydi. Suratlaringiz sifati rassomlik qobiliyatingizga emas, eslab qolgan va qog‗ozga tushira olgan tafsilotlaringizga bog‗liq bo‗ladi.

Suratlar sifati, unchalik o‗xshamasligi, rasm chizishni bilmasligingiz haqida o‗ylamang. Bu mashqda asosiy vazifa – uni oddiygina bajarish. Mashq bebaho ko‗nikmalar beradi.

Ushbu ikki mashq kuzatuvchanlikni hamda eslash qobiliyatini kuchli darajada rivojlantiradi. Natijada ma‘lum bir vaqtdan keyin biror narsaga

Page 101: Jinoyatchi shaxsining verbal va noverbal psixodiagnostikasi va uni o

101

bir marta qarab, barcha asosiy detallariga ega suratini (xomqolipini) chiza olasiz.

Albatta, Siz uchun model bo‗lib predmetning o‗zi emas, balki uning xotirangizdagi tasviri xizmat qilishi lozim. Narsaning barcha tafsilotlariga e‘tibor berib, unga yana bir bor qarang, biror narsani unutmadingizmi. Umuman, birinchi mashqda bo‗lgani kabi ish tuting.

3-mashq

Mashqni narsaning umumiy ko‗rinishini eslab qolishdan emas, balki tafsilotlarini (detallarini) ko‗rib chiqishdan boshlang. Bir qarashda butun predmetni yaxlitligicha ―idrok etishga‖ urinmang. Bu – ayrim natijalarga erishib bo‗lganingizdan keyingi mashqlar ishi. Narsaning ayrim tafsilot-larini ―idrok eting‖, ularni xotirangizda saqlab qoling, so‗ngra keyingi tafsilotlariga kirishing va hokazo.

Masalan, biror shaxsning yuzini oling. O‗zingiz uchratadigan odam-larning yuzini unutishdan ham yomonroq holat yo‗q. Bu hol bizning kuzatuvchanligimiz yetishmasligidan kelib chiqadi.

Xato shundaki, biz yuzni tafsilotlari bilan emas, balki yaxlit eslab qolishga uringanmiz. Avval tanishlaringizda mashq qiling, so‗ngra begona-larga o‗ting, tez orada Siz odamlarning tashqi qiyofasidagi tafsilotlarni juda oson eslab qolishingizdan hayratga tushasiz.

Shunday qilib, insonning burni, ko‗zlari, og‗zi, engagi, sochlarining rangi, boshining umumiy shakli kabilarni diqqat bilan ko‗rib chiqing. Bir qancha vaqt o‗tgach bir odamning burnini, boshqasining ko‗zlarini, yana boshqasining engagini xotirangizda tiklash osonligini ko‗rasiz.

Bu mashqqa kirishishdan oldin, xotirjam o‗tiring va eng yaqin tanish-laringizdan birortasining tashqi qiyofasini tavsiflashga harakat qiling. Aslida, Siz xayolan ―chizgan‖ obraz qanchalik noaniq ekanligiga o‗zingiz hayron qolasiz. Tan oling, aslida Siz ularning yuzlariga bir marta ham diqqat bilan razm solmagansiz. Agar shu rost bo‗lsa, birovlarning yuzlarini eslashga qanday qilib umid qilishingiz mumkin? Uchragan har qanday odamga razm solib va tashqi qiyofasini puxta o‗rganib, so‗ngra tafsilotlarini qog‗ozga tushirish uchun qo‗lingizga qalam olishingiz, shuningdek uning tashqi qiyofasini so‗zlar orqali tavsiflashga harakat qilishingiz mumkin.

4-mashq

Muayyan vaqt mobaynida yaqin atrofdagi uyga qarang va, orqaga burilib, fikran nechta derazasi, balkoni borligini, qaysi derazalari

Page 102: Jinoyatchi shaxsining verbal va noverbal psixodiagnostikasi va uni o

102

ochiqligini, qayerda kir osilganligini, qaysi xonadonlarda odamlar borligini tavsiflashga harakat qiling. Bunda uyda nechta deraza yoki balkonlari borligini bilish – hali kuzatuvchanlikdan darak bermaydi: ular-ning soni o‗zgarmasdir. Biroq ayrim derazalari qachon ochiq bo‗lishini yoki qayerda chiroq yoqilganligini sezish – kuzatuvchanlik, sinchikov diqqat, aloqalarni sezish va bog‗liqlikni aniqlash qobiliyatining natijasidir.

5-mashq

Mashq biror voqeani kuzatishdan iborat. Ushbu holda hammaning e‘tiborini tortgan qandaydir ko‗cha hodisasi nazarda tutilmaydi. Bu muayyan maqsadni ko‗zlovchi bir yoki bir necha odamning oddiy birgalikdagi harakatlari bo‗lishi mumkin. ―Nima uchun bu odam shu yerda?‖, ―U nimani kutyapti?‖, ―U hozir nima qiladi?‖ – bu savollarga beriladigan javoblar odamlarda psixologik kuzatish qobiliyatini, inson xulqini bashorat qilish mahoratini rivojlantirishga imkon beradi.

Mashqlarni bajarayotganda quyidagi qoidani yodda tuting – faqat ko‘rganingizni eslab qolasiz!

Page 103: Jinoyatchi shaxsining verbal va noverbal psixodiagnostikasi va uni o

103

7-ilova

TEST: MIMIKA VA JESTLARNI O‘QIY OLASIZMI?

1. Sizningcha, mimika va jestlar — bu: a) kishilarning ayni vaqtdagi hissiy holatining to‗satddan namoyon bo‗lishi; b) nutqqa qo‗shimcha; d) ong ostidagi fikrlarni bildirib qo‗yish jarayoni. 2. Erkaklarga nisbatan ayollarda jest va mimikalar aniqroq ifodalanadi deb o‗ylaysizmi? a) ha; b) yo‗q; d) bilmayman. 3. Yaqin do‗stlaringiz bilan qanday salomlashasiz? a) baralla: «Salom!» deyman; b) yurakdan qo‗l siqib ko‗rishaman; d) bir-birimiz bilan quchoqlashib; e) qo‗l berib, yuzidan o‗pib so‗rashaman. 4. Fikringizcha qanday mimika va jestlar butun dunyoda aynan bitta narsani bildiradi? (uchta variant tanlang) a) bosh bilan imlash; b) bosh bilan tasdiqlash; d) burunni tirishtirish; e) peshonani tirishtirish; f) ko‗zni qisish; g) tabassum qilish. 5. Sizningcha, tananing qaysi qismi ―ifodaliroq‖ namoyon bo‗ladi ? a) oyoqning tagi, tovon; b) oyoqlar; d) qo‗llar; e) qo‗l panjalari; f) yelkalar.

Page 104: Jinoyatchi shaxsining verbal va noverbal psixodiagnostikasi va uni o

104

6. Sizningcha, yuzingizning qaysi qismida emotsiyalar aniqroq ifodalanadi? a) peshona; b) qoshlar; d) ko‗zlar; e) burun; f) lablar; g) og‗iz burchagi. 7. Oynavand bino oldidan o‗tayotganingizda birinchi navbatda tanangiz-ning qaysi qismiga ahamiyat berasiz? a) kiyimimning turishiga; b) soch turmagimga; d) qadam tashlashimga; ye) qomatimga; f) qaramayman. 8. So‗zlashuv jarayonida suhbatdoshingiz gapirayotib yoki kulayotib hadeb qo‗li bilan og‗zini bekitishi sizningcha nimaning alomati? a) yashiradigan gapi bor; b) uning tishlari qiyshiq; d) nimadandir uyalyapti. 9. Suhbatdoshingizda nimaga ko‗proq ahamiyat berasiz? a) ko‗zlariga; b) og‗ziga; d) qo‗llariga; ye) pozasiga. 10. Suhbat davomida suhbatdoshingizning ko‗zlarini tez-tez olib qochishi bu – a) nosamimiylik; b) o‗ziga ishonmaslik; d) diqqatni jamlash. 11. Tashqi ko‗rinishga qarab tipik jinoyatchini aniqlash mumkinmi? a) ha; b) yo‗q; d) bilmayman.

Page 105: Jinoyatchi shaxsining verbal va noverbal psixodiagnostikasi va uni o

105

12. Erkak kishi ayol kishi bilan gaplashyapti. Chunonchi... a) birinchi qadam hamisha erkak kishi tomonidan qo‗yiladi; b) ayol kishi beixtiyor u bilan gaplashishlarini istayotganini bildirib qo‗ydi; d) erkak kishi har qanday keskin burilishlarga tayyor bo‗ladigan darajada mard bo‗ladi.

13. Suhbatdosh bilan suhbat davomida emotsiyalar orqali aniqlash mumkin bo‗lgan ―signallar‖ga u aytayotgan fikrlar nomutanosib degan fikrga keldingiz. Nimaga ko‗proq ishonasiz? a) so‗zlariga; b) «signallarga»; d) u sizda shubha uyg‗otadi.

14. Mashhur kino yoki estrada yulduzi omma oldida so‗zga chiqib, erotik xarakterdagi jestlarni namoyon qildi. Sizningcha bu nimani bildiradi? a) bu shunchaki maynavozchilik; b) ommaning e‘tiborini tortish uchun; d) bu ular kayfiyatining ochiq namoyon bo‗lishi.

15. Yolg‗iz o‗zingiz dahshatli film ko‗ryapsiz... a) mutlaqo xotirjam ko‗raman; b) bo‗layotgan voqeani tanamning har bir katakchalari orqali his qilaman; d) juda vahimali kadrlarni ko‗rolmayman, ko‗zlarimni yumib olaman.

16. O‗z mimkalaringizni nazorat qilish mumkinmi? a) ha; b) yo‗q; d) uning faqat ayrim belgilarini.

17. Men o‗z noz-karashmalarimni asosan......bildirib qo‗yaman. a) ko‗zlar orqali; b) qo‗llar orqali; d) so‗zlar orqali.

18. Bizning deyarli barcha jestlarimiz... a) kimdandir o‗rganib olingan; b) avloddan-avlodga o‗tib kelgan; d) tabiatan berilgan.

Page 106: Jinoyatchi shaxsining verbal va noverbal psixodiagnostikasi va uni o

106

19. Agar shaxsning soqoli bo‗lsa, sizningcha bu nimaning alomati? a) mard, jasurlik; b) kishi yuzidagi ayrim belgilarni yashirish uchun; d) kishi dangasaligi tufayli soqolini vaqtida olib yurishga erinadi.

20.Ko‗pchilik, kishilarning o‗ng yuzi chap yuzidan farqlanadi deb ta‘kidlashadi. Shu fikrga qo‗shilasizmi? a) ha; b) yo‗q; d) faqat qariyalarda

Ballarni hisoblash 1.a-3, b-4,d-3. 2. a -1, b-3, d -0. e -0, f -3 3. a -1, b-3, d -0. e - 0, f -3. 4. a - 4, b -4, d - 3, e - 2, f - 4, g - 2. 5. a - 4, b -4, d - 3, e - 2, f - 4, g - 2. 6. a -0,b-0, d -1, e - 1, f - 0, g - 1. 7. a -0,b-0, d -1, e - 1, f - 0 8. a -1, b - 2, d - 3. 9. a -1, b - 2, d - 3. 10. a-2,b-1, d -3. 11. a-2,b-1, d -3. 12. a-1,b-3, d- 3, e -2, f -0. 13. a-1,b-3, d- 3, e -2, f -0. 14. a – 3, b- 1, d- 1. 15. a - 3, b- 1, d- 1. 16. a -3, b-2, d-2. 17. a -3, b-2, d-2. 18. a- 3, b - 2, d -1. 19. a- 3, b - 2, d -1. 20. a-3,b-2, d-1.

Page 107: Jinoyatchi shaxsining verbal va noverbal psixodiagnostikasi va uni o

107

Натижалар таҳлили. 77—56 ball. Sizda hissiy bilish qobiliyati juda yaxshi rivojlangan.

Boshqalarni tushunish, ularning jest va boshqa xatti-harakatlari asosida diagnostika qilish, kuzatuvchanlik kabi xislatingiz mavjud. Biroq siz mana shu xislatingizga tayanib xulosa qilishga odatlangansiz. Siz uchun aytilayotgan fikr ikkinchi darajali. Bunda shoshma-shosharlik bilan xatoga yo‗l qo‗yish mumkin. Ushbu sifatlaringizni to‗g‗ri yo‗naltirish orqali o‗zingizda professional kuzatuvchanlikni shakllantirishingiz mumkin bo‗ladi.

55—34 ball. Kishilarni kuzatish sizga muayyan darajada huzur beradi. Siz shaxslarning jest va mimikalarini (imo-ishoralarini) ―o‗qiy‖ olish xususiyatiga egasiz. Biroq siz ushbu xislatingizdan real hayotda to‗g‗ri foydalana olmaysiz. Siz aytilgan gapni inobatga olishga va shu gap orqali xulosa chiqarishga ko‗proq moyilsiz. Hissiy bilish (intuitsiya) xususiyatin-gizni shakllantirishga va unga tayanishga harakat qiling.

33—11 ball. Afsuski, noverbal muloqot siz uchun xitoy iyeroglifi kabi murakkab. Siz kishilarni to‗g‗ri baholashga ancha qiynalasiz. Bu borada qobiliyatsiz degani emas, shunchaki o‗z imkoniyatlaringiz saviyasini yaxshilashga harakat qilib ko‗ring. Ko‗proq mashq qiling.

Page 108: Jinoyatchi shaxsining verbal va noverbal psixodiagnostikasi va uni o

108

TERMINLAR LUG‘ATI AKSENTUATSIYA – biror xossa (xususiyat) yoki belgini, uning

o‗ziga xos rivojlanishini boshqalardan ajratish, ta‘kidlash. Psixologiyada – subyektning ayrim psixologik jihatlari yoki xususiyatlarining biroz ortiqroq, ammo psixologik norma doirasida rivojlanishi.

ONGSIZLIK (g‗ayrishuuriylik – ruhiyatimizda muayyan bir paytda ongli idrok doirasidan tashqarida bo‗ladigan jarayon.

VERBAL (psixologiyada) – tanish material shakllarini, shuningdek ushbu material bilan ishlash jarayonlarini bildirishga xizmat qiladigan termin. Binobarin, verbal (so‗zdagi) va noverbal (imo-ishorali) muloqot; verbal (so‗zda ifodalangan) va noverbal (obrazli) axborot farqlanadi.

VERIFIKATSIYA – gipotezaning haqiqatligi yoki to‗g‗riligini aniq-lash jarayoni. Gipotezaning (keng ma‘noda – idrok, fikr, taxminlar) haqiqat-ligini aniqlash obyektiv ma‘lumotlarni to‗plashning nazorat qilinadigan jarayoniga taalluqli.

DIQQAT – bu ruhiy faoliyatning biror idrok obyektiga ixtiyoriy yoki beixtiyor yo‗nalganligi hamda jamlanganligi.

IDROK – psixik jarayon bo‗lib, barcha ruhiy holatlar, xodisalar, xusu-siyatlar, xossalar va inson ongining yaxlit mazmuni, egallangan bilimlar, tajribalar, ko‗nikmalarni yaxlit holda aks ettiruvchi, faol harakatlar orqali, bevosita analizatorlarga ta‘sir etuvchi yaxlit predmetning subyektiv obrazini shakllantirish jarayoni.

KO‗Z ORQALI MA‘LUMOT OLISHNING KALITLARI – ko‗z soqqalari harakatlarining uzoq muddatli xotiradan axborotni izlash va olish bo‗yicha ichki jarayonlarga bog‗liqligi.

NOVERBAL DIAGNOSTIKA – ko‗rish obrazi asosida holatni iden-tifikatsiyalash. Xulq (xatti-harakat) modellarini, ayniqsa noverballarini, masalan, yuz qiyofasi, tana holati, yurish usuli (qadam tashlash, oyoq olish) modellarini talqin etish orqali shaxsni baholashga mo‗ljallangan muayyan darajada (voqelikka mos) metodikalar va sh.k.larning har qanday turi.

DISTANSIYALASH – bir odam boshqasiga (ba‘zan hayvonlarga yoki narsalarga ham) nisbatan saqlaydigan masofa, shuningdek ushbu masofani o‗zgartirishga qaratilgan kutilmagan harakatlar, masalan, birdan orqaga bir qadam tashlash va shu kabilar (ushbu holda chegaraviy signallar haqida so‗z yuritish mumkin: ―bir qadam orqaga‖ni holatni o‗zgartirishga ham, masofa saqlashga ham kiritish mumkin).

IMO (ISHORA) – qo‗l harakatlari yordamida bajariladigan panto-mimika elementi.

Page 109: Jinoyatchi shaxsining verbal va noverbal psixodiagnostikasi va uni o

109

IDENTIFIKATSIYA – insonning o‗zini boshqa odam, guruh, obraz yoki simvol bilan aynanlashtirish jarayoni va natijasi.

INTONATSIYA – so‗zlashish vaqtida urg‗u berish, tovushni ko‗tarish va pasaytirish modellari. Intonatsiya deganda ovoz bilan bog‗liq va aytilgan gap mazmuniga e‘tiborni jamlashni talab etmaydigan barcha hodisalar tushuniladi. Bular intonatsiyaning o‗zi, nutq ohangi (melodiyasi), to‗xtalishlar bor-yo‗qligi va ularning uzunligi, ovoz balandligi, nutq maromi (vazni, ritmi) va sh.k. Intonatsiya deganda biz so‗zlarda ifodalan-magan tovushlarni, masalan, til bilan taqillatish, uf tortish, oh tortish (ingrash) va shu kabilarni tushunamiz.

KINETIKA – insonning mimikasi, pantomimikasi, ―vokal mimikasi‖

(ovoz intonatsiya, tembr, ritm), makondagi surat (zona, hudud, ko‗chish-lar), ekspressiya (his-tuyg‗ularning ifodaliligi, namoyon bo‗lish kuchi) kabilar kiradigan noverbal ko‗rinishlarda inson xulqining aks etishini o‗rganuvchi fan. U aytilayotgan jumlalarni talqin etishda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‗lishi mumkin.

MA‘LUMOT OLISH KALITLARI – insonning fiziologik holatidagi nozik o‗zgarishlar, uning ruhiy holati, tafakkur strategiyasini aks ettiruvchi noverbal reaksiyalari va hokazo.

KONGRUENTLIK – ruhiyatda (psixikada) ziddiyatli qismlar bo‗lmagan hamda noverbal axborotning inson gapirayotganda so‗zlariga mos keladigan ichki yaxlitlik holati.

MIMIKA – subyekt holati va uning idrok etilayotgan narsalarga munosabatini ifodalovchi yuz qismlari harakatlarining majmui.

MOTIV – shaxs xatti-harakatlari tanlovining asosini tashkil etuvchi anglanadigan sabab. Motivlar maqsadga yo‗nalgan faoliyatga aniq undash-lar bo‗lib, ehtiyojlarni aniqlashtiradi, ―predmetlashtiradi‖. Bunda shuni inobatga olish zarurki, har qanday ichki undov singari, motiv ham ijtimoiy muhit va shaxsning hayotiy tajribasi ta‘sirida shakllanadi.

MOTIVATSIYA – individni harakatlarni sodir etishga undovchi hamda ularning yo‗nalganligi va maqsadlarini belgilovchi anglangan yoki anglanmagan ruhiy omillar.

MOTIVIROVKA – subyektning o‗z harakati sabablarini oqilona tushuntirishi. Ba‘zan motivirovkadan o‗z xatti-harakatlarining haqiqiy motivlarini niqoblashda ongli ravishda foydalaniladi.

KUZATISH – tadqiq etilayotgan obyektni o‗rganilayotgan hodisaning xususiyatlarini (shaxs, jamoa xatti-harakatining ko‗rinishini, ayrim harakatlar, ruhiy reaksiyalar, nutqiy harakatlar, faoliyat operatsiyalari va shu kabilar)ni ifodalovchi tanlangan birliklar (ko‗rsatkichlar, belgilar)ni

Page 110: Jinoyatchi shaxsining verbal va noverbal psixodiagnostikasi va uni o

110

qayd etish asosida maqsadga yo‗naltirilgan ravishda, muntazam (tizimli) idrok etish.

SHAXSNING YO‗NALGANLIGI – joriy vaziyatlardan nisbatan mustaqil bo‗lgan barqaror motivlar majmui. Shaxsning dunyoqarashini aks ettiruvchi qiziqishlari, mayllari, e‘tiqodlari (jumladan g‗oyaviy e‘tiqodlari) va ideallarida namoyon bo‗ladi.

Real xatti-harakatning aytilayotgan e‘tiqodlariga muvofiqlik darajasi haqida inson jiddiy to‗siqlarga duch kelgandagina xulosa chiqarishi mumkin.

PATTERN – model, namuna (ko‗pincha xatti-harakat modeli sifatida ishlatiladi).

HOLAT (poza) – inson qabul qiladigan vaziyat, uni o‗zgartiradigan va unga ta‘sir ko‗rsatadigan harakatlar, masalan, oldinga-orqaga tebranganda og‗irlik markazining oyoq uchidan tovonga ko‗chishi, oyoqlar o‗rnining almashtirilishi va shu kabilar.

PSIXODIAGNOSTIKA (psixologik diagnostika) – umuman insondagi psixologik holat yoki unda muayyan psixologik xususiyat mavjudligi haqida malakali qaror qabul qilish yoki psixologik diagnoz qo‗yish. Psixodiagnostika eksperimentning tarkibiy qismi bo‗lishi yoki tadqiqot metodi yoxud amaliyotchi psixolog faoliyatining sohasi sifatida mustaqil mavjud bo‗lishi mumkin. Psixodiagnostika – psixologiyaning shaxs individual-psixologik xususiyatlarini aniqlash va o‗lchash metod-larini ishlab chiqadigan maxsus sohasi.

SHAXSNING RIVOJLANISHI individning ijtimoiylashuvi va tarbiyalanishi jarayonida yuz beradi. Shaxs rivojlanishining manbaini ehtiyojlar tashkil qiladi. Shaxsning rivojlanishi ushbu shaxsga xos bo‗lgan motivlar tizimi tomonidan boshqariladigan faoliyatida ro‗yobga chiqadi (amalga oshadi).

REFLEKSIYA – hamjihatlik mexanizmi sifatida – subyektning suhbatdoshida u yoki bu taassurotni qaysi vositalar orqali va nima uchun hosil qilganlikni o‗ylab ko‗rishi (muroqaba).

O‗ZINI O‗ZI BAHOLASH – shaxsning o‗zini, o‗z imkoniyatlarini, xislatlarini va boshqa odamlar orasidagi o‗rnini baholashi, o‗ziga yoki o‗zining alohida xislatlariga qo‗yadigan bahosi (qadriyat). U shaxsning o‗zagiga taalluqli bo‗lib, uning xulqidagi muhim regulator hisoblanadi.

SEMATIK MAKON – so‗z ma‘nosini fikran tasavvur qilishni ifoda-lash uchun metafora tarzida (analogiya bo‗yicha) ishlatiladigan termin.

OVOZ TEMBRI – tovush sifati, uning xarakteri (bo‗g‗iq, ohangdor, jarangdor).

Page 111: Jinoyatchi shaxsining verbal va noverbal psixodiagnostikasi va uni o

111

OVOZ OHANGI (TONI) – ko‗p tarqalgan ogohlantirish, ya‘ni ―Men bilan bunday ohangda gaplashma‖ degan ogohlantirishdagi kabi o‗ziga xos ovoz sifati.

E‘TIQOD – shaxsning anglangan va uning o‗z qadriyatlariga muvofiq harakat qilishga undaydigan ehtiyoji. Ichki motivatsiyaga aylangan normativ (me‘yordagi) xulq haqidagi tasavvurlari. E‘tiqodlar shaklida namoyon bo‗ladigan ehtiyojlarning mazmuni tabiat va jamiyatni muayyan tarzda tushunishni aks ettiradi. E‘tiqodlar majmui siyosiy, falsafiy, estetik, tabiiy-ilmiy va boshqa qarashlarning tartibli tizimini hosil qilib, dunyo-qarash sifatida namoyon bo‗ladi.

USTANOVKA – muayyan sharoitda muayyan tarzda harakat qilishga tayyorlik.

EMOTSIYA – individga ta‘sir etuvchi va avvalo uning dolzarb ehtiyojlari qondirilishi yoki qondirilmasligi bo‗yicha bevosita kechinmalar shaklida ifodalanadigan omillarning individ uchun ahamiyatini baholash bilan bog‗liq holatlar. Hayotiy hodisalar va vaziyatlarning ma‘nosini (ularning obyektiv xossalari subyekt ehtiyojlariga munosabati bilan bog‗liq bo‗lgan) bevosita hissiy kechinmasi shaklidagi ruhiy in‘ikosi.

EMPATIYA – boshqa insonning emotsional holatini tushunish, his etish, unga kirib borish. Individning boshqa individ bilan muloqot jara-yonida boshqasida yuzaga keladigan emotsiyalar (hissiyotlar)ni parallel ravishda yuragidan his qilish qobiliyati (hamdardlik).

Page 112: Jinoyatchi shaxsining verbal va noverbal psixodiagnostikasi va uni o

112

MUNDARIJA

SO‗ZBOSHI ....................................................................................................... 3 Jinoyatchi shaxsini noverbal psixodiagnostika qilish xususiyatlari .................. 4 Profayling va noverbal psixodiagnostika ........................................................... 7 Yolg‗onni aniqlash – jinoyatchi shaxsini noverbal aniqlash asosi .................... 26 Birga kechuvchi diagnostika .............................................................................. 47 Samarali muloqotni ta‘minlash usullari ............................................................. 49 ILOVALAR ........................................................................................................ 79 TERMINLAR LUG‗ATI ................................................................................... 108

Page 113: Jinoyatchi shaxsining verbal va noverbal psixodiagnostikasi va uni o

Iroda Muxammadjonovna XAKIMOVA, Naimaxon Ziyautdinovna RASULEVA

JINOYATCHI SHAXSINING VERBAL VA NOVERBAL PSIXODIAGNOSTIKASI VA UNI O‘RGANISH METODIKASI

O„QUV-AMALIY QO„LLANMA

Muharrir: I. I. Xuvaytov Texnik muharrir: D. R. Djalilov

Bosishga ruxsat etildi 00.1.2015. Nashriyot hisob tabag‗i.

Adadi nusxa. Buyurtma №

O‗zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi 100197, Toshkent shahri Intizor ko‗chasi, 68.