11

MING BIR SO ZNI BILAMAN · Demak, biz «Assalomu alaykum!» «Vaalaykum assalom!» desak ham bo ladi, «Yaxshimisiz? Qalaysiz?» desak ham bo laveradi. Mana, birgina salomlashuv so

  • Upload
    others

  • View
    67

  • Download
    1

Embed Size (px)

Citation preview

Page 1: MING BIR SO ZNI BILAMAN · Demak, biz «Assalomu alaykum!» «Vaalaykum assalom!» desak ham bo ladi, «Yaxshimisiz? Qalaysiz?» desak ham bo laveradi. Mana, birgina salomlashuv so
Page 2: MING BIR SO ZNI BILAMAN · Demak, biz «Assalomu alaykum!» «Vaalaykum assalom!» desak ham bo ladi, «Yaxshimisiz? Qalaysiz?» desak ham bo laveradi. Mana, birgina salomlashuv so

MING BIR SO‘ZNI

BILAMANBOLALAR UCHUN

RASMLI IZOHLI LUG‘AT

«O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»Davlat ilmiy nashriyoti

Toshkent – 2016

Miraziz A’zam

Kitobxon.Com

Page 3: MING BIR SO ZNI BILAMAN · Demak, biz «Assalomu alaykum!» «Vaalaykum assalom!» desak ham bo ladi, «Yaxshimisiz? Qalaysiz?» desak ham bo laveradi. Mana, birgina salomlashuv so

Kelajakda Vatanning ko‘rar ko‘zi, ishongan tog‘i bo‘lish uchun har bir farzand o‘zini anglab yetishi kerak. O‘zini o‘zi anglash esa o‘z ona tilini mukammal bilishdan boshlanadi. Bizning ona tilimiz shunday go‘zal, shunday boy va imkoniyatlari katt a tilki, so‘zlarimiz ma’nosini tushungan holda, o‘z o‘rnida ishlatilsa, tinglagan odam shavq-u zavq oladi.

Hukmingizga havola etilayotgan bolalar uchun rasmli izohli lug‘at farzandla-rimizga o‘zligini angashdek mas’uliyatli vazifani uddalashda yaqin ko‘makchi bo‘ladi degan umiddamiz. Lug‘atda sevimli farzandlarimiz uchun ona tilimizning ming bir so‘zini uning turli ma’nolarida izohlab, rasmlar yordamida tushuntirib be-rishga harakat qildik.

UO‘T: 030-053.2KBT: 81.2-4A94

© «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»Davlat ilmiy nashriyoti, 2016.

© M. A’zam, 2016.

UO‘T: 030-053.2KBT: 81.2-4

ISBN 978-9943-07-393-7

A’zam, MirazizMing bir so‘zni bilaman: Bolalar uchun rasmli izohli lug‘at. – Toshkent:

«O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti, 2016. – 200 b.

ISBN 978-9943-07-393-7

A94

Kitobxon.Com

Page 4: MING BIR SO ZNI BILAMAN · Demak, biz «Assalomu alaykum!» «Vaalaykum assalom!» desak ham bo ladi, «Yaxshimisiz? Qalaysiz?» desak ham bo laveradi. Mana, birgina salomlashuv so

3

SO‘Z MAMLAKATIGA SAYOHAT

Assalomu alaykum! Aziz bolajonlar, «salom» so‘zi bizga arabchadan kirgan bo‘lib, «tinchlik»

degan ma’noni bildiradi. Shuning uchun salomni to‘liq berish kerak. Agar «Salom, bolalar!» desak, «Tinchlik, bolalar!» degan bo’lamiz. Bunda «Tinchlikni saqlang, bolalar!» demoqchimizmi yoki «Tinchlik boshlandi» demoqchimizmi? Balki «Tinchlik bermang!» degandirmiz? Boshlagan gapimizning oxiri bo‘lmaganidan keyin, hech narsani anglab bo‘lmaydi-da! Agar «Assalomu alaykum» desak, arabchasiga «Men sizga tinchlik tilayman» degan bo‘lamiz. Siz ham so‘zni dumi yulingan tovuqday kalta qilmasdan, «Vaalaykum assalom!» deyishingiz kerak, chunki shunda siz ham salom beruvchi kishiga tinchlik-xotirjamlik tilagan bo‘lasiz.

Yana biz «Marhabo!» desak ham bo‘ladi. Bu ham arabcha so‘z bo‘lib, «Xush kelibsiz!», «Marhamat!» degan ma’noni bildiradi.

Siz endi: «O‘z ona tilimizda, o‘zbekchalab so‘rashadigan so‘zlar yo‘qmi?» – deyishingiz mumkin. Nega endi yo‘q bo‘lsin? Bor, albatta! Biz axir har kuni necha martalab «Yaxshimisiz?», «Qalaysiz?», «Bormisiz?», «Esonmisiz?» demaymizmi? Deymiz-ku! Shunday emasmi?

Demak, biz «Assalomu alaykum!» – «Vaalaykum assalom!» desak ham bo‘ladi, «Yaxshimisiz? Qalaysiz?» desak ham bo‘laveradi.

Mana, birgina salomlashuv so‘zlaridan anglashilib turibdiki, so‘z degani odamlarga bir-birini tushunishga yordam berar ekan...

Odamlar turli joylarda jamoa bo‘lib yashaydilar. Ana o‘sha jamoa ichida ular o‘z fikrlarini bir-birlariga anglatish uchun tovush va so‘zlardan foydalanadilar. Til tovush va so‘zlardan tashkil topgan xazinadir. Til o‘sha jamoaning madaniyatini o‘zi bilan birga tashib yuruvchi boylik hamdir.

Dunyoda tillar ko‘p. Zero, Yer yuzida yetti milliard yuz million odam yashaydi. Ular bir-biri bilan har xil tillarda gaplashadi. Eng ko‘p gaplashiladigan

Kitobxon.Com

Page 5: MING BIR SO ZNI BILAMAN · Demak, biz «Assalomu alaykum!» «Vaalaykum assalom!» desak ham bo ladi, «Yaxshimisiz? Qalaysiz?» desak ham bo laveradi. Mana, birgina salomlashuv so

4

Ming bir so‘zni bilaman

tillar sirasiga inglizcha, xitoycha, arabcha, fransuzcha, ispancha, nemischa, ruscha va turkchani kiritishimiz mumkin. O‘zbek tili, aslida, turkiycha hisoblanadi.

Ulug‘ shoirimiz, she’riyat mulkining sultoni Alisher Navoiy «Mezon ul-avzon» asarida: «Turk tili bila qalam surdim», – deb yozgandi.

Hozirda G‘arbda Bolqon tog‘laridan tortib, Sharqda Tibetgacha bo‘lgan zaminda odamlar turkiy tilda so‘zlashadilar. Ular bugun ozarbayjon, turkman, qozoq, o‘zbek, qirg‘iz, uyg‘ur deb atalsalar ham, bir-birini tarjimonsiz tushuna oladilar. O‘zbek tili esa buyuk turkiy tillar daraxtining eng azamat butoqlaridan biridir.

Biz sizga ana shu buyuk tilning ming bir so‘zi qanday ma’nolarni birdirishini aytib bermoqchimiz.

Ona tilimizning boyligidan va tog‘ gullariday chiroyli-chiroyli ko‘rinish-laridan shodlanib, yana boshqa so‘zlarni ham o‘rganmoqchi bo‘lsangiz, katta lug‘atlarni varaqlaysiz. Esingizda bo‘lsin, ona tilimiz xususiyatlarini o‘rgangan eng birinchi olim Mahmud Koshg‘ariy bo‘ladi. Uning «Devonu lug‘otit turk» nomli to‘rt jildlik asari olamga mashhur. Tilimizning dovrug‘ini eng yuqori cho‘qqiga olib chiqqan inson esa buyuk bobomiz Alisher Navoiydir.

Mana endi, aziz bolalar, diqqatingizni jamlab, tilimizni yanada chuqurroq o‘rganishga kirishing. So‘z mamlakatiga sayohatingizda biz ham hamrohingiz bo‘lamiz.

Kitobxon.Com

Page 6: MING BIR SO ZNI BILAMAN · Demak, biz «Assalomu alaykum!» «Vaalaykum assalom!» desak ham bo ladi, «Yaxshimisiz? Qalaysiz?» desak ham bo laveradi. Mana, birgina salomlashuv so

5

Ming bir so‘zni bilaman

AaA a Alifboning birinchi harfi.

aAytilgan gapni chala eshitsak, «nima dedingiz?», «nima-nima?» ma’nosida ishlatamiz.– O‘n to‘rt so‘m berasiz.– A, o‘n to‘rt so‘m?

(Oybek. «Qutlug‘ qon»)

abad So‘ngi yo‘q kelajak vaqtni abad deymiz.

Ikki narsa bir-birigaabad yo‘ldoshdir.

Biri tig‘dor ayoz bo‘lsa,biri quyoshdir.

(Y. Mirzo)

abjaqMajaq-majaq bo‘lmoq, pachaq bo‘lmoq, dabdala bo‘lmoq abjaq bo‘lmoq ham deyiladi.

Shunday qilib, oq mushuk Abjaq qildi o‘zini.

(Q. Muhammadiy. «Mashina bilan ko‘z urishtirgan mushuk haqida»)

abjirEpchil, kuchli, oyoq-qo‘li chaqqon odamlarni abjir deymiz. Abjir bola.

Bo‘lib o‘tdi qishloqdaKecha zo‘r shamol.Natijada ro‘y berdiAnchayin kor-hol.Uzum boshi aylanibBo‘p qoldi kasal.Shoxdan yiqilib Olma,Yotibdi o‘sal.Hatto Gilos lat yediBo‘lsa ham abjir.To‘qnashuvda AnorgaChaplandi Anjir.

(A. Obidjon. «O‘g‘irlangan pahlavon»)

adaAda shevaga xos so‘z bo‘lib, ko‘p shahar va qishloqlarda, jumladan, Toshkentda ham bolalar dada (ota)sini ada deb chaqiradi. Ayollar esa erlarining ismini aytib chaqirmay, hurmat yuzasidan bolalarining tilidan adasi deb chaqiradi.

Page 7: MING BIR SO ZNI BILAMAN · Demak, biz «Assalomu alaykum!» «Vaalaykum assalom!» desak ham bo ladi, «Yaxshimisiz? Qalaysiz?» desak ham bo laveradi. Mana, birgina salomlashuv so

6

Ming bir so‘zni bilaman

Bola: – Ada, hormang, Ishga bormang. Mani ko‘taring, «Oh» obering!Ada: – Qanaqasidan?Bola (boshmaldog‘ini tik qilib ko‘rsatadi): – Mamnaqasidan!

(Bolalarning hazil qo‘shig‘i)

adashIsmi bir bo‘lganlar adash deyiladi. Sinfda bir emas, uch Alisher bor. Bu uch bola bir-biriga adashdir.Yana adash yanglish, o‘rin almashib qolgan ma’nosida ham keladi.Daftarim Gulining daftari bilan adash bo‘libdi.

adib(a)Hikoya va qissa yozuvchi ijodkor erkak kishi bo‘lsa adib, ayol bo‘lsa adiba deyiladi. Biz maktabimizda har yili adiblar, adibalar bilan uchrashuvlar o‘tkazamiz.

adi-badiMa’nosiz bahs, bo‘lar-bo‘lmas tortishuvlar adi-badi deyiladi.– Sen bilan adi-badi aytishib o‘tirishga vaqtim yo‘q! – dedi Akbar do‘stiga qarab.

adirTog‘liklardan so‘ng boshlanadigan tepalik yerlar, balandliklar adirlardir.

Elchi bahor keldi yana, Qir, adirga durlar sochib.

(T. Adashboyev. «Orzularim – qo‘sh qanotim»)

adras Asosan ipak, qisman paxta qo‘shib to‘qilgan milliy mato adras deyiladi.– Bo‘lmasa, – dedi ikkilanib, – jo‘nroq adrasdan ol-chi…

(A. Qodiriy. «Mehrobdan chаyon»)

adresBorgan joyimiz yoki yashayotgan yerimizning nomini qayd etmoq adres deyiladi.Adres to‘g‘ri yozilsa, xatlar yo‘llangan manziliga yetib boradi.Adresda mamlakat, shahar, tuman yoki qishloq nomi, indeks, ko‘cha va uy raqami yozilgan bo‘lishi kerak. Adres so‘zi – xalqaro so‘z. O‘zbek-chada xuddi shu so‘zga muqobil manzil degan so‘z ham bor.

Adras

Page 8: MING BIR SO ZNI BILAMAN · Demak, biz «Assalomu alaykum!» «Vaalaykum assalom!» desak ham bo ladi, «Yaxshimisiz? Qalaysiz?» desak ham bo laveradi. Mana, birgina salomlashuv so

7

Ming bir so‘zni bilaman

aeroportSamolyotlarning parvozini kuzatish minorasi, kassalar, kutish zali,chiroqlar, uchish-qo’nish yo‘lagi mavjud bo‘lgan keng maydon aeroport deyiladi.Bugun ertalab dadamni kutib olish uchun aeroportga chiqdik.

afsonaOg‘izdan-og‘izga o‘tib, ajdodlari-mizdan bizgacha yetib kelgan eski hikoya, dostonlarni afsona deymiz.Men «To‘maris» va «Shiroq» afsonalarini juda yaxshi ko‘raman. Yolg‘on-yashiq, uydirma gaplarni ham odamlar afsona deyishadi.

afzalBu so‘z «yaxshiroq», «ustunroq», «ortiq» ma’nolarida keladi.Otalarimiz: «Nomussiz yurmoqdan nomusli o‘lmoq afzal», – deyishgan.

agar (agarda, garchi)Agar (agarda, garchi) so‘zi gapning boshida kelib, unda ifodalangan shart ma’nosini kuchaytiradi, ta’kidlaydi. Agar o‘zing maqtagan kitobni ertaga ola kelmasang, men sendan xafa bo‘laman.

ahaAha birovning qiyin ahvolidan kulishni ifodalovchi undov so‘zdir.– Aha, qo‘lga tushding-ku! – dedi bo‘ri, quyonga qarab.Ba’zan do‘q-po‘pisani ham ifodalaydi:Aha, shoshmay tur!Ba’zan biror gapni uqqanlikni ham bildiradi:Aha, ahdlashganimizni o‘qituvchimiz bilib qolibdi-da!

ahdQat’iy so‘z, va’da, kelishuv ahd deyiladi.Endi faqat «5» ga o‘qiyman, deb ahd qildim.

ahillikBir yoqadan bosh chiqarib, bir jon-bir tan bo‘lib, inoqlikda yashash ahillikdir.– Bu dunyoda ahillikdan ulug‘i yo‘q! – degandilar bobom.

aholiAholi deganda ma’lum bir hududda: shahar, viloyat, mamlakatda

Aeroport

Page 9: MING BIR SO ZNI BILAMAN · Demak, biz «Assalomu alaykum!» «Vaalaykum assalom!» desak ham bo ladi, «Yaxshimisiz? Qalaysiz?» desak ham bo laveradi. Mana, birgina salomlashuv so

8

Ming bir so‘zni bilaman

yashovchi odamlar yig‘indisi tushuniladi.O‘zbekiston Respublikasi aholisini turli millat va elat vakillari tashkil etadi. ajabBir kuni adam ayamga qarab:– Ajab qiziqsan, hali to‘yning daragi yo‘g‘-u, eldan burun jizg‘anaging chiqadi, – degandilar, ayam:– Ajab bo‘pti! – dedilar. Ikkovlari xaxolab kulib yuborishdi.Bu yerda birinchi ajab «hayron qolarli», «g‘alati» ma’nosini bildiradi, ikkinchi ajab «juda yaxshi», «ko‘ngildagiday» ma’nosini bildiradi.

ajinYosh o‘tgan sari odamning yuzi va manglayida har xil yo‘l-yo‘l chiziqlar, botiq izlar paydo bo‘ladi, ularni ajin deymiz.– Buva, yuzingizda nechta ajiningiz bor? – deb so‘radi To‘lqin.– Sen shu yoshga kirguningcha senga nechta ertak aytgan bo‘lsam, ajinim ham o‘shancha, – dedi buvasi.

ajnabiyAjnabiy chet el fuqarosi deganidir.Respublikamizga ko‘p ajnabiylar keladi. Bundan tashqari, ajnabiy «chet ellarga oid» degan ma’noni ham

bildiradi. Tabiiyki, ular ajnabiy tilda gaplashadi.

ajralmasAjralmas – bir-biridan sira ayrilmaydigan, inoq degani.Eng yaxshi do‘st ajralmas do‘stlardir.

ajralmoq, ajramoqAjralmoq so‘zining yorilmoq, parchalanmoq kabi boshqa bir qator ma’nolari ham bor, ajramoq so‘zining asosiy ma’nosi esa mahrum bo‘lmoq, ajrab qolmoqdir.«To‘dadan ajralganni bo‘ri yer», «To‘dadan ajragan to‘rga tushar» degan maqollarni eshitganmisiz? Ulardagi ajralmoq va ajramoq so‘zlari «aloqani uzmoq», «to‘dadan bo‘lak bo‘lmoq» degan ma’noda kelgan. akaBir ota-onadan tug‘ilgan katta o‘g‘illar kichiklari uchun akadir.– Mening uch akam bor, – dedi Najot o‘qituvchisiga, – katta akamning oti Mirsodiq, o‘rtancha akamning oti Mirvosil, kichik akamning oti Mirahmad.O‘zidan katta er kishiga gapirganda ham hurmat yuzasidan aka deyiladi.Shu hazil-mazax paytdan foydalanib,

Page 10: MING BIR SO ZNI BILAMAN · Demak, biz «Assalomu alaykum!» «Vaalaykum assalom!» desak ham bo ladi, «Yaxshimisiz? Qalaysiz?» desak ham bo laveradi. Mana, birgina salomlashuv so

9

Ming bir so‘zni bilaman

undan so‘radim:– Sulton aka, haligi janjalning oxiri nima bo‘ldi?

(G‘. G‘ulom. «Shum bola»)

akasAkas – gullari zirakka o‘xshagan osilchoq, tekis yaproqli daraxtdir.Issiq yoz kunlarida yo‘l chetidagi akas daraxtlarining soyasida yurishni yaxshi ko‘raman.

akvariumIchida kichik baliqlar boqiladigan maxsus shisha idish akvarium deyiladi. Shuningdek, baliq bilan birga suv jonivorlari hamda o‘simliklarni asrash va ko‘paytirish uchun barpo etilgan hovuz ham, bularni hammaga namoyish qiladigan ishxona ham akvariumdir.

alay-balayAlay-balay har xil vaj-bahona, mayda-chuyda gaplardir.Solih g‘ishtchi Ahmadning ishga nuqul kech kelaverganidan achchiqlanib, unga zahrini sochdi:– Yana bir marta kech kelib, alay-balay desang, o‘zingdan ko‘r, men seni ayab o‘tirmayman!

alamAlam ruhiy qiynalishni bildiradi.G‘ayratning hech qayeri og‘rigani yo‘q, ammo haqsizlik qilishgani unga alam qilardi.Alam jismoniy og‘riqni bildiradi.Chaqaloq sanchilgan ignaning alamidan chirqirardi. Alamimni olaman deyilganda, alam o‘ch, qasd, qasosni anglatadi.Alamidan chiqdi deyilganda, g‘azabi tarqadi degan ma’noni uqamiz.

Akas daraxti gullari

Akvarium

Page 11: MING BIR SO ZNI BILAMAN · Demak, biz «Assalomu alaykum!» «Vaalaykum assalom!» desak ham bo ladi, «Yaxshimisiz? Qalaysiz?» desak ham bo laveradi. Mana, birgina salomlashuv so

Bu tanishuv parchasidir. Asarning to‘liq versiyasi https://kitobxon.com/oz/asar/3103 saytida.

Бу танишув парчасидир. Асарнинг тўлиқ версияси https://kitobxon.com/uz/asar/3103 сайтида.

Это был ознакомительный отрывок. Полную версию можно найти на сайтеhttps://kitobxon.com/ru/asar/3103