255
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI O‘RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMI MARKAZI Q. USMONOV, M. SODIQOV O‘ZBEKISTON TARIXI (1917—1991-yillar) Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari 1-bosqich o‘quvchilari uchun darslik To‘ldirilgan to‘rtinchi nashri «SHARQ» NASHRIYOT-MATBAA AKSIYADORLIK KOMPANIYASI BOSH TAHRIRIYATI TOSHKENT —2010

mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

  • Upload
    others

  • View
    10

  • Download
    0

Embed Size (px)

Citation preview

Page 1: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

O‘RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMI MARKAZI

Q. USMONOV, M. SODIQOV

O‘ZBEKISTON TARIXI

(1917—1991-yillar)

Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari1-bosqich o‘quvchilari uchun darslik

To‘ldirilgan to‘rtinchi nashri

«SHARQ» NASHRIYOT-MATBAAAKSIYADORLIK KOMPANIYASI

BOSH TAHRIRIYATITOSHKENT —2010

Page 2: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

BBK 63.3 (BU)ya 721

U–62

M a s ’ u l m u h a r r i r

tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV

T a q r i z ch i l a r:

tarix fanlari doktori, professor B.SIDDIQOV,tarix fanlari nomzodi B.ABDULLAYEV

Usmonov Q., Sodiqov M.O‘zbekiston tarixi (1917—1991-yillar): Akademik

litsey va kasb-hunar kollejlari 1-bosqich o‘quvchilariuchun darslik / Mas’ul muharrir: Q. Rajabov.— T.:«Sharq», 2010.— 256 b.

Sarl. oldida: O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsusta’lim vazirligi

1. Muallifdosh.BBK 63.3 (BU)ya 721

ISBN 978-9943-00-145-9

© Q. Usmonov, M. Sodiqov, 2008.© «Sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi

Bosh tahririyati, 2006, 2007, 2009, 2010.

U–62

Page 3: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

K I R I SH

Aziz, muhtaram o‘quvchi!Siz umumiy o‘rta ta’lim maktabini tamomlab,

o‘zingiz tanlagan kasb-hunar yo‘nalishi bo‘yicha max-sus bilim, hunar o‘rganish maqsadida akademik litseyyoki kollejga o‘qishga kirdingiz. Umumiy o‘rta ta’limmaktabida Vatanimizning eng qadimgi davridan 1917-yilgacha bo‘lgan bir necha ming yillik tarixini o‘rgan-dingiz. Endilikda akademik litsey yoki kasb-hunarkollejida o‘qish davomida O‘zbekistonning 1917-yildanbugungi kungacha davri tarixini o‘rganasiz.

Qo‘lingizdagi darslik O‘zbekiston tarixining sovetdavri tarixini yoritishga bag‘ishlangan. Sovet davriVatanimiz tarixining eng murakkab va ziddiyatli yil-laridir. Ota-bobolarimiz, bir tomondan, Vatan ozodli-gi va mustaqilligi uchun mustamlakachilarga qarshiqahramonona kurashdilar. Ikkinchidan, xalqimizVatan ravnaqi yo‘lida fidokorona mehnat qilib kattabunyodkorlik ishlarini amalga oshirdilar. Uchin-chidan, sovet mustamlakachiligi xalqimiz boshigaog‘ir kulfatlar, yo‘qotishlar keltirgan davrdir.

1917-yili ma’rifatparvar, taraqqiyparvar kuchlarsifatida tanilgan jadidlar, Vatan fidoyilari tinchlik yo‘libilan, huquqiy asosda Turkiston Muxtoriyati uchunkurashdilar. Buxoro amirligi va Xiva xonligi hududidaYosh buxoroliklar va Yosh xivaliklar demokratik islo-hotlar o‘tkazish talablarini ko‘tarib chiqdilar. Biroqbolsheviklar tomonidan o‘lkada o‘tkazilgan siyosiyto‘ntarishlar oqibatida zo‘ravonlarcha o‘rnatilganmustabid sovet hokimiyati tub yerli aholining erkinlik,ozodlik, mustaqillik yo‘lidagi harakatlarini shafqatsiz-larcha bostirdi.

Mustabid sovet tuzumi O‘zbekiston iqtisodiyotiniMarkaz manfaatlariga bo‘ysundirdi, uni metropoliya-ning xomashyo bazasiga aylantirdi. O‘zbekistonning

3

Page 4: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

tabiiy boyliklari, qishloq xo‘jaligida yetishtirilgan qim-matbaho paxta, pilla, qorako‘l teri, shirin-shakarmevalar Markazga tashib ketildi.

Sovet davrida xalqimizning ma’naviy, madaniyhayoti kommunistik mafkura iskanjasiga solindi.O‘zbek xalqining milliy, ma’naviy qadriyatlari, urf-odatlari oyoqosti qilindi, o‘zbek tili ikkinchi darajalitilga aylantirildi. Millatning eng ilg‘or namoyandalari,ziyolilar qatag‘on qilindi.

Mustabid tuzumning zulmiga qaramasdan, olka-mizda ijobiy, bunyodkorlik ishlari ham bo‘ldi.Xalqimizning fidokorona mehnati bilan ko‘plab sha-harlar bunyod etildi, zavod va fabrikalar qurildi, mil-lionlab gektar yangi yerlar o‘zlashtirildi. Maktablar,oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari ochildi, madaniy-ma’naviy muassasalar barpo qilindi, ilm-fan, adabiyotva san’at sohasida sezilarli yutuqlarga erishildi.

Aziz o‘quvchi! Siz mazkur darslikni o‘qish, o‘rga-nish jarayonida mustabid sovet davrida O‘zbekistondayuz bergan murakkab, ziddiyatli voqealar, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy-madaniy hayot haqiqatdaqanday kechgan bo‘lsa, shundayligicha bilib olasiz. Budavrni xalqimiz hayotidan o‘chirib tashlab bo‘lmaydi.O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov ta’kidlaga-nidek: «Bu yillar tarixi — bu bizning tariximiz, xalqtarixidir. Tarixdan voz kechib bo‘lmaydi».

Siz ota-bobolarimiz hayotini, ular yashagan davr-ning mohiyatini to‘g‘ri tushunishga harakat qiling.

Mazkur darslik O‘zbekiston Respublikasi Oliy vao‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘rta maxsus, kasb-hunarta’limi Markazi tomonidan tasdiqlangan «O‘zbekistontarixi» fani bo‘yicha 40 soatga mo‘ljallangan o‘quvdasturi asosida tayyorlangan va «Tarixiy adabiyotlarninashrga tayyorlash va chop etish bo‘yicha Respublikaekspert guruhi» xulosasiga asosan qayta nashretilmoqda. Darslik uchun rasmlarni tanlashdaQahramon Rajabov ishtirok etdi.

4

Page 5: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

I b o b. Turkistonda sovetlar istibdodining o‘rnatilishi.

Sovet hokimiyatiga qarshi harakat

1-§. TURKISTONDA 1917-YILGI IJTIMOIY-SIYOSIY O‘ZGARISHLAR

Ma’lumki, Turkiston o‘lkasiRossiya imperiyasi mustam-lakasiga aylantirilib, bu

hududda o‘zga davlat hukmdorlarining zo‘rlikkaasoslangan boshqaruv tizimi va siyosati yurgizila bosh-laganidan e’tiboran uning mazlum va jabrdiydaxalqlari o‘z erki, ozodligidan mahrum etilib, birovlarqo‘l ostiga tobe bo‘lib qoldilar. Hattoki Turkistonningso‘nggi general-gubernatori A. Kuropatkindek yuqorimartabali «zot» ham: «Biz 50 yil tub joy aholinitaraqqiyotdan jilovladik, uni maktablar va rus hayoti-dan chetda tutdik», deb e’tirof etgan edi. Biroq shunarsa haqiqatki, bu o‘lkaning tabiatan mag‘rur xalqlarihech qachon o‘zlarining chor-nochor qismatiga tanberib, o‘zgalar jiloviga bo‘ysunib yashashga rozibo‘lmaganlar, balki, aksincha, o‘z erki, milliy mus-taqilligi yo‘lida mardonavor kurashganlar.

Olis ko‘hna tariximiz zarvaraqlaridan munosibo‘rin egallagan, aziz nomlari mangulikka muhrlanganTo‘maris, Shiroq, Spitamen, Muqanna, JaloliddinManguberdi, Temur Malik, Shayx Najmiddin Kubro,Mahmud Torobiy, Mavlonzoda, Abubakr Kalaviy,Amir Temur, Muhammadali Eshon (Dukchi Eshon),Namozbotir Pirimqulov singari nomdor bahodirlar-ning el boshiga mushkul kunlar tushgan qaltis tarixiyjarayonlarda ko‘rsatgan favqulodda jasoratlari bungajonli guvohdir. Ular yurt ozodligi, mustaqilligini jonqadar e’zozlab, shu muqaddas maqsad yo‘lida aziz jon-larini qurbon qildilar. Yurt milliy istiqloli uchun kurashdarg‘alaridan biri, qatag‘onlik qurboni, buyuk ma’ri-

5

Turkiston xalqlari-ning asriy orzusi

Page 6: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

fatparvar A. Fitratning «Vatan sajdagohimdir», deganbir kalima iborasida olamjahon teran ma’no aksetganini anglash qiyin emas.

«Biz ona O‘zbekiston istiqlolini, uning sha’ni, shavkati-ni qanday himoya etishni ota-bobolarimizdan meros qilibolishimiz va uning himoyasiga hamisha tayyor turmog‘imizdarkor.

Ulug‘ ajdodlarimizdan muqaddas meros bo‘lib kelayot-gan vatanga muhabbat tuyg‘usi, farzandlarimiz, bugungiva kelajak avlodlarimiz uchun chinakam e’tiqodga, chi-nakam aqidaga aylansin».

Karimov I. A. Asarlar. 3-jild, T.,«O‘zbekiston», 1996, 82-bet.

Darhaqiqat, Rossiya mustamlakachiligi o‘ziningbehad zulmkorligi, qabohati bilan yurtimiz, uningjafokash odamlari dilida o‘chmas dog‘-hasrat qoldirdi.U ajdodlarimizni ma’nan va ruhan qo‘llab-quvvatlabkelgan asl ma’naviy qadriyatlarni zavol toptira borib,ularning jismi-jonida mavj urib kelgan milliy istiqlolva erk tuyg‘ularini asta-sekin so‘ndirishga urinib keldi.Yurtimiz tuprog‘ini qonga belagan podsho zobitlari-dan biri, qonxo‘r general Skobelevning: «Millatni yo‘qqilish uchun uni qirish shart emas, uning madaniyati-ni, san’atini, tilini yo‘q qilsang bas, tez orada o‘zitanazzulga uchraydi», deb aytgan behayo so‘zlaribekorga aytilmagan, albatta.

Lekin shunga qaramay yurt o‘g‘lonlari ajnabiylarzo‘ravonligiga tik boqib, o‘lka xalqlarining erki vaozodligi uchun kurashganlar. 1898-yilgi Andijonqo‘zg‘oloni yetakchisi Muhammadali Eshon va uningko‘p sonli hammaslaklari ustidan podsho ma’murlariuyushtirgan sud jarayoni paytida Rossiya amaldorlari-dan birining eshonga qarata, seni avom xalqqa boshbo‘lib, oq podsho tuzumiga qarshi chiqishga nimamajbur etdi, qabilidagi savoliga, u o‘sha zahoti:«Sizlarning mahalliy xalq boshiga solgan behad zul-mingiz, uning erkini, qadr-qimmatini tahqirlayot-ganingiz...» deya dangal javob berganligi fakti hambunga yaqqol dalildir. Turkiston xalqlarining erk,ozodlik uchun kurash g‘oyasi XX asr boshlariga kelibyangi pallaga kirdi. Yangi asr boshlarida jadidlar nomibilan mashhur bo‘Igan, o‘z ongli hayotini, butun6

Page 7: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

borlig‘ini yurt, millat ozodligi, hurligi va ravnaqigabaxsh etgan istiqlol darg‘alari yetishib chiqdi.

Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdurauf Fitrat, FayzullaXo‘jayev, Abdulla Avloniy, Munavvarqori Abdurashidxonov,Abdulqodir Shakuriy singari yurt ilg‘or peshvolariningTurkiston ozodligi, istiqloli yo‘lida qilgan ulkan sa’y-harakatlari, millat farzandlari ta’limi, tarbiyasini isloh qilish,yaxshilash, uni yuksak zamon talablari darajasiga ko‘tarishborasidagi zahmatlari tahsinga loyiqdir. Eng muhimi, ularxalqimiz ongi, tafakkurini ziyo nuri bilan yoritish, o‘zliginianglatish, yorqin kelajakka komil ishonch bilan qarash, o‘zerki, mustaqilligi uchun izchil kurashish bobida benazirfaoliyat ko‘rsatdilar.

O‘lka jadidlarining rahnamosi M. Behbudiyning«Haq olinur, berilmas!» shiorida ozodlik uchun kurashg‘oyasining muqarrarligi o‘z yorqin ifodasini topgan edi.

Butun Turkistonni larzaga keltirgan hamdaRossiya mustamlakachilarini sarosimaga solgan o‘lkaxalqlarirting 1916-yilgi milliy-ozodlik harakati hamyurt ozodligi yo‘liga bag‘ishlangan edi.

Muxtasar qilib aytganda, Vatan ozodligini, davlatmustaqilligini qo‘lga kiritish Turkiston xalqlariningasriy orzusi edi.

Rossiya samoderjaviyasi zulmi,hukmronligiga qarshi uzluksizdavom etib kelgan kurash,

nihoyat 1917-yil fevraliga kelib g‘alaba qozondi. Uchasr davomida Rossiya saltanatini to‘xtovsiz boshqaribkelgan Romanovlar sulolasi hukmronligi ag‘darildi.Mutlaq monarxiya tuzumi quladi. Mart oyi boshlaridaRossiya burjuaziyasi doiralari vakillaridan tashkil top-gan Muvaqqat hukumat faoliyat ko‘rsata boshladi. Aynichog‘da Petrogradda va boshqa joylarda ishchi, askarva dehqon deputatlari sovetlari tuzilib, hokimiyat or-ganlari sifatida ish yurita boshladi. Shu tariqa, Ros-siyada tarixda nihoyatda kamdan kam uchraydigannoyob hodisa — ikki hokimiyatchilik boshqaruvi vujud-ga keldi. Bu hol o‘sha vaqtdagi mamlakatda vujudgakelgan siyosiy kuchlar nisbatini o‘zida aks ettirardi.

Rossiyada fevral inqilobining amalga oshishi, siyosiytuzumning o‘zgarishi, demokratik jarayonlarning yuza-

7

1917-yilgi fevralinqilobi va Turkiston

Page 8: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

8

O‘RTA OSIYO XIX ASRNING IKKINCHI

Ê A

S P

I Y

D

E N

G I

Z I

R O

S S

I Y

A

S I R D

A R

YKASPIY

OLDI V

ILOYATI

TURKISTON GENERAL

Buxoro

Buxoro

Asxabod

E R O N

Krasnovodsk

XIVA XONLIGI

Xiva

Tajan

Kushka

Sirdaryo

Amudaryo

ORO

LDENGIZ

I

Page 9: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

9

I M

P E

R I Y

A S

I

Y O V

I L

O Y

A T

I

G U B E R N A T O R L I G I

Toshkent

Skobelev

Zarafshon

Samarqand Dushanbe

IAMIRLIGI

FARG‘O

NA

VILO

YATI

HINDIS

TON

Hind

A F G‘ O N I S T O N

XITO

Y

Issiqk

o‘l

Verniy

YARMI VA XX ASR BOSHLARIDA

Qoratol

Balxa

sh k

.Yett

isuv

vilo

yat i

Chu

Page 10: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

ga kelishi uchun qulay imkoniyatlarning ochilishiTurkistondagi ijtimoiy-siyosiy voqealarning borishigaijobiy ta’sir ko‘rsatdi. O‘lka hayotida yuz berganmuhim siyosiy o‘zgarishlardan biri — bu Rossiya mus-tamlakachiligi boshqaruvi ramzi bo‘lib kelgan Tur-kiston general-gubernatorligi mahkamasining tugatil-ganligi bo‘ldi. Uning o‘rniga Muvaqqat hukumatgabo‘ysunuvchi Turkiston qo‘mitasi tashkil etildi. Aynichog‘da viloyatlardagi harbiy gubernatorlik hamtugatildi. Ularning o‘rniga viloyat komissarliklari tuzil-di. Eng muhimi, fevral o‘zgarishi Turkiston o‘lkasixalqlari hayotiga muayyan demokratik jarayonlarnibaxsh eta bordi. Endilikda keng xalq ommasi, uningturli ijtimoiy qatlamlari faol harakatga kela boshladi.O‘lkaning yirik shaharlarida tashkil topgan va asosiytarkibi mahalliy millat vakillaridan iborat kasabauyushmalari, chunonchi, binokorlar, quruvchilar,ko‘nchilar, duradgorlar va boshqa kasb kishilarini bir-lashtirgan uyushmalar ham aholining tub manfaatlari,ularning iqtisodiy va siyosiy talablarini himoya qilibfaoliyat yuritdilar. 1917-yilning may oyiga kelib Tur-kiston o‘lkasidan mardikorlikka zo‘rlik bilan olinib,Rossiyaning g‘arbiy hududlariga safarbar qilinganko‘plab yurtdoshlarimizning o‘z ona zaminlariga qaytibkelishlari ham, shubhasiz, demokratik kuchlar safinito‘ldira bordi. Bu o‘rinda fevral o‘zgarishidan keyino‘lka xalqlari hayotida muhim rol o‘ynagan, ularningsiyosiy faolligini oshirishga xizmat qilgan ko‘plabinqilobiy-demokratik tashkilotlar, siyosiy firqalar,kasaba uyushmalari faoliyatiga alohida urg‘u bermoqkerak bo‘ladi. Gap shundaki, bu davrda Rossiyadafaoliyat yuritayotgan ko‘plab siyosiy partiyalar, jum-ladan, eserlar, sotsial-demokratlar va boshqa par-tiyalarning mahalliy tashkilotlari Turkistonda ham o‘zfaoliyatlarini kuchaytirib, aholining turli ijtimoiytabaqalarini o‘zlariga jalb qilish, o‘z dasturiy g‘oyalariniularning ongi, shuuriga singdirishga harakat etardilar.

Toshkentda 1917-yil mart oyida ishchi va soldatdeputatlari soveti tashkil etildi. Mart oyi oxirlaridao‘lkada ishchi va soldat deputatlarining 75 soveti faoli-yat yuritdi. Biroq ulardagi deputatlarning asosiy ko‘p-

10

Page 11: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

chiligi yevropalik millatlar vakillari edi. Bu davrda Tur-kistonda kechayotgan barcha alg‘ov-dalg‘ovli voqealar,jiddiy o‘zgarishlarning chinakam yalovbardorlariistiqlol uchun kurashning tolmas darg‘alari bo‘lgan ja-did rahnamolari edilar. O‘lka hayotining past-u balan-dini teran bilgan, mustamlakachilarning riyokorliksiyosatidan, uning tez o‘zgaruvchan mohiyatidan boxa-bar va o‘z kurash dasturlariga ega bo‘lgan Turkistonjadidlari mahalliy aholining siyosiy ongini o‘stirish, unikatta tarixiy o‘zgarishlarga tayyorlashda bosh-qoshbo‘ldilar. Ayniqsa, Rossiya Muvaqqat hukumatiningikkiyuzlamachilik siyosati, uning inqilobning tub masa-lalarini, chunonchi, urush va tinchlik, 8 soatlik ishkuni, agrar va milliy masalalarni hal etishni turli baho-nalar bilan chetga surishi ilg‘or jadid arboblarini inqilo-biy-demokratik yo‘nalishda izchillik bilan kurash olibborishga da’vat etdi.

Bu kezlarda to‘la kuch bilan namoyon bo‘lganjadidlar faoliyatida vaqtli matbuot nashrlarini yo‘lgaqo‘yish, ularda inqilobiy-demokratik ruhdagi maqola,materiallarni muntazam chop etish, ularni ommagayetkazish muhim o‘rin tutgan. Ularning sa’y-harakatibilan Turkistonning bir qator yirik shaharlarida gazetava jurnallar nashr etila boshlandi. Jumladan, Toshkent-da «Turk eli», «Najot», «Kengash», «Ulug‘ Turkiston»,«Turon», Samarqandda «Hurriyat» vaqtli nashrlarichiqa boshladi. Ular orqali e’lon qilingan materiallardakechayotgan davrning o‘ziga xos xususiyatlari, o‘tkirijtimoiy-siyosiy masalalar, joylardagi ahvol, ommaningflkri-dilini to‘lqinlantirayotgan muammolar va boshqashu kabi dolzarb hayotiy masalalar aks ettirildi.

Abdulla Avloniy tomonidan Toshkentda 1917-yil apreli-dan chiqarila boshlagan «Turon» gazetasining ilk sonida«Yashasin xalq jumhuriyati» shiori birinchi bor yangraganedi. Unda aniq maslak-maqsad: «Musulmonlar orasidako‘p yillardan beri davom etgan umumga zo‘rlik, bid’atodatlarni bitirmak, kelajakda bo‘ladirg‘on jumhuriy idoragaxalqni tayyorlamoq» g‘oyasi ilgari surilgan edi.

Munavvarqorining o‘sha yili «Najot» gazetasining 26-mart sonida bosilgan: «Hurriyat berilmas, olinur. Hechnarsa ila olib bo‘lmas, faqat qon va qurbon ilagina olibbo‘lur» degan xitobi ham jadidlarning xalq ozodligi yo‘lidajiddiy kurashga bel bog‘laganliklaridan dalolat beradi.

11

Page 12: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

1917-yil boshlarida Tur-kistonda yuz berayotgan

tarixiy o‘zgarishlar silsilasida mahalliy vatanparvar vataraqqiyparvar kuchlarning bo‘lg‘usi jang-u jadalkurashlar oldidan birlashish sari intilishi ustuvor bo‘libbordi. Yerli tub aholining asosiy ko‘pchiligi hamyevropalik siyosatchilar, firqalar arboblari ketidanemas, balki jadid yo‘lboshchilari yo‘lidan uyushib bor-dilar. Buning uchun esa obro‘li siyosiy tashkilot tuzishzaruriyati tug‘ilgandi. Negaki, shunday tashkilotginabo‘lg‘usi o‘lka milliy hokimiyatining birdan bir nufuz-li, vakolatli organi bo‘la olardi. 1917-yil 14-martdaToshkentda jadid arboblari tashabbusi bilan tuzilgan«Sho‘royi Islomiya» shunday tashkilotlardan bo‘ldi.15 kishidan iborat rayosat tarkibidan MunavvarqoriAbdurashidxonov (yetakchi), Abduvohid qori, Mir-komilboy Mo‘minboyev, Ahmadbek hoji Temirbekov,Ubaydullaxo‘ja Asadullaxo‘jayev, Salimxon Tillaxo-nov singari sinalgan yurt rahnamolari o‘rin olgan edi-lar. «Sho‘royi Islomiya» musulmon aholining vakolatliorgani (musulmonlar kengashi) sifatida uning irodasi-ni ifoda etdi, manfaatlarini himoya qildi.

O‘lkaning turli joylarida «Sho‘royi Islomiya»ningquyi shu’balari tuzilib, ular mahalliy aholi orasidaqizg‘in faoliyat yuritdilar. Shuningdek, «Sho‘royiIslomiya» ta’sirida joylarda turli nomlarda tashkilotlarvujudga keldi. Toshkentda «Turon», «Ittihodi taraq-qiy», Andijonda «Ozod xalq», «Hurriyat», «Ma’rifat»,Samarqandda «Mirvaj-ul Islom», «Klub Islomiya»,«Musulmon mehnatkashlari ittifoqi», Kattaqo‘rg‘onda«Ravnaqul Islom», «Guliston» va boshqalar shularjumlasidandir. Bu tashkilotlar va ularning rahnamolariilg‘or jadidchilik g‘oyalari ta’sirida ish yuritdilar.M.Behbudiyning «Haq olinur, berilmas!», Munavvar-qorining «Hurriyat berilmas, olinur!» shiorlari ular-ning chinakam kurash bayrog‘iga aylangan edi.

Turkiston milliy istiqloli uchun kurashga belbog‘lagan va avvalboshdan «Sho‘royi Islomiya» ta’siri-da bo‘lgan ulamolarning bir qismi qadimchilar nomibilan atalardi. Ular islom ta’limoti va aqidalariningmurosasiz tarafdorlari sifatida siyosiy vaziyatni o‘zla-

12

«Sho‘royi Islomiya» va«Sho‘royi Ulamo»

Page 13: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

richa tushunar, muxtoriyat talabiga qarshi chiqqanlar.1917-yil iyuniga kelib qadimchilarning «Sho‘royi Islo-miya» tarafdorlari bilan uzil-kesil aloqani uzib, bo‘li-nishining asosiy sababi, eng avvalo, Turkistonning mil-liy mustaqilligiga erishish yo‘lidagi ikki xil qarama-qarshi taktik yondashuvning kelib chiqqanligidadir.Konservativ, mutaassiblik qarashlar nuqtayi nazaridanyondashgan ulamochilar Turkiston mustaqilligini faqathukmron mustamlakachilarga qarshi g‘azovot bosh-lash, ya’ni qurolli qarshilik ko‘rsatish yo‘li bilan qo‘lgakiritishni yoqlardilar. Ilg‘or ziyolilar — jadidlar esaRossiyada yuzaga kelgan qulay shart-sharoitlardan,siyosiy vositalardan foydalanib, behuda qon to‘kmas-dan bosqichma-bosqich yurt mustaqilligiga erishishniyoqlardi. Ularning Rossiya Federatsiyasi tarkibidagiTurkiston Muxtoriyati talabi ham shu maqsadni ko‘zdatutardi. O‘lkaning milliy kuchlari o‘rtasida yuz berganbu ajralish va g‘oyaviy ixtiloflar, shubhasiz, ularningharakat birligiga raxna solar, uning istiqboliga jiddiyputur yetkazardi. Ayniqsa, «Sho‘royi Ulamo»chilar-ning nashri — «Al-Izoh» jurnali sahifalarida millatningilg‘or kuchlariga, vatanparvar milliy ziyolilarga nis-batan adovat va xusumat urug‘i sepildi. Bu esa aslidadushman tegirmoniga suv quyish bilan barobar edi.Zero, milliy istiqlol uchun kurash yangi, hal qiluvchibosqichga kirib borayotgan mas’uliyatli bir vaziyatdamilliy kuchlar o‘rtasida davom etayotgan bundaybehuda bahs va olishuvlar oxir-oqibatda noxush oqi-batlarga olib kelishi tabiiy edi. Negaki bundan o‘lkadafaoliyat yuritayotgan yot begona siyosiy kuchlar o‘zmaqsadlari yolida foydalanishlari ehtimoldan xoli emasedi. Afsuski, oqibatda shunday bo‘lib chiqdi ham.

Turkistonda inqilobiy-de-mokratik harakatlarning o‘sibborishi, undagi turli ijtimoiy

qatlamlar va tabaqalarni yanada istiqlol kurashi bay-rog‘i ostida birlashtirishda 1917-yil davomida bo‘libo‘tgan Umumturkiston musulmonlari I va II qurultoy-lari va ular tomonidan ishlab chiqilgan hamda qabulqilingan dasturiy hujjatlarning roli katta bo‘lgan.«Sho‘royi Islomiya» tashkiloti tashabbusi bilan 1917-yil

13

I va II Umumturkiston qurultoylari

Page 14: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

16-aprelda Umumturkiston musulmonlarining I qurul-toyi chaqiriladi. Qurultoy ancha vakolatli anjumanbo‘lib, uning ishida Turkistonning ko‘plab atoqli kishi-lari, taniqli siyosiy arboblar qatnashgan edilar. Ularorasida Mustafo Cho‘qay, Munavvarqori, Behbudiy,Ubaydullaxo‘ja Asadullaxo‘jayev, Sherali Lapin, Tosh-po‘latbek Norbo‘tabekov, Validiy, Sobir Yusupov, Is-lom Shoahmedov va boshqalar bor edi. Qurultoy kuntartibiga 16 ta masalaning qo‘yilishining o‘zi ham uningkatta ahamiyatidan darak berardi. Qurultoyda o‘lka-ning bo‘lajak davlat qurilishiga alohida to‘xtalinib,Turkistonga keng muxtoriyat huquqini beradigandemokratik Rossiya Federatsiyasi tuzilishi g‘oyasi ilgarisurildi. Qurultoyda Markaziy rahbar organ — Turkistono‘lka musulmonlar sho‘rosini tuzish to‘g‘risida qarorqabul qilindi. Uning birinchi yig‘ilishida ijroiya orga-ni — Markaziy Sho‘ro tuzildi. Mustafo Cho‘qay Mar-kaz raisi, Munavvarqori rais muovini, Ahmad ZakiyValidiy kotib, Behbudiy, U. Asadullaxo‘jayev va bosh-qalar a’zolar etib saylandilar. Markaziy sho‘ro zim-masiga o‘lkadagi barcha tarqoq, o‘z holicha ish yuritay-otgan, nizom va dasturlariga ega bo‘lmagan uyushmava tashkilotlarni birlashtirish, ularning faoliyatinimuvofiqlashtirish vazifasi yuklandi. Bu vazifaniuddalashda Markaziy Sho‘roning joylarda tashkil etil-gan shu‘ba (bo‘lim)lari muhim o‘rin tutdi. Jumladan,Toshkent shu’basini Munavvarqori, Samarqand shu’-basini Behbudiy, Farg‘ona shu’basini esa NosirxonTo‘ra Kamolxon To‘ra o‘g‘li boshqardi. Shu tariqa Tur-kistonda uch hokimiyatchilik — Muvaqqat hukumatningTurkiston qo‘mitasi, ishchi va soldat deputatlari soveti vaTurkiston o‘lka musulmonlar sho‘rosi vujudga keldi.

O‘lka xalqlarining sobitqadam rahnamolari bo‘lganjadidlar, ruhoniyat arboblari o‘z sa’y-harakatlaridafaqat mahalliy, hududiy manfaatlar, qiziqishlar bilancheklanib qolmay, shu bilan birlikda boshqa minta-qalardagi musulmonlar ommasi, ularning ilg‘or vakil-lari bilan ham yaqindan hamjihat bo‘lishga intildilar.Shu maqsadda ular 1917-yilning 1—2-mayida Mos-kvada bo‘lib o‘tgan Butunrossiya musulmonlari I qu-rultoyida ishtirok etdilar. Unda musulmonlar manfaa-

14

Page 15: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

tini himoya qiluvchi davlat qurilishi shaklan milliy-hududiy, federatsiya asosidagi demokratik respublikabo‘lishi hamda Butunrossiya Musulmonlar sho‘rosi-ning Ijroiya qo‘mitasi ta’sis etildi. Ijroiya Qo‘mitagaTurkistondan U. Asadullaxo‘jayev va I. Shoahmedov-lar a’zo etib saylandilar.

Xuddi shuningdek, Turkiston vakillari ishtirok et-gan va 1917-yilning 21—31-iyul kunlari Qozonshahrida bo‘lib o‘tgan Butunrossiya musulmonlariningII qurultoyi ham Rossiya musulmon aholisining ozod-lik va mustaqillik sari harakatlanish yo‘lini mu-vofiqlashtirish borasida muhim qadam bo‘ldi. UndaTurkiston, Kavkaz va Qrimda davlat boshqaruvinimehnatkashlarning o‘zlari hal etishi, musulmonlarkurashini tashkil etish uchun Butunrossiya harbiysho‘rosini ta’sis etish to‘g‘risida qarorlar qabul qilindi.Shubhasizki, Rossiya musulmonlari vakillarining buxildagi sa’y-harakatlari mazkur mazlum xalqlarningmushtarak manfaatlari, milliy mustaqilligi, ichki dav-lat qurilishi masalalarining hal etilishiga muhim turtkibo‘lib xizmat qilardi.

1917-yilning 17—20-sentabr kunlari Toshkentdabo‘lib o‘tgan Umumturkiston musulmonlari vakillari-ning II qurultoyi o‘lka xalqlari hayotida muhim rolo‘ynadi. Unda 500 nafar vakillar ishtirok etdi. Qu-rultoyning maxsus qarorida tarkibi 12 kishilik Turkistono‘lka qo‘mitasi, 24 kishilik «Mahkamayi Shar’iya»(parlament) tashkil etilishi va ularning Rossiya davlatikonstitutsiyasiga muvofiq keladigan shariat qonunlariasosida faoliyat yuritishi ta’kidlangan edi. Qurultoyda«Sho‘royi Islomiya», «Sho‘royi Ulamo», «Turon» vashu kabi boshqa manalliy milliy tashkilotlarni birlash-tirib, ular negizida yagona «Ittifoqi Muslimin» («Mu-sulmonlar Ittifoqi») siyosiy partiyasini tuzish g‘oyasiilgari surildi. Qurultoyda Behbudiy nutq so‘zlab, ham-mani birlikka, jipslashishga da’vat etgandi. «Ulug‘Turkiston» gazetasi mazkur qurultoy ruhini aks ettirib,Turkistonning o‘z ichki ishlarini mustaqil hal etishgaqodir bo‘lgan o‘lkaning milliy muxtoriyatini tuzishg‘oyasini asosiy o‘ringa qo‘ygan edi.

Shunday qilib, Turkistonning ilg‘or ziyolilari,

15

Page 16: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

uning asl yurtsevar, erksevar o‘g‘lonlari milliy istiqlol-ga erishish yo‘lida o‘lkadagi barcha sog‘lom, vatan-parvar kuchlarni birlashib harakat qilishga da’vatetgandilar. Biroq, afsuski, Turkistonda ayricha faoliyatyuritgan, o‘z nafsoniyatiga berilgan hamda o‘zaro qa-rashlarida muxolifatchilik ustuvor bo‘lgan ayrim ma-halliy tashkilotlar mana shu yuzaga kelgan noyob im-koniyatlardan foydalana olmadilar. Bu esa, vaziyatniustamonlik bilan o‘z izmiga burib yuborishga urina-yotgan bolsheviklarga qo‘l keldi.

Sàvîl và tîpshiriqlàr

1. Turkiston xalqlarining asriy orzusi nima edi?2. Turkistonliklar 1917-yil fevral inqilobidan nimalar kut-

gandilar?3. 1917-yilgi fevral o‘zgarishidan so‘ng Turkistonda qan-

day o‘zgarishlar yuzaga keldi?4. Yangi tarixiy sharoitda Turkiston jadidlari oldida qan-

day dolzarb vazifalar turardi?5. «Sho‘royi Islomiya» qanday maqsadlar yo‘lida tashkil

etildi?6. «Sho‘royi Ulamo»chilarning o‘ziga xos ajratuvchilik qa-

rashlari haqida nimalar deya olasiz?7. I Umumturkiston musulmonlari qurultoyi qanday ma-

salalarga bag‘ishlangan edi?8. II Umumturkiston musulmonlari qurultoyi qanday ma-

salalarga bag‘ishlangan edi?

2-§. TURKISTONDA SOVET HOKIMIYATININGO‘RNATILISHI. XALQ HOKIMIYATCHILIGI

UCHUN KURASH. TURKISTON MUXTORIYATI

1917-yilgi fevral inqilobiRossiyada tub o‘zgarishlar-ning yuz berishiga olib kel-madi. Buning boisi shunda-ki, Muvaqqat burjua huku-

mati o‘zining tor, xudbin manfaatlari doirasidan chetgachiqa olmay, yetilgan tub masalalarni hal etishga ojizlikqildi. Natijada siyosiy tuzumda o‘zgarish bo‘lgani holdamuhim ijtimoiy-iqtisodiy, agrar, milliy, sulh masalalariamalda yechilmay qola berdi. Bu esa mamlakat hayo-tining yanada boshi berk ko‘chaga kirib, tanglik,16

1917-yilgi oktabrvoqealari va uningTurkiston xalqlari hayotiga ta’siri

Page 17: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

tanazullik holatlarining kuchayib borishiga sababbo‘ldi. Ayniqsa, Rossiyaning Birinchi jahon urushidaishtirokining davom etishi, rus armiyasining frontdaketma-ket mag‘lubiyatga uchrayotganligi umumxalqnoroziligi va qahr-g‘azabini tobora kuchaytirmoqdaedi. Negaki, urushning butun og‘irligi xalq ommasiningzimmasiga tushayotgandi. Rossiyaning iqtisodiyhalokat tomon borishi, ijtimoiy tanglik va inqiroziyjarayonlarning zo‘rayishi esa Muvaqqat hukumatningtobora obro‘sizlanishiga, xalqdan yakkalanib qolishiga,oqibatda esa vaziyatning keskinlashuviga olib kelayot-gan edi. Lenin boshliq bolsheviklar xuddi mana shuqaltis vaziyatdan ustamonlik bilan foydalanib, ommanio‘z tomoniga ag‘darishni ko‘zlovchi shiorlarni may-donga tashlab, siyosiy hokimiyatni egallash sari yo‘ltutdi. Bolsheviklar o‘z maqsadlariga erishishda xalq-ning qo‘ynini puch yong‘oqqa to‘ldiruvchi va’dalarberdilar. Ular ommabop chaqiriqlarni ilgari surib, bar-cha muhim masalalarni hal etishga qasamyod qildilar.Mana shunday ustakorlik va hiylakorlik yo‘li bilan bol-sheviklar 1917-yilning 24—25-oktabr kunlari Petro-gradda davlat to‘ntarishini amalga oshirdilar. UlarMuvaqqat hukumatni ag‘darib, hokimiyatni egallashgamuvaffaq bo‘ldilar. Tez orada mamlakatning boshqahududlarida ham ularning hukmronligi o‘rnatila bosh-landi. Shu tariqa proletariat diktaturasi nomi bilan atal-gan sovet hokimiyati vujudga keldi.

Turkiston o‘lkasi Rossiya tarkibida bo‘lganidan,Markazda sodir bo‘lgan voqealar va o‘zgarishlar sha-badasi bu yerga ham esib, o‘z ta’sirini ko‘rsata boshla-di. Buning ustiga hokimiyat tepasiga kelgan bolshe-viklar va ularning dohiylari Turkistonni zinhor qo‘ldanchiqarmaslik, o‘lkada o‘z hukmronligini qat’iy o‘rna-tish, yangicha sovet boshqaruvi tizimini shakllantirish-ni avvaldan o‘z oldilariga maqsad qilib qo‘ygandilar.

Hatto Muvaqqat hukumatning Turkiston qo‘mitasiqarorgohi joylashgan Tuproqqal’a qo‘rg‘onining qizilaskarlar tomonidan 1917-yil 31-oktabrdan 1-noyabri-ga o‘tar kechasi ishg‘ol qilingani fakti ham Turkis-tonda oktabr o‘zgarishi yasalganidan darak bermasdi.

17

Page 18: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

Bolsheviklar Markazda siyo-siy hokimiyatni qo‘lga olarekanlar, ular sobiq Rossiyaimperiyasi tarkibiga kirgan

hududlarda, jumladan, Turkistonda ham sovet tuzu-mini qaror toptirishga intildilar. Ular nihoyatdayashirin niqoblangan dasturiy hujjatlarni, o‘z g‘oyaviyta’sirini ishga solib, qisqa muddatlarda joylardahokimiyatni qo‘lga kiritishga kirishdilar. Bu maqsadgaerishishda kerak bo‘lsa har qanday zo‘rlik, kuch ish-latishdan ham qaytmadilar. Bu, ayniqsa, Turkistono‘lkasi misolida yorqin namoyon bo‘ldi.

Garchand sovetlar davrida yaratilgan ko‘plab tari-xiy adabiyotlarda bu davr tarixi butunlay soxtalashti-rilib, go‘yo Turkiston aholisi oktabr g‘oyalarigaqo‘shilib, birinchilardan bo‘lib o‘lkada sovetlarhokimiyatini o‘rnatdi, deb og‘iz ko‘pirtirib kelinganbo‘lsa-da, biroq aslida bu xil fikrlar va qarashlar tarixiyhaqiqatga mutlaqo zid edi.

Turkistonda sovet hokimiyatini o‘rnatish g‘oyatdamurakkab jarayonda kechdi. Buning boisi, avvalo,oktabr g‘oyalarining mahalliy tub joy aholining dili vashuuriga botmaganligidadir. Negaki, bu zamin aholisisotsialistik o‘zgarishlar orqali mulkni umumlashtirishva milliylashtirishni, asrlar davomida shakllangan o‘zi-ga xos turmush tarzini, xo‘jalik yuritish tartib-qoidala-rini bir lahzada tubdan o‘zgartirishni xohlamasdi.

Binobarin, bu begona maslak va g‘oyalar bolshe-viklar partiyasi va uning Turkistondagi yalovbardorlaritomonidan kuch va zo‘riik bilan o‘lka xalqlariga maj-bur qilindi. Bu esa joylarda xalq qonining daryodekoqishiga, mislsiz qurbonlar berilishiga sabab bo‘ldi.Chunki bolsheviklar tuzumi tomoniga o‘tishni xohla-magan, uning maqsad-mohiyatini yoqtirmagan ko‘p-chilik aholiga nisbatan o‘lkaning ko‘plab hududlaridaochiq-oshkor tarzda talon-tarojlik, bosqin va xunrez-liklar uyushtirdilar.

Aholini ma’naviy-ruhiy kamsitish, diniy e’tiqodini,islomiy qadriyatlarini tahqirlash, muqaddas qadamjo-larni haqoratlash, diniy kitoblarni gulxanda yondirish —bular sovet tuzumi zo‘ravonlari uchun o‘sha kezlarda

18

Turkistonda sovet hokimiyatining zo‘rlik

bilan o‘rnatilishi

Page 19: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

odatiy tus bo‘lib qolgandi. Aniq rasmiy ma’lumotlargako‘ra, Farg‘ona vodiysida sovet hokimiyatini o‘rnatishchog‘ida Marg‘ilonda 7 ming, Andijonda 6 ming,Namanganda 2 ming, Bozorqo‘rg‘on va Qo‘qonqishloq(hozirgi Paxtaobod tumani) atroflarida 4,5 mingdanziyod begunoh kishilar qirg‘in qilingan. Bundayqirg‘inlik Turkistonning boshqa shahar va qishloqlaridaham sovet hokimiyatini o‘rnatish chog‘ida sodir etildi.

Sovet hokimiyati dohiylari o‘zlarining qator rasmiydasturiy hujjatlari va shiorlarida bor ovoz bilan olam-ga jar solib, barcha mazlum xalqlar, elatlarga huquqiytenglik, o‘z taqdirini o‘zi belgilash, milliy davlatchili-gini tuzish va mustaqil davlat sifatida ajralib chiqishgaqadar ularning haqli, huquqli ekanligini e’lon qilganedilar. Masalan, oktabrning muhim hujjatlari hisob-langan «Rossiya xalqlari huquqlari deklaratsiyasi»,«Ezilgan va ekspluatatsiya qilinuvchi xalq huquqlariDeklaratsiyasi», «Rossiya va Sharqning hamma meh-natkash musulmonlariga» da’vatnomasi va boshqa huj-jatlarda mazlum xaiqlarning ozodlik va mustaqillikkaerishuvini rasman qo‘llab-quvvatlagan holda, amaldazimdan boshqacha siyosat tutib, bu jarayonning yuza-ga chiqishiga butun choralar bilan to‘sqinlik qildilar.

Buning yorqin ifodasi Turkistonda sovet hukuma-tini tuzish chog‘ida to‘la kuch bilan ayon bo‘ldi. Gapshundaki, o‘lka hududlarida sovetlar hokimiyatinizo‘rlik bilan o‘rnatish jarayoni davom etayotgan birkezda Turkiston bolsheviklari o‘zlariga o‘xshaganboshqa siyosiy partiyalar namoyandalari bilan til birik-tirib, mahalliy millat namoyandalarini bu ishdan mus-tasno tutib, o‘z hukumatini tuzishga kirishadilar. Buhiyla-nayrangning hidini oldindan sezgan turkistonlikmahalliy taniqli arboblar mabodo yevropalik ozchi-likning manfaatini ko‘zlaydigan hukumat tuziladiganbo‘lsa, bu turgan-bitgan adolatsizlik bo‘ladi vako‘pchilik aholining keskin noroziligiga olib keladi,deb o‘z nuqtayi nazarlarini oshkora bayon qildilar.

1917-yilning 12—15-noyabr kunlari Toshkentdabo‘lib o‘tgan Turkiston musulmonlarining III qurul-toyi qabul qilgan qarorlarda: «Hokimiyatning mahalliyaholi manfaati uchun deyarlik zid bo‘lgan begona va

19

Page 20: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

20

o‘tkinchi, tasodifiy kishilar guruhi — harbiylar, ishchi-lar va dehqonlar tashkilotlari qo‘lida bo‘lishi demo-kratik qoidalar talabiga javob bermaydi va mahalliyaholiga xalqlarning o‘z taqdirini o‘zi belgilashi asosidato‘g‘ri hayot qurishiga kafolat berolmaydi», deb qaydetilgan edi.

Biroq bu haqqoniy talab va ogohlantirishlar Tur-kistonda sovet hokimiyati mutasaddilari sifatida ishyuritayotgan, joylarda esa bu hokimiyatni zo‘rlik yo‘libilan qaror toptirayotgan bolsheviklar va ularningmuvaqqat ittifoqchilariga zarracha ham ta’sir etmadi.Ular o‘z muddaolariga erishish maqsadida Turkistonishchi, askar va dehqon deputatlari sovetlarining IIIo‘lka qurultoyini chaqirdilar. Mazkur qurultoy 1917-yilning 15—22-noyabr kunlari Toshkentda bo‘libo‘tadi. Biroq uning ishida Turkiston musulmonlarivakillari teng huquqli asosda ishtirok eta olmadilar. Buhol qurultoyning butun faoliyatida, xususan, u tashkilqilgan hukumat tarkibida aniq-ravshan namoyonbo‘ladi. Bolshevik (kommunist) F.I. Kolesov raisligidatuzilgan 7 bolshevik va 8 so‘l eser komissarlardan iboratTurkiston Xalq Komissarlari Soveti tuzildi. Uning tar-kibiga butun o‘lka aholisining qariyb 95 foizini tashkiletgan yerli mahalliy xalqlarning birorta ham vakili kiri-tilmadi. Bu endi sovet hokimiyati hukmdorlariga xosshovinistik va ulug‘ davlatchilik siyosatining tipiknamunasi sifatida mahalliy aholini mensimaslik, uningmanfaatlarini sariq chaqaga arzitmaslikni bildirardi.Shu xildagi nuqtayi nazarni ular ochiq-oshkora tarzdabayon etishdan ham o‘zlarini tiyolmadilar. Masalan,o‘lka sovetlarining IV qurultoyida so‘zga chiqqan xalqkomissari, shovinist Uspenskiy: «O‘rtoq musulmonlar,shuni bilingki, biz sizlarning katta og‘alaringmiz. Sizkichiksiz va tushunarliki, bizga bo‘ysunishingiz kerak!»,deb dag‘dag‘a qilgandi. Yana bir sovet yetakchilaridanA. Kazakov bu xususda o‘z qarashlarini shunday bayonetgandi: «Turkiston jumhuriyatida 95 foiz musulmonlarva faqat 5 foiz ruslar yashaydi va shu 5 foiz butunhokimiyatni deyarli o‘z qo‘lida ushlab turibdi. Shundayqilib, ozchilik hukmronligi davom etmoqda. Lekin buvaqtinchalik hol. Musulmonlar dunyosi tayyor bo‘l-

Page 21: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

gach, biz jumhuriyatni boshqarish ishini unga topshi-ramiz. Biz ularga yordam beramiz».

Yuqorida aytilganlardan mantiqiy xulosa shuki,turkistonliklar hali o‘z yurtlarini mustaqil idora qilish,boshqarish darajasiga «o‘sib chiqmaganlar». Shuninguchun uning jilovi hozircha yevropalik «katta og‘alar»qo‘lida bo‘lmog‘i kerak emish! Bu o‘zining buyuk,betakror tarixini yaratgan, milliy davlatchilik tarixi esaming yilliklar qa’riga borib tutashadigan, yurt kelajagi,istiqbolini belgilashga qodir, yuksak ezgu maqsadlargao‘zini tikkan qanchalab o‘ta zakovatli, salohiyatlio‘g‘lonlari muhayyo xalqqa nisbatan bepisandlik, ta-kabburlik edi.

Shu bois ham Turkiston yerli aholisining mutlaqko‘pchiligi bunday shovinistik siyosatini yuritishgamukkasidan ketgan yangi sovet hokimiyatidan haf-salasi pir bo‘lib, unga nisbatan g‘azab-nafrati oshibbordi.

Sovetlar hokimiyati o‘rnatil-gandan keyin Turkistonda

kechayotgan va tobora chigallashib borayotgan o‘tamurakkab vaziyat o‘lkaning yurtparvar va taraqqiypar-var kuchlarini faol harakatga keltirdi. Ular tashabbus-ni qo‘lga olib, bolsheviklar bosh bo‘lgan sovet hoki-miyatiga qarshi tura oladigan, demokratik asoslargatayangan, chinakam xalq hokimiyatchiligini o‘zida ifo-dalagan milliy davlatchilikni tashkil etish tomon yo‘ltutdilar.

Bu borada joylarda jiddiy tayyorgarlik ishlari olibborildi. Nihoyat, 1917-yil 26-noyabrida Qo‘qondao‘lka musulmonlarining IV favqulodda qurultoyichaqirildi. Unda o‘lkaning 5 viloyatidan 200 nafardanziyodroq vakillar ishtirok etdi. Qurultoy ishida «Sho‘-royi Islomiya», «Sho‘royi Ulamo», Musulmon harbiy-lari sho‘rosi, O‘lka yahudiylar jamiyati namoyandalariqatnashdilar. Qurultoy hay’atiga o‘lka xalqlariningtaniqli kishilari — Mustafo Cho‘qay, U. Asadulla-xo‘jayev, Yurali Agayev, S. Akayev, Obidjon Mahmu-dov, Abdurahmon O‘razayev, Islom Shoahmedov,Kamol qozi, Karimboyev va boshqalar, jami 13 kishisaylandi. Mazkur qurultoyning 3 kun to‘xtovsiz davom

21

Turkiston Muxtoriyati

Page 22: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

etgan faoliyatining yakuni o‘laroq Turkiston Mux-toriyatini tuzishga muvaffaq bo‘lindi.

Yangidan tarkib topayotgan davlat TurkistonMuxtoriyati deb ataladigan bo‘ldi.

Ta’sis majlisi chaqirilgunga qadar hokimiyatto‘lig‘icha Turkiston Muvaqqat Kengashi va TurkistonXalq (Milliy) Majlisi (54 kishidan iborat) qo‘lidabo‘lishligi ta’kidlandi.

Turkiston Muxtoriyatini qabul qilish haqidagi qarordashunday deyiladi: «Turkistonda yashab turgan turli millat-ga mansub aholi Rossiya inqilobi da’vat etgan xalqlarningo‘z huquqlarini o‘zlari belgilash xususidagi irodasininamoyon etib, Turkistonni Federativ Rossiya respublikasitarkibida hududiy jihatdan muxtor deb e’lon qiladi, shubilan birga muxtoriyatning qaror topish shakllarini Ta’sismajlisiga havola etadi». Qurultoy «Turkistonda yashab tur-gan milliy ozchilik aholi huquqlarining muttasil himoyaqilinishini tantanali ravishda e’lon qiladi».

Qurultoyda Turkiston Muxtoriyati Muvaqqat Ken-gashi — hukumati tuzildi. Uning tarkibiga 12 kishidaniborat a’zolar saylandi:

1. Muhammadjon Tinishpayev — Bosh vazir, Ichkiishlar vaziri.

2. Islom Shoahmedov — Bosh vazir o‘rinbosari.3. Mustafo Cho‘qayev — Tashqi ishlar vaziri (ke-

yinroq Bosh vazir).4. Ubaydulla Xo‘jayev — Harbiy vazir.5. Yurali Agayev — Yer va suv boyliklari vaziri.6. Obidjon Mahmudov — Oziq-ovqat vaziri.7. Abdurahmon O‘razayev — Ichki ishlar vaziri-

ning o‘rinbosari.8. Solomon Gersfeld — Moliya vaziri.Hukumat tarkibiga yana to‘rt kishi — yevropalik

aholi vakillari orasidan nomzodlar ko‘rsatilgach, ke-yinchalik kiritilishi belgilandi. Shuningdek, bu huku-matda Saidnosir Mirjalol o‘g‘li xazinachi lavoziminiegalladi.

Qurultoyning yana bir katta xizmati, bu uningtomonidan Turkiston Xalq Majlisi (parlamenti) tarkibiningtuzilganligi bo‘ldi.

Milliy majlis tarkibiga saylanganlar orasida MuvaqqatKengash a’zolaridan tashqari o‘sha davrning atoqli

22

Page 23: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

23

arboblari T. Norbo‘tabekov, S. Sharifxo‘jayev, Nosirxon-to‘ra Kamolxonto‘ra o‘g‘li, M.Behbudiy, T. Musaboyev,Sobirjon Yusupov, Odiljon Umarov va boshqa yurtpeshvolari bor edi.

Shunday qilib, o‘lkaning mo‘tabar, millatparvarzotlaridan iborat milliy hokimiyat tashkil etilib, uningzimmasiga ulug‘vor vazifalar yuklandi. Eng muhimi,qaddi bukilgan, qadr-qimmati, g‘ururi o‘zgalar to-monidan kamsitilgan Turkistonni ro‘yobga chiqarish,uning erki, mustaqilligini asta-sekin tiklash, yuksakkako‘tarish — bu xalqchil hukumatning bosh vazifasi,maqsad-muddaosi edi. Shu boisdan ham o‘lkaning mil-lionlab fuqarolari Turkiston Muxtoriyati e’lon qilin-ganligini katta qoniqish, ko‘tarinki ruh bilan qarshioldilar. 1917-yil dekabr oyi boshlarida Toshkent,Namangan, Jalolobod, Qo‘qon, Samarqand shaharla-rida va boshqa hududlarda ming-minglab yurt odamlarimitinglar, namoyishlar uyushtirib, muxtoriyatni qizg‘inqo‘llab-quvvatlab chiqdilar, bu to‘g‘rida maxsus qaror-lar qabul qilindi. Masalan, 6-dekabr Toshkentning eskishahar qismida Turkiston Muxtoriyati tuzilganligigabag‘ishlab ko‘p ming kishilik katta miting o‘tkazildi.Unda taniqli yurt arboblari: Munavvarqori, Mullo Odilmufti, Said G‘anixon, Pirmuhammad A’lam vaboshqalar so‘zga chiqib, yig‘ilganlarni chinakam xalqhokimiyati — Turkiston Muxtoriyati tashkil etilganligibilan qutladilar. Miting ishtirokchilari o‘lka Muvaqqathukumatini to‘la qo‘llab-quvvatlashlarini izhor etib,qaror qabul qildilar. O‘sha davr milliy matbuoti sahi-falarida Turkiston ulug‘lari tomonidan muxtorhokimiyatni qo‘llab-quvvatlash, uning istiqboli uchunfidoyilik bilan kurash olib borish kerakligi xususidako‘plab maqolalar bitildi.

Jumladan, Fitratning «Muxtoriyat» maqolasida«...Qurultoy o‘z ishini qildi. Qolganlari butun millatningvazifasidur. Muxtoriyatni saqlamoq uchun kuch lozim.Muxtoriyatni bajarmoq uchun aqcha kerakdir. Bularni mil-lat hozir qilsun», deb xitob qilingan edi.

«Hurriyat» gazetasi, 1917-yil 5-dekabr.

Turkiston mehnatkashlari o‘z milliy hukumati

Page 24: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

24

tuzilishini qanchalik qo‘llab-quvvatlab, unga ishonchva umidlari ortib bormasin, biroq o‘lkada o‘rnashibolgan va asosiy boshqaruv jilovini qo‘lda ushlab turganTurkiston sovet hukumati va uning joylardagi hoki-miyat mahkamalari voqealarning bu tarzda rivoj-lanishiga izn bermay, muxtoriyat va uning tarafdorla-rini yo‘q qilish yo‘lini butun choralar bilan o‘tkazibbordi. 1917-yil 13-dekabrda Toshkentda muxtoriyatniyoqlab o‘tkazilgan katta mitingning zo‘rlik bilan tar-qatib yuborilishi, bugina emas, unda sovet kuchlariotgan miltiq va pulemyotlar sadosi ostida ko‘plab qur-bonlar berilishi — bu Turkiston Muxtoriyatiga nis-batan uyushtirilgan dastlabki suiqasd edi.

Turkiston Muxtoriyati og‘ir, mashaqqatli sinovlarjarayonini boshdan o‘tkazayotgan bir kezda, ya’ni1917-yil 25-dekabr kuni Qo‘qonda o‘lka musulmonishchi, askar va dehqonlarining I favqulodda qurultoyiish boshladi. Unda 200 ga yaqin vakillar ishtirok etdi.Qurultoy muxtoriyatni har tomonlama quvvatlash,unga moddiy va ma’naviy madad ko‘rsatish shiori osti-da o‘tdi. Unda o‘lkaning qonuniy hukumati tarkibinimusulmon ishchi, askar va dehqon deputatlari qurul-toyi vakillari hisobiga to‘ldirish to‘g‘risida qaror qilindi.Qurultoy o‘zining so‘nggi ish kuni — 27-dekabrdaPetrogradga, Xalq Komissarlari Soveti Raisiga tele-gramma yo‘lladi. Unda Turkiston Muxtoriyatini e’tirofetish, uning to‘laqonli faoliyat ko‘rsatishiga izn berishso‘ralgan edi. Xususan, telegrammada shunday deyil-gandi:

«...Bugun Turkiston xalqi ikkala qurultoyda TurkistonMuxtoriyatini bir ovozdan e’lon qildi va Turkiston Ta’sisMajlisiga o‘lkani boshqarishning so‘nggi shaklini ishlabchiqish taklif etildi... Saylangan Xalq Kengashida ruslar vayevropaliklar shahar va qishloqlar aholisining 2 foizini tashkiietsada, biz tomonimizdan 33 foiz o‘rin ajratilgan... Turkistonmusulmon ishchi, askar va dehqon deputatlarining birinchifavqulodda qurultoyida qabul etilgan qaror haqida ma’lu-mot berib, sizlardan... Toshkent Xalq Komissarlari Sovetigahokimiyatni Turkiston Muvaqqat hukumatiga topshirishto‘g‘risida farmoyish berishingizni so‘raymiz. Bu bilan sizTurkistonni juda katta falokatga olib keluvchi anarxiya vaqo‘sh hokimiyatchilikdan qutqargan bo‘lardingiz».

«Ishchilar dunyosi», 1918, ¹ 2, 22—23-betlar.

Page 25: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

25

Biroq, ming afsuski, butun bir o‘lka xalqlariningxohish-irodasi, orzu-maqsadlarini ifodalab, nufuzlixalq qurultoyi tomonidan bolsheviklar va sovetlaryo‘lboshchisi nomiga yo‘llangan bu telegramma talab-lari qondirilmadi. Buning aksicha, ochiq va yashirintarzda foaliyat yuritayotgan Turkiston Muxtoriyatinitez orada tugatish haqida ko‘rsatma berdilar.

Hukmron Markaz va uningTurkistondagi vakolatli hukm-dorlari o‘lka xalqlarining xo-hish-intilishi samarasi sifatida

tashkil topgan qonuniy muxtoriyat hokimiyatinizo‘ravonlik bilan ag‘darib tashlashga qasd qildilar. Burazil maqsadni amalga oshirish uchun sovetlar hoki-miyati tasarrufida bo‘lgan hamma zarur narsa, vosita-lar ishga solindi. Kerakli jangovar harbiy qismlar,qurol-anjomlar shunga yo‘naltirildi.

Turkiston Muxtoriyati ko‘plab obyektiv va subyek-tiv sabablar orqasida o‘zini o‘zi yetarli darajada himoyaqilish imkoniyatiga ega bo‘lolmadi. Buning boisi, avva-lo, uning tarixan g‘oyatda qisqa umr ko‘rgani (u atigi72 kun yashadi, xolos), shu sababdan ko‘p narsalarnibajarishga ulgurolmaganligi bo‘ldi. Qolaversa, mux-toriyatchilar orasida ko‘pgina muhim hayotiymasalalarda birlik, hamjihatlik, jipslik mavjud emasdi.1918-yil 18-fevral kuni «Sho‘royi Ulamo» jamiyatitashabbusi bilan muxtoriyatda to‘ntarish qilinib,Mustafo Cho‘qay muxtoruyat hokimiyatining ag‘dari-lishi va uning boshqaruvi jilovining Qo‘qon mirshablariboshlig‘i Kichik Ergashga berilishi bunga guvohdir.Moddiy, harbiy, moliyaviy madad ko‘rsata oladiganyetarli real kuchlar va imkoniyatlarning bo‘lmaganligiham bunga sabab bo‘ldi.

Muxtoriyat tashqi vaziyat nuqtayi nazaridan hamo‘z qobig‘iga o‘ralib, tashqi olamdan ajralib qoldi. Unihar tomonlama quvvatlab, harbiy, moddiy va ma’-naviy jihatdan amaliy yordam ko‘rsatuvchi biror-birxorijiy davlat bilan bevosita aloqa o‘rnatishga ulgurol-madi. Bu omillar Turkiston Muxtoriyati ahvolinitanglashtirib, uni pirovard oqibatda faoliyatsizlikkamahkum etdi.

TurkistonMuxtoriyatining halo-kati, uning saboqlari

Page 26: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

Vaziyat sovet amaldorlariga qo‘l kelib, ular bundanmilliy muxtoriyat hukumatini har jihatdan iskanjagaolish, uni qanday qilib bo‘lsa-da mahv etish uchunustamonlik bilan foydalandilar. Turkiston sovet huku-mati 1918-yil 14-fevralda Farg‘ona viloyati hududidafavqulodda harbiy holat joriy etdi. Uning Qo‘qondagimahalliy hokimiyati—ishchi va askar deputatlari soveti17-fevralda muxtoriyat vakillarini taslim bo‘lishgada’vat qildi. Ayni vaqtda Toshkentdan Perfilevboshchiligida qurollangan qizil qo‘shin olib kelindi vaular darhol ishga solindi. Qo‘qondagi millatchi armandashnoqlari ham bu g‘ayriqonuniy bosqinga jalb qilin-di. Ayniqsa 19—21-fevral kunlari Qo‘qon xalqi ustigabalo-qazo yog‘ildi. Shahar o‘t ichida qolib, kun-payakun bo‘ldi. Sovet hokimiyati Turkiston Muxto-riyati hukumatini shafqatsizlarcha tor-mor etdi.

Eng dahshatlisi shuki, bu beayov xunrezlikchog‘ida hech bir aybi, gunohi bo‘lmagan ming-minglab oddiy, bechorahol Qo‘qon fuqarosi mislsizjabr tortdi, bor-budidan mahrum bo‘ldi, behisob qur-bonlar berdi. Sovet hukumati quzg‘unlari muxtori-yatchilarni yo‘q qilish bahonasi bilan o‘zlariningbutun qahri-zahrini musulmon ahliga sochdi, undano‘ch oldi. Qo‘qonda sovetlar sodir etgan qonli fojianisovet davlati arboblaridan biri D. Manjara ham ke-yinroq rostmanasiga e’tirof etgandi: «Milliy siyosatdayo‘l qo‘yilgan xatolarimiz tufayli Qo‘qon Muxtoriyativujudga keldi. Uni yo‘qotish paytida yana bir xatogayo‘l qo‘ydik. Qurol-yarog‘i deyarli bo‘lmagan mux-toriyatchilar joylashgan eski shaharni qamal qilisho‘rniga, biz to‘plardan o‘qqa tutdik, keyin dashnoq-larning qurolli to‘dalarini ishga soldik. Natijada talon-taroj, nomusga tegish, qirg‘in boshlandi. Bundanmuxtoriyatchilarga aloqasi bo‘lmagan tinch aholikatta zarar ko‘rdi».

Xuddi shuningdek, sovet Turkistoni nashri —«Çíàìÿ ñâîáîäû» («Ozodlik bayrog‘i») gazetasio‘zining 1918-yil yanvar oyi sonlaridan birida: «Rusbolsheviklar hech qanday muxtoriyatni tan olmadi vamazlum xalqlar o‘z huquqlari va taqdirlarini haqiqat-dan o‘zlari belgilamoqchi bo‘lganlarida bunga yo‘l

26

Page 27: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

qo‘ymadi», deb yozgan edi. Bu xil xolis fikrlargaizohning hojati bo‘lmasa kerak.

Turkiston Muxtoriyati mag‘lubiyatga uchrab, ha-lokatga yuz tutgan bo‘lsa-da, biroq u o‘lka xalqlarininghayoti va tarixiy taqdirida o‘chmas iz qoldirdi. Engmuhimi, u endigina mustaqillik sari yuz burgan, o‘zerki, ozodligi va baxtini qurish yo‘lida ilk qadamlarqo‘ygan jafokash xalqning ko‘zini ochdi, ongi, shuuriniistiqlol nuri bilan yoritdi. Muxtoriyat tajribasi Turkistonxalqlarining milliy o‘zligini anglashiga, do‘st-u dush-manning farqini chuqur bilib olishiga, mustaqillikkaerishish jarayoni murakkab ziddiyatli kurashlar orqali,bu yo‘lda murosa-yu madoralarga o‘rin bo‘lmasligiga,kerak bo‘lganda behisob qurbonlar berishga to‘g‘ri ke-lishini tushunib yetishiga yordam berdi.

Muxtoriyat fojiasi ayni chog‘da sovetlar hokimiya-tining mazlum xalqlarning huquqiy tengligi, o‘z milliydavlatchiligini barpo etishga haqli-huquqliligi haqida-gi shiorlarining soxtakorligini afkor omma nigohidaochiq-ravshan ko‘rsatib berdi. Bu esa erk va ozodlik-ka intilib yashab kelgan turkistonliklar uchun kattahayotiy saboq bo‘ldi.

Turkiston aholisi endilikda o‘z erki, mustaqilliginibirovlar, yot ajnabiy kuchlar, ularning «dohiylari» yor-dami bilan emas, balki faqat o‘z kuchlari, o‘z qadoqqo‘llari bilan, o‘z milliy rahnamolari yetakchiligidabirgalikda kurashib, qo‘lga kiritishlari mumkinligigaqat’iy ishonch hosil qildi.

Savol va topshiriqlar

1. Bolsheviklarning Rossiyada siyosiy hokimiyatni qo‘lgakiritishiga olib kelgan vaziyat haqida tushuncha bering.

2. Nima sababdan Turkistonning tub aholisi oktabrg‘oyalarini qabul etmadi?

3. Sovetlar hokimiyatining Turkistonda o‘z hukmronliginio‘rnatishga qat’iy qaror berganligining boisi nimada edi?

4. Turkiston o‘lkasi hududida sovet hokimiyatining zo‘rlikbilan o‘rnatilganligi faktlari to‘g‘risida nimalarni bilasiz?

5. Turkistonda tuzilgan birinchi sovet hukumati tarkibigasizning o‘z munosabatingiz.

6. Turkiston Muxtoriyatini tashkil qilish g‘oyasi qandaykelib chiqdi?

27

Page 28: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

28

7. Turkiston Muxtoriyati qanday sharoitda va kimlar to-monidan tuzildi?

8. Siz Turkiston Muxtoriyatini demokratik davlatchiliknamunasi sifatida tavsiflab bera olasizmi?

9. Turkiston Muxtoriyatini halokatga olib kelgan asosiysabablarni ko‘rsatib bera olasizmi?

10. Turkiston Muxtoriyati tajribasidan qanday zarursaboqlar chiqarish mumkin?

3-§. TURKISTONDA SOVETLAR BOSHQARUVITIZIMINING MUSTAHKAMLANISHI

Sovet hokimiyati mutasad-dilari qanday qilib bo‘lmasinTurkistonda chuqur ildizotish, mahalliy xalqlarni o‘z

izmilariga bo‘ysundirish, asta-sekin ularning ishonchi-ni qozonib, sovet tuzumi qurilishi jarayoniga faol jalbqilish sari astoydil kirishdilar. Ular kelgusida mahalliyvatanparvar kuchlarning Turkiston Muxtoriyatigao‘xshagan xalq hokimiyati boshqaruvini yangidanqayta tiklashiga izn bermaslik uchun sovet hokimi-yatchiligiga milliy, mahalliy shakl-shamoyil berishnio‘z oldilariga maqsad qilib qo‘ydilar. Bunga erishishuchun barcha usullar-u, ta’sir ko‘rsatish vositalariishga solindi. Sovet hokimiyati, Turkistonda sovetavtonom respublikasini tuzish tashabbusi-yu uni bevo-sita tashkil qilish ishlari bilan shug‘ullandi. Jumladan,sovet hukumatining favqulodda komissari P.A.Ko-bozev, RSFSR millatlar ishi komissarligi xodimlariX. Ibragimov, A.Sh. Klevleyev singarilar bu ishdabosh-qosh bo‘ldilar. Ular Markaz elchilari sifatidamahalliy sovet rahbarlari bilan yaqin hamkorlikda yerliaholi o‘rtasida zo‘r berib sovet hokimiyatini qo‘llab-quvvatlashga, uning milliy siyosatini izchil amalgaoshirishga da’vat etib faol tushuntirishlar olib bordilar.

Turkistonda sovet avtonomiyasi (muxtoriyati)nirasmiy tashkil qilish masalasi 1918-yilning 20-apreli-dan 1-mayigacha Toshkentda bo‘lib o‘tgan o‘lkasovetlarining V syezdida ko‘rib chiqildi. Bolsheviklarfraksiyasi taklifi asosida syezd qabul qilgan «Turkistonsovet respublikasi to‘g‘risida qoidalar»da RSFSR tar-

Turkiston Sovet Avtonom Respub-likasining tuzilishi

Page 29: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

kibiga kiruvchi TASSR — Turkiston avtonom sovetsotsialistik respublikasi ekanligi e’lon qilindi.Turkiston avtonom respublikasining hududiy chega-ralari belgilandi. Uning oliy qonun chiqaruvchi organisifatida ishchi, askar, dehqon va musulmon-dehqon-lar sovetlari syezdi, uning doimiy faoliyat yurituvchiorgani qilib esa Markaziy Ijroiya Qo‘mita belgilandi.O‘lkaning boshqaruvi, uning ijroiya funksiyalari XalqKomissarlari Kengashi tasarrufiga berildi. Joylarda esamahalliy sovetlar va ularning ijroiya qo‘mitalari hoki-miyat funksiyalarini bajarishlari kerakligi ta’kidlandi.O‘lka syezdi Turkiston aholisining ko‘p millatli tarki-bini hisobga olib, hukumat qoshida milliy ishlar xalqkomissarligini tashkil qildi. Joylarda uning bo‘limlarituzilib, ularning zimmasiga turli millat kishilari o‘rta-sida qizg‘in tashkilotchilik va siyosiy ish olib borish,milliy manfaatlarni himoya qilish vazifasi yuklatildi.

Shunday qilib, Turkiston avtonom sovet sotsialistikrespublikasi tuzilib, uning maqsad, vazifalari rasmiyhujjatlarda belgilangan bo‘lsa-da, biroq amalda umahalliy xalqlarning haqiqiy manfaatlariga emas, aso-san hukmron tuzum va uning o‘lkadagi ta’sirini ku-chaytirishga xizmat qilardi. Negaki, bu muxtoriyathukumati yerli aholining milliy qiziqishlari, haq-huquqlarini himoya qilishdan ko‘ra sovet hokimiyati-ning ildizini mustahkamlashni, Turkistonda sovetlarhukmronligi ta’sirini kuchaytirishni ko‘zda tutardi.Shuning uchun ham chuqur sinfiylik tamoyillarigaasoslangan o‘ziga xos davlat boshqaruvida hokimiyatfunksiyalari butunlay sovetlar va ularning organlariixtiyoriga berib qo‘yilgan edi. Aslida bular tarkibiasosan yevropalik millatlar vakillaridan tashkil topganishchi, askar va dehqon deputatlari sovetlari bo‘lib,musulmon-dehqon deputatlari sovetlari esa ulargabo‘ysunuvchi maqomda e’tirof etilgan edi. Shuning-dek, Turkiston avtonom sovet respublikasi tuzilishidabir tomonlama faqat hududiy tamoyillar hisobga olinib,o‘lka xalqlarining milliy tamoyillari e’tirofi o‘z ifodasinitopmagan edi. Nihoyat, yana shu narsa taajjublanarliki,Turkistonning sovet respublikasi, deb e’lon qilinishi nayuridik va na siyosiy jihatdan hech bir demokratik

29

Page 30: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

mazmunga ega bo‘lmay, u xalq xohish-irodasiga, uningqonuniy talablariga asoslanmagan edi. Loaqal buninguchun xalq roziligini sinashning ishonchli demokratikshakli — referendum singari tadbirlar ham o‘tkazilma-gandi. O‘lka syezdida respublikaning hokimiyat organ-lari tuzildi. Turkiston respublikasi qonun chiqaruvchiorgani — Markaziy Ijroiya Qo‘mitasining jami 36a’zosidan atigi 9 nafari mahalliy millat kishilari edi.Uning raisi etib favqulodda vakolat egasi, bolshevikP.A.Kobozev saylandi. Shuningdek, bolshevik F.I.Ko-lesov boshchiligida 16 kishidan iborat tuzilgan huku-mat — XKS tarkibiga ham 3 nafar mahalliy millatvakillari kiritilgandi, xolos. Shu faktlarning o‘zi hamTurkiston sovet muxtoriyatining nima maqsadda vakimlarning tub manfaatlarlni himoya qilishni ko‘zlabtuzilganligidan yaqqol dalolat beradi.

Markaziy hokimiyat Turkiston avtonom respub-likasi jilovini to‘lig‘icha qo‘lga olish uchun o‘lkadagimavjud bolshevistik tashkilotlarni birlashtirib, ularnegizida yagona kommunistik partiya tuzishga kirish-di. Markaz ko‘rsatmasi bilan bu borada ham 1918-yil-ning birinchi yarmi davomida qizg‘in ishlar olib boril-di. Safida 2 ming nafar a’zosi bo‘lgan o‘lka bolshe-viklari (kommunistlari)ning 1918-yil iyunida bo‘libo‘tgan I syezdida (unda ishtirok etgan 46 delegat ichi-da atigi 6 nafari mahalliy millatlar vakillari bo‘lgan)Turkiston Kompartiyasi tuzilganligi e’lon qilinadi.

TKPning tuzilishi bilan Turkistondagi sovet dav-latchiligi yangi xususiyat kasb etib, uning bolshevistikpartiya rahbarligiga qaramligi kuchayadi. Negaki,MIQ va XKS tarkibini tashkil etuvchilarning ko‘p-chiligi bolsheviklar partiyasi a’zolari bo‘lib, uningko‘rsatma va intizom talabi bo‘yicha ish yuritishgamajbur edi. Qabul qiladigan qonunlarni va qarorlarnioldindan partiya Markaziy Qo‘mitasiga taqdim etishva uning roziligini olishga majbur bo‘lib qoladilar. Buhol davlat qurilishining demokratik tamoyillariga mut-laqo zid kelardi.

Turkiston avtonom sovet davlatchiligini huquqiyjihatdan shakllantirish masalasida asosiy rol Moskva vauning bolshevik yo‘lboshchilari qo‘lida bo‘ldi. Xusu-

30

Page 31: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

san, ularning ko‘rsatmalari asosida o‘lkaning davlatchi-lik maqomi va konstitutsiyaviy negizlari belgilandi.Jumladan, Turkiston ASSRning konstitutsiyaviy tuzi-lishi va huquqiy maqomini shakllantirish uchunRSFSRning 1918-yilda qabul qilingan birinchi Kons-titutsiyasi to‘la asos qilib olindi. O‘lka xalqlari hayotigaoid bu «muhim masalalar»ni hal etish uchun 1918-yiloktabrida Turkiston o‘lka sovetlarining V syezdichaqirildi. Mazkur syezd Rossiya Federatsiyasiningmuhim hujjatlariga, xususan, uning Konstitutsiyasigaasoslanib, Turkiston avtonom respublikasining Kons-titutsiyasini qabul qildi. U Turkistonni Rossiya SovetFederativ Sotsialistik Respublikasining ajralmas, tar-kibiy qismi bo‘lib qolishini, o‘lka xalqlarining barchahayotiy masalalari uning mas’ulligida ekanliginiqonunlashtirdi. Binobarin, o‘lkaning moliyaviy, mudo-faa, tashqi siyosat aloqalari, temiryo‘llar, savdo, moliyava shu singari muhim hayotiy sohalari RSFSR huku-mati tasarrufida bo‘lishi syezd hujjatlarida o‘z ifodasinitopdi. Syezd tasdiqlagan Turkiston avtonom respub-likasi oliy hokimiyati — Turkiston MIQ tarkibigamahalliy millat nomzodlari ham (jami 75 kishidan 20nafari) kiritildi.

Shunday qilib, «ulug‘» millat namoyandalariningto‘liq tashabbusi va homiyligida o‘tgan va Turkistonxalqlarining tub manfaatlariga, taqdiriga oid hujjat-larni qabul qilgan o‘lka sovetlarining V syezdi amaldasovet hokimiyatining bu hududdagi to‘la hukmronli-gini qaror topdirishga xizmat qildi. Qabul qilinganTurkiston Konstitutsiyasi ham aniq ifodalangan sinfiymazmunga ega bo‘lib, unda o‘lka xalqlarining ijti-moiy-siyosiy va madaniy hayotining milliy o‘zigaxosligi, huquqiy himoyasi o‘z aksini mutlaqo topma-gan edi. Mazkur konstitutsiya talabi bo‘yicha,«mehnatsiz daromad» hisobiga yashaydigan shaxslar,din peshvolari, rohiblar, xususiy savdogarlar, tijo-ratchilar, tadbirkorlar va hokazolar saylash va sayla-nish huquqidan butunlay mahrum etildi. Shu tarzda,qonun yo‘li bilan Turkiston jamiyatining ko‘pgina ijti-moiy tabaqalari va guruhlari davlatni boshqarishdaqatnashish huquqidan chetlatilgan edi.

31

Page 32: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

Turkiston Kompartiyasi vauning Markaziy Qo‘mitasituzilganidan keyin uning

o‘lka hayoti jabhalarida yuz berayotgan voqealar,o‘zgarishlarga ta’siri yanada kuchaydi. Buning ustiga bupartiyaning RKP(b)ning ajralmas, tarkibiy qismi sifati-da tuzilishi, uning barcha rahbariy ko‘rsatmalari, far-moyishlariga bo‘ysungan holda faoliyat yuritishiMarkaz yo‘lboshchilariga Turkistondagi butun vaziyat-ni o‘z qo‘llari ostiga kiritish imkonini tug‘dirdi.Turkistonda faoliyat ko‘rsatayotgan sovet hukumatigarchand ikki partiya vakillari — bolsheviklar va so‘leserlardan tashkil topgan bo‘lsa-da, biroq bu tartib hamuzoq davom etmadi. 1919-yil mart oyi boshlariga kelib,o‘lka bolsheviklari siquvi ostida eserlar vakillariningmahalliy sovet hukumati tarkibidan mahrum etilganligibuning aniq-ravshan isboti bo‘ldi. Buning ustiga sovethokimiyatiga xavf solayotgan turli xil «aksilinqilobiy»dushman kuchlar, yot unsurlarga qarshi kurash olibborish maqsadida Favqulodda organlar (CHK) yoxudKambag‘allar qo‘mitasi singari tashkilotlarning tuzi-lishi ham bu jarayonga o‘z salbiy ta’sirini ko‘rsatmas-dan qolmasdi. Chunki cheklanmagan vakolatlarga egabo‘lgan bunday organlar keskin jazo choralariniqo‘llashda sovet hokimiyati nomidan ish ko‘rar, kerakbo‘lsa hokimiyat organlari — sovetlarning vazifalariniham bajarardilar. Bu esa, tabiiyki, joylarda mahalliyishchi, dehqon va askar deputatlari sovetlarining no-roziligiga sabab bo‘lardi. 1919-yil bahoriga kelib o‘lka-ning Andijon, Namangan, Marg‘ilon singari hududla-rida musulmon mehnatkashlari sovetlari tarkibidafavqulodda organlari sifatida muvaqqat inqilobiy qo‘-mitalar tashkil etilib, faoliyat yuritdilar. 1919-yil o‘rta-lariga kelganda bunday organlar Turkistonning ko‘plabshahar va qishloq joylarida ham tashkil topib bordi.

Bolsheviklarning o‘lkaning mahalliy shart-sharoit-lari, o‘ziga xos xususiyatlarini, uning tub joy aholisi-ning hayotiy manfaatlarini hisobga olmasdan yuritgano‘zboshimchalik va yakka hukmdorlik siyosati ularnioxir-oqibatda mushkul ahvolga duchor etishi tayinedi. O‘lkaning ko‘p sonli musulmon mehnatkashlari-

32

O‘lkada bolsheviklarhukmronligining

kuchayishi

Page 33: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

gina emas, balki bu yerdagi ko‘plab muxolifatchikuchlar, siyosiy doiralar ham kuchayib borayotganbolsheviklar yakka hokimligiga qarshi bosh ko‘taraboshladi. Buning yorqin ifodasi 1919-yil 19-yanvardaharbiy komissar K. Osipov tomonidan uyushtirilganisyonda o‘z aksini topdi. Bu harbiy isyon natijasida 14nafar Turkiston komissarlari otib tashlandi. Biroq,sovetlarga sadoqatli kuchlar, mahalliy ishchi va askardeputatlari sovetlari, xususan, Toshkent temiryo‘l kor-xonalari ishchilarining qurollangan otryadlari Osipovisyonini darhol bostirib, sovet hokimiyatini saqlabqoldilar. Ko‘p o‘tmay Turkistonning yuqori hokimiyatorganlari qaytadan tashkil etilib, ular yangi rahbarkadrlar bilan to‘ldirildi.

Turkiston muxtor respublikasining yangi rahbarlari1919-yil yanvar isyoni saboqlaridan zarur xulosachiqarib, mahalliy millat ziyolilari va kommunistlarivakillarini ham birin-ketin sovet organlari faoliyatigatortish hamda ularning o‘z mahalliy tashkilotlarinitashkil qilishlariga yo‘l berishga majbur bo‘ldilar. 1919-yil martida Turor Risqulov (1894—1938) raisligidao‘lka musulmon kommunistlari byurosi (O‘lka Mus-byurosi) tashkil etildi, uning organi — «Ishtirokiyun»gazetasi tez orada nashr etila boshlandi. O‘zbek tilidachiqadigan boshqa vaqtli matbuot nashrlari soni hamortib bordi. Mahalliy xalq orasida katta obro‘ va nufuzqozongan, ko‘p yillik inqilobiy kurash tajribasiga egabo‘lgan T. Risqulov, N. To‘raqulov, N. Xo‘jayev,A.Rahimboyev, Q. Otaboyev, S.Tursunxo‘jayev, S. Se-gizboyev, O. Bobojonov, A. Ikromov singari mahalliykommunistlar, yurt rahnamolari partiya va sovetboshqaruvi ishlariga asta-sekin jalb qilib borildi.Ularning ko‘plari qanday rahbariy lavozimlarda vamurakkab sharoitlarda ish yuritmasinlar, o‘z imkoni-yatlari darajasida o‘z xalqi, millati manfaatlariniko‘zlab, uning orzu-armonlarini ro‘yobga chiqarishuchun doimo kurashdilar. Masalan, Turor Risqulov1920-yil yanvaridan to o‘sha yilning iyuliga qadarTurkiston Respublikasi Markaziy Ijroiya Qo‘mitasiraisi lavozimida ishlagan davrida Turkiston xalqlariningchinakam milliy manfaatlari, ularning tub qiziqishlari,

332 — O‘zbekiston tarixi

Page 34: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

o‘ziga xoslik jihatlariga to‘la-to‘kis javob berolmaydi-gan, faqat umumiy hududiy, sinfiy manfaatlardan nario‘tmaydigan avtonom respublika o‘rniga «Turk respub-likasi» tuzish g‘oyasini amalga oshirish uchunsobitqadamlik bilan kurashdi. Chunki bu g‘oya negizi-da Turkistondagi azaliy qardosh va jondosh xalqlarningumumiy, mushtarak maqsad-intilishlari mujassamlash-gan edi. Mazkur masalada bu fidoyi inson Moskvagaqadar borib, u yerdagi Markaz rahbarlari bilanuchrashib, o‘z maqsad yo‘lini adolatli hal etishga intil-di. Bunga erisholmagach, oxiri o‘z vazifasidan iste’foberishga majbur bo‘lgan. Uning o‘rniga TurkMIQ rais-ligi lavozimini egallagan boshqa taniqli mahalliy rah-barlardan yana biri Abdulla Rahimboyevning faoliyatiham keyinroq shunday natijasiz yakun topganligiayondir. Buning asosiy sababi, avvalo, bu o‘lkaningbutun tasarrufi, taqdir-qismati mahalliy millat kishilariorasidan yetishib chiqqan yetuk milliy arboblarga emas,balki hukmron Markaz va uning Turkistonda kattavakolatlar bilan ish yuritayotgan namoyandalariga ko‘pjihatdan bog‘liq edi. Bunda ayniqsa, sovet hukumati vaRKP(b) MQ nomidan cheklanmagan favquloddavakolatlar bilan 1919-yil oktabrida Turkistonga yubo-rilgan Turkkomissiyaning o‘rni va roli alohidadir.Turkkomissiyaning butun faoliyati o‘lkada sovet va par-tiya qurilishi ishlarini jadal sur’atlar bilan olib borish,barcha kuch, vositalar, imkoniyatlarni shu asosiymaqsadga qaratish, yangi tuzum asoslarini chuqur ildizottirish sari yo‘naltirildi. Shuningdek, Turkkomissiyamutasaddilari o‘z faoliyatlarida nafaqat Turkistono‘lkasining ichki hayotiy masalalari va muammolaribilangina cheklanib qolmasdan, balki Turkistondaqo‘shni davlatlar bilan ham har turli sohalarda tashqialoqalar bog‘lash, muhim davlat shartnomalari va ke-lishuvlari tuzish huquqlariga ham ega edilar. Engajablanarlisi shuki, o‘lkadagi partiya va hokimiyatfunksiyalarini o‘z tasarrufiga to‘liq kiritib olganTurkkomissiya a’zolari (V. Bokiy, F.Goloshchekin,V.Kuybishev, Y. Rudzutak, M.Frunze, Sh. Eliava)ningbutun e’tibori bu hududda sovet tuzumiga qarshiyo‘nalgan harakatlarni barham toptirish edi. Ular

34

Page 35: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

«Turk Respublikasi», «Turk Kompartiyasi» g‘oyasiniamalga oshirishga intilgan T.Risqulov, A.To‘raqulov,Q.Otaboyev singari mahalliy aholi vakillariga zulmo‘tkazish, jazolash, ularni yo‘q qilish yo‘lini tutdilar.O‘lka hayotida kechayotgan barcha ijtimoiy-siyosiy,iqtisodiy va madaniy jarayonlar bilan bog‘liq eng asosiymasalalarning birortasi ham ularning izmisiz, ishtiroki-siz hal etilmas edi. Xullas, Turkkomissiya siymosidao‘lka hayotida zo‘rlik bilan qaror toptirib borilayotganbolshevikiar diktaturasinmg butun bo‘y-basti va maz-mun-mundarijasi mujassamlashgan edi.

Bolsheviklar butun Rossiya-da bo‘lgani singari Tur-kistonda nam hamma nar-sani, jumladan, mulkni, ish-

lab chiqarish tarmoqlarini umumlashtirish va milliy-lashtirish vazifalarini hal etishni bosh maqsad qilibqo‘ydilar. Bu narsa ular avvaldan e’lon qilgan ko‘plabdasturiy hujjatlar, balandparvoz shiorlarda ham o‘zifodasini topgan edi. Shuning uchun ham Turkistondao‘rnatilgan sovet hokimiyati va uning barcha vakolatliorganlari zimmasiga qanday qilib bo‘lmasin, bu «tari-xiy missiya»ni hayotga izchil tatbiq etish vazifasi yuk-langan edi. Turkistonda bunga yetarli shart-sharoitbormi yoki yo‘qmi, uning yerli xalqlarining xohish-irodasi, istak-intilishi qanday — bular aslo hisobgaolinmagan edi. Buning ustiga 1917—1918-yillargakelib o‘lkadagi ijtimoiy-iqtisodiy ahvol shu qadarog‘irlashib, murakkab tus olib borayotgan ediki, bun-dan ayniqsa mahalliy aholi benihoya aziyat chekayot-gandi. Xususan, Birinchi jahon urushining mislsizog‘ir asoratlari, sovet hokimiyatini o‘rnatish chog‘idaxalqqa qilingan zulm va bedodliklar o‘lka hayotinichuqur tanglik va tanazzullikka duchor etgandi. O‘lkasanoat ishlab chiqarishining izdan chiqishi, transporttaqchilligi, ekin maydonlarining payhon bo‘lishi,paxta yetishtirishning qisqarishi iqtisodiy sohani ros-manasiga halokat yoqasiga olib borib qo‘yayozgandi.Mana shunday qaltis vaziyatda sovet hokimiyatiningiqtisodiy sohada ko‘rgan shoshilinch chora-tadbirlario‘lka hayotini sog‘lomlashtirish, oyoqqa turg‘izishga

35

Sovet hokimiyatiningiqtisodiy siyosati,uning oqibatlari

Page 36: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

emas, balki uning yanada keskinlashib borishiga ta’sirko‘rsatdi. Gap shundaki, bolsheviklar rejimi avvalboshdan xususiy mulkni yo‘qotishga, xo‘jalik hayoti-ning barcha sohalarida ijtimoiy-davlat mulkchiliginiavj oldirishga, xo‘jalik tarmoqlarini qat’iy markaz-lashtirishga yo‘l tutdi. Iqtisodiy sohani boshqarishniesa iqtisodiy usullar, uslublar bilan emas, balki ma’-muriy-buyruqbozlik usullari bilan olib borishga e’tiborberildi. Markaz tomonidan ishlab chiqilgan va barchahududlar uchun bir xil universal tarzda qo‘llanishgaqaratilgan iqtisodiy sohadagi tadbirlar Turkistondaham to‘la hajmda amalga oshirilib borildi. Bundaularning o‘lka xalqlari hayoti uchun qanday oqibatlarolib kelishi mumkinligi mutlaqo hisobga olinmadi.1917-yil kuzidan o‘lkadagi mavjud ishlab chiqarishustidan qat’iy ishchi nazorati o‘rnatila boshlandi. Aynichog‘da Turkiston sanoatining butun-butun tarmoq-larini milliylashtirish boshlandi. 1918-yilning dastlab-ki oylarida bu yerdagi sanoatning yetakchi tarmoq-lari — paxta tozalash, yog‘-moy zavodlari, bosmaxo-nalar, banklar, temiryo‘llar, ko‘mir va neft konlari vashu singarilar milliylashtirilib, davlat tasarrufiga olin-di. Ularning soni 330 ga yetardi.

Shuningdek, yer to‘g‘risidagi dekret asosida yermulklarini musodara qilish va so‘ngra milliylashtirishjarayonining o‘tkazilishi ham joylarda keskin norozi-liklarning kelib chiqishiga sabab bo‘ldi. Asrlar davo-mida xususiy tarzda xo‘jalik yuritib kelgan mahalliyaholi sovetlarning bu tadbirlarini xayrixohlik bilanqabul qila olmadi. Ayniqsa, sovet hokimiyatiga qarshiTurkistonda boshlanib ketgan qurolli harakatningkuchayishi o‘lka bolsheviklari hokimiyatini tang ah-volga solib qo‘ydi.

Markaz hukumati ishlab chiqqan hamda tarixga«harbiy kommunizm» nomi bilan kirgan siyosatniTurkistonda keng ko‘lamda qo‘llashga kirishildi. Busiyosatning asosiy yo‘nalishi hamma narsani, har qan-day katta-yu kichik mulklar va korxonalarni, ishlabchiqarish tarmoqlarini umumlashtirish, xalq xo‘jaligi-ni boshqarishni esa qattiq markazlashtirgan holdatashkil etishdan iborat edi. Aslida bu siyosat ocharchi-

36

Page 37: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

lik azobidan qiynalayotgan aholini emas, balki «sotsi-alistik inqilob» va yangi tuzumni frontlarda himoyaqilayotgan qizil askarlarni va shuningdek, sovethokimiyatining asosiy ijtimoiy tayanchi bo‘lib qolganishchilar sinfini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’min-lashni maqsad qilib qo‘ygan edi.

1920-yil oxirlariga kelib Turkistonda 1075 ta sanoatkorxonasi (ularning ko‘plari mayda korxonalar edi)zo‘rlik yo‘li bilan milliylashtirildi. Natijada, davlatkorxonalari barcha ishchilarning 90 foizini va o‘lkasanoatida band bo‘lgan mexanik dvigatellarning 80foizini qamrab oldi. Yalpi sanoat mahsulotining deyarli3/4 qismi davlat sektori ulushiga to‘g‘ri kelardi. O‘lkaishlab chiqarishining o‘ziga xos muhim an’anaviy tar-mog‘i bo‘lgan hunarmandchilik va uning turlari hamma’muriy usullar bilan birlashtirilib, hunarmandchilikartellariga aylantirildi. 1920-yil oxirlariga kelgandaTurkistonda 800 taga yaqin shunday hunarmandchilikartellari faoliyat yuritdi, ular asosan turli davlat va har-biy tashkilotlarning buyurtmalarini bajarardilar.

Bolsheviklarning «harbiy kommunizm» siyosatiningmuhim tarkibiy qismi sifatida umumiy mehnatmajburiyatining joriy etilishi ham o‘lka xalqlari uchunkutilmagan favqulodda hodisa bo‘ldi. Shu asosda 16yoshdan 55 yoshgacha bo‘lgan erkak va ayollarningmajburiy mehnat jarayoniga jalb qiiinishi shu davrgaqadar ijtimoiy soha yuzini ko‘rmagan mahalliy millatxotin-qizlari uchun ham to‘la taalluqli edi. Shu bois-dan bu tadbir keng aholi ijtimoiy qatlamlarining keskinnoroziligi va nafratining kuchayishiga sabab bo‘ldi.Biroq sovet hokimiyati bu siyosat izmidan chekinmay,omma noroziligini pisand etmay, qat’iyat bilan o‘zg‘arazli maqsadlarini amalga oshirishda davom etdi. Uumumiy mehnat majburiyatini asos qilib, qanchalabishchi kuchlarini bir hududdan boshqa hududlargako‘chirdi, ko‘plab oilalarni bir-biridan judo qildi,ularni og‘ir moddiy sharoitga duchor etdi. Mahalliytaniqli rahbarlardan Nazir To‘raqulov o‘zining 1921-yilda so‘zlagan ma’ruzalaridan birida sovetlarning busiyosatining asl mohiyatini shunday ta’riflab bergandi:«Mehnat safarbarligini shunday o‘tkazishdiki, mehnat-

37

Page 38: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

ga yaroqli shahar aholisining yarmi... qishloqlargaqochib ketdi... Ahvol shu darajaga yetdiki, mehnatsafarbarligi uchun zarur miqdorda odam to‘plashuchun masjidlarda va boshqa joylarda odamlar qur-shab, tutib olindi». Bu fikrlarga hech bir izohning hojatibo‘lmasa kerak.

Bolsheviklarning o‘lkada yuritgan «harbiy kommu-nizm» siyosati, ayniqsa, mahalliy aholining tinkasiniquritdi, ochlik va qahatchilikning kuchayishiga sababbo‘ldi. 1918-yil oxiriga kelib 1 mln dan ziyod aholiocharchilik balosiga duchor bo‘ldi. 1919-yil boshlari-dan joriy etila boshlagan oziq-ovqat razvyorstkasi va ubilan bog‘liq bo‘lgan tadbirlar majmuasi Turkistonaholisini, ayniqsa uning qishloq mehnatkashlarinibenihoya og‘ir ahvolga solib qo‘ydi. Negaki, raz-vyorstka sovet hokimiyati organlariga aholi qo‘lidagijami ortiqcha oziq-ovqat mahsulotlarini zo‘rlik bilantortib olish, g‘alla bilan oldi-sotdi qilishni taqiqlash,bozor savdosini yopib qo‘yishga qadar keskin choralarko‘rishga imkon berardi. Sovetlarning bunday chegarabilmas oziq-ovqat siyosati ko‘plab mahalliy aholiningbor-budidan mahrum bo‘lib, yanada qashshoqlashibborishiga sabab bo‘ldi. Turor Risqulov, NizomiddinXo‘jayev, Munavvarqori singari mahalliy rahbarlarningo‘sha kezlarda bu siyosatni keskin qoralab, xalq man-faatlarini himoya qilib chiqqanligi boisi ham shun-dandir. Jumladan, N. Xo‘jayev 1920-yil oxirida Turk-MIQ majlisida qilgan ma’ruzasida yozadi: «Qishloqaholisi turli-tuman o‘t-o‘lanlar bilan ovqatlanadi, shutufayli o‘lish hollari yuz bermoqda, o‘lim, ayniqsa,bolalar orasida ko‘p». Ma’ruzada keltirilishicha,Farg‘ona viloyatida aholining 35—40%i, shu jumladan,Marg‘ilon uyezdida — 60%i, Qo‘qon uyezdida —50 %iochlikka duchor bo‘lgan va hokazo. Bunday xunuk,ayanchli manzara o‘lkaning boshqa ko‘plab hududla-rida ham har qadamda ko‘zga tashlanib turardi.

Shunday qilib, sovetlarning Turkistonda yuritganqattiqqo‘l iqtisodiy siyosati o‘lka hayotini izdan chi-qarib, millionlab shahar va qishloq ahlining an’anaviyturmush tarzi negizlarini qaqshatib, uni mislsiz mod-diy qiyinchiliklarga mahkum etdi. Buning orqasida

38

Page 39: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

mahalliy aholi o‘rtasida sovet tuzumi va uning zo‘ra-vonlik siyosatiga qarshi jiddiy norozilik, darg‘azablikholatlari to‘xtovsiz kuchayib bordi.

Har qanday ijimoiy tuzummaktab-maorif, ilm-fan va

shu kabi muhim soha vazifalarini hal etmasdan istiqbolsari ko‘z tikolmasligi ayondir. Shu bois sovet hokimi-yati mutasaddilari ham bu masalalarga ahamiyat berarekanlar, avvalo, ularni o‘z sinfiy manfaatlaridan kelibchiqib hal etishga intildilar. Ayniqsa, yangi tuzum xalqta’limi tizimini o‘z sotsialistik maqsad va g‘oyalariruhida shakllantirishga alohida urg‘u berdi. 1918-yilnoyabrida Turkiston sovet hukumatining cherkovnidavlatdan va maktabni cherkovdan ajratish to‘g‘risida-gi dekreti chiqdi. Unga ko‘ra o‘lkadagi mavjud xususiy,eski diniy maktablar faoliyati taqiqlanmagan bo‘lsa-da,biroq yangi sovet maktablarini tashkil qilish, ularniko‘paytira va kengaytira borish, ta’limning sinfiymohiyatiga e’tibor tobora ustuvor ahamiyat kasb etibbordi. Maktab ikki pog‘onaga bo‘lindi: 1-pog‘onabilim yurtlari dastlabki uch sinfni o‘z ichiga olardi va2-pog‘ona yana 4 sinfdan iborat edi. O‘rta maktab hammavjud bo‘lib, keyingi uch sinfni o‘z ichiga olardi.Biroq bunday maktablar juda oz edi. Ko‘proq 1-pog‘ona maktablari eng ko‘p tashkil etilgan edi.

Shu bilan birgalikda maktablarning moddiy bazasinochor ahvolda bo‘lgan. Ularda o‘quv qurollari, das-turlar, qo‘llanmalar va darsliklar, yetuk bilimli o‘qi-tuvchi kadrlar yetishmasdi. Turkiston xalq ta’limibo‘limi mudirlarining 1920-yil mayida bo‘lib o‘tgan1-qurultoyida ham bular aniq e’tirof etilgandi.Hokimiyat mutasaddilarining o‘qituvchilarni turliyumushlarga, jumladan, harbiy harakatlarga tez-tezsafarbar etishi ham ular sonining kamayib borishigasabab bo‘layotgandi. Buning orqasida ko‘plab mak-tablarda o‘qituvchilar tarkibi 75% va undan hamko‘proqqa qisqarib ketdi. Buning ustiga jiddiy moddiyta’minotning yo‘qligidan xo‘jako‘rsinga tashkil etilganmaktablar mahalliy bolalarni o‘z bag‘riga jalb qilaolmadi. Masalan, o‘lka bo‘yicha maktab yoshidagibolalarning 70% dan ko‘pi maktabga tortilmay qoldi.

39

Madaniy hayot

Page 40: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

Hatto poytaxt Toshkentda, uning eski shahar qismidamaktab yoshidagi 40 ming boladan faqat 10 mingnafari, ya’ni 25%i o‘qirdi, xolos.

Shunga qaramay, millatimiz fidoyilari xalq ta’limitizimini yaxshilash, mahalliy aholi farzandlarini yangisovet maktablariga ko‘proq jalb qilish, ularga puxtabilim va tarbiya berish borasida astoydil faoliyatko‘rsatdilar. Bu o‘rinda O. Sharafiddinov, J. Odilov,T.Shermuhammedov, S.Sodiqov, K.Dadamuham-medov, Qori Niyoziy singari taniqli xalq ta’limi na-moyandalari nomlarini tilga olib o‘tish joizdir.

Bu davrda Turkistonda oliy ta’lim tizimini tashkiletish ham g‘oyatda muhim ahamiyat kasb etardi.Ko‘plab Vatan fidoyilari sovet hokimiyati organlaribilan murosa-yu madoraga borib bo‘lsa ham yurtkelajagi, istiqbolini o‘ylab, bu hududda oliy o‘quv yur-tini yuzaga keltirishga bel bog‘ladilar. 1918-yil 21-aprelda Toshkentda ochilgan Turkiston xalq univer-siteti bu harakatlarning natijasi bo‘ldi. Universitettarkibida tabiiy-matematika, tarix-filologiya, qishloqxo‘jaligi va texnika fakultetlari mavjud edi. 1920-yilgakelib unda ta’lim oluvchilarning 60%ini mahalliyyoshlar tashkil etardi. Universitetning ta’lim-tarbiyajarayonida Munavvarqori, Ahmad Fayziy, BurhonHabib, Ibrohim Tohiriy, Usmon Xo‘jayev, HodiFayziy singari yurt allomalari fidoyilik ko‘rsatdilar.

1918-yil noyabridan boshlab Toshkentda yana biroliy o‘quv yurti — Sharq instituti faoliyat boshladi.Institutga dastlab 234 nafar talaba, shu jumladan,anchagina mahalliy millatlar yoshlari qabul qilinib, ularSharq dunyosi tarixi, falsafasi, jug‘rofiyasi, madaniyati,adabiyoti, san’ati sohalari bo‘yicha yetuk mutaxassiskadrlar bo‘lib yetishishlari ko‘zda tutilgan edi.

O‘lkaning shu davrdagi adabiy-madaniy hayotiganazar tashlar ekanmiz, bunda XX asr boshlaridan e’ti-boran shakllanib, faollashib borgan ilg‘or mahalliynashrlarning xalq dardi, orzu-armonlarini ifodalabfaoliyat yuritganligi ko‘zga yaqqol namoyon bo‘ladi.Turkistonning ilg‘or jadid namoyandalaridan Munav-varqori Abdurashidxonov, Fitrat, Cho‘lpon, AbdullaAvloniy, Sadriddin Ayniy, Validiylarning matbaachilik

40

Page 41: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

faoliyati bundan yorqindalolat beradi. O‘lkadagibolsheviklar hokimiyatimatbuotning ta’sirchang‘oyaviy kuchini o‘z ta’sir-lariga olish, uni o‘z maq-sadlari sari yo‘naltirishuchun alohida intildilar.Shu bois 1918—1920-yil-larda o‘lkada bolshevikcharuhdagi ko‘plab gazeta vajurnallar nashr etildi. Bularjumlasiga o‘zbek tilidachiqa boshlagan «Ishtiro-kiyun», «Xalq dorilfununi»(Toshkent), «Ishchilar qal-qoni» (Namangan), «Xalqgazetasi» (Qo‘qon),«Mehnatkashlar tovushi» (Samarqand) singari matbuotnashrlarini nisbat berish mumkin.

Milliy vatanparvar ziyolilar bolshevistik g‘oya vamafkuraning har qanday tazyiqi va to‘sqinligigaqaramay, o‘z asarlarida xalq dili, ruhiyati, kayfiyati vauning intilishlarini ifoda etdilar. Cho‘lpon, Fitrat,Tavallo, M. Siddiqiy ijodiyotida buni yaqqol kuzatishmumkin. Shuningdek, 1919-yilda Fitrat tomonidantuzilgan «Chig‘atoy gurungi» tashkiloti va uningtevaragiga uyushgan ilg‘or ziyolilar ham milliy birlik vamustaqillik g‘oyasiga sodiq bo‘lgan holda qizg‘infaoliyat yuritdilar. O‘zbek ziyolilari va ijodkorlari qiyinva murakkab sharoitlarda ham o‘z ijodlariga yo‘l topib,xalqchil asarlar yaratib, yorqin iste’dodlarini namoyonetib bordilar. Mashhur shoir va dramaturg HamzaHakimzodaning 1918-yilda Farg‘onada tuzgan «O‘lkamusulmon siyosiy drama truppasi», atoqli aktyor varejissyor Mannon Uyg‘urning Toshkentda tashkil qil-gan «Turon» truppasi kurtak yozib borayotgan o‘zbekmilliy san’atining ilk namunalari bo‘ldi. Xususan, butruppalarga uyushgan Muhiddin Qori Yoqubov, HojiSiddiq Islomov, Tamaraxonim, Abror Hidoyatov, ObidJalilov, Sayfi Olimov va boshqalar keyinchalik milliy

41

Jadidlarning yetakchiarboblaridan biriMunavvarqori

Àbdurashidxonov.

Page 42: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

teatr san’atimizning yetuk darg‘alari bo‘lib yetishdilar.Shunday qilib, sovetlar hokimiyatining Turkistonda

o‘z hukmronligini kuchaytirish, o‘lka hayotining bar-cha sohalarini o‘z izmiga bo‘ysundirish yo‘lida yurit-gan qattiqqo‘l siyosati, ko‘rgan murosasiz chora-tad-birlariga qaramay, yurtning dovyurak, o‘z istiqloli vakelajagiga ishongan iste’dodli odamlari o‘z millatinima’nan va ruhan ko‘tarib, madaniy va ma’naviy soha-larda ham muayyan o‘zgarishlarni amalga oshirib bor-dilar.

Savol va topshiriqlar

1. Turkistonda sovet avtonomiyasini tuzishdan ko‘zda tu-tilgan maqsad nima edi?

2. Turkiston sovet avtonomiyasi mazmunan va mohiyatannega mahalliy aholining tub manfaatlariga javob berolmasdi?

3. Turkiston ASSR konstitutsiyasining cheklanganlik vasinfiylik mohiyati to‘g‘risida so‘zlab bering.

4. Turkiston Kompartiyasini tuzish zaruriyati qandaysabablar bilan bog‘liq edi?

5. O‘lka hayotida bolsheviklarning zo‘ravonligi nimalardanamoyon bo‘ldi?

6. Turkkomissiya faoliyati haqida nimalar deya olasiz?7. O‘lkaning ayrim millatparvar, yurtparvar rahnamolari

haqida o‘z fikr-mulohazalaringizni bildiring.8. «Harbiy kommunizm» siyosatiga munosabatingizni ba-

yon eting.9. Bolshevik rahbarlarning Turkistonda yuritgan qattiqqo‘l

iqtisodiy siyosatining chuqur sinfiylik mohiyati nimada edi?10. Sovet hokimiyati iqtisodiy siyosatining mahalliy aholi

ahvolini nochor va tanglikka duchor etganligining boisi nima-da?

11. Sovet hokimiyatining dastlabki yillarida xalq ta’limi ti-zimida qanday o‘zgarishlar yuz berdi?

12. Turkistonda oliy ta’lim tizimi shakllanishi jarayonigasizning munosabatingiz.

13. O‘lkaning adabiy-madaniy hayotida kechgan dast-labki o‘zgarish jarayonlari to‘g‘risida qanday fikrdasiz?

4-§. TURKISTONDA SOVET HOKIMIYATIGAQARSHI HARAKAT

Turkistonning yaqin o‘t-mishi tarixida yorqin sahifayozgan hamda xiyla uzoq

42

Sovet hokimiyatigaqarshi harakatning

yuzaga kelishi

Page 43: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

43

davom etgan, qonli, fojiali voqealarga to‘lib-toshgansovet hokimiyatiga qarshi harakat ko‘p zamonlar no-xolis, g‘ayriilmiy nuqtayi nazardan yoritilib kelindi.O‘z safiga erk va hurlikka tashna, vatan mustaqilligiyo‘lida jonini tikkan millionlab yurt fidoyilarini bir-lashtirgan bu qudratli harakatning mazmun-mohiyati-ni kelgindi, qizil sovet mustamlakachilari muttasilbuzib, noto‘g‘ri talqin qilib, soxtalashtirib keldilar. Unisho‘rolar terminida «bosmachilik harakati», «aksilin-qilobiy kuchlar bosqini», «bir to‘da yurt buzg‘unchilariharakati» va shu singari nomlarda «ta’riflab», «tavsif-lab» kelish sovet tarixshunosligida o‘ziga xos odatiytusga kirgandi. Biroq xalqimizda «oyni etak bilan yopibbo‘lmaydi» deyilganidek, ajdodlarimizning el-u yurterki, ozodligi uchun olib borgan bu mardona kurashito‘g‘risidagi tarixiy haqiqat milliy istiqlol sharofatibilan to‘liq tiklanib, o‘z haqqoniy, xolis bahosini topdi.Bu harakat sovetlar mafkurasi to‘qib chiqargan shun-chaki «bosmachilik» harakati emas, balki sovethokimiyatining g‘ayritabiiy siyosati va zo‘ravonlikkaasoslangan amaliyotga qarshilik ko‘rsatish harakatidir.

Xo‘sh, bu harakatning Turkiston zaminida yuzagakelishining muhim ijtimoiy omillari, sabablari nima-lardan iborat edi? Nega 1918-yil bahoridan Farg‘onavodiysida boshlangan bu qurolli harakat asta-sekinalanga olib, Turkistonning keng hududlari bo‘ylabyoyildi?

Bu harakat mohiyatiga shu nuqtayi nazardan yon-dashar ekanmiz, uni bir qator muhim sabablar keltiribchiqarganligiga amin bo‘lamiz: birinchidan, xalqimiz1917-yilda sodir etilgan fevral va oktabr o‘zgarishlari-ga katta umidvorlik bilan ko‘z tikkandilar. Ular ilg‘orjadidchilik harakati rahnamoligida Rossiyada rivojlanibborayotgan demokratik harakatlardan foydalanib, erk,ozodlikni qo‘lga kiritmoqchi, o‘lka xalqlarini mus-taqillikka olib chiqmoqchi bo‘lgandilar. Biroq sovethokimiyati o‘rnatilgach, mahalliy xalqlarni sariqchaqaga arzitmasdan, ularni siyosiy faoliyatdan oshko-ra chetlatib zo‘ravonlikni avjga mindirishi yaqqolko‘zga tashlandi. Ikkinchidan, mahalliy xalqqa butun-lay yot kommunistik mafkurani bayroq qilib olgan sovet

Page 44: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

44

zulmkorlari aholining milliy qadriyatlari, udumlari,diniy e’tiqodini tahqirlash, kamsitish, masjid, mad-rasalar, ziyoratgoh joylarni oyoqosti qilish, noyobma’naviy bisotlarni talash, dindorlarni ta’qib-u quvg‘inostiga olish kabi nomaqbul ishlar bilan shug‘ullandilar.Uchinchidan, o‘lka xalqlarining xohish-irodasi ifodasisifatida vujudga kelib, ularning milliy manfaatlariyo‘lida ilk qadamlar qo‘yib borayotgan TurkistonMuxtoriyatining qonga belanishi, yurt farzandlariningqirg‘in qilinishi, Qo‘qon shahri va uning atrofidagiqishloqlar begunoh aholisining ayovsiz talon-tarojqilinishi va fojiaga giriftor etilishi mahalliy xalq sabrkosasini limmo-lim etib yuborgan edi.

O‘z otameros zaminida o‘z milliy davlatchili-gini barpo etib, boshqa millatlardek emin-erkinyashashga bel bog‘lagan, yurt jilovini qo‘lga olishgaintilgan xalqqa, uning vatanparvar rahnamolariga nis-batan sovet tuzumi uyushtirgan bunday g‘ayriqonuniyqirg‘in-barotlar butun Turkistonni oyoqqa turg‘izdi.Dilda toptalgan vatan, xalq dardi, armoni jo‘sh urganyuz minglab kishilarning qo‘lda qurol bilan sovetlarzo‘ravonligiga qarshi kurashi mana shu zaylda bosh-lanib ketdi.

O‘lkada boshlangan qarshi-lik ko‘rsatish harakatiningeng dastlabki qaynoq mar-kazlaridan biri Farg‘ona

vodiysi bo‘ldi. Bu harakatga xalq g‘am-alamiga ham-dard va sherik bo‘lgan Kichik va Katta Ergashlar,Madaminbek, Shermuhammadbek, Xolxo‘ja eshon,Omon polvon, Rahmonqul, To‘ychi, Aliyor singariyurt jonkuyarlari yetakchilik qildilar. 1918-yil bahori-dan vodiyning turli joylarida 40 dan ziyod qo‘rboshidastalari faoliyat ko‘rsata boshladi. Jumladan, Mada-minbek Skobelev (Farg‘ona) uyezdida, Shermuham-madbek Marg‘ilon atroflarida, Omon polvon, Rah-monqul Namangan uyezdida, Parpi qo‘rboshi Andijonatrofida, Kichik va Katta Ergashlar Qo‘qon atrofida,Jonibek qozi O‘zgan tomonda, Muhiddinbek Nov-qatda harakat qilmoqda edilar. Kichik Ergash qizillarqo‘shini bilan bo‘lgan jang-u jadalda halok bo‘lganidan

Farg‘ona vodiysidaqarshilik ko‘rsatish

harakati

Page 45: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

so‘ng (1918-yil fevral) Qo‘qon uyezdi tevaragidagiharakatga Katta (Mulla) Ergash boshchilik qila bosh-ladi. U o‘zining faol harakati bilan tez orada butunvodiydagi ozodlik kurashining tanilgan yetakchisigaaylandi. 1918-yil kuziga kelib uning qo‘l ostida har biri-da 20 tadan 1800 nafargacha yigiti bo‘lgan 70 ta jan-govar dastalar harakat qilayotgandi. Ulardagi jangchi-larning umumiy soni 15 mingga, ba’zi ma’lumotlargako‘ra 20 mingdan to 24 mingtaga yetardi. Xuddi shudavrda Madaminbekning 5 ming, Shermuham-madbekning 6 ming, Xolxo‘janing 3 mingdan ziyod,Parpi qo‘rboshining 3,6 ming, Jonibekning 5,7 ming,Muhiddinbekning 4,5 ming jangovar yigitlari ozodlikkurashiga otlangan edilar. Bu raqamlar sovet hokimi-yatiga qarshi kurashning ommaviy tus olib borayot-ganidan dalolat beradi. Bu harakatlarni birlashtirish,muvofiqlashtirish zarur edi. Shu bois bu jang-u jadaldavrlarda qo‘rboshilarning bir necha bor qurultoylarichaqirilib, ularda muhim hayotiy masalalar hal etilganibejiz emasdir. Dastlabki shunday qurultoy 1918-yilmartida Qo‘qon uyezdining Bachqir qishlog‘idao‘tkazildi. Unda Katta Ergash butun Farg‘onavodiysidagi harakatning rahbari etib saylandi. Ungamusulmon qo‘shinlarining bosh qo‘mondoni — «Amiral-muslimin» unvoni beriladi. Madaminbek va Sher-muhammadbek esa uning o‘rinbosarlari etib saylana-dilar. Biroq bu harakat ko‘lamining o‘sib, kengayib bo-rishi, uning saflariga yangi ijtimoiy qatlamlar, tabaqalarvakillarining qo‘shilishi, tabiiy sur’atda uning oldigaulkan mas’ul vazifalarni qo‘yib, yangi muammolarnikeltirib chiqara bordi. Ularni hal etish esa kurash rah-namolaridan katta matonat, kuchli iroda, yuksak har-biy mahorat, tashkilotchilik qobiliyati va uzoqni ko‘rabilishlik salohiyatini namoyon qilishni taqozo etardi.

Farg‘ona vodiysi yetakchilari ichida MadaminbekAhmadbek o‘g‘ligina mana shunday noyob fazilatlarsohibi ekanligi bilan ajralib turardi. Navqiron yoshdabo‘lishiga qaramasdan katta hayot va kurash tajribasiboy, yurt kezgan, yuksak harbiy sarkardalik iste’dodi-ga ega Madaminbek (1892—1920) tez orada vodiykurashchilari sardoriga aylanadi. Sovetlarning rasmiy

45

Page 46: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

hujjatlaridan birida ta’kidlanishicha, «o‘z oldiga sovethokimiyatini ag‘darish va Farg‘ona muxtoriyatini tik-lash vazifasini qo‘ygan» Madaminbek tadbirkor siyo-satchi va uddaburon tashkilotchi fazilatlariga ega edi.«U bizning rahbarlik faoliyatimizda yo‘l qo‘ygan xatova kamchiliklarimizdan ustalik bilan foydalanardi.Uning o‘z «boshqaruv» apparati, o‘zining «tribunali»,o‘zining «genshtabi» bo‘lgan. U qonunlar chiqar-gan», — deb e’tirof qiladi Madaminbekka qarshikurashgan Gramatovich. Buni boshqa qizil qo‘shinboshliqlari ham tan olganlar.

Darhaqiqat, Madaminbek o‘zining qattiqqo‘lsiyosati, tashkilotchilik faoliyati va eng muhimi,o‘lkada kechayotgan ijtimoiy-siyosiy va harbiy vaziyat-ni to‘g‘ri baholay olishi bilan ajralib turardi. Buningustiga aniq vaziyatga muvofiq keladigan amaliyharakatlarni qo‘llay olishi, safdoshlariga o‘z ta’sirinio‘tkaza olishi ham uni ko‘p o‘tmay butun Farg‘ona jan-govar kurashchilarining nufuzli rahbariga aylantirganedi. 1919-yilning o‘rtalariga kelib uning yigitlariningsoni 25 ming kishidan oshardi. Skobelev, Marg‘ilon,Andijon, Namangan, O‘sh kabi hududlarda harakatqilayotgan taniqli rahnamolar, ularning jangchilariMadaminbekning yashil bayrog‘i ostiga birlashayotganedilar. Madaminbekning xalq lashkarlari ayniqsa 1919-yilning birinchi yarmida sovet qo‘shinlariga qarshi birqator sezilarli zarbalar berdilar. Chunonchi, yanvardaMarg‘ilon, fevralda Skobelev va Chust shaharlariningMadaminbek tomonidan egallanishi, ularda mahalliyxalq manfaatiga javob beradigan bir qator muhimamaliy tadbirlarning o‘tkazilishi uning obro‘sini yana-da ko‘tarib yubordi. 1919-yil aprel oyida Madaminbekyigitlari Namangan va Qo‘qon shahri atroflaridagijanglarda g‘olib keldilar. «Madaminbek turli siyosiyoqimdagi kishilarni birlashtira oldi. Shuning uchunham hech qaysi qo‘rboshi uningchalik kuch-qudratgaega bo‘lmagan edi», deb yozgandi uning muxoliflari-dan biri o‘sha kezlarda.

Darhaqiqat, qarshilik ko‘rsatish harakatining ijti-moiy tarkibini kuzatarkanmiz, bunda aholining sovettuzumidan norozi bo‘lgan, turli-tuman ijtimoiy qat-

46

Page 47: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

lamlari, chunonchi, dehqonlar, hunarmandlar, kosib-lar, batraklar, mardikorlar, ziyolilar, dindorlar, ruho-niylar, mahalliy boylar, amaldorlar u yoki bu daraja-da faol ishtirok etganligi ayon bo‘ladi.

Xususan, sovet hokimiyati organlarining mahalliyaholiga nisbatan yuritgan o‘ta millatchilik, shovinistikva bosqinchilik siyosati yurt odamlarini oqibatda butuzum dushmaniga aylantirdi va o‘z erki, huquqi,ozodligini himoya qilib kurashga chorladi. Farg‘onafronti qo‘mondoni M. Frunze ham: «...Bu yerdagisovet hokimiyati ilk tuzilish davrida rus va yerli ishchi,dehqon ommalarini o‘ziga tortish o‘rniga mehnatkashxalqni o‘zidan uzoqlashtirish uchun qo‘lidan kelgan-cha harakat qildi. Ishlab chiqarishning natsionalizatsiyaqilinishida faqat burjuaziyaning mulki emas, balkio‘rtahol dehqonlarniki ham tortib olindi... Bu yerdaharakat qilgan qizil askar qismlari, inqilobni himoyaqilgan ba’zi rahbarlar yerli mehnatkash xalqning tubmanfaatlari bilan hisoblashmadi, uning arz-u dodigaquloq solmadi. Bosmachilik harakati shu asosdavujudga keldi. Bosmachilar — oddiy qaroqchilar emas.Shunda ularni tez yo‘q qilish mumkin bo‘lardi», — debe’tirof qilgan edi.

TASSR XKK raisi Q.Otaboyev 1922-yil iyulidaTurkiston MIK 4-plenumida so‘zlagan nutqida buharakatni xalq qo‘zg‘oloni sifatida baholagan edi: «Biz4 yil davomida bu harakatga hatto to‘g‘ri baho berish-ni ham bilmadik, u xalq qo‘zg‘oloni bo‘lgani holdabosmachilik deb atadik. Bosmachilik mohiyatan talon-chilik degan ma’noni anglatadi, bizning ushbu harakat-ga bergan noto‘g‘ri ta’rifimiz masalani hal etishdanoto‘g‘ri yondashuvlarga olib keldi. Va alaloqibat 4 yildavomida biz bu harakatning biron-bir jihatini tugataolmadik».

Yuqori sovet rahbarlarining bu e’tiroflari qarshilikko‘rsatish harakatining nechog‘lik o‘lkaning hayotiyqon tomirlariga daxl qilgani, ini larzaga keltirganini,qolaversa, yangi tuzumning keng xalq ommasi nazdi-da obro‘sizlanib, puturdan ketayozganini yaqqol tas-diq etadi.

Farg‘onaning bechorahol xalqi o‘z xaloskorlarini

47

Page 48: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

butun choralar bilan qo‘llab-quvvatlashda davom etdi.Harakat safi doimo yangi kuchlar hisobiga to‘lib bordi.Vodiy qo‘rboshilarining birlashish, qo‘shilish sariharakatlari ham sezilarli tus olib bordi. 1919-yil kuzi-ga kelib Madaminbek lashkarlarining jangovarlikharakatlari keng hududlarga yoyildi. Bu davrga kelibMonstrovning rus krestyanlari (dehqonlari)dan tashkiltopgan ancha ta’sirli harbiy qismlari Madaminbekkuchlari bilan birlashdi. Bu hol xalq kurashiningnafaqat ijtimoiy tarkibiga, balki ayni chog‘da milliytarkibiga ham sezilarii ta’sir ko‘rsatar, uning maqsad-vazifalariga yangicha yondashishni taqozo etardi. Gapshundaki, bunga qadar sovetlarga qarshi harakat safla-rida yerli millat kishilari qo‘lni qo‘lga berib kurashibkelayotgan bo‘lsalar, endilikda unga sovetlar siyosati-dan keskin horozi bo‘lgan rus dehqonlari ham qo‘shil-gan edilar. Bu o‘zgarish 1919-yil oktabrida PomirningErgashtom ovulida Madaminbek tarafdorlari tashab-busi bilan «Farg‘ona muvaqqat muxtoriyat hukumati»tuzilishida ham o‘z ifodasini topgandi. Hukumat tar-kibi 24 kishidan iborat bo‘lib, uning 16 vakilini musul-monlar va 8 nafarini ruslar tashkil etardi. Farg‘onahukumati boshlig‘i va musulmon qo‘shinlari boshqo‘mondoni etib Madaminbek saylangan edi.

1919-yil oktabr oyi oxirlarida Andijonga yaqinOyimqishloqda to‘plangan vodiylik yo‘lboshchilariningqurultoyida vodiyda harakat qilayotgan 150 taga yaqinjangovor qismlarni o‘z ta’sirida ushlab turgan 4 yiriklashkarboshi: Madaminbek, Katta Ergash, Shermu-hammadbek, Xolxo‘ja eshon qo‘mondonliklarini bir-lashtirishga kelishildi. Qurultoyda islom qo‘shinlari-ning bosh qo‘mondoni — «Amir al-muslimin» etibMadaminbek saylandi. Biroq bu birlashuv ham mus-tahkam bo‘lib chiqmadi. Masalan, Xolxo‘ja eshon tezorada o‘z kuchlarini ajratib, mustaqil faoliyat ko‘rsataboshladi. Bu davrda Madaminbek qo‘l ostida 30 ming-ga yaqin, Shermuhammadbekda 20000, Katta Ergashqo‘rboshida esa 8000 jangovar qo‘shin bo‘lib, uchtalashkarboshi vodiydagi kurash harakatlarini boshqaribturardi. Biroq vodiydagi jangovar harakatlarning keyin-gi borishi tashabbusning ko‘proq tajovuzkor sovet

48

Page 49: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

qo‘shinlari qo‘liga o‘tishiga, qarshilik ko‘rsatish hara-katining pasayib borishiga olib keldi. O‘lkada mus-tahkamlanib olishga ulgurgan bolsheviklar hokimiyatiMarkazdan yetarli darajada harbiy kuch, qurol-yarog‘olib, son-sanoqsiz harbiy mutaxassislarni jalb qilib,ularni Farg‘ona frontiga yo‘llash, qonli o‘ch olishgasafarbar qildi.

1920-yil boshlarida sovet qo‘shinlari Katta Ergash,Madaminbek, Shermuhammadbek va Xolxo‘ja kuch-lariga sezilarli zarbalar berdilar. Jumladan, 1920-yilyanvarida qizillar Katta Ergash kuchlariga zarba berib,uning tayanch markazi Bachqirni egalladi. Xuddi shuvaqtda sovet qo‘shini Monstrovning dehqonlararmiyasini tor-mor etib, Gulcha qal’asini ishg‘ol etdi.Monstrovning o‘zi asir olindi. Shuningdek, fevraldaGarbuva—Qoratepa—Shahrixon yo‘nalishida qizilqo‘shinlar Shermuhammadbek lashkariga kuchli zarbaberdi. Buning natijasida Shermuhammadbek yengilib,Oloy vodiysi tomon chekindi. Ayni paytda qizillarNorin va Qoradaryoning qo‘shilish joyida Mada-minbek askarlariga qarshi muvaffaqiyatli jang qilib,unga katta talafot yetkazdilar. Tengsiz dushman bilankurashni davom ettirishning mushkulligi, oddiy xalqhayotining nochorlashib borayotganligi ayrim kurashrahnamolarining faol harakatlarini vaqtincha to‘xtatib,boshqacha yo‘l izlashga, sovet tomoni bilan o‘zarokelishuvlarga undadi.

Ayyor sovet hukumati taklifiga ko‘ra Madaminbek1920-yil martida sovet qo‘mondonligi bilan muzokaraolib bordi va sulh tuzildi. Bu sulh shartlariga asosanMadaminbek o‘z harakatlarini to‘xtatdi, uning 1200nafardan ziyod askar yigitlarining daxlsizligi, o‘zqurol-yarog‘lariga ega bo‘lishi, kerak bo‘lganda ular-ning vodiyda tinchlik, barqarorlik o‘rnatishda o‘z rah-namosi yetakchiligida faol ishtirok etishi ta’kidlanganedi. Madaminbek o‘zining boshqa safdoshlariga hamsovetlar bilan muzokaralar olib borib, shunday yo‘ltutishni maslahat beradi. Biroq Farg‘ona qo‘rboshilariyo‘lboshchilari Shermuhammadbek va Xolxo‘ja eshono‘z huzurlariga muzokara uchun kelgan yurtning bumard o‘g‘lonini sotqinlik va xoinlikda ayblab, uni qatl

49

Page 50: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

ettiradilar. Sodir etilgan bu fojiali voqea ham vodiyqo‘rboshilari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning zid-diyatli bo‘lganligiga bir ishoradir.

Garchand Farg‘onada sovetlarga qarshi kurashbundan keyin ham yangi-yangi kuchlar bilan qo‘-shilishib turli tarzda davom etsa-da, biroq u avval-gidek keng qamrovli jangovar, hujumkor yo‘nalishkasb etolmadi. 1920—1923-yillar davomida vodiyhududlari bo‘ylab olib borilgan kurashlarga aka-ukaShermuhammadbek va Nurmuhammadbek, ulardanso‘ng Islom polvon va Rahmonqullar yetakchilikqildilar. Ularning har birining jasorati, haq va ozodlikyo‘lidagi fidoyiligi xalq xotirasida muhrlanib qoldi.

Vodiyda yoqilgan sovetlarga qarshi harakatmash’alasi keyinchalik Turkistonning boshqa hudud-lariga ham yoyildi. Sovet hokimiyatining zulmi vazo‘ravonligiga qarshi kurash Buxoro va Xorazmda,Samarqand viloyatida ham aks-sado berdi. Vatanmehri, ona zamin sadoqatini jismi-diliga jo etgan,uning erki, ozodligini har narsadan muqaddas bilganming-minglab yurtdosh ajdodlarimiz hukmron tuzumbedodligi va jabr-sitamiga qarshi ko‘tarildilar. Ularyana o‘n yillar davomida g‘addor rejim kuchlari bilantengsiz janglarda qatnashib, behisob mahrumliklargaduch kelishlariga qaramay o‘z g‘oyalariga sodiqqoldilar.

Sovet hokimiyatiga qarshiharakat nima sababdan piro-vard oqibatda mag‘lubiyatgayo‘liqdi va qanday omillarbunga olib keldi? Bu alam-

li mag‘lubiyat o‘lka xalqlari uchun qanday ijtimoiy-siyosiy oqibatlarni keltirib chiqardi?

Mana shu savollar bugungi istiqlol davri kishila-rining har birini o‘ylantirishi, fikrga toldirishi tabiiy-dir. Bu xususda to‘xtalar ekanmiz, bu harakat qandayyakun topmasin, qanaqa oqibatlar bilan bog‘liqbo‘lmasin, u haqli suratda Vatanimiz tarixida unutil-mas iz qoldirdi.

Yurt farzandlari uzoq yillar davomida tengsizjang-u jadallarga dosh berib, so‘nggi nafaslariga qadar

50

Sovet hokimiyatigaqarshi harakatining

mag‘lubiyatisabablari, saboqlari

Page 51: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

Vatan oldidagi burchini ado etdilar. Bu ularning onazaminga mehri, sadoqati nechog‘lik beadad bo‘lgani-ni, undan ruh, madad olib erkinlik uchun jasoratko‘rsatib kurashganini to‘la isbot etadi. BejizMadaminbek: «Mening millatim — mening jon-udilim!», deb xitob qilib, uni o‘z hayoti va kurashiningbosh mazmuni, deb bilmagan edi. Shermuham-madbek tilidan aytilgan: «Turkiston — turkistonliklarvatanidir, undan boshqa hech kim uning ustidanhukmronlik qilishga haqli emas!» degan jangovar shioruning ming-minglab quroldosh yigitlari uchun harakatdasturi rolini o‘taganligi shubhasiz.

Lekin bu kurash nechog‘lik shiddatli kechmasin, uo‘z nihoyasiga yetolmadi. Bunga esa ko‘plab jiddiy sal-biy holatlar va omillar ta’sir etganligi aniqdir. Engasosiy sabablardan biri — harakat yetakchiligining aholibarcha tabaqalarini ulug‘vor maqsadlar yo‘lida jips-lashtirishga qodir bo‘lgan yagona milliy g‘oyaga egaemasligidir. Qo‘rboshilar siyosiy kurashda toblanganilg‘or jadid namoyandalarini ham o‘zlaridan chet-lashtirgan edilar. Zero, ular qanchalik olijanob maq-sadlar, jangovar shiorlar ostida jon fido etmasinlar,biroq ularning harakati yagona kurash dasturi asosidatashkil etilmagan edi. Harakat yetakchilari saflaridachinakam uyushqoqlikning yetishmasligi, joylardaharakat qilgan kuchlar o‘zlarining tor hududiy chega-ralari bilan o‘ralashib qolganligi, ayrim qo‘rboshilar-ning o‘z nafsoniyatlariga berilishi, dunyoqarashi torli-gi, cheklanganligi, manmanlik kasaliga chalinganligi,bir-birlari bilan kelisholmasligi, o‘zboshimcha xatti-harakatlarga intilishi kabi hollar oxir-oqibatda bukurashning borishiga jiddiy monelik qildi. Buni butunvodiy bo‘ylab harakat qilgan uchta yirik yetakchi:Madaminbek, Shermuhammadbek va Katta Ergashboshchiligidagi xalq lashkarlarining to‘liq birlashaolmaganligi fakti ham isbot etadi. Negaki, bu xalqdardi, g‘ami va tashvishlarini chuqur tushungan rah-namolari o‘ta zaruriyat taqozo etgan kezlarda o‘zarokelishmovchiliklarni bir chetga surib, bir-birlari bilanumumiy til topa olmadilar. Goho Madaminbek bilanKatta Ergash, yoxud Madaminbek bilan Xolxo‘ja eshon

51

Page 52: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

o‘rtasidagi nizo va ixtiloflar oqibatda ularning har biri-ni fojiali qismatga mahkum etdi.

Qarshilik ko‘rsatish harakati yetarli moddiy-ta’minot bazasiga, qurol-aslaha zaxirasiga ham egaemasdi. Ular chetdan keladigan harbiy madad va yor-damga ham umid qilolmasdilar. O‘lka zo‘ravoni bo‘libolgan sovetlar esa o‘z qo‘shinini zamonaviy qurol-yarog‘lar va harbiy kuchlar bilan ta’minlay olgan edi.Masalan, 1919-yil avgust oyi oxirlarida uning tasarru-fida 115376 nafar jangchi, shuningdek, 11112 ta pule-myot, yuzlab to‘plar, bronepoyezdlar, o‘nlab samo-lyotlar va boshqa zamonaviy qurollar mavjud edi.Sovetlar tashkil qilgan Turkiston fronti o‘zlarigaqarshi turgan kuchlarni qonga belashda mana shuqirg‘in qurollarni to‘liq ishga solgan edi. Ayyorlikdapixini yorgan sovet mutasaddilari va ularning ko‘psonli gumashtalari har bir vaziyatdan ustamonlik bilanfoydalandilar. Ular kerak bo‘lsa yo‘l qo‘ygan qo‘polxatolarini tuzatib, yon berib, mahalliy aholi norozili-gini yumshatib, ularni o‘z tomoniga ag‘darib olishgaurindilar. Jumladan, ular 20-yillar boshlarida vodiyaholisi o‘rtasida bir qator amaliy tadbirlar o‘tkazib(chunonchi, dehqonlarga yer berish, uiarni afv etish,soliqlar miqdorini bir qadar kamaytirish, Madaminbeksingari taniqli qo‘rboshilar bilan muzokaralar olib bo-rish, ular bilan kelishish, o‘zaro yon berish va hoka-zo), bu hududdagi ahvolni asta-sekin o‘z foydalarigao‘zgartirib bordilar. Sovet mafkurasining butun o‘tkirtig‘i, ta’sir vositalari mana shu maqsadga yo‘naltiril-gandi. Bu esa qarshilik ko‘rsatish harakatiningistiqboliga salbiy ta’sir o‘tkazmasdan qolmadi.

Bu harakat millionlab yurtdoshlarimiz hayoti vaqismatida o‘chmas fojiali iz qoldirdi. Ba’zi aniqlanganrasmiy ma’lumotlarga qaraganda, u milliondan ziyodmahalliy millat kishilarining aziz umrlariga zominbo‘ldi. Necha yuz minglab oilalarning o‘z ona zamini-ni tark etib, begona yurtlarga bosh olib ketishlarigasabab bo‘ldi. Qolaversa, son-sanoqsiz odamlar manashu fojia bois mamlakatning boshqa, uzoq hududlari-ga surgun va badarg‘a qilindi. Bu harakat yurtdosh-larimizga katta, ibratli saboqlar berdi, ularning kurash

52

Page 53: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

tajribasining boyishi, oshuviga muhim ta’sir ko‘rsatdi.Zero, ona O‘zbekistonimizning istiqlolga yuz tutib,dorilamon zamonlarga musharraf bo‘lishida, bugungibaxtiyor avlod kishilarining mustaqillik oliy ne’mati-dan bahramand bo‘lishida o‘sha 20—30-yillardabobokalonlarimiz qilgan ulkan sa’y-harakatlar, to‘kkanqutlug‘ qonlar, bergan behisob qurbonlarning ajri,ibrati ozmuncha emas. Ularning yorqin, porloq xoti-rasi hozirgi minnatdor avlod kishilarining dili, shuuri-da hamisha saqlangusi, faxr-iftixor tuyg‘usi bilaneslangusidir.

Savol va topshiriqlar

1. Qanday sabablar Turkistonda sovet hokimiyatigaqarshi qurolli harakatni keltirib chiqardi?

2. Nega bu kurash dastavval Farg‘ona vodiysida bosh-landi?

3. Farg‘onadagi harakat rahnamolari orasida kimlarningnomlarini alohida ajratib ko‘rsatgan bo‘lardingiz?

4. Madaminbek shaxsini qanday baholaysiz?5. Sovetlarning vodiyda yuritgan siyosatida yo‘l qo‘ygan

qo‘pol xatolari nimalarda namoyon bo‘lgandi?6. Vodiy qo‘rboshilarining bir-birlari bilan yetarli darajada

birlasha olmaganligining sabablarini qanday izohlaysiz?7. Qarshilik ko‘rsatish harakatini mag‘lubiyatga olib kel-

gan sabablarni nimalarda deb bilasiz?8. Sovet hokimiyati kuchlarining qarshilik ko‘rsatish

harakati kuchlari ustidan g‘olib kelganligining asosiy omilla-rini niimalarda deb hisoblaysiz?

9. Nima sababdan bu harakat o‘lkaning turli hududlaridaturlicha vaqtlarda sodir bo‘ldi?

10. Qarshilik ko‘rsatish harakati Turkiston xalqlari uchunqanday muhim saboqlar berdi?

5-§. XORAZM VA BUXORODA DEMOKRATIKHARAKATLARNING O‘SIB BORISHI. XONLIK VA AMIRLIKNING QULASHI

Ma’lumki, Xiva xonligi,Buxoro amirligi XIX asrikkinchi yarmida yuz bergan

Rossiya imperiyasi bosqinidan keyin o‘z mustaqilligi-dan mahrum bo‘lib, Rossiya protektorati (vassalligi)gaaylanib qolgan edi. Ular ichki siyosatda nisbatan mus-

53

Xiva xonligida ijtimoiy-siyosiy vaziyat

Page 54: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

taqil bo‘lsa-da, biroq uning xorijiy davlatlar bilanbo‘ladigan tashqi siyosiy va savdo-tijorat aloqalari Ros-siya hukumatining to‘liq nazoratida amalga oshirilardi.

Haqiqatan ham Xiva xonligining butun ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy-xo‘jalik hayotida Rossiya mustam-lakachiligi siyosatining kuchli ta’siri va asorati sezilibturardi. Buning ustiga mamlakatning xonidan tortib touning son-sanoqsiz, katta-yu kichik amaldorlarixalqqa keragidan ziyod jabr-zulm o‘tkazib kelardilar.Shu bois xonlikda ommaviy norozilik harakatlarito‘xtovsiz yuzaga kelib, kuchayib bormoqda edi.Ayniqsa, 1917-yilgi fevral inqilobiy o‘zgarishidankeyin Xivada ilg‘or demokratik harakatlar avj oldi.Endilikda Xiva xonligi fevral o‘zgarishidan foydalanib,o‘zini Rossiya ta’siridan xalos etib, mustaqillik maqo-mini qo‘lga kiritishga intildi. Ayni chog‘da xonlikningjafokash xalqlari hukmron sinflar va tabaqalar zulmi-dan qutilib, keng demokratik erkinliklar va huquq-larga ega bo‘lishga umid bog‘ladilar.

Xiva xonligi hududida aholikeng ijtimoiy qatlamlarining

demokratik yo‘nalishdagi harakati o‘sib bordi.Ularning sa’y-harakatlariga Yosh xivaliklar tashkilotirahnamolari yetakchilik qildilar. XX asr boshlaridavujudga kelgan Yosh xivaliklar uyushmasi o‘ziningdastlabki qadamlaridanoq xonlikdagi mustabid tu-zumni chuqur isloh qilish, xalqning ahvolini yaxshi-lash, uning tub maqsad, manfaatlarini ro‘yobgachiqarish uchun kurash olib bordi. 1917-yil boshlari-da Rossiyada bo‘lgan o‘zgarishlar ta’sirida Yosh xiva-liklarning faoliyati yanada kuchaydi. Ular o‘z dasturiyvazifalarini belgilab, xonlikdagi siyosiy vaziyatnio‘zgartirish va qator muhim demokratik islohotiarniamalga oshirishga harakat etdilar. Shu maqsadda Yoshxivaliklar rahbarlari xonlikning o‘ziga xos maxsusxususiyatlaridan kelib chiqib, tinchlik yo‘li bilan, asta-sekin mutlaq monarxiya tuzumidan konstitutsionmonarxiya boshqaruviga o‘tishga qaratilgan manifestishlab chiqdilar. Manifestda xonning vakolatlaridoirasini cheklash, uning xalqqa nohaq zulm o‘tkaz-gan, haddidan oshgan amaldorlarini jazolash, vazi-

54

Yosh xivaliklar faoliyati

Page 55: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

55

falaridan mahrum etish, ijtimoiy hayotning muhimsohalari — iqtisodiyot, ta’lim va madaniyat jabhalari-ni isloh qilish talablari aks ettirilgandi. Xivadagi ijti-moiy-siyosiy vaziyat keskin tus olayotgani, keng aholiqatlamlari faol harakatga kelayotganini, ommaviyko‘cha namoyishlari to‘xtamayotganini êî‘rgan Xivaxoni Isfandiyorxon murosa-yu madoraga borib o‘zarkoni davlati ishtirokida 1917-yil 5-aprel kuni mani-festni imzolashga majbur bo‘ladi.

Manifest talablariga ko‘ra xonlikda konstitutsionmonarxiya tuzumi o‘rnatildi. Ayni paytda tarkibi 30—50kishidan iborat ruhoniylar va savdo-sanoat ahli vakillari-dan saylangan Majlis va Nozirlar kengashi tuziladi. Ularxalq vakilligi boshqaruvi organlari sifatida xon hokimiyativakolatlarini ma’lum darajada chekladi.

Yosh xivaliklar tashkilotining taniqli rahnamolari-dan Bobooxun Salimov Majlis raisligiga, HusaynbekMatmurodov esa Nozirlar Kengashi raisligiga saylandi-lar. Xon xazinasi va uni tasarruf qilish ustidan nazorato‘rnatildi. Xon temiryo‘llar qurish, pochta-telegraf alo-qalari o‘rnatish, yangi jadid maktablari ochish to‘g‘risi-da va’dalar beradi. Yosh xivaliklarning bu g‘alabasimamlakatdagi barcha demokratik kuchlarga, erk vaozodlikka tashna xalq ommasiga quvonch bag‘ishladi.Biroq yuqoridan amalga oshirilgan bu o‘zgarishlarningvaqtinchalik xarakteri tez orada ma’lum bo‘ladi. Xon vauning atrofidagi mutaassib kuchlar qo‘ldan ketgannufuz va imtiyozlarini qaytarib olish niyatidan vozkechmagandilar. Ular fursat kutib, demokratiya taraf-dorlaridan qonli o‘ch olish, mustabid tuzumni to‘laqayta tiklash payida bo‘ldilar. Darhaqiqat, 1917-yiliyuniga kelib Isfandiyorxon o‘zini o‘nglab olgach,Rossiya muvaqqat hukumatining Xivadagi vakili, ge-neral Mirbadalov yordamiga tayanib, Matmurodovboshchiligidagi Yosh xivaliklar rahbar guruhini qamoq-qa oladi. Yosh xivaliklar partiyasi va uning faoliyatiqonundan tashqari deb e’lon qilinadi. Ularning ko‘plariqo‘lga olinib qamaladi, qattiq jazolanadi. Qolganlariesa xonlik hududini tark etishga majbur bo‘ladi. Iyuloyida Xivada Rossiya Muvaqqat hukumatining komis-sari lavozimi ta’sis etiladi va xonlikka qo‘shimcha har-

Page 56: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

56

biy qismlar, kazak qo‘shinlari yuboriladi. Buning boisishuki, Rossiya burjuaziyasining yangi Muvaqqat huku-mati o‘zini qanchalik demokratiya tarafdori etibko‘rsatmasin va o‘z tasarrufidagi mazlum xalqlargademokratik huquqlar hamda erkinliklar va’da qilmasin,ammo u mustamlakachilik siyosatini amalda davomettirdi. U butun choralar bilan Sharqdagi o‘z pozi-tsiyalarini saqlab qolish va mustahkamlashga intildi.Jumladan, Xorazm vohasidek boy-badavlat hududniqo‘lda tutib turish, unda har qanday jiddiy siyosiy vadavlat o‘zgarishlariga izn bermaslik uning o‘z oldigaqo‘ygan hukmdorlik maqsadlaridan edi.

Shunday qilib, Yosh xivaliklar rahbarlik qilgandemokratik kuchlarning xonlik tuzumiga qarshi olibborgan kurashining birinchi bosqichi muvaffaqiyatsizyakun topdi. Ularning davlat hokimiyatini demokratikizga solish orqali boshqarish harakati xon arkoni davlativa uning ko‘p sonli tarafdorlarining qattiq qarshiligigauchradi. Bu Yosh xivaliklar uchun katta jiddiy sinovbo‘ldi. Eng muhimi, Yosh xivaliklar boshqa kuchlarbilan ittifoq tuzmay, faqat o‘z tarafdorlari bilanginaharakat qilib, mutaassib qora kuchlarni yengib, tugalmaqsad-muddaolarga erishib bo‘lmasligini tushunibyetdilar. Muvaqqat hukumatning kerak bo‘lgandaXivaning mutaassib rejimini o‘z himoyasiga olib, ungaqalqon bo‘lganligi fakti ham Yosh xivaliklar ko‘ziniochdi. Bunday vaziyatda ular xonlik istibdodiga qarshikurashda yanada sobit bo‘lish, o‘z tarafdorlariniko‘paytirish, chetdan, eng avvalo, qo‘shni Turkistondafaol harakat qilayotgan demokratik va inqilobiy kuch-lardan, ularning yo‘lboshchilaridan madad olish, ularbilan yaqindan aloqalar bog‘lashga intildilar.

1917-yil kuzida Rossiyadayuz bergan oktabr o‘zgarishiuning tasarrufidagi Xivaxonligidagi voqealarning ri-

vojlanishi jarayoniga ham o‘z sezilarli ta’sirini o‘tkaz-masdan qolmadi. Avvalo, xonlikka tutash bo‘lganTurkiston hududlarida bolsheviklarning sovetlarhokimiyati zo‘ravonlik bilan o‘rnatildi. Bunday tuzumXiva bilan yaqin chegaradosh Amudaryoning o‘ng

Xorazm Xalq SovetRespublikasining

yuzaga kelishi

Page 57: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

sohili — Petroaleksandrovsk (To‘rtko‘l) va uningatroflarida ham qaror toptirildi. Turkistonda voqebo‘layotgan bunday o‘zgarishlar xonlikka bevositadaxl etmasdan, muxolifatchi kuchlarni junbushgakeltirmasdan qolmasdi, albatta. Garchi sovet RossiyasiXivaning davlat mustaqilligini rasmiy tan olgan bo‘lsa-da, biroq turli yo‘llar bilan, yashirin va oshkora tarzdauning ichki ishlariga aralashishni davom ettirdi.Ayniqsa, bunda xonlikdagi mavjud hukmron tuzumgaqarshi turgan kuchlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga har-biy, moddiy-moliyaviy va ma’naviy yordam ko‘rsatishva gijgijlashga alohida urg‘u berildi. Shu bilan birgalik-da xonlikning siyosiy ahvoli ham 1917-yil kuzidankeskinlashib bordi. Isfandiyorxon har qanday yo‘l bilano‘z saltanatini saqlab qolishga intildi. Uning yuritgankaltabin siyosati, ilg‘or kuchlarni quvg‘in va ta’qibgauchratishi, Yosh xivaliklar tashkilotini tor-mor etib,ularning rahbarlaridan o‘ch olishi xonlikni tang ahvolgaduchor etdi. Xonlikning Qo‘ng‘irot, Ko‘hna Urganch,Xo‘jayli, Taxta, Porsu bekliklarida mahalliy aholiningmavjud xonlik tuzumiga qarshi bosh ko‘tarishi, haddi-dan oshgan amaldorlardan o‘ch olish hollari yuz berdi.Masalan, Toshhovuz bekligining kambag‘allari 1918-yil boshida beklik mahkamasiga hujum uyushtirdi. Ularko‘plab boylar va savdogarlarning mol-mulki, don-dunini tortib oldilar. Bunday voqealar boshqa hudud-larda ham qayd etildi. Buning ustiga mamlakatdagivaziyatni boshqara olmay qolgan xon o‘z raqibi, anchata’sirli kuch egasi, turkmanlar sardori Junaidxonni1918-yil yanvarida Xivaga chaqirib, uni o‘z qo‘shinigabosh qo‘mondon (sardori karim) etib tayinlaydi.Junaidxon esa tez orada Isfandiyorxonni qatl ettirib,uning o‘rniga akasi, irodasiz Said Abdulloni xon qilibko‘taradi. Amalda esa Junaidxon yakka hukmron bo‘liboladi. Bolsheviklar va sovet hokimiyatining ashaddiydushmani Junaidxon hokimiyatni egallab olgach,sovetlarga qarshi ochiq kurashga kirishadi. U o‘z harbiykuchlarini 10 ming jangchiga yetkazadi. Shuningdek,Buxoro amirligi bilan aloqalar bog‘laydi. Angliya huku-mati tomonidan harbiy madad olishga intiladi. Biroq,Junaidxon harbiy qismlarining Amudaryo bo‘limi va

57

Page 58: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

58

Nukus atrofida sovet kuchlari bilan olib borgan hujumharakatlari mag‘lubiyatga uchraydi. Junaidxon o‘rnat-gan harbiy diktatura aholi o‘rtasida norozilik harakat-larining î‘sib, kuchayib borishiga sabab bo‘ladi. Buningnatijasida xonlikni tark etib, qo‘shni Turkiston ASSRhududlariga boruvchi qochoqlar soni ortib boradi.Xivadagi voqealar rivojini ko‘z-quloq bo‘lib kuzatibborgan sovet tomoni qulay fursatni boy bermay, xonlikaholisining norozilik harakatiga tobora inqilobiy tusberib bordi. Shu maqsadda sovet mutasaddilariqochoqlardan jangovar qismlar tuzib, qurollantirib,ularni xonlik tuzumini ag‘darishga safarbar eta bordi.Sovet Turkistoni rahbarlari bu bilan ham kifoyalanmas-dan Amudaryo bo‘limida (To‘rtko‘lda) N. A. Shaydakov vaN.M. Sherbakov boshchiligida shimoliy va janubiy har-biy dastalar tuzib, ularni xonlik tuzumiga qarshiharakatga yo‘lladi. Bu endi xonlik hokimiyatiniag‘darib tashlashga qaratilgan sovetlarning ochiqdanochiq zo‘ravonligi edi. Xonlikda kechayotgan zulmdannorozi bo‘lgan aholidan tashkil topgan qo‘zg‘olondastalari ham harakatga keladi. Ularning umumiy soni3 ming kishidan oshardi. 1919-yil dekabrining so‘nggidekadasida boshlangan sovet qo‘shinlari va ulargaqo‘shilgan mahalliy qo‘zg‘olonchi kuchlarning harbiyyurishi yanvar oyida Junaidxonga ketma-ket zarbalarberib, Xiva tomon siljib bordi. 1920-yil 2-fevralda Xivaegallandi. Junaidxon qolgan-qutgan qo‘shini bilanQoraqum sahrosiga chekindi. Qo‘g‘irchoq xon SaidAbdullo taxtdan voz kechdi. Shu tariqa, qizil armiyakuchi va madadi bilan Xiva xonligi ag‘darildi.Hokimiyat yangidan tuzilgan 5 kishidan iboratMuvaqqat Inqilobiy qo‘mita qo‘liga o‘tdi. Uning tar-kibiga Yosh xivaliklar va turkman urug‘-qabilalaridanikkitadan vakillar kiritildi. Inqilobiy qo‘mita raisi etibYosh xivaliklar rahbarlaridan biri Jumaniyoz Sul-tonmurodov saylandi. Tez orada Yosh xivaliklar ishlabchiqqan manifest e’lon qilindi.

Manifestda mamlakatning demokratik rivojlanish yo‘liniaks ettirgan keng sotsial-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy tad-birlar: «Xon va uning hukumati tomonidan mamlakatnimutlaq boshqarishni butkul barham toptirish; Xiva xoniga,

Page 59: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

to‘ralar va vazirlarga tegishli bo‘lgan mablag‘lar va mulk-larni xalq mulki deb e’lon qilish; kambag‘allar hayotiniyaxshilash yo‘lida yirik zamindorlar yerlaridan foydalanish;bolalarni bepul o‘qitish uchun Xivaning hamma joyidamaktablar ochish; Xivaning shaharlari va aholi manzil-gohlarida bepul shifoxonalar va sog‘lomlashtirish muas-sasalari ochish; Xiva xoni va beklari tomonidan kambag‘alaholidan tortib olingan yerlar, mulk va boshqa narsalarniqaytarib berish; majburiy mehnatga jalb qilish (begor)nibutunlay yo‘q qilish» nazarda tutilgan edi.

1920-yilning 27—30-aprel kunlari Xivada bo‘libo‘tgan xalq vakillari I Butun Xorazm qurultoyi Xivaxonligi tugatilganligi va yangidan Xorazm Xalq SovetRespublikasi tuzilganligini e’lon qildi. QurultoyXXSR ning muvaqqat Konstitutsiyasini qabul qildi.Unda «Xorazm davlatining davlat tuzumi sovetlar ne-giziga asoslangan respublika ekanligi, Xorazmningbutun xalqi o‘z vakillari yordamida mamlakatni bosh-qarishi» ta’kidlanadi. Respublikaning oliy hokimiyatiyilda bir marta chaqiriladigan qurultoy bo‘lib, u respub-lika hayotiga daxldor eng yirik vazifalarni hal etadi.Qurultoy mamlakatni boshqarish uchun 15 kishidaniborat hukumat — Xalq Nozirlar Kengashini sayladi.

Xalq hokimiyatiga saylovlar umumiy bo‘lib, res-publikaning 18 yoshga yetgan fuqarolari dini, millati,jinsidan qat’i nazar qurultoy yoxud mahalliy sovet-larga saylash va saylanish huquqiga ega bo‘ldilar.Faqat xon va uning oila a’zolari, ruhoniyat vakillari,sudxo‘rlargina saylov huquqlaridan mahrum etildi.

Konstitutsiya respublikaning o‘ziga xos xususiyati-dan kelib chiqib, shariat sudi tizimini saqlab qoldi.

Qurultoyda Xorazm respublikasining birinchihukumati raisligiga Yosh xivaliklar rahbari Polvon-niyoz Yusupov saylandi. Hukumat tarkibi ham Yoshxivaliklar va turkman urug‘-qabilalari boshliqlaridantashkil topgan bo‘lib, bu o‘sha davrdagi kuchlar nis-batini aks ettirardi.

1920-yil iyunida Xivada Xorazm Kompartiyasiningta’sis konferensiyasi bo‘ladi. Unda XKP ning tashkiliyrasmiylashuvi amalga oshadi. Bu davrda Xorazmkommunistlarining soni 1000 kishi atrofida bo‘lib,ular 22 ta partiya yacheykalariga birlashgan edilar.

59

Page 60: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

60

1920- va 1921-yil boshlariga kelib Xorazmda kasabauyushmalari, «Qo‘shchi» uyushmalari, inqilobiy yosh-lar ittifoqi tashkilotlari yuzaga keladi. Ularning saflariham tez ortib bordi. Masalan, 1921-yil bahorida«Qo‘shchi» tashkilotlari 6 mingdan ziyod dehqonlarnio‘z safiga birlashtirgan edi.

Xorazmda sovetlarning faol ko‘magi, qo‘llab-quv-vatlashi bilan xalq sovet respublikasining vujudga ke-lishi, Rossiya Federatsiyasi, qolaversa, Turkiston avto-nom sovet respublikasi uchun ayni muddao bo‘ldi. Ularyosh respublikaga asta-sekin ta’sir o‘tkazib, uni o‘zdomiga ilintirishga intildilar. Asosiy maqsad esaXorazmga «beg‘araz yordam» ko‘rsatish, sovet tartib-qoidalarini tashkil etish orqali uni pirovardida bolshe-viklar hokimiyati qo‘l ostiga kiritib olish edi. Jumladan,1920-yil 13-sentabrda Rossiya hukumati bilan XXSRo‘rtasida imzolangan ittifoq shartnomasi ham asl maz-mun-mohiyati bilan mana shu maqsadga xizmat qilar-di. Ittifoq shartnomasi bilan birga ikkala respublikao‘rtasida imzolangan harbiy-siyosiy va iqtisodiy ke-lishuvlar asosida Xorazm Xalq Sovet Respublikasigasovet Rossiyasi tomonidan tegishli harbiy, iqtisodiy vamadaniy yordam ko‘rsatish ko‘zda tutilgan edi.

XXSR va RSFSR o‘rtasida tuzilgan ittifoq shartno-masi hamda harbiy-siyosiy va iqtisodiy ahdlashuvlar,bir tomondan, Xorazm respublikasi mavqeyining mus-tahkamlanishiga, ikkinchi tomondan esa uning qudratlisovet davlatiga siyosiy qaramligini yanada kuchayibborishiga xizmat qilardi. Faqatgina 1921-yil davomidauch marta (mart, sentabr, noyabrda) hukumat o‘zga-rishi yasalib, Moskvaga ma’qul kelmagan uning tarkibiyangilandi. O‘z xalqi milliy manfaatlarini yoqlab siyosatyuritgan Polvonniyoz Yusupov, M.Ibniyaminov,O.Muhammadrahimov bosh bo‘lgan hukumat tarkib-lari bekor qilindi, ularning rahbarlari asossiz qoralanib,ular og‘ir jazolarga mahkum etildilar. Shuningdek,sovet Rossiyasi Turkiston hududidagi milliy respub-likalar mustaqilligini butkul barham toptirish, ularnio‘z tasarrufiga bo‘ysundirish sari qat’iy yo‘l tutdi. 1923-yil martida Toshkentda Turkiston, Buxoro, Xorazmrespublikalari vakillari ishtirokida konferensiya

Page 61: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

chaqirilib, unda mazkur respublikalarni iqtisodiy jihat-dan birlashtirish maqsadida O‘rta Osiyo IqtisodiyKengashi tuzildi. Bu esa ularni har tomonlamaboshqarish tizimi muruvvatlari Rossiya nazorati ostigao‘tayotganidan dalolat berardi.

1923-yil oktabrida bo‘lib o‘tgan IV Butun Xorazmqurultoyi respublikaning yangi Konstitutsiyasini qabulqildi. Unda amalga oshirilgan iqtisodiy, siyosiy, ijti-moiy va madaniy sohalardagi o‘zgarishlar tahlil qilinib,uning o‘z rivojlanishida sotsialistik bosqichga kirganli-gi ta’kidlanib, XXSRni Xorazm Sovet SotsialistikRespublikasi deb e’lon qildi. Konstitutsiya yerga bo‘l-gan xususiy mulkchilikni bekor qildi, barcha yerlarumumxalq mulki deb e’lon qilindi. Vaqf mulklariMaorif nozirligi ixtiyoriga o‘tdi. Bu Konstitutsiyao‘zining chuqur sinfiylik mohiyati bilan ajralib turardi.Vohada yuz berayotgan majburiy yo‘sindagi sotsialistiko‘zgarishlar, mulkiy tabaqalarga nisbatan qilinayotganzo‘ravonlik va bedodliklar mahalliy xalq noroziliginingalangalanib borishiga sabab bo‘ldi. 1924-yil yanvaridayuz bergan xalq qo‘zg‘oloni ham buning yorqin ifoda-sidir. Garchand qo‘zg‘olon qizil askarlar kuchi bilanbostirilgan bo‘lsa-da, biroq keng xalq ommasiningsovet tuzumiga qarshi kurashi 30-yillar o‘rtasigachadavom qildi.

1917-yilgi fevral burjuademokratik inqilobi va pod-sholik tuzumining ag‘dari-lishi, hokimiyatning boshqa

siyosiy kuchlar qo‘liga o‘tishi Buxoro amirligiga hamo‘z ta’sirini o‘tkazmasdan qolmadi. Negaki, podshoRossiyasining yarim mustamlakasi hisoblanib kelganBuxoroda bu davrga kelib ichki ijtimoiy-siyosiy vaiqtisodiy ziddiyatlar jiddiy tus olib borayotgandi.Buning boisi amirlikning moliyaviy-iqtisodiy hayoti vasavdo-sotiq aloqalari ko‘pdan buyon Rossiya iqti-sodiyotiga bo‘ysundirib kelinganligida edi. Bundauning siyosiy jihatdan qaramligini gapirib o‘tmasaham bo‘ladi. Binobarin, Rossiyadagi har bir o‘zgarish,iqtisodiy yoxud siyosiy larzalar amirlikning hayotmaromiga chuqur daxl etmasdan qolmasdi. Buning

61

Buxoro amirligidagivaziyat. Yosh buxo-

roliklar harakati

Page 62: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

ustiga mamlakat ichki hayotida hokimi mutlaq,cheklanmagan vakolatlar sohibi bo‘lgan amir va uningko‘p sonli ayonlari, amaldorlari mehnatkash ommagahukm o‘tkazib, zulm-sitamni kuchaytirib kelardi.

Yurt fuqarolarining aksariyat ko‘pchiligi adolatsiz-lik, huquqsizlikdan va demokratik erkinliklarningyo‘qligidan aziyat chekardi. Shu bois amirlikda tez-tezxalq g‘alayonlari yuz berib turardi. Ularda harakatgakelgan aholi tabaqalari o‘zlarining haqqoniy, adolatlitalablarini ilgari surib, mamlakatda o‘zgarishlarbo‘lishini yoqlardilar.

XX asr boshlarida ilg‘or, taraqqiyparvar ziyoli yosh-lardan tashkil topgan Yosh buxoroliklar tashkiloti hamaynan mana shu maqsadlarda faoliyat yuritardi. O‘zsaflarida Abduvohid Burhonov, Usmon Xo‘jayev(Usmonxo‘ja Po‘latxo‘jayev), Fayzulla Xo‘jayev,Abdurauf Fitrat, Sadriddin Ayniy, Mirza MuhitdinMansurov, Abdulqodir Muhitdinov va boshqa o‘nlabyurt fidoyilarini birlashtirgan Buxoro jadidlari 1917-yilinqilobiy voqealaridan foydalanib keng xalq manfaat-lari foydasiga muhim siyosiy o‘zgarishlarni ro‘yobgachiqarishga harakat etdilar. Ayniqsa, bunda amirgatazyiq o‘tkazib, uni xalqqa ko‘p masalalarda yonberishga, siyosiy tuzumni o‘zgartirishga, xususan,konstitutsion monarxiya joriy etishga urg‘u berildi.

Yosh buxoroliklar rahbarlari ishlab chiqqan islohotloyihasida, jumladan, amir huzurida va joylarda xalqvakillari bo‘lishi, ma’muriyat yaxshilanishi, u xalqvakilligi nazoratida bo‘lishi, amaldagi soliqlardantashqari boshqa soliqlar bekor qilinishi, maktab vamatbuot erkinligi, amirning eng mutaassib va johilamaldorlaridan ba’zilarini almashtirish talablari ilgarisurilgan edi.

7-aprelda amir Said Olimxon keng omma tazyiqi vaYosh buxoroliklarning islohiy talablari asosida Manifestchiqarishga majbur bo‘ladi. Unda amirlik tuzuminingtub negizlariga daxl qilmagan holda mamlakatda birqator demokratik o‘zgarishlar o‘tkazish ko‘zda tutil-gandi. Soliqlarni tartibga solish, turli ijtimoiy tabaqalarvakillaridan iborat Majlis tashkil qilish, maorif, tibbi-yot, sud tizimi faoliyatini yaxshilash, ma’muriy boshqa-

62

Page 63: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

rish ishlarini takomillashtirish va boshqalar shular jum-lasiga kirardi. Garchand amir manifesti Yosh buxoro-liklar tomonidan ma’qullanib kutib olingan bo‘lsa-da,biroq hukmron, qora kuchlar unga tish-tirnoqlari bilanqarshi turdilar. Ular namoyishga chiqqan islohot taraf-dorlariga hujum qilib, poytaxtda qonli qirg‘inlaruyushtirdilar. Yosh buxoroliklarni ta’qib qilish, ulardano‘ch olish avjga mindi. Ularning ko‘plab namoyan-dalari qo‘shni Turkiston ASSRga bosh olib ketishgamajbur bo‘ldi. Shu tariqa, amirlikda konservativ ruhda-gi kuchlarning qo‘li baland keldi. Islohiy harakatlarningbirinchi bosqichi muvaffaqiyatsiz yakun topdi.

1917-yil kuzida Rossiyada yuz bergan oktabr davlatto‘ntarishi va bolsheviklarning hokimiyatga kelishiBuxoroda ham aks-sado berdi. Ayni vaqtda Buxorogabevosita tutash rus aholi manzilgohlarida sovet tuzumio‘rnatildi. Bu esa amirlikdagi voqealar rivojiga ta’sirko‘rsatmasdan qolmadi. Negaki, sotsialistik inqilobg‘oyasini boshqalarga yoyishga intilgan bolsheviklarchegaradosh Buxoroni o‘z mo‘ljaliga olgan edilar. Shubois Rossiya Federatsiyasi, qolaversa, sovet Turkistoni,uning mutasaddilari har bir vaziyatdan foydalanib,Buxoro ichki ishlariga aralashib, muxolifatchi kuch-larni qo‘llab-quvvatlab, amirlik tuzumini qulatishharakatida bo‘ldilar. Xususan, 1918-yil martida «Ko-lesov voqeasi» nomi bilan tarixga kirgan qonli voqeabunga yorqin misol bo‘la oladi.

Turkiston avtonom sovet respublikasi hukumatiraisi F. I. Kolesov suveren Buxoro davlatiga ochiqtazyiq o‘tkazib, Yosh buxoroliklar talabini quvvatlaganbo‘lib, 1918-yil 2-martida Kogon temiryo‘li yoqalabqizil qo‘shinlar kuchi bilan ochiq harbiy hujumuyushtirdi. G‘azabga kelgan Buxoroning ko‘pchilikaholisi o‘z yurtini jon-jahdi bilan himoya qilib, bol-sheviklar hamlasiga qarshi yalpi kurashga otlandi. Bu-ning natijasida Kolesov hujumi tezlikda sharmandalar-cha barbod bo‘ldi. Bu esa amir va uning arkoni davlati-ga barcha inqilobiy-demokratik kuchlardan qonli o‘cholishi uchun bahona bo‘ldi. Ayniqsa, Yosh buxo-roliklar ayovsiz qirg‘in qilindi. Ularning ancha qismiyashirinishga yoxud muhojirlikka ketishga majbur

63

Page 64: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

bo‘ldi. F.Xo‘jayevning guvohlik berishicha, inqilobchikuchlar ustidan uyushtirilgan ommaviy qirg‘in-barotdavomida 1,5 ming nafarga yaqin kishi halok bo‘ldi.

Buxoroda mana shunday noxush fojiali holatningyuzaga kelishi va qancha minglab begunoh insonlarqonining behuda to‘kilishiga avvalo bolsheviklarningbuzg‘unchilik siyosati sabab bo‘ldi. Bu ham ularninguzoqqa mo‘ljallangan yashirin maqsad va muddaola-rini amalga oshirish yo‘lida har qanday jirkanch vaqabih ishlardan tap tortmasligiga yaqqol ishoradir.

1918-yilgi mart voqealari vaamirlik hamda uning teva-ragidagi ijtimoiy-siyosiy ja-

rayonlarning borishi Buxoro davlatini chuqur tanaz-zulga duchor etdi. Rossiya shaharlariga yuborilganko‘plab miqdordagi qimmatbaho mollar, mahsulotlarsotilmay omborxonalarda taxlanib qoldi. Buningevaziga Rossiyadan keltiriladigan mahsulotlar kelishito‘xtab qoldi. Buxoroning Rossiya bilan savdo-sotiqaloqalaridagi bu xil o‘zgarishlar uning iqtisodiy hayoti-ga, aholi turmush darajasiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Buesa xalq norozilik harakatlarining kuchayishiga olibkeldi. Amirning Rossiya Federatsiyasi va sovetTurkistoni tomonidan o‘z davlatiga nisbatan tahdid vahujumi xavfi kuchayib borishiga javoban o‘z harbiyqo‘shinini tinmay ko‘paytirishga urinishi ham aholiyelkasiga og‘ir yuk bo‘lib tushayotgandi. Shuningdek,amirlikning muxolifatchi va inqilobchi kuchlarga nis-batan shafqatsiz xatti-harakatlari ham siyosiy tangliknikuchaytirayotgandi. Bundan esa qo‘shni Turkistonningsovet mutasaddilari ustamonlik bilan foydalanishgaurindilar. Ular Buxorodan son-sanoqsiz oqib kelganinqilobiy va demokratik kayfiyatdagi kuchlarni ishgasolib, ularning tashkilotlarining tuzilishiga yordamberib, moddiy va ma’naviy quvvatlab, «Buxoro inqilo-bi»ni tayyorlab bordilar.

Buxoroning ko‘zga ko‘ringan rahbarlari: F.Xo‘-jayev, U. Xo‘jayev, Ota Xo‘jayev, Qori Yo‘ldosh Po‘-latov, M.Qulmuhamedov, A.Yoqubov, A. Muhitdinov,N. Husainov va boshqalarning inqilobiy faoliyatiMoskva va Toshkentda ma’qullanib, ularning harakat

64

Buxoro Xalq SovetRespublikasining

tashkil topishi

Page 65: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

dasturlari ishlab chiqilganligi boisi ham shundandir.Masalan, 1918-yil sentabrida Toshkentda Buxoroningmuhojir inqilobchilari tomonidan Buxoro kompar-tiyasi va uning markaziy Qo‘mitasi tuzilishi (uning raisiA. Yoqubov, o‘rinbosari M. Qulmuhamedov) yoxud1920-yil yanvarida Toshkentda F.Xo‘jayev boshchiligi-da «Yosh buxorolik inqilobchilar partiyasi TurkistonMarkaziy byurosi»ning tashkil etilishi, uning Turk-komissiya, RSFSR hukumati va RKP(b) MQ to-monidan e’tirof etilishi ham buning aniq ifodasidir.

Yosh buxoroliklar partiyasi ishlab chiqqan dasturda tezvaqt ichida feodal-despotik tuzumni tugatish, mamlakat-da demokratik respubiika tuzish va keng xalq ommasiningtub manfaatlarini ko‘zlab bir qancha ijtimoiy-demokratiko‘zgarishlarni amalga oshirish vazifalari bayon etilgan edi.

Yosh buxoroliklar tashabbusi bilan 1920-yil iyun-dan Toshkentda chiqa boshlagan «Uchqun» gazetasi-da ham ilg‘or demokratik g‘oyalar ilgari surildi.Buxoro xalqini amirning mutlaq tuzumini ag‘daribtashlash uchun faol kurashga da’vat etib borildi.

Gap Buxoro amirligini ag‘darish, xalq hokimi-yatchiligini tashkil qilish, demokratik o‘zgarishlarto‘g‘risida borar ekan, bunda sovet hukmdorlariningasl maqsadlari nimadan iborat edi? Ularning muddao-lari mahalliy xalq kurashchilarini ishga solib, amirlik-ka qarshi harakatga safarbar etish edi. Faqat buginaemas, balki ularning tashabbusidan foydalanib, sovetqo‘shini bilan Buxoroga ochiq hujum uyushtirish edi.Negaki, sovet tomoni ustamonlik bilan ishlab chiqqanrasmiy hujjatlar va yo‘1-yo‘riqlarda amir Buxorosigaqarshi kurash boshlash tashabbusi faqat mahalliy«inqilobchi» kuchlar tomonidan bo‘lishi kerakligi alo-hida ta’kidlangandi.

Amirlik tuzumini ag‘darib tashlash uchun tayyor-garlik ishlari sovet Turkistoni hukumati va uningFrunze boshliq Turkiston fronti qo‘mondonligi tomo-nidan boshlab yuborilgandi. Chunonchi, 1920-yil iyuno‘rtalaridayoq zamonaviy qurol-aslahalar bilan qurol-langan qizil qo‘shinlar Buxoro chegaralariga keltiribqo‘yilgandi. Ayni paytda Buxoroda qurolli qo‘zg‘olon-ni o‘tkazish yuzasidan harbiy-inqilobiy byuro tashkil

653 — O‘zbekiston tarixi

Page 66: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

etildi. Uning tarkibiga Turkkomissiya vakillari M.Frunze, V. Kuybishev, TKP vakili N.To‘raqulov, BKPMarkaziy Qo‘mitasi raisi N. Husainov, Yosh buxoro-liklar partiyasi rahbari F. Xo‘jayevlar kirgandilar. Hattobo‘lajak Buxoro Inqilobiy qo‘mitasi va hukumati tar-kiblari ham avvaldan tayyorlab qo‘yilgandi. Shuninguchun ham Buxoro amirligining ag‘darilishi aslida bol-sheviklar zo‘ravonligi va makkorona siyosatiningyaqqol ifodasi bo‘lgandi.

1920-yil 29-avgustda Chorjo‘yda amir tuzumigaqarshi «xalq qo‘zg‘oloni» boshlanishi bilanoq, BeshimSardor boshchiligidagi inqilobiy qo‘mita avvaldantuzilgan kelishuvga binoan darhol sovet hukumatigamurojaat qiladi. Bu sovet qo‘shinining qo‘zg‘olonchikuchlarni himoya qilib, Buxoroga qarshi urushharakatlarini boshlashiga bahona bo‘ladi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, sovet qo‘shini ixtiyoridashu davrda 10 ming qizil askar, 40 ta to‘p, 230 taga yaqinpulemyot, 10 ta zirhli avtomobil, 5 ta zirhli poyezd va 12 tasamolyot bor edi. Shuningdek, Turkiston fronti qo‘shinibilan birga hujum harakatlarida 5 ming kishiga yaqin bu-xorolik «inqilobiy tuzilmalar» ham ishtirok etdilar.

Amir lashkari son jihatidan ko‘p bo‘lgani bilan (20mingga yaqin) biroq uning qurollanish darajasi qizil-lar qo‘shiniga nisbatan ancha zaif holda edi. Hujumgatashlangan sovet qo‘shinlari amirlikning Chorjo‘y,Qarshi, Kitob, Shahrisabz va boshqa hududlarini egal-lab, Buxoro tomon siljib bordilar. Ayniqsa, bu bosqinnatijasida Buxoro va uning ko‘p sonli aholisi mislsizzarar ko‘rdi. Shahar bir necha kun davomida zamo-naviy qurollardan o‘qqa tutildi, bombardimon qilindi.Uning ko‘plab noyob osori-atiqalari, tarixiy obidalarivayron etildi. Nihoyat, 1920-yil 2-sentabrda amir vauning lashkari yengilib, Buxoroni tark etadi. Shun-dan so‘ng shahar sovet bosqinchilari tomonidan egal-lanadi.

Garchand amirlik tuzumining ag‘darilishi uzoqdavrlar davomida «xalq qo‘zg‘oloni» yo‘li bilan amal-ga oshirilgan, deb kelingan va son-sanoqsiz adabiyot-larda bitilgan bo‘lsa-da, biroq bunda sovet qo‘mon-donligining to‘la harbiy kuchi hal qiluvchi rol o‘yna-

66

Page 67: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

67

ganligi faktdir. Bu haqiqat istiqlol sharofati bilan mil-liy tariximizga haqqoniy, xolis yondashuv tufayliyuzaga chiqdi va e’tirof topdi. Buxoro qizil qo‘shinlartomonidan egallangach, hokimiyat Butun BuxoroMuvaqqat Inqilobiy Qo‘mitasi qo‘liga o‘tdi.

1920-yil 14-sentabrda BKP MQ va Butun BuxoroMuvaqqat Inqilobiy Qo‘mitasining birlashgan majlisi-da A.Muhitdinov boshchiligida oliy qonun chiqaruv-chi organ — Butun Buxoro Inqilobiy Qo‘mitasi vaF.Xo‘jayev raisligida Respublika hukumati — XalqNozirlar Kengashi tashkil qilindi. O‘sha yilning 6—8-oktabr kunlari xalq vakillarining I Butun Buxoroqurultoyi bo‘lib o‘tdi. Unda Buxoro Xalq Sovet Res-publikasi tuzilgani to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

1921-yil 4-martda Moskvada BXSR bilan RSFSRo‘rtasida ittifoq shartnomasi va iqtisodiy bitimimzolandi. Bu rasmiy hujjatlar asosida Buxoro davla-tining sovet Rossiyasiga harbiy-siyosiy va iqtisodiyjihatdan har tomonlama bog‘liq bo‘lib qolganligiqonuniy belgilab qo‘yildi. Bu esa Rossiya Federa-tsiyasi va uning Turkistondagi vakolatli namoyan-dalariga Buxoro Xalq Respublikasining ichki ishlarigabevosita aralashish, u yerdagi o‘zgarishlarni nazoratgaolish va uni aniq sotsialistik maqsadlar sari qaratishuchun keng imkoniyatlar ochib berdi.

Darhaqiqat, sun’iy inqilob yasash yo‘li bilan xalqni

Qizil qo‘shinlarning «Buxoro inqilobini yasash» borasida 1920-yilsentabri boshida Buxoroga yetkazgan mislsiz zarari oqibatlari.

Page 68: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

68

«harakatga keltirib», amirlik tuzumini zo‘rlik, kuchasosida ag‘darib, Buxoro Xalq Sovet Respublikasituzilishiga erishgan sovet hokimiyati endilikda ungao‘zining sotsialistik g‘oyalari-yu tartib-qoidalarinibemalol tiqishtira olardi. Bu hol Buxoroning mus-taqil, suveren davlat sifatida taraqqiy topishiga,xalqining asriy orzularining ro‘yobga chiqishiga, uningo‘ziga xoslik, milliylik xususiyatlarining bardavomligi-ga jiddiy to‘sqinlik tug‘dirardi, albatta. Shu boisBuxoro hukumatining mustaqil siyosat yuritishiga,qo‘shni mamlakatlar yoxud Turkiya, Germaniya sin-gari uzoq xorijiy davlatlar bilan diplomatik va savdo-sotiq aloqalari o‘rnatish borasidagi sa’y-harakatlarigaizn berilmadi. Markazning S. Orjonikidze, Sh. Eliava,Y. Peters singari nufuzli emissarlari Buxoroga tez-tezyuborilib, Buxoro hukumati faoliyatini taftish qilish,uning yo‘l qo‘ygan xato, nuqsonlarini fosh qilish bilanshug‘ullandilar. Hatto RKP(b) MQ 1922-yil mayida«Turkiston—Buxoro ishlari haqida» qaror qabul qildi.Unda O‘rta Osiyoda, jumladan, Buxoroda jadallikbilan sotsialistik tuzumni mustahkamlash qat’iy uqti-rilgan edi. Shuningdek, RKP(b) MQning 1923-yil 12-iyunda qabul qilgan Buxoro masalasiga doir maxsusqarori ham BXSRning ichki ishlariga qo‘pollik bilanaralashish edi. Negaki, bu qarorda Buxoroning rivoj-lanish jarayonini «sotsialistik iz»ga burib yuborishmaqsadi ko‘zda tutilgandi. Buxoro xalqining tub mil-liy manfaatlari yo‘lida fidoyilik bilan faoliyat yuritganAbdurauf Fitrat, Mo‘injon Aminov, Ota Xo‘jayev,Sattor Xo‘jayev, Rahimjon Yusufzodalarning respub-lika hukumati tarkibidan chetlatilishi ham Moskvavakillarining talabi bilan amalga oshirilgan edi.Buxoro Xalq Sovet Respublikasining asosiy rahbartashkiloti — Buxoro Kompartiyasi RKP(b) MQningviloyat tashkiloti maqomida faoliyat yuritishga majburedi. Respublika hududida sovetlarga qarshi kuchlarnibostirish bahonasi bilan to‘plangan son-sanoqsiz qizilaskarlarning mutlaq ko‘pchiligi chetdan keltirilgandi.Masalan, 1922-yilda mavjud 40 ming kishilik qizilarmiya tarkibida buxoroliklar atigi 500 kishini tashkiletardi, xolos. Buxoro respublikasining 1921-yil sen-

Page 69: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

69

tabrida qabul qilingan Konstitutsiyasi ham RSFSRkonstitutsiyasi andozasida tuzilgan edi.

Markaz tashabbusi bilan 1923-yil martida O‘rtaOsiyo Iqtisodiy Kengashining tuzilishi va uning tar-kibiga Buxoroning ham jalb qilinishi, bu uning iqti-sodiy mustaqilligining asta-sekin qo‘ldan boy beri-lishiga sabab bo‘ldi. Hukmron Markaz tazyiqi asosidabu hududda qat’iy tarzda sotsialistik o‘zgarishlaramalga oshirilib borildi. 1923-yilda qabul qilinganBXSR Konstitutsiyasiga binoan mulkdorlar, savdogar-lar, ruhoniylar saylov huquqidan mahrum etildi.

1924-yil sentabrida bo‘lib o‘tgan 5-Butun Buxoroqurultoyi BXSRni Buxoro Sovet Sotsialistik Res-publikasi deb e’lon qildi. Nihoyat, 1924-yilda o‘tka-zilgan milliy-hududiy chegaralanish natijasida uninghududlari O‘zbekiston va Turkmaniston SSR tarkibi-ga qo‘shib yuborildi. Sovetlarning bu zo‘ravonliksiyosati voha xalqining keyingi tarixiy qismatida aso-ratli iz qoldirdi. Shu bois tez orada boshlanib ketganBuxoro mehnatkashlarining sovetlar tuzumi zo‘ravon-ligiga qarshi harakati XX asrning 30-yillari o‘rtalarigaqadar davom etdi.

Savol va topshiriqlar

1. 1917-yil fevral inqilobiy o‘zgarishi davrida xonliklardaqanday ijtimoiy-siyosiy vaziyat hukm surayotgandi?

2. Xiva xonligida siyosiy ahvol qanday edi?3. Yosh xivaliklar faoliyatiga oid nimalarni bilasiz?4. Yosh xivaliklar tashkiloti rahbarlaridan kimlarni alohida

ajratib ko‘rsatsa bo‘ladi?5. Junaidxon xonlik hukmdori bo‘lib olganidan keyin ne-

ga xonlikdagi siyosiy tanglik jiddiy tus olib bordi?6. Xiva xonligi qay yo‘sinda tugatildi?7. Buxoro amirligida vaziyat qanday edi?8. «Kolesov voqeasi» nima maqsadda tashkil etilgandi va

u qanday oqibatlarga sabab bo‘ldi?9. Yosh buxoroliklar faoliyati haqida nimalarni bilasiz?10. Bolsheviklar va sovet hokimiyatining Buxoro ichki ish-

lariga aralashuvining kuchayishi sabablari nimada edi?11. Sovet Turkistoni harbiy qo‘shinining Buxoroga bosqin

uyushtirganini qanday baholash mumkin?12. Buxoro amirligi ag‘darilgach qanday hokimiyat organ-

lari tuzildi?

Page 70: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

70

O‘RTA OSIYO MILLIY-DABLAT CHEGARALANISHIK

ASPIY

DEN

GIZ

I

S I R D A R Y O

Q I R G‘ I

Z I S T O N

ÒU

RK

I ST

ON

BuxoroBU

XORO

E R O N

Êrasnovodsk

XORAZMXALQ SOVET

RESPUBLIKASI

Kushka

ORO

LDENGIZ

I Sirdaryo

Chimboy

XivaTo‘rtko‘

l

Asxabod

Ura

l

Emba

R F

S

Amudaryo

Tajan

Page 71: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

71

À S S R

V I L O

Y A T I

Chimkent

Nam

anga

n

Skobelev

ZarafshonSAMARQAND

o

XALQ

Termiz

FARG‘O

NA

VILO

YATIHIN

DIS

TON

HindA F G‘ O N I S T O N

X I

Ò O

YIssiqk

o‘l

VERNIY

SOBET

RESPUVLIKASI

AndijonSAMARQANDVILOYATI

TOSHKENTChir

chiq

PishpakAvliyoota

À S

S R

ARAFASIDA (1920–1924-YILLAR)

Chy

Balxa

sh k

.

S

R

Turkiston

Dusha

nbe

Page 72: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

72

II b o b. Sovet hokimiyatining O‘zbekistonda yuritgan siyosiy,

iqtisodiy, ma’naviy siyosati va amaliyoti

6-§. MILLIY SIYOSAT VA DAVLAT QURILISHI MASALALARI

Bolsheviklar partiyasi boshbo‘lgan sovet hokimiyati

Turkistonda uzoqqa mo‘ljallangan o‘z makkoronarejalarini amalga oshirishga kirishdi. Shu maqsadniko‘zlab u XX asrning 20-yillari boshlaridan bu zamin-da mustamlakachilarga xos «orani buz, hokimlik qil»qabilidagi o‘z milliy siyosatini hayotga izchil tatbiqetish yo‘lini tutdi. Aslida sovetlarning milliy siyosatipodsho Rossiyasining ko‘p zamonlar bu yurtda yuritibkelgan shovinistik, ulug‘ davlatchilik siyosatidan mo-hiyat e’tibori bilan farq qilmasdi. Faqat uning shakli-shamoyili o‘zgargandi, xolos.

Gap shundaki, Rossiya imperiyasi hukmronligidavrida chekka o‘lkalar xalqlari ochiq-oshkora tarzdakamsitilar, ularning insoniy qadr-qimmati, or-nomusi, asliy milliy qadriyatlari tahqirlanar edi. Sovetmutasaddilari esa o‘zlarining niqoblangan soxta ish-lari, yolg‘on-yashiq va’dalari va da’vatlari bilan maz-lum millat kishilarini laqillatishga, o‘z hukmlarigabo‘ysundirishga, «yagona Turkiston uchun» kurashg‘oyasini yo‘qqa chiqarishga intildilar.

Turkiston xalqlari o‘z milliy davlatchiligini tiklashva rivojlantirishga intildi. 1920-yil yanvarida bo‘libo‘tgan Turkiston Kompartiyasining V o‘lka konferen-siyasida Turkiston ASSR MIQ raisi T. Risqulov so‘zgachiqib mushtarak Turkiston g‘oyasini ilgari suradi,asosan turkiy xalqlardan iborat Turkiston AvtonomRespublikasini Turk Sovet Respublikasi, TurkistonKompartiyasini Turkiy xalqlar Kompartiyasi, debo‘zgartirishni taklif qiladi. Bu takliflar o‘lka ijtimoiy-siyosiy hayotida, RKP(b) Markazqo‘mi, uning Siyosiybyurosi, sovet hokimiyati doiralarida turli bahslargasabab bo‘ladi. Shu bois «Turkiston masalasi» birnecha bor Markazda, RKP(b) Markaziy Qo‘mitasi

Milliy siyosat

Page 73: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

73

Siyosiy byurosining 1920-yil mart—iyun oylaridagimajlislarida muhokama qilindi. Garchand Markaz«Turkiston masalalari»ga yuzadan turib qiziqish bildir-gan bo‘lsa-da, biroq Turkistonga mustaqillik berishnio‘z oldiga maqsad qilib qo‘ymagan edi. Shu zayldamasalaning yechimi cho‘zila boradi.

1920-yil 13-iyunda T. Risqulov, N. Xo‘jayevlardaniborat Turkiston xalqlari delegatsiyasi o‘z amaliy tak-liflari bilan bevosita sovet hukumati rahbari V. I. Leninqabulida bo‘ladi. Bu ular uchun so‘nggi umid va najotilinji edi. Oqibat natijada shunday bo‘ldiki, na sovethukumati rahbariyati va na bu masalani 1920-yil 29-iyulida ko‘rgan RKP(b) Markazqo‘mi Siyosiy byurositurkistonlik delegatsiya iltimosnomasiga ijobiy bahobera oldi. Buning aksincha, sovet hukumati va partiyarahbariyati o‘lkadagi vaziyatni tezlikda bartaraf etishuchun shoshilinch tarzda «RKP(b)ning Turkistondagiasosiy vazifalari to‘g‘risida» degan nom ostida bir nechaqarorlar qabul qildi. Jumladan, «Turkistonda hokimiy-atni tashkil etish to‘g‘risida»gi maxsus qarordaTurkistonda Butun Rossiya Markaziy Ijroiya Qo‘-mitasi, RSFSR Xalq Komissarlari Soveti va RKP(b)Markaziy Qo‘mitasining doimiy vakolatxonasi bo‘lishikerakligi zarur, deb ko‘rsatildi. Mazkur qaror o‘lka ha-yoti ustidan nazoratni kuchaytirish, sovet hokimiyatinegizlarini mustahkamlashga xizmat qildi.

Shunday qilib, o‘lka xalqlarining o‘z taqdirini o‘zibelgilash, o‘z milliy davlatchiligini o‘z xohishlarichahuquqiy asosda tashkil qilish borasidagi yana bir uri-nishi barham topdirildi. O‘lka xalqlarining orzu-umidlarini ro‘yobga chiqarishga muvaffaq bo‘la olma-gan Turkiston ASSR Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi raisi,taniqli arbob T. Risqulov tez orada o‘z lavozimidaniste’foga chiqishga majbur bo‘ladi. Gap shundaki,sovet Rossiyasi hukumati Turkistonning emin-erkinrivojlanish yo‘lidan ilgarilab borishini emas, balkiuning doimiy o‘z nazoratlari ostida bo‘lishini xohlar-di. O‘lkaning mehnatsevar, jafokash xalqi, uning boy-liklari, tabiiy va mineral resurslari Markaz foydasigaishlashi, xizmat qilishi ularning birdan bir muddaolariedi. Hukmron Markaz tashabbusi bilan tashkil etilgan

Page 74: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

74

Turkkomissiya, O‘rta Osiyo Byurosi, O‘rta Osiyo Iqti-sodiy Kengashi singari nufuzli organlarning o‘lkahayotining barcha jabhalarini o‘z nazoratiga olishi, o‘ziznlariga bo‘ysindirish borasida harakat etib kelganligiboisi ham mana shundadir.

Ma’lumki, bolsheviklar boshliq sovetlar hokimiyatibarcha usul va g‘oyaviy ta’sir vositalarini ishga solib,mazlum millatlarni yagona bir qizil saltanat tarkibigabirlashtirish, shu asosda qudratli ittifoq davlatinibarpo etishni o‘z oldilariga bosh maqsad qilib qo‘ydi-lar. Podsho Rossiyasining mustamlakachilik siyosatiniboshqacha shakl va ko‘rinishlarda ustamonlik bilandavom ettirgan makkor sovet rejimi sovet respub-likalari ittifoqini tuzishga, ularni RSFSR atrofiga jips-lashtirishga asosiy e’tibor qaratdi. Bunda yosh sovetrespublikalarining Birinchi jahon urushi (1914—1918-yillar) va Fuqarolar urushi oqibatlari, o‘z milliydavlatchiligi va iqtisodiy-ijtimoiy hayotini qurish,xo‘jalik ishlarini tashkil etish, kadrlar masalasi, o‘zhududiy yaxlitligini saqlash kabi ayrim vaqtinchalikqiyinchiliklarga duch kelganligi bolsheviklarga qo‘lkeldi. Shu bilan birgalikda RSFSR hukumatitomonidan 1918—1922-yillarda yangi sovet respub-likalariga diplomatik, siyosiy-iqtisodiy, harbiy, moli-yaviy ta’sir o‘tkazildi. Bu jarayonga bolsheviklarboshchilik qildilar.

Garchi bo‘lajak Ittifoq sovet respublikalariningdo‘stlik va tenglikka asoslangan ixtiyoriy ittifoqibo‘ladi deyilsa-da, biroq uzoqni ko‘ra biladiganrespublikalarning bir qator rahbarlari bunga qarshiedilar. Masalan, Ukraina Kompartiyasi MarkaziyQo‘mitasi kotiblari X.G.Rakovskiy va D. L. Pyatakovyagona ittifoq davlati g‘oyasiga qarshi chiqib, umum-ittifoq hokimiyat organlari bo‘lmagan «konfederat-siya» tuzishni yoqlab chiqdilar. Gruzin milliy ziyolilariham yangi ittifoq tuzish g‘oyasini qo‘llamadilar. Birnecha bor RKP(b) Markaziy Qo‘mitasi Siyosiybyurosida, partiyaning syezdlari va plenumlarida,shuningdek, sovet tashkilotlarida bu masala kengmuhokama qilindi. Muhokamalarda, jumladan, sovethukumati arboblaridan biri I. Stalin «avtonom-

Page 75: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

75

lashtirish» g‘oyasini ilgari surdi. Unga ko‘ra, sovetrespublikalari muxtor (avtonom) respublika maqomibilan RSFSR tarkibiga kirishlari kerak degan g‘oyailgari surilgan edi. Tabiiyki, bunday taklifga milliyrespublikalar xohish bildirmasliklari ham mumkin edi.Bu xavfni anglagan Lenin yangi ittifoq RSFSR danyuqori bo‘ladi va unga RSFSR ham boshqa milliyrespublikalar kabi teng maqom va huquqlar bilankiradi, degan fikrni bildirdi. Bu sovetlarning yana biro‘ziga xos hiylasi edi.

Nihoyat, RKP(b) rahbarligida joylarda uzoq vaqtolib borilgan tashviqot-targ‘ibot ishlari va ko‘rsatilgantazyiqlar o‘z natijasini berdi. Ukraina, Belorussiya,Zakavkazye Federatsiyasi Kompartiyalari, bu respub-likalarning sovetlar syezdlari RKP(b) Markazqo‘mi-ning «SSSRni tuzish to‘g‘risida»gi takliflarini qo‘llab-quvvatlashlarini bayon qildilar.

1922-yil 26-dekabrda Sovetlarning Butun RossiyaX syezdi sovet respublikalarini yagona sovet davlatigabirlashtirishni zarur deb topdi. Syezd o‘zi saylagandelegatsiyasiga USSR, BSSR va ZSFSR delega-tsiyalari bilan birgalikda Sovet Sotsialistik Respub-likalari Ittifoqini tashkil etish to‘g‘risidagi Dekla-ratsiya loyihasini ishlab chiqish va Ittifoq shartno-masini tayyorlashni topshirdi.

1922-yil 29-dekabrda Moskvada to‘rt respublikavakolatli delegatsiyalarining konferensiyasi bo‘libo‘tadi. Konferensiya SSSR ni tuzish to‘g‘risidaRKP(b) Markaziy Qo‘mitasi plenumi tasdiqlaganDeklaratsiya va Shartnoma loyihasini muhokamaqilib, uni ma’qullaydi. 30-dekabrda uni to‘rt respub-likalarning vakolatli delegatsiyalari imzolaydilar.

1922-yil 30-dekabrda Moskvada ButunittifoqSovetlarining I syezdi SSSR ni tuzish to‘g‘risidagiDeklaratsiya loyihasini ko‘rib chiqib, Deklaratsiya vaIttifoq Shartnomasini tasdiqlaydi.

Syezd yangi ittifoq — SSSR ning yuqori hokimiyatorganlari — Markaziy Ijroiya Qo‘mitasini va hukuma-tini tuzdi. SSSR MIQ Raislari etib, RSFSR danM.I.Kalinin, Ukrainadan G. I. Petrovskiy, Belorus-siyadan A. G. Chervyakov, ZSFSRdan N. N. Narima-

Page 76: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

novlar saylandi. V. I. Lenin SSSR Xalq KomissarlariSoveti raisi etib tasdiqlandi.

Shunday qilib, oktabr to‘ntarishidan 5 yil o‘tgan-dan keyin 1922-yil 30-dekabrda SSSR tuzildi. Uningta’sischilari RSFSR, BSSR, USSR, ZSFSR hukumat-lari bo‘ldilar. Keyinchalik uning tarkibi kengayibbordi. XX asrning 30—40-yillari boshlariga kelib buittifoq davlati tarkibi yangi respublikalar hisobiga ken-gayib, u son jihatidan 15 taga yetkazildi. Shundayqilib yer yuzi hududining 1/6 qismini egallaganqudratli sovetlar saltanati vujudga keldi.

Bu ittifoqqa asos solgan barcha dasturilamal hujjat-larda tenglik, birodarlik tushunchalari aks ettirilsa-da,biroq amalda u hukmron Markaz uchun butun-butunxalqlarning taqdir-qismati, inon-ixtiyorini tamomilao‘z tasarrufiga bo‘ysundirishga xizmat qilgan tuzoqrolini o‘tab keldi. Negaki, bu ittifoq uning tarkibigakiritilgan har bir milliy respublikaning amaldagi mus-taqilligini barham toptirdi, emin-erkin rivojlanishigag‘ov soldi. Bunday og‘ir ayanchli qismatni O‘zbekistonva uning jabrdiyda xalqi ham o‘z boshidan kechirdi.

Ma’lumki, O‘rta Osiyo hu-dudida qadim-qadimdantili, dini, tarixi, madaniyati,an’analari bir-biriga juda

yaqin va mushtarak qardosh va qondosh xalqlaryashab kelganlar. Bu yerda istiqomat qilgan o‘zbeklar,turkmanlar, tojiklar, qozoqlar, qirg‘izlar, qoraqalpoq-larning xo‘jalik hayoti, turmush tarzi, udumlari hamo‘xshash bo‘lib, shu muqaddas ona zaminni o‘zlari-ning asl Vatanlari deb bilganlar. «Biz ildizi, tomirlaribir xil xalqmiz», degan g‘oya azaldan avloddanavlodga o‘tib keladi. Bu g‘oya doimo hudud yaxlitligi,birligiga xavf tug‘ulganda kuchli, yengilmas tushun-chaga aylangan, xalqlarning bir-biridan ajralib, uzoq-lashib ketishiga yo‘l qo‘ymagan. Ular hamisha bir-bir-lariga og‘a-ini, quda-anda bo‘lganlar. YurtboshimizIslom Karimov ta’kidlaganlaridek, «Bizning ota-bobolarimiz ham, momolarimiz ham bir».

Biroq, afsuslar bo‘lsinki, pixini yorgan sovet hoki-miyati arboblari qondosh va jondosh, tarixan bir yagona

76

Milliy-hududiy chegaralanish va uning

oqibatlari

Page 77: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

hududda yashab kelgan birodar xalqlarni bir-biridanajratib tashlash, ularning birlashib davlat tuzishlarigaizn bermaslik uchun butun choralarni ishga solib bor-ganlar. Bundan kuzatilgan bosh maqsad — o‘lka xalq-larining birlashuviga, o‘z istiqlolini va istiqbolini birga-likda bunyod etishiga yo‘l qo‘ymaslik va shu asosdaMarkazning bu yerdagi hukmronligiga, sotsialistik qaytaqurish jarayonining avj olishiga keng maydon yaratishedi. Shu maqsadda Turkistonni milliy o‘ziga xoslik, tilbirligi asosida bo‘lib tashlash g‘oyasi ilgari surildi.

Markazning hukmronlik irodasini bajarishga da’vatetilgan Turkiston ishlari bo‘yicha maxsus komissiya —Turkkomissiya zimmasiga o‘lkada milliy-hududiychegaralanishni o‘tkazish va shu asosda bu hududda birqator sovet respublikalarini tashkil qilish vazifasi yuk-langan edi. RKP(b) Markazqo‘mi kotibi Y.E.Rud-zutak bu sohaga bosh mutasaddi etib belgilangan edi.Markaz mo‘ljallayotgan milliy siyosat mazmuni,mohiyatidan xabardor bo‘lgan Turkistonning ilg‘orziyolilari uzoqni ko‘ra bilgan donishmand arboblario‘lka birligi, yaxlitligini, uning qardosh xalqlari jipsli-gini zo‘r berib himoya qilishga urindilar. Biroq o‘lkajilovini qo‘lda mahkam tutgan bolshevik mutasaddilarularning haqqoniy fikrlarini hisobga olmadilar. Buginaemas, yagona va mustaqil Turkiston g‘oyasi uchunkurashgan vatanparvar kuchlar, milliy ziyolilar mil-latchilikda, turkparastlikda, islomparastlikda va sovethokimiyatiga qarshilikda ayblandilar va qoralandilar.

Shunday qilib, O‘rta Osiyoni milliy-hududiy jihat-dan alohida respublikalarga bo‘lib tashlash masalasibir necha bor Markazda, Turkiston, Buxoro, Xorazmrespublikalarida, ularning Kompartiyalari plenumlari-da, shuningdek, ularning faoliyatini muvofiqlashtiribturuvchi organ — RKP(b) MQ O‘rta Osiyo byurosiplenumlarida muhokama etilib mahalliy xalqqa ta’sirva tazyiqlar o‘tkazib borildi.

Milliy-hududiy chegaralanish masalasi 1924-yil5-aprelda RKP(b) MQ Siyosiy byurosida, 11-maydaRKP(b) MQ O‘rta Osiyo byurosi komissiyasida ko‘ribchiqildi. Unda O‘rta Osiyo respublikalarida milliychegaralanish loyihasini tayyorlovchi maxsus komis-

77

Page 78: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

siya tuzildi. Loyiha RKP(b) MQ O‘rta Osiyo byu-rosining 1924-yil 2-iyundagi yig‘ilishida muhokamaetilib, asosan ma’qullandi.

Bundan norozi bo‘lgan mahalliy aholi vakillari,xususan, Xorazm respublikasining bir guruh mas’ulxodimlari, chunonchi, XKP MQ kotibi Odinayev,ichki ishlar noziri Abdusalomov, Yoqubov, Turkistonva Buxoro vakillari: Sultonbek Xo‘janov, SanjarAsfandiyorov va boshqalar yagona Turkistonni bo‘libtashlash maqsadga muvofiq emas, deb e’tiroz bildirdi-lar. Ular Turkiston xalqlari birligini saqlab qolishgaqaratilgan «O‘rta Osiyo federatsiyasini tuzish to‘g‘risi-da» taklif kiritdilar. Shuningdek, 1924-yil 8-maydaRKP(b) Markaziy Qo‘mitasiga «Xorazmda milliymasalani hal etish to‘g‘risida xat» kelib tushadi. Buxatda ham Xorazm respublikasini bo‘lib yuborishmaqsadga muvofiq emas, deyilgan edi. Biroq mahal-liy xalqlarning talab va takliflari inobatga olinmadi.Aksincha, 1924-yil 12-iyunda RKP(b) MQ Siyosiybyurosi «O‘rta Osiyo respublikalarini milliy chega-ralash to‘g‘risida»gi masalaga yana qaytib, uni o‘tka-zish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Munozaralar tobo-ra qizib borganligi sababli vaqtincha Xorazm respub-likasida milliy-hududiy chegaralanishni to‘xtatib tu-rishga qaror qilindi. Bu borada Xorazm Kompartiyasiva hukumati rahbarlariga har tomonlama ta’sir o‘tka-zib borildi. Ularning ko‘pchiligi vazifasidan olinadi,qolganlari partiya qaroriga qo‘shilishga majbur bo‘-ladi. Oqibatda 1924-yil 26-iyunda Xorazm respub-likasi rahbarlari Xorazm uchun ham milliy chega-ralanishning zarurligini «e’tirof» etadilar. Shundanso‘ng, 1924-yil 15-iyulda O‘rta Osiyo byurosi milliychegaralanish loyihasini tayyorlash va 1924-yil oktabroyida uni o‘tkazish zarur, degan qat’iy xulosaga keldi.Shu maqsadda maxsus Markaziy hududiy komissiyatuzilib, joylarda tashviqot-targ‘ibot ishlari kuchaytiribyuboriladi. Komissiya 1924-yil sentabr oyi boshlaridao‘z ishini asosan tugallaydi.

1924-yil 25-sentabrda RKP(b) MQ Siyosiy byu-rosi, 9- va 11-oktabrda RKP(b) Markaziy Qo‘mitasibu masalani ko‘rib chiqib, milliy chegaralanishni ras-

78

Page 79: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

miylashtirishni maqsadga muvofiq deb topadi. Buqaror 14-oktabrda SSSR BMIQ tomonidan hamma’qullanadi. Shu tariqa, sovet hukumati, RKP(b)MQ va uning joylardagi mahalliy tashkilotlarining1920—1924-yillar davomida O‘rta Osiyoda olib bor-gan, xalqqa yolg‘on va’dalar berishni ko‘zda tutgan«Lenincha milliy siyosat»ni hayotga tatbiq etish bobi-dagi amaliy ishlari yakun topdi. Buning orqasidao‘lkaning tarixan tarkib topgan o‘ziga xos milliy xu-susiyatlari, hududiy yaxlitligi zavol topdi. Uning hu-dudlarini kichik-kichik milliy bo‘laklarga bo‘lish ish-lari yakuniga 1924-yil 24-oktabrda RKP(b) MQ ple-numi so‘nggi nuqta qo‘ydi. Nihoyat, 1924-yilning 27-oktabrida bo‘lib o‘tgan SSSR BMIQ II sessiyasi O‘rtaOsiyoda milliy-hududiy chegaralanish o‘tkazish tad-birlarini to‘la ma’qulladi.

Shunday qilib, hukmron Markaz zo‘ravonlariningbir necha yillik sa’y-harakatlari orqasida O‘rtaOsiyoning siyosiy jo‘g‘rofiyasi sun’iy ravishda o‘zgarti-rildi. Bu hududdagi ko‘p asrlik milliy davlatchilik ta-rixi an’analariga chek qo‘yildi. Buning yorqin ifodasixususan Buxoro va Xorazm davlatlarining zo‘ravonlikyo‘li bilan tugatilganligida namoyon bo‘ldi. O‘rtaOsiyo hududida shu davrga qadar hukm surib kelganuch davlat: Turkiston ASSR, Buxoro va Xorazmrespublikalari o‘rnida endilikda O‘zbekiston SSR,Turkmaniston SSR, shuningdek, O‘zbekiston SSRtarkibida Tojikiston ASSR tuzildi. Qirg‘izlar yashaganhududlar Qoraqirg‘iz (Qirg‘iziston) muxtor viloyatigabirlashtirilib RSFSR tarkibiga, Turkistonning qozoq-lar yashaydigan tumanlari Qozog‘iston ASSR ixtiyori-ga berildi. Qoraqalpoqlar yashaydigan hududlar Qora-qalpoq muxtor viloyatiga birlashtirilib Qozog‘istonASSR tarkibiga kiritildi. O‘lkada beshta milliy davlatbirlashmalari tashkil etildi. Natijada, yagona Tur-kiston xalqlari bir-biridan sun’iy ravishda uzoqlash-tirildi. Bu hol sovetlarga o‘lkada o‘z hokimiyatinimustahkamlash uchun katta imkoniyatlar yaratibberdi.

Milliy chegaralanish nati-jasida O‘zbekiston SSR

79

O‘zbekiston SSR-ning tashkil etilishi

Page 80: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

tashkil etildi. Uning tarkibiga quyidagi hududlar kiri-tildi:

Turkiston ASSR dan 9 ta uyezd, 133 tuman va 7qishloq okrugi;

— Buxoro respublikasining 9 ta viloyati;— Xorazm respublikasining 23 ta tumani.O‘zbekiston SSR tashkil etilgan paytda uning

hududi 312394 kv. km ni, aholisi 4 mln 447 ming 55kishini tashkil etar edi. 1926-yil ma’lumotlari bo‘yicha,milliy tarkibiga ko‘ra aholining 74,2 foizini o‘zbeklar,qolganlarini esa boshqa millatlar tashkil etar edi.

O‘zbekiston SSR ning dastlabki poytaxti Buxorobo‘lgan. Biroq ko‘p o‘tmay — 1925-yil aprelda poy-taxt Samarqand qilib belgilandi. 1930-yil oxirida poy-taxt Toshkentga ko‘chirildi. O‘zbekiston SSR hududi-da butun hokimiyat O‘zbekiston SSR sovetlariningta’sis qurultoyiga qadar Muvaqqat Inqilobiy qo‘mitaixtiyoriga berildi. Buxoro Respublikasi hukumati raisi,taniqli davlat arbobi Fayzulla Xo‘jayev O‘zbekistonSSR Inqilobiy qo‘mitasi raisi qilib tasdiqlandi.

1924-yil 5-dekabrida Inqilobiy qo‘mita butunO‘zbekiston xalqiga murojaat qilib, O‘zbekiston SSRtuzilganligini, uning tarkibiga Tojikiston ASSR kir-ganligini ma’lum qildi.

Milliy chegaralanish bilan bir vaqtda iqtisodiybo‘linish ham o‘tkazildi. Turkiston, Buxoro, Xorazmrespublikalariga tegishli barcha boyliklar yangi milliyrespublikalar o‘rtasida qayta taqsimlandi. Bu ishlar so-vet hukumati tomonidan maxsus tuzilgan O‘rta Osiyotugatish komissiyasi boshchiligida amalga oshirildi.

1925-yil 13-fevralda Buxorodagi Xalq uyidaUmum O‘zbek sovetlarining birinchi qurultoyi ochil-di. Qurultoy «O‘zbekiston Sovet SotsialistikRespublikasi tuzilganligi to‘g‘risidagi Deklaratsiya»niqabul qildi. Qurultoyda davlat hokimiyati oliy organ-lari tuzilganligi rasmiylashtirildi. O‘zbekiston SSRSovetlari Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi Raisi lavozimigafarg‘onalik dehqon, «Qo‘shchi» uyushmasi rahbarlari-dan biri Yo‘ldosh Oxunboboyev saylandi. O‘zbekistonSSR hukumati — Xalq Komissarlari Kengashi Raisilavozimiga Fayzulla Xo‘jayev tasdiqlandi. Milliy

80

Page 81: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

chegaralanish davrida O‘rta Osiyoda faoliyat ko‘rsatibkelgan partiya, komsomol va xo‘jalik tashkilotlaridaham bir qator tashkiliy o‘zgarishlar amalga oshirildi.Turkiston, Buxoro va Xorazm Kommunistik par-tiyalari, komsomol va xo‘jalik tashkilotlari, kasabauyushmalari qayta tashkil etildi.

O‘zbekiston Kompartiyasining 1925-yil 6—12-fevral kunlari Buxoroda bo‘lib o‘tgan 1-ta’sis syezdidaO‘zbekiston Kommunistik (bolsheviklar) partiyasitashkiliy jihatdan rasmiylashdi. Uning MarkaziyQo‘mitasi saylandi. V. I.Ivanov va Akmal Ikromov(1927-yildan birinchi kotib) Markaziy Qo‘mitaningmas’ul kotiblari etib saylandilar. Shu yili O‘zbekistonkomsomoli (O‘z LKSM), respublika kasaba uyush-malari, uning rahbar organlari ham tuzildi. Ularrespublikada Markaz va sovet hokimiyatining tayanchorganlari bo‘lib qoldilar.

Sovet hukumati O‘zbekistonda o‘zining rasmiy par-tiya, sovet, komsomol va xo‘jalik tashkilotlarini tuzib,asta-sekin siyosiy va iqtisodiy tayanchini mustahkam-lab bordi. Bu esa unga O‘zbekistonda keng miqyosdabolshevistik siyosat yuritish imkoniyatini berdi. Shutariqa sovetlar butun choralar bilan O‘zbekistonda o‘zhokimiyatini mustahkamlashda davom etdi.

1925-yil may oyida O‘zbekiston SSSR tarkibiga ki-ritildi. SSSR Konstitutsiyasi, uning asosiy qonun-qoidalari O‘zbekiston SSR hududida bevosita ishlaydi-gan bo‘ldi. 1927-yilda qabul qilingan O‘zbekiston SSRning birinchi va 1937-yilda qabul qilingan ikkinchiKonstitutsiyasi ham amalda SSSR Konstitutsiyasiningko‘chirma nusxasi edi. Chunki O‘zbekiston qog‘ozda-gi «suveren» respublika bo‘lib, amalda Markazga tobeva qaram bir o‘lka edi, xolos. U o‘z xalqining milliymanfaatlariga oid biror-bir dolzarb, hayotiy ahamiyat-ga molik masalani Ittifoq hukumatidan xoli ravishdamustaqil hal eta olmasdi. Bunga uning haddi sig‘masdi.Binobarin, respublikaning ichki va tashqi siyosatigadaxldor barcha masalalar faqat hukmron Markazxohish-irodasi bilangina hal etilardi. Hatto O‘zbe-kistonning ma’muriy-hududiy tuzilishiga oid masalalarham ittifoq hukumati tasarrufida edi. Masalan, O‘zbe-

81

Page 82: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

82

kiston xalqi, uning hukumati roziligini so‘ramasdan1929-yilda Tojikiston ASSR O‘zbekiston SSR tarki-bidan chiqarilib, Tojikiston Sovet Sotsialistik Respub-likasiga aylantirildi hamda SSSR ga qabul qilindi.

Shunday qilib, qog‘ozda suveren respublika sifati-da shakllantirilib, hukmron sovet imperiyasi tarkibigakiritilgan O‘zbekiston SSR amalda Markazga to‘labo‘ysunuvchi, arzon xomashyo mahsulotlari yetkazibberuvchi bir chekka o‘lka bo‘lib qolaverdi.

Savol va topshiriqlar

1. XX asrning 20-yillarida sovet hokimiyatining chekkao‘lkalar xalqlariga nisbatan yuritgan milliy siyosatining mohi-yati nimada edi?

2. Sovet hukumatining milliy masala bobida soxta da’vatlar,shiorlami ilgari surishdan ko‘zlagan maqsadlari qanday edi?

3. Nima sababdan Turkiston xalqlariga mustaqillik beril-madi?

4. Kompartiya va sovet hukumati SSSR ni tuzishdan o‘zoldiga qanday maqsadlarni qo‘ygan edi?

5. SSSR qachon va qanday sharoitda tuzildi?6. SSSR tuzilishining asl mazmun-mohiyati nimadan ibo-

rat bo‘lgan?7. Sovetlarning O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegarala-

nishni o‘tkazishdan asosiy maqsadi nima edi?8. XX asrning 20-yillari o‘rtalariga kelib O‘rta Osiyoning

siyosiy xaritasida qanday o‘zgarishlar yuz berdi?9. O‘zbekiston SSR ning tuzilishi uning xalqi hayotida

qanday o‘zgarishlarni yuzaga keltirdi?10. O‘zbekiston SSR ning ma’muriy-hududiy tuzilishi

haqida so‘zlab bering.

7-§. IQTISODIY SIYOSAT, UNINGMUSTAMLAKACHILIK MOHIYATI

XX asrning 20-yillari bosh-lariga kelganda o‘lka hayoti,

yerli aholining maishiy turmush tarzi nochor ahvoldaedi. Birinchi jahon urushining og‘ir asoratlari, yangisovet tuzumini o‘rnatishda bolshevik hukmdorlarningmahalliy aholiga nisbatan qo‘llagan zo‘rlik, bedodliksiyosati har qadamda ko‘zga tashlanib turardi.

Buning ustiga sovet rejimi tomonidan ishlabchiqilib, hayotga zo‘rlik va zudlik bilan joriy etilgan

Turkistonda yangi iqti-sodiy siyosat

Page 83: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

oziq-ovqat razvyorstkasi va u bilan uyg‘unlashgan har-biy kommunizm siyosati o‘lka xalqlari hayotini yanaham mushkul ahvolga solib qo‘ydi. Sovet hokimiyatinisaqlab qolish maqsadida amalga oshirilgan bu fav-qulodda siyosat aholining bor-budini tortib olib, uningerki, tashabbusi, mustaqilligini qat’iyan cheklab, sav-do, bozor munosabatlariga izn bermay, oqibatda buyerdagi ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy vaziyatning yanaham murakkablashib borishiga sabab bo‘ldi.

Vaziyat sovet hokimiyati yo‘lboshchilari oldigaahvolni o‘nglash, tang vaziyatdan chiqish va xo‘jaliksiyosatining yangi vazifalarini belgilashni ko‘ndalangqilib qo‘ydi. Modomiki, sovet hokimiyati butun mam-lakatdagi vaziyatni o‘z tasarrufiga olib, nisbatan tinchxo‘jalik yuritish pallasiga kirgan ekan, bunda iqtisodiysiyosatning davr talabiga javob beradigan yangiyo‘nalishlarini ishlab chiqishi hayotiy zaruriyat bo‘libqolgandi. Bu vazifalar 1921-yil mart oyida bo‘libo‘tgan RKP(b) X syezdi belgilab bergan yangi iqti-sodiy siyosat (YlS)da o‘z ifodasini topdi. Bu siyosat-ning muhim bo‘g‘inlari oziq-ovqat razvyorstkasinioziq-ovqat solig‘i bilan almashtirish, savdo-sotiqnierkinlashtirish, sanoatda, xizmat ko‘rsatish va maydahunarmandchilik sohalarida xususiy tadbirkorlikkaruxsat etish, bozorni tartibga solish mexanizmlaridanfoydalanish, ijaraga olish va yollanma mehnatningcheklanishini bekor qilishdan iborat bo‘ldi.

Eng muhimi, bu siyosat shahar bilan qishloqo‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni izga solishga, yangihokimiyatning tayanch negizi hisoblangan ishchilarbilan dehqonlar sinfi o‘rtasidagi ittifoqni, iqtisodiy alo-qalarni mustahkamlashga xizmat qilardi. Yangi iqti-sodiy siyosatning bosh maqsadlaridan biri — budehqon xo‘jaligini oyoqqa turg‘izish, uni rivojlantirishedi. Negaki, busiz sanoatni ham, xalq xo‘jaliginingboshqa sohalarini ham yuksaltirib, yetarli xomashyobazasini yaratib bo‘lmasdi. Oziq-ovqat solig‘i talabigako‘ra ekish mavsumi oldidan yakka dehqon xo‘jaligibilan davlat o‘rtasida mahsulot yetkazib berishmajburiyati to‘g‘risida alohida-alohida shartnomatuziladigan bo‘ldi. Bu shartnoma yil oxirigacha, ya’ni

83

Page 84: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

84

hosil olingunga qadar o‘zgarmas edi. Bu esa dehqon-larni yerdan ko‘proq hosil olish uchun astoydil mehnatqilishga undardi. Xullas, yangi iqtisodiy siyosat deh-qonning o‘z mehnatidan manfaatdor bo‘lishini tayinqildi. Endilikda dehqonning ortiqcha g‘allasi tortibolinmaydigan bo‘ldi, bugina emas, dehqonga o‘ziyetishtirgan oshiqcha mahsulotni bozorda erkin sotishhuquqi berildi. Oshiqcha mahsulot deganda dehqon-ning davlat buyurtma topshiriq-rejasida belgilanganhajmdagi mahsulotni topshirgandan keyin ortib qolganqismi tushuniladi. Shuningdek, narx-navo tartibgasolindi. Ayrim sanoat korxonalari ham ma’lum chek-lashlar asosida o‘zlarining avvalgi sobiq egalariga qay-tarib berildi.

Yangi iqtisodiy siyosat Turkiston uchun bir qatoro‘ziga xos xususiyatlarga ega edi. Birinchidan, Tur-kiston chekka, asosan qishloq xo‘jaligi o‘lkasi edi.Demak, bu yerda zamonaviy qishloq xo‘jaligi va sano-atni yangidan barpo etish kerak edi. Ikkinchidan,o‘lkada milliy ishchilar sinflni shakllantirish zarur edi.Uchinchidan, Turkiston ko‘p millatli o‘lka bo‘lib,yangi iqtisodiy siyosatga o‘tishda yerli xalqlarningqadriyatlari, an’analari, urf-odatlari xususiyatlarinihisobga olish kerak bo‘lardi. Ammo RKP(b) va sovethukumati Turkistonda yangi iqtisodiy siyosatni joriyetishda o‘z manfaatlaridan kelib chiqib ish yuritdilar.

1921-yil 20-aprelda Turkiston ASSR MarkaziyIjroiya Qo‘mitasi oziq-ovqat, yem-xashak va xom-ashyo razvyorstkasini mahsulot solig‘i bilan almash-tirish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Unda 1921—1922-yillar uchun soliq miqdori belgilandi. Achinarlisishundaki, Turkiston mehnatkashlaridan olinadigansoliq markaziy rayonlardan farqli o‘laroq soliq hajmi,miqdori ekin ishlari oldidan emas, balki yil yakunida,hosil ko‘tarish chog‘ida yig‘ib olinardi. Bu esa dehqonmehnatining kamsitilishiga sabab bo‘lardi.

Bundan tashqari, sovet hukumati o‘lkada birinchinavbatda o‘zi uchun zarur bo‘lgan tarmoqlarni, chu-nonchi, paxta, qand lavlagi, tamaki va boshqa texnikekinlarni rivojlantirishga alohida e’tiborni qaratdi.Yordam ko‘rsatish bahonasida 300000 dan ortiq ish-

Page 85: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

85

chi va dehqon oilalari Rossiya markaziy rayonlaridanTurkistonga keltirilib joylashtirildi. Buning ustiga o‘l-kada ahvol og‘ir bo‘lishiga qaramasdan 1921-yil kuzi-da bu yerdan Moskva va boshqa shaharlarga 300 mingpuddan ko‘proq g‘alla mahsulotlari olib ketildi. Shun-ga qaramay, o‘lka mehnatkashlari fidokorona mehnatqildilar. Ularning, biroz bo‘lsa-da, hayotga ishonchiuyg‘ona boshladi. Chunki, sovet hokimiyati cheklan-gan holda bo‘lsa-da, o‘lkada xususiy mulkchilik vaxususiy tadbirkorlikka erkinlik bergan edi.

Yangi iqtisodiy siyosat asosida sanoatni xo‘jalik hiso-biga o‘tkazish jarayoni amalga oshirib borildi. Bu esasanoat korxonalari ishlab chiqarishining biroz bo‘lsadajonlanishiga olib keldi. Mayda va o‘rta sanoat korxo-nalari, yirik kooperativ tashkilotlar va ularning birlash-malari tadbirkorlarga ijaraga berildi, o‘lkada yangisanoat korxonalari, temiryo‘llar qurildi. Xilkovo sementzavodi, Farg‘ona pillakashlik fabrikasi, Qizilqiya,Xilkovo temiryo‘l shoxobchalari shular jumlasidandir.

O‘lkada, ayniqsa, paxtachilik va u bilan bevositabog‘liq bo‘lgan paxta tozalash korxonalari tez sur’atdao‘sdi. Bu Markaz to‘qimachilik sanoatining o‘zbekpaxtasiga talab-ehtiyoji ortib borayotganiga ko‘p jihat-dan bog‘liq edi.

Natijada paxta ekiladigan maydonlar 1924-yilda1921-yilga nisbatan 3 barobar ko‘paydi. Ishlab turgansanoat korxonalari soni 144 taga yetdi. Birgina paxtatozalash sanoatida yalpi mahsulot ishlab chiqarish1923-yildagi 23,9 mln so‘mlikdan 1924-yilda 57,8mln so‘mga yetdi. Bundan ko‘rinadiki, yangi iqtisodiysiyosat asosida Turkiston sanoati tiklanib sezilarlidarajada rivojlana boshladi.

Biroq partiya va sovet hukumati yangi iqtisodiysiyosat Turkistonda sinfiy kurashning keskinlashuvigaolib kelmoqda, mahalliy boylar, milliy burjuaziyaqoldiqlari, yirik savdogarlar, musulmon ruhoniylari vaboshqa ekspluatator unsurlar jonlanmoqda, deb ulargaqarshi mafkuraviy tashviqot va targ‘ibot ishlarinikuchaytirib yubordi.

Bu hol asta-sekinlik bilan o‘lkada yangi iqtisodiysiyosat yo‘lidan chekinishga olib keldi. Dehqonga beril-

Page 86: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

86

O‘RTA OSIYO MILLIY-DAVLAT K

AS

PIY

D

EN

GIZ

I

Q O Z O G‘ I S T O N

ÒURKMANISÒON

SSR

Buxoro

O‘ Z B E K I S T O N

E R O N

Êrasnovodsk

Êo‘hna Urganch

Òajan

Êushka

ORO

LDENGIZ

I

Õiva

R

Òo‘rtko‘l

POLTORASK

F

QORAQALPOG‘ISTON ÀÎ

Emba

Ura

l

S

Amudaryo

Chimboy

Page 87: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

87

CHEGARALANISHI (1924–1929-YILLAR)

À S S R

S S RZaraf

shon

SAMARQANDDUSHANBE

QIRG ‘ IZ ISTON AO

HIN

DIS

TON

Hind

À F G ‘ ON I S T O

N

X

I

T

O

Y

VERNIY

Sirdaryo

TOJIKISTON ASSR

Òoshkent

PISHPAKÀvliyoota

S

R

Òurkiston

Balxash

k.

Issiqk

o‘l

Term

iz

Page 88: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

gan imtiyozlar qaytarib olindi. Ular qishloq xo‘jalikartellariga birlashtirila boshlandi. Sanoatni milliy-lashtirish jarayoni avj oldirildi. Ayniqsa, 20-yillarningoxirlariga kelib Ittifoqning, shu jumladan, O‘zbekiston-ning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy-madaniy hayotidama’muriy-buyruqbozlik boshqaruvi tizimining kucha-yishi natijasida yangi iqtisodiy siyosat o‘z mazmuni vamohiyatini tobora yo‘qota bordi.

Azaldan sun’iy sug‘orishgaasoslangan dehqonchilik ma-

daniyati maskani hisoblangan hamda aholisining mut-laq ko‘pchiligi qishloq xo‘jaligida band bolganTurkiston xalqlari uchun yer-suv, undan foydalanishmasalasi favqulodda ahamiyat kasb etardi. Negaki,o‘lka aholisining anchagina qismi yersiz edi. Bir parchayerga muhtoj bo‘lganlar boylar, yirik zamindorlarningmulkida chorakorlik bilan nochor hayot kechirib, oilatebratib kelardi. Buning ustiga chor Rossiyasi bosqi-nidan so‘ng ko‘plab serhosil, unumdor yerlar Rossiya-dan ko‘chirib kelingan oilalar foydasiga majburan olibberilgan edi. Turkiston qishlog‘idagi bu zo‘ravonlik,mustamlakachilik siyosati yersiz, batrak dehqonlarningahvolini tanglashtirib yuborgan edi. Shu bois hammahalliy yerli aholi yangi sovet hokimiyatining «Yer —dehqonlarga» degan balandparvoz va’dalari, da’vatlari-ga umid bog‘lab, uning yer to‘g‘risidagi dekretiningamalga oshuviga ko‘z tikib kelayotgandi. Darhaqiqat,sovet hokimiyatining 1917-yil 25-oktabrda qabul qilgan«Yer to‘g‘risida»gi dekretida butun mamlakatda kam-bag‘al, batrak, yersiz dehqonlarni yer bilan ta’minlash,yirik yer-mulklarni musodara qilish va undan so‘ngmilliylashtirish vazifalari e’lon qilingan edi.

Sovet hukumati ko‘p sonli dehqon aholisini o‘ztomoniga qaratib olishni ko‘zlab yer to‘g‘risidagidekretni qabul qilgan bo‘lsa-da, ammo uni amalgaoshirishdan kuzatilgan va uzoqqa mo‘ljallangan maq-sadlari boshqa edi. Sovetlarning yer-suv islohoti ma-salasida tutgan siyosatining pirovard maqsadi yirikxususiy yer-mulklarni musodara qilish, milliylashtirishorqali ularni tugatib, jamoalar ixtiyoriga bera borib,asta-sekinlik bilan yirik jamoalashgan sotsialistik

88

Yer-suv islohoti

Page 89: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

xo‘jaliklarni qaror toptirish edi. Turkistonda hammana shu prinsipial maqsadlarni ko‘zlab yer-suv islo-hotini o‘tkazishga kirishildi.

Turkiston Sovetlarining XI syezdida (1920-yilsentabr) o‘lkada yer-suv islohoti masalasi ko‘rib chi-qildi, bu sohadagi asosiy vazifalar belgilandi. Bungako‘ra aholining boy qismi qo‘lidagi katta yerlarni muso-dara qilish, ovrupalik aholi bilan yerli xalqlar o‘rtasidayer-suv masalasida vujudga kelgan tengsizlik munosa-batlariga barham berish, mehnatkash aholini sovetlartevaragiga jipslashtirish zarur deb topildi. Yer ishlarixalq komissarligi rejasiga ko‘ra tortib olingan yerlarkam yerli va yersiz mahalliy batrak va dehqonlargabo‘lib berilishi aytilgandi. Bu jarayon boy xo‘jaliklargama’muriy choralar va tazyiq o‘tkazish yo‘li bilan olibborildi. Bu xil tadbirlarga batrak-dehqonlar ommasiham keng jalb etildi. Shu maqsadda joylarda qishloq vaovullar mahalliy aholisining yersiz, kambag‘al qisminibirlashtiruvchi «Qo‘shchi» uyushmalari tuzila boshla-di. «Qo‘shchi» uyushmalari kommunistlarning deh-qonlar orasidagi tayanchiga aylanib bordi. TurkistonASSR hududida 1921-yil davomida tuzilgan «Qo‘sh-chi» uyushmalari 160 ming a’zolarni birlashtirgan edi.1921-yil dekabrida Toshkentda «Qo‘shchi» uyush-malarining birinchi respublika qurultoyi bo‘lib o‘tdi.Qurultoy qarorida, jumladan, «bu uyushmalar meh-natkashlar ommasini sovetlar yordamida xo‘jalik quri-lishiga tortish vositasidir» — deb uqtirilgan edi.

Shunday qilib, Turkistonda 1921—1922-yillardavomida yer-suv islohotining birinchi bosqichi yirikyer-suv egalariga qarshi keskin kurash shiori ostidao‘tkazildi. Masalan, Samarqand viloyatida 350 takatta yer egalaridan 13 ming desyatina yerlar tortibolindi. Respublika bo‘yicha boy va o‘ziga to‘q aholi-dan 1,7 mln desyatina yer tortib olindi, ularning 117ming desyatinasi yersizlarga va kambag‘allarga berildi,qolgan katta qismi asosida «Qo‘shchi» uyushmalarituzildi. Bu sovet hokimiyatining kambag‘allarni o‘ztomoniga og‘dirib olishga qaratilgan harakati edi.O‘rtahol dehqon xo‘jaliklari saqlab qolindi.

Xulosa qilib aytganda, yer-suv islohotining birinchi

89

Page 90: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

bosqichi yakunida dehqon xo‘jaliklarini jamoalash-tirish uchun zamin yaratildi. Endilikda mehnatkashxalqni birdan bir yagona yo‘l — jamoa xo‘jaliklarigamajburan birlashish masalasi ko‘ndalang bo‘lib turar-di. Ammo, bu aslida oddiy xalqni aldashdan boshqanarsa emas edi. Chunki, yer dehqonga berilmadi, balkibir mulk shaklidan ikkinchi mulk shakliga aylantirildi,xolos. Gap shundaki, garchi yerga xususiy mulkchiliktugatilgan bo‘lsa-da, u jamoa (amalda davlat) mulkibo‘lib qoldi.

O‘zbekiston SSR tuzilganpaytda ham respublikadasovetchasiga agrar siyosatni

amalga oshirish to‘la hal etilmagan edi. 1925-yilboshida Farg‘ona viloyatida umuman yersiz dehqon-lar 3,4 foizni, 3 desyatinagacha yeri bor xo‘jaliklar83,1 foizni tashkil etardi. Samarqand viloyatida buko‘rsatkich mos ravishda 2,1 va 51,5 foizga teng edi.Toshkent viloyatida esa yersiz dehqonlar 12,5 foiznitashkil etardi. O‘zbekistonning asosiy paxtakor viloyatva tumanlarida yerning katta qismi yangi iqtisodiysiyosat asosida xo‘jalik yuritayotgan o‘rtahol dehqon-lar qo‘lida to‘plangan edi. Ular respublikada yetishti-rilayotgan paxta, g‘alla va boshqa qishloq xo‘jalikmahsulotlarining asosiy qismini yetkazib berar edi.Kambag‘al dehqonlar esa yerni ulardan ijaraga olibishlashardi. O‘zbekiston Kompartiyasining II syezdida(1925-yil noyabr) bu hol feodal munosabatlarningqoldig‘i deb baholandi va xususiy mulkchilik munosa-batlarini sotsialistik iqtisodiyot ta’siriga bo‘ysundirili-shi kerakligi ta’kidlandi. Shundan so‘ng O‘zKP(b)Markaziy Qo‘mitasi Ijroiya byurosida, viloyat, shahar,tuman partiya va sovet tashkilotlarida yer-suv isloho-tining ikkinchi bosqichini o‘tkazish masalasi bir nechabor muhokama qilindi va uning nihoyatda dolzarbligi-ga e’tibor qaratildi. Joylarda yer-mulklarni qaytadanro‘yxatdan o‘tkazish boshlab yuborildi. Bu ish birinchinavbatda asosiy dehqonchilik muzofotlari hisoblanganToshkent, Farg‘ona, Samarqand viloyatlarida bosh-landi. Yer-suv islohotining mazmuni dastavval quyi-dagi muammolarni hal etishga qaratildi:

90

Yer-suv islohotiningikkinchi bosqichi

Page 91: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

1. Qishloqda ishlab chiqaruvchi kuchlarni yanadarivojlantirishga bo‘lgan barcha to‘siqlarni olib tash-lash.

2. Yer va suv manbalarini tezroq milliylashtirish.3. Mehnat qilmay boshqalar hisobiga yashaydigan-

larning yerlarini tortib olish.4. Yangi tashkil etilayotgan xo‘jaliklarga yordam

berish va hokazo.Bu aslida qishloqda yangi iqtisodiy siyosatdan

chekinish edi. Shuning uchun ham mahalliy rahbarlaryer-suv islohoti jarayoniga o‘ziga xos tarzda bahoberdilar. Masalan, O‘zbekiston SSR Yer ishlari xalqkomissari Inomjon Xidiraliyev va boshqa mas’ulxodimlar O‘zKP(b) Markaziy Qo‘mitasi va O‘rta Osiyobyurosiga ariza bilan murojaat qilib, yer-suv islohotimahalliy xalqning xohish-irodasiga, turmush tarzigazid, deb islohotga oshkora e’tiroz bildirdilar. Biroq ularMarkaz vakillari qudrati oldida yakkalanib qoldilar.

1925-yil dekabrida bo‘lgan O‘zbekiston SSR Mar-kaziy Ijroiya Qo‘mitasining Favqulodda sessiyasi «Yerva suvni milliylashtirish to‘g‘risida» dekret qabul qildi.

Dekretga binoan yerlar quyidagi tarzda davlattasarrufuga olinishi va milliylashtirilishi kerak edi:

1. Qayerda turishidan qat’i nazar Farg‘ona vohasi-da 40 desyatinadan, Toshkent va Samarqand vohalari-da 50 desyatinadan ortiq sug‘oriladigan yeri bo‘lganmulk egalari jami jonli va jonsiz mulki bilan.

2. Qishloq va ovullarda yashamagan, o‘zlari va oilaa’zolaridan birortasi ham yerda ishlamaydigan shaxs-larga qarashli yerlar, boshqa mol-mulki bilan.

3. Vaqf yerlari, xo‘jayinlari noma’lum yerlar mu-sodara qilinadigan bo‘ldi.

Yer-suv islohoti qishloqda asosiy kuch bo‘lgano‘rtahol dehqon bilan aloqani mustahkamlash shioriostida o‘tdi. Farg‘ona vohasida 7 desyatina, Toshkentva Samarqand vohalarida 10 desyatinagacha yeri boro‘rtahol dehqonlar mulki saqlanib qoladigan bo‘ldi.Natijada o‘rtahol dehqonlar boy va quloqlardan ajra-tib olinib, kambag‘al dehqonlarga yaqinlashtirildi.Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad ularni sovethokimiyati tayanchiga aylantirish edi. Yer-suv isloho-

91

Page 92: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

92

tini o‘tkazishga hatto xotin-qizlar ham jalb etildiki, buhol masalaning chuqur ijtimoiy mohiyat kasb etishidandalolat edi. O‘sha yillarga oid bir hujjatda «Ko‘mak-lashuvchi komissiyada xotin-qizlar faol qatnashmoq-dalar. Yashirilgan yerlarni aniqlamoqdalar, umumiyyig‘ilishlarda boylar va tekinxo‘rlarni fosh etmoqda-lar», deyilgan edi.

1926-yil dekabrida yuqoridagi uch viloyatda o‘t-kazilgan yer-suv islohoti tajribasi respublika miqyosidaumumlashtirilib, uni qolgan viloyatlarda ham o‘tka-zishga qaror qilindi. Islohot Zarafshon, Qashqadaryo,Surxondaryo va Xorazm vohalarida ham o‘tkazildi.

Qashqadaryo, Surxondaryo va Xorazmda 20 gektarsug‘oriladigan va 45 gektar lalmikor va bahorikoryerga ega bo‘lgan katta yer egalarining oshiqcha yer-lari musodara qilindi. 1929-yilda yer-suv islohotiQoraqalpog‘istonda ham o‘tkazildi.

Shunday qilib, yer-suv islohoti natijasida O‘zbe-kistonda jami 1492 ta o‘ziga to‘q xo‘jaliklar tugatildi.27992 ta badavlat mulkdorlarning ortiqcha yerlari tor-tib olindi. Respublikaning yer fondiga tortib olingan474393 desyatina yer qo‘shildi, ularning 10 foizi kamyerlilarga berildi. Qishloq aholisini qishloq xo‘jalikkooperativlariga birlashtirish kuchayib bordi. 1929-yilda jamoa xo‘jaligi hisoblangan kooperatsiyalarga bir-lashtirilgan dehqon xo‘jaliklarining respublikadagisalmog‘i 81 foizga yetdi. Bu jarayon, afsuski, oddiymehnatkashlar manfaatiga zid holda olib borildi.Jumladan, shunday hollar ham sodir bo‘ldiki, undao‘rtahol dehqonlar, kustarlar, hunarmandlar, hattoqishloq kambag‘allari ham quloq dehqonlar qatorigaqo‘shib quvg‘in yoxud surgun qilindi, mol-mulklarimusodara etildi.

Shunday qilib, respublikada yer-suv islohotiqanday murakkab, ziddiyatli sharoitlarda o‘tkazil-masin va ko‘plab noxush, salbiy holatlar bilan bog‘liqkechmasin, biroq u O‘zbekistonning asosiy qishloqaholisi uchun bir talay o‘zgarishlar olib keldi. Avvalo,yurtning ko‘plab kambag‘al, batrak aholisi yer-suvislohotidan bahra olib, o‘z xo‘jalik hayotini bir qadartiklab olishga, uni emin-erkin yuritish imkoniga ega

Page 93: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

bo‘ldi. Biroq shu narsa afsuslanarliki, bu jarayonuzoqqa bormadi.

XX asr 20-yillari o‘rtalaridane’tiboran hukmron kom-munistik partiya va sovetdavlatining butun diqqat-

e’tibori sovetlar mamlakatini industrlashtirishgaqaratildi. Buning asosiy sababi shundaki, industr-lashtirish SSSR da sotsializm qurish dasturiy rejasiningeng asosiy vazifalaridan biri hisoblanardi. Shu sababdanVKP(b) XIV syezdida (1925-yil dekabr) mamlakatniindustrlashtirish partiyaning sotsializmni barpo etishgaqaratilgan bosh strategik vazifasi, deb belgilanishi bejizemas edi. Hukmron Markaz bu asosiy vazifani bajarish-ga xalqni safarbar etar ekan, bu ishni mamlakatningbarcha mintaqalarida, jumladan, O‘zbekistonda hamtezkor sur’atlarda amalga oshirishga qarata qat’iyanyo‘l tutdi. Bunda o‘sha hudud va o‘lkalarda zarur yetar-li shart-sharoitlar, moddiy yoki moliyaviy imkoniyat-lar, resurslar bor-yo‘qligi hech bir inobatga olinmadi.

O‘zbekistonda sanoatlashtirish ishini amalgaoshirish orqali sovetlar ko‘p narsaga umid bog‘la-gandilar. Eng asosiysi, ular bu o‘lkada ko‘plab sanoatkorxonalari va tarmoqlarini yaratish yo‘li bilan uningbitmas-tuganmas boy tabiiy va mineral resurslariniishga solish, arzon mahalliy ishchi kuchidan foy-dalanish va oxir-oqibatda Markaz uchun ko‘proqfoyda undirib olishni ko‘zlaganlar.

Ularning nazarida bu narsa O‘zbekistonda sotsia-lizm qurish yo‘lida hal qiluvchi omil bo‘lib xizmat qi-lishi kerak edi. So‘ngra sanoatlashtirish jarayoniO‘zbekistonning Markaz ta’sirida batamom qolibketishi uchun qulay imkoniyatlar yaratardi. Gap shun-daki, zamonaviy sanoat tarmoqlarini vujudga keltirishva ishga tushirish respublikaning iqtisodiy taraqqiyotiuchun g‘oyatda katta ahamiyat kasb etardi. Biroq bujarayon juda ko‘p miqdordagi moliyaviy resurslar, pulmablag‘lari, xilma-xil texnika jihozlari, ilmiy-texnikasalohiyati, ko‘p sonli yuqori ma’lumotli muhandis-texnik xodimlar, malakali ishchi kadrlar va hokazoomillar bilan bog‘liq edi. Bunday salohiyatga O‘zbe-

93

O‘zbekistonda sanoatlashtirish va

uning oqibatlari

Page 94: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

kiston mutlaqo ega emas edi. Negaki, respublika budavrga kelib, xalq xo‘jaligi tarmoqlarini qaytadan tik-lashga arang muvaffaq bo‘lib, o‘z qaddi-bastini asta-sekinlik bilan rostlab borayotgan edi. Shuning uchunham bu mintaqada sanoatlashtirish jarayoniningtashabbuskori va tashkilotchisi bevosita hukmronMarkaz va Kommunistik partiya bo‘ldi. Chunki ularO‘zbekistonning xomashyo resurslarini to‘la ishga so-lish, bu hududda qizil sovet imperiyasining mavqeyinimustahkamlashni o‘z oldilariga bosh maqsad qilibqo‘ygandilar. Bu o‘rinda shuni aytish joizki, Ittifoqhukumatining sanoatlashtirish rejasida O‘zbekistondazamonaviy yirik industrial tarmoqlarni emas, balkiko‘proq xomashyoni (ayniqsa paxta xomashyosini)qayta ishlaydigan sanoat korxonalarini, tog‘-konsanoatini rivojlantirishga asosiy urg‘u berilgandi.Negaki, bu hudud Markaz uchun ko‘proq xomashyomahsulotlari yetkazib berishga ixtisoslashtirilishi kerakedi. Shu bois ham muhim e’tibor paxtachilik va u bilanbevosita bog‘liq tarmoqlarni rivojlantirishga qaratil-gandi. O‘zbekistonda 1925-yilda atigi 21 sanoat tar-mog‘iga taalluqli 149 ta korxona mavjud edi, xolos.Ular ham asosan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qaytaishlashga moslashgan, uncha katta bo‘lmagan korxo-nalar edi. Industrlashtirish yillarida O‘zbekiston ener-getik resurslarga nihoyatda boy bo‘lishiga qaramay,kuchli gidroenergetik inshootlar qurilishi sust olibborildi. Agar O‘zbekistonda 20-yillar oxirida bunyodetilgan to‘ng‘ich Bo‘zsuv GESi bilan Ukrainada quril-gan DneproGES quvvatini bir-biriga solishtiradiganbo‘lsak bunda katta farqli manzara namoyon bo‘ladi.Negaki, DneproGESning 50 ming kv/s quvvati bilanBo‘zsuv GESining esa 2 ming kv/s quvvatini bir-biri-ga qiyoslab bo‘lmasligi o‘z-o‘zidan ravshandir. Bu hamO‘zbekistonning Ittifoq davlati nazdida ko‘proq iqti-sodiy qoloq o‘lka sifatida gavdalanishi kerakligigayaqqol bir ishoradir. Sanoatlashtirish davrida respub-likada 17 ta paxta tozalash zavodlari barpo etildi.Shuningdek, Toshkent, Samarqand, Buxoro, Mar-g‘ilon va Shahrisabzda pillakashlik fabrikalari, Far-g‘ona (1930) va Toshkent (1936—1939) to‘qimachilik,

94

Page 95: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

Chirchiq elektrokimyo (1937) kombinatlari, Toshkentmashinasozlik zavodi, bir necha konserva, g‘ishtpishirish va urug‘ yetishtirish korxonalari qurildi. Umu-man, statistik ma’lumotlarga qaraganda O‘zbekistondabirinchi besh yillik (1928—1932)da 289 ta va ikkinchibesh yillik (1933—1937) davrida 189 ta katta va kichiksanoat korxonalari qurilgan hamda ishga tushirilgan.Ularning mahsulot ishlab chiqarish hajmi va salmog‘iham yil sayin ortib bordi. Chirchiq, Yangiyo‘l kabisanoat shaharlari vujudga keldi. 1925—1940-yillardavomida respublikada qurilgan GES lar soni 49 tagayetdi. Toshkent—Angren temiryo‘li, Toshkent—Ter-miz katta o‘zbek trakti avtomobil yo‘li qurildi.

Ikkinchi jahon urushiga qadar bo‘lgan davrdaO‘zbekistonning sanoat salohiyati 1445 ta yirik vao‘rtacha sanoat korxonalarini va 19 mingga yaqinmayda korxonalarni o‘z ichiga olardi. Garchand sanoatqurilishi urushgacha bo‘lgan yillarda ancha ko‘zgako‘rinarli tarzda rivojlanib, muayyan yutuqlarga erishibborgan bo‘lsa-da, biroq bu sohada ko‘plab jiddiymuammolar va nuqsonlar ham mavjud edi. Avvalo,Ittifoq davlati bilan respublika o‘rtasida imperiyachilikmunosabatlari tizimi, yuqoridan tazyiq qilish amali-yoti, rahbarlikning ma’muriy-buyruqbozlik usullariO‘zbekiston sanoati tarmoqlarida chuqur salbiy asoratqoldirdi. Mustabid tuzum tomonidan O‘zbekistonsanoatini rivojlantirish siyosatining amalga oshirilishiorqasida respublika metropoliyaning rangli va nodirmetallar, oltingugurt, ozokerit, volfram, molibden,paxta tolasi, xom ipak bilan ta’minlovchi mintaqasigaaylantirildi.

O‘zbekistonda bunyod etilgan sanoat korxonala-rining ko‘pchiligi xomashyo yoki yarim mahsulotturlarini tayyorlashga ixtisoslashtirilgan edi. Ularniboshqa hududlardagi korxonalarda tayyor mahsulot-larga aylantirar edi. Bu esa Ittifoq hukumati xazinasigamo‘may valuta daromadlarining kelib tushishini taxminetardi. Markaz amri bilan respublikaning xomashyo,tabiiy resurslari ayovsiz ekspluatatsiya qilingani holdauning o‘ziga xos iqtisodiy manfaatdorligi hech qandaynazar-pisand qilinmasdi. Yana shunisi ajablanarliki,

95

Page 96: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

O‘zbekistonda qurilgan sanoat korxonalarining asosiyqismi uning bevosita tasarrufida bo‘lmay, ular to‘li-g‘icha Ittifoq ixtiyoriga bo‘ysunardi. Masalan, 1928-yilda O‘zbekistondagi mavjud korxonalarning 81,7%iIttifoqqa tegishli, 14,5%i respublika va 3,8%i mahalliyahamiyatga ega bo‘lgan bo‘lsa, 30-yillarning o‘rtalarigakelib Ittifoq tasarrufida bo‘lgan korxonalar 90%nitashkil qilgan. Buning ustiga industrlashtirishningbutun og‘irligi mehnatkash xalq zimmasiga og‘ir yukbo‘lib tushgan. Ular og‘ir sharoitlarda mehnat qilishga,bu murakkab jarayonlarning barcha qiyinchiliklarigabardosh berishga majbur edilar.

Respublikada industrlashtirishning yana bir xarak-terli tomoni shundaki, bu jarayon davomida malakaliishchi kuchi yetishmaganligidan RSFSR hududidanbu yerga juda ko‘plab odamlar oqimi kirib keldi. Ularhisobiga respublikaning ishchilar sinfi saflari to‘ldirilibborildi. Jumladan, 1926-yildan to 1940-yilga qadarO‘zbekiston aholisi yangi kelganlar hisobiga 750 mingkishiga yoki 10% dan ortiqroqqa ko‘paydi. SSSR ningmarkaziy tumanlaridan aholining sun’iy tarzdaommaviy olib kelinishi ko‘p jihatdan xalq xo‘jalikmulohazalari bilan emas, balki ko‘proq siyosiy mulo-hazalar taqozosi bilan amalga oshirilgan edi. Agar joy-larda o‘zining malakali ishchi kadrlarini keng miqyos-da tayyorlash tashkil etilganda edi, bu hol anchaoqilona va ijobiy bo‘lishi va eng muhimi ko‘plabmahalliy navqiron yoshlarni foydali ishga jalb etishhamda ularni yaxshi ishchi kadrlar qilib tarbiyalashgasezilarli ta’sir ko‘rsatishi shubhasiz edi. Biroq sovettuzumi davrida siyosat va mafkuraning iqtisodiyotdanustun qo‘yilib kelinishi bu masala bobida ham o‘z sal-biy ta’sirini ko‘rsatmasdan qolmagandi. Negaki, tota-litar tuzum sharoitida barcha aholi tabaqalaridabo‘lgani singari respublikaning ishchi va xizmatchila-riga nisbatan ham g‘oyaviy va ma’muriy tazyiq ko‘rsa-tib borishga alohida urg‘u berilgan edi. Shuningdek,bu tuzum mutasaddilari aholining moddiy, ma’naviymanfaati, shaxsiy qiziqishi, tashabbuskorligi masala-lariga mumkin qadar panja ortidan qarar, bularniikkinchi darajali ish deb hisoblardi.

96

Page 97: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

97

Shunday qilib, sanoatlashtirish yillarida partiya vasovet hukumatining so‘zi bilan amaliy ishi o‘rtasidayakdillik va uyg‘unlik bo‘lmadi. Sotsializmning kapi-talizmdan afzalligi, ustuvorligi, mehnatkashlar tur-mush farovonligini yaxshilash, ularning hayoti maz-mun-mohiyatini chuqur o‘zgartirish to‘g‘risidagi g‘o-yalar amaliyotda puch bo‘lib chiqdi. Xalq ommasiningo‘n yillar davomida to‘kkan peshona teri, amalgaoshirgan tinimsiz mehnati, chekkan zahmati, fidokor-ligi unga yengillik, baxt-u farovonlik keltirmadi.

Buning aksicha xalqning mehnat jasorati va bun-yodkorlik faoliyati samarasi 30-yillarga kelib mam-lakatda bo‘y ko‘rsatgan «kazarma sotsializmi»o‘pqonini to‘ldirishga, uning g‘arazli manfaatlariniqondirishga xizmat qildi. Bu esa tariximizning fojialisahifasi bo‘lib totalitar tizimning SSSR hududidaqaror topib, chuqur ildiz otib borishiga asosiy sababbo‘ldi.

Savol va topshiriqlar

1. XX asrning 20-yillari boshlarida Turkiston iqtisodiyotiholatining nochorligini nima bilan izohlash mumkin?

2. Sovetlar nima uchun yangi iqtisodiy siyosatni ishlabchiqdilar?

3. Yangi iqtisodiy siyosatni joriy etishdan kuzatilganasosiy maqsadlarni bilasizmi?

4. Turkiston uchun iqtisodiy siyosatning qanday o‘zigaxos xususiyatlari bor edi?

5. Turkistonda o‘tkazilgan yer-suv islohotining birinchibosqichida nimalarga asosiy e’tibor qaratildi?

6. O‘lkada amalga oshirilgan yer-suv islohotining ikkinchibosqichi qaysi jihatlari bilan ajralib turadi?

7. O‘zbekistonda sanoatlashtirishni o‘tkazish zaruriyatibormidi va buning uchun respublika imkoniyati yetarlimidi?

8. O‘zbekistonda sanoatlashtirish jarayonida uningmustamlakachilik mohiyati nimalarda namoyon bo‘ldi?

9. Mamlakatni sanoatlashtirish rejasida O‘zbekiston qan-day o‘rin tutishi kerak edi?

10. O‘zbekistonda sanoatlashtirish jarayoni qanday oqi-batlarni keltirib chiqardi?

11. Ikkinchi jahon urushiga qadar bo‘lgan davrda O‘zbe-kiston sanoatida yuz bergan o‘zgarishlar haqida so‘zlabbering.

4 — O‘zbekiston tarixi

Page 98: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

8-§. RESPUBLIKA QISHLOQ XO‘JALIGINIJAMOALASHTIRISH VA UNING OQIBATLARI

Sovetlar hokimiyatining o‘t-gan asrning 20—30-yillaridaamalga oshirgan ma’muriy-

buyruqbozlik va zo‘ravonlik siyosatining yorqin ifodasiqishloqda o‘tkazilgan jamoalashtirish jarayonidanamoyon bo‘ldi.

Necha asrlar davomida individual xo‘jalik yuritibkelgan, ongi, shuurida xususiy mulkchilik hissiyotikuchli bo‘lgan, mulk daxlsizligi tushunchasini muqad-das bilgan millionlab dehqon xonadonlarini ularningxohish-irodasiga qaramasdan, majburiy tarzda yirikjamoa xo‘jaliklariga olib o‘tish bu hazilakam jo‘n, osonko‘chadigan ish emas edi. Sovet hokimiyati, hukmronpartiya ijtimoiy taraqqiyotning borishi, uning tabiiyqonuniyatlariga zid o‘laroq bu jarayonni qisqa mud-datlar ichida zo‘ravonlik va majburiylik yo‘li bilano‘tkazish sari yo‘l tutdi. VKP(b) XV syezdi (1927-yildekabr) belgilab bergan qishloqda yoppasiga jamoa-lashtirishni amalga oshirish siyosati bunga to‘la asosqilib olindi.

Butun SSSR hududida bo‘lgani singari O‘zbe-kistonda ham bu ishga faol, yeng shimarib kirishildi.Negaki, yuqoridan belgilangan har qanday amr-u far-mon va ko‘rsatmalar bu yerda ham so‘zsiz hayotgajoriy etilishi majburiy hisoblanardi. Buning uchuntegishli shart-sharoit va imkoniyatlar bormi, yo‘qligiyoxud mahalliy aholining bu tadbirlarni bajarishgatayyorgarligi qay darajada ekanligi e’tiborga olinmasdi.

Xo‘sh, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligining 20-yillarmanzarasi qanday edi? Uning qishloq aholisining sin-fiy, tabaqaviy tarkibidagi o‘zgarishlar nimadan dalolatberardi?

20-yillarda o‘tkazilgan yer-suv islohoti davridabadavlat dehqonlarning yerlari, vaqf yerlari, ruhoniy-larga tegishli yerlar davlat tomonidan tortib olinganedi. Yer bilan birga hamma ot-ulov va asbob-uskunalarham musodara qilindi. Umuman, 1925—1929-yillarichida boylar, yirik savdogarlar va ruhoniylarning 45

98

Qishloqda jamoalash-tirish sari yo‘l tutish

Page 99: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

99

mingga yaqin xususiy xo‘jaliklari batamom tugatildi.Ko‘pgina xo‘jaliklar tasarrufidagi ortiqcha yerlar hamtortib olingan edi. Bu yerlar qayta taqsimlanib, ular-ning bir qismi yersiz yoki kam yerli dehqon xo‘jalik-lariga mulk qilib berildi. Buning natijasida batrak-kambag‘allar toifasi islohotdan oldin barcha dehqon-larning 76 foizini tashkil etgan bo‘lsa, islohotdan so‘ngularning soni 39 foizgacha qisqardi. Ularning xo‘jalikturmushi yaxshilanib, o‘sib borganligi bois o‘rtaholdehqonlar salmog‘i 17 foizdan 52 foizga ko‘tarildi. Shutariqa, qishloqda tovar-g‘alla yetishtiruvchi mayda ish-lab chiqaruvchilarning salmog‘i ko‘payib bordi. Buislohot jarayoni davomida respublikada jamoa xo‘jalik-lari, ya’ni kolxozlar tashkil etildi. Biroq ularning halixo‘jalik va moliyaviy zaifligi, ishlab chiqarish ko‘rsat-kichlarining pastligi ko‘zga tashlanib turardi.

Sovet hokimiyatining 20-yillarda qishloqda yurit-gan bir qadar mo‘tadil siyosatidan bahra olib, yer-suvislohotidan naf topib, o‘z xo‘jaliklarini anchayinoyoqqa turgizib, o‘rtahollar darajasiga ko‘tarilib olgano‘zbek dehqonlari hayoti va qismati, taassufki, tezorada hukmron partiya boshlab yuborgan ommaviyjamoalashtirish jarayoni girdobiga g‘arq bo‘ldi.

Qishloqda yalpisiga jamoa-lashtirish siyosatini izchilamalga oshinsh uchun O‘z-bekistondagi partiya, sovet,

xo‘jalik, yoshlar, xotin-qizlar va boshqa jamoat tash-kilotlari to‘la safarbar qilindi. Markaz buyrug‘i va das-turulamal ko‘rsatmasini quloq qoqmay bajarishnio‘zlari uchun katta ishonch yorlig‘i deb bilgan, ungako‘r-ko‘rona asoslangan mahalliy rahbarlar dehqon-larni zudlik bilan kolxozlarga majburan kiritishni1929-yilning ikkinchi yarmi va 1930-yil boshlarida avjoldirib yubordilar. Masalan, O‘zbekiston partiya vahukumatining 1930-yil 17-fevraldagi «Jamoalashtirishva quloq xo‘jaliklarini tugatish to‘g‘risida»gi qaroridarespublikaning 17 ta tumanida yoppasiga jamoalash-tirishni amalga oshirish vazifasi belgilangan edi. Ko‘pjoylarda quloqlarni tugatish shiori ostida o‘rtahol, hat-toki kambag‘al dehqon xo‘jaliklariga nisbatan ham

Ommaviy jamoa-lashtirish va uning

oqibatlari

Page 100: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

100

zulm o‘tkazildi. 1929-yil oktabriga qadar respub-likadagi dehqon xo‘jaliklarining 3,4 foizi kolxozlargakirgani holda, 1930-yil martiga kelganda dehqonxo‘jaliklarining 47 foizi kolxozlashtirilgan edi.

Ko‘pgina joylarda aholi jamoalashtirish xavfidanqo‘rqib o‘z chorva mollarini keragidan ziyod so‘yibyubordi. Bu esa chorvachilik uchun koni zarar bo‘ldi.Masalan, birgina qoramollar tuyog‘ining soni 1930-yilda respublika bo‘yicha 60 mingdan ziyodroqqakamayib ketdi. Jamoalashtirish ishidagi shoshma-shosharlik, joylardagi aniq shart-sharoitlar bilanhisoblashmaslik, milliy hududlarning î‘ziga xosxususiyatlari, aholisining milliy an’analari, udumlarinie’tiborga olmaslik, ularni pisand qilmaslik oxir-oqi-batda bundan ham ko‘ngilsizroq va noxushroq holat-larning yuz berishiga sabab bo‘ldi.

Ko‘p qishloq tumanlarida hokimiyat organlariningzo‘ravonligi, o‘zboshimchaligiga qarshi aholi keskinnorozilik bildirib, turli harakatlar uyushtirishga majburbo‘ldi. 1929—1930-yillarda dehqonlarning sovet tuzu-miga nisbatan ommaviy norozilik harakatlarida faqatQashqadaryo okrugidan 14 ming nafar kishi qatnash-gan. Ma’lumotlarda qayd etilishicha, bundayommaviy norozilik harakatlari shu davrda respublikabo‘yicha 240 marta sodir bo‘lgan. Eng achinarlisishuki, ko‘plab oddiy dehqon xo‘jaliklari arzimagansabablar bilan yoxud birgina jamoa xo‘jaligiga kirishgarag‘bat bildirmaganligi vajidan bor-budidan mahrumetilib, uy-joyi, mol-mulki tortib olinib, quloq qilinuv-chilar ro‘yxatiga tirkab yuborilavergan.

Statistik ma’lumotlarga qaraganda jamoalashtirishboshlarida O‘zbekistonda shartli ravishda quloqxo‘jaligiga kiritish mumkin bo‘lgan xo‘jaliklarningsalmog‘i aslini olganda umumiy dehqon xo‘jaliklari-ning 5 foizidan kamrog‘ini tashkil etardi, xolos. Biroqommaviy jamoalashtirish boshlanishi bilan 15 foizdanortiq xo‘jaliklar quloqlashtirishga duchor bo‘ldi, faqat1930-yilning o‘zida respublikada boy va quloqxo‘jaliklar toifasiga kiritilgan 2648 ta o‘rtahol dehqonxo‘jaliklari tugatilgan edi.

Respublikaning o‘ziga to‘q, bozorga tovar-g‘alla

Page 101: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

yetishtirib berishga qodir bo‘lgan son-sanoqsiz dehqonxo‘jaliklari bor narsasidan mahrum bo‘lib, haqsiz-huquqsiz holda o‘z oila a’zolari, qarindosh-urug‘laribilan uzoq hududlarga (Sibir, Ukraina, Qozog‘iston)yoki yangi o‘zlashtirilayotgan cho‘lli, to‘qayzor,qamishzor yerlarga badarg‘a qilindilar. Ularningko‘plari bu kimsasiz, huvillagan joylarning og‘ir shart-sharoitlariga dosh berolmay, turli kasalliklarga chalinib,ochlik, muhtojlik azobidan bevaqt ko‘z yumib ketdilar.

Endi quloq qilingan va o‘z joylaridan ko‘chirilganxo‘jaliklarning tortgan azob-uqubatlari haqida birkichik lavha: Samarqand viloyatining Miyonko‘loroliga bir necha ming quloq qilinganlar oilasi olibkelinib joylashtirilgandi. Botqoqli va ko‘llardan iboratto‘qayzor, qamishzor yerlar ularning kuchi bilan quri-tilib, o‘zlashtirilgach, paxta, sholi ekiladi. Qamishdanto‘qilgan lagerlarda yashovchi «quloq» oilalari hay-vonchalik qadr etilmasdi. Ichki ishlar xodimlari ularnixo‘rlar, ovoz chiqarsa otib tashlar, beayov ishlatardi.Miyonko‘llik keksalarning eslashicha, ularningko‘plari mashaqqatli mehnat, ochlik, kasallik azo-bidan, soqchilar zulmidan î‘lib ketdilar. Bu yerdayuzlab, minglab o‘lim topgan kishilar bir joyga kafan-siz, diniy rasm-rusumlarsiz ko‘mib yuborilgan.

Ming-minglab qishloq oilalari bunday xavf-xatar-ning bo‘lishini oldindan his qilib, o‘z kindik qonlarito‘kilgan muqaddas zaminni tark etib, uzoq begonayurtlarga bosh olib ketishga majbur bo‘ldilar. Ularningko‘plari uzoq yillar xorijiy ellarda umrguzaronlik qilib,ona yurt sog‘inchi bilan, unga talpinib yashab o‘tdilar.Faqat O‘zbekiston milliy mustaqillikka erishgandanso‘nggina orzu-armonlari ushalib, yangidan Vatan-ning mo‘tabar tuprog‘ini tavof qilish baxtiga mushar-raf bo‘ldilar.

Sovet hokimiyati, uning tegishli mas’ul organlari,mahalliy partiya, sovet va xo‘jalik tashkilotlari butunchoralar bilan qishloqda jamoalashtirish siyosatiniqat’iyat bilan o‘tkazishda davom etdi. Garchi partiyaMarkazqo‘mining 1930-yil 5-yanvardagi qarorigabinoan O‘zbekistonda dehqon xo‘jaliklarini yoppasigajamoalashtirish ishlarini 1933-yil boshlariga qadar

101

Page 102: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

tugallash muddati belgilangan bo‘lsa-da, mahalliyrahbarlar uni muddatidan avval bajarish uchun shid-dat ko‘rsatdilar. Buni quyidagi raqamlar ko‘rsatkichi-da ham yaqqol ko‘rish mumkin. Agar 1930-yil iyuni-da respublikada 6124 ta kolxoz tuzilgan, ularga jalbqilinganlar dehqon xo‘jaliklarining 27,1 foizini tashkiletgan bo‘lsa, shu yilning oxiriga borib 37 foizga, 1931-yil dekabrida esa 68,2 foizga yetdi.

Ayni paytda dehqon xo‘jaliklarini majburiy quloqqilish, boshqa joylarga surgun qilish ishlari avj oldiril-di. Quloqlashtirish oqibatida 60 mingdan ortiq kishiO‘zbekistondan Ukraina, Sibir va Shimoliy Kavkazgasurgun qilindi.

Ma’muriy tazyiq, oshkora zo‘ravonlik, iqtisodiyterror usullari va shu kabi ta’sir choralarining uzluksizqo‘llanilishi orqasida kolxoz qurilishi sezilarli sur’at-larda rivojlantirib borildi. 1932-yil oxiriga kelib umu-man O‘zbekistonda jamoalashtirilgan xo‘jaliklar bar-cha dehqon xo‘jaliklarining 81,7 foizini birlashtirganedi. 800 ming dehqon xo‘jaliklari negizida 9734 takolxoz va 94 ta sovxoz tashkil etilgandi.

Bu davrga kelib paxtachilik tumanlarida jamoa-lashtirish asosan tugallangan, ularning ekin maydonlari1929-yildagi 530 ming gektardan 1932-yilga kelib 928ming gektarga ko‘paygan edi. Shu tariqa, «SSSRningpaxta mustaqilligini ta’minlash»da O‘zbekiston o‘zsalmoqli ulushini qo‘shib bormoqda edi. Masalan,1935-yilda O‘zbekistonda 1 mln tonna paxta tayyor-langan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 1939-yilda 1,5 mln ton-nani, 1941-yilga kelib esa 1656200 tonnani tashkil etdi.Bu SSSR bo‘yicha tayyorlangan paxtaning 60 foizidanziyodrog‘ini tashkil qilardi. 30-yillar davomida respub-lika qishloq xo‘jaligi tizimida paxta yakkahokimligimustahkam o‘rin egallab bordi. Jumladan, agar 1933-yilda paxta mahsuloti respublika yetishtirib tayyorlabberadigan qishloq xo‘jalik mahsulotlari umumiyhajmining 81,5 foizini tashkil etgan bo‘lsa, 1937-yilgakelib bu raqam ko‘rsatkichi 93,4 foizga yetdi. Qishloqnijamoalashtirish jarayoni ham o‘zining yakunlovchi pal-lasiga kirib bordi. Chunonchi, 1937-yilda dehqonxo‘jaliklarining jamoalashtirish darajasi 95 foizga yet-

102

Page 103: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

gan bo‘lsa, 1939-yilda u 99,2 foizni tashkil etdi.Ommaviy jamoalashtirish jarayonida O‘zbekistonbo‘yicha ming-minglab kishi quloqlarga mansublikdaayblanib qatag‘on qilindi. Shunday qilib, «quloqlarnisinf sifatida tugatish» masalasi uzil-kesil hal qilindi.

O‘zbekistonda dehqon xo‘-jaliklarini ommaviy tarzdajamoalashtirish ishlari aynichog‘da yangi xo‘jaliklarga

moddiy-texnik baza bo‘lib xizmat qiladigan mashina-traktor stansiyalari (MTS)ni tashkil etish bilan uzviybog‘liq holda olib borildi. O‘zbekistonda dastlabkimashina-traktor stansiyasi 1929-yilda Andijon okru-gining Asaka tumanida tuzilgan, u yangidan tashkiletilgan jamoa xo‘jaliklariga texnik yordam ko‘rsatganedi. Asta-sekin ularning soni ortib bordi. 1931-yilgakelib MTS lar 48 ta qishloq tumanlarida tashkil etilib,qishloq ahlining dala yumushlariga xizmat ko‘rsatdi.

MTS larning yirik dehqon xo‘jaliklariga nafi kattabo‘lganligidan ularning safi respublikada to‘xtovsizortib bordi. Jumladan, 1937-yilda ularning soni 163taga, 1941-yilga kelganda esa 189 taga yetdi. Gar-chand yirik jamoa yerlarini ishlab berish, qo‘l mehna-tini yengillashtirish, qishloqqa texnika olib kirish,texnika ilmidan qishloq mehnatkashlarini xabardorqilish, ma’lumotini oshirishda MTS lar muhim rolo‘ynagan bo‘lsa-da, biroq bu narsa jamoa xo‘jalikla-rining davlatga tobeligini yanada kuchaytirdi. Buningasosiy sabablaridan biri shundaki, yirik ishlab chiqa-rish vositalari MTS lar orqali tobora davlat qo‘lidato‘plana bordi. MTS lar jamoa yerlarini natural haqevaziga ishlab berar, bu haqning miqdori esa yuqori-dan, davlat organlari tomonidan belgilanardi.

MTS larning tashkil etilishi va xizmat ko‘rsataboshlashi bilan qishloqda shartli ravishda bo‘lsa-da,«ikkita xo‘jayin» — kolxozlar va MTS lar qaror topdi.Garchand har ikkalasining asosiy jilovi davlat qo‘lidabo‘lsa-da, biroq ularning biri texnika uchun va ikkin-chisi qishloq xo‘jaligi sohasining qolgan boshqa ishlariuchun mas’ul hisoblanardi. Shunday bo‘lsa-da, bun-day «ikki hokimiyatchilik»ning yuzaga kelishi orqasi-

103

Jamoa xo‘jaliklariningmoddiy-texnik bazasinimustahkamlash va suv

inshootlari qurilishi

Page 104: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

da ishlab chiqarishni tashkil etish va texnika xizmati-dan foydalanishda xo‘jasizlik kelib chiqdi, ekinlarhosildorligi, chorvachilik mahsuldorligi uchun mas’-uliyatni jamoa a’zolari ham, MTS xodimlari ham o‘zzimmalariga olmadilar. Bu esa katta va keraksiz xara-jatlarga sabab bo‘ldi.

O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi azal-azaldan sun’iysug‘orish tizimiga asoslanib kelganligidan bu sohanirivojlantirib borish asosiy vazifalar sirasiga kiradi.Respublikaning asosiy ekin turi hisoblangan paxtachi-likni o‘stirish ham ko‘p jihatdan shunga bog‘liq edi.Bu esa o‘lka hududlarida sug‘orish inshootlari, chu-nonchi, kanallar, kollektorlar, suv havzalari, suv om-borlarini ko‘plab barpo etishni taqozo etardi.

O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi va ayniqsa uningyetakchi tarmog‘i — paxtachilik sohasining tezkorrivojlanishidan manfaatdor bo‘lgan sovet hukumatiham boshdan boshlab respublikada irrigatsiya va meli-oratsiya tizimini yaxshilash va takomillashtirishga jid-diy e’tibor berib bordi.

Shu maqsadda 1922-yildayoq respublikada irrigat-siya tizimini qayta tiklash va yanada rivojlantirishningasosiy vazifalari belgilab berildi. Xususan, O‘zbekistonhukumati tarkibida suv va qishloq xo‘jaligi xalq komis-sarligi, uning huzurida esa suv xo‘jaligi bosh boshqar-masi, joylarda viloyat, tuman, uchastka suv xo‘jaligibo‘limlari tashkil etildi. Ularga davlat yordami ko‘rsa-tib borildi. Jumladan, 1922-yilda irrigatsiya ishlariga 6mln oltin rubl hisobida mablag‘ ajratildi. Bundanko‘zlangan asosiy maqsad sug‘oriladigan yerlarni 2 yilichida 2 mln desyatinaga yetkazish edi. Joylarda suvinshootlari qurilishi avj oldirib yuborildi. Yangi kanal-lar, ariqlar qurildi. Ko‘plab yangi yerlar o‘zlashtirildi.Natijada 1924-yilga kelib sug‘oriladigan yerlar miqdori2,4 mln desyatinaga, shu jumladan, paxta ekiladiganmaydon esa 500 ming desyatinaga yetkazildi.

Bu ishlar O‘zbekiston SSR tuzilgach, yanada avjoldirib yuborildi. Urushgacha bo‘lgan davrda respub-likada Darg‘om, Narpay, Savay, Dalvarzin, Log‘on,Katta Farg‘ona kanallari kabi ko‘plab suv inshootlariqurildi. Chirchiq—Ohangaron vodiylarida, Zarafshon

104

Page 105: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

105

daryosi havzasida, shuningdek, Qashqadaryo va Sur-xondaryoda irrigatsiya tarmoqlari ancha yaxshilandi.1929—1933-yillarda bu sohaga 234,9 mln rubl sarflan-di.

1939-yilda O‘zbekiston KP(b) Markaziy Qo‘mitasiva respublika hukumati hashar yo‘li bilan KattaFarg‘ona kanalini qurish to‘g‘risida qaror qabul qildi.O‘sha yilning 1-avgustidan 160 ming kolxozchi kanalqurilishini boshlab yubordi. Ularning 70 mingdan zi-yodrog‘ini yoshlar tashkil etardi. Uzunligi 270 kilo-metr bo‘lgan bu kanal asosan qo‘l mehnati bilan 45kun ichida qurildi. Unda 46 ta yirik, 274 ta kichikgidrotexnik inshootlar, 5 ta temiryo‘l va 40 ta avto-mobil yo‘llari ko‘priklari barpo etildi. Holbuki, bun-day kanalni barpo etish uchun Rossiya mustam-lakachiligi davrida 6—8 yil, sovet davrida esa 6—8 oykerak bo‘ladi, deyilgan edi. Amalda esa u xalq qudrati,azm-u qarori bilan atigi 1,5 oyda bunyod etildi. Buo‘zbek xalqiga xos bo‘lgan hashar usulidagi shonli,fidokor mehnatning samaralari edi.

Hatto Markaz matbuotining bosh organi —«Ïðàâäà»ning 1939-yil 13-dekabrdagi bosh maqolasi-da shunday satrlar bitilgan edi: «Shu yilning yoz fas-lida uzoq Farg‘onada qilingan ish, o‘n minglab o‘zbekva tojik kolxozchilarining bir yarim oy mobaynidakanal qaziganligi butun xalqni juda quvontirdi.Ijodkor xalq, yaratuvchi xalq farg‘onalik kolxozchi-larning tajribasida... mehnatdagi shunday bir yangi-likni ko‘rib oldiki, bu yangilik kelajak sari qilinayot-gan harakat sur’atlarini jadallashtiradi».

Katta Farg‘ona kanali Farg‘ona vodiysining asosiyqon tomiri bo‘lib qoldi. Vodiyda 60 ming gektar bo‘z,cho‘lli yerlar o‘zlashtirilib, 500 ming gektar yerni suvbilan ta’minlash imkoniyati yaratildi. Shuningdek,Ikkinchi jahon urushidan oldingi yillarda Shimoliy vaJanubiy Farg‘ona kanallari, Toshkent kanali, Kampir-rovot suv to‘g‘oni, Qoraqalpog‘istonda Qizketgankanali, sig‘imi 1 mln kub metr bo‘lgan Kattaqo‘rg‘onsuv ombori va ko‘plab boshqa suv inshootlari barpoetildi hamda foydalanishga topshirildi. Buning nati-jasida 1937—1940-yillarda respublikada sug‘oriladi-

Page 106: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

106

gan yer maydonlari qo‘shimcha ravishda 200 ming gek-targa ko‘paydi Respublikada yangi paxtachilik tuman-lari va ko‘plab jamoa xo‘jaliklari tashkil etildi. Ularningekin maydonlarining hosildorligi yil sayin ortib bordi.

Shunday qilib, sovet hokimiyati va kommunistikpartiya qishloqda jamoalashtirish siyosatini olib bo-rishda qishloq ahliga nisbatan nechog‘lik zulm vazug‘um o‘tkazmasin hamda ne-ne og‘ir sinovlargaduchor etmasin, biroq ular xalq irodasini, uning shid-datu, azm-u qarorini so‘ndira olmadi, o‘zbek xalqifidoyilik bilan mehnat qildi.

Savol va topshiriqlar

1. Qishloqda ommaviy jamoalashtirish siyosatini o‘tkazishqachon boshlandi?

2. Jamoalashtirish jarayoniga kirishish arafasida o‘zbekqishlog‘ining manzarasi qanday edi?

3. O‘rta dehqonga munosabatda qanday nohaqlik vaadolatsizliklar sodir etildi?

4. Qishloqda quloqlashtirishni keskin tarzda o‘tkazish vauning ko‘lamini atayin kuchaytirishga urg‘u berilganligi boisinimada?

5. Quloqlashtirish siyosati qishloqda qanday xunuk oqi-batlarni keltirib chiqardi?

6. O‘zbekistonda paxta yakkahokimligini shakllantirishga30-yillarda alohida ahamiyat berilganligini siz qanday izohlay-siz?

7. Nima sababdan o‘zbek oilalarining ancha qismi o‘zyurtlarini tark etib xorijiy ellarga bosh olib ketdilar?

8. MTSIar faoliyati haqida so‘zlab bering.9. Respublikada suv inshootlarining ko‘plab barpo etili-

shiga qanday ehtiyoj va sabablar bor edi?10. XX asr 30-yillarida O‘zbekistonda qanday muhim suv

inshootlari qurildi?11. Katta Farg‘ona kanali va uning qurilishi to‘g‘risida ni-

malami bilasiz?

9-§. O‘ZBEKISTONDA SOVETLAR YURITGANMADANIY-MA’RIFIY SIYOSAT:

MAZMUN VA MOHIYATI

XX asrning 20—30-yilla-rida madaniy-ma’naviy soha

ham o‘ziga xos murakkablik, qiyinchilik bilan kechdi.

Xalq ta’limi

Page 107: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

20-yillar boshlariga kelib O‘zbekiston hududidamadaniy qurilishning eng dolzarb vazifalaridan sanal-gan sovet ta’lim tizimini shakllantirish ishlari faolboshlab yuborildi. Sovetlar O‘zbekistonda yangi ta’limtizimini yaratishga yol tutar ekan, bundan ko‘zlaganasosiy maqsadlari o‘lkada xalq ta’limi bo‘g‘inlarini rav-naq toptirish, yalpisiga xalq savodxonligiga erishish,ilm-ma’rifat chashmalaridan hammani to‘la bahra-mand etish emas, balki eng avvalo, yurt farzandlariongiga, shuuriga kommunistik g‘oyalar va ideallarnichuqur singdirish va shu yo‘l bilan o‘zlariga quloq qoq-may xizmat qiladigan «mo‘min-qobil» avlodni tar-biyalab voyaga yetkazish edi.

Sovetlar avval boshda O‘zbekistondagi murakkabvaziyatni, mahalliy xalq kayfiyati va ruhiyatini, uningo‘ziga xos milliy an’analari, islomiy qadriyatlarini birqadar hisobga olib, bu yerda eski va jadid usulidagimàktablar yoki madrasalarning ham bir vaqtning o‘zidafaoliyat yuritishiga monelik ko‘rsatmadi. Buningorqasida bu o‘quv dargohlari navqiron avlodga ta’limberish, ulug‘ bobokalonlar merosi va sharqona odob,axloq ruhida tarbiyalashda o‘z ulushini qo‘shib bordi.Lekin sovet arboblari va mafkurachilarining bu vaqtin-chalik taktikasi uzoqqa bormadi. Ular o‘lka hayotigamoslashib, biroz tomir yozib olgach, 20-yillar o‘rtala-ridan e’tiboran o‘zbek xalqi ma’naviy hayotining ko‘pzamonlar uzviy tarkibiy qismi bo‘lib kelgan eski maktabva madrasa ta’lim-tarbiya tizimini barham toptirdi.Uning ko‘p sonli ziyoli vakillari, mullalari-yu mudar-rislari faoliyati to‘xtatib qo‘yildi. Ularning taqdir-qis-mati hayotning og‘ir sinovlariga duchor etildi. Bu hamsovetlarning tili boshqa-yu, dili boshqa ekanligidan,ularning madaniy siyosati zamirida qanday makkoronamaqsadlar yashiringanligidan yaqqol dalolat beradi.

Sovet hukumati mahalliy oddiy xalq ishonchiniqozonish, eng avvalo, kambag‘allar, yo‘qsillar far-zandlarini o‘qitish, ularni savodli, bilimli qilish uchuno‘zining dasturiy maqsadiga javob beradigan sovetchata’limni rivojlantirishga asosiy e’tibor berdi. 20-yillar-da O‘zbekiston hayotidan muhim o‘rin olgan birinchiva ikkinchi bosqich maktablari shunday ta’lim berish-

107

Page 108: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

108

ga mo‘ljallangan bilim dargohlari edi. Masalan, 1921-yilda Turkistonda 165645 o‘quvchisi bo‘lgan 1965 ta1-bosqich (boshlang‘ich) va 6500 o‘quvchisi bo‘lgan58 ta 2-bosqich (o‘rta) sovet maktablari faoliyat ko‘r-satgandi.

1920-yil 17-sentabrda Turkiston ASSR hukumatio‘lkada 8 yoshdan 40 yoshgacha bo‘lgan kishilarnio‘qitish va savodxon qilish to‘g‘risida dekret qabul qildi.Bundan ko‘zda tutilgan maqsad mahalliy xalqni toborasovetlar siyosati va mafkurasi ta’siriga olish, uningyangi tuzumga xayrixohligini kuchaytirish edi. Shularnihisobga olib respublikaning turli hududlarida son-sanoqsiz savodsizlikni tugatish kurslari tashkil etilibfaoliyat ko‘rsatdi. Ularga turli yoshdagi kishilar, erkak-lar va ayollar jalb qilinib, o‘z savodlarini chiqardilar.Jumladan, 1928—1932-yillarda O‘zbekistonda jami700 ming nafar kishi savodsizlik kurslarini tugatganbo‘lsa, bu ko‘rsatkich 1933—1937-yillarda 1,4 mlnkishini tashkil qildi.

Respublikada boshlang‘ich ta’lim tizimining joriyetilishi, keyinroq 7 yillik ta’limga o‘tilishi ham xalqta’limi sohasidagi muhim o‘zgarishlardan biri bo‘ldi.Maktab qurilishi, uning malakali o‘qituvchi kadrlarbilan ta’minlanishi, o‘quvchilar soni yil sayin o‘sibbordi. Sovet davri statistik ma’lumotlariga qaraganda,agar 1924/25-o‘quv yilida O‘zbekistonda 160 ta sovettipidagi maktablar tashkil qilinib, ularda 17209 nafaro‘quvchi ta’lim olgan bo‘lsa, 1941-yilga kelib bundaymaktablar soni 5504 taga va ularda ta’lim olayotgano‘quvchilar soni esa 1 mln 315 ming nafarga yetgan.

30-yillarga kelib respublikada malakali o‘qituvchikadrlar tayyorlaydigan ko‘plab pedagogika institutlariva o‘rta maxsus pedagogik bilim yurtlari tashkil qilin-di. Bu esa xalq ta’limi tizimi faoliyatini ancha yaxshi-lashga turtki berdi. Agar raqamlarga murojaat qiladi-gan bo‘lsak, 1928/29-o‘quv yilida respublikamizdao‘qituvchilar soni 5,5 ming kishiga teng bo‘lganbo‘lsa, bu ko‘rsatkich 1932/33-o‘quv yilida 19 mingkishini, 1941-yilda esa 42 ming kishini tashkil etdi.Garchand bu raqamlar xalq ta’limi tizimida yuz beribborgan muayyan ijobiy o‘zgarishlarni ko‘rsatsa-da,

Page 109: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

biroq bu sohada xuddi shu davrlarda ko‘plab jiddiyxato, nuqsonlar, yo‘qotishlar sodir etilganligidan ko‘zyumib bo‘lmaydi.

Sovet hukumati ta’lim tizimini, yangi avlod tar-biyasini to‘liq ravishda o‘z izmiga bo‘ysundirish maqsa-dida arab alifbosiga asoslangan eski o‘zbek yozuviniham tubdan isloh qilishga kirishdi. Shu maqsadda1929-yilda arab imlosi asosidagi o‘zbek yozuvitugatilib, undan lotin grafikasiga o‘tildi. Bundan ko‘pvaqt o‘tar-o‘tmasdan, 1940-yilga kelib sovetlarning bir-dan bir yagona orzusi bo‘lgan kirill — rus alifbosinegiziga qurilgan yozuvga o‘tildi. Birgina o‘zbek yozu-vini o‘zgartirish borasida qo‘llanilgan bunday xatti-harakatlar respublika xalq ta’limining keyingi taqdiri,istiqboli uchun salbiy oqibatlar keltirib chiqardi. Engachinarlisi, buning natijasida necha asrlar davomidaxalq dahosi, buyuk bobokalonlarimiz aql-zakovatitomonidan yaratilgan bebaho ma’naviy manbalar, asar-lar, risolalarni o‘rganish mushkul muammoga aylanibqoldi. Negaki, ular arab yozuvida bitilgan edi-da!

Bu ham yangi avlodni o‘z asliy sarchashmalaridan,milliy tarixidan mahrum etib borishning o‘ziga xosayyorona yo‘li, ko‘rinishi bo‘lgan edi. Shu bilan bir-likda yangi tashkil etilgan ta’lim maskanlari, mak-tablarning moddiy bazasi, ularning o‘quv dasturlari,qo‘llanmalari va darsliklar hamda boshqa zarur jihoz-lar bilan ta’minlanish darajasi ham mutlaqo talabgajavob bermas edi. Agar 20-yillarda respublikada o‘qi-tish jarayoni bir qadar milliy ziyoli olimlar, yetukpedagog mutaxassislar tomonidan tayyorlangan o‘quvqurollari, darsliklar asosida tashkil etilgan bo‘lsa, 30-yillardan e’tiboran ahvol keskin o‘zgardi.

Bu sohaning jilovi to‘liq holda Markaz mutasaddi-lari qo‘liga o‘tdi. Endilikda milliy respublikalardagita’lim jarayoni Moskvadan tayyorlab yuboriladigandasturlar, darsliklar-u o‘quv qo‘llanmalari asosida olibboriladigan bo‘lib qoldi. Bu esa xalq ta’limining mil-liy mazmuni, xarakteriga salbiy ta’sir ko‘rsatib bordi.Shuningdek, ayniqsa 30-yillarga kelib respublikaningmaktab ta’limiga mafkuraviy tazyiq o‘tkazish, mual-limlar tarkibini «tozalash», ular safidan «nobop, yot

109

Page 110: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

110

unsurlar»ni qidirib topishga urinish hollari atayinkuchaytirildi. Masalan, VKP (b) MQ O‘rta Osiyobyurosining 1933-yil 27-martda qabul qilgan o‘qituv-chilar safini tozalash to‘g‘risidagi qarori aynan shumaqsadga qaratilgan edi. Bu qarorga asoslanib ishyuritgan sovet «bilag‘onlari» bu davrda ko‘plab bilim-li, ma’rifatli, sof vijdonli milliy ziyolilarimizni ishdanbo‘shatdi, qatag‘on qildi.

Ular tomonidan tayyorlanib nashr etilgan milliyruhdagi ko‘plab o‘quv adabiyotlari ham ayni shu yil-larda taqiqlab qo‘yildi. Yana shuni aytish joizki, shudavrda ommaviy tarzda «sovet ta’limi»ni olib, turlimaktab va savodsizlik kurslarini bitirib, zo‘rg‘a savodi-ni chiqarib endigina hayotga qadam qo‘yganlar «ishon-chli shaxslar» sifatida topilib, mafkuraviy saralashasosida o‘z vazifalaridan chetlatilgan tajribali, bi-limdon, professional ziyolilar î‘rnini egallab borganlar.

Xullas, sovetlar O‘zbekistonda o‘z ta’lim siyosatiniyuritar ekanlar, bunda birinchi navbatda uning sinfiymohiyatiga e’tibor berdilar. Binobarin, ular rahnamo-ligida shakllantirilib, rivojlantirilib borilgan xalq ta’li-mi tizimi va uning barcha bo‘g‘in-u yo‘nalishlari hamshu ruh va mazmum bilan sug‘orilgan edi.

Sovetlarning xalq ta’limisohasida yuritgan siyosati-ning muhim yo‘nalishlari-

dan biri, bu oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimini shakl-lantirish hamda rivojlantirish edi. Har qanday tuzum-da bo‘lgani singari, sovet hokimiyati ham yangi tuzumg‘oyalari va ideallari ruhida tarbiyalangan, unga sado-qat bilan xizmat qiladigan ko‘plab yuqori malakali,o‘qimishli, ziyoli kadrlarga o‘tkir ehtiyoj sezardi.

Sovet hokimiyati O‘zbekistondek chekka o‘lkadaoliy ta’limni tashkil etish, unga mahalliy yoshlarni jalbqilish orqali yerli xalq ishonchini qozonishga, u bilanyaqindan aloqa bog‘lashga umid qilar edi. Markaz amribilan 1920-yil sentabrida Toshkentda tashkil etilganTurkiston Davlat universiteti shu maqsadga yo‘naltiril-gan edi. Keyinchalik O‘rta Osiyo universiteti maqominiolgan bu oliy o‘quv yurti o‘lkada oliy ta’limni rivojlan-tirish, yuqori mutaxassis kadrlar tayyorlash o‘chog‘i

Oliy va o‘rta maxsusta’lim

Page 111: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

bo‘ldi. Biroq bu o‘quv dargohi professor-o‘qituvchila-rining mutlaq tarkibi yevropalik millat vakillaridantashkil topganligidan, undagi o‘qitish tizimi birinchikundanoq faqat rus tilida olib borildi. Bu esa mahalliymillat yoshlari uchun unga kirib ta’lim olishda jiddiyqiyinchiliklar tug‘dirardi. Shuning uchun ham univer-sitet talabalari safida ularning salmog‘i juda ozchiliknitashkil etardi. Jumladan, 1923/24-o‘quv yilida O‘rtaOsiyo Davlat universitetida ta’lim olayotgan 2047 nafartalabadan faqat 51 nafari mahalliy millat yoshlari edi,xolos. 1924/25-o‘quv yilida bu universitetda 2440 tala-ba va ishchilar fakultetida 889 yoshlar ta’lim oldi.Keyinroq 30-yillar boshlariga kelib bu bosh oliy o‘quvyurti negizida respublikamizda juda ko‘plab turli xilyo‘nalishlardagi institutlar tashkil etildi va faoliyatko‘rsata boshladi. O‘rta Osiyo politexnika (hozirgiTexnika universiteti), Moliya-iqtisod, Tibbiyot, Qish-loq xo‘jalik, To‘qimachilik institutlari, Samarqanddavlat universiteti va boshqalar shular jumlasidandir.

Shuningdek, bu davrda yuqori malakali pedagogikkadrlarga talab muttasil o‘sib borganligidan Buxoro,Samarqand, Toshkent, Nukus, Xiva, Urganch, Farg‘o-na va Namangan singari shaharlarda pedagogika va

111

O‘rtà Îsiyo Dàvlàt univårsitåti (hîzirgi O‘zbåkistîn Milliy univårsitåti) binîsi.

Page 112: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

o‘qituvchilar tayyorlash institutlari tashkil etildi. Bu-ning orqasida 1932-yilga kelib respublikadagi jami oliyo‘quv yurtlari soni 31 taga yetdi. Ularda ta’lim olayot-gan talabalar soni 12,2 ming nafarni tashkil etardi.Keyinroq bu ko‘rsatkichlar yil sayin oshib bordi. Chu-nonchi, oliy o‘quv yurtlari talabalarining soni 1937-yil-da 15,5 mingga, 1941-yilda esa 18 mingtaga yetdi.

Ayni paytda mahalliy aholi yoshlari orasidan maxsustanlab olinib, partiya, sovet va xo‘jalik organlarida ish-lash, sotsialistik qurilish jabhalarida faoliyat ko‘rsatish-ga da’vat etilgan rahbariy kadrlar tayyorlashga ham alo-hida e’tibor qaratildi. Negaki, hukmron partiyaning«oltin fondi» hisoblangan bunday kadrlarni ko‘plab tar-biyalab voyaga yetkazish O‘zbekistonda sovetlar siyosa-tini to‘laqonli o‘tkazishda muhim kafolat bo‘lib xizmatqilardi-da. Shu maqsadlarni ko‘zda tutib 1923-yildaTurkiston kommunistik universiteti ochildi. Undao‘lkaning bo‘lg‘usi sovet kadrlari «markscha-lenincha»ta’limot negizlarini qunt bilan egallab bordilar.Shuningdek, bu davrda Turkistonda 2 ta markaziy, 5 taviloyat va 5 ta uyezd partiya sovet maktablari faoliyatko‘rsatmoqda edi. Ularda o‘qiyotgan 1312 nafar ting-lovchining 10 foizini xotin-qizlar tashkil etardi.

Moskvadagi Sharq mehnatkashlari kommunistikuniversitetida esa 1923-yilda 77 nafar turkistonlikyoshlar ta’lim oldi. Ulardan o‘zbeklar 24, turkmanlar24, qozoq-qirg‘izlar 29 kishi edi.

O‘zbekistonning bu davrdagi ta’lim tizimida o‘rtamaxsus ta’lim o‘quv yurtlari faoliyati ham alohida o‘rinegallaydi. Buning asosiy boisi shuki, respublikaning ijti-moiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyoti ko‘p jihatdanmaxsus bilim, tajriba va ko‘nikmaga ega bo‘lgan kadr-larga bog‘liq edi. Faqat shunday kadrlargina respubli-ka xo‘jalik va madaniy qurilishining ko‘plab dolzarbmasalalari, vazifalarini hal etishga salmoqli hissa qo‘shaolardilar. Shu boisdan ham o‘lkada hunar-texnika ta’li-mi maktablari, texnikumlar, maxsus bilim yurtlarinitashkil qilish va faoliyatini jonlantirib borishga e’tiborberildi. 20-yillarda respublikada 6 ta qishloq xo‘jaliktexnikumi, 1 ta tibbiyot texnikumi, 16 ta hunar-texni-ka maktabi tashkil qilindi. Ularda 6800 nafar bilimga

112

Page 113: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

113

chanqoq yoshlar o‘qidi. Shuningdek, shu vaqtda 5 tapedagogika texnikumi, 2 ta pedagogika bilim yurti, bittaxotin-qizlar bilim yurti mavjud bo‘lib, ular orqaliko‘plab bilimli, malakali pedagog kadrlar tayyorlandi.XX asrning 40-yillari boshlariga kelib O‘zbekistondamaxsus bilim yurtlari soni 92 taga yetgan bo‘lib, ular-da 12,6 ming nafar yoshlar ta’lim olmoqda edi.

Shu bilan birlikda oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizi-mi oldida ham hali ko‘plab jiddiy muammolarko‘ndalang bo‘lib turardi. Oliy ta’lim tizimidagi o‘qishjarayoni asosan rus tilida olib borilardi. Maxsus o‘quvqo‘llanmalari, darsliklar, boshqa o‘quv-uslubiy jihoz-lar milliylik, yurtning o‘ziga xoslik jihatlaridan niho-yatda uzoq bo‘lib, ular asosan Markazdan tayyorlabyuborilardi. Mahalliy professor-o‘qituvchilar tarkibinihoyatda kam bo‘lganligi bois ko‘pchilik fanlarningo‘qitilishi asosan yevropalik olimlar tasarrufida edi.Buning ustiga 30-yillarda avjiga mingan stalinchaqatag‘onlik shamshiri ko‘proq milliy kadrlar boshidasindiki, bundan respublika ta’lim tizimining barchabo‘g‘inlari katta ziyon-zahmat chekdi, ancha mah-rumliklarga duchor bo‘ldi.

Respublikada ilm-fanningravnaq topishi ham tabiiy

holdir. Garchand O‘zbekistonning sovetlar hukmron-ligi davri ilm-fani ahvoli, uning o‘sishi, o‘zgarishiko‘plab murakkab, ziddiyatli jarayonlar silsilasidakechgan bo‘lsa-da, biroq bu hol bir qator o‘z xusu-siyatlari va asosli omillariga egadir. Avvalo, ilm-fanga,ma’rifatga intilish millatimizga xos azaliy otamerosan’anadir. Jahonga tengi yo‘q allomalarni bergan xalqhar qanday og‘ir, mushkul vaziyatlarda ham ilmmash’alini qo‘lda mahkam tutib, uni rivojlantirishgaintilib kelgan. Binobarin, sovetlar davri, qatag‘onlikyillari ham bundan mustasno emas, albatta. Shu boissovetlarning madaniy qurilishi doirasida bo‘lsa hamrespublikaning ilmiy salohiyati o‘sish va rivojlanishdadavom etdi.

Markaz zo‘ravonlarining milliy kadrlar, ziyolilarfaoliyati doirasini har qanday cheklash, bo‘g‘ishgaurinishiga qaramay, yurtning ko‘plab iqtidorli, zako-

Ilm-fan

Page 114: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

vatli yoshlari o‘zlarini ilm-fan mashaqqatiga bag‘ish-lab, asta-sekin uning cho‘qqilariga ko‘tarilib bordilar.Rus tilini mukammal egallash qiyinchiligi ham ulargahech bir to‘siq bo‘lolmadi. 30-yillarga kelib o‘zbekfanining turli yo‘nalishlarida o‘z yuksak salohiyatininamoyon qila olgan, o‘z ilmiy maktabiga asos solganQori Niyoziy, Abdurahmon Sa’diy, Abdulla Avloniy,Ibrohim Mo‘minov, Yahyo G‘ulomov, Toshmuham-mad Sarimsoqov, Xalil Rahmatullin, Habib Abdul-layev, Sobir Yunusov singari fan allomalari yetishibchiqdi. Ayni zamonda respublikada ko‘plab ilmiy-tadqiqot institutlari, markazlari tashkil etilib, fanningturli dolzarb muammolari ustida samarali izlanishlarolib bordilar. Bular jumlasiga Butunittifoq paxtachilikilmiy-tadqiqot instituti (SoyuzNIXI), Madaniy quri-lish, Sanoat-iqtisod, Sanoat qurilishi, Huquq-tadqiqotinstitutlari, Gidrometrologiya instituti, Geliotexnikalaboratoriyasi, Astronomiya Observatoriyasi, uningqoshidagi Quyosh xizmati bo‘limi va boshqalarni nis-bat berish mumkin. Mazkur institutlar va ilmiymarkazlarga jalb etilgan respublika ilmiy kuchlari, fanfidoyilari Ittifoq va respublika ahamiyatiga molik qan-chalab hayotiy muammolar, masalalarning yechiminitopishda jiddiy tadqiqotlar olib bordilar. Ayniqsa pax-tachilik, uning hosildorligini oshirish, tezpishar, sifatliyangi navlar yaratish sohasida muhim yangiliklarqilindi. Geolog olimlar sa’y-harakatlari bilan yangikonlar, turli xil ma’dan topilmalari kashf qilindi.1927-yilda Farg‘ona vodiysida Sho‘rsuv neft koniochildi. Sement ishlab chiqarish uchun xomashyoqidirib topildi. Natijada Quvasoy sement zavodi quril-di.

Qator mis, oltin, kumush, qalay, marmar konlaritopildi va ishga tushirildi. Biroq ularning huzuriniMarkaz ko‘rdi. Negaki, bu davrga kelib uning inon-ixtiyori to‘la Ittifoq hukumati tasarrufiga olingan edi.

1940-yil 9-yanvarda O‘zbekiston XKS (hukumati)huzuridagi Fan qo‘mitasi negizida SSSR FAningO‘zbekiston filiali ta’sis etildi. O‘sha kezlarda uningtarkibida 75 ta ilmiy-tadqiqot institutlari va muassa-salari mavjud edi. Ular 3024 nafar ilmiy xodimlarni

114

Page 115: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

o‘z safiga birlashtirgandi. Bularning 109 nafari fandoktorlari, 510 nafari fan nomzodlari edilar.

XX asr 20-yillari ikkinchiyarmida «Hujum» nomi

bilan boshlangan harakat o‘z mohiyati bilan o‘zbekxotin-qizlarini tutqunlikdan, paranji zulmatidan ozodqilishga qaratilgan edi. Turkiston sharoitida o‘ziga xoso‘ta murakkab xususiyatlarga ega bo‘lgan bu ijtimoiy-siyosiy masala hukmron partiya tomonidan hech biro‘ylanmasdan, mahalliy shart-sharoitlarni, xalqningan’anaviy udumlari, urf-odatlarini e’tiborga olmasdankutilmagan bir holda amalga oshirildiki, bu esa o‘lkahayotida ko‘plab noxush oqibatlarni keltirib chiqardi.

Ma’lumki, Turkiston xotin-qizlari hayoti asrlardavomida musulmonchilik qonun-qoidalari va an’ana-lari asosida kechgan va o‘ziga xos xususiyatlarga egabo‘lgan. Jumladan, ular aksariyat hollarda mehnatgatortilmas, balki uy-ro‘zg‘or ishlarida band bo‘lishganva farzand tarbiyasi bilan shug‘ullanishgan. Sovethukumati esa o‘zbek xotin-qizlarining bunday turmushtarziga diniy «xurofot» sifatida qaradi. Shu bilan birga-likda ayollarning erkaklar bilan teng huquqliligi, ular-ning tor oila muhitidan ozod bo‘lib, keng ijtimoiy-siyosiy hayotga tortilishi g‘oyasi ilgari surildi.

Shu narsa haqiqatki, jamiyat rivojlanib borar ekan,odamlarning ongi ham o‘zgarishda davom etadi.Turmush tarzi yangilanadi, u zamonga moslashadi.Shu ma’noda o‘zbek ayollarini paranjidan ozod qilishmuhim vazifalardan biri ekanligi tabiiydir. Biroq bumasalani eng avvalo jamiyat a’zolari, fuqarolari orasi-da keng ko‘lamli tushuntirish, ma’rifiy yo‘llar orqalitinch hal qilish mumkin edi. Jadidlar rahbarlariF.Xo‘jayev, Fitrat, Cho‘lpon, A. Avloniylar ham bumasalani hal etishni o‘z oldilariga muhim vazifa qilibqo‘ygan edilar. Shu maqsadda tashkil etilgan respub-lika, viloyat, tuman, shahar va quyi sovet tashkilotlariqoshidagi xotin-qizlar bo‘limlarida dastlab umumanto‘g‘ri ish olib borilgandi.

Bu yerda gap paranji tashlash ustida emas, balkixotin-qizlar uchun maxsus klublar, artellar, do‘konlar,savodxonlik kurslari ochish haqida borardi. Bu xildagi

115

«Hujum» harakati

Page 116: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

tadbirlarning ko‘plab o‘tkazilishi natijasida xotin-qizlarijtimoiy-foydali mehnatga, jamoatchilik ishlariga torti-la boshlagandi. Ammo, ming afsuski, bu dastlabkiyutuqlar, xususan, ayollarning jamoat joylariga paran-jida kelishlari mustabid tuzumni aslo qoniqtirmasdi.

Shuning uchun ham VKP (b) MQ O‘rta Osiyobyurosining 1926-yil sentabridagi maxsus qarori asosi-da bu harakatni sun’iy ravishda tezlashtirishga kirishil-di, oqibatda bu majburiy harakat «Hujum» nominioldi. Xolisona aytganda, uni o‘zbek xotin-qizlari xur-sandchilik bilan kutib oldilar. Chunki ochiq yurish,yorug‘ olamni ko‘rish, ilm olish, erkaklar bilan tenghuquqli bo‘lish ularning ham asriy orzusi edi. Biroqbu harakat, yuqorida ta’kidlanganidek, nihoyatdashoshma-shosharlik, ma’muriyatchilik yo‘li bilano‘tkazildi. Bu tadbirga hattoki erkak kommunistlarham tayyor emas edilar. Masalan, 1927-yil 8-martkuni bo‘lgan ko‘plab mitinglarda minglab xotin-qizlarparanjilarini tashlashdi. Bularning orasida kommu-nistlarning ham xotinlari bor edi. Lekin, ular ertasigayana paranjini yopinishga majbur qilindi.

Shunga qaramay «Hujum» harakati dastlab anchasezilarli yutuqlarga erishib bordi. 1927-yil bahorigakelib 100 ming ayol paranji tashladi. Ming-minglabayollar korxonalarga, qishloq, tuman kengashlariga,sud tizimiga ishga tortildi. Ular orasidan ko‘plab trak-torchilar, brigadirlar, kolxoz raislari, klub va kutub-xona mudirlari tayyorlandi. Jumladan, 1927—1929-yillarda sudlarning xalq maslahatchilari orasida o‘zbekayollari 563 kishiga yetdi. 1926-yilda birgina Toshkentva Farg‘ona viloyatlari «Qo‘shchi» uyushmalarining4900 ayol a’zolari bor edi. 1927-yil davomida 7169ayol kasaba uyushmalariga a’zo bo‘lib kirdi. 5916 ayolmatlubot kooperatsiyalariga a’zo bo‘ldi, 2343 xotin-qizlar davlat organlariga saylandi.

1927—1928-yillarda «Hujum» harakati yanadakeng quloch yozdi. Xotin-qizlarni savodsizliknitugatish kurslariga jalb etish, ularning farzandlariuchun yasli va bog‘chalar ochish tadbirlari ko‘paydi.Paranji tashlagan ayollar uchun 32 ta savodsizliknitugatish maktablari tashkil qilindi.

116

Page 117: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

Biroq bu sohadagi ishlar partiya organlaritomonidan bo‘rttirib ko‘rsatildi. Amalda esa bu jara-yon ko‘p hollarda joylarda to‘xtab qoldi. Bu boradaqo‘llanilgan zo‘rlash, majburlash yo‘li va usullario‘zining salbiy natijalarini bermasdan qolmadi.Natijada hatto 10—15 yashar qizlarni ham erga beribyuborish hollari ro‘y berdi.

Joylarda xotin-qizlarni o‘ldirish hollari ko‘plabro‘y berdi. 1927—1928-yillarda 2,5 mingdan ortiq faolayollar yovuz kuchlar qurboni bo‘ldi.

Tabiiyki, har qanday jinoyat jazosiz qolmaydi.Faqat 1928-yilda ayollarga nisbatan g‘ayriqonuniyxatti-harakatlari uchun 671 kishi jazoga tortildi.Shulardan 7 kishi otuvga hukm qilindi.

Shunday qilib, partiyaviy tazyiq, sovetcha majbur-lash va mafkuraviy kurash asosida o‘tkazilgan«Hujum» harakati, qiyinchiliklar bilan bo‘lsa-da, ha-yotga tatbiq etib borildi. Buning natijasida o‘zbekayoli ijtimoiy ishlab chiqarishga, hatto eng og‘irmehnat talab qiladigan ishlarga ham tortildi. Masalan,1930-yilda ular qishloq xo‘jaligida ishchi kuchining 80foizini tashkil etdi. Boshqa sohalarda ham xotin-qizlarsalmog‘i ortib, ularning ijtimoiy faolligi kuchaydi.

«Hujum» harakatining o‘sib borishi davomida1937-yilga kelib 273637 nafar o‘zbek xotin-qizlarisavodsizlikni tugatish kurslarini muvaffaqiyatli bitirdi-lar. Ayol ishchilar va xizmatchilar soni 1940-yilda 232ming kishiga yetdi. Bu esa butun respublikadagi ishchi-larning 40,7 foiziga teng edi. Ular tikuvchilikda 82,3,qandolatchilikda 65,5, to‘qimachilikda 88 foizni tash-kil etardi.

Shu bilan birlikda bu mavsumiy harakat ko‘pginasalbiy oqibatlarning yuz berishiga ham sabab bo‘ldi.Bu jarayonni o‘tkazishda yo‘l qo‘yilgan jiddiy xato vakamchiliklar, xalqning asriy udumlari, o‘zbek ayolla-riga xos sharqona odob, axloq tamoyillarining buzi-lishi, bu nozik sohada odamlarning or-nomusini men-simaslik hollari kundalik hayotda ko‘plab fojialivoqealarni keltirib chiqardi.

Eng achinarlisi shuki, «Hujum» harakatida faolishtirok etib, unda tashabbuskor bo‘lgan, butun

117

Page 118: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

borlig‘ini, ongli hayoti, faoliyatini sotsializm ishiga,partiyaning yolg‘on, soxta g‘oyalarining chinligigaishongan qanchalab ilg‘or xotin-qizlar keyinchalik sta-lincha qatag‘onlik qurboni bo‘ldilar. Bunga o‘zbekxotin-qizlari ozodligi kurashining otashin namoyan-dalari — Tojixon Shodiyeva, Sobira Xoldorova, XosiyatTillaxonova, Maryam Sultonmurodova, XayrinisoMajidxonova singarilaming fojiali va tahlikali kechgannochor qismatlari to‘la misol bo‘la oladi.

XX asrning 20-30-yillaridahukmron kommunistik par-tiyaning madaniy qurilish

siyosati asosan «shaklan milliy, mazmunan sotsialistikmadaniyat»ni shakllantirishga qaratildi. Zero, «lenin-cha madaniy inqilob g‘oyasi»ning bosh maqsadi hamko‘p millatli sovetlar mamlakatida yagona sotsialistikmadaniyatni tarkib toptirish va uning «samaralari»danSSSR barcha xalqlari va millatlarini bahramand etishedi. Garchand bu madaniyat milliy belgi, shakllarnirasman ko‘zda tutsa-da, biroq u amalda har bir xalq-ning o‘ziga xos tarixiy va madaniy merosini, uningsarchashmalarini inkor etardi. Chunki bular kommu-nistik mafkura o‘lchovi va tamoyillariga mohiyatanzid kelardi.

Shu bois bu yillarda o‘zbek xalqining olis asrlargaborib qadaluvchi moddiy va ma’naviy madaniyati dur-donalari, osori-atiqalariga, masjid-u madrasalar, gum-baz-u maqbaralar ko‘rinishidagi noyob me’moriyobidalariga zo‘r berib hujum uyushtirildi. Binobarin,bu maskanlarning qarovsiz, xarob ahvolga keltirilgan-ligi ham tasodifly hol emas, albatta. Ayniqsa bundaxalqimizning qalbi, dilidan chuqur joy olgan, uninguzoq asrlik islomiy qadriyatlari zavol toptirilganliginichuqur taassuf bilan ta’kidlashga to‘g‘ri keladi.

Odamlar ongiga kommunistik g‘oyalarni singdirish-dan iborat maqsadga erishishda joylarda «Xudosizlarjamiyatlari» tuzilib, ular orqali diniy e’tiqod vatasavvurlarga qarshi, uning pokdomon peshvolarigaqarshi hujumkor ateistik kurash, tashviqot va targ‘ibotavj oldirildi. Buning oqibatida yurtning ilg‘or ziyolilaribo‘lgan qancha-qanchalab ruhoniylar, eshon-u mul-

118

Madaniy va adabiy jarayon

Page 119: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

119

lalar, ulamo-yu fuzalolar ayovsiz ta’qib-u quvg‘inlargaduchor etildi yoxud qirg‘in qilindi. Ularning ko‘plarijonlarini hovuchlab, oila, bola-chaqasi bilan neazob-u uqubatlarni boshdan kechirib, uzoq xorijiyyurtlarga bosh olib ketishga majbur bo‘ldilar.

O‘zbek xalqining ko‘plab yurtparvar ziyolilarifidoyilik namunalarini ko‘rsatib, barcha qiyinchilik-larga bardosh berib respublikaning madaniy hayotidafaol qatnashdilar.

Ularning sa’y-harakatlari bilan teatrlar, klublar,kutubxonalar va boshqa madaniy-ma’rifiy muassasalarbunyod etilib faoliyat ko‘rsata boshladi. 1929-yildao‘zbek musiqali teatriga asos solindi. 1933-yilga kelibHamza nomli akademik drama teatri ish boshladi. Harqanday mafkuraviy tazyiqlarga qaramasdan milliy ruhustuvor bo‘lib qola berdi. Xalqimiz orasidan uning asriydil armoni, orzu-istaklarini kuylagan Hoji AbdulazizAbdurasulov, Ota G‘iyos Abdug‘aniyev, Domla HalimIbodov, Mulla To‘ychi Toshmuhamedov, MadrahimSheroziy, Shorahim Shoumarov, Abror Hidoyatov,Soraxonim, Tamaraxonim, Lutfixonim, Mukarrama-xonim singari nomdor san’atkorlar yetishib chiqdi vadovruq qozondi.

1936-yilda Toshkent davlat konservatoriyasiningochilishi xalqimizning madaniy hayotida katta voqea

Mashhur hofiz Hofiz va bastakor Hoji Abdulaziz Abdurasulov. Madrahim Sheroziy.

Page 120: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

120

bo‘ldi. O‘zbek musiqa ma-daniyatining zabardast va-killari — Yunus Rajabiy,Muxtor Ashrafiy, MutalBurhonov, Tolibjon Sodi-qov, To‘xtasin Jalilov sin-gari san’atkorlar ijodi xalqdilidan chuqur joy oldi.

1937-yilda Moskvadao‘tkazilgan birinchi o‘zbeksan’ati va adabiyoti deka-dasi xalqimiz madaniyati-ning yorqin ko‘rigi bo‘ldi.Unda «Gulsara», «Layli vaMajnun» operalari, «Far-hod va Shirin» musiqalidramasi va boshqa sahnaasarlari katta mahoratbilan namoyish etildi.

30-yillarda O‘zbekistonda yangidan kino san’atishakllanib bordi. Uning yorqin ifodasi sifatida shudavrda yaratilib ekranlarga chiqarilgan «Asal», «Qa-sam», «Ravot qashqirlari», «Azamat» singari filmlarnitilga olib o‘tish joizdir.

Ularni yaratishda Komil Yormatov, Nabi G‘ani-yev, Sulaymon Xo‘jayev, Yo‘ldosh A’zamov, RahimPirmuhamedov singari ajoyib o‘zbek kino ustalariningxizmatlari benazirdir.

20—30-yillarda respublikada ko‘plab madaniyinshootlar qurildi. 1932-yilda respublikada 707 takutubxona, 3087 ta klub, 409 ta kinoqurilma, 32 tateatr, 13 ta muzey faoliyat ko‘rsatdi.

O‘zbekistonda madaniy qurilish jarayonining chu-qurlashib borishiga mamlakatda avj olgan totalitartuzum zo‘ravonligi va bedodligi jiddiy to‘sqinlik tug‘-dirdi. Bunday keskin, nosog‘lom muhitda madaniyatmuassasalarining faoliyati cheklanib, bu soha xodim-larining ijodkorligi har tomonlama qiyin-qistov vasiquvga olindi. Bu esa respublika madaniy hayotimaromining normal kechishiga, shubhasiz, salbiy ta’-sir ko‘rsatdi.

Abror Hidoyatov Otello rolida.

Page 121: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

121

Bu davrda o‘zbek adabiyoti ham jiddiy hayotiysinovlar jarayonini boshdan kechirdi. O‘zining boytarixiy an’analariga ega bo‘lgan bu adabiyot xalqruhining ko‘zgusi sifatida uning ma’naviy hayotinitashkil qilishda, zamon muammolarini idrok etishhamda hal etishda o‘z hissasini qo‘shib bordi. Sovetlarinsonlarning ongi, shuuriga ta’sir etish, ularni ma’nanva ruhan tarbiyalashda adabiyot va san’atning o‘rnibeqiyosligini hisobga olib, uni yangi sotsialistik quri-lish xizmatiga faol jalb etishga intildilar. Ularningnazarida adabiyot kuchli mafkuraviy qurol sifatidayangi tuzumni mustahkamlashga xizmat qilishi, mil-lionlar ommasini shunga da’vat etmog‘i kerak edi.VKP(b) MQning 1925-yil 18-iyunda qabul qilgan«Partiyaning adabiyot sohasidagi siyosati to‘g‘risida»nomli qarorida shu ruh, g‘oya aks ettirilgandi. Bu huj-jat o‘zbek adabiyoti va uning namoyandalari uchunham qo‘llanma hisoblanardi. Unda ochiqdan ochiqsovet mafkurasiga zid adabiyot «burjua mafkurasi xiz-matkori», deb e’lon qilingandi. Bu, albatta, har birijodkor zimmasiga mashaqqatli vazifa yuklardi.Negaki, har bir shoir yoki adib sovet mafkurasi talab-laridan biroz bo‘lsa-da chetlashsa, o‘z xalqining boytarixiy o‘tmishi yoxud ulug‘ ajdodlari hayotidan asaryozguday bo‘lsa, uning og‘ir jazoga ro‘baro‘ kelishihech gap emas edi. Mana, nima uchun 30-yillardaxalqimiz faxr-u g‘ururi bo‘lib qolgan bir qator

Shoir Mahmud Botu. Hamid Olimjon.

Page 122: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

122

favqulodda iste’dod sohiblari qatag‘on qilindi, ijodlaribo‘g‘ildi.

Biroq har qanday tazyiq-u ta’qiblarga qaramayo‘zbek adabiyoti bu yillarda muhim yutuqlarga erishib,jiddiy o‘zgarishlar yo‘lidan ilgarilab bordi. Bu o‘rindaAbdulla Qodiriyning «O‘tkan kunlar», «Mehrobdanchayon», Cho‘lponning «Kecha va kunduz», SadriddinAyniyning «Odina», «Sudxo‘rning o‘limi», Fitratning«Abulfayzxon», Oybekning «Qutlug‘ qon», G‘afurG‘ulomning «Ko‘kan», «Yodgor» va shu singari o‘zdavri uchun muhim voqea bo‘lgan badiiy g‘oyasi yuk-sak asarlarni alohida qayd etmoq lozim bo‘ladi.

Savol va topshiriqlar

1. «Madaniy inqilob» g‘oyasining asl maqsad, muddaosinimada edi?

2. Sovetlar Turkiston xalq ta’limini tashkil etish, rivojlan-tirishga qanday nuqtayi nazardan yondashdilar?

3. O‘lka xalq ta’limi tizimida yuz bergan xato, kamchilik-lar, murakkabliklar va muammolar haqida nimalar deya ola-siz?

4. Respublika oliy ta’lim tizimini shakllantirish qandaymaqsadlarda amalga oshirildi?

5. O‘zbekistonda ilm-fan qanday rivojlantirib borildi?6. 30-yillarda yetishib chiqqan taniqli o‘zbek olimlari

haqida tushuncha bering.7. O‘zbekistonda «Hujum» harakatini o‘tkazishdan ko‘z-

langan maqsad nima edi?8. 20-yillarda respublikada o‘tkazilgan «Hujum» harakati

xotin-qizlar hayotiga qanday o‘zgartirishlar olib kirdi?9. «Hujum» harakati qanday oqibatlarni yuzaga keltirdi?10. Nima sababdan O‘zbekistonda din va dindorlarga

qarshi hujumkor kurash avj oldirildi?11. 30-yillarda respublikaning madaniy hayotida yuz

bergan eng muhim voqealardan qaysi birlarini aytib bera ola-siz?

12. O‘zbek san’atini yuksaltirishga muhim hissa qo‘shganmashhur san’atkorlardan kimlarning nomini tilga olsabo‘ladi?

13. O‘zbek adabiyotining rivojlanish jarayonining mu-rakkab kechganligi sabablarini nimalarda deb o‘ylaysiz?

14. O‘zbek adiblaridan kimlarning nomlari 30-yillargakelib qoralandi va nima uchun?

Page 123: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

123

10-§. MUSTABID TUZUMNING QATAG‘ONSIYOSATI: UNING OQIBATLARI

XX asr 20-yillari ikkinchi yarmiga kelib sovetlar mam-lakatining hokimiyat bosh-

qaruv-idora tizimida ham keskin o‘zgarish hollari yuzberdi. Stalin asta-sekinlik bilan o‘zining yakkahokim-ligini butun choralar bilan qaror toptirish harakatidabo‘ldi. 20-yillar oxirlarida Stalin tomonidan yanginazariy qarash sifatida ilgari surilgan «Sotsializm mus-tahkamlanib borgan sari sinfiy dushman qarshiligi hamkuchayib boradi» degan g‘oya g‘ayriqonuniy xatti-ha-rakatlarning avj olishiga olib keldi. Stalin va uningatrofidagilar mamlakat va partiya hayotiga oid har birmasalada o‘z irodasi, hukmini boshqalarga majburetib, har qanday muxolifatchi qarashlarni, ularningtashuvchilarini mahv etib bordilar.

Shu tariqa, mamlakatda Lenin tomonidan asos so-lingan totalitar boshqaruv tizimini Stalin yanada ku-chaytirdi. Bu tizimning mohiyati shundaki, undadavlat boshqaruvi markazlashgan va buyruqbozlik xa-rakteriga ega bo‘ladi. Ijtimoiyot, iqtisodiyot, ma-daniyat, ma’naviyat sohalari ustidan qattiq nazorato‘rnatiladi. Turli xil tarzda fikr, tafakkur yuritish, mu-xolifatchilik harakatlarida bo‘lish qat’iyan man etiladi,siyosiy erkinliklar taqiqlanadi. Ayni chog‘da demo-kratiya buziladi, ilg‘or, taraqqiyparvar kuchlar qata-g‘onlikka mahkum etiladi. Hukmron partiyaning ya-gona irodasi, o‘zboshimchaligi, chegara bilmas zo‘ra-vonligi avjga minadi.

Mamlakatda totalitar tuzumning qaror topishi mil-liy sovet respublikalari hayotiga ham daxl qilib, ular-ning butun inon-ixtiyorini Ittifoq davlati tasarrufigabog‘lab qo‘ydi. Bu O‘zbekiston timsolida ham ko‘zgayaqqol tashlandi. Avvalo, respublika hokimiyati bosh-qaruvining hamma bo‘g‘inlari to‘liq ravishda SSSRorganlariga bo‘ysundirildi. Shuningdek, bu yerdagiyagona rahbar tashkilot — O‘zbekiston Kompartiyasiham VKP(b)ning tarkibiy qismi sifatida, ya’ni viloyatbo‘limi maqomiga tushirildi. Binobarin, hukmron par-

Totalitar tuzumningkuchayishi

Page 124: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

124

tiya qabul qiladigan har qanday qaror-u farmoyishlar,rahbariy ko‘rsatmalar respublika partiya tashkilotlaritomonidan bajarilishi majburiy va shart edi.

Stalincha ma’muriy-buyruqbozlik tizimi ko‘zgako‘rinarli va ko‘zga ko‘rinmas ming xil qizil iplarbilan O‘zbekistonni o‘z domiga kiritib, uning amalda-gi rasmiy mustaqilligini ham yo‘qqa chiqargan edi.Uning mahalliy rahbariyati respublikaning iqtisodiy,xo‘jalik, madaniy-ma’naviy hayotiga oid biror birmasala, muammoni mustaqil tarzda hal etishga haqli,huquqli emas edi.

Mustabid tuzum MarkazdanO‘zbekistonga o‘zining ko‘psonli sadoqatli xodimlar, va-

killarini rahbariy lavozimlarda ishlashga uzluksiz yubo-rib turdi. Ular yordamida o‘lka hayotida kechayotganbarcha jarayonlar, o‘zgarishlardan doimiy xabardorbo‘lib, mahalliy kadrlar faoliyatini kuzatib, nazoratqilib bordi.

O‘z xalqi, yurtining milliy manfaatlarini himoyaqilib, uning istiqbolini ko‘zlab, o‘zida kuch-iroda to-pib, bor haqiqatni aytishga jur’at qilgan millat kishilaribirinchi navbatda hukmron Markazning qahr-zahrigaduchor bo‘ldi. Qatag‘on zulmkorlari, ularning gumash-talari bir imo-ishora bilan bunday yurt fidoyilarinioradan olib tashlash, faoliyatini og‘machilik, buzg‘un-chilikda ayblash, sha’niga millatchi, xalq dushmani,aksilinqilobchi, burjua malaylari singari asossiz bo‘h-tonlar bilan la’nat tamg‘asini tirkashga doimo tayyorturardilar. Buning yorqin ifodasini sovet mafkurachilaritomonidan to‘qib chiqarilgan va o‘zbek milliy kadrlarisha’nini bulg‘ashga qaratilgan «18 lar guruhi», «inog‘o-movchilik», «qosimovchilik» degan siyosiy ishlar miso-lida ko‘rish mumkin. Mazkur guruhlar faoliyatiga oidtarixiy hujjatlarni ko‘zdan kechirib, tahlil etarkanmiz,bu insonlar xatti-harakatida, faoliyatida ularni ayblash-ga bois bo‘ladigan hech bir asosli ashyo-dalillar bo‘lma-ganligiga to‘la amin bo‘lamiz. Ularning yagona «guno-hi» — bu o‘z millati dardi, tashvishi va manfaatini ko‘z-lab, ayrim muhim muammolarni ko‘targanligi va ularnihal etishga yuqorining e’tiborini jalb etganligi, xolos.

Milliy kuchlar safi-ning bo‘lib tashlanishi

Page 125: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

125

Xo‘sh, «18 lar guruhi» tarkibi kimlardan iboratbo‘lgan? Ular sovet mutasaddilari oldida qandaygunoh qilgan edilar? Respublikaning taniqli arboblari-dan tashkil topgan bu guruh (I.Xidiraliyev, M.Said-jonov, U. Ashurov, R. Rahimboboyev, R. Rafiqovva b.) ga tirkalgan asossiz aybga, uyushtirilgan tuhmat-u bo‘htonga ko‘ra, go‘yo uning a’zolari ko‘p masala-larda noto‘g‘ri yo‘l tutganlar. Aslida esa ular hukmronMarkazning ulug‘davlatchilik va shovinistik siyosatiga,milliy kadrlarga nisbatan bepisandlik, loqaydlik yo‘ligaqarshi chiqib, adolat va haqqoniylik tamoyillarinihimoya qilib chiqqandilar. Shu bois rasmiy partiyaorganlari tomonidan mazkur guruh keskin qoralandi vauning a’zolari o‘z lavozimlaridan olinib, turli par-tiyaviy jazolarga giriftor etildilar. «Inog‘omovchilik»guruhi to‘g‘risida gap borganda ham unga qo‘yilganbarcha ayblarning to‘liq tarzda to‘qib chiqarilganligiayon bo‘ladi. Ma’lumki, Rahim Inog‘omov O‘zKP(b)MQ Matbuot bo‘limi mudiri va O‘zSSR Maorif xalqkomissari vazifasida faoliyat yuritib kelgan.

«Inog‘omovchilik» guruhi to‘g‘risida gap borgandaham unga qo‘yilgan barcha ayblarning to‘liq tarzdato‘qib chiqarilganligi ayon bo‘ladi. Ma’lumki, RahimInog‘omov O‘zKP(b) MQ Matbuot bo‘limi mudiri vaO‘zSSR Maorif xalq komissari vazifasida faoliyatyuritib kelgan.

U 1926-yilda «O‘zbekiston ziyolilari» degan risolasinie’lon qilgan. Risolada oktabr o‘zgarishi o‘zbek xalqi uchunkutilmagan voqea bo‘ldi va unga o‘zbek mehnatkashlaritayyor emas, degan gaplarni yozdi. Uning risolasidaoktabrgacha bo‘lgan davrda «...Rus istibdodiga qarshimustaqillik harakatida tarixiy rolni ziyolilar o‘ynagan»,degan haqqoniy fikrlar ilgari surilgan.

Shuningdek, R. Inog‘omov o‘zining bir qator nutq-larida O‘zbekiston Kompartiyasining mustaqil faoliyatyurita olmayotganligiga, Markazning nazoratchiorganlarining o‘lka hayotidagi zo‘ravonligiga ham alo-hida e’tibor qaratgan. Respublikaning bir qator mahal-liy partiya, sovet organlari mas’ul xodimlaridanN.Mavlonbekov, I. Isamuhammedov, M.Aliyev sin-gari hammaslaklar Inog‘omov qarashlarini qo‘llab-

Page 126: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

126

quvvatlab chiqqandilar. Albatta, bunday muxolifatchichiqishlar hukmron partiya mutasaddilarining qahrigauchramasdan, jazolanmasdan qolmasdi. Shu bois1926—1927-yillarda bu guruh faoliyati partiya tashki-lotlarida bir necha bor muhokama qilinib, og‘machiguruhbozlikda ayblandi. R. Inog‘omov va uning taraf-dorlari vazifalaridan olinib, nomlari qoralandi, o‘zlariesa tavba-tazarru qilishga majbur etildilar.

«Qosimovchilik» guruhi ham 1929—1930-yillardasovet hukmron rejimi tomonidan milliy kadrlarni,ziyolilarni qatag‘on qilish, jazolash maqsadida atayinuyushtirilgan navbatdagi uydirma bo‘lgan.

O‘zSSR Oliy Sudining raisi lavozimida ishlab kel-gan Sa’dulla Qosimov va uning yaqin maslakdoshlarideb topilgan N. Alimov, B. Sharipov kabi 7 kishi1929-yilning ikkinchi yarmida qamoqqa olinadilar.Ularning atayin to‘qib chiqarilgan «ayblov ishi»gasiyosiy tus beriladi. Bunga ko‘ra, ular respublikadagimillatchi tashkilotlar bilan aloqa bog‘laganlikda ayb-landilar. Ular «bosmachilik» harakatiga yon bosganlik-da qoralandilar. Bu guruhning 4 ta a’zosi mana shun-day asossiz ayblar bilan ayblanib, otib tashlandilar,qolgan 3 kishi esa ko‘p yillik qamoq jazosiga hukmqilindilar. O‘zbekiston ravnaqi, istiqboli uchun,xalqining baxt-u saodati, farovon turmushga erishishiuchun fidoyilik ko‘rsatgan Fayzulla Xo‘jayev, TurorRisqulov, Abdulla Rahimboyev, Akmal Ikromov, IsroilOrtiqov, Abdulla Karimov va boshqa o‘nlab nomdor

Akmal Ikromov. Yo‘ldosh Oxunboboyev.

Page 127: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

127

mahalliy rahbar kadrlarning hayot qismati hampirovardida mana shunday fojia bilan yakun topdi.

Mustabid tuzum hukmdorlari va ular gumashtalariningyeng shimarib qilgan «sa’y-harakatlari» natijasida 1937—1938-yillarda go‘yo O‘zbekistonda bir qator yirik aksilin-qilobiy tuzilmalar borligi to‘qib chiqarildi. Bular: respubli-ka rahbarlari A. Ikromov va F. Xo‘jayev boshchiligidagi«Burjua-millatchilik aksilinqilobiy tashkiloti markazi»,Abdurauf Qoriyev rahbar bo‘lgan «Musulmon ruhoniylari-ning millatchi-isyonchilar tashkiloti», «Aksilinqilobiy o‘ngtrotskiychi josuslar tashkiloti markazi», «Buxoro vaTurkiston baxt-saodati» nomli aksilinqilobiy tashkilot,I. Ortiqov boshliq «Yoshlarning aksilinqilobiy burjua-mil-latchilik tashkiloti», «Ingliz josuslik rezidenturasi», «Yaponjosuslik-qo‘poruvchilik rezidenturasi» va boshqalar edi.

Eng so‘nggi ma’lumotlar, tarixiy hujjatlarni hartomonlama o‘rganish, tahlil qilishlar, surishtirishlarbunday tashkilotlarning respublika hududida butunlaybo‘lmaganligini tasdiqlamoqda. Demak, bunday aksil-inqilobiy tashkilotlar totalitar tuzum buyurtmasi asosi-da Markaz jallodlari va jazo organlari tomonidanatayin to‘qib chiqarilgan. Buning orqasida ming-minglab begunoh, aybsiz insonlar shafqatsiz jazolan-gan, aziz umrlari xazon bo‘lgan.

Faqat 1937—1939-yillarda O‘zbekistonda hammasibo‘lib 43 mingdan ziyod kishi qamoqqa olingan. Ulardan 6ming 920 nafari otib tashlangan, 37 ming nafari esa turlimuddatli qamoq va surgunlarga hukm etilgan.

Mustabid tuzum jallodlarining bu bedodligini hechnarsa bilan oqlab bo‘lmaydi. Yaqin milliy tariximiz-ning bu qorong‘i zulmati xalqimiz dilida manguo‘chmas armon bo‘lib qoldi. U faqat milliy istiqloltufayligina to‘la yuzaga chiqib, bundan yurtimizfuqarolari chinakam ro‘shnolik ko‘rmoqdalar.

Sovet tuzumining qatag‘on-laridan milliy ziyolilar engko‘p aziyat chekdi, mislsiz

qurbonlar berdi. Negaki, bu tuzum mutasaddilario‘zlari johil kimsalar bo‘lganligidan ilm-u ma’rifat,ziyo ahlini qadrlash, e’zozlash emas, balki ularnixo‘rlash, tahqirlash, kerak bo‘lsa yo‘q qilishni o‘zlari-ga kasb qilib olgandilar. Ular yurtimizda iymoni but,

Ziyolilarning quvg‘inqilinishi

Page 128: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

128

qalbi, dili jonajon Vatan, ona zamin mehri bilanlimmo-lim to‘la, vijdonli, diyonatli ziyolilarni topib,jazolashdan o‘zgacha zavq olardilar. Shuning uchunMarkazning o‘tkir shamshiri va po‘lat qalqonihisoblangan Davlat siyosiy boshqarmasi (ÃÏÓ), Ichkiishlar xalq komissarligi (ÍÊÂÄ) kabi jazo organlari vaularning jallodlari uchun ilg‘or, taraqqiyparvar ziyo-lilarni hibsga olish, ularning faoliyati uchun yo‘qayblarni to‘qib chiqarish, uydirmalarni «yasash» hechgap emasdi. Qatag‘on davrida tuzilgan «uchlik»1 harqanday vallomat, pokdomon zotni ham bir lahzada«gunohi azim»ga g‘arq qilib, uni og‘ir jazoga mahkumeta olardi. Eng achinarlisi shuki, o‘z elini jon-u dildansevgan, uni kuylagan, boy tarixi, betakror madaniyati-ga murojaat qilib undan asar bitgan, buyuk ajdodlarnomini tilga olgan vatanparvar ijodkorlar, ilm-fan ahlibirinchilar qatorida qatli omga duchor bo‘ldi. Masa-lan, butun hayotini, barakali ijodini millat baxt-sao-dati, yurt istiqboli uchun bag‘ishlagan MunavvarqoriAbdurashidxonov mana shu davrda avj olgan sovetlarig‘vosi va bo‘htonining aybsiz qurboni bo‘ldi.Uning rahnamoligida millat ravnaqi va istiqloli yo‘lidafaoliyat yuritgan, xalqqa ziyo taratib kelgan «MilliyIttihod» va «Milliy Istiqlol» tashkilotlarining 87 a’zosiustidan sud uyushtirildi. Ularning 15 nafari 1931-yildaMoskvada otib tashlandi, qolganlari ham uzoq mud-datli qamoq jazosiga hukm qilindi.

O‘zbek adabiyotining ustunlari bo‘lgan, noyob ijodlarixalq mehrini qozongan Abdulla Qodiriy, Abdurauf Fitrat,Abdulhamid Cho‘lpon, Usmon Nosir, Elbek (Mashriq Yunu-sov), Mahmud Botu, G‘ozi Yunus kabi ajoyib iste’dodlarquruq bo‘hton-u tuhmatlar asosida «xalq dushmanlari»sifatida jismonan yo‘q qilinib, yorqin faoliyati so‘ndirildi.

Axir ularning har biri o‘z millatining faxri, iftixoridarajasiga ko‘tarilgan, beqiyos ijodi, yaratgan boymerosi e’tirof topgan, har qancha havas qilsa arziydi-gan insonlar edilar-ku! Masalan, ulardan biri profes-sor G‘ozi Olim Yunusovni oladigan bo‘lsak, u 50 danziyod asarlar muallifi edi. Arab, fors, nemis, ingliz va

1 «Uchlik» — bunda siyosiy boshqarma vakili, ichki ishlar xodimi vamahalliy hokimiyat vakili nazarda tutiladi.

Page 129: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

129

barcha turkiy tillarni puxta bilardi. U hatto rus, arabva nemis tillarida Samarqand universiteti, Toshkentpedagogika instituti hamda Til va adabiyot ilmiy-tadqiqot institutida maxsus kurslardan ma’ruzalaro‘qirdi. Biroq bunday iste’dodlar qatag‘on jallodlariuchun sariq chaqalik ham qadr-qimmatga ega bo‘lma-gan. Mustabid tuzum farmonbardorlari ayniqsa o‘zbekxalqining milliy ongi, tafakkurini yoritish, uningo‘zligini tanitishga ilk qaldirg‘ochlar sifatida fidoyilikqilgan istiqlol darg‘alari bo‘lgan jadidchilik namoyan-dalarini yo‘q qilishni o‘z oldilariga maqsad qilibqo‘ydilar. Bunga erishdilar ham.

O‘z zamonasining qomusiy bilim sohibi Said RizoAlizoda qalamiga mansub bo‘lgan yetuk asarlar uninghayotlik davridayoq dunyoga mashhur bo‘lgan. Faqat1923—1934-yillar davomida Lahor shahrida olimning10 dan ziyod asari, shu jumladan, yirik «Axborot» kito-bi chop etilgan. Uning 1919-yildan boshlab nashr etilaborgan «Inqilob shu’lasi» haftalik jurnali faqatTurkiston o‘lkasi xalqlari o‘rtasida mashhur bo‘lib qol-may, balki shu bilan birga qo‘shni Eron, Turkiya,Afg‘oniston, Hindiston mamlakatlariga ham keng tar-qalgan. Shunday inson ham 30-yillar qatag‘oni domi-ga uchrab, Vladimir turmasida azob tortib, olamdanbevaqt ko‘z yumib ketdi.

Qatag‘on davri qurbonlari orasida juda ko‘plabtaniqli ilm-ma’rifat, madaniyat namoyandalari bo‘l-gan. Ajablanarli jihati shundaki, Buxoro va Turkistonrespublikalari hukumatining tashabbusi va sa’y-harakati bilan 20-yillarda xorijga o‘qishga yuborilib,yaxshi mutaxassislar, fan arboblari bo‘lib yetishgankishilar atayin qatli om qurbonlari bo‘ldilar. AgarGermaniya yoki Turkiyada ta’lim olgan bo‘lsalarularga o‘sha mamlakatlarning josuslari degan aybqo‘yildi. Buning uchun ularning uyida tintuv paytidachet elda bosilgan kitob topilguday bo‘lsa, shuningo‘zi yetarli dalil edi. Axir ular xorijiy oliy o‘quv yurt-larida o‘qigan bo‘lsalar shunday kitoblar ularda bo‘li-shi mumkin edi-ku. Masalaning bunday mantiqiyjihatlari chalasavod jazo organlari vakillarini aslo qi-ziqtirmagan. Germaniya va Turkiyada o‘qib, u yerda5 — O‘zbekiston tarixi

Page 130: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

130

olgan bilimlarini o‘z respublikasining xalq xo‘jaligi,iqtisodiyotini yuksaltirish uchun baxshida qilishga belbog‘lagan Sattor Jabbor, Solih Muhammad, MaryamSultonova singari o‘nlab bilimdon yosh mutaxassiskadrlarga «xalq dushmani», «chet el josusi» qabilidagitavqi la’nat tamg‘asi bosilib, qatli om etildilar.

Qatag‘on siyosati ijrochilari aqli raso, oq-qoraniyaxshi biladigan, sog‘lom fikrlaydigan har bir insonniayab o‘tirmasdi. 60 yoshli mo‘ysafid XudoyberdiDevonovning 1938-yilda mutlaqo asossiz ayb bilanoliy jazoga mahkum qilinib, otib yuborilganligi fakti-ni qanday izohlash mumkin axir. Bu tinib-tinchimasinson o‘zbeklardan chiqqan dastlabki fotograf vakinomatograf sifatida butun umri davomida halol-uðîê xizmat qilib kelgan. Uning turli yillarda tasvirgaolgan rang-barang suratlari, kinoxronikalari xalqi-mizning katta ma’naviy mulki hisoblangan. Qarangki,1936-yilda «Ïðàâäà Âîñòîêà» gazetasi tahririyatitomonidan moddiy rag‘batlantirish maqsadida taqdimetilgan «Leyka» fotoapparati uning boshiga balobo‘ldi. Negaki, qatag‘on posbonlarining taxminicha,bu apparat go‘yo X. Devonovga «xalq dushmani» debtopilgan Fayzulla Xo‘jayev tomonidan berilgan.Binobarin, bu shaxs F. Xo‘jayevning «dumi» debko‘rsatilib, uni otuvga hukm qilganlar.

Inson taqdiri bilan bu qadar o‘ynashish, unichuqur surishtirmay eng og‘ir jazoga mahkum etish —bu totalitar tuzum qonunbuzarligi va qonxo‘rliginingtipik namunasidir.

Biz milliy istiqlol davri kishilari jonajon yurtimizerki, ozodligi va mustaqilligi yo‘lida kurashib, stalin-cha qatag‘on qurbonlari bo‘lib ketgan aziz va mukar-ram insonlar xotirasini doimo qalbimiz to‘rida saqla-mog‘imiz kerak bo‘ladi. Bu har birimiz uchun farz-uqarzdir. Yurtboshimizning tashabbusi bilan Tosh-kentda qatag‘on qurbonlari xotirasini abadiylashtirishuchun 2000—2002-yillarda «Shahidlar xotirasi» yod-gorlik majmui, «Qatag‘on qurbonlari xotirasi» muzeyibarpo etildi. Prezidentning 2001-yil 1-maydagi far-moni bilan 31-avgust kunining «Qatag‘on qurbonlari-

Page 131: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

131

ni yod etish kuni», deb e’lon qilinganligi g‘oyatdaquvonarlidir. Bu hozirgi minnatdor avlod kishilariningo‘tganlar, shahid ketganlar xotirasi oldidagi ehtiromi-ning umumxalq va umumdavlat e’tirofidir.

Totalitar sovet tuzumi be-dodligi va zulmining haddanziyod kuchayib borishinafaqat yurtparvar milliy

kadrlar, fidoyi ziyolilarning hayot tarzini, qismatinizavol toptirib qolmasdan, shu bilan birga millionlabfuqarolarning oddiy insoniy qadr-qimmati, or-nomusihayosizlarcha tahqirlandi. G‘addor tuzum zulmkorlario‘z g‘ayriqonuniy xatti-harakatlarini avj oldirib borarekanlar, bunda har bir insonning yurish-turishi, kun-dalik mashg‘uloti, muomalasidan tortib to uning qan-day tafakkur yuritishigacha bo‘lgan hamma jarayon-larni o‘z nazoratiga olishga intilganlar. Bundanko‘zlangan asosiy maqsad esa insonlar erki, irodasinijilovlash, uni muayyan chegara doirasida ushlab turishva shu yo‘l bilan badkirdor tuzum sha’niga dog‘ tushir-maslik, uning soxta obro‘-nufuzini asrash, avaylash edi.

SSSRning «g‘olib sotsializm» Konstitutsiyasi va ungamuvofiq tarzda O‘zbekistonning Asosiy qonuni qabul qili-nib, ularda inson haq-huquqlari, sovet demokratiyasi af-zalliklari to‘g‘risida lof urilib, olamga jar solingan bir payt-da respublika fuqarolari mutlaq ko‘pchiligining oddiyinsoniy huquqlari, or-nomusi, vijdoni oyoqosti qilinganli-gi, ularning hayoti nochor, tahlikali ko‘chganligini qandayizohlasa bo‘ladi?

Bu insonlar kommunistik siyosat va mafkura yol-g‘onlariga ishonib, porloq kelajakka umid bog‘lab,jonlarini jabborga berib, ter to‘kib mehnat qilsalar,o‘zlarini sotsializm ishiga bag‘ishlasalar-da, biroq bu-ning evaziga undan beadad zulm-sitam ko‘rsalar!Respublikada sanoatlashtirish, qishloqda jamoalash-tirish, quloqlashtirish yoxud madaniy inqilobni amal-ga oshirish jarayonida yuz bergan jiddiy xatolar, buzi-lish va chekinishlardan qattiq aziyat chekkan aholitabaqalarini rasmiy hokimiyat organlari ommaviytarzda quvg‘in va ta’qib qilishganligi va turli xil jazo-larga tortganligi ham buning asosli isbotidir. Buning

Inson huquqlari vaerkinliklarining poymol

etilishi

Page 132: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

132

oqibatida yuz minglab vatandoshimizga nisbatan«jinoiy ish» ochilganligi, ularning hayoti ostin-ustunbo‘lib ketganligi faktdir. Ayniqsa, bunda kishilardunyoqarashi, e’tiqodini o‘z izmiga bo‘ysundirish, uniyangi kommunistik axloq, ateistik tamoyillar ruhidashakllantirish uchun jon-jahdi bilan hujumkor kurasholib borgan sovet mafkurasining respublika mehnat-kashlarining ma’naviy hayotiga yetkazgan zararibehisob bo‘ldi. Xalq ma’naviy-ruhiy hayotiga asrlarosha muhim hissa qo‘shib kelgan ulamolar yo‘q qilibyuborildi. Ko‘plari begona yurtlarga ketib jon saqlash-ga majbur bo‘ldi. Bunday chidab bo‘lmas qabohatlaroqibatida xalqimizning ne-ne barhayot udumlari,marosimlari, an’analari zavol topdi, unutilishgamahkum etildi. Faqat milliy istiqlol davriga kelibginaular yangidan ro‘yobga chiqib, bugungi demokratikvoqeligimizdan munosib o‘rin topib bormoqda.

Yana 30-yillar voqealariga qaytar ekanmiz, bundashu narsa kishini benihoya ajablantiradiki, u davrdainsonni qoralash, uning peshonasiga xalq dushmanitamg‘asini bosish tuzum zolimlari uchun xuddi xa-mirdan qil sug‘urganday gap bo‘lgan. Hatto shundayhollarga duch kelindiki, respublikadagi ko‘p xonadon-larda vaqti-vaqti bilan o‘tkazilgan tintuv paytidamabodo arab yozuvida bosilgan biror kitob topilgudaybo‘lsa, uning nomi, mazmuni so‘rab, surishtirilmas-dan o‘sha xonadon sohibiga jamiyat uchun yot unsurdegan la’nat tamg‘asi bosilib, u qamoq yoki surgunjazosiga hukm etilaverardi.

Masalan, Xorazm viloyatining Gurlan tumanidagiBegovul qishlog‘ida ilmli, yaxshi fazilatlar bilan eldahurmat qozongan, ayollarni o‘qitib, savodli qilgantabarruk onaxon Bibijon Ismoilova bo‘lgan. Bu 80yoshli inson diniy kitob o‘qishda ayblanib, qamoqqaolingan. Momo qiynoqlar oqibatida qamoqda olamdano‘tgan. Holbuki, u kishining uyiga qora quzg‘unlarbostirib kirgan paytda Bibijon momo hamisha o‘qibyuradigan «Axloqi Muhsinin» («Yaxshi xulqlar») kito-bini o‘qib o‘tirar va bu asar go‘zal insoniy fazilatlarta’rifidan hikoya qilardi. U davrda nohaq ayblanib,mushtipar momo singari fojiali qismatga duchor bo‘l-

Page 133: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

133

ganlar ko‘plab topilardi. Bunday noxush hollardan sa-rosimaga tushgan, zada yegan odamlar avvalgidekkitobxonlik qilish nari tursin, hatto eski kitoblarni qo‘l-ga olishdan hadiksirardilar. Bu esa ko‘plab yurtdoshla-rimizning battol tuzum mayliga moslashib, ma’nan varuhan cho‘kib, tarixiy o‘tmishimizning teran sarchash-malaridan bebahra bo‘lib borishlariga bois bolgan.

Shunday qilib, mustabid sovet tuzumining qatag‘onsiyosati respublikamiz hayotining barcha sohalariuchun qonli fojialar, beadad yo‘qotishlar, mahrumlik-lar bilan to‘lib-toshgan davr bo‘ldi. U millionlabodamlarning taqdir-qismatida asoratli iz qoldirdi.Shunga qaramay xalqimiz o‘z bukilmas irodasini, ma-tonatini namoyon etib, yorug‘ kunlar kelishiga intiqib,kurashib yashadi, u qatli omning har qanday shiddati-ga dosh berib, o‘z asriy qadriyatlari, udumlari, rasm-rusumlari, imon-e’tiqodiga sodiq qola bildi va hamishamilliy istiqlol sari dadil harakatlanishda davom etdi.

Savol va topshiriqlar

1. Sovetlar mamlakatida totalitar tuzum qachondan bosh-lab shakllana bordi?

2. Uning qaror topishini tayin qilgan shart-sharoitlarto‘g‘risida tushuncha bering.

3. Totalitar sovet tuzumi qanday yo‘llar va vositalar bilanO‘zbekistonni o‘z domiga tortib bordi?

4. Respublikadagi milliy kuchlarni ajratib tashlashMarkazga nima uchun kerak bo‘ldi?

5. «Inog‘omovchilik» va «qosimovchilik» degan siyosiyishlarni to‘qib chiqarish va ularning faoliyatiga siyosiy tusberishdan ko‘zda tutilgan maqsadlar nima edi?

6. Nima sababdan XX asr 30-yillari ikkinchi yarmiga kelibrespublika rahbariyati qatli om qilindi, ularga qanday «ayb»qo‘yilgan?

7. Ilg‘or o‘zbek ziyolilarini qatag‘on qilish nima uchunkerak bo‘lib qoldi?

8. O‘zbek ziyolilari sha’niga qanday «ayblar» tirkaldi?9. Siz yashayotgan shahar va tumanda qatag‘on qilin-

ganlardan kimlarni bilasiz, ular haqida so‘zlab bering.10. Totalitar tuzum ma’murlarining inson huquqlari va

erkinliklari masalasidagi munofiqligi, riyokorligini siz qandayizohlaysiz?

11. Respublikada ko‘plab oddiy fuqarolarning ayblanib,turli darajadagi jazolarga tortilishi faktiga qanday baho bera-siz?

Page 134: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

134

III b o b. O‘zbekiston Ikkinchi jahonurushi yillarida (1939—1945-yillar)

11-§. O‘ZBEKISTONNING URUSH GIRDOBIGATORTILISHI. MA’NAVIY VA MODDIY KUCH-

LARNING FRONTGA SAFARBAR ETILISHI

Ikkinchi jahon urushi jahon ta-rixida misli ko‘rilmagan da-rajada katta va dahshatli, butun

insoniyat boshiga og‘ir kulfatlarni solgan urush bo‘ldi.1939-yil 1-sentabr kuni fashistlar Germaniyasi qo‘shin-larining Polshaga bostirib kirishi bilan boshlangan buurush 61 mamlakatni, Yer shari aholisining 80 foizini,ya’ni 1,7 milliard kishini o‘z girdobiga tortdi.

Ikkinchi jahon urushini yirik davlatlar o‘rtasidagiixtiloflar, tajovuzkor kuchlarning dunyoga hukmronbo‘lish uchun intilishlari keltirib chiqardi. Urushniasosiy bosqinchi davlatlar — fashistlar Germaniyasi vaItaliyasi hamda Yaponiya boshladi. Ular orasidaGermaniya uyushtiruvchi, yetakchi rol o‘ynadi.

Fashizm o‘ta agressiv, o‘ta urushqoq siyosiy kuch,siyosiy partiya sifatida Birinchi jahon urushi tugashibilanoq Italiya va Germaniyada vujudga keladi. Fa-shistik kuchlarni Birinchi jahon urushi yakunlaridannorozi bo‘lgan, dunyoni qaytadan bo‘lishga va dunyo-da hukmron bo‘lishga intiluvchi yirik moliya-sanoatkorxonalari egalari, harbiylar har tomonlama qo‘llab-quvvatladilar. Fashistlar ikki jahon urushi o‘rtasidao‘tgan 20 yil davomida ildiz otib, kuchayib boradi vanihoyat Germaniya, Italiya va boshqa mamlakatlardasiyosiy hokimiyatni egallaydilar. Germaniya va Italiyafashistlari harbiy siyosiy ittifoq tuzib, boshqa mam-lakatlarning ichki ishlariga aralasha boshladilar. Shutariqa G‘arbda, Sharqda, O‘rta Yer dengizida xavfliurush o‘choqlari vujudga keladi.

Fashistlar bloki mamlakatlarining hukmron doira-lari o‘zlarini «nasibasiz» qoldirilgan deb hisoblardilar.Ular Birinchi jahon urushidagi mag‘lubiyatdan, uningnatijalaridan norozi edilar. Ular mavjud xalqaro mu-

Urushning boshla-nishi, sabablari va

xarakteri

Page 135: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

135

nosabatlarni o‘zgartirish, dunyoni qurolli kuch bilanqaytadan bo‘lish maqsadida urushga tayyorlandilar.

Ularga Angliya, Fransiya va AQSHdan iborat ik-kinchi guruh qarama-qarshi turardi. Birinchi jahonurushida yutib chiqqan bu mamlakatlar egallagan yer-larni saqlab qolishga, hukmron mavqeyini mustah-kamlashga va o‘z raqobatchilarini yangidan zaiflash-tirishga intilardilar.

Ikkinchi jahon urushining 1-davrida — 1939-yil1-sentabrdan 1941-yil 22-iyungacha bo‘lgan davrdafashistlar Germaniyasi G‘arbiy va Markaziy Yevropadahukmronlikni qo‘lga kiritdi. Germaniya va ItaliyaYevropadagi 10 davlatni — Polsha, Chexoslovakiya,Yugoslaviya, Belgiya, Gollandiya, Lyuksemburg, Da-niya, Norvegiya, Avstriya, Fransiyani bosib oldi.Millatlar ligasi harakatdan to‘xtadi.

Germaniya G‘arbiy Yevropaning harbiy, iqtisodiyresurslarini qo‘lga kiritgach, 1941-yil 22-iyun kunihujum qilmaslik to‘g‘risidagi shartnomani buzib, urushe’lon qilmasdan SSSRga xoinona hujum boshladi.Fashistlarning maqsadi SSSRni bosib olish, boyliginitalash, millionlab kishilarni qirish va qolganlarini qulqilish edi. Germaniyaning SSSRga qarshi olib borganurushi xarakter jihatidan bosqinchilik, adolatsiz urushedi. Germaniya bilan hamkorlikda uning ittifoqchi-lari — Italiya, Finlyandiya, Vengriya, Ruminiya, Bol-gariya ham SSSRga qarshi urushga kirdilar.

Sovet hukumati 22-iyun kuni urushning bosh-lanishi munosabati bilan mamlakat xalqiga murojaat-noma ishlab chiqdi va u o‘sha kuni radio orqali e’lonqilindi. Bu murojaatnoma xalqni g‘alabaga erishishuchun mustahkam jipslashishga, uyushqoqlik vafidokorlik ko‘rsatishga chaqirdi. «Bizning ishimiz haqish! Dushman tor-mor keltirilajak! Biz g‘alaba qi-lamiz!» deyilgan edi murojaatnomada.

SSSR tarkibiga kirgan bar-cha respublikalar, muxtorviloyatlar, okruglar, shu

jumladan, O‘zbekiston xalqlari ham urush girdobigatortildi. O‘zbekiston xalqlarining boshiga og‘ir sinovlartushdi.

O‘zbekistonning urushgirdobiga tortilishi

Page 136: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

136

Urushning boshlanganligi to‘g‘risidagi shum xabaryetib kelgan kuniyoq O‘zbekistonning barcha shahar-lari va tumanlarida, korxona va muassasalarida mi-tinglar va yig‘ilishlar bo‘lib o‘tdi. Ishchilar, xizmatchi-lar, dehqonlar, ziyolilar, talaba yoshlar o‘z Vatanlarinihimoya qilishga, yuzma-yuz janglarda bosqinchilarnitor-mor etish uchun urushga borishga, g‘alabanita’minlash uchun front orqasida fidokorona mehnatqilishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Vaziyat butun mamlakat hayotini urush davri ta-lablariga moslab qayta qurishni, butun kuch va vosi-talarni safarbar etishni talab qilardi. 23-iyun kuniVKP (b) MQ Siyosiy byurosi partiya va sovet organ-larini urush sharoitiga moslab qayta qurish to‘g‘risidaqaror qabul qildi. Partiya va sovet hukumatining har-biy holat to‘g‘risida, harbiy xizmatga majbur bo‘lgankishilarni qizil armiyaga safarbar etish to‘g‘risida,qurol-aslaha ishlab chiqarish bo‘yicha safarbarlikrejasini joriy etish to‘g‘risida qarorlari e’lon qilindi.

SSSR Xalq Komissarlari Soveti va VKP(b) MQ1941-yil 29-iyunda mamlakat hayotini urush talabla-riga moslab qayta qurish dasturi — Front yoni vilo-yatlarining partiya va sovet tashkilotlariga yo‘1-yo‘riqlarini tasdiqladi va tegishli tashkilotlarga yubor-di. Yo‘1-yo‘riqlarda jangchilardan har bir qarich yeruchun qattiq jang qilishni, mardlik va jasorat ko‘rsa-tishni, partiya va sovet tashkilotlaridan harakatdagiarmiyaga har tomonlama yordam berishni uyushtirish,qurol-yarog‘, o‘q-dori, tanklar va samolyotlar ishlabchiqarishni butun choralar bilan ko‘paytirish talabqilingan edi. Front orqasini mustahkamlash, korxo-nalarning yanada kuchliroq ishlashlarini ta’minlashvazifalari qo‘yildi. «Hamma narsa front uchun! Ham-ma narsa g‘alaba uchun!» — yo‘1-yo‘riqning asosiytalabi, ko‘rsatmasi ana shunday edi.

Mamlakatda hokimiyat, iqtisodiyot, siyosiy va har-biy hayotga rahbarlik qilish 1941-yil 30-iyunda Stalinboshchiligida tuzilgan Davlat Mudofaa Qo‘mitasi(DMQ) qo‘lida to‘la ravishda to‘plandi. Uning qaror-lari, ko‘rsatmalarini bajarish hamma tashkilotlaruchun majburiy edi. Harbiy harakatlarni boshqaruvchi

Page 137: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

137

Oliy Bosh Qo‘mondonlik qarorgohi tuzildi va StalinSSSR Qurolli kuchlarining Oliy Bosh qo‘mondoni vaSSSR Mudofaa xalq komissari qilib tayinlandi. Sovetrahbariyati tomonidan ko‘rilgan bu tadbirlarning ijrosihayotning barcha sohalarini harbiy izga tushirdi,mamlakatni yagona harbiy lagerga aylantirdi.

O‘zbekistonliklar frontga ot-landilar. Urushnmg birinchi

oyidayoq harbiy komissarliklarga 32 mingdan ko‘pishchilar, xizmatchilar, kolxozchilar, yoshlar o‘zlarinifrontga jo‘natishni so‘rab ariza berdilar. Barcha vilo-yat, shahar va tuman harbiy komissarlari harbiy xiz-mat majburiyatida bo‘lganlarni safarbar etish bilanshug‘ullandilar. Urushning dastlabki oyidayoq yuzminglab vatandoshlarimiz qo‘lga qurol olib frontgajo‘nab ketdilar.

O‘rta Osiyo harbiy okrugi front uchun jangchilarva zobitlar tayyorlaydigan o‘choqqa aylantirildi. Buokrug 1941-yil iyunidan 1942-yil oxirigacha bo‘lganmuddatda harbiy safarbarlik asosida 109 ta harbiyqo‘shilma tuzdi, harakatdagi armiyaga va Oliy BoshQo‘mondonlik qarorgohi zaxirasiga 86 diviziya vabrigada jo‘natdi.

O‘zbekiston hukumati va vatanparvar kuchlar milliyharbiy qo‘shilmalar tuzish tashabbusi bilan chiqdilar.1941-yil 13-noyabrdan 1942-yil martigacha bo‘lgandavrda 14 ta milliy harbiy qo‘shilmalar, jumladan, 9 tao‘qchi brigada, 5 ta otliq askarlar diviziyasi tuzilibfrontga jo‘natildi. Milliy qo‘shilma askarlari va zobitla-riga yaxshi harbiy ta’lim berishda, ular bilan frontnimustahkamlashda O‘zbekistonda tuzilgan zaxiradagi24-o‘qchi diviziya katta rol o‘ynadi. Diviziyaning bosh-liqlari va zobitlari tarkibida 178 o‘zbek o‘g‘loni faol xiz-mat qildi. Bu diviziya urush yillarida 390 ming kishidanziyod jangovar kuchlar tayyorladi va frontga jo‘natdi.

1941-yilda O‘zbekiston aholisi jami 6,5 million kishinitashkil etgan, ularning yarmini bolalar va keksalar tashkiletgan bo‘lsa, yaroqli odamlarimizning 50—60 foizi,aniqrog‘i 1433230 kishi urushga safarbar bo‘lgan.

Karimov I. A. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. T. 3.Asarlar. T.: O‘zbekiston, 1996, 80-bet.

Harbiy safarbarlik

Page 138: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

138

O‘zbek xalqi, keksalar, ota-onalar dahshatli sinovpaytida o‘z farzandlarini frontga jo‘natar ekan, ulargamard va botir askar bo‘l, qahramonlarcha jang qil,g‘alaba bilan qayt, deb nasihat qilib qolardilar.

O‘zbekiston partiya va sovettashkilotlari front orqasini

mustahkamlash, xo‘jalikni harbiy izga tushirish,ko‘plab jangovar texnika, qurol-aslaha, o‘q-dorilar ish-lab chiqishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha shoshilinch tad-birlarni amalga oshirdilar. Bu sohadagi ishlarga VKP(b)MQ va Davlat Mudofaa Qo‘mitasi topshirig‘iga binoanishlab chiqilgan va 16-avgustda tasdiqlangan 1941-yil4-kvartali va 1942-yil uchun harbiy xo‘jalik ishlar rejasiasos bo‘lib xizmat qildi. Bu rejada mamlakatning shar-qiy mintaqalarida, jumladan, O‘zbekistonda yangizavodlar, shaxtalar, konlar qurish hamda qurol-aslaha,o‘q-dori, ayniqsa ko‘plab tank, samolyot, to‘p va zam-baraklar ishlab chiqarishning keng dasturi belgilabberilgan edi. Dasturda transport ishini qayta qurish,dushman ishg‘ol qilishi xavfi ostida qolgan joylardagisanoat korxonalarini, kolxoz va sovxozlarning mol-mulklarini, ilmiy muassasalarni sharqqa ko‘chirish vaularni joylashtirish, yangidan ishga tushirish tartiblariham belgilangan edi. Bu tadbirlarni amalga oshirishga1941-yil 25-avgustda tashkil etilgan U. Yusupovboshliq maxsus respublika hukumat komissiyasi rah-barlik qildi. O‘zbekistonning iqtisodiy va mehnatresurslari frontga safarbar etildi. Butun SSSR hududi-da, jumladan, O‘zbekistonda yangi mehnat rejimi joriyqilindi, ya’ni ish kuni uzaytirildi, dam olish kunlari vamehnat ta’tillari bekor qilindi.

O‘zbekiston sanoatchilari 1941-yil oxirigacha 300ga yaqin korxonani jangovar texnika, qurollar, o‘q-dori ishlab chiqarishga moslashtirib qayta qurdilar.Ularda frontga ketgan erkaklar o‘rnini keksalar, xotin-qizlar egalladilar.

Urushning dastlabki paytlaridayoq 20 mingga yaqintoshkentlik xotin-qizlar sanoat korxonalari va qurilishlarda,1700 ga yaqin respublika xotin-qizlari ko‘mir koni shaxta-larida ishlashga yo‘l oldilar. Jumladan, 1941-yil iyul oyidan«Tashselmash» zavodida 220 xotin-qizlar frontga ketganotalari, akalari va erlarining o‘rniga ishga kirib fidokoronamehnat qildilar.

Mehnat safarbarligi

Page 139: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

139

Ishlab chiqarishni ishchi va mutaxassislar bilanta’minlash choralari ko‘rildi. Respubiika oliy va o‘rtamaxsus o‘quv yurtlari, hunar-texnika bilim yurtlari,fabrika-zavod ta’limi maktablarining faoliyati urushdavri talablariga mos kadrlar tayyorlashga yo‘naltiril-di. Yakka tartibda va brigada tariqasida hunaro‘rgatish ishlari yo‘lga qo‘yildi.

Respublikamiz qishloqlarining aholisi frontni vafront orqasini oziq-ovqat, sanoatni xomashyo bilanta’minlash uchun oyoqqa turdi. Har bir kolxozchi vasovxoz ishchisi ikki-uch ish normasini bajarish uchunfidokorona mehnat qildi.

Urush bo‘layotgan va dushman yaqinlashib kela-yotgan hududlardan muhim sanoat korxonalarini,kolxoz, sovxoz va MTSlarning mulklarini, madaniyboyliklar va o‘quv maskanlarini Sharqqa, jumladan,O‘zbekistonga zudlik bilan ko‘chirib keltirish, joy-lashtirish ishlari boshlanib ketdi. Fashistlar tomonidanyondirilgan, vayron qilingan shaharlar va qishloqlar-ning aholisi, otalari urushning dastlabki kunlaridahalok bo‘lgan bolalar, million-million kishilar ulkanyurtimizga oqib kela boshladi. Kishilik tarixidako‘lami jihatidan bunday katta voqea birinchi martasodir bo‘ldi. O‘zbekistonga 100 ga yaqin sanoat kor-xonasi, jumladan, 48 ta mashinasozlik, metall ishlash,kimyo va boshqa harbiy texnika va mahsulotlar ishlabchiqaruvchi yirik zavodlarning asbob-uskunalariko‘chirib keltirildi. O‘zbekiston shaharlarida shoshi-linch bo‘shatib berilgan yoki yangidan qurilgan bino-larga ko‘chirib keltirilgan asbob-uskunalar zudlikbilan joylashtirildi va montaj qilindi. Ular ishchikuchi, xomashyo, instrumentlar bilan ta’minlandi vafront uchun mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘lgaqo‘yildi.

O‘zbek xalqining insoniy-lik, olijanoblik, bolajonlikfazilatlari urush yillarida

mamlakatning g‘arbiy viloyatlaridan ko‘chirib keltiril-gan aholiga, bolalarga ko‘rsatgan ochiqko‘ngilligi,hamdardligi va g‘amxo‘rligida o‘z ifodasini topdi.

O‘zbek xalqi urushning dastlabki yillarida Rossiya,

O‘zbeklarning insoniy-lik fazilatlari

Page 140: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

140

Ukraina, Belorussiya, Moldaviya, Boltiqbo‘yi respub-likalaridan ko‘chirib keltirilgan bir milliondan ko‘proqkishilarni, shu jumladan, 200 mingdan ko‘proq yetimbolalarni o‘z bag‘riga oldi. Ko‘chirib keltirilgan aholi-ni qabul qilib olish, joylashtirish va ularga zarur shart-sharoitlar yaratish masalalarini mehnat jamoalariningyig‘ilishlarida muhokama qilish va amaliy yordamko‘rsatish ishlari keng quloch yozdi. 1941-yil 3-dekabr-da O‘zbekiston Kompartiyasi MQning ko‘chirib kelti-rilgan fuqarolarni qabul qilish va joylashtirish yuzasi-dan maxsus qarori chiqdi. Xalq Komissarlari Sovetihuzurida 1941-yil 10-iyulda tuzilgan maxsus respubli-ka komissiyasi va mahalliy sovetlarning ijroiya qo‘mita-lari qoshida tuzilgan alohida bo‘limlar kishilarni hisob-ga olish va joylashtirish bilan shug‘ullandilar. Ko‘chiribkeltirilganlar shahar va qishloq tumanlariga joylashti-rildi. Qisqa muddat ichida Andijon viloyatiga 100 ming,Samarqand viloyatiga 165 ming, Namangan viloyatiga53600 kishi joylashtirildi. Ko‘chib kelganlar O‘zbe-kistonda boshpana topdilar, ish bilan ta’minlandilar.O‘zbek xalqi o‘z noni, kiyim-kechagi, turar joyiniko‘chib kelganlar bilan baham ko‘rdi.

Namangan tumani qishloq jamoa xo‘jaligi raisi Kiyev shahridanko‘chirib kelingan bolalar uyi tarbiyalanuvchilari davrasida.

1943-yil.

Page 141: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

141

O‘zbekiston bo‘yicha 1942-yil bahorigacha ko‘chiribkeltirilgan 716 ming kishi qabul qilib olindi, ishga joy-lashtirildi, ular uchun kerakli sharoitlar tug‘dirildi.

O‘zbeklar ko‘chirib keltirilgan ota-onasiz yoshbolalarga alohida g‘amxo‘rlik qildilar, 200000 dan ko‘proqyetim bolalarni o‘z bag‘riga oldilar.

O‘zbekiston SSR Xalq Komissarlari Soveti qoshi-da bolalarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha maxsuskomissiya tuzildi, uning ishida 30 ta xotin-qizlarfaoliyat ko‘rsatdi. O‘zbekiston Xalq maorifi komis-sarligi tashabbusi bilan bolalarni qabul qilish-taqsim-lash markazi tuzildi. Respublikamizning barcha vilo-yatlari, shahar va tumanlarida bolalarni qabul qilishpunktlari ochildi, ularda o‘qituvchilar kecha-yu kun-duz navbatchilik qildilar. Militsiya bo‘limlari qoshida30 dan ortiq bolalar xonalari tashkil etildi.

Ko‘chirib keltirilgan bolalar turlicha yoshda edilar.15 yoshgacha bo‘lgan bolalar bolalar uylari, maktab-internatlarga joylashtirilib, ularda o‘quv-tarbiya ishlariyo‘lga qo‘yildi. Fabrika-zavod ta’limi maktablari,hunar va temiryo‘l bilim yurtlarining sobiq talabalario‘qishni davom ettirishi uchun respublika zavod-fab-rika ta’limi maktablarida o‘qishga jalb etildi. 15 yosh-dan katta bo‘lgan bolalar esa ishlab chiqarishga, ishgajoylashtirildi.

1942-yil 2-yanvarda Toshkent shahrida xotin-qizlarning yig‘ilishi bo‘lib, unda respublikamizdagibarcha ayollarga qarata murojaat qabul qilindi.Murojaatda yetim bolalarni o‘z tarbiyasiga olishgada’vat etiladi. Ko‘plab oilalar boqimsiz qolganbolalarni o‘zlariga farzandlikka oldilar, topgan-tutgan-larini ular bilan baham ko‘rdilar. O‘zbekiston rahbar-laridan Usmon Yusupov va Yo‘ldosh Oxunboboyevlaroilasi ham yetim bolalarni o‘z tarbiyasiga oldilar.

Jami 200000 dan ortiq yetim bolalar o‘zbekistonliklaroilasida issiq boshpana, rizq-ro‘z, eng muhimi, mehribonliktopdilar. Turli millatlarga mansub bo‘lgan 14 bolani farzand-likka olgan toshkentlik temirchi usta Shoahmad Sho-mahmudov va uning xotini Bahri Akramovalar oilasi yuksakinsoniylik fazilatlarini ko‘rsatib ko‘pchilikka ibrat bo‘ldi.Urushdan nogiron bo‘lib qaytib kelgan kattaqo‘rg‘onlik

Page 142: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

142

Hamid Samatovlar oilasi 13 bolani, samarqandlik kolxozchiayol Fotima Qosimovalar oilasi 10 bolani o‘z quchog‘igaolib, mehr qo‘ri bilan ularning qalbini isitdi, dilini yoritdi.

O‘nlab bolalarni farzandlikka olib, tarbiyalab vo-yaga yetkazgan oilalar respublikamizda anchagina.Ularning buyuk insonparvarlik, vatanparvarlik jasoratitahsinga sazovor.

«O‘sha og‘ir yillarda, bir burda non tansiq bo‘lgan yil-larda, O‘zbekiston urush tufayli uy-joysiz qolgan minglaboilalarga boshpana berdi, non berdi, qanchadan qanchayetim-yesirlarning boshini siladi. Xalqimizning insonpar-varlik va olijanoblik fazilatlari tillarda doston bo‘ldi».

Karimov I. A. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. T. 3.Asarlar. T.: O‘zbekiston, 1996, 80—81-betlar.

O‘zbekistonga janglarda ya-rador bo‘lgan yoki bemorbo‘lib qolgan minglab jang-chilar — askar va zobitlar

ham jo‘natilardi. Ularni qabul qilib olish, gospitalgajoylashtirish, salomatligini tiklash ishlariga alohidamehribonlik qilindi, respublikamiz sog‘lomlashtirishmarkazlaridan biriga aylandi. 1941-yil 1-oktabrgachaO‘zbekiston sog‘liqni saqlash xalq komissarligi tizimida14950 o‘ringa ega bo‘lgan 47 gospital barpo etildi va

14 bolani o‘z tarbiyasiga olgan toshkentlik temirchiSh.Shomahmudovlar oilasi. 1942-yil.

O‘zbekiston jangchi-larni sog‘lomlashtirish

markazi

Page 143: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

zarur uskunalar bilan jihozlandi. Ayni paytdaMoskvadan, Kalinin, Rostov va boshqa viloyatlardan15900 o‘rin-karavotga ega bo‘lgan 48 gospital ko‘chiribkeltirilib, joylashtirildi va ishga tushirildi. Harbiykasalxonalar qurish keyingi yillarda ham davom etdi.

O‘zbekistonda 39140 o‘ringa ega bo‘lgan 113 tagospitalda yarador va bemor jangchilarga tibbiy xizmatko‘rsatildi.

Viloyat, shahar, tuman idora organlari gospitalda-gilar holidan xabar olib turdilar, gospitallarga xo‘jalik-lar tashkil etish va ish yuritish uchun yer maydonlariajratib berdilar. Agar 1941-yilda shu maqsadda 385,5gektar yer ajratilgan bo‘lsa, 1943-yilga kelib ajratilganyerlar maydoni 656 gektarni tashkil etardi. 1942-yilda1513 mehnat jamoalari, shu jumladan, 750 korxona,kolxoz va sovxozlar gospitallarni otaliqqa olib, ularniyoqilg‘i, oziq-ovqat va boshqa qishloq xo‘jalik mahsu-lotlari bilan ta’minlab turdilar. Jumladan, 1943-yildaBuxoro viloyatidagi gospitallar uchun zarur bo‘lganyoqilg‘ining 80 foizini otaliq korxonalar yetkazibberdi. O‘zbekistonlik 18482 nafar donorlar yarador-larni oyoqqa turg‘izish uchun qon berib turdilar.

Urush yillarida O‘zbekistondagi gospitallarga 164382yarador va bemorlar joylashtirildi, ularning 87 foizi,143101 kishi davolanib chiqdilar.

O‘zbekistonliklar sog‘ayganlarga chiroyli xal-tachalar tikib berar va sovg‘a-salomlar bilan frontgakuzatar yoki korxonalarda ishlashga joylashtirardilar.Nogiron bo‘lib qolganlarga zarur yordam ko‘rsatildi,holiga yarasha ish bilan ta’minlash choralari ko‘rildi.

O‘zbekistonliklar orasidamudofaa fondini tashkil

etish, front uchun issiq kiyimlar to‘plash harakati kengyoyildi. Ishchilar, kolxozchilar va ziyolilar shaxsiy jam-g‘armalarini, qimmatbaho buyumlarini mudofaa tond-lariga topshirdilar. Faqat 1941-yilning ikkinchi yarmi-da O‘zbekiston kolxoz va sovxozlari front uchun 59ming ot va ularga kerakli yem-xashak to‘plab berdilar.Mashhur o‘zbek raqqosasi Tamaraxonim mudofaafondiga 50 ming so‘m topshirdi.

143

Mudofaa fondi

Page 144: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

144

Mudofaa fondiga 650 million so‘m pul, 22 millionso‘mlik qimmatbaho buyumlar, 55 kilogrammga yaqinoltin, kumush va boshqa qimmatbaho metallar to‘plandi.

Bu jamg‘arma hisobiga respublikamizda tankkolonnalari, aviatsiya eskadrilyalari, bronepoyezdlarqurilib frontga jo‘natildi. O‘zbekistonliklar jangchi-larga eshelonlab issiq kiyimlar, mevalar jo‘natib turdi-lar. Davlat harbiy zayomlariga yozilish yo‘li bilananchagina mablag‘ to‘plandi. Aholidan issiq kiyimlartayyorlash uchun jun, qo‘y terilari yig‘ib olindi.

Aholiga davlat zayomi, pul-buyum lotoreyasi sotishhisobiga 4,2 milliard so‘m mablag‘ yig‘ilib g‘alaba man-faatlari yo‘lida foydalanildi.

Xullas, urushning dastlabki yiliyoq O‘zbekiston-ning butun moddiy va ma’naviy kuchlari g‘alabauchun safarbar etildi, hayot harbiy izga tushirildi, xalqVatan himoyasiga otlandi.

Savollar va topshiriqlar

1. Urushni qanday sabablar keltirib chiqardi?2. Nima uchun O‘zbekiston urush girdobiga tortildi?3. O‘zbekistonda o‘tkazilgan harbiy safarbarlik to‘g‘risida

nimalarni bilasiz?

Forish tumani kolxozchilari nomidan frontga yuborilgan oziq-ovqat ortilgan tuyalar karvoni. 1943-yil.

Page 145: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

145

4. Urush boshlangan paytda O‘zbekiston aholisi qanchaedi, qancha kishi urushga safarbar etildi?

5. Korxonalar, xo‘jaliklar hayotida qanday o‘zgarishlarbo‘ldi?

6. Mehnat safarbarligi nima?7. O‘zbekistonga mamlakat g‘arbidan nima uchun va

qanday korxonalar ko‘chirib keltirilgan?8. O‘zbekiston xalqi mamlakat g‘arbidan ko‘chirib kelti-

rilgan aholiga qanday munosabatda bo‘ldi?9. Ko‘plab yetim bolalarni farzandlikka olgan o‘zbek

oilalari haqida referat yozing.10. O‘zbekiston jangda yarador bo‘lganlarni sog‘lom-

lashtirish ishiga qanday hissa qo‘shdi?11. O‘zbekistonliklar nima maqsadda mudofaa fondi

tuzdilar, bu fondga nimalarni topshirdilar?

12-§. O‘ZBEKISTON SANOATI VA QISHLOQXO‘JALIGI FRONT XIZMATIDA

Urush respublika sanoat tar-moqlarining yo‘nalishini

ham, sanoat xodimlarining ishini ham tubdan o‘zgar-tirdi. Korxonalarda yangi mehnat rejimi joriy qilindi,ish kuni uzaytirildi, ishdan keyin qolib ishlash joriy etil-di, mehnat ta’tillari, dam olish kunlari bekor qilindi.

Sanoat korxonalari qisqa vaqt ichida harbiy izgasolinib, minomyot va avtomatlar, samolyot va tanklaruchun ehtiyot qismlari va boshqa harbiy qurollar ish-lab chiqara boshladilar. Qishloq xo‘jalik mashinalariishlab chiqarayotgan Toshkent qishloq xo‘jalikmashinasozligi zavodi harbiy qurollar ishlab chiqaraboshladi. Andijondagi «Kommunar», «Stroymashina»zavodlarida samolyot va tanklarga kerakli mahsulotlar,Qo‘qon shahridagi Oxunboboyev nomli tikuvchilikfabrikasi harbiy kiyimlar ishlab chiqaradigan bo‘ldi.1941-yil dekabrigacha Toshkentdagi 137 sanoatkorxonalarining 64 tasi qurol-yarog‘lar, front uchunzarur mahsulotlar ishlab chiqarishga kirishdi.

Respublika bo‘yicha 1941-yil oxirlariga kelib 300 tasanoat korxonasi faqat harbiy mahsulot bera boshladi.

O‘zbekiston sanoatchilari korxonalarni harbiy izgatushirishdek ishlarni ko‘chirib keltirilgan korxonalarni

O‘zbekiston sanoati

Page 146: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

146

joylashtirish va ishga tushirishdek yanada og‘irroq ish-lar bilan qo‘shib olib bordilar. O‘zbekiston rahbariUsmon Yusupovning «O‘zbekiston — bu front orqasiemas, O‘zbekiston — jang maydoni», degan so‘zlari-da jon bor edi.

O‘zbekistonliklar frontdagidek harakat qildilar, harqanday resurslarni izlab topdilar, ular bitta fashistmarazining boshi uchun bittadan aviabomba, bittadansnaryad va granata, yuzlab o‘q, fashistlardan go‘sht ham,suyak ham qoldirmaydigan «Katyusha»lar yetkazib berishuchun mardona mehnat qildilar.

Toshkentda zudlik bilan joylashtirilgan «Rostsel-mash» zavodi «Katyusha» va minomyot snaryadlari,aviatsiya zavodi jangovar samolyotlar, Kolchuginskdankeltirilgan kabel zavodi harbiy aloqa mahsulotlariyetkazib bera boshladi.

Odamlar irodasiga bog‘liq bo‘lmagan yetish-movchiliklar sezilardi. Yuk ko‘taruvchi kranlar yo‘qedi, maxsus asbob-uskunalar, elektr quvvatlari, ko‘mirva neft kabi yoqilg‘ilar, xomashyo va boshqa material-lar yetishmas edi. 1941-yil 5—7-dekabr kunlari bo‘libo‘tgan O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qo‘mi-tasining V plenumida respublika sanoatini harbiy izgasolish, ko‘chirib keltirilgan asbob-uskunalarni joy-lashtirish sohasidagi ishlarga yakun yasalib, korxo-nalarda qurol-yarog‘larning muhim turlari — samo-lyotlar, tanklar, bronepoyezdlar, aviabombalar, to‘p vazambaraklar, granatalar, minalar, snaryadlar ishlabchiqarishni yo‘lga qo‘yish vazifasi ilgari surildi. Buninguchun yetarli darajada metall qirquvchi stanoklar vaaniq o‘lchovchi uskunalar ishlab chiqishni tashkiletish, nodir metallar qazib olishni kuchaytirish hamdaqora va rangli metallurgiya sanoatini yaratish, elektrenergetika bazasini kengaytirish, neft qazib olishni 2—3 barobar oshirish, ko‘mir qazib olishni kuchaytirish,yirik qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalari-ni barpo etish, qisqa muddatda 30 ming malakaliishchilar tayyorlash tadbirlari belgilandi.

Ko‘chirib keltirilgan korxonalar tarixda misli ko‘ril-magan qisqa muddatlarda 4—5 oyda, ayrimlari hatto1—2 oy davomida qurib bitkazilib, front uchun harbiy

Page 147: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

147

mahsulotlar bera boshladilar. Ularning eng yiriklariChkalov nomli 84-aviatsiya zavodi, Moskva kabelzavodi, Xarkov elektrostanok zavodi, ko‘tarma kranlarzavodi, Rostovdan keltirilgan «Êðàñíûé Àêñàé»,Sulsk nasos zavodi, Vagon-remont zavodi, «Êðàñíûéïóòü» zavodi, Kiyev «Òðàíññèãíàë» zavodi va bosh-qalar edi. Bu korxonalarning har biri o‘rta hisobda 20foizgacha ishchi va injener-texnik xodimlar bilanginakeltirilgan edi. Qolgan 80 foizi respublikamizning fab-rika-zavod ta’limi maktablarida, turli kurslarda tayyor-langan ishchi va texnik xodimlar bilan ta’minlandi.

Harbiy izga tushirilgan respublikamiz korxonalariham anchagina kengaytirildi. «Tashselmash» zavodi,boshqa korxonalardan keltirilgan 438 stanok, 200 danortiq yuqori malakali ishchilar hisobiga kengaydi.Qodirov, Hakimov, Yusupov, Ismoilov va boshqaustalar kunlik normalarini 200—300 foizga oshiribbajardilar.

Xotin-qizlar, keksalar, yoshlar korxonalardagi turli xilishlarga jalb etildi. Urushning bir yarim yili mobaynidaO‘zbekiston sanoatida xotin-qizlar salmog‘i 29 foizdanziyod oshdi va 1943-yilda 63,5 foizni tashkil qildi.

Respublika sanoat korxonalari quvvatlariningkengayishi, ko‘chirib keltirilgan zavodlarning ishgatushishi birinchi navbatda elektr energiyasi va yoqilg‘iishlab chiqarishni keskin oshirishni talab qildi, mavjudenergetika quvvatlari bunday talabga javob berolmasedi. O‘zbekiston partiya va hukumati Ittifoq huku-matiga xat yo‘llab bu muammoni hal etishda ko‘makso‘radi. Tez orada, 1942-yil 18-noyabrda VKP(b) MQva SSSR Xalq Komissarlar Soveti «O‘zbekiston SSRdabeshta gidroelektrostansiya qurilishi to‘g‘risida» qarorqabul qildi. O‘zbekistonda metallurgiya zavodi qurish,ko‘mir va neft qazib olishni ko‘paytirish tadbirlari hambelgilandi. O‘zbekistonda yangi sanoat korxonalari vaenergetika tarmoqlari qurilishi uchun 1 milliard so‘majratildi.

1943-yilda O‘zbekistonning eng yirik gidroelek-trostansiyasi — Farhod GESi qurilishi boshlandi,qurilish zarur materiallar va ishchi kuchi bilan ta’min-landi. Farhod qurilishi umumxalq qurilishiga aylandi,

Page 148: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

148

Farhod GESi qurilishida.

binokorlik ishlari hashar yo‘li bilan bajarildi. 10 oylikfidokorona mehnat natijasida Sirdaryo jilovlandi.

Urush yillarida Bo‘zsuv daryosi o‘zanlarida Tovoqsoy,Oqqovoq, Salor, Quyibo‘zsuv, Oqtepa, Qibray GESIari,Samarqand viloyatida Taligulyan GESi, 30 ga yaqin kichikkolxoz GESIari qurilib ishga tushirildi. O‘zbekistondaelektr energiyasi ishlab chiqarish qariyb 2,5 baravarga,ya’ni 1940-yilda 482 mln kilovatt-soatdan 1945-yilda 1187mln kilovatt-soatga ko‘paydi.

Yoqilg‘i sanoatini rivojlantirishga ham katta kuchva mablag‘lar sarflandi. 1940-yil oxirlarida Ohangarondaryosi oqimidagi Qurama tog‘ tizmasida dastlabkiko‘mir qazib oladigan shaxta qurilgan edi. Urushdavrida «Angrenugol» ko‘mir konida yana uchta shax-ta va ochiq usulda ko‘mir qazib olinadigan karyerbunyod etildi. O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegarasidaQizilqiya ko‘mir koni foydalanishga tushirildi, o‘taissiqlik quvvatiga ega bo‘lgan qo‘ng‘ir ko‘mir qazibolindi.

1940-yilda O‘zbekistonda atigi 3,4 ming tonna ko‘mirqazib olingan bo‘lsa, 1945-yilda 103 ming tonna ko‘mirqazib olindi. Natijada respublikada sanoatning yangi tar-mog‘i — ko‘mir sanoati barpo qilindi.

Page 149: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

149

Neft-geologiya qidiruv tresti, neft tarmog‘i quri-lish-montaj tresti, neft qazib oluvchi ikkita trest, neftqazib chiqarish asbob-uskunalarni ta’mirlash zavodi,neft mashinasozligi zavodi barpo etildi. Andijon,Polvontosh, Changartosh, Chimyon neft konlaridamahsulot ishlab chiqarish ko‘paytirildi.

Urush yillarida Chuqurlangar, Tolmozor, Nayman,Shahrixon, Xo‘jaobod, Janubiy Olamushuk va boshqayangi neft konlari ishga tushirildi. Neft tozalash zavodi,ozokerit ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Urush yillaridarespublikada neft ishlab chiqarish 4 marta ko‘paydi va1945-yilda 478 ming tonnadan ortdi.

Energetika va yoqilg‘i sanoatining o‘sishi mashina-sozlik sanoatining rivojlanishiga qulay baza yaratdi.G‘arbdan ko‘chirib keltirilgan zavodlar bazasida 16 tastanoksozlik, to‘qimachilik va mashinasozlik korxo-nalari tashkil etildi. Urushdan oldingi respublikamiz-dagi ko‘pgina zavodlar ham turli asbob-uskunalar,mashinalar, jangovar texnika ishlab chiqarishga moslabqayta qurilgan edi. Bu korxonalarning noni—metallhisoblanadi. Shu bois metallga bo‘lgan talab toboraoshib bordi.

O‘zbekiston Xalq Komissarlar Soveti 1942-yil 17-iyunda Bekobodda metallurgiya zavodi qurishga qarorqabul qildi. Rossiya va Qozog‘iston sanoat korxonala-ridan ko‘plab asbob-uskunalar keltirildi. Metallurgiyazavodini qurish butun respublika mehnatkashlariningishiga aylandi. Sanoat korxonalari zarur miqdordamutaxassislar ajratishdi, kolxoz-sovxozlar ishchi kuchibilan ta’minlandi. Zavod qurilishida 30 mingdanko‘proq kishilar ishtirok etdilar. Beloretsk, Dobryanka,Guryev, Makeyevka zavodlaridan po‘lat erituvchimutaxassislar keldilar. Yuzlab o‘zbekistonlik yigit-qizlar Ural va Sibirning sanoat korxonalarida martenva prokat ishlarini o‘rganib keldilar.

O‘zbekistonning birinchi metallurgiya zavodi 1944-yil5-mart kuni dastlabki metall mahsulotlarini bera boshladiva tez kunlarda zavodning birinchi navbati, 1945-yil fevral-dan ikkinchi navbati ishga tushirildi.

Geologik-qidiruv ishlari natijasida ko‘plab qora varangli metall konlari ochildi. Urush yillaridayoq

Page 150: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

150

Langar, Ingichka, Qo‘ytosh, G‘ortepa, Olmaliq ranglimetall konlari, Oqtosh boksit konini o‘zlashtirish ish-lari boshlanib ketdi. Ulardan qazib olingan volfram,molibden, mis, alyumin va boshqa mahsulotlarniqayta ishlash korxonalari qurildi.

Kimyo sanoati rivojlandi. 1944-yil yanvaridayoqGorkiy va Stalinogorsk kimyo kombinatlaridan ko‘-chirib keltirilgan uskunalar asosida qurilgan Chirchiqelektrokimyo kombinatining ikkinchi navbati muhimkimyo mahsuloti ammiak ishlab chiqara boshladi.1943-yilda Quvasoy kimyo zavodi, Qo‘qon superfosfatzavodi, Farg‘ona gidroliz zavodi qurilib ishga tushiril-di. Kimyo sanoati mahsulotlari salmog‘i 1940-yilganisbatan 1945-yilda 6,1 baravarga ko‘paydi.

Urush yillarida qurilish materiallari sanoati,to‘qimachilik va poyabzal sanoati, oziq-ovqat sanoati,mahalliy sanoat tarmoqlarini rivojlantirish tadbirlariamalga oshirildi. Faqat 1943-yilda 12 ta yog‘ zavodi,3 ta paxta tozalash zavodi, 4 ta qand va 4 ta konser-va zavodlari qurilib ishga tushirildi.

Sanoat korxonalarining kengayishi, yangi qurilganzavod-fabrikalarning ishi, muvaffaqiyati ularni mala-kali ishchilar bilan ta’minlashga bog‘liq edi. Yuzminglab kishilarning, xususan, tajribali xodimlarningfrontga safarbar etilishi katta qiyinchiliklar tug‘dirardi.Keksalar, ayollar, ayniqsa armiyaga chaqirish yoshigayetmagan o‘smirlar va qizlar korxonalarga jalb etildi,ularga hunar o‘rgatildi, respublikada 100 mingdanko‘proq malakali ishchilar tayyorlandi. Faqat hunar vatemiryo‘l bilim yurtlari, fabrika-zavod ta’lim mak-tablari 57 mingdan ziyod yosh ishchi kadrlarni tay-yorlab berdilar. Korxonalar zimmasiga yuklangankatta topshiriqlar kishilardan jismoniy zo‘riqish, hattoholdan toyguncha ishlashni talab qilardi. O‘zbekiston-liklar g‘alaba uchun har qanday og‘irlikni, qiyinchilik-larni yengib o‘tdilar, respublikani qizil armiyaningqurol-aslahaxonasiga aylantirdilar.

Urush yillarida O‘zbekistonda 280 ta yangi sanoatkorxonalari qurilib ishga tushirildi. Sanoatning yangi tar-moqlari — aviatsiya, stanoksozlik, og‘ir mashinasozlik,qora va rangli metallurgiya va boshqa tarmoqlari vujudga

Page 151: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

151

keldi. 1940-yilda yalpi sanoat mahsulotida og‘ir sanoat-ning hissasi 13,9 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 1945-yilda47,5 foizni tashkil etdi.

Toshkent SSSRning eng katta sanoat markazlari-dan biri bo‘lib qoldi. Bekobod sanoat shahri sifatidavujudga keldi. Yangiyo‘l, Chirchiq kabi yosh shahar-lar yanada rivoj topdi.

Sanoatchilarimizning fidokorona mehnati tufayli O‘z-bekiston sovet armiyasining qurol aslahaxonasiga aylandi.O‘zbekiston frontga 2090 samolyot, 17342 aviamotor, 2318ming aviabomba, 1,7 mingdan ortiq minomyot, 22 mln donamina, 560 ming snaryad, milliontacha granata, 330 mingdona parashyut, harbiy ehtiyojlar uchun 100 ming km danortiq maxsus sim, 125 ming km telefon kabellari va boshqamahsulotlar yetkazib berdi. Bu o‘zbekistonliklarning fashistbosqinchilarini tor-mor etishga qo‘shgan ulkan hissasisifatida jahon tarixidan munosib o‘rin oldi.

Urushda g‘alabaga erishishtransport ishi bilan bog‘liq

edi. 1943-yil 25-yanvarda «Toshkent temiryo‘li ishito‘g‘risida» maxsus qaror qabul qilindi. Temiryo‘l har-biy holatga o‘tkazildi, unda ishlovchilar safarbar etil-gan deb hisoblandi, harbiy xizmatchilar kabi qattiqintizomga rioya etish majbur qilib qo‘yildi. Poyezdlarharakatining qo‘shinlar va harbiy yuklarni birinchinavbatda o‘tkazib yuborishni ko‘zda tutuvchi harbiygrafik joriy etildi. Toshkent temiryo‘l transportchilariko‘chirib keltirilayotgan korxonalarning asbob-usku-nalarini va millionlab kishilarni G‘arbdan Sharqqa,jangovar texnika va qurol-yarog‘larni Sharqdan G‘arb-ga o‘z vaqtida to‘xtovsiz o‘tkazib turish topshirig‘inibajardilar. Faqat 1941—1942-yillarda O‘zbekistontemiryo‘lchilari 2700 sostavdagi passajir poyezdlarini,ko‘chirilgan korxonalarning asbob-uskunalari ortilgan17600 vagonlarni mo‘ljalga yetkazishdi, o‘q-dorilar,yoqilg‘i, oziq-ovqat, kiyim-kechaklar ortilgan minglabvagonlarni frontga yetkazishdi.

O‘zbekistonda yangi temiryo‘llar qurilishi jadal olibborildi, 1941—1945-yillarda temiryo‘l liniyalari 2 baravaruzaydi. Toshkent — «Angren-ugol», Boysun—Otquloq—Turangli — Toshkent tovar stansiyasi temiryo‘llari qurilibishga tushirildi.

Transport

Page 152: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

152

Aloqa telefon, telegraf xo-dimlari ham urush talablari-

ga moslashib ishladilar. Aloqa xodimlari O‘zbekiston-ning Markaz bilan, respublika rahbariyatining viloyat,shahar, tumanlar, yuzlab sanoat korxonalari bilantelefon aloqasini yo‘lga qo‘ydilar. Toshkent—Samar-qand — Ashxobod, Toshkent — Samarqand—Boku,Toshkent—Samarqand—Krasnovodsk telefon lini-yasi, ikkita Toshkent—Samarqand—Buxoro telefonaloqa yo‘llari qurildi. 1943-yilda qurib ishga tushi-rilgan 500 kilometrlik telefon yo‘li ToshkentniXorazm viloyati va Qoraqalpog‘iston bilan bog‘ladi.Yirik korxonalarning o‘zlarida ham 50—100 o‘rinlitelefon stansiyalari qurildi. Natijada xo‘jaliklarga rah-barlik qilish, ularga o‘z vaqtida ko‘maklashish ishlariyaxshilandi.

Pochta bo‘limlarida ish hajmlari oshib bordi. Agar1941-yilda o‘rta hisobda bitta pochta xodimi to-monidan 50 ming xat-xabarlar jo‘natilgan bo‘lsa, buko‘rsatkich 1942-yilda 74,5 mingga, 1943-yilda — 77,5mingga yetdi. Pochta xodimlari frontdagi jangchilarbilan ularning ota-onalari, rafiqalari, qarindoshlario‘rtasida aloqa bog‘lovchi ko‘prik rolini bajardilar.

Urush, respublika qishloqxo‘jalik xodimlarini qattiqsinovdan o‘tkazdi. Ular ol-

dida sanoatni xomashyo bilan, aholini oziq-ovqat,kiyim-kechak bilan uzluksiz ta’minlashdek ulkan,murakkab vazifa turar edi. Vaziyatning murakkabligishundan iborat ediki, birinchidan, respublika qishloqxo‘jaligi asosan paxta yetishtirishga yo‘naltirilganbo‘lib, oziq-ovqat mahsulotlari Ittifoq fondidan kelti-rilar edi. Urush boshlangach, oziq-ovqat keltirishto‘xtadi, aholini boqish uchun ichki imkoniyatlarnitopish zarur bo‘lib qoldi. Ikkinchidan, evakuatsiyaqilingan aholi hisobiga shaharlar aholisining ko‘pa-yishi oziq-ovqatga bo‘lgan talabni yanada oshirdi.Uchinchidan, kuch-quvvatga to‘lgan dehqonlar front-ga va harbiy sanoatda ishlashga safarbar etilgan,dehqonchilikning mashaqqatli ishlari keksalar, ayol-lar, o‘smirlar zimmasiga tushgan edi. To‘rtinchidan,

Aloqa vositalari

O‘zbekiston qishloqxo‘jaligi

Page 153: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

153

MTS va sovxozlarga G‘arbdan yangi traktorlar,qishloq xo‘jalik mashinalari va ularga ehtiyot qismlarkeltirish to‘xtab qolgan, bugina emas, xo‘jaliklardagitraktorlar, avtomobillar, otlarning bir qismi qizilarmiya ehtiyojlari uchun olib ketilgan edi.

Qishloq xo‘jaligining barcha bo‘g‘inlarida qat’iy ishtartibi belgilandi. Eng kam miqdordagi majburiymehnat kunlari 1,5 baravarga oshirildi, o‘smirlaruchun ham 12 yoshdan boshlab mehnat kunlari belgi-landi. Belgilangan miqdordagi mehnat kunlarinibajarish majburiy qilib qo‘yildi.

Urush yillarida respublika dehqonchiligining struk-turasi keskin o‘zgardi. Paxtachilikni asosiy tarmoqsifatida saqlab qolgan holda don, qand lavlagi, kanop,pilla, sabzavot, poliz mahsulotlari yetishtirishni ko‘-paytirish tadbirlari ko‘rildi. Birinchi navbatda ekin eki-ladigan maydonlarni kengaytirish, irrigatsiya quvvatla-rini oshirish ishlari yuksak sur’atlar bilan olib borildi.

1942-yil fevral–martda barpo etilgan Shimoliy Toshkentkanali 15 ming gektar yerni sug‘orish imkonini berdi.Kattaqo‘rg‘on, Kosonsoy, Rudasoy suv omborlari, YuqoriChirchiq, Shimoliy Farg‘ona, So‘x–Shohimardon, Uchqo‘r-g‘on kanallari qurildi. Natijada respublikaning sug‘oriladi-gan yer maydonlari 454,7 ming gektarga kengaydi.

Usmon Yusupov O‘zKP(b) MQning 1941-yildekabrida o‘tgan V plenumida O‘zbekistonda g‘allamasalasini hal qilish, o‘zimizni o‘zimiz un-non bilanta’minlashimiz kerak, degan vazifani ilgari surdi. Donekiladigan sug‘oriladigan yer maydonlari kengaytirildi.Zarang yerlar, qo‘riqlar, to‘qaylar, lalmikor yerlardanham foydalanildi. 1942-yilda 1408,1 ming gektar,1943-yilda 2090,2 ming gektar yerga g‘alla va dukkak-li ekinlar ekildi. Natijada don mahsulotlari yetishtirishko‘payib, 1941-yilgi 4,8 mln so‘m o‘rniga 1943-yilda5,3 mln so‘m olindi, respublika ehtiyojlari qondirildi.

Qishloq xo‘jaligida O‘zbekiston uchun yangi tar-moq — qand lavlagi yetishtirish yo‘lga qo‘yildi. Sa-marqand, Farg‘ona, Toshkent, Qashqadaryo vilo-yatlari lavlagi yetishtirish bo‘yicha ixtisoslashtirilib,1942-yildayoq 65 ming gektarga, keyingi yillarda 70ming gektardan ortiqroq hosildor yerlarga qand lavla-

Page 154: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

154

gi ekildi. Jizzax, Pastdarg‘om tumanlarida har gektar-dan 400— 800 sentnerdan lavlagi hosili olindi.

Qand lavlagini qayta ishlash, shakar, qand ishlab chi-qarish uchun Zirabuloq, Qo‘qon, Yangiyo‘l qand zavodlariqurildi. Respublika bo‘yicha 1944-yilda davlatga 1 mln 373ming so‘mlik, 1945-yilda 1 mln 646 ming so‘mlik qand lavla-gi topshirildi. Urush yillarida O‘zbekiston butun Ittifoqda ish-lab chiqarilgan qandning to‘rtdan bir qismini berdi.

Urush yillarida mehnatkashlar chorvachilik, jun,qorako‘l teri yetishtirish, pillachilik jabhalarida hamfidokorona mehnat qildilar. Go‘sht, yog‘, sut, kar-toshka, sabzavot va poliz mahsulotlari, meva tayyor-lashda ko‘rsatilgan g‘ayrat-shijoat tufayli mustahkamoziq-ovqat bazasi yaratildi.

Respublikamiz qishloq xo‘jaligi xodimlari urush yillaridadavlatga 1262 ming tonna don, 54,1 ming tonna pilla, 482ming tonna kartoshka va sabzavot, 57,5 ming tonna mevava uzum, 36 ming tonna quruq meva, 159 ming tonnago‘sht, 22,3 ming tonna jun yetkazib berdilar.

Urush yillarida ham paxtachilik qishloq xo‘jaligi-ning muhim sohasi bo‘lib qoldi. Paxtakorlar jonbozlikbilan ishlaganlariga qaramay, 1942—1943-yillardapaxta tayyorlash rejasi bajarilmay qoldi. Davlatga 1ming tonna paxta kam topshirildi. Bunga bir qatorobyektiv holatlar sabab bo‘ldi: paxta ekiladigan may-donlar 1941—1943-yillarda 927650 gektardan 625343gektarga kamaydi; mexanizatsiya vositalari yetishmas-di; mineral o‘g‘itlar, yoqilg‘i kamaygan edi; yerni hay-dash, chopiq, sug‘orish, irrigatsiya tarmoqlarini toza-lash ishlarini o‘z vaqtida muntazam olib borish uchunishchi kuchi yetishmasligidan paxta yetishtirish agro-texnikasi yomonlashgan edi. Respublika rahbariyatibuni yaxshi tushunardi. Paxta maydonlarini qisqar-tirish, buning hisobiga don, qand lavlagi va boshqaoziq-ovqat mahsulotlari yetishtiriladigan ekin may-donlarini ko‘paytirishga majbur bo‘lgan edi.

Biroq Markazdagi rahbarlar bu obyektiv omillarnihisobga olmadi. Shu bois respublika rahbarlariMoskvaga chaqirilib muhokama qilindilar, ularnipaxta tayyorlash ishini o‘z holiga tashlab qo‘yishda,layoqatsizlikda aybladilar. Ulardan har qanday yo‘l

Page 155: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

155

bilan bo‘lsa ham paxta tayyorlash rejasini bajarish,yanada ko‘paytirish talab qilindi. Bu boshqarishningma’muriy-buyruqbozlik usullarini yanada kuchayti-rishdan boshqa narsa emasdi. Bunday zug‘um nati-jalari VKP(b) MQning 1944-yil 6-martda qabul qilin-gan «O‘zbekiston KP(b) MQning ishi to‘g‘risida»giqarorida o‘z ifodasini topgandi.

O‘zKP MQning 1944-yil aprel oyida bo‘lgan Xplenumi mazkur qarorni bajarishga doir tadbirlarni ish-lab chiqdi. Kolxozlar tashkiliy-xo‘jalik jihatdan mus-tahkamlandi, brigada va zvenolar qayta tiklandi. Donliekin yetishtirishga o‘tib olgan xo‘jaliklarning anchaginaqismi paxtachilikka qaytarildi. Kolxozchilar uchunmajburiy mehnat kunlari soni yana oshirildi. Ittifoqhukumati O‘zbekiston paxtakorlari uchun 2300 yangitraktor, 300 yuk avtomobili, 375 ming tonna mineralo‘g‘it va boshqa qishloq xo‘jalik uskunalari ajratdi.1944-yilgi paxta tayyorlash rejasi bajarildi, davlatga1943-yilga nisbatan 325 ming tonna ko‘p paxta topshi-rildi, 1945-yilda ham paxta tayyorlash rejasi bajarildi.

Urush yillarida respublika paxtakorlari davlatga 4 mln806 ming tonna paxta xomashyosi yetkazib berdilar.

Urush yillarida ishchilar bilan dehqonlar o‘rtasida-gi jipslik, o‘zaro yordam yanada kuchaydi. Sanoatkorxonalari kolxozlarni otaliqqa olib, ularga qishloqxo‘jalik texnikalari, ehtiyot qismlar bilan yordam-lashdilar. Shaharliklar qishloq xo‘jalik mahsulotlariniyig‘ishtirib olishda faol qatnashdilar. Kolxozchidehqonlar esa sanoat sohasidagi umumxalq qurilish-larida faol ishtirok etdilar. Masalan, Farhod GESiqurilishining o‘zidagina 70 mingga yaqin kolxozchiqatnashdi. O‘zbekiston ishchilari va dehqonlari jips-lashib, fidokorona ishlab, fashistlar ustidan qozonilgang‘alabaga salmoqli hissa qo‘shdilar. 160 mingga yaqinkishi front orqasidagi fidokorona mehnati uchun«Shuhrat» medali bilan mukofotlandi.

Urush o‘zbekistonliklarniog‘ir muhtojlikka duchor

etdi. Hamma narsaning frontga safarbar etilishi nati-jasida oziq-ovqat tanqisligi vujudga keldi. Shaharlarda

Aholi turmushi

Page 156: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

156

oziq-ovqatlarni, sanoat mollarini kartochka asosidataqsimlash joriy etildi. Ishchi va xizmatchilarga kuni-ga 400—500 grammdan, oila a’zolariga esa 300grammdan non berish belgilandi. Amalda esa aholibelgilangan me’yorlardan ham kam non olardi.Go‘sht, yog‘, baliq, makaron, yormalar ham me’yor-langan tartibda taqsimlanar, ko‘p hollarda kartochka-da ko‘rsatilgan miqdorda berilmasdi.

Qishloq aholisining turmushi yanada og‘irlashdi.Oziq-ovqat va sanoat mollarini me’yorlangan tarzdataqsimlash qishloq aholisiga joriy etilmadi. Ular ishla-gan mehnat kunlari uchun deyarli haq ololmasdi.Ularga oziq-ovqat mollari matlubot kooperatsiyasido‘konlarida davlatga topshirilgan qishloq xo‘jalikmahsulotlari miqdoriga qarab qat’iy me’yorlanganmiqdorda berilardi.

Aholini oziq-ovqatlar bilan ta’minlashni yaxshilashmaqsadida sanoat korxonalari qoshida yordamchixo‘jaliklar tashkil etishga ruxsat berildi. Ularga vaqtin-cha foydalanish uchun 53 ming gektar yer ajratildi.

Oziq-ovqat tanqisligi sharoitida pul tobora qadrsiz-lanib bordi, chayqovchilik avj oldi. Muhtojliklargaqaramay sanoat va qishloq xo‘jalik xodimlari g‘alabauchun fidokorona mehnat qildilar. Qiyinchiliklargaqaramay frontga ketgan jangchilarning oilalariga hartomonlama g‘amxo‘rlik qilindi, bolalari yasli vabog‘chalarga joylashtirildi. Kolxoz va sovxozlar jang-chilarning oilalariga oziq-ovqat, ekin ekish uchun yerajratib berardi.

Mamlakat ichkarisida urush yillarida mehnat qilgan yuzminglab vatandoshlarimiz chekkan zahmatlarni, keksa-yuyosh akalarimiz, opa-singillarimiz qish qahratonida diy-dirab, saraton olovida yonib, o‘zi yemasdan, o‘zi kiymasdantopgan nasibasini frontga jo‘natganini, azob-uqubatlarchekib, fidoyilik ko‘rsatganini esdan chiqarib bo‘ladimi?!

Karimov I. A. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. T.3.T.: O‘zbekiston, 1996, 80-bet.

Savol va topshiriqlar

1. O‘zbekiston sanoatchilari frontga qanday mahsulotlaryetkazib berdilar?

2. O‘zbekistonga ko‘chirib keltirilgan korxonalarni joy-lashtirish, qurish va ishga tushirish jarayoni qanday kechdi?

Page 157: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

157

3. Sanoat korxonalarini ishchi kuchi, mutaxassislar bilanta’minlash haqida nimalami bilasiz?

4. Qanday GESIar qurildi?5. Yoqilg‘i sanoati nimalar hisobiga o‘sdi?6. Bekobod metallurgiya zavodi qurilishi haqida so‘zlab

bering.7. Transport xodimlari g‘alabaga qanday hissa qo‘shdi-

lar? Aloqachilarchi?8. Qishloq xo‘jalik xodimlari frontga qanday xizmat qil-

dilar?9. Paxtachilikda ahvol qanday edi?10. Aholi turmushi qanday edi? Aholi qanday muhtojlik-

larni boshidan kechirdi?

13-§. URUSH YILLARIDA FAN, MAORIF VA MADANIYAT

Urushning dastlabki kun-laridayoq SSSR FAningO‘zbekiston filiali, respub-

likada ishlab turgan 75 ta ilmiy muassasalar, shujumladan, 25 ta ilmiy-tadqiqot institutlari, 23 ta ilmiystansiya va boshqalar respublika xo‘jalik hayotini har-biy izga solish bilan aloqador muammolarni hal etish-ga jalb etildi. Zavod-fabrikalar, temiryo‘l va avtomo-bil yo‘llari transport korxonalari bilan bevosita alo-qalar o‘rnatildi. Olimlarning tadqiqot ishlarinimuvofiqlashtirish maqsadida 1941-yil 29-noyabrdaO‘zbekiston Ilmiy muhandis-texnika jamiyati tuzildi.

G‘arbiy hududlardagi yirik shaharlardan ko‘plab ilmiymuassasalar O‘zbekistonga ko‘chirib keltirildi. SSSRFAning tarix, iqtisodiyot va huquq, jahon xo‘jaligi va jahonsiyosati, sharqshunoslik, jahon adabiyoti, moddiy mada-niyat, tuproqshunoslik, seysmologiya institutlari, bir qan-cha muzeylar va kutubxonalar shular jumlasiga kiradi.Akademiyaning 375 yirik olimlari va xodimlari ko‘chibkeldilar.

O‘zbekistonlik olimlar ko‘chib kelgan yirik olimlarbilan yaqin aloqa bog‘ladilar, respublikamizda mavjudbo‘lgan va ko‘chirib keltirilgan ilmiy muassasalarningtadqiqot yo‘nalishi qayta ko‘rib chiqildi, urush talab-lariga moslab o‘zgartirildi. Olimlar o‘zlarining asosiy

Ilm-fan g‘alaba uchunxizmatda

Page 158: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

158

e’tiborini mudofaa sanoati uchun zarur bo‘lgan tabiiyresurslarni izlab topish va ulardan foydalanishni tash-kil etishga qaratdilar. Geolog olim H.M.Abdullayevva boshqalarning tadqiqotlari natijasida qalay,volfram, molibden, o‘tga chidamli minerallar,nodir metallar va boshqa turdagi xomashyo konlaritopildi va o‘zlashtirildi. A. S. Ukionskiy boshchiligida-gi geologlar guruhining temir konini topishi, O‘zbekmetallurgiya kombinati qurilishini loyihalashtirish vaularni foydalanishga tushirishdagi xizmatlari kattaahamiyatga ega boidi. D. M. Bogdanov va muhandisG. S. Chikrizovlar Angrenda qidiruv ishlariga boshchi-lik qildilar va ko‘mir konining boy zaxiralarini topibyangi shaxtalar qurishga ko‘maklashdilar.

Sirdaryodagi Farhod GESning loyihasini ishlabchiqishda mashhur irrigatorlar A. N. Askochenskiy,V. V. Poslavitskiylar faol ishtirok etdilar, loyihachi-larga akademiklar G.O.Grafito va B. Y. Vedeneyevlarqimmatli maslahatlar berdilar.

Kimyogar olimlar neftning suvini ketkazish, oltin-gugurtdan tozalash, ko‘mirni kokslash, paxta chiqindi-laridan xalq xo‘jaligida foydalanishning, etil spirti,soda, kislota olishning yangi samarali usullarini yarat-dilar. Dori-darmonlar tayyorlash borasidagi tadqiqotlarnatijasida aholi ehtiyojlari uchun zarur bo‘lgan turli xildori-darmon ishlab chiqish yo‘lga qo‘yildi. Tosh-kentda farmatsevtika zavodi qurilib ishga tushirildi.

Butunittifoq paxtachilik ilmiy-tadqiqot institutipaxtaning yangi navlarini yetishtirish sohasida samaraliizlanishlar olib bordi. Seleksionerlar S. S. Kanash vaA. I. Avtonomov boshchiligida vilt kasalligini yuqtir-maydigan yangi navini yaratdilar. S. S. Kanash yarat-gan S—460, L. V. Rumshevich yaratgan F—108 yuqorihosilli navlar, shuningdek, boshqa uzun tolali navlarpaxtachilikning rivojida ulkan hissa bo‘ldi. O‘zbe-kistonda ekilib kelingan amerika paxta navlarini yanginavlar bilan almashtirish 1944-yilda tugallandi. Res-publika olimlari Samarqandda joylashtirilgan Timir-yazev nomidagi qishloq xo‘jalik akademiyasi xodimlaribilan hamkorlikda g‘o‘za, bug‘doy va qand lavlaginialmashlab ekish usulini joriy etdilar, O‘zbekiston sha-

Page 159: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

159

roitida qand lavlagidan mo‘l hosil olishga ko‘maklash-dilar.

Urush yillarida gumanitar fanlar ham ancha rivoj-landi. Yirik tarixchi, arxeolog, huquqshunos, sharq-shunos, adabiyotshunos olimlar o‘zbekistonlik ham-kasblari bilan O‘zbekiston xalqlari tarixi, madaniyati vaadabiyotining muhim masalalarini ishlab chiqdilar.V.S.Struve, V.A. Shishkin, Y.E. Bertels, I.K.Dodo-nov, V. Y. Zohidov, H. Sh. Inoyatov, A. Y. Yaku-bovskiy, M.Y.Masson, S. P.Tolstov, Y.G‘.G‘ulomovva boshqalar O‘zbekistonning eng qadimgi va o‘rta asr-lar tarixi, moddiy madaniyati va ma’naviyati, O‘rtaOsiyo xalqlarining etnogenezi bo‘yicha qator asarlartayyorladilar. Ikki jildlik «O‘zbekiston xalqlari tarixi»nitayyorlashga kirishildi. Yozuvchi Aleksey Tolstoy rah-barligida rus va o‘zbek olimlari birgalikda «O‘zbekadabiyoti tarixi» asarini yaratdilar.

1943-yil 4-noyabrda O‘zbekiston Fanlar akademiyasiochildi, uning birinchi prezidenti etib taniqli olim T. N. QoriNiyoziy saylandi.

Fanlar akademiyasining ochilishi respublika ha-yotida muhim voqea bo‘ldi, ilm-fanning yanadataraqqiy etishi uchun mustahkam poydevor yaratildi.Tez orada yangi ilmiy muassasalar vujudga keldi. Til,adabiyot va tarix instituti bazasida Tarix va arxe-ologiya, Til va adabiyot institutiari, Sharqshunoslikinstituti, Iqtisodiyot, Matematika va mexanika,Tuproqshunoslik, Fizika-texnika institutiari va boshqalaboratoriyalar tashkil etildi.

1945-yilga kelib Fanlar akademiyasi tarkibida 23 tailmiy muassasa, shu jumladan, 2 ta ilmiy tadqiqot institut-lari, 2 ta laboratoriya, tajriba stansiyalari faoliyat ko‘rsatdi.O‘zbekiston Fanlar akademiyasining uch faxriy a’zosi, 15haqiqiy a’zosi, 20 muxbir a’zosi va 1265 ilmiy xodimi, shujumladan, 54 ta fan doktori va 172 ta fan nomzodi ilmiytadqiqot ishlari olib bordi. Ular orasida fizika-matematikafanlari doktorlari T. A. Sarimsoqov va V. I. Romanovskiy,geolog olim H. M. Abdullayev, fizik olim S. U. Umarov, fay-lasuf I. Mo‘minov, adib S. Ayniy, yozuvchi Oybek, shoirG‘. G‘ulom va boshqalar bor edi.

Page 160: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

160

Sharqshunoslik instituti olimlarining Sharq qo‘l-yozmalarini o‘rganish asosida tayyorlagan fors, arabva turkiy tillarda yozilgan qo‘lyozmalar to‘plamijahondagi eng boy to‘plamlardan biri bo‘lib qoldi.To‘plam 3 jilddan iborat bo‘lib, ularda 300 ga yaqinqo‘lyozma tavsiflab va ilmiy jihatdan baholab berildi.1944-yilda O‘zFA Prezidiumida aspirantura tashkiletildi va o‘sha yili 60 kishi, shu jumladan, 41 o‘zbekqabul qilindi. 1944-yilda Akademiya institutlarida 2 tadoktorlik, 17 ta nomzodlik dissertatsiyalari yoqlandi.

Urush yillarida o‘zbekistonlik olimlar mingdanortiq ilmiy ishlarni bajardilar, ularning ko‘pchili-gi xalq xo‘jalik va mudofaa ahamiyatiga ega bo‘ldi.

O‘zbekiston xalq ta’limi,jumladan, oliy o‘quv yurt-

lari og‘ir sinovlardan o‘tdi. Ko‘pchilik professor-o‘qituvchilar, talabalar frontga safarbar etildi. Sa-marqand kooperativ instituti bilan Toshkent moliya-iqtisodiyot instituti, Toshkent va Samarqand tibbiyotinstitutlari, O‘zbek va O‘rta Osiyo davlat universitetlaribirlashtirildi. Ularning bo‘shagan binolariga harbiymuassasalar, gospitallar joylashtirildi.

Moskva, Leningrad, Kiyev, Xarkov, Voronej, Odessa vaboshqa shaharlardan 1941—1943-yillarda ko‘chirib kelti-rilgan 35 oliy o‘quv yurti va 7 harbiy akademiya qabul qilibolindi, ularning ba’zilari o‘zaro yoki O‘zbekiston oliy o‘quvyurtlari bilan birlashtirildi.

O‘z professor-î‘qituvchilari bilan ko‘chirib keltiril-gan oliy o‘quv yurtlarining faoliyati respublikada oliyta’limning yanada rivojlanishiga ijobiy ta’sir etdi.Moskvalik va leningradlik olimlar talabalarga yangikurslar bo‘yicha ma’ruzalar o‘qidilar, mahalliy millatvakillaridan ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashgako‘maklashdilar, yangi mutaxassislik bo‘yicha kadrlartayyorlash yo‘lga qo‘yildi. Ular xalq xo‘jalik va harbiyahamiyatga molik mavzularda tadqiqot ishlariniuyushtirdilar. Toshkent industriya instituti ilmiy ja-moasi, masalan, Bekobodda metallurgiya zavodini qu-rish, mis va boshqa mahalliy rudalarni eritish usulla-rini ishlab chiqish, metallar korroziyasiga qarshikurashning samarali yo‘llarini topish, yangi zavodlar

Maorif va oliy ta’lim

Page 161: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

161

loyihasini ishlab chiqish va qurish borasida faol qat-nashdilar.

O‘zbekiston hukumati oliy o‘quv yurtlaridagi qi-yinchiliklarni bartaraf etish, moddiy ba’zasini mus-tahkamlash, o‘qituvchilar bilan ta’minlash masalalari-da ko‘maklashdi. Ayniqsa, ko‘chib kelgan tajribalipedagoglar, olimlar 1943—1944-yillarda o‘z shahar-lariga qayta boshlagan, urushning dastlabki davridavaqtincha yopilgan yoki birlashtirilgan institutlar qaytatiklanayotgan, yangidan Chimboy va Urganch peda-gogika institutlari, Namangan va Marg‘ilon o‘qituv-chilar institutlari, Toshkent teatr san’ati institutiochilgan, ilmiy-pedagogik kadrlarga muhtojlik ortganbir paytda respublika hukumatining oliy o‘quv yurt-lariga ko‘magi sezilarli bo‘ldi. Yirik oliy o‘quv yurtla-rida doktorantura va aspiranturaga qabul kengaytiril-di. Respublika miqyosida ishlab turgan rahbar xodim-lar oliy o‘quv yurtlariga ishga yuborildi.

1945-yilda oliy o‘quv yurtlari soni 1940-yilga nisbatan3 taga ko‘payib 33 tani tashkil etdi, talabalar soni esa 19,1mingdan 21,2 ming kishiga ortdi. Urush yillarida hammasibo‘lib 10 mingdan ko‘proq oliy malakali va 3,7 minggayaqin o‘rta maxsus ma’lumotli mutaxassis tayyorlandi.

Xalq maorifida ham jiddiy qiyinchiliklar bo‘ldi.Ko‘plab maktablar binolari gospitallar, yotoqxonalar,harbiy o‘quv yurtlariga berildi. Maktablar birlashtiril-di, ko‘p smenali o‘qish joriy etildi. Urushgacha respub-lika maktablarida ishlayotgan o‘qituvchilarning 74,6foizini erkaklar tashkil etardi. Ular frontga, ishlabchiqarish ishlariga ketdi. Buning ustiga darsliklar,uskunalar, daftarlar yetishmas edi. Qisqa muddatlikurslar tashkil etilib, boshlang‘ich sinflar uchun o‘qi-tuvchilar tayyorlandi, boshqa ishga ketgan o‘qituv-chilarni maktabga qaytarish tadbirlari ko‘rildi, ularningmoddiy-maishiy ahvolini yaxshilashga g‘amxo‘rlikqilindi. 1944-yilda o‘qituvchilar armiya safidan mak-tablarga qaytarildi. O‘quvchilarning jismoniy tayyor-garligi yaxshilandi. Kundalik o‘qish foydali mehnatbilan qo‘shib olib borildi. O‘qishdan tashqari vaqtla-rida o‘quvchilar gospitallarga otaliq yordami berdilar,frontdagilarning oilalariga ko‘maklashdilar, temir-ter-6 — O‘zbekiston tarixi

Page 162: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

162

sak to‘plab topshirdilar, qishloq xo‘jalik ishlarida qat-nashdilar.

Maktablarda ta’lim-tarbiya sifatini yaxshilashmaqsadida o‘quvchilar bilimini baholashning beshballi tartibi, boshlang‘ich va yetti yillik maktablarnitamomlovchilar uchun bitiruv imtihonlari, o‘rta mak-tabni tamomlovchilar uchun yetuklik attestati —guvohnomasi uchun imtihonlar topshirish majburi-yati, maktab o‘quv dasturlarini a’lo o‘zlashtirgan vaa’lo xulqli o‘quvchilarni oltin va kumush medallarbilan taqdirlash joriy etildi. Bu tadbirlar dars mash-g‘ulotlari saviyasini ko‘tarishga, o‘quvchilar intizomi-ni yaxshilashga olib keldi.

Ko‘chirib keltirilgan muassasalar o‘z joylarigaqaytib keta boshlagach, maktab binolari ham bo‘shati-la bordi, o‘quvchilar o‘z maktablari bag‘riga qaytib,o‘qishlarini davom ettirdilar.

1940/41-o‘quv yilida 5504 ta umumta’lim maktablari-da 1368,9 ming o‘quvchi o‘qigan bo‘lsa, 1945/46-o‘quvyilida 4976 ta umumta’lim maktablarida 989,2 ming bolata’lim oldi.

O‘zbekiston yozuvchilari vashoirlari o‘zlarining qaynoqijodi bilan xalqni mardona-

likka chorlab, fidokorona mehnatga ruhlantiribg‘alabaga munosib hissa qo‘shdilar.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi o‘z faoliyati-ni dushmanni tezroq tor-mor etishga qaratdi. Uningrayosati qoshida tashviqot va targ‘ibot bo‘limi, harbiykomissiya tuzildi. Ijodiy ziyolilarning radio va mat-buotda kishilarni hushyorlikka, vatanparvarlikka,dushmanga qarshi mardona jang qilishga, frontorqasini mustahkamlashga chorlovchi chiqishlari kattaahamiyatga ega bo‘ldi.

O‘zbekistonga vaqtincha ko‘chirib keltirilgan rus,ukrain, belorus, moldavan va boshqa millatlarga man-sub yozuvchi va shoirlar ham respublikamiz hayotidafaol qatnashdilar, o‘zbekistonlik hamkasblari bilanyaqindan hamkorlik qildilar. «Biz yengamiz!» deganalmanax, «O‘zbekiston shoirlari — frontga» degan

Adabiyot g‘alabauchun kurashda

Page 163: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

163

antologiya ana shunday hamkorlikning mevasi bo‘ldi.Hamid Olimjon, Uyg‘un, Sobir Abdulla, NikolayPogodinlar birgalikda «O‘zbekiston qilichi» musiqalidramasini yaratdilar.

Urush yillarida yaratilgan Oybekning «Navoiy» va«Qutlug‘ qon» romanlari, Abdulla Qahhorning «Oltinyulduz» qissasi, «Xotinlar» asari jamoatchilikning yuk-sak bahosiga sazovor bo‘ldi. She’riyatda ulkan yuksa-lish bo‘ldi.

Hamid Olimjonning «Qo‘lingga qurol ol», «SharqdanG‘arbga ketayotgan do‘stga», «Jangchi Tursun» va«Roksananing ko‘z yoshlari», G‘afur G‘ulomning «Senyetim emassan», «Men-yahudiyman», «Bizning ko‘chadaham bayram bo‘lajak», Uyg‘unning «Qasam», «Bir qadamham orqaga chekinilmasin» va «Maktub», MaqsudShayxzodaning «Ona kuzatmoqda» va «Kapitan Gastello»she’rlari, Sharof Rashidovning «Qahrim» she’rlar to‘plami,Sulton Jo‘raning «Pulemyotchi ovozi», «Nayzamiz» she’r-lari fashizm kirdikorlarini fosh etib, g‘alaba qozonishgaishonchni kuylab, xalqning jangovar ruhini ko‘tardi.

Ona zamin, Vatanga sadoqat, dushmanga nafrat,jasorat va mardlikni tarannum etgan bu teran she’rlarjangovar quroldan qolishmaydigan dahshatli qurolbo‘lib xizmat qildi.

Urush yillarida respublikaommaviy axborot vositalariommani front uchun, g‘ala-

ba uchun safarbar etishda, xalqni g‘oyaviy-siyosiyjihatdan tarbiyalashda muhim omil bo‘lib xizmat qildi.O‘sha damlarda O‘zbekistonda 200 ga yaqin gazeta,shundan 124 tasi o‘zbek tilida, 52 ta jurnal, shundan19 tasi o‘zbek tilida nashr etilar edi. Gazetalarning birgallik adadi 900 ming, shundan 600 ming nusxasio‘zbek tilida chiqardi. Gazetalar va jurnallar sahifala-rida frontdagi vaziyat, respublika mehnat jamoalari-ning fidokorona mehnati, qiyinchiliklar yoritilar edi.

O‘zbekistonning bir guruh yozuvchi va jurnalistlarisovet armiyasi siyosiy boshqarmalari ixtiyoriga yuboril-di. Bulardan To‘lqin Rustamov va Rasul Muhammadiysovet armiyasi bosh boshqarmasida inspektor, JalolxonAzizxonov, Rustam Abdurahmonov, Adham Rahmat,Sharif Bo‘latov, Muhammadjon Murodov, Yo‘lchi

Ommaviy axborot vositalari

Page 164: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

164

Bilolov va boshqalar front gazetalarida muharrir o‘rin-bosarlari bo‘lib xizmat qildilar. Nazir Safarov, Mir-zakalon Ismoiliy, Zinnat Fatxullin, Meli Jo‘ra,To‘g‘on Ernazarov, Sulton Jo‘ra va boshqalar harbiymuxbirlar sifatida va jurnalistikaning boshqa jangovarsohalarida faoliyat ko‘rsatdilar.

Urush yillarida o‘zbek tilida 14 ta front va 12 ta diviziyagazetasi nashr etilardi. «Front haqiqati», «Qizil askarhaqiqati», «Qizil Armiya», «Vatan sharafi uchun»,«Dushmanga qarshi olg‘a» kabi gazetalar nashr etilgan.

Urush yillarida radio xodimlarining, madaniy-ma’rifiy muassasalarning xizmatlari ham katta bo‘ldi.

Urush yillarida 754 ta kino qurilma, 11 ta muzey, 360ta qiroatxona, 1044 ta klub, 433 ta kutubxona, 2800 taqizil choyxona omma orasida siyosiy, madaniy-ma’rifiy,tarbiyaviy ishlarni olib borish markazi sifatida xizmat qildi.

Urush yillarida sahna san’atirivojlandi. Toshkentda va

Andijonda yangi teatrlar ochildi, respublikada ham-masi bo‘lib 36 ta teatr ishlab turdi. Shuningdek,ko‘chirib keltirilgan 14 teatr ham faoliyat ko‘rsatdi.Teatrlarda urush mavzusiga bag‘ishlangan «Davronota», «Sherali», «O‘zbekiston qilichi» musiqali dra-malari, «Ulug‘bek» va «Mahmud Torobiy» operalari,mardlik, jasorat mavzularida yozilgan KomilYashinning «Bosqinchilarga o‘lim», M. Shayxzodaning«Jaloliddin» pyesalari ko‘rsatildi. Urush yillaridao‘zbek davlat opera va balet teatri 10 ta, Hamza teatri16 ta, Gorkiy nomli rus drama teatri 32 ta yangi spek-takllarni sahnalashtirdilar. Respublika teatr jamoalari1942—1944-yillarda 203 ta yangi asarni sahnalashtirdi-lar, 187568 marta spektakl va konsert namoyish etdi-lar, ularni millionlab kishilar tomosha qildilar.

Xalq ashulachilarining, talantli bastakorlarningijodi zo‘r shuhrat qozondi. To‘xtasin Jalilov va YunusRajabiy xalq musiqa san’atining an’analariga tayanib,yorqin xalqchil asarlar yaratdilar. M. Ashrafiy, T.Sodiqov, M. Burhonovlar musiqa madaniyatini yuk-sak darajaga ko‘tardilar.

San’at front xizmatida

Page 165: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

165

Toshkent badiiy filmlar studiyasi vaqtincha ko‘chib kel-gan yirik kinomatograflar bilan hamkorlikda «Ikki jangchi»,«Nasriddin Buxoroda», «217-raqamli odam», «Vatangasovg‘a», «Besh respublikaning film-konserti» nomlikinofilmlarni yaratdilar.

O‘zbekiston rassomlari zo‘r g‘ayrat bilan ishladilar.L. Abdullayevning «Qizil Armiyaga kuzatuv» va«Mukofot bilan tabriklash», O‘. Tansiqboyevning«Otliqlar hujumi» va «Partizan qiz», Ch.Ahmarovning«O‘zbekiston — frontga», V. Y. Kaydalovning «Fashistgazandasi yo‘q qilindi» va «Dushmanga qaqshatqichzarba» asarlari O‘zbekiston badiiy xazinasidan mus-tahkam o‘rin egalladi. Urush yillarida O‘zbekiston ras-somlari 39 ta ko‘rgazma tashkil etdilar, besh mingdanko‘proq badiiy-siyosiy plakatlar yaratdilar.

O‘zbekiston san’at xodimlari mehnatkash xalqqa,jangchilarga xizmat qilib, ularning ruhini ko‘tarib tur-dilar.

San’atkorlardan tuzilgan 30 dan ortiq konsert brigada-lari frontdagi jangovar harbiy qismlarning askar va zobitlariuchun 400 dan ko‘proq konsert berdilar, respublika hudu-dida joylashgan harbiy qismlarda 15 mingta, gospitallarda10 mingta konsert uyushtirdilar. Ishchilar, paxtakorlar hu-zurida doimo xizmatda bo‘ldilar.

Bu tadbirlarda faol qatnashgan atoqli san’atkorlar:Halima Nosirova, Tamaraxonim, Abror Hidoyatov,Lutfixonim Sarimsoqova, Sora Eshonto‘rayeva, AbbosBakirov, Kommuna Ismoilova va boshqalar xalq hur-matiga sazovor bo‘ldilar.

Ijodkor ziyolilarning asarlari, san’at ustalariningchiqishlari xalqni ma’naviy jihatdan ko‘tardi, ommanig‘alaba uchun kurashga safarbar etishda muhim omilbo‘ldi. O‘zbek ijodkorlari fashizm ustidan qozonilgang‘alabaga munosib hissa qo‘shdilar.

Savol va topshiriqlar

1. O‘zbekiston Fanlar akademiyasining tashkil etilishihaqida so‘zlab bering.

2. O‘zbekistonga G‘arbdan qanday ilmiy muassasalarko‘chirib keltirildi?

3. Yerosti xomashyo konlarini izlab topish va o‘zlashtirish-ga rahbarlik qilgan olimlardan kimlarni bilasiz?

Page 166: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

166

4. Qaysi olimlar paxtaning yangi navlarini yetishtirdilar?5. Urush yillarida xalq ta’limi qanday ahvolda edi?6. Oliy ta’lim sohasida ahvol qanday edi?7. Urush yillarida ijod etgan yozuvchi va shoirlardan kim-

larni bilasiz? Qanday asarlar yaratildi?8. Front gazetalarida faoliyat yuritgan yozuvchi va jurna-

listlardan kimlarni bilasiz?9. «San’at front xizmatida» mavzusida referat yozing.

14-§. O‘ZBEKISTONNING QARDOSHXALQLARGA BAYNALMILAL YORDAMI

Fashist bosqinchilari SSSRning g‘arbiy qismidagikatta hududni, ko‘plab shahar va qishloqlarni bosibolib Moskva ostonalariga yetib keldilar. Sovet xalqiuyushqoqlik, birdamlik, misli ko‘rilmagan jasoratbilan dushmanni Moskva ostonalarida yer tishlatdi.Fashist gazandalari tor-mor etildi va uloqtirib tashlan-di. Dushmanning Stalingrad, Kursk, Orel, Belgradshaharlarida tor-mor etilishi va ularning SSSRtuprog‘idan yoppasiga haydab chiqarila boshlanishinatijasida ko‘pgina viloyatlar, shaharlar va qishloqlarozod etildi. Dushman bu hududlarni bombardimonqilish va vayron qilish orqali bosib olgan bo‘lsa,chekinish davrida esa shahar va qishloqlarni yondirib,yanada vayron qilib ketardi.

Sovet xalqi hali urush davom etayotgan qiyin payt-lardayoq dushmandan ozod etilgan shahar va qishloq-larni, zavod, fabrika va boshqa xo‘jaliklarni qayta tik-lashga kirishdi. Ozod etilgan hududlardagi xo‘jaliknitiklash ishlarida Sharqdagi barcha respublikalar, vilo-yatlar, shu jumladan, O‘zbekiston ham faol qatnashdi.Tiklash ishlari umumxalq ishiga aylandi.

Ozod etilgan shahar vaqishloqlarga yordam berishharakati butun O‘zbekiston-

ni qamrab oldi. Urushda zarar ko‘rgan viloyat, shaharva tumanlarga yordamlashish bilan bog‘liq bo‘lganmasalalar respublika hukumati, viloyat, shahar vatuman tashkilotlari va keng jamoatchilik orasidamuntazam ravishda muhokama qilinib, zarur tadbirlaramalga oshirib borildi. Yordam davlat yo‘li bilan va

O‘zbekistonning bay-nalmilallik yordami

Page 167: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

167

jamoatchilik yo‘li bilan amalga oshirildi. Tiklash ish-lariga yordam berish maqsadida Sherobod MTSiningbrigadir-mexanigi Odish Cheximov 10 ming so‘m,traktorchi Ro‘ziyev 15 ming so‘m berdi. Bu harakatniko‘pchilik qo‘lladi. Samarqand viloyati ozod qilingantumanlarga 170 million so‘mdan ko‘proq pul, 80mingta kitob va turli xil darsliklar yubordi.

1943-yilning bahorida O‘zbekiston ozod etilgantumanlarga 2 ming traktor, avtomobil va qishloq xo‘jalikmashinalari, 8 ming ot va ho‘kiz, 170 ming bosh qo‘y vaechki jo‘natdi. 1943-yil oktabr oyida o‘zbekistonlik yoshlarleningradlik bolalarga 250 tonna oziq-ovqat, 10 ming juftpoyabzal va kiyim, 2 million so‘mdan ko‘proq pul yubordi.

O‘zbekiston temiryo‘lchilari ozod etilgan joylarda-gi temiryo‘llarni tiklashga katta yordam berdilar.Toshkent tovar stansiyasi temiryo‘lchilari 35 ta ko‘tar-gich asboblar jamlanmasi, 350 dona slesarlikasboblari, 2 mingdan ortiq ehtiyot qismlarini to‘plab,G‘arbdagi stansiyalarning birini tiklash uchunjo‘natdi. 1943-yil 30-martda Toshkent temiryo‘lchilariasbob-uskunalar ortilgan butun bir eshelonniStalingrad temiryo‘l tarmog‘ini tiklash uchun yubordi.Uning tarkibida ko‘chib yuradigan maxsus ustaxona,ikkita parovoz, jihozlangan 33 ta vagon va platforma,dori-darmonlar va ishchi kiyimlari bor edi.

O‘zbekistonliklar ko‘chirib keltirilgan korxonalar,ilmiy va madaniy muassasalar, o‘quv yurtlarini o‘zo‘rniga qaytarish, binolarni tiklash va joylashtirish ish-larida ham faol qatnashdilar. Ko‘plab o‘zbekistonlikmutaxassislar va ishchilar rus, ukrain, belorus, molda-van do‘stlariga ko‘maklashish uchun jo‘nab ketdilar.

Faqat 1943-yilda o‘zbekistonliklardan 60 mingga yaqinkishi Sverdlovsk, Chelyabinsk, Moskva, Ivanov va boshqaviloyatlarda ishladilar. O‘zbekiston aloqachilari 540 muhan-dis, texnik va boshqa mutaxassislardan iborat maxsusbatalyon tuzib, uni zarur asbob-uskuna va materiallar bilanta’minlab G‘arbga jo‘natdi. Batalyon Rossiya, Ukrainadako‘plab aloqa vositalarini tiklashda faol qatnashdi.

G‘arbiy viloyatlarni tiklash ishlariga respublika-mizning fabrika-zavod ta’limi maktablarini, hunaro‘quv yurtlarini endigina tamomlab chiqayotgan yosh-

Page 168: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

168

lar ko‘proq yuborildi. 1943—1945-yillarda Donbass,Kiyev, Leningrad va Ural korxonalari, qurilishlari vatemiryo‘llarida ishlash uchun O‘zbekiston mehnatrezervlari maktablarining 15 ming talabasi jo‘natildi.

Ozod etilgan hududlar aholisiga qardoshlarchayordam, respublikaning o‘zida moliyaviy resurslar,asbob-uskuna va materiallar, malakali kadrlar, iste’-mol mollari yetishmay turgan og‘ir bir sharoitda beril-di. Urush yillarida O‘zbekiston aholisining turmushsaviyasi keskin pasayib ketganiga, xo‘jalik harbiy izdaishlayotganiga qaramasdan qardosh xalqlarga ko‘rsat-gan baynalmilallik yordami o‘zbek xalqining buyukinsoniylik fazilatlarga sodiq ekanligining guvohidir.

Stalin va uning atrofida-gi yugurdaklari tomonidanurush yillarida ham kichikxalqlar, etnik guruhlarganisbatan adolatsizlik qilindi.

Urushning dastlabki yilidayoq Volgabo‘yi nemislaravtonom respublikasi tugatildi. Uning 300 mingdanortiqroq aholisidan «bosqinchilar yordam olishimumkin», degan gumon bilan ularni yashab turganjoylaridan mahrum etib, Sibir va Qozog‘iston viloyat-lariga ko‘chirib yuborildi.

1943-yil oxirlari — 1944-yil boshlarida Volganing quyioqimi va Kaspiy dengizi qirg‘oqlarida yashovchi qalmoqlar,Shimoliy Kavkazda yashovchi qorachoylar, chechenlar,ingushlar va bolqarlar, 1944-yil iyunida qrim tatarlari,greklar, keyinroq mesxeti turklari ham o‘z vatanlaridanSibir va O‘rta Osiyoga badarg‘a qilindilar.

Bu xalqlar «fashistlar bilan hamkorlik qilish»daayblandi, hech kimdan hech narsa so‘rab surishtiril-madi, har bir odamning qanchalik aybdorligi,gunohkorligi aniqlanmadi, hamma ommaviy ravishdaqattiq jazolandi. Ko‘chirish yashirin holatda vashoshilinch ravishda amalga oshirildi. Bu katta kulfat-larga, ko‘pchilik odamlar, bolalarning yo‘lda qirilibketishiga olib keldi. Bu xalqlar adolatsiz jazolanayot-gan bir paytda, ularning farzandlari, yor-u birodarlarifashistlarga qarshi jang qilmoqda edilar. Ular yurt-doshlari boshiga tushgan kulfatdan bexabar edilar.

O‘zbek xalqining o‘zvatanidan badarg‘a qilingan xalqlarga

g‘amxo‘rligi

Page 169: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

169

Ko‘chirilganlar Sibir va O‘rta Osiyoning aholisi kam-roq bo‘lgan tumanlariga guruh-guruh qilib taqsimlan-di.

O‘zbekistonga 175 mingdan ortiqroq chechenlar, 157ming ingushlar, 150 mingdan ortiqroq qrim tatarlari, 4500bolqarlar, o‘n minglab mesxeti turklari, greklar ko‘chiribkeltirildi. O‘zbek xalqi ularni beg‘araz kutib oldi, yashashuchun uy-joy, oziq-ovqatlar bilan yordam berdi. Mahalliyhokimiyat ularga hosildor yerlardan tomorqa yer, uy qurishva xo‘jalik yuritish uchun kredit mablag‘lari ajratdi.Ko‘chirib keltirilganlar ancha mashaqqatlar bilan yangi joy-larga asta-sekin moslashib bordilar.

Stalin boshliq Markaziy hokimiyat amalga oshirganmilliy siyosatning zarari, adolatsizligi odamlarning qat-tiq qatag‘on qilinishi bilan chegaralanib qolmadi.Uning mudhish ekanligi yana shundaki, ko‘plabxalqlarning milliy davlatchiligi buzildi, respublikalar vamuxtor viloyatlarning haq-huquqlari poymol qilindi.Eng dahshatlisi shundaki, butun-butun xalqlarningmilliy madaniyati, qadriyatlari va an’analari oyoqostiqilindi. Bunday «milliy siyosat» Markaz tomonidanbutun vositalar bilan tashviqot qilinayotgan SovetIttifoqidagi xalqlar o‘rtasida buzilmas do‘stlik to‘g‘-risidagi g‘oyaga soya, qora dog‘ bo‘lib tushdi. Bundayzo‘ravonlikning zararli oqibatlari hanuzgacha to‘labartaraf etilganicha yo‘q. Vaqti-vaqti bilan millatlaro‘rtasidagi nizolar, fojialar chiqishiga sabab bo‘lib kel-moqda.

Savol va topshiriqlar

1. Urush yillari davomida ozod etilgan harbiy hudud-larni tiklash ishlariga o‘zbekistonliklar qanday yordam berdi-lar?

2. Urush yillarida qaysi xaiqlar nima uchun o‘z vatanidanbadarg‘a qilindilar?

3. Urush yillarida qaysi xalqlar O‘zbekistonga badarg‘aqilindi va joylashtirildi?

4. O‘zbek xalqining zo‘rlab ko‘chirib keltirilgan xalqlargako‘rsatgan insonparvarlik yordami haqida nimalarni bilasiz?

5. «O‘zbek xalqining o‘z vatanidan badarg‘a qilinganxalqlarga insoniylik yordami» mavzusida referat yozing.

Page 170: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

170

15-§. O‘ZBEKISTONLIK JANGCHILARNINGFASHIZMNI TOR-MOR ETISHDAGI

JASORATLARI

Urushning dastlabki kunla-ridayoq G‘àãbiy chegara-lardagi harbiy qo‘shilmalartarkibida xizmat qilayotgan

o‘zbekistonliklar fashist bosqinchilariga qarshi janggakirdilar. Chegarada joylashgan Brest qal’asining 50 danortiqroq millatga mansub jangchilari orasida o‘zbe-kistonliklardan Doniyor Abdullayev, Boboxalil Ka-shanov, Ahmad Alivev, Nurum Siddiqov, UzoqO‘tayev va boshqalar ham bor edi. Ular qal’a himo-yachilari bilan yelkama-yelka turib dushmanning kattakuchlariga qarshi qariyb bir oy davomida oxirgi tom-chi qonlari qolguncha jang qildilar. «O‘layotganbo‘lsam ham taslim bo‘lmayman. Alvido, Vatanim!»Qal’a devoriga qon bilan yozilgan bu so‘zlarda yurt-doshlarimizning his-hayajonlari, jasorati, Vatangamuhabbati o‘zining yorqin ifodasini topgan.

G‘arbiy chegaralardagi dastlabki janglarda tosh-kentlik Zokir Karimov jasorat ko‘rsatdi. U Qrim vaKavkazda ham dushman bilan olishdi, mardlik vajasorati uchun I va II darajali «Shuhrat» va boshqaordenlar hamda «Jasorati uchun» medali bilan taqdir-landi.

O‘zbekistonlik jangchilar Smolensk, Kiyev,Odessa, Sevastopol va boshqa shaharlar mudofaasidaqatnashdilar. Odessa himoyasida qatnashgan OmonUmarov dushmanning qurol-aslaha ortilgan 40 avto-mobildan iborat kolonnasiga qarshi hujumda jasoratko‘rsatdi, bir o‘zi dushmanning 3 avtomashinasinisafdan chiqardi va 9 nemis askarini yer tishlatdi.Omon Umarovning kichik harbiy bo‘limi Odessayonida qurilgan dushman aerodromiga hujum qilibdushmanning 16 samolyoti va 30 avtomashinasiniyondirib yubordi. Uning bir o‘zi 12 fashistni yo‘qqildi. Afsuski, Kerch uchun bo‘lgan janglarda u halokbo‘ldi. Odessa himoyasida sapyorlar rotasiningkomandiri Hamza Zaripov jasorat ko‘rsatdi. Uning

O‘zbekistonliklarningdastlabki janglardagi

jasoratlari

Page 171: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

171

rotasi minalashtirilgan yo‘lda dushmanning 27 tankiva 13 bronetransportyorini portlatdi.

O‘zbekistonlik jangchilar qatnashgan Brest, Smo-lensk, Kiyev, Odessa, Sevastopol va Leningradningqahramonona himoyasi fashistlar Germaniyasining«Yashindek tez urush qilish» rejasiga dastlabki zarbabo‘ldi.

1941-yil kuz-qish oylaridaMoskva ostonalarida hayot-mamot janglari bo‘ldi. Un-

da, bir tomondan, qanday qilib bo‘lsa ham Moskvaniegallash uchun intilgan, ikkinchi tomondan, qandayqilib bo‘lsa ham Moskvani qo‘ldan bermaslik uchunoyoqqa turgan tarixda misli êî‘rilmagan darajadagikatta harbiy qo‘shinlar to‘qnashdi. Ana shu dahshatlijanglarda o‘zbekistonlik jangchilar ham sabot-mato-nat, yuksak harbiy mahorat ko‘rsatdilar.

Janubi G‘arbiy front tarkibidagi 353-tog‘ o‘qchi polkijangchisi Qo‘chqor Turdiyev katta jasorat ko‘rsatdi. U1941-yil 25-oktabrda o‘rtoqlari bilan razvedkaga, so‘ngra«til» olib kelishga yuborildi. Otishmada barcha o‘rtoqlarihalok bo‘lgan Qo‘chqor Turdiyevning bir o‘zi dushman-ning bir DZOT, 9 askar va zobitini yo‘q qilib, 3 tasini asir-ga olib keldi va front qo‘mondoni S.K. Timoshenkogabuyruq bajarilgani haqida xabar berdi. Bu jasorati uchunQo‘chqor Turdiyev qahramonlik unvoniga sazovor bo‘ldi.

Toshkentda uzoq yillar xizmat qilgan generalI. V. Panfilov Almati shahrida turkistonliklardandiviziya tuzdi. Uning komandirlari tarkibida Toshkentpiyoda bilim yurti va O‘rta Osiyo harbiy okruginingharbiy-siyosiy bilim yurtida ta’lim olgan 180 ta zobitbor edi. General I. V. Panfilov diviziyasi Moskvaostonalaridagi Volokolamsk yo‘nalishida qattiq jangqildi. Ommaviy qahramonlik ko‘rsatildi. Diviziyaning28 kishidan iborat 4-o‘qchi rotasining bir o‘zi Dubo-sekovo razyezdida dushmanning bir rotasini qaytardi,32 ta tankini majaqlab tashladi. Diviziya jang may-donida dushmanning 114 ta tankini, 26 ming askar vazobitini, 5 ta samolyot va boshqa ko‘plab texnikasiniyo‘q qildi, harakatdagi jangovar texnikasining anchaqismini qo‘lga kiritdi. Janglarda vzvod komandiriIkrom Halilov, Zarif Ibrohimov, Mamadali Mada-

O‘zbekistonliklar Mos-kva uchun janglarda

Page 172: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

172

minov, Abdulla Tog‘ayev, jarroh G‘ulom Abdura-himov va boshqalar jasorat ko‘rsatdilar. Jangda diviziyaqo‘mondoni I. V. Panfilov halok bo‘ldi, ammo uningquroldoshlari 8-gvardiyachi Panfilovchi diviziya nomibilan dushman tor-mor etilguncha jang qildilar.

O‘zbekistonda tuzilgan 21- va 44-otliq askarlardiviziyasi Moskva ostonalarida 1- va 2-otliq askarlarkorpuslari saflarida jang qilib qahramonlik namunala-rini ko‘rsatdilar. Shular qatorida 1-otliq askarlar kor-pusining jangchilari H. Musayev, R. Abduqosimov,A. Abdullayev, bo‘lim komandiri R. Aliyev, vzvodkomandiri kichik leytenant X. Bektursunov, 2-otliqaskarlari korpusining jangchilari Z.M. Qosimov,R. S. Halilov, katta serjant V. Sodiqov, eskadronkomandiri M. Ibrohimov va boshqalar bor edi.

O‘zbekistonda tuzilgan 258-o‘qchi diviziya askarlariMoskva ostonalaridagi janglarda 9000 dan ko‘proq dush-man askar va zobitlarini yer tishlatib, 137 ta aholi yashay-digan manzilgohlarni ozod etadi, birinchilardan bo‘lib Upadaryosiga chiqib oladi, ko‘plab jangovar texnikani qo‘lgatushiradi. 258-o‘qchi diviziya Kalugani ozod etishdako‘rsatgan matonati uchun gvardiyachi diviziya unvonigasazovor bo‘ladi.

Diviziyaning orden va medallar bilan mukofot-langan komandirlari va siyosiy xodimlari orasidaB. O‘razov, G. Tolipov, M. Bektemirov, V. Kashapovva boshqalar bor edi. O‘zbek xalqi Moskva himoya-chilariga ko‘maklashish uchun qo‘lidan kelgan barchatadbirni ko‘rdi. 1941-yil dekabrida O‘zbekiston SSROliy Kengashi Raisi Yo‘ldosh Oxunboboyev bosh-chiligidagi o‘zbek delegatsiyasi Moskvaga bordi.Delegatsiya a’zolari Moskva ostonlarida jang qilayot-gan G‘arbiy front jangchilari — askarlar, zobitlar vaqo‘mondonlari bilan uchrashdi, suhbatlashdi, 1942-yil1-yanvar — Yangi yil kunini birga kutib olishdi, ulargaO‘zbekistondan olib borilgan 29 vagon meva-cheva, 9ming kalta po‘stin, 20 ming juft kigiz etik, 100 mingjuft issiq qo‘lqop va boshqalarni sovg‘a qildilar.

Moskva himoyachilari orasida o‘zbek qizi ZeboG‘aniyeva ham bor edi. U Moskvadagi Teatr san’atiinstitutida o‘qir edi. Urush boshlangach, ZeboG‘aniyeva o‘z yurti — Andijonga qaytib kelishni emas,

Page 173: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

173

frontda jang qilishni afzal ko‘rdi. Tez orada mohir mer-gan va razvedkachi bo‘lib yetishdi. Uning harbiy qismiMoskva—Volga kanali bo‘ylab joylashgan edi.

Mergan Zebo G‘aniyeva 1942-yil 21-may kunigacha23 ta fashistni yer tishlatdi, 16-martda razvedkaga borib,dushman to‘g‘risida qimmatli ma’lumotlar olib keldi. ZeboG‘aniyeva jasorati uchun hukumat ordeni bilan mukofot-landi.

1943-yil avgustda Demyanskda bo‘lgan jangdaZebo G‘aniyeva og‘ir yarador bo‘ldi, 33 marta jarroh-lik operatsiyasiga bardosh berib o‘limni yengib o‘tdi.Zebo G‘aniyeva urushdan keyin ham tinib-tinchima-di, tirishqoqlik bilan o‘qidi. Bokuda institutni tamom-lab, Moskva jahon adabiyoti institutida nomzodlikdissertatsiyasini yoqladi.

Moskva ostonalarida o‘zbekistonlik merganlarIs’hoqov 354 fashistni, Abubekov 229, Yusupov 132,Madaminov 123 fashist askar va zobitlarini yer tish-latdilar.

1753 nafar o‘zbekistonlik jangchilar «Moskva mudo-faasi uchun» medali bilan mukofotlandilar.

Moskva yonidagi jangdadushman tor-mor etildi. Buuning Ikkinchi jahon urushiboshlangandan beri o‘tganikki yarim yil orasidagi bi-rinchi yirik mag‘lubiyatiedi. Fashistlarning «yashin-dek tez urush» rejasi butun-lay barbod bo‘ldi.

O‘zbekistonlik jangchi-lar 1942-yilda Qrim, Don-bass, Don, Kuban, Shi-moliy Kavkazda bo‘lganog‘ir janglarda ham qat-nashib o‘z vazifalarinibajardilar. O‘zbekistondauzoq yillar xizmat qilgangeneral I.Y. Petrov Sevas-topol uchun bo‘lgan 8 oylik

Urush ishtirokchisi, mohirmergan Zebo G‘aniyeva.

Page 174: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

174

mudofaa janglarining boshliqlaridan biri edi. U kattaharbiy mahorat bilan alohida dengizbo‘yi armiyasigaqo‘mondonlik qildi. Sevastopolni quruqlikdan himoyaqilishni tashkil etdi. Uning adyutanti toshkentlik kattaleytenant Z. Qahhorov edi. General I.Y. Petrov Shi-moliy Kavkaz fronti, keyinroq 4-Ukraina frontigaqo‘mondonlik qildi, Berlin operatsiyasida qatnashdi.Urushdan keyin Toshkentga qaytib kelib Turkistonharbiy okrugi qo‘shinlariga qo‘mondonlik qildi.

O‘zbekistonliklar 62- va 64-armiyalar saflda turib tarixiyStalingrad jangida qahra-

monona jang qildilar. Janglar avjiga chiqqan paytdaStalingradga Samarqand va Farg‘onada tuzilgan 90-va 94-o‘qchi brigadalar yetib kelib jangga kirdilar. Bubrigadalar asosan o‘zbek yigitlaridan tuzilgan bo‘lib,komandirlari orasida S. Nuriddinov, V. Umarov,A. Murodxo‘jayev, F. Norxo‘jayev va boshqalar boredi. 21-otliq askarlar diviziyasining baland jangovarruhda jang qilishida diviziya komissari, keyinroq ge-neral-mayor unvoniga erishgan Mullajon Uzoqovningxizmati katta bo‘ldi. Volga bo‘ylarida dahshatli janglarbo‘layotgan paytda o‘zbekistonlik jangchilar o‘zbekxalqining ularga yozgan xatini oldilar.

Xatda: «Farzandlarimiz, erlarimiz va aka-ukalarimiz,fashistlarni oldinga yorib o‘tmoqchi bo‘lgan hamma joydato‘xtatib qolingiz, ularning olg‘a qarab bir qadam hamsiljishiga yo‘l bermang, qonxo‘r jallodlarni orqaga uloqtiribtashlang va yer bilan yakson qiling, yodingizda bo‘lsinki,agar siz hozir bir qadam orqaga chekinsangiz, bu narsamamlakat uchun, O‘zbekistonimiz uchun g‘oyat og‘irmusibatlar keltirishi mumkin», — deyilgan edi. Jangchilarbu xatni jangovar topshiriq deb qabul qildilar. Ungajavoban yanada qat’iyroq, shiddatliroq jang qildilar.

128-gvardiyachi Turkiston tog‘-o‘qchi diviziyasiaskarlari dushmanga qarshi shiddatli zarbalari bilanshuhrat qozondilar. Kichik leytenant M. Kabirovvzvodiga Perelazovsk xutori yonidagi tepalikni egal-lash va ushlab turish vazifasi topshirildi. Vzvodning 40ta jangchisi hamma tomondan ochiq, dushmangako‘rinib turgan yalanglikdan o‘rmalab tepaga yurdi,qattiq jang, og‘ir yo‘qotishlar evaziga tepalikni ishg‘ol

O‘zbekistonliklarStalingrad jangida

Page 175: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

175

etdi. Tirik qolgan 11 jangchi dushmanning 300jangchisiga qarshi 12 kun davomida tepalikni qo‘ldanbermay jang qilishdi va dushmanni o‘sha tepalik yoni-da to‘xtatib qoldi. Ularning 9 tasi o‘zbek, 1 tasi qozoqva 1 tasi tatar edi. Og‘ir jangda B. Alimbekov, D.Ah-medov, B. G‘afforov, S. Mardonov, H. Musayev,S. Payziyev, N. Haitov, S. Tlenovlarning qoni ana shutepalikda abadiy qoldi. Faqat Abdurahmon Erdonovva M. Kabirovlar tirik qolishdi.

Bu tepalik hozirgacha «Sharqning 11 qahramonitepaligi» deb atalib kelinmoqda.

Mashhur Pavlov uyini mudofaa qilgan jangchilarorasida o‘zbek yigiti Kamoljon Turg‘unov ham bor edi.

Stalingradda jang qilayotgan namanganlik zobitMamasoli Jabborov 1942-yilning noyabrida o‘ziningmotoo‘qchilar rotasi bilan chekinib borayotgan dush-manning ikkita polkiga shiddatli hujum qilib 400 sol-dat va zobitni qirib tashladi, 230 tasini asirga tushirdiva anchagina qurol-aslahani o‘lja qildi. 117 fashistniyer tishlatgan Buxoro viloyatidan borgan merganHayit Xo‘jamatov 5 ta jangda o‘z pulemyoti bilandushmanning 300 dan ortiq askar va zobitini yer tish-latgan. Qorako‘l tumanidan borgan jangchi Haitov,Toshkent Pedagogika institutining talabasi YelenaStempkovskayalar jasorati Stalingrad jangi solnomasi-dan munosib o‘rin egalladi.

O‘zbekistonlik jangchilardan 2738 kishi «Stalingradmudofaasi uchun» medali bilan mukofotlandi.

1943-yil yozida Kursk yoyidabo‘lgan qattiq janglarda O‘z-bekistonda tuzilgan 62- va

69-o‘qchi diviziyalar, 162-O‘rta Osiyo—Novgorod—Shimol diviziya askar va zobitlari alohida jasoratko‘rsatdilar. O‘zbekistonliklar, shuningdek, 5- va 15-o‘qchi diviziyalar hamda 5-gvardiyachi va 62-gvardi-yachi o‘qchi diviziyalar tarkibida ham jang qildilar.

«Oryol» diviziyasi faxriy nomini olgan 5-o‘qchi diviziyatarkibida farg‘onalik Ahmadjon Shukurov ham bor edi. Budiviziyaga Zolotaryovka qishlog‘ini dushmandan tortib olishtopshirig‘i berildi. Zolotaryovka uchun bo‘lgan qattiq

Tub burilishga o‘zbe-kistonlik jangchilar

hissasi

Page 176: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

176

janglarda Ahmadjon Shukurov jasorat ko‘rsatdi. Dush-manning 110 ta askar va zobitini yer tishlatdi va 15 tasini asiroldi. Bu jasorati uchun unga Qahramon unvoni berildi vaZolotaryovka qishlog‘i Shukurovka deb ataladigan bo‘ldi.

Zilmat Hasanov bir o‘zi 80 fashistga qarshi jangqilib, 60 tadan ortig‘ini qirib tashladi, patronlari tuga-gach, qaltis paytda o‘zini ham, dushmanlarni hamportlatib yubordi. O‘zbek qizi, shifokor-jarroh Mu-qaddam Ashrapova namunali xizmati uchun 1-gvardi-yachi armiya jangchilarining mehr va hurmatigasazovor bo‘ldi. Pragagacha bo‘lgan jangovar yo‘lnibosib o‘tdi. Ko‘rsatgan jangovar jasoratlari uchunhukumat ordeni va bir necha medallar bilan taqdirlan-di. Muqaddam Ashrapova urushdan keyin ToshkentTibbiyot institutida ishlab, tibbiyot fanlari doktori, pro-fessor darajasiga erishdi, o‘z hayotini fanga va tibbiyotxodimlari tayyorlashga baxshida etdi.

Kurskda porloq g‘alabaga erishilgach, qizil ar-miyaning 2000 km uzunlikdagi frontlarda qudratlistrategik hujumi boshlanib ketdi. Shimoliy Don,Desna, Soj daryolari kabi suv to‘siqlari ham, dush-manning kuchli mudofaa pozitsiyalari ham qo‘shin-larimizni to‘xtatib qololmadi. Dushmanning Dneprdaryosining o‘ng qirg‘og‘ida mahkam o‘rnashib olish-dan iborat rejasini sindirish maqsadida jangchilarimizzudlik bilan Dneprni kechib o‘tishni boshladi.Toshkent viloyatida tuzilgan 441-o‘qchi diviziya jaso-rat ko‘rsatdi. Leytenant Ozerov otryadi daryoni kechibo‘tib Dnepr va Soj daryolarining burilish joyidagig‘arbiy sohilning kichik bir istehkomini egalladi.Fashistlar o‘q yog‘dirib, ularni yo‘q qilib tashlashgaintildilar. Tirik qolgan 10 tacha jangchi rota komandiriJo‘raxon Usmonov yetakchiligida madad yetib kelgun-cha ikki kecha-kunduz davomida marrani egallab turdi.Bo‘linmaning barcha jangchilari yuksak mukofotlargasazovor bo‘ldi, Jo‘raxon Usmonov Qahramon unvonibilan taqdirlandi. Dneprni birinchi bo‘lib kechibo‘tganlar orasida G‘ijduvon tumanidagi Navzakaronqishlog‘idan chiqqan starshina Vali Nabiyev, andijon-lik Qambarali Do‘smatov, qoraqalpoq XudoyberganShoniyozov, shofirkonlik Xalloq Aminov, romitanlik

Page 177: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

177

Sharif Ergashev, Buxorodan chiqqan T.A.Tixonov vaboshqalar bor edi.

Dneprni kechib o‘tishda, uning o‘ng qirg‘og‘idagiistehkomlarni egallashda ko‘rsatgan jasorati uchun jami,2348 jangchiga, jumladan, 26 nafar o‘zbek yigitlarigaQahramon unvoni berildi.

Kurskdagi g‘alaba va dushmanning Dneprdan uloq-tirib tashlanishi natijasida jahon urushining borishidatub burilish yasaldi, harbiy strategik tashabbus dush-mandan batamom tortib olindi. Stalingraddagi g‘alabaGitler Germaniyasining yengilishi muqarrarliginiko‘rsatgan bo‘lsa, Kursk va Dneprdagi g‘alaba nemis-fashist qo‘shinlarini halokatga mahkum etdi.

O‘zbekistonlik jangchilar Leningrad qamalini yo‘qqilish, Ukraina, Belorussiya, Moldaviya va Boltiqbo‘yirespublikalarini dushmandan ozod qilish uchunbo‘lgan janglarda qahramonlik namunalarini ko‘rsat-dilar. 1944- yil kuz oylariga kelganda dushman mam-lakatdan butunlay haydab chiqarildi, SSSR chega-ralari tiklandi.

Dushmanni tor-mor etish-da partizanlar harakatiningroli va o‘rni katta bo‘ldi.

Urushning dushman ustunlik qilgan dastlabki davridabutun-butun harbiy qismlar dushman qurshovidaqolib ketdi, ko‘plab askar va zobitlar noilojlikdan asir-ga tushib qoldilar. Asirlarning soni 5 mln kishidanortiqroq bo‘lib, ular orasida minglab o‘zbekistonliklarham bor edi. Asirga olinganlar orasida komissarlar,kommunistlar birinchilar qatorida surushtirib o‘tiril-masdan otib tashlanar edi. Qolganlari harbiy lagergatashlanardi, ularga qattiq azob berilar, sovuqda och-yalong‘och saqlanar edi. Dastlabki paytlarda fashistlarharbiy asirlarni ortiqcha yuk, keraksiz xo‘randa debo‘ldirib yuborishar edi. Keyinchalik urush dushmano‘ylaganchalik bo‘lib chiqmagach, harbiy asirlardantekin ishchi kuchi sifatida foydalana boshladi.

Dushman bosib olgan shahar va tumanlar aholisiGermaniyaga haydab ketildi. Ba’zi joylarda mehnatgalayoqatli bo‘lgan fuqarolarni o‘z ixtiyori bilan Ger-maniyaga ishga yollab olib ketishga ham urindilar.

O‘zbekistonlik partizanlar

Page 178: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

178

Germaniyaga olib ketilgan sovet fuqarolari soni 4 mlndan ortiq edi. Harbiy asirlar, haydab ketilgan fuqarolarOsvensim, Mautxauzen, Buxinvald va boshqa o‘nlab o‘limlagerlarida saqlanadi, xo‘rlanadi va ko‘plari o‘ldiriladi.

Dushman ishg‘ol qilgan tumanlar aholisining dush-man qamalidan chiqib olgan qismi yoki harbiy asirlik-dan qochgan jangchilar tog‘larga, o‘rmonlargayashirinib, partizancha kurashga o‘tdilar. Partizanlarharakati Markaziy shtabi tayyorlab yuborgan harbiymutaxassislar, razvedkachilar partizanlar orasiga borib,ularni yirik-yirik otryadlarga birlashtirib, uyushganholda dushmanga qarshi kurashdilar. Dushman qur-shovidan chiqib olgan o‘zbekistonlik jangchilar hamRossiyaning g‘arbi, Ukraina, Belorussiya, Moldaviyarespublikalarida partizan qo‘shinlarida ishtirok etdilar.

«Chekist» partizan otryadining razvedkachisi, qo‘rqmaspartizan Mamadali Topiboldiyevning nomi Belorussiyadamashhur bo‘ldi. U dushmanning 67 askar va zobitini yo‘qqilib, 180 tasini asirga oldi. Dovrug‘i butun partizanlaro‘lkasiga yoyilgan M.Topiboldiyev ko‘rsatgan jasoratiuchun Qahramon unvoniga sazovor bo‘ldi. Belorussiya-ning Pisarevo qishlog‘i o‘zbek xalqining jasur o‘g‘loninomiga Topiboldiyevka deb ataladi.

Gomel atrofidagi «Temiryo‘l urushi»da ishtiroketgan Jonibek Otaboyev, Bryansk atrofida dushmangato‘satdan zarba bergan I. Musayev, A. Hakimov,I. Qosimov va boshqalarning nomlari urush solno-masidan o‘chmas o‘rin oldi. Ukrainada dushmangaqiron keltirgan S.A. Kovpak, A.N. Soburov, A.F. Fe-dorov, M.I. Naumovlarning partizan qo‘shinlari safla-rida yuzlab o‘zbekistonlik qasoskorlar ham qatnashdi-lar. Ular dushman qismlariga to‘satdan hujum qilar,ko‘priklar va temiryo‘llarni portlatib dushmannisarosimaga solardilar.

O‘zbekistonlik jangchilarYevãîðà xalqlarini ozodetishda faol qatnashdilar.

Birinchi o‘zbek generali, 57-gvardiyachi diviziyaningqo‘mondoni Sobir Rahimov Polshada shonli xotiraqoldirdi. Uning diviziyasi Kavkazdan Sharqiy Prus-siyagacha bo‘lgan masofani qattiq janglar bilan bosib

O‘zbekistonliklar —Yevropa xaloskorlari

Page 179: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

179

o‘tdi. Ko‘rsatgan harbiy mahorati uchun ko‘p marta-lab hukumat ordenlari va medallar bilan taqdirlandi.1943-yil martida unga general-mayor unvoni berildi.

1943-yil mayidan 1944-yil apreligacha muddatdaSobir Rahimov Moskvadagi Oliy harbiy akademiyadata’lim oldi. U akademiyani tamomlab, avval Belo-russiyani ozod etishda, so‘ngra Polshaning Grud-zyandz, Gnev, Starograd, Dzyaddovo shaharlariniozod etish uchun bo‘lgan janglarda sarkardalarga xosharbiy san’atni namoyish etdi.

1945-yil 26-martda Gdansk shahrini ozod etish uchunbo‘lgan jangda general Sobir Rahimov halok bo‘ldi. SobirRahimovga o‘limidan so‘ng Qahramon unvoni berildi.Polsha xalqi o‘zbek xalqi kabi general Sobir Rahimovnomini e’zozlab kelmoqda. Gdansk shahridagi ko‘chalar,maktablarga Sobir Rahimov nomi berilgan.

O‘zbekistonliklar Yevropa mamlakatlarida avjolgan qarshilik ko‘rsatish harakatida ham faol qat-nashdilar. Ular dushmanning maxsus lagerlaridanqochib Chexoslovakiya, Polsha, Yugoslaviya, Gre-tsiya, Fransiyadagi Qarshilik harakatiga qo‘shilib jangqildilar. Samarqandlik G.G. Bulatov otryadi Polshadao‘nlab ko‘priklarni, temir-yo‘llarni portlatdi, dush-manning harbiy qismlari vajangovar texnikasi ortilganeshelonlarni ag‘dardi.1944-yil o‘rtalarida Slova-kiyada fashistlarga qarshiko‘tarilgan milliy qo‘z-g‘olonda o‘zbekistonliklar-dan partizan otryadi ko-mandiri V.F. Melnikov, R.Allamov, A. Narzullayev,R.Hamroyevlar ishtiroketdi. Yugoslaviyada ko‘r-satgan jasorati uchunfarg‘onalik Uksanboy Xol-matov 3 marta Yugo-slaviyaning mukofotlarigasazovor bo‘ldi.

Birinchi o‘zbek generali Sobir Rahimov.

Page 180: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

180

Fransiyada 37 millat va elatlarga mansub 2200sovet harbiy asirlaridan tuzilgan partizanlar polkiA.A. Kozaryan qo‘mondonligida fransuz partizanlaribilan birgalikda jang qilib, Ales, Vilfor, Sen-Sheli sha-harlarini, Gar va Lozer departamentining qishloqlari-ni fashistlardan ozod qildilar. Bu janglarda samar-qandlik Abdulla Rahmatov, Bulung‘ur tumanidanSariboy Shomurodov, toshkentliklar Rahmon Rahi-mov, Nasib Amirov va boshqalar faol qatnashdilar.

Fransiyaning janubini ozod etishda ko‘rsatgan jasoratiuchun qo‘qonlik Hoshim Ismoilov, toshkentlik TojiboyZiyayev Fransiyaning «Janna d’Ark kresti» ordeni bilanmukofotlandi.

Italiyaning Karraro shahri konlarida ishlatish uchunolib borilgan harbiy asirlar orasida andijonlik Turg‘unQo‘chqorov va Ahmad Mamajonovlar italiyalik parti-zanlar bilan aloqa bog‘lab toqqa qochadi. UlarGaribaldiyachi partizanlar otryadiga qo‘shilib dushmanqurol-aslaha omborxonalarini portlatishda, yo‘llardadushman kolonnalarini yo‘q qilishda, ko‘priklar vaeshelonlarni portlatishda faol qatnashadilar.

O‘zbekistonliklarning Qarshilik ko‘rsatish harakatidagiishtiroki Yevropa xalqlarini fashistlar asoratidan xalos qilishharakatiga qo‘shgan muhim hissa bo‘ldi.

Dushman o‘ta makkor edi.Harbiy asirlar o‘rtasida mil-

latlarni bir-biriga qarshi gijgijlash, kelib chiqishinemislardan bo‘lgan sovet fuqarolarini qulayliklaryaratish evaziga o‘ziga xizmatkorlikka olish, sovethokimiyatiga nisbatan norozilik kayflyatida bo‘lganayrim musulmon etnik guruhlaridan foydalanish kabisiyosiy yo‘llardan foydalanishga urinib ko‘rdi. Rozibo‘lmaganlarni ochlik va o‘lim bilan qo‘rqitar edi. Buxildagi usullar harbiy asirlarga ko‘proq ishlatilardi.Fashistlar harbiy asirlardan «Rus ozodlik armiyasi»,«Turkiston legioni», «Volga — Ural legioni» kabi har-biy qo‘shilmalar tuzishdi, ulardan partizanlarga qarshikurashda foydalandilar ham. Chet el manbalarida o‘zvatanining dushmanlari bilan «hamkorlik» yo‘liga kir-ganlar soni oz emas, ko‘p emas, qariyb 1 mln kishiga

«Turkiston legioni»

Page 181: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

181

yetganligi ko‘rsatiladi. Bunga Stalinning asirlikkatushib qolganlarni vatan xoinlari deb hisoblagani hamo‘z ta’sirini ko‘rsatgan bo‘lishi ehtimoldan xoli emas-dir. Haqiqatda ham ko‘pgina harbiy askarlar bundaylegionlarga majburan kiritilgan edi. Ular yashiringuruhlar tuzib partizanlar bilan aloqa bog‘lash yo‘liniqidirganlar. Masalan, 1944-yilning yanvarida gitlerchi-lar «Turkiston legioni» otryadini Chernogoriyadayugoslaviyalik partizanlarga qarshi jangga soladi.Otryadlarning birida 28 o‘zbek yigitlari — S. Fayziyev,A. Ahmedov, Z. U. Husanov va boshqalar bor edi.Zobit S. Fayziyev mahalliy aholi bilan aloqa bog‘laydiva uning ko‘rsatmasi bilan legionchilar fashistkomandirlarini otib tashlab, qurol-aslahalari bilantoqqa, partizanlar tomoniga yuradi. 1944-yil 25-maykuni 28 o‘zbekistonlik legionchilar Yugoslaviyadaharakat qilayotgan bolgar askarlari batalyonigaqo‘shilib ketadi. Ular orasida jang qilgan toshkentlikZ.U. Husanovning taqdiri hayratomuzdir. U 1941-yilda Smolenskda yarador bo‘ladi, tuzalib safga qayta-di va 1943-yil 5-iyulda 228-o‘qchi polki safida qahra-monlarcha jang qilib, og‘ir yaralanadi. Quroldoshlariuni halok bo‘ldi deb hisoblashadi, uyiga bu haqdaxabar yo‘llashadi. Unga Qahramon unvoni beriladi.Ammo jangchi o‘lmay qoladi, dushman uni og‘iryarador holda asirga oladi, keyin «Turkiston legioni»gakiritadi. Ziyamat Husanov o‘rtoqlari bilan partizanlartomoniga o‘tadi. Priepol shahrida fashistlarga qarshimardona jang qilib, ko‘plarni yer tishlatadi, o‘zi hamog‘ir yarador bo‘ladi, bir mahalliy ayol jangchini o‘zigakeltiradi. Italiyadagi harbiy kasalxonaga joylashtirisha-di. U to‘rt marta operatsiyani boshidan kechiradi,sog‘aygach o‘z yurtiga keladi. U keyinroq Qahramonunvoniga sazovor bo‘lganligidan xabar topadi.

Biroq omon qolgan harbiy asirlarning taqdiri hamog‘ir kechadi. Ular o‘z Vataniga qaytib kelgach,gumon ostida bo‘ldilar, ishga joylashishda, uy-joylibo‘lishda qiynaldilar. Ayrimlari yana lagerlarga, endisovetlar hukumatining lagerlariga tushib qoladilar.Bunday hollar Stalin va uning atrofidagilar yaratganishonchsizlik va gumonsirash vaziyatining oqibati edi.

Page 182: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

182

Urush o‘zining so‘nggi pal-lasiga kirdi. Berlin uchunqattiq janglar bo‘ldi. Urush

Qahramonlari Botir Boboyev, Tojiali Boboyev, SolihUmarov, «Shuhrat» ordenining to‘liq kavalerlariAbdulla To‘qmoqov va Said Niyazovlar Berlinni zabtetishda qahramonlarcha jang qildilar.

«Berlinni olganligi uchun» medali bilan o‘zbekistonlikjangchilardan 1706 kishi taqdirlandi. Fashistlar Germani-yasi tor-mor etildi. «Germaniya ustidan g‘alaba qozonil-ganligi uchun» medali bilan 109208 o‘zbekistonlik jangchitaqdirlandi.

O‘zbekistonlik jangchilar Yaponiyaga qarshi urush-da ham qatnashdilar. Ular 22-, 79-, 275-, 388-, 221-diviziya va boshqa harbiy qismlarning tarkibida jangqildilar. Seysin port shahrini egallashda 335-o‘qchidiviziyasi batalyoni tarkibida leytenant Fozil Karimov,razvedkachi Vali Sulaymonovlar alohida jasoratko‘rsatdilar. Dushman sohiliga tushirilgan desantchi-lar orasida pulemyotchi Nishon Bozorov chaqqonlikbilan jang qilib, yaponlarning 10 ta askari va 2 ta zobi-tini yer tishlatadi. U jangovar medal bilan mukofot-lanadi. Shuningdek, leytenant A.A. Karimov, o‘qchivzvod komandiri kichik leytenant U. Doniyorov,pulemyotchilar qismi komandiri S. Qo‘chqorov vaboshqalar ham dushmanga qaqshatqich zarba beradi-lar. Shimoli Sharqiy Xitoy va Koreyani egallab turganbir millionlik Kvantun armiyasi tor-mor qilinadi.Janubiy Saxalin, Kurill orollari yapon qo‘shinlaridanozod qilinadi. Yaponiya tor-mor etiladi.

O‘zbekistonliklarning urushda ko‘rsatgan mardligiva jasorati yuqori baholandi.

120 ming o‘zbekistonlik jangchilar, jumladan, 70 mingo‘zbek yigit va qizlari orden va medallar bilan mukofotlan-di. 300 ga yaqin askar va komandirlar Qahramon unvonigasazovor bo‘lishdi, ularning 75 nafari o‘zbeklardir. 32 nafaro‘zbekistonlik jangchi uchala darajadagi Shuhrat ordenibilan mukofotlandi.

6 yil davom etgan, butun insoniyat boshiga og‘irkulfatlar solgan Ikkinchi jahon urushi tamom bo‘ldi.Urush insoniyatga qimmatga tushdi, 50 milliondan

O‘zbekistonliklarningurushning so‘nggi pal-

lasidagi jasoratlari

Page 183: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

183

ortiqroq kishi halok bo‘ldi, 90 milliondan ortiq kishiyarador va mayib bo‘lib qoldi, moddiy talofatlar qim-mati 4 trillion dollardan oshib ketdi. Urush Yevropa,Afrika, Osiyo va Okeaniyada turli frontlarda bo‘ldi.Fashizmni tor-mor etishda ko‘p mamlakatlar qat-nashdi. Biroq urushning asosiy og‘irlik markazi SSSRxalqlari zimmasiga tushdi. 27 millionga yaqin kishiurush alangasida halok bo‘ldi, 18 milliondan ortiqroqjangchilar yarador va nogiron bo‘lib qoldilar.

O‘zbekistondan urushga safarbar etilganlardan263005 kishi halok bo‘ldi, 132670 kishi bedarak yo‘qoldi,60452 kishi nogiron bo‘lib qaytdi. Bu mash’um urushtufayli eng kamida to‘rt yuz ming oila bevosita ayriliq azo-biga duchor bo‘lgan. Agar qarindosh-urug‘larni hisob-lasak, butun mamlakat aholisi motam libosini kiygan.

Urushga bormaganlarga ham oson bo‘lmadi. Yuzminglab vatandoshlarimiz mehnat frontida zah-mat chekdilar, o‘zi yemasdan, o‘zi kiymasdan topgannasibasini frontga jo‘natib azob-uqubatlar tortdi.

Ikkinchi jahon urushiga qanday qaralmasin, bu urushqaysi g‘oya ostida va kimning izmi bilan olib borilganbo‘lmasin, o‘z vatani, el-yurtining yorug‘ kelajagi,beg‘ubor osmoni uchun jang maydonlarida halok bo‘lgan-larni, o‘z umrlarini bevaqt xazon qilgan insonlarni doimoyodda saqlaymiz.

I.A.Karimov. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir.Asarlar. 3-t. T.: O‘zbekiston, 1996, 81-bet.

Fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaning olamshu-mul tarixiy ahamiyati shundaki, u dunyodagi ko‘plabxalqlarni zo‘ravonlikdan, qullikdan, zulmdan ozodetdi, erkin, demokratik rivojlanish uchun, iqtisodiy vama’naviy taraqqiyot uchun yo‘l ochib berdi. O‘zbekxalqi fashizmni tor-mor etishga, olamshumul ahami-yatga molik g‘alabaga ulkan hissa qo‘shdi. Ikkinchijahon urushi butun insoniyatga katta saboq bo‘ldi.Eng muhim saboq shundan iborat bo‘ldiki, urushboshlanmasdan oldin unga qarshi kurashmoq, uningoldini olish tadbirlarini ko‘rmoq zarur. Shu maqsaddajahondagi ko‘pchilik mamlakatlar Birlashgan MillatlarTashkilotini (1945-yil) tuzdilar. Bu xalqaro tashkiloturushdan keyingi yarim asrdan ortiqroq davr davomi-

Page 184: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

184

da tinchlikni mustahkamlash, xalqaro va mintaqaviyxavfsizlikni ta’minlash masalalari bilan shug‘ullanibkelmoqda.

Urush davri O‘zbekiston tarixining uzviy bir qismi,biz uni unutolmaymiz. O‘zbekistonda urush faxriyla-riga, ularning oilalariga yordam berilmoqda, ulargaimtiyozlar yaratilgan. Respublika faxriylar uyush-masining tashabbusi bilan fashizm ustidan qozonilgang‘alabaning 50 yilligi munosabati bilan janglarda halokbo‘lgan 400 mingga yaqin vatandoshlarimiz haqidaarxiv materiallari to‘planib, bu ma’lumotlar asosida«Xotira» turkumida 33 kitob nashr etildi.

Fashizm ustidan g‘alaba qozonilgan 9-may kuniO‘zbekistonda «Xotira va Qadrlash kuni» sifatida ni-shonlanmoqda. Urushda qurbon bo‘lganlarni xotirlash,biz bilan hozirgi kunlarda yonma-yon yashayotganurush faxriylarini qadrlash, e’zozlash, hurmat-izzatinijoyiga qo‘yishdek ulug‘vor insoniy ishlar yoshlarniVatanga muhabbat ruhida tarbiyalashda, mustaqilO‘zbekistonning milliy xavfsizligini mustahkamlashdakatta ahamiyatga egadir.

Savol va topshiriqlar

1. Urushning dastlabki kunlarida fashist bosqinchilarigaqarshi janglarda o‘zbekistonlik jangchilar ko‘rsatgan jasorathaqida so‘zlab bering.

2. O‘zbekistonlik jangchilar Moskva uchun janglarda qan-day jasorat ko‘rsatganlar?

3. Zebo G‘aniyeva jasoratini bilasizmi?4. Urushda tub burilish yasashga o‘zbekistonlik jangchi-

lar qanday hissa qo‘shdilar?5. O‘zbekistonlik partizanlardan kimlarni bilasiz? Ularning

jasorati haqida so‘zlab bering.6. Yevropa mamlakatlarini fashizm asoratidan xalos

etishga o‘zbekistonlik jangchilar qanday hissa qo‘shdilar?7. Sobir Rahimov general unvonini qachon olgan, uning

jasoratini bilasizmi?8. «Turkiston legioni» nima, nima uchun u barbod bo‘ldi?9. Urush O‘zbekiston xalqi boshiga qanday kulfatlar

keltirdi?10. «Xotira va Qadrlash kuni» haqida nimalarni bilasiz?11. O‘zingiz yashayotgan shahar, tumandagi urush qat-

nashchilari, ularning jasoratlari haqida referat yozing.

Page 185: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

185

IV b o b. 1946—1990-yillardaO‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy,

iqtisodiy va madaniy hayoti

16-§. XALQ XO‘JALIGINING TIKLANISHI.MA’MURIYATCHILIKNING KUCHAYISHI,

ZIYOLILARNI QATAG‘ON QILISHNING YANGIBOSQICHI

Urish tamom bo‘lgach, O‘z-bekiston xalq xo‘jaliginitinch qurilishga î‘tkazish vatiklash ishlari boshlandi. Bu

jarayon boshqa respublikalardan birmuncha farq qilar-di. G‘arbiy viloyatlar va respublikalarda birinchi nav-batda vayron bo‘lgan xo‘jalikni tiklashga e’tibor beril-gan bo‘lsa, O‘zbekistonda xo‘jalikni tinch qurilishgao‘tkazish birinchi darajali vazifa edi.

Sovet davlati dasturlarida asosiy mablag‘lar vavositalar g‘arbiy hududlarga yo‘naltirilgan bo‘lib,Sharqdagi hududlar, jumladan, O‘zbekiston o‘z mab-lag‘larigagina tayana olardi. Buning ustiga yuqoridantiqishtirilgan baynalmilallik tamoyiliga ko‘ra O‘zbe-kiston xo‘jalikni tiklashdagi, aholini oziq-ovqat vaiste’mol mollari bilan ta’minlashdagi tanqisliklarga,malakali ishchi va mutaxassislar yetishmasligiga qara-may, g‘arbiy viloyatlarga har jihatdan yordam berish-ga majbur qilinar edi. O‘zbekiston aloqachilariDnepropetrovsk viloyatiga 300 mutaxassis, Toshkenttemiryo‘lchilari g‘arbdagi temiryo‘llarda ishlash uchun230 kishi yubordilar. O‘zbekiston, Qozog‘iston,Turkmaniston respublikalari Rossiyaning sharqiyviloyatlari, Chuvashiston, Tatariston va Boshqirdistonavtonom respublikalari, Ukrainaga 5000 ta traktor,300 ta avtomashina, 500 ta plug va ko‘p miqdordaboshqa qishloq xo‘jalik mashinalari yetkazib berdilar.Donbass shaxtalarini qayta tiklashga O‘zbekistonnasoslar, kompressorlar, ko‘targich kranlar, elektrkabellari va boshqa uskunalar yubordi. MarkazningO‘zbekistonni asosiy paxta bazasi sifatida qoldirishdan

O‘zbekiston xalq xo‘jaligining tinch qurilishga o‘tishi

Page 186: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

186

iborat yo‘li qat’iy edi. Shu bois urushdan keyinrespublikadagi mashinasozlik zavodlari qurol-aslahava boshqa harbiy mahsulotlar ishlab chiqarishdanqishloq xo‘jalik mashinalari ishlab chiqarishga moslabqayta jihozlandi. «Òàøñåëüìàø», «Óçáåêñåëüìàø»,«Êðàñíûé äâèãàòåëü», «Ïîäú¸ìíèê» va boshqamashinasozlik zavodlari paxtachilik hamda irrigatsiyaqurilishi uchun mashinalar, tirkama uskunalar, kulti-vatorlar, o‘g‘itlagichlar, chigit seyalkalari, g‘o‘zapoyayuluvchi, ko‘rak teruvchi mashinalar, ekskavatorlar,buldozerlar ishlab chiqarishga moslashtirildi. Kimyosanoati korxonalari mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish-ga moslab qayta qurildi. Yengil va oziq-ovqat sanoatixalq iste’mol buyumlari ishlab chiqarishni kengaytirdi.Urush yillarida boshlangan yirik inshootlar, jumladan,Farhod GESi, O‘zbek metallurgiya kombinatiningyangi korxonalari qurilishi davom etdi.

1946-yil 18-mart kuni SSSR Oliy Kengashitomonidan «SSSR xalq xo‘jaligini tiklash va yanadarivojlantirishning 1946—1950-yillarga mo‘ljallanganrejasi haqida qonun» qabul qilindi. Rejada vayronbo‘lgan xo‘jalikni tiklash, sanoat va qishloq xo‘jalikmahsulotlari ishlab chiqarishni urushdan oldingi dara-jaga yetkazish va yanada oshirishga erishish vazifasiilgari surildi.

O‘zbekiston rahbariyati Markaz tomonidan realimkoniyatlardan kelib chiqmagan, texnika vositalari vamoliyaviy resurslar tanqisligiga qaramay oshirib belgi-langan ko‘rsatkichlarni e’tirof etishga majbur bo‘ldi varespublikada amalga oshiriladigan tadbirlarni belgilabchiqdi. Bu vazifalar respublika Oliy Kengashining1946-yil avgustida tasdiqlangan «O‘zbekiston SSR xalqxo‘jaligini tiklash va rivojlantirishning 1946—1950-yil-larga mo‘ljallangan 5 yillik rejalari to‘g‘risidagiqonun»da o‘z ifodasini topgan. Rejada respublikadasanoat mahsulotlarini 52 foizga ko‘paytirish ko‘zdatutilgan edi. Paxtachilikni, xususan, paxta yig‘im-teri-mini kompleks mexanizatsiyalashni tugallash kabinoreal vazifalar qo‘yilgan edi. O‘zini hamma narsalarniqilishga qodir deb hisoblovchi partiya apparati kabi-netlarida o‘tirib belgilangan bu ko‘rsatkichlarga erishib

Page 187: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

187

bo‘lmasligi ko‘rinib turardi, amalda ham shundaybo‘ldi, rejalar bajarilmay qoldi.

O‘zbekistonliklar xo‘jalikni tiklash va yanada rivoj-lantirish yo‘lida astoydil mehnat qildilar. 1946—1950-yillarda 150 dan ortiq yangi sanoat korxonalari qurilibishga tushirildi. Quvvatiga ko‘ra SSSRda uchinchio‘rinda turuvchi Farhod GESining birinchi vaikkinchi navbatlari qurilib ishga tushirildi. 1-Oqqo-voq, 1-Bo‘zsuv, 2-Bo‘zsuv va boshqa gidroelektr stan-siyalari qurildi. 1945-yilda 1187 mln kilovatt/soatelektroenergiyasi ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 1950-yilda2681 mln kilovatt/soatga yetdi. Qora metallurgiyasanoati rivojlandi. O‘zbek metallurgiya kombinatining«300» prokat stani va yupqa listli «700» prokat staniqurildi, marten va prokat sexlari loyihadagi ishlabchiqarish quvvatiga yetdi. Kombinatda issiqlik elektrmarkazi ishga tushirildi. Kombinat 1950-yilda 119ming tonna po‘lat ishlab chiqardi va O‘zbekistonhamda boshqa respublikalar sanoati uchun yuqorisifatli po‘lat yetkazib beruvchi korxona bo‘lib qoldi.«Òàøñåëüìàø», «Óçáåêñåëüìàø», «×èð÷èêñåëü-ìàø» Samarqanddagi «Êðàñíûé äâèãàòåëü» vaboshqa zavodlar paxtachilik bilan bog‘liq mashinalarishlab chiqarishni kengaytirdilar. 1950-yilda 4803 tachigit seyalkalari, 7784 traktor kultivatorlari tayyor-landi. 1949-yilda 5 ta dastlabki paxta terish mashinasiSX—40 ishlab chiqilgan bo‘lsa, 1950-yilda esa 4641 taSX—40 ishlab chiqarishga erishildi. Paxta tozalovchimashinalar ishlab chiqarish 1946-yilda 363 tani tash-kil etgan bo‘lsa, 1950-yilda 1251 taga yetdi.

Yoqilg‘i sanoati tiklandi va rivojlandi. Farg‘onavodiysida Moyli va Shahrixon, Surxondaryo viloyati-da Kokaydi va Lalmikor neft konlari ochilib foy-dalanishga topshirildi. Oltiariq neft haydash zavodikengaytirildi. Neft ishlab chiqarish 1950-yilda 1,3 mlntonnadan oshdi. Polvontosh — Asaka gaz quvuriqurildi, gaz ishlab chiqarish ortib bordi va 1950-yilda52 mln kubometrni tashkil etdi.

Yengil sanoat o‘sib bordi. Farg‘ona va Qo‘qondayangi to‘qimachilik kombinatlari, Toshkentda trikotajfabrikasi, Buxoro, Samarqand va Namanganda ip

Page 188: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

188

yigirish fabrikalari qurilib ishga tushirildi. 1941-yilda107 mln metr ip gazlama ishlab chiqarilgan bo‘lsa,1945-yilda 85 mln metr, 1950-yilda 161 mln metr ipgazlama tayyorlandi. 1950-yilda 552 ming ustki kiyim,8427 ming ichki kiyim, choyshab, yostiq jildi kabitrikotaj buyumlari ishlab chiqarildi.

Transport tarmoqlari va yuk tashish ancha kengay-di. O‘zbekistonning Xorazm viloyati, Turkmanistonva Qoraqalpog‘iston hududlarini bog‘lovchi Chor-jo‘y — Qo‘ng‘irot temiryo‘l magistralining qurilishimuhim ahamiyatga ega bo‘ldi.

Toshkentda 29 km uzunlikdagi dastlabki trolleybusyo‘li ishga tushirildi. 1950-yilda 2070 km uzunlikdagitemiryo‘l, 28,7 ming km uzunlikdagi avtomobilyo‘llari, 814 ta pochta, telegraf va telefon korxonalariaholiga xizmat ko‘rsatdi.

Sanoat korxonalarini malakali ishchilar va muta-xassislar bilan ta’minlash choralari ko‘rildi. Ishchilartayyorlash hunar maktablari, fabrika-zavod ta’limi tar-moqlari, temiryo‘l bilim yurtlari, shuningdek, korxonava muassasalarning o‘zlarida tashkil etilgan kurslarorqali amalga oshirildi. Ta’limning ana shu tarmoqlariorqali 1946—1950-yillarda 216,7 ming ishchi kadrlaryetishtirildi. Shu yillarda respublika oliy texnika o‘quvyurtlari sanoat, qurilish, transport va aloqa tarmoqlariuchun 2372 muhandis, o‘rta maxsus o‘quv yurtlari esa5719 texnik kadrlar tayyorlab chiqardilar.

Respublika dehqonlari qishloq xo‘jaligini, ayniqsapaxtachilikni tiklashga va rivojlantirishga katta kuchsarfladilar. Bu sohadagi majburiy ko‘rsatmalar SSSRXKS va VKP(b) MQning 1945-yil 15-iyuldagi «O‘z-bekistonda paxtachilikni qayta tiklash va yanada rivoj-lantirish choralari to‘g‘risida»gi va SSSR XKSning1946-yil 2-fevraldagi «1946—1953-yillarda O‘zbe-kistonda paxtachilikni qayta tiklash va yanada yuk-saltirish rejasi va tadbirlari to‘g‘risida»gi ketma-ketqabul qilingan qarorlarida belgilab berilgan edi. Tubaholi manfaatlariga mos bo‘lmagan, paxta monokul-turasini yanada kuchaytirishga qaratilgan bu qaror-larni O‘zbekiston Kompartiyasi MQning 1945-yilsentabrida bo‘lgan XIII plenumi muhokama qilib,

Page 189: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

189

Markaz ko‘rsatmalarini o‘ziga dasturilamal debhisobladi va ularni bajarish yuzasidan tadbirlar ishlabchiqildi. Qishloq xo‘jaligida paxta ekiladigan maydon-larni yildan yilga ko‘paytirish asosiy vazifa bo‘libqoldi. Paxta va beda almashlab ekish uchun ajratiladi-gan sug‘oriladigan maydonlarni 1945-yildagi 947 minggektardan 1947-yilda 1287 ming gektarga, 1953-yilda1500 ming gektarga yetkazish belgilangan edi. Aynipaytda g‘alla, qand lavlagi, poliz va sabzavot ekiladi-gan maydonlar qisqarib bordi.

O‘zbekiston xalq xo‘jaligini rivojlantirish uchunmablag‘larning katta qismi paxtachilikka ajratildi vauning bilan bog‘liq bo‘lgan tarmoqlarga sarflandi.Respublika traktor parki ancha ko‘paydi, kolxozlargatexnik xizmatni ko‘rsatuvchi MTSlar soni 245 tagayetdi, ulardagi traktorlar soni 1950-yilda 29,5 ming-tani, paxta terish mashinalari soni 3617 tani tashkiletdi. Respublika qishloq xo‘jaligining yuk avtomobil-lar parki 1950-yilda 7934 ta yuk avtomobillari vaavtotsisternalarni tashkil etdi.

1949-yil 4-fevral kuni paxtaga davlat tayyorlovbahosini oshirish haqida hukumat qarori e’lon qilindi.Ilgari 1 tonna paxta xomashyosiga 1047 so‘m to‘lan-gan bo‘lsa, 1949-yildan boshlab 2200 so‘mga ko‘taril-di, ya’ni 1 tonna paxta xomashyosi 3 tonna bug‘doygatenglashtirildi. Paxtakorlar mehnati juda ham pastbaholanib qolaverdi, 1 tonna paxta yetishtirish uchun1 tonna bug‘doy yetishtirishga nisbatan 10—15 martako‘p mehnat sarflash talab qilinardi.

1950-yil avgustida bo‘lgan O‘zbekiston Kompar-tiyasi MQning VI plenumi qarorlari asosida kolxozlaryiriklashtirildi. O‘zbekiston SSRdagi 1777 ta maydakolxoz o‘rniga 1950-yil avgustida 752 ta yirik kolxozvujudga keldi.

Sovxozlar, kolxozlar, MTSlarni rahbar xodimlar vamutaxassislar bilan mustahkamlash choralari ko‘rildi.1947-yilda Toshkentda va Samarqandda ochilgan ikkiyillik kurslar kolxoz raislari va brigadirlarni tayyorlabberib turdi. Samarqand Qishloq xo‘jaligi institutidaMTS direktorlari va tuman qishloq xo‘jalik bo‘limlarimudirlarining malakasini oshirish 1 yillik kurslari ish-

Page 190: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

190

lab turdi. Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo‘jaliginimexanizatsiyalash muhandislari instituti qoshidaMTSlarning katta mexaniklari malakasini oshirish biryillik kurslari ochildi. 1947-yilning kuzida Toshkentdaagronomlar tayyorlaydigan uch yillik maktab tashkiletildi. Bu o‘quv tarmoqlari, shuningdek, qishloqxo‘jalik oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari, kolxoz,sovxoz, MTSlarni malakali rahbar va mutaxassislarbilan ta’minlashda ijobiy rol o‘ynadi. MTS direktorlariorasida oliy va o‘rta ma’lumotlilari 1944-yilda 36foizni tashkil etgan bo‘lsa, 1949-yilda 57,9 foizga yetdi.

1949-yil yanvarida bo‘lgan respublika komsomoli-ning XII syezdi 20 ming komsomol a’zosiniMirzacho‘lda doimiy ishlash va yashash uchun safar-bar etishga qaror qildi. 1949-yil 15-martgachaSirdaryo, Mirzacho‘l, Bekobod, Bo‘ka tumanlariga14,5 ming kishi, shulardan 10,5 ming komsomol a’zosidoimiy ishlash uchun keldi.

1949-yilda viloyat, shahar, tuman komsomol faol-laridan bir ming kishi qoloq kolxozlarga rahbarliklavozimlariga — rais, brigadir va zveno boshliqlaribo‘lib ishlash uchun yuborildi. Amalga oshirilgan tad-birlar ijobiy natija bera boshladi. Paxta hosildorligi bir-muncha oshdi. 1940-yilda gektaridan 14,9 s, 1945-yilda 10,9 s paxta olingan bo‘lsa, 1950-yilda respubli-ka paxtakorlari 2282,4 ming tonna paxta xomashyosiyetishtirdilar, hosildorlik gektariga 20,1 s ga yetdi.Qishloq xo‘jaligining boshqa tarmoqlarini tiklash tad-birlari ham amalga oshirildi. Respublika chorvachiligi-da murakkab vaziyat vujudga kelgan edi. Urush yilla-rida chorva mollari 1 mln boshdan ziyodroqqa kamay-gan edi. Chorvachi bo‘lmagan kolxozlarga jamoatchorvasini vujudga keltirishga yordamlashildi. Sigir,qo‘y, echkilar soni birmuncha ko‘paytirilgan bo‘lsa-da,urushdan oldingi darajaga yetmadi.

Gap-so‘zlar ko‘p bo‘ldi, ammo respublika chor-vachiligida jiddiy o‘zgarishlar bo‘lmadi, chorvachilikmahsulotlari yetishtirish qoniqarsiz ahvolda qolaverdi.Buning asosiy sabablari chorvachilikda moddiy-texni-ka bazasining nochorligi, chorva mollari zotini yaxshi-lash ishlarining yo‘lga qo‘yilmaganligi, chorvadorlar-

Page 191: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

191

ning o‘z mehnatidan moddiy manfaatdor emasligi vaboshqalardan iborat edi.

Respublika dehqonlari g‘alla yetishtirish, bog‘-dorchilik, uzumchilik va sabzavotchilikni rivojlantirishsohasida ham ter to‘kib mehnat qildilar. Ammo 1950-yilda ham bug‘doy, arpa, guruch, kartoshka, sabzavot,poliz mahsulotlari yetishtirish urushdan oldingi dara-jadan ancha past bo‘ldi. Masalan, 1940-yilda 280,1ming tonna, urush yillarida bundan ham ko‘proqbug‘doy yetishtirilgan bo‘lsa, 1950-yilda atigi 200,7ming tonna bug‘doy tayyorlandi. Buning asosiy sababibunday mahsulotlarni yetishtirish uchun sug‘oriladiganekin maydonlarining qisqartirilishi, bu sohaga yetarlimoliyaviy va texnika vositalarining ajratilmasligi edi.

Urushdan keyingi yillarda maktab yoshidagi bar-cha bolalarni maktablarga to‘la jalb qilish tadbirlariamalga oshirildi. Urush yillarida harbiy muassasalargaberilgan maktab binolari xalq maorifi organlariga qay-tarib berildi. Ular qayta ta’mirlanib, bolalarga ta’lim-tarbiya berish ishlari yo‘lga qo‘yildi. 1950-yilda 37 oliyo‘quv yurtida 40 ming talaba o‘qidi, bu 1940-yilganisbatan ikki baravardan ko‘p edi. O‘zbekiston Fanlarakademiyasi tarkibidagi 23 ta ilmiy-tadqiqot muassa-salari xo‘jalikni tiklash va yanada rivojlantirishgako‘maklashuvchi ilmiy izlanishlar olib bordilar.

Urushdan keyin xalqningmamlakatda rahbarlik qilishusullari normal holatga

o‘tadi, tinch qurilishga moslashtiriladi, ijtimoiy-siyosiyhayot demokratlashtiriladi, degan orzu-niyatlariro‘yobga chiqmadi. Aksincha, iqtisodiyotda, ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy hayotda ma’muriyatchilik kuchay-di. Mamlakatni boshqarish partiya davlat apparatidarahbarlik lavozimlarini egallagan tor doiradagi xodim-lar tomonidan tayyorlanadigan, shaxsan Stalin imzo-laydigan va matbuotda e’lon qiladigan farmon vaqarorlar orqali amalga oshiriladigan bo‘lib qoldi.Hammani, xususan, joylardagi rahbar bo‘g‘inlarninazorat ostiga olgan totalitar tuzum Kremlda o‘tirgan-larga mamlakatni farmon va qarorlar bilan boshqarishimkoniyatini berardi.

Ma’muriyatchilikningkuchayishi

Page 192: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

192

Respublikalarning, jumladan, O‘zbekistonning iqti-sodiy, ijtimoiy, madaniy sohalardagi muammolarni halqilish huquqlari yanada cheklanib bordi. Stalinningg‘alabani ta’minlashda rus xalqi asosiy rol o‘ynadi,degan g‘oyasi butun mamlakatni ruslashtirish siyosati-ga aylandi. Ommaviy axborot vositalari, Kompartiyava komsomol tashkilotlari ruslarni «katta», «ulug‘og‘amiz» deb targ‘ib qilardi.

Sovet hokimiyatining dastlabki yillaridanoq bosh-langan qishloq aholisini yerdan mahrum qilish jarayoniurushdan keyin ham davom etdi. 1946-yil sentabridaVKP(b) MQ va SSSR hukumatining «Kolxozlardaqishloq xo‘jalik ustavining buzilishini tugatish choralarito‘g‘risida»gi qarori e’lon qilindi. Qishloq xo‘jaligi bilanaloqasi bo‘lmagan 1300 ta tashkilotga yordamchixo‘jalik sifatida berib qo‘yilgan 6 ming gektar yernikolxozlarga qaytarish, kolxozlardagi boshqaruv appa-rati shtatidan 51 ming kishini qisqartirish kabi ijobiyishlar bilan birga jiddiy xatoliklarga, adolatsizlikka yo‘lqo‘yildi. Kolxozlar manfaatlarini himoya qilish bay-rog‘i ostida respublika qishloqlarida istiqomat qilayot-gan 50 ming kolxozchi oilasi qo‘lidagi tomorqa yerla-ridan 25 ming gektari ustavda belgilanganidan «ortiq-cha» deb tortib olindi. Kolxoz hududida yashagan,ammo unga a’zo bo‘lmagan 20 ming xo‘jalikning go‘yo«qonunga xilof» ravishda egallagan 2,5 ming gektar yer-lari ham tortib olindi. Qishloq aholisini yerdan mahrumetish jarayoni 50-yillarda ham davom etdi. Bu tadbirlarturmushi nochor bo‘lgan qishloq aholisining ahvoliniyanada og‘irlashtirdi. Bunday adolatsizlikka hech kimqarshi chiqa olmadi. Qishloq xo‘jalik arteliningodamlardan so‘ramasdan tuzilgan nizomini o‘zgar-tirishni, nizom qoidalarini qishloq aholisining man-faatlariga moslashtirishni respublika rahbariyati ham,qishloq aholisining o‘zi ham ko‘tarib chiqa olmadi.Negaki, totalitar tuzum hammani jilovlab olgan edi.Odamlar asoratga solingan, siyosiy mutelikda yashardi.

VKP(b) MQning 1946-yilfevralida qabul qilingan«Çâåçäà» va «Ëåíèíãðàä»

jurnali to‘g‘risida, «Katta hayot» filmi to‘g‘risida,

Ziyolilarni qatag‘on qi-lishning yangi bosqichi

Page 193: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

193

V. Muradelining «Buyuk do‘stlik» operasi to‘g‘risida-gi qarorlari ijodkor ziyolilarni qatag‘on qilishning yangito‘lqinini boshlab berdi. Bu qarorlar O‘zbekistonKompartiyasi organlari uchun ko‘plab olimlar, adabi-yot va san’at xodimlarini qatag‘on qilish uchun mafku-raviy asos bo‘lib xizmat qildi. Ularning ko‘pchiligi«o‘tmishni ideallashtirish»da, «feodal madaniyat oldi-da qullarcha tiz cho‘kish»da, «sovet turmush tarzinibuzib ko‘rsatish»da, «millatchilik»da ayblandi.

O‘zbekiston Kompartiyasi MQning 1949-yil 25-iyundagi «O‘zbekiston yozuvchilar soyuzining ishito‘g‘risida»gi qarorida Abdulla Qahhorning «Qo‘sh-chinor chiroqlari» romani tanqid qilindi. Yozuvchi-lardan Oybek, Mirtemir, Hamid G‘ulom, M.Shayx-zoda, M. Boboyev, A. Qayumov va boshqa yozuvchilarbadnom qilindi. «Sharq yulduzi», «Zvezda Vostoka»jurnallarining tahririyatlariga bir qator «yaramas» asar-lar chop etishga yo‘l qo‘ygan, degan jiddiy ayblarqo‘yildi.

1948—1949-yillarda 20 dan ortiq yirik talantliolimlar, yozuvchi va shoirlar qamoqqa olinib, yopiqravishda so‘roq qilinib, millatchilikda ayblanib, 15—25yilga ozodlikdan mahrum etildi va surgun qilindilar.

O‘zbekiston Kompartiyasi MQning 1950-yil 1-sentabrda qabul qilgan «O‘zbekiston Fanlar akade-miyasining ishi to‘g‘risida»gi qarorida bir qator iqti-sod, til va adabiyot sohasidagi olimlar millatchilikdaayblandilar.

O‘zbekiston Kompartiyasi MQning 1951-yil 8-apreldagi «O‘zbekiston SSRda musiqa san’atiningahvoli va uni yanada rivojlantirish tadbirlari to‘g‘risi-da»gi qarorida o‘zbek xalqining buyuk shoiri AlisherNavoiyning «Farhod va Shirin», «Layli va Majnun»dostonlari, «Tohir va Zuhra», «Alpomish» xalq dos-tonlarining afsonaviy folklor sujetlariga asoslanganopera, balet va musiqali drama spektakllarini yaratishva sahnalarda ko‘rsatish «zararli» ish deb baholandi.Bunday spektakllarni sahnalashtirgan ijodiy xodimlarqattiq tanqid ostiga olindi. Shuningdek, ko‘pgina kon-sert tashkilotlari va musiqali teatr xodimlari «eski, ar-xaik musiqani va juda g‘amgin, mungli maqom namu-7 — O‘zbekiston tarixi

Page 194: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

194

nalari»ni tarqatganligi uchun qoralandi. Qarorda«O‘zbekistonning musiqali san’ati hayotdan orqadaqolmoqda, o‘zbek xalqini kommunistik ruhda tar-biyalash maqsad va vazifalariga to‘la-to‘kis xizmat qil-mayotir», deb ta’kidlandi.

1951-yil 10-avgustda respublika matbuotida «Ba’zishoirlarning ijodidagi mafkuraviy buzg‘unliklarto‘g‘risida» degan maqola e’lon qilindi. Unda TurobTo‘la, Kamtar Otaboyev, Mirtemir, Sobir Abdulla,Habibiy asarlari kommunistik mafkuraga, xalqlardo‘stligiga zid g‘oyalarni ilgari suruvchi asarlar sifati-da tanqid qilindi, ular millatchilikda ayblandilar.

Shu yil 24-avgustda matbuotda e’lon qilingan«O‘zbek sovet adabiyoti vazifalaridan chetda» nomlimaqolada Oybek, H. Zaripov, H. Yoqubov, I. Sul-tonov va boshqa adiblar mafkuraviy og‘ishlarda qora-landi. M.Shayxzoda, Shukrullo Yusupov, SaidAhmad, G‘ulom Alimov (Shuhrat)lar 1951-yilda«sovetlarga qarshi millatchilik faoliyati»da ayblanibqamoqqa olindilar va keyinchalik 25 yilga ozodlikdanmahrum etishga hukm qilindilar.

1952-yil fevralida bo‘lib o‘tgan O‘zbekistonKompartiyasi MQning X plenumi ilmiy va ijodiyziyolilarni quvg‘in, ta’qib ostiga olishda yana bir turt-ki bo‘ldi.

Plenumda «Respublikada mafkuraviy ishlarningahvoli va uni yaxshilash choralari to‘g‘risida»gi masalamuhokama etildi va tegishli qaror qabul qilindi.Plenumda faylasuf V. Zohidovning ilmiy ishlariga bur-jua-millatchilik xatolari yuklandi, tarixchi A. Bo-boxo‘jayev va iqtisodchi O. Aminov panturkizmnitarg‘ib qilishda ayblandi. Ular «siyosiy va ishchanliksifatlari jihatidan egallab turgan lavozimlariga to‘g‘rikelmaydigan shaxslardir», deb hisoblandi va ishdanbo‘shatildi. Turob To‘la va M. Shayxzodalarning she’rva qo‘shiqlari «g‘oyasiz va axloqsiz asarlar» debbaholandi.

O‘zbek xalqining ma’naviy merosi, milliy qadriyat-lari yana bir bor oyoqosti qilindi, bu sohada so‘zyuritgan ijodkorlar qatag‘on qilindi. Tarixiy o‘tmishham, zamonaviy hayot ham kommunistik mafkura,

Page 195: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

195

sinfiylik nuqtayi nazardan turib qo‘pol ravishda buzibbaholandi. Natijada ma’naviy hayotga, falsafiy vabadiiy tafakkurga, madaniyatga katta zarar yetdi.

Stalin vafotidan keyin butun SSSRda bo‘lganidek,O‘zbekistonda ham shaxsga sig‘inish oqibatlarini tu-gatish tadbirlari ko‘rildi. Qatag‘on qilinganlar ishiniqaytadan ko‘rib chiqishga kirishildi. Ko‘pgina jinoiyishlar to‘qib chiqarilgani, minglab odamlar nohaq qa-malib, ozodlikdan mahrum etilganligi aniqlandi vaular oqlandi. Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon, Fitrat vaboshqa ko‘plab yozuvchi va shoirlar oqlandi. Shuk-rullo, Shuhrat, Hamid Sulaymon, Maqsud Shayxzodava boshqa adiblar ham oqlandi. Minglab partiya,sovet, komsomol xodimlari oqlandi. 50-yillarningboshlarida shubha ostiga olingan, har bir qadaminazorat qilinayotgan 60 dan ortiq yirik olimlar, adib-lar zimmasidan «millatchi, sovetlarning dushmani»degan yorliqlar olib tashlandi, tuhmatlardan xalosbo‘ldi, hayoti saqlanib qolindi.

Savol va topshiriqlar

1. Urush insoniyat boshiga qanday kulfatlar keltirdi?2. O‘zbekistondagi tiklash ishlarining g‘arbiy hududlarda-

gi tiklash ishlaridan farqlari nimalardan iborat?3. Sanoat korxonalari qanday maqsadlarda qayta jihoz-

landi?4. Chorjo‘y — Qo‘ng‘irot temiryo‘li qachon qurildi, uning

ahamiyati nimada?5. Paxta monokulturasi nima?6. Xalq xo‘jaligi uchun mutaxassislar tayyorlash masalasi

qanday hal etildi?7. Ma’muriyatchilikning kuchayishi deganda nimalarni tu-

shunasiz?8. Ziyolilarning qatag‘on qilinishi, uning oqibatlari haqida

so‘zlab bering.

17—18-§§. O‘ZBEKISTONNING IJTIMOIY-IQTISODIY HAYOTI. INQIROZLI HOLATNING

VUJUDGA KELISHI

50—80-yillar O‘zbekiston tarixidagi murakkabdavrlardan biridir. Bir tomondan, O‘zbekiston xalqi-ning fidokorona, bunyodkorlik mehnati tufayli

Page 196: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

196

respublika iqtisodiyoti anchagina rivojlandi. Ikkinchitomondan, SSSRda hukmron bo‘lgan totalitar tuzum,ma’muriy buyruqbozlikning kuchayishi natijasida ijti-moiy, iqtisodiy va ma’naviy hayotda bir qator muam-molar, noxush holatlar to‘planib borib, pirovardidainqirozli vaziyatni keltirib chiqardi.

50-80-yillarda O‘zbekistonsanoati ancha rivojlandi,qurilish ishlari kengaydi,

yangi sanoat tarmoqlari barpo etildi. Respublika xalqxo‘jaligini rivojlantirishda energetika sanoati muhimo‘rin tutdi. Shu boisdan, birinchi navbatda, elektrenergiyasi tarmog‘i kengaytirildi.

50—80-yillarda 7-Shahrixon GESi, ikkita Naman-gan GESlari, ikkita Bo‘zsuv GESlari, Chorvoq GESi,Xo‘jakent GESi qurilib ishga tushirildi. O‘zbek vatojik qardosh xalqlari birgalikda Tojikiston hududidaO‘rta Osiyoda eng yirik Qayroqqum GESini, XisravGESini qurib ishga tushirdilar. Gaz bilan ishlaydiganAngren, Taxiatosh, Navoiy, Sirdaryo, 2-AngrenGRESlari qurilib ishga tushirildi.

1985-yilda O‘zbekiston elektrostansiyalariningumumiy quvvati 9,9 mln kilovattdan ortdi. Shu yili47,9 milliard kilovatt/soat, ya’ni 1940-yilga nisbatan100 baravar, 1950-yilga nisbatan 18 baravar ko‘pelektr energiyasi ishlab chiqarildi. Elektr uzatgichliniyalari qurilishi kengaydi. Respublikaning barchaelektr stansiyalari O‘zbekiston yagona energosis-temasiga ulandi. Shuningdek, O‘zbekiston, Qozo-g‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston res-publikalarining yirik elektr stansiyalari MarkaziyOsiyo yagona elektr sistemasiga ulandi. Natijadasanoat, qurilish, transport, qishloq xo‘jali gini elektr-lashtirish ancha kengaydi, xonadonlarni elektrenergiyasi bilan ta’minlash yaxshilandi.

Yoqilg‘i sanoati o‘sdi. 50-yillarda Surxondaryoviloyatidagi Sharg‘un toshko‘mir koni o‘zlashtirildi vayuqori sifatli qo‘ng‘ir ko‘mir qazib chiqarila boshlan-di. 60-yillarda Buxoro va Xorazm viloyatlaridagi Gazli,Jarqoq, Sho‘rtepa, Sho‘rchi, Qarantay yangi neft kon-lari o‘zlashtirildi. 70-yillarda Farg‘ona vodiysida yangi

Energetika va yoqilg‘isanoati

Page 197: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

197

neft konlari ishga tushirildi. 1959-yili qurilib foydala-nishga topshirilgan Farg‘ona neftni qayta ishlash zavo-di ancha kengaytirildi. Zavodda texnika moylari, ben-zin, dizel yog‘ilg‘isi, parafin va boshqa 35 xil mahsu-lotlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.

O‘zbekistonda yirik gaz industriyasi bunyod etildi.Gaz sanoati Buxoro va Qashqadaryo viloyatlaridayirik gaz konlarining izlab topilishi va o‘zlashtirilishibilan bog‘liq ravishda yuksalib bordi. 50-yillarningikkinchi yarmida «O‘zbekneftegazrazvedka» trestiamalga oshirgan geologiya-qidiruv ishlari natijasida1956-yili gaz zaxiralari 500 milliard kubometrga tengbo‘lgan, foydalanishga eng qulay Gazli koni ochildi.Shuningdek, Muborak, O‘rtabuloq, Qultak, Shapatti,Uchqir, Jarqoq, Taxiatosh, Qorovulbozor neft va gazkonlari topildi.

Respublikamizda jami 100 dan ortiq neft va gazkonlari topilgan. Ularda 2 trillion kubometr gaz, 250mln tonna neft zaxiralari borligi aniqlandi. 1959-yiliBuxoroda neft va gaz qazib olishni yo‘lga qo‘yishmaqsadida «Buxoroneftgaz» boshqarmasi tuzildi.

1958—1960-yillarda «Jarqoq—Buxoro—Samar-

Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi korpusi.

Page 198: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

198

qand—Toshkent» gaz quvurini qurish ishlari olibborildi. 767 km uzunlikdagi gaz quvuri 1960-yil2-dekabrda qurib bitkazildi. Uning yillik quvvati 4,5mlrd kubometr gazga teng edi.

1960-yilda Shimoliy So‘x—Farg‘ona, ShimoliySo‘x—Qo‘qon gaz quvurlari qurilib ishga tushirildi.1959—1965-yillarda O‘zbekistondagi 37 shahar, 71tuman markazi va 20 ta posyolka va aholi yashaydiganmanzillar gazlashtirildi. 320 ta sanoat korxonasi, 3500dan ortiq kommunal-maishiy korxonalar va 400 gayaqin isitish qozonlari gaz bilan ishlashga tushirildi.

1964—1966-yillarda Muborak—Toshkent—Chim-kent—Bishkek—Almati gaz quvuri yo‘li qurilib foy-dalanishga topshirildi. Uzunligi 1317 km, diametri720 mm li po‘lat quvurlari orqali Qashqadaryo gazi-dan O‘zbekistonning ko‘pgina shaharlari, shuningdek,Qozog‘iston va Qirg‘iziston xalqi bahramand bo‘ldi.Keyingi yillarda Toshkent—Bishkek—Almati orali-g‘ida ikkinchi gaz quvuri qurildi. Shunday qilib,1958—1980-yillarda Buxoro, Gazli va Qarshi rayon-laridan Toshkent—Bishkek—Almatigacha yotqizilgangaz quvurlarining umumiy uzunligi 5686 km ni (uning3618 kilometri O‘zbekistonda yotqizilgan), yillik quv-vati 23 mlrd kubometr gaz yoqilg‘isini tashkil etadi.70-yillarda Muborakda qurilgan eng yirik gazni qaytaishlash zavodi yiliga 10 mlrd kubometr gazni tozalabberib turdi va yiliga 160 ming tonna oltingugurt ishlabchiqarishni ta’minladi.

1970—1972-yillarda 234 km uzunlikdagi Qo‘qon—Namangan—Andijon gaz quvuri qurilib foydalanishgatopshirildi. 1974—1978-yillarda Xovos—Farg‘onaquvuri yotqizildi. Uzunligi 677,8 km dan iboratbo‘lgan bu gaz yo‘lining 425,8 kilometri O‘zbekiston,qolganlari Tojikiston hududidan o‘tdi. Qashqadaryova Buxoro «zangori olov»idan qardosh Tojikistonxalqi ham bahramand bo‘ldi.

O‘zbekistonliklar respublikamiz hududidan ko‘plabboy tabiiy gaz konlarining topilishi va o‘zlashtirilaboshlanishidan behad xursand bo‘ldilar. Íàã bir oilao‘z xonadonida «zangori olov»dan foydalanishni orzuqilardi. Ammo o‘zbek xalqi respublikamiz hududida

Page 199: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

199

topilgan gaz konlariga xo‘jayin emas edi, ularningxo‘jayini uzoqda — Moskvada edi. O‘zbekiston gazi-dan qanday foydalanishni Markaziy hokimiyat kabi-netlarida o‘tirganlar belgilardi. Markaziy hokimiyatO‘zbekiston gazidan Uraldagi, SSSRning Yevropa qis-midagi shahar va posyolkalarni, korxona va xonadon-larni gazlashtirishda foydalanishga kirishdi. 1961—1963-yillarda zudlik bilan Buxoro—Ural o‘rtasidaqariyb 2000 km masofada 1020 mm li gaz quvurlariyotqizildi. Gazli gazi Uralning Chelyabinsk shahri-gacha bo‘lgan hududdagi shahar va posyolkalarga,korxonalarga yetib bordi. Buxoro—Ural gaz quvuriyo‘lining 2—3-navbatlarining qurilishi 1965-yildanihoyasiga yetkaziidi. Umumiy uzunligi 6100 km danuzun bo‘lgan Buxoro—Ural gaz transport sistemasiningyillik o‘tkazuvchi quvvati 21 mlrd kubometr o‘zbekzangori oloviga teng edi. Markaziy hokimiyat bu bilancheklanib qolmadi, O‘zbekiston va Turkmaniston gazi-ni bir yo‘la katta miqdorda G‘arbiy viloyatlarga uzatishrejalarini tuzdilar. Bu reja O‘rta Osiyo— Markaz gazquvuri nomini oldi. 1965—1975-yillarda 2750 kmuzunlikdagi O‘rta Osiyo—Markaz gaz yo‘li qurildi. 2yo‘llik O‘rta Osiyo—Markaz gaz quvurining umumiyuzunligi 5500 km bo‘lib, bu yo‘llar yiliga 80 mlrdkubometr yoqilg‘i uzatish quvvatiga ega bo‘ldi.Shunday qilib o‘zbek «Zangori olovi» uzoq-uzoq joy-lardagi korxonalar va xonadonlarni isitdi. Ko‘pginao‘zbekistonliklar asosan qishloq aholisining yonginasi-dan o‘tgan gaz quvurlariga ming alam bilan qarabqolaverdi, bu mamlakatimiz qaramligining oqibati edi,albatta. 1985-yilga kelib respublikada atigi 2,8 mlnxonadon, jumladan, qishloqlardagi 1,3 mln xonadongazlashtirilgan edi, xolos.

Respublikamizda mo‘1-ko‘l bo‘lgan gaz, neft,oltingugurt, ozokerit, osh tuzi, ohak, grafit, rangli me-tallurgiya chiqindilari, paxta va kanopni qayta ishlash-dan hosil bo‘ladigan chiqindilar kimyo sanoati uchunboy xomashyo bo‘lib xizmat qiladi. Kimyo sanoatidamineral o‘g‘it ishlab chiqarish yetakchi o‘rinda turaredi. Shu maqsadda 50-yillarda Samarqand superfosfatzavodi, 1962-yilda Farg‘ona azot o‘g‘iti zavodi, 1965-

Page 200: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

200

yilda Navoiy kimyo kombinati, 1969-yilda Olmaliqkimyo zavodi qurilib ishga tushirildi. 70-yillardaOlmaliq va Samarqand zavodlarida mineral o‘g‘itlarishlab chiqaruvchi yangi quvvatlar bunyod etildi.1985-yilda respublika kimyo korxonalarida 7,8 mlntonna mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarildi, bu 1960-yildagidan 7 marta, 1950-yildagiga nisbatan 15 martaortiq edi. Respublika qishloq xo‘jaligi mineral o‘g‘itlarbilan ta’minlandi va boshqa respublika, viloyatlargao‘g‘itlar chiqarildi.

O‘zbekistonda kimyo tolalari (Farg‘ona kimyotolalari zavodi), plastmassalar (Ohangaron «Santex-nika» zavodi, Jizzax plastmassa turbalari zavodi),maishiy kimyo mahsulotlari (1971-yilda barpo etilganOlmaliq maishiy kimyo zavodi, Quvasoy, Namangankimyo zavodi, 1971-yilda Toshkent yog‘-moy zavoditarkibida qurilgan sintetik yuvish vositalari zavodi) ish-lab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.

Respublika kimyo sanoatida zaharli vositalar,kislotalar ishlab chiqarish katta o‘rin tutadi. Andijongidroliz zavodi, Farg‘ona furan birikmalari zavodi,Yangiyo‘l bioximiya zavodi paxta, sholi, paxtachiqindilaridan spirt, oqsil achitqilari, furan va boshqamahsulotlar tayyorladilar. Farg‘onada triatsetilsellyu-loza, Navoiyda kotaran, Chirchiqda kaprolaktam ish-lab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. 1960-yilda 235,4 mingtonna sulfat kislotalari ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 1985-yilda 2,3 mln tonna tayyorlandi.

Markaziy hokimiyat tomonidan zaharli kimyovositalari ishlab chiqarish respublikaga 60—70-yillardatiqishtirildi. 1985-yilda 47,9 ming tonna turli zaharliximikatlar ishlab chiqarildi.

Zaharli vositalarning respublika paxta maydonlari-da haddan tashqari keng qo‘llanilishi natijasida atrof-muhit, ekologik vaziyat buzildi, odamlar turli-tumankasalliklarga chalindi. Odamlar sog‘lig‘i hisobiga paxtaxomashyosiga ko‘rsatilgan «g‘amxo‘rlik» xalqqa qim-matga tushdi.

O‘zbekiston metallurgiyasanoati taraqqiy etdi. 1962-

yilda O‘zbekiston metallurgiya sanoati kombinatida

Metallurgiya sanoati

Page 201: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

201

uzluksiz po‘lat quyuv qurilmasi ishga tushirildi. 1970—1980-yillarda elektr yordamida po‘lat eritish komplek-si va uning ikkita pechi qurilib ishga tushirildi. Kom-binatda po‘lat idishlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.Po‘lat eritish 1985-yilda 1,2 million tonnaga yetdi.

Rangli metallurgiya respublika sanoatining yetak-chi tarmog‘i hisoblanadi. 50-yillarda Olmaliq—Angren tog‘ sanoati rayonida mis, qo‘rg‘oshin, rux,volfram, molibden va boshqa nodir metallar konitopildi, ularni o‘zlashtirish jarayonida yirik Olmaliqkon-metallurgiya kombinati bunyod etildi.

1951-yilda Jizzax viloyati Forish tumanida Uch-quloch rangli metallar koni kompleks usullar yordami-da o‘rganilib, Pistali, Qo‘shqura, Uzoq, Markaziy,Sharqiy va boshqa qo‘rg‘oshin, rux, mis konlari topil-di va o‘zlashtirishga kirishildi. Jizzax—Uchqulocho‘rtasida gaz quvur yo‘li, avtomobil va temiryo‘llariqurilib, Uchquloch tog‘ jinslarini Olmaliq kon-metal-lurgiya kombinatiga tashib keltirish, ulardan qo‘rg‘o-shin, rux, mis ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Uch-quloch rangli metallar konining kengaytirilishi nati-jasida Uchquloch va Band posyolkalari vujudga keldi.

Respublikada 50 ga yaqin simob va surma konlari,Angrenda zaxirasi 10 milliard tonnaga yaqin bo‘lgankaolin gili koni topildi, ularni o‘zlashtiruvchi korxo-nalar qurildi.

O‘zbekistonda 60-yillarda oltin qazib olish sanoatibunyod etildi. Muruntov, Chodak, Konbuloq oltinkonlari, Farg‘ona vodiysidagi daryo o‘zanlaridasochma oltin, Nurota, Qurama, Zarafshon, Hisor,Pomir tog‘larida oltin tarkibli kvars qatlamlari varudalar mavjudligi aniqlandi. Respublika hududida 30ta oltin koni aniqlandi. Oltin qazib oluvchi Muruntovtog‘ boyitish kombinati, Marjonbuloq kombinati quril-di. «O‘zbekoltin» birlashmasi tuzilgach, uning tarkibi-da Chodak boyitish kombinati (1965), Angrenda oltinsaralash fabrikasi qurilib ishga tushirildi.

O‘zbekiston hududidagi rangli metall konlariga,shuningdek, oltin konlariga, ulardan noyob va nodirmetallar qazib olishga respublika xo‘jayinlik qilmasdi,ularga Ittifoq hukumati xo‘jayinlik qilardi. O‘zbekiston

Page 202: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

202

hukumati bu konlar va korxonalarda qancha oltin, mis,qo‘rg‘oshin, rux, volfram, molibden va boshqa nodirmetallar qazib olinayotganini, ularni kimlar qayergaolib ketayotganini, qayerda va qancha pulga sotilayot-ganini bilmas edi. Bu haqda gapirish va yozish hamtaqiqlangan edi. Bu holat o‘sha paytlarda «O‘zbekistonsuveren respublika» degan iboraning naqadar yolg‘on,quruq gap ekanligini yaqqol ko‘rsatib turibdi.

50-80-yillarda O‘zbekistonmashinasozlik industriyasi

ko‘p tarmoqli sohaga aylandi. 1985-yilda respublikasanoatida faoliyat ko‘rsatgan 1549 ta ishlab chiqarishbirlashmalari, kombinatlari va korxonalarining 100 danortig‘i mashinasozlik tarmog‘iga tegishli bo‘lib, ulardatayyorlangan mashinalar salmog‘i butun sanoat mah-sulotining 16 foizini tashkil etardi.

Respublikada, birinchi navbatda, paxtachilikka xiz-mat qiluvchi mashinasozlik tarmog‘ini rivojlantirishtadbirlari amalga oshirildi. Toshkent qishloq xo‘jaligizavodi (Òàøñåëüìàø) qishloq xo‘jaligi mashinasozli-gining bosh korxonasi hisoblanardi (O‘zbekistonPrezidenti I.A.Karimovning mehnat faoliyatining dast-labki yillari mana shu yirik zavodda o‘tgan. I.Karimovzavodda usta yordamchisi, usta-texnolog bo‘lib ishla-gan). «Òàøñåëüìàø» zavodida 1960-yilda 3184 tapaxta terish mashinasi ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 1985-yilda 9425 ta ana shunday mashina tayyorlandi. Bumashinalar Markaziy hokimiyat tomonidan ittifoqdoshrespublikalarga, shuningdek, Bolgariya, Yugoslaviya,Vengriya va boshqa 38 ta xorijiy mamlakatlarga eksportqilinardi. Toshkent qishloq xo‘jalik mashinasozlikzavodining Sirdaryo, Chirchiq va Asaka shaharlaridafiliallari qurilib, ularda paxta terish mashinalariningturli qismlarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.

50-yillarda qishloq xo‘jalik mashinalari uchunreduktorlar, bir qator traktor moslamalari ishlab chiqa-ruvchi zavod qurildi. Bu zavodga 1963-yili O‘zbekistontraktor yig‘uv zavodi, 1971-yildan esa Toshkent qishloqxo‘jalik mashinasozligi agregat zavodi nomi berildi.

1957-yilda paxta tozalash sanoati uchun mashinalarishiab chiqaruvchi «Òàøõëîïêîìàø» zavodi bazasida

Mashinasozlik sanoati

Page 203: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

203

yirik «Òàøàâòîìàø» zavodi barpo etildi. Zavoddapaxtani qop-qanorsiz tashuvchi transport vositalari va«GAZ—51» yuk avtomobili uchun ehtiyot qismlarishiab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Zavod 1967—1971-yil-larda qayta jihozlanib, traktor ishlab chiqarish yo‘lgaqo‘yildi va unga «Toshkent traktor zavodi» nomi beril-di. U 1970-yilda 21,1 ming ta traktor, 38,5 mingtapritsep (tirkama) ishlab chiqargan bo‘lsa, 1985-yilda26,4 ming ta traktor, 38,1 mingta pritsep ishlab chiqar-di. Zavod mahsulotlari Markaziy hokimiyat tomoni-dan Kuba, Eron, Afg‘oniston, Pokiston va boshqa 30dan ortiq xorijiy mamlakatlarga eksport qilinar edi.

Respublika qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashdaO‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mashinasozligi zavodimuhim o‘rinni egallaydi. 1948-yildan beri «Óçáåê-ñåëüìàø» nomi bilan yuritilib kelayotgan bu zavodo‘rish mashinalari, diskli baranalar, charxlash stanok-lari, nasos changlagich-purkagichlar, motigalar, chigitekish mashinalari ishiab chiqaradi. 1960-yilda ko‘rakchuvish mashinasi, 1965-yilda yerga to‘kilgan paxtaniteradigan, g‘o‘zapoya yuladigan mashinalar tayyorlashyo‘lga qo‘yildi.

1976-yilda O‘zbekiston qishloq xo‘jalik mashina-sozligi ishlab chiqarish birlashmasi tashkil etildi.Birlashmaga «Óçáåêñåëüìàø» zavodi, Toshkentkimyo qishloq xo‘jaligi mashinasozligi zavodi hamdaPaxtakor qishloq xo‘jalik mashinasozligi zavodi birik-tirildi. Birlashma korxonalarida turli modifikatsiyadagichigit ekish seyalkalari, paxta podborshchiklari,changlagich-purkagichlar, ko‘rak chuvish mashinalari,g‘o‘zapoya yuladigan mashinalar, ehtiyot qismlar vaxalq iste’mol mollari ishlab chiqarish tashkil etildi.Birlashma mahsulotlari ittifoqdosh respublikalar ham-da Hindiston, Eron, Afg‘oniston, Gretsiya kabi 28 taxorijiy mamlakatga eksport qilinar edi.

Mashinasozlikning paxtachilik kompleksi tarkibigakiruvchi yana bir yo‘nalish irrigatsiya mashinasozliktarmog‘idir. Bu tarmoqning markazi Andijondir.1965-yilda qurilib ishga tushirilgan Andijon irrigatsiyamashinasozligi zavodida yangi yerlarni o‘zlashtirish,kanallar va suv omborlari qurilishi bilan bog‘liq zovur

Page 204: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

204

kovlaydigan mashinalar, suv nasoslari, avtobenzosis-ternalar, yer tekislaydigan buldozerlar va skreperlar,greyderlar va kanallar tozalaydigan mashinalar, yukortib tushiradigan murakkab mexanizm va uskunalarishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.

Paxtachilik kompleksi bilan bog‘liq bo‘lganmashinasozlikning yana bir yo‘nalishi paxta tozalashsanoati va to‘qimachilik mashinalari ishlab chiqa-rishdir. Bu tarmoqning yetakchi korxonalari 50—60-yillarda qurilgan Toshkent mashinasozlik zavodi,Andijon «Kommunar» zavodi va boshqalar hisobla-nardi. Ularda paxta tozalash mashinalari, linterlar,paxta toylarini qabul qilish, saqlash, xillashning ko‘pmehnat talab qiladigan jarayonlarini mexaniza-tsiyalashtirish mashinalari, quritish-tozalash asboblari,yuk tashish mashinalari ishlab chiqarilar edi.

To‘qimachilik sanoati tarmog‘ida 1946-yildan berito‘qimachilik mashinalari ishlab chiqarilib kelayotganToshkent to‘qimachilik mashinasozligi zavodi yetak-chi o‘rinni egallaydi. Zavod 1948—1966-yillardato‘qimachilik mashinalarining 48 ta yangi turini ishlabchiqarishni yo‘lga qo‘ydi. 1966-yildan «PK—100»markali yigirish-eshish va shisha tolalariga ishlovberuvchi «PL—666» markali mashinalar ishlab chiqa-rish o‘zlashtirildi.

O‘zbekiston aviatsiya sanoati ham o‘sib bordi.Toshkentda 1941-yilda Ximki shahridan keltirilganzavod asosida aviatsiya zavodi barpo etilgan edi. Dast-lab u PS—84 va IL—2 samolyotlarini ishlab chiqaraboshladi. Toshkent aviatsiya zavodida 1953-yilda IL—14, 1958-yilda turli tipdagi transport samolyotlari,1966-yilda esa AN—22 samolyotlari tayyorlash yo‘lgaqo‘yildi. 1972-yilda V. P. Chkalov nomidagi ToshkentAviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi tashkil etildi.Uyushmaga Toshkent aviatsiya zavodi (bosh korxona),Andijon mexanika zavodi, Farg‘ona mexanika zavodiva Toshkent kislorod zavodi birlashtirildi.

Birlashmada samolyot yig‘iladi, uning turli detal vauzellari tayyorlanadi, shuningdek, xalq iste’molibuyumlari ishlab chiqariladi. O‘zbekiston Prezidenti I.Karimov ham 1961-yildan boshlab besh yil davomida

Page 205: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

205

Toshkent aviatsiya zavodida muhandis, yetakchimuhandis-konstruktor bo‘lib ishladi va yetuk muta-xassis bo‘lib toblandi.

50—80-yillarda O‘zbekis-tonda qurilish materiallari

sanoati rivojlandi. Urushgacha O‘zbekiston hududidabir nechta kichik g‘isht zavodlari, 1926-yilda Beko-bodda qurilgan Xilkovo sement zavodi, 1932-yildaqurilgan Quvasoy sement zavodi ishlagan bo‘lsa, 1985-yilda qurilish materiallari sanoatining ko‘plab kor-xonasi turli xil qurilish mahsulotlari ishlab chiqardi.Shular jumlasiga Bekobod, Quvasoy, Angren, Ohan-garon, Navoiy, Qumqo‘rg‘on yirik sement zavodlari,Toshkent, Chirchiq, Yangiyo‘l, Angren, Ohangaron,Bekobod, Bektemir, Jizzax, Samarqand, Andijon,Chirchiq, Farg‘ona, Qarshi, Nukus, jami 11 ta yirikpanelli uysozlik kombinatlari va boshqalar kiradi.

O‘zbekistonda turli xil qurilish materiallari —sement, shifer, asbosement quvurlar, pardozlash plita-lari, issiqni saqlaydigan (termoizolatsion), gidroizo-latsion materiallari, keramika quvurlari va boshqalarishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Angren uysozlikbuyumlari zavodida emallangan cho‘yan vannalari,rakovinalar, cho‘yan kanalizatsiya quvurlari, Angrenkeramika buyumlari kombinatida quvurlar, Xovosdasopol quvurlar ishlab chiqarildi. Mahalliy sanoat kor-xonalarida alibaster, ganch, ohak, cherepitsa, chiy,qamish, plitalar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan.

Hozirgi zamon qurilishida keng foydalanayotganmarmar va boshqa bezak toshlar asosida toshtaxtalartayyorlash taraqqiy topdi. O‘zbekistonda 34 ta mar-mar koni bor. Toshkent, G‘azalkent, Ohangaron,Kitob, Nukus va G‘azg‘onda marmarni qayta ishlash,undan qurilish materiallari tayyorlash zavodlari vakombinatlari faoliyat ko‘rsatmoqda.

Respublikada yengil sanoat-ni ustun darajada rivoj-

lantirishga imkon beruvchi barcha omillar mavjud.Birinchi navbatda ko‘plab paxta, pilla, kanop xom-ashyosi yetishtiriladi. Respublika yengil sanoatni rivoj-lantirish uchun zarur bo‘lgan yoqilg‘i-energetikasi va

Qurilish sanoati

Yengil sanoat

Page 206: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

206

to‘qimachilik mashinasozligiga ega. Aholi tabiiyo‘sishining yuqori darajasi yengil sanoatni ishchi kuchibilan yetarli darajada ta’minlash imkoniyatiga ega.Qolaversa, tez ko‘payib borayotgan aholi yengil sanoatmahsulotlarining asosiy iste’molchisi hamdir.

Tarix bunday omillar davlat mustaqilligi sharo-itidagina to‘la hisobga olinishi mumkin ekanliginiko‘rsatdi. 50—80-yillardagi qaramlik sharoitida O‘z-bekistonda yengil sanoat bir tomonlama rivojlantirish-ga yo‘naltirildi. Asosiy e’tibor paxta qabul qilish, paxtatozalash, pillakashlik, qorako‘l teriga va kanop tolasi-ga dastlabki ishlov berish, jun yuvish tarmoqlarinirivojlantirishga qaratildi. O‘zbekiston bunday xomash-yolardan tayyor mahsulotlar tayyorlash imkoniyatigaham, huquqiga ham ega emas edi. Bu masalaniMarkaziy hokimiyat hal qilardi. Tayyor xomashyoRossiya sanoat korxonalariga, Ittifoqning boshqa sha-harlariga olib ketilardi va tayyor mahsulotga aylantiri-lardi, ortib qolgan xomashyo boshqa mamlakatlargasotilardi va undan katta daromad olinardi.

Respublikada 80-yillarda 107 ta paxta tozalashzavodi, ko‘pchiligi quritish-tozalash sexlariga egabo‘lgan 490 ta paxta punktlari ishladi. G‘ijduvon,Buxoro, Namangan, Juma kabi yirik paxta tozalashzavodlarining har biri yiliga 100 ming tonna paxtaniqayta ishlardi. Yiliga respublikada 1,5 million tonnapaxta tolasi yetishtirib berilardi.

Respublika to‘qimachilik sanoati yetishtirilganpaxta tolasining atigi 10 foizini qabul qilishi va tayyormahsulotlarga aylantirish imkoniyatiga ega edi. 70—80-yillarning boshlarida respublika to‘qimachiliksanoatining yirik korxonalari — Buxoro to‘qimachi-lik kombinati (1973), Andijon ip-gazlama kombinati(1979), Nukus ip-gazlama kombinati (1983)ningJizzax paxta yigiruv fabrikasi, Qo‘rg‘ontepa, Marha-mat, Yangiqo‘rg‘on, Beshariq, Rishton, Vobkent,G‘ijduvon filiallari qurildi. Toshkent va Farg‘onato‘qimachilik kombinatlari tarkibidagi bir qator fab-rikalar qayta jihozlandi. Ip-gazlama ishlab chiqarish1960-yildagi 234,7 million metrdan 1985-yilda 395,7million metrga ko‘paydi.

Page 207: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

207

O‘zbekistonda mahalliyxomashyoni qayta ishlashga

asoslangan ko‘p tarmoqli oziq-ovqat sanoati komplek-si barpo etildi. Uning yog‘-moy, konserva, non, unyormasi, qandolat, go‘sht, sut, baliq, choy, tamaki,vino yetishtiruvchi tarmoqlari ishladi. 1985-yildaoziq-ovqat sanoati kompleksida 271 korxona faoli-yat ko‘rsatdi. Tarmoqning respublika sanoat mah-sulotlari umumiy hajmidagi salmog‘i 14 foizni tashkiletdi. Bu tarmoqda yog‘-moy sanoati yetakchi o‘rindaturardi. 1970-yillarda respublikada ishlaydigan 17 tayirik yog‘-moy korxonasi 2,2 million tonna paxtachigitini qayta ishlab, 294 ming tonna paxta yog‘i ish-lab chiqargan bo‘lsa, 1985-yilda O‘zbekistonda 451ming tonna paxta yog‘i ishlab chiqarilgan.

Respublikada go‘sht kombinatlari 1960-yilda 97,4ming tonna go‘sht, 18 ming tonna kolbasa mahsulot-lari ishlab chiqargan bo‘lsa, 1985-yilda 232,3 mingtonna go‘sht, 54 ming tonna kolbasa mahsulotlariyetishtirilgan. 24 ta sut zavodida 1985-yilda 554 mingtonna sut mahsulotlari, 1167 tonna sir, 10,9 mingtonna mol yog‘i yetishtirilgan.

Respublikada qandolat sanoati ham birmunchao‘sdi. 50-yillarda Namangan va Buxoro shaharlaridakonditer-makaron fabrikalari, 1964-yilda Yangiyo‘lkonditer fabrikasi ishga tushirildi. Yigirmanchi yillar-da qurilgan Toshkent «O‘rtoq» konditer fabrikasi1965-yilda tubdan rekonstruksiya qilindi. 1968-yildaYangiyo‘l drojji (achitqi) zavodi qurildi. 1985-yildaqandolat sanoati tarmog‘iga qarashli 60 ga yaqinzavod va sexlarda 165 ming tonna qandolat mahsulot-lari ishlab chiqarilgan.

Respublika sanoati bir tomonlama rivojlantirildi,boshqa mintaqalardagi korxonalar uchun xomashyobazasiga aylantirildi. Oltin, mis, qo‘rg‘oshin, rux, vol-fram, molibden kabi nodir metallar xomashyo sifatidaboshqa mintaqalarga olib ketilardi. Paxta, kanop mah-sulotlarining mo‘1-ko‘lligi yengil sanoatni ustun dara-jada rivojlantirish va katta daromad olish imkoniyatiniberardi, ammo bunday imkoniyatlarga amalda nazar-pisand qilinmadi. Respublika aholisi boy tabiiy

Oziq-ovqat sanoati

Page 208: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

208

resurslardan, og‘ir mehnat evaziga yetishtirilayotganqimmatbaho paxta xomashyosidan bahramand bo‘lol-madi.

Respublikada anchagina yirik sanoat korxonalariqurildi, biroq ular mustaqil ravishda tayyor mahsulotishlab chiqara olmas edi. Bu korxonalarda tayyor-lanadigan mashinalar, asbob-uskunalar uchun zarurbo‘lgan butlash buyumlari boshqa mintaqalardankeltirilar edi, respublika korxonalari Rossiya va Ittifoq-ning g‘arbiy respublikalaridagi korxonalarga qaram edi.

50-80-yillarda temiryo‘ltransporti ancha rivojlandi.

50-yillarda uzunligi 627 km bo‘lgan Chorjo‘y—Qo‘ng‘irot temiryo‘li qurildi va Quyi Amudaryo sha-har va tumanlari O‘zbekistonning boshqa hududlarihamda Ittifoq markazi bilan temiryo‘l orqali bog‘landi.1962-yilda qurilgan uzunligi 280 km bo‘lgan Navoiy—Uchquduq temiryo‘li yangi topilgan konlarni sanoatmarkazi bilan bog‘ladi.

Mirzacho‘l, Jizzax, Qarshi cho‘llarida yangi yer-larni o‘zlashtirish bilan bog‘liq ravishda 1962-yildaJizzax—Mehnat (133 km), 1970-yilda Samarqand—Qarshi (144 km) temiryo‘llari qurildi va yangi tashkiletilgan xo‘jaliklar respublika markazi va sanoatmarkazlari bilan qisqa masofada tutashtirildi. 1974-yilda Termiz—Qo‘rg‘ontepa (218 km), 1975-yildaTaxiatosh—Nukus (13 km) temiryo‘llari qurilib ishgatushirildi va Qoraqalpog‘iston poytaxti respublikaningtemiryo‘l tarrnog‘i bilan bog‘landi.

Avtomobil transporti tez sur’atlar bilan o‘sdi. 50—70-yillarda respublikada zamonaviy avtomobilyo‘llari — Katta O‘zbekiston trakti (Toshkent—Termiz) ta’mirlandi, Toshkent—Olmaliq, Toshkent—Buxoro—Nukus, Mo‘ynoq—Zarafshon, Samarqand—Chorjo‘y, Farg‘ona halqa yo‘li, Toshkent halqa yo‘liqurilib foydalanishga topshirildi. Qoraqalpog‘istontrakti qurildi, u To‘rtko‘l shahridan Amudaryoningso‘nggi sohili bo‘ylab Nukus shahri orqali Taxta-ko‘pirga olib boradi. Qizilqum cho‘lini kesib o‘tuvchiva qorako‘lchilik xo‘jaliklarini viloyat va respublikamarkazlari bilan bog‘lovchi Buxoro—Gazli—Sazakino

Transport

Page 209: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

209

avtomagistrali, Qamchiq dovoni orqali respublikapoytaxtini qisqa masofada Farg‘ona vodiysi bilanbog‘lovchi Toshkent—Angren—Qo‘qon yo‘li qurildi.

Toshkentdan barcha viloyat markazlariga va yirikshaharlarga, tuman markazlaridan kolxoz va sovxoz-larga, posyolka va qishloqlarga qatnaydigan avtomobilmarshrutlari tashkil etildi. Respublikada 70 dan ortiqavtobus-taksomotor parklari barpo etildi va ular o‘zdavrining texnika vositalari bilan ta’minlandi. Res-publikaning avtomobil yo‘llari uzunligi 80,4 ming kmni, shu jumladan, usti qattiq qoplama bilan qoplanganyo‘llar 66,7 ming km ni tashkil etdi. 1985-yilda avto-mobil transporti 1960-yilga nisbatan 5,5 marta ko‘pyuk tashidi yoki 1985-yilda 1,1 mlrd tonna xalq xo‘jali-gi yuklarini tashidi. Umumiy foydalanishdagi avtobus-larda passajirlar tashish 1985-yilda 2,5 mlrd kishinitashkil etdi, bu 1960-yilga nisbatan 7 marta ortiq edi.

Respublika iqtisodiyotida havo transportining aha-miyati ortib bordi. Havo yo‘llari respublikaning 120dan ortiq shahar va aholi manzilgohlarini bog‘ladi.Toshkent havo yo‘llari orqali Ittifoqning markaziyshaharlari, respublikalarnmg poytaxtlari, yirik sanoatmarkazlari bilan bog‘landi.

O‘zbekiston havo yo‘llarining uzunligi 60 ming kmga yetdi. 1985-yilda respublika aeroportlarida 5,5 mil-lionga yaqin passajir, 63,4 ming tonna yuk jo‘natildi.

Yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishda Toshkent met-ropolitenining o‘rni katta. Toshkent metrosi 1972-yil-dan boshlab qurila boshlandi, uning 12,1 kilometrlikbirinchi yo‘nalishi 1977-yilda, ikkinchi yo‘nalishi 80-yillarda foydalanishga topshirildi.

Respublikada aloqa vosita-lari tarmog‘i kengaydi.

Urushdan keyingi yillarda shaharlararo telefon, telegrafaloqalarining keng tarmoqlari vujudga keldi. Kabel varadiorele liniyalari qurildi. 1965-yilda Toshkent—Moskva va Ittifoqning boshqa shaharlari bilan koaksialkabeli orqali bog‘landi. 1971-yilda Toshkentda shahar-lararo kuchli avtomatik telefon stansiyasi ishga tushiril-di. 1972-yilda Samarqand, Buxoro, Termiz, keyinroqNamangan, Qarshi, Farg‘onada AMTS-IM tipidagi

Aloqa vositalari

Page 210: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

210

shaharlararo avtomatik stansiyalar ishga tushirildi.Natijada shahar telefon tarmoqlarining 160 ming abo-nenti o‘z telefonlaridan kod yordamida shaharlararoavtomatik telefon aloqasi bilan bog‘lanish imkoniyati-ga ega bo‘ldi. 1985-yilda shaharlardagi telefon stan-siyalarining abonent telefonlari soni 953,9 mingtagayetdi. Kolxoz va sovxozlar telefonlashtirildi.

1985-yilda respublikada 4166 ta pochta, telegraf vatelefon aloqasi korxonalari ishladi.

Radio eshittirish tarmoqlari kengaydi. 1956-yil 5-noyabrda O‘zbekistonda birinchi marta Toshkent te-levizion markazi ishlay boshladi. 60-yillarning oxir-larigacha Farg‘ona vodiysi, Samarqand viloyati hamtelevizion ko‘rsatuvlar bilan ta’minlandi. 1977-yildaSamarqand va Andijonga Toshkent televideniyesiningikki programmasini rangli tasvirda uzatishga erishildi.

1978—1979-yillarda Toshkentda balandligi 350metrli televizion minora qurildi. Urganch va Nukusdatelemarkaz qurilib ishga tushirildi.

O‘zbekiston iqtisodiyotidaqisnioq xo‘jaligi yetakcnio‘rinni egallaydi. 50—80-yillarda yerning meliorativ

holatini yaxshilash, yangi yerlarni o‘zlashtirish,sug‘orish inshootlari qurish ishlari avj oldirildi. KPSSMQ va SSSR Ministrlar Sovetining 1956-yilgi «Paxtayetishtirishni ko‘paytirish uchun O‘zbekiston SSR vaQozog‘iston SSRdagi Mirzacho‘l qo‘riq yerlarinisug‘orish to‘g‘risida»gi, 1958-yilgi «O‘zbekiston SSR,Qozog‘iston SSR va Tojikiston SSR dagi Mirzacho‘lnisug‘orish va o‘zlashtirish ishlarini yanada kengaytirishva jadallashtirish to‘g‘risida»gi qarorlariga asosan irri-gatsiya tarixida birinchi bo‘lib Mirzacho‘lda katta may-donlarda qo‘riq yerlarni o‘zlashtirish ishlari olib boril-di. Yirik ishlab chiqarish bazasi barpo etilib, qurilishishlari industrial asosda olib borildi. 1956-yilda qo‘riqyerlarni o‘zlashtirish bosh boshqarmasi «Ãëàâãîëîäíî-ñòåïüñòðîé», 1963-yilda irrigatsiya va sovxozlar quri-lishi bo‘yicha O‘rta Osiyo bosh boshqarmasi («Ãëàâ-ñðåäàçñîâõîçñòðîé»), ularning hududiy boshqar-malari tizimi tashkil etildi.

Qishloq xo‘jaligidayangi yerlarnio‘zlashtirish

Page 211: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

211

Yangi yerlarni o‘zlashtirish jarayoni yangi sovxoz-lar, ularning xo‘jalik binolari, aholi yashaydigan po-syolkalar bunyod etish bilan birga olib borildi. 1956—1965-yillarda Mirzacho‘lda 84 ming gektar yangi yero‘zlashtirildi, 16 ta paxtachilikka ixtisoslashgan, bittabog‘dorchilik-uzumchilik sovxozlari tashkil etildi. Shuyillarda o‘zlashtirilgan joylarda 456 ming kv metrturar joy binolari, o‘nlab maktablar, bolalar bog‘-chalari, kasalxonalar, oshxonalar, madaniy-maishiymuassasalar barpo etildi. 170 km temir va 759 kmavtomobil yo‘llari qurildi, 637 km elektr liniyalario‘tkazildi, xo‘jaliklar, turar joy binolari gazlashtirildi.1957-yilda Yangiyer va 1961-yilda Guliston shaharlarivujudga keldi.

1963-yil 16-fevralda markazi Guliston shahribo‘lgan Sirdaryo viloyati tashkil etildi. Viloyatda paxtaekiladigan yer maydonlari 1956-yildagi 120 ming gek-tardan 1965-yilda 211 ming gektarga, paxta xomashyosiyetishtirish esa 243 ming tonnadan 441 ming tonnagako‘paydi.

Mirzacho‘l yerlarini sug‘orish, meliorativ holatiniyaxshilash tadbirlari amalga oshirildi. Janubiy Mirza-cho‘l kanali qurildi.

Markaziy Farg‘ona, Qoraqalpog‘iston avtonomrespublikasida, Surxondaryo, Buxoro va Qashqadaryoviloyatlarida ham sug‘oriladigan dehqonchilikni ken-gaytirish, irrigatsiya-qurilish ishlari keng ko‘lamdaolib borildi. Qoraqalpog‘istonda yangi sholikorlik sov-xozlari ishga tushirildi. Buxoro viloyatida 1963-yildaAmu—Qorako‘l kanali, 1965-yilda Amu—Buxorokanali qurilib foydalanishga topshirildi. Natijada Bu-xoro viloyatida 90 ming gektar yer, jumladan, 26 minggektar yangi yer maydonlari sug‘oriladigan, Qizilqumsahrosida maydoni 300 ming gektardan ortiq yaylov-larga suv boradigan bo‘ldi.

Jizzax va Qarshi cho‘li, Mirzacho‘l, Surxon—She-robod va Markaziy Farg‘ona hamda Quyi Amudaryoyerlarini o‘zlashtirish, suv chiqarish ishlari avj oldi.

Jizzax cho‘lida 70 ming gektardan ko‘proq yangiyerlar o‘zlashtirildi. O‘zlashtirilgan yerlarda Mirza-cho‘l (1967), Do‘stlik (1970), Zafarobod (1973), Ar-

Page 212: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

212

nasoy (1977) tumanlari tashkil etildi. Sanoat korxona-lari barpo etilgan, aholi zichroq yashaydigan posyol-kalar bazasida Paxtakor (1974), Do‘stlik (1974),Gagarin (1974) shaharlari vujudga keldi. Jizzaxcho‘lida 1454 ming kv metr turar joy binolari, 21,9ming o‘rinli maktablar, 6800 o‘rinli bolalar bog‘-chalari, klublar, shifoxonalar, oshxonalar qurildi.1973-yilda Jizzax viloyati tashkil etildi.

Sirdaryo viloyatida yangi yerlarni o‘zlashtirish ish-lari davom ettirildi. 1966—1975-yillarda 181 minggektar yangi yerlar o‘zlashtirildi. 50-yillarning ikkinchiyarmidan 70-yillarning o‘rtalarigacha qishloq xo‘jalikishlariga kiritilgan yangi yerlar maydoni 280 minggektarni tashkil etdi. Bu yerlarda 55 ta sovxozlarvujudga keldi. Mirzacho‘l va Jizzax cho‘llarini o‘zichiga olgan yangi paxtachilik iqtisodiy rayoni vujudgakeldi, sanoat komplekslari qurildi. 1985-yilda Sirdaryova Jizzax viloyatlarida 731 ming tonna paxtaxomashyosi yetishtirildi.

Qashqadaryo, Surxondaryo, Buxoro, Andijon,Namangan, Farg‘ona, Samarqand, Xorazm viloyatla-rida, Qoraqalpog‘iston ASSRda ham suv xo‘jaligi,yangi yerlar o‘zlashtirish ishlari keng miqyosda olibborildi. 70-yillarda Amudaryo suvi hisobiga eng yirikTuyamo‘yin, Kampirrovot daryosi bo‘yida Andijon,Namangan viloyatida Chortoq va Eskar, Samarqandviloyatida Qoratepa, Surxondaryo viloyatlarida Surxonsuv omborlari bunyod etildi. Katta Namangan,Parkent va boshqa kanallar qurildi.

Shunday qilib, O‘zbekiston hududida 1946—1965-yillarda qariyb 600 ming gektar yangi sug‘oriladiganyerlar ishga tushirilgan bo‘lsa, 1966—1985-yillarda 1,6million gektar yangi yerlar o‘zlashtirilib foydalanishgatopshirildi. 1985-yilda 10 milliard kubometr suvnito‘plovchi 23 ta suv ombori, 197 ming km uzunlikda-gi kanallar, 900 ta sug‘orish sistemasi, 92 minggidrouzellar ishlab turdi. O‘zlashtirilgan qo‘riq yerlar-da 160 ta sovxoz tashkil etildi, 7,7 mln kv m turar joy,37 ming o‘rinli maktabgacha yoshdagi bolalar muas-sasalari, 102 ming o‘rinli umumta’lim maktablari barpoetildi.

Page 213: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

213

Respublika qishloq xo‘jaligi-da paxta monokultura sifati-

da rivojlantirildi. 1950-yilda 1,1 mln gektar yerga g‘o‘zaekilgan bo‘lsa, 1985-yilda qariyb 2 mln gektar yergag‘o‘za ekildi. Paxta xomashyosi shu yillarda 2,3 mlntonnadan 5,4 mln tonnaga yetdi. Hosildorlik har gek-tar hisobiga 20,1 sentnerdan 27,0 sentnerga ko‘tarildi.

Markaziy hokimiyat Ittifoq mehnat taqsimotida,yagona xalq xo‘jaligi kompleksida O‘zbekistonningasosiy o‘rni paxtachilik ekanligini qat’iy belgilabqo‘ygan edi. O‘zbekistonga og‘ir vazifa — SSSRningxalqaro maydonda paxta mustaqilligini ta’minlash vazi-fasi yuklatilgan edi. Mana shu boisdan paxta O‘zbe-kistonda monokulturaga, ya’ni hukmron tarmoqqaaylandi. 1985-yilda respublika paxta maydonlari bar-cha ekin maydonlarining uchdan ikki qismini egallaredi. Andijon, Farg‘ona, Sirdaryo, Jizzax, Buxoroviloyatlarida esa uning salmog‘i 70—75 foizga yetardi.Bu holat ekinlarni ilmiy asoslangan mezonlarga binoanalmashlab ekish va tuproq unumdorligini qayta tiklashimkonini bermasdi. Paxtachilikda juda zaharli ximikat-lar (butifos, merkaptofos) haddan tashqari ko‘pmiqyosda qo‘llanilardi, ularni saqlash va ishlatish qoi-dalari buzilardi. Bunday bedodlikdan odamlar zahar-lanardi, atrof-muhit ifloslanardi, suv, havo va tuproqham minerallashib zaharlanib bordi. Kasalliklar soniortdi, o‘lim, nosog‘lom bola tug‘ish hollari ko‘paydi.

Paxta og‘ir va mashaqqatli mehnat evaziga yetishti-rilardi, dehqonlar ter to‘kib ishlardi, biroq mehnatigayarasha haq olmasdilar. Negaki, birinchidan, paxtaxomashyosiga kam haq to‘lanar edi, ikkinchidan, paxtaxomashyosidan tayyor mahsulotlar tayyorlash asosanboshqa mintaqalarda amalga oshirilardi, daromadningko‘p qismini tayyor mahsulotlar tayyorlovchilar olardi,xomashyo yetishtiruvchilar nochor ahvolda qolaverdi.

O‘zbekiston qishloq xo‘ja-ligida makkajo‘xori, bug‘doyham yetishtirilardi. 1970-

yillarda barcha viloyatlarda 18 ta ixtisoslashganmakkajo‘xorichilik sovxozlari tashkil etildi va makka-jo‘xori yetishtirish sezilarli darajada ko‘paydi.

Paxta monokulturasi

G‘allachilikning ahvoli

Page 214: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

214

Biroq 80-yillarning o‘rtalarida bu tarmoqqa e’tiborkamaydi, makkajo‘xori ekishga ajratilgan ekin may-donlari keskin kamaytirildi. Natijada, makkajo‘xoriyetishtirish pasayib, 1985-yilda atigi 443,1 ming ton-naga tushib qoldi. Sersuv va jazirama issiq bo‘ladiganjoylarda sholi yetishtirilar edi. Sholi asosan Chirchiq,Ohangaron, Sirdaryo bo‘ylarida ekilardi. O‘zbekistonKompartiyasi MQ va Ministrlar Kengashi 1978-yilnoyabrida sholi yetishtirishni yanada ko‘paytirishto‘g‘risida qaror qabul qildi. Qarorga muvofiq Amu-daryoning quyi qismida — Qoraqalpog‘iston ASSR vaXorazm viloyatida ancha yerlar o‘zlashtirildi va ixti-soslashtirilgan maxsus sholikorlik sovxozlari tashkiletildi. 1985-yilda respublika bo‘yicha 482,9 mingtonna sholi tayyorlandi, bu 1970-yilga nisbatan 2,6marta ko‘p edi.

Respublikada bug‘doy, arpa yetishtirish imkoniyat-lari katta, ammo bu imkoniyatdan foydalanilmadi,bug‘doy ekish uchun sug‘oriladigan yer ajratilmadi.Bug‘doy va arpa bahorikor (lalmikor) yerlarga ekilar-di. Hosildorlik gektariga 5—8 sentnerdan oshmasdi.1985-yilda atigi 387,9 ming tonna bug‘doy yetishtiril-di, aholining bug‘doyga bo‘lgan talabi mutlaqoqondirilmasdi, respublikaga boshqa mintaqalardanbug‘doy keltirilar edi. Respublika dalalarida shirin-shakar mevalar va uzum, qovun va tarvuzlar, sabza-votchilik mahsulotlari yetishtirildi. Respublikada 49 tasovxoz meva va uzum yetishtirishga ixtisoslashtirilganedi.

196l-yilda respublikada 116,5 ming gektar meva-zor, 46,4 ming gektar uzumzorlar bo‘lgan bo‘lsa,1985-yilda ularning maydoni ancha kengayib, meva-zor bog‘lar 206,1 ming gektarni, uzumzorlar 133,4ming gektarni tashkil etdi. Shu yillarda mevayetishtirish 152,2 ming tonnadan 633,0 ming tonnaga,uzum tayyorlash 223,6 ming tonnadan 635,6 tonnagako‘tarildi.

Barcha viloyatlarda, ayniqsa yirik shaharlar atrofi-da kartoshka, sabzavot yetishtirish yo‘lga qo‘yildi.50—80-yillarda respublikada 45 ta sabzavotchilikkaixtisoslashtirilgan kolxoz, 35 ta sabzavot, sutchilik

Page 215: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

215

sovxozlari tashkil etildi. Sabzavot, kartoshkayetishtirish va poliz ekinlari maydoni 1960-yildagi108,9 ming gektardan 1985-yilda 196,3 ming gektargakengaydi. Shu yillarda kartoshka yetishtirish 162,7ming tonnadan 240,7 ming tonnaga, sabzavot tayyor-lash 377,3 ming tonnadan 2,4 mln tonnaga, polizmahsulotlari 263,7 ming tonnadan 790,0 ming tonna-ga ko‘paydi. Xorazm, Jizzax, Sirdaryo viloyatlaridako‘p miqdorda qovun-tarvuz yetishtirildi.

Chorvachilik ham o‘sdi.60-yillarda qoramolchilikka

ixtisoslashtirilgan 30 ta sovxoz tashkil etildi. 70-yil-larning ikkinchi yarmida davlat va kolxozlar mab-lag‘lari hisobiga 45 ming sigir boqiladigan sutchilikkomplekslari, 65 ming buzoq boqiladigan go‘shtchilikkomplekslari va ochiq maydonda 190 ming boshqoramol boqiladigan 13 ta ixtisoslashtirilgan kompleks-lar qurildi. 1985-yilda xo‘jaliklar 4,1 mln bosh qoramol,shu jumladan, 1,6 million sigir boqilib, mahsulotlaryetishtirildi. 1982-yilda chorvachilik, cho‘chqachilik vasutchilik komplekslari soni 82 taga yetdi.

Buxoro, Jizzax, Navoiy, Qashqadaryo, Samarqandviloyatlari, Qoraqalpog‘iston ASSRda 90 taga yaqinixtisoslashtirilgan qorako‘lchilik sovxozlarida 5 mlndan ortiqroq qorako‘l qo‘ylari boqilib, qimmatbahoqorako‘l teriiar yetishtirildi. Shuningdek, 3 mln bosh-dan ortiqroq hisori va jaydari qo‘ylar boqildi.

60—70-yillarda parhez parranda go‘shti, tuxumishlab chiqaradigan 20 dan ortiq yirik parrandachilikkomplekslari barpo etildi, parrandalarni oziqlantirish,ko‘paytirish, tuxum va go‘sht yetishtirish ishlari mexa-nizatsiyalashtirildi. 1985-yilda respublikada 33,5 mlntovuqlardan qariyb ikki mlrd dona tuxum olindi, bu1960-yildagiga nisbatan to‘rt marta ortiq edi.

O‘zbekistonda sobiq Ittifoq bo‘yicha yetishtirilganpillaning uchdan ikki qismi yetishtirilardi. 1985-yildaxo‘jaliklar tomonidan yetishtirilib davlatga sotilganpilla 32,2 ming tonnaga yetdi. Shuningdek, yiligao‘rta hisobda 4 ming tonnaga yaqin asal tayyorlandi.Amudaryo, Sirdaryo va Orol dengizi qirg‘oqlaridaandatra, nutriya, norka va boshqa hayvonlar urchitil-

Chorvachilik

Page 216: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

216

di, mo‘ynalar tayyorlandi. Baliqchilik xo‘jaliklari1985-yilda 26 ming tonna mahsulotlar yetishtirdilar.

Mustabid sovet tuzumi sha-roitida dasturilamal bo‘lib

qolgan «Inson tabiatning xo‘jayini» degan soxta maf-kuraviy da’vo, xo‘jalik yuritishning yaroqsiz usullari,tabiiy va mineral xomashyo zaxiralaridan vahshiylar-cha foydalanish kabi illatlar ekologik muammolarnikeltirib chiqardi. O‘zbekistonda yerning nihoyat dara-jada sho‘rlanishi, tuproq unumdorligining pasayishi,yerning zaharlanishi va buzilishi, havo bo‘shlig‘i,yerusti va yerosti suvlarining ifloslanishi ekologikmuhitni yomonlashtirib bordi.

Cho‘l-u sahrolarni o‘zlashtirish borasidagi dabda-bali tadbirlar, paxta monokulturasining kuchayishi,Amudaryo va Sirdaryo havzalari bo‘ylab sug‘orishtizimlarini jadal suratda qurish ishlari Orol fojiasinikeltirib chiqardi. Orol dengizining sathi qariyb 20metrga pasaydi, uning sohillari 60—80 km ga chekin-di, u endi yaxlit dengiz emas, balki ikkita qoldiq ko‘lgaaylanib qoldi. Dengizning suv qochgan 4 mln gektar-dan ortiqroq tubi qumli, sho‘rxok sahroga aylandi.Undan kuchli shamol, bo‘ron orqali ko‘tarilgan tuz,chang-to‘zonlar atrof-muhitni yemirmoqda, odamlarsog‘lig‘ini yomonlashtirmoqda. Oshqozon raki,tuberkulyoz, qorin tifi, kamqonlik, siydik yo‘llari vajigar toshi, qon bosimi va boshqa kasalliklar ko‘paydi.Bolalar va xotin-qizlar o‘limi ko‘payishi kuzatilmoqda.

Yiliga 90 kunlab davom etadigan kuchli bo‘rontufayli 15—75 million tonna tuzli qumlar atmosferagako‘tarilib 300—500 km masofaga yoyilmoqda.Orolning qurib borishi ekologik kulfat darajasiga aylan-di, uning atrofida yashaydigan qariyb 35 million kishixavf-xatar ostida qoldi.

50—80-yillarning birinchiyarmi Vatanimiz tarixidagieng murakkab davrlardanbiridir. Bir tomondan, meh-

natkashlarning fidokorona mehnati tufayli respublikaiqtisodiyoti rivojlandi. Ikkinchi tomondan, ijtimoiy,iqtisodiy, ma’naviy hayotda muammolar, noxush

Orol fojiasi

Ijtimoiy-iqtisodiy ha-yotda inqirozli holatning

vujudga kelishi

Page 217: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

217

holatlar to‘planib borib, pirovardida inqirozli vaziyat-ni keltirib chiqardi. Respublikaning iqtisodiy rivojla-nish yo‘lida to‘xtab qolishlar yuz bermasa-da, olg‘atomon siljish sur’atlari tobora sekinlashib, pasayibbordi. 20-yillar oxiri — 30-yillarda shakllangan xo‘ja-lik yuritish tizimi boshqaruvning ma’muriy-buyruq-bozlik usuli 30-yillarda, urush davrida, tiklash yillari-da muayyan samara bergan bo‘lsa-da, 50-yillardane’tiboran ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga to‘siq bo‘laboshladi. 1956-yilda ijtimoiy hayotda iqtisodiyotniqayta qurishlar, boshqaruvni demokratiyalashtirishgaurinishlar bo‘ldi. Avvallari Markazda hal etilgan ayrimmahalliy masalalarni respublikalar ixtiyoriga berish,ijtimoiy hayotni demokratlashtirish, boshqaruvni joy-larga yaqinlashtirish, boshqaruv apparatini qisqartirish,korxonalarning xo‘jalik mustaqilligini kengaytirish,xo‘jalik tomorqalarini boshqarishning hududiy tartibi-ga o‘tish tadbirlari ko‘rildi. Biroq bu tadbirlar yarim-yorti o‘zgarishlar bo‘lib, iqtisodiy aloqalar va muno-sabatlarning chuqur qatlamlariga borib yetmadi. Uningustiga bu o‘zgarishlar, demokratlashtirish jarayonlarikonservativ kuchlarning qarshiligiga duch keldi vato‘xtab qoldi.

60-yillarning o‘rtalarida iqtisodiy islohotlar qilishgakirishildi. 1965-yilgi islohotda sanoat, qurilish vaqishloq xo‘jalik korxonalarini xo‘jalik hisobigao‘tkazish, rag‘batlantirish tizimini takomillashtirishniko‘zda tutgan tadbirlar mo‘ljallandi. Korxonalar uchunyuqoridan rejalashtiriladigan ko‘rsatkichlar qisqardi,korxonalar faoliyatiga baho berishda ishlab chiqilganyalpi mahsulot emas, realizatsiya qilingan mahsulotasosiy ko‘rsatkich deb belgilandi. Biroq siyosiy vaziyato‘zgarmadi, u iqtisodiy islohotga zid bo‘lib qolaverdi.Markaziy siyosiy hokimiyatning iqtisodiyotni nazoratqilishi, buyruqbozlik yanada kuchaydi, rejadagi tadbir-larga tez-tez tuzatishlar kiritila boshladi, korxonalarhuquqlari cheklana bordi. Iqtisodiy metodlar yanama’muriyatchilik bilan almashtirildi. Islohot bosh-qaruvning o‘rta qismiga, korxonalargagina daxldorbo‘lib, u boshqaruvning yuqori eshelonlarini o‘zgarti-ra olmadi. Qarorlar qog‘ozda qolib ketdi. Ularni amal-

Page 218: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

218

ga oshirishni ta’minlovchi jiddiy o‘zgarishlar bo‘lmadi,rahbariyatda siyosiy iroda yetishmadi. Islohotlar 60-yillarning ikkinchi yarmida biroz samara berganbo‘lsa-da, biroq umuman ko‘zlangan natijani bermadi.60-yillarning iqtisodiy islohoti jamiyatning siyosiy, ijti-moiy va ma’naviy rivojlanishiga, ishlab chiqarishmunosabatlarining tub mohiyatiga daxl qilmadi. Shusababli muvaffaqiyatsizlikka uchradi.

Boshqaruvning ma’muriy-buyruqbozlik tizimiyaratgan to‘g‘onoqli mexanizm keyingi yillarda hamijtimoiy-iqtisodiy hayotda progressiv qayta o‘zgarish-larni, 1979- yilgi iqtisodiyotni isloh qilish yo‘lidagiurinishlarni barbod qildi. 70-80-yillarda bo‘lib o‘tganKPSSning barcha syezdlarida rivojlanishning intensivshakliga o‘tish zarurligi qayta-qayta ta’kidlangan edi.Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, rahbarlikdaiqtisodiy usullarga o‘tish vazifalari qo‘yilar edi. Ammobu vazifalar amalda direktivaligicha qolardi. So‘z bilanish o‘rtasida uzilish ro‘y berdi. Taraqqiyotda depsi-nish, inqirozli holatlar yuz berdi.

Jamiyatning siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hayotidayuzaga kelgan inqirozli holatning sabablari va ildizifikrlashning orqada qolganligida, muayyan tarixiysharoitga yetarli siyosiy baho bera olmaganlikda edi.60-yillarning oxirida ilmiy va siyosiy hayotga kiribkelgan «rivojlangan sotsializm» tushunchasi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot darajasini aniqlashda jiddiynazariy xatoga yo‘l qo‘yilganligining oqibati bo‘ldi.Sovet jamiyatining holati qay darajada ekanligigaobyektiv baho bermaslik real hayotga to‘g‘ri kelmay-digan strategik va taktik yo‘1-yo‘riqlarni belgilashgaolib keldi. Qo‘lga kiritilgan yutuqlarni ulug‘lash, miq-dor ketidan quvish, kamchiliklarni payqamaslik sin-gari yaramas illatlar borgan sari hayotda mustahkamo‘rnasha bordi.

Natijada respublika iqtisodiyotida, butun SSSRdabo‘lganidek, inqirozli vaziyat belgilari vujudga kelaboshladi. Rasmiy ma’lumotlarga binoan, milliy daro-madning o‘rtacha yillik o‘sishi pasayib, 1960—1965-yillardagi 7,8 foizdan 1981—1985-yillarda 3,3 foizgatushib qoldi. Aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan sof

Page 219: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

219

daromadning o‘sish sur’ati 1965—1985-yillarda yettimarotabaga kamaydi.

Iqtisodiyotda ishlab chiqarishning intensiv usulla-riga o‘tish, moddiy xomashyo va energetika boylikla-ridan foydalanish sohasida juda katta xatoliklarga yo‘lqo‘yildi. Moddiy boyliklarni saqlash o‘rniga ulardanayovsiz foydalanishga yo‘l tutildi, mehnat imumdorli-gi pasayib ketdi. Iqtisodiyotdagi inqiroziy holatlar ijti-moiy sohaga ham o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmadi.Ijtimoiy ehtiyojlar uchun mablag‘lar taqsimlashningqoldiq prinsipi va taqsimotda tekischilik qonun-qoidasining ustun bo‘lishi ijtimoiy adolatsizlikning avjolishiga olib keldi. Ijtimoiy tanglik, millatlararo mu-nosabatlarning keskinlashuvi ichkilikbozlik, giyoh-vandlik, chayqovchilik, poraxo‘rlik va boshqa shu kabiillatlarning keng yoyilishida o‘z ifodasini topdi.

Ijtimoiy munosabatlarda mehnatni rag‘batlantirishtizimining buzilishi oqibatida murakkab vaziyatvujudga keldi. Ko‘p holatda yuqori malakali mehnathaq to‘lashda kamsitildi. Injener va ishchi, vrach vasanitariya xodimi deyarli bir xil maosh olardi.Natijada aholining mehnatga qiziqishi va faolligisusaydi. Bu esa o‘z navbatida mehnat unuminingpasayishiga olib keldi. Yillar mobaynida ana shundayholatning takrorlanishi mamlakat miqyosida mahsulottanqisligini yuzaga keltirdi.

Noxush holatlar sog‘liqni saqlash hamda xalqmaorifi sohalarini ham qamrab oldi. Davlat budjeti-dan ajratilayotgan mablag‘ tobora kamayib bordi. Buesa ana shu sohalar moddiy-texnik bazasiningeskirishiga, ta’limning va aholiga tibbiy xizmat ko‘rsa-tish sifatining yomonlashuviga olib keldi. Mamlakatdabolalar bog‘chalari, maktablar, teatr va kino uchunbinolar yetishmasligi ham odatdagi holga aylandi.Jumladan, 1985-yilda maktab binolarining yetish-masligi natijasida o‘quvchilarning to‘rtdan uch qismiikkinchi yoki uchinchi smenada o‘qirdi. Umumta’limmaktablarining 32 foizi vodoprovod suvi bilan, 60foizi markaziy isitish tarmog‘i bilan ta’minlanmaganedi. Respublika ijtimoiy hayotida imzosiz xat, tuhmat,tanqid uchun o‘ch olish singari illatlar ham avj oldi.

Page 220: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

220

Bu esa odamlar ijtimoiy ruhiyatining salbiy tomongao‘zgarishiga olib keldi. Tayyoriga ayyorlik, boqiman-dalik kayfiyatini keltirib chiqardi.

Noxush holatlar milliy munosabatlarni ham chet-lab o‘tmadi. Bu sohadagi muammolar tobora ko‘pto‘planib boraverdi. Vazirlik va boshqarmalarningxodimlari har doim ham milliy shart-sharoitlarni vaurf-odatlarni, ekologik vaziyatni hisobga olib ish yuri-tish zarurligini e’tiborga olavermadi. Bir qancha joy-larda ortiqcha ishchi kuchlari paydo bo‘la boshladi.Birgina Farg‘ona vodiysining o‘zida 200 ming yigit vaqiz ishsiz edi.

Jamiyatda sodir bo‘layotgan ijtimoiy jarayonlar, shujumladan, milliy o‘zlikni anglash, o‘z xalqining tarixi-ga, ma’naviy merosiga hamda urf-odatlarga qizi-qishning kuchayishi yetarlicha e’tiborga olinmadi vachuqur tahlil qilinmadi. Bu jarayon tub joy aholi bilankelib o‘rnashib qolgan aholi o‘rtasidagi nisbatningo‘zgargan davrida ayniqsa keskinlashib bordi. Milliyo‘ziga xoslikni asrash, milliy til va urf-odatlarni saqlabqolish muammolari kuchayib bordi.

Rahbarlikning ma’muriy buyruqbozlik usuligaasoslangan davlat va Kompartiyaning o‘sha paytdaolib borgan millatlarni bir-biriga sun’iy yaqinlashtirishsiyosati milliy respublikalar va boshqa milliy tuzil-malarning huquqlarini cheklab qo‘ydi, ijtimoiykeskinlikning xavfli manbalarini vujudga keltirdi,respublikalararo munosabatlarda ziddiyatli vaziyat-larni vujudga keltirish uchun shart-sharoit hozirladi.

Qishloq xo‘jaligida sifat ko‘rsatkichlari yildan yilgapasayib bordi. Qishloq mehnatkashlarining o‘zmehnatlari natijalaridan manfaatdorligi susaydi.

Yildan yilga «Markazning buyurtmasi» hisobigapaxta xomashyosini yetishtirish ko‘payib borgan bo‘l-sa-da, undan aholining olayotgan sof daromadi kam-ligicha qolaverdi. Qishloq oilasining har bir a’zosigato‘g‘ri keladigan oylik daromad Rossiyada 98,1 so‘mnitashkil etgan bir paytda, O‘zbekistonda o‘z tomorqasi-dan tushadigan daromad bilan birgalikda hisoblangan-da 58,9 so‘mga teng bo‘ldi. Natijada O‘zbekiston

Page 221: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

221

xalqining turmush darajasi pasayib, SSSR miqyosidaoxirgi o‘rinlarga tushib qoldi.

Taraqqiyotga to‘sqinlik qiluvchi o‘ziga xos mexa-nizm siyosat sohasini ham o‘z domiga tortdi. Bosh-qaruv apparatining byurokratlashtirilishi, qarorlarqabul qilish va uni hayotga tatbiq etishda nodemokratikusullarning qo‘llanishi, qonunlarning bajarilishinita’minlovchilarning o‘zlari tomonidan qonunchilik-ning buzilishi, davlat va ijtimoiy hayotga doirmasalalarda oshkoralikning yo‘qligi, ommaning pas-sivligi va shu singarilar siyosat sohasidagi inqirozningnamoyon bo‘lishi edi.

70—80-yillarda partiyaviy rahbarlikning ma’muriy-buyruqbozlik uslubi tendensiyasi kuchaydi. Hammasohalarda boshqarish funksiyalari partiya tashkilotlariqo‘lida to‘plangan edi. Qabul qilingan qarorlarnibajarishda mas’uliyat tobora susayib bordi, ommabilan aloqa zaiflashdi. Davlat hayotiga chuqur kiribborgan noxush holatlar borgan sari taraqqiyotga to‘siqbo‘la boshladi.

SSSR Konstitutsiyasiga binoan xalq deputatlarisovetlari davlatning hokimiyat organlari hisoblansa-da, amalda ular partiya tashkilotlarining ijrochilarigaaylanib qolgan edilar. Sovetlarning sessiyalari hamKompartiya tomonidan oldindan tayyorlanadiganqonun va qarorlarni yakdillik bilan ma’qullar edi.

Sovetlar obro‘sining pasayishi qonunlarning baja-rilishiga o‘zining salbiy ta’sirini o‘tkazdi. Qonunlarturli xildagi hujjatlar bilan almashtirildi. 70-yillarningoxiri — 80-yillarning boshiga kelib xalq xo‘jaliginiboshqarishda 200 mingga yaqin har xil buyruqlar vako‘rsatmalar to‘planib qolib, xo‘jaliklar faoliyatinio‘rgimchak singari o‘rab, chalkasntirib tashlagan edi.Mavjud imkoniyatlarni hisobga olmasdan ishlabchiqilgan oziq-ovqat, agrar, ijtimoiy va boshqa soha-lardagi dasturlar iqtisodiy qarama-qarshiliklarni chu-qurlashtirib yubordi.

Respublika partiya va hukumat rahbariyatida qan-day qilib bo‘lsa ham Markaz va KPSS rahbariyati,xususan, L. I. Brejnev oldida «yuzni yorug‘ qilish»gaintilish kuchaydi. O‘z navbatida quyi partiya tashki-

Page 222: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

222

lotlarining respublika rahbariyati oldida «yuzni yorug‘qilish», bergan va’dalari ustidan chiqish uchun nîðîkyo‘llarni axtarishi keng tus oldi.

O‘zbekiston Kompartiyasi MQning 1984-yil iyunoyida bo‘lib o‘tgan XVI plenumida partiya, sovet vadavlat xo‘jalik organlari faoliyatidagi jiddiy xatoliklarva qonunbuzarlik to‘g‘risida ochiq-oydin gapirildi.Biroq plenum tobora chuqurlashib borayotgan noxush-liklarning ildizini, keltirib chiqargan tub sabablarnito‘liq ochib bera olmadi. Shu boisdan keyinchalik hamnoxush jarayonlar davom etaverdi. Mahalliy ahamiyat-ga molik ishlarni amalga oshirishda O‘zbekiston par-tiya tashkilotlarining ishiga Markazning aralashuvikuchaydi. Bu esa respublikadagi nosog‘lom vaziyatniyana ham murakkablashtirdi.

Iqtisodiy va ijtimoiy hayotning tobora yaqqolroqnamoyon bo‘layotgan inqiroziy holatlarini bartarafetish, O‘zbekistonni yuqori taraqqiyot darajasiga olibchiqish uchun yangicha yo‘l tutish zaruriyati to‘liqyetilgan edi.

Savol va topshiriqlar

1. 50—80-yillarda qanday elektr stansiyalari qurildi?2. Qaysi hududlarda gaz va neft konlari topildi?3. Jarqoq—Buxoro—Samarqand—Toshkent gaz quvuri

qachon qurildi va uning ahamiyati nimada?4. O‘zbekiston gazidan qaysi respublikalar foydalandi?5. O‘zbekistonda qanday metallurgiya korxonalari quril-

di?6. O‘zbek oltini haqida nimalarni bilasiz?7. Qaysi korxonalarda qishloq xo‘jalik mashinalari ishlab

chiqarilgan?8. Qanday to‘qimachilik korxonalari qurildi?9. Yangi temir va avtomobil yo‘llari qurilishi haqida ni-

malarni bilasiz?10. O‘zbekistonning qaysi hududlarida yangi yerlar o‘z-

lashtirildi?11. Paxta monokulturasi nima?12. Ijtimoiy-iqtisodiy hayotda qanday noxush holatlar

vujudga keldi?13. Qanday ekologik muammolarni bilasiz?14. Orol fojiasi haqida referat yozing.

Page 223: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

223

19-§. MADANIY VA MA’NAVIY HAYOT

50-yillarda maktab qurilishi,bolalarni maktabga jalb qi-

lish ishlari anchagina kengaydi. Yetti yillik umumiymajburiy ta’lim amalga oshirildi. Biroq xalq ta’limidajiddiy nuqsonlar mavjud edi. Ta’limning mazmunihayotdan orqada qolganligi yaqqol ko‘rinardi. Birin-chidan, maktab o‘quvchilarining bilim saviyasi pastedi. Ikkinchidan, o‘n yil o‘qib, maktabni tamomlabchiquvchilar birorta kasb-hunarni egallamas, mehnatmalakalarini olmas edilar.

1958-yil dekabrida SSSR Oliy Soveti «SSSRdagimaktabning turmush bilan aloqasini mustahkamlash vaxalq maorifi tizimini yanada rivojlantirish to‘g‘risida»qonun qabul qildi. Qonunda o‘qitishni turmush bilanbog‘lab olib borish, yoshlarni aqliy, ma’naviy, jismoniyjihatdan yetuk qilib shakllantirish, ularga umumiy poli-texnik bilim berish vazifalari qo‘yildi. Ayni shungao‘xshagan qonun 1959-yilda O‘zbekiston SSR OliyKengashi tomonidan ham qabul qilindi. 10 yillik o‘rtamaktablar 11 yillik maktablarga aylantirildi.

Maktablar uchun yangi o‘quv rejalari, dasturlari vadarsliklar yaratildi. Maktablarda ustaxonalar qurildi.Maktab tajriba uchastkalari vujudga keldi. Fizika vamatematika fanlarini o‘rganish uchun ajratilgan soat-lar ko‘paytirildi. O‘quvchilarga mashinasozlik, sanoat,qurilish va qishloq xo‘jaligi bo‘yicha amaliy mash-g‘ulotlar o‘tish yo‘lga qo‘yildi. 1962-yildayoq umumiymajburiy sakkiz yillik ta’limga o‘tish amalga oshdi.Barcha yetti yillik maktablar sakkiz yillik maktablargaaylantirildi.

Sanoat, qurilish va qishloq xo‘jaligida ish bilanband bo‘lgan yoshlarga ta’lim berish maqsadida ishlabchiqarishdan ajralmasdan o‘qish imkoniyatini beruv-chi kechki va sirtqi maktablar tashkil etildi. 1958—1965-yillarda 1000 ga yaqin shunday maktablar ochil-di, ularda o‘qiydigan yoshlar 1965-yilda 134,5 mingkishini tashkil etdi.

O‘zbekiston Kompartiyasi va hukumati «Respub-lika umumta’lim maktablari ishini yanada yaxshilash

Xalq ta’limi

Page 224: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

224

choralari to‘g‘risida» (1966) va «Respublika umumiyo‘rta ta’limga o‘tish munosabati bilan xalq maorifiniyanada yaxshilash choralari to‘g‘risida» (1969) qaror-lar qabul qildi. Bu qarorlarda asosan respublikadayoshlar uchun umumiy o‘rta ta’limga o‘tish, yangimaktab binolari, o‘quv kabinetlari, laboratoriyalar,ustaxonalar barpo etishga yo‘naltirilgan kapital quri-lish ishlari bajarildi. Maktab-internatlar, o‘quvchilar-ning badiiy iste’dodlarini rivojlantiruvchi maktablarko‘paydi. Gliyer nomidagi o‘rta maktab-internat, mil-liy musiqa va milliy amaliy san’at maktab-internatlari,sport maktab-internati va boshqa o‘nlab musiqa mak-tablari ochildi.

O‘rta umumta’lim maktablari 1970-yilda ishlabchiqilgan nizomga muvofiq mahalliy sharoitlardankelib chiqqan holda alohida boshlang‘ich (1—3-sinf-lar), 8 yillik (1—8-sinflar) va o‘rta (1 —10-sinflar)maktablariga aylantirildi. Ishlab chiqarish ta’limiberish maqsadida maktablararo o‘quv-ishlab chiqarishkombinatlari tuzildi. Shahar va tumanlarda kasb-hunar bilim yurtlari tashkil etildi. Ko‘pchilik mak-tablarda yoshlarni o‘quv mashg‘ulotlaridan keyinmaktabda olib qolish, ularga ta’lim-tarbiya berish ish-lari yo‘lga qo‘yildi, ya’ni kuni uzaytirilgan maktablartashkil topdi. Alohida fanlarni chuqur o‘rgatuvchimaktablar, shuningdek, aqliy va jismoniy zaif bolalarmaktablari vujudga keldi.

70-yillarning o‘rtalarida umumiy o‘rta ta’limgao‘tish yakunlandi. 1965—1985-o‘quv yillari orasidao‘tgan 20 yil davomida barcha turdagi umumta’limmaktablari 8716 tadan 9188 taga ko‘paydi, o‘quvchilarsoni esa 3055,8 ming boladan 6519,6 ming bolagako‘paydi. 1965—1985-yillarda respublika maktablaridao‘rta ma’lumot olganlar soni 5,7 million kishidanoshdi.

Shunga qaramay, xalq ta’limida jiddiy muammolarhal etilmadi. Maktablar sinf xonalarining soni qan-chalik oshmasin, bolalar sonining tabiiy o‘sishidanorqada qolaverdi. Maktab binolarining yetishmasligi,moddiytexnik jihatdan zaifligi surunkali kasallikkao‘xshardi.

Page 225: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

225

Maktablarda ta’lim-tarbiya ishlarining mazmuni kom-munistik mafkuraga bo‘ysundirilgan, KPSS rejalari va das-turlari doirasiga, qolipiga solib qo‘yilgan edi. Ta’lim-tarbiyamilliy xususiyatlar, tarixiy-ma’naviy qadriyatlar, an’analarniinobatga olmasdi. Shuningdek, maktablar umuminsoniyqadriyatlardan ham tobora begonalashtirildi. O‘quvchilar-ning bilim asoslarini egallashga qiziqishi so‘nib bordi.

1984-yilda sovet hokimiyati yoshlarga ta’lim va tar-biya berish mazmunini yaxshilash maqsadida maktabva hunar-texnika bilim yurtlarini isloh qilishga qarorqildi. Maktablarda «Informatika va hisoblash texnikasiasoslari» kursini o‘qitish, barcha maktablarni mikro-kalkulator, elektr hisoblash mashinalari, kompyuterlarbilan ta’minlash kabi vazifalar qo‘yildi. Ammo respub-likaning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli bu vazifani bajarish-ni ta’minlay olmadi. Maktab islohoti iqtisodiy va ijti-moiy tangliklar orqasida qolib ketdi. Ta’lim-tarbiyajarayonini jahon andozalari darajasiga ko‘tarish tomonqilingan yana bir urinish samarasiz tugadi.

Oliy va o‘rta maxsus o‘quvyurtlari malakali mutaxas-sislar tayyorlash maskanidir.

Respublikada oliy va o‘rta maxsus ma’lumotli muta-xassislar tayyorlash iqtisodiy va madaniy qurilish ish-lari, taraqqiyot istiqbollari bilan bog‘langan holda olibborildi.

Urushdan keyingi yillarda oliy va o‘rta maxsusta’lim ancha o‘sdi. 50-yillarda 3 ta oliy o‘quv yurti —Andijon meditsina instituti, Toshkentda Elektrotexnikaloqa, Fizkultura institutlari, 60-yillarda yana 8 tayangi oliy o‘quv yurti — Andijon paxtachilik instituti,Farg‘ona politexnika instituti, Samarqand arxitektura-qurilish instituti, Termiz, Sirdaryo, Toshkent viloyatpedagogika institutlari, Andijon tillar pedagogikainstituti, Toshkent rus tili va adabiyoti pedagogikainstituti tashkil etildi. 70-yillarda yana 5 ta oliy o‘quvyurti — Nukus davlat universiteti, Toshkent avtomo-bil yo‘llar instituti, Pediatriya instituti ochiidi. Shu-ningdek, yangi fakultetlar, viloyatlarda yirik oliy o‘quvyurtlarining filiallari ochiidi. Yangi mutaxassisliklarbo‘yicha kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi.

Oliy va o‘rta maxsusta’lim

8 — O‘zbekiston tarixi

Page 226: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

226

1960-yilda 30 ta oliy o‘quv yurtlarida mutaxassislartayyorlangan bo‘lsa, 1985-yilda ularning soni 42 tanitashkil etdi. 1961—1985-yillardan respublika oliy o‘quvyurtlari 828 mingga yaqin muhandislar, iqtisodchilar,agronomlar, huquqshunoslar, o‘qituvchilar, madaniyat vasan’at xodimlari yetishtirib berdi. Shuningdek, o‘rta max-sus o‘quv yurtlari tarmog‘i ham kengaydi. 1960-yilda 75 tao‘rta maxsus o‘quv yurtlari faoliyat ko‘rsatgan bo‘lsa,1965-yilda ularning soni 249 taga yetdi. 1961— 1985-yil-larda 1 mln. 135 mingga yaqin o‘rta maxsus ma’lumotlimutaxassis kadrlar tayyorlandi.

Mutaxassis kadrlarni tayyorlashda jiddiy kamchi-liklarga ham yo‘l qo‘yildi. Mutaxassislar tayyorlashdaekstensiv metod, ya’ni son jihatdan ko‘p kadrlar tay-yorlash birinchi o‘rinda bordi. Kadrlar tayyorlash sifa-tini ko‘tarish sohasidagi sa’y-harakatlar kutilgan nati-ja bermadi. Buning sabablari anchagina:

— o‘quv yurtlarining moddiy texnik bazasi tala-balarning o‘sish darajasidan ancha past darajadabo‘ldi, zamonaviy texnika vositalari bilan yetarli dara-jada ta’minlanmadi;

— Respublika partiya va sovet organlari tomonidanoliy o‘quv yurtlari uchun har bir viloyatdan talabalarqabul qilish rejasi belgilangan bo‘lib, bu rejani qandayqilib bo‘lsa ham bajarish majburiy edi. Bu o‘z navbati-da bilim saviyasi nihoyatda past bo‘lgan yoshlarningham oliy o‘quv yurtlaridan o‘rin olishiga olib keldi;

— oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida fan-texni-ka taraqqiyoti ta’sirida o‘quv rejalari va dasturlari 60—70-yillarda uch marta o‘zgardi, har safar o‘qitiladiganfanlar yangilari hisobiga ko‘payib, o‘quv materiallarihajmi oshib bordi, talabalarning mustaqil o‘qib o‘rga-nishlari uchun vaqt tobora kamayib bordi. Talaba-larning uzoq muddatli qishloq xo‘jalik ishlariga jalbetilishi o‘quv jarayonlariga salbiy ta’sir ko‘rsatdi.O‘quv yurtlarida keng tarqalgan foizbozlik, bir nechafanlardan o‘zlashtirmaganlarni kursdan kursga shartliravishda o‘tkazish kadrlar tayyorlash sifatining pasayi-shiga olib keldi;

— xalq xo‘jaligining mutaxassislarga bo‘lgan talabiyaxshi o‘rganilmadi, natijada kadrlar tayyorlashni reja-lashtirishda jiddiy xatolarga yo‘l qo‘yildi, ba’zi sohalar-

Page 227: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

227

da keragidan ortiqcha mutaxassislar tayyorlandi,boshqa sohalarda, ayniqsa texnika taraqqiyotining halqiluvchi tarmoqlarida kadrlar tanqisligiga yo‘l qo‘yildi;

— o‘quv yurtlari faoliyatida tanish-bilishlik, oshna-og‘aynigarchilik, poraxo‘rlik kabi salbiy holatlarningtarqalishi ham kadrlar tayyorlash sifatini pasaytirdi,son ketidan quvish ustunlik qildi. Bunday vaziyatdayosh mutaxassislarning ma’lum qismi olgan bilimlari-ni turmush bilan bog‘lay olmadilar, g‘oyaviy-profes-sional va axloqiy jihatdan yetuklik va qat’iylik ko‘rsataolmay, ko‘zbo‘yamachilik, qo‘shib yozish yo‘liga kiribqoldilar. Respublikaning ijtimoiy-iqtisodiy hayotidakeng tarqalgan salbiy holatlarning ildizi mutaxassislartayyorlashdagi nuqsonlarga borib taqaladi, albatta.

Urush yillarida tashkil etil-gan O‘zbekiston Fanlar aka-

demiyasi respublikada ilm-fanning markazi bo‘libqoldi. 1946—1990-yillarda ko‘plab yangi ilmiy-tadqiqot institutlari, laboratoriyalar, ilmiy stansiyalartashkil etildi. 80-yillarning boshlariga kelib akademiyatarkibida Qoraqalpog‘iston ASSR filiali va 35 ilmiy tad-qiqot muassasalari faoliyat ko‘rsatdi. 38 ming ilmiy xo-dim, shu jumladan, 1215 fan doktori, 15664 fan nom-zodi fanning turli sohalarida tadqiqot ishlari olib bordi.

Paxtachilik, sug‘orish ishlariga doir komplekstadqiqotlar olib borildi. O‘zbekiston tuproqlariningklassifikatsiyasi tuzildi, u iqlimiy rayonlashtirildi, kar-talashtirildi. 60-yillarda akademik S. N. Rijov sug‘ori-ladigan tuproqlarning unumdorlik darajasi haqidagitushunchani ishlab chiqdi va sug‘oriladigan tuproqlartip sifatida belgilandi. A.N.Askomchenskiy, V.V. Pav-lovskiy, R. A. Alimov va boshqalar suv to‘g‘oniningyangi konstruksiyasi, gorizontal va vertikal zovurlarsistemasi, g‘o‘za o‘stirishning takomillashgan texnolo-giyasini ishlab chiqdilar. Bu tadqiqotlar Mirzacho‘l,Dalvarzin, Sherobod, Qarshi cho‘llari, Markaziy Far-g‘ona va boshqa zonalarda katta maydonlarni o‘zlash-tirish va qishloq xo‘jaligida foydalanishga ko‘maklash-di.

Akademik A. S. Sodiqov g‘o‘zadan o‘stiruvchi mod-dalar va boshqa preparatlar sintez qildi. H.A.Rah-

Fan

Page 228: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

228

matullin, U. O. Oripovlar aniq ekish maqsadida chi-gitni tuksizlantirishning mexanik va aerokimyoviyusullarini ishlab chiqdilar. Seleksioner olim S.M.Mi-rahmedov va boshqalar paxtaning «Toshkent—1»,«Toshkent—2», «Toshkent—3», «Toshkent—4» singarihosildor, tezpishar, tolasi sifatli yangi navlariniyetishtirdilar. Sholining 20 dan, sabzavot va poliz ekin-larining 50 dan, meva, rezavor-meva va uzumning 60dan ortiq navlari yetishtirildi. Tut, ipak qurtining mah-suldor zotlari yaratildi, uni boshqarishning ilg‘orusullari ishlab chiqildi.

O‘zbekiston geologiyasini o‘rganish, foydali qazil-malarni topish borasida katta yutuqlarga erishildi.1946—1959-yillarda yer po‘sti yadro taraqqiyoti,rudalarning intruziyalar bilan bog‘liqligi va boshqalarhaqidagi ilmiy konsepsiyalar ishlab chiqildi. O‘zbe-kistonlik olimlarning yer po‘sti va yuqori mantiyasinio‘rganish, zilzilalarning geoximik darakchilarinianiqlash sohasidagi tadqiqotlari va xulosalari xalqaromaydonda e’tirof etildi. H. M. Abdullayev, I.X.Ham-raboyev, I. M. Isomuhamedov, X.N.Boymuhamedov,K. L. Boboyev, A. M. Akramxo‘jayev, X.T.To‘laganov,G‘. M. Mavlonov va boshqa olimlar dunyo rudali-pet-rografik provinsiyalari klassifikatsiyasi, elementlarininggeoximik klassifikatsiyasi, O‘rta Osiyo litosferasininggeologik-geoflzik modellarini ishlab chiqdilar. Oltin,gaz va neft qazib chiqaruvchi sanoatlar, shisha, kerami-ka, abraziv materiallar sanoati tarmoqlarini barpoetishga, aholi manzillarida yerosti suvlaridan foydala-nishni yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashdilar.

O‘zbekistonda mashina va mexanizmlar nazariyasi-ning rivojlanishi M. T. O‘rozboyev, H. A. Rah-matullin, V. Q. Qobulov, H. H. Usmonxo‘jayev,G.A.Kojevnikovlar nomi bilan bog‘liq. Ular mashinava mexanizmlar nazariyasi bo‘yicha ilmiy maktabgaasos soldilar. Paxta terish mashinalari unumdorliginioshirish va stabilligi nazariyasi, richagli mexanizmlarnisintez qilishning yangi ilmiy yo‘nalishi ishlab chiqildi.

Respublikada 1966-yilda Kibernetika institutitashkil etilgach, akademik V. Q. Qobulov yetak-chiligida sanoat va boshqa ishlab chiqarish korxo-

Page 229: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

229

nalarida kibernetika va hisoblash texnikasi vositalariasosida boshqarishning avtomatlashtirilgan sistemalariyaratildi va joriy qilindi.

Akademik H. U. Usmonov rahbarligidagi kimyo-garlarning ko‘p yillik tadqiqotlari natijasida paxtatolasining pishib yetilish jarayoni ochib berildi,texnologik xususiyatlar paxta navlariga bog‘liq ekanli-gi aniqlandi, mashina terimining qulay muddatlaritopildi. H. U. Usmonov jahonda eng yaxshi standartlipaxta sellyulozasini olish texnologiyasini ishlab chiq-di, g‘ijimlanmaydigan gazlamalar olish usulini, birqator polimer dorilarni yaratdi.

Akademik O. S. Sodiqov va S. Y. Yunusov yetak-chiligidagi kimyogarlar o‘simlik moddalari (alkoloid-lar, yurak glikozidlari, yog‘lar, oqsillar, uglevodlar vaboshqalar), tabiiy birikmalar va sintetik moddalar usti-da kompleks tadqiqot olib borib, 400 ta dorivor o‘sim-liklar turini o‘rgandilar, 300 dan ortiq alkoloidni, jum-ladan, 164 ta yangilarini aniqladilar. G‘o‘zadan 80 danortiq moddalar ajratib olindi va tekshirildi. O. S. So-diqov bioorganik kimyo fanining vujudga kelishigama’lum hissa qo‘shdi. Olim ixtiro qilgan limon vaolma kislotalari olish texnologiyasi ko‘rgazmalardaoldingi o‘rinlarni egallab, oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Kardiolog olimlar yurak qon-tomir kasalliklari usti-da ilmiy tadqiqotlar qilib, gipertoniya kasalligi,ateroskleroz, miokard infarkti, stenokardiya, revma-tizm kasalliklarining respublika iqlim sharoitiga bog‘liqxususiyatlarini ochib berdilar, bu kasalliklarni davo-lash, oldini olish metodlarini takomillashtirdilar.O‘zbekiston kardiologiya institutida yurakning ishemikkasalligi va gipertoniya kasalligining ba’zi tomonlaribo‘yicha yangi ilmiy xulosalar qildilar, davolashyo‘llarini ishlab chiqdilar.

Nevropotologiya va psixiatriya sohasida asab sis-temasining infeksion va qon tomiriari kasalliklariatroflicha o‘rganildi. N. Majidov, M. H. Qoriyev,R.P. Po‘latova va boshqa olimlar asab sistemasi, qontomiriari kasalliklari, miyaga qon quyilishi natijasidavujudga keladigan insult, o‘tkinchi miya qon ayla-nishining buzilishi kabi kasalliklarning kelib chiqish

Page 230: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

230

sabablari, rivojlanishi, davolash va oldini olish metod-larini ishlab chiqdilar.

Ijtimoiy-gumanitar fanlar sohasida ham birmunchamuhim tadqiqotlar olib borildi. Arxeolog, etnograf,antropolog olimlarning izlanishlari natijasida o‘zbekxalqining etnik tarkibi, etnogenezi shakllanishi tarixigaoid asarlar yaratildi. O‘zbekiston qadimgi davrdanodamlar yashab kelayotgan o‘lka ekanligi, ajdodlari-miz bundan 3000—2500 yillar ilgari shaharlar bunyodetgan, boy moddiy va ma’naviy madaniyatga egabo‘lgan xalq ekanligi isbotlandi. Biroq ijtimoiy-gumanitar fanlar sohasidagi tadqiqot ishlari marksizm-leninizm doirasida qolib ketdi. Sotsializm g‘alabasi,O‘zbekistonning nokapitalistik taraqqiyot yo‘li, rivoj-langan sotsializm qurilganligini asoslash, millatlar vasinflarning yaqinlashuvi natijasida kishilarning yangitarixiy birligi — sovet xalqining vujudga kelishi kabibehuda samarasiz masalalar bilan o‘ralashib qoldi.

50—80-yillarda adabiyotdaroman va povest janrlari

rivojlandi. Urush voqealari, mehnatkashlarning frontorqasidagi mehnati Oybekning «Nur qidirib», Sh.Rashidovning «Qudratli to‘lqin», Shuhratning «Shi-nelli yillar», Said Ahmadning «Ufq», O. Yoqubovning«Er boshiga ish tushsa», H. G‘ulomning «Tosh-kentliklar» romanlarida aks ettirildi.

Urushdan keyingi tiklash va tinch qurilish davrihayotini tasvirlovchi «Oltin vodiydan shabadalar» (Oy-bek), «Qo‘shchinor chiroqlari» va «Sinchalak» (A. Qah-hor), «G‘oliblar» va «Bo‘rondan kuchli» (Sh. Ra-shidov), «Ixlos» (I. Rahim) kabi romanlar va povestlaryaratildi. Yozuvchi Parda Tursunning «O‘qituvchi»romani qishloq ziyolilarining faoliyatini ochib berdi.

Pirimqul Qodirovning «Uch ildiz» va «Qorako‘zlar», O. Yoqubovning «Muqaddas» va «Diyonat»,Mirmuhsinning «Umid» asarlarida yosh zamondosh-larning ma’naviy qiyofasi, hayoti va mehnati o‘z ifo-dasini topdi. Rahmat Fayziyning «Hazrati inson»,O‘.Umarbekovning «Qiyomat qarz», O‘. Hoshimov-ning «Nur borki, soya bor» romanlarida odob-axloq,tarbiyaviy masalalar mahorat bilan bayon etildi.

Adabiyot

Page 231: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

231

G‘afur G‘ulom, Zulfiya, Uyg‘un, H. G‘ulom,T. To‘la, Q. Muhammadiy, M. Shayxzoda, SultonAkbariy, S. Zunnunova va boshqa shoirlar o‘zbekshe’riyatini yangi bosqichga ko‘tardilar. Habibiy,Sobir Abdulla, Chustiy, Po‘lat Mo‘min, Akmal Po‘latva boshqalar o‘zbek qo‘shiqchiligini zamonaviymavzular bilan boyitdilar.

O‘zbek she’riyatining 60—80-yillardagi taraqqi-yoti A. Oripov, E. Vohidov, J. Kamol, N. Narzullayev,B. Boyqobilov, G. Jo‘rayeva, O. Hojiyeva, H. Xudoy-berdiyeva, O. Matjon va boshqa ko‘plab shoirlarningijodiy kamoloti bilan bog‘liq holda ro‘y berdi.Uyg‘unning «Abu Rayhon Beruniy», O. Yoqubovning«Ulug‘bek xazinasi», M. Shayxzodaning «MirzoUlug‘bek» kabi tarixiy mavzudagi asarlari yaratildi.

Biroq adabiyot ham kommunistik mafkura doirasi-dan chiqa olmadi. Badiiy asarlar, asosan, ommagamafkuraviy ta’sir etuvchi vosita rolini bajardi.Yozuvchi va shoirlar sinfiylikka, partiyaviylikka,marksizm-leninizm aqidalariga asoslangan holda ijodqilishga majbur bo‘ldilar. Ijod erkinligining chegarasipartiya organlari va senzura tomonidan belgilanar edi.Shu boisdan badiiy asarlarda jamoatchilikni to‘lqin-lantirib kelayotgan haqiqiy ijtimoiy va ma’naviymuammolar o‘z ifodasini topmadi.

O‘zbekistonda teatr vamusiqa san’ati birmuncha

o‘sdi. Hamza nomidagi o‘zbek drama teatri jamoasiShekspirning «Otello» va «Yuliy Sezar», Uyg‘unning«Navbahor», Abdulla Qahhorning «Shohi so‘zana»,N. Hikmatning «Bir sevgi afsonasi», R. Tagorning«Gang daryosining qizi», Uyg‘un va I. Sultonning«Alisher Navoiy», M. Shayxzodaning «Mirzo Ulug‘-bek» asarlarini sahnalashtirdi.

M. Ashrafiy nomidagi O‘zbek davlat konserva-toriyasi va o‘zbek filarmoniyasining musiqiy jamoalariva boshqa respublikalar bastakorlarining asarlarinitarg‘ib qildilar. Faqat T. Jalilov nomidagi O‘zbekdavlat orkestri repertuaridan 1300 ga yaqin asarlaro‘rin oldi. «Lazgi», «Shodlik», «Go‘zal» xoreografikansambllari ham o‘zbek va boshqa qardosh xalqlar

San’at

Page 232: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

232

ashula va raqslarini na-moyish etdilar. «Bahor»xalq raqs ansambli, «Yalla»vokal cholg‘u ansambllarijamoalarining konsertlarixalqqa manzur bo‘ldi.

O‘zbekiston teatr ja-moalari 60—70-yillardaI.Sultonning «Noma’lumkishi», S. Azimovning«Qonli sarob», Oybekning«Qutlug‘ qon», Uyg‘unning«Qotil», A. Qahhorning«Ayajonlarim», S. Ahmad-ning «Kelinlar qo‘z-g‘oloni», O‘. Umarbekov-ning «Shoshma, quyosh» vaboshqa asarlarini sah-

nalashtirib, tomoshabinlar olqishiga sazovor bo‘ldilar.Bular jumlasiga O‘zbek akademik teatri tomonidansahnalashtirilgan jahon klassikasi shoh asarlari —V. Shekspirning «Qirol Lir», «Hamlet» dramatik asar-larini ham kiritish mumkin.

O‘zbek teatrining rivojlanishiga rejissyorlardanM. Uyg‘ur, Y. Bobojonov, A. Ginzburg, T. Xo‘ja-yevlar, aktyorlardan Abror Hidoyatov, O. Xo‘jayev,A.Bakirov, S. Eshonto‘rayeva, Sh. Burhonov, N.Rahi-mov, R.Hamroyev, Z.Muhammadjonov, B.Qoriyeva,Y.Abdullayeva, G‘.A’zamov, Y.Ahmedov, T.Oripov,T. Azizov, Q.Xo‘jayev, P.Saidqosimov va boshqasan’atkorlar salmoqli hissa qo‘shdilar. Xalqimiz o‘zbeksan’atini baland ko‘targan Y.Rajabiy, H.Nosirova,M.Turg‘unboyeva, Tamaraxonim, G.Izmailova, S.Qo-bulova nomlarini hurmat bilan e’zozlab kelmoqda.

1946—1985-yillar O‘zbekiston kino san’atiningyuksalish yillari bo‘ldi. N. G‘aniyev yaratgan «Tohir vaZuhra» (1945), «Xo‘ja Nasriddinning sarguzashtlari»,«Farg‘ona qizi» kabi kinofilmlar xalq olqishiga sazovorbo‘ldi. K.Yormatov yaratgan «Alisher Navoiy» (1947)biografik-tarixiy filmi shuhrat qozondi. 50—60-yillardarejissyor K.Yormatovning «Ibn Sino» (1957), «Osiyo

Xalq hofizi Yunus Rajabiy.

Page 233: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

233

ustida bo‘ron» (1965),«Qora konsulning halokati»(1970) filmlari, rejissyorL.Fayziyevning «Ulug‘bekyulduzi» (1965) filmidao‘zbek xalqining tarixiyo‘tmishi aks ettirildi.

60—70-yillarda o‘zbekkino san’atiga yosh, talantlirejissyorlar, aktyorlar ki-rib keldi. Sh. Abbosov,A. Hamroyev, R. Botirov,E. Eshmuhamedov, H.Ah-marov shular jumlasi-dandir. Sh. Abbosovning«Mahallada duv-duv gap»(1961), «Sen yetim emas-san» (1963), «Toshkent — non shahri» (1970), «AbuRayhon Beruniy» (1974), A.Hamroyevning «Shiddat»(1971), R. Botirovning «Seni kutamiz, yigit» (1972),E. Eshmuhamedovning «Nafosat» (1967) va «Umidqushi» (1975) kabi filmlarida davr farzandlarining ha-yoti, izlanishlari tasvirlangan. Rejissyor M. Qayu-movning «Bahordan bahorgacha» (1963), «Mirza-

Xalq artisti, raqqosaTamaraxonim.

Xalq artisti LutfixonimSarimsoqova.

Xalq artisti Galiya IzmailovaParij sahnasida. 1956-yil.

Page 234: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

234

cho‘l» (1975), «Paranji» (1977) lentalari Butunittifoqva jahon kinofestivallarida tomoshabinlarga manzurbo‘ldi va birinchi yuksak mukofotlarga sazovor bo‘ldi.

1968-yildan boshlab Toshkentda har 2 yilda bir marta«Tinchlik, sotsial taraqqiyot va xalqlar ozodligi uchun»shiori ostida Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlari-ning xalqaro kinofestivali o‘tkazilib turildi.

Bu o‘zbek kino san’atining rivojlanishiga ijobiy ta’siretdi, albatta. Biroq kino san’ati ham mafkuraviy zug‘umostida bo‘ldi, kommunistik mafkura, marksizm-leninizmg‘oyalarini kinofilmlar orqali tashviq qilish ustun o‘rinniegalladi.

Bu yillarda tasviriy san’at ham rivojlandi. Ch. Ah-marov va O‘.Tansiqboyevlar devoriy rasmlar, mozaikava manzara janri bo‘yicha, V. Y. Kaydalov va M.Na-biyevlar portret janri bo‘yicha muhim asarlar yaratdi-lar. Rassomlar, haykaltaroshlar va arxitektorlar bir-lashib yirik monumental binolarni, maydonlarnita’mirlash, naqshlar, rassomlik va haykaltaroshlikasarlari bilan bezatish an’anaga aylandi. Poytaxtningyirik jamoat binolari M. Usmonov rahbarligida gancho‘ymakorligi, Q. Haydarov va O. Fayzullayev rah-barligida yog‘och o‘ymakorligi bilan bezatildi.

O‘zbekistonda qadimdan sirk san’ati rivojlanib kel-moqda. 1976-yilda Toshkentda zamonaviy sirkbinosining qurilib foydalanishga topshirilishi sirksan’atining yanada rivojlanishiga qulay imkoniyatyaratdi. O‘zbek sirk ustalari Toshkenboyevlar,Zaripovlar, Xo‘jayevlar, Madaliyevlar va masxaraboz-qiziqchi Akrom Yusupov va boshqalarning chiqishlari,dasturlari nafaqat O‘zbekistonda, shuningdek, boshqamamlakatlarda ham muvaffaqiyatli namoyish qilindiva tomoshabinlarga manzur bo‘ldi.

Shunday qilib, respublika madaniy-manaviy hayo-tida 1946—1990-yillarda muayyan yutuqlarga erishil-di. Xalq maorifi, oliy va o‘rta maxsus ta’lim tarmog‘iancha rivojlandi, aholining umumiy savodxonlik dara-jasi o‘sdi, mutaxassislar, ijodiy ziyolilar safi sezilarlidarajada kengaydi. Fan, adabiyot, san’at rivojlandi.Ilmiy, badiiy va musiqa asarlari yaratildi, ma’naviyhayotda iste’dodli yoshlar o‘rin oldi.

Biroq ma’naviy hayotda muammolar ham to‘p-

Page 235: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

235

lanib bordi, ziddiyatlar yanada kuchaydi. Umum-insoniy qadriyatlar va har bir xalqning milliy xususi-yatlariga sinfiylik, partiyaviylik tamoyili asosida yon-dashadigan KPSSning madaniy siyosati ma’naviyhayotni inqirozga duchor etdi. Ma’naviy madaniyatnikommunistik mafkuralashtirish, ma’naviy hayotnima’muriy-buyruqbozlik usullari bilan boshqarishmadaniy hayotga zarar yetkazdi, uni tanazzulgauchratdi. O‘zbek xalqi nafaqat o‘z milliy qadriyatlari,an’analari va tilidan, shuningdek, umuminsoniyqadriyatlardan ham tobora begonalashtirib borildi.

Xalqimizning otashqalb far-zandi Sharof Rashidovatoqli davlat va jamoat

arbobi, iste’dodli adib sifatida Vatanimiz tarixidao‘chmas iz qoldirgan. Fashizmga qarshi Ikkinchijahon urushida shaxsan qatnashib, urush haqida asar-lar yozgan. Rashidov yozuvchi sifatida xalq e’tiboriniqozondi. 1949—1950-yillarda O‘zbekiston Yozuv-chilar uyushmasi boshqaruvining raisi bo‘lib ishladi.

O‘zining «Bo‘rondan kuchli», «Qudratli to‘lqin»,«G‘oliblar» romanlari bilan yozuvchilar qatoridanmunosib o‘rin oldi.

50-yillardan boshlabSh. Rashidov faoliyatidayanada mas’uliyatli davrboshlandi. U 1950-yildaO‘zbekiston Oliy KengashiRayosatining Raisi etibsaylandi.

Sh. Rashidov 1959-yil-dan e’tiboran to umriningoxirigacha respublikaningbirinchi rahbari sifatidaO‘zbekiston Kompartiya-si Markaziy Qo‘mitasiniboshqardi. U qariyb chorakasr davomida respublikagayetakchilik qildi. Sh. Ra-shidov faoliyatiga nazarsolar ekanmiz, avvalambor,

Davlat va jamoat arbobi Sharof Rashidov.

Sharof Rashidov —davlat va jamoat arbobi

Page 236: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

236

o‘sha davrning o‘ta murakkabligini, ziddiyatliliginiinobatga olish lozim bo‘ladi.

«Bu murakkab shaxs, bir tarafdan, milliy manfaatlarnio‘ylashga, ikkinchi tarafdan, Markazdan kelgan, tub man-faatlarga zid buyruqlarni hayotga tatbiq etishga majburbo‘lganini unutmasligimiz zarur. Uning umri sandon bilanbolg‘a o‘rtasiga qo‘yilgan edi, desak aslo mubolag‘abo‘lmaydi».

Islom Karimov. Xalqimizning otashqalb farzandi. Ò.:O‘zbekiston, 1992. 15-bet.

Eng og‘ir sharoitlarda ham Sh. Rashidov xalqigafarzandlik burchini ado etdi. Markazdan kelganbuyruqlarni yumshatishga, Markaziy hokimiyatdanyurt obodonligi, farovonligi uchun butun choralarbilan foydalanishga harakat etardi. O‘zbekistonda60—80-yillarda bunyod etilgan ko‘plab sanoat kor-xonalari, yirik inshootlar Sh. Rashidov nomi bilanbog‘liqdir. Mirzacho‘l, Qarshi, Jizzax, Yozyovon,Surxon—Sherobod cho‘llarining o‘zlashtirilishidauning xizmatlari katta. Kechagi cho‘l-u biyobonlarbog‘-rog‘larga aylantirildi, yuzminglab yurtdoshlari-miz u yerlarda o‘zlarining rizq-ro‘zlarini topdilar.

Sh. Rashidov rahbarligi davrida O‘zbekistondaNavoiy, Zarafshon, Uchquduq, Yangiyer va Gulistonkabi yirik shaharlar, o‘nlab boshqa shahar va tumanlarbarpo etildi. Sh. Rashidovning davlat va jamoat arbo-bi sifatida o‘zbek xalqini dunyoga tanitishdagi xizmat-lari beqiyosdir. Jahonda «Toshkent ruhi» sifatida 1966-yilda vujudga kelgan mashhur tushuncha Sh. Rashidovnomi bilan bevosita bog‘liqdir. Bu Toshkentda tuzilganxalqaro harakatdir. Sh. Rashidov Osiyo va Afrikayozuvchilari hamkorligi harakatining, Osiyo, Afrika vaLotin Amerikasi mamlakatlari xalqaro kinofestivali-ning, Hindiston va Pokiston o‘rtasida tinchlik sulhiimzolanishining tashabbuskoridir. U o‘zbek nominiulug‘lash uchun uning eng yuksak fazilatlarini namo-yon qilishga jonini fido etgan insondir. Shu tufayli hambu hurmatli inson xalqimiz yuragidan munosib joyolgan va uning mehriga sazovor bo‘lgan edi.

Biroq Sh. Rashidov vafot etgach, uning xotirasioyoqosti qilindi va «sharof rashidovchilik» atamasio‘ylab topildi.

Page 237: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

237

Haqiqat egilsa egiladiki, sinmaydi. O‘zbekiston xalqiSharof Rashidov o‘zining munosib farzandi ekanini isbot-lab oldi. Haqiqatning ro‘yobga chiqishida xalqimizningyana bir sodiq va zabardast farzandi Islom Karimovningxizmatlari katta bo‘ldi.

Prezidentimiz I. Karimovning mardligi, jasorati, g‘ayrat-shijoati Markazdagi siyosiy qimorbozlar bilan oramizdanchiqqan munofiqlar, mansabparastlar to‘qib chiqargannayranglardan ustunlik qildi. Xalqimizning otashqalbfarzandi, yirik davlat va jamoat arbobi Sh. Rashidovningnomi oqlandi va shu bilan birga o‘zbek xalqining izzat-nafsi, milliy g‘ururi ham himoya qilib qolindi.

Haqiqat va adolatning tiklanishi xalqimizning yuk-sak ma’naviy qudrati, kuchi bor ekanligini dunyogayana bir bor namoyish etdi. Sh. Rashidovning qutlug‘nomi Vatanimiz tarixidan munosib o‘rin egalladi,avlodlar tomonidan hurmat va g‘urur bilan tilga oli-nadigan tarixiy xotira bo‘lib qoldi.

Savol va topshiriqlar

1. 50—80-yillarda xalq ta’limi sohasida qanday islohotlaro‘tkazildi?

2. Ta’lim islohotlarining natijalari qanday bo‘ldi?3. 50—80-yillarda qanday oliy o‘quv yurtlari ochildi?4. Mutaxassis kadrlar sifati nima sababdan past edi?5. 50—80-yillarda ijod qilgan olimlarning ismi-shariflarini,

ular yaratgan kashfiyotlarni daftaringizga yozib oling.6. 50-30-yillarda ijod etgan yozuvchilarni, ularning asar-

larini bilasizmi?7. A. Oripov, E. Vohidovlarning qanday she’rlarini yoddan

bilasiz?8. Teatrlarda kimlarning qaysi asarlari sahnalashtirilgan?9. Qanday kinofilmlar yaratilgan?10. «Sh. Rashidov — davlat va jamoat arbobi» mavzusida

referat yozing.

20-§. «QAYTA QURISH» SIYOSATI VA UNINGBARBOD BO‘LISHI. O‘ZBEKISTONNING

DAVLAT MUSTAQILLIGINI QO‘LGA KIRITISH TOMON YO‘L TUTISHI

XX asrning 70—80-yillaridaSSSRda iqtisodiyotning ri-vojlanish sur’ati tobora pa-

«Qayta qurish» siyosativa uning barbod

bo‘lishi

Page 238: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

238

sayib, sarf-xarajatlar ortib bordi. Mavjud imkoniyat-larni hisobga olmasdan ishlab chiqilgan va qabul qilin-gan ijtimoiy, oziq-ovqat, agrar, energetika, ekologiyava boshqa sohalardagi dasturlar samara bermadi, iqti-sodiy ziddiyatlarni chuqurlashtirib yubordi.

Iqtisodiyot ekstensiv yo‘lda tobora ko‘p qo‘shim-cha mehnat va moddiy resurslarni ishlab chiqarishgajalb etish yo‘lida depsinayotgan edi. Mamlakat kattatabiiy resurslarga ega bo‘lsa-da, xo‘jaliklar ularningyetishmovchiligiga duch keldi. Ko‘pgina mamlakatlarfan-texnika inqilobi tufayli xalq turmushida jiddiy ijo-biy burilishlarga erishgan bir paytda SSSR bu jarayon-dan chetda, orqada qolib ketdi.

Ishlab chiqarish texnologiyasi eskirgan, mahsulot-larning sifati past, ular sotilmasdan omborlardato‘planib qolayotgan edi. Ma’muriy-buyruqbozlik tizi-mi, iqtisodiyotga partiyaviy rahbarlik va uning mafku-ralashtirilishi iqtisodiyotni isloh qilish yo‘lidagi uri-nishlarni yo‘qqa chiqarar edi. Ijtimoiy ehtiyojlargamablag‘ ajratishda qoldiq tamoyili va taqsimotdatekischilik hukmron edi. Boqimandalik, tayyorgaayyorlik, ichkilikbozlik, giyohvandlik, chayqovchilik,poraxo‘rlik kabi yaramas illatlar jamiyatni kemirmoq-da edi. Buyruqbozlik — boshqaruv usuli, sansalorlik,qog‘ozbozlik, majlisbozlik iqtisodiyotning o‘z qonun-lari va vositalari asosida rivojlanishiga to‘sqinlik qil-moqda edi. Odamlar mulkdan begonalashtirilgan, shutufayli loqayd, sust, beparvo edilar. Huquq va qonuniy-lik puturdan ketgan edi. Xo‘jalikni boshqarishda 200mingtacha turli buyruqlar, qonunsimon hujjatlarhukmron bo‘lib, ular xo‘jalik xodimlarining har birqadamini nazorat qilib, tashabbuskorlikni bo‘g‘ar edi.Oddiy korxonadan tortib tumangacha, viloyatdanrespublikagacha, respublikadan Markazgacha haqiqiyahvolni bo‘yab ko‘rsatish, barcha darajadagi rahbar-larni maqtash, ular nomiga hamd-u sanolar o‘qish rasmbo‘lib qolgan edi. Oqibatda dunyoda eng kuchli ikkidavlatdan biri, deb hisoblanib kelingan SSSRdainqirozli vaziyat shakllanib yetilgandi.

KPSS Markaziy Qo‘mitasining 1985-yil aprelidabo‘lgan plenumi noxush tendensiyalar yig‘ilib, SSSR

Page 239: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

239

tanglik vaziyatiga tushib qolganligini ilk bor e’tirofetdi. Mazkur plenum jamiyatni «qayta qurish» orqaliiqtisodiyotni ko‘tarish, xalqning turmushini yaxshilashsiyosatini belgiladi. 1985—1986-yillarda Markazdagirahbariyat tomonidan jiddiy o‘zgarishlar qilish zarurli-gi anglandi. Biroq ahvolning nihoyatda murakkabligihali to‘la idrok etilmagan edi.

1987-yildagi mavjud siyosiy tuzumni va iqtisodi-yotga partiyaviy rahbarlikni saqlab qolgan holdaxo‘jalik mexanizmini isloh qilish yo‘lidagi urinish hamsamara bermadi. Iqtisodiy islohotlar tez orada qotibqolgan ijtimoiy-siyosiy sistemaga urilib barbod bo‘ldi.

80-yillarning oxirlarida siyosiy sistemani isloh qi-lishga, birinchi navbatda KPSSning siyosiy va mafku-raviy hukmronligini cheklashga, davlat va xo‘jalikorganlarini Kompartiya hukmronligidan chiqarishga,xalq deputatlari sovetining to‘la hokimiyatini ta’min-lashga urinish bo‘ldi. Ammo bu sa’y-harakatlar hambehuda ketdi.

«Qayta qurish» siyosati davrida iqtisodiyotda judakuchli buzilishlar ro‘y berdi. Markaz «qaytaqurish»ning ilmiy va nazariy jihatdan puxta va aniq-ravshan dasturini ishlab chiqolmadi. Iqtisodiy siyosatpuxta o‘ylab ko‘rilmagan sinov va eksperimentlargaasoslangan edi. Mamlakat sinovlar va xatolar bilansiljib bordi. Mamlakat imkoniyatlarini hisobga olmas-dan xalq xo‘jaligining barcha sohalarini bir vaqtningo‘zida rivojlantirishdan iborat noto‘g‘ri yo‘l tutildi.«Bu hol, — deb yozadi I. Karimov, — pirovard nati-jada, cheklangan mablag‘larning parokanda bo‘libketishiga, moliya va ta’minot tizimining batamomizdan chiqishiga olib keldi, inqirozni chuqurlashtirdi».

Sovet rahbariyati mamlakatni tanglikdan, inqiroz-dan chiqarish uchun ma’muriy-buyruqbozlik tizimini,hamma resurslarni markazlashtirilgan tarzda rejalash-tirish asosida boshqarish va taqsimlash yo‘lidan tartib-ga solinadigan bozor iqtisodiyotiga o‘tish kerakliginio‘z vaqtida payqamadi, buni juda kech tushundi. 1990-yilga kelganda bozor iqtisodiyotiga o‘tish zaruriyatianglandi, dasturlar tuzildi, qarorlar qabul qilindi. Biroqvaqt boy berilgan edi. Iqtisodiyot batamom barbod

Page 240: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

240

bo‘lgan, moliyaviy va narx-navo tizimi izdan chiqqan,boshqaruv mexanizmi falaj bo‘lib qolgan edi. SSSRich-ichidan zil ketib, tanazzulga, parokandalikka yuztutgan edi.

O‘zbekistonliklar jamiyatniqayta qurish, islohotlaryo‘lini katta umid bilan

kutib oldilar. Jamiyatni yangiiashdan najot kutayotganedilar. Biroq tez orada aholining hafsalasi pir bo‘ldi.O‘zbekistonda ijtimoiy-siyosiy hayot yanadamurakkablashib bordi. Bu o‘z xalqining or-nomusi vaqadr-qimmatini himoya qilishga qodir bo‘lmagan,siyosiy irodasi bo‘sh kishilarning respublika rahbari-yatiga kelib qolishi bilan bog‘liq edi. Ularning ojizligiorqasida respublika partiya va davlat rahbarlik lavo-zimlariga Markaz tomonidan ko‘plab kadrlar yuboril-di. «Kadrlar to‘dasi» deb nom olgan 400 ga yaqin kel-gindilar O‘zbekistonni o‘z bilganlaricha boshqaraboshladilar. Î'zbekiston Kompartiyasi va RespublikaMinistrlar Kengashi amalda ular tomonidan boshqa-rildi. Birinchi lavozimda o‘tirgan mahalliy kadrlarularning qo‘lida qo‘g‘irchoq bo‘lib qoldilar.

O‘zbekiston Kompartiyasi MQda Moskva vakillariMogilnichenko, Bessarabov, Ponomaryov uya quribolgan edi. O‘sha yillarda tez-tez bo‘lib turadiganplenumlar va yig‘ilishlar O‘zbekistonda doimiy ishlashuchun yuborilgan «kadrlar to‘dasi»ning boshliqlari —Anishev, Ogarek, Satin va ularning hamtovoqlarinazorati ostiga olingan edi.

O‘zbekistonda «o‘zbeklar ishi», «paxta ishi» debatalgan jinoiy ishlar to‘qib chiqarildi. Moskvadanyuborilgan Gdlyan va Ivanov guruhi O‘zbekistonningboshiga tushgan kulfat bo‘ldi. Guruh a’zolari hechkim bilan hisoblashib o‘tirmay odamlarni qamashbilan shug‘ullandi. Oddiy dehqondan tortib O‘zbe-kiston Kompartiyasi MQ kotiblari va hukumat a’zo-larigacha bo‘lgan xodimlarni qamash uchun birovlar-dan zo‘rlab yozdirib olingan bir parcha qog‘ozningo‘zi kifoya edi. O‘zbekistonda qonunchilik buzildi,o‘zboshimchalik va qatag‘onchilikning yangi davri avjoldi. Ming-minglab iqtidorli, rahbarlik mahoratini

O‘zbekistonning ijti-moiy-siyosiy hayoti

Page 241: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

241

puxta egallagan rahbar kadrlar, mirishkor paxtakorlar,ter to‘kib mehnat qilgan halol kishilar qamoqqa olin-di. Hibsga olingan respublika partiya va davlat organ-larining rahbarlari esa Moskva qamoqxonalariga tash-landi. Tergov xodimlari 30-yillarda ishlatilgan yara-mas usullardan foydalanib, hibsga olinganlarni qiynab,boshqalar ustidan to‘qilgan aybnomalarni ularningqo‘li bilan qaytadan yozdirib olardi va bu «aybnoma»tobora ko‘p begunoh odamlarni qamashga asos bo‘libxizmat qilardi.

Butun SSSRda bo‘lganidek, O‘zbekistonda hamkamchiliklar, qo‘shib yozishlar, poraxo‘rlik illatlari vaboshqa jinoyatchiliklar bor edi, albatta. Lekin bu illat-larni o‘zbek xalqi emas, balki sovet hokimiyatiningijtimoiy-siyosiy tuzumi keltirib chiqargan edi.

Norozilik ayniqsa xotin-qizlar orasida ko‘paydi.1986—1987-yillarda respublikada 270 nafar ayolo‘zini o‘zi yondirib yubordi. Bu holat ularning sha’ni,qadr-qimmatining toptalishi, haq-huquqlarining buzi-lishiga nisbatan so‘nggi norozilik ifodasi edi.

Xalqning juda boy tarixi va madaniyatini, o‘lka-ning o‘ziga xos noyob xususiyatlarini bilmagan va bi-lishni istamagan kelgindilar, ularga laganbardorlik qil-gan ayrim mahalliy amaldorlar xalqning urf-odatlari,an’analarini oyoqosti qildilar. Xalqimizning boymadaniyati va ma’naviy qadriyatlari kamsitildi. Onatilimizning qo‘llanish doirasi sun’iy tarzda yanadacheklab qo‘yildi. Hatto milliy libos kiyib yurish hamqoralandi. Milliy an’analar bo‘yicha to‘y qilgan yokivafot etgan qarindosh-urug‘larni milliy, diniy qadri-yatlar asosida dafn qilganlar tanqid ostiga olindi,shafqatsiz jazolandi. Bunday vaziyat xalqni ranjitdi,hafsalasini pir qildi, siyosiy loqaydlikni kuchaytirdi.

Siyosiy va mafkuraviy zug‘umlarga qaramasdan ijti-moiy ong o‘zgara boshladi. O‘tmish va hozirgi zamonmuammolari to‘g‘risida munozaralar, turli qarashlar,nuqtayi nazarlar bildiriladigan bo‘lib bordi. Jamo-atchilik paxta yakkahokimligini tugatish, o‘zbek tiligadavlat tili maqomini berish, ekologik holatni sog‘lom-lashtirish kabi masalalarni ko‘tara boshladi. Norasmiyguruhlar va tashkilotlar paydo bo‘la boshladi. Bularning

Page 242: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

242

norasmiy deyilishiga sabab, hali mamlakatda tashkilot-larni ro‘yxatga olish va ularga qonuniy maqom berish-ga asos bo‘ladigan qonun, huquqiy hujjatlar yo‘q edi.Norasmiy harakat asta-sekin siyosiy tusga kira boshla-di. 1989-yilda tashkil topgan «Birlik» xalq harakatirespublikadagi dastlabki norasmiy harakat edi.Shuningdek, «O‘zbekiston erkin yoshlar ittifoqi»,xotin-qizlarning «To‘maris» nomli tashkiloti, rusiy-zabon ziyolilarning «Intersoyuz» deb atalgan harakatituzildi. Bu harakatlar dastlabki paytlarda xalqning ma’-naviy qadriyatlarini tiklash, Orol fojiasining oldiniolish, o‘zbek tiliga davlat tili maqomini berish,boshqaruvning ma’muriy-buyruqbozlik usulidan vozkechish kabi dolzarb masalalarni ko‘tardilar. Biroq buharakatlar g‘oyaviy, siyosiy, tashkiliy jihatdan yetarlidarajada uyusha olmadi. «Birlik» xalq harakati rahbar-lari mamlakat manfaatlaridan kelib chiqadigan das-turlar ishlab chiqish va aniq maqsadlarni amalgaoshirish yo‘lida siyosiy kurash olib borish o‘rniganamoyishlar va mitinglar uyushtirish, ko‘cha va may-donlarda to‘plangan olomonda ehtiroslarni avj oldirishbilan shug‘ullandi. Oqibatda «Birlik» bo‘linib ketdi.

1990-yil boshlarida «Birlik» harakati faollariningMuhammad Solih boshliq bir guruhi siyosiy partiyatuzishga kirishdilar. 1990-yil 30-aprelda «Erk»demokratik partiyasining ta’sis qurultoyi bo‘ldi.Qurultoy «Erk» partiyasi tuzilganligi haqida qaror qabulqildi, partiyaning dasturi va nizomi qabul qilindi.

Biroq «Erk» partiyasi rahbarlari jamiyatni yangi-lash uchun bir tuzumdan ikkinchi tuzumga o‘tishzaruriyatini, qanday islohotlar o‘tkazish kerakligini vauning mazmun-mohiyatini, odamlar ongi va psixo-logiyasini o‘zgartirish lozimligini, buning uchunmashaqqatli o‘tish davrini bosib o‘tish lozimliginianglab, tushunib yetolmadilar.

Respublika matbuoti xalq turmushiga doirmasalalarni, noxush hodisalarni, xalq dardi, orzu-armonlarini oshkoralik bilan yorita boshladi, xalqningo‘zligini anglashga ko‘maklashdi.

Iqtisodiyot tobora tanglik holatiga tushib bordi.1985-yilda iqtisodiy rivojlanishning negizi sifatida

Page 243: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

243

qabul qilingan jadallashtirish konsepsiyasi asossiz ekan-ligi ma’lum bo‘lib qoldi. Respublikada sanoat korxo-nalarini, qurilish va transport sohalarini, ko‘pgina kol-xoz va sovxozlarni xo‘jalik hisobiga yoki brigada(jamoa) pudratiga o‘tkazish hech qanday samarabermadi. 1987-yilda iqtisodiy tuzilmalarni qayta qu-rish, xo‘jalikni boshqarish va xo‘jalik mexanizmini islohqilish, ma’muriy rahbarlikdan iqtisodiy rahbarlikkao‘tish yuzasidan ko‘rilgan tadbirlar ham natija berma-di. Ma’muriy-buyruqbozlik usuli bilan ishlayotganvazirliklar va idoralar iqtisodiy islohotlarni yo‘qqachiqardi, iqtisodiyot taraqqiyotiga to‘g‘anoq bo‘libqolaverdi. Respublikaning tog‘-kon, metallurgiya,mashinasozlik, elektrotexnika, kimyo sanoatigaqarashli korxonalar Ittifoq vazirliklari va idoralarigatobe bo‘lib qolaverdi. Ijtimoiy va iqtisodiy ko‘rsatkich-larni avvalgidek Markaz belgilab berardi.

Aholining ijtimoiy ahvoli nochor edi. O‘sha yillar-da, mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko‘ra, kunkechirish uchun bir kishiga oyida kamida 85 so‘mzarur edi. O‘zbekistonda aholi jon boshiga hisobla-ganda daromadi 75 so‘mdan oshmaydigan 8,8 millionkishi yashardi, bular aholining 45 foizini tashkil etar-di. Qishloq aholisining atigi 50 foizi normal ichimliksuvi bilan ta’minlangan edi.

Qishloqlarda yashovchi 240 ming oilaning tomorqayeri yo‘q, har besh xonadonning birida birorta hamchorva mol, 37 foiz xonadonlarda sigir, yarmisidaqo‘y boqilmas edi.

Maktab va maorif ishlarini isloh qilish va o‘rtamaxsus ta’limni qayta qurish borasidagi sa’y-harakat-lar ham behuda ketdi. Respublikadagi 9000 ga yaqinmaktablarning atigi 40 foizi maktab uchun mo‘ljallabqurilgan binolarda, qolganlari esa moslashtirilganbinolarda ishlardi, ko‘plari avariya holatida edi,o‘quvchilarning katta qismi ikkinchi yoki uchinchismenada o‘qir edi. O‘quvchilarning yiliga 2—3 oylabqishloq xo‘jalik ishlariga jalb etilishi o‘quv ishlariniizdan chiqargan edi. O‘quvchilar bilimi sayozlashibbordi. Oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida hammutaxassislar tayyorlash sifati pasayib ketgan edi.

Page 244: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

244

Oliy o‘quv yurtlari yuqori malakali professor-o‘qituvchilar bilan, zamonaviy texnika vositalari bilanyetarli darajada ta’minlanmagan edi. Kadrlar tayyor-lashda son ketidan quvishga yo‘l qo‘yildi.

Ijtimoiy hayotning barcha sohalarida muammolarto‘planib bordi, ularni ma’muriy-buyruqbozlik usul-lari bilan hal qilishga urinishlar hech qanday natijabermadi. Xalq orasida pinhona o‘sib borayotganishonchsizlik, loqaydlik kayfiyatlari asta-sekin yuzagachiqa boshladi. Ruxsat etilmagan mitinglar, namo-yishlar o‘tkazish hollari, hatto noxush voqealar hamsodir bo‘la boshladi.

1989-yilning may—iyun oylarida Farg‘onada fojialivoqealar sodir bo‘ldi. 45 yil muqaddam Stalin bedodliginatijasida o‘z yeridan badarg‘a qilingan mesxeti turk-larini o‘zbek xalqi o‘z bag‘riga olgan, ularga mehribon-lik qilgan edi. Tub yerli aholi bilan mesxeti turklari qar-doshlik aloqalarini bog‘lab, o‘n yillar davomida inoq-lashib yashadilar. Biroq 1989-yil 20-mayda Quvasoydatub yerli aholi bilan mesxeti turklari guruhlari o‘rtasidamushtlashish sodir bo‘ldi. Respublika siyosiy rahbari-yatining voqeani to‘g‘ri baholay olmaganligi va tezkor-lik bilan zarur choralar ko‘rmaganligi oqibatida vaziyatmurakkablashdi va etnik mojaroga aylanib, qon to‘ki-lishiga olib keldi. Ana shunday favqulodda vaziyatdarespublikada hukumat komissiyasi tuzildi. 4-iyundanboshlab komendantlik soati joriy etildi. Farg‘onagashoshilinch ravishda SSSR ichki ishlar vazirligi ichkiqo‘shinlarining 13 ming kishilik bo‘linmasi keltirildi.Ur-yiqit 7-iyun kuni yana takrorlandi va tez oradaQo‘qon shahriga, Rishton, O‘zbekiston tumanlarigatarqaldi. 8-iyunda Qo‘qonda aholining tinch namoyishiSSSR ichki ishlar vazirligi qo‘shinlari tomonidan o‘qqatutildi, 50 dan ortiq kishi halok bo‘ldi, 200 dan ortig‘iyarador qilindi. Ommaviy tus olgan tartibsizlik, ur-yiqitlar natijasida jami 103 kishi halok bo‘ldi. 1011 kishijarohatlandi va mayib bo‘ldi. SSSR ichki ishlar vazirligiichki qo‘shinlarining 137 harbiy xizmatchisi, 110 mi-litsiya xodimi yarador bo‘ldi, militsiya xodimlaridanbiri vafot etdi. 757 uy, 27 davlat binosi, 275 avtotrans-port vositasi yondirildi va talon-taroj qilindi.

Page 245: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

245

Voqealarning keng miqyosda fojiali tus olganligisababli sovet va ma’muriy organlar mesxeti turklariniFarg‘onadagi harbiy qism poligonidagi lagerga hamdaTojikistonning Leninobod viloyati Asht tumanidagiNovgarzon posyolkasiga shoshilinch ko‘chirishnitashkil etdilar, ular qurolli askarlar tomonidan qo‘riq-landi, oziq-ovqat bilan ta’minlandi va tibbiy xizmatyo‘lga qo‘yildi. Minglab odamlarni bunday lagerlardauzoq saqlab bo‘lmas edi. Shuning uchun 16282 kishiFarg‘ona viloyatidan Rossiyaning Smolensk, Orlovsk,Kursk, Belgorod va Voronej viloyatlariga ko‘chiribolib borib joylashtirildi.

Farg‘ona fojiasining sabablari, uni harakatga keltir-gan kuchlar kim edi?

O‘zbekiston Kompartiyasi MQning 1989-yil23-iyunda bo‘lgan XIV plenumida Farg‘ona fojiasibilan bog‘liq masalalarni o‘rganish uchun maxsuskomissiya tuzildi. Komissiya axboroti O‘zbekistonKompartiyasi MQning 1989-yil 29-iyulda bo‘lgan XVplenumi tomonidan ma’qullandi. Farg‘ona viloyati,shahar, tuman partiya va sovet tashkilotlarining,huquqni himoya qilish organlarining tashkilotchilik,siyosiy ishidagi jiddiy xatolar fojiali voqealarga sababbo‘ldi. Ular viloyatdagi keskin ijtimoiy, siyosiy vazi-yatning kuchayish xavfiga yetarli baho bermadilar, mil-latlararo adovatni keltirib chiqarishga uringanekstremistlarga, poraga sotilganlarga o‘z vaqtida zarbabermadilar. Farg‘ona viloyatida o‘n yillar davomidaijtimoiy-iqtisodiy keskinlik ortib bordi. Xo‘jalik struk-turasi izdan chiqqan, tarmoqlar xomashyo yetishtirish,yarim fabrikatlar ishlab chiqarishga moslashib qolganedi, ishsizlar soni tobora oshib borar, odamlarni,ayniqsa, yoshlarni ish bilan ta’minlash tadbirlariko‘rilmasdi. Kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish ish-lari buzilgan, poraxo‘rlik, xizmat mavqeyini suiiste’-mol qilish avj olgan edi. Ana shunday keskinlikdan,respublikada ijtimoiy-siyosiy beqarorlikni keltiribchiqarishdan manfaatdor siyosiy kuchlar, ekstremist-lar foydalandilar. Ular allaqachon ishlab chiqilgan,puxta tayyorgarlik ko‘rgan reja asosida ig‘vogaronaharakat qildilar, olomonga oldindan tayyorlangan

Page 246: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

246

varaqalar tarqatdilar. Farg‘onada sodir bo‘lgan siyosiyig‘vogarlik Tbilisi, Tog‘li Qorabog‘, Bokuda tashkiletilgan ig‘vogarliklardan biri edi. Keyinchalik Bo‘ka,Parkent, O‘sh, Andijonda ham shunday urinishlarbo‘ldi. Yovuz kuchlar bostirildi, ig‘vogarlar o‘zmaqsadiga erisha olmadilar. O‘zbekistonning yangirahbariyati tomonidan ko‘rilgan chora-tadbirlar nati-jasida keskinlik bartaraf qilindi.

1989-yil 23-iyun kuni bo‘libo‘tgan O‘zbekiston Kom-partiyasi MQning XIV ple-numida Islom Abdug‘aniye-

vich Karimov O‘zbekiston Kompartiyasi MQning bi-rinchi kotibi etib saylandi. I. A. Karimov boshliqO‘zbekistonning yangi rahbariyati tomonidan o‘zbekxalqining milliy o‘zligini anglashi kuchayib borayot-ganligiga e’tibor qaratildi. Xalqning shon-shuhrati,qadr-qimmatini himoya qilish, milliy mustaqillikkaerishish tomon yo‘l tutildi. Farg‘ona, Bo‘ka, Parkentvoqealari oshkora muhokama qilindi va ularning aslsabablari ochib tashlandi. Bu voqealar o‘zbek xalqiningirodasi bilan sodir bo‘lmaganligi, xalqimiz hech qachonboshqa xalqlarga nisbatan dushmanlik kayfiyatidaharakat qilmaganligi qadimiy va hozirgi tariximizdanolingan misollar bilan isbotlab berildi.

Respublikada kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yishva tarbiyalash masalalarida milliy manfaatlar ustu-vorligi ta’minlandi. Markazdan yuborilgan «kadrlarto‘dasi» o‘z mavqeyini yo‘qotdi. Anishchev, Ogaryok,Satin va boshqa «kazo-kazolar» respublikadan chi-qarib yuborildi. Mahalliy kadrlar rahbarlik lavozimla-riga ko‘tarildi.

Kadrlar siyosatidagi jiddiy ijobiy o‘zgarish shundan ibo-rat bo‘ldiki, endi O‘zbekistonda partiya, sovet, davlat,huquqni himoya qilish organlarining boshliqlarini Moskvaorqali hal qilish, Moskva belgilagan xodimlarni ko‘tarishamaliyotiga chek qo‘yildi, bu masalalarni hal qilishnirespublika rahbariyati o‘z qo‘liga oldi.

Bu vaziyatni teran anglagan rahbarning jasoratibo‘lib, juda katta siyosiy ahamiyatga ega bo‘ldi, ya’ni

O‘zbekistonning davlatmustaqilligini qo‘lgakiritish tomon yo‘l

tutishi

Page 247: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

247

siyosiy mutelikdan qutulish tomon tashlangan qadambo‘ldi.

O‘zbekistonda adolatni tiklash chora-tadbirlariko‘rildi, to‘qib chiqarilgan «o‘zbek ishi», «paxta ishi»-ning tamomila sharmandasi chiqdi. Bu bilan bog‘liqishlar qayta ko‘rildi, aybsiz qamalgan o‘n minglabkishilar oqlandi, o‘z oilasiga qaytarildi, adolat tiklandi.

Respublika jamoatchiligi tomonidan allaqachono‘zbek tiliga davlat tili maqomini berish masalasiko‘tarilgan edi. O‘zbekistonning sobiq rahbariyati bumasalaga avvallari millatchilik, mahalliychilik debqaradi, keyinchalik o‘zbek va rus tilini teng mavqegako‘tarishga urindi, shu yo‘sinda ikki tillilik haqidagiqonun loyihasini o‘tkazishga harakat qildi. Respub-likaning yangi rahbari jamoatchilik fikrini inobatgaoldi, masalani bosiqlik bilan hal qilish yo‘lini tanladi.

O‘zbekiston SSR Oliy Kengashining 1989-yil21-oktabrda bo‘lgan o‘n birinchi sessiyasida «O‘zbekistonSSRning davlat tili haqida» Qonun qabul qilindi. QonundaO‘zbekistonning davlat tili o‘zbek tilidir, o‘zbek tili respub-likaning siyosiy-ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotiningbarcha sohalarida to‘liq amal qiladi, deb belgilab qo‘yildi.

1990-yil 19-fevralda «O‘zbekiston SSRning davlattili haqida»gi qonunni amalga oshirish davlat dasturiqabul qilindi. Qonun va davlat dasturiga binoanmehnat jamoalari, o‘quv yurtlari, korxonalar va davlatmuassasalarida ish yuritish rus tilidan o‘zbek tiligao‘tkazila boshlandi. Bu qonunning qabul qilinishi vauning amalga oshirila boshlanishi respublika ijtimoiyhayotida katta tarixiy voqea bo‘lib, mustaqillik saritashlangan muhim qadam bo‘ldi.

Respublika iqtisodiyoti va ijtimoiy sohasini xolisonatahlil etish, baholash va ko‘tarishga qaratilgan dastlab-ki sa’y-harakatlar qilindi. Qishloq aholisining shaxsiytomorqalari uchun yer ajratildi. Yerga muhtoj bo‘lgan381 ming oilaga tomorqa yerlari berildi, 372 ming oilao‘z tomorqalarini kengaytirib oldi. Shu maqsadlaruchun jami 150 ming gektar yer ajratildi.

1990-yil 18-fevralda O‘zbekiston Oliy Kengashigasaylov bo‘ldi. Bu saylovlarning yangiligi shundan ibo-rat bo‘ldiki, 500 saylov okrugining 326 tasida muqobil

Page 248: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

248

nomzodlar ko‘rsatildi, deputatlik mandatiga bir nech-tadan nomzodlar da’vogarlik qildi. Oldingi saylovlar-da barcha nomzodlar birinchi turdayoq deyarli 100foiz ovoz bilan saylangan bo‘lsalar, bu safar birinchiturda 368 nomzod zarur ovozlarni to‘play oldi.Qolgan 132 okrugda qayta saylovlar bo‘lib o‘tdi.

1990-yil 24—31-mart kunlari Toshkentda o‘n ikkinchichaqiriq O‘zbekiston SSR Oliy Kengashining birinchi ses-siyasi bo‘lib o‘tdi. 24-mart kuni sessiya Moskvaning taz-yiqiga qaramasdan, respublikalar orasida birinchi bo‘lib«O‘zbekiston SSR Prezidenti lavozimini ta’sis etishto‘g‘risida» qonun qabul qildi. 1990-yil 24-mart kuni OliyKengashda yashirin ovoz berish yo‘li bilan IslomAbdug‘aniyevich Karimov O‘zbekiston Prezidenti etib say-landi.

Ana shu sessiyada I. Karimov nutq so‘zlab, O‘zbe-kistonning siyosiy mustaqilligini, o‘zini o‘zi idora qi-lishga va o‘zini o‘zi pul bilan ta’minlashga o‘tishnita’minlashni o‘zimning asosiy vazifam deb bilaman,deb ta’kidladi. Hali SSSR va markaziy hokimiyatmavjud bo‘lgan sharoitda O‘zbekistonda o‘z Prezi-dentining saylanishi muhim voqea, mamlakatimizmustaqilligiga erishish sari tashlangan yana bir dadilqadam bo‘ldi.

Respublika Oliy Kengashining ikkinchi sessiyasi 1990-yil 20-iyun kuni O‘zbekiston SSR Mustaqilligi to‘g‘risidaDeklaratsiya qabul qildi. Deklaratsiyada har bir millatningo‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqidan kelib chiqqan holda,xalqaro huquq qoidalariga, umumbashariy qadriyatlargava demokratiya tamoyillariga asoslanib, O‘zbekistonSSRning Davlat suverenitetini e’lon qildi.

Mustaqillik Deklaratsiyasi 12 moddadan iboratbo‘lib, quyidagilar bayon etilgan: O‘zbekiston SSRDavlat suvereniteti O‘zbekiston SSR demokratikdavlatining o‘z hududida barcha tarkibiy qismlarida vabarcha tashqi munosabatlarda tanho hokimligidir.

O‘zbekiston SSR davlat hududi chegarasi daxlsizva bu hudud xalqning muhokamasiga qo‘yilmay turibo‘zgartirilishi mumkin emas. SSSR Oliy Kengashiqabul qiladigan qarorlar O‘zbekiston SSR Konstitu-tsiyasiga muvofiq O‘zbekiston SSR Oliy Kengashi

Page 249: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

249

tomonidan tasdiqlangandan keyingina O‘zbekistonhududida kuchga kiradi.

O‘zbekiston SSR davlat hokimiyati vakolatigaO‘zbekiston SSR ichki va tashqi siyosatiga tegishlibarcha masalalar kiradi va hokazo.

O‘zbekiston mustaqilligi to‘g‘risidagi Deklaratsiyamuhim tarixiy hujjat bo‘lib, mamlakatimizning o‘zdavlat mustaqilligini qo‘lga kiritish yo‘lida yana birmuhim yangi qadam bo‘ldi.

O‘zbekiston siyosiy mustaqilligini qo‘lga kiritishgatomon tutilgan yo‘l iqtisodiy mustaqillik masalasibilan qo‘shib olib borildi. «Prezident boshqaruviningmuhim vazifalaridan biri, — deb ta’kidlagan edi I.Karimov, — respublikaning iqtisodiy mustaqilligini,o‘zini o‘zi idora qilish va o‘zini o‘zi pul bilan ta’min-lashga o‘tishni hal qilishdir».

O‘zbekiston rahbariyati xalq xo‘jaligini bozor iqti-sodiyotiga o‘tkazish yo‘lini mustaqil belgilashga kirish-di. «O‘zbekistonning iqtisodiy mustaqilligini shakllan-tirish konsepsiyasi» ishlab chiqildi. KonsepsiyadaO‘zbekiston xalq xo‘jaligini sog‘lomlashtirish va bozoriqtisodiyotiga o‘tish yo‘llari belgilab berildi. Mazkurmasala yuzasidan hukumat dasturi 1990-yil oktabridaO‘zbekiston Oliy Kengashining IV sessiyasida muho-kama qilindi va ma’qullandi. Sessiya respublika huku-matiga «O‘zbekiston SSR mulkiga egalik qilish, unitasarruf etish, taqsimlash va undan foydalanishmasalalari yuzasidan respublikaning suveren huquqla-rini amalga oshirishning samarali amal qiluvchi mexa-nizmini yaratish bo‘yicha asoslangan takliflar tayyor-lashni topshirdi».

Shunday qilib, 80-yillar oxiri va 90-yillar boshidaO‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy hayotida sodirbo‘lgan muhim voqealar davlat mustaqilligini qo‘lgakiritish tomon dadillik bilan amaliy qadamlar tashla-ganligini yaqqol ko‘rsatadi.

Savollar va topshiriqlar

1. Qanday sabablar SSSRni inqirozli vaziyatga olib keldi?2. «Qayta qurish» siyosati deganda nimani tushunasiz?3. Nima uchun «qayta qurish» siyosati barbod bo‘ldi?4. «Paxta ishi» nima, uning oqibatlarini bilasizmi?

Page 250: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

250

5. «Kadrlar to‘dasi» deganda nimani tushunasiz?6. O‘zbekistonda qachon norasmiy tashkilot va harakat-

lar vujudga keldi, nima uchun ular xalq orasida tayanch vaishonchga ega bo‘la olmadi?

7. Farg‘ona fojiasi nima sababdan sodir bo‘ldi, uning oqi-batlarini bilasizmi?

8. O‘zbekiston Prezidenti lavozimi qachon ta’sis etildi,uning ahamiyatini bilasizmi?

9. I. A. Karimov qachon va qaysi vakolatli organtomonidan O‘zbekiston SSR Prezidenti etib saylandi?

10. Mustaqillik Deklaratsiyasi qachon qabul qilindi? Uniyozib oling.

11. O‘zbek tiliga davlat tili maqomini berish to‘g‘risidagiQonun qachon qabul qilindi, uning ahamiyati haqida so‘zlabbering.

X U L O S A

O‘zbekiston xalqi sovetlar hukmronligi davrida qaramlik,mustamlakachilik zulmini boshidan kechirdi. Eski mustabidtuzumdan bizga og‘ir ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy-madaniy meros qoldi.

Siyosiy jihatdan xalqimiz o‘z taqdirini o‘zi belgilashhuquqidan mahrum etilgan, o‘z taraqqiyot yo‘lini o‘zi belgi-lay olmas edi. Milliy davlatchiligimiz inkor etilib, mamlaka-timiz, xalqning xohish-irodasiga qarshi o‘laroq, sobiq sovetimperiyasining ma’muriy-hududiy qismiga aylantirilgan edi.Xalq o‘z yurtboshisini tanlash, saylashdan mahrum edi,respublika rahbari, hukumat a’zolari, vazirlik va idoralarboshliqlari, hatto viloyat rahbarlari ham Markaz tomonidantayinlanardi, unga to‘la bo‘ysundirilgan edi. Oddiy ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy masalalar ham Markazning ruxsatisiz haletilmas, mustaqil faoliyat yuritishga uringanlar hibsga olinar,quvg‘in qilinar edi.

Sobiq Ittifoqdan poydevori ma’muriy-buyruqbozlikboshqaruv usuliga qurilgan, o‘ta mafkuralashgan, xalqniyuvosh, itoatkor olomon deb biladigan totalitar tuzum merosbo‘lib qolgan edi.

O‘zbekiston qaramlik davrida o‘z tabiiy boyliklariga, yer-suv, o‘rmon va boshqa resurslariga o‘zi egalik qila olmasdi,respublika hududida qurilgan va faoliyat ko‘rsatayotgan kor-xonalar Markazga, uning manfaatlariga bo‘ysundirilgan edi.O‘zbekiston rahbariyati, xalqi o‘z hududida qancha mahsu-lot ishlab chiqarilayotgani, ular qayerda realizatsiya qilinay-otgani va qancha daromad keltirayotganidan bexabar edi.Moliya-kredit, bank siyosati yuritishda ham qaram edi,o‘zining milliy valutasiga, valuta jamg‘armasiga ega emasdi.

Page 251: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

251

Sobiq Ittifoqdan mo‘rt, zaif, xomashyo yetishtirishga yo‘-naltirilgan, ya’ni arzon xomashyo va strategik mineralresurslar tayyorlanadigan iqtisodiyot meros bo‘lib qolgan edi.

Aholi turmush darajasi jihatidan nochorlik, sobiq Ittifoqmiqyosida eng oxirgi o‘rinlardan biri meros bo‘lib qoldi.Rossiya, Ukraina va Belorussiyadan farqli o‘laroq, O‘zbe-kiston aholisining deyarli uchdan ikki qismi qo‘l uchidatirikchilik qilardi. Eski mustabid tuzumdan o‘tkir ijtimoiy,ekologik muammolar meros bo‘lib qolgan edi. Mam-lakatimiz aholisi yerning nihoyat darajada sho‘rlanishi, havobo‘shlig‘i va suv zaxiralarining ifloslanganligi, radioaktivifloslanish, Orol dengizining qurib borishi oqibatida judakatta ekologik xavfga duch kelib qolgan edi.

«Bugun o‘sha davr to‘g‘risidagi haqiqatni xolisonaaytadigan bo‘lsak, u zamondagi hayotimizni jahon tarixi vaamaliyoti bilan taqqoslaydigan bo‘lsak, shuni ochiq aytishkerakki, u paytda O‘zbekiston bir yoqlama iqtisodiyotga —Markazga butunlay qaram, izdan chiqqan iqtisodiyotgaega bo‘lgan yarim mustamlaka mamlakat qatoriga aylan-gan».

Karimov I. A. O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda. T.:O‘zbekiston, 1999. 6-bet.

Qaramlik davridan, eski sovetlar tuzumidan bizga og‘irma’naviy-ma’rifiy meros qolgan edi. Mustamlakachilikdavrida milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz oyoqostiqilindi. Ona tilimiz, boy ma’naviy merosimiz qadrsizlanti-rildi, ko‘plab masjid-madrasalar, eski maktablar, tarixiy yod-gorliklar buzildi, qarovsiz qoldi. Ajdodlarimiz yetishtirganallomalarimiz idealist degan yorliq bilan qoralandi, asarlari-ni unutish, yo‘qotish siyosati yuritildi. Islom dini qadriyat-lari, musulmonlarning e’tiqodlari oyoqosti qilindi, ruhoniy-lar quvg‘in ostiga olindi. Mustabid tuzum hukmdorlarimadaniy inqilob shiori ostida o‘zbek xalqining yuzlab iqti-dorli, milliy-ozodlik uchun kurashgan vatanparvar ziyolila-rini, istiqlolchi farzandlarini siyosiy qatag‘on qildi, ularningnomlarini xalqimiz xotirasidan o‘chirib tashlashga harakatqildi. Tariximizni soxtalashtirish, tarixiy haqiqatni buzibko‘rsatish, milliy tuyg‘ularni qo‘pol ra-vishda kamsitish, rus-lashtirish siyosati yuritildi. O‘z ona tilini, milliy an’ana vamadaniyatini, o‘z tarixini bilmaslik ko‘plab odamlarningshaxsiy fojiasiga aylanib qolgan edi.

Mustaqillik sharofati bilan xalqimiz siyosiy, iqtisodiy vama’naviy zug‘umlardan ozod bo‘lib, o‘z taqdirini o‘zi belgi-lash imkoniyatiga ega bo‘ldi. Endilikda O‘zbekiston o‘zigaxos taraqqiyot yo‘lini tanlab, ozod va obod Vatan, erkinfarovon turmush qurish yo‘lidan bormoqda.

Page 252: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

252

MUHIM VOQEALAR SOLNOMASI

1917-yil 28-fevral: Rossiyada fevral inqilobi g‘alaba qo-zondi.

1917-yil 14-mart: Toshkentda «Sho‘royi Islomiya» tash-kiloti tuzildi.

1917-yil 26-mart: Toshkentda «Najot» gazetasining 1-sonichiqdi.

1917-yil 16-aprel: «Turon» gazetasi nashr etila boshlandi.1917-yil 1—2-may: Moskvada Butun Rossiya musul-

monlarining I qurultoyi bo‘lib o‘tdi.1917-yil may—iyun: Musulmon ishchi deputatlarining

paydo bo‘lishi.1917-yil iyun: «Sho‘royi Ulamo» tashkiloti vujudga keldi.1917-yil 1-noyabr: Toshkentda sovet hokimiyati zo‘ravon-

lik bilan o‘rnatildi.1917-yil 15—22-noyabr: Turkiston o‘lka sovetlarining III

qurultoyi bo‘lib o‘tdi. Unda Turkiston Xalq KomissarlariSoveti tuzildi.

1917-yil 26—28-noyabr: Qo‘qonda Turkiston musul-monlarining IV favqulodda qurultoyi chaqirildi. Unda Tur-kiston Muxtoriyati tashkil etildi.

1917-yil 25-dekabr: Qo‘qonda o‘lka musulmon ishchi,askar va dehqonlarining I favqulodda qurultoyi bo‘lib o‘tdi.

1918-yil fevralning oxiri: Turkiston mintaqasida sovethokimiyatiga qarshi harakat boshlandi.

1918-yil mart: Buxoro—Kogon yo‘nalishida Kolesov qonlivoqeasi yuz berdi.

1918-yil 21-aprel: Toshkentda Turkiston xalq universitetiochildi.

1918-yil 20-aprel—1-may: Toshkentda Turkiston Sovet-larining V qurultoyi bo‘lib o‘tdi. Unda Turkiston AvtonomSovet Respublikasi (TASR) tuzildi.

1918-yil oktabr: Turkiston o‘lka sovetlarining IV qurultoyibo‘ldi. Unda TASSRning birinchi Konstitutsiyasi qabul qilin-di.

1919-yil mart: O‘lka musulmon kommunistlari byurosi(Musbyuro) tuzildi.

1919-yil oktabr: Markazdan Toshkentga katta vakolatlargaega bo‘lgan Turkkomissiya yuborildi.

1920-yil 2-fevral: Xivada xonlik hokimiyati ag‘darildi.1920-yil 27—30- aprel: Butun Xorazm xalq vakillari I

qurultoyida Xorazm Xalq Sovet Respublikasi tashkil topdi.

Page 253: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

253

1920-yil 2-sentabr: Buxoroda amirlik hokimiyati ag‘da-rildi.

1920-yil 13-sentabr: RSFSR bilan XXSR o‘rtasida ittifoqshartnomasi tuzildi.

1920-yil 6—8-oktabr: Butun Buxoro xalq vakillari I qurul-toyida Buxoro Xalq Sovet Respublikasi tuzildi.

1921-yil 4-mart: Moskvada BXSR bilan RSFSR o‘rtasidaittifoq shartnomasi imzolandi.

1921-yil 10-mart: XXSRning Polvonniyoz Yusupov bosh-chiligidagi hukumati sovetlar zo‘ravonligi bilan ag‘darib tash-landi.

1921-yil avgust: Buxoroda Turkiston Milliy Birligi tash-kiloti tashkil topdi.

1921—1922-yillar: Turkiston ASSRning Sirdaryo, Far-g‘ona Samarqand viloyatlarida dastlabki yer-suv islohotio‘tkazildi.

1923-yil 5—9-mart: Toshkentda O‘rta Osiyo Respub-likalarining I iqtisodiy konferensiyasi bo‘ldi. Unda O‘rta OsiyoIqtisodiy Kengashi (Sredazekoso) tuzildi.

1924-yil: Markaz rahbarligida O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish jarayoni amalga oshirildi.

1925-yil 13-fevral: Buxoroda Umumo‘zbek sovetlarining Iqurultoyida «O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi tuzil-ganligi to‘g‘risidagi deklaratsiya» qabul qilindi.

1925-yil 13-may: O‘zbekiston SSSR tarkibiga kiritildi.1927-yil: «Hujum» harakati boshlandi.1928-yil: Arab alifbosi asosidagi o‘zbek yozuvidan lotin

yozuviga o‘tildi.1937-yil: Moskvada I o‘zbek san’ati va adabiyoti dekadasi

bo‘lib o‘tdi.1939-yil avgust—sentabr: Katta Farg‘ona kanali qurildi va

ishga tushirildi.1940-yil: O‘zbekistonda lotin yozuvidagi alfavitdan kirilli-

tsa yozuviga o‘tildi.1940-yil 9-yanvar: O‘zbekiston Davlat Fan qo‘mitasi

SSSR FAning filialiga aylantirildi.1941-yil 22-iyun: O‘zbekiston Ikkinchi jahon urushi girdo-

biga tortildi.1941-yil 25-avgust: U. Yusupov boshliq harbiy xo‘jalik

ishlari bo‘yicha respublika hukumat komissiyasi tuzildi.1941-yil iyul—dekabr: O‘zbekistondagi 300 ta sanoat kor-

xonasi harbiy izga solindi.1941-yil iyul—dekabr: SSSRning g‘arbiy hududlaridan 104

ta zavod va fabrikalar O‘zbekistonga ko‘chirib keltirildi.1941—1943-yillar: SSSRning g‘arbiy hududlaridan 1 mln

kishi, jumladan, 200 ming bola O‘zbekistonga ko‘chirib kelti-rildi.

Page 254: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

254

1943-yil 4-noyabr: O‘zbekiston Fanlar akademiyasi tashkilqilindi.

1944-yil mart: Bekobodda O‘zbekiston metallurgiya zavo-di qurilib ishga tushirildi.

1943-yil oxiri — 1944-yil boshlari: O‘z Vatanidan badarg‘aqilingan chechenlar, ingushlar, qrim-tatarlari, mesxeti turklari,ponteya greklari O‘zbekistonga ko‘chirib keltirildi.

1945-yil 7-may: Bekobod shahrining tashkil topgan vaqti.1949-yil 25-iyun: O‘zKP(b)MQning byurosi «O‘zbekiston

yozuvchilar soyuzining ishi to‘g‘risida» qaror qabul qildi.Ko‘plab yozuvchi va shoirlar qatag‘on qilindi.

1950-yil 1-sentabr: O‘zKP(b) MQning byurosi «O‘zbe-kiston Fanlar akademiyasining ishi to‘g‘risida» qaror qabulqildi. Ko‘plab olimlar millatchilikda ayblandi.

1952-yil 21—22-fevral: O‘zKP(b) MQning X plenumi«Respublikada mafkuraviy ishlarning ahvoli va uni yaxshilashchoralari to‘g‘risida» qaror qabul qildi. Ko‘plab ijodkor ziyo-lilar tanqid va badnom qilindi.

1956-yil 5-noyabr: Toshkent televizion markazi ishlayboshladi.

1958—1960-yillar: Jarqoq—Buxoro—Samarqand—Tosh-kent gaz quvuri qurildi.

1961—1965-yillar: Buxoro — Ural gaz quvuri qurildi.1963-yil 16-fevral: Sirdaryo viloyati tuzildi.1964—1966-yillar: Muborak — Toshkent — Chimkent —

Bishkek — Almati gaz quvuri qurildi.1965—1975-yillar: O‘rta Osiyo-Markaz gaz quvuri qurildi.1970-yil: Samarqand—Qarshi temiryo‘li qurildi.1972-yil: Qo‘ng‘irot—Beynov temiryo‘li qurildi.1973-yil 29-dekabr Jizzax viloyati tashkil topdi.1978—1979-yillar: Toshkentda balandligi 350 metrli tele-

vizion minora qurildi.1982-yil 20-aprel: Navoiy viloyati tuzildi.1984—1989-yillar: «Paxta ishi»ning to‘qib chiqarilishi va

minglab odamlarning qatag‘on qilinishi.1989-yil 23-iyun: Islom Karimov O‘zKP MQning birinchi

kotibi etib saylandi.1989-yil 21-oktabr: O‘zSSR Oliy Kengashi «O‘zbekiston

SSRning Davlat tili to‘g‘risida» Qonun qabul qildi.1989-yil 1-dekabr: «Qoraqalpog‘iston ASSR davlat tili

to‘g‘risida» Qonun qabul qilindi.1990-yil 24-mart: Islom Karimov Oliy Kengash

tomonidan O‘zbekiston SSR Prezidenti etib saylandi.1990-yil 20-iyun: Respublika Oliy Kengashi «Mustaqillik

Deklaratsiyasi»ni qabul qildi.1990-yil 14-dekabr: Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi

«Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat suvereniteti to‘g‘risidaDeklaratsiya» qabul qildi.

Page 255: mir-muz.lark.rumir-muz.lark.ru/dload/usmonov_q.pdf · BBK 63.3 (BU)ya 721 U–62 M a s ’ u l m u h a r r i r tarix fanlari nomzodi Q.RAJABOV T a q r i z ch i l a r: tarix fanlari

MUNDARIJA

Kirish . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .

I b o b. Turkistonda sovetlar istibdodining o‘rnatilishi. Sovethokimiyatiga qarshi harakat

1-§. Turkistonda 1917-yilgi ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar . . . . 2-§. Turkistonda sovet hokimiyatining o‘rnatilishi. Xalq

hokimiyatchiligi uchun kurash. Turkiston Muxtoriyati . . . . . . . . 3-§. Turkistonda sovetlar boshqaruvi tizimining mustah-

kamlanishi . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 4-§. Turkistonda sovet hokimiyatiga qarshi harakat . . . . . . .5-§. Xorazm va Buxoroda demokratik harakatlarning o‘sib

borishi. Xonlik va amirlikning qulashi . . . . . . . . . . . . . . . . . .

II b o b. Sovet hokimiyatining O‘zbekistonda yuritgan siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy siyosati va amaliyoti

6-§. Milliy siyosat va davlat qurilishi masalalari . . . . . . . . . 7-§. Iqtisodiy siyosat, uning mustamlakachilik mohiyati . . . . 8-§. Respublika qishloq xo‘jaligini jamoalashtirish va uning

oqibatlari . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 9-§. O‘zbekistonda sovetlar yuritgan madaniy-ma’rifiy

siyosat: mazmun va mohiyati . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 10-§. Mustabid tuzumning qatag‘on siyosati: uning oqibatlari

III b o b. O‘zbekiston Ikkinchi jahon urushi yillarida (1939—1945-yillar)

11-§. O‘zbekistonning urush girdobiga tortilishi. Ma’naviy vamoddiy kuchlarning frontga safarbar etilishi . . . . . . . . . . . . . . .

12-§. O‘zbekiston sanoati va qishloq xo‘jaligi front xizmatida 13-§. Urush yillarida fan, maorif va madaniyat . . . . . . . . . 14-§. O‘zbekistonning qardosh xalqlarga baynalmilal yordami15-§. O‘zbekistonlik jangchilarning fashizmni tor-mor etish-

dagi jasoratlari . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .

IV b o b. 1946—1990-yillarda O‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayoti

16-§. Xalq xo‘jaligining tiklanishi. Ma’muriyatchilikningkuchayishi, ziyolilarni qatag‘on qilishning yangi bosqichi . . . . . .

17—18-§§. O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy hayoti. Inqi-rozli holatning vujudga kelishi . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .

19-§. Madaniy va ma’naviy hayot . . . . . . . . . . . . . . . . . 20-§. «Qayta qurish» siyosati va uning barbod bo‘lishi. O‘zbe-

kistonning davlat mustaqilligini qo‘lga kiritish tomon yo‘l tutishi . Xulosa . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . Muhim voqealar solnomasi . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .

3

5

16

2842

53

7282

98

106123

134145157166

170

185

195223

233250252