10

MUNDARIJA · 2019. 10. 27. · 3 iftixor %xjxq [dotdur pd\grqodugd 2µ]ehnlvwrq ed\urjµl edodqg nrµwdulole pdgkl\dpl] edudood \dqjud\rwjdql kdu elulpl]qlqj tdoelpl]ql id[u liwl[rujd

  • Upload
    others

  • View
    0

  • Download
    0

Embed Size (px)

Citation preview

Page 1: MUNDARIJA · 2019. 10. 27. · 3 iftixor %xjxq [dotdur pd\grqodugd 2µ]ehnlvwrq ed\urjµl edodqg nrµwdulole pdgkl\dpl] edudood \dqjud\rwjdql kdu elulpl]qlqj tdoelpl]ql id[u liwl[rujd
Page 2: MUNDARIJA · 2019. 10. 27. · 3 iftixor %xjxq [dotdur pd\grqodugd 2µ]ehnlvwrq ed\urjµl edodqg nrµwdulole pdgkl\dpl] edudood \dqjud\rwjdql kdu elulpl]qlqj tdoelpl]ql id[u liwl[rujd

1

MUASSISLAR:

O‘zbekiston RespublikasiXalq ta’limi vazirligi

T.N. Qori-Niyoziy nomidagi pedagogika fanlari

ilmiy-tadqiqot instituti

«Maktub print»mas’uliyati cheklangan jamiyati

TAHRIR HAY’ATI:

Hikmatilla RASHIDOVIslom ZOKIROV

Maqsudjon YO‘LDOSHEVMurodilla ХOLMUHAMEDOV

Shavkat SHARIPOVMalohat A’ZAMOVAInomjon MAJIDOV

Uzoqboy BEGIMQULOV

G‘olib BAHROMOV3

26

Yosh avlod anglab yetishi kerakki, hech bir muvaffaqiyat o‘z-o‘zidan yuzaga chiqmaydi. Uning ortida o‘ta jiddiy, puxta o‘ylangan chora-tadbirlar, og‘ir mehnat va zahmatlar, tashab-buskorlik, fidoyilik yotadi...

Lutfullo JO‘RAYEV

Е.В.ЩЕРБАТОВА66BOSH MUHARRIR:

Abduhamid MUXTOROVMas’ul kotib:

G‘olib BAHROMOVSahifalovchilar:

Ma’mur AHLIDINOVOlmos MUXTOROV

Musahhihlar: Alimurod TOJIYEVNurlan USMONOV

Navbatchi muharrir:Nigora O‘ROLOVA

ERKIN INDUSTRIAL-IQTISODIY ZONA, «NAVOIY» EIIZ

BUYUK BRITANIYADA MATEMATIKA TA’LIMI

Ustoz-muallimlarimiz sinchiklab o‘rganadilar, amaldagi DTS bilan taqqoslab, kerakli xulosalar chiqaradilar, degan maqsadda Buyuk Britaniya davlatining 1-sinf matematika fani bo‘yicha Davlat ta’lim standartlari o‘quv dasturi va o‘qituv-chisining haftalik ish rejasidan namuna berdik...

ДАТСКИЙ ВОЛШЕБНИК ИЕГО СКАЗКИ

За что народ любит сказки Г.Х.Андерсена? За что мы ему так благодарны?Попытаемся ответить на эти вопросы, соприкоснувшись с удиви-

тельным миром его сказок… Итак, по страницам сказок Андерсена.

Page 3: MUNDARIJA · 2019. 10. 27. · 3 iftixor %xjxq [dotdur pd\grqodugd 2µ]ehnlvwrq ed\urjµl edodqg nrµwdulole pdgkl\dpl] edudood \dqjud\rwjdql kdu elulpl]qlqj tdoelpl]ql id[u liwl[rujd

2

Tahririyat manzili:100129, Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi, 30-uy.

Telefon: (0 371) 244-75-88, 244-75-87,244-75-46, 244-75-47.

e-mail: [email protected] Bosmaxonaga 31.03.2016-yilda topshi ril di. Ofset usulida chop

etildi. Qog‘oz bichimi 60x841/8. Shartli bosma tabog‘i 4,5. «Times» garniturasi. 11, 12 kegl.

«O‘QITUVCHI» NMIU bosmaxonasida chop etildi. Manzil: Toshkent sh. Yangishahar ko‘chasi, 1.

Buyurtma №__. Adadi 2200 nusxa.

Jurnaldan ko‘chirib bosilgan maqolalar «Peda gog minbari»dan olindi, deb izohlanishi shart.

Jur nalda nashr etilgan maqolalarda mual lif arning tahririyat nuqtayi nazariga muvofiq kelmaydigan fikr-mulohazalari bosilishi mumkin.

Tahririyatga yuborilgan qo‘lyozmalar muallifarga qaytarilmaydi.* * *

Мнение редакции не всегда совпадает с мнением автора. Ре-дакция оставляет за собой право на стилистическую правку и сокращение статей. Присланные в редакцию рукописи не воз-вращаются и не рецензируются.

Фамилия и инициалы авторов пишутся согласно данным их паспорта.

IFTIXOR

G‘olib Bahromov. Erkin industrial-iqtisodiy zona,

«Navoiy» EIIZ .............................................................................3

MUNOSABAT

Dilorom Qoraboyeva. Sog‘lom bola

sog‘lom onadan tug‘iladi ...........................................................7

Abdusalom Jonibekov, Umida Tolliboyeva. Konstitutsiya –

taraqqiyot garovi ..........................................................................9

AJDODLAR MEROSI

T.Risboyev, X.Mirahmedov. Mutafakkir

bobolarimizning ilmiy-ijodiy kashfiyotlari ...............................11

MUAMMO VA YECHIM

I.Boynazarov, Y.Normatova. Pedagog faoliyati

mezoni nimada? .........................................................................15

Ali Ahmedov. O‘quvchi nimalarni bilishi kerak? ..................17

AMALIYOT, USLUB, NATIJA

Zilola Ibrohimova. She’riyat va matematika .........................18

GEOGRAFIYA

G.Jiyemuratova, X.Suykinbayev. Jahon mamlakatlari

davlat tizimi va boshqaruv shakllari ........................................20

CHET TILIDAN SABOQLAR

Lutfullo Jo‘rayev. Keling, inglizcha so‘zlashamiz!

Let’s speak english! ..................................................................22

XALQARO TAJRIBA

Lutfullo Jo‘rayev. Buyuk Britaniyada matematika

ta’limi .........................................................................................26

MAKTABGACHA TA’LIM

Nasiba Erxonova. Obod yurtning sog‘lom bolasi .................32

Nargiza Jo‘rayeva. «Meva va sabzavotlarni

farqlaymiz» ................................................................................35

BILAG‘ON BOLAJON

Rasmlarni kuzatib, ortiqchasini toping .....................................37

В БИБЛИОТЕКУ

J.S.Bach. Allegro ......................................................................39

MUNDARIJAMUSIQA MADANIYATI

Gulshana Xudaynazarova. Xor san’atida

festivallarning ahamiyati ...........................................................43

MEHNAT TA’LIMI

S.Sayidumarova. Kasbni to‘g‘ri tanlashning mohiyati va

istiqbollari ..................................................................................45

МЕТОДИКА. ОПЫТ

И.В.Горобченко. Путешествие по Узбекистану .................47

Н.Г.Шевченко. Вода как сложное вещество .....................53

И.Ш.Пянковская. Тип членистоногие.

Класс насекомые. Особенности организации ......................54

ИНКЛЮЗИВНОЕ ОБРАЗОВАНИЕ

Р.Шомахмудова. Качество подготовки кадров –

как ключевой фактор внедрения

инклюзивного образования ................... ................................57

МУЗЫКАЛЬНАЯ ЛИТЕРАТУРА

М.Б.Касымова. Недда как образец искусства веризма

в итальянской опере XIX века ..............................................59

ИСПОЛЬЗУЙТЕ ЭТИ МАТЕРИАЛЫ

Г.А.Усманова. Электронный вид

графической документации ....................................................63

ВНЕКЛАССНОЕ ЧТЕНИЕ

Е.В.Щербатова. Датский волшебник и его сказки ...........66

BILIB QO‘YGAN YAXSHI

Xorazmiy. O‘z zamonasining eng buyuk matematigi ............69

SINFDAN TASHQARI O‘QISH UCHUN

Nigora O‘rolova. Ko‘ngil ko‘zgusi .........................................70

JISMONIY TARBIYA

Maqsud Mahmudov. Bolalar sporti –

muvaffaqiyatlar poydevori.........................................................72

KIM BO‘LSAM EKAN?..

Lola Qahhorova. Geolog .........................................................74

XORIJDA TA’LIM

Lutfullo Jo‘rayev. Malayziyada ta’lim tizimi ........................76

Page 4: MUNDARIJA · 2019. 10. 27. · 3 iftixor %xjxq [dotdur pd\grqodugd 2µ]ehnlvwrq ed\urjµl edodqg nrµwdulole pdgkl\dpl] edudood \dqjud\rwjdql kdu elulpl]qlqj tdoelpl]ql id[u liwl[rujd

3

IFTIXOR

Bugun xalqaro maydonlarda O‘zbekiston bayrog‘i baland ko‘tarilib, madhiyamiz ba ralla yangrayotgani har birimizning qalbimizni faxr-ifti xorga to‘ldiradi. Dav-latimiz uzoq yillik sinovlardan so‘ng yana qaddini tik tutdi, o‘zining mustaqil yo‘lini tanlab, bu yo‘ldan ravon odimlayapti, jahon minbarlarida o‘z so‘zini dadil ayt-moqda. Ijtimoiy-iqtisodiy, ilm-fan, ta’lim va sport kabi sohalarda erishayotgan yutuqlarimiz salmog‘i, ko‘z teg-masin, kun sayin ortib boryapti. Ana shunday jannatma-kon diyorimizni xalqaro hamjamiyat ishonchli investit-sion sherik sifatida ham tan olmoqda. Negaki, bu soha rivoji uchun ham imkoniyatlarimiz keng, investorlarning manfaatlari qonunan kafolatlangan, huquqlari himoya-langan. Shuning uchun hozirda respublikamizda xalqaro integratsiya va hamkorlik sohalari rivojlanib bormoqda. Xususan, bu borada Prezidentimiz tashabbusi bilan res-publikamiz hududlarida tashkil etilgan erkin iqtisodiy zonalarda amalga oshirilayotgan ishlar, eri shilayotgan yu-tuqlar mamlakatimiz taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etayotgani ayni haqiqat.

Erkin industrial-iqtisodiy zona mintaqani jadal ij-timoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun mamlakat va chet el kapitalini, istiqbolli texnologiya va boshqaruv tajriba-sini jalb etish maqsadida tuziladigan, aniq belgilangan ma’muriy chegaralari va alohida huquqiy tartiboti bo‘lgan maxsus ajratilgan hududdir.

Erkin industrial-iqtisodiy zonalar (EIIZ) dunyoning ko‘plab davlatlarida tashkil etilgan. XX asr oxirlarida jahonda turli xildagi 4 mingdan ortiq EIIZ mavjud edi. G‘arb mutaxassislarining fi kricha, XXI asrning dastlab-ki o‘n yilligiga kelib jahon tovar aylanmasining 30 foizi aynan erkin iqtisodiy zonalarda ishlab chiqarilgan mahsu-lotlar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Mazkur raqamning o‘zi-yoq jahon iqtisodiyotida EIIZlarning muhim o‘rin tutishi-ni ko‘rsatmoqda. Keyingi o‘n yilliklarda jahon xo‘jaligida integratsiyalashuv jarayoni kuchayib borayotgani EIIZlar ahamiyatini yanada oshiradi.

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining iqtisodiy bilim asoslari, iqtisodiy geografi -ya fanlari darslarida yurtimiz istiqboli bo‘lgan o‘g‘il-qizlarga O‘zbekiston iqtisodi-yotida muhim o‘rin tutadigan obyektlar, korxona va tashkilotlar, umuman, shu yo‘nalishda olib borilayotgan ishlar haqida atrofl icha ma’lumot beriladi. Bu yosh-larimizda kelajakka ishonch, Vatan ravnaqidan faxrlanish hislarini, ayniqsa, dav-lat taraqqiyotiga o‘zining ham munosib hissasini qo‘shish ishtiyoqini uyg‘otadi, vatanparvarlik tuyg‘ularining jo‘sh urishiga zamin yaratadi. Ana shu maqsadda jurnalimizda pedagoglarimizga qo‘shimcha manba sifatida mamlakatimizdagi iqti-sodiy obyektlar, ularda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari xususida ma’lumot berishni niyat qildik.

Ushbu sonda Respublikamizning Navoiy viloyatida tashkil etilgan Navoiy erkin industrial-iqtisodiy zonasi misolida erkin iqtisodiy zona, uning tarixi, ahamiyati bilan yaqindan tanishamiz.

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining iqtisodiy bilim asoslari, iqtisodiy geografi -

ERKIN INDUSTRIAL-IQTISODIY ZONA, «NAVOIY» EIIZ

Page 5: MUNDARIJA · 2019. 10. 27. · 3 iftixor %xjxq [dotdur pd\grqodugd 2µ]ehnlvwrq ed\urjµl edodqg nrµwdulole pdgkl\dpl] edudood \dqjud\rwjdql kdu elulpl]qlqj tdoelpl]ql id[u liwl[rujd

4

IFTIXOR

EIIZlarni barpo qilishda quyidagi jihatlar ko‘zda tuti-ladi:

investitsiyalar, alohida hudud (mintaqa)lar va mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish uchun qulay sha-roitlar bilan ta’minlash;

resurslarni tejovchi kam chiqimli yoki chiqimsiz yanada progressiv texnologiyalarni joriy qilish;

xalqaro integratsiya va hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.

EIIZ turlari. EIIZlar turli xil yo‘naltirilganlikka ega, ulardan eng ko‘p tarqalgani quyidagilar:

– ilmiy-texnologik hududlar (texnologik parklar, tex-nopolislar, ilmiy parklar, texnologik markazlar va bosh-qalar) material va mehnat resurslarining harakatlanishini ta’minlash maqsadida sanoat uchun yuqori darajali yangi texnologiyalarni yaratishi va kiritishini tezlashtirish uchun yuqori darajali yangi ish o‘rinlarini yaratish maqsadida tashkil qilinadi;

– import ishlab chiqarish hududlari – importni joy-lashtirish bo‘yicha hudud. Ular qabul qiluvchi mam-lakatlarni yangi tovarlar bilan, mahalliy korxonalarni esa zamonaviy texnologiyalar bilan ta’minlashga mo‘ljallan-gan;

– savdo-ombori hududlari – xorij tovarlari bojxo-na boji to‘lovlarisiz saqlanishi, sotilishi va sotib olinishi mumkin. Bunday hududlar quyidagi xususiyatlarga ega bo‘lishi mumkin:

ularni jahon bozoriga xizmat ko‘rsatishi uchun tashkil qilish;

mamlakatning qolgan hududlarida amalda bog‘langan ko‘pgina soliq normalari va bojxona chek-lovlarining bu hududda amal qilmasligi;

tashqi iqtisodiy aloqalarda davlat tartibga so-lishining tarqalishi.

– eksport ishlab chiqarish hududlari – sanoat kor-xonalari import xomashyolar, materiallar, yarimtayyor mahsulotlardan foydalanish yoki mahalliy xomashyoni ishlatgan holda xorijiy texnologiya, uskuna va boshqa ishlab chiqarish omillaridan foydalanish orqali eksport mahsulotlari ishlab chiqaradilar.

Faoliyat yuritish shakli bo‘yicha EIIZlarning sug‘ur-taviy, bank, sayyohlik kabi turlarini ko‘rishimiz mumkin.

Erkin iqtisodiy hudud tarixi. EIIZ – jahon amali-yotida 1950-yillar boshi va 1960-yillar oxirida paydo bo‘lgan xo‘jalik faoliyatini tashkil etishning nisbatan yan-gi shakli. Ular, ayniqsa, Xitoy, Bolgariya, Italiya, Vengri-ya, Polsha davlatlarida amaliyotga faol joriy qilinmoqda.

Erkin iqtisodiy zonalarning huquqiy maqomi. Ho-zirgi kunda jahon standartlariga javob beradigan va dun-yo bozorlarida talab qilinadigan mahsulot ishlab chiqarish uchun xorijiy investitsiyalarni jalb etish bo‘yicha qulay shart-sharoitlar yaratish muhim ahamiyat kasb etmoq-

da. Mamlakatimizda erkin iqtisodiy zonalar tashkil etish va ular faoliyatiga doir munosabatlar bir qator huquqiy hujjatlar asosida tartibga solinadi. 1996-yil 25-aprel-da qabul qilingan «Erkin iqtisodiy zonalar to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni, 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan «Сhet el investitsiyalari», «Chet ellik in-vеstorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to‘g‘risida»gi va boshqa bir qator hujjatlar bilan tartibga solinadi.

Erkin industrial-iqtisodiy zona to‘g‘risidagi qonunning 1-moddasiga muvofiq, Erkin iqtisodiy zona – mintaqa-ni jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun mamlakat va chet kapitalini, istiqbolli texnologiya va boshqaruv tajri basini jalb etish maqsadida tuziladigan va aniq belgi-langan ma’muriy chegaralari va alohida huquq tartiboti bo‘lgan alohida maxsus ajratilgan hudud hisoblanadi.

Erkin iqtisodiy zona hududida yuridik shaxslar va fuqarolar (jismoniy shaxslar) xo‘jalik, moliyaviy va bosh-qa moliyaviy faoliyatning istalgan turlari bilan shug‘ulla-nishiga yo‘l qo‘yiladi. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida man etilgan faoliyat turlaridan tashqari.

Chet el investitsiyalari to‘g‘risidagi qonunning 9-mod-dasiga ko‘ra «Davlat O‘zbekiston Respublikasi hududida chet ellik investorlar investitsiya faoliyatini amalga oshi-rishi chog‘ida ularning barcha huquqlarini kafolatlaydi va himoya qiladi. Chet ellik investor va chet el investit-siyalari uchun adolatli va teng huquqli rejim, ularning to‘liq va doimiy himoyasi hamda xavfsizligi ta’minlana-di».

Erkin industrial-iqtisodiy zonani tashkil etishdan maqsad nima va u mamlakatimiz uchun qanday naf kel tiradi? Avvalo, iqtisodiy zonaning industrial deb nomlanishining o‘zi ham uning sanoatlashganidan dalolat beradi. Aynan shunday zonalarni tashkil etish orqali har bir mamlakat o‘z iqtisodiyotiga ilg‘or texnologiya, val-yuta kirimlari shaklidagi chet el sarmoyalarini jalb qi-lish, zamonaviy infratuzilmasini yaratish, ichki iste’mol bozorini to‘ldirish, qoloq hududlarni jadal rivojlantirish, qo‘shimcha ishchi o‘rinlari yaratish, shuningdek, iqtisodi-yotni boshqarish sohasida va zamonaviy xalqaro tadbir-korlik sohasidagi ilg‘or xalqaro tajribani shakllantirish im-koniyatiga ega bo‘ladilar.

Gap shundaki, erkin industrial-iqtisodiy zonada ishlab chiqaruvchilar sheriklarini mustaqil tanlash, mahsulotlar-ning turi, hajmi va narxlarini kuchli raqobat, bozorning talab-takliflari asosida belgilash, ishchi-xizmatchi, mu-handis-texnik xodimlarni ishga qabul qilish va bo‘shatish masalalarini o‘z xohishicha hal etish, ularga ish haqqi-ni milliy va chet el valutasida berish huquqiga egadirlar. Erkin iqtisodiy zonalarning umumiy xaraktеrli tomoni ularda ushbu mamlakatda tadbirkorlarga qo‘lla nadigan

Page 6: MUNDARIJA · 2019. 10. 27. · 3 iftixor %xjxq [dotdur pd\grqodugd 2µ]ehnlvwrq ed\urjµl edodqg nrµwdulole pdgkl\dpl] edudood \dqjud\rwjdql kdu elulpl]qlqj tdoelpl]ql id[u liwl[rujd

5

IFTIXOR

umumiy rеjimga qaraganda qulay bojxona invеstitsion moliyaviy imtiyozlari va afzalliklarning mavjudligidir.

Eng muhimi, mamlakatlar, qit’alararo jo‘natiladigan davlat ahamiyatiga molik yuklarning global yuk tizimi-ga kirishi xuddi shu erkin zonada hal etiladi. Erkin in-dustrial-iqtisodiy zona bu – mamlakatimiz iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni jalb etishning, mamlakat iqtisodi-yoti barqarorligining muhim omillaridan biridir.

«Navoiy» erkin industrial-iqtiso diy zonasi. 2008-yil 2-dеkabrdagi 4059-sonli «Navoiy viloyatida erkin in-dustrial-iqtisodiy zona tashkil etish to‘g‘risida»gi farmon asosida 2008-yildan e’tiboran O‘zbekiston Res publikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investit-siyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi va Navoiy viloyati hokimligi hamkorligida Navoiy shahri xalqaro aeroporti hududida «Navoiy» erkin industrial-iqtisodiy zonasini tashkil etishga kirishildi. Ushbu farmonning qabul qilinishida O‘zbеkiston Rеspublikasining Shar-qiy-G‘arbiy Osiyo, Markaziy va Sharqiy Yevropa, Ya-qin Sharq va MDH mamlakatlarining yirik hududiy bo-zorlari o‘rtasidagi savdo yo‘nalishlarining kеsishmala rida qulay joylashgani ham muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Mazkur farmonga asosan «Navoiy» erkin industrial-iqti-sodiy zonaning faoliyat ko‘rsatish muddati 30 yilni tash-kil etadi va bu muddat keyinchalik uzaytirilishi mum-kin.

Navoiy shahri aeroporti bazasida xalqaro trans-port-logistika markazining tashkil etilishi bu yеrda yangi raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni tashkil etish hamda Yevropa va Osiyodagi istе’molchilarga tayyor mahsulotni tеzkorlik bilan yetkazib bеrish imkoniyatini yaratishga zamin hozirladi.

Erkin industrial-iqtisodiy zona hududida xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining asosiy yo‘nalishi – zamonaviy xorijiy yuqori unumli asbob-uskunalar va texnika, texnologik liniyalar va modullar, innovatsiya texnologiyalarini joriy etish hisobiga yuqori texnologiya-

li, jahon bozorlarida raqobatbardosh mahsulotlarni keng ko‘lamda ishlab chiqarishdan iborat etib belgilandi.

«Navoiy» erkin iqtisodiy-sanoat zonasi (EIIZ)dagi ishlab chiqarish faoliyatining asosiy yo‘nalishlari. «Navoiy» EIIZda sanoatning barcha tarmoq larida xo-mashyodan tortib tayyor mahsulotga qadar to‘liq ishlab chiqarish sikliga ega sanoat majmualarini tashkil qilish uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. «Navoiy» EIIZ-da quyidagi tarmoqlar va yo‘nalishlardagi korxonalar joy-lashtiriladi:

elektrotexnika mahsulotlarini; telekommunikatsiya asbob-uskunalarini; mashinasozlik, o‘lchagich asbob-uskunalari va

butlovchi qismlarni; dori-darmon mahsulotlari va tibbiy jihozlarni; plastik va polimer buyumlarni ishlab chiqarish; oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash va qadoq-

lash.Mutaxassislarning qayd etishicha, boshqa mamlakat-

larda yaratilayotgan erkin iqtisodiy hududlar, odatda, tor tarmoqli bo‘lsa, «Navoiy» EIIZda boy minеral-xom-ashyo rеsurs bazasini inobatga olgan holda korxonalar xomashyoni mukammal tarzda qayta ishlab, yuqori qo‘shimcha qiymat bilan sotiladigan mahsulot ishlab chiqarish imkoniyatiga ega. Bu esa o‘z navbatida xo-mashyo va matеriallarni yеtkazib bеrishga kеtadigan xarajatlarni sеzilarli darajada qisqartirish yo‘li bilan ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxini optimallashtiradi.

Rezidentlar uchun imkoniyatlar. O‘zbekiston Res-publikasi Prezidenti farmoniga binoan «Navoiy» EIIZda faoliyat yuritadigan rezidentlar uchun qulay imtiyoz va preferensiyalar belgilangan. Bu deyarli soliqsiz, imtiyozli valuta rejimi, shuningdek, chet ellik xodimlarning mazkur zonada bo‘lishining soddalashtirilgan tartibini o‘z ichiga oladi.

«Navoiy» erkin industrial-iqtisodiy zonasi hudu-di yangi ishlab chiqarish korxonalari faoliyat yuri-

Page 7: MUNDARIJA · 2019. 10. 27. · 3 iftixor %xjxq [dotdur pd\grqodugd 2µ]ehnlvwrq ed\urjµl edodqg nrµwdulole pdgkl\dpl] edudood \dqjud\rwjdql kdu elulpl]qlqj tdoelpl]ql id[u liwl[rujd

6

IFTIXOR

tishi uchun barcha talablarga javob beradi. Muhandislik kommunikatsiyalari, ma’muriy, bank-moliya va bosh-qa tegishli xizmatlarni ko‘rsatish uchun ma’muriy va moliyaviy markaz binolari qurilgan, import va eksport mahsulotlarni rasmiylashtirish ishlarini amalga oshirish uchun bojxona posti mavjud.

Industrial-iqtisodiy zona hududida tashkil etiladigan korxonalarda ishchi-xizmatchilarga yaxshi mehnat sha-roitlari yaratib berish bilan bir qatorda, ularning salo-matliklarini tiklash, sport bilan shug‘ullanishlariga imkon be rishga sharoit yaratadigan, huquq va manfaatlarini hi-moya qiladigan tashkilotlar ham faoliyat olib bormoqda.

Bundan tashqari, «Navoiy» EIIZga dunyo ishbilar-mon hamjamiyati tomonidan qiziqishning ortishi sabab-li hamda ushbu erkin industrial-iqtisodiy zonani targ‘ib qilish maqsadida Tashqi iqtisodiy aloqalar, invеstitsi-yalar va savdo vazirligi hamda «Navoiy» EIIZ dirеksi-yasi BMTTD bilan qo‘shma loyiha doirasida «Navoiy» EIIZning yangilangan intеraktiv www.fiez.uz saytini ishlab chiqdi. Sayt zamonaviy talablarga mos kеluvchi yangi ko‘rinishga kеltirildi.

Erishilayotgan natijalar. «Navoiy» EIIZ ochil-ganidan buyon kun sayin rivojlanib bormoqda. Hozirda uning hududida 22 ta investitsion loyiha bo‘yicha ish-lab chiqarish korxonalari o‘z faoliyatini olib bormoq-da. Yuqori texnologiyalar asosida modemlar, televi-zorlar uchun pristavkalar, elektr energiyasi elektron

hi soblagichlari, yuqori kuchlanishga mo‘ljallangan ka-bellar, issiqlik va suv isitish qozonlari, mobil va stat-sionar telefon apparatlari, tayyor dori vositalari va bosh-qa turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarish tashkil etildi. Yangi korxonalarda tayyorlanayotgan mahsulotlar turi salkam 100 taga yetdi. 2013-yilda zonadagi korxonalar tomonidan qiymati 100 milliard so‘mdan ziyod mah-sulot ishlab chiqarilgan edi. Oradan bor-yo‘gi uch yil o‘tdi. O‘tgan yili «Navoiy» EIIZda salkam 200 milliard so‘mlik mahsulot tayyorlandi. Uning aksariyat qismi eks port qilindi.

«Navoiy» EIIZ imkoniyatlari tobora kengaymoq-da. Qulay investitsiyaviy muhit sharoitida faoliyat yu-ritayotgan Navoiy erkin industrial-iqtisodiy zonasi O‘zbekiston nomini dunyoga tanitib, davlatimizga xori-jiy investitsiyalar jalb etilishiga xizmat qilmoqda.

Hududda avtomobillar uchun yuqori bosimli gaz ballonlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxona ishga tushdi. Eng so‘nggi rusumdagi uskunalar bilan jihozlangan mazkur korxonada 55 litrdan 154 litrga-cha bo‘lgan yuqori bosimli metan gaz ballonlari ish-lab chiqariladi. Korxona yiliga 150 mingga yaqin gaz ballon ishlab chiqarish quvvatiga ega. Shu paytgacha respublikamizga yuqori bosimli metan gaz ballonlari, asosan, xorijdan keltirilardi. Endilikda O‘zbekiston-da ishlab chiqarilgan mahsulot ichki ehtiyojlarimizni qondirish bilan birga ularni qo‘shni davlatlar, jumladan, MDH mamlakatlariga ham eksport qilish imkoniyatini beradi. Kelajakda ushbu zavodda nafaqat metan, balki propan, butan va kislorod gaz ballonlari ishlab chiqa-rish ham ko‘zda tutilgan.

Bugungi kunga qadar Koreya, Birlashgan Arab Amirliklari, Singapur, Xitoy kabi yirik davlatlar bilan hamkorlikdagi «O‘zeraecable», «TELECOM INNO-VATIONS», «O‘ZMINDA», «UZKOR LIGHTING», «DUGAS-TECH», «NAVOIY – BEAUTY COSME-TICS», «O‘zEraeAlternator», «CFM PROENERGIES» va «NAVOIY HUNAN PULP» kabi qo‘shma korxo-nalar samarali faoliyat ko‘rsatmoqda.

Umuman olganda, amalga oshirilayotgan ishlar, erishilayotgan natijalar haqida uzoq gapirish mumkin. Ammo yosh avlod anglab yetishi kerakki, hech bir muvaffaqiyat o‘z-o‘zidan yuzaga chiqmaydi. Uning ortida o‘ta jiddiy, puxta o‘ylangan chora-tadbirlar, og‘ir mehnat va zahmatlar, tashabbuskorlik, fidoyilik yotadi. Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, dunyo tajribasida erkin iqtisodiy hududlar muvaffaqiyati haqida guvohlik beruvchi misollardan tashqari, ularni tashkil qilishda muvaffaqiyatsizlikka ham uchragan holatlar yo‘q emas. Masalan, Shri Lanka, Gvatemala, Liberiya, Senegal va boshqa davlatlarda turli ko‘rinishdagi erkin iqtisodiy hududlar nafaqat muvaffaqiyatsizlikka uchradi, balki umuman faoliyatini to‘xtatdi. Buning asosiy sabablariga siyosiy, iqtisodiy, tashkiliy omillarni ko‘rsatish mumkin.

Mamlakatimiz mustaqil davlat bo‘lganiga hali ko‘p bo‘lgani yo‘q. Shunga qaramay taraqqiyot borasida ko‘plab davlatlarni tobora ortda qoldirmoqda. Unib-o‘sib kelayotgan yoshlarimiz kelajakda ana shu jarayon-ning faol ishtirokchilariga aylanishlari ularning zimmasidagi eng oliyjanob vazifalaridan. Ularni mana shu ruhda tarbiyalash, eng ilg‘or uslublarda barcha zaruriy bilimlarni berish esa barchamizning, ayniqsa, peda-goglarimizning muqaddas burchidir.

G‘olib BAHROMOV,«Pedagog minbari» muxbiri

Page 8: MUNDARIJA · 2019. 10. 27. · 3 iftixor %xjxq [dotdur pd\grqodugd 2µ]ehnlvwrq ed\urjµl edodqg nrµwdulole pdgkl\dpl] edudood \dqjud\rwjdql kdu elulpl]qlqj tdoelpl]ql id[u liwl[rujd

7

MUNOSABAT

Bu yorug‘ olamda hayot bor ekan, oila bor. Farzand deb atalmish bebaho ne’mat bor. Har qaysi ongli inson jondan aziz farzandining bax-tini, kamolini o‘ylab, hamisha ezgu orzu-in-tilishlar bilan yashaydi, o‘z zurriyodining har tomonlama sog‘lom va barkamol bo‘lishini istaydi. Sog‘lom bola, sog‘lom avlod orzusi aj-dodlarimizdan bizga o‘tib kelayotgan, qon-qoni-mizga singib ketgan azaliy intilishdir. Agar ota-bobolarimizning turmush va tafakkur tar-ziga nazar solsak, ular insonning nasl-nasabi, yetti pushtining tozaligi, avlodning sog‘lig‘iga katta e’tibor berganini ko‘ramiz. Sog‘lom bola sog‘lom va ahil oilaning mevasidir. Farzand – oila quvonchi, ona – xonadon farishtasi. Ular-ning salomatligi ko‘nglimizning xotirjamligi, halovatidir. Azaldan xalqimiz bolaning dunyoga kelishi, parvarishi va ta’lim-tarbiyasiga jiddiy e’tibor qaratgan. O‘zaro mehr-oqibat tuyg‘ula-rini shakllantirish, kattalarga hurmat, kichiklar-ga izzat ko‘rsatish, el ishiga kamarbasta, vatan-parvar, jismonan chiniqqan va ma’nan yetuk avlodni kamol toptirish milliy mentalitet va umrboqiy qadriyatlarimizning asosini tashkil etadi. O‘zbekis ton Res publikasi Konstitutsi-yasi qabul qilinganining 23 yilligiga bag‘ish-

SOG‘LOM BOLA SOG‘LOM ONADAN TUG‘ILADIDilorom QORABOYEVA,

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti o‘qituvchisi

lab o‘tkazilgan tantanali yig‘i lishda Prezidentimiz tomonidan 2016-yiln-ing «Sog‘lom ona va bola yili» deb nomlanishi yurtdoshlarimizni chek-siz quvontirdi. Tarixiy xotirasiz ke-lajak yo‘q. Prezidentimiz istiqlol-ning dastlabki yillaridanoq olg‘a surgan mazkur g‘oya bugun o‘zini tom ma’noda oqladi. Vatanparvar, oilapar var, mehr-muruvvatli, el ishi-ga kamarbasta avlodni kamol toptir-ish ezgu maqsadga aylandi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari hamda «Mehribonlik» uylari tarbi-yalanuvchilari uchun ko‘ngilochar tadbirlar, mamlakatimizning tarix-iy obida va qadamjolari, Samarqand,

Bu xoro, Xorazm singari boy madaniy merosga ega shaharlarga sayohatlar tashkil etilmoqda. Bu esa o‘z-o‘zidan bolalarda Vatanimiz tarixi, ul-kan madaniy va ma’naviy merosimizga ehtirom tuyg‘ularini shakllantirish bilan bir qatorda turli yot g‘oyalarga qarshi mustahkam ma’naviy im-munitet hosil qilishga yordam beradi. Yurtimiz-da oila muqaddas sanalib, unga alohida e’tibor bilan qaralmoqda. Bunga birgina Konstitutsi-yamizning alohida bir bobining oilaga bag‘ish-langanligini misol qilib ko‘rsatishimiz mumkin. 2014-yil ning Yurtboshimiz tashabbusi bilan Sog‘lom bola yili deb e’lon qilinishi oila faro-vonligi yo‘lida qilinayotgan ishlarning yuqori bosqichda ekanli gining yaqqol dalilidir. Ta’kid-lash kerakki, sog‘lom, moddiy va ma’naviy ka-mol topgan oila sog‘lom barkamol farzand ga-rovi. O‘zbekiston Respublikasida asosiy bosh g‘oya – bu kuchli demokratik fuqarolik jami-yati barpo etish, O‘zbekistonni kelajakda buyuk rivojlangan davlatlar qatorida ko‘rishdir. Zotan, oldimizga ulkan maqsadlar qo‘ygan ekanmiz, jismonan sog‘lom, intellektual salohiyati yuqori, ma’naviyati yuksak – barkamol avlod oliy ma-qsadlarimizning bosh kafolati hisoblanadi. Dav-

Page 9: MUNDARIJA · 2019. 10. 27. · 3 iftixor %xjxq [dotdur pd\grqodugd 2µ]ehnlvwrq ed\urjµl edodqg nrµwdulole pdgkl\dpl] edudood \dqjud\rwjdql kdu elulpl]qlqj tdoelpl]ql id[u liwl[rujd

8

MUNOSABAT

latimiz tomonidan «Sog‘lom ona – sog‘lom farzand» tamoyiliga muvofiq zamonaviy jihozlangan tibbiy markazlar, farzandla rimizga jahon standartlari talabida ta’lim berish maqsadida musiqa, san’at va sport maktablari barpo etil-di. Onalik va bolalikni muhofa-za qilish, xotin-qizlar va voyaga yetmaganlarni himoya qilishning huquqiy kafolati yaratildi. Lekin bolaning sog‘lom, yetuk shaxs si-fatida shakllanishida oila ning roli beqiyos. Ta’kidlash joizki, oila xalqimiz uchun millatning ko‘p asr lik an’analari va ruhiya tiga mos bo‘lgan g‘oyat muhim qadriyatlardan biridir. Zero, komil inson, avvalo, oilada tarbiya topa-di. Shuning uchun ham sog‘lom oilaviy muhitni shakllantirish, shu orqali sog‘lom avlodni kamol top tirish davlatimiz siyosatining ustuvor vazi-fasi etib belgilangan. «Sog‘lom oila»ni shakl-lantirish uchun, birinchi navbatda, oila huquqiy jihatdan kafolatlangan, tegishli tartibda dav-lat ro‘yxatidan o‘tkazilgan bo‘lishi lozim. Ni-kohning huquqiy jihatdan qayd etilishi er-xotin-lar o‘rtasidagi huquq va majburiyatlarni yuzaga keltiradi. Bu ularning oiladagi mas’uliyatini va farzandini sog‘lom va ma’nan yetuk qilib tarbi-yalashni yanada chuqurroq his qilishiga majbur qiladi. Nikohdan ajralish hollari, yolg‘iz on-alar, otalik belgilangan holatlar oilaning mus-tahkamligiga katta putur yetkazadi. Amaliyot-dan shu narsa ma’lumki, bunda, asosan, ayollar va bolalar aziyat chekadi. Shu bois ham yosh oilalarga huquqiy yordam ko‘rsatish, turmush qurayotgan yigit va qizlarga oilaning muqadd-asligi, uni asrab-avaylash borasida tushuntir-ish ishlari olib borish zarur. Bu borada FHDY bo‘limlari tomonidan ta’lim muassasalari, jum-ladan, kasb-hunar kollejlarida «Yosh oila qu-ruvchilar» darslari yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, oila qurish sirlari, psixologik, iqtisodiy-reproduk-tiv, tarbiyaviy munosabatlar borasida ham tus-huntirish ishlari olib borilmoqda. Yurtimizda nikohlanuvchilarning belgilangan tartibda tib-biy ko‘rikdan o‘tishi yo‘lga qo‘yilganligi, oila mustahkamligining yana bir omilidir. Chun-ki yuqumli kasalliklar, giyohvandlik, ichkilik-ka berilish, nogiron farzandlarning tug‘ilishi

oilaning sog‘lomligiga putur yetkazadi, uning barbod bo‘lishiga olib keladi. Dunyoga ke-ladigan go‘daklar sog‘lom, baquvvat bo‘lishi uchun, avvalo, turmush qurayotgan yigit-qizlar sog‘lom bo‘lishi kerak. Oiladagi ta’lim-tarbi-ya axloqiy munosabatlar, er-xotinlik rishtalari, ota-ona va farzandlar o‘rtasidagi munosabatlar, ularning huquq va burchlari milliy urf-odat-lar an’analarga to‘g‘ri asoslangan oila yanada mustahkamroq dir. Sharq xalqlarida bu munosa-batlar yuqori darajada shakllanganki, hadislarda, «Qobusnoma», «Temur tuzuklari» kabi durdona asarlarda ham buning o‘z ifodasini ko‘rishimiz mumkin. Keyingi vaqt da ayrim oilalarda ota-ona lar xorijga uzoq vaqt ishlash uchun, moddiy boylik orttirish maqsadida ketib, bolalarini qa-rovsiz qoldirishi oqibatida yoshlarning hayotda adashib, ruhan va jismonan azoblanishiga sabab bo‘lmoqda. Ota-bobolarimiz: «Bir bolaga yetti mahalla», deb bejiz aytishmagan.

Oila mustahkamligining yana bir asosi – oila budjetining baquvvatligi. Yosh nikohlanuv-chi shaxslarning o‘z daromad manbalariga ega bo‘lishi oila iqtisodiy taraqqiyotining muhim omilidir. «Sog‘lom bola yili» Davlat dasturi-da ham yosh oilalarning oyoqqa turib olishiga, moddiy jihatdan ta’minlanishiga bevosita ma-dad bo‘ladigan vazifalarning belgilanishi fikri-mizning yaqqol dalilidir. Zero, ham jismonan, ham ma’nan sog‘lom bolaning dunyoga kelishi yurt va millat taqdiriga daxldor masala ekan, har birimiz bu borada oilamiz uchun mas’ul ekanligimizni his qilishimiz, buning uchun qay-g‘urishimiz lozim.

Page 10: MUNDARIJA · 2019. 10. 27. · 3 iftixor %xjxq [dotdur pd\grqodugd 2µ]ehnlvwrq ed\urjµl edodqg nrµwdulole pdgkl\dpl] edudood \dqjud\rwjdql kdu elulpl]qlqj tdoelpl]ql id[u liwl[rujd

Bu tanishuv parchasidir. Asarning to‘liq versiyasi https://kitobxon.com/oz/asar/2375 saytida.

Бу танишув парчасидир. Асарнинг тўлиқ версияси https://kitobxon.com/uz/asar/2375 сайтида.

Это был ознакомительный отрывок. Полную версию можно найти на сайтеhttps://kitobxon.com/ru/asar/2375