56
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA`LIMI VAZIRLIGI JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI TABIATSHUNOSLIK VA GEOGRAFIYA FAKULTETI GEOGRAFIYA VA UNI O’QITISH METODIKASI KAFEDRASI “Himoya qilishga ruxsat beraman” Tabiatshunoslik va geografiya fakulteti dekani ______________ dots. G’.Qodirov “______” ___________ 2013 y 5140500 - “Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari” yo’nalishi bo’yicha bakalavr akademik darajasini olish uchun “O’ZBEKISTON QADIMGI TURKIY TOPONIMIYASI” (Jizzax viloyati misolida) mavzusida bajarilgan BITIRUV MALAKAVIY ISHI Bajaruvchi: SINDOROVA FERUZA Ilmiy rahbar: g.f.n. HAKIMOV Q.M. BMI Geografiya va uni o’qitish metodikasi kafedrasi yig’ilishining ____ __________ 2013 y. __ sonli qarori bilan himoyaga tavsiya etilgan. Kafedara mudiri: g.f.n. Q.Hakimov JIZZAX - 2013

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA`LIMI VAZIRLIGI JIZZAX

  • Upload
    others

  • View
    27

  • Download
    0

Embed Size (px)

Citation preview

Page 1: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA`LIMI VAZIRLIGI JIZZAX

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA`LIMI VAZIRLIGI

JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI

TABIATSHUNOSLIK VA GEOGRAFIYA FAKULTETI

GEOGRAFIYA VA UNI O’QITISH METODIKASI KAFEDRASI

“Himoya qilishga ruxsat beraman”

Tabiatshunoslik va geografiya fakulteti dekani ______________ dots. G’.Qodirov

“______” ___________ 2013 y

5140500 - “Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari” yo’nalishi bo’yicha bakalavr akademik darajasini olish uchun

“O’ZBEKISTON QADIMGI TURKIY TOPONIMIYASI”

(Jizzax viloyati misolida)

mavzusida bajarilgan

BITIRUV MALAKAVIY ISHI

Bajaruvchi: SINDOROVA FERUZA Ilmiy rahbar: g.f.n. HAKIMOV Q.M.

BMI Geografiya va uni o’qitish metodikasi kafedrasi yig’ilishining ____ __________ 2013 y.

№__ sonli qarori bilan himoyaga tavsiya etilgan.

Kafedara mudiri: g.f.n. Q.Hakimov

JIZZAX - 2013

Page 2: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA`LIMI VAZIRLIGI JIZZAX

2

M U N D A R I J A KIRISh ……………………………………………….…………………. I - BOB. GEOGRAFIYA VA TOPONIMIKA ALOQADORLIGI 1.1. TOPONIMIKANI GEOGRAFIYA FANLARI TIZIMIDAGI O’RNI …......… 1.2. GEOGRAFIYA DARSLARIDA TOPONIMIK MA’LUMOTLARDAN FOYDALANISh ......................................................................................................…….. II - BOB. O’ZBEKISTON QADIMGI TURKIY TOPONIMLARI

2.1. TURKIY TOPONIMLARNI RIVOJLANISh TARIXIDAN ..................... 2.1. O’ZBEKISTON QADIMGI TURKIY ETNOTOPONIMLARI ...................... III - BOB. JIZZAX VILOYATI QADIMGI TURKIY TOPONIMIYASI 3.1. VILOYAT TURKIY TOPONIMLARINING AYRIM GRAMMATIK

XUSUSIYATLARI …………………………………………………………… 3.2. VILOYATDAGI QADIMGI TURKIY GEOGRAFIK TERMINLAR .…………. XULOSA ………………………………………………………………………. TOPONIMIK IBORALAR ShARHI .......................................................... FOYDALANILGAN ADABIYОTLAR …………………………………….

Page 3: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA`LIMI VAZIRLIGI JIZZAX

3

K I R I Sh

Mavzu dolzarbligi. Yer yuzida millionlab geografik nomlar - toponimlar

mavjud. Yer yuzidagi har bir geografik obekt, hodisa va voqyeaning o’z nomi bor.

Har bir dengiz, har bir daryo, har bir tog’u - cho’qqi, har bir shahar, qishloq, har bir

daha, har bir mahalla, ko’cha o’z nomiga ega. Geografik nomlarga shunday

o’rganib ketganmizki, hatto, ularning mavjudligini ham unutib qo’yamiz. Faraz

qilaylik, bir zum geografik nomlar yuqolib qoldi deb: kim qayerga borishini ham,

qayerdan kelayotganini ham, shuningdek qayerda yashashini ham bilmay qoladi.

Geografik nomlar hayotiy zarurat bo’lib qolgan.

Geografik nomlar asosan ikki xil bo’ladi: ayrim geografik obektni bildiruvchi

atoqli ot, nom va geografik obekt hamda voqyea, hodisalarning, umumiy nomini

bildiruvchi turdosh otlar. Atoqli geografik nomlar toponimlar deyiladi. Yunoncha

topos - «joy» va onima - «ism, nom» so’zlaridan tashkil topgan. Toponimlarga,

ularning kelib chiqishi, yani etemologiyasi ma’nosi, o’zgarishi, talaffuz qilinishiga

kishilar juda qadim zamonlardan qiziqib kelishgan. Har bir geografik nom orqasida

qanchadan - qancha voqyea va hodisalar, tabiiy hodisalar, tabiiy xususiyatlar, xalq,

qabila, urug’, ayrim kishilar faoliyati haqidagi tarixiy ma’lumotlar yashirinib

yotadi. Toshkent, Samarqand, Buxoro, Termiz, Tyanshan, Pomir, Amudaryo,

Qizilqum nomlarida qancha voqyea, hodisalar, tarix yashirinib yotibdi. Nega ular

shunday nomlar bilan ataladi?

Ishning maqsadi. Har bir kishi, avvalo, o’z joyi - shahri, qishlog’i, mahallasi,

ko’chasi nomini, ularning qanday hodisa, voqyea, tabiiy xususiyat, qanday inson

nomi bilan bog’liqligini bilishni istaydi. Nega Hindikush, Ajal vodiysi,

Borsakelmas, Dashti Margoh, Dashti Lut, O’lik dengiz deyiladi? Chet ellardagi

nomlarning ba’zilarini o’zbek tiliga tarjima qilinsa, g’alati, ba’zan bema’ni

nomlarni ko’rasiz. Krivoy Rog - Egri shoh, Tbilisi - Qaynar buloq, Vladivostok -

Sharqni Egalla, Velikiye Luki - Katta Yoylar, Los - Anjeles - “Bizning janobi

oliylari farishtalar qiroli” va hokazo. Joy nomlarini yozishda ham nozik tomonlari

bor. Ba’zan bir harf o’zgarishi bilan tamomila boshqa joy tushuniladi. Masalan:

Page 4: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA`LIMI VAZIRLIGI JIZZAX

4

Amu - Amur, Avstriya - Avstraliya, Riga - Risa, Jurjon - Juzjon, Mari - Mariy,

Neva - Niva va boshqalar.

Bularning hammasini toponimika fani o’rganadi. Toponimika ham yunoncha

“topos” va “noma” so’zlaridan hosil bo’lgan. Bu fan geografik nomlarning kelib

chiqishi, rivojlanishi, o’zgarishini, ularning mazmuni, shakli va to’g’ri yozilishini

o’rganadi. Toponimika geografiya, tarix va tilshunoslik (lingvistika) fanlari

o’rtasidagi fan bo’lib, ular bilan juda bog’langan. Bu fanlarning tadqiqot

uslublaridan foydalanib ish ko’radi. Geografik voqyea, hodisa va obyektlarning

umumiy nomini, turdosh otlarni, ya’ni termin (atama)larni geografik

terminshunoslik o’rganadi.

Har bir fanning terminlarini o’rganuvchi terminshunoslik (atamashunoslik)

fanlari mavjud. Geografik terminshunoslik geografik terminlarning ma’nosi, kelib

chiqishi (etimologiyasi), o’zgarishi, to’g’ri yozilishi va manbalarini o’rganadi.

Terminlarning aniqligi, mukammallagi fanning rivojlanishini ma’lum jihatdan

belgilab beradi. Termin yordamida ma’lum hodisa tasnifi ixcham beriladi va o’sha

hodisani tez o’zlashtirib olish imkoniyati yaratiladi.

Joy nomlarini o’rganuvchi mutaxassislar toponimistlar deb, terminlarni

o’rganuvchi mutaxassislar terminologlar deb ataladi. Toponimika va

terminshunoslikka oid ma’lumotlar kishilar bilimini juda kengaytiradi hamda

madaniy saviyasini o’stiradi. Deyarli barcha buyuk kishilar, allomalar toponimika

va terminshunoslikka oid ma’lumotlarga juda qiziqqan va o’zlari ham fanning bu

sohalari bilan shug’ullanganlar. Geografiya darslarida toponimika va

terminshunoslikka oid ma’lumotlardan foydalanish o’quvchilarning fanga

qiziqishini kuchaytiradi va shu sohada chuqur bilim olishlariga yordam beradi.

Ishning tarkibiy tuzilishi va hajmi. Bitiruv malakaviy ishi kirish, uch bob,

xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.

Page 5: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA`LIMI VAZIRLIGI JIZZAX

5

I - BOB. GEOGRAFIYA VA TOPONIMIKA ALOQADORLIGI

1.2. TOPONIMIKANI GEOGRAFIYA FANLARI TIZIMIDAGI O’RNI XX-asr fanlarning defferensiasiyasi (tarmoqlarga bo’linishi) va

integrasialashuv jarayonlari jadalashgan asrdir. Zotan tarmoq va sohalarning

chuqur tadqiq etilishi yangi tarmoq fanlarining vujudga kelishiga sharoit yaratdi.

Bir qator tabiiy va ijtimoiy fanlarning muayan yo’nalishlari tutashgan bo’g’inlarda

yangi “oraliq” fanlarning vujudga kelishi ro’y berdi. Huddi shunday fanlardan biri

toponimika bo’lib, “yuqorida ta’kidlaganimizdek tilshunoslik geografiya tarix va

boshqa fanlar o’rtasida vujudga keldi. Joy nomlarining ma’nosi qayin tildan

olinganligi qanday tarixiy va ijtimoiy voqyeylik natijasi ekanligini tadqiq etadi.

Shu bilan birgalikda joy geografik sharoiti aniq nomda joy geografik sharoiti aniq

nomda mujasamlashivi masalasini toponimika o’zgaradi.

Nomlarni bilish faqat ilmiy va marifiy jihardan ahamiyatli bo’lmasdan

amaliy va mafkuraviy jihatlardan katta ahamiyat kasb etadi. O’zbekiston

Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 11 avgustda chiqarilgan

O’zbekiston Respublikasidagi ma’muriy hududiy birliklar aholi punktlari,

tashkilotlarga va boshqa toponimik obyektlaga nom berish ishlari tartibga solish

to’g’risidagi qarori miliy qadryatlarimizning ko’z ilg’amas“ qismiga tarixchi

tilshunos geograf mutaxasislar qolaversa bu ishga bosh qosh bo’lgan ma’sul

kishilar diqqatini jalb etadi. Vatan tarixiga va qadriyatlariga yanada jiddiy

munosabatda bo’lishini talab etadi. Lug’at tarkibiga kirgan so’zlar har bir sohasida

muayyan tushuncha qonun- qoidalarni ifodalaydi.

Geografiya termini bu qadimiy Yer ilmining tushuncha va qonunlari

mazmunini ifodalab mustaqil fan sifatida mavjud bo’lishini takidlaydi. Shu

boisdan bo’lsa kerakki geografik terminlarni o’rganish va tartibga solish

toponimika fani bilan birgalikda olib borilgan. O’zbekistonda dastlabki geografiya

terminlarini tuzish XX asrning 30-40 yillaridan boshlangan. Garchi “Devoni

lug’at-it turk”, “Lug’ati Chig’atoy va turki usmoni” va boshqa lug’atlar qadimdan

mavjud bo’lsada hozirgi zamon geografiyaning termin va so’zlariga asosan XX

Page 6: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA`LIMI VAZIRLIGI JIZZAX

6

asrda tartib berildi. Dastlabki geografik lug’atlardan biri O.Ibrahimov tomonidan

yozilgan “Geografiya atamalari” lug’ati bo’lib, lotin imlosida 1935 yilda nashr

etilgan.

Lug’atda geografik nomlar bilan birga yonma-yon terminlar ham berilgan.

Terminlar ro’yhati betartib tasodifiy toplangan bo’lishiga qaramay lug’at tuzish

tajribasida ma’lum ahamiyat kasb etadi. 1940 yilda prof. Malliskiy va G’afurovlar

tahririda nashr etilgan “ruscha - o’zbekcha geografiya terminlar lug’ati” ancha

mukammal ishlangan, terminlar asosan to’g’ri, ammo xalq so’z terminlaridan

foydalanilmagan. Bir guruh geografik terminlardan umuman foydalanilmagan.

Mahmud Qoshg’ariyning “Devoni lug’atit turk” Sulaymon Buxoriyning “Lug’ati

chig’atoyi va turki usmoniy” XVII asrda Hindiston podshosi Boburiy Avrangzeb

taklifiga muofiq Muhammad Yaqub Changiy tomonidan yozilgan Chig’atoycha-

forscha “qilurnoma” lug’atlaridagi so’zlardan foydalanilmagan. Shunday bo’lsada

“Geografiya atamalari” va “Qisqacha ruscha – o’zbekcha terminlar lug’ati”

qo’llanmalari O’zbek miliy geografik terminshunosligida muhim bosqich bo’ladi.

Har ikkala lug’at lotin alifbosida chop etilgan bo’lib, muayyan

kamchiliklarga qaramay geografik terminshunoslikda katta ahamiyatga ega

bo’ldi. Xalq terminlariga etibor berilmagan yasama so’zlar keltirilgan

shuningdek ustun stremnina skala praduxt, nurga poyma ples, obolochkka,

nonos, korabel kabi o’zbek tilida shundayligicha berilgan. (Ustun-tik, qiyalik,

utes qoya, stremnina – tez oqar joy, skala qoya tosh, preduxt- mahsulot, nurga –

shirabo’ron, poyma-qayir, plyos-daryo o’zani sayozligi, obolochka - qobiq,

nopos-yemirilgan jins to’plami)

1953 yilda o’zbek milliy geografiyasining tamal toshini qo’ygan

Dolimov, Qarayev, Hasanov, Mirboboyevlarning “Qisqacha ruscha-o’zbekcha

geografiya terminlari lug’ati” ni tuzib, o’quv pedagogika nashriyoti tomonidan

nashr ettirdilar. Bu lug’at haqida matbuotda uni o’quv ishlarida qo’llash uchun

qulayligi xususida qator taqrizlar elon qilindi. Lug’at tuzush masalasi

boshqa fanlar uchun muhim ahamiyatga bo’lgani uchun M.Bohodirov, Ya.

Nosirov, M.Umarov, H.Mirohunovlarning “qisqacha ruscha-o’zbekcha

Page 7: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA`LIMI VAZIRLIGI JIZZAX

7

tuproqshunoslik terminlari lug’ati” A.Sodiqov, “Geologiya terminlar lug’ati”

Z.N.Saidnosirova T.V. Derxsnov “Ximyadan qisqacha izohli rusch-o’zbekcha

lug’at” S.S.Sohabiddinov “qisqacha ruscha-o’zbekcha botonika terminlari

lug’ati’, Q.Zokirov M.M.Nabiyev, U.Pratov, H.A.Jomolxonov “ruscha –

o’zbekcha botonika terminlarining qisqacha izohli lug’ati” va boshqa o’quv

qo’llanmalari yaratilib, ilmiy terminshunoslik asoslari yaratildi

Rus tilidagi geografik terminlar lug’atini o’zbek tiliga tarjima qilib,

nashr etish XX asrning 50-60 yillarida ko’proq ahamiyatga berildi, chunki

geografiya faning terminlari mazmunini izohlash fanni bilishda muhim jihat

hisoblanadi. A.S.Borkov “Tabiiy eografiyadan izohli lug’at” E.M. Murzayev

V.Murzayeva “Mahalliy geografik terminlari lug’ati” kabi izohli lug’atlar

ko’p nusxada chop etildiki geiografik lug’atshunoslik rivojlanishida muhim

ahamiyat kasb etdi. Oliy maktab geograf olimlari F.N.Mil’kovning “Slovar –

lopediya – I-V jildlar (1959-1963) o’z amaliy faoliyatlarida foydalanmoqdalar.

Aslini olganda H.Hasanovning “Geografik terminlar lug’ati” atoqli

geografik, nomlar – toponimlarni qamrab olmaydi, lekin atoqli geografik

nomlarning geografik tushunchaga aylangan “Osiyo maksumumi” , “Islandiya

maksumumi” kabi iqlimiy, geologik – geografik turdosh otlarga aylanib

qolganlarini izohlab beradi. “Geografik terminlar lug’ati” ning ahamiyati

shundaki, o’zbekcha geografik terminalogiyaning manbalari , xalq geografiya

terminlari O’rta Osiyo xalqlari tillaridan olingan so’zlarning rus geografiyasiga,

ayni vaqtda xalqaro geografik terminalogiyaga kirgan - adir barxan, bagora

Djeuliv, Kiyaris, qishloq, kurgon, qir, soy, sel, soz, sir, taqir , to’qay, chink,

cho’l, sho’r va boshqa so’zlar izohlab va asoslab berilishidir.

Xalqaro geografik terminalogiyada ishlatilayotgan bunday so’zlar lug’at

tarkibining bir ismi bo’lish qatorida darslik va geografik- geologik

adabiyatlarda muayyan geografik mazmundagi voqiylik va hodisani ifodalahsda

ishlatilmoqda. H.Hasanov asarida o’zbek tili lug’atiga kirgan geografik terminlar

- (okean passat kompos va hakozo – ikkiyuz so’zdan ko’proq), rus tilidan aynan

tarjima qilinib, kal’ka yo’li bilan yasalgan so’zlar (vodorazdel- suv ayirg’ich,

Page 8: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA`LIMI VAZIRLIGI JIZZAX

8

vodoxrapilishe – suv ombor, ) kabi so’zlarni aniq iohlab bergan. Arabcha –

forscha, turkiy so’zlarning geografik mazmunini ifodalashda xalqaro geografik

terminalogiyada qo’llanib kelayotgan muhobil variantlarini ham tariflab beradi.

Shuni aytish kerakki H.Hasanov vaqtli matbuotda muayyan chalkashliklar

bilan ishlatilayotgan cho’l so’zini chinakkam ma’nosini izohlab beradi.

Kitobning asosiy qismi rusch-o’zbekcha terminlari lug’ati bo’lib, unda kiril

imlosida alfavit tartibida rus tilidagi terminlarning o’zbekchada ishlatilish va

yozilish variantlari berilganki buni o’zbek geografik terminshunosligida katta

voqyea qaramoq lozim. bor yo’g’i besh ming nushada chiqarilgan bu muhim

geografik qo’llanma allaqachon nodir kitoblar qatoridan o’rin olgan.

O’zbek toponimika faning taraqqiyotida qomusiy geograf alloma

H.Hasanovning “O’rta Osiyo joy nomlari tarixidan ” (Toshkent “Fan” 1965 )

nomli to’rt ming nusxada chop etilgan asari beqiyos ahamiyatga ega. Kitobning

toponimika uchun birinchi navbatdagi ahamiyati shundaki, toponimlarni yerning

tili deb tariflab bu fan muhiyatini tushuntirib berganligidir. Birinchi

“Toponimika tarixi ” deb nomlangan qismida toponimika va joy nomlarini

o’rganish ta’rixi, tarixiy toponimiya, tayanch tushunchalar, O’rta Osiyo joy

nomlarining paydo bo’lishi olimlarning asarlarida toponimika qanday ahamiyatga

ega ekanligi tariflangan.

Kitobning ikkinchi qismi “Qisqacha toponimik lug’at” ga bag’ishlangan

bo’lib, Amudaryo Andijon, Ashg’abot, Bortang, Balxash, Borsa-Kelmas,

Kaspiy, Bo’kantov, Sarisen, Atrou, Sirdaryo, Termiz, To’palang, va boshqa

o’rta Osiyoning makro va mezo toponimlari paydo bo’lishi tarixiy lingvistik

jihatdan tariflangan. Kitob “tarixiy- geografik, nomlar izohati” bilan tugaydi.

O’rta Osiyo toponimlarining tarixiy geografik o’rni va nomlanishi haqida qimmatli

manba hisoblanadi. H.Hasanovning “Geografik nomlar imlosi” (Toshkent “Fan”

1962), “Yer tili” Toshkent O’zbekiston 1978. “Geografik nomlar siri”

(Toshkent “O’zbekiston” 1985) kitoblari - Respublikamizda toponimika va

geografik atamashunoslik faning asoschisiga aylanganini ko’rsatadi.

Page 9: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA`LIMI VAZIRLIGI JIZZAX

9

“Geografik nomlar siri” ilmiy – ommabob ta’rif bo’lsada toponimika

bilishga ehtiyoji bo’lgan barcha mutahasis, o’qituvchi, barcha o’zbek

kitobhonlari uchun har doim ma’lumotnoma sifatida o’qishga arziydigan zaruriy

qo’llanmaga aylanib qolgan desak mubolag’a bo’lmaydi. Zero “Yerning tili”,

“Tarixiy toponimiya” , “Beruniy va Bobur toponimiya hususida”, “Toponimistlar”

“Anana va yangilik”, “Nomlar qanday paydo bo’ladi”, “Eng xato nom”,

“Toponimlar”, “Toponimik o’lkashunolsik ” va “Toponimik lug’at” deb

nomlangan boblar chuqur ilmiy va qiziqarli tarifda berilgan.

Toponimika ilmi - Yer yuzidagi joy nomlarining turlari, hususiyatlari,

shakllanish qonuniyatlari haqida bahs aytadi. Geografik nomlar o’zgaruvchan,

nomlarning o’ziga xos siri haqida bilish geografiyadan ta’lim beruvchi

muallimlar bilan bir qatorda barcha barchasini qiziqtirishi shubhasiz. 1520 yilda

dunyo aylana sayohatni amalga oshirib, Yerning shar shaklda ekanligini va dunyo

okeaning bir butunl;igini amalda isbotlagan F.Magellan janubiy sharqiy Osiyodagi

orollar to’plamini Ispan shahzodasi Filip ikkinchi sharafiga Filip orollari deb

atagan. Ruschadan o’zbekchaga tarjima qiluvchilar Filippin degan.

Ruscha egalik qo’shimchasi bilan noto’g’ri tarjima qilganlar bu xato

hozirgacha xaritalarda saqlanmoqda. Filippin davlatining hukumati va fuqorolari

orollarning tarixiy maharlik – ulug’vorlik, mahalliy nomini tiklash masalasi kun

tartibida turibdi. Shu Filippin toponimining paydo bo’lishi voqyeasi toponimika

faning qiziqarli va ommabop soha ekanligini yana bir bor isbotladi. Buyuk

geografik kashfiyotlar davrida va undan keyingi vaqtlarga vujudga kelgan

Amerika, Avstraliya, Tinch okean regionlarda paydo bo’lgan. H.Hasanovning

o’zbek miliy toponimika fanining asoschilaridan deyishimizning boisi ham

bunday yangidan paydo bo’lgan nomlarning tarixi manosi, geografik imlolari

qatiylashtirgani, standartlashtirgandir.

XX- asr o’zbek toponimikasidan eng ko’p ish qilgan olimlar jumlasiga

geografiya fanlari doktori S.Qorayev, Qarshi davlat universiteti prof. T.Nafasov,

O’zbekiston milliy universitet professorlari R.Rahimbekov P.G’ulomovlarni

ko’rsatish mumkin. Shuningdek boshqa olimlar birgalikda chiqargan asarlari

Page 10: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA`LIMI VAZIRLIGI JIZZAX

10

muhim qo’llanma bo’lib xizmat qilmoqda. S.Qorayev, P.G’ulomov.

R.Rahimbekov tomonidan tuzilgan “Geografiyadan izohli lug’at” P.G’ulomovning

“Jo’g’rofiya atamalari va tushunchalari izohli lug’ati” va boshqa joy nomalari va

ulardan geografik talimda foydalanish metodikasiga bag’ishlangan ishlari

O’zbekistonda toponimika va geografiya terminshunoslikning rivojlanishida

muhim o’rin tutadi.

Respublikamizning Urganch, Andijon Guliston ,Termiz, va boshqa oliy

o’quv yurtlarida faoliyat ko’rsatayotgan tilshunos tarixchi va geografik

tatqiqotchilar umumiy va regional toponimika terminshunoslik kabi joy nomlari

bilan bog’liq tatqiqotlar davom etirilmoqda. Zero eng qadimiy sivilizatsiya

makoni bo’lgan O’rta Osiyo regionida turli qatlamga ega bo’lgan toponimlarni

o’rgatish mintaqanning tarixi xalqning joy nomlarida mujassamlashgan

zakovatining naqadar keng ekanligini tabiat va jamiyat aloqasining turli qirralarini

bilishga imkon beradi.

Ko’pchilikka ayonki, toponimlar xalq tarixi va madaniyatining ajralmas

bo’lagi, joy nomlarida xalqning tili tarixiy voqyealigi, turmush tarzi dunyoqarash,

atrof tabiiy va ijtimoiy voqyealikka bo’lgan munosabati aks etgan. Shunday ekan,

nomlar xalqimizning dunyoqarashining tarkibiy qismi sifatida chuqur o’rganilishi,

tilimiz boyligi, o’zbek xalqi boy madaniy merosga ega ekanligini ko’rsatishga

xizmat qilmog’i, milliy mafkuraning bir bo’lagi sifatida, miliy o’zlikni anglash

o’zi mansub xalq tarixi va madaniyatiga hurmat va faxr tuyg’ularini

shakllantirmog’i mafkuraga to’g’ri kelmaydigan xalqimiz tarixi va an’analariga

yod bo’lgan mustamlakachilikdagi nomlardan voz kechib, ular asl tarixiy nomlar

bilan yoki xalq ma’naviyatiga mos nomlar bilan almashtirilishi zarur.

Ma’lumki, har qanday mustaqil davlat o’z hududidagi geografik nomlarga

befarq bo’lolmaydi. Chunki, nomda davr madaniyati, zamon ma’naviyati va

mafkurasi, nomlovchilarning dunyoqarashi aks etgan bo’ladi. Mustaqillikdan keyin

geografik obyektlarning nomlari sohasidagi munosabatlarni huquqiy jihatdan

tartibga solish maqsadida bir necha qonun va qarorlar qabul qilingan bo’lsa ham,

Page 11: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA`LIMI VAZIRLIGI JIZZAX

11

ammo ularda geografik obyektlarga nom berish va ularning o’zgartirish masalalari

bo’yicha, mavjud muammolar to’la yechimini topmagan edi.

Shu sababdan, geografik obyektlarning nomlari sohasidagi munosabatlarni

tartibga solish va mavjud muammolarni to’la bartaraf etish maqsadida 12 oktyabr

2011 yili, № O’RQ-303 -sonli «Geografik obyektlarning nomlari to’g’risida»gi

O’zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilindi. Mazkur Qonunning qabul

qilishdan maqsad, geografik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini

o’zgartirish, shunindek, geografik obyektlar nomlarini belgilash, normallashtirish,

davlat ro’yxatidan o’tkazish, muhofaza qilish, saqlash, ulardan foydalanish hamda

obyektlarning nomlariga taaluqli bo’lgan barcha ma’lumotlarni tizimlashtirishdan

iborat.

Bu muhim sohada O’zbekiston Respublikasining 2011 yili 12 oktyabrdagi

“Geografik obyektlarning nomlari to’g’risida”gi № O’RQ-303-sonli Qonuni,

hamda 2012 yili 16 oktyabrdagi № 295-sonli O’zbekiston Respublikasi Vazirlar

Mahkamasining “Geografik obyektlarning nomlari to’g’risida” gi O’zbekiston

Respublikasi Qonuniga muvofiq geografik obyektlarning nomlari sohasidagi

ishlarni tartibga solish chora-tadbirlari haqida” gi qarori va viloyat hokimining 2012

yili 20 oktyabrdagi № 257-sonli “O’zbekiston Respublikasi Vazirlar

Mahkamasining 2012 yil 16 oktyabrdagi 295-sonli qarori haqida”gi qarori viloyat

ko’rki, yurt jamoli bo’lgan geografik nomlarni ilmiy jihatdan mukammalashishiga

xizmat qiladi.

O’zbekistonda qabul qilingan va amal qilayotgan ushbu va boshqa huquqiy

hujjatlar tarixiy ilmiy jihatdan qimmatli toponimlarni saqlab qolish, ma’naviy

tariximizning bir qismi sifatida alohida ahamiyatli toponimlarning qayti tiklash,

yangi geografik obyektlarni milliy mentalitetimizga mos ravishda nomlash, davlat

siyosati darajasiga ko’tarilganini bildiradi.

Page 12: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA`LIMI VAZIRLIGI JIZZAX

12

1.2. GEOGRAFIYA DARSLARIDA TOPONIMIK MA’LUMOTLARDAN

FOYDALANISh

Geografik nomlar geografiyaning asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi. Ulardan

geografiyada beriladigan ma’lumotlarni hududiy bog’lashda foydalaniladi.

Geografiyada biror hodisa yoki voqyeani tushuntirmoqchi bo’linsa, albatta joy

nomi bilan bog’lanadi. Geografik qonuniyatlarni geografik obyekt nomisiz

tushuntirib bo’lmaydi. Umuman, geografiyada joy yoki geografik obyekt nomi

bog’lanmasdan bilim berish mumkin emas. Ikki joy tabiatini qiyoslash uchun ham

joylar nomini bilish kerak. Umuman o’quvchilarning xaritani bilishi, joy nomlarini

qanchalik darajada bilishi bilan belgilanadi.

Biroq geografik nomlar, ayniqsa chet el geografik nomlari bolalarga

tushunarsiz, ularni eslab qolish u yoqda tursin hatto talaffuz qilish ham juda qiyin.

Bunday nomlarni o’quvchilar eslab qolishlari uchun ularning ma’nosini tushuntirib

berish juda muhimdir. Chunki tushunarsiz so’zlarni eslab qolishdan ko’ra

tushunarli so’zni, hatto so’z birikmasini eslab qolish osonroqdir. Geografik

nomlarni chuqur tushunishga mahalliy geografik terminlarni (atamalarni) o’rganish

yordam beradi. Mahalliy geografik terminlarni tushunish o’quvchilarga atrof

muhitni ongli bilib olishga yordam beradi. Bu esa o’z o’lkasiga, vatanga

muhabbatni tarbiyalaydi. Geografik nomlarni maktabda o’rganishda

o’quvchilarning nomlarni to’g’ri yozishni va to’g’ri talaffuz qilishni bilib

olishlariga erishish zarur. Bu talabning ahamiyati shundaki, geografik nomlarni

to’g’ri yozish o’quvchilar savodxonligini muhim qismi hisoblanadi, nomlarni

to’g’ri talaffuz qilish esa nutq madaniyatini o’stiradi.

Geografik nomlarning tarbiyaviy, ilmiy ahamiyati ham juda katta. Mamlakat

siyosiy hayotida ro’y berayotgan o’zgarishlar uning xaritasida aks etib turadi.

Mamlakatimiz O’zbekiston istiqlolga erishgandan keyin uning xaritasida ham

o’zgarishlar bo’ldi. Mustamlakalik davrida o’sha vaqtning siyosatini ifodalovchi

geografik nomlar o’zgardi. Istiqlolni, milliy qadriyatni ulug’lovchi geografik

nomlar vujudga keldi. Mamlakatimiz tabiati, xalqimiz kasb - hunari, milliy

an’analar, qadriyatlarimiz bilan bog’liq nomlar tiklandi. Istiqlol, Mustaqillik

Page 13: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA`LIMI VAZIRLIGI JIZZAX

13

maydoni, Amir Temur xiyoboni, Mirzo Ulug’bek tumani, Bobur bog’i, Alisher

Navoiy bog’i, Mirobod, Muzrabot tumanlari shular jumlasidandir. Dunyoda ro’y

beradigan siyosiy o’zgarishlar xaritada, binobarin, geografik nomlarda ham o’z

aksini topadi.

Geografik nomlarda Yerni geografik o’rganish tarixi ham aks etadi. Yangi

yerlarni ochgan, o’rgangan ko’pchilik sayyohlar, dengizchilar, tadqiqotchilar

nomlari geografik xaritalardan mustahkam o’rin olgan. Ko’pchilik geografik

nomlar tabiiy sharoitni (yer yuzasi relefini, o’simliklar va hayvonot dunyosini,

tabiiy hodisa va voqyealarni), aholining urf - odatlari, xo’jaligini aks ettiradi.

Geografik nomlar asrlar davomida saqlanishini nazarda tusak, ularni o’tgan

zamon tabiati, ro’y bergan hodisa, voqyealar, kishilarning tarixiy kasb - korligi, urf

- odatlari, aholining migrastiyasi haqida qimmatli ma’lumotlar olish mumkin.

Geografik nomlarni o’rganish, o’qitishda predmetlararo aloqalarda ham qo’l

keladi. Geografiya o’qitishda ona tili, chet el toponimlarini o’rganishda chet tillari

bilan bog’lanish yaxshi natija beradi. Ayrim geografik nomlarning joylashishi va

ma’nosi tarixiy voqyealar bilan bog’langan. Bu esa geografiyaning tarix fani bilan

aloqasini mustahkamlashga imkon beradi.

Geografik nomlarning ma’nosini yaxshi bilish chet tillarini o’rganishga ham

yordam beradi. Masalan Kanada davlatining nomini paydo bo’lishi qiziqarli

tarixga ega. Kanada so’zining paydo bo’lishi indeyslar bilan bog’liq. Fransiya

qiroli farmoni bilan Jak Kartye boshchiligidagi fransuz ekspedisiyasi Xitoyga

boradigan shimoliy yo’lni ochish maqsadida g’arbga qarab yo’lga chiqqan. 1535

yili ekspedisiya a’zolari oldin tanish bo’lgan Muqaddas Lavrentiya bo’g’oziga

kiradi va shu nomli daryo orqali yuqoriga qarab harakat qilishadi.

Kartye daryo sohilidagi indeyslar manzilini ko’rib ulardan mamlakatingiz

qanday nomlanadi deb so’raydi, irokez esa o’z tilida Kanata - «qishloq» deb javob

beradi. Kartye boshqa joylarda ham shu savol bilan murojaat qilganda javob aynan

takrorlanadi. Natijada, Kanata so’zi nom sifatida kartaga tushirilgan va hozirda

Shimoliy Amerikani katta hududini qamrab olgan Kanada davlatining nomiga

aylangan.

Page 14: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA`LIMI VAZIRLIGI JIZZAX

14

II - BOB. O’ZBEKISTON QADIMGI TURKIY TOPONIMLARI

2.1. TURKIY TOPONIMLARNI RIVOJLANISh TARIXIDAN Geografik nomlarning ma’nosini, ularning kelib chiqishini, o’zgarishini

bilishga qiziqish juda qadim zamonlardan boshlangan. Toponimikaga oid

ma’lumotlar qadimgi dunyo olimlari asarlarida ko’plab uchraydi. Chunonchi,

Gerodotning “Tarix”, Strabonning “Geografiya”, Pomiponiy Melaning

“Xorografiya”, Pliniyning “Tabiiy tarix” nomli asarlarida ko’pgina toponimik

ma’lumotlarni uchratish mumkin.

Sharqda, jumladan, O’rta Osiyoda ham toponimikaga qiziqish qadimdan

boshlangan. Yusuf Xos Hojibning “Qutadg’u bilig”, Abu Rayhon Beruniyning

“Qonuni Ma’sudiy”, “Hindiston”, “Saydana”, Mahmud Koshg’ariyning “Devonu

lug’atit turk”, Ibn Sinoning “Dengiz qirg’oqlari” asarlarida toponimikaga oid juda

ko’p ma’lumotlarni topish mumkin. Toponimik ma’lumotlar muallifi noaniq

“Hudud al - olam” nomli geografik asarda ham mavjud. Zahiriddin Muhammad

Boburning “Boburnoma” asari mumtoz o’lkashunoslik asari bo’lishi bilan birga

unda toponimikaga oid juda ko’p ma’lumotlar bor.

X – XI- asrlarda yashagan Abu Rayhon Beruniy o’z davrining buyuk olimi -

astronom, matematik va geograf bo’lgan. U 973 yili 4 sentabrda Xorazmdagi Kot

(hozirgi Beruniy) shahrining chekkasida tug’ilgan va 1048 yilda 75 yoshda

G’aznada vafot etgan. Uning ilmiy merosi orasida toponimikaga oid ma’lumotlar

ko’p uchraydi. Uning geografik va toponimik merosi “At - Tafhim”, “Qonuni

Ma’sudiy”, “Geodeziya”, “Hindiston”, “Minerologiya”, “Osori boqiya”,

“Saydana” kitoblarida keltirilgan.

Abu Rayhon Beruniyning “Hindiston” asarida toponimika qonuniyatlariga oid

bir qancha fikrlari mavjud. Chunonchi, yunonlar va arablar turkiy so’zlarni buzib,

o’z talaffuzlariga moslab ishlatganliklari oqibatida ayrim so’zlarning ma’nosi

o’zgarib ketganini aytadi. Masalan, turkiycha tosh so’zini arablar shosh deb

talaffuz qilishidan ma’no o’zgarganini aytadi. “Saydana” kitobida 400 dan ortiq

Page 15: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA`LIMI VAZIRLIGI JIZZAX

15

qishloq, tog’, daryo, shahar va orollarning nomlari tilga olingan. “Qonuni

Ma’sudiy” kitobida 603 ta joy nomi ko’rsatilgan.

Abu Rayhon Beruniy Mo’lton shahri nomiga quyidagicha izoh bergan

(H.H.Hasanov, 1985): “Mo’ltonning (asl) nomi Koshiyapura edi. Keyin

Hansapura, keyin Bashapura, keyin Sanbhapura va keyin Mo’lastxona, ya’ni “Asl

joy” deb nomlanadi; mo’l - “asl”, tona - “joy” demakdir” deydi. “Mineralogiya”

kitobida konlarning geografik tarqalishi, qaysi toshning qaysi tog’, qaysi daryo

vodiysi va qaysi qishloqdan qazib olinishi haqida yozishi bilan birga ayrim tosh,

minerallarga izoh ham bergan. Beruniyning dunyo xaritasida qirqqa yaqin joy

nomlari berilgan.

Muallifi noma’lum “Hudud al - olam” (X asr) kitobida ham geografik

toponimika va terminshunoslikka oid ma’lumotlar ko’p. Bu kitobda Buxoro,

Farob, Poykent, So’g’d, Tavovis, Karmina, Dabusi, Arbinjon, Kushoniya,

Samarqand, Kesh, Termiz, Zomin, Jizzax, Farg’ona, Axsikat, Qubo, Shosh, Kot va

boshqa joylar haqida ma’lumotlar bor.

Zahiriddin Muhammad Boburning (1483 - 1530) “Boburnoma” kitobi

mumtoz o’lkashunoslik kitobi bo’lishi bilan birga, unda toponimikaga va

terminshunoslikka oid ma’lumotlar juda ko’p. Xususan Farg’ona vodiysidagi

geografik nomlar ma’nosi, etimologiyasiga alohida ahamiyat berilgan. Andijon,

Kandibodom, Isfara, Xo’jand, Axsi, Ho darvesh, Sayhun, Marg’ilon haqida batafsil

ma’lumotlar mavjud.

Bulardan tashqari, Abu Hayyon (XIII - XIV asrlar), Jaloliddin Turkiy (XIV -

XV asrlar), Mirzo Ulug’bek (XIV - XV asrlar), Abulg’ozixon (XVI asr), Qori

Rahmatulla Buxoriy (Vozix) (XIX asr) asarlarida toponimikaga va geografik

terminshunoslikka oid ma’lumotlar keltirilgan. Bu jihatdan Abulg’ozixonning

“Shajarai turk”, Mirzo Ulug’bekning “To’rt ulus tarixi”, Qori Rahmatulla

Buxoriyning “Xotiralar”, “Sayram risolasi” nomli asarlari ayniqsa diqqatga

sazovordir.

Mamlakatimizda toponimika va geografik terminshunoslikning XX asrdagi

rivojlanishida mahalliy tadqiqotchi olimlar bilan birga O’rta Osiyoni o’rgangan rus

Page 16: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA`LIMI VAZIRLIGI JIZZAX

16

olimlarining ham hissasi katta bo’ldi. Bular orasida V.V.Bartold, V.P. Semenov -

Tyanshanskiy, E.M. Murzayevlarni alohida ko’rsatish mumkin. V.V.Bartold o’zi

tarixchi, uning toponimikaga oid maxsus ishi yuq. Toponimik ma’lumotlarining 9

jildli tarixiy asarida uchraydi. Uning joy nomlarini tushuntirish sodda, ancha aniq

va ko’p fikr-mulohazalari ishonarlidir. U o’z asalarida mahalliy geografik

terminlardan yaxshi foydalanadi. Uning asarlarida ariq, jo’y, kom, qir, rabod,

tarxon, to’rtko’l, shahriston, yurt kabi terminlar talqinini bergan.

V.V.Bartold hayoti va ilmiy faoliyatining katta bir davri O’rta Osiyo, xususan

O’zbekiston va Toshkent bilan bog’liq. Olimning yaratgan 685 asaridan 320 nafari,

faqat Turkistonga bag’ishlangan...”1.

V.P.Semyonov-Tyanshanskiyning “Aholi punktlarining mahalliy nomlarida

geografik manzara qanday aks etadi” (1924) asari toponimik jihatdan o’quvchida

katta qiziqish uyg’otadi. Bu asarda muallif geografik nomlarning paydo bo’lishida

tabiiy sharoitning ta’siri haqida yozgan.

E.M.Murzayev yirik geograf olim, toponimist. U O’rta Osiyo, Sinjon,

Mongoliyadagi geografik nomlar va xalq terminlarini o’rgangan. Uning “Slovar

narodno’x geograficheskix terminov” (1984) asari terminshunoslikda katta o’rin

tutadi. Unda mahalliy geografik atamalar ma’nosini ochib beradi. Uning

“Srednyaya Aziya” (1957) kitobida 100 dan ortiq geografik nomlarning izohi

berilgan. Masalan, Oqsuv, Oloy, Amudaryo, Orol, Bodxiz, Darvoz, Qoraqum va

boshqalar.

O’rta Osiyo o’lkasidagi geografik nomlarni o’rganishda vengriyalik olim

Armeniy Vamberiy (1832 - 1913) ning xizmati katta. O’rta Osiyoga mahfiy

sayohat qilgan bu olimning “Buxoro tarixi”, “Markaziy Osiyoning geografik

nomlari” kitoblari diqqatga sazovor. Uning lug’atida 600 ga yaqin geografik nom

va termin berilgan.

O’zbekistonda toponimika va geografik terminshunoslikni rivojlantirishda

H.H.Hasanovning (1919 - 1985) xizmatlari katta. Uning toponimikaga oid fikr,

mulohaza va ma’lumotlari “O’rta Osiyo joy nomlari tarixidan” (1965), “Geografik

nomlar imlosi” (1962), “Yer tili” (1977), “Geografik nomlar siri” (1985)

Page 17: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA`LIMI VAZIRLIGI JIZZAX

17

asarlarida, terminshunoslikka oid ishlari “Geografiya terminlari lug’ati” (1964)

kitobida, geografiya va terminshunoslik tarixiga oid ishlari “O’rta Osiyolik geograf

sayyohlar” va ko’pdan - ko’p maqolalarida o’z aksini topgan. Bu olimning

toponimikaga oid kitoblarining ikkinchi qismi izohli lug’atlardan iborat bo’lib, bu

mazkur asarlarning qiymatini yana ham oshiradi.

O’rta Osiyo o’lkasi, xususan O’zbekiston toponimlarini tadqiq etgan yana bir

tadqiqotchi S.Qorayevdir. Bu tadqiqotchi toponimlarning etimologiyasiga oid

ancha ish qilgan. U toponimlarni, xususan etnotoponimlarini chuqur o’rgangan.

Uning ilmiy xulosalari “Geografik nomlar ma’nosi” (1978), “Geografik nomlar

ma’nosini bilasizmi?” (1970), “Toshkent toponimlari” (1991) kitoblarida bayon

etilgan. O’zbekistondagi joy nomlarini o’rganish va tadqiq etishda filolog

tadqiqotchilardan H.Egamov, Z.Do’simov va T.Nafasovlar ishlari ham muhim

manba bo’lib xizmat qiladi.

Geografik nomlar muayyan hududda ajralgan holda emas, balki o’sha hudud bilan,

u erdagi tabiiy-tarixiy hamda ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar bilan bog’liq holda o’iganiladi.

Ayni vaqtda tevarak-atrofdagi hudud, o’lkalarning tabiati, tarixi hamda toponimiyasi ham

hisobga olinishi kerak. Chunki geografik nomlar uzoq davrlar mahsuli bo’lgani bois vaqt

o’tishi bilan ozmi-ko’pmi shaklan va mazmunan o’zgarishi, xalqlarning ko’chib yurishi

natijasida esa bir joydan ikkinchi bir joyga o’tib qolishi mumkin.

Toponimlar til lug’at fondining bir qismi, biroq ular lug’at tarkibidagi

boshqa so’zlardan uzoq vaqtgacha o’zgarmasdan turishi bilan farq qiladi.

Iste’moldan butunlay chiqib ketgan yoki kichik bir hududda uchraydigan so’zlar

ko’pincha geografik nomlar shaklida saqlanib qolgan bo’ladi. Bir vaqtlar keng

iste’molda bo’lgan bulan (los), do’lta (sirtlon), buqalamun (xameleon), kish

(sobol) kabi hayvon nomlari, baraz (tog’ tepasidagi kichikroq tekis maydoncha),

bo’ktar (tog’ etagi), qo’l (soy), qasaba (shaharcha), qora suv (buloq suvi), chordara

(qorovul xonasi), hisor (qo’rg’on), to’rtkol (aynan - chordevor), «shahar vayronasi»

kabi geografik atamalar hozirgi davrda O’zbekistonda butunlay ishlatilmaydi yoki

kichik-kichik hudud-lardagina saqlanib qolgan. Biroq bu so’zlardan tuzilgan

Page 18: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA`LIMI VAZIRLIGI JIZZAX

18

toponimlarni topish mumkin. Ana shuning uchun ham joy nomlari tilning turli tarixiy

davrlardagi lug’at tarkibini o’rganishda qimmatli manba hisoblanadi.

O’zbekistonning geografik nomlari, ya’ni toponimiyasi O’rta Osiyo

toponimiyasining bir qismi sanaladi. O’rta Osiyodagi geografik nomlarning asosiy

qismini hozirgi o’zbek, turkman, qirg’iz, qoraqalpoq, qozoq hamda tojik tillari

yordamida osongina tushunish mumkin. E.M.Murzaev qayd qilganidek,

toponimlar hozirgi ma’muriy yoki etnografik chegaralarni tan olmaydi. Buning

ma’nosi shuki, tojikcha toponimlar O’zbekiston, Turkmaniston va Qirg’iziston

hududlarida, o’zbekcha va qirg’izcha nomlar esa Tojikiston xaritasida ham ma’lum

miqdorda mavjud.

Yunonlarning O’rta Osiyoga kirib kelishi toponimiyada biron bir sezilarli iz

qodirmagan. Tojikistondagi Iskandarko’l nomining Iskandar Zulqarnayn ismiga hech

aloqasi yo’q. Chunonchi, Bobur bu ko’lni tilga olganda uning biron-bir nomini

keltirmaydi. Bundan tashqari, Iskandar, Iskandarariq, Iskandardaryo, Iskandarquduq

kabi toponimlar anchagina uchraydi. Tarixchi A.Muhammadjonovning

ta’kidlashicha, O’zbekistonda Iskandar nomli quduqlar anchagina bor. Xalq bu

quduqlarni makedoniyalik Iskandar nomi bilan bog’laydi. Aslida bu nomlarning

ko’plari keyingi davrlarda paydo bo’lgan. Masalan, Toshkent yaqinidagi Iskandarariq

xalq orasida Iskandarto’ra laqabi bilan mashhur bo’lgan chor Rossiyasining knyazi

Nikolay Nikolaevich nomi bilan atalgan.

O’rta Osiyoda arablarning uzoq davr davomida hukmronlik qilishi joy

nomlarida o’z aksini topgan. Bunda arab tilining adabiy til bo’lib xizmat qilishi

katta rol o’ynagan. Arabcha nomlar orasida avliyolar, payg’ambarlar va har xil diniy

e’tiqodlar bilan bog’liq bo’lgan nomlar alohida o’rin tutadi.

Arablar zamonidan qolgan toponimlarning eng ko’p sonlisi Rabot so’zi bilan

bog’liq. Arablar o’zlari bosib olgan joylarda harbiy punktlar - ko’pdan-ko’p

rabotlar (ribotlar) qurgan. Chunonchi Buxoro yaqinidagi Boykand (Paykand)

yaqinida 1000 dan ortiq rabot bo’lgan. Bu rabotlarda turkiy xalqlarning

hujumlariga qarshilik ko’rsatadigan qo’shinlar turgan.

Page 19: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA`LIMI VAZIRLIGI JIZZAX

19

Rabot nomli toponimlar O’zbekiston hududida hozir ham kam emas.

Masalan, chor Rossiyasining harbiy olimi N.F.Sitnyakovskiyning 1899 yilgi

«Ro’yxat»ida Zarafshon vodiysining faqat Buxoro qismida Balandrabot, Beshrabot,

Yettirabot, Jarrabot, Deganrabot, Kaltarabot, Kattarabot, Oltirabot, Oqrabot, Toshrabot,

Changrabot, Chorrabot, Chuqurrabot, Qo’tirrabot, Qo’shrabot, Rabot, Rabotio’zbek,

Rabotimulla, Raboti Yusuf, Navrabot, Yangirabot kabi 160 dan ortiq qishloq, bundan

tashqari, shu qishloqlar nomi bilan atalgan bir necha o’n ariq qayd qilingan.

Shuningdek, bob (bobil), nahr, tal (tepa), masjid (machit), madrasa kabi

arab tilli atamalari geografik nomlar tarkibida ko’p uchraydi. Shuni aytish

kerakki, aslida arabcha bo’lsa ham turkiy xalqlar tillarining lug’at tarkibidan o’rin

olgan bu kabi so’zlardan tarkib topgan toponimlarni turkiy nomlar deyish

to’g’ri bo’ladi.

Turkiy geografik nomlar O’zbeistondagi toponimlarning asosiy qismini tashkil

etadi. Lekin, o’zbekcha geografik nomlarning ko’pchiligi keyingi asrlarda vujudga

kelgan. Shu bilan birga O’rta Osiyoda, jumladan, O’zbekistonda arablardan oldin

paydo bo’lgan nomlar ham bor. Masalan, Narshaxiyning «Buxoro tarixi» kitobida

tilga olingan bir qancha nomlar Buxoro atroflarida hozirgi kunlarda ham uchraydi.

Shopurkon, Romitan, Karmana, G’ijduvon, Ishtixon kabi qadimiy ariq hamda

qishloqlar ana shular jumlasidandir.

Mo’g’ullarning kirib kelishi O’rta Osiyo toponimiyasini yanada

murakkablashtirib yubordi. Bulung’ur, Darxon, Norin, Norinko’l, Norinkapa, Shiberti

kabilar mo’g’ulcha nomlardir. Shunisi qiziqki, Norinko’l degan ariq N.F.

Sitnyakovskiyning «Ro’yxati»da ham uchraydi. Dovon, ko’tal, to’qay, shiber,

qapchig’ay kabi mo’g’ulcha atamalar O’rta Osiyo turkiy xalqlari tillari leksikasidan

va toponimiyasidan mustahkam o’rin olgan.

O’rta Osiyo, jumladan O’zbekistondagi ruscha nomlar turli yo’llar bilan paydo

bo’lgan. Lomakino, Vannovskiy, Vladikino, Vrevskaya, Obruchevo, Ursatevskaya kabi

temir yo’l stansiyalari chor hukumati hokimlarining qarorlari bilan qo’yilgan

rasmiy nomlar edi. Rus dehqonlarini ko’chirib keltirilgan joylarda anchagina ruscha

Page 20: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA`LIMI VAZIRLIGI JIZZAX

20

nomlar paydo bo’lgan. Masalan, Mirzacho’lga rus dehqonlari dastlab 1886 yilda

ko’chirib keltirilgan va o’sha yili bu erda to’rtta posyolka vujudga kelgan.

Bular Zaporojskiy, Nadejdinskiy, Romanovskiy va Sretenskiy posyol-kalari edi.

1898 yilga kelganda Sirdaryoning har ikkala sohilida 9 ta rus posyolkasi bunyod etildi.

Bundan keyin paydo bo’lgan ruscha geografik nomlar ham Rossiyadagi nomlardan

farq qilmas edi, boshqacha aytganda, ruslar o’zlari yashab kelgan yoki o’zlariga

tanish bo’lgan joy nomlarini qo’ygan edilar.

Sho’rolar davrida paydo bo’lgan geografik nomlar aksari sobiq proletariat

dohiylari, sho’ro davlati va kommunistik partiyaning rah-barlari va partiya hamda

davlat yugurdaklarining nomlaridan iborat mafkuraviy nomlar bo’lgan. Mustaqillik

yillarida «qizil» toponimlar bekor qilinib, joylarning tarixiy nomlari tiklandi va sof

xalqona topo-nimlar paydo bo’ldi. Yuqorida aytilganlardan ko’rinadiki,

O’zbekiston toponimiyasi bir necha davr mahsuli bo’lib, har bir davrning o’ziga xos

toponimlari mavjud.

Ma’lumki, ko’pgina toponimlar zaminida oddiy atamalar, turdosh so’zlar

yotadi. Shu bilan birga bir qancha joy nomlari ayrim shevalargagina xos so’zlardan

tarkib topgan. Professor Ye.D.Polivanov turkiy tillardan hech birida shevalar o’zbek

tilidagidek ko’p emas deb yozgan edi. O’zbek shevalarida shunday so’zlar

uchraydiki, deb davom etgan edi olim, ularning bir qismi adabiy tilda yoki

boshqa shevalarda muqobili yo’q bo’lib, bir qismini esa boshqa so’z bilan

ifodalanadigan variantlari mavjud. O’zbekiston toponimiyasining xarakterli

xususiyatlaridan biri ana shu «muqobili yo’q» so’zlardan tarkib topgan

toponimlarning ko’pligidir.

Chunonchi, Jizzax viloyatining bir qancha tumanlarida tangi (tor dara), gaza

(tog’ qirrasi), zov (tik qoya), qashqa (yo’l o’tgan tepalik, tog’ suvi), tagob (takob -

suv yoqasi, o’zani, dara), shiver (botqoqlik), aqba- ovg’a (tog’ dovoni) kabi

geografik atamalar xalq shevalarida juda faol ishlatiladi va ayni vaqtda bu tumanlarda

ana shu so’zlar asosida paydo bo’lgan toponimlar uchraydi. Shu narsa e’tiborga

molikki, yuqorida qayd qilingan so’zlarning ko’pchiligi qadimgi turkiy yozma

yodgorliklarda, chunonchi, Mahmud Koshg’ariy «Devoni»da, «Boburnoma»da

Page 21: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA`LIMI VAZIRLIGI JIZZAX

21

uchraydi. Demak, bu atamalar ilgari vaqtlarda hozirgiga nisbatan ancha keng doirada

ishlatilgan.

O’zbekiston toponimiyasining xarakterli xususiyatlaridan yana biri unda

etnotoponimlarning, ya’ni turli millat, xalq, elat, qabila va urug’-aymoq nomlari

bilan atalgan toponimlarning nihoyatda keng tarqalganligidir Mintaqa joy nomlari

xususan mikrotoponimlar ichida antropotoponimlar, ya’ni kishilarning ismi,

familiyalari hamda laqablari bilan ataladigan toponimlar son jihatidan

etnotoponimlardan keyin ikkinchi o’rinda turadi.

Ba’zi bir kishi ismlarini bilib olish oson emas. Kishi ismlari orasida

sarimsoq, piyoz, hatto yovshon (shuvoq) kabi o’simlik nomlari, yo’lbars, sher,

bo’ri, to’ti, qo’zi, to’qli, xo’roz kabi hayvon nomlari uchraydi. Kishilarning

laqablari ayniqsa, xilma-xil bo’lgan. Laqab ko’pincha, familiya rolini o’tagan deyish

mumkin. Bir xil ismli (adash) kishilarda har birining o’z laqabi bo’lgan. Zomin

tumani Tamtum qishlog’idagi kishilar laqablaridan misollar keltiramiz: Boy

Sariboy- Sarimesh (semiz kishi bo’lgan), Sariboy do’shi keng (ko’kragi keng

kishi ekan), Sulton dev - Sulton qayqi, Bo’ronboy beparvo - Bo’ronboy ko’zi

yomon (shilpiq ko’z), Musa teshik (oqma) - Musa it etmas (chopqir), Abdi

yo’g’on (o’jar odam bo’lgan) - Abdi devona (bechoragina kishi bo’lgan) - Abdi

zarang (garang - qulog’i og’ir kishi o’tgan).

O’zbekiston tomonlarining grammatik xususiyatlari to’g’risida shuni aytish

kerakki, toponimlarning ko’pchiligi ikki va uch komponentdan tuzilgan.

Bob,Yom, So’x, Pop kabilar bir komponentli elliptik, ya’ni qisqargan

toponimlardir. Antropotonimlar, ayniqsa, etnotoponimlar ham bir komponentli

bo’lishi mumkin. Qo’ng’irot, Chinoz, Boyovut, Beruniy, Navoiy ana shunday

nomlar jumlasidan.

Boshqa turkiy toponimlar kabi, o’zbekcha toponimlar orasida ham fe’l

shakllari keng tarqalgan. Kuyganyor, Qolgan Sir, Qolgan Chirchiq, Shomurot

yorgan. Fe’llar mikrotoponimlar tarkibida ayniqsa, ko’p uchraydi: G’ajiruchti,

Takasakragan, Qatiqto’kildi va hokazo.

Page 22: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA`LIMI VAZIRLIGI JIZZAX

22

O’zbekcha toponimlarda geografik atama (indikator, nomenklatura atama,

turdosh so’z) toponim oxirida, aniqlovchi esa so’z boshida keladi: Toshkent,

Mirzacho’l, Dehqonobod, Oyoqquduq va hokazo. Geografik nomlar, ayniqsa,

mikrotoponimlar ba’zan butun-bir gaplardan iborat bo’ladi: qozoqoldi

kalonyuqori, qozoqoldi kalono’rta, Mulla qoraning eri, Yo’ldoshning oti yiqilgan

(qoya) va hokazo. Boshqird olimi J.G.Kiekboev ana shunday toponimlarga

Amin Mulla besen sapkan — «Mulla Amin pichan chopgan (er)» degan

topo-nimni misol qilib keltiradi.

Bu misollar A.V. Nikonovning «Mikrotoponimlar atoqli otlar bilan

turdosh so’zlar o’rtasida oraliq mavqeni egallaydi» degan fikrini isbotlaydi.

O’zbekcha toponimlar orasida suffiksli toponimlar ham bor. Biroq o’zbekcha

toponimlarda suffiks slavyan xalqlari yashaydigan mam-lakatlardagi kabi katta

o’rin tutmaydi. Masalan, rus aholi punktla-rining 90 foizidan ko’prog’i

suffikslidir.

O’zbekiston toponimlari tarkibida eng ko’p keladigan affikslar

(topoformantlar): -zor (Marg’zor, Olmazor), -kat, -kent (Navkat, Binkat,

Parkent), -iston (Guliston, Bog’iston), -loq (Toshloq, Sangloq, qum-loq), -obod

(Dehqonobod, Dashnobod, Xalqobod, Xonobod), -li, -lik, -liq, (Gazli, Tolli,

Soylik, Ohaklik, Bo ‘stonliq, qo yliq), -on (Ohangoron, Childuxtaron,

So’zangaron), -xona (Arabxona, Bo’rixona, Urganjixona), -goh, go (Namozgoh,

Janggoh), -chi (Sho’rchi, o’qchi, Chiroqchi), -cha (Sho’rcha, Ko’kcha,

Shoxcha),-ak, -ik (Hisorak, Jizzax, Bog’dodiq, Xumdonak), -kor (Paxtakor,

Lalmikor) va boshqalar.

Shuni alohida qayd qilib o’tish kerakki, -chi kabi affikslar etnonimlar

tarki-bida ham uchraydi. Masalan, bolg’ali, jag’albayli, oytamg’ali, qo’shtamg’ali,

uchtamg’ali, to’rttamg’ali, qanjig’ali, qaychili, qarg’ali, sirg’ali, so’loqli, taroqli,

tuyoqli, ba’zan, qutchi kabi etnonimlar ana shular jumlasidan. Bundan shunday

xulosa chiqadiki, O’zbekiston toponimlarini af-fikslariga qarab tasnif

qilganda atamalar toponimga aylanmasdan ol-din ularning tarkibida affiks

bor-yo`qligini uzil-kesil aniqlab olish shart.

Page 23: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA`LIMI VAZIRLIGI JIZZAX

23

2.2. O’ZBEKISTON QADIMGI TURKIY ETNOTOPONIMLARI

Etnonimlardan nom olgan har qanday geografik obyekt etnotoponim

hisoblanadi, ular viloyat toponimiyasi tarkibida son jihatdan ko’p bo’lishidan

tashqari, ancha qadimiyligi bilan ajralib turadi. Etnotoponimlarning aksariyat qismi

oykonimlar, ular mintaqa aholisining tarixiy shakllanishi, taraqqiyoti, xalqlarning

qadimiy munosabati, integrasiya va migrasiyasini ko’rsatuvchi muhim manba

hisoblanadi.

To’plangan etnotoponimlar tahlili hudud miqyosida ularning areali turlicha

ekanligidan dalolat beradi. Suv bo’ylari, dehqonchilik va chorvachilik uchun qulay

joylar, yirik aholi punktlarida, turli etnik guruh vakillari aralash yoki yonma-yon

yashagan joylarda etnotoponimlar zichroq tarqalgan. Viloyat aholisining etnik

tarkibi o’tmishda murakkab, etnografik kartasi ancha rang-barang bo’lgan. Tarixan

bu hududda madaniy taraqqiyoti turlicha bo’lgan va xo’jaligining turli sohalari

bilan shug’ullangan urug’ va qabilalar, qavm va elatlar hamda etnik guruh vakillari

yashaganligi ma’lum.

Mutaxassislarning fikricha, ushbu hududda milodning boshlari va birinchi

ming yillikda eroniy va turkiy tillarda so’zlashuvchi elatlar, xalqlar istiqomat

qilgan. Keyingi davrlarda turkiy xalqlarning ko’payishi natijasida eroniy tillarda

so’zlashuvchi aholining ma’lum bir qismi assimlyasiyalashgan. Masalan,

H.Haydarov yozishicha: «Jizzax hududlarini dushman hujumidan saqlash

maqsadida Abdullaxon O’ratepa bekligiga qarshi urushda bir qancha qishloqlarni

istilo qilib, u yerlarda yashayotgan to’rtta o’zbek qabila vakillarini (yuz, qirq,

qang’li va saroy) Jizzax va Sangzor vohasiga ko’chirib kelgan».

Qabila vakillari Jizzax atrofi va Sangzor daryosining unumdor yerlarida

o’rnashib, asosan o’troq hayot kechirib, dehqonchilik va qisman chorvachilik bilan

shug’ullanganlar. Ular yangi barpo qilgan qishloqlarini ko’pincha o’zlarining urug’

va qabila nomlari bilan ataganlar. Masalan, hozirgi viloyat hududidagi bir qancha

qishloqlar yuz qabilasi tarkibidagi xitoyyuzi, so’loqli, solin, bolg’ali, tuyoqli,

chuvulloq, beshbola urug’lari, qirq qabilasi tarkibidagi og’ajon, moltop

Page 24: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA`LIMI VAZIRLIGI JIZZAX

24

(mullato’p), olmasuvon, sug’umboy, qoraqo’yli, qoryantoq kabi qishloqlar hamon

o’sha urug’ nomlari bilan atalib keladi.

Shunindek, qang’li, saroy, qipchoq, qo’ng’irot va boshqa qabilalarning

vakillari yashaydigan qishloqlar ham hozirgacha o’sha etnonimlar bilan yuritiladi.

Shaharlar, tuman markazlari va ularning atroflaridagi aholi punktlarida integrasiya

va assimilyasiya jarayoni tarixan uzoq davrdan davom etib kelayotganligi

natijasida etnik mansubligi unutilgan.

Har bir hudud toponimiyasining boshqa bir hududdan farq qiladigan o’ziga

xos xususiyatlari bo’ladi. Jizzax viloyatining ana shunday muhim xususiyatlaridan

biri etnotoponimlarning juda katta o’rin tutishidir. Dastlab etnonimlar qandaydir

etnik guruhlarni - urug’ yoki qabilalarni bildirgan, keyinchalik esa joy nomlari -

etnotoponimlarga aylangan. Etnonimlarning joy nomlarida aks etishiga qarab qaysi

urug’ yoki qabila vakillarining qayerlarda tarqalganini bilib olish mumkin.

Joy nomlarida aks etgan etnonimlarning tahlili shuni ko’rsatadiki, ko’pincha

qabila yoki urug’ nomi, ba’zan ularning atrofdagi aholidan etnografik jihatlari

bilan farqi etnonimning toponimga aylanishiga sabab bo’lgan. Etnonim va toponim

orasida uzviy bog’liqlik mavjudligini S.S.Gubayeva o’z ilmiy ishlarida Farg’ona

vodiysi misolida ko’rsatib bergan.

Olimaning yozishicha, «o’tmishda aholisi ko’chmanchi yoki yarim o’troq

hayot kechirgan hududlardagi joy nomlarida etnonimlar soni ko’p, aksincha aholisi

qadimdan o’troq bo’lgan hududlardagi joy nomlarida etnotoponimlar kam. Buni

avvallari ko’chmanchi yoki yarim o’troq tarzida hayot kechirgan aholi ko’proq

qavm-qarindoshlari bilan birga yashashni afzal ko’rganlar».

O’rganilayotgan hududda ham etnik guruh (urug’ va qabila) vakillari hudud

bo’ylab notekis va murakkab taqsimlangan. Biron tumanda faqat bir urug’ yoki

qabila vakillarining o’rnashish hollari deyarli kuzatilmaydi. Etnik guruhlarning ana

shunday aralash-quralash bo’lib yashab kelishi toponimiyada ham o’z aksini

topgan. Masalan, Baxmal tumani hududida Saroy, Kaltatoy, Barlos, Mo’g’ol, Qirq

yoki qo’shni Zomin tumanida Qang’li, Turk, Nayman, Turkman, Jaloyir, Nebo’sa,

Qarapchi, Quchchi, Baymoqli kabi etnooykonimlarni uchratish mumkin.

Page 25: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA`LIMI VAZIRLIGI JIZZAX

25

Rus olimi L.N.Sobolev o’tgan asrning o’rtalarida Zarafshon vodiysiga qilgan

ilmiy safari chog’ida biron urug’ yoki to’p nomi bilan atalgan aholi punktlarida

endi ko’pincha boshqa urug’ vakillari ham yashashini aniqlagan. Masalan,

olimning yozishicha, Tuyoqli deb atalgan qishloqda turk etnik guruh vakillari ham

yashashgan. Bunday holatni Jizzax viloyati hududida ham kuzatish mumkin.

Viloyatning tog’li tumanlarida ko’pincha qishloqlar birinchi bo’lib ushbu joyga

kelib qishloqqa asos solgan urug’ yoki to’p nomi bilan atalgan. Keyinchalik asli

kelib chiqishi bir qabiladan, ammo boshqa urug’ va to’p vakillari, ya’ni

qabiladoshlar ham kelib, qon-qarindosh sifatida birga yashaganlar.

Masalan, Baxmal tumanida Yumaloqbosh nomli aholi punkti bor.

Yumaloqbosh yuz qabilasi tarkibidagi urug’ nomi. Qishloqda yumaloqboshlardan

tashqari yuz qabilasi tarkibidagi mullato’p, kalto’p, egarchi, olomon kabi etnik

guruh vakillari ham istiqomat qilishadi. XX-asrning oltmishinchi - yetmishinchi

yillaridan boshlab avval Mirzacho’lning, keyinroq Jizzax cho’lining o’zlashtirishi

munosabati bilan ushbu hududlarda yangi qishloq xo’jaligi korxonalari bilan birga

zamonaviy aholi punktlari ham qurilgan.

Viloyatning tog’li tumanlaridan yangi barpo etilgan qishloqlarga ko’chib

o’tgan aholi ko’pincha avlod - avlod yoki muayyan bir etnik guruh (urug’, to’p)

vakillarini tashkil qilib qon-qarindoshlar birga yashashni afzal ko’rgan. Avval

urug’ yoki to’p nomi bilan atalgan qishloqda endilikda boshqa etnik guruh vakillari

ko’pchilikni tashkil qilgan.

Ba’zan mahalliy aholi cho’lni o’zlashtirish uchun majburan ko’chirib

keltirilgan, bunday qishloqlarda odamlar qolmagan, ba’zi hollarda avvalgi

qishloqlarining etnonimga asoslangan nomi ham yangi aholi punktlariga ko’chma

oykonim sifatida o’tgan. Masalan, Jizzax tumanida Taroqli oykonimi bor. Bu nom

qishloqqa aholisining bir joydan ikkinchi joyga ko’chishi natijasida avvalgi qishloq

nomi sifatida berilgan. Ko’chma oykonimlar haqida N.Oxunov bunday yozgan:

«Qisqasi, bir obyektdan boshqa obyektga borib o’rnashib qolgan aholining yangi

joyi ularning avvalgi joy nomi bilan atala boshlanadi. Natijada, bir obyekt nomi

Page 26: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA`LIMI VAZIRLIGI JIZZAX

26

ikkinchi obyekt uchun ham nom bo’lib qoladi, uning atamasi sifatida ishlatila

boshlanadi».

Ko’pincha esa yangi tashkil etilgan qishloqlar Yangiobod, Yangiqishloq,

Yangiturmush, Yangihayot kabi mazmunan sayoz, ammo o’sha davr talabidagi

nomlar bilan almashtirilgan. Chunonchi, hozirgi Jizzax tumanidagi Yangiqishloq

aholi punktida, sobiq Burqut, Cho’michli, Arishli kabi qishloqlardan ko’chib

o’tgan etnik guruh vakillari yashaydi. Shunday nomlash natijasida hozirda

viloyatda to’rtta Yangihayot, oltita Yangiqishloq hamda o’nta Yangiobod kabi

oykonimlar paydo bo’lgan.

Viloyat hududida yarim o’troq va ko’chmanchi tarzda hayot kechirgan

aholining o’troq hayotga o’tishida muayyan tafovutlar bo’lgan. Masalan, Zomin

tumanida ikkita Qutchi, ikkita Tig’iriq, Baxmal tumanida uchta O’ray, uchta

Mo’g’ol nomli etnooykonimlar bor. Mutaxassislarning fikricha, buning asosiy

sababi ushbu etnik guruh vakillari butun urug’i bilan emas, balki nisbatan kichik

bo’laklarga bo’linib o’troqlikka o’tishgan.

Akademik K.K.Yudaxin aytganidek, «bir joyda yoki bir-biriga yaqin

masofalarda aynan bir toponimning yoki umuman joy nomining takrorlanishi

tasodifiy hol emas». Masalan, Baxmal tumanidagi Saroy qishlog’i bilan Jizzax

shahridagi Saroylik mahallasi nomi orasida muayyan bog’liqlik bor. Mahalla

oqsoqollarining aytishicha, ularning ota-bobolari aslida Baxmal tumanidagi Saroy

qishlog’idan ko’chib kelib ushbu hududda muqim yashab qolganlar.

V.L.Vyatkin ham joy nomlarining takrorlashiga e’tibor berib, bu haqda

shunday yozgan: «boshqa hududlardan ko’chib kelganlar orasida urug’chilik

yo’qolmagan edi va ular urug’-urug’, shox-shox bo’lib joylashdilar. Bu urug’ yoki

shoxlarning har biri muayyan bir hududni egallab olgan. Shu bilan birgalikda

ularning biron urug’i yoki shoxi kelib o’rnashgan qishloqlar (ular ilgaridan

bo’lganmi yoki yangidan o’zlashtirilganmi, bundan qat’i nazar), ko’pincha shu

urug’ yoki shoxning nomi bilan ataladigan bo’lib qolgan».

Etnonimlarning o’ziga xos kelib chiqishi tarixi bor. Ularni bilmasdan turib

toponimika bilan shug’ullanish qiyin, chunki urug’, qabila nomlari ko’pincha

Page 27: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA`LIMI VAZIRLIGI JIZZAX

27

muayyan ma’noni anglatadi. Masalan, urug’ nomlarini bilmagan kishi Taroqli,

Bolg’ali, Cho’michli, Qarg’ali, O’roqli, Oytamg’ali kabi etnonimlarni «-li» affiksli

toponimlarga kiritishi mumkin. Qirq, yuz, ming qabilalari nomlari toponimlar

tarkibida kelganda sonni bildirmaydi. Quyida viloyat hududida keng tarqalgan

ming, yuz va qirq, jaloyir, nayman, saroy, qangli, turk kabi etnonimlarni soha

olimlaring ilmiy-tatqiqot ishlaridan foydalanib hamda shaxsiy kuzatuvlar va

yiqqan dala materiallari yordamida sharhlashni lozim topdik.

Ming (minglar) - viloyatning qisman Jizzax, G’allaorol va Forish tumanlari

hududida yashaydigan qabila nomi. T.Nafasov yozishicha, «ular XV asrning oxiri–

XVI asrning boshida Dashti Qipchoqdan ko’chib kelgan. Ayrim mutaxassislarning

fikricha, minglarni ba’zan tumon yoki tumonming deb ham atashgan. Ming

qabilasi tarkibidagi urug’lar yashaydigan Jizzax tumani Beklar qishlog’i va

G’allaorol tumani Mingqishloq va Ramazon qishloqlaridagi qariyalarning

aytishlaricha, ming termini «ko’p», «ko’pchilik», ya’ni minglarning o’tmishda

boshqa qabilalarga nisbatan ko’psonli bo’lganliklari sababli shunday atashgan.

X.Doniyorov fikriga ko’ra, «minglar o’zbekning eng katta va e’tiborli

qabilalaridan biridir. Ular boshqalarga nisbatan oldinroq o’troq yashashga

o’tganligi sababli minglarning asosiy qismi sipolashgan (shaharlashgan) va boshqa

qabilalarga nisbatan oldinroq o’zlarining urug’- aymoqlarini unutgan». Ming

qabilasi tarkibidagi urug’lar soni bo’yicha ham yagona fikr yo’q. Masalan, XIX-

asrning ikkinchi yarimida Zarafshon okrugida bu qabilani o’rgangan

A.D.Grebenkin ma’lumotlariga qaraganda «minglar uchta asosiy urug’ va ular

tarkibidagi bir qancha tarmoqlardan iborat bo’lgan: a). to’g’alilar (ahmad, chag’ir,

tunnamoz, oqshiq va boshqalar). b). bog’lonlar (chibli, qora, mirza va boshqalar).

v). uvoqtamg’alilar (kiyikxo’ja, chavutjayli, algal, o’ramas, to’qnamoz, yarat va

boshqalar)».

N.B.Begaliyevning yozishicha: «ming qabilasi urug’lari haqidagi manbalar

bugungi kunda ancha kam. O’zlarini minglarga tegishli deb biluvchi bir qator

urug’lar borki, ularning haqiqatdan ham minglarga tegishli ekanligini aniqlash

ancha qiyin».

Page 28: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA`LIMI VAZIRLIGI JIZZAX

28

Nomlari keltirilgan urug’lar orasida viloyat hududida oykonimlar shaklida

uchraydigan taroqli, cho’michli, qoraqo’yli, erganakli kabi urug’ nomlari mavjud.

Ammo, tahlillar ko’pincha bu urug’larning yuz yoki qirq qabilalariga tegishli

ekanligini ko’rsatdi. «Mingning bo’linishiga oid materiallarning deyarli

uchramasligi», faqat xalqning asrlar davomidagi og’zaki tasnifi bo’lib, yozma

manbalarda saqlanib qolmaganligi, qabila tarkibi ancha murakkab va uni bugungi

kunda aniq klassifikasiyalash qiyin ekanligidan dalolat beradi.

Yuz (juz) - viloyatning G’allaorol, Yangiobod, Zomin, Zarbdor, Jizzax,

Baxmal va Forish tumanlari hududida yashovchi qabila nomi. O’tgan asrning

yetmishinchi yillarida X.Doniyorov yuz qabilasini uch katta bo’lakka bo’lgan:

marqa bolasi, qarapchi va rajab bolasi. Viloyat hududida yuz qabilasining bo’lak,

urug’, to’p kabi etnik shoxobchalari etnooykonimlar tarkibida keng tarqalgan.

Masalan, Zomin tumanida yuz qabilasi tarkibida bo’lgan uyas, boymoqli,

quriqozon, tig’iriq, beshkuvi, bog’machchoyi, mug’ol, uvol(olmasuvon), nebo’sa,

qarapchi, qo’shtamg’ali, parchayuz, beshyuz, quyonquloqli, sirgali, so’loqli, og’ar

va boshqa urug’ nomlari oykonimlar sifatida o’z aksini topgan. Yuzlar tarkibidagi

urug’ nomlari bilan ataladigan oykonimlar viloyatning boshqa tumanlari

toponimiyasi tarkibidan ham keng o’rin olgan.

Yuz (juz) terminining kelib chiqishi to’g’risida turli qarashlar mavjud.

Masalan, V.V.Radlov yuz (juz) «yuzta urug’ning birlashmasi, urug’lar ittifoqi»

ma’nosida bo’lsa kerak, deb hisoblaydi. V.V.Grigoryev esa juz (yuz) arab tilida

«tarmoq, bo’lak, biron narsaning qismi» ma’nolarini bildiradi deb yozadi va juz

terminini xuddi shu ma’noda bo’lsa kerak, deb hisoblaydi.

X.Doniyorovning yozishicha, «Q.Najimovning «Antropologicheskiy sostav

naseleniya Surxandarinskoy oblasti» degan asarida yuzlar to’g’risida anchagina

yaxshi ma’lumotlar berilgan. Asar muallifining ta’kidlashicha, «yuzlar O’zbekiston

xalqlari tarixida XVII asrdan boshlab Buxoro, Samarqand, Xo’jand va O’ratepa

aholisi orasida eslatib o’tilgan». Bizningcha, deb yozadi X.Doniyorov yuz qabilasi

asosan XVI-asrda Shaybonixon rahbarligida O’rta Osiyoga kirib kelgan bo’lishi

kerak».

Page 29: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA`LIMI VAZIRLIGI JIZZAX

29

Qirq – viloyat hududida yuzdan keyin keng tarqalgan qabila. Qariyalar uni

yuzning ukasi deb hisoblaydilar. Aslida mingni ham, yuzni ham va qirqni ham

siyosiy birlashmalar (uyushmalar) natijasida yuzaga kelgan etnik birlashmalar deb

atash haqiqatga mos bo’lsa kerak. «Bir qator tadqiqotchilarning ta’kidlashlaricha,

deb yozadi N.B.Begaliyev qirq va yuzlar yaqin qarindosh qabilalardir.

I.Magidovich ular ko’pincha birgalikda yashashlari hamda bir umumiy nom bilan

(qirq - yuz) atashlarini yozadi». Qirq qabilasi avvalo 6 ta katta bo’lakka (uruqqa)

bo’linadi. Bular: qoraqo’yli, qoracha, moltop, mulkush, chaprashli va

chortkesardir», deb yozgan edi X.Doniyorov.

Qabila vakillari ko’proq viloyatning G’allaorol, Jizzax, Zomin, Zarbdor,

Forish tumanlarida yashaydi. Masalan, G’allaorol tumanida moltop, abiz, mulkush,

sug’umboy, chuvulloq, ko’kgumbaz, chubar, qoracha, qoraqo’yli, anoyi, uymovut

kabi urug’ nomlari oykonimlar sifatida tuman toponimiyasida o’z aksini topgan.

Jaloyir – viloyat hududida faqat Zomin tumanida oykonim sifatida qayd

etilgan qabila nomi. Mahmud Koshg’ariy jaloyirlarni mo’g’ul tilida so’zlashganlar

deb yozgan va bu fikrga V.V.Bartold ham qo’shilgan. Rashididdinning yozishicha,

jaloyirlar XII–asrda Onon va Kerulen daryolari bo’yida yashashgan. Jaloyir turk va

mug’ul qabilalarining aralashishi natijasida paydo bo’lgan degan, fikr ham mavjud.

Aslida turkiy qabila bo’lib, keyinchalik mo’g’ullar birlashmasiga qo’shilgach, uni

mo’g’ullar deb atay boshlaganlar.

Chingizxon hukmronligi davrida, jaloyirlardan bir qancha e’tiborli beklar va

lashkarboshilar yetishib chiqqan. XII-asrning oxiri va XIII-asrning boshlarida

jaloyirlarning katta qismi Yettisuv va Movarounnahrning ayrim viloyatlariga

ko’chib kelib o’rnashgan. Hozirgi Zomin tumani hududiga jaloyirlar XIV-asr

oxirlarida kelib muqim yashab qolgan.

Nayman - viloyatning Forish, Zomin, G’allaorol, Yangiobod tumanlari

toponimiyasida o’z aksini topgan qadimiy qabilalardan biri. Masalan, Forish

tumanida nayman degan oykonim bo’lmasa ham Uchma, Birlashgan, Qamish,

Deriston, Qizilqishloq, Bolamon kabi qishloqlarda asosan naymanlar yashaydi.

XIX-asrning oxirlarida Nurota tog’larining shimoliy etagida joylashgan qishloqlar

Page 30: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA`LIMI VAZIRLIGI JIZZAX

30

aholisining etnografiyasini o’rgangan rus olimi A.P.Xoroshxinning yozishicha,

aholisi tojiklardan iborat bo’lgan Mojarm, Andagin, Arsaf kabi qishloqlarning

aholisi ham o’zlarini nayman deb hisoblaganlar. Ammo, olim bu e’tirofga shubha

bilan qaragan, chunki hamma tomondan turkiy xalqlar o’rab turgan holatda qanday

qilib va kimlar ta’sirida ular tojik bo’lib qolganliklarini dalil sifatida keltirgan.

Naymanlarning kelib chiqishi munozarali. Bir guruh olimlar (V.V.Bartold,

B.Ya.Vladimirsov va boshq.) naymanlar etnogenezini mo’g’ullar bilan

bog’laydilar. Ular nayman so’zining etimologiyasini (mo’g’ulcha naim «sakkiz»)

o’z fikrlariga dalil qilib ko’rsatadilar. Ikkinchi bir guruh esa (N.A.Aristov,

S.A.Amanjolov va boshq.) naymanlarni turk deb hisoblaydilar. Oxirgi yillarda

to’plangan ma’lumotlar asosida, naymanlar aslida sakkizo’g’iz nomli turkiy qabila

vakili bo’lib, mo’g’ullar o’z tiliga moslab nayman deb ataganliklari tasdiqlangan.

XIX-asrning oxiri-XX-asrning boshlarida o’zbek naymanlar ham boshqa qabilalar

kabi o’troq o’zbeklar tarkibiga singib, mazkur xalqning shakllanishida faol

qatnashganlar. Bugungi kunda Zomin, G’allaorol va Yangiobod tumanlarida

Nayman, Naymansoy nomi bilan aholi punktlari mavjud.

Saroy - o’zbek xalqi tarkibiga singib ketgan va o’z navbatida bir necha

tarmoqlarga bo’linadigan qabilaning nomi. Viloyatning Baxmal tumanidagi Saroy,

G’allaorol tumanidagi Saroy va Xonimqo’rg’on qishloqlarida hamda Jizzax

shahrining Saroylik mahallasida shu etnik guruh vakillari yashaydi. A.D.Grebenkin

ma’lumotlariga qaraganda, saroylarning asosiy joylashgan o’rni Balx viloyati

bo’lib, ular keyinchalik shimol tamonga siljishgan. Olim fikriga asoslanib, Baxmal

tumanidagi Balxi qishlog’ida yashovchi aholini ham kelib chiqishi shu qabila bilan

bog’liq degan xulosaga kelish mumkin.

Qangli - viloyatning Jizzax, G’allaorol va Zomin tumanlari toponimiyasida

o’z aksini topgan qadimiy etnonim. Masalan, G’allaorol tumanida Qangli,

Sherqangli degan oykonimlar bor. Qabila vakillari eramizdan oldingi III–II-

asrlarda butun O’rta Osiyoda buyuk Qang davlatini barpo etgan. Mahmud

Koshg’ariyning «Devonu lug’otit turk», Abdulg’oziyxonning «Shajarai tarokima»

asarlarida qangli so’zinig ma’nosi «aravali» deb izohlangan.

Page 31: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA`LIMI VAZIRLIGI JIZZAX

31

Qangli qabilasining kelib chiqishi, tarqalishi va uning urug’larga bo’linishi

masalasini etnograf olim K.Shoniyozov batafsil o’rgangan. Tarixiy manbalarga

qaraganda qangli qabilasining ajdodlari VII-VIII asrlarda Sirdaryoning o’rta

oqimida, Orol dengizi bo’ylarida, Talas, Chu daryolarining yuqori qismlarida,

Balxash ko’li, Kaspiy dengizi atroflarida yashaganlar va XIX-asrning oxiri va XX-

asrni boshlarida hozirgi hududlariga ko’chib kelishgan.

Turk - viloyatning Jizzax, Baxmal, Yangiobod va Zomin tumanlari

toponimiyasida o’z aksini topgan qabila nomi. Qabila bir qancha tarmoqlarga

bo’lingan. Masalan, Baxmal tumanidagi Barlos, Paytavabosh, Turk, Kaltatoy,

Lattavand, Sarmish kabi qishloqlarda shu etnik guruhlarining vakillari yashaydi.

Turklar VI-XVI asrlarda hozirgi O’zbekiston hududiga kelib joylashgan. Turk

qabilasi tarkibiga turklashgan mo’g’ul qabilalarining ayrim guruhlari ham kirgan.

«Turk» etnik guruhining bo’linmalaridan biri kaltatoy urug’idir. S.Qorayev

yozishicha: «kaltatoy turk qabilasi tarkibiga kirgan urug’lardan birining nomi.

Kaltatoy urug’i o’z navbatida kichik shoxobchalarga (mirzakaltatoy, muazzamini,

maxatori, kaltatoymashat va boshqalar) bo’linadi. XIX-asrning oxiri va XX-

asrning boshlarida kaltatoylar batamom o’troqlashgan. Kaltatoy - yosh toy, yoli,

dumi kesib qo’yilgan ikki yashar toychoq ma’nosini ifodalaydi. Toy ushbu

urug’ning muqaddas jonzoti (totem) bo’lgan». Kaltatoy urug’inig shevasini

o’rgangan olim Xudoybergan Jo’rayevning aytishicha, Qo’qonda yashab ijod

qilgan shoir Mirfozil Kaltatoy etnonimning «qarchig’ay» degan ma’nosi ham

borligini ta’kidlagan.

Yuqorida viloyat toponimiyasida keng o’rin olgan asosiy qabilalar va ularning

urug’lari haqida so’z yuritildi. Bu viloyat geografik nomlar orasida salmoqli o’rin

egallagan etnonimlarni kelib chiqish tarixi, ularning areali va etimologiyasini

yoritishda manba bo’lib xizmat qilishi mumkin.

Jizzax viloyati hududidagi aholi punktlari nomlari tarkibida uchraydigan

ko’sa, ingichka (Forish tumani), kallar, beshkal (G’allaorol tumani), tentak,

yumaloqbosh (Baxmal tumani), qorayantoq, ko’rpa (Jizzax tumani), yalpoqbosh,

Page 32: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA`LIMI VAZIRLIGI JIZZAX

32

tasqara (Zarbdor tumani), kuchukboy, to’qim (Zomin tumani) va boshqalar aslida

mayda etnik birliklarning nomlaridir.

Viloyat etnooykonimlari haqida gap borganda, shuni ta’kidlash lozim,

o’zbeklar bilan birga tub joy xalq hisoblangan tojik, qozoq, qirg’iz xalqlarining

ham etnik birliklari mavjud, shu sababdan o’z-o’zidan ma’lumki, ana shu

xalqlarning urug’lari nomlari bilan ataladigan joylar ham bor. Masalan,

Tojikqishloq (Baxmal tumani), Qozoqovul (Paxtakor tumani), Tojikmahalla

(Zomin tumani) va hokazo. Jizzax viloyatidagi etnooykonimlarning joylashishini

tumanlar kesimida tahlil qilinganda quyidagi holatni kuzatish mumkin.

8-jadval

Tumanlar

Etnooykonimlar

1

Arnasoy

____

2

Baxmal

O’ray, Saroy, Kaltatoy, Barlos, Mirzaesagi, Uyas, Sartyuzi, Qaropchi, Qirqqishloq, Balxi, Sarmish, Bekkeldi, Yumaloqbosh, Kaltatoy, Qoraqishloq, O’damali, Qoraqursoq, Boyqo’ng’ir, Chubor, Duvlat, Uyluqma, Lattaband, Paytavabosh, Mo’g’ol, Solin.

3

Do’stlik _____

4

Jizzax

Arishli, Qang’li, Saroylik, So’loqli, Qorasiyroq, Beklar, Qorayantoq, Og’ajon, Turkqishloq, Ko’rpa, Tuyoqli, Burqut, Taroqli, Eronqishloq, Xurosoni.

5

Zomin

Boymoqli, Sirgali, Quyonquloq, Tig’iriq, Usmoni, Qutchi, Beshbegi, Turkman, Jaloyir, Chaparashli, Beshkuvi, Juvonsiyroq, Axtaxona, Baxmatchoyi, Nebo’sa, Qoraqursoq, Nayman, Parchayuz, Beshyuz, Tog’ayto’pi, Uvol, Uyas, Qurqozon, Qo’shtamg’ali.

Page 33: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA`LIMI VAZIRLIGI JIZZAX

33

6

Zarbdor

Juvonsiyroq, Tasg’ara, Yalpoqbosh.

7

Zafarobod

_____

8

Mirzacho’l

_____

9

Paxtakor

_____

10

Forish

Bag’anali, Bolg’ali, Ilonli, Ingichka, Eshbo’ldi, Mexoyam, Bekjig’ali, Oytamg’ali, Oqdantuqqan, Sayyod, Qoraabdal, Qoraxoni, Qorabag’anali, Ko’sa, Olaqop, Beshbola, Kalsari, Tuvmajon, Sog’ishmon.

11

Yangiobod

Bolg’ali, Puchuqoy, Mo’g’ol, Erganakli, Uyuvli, Bayot.

12

G’allaorol

Ramazon, Beshkal, Cho’michli, Anoyi, Beshbola, Uyas, Mingqishloq, Turk, Qarapchi, Chayonli, Chuvulloq, Xitoyyuzi, Olmasuvon, Boylarovul, Sherqang’li, Bolg’ali, Nayman, Saroy, Moltop, Mulkush, Abiz, Uymovut, Sug’unboy, Qang’li, Qoraqo’yli, Yettiurug’,

13

Jizzax shahri

So’loqli, Qipchoq, Qang’li, Saroylik

Etnooykonimlar viloyat hududida notekis taqsimlangan. Shuni hisobga olgan

holda ularning soni jihatidan viloyat hududini ikkiga, ya’ni tog’li (janubiy) va

tekislik (shimoliy) qismlarga bo’lish mumkin. Viloyatning janubiy qismida, ya’ni

tog’li hududlarda joylashgan Baxmal, G’allaorol, Yangiobod hamda Zomin va

Forish tumanlarining toponimiyasida etnooykonimlar salmog’i katta, aksincha

cho’l tumanlarda, ya’ni Jizzax cho’lining o’zlashtirishi munosabati bilan tashkil

Page 34: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA`LIMI VAZIRLIGI JIZZAX

34

etilgan Paxtakor, Do’stlik, Mirzacho’l, Arnasoy, Zafarobod tumanlari

toponimiyasida etnooykonimlar umuman uchramaydi.

Buni, birinchidan urug’ va qabilalar, ya’ni etnik guruh nomlari qisman

unitilgan va avvalgidek muhim ahamiyat kasb etmasligi, ikkinchidan cho’lni

o’zlashtirilishi natijasida paydo bo’lgan aholi punktlari nomlari ko’pincha buyruq

asosida paydo bo’lgan nomlar ekanligi bilan izohlash mumkin.

Mintaqa etnooykonimlari orasida jonivorlar, xususan, uy hayvonlari nomi

bilan atalgan etnonimlar eng qadimiydir, chunki odamlar birinchi bo’lib ana shu

hayvonlarni xonakilashtirgan. Ular majusiylar davrida paydo bo’lgan. Urug’larning

muqaddas hayvonlari (totem) bo’lib, kishilar o’zlarini shu hayvonlardan tarqalgan

deb hisoblagan, ilonli (jilonli), ilontamg’ali (jilontamg’ali), chayonli, qarg’ali va

boshqalar.

Masalan, A.Zokirov Jizzax viloyati toponimiyasining leksik-semantik

asoslari, ularning etnolingvistik qatlamlari hamda region toponimlarining paydo

bo’lishida atoqli otlar va appelyativlarning lingvistik tahliliga bag’ishlangan ilmiy

ishida etnotoponimlarni qimmatli lingvistik manba hisoblab, ularning paydo

bo’lishida leksik-semantik jihatlariga asosiy e’tiborni qaratgan.

Viloyat hududidagi qabila, urug’ va undan kichikroq etnik guruh nomlarining

paydo bo’lishini uchta asosiy guruhga bo’lgan: a). Tamg’a asosida paydo bo’lgan

etnonimlar. b). Totem tushunchasi asos bo’lib xizmat qilgan nomlar. v). Son asos

bo’lgan etnik nomlar. Vaqt o’tishi bilan etnik guruh vakillari muqim (o’troq)

yashab qolgan joylar ham keyinchalik shu nomlar bilan atalgan degan xulosaga

kelgan.

Ko’pgina etnonimlar urug’ - aymoq tamg’asi nomi bilan atalgan. Har bir

urug’ning o’z tamg’asi bo’lgan, ko’pincha chorvachilik bilan shug’ullanganligi

sababli ular qo’ylarni, echkilarni, otlarni, tuyalarni boshqalarnikidan farq qilish

uchun turli shaklda tamg’alab qo’yishgan. Masalan, viloyat hududidagi aholi

punktlari nomlari tarkibida uchraydigan taroqli, cho’michli, qirg’ili, bolg’ali kabi

urug’larning tamg’alari shaklan ana shu uy - ro’zg’or asboblariga o’xshash

bo’lgan. Bulardan tashqari, etnonimlar orasida kishi ismlari, joy nomlaridan kelib

Page 35: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA`LIMI VAZIRLIGI JIZZAX

35

chiqqan, kasb - hunar nomi bilan yuritiladigan, jamiyatdagi ijtimoiy mavqyesiga

qarab, urug’ -ajdodlarni laqabi bilan atalgan va boshqa joy nomlarini ham ko’rish

mumkin.

Odamlar uzoq evolyusion davr davomida avvalari urug’ - urug’ bo’lib,

keyinchalik esa hududiy - dialektal umumiylik hosil qilib, qabila - qabila bo’lib

yashaganlar. Mutaxasislarning ta’kidlashicha, «odam, inson, o’zimizning kishilar»

kabi ma’nolarni anglatadigan etnonimlar eng qadimgi hisoblanadi. Masalan,

viloyat hududidagi bir qancha geografik nomlar tarkibida qipchoq etnonimi

uchraydi. Qipchoq - o’zbek, qozoq, qoraqalpoq va boshqa bir qator turkiy

xalqlarning shakllanishida ishtirok etgan qadimiy qabila nomi. Qipchoqlar

ko’chmanchilik hayot tarzini kechirib, ko’proq chorvachilik bilan

shug’ullanganlar.

X.Doniyorov Rashididdinning «Jome’-at tavorix» asarini o’zbek xalqining

qabila va urug’lari to’g’risidagi muhim manba sifatida o’rganib qipchoq qabilasi

to’g’risida shunday ma’lumotni keltiradi: «O’g’iz itbaroq (etbaroq) qabilasidan

yengilib, orqaga chekinayotgan vaqtda eri urushda o’lgan bir xotinni to’lg’oq tutib

qoladi. Katta bir daraxtning kavagida ko’zi yoriydi. Buni eshitgan O’g’iz xotinga

achinib, bolani o’ziga o’g’illikka oladi va Qipchoq deb ism qo’yadi. Rashididdin

fikricha, qipchoq so’zi turkcha (o’zbekcha) «qobiq» so’zidan olinib, hamma

qipchoqlar ana shundan tarqalgan emish».

Albatta, har bir etnotoponimning o’ziga xos etimologiyasi bor. Yuqorida

ularning ayrimlarini tahlil qilishga harakat qildik. Etnotoponimlar etimologiyasi

haqida keltirilgan fikrlar turli manbalarga suyanib yozilgan, binobarin uzil-kesil

variantlar emas, chunki har qanday etimologiya ham nisbiydir.

Page 36: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA`LIMI VAZIRLIGI JIZZAX

36

III-BOB. JIZZAX VILOYATI QADIMGI TURKIY TOPONIMIYASI

3.1. VILOYAT TOPONIMLARINING AYRIM GRAMMATIK XUSUSIYATLARI Ilmiy tilda toponimlar deb ataladigan geografik nomlar, ya’ni yer-suv nomlari

muayyan tilda yaratilgan, aniq bir davr mahsuloti va xalqning mulki hisoblanadi.

Har qanday geografik obyektning (daryo, jilg’a, soy, tog’, cho’qqi, mahalla,

qishloq, shahar va hokazo) o’z nomi bor. Geografik nom ham so’z, til orqali

ifodalanadi va til lug’at fondining bir qismi, ammo o’ziga xos va boshqa leksik

qatlamlardan ancha farq qiladigan qismidir. «Bu farq toponimlarning uzoq

yashashida, ularning polikomponentli, ya’ni ko’p tarkibiy qismlardan iborat

bo’lishida, har bir tilning ichki qonuniyatlariga ko’ra, toponimlar yasashda

appelyativlar (turdosh otlar) ishtirok eta olishida o’z aksini topadi.

Geografik nomlar, dastavval, til taraqqiyotining boshlang’ich davrlarida oddiy

turdosh so’zlardan iborat bo’lgan. Kishilar turli obyektlarni oddiygina suv, tog’,

to’qay, ko’l, kent va hokazo deb yuritganlar. Bu turdosh so’zlarning ba’zilari bora-

bora atoqli otga aylangan. Masalan, qadimiy turkiy xalqlar katta daryoni «o’kuz»,

«edil», «jayhun» der ekanlar. Bu so’zlar keyinchalik daryolarga atoqli ot bo’lgan.

Geografik nomning asosiy vazifasi va bosh maqsadi bu yer yuzida ma’lum bir

joyni aniq belgilashdan iborat. Aniq fanlar bu ishni koordinatalar yordamida

amalga oshiradi, ammo bu ishni bajarish uchun yaxshi malaka va tayyorgarlikka

ega bo’lgan mutaxassis kerak. Kundalik hayotda bunday vazifani har kim ham

bajara olmasligi aniq, shuning uchun, odamlar eng oson va qulay yo’lni, ya’ni

o’rab turgan obyektlarni so’z bilan ifodalashni ma’qul ko’rganlar. Bizni o’rab

turgan muhit, xususan geografik muhit joy nomlariga toponimik manba sifatida

xizmat qiladi. «Toponomik manbaga geografik nomlar sifatida har qadamda duch

kelish mumkin, asosiy vazifa bevosita joylarda asl holatida ularni to’plash,

tasniflash lozim».

A.V.Superanskaya bu haqda shunday deb yozgan: «geografik nomlarni

toponimiya so’zi bilan ifodalab, ularni boshqa atoqli otlar bilan masalan,

antroponimiya, etnonimiya, zoonimiya va hokazo bilan (uyqashligini) yaqinligini

Page 37: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA`LIMI VAZIRLIGI JIZZAX

37

ta’kidlaymiz. Geografik nomlar bag’oyat hayotchan, uzoq umr ko’radi. Ular

nafaqat o’zlari paydo bo’lgan hududda, balki o’sha tilning tarqalish doirasidan ham

tashqariga chiqib ketishi mumkin. Boshqa tillarga o’zlashib, joyning mahalliy

geografik xususiyatlaridan kelib chiqqan holda ham mazmunan ham talaffuzda

o’zgaradi».

Z.Do’simov fikricha: «toponimlar tarkibidagi barcha qo’shimchalar

to’g’risida ham bir xil fikr aytib bo’lmaydi. O’zbek tilida –iston, -obod, kent (kand,

kat) tipidagi qo’shimchalar borki, ular doimo joy nomlari yasaydi. Shuning uchun

bunday qo’shimchalarni toponim yasovchi affikslar (topoaffikslar) deyish

o’rinlidir».

Toponimiyada –lar affiksi ko’plab toponim yasaydigan topoformant

hisoblanadi. –lar adabiy tilda ko’plikni bildiruvchi qo’shimcha ekanligi ma’lum.

Bu qo’shimcha noma’lum ko’plikni, hurmatni, biron fikrni ta’kidlashni, mavhum

tushunchani konkretlashtirishi, umumiylikni, takrorni bildiradi va so’z ma’nosiga

hyech qanday ta’sir ko’rsatmaydi.

Masalan, Arnasoy tumani markazi G’oliblar shaharchasi deb nomlanadi.

Toponim arab tilidagi g’olib so’ziga asoslangan. G’olib – «g’alaba qozongan»,

«zafar topgan», «zabardast» ma’nosidadir. Jizzax cho’lini o’zlashtirishda katta

muvaffaqiyatlarga erishgan, asrlar davomida qaqrab yotgan cho’lni bog’u-

bo’stonga aylantirishda g’alabalarga erishgan, zabardast insonlar sharafiga

shunday atalgan.

S.Qorayev -lar affiksi yordamida toponimlarning yuzaga kelishi keyingi 200-

300 yil – ko’chmanchi xalqlarning o’troqlashishi bilan bog’liq deb hisoblaydi va

buni ularning ko’pchiligi etnonim ekanligi bilan asoslaydi. S.Qorayev tomonidan -

lar affiksi faqat kishilar bilan bog’liq bo’lgan toponimlar yasashi (arablar, beklar,

boylar, zargarlar, xo’jalar va hokazo) va –lar dagi bu xususiyat barcha turkiy

xalqlarga xosligi aniqlangan.

Masalan, Jizzax tumanida Beklar degan etnooykonim bor. B.O’rinboyevning

yozishicha: «O’zbek xalqi tarkibiga kirgan qo’ng’irot qabilasining oyinni

Page 38: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA`LIMI VAZIRLIGI JIZZAX

38

bo’limining bir urug’i beklar deb ataladi. Mang’itlarning oqmang’it urug’i

tarkibida ham, mirishkorlarning ham beglar degan to’pi bor».

O’zbekiston milliy ensiklopediyasida, bek so’ziga quyidagicha ta’rif

berilgan: «qadimiy turkiy xalqlarda xon xizmatidagi alohida harbiy qism vakillari.

Ular katta imtiyozlarga ega bo’lib, oliy harbiy zodagonlar tabaqasini tashkil

qilgan». Etnonim oykonimga aylanganligi aniq.

Bu haqda T.I.Teplyashina fikri ham diqqatga sazovor, u –lar qo’shimchasini

qrim-tatarlari tilida oilaviy-nasliy ismlarga qo’shilib kelishi to’g’risida gapirib

quyidagi misolni keltirgan: Arslonpilar- Arslonning avlodlari, Ataspilar–Atas

o’g’illari va hokazo. K.M.Musayevning aniqlashicha, «turkiy toponimik areallarda

-li va -lik» qo’shimchalari boshqa affikslarga nisbatan faolroq toponimlar hosil

qiladi».

Masalan, - li qo’shimchasi alohida leksik ma’no kasb etmasa ham, ammo

formantlar bilan qo’shilib shu obyektning borligi va ko’pligiga ishora tariqasida

ko’pgina toponimlar yasaydi. Chunonchi, Mo’lali, Tepali (Forish tumani), Olmali,

Tutli (G’allaorol tumani), Tangili (Baxmal tumani), Tolli, O’rikli (Zomin tumani)

va boshqalar. Baxmal tumani hududidan o’tgan Tuyatortar kanali buyida Alamli

degan g’alati oykonim bor. Toponimni kelib chiqish tarixi ko’pgina olimlarimizni

qiziqtirgan.

Jumladan, H.Hasanov qishloq nomi bilan bog’liq shunday rivoyatni keltirgan,

«go’yo aholi yig’ilib, Abdullaxonning yosh, sevikli o’g’liga Tuyatortar arig’ini

qazishdagi og’ir zulmdan arz qilgan. Bolaning ularga rahmi kelib, xonga borib:

«Bu mashaqqatning so’ngi bormi, arig’ingni to’xtat» deganida, g’azablangan xon

bolani o’sha joyda so’ydirgan. Xalq buning alamiga xotira deb qishloqni shunday

atagan».

S.Qorayev «alam» so’ziga quyidagicha ta’rif bergan: alam (arabcha) – aziz–

avliyolarning qadam joylarida o’sgan daraxtlarning shox-shabbalariga yoki shahid

bo’lgan kishilarning mozoriga qoqilgan tayoqlarga osilgan latta-puttalar. Ma’nosi

(arabchadan) «bayroq» demak. Alam, Alamdor, Alamli degan joy nomlari «aziz

Page 39: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA`LIMI VAZIRLIGI JIZZAX

39

avliyolar mozori» yoki «shahid bo’lgan kishi ko’milgan joy» degan ma’noni

bildiradi.

Kanal nima uchun Tuyatortar nomini olganligi to’g’risida ham ko’pgina

rivoyatlar mavjud. Masalan, T.Nafasov Qashqadaryo viloyatining Koson tumani

hududida ham Tuyatortar arig’i borligini yozib, uning bunday nomlanishini

quyidagicha ta’riflagan: «ariqqa suv daryodan chig’ir orqali chiqarilgan. Chig’ir

esa tuya orqali harakatga keltirilib, aylantirilgan. Chig’irga o’rnatilgan suv idishlari

ancha yirik bo’lgan, shuning uchun u katta kuch bilan aylantirilgan. Chig’ir

harakati tuya kuchi bilan amalga oshirilganligi tufayli shunday atalgan».

Yana bir misol, G’allaorol tumanidagi Tutli fitooykonimini izohlash

maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. T.Nafasovning yozishicha: «Rus tilining

etimologik lug’atini yaratgan N.V.Goryayev (Tiflis,1892), so’ngra

A.G.Preobrajenskiy (Moskva,1958) tut so’zini arabcha deb bilganlar. E,Berneker

oromey tiliga, X.Petersson, O.Shreder sanskrit tiliga mansub deb qaraganlar.

Sanskrit tilidan fors tiliga, fors tilidan turkiy, rus, arman va boshqa tillarga o’tgan.

Barcha turkiy va eroniy tillarda tut so’zi mavjud, u madaniy daraxt, ipak olish

uchun manba sifatida Sharq mamalakatlari xalqlariga miloddan avval ma’lum

bo’lgan va ular tillarida bir xil tovush tuzilishida qo’llangan. Tutli - tut daraxti

o’sgan joy, tutzor». O’rta Osiyo, jumladan O’zbekistonda qadimdan tut, xususan

uning balxi navi asosan mevali daraxt sifatida parvarish qilingan.

O’rganilayotgan hududda –li affiksi yordamida etnotoponimlar hosil qilgan

qabila, urug’ va boshqa etnik guruh vakillari nomlarini ham shu qatorga kiritish

mumkin. Masalan, Oytamg’ali, Sirg’ali, So’loqli, O’damali, Cho’michli,

Chaparashli, Qangli, Qorabag’anali, Bolg’ali, Baymoqli, Tuyoqli, Bag’anali,

Taraqli, Erganakli kabi etnooykonimlar shular jumlasidandir.

Viloyat hududida –lik qo’shimchasi bilan manzil - makonni anglatuvchi

toponimlar ham talaygina. Shular qatoriga Zargarlik, Sovungarlik, Qassoblik,

Do’stlik, Shodlik, Birlik, Tinchlik, Oqqo’rg’onlik, O’ratepalik, Jizzaxlik,

Toshkentlik, Toqchilik, Mo’lkanlik, Saroylik kabi toponimlarni kiritish mumkin.

Page 40: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA`LIMI VAZIRLIGI JIZZAX

40

Jizzax shahrida O’ratepalik nomli mahalla bor. Mahallaning nomiga, O’ratepa

va uning atrofidan ko’chib kelib shu joyda muqim yashab qolgan aholi sabab

bo’lgan. O’ratepa (hozir Istaravshan) Tojikiston Respublikasi Sug’d viloyatidagi

shahar. S.Qorayevning yozishicha: «hozirgi Jizzax viloyati maydonining ko’p

qismi miloddan avvalgi bir necha asrdan tortib, ilk o’rta asrlargacha mavjud

bo’lgan qadimiy Ustrushona davlati hududida bo’lgan. Mahalla xalqi Jizzaxga

200-250 yil oldin ko’chib kelib muqim yashab qolganlar». S.Qorayev fikrini

tasdiqlash maqsadida mahalla hududida Nijonlik nomli maschit borligi, Nijon esa

O’ratepa shahridan shimolroqda joylashgan qishloq nomi ekanligini dalil sifatida

keltirish mumkin.

Ko’plikni ifoda etuvchi tojikcha - on, - yon qo’shimchasi ham toponimlar

tarkibida ishtirok etadi. S.Qorayevning aniqlashicha, ular ma’lum millatga

mansublikni (Arabon, Qirg’izon, Qazoqon), etnik guruhga tegishlilikni (Qitoyon,

Turkon, Qorliqon), ma’lum bir mansabga daxldorlikni (Mirzoyon, Xojagon,

Tarxonon), u yoki bu kasbga aloqadorlikni (Ohangaron, So’zangaron), dinga

oidlikni (Budparaston, Nasroniyon, Mug’on) bildiradi.

Masalan, -on, -i qo’shimchasi haqiqatdan ham ma’lum bir etnik guruhga

tegishlilikni aniqlash maqsadida quyidagi misolga murojaat qilamiz. Forish

tumanida Qoraxon nomli etnooykonim bor. Suyun Qorayev «urug’ vakillari

o’zlarini Avliyoota nomi bilan mashhur bo’lgan Qoraxon avliyoning avlodlari

hisoblaydi. Bu avliyoning mozori Qozog’iston Respublikasining Taraz shahrida

joylashgan. Shuning uchun bu shahar 1936 yilgacha Avliyoota deb atalgan» degan

xulosaga kelgan.

Qishloq nomini B.O’rinboyev qo’yidagicha izohlaydi: «o’zbeklashgan arablar

urug’ining bir tarmog’i qaraxoni deb ataladi. Bundan tashqari, qora xoni xo’jalar

urug’i yashaganligi uchun shunday nom olgan bo’lishi mumkin». Shu nom bilan

respublikamizning Samarqand, Surxondaryo, Buxoro, viloyatlarida ham qishloqlar

mavjud.

T.Nafasov ham bu etnonim haqida o’z fikrini bildirgan: «qoraxoni - qadimiy

turkiy xalq. Aslida Qoraxon 927-1212 yillarda Sharqiy Turkistonda tashkil bo’lib,

Page 41: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA`LIMI VAZIRLIGI JIZZAX

41

so’ng Amu-Sir oralig’idagi o’lkalarni ham o’ziga bo’ysundirgan turk davlatining

boshlig’i, asl ismi Abdukarim Sotuq Bug’roxon bo’lgan. 996-999 yillarda

Movarounnahrni o’ziga tobe etgan. Shu sulola bilan bog’liq hududiy va siyosiy-

ijtimoiy guruh qoraxon-qoraxoni deb atalgan. Keyinchalik ular qadimiy o’troq

turkiy xalqlarga qo’shilib, singib ketgan. Ularni qoraxoniylar davri (10-12 asrlar)

urug’-qabilalarining avlod-ajdodlari namunasi deyish mumkin».

Geografik nomlar tarkibidagi – cha, - i, - lar kabi toponim yasovchi affikslar

T.Nafasov tomonidan Qashqadaryo toponimiyasi misolida o’rganilgan. Bu

affikslar topoformantlarga qo’shilib toponimlar yasashini Jizzax viloyatidagi

geografik nomlar misolida ham ko’rish mumkin. Masalan, Zomin tumanida

Quduqcha nomi bilan qishloq mavjud. Oqar suv bo’lmaganidan xalq quduqdan suv

ichadi.

Quduqcha «kichkina quduq» degan ma’noni bermaydi, balki quduqli qishloq

(joy) demakdir. Bu qishloqda quduq juda ko’p. B.O’rinboyev fikricha: «o’zlarini

mirishkor deb atovchi urug’larning bir tarmog’i nomi quduq deb atalgan».

Toponim yasovchi –ot affiksi ikki xil yo’l bilan paydo bo’lgan: biri arabcha bo’lsa,

ikkinchisi sug’diychadir. Bundan tashqari, -t affiksi qadimgi turkiy tilda va

mo’g’ul tilida ham ko’plik o’rnida keladi.

Topoaffiks sifatida –ak qo’shimchasi topoformatlar yordamida nafaqat

viloyat hududida, balki undan tashqarida ham ko’pgina geografik nomlar hosil

qilgan va u ko’pincha obyektni kichkinaligiga ishora hisoblangan. Chunonchi,

Forish tumanidagi Kochak, Fashtak, Fo’jak, Mandak, Qurutak, Bog’chagulak,

Shibjorak, Ko’ftak kabi toponimlar shular jumlasidandir.

Masalan, Forish tumanida Kochak degan oykonim mavjud. O’tgan asrning

o’rtalarida qishloq aholisi majburan Mirzacho’lni o’zlashtirish uchun ko’chirilgan,

hozirda qishloqning xarobalari mavjud. Aslida Kochakdagi mahalliy xalq undan

ancha kattaroq bo’lgan qo’shni Mojarm qishlog’idan ko’chib o’tishgan. Yangi

ko’chib o’tgan joylari avvalgi qishloqlariga nisbatan kichkina bo’lganligi sababli

Ko’chak (Kochak), ya’ni «kichkina» deb nom olgan.

Page 42: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA`LIMI VAZIRLIGI JIZZAX

42

Mutaxassislarning fikricha –ak affiksi viloyat toponimiyasini eng qadimiy

leksik qatlamini tashkil qiladigan sug’d tilining elementidir. Sug’diy

toponimlarning viloyatning tog’li (Yangiobod, Zomin, Baxmal, G’allaorol, Forish)

tumanlarida tarqalishini ushbu hududlar ilk o’rta asrlarda Ustrushona tarixiy

o’lkasi tarkibida bo’lganligi bilan izohlash mumkin.

Yag’nob toponimiyasini o’rgangan A.L.Xromov -ak affiksi haqida bunday

yozgan: «ko’pincha –ak affiksi asosiy toponimga bog’liq bo’lmagan holda

qo’shilsa, ba’zan aksincha tayyor toponimga bevosita aloqadorligini ko’satadi va

bunday hollarda avvalgi joydan ko’ra yangi nom olgan joyning kichkinaligini

bildiradi».

Sug’d tili elementlari hozirgi viloyat toponimiyasi tarkibida ancha sezilarli,

shu sababdan ularni o’rganishda toponomik materiallar qimmatli va muhim manba

hisoblanadi. Viloyat hududida shunday geografik nomlar ham borki, ularning

tarkibidagi so’z yoki affikslar sug’d tiliga mansub bo’lsa ham toponim bevosita

sug’dlar tamonidan yaratilgan emas. Bu tip toponimlar sug’d tilidan o’zbek tiliga

yoki fors-tojik tilidan o’zbek tiliga o’tgan so’z va affikslardan vujudga kelgan, ular

tuzilish jihatidan gibrid xarakteriga ega.

Masalan, Zarbdor tumanidagi Yangikent qishlog’ining nomi gibrid tuzilishga

ega. Yangikent- Jizzax cho’lining o’zlashtirishi natijasida paydo bo’lgan qishloq.

Toponimdagi yangi – «so’zi ilgari bo’lmagan», «yaqindagina paydo bo’lgan»,

«yaqinda bunyod etilgan», kent, kat - qadimiy so’g’d tilida «shahar», «qishloq»

ma’nosidadir. Yangikent – cho’lning o’zlashtirilishi natijasida bunyod etilgan

«yangi aholi punkti», «yangi qishloq» demakdir.

Fors-tojik tilida ham, o’zbek tilida ham qo’llanadigan genezisi eroniy tillarga

oid bo’lgan – zor affiksi yordamida viloyat hududida ko’pgina geografik nomlar

yasalgan. Ko’plikni bildiruvchi Olmazor (Jizzax shahri), Bog’zor (Do’stlik

tumani), Paxtazor (Mirzacho’l tumani), Gulzor (Arnasoy tumani), Chilonzor

(Zomin tumani), Mevazor (Do’stlik tumani), Lolazor (Zafarobod tumani),

Uzumzor (Paxtakor tumani) kabi toponimlar (fitooykonimlar)shular jumlasidandir.

Page 43: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA`LIMI VAZIRLIGI JIZZAX

43

Bunday toponimlar ko’proq viloyatning shimoliy tekislik qismida uchraydi.

Viloyatning tekislik qismi o’zlashtirilib ekin maydonlariga aylantirilishi

munosabati bilan leksik jihatdan uncha rang-barang bo’lmagan toponimlarning

paydo bo’lishiga sabab bo’lgan. «Relyef tekis bo’lsa, tabiiy chegaralar bo’lmasa,

toponim ham kam bo’ladi».

Zomin tumanidagi qishloqlardan biri Chilonzor deb ataladi. Chilon (chelon) -

tikonli daraxt turi, mevasi jiydaga o’xshaydi, tabobatda ham qo’llaniladi, ba’zan

Gurgon jiydasi deb ham atashadi. Shu sababdan Chilonzor - asli chilon(chelon)

daraxti ko’p o’sadigan joy ham bo’lishi mumkin. N.G.Malliskiy fikricha,

Chilonzor aslida Chinorzor, ya’ni «chinor bog’i» demakdir. Hozir Toshkentdagi

eng yirik turar joy massivi, metro bekati va shahardagi tumanlardan birining nomi

ham Chilonzor.

Obod - so’zi bilan juda qadimdayoq geografik nomlari yasalgan. Forsiy tillar

tarixining tatqiqotchisi A.L.Xromovning fikricha, Movarounnahrda 7-8 asrlarda

obod so’zli nomlar paydo bo’lgan. Bu so’z azalda belgi bildirgan va doimo

nomlarning so’ngi komponenti bo’lib keladi. T.Nafasov obod so’zini sharhlab

shunday yozadi: «O’troq hayotga ko’chish, yerlarning o’zlashtirilishi, dehqonchilik

madaniyatining yaratilishi va o’sishi, yirik turg’un aholi punktlarining paydo

bo’lishi obod so’zining yangi ma’no kasb etishiga zamin hozirlagan. Eng avvalo

inson faoliyati bilan o’zlashtirilgan joy ma’nosini anglatgan. So’ngra esa «farovon

joy», «ovul», «qishloq» ma’nolarini ham ortirgan».

Jizzax cho’lini o’zlashtirilishi tufayli bunyod etilgan yangi aholi punktlari

o’ziga xos nomlanish prinsipiga amal qilib Paxtaobod- «paxtakorlar qishlog’i»,

Mehnatobod-«yangi yer ochib, qo’riqni o’zlashtirgan mehnatkashlar qishlog’i»,

Zafarobod – «cho’lni o’zlashtirib katta zafarlarga, yutuqlarga erishganlar

qishlog’i» kabi nomlar berilgan.

Jizzax shahrida Xayrobod nomli mahalla bor. Obod so’zining xayr so’ziga

qo’shilib joy nomi yasashi hozirgi davrga xos emas. Xayrobodni xayr-saxovatli

mahalla deb izohlashni ham ilmiy jihatdan asosli deb bo’lmaydi, ammo mahalliy

xalq toponimni «xayr», «sadaqa», «saxovat», «ehson» obod qilgan joy deb

Page 44: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA`LIMI VAZIRLIGI JIZZAX

44

ta’riflashadi. B.O’rinboyev fikricha, «mahalla nomi aslida arab tilidagi xarobot

so’zi bilan aloqadordir. Xarobot – «mayxona», «maykada», «qovoqxona»,

«ko’ngil ochish joyi» yoki «so’fiylarning nola qiladigan, sig’inadigan joyi» degan

ma’noni bildiradi».

Arxeolog olim M.Pardayev Xayrobod toponimi to’g’risida qo’yidagi fikrni

bildirgan: «A.R.Muhammadjonovning yozishicha toponim fors va arab so’zlari

birikmasi bo’lgan Xarrabot so’zidan tashkil topgan va «o’lkan, katta rabod» degan

ma’noni ifodalaydi». 13-asr geografi Yoqut Hamaviyning asarlarida xurosonliklar

tilida, ya’ni fors-tojik tilida xan va tim (tevaragi devor bilan o’ralgan, usti yog’in-

sochindan berkitilgan joy) so’zlari ma’no va vazifasi jihatidan bir-biriga yaqin

so’zlar bo’lgan. «Hozirda obod so’zining asosiy vazifasi aholi punktlari nomi

yasashdan iborat».

S.Qorevning ta’kidlashicha, atoqli otlarning eng takomillashgan turi bo’lgan

geografik nomlar grammatik jihatdan bir va undan ortiq tarkibiy qismlardan iborat.

Tipik toponimlar, jumladan oykonimlar ikki va undan ortiq komponentlardan

iborat bo’ladi, birgina so’zdan tarkib topgan toponimlar esa biron tarkibiy qismi

tushib qolgan nomlardir.

Leksik birliklardan tashkil topgan toponimlarning aksariyat qismi turdosh

otlar, ya’ni apellyativlar - geografik va ijtimoiy-iqtisodiy terminlar, kasb-hunar

leksemalari, o’simlik- hayvon nomlari, shunindek atoqli otlar, ya’ni onimlar -

uruq-aymoq nomlari (etnonimlar), kishi ism-laqablari (antroponimlar) va

boshqalardan iborat. O’rganilayotgan hududda ko’proq e’tibor oykonimlarga

qaratilganligi sababli viloyatdagi oykonimlarni tarkib topgan negizi bo’yicha ikki

yirik guruhga ajratish mumkin.

1.Apellyativlardan iborat oykonimlar. Bu guruhga kiradigan nomlar turli xil

turdosh otlardan tuzilgan. Oykonimlar hosil qilgan turdosh otlar xilma-xil

bo’lganligi sababli, ulardan shahar va qishloq nomlari tarkibida uchraydiganlarini

ko’rsatib o’tish mumkin:

a) tabiiy geografik terminlar: adir - Adirobod (Zarbdor tumani), ariq - Uchariq

(Jizzax tumani), arna - Arnasoy (Arnasoy tumani), buloq - Gulbuloq (Baxmal

Page 45: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA`LIMI VAZIRLIGI JIZZAX

45

tumani), bo’ktar -Bo’ktaryo’l (Zomin tumani), duoba - Duoba (Zomin tumani),

yetimtog’ - Yetimtog’ (Jizzax tumani), jar - Jarbuloq (G’allaorol tumani), jo’sha -

Jo’shali (Forish tumani), kamar - Kamar (Baxmal tumani), kechuv - Yettikechuv

(Zomin tumani), tepa - Uchtepa (Jizzax tumani) va boshqalar.

b) ijtimoiy-iqtisodiy terminlar: band - Xonbandi (Forish tumani), bek - Beklar

(Jizzax tumani), varq - Varqin (Yangiobod tumani), darg’at - Darg’at (Jizzax

tumani), kent - Nushkent (Baxmal tumani), yom - Yom (Zomin tumani), qo’rg’on -

Xonimqo’rg’on (G’allaorol tumani), chorbog’ - Chorbog’ (Forish tumani), bekat -

Bekat (Forish tumani), mozor - So’fimozor (Zomin tumani), bozor - Bozorjoy

(Forish tumani) va boshqalar.

v) hunar-kasbga oid terminlar: yomchi - Yomchi(Forish tumani), zargar -

Zargar (G’allaorol tumani), qassob - Qassoblik (Jizzax shahri), sovungar -

Sovungarlik (Jizzax shahri), paxtakor - Paxtakor (Paxtakor tumani), kimyogar -

Kimyogar (Jizzax shahri), cho’lquvar-Cho’lquvar (Arnasoy tumani) va boshqalar.

Bundan tashqari, viloyat toponimiya, jumladan oykonimiyasi tarkibida o’simlik va

hayvon nomlari asosida yaralgan talaygina geografik nomlar ham uchraydi.

2. Atoqli otlar negizida paydo bo’lgan oykonimlar. Bu guruhni tashkil

qiladigan shahar-qishloq nomlari antroponimlar, etnonimlar, va boshqa

toponimlardan nom olgan oykonimlardan iborat.

a) antroponimlar - kishilarning ismlari, laqablari, keyingi davrlarda

familiyalaridan kelib chiqqan oykonimlar antroponimlar deyiladi. Bunda shu yerga

birinchi bo’lib ko’chib kelgan yoki shu qishloqqa asos solgan shaxsni nomi

oykonimda muhrlanib qolgan. Masalan, Yangiobod tumanida Meliobod nomi bilan

qishloq mavjud. Mahalliy aholining aytishicha Samarqanddan ko’chib kelgan Meli

degan shaxs, shu joyda uy-joy qurib muqim yashab dehqonchilik qilgan.

Keyinchalik uni yoniga boshqalar ham ko’chib kelganligi sababli qishloq paydo

bo’lgan va u Meliobod deb nom olgan.

S.Qorayev fikricha: «Antropooykonimlar modelining grammatik jihatdan

o’zbek tiliga mos, eng to’g’ri va mukammal tipi antroponim hamda geografik

termindan tashkil topganidir. Masalan, Yunusobod, Chingizkent, Akmalobod va

Page 46: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA`LIMI VAZIRLIGI JIZZAX

46

boshqalar». Bunday mukammal antroponimlarni viloyat hududida ham talaygina

topish mumkin. Chunonchi, Hamzaobod (Jizzax shahri), Suvonobod (Paxtakor

tumani), Eshmatovul (Zomin tumani)va boshqalar.

b) etnotoponimlar - urug’-qabilalarning, shunindek, turli millat-xalqlarning

nomlaridan tarkib topgan geografik nomlar hisoblanadi. Etnotoponimlar

o’rganilayotgan hudud toponimiyasida katta o’rin tutadi. Viloyat

etnotoponimlariga qarab qaysi urug’-qabila vakillari qaysi hududlarda

yashaganliklarini bilib olsa bo’ladi.

Quyida viloyat xaritasida geografik nom sifatida uchraydigan ayrim

etnooykonimlarni keltiramiz: Oytamg’ali, Sirg’ali, So’loqli, Sherqangli, O’damali,

Cho’michli, Chaparashli, Qangli, Qorabag’anali, Bolg’ali, Baymoqli, Tuyoqli,

Bag’anali, Taraqli, O’roqli, Nayman, Turkman, Buqut, Uymovut, Kaltatoy, Barlos,

Jaloyir, Qipchoq va boshqalar.

v) toponimlardan paydo bo’lgan oykonimlar. S.Qorayevning fikricha: «turli

xil toponimlar-gidronimlar, oronimlar va oykonilar orasida «xitoy devori» yo’q,

ariq, soy, ko’l nomlari (gidronimlar) yoki tog’-toshlarning nomlari (ornimlar)

oykonimga aylanishi, aksincha, oykonimlar gidronimlarga yoki oronimlarga

aylanishi mumkin». Shuni hisobga olib o’rganilayotgan hudud oykonimlarini bir

necha turga bo’lsa bo’ladi.

Gidronimlar – suv nomlaridan kelib chiqqan oykonimlar viloyat

toponimiyasida salmoqli o’ringa ega, chunki ko’pincha aholi punktlari aynan suv

bor joyda, ya’ni soy, daryo, ko’l va boshqa suv manbalari atrofida paydo bo’lib

gidronim nomi bilan atalgan, ayrim hollarda aksi ham bo’lgan, ya’ni aholi punkti

nomini suv obyekti qabul qilgan. Kuzatuvlar shuni ko’satadiki, qishloqlar bilan

ariq-soylarning nomlari ko’p hollarda bir xil bo’lgan. Chunonchi, Osmonsoy –

Osmonsoy qishlog’i, Yettikechuvsoy–Yettikechuv qishlog’i, Qorasoy- Qorasoy

qishlog’i kabi oykonimlar bor. O’zbekistonda, jumladan Jizzax viloyatida daryo –

soylarni qishloq yoki shahar nomiga qarab atash ham qadimdan rasm bo’lgan.

Masalan, Ravot qishlog’i – Ravotsoy, Zomin shaharchasi – Zominsuv daryosi,

Andagin qishlog’i – Andaginsoy, Uchma qishlog’i – Uchmasoy, Ana-muna

Page 47: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA`LIMI VAZIRLIGI JIZZAX

47

qishlog’i –Ana-munasoy kabi gidronimlar ko’plab uchraydi. Oronimlar – ya’ni

tog’-qir nomlaridan kelib chiqqan oykonimlar. Viloyatda tog’lar, adirlar, qirlar,

tepaliklar, jarlardan nom olgan orooykonimlar ko’p, lekin ular son jihatdan

gidrooykonimlarga yetmaydi. Viloyat hududidagi orooykonimlarga Molguzar,

Qoratosh, Yetimtog’, Oqtosh, Oyqor, Qo’ytosh, Ko’tal kabi qishloq nomlari misol

bo’ladi.

Aholi punktlari nomlaridan kelib chiqqan oykonimlar. Viloyat kartasida

Andijon, Samarqand, Farg’ona, Toshkent kabi nomlar bir necha marotiba

takrorlanadi. Bular respublikamizning mashhur shaharlari sharafiga quyilgan

nomlardir. O’tgan asrning yetmishinchi yillari Jizzax cho’lining jadal o’zlashtirishi

munosabati bilan tog’li tumanlardan o’zlashtirilgan yerlarga ko’chib kelgan aholi

o’zlari bilan birga joy nomlarini ham olib kelishgan. Baxmal, Forish, Zomin,

G’allaorol kabi nomlar yangi tashkil etilgan aholi punktlariga shu tariqa berilgan.

H.Hasanovning aniqlashicha, «nomlarda «ko’chish» qonuniyati ham bor.

Dovonning nomi shu yerdan boshlangan soyga, qishloqning nomi toqqa, tog’ning

nomi shaharga, shaharning nomi esa viloyatga o’tadi va hokazo».

Shu bilan birga yangidan paydo bo’lgan aholi punktlarini yaqin oradagi

qishloq yoki shahar nomi bilan atash ham qadimdan rasm bo’lgan. Buning uchun

aholi punkti nomiga biror sifat qo’shilgan. Masalan, Eski Ravot - Yangi Ravot,

Yuqori Sarmich - Pastki Sarmich, Eski Bo’ston – Yangi Bo’ston. Shu bilan birga

keyinroq paydo bo’lgan aholi punktini oldingidan farq qilish uchun –cha

qo’shimchasi ishlatilgan. Chunonchi, G’allaorol tumanidagi Qo’rg’on

qishlog’ining yonida paydo bo’lgan qishloq Qo’rg’oncha deb atalgan va bu o’rinda

–cha qo’shimchasi «kichik», «ikkinchi» ma’nosini anglatadi.

Bulardan tashqari, viloyat hududida kichik geografik obyektlarning

nomlaridan, ya’ni mikrotoponimlardan nom olgan oykonimlar ham ko’p. Masalan,

Ko’kjar, Qarovultepa, Quduqcha, Sharilloq, Qoramozor kabi oykonimlar aslida

mikrotoponimlardan nom olgan. Toponimika fanining asosiy qonunlaridan biri

mikrotoponimlarni keyinchalik makrotoponimlarga aylanishi hisoblanadi, chunki

har qanday o’lkan geografik obyektning nomi dastlab kichik bir joy nomi bo’lgan.

Page 48: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA`LIMI VAZIRLIGI JIZZAX

48

X U L O S A

Hozirgi O’zbekiston hududida islomgacha va islom dini tarqalgan dastlabki

asrlardagi tarixiy yozma manbalardan ma’lum bo’lishicha, ushbu hududda kelib

chiqishi turkiy bo’lgan nomlar keng tarqalgan.va mintaqa toponimiyasining

salmoqli qismini tashkil etgan. Bundan tashqari so’ngi asrlar yozma manbalarda

va hozirgi davrdagi mintaqa turkiy toponimiyasi tarkibida kelib chiqishi qadimgi

turkiy tillar bilan bog’liq bo’lgan toponimlar ham ko’pligini tasdiqlaydi. Ushbu

nomlar ilk o’rta asrlardagi tarixiy yozma manbalarida qayd qilinmagan bo’lsa ham,

ammo ular qadimgi turkiy tillar negizida shakllanganligini inobatga olib, turkiy

toponimlar mintaqa toponimiyasida ancha qadimgi davrlarda paydo bo’lgan

degan xulosaga kelish mumkin.

Shuni ham aytish kerakki, yuqorida bayon qilingan etimologiyalar uzul - kesil

o’z yechimini topgan deyish qiyin. Ammo, shubhasiz kelajakda O’zbekiston,

jumladan Jizzax viloyati qadimgi turkiy toponimiyasini tadqiq etish jarayonida

muayyan qo’shimchalar, o’zgartirishlar kiritiladi va taklif qilingan etimologiyalar

o’z tasdig’ini topadi. Shu bilan birga qayd qilish kerakki, hali ma’no-mazmuni

aniqlanmagan yoki mavhum bo’lgan geografik nomlar mintaqa toponimiyasi

tarkibida ko’plab topiladi. Ular kelajakda tadqiqotchilar tomonidan turkiy tillar

asosida har tomonlama o’rganilib etimologiyasi aniqlanadi.

Mintaqa toponimiyasi tarkibidagi ayrim genezisi aniqlamnmagan, shubhali,

bahstalab toponimlarni hisobga olmagan taqdirda ham, son jihatdan turkiy

toponimlar katta ustunlikga ega ekanligi hyech kimda shubha tug’dirmaydi. Shu

sababdan, ishonch bilan qayd qilish mumkinki, mintaqadagi mavjud geografik

nomlar ilk o’rta asrlardan boshlab mintaqada yashagan turkiy xalqlarining

etnogenezisini aniqlashda ishonchli manba bo’lib xizmat qiladi.

Yuqorida keltirilgan ma’lumotlar shundan dalolat beradiki, milodiy asrlar

boshidan to hozirga qadar mintaqa aholisining asosiy qismini turkiy xalqlar tashkil

etgan. Ular nafaqat hozirgi Jizzax viloyati hududida balki, Yettisuvdan boshlab to

Xurosongacha keng tarqalgan. Eng qadimgi turkiy o’zakdagi toponimlar miloddan

Page 49: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA`LIMI VAZIRLIGI JIZZAX

49

oldingi davrlarda shakllangan. Etimologik jihatdan ularning ma’no-mazmunini

aniqlash uncha qiyin emas.

Mutaxassislar fikricha, eng qadimgi turkiy toponimlarni Bolg’ali, Qirq, Ming,

O’roqli, Kaltatoy, Kerayt, Qang’li kabi etnonimlar tashkil etadi. Etnonimlarning –

li qo’shimchali turi yuzaga kelishida tamg’alar bosh omil, sabab bo’lgan.

Tamg’alar dehqonchilik bilan shug’ullangan aholi o’rtasida emas, chorvador aholi

uchun muhim belgi vazifasini o’tagan. Chorvachilik bilan shug’ullangan har bir

etnik birlikning o’z tamg’asi bo’lgan.

Tamg’alar shakli, tuzilishi, tasviri, anglatgan ijtimoiy mazmuni va mohiyati

bilan bir-biridan farqlangan. Tamg’a esa oddiy shakl, chizma emas, ramziy nishon,

belgi vazifasini o’tagan. Hozir ularning mazmuni va mohiyati maxsus qiyosiy

tadqiq asosida aniqlansa tamg’alarning ijtimoiy mohiyati aniq bo’ladi. Hozirgacha

o’zbek etnologiyasida bu masala – tamg’alarning ijtimoiy mohiyati kam

o’rganilgan yoki umuman o’rganilmagan.

Sodda tassavurlar asosida aytish mumkinki, tamg’alar qabila kabi yirik etnik

birliklar o’rtasida farqlovchi, aniqlovchi belgi, shartli ramz vazifasini bajargan.

Shu maqsadda tamg’alar mollarning kuragi, ko’kragi, bo’yni, soni, sag’irasi, va

boshqa ko’rinarli joylariga qo’yilgan. Qo’shtamg’ali – qo’sh chiziq, oytamg’ali –

dumaloq halqa, voxtamg’ali – qora uyning uvug’iga o’xshash, boshi egik, uchi

to’g’ri chiziqli, to’rttamg’ali – to’rt chiziqli, bolg’ali – bolg’aga o’xshash tamg’ali,

boltali – boltaga o’xshash, cho’michli – cho’michga o’xshash, taroqli – taroqga

o’xshash, sirg’ali – sirg’aga o’xshash tamg’asi bo’lgan.

Page 50: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA`LIMI VAZIRLIGI JIZZAX

50

TOPONIMIK IBORALAR ShARHI

Toponimikani ham boshqa fanlardek o’ziga xos iboralari mavjud. Ularni

yaxshi o’zlashtirish esa fan sir-asrorlarini bilib olishni osonlashtiradi. Qo’yida

toponimikada qo’llaniladigan asosiy so’z va iboralarni qisqacha sharhi berilgan.

Agroonim – (yunoncha agros –dala, ekinzor, shudgor) – toponimning bir turi.

Masalan, Bedapoya, O’ttizgektar, Mo’soning yeri.

Antroponim – (yunoncha antropos - odam)- atoqli otning bir turi. Odamning

ismi, familiyasi, taxallusi, laqabi. Masalan, Hamid Olimjon, Sharof Rashidov, Safar

ota, Hayitqul tepa.

Atoqli ot - biron obyektni boshqa obyektlardan farq qilish uchun xizmat

qiladigan so’z yoki so’zlar birikmasi, onim. Masalan, Mirzacho’l, Qizilqum, Qili va

boshqalar.

Geografik atamalar - geografik obyektning turini bildiradigan so’zlar

geografik atamalar hisoblanadi. Masalan, adir, qir, ko’l, cho’l, tog’, quduq, soy,

tekislik va boshqalar. Geografik atamalar turdosh otlar bo’lganida geografik

nomdan keyin kichik harflar bilan alohida yoziladi. Ko’proq shevalarda

ishlatiladigan atamalar mahalliy geografik atamalar yoki xalq geografik atamalari

deyiladi.

Gibrid nom- ikki va undan ortiq tillarning leksik va morfologik unsurlaridan

tarkib topgan nomlar. Masalan, Toshkamar, Ko’kgumbaz, Xayrobod va boshqalar.

Gidronim –(yunoncha gidro – suv, onim – nom, ism)- toponimning bir turi.

Tabiiy yoki inson tamonidan bunyod etilgan har qanday suv obyektlari - okeanlar,

dengizlar, daryolar, kanallar, suv omborlari, soylar, quduqlar va boshqalar.

Masalan, Zominsuv, Sangzor, Qili, Aydarko’l, Tuzkon.

Makrotoponim - ma’lum va mashhur bo’lgan tabiiy geografik obyektning

atoqli oti, materiklar, qit’alar, okeanlar, eng katta tekisliklar, tog’lar, tabiiy

geografik o’lkalar nomi. Masalan, Turon, Qizilqum, Osiyo, Oloy, Pomir. Bular

ko’pincha olimlar, sayyohlar tomonidan beriladi va rasmiylashtiriladi. Makrotoponimlar

Page 51: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA`LIMI VAZIRLIGI JIZZAX

51

ba’zida yerli aholiga ma’lum bo’lmasligi mumkin, chunki ular asosan

mikrotoponimlardan foydalanadilar.

Mikrotoponim - muayyan hududda ma’lum bo’lgan kichik geografik

obyektlarning atoqli otlari. Masalan, buloqlar, ko’priklar, jarliklar, quduqlar,

bog’lar va boshqalar. Mikrotoponimlar uchun omonatlik, o’zgaruvchanlik,

harakatchanlik xosdir, hamda ular nafaqat geografik tushuncha balki, ma’naviy

tushuncha hamdir.

Mikrotoponimlar odatda og’zaki nutqda qo’llaniladi, kamdan-kam yozuv

ma’lumotlarida ishlatiladi. Tilning o’zgarishi bilan mikrotoponimlar ham

o’zgaradi. Ularning ko’pchiligi yuqolib ketishi ham mumkin.

Oykonim - (yunoncha oykos – uy, turar joy, makon)- toponim turi, aholi

yashaydigan har qanday joyning qishloq, ovul, shaharcha, shaharning nomi.

Masalan, Jizzax, Zomin, Do’stlik, Marjonbuloq.

Oronim - (yunoncha oros – tog’) – tog’lar, qirlar, tepaliklar, dovonlar, daralar

va boshqa bir qator orografik obyektlarning nomi. Masalan, Nurato, Turkiston,

Molguzar, Amir Temur darvozasi.

Toponim - (yunoncha topos – joy, makon, onima- nom, ism.)- har qanday

geografik obyektning atoqli oti, nomi. Masalan, gidronim, oykonim, urbonim,

agroonim.

Totem - urug’chilik tuzumining ilk davrida hayvon va o’simliklar turiga yoki

jonsiz tabiat narsalariga topinish. Masalan, bolg’ali, taroqli, oytamg’ali, erganakli

va boshqalar.

Transkripsiya - (lotincha transriptio – ko’chirib yozish) boshqa tildagi

geografik nomlar (fonemalar)ni o’z tilidagi grafemalar (harflar)bilan ifodalash,

yozish. Transkripsiya deganda so’zlarni va matnlarni ularning talaffuzini hisobga

olgan holda muayyan yozuv vositalari yordamida yozish, ifodalash usuli

tushuniladi.

Formant - (lotincha formans - hosil qiluvchi) –so’z yasaydigan, lekin, mustaqil

ishlatilmaydigan unsur. Toponimlar tarkibida ayniqsa ko’p uchraydi. Masalan, kent-

Nushkent, Yangikent; loq - Toshloq, Qumloq va boshqalar.

Page 52: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA`LIMI VAZIRLIGI JIZZAX

52

Urug’ - kishilarning eng qadimgi birligi bo’lib, qarindosh avlod – bir ota-

onadan tarqalgan avlod. Urug’chilik qon- qarindoshlikka asoslangan bo’lib, har bir

urug’ odamlari bir-birlari bilan xo’jalik va ijtimoiy jihatdan o’zaro bog’liq.

Etnonim - (yunoncha etnos-xalq, onim-ism, nom) – urug’, qabila, elat, xalq,

millat va boshqa xil etnik uyushmalar nomi. Urug’, qabila,, xalq nomi o’zi

tamonidan tanlangan yoki o’zgalar tamonidan berilgan bo’lishi mumkin. Masalan,

barlos, nayman, qipchoq, jaloyir, laqay va boshqalar.

Etimon - (yunoncha etimon-haqiqat, so’zning asosiy ma’nosi) – muayyan

nomning tadqiqotchilar aniqlagan dastlabki shakli, ma’nosi.

Haqiqiy toponim - bu xarita, ma’lumotnomalarga tushgan, aslida

mikrotoponimlardan kelib chiqqan tabiiy va sun’iy obyektlarning yakka nomi. Ular

har xil xalq va turli tillar mahsulidir, juda ko’p ishlatiladi va o’zi joylashgan hududdan

boshqa joylarda ham ma’lumdir.

Qabila - (arab) urug’, urug’-aymoq- bir ota-onadan tarqalgan bir nechta urug’

uyushmasi. Qabila urug’ga nisbatan yirik bo’lib, bir nechta urug’larning

birlashuvidan hosil bo’ladi. Masalan, ming, nayman, jaloyir, qo’ng’irot, qipchoq va

hokazo.

Page 53: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA`LIMI VAZIRLIGI JIZZAX

53

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch. T.; Ma’naviyat, 2008.

2. Alibekov L.A. O’rta Osiyo tabiiy geografiyasi. -Samarqand. 2006. -163 b.

3. Do’simov Z. Joy nomlarining qisqacha izohli lug’ati. T.; 1977, b.4.

4. Murzayev E.M. Toponimika - populyarnaya. -M.; 1973.

5. Murzayev E.M. Ocherki toponimiki. -M.; 1974.

6. Murzayev E.M. Toponimika Sredney Azii i Kazaxstana. Onomastika Sredney

Azii. -M.; 1978.

7. Murzayev E.M. Geografiya v nazvaniyax. –M.; 1979.

8. Murzayev E.M. Slovar narodnыx geograficheskix terminov. –M.; 1999.

9. Nabiyev A. Tarixiy o’lkashunoslik. T.; 1996, b.130

10. Nafasov T. Janubiy O’zbekiston toponimiyasinining etnolingvistik analizi. T.;

1985.

11. Nikonov V.A. Vvedeniye v toponimiku. -M.; 1965.

12. Qorayev S. Geografik nomlar ma’nosini bilasizmi? -T.; 1970.

13. Qorayev S. Geografik nomlar ma’nosi. -T.; 1978.

14. Qorayev S. Etnonimika -T.; 1979.

15. Qorayev S. Geografik terminlar va tushunchalar izohi lug’ati. -T.; 1979.

16. Qorayev S. O’zbekiston viloyatlari toponimlari. -T.; 2005.

18. Qoraev S. Toponimika. -T.; 2006.

18. G’ulomov P. Jo’g’rofiya atamalari va tushunchalari izohli lug’ati.-T.; 1994.

19. Haydarov H. Jizzax viloyati tarixi. -T.; 1996.

20. Hasanov H. O’rtaosiyolik geograf va sayyohlar. -T.; 1964.

21. Hasanov H. O’rta Osiyo joy nomlari tarixidan. -T.; 1965.

22. Hasanov H. Yer tili. -T.; 1977.

23. Hasanov H. Geografik nomlar siri. -T.; 1985.

24. Elyektron adabiyotlar va Intyernyet manbalari. Intyernyet saytlar: http://geo. 1 september. ru.

wgeo. ru geografiya. ru world. freeglobus. com www. ref. nnov. ru

Page 54: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA`LIMI VAZIRLIGI JIZZAX

54

JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI

TABIATShUNOSLIK VA GEOGRAFIYa FAKULTETI

GEOGRAFIYa VA UNI O’QITISh METODIKASI KAFEDRASI

GEOGRAFIYa VA IQTISODIY BILIM ASOSLARI YO’NALIShI

“TASDIKLAYMAN”

FAKULTET DEKANI ____________________

“ ____ ”________________ 2012 yil

BITIRUV MALAKAVIY ISh BO’YIChA TOPShIRIQ

BITIRUVChI: SINDOROVA FIRUZA _____________

1. Ish mavzusi: O’RTA OSIYo QADIMGI TURKIY TOPONIMIYaSI (JIZZAX

VILOYaTI MISOLIDA)

“___” _______ 201_ y. Rektorning ___ sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan.

2. Ishni topshirish muddati: 20.05.2013 y. _________________

3. Mavzu bo’yicha ma’lumotlar beruvchi adabiyotlar ro’yxati:

E.M.Murzayev Ocherki toponimiki --------------------------------------

S.Qorayev Toponimika ----------------------------------------------------

H.Hasanov Geografik nomlar siri ------------------------------------

N.Oxunov Joylar va nomlar …………………………………………….

Z.DO’simov Xorazm toponimlari ………………………………………….

M.Mirakmalov Geografiyada toponimika ………………………………

4. Ishning maqsadi va hal qilinadigan masalalar:

Bitiruv malakaviy ishning asosiy maqsadi O’rta Osiyodagi mavjud bO’lgan

qadimgi turkiy toponimlarni ilmiy manbalar asosida aniqlash ularni imkon qadar

tahlil qilish, shakllanish va rivojlanish tarixini Jizzax viloyati misolida ochib berish

va maktab geografiya darslarida ulardan foydalanishni kO’rsatib berishdan iborat.

Page 55: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA`LIMI VAZIRLIGI JIZZAX

55

5. Grafik qismi materiallari ro’yxati : 5-ta jadval va 3 kartadan iborat ----------------

--------------------------------------------------------------------

Maslahatchilar:

Bo’limlar Maslahatchi

(F.I.Sh)

Imzo sana Topshiriq qabul

qilindi Topshiriq berildi

1-bob g.f.n. Hakimov Q. 20.11.2012 y. 20.01.2013 y.

2-bob g.f.n. Hakimov Q. 20.01.2013 y. 20.03.2013 y.

3-bob g.f.n. Hakimov Q. 20.03.2013 y. 20.05.2013 y.

Bitiruv ishi bajarish rejasi:

№ Bosqichlar nomi Bajarish muddati

Bajarildi

1 KIRISh 01.12.2012 y.

2 1.0. -BOB.

20.01.2013 y.

3 2.0. -BOB.

20.03.2013 y.

4 3.0. -BOB.

20.05.2013 y.

5 XULOSA 25.05.2013 y.

ILMIY RAHBAR: g.f.n. Q.HAKIMOV

KAFEDRA MUDIRI: g.f.n. Q.HAKIMOV TOPShIRIQNI BAJARIShGA OLDIM: _______________ F.SINDOROVA

“ 19 ” noyabr 2012 yil

Page 56: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA`LIMI VAZIRLIGI JIZZAX

56