37
0 ALISHER NAVOIY NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY KUTUBXONASI TIL DIL KOZGUSI Toshkent 2005

TIL DIL KO ZGUSI - natlib.uznatlib.uz/Content/userfiles/upload/pdf. word. excel... · madaniyati aks etadi. Ayni zamon- da, til ijtimoiy taraqqiyotda ulug„vor ahamiyat kasb etadi

Embed Size (px)

Citation preview

0

ALISHER NAVOIY NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY

KUTUBXONASI

TIL DIL KO‘ZGUSI

Toshkent – 2005

1

ALISHER NAVOIY NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY

KUTUBXONASI

TIL DIL KO‘ZGUSI

O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining

16 yilligi munosabati bilan

Metodik-bibliografik qo„llanma

Alisher Navoiy nomidagi O„zbekiston

Milliy kutubxonasi nashriyoti

Toshkent – 2005

2

78.342

T 49

Ilmiy-metodik bo„lim tomonidan tayyorlandi

Tuzuvchi F.Ro‘zieva

Muharrir H.Mamatraimova

Mas’ul muharrir O.Qilichboev

Matn teruvchi Z.Jalilova

Til – dil ko„zgusi: O„zbek tiliga davlat tili

maqomi berilganining 16 yilligi munosabati bilan

metod.-bibliogr. qo„ll. /Alisher Navoiy nom.

O„zbekiston Milliy k-nasi; Tuzuvchi F.Ro„zieva;

Muharrir H.Mamatraimova.- T.: Alisher Navoiy

nom. O„zbekiston Milliy k-nasi nashriyoti, 2005.- b.

KBK 78.342+81.2 Yozb-03

Yer yuzida 5000 dan ziyod til bo„lib, ularning orasida

qadimiy tillardan bo„lmish, bizning ona tilimiz o„zbek tilidir. O„zbek

tili turkiy tillar oilasiga mansub hisoblanadi. Ushbu qo„llanmada

o„zbek tilining o„z diyorida, mustaqil O„zbekiston davlatida tutgan

o„rni va ahamiyati, taraqqiyoti va muammolari haqida ba‟zi fikrlar

keltirilgan. Ona tilimiz haqidagi adabiyotlarni targ„ib qilishda

kutubxonalarga qisqacha maslahatlar berilgan.

Alisher Navoiy nomidagi

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi

nashriyoti, 2005

3

ONA TILIM

Muhammad YUSUF

Garchi zug„um qilganlarni yoqtirmadim,

She‟r yozdimu bo„lak ishni qotirmadim.

Tilim turib o„z tilimda gapirmadim,

Bir eslasam eziladi bag„ri-dilim,

Ona tilim, kechir meni, ona tilim.

Onam «erkam» deb quchganda tunlar yarim,

Erkim yo„q deb zirqirardi bir joylarim,

Paravozni hansiratgan bug„doylarim,

Oltinlarim, ma‟danlarim, ipaklarim,

Ona tilim, kechir meni, ona tilim.

Kimlar uchun biz edik bir badaviylar,

O„zbekni qon qaqshatganni o„zbek siylar,

Holimizni qon kuzatdi Yassaviylar,

Topganimiz handalakdek tilim-tilim,

Ona tilim, kechir meni, ona tilim.

Kimdir mayda millat bo„ldi, kimdir katta,

Katta millat – Afandisi yo„qdir hatto,

Biz piyoda, biz boqqanlar yurdi otda,

Zulm o„tsa faqat sendan o„tdi zulm,

Ona tilim, kechir meni, ona tilim.

Sen bo„lmasang nima bizga silliq she‟rlar,

Bu dunyoda tili yo„qda dil yo„q derlar,

Bahoing-ku berib ketgan Alisherlar,

Yuragimning to„ridagi so„lmas gulim,

Ona tilim, kechir meni, ona tilim.

Bir qarasam har shevangda ming jilolar,

Har novdangda, har mevangda ming jilolar,

Qodiriylar, Cho„lponlaru, Abdullolar…

Sening qaytgan kuning tug„ilgan yilim,

Ona tilim, kechir meni, ona tilim.

4

Har bir xalq, har bir elat o„zi hurmat-ehtirom qiladigan

tilga ega. Tilga bo„lgan munosabat shu tildan foydalanuvchi

odamlarning ko„p yoki oz sonli ekanligiga bog„liq emasdir.

Tilda ana shu tilning ijodkori bo„lgan xalq, elatning tarixi va

madaniyati aks etadi. Ayni zamon- da, til ijtimoiy taraqqiyotda

ulug„vor ahamiyat kasb etadi.

Til ijtimoiy hodisa sifatida kishilar o„rtasida asosiy aloqa

vositasi bo„lib kelgan. Inson tug„ilib, voyaga yetar ekan, u ona

tili, ona-Vatan, ona zamin kabi milliy qadriyatlarni shu til

vositasida anglaydi va his qiladi. Shuning zamirida unda milliy

ong, vatanparvarlik, millatparvarlik, mustaqillik kabi

tushunchalar paydo bo„ladi va singib boradi.

Milliy istiqlolning birinchi sharti milliy til – ona tilining

mustaqilligidir. O„zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganiga

yaqinda 16 yil to„ladi.

Til har bir millatning ulkan boyligi, bebaho mulki, qalbi

va ovozi hisoblanadi. O„zbekistonda yashovchi boshqa millat va

elat vakillarining o„zbek tilini o„rganib, shu tilda yerli aholi

bilan muloqotda bo„lishi, madaniyatni, urf-odatni, an‟analarni

hurmat qilishi, yurt egalariga bo„lgan ularning ehtiromi,

baynalminalligining ifodasidir.

O„zbekiston Respublikasining davlat tili haqidagi

qonunini rivojlantirish va ro„yobga chiqarish madaniyat, tilni

rivojlantirishda, o„zbek xalqining milliy o„ziga xosligini saqlab

qolishda, millatlarning o„z taqdirini o„zi belgilash printsipini

ijtimoiy hayotning eng muhim sohalarida qaror toptirishda

muhim ahamiyatga ega. O„zbek tili haqidagi adabiyotlarni

targ„ib qilishda «Davlat tili haqida»gi qonunni yaxshi bilish

zarur.

Ayniqsa, til bayrami kunlarida, til haqidagi tadbirlarni

o„tkazishda bunga ehtiyoj oshadi. Barcha tashkilotlar, o„quv

yurtlari, kutubxona va mahallalarda davlat tili bilan bog„liq

hujjatlarni o„rganishga e‟tibor kuchayadi.

5

Ushbu «Til dil ko„zgusi» nomli metodik-bibliografik

qo„llanma kutubxonalarda ona tilimiz – o„zbek tilini yoshlarimiz

ongiga yanada singdirish va ularning qiziqishini oshirish

maqsadida kutubxona xodimlariga yordam berish uchun

tayyorlandi.

O‘ZBEKISTON SOVET SOSIALISTIK

RESPUBLIKASINING QONUNI

(O„n birinchi chaqiriq O„zbekiston SSR Oliy Sovetining 11-

sessiyasida 1989 yil 21 oktyabrda qabul qilingan)

O‘zbekiston SSRning Davlat tili haqida

Til millatning ulkan boyligi va bebaho mulkidir.

Sotsializmni, millatlararo munosabatlarni takomillashtirish,

xalqlarning milliy va baynalminal o„zligini anglashning o„sishi

milliy tillarni har tomonlama rivojlantirishni taqozo etadi.

Ushbu Qonun o„zbek tilining O„zbekiston Sovet

Sotsialistik Respublikasining butun hududi (maydoni)da davlat

tili sifatida amal qilishining huquqiy asoslarini belgilab beradi.

Qoraqalpog„iston Avtonom Sovet Sotsialistik

Respublikasi o„z zaminida tilga oid barcha masalalarni hal qilish

huquqiga egadir.

O„zbekiston SSR hududida yashovchi barcha grajdan-

lar, qaysi til ularning ona tili ekanligidan qat‟iy nazar, tengdirlar.

O„zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi

respublikada yashovchi boshqa millat va elatlarning o„z ona

tillarini qo„llashdan iborat konstitutsion huquqlariga monelik

qilmaydi.

O„zbekiston SSR grajdanlarining respublika davlat tilini,

SSSR xalqlari tillarini hamda chet tillarni o„rganishga bo„lgan

intilishini har tomonlama qo„llab-quvvatlaydi.

Ushbu Qonun norasmiy muomalada, harbiy qismlarda va

diniy marosimlarda qo„llanadigan tillarga tatbiq etilmaydi.

6

1-modda. O„zbekiston Sovet Sotsialistik Respub-

likasining davlat tili o„zbek tilidir.

O„zbekiston SSR o„zbek tilini butun choralar bilan

rivojlantiradi va uning siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy

hayotning barcha sohalarida to„liq amal qilishini ta‟minlaydi.

O„zbekiston SSR hududida rus tilini SSSR xalqlarining

millatlararo muomala tili sifatida rivojlantirish va undan erkin

foydalanish ta‟minlanadi.

Milliy va rus, rus va milliy tillarda muloqot qilishni

rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratiladi.

O„zbekiston SSR o„z hududida yashab turgan barcha

millat va elatlar tillarining erkin amal qilishini ta‟minlaydi,

ushbu tillar ravnaq topishi, ularga hurmat bilan munosabatda

bo„linishi uchun tegishli sharoit yaratadi.

2-modda. O„zbeki tili o„zbek xalqining ma‟naviy

mulkidir. O„zbekiston SSR davlat tilining ravnaqi, qo„llanishi va

muhofazasini har tomonlama ta‟minlashga oid barcha masalalar

O„zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining huquqi

doirasiga kiradi.

O„zbekiston SSR mustaqil va teng huquqli respub- lika

sifatida o„z xududida tilga oid har qanday masalani hal qilish

huquqiga ega.

3-modda. O„zbekiston SSRda yashaydigan har bir

shaxsning davlat, jamoat idoralari va tashkilotlariga ish

yuzasidan taklif, ariza hamda shikoyat bilan davlat tilida

murojaat etish va javoblar olish huquqi ta‟minlanadi.

Grajdanlarning boshqa tillarda ham murojaat etish huquqlari,

davlat tili va millatlararo muomala tilida javob olish imkoniyati

ta‟minlanadi.

4-modda. O„zbekiston SSRda ishlovchi davlat

hokimiyati va boshqaruv organlari rahbarlari o„z xizmat

vazifalarini bajarish uchun respublika davlat tilini yetarli

darajada bilishlari shart.

7

O„z faoliyatiga ko„ra aholiga xizmat ko„rsatish bilan

bog„liq shaxslar xizmat vazifasini bajarish uchun davlat tilini

zarur bo„lgan darajada bilishlari lozim.

O„zbekiston SSR o„zbek tilini bilmaydigan

grajdanlarga respublika davlat tilini bepul o„rgatish va o„qitishni

ta‟minlaydi.

5-modda. O„zbekiston SSR davlat hokimiyati va

boshqaruv organlari faoliyatida s‟ezd, plenum, qurultoy, sessiya,

konferentsiya, majlis va kengashlar respublikaning davlat tilida

olib boriladi va aynan tarjimasi ta‟minlanadi.

Mehnat kollektivlarida majlislar davlat tilida,

shuningdek, majlis ahli tanlagan tilda olib boriladi.

Majlis ishtirokchilari istagan tilda so„zga chiqishlari

mumkin: ularning nutqlari majlisning ish tiliga tarjima qilinadi.

O„zbekiston SSRda o„tkaziladigan xalqaro, umum-

ittifoq va respublikalararo simpoziumlar, konferentsiya- lar,

kengashlar va majlislarda respublika davlati tili va majlis ahli

tanlagan til qo„llanadi.

6-modda. O„zbekiston SSR Oliy davlat hokimiyati va

boshqaruv organlarining qonun, qaror va boshqa hujjatlari

respublika davlat tilida tayyorlanadi, qabul qilinadi va e‟lon

etiladi. Rasmiy nashrlarda ularning rus, qoraqalpoq, tojik,

qozoq, qirg„iz, turkman va boshqa tillardagi tarjimasi beriladi.

Mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlarining

hujjatlari davlat tilida tayyorlanadi, qabul qilinadi va e‟lon

etiladi. Muayyan millat vakillari zich yashaydigan joylarda

mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlarining hujjatlari

respublika davlat tilida hamda mazkur millat tilida qabul

qilinadi va e‟lon etiladi.

7-modda. O„zbekiston SSRda muassasa, korxona,

tashkilot va birlashmalarda ish respublika davlat tilida yuritiladi.

Mehnat ahlining ko„pchiligi o„zbek tilini bilmaydigan

korxona, muassasa, tashkilot va birlashma- larda ish respublika

davlat tili bilan bir qatorda rus tili yoki boshqa tillarda ham olib

8

boriladi. Bunday korxonalarning ro„yxati xalq deputatlari rayon,

shahar Sovetlarining taqdimiga binoan O„zbekiston SSR

Ministrlar Soveti tomonidan belgilanadi.

Umumittifoq tasarrufidagi korxonalarda ish respublika

davlat tili bilan bir qatorda rus tilida ham yuritiladi.

8-modda. O„zbekiston SSRdagi korxona, muassasa va

tashkilotlarda hisob-kitob, statistika va moliya hujjat- lari

respublika davlat tilida, shuningdek, millatlararo muomala tilida

tayyorlanadi, respublikadan tashqariga jo„natiladigan hisobot va

moliya hujjatlari esa rus tilida yoki tegishli tomonga maqbul

tilda yoziladi.

9-modda. O„zbekiston SSR davlat hokimiyati va

boshqaruv organlari umumittifoq tashkilotlari bilan

munosabatlarda millatlararo muomala tilini qo„llaydilar.

Ittifoqdosh va avtonom respublikalar, shuningdek,

xorijiy davlatlar bilan bo„ladigan aloqalarda taraflar uchun

maqbul til qo„llaniladi.

10-modda. O„zbekiston SSRda sudlov o„zbek, qoraqal-

poq tillarida yoki o„sha joydagi ko„pchilik aholi tilida olib

boriladi. Sud ishlari olib borilayotgan tilni sudda qatnashuvchi

kishilar bilmagan taqdirda bu kishilar uchun tarjimon orqali

ishga oid materiallar bilan to„la tanishish va sud ishlarida

ishtirok etish huquqi hamda sudda ona tilida so„zlash huquqi

ta‟minlanadi.

O„zbekiston SSRda davlat hakamligi mahkamalarida

korxonalar, tashkilotlar va muassasalar o„rtasidagi xo„jalik

nizolarini ko„rib chiqish, hal qilishda o„zbek tili qo„llanadi.

Zarurat bo„lganda xo„jalik nizolari millatlararo muomala tilida

ham qarab chiqilishi mumkin. O„zbekiston SSR va boshqa

respublikalar korxonalari, tashkilotlari va muassasalari

o„rtasidagi xo„jalik nizolarini ko„rib chiqish, hal qilishda ham

millatlararo muomala tili qo„llanadi.

11-modda. O„zbekiston SSR davlat notarial idoralarida,

xalq deputatlari shahar, qishloq va qo„rg„on Sovetlari ijroiya

9

komitetlarida notarial ishlar respublika davlat tilida yuritiladi.

Murojaat etuvchi kishi talabiga ko„ra, rasmiylashtirilayotgan

hujjatlar matni davlat notariusi tomonidan yoki notarial ishni

bajarayotgan boshqa mansabdor shaxs tomonidan rus tiliga yoki

imkoniyat doirasida unga maqbul tilga tarjima qilib beriladi.

12-modda. O„zbekiston SSRda grajdanlik holatini qayd

etuvchi hujjatlar hamda turli shahodatnomalar respublika davlat

tilida yoziladi, millatlararo muomala tilida tarjimasi

takrorlanadi.

13-modda. O„zbekiston SSRda yashovchi grajdanlarga

o„qishda tilni erkin tanlash huquqi beriladi.

O„zbekiston SSR o„z hududida respublika davlat tilida,

shuningdek rus, qoraqalpoq, tojik, qozoq, qirg„iz, turkman

tillarida hamda respublikada zich yashaydigan boshqa

millatlarning tillarida umumiy o„rta ma‟lumot olishni

ta‟minlaydi.

O„zbekiston SSRda mavjudlari bilan bir qatorda o„zbek

tilida, milliy guruhlar zich yashaydigan joylarda esa ularning

tilida maktabgacha yoshdagi bolalar muassasa- larini ochish

ta‟minlanadi.

14-modda. O„zbekiston SSRning hunar-texnika bilim

yurtlarida, o„rta maxsus va oliy o„quv yurtlarida, ular qaysi

mahkama ixtiyorida bo„lishidan qat‟iy nazar, respublika davlat

tilida, shuningdek, rus tilida, sharoit- lar mavjud bo„lgan

joylarda boshqa tillarda ham mutaxassislar tayyorlash

ta‟minlanadi.

O„zbekiston SSRda davlat tilida, shuningdek,

millatlararo muomala tili va respublikada qo„llanayotgan boshqa

tillarda ham mutaxassislar malakasini oshirish va ularni qayta

tayyorlash ta‟minlanadi.

15-modda. O„zbekiston SSR darslar o„zbek tilida

o„tilmaydigan umumiy ta‟lim maktablarida, hunar-texnika bilim

yurtlarining hamda o„rta maxsus va oliy o„quv yurtlarining

darslar o„zbek tilida o„tilmaydigan bo„lim va gruppalarida

10

o„zbek tilini o„quv planining asosiy fanlaridan biri sifatida

o„rganishni ta‟minlaydi, bu fandan bitiruv imtihoni topshiriladi.

O„zbekiston SSR darslar rus tilida o„tilmaydigan

umumiy ta‟lim maktablarida, hunar-texnika bilim yurtlarida,

o„rta maxsus va oliy o„quv yurtlarida rus tilini o„quv planining

asosiy fanlaridan biri sifatida o„rganishni ta‟minlaydi. Bu fandan

bitiruv imtihoni topshiriladi.

16-modda. Arab alifbosiga asoslangan qadimiy o„zbek

yozuvini o„zbek umumiy ta‟lim maktablarida, o„rta maxsus va

oliy o„quv yurtlarining darslar o„zbek tilida olib boriladigan

bo„limlarida o„quv plani fanlaridan biri sifatida o„qitish

ta‟minlanadi. O„zbekiston SSRda bu yozuvni o„rganishni

istaydiganlarga har tomonlama imkoniyat yaratiladi. Buning

uchun tegishli ilmiy-pedagogik kadrlar va darslik hamda

metodik o„quv qo„llanmalari tayyorlanadi, qadimiy o„zbek

yozuvida adabiy-tarixiy yodgorliklar, kitoblar, gazeta va

jurnallar nashr etiladi.

17-modda. O„zbekiston SSR respublika davlat tilida,

shuningdek, millatlararo muomala tilida darsliklar, o„quv-

metodik va ilmiy-texnik adabiyotlar nashr etilishini ta‟minlaydi.

O„zbekiston SSRda boshqa respublikalar bilan muayyan

shartnomalar tuzgan yoki kelishgan holda rus, qoraqalpoq, tojik,

qozoq, qirg„iz, turkman va boshqa tillarda o„qitiladigan

maktablar darsliklar, o„quv-metodik, badiiy va ilmiy-texnik

adabiyotlar bilan ta‟minlanadi. Shuningdek, qardosh

respublikalarda yashayotgan o„zbeklarni o„zbek tilidagi o„quv-

metodik, badiiy va ilmiy-texnik adabiyotlar bilan ta‟minlaydi.

O„zbekiston SSR respublikadan tashqarida ham o„zbek tilini

asrash va rivojlantirishga, maorif va madaniyatni taraqqiy

ettirishga yordam beradi.

18-modda. O„zbekiston SSR ilm-fanning hamma

sohalarini respublika davlat tilida rivojlantirish uchun lozim

bo„lgan barcha shart-sharoitlarni yaratib beradi. Respublikada

ilmiy ishni o„zbek tilida taqdim etish, himoya qilish va nashr

11

qilish huquqi ta‟minlanadi. Respublikada ilmiy asarlar rus,

qoraqalpoq, tojik, qozoq va boshqa tillarda yozilishi, nashr

etilishi va himoyaga qo„yilishi mumkin.

19-modda. O„zbekiston SSRda o„zbek xalqining ilm-fan

tilini takomillashtirish uchun o„zbek tilida ilmiy-texnik hamda

ijtimoiy-siyosiy atamalarni yaratish va rivojlantirish

ta‟minlanadi.

Yotmishning ijtimoiy, iqtisodiy, tarixiy, adabiy-badiiy,

madaniy va ilmiy merosini keng targ„ib qilish va chuqur

o„rganish uchun o„zbek xalqining tarixiy-madaniy yodgorliklari

asl nusxada nashr etilishi ta‟minlanadi, shuningdek, rus va

boshqa tillarga ham tarjima qilinadi.

20-modda. O„zbekiston SSRda chiqadigan kitoblar,

gazeta va jurnallar, davriy xabarnomalar asosan davlat tilida

nashr qilinadi. Shuningdek, ehtiyojni hisobga olgan holda rus tili

va boshqa tillarda ham nashr etiladi.

Televidenie ko„rsatuvlari va radio eshittirish- lari asosan

respublika davlat tilida olib boriladi. Shuningdek, eshittirishlar

rus tilida va O„zbekiston SSR hududida zich yashovchi boshqa

millatlarning tillarida ham tayyorlanadi va olib boriladi.

Umumittifoq televidenie va radiosi ko„rsatuv va

eshittirishlarini olib berish ta‟minlanadi.

21-modda. O„zbekiston SSRda stsenariylar, film- larni

va boshqa tomoshabop asarlarni respublika davlat tilida hamda

millatlararo muomala tilida yaratish ta‟minlanadi. Boshqa

ittifoqdosh respublikalardan, chet ellardan olinadigan

kinofilmlar, sahna asarlari va boshqa tomoshabop asarlar o„zbek

va rus tillariga tarjima qilinadi.

22-modda. Muassasa, korxona, davlat va jamoat

tashkilotlarining rasmiy muhrlari, tamg„alari va ish

qog„ozlarining matnlari respublika davlat tilida bo„ladi, ruscha

tarjimada takrorlanadi.

12

Milliy-madaniy jamiyatlar va markazlarning muhr- lari,

tamg„alari va ish qog„ozlarining matnlari, ular tanlagan tildan

tashqari, respublika davlat tilida bo„lishi shart.

Lavhalar, e‟lonlar, narxnomalar va boshqa ko„rgaz- mali

hamda og„zaki axborot vositalari respublika davlat tilida

yoziladi va e‟lon qilinadi hamda rus va boshqa tillarda

takrorlanadi. O„zbekiston SSR korxonalarida ishlab chiqarilgan

mahsulotlarning yorliqlari, korxona belgilari, ulardan

foydalanish yo„l-yo„riqlari o„zbek tilida hamda millatlararo

muomala tilida bo„lishi ta‟minlanadi.

Mamlakatning boshqa respublikalardan yoki chet

ellardan keltirilgan mahsulotni savdo idoralari va tashkilotlari

o„zbek tilida va millatlararo muomala tilida bitilgan yo„l-

yo„riqlar bilan ta‟minlashi lozim.

23-modda. O„zbekiston SSRda pochta-telegraf xabar-

lari grajdanlarning xohishiga ko„ra respublika davlat tili yoki rus

tilida rasmiylashtiriladi.

24-modda. O„zbekiston SSRdagi shaharlar, qishloq- lar,

maydonlar, ko„chalar, bekatlar, tarixiy obidalar va boshqa

jo„g„rofiy-hududiy o„rinlarning nomlari yagona milliy shaklda

beriladi va respublika davlat tilida yoziladi.

SSSRdagi va xorijiy mamlakatlardagi barcha jo„g„rofiy

nomlar o„zbek milliy-tarixiy an‟analariga va o„zbek tilining

o„ziga xos xususiyatlariga asoslangan holda o„zbek tilida raqam

etiladi.

O„zbekiston SSRda barcha tarixiy ismlar va joylarning

nomlari xalqning milliy mulki hisoblanadi va davlat tomonidan

muhofaza qilinadi.

25-modda. O„zbekiston SSRda yashovchi grajdanlar

millatidan qat‟iy nazar o„z ismini (bir yoki bir necha), ota ismi

va familiyasini (bir yoki bir necha) tarixiy-milliy an‟analarga

muvofiq shaklda yozdirish huquqiga egadirlar. Ismlar, ota ismi

va familiyalarining yagona to„g„ri shakli maxsus

ma‟lumotnomalarda qayd etiladi. O„zbekcha ismlar, ota ismi va

13

familiyalar boshqa tillarda berilganda, ayni chog„da dunyoga

mashhur kishilarning ota ismi va familiyasi o„zbek tilida

berilganda ularning asl yozilish xususiyati saqlanib qoladi.

Ismlar, ota ismi va familiyalarini yozishda o„zbek

tilining ifoda va talaffuz qonuniyatlariga rioya etiladi.

26-modda. O„zbekiston SSRda yashovchi barcha

millatlar milliy-madaniy jamiyatlar va markazlar tuzish

huquqiga egadirlar.

Oz sonli milliy guruhlar uchun ham o„rta umumiy ta‟lim

maktablarida o„z ona tilini o„rganishga sharoit yaratiladi.

27-modda. O„zbekiston SSRda davlat tiliga va boshqa

tillarga mensimay yoki xusumat bilan qarash taqiqlanadi.

Mansabdor shaxslarning respublika davlat tilini yoki

millatlararo muomala tilini bilmaslikni ro„kach qilib takliflar,

arizalar va shikoyatlarni olishdan yoki ko„rib chiqishdan bosh

tortishi man etiladi; grajdanlarning o„zaro muomala, ta‟lim-

tarbiya va o„qish tilini erkin tanlash huquqini amalga oshirishga

to„sqinlik qiluvchi hatti-harakatlar sodir bo„lsa, SSSR va

O„zbekiston SSRning amaldagi qonunlarida belgilangan tartibda

javobgarlikka tortiladi.

28-modda. O„zbekiston SSR davlat hokimiyati va davlat

boshqaruv muassasalarining, shuningdek korxonalar,

tashkilotlar va idoralarning rahbarlari o„zlariga bo„ysunuvchi

soha doirasida ushbu Qonun talablariga rioya qilinishiga

shaxsan javobgardirlar.

29-modda. Davlat tili rasmiy amal qiladigan sohalarda

o„zbek adabiy tilining mavjud ilmiy qonun-qoidalariga to„la

rioya etiladi.

30-modda. O„zbekiston Sovet Sotsialistik Respub-

likasining davlat tili haqidagi mazkur Qonunining turmushga

tatbiq etilishini nazorat qilish O„zbekiston SSR Oliy Soveti va

uning Doimiy til komissiyasi zimmasiga yuklanadi.

O„zbekiston Oliy Soveti

14

Prezidiumining Raisi M.Ibrohimov

O„zbekiston Oliy Soveti

Prezidiumining Sekretari L.Bekqulbekova

Toshkent shahri,

1989 yil 21 oktyabr,

№ 3561-XI

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI

Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish

to‘g‘risida

Ushbu Qonun O„zbekiston Respublikasi

Konstitutsiyasiga asoslanib va o„zbek yozuvining lotin

alifbosiga o„tilgan 1929 – 1940 - yillardagi ijobiy tajribasidan

kelib chiqib, keng jamoatchilik vakillari bildirgan istak-

xohishlarini inobatga olgan holda respublikaning har taraflama

kamol topishini va jahon kommunikatsiya tizimiga kirishini

jadallashtiruvchi qulay sharoit yaratib berishga xizmat qiladi.

1-modda. O„zbekiston Respublikasida lotin yozuviga

asoslangan quyidagi 31 harf va 1 tutuq belgisi (apostrof)dan

iborat o„zbek alifbosi joriy etilsin:

Lotin-

cha

Talaf-

fuzi

Kirill-

cha

Lotin-

cha

Talaf-

fuzi

Kirill-

cha

Bosma Harflar Bosma Harflar

A a a A a Q q qa Q q

B b be B b R r re P p

C c ce S ts S s es C c

D d de D d T t te T t

E e e E e U u u U u

15

F f ef F f V v ve V v

G g ge G g X x xa X x

H h he H h Y y ye Y y

I I i I i Z z ze Z z

J j je

(jora)

J j

(Jo„ra)

C c ce Ch ch

K k ka K k G g ga G„ g„

L l el L l J j je

(ajdod)

J j

(ajdod)

M m em M m N n ne Ng ng

N n en N n O o o

(ordak)

O„ o„

(o„rdak)

O o o

(ota)

O o

(ota)

S s se Sh sh

P p pe P p (‟) tutuq

belgisi

(apos-

trof)

2-modda. Lotin yozuvi asosidagi o„zbek alifbosini joriy

etish bilan O„zbekiston xalqining milliy iftixori bo„lmish bebaho

ma‟naviy meros bitilgan arab alifbosini va kirillitsani o„rganish

va ulardan foydalanish uchun zarur sharoitlar saqlab qolinadi.

O„zbekiston Respublikasining

Prezidenti I.Karimov

Toshkent shahri,

1993 yil 2 sentyabr,

№ 931-XII

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI

O‘zbekiston Respublikasining «Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek

alifbosini joriy etish to‘g‘risida»gi Qonuniga o‘zgartishlar kiritish

haqida

16

O„zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:

O„zbekiston Respublikasining 1993 yil 2 sentyabrida

qabul qilingan «Lotin yozuviga asoslangan o„zbek alifbosini

joriy etish to„g„risida»gi Qonuniga (O„zbekiston Respublikasi

Oliy Kengashi Axborotnomasi. 1993 yil №9, 331-modda)

quyidagi o„zgartishlar kiritilsin:

1. 1-moddadagi «31 harf va 1 tutuq belgisi

(apostrof)dan» so„zlari «26 ta harf va 3 ta harflar

birikmasidan» so„zlari bilan almashtirilsin.

2. S s, J j harflari mustaqil harf belgisi sifatida alifbodan

chiqarilsin.

3. O o harfi O‘o‘ shaklida, G g harfi G‘g‘ shaklida, S s

harfi Sh sh shaklida, S s harfi Ch ch shaklida, N n harfi Ng ng

shaklida, Q harfi belgisi q shaklida ifodalansin.

4. A a, I i, G g, G‘g‘, Q q, O‘o‘, Z z harflari va Ch ch

harflar birikmasining yozma shakli tegishlicha A a, I i, G g,

G‘g‘, Q q, O‘o‘, Z z, Ch ch tarzida ifodalansin.

O„zbekiston Respublikasining

Prezidenti I.Karimov

Toshkent shahri,

1995 yil 6 may,

№ 71-I

LOTIN YoZUVIGA ASOSLANGAN YoZBYeK ALIFBOSI

1. A a 16. Q q

2. B b 17. R r

3. D d 18. S s

4. E e 19. T t

5. F f 20. U u

6. G g 21. V v

7. H h 22. X x

17

8. I I 23. Y y

9. J j 24. Z z

10. K k 25. O„o„

11. L l 26. G„g„

12. M m 27. Sh sh

13. N n 28. Ch ch

14. O o 29. Ng ng

15. P p

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI

DAVLAT TILI HAQIDA

(yangi tahrirda)

1-modda. O„zbekiston Respublikasining davlat tili

o„zbek tilidir.

2-modda. O„zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi

respublika hududida yashovchi millat va elat- larning o„z ona

tilini qo„llashdan iborat konstitutsiyaviy huquqlariga monelik

qilmaydi.

3-modda. O„zbek tilining O„zbekiston Respublikasi

hududida davlat tili sifatida amal qilishining huquqiy asoslari

ushbu Qonun va boshqa qonunlar bilan belgilab beriladi.

Tilning Qoraqalpog„iston Respublikasida amal qilishiga

bog„liq masalalar, shuningdek, Qoraqalpog„iston

Respublikasining qonun hujjatlari bilan belgilanadi.

Ushbu Qonun tillarning turmushda, shaxslararo

muomalada hamda diniy va ibodat bilan bog„liq udumlarni ado

etishda qo„llanishini tartibga solmaydi.

Fuqarolar millatlararo muomala tilini o„z xohishlariga

ko„ra tanlash huquqiga egadirlar.

4-modda. O„zbekiston Respublikasida davlat tilini

o„rganish uchun barcha fuqarolarga shart-sharoit hamda uning

hududida yashovchi millatlar va elatlarning tillariga izzat-

18

hurmat bilan munosabatda bo„lish ta‟minlanadi, bu tillarni

rivojlantirish uchun shart-sharoit yaratiladi.

Fuqarolarga davlat tilini o„qitish bepul amalga oshiriladi.

5-modda. O„zbekiston Respublikasida davlat tilida

faoliyat ko„rsatadigan, milliy guruhlar zich yashaydigan joylarda

esa ularning tillarida faoliyat ko„rsatadigan maktabgacha tarbiya

bolalar muassasalarini tashkil etish ta‟minlanadi.

6-modda. O„zbekiston Respublikasida yashovchi shaxs-

larga ta‟lim olish tilini erkin tanlash huquqi beriladi.

O„zbekiston Respublikasi davlat tilida, shuningdek

boshqa tillarda ham umumiy, hunar-texnika, o„rta maxsus va

oliy ma‟lumot olishni ta‟minlaydi.

7-modda. Davlat tili rasmiy amal qiladigan doiralarda

o„zbek adabiy tilining amaldagi ilmiy qoidalari va normalariga

rioya etiladi.

Davlat o„zbek tilining boyitilishi va takomil-

lashtirilishini ta‟minlaydi, shu jumladan, unga hamma e‟tirof

qilgan ilmiy-texnikaviy va ijtimoiy-siyosiy atamalarni joriy etish

hisobiga ta‟minlaydi.

Yangi ilmiy asoslangan atamalar jamoatchilik

muhokamasidan keyin va Oliy Majlis tegishli qo„mitasining

roziligi bilan o„zbek tiliga joriy etiladi.

8-modda. O„zbekiston Respublikasining qonunlari,

davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining boshqa hujjatlari

davlat tilida qabul qilinadi va e‟lon etiladi. Bu hujjatlarning

tarjimalari boshqa tillarda ham e‟lon qilinadi.

Mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlarining

hujjatlari davlat tilida qabul qilinadi va e‟lon etiladi. Muayyan

millat vakillari zich yashaydigan joylarda mahalliy hokimiyat va

boshqaruv organlarining hujjatlari respublika davlat tilida

hamda mazkur millat tilida qabul qilinadi va e‟lon etiladi.

9-modda. Davlat hokimiyati va boshqaruv organ- larida

ish davlat tilida yuritiladi va zaruriyatga qarab boshqa tillarga

tarjima qilinishi ta‟minlanadi.

19

O„zbekistonda o„tkaziladigan xalqaro anjuman- larda

davlat tili, shuningdek qatnashchilarning o„zlari tanlagan tillar

anjumanning ish tili hisoblanadi.

10-modda. Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va

jamoat birlashmalarida ish yuritish, hisob-kitob, statistika va

moliya hujjatlari davlat tilida yuritiladi, ishlovchilarning

ko„pchiligi o„zbek tilini bilmaydigan jamoalarda davlat tili bilan

bir qatorda boshqa tillarda ham amalga oshirilishi mumkin.

11-modda. Sudlov ishlarini yuritish davlat tilida yoki

o„sha joydagi ko„pchilik aholi tilida olib boriladi. Ishda ishtirok

etayotgan, sud ishlari yuritilayotgan tilni bilmaydigan shaxslarga

tarjimon orqali ishga oid materiallar bilan tanishish, sud

jarayonida ishtirok etish huquqi hamda sudda ona tilida so„zlash

huquqi ta‟minlanadi.

Korxonalar, tashkilotlar va muassasalar o„rtasidagi

xo„jalik nizolarini ko„rib chiqish va hal qilishda davlat tili

qo„llaniladi. Xo„jalik nizolari taraflarning roziligi bilan boshqa

tilda ham ko„rib chiqilishi mumkin.

12-modda. O„zbekiston Respublikasida notarial

harakatlar davlat tilida amalga oshiriladi. Fuqarolarning talabiga

ko„ra rasmiylashtirilgan hujjat matni davlat notariusi yoki

notarial harakatni bajarayotgan shaxs tomonidan rus tilida yoki

imkoniyat bo„lgan taqdirda – boshqa tilda beriladi.

13-modda. Fuqarolik holatini qayd etuvchi hujjatlar,

shaxsning kim ekanligini va uning huquq- larini tasdiqlovchi

hujjatlar davlat tilida rasmiy- lashtiriladi, zaruriyatga qarab

boshqa tilda tarjimasi takrorlanishi mumkin.

14-modda. O„zbekiston Respublikasi hududida

yashovchi shaxslarga davlat tashkilotlari va muassasalariga,

jamoat birlashmalariga arizalar, takliflar, shikoyatlar bilan

davlat tilida va boshqa tillarda murojaat qilish huquqi

ta‟minlanadi.

15-modda. O„zbekiston Respublikasida yashovchi

shasxlar, o„z millatidan qat‟iy nazar, o„z ismini, ota ismi va

20

familiyasini milliy-tarixiy an‟analarga muvofiq yozish huquqiga

egadirlar.

16-modda. Televidenie va radio eshittirishlari davlat

tilida, shuningdek boshqa tillarda olib boriladi.

17-modda. Noshirlik faoliyati davlat tilida, ehtiyojlarni

hisobga olgan holda esa, boshqa tillarda ham amalga oshiriladi.

18-modda. Pochta-telegraf jo„natmalari davlat tilida

yoki fuqarolarning xohishiga ko„ra – boshqa tilda amalga

oshiriladi.

19-modda. Muassasalar, tashkilotlar va jamoat

birlashmalari muhrlari, tamg„alari, ish qog„ozlarining matnlari

davlat tilida bo„ladi.

O„zbekiston Respublikasi hududida joylashgan xalqaro

tashkilotlar va muassasalar, qo„shma korxonalarning,

shuningdek milliy madaniyat jamiyatlari va markazlarining

muhrlari, tamg„alari, ish qog„ozlari matnlarining tarjimasi davlat

tilida takrorlanadi.

20-modda. Lavhalar, e‟lonlar, narxnomalar va boshqa

ko„rgazmali hamda og„zaki axborot matnlari davlat tilida

rasmiylashtiriladi va e‟lon qilinadi hamda boshqa tillarda

tarjimasi berilishi mumkin.

21-modda. Korxonalarda ishlab chiqariladigan mahsulot

davlat tilidagi va boshqa tillardagi yorliqlar, yo„riqnomalar,

etiketkalar bilan ta‟minlanadi.

22-modda. Respublikaning ma‟muriy-hududiy birliklari,

maydonlari, ko„chalari va geografik ob‟ektlarining nomlari

davlat tilida aks ettiriladi.

23-modda. O„zbekiston Respublikasining xalqaro

shartnomasi matnlari, agar shartnomaning o„zida boshqacha

qoida nazarda tutilmagan bo„lsa, davlat tilida va ahdlashuvchi

tomonning (tomonlarning) tilida yoziladi.

24-modda. O„zbekiston Respublikasida davlat tiliga

yoki boshqa tillarga mensimay yoki xusumat bilan qarash

taqiqlanadi. Fuqarolarning o„zaro muomala, tarbiya va ta‟lim

21

olish tilini erkin tanlash huquqini amalga oshirishga to„sqinlik

qiluvchi shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar

bo„ladilar.

Toshkent shahri,

1995 yil 21 dekabr.

Ona allasidan boshlangan tilim

Til – insonlar o„rtasidagi aloqa vositasi, ijtimoiy hodisa,

fikr ifodalash va jamiyat a‟zolarining bir-biri bilan fikr

almashishiga xizmat qiladi.

Bugungi yer yuzidagi tillar ko„p asrlar mobaynida

murakkab tarixiy jarayonlarni kechirish natijasida vujudga

kelgan. Shulardan biri tillarning ajralish (differentsiatsiya)

jarayonidir.

Masalan, hozirgi turkiy tillar qadimda bir til bo„lib, ular

umumturk tilining bo„linishi natijasida vujudga kelgan.

Tilning kelib chiqishi masalasini ilmiy jihatdan hal

qilishga urinish qadimgi yunon faylasuflarining bilish

nazariyalari bilan bog„liq. Platon «til tabiiy suratda kelib

chiqqan» deb da‟vat qilsa, Demokrit «o„zaro aloqa qilish uchun

tilni odamlarning o„zlari yaratgan, u xudoningmas, balki

odamlar irodasining mahsulidir» degan nazariyani ilgari suradi.

Til va tafakkur bir-biri bilan chambarchas bog„liq, tilsiz

tafakkur bo„lmaydi, ular o„zlarining yuzaga kelishida ham,

rivojlanishida ham bir-biridan ajralmasdir. Barcha xalqlarning

ma‟naviy boyligi, aql-idroki, tafakkuri, tarixi va madaniyati

uning tilida, urf-odatlarida va ruhiyatida o„z ifodasini topadi.

O„zbek tilini rivojlantirishda buyuk olimlarimiz Maxmud

Qoshg„ariy, Yusuf Xos Hojib, Alisher Navoiy kabi jahonga

mashhur vatandoshlarimizning o„rni beqiyosdir.

Bizning ona tilimiz – o„zbek tili qadimiy tillardan bo„lib,

dastlabki yozma manbalar VI – VII asrlarga to„g„ri keladi

(Urxun-Yenisey yozuvlari).

22

O„zbek xalqi va tili haqidagi mashhur asarlardan biri bu

til bilimining donishmandi Mahmud Qoshg„ariyning turkiy tillar

olamida eng sara asarlari bo„lmish “Javohurun nag„hv fi lug„ati

turk” (“Turkiy tillarning sintaksisi durdonalari”) va «Devonu

lug„otit turk» asarlaridir.

Mahmud Qoshg„ariyning “Devonu lug„otit turk” asari

muqaddima va lug„atdan iborat. Muqaddimada olim so„zlar-

ning tuzilishi, turk qabilalari tabaqalarining nomini, turk

tillarining bayonini beradi. Bu asar o„sha davrdagi O„rta Osiyo

xalqlari tarixi, turmushi, madaniyati, urf-odatlari, adabiyotini

o„rganishda eng noyob manbadir. “Devonu lug„otit turk”da

turkiy xalqlardan tashqari arab, fors, xitoy, rus xalqlari haqida

ham ma‟lumotlar bor.

“Devonu lug„otit turk” asarida turkiy xalqlar og„zaki

ijodi va yozma adabiyotiga doir 300 dan ziyod she‟riy parchalar,

maqollar, hikmatli so„zlar va lavhalar berilgan.

Hozirgi davrda turli millat, elat va qabilalarga tegishli

2500 dan 5000 tagacha (ba‟zi manbalarda 3000-7000 oralig„ida)

jonli til borligi ma‟lum.1

O„zbek tili uzoq va boy tarixga, shuningdek, eski

yozuvga ega bo„lgan tillardan biridir. Uni ilk marta asosli

tekshirgan olim Alisher Navoiydir. U o„zining «Muhokamatul-

lug„atayn» asarida lug„at tili, ya‟ni eski o„zbek tilining leksik

boyligi, grammatik qurilishi haqida qimmatli ma‟lumotlar

beradi.

Navoiy asarlarining tilini o„rganish u hayotligidayoq

boshlangan edi. Ammo o„sha davrdagi manbalarning oz qismi

bizgacha yetib kelgan.

1 Til //O„zbekiston milliy entsiklopediyasi. 8-jild.Solnoma-To„ytepa

/Tahrir hay‟ati: A.Azizxo„jaev, M.Aminov,T.Daminov va boshq.- T.:

“O„zbekiston milliy entsiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, 2004.-B.428-

429.

23

Turkiy xalqlar boy milliy madaniyatga va adabiyotga

ega. Turkiy til jahondagi eng qadimiy adabiy tillardan

hisoblanadi, unda lug„at boyligi ham beqiyos hisoblanib, ko„p

asrli tarixga ega. Bu tilda har qanday murakkab va nozik

tushunchalarni ham ifodalay olish mumkinligini XV asrdayoq

buyuk mutafakkir Alisher Navoiy o„zining butun ijodi bilan

isbotlab va turkiy dunyoni adabiy til darajasida «yakqalam»

qilib shunday degan edi:

Turk nazmida chu men tortib alam

Ayladim ul mamlakatni yakqalam

(“Lisonut-tayr”)

Ming yillar davomida yagona til bo„lib kelgan turkiy til

XX asrda yigirmadan ko„p alohida milliy tillarga bo„lib

yuborilganligi oqibatida madaniy meros ham bo„lib

tashlanganligi turkiy xalqlar tili va madaniyati ravnaqiga o„ta

salbiy ta‟sir ko„rsatdi.

Istiqlol tufayli turkiy tilda so„zlashuvchi xalqlardan

ko„plari lisoniy rivojlanishini belgilashda mustaqillikka erishdi.

O„zbek tili tarixini o„rganish asosan, mamlakati- mizda

1950 yillardan boshlangan. 1958 yilda Til va adabiyot institutida

«O„zbek tili tarixi» sektorining tashkil etilishi bilan

O„zbekistonda bu sohaning rivoj- lanishida katta imkoniyat

yaratildi.

Biroq, tildagi taraqqiyot, rivojlanish to„xtovsiz davom

etadigan jarayon hisoblanadi. Shu ma‟noda aytadigan bo„lsak,

sobiq sho„rolar imperiyasi davrida ko„pgina xalqlarning tili

siquv doirasida qolgan, ya‟ni asta-sekin o„z kuch-qudratidan

mahrum bo„la borgan.

Bu davrda olib borilgan ruslashtirish siyosati natijasida

ko„plab shaharlik o„zbek oilalari farzand- larini rus maktablarida

o„qitdilar. Ularning ko„plari o„zbek tilini mutlaqo

tushunmaydilar yoki bo„lmasa chala biladilar. Bu bilan biz til

o„rganmasin demoqchi emasmiz. Ammo shu yerda haqli

24

ravishda savol tug„iladi: o„z ona tilida gapirmagan millat

vakilida milliy iftixor, vatanparvarlik hissiyotlarini anglash qay

darajada bo„lishi mumkin? U milliy manfaatlarni tushunadimi,

himoya qila oladimi?

Bunday hol XX asrning 80-yillaridan so„ng ko„pchilikni

tashvishga sola boshladi. O„zbekistonda davlat tili o„zbek tili

bo„lsa ham asosan rus tili hukmron edi. Yosha murakkab davrda

davlat tili haqida maqbul tarzda qonunning qabul etilishiga,

uning bosqichma-bosqich amalga oshirilishining

kafolatlanishida Prezidentimiz Islom Karimov bosh bo„ldi. U

«Fidokor» gazetasi muxbiri savollariga bergan javoblarida

milliy g„oya, milliy istiqlol mafkurasini shakllantiruvchi asosiy

omillarni sanab o„tar ekan, milliy til va uning milliy

mafkuradagi o„rni masalasiga alohida e‟tibor qaratib, shunday

deydi: «Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi,

ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili – bu

millatning ruhidir. O„z tilini yo„qotgan har qanday millat

o„zligidan judo bo„lishi muqarrar».

Shunday ekan ona tilimiz, o„zbek tili – davlat tilini

yanada rivojlantirish, yoshlarimiz ongiga chuqurroq singdirish

va ularning qiziqishini oshirish uchun butun jamiyat

hamkorlikda ishlashi lozim.

Millat ma‟naviyatini va milliy o„zligini anglashda, milliy

g„urur va iftixorning o„sishida tilning ahamiyati katta. Til orqali

millatning ruhi, madaniyati va tarixini, milliy xususiyatlarini

tushunish mumkin. Til – bu millatning muhim va barqaror

belgisi, uning mavjud- ligi, rivojlanishining asosiy shartlaridan

biridir.

Kishi tug„ilganda u yoki bu xalqqa xos xarakterga ega

bo„lmaydi. U muayyan bir millat vakillari orasida o„sib-ulg„ayib

va tarbiyalanib, shu xalqqa xos bo„lgan fazilatlarni, ruhiyatni,

dunyoqarashni o„zlashtiradi. Bu jarayonda har bir millatning

o„ziga xosligini, milliy ruhiyatini, xarakterini, jipsligini saqlab

25

turgan madaniy-tarixiy tajribasi til vositachiligida avloddan-

avlodga yetkazib turiladi.

Tilning lug„at tarkibiga qarab millatning hayoti, tarixi,

turmushi, ma‟naviy dunyoqarashi haqida tasavvurga ega bo„lishi

mumkin. Zero, xalqning tilida faqat shu millatga tegishli bo„lgan

voqea, buyum, hodisalar uchun so„z mavjud. Shunday ekan,

odam o„zi tushunmaydigan so„zdan ta‟sirlanmaydi, zavq

olmaydi. Mutaxassislarning fikriga ko„ra, begona tilni

o„zlashtirgan va doimo unda muloqotda bo„ladigan odamga til

bilan birga o„sha millatga tegishli bo„lgan xususiyatlar, ruhiyat,

xarakter, dunyoqarash va hatto, shakl-shamoyil ham o„tar ekan.

Demak, xalqning tili milliy o„zlikni anglash jarayoniga

ham bevosita ta‟sir qiladi. Til ulkan, bebaho madaniy boylikdir.

Bu boylik ajdodlar tomonidan uzoq yillar davomida yaratiladi,

sayqal topadi va ajdodlarga bir javohir misol yetkaziladi.

Milliy til yashasagina milliy davlatchilik, madaniyat

rivojlanadi, millat o„zligini anglay oladi.

O„zbek tiliga davlat maqomi berilgandan keyin u ehtiyoj

doirasiga kirdi. Unga nafaqat mutaxassislar, balki keng

jamoatchilik amaliy zarurat yuzasidan yondosha boshladi.

Davlat tilini yangilanish jarayonida ziyolilar g„oyat faollik bilan

ish olib bordi.

O„zbek tiliga Davlat tili maqomi berish haqidagi qonun

kuchga kirgan vaqtdan beri vatanimizning barcha hududida har

yili 21 oktyabr kuni til bayrami nishonlanadi.

Respublikamizda o„zbek tiliga davlat tili maqomi

berilgan davrda lotin harflariga asoslangan o„zbek alifbosini

qayta tiklash masalasi o„rtaga qo„yildi.

O„zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi

chaqirig„i ikkinchi sessiyasi 1993 yil 2 sentyabr- dagi qonun

asosida qabul qilingan, ushbu qonunga 1995 yil 6 mayda

o„zgartishlar kiritildi.

Yangi tahrirdagi davlat tili qonunining afzal tomonlari

juda ko„p bo„lib u quyidagilarda o„z ifodasini topgan:

26

1) u milliy istiqlol g„oyalaridan kelib chiqqan holda

shakl va mohiyat jihatdan yangilangan;

2) xalqimizning xohish-istaklarini hisobga olib,

tushunish va talqin qilishga qulay bo„lishi uchun til hamda

uslub jihatdan soddalashtirilgan;

3) uning huquqiy asoslari aniqroq, qat‟iyroq va

amaliyotga joriy qilishga muvofiq darajada bayon qilingan.

Har qanday davlatda milliy o„zligini anglash qanchalik

yuqori bo„lsa, tilga e‟tibor shunchalik oshadi.

Hozirgi kunga kelib qabul qilingan qonunlar o„z

ifodasini topdi va yuqori natijalar ko„rsatmoqda. 2005 yil

sentyabr oyidan barcha tashkilot va muassasalar o„z hujjatlarini

va ish faoliyatlarini lotin alifbosida olib borishni boshlaydilar.

Zero milliy o„zligini anglab yetgan, milliy qadriyatlarini

tiklagan xalqgina mustaqillikning buyuk kuchiga aylanadi,

shunday millatning kelajagi porloq bo„ladi.

O„zbek tili o„z vatanida davlat maqomida mustahkam

turishi uchun uning jahon tillari ichida munosib o„rin

egallashiga erishishimiz lozim. Buning uchun yoshlarimizda

davlat tili siyosatini kelajagi buyuk davlat nuqtai nazardan

yuksak darajada anglab yetish tuyg„usini uyg„otishimiz zarur.

O‘zbek tilini bilasizmi?

Bilimdonlar bellashuvini tashkil qilishga tavsiyalar

Bilimdonlar bellashuvining maqsadi vatanimizda davlat

tili bo„lgan o„zbek tili va u haqidagi adabiyotlarni mutolaa qilish

va uni o„rganish orqali kitobxonlar qiziqishini oshirish hamda

bunday adabiyotlarni targ„ib qilishdan iborat.

Kutubxonada bellashuvni o„tkazish uchun kitobxonlar

orasidan 10-12 ta kitobxon tanlab olinadi va ulardan 2 ta

bilimdonlar guruhi tuziladi. Oldindan tuzilgan savollar ikki

guruhga mo„ljallab qo„yiladi. Savollarga javob topish uchun

kitobxonlar kutubxonadagi adabiyotlardan foydalanadilar.

27

Kutubxonada til haqidagi adabiyotlar ko„rgazma ham

bilimdonlarga yaqindan yordam beradi. Ular ayniqsa, «Davlat

tili to„g„risida»gi qonunni yaxshi bilishlari lozim.

Quyida biz bellashuvga qo„yilishi mumkin bo„lgan

savollardan namunalar keltiramiz.

1. Til o„zi nima?

(Til ijtimoiy hodisa sifatida kishilar o„rtasida asosiy

aloqa vositasi bo„lib kelgan. Yer yuzida har bir millatning o„z

ona tili mavjud. Bizning o„zbek tilimiz juda qadimiy tillardan

biri hisoblanadi).

2. O„zbek tiliga qachon davlat tili maqomi berilgan?

(O„zbek tiliga 1989 yil 21 oktyabrda davlat tili maqomi

berilgan).

3. «Davlat tili to„g„risida»gi qonun qachon qabul

qilingan?

(Davlat tili haqidagi qonun o„n birinchi chaqiriq

O„zbekiston SSR Oliy Sovetining 11-sessiyasida 1989 yil 21

oktyabrda qabul qilingan).

4. «Davlat tili to„g„risida»gi qonun necha moddadan

iborat?

(«Davlat tili to„g„risida»gi qonun 30-moddadan iborat).

5. «Davlat tili to„g„risida»gi qonunining yangi tahriri

nechanchi yilda qabul qilingan?

(O„zbekiston Respublikasining «Davlat tili to„g„risida»gi

qonunning yangi tahriri 1995 yil 21 dekabrda qabul qilingan

bo„lib, 24 moddadan iborat).

6. «Davlat tili to„g„risida»gi qonunning 1- moddasini

bilasizmi?

(O„zbekiston Respublikasining «Davlat tili to„g„risida»gi

qonunining 1-moddasi: O„zbekiston Respublikasining davlat tili

o„zbek tilidir)

7. Lotin yozuviga asoslangan o„zbek alifbosi

to„g„risidagi qonunni bilasizmi?

28

(O„zbekiston Respublikasining lotin yozuviga

asoslangan o„zbek alifbosini joriy etish to„g„risidagi qonuni

1993 yil 2 sentyabrda qabul qilingan).

8. O„zbek tilidagi dastlabki yozma manbalar haqida

gapirib bering?

(Bizning ona tilimiz qadimda turkiy tillar oilasiga

mansub bo„lib, dastlabki yozma manbalar VI – VII asrlarga

to„g„ri keladi. Qadimgi mashhur manbalardan biri Mahmud

Qoshg„ariyning «Devonu lug„otit turk» asaridir).

9. Yusuf Xos Hojibning «Qutadg„u bilig» asari qachon

yozilgan va necha misradan iborat?

(O„zbek xalqi va tiliga bevosita aloqador qadimiy

asarlardan biri Yusuf Xos Hojibning «Qutadg„u bilig» asaridir.

Bu asar 1069 yilda yozilgan bo„lib, 14000 misradan iborat).

10. Quyidagi misralar kim tomonidan yozilgan?

Xushlamaydur olimlar sizni oyg„on turkiyni,

Oriflardin eshitsang, ochar ko„ngil mulkini.

Oyat, hadis ma‟nosi turkiy bo„lsa muvofiq,

Ma‟nosiga yetganlar yerga qo„yar bo„rkini.

Qoziy, muftiy, mullalar shariatda rohni,

Orif oshiq olibdur tariqatni arkini.

Amal qilgan olimlar dinimizni chirog„i,

Biroq, minar mahsharda egri qo„yor bo„rkini.

Amal qilsa olimlar dinu oyin yoruqi,

Ko„rsa bo„lur alarni rangi-ro„yi ko„rkini.

Miskin zaif Xoja Ahmad, yetti pushtingga rahmat,

Forsiy tilni bilibon aytadur turkiyni.

(Ushbu misralar tasavvuf olamining yuragi bo„lmish

Hoja Ahmad Yassaviy tomonidan yozilgan).

«Tilga e’tibor – elga e’tibor» mavzusida adabiyotlar

ko‘rgazmasi

1. Tarixi uzoq o‘zbek tilim

29

Tur nazmida chu men tortib alam,

Ayladim ul mamlakatni yakqalam

A.Navoiy

Bu bo„limga ona tilimiz – o„zbek tilining tarixi haqidagi

adabiyotlar qo„yiladi.

2. Tilimiz jonkuyarlari

Til so„zlovchi istagini eshituvchiga yetkazadigan

tarjimondir.

Beruniy

Bu bo„limga o„zbek tilining rivojlanishida o„z

mehnatlarini va bilimini, umrini baxshida etgan olimlar ijodidan

namunalar qo„yiladi.

3. Kelajak til bilganniki

So„z guhariga erur oncha sharaf –

Kim bo„la olmas anga gavhar sadaf

A.Navoiy

Ushbu bo„limga o„zbek tili va boshqa tillarni o„rganish

haqidagi qo„llanma va adabiyotlar qo„yiladi.

Biz quyida kutubxonalarda o„tkazish mumkin bo„lgan

tadbirlar ro„yxatini taqdim etmoqdamiz. Bundan kutubxonalar

o„zlari uchun qulay tadbirlarni tanlab olishlari mumkin.

T.r. Tadbirlar mavzusi Shakli Qatnashuvchilar

1. Til millatning ruhi Kitobxonlar

konferentsiyasi

Tilshunos olimlar,

til va adabiyot

o„qituvchilari,

kitobxonlar,talaba

30

va o„quvchilar

2. Tilga e‟tibor –

elga e‟tibor

«-» Keng kitobxonlar

ommasi, maktab,

litsey o„quvchilari,

tilshunoslar

3 Tilimiz boyligimiz «-» «-»

4. Turkiy tillar sardori «-» «-»

5.

Til ma‟naviyat

ko„zgusi

«-» «-»

6. Ona tilim – jonu

dilim

Davra suhbati «-»

7. O„zbek tili

muammolari

«-» Tilshunos olimlar,

talabalar

8. O„zbek tilini

o„rganamiz

«-» Tilshunos olimlar

va o„qituvchilar,

litsey va maktab

o„quvchilari, keng

kitobxonlar

ommasi

9. Lotin alifbosini

o„rganamiz

«-» «-»

10. O„zbek tili tarixini

bilasizmi?

Savol - javob

kechasi

«-»

11. Davlat tili haqida

nimalarni bilasiz?

«-» «-»

12. Onamdek azizsan

turkiy tilim

«-» «-»

13. Til bayrami – el

bayrami

Musiqiy kecha «-»

14. Til dil kaliti Kitob

ko„rgazmasi

«-»

15. «Davlat tili

to„g„risida»gi

«-» «-»

31

qonunni

o„rganamiz

16.

Ona tilim – jonu

dilim

«-» «-»

17. Tili birning dini bir «-» «-»

18.

Tilda Vatan

yashaydi

Adabiy

musiqali kecha

«-»

19. Ona allasidan

boshlangan tilim

«-» «-»

20. Bobolarim ijod

etgan til

«-» «-»

Adabiyotlar

Abdulhakim N. Millat hayotning oynasi //O„zbekiston

adabiyoti va san‟ati.-2004.-22 okt.

Abdumajidov G„. «O„zbekiston Respublikasining davlat

tili haqida»gi qonuniga sharhlar.-T.: Adolat, 2004.-64 b.

Abdurahmonov G„. Yangi o„zbek alifbosi //Huquq.-

2004.-№3.-B.24-26.

Abidova Sh. O„zbek tilida hurmat ma‟nosining

ifodalanishi //O„zbek tili va adabiyoti.-2000.-№3.-B.28-30.

Alavudinova N. Til ta‟lim samaradorligini oshirish

yo„lida //Xalq ta‟limi.-2002.-№1.-B.75-77.

Aliqulov T., Aliqulova D. Ma‟nosi olam-olam

//Yoshlik.-1999.-№1.-B.45.

Ashurova Z. Tilimiz faxrimizga aylandi //Xalq so„zi.-

2004.-22 okt.

Ahmedov M., Abdullaev K. Yozimiz va so„zimiz

//Qishloq hayoti.-2000.-5 dek.

Ahmedov N. «Buyuk inqilobchilar» «buyuk ipak

yo„li»da yoki tilimiz va o„zimiz haqida ayrim mulohazalar

//Vatan.-1999.-5-11 fevr.

32

Bafoev B. Ko„hna so„zlar tarixi /Mas‟ul muharrir

Sh.Shukurov.-T.: Fan, 1991.-152 b.

Begimov O. Ona tilimiz millatimiz ruhi //Toshkent

oqshomi.-2004.-21 okt.

Begmatov E., Abdusaidov A. Matbuot tilida frazeologik

neologizmlar: Yangi paydo bo„lgan iboralar haqida //O„zbek

tili va adabiyoti.-2002.-№1.-B.23-27.

13. Boboxo„jaev N. Bug„doy yerga qadalmaydi

//Hurriyat.-1999.-2-8 iyun.

Brodskiy I. Ishonchli suhbatdosh //Jahon adabiyoti.-

2001.-№8.-B.130-135.

Bo„rieva R. Til millatning bebaho mulkidir //Ma‟rifat-

2003.-3 sent.

Vohidov E. Ona tilim //Xalq so„zi.-2003.-21 okt.

Yormatov I. Matbuot tili talab darajasidami? //Xalq

so„zi.-2004.-3 fevr.

Jomonov R., Jo„raeva S. O„qituvchi adashmasligi kerak

//Ma‟rifat.-2004.-7 yanv.

Juzjoniy A. Til rivoji - millat rivoji //O„zbekiston

adabiyoti va san‟ati.-2005.-25 fevr.

Jumaxo„ja N. Tilga e‟tibor – elga e‟tibor //Xalq so„zi.-

2004.-5 avg.

Ibrohimov A. «O„zbek tili» jamiyati //Hurriyat.-2004.-26

may.

Inomxo„jaev S. Til va talaffuz muammolari //Teatr.-

2003.-№2.-B.18-19.

Isomiddinov Z. Bizda notiqlar nega kam? //Hurriyat.-

2004.-14 apr.

Isomiddinov Z. Millatning onasi //Hurriyat.-2004.-14

yanv.

Yo„ldoshev M. So„z qa‟rida dur yotar /Qishloq hayoti.-

2001.-29 mart.

Karim G„ulom. Til vositasi robitai olamiyondir //Jahon

adabiyoti.-2000.-№10.-B.156-158

33

Karimov B., Mira‟zamov K. Millat ravnaqi va til

muammolari /Mas‟ul muharrir G.Shermatova.-T.: Fan, 1993.-25

b.

Mansurova G. Til – dil tarjimoni //Muloqot.-2001.-№6.-

B.39

Mansurova G. Ulug„vor vazifa //Sog„lom avlod uchun.-

2002.-№10.-B.16-29.

Mahkamova F. Reklama va savodxonlik: Siz bunga nima

deysiz? //Qishloq hayoti.-2002.-23 apr.

Mengliev B. Ona tili millat ruhi //Guliston.-2001.-№6.-

B.14.

Murodova N. O„zbek adabiy tilining boyib borishida

shevalarning o„rni //Til va adabiyot ta‟limi.-2004.-№6.-B.49-52.

Nazarova K. Ona tilim – qalbim gavhari //Xalq so„zi.-

2004.-21 fevr.

Nozir Muhammad. Yozgalarning ko„nglini ovlab,

o„zimiz kulgiga qolmaylik //Fidokor.-2003.-13 noyab.

Rahim Ibrohim. Tilimiz xalqaro tilga aylanmoqda //Xalq

so„zi.-1999.-28 dek.

Olim Sultonmurod. Til va taqlid //Xalq so„zi.-2004.-21

okt.

Omonturdiev A. Tilda murojaat vositalari: Til millat

qalbi //Muloqot.-2003.-№1.-B.33

Omonturdiev A. Yangi alifbomiz haqida o„ylar //Til va

adabiyot ta‟limi.-2004.-№4.-B.94-95.

Ona tilim – Davlat tili: (Yoquv qo„llanma-majmua):

O„zbekiston Respublikasining «Davlat tili haqida»gi qonuniga

oid hujjatlar /Tuzuvchilar: N.Jumaxo„ja, R.Jomonov.-T.: Adolat,

2004.-80 b.

Oxunov I., Nu‟monov B. Alifbo ish daftari.-2 nashri.-T.:

Nur, 1999.-36 b.

Pirmatov A. Millat ko„zgusi //Xalq so„zi.-2004.-10 fevr.

Rahimov S. Adabiy til ravnaqi //Muloqot.-2003.-№1.-

B.38-39.

34

Sayfullaeva R., Qurbonova M. Tilda qolip ne hojat?

//Fan va turmush.-2000.-№5.-B.26-27.

Safarov A. Onam alla aytgan zabonimsan

//Vatanparvar.-2004.-21 okt.

Soliev I. Til – millat ko„zgusi //Fan va turmush.-2001.-

№5-6.-B.24.

Tilning tirikligi millatning tirikligidir //Turkiston.-2000.-

21 okt.

Toshaliev N. So„z qo„llash maromi //Toshkent haqiqati.-

2004.-20 okt.

Toshkenboeva D. Til millat ramzi //Mulkdor.-2003.-9

may.

Tog„aev T. 20 yillarda O„zbekistonda yozuv islohoti va

unga munosabat //O„zbek tili va adabiyoti.-2001.-№4.-B.50-54.

Tohirov Q. Nuqsonlarga to„la bitiklar //Savdogar.-2004.-

30 apr.

Uzoqov H. Til va inson qiyofasi: Lektorga yordam.-T.:

O„zbekiston, 1991.-27 b.

Xoliqova M. Milliy mentalitet va uning til kartinasi bilan

o„zaro bog„liqligi //Til va adabiyot ta‟limi.-2002.-№6.-B.23-27.

Xonazarov Q. Davlatim tili //Milliy tiklanish.-2004.-15-

29 okt.

Xonazarov Q. Til va dil.-T.: O„zbekiston, 1991.-69 b.

Xonazarov Q., Mansurova G. Davrimiz va tilimiz

muammolari /Mas‟ul muharrir E.Bozorov.-T.: Fan, 1993.-92 b.

Sharipov R., Xo„janova G. Davlat tilining qudrati

//Qadriyat.-2003.-30 avg.

Shodiev H. So„zdan so„zning farqi bor…//Xalq so„zi.-

2004.-16 iyul.

Elnazarov J. El tarixining ko„zgusi //Tafakkur.-1999.-

№1.-B.116-118.

Eshonqulov Yu., Eshonqulova G. Til nufuzi – el nufuzi

//Xalq so„zi.-2003.-25 dek.

35

Yusuf Muhammad. Ona tilim //Til va adabiyot ta‟limi.-

2002.-№5.-B.3.

Yangiboeva U. Til va falsafa //Til va adabiyot ta‟limi.-

2002.-№6.-B.22-23.

Qayumov A. Fazilat xazinalari //Xalq so„zi.-2004.-7

yanv.

Qodirov P. Til va el //Sharq yulduzi.-2003.-№2.-B.5-26.

Qodirova D. Til – dil kaliti //Toshkent oqshomi.-2003.-

20 noyab.

Qodirova N. Boyitilgan til //Tafakkur.-2001.-№1-2.-

B.116-117.

Qurbonov R. Milliy g„urur qanday shakllanadi?

//Ishonch.-2004.-28 iyul.

Qurbonova M. Tilshunosligimiz tarixidan //Fan va

turmush.-2000.-№1.-B.15.

Qutfiddinova G. Ona tilini o„rganishda matbuot

materiallaridan foydalanish //Kasb-hunar ta‟limi.-2004.-№1.-

B.15-16.

o„ulomova N. O„zbek tili taraqqiyot yo„lida //Ma‟rifat.-

1999.-13 mart.

Hikmatov Yo. Lotin yozuviga asoslangan o„zbek

alifbosiga o„tish jarayoni qanday kechmoqda? //Huquq.-2004.-

№3.-B.26-27.

36

Bosishga ruxsat etildi 2005 yil “___”_______

Bichimi ____nashr. t.___ nusxa. Buyurtma №____

Toshkent, X.Sulaymonova ko„chasi, 33. Alisher Navoiy

nomidagi O„zbekiston Milliy kutubxonasi bosmaxonasida chop

etildi