20
2014 yil son

Без названияqobiljon.uz/pdf/umid/2014/umid-2014-10.pdf · mikroskop orqaligina ko'rish mumkin. Ko'zga ko'rinmaydigan bu tirik mavjudotlar mikroblar deb nom olgan (yunoncha

  • Upload
    others

  • View
    15

  • Download
    0

Embed Size (px)

Citation preview

Page 1: Без названияqobiljon.uz/pdf/umid/2014/umid-2014-10.pdf · mikroskop orqaligina ko'rish mumkin. Ko'zga ko'rinmaydigan bu tirik mavjudotlar mikroblar deb nom olgan (yunoncha

2014 yil

son

Page 2: Без названияqobiljon.uz/pdf/umid/2014/umid-2014-10.pdf · mikroskop orqaligina ko'rish mumkin. Ko'zga ko'rinmaydigan bu tirik mavjudotlar mikroblar deb nom olgan (yunoncha

21 oktabr – O‘zbekiston

Respublikasining

“Davlat tili to‘g‘risida”gi

Qonuni

qabul qilingan kun

Page 3: Без названияqobiljon.uz/pdf/umid/2014/umid-2014-10.pdf · mikroskop orqaligina ko'rish mumkin. Ko'zga ko'rinmaydigan bu tirik mavjudotlar mikroblar deb nom olgan (yunoncha

H. A. Yunusov Direktor o`rinbosari, oliy

toifali matematika fani

o`qituvchisi

Kun tartibini to‘g‘ri rejalashtirish – muvaffaqiyatlar

garovi.

Ko'pgina tadqiqotlar va amaliy ish tajribalari tarbiyachilik va

o'qituvchilik vazifalarini birga qo'shib olib borish pedagogik jihatdan

maqsadga muvofiq ekanligini tasdiqlaydi. O'qituvchining bu xildagi ishi

bola tarbiyasini to'g'ri yo'lga qo'yishda ijobiy rol o'ynaydi. Chunki u har

bir o'quvchining dars jarayonidagi faoliyatini va xulqini juda yaxshi biladi. Bu, o'z navbatida,

o'quvchilarning intizomini mustahkamlashda, ularni o'quv vazifalarini va jamoat topshiriqlarini

aniq, tartibli bajarishga odatlantirishda, tarbiya davomida ishni to'g'ri tashkil qilishda juda katta

yordam beradi.

Tuzilgan ma'lum rejim asosida ishlash insonda quyidagi sifatlarni, chunonchi, boshqaruvni,

tartibni, estetik didni tarbiyalaydi. Shuni eslatish lozimki, o'quvchilarning ochiq havoda kam bo'lib,

xonada haddan ziyod ko'p shug'ullanishi bolaning charchashiga sabab bo'ladi. Shuning uchun

o'quvchilarning vaqtini shunday aniq rejalashtirish kerakki, bunda ularning ham o'qishlari, ham

dam olishlari, ham ovqatlanishlarining vaqti to'g'ri taqsimlansin. Bu o'quvchilarning aqliy va

jismoniy tomondan tez rivojlanishiga yordam beradi.

Demak, sinf yoki guruh kun tartibini rejalashtirishda quyidagilarga ham e'tibor berish

kerak:

- o'quvchilarning yosh va individual xususiyatlari, qiziqishlarini e'tiborga olish;

- o'quvchilarning ochiq havoda maksimal ravishda bo'lishi;

- bolalar jamoasida ish ustidan aniq nazorat olib borish;

- ularning faoliyati ustidan muntazam talabchanlik o'rnatish.

Yuqoridagi talablarga amal qilinganda o'quvchilarning o'qish va ish faoliyatiga, sog'lig'iga

ijobiy ta'sir ko'rsatishi bilan bir qatorda, qon aylanishi, nafas olish organlarini rivojlantirish hamda

mustahkamlashga ijobiy ta'sir qiladi, bosh miya po'stlog'ining charchab qolishini kamaytiradi va

bolaning ish qobiliyatini oshiradi.

Bolalarda ishlash qobiliyati kun bo'yi ikki marta ko'tarilib, bir marta pasayadi.

Kuzatishlarga qaraganda, ishlash qobiliyatining ko'tarilishi soat 8 dan 11 gacha va soat 16 dan 17

gacha davom etadi, soat 1130 dan 1400 gacha hamda 1900 dan keyin keskin ravishda pasayadi.

Shuning uchun uy vazifalarining bajarilishi bolalarning fikrlash qobiliyatlarining ko'tarilgan

paytiga mo'ljallanadi — (soat 9 dan 11 gacha va soat 15 dan 17 gacha). Shuni ham e'tiborga olish

kerakki, bolalardagi mavjud ishlash qobiliyati hafta davomida o'zgarib turadi. Dushanba kunidan

boshlab o'quvchilar maktab hayotiga asta kirib boradilar. Haftaning o'rtasiga kelib esa

(chorshanba, payshanbada) yosh organizm o'zida charchash alomatini sezadi. Juma, shanba

kunlarida esa charchash juda kuchli bo'lganligi sababli bolalarda ishlash qobiliyati keskin ravishda

pasayadi. Alohida o'tkazilgan tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, o'quvchilarda ishlash qobiliyati kun,

hafta, chorak, yarim yillik, hatto butun o'quv yili davomida o'zgarib boradi. O'quvchilardagi

ishlash qobiliyati yozgi ta'tildan keyin ancha past bo'ladi, chunki bola keskin ravishda

o'zgartirilgan rejimga va o'quv ishlariga asta-sekin o'rganib boradi.

Davriy ravishda o'quvchilarda ishlash qobiliyatini oshirish uchun ularning kun

tartiblaridagi unumli dam olishdan ratsional foydalanish kerak.

Page 4: Без названияqobiljon.uz/pdf/umid/2014/umid-2014-10.pdf · mikroskop orqaligina ko'rish mumkin. Ko'zga ko'rinmaydigan bu tirik mavjudotlar mikroblar deb nom olgan (yunoncha

Abduqahhor Otahonov

Oliy toifali fizika fani

o`qituvchisi,

Xalq ta’limi a’lochisi

Tebranishlarga oid tushunchalarni umumlashtirgan holda fizikadan

masalalar yechishda qo`llash tajribasidan.

Ixtiyoriy mehanik tizimlarda erkin garmonik tebranishlarni vujudga kelish

mehanizmi bir xildir. Bu turg`un muvozanatdagi tizimni muvozantdan chiqarilganda uni

muvozanatga qaytaruvchi kuchni mavjudligidir. Biz quyida faqat garmonik tebranishlar

haqida fikr yuritmoqchimiz.

Tebranishlarga doir masalalar yechishda, asosan quyidagi fizik va matematik

kattaliklar va bog`lanishlarni ifodalashdan unumli va joyida foydalanishni o`quvchilar puxta

o`zlashtirishlari kerak. Bunday turdagi masalalarni yoki test savollarini hal etishda

quyidagilarga e’tibor berishni maslahat beramiz.

1. Tizimni tebranishlar davri va chastotasi fizik kattaliklarga qanday bog`langan.

2. Amplitudani qiymati qanday, boshlang`ich fazani vaqtga bog`lanishini ifodasini

aniqlash.

3. Ixtiyoriy vaqt momentida yoki davrning qanday qismida tizimni ifodalovchi fizik kattaliklarni qiymati

qanday.

Quyidagi masalalarni yechishda fikrlarimizni tasdiqlaymiz.

1-masala. 1-chizmadagi jismni massasi m, prujinani bikrligi k, jismni o`ng tomonga x0 masofaga siljitib uni chap

tomonga turtib yuborildi va unga v0 tezlik berildi. Jismni tebranish davrini, chastotasini va boshlang`ich fazasini

toping. Ishqalanish mavjud emas.

Berilgan m,v0, k, x0

Topish kerak ω-? φ0-? xm-?

Yechilishi: m massali jism uchun OX o’qida Nyutonning 2-

qonuni asosida Fel=ma (1)ni yozamiz. Jismni muvozanatdan X masofaga chiqarilgan t vaqtda Guk qonuniga asosan

Fel=-Kx (2). Jismning tezlanishi a, X=Xmsin(ωt+φ0) (3)dan olingan 2-tartibli hosilaga teng. Yani a=XII (4)

(1) ni yuqoridagilardan foydalanib quyidagicha yozamiz.

m XII + KX=0 mXmω2 +KX=0

m

k (*) tebranish chastotasi kelib chiqadi. Talab qilinganlarni yani φ0 va Xm ni topishda t=0, X=X0 va V=-V0

ekanligini hisobga olgan holda X=Xmsin(ωt+φ0) dan foydalanamiz. )cos( 0 tXXV m

I (5)

(5) ni t=0 da hisoblaymiz 00 sinmXX (6)

0

0 cosXm

V (6I) (6) va (6I) larni o`zaro bo’lish natijasida

0

0

0V

Xtg

(7) yoki )(

0

0

0m

k

V

Xarctg (8) ni yani boshlang`ich fazani topamiz. (6) va (6I) lardan hamda

trigonometriyaning asosiy tenglamasi 1cossin 0

2

0

2 (8) dan

2

2

02

0

2

VXX m (9) ni yoki

k

mVXX m

2

02

0 ni ya’ni amplitudani ifodasini keltirib chiqaramiz.

2-masala. U-simon tutash idishga m-massali, ρ-zichlikka ega suyuqlik quyilgan.(2-chizma )

Idishning ko`ndalang kesim yuzasi S, suyuqlikning idishdagi tebranish davrini T-ni toping.

Berilgan : ρ-zichlik, S-idishning kesim yuzi,

m-suyuqlikning massasi.

Topish kerak : T-?

Yechilishi:

Energiyani saqlanish qonuniga ko`ra 2

)(

222

2222 I

T

XmKXmVKXW (10)

Avvalgi 1-masaladan m

k (*) topdik. Bu tasdiq barcha tebranuvchi tizimlar uchun o`rinlidur.

2-chizmadan Sym (11) Bundan, suyuqlikni ustuni gSymgyWp

2 (12) energiyaga ega bo`ladi.

2

)( 2I

k

ymW ekanidan (10)ni

2

)( 22

I

T

ymgSyW (13) kabi yozamiz.

Zukko o`quvchi , )cos( 0 tyyV m

I ekanligini aniqlagan holda m

Sg

2

(12)ni hosil qiladi

va undan Sg

mT

2

(12I)ni yechim ekanligini ko`rsatadi.

Page 5: Без названияqobiljon.uz/pdf/umid/2014/umid-2014-10.pdf · mikroskop orqaligina ko'rish mumkin. Ko'zga ko'rinmaydigan bu tirik mavjudotlar mikroblar deb nom olgan (yunoncha

Boyxonova

Mashhuraxon

Ona tili va adabiyot

fani o`qituvchisi

A

.

R

.

T

u

r

s

u

n

o

v

M

o

h

i

r

p

e

d

a

g

o

g

,

Y

i

l

n

i

n

g

e

n

g

y

a

x

s

h

i

f

a

n

o

Oktabr – ona tili va adabiyot fanlari oyligi

Adabiyot darslarida fanlararo aloqa

O`quvchilarning ma’naviy olamini boyitishda, ularni yaxshi

niyatli, insoniy fazilatlar egasi qilib tayyorlashda ona tili va adabiyot

fanlarining o`rni beqiyos. Chunki boshqa fanlar o`quvchining aqliy

qobiliyatini o`stirsa ona tili va adabiyot fanlari uning qalbi, xissiyotlariga

ta’sir etadi. Ona tili fani o`quvchini har bir xodisaga o`z shahsiy fikri

bilan yondoshishga, nutqining ravon bo`lishiga xizmat qilsa, adabiyot fani esa hayotda yaxshi va

yomonni farqlashga ham o`rgatadi.

Adabiyot va ona tili darslarini jonli, boshqa fanlar bilan bog`lab o`tilsa o`quvchilarni ushbu

fanga qiziqishi, uning sehrli olamiga olib kirish ancha osonlashadi.

Har bir fanni boshqa fanlar bilan aloqada o`tish mumkin. Masalan, men adabiyot darsini

geografiya, tarix va tasviriy san’at fanlari bilan bog`liqlikda olib borishga harakat qilaman.

8 - sinf adabiyot darsida Yusuf Xos Hojibning hayoti va ijodi va “Qutadg`u bilig” asari

berilgan. Dars jarayonida adib yashagan davr “Qoraxoniylar xukmronligi davri” haqida

o`quvchilarga tarixiy kitoblar va manbalardan olingan ma’lumotlarni berdim. Bu darsning qiziqarli

o`tishiga yordam berdi.

Adabiyot darslarini tasviriy san’at fani bilan aloqadorlikda o`tishga harakat qilaman.

O`quvchilarga asarning o`zlariga ta’sir etgan qismini rasm orqali ifodalash vazifasini topshiraman.

Bu o`quvchini asarni diqqat bilan o`qishga undaydi. 5-sinf darsligida O`tkir Hoshimovning

“Urushning so`nggi qurboni” asari berilgan. Bunda o`quvchilar ko`proq asardagi “Qulupnay

voqeasi”ni tasvirlashga harakat qilishgan. Yana, O.Yoqubovning “Muzqaymoq” hikoyasiga,

A.Navoiy asarlariga, Shuhratning “Mardlik afsonasi” balladasiga, E.Vohidovning “Nido”

dostoniga, Abdulla Qahhorning “O`g`ri” hikoyasiga o`quvchilar tomonidan ishlangan rasmlar

talaygina.

Quyida ushbu rasmlarda na’munalar keltiraman:

Ashuraliyeva Gulnoza Hasanov Abdulhay

Xulosa qilib aytganda, ona tili va dabiyot fanlarini boshqa fanlar bilan bog`liqlikda o`tilsa,

asosiy fan hamda boshqa fandan olingan bilimlar takrorlanadi, mustahkamlanadi. Asarlarga

ishlangan rasmlar esa estetik zavq beradi.

Page 6: Без названияqobiljon.uz/pdf/umid/2014/umid-2014-10.pdf · mikroskop orqaligina ko'rish mumkin. Ko'zga ko'rinmaydigan bu tirik mavjudotlar mikroblar deb nom olgan (yunoncha

Biologiya fani o`qituvchisi Dilnozaxon Mirsaidova

Hurmatli o`quvchilar. Zararli odatlar deganda nimani tushunasiz? Albatta hayolingizga spirtli ichimliklar

ichish, sigareta chekish kabi odatlar kelishi mumkin, lekin biz hayolimizga kelmaydigan kichik-kichik zararli odatlar

ham mavjud: biz saqichni ertadan to kechga qadar chaynab yuramiz. Aslida juda zarur bo`lsa ovqatdan so`ng 10-15

minut ovqat hazm qilish uchun chaynash mumkin.

Ayrim o`quvchilar saqichni partaga yoki quloq orqasiga qo`yib yana olib chaynaydilar. Bu juda zararli

odatdir. Parta ustidagi va honada uchib yurgan changlar ana shu saqichga qo`nishini o`ylab ko`rganmisiz.

Yana bir zararli odat - dars tinglash davomida tirnoq g`ajish ham bor. Bu albatta hamma o`quvchilarga ham

tegishli emas. Lekin oramizda bundaylar topiladi. Yuvilmagan qo`l, tirnoqlar orasidagi mikroblar ham organizmga

salbiy ta’sir qilishini bilamiz-mi? Hattoki ruchkani qopqog`i ham tinch qolmaydi. Og`zimizga solib, chaynab

o`ynaymiz. Aytingchi unda qanday ta’m yoki ayb bor?

O`quvchilar zararli odatlarni sanasak sanog`i chiqaveradi. Har qanday zararli odat ostida bizni sog`ligimiz

yotibdi. Aytishadi-ku sog`liging o`z qo`lingda deb. Shunday ekan shu kichik-kichik zararli odatlarni bir chetga

uloqtirsak bo`ladimi?

Xudoyqulov Jaloliddin

9 a sinf o`quvchisi

Biz yashab turgan dunyoda juda mayda tirik mavjudotlar olami ham bor. Garchi ular atrofimizni o'rab turgan

bo'lsa ham, biz ularni oddiy ko'z bilan ko'ra olmaymiz. Chunki bu tirik mavjudotlar shu qadar maydaki, ularni faqat

mikroskop orqaligina ko'rish mumkin. Ko'zga ko'rinmaydigan bu tirik mavjudotlar mikroblar deb nom olgan

(yunoncha «mikros» so'zidan olingan bo'lib «kichik» degan ma'noni bildiradi). Mikroblarni mikroskop ostida birinchi

bo'lib bundan 300 yil muqaddam gollandiyalik ohm A. Levenguk ko'rgan.

Mikroblar juda xilma-xil bo'ladi. Ular orasidagi eng katta guruh — bakteriyalar dir.

Bakteriyalarning tuzilishi bilan maktab sharoitida tanishish uchun eng yaxshi yo'l ularni ishlov berilgan

pichanda o'stirishdir. Buning uchun pichan mayda-mayda qilib qirqilib, idishdagi suvga solinadi va qaynatib, qorong'i,

iliq joyda saqlanadi. Oradan bir necha kun o'tgach idishdagi suyuqlik betida yupqa parda hosil bo'ladi. Bu bakteriya

hujayralarining koloniya deb ataladigaft to'plamidir. Shu suvdan buyum oynasiga bir tomchi solinib, usti qoplag'ich

oyna bilan yopiladi va preparat mikroskopning katta obyektivida kuzatiladi. Bir tomchi suvda ko'ringan mavjudotlar

orasida bir talay ingichka tayoqchalar ham ko'rinadi. Bular pichan bakteriyalaridir.

Bakteriyalarning tabiatdagi va xalq xo'jaligidagi ahamiyati juda katta, chunki bakteriyalarning ishtirokisiz

tabiatda moddalar almashinuvi sodir bo'lmaydi.

Bakteriyalar organik moddalar bilan oziqlanadi va ularni parchalab mineral moddalarga aylantiradi.

Tabiatdagi bu jarayon moddalar aylanishi deb ataladi.Bakteriyalarni, ularning faoliyati natijasida vujudga keladigan

jarayonlarga qarab bir necha guruhga bo'lish mumkin.

Chirituvchi bakteriyalar. Azotli organik moddalarning bakteriyalar tomonidan parchalanishiga chirish deb

ataladi. archa o'simlik va hayvonlar o'lganidan so'ng bakteriyalar faoliyati natijasida parchalanadi — chiriydi. Chirish

jarayonini vujudga keltiruvchi bakteriyalar chirituJchi bakteriyalar deyiladi.

Tabiatda tuproq hosil bo'lishida chirituvchi bakteriyalarning ahamiyati juda katta. Tuproqda yashaydigan

chirituvchi bakteriyalar tuproq bakteriyalari deyiladi. Chirituvchi bakteriyalar bo'lmaganda yer yuzi turli xil qoldiqlar

bilan to'lib, tirik o'simliklar va hayvonlar uchun ovqat ham, joy ham qolmagan bo'lur edi. Kuzda tuproqqa solingan

go'ng chirituvchi bakteriyalar faoliyati ta'sirida ko'klamgacha chirindiga, so'ngra madaniy o'simliklar uchun oziq bo'-

ladigan mineral tuzlarga aylanadi. Chirish jarayonida hamisha issiqlik ajralib chiqadi. Bu issiqlikdan issiqxonalarni

isitish uchun foydalaniladi.

Chirituvchi bakteriyalar ekma o'simliklarni kasallantirib, xo'jalikka katta zarar yetkazadi. Chirigan oziq-ovqat

ruahsulotlarida qo'lansa hid va odamni zaharlaydigan zaharli Moddalar paydo bo'ladi. Oziq-ovqat mahsulotlarini va

ho'l mevalarni chirituvchi bakteriyalar ta'siridan saqlash uchun ular turli usullar bilan konservalanadi, muzlatiladi,

hizlanadi, quritiladi. Bunday sharoitda bakteriyalarning oziq-0vqat mahsulotlarida yashashi uchun zarur sharoit

bo'lmaydi va ular nobud bo'ladi.

Achituvchi bakteriyalar. Bu bakteriyalarning faoliyati natijasida oziq-ovqat mahsulotlari chirimaydi, balki

faqat achiydi. Azotsiz organik moddalarning bakteriyalar yordamida parchalanishiga achish deb ataladi. Oziqlanish

usuliga ko'ra achituvchi bakteriyalar saprofit hisoblanadi. Ular sutda, yangi sersuv sabzavotlarda, o'tlarning barg va

poyalarida yashaydi. Tabiatda achishning turlari ko'p. Achislming eng muhim xillaridan biri sut kislotasining

achishidir. Bu jarayonda sut kislotali achishga sabab bo'ladigan bakteriyalar faoliyati vujudga keladi.

Page 7: Без названияqobiljon.uz/pdf/umid/2014/umid-2014-10.pdf · mikroskop orqaligina ko'rish mumkin. Ko'zga ko'rinmaydigan bu tirik mavjudotlar mikroblar deb nom olgan (yunoncha

MEN O`ZBEK QIZIMAN!

Men o`zbek qiziman, el farzandiman.

Olamni qamragay mag`rur ovozim.

Ko`ngillar bo`gining gul dilbandiman,

Vatanim mehridan baland parvozim!

Qo`shiq yuragingizni tol`qinlantiradi,

sizni yuksaklarga chorlaydi. Fahr va iftihor

tuyg`ularini junbushga keltiradi. Nafaqat

qo`shiqning so`zlari balki ijrochining

mahorati, yuksak san`ati sizni lol qoldiradi.

Biz fahr bilan hikoya qilmoqchi bo`lgan

san’atkor - mayin va shirali, shu bilan birga

noyob ovoz sohibasi, yosh bo`lishiga qaramay bir necha xalqaro tanlovlar g`olibasi

Gulshodabegim Abdulxamidova bizning maktab internatda o`qiydi.

U maktab internatda a’lo baholarga o`qish bilan birgalikda 14-sonli bolalar musiqa va

san’at maktabida ta’lim olib keladi. Ustozi Shoiraxon Tojiboyevadan o`zbek milliy cholg`u asbobi

dutor chalish sirlarini o`rganib kelmoqda. Gulshodabegim ko`rik-tanlov va festivallarda faol

qatnashib keladi. Jumladan: 2010 yilda bo`lib o`tgan bolalar ijodiyoti festivalida tuman va

viloyatda ishtirok etib, Respublika bosqichiga yo`llanma oldi va saralash bosqichida faol ishtirok

etib faxrli o`rinni egalladi.

2013 yilda o`tkazilgan “Kamalak yulduzlari” bolalar ijodiyoti festivalida viloyat bosqichi

g`olibi bo`ldi.

O`zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2014 yil 6 maydagi 49-X-sonli

buyrug`i, Tashqi ishlar vazirligining 2014 yil 5 fevraldagi 31/3583-sonli xati hamda “Zolotaya

pchyolka” nomli Xalqaro festival tashkiliy qo`mitasining taklifnomasini inobatga olib

Belorussiyaning Mogilovskiy viloyatida joriy yilning 28 mayidan 1 iyunigacha bo`lib o`tgan

festivalda ishtirok etib qaytdi. Festivalda 11 ta davlat bolalari o`z iqtidorlarini ko`rsatdilar. Yakuniy

natijaga ko`ra Abdulxamidova Gulshodabegim festivalning diplomi bilan taqdirlandi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 8 iyuldagi “Bolalar musiqa va san’at

maktablarining moddiy-texnik bazasini mustaxkamlash va ularning faoliyatini yanada yaxshilash

bo`yicha 2009-2014 yillarga mo`ljallangan Davlat dasturi to`g`risida”gi PQ-910-sonli, Vazirlar

maxkamasining 2008 yil 13 oktyabrdagi “O`zbekiston iqtidorli yoshlarini taqdirlash va moddiy

rag`batlantirish to`g`risida”gi 226-qarorlari, 2014 yil “Sog`lom bola yili” Davlat dasturining 82-

bandi ijrosini tahminlash, musiqa san’atining yuksak namunalaridan o`quvchi yoshlarni baxramand

etish va shu asosda tarbiyalash, ularning ijrochilik mahoratlarini oshirish maqsadida o`tkazilgan

“M.Qori-Yoqubov” nomli tanlovning viloyat bosqichida tengsiz deb topildi va Respublika

bosqichida istirok etib 3-o`rinni egalladi.

Xozirgi kunda Abdulxamidova Gulshodabegimning yana bir istedodi kashf qilindi. U san’at

sohasida yangi kitob yozdi va bu kitob nashrdan chiqdi. Kitob mutaxassislar tomonidan yuqori

baholandi. Gulshodabegim bugungi kunda o`zbek, qardosh va chet el kompozitorlarining ijod

namunalarini ijro etib, noyob ovoz soxibasi hamda kuchli san’atkor ekanligini isbotlamoqda. Biz

Gulshodabegimga omadlar tilaymiz!

Senga zafarlar yor bo`lsin O`ZBEKNING ERKA QIZI!

Q.Qosimov

“Umid” jurnali muharriri

Page 8: Без названияqobiljon.uz/pdf/umid/2014/umid-2014-10.pdf · mikroskop orqaligina ko'rish mumkin. Ko'zga ko'rinmaydigan bu tirik mavjudotlar mikroblar deb nom olgan (yunoncha

21 oktabr – O`zbekiston Respublikasining “Davlat tili to`g`risida”gi

Qonuni qabul qilingan kun

Til eng muhim aloqa vositasi.

Abdullayeva Sarvinoz

9 a sinf o`quvchisi

Ona tili! Shu ikki so`z zamirida qanchadan-qancha ma’no yashirin, to`g`rimi? Mana shu ikki

so`zning o`zida Ona allasi, duoga qo`lni ochayotgan bobo-buvijonlarning orzu-istaklari-yu, jajji

qizaloqning suhandonligi aks etib turadi.

Bu tilimiz bizga yetib kelguncha ota-bobolarimiz boshlaridan juda ko`p qiyinchiliklar ko`rishdi.

Biroq, o`zbek tili degan buyuk nomni qarshiliklarga qaramasdan biz uchun mukammal, tushunarli, sodda va

ravon yetkazib bera oldilar. O`z tilimizni Davlat tili darajasiga yetkazib bora olishdi.

Hali tabaqalanish davri to`la tugallanmagan davrlarda faqat bitta inson turli asarlarni o`qib,

qolganlarga og`zaki tarzda yetkazib bergan. CHunki u paytda ko`pchilik insonlar o`qishni bilmaganlar.

Lekin o`sha davrdagi asarlar og`zaki shaklda bo`lsa ham bizgacha yetib kelgan.

1989 yil 21-oktabr esda qolarli muhim sana. Xuddi toshga o`yilgan naqsh kabi xotiramizga

muhrlanib qoldi. Sababi ancha asrlardan buyon sayqallanib kelayotgan o`zbek tilimiz Davlat tili deb e’lon

qilindi. SHu kundan boshlab ta’lim – tarbiya ishlari, majlislar, ish qog`ozlari asosan o`zbek tilida

yuritiladigan bo`ldi.

Olimlarning aytishlaricha o`zbek tili XV asrda shakllanib bo`lgan. Boshqa turkiy tillardan ajralib

chiqqan. Tilning paydo bo`lishi haqidagi fikrlarni umumlashtirib, shuni aytish mumkinki, til bizga in’om

etilgan so`zlash imkoniyati asosida kishilarning birga mehnat qilishi jarayonida o`zaro muloqotda bo`lish

zaruriyati, ehtiyoji natijasida paydo bo`lgan.

Til uzoq davr o`tishi bilan kishining ehtiyojiga muvofiq ravishda o`zgarib, boyib borgan.

Omonjonova Feruza

5 b sinf o`quvchisi

Ona tilim

Ona tilim, erkin tilim,

Bu onamning so`zidir.

Aytgan har bir so`zini,

Ona tilim deyilur.

Ona tilim savodni,

Berar har bir bolaga.

Quvnab, yashnab ketaman,

Ona tilim deganda.

Ona tilim bor bo`lsa,

Porlar, yashnar quyoshim.

Pok qalbimda mangu yashar,

Ona tilim – quyoshim!

Page 9: Без названияqobiljon.uz/pdf/umid/2014/umid-2014-10.pdf · mikroskop orqaligina ko'rish mumkin. Ko'zga ko'rinmaydigan bu tirik mavjudotlar mikroblar deb nom olgan (yunoncha

Har yili oktabr oyining to`rtinchi dushanbasi –

Xalqaro maktab kutubxonalari kuni

JAHON XALQLARI MAQOLLARI

Tohidaxon Halilova

Maktab-internat kutubxonachisi

Bilim tomon yo'l qisqa emas. (Yapon maqoli)

Ko'pchilik g'ozni oqqush, deb o'ylaydi. (Ingliz xalq maqoli)

O'ylamay gapirish- mo'ljalga olmay o'q uzishdir. (Ispan xalq maqoli)

Sukut saqlab ham xato qilish mumkin. (Ingliz xalq maqoli)

Ko'pchilik g'ozni oqqush, deb o'ylaydi. (Ingliz xalq maqoli)

O'ylamay gapirish- mo'ljalga olmay o'q uzishdir. (Ispan xalq maqoli)

Sukut saqlab ham xato qilish mumkin. (Ingliz xalq maqoli)

Daraxt ildizi bilan tirik, inson do'sti bilan. (Rus xalq maqoli)

Nima o'qiganingni emas, nima uqqanligingni so'zla. (Tojik xalq maqoli)

Bevatan odam kuylamaydigan bulbulga o'xshaydi. (Rus xalq maqoli)

Sohildan qaraganda, dengiz chiroyli, dengizdan qaraganda esa sohil go'zaldir. (Daniya xalq maqoli)

KOREYS XALQ MAQOLLARI

• Kaltakning birinchisi yaxshi tegadi.

• Ishongan bolta oyoqni chopar.

• Igna boradigan joyga ip ham boradi.

• Boshingga loyiq qalpoq kiy.

• Duming uzun bo'lsa, tutilasan.

• Odam bir marta o'ladi.

• Go'zal chehra ortida xunuk qalb borligini bilib bo'lmaydi.

• Yaxshi erning xotini ham yaxshi bo'ladi.

• Go'dak va ahmoq rostgo'y bo'ladi.

• Mehnat baxtning onasidir.

• Inson yeyish uchun yashamasligi kerak. Balki yashash uchun yeyishi lozim.

• Xudo erta uyg'onadigan odamga yordam beradi.

• Pul bilan baxt yasab bo'lmaydi.

• Tabiat eng buyuk tabibdir.

• Do'sti yo'q odam - baxtsiz odamdir.

• Ahmoqlikni davolaydigan dori yo'q.

• So'z pichoqdan o'tkir.

Page 10: Без названияqobiljon.uz/pdf/umid/2014/umid-2014-10.pdf · mikroskop orqaligina ko'rish mumkin. Ko'zga ko'rinmaydigan bu tirik mavjudotlar mikroblar deb nom olgan (yunoncha

DAVRIY QONUNNING IXTIRO ETILISHI TASODIFIYMI?

Abdujabborov Lochinbek

9 a sinf o`quvchisi

Kimyoviy elеmеntlar davriy qonuni haqiqatan ham

D.I.Mеndеlеyеvning, undan avvalgilarning va o’sha

davrdagi ko’plab kimyogarlarning ulkan mеhnati

natijasida kashf etildi. Juda ko’p yillar mobaynida

qilingan bunday ulkan mеhnat bo’lmaganda davriy

qonunning ham ochilishi mumkin bo’lmas edi.

Mеndеlеyеv fanda yaratgan ixtirosiga baho bеra turib,

uni shaxsan o’zining ishi dеb qaramay, balki

hammadan avval to’xtovsiz mеhnat natijasi dеb bildi.

Uni "daho" dеb ataganlarida: "qanaqa daho, umrim

bo’yi mеhnat qildim va mana endi daho bo’ldim"

dеgan javobi tasodifiy emas edi.

Dmitriy Ivanovich va boshqa olimlarning mеhnati 17

fеvral 1869 yili ochilgan ixtiro uchun tayyorgarlik va

zarur shart-sharoit bo’ldi. Ammo davriy qonun ba'zida

oson ixtiro qilingan dеb noto’g’ri ko’rsatiladi.

Mеndеlеyеv o’tirib darrov bu qonunni ochgan yoki

elеmеntlar kartochkalarini yoyib chiqib va to’satdan

elеmеntlar davriy jadvalini tuzgan dеb biladilar. Ba'zi

kishilar, hatto, u davriy qonunni va o’zining elomentlar

jadvalini tushida ko’rgan, dеyishadi.

Bir kuni D.I.Mеndеlеyеv oldiga "Pеtеrburgskiy listok"

gazеtasining xodimi kimyo masalasi bo’yicha qisqacha

ma'lumot olish uchun kеladi. Kеyin suhbat

quyidagicha bo’ldi:

Muxbir: "Dmitriy Ivanovich, davriy jadvalingiz

miyangizga qanday kеlgan?" Mеndеlеyеv: "O-o!

Xudoyim!" Shundan so’ng Mеndеlеyеv boshini

chayqatib, chuqur-chuqur nafas olib, kеyin kuladi va,

nihoyat, qat'iylik bilan:

"Bu sizdagi kabi emas axir! Misrasiga bеsh tiyin emas!

Sizga o’xshagan emasman! Mеn buning ustida balki

yigirma yil o’ylagandirman, siz o’ylaysizki: o’tirgan

va to’satdan, misrasiga bеsh tiyin tayyor! Yo’q bunday

emas!"

Dmitriy Ivanovich muxbirga javob bеra turib, davriy

qonunning ochilishi yigirma yil davomida

elеmеntlarning orasida o’zaro bog’liqlikni, ularning

o’zaro ta'sirini har tomonlama qunt bilan o’rganishga

asoslanganligini ko’rsatib o’tadi.

Qizig’i shundaki, bu ixtiro uzoq evolyutsion

tayyorgarlik yakuni rеvolyutsion sakrashdan iborat

bo’ldi. Mеndеlеyеv bu to’g’rida 15 yil bosh qotirgan.

Shuni qayd qilish kеrakki, 1869 yil 17 fеvral kuni

davriy qonun ochilishi shu bilan tugallangan emas,

balki faqat boshlangan edi. Dmitriy Ivanovich uni

chuqurlashtirish va qayta ishlashni dеyarli uch yil

davom ettirgan va, nihoyat, 1871 yil uni ancha

takomillashtirgan. Ammo uni rivojlantirish, ayniqsa,

undan kеlib chiqqan xulosalarning tasdiqlanishi, inеrt

gazlar va radioaktiv elеmеntlarning ochilishi bilan

kеyingi yillarda ham amalga oshgan.

17 fеvral 1869 yili, dunyoda eng yirik kimyogarlardan

biri bo’lgan Dmitriy Ivanovich Mеndеlеyеv tomonidan

ixtiro etilgan kimyo tarixida eng katta kashfiyot —

davriy qonun shunday yuzaga kеlgan.

SUV HAQIDA BILGANLARIMIZ...

Mahmudova Dildora

9 a sinf o`quvchisi

Inson vujudi o'zining barcha faoliyatlarini yagona erituvchi bo'lgan suv vositasida amalga oshiradi. Badan

namligining muvozanatda saqlanishi, taomlarning hazm qilinishi, oziq moddalarning so'rilishi va hujayralarga

yetkazilishi, ortiqcha va zararli moddalarning eritilib, tashqariga chiqarib yuborilishi shular jumlasidandir.

Protein molekulalarini inson vujudida birlashtirib, tutib turgan narsa yengil, muz strukturali suvdir. Binoning

qurilishida sementning sifati qanchalik muhim bo'lsa, inson vujudi qurilishida ham suv sifati shunchalik muhimdir.

Sement sifatli bo'lsa, bino yuz yillab turadi, sifatsiz bo'lsa, qisqa vaqtda buzilib ketadi.

Tog' muzlaridan va erigan qorlardan daryolarga oqqan suvlar sog'lom suvlardir. Xususan, tepa buloqlardan

pastga, toshlarga tushgan, tez va ko'p oqqan, to'xtamay harakatda bo'lgan yengillashgan suvlar sog'liq uchun foydali

hisoblanadi.

Yomg'ir suvi ham yengil suvlardandir. Ammo yomg'ir suvini yomg'ir yog'ishni boshlagandan 15 — 20 daqiqa

keyin olish kerak bo'ladi. Chunki boshidagi tomchilar bilan havodagi g'uborlar tozalanadi. Yomg'ir suvi ich ketishini

(diareyani) to'xtatadi, jigar va buyrak kasalliklarini yengillashtiradi.

Buloq suvini topish imkoni bo'lmaganlar uchun eng yengil, eng foydali va ta'mi shirin suv — muzdan eritilgan

suvdir. Emalli idishlarga suv to'ldirib, muzxonada muzlatib, so'ngra eritiladi va tagiga tushgan qoldiqlar tashlab

yuboriladi. Suv erigandan 10 — 12 soatgacha ta'mi buzulmay turadi, keyin esa og'irlasha boshlaydi va ta'mi o'zgaradi.

Qatiq suvi, meva va sabzavot suvlari yengil, jonli va shifoli suvlar hisoblanadi. Yangi meva, sabzavot, tarvuz va qovun

yegan kishining suvga ehtiyoji qolmaydi. Yuqori sifatli suv bo'lmagan joylarda meva, sabzavot, tarvuz va qovun

yeyilsa yoki meva sabzavot suvlari ichilsa, maqsadga muvofiq bo'ladi.

Daryo suvi bilan quduq suvining qorishmasi, qaynatilgan va qaynatilmagan suvlarning aralashmasi, ichiga

muz solingan suvlar sog'lik uchun zararlidir.Turli tarkibli suvlarni bir paytda ichmoqchi bo'lgan kishi 4 — 5 soatlik

tanaffus bilan ichishi kerakki, birinchi ichilgan suv ikkinchisi kelishidan avval tanani tark etgan bo'lsin.

Inson tanasi xuddi Yer shari kabi 70% suvdan, 30% qattiq moddalardan iborat. Suvga bo'lgan ehtiyoj

insonning sog'ligiga va yegan narsalarining miqdoriga bog'liq. Ya'ni har 30 — 40 gramm qattiq taomga 60 — 70

gramm suv aralashtirish kerak.

Page 11: Без названияqobiljon.uz/pdf/umid/2014/umid-2014-10.pdf · mikroskop orqaligina ko'rish mumkin. Ko'zga ko'rinmaydigan bu tirik mavjudotlar mikroblar deb nom olgan (yunoncha

Abdug`ofurova Shodiya Abduvali qizi 1999-yil 18-sentabrda

Chortoq tumanida tug’ilgan.

Bolaligidan adabiyotga qiziqadi. 2011- yil “Yilning eng iqtidorli

o’quvchisi” ko`rik tanlovida she’riyat yo’nalishi bo`yicha 1-o`ringa

sazovor bo’ldi.

She’rlari 2012-yildan boshlab “Tong yulduzi”, “Bolalar

dunyosi”, “Ayol va jamiyat”, “Umid” kabi gazetalarda chiqa

boshladi.

“Yangi avlod 2013” bolalar ijodiyoti festivalining viloyat

bosqichida sovrindor bo`ldi.

2014-yil Navoiyxonlik bo`yicha o`tkazilga tanlovda qatnashib

“Ifodali g’azal o’qish“ musobaqasida 1-o’rinni egalladi

Yaqindagi uning she’rlari “Baxtli bolalik qo’shiqlari” nomli

kitobga kiritildi va bosmadan chiqdi.

Vatanimga dil izhor

Farzand bo’lay bir koringa yaragan,

Bulbul kabi honish qilib sayragan,

Chiroyingdan olib yashay ilhomni

Chunki sensan meni asrab, qaragan.

Sening tanti, dehqonlaring bor bo’lsin,

Amur Temur ruhi doim yor bo’lsin,

Bu dunyoda har bir inson yashasa

Senga sodiq,bir umrga do’st bo’lsin.

Yashayapman demak men ham insonman,

Har ishinga har lahzada tayyorman,

Bu dunyoning sinoati ko’p bo’lsa,

Sinoatni yecholmayin hayronman.

Kelajagi porloq yurt farzandiman,

Bu o’lkada har bir inson beozor.

Shu o’lkaning azizi,dilbandiman,

Bu-chi mendan vatanimga, dil izhor.

Bor bo`lsin.

Mehringiz go`yoki quyosh taftiday,

O`zingiz bir so`zli bahor ahtiday.

Siz uchun har lahza gullardan tutay,

Ustozim sizdaylar doim bor bo`lsin.

Yurakning to`rida siz uchun so`zlar,

Sizdan ilm olar bu nurli ko`zlar.

Har lahza chaqnaydi charog`on ko`zlar,

Dunyoda sizdaylar doim bor bo`lsin.

Siz borsiz, olam ham yaralib qolgan,

O`zbek qizlar sizdan chiroyni olgan.

Siz-ku axir bizni yo`llarga solgan,

Ustozim sizdaylar doim bor bo`lsin.

Mening uchun g`amxo`r, hamisha baxtli,

Shuning uchun ustoz siz saodatli.

Albatta bo`laylik bizlar ibratli,

Dunyoda sizdaylar doim bor bo`lsin.

Onajonim

Ko’zingizda mehr toji,

Quyoshmisol yaraqlaydi.

Sizla hayotim rivoji,

Baxt suvini chelaklaydi.

Qalbi doston onajonim

Ko’ngli osmon onajonim.

Baxtli zamon onasisiz,

Nurga to’liq har oningiz.

Shu zamonning bolasimiz,

Bormi deyman ming joningiz

Qalbi doston onajonim

Ko’ngli osmon onajonim.

Siz borsizki jahonim bor,

Sizla ko’rkam xatto uyim.

Sizni ko’rsam, ko’rgum bahor,

Siz manguga qo’shiq, kuyim

Qalbi doston onajonim

Ko’ngli osmon onajonim.

Page 12: Без названияqobiljon.uz/pdf/umid/2014/umid-2014-10.pdf · mikroskop orqaligina ko'rish mumkin. Ko'zga ko'rinmaydigan bu tirik mavjudotlar mikroblar deb nom olgan (yunoncha

O`zbekiston

Satimova Zulayho

9 a sinf o`quvchisi

Osmoni tinch, muqaddasdir go`zal maskan,

O`zbekiston dunyo ko`rgan yurtim mening.

Gullarga kon, ozod makon, hur guliston.

Shunday yurtda yashaganim fahrim mening.

O`zga yurtda bo`lsam agar sog`inaman,

Har bir dala, erta pishar bo`glaringni,

Hayollarda sayr qilib eslayman men,

Adirlarda lola terib yurganimni.

Sening bergan ishonchingni har dam oqlab,

Baxting bo`lib, fahring bo`lib yuraylik biz.

O`zga yurtda, o`zga elda tanilmasdan,

Yurtimizda davron surib yashaylik biz.

Bobolar-u, momolarim xotirasin

Har dam, har vaqt yodimizda saqlagaymiz.

Ular bizga meros qilgan shu vatanni,

Ko`zimizning qarog`ida asragaymiz.

Endi...

Tursunova Husnida

9 a sinf o`quvchisi

Hazon bilan birga to`pladim sabr,

Qoqilgan kezlarda izladim qadr.

Bo`ronli kunlarda sinaldi kuchim,

Qahraton ayozlar yetkazdi jabr.

Qalbdagi tosh bilan kurashib keldim,

Bugun dardlarimni yenga olaman.

Kecha himoyasiz bir qizcha edim,

Endi g`animlarga bas kela olaman.

Ustoz

Abdullayeva Sojida

7 b sinf o`quvchisi

Menga o`rgatar bilim,

Ustoz degan ulug` zot.

Ma’no to`la har so`zda,

Ustoz degan ulug` zot.

Sizga ming bor tasanno,

Ustoz degan ulug` zot.

O`rgatar har atama,

Ustoz degan ulug` zot.

Sizga ta’zimlar qilar,

O`quvchingiz Sojida.

Sizga ta’rif juda ko`p,

Ustoz degan ulug` zot.

Atirgul

Olimjonova Mohinur

5 a sinf o`quvchisi

Bir kun bo`gni sayr etdim,

Qo`limga qalam tutdim.

Nogoh ko`rdim atirgul,

Chiroyli ekan bu gul.

Atirgul bargi qat-qat,

Uzib olmadim faqat.

Atirgil kular edi,

Atrofga boqar edi.

Tabiatdan zavq olib,

Quyoshdan olbdi nur,

Yapro`gida tomchilar,

Yaltirardi go`yo dur.

Bu ajib manzaradan,

Shodlikka to`ldi dilim.

Atirgulning sha’niga,

Ushbu sherimni bitdim.

Abdujabborova Mohigul

6 a sinf o`quvchisi

Otajon

Uyimizning sarboni,

Bolaligim darmoni.

Sizla qolmas armonim,

Suyukligim otajon!

Erkalaysiz, suyasiz,

Qoqilsak gar kuyasiz.

Mehringizni tuyamiz,

Buyukligim otajon.

Boshim har on silagan,

Baxtu iqbol tilagan.

Ro`zg`orimiz o`ylagan,

Baxtli kunim otajon!

Onajonim

Ismoilov Jahongir

5 b sinf o`quvchisi

Tunlari alla aytgan,

Mehribon onajonim.

Yo`llarimga ko`z tikkan,

Azizim onajonim.

Page 13: Без названияqobiljon.uz/pdf/umid/2014/umid-2014-10.pdf · mikroskop orqaligina ko'rish mumkin. Ko'zga ko'rinmaydigan bu tirik mavjudotlar mikroblar deb nom olgan (yunoncha

Kerak bo`lsa farzand deb,

Jonini ham bergan,

Azizim onajonim.

Mehribon onajonim.

Geometrik qismat.

Do`sboyev Farruh

7 b sinf o`quvchisi

Yiroq keta olmas

Bir tekislikdan.

O`tgan iki to`g`ri-

Parallel chiziq.

Yo yaqin kelolmas,

Orasida ulkan

Masofa yo`q garchi

Ajab hol, qiziq.

Buvijonim, bobojonim.

Abdujabborova Mohidil

5 a sinf o`quvchisi

Buvijonim, bobojonim,

Bizga doim mehribon.

Har bir so`zi go`yo dur,

Quyosh kabi charog`bon,

Andijon-u, Namanganda,

O`ynab kelamiz har yoz.

Sarguzashtlar ko`p bo`lar,

Ta’til o`tar juda soz.

Ko`p rahmatlar aytamiz,

Buvijon, bobojonga.

Kelajakda biz sizday,

Xizmatdamiz vatanga.

Ustoz

Mirzayeva Shahnoza

6 a sinf o`quvchisi

Mehringizni qo`ygansiz,

Bizga bilim bergansiz.

Mening aziz ustozim,

Mehribonnim o`zingiz.

Onadek qalbi ziyo,

Ona o`rnin bosar go`yo.

Hammani birdek ko`rar,

Mening aziz ustozim.

Ustozimga

Rahmonberdiyev Shohruhbek

5 b sinf o`quvchisi

Bilim oldik, chiqardik savod.

Yashadik biz bahtiyor, ozod.

Yurtim g`ozal bo`lmoqda obod,

Ustozim sizga ta’zimdaman men.

Ertaklar yaxshilikka yetaklar

Qodirova Zarifa

5-b sinf o`quvchisi

Bilamizki maqol-u, hikmatlarning kishi hayotida tutgan o`rni benihoya

katta. Shunday ajoyib janr mavjudki u ertak deb ataladi. Qadimda ertakchi,

matalchi kishilar ertaklarning harakterli xususiyati haqida shunday deyishgan. Ertaklarda

fantaziyaga keng o`rin berilishini aytib o`tishgan. Ertak mavzulari shartli ravishda hayvonlar

haqidagi ertaklar, sehrli ertaklar, hayotiy, maishiy va hajviy ertaklarga bo`linadi. Xalqimiz

yaratgan, hayotdan olingan “Zumrad va qimmat”, “oygul bilan Baxtiyor”, “Ziyod botir”, “ Tohir va

Zuhra”, “Uch og`ayni botirlar” hayotiy-maishiy ertaklar sirasidir. Ertaklar ko`ngil ochish vositasi

emas, ezgulikka undovchi ma’naviy manbadir. Xalqimizda “Ertaklar yaxshilikka yetaklar” degan

naql bejiz aytilmagan.

Xalqimizning “Susambil ertagi” azaldan bolajonlarni qiziqtirib kelgan. Bu ertakda

jonzotlarning orzusi amalga oshishi tasvirlanadi. Ya’ni Susambilga yetib, u yerda hukm surayotgan

bo`rilarni ahillik bilan yengadilar. Bu jonzotlar tamoman erkinlikka chiqib, og`izlari oshga tegib

xo`jayinlarinikida ko`rgan kunlari esga tushib, o`kinishadi. Susambildagi rohatlarni ko`rib,

Susambilning ovini ovlab mazza qilib yashaydilar.

Page 14: Без названияqobiljon.uz/pdf/umid/2014/umid-2014-10.pdf · mikroskop orqaligina ko'rish mumkin. Ko'zga ko'rinmaydigan bu tirik mavjudotlar mikroblar deb nom olgan (yunoncha

Davlatliyeva Tillaxon

5 a sinf o`quvchisi

1 9

2 1. Tikonli hayvon

3 2. Yirtqich suv jonivori

3. Sanoq son

4 4. O`quv quroli

5 5. Suvda yashovchi sayroqi jonivor

8 6. Sabzavot

6 7. Donalari qizil meva

8. Inson tana a’zosi

7 9. Deraza “ko`z”i

Nishanov Muhammadibrohim

5 b sinf o`quvchisi

1 Qirolning qizi

2 Katta, bahaybat so`zlarining ma’nodoshi

3 Qasr so`zining ma’nodoshi

4 Temir pul

5 Gullamaydigan daraxt

6 Qishki qattiq sovuq

7 Chevarning o`ng qo`li

8 Kema qozig`i

9 Hayron so`zining ma’nodoshi

10 Uy hayvoni

11 Kam emas

Mingboyev Boburjon

5 b sinf o`quvchisi

1 Eng qadimgi shahar

2 O`zbekistonda qanday “odam” topilgan

3 “Ongli odam” deb kimni aytishgan

4 Rossiyaning Sankt Peterburg shahridagi muzey

5 Jak Iv Kusto kashf etgan moslama

6 Luvr muzeyi qayerda joylashgan

7 1-kalendar qayerda yaratilgan

Avazbekov Abdullo

9 a sinf

741147 ↓7↑ 8 ↓9↑ 963369 987789 →

7

8

9

321123

147741 ↓4↑ 5 ↓6↑ 369963 789987 4 5 6 123321

↓1↑ 2 ↓3↑ →

1

2

3

741147-147741=593406 963369-369963=593406 987789-789987=197802 321123-123321=197802

Page 15: Без названияqobiljon.uz/pdf/umid/2014/umid-2014-10.pdf · mikroskop orqaligina ko'rish mumkin. Ko'zga ko'rinmaydigan bu tirik mavjudotlar mikroblar deb nom olgan (yunoncha

Olimjonova Mohinur 5 a sinf

Davlataliyeva Tillaxon 5-a sinf

Page 16: Без названияqobiljon.uz/pdf/umid/2014/umid-2014-10.pdf · mikroskop orqaligina ko'rish mumkin. Ko'zga ko'rinmaydigan bu tirik mavjudotlar mikroblar deb nom olgan (yunoncha

Mamasoliyev Hurshidbek 5 a sinf

Abdujabborova Mohidil 5-a sinf

Page 17: Без названияqobiljon.uz/pdf/umid/2014/umid-2014-10.pdf · mikroskop orqaligina ko'rish mumkin. Ko'zga ko'rinmaydigan bu tirik mavjudotlar mikroblar deb nom olgan (yunoncha

Omonboyev G`anisher 6 sinf

Abdurahmonov Xurshidbek 6 b sinf

Mirzamahmudov Muhtorjon 5 a sinf Abboosboyev Firdavs 5 a sinf

Page 18: Без названияqobiljon.uz/pdf/umid/2014/umid-2014-10.pdf · mikroskop orqaligina ko'rish mumkin. Ko'zga ko'rinmaydigan bu tirik mavjudotlar mikroblar deb nom olgan (yunoncha

Ahmadjonova Muxtasar

9 d sinf o`quvchisi

- Kartoshka qaynatilganda ezilib ketmasligi uchun ozroq sirka qo`shib yuboring.

- Qovurilgan kartoshka karsillaydigan bo`lishi uchun uni po`stini artib to`g`ragach

sovuq suvga chayish, keyin o`rab qo`yib quritish, shundan keyingina qovurish lozim.

- Sabzavotdagi vitaminlar yaxshi saqlanishi uchun uni qaynab turgan suvga oz-ozdan

solish zarur.

- Sabzavotlardagi vitaminlar metallga tegish natijasida yemiriladi. Shu sababli sabzavotlarni emal qoplangan

idishda qaynatish kerak.

- Kartoshka to`g`ralgandan keyin suvda tutilsa, kraxmal va vitamin "S" ko`p yo`qoladi.

Shuning uchun kartoshkani ovqatga solishdan oldidangina archgan va to`g`ragan maqul.

- Vaqti-vaqti bilan qattiq non iste’mol qiling. Bu tishni tabiiy ravishda tozalaydi va mustahkamlaydi.

Uralov Azamat

9 a sinf o`quvchisi

Page 19: Без названияqobiljon.uz/pdf/umid/2014/umid-2014-10.pdf · mikroskop orqaligina ko'rish mumkin. Ko'zga ko'rinmaydigan bu tirik mavjudotlar mikroblar deb nom olgan (yunoncha

Hurmatili mushtariylar. 2014 yil 15-noyabrgacha

Umid jurnalining emblemasi tanlovi o`tkaziladi.

Shu sababli barcha mushtariylarni tanlovda

qatnashishga chaqiramiz. G`oliblarni qimmatbaho

sovrin va Umid jurnalining oltin medali kutmoqda.

Shoshiling! Vaqt oz qoldi.

Page 20: Без названияqobiljon.uz/pdf/umid/2014/umid-2014-10.pdf · mikroskop orqaligina ko'rish mumkin. Ko'zga ko'rinmaydigan bu tirik mavjudotlar mikroblar deb nom olgan (yunoncha