Upload
abbot-sanders
View
904
Download
50
Embed Size (px)
DESCRIPTION
Tayyorladi: “O`zbekiston tarixi” kafedrasi katta o`qituvchisi S.To`lyaganova. Mavzu : Rossiya imperiyasining Turkistonni bosib olishi , uning istibdodiga qarshi milliy ozodlik kurashi. Jadidchilik. REJA: 1.Turkistonni chor Rossiyasi tomonidan bosib olinishi . - PowerPoint PPT Presentation
Citation preview
REJA:
1.Turkistonni chor Rossiyasi tomonidan bosib olinishi.2.Mustamlakachilik idora usulining joriy etilishi.3.Mustamlakachilarning iqtisodiy, madaniy sohadagi siyosati va amaliyoti.4.Mustamlakachilik zulmiga qarshi milliy ozodlik harakati.5.Jadidchilik harakati.
Adabiyotlar:
Karimov I.A “O’zbekiston XXI asr
bo’sag’asida… -T.: O’zbekiston,
1997, 49-69 betlar.
Usmonov Q., Sodiqov M.,
Burxonova S. O’zbekiston tarixi.
Darslik.. –T.: Iqtisod-moliya, 2006.
Ziyoev H. Turkistonda Rossiya
tajovuzi va hukmronligiga qarshi
kurash. -T.: Sharq, 1998. 79-340betlar.
O’zbekistonning yangi tarixi.
Birinchi kitob. Turkiston chorRossiyasi mustamlakachiligi
davrida.-T.: Sharq, 2000, 62-138
betlar.Murtazaeva R.X. IstoriyaUzbekistana. Uchebnik. -T.: 2005.
Tayanch so’z va iboralar: «Sharqni egalla» siyosati. Rossiya
harbiy
ekspeditsiyalari. Angliya
Rossiya raqobati. Harbiy istehkomlar.
Oqmasjid qal’asi. Toshkentga
hujum. Mulla Alimqul. Turkiston General
gubernatorligi. Fon Kaufman.
Zirabuloq jangi. Samarqand qo’zg’oloni.
Vassal. Xivaga yurish.
Gandimiyon shartnomasi. Qo’qon
xonligining tugatilishi. Boshqaruv
tizimi. Mustamlakachilik siyosati.
Toshkent o’zg’oloni Dukchi eshon.
1916 - yilgi qo’zg’olon. Mahmudxo`ja
Behbudiy
1.Turkistonni chor Rossiyasi tomonidan bosib olinishi.
«Sharqni egalla» siyosati. Bu siyosatning tarkibiy qismlaridan biri Turkistonni egallash edi. Turkistonni bosib olish rejasi tuzildi.
1715 - yilda sharqiy chegaralarda Buxgolts rahbarligida, 1716-1717 - yillarda Xiva xonligida Bekovich-Cherkasskiy rahbarligida harbiy ekspeditsiyalar tajovuzkorona harakat qildilar.
1721-1724 - yillarda Florio Beneveni boshliq elchilar Buxoroda josuslik faoliyatini yuritdi.
XVIII asr davomida Rus davlati qozoq va qirg’izlarning hududlarida 46 ta katta va 96 ta kichikroq harbiy qal’a va istehkomlar qurdi
1864 - yil 14 - sentyabrda Chimkentga
yangidan yurish
uyushtirdi va shaharni
bosib oldi.
1873 yil may oyida Xiva xonligi egallandi
1866 yil oktabrda Jizzax shahri egallandi.
1864 - yil may oyida
Qo’qon xonligiga bostirib
kirdi.
1868 yil 8-iyunda
Samarqand shahri
egallandi.
1865 yil 15 - iyun kuni Chernyaev Toshkentni
zabt etdi. Orenburg general-gubernatorligi
tarkibida Turkiston viloyati tuzildi, uning
harbiy gubernatori etib M.Chernyaev tayinlanadi.
• jhj
Rossiya imperiyasining Turkistonga bosqini.
1558-1559 - yillarda Antoni Jenkinson
boshliq elchilai Buxoroga yuborib josuslik
ma’lumotlari to’pladi
Ivan Grozniy Qozon (1552), Ashtarxon (1556), Sibir (1581-1590) xonliklarini
bosib oladi va endi Turkiston to’g’risida ma’lumotlar to’plashga kirishadi.
Rusiya hukumati XVII asr davomida 9 marta elchi yuborib, Buxoro va Xiva xonliklarining iqtisodiy va harbiy ahvolini o’rganadi.
Rassiya imperiyasining Turkistonni bosip olishga
qaratilgan harakatlari.
inglizlar maxsus «afg’on siyosati»ni ishlab chiqib,
Afg’oniston amirini bo’ysundirish, Hirot va
Qandahorni inglizlar mulkiga aylantirish, ularda harbiy kuchlarni joylashtirishni
rejalashtiradi.
Angliya hukumati Buxoro, Xiva va Qo’qon xonliklarini Rossiyaga
qarshi ittifoqqa uyushtirishga harakat
qildi.
Ost-Indiya kompaniyasi tomonidan josuslik
ma’lumotlari to’plash maqsadida E.K.Mendorf 1824 - yildayoq Buxoroga
yuborilgan
1841-1842 - yillarda Angliya hukumati mayor Konollini
Xivaga, polkovnik Stoddartni Buxoroga maxsus missiya
bilan yubordi.
1838-1842 va 1878-1880 - yillarda Afg’onistonga ikki
marta bosqinchilik urushlari uyushtirdi. Biroq Afg’onistonni
bo’ysundira olmadi.
1831-1833-yillarda mazkur kompaniya leytenanti
Aleksandr Berns Hindistondan
Afg’onistonga, undan Buxoroga go’yo sayyoh
sifatida yuborilgan
Alglya hukumatining Turkistonni eggallash
yo`lidagi harakatlari
Qoqon xonligi
1868-yil 23-iyunda Kaufman bilan Amir Muzaffar o`rtasida Zirabuloq shartnomasi tuzildi. Buxoro amirligi Rossiyaning vassaliga, ya’ni xorijiy mamlakatlar bilan mustaqil aloqalar
qilaolmaydigan davlatga aylantirildi. Sulhga binoan Xo’jand, O’ratepa, Jizzax, Samarqand, Kattaqo’rg’on Rossiya imperiyasi tarkibiga kiritildi,
amir oltin hisobida 125 ming tilla (500 ming rubl) tovon to’lash, rus savdogarlari uchun amirlikda qulay sharoit yaratish majburiyatini oldi.
1868-yil 13-fevralda Kaufman bilan Xudayorxon o`rtasida shartnoma tuzildi. xonlikning istilochilar bosib olgan hududlari
Rossiya tasarrufiga o’tganligi e’tirof etilgan edi. Rossiya savdogarlariga Qo’qon xonligining barcha
hududlarida hechqanday moneliksiz faoliyat yuritish, karvonsaroylarga ega bo’lish huquqi berilgan edi.
1876-yil fevral oyida Qoqon xonligi tugatildi
Xiva xonligi
Buxoro amirligi
1873-yil 12- avgustda Kaufman bilan Muhammad Rahmxon o`rtasida Gandimiyom shartnomasi
tuzildi. Shartnomaga muvofiq Xiva xonligi Rossiyaning vassaliga aylantirildi. Amudaryo quyi oqimining o’ng tomonidagi yerla
r Rossiya imperiyasi tarkibiga kiritildi, xonlikka oltin hisobida 2 million 200 ming so’m tovon to’lash yuklatildi. Rossiya savdo-sanoatchilari Xiva xonligida bojsiz savdo qilish, xonlik hududida yer olish, sanoan korxonalari qurish xuquqini oldi. Xon o’zini Rossiya podshohining
itoatkor xizmatkori, deb tan olishga majbur bo’ldi.
Rassiya imperiyasining
Turkistonni bosip olishining natijalari
Mustamlakachilarining iqtisodiy siyosati va amaliyoti.
Turkistonni paxta
xomashyosi etishtiradigan
bazaga aylantirish
Rossiya agrar siyosatining
bosh maqsadi, deb belgilandi. 1885-1916 - yillarda paxta ekiladigan yer maydoni 40
ming tanobdan 550 ming tanobga
ko’paydi.
Turkiston xomashyo
bazasida savdo-sanoat yuritish, zavod-fabrikalar
qurishga intiluvchilarga
Rus-Osiyo banki, Moskva
savdogarlar banki, Rossiya davlat banki pul
qarz berib turdi. . 1908 - yilda
o’lkada 378 ta sanoat
korxonalari faoliyat yuritgan bo’lsa, 1917 - yilda ularning soni Buxoro
amirligi va Xiva xonligida qurilgan
korxonalarni ham qo’shib hisoblaganda
1200 taga etgan
Etishtirilayotgan xom-ashyoni
tashib ketish maqsadida Temir yo’l qurilishini boshlab yubordi
1880-1889 – yillarda
O’rta Osiyo temir yo’li,
1890-1905 – yillarda
Toshkent-Orenburg temir yo’li
qurildi
Turkistonni doimiy egasi bo’lish uchun
«ko’chirish» siyosatini qo’llandi. 1875 -
yildayoq Avliyoota
tumanida 8 ta rus
qishlog’i vujudga kelgan bo`lsa,
1910 124 taga yetdi.
o’lkaning barcha
hosildor yerlari Rossiyaning
daromad manbaiga
aylantirildi. Yer solig’i XIX asr
oxirida 4 million so’mni tashkil etgan bo’lsa, 1916 - yilda 38 million so’mdan oshib
ketdi.
Turkiston Rossiyaning
jahon bozorlarida o’tmaydigan
tovarlari sotiladigan
bozorga aylantirildi Turkiston nafaqat Rossiya
davlatining, shuningdek,
rossiyalik savdo-
sanoatchilar manfaatiga
xizmat qiladigan o’lkaga
aylantirildi.
1 Karimov I.A.: «Bu salbiy oqibat tashqaridan olib kirilgan sivilizatsiya natijalaridan ko’ra bir necha barovar ortiq edi».1
Mustamlakachilar-ning
ma`naviy-madaniysiyosati va amaliyoti
Turkiston general-gubernatorligining Farg’ona viloyati harbiy-gubernatori Skobelev shunday deb yozgan edi: «Millatni yo’q qilish uchun uni qirish
shart emas, uning madaniyatini, san’atini, tilini yo’q qilsang bas, tez orada o’zi tanazzulga
uchraydi». Turkistonda ana shunday yovuz qarashlarga mos siyosat va amaliyot yuritildi.
Turkistonning noyob tarixiy, ma’naviy, madaniy boyliklari talon-taroj qilindi. 1870 - yilda Toshkentda kutubxona va 1876 – yilda muzey
tashkil etilgan
Islom diniga e’tiqod, ruhoniylar, masjid va madrasalar oyoq osti qilina bordi. Rossiya ma’murlari musulmon muassasalari, madrasa ishlariga aralashib,
ularning faoliyatini tobora cheklab bordi.
Maorif va madaniyat sohasida ruslashtirish siyosati yuritildi. 1884 - yilda Toshkentda dastlabki «rus-tuzem maktabi» ochildi. o’lka xotin-qizlarini ruscha hayot tarziga
o’rgatish masalasiga alohida o’rin berilgan edi. Shu maqsadda shaharlarda xotin-qizlar Ambulatoriyalari tashkil etilib, ularda rus shifokorlari faoliyat ko’rsatdi.
Chor ma’murlari mahalliy aholiga Rossiyaning ulug’vorligini ko’rsatish, yevropacha turmush tarziga qiziqtirish uchun Rossiyaning markaziy
shaharlariga sayohatlar uyushtirdilar.
1880-1883 - yillarda Xo’jand, O’ratepa, Namangan, O’sh va
Chustda ko’tarilgan qo’zg’olonlar
Chorizm mustamlakachilik
zulmiga qarshi milliy ozodlik
harakatlari
1916-yil Xalq qog`aloni
1898-yil Andijon qozg`aloni
1892-yil Toshkent qozg`aloni
Turkiston jadidlarining
faoliyati
«Usuli jadid» maktablarini tashkil etdilar. 1903 - yilda Turkistonda 102 ta boshlang’ich va 2 ta o’rta jadid maktablari faoliyat ko’rsatdi.
Milliy darsliklar yozdilar Munavvar qorining «Adibi avval», «Adibi soniy», M.Behbudiyning «Kitobatul atfol», «Bolalar maktubi», «Muxtasari tarixi
islom», «Jug’rofiya», A.Avloniyning «Adabiyot», «Birinchi muallim», «Turkiy guliston», «Maktab gulistoni»
Milliy teatrga asos soldilar1913 - yilda «Turon» truppasi tuzildi. «Padarkush», «To’y», «Zaharli hayot», «Juvanmarg», «Baxtsiz
kuyov» pessalari qo`yildi.
Milliy matbuotga asos soldilar. «Xurshid», («Quyosh»), va «Oyina» jurnallari “Sadoi Turkiston», «Sadoi Farg’ona» «Samarqand» gazetalari chop
etildi
Talabalarni chet ellarga o`qishga yuborish tashabusi bilan chiqdilar. Yoshlarni Germaniya Misr, Turkiya, Rossiyaning markaziy
shaharlariga o`qishga yubordilar
Hayriya jamiyatlari tashkil etildi. 1909 yil “jamiyati hayriya”,1910-yil “Bolalar tarbiyasi”
Turkiston jadidlari
“Yosh Buxoroliklar”
Mahmudxo’ja Behbudiy, Abduqodir Shakuriy, Munavvar qori Abdurashidxonov,
Abdulla Avloniy va boshqalar
Polvonniyoz xoji Yusupov, Bobooxun Salimov
Sadriddin Ayniy, Abdurauf Fitrat, Fayzulla Xo`jaev
“Yosh Xivaliklar”
General-gubernator Kengashi
Turkiston general-gubernatorligi boshqaruvi
General gubernator
Buxoro amirligiXiva xonligi
Ma’muriy va nazorat
bo’limi
Viloyat harbiy
gubernatorligi
Turkiston rayon
muhofaza bo’limi General-gubernator
mahkamasi Turkiston
harbiy okrugi
Soliq va shahar mablag’lari
bo’limi
Moliyaviy- xo’jalik bo’limi
Maxsus bo’lim
Turkiston general -gubernatorligi
Buxoro amirligi
Xiva xonligi
Ettisuv
Sirdar
yo
Samarqand
Farg’ona
Kaspiyorti
Toshkent Chimkent Avliyoota Qozoli Perov
Qo’qon Andijon Namangan Marg’ilon O’sh
Verniy, Kopol, Lepsin,Jarkent, Pishpek, Prjevalsk
Samarqand, Jizzax, Kattaqo’rg’on, Xo’jand
Asxabod, Krasnovodsk, Marv, Tajan, Mang’ishloq
Har bir uezd bo’lis (volost) va ovullarga bo’lingan
O’lkaning ma’muriy - hududiy tuzilishi.
Vassallar
V i l o ya t l a r
U e z d l a r
Turkiston general –
gubernatorlari
K.P. fon Kaufman - 1867-1881G.A. Kolpakovskiy - 1881-1882
M.G.Chernyaev - 1882-1884N.O.Rozenbax - 1884-1888A.V.Vrevskiy - 1889-1898S.M.Duxovskiy - 1898-1901N.A.Ivanov - 1901-1904P.N.Tevyashov - 1904-1905D.I.Subbotich - 1905-1906I.I.Grodekov - 1906-1908P.I.Mishchenko - 1908-1909A.V.Samsonov - 1909-1913Flug, Martson - 1913-1916A.N.Kuropatkin - 1916-1917
Sinov savollari
1. O’zbek xonliklarida josuslik ishlari bilan shug’ullangan chor Rossiyasi elchilari, ekspeditsiyasi haqida nimalarni bilasiz?1. Chor Rossiyasi nima uchun xonlik chegaralarida harbiy istehkomlar qurdi?2. Shunday istehkomlar qayerlarda barpo etilgan?3. O’rta Osiyo masalasida ingliz-rus raqobati qanday bordi? 4. Chor Rossiyasi bosqini qanday boshlandi?5. Chimkentdagi janglar qanday bordi? 6. Toshkent mudofaasi haqida nimalarni bilasiz? 7. Amir lashkar Alimqul jasorati haqida so’zlang? 8. Jizzax mudofaasi, jang natijalarini bilasizmi?9. Turkiston general-gubernatorligi qachon tuzildi, uning hududlarini bilasizmi? 10. Zirabuloq jangi haqida nimalarni bilasiz? 11. Samarqand qo’zg’oloni haqida so’zlang.12. Kaufman bilan amir Muzaffar o’rtasida qachon shartnoma tuzildi, uning shartlarini bilasizmi?13. Kaufmanning Xiva xonligiga yurishi, uning natijalari haqida so’zlang.14. Gandimiyon shartnomasi qachon tuzildi, uning shartlarini bilasizmi?15. Qo’qon xonligida ko’tarilgan qo’zg’olonlarning sabablari, rahbarlari, natijalarini bilasizmi?16. Qo’qon xonligining taqdiri nima bo’ldi? 17. Mustamlakachilar qanday idora usulini joriy etdilar?
18 Mustamlakachilarning iqtisodiy siyosati va amaliyoti haqida nimalarni bilasiz?19.Mustamlakachilar ma’naviy-madaniy sohada qanday siyosat yuritdilar? 20.Mustamlaka so’zining ma’nosi nima?21.Jahonda qaysi davlatlar mustamlakachi davlat deb hisoblanadi va nima uchun?22.Turkistonda chor Rossiyasining mustamlakachiligi davri qaysi yillarni qamrab oladi?23.Milliy ozodlik harakati deganda nimani tushunasiz, uning sabablari nimada?24.Toshkent qo’zg’olonining sabablari, natijalarini bilasizmi?25.Andijon qo’zg’oloni haqida nimalarni bilasiz?26.Qanday voqea 1916 - yilda Turkistonda qo’zg’olon ko’tarilishiga turtki bo’ldi, uning asosiy sababi nimada edi?27.Jizzax qo’zg’oloni haqida nimalarni bilasiz?28.1916 - yilgi qo’zg’olonning ahamiyati nimada?29.Jadidlar harakati nima va u Turkistonda qachon boshlangan?30.Kimlar Turkistonda jadidlar harakatiga rahnamolik qildilar?31.Mahmudxo’ja Bexbudiy faoliyati haqida so’zlang?32.Munavvar qori Abdurashidxonov faoliyati haqida nimalarni bilasiz?33.Jadidlar qanday gazeta va jurnallarni nashr etganlar?34.Jadidlar qanday g’oyalarni ilgari surishgan?