10

kitobsevar.uz · 1 MUASSISLAR: O zbekiston Respublikasi Xalq ta limi vazirligi T.N. Qori-Niyoziy nomidagi pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Maktub print

  • Upload
    others

  • View
    44

  • Download
    0

Embed Size (px)

Citation preview

Page 1: kitobsevar.uz · 1 MUASSISLAR: O zbekiston Respublikasi Xalq ta limi vazirligi T.N. Qori-Niyoziy nomidagi pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Maktub print
Page 2: kitobsevar.uz · 1 MUASSISLAR: O zbekiston Respublikasi Xalq ta limi vazirligi T.N. Qori-Niyoziy nomidagi pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Maktub print

1

MUASSISLAR:O‘zbekiston Respublikasi

Xalq ta’limi vazirligi

T.N. Qori-Niyoziy nomidagi pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti

“Maktub print”mas’uliyati cheklangan jamiyati

Jurnal O‘zbekiston RespublikasiMatbuot va axborot agentligida 0855

raqam bilan 30.02.2015 yilda ro‘yxatga olingan.

TAHRIR HAY’ATI:

Hikmatilla RASHIDOVIslom ZOKIROV

Maqsudjon YO‘LDOSHEVMurodilla ХOLMUHAMEDOV

Shavkat SHARIPOVMalohat A’ZAMOVAInomjon MAJIDOV

Uzoqboy BEGIMQULOV

BOSH MUHARRIR:Abduhamid MUXTOROV

Mas’ul kotib:G‘olib BAHROMOV

Musahhih:Lola QAHHOROVA

Sahifalovchi: Olmos MUXTOROVNavbatchi muharrir:

Uldona ABDURAHMONOVA

3

32

48

Lutfullo JO‘RAYEV

ДУХОВНОСТЬ И ЕЕ РОЛЬ В ВОСПИТАНИИ ГАРМОНИЧНОЙ ЛИЧНОСТИ

Духовность – понятие сложное и многогранное, поэтому дать опре-деление ему весьма сложно. Духовность – это внутренний мир челове-ка, его сформировавшийся характер, мировоззрение, культура.

Г.Х.МАНСУРОВА, М.В.ЭМ

3

YO‘LI OYDIN HUR DIYOR Abduhamid ABDUAHAD o‘g‘li

Xorijga yo‘l olgan sayyoh-u ishbilarmon vatan doshlarimiz: “Qayerdan-siz?” – degan savolga “O‘zbekistondanman” – deb javob bera boshla ganlariga ham yigirma besh yildan oshdi. Shu vaqt mobaynida iqtisodi mutlaqo falaj ahvolda bo‘lgan, qoloq, mustamlaka bir mamlakatdan sanoati rivojlangan, iqtisodiy jihatdan mustahkam oyoqqa turgan, o‘z harbiy kuch-qudratiga ega mamlakat sifatida qaror topdik...

FINLANDIYADA TA’LIM TIZIMI FINLANDIYADA TA’LIM TIZIMI FINLANDIYADA TA’LIM TIZIMI

... Ammo butun dunyo pedagoglarini aslida bu emas, balki fi n o‘quvchi-larining maktab ta’limi uchun ancha kam vaqt, fi n davlati esa, mamlakat-dagi sifatli va bepul ta’limga boshqa ko‘plab mamlakatlar bilan taqqosla-ganda o‘rtacha mablag‘ sarfl ab bunchalik yuqori natijalarga erishgani qo-yil qoldirmoqda

Page 3: kitobsevar.uz · 1 MUASSISLAR: O zbekiston Respublikasi Xalq ta limi vazirligi T.N. Qori-Niyoziy nomidagi pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Maktub print

212-son 2016-yil

Tahririyat manzili:100129, Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi, 30-uy.

Telefon: (0 371) 244-75-88, 244-75-87,244-75-46, 244-75-47.

e-mail: [email protected] [email protected]

Bosmaxonaga 22.12.2016-yilda topshi ril di. Ofset usulida chop etildi. Qog‘oz bichimi 60x841/8. Shartli bosma tabog‘i 4,5.

«Times» garniturasi. 11,12 kegl.«O‘QITUVCHI» NMIU bosmaxonasida chop etildi.

Manzil: Toshkent sh. Yangishahar ko‘chasi, 1. Buyurtma №______. Adadi 1700 nusxa.

Jurnaldan ko‘chirib bosilgan maqolalar «Peda gog minbari»dan olindi, deb izohlanishi shart.Jur­nalda­ nashr­ etilgan­ maqolalarda­ mual­lif­arning­ tahririyat­

nuqtayi­nazariga­muvofiq­kelmaydigan­fikr-mulohazalari­bosilishi­mumkin.Tahririyatga­yuborilgan­qo‘lyozmalar­muallifarga­qaytarilmaydi.

* * *Мнение­ редакции­ не­ всегда­ совпадает­ с­ мнением­ автора.­

Редакция­оставляет­за­собой­право­на­стилистическую­прав-ку­и­сокращение­статей.­Присланные­в­редакцию­рукописи­не­возвращаются­и­не­рецензируются.Фамилия­и­инициалы­авторов­пишутся­согласно­данным­их­

паспорта.

M U N D A R I J AJarayon

Abduhamid Abduahad o‘g‘liYo‘li oydin hur diyor ................................................ 3

E’tirofErgash UmarovMatnshunos olim ....................................................... 6J. Yo‘ldoshevDars tahliliga qo‘yiladigan talablar ........................... 9

Muammo va yechimGulnora AkramovaDavlatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishdaaxborot texnologiyalari ........................................... 10

MatematikaQo‘shnazarova Adolat Saparboyevna“Harakatga doir masalalar”Ularni yechishda o‘ziga xos usullar ....................... 12

TarixDilnoza Tolipova1918–1939-Yillarda italiya va ispaniya .................. 14

TadqiqotX. BakirovaSohaviy lug‘at yaratishning dolzarb masalalari ...... 18

Mulohaza Qodirova Halima Nurmuhammad qiziYoshlarda mustaqil fikr uyg‘ota olayapmizmi? ...... 20

O‘quvchiga so‘zIbrohim Rixsiboyev“Navoiy” romanini o‘qib... ..................................... 21

Ona tiliA. Mahammatov“O‘tkan kunlar” romanida holning qo‘llanilishi ..... 22

Maktabgacha ta’limZiyoda AhmedovaAqliy rivojlantiruvchi o‘yin-mashqlar .................... 25

В библиотекуП.И.Чайковский. Времена года. «Декабрь» ....... 27

Актуальная темаБ.Х.БайджановПравовое воспитание учащейся молодежи ........ 31

Духовное наследиеГ.Х.Мансурова, М.В.ЭмДуховность и ее роль в воспитаниигармоничной личности ......................................... 32

Методика. ОпытД.Х.Туйбоева, З.Ю.ОтаеваВ зоопарке ............................................................. 36Л.И.МухудиноваДавление в жидкости. Расчет давленияв жидкости и газе ................................................. 37Э.М.ХудайбердиеваРешение треугольников........................................ 39В.Н.Губская.Любовь и дружба в творчестве А.С.Пушкина и современных поэтов ............................................ 41

Используйте эти материалыГ.Н.ДавлятоваМилый сердцу моему – роднойузбекский язык ...................................................... 44

EhtiromUstozini ulug‘lagan o‘zi ham ulug‘lanadi ............... 46Gulshana Xudaynazarova.

Xorijda ta’limLutfullo Jo‘rayevFinlandiyada ta’lim tizimi ..................................... 48

TarbiyaOlmos Muxtorov. “Jon murvati” .............................54

Sog‘lom hayotVenera АripovaKuchli ko‘rinish emas, kuchli bo‘lish muhim! ........................................................ 55Ko‘zlarimiz ravshan bo‘lsin desangiz ... ................. 56

Page 4: kitobsevar.uz · 1 MUASSISLAR: O zbekiston Respublikasi Xalq ta limi vazirligi T.N. Qori-Niyoziy nomidagi pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Maktub print

3

YO‘LI OYDIN HUR DIYOR

Bugun mustaqil yurt vakili sifatida o‘z so‘zi, o‘z fi kriga ega bo‘lgan jonajon Vatanimizning har bir ongli fuqarosi insoniyat uchun Yaratgan tomonidan tuhfa etilgan eng ulug‘ ne’matlardan biri – tinchlik ekanligini yurakdan his qilib, baral-la e’tirof etmoqda. Tinchlik-totuvlik hukm surgan yurtda qut-baraka bo‘lishi aniq. Mustaqil yur-timizning yigirma besh yil mobaynida erishgan eng katta yutug‘i ham shudir ehtimol.

Donolar topib aytgan: «Bir kun urush bo‘lgan yerdan qirq kun baraka qochadi». Bu maqolni sharhlash shart emas. Tinchlik hukm surgan za-monda jamiyatda, ishlab chiqarish va ilmda rivoj-lanish, olg‘a siljish bo‘lishi muqarrar.

E’tibor qiling!Olis-yaqin mamlakatlarda qanday xunrezliklar

bo‘layotir?Ba’zi yurt odamlari to‘y-hashamni emas, bir

amallab bugungi kunini qorni to‘q, usti but holda o‘tkazishni orzu qilayotir!

Shunday yurtlar borki u yerda tug‘ilgan avlod urush ichida, qon ichida! Har kuni jon olib, jon berayotganlar safi da...

Yaratganga shukr!O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezi-

denti Islom Karimovning oqilona siyosati, uzoqni ko‘ra bilishi, turli vaziyatlarga vazminlik bilan do-

2016­yil mamlakatimiz, millatimiz va xalqimiz uchun katta sinovlar solgan yil sifatida tarixda qolayotir. Bu yilda og‘ir yo‘qotishlarni boshdan kechirdik. Ahil­ligimiz, oqilligimiz, inoqligimiz, eng muhimi, Birinchi Prezidentimiz Islom Abdug‘aniyevich Karimov shakllantirib ketgan mustahkam tizim jahon hamjami­yati ko‘z oldida yana bir marta jiddiy sinovdan o‘tdi…

nishmandona yondashuvlari tufayli bunday ofat-lardan yiroqda bo‘lgan Vatan vakillarimiz!

Xorijga yo‘l olgan sayyoh-u ishbilarmon vatan-doshlarimiz: «Qayerdansiz?» – degan savolga «O‘zbekistondanman» – deb javob bera boshla-ganlariga ham yigirma besh yildan oshdi. Shu vaqt mobaynida iqtisodi mutlaqo falaj ahvolda bo‘lgan, qoloq, mustamlaka bir mamlakatdan sa-noati rivojlangan, iqtisodiy jihatdan mustahkam oyoqqa turgan, o‘z harbiy kuch-qudratiga ega mamlakat sifatida qaror topdik.

Yuzlab yillar mobaynida oyoqosti bo‘lgan, toptalgan, yerga urilgan qadriyatlarimiz, urf-odat, an’analarimiz, huvillab yotgan muqaddas yod-gorliklarimiz o‘z jamolini qaytadan ko‘z-ko‘z eta boshladi. Ta’bir joiz bo‘lsa, qurigan buloqlar qay-ta ko‘z ochdi…

Birinchi Prezidentimiz ta’kidlaganidek, «Shuni unutmasligimiz kerakki, kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida yaratiladi, boshqacha aytgan-da, xalqimizning ertangi kuni qanday bo‘lishi far-zandlarimizning bugun qanday ta’lim va tarbiya olishiga bog‘liq».

O‘zbekistonda iqtisod va sanoat rivoji bilan bir qatorda ta’lim tizimi ham alohida e’tibor berildi. Qisqa muddat ichida ta’lim tizimining uzluksizli-gi ta’minlandi. Bu borada eng katta ishlar umum-

Abduhamid ABDUAHAD o‘g‘li

Page 5: kitobsevar.uz · 1 MUASSISLAR: O zbekiston Respublikasi Xalq ta limi vazirligi T.N. Qori-Niyoziy nomidagi pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Maktub print

412-son 2016-yil

JARAYON

ta’lim tizimini isloh qilish, mafkura talablariga javob bermay qolgan darsliklarni qayta tuzish, ta’lim standartlarini jahonning rivojlangan mam-lakatlari standartlariga yaqinlashgan, ammo o‘z milliy xususiyatlarini saqlab qola olgan andozalar asosida shakllantirish tarzida amalga oshirildi.

1997-yil 29-avgustda fuqarolarga ta’lim-tar-biya berish, kasb-hunar o‘rgatishning huquqiy asoslarini belgilaydigan hamda har kimning bilim olishdan iborat konstitutsiyaviy huquqini ta’min-lashga qaratilgan «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun qabul qilindi.

«Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari» deb nomlangan 3-moddasida ta’lim-ning respublikamiz ijtimoiy taraqqiyotida ustu-vorligi ta’kidlangan holda ta’lim sohasidagi dav-lat siyosatining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat deb belgilangan:

– ta’lim va tarbiyaning insonparvar, demokra-tik xarakterda ekanligi;

– ta’limning uzluksiz va izchilligi;– umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar

ta’limining majburiyligi;– o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi yo‘na-

lishini: akademik litsey yoki kasb-hunar kollejida o‘qishni tanlashning ixtiyoriyligi;

– ta’lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi;– davlat ta’lim standartlari doirasida ta’lim

olish ning hamma uchun ochiqligi;- ta’lim dasturlarini tanlashga yagona va taba-

qalashtirilgan yondashuv;– bilimdon va iste’dodli yoshlarni rag‘batlan-

tirish;– ta’lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvi-

ni uyg‘unlashtirish.Bu qonunda deyarli har bir masalaga jid-

diy yondashuvni kuzatish mumkin. Qonunning 4-moddasida «Bilim olish huquqi» borasida so‘z yuritilgan bo‘lib, jumladan, shunday deyiladi:

«Jinsi, tili, yoshi, irqi, milliy mansubligi, e’tiqo-di, dinga munosabati, ijtimoiy kelib chiqishi, xiz-mat turi, ijtimoiy mavqei, turar joyi, O‘zbekiston Respublikasi hududida qancha vaqt yashayotgan-ligidan qat’i nazar, har kimga bilim olishda teng huquqlar kafolatlanadi».

Bugun chorak asr ortga nazar tashlar ekanmiz, ushbu qonun shunchaki qabul qilinmaganligiga, aksincha, Vatan manfaatlari, xalq xohish-istakla-rini inobatga olgan hukumatimiz tomonidan o‘z millatining boshqalardan kam bo‘lmasligi uchun

katta sa’y-harakatlar qilingani va qilinayotganligi-ga iqror bo‘lamiz.

Odatda kishining yutuqlari yoki kamchiliklari o‘ziga bilinmaydi. Lekin chetdan qaragan kishi buni bir og‘iz gap bilan e’tirof etishi mumkin. Aynan shu e’tirofl ar jahonning nufuzli tashkilot-lari, obro‘-e’tiborli shaxslari tomonidan takror-tak-ror ta’kidlab kelinmoqda. Ayni paytda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi bo‘lgan Pan Gi Mun “O‘zbekiston qonun va inson huquqlarini, onalik va bolalikni himoya qilish, ta’lim tizimini takomillashtirish borasida ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritdi. Bularning zamirida inson manfaatlari aks etgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar yotadi”, deb ta’kidlaganida haq edi.

Gohida masalaga nihoyatda yuzaki qaraydigan, shu yurtda yashab uning rivoji uchun fi doiylar-cha mehnat qilish o‘rniga chetda turib olib bar-cha ezgu ishlarga ko‘z yumuvchi, aniqrog‘i, o‘z manfaatini xalq manfaatidan ustun qo‘ygan va buning oqibatida o‘z xalqiga begona bo‘lib qol-gan “vatanparvarlar”ning tirnoq ostidan kir qidi-rib yozg‘irishlariga yoqa ushlamay iloj yo‘q. Bun-daylarning gap-so‘zlariga e’tibor qilishning o‘zi vaqtni behuda sarfl ashdan boshqa narsa emas. Bu borada xalqimiz yana topib aytgan: “It huradi, karvon o‘tadi”...

Fotosurat insoniyatning ajoyib kashfi yotlaridan biri. Bu orqali o‘tmishga aniq dalillar asosida na-zar solish, o‘ziga yarasha xulosalar qilish mumkin. Bugun yurtimizning, xalqimizning quri lish, texni-ka, sanoat, iqtisod borasida nechog‘lik taraqqiy et-ganini javonimizdagi shaxsiy albomlarni varaqlab ham bilib olish mumkin. Va, albatta, shunday qi-lish lozim. Bu ermakka o‘xshab ko‘rinar, ehtimol. Biroq totalitar tuzum davrida, har qan day soha, har qanday yo‘nalishda bir xil qoliplar asosida yashab, fi krlashga deyarli o‘rganib qolgan albom egasiga suratlar tomoshasi shukronalik hissini singdirsa, mustaqil mamlakatning hur fi krli vakili bo‘lgan bugunning egalarida milliy g‘urur, milliy iftixor tuyg‘ularini uyg‘otishi aniq...

O‘zbekning qon-qoniga singib ketgan tuy g‘u-lar bor. Bular: shukronalik, qanoat, sabr-bardosh, vazminlik va bag‘rikenglikdir. Dunyoda gi bosh-qa xalqlarda bu tuyg‘ular yo‘q degan da’vodan o‘zimizni yiroq tutgan holda ta’kidlashni istar edikki, ayni paytdagi mamlakatimiz va xalqimiz

Page 6: kitobsevar.uz · 1 MUASSISLAR: O zbekiston Respublikasi Xalq ta limi vazirligi T.N. Qori-Niyoziy nomidagi pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Maktub print

5

JARAYON

erishgan yutuqlar zamirida, osmonimiz musaf-foligi, tinchligimiz barqarorligida aynan shu tuyg‘ularga ega xalqimiz turadi.

Qanoat qilmagan, sabrdan yiroq, shukrona ni-maligini bilmagan xalqlarning holi ne bo‘lgani va bo‘layotgani barchaga ayon. O‘zganing kulfatidan o‘ziga baxt qidirganlar, qo‘shnining yonayot-gan uyi olovida qo‘l isitishni xohlovchilar hami-sha bo‘lgan. Turli ig‘volarni, hiyla-nayranglarni o‘ylab topib, otani bolaga, akani ukaga qarshi qayrayotgan “kaslar” gohida o‘z maqsadiga erish-ganini ham kuzatish mumkin.

Ayni paytda O‘rta Sharq, arab mamlakatlari hatto Ovro‘poning ham ba’zi mamlakatlarida ku-zatilayotgan siyosiy-iqtisodiy bo‘hronlar, inson tomonidan amalga oshirilayotgan xunrezliklar, vahshiyliklar barchamizni hushyor bo‘lishga un-daydi.

Yuqorida ta’kidlaganimizdek, 2016-yilda xalqimiz ulkan yo‘qotishlarga uchradi. Ota-bobo-larimiz yillar mobaynida orziqib kutgan mustaqil-lik me’mori bo‘lgan, o‘zbek xalqini hech qanday qon to‘kishlarsiz, bir dona o‘q otmasdan, tinch-

lik va totuvlikni saqlagan holda qullik zanjiridan xalos qila olgan, eng muhimi mustaqil davlat, o‘ziga ishongan xalq sifatida mustahkam oyoqqa tura olgunga qadar asrab-avaylashni eplay bilgan, oxir-oqibatda xalqi tomonidan “Ota” degan haqli e’tirofga sazovor bo‘lgan zotdan ayri lish rostdan ham ulkan yo‘qotish edi.

Yaratganga shukrki, mamlakatimiz hukumati vaziyatni darhol nazorat ostiga oldi. Yurtboshimiz o‘zidan munosib izdoshlarni qoldirganiga qisqa vaqt ichida amin bo‘ldik. Ko‘p sonli xalqimiz tomonidan saylangan Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev o‘z ustozi yo‘lini davom ettirib, mamlakatimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligi yo‘lida kuch-g‘ayrat bilan ish boshla-di. Shu tariqa oldindagi vazifalar belgilab olindi.

Ta’lim, tibbiyot, energetika, yo‘lsozlik, trans-port, aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish, qishloq joylarda turmush sharoitlarini yanada yaxshilash, sanoat rivojini qo‘llab-quvvatlash, mamlakat iqti-sodiyotining asosiy tayanchlaridan biriga aylana-yotgan kichik biznes subyektlari va xususiy tadbir-korlar manfaatlarini himoya qilish, eng muhimi, xalq bilan yanada yaqin munosabat o‘rnatish ayni paytda Prezidentimiz va hukumatimiz o‘z oldiga qo‘ygan dolzarb masalalardan biridir.

Kirib kelayotgan 2017-yilning “Xalq bilan mu-loqot va inson manfaatlari yili”, deb e’lon qilini-shini shu vazifaning isboti sifatida qabul etish mumkin...

O‘rta avlod vakillari ta’lim olgan maktablar o‘rnida qad rostlagan zamonaviy maktablar, lit-sey-kollejlar, yangi-yangi tashkil etilgan institut va universitetlar, hamisha faxr ila tilga olish mumkin bo‘lgan turli sanoat korxonalari, farovonlik timso-li bo‘lgan imoratlar hamda bozorlarimiz to‘kinli-gi O‘zbek xalqi ayni paytda barqaror rivojlanish yo‘lidagi xalq ekanligidan dalolat beradi.

Umuman olganda, mustaqillik yillarida ta’lim tizimida erishgan natijalar O‘zbekistonning har bir fuqarosiga faxr-iftixor bag‘ishlaydi. Shun-day ekan, biz o‘z maqsadimizda sobit, ahdimiz-da qat’iy, tanlagan yo‘limizdan aslo og‘ishmagan holda qadam tashlashimiz lozim. Toki, O‘zbekis-ton Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov aytganidek, “Farzandlarimiz biz dan ko‘ra kuchli, bilimli, dono va, albatta, baxtli bo‘lishlari shart!”

BUGUNGI HOLAT

AVVALGI HOLAT

BUGUNGI HOLAT

AVVALGI HOLAT

BUGUNGI HOLAT

AVVALGI HOLAT

Page 7: kitobsevar.uz · 1 MUASSISLAR: O zbekiston Respublikasi Xalq ta limi vazirligi T.N. Qori-Niyoziy nomidagi pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Maktub print

612-son 2016-yil

E’TIROF

D u n y o d a g i olimlarni ikki toifaga bo‘lish mumkin. Bir-lari ma’lum bir sohani tanlab, yoq tirib bir umr shu soha-da tadqiqot olib boradilar. Ikkin-chilari tezroq mashhur bo‘lish uchun o‘zla rini

turli sohaga uradi. Dunyo olimlari ning e’tirofi-cha, taraqqiyot uchun, rivojlanish uchun birin-chi toifadagi olimlar bashariyatga ko‘proq foyda keltiradilar. Ular jamiyat uchun yangi qo‘llanma, zarur ishlanmalar yaratadilar. Agar bu mezonni zukko olim, tolmas tadqiqotchi Vahob Rahmon-ga nisbatan qo‘llaydigan bo‘lsak, u birinchi toi-fadagi olimlar sira siga kirishi shubhasiz. Olim o‘zining yetmish besh yillik umri, qirq besh yil-lik ilmiy faoliyati davomida asosan matnshunos-lik bilan shug‘ullanib, olimlar, ayniqsa, o‘qituv-chilar, noshirlar, keng jamoatchilik orasida hur-mat qozondi. Xalqimiz orasida mumtoz adabi-yot bilimdoni sifatida tanildi. Vahob Rahmon matnshunoslikda quyi dagi masalalar muhimli-gini ta’kidlaydi:

1. Qo‘lyozmani to‘g‘ri o‘qiy olish;2. Din tarixini yaxshi bilish;3. Matn mazmuniga e’tibor berish;4. Badiiy san’atlardan xabardor bo‘lish;5. Aruz vaznlaridan xabardor bo‘lish. Avvalo, olimning o‘zi bu masalalarga jiddiy

va sinchkovlik bilan e’tibor beradi.1. Matnshunoslikning birinchi sharti – qo‘l­

yozmani to‘g‘ri o‘qiy olish lozim. Olim qo‘lyozmani tushunib qiynalmasdan

o‘qiy olgani uchun “G‘aroyib us-sig‘ar”dagi quyidagi baytda:Nafsing etsa sho‘xlug‘ charx emgakidin qil adab,Tifni­andoqki zajr aylar falak birla adib.

MATNSHUNOS OLIMErgash UMAROV,

filologiya­fanlari­doktori,­professor

Noshirlar bolalarni jazolash asbobi – falaqni osmon ma’nosidagi falak tarzida noto‘g‘ri o‘qi-ganliklarini zukkolik bilan payqaydi. Baytda falaq falak shaklida yozilgani uchun bayt maz-muni mavhum bo‘lib qolgan: nafsing sho‘xlik qilsa, falak ya’ni osmon birla adabini berib qo‘y. Vaholanki, bu baytda shoir nafsing sho‘xlik qil-sa falaq ya’ni bolalarni jazolash asbobi bilan ada bini berib qo‘y, demoqda.

Vahob Rahmon Abdulla Avloniyning “Tosh-kent tongi” to‘plamidagi quyidagi baytni o‘qi-gach:

Bulbuli sho‘ridani dom ila hur kutmak abas,Yoshlig‘ gul g‘unchasin ochmay gulob etmak abas.

noshir qo‘rqitmoq ma’nosidagi hurkutmak so‘zi-ni ikkiga bo‘lib, hur kutmak shaklida noto‘g‘ri o‘qiganligini qayd etadi. Bu yerda ham tuzatish olimning qo‘lyozmani yaxshi o‘qiy olishi tufayli ro‘y bergan.

“Mahbub ul-qulub” asarining quyi dagi bay-tida:

Jahondorlarg‘a sipehr intiboh,Valiy ahli faqr ollida xoki roh.

olim valiy so‘zi vale bo‘lgandagina bayt ma’no-si aniq bo‘lishini ta’kidlaydi: “Lekin darveshlar oldida u (Husayn Boyqaro) o‘zini tuproqday tu-tardi”. Aks holda valiy darveshlar oldida yo‘l tuprog‘idur degan mantiqsizlik chiqadi.

Quyidagi baytda:

Silk etak zarrishta birla gul to‘qulg‘on jinsdin,Kim, emas tori chu bo‘lg‘on vaslalig‘ moshobdek.

Vahob Rahmon chuvilgan ma’nosidagi chu-bo‘lg‘on so‘zini ikkiga bo‘lib chu bo‘lg‘on shaklida yozish natijasida xato sodir etilganli-gini ta’kidlaydi. Ushbu so‘z chubulg‘on shak-lida yozilgandagina bayt ma’nosi aniq bo‘ladi: “Zar tolalar bilan gul to‘qilgan matoga eta gingni silki, chunki u torlari chuvalib ketgan yamog‘lik jandangga ham arzimaydi”.

Vahob RAHMON

Page 8: kitobsevar.uz · 1 MUASSISLAR: O zbekiston Respublikasi Xalq ta limi vazirligi T.N. Qori-Niyoziy nomidagi pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Maktub print

7

E’TIROF

2. Matnshunos bayt mazmuniga e’tibor be­rishi kerak.

Olim matnni o‘qiganda ma’no chiqara olma-sa, albatta, qo‘lyozmaga qaraydi, bu yerda bir xato borligini anglaydi. Ma’lumki, arab yozu-vidagi ayrim so‘zlarni ikki xil o‘qish mumkin. Vahob Rahmon quyidagi baytda:Qaddi hajrida g‘amim sham’ini har devorg‘aKim, tayabmen saru andomi bila bo‘lmish qaro.noshirlar سرو - sarv so‘zini saru – boshi ma’no-sida o‘qiganliklari uchun ma’no chiqara olma-gani haqida shunday yozadi: “Yor qaddi judoli-gida g‘amim shamini qaysi bir devorga tayasam, boshi va yuzi bilan qorayib ketdi”. Aslida shoir bunday demoqda: yor qaddi judoligida g‘amim shamini qaysi bir devorga tayasam, devor sarv shaklida qorayib ketadi.

“Badoyi’ul-bidoya”dagi quyidagi baytda:Necha o‘qlasang Navoiy ko‘ngli zaxminroq bo‘lur,Ko‘rmaduk zaxmeki, tikkan soyi bo‘lg‘ay chokrok.noshirlar tikkan so‘zini tekkan shaklida o‘qi-ganlar. Olim ushbu baytda tikkan so‘zi tekkan shaklida yozilganligi uchun ma’no chiqarib bo‘lmasligini, uni tikkan shaklida bo‘lishini ta’kidlab, shunday yozadi: “Navoiy ko‘ngliga har qancha o‘q otsang, shunchalik ko‘p yaralana-di: tikkan sayin so‘kilib ketaveradi”.

Agar ikkinchi misradagi tikkan tekkan shak-lida o‘qilsa, ma’no chiqmasligini, o‘quv chining ensasi qotishini ta’kidlaydi: “O‘q tekkan sa yin jarohati ko‘payadigan jarohatni ko‘rmadik”, deyishda mantiq yo‘q-ku!

Olim jurm – gunoh, jirm – jussa, gavda, vu-jud ekanligi, ularni farqlamaslik qo‘pol xatolar-ga olib kelishini ta’kidlab, quyidagi baytni kel-tiradi:

Dudi ohim chiqqali oy yuzinda bo‘ldi nishon,Ohi oshiqni ko‘rungkim, jurmi moh o‘rtadi.

Agar baytda jurm – gunoh so‘zi qo‘llangan deb hisoblasak, misra mazmuni mavhum chiqa-di: sho‘rlik oy nima gunoh qilgan ekanki, oshiqni o‘rtab yuboripti. Agar jurm o‘rniga jirm – gavda, jussani qo‘ysak, misra mazmuni aniq bo‘ladi: “Oshiq ohining kuchini ko‘ringki, oyning vuju-dini o‘rtab yuboribdi”.

3. Matnshunos din tarixini yaxshi bilishi lozim.

Mumtoz asarlar nashrida dinni bilmaslik qo‘pol xatolarga olib kelishi mumkin. Vahob Rahmon Nodira devonidagi quyidagi:Sabo sorig‘a gar tushsa guzoring nogoh, ey hud-hud,Sulaymon sori bilqis kuyidin bir marhabo keltur.baytini tahlil qilar ekan, noshir Bilqisni kichik harfda yozib, uning buyum ma’nosida bo‘lib qolganligini ta’kidlaydi. Sulaymon Sabo o‘lka-sidan Bilqis ismli malikani olib kelib, unga uyla-nadi. Bilqisni tanimagan noshirlar uni buyumga aylantirib yuborishgan.

“Navodir un-nihoya” noshirlari Ka’ba muaz-zini Hazrati Bilolni bilmaganlari uchun uni hilol shaklida o‘qiganliklarini quyidagi bayt orqali izohlaydi:

Qoshingda xolning ovozasin eshitmish edim,Bu Ka’ba toqiyu ul pur hilol emish, bildim.Olim aslida bu bayt quyidagicha bo‘lishi

lozimligini ta’kidlaydi:Qoshingda xolning ovozasin eshitmish edimBu Ka’ba toqiyu ul bir – Bilol emish, bildim. “Mahbub ul-qulub”dagi quyidagi jumlada:

“... bu jahl zulmati jilva va zuhur qildi”. Muhammad alayhissalomning yovuz dushman-lari Abu Jahlni kichik harflar bilan yozganlari tufayli matn mazmuni mavhum bo‘lib qolgan. Bu yerda ham noshirga din tarixidan bexabarligi pand bergan.

4. Matnshunos she’riy san’atlardan xabar­dor bo‘lishi kerak.

She’riy san’atlarni yaxshi biladigan olim quyidagi baytdagi:

Bosh qo‘yay dedim oyog‘i tufrog‘iga, dedi: “Qo‘y”,

Bo‘sa istab la’li rangin so‘rdum ersa, dedi: “Ol!”.qo‘y so‘zini iyhom san’ati orqali ikki ma’no: 1. qo‘ygin va qo‘yma; 2. ol so‘zini qizil va bo‘sa berishga rozilik; 3. rangin so‘zini alvon va rang, tus; 4. so‘rdum so‘zini so‘radim va so‘rdim kabi ma’nolarda ishlatilganligini ta’kidlab, baytni sakkiz ma’noda sharhlash mumkinli gini ko‘rsa-tib beradi. Daho shoir g‘azallarini ana shun-day izohlagandagina uni buyukligini ko‘rsatish mumkin.

Shermuhammad Munisning quyidagi baytida:Ko‘z qaro qilma g‘ayr qonig‘a,Qonim ich qona-qona, ey qaro ko‘z.

Page 9: kitobsevar.uz · 1 MUASSISLAR: O zbekiston Respublikasi Xalq ta limi vazirligi T.N. Qori-Niyoziy nomidagi pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Maktub print

812-son 2016-yil

E’TIROF

o‘n to‘rtta badiiy san’at ishlatilganligini ko‘rsatib beradi (Ayrim misollar keltiramiz).

Birinchisi: bayt “ko‘z” so‘zi bilan boshlanib, shu so‘z takrori bilan yakunlangani uchun tasdir san’ati bo‘ladi;

ikkinchisi: birinchi misra oxiridagi “qon” so‘zi ikkinchi misrani boshlab takrorlanmoqda – tasbe san’ati;

uchinchisi: birinchi misradagi “ko‘z qaro” so‘zlari o‘rin almashib ikkinchi misrada “qaro ko‘z” tarzida takrorlanmoqda: tardi aks san’ati;

to‘rtinchisi: “ko‘z qaro qilmoq” – ibora qo‘llanganki, buning ma’nosi: birovning joniga qasd qilishdir. Baytda ibora qo‘llanilsa – ta’bir san’ati bo‘ladi;

beshinchisi: bir so‘z yonma-yon chiziqcha orqali takrorlansa, masalan, “qona-qona”, mu-karrar san’ati bo‘ladi;

oltinchisi: “qonim ich qona-qona” so‘zlarida mubolag‘a san’ati bor;

yettinchisi: baytda “q” tovushi takrori ko‘p bo‘lgani uchun tavzi’ san’ati qatnashgan;

sakkizinchisi: poetikada biror jism yoki kishining bir qismi aytilib butunlik nazarda tutil-sa: sinekdoxa san’ati bo‘ladi. “Qora ko‘z”, ya’ni qora ko‘zli qiz nazarda tutilmoqda;

to‘qqizinchisi: “Ey qora ko‘z” undalmasi birovga nisbatan xitob, murojaatni bildirgani uchun nido san’ati deymiz;

o‘ninchi: “qora ko‘z” birikmasida sifatlash bor;

o‘n birinchi: baytdagi biror so‘z yoki so‘z birikmasi boshqa so‘zlarga nisbatan qattiqroq tovushda aytilsa, iltifot san’ati bo‘ladi: “ey qora ko‘z!”;

o‘n ikkinchi: “qon” va “qona” so‘zlari nis-batida tajnisi zoyid bor;

o‘n uchinchi: bayt mazmunida birovga biror narsa buyurilsa – amr san’ati bo‘ladiki, bu maz-mundan sezilib turibdi;

o‘n to‘rtinchi: baytda birovni biror xat-ti-harakatdan tiyish, qaytarish yoki man etish mazmuni bo‘lsa nahy san’ati bo‘ladi...

Olim quyidagi baytda:Kimki o‘zi ayladi yolg‘on so‘zin,Kizb, der el, chin desa yolg‘on so‘zin.

qofiya yo‘qligi tufayli mantiqsizlik yuz bergan-ligini ta’kidlab, asli bayt quyidagicha bo‘lishli-gini ko‘rsatadi:

Kimki o‘zi ayladi yolg‘on so‘zin,Kizb, der el, chin desa qolg‘on so‘zin.

5. Matnshunos aruzni bilishi kerak.Vahob Rahmon aruz vaznlarini biladi. U

“G‘aroyib us-sig‘ar”dagi quyidagi baytda noma-sin va vahkim so‘zlari aruzga zid nomasidakim shaklida o‘qilgani tufayli xato sodir bo‘lganini ta’kidlaydi:

Nomasindakim ochib solmoq nazar mumkin emas,Chun Navoiy hushi zoyil bo‘ldi unvonin ko‘rub.

Va baytning sahih shaklini keltiradi:

Nomasin, vahkim, ochib solmoq nazar mumkin emas,Chun Navoiy xushi zoyil bo‘ldi unvonin ko‘rub.

Olim quyidagi baytda aruzga zid:

Sayddekkim, chargada yuzlansa har yon kelgay-o‘q,Ahli davrondin kelur ko‘nglumga har yondin jafo.

kamon o‘qi o‘rnida -o‘q yuklamasi ishlatilganli-gi tufayli bayt ma’nosi mavhum bo‘lib qolgan-ligini ta’kidlaydi. Agarda yuklama o‘rnida o‘q bo‘lsa bayt sahih holiga kelishini ta’kidlaydi: “sayddekim, chargada yuzlansa har yon kelgay o‘q, ya’ni “charga ovida o‘nlab ovchilar ov may-donini halqaday o‘rab ovlaydilar. Doira toray-gan sari ov hayvoni qaysi tomonga qochi shini mo‘ljallamasin, o‘sha tomondan unga kamondan o‘q uzmoqchi bo‘lgan sayyodlar ro‘para keli-shadi”.

Vahob Rahmon mard olim. Uning uchun eng muhimi adabiyot va adabiyot bulog‘idan suv ichayotgan el-ulusning zarar ko‘rmasligidir. U matnshunoslik bilan qirq yildan beri shug‘ulla-nadi. Bu haqda u shunday yozadi: “Qirq yildan beri matnchilarimiz mumtoz asarlar matnlarida so‘zni tushuna olmay, o‘qiyolmay, tilda mavjud bo‘lmagan 20000 tacha yangi so‘zlarni “ijod qilib” matnlarga kiritdilar”. Agar har bir xatoni topish uchun bir soatdan vaqt ketgan bo‘lsa, u vaqtda olim 20000 xatoni tuzatish uchun 20000 soat sarflagan bo‘lib chiqadi. Vahob Rahmon hazrat Alisher Navoiy asarlarini sahih qilib tu-zatgani uchun biz unga rahmat aytmog‘imiz lozim. Olimning mehnati tufayli shoir asarlari birinchi marta deyarli kamchiliksiz nashr bo‘ldi. Bu katta gap. Bu tarixda qoladigan voqea.

Page 10: kitobsevar.uz · 1 MUASSISLAR: O zbekiston Respublikasi Xalq ta limi vazirligi T.N. Qori-Niyoziy nomidagi pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Maktub print

Bu tanishuv parchasidir. Asarning to‘liq versiyasi https://kitobxon.com/oz/asar/2383 saytida.

Бу танишув парчасидир. Асарнинг тўлиқ версияси https://kitobxon.com/uz/asar/2383 сайтида.

Это был ознакомительный отрывок. Полную версию можно найти на сайтеhttps://kitobxon.com/ru/asar/2383