28
KAFEDRA: JAMOAT SALOMATLIGI, SOG'LIQNI SAQLASHNI TASHKIL ETISH VA BOSHQARISH Fan: Jamoat salomatligi va sog'liqni saqlashni boshqarish MAVZU: O'ZBYeKISTON RYeSPUBLIKASIDA SANITARIYa- EPIDYeMIOLOGIYa XIZMATINI TAShKIL ETISh.

KAFEDRA: JAMOAT SALOMATLIGI, SOG'LIQNI ...library.tma.uz/uum2/JSSSTB/Aliyeva/3. Amaliy mashgulotlar...KAFEDRA: JAMOAT SALOMATLIGI, SOG'LIQNI SAQLASHNI TASHKIL ETISH VA BOSHQARISH Fan:

  • Upload
    others

  • View
    32

  • Download
    0

Embed Size (px)

Citation preview

  • KAFEDRA: JAMOAT SALOMATLIGI, SOG'LIQNI SAQLASHNI TASHKIL ETISH VA BOSHQARISH

    Fan: Jamoat salomatligi va sog'liqni saqlashni boshqarish

    MAVZU: O'ZBYeKISTON RYeSPUBLIKASIDA SANITARIYa-EPIDYeMIOLOGIYa XIZMATINI TAShKIL ETISh.

  • • Davlat sanitariya –epidemiologiya xizmati muassasalari O'zbekiston Respublikasi xududida joylashgan qaysi idoraga buysinishidan, mulkchilikning shaklidan qat'iy nazar, barcha davlat idoralari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalarning sanitariya normalari, qoidalari va gigiyenik normativlarga rioya etishlari ustidan davlat sanitariya nazoratini amalga oshiradi.

  • • SANITARIYa VA EPIDYeMIOLOGIYa XIZMATINING TAShKILIY VA BOShQARUV ShAKLLARI

    • Ichki ishlar xalq komissiryatining tibbiy qismlar ustidan boshqaruvi (sog'liqni saqlash xalq komissariyati tashkil etilgunicha).

    • Sog'liqni saqlash xalq komissariyati tarkibida sanitariya–epidemiologiya seksiyalari (1922 yilgacha)

    • Birinchi sanitariya stansiyasi (Gomel 1922 yil ) • Sanitariya epidemiologiya stansiyalarining keng

    miqiyosida tashkil etila boshlanishi. Sanitariya epidemiologiya stansiyalari mustaqil tashkilot sifatida (Ukraina, 1931 yil).

  • • Sanitariya epidemiologiya stansiyalari. Davlat sanitariya inspeksiyasi.

    • Sanitariya-epidemiologiya xizmati turli elementlarining bitta qilib birlashtirilishi, ya'ni kompleks tashkilot–sanitariya epidemiologiya stansiyasi muassasalarining tashkil qilishi.

    • Qishloq tumanlarida mustaqil Sanitariya epidemiologiya stansiyalarining tugatilishi va tuman markaziy kasalxonalarida sanitariya–epidemiologiya bo'limlarining vujudga keltirilishi. (1956 yildan)

    • Qishloq tumanlarida mustaqil tuman Sanitariya epidemiologiya stansiyalarining tashkil etilishi.(1965-1966 yillar Samarqkand)

  • • Prinsiplari: Davlat Sanitariya epidemiologiya nazorat markazlari tashkil etishning asosiy prinsiplari va faoliyati

    • 1. Sanitariya–epidemiologiya xizmati tashkilot va muassasalari faoliyatining davlat tasarrufidaligi.

    • 2. Sanitariya chora-tadbirlari va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarning ilmiy-rejaviy asosi.

    • 3. Joriy va ogohlantiruvchi sanitariya nazoratining birligi.

    • 4. Epidemiyaga qarshi va sanitariya chora-tadbirlarning birligi.

  • • 5. Chora-tadbirlarning qishloq va shahar joylarida tashkiliy jihatdan birligi.

    • 6. Sanitariya-profilaktik va epidemiyaga qarshi faoliyatlar ustidan boshqaruvning birligi.

    • 7. Sanitariya profilaktik va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni o'tkazishda barcha tibbiy tashkilotlarning ishtirok etishi.

    • 8. Tibbiy bilimlarni targ'ibot qilish va sanitariya-sog'lomlashtirish ishlarida aholining ham ishtirok etishi.

  • • Tashqi muhitni sog'lomlashtirish, qishloq va shaharlarni, aholi turar joylarini, sanoat-korxonalarini sanitariya jihatdan obodonlashtirish, kasbga oid va yuqumli kasalliklarni oldini olish, aholi sanitariya madaniyatini oshirish bo'yicha O'zbekistonda katta ishlar amalga oshirilmoqda.

  • • Profilaktika sog'liqni saqlashning asosiy prinsipi sifatida, birinchi navbatda yuqumli kasalliklarni ommaviy ravishda tarqalishiga qarshi kurash sifatida namoyon bo'ladi, keyin esa kasbiy kasalliklarni oldini olishga, sanoat korxonalarida ishlovchi ishchi xizmatchilarni ustivor tibbiy xizmat bilan ta'minlashga qaratilganligi bilan ajralib turadi.

  • • Davolash profilaktika muassasalarning profilaktik faoliyati asosan aholi orasidagi kasalliklarni barvaqt aniqlash, profilaktik ko'rik o'tkazish, dispanser nazoratiga olish, emlash, aholini tibbiy-gigiyenik jihatdan tarbiyalashga qaratilgan bo'lmog'i zarur.

    • Sanitariya-epidemiologiya xizmati muassasalari aholining turmush sharoitini, mehnat, yashash, ovqatlanish, atrof-muhit holatini sog'lomlashtirish, yanada yaxshilash bo'yicha xalq-xo'jaligi ob'yektlarida sanitariya nazoratini olib borish orqali umumjamiyat profilaktikasi bilan shug'ullanadi.

  • • Profilaktika o'z ichiga to'rtta yo'nalishni kamrab oladi:

    • — sanitariya-gigiyenik, ya'ni tabiiy, ishlab chiqarish va turmush sharoitini sog'lomlashtirish xizmati;

    • — sog'lom turmush tarzini shakllantirish; • — funksional-biologik risk omillarini

    aniqlash, kamaytirish, yo'qotish;

    • — davolash-sog'lomlashtirish.

  • • Yuqorida ta'kidlaganimizdek, tibbiyotda hozirgi kunda birlamchi profilaktika (kasalliklarni keltirib chiqaruvchi sabablarning oldini olish),ikkilamchi proflaktika (kasalliklarni rivojlanishi, qaytalanishiga sabab bo'luvchi shart-sharoitlarni va omillarning oldini olish va yo'qotish) va uchlamchi profilaktika (nogironlik va o'limni oldini olish, surunkali xastalikka chalinganlarni turmush-hayot sifatini yaxshilash) farqlanadi.

  • • Ilmiy texnik progress natijasida tibbiyotdagi insonlarning ishlab chiqarish faoliyatidagi, hayotidagi o'zgarishlar sanitariya -epidemiologiya xizmati tashkilotlari oldiga quyidagi vazifalarni qo'yadi:

    • xalq xo'jaligiga tadbiq etilayotgan barcha yangiliklarga o'z vaqtida gigiyenik va ergonomik jihatdan baho berish;

    • har xil ob'yektlardan tashqi muhitga chiqarilayotgan zaharli moddalar, chiqindilarni va omillarni nazorat qilish usullarini va yo'l qo'yilishi mumkin bo'lgan Qonsentratsiyalar me'yorini ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq etish;

    • aholining mehnat, turmush sharoitini yaxshilash bo'yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar va tadbirlarni amalga oshirish, ularning ustidan nazorat o'rnatish;

  • • Aholi salomatligiga ta'sir etuvchi quyidagi tashqi muhit omillarini alohida qayd etish lozim:

    • atmosfera havosi, tuproq, aholi yashash joylaridagi suv va suv havzalarining sanitariya holatini nazorat qilish;

    • aholini suv, toza ichimlik suvi bilan ta'minlash masalalari; • aholining ovqatlanish sharoitlarini yaxshilash, bunda ikki

    narsani alohida nazarda tutish kerak: ratsional, oqilona ovqatlanish: aholining yoshi va salomatligiga mos holdagi to'laqonli ovqatlanish va sog'lom ovqat iste'mol qilish, ya'ni ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayoni, saqlash, bir joydan ikkinchi joyga olib borish, sotish jarayonida har xil kimyoviy moddalar va mikroblar bilan zararlanishining oldini olish

  • • bolalarning rivojlanishini va tarbiyalanishni ularning yoshiga va jinsiga fiziologik holatiga mos ravishda olib borish;

    • radiatsion fon ustidan nazorat o'rnatish;

    • Har bir keltirilgan vazifalarni bajarish yo'lida sanitariya - epidemiologiya xizmati tashkilotlari tegishli davlat sanitariya nazoratini olib boradilar.

  • • Hozirgi davrda mamlakatimizda sanitariya -epidemiologiya xizmati

    • tashkilotlarini faoliyatini takomillashtirish va ularning samaradorligini oshirish bo'yicha quyidagi muhim vazifalarni amalga oshirish lozim:

    • davlat sanitariya nazoratining samaradorligini oshirish; • sohani strukturaviy tizimi va boshqaruvini takomillashtirish; • soha faoliyatining huquqiy asoslarini mustahkamlash; • davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlarining ish

    uslubi va shakllarini yaxshilash, xalq xo'jalik ob'yektlari bo'yicha olib borilayotgan tashkiliy va nazorat ish uslublarini samaradorligini oshirish;

  • • sanitariya-epidemiologiya tadbirlarini rejalashtirish va ularni yanada muvofiqlashtirish;

    • Davlat sanitariya epidemiologiya nazorat markazlari ularning bo'limlari va mutaxassislarini faoliyatini baholashning yangi uslublarini ishlab chiqish va tadbiq etish.

    • Sanab o'tilgan vazifalar davlat sanitariya -epidemiologiya nazorati markazlarining faoliyatini hozirgi davrda qayta qurish bo'yicha asos o'lib xizmat qiladi.

  • • O'zbekiston Respublikasining «Davlat sanitariya nazorati to'g'risida”gi qonunida hamda «O'zbekiston Respublikasida sog'liqni saqlashni isloh qilishning davlat dasturi»da sanitariya -epidemiologiya xizmati muassasalari va tashkilotlari tizimini, ularning faoliyatini qayta ko'rish, davlat sanitariya nazoratini samaradorligini oshirish bo'yicha asosiy vazifalar belgilab berilgan.

  • • O'zbekistonda sanitariya-epidemiologiya xizmatini tashkil etishning asosiy tamoyillari

    • Sanitariya-epidemiologiya xizmati davlat xarakteriga ega. Barcha sanitariya nazorati tizimi davlat xarakteriga ega. Aholi salomatligi bilan bog'liq bo'lgan har qanday ijtimoiy va xalq xo'jaligidagi tadbirlar sanitariya tashkilotlarining bevosita ishtirokida olib boriladi.

  • • Sanitariya-epidemiologiya xizmati tashkilotlarini mablag' bilan ta'minlash asosan davlat byudjeti hisobidan qoplanadi. Barcha davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlari davlatga bo'ysunadi va xususiylashtirilmaydi. Ilmiy asosda ishlab chiqarilgan sanitariya-gigiyenik me'yorlar va qoidalar mulkchilikning shaklidan yoki muassasalarning u yoki bu sohaga bo'ysunishidan qat'iy nazar barchasi uchun bir xil bajarilishi shart deb hisoblanadi.

  • • Sanitariya-profilaktika va epidemiyaga qarshi tadbirlarni ilmiy va aniq reja asosida olib borish prinsipi, bu esa o'z navbatida aholi salomatligiga ta'sir etuvchi har xil tashqi muhit omillarini muntazam reja asosida o'rganib borishni, aholining mehnat va turmush sharoitini yaxshilashga qaratilgan sanitariya me'yorlari va qoidalarni ishlab chiqishni, hamda sanitariya-sog'lomlashtirish ishlarini epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni reja asosida olib borishni taqozo etadi.

  • • Shahar va qishloq joylarida tashkil etilayotgan sanitariya profilaktik va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni birlik prinsipi.

    • Umum davlat miqyosida sanitariya-gigenik va epidemiologik vazifalarni muvaffaqiyatli bajarilishini ta'minlash uchun shahar, qishloqlarda sanitariya-epidemiologiya xizmati tashkilotlarining faoliyat yo'nalishidagi maqsad va vazifalarining birligiga erishiladi.

  • • Sanitariya-profilaktik va epidemiyaga qarshi faoliyatning boshqaruv birligi prinsipi. Sanitariya-profilaktik va epidemiyaga qarshi olib borilayotgan barcha ishlar barcha Davlat Sanitariya epidemiologiya nazorat markazlari orqali boshqariladi va mujassamlashtiriladi.

  • • Ogohlantiruvchi va joriy sanitariya nazoratining birlik prinsipi. Mamlakatimizdagi barcha sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlarining asosiy funksiyasi ogohlantiruvchi va joriy sanitariya nazorati hisoblanadi va ushbu muassasalar orqali amalga oshiriladi.

  • • Barcha tibbiyot muassasalarini sanitariya profilaktik va epidemiyaga qarshi tadbirlarni o'tkazishda ishtirok etish prinsipi.

    • O'tkazilayotgan tadbirlarda nafaqat sanitariya tashkilotlari, balki shu hududda joylashgan barcha tibbiyot muassasalarining ishtirok etishi muhim prinsiplardan biri hisoblanadi. Mahalla vrachi, hamshiralari va mutaxassis vrachlarning, sanitariya vrachlari va epidemiologlar bilan hamkorlikdagi sanitariya va epidemiyaga qarshi sanitariya-epidemiologiya muassasalari bilan birgalikdagi reja asosida olib borayotgan ishlari aholiga ko'rsatilayotgan tibbiy-profilaktik xizmatning sifati va samaradorligini belgilaydi.

  • • Sog'lom turmush tarzi ko'nikmalarini hosil qilishda, oilaviy sog'lomlashtirish ishlarini olib borishda aholining ishtiroki.

    • Ushbu prinsip barcha sanitariya -gigiyenik va epidemiyaga qarshi o'tkazilayotgan tadbirlar jamiyat orasidagi sog'lomlashtirish va profilaktik choralarni amalga oshirishda, aholining bevosita ishtirokini nazarda tutadi.

  • • Aholining bunday ishtiroki turli xil bo'lib: tibbiyot muassasalaridagi shifoxona kengashi, «Qizil xoch» va «Qizil yarimoy» jamiyatlari, «Sog'lom avlod xayriya» jamg'armasi, «EKOSAN» o'tkazayotgan tadbirlarni aholi ishtirokisiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Xuddi shunday sanoat korxonalari, shirkatlar uyushmasi, mahalla qo'mitalarida sanitariya faollari, hokimiyatlar qoshida, xalq deputatlari kengashlari, sog'liqni saqlash qo'mitalari faoliyat ko'rsatmoqda.

  • • Adabiyotlar. • 1.Serenko A.F., Yermakov V.V. «Sotsialnaya gigiyena i organizatsiya

    zdravooxraneniya», Moskva, 1984 g. • 2.Lisitsin Yu.P., Kopit N.Ya. «Rukovodstvo k prakticheskim

    zanyatiyam po sotsialnoy gigiyene i organizatsii zdravooxraneniya», Moskva, 1984 g.

    • 3.Ukaz Prezidenta Resubliki Uzbekistan ot 2.03.1998g. «Ob usilenii otvetstvennosti za narusheniye sanitarnogo nadzora».

    • 4.Prikaz Minsterstvo zdrovooxraneniya Respubliki Uzbekistan «O merax po povisheniyu effektivnosti Gosudarstvennogo sanitarnogo nadzora». 16 aprelya 1998g.g.Tashkent.

    • 5.O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni Saqlash Vazirligining buyrug'i.№ 710. 02.12. 1999 y. Toshkent.

    • 6.O'zbekiston Respublikasining «Davlat Sanitariya Nazorati to'g'risidagi» qonuni. Toshkent.1992 y.

  • E'TIBORINGIZ UChUN RAXMAT !