35
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI RESPUBLIKA TA’LIM MARKAZI O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirliklarining 2010 yil _____ iyundagi qo‘shma hay’at majlisi qarori bilan tasdiqlangan “MILLIY ISTIQLOL G‘OYASI: ASOSIY TUSHUNCHA VA TAMOYILLAR” TURKUMIGA KIRUVCHI FANLARDAN UZVIYLASHTIRILGAN O‘QUV DASTURINI JORIY ETISH BO‘YICHA TAVSIYALAR (Prezident Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat – yenglimas kuch” kitobining mazmunini singdirish asosida) TOSHKENT-2010

Milliy g'oya

Embed Size (px)

Citation preview

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI RESPUBLIKA TA’LIM MARKAZI

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirliklarining 2010 yil _____ iyundagi qo‘shma hay’at majlisi qarori bilan tasdiqlangan

“MILLIY ISTIQLOL G‘OYASI: ASOSIY TUSHUNCHA VA TAMOYILLAR” TURKUMIGA KIRUVCHI FANLARDAN

UZVIYLASHTIRILGAN O‘QUV DASTURINI JORIY ETISH BO‘YICHA TAVSIYALAR

(Prezident Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat – yenglimas kuch”

kitobining mazmunini singdirish asosida)

TOSHKENT-2010

2

MUNDARIJA 1. Kirish............ ................................................................................. ...3 2. 1-sinf “Odobnoma” fani dasturiga kiritilgan o‘zgartirishlar... ...5 3. “1-sentabr Mustaqillik kuni” dars ishlanmasi...................... ...6 4. 2-sinf “Odobnoma” fani dasturiga kiritilgan

o‘zgartirishlar................................................................................ ...8 5. “ “Tartib” dars ishlanmasi........................................................... 8 6. “Do‘stlik” dars ishlanmasi. ........................................................ ...11 7. 3-sinf “Odobnoma” fani dasturiga kiritilgan

o‘zgartirishlar.................................................................................. ...12 8. 4-sinf “Odobnoma” fani dasturiga kiritilgan o‘zgartirishlar

......................................................................... ...13 9. 5-sinf “Vatan tuyg‘usi” fani dasturiga

kiritilgan o‘zgartirishlar.................................... ...................... ...14 10. 6-sinf “Vatan tuyg‘usi” fani dasturiga kiritlgan

o‘zgartirishlar................................................. ........... .................. ...15 11. “O‘zbekiston mening Vatanim, baxtu iqbolim makoni”

dars ishlanmasi............................................................................... 16 12. “Til – ma’naviyat ko‘zgusi” dars ishlanmasi............................... ...21 13. 7-sinf “Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari”

fani dasturiga kiritlgan o‘zgartirishlar.................................. ...23 14. 8-sinf “Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat

asoslari” fani dasturiga kiritilgan o‘zgartirishlar.................. ...26 15. “Ma’naviyat – inson va jamiyat madaniyatining negizi”

dars ishlanmasi.............................................................................. ...27 16. 9-sinf “Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari” fani dasturiga

kiritlgan o‘zgartirishlar................................ ...32 17. “O‘zbekiston – ulkan imkoniyatlar, yangilanishlar

va islohotlar mamlakati”............................................................ 33 18. O‘qituvchilar uchun tavsiya etiladigan adabiyotlar ro‘yxati....... ....34

3

Kirish Umumiy o‘rta ta’limning Davlat ta’lim standartlari O‘zbekiston

Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 16 avgustdagi 390-sonli qarori bilan tasdiqlangan.

“2004–2009 yillarda Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi” doirasida Uzluksiz ta’lim tizimi uchun o‘quv dasturlari, darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarini ko‘rib chiqish hamda yangilarini yaratish bo‘yicha Hukumat komissiyasining 2004 yil 7 iyul 07-1-102-sonli bayoni bilan ishchi guruhlari shakllantirilib, ular tomonidan umumiy o‘rta ta’lim Davlat ta’lim standartlariga berilgan sharhlar qayta ko‘rib chiqilgan.

Tahlillar asosida Davlat ta’lim standartlari bo‘yicha o‘quvchilar o‘zlashtirishi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar bir-biridan ajratildi hamda sinflar kesimida alohida-alohida belgilab berilgan.

“Barkamol avlod yili” Davlat dasturi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisi xizmati va Vazirlar Mahkamasi Ta’lim, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy muhofaza, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar kompleksining 2010 yil 17 martdagi qo‘shma yig‘ilishi bayonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, yuqori kasb mahoratiga ega o‘qituvchilar, yetakchi olim va mutaxassislarni jalb etgan holda, barcha yo‘nalishlar bo‘yicha ishchi guruhlari tuzildi.

Mazkur ishchi guruhlar tomonidan umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining Davlat ta’lim standartlari, o‘quv dasturlari va darsliklari uzviyligi, uzluksizligi hamda o‘quvchilarning yosh va psixofiziologik xususiyatlariga mosligi ikki bosqichda tahlil qilindi.

Birinchi bosqichda (gorizontal tahlil) umumiy o‘rta ta’limda o‘qitiladigan 24 ta o‘quv fani bo‘yicha DTS, o‘quv dasturi va darslik mazmuni sinflar kesimida tahlil qilinib, tegishli xulosa va takliflar tayyorlandi.

Ikkinchi bosqichda (vertikal tahlil) o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida o‘rganilishi davom etadigan 17 ta umumta’lim fanlari, jumladan, “Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar” turkumiga kiruvchi fanlar bo‘yicha umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’limning Davlat ta’lim standartlari, o‘quv dasturlari uzviylik va uzluksizlik jihatidan tahlil qilinib, o‘quvchilarning ta’lim bosqichlarida egallashlari lozim bo‘lgan bilimlarining hajmi optimallashtirildi.

Jumladan, ishchi guruhlar xulosalari va tahlillari, Ilmiy-metodik Kengash tavsiyalari asosida umumiy o‘rta ta’lim maktablarida “Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar” turkumiga kiruvchi fanlardan jami 96 soat hajmdagi 56 ta mavzu optimallashtirildi.

Shundan, 6-sinf o‘quv dasturidan jami 2 soatlik mavzu o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga mos bo‘lmaganligi sababli kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar o‘quv dasturiga o‘tkazildi.

Sinflar kesimida 94 soat 54 ta mavzu optimallashtirildi. 1-sinf “Odobnoma” dasturida 33 soatni tashkil qilgan 8 ta mavzudan davlat ta’lim standartlari talablariga mos bo‘lmagan 10 soat hajmdagi 4 ta mavzu chiqarilib, o‘rniga 10 soat hajmdagi 6 ta mavzu kiritildi.

4

2-sinf “Odobnoma” dasturida 34 soat hajmni tashkil qilgan 8 ta mavzudan davlat ta’lim standartlari talablariga mos bo‘lmagan 9 soat hajmdagi 4 ta mavzu chiqarilib, o‘rniga 9 soat hajmdagi 6 ta mavzu kiritildi.

3-sinf “Odobnoma” dasturida 34 soat hajmni tashkil qilgan 10 ta mavzudan davlat ta’lim standartlari talablariga mos bo‘lmagan 5 soat hajmdagi 3 ta mavzu chiqarilib, o‘rniga 3 soat hajmdagi 3 ta mavzu kiritildi.

4-sinf “Odobnoma” dasturida 34 soat hajmni tashkil qilgan 7 ta mavzudan davlat ta’lim standartlari talablariga mos bo‘lmagan 11 soat hajmdagi 2 ta mavzu chiqarilib, o‘rniga 11 soat hajmdagi 5 ta mavzu kiritildi.

5-sinf “Vatan tuyg‘usi” dasturida 34 soat hajmni tashkil qilgan 10 ta mavzudan davlat ta’lim standartlari talablariga mos bo‘lmagan 17 soat hajmdagi 5 ta mavzu chiqarilib, o‘rniga 17 soat hajmdagi 6 ta mavzu kiritildi.

6-sinf “Vatan tuyg‘usi” dasturida 34 soat hajmni tashkil qilgan 10 ta mavzudan davlat ta’lim standartlari talablariga mos bo‘lmagan 10 soat hajmdagi 5 ta mavzu chiqarilib, o‘rniga 10 soat hajmdagi 9 ta mavzu kiritildi.

7-sinf “Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari” dasturida 34 soat hajmni tashkil qilgan 24 ta mavzudan davlat ta’lim standartlari talablariga mos bo‘lmagan 10 soat hajmdagi 7 ta mavzu chiqarilib, o‘rniga 10 soat hajmdagi 8 ta mavzu kiritildi.

8-sinf “Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari” dasturida 34 soat hajmni tashkil qilgan 22 ta mavzudan davlat ta’lim standartlari talablariga mos bo‘lmagan 13 soat hajmdagi 6 ta mavzu chiqarilib, 13 soat hajmdagi 7 ta mavzu kiritildi.

9-sinf “Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari” dasturida 34 soat hajmni tashkil qilgan 21 ta mavzudan davlat ta’lim standartlari talablariga mos bo‘lmagan 11 soat hajmdagi 8 ta mavzu chiqarilib, 11 soat hajmdagi 6 ta mavzu kiritildi.

Quyida “Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar” turkumiga kiruvchi fanlardan uzviylashtirilgan o‘quv dasturini amalga joriy etish bo‘yicha tavsiyalar va materiallar berilgan.

Insoniyat taraqqiyot zinapoyalaridan yuqoriga ko‘tarilib borgani sayin, ijtimoiy rivojlanish tezlashadi. Bu esa globallashuvning o‘ziga xos xususiyatlaridan biridir. Ushbu jarayonning salbiy oqibatlaridan biri yoshlarniing qalbi va ongiga bo‘lgan tahdidlardir. Shuning uchun ham bugungi kunda yoshlarimizning qalbi va ongida axborot immunitetini tarbiyalash muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu ma’noda davlatimiz rahbarining “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” kitobi o‘z vaqtida yozilgan asar bo‘ldi.

Mazkur dasturga kiritilgan o‘zgarishlar asosan o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini, psixofiziologik rivojlanishlarini inobatga olgan holda Prezidentimiz Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” kitobidagi konseptual g‘oyalarni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar turkumiga kiruvchi fanlarning predmeti bo‘lgan komil insonni tarbiyalash, ularning ongiga yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, ijtimoiy hamkorlik, dinlararo bag‘rikenglik g‘oyalarini singdirish kabi vazifalarni oddiydan murakkablikka

5

tamoyili asosida amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Shu maqsadda barcha sinflar kesimida birinchi darslar xalqimizning buyuk bayramlaridan mustaqillik kuniga, hamda Vatan mavzulariga bag‘ishlandi. Mazkur darslarni tashkil etish uchun o‘qituvchilar alohida e’tibor bilan tayyorgarlik ko‘rishlari, mustaqillik bayramini mazmun-mohiyatini o‘quvchilarga chuqurroq tushuntirishlari, bunda aniq misollardan, ko‘rgazma vositalaridan unumli foydalanishlari tavsiya etiladi. Mazkur vazifani oqilona yo‘lga qo‘yishni ta’minlash maqsadida quyida ayrim dars ishlanmalari taklif qilingan. Ulardan hududlarning demografik joylashuvini hamda ta’lim muassasasining imkoniyatini inobatga olgan holda ijodiy foydalanishni tavsiya etamiz.

1-sinf “Odobnoma” fani dasturiga kiritilgan o‘zgartirishlar

1-sinf “Odobnoma” fani o‘quv dasturiga quyidagi o‘zgartirishlar kiritildi:

“Ona Vatan”, “Sayohatga borish odobi”, “Milliy o‘yinlar”, “Ona tabiat bag‘rida” boblaridagi davlat ta’lim standartlari talablariga mos kelmaydigan bilimlar hamda “Oila odobi” bobi dasturdan chiqarildi.

Chiqarilgan bilimlar o‘rniga 10 soatli 6 ta yangi mavzu kiritildi: - “1-sentabr Mustaqillik kuni”. - “Odob – salomdan boshlanadi”. - “ Oila – baxt qo‘rg‘oni ”. - “Salomatlik – tuman boylik”. - “Xotira va qadrlash kuni”. - “Vatan bo‘ylab sayohat”.

Ushbu mavzularni darslikning quyidagi mavzularidan foydalangan holda o‘qitilishi tavsiya etiladi.

“1-sentabr Mustaqillik kuni” mavzusi darslikning 20-27-sahifalarida Ona Vatan bobida berilgan mavzulardan foydalangan holda o‘qitilishi tavsiya etiladi. “Odob – salomdan boshlanadi” mavzusini darslikning 4-7 betlaridagi “Odob insonning husni” bobida, “Oila – baxt qo‘rg‘oni”, “Salomatlik – tuman boylik” mavzulari darslikning 8-betida berilgan “Oila odobi” bobida, “Vatan bo‘ylab sayohat”, “Xotira va qadrlash kuni” mavzusi darslikning 29-betida berilgan “Sayohatga borish odobi” bobidagi mavzular asosida tashkil etilishi mumkin.

Darslarni samarali tashkil etish maqsadida quyidagi dars ishlanmasini taklif etamiz.

1-dars: “1-sentabr Mustaqillik kuni” dars ishlanmasi

Reja: - 1-sentabr - Mustaqillik kuni. - Mustaqillikka oid she’r va qo‘shiqlar. - Davlat ramzlari. Darsning maqsadi:

6

Ta’limiy : o‘quvchilarga mustaqillik bayrami va uning mazmun mohiyatiga oid bilimlar berish. Davlat ramzlari bilan tanishtirish.

Tarbiyaviy: o‘quvchilarning bilim olishlari uchun xukumatimiz tomonidan yaratilib berilayotgan imkoniyatlar, Prezidentimizning bolalarga g‘amxo‘rligi, bilim olish barcha insonlar uchun zarurligi haqida.

Rivojlantiruvchi: Mustaqillik, davlat ramzi, Prezident haqidagi bilimlarini o’stirish.

Darsning turi: Aralash. Darsning jihozi: Didaktik jihoz: Prezident sovg‘alari, (darsliklar, o‘quv qurollari), keng

bug‘doyzorning, moviy osmonning, paxta dalalarining, Amudaryo va Sirdaryoning, Oy, Humo qushi, yam-yashil dalalar, yangi tug‘ilgan chaqaloqlar, maktabga borayotgan bolalar, katta yoshdagi odamlar va nuroniylarning rasmlari.

Texnik jihoz: Proektor, ekran. “Vatan tuyg‘usi”, “Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari” fanlaridan tayyorlangan proeksion materiallardan mavzuga oid bo‘lganlaridan foydalanish.

Darsning texnik chizma: Tashkiliy qism 5 daqiqa O‘quvchilarni faollashtirish uchun savollar 15 daqiqa O‘quvchilarning fikrlarini umumlashtirish 15 daqiqa O‘quvchilarni rag‘batlantirish 5 daqiqa Uyga vazifa 5 daqiqa O‘quvchilarni faollashtirish uchun savollar:

O‘qituvchining savoli: 1-savol. Ushbu rasmlardan foydalanib, mustaqillik bayrami bilan bog‘liq

belgilarni ko‘rsating. (1-rasm.) O‘quvchilarning tahminiy javoblari: paxta, bug‘doy, tabiat, quyosh, tiniq

suv, bayroq, gerb. 2-savol. Davlatimiz bayrog‘ida necha hil rang bor va ular nimani

anglatadi? Ushbu rasmlar orqali davlatimizning bayrog‘iga ta’rif berishga harakat qiling. (2- rasm. Davlat bayrog‘ining rasmi)

O‘quvchilarning tahminiy javoblari: 4 hil, oq, yashil, ko‘k, qizil.... 3-savol: Davlatimiz gerbini bilasizmi? Gerbimizda nimalarning rasmi bor?

Ushbu rasmlar asosida davlatimiz gerbiga ta’rif berishga harakat qiling. (3-rasm) 4-savol: Davlat madhiyasi ijro etilayotganda qanday ahloqiy qoidalarga amal

qilish kerak deb o‘ylaysiz? Nima uchun? Davlatimiz madhiyasini bilasizlarmi? Kelinglar, davlatimiz madhiyasini

birga ijro etamiz. (Davlat madhiyasining musiqasi (minusovkasi) ijro etiladi, o‘quvchilar unga jo‘r bo‘ladilar.)

5- savol: Davlatimiz siz bolajonlarga qanday g‘amxo‘rlik qilmoqda? O‘quvchilarning tahminiy javoblari: maktablar qurib bermoqda, bog‘chalar

qurib bermoqda, sport maktablari bor...... va hokazo. O‘qituvchiga eslatma:

7

O‘qituvchi bolalarning javoblarini birma-bir umumlashtirib boradi. Bunda u avvaldan tayyorlab qo‘ygan rasmlaridan unumli foydalanadi va ular yordamida mustaqillik, davlat gerbi, davlat bayrog‘i degan tushunchalarga izoh berib o‘tadi.

O‘qituvchi bolalar bilan birga davlat madhiyasini ijro etishayotganida, Vatanimiz go‘zalligini, buyukligini aks ettiruvchi videofilmni namoyish etish maqsadga muvofiqdir. Davlat tomonidan o‘quvchilarga berilayotgan imkoniyatlarni birma-bir sanab o‘tadi. (o‘qituvchi 1-sinflarga Davlatimiz rahbari tomonidan berilgan sovg‘alarni birma-bir ko‘rsatadi)

Prezidentimizning sovg‘asi ushbu imkoniyatlardan biri ekanligi, ularga bildirilayotgan yuksak ishonch ekanligini aytib, bu ishonchga a’lo o‘qish va namunali xulq bilan javob berish lozimligini tushuntiradi. O‘qituvchi ushbu darsda shoirlarimizning Vatan haqidagi she’rlaridan namunalar o‘qib beradi. Masalan: Mustaqillik-bu hurriyat, Bu- ozodlik demakdir. Bu -elu yurt osoyishi, Bu obodlik demakdir. Mustaqillik eng ulug‘u, Eng aziz baxtdir bizga, Sha’n-shavkati bo‘lsin baland, Bu-abadlik demakdir. (B.Boyqobilov) O‘qituvchi o‘quvchilardan ham o‘zlari bilgan she’rlarni o‘qib berishlarini so‘raydi.

O‘quvchilarni rag‘batlantirish: O‘qituvchi har bir o‘quvchini dars jarayonida ishtirok etishga undashi, ularni

har birini rag‘batlantirishi lozim. Uyga vazifa: 1. “Mustaqillik” so‘zi ma’nosini anglatuvchi rasmlarni to‘plash. To‘plangan

rasmlarni izohlab berish.

2-sinf “Odobnoma” fani dasturiga kiritilgan o‘zgartirishlar

“Yaxshi fazilat – insonga ziynat”, “Tadbirli va tartibli bo‘ling”, “Ota-ona – aziz va mo‘tabar”, “Do‘st bo‘lish odobi” boblaridagi Davlat standart talablarida bo‘lmagan 9 soat hajmdagi bilimlar chiqarilib, ularning o‘rniga 6 soat hajmdagi quyidagi yangi mavzular kiritildi:

- “O‘zbekiston – buyuk allomalar yurti”. - “Sog‘liging – boyliging”. - “Ona tabiat”. - “Do‘stlikni qadrlang”.

8

Ushbu mavzularni darslikning quyidagi mavzularidan foydalangan holda o‘qitilishi tavsiya etiladi.

“O‘zbekiston – buyuk allomalar yurti” mavzusini o‘qitishda quyidagilar yoritiladi: Bizning Vatanimiz – O‘zbekiston. Toshkent – O‘zbekiston poytaxti. Konstitutsiyamiz – asosiy qonunimiz.

“Sog‘liging – boyliging” mavzusini yoritishda darslikning 47-49-betlarida berilgan matndan foydalangan holda kun tartibiga rioya qilishning hikmati haqidagi tushunchalar berilishi tavsiya etiladi.

Ushbu mavzuni o‘qitishda quyidagi matndan foydalanish tavsiya etiladi.

Kun tartibi.

Ahmadjon kechqurun televizordagi allaqanday bir filmni ko‘rib, ertalab turishga erindi. Ota-onasining, buvasining erkalashiga ham qaramasdan o‘rnidan turmadi. Adasining achchig‘i chiqqanidan so‘nggina u erinib o‘rnidan turdida, yuz qo‘lini yuvdi. Bobosi va buvisiga ham salom berish esidan chiqib qoldi. Nonushtani ham chala qilib, maktabiga kech qolib bordi. Dars vaqtida ham mudrab o‘tirdi. O‘qituvchisining gaplari ham qulog‘iga kirmadi. Ustozi uy vazifasini so‘raganida nimani bahona qilishini ham bilmay uyalib qoldi.

Darslarni samarali tashkil etish maqsadida quyidagi dars ishlanmasini taklif etamiz.

“Tartib” dars ishlanma

Reja: 1. Vaqting bebaho boyliging. 2. Vaqtning qadriga yetish. 3. Bo‘sh vaqtni to‘g‘ri tashkil qilish.

Darsning maqsadi: Ta’limiy: kun tartibini to‘g‘ri tuzishga o‘rgatish; Tarbiyaviy: o‘quvchilarda vaqt, yoshlik, salomatlikning qadriga yetish ko‘nikmalari shakllantiriladi. Rivojlantiruvchi: kun tartibi, tartibli bo‘lish, barcha ishlarni rejalashtirish va o‘z vaqtida bajarish. Darsning usuli: aralash. Darsning texnik chizmasi: Tashkiliy qism 10 daqiqa O‘quvchilarni faollashtirish uchun savollar 10 daqiqa Yangi mavzu bilan ishlash 15 daqiqa O‘quvchilarni rag‘batlantirish 5 daqiqa Uyga vazifa 5 daqiqa

Izoh: o‘quvchi ushbu yoshda ma’lum odob-axloq ko‘nikmalariga ega. Shu nuqtai nazardan o‘quvchilarda mavjud bilimlar va ko‘nikmalardan unumli foydalangan

9

holda ularni yangi mavzuni o‘zlashtirishga tayyorlashda faollashtiruvchi savollardan foydalanish tavsiya etiladi. O‘qituvchi sinfni guruhlarga bo‘lishi va ular o‘rtasida munozara uyushtirishi mumkin. Bunda, albatta darsning “oltin qoidalari”ni eslatib o‘tilishi maqsadga muvofiq. O‘qituvchi o‘quvchilarning bergan javoblarini umumlashtiradi hamda qo‘llanmada berilgan hikoya asosida xulosa chiqaradi. Faollashtirish uchun savollar:

1. Odamlar nima uchun soatni ixtiro qilganlar? 2. Soat biz uchun nimaga kerak? 3. Sizning kun tartibingiz qanday? 4. Kun tartibi nima uchun kerak deb o‘ylaysiz?

Uyga vazifa: 1. Axmadjon qayerda xato qildi? 2. Siz shunday xatolarni qilganmisiz? 3. Ushbu hikoyani teskarisini tuzib ko‘ring va ikkala hikoyani bir-biri bilan

solishtiring. Sizga qaysi biri ma’qul bo‘ldi. Fikringizni izohlang. 4. “Vaqting ketdi – naqding ketdi” hikmatli so‘zining mazmunini kattalar

bilan izohlashga harakat qiling. 5. “Besh narsadan oldin beshta narsani g‘animat bil. Birinchi –

o‘limingdan oldin tiriklikni, ikkinchi – betoblikdan oldin salomatligingni, uchinchi – bandligingdan oldin bo‘sh vaqtingni, to‘rtinchi – keksaligingdan oldin yoshligingni, beshinchi – faqirligingdan oldin boyligingni”. Ushbu hadisni ota-onangiz bilan birga o‘qing, “Tartib” hikoyasiga bog‘liqlik jihatini toping.

6. Kun tartibingizni shunday tuzingki, unga rioya etganingizda ishlaringiz unumli bo‘lsin.

“Ona tabiat” mavzusini yoritishda darslikning 36-38- betlaridagi “Sher va chumoli” ertagi, 39-betdagi “Ariq va suv” she’ri, 42-betdagi “Mehr” hikoyasidan foydalangan holda tabiat in’omlari va ularni asrash, “Qizil kitob”ga kiritilgan hayvonot va o‘simliklar dunyosi, tabiat qo‘ynida dam olish odobi haqida tushunchalar beriladi.

“Do‘stlikni qadrlang” mavzusini yoritishda darslikning 64-betdagi “Kim do‘st?”, 65-betidagi “Ikki do‘st”, “Hikmatli so‘z” hikoyalaridan foydalangan holda do‘stlashish odobi, do‘st tanlash va tanishuv qoidalari, barcha millat va elatlar do‘st va birodardirlar, do‘stlik millat tanlamaydi tushunchalarini berish tavsiya etiladi. Shuningdek, ushbu mavzuni yoritishda quyidagi hikoyadan ham foydalanish mumkin.

Adham va Oleg

hikoya Adhamlar oilasi yangi uyga ko‘chib o‘tdilar. Adham ko‘chaga o‘ynagani

chiqdi. Ular bilan bir yo‘lakda turadigan qo‘shni bola Oleg ham ko‘chaga koptogi bilan o‘ynash uchun chiqqan ekan. Ular bir-birlariga qarab turdilarda, ikkovlari ham o‘zlarining tillarida «kel birga o‘ynaymiz», deb murojaat qildilar. Ko‘zlari ko‘m-ko‘k, qo‘ng‘iroq sochlari sariq rus bolasining Adhamjonga qo‘lidagi koptogini otib, «brosay» degan murojaatidan so‘ng ular birga o‘ynadilar. Adham

10

va Oleg do‘stlashib, bir-birlariga o‘zlarining ona tillarini o‘rgata boshladilar. Shu ko‘chada turadigan Qobil degan bola Adhamning Oleg bilan o‘ynab yurganini ko‘rib, “nega u bilan o‘ynayapsan, u rus-ku?”, deb Adhamga tanbeh berdi.

Ularning muomalasini kuzatib turgan Nazira buvi – “Hay, hay, hay bolam, Qobiljon unday demagin, hamma odam bir odam, do‘stlik millat tanlamaydi, mamlakatimizda azaldan turli millat vakillari yashab keladilar. Ular bir-birlari bilan do‘st bo‘lib, hatto quda-anda bo‘lib ketganlar. Eng avvalo insonni qadriga yetadigan odam bo‘lish kerak. Bolam , hammangiz bir mahallaning bolasisizlar, ahil-inoq bo‘lsangiz hamma bizning mahallaga havas qiladi” dedi. Qobiljon o‘zining noto‘g‘ri gapirib qo‘yganidan juda hijolat tortdi.

“Do‘stlik” dars ishlanma (1 soat)

Reja: 1. Do‘stlik yuksak tuyg‘u. 2. Millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik. 3. Do‘stlik odobi.

Darsning maqsadi: Ta’limiy: milatlararo totuvlik, do‘stlik odobi haqida ma’lumot berish; Tarbiyaviy: o‘quvchilarda diniy bag‘rikenglik, boshqa din vakillarining diniy qarashlarini hurat qilish ko‘nikmasini shakllantirish. Rivojlantiruvchi: diniy bag‘rikenglik, millatlararo totuvlik, do‘stlik. Darsning usuli: aralash. Dars jihozi: Didaktik: qo‘llanma, Toshkent shahridagi “1966 yildagi zilzila”ga bag‘ishlab qurilgan “Do‘stlik” monumentining rasmi Texnik: kompyuter, proektor, ekran. Toshkent shahridagi “1966 yildagi zilzila”ga bag‘ishlab qurilgan “Do‘stlik” monumenti haqida ma’lumotlar yozilgan 5-7 daqiqali film diski. Darsning texnik chizmasi:

1. Tashkiliy qism – 10 daqiqa; 2. O‘quvchilarni faollashtirish – 10 daqiqa. 3. Yangi mavzu bilan ishlash – 15 daqiqa. 4. O‘quvchilarni rag‘batlantirish – 5 daqiqa. 5. Uyga vazifa – 5 daqiqa Izoh: O‘quvchi ushbu yoshda ma’lum odob-axloq ko‘nikmalariga ega. Shu

nuqtai nazardan o‘quvchilarda mavjud bilimlar va ko‘nikmalardan unumli foydalangan holda ularni yangi mavzuni o‘zlashtirishga tayyorlashda faollashtiruvchi savollardan foydalanish tavsiya etiladi. O‘qituvchi sinfni guruhlarga bo‘lishi va ular o‘rtasida munozara uyushtirishi mumkin. Bunda, albatta darsning “oltin qoidalari”ni eslatib o‘tilishi maqsadga muvofiq. O‘qituvchi o‘quvchilarning bergan javoblarini umumlashtiradi hamda qo‘llanmada berilgan hikoya asosida xulosa chiqaradi. Faollashtiruvchi savollar:

1) Do‘stlik deganda nimani tushunasiz? 2) Do‘stlikning oltin qoidalarini bilasizmi?

11

3) Boshqa millat vakillaridan do‘stlaringiz bormi? O‘qituvchi uchun eslatma: Ushbu mavzuni o‘tishda biror-bir dinni maqtash yoki ateistik tanqid qilish qat’iyan mumkin emas. Shuningdek, o‘quvchilarning diniy qarashlarini hurmat qilish talab etiladi. Ushbu mavzuga oid qo‘shimcha misollar ta’lim muassasining metodik birlashmasi muhokamasiga kiritilishi talab etiladi. Uyga vazifa:

1. Hikoyani davomini yozing. 2. Siz Adhamning o‘rnida bo‘lganingizda qanday javob bergan bo‘lar

edingiz? Javobingizni asoslang. 3. Sizning boshqa millat vakillaridan do‘stlaringiz bormi? 4. Do‘stlikning “oltin qoidalari”ga amal qilish uchun nima qilish

lozimligi haqida hikoya tuzing.

3-sinf “Odobnoma” fani dasturiga kiritilgan o‘zgartirishlar 3-sinf “Odobnoma” fani dasturiga quyidagi o‘zgartirishlar kiritildi: 5 soat hajmdagi 2 ta bob, “Istiqlolimiz asoschisi”, “Vatan tuyg‘usi”

mavzulari dasturdan chiqarilib, ularning o‘rniga 5 soat hajmdagi 5 ta yangi mavzular kiritildi.

- “O‘zbekiston – Mustaqil Davlat”. - “Ona yurting – oltin beshiging”. - “Sog‘ tanda – sog‘lom aql”. - “Xalq o‘yinlari”. - “Tejamkorlik”. “O‘zbekiston – Mustaqil Davlat” mavzusi 3 soat hajmni tashkil etadi.

Uni o‘qitishda o‘qituvchi darslikning 3-betida berilgan “Istiqbolimiz asoschisi” matnidan foydalanishi, Konstitutsiya alifbosi qo‘llanmasining 4-betida berilgan “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqillik davrida”, 6-betida berilgan “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi”, 11-betida berilgan “Davlat fuqarosi” mavzularidan foydalangan holda O‘zbekiston Respublikasi Mustaqil davlat, Islom Karimov – O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti, Konstitutsiyamizda bolalar huquqi, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi yashash, sog‘liqni tiklash, bilim olish huquqlarini, o‘zgalar huquqlarini hurmat qilish tushunchalarini yoritishi zarur.

“Ona yurting – oltin beshiging” mavzusini yoritishda darslikning 59-betida berilgan “Vatan tuyg‘usi va milliy g‘urur” matnidan foydalanish tavsiya etiladi.

“Sog‘ tanda – sog‘lom aql” mavzusini yoritishda darslikning 37-sahifasida berilgan “Orastalik – yaxshi odat” matnidan foydalanib, Orastalik – inson ko‘rki, orastalik qoidalari, tozalik – sog‘lik garovi, ozodalik va saranjomlik haqidagi bilimlar beriladi.

“Xalq o‘yinlari” mavzusini o‘qitishda darslikning 83-betida berilgan “Harakatli o‘yinlar”, 87-betdagi “Fikr boyitish o‘yinlari” matnidan ijodiy foydalangan holda o‘yin odobi, harakatli o‘yinlar – sog‘liq garovi ekanligi, tez fikrlash, chaqqonlik musobaqalari haqida ma’lumotlar berish tavsiya etiladi.

12

“Tejamkorlik” mavzusini yoritishda o‘qituvchi darslikning 47-sahifasida berilgan “Tejog‘liq ish - bejog‘lik”, 50-sahifada berilgan “Isrofgarchilik – yomon odat” matnidan foydalanishi, shuningdek, “Iqtisod va soliq alifbosi” qo‘llanmasining 6-betida berilgan “Oila xarajatlari: oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy jihozlari, soliq to‘lovlari va boshqalar. Oilada iqtisod va tejamkorlik” matnidan foydalangan holda bobolarimiz tejamkorlik haqida bildirgan qimmatli fikrlari, tejamli bola – bejamli bola ekanligi, nonning ushog‘i ham – non, suv – hayot manbai ekanligi haqidagi ma’lumotlar beriladi.

4-sinf “Odobnoma” fani dasturiga kiritilgan o‘zgartirishlar

4-sinf “Odobnoma” fani o‘quv dasturiga quyidagi o‘zgartirishlar 11 soat hajmdagi “So‘zlashuv odobi”, “Ma’naviyat va ma’naviyatsizlik” mavzulari dasturdan chiqarildi. Ushbu mavzular o‘rniga 11 soat hajmdagi 5 ta yangi mavzu kiritildi:

- “O‘zbekiston – ona diyor”. - “Konstitutsiyamiz – baxtimiz poydevori”. - “Vatanimiz posbonlari”. - “Bizning sog‘ligimiz – mamlakatimiz boyligi”. - “Kasblar olamiga sayohat”.

Yangi mavzularni o‘qitishni quyidagicha taklif etamiz. “O‘zbekiston – ona diyor” mavzusi darslikning 68-sahifasida berilgan “Yurt

tinchligi”, 70-betida berilgan “Millatlararo totuvlik” matnidan unumli foydalangan holda, “Konstitutsiya alifbosi” qo‘llanmasining 4-betida berilgan “Bizning Vatanimiz - O‘zbekiston” matnidan integratsion yondoshuv asosida foydalanib, O‘zbekiston ko‘p millatli mamlakat ekanligi, yurt – tinchligi, el – boyligi ekanligi, mamlakatimizda millatlar teng huquqli, do‘st-birodar ekanligi haqidagi bilimlar beriladi. Shuningdek, ushbu dars “Mustaqillik – kuni” darsiga bag‘ishlanadi.

“Konstitutsiyamiz – baxtimiz poydevori” mavzusi “Konstitutsiya alifbosi” qo‘llanmasining 6-betida berilgan “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi huquqlarimiz kafolati”, 10-betidagi “Xalq – hokimiyatning yagona manbai”, 13-betdagi “Qonun himoyasida”, 15-betdagi “Bola huquqlari to‘g‘risida”gi konvensiya matnidan integratsion yondoshuv asosida foydalanib, Konstitutsiya – asosiy qonun, bolalar huquqlarining ta’minlanishi, bizning huquq va burchlarimiz, qonun, qoida, Davlatni kim boshqaradi? kabi ma’lumotlar beriladi.

“Odobnoma” darsligining 38-43-betlarida berilgan “Konstitutsiya – asosiy qonunimiz”, “Adolatparvarlik – ezgulik asosi” matnlari o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga murakkablik qilishi sababli ushbu matndagi ma’lumotlardan o‘qituvchilar o‘zlari uchun foydalanishlari tavsiya etiladi.

“Vatanimiz posbonlari” mavzusini o‘qitishda Yurt tinchligi uchun barchamiz mas’ulmiz, bizning armiya, biz Vatanning bo‘lg‘usi posbonlarimiz, Vatan oldidagi burch va sadoqat tushunchalarini berilishi hamda ushbu tushunchalarni o‘rganishda 3-sinf “Konstitutsiya alifbosi” ( muallif. O.Karimova) qo‘llanmasining 29-betidagi “Vatan himoyasi” matnidan foydalanish tavsiya etiladi.

13

“Bizning sog‘ligimiz – mamlakatimiz boyligi” mavzusini o‘qitishda “Mening huquqlarim” (S.Xidirov va b.) o‘quv qo‘llanmasining 12-betida berilgan “Yashash huquqi” mavzusidan unumli foydalangan holda sog‘lom turmush tarzi nima ekanligi, odam va uning sog‘ligi, onalik va bolalik davlat muhofazasida ekanligi haqidagi bilimlar beriladi.

“Kasblar olamiga sayohat” mavzusini o‘qitishda hunarning yomoni bo‘lmasligi, kasblarning o‘ziga xos xususiyatlari, mehnat qilish va kasb tanlash huquqi haqidagi ma’lumotlar berildi. “Konstitutsiya alifbosi” qo‘llanmasining 20-betida berilgan “Dam olish va mehnat qilish huquqi” mavzusidan unumli foydalanish tavsiya etiladi.

5-sinf “Vatan tuyg‘usi” fani dasturiga kiritilgan o‘zgartirishlar

5-sinf “Vatan tuyg‘usi” fani o‘quv dasturidagi 17 soat hajmdagi “Vatan tuyg‘usi”, “Vatan tuyg‘usi nima?”, “Vatanni nega sevamiz?”, “Istiqlol nima?”, “Vatan timsollari” mavzulari dasturdan chiqarilib, ularning o‘rniga 17 soat hajmdagi:

- “Ma’naviy hayotimizda mahallaning o‘rni”. - “Barkamol avlod – Vatan kelajagi”. - “Yurtimizning moddiy va ma’naviy boyliklari”. - “Xalqni Vatan manfaati birlashtiradi”. - “Iqtisodiy islohotlar Vatan ravnaqi yo‘lida”. - “Qadimiy shaharlarimiz yosharmoqda”. - “Mamlakatimizning iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy rivoji” mavzular

kiritildi. Ushbu mavzularni o‘qitishda Prezident Islom Karimovning “Yuksak

ma’naviyat – yengilmas kuch” kitobi hamda “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” kitobini o‘rganish bo‘yicha M.Qarshiboev va boshqalar muallifligidagi “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” o‘quv qo‘llanmasidan foydalanish mumkin.

“Ma’naviy hayotimizda mahallaning o‘rni” mavzusini o‘qitishda: Vatan ostonadan boshlanadi. Vatan oldidagi burch, O‘z uyingni o‘zing asra. Mahalla qadriyatlar beshigi. Obod mahalla obod ko‘ngildan boshlanadi. Mahalla – xalq vijdoni deb nomlangan rejadan foydalanish tavsiya etiladi.

“Barkamol avlod – Vatan kelajagi” mavzusida O‘zbekistonda yosh avlodga berilayotgan yukasak e’tibor va g‘amxo‘rlik, Vatanimizda bolalar uchun yaratilgan imkoniyatlar. Vatan tinchligi va osoyishtaligi farovon hayotimiz garovi kabi bilimlar beriladi. Ushbu bilimlarni mustahkamlashda “Voyaga yetmaganlarning huquq, burch va mas’uliyatlari” (mualliflar B.Doniyarov va boshqalar) o‘quv qo‘llanmasining 37-betida berilgan “Bolalar huquq va burchlari” mavzusidan unumli foydalanish tavsiya etiladi.

“Yurtimizning moddiy va ma’naviy boyliklari” mavzusini o‘qitishda Prezident Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” kitobidan foydalanish tavsiya etiladi. Shuningdek ushbu mavzuni yoritishda Vatanni sevgan kishigina uning qadriga yetadi. Vatanning moddiy va ma’naviy boyliklari, uning qadr-qimmati. Vatan ravnaqi farzandlarning ma’naviy va jismoniy

14

kamolotiga bog‘liq ekanligi haqidagi bilimlar beriladi. Shuningdek, “Iqtisod va soliq saboqlari” (mualliflar: E.Sarikov va b.) o‘quv qo‘llanmasining 4- sahifasida berilgan “Moddiy va ma’naviy ehtiyojlar” matnidan unumli foydlanish tavsiya etiladi.

“Xalqni Vatan manfaati birlashtiradi” mavzusini yoritishda o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini e’tiborga olgan holda darslikning 60-betida berilgan “O‘zbekiston xalqi” mavzusidan foydalangan holda, xalqni Vatan manfaati birlashtirishi, hukumatimiz tomonidan o‘tkazilayotgan islohotlar inson uchun, uning manfaatlari uchun xizmat qilishi ko‘zda tutilganligi haqidagi bilimlar beriladi.

“Iqtisodiy islohotlar Vatan ravnaqi yo‘lida” mavzuni yortishda o‘quvchilarga O‘zbekistonning iqtisodiy salohiyati, saxovatli va mehnatkash xalqi, O‘zbekistonda avtomobil sanoatining rivojlanishi, jahon bozorida O‘zbekistonning o‘rni haqidagi bilimlar beriladi. Ushbu mavzuni yoritishda darslikning “O‘zbekiston – Vatanim manim” mavzusining 54-betidagi 1-, 2-, 55-betdagi 1-abzaslaridan foydalanish tavsiya etiladi.

“Qadimiy shaharlarimiz yosharmoqda” mavzusini o‘qitishda “O‘zbekiston – Vatanim manim” mavzusining 55-betidagi 2-abzasidan 57-betning 2-abzasida berilgan matndan foydalangan holda yurtimizning qadimiy va navqiron shaharlari: Termiz, Buxoro, Samarqand, Xiva, Shahrisabz, Marg‘ilon, Toshkent, go‘zal vodiylar, viloyatlar – barchasi g‘urur-iftixor manbai ekanligi haqidagi bilimlar beriladi.

6-sinf “Vatan tuyg‘usi” fani dasturiga kiritilgan

o‘zgartirishlar 6-sinf Vatan tuyg‘usi fani dasturiga quyidagi o‘zgartirishlar va tuzatishlar

kiritildi. Davlat ta’lim standartiga mos kelmaydigan 10 soat hajmdagi “Milliy davlatchiligimiz”, “Milliy qadriyatlarimiz”, “Biz - O‘zbekiston fuqarosimiz”, “Vatanparvarlik”, “Yoshlar – Vatan kelajagi” mavzulari dasturdan chiqarildi. Ularning o‘rniga 10 soat hajmdagi quyidagi mavzular kiritildi: - “Mustaqillik – ma’naviy tiklanish va yuksalish”.

- “O‘zbekiston – ko‘p millatli mamlakat”. - “Tarix – ma’naviyat uchun poydevor”. - “Buyuk mutafakkir va allomalarimizning islom madaniyatini ravnaq

toptirishga qo‘shgan hissasi”. - “Ma’rifatga intilish xalqimizning azaliy fazilatlaridan biridir”. - “Shoirlarning sultoni – Alisher Navoiy”. - “Til – ma’naviyat ko‘zgusi”. - “Inson qalbiga yo‘l”. - “Ma’naviyatni yuksaltirishda madaniyat va san’atning o‘rni”. - “Tinchlik uchun kurashmoq kerak”.

Ushbu mavzularni o‘qitishda Prezident Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” kitobi hamda “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” kitobini o‘rganish bo‘yicha M.Qarshiboev va boshqalar muallifligidagi

15

“Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” o‘quv qo‘llanmasidan foydalanish mumkin.

“Mustaqillik – ma’naviy tiklanish va yuksalish” mavzusini yoritishda ma’naviy qadriyatlar va milliy o‘zlikni anglashning tiklanishi, milliy qadriyatlarimizning tiklanishi, mustaqillik – oliy ne’mat, mustaqillik ma’naviy imkoniyatlar manbai haqidagi tushunchalar beriladi. Ushbu mavzuni musathkamlashda Prezident Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” kitobidan foydalanish tavsiya etiladi. “Mustaqillik darslari”ni o‘tish bo‘yicha 5-6-sinflar uchun quyidagi 1 soatlik dars ishlanmasidan foydalanish tavsiya etiladi. “O‘zbekiston mening Vatanim, baxtu iqbolim makoni” dars ishlanma

Darsning maqsadi: Ta’limiy maqsad: o‘quvchilarga mustaqillik bayrami va uning mazmun

mohiyatiga oid bilimlar berish. Tarbiyaviy maqsad: Yosh avlod qalbida vatanparvarlik tuyg‘ularinin

o‘stirish. Mustaqillik, erkinlik, O‘zbekiston muqaddas makon, Vatanga hurmat, qadriyatlarni ulug‘lash, o‘zlikni anglash tuyg‘ularini shakllantirish.

Rivojlantiruvchi ta’lim: O‘quvchilarni mustaqillik, erk va vatanparvarlik haqidagi dunyoqarashlarini o‘stirish.

Darsning turi: Aralash. Darsning usuli: Aqliy xujum, savol javob, guruhlarda ishlash. Darsning jihozi: Didaktik jihoz: Vatanimiz tarixiga oid rangli suratlar, alloma va buyuk

shaxslar portretlari, “Vatan tuyg‘usi” darsligi, Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” kitobi, tarqatma materiallar, slaydlar. Texnik jihoz: Proektor, ekran. “Vatan tuyg‘usi”, “Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari” fanlaridan tayyorlangan proeksion materiallardan mavzuga oid bo‘lganlaridan foydalanish.

Darsning texnik chizma: Tashkiliy qism 5 daqiqa O‘quvchilarni faollashtirish uchun savollar 15 daqiqa O‘quvchilarning fikrlarini umumlashtirish 15 daqiqa O‘quvchilarni rag‘batlantirish 5 daqiqa Uyga vazifa 5 daqiqa

Darsning borishi: 1.Tashkiliy qism: 2. O‘quvchilarni faollashtirish uchun savollar.

1-savol. Ushbu rasmlardan foydalanib, mustaqillik so‘ziga izoh berishga harakat qiling (1-rasm, O‘zbekistonda ishlab chiqilgan mahsulotlar, maktab va kollej o‘quvchilari, ekin maydonlari, tarixiy obidalar, bayram tantanalarining rasmi)

16

O‘quvchilarning javoblarini o‘qituvchi umumlashtiradi va ushbu savolga quyidagicha xulosa qiladi.

Mustaqillik – bizga uchun nafaqat iqtisodiy imkoniyatlar, balki ma’naviy tiklanish imkoniyatini ham berdi. Biz mustaqil davlat sifatida o‘zimizning ichki va tashqi siyosatimizni belgilab oldik. Mustaqillik tufayli sal bo‘lmas unitilayozgan, devorlari nurash darajasiga kelib qolgan qadriyatlarimiz tiklandi, sayqal topdi.

Mustaqillik bu eng avvalo huquqdir. Ya’ni ushbu so‘zning zamirida katta va ulug‘ huquqqa ega bo‘lish degan tushuncha mujassam.

2-savol. “Shu aziz Vatan – barchamizniki” deganda nimani tushunasiz?

O‘quvchilarning javoblarini o‘qituvchi umumlashtiradi va ushbu savolga quyidagicha xulosa qiladi.

Biz mehr va muhabbatni, sadoqat va fidoiylikni munis onalarimizdan, bebaho Vatanimizdan olamiz.

Shu aziz Vatan – barchamizniki. Uning baxtu saodati, yorug‘ istiqboli, farovon kelajagi uchun yashash, kurashish, kerak bo‘lsa, jonini fido qilish shu muqaddas zaminda yashayotgan har bir inson uchun baxtdir.

3-savol. Nima uchun “Tinchlik uchun kurashmoq kerak” deyiladi? Hech o‘ylab ko‘rganmisiz?

O‘quvchilarning javoblarini o‘qituvchi umumlashtiradi va ushbu savolga quyidagicha xulosa qiladi.

Biz uchun, yurtimiz uchun tinchlik va osoyishtalik hamma narsadan qadrli tinchlik uchun kurashish, bu hayotni o‘zimiz himoya qilishimiz kerak. Himoya degani – avvalo, OGOH bo‘lish degani.

Hushyorlik ogoh bo‘lib yashash – bu kundalik yoki bir oylik mavsumiy masala emas, balki, kundalik ish, kundalik harakat bo‘lishi lozim.

Tinchlik, barqarorlik, hamkorlik – O‘zbekiston davlatining uchta ustunidir. 4-savol. Bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan

islohotlar kim uchun qilinayapti? O‘quvchilarning javoblarini o‘qituvchi umumlashtiradi va ushbu savolga

quyidagicha xulosa qiladi. Jamiyatning haqiqiy boyligi – bu inson, inson avlodidir. Jamiyatda har

qanday yangilanish, har qanday o‘zgarish avvalo inson uchun, uning hayotini farovon etish uchun amalga oshirilmoqda. Inson manfaatlari ustuvorligini ta’minlash – barcha islohot va o‘zgarishlarning bosh maqsadidir. Islohot islohot uchun emas, eng avvalo inson manfaatlarini ta’minlash uchundir. Davlat manfaati emas, avvalo, inson, uning hayoti, huquq va erkinligi eng yuksak qadriyat va boylikdir.

5-savol: Davlatimiz tomonidan yoshlar uchun qanday imkoniyatlar yaratilmoqda? Siz yashayotgan manzilda yoshlarning o‘z iqtidorlarini namoyon qilishlari uchun qanday sharoitlar mavjud? Siz undan qanday foydalanmoqdasiz? O‘qituvchi o‘quvchilarning javoblarini birma-bir umumlashtirib boradi.

17

6-savol. Biz kimmiz, qanday buyuk zotlarning avlodimiz? O‘quvchilarning javoblarini o‘qituvchi umumlashtiradi va ushbu savolga

quyidagicha xulosa qiladi. Har qaysi inson o‘zicha takrorlanmas bir dunyodir. Inson hayoti abadiy

emas, lekin xotria mangu, xotira boqiy. Ne-ne bahodirlarning yelkasini yerga tekkizgan afsonaviy Alpomish, zabardast Farhod haqidagi rivoyatu dostonlar shunchaki afsona emas, xalq ruhining, xalq mardligining timsolidir. Bizning qonimizda ming yillik Sharq tafakkurining bedor ruhi gupurlab turibdi. Biz Beruniylarga, Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Mirzo Boburlarga vorismiz.

Inson o‘z taqdirini asragan taqdirdagina tabiatni, hayot davomiyligini asragan bo‘ladi. 7- savol. “Vatanimiz taqdiri, ertangi kuni yoshlarimizga bog‘liq” deganda nima nazarda tutiladi?

O‘quvchilarning javoblarini o‘qituvchi umumlashtiradi va ushbu savolga quyidagicha xulosa qiladi.

Yoshlarning ma’naviy uyg‘oqligi millatni g‘aflatdan asraydigan asosiy omillardan biridir.

O‘qituvchi butun bir dars davomida o‘quvchilarning savollarga bergan javoblarini umumlashtirib darsga xulosa yasaydi:

Vatanga bo‘lgan mehru muhabbat har qanday muammoni yechishga, har qanday yovuz kuchni yengishga qodir. Tomirida milliy g‘urur, Vatan ishqi jo‘sh urmagan odamdan jasorat kutib bo‘lmaydi. Aziz o‘quvchilar! O‘z aql zakovatingiz, bilim va tafakkuringiz, kuch-g‘ayratingizga, tog‘dek tayanchingiz Vataningizga suyanib, marrani katta oling. Marrani doimo baland olib yashang, ertangi kun bizniki, sizdek shijoatli yoshlarimizniki!

Shuni unutmangki, kelgusida erishadigan har bir g‘alabangiz- yurtmiz g‘alabasi O‘zbekiston g‘alabasidir!

Dars davomida o‘qituvchi javob bergan o‘quvchilarni fikrlarini ochiqdan-ochiq tanqid qilmagan holda, to‘g‘ri yo‘naltirib, rag‘batlantirib borishi shart.

Ushbu darslar oddiy ma’ruzavozlikdan iborat bo‘lmasligi, berilayotgan topshiriqlarni ko‘proq amaliy tomonlariga e’tibor qaratilishi lozim. Uyga vazifa sifatida sinflarning yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda “O‘zbekiston mening Vatanim, baxtu iqbolim makoni” mavzsida erkin fikrlarini daftarlariga tushurib kelishlarini berish, yoki yuqori sinf o‘quvchilariga bugungi kundagi ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlarning yoshlar hayotidagi o‘rni haqida mustaqil ish yozisib kelish. “O‘zbekiston – ko‘p millatli mamlakat” mavzusini yoritishda darslikning 12-betida berilgan “Biz – o‘zbek xalqimiz” mavzusidan foydalangan holda O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va

18

elatlarning tili, urf-odat va an’analari hurmat qilinishini ta’minlashi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratishi, O‘zbekiston xalqini, millatidan qat’iy nazar, O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari tashkil etishi haqidagi bilimlar beriladi.

“Tarix – ma’naviyat uchun poydevor” mavzusini o‘tishda darslikning 3-betida berilgan “O‘zlikni anglash” mavzusidan, hamda 22-betida berilgan “Biz – buyuk tarix egasimiz” matnidan unumli foydalangan holda, o‘zlikni anglashda tarixning o‘rni, qadimiy tarixiy yodgorliklar – ma’naviyatni shakllantiradigan asosiy mezonlardan biri ekanligi, “Avesto” – bebaho ma’naviy obida sifatida, xalq og‘zaki ijodining noyob durdonasi “Alpomish” dostoni haqida, qadimiy va shonli tariximiz bir doston bo‘lsa, “Alpomish” ana shu dostonning shoh bayti ekanligi haqidagi bilimlar berilishi lozim. Ushbu mavzuni musathkamlashda Prezident Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” kitobidan foydalanish tavsiya etiladi.

“Buyuk mutafakkir va allomalarimizning islom madaniyatini ravnaq toptirishga qo‘shgan hissasi” mavzusini o‘tishda darslikning 49-betida berilgan “Mo‘jizaning tug‘ilishi” matnidan foydalanib, buyuk mutafakkir va allomalarimizning Islom madaniyatini ravnaq toptirishga qo‘shgan betakror hissasi, Toshkentning Islom madaniyati poytaxti deb e’lon qilinishi, yurtdoshlarimizga “Muhaddislar sultoni”, “Musulmonlarning e’tiqodini tuzatuvchi”, “Din va millatning hujjati” unvonlarining berilishi haqidagi ma’lumotlar beriladi. Ushbu mavzuni mustahkamlashda Prezident Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” kitobidan foydalanish tavsiya etiladi.

“Ma’rifatga intilish xalqimizning azaliy fazilatlaridan biridir” mavzuni o‘qitishda darslikning 28-betida berilgan “Biz – buyuk ma’naviyat egasimiz” mavzusining 32-33-betlarida berilgan ma’lumotlardan foydalangan holda, yurtdoshimiz Muso Xorazmiyning algebra faniga asos solishi, Oydagi kraterlardan ikkitasiga buyuk vatandoshlarimiz Ahmad Farg‘oniy va Mirzo Ulug‘bekning nomi berilgani, Abu Nasr Forobiyga “Muallim-us-soniy”, Abu Ali ibn Sinoga “Shayx ur-rais” unvonining berilishi, XI asrning Beruniy asri deb nomlanishi. Umrboqiy zakovat nuri – Ma’mun akademiyasi haqidagi ma’lumot beriladi. Ushbu mavzuni mustahkamlashda Prezident Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” kitobidan foydalanish tavsiya etiladi.

“Shoirlarning sultoni – Alisher Navoiy” mavzusini o‘qitishda darslikning 28-betida berilgan “Biz – buyuk ma’naviyat egasimiz” mavzusining 34-35- betlarida berilgan ma’lumotlardan foydalangan holda, O‘zbek xalqi ma’naviy dunyosining shakllanishiga g‘oyat kuchli va samarali ta’sir ko‘rsatgan ulug‘ zot – Alisher Navoiy haqida, Navoiyning bebaho merosi, Prezidentimiz Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” kitobida Alisher Navoiy haqidagi fikrlari beriladi.

“Til – ma’naviyat ko‘zgusi” mavzusini o‘qitishda O‘zlikni anglash, milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar o‘rtasidagi ruhiy bog‘liqlik til orqali namoyon bo‘ladi. “Davlat tili to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni kabi bilimlar beriladi. Ushbu mavzuni o‘qitishda quyidagi matndan foydalanishni taklif etamiz

19

“Til – ma’naviyat ko‘zgusi”

Faollashtirish uchun savollar 1. So‘zlashuv odobi deganda nimani tushunasiz? 2. Telefondagi so‘zlashuv bilan odatdagi so‘zlashuvning nima farqi va qanday umumiylik tomonlari bor? 3. Maktabda, o‘qituvchining savoliga javob berish uchun qo‘l ko‘tarish shartmi? 4. Davlat tili deganda nimani tushunasiz? 5. O‘zbek tiliga davlat tili maqomi qachon berilgan? 6. Davlat tili bilan birga yurtimizdagi barcha millat va ellatlarning tillari rivojiga ham shart-sharoitlar yaratilganligining sababi nimada deb o‘ylaysiz? 7. Jamoat joyida, avtobusda, teatr va kino zalida, futbol tomoshasida yoki sport to‘garagida qanday so‘zlashgan ma’qul deb o‘ylaysiz? 8. Telefonda so‘zlashganda “Da, hozir boraman, znaesh ya tebe pozvanyu, ladno, chao!” kabi so‘zarni ishlatilishiga munosabatingizni bildiring. 9. Quyidagi hikoyaga fikringizni bildiring.

Avtobusda ketayotgan edim. Avtobusning orqa tarafida orasta kiyingan, qo‘lida bejirim maktab sumkasi ham bor, sochlarini chiroyli qilib turmaklagan, ko‘rgan odamning havasi keladigan bir qizchaning telefonda gaplashib turgani hammani e’tiborini tortdi.

- “Da”, “mam”, men Sizga necha marotaba aytdim, men u ko‘ylakni “vobshem” kiymayman, agar boshqa yangi ko‘ylak olib bermasangiz ertaga maktabga bormayman.

Qizchaning onasi bilan telefonda gaplashganini avtobusdagilarning hammasi eshitdi. Ba’zilar uning onasi bilan bo‘lgan suhbatini eshitib, boshlarini chayqatib qo‘yish bilan o‘zlarining noroziliklarini ifodalashdi.

“Til – ma’naviyat ko‘zusi” dars ishlanma

Reja: 1. So‘z qadri 2. “Davlat tili” to‘g‘risida”gi qonun. 3. So‘zlashganda boshqa millat va elatlarning tillarini hurmat qilish tushunchasi. 4. Milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar o‘rtasidagi ruhiy-ma’naviy bog‘liqlik til orqali namoyon bo‘lishi

Darsning maqsadi: Ta’limiy: “Davlat tili to‘g‘risida”gi qonun, So‘zlashganda boshqa millat va

elatlarning tillarini hurmat qilishning mohiyati haqida. Milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar o‘rtasidagi ruhiy-ma’naviy bog‘liqlik til orqali namoyon bo‘lishi.

Tarbiyaviy: Inson ma’naviyatini shakllanishida ona tilining o‘rni beqiyos ekanligi tushuntiriladi. O‘quvchilarda jamoat joyida va uyda o‘z fikrini bildirishda odob-axloq qoidalariga rioya qilish malakalari shakllantiriladi. Milliy-g‘urur va iftixor tuyg‘ulari yuksaltiriladi. Globallashuv jarayonida “ommaviy

20

madaniyat” ona tilini yo‘qolib ketishiga sabab bo‘lishi mumkinligi haqida ma’lumotlar beriladi.

Dars usuli: Aralash Dars jihozi: Didaktik: Prezident Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat –yengilmas

kuch” kitobi, qo‘llanma, darslik, tarqatma savollar, vatman, marker, skotch va boshqa zaruriy buyumlar. Darsning texnik chizmasi:

1. Tashkiliy qism – 10 daqiqa. 2. O‘quvchilarni faollashtirish – 10 daqiqa. 3. Yangi mavzu bilan ishlash – 15 daqiqa. 4. O‘quvchilarni rag‘batlantirish – 5 daqiqa. 5. Uyga vazifa – 5 daqiqa

Faollashtirish uchun savollar

1. So‘zlashuv odobi deganda nimani tushunasiz? 2. Telefondagi so‘zlashuv bilan odatdagi so‘zlashuvning nima farqi va

qanday umumiylik tomonlari bor? 3. Maktabda, o‘qituvchining savoliga javob berish uchun qo‘l ko‘tarish

shartmi? 4. Davlat tili deganda nimani tushunasiz? 5. O‘zbek tiliga davlat tili maqomi qachon berilgan? 6. Davlat tili bilan birga yurtimizdagi barcha millat va elatlarning tillari

rivojiga ham shart-sharoitlar yaratilganligining sababi nimada deb o‘ylaysiz?

7. Jamoat joyida, avtobusda, teatr va kino zalida, futbol tomoshasida yoki sport to‘garagida qanday so‘zlashgan ma’qul deb o‘ylaysiz?

8. Telefonda so‘zlashganda “Da, hozir boraman, znaesh ya tebe pozvanyu, ladno, chao!” kabi so‘zlarning ishlatilishiga munosabatingizni bildiring.

9. Quyidagi hikoyaga fikringizni bildiring. Savolarni o‘quvchilarni guruhlarga bo‘lib, har bir guruh uchun alohida berish mumkin. O‘quvchilarning har bir savolga bergan javoblari e’tiborsiz qoldirilmasligi lozim, javoblar umumlashtiriladi. O‘qituvchining xulosasi: Ma’lumki, o‘zlikni anglash, milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar o‘rtasidagi ruhiy-ma’naviy bog‘liqlik til orqali namoyon bo‘ladi. Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili – bu millatning ruhidir.(“Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” Islom Karimov). O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir.

21

O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida istiqomat qiluvchi millat va elatlarning tillari, urf odatlari va an’analarini hurmat qilishni ta’minlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi.

(O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 4-modda) Ibrat: «Nodon kishi lashkar nog‘orasiga o‘xshaydi: ovozi balandu ichi bo‘m-bo‘sh va g‘arib». (Sa’diy Sheroziy) “Har bir millatning dunyoda borligini ko‘rsatadurgan oinai hayoti til va adabiyotidir. Milliy tilni yo‘qotmak millatning ruhini yo‘qotmoqdir”.

(Abdulla Avloniy) Uyga vazifa:

1. Avtobusdagi qizchaning onasiga bo‘lgan muomalasiga munosabat bildiring?

2. Telefonda siz qanday so‘zlashgan bo‘lar edingiz? 3. Telefondan qaysi vaqtlarda foydlanish to‘g‘ri hisoblanadi? 4. Ushbu savolni oila a’zolaringiz bilan muhokama qiling. 5. Odamning tashqi qiyofasi uning odobiga mos kelishi kerakmi? 6. Quyidagi “da”, labbay, eshitaman, qulog‘im sizda, uzr keyin gaplashsak

bo‘ladimi?, men hozir avtobusdaman, xvatet boshqa telefon qilmang, ya nemogu seychas s vami razgovarivat – darsdaman, privet, poka-poka, xayr omon bo‘ling, uchrashguncha xayr, assalomu alaykum, salom, ladno uchrashguncha so‘zlaridan telefonda so‘zlashish uchun ma’qul bo‘lganlarini jadvalga soling.

Telefonda so‘zlashishda ishlatish mumkin Ishlatilmaydi

“Buyuklik timsoli” mavzusini o‘qitishda darslikning 38-betida berilgan

“Milliy davlatchiligimiz” mavzusida Amir Temur – buyuk davlat asoschisi, Amir Temurning madaniyat va din ahllariga ko‘rsatgan cheksiz mehr-muruvvati, Temur shaxsiga munosabatning o‘zgarishi, Amir Temurni anglash – o‘zligimizni anglash ekanligi, Amir Temur – xalqimiz dahosining timsoli, ma’naviy qudratimiz ramzi ekanligi haqidagi bilimlar beriladi.

“Inson qalbiga yo‘l” mavzusi Prezidentimiz Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” kitobidagi ushbu mavzuga oid konseptual g‘oyalarni o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda moslashtirib, dunyo imoratlari ichida eng ulug‘i maktab ekanligi, kasblarning ichida eng sharaflisi o‘qituvchilik va murabbiylik kasbi ekanligi, yoshlarning ma’naviy kamoloti – jamiyat va xalq qudratini ta’minlovchi muhim omil ekani, ta’lim olish huquqining kafolatlanishi darslikning 94-betida berilgan “Yoshlar – Vatan kelajagi” mavzusi orqali tushuntirish tavsiya etiladi

“Ma’naviyatni yuksaltirishda madaniyat va san’atning o‘rni” mavzusi Prezidentimiz Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” kitobidagi ushbu mavzuga oid konseptual g‘oyalarni o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda moslashtirib tushuntiriladi. Teatr va san’atda milliylik, kino san’atining rivojlanishi. “Teatr- bu ibratxonadir”. Musiqa

22

festivallarining tashkil etilishi. “Sharq taronalari”, “Nihol” va boshqa tanlovlar hamda ulardan ko‘zlangan maqsadlar kabi rejadan foydalaniladi.

“Tinchlik uchun kurashmoq kerak” mavzusini tushuntirishda darslikning 86-betida berilgan “Vatanparvarlik” mavzusidan, hamda 44-betida berilgan “Milliy qadriyatlarimiz” mavzularidan foydalangan holda milliy qadriyat va ana’analarimizga yot bo‘lgan odatlar, ularning jamiyat taraqqiyotiga ta’siri haqidagi bilimlar beriladi.

7-sinf “Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari” faniga kiritilgan

o‘zgartirishlar 7-sinf “Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari” dasturidan davlat

ta’lim standartlari talabalarida bo‘lmagan, boshqa sinflar dasturida takrorlanadigan 10 soat hajmdagi Kirish, “Vatanparvarlik va milliy iftixor tuyg‘usi”, “Hurlik tuyg‘usi”, “Huquqiy madaniyat tushunchasi”, “Huquqiy madaniyat zarurati”, “Mehr-muruvvat tuyg‘usi”, “Kamtarga – kamol, manmanga zavol”, “Muloqot madaniyati”, “Oilada va jamoat joylarida muloqot qoidalari” mavzulari dasturdan chiqarildi.

Ularning o‘rniga 10 soat hajmdagi quyidagi mavzular kiritildi: - “Jamiyatimiz mafkurasi xalqni – xalq, millatni – millat qilishga xizmat

qiladi”. - “O‘zbekistonni rivojlantirishning ma’naviy-axloqiy negizlari”. - “Ma’naviy meros”. - “Ma’naviy tahdidlar”. - “Milliy an’ana va qadriyatlar ma’naviy yuksalishga xizmat qiladi”. - “Shaxs tarbiyasi – davlat siyosatining ustuvor sohasi”. - “Qonun ustuvorligi – jamiyat farovonligi”. - “Axloq-odob – ma’naviyat negizi”. “Jamiyatimiz mafkurasi xalqni – xalq, millatni – millat qilishga xizmat

qiladi” mavzusini o‘qitishda ushbu bilimlar beriladi. Bugun O‘zbekiston hayotida mafkuraning tutgan o‘rni. Millatning, xalqning hamjihatligi taraqqiyot garovidir. O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkura va fikrlarning xilma-xilligi asosida rivojlanishi. Hech qaysi mafkura davlat mafkurasi sifatida o‘rnatilishi mumkin emasligi. Mafkura nima? Ushbu bilimlar darslikning 31- betida berilgan matndan foydalangan holda beriladi.

“O‘zbekistonni rivojlantirishning ma’naviy-axloqiy negizlari” mavzusini o‘qitishda O‘zbekistonni yangilanish va rivojlantirishning o‘z yo‘li, to‘rtta asosiy negizi. Umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik, xalqimizning ma’naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish, insonning o‘z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi, vatanparvarlik kabi bilimlar berilishi nazarda tutiladi. Ushbu mavzuni o‘qitishda Prezidentimiz Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” kitobidagi ushbu mavzuga oid konseptual g‘oyalarni o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda foydalanish tavsiya etiladi.

“Ma’naviy meros” mavzusini o‘qitishda Qadimiy va go‘zal diyorimiz nafaqat Sharq, balki jahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biri sifatida. “Avesto” –

23

xalqimizning diniy, axloqiy, ilmiy, adabiy qarashlarini o‘zida ifoda etuvchi bebaho ma’naviy obida sifatida. Xalq og‘zaki ijodining noyob durdonasi bo‘lmish “Alpomish” dostoni millatimizning o‘zligini namoyon etadigan, avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan qahramonlik dostoni sifatida. Buyuk Vatandoshlarmiz Imom Buxoriy, At- Termiziy, Imom Moturidiy, Marg‘inoniy, Muso Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniy, Mahmud Zamahshariylar qoldirgan ma’naviy meros haqidagi bilimlar beriladi. Ushbu mavzuni o‘qitishda Prezidentimiz Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” kitobidagi ushbu mavzuga oid konseptual g‘oyalarni o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda foydalanish tavsiya etiladi.

“Ma’naviy tahdidlar” mavzusini o‘qitishda globallashuv jarayonlari. Ma’naviyatga qaratilgan har qanday tahdid o‘zligimizga qaratilgan tahdid ekanligi. Inson qalbi va ongi uchun kurash. Bugungi kunda mafkuraviy tahdidning shakllari: axloqsizlik, diniy ekstremizm, aqidaparastlik, terrorizmning kelib chiqishi, xavfli oqibatlari, ma’naviyatning qudratli kuchi haqidagi bilimlar beriladi. Ushbu mavzuni o‘qitishda darslikning 24- betida berilgan “Vayronkor g‘oyalar va ularning oqibatlari” mavzusidan foydalanish mumkin. Shuningdek, Prezidentimiz Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” kitobidagi ushbu mavzuga oid konseptual g‘oyalarni o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda foydalanish tavsiya etiladi.

“Milliy an’ana va qadriyatlar ma’naviy yuksalishga xizmat qiladi” mavzusini o‘qitishda Mustaqillik yillarida milliy an’ana va qadriyatlarimizning tiklanishi. Navro‘z bayrami, Ramazon va Qurbon hayitlarining nishonlanishi. Diniy bag‘rikenglik va vijdon erkinligining kafolatlari, millatlararo totuvlik va fuqarolar birligi tushunchasi haqidagi bilimlar beriladi. Ushbu mavzuni o‘qitishda Prezidentimiz Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” kitobidagi ushbu mavzuga oid konseptual g‘oyalarni o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda foydalanish tavsiya etiladi.

“Shaxs tarbiyasi – davlat siyosatining ustuvor sohasi” mavzusini o‘qitishda komil inson tarbiyasining dolzarbligi. Jamiyat taraqqiyotining asosi, uni muqarrar halokatdan qutqarib qoladigan yagona kuch – ma’rifatdir. Bilimdonlik – ma’naviy barkamollik mezoni, ta’lim-tarbiya sohasidagi islohotlar, kitobxonlik – ma’naviyatni shakllantiradigan omillardan biri ekanligi haqida tushunchalar beriladi. Ushbu mavzuni o‘qitishda darslikning 57- betidagi “Bilimdonlik – ma’naviy barkamollik mezoni” matnidan foydalanish tavsiya etiladi.

“Qonun ustuvorligi – jamiyat farovonligi” mavzusini o‘qitishda yoshlarning jamiyat talablari va qonunlarini bilishi hamda ularga rioya etishi zarurligi. Huquqiy madaniyat shaxs madaniyatining ajralmas qismi. Inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari – oliy, qadriyat.ekanligi to‘g‘risidagi bilimlarni berishda darslikning 61- betidagi “Huquqiy madaniyat” mavzusidan berilgan matndan foydalanish tavsiya etiladi.

“Axloq-odob – ma’naviyat negizi” mavzusini o‘qitishda darslikning 89-betida berilgan “Xulq-odob ma’naviyat negizi” matnidan foydalangan holda axloq me’yorlari, jamiyat tomonidan qabul qilingan ijtimoiy hulq-atvor

24

qoidalari, ularning o‘ziga xos xususiyatlari. Ezgulik va yovuzlik. Sha’n, qadr-qimmat, adovat va nohaqlik, burch va mas’uliyat tushunchalari. Ota-bobolarimizdan meros bo‘lib qolgan sharqona odob-axloq, Sharq va G‘arb mamlakatlarida odob-axloqqa bo‘lgan munosabatlar to‘g‘risidagi bilimlar beriladi.

8-sinf “Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari” kiritilgan

o‘zgartirishlar 8-sinf Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari fani dasturidagi 3

soat hajmda Milliy g‘oyaning tarixiy va falsafiy asoslari”, “Ma’naviyat haqida umumiy tushuncha”, “Shaxsiy gigiena”, “Yoshlar va kiyinish odobi”, “Ichkilikbozlik, kashandalik, giyohvandlik, aqliy va jismoniy kamolot kushandasi” mavzulari davlat ta’lim standartlari talablariga mos kelmaganligi uchun dasturdan chiqarildi. Ularning o‘rniga quyidagi yangi mavzular kiritildi:

- “Milliy g‘oya millatni, xalqni birlashtiradi”. - “Urush va uning oqibatlari”. - “O‘zbekistonda vijdon erkinligining kafolatlanganligi”. - “O‘zbekistonda barcha millatlar huquq va erkinliklarining

kafolatlanishi”. - “Ma’naviyat – inson va jamiyat madaniyatining negizi”. - “Biz kimmiz, qanday buyuk zotlarning avlodimiz?”. “Milliy g‘oya millatni, xalqni birlashtiradi” mavzusini o‘tishda

darslikning 3- betida berilgan Kirish qismidan foydalanilgan holda o‘quvchilarga mafkurasi mustahkam millat – ogoh, o‘z g‘oyalarini tiniq anglagan millat ekanligi, milliy mafkura jamiyatni sog‘lom, ezgu maqsadlar yo‘lida birlashtirishi haqidagi bilimlar beriladi. Ushbu mavzuni o‘qitishda Prezidentimiz Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” kitobidagi ushbu mavzuga oid konseptual g‘oyalarni o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda foydalanish tavsiya etiladi.

“Urush va uning oqibatlari” mavzusini o‘tishda darslikning 13-betida berilgan “Yurt tinchligi g‘oyasi” matnidan foydalanib, urush doimo taraqqiyotni orqaga surishi, urush va uning oqibatlari, urushda g‘olib davlatlar bo‘lishi mumkin, lekin baxtli odamlar va g‘olib onalar bo‘lmasligi, bir kun janjal chiqqan uyda baraka bo‘lmasligi haqidagi bilimlar beriladi.

“O‘zbekistonda vijdon erkinligining kafolatlanganligi” mavzusini o‘tishda darslikning 33-betida berilgan “Dinlararo bag‘rikenglik g‘oyasi” matnidan foydalanib, O‘zbekiston Respublikasining “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonunida diniy bag‘rikenglikning barcha huquqiy asoslari yaratilganligi. Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanishi. Har bir inson xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Davlatning ishi – davlatniki, dinning ishi – dinniki bo‘lishi kerakligi haqidagi bilimlar beriladi.

25

“O‘zbekistonda barcha millatlar huquq va erkinliklarining kafolatlanishi” mavzusini o‘tishda darslikning 30-betida berilgan “Milatlararo hamjihatlik g‘oyasi” mavzusidan foydalangan holda O‘zbekiston Respublikasida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tili, urf-odati va an’analari hurmat qilinishining ta’minlanishi, O‘zbekistonda barcha millatlarning huquq va erkinliklari ta’minlanganligi, milliy bayramlar va urf-odatlar, O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan milliy madaniy markazlar haqidagi bilimlar beriladi.

“Ma’naviyat – inson va jamiyat madaniyatining negizi” mavzusini o‘tishda darslikning 37-betida berilgan “Ma’naviyat haqida umumiy tushuncha” mavzusidan foydalangan holda milliy g‘urur, milliy iftixor har qanday ishimizning poydevori ekanligi, ma’naviyat – odamning ruhiy va aqliy olamining majmui ekanligi, ma’naviyat boyib borsa jamiyat ravnaq topishi, ma’naviyat insonga ona suti, ota namunasi, ajdodlar o‘giti bilan birga singishi, ma’naviyat – jamiyat va millat ravnaqining bosh omili va poydevori ekanligi haqidagi bilimlar beriladi.

Shuningdek, ushbu mavzuga oid dars ishlanmasidan unumli foydalanishni tavsiya etamiz.

Mavzu: Ma’naviyat – inson va jamiyat madaniyatining negizi Reja:

1. Oliyjanob fazilatlar – komillik belgilari. 2. Milliy ma’naviyatni shakllantiruvchi asosiy mezon. 3. Oila tarbiyasi - ma’naviy kamolot poydevori. 4. Ta’lim va tarbiya birligi – sharqona hayot falsafasi. Darsning maqsadi: A) Ta’limiy maqsad:

Oliyjanob fazilatlar – komillik belgilari. Tarixiy xotira va ma’naviy meros. Buyuk ajdodlarimizning ibratli hayoti va faoliyati. Oila tarbiyasi - ma’naviy kamolot poydevori. Mahalla–ma’naviyat va tarbiya o‘chog‘i. Ta’lim va tarbiya birligi – sharqona hayot falsafasi haqidagi bilimlarni berish. B) tarbiyaviy maqsad:

Milliy g‘urur, milliy iftixor har qanday ishimizning poydevori ekanligi, ma’naviyat – odamning ruhiy va aqliy olamining majmui ekanligi, ma’naviyat boyib borsa jamiyat ravnaq topishi, ma’naviyat insonga ona suti, ota namunasi, ajdodlar o‘giti bilan birga singishi, ma’naviyat – jamiyat va millat ravnaqining bosh omili va poydevori ekanligini tushuntirish.

O‘quvchilar ong-tafakkurida “ma’naviyat” tushunchasini shakllantirish; ma’naviyatning tarixda va bugungi kundagi ahamiyatini qiyoslash; ozodlik, mustaqillikka erishishdagi mashaqqatlar; taraqqiyotga erishishdagi jahon xalqlari tajribasi; ma’naviyatni shakllantiradigan asosiy mezonlar (ma’naviy meros, madaniy boyliklar, tarixiy yodgorliklar, xalq og‘zaki ijodiyoti, allomalarimizning ilmiy-ijodiy kashfiyotlari, oila, mahalla, ta’lim-tarbiya tizimi) haqidagi tushunchalar shakllantiriladi. V) Rivojlantirib boriluvchi g‘oya:

Ma’naviyat, vatanparvarlik, ma’naviy meros, madaniy boyliklar, tarixiy yodgorliklar, “Avesto”, xalq og‘zaki ijodiyoti, “Alpomish” dostoni, Imom

26

Moturidiy, Bahouddin Marg‘inoniy, Bahouddin Naqshband, Ahmad Farg‘oniy, Muhammad Xorazmiy, Ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek, Mahmud Zamaxshariy, Amir Temur, Alisher Navoiy kabi mutafakkirlarning hayoti va ijodi. Dars jihozi: A) Didaktik:

1. Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch” kitobi. 2. “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuchi” fakultativ kursidan o‘quv qo‘llanma

(tuzuvchilar: R.Qo‘chqorov, M.Qarshiboev, O.Toshboev): 3. “Vatan tuyg‘usi”, “Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari”. fanlari

bo‘yicha (mavzuga oid) proeksion ko‘rgazmalar va plakatlar 4. Mavzuga oid rasmlar va boshqa materiallar.

V) Texnik: Slayd, kompyuter, multimediya, DVD, televizor.

Darsning blok chizmasi (taxminiy): Tashkiliy qism: Davomatni aniqlash. 5 daqiqa Faollashtiruvchi savollar Yakka ishlash: kichik guruhlarda ishlash; katta guruhlarda ishlash

5 daqiqa 5 daqiqa 5 daqiqa

O‘quvchilar fikrini umumlashtirish 15 daqiqa Uyga vazifa 5 daqiqa Rag‘batlantirish 5 daqiqa Faollashtirish uchun savollar: (ko‘rgazma vositalari orqali kompyuter texnologiyalaridan foydalangan holda avval muammoli savollar yakka o‘quvchilarga, so‘ngra muhokama uchun davra kengaytiriladi, so‘ngra katta guruhlarda ishlanadi hamda guruhlarning bildirgan fikrlari umumlashtirilib, doskada aks ettiriladi.) 1. Ma’naviyatli inson bilan ma’naviyatsiz insonni farqlashga imkoniyat beradigan xususiyatlarni sanab bering. 2. Ma’naviyatli inson qanday bo‘ladi? 3. Imon-e’tiqodli, irodali shaxs-chi? Darsning borishi: Birinchi bosqich. Darsni tashkil qilish, davomatni belgilash, yangi mavzu hamda mavzu rejasi bilan o‘quvchilarni tanishtirish. Ikkinchi bosqich. (Yakka tartibda, kichik guruhlarda, katta guruhlarda ishlashni tashkil qilish) Yakka tartibda ishlash: O‘qituvchi har bir qatorga faollashtiruvchi savollarni alohida- alohida beradi. Hamda daftarlariga o‘zlarining fikrlarini tushurishlarini so‘raydi. (2-3 daqiqa vaqt beradi.) Yakka holda ishlash. Bu usul o‘quvchilarni individual ishlashga jalb qiladi. Masalan birinchi qatorga

27

- Ma’naviyatli inson bilan ma’naviyatsiz insonni farqlashga imkoniyat beradigan xususiyatlarni sanab bering.

Ikkinchi qatorga - Ma’naviyatli inson qanday bo‘ladi?

Uchinchi qatorga - Imon-e’tiqodli, irodali shaxs-chi?

Ikki kishilik guruhlarda ishlash: Belgilangan vaqt o‘tishi bilan o‘qituvchi o‘quvchilarga daftarlaridagi bildirilgan fikrlarini partadoshlari bilan muhokama qilishlari mumkinligini hamda bir to‘xtamga kelishlarini so‘raydi. Buning uchun 1 daqiqa yetarli ekanligini eslatib o‘tadi.

Kichik guruhlarda ishlash. Bunda o‘qituvchi toq sondagi qatordagi partalarda o‘tirgan o‘quvchilarni orqa partadagi o‘quvchilar tomonga o‘girilishlarini so‘raydi. Hamda ulardan berilgan savol yuzasidan bitta to‘xtamga kelishlarini so‘raydi. Bu vazifa uchun ham 1 daqiqa yetarli.

Katta guruhlarda ishlash. 1-,2-,5-,6- qatordagi partalarda o‘tirgan o‘quvchilarni 3-4- partalar atrofiga

yig‘ilishlarini so‘raydi. Hamda ularga vatman qog‘oz berib 7-daqiqa ichida barcha fikrlarni umumlashtirib yagona to‘xtamga kelishlarini so‘raydi.

O‘quvchilar uchta katta guruhlarga birlashadilar. Har bir guruh 3 daqiqa davomida o‘zlarining taqdimotlarini qiladilar.

O‘qituvchi ularning fikrlari aks etgan vatman qog‘ozlarni doskaga mahkamlaydi. Hamda barcha guruhlardan uchta fikrlarni umumlashtirgan holda ma’naviyatli insonga ta’rif berishlarini so‘raydi.

O‘quvchilarning javoblarini umumlashtirib, Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” kitobidagi ma’naviyat so‘ziga berilgan ta’rifni o‘qib beradi.

O‘qituvchi o‘quvchilardan o‘z o‘rinlarini egallashlarini so‘raydi. Hamda quyidagilarni daftarlariga yozib olishlarini so‘raydi.

.... Ma’naviyat – insonni ruhan poklanish, qalban ulg‘ayishga chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat, imon e’tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg‘otadigan beqiyos kuch, uning barcha qarashlarining mezonidir (1-slayd).

Odamning boyligini belgilab beradigan asosiy mezon

Komil inson bo‘lish, halollik va adolat bilan hayot kechirish

Ma’naviyat tushunchasi

28

Milliy ma’naviyatni shakllantiruvchi asosiy mezonlar:

Millatning tarixi. Millatning urf - odati va an’analari. Ko‘hna tarixiy yodgorliklar. Millatning milliy qadriyatlari. Madaniy boyliklar. Ma’naviy meros.

Aqliy hujum: Faraz qiling, ertalab o‘rningizdan turganingizda ism sharifingizni, kimligingizni, yaqinlaringizni unutib qo‘ydingiz, har qancha urunishlaringiz bekor bo‘ldi. O‘zingizni qanday his qilardingiz? O‘quvchilarning javoblarini eshitib, o‘qituvchi agar millat o‘zligini unutib qo‘ysa, bu kim uchun fojea bo‘ladi? Albatta millat uchun. Demak, ajdodlarimiz tafakkuri va dahosi bilan yaratilgan eng qadimiy toshyozuv va bitiklar, xalq og‘zaki ijodi namunalaridan tortib, bugungi kunda kutubxonalarimiz xazinasida saqlanayotgan ming-minglab qo‘lyozmalar, ularda mujassamlashgan tarix, adabiyot, san’at, tibbiyot, matematika, mineralogiya, kimyo, astranomiya, me’morchilik, dehqonchilik va boshqa sohalarga oid qimmatbaho asarlar bizning buyuk ma’naviy boyligimizdir.

Bunchalik katta merosga ega bo‘lgan xalq dunyoda kamdan-kam topiladi. Ota-bobolarimizning asrlar davomida to‘plagan hayotiy tajribasi, diniy, axloqiy, ilmiy, adabiy qarashlarini ifoda etadigan bu kabi tarixiy yodgorliklar orasida bundan qariyib uch ming yil muqaddam Xorazm vohasi hududida yaratilgan “Avesto” deb ataladigan bebaho ma’naviy obida alohida o‘rin tutadi. Avvalom bor, shuni aytish joizki, ota-bobolarimizning aql –zakovati, qalb qo‘ri mahsuli bo‘lmish bu noyob yodgorlikning zamon to‘fonlaridan, qanchadan-qancha og‘ir sinovlardan o‘tib, bizning davrimizgacha yetib kelganligining o‘zida katta ma’no mujassam. Bunday o‘lmas osori atiqalar bu ko‘hna o‘lkada, bugun biz yashab turgan tuproqda qadimdan buyuk madaniyat mavjud bo‘lganidan dalolat beradi.

Aqliy hujum: 1999 yilda o‘zining ming yilligini nishonlagan tarixiy yodgorlik haqida bilasizmi? Javob: Agarki xalqimizning qadimiy va shonli tarixi tuganmas bir doston bo‘lsa, “Alpomish” ana shu dostonning shoh bayti desak to‘g‘ri bo‘ladi. 1999-yil yurtimizda “Alpomish” dostoning ming yilligi keng nishonlanishi xalqimizning ushbu suyukli dostoniga bo‘lgan muhabbatining yana bir isboti bo‘ldi. Kitob bilan ishlash: So‘rab bilish va to‘ldirish

1.“Musulmonlarning e’tiqodini tuzatuvchi” degan yuksak sharafga sazovor bo‘lgan, “Muhaddislar sultoni” deya ulkan shuhrat qozongan bobomiz haqida,

Jamiyat hayotidagi qarashlar

g‘oyaviy ma’rifiy madaniy diniy axloqiy

29

“Din va millatning hujjati” degan yuksaak unvonga sazovor bo‘lgan, vatandoshlarimiz hayoti va ijodlari haqidagi ma’lumotlarni to‘plang. Kitobning 38-,39-,40,- betlaridan lavhalar o‘qiladi.

2. Zaminimizda yashab o‘tgan buyuk allomalardan kimlarni bilasiz? 41-,42-,43-, betlardan namunalar o‘qiladi.

3. Tajribada ko‘rilgankim, azmi qat’iy, tadbirkor, hushyor, mard va shijoatli bir kishi mingta tadbirsiz, loqayd kishidan yaxshiroqdir. Ushbu hikmatning ma’nosini yoritib bering, uni bugungi kunda ham dolzarb desak bo‘ladimi? 45-bet.

5. Prezident Islom Karimovning 1996 yil Parijda YuNESKOning bosh kotibi Federiko Mayor bilan bo‘lgan suhbatini o‘qing. Prezidentimizning Parij xotirasi nimalarni isbotlaydi? 46-bet.

6. Alisher Navoiy bobomiz qay tariqa o‘zbek xalqi ma’naviy dunyosining shakllanishiga ta’sir o‘tkazgan? 47-, 49 bet.

7. ...oila sog‘lom ekan – jamiyat mustahkam, jamiyat mustahkam ekan –mamlakat barqarordir. Ushbu so‘zlarni izohlashga harakat qiling. 52-, 56 bet

Topshiriq: Daftaringizga tushuring. 1. Yuqoridagi matnlarni o‘qiganingizda nimalarni his qildingiz? 2.Yashash manzilingizda ta’lim sohasi bo‘yicha olib borilayotgan islohotlarning guvohi bo‘ldingizmi? Nima uchun davlatimiz ta’lim-tarbiyaga e’tiborni qaratishni davlat siyosati darajasiga ko‘targan? Xulosa: Bizning qadimiy va go‘zal diyorimiz nafaqat Sharq, balki jahon sivilizatsiyasi

beshiklaridan biri bo‘lganini xalqaro jamoatchilik tan olmoqda va e’tirof etmoqda. Bu tabarruk zamindan ne-ne buyuk zotlar, olimu-ulomolar, siyosatchi va sarkardalar yetishib chiqqani, umumbashariy sivilizatsiya va madaniyatning uzviy qismiga aylanib ketgan dunyoviy va diniy bilimlarning, ayniqsa islom dini bilan bog‘liq bilimlarning tarixan eng yuqori bosqichga ko‘tarilishida ona yurtimizda tug‘ilib kamolga yetgan ulug‘ allomalarimizning xizmatlari beqiyos ekani bizga ulkan g‘urur va iftixor bag‘ishlaydi. (60-bet)

Uyga vazifa: Ma’naviyatni shakllantirishga bevosita ta’sir qiladigan muhim hayotiy omillar haqida kichik hikoya tuzish.

“Biz kimmiz, qanday buyuk zotlarning avlodimiz?” mavzusida inson

qadri – ulug‘, xotirasi boqiydir. O‘zlikni anglash tarixni bilishdan boshlanishi. O‘z tarixini bilmaydigan, kechagi kunini unutgan millatning kelajagi yo‘q. Biz Beruniylarga, Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Mirzo Boburlarga vorismiz. Oila farovonligi – milliy farovonlik asosi. Oila – har qanday odamga parvoz uchun qanot beradigan muqaddas qo‘rg‘on. Oila sog‘lom ekan – jamiyat mustahkam, jamiyat mustahkam ekan – mamlakat barqarorligi haqidagi bilimlar beriladi. Ushbu mavzuni o‘qitishda Prezidentimiz Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” kitobidagi ushbu mavzuga oid konseptual g‘oyalarni o‘quvchilarning yosh hususiyatlarini inobatga olgan holda foydalanish tavsiya etiladi.

30

9-sinf “Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari” dasturiga

kiritilgan o‘zgartirishlar 9-sinfning Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari dasturidagi

Davlat ta’lim standartlari talablariga mos kelmaydigan 11 soat hajmdagi Kirish, “Diniy ekstremizm va terrorizmning barqarorlik uchun xavfi” mavzusida suhbat, “Ona tili – millat ruhi”, “Ota-ona va farzandlik burchi”, “Kim bo‘lsam ekan?”, “Mehnat, kasb-hunar madaniyati”, “Urf-odatlar va marosimlar”, “Mehmon kutish madaniyati” mavzulari dasturdan chiqarildi.

Chiqarilgan mavzular o‘rniga Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” kitobidagi konseptual g‘oyalar singdirilgan quyidagi mavzular kiritildi.

“Ma’naviy va moddiy hayot uyg‘unligi” ushbu mavzuni Prezident Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” kitobini o‘rganish bo‘yicha tuzuvchi mualliflar M.Qarshiboev va boshqalar tomonidan tayyorlangan “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” o‘quv qo‘llanmasining 22-betida berilgan mavzudan foydalangan holda mustaqillik nafaqat iqtisodiy, balki beqiyos ma’naviy imkoniyatlar manbai ekanligi, ma’naviy va moddiy hayot uyg‘unligida iqtisodiy-ijtimoiy yangilanish jarayonlarining tashkil etilishi, moddiy va ma’naviy hayot tamoyillarining bir-birini to‘ldirishi haqidagi bilimlar beriladi.

“Ma’naviy jasorat” ushbu mavzuni Prezident Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” kitobini o‘rganish bo‘yicha tuzuvchi mualliflar M.Qarshiboev va boshqalar tomonidan tayyorlangan “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” o‘quv qo‘llanmasining 36-betida berilgan mavzudan foydalangan holda inson qalbiga yo‘l, eng buyuk jasorat – bu ma’naviy jasorat, Ozod Sharafiddinov, Yahyo G‘ulomovlarning hayot yo‘li ma’naviy jasorat timsoli, Zulfiya – o‘zbek ayolining ma’naviy qiyofasi haqidagi ma’lumotlar beriladi.

“Bozor iqtisodiyotiga o‘tishning besh tamoyili” mavzuni o‘qitishda darslikning 42-betidagi “Taraqqiyotning o‘zbek modeli va uning ahamiyati” mavzusidan foydalanib, iqtisodiyotning siyosatdan ustunligi, davlat bosh islohotchi, qonun ustuvorligi, kuchli ijtimoiy himoya, bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‘tish tamoiyllari va ularning jamiyat rivojidagi ahamiyati haqidagi bilimlar beriladi.

“Yuksak ma’naviyat – buyuk jasoratga yetaklaydi” mavzusini ushbu mavzuni Prezident Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” kitobini o‘rganish bo‘yicha tuzuvchi mualliflar M.Qarshiboev va boshqalar tomonidan tayyorlangan “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” o‘quv qo‘llanmasining 44-betidagi “Eng buyuk jasorat” mavzusidan foydalangan holda Jasorat ko‘rsatish imkoniyati doimo mavjud. Har kuni, har soatda fidoiy bo‘lish, o‘z imkoniyatlarini yurt ravnaqi uchun safarbar qilish haqiqiy qahramonlikdir. Yoshlarning ma’naviy uyg‘oqligi millatni g‘aflatdan asraydigan asosiy omillardan biri ekanligi. Yuksak ma’naviyat – insonning, xalqning, jamiyatning

31

kuch-qudratidir. Jamiyat madaniyatsiz, ma’naviy-axloqiy qadriyatlarsiz yashay olmasligi haqidagi bilimlar beriladi.

“Mustaqillik darslari”ni o‘tish bo‘yicha 7-, 8-, 9-sinflar uchun 1 soatlik

dars ishlanma. Mavzu: “O‘zbekiston – ulkan imkoniyatlar, yangilanishlar va islohotlar mamlakati” Reja:

1. Makonimiz – O‘zbekiston, zamonamiz – Mustaqillik 2. Mustaqillik yillari falsafasi. 3. O‘zbekiston – ulkan imkoniyatlar mamlakati.

Darsning maqsadi: Ta’limiy maqsad: o‘quvchilarga mustaqillik bayrami va uning mazmun

mohiyatiga oid bilimlar berish. Tarbiyaviy maqsad: Yosh avlod qalbida vatanparvarlik tuyg‘ularini

o‘stirish. Yoshlarning kelajakda ruhan pok, irodasi baquvvat, vijdoni uyg‘oq bo‘lishini ta’minlash, qalbida insoniy fazilatlarni shakllantirish.

Rivojlantiruvchi ta’lim: O‘quvchilarni mustaqillik, erk va vatanparvarlik haqidagi dunyoqarashlarini o‘stirish.

Darsning turi: Aralash. Darsning usuli: “Muzyorar”, suhbat, ko‘rgazmalilik, bahs-munozara,

guruhlarda ishlash. Darsning jihozi: Didaktik jihoz: Vatanimiz tarixiga oid rangli suratlar, alloma va buyuk

shaxslar portretlari, “Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari” darsligi, Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” kitobi, tarqatma materiallar, slaydlar. Texnik jihoz: Proektor, ekran. “Vatan tuyg‘usi”, “Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari” fanlaridan tayyorlangan proeksion materiallardan mavzuga oid bo‘lganlaridan foydalanish.

Darsning texnik chizmasi: Tashkiliy qism 5 daqiqa O‘quvchilarni faollashtirish uchun savollar 10 daqiqa O‘quvchilarning fikrlarini umumlashtirish 15 daqiqa Guruhlarda ishlash 10 daqiqa Uyga vazifa 5 daqiqa

Darsning borishi: Dars boshida o‘quvchilar uchta katta guruhga bo‘lingan holda joylashadilar O‘qituvchi darsni “Muzyorar” metodidan foydalanib, tanishuv mashg‘uloti bilan boshlaydi. Bunda har bir o‘quvchi oldin o‘z ismini, so‘ng ismidagi bosh xarf bilan boshlanuvchi o‘zidagi bitta fazilatni aytishi kerak. Masalan, Xurshida – xushmuomala, Kamol – kamtarin va hakozo.

32

O‘qituvchi o‘quvchilardan ushbu o‘tkazilgan mashg‘ulotdan olingan taassurotlar haqida fikrlashadi.

O‘quvchilarning tahminiy javoblari; 1-o‘quvchi: Menda bu tanishuvdan ko‘tarinki ichki hissiyot paydo bo‘ldi. 2-o‘quvchi: Men bu mashg‘ulotda faol qatnashish mas’uliyatini sezdim. O‘qituvchi: Sizlarga katta rahmat! Barchangiz tanishuv mashg‘ulotida faol ishtirok etganingizdan juda mamnun bo‘ldim. O‘ylaymanki darsimiz davomida yanada ishchanlik kayfiyatida bo‘lasizlar. Bugungi mavzu: O‘zbekiston – ulkan imkoniyatlar, yangilanishlar va islohotlar mamlakati. (O‘qituvchi sinf taxtasiga yozib qo‘yilgan yangi mavzuni tushuntirish davomida uchraydigan tayanch so‘z va iboralar ma’nosini o‘quvchilar faolligini ta’minlagan holda izohlab beradi).

O‘quvchilarni faollashtirish uchun savollar 1. Mana bugun o‘quv yilining birinchi kuni, maktabga kelishingizdan oldin

siz o‘zingizga qanday maqsad qo‘ydingiz? O‘quvchilarning javoblari umumlashtiriladi. (har bir o‘quvchining fikrini olishga harakat qilinadi. Agar 9-sinf o‘quvchilari bo‘lsa, savolni davom ettirib, kelgusida qaysi kasbni egasi bo‘lmoqchisiz, buning uchun nima ishlarni qilishingizni lozimligini o‘ylab ko‘rdingizmi? Degan savol ham berish mumkin.) 2. Bizning yashayotgan xududda sizlarning ertangi kuningiz uchun qanday imkoniyatlar mavjud? O‘quvchilarning javoblarini o‘qituvchi umumlashtirgan holda. Hududagi yangi qurilgan, zamonaviy maktab, kollej, akademik litsey binolari, hamda sport inshoatlarining rasmini ko‘rsatadi va ularni nomini birma-bir sanab o‘tadi. 3. Hotirjamlik, tinchlik, totuvlik, imkoniyat, mustaqillik, baraka, bag‘rikenglik, iqtisod, qadriyat, ma’naviyat so‘zlarini izohlashga harakat qiling. Ushbu so‘zlardan hikoya tuzishga harakat qilib ko‘ring. O‘qituvchi o‘quvchilarning javoblarini umumlashtiradi. Hurmatli o‘quvchilar! Dunyoda buyuk tushunchalar, muqaddas qadriyatlar ko‘p. Lekin ushbu tushunchaning bular orasida ayricha o‘rni va alohida ahamiyati bor. Bu – ONA, VATAN, TINChLIK, SOG‘LIK. Ularni bir-biridan ayri tasavvur qilib ham bo‘lmaydi. Ona Vatan, ona diyor, ona yurt – inson tug‘ilib o‘sgan, kindik qoni to‘kilgan joyni Vatan deydi. Vatannni esa, dunyoda biz uchun eng aziz inson bo‘lgan onaga tenglashtiriladi. XX asrning eng buyuk voqealaridan biri bu asrning so‘ngi o‘n yilligi boshida bu olamshumul harakatga qo‘shildik – mustaqillikka erishdik. Vatanimiz, mamlakatimiz butun O‘zbekiston xalqi 1991 yilning 31 avgustda o‘zining mustaqil davlat ekanligini e’lon qildi. Prezidentimiz Islom Karimov aytganlaridek Mustaqillik – ma’naviy tiklanish va va yuksalish demakdir. Yurtimiz mustaqillikka erishgandan so‘ng biz o‘zligimizni, qadriyatlarimizni, ma’ngaviyatimizni teran anglay boshladik. O‘zbek nomining shoni-shavkati, g‘ururi dunyoga tanildi.

33

Xalqim, tantiliging o‘zi bir olam, Yurtboshing boshingda yonib turgan sham. Ta’rifingni bitib charchamas qalam, Mag‘rur o‘g‘lonlaring doim bor bo‘lsin. Darhaqiqat o‘tgan 19 yil mobaynida katta muvaffaqiyatlarga erishildi. Shu davr ichida qo‘lga kiritilganyutuqlarni sarhisob qilish qiyin.

Istiqlol davrining yilma-yil tahlili yana bir muhim xulosani aytishga asos beradi: o‘n to‘qqiz yilda O‘zbekistonimizning siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy qiyofasi batamom o‘zgardi. Odamlar tafakkurida keskin sifat o‘zgarishi sodir bo‘ldi. Bugungi xalq o‘n to‘qqiz yil burungi xalq emas. Bu o‘zgarishlar, o‘n-o‘n besh yildan keyin yana qanday shirin mevalar berishini bir ko‘z o‘ngimizga keltirib ko‘raylik. Shunda ko‘ngilga baxtiyor umidbaxshlik, shukr va faxr xissi inadi. Mustaqillik, avvalo, millatning o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqini kafolatlaydi. Bu degani esa – biz millat, xalq sifatida taqdirimiz bilan bog‘liq barcha masalalarni o‘zimiz hal etishimiz lozimligini anglatadi. Mamlakat hayotida yuz berayotgan o‘zgarishlarni uchga – siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy islohotlarga bo‘lib tahlil etish mumkin. Siyosiy jihatdan O‘zbekiston Respublikasi jahondagi teng huquqli mustaqil davlat sifatida yuz ko‘rsatdi. Xalqaro maydonda munosib o‘rinni egalladi. O‘z ovoziga, o‘ziga xos mavqeiga ega bo‘ldi. O‘zbekiston o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgach, davlat ramzlariga ega bo‘ldi. O‘z tiliga, Qomusiga, gerbiga, bayrog‘iga, Prezidentiga, madhiyasiga, chegarasiga, valyutasiga va milliy armiyasiga ega bo‘ldi. Iqtisodiy jihatdan Mustaqillik yillarida iqtisodiy mustaqillikka erishdik: avtomabil va transport sanoati rivojlandi. Davlatimiz g‘alla mustaqilligiga erishdi. Mamlakatimiz agrar davlatdan industrlashgan mamlakatga aylandi. Avvalari mamlakatimiz xom ashyo bazasiga aylangan bo‘lsa, endilikda paxtani qayta ishlash korxonalari qurildi. Shahar va qishloqlarimiz qiyofasi o‘zgarib, chiroy ochib, kollej, litsey, maktablar,guzar, choyxona, to‘yxona va do‘konlar ham iqtisodiy salohiyatimizdan dalolat beradi. Ma’naviy jihatdan yurtimizdagi o‘zgarishlarga alohida to‘xtalish lozim. Tilga, tarixga, merosga, dinga, urf-odatlarga, an’ana va qadriyatlarga, adabiyot va san’atga bo‘lgan munosabatning o‘zgarganligini misollar bilan sanab sanog‘iga yetish qiyin. Murakkab iqtisodiy sharoitlarga qaramay, davlat xalq kelajagi uchun qayg‘urib, ta’lim tizimiga qanchadan qancha mablag‘ ajratildi. Mustaqillikning og‘ir sinovlari davri o‘tdi. Odamlarimizning kiyinishi ham, yeb-ichishi ham, xatto, to‘ylarimiz ham o‘zgardi. Har kimsaning bo‘lsin o‘zin boshpanasi, Har kimsa o‘z kulbasida davrin sursin.

34

Odamni-ku aytmay turay, bu dunyoda Hatto qushning yot butoqda ini bo‘lsin.

Uyga vazifa sifatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 17 yilligiga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilishidagi ma’ruzasidan foydalangan holda quyidagi jadvalni to‘ldirishga harakat qiling. Ta’lim sohasidagi

islohatlar Siyosiy sohasidagi

islohatlar Huquqiy

sohasidagi islohatlar

Madaniyat va sport sohasida

erishilgan yutuqlar

O‘qituvchilarga foydalanish uchun qo‘shimcha adabiyotlar:

1. Islom Karimov: “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch”. 2. Islom Karimov: “Vatan va xalq mangu qoladi” hikmatli so‘zlar va iboralar to‘plami. 3. Islom Karimov: “Barkamol avlod orzusi” kitobi. 1999. 4. Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” kitobini

o‘rganish yuzasidan M.Qarshiboev, R.Qo‘chqorov, O.Toshboevlar tomonidan tayyorlangan “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” o‘quv qo‘llanmasi.

5. 1-4 sinf “Iqtisod va soliq alifbosi” qo‘llanmasi. 6. 1-4-sinf “Konstitutsiya alifbosi” (muallif. O.Karimova) qo‘llanmasi. 7. 1-4 sinf “Mening huquqlarim” (S.Xidirov va b) o‘quv qo‘llanmasi. 8. 5-9 sinf “Voyaga yetmaganlarning huquq, burch va mas’uliyatlari” (mualliflar: B.Doniyarov va boshqalar) o‘quv qo‘llanmasi. 9. 1-4-sinf “Odobnoma” darsligi. 10. 5-6-sinf “Vatan tuyg‘usi” darsligi. 11. 7-9-sinf “Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari” darsligi. 12. Murtazo Qarshiboev: “Ezgulik va ma’naviyat” risola. 13. Muhammadjon Quronov: “Mafkuraviy tahdid va yoshlar tarbiyasi” risola. 14. Muhammadjon Quronov: “Biz anglayotgan haqiqat” kitobi. 15. G‘ofurjon Shodiev: “Ma’naviyat va yoshlar” risola. 16. Sultonmurod Olim: “Istiqlol – baxtim saodatim” risola. 17. “Axloq – odobga oid hadis namunalari” 1990 yil. 18. Yo.Saitov: “Otalar so‘zi – aqlning ko‘zi” hikmatlar to‘plami. 19. Jaloliddin Rumiy: “Masnaviy hikoyalaridan darslar” 20. Kaykovus: “Qobusnoma”. 21. “Hikmatnoma” to‘plam 1992 y

35

22. “Odob bo‘stoni va axloq gulistoni” asar. 23. Abduvohid Ochildiev: “Globallashuv va mafkuraviy

jarayonlar”.