21
Mavzu № 10 Qishloq axolisiga tibbiy yordamni tashkil etish xususiyatlari

Qishloq axolisiga tibbiy yordamni tashkil etishlibrary.tma.uz/uum2/JSSSTB/Aliyeva/2.Maruzalar%20...Qishloq axolisiga tibbiy xizmatning tashkil qilishning eng asosiy o'ziga xos xususiyatlaridan

  • Upload
    others

  • View
    26

  • Download
    0

Embed Size (px)

Citation preview

Page 1: Qishloq axolisiga tibbiy yordamni tashkil etishlibrary.tma.uz/uum2/JSSSTB/Aliyeva/2.Maruzalar%20...Qishloq axolisiga tibbiy xizmatning tashkil qilishning eng asosiy o'ziga xos xususiyatlaridan

Mavzu № 10

Qishloq axolisiga tibbiy

yordamni tashkil etish

xususiyatlari

Page 2: Qishloq axolisiga tibbiy yordamni tashkil etishlibrary.tma.uz/uum2/JSSSTB/Aliyeva/2.Maruzalar%20...Qishloq axolisiga tibbiy xizmatning tashkil qilishning eng asosiy o'ziga xos xususiyatlaridan

Qishloq axolisq axolisiga tibbiy yordam ko'rsatishning xususiyatlari.

Qishloq sharoitining o'ziga xos xususiyatlari kuyidagilardan iborat.

1. Qishloq axolisining tarqoq joylashganligi

2. Qishloq xo'jaligi ishlarining mavsumiyligi

3. Tuman markaziga ayrim qishloqlarning uzoq joylashganligi, yo'l sharoitlarining yomonligi.

4. Jamoat transportlarining yetishmasligi, ularning belgilangan grafikda muntazam qatnamasligi, telefon aloqasining yomonligi.

5. Ijtimoiy- maishiy sharoitlarning ko'ngildagiday tashkil etilmaganligi.

Page 3: Qishloq axolisiga tibbiy yordamni tashkil etishlibrary.tma.uz/uum2/JSSSTB/Aliyeva/2.Maruzalar%20...Qishloq axolisiga tibbiy xizmatning tashkil qilishning eng asosiy o'ziga xos xususiyatlaridan

Qishloq axolisiga tibbiy xizmatning tashkil qilishning eng asosiy

o'ziga xos xususiyatlaridan biri uning bosqichligidadir.

1. Qishloq axolisiga birinchi bosqichda tibbiy yordam ko'rsatuvchi muassasa bu qishloq vrachlik punktidir. £ozirda ushbu bosqichda axoliga tarkibiga qishloq uchastka kasalxonasi, vrachlik ambulatoriya qishloq vrachlik punkti, FAP, salomatlik punktlari, kabi tibbiy muassasalar aholiga BTSYo ko'rsatmoqda.

2. Ikkinchi bosqichda tibbiy yordam qishloq axolisiga tuman tibbiyot muassasalari tomonidan ko'rsatiladi. Ularga tuman markaziy kasalxonasi, tumandagi zonal kasalxonalar, tuman D.S.E.N.M va boshqa tibbiyot muassasalar kiradi. Bundan tashqari bosqichda qishloq axolisiga viloyat shifoxonalarida xam tibbiy yordam ko'rsatiladi. Ularga viloyat shifoxonasi, viloyat shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazlari dispanserlar stomatologik poliklinika, viloyat D.S.E.N.M va xokazolar

Page 4: Qishloq axolisiga tibbiy yordamni tashkil etishlibrary.tma.uz/uum2/JSSSTB/Aliyeva/2.Maruzalar%20...Qishloq axolisiga tibbiy xizmatning tashkil qilishning eng asosiy o'ziga xos xususiyatlaridan

Tumanlarda tibbiy muassasalarni tashkil etish tizimi

I. Bosqich qishloq vrachlik punktlari

Hozirda rivojlangan mamlakatlardagi sog'liqni saqlash tizimining tajribalarini, kundan-kunga o'ta qimmatbaxo xizmat turiga aylanayotgan statsionar xizmatdan qisman bo'lsada voz kechish, axolini ijtimoiy muxofazalash hamda tibbiy feldsherlik emas, balki vrachlik yordamini axoliga yaqinlashtirish, tibbiy, yordamning samaradorligini oshirish, kelgusida oila shifokori tizimini yaratish maqsadida qishloq joylarida bir-birini vazifasini va kamchiliklarini takrorlayotgan murakkab ko'p bosqichli (5 bosqich) sog'liqni saqlash tizimidan 2 bosqichli tizimga keng qo'llamda o'tilmoqda.

Page 5: Qishloq axolisiga tibbiy yordamni tashkil etishlibrary.tma.uz/uum2/JSSSTB/Aliyeva/2.Maruzalar%20...Qishloq axolisiga tibbiy xizmatning tashkil qilishning eng asosiy o'ziga xos xususiyatlaridan

Qishloq vrachlik punkti axoliga malakali vrachlik

tibbiy yordamini ko'rsatishi mo'ljallangan

davolash-profilaktika muassasasi hisoblanadi.

Qishloq vrachlik punkti 1500 va undan ko'p

bo'lgan axoli yashaydigan qishloqlarda tashkil

etiladi. Qishloq vrachlik punkti, u xizmat

ko'rsatayotgan axoli soniga, xizmat radiusiga va

yo'llarni rivojlanganligiga hamda qishloq xo'jalik

va ishlab chiqarish tarmoqlariga qarab tashkil

etiladi.

Page 6: Qishloq axolisiga tibbiy yordamni tashkil etishlibrary.tma.uz/uum2/JSSSTB/Aliyeva/2.Maruzalar%20...Qishloq axolisiga tibbiy xizmatning tashkil qilishning eng asosiy o'ziga xos xususiyatlaridan

Qishloq vrachlik punktining asosiy vazifalari:

1. Biriktirilgan xudud axolisini malakali tibbiy yordam bilan ta'minlash;

2. Axoli orasida kasallanish jaroxatlanish nogironlik va o'limni kamaytirish bo'yicha davolash profilaktik ishlarni o'tkazish

3. Axoli sanitar –gigiyenik madaniyatini oshirish bo'yicha tadbirlar tashkil etish va o'tkazish, sog'lom turmush tarzini targ'ib etish jumladan, ratsional ovqatlanish, chekish spirtli ichimliklar ichish va boshqa zararli omillarga qarshi kurash, jismoniy madaniyat va sportni keng ommalashtirish;

4. Sanitariya va epidemiyaga qarshi kompleks tadbirlar o'tkazish;

5. O'sib kelayotgan avlod sog'lomlashtirish, onalar va bolalar salomatligini muxofazalash, extiyoj sezilmagan xomiladaorlikni oldini olish, oilani rejalash, bolalar orasida tug'ma anomalayalar va irsiy kasalliklarni kamaytirish bo'yicha chora tadbirlar o'tkazish;

6. Aholiga tez va shoshilinch tibbiy yordam ko'rsatish;

7. Aholi orasida birinchi navbatda, bolalar o'smirlar, tug'ruq yoshidagi ayollar, qishloq xo'jalik xodimlari va bemorlar orasida tibbiy ko'riklarni tashkil etish, ularni dispanser nazoratiga olish;

Page 7: Qishloq axolisiga tibbiy yordamni tashkil etishlibrary.tma.uz/uum2/JSSSTB/Aliyeva/2.Maruzalar%20...Qishloq axolisiga tibbiy xizmatning tashkil qilishning eng asosiy o'ziga xos xususiyatlaridan

Qishloq vrachlik punktining asosiy vazifalari:

(Davomi)

8. Eng ko'p tarqalgan muxim kasalliklar ayniqsa sil, yuqumli, teri tanosil, o'sma kasalliklarga qarshi kurash bo'yicha davolash profilaktik tadbirlarni o'tkazish;

9. Axolining umumiy kasallanish va ishchi-xizmatchilarning vaqtinchalik ish qobiliyatini yo'qotganlik sabablarini o'rganish, xo'jalik, tashkilot muassasa rahbarlari bilan birgalikda ularni kamaytirish bo'yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish;

10. Biriktirilgan axoliga tibbiy yordam ko'rsatishning tashkiliy-uslubiy shakillarini rivojlantirish va takomillashtirish, sifat va samaradorligini oshirish;

11. Har xil kasalliklar bilan kasallangan bemorlarni barvaqt aniqlash, ularga markaziy tuman shifoxonasi, yaqinda joylashgan davolash muassasalarining vrach mutaxassislari tomonidan konsultatsiyalar tashkil etish;

12. Bemorlarni boshqa tibbiyot davolash profilaktk muassasalariga yotqizishni o'z vaqtida tashkil etish;

13. Davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazi, tuman markaziy shifoxonasini yuqumli kasalliklar, zaharlanishlar va boshqa favquloddagi xodisalar ro'y berganda o'z vaqtida xabardor etish;

14. Jamoat tashkilotlarini axoli salomatligini saqlash va mustaxkamlash bo'yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va o'tkazishga jalb etish.

Page 8: Qishloq axolisiga tibbiy yordamni tashkil etishlibrary.tma.uz/uum2/JSSSTB/Aliyeva/2.Maruzalar%20...Qishloq axolisiga tibbiy xizmatning tashkil qilishning eng asosiy o'ziga xos xususiyatlaridan

Birlamchi tibbiy sanitariya yordamini takomillashtirishning asosiy

yo'nalishlaridan biri onalar va bolalar salomatligini muhofazalash

xisoblanadi. Barcha xududlarda bolalar muassasalari va tug'ruqxona

komplekslari faoliyatini muvofiqlashtirish, xavfsiz onalikni ta'minlash

va tug'ruq yoshidagi ayollar salomatligini yaxshilash maqsadida,

onalar va bolalar skrining markazlari va «Perinatalogiya» markazlari

«Ixtisoslashgan tibbiy-genetika markazlari» va va boshqalar tashkil

etilmoqda ular onalar, chaqaloqlar o'limini, tug'ma anomaliyalar va

perinatal davr xastaliklari bilan tug'ilayotgan bolalar sonini keskin

kamayishiga olib keladi.

Page 9: Qishloq axolisiga tibbiy yordamni tashkil etishlibrary.tma.uz/uum2/JSSSTB/Aliyeva/2.Maruzalar%20...Qishloq axolisiga tibbiy xizmatning tashkil qilishning eng asosiy o'ziga xos xususiyatlaridan

Axolining sotsial-iqtisodiy jixatdan turmush tarzining o'zgarishi, salomatlik

ko'rsatkichlarini bir muncha yomonlashuviga axoli orasidagi sotsial

axamiyatga ega bo'lgan kasalliklar sonini o'sishga olib kelmoqda, axoli

orasida keksalar va qariyalar sonining oshishi, tibbiy yordam ko'rsatishni

ambulatoriya poliklinikadan oilaga transformatsiya qilishni yaqinlashtirishni

va oila doirasida eng keng tarqalgan kasalliklari profilaktikasi bilan

shug'ullanishga e'tiborni qaratishga taqozo etmoqda. Bu vazifalarni yechish

uchun respublikamizda birlamchi tibbiy sanitariya yordamini umumiy

amaliyot shifokorlari bilan ta'minlashga katta e'tibor berilmoqda.

Birlamchi tibbiy sanitariya yordami tizimini takomillashtirishning asosiy

vazifalaridan biri BTSYoning asosiy qismini keng profilli mutaxassislar kuchi

bilan amalga oshirishga o'tish lozim.

Page 10: Qishloq axolisiga tibbiy yordamni tashkil etishlibrary.tma.uz/uum2/JSSSTB/Aliyeva/2.Maruzalar%20...Qishloq axolisiga tibbiy xizmatning tashkil qilishning eng asosiy o'ziga xos xususiyatlaridan

BTSYo yanada takomillashtirish bosqichma-bosqich, mamlakatning

real imkoniyatlaridan kelib chiqqan xamda BTSYoning tashkiliy,

xuquqiy bazasini yaratgan xolda va umumiy amaliyot shifokori

tayyorlashning tibbiy xodimlarini kasbiy maxoratini oshirishning

asosiy prinsiplarini amalga oshirish yordamida olib boriladi.

Tuman axolisiga tibbiy xizmat ko'rsatishning 2 chi bosqichidagi

asosiy tibbiyot muassasasi bu tuman markaziy shifoxonasidir

Tuman markaziy shifoxonasi tuman aholisiga malakali ixtisoslashga

statsionar hamda poliklinika xizmatini ko'rsatuvchi, tumandagi barcha

tibbiyot muassasalarning ish faoliyatini boshqaruv, tuman axolisiga

sifatli tibbiy xizmatni tashkil etishga ma'sul tashkiliy metodik markaz

xisoblanadi.

Page 11: Qishloq axolisiga tibbiy yordamni tashkil etishlibrary.tma.uz/uum2/JSSSTB/Aliyeva/2.Maruzalar%20...Qishloq axolisiga tibbiy xizmatning tashkil qilishning eng asosiy o'ziga xos xususiyatlaridan

Tuman markaziy shifoxonasining vazifalariga quyidagilar kiradi.

1. Tuman va tuman markazi aholisiga poliklinika va kasalxonada malakali xamda ixtisoslashgan tibbiy yordamni tashkil qilish

2. Tuman xududida joylashgan barcha davolash-profilaktik muassasalarini seperativ va tashkiliy metodik tomonidan boshqarish shu bilan birga ularning ish faoliyatini nazorat qilish

3. Ishchilarning vaqtinchalik xamda doimiy mexnat qobiliyatini yo'qotganlik darajasini o'rganish va taxlil qilish

4. Tumandagi barcha davolash profilaktika muassasalari faoliyatiga zamonaviy diagnostik, davolash va profilaktik texnalogiyalarni joriy etish

5. Tibbiyot xodimlarini tarbiyalash, malakasini oshirish ulardan oqilona foydalanish bo'yicha tadbirlar ishlab chiqish.

Page 12: Qishloq axolisiga tibbiy yordamni tashkil etishlibrary.tma.uz/uum2/JSSSTB/Aliyeva/2.Maruzalar%20...Qishloq axolisiga tibbiy xizmatning tashkil qilishning eng asosiy o'ziga xos xususiyatlaridan

Qishloq aholisini dispanser nazoratiga olishning o'ziga xos

xususiyatlari

Xozirgi davrda dispanser nazoratiga aholi 2

ta ko'rsatmaga muofiq olinadilar:

- ijtimoiy ishlab chiqarish ko'rsatmasi

- tibbiy ko'rsatma

Page 13: Qishloq axolisiga tibbiy yordamni tashkil etishlibrary.tma.uz/uum2/JSSSTB/Aliyeva/2.Maruzalar%20...Qishloq axolisiga tibbiy xizmatning tashkil qilishning eng asosiy o'ziga xos xususiyatlaridan

Ijtimoiy ishlab chiqarish ko'rsatma bo'yicha quyidagilar

dispanser nazoratiga olinadilar:

- mexanizatorlar

- ferma ishchilari

- suvchilar

- zaxarli ximikatlar bilan ishlovchilar

- xomilador va emizikli ayollar

- UVU qatnashchilari va nogironlari

- xo'jalik raxbarlari

Page 14: Qishloq axolisiga tibbiy yordamni tashkil etishlibrary.tma.uz/uum2/JSSSTB/Aliyeva/2.Maruzalar%20...Qishloq axolisiga tibbiy xizmatning tashkil qilishning eng asosiy o'ziga xos xususiyatlaridan

Tibbiy ko'rsatma bo'yicha qishloqda

ham xuddi shaxardagidek axoli

bemorlar 43-44 ta kasallik formalari

bo'yicha kasalliklarga chalinganda

dispanser nazoratiga olinadi.

Page 15: Qishloq axolisiga tibbiy yordamni tashkil etishlibrary.tma.uz/uum2/JSSSTB/Aliyeva/2.Maruzalar%20...Qishloq axolisiga tibbiy xizmatning tashkil qilishning eng asosiy o'ziga xos xususiyatlaridan

Qishloq axolisini dispanser nazoratidan o'tkazish ikki

bosqichdan iborat:

1. Ro'yxatga olish bosqichi

2. Dispanser nazoratini amalga oshirish

bosqichi

Page 16: Qishloq axolisiga tibbiy yordamni tashkil etishlibrary.tma.uz/uum2/JSSSTB/Aliyeva/2.Maruzalar%20...Qishloq axolisiga tibbiy xizmatning tashkil qilishning eng asosiy o'ziga xos xususiyatlaridan

Ro'yxatga olish bosqichining o'zi yana 2

davrga bo'linadi

1. Tayyorgarlik

2. Ishchi davr.

Page 17: Qishloq axolisiga tibbiy yordamni tashkil etishlibrary.tma.uz/uum2/JSSSTB/Aliyeva/2.Maruzalar%20...Qishloq axolisiga tibbiy xizmatning tashkil qilishning eng asosiy o'ziga xos xususiyatlaridan

Tayyorgarlik davri o'z ichiga barcha

tashkiliy va metodik masalalarni xal

qilishni taqazo etadi.

Ishchi davri bu bevosita tumanlarda

tibbiy ko'rikni tashkil qilishni o'z

ichiga oladi.

Page 18: Qishloq axolisiga tibbiy yordamni tashkil etishlibrary.tma.uz/uum2/JSSSTB/Aliyeva/2.Maruzalar%20...Qishloq axolisiga tibbiy xizmatning tashkil qilishning eng asosiy o'ziga xos xususiyatlaridan

Qishloq axolisini dispanserizatsiya qilishda F.A.G va

K.V.P ning roli quyidagilardan iborat.

- xar bir yamovchining yoshiga jinsiga va kasbiga qarab yiliga ro'yxatga olish o'z vaqtida bu ma'lumotlarni uchastka vrachlariga yetkazib tibbiy ko'rik o'tkazish muddatlarini va joylarini belgilash;

- xar bir dispanser nazoratiga olingan shaxsga ambulatoriya kartasi 131 shaklni nusxasi ochiladi yoki dispanserlik nazorat kartasi – 0 30/m,

- tibbiy ko'rik o'tkazilishi to'g'risida aholini o'z vaqtida axolantiradi

- joy bilan ta'minlashda va o'zi xam ko'rikda aktiv qatnashadi.

Page 19: Qishloq axolisiga tibbiy yordamni tashkil etishlibrary.tma.uz/uum2/JSSSTB/Aliyeva/2.Maruzalar%20...Qishloq axolisiga tibbiy xizmatning tashkil qilishning eng asosiy o'ziga xos xususiyatlaridan

Ma'ruzaning ta'minoti

jadvallar: qishloq axolisiga tibbiy xizmat

qilishning asosiy xususiyatlari,

kategoriyalari, vazifalari, dispanser

nazoratiga olishning asosiy xususiyatlari.

Page 20: Qishloq axolisiga tibbiy yordamni tashkil etishlibrary.tma.uz/uum2/JSSSTB/Aliyeva/2.Maruzalar%20...Qishloq axolisiga tibbiy xizmatning tashkil qilishning eng asosiy o'ziga xos xususiyatlaridan

Talabalarning mustaqil ishlari:

qishloq axolisiga tez tibbiy yordam

ko'rsatishning asosiy princhiplari

Tez tibbiy yordam ko'rsatish markazi,

ularning tarkibi, turlari va vazifalari

Page 21: Qishloq axolisiga tibbiy yordamni tashkil etishlibrary.tma.uz/uum2/JSSSTB/Aliyeva/2.Maruzalar%20...Qishloq axolisiga tibbiy xizmatning tashkil qilishning eng asosiy o'ziga xos xususiyatlaridan

Nazorat savollari:

1. Qishloq axolisiga tibbiy xizmat kursatishda qanday xususiyatlar mavjud

2. Qishloq uchastka kasalxonasining vazifalari nimalardan iborat.

3. Qishloq vrachlik punktining asosiy vazifalari nimalardan iborat

4. Feldsherlik – akusherlik punktining asosiy vazifalari nimalardan iborat

5. Markaziy tuman shifoxonasining asosiy tarkibiga nimalar kiradi.

6. Tuman markaziy shifoxonasining asosiy vazifalari nimalardan iborat.

7. Qishloq axolisini dispanser nazoratiga olish qaysi ko'rsatmalar bo'yicha olib boriladi

8. Ijtimoiy ishlab chiqarish ko'rsatmasi bo'yicha kishilar dispanser nazoratiga olinadilar

9. Qishloq axolisini dispanser nazoratiga olishning bosqichlari nimalardan iborat

10. Qishloq axolisining dispanserizatsiya qilishda F.A.P va K.V.P larining asosiy o'rni nimalardan iborat