61

Click here to load reader

Jinoyat huquqining maxsus qismidan amaliy masalalar

  • Upload
    lamcong

  • View
    612

  • Download
    139

Embed Size (px)

Citation preview

Page 1: Jinoyat huquqining maxsus qismidan amaliy masalalar

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ICHKI ISHLAR VAZIRLIGI

A K A D E M I Y A

JINOYAT HUQUQINING MAXSUS QISMIDAN

AMALIY MASALALAR

O‘quv qo‘llanma

Toshkent – 2015

Page 2: Jinoyat huquqining maxsus qismidan amaliy masalalar

O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi Tahririyat-noshirlik hay’atida ma’qullangan

M a s ’ u l m u h a r r i r yuridik fanlar doktori, professor Q. R. Abdurasulova

T u z u v c h i - m u a l l i f l a r : yuridik fanlar nomzodi, dotsentlar – A. A. Otajonov, B. U. Tadjixanov;

yuridik fanlar nomzodlari – M. M. Qalandarov, G‘. K. Botirov; D. Y. Payziyev, T. R. Kuchkarov, A. A. Rasulev, U. T. Toshkanboyev,

I. B. Axmedov, B. A. Abduxamidov, M. M. Xaydarov, Sh. F. Mamajonov, Z. M. Yusubov, I. Y. Fazilov, Q. A. Ro‘ziyev

T a q r i z c h i l a r : Toshkent davlat yuridik universiteti jinoyat huquqi va kriminologiya kafedrasi

professori yuridik fanlar doktori, professor R. A. Zufarov; Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari

yuridik fanlar nomzodi, dotsent A. Sh. Umarxonov

J–72 Jinoyat huquqining maxsus qismidan amaliy masalalar: O‘quv qo‘llanma / Tuzuvchi-mualliflar: A. A. Otajonov, B. U. Tadjixanov, M. M. Qalandarov va boshq. – T.: O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2015. – 61 b.

Ushbu amaliy masalalar to‘plamida amaldagi jinoyat qonunchiligi va uni qo‘llash

amaliyoti tahlili asosida Jinoyat huquqi Maxsus qismi bo‘yicha sud-tergov amaliyotida mavjud muammoli holatlar berilgan.

Yuridik ta’lim muassasalarining tinglovchi, kursant va talabalariga mo‘ljallangan. BBK 67.99 (5U) 8ya73

© O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2015

Page 3: Jinoyat huquqining maxsus qismidan amaliy masalalar

3

SO‘ZBOSHI

Mamlakatimizda jinoyatchilikka qarshi kurashning o‘ziga xos jihati shaxs huquq va erkinliklarini oliy qadriyat sifatida tan olib, qonun ustuvorligi va qonuniylikni mustahkamlash, shaxs huquqi va manfaat-larini ishonchli himoya qilishga qaratilgan sud-huquq tizimini izchil demokratlashtirish va liberallashtirishda namoyon bo‘lib kelmoqda.

Darhaqiqat, mamlakatimizda jinoiy-huquqiy sohada amalga oshirila-yotgan islohotlar natijasida o‘tgan yillar davomida mol-mulkni musodara qilish, o‘lim jazolarining jazo tizimidan chiqarib tashlanganligi, yarashuv institutining joriy etilganligi, ayollarga va 60 yoshdan oshgan erkaklarga tayinlanadigan ozodlikdan mahrum qilish jazosining qonunda nazarda tutilgan eng ko‘p muddatning to‘rtdan uch qismidan oshmasligi haqida qoida kiritilganligi hamda ularga va voyaga yetmagan shaxslarga uzoq muddatli va umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazolarining qo‘llanilmas-ligi, voyaga yetmaganlar tomonidan ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan va uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat sodir etilganda, ularga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish jazosining qo‘llanilmasligi, og‘ir va o‘ta og‘ir toifadagi jinoyatlarning qariyb 75 foizi ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan va uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlar toifasiga o‘tkazilganligi, jinoyat qonunchiligi-da rag‘batlantiruvchi normalarning joriy etib kelinayotganligi buning yaqqol isbotidir.

Sud-huquq tizimining jinoiy-huquqiy sohasidagi siyosatni takomil-lashtirishda jinoyat qonunchiligini yanada liberallashtirish va insonparvar-lik tamoyillariga muvofiqlashtirish, huquqni qo‘llash amaliyotida jinoiy-huquqiy normalarning amalda to‘g‘ri tatbiq etilishini ta’minlash muhim vazifa hisoblanadi.

Jinoyat huquqi Maxsus qismi bo‘yicha sud-tergov amaliyotida mavjud muammoli holatlar asosida tayyorlangan amaliy masalalarni o‘zida jamlagan mazkur to‘plam O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining Maxsus qismini tashkil etuvchi shaxsga qarshi jinoyatlar, tinchlik va xavfsizlikka qarshi jinoyatlar, iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar, ekologiya sohasidagi jinoyatlar, hokimiyat, boshqaruv va jamoat birlashmalari organlarining faoliyat tartibiga qarshi jinoyatlar, jamoat

Page 4: Jinoyat huquqining maxsus qismidan amaliy masalalar

4

xavfsizligi va jamoat tartibiga qarshi jinoyatlar hamda harbiy xizmatni o‘tash tartibiga qarshi jinoyatlarni kvalifikatsiya qilish, ularni o‘xshash jinoyatlardan farqlashga oid amaldagi jinoyat qonunchiligi va uni qo‘llash amaliyoti tahlili hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining qarorlarida nazarda tutilgan qoidalardan kelib chiqqan holda ishlab chiqilgan.

Mazkur amaliy masalalar to‘plami Jinoyat kodeksi Maxsus qismi normalarini to‘g‘ri qo‘llay olish, sodir etilgan qilmishlarni to‘g‘ri, aniq va to‘liq kvalifikatsiya qilish, ularni o‘xshash jinoyatlardan farqlay olish ko‘nikma va malakalarini shakllantirish hamda rivojlantirishga xizmat qiladi degan umiddamiz.

Page 5: Jinoyat huquqining maxsus qismidan amaliy masalalar

5

Birinchi bo‘lim. SHAXSGA QARSHI JINOYATLAR

I bob. Hayotga qarshi jinoyatlar 1-masala. A. uyiga tanishlarini chaqirib ziyofat uyushtirdi. Ziyofat

yakunida A. tanishlaridan biri F. bilan o‘zaro janjallashib qoldi va qo‘lidagi oshxona pichog‘i bilan F.ning qorin qismiga bir necha marta zarba berdi.

Yaralangan F. yerga yiqildi va yotgan joyida odamlarni yordamga chaqira boshladi. Biroq A. F.ga yordam bermoqchi bo‘lgan shaxslarga ham pichoq bilan tahdid qilib, ularni F.ning yoniga yaqinlashtirmadi. Keyinchalik A.ni qurolsizlantirishga muvaffaq bo‘lishdi va bu jarayonda yana ikki kishi jarohat oldi. Shifoxonaga olib ketilayotgan vaqtda F. ko‘p qon yo‘qotganligi sababli vafot etdi.

– Mazkur holatga huquqiy baho bering. 2-masala. M. tug‘ruqxonaga murojaat qilib, navbatchi shifokorlarga

o‘n kun oldin opasi A.ning o‘z uyida o‘g‘il farzand dunyoga keltirganini, so‘ngra chaqaloqni sellofan xaltaga o‘rab, hojatxona uchun qazilgan o‘raga tashlab yuborganini ma’lum qilgan.

Ichki ishlar idoralariga berilgan xabardan so‘ng chaqaloqning jasadi olib chiqilgan.

– M.ning harakatlariga huquqiy baho bering. 3-masala. E. tunda ko‘p qavatli uyda joylashgan xonadonlardan

biriga balkon orqali kiradi va uni sezib qolgan xonadon egalarining bosh va yuz qismlariga temir quvur bo‘lagi bilan bir necha marta zarba beradi. Olingan tan jarohatlari natijasida xonadon egasi D. vafot etadi. D.ning turmush o‘rtog‘i A.ga esa og‘ir shikast yetkaziladi.

E. esa xonadondan ikkita uyali aloqa vositasi, ikki dona tilla uzuk va bir juft tilla zirakni qo‘lga kiritib, voqea joyidan yashirinadi.

– Mazkur holatga huquqiy baho bering. 4-masala. O‘zlarini kommunal, tibbiyot yoxud ijtimoiy ta’minot

xizmati xodimlari sifatida tanishtirib, keksa yoshdagi fuqarolarning ishonuvchanligidan foydalanib, ularning xonadonlariga to‘siqsiz kirib, og‘ir tan jarohati yetkazgan va mol-mulkini olib ketgan uyushgan jinoiy guruh a’zolari J. va N.lar qo‘lga olindi.

– J. va N.larning qilmishi qanday kvalifikatsiya qilinadi?

Page 6: Jinoyat huquqining maxsus qismidan amaliy masalalar

6

5-masala. Fermer xo‘jaligi rahbari F. xo‘jalik hududidagi dalada odam murdasini ko‘rib qoldi va bu haqda huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlariga xabar berdi. Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida marhum shu qishloqda yashovchi E. ekanligi aniqlandi. Guvohlarning aytishicha, marhum E. ishxonasidan fuqaro B. bilan uchrashish uchun chiqib ketadi va qaytib kelmaydi. B. bilan qotillik bo‘yicha savol-javob qilinganda esa u o‘zini nomunosib tutishi bilan tezkor-tergov guruhi xodimlarida shubha uyg‘otadi.

Ma’lum bo‘lishicha, B. rashk natijasida o‘gay ukasi S. bilan birgalikda E.ni o‘z avtomashinasida kimsasiz, ovloq yerga aldab olib borishib, avval urib-do‘pposlashgan. So‘ngra S. o‘zi bilan olib kelgan pichoqni E.ning bo‘yin qismiga bir necha bor urishi natijasida E. hayotdan ko‘z yumgan. Shundan so‘ng ular jinoyatni yashirish maqsadida murdaning ustidagi kiyimlarini yechib olishib, E.ga tegishli bo‘lgan qo‘l telefoni va 600 ming so‘m pulni qo‘lga kiritishgan. E.ning jasadini esa bo‘laklarga bo‘lib, so‘ng yoqib yuborishgan.

– Yuqoridagi shaxslarning qilmishiga huquqiy baho bering. 6-masala. Bir o‘g‘il va ikki qiz farzandlarning otasi R. tayinli

ishlamas, bir amallab topgan pulini esa ichkilikka sarflab yuraverdi. U ko‘pincha mast holda kelib, turmush o‘rtog‘i M.ni urar, bolalarini haqoratlardi.

Kunlarning birida tun yarmida uyg‘onib ketgan R. oila a’zolarini yana haqoratlay boshladi. Shunda qizi A.ning unga gap qaytarganligidan jahli chiqqan R. A.ni yiqitib, bo‘g‘a boshladi. Qizini qutqarish maqsadida M. turmush o‘rtog‘i R.ning yelka va bo‘yin qismiga uch marta pichoq sanchib o‘ldirdi. So‘ngra farzandlarining yordami bilan R.ning jasadini gilamga o‘rab, yaqin atrofdagi zovurga olib borib, yoqib yubordi.

– Mazkur holatga huquqiy baho bering. 7-masala. Tuman hududidan oqib o‘tuvchi kanaldan badani ko‘karib

shisha boshlagan boshsiz murda topildi. Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida murda shu tumanda yashagan, ellik yoshdan o‘tgan, muqaddam bir necha bor sudlangan T. bo‘lib chiqdi. Marhum T. so‘qqabosh bo‘lib, besh marotaba sudlangan. So‘nggi bor jazoni o‘tab qaytganidan keyin ham biron joyda ishlamasdan opasi D.ning hovlisidagi alohida uychada yashab yurgan. D.ning so‘zlariga ko‘ra, T. o‘n kun ilgari chiqib ketib, qaytib kelmagan. Ayolning qizi M. va o‘g‘li J. ham tog‘asini oxirgi marta o‘sha kuni ko‘rishgan.

Page 7: Jinoyat huquqining maxsus qismidan amaliy masalalar

7

Hovli, xonalar sinchiklab ko‘zdan kechirilganida, alohida, hech kim yashamaydigan, chala bitgan uy ichidan qora-qizg‘ish dog‘lar, qon tekkan g‘isht bo‘lagi, soch tolasi topildi. Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, ushbu qon dog‘lari marhum T.ning qon guruhiga mansub edi.

Ushbu holatlarga asosan gumonlanuvchi sifatida so‘roq qilingan opasining qizi aybiga iqror bo‘lib ko‘rsatuv bergan. Ma’lum bo‘lishicha, kunlardan bir kun hovliga mast holda kirib kelgan marhum T. jiyani o‘n olti yashar M.ni o‘ldirish bilan qo‘rqitib, zo‘rlagan. Uyda yolg‘iz qolganlarida T. jiyanini yana bir necha bor zo‘rlab jinsiy aloqa qilgan. Homilador bo‘lib qolgan M. yashirin ravishda abort qildirib, homilasini oldirib tashlagan. Kunlarning birida M. uyda yolg‘iz qolgach, T. yana jinsiy aloqa qilish uchun uni majburlaganda pichoq bilan T.ning bo‘yin qismiga bir necha marta sanchib, uni o‘ldirgan.

Shundan so‘ng murdaning bosh qismini kesib olgan va tunda boshsiz jasadni aravaga solib, kanalga tashlab yuborgan. Murdaning bosh qismini esa hovlining orqa qismiga olib o‘tib, benzin sepib yoqib yubordi.

– Ushbu holatda qilmishni kvalifikatsiya qiling. 8-masala. Kollej talabasi, rasman turmush qurmagan F. noma’lum

shaxsdan ko‘rgan o‘g‘il farzandini qasddan o‘ldirgan, ya’ni tiriklayin hojatxonaga tashlab yuborgan.

F. ko‘pincha uyda yolg‘iz qolgan. O‘zining aytishicha, nomusini o‘z uyida yo‘qotgan. Lekin tergov davomida u aybdor sanagan yigitning aybi isbotlanmadi.

– Holatga huquqiy baho bering. 9-masala. R., N. va H.lardan iborat jinoiy guruh taksi haydovchi-

larini aldab ovloq joyga olib borib, bo‘g‘ib o‘ldirishgan va ularga tegishli mashinalarni viloyatning turli hududlaridagi bozorlarda arzon-garovga pullashgan.

Aniqlanishicha, jinoiy guruh ikkita avtomashina egasining joniga qasd qilgan. Jinoyatchilar vazifalarni aniq taqsimlab ish ko‘rgan. Orqa o‘rindiqda o‘tirgan jinoyatchi haydovchini sim bilan bo‘g‘gan, old o‘rindiqda o‘tirgan sherigi esa jabrlanuvchining oyoqlaridan ushlab turgan.

Jinoyat kodeksining bir necha moddasiga asosan aybdor deb topilgan R., N. va H.larga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

– R., N. va H.larning harakatlarini kvalifikatsiya qiling.

Page 8: Jinoyat huquqining maxsus qismidan amaliy masalalar

8

II bob. Sog‘liqqa qarshi jinoyatlar 1-masala. A. B. tomonidan o‘z uyining oldida do‘pposlandi va unga

yengil shikast yetkazildi. Shunda A. uyiga kirib, oshxonadan oshxona pichog‘ini olib chiqib, B.ning bosh, ko‘krak va yelka qismiga bir necha bor zarba berdi. B. yetkazilgan tan jarohatlari natijasida kasalxonada vafot etdi.

– Mazkur shaxslarning qilmishini kvalifikatsiya qiling. 2-masala. T. muntazam ravishda mast holatda uyiga kelib, turmush

o‘rtog‘i G.ni tayoq bilan qattiq do‘pposlardi. G. turmush o‘rtog‘i T. tomonidan sodir etilayotgan navbatdagi do‘pposlash azoblariga chiday olmasdan, binoning oltinchi qavati derazasidan pastga o‘zini tashlab yubordi. Olingan tan jarohatlari natijasida G. vafot etdi.

– Qilmishga jinoiy-huquqiy baho bering. 3-masala. S. mast holatda M. bilan janjallashib qolib, uning qorin

qismiga pichoq bilan zarba berdi. Natijada M. kasalxonaga yotqizildi va uch kundan so‘ng kasalxonada vafot etdi.

Sud-tibbiy ekspertizasi xulosasiga ko‘ra, M.ning oshqozon osti qismiga jarohat yetkazilgan, biroq o‘lim umumiy kasallik o‘tkir miokard infarktidan kelib chiqqan.

– S.ning qilmishini kvalifikatsiya qiling. 4-masala. P. mast holatda o‘z turmush o‘rtog‘i N.ning bosh va yuz

qismiga mushti bilan bir necha marta zarba berdi. Oradan bir oy o‘tgach esa uyining kirish eshigi oldida turmush o‘rtog‘ining qorin qismiga oyog‘i bilan ikki marta zarba berib, uni yiqitadi va ayovsiz do‘pposlaydi. Oradan ikki kun o‘tgach, turmush o‘rtog‘i N.ni tanasining turli qismlariga pichoq bilan uch marta zarba berib, unga og‘ir shikast yetkazdi.

– P.ning harakatlariga huquqiy baho bering. 5-masala. S. musiqachi bo‘lib ishlar va aksariyat hollarda o‘z uyida

tushlikka qadar musiqa chalar edi. Uning bunday xatti-harakati esa, qo‘shni xonadonda yashovchi M.ga yoqmas edi. Biroq M. S.ni biror marta ham bu haqda ogohlantirmagan. Kunlarning birida M. S.ning ko‘chada yolg‘iz ketayotganligini ko‘rib, uni ovloq joyga olib boradi va bolg‘a bilan uning qo‘l barmoqlariga bir necha bor zarba beradi. Natijada S.ning barmoqlari shol bo‘lib, ishlash faoliyati izdan chiqadi.

– Holatga huquqiy baho bering.

Page 9: Jinoyat huquqining maxsus qismidan amaliy masalalar

9

6-masala. Tunda mast holatda bo‘lgan A. va N.lar ko‘chadan

o‘tayotgan bir nechta fuqarolarga tegajog‘lik qiladilar hamda ulardan biri Z.ga nisbatan qo‘pol munosabatda bo‘lib, uning bosh qismiga qo‘l va oyoq bilan bir necha bor zarba berishdi. Natijada Z.ning burun qismi ochiq holatda sinib, ko‘p qon ketishiga sabab bo‘ladi. Ko‘p qon ketishi natijasida kamqonlik kasalligiga bilan kasallangan Z. shu yerda vafot etadi.

– A. va N.larning qilmishini kvalifikatsiya qiling. 7-masala. M. va A.lar nikohni rasmiylashtirishni so‘rab, FHDYOga

ariza bilan murojaat qildilar hamda shu kuni ular bir-birlari bilan jinsiy aloqaga kirishdilar. Shundan so‘ng M. A.ning shu kunga qadar boshqalar bilan jinsiy aloqada bo‘lganligini va yengil tabiatli ayol bilan o‘z hayotini bog‘lamasligini unga ma’lum qilib, A.ning yuz qismiga bir necha bor tarsaki tushirib, u bilan nikohni rasmiylashtirishdan voz kechdi. O‘zini haqoratlangan deb hisoblagan A. uyiga kelib o‘zini o‘zi o‘ldirdi.

– Mazkur holatda M.ning qilmishiga huquqiy baho bering. 8-masala. K. doimiy ravishda o‘n yetti yoshli o‘gay qizi L.ni tayoq

va charm tasma bilan urib o‘zboshimchalik bilan jazolab kelar edi. Kunlardan birida K. o‘gay qizining yuz qismiga bir necha bor urib, uning yuz qismi xunuklashuvi va bir ko‘zi ko‘rmay qolishiga sabab bo‘lgan jarohat yetkazdi. Natijada L. otasi ishga ketgan vaqtda beshinchi qavatdan o‘zini tashlab yuborib, vafot etdi.

– Holatga huquqiy baho bering. 9-masala. J. va D.lar bezorilik oqibatida N.ni do‘pposlab, unga

hayot uchun xavfli bo‘lgan shikast yetkazishgan. Yetkazilgan shikast natijasida N. vafot etgan. Sud tomonidan J. va D.larning qilmishi JK 97-moddasi va 117-moddalarining tegishli qismlari bilan kvalifikatsiya qilingan.

– K.ning qilmishini kvalifikatsiya qiling. 10-masala. Mast holatda bo‘lgan A. S. bilan janjal chiqarib, uni

haqoratladi va urmoqchi bo‘ldi. Shunda S. uning zarbasini to‘sib, qo‘lini ushlab oldi. Natijada ular betonli polga birgalashib yiqildilar. Yiqilish tufayli A. S.ning tagida qoldi va uning qo‘li yopiq sindi. Sud-tibbiy

Page 10: Jinoyat huquqining maxsus qismidan amaliy masalalar

10

ekspertizasining xulosasiga ko‘ra, ushbu tan jarohati badanga o‘rtacha og‘irlikdagi shikast deb belgilandi.

– Ushbu holatga huquqiy baho bering.

III bob. Hayot yoki sog‘liq uchun xavfli jinoyatlar

1-masala. B. jazmanining homiladorligini bilib qolib, unga abort qildirishni taklif qildi va rad javobini oldi. Tug‘iladigan boladan qutulish maqsadida, B. tug‘ruqxonada shifokor bo‘lib ishlovchi tanishi Q.ning maslahatiga ko‘ra o‘ynashi kasal bo‘lgan paytda unga homiladorlar uchun taqiqlangan dorini berdi. Buning natijasida jabrlanuvchining homilasi tushdi.

– Mazkur shaxslarning harakatlarini kvalifikatsiya qiling. 2-masala. N. shaxsiy avtomashinasini yo‘l harakati qoidalarining

barcha talablariga amal qilgan holda boshqarib ketayotganda to‘satdan yo‘lga chiqqan piyoda R.ni urib yubordi. Ushbu voqeadan sarosimaga tushgan N. R.ga hech qanday yordam ko‘rsatmasdan voqea joyidan ketib qoldi. Olingan tan jarohatlari natijasida R. kasalxonada vafot etdi.

– Ushbu holatga huquqiy baho bering. 3-masala. A. og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etganligi uchun

hukm qilinib, jazoni o‘tab chiqqan. Kunlarning birida A. bilan uning qo‘shnisi F. orasida o‘zaro kelishmovchilik yuzaga keldi. Ushbu kelish-movchilikka barham berish maqsadida A. uyidan qonunga xilof ravishda saqlayotgan qirqma miltiqni olib chiqib, F.ga uni otib o‘ldirishini aytib tahdid qildi.

F. bu haqda zudlik bilan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar berdi.

– Mazkur holat yuzasidan A.ning harakatlarini kvalifikatsiya qiling. 4-masala.J. o‘zini tanosil kasalligi bilan kasallanganligini bila turib

turmush o‘rtog‘i Q.ga bu haqda bildirmasdan u bilan bir necha marta jinsiy aloqa qildi. Dastlabki surishtiruv natijalariga ko‘ra Q.ga ushbu kasallikni turmush o‘rtog‘i J. yuqtirganligi sababli unga nisbatan hech qanday javobgarlik yo‘qligini ma’lum qilishdi.

– Holatga huquqiy baho bering.

Page 11: Jinoyat huquqining maxsus qismidan amaliy masalalar

11

5-masala. B. jazmani O.ning homiladorligini bilib qolib, unga abort qildirishni taklif qildi va rad javobini oldi. Tug‘iladigan boladan qutulish maqsadida B. jazmani O.ga boladan qutilmasa unga hech qanday moddiy yordam bermasligini, hatto uyidan chiqarib yuborishini ma’lum qilib unga tazyiq o‘tkazdi. Chorasiz qolgan O. o‘zining akusher-ginekolog bo‘lib ishlovchi tanishi D.ning ishxonasiga bordi va undan yordam so‘radi. D. shifokor bo‘lganligi uchun homilani sun’iy tushirishdan xabari bor edi, shu sababli ushbu jarayon D. uchun og‘ir kechmadi.

– Mazkur shaxslarning harakatlarini kvalifikatsiya qiling. 6-masala. Akusher-ginekolog bo‘lib ishlovchi Ch. turmushga chiq-

magan farzandi R. homilador bo‘lib qolganligini bilib qoldi va uyida qizi R.ni majburlab sun’iy ravishda uning homilasini tushirdi.

– Ushbu qilmishni kvalifikatsiya qiling. 7-masala. N. avtomashinasini yo‘l harakati qoidalarini buzib

120 km/soat tezlikda boshqarib ketayotganda yo‘lda bir guruh shaxslar uni to‘xtatishdi va N.ga bir shaxsni tan jarohati olganligini, uni zudlik bilan kasalxonaga olib borish lozimligini aytishdi. N. tan jarohati olgan shaxsning hamma joyi qonga belanib yotganligini ko‘rib yordam bermasdan ketib qoldi. Kasalxonaga kech olib borilganligi sababli tan jarohati olgan shaxs vafot etdi.

– N.ning harakatlarini kvalifikatsiya qiling. 8-masala. Markaziy kasalxonada hamshira bo‘lib ishlovchi X.

navbatchilikka to‘ydan charchagan holda kelganligi uchun, bemorlarning biriga qilinishi zarur bo‘lgan muolajani uxlab qolganligi sababli qilmadi. Natijada bemor S.ga og‘ir shikast yetdi.

– Mazkur holatda X.ning qilmishiga huquqiy baho bering. 9-masala. S.ning turmush o‘rtog‘i B. homilador bo‘ldi. B. far-

zandlari uch nafar bo‘lganligi uchun turmush o‘rtog‘i S.ning qarshiligiga qaramasdan sun’iy ravishda homilasini tushirdi. Ushbu voqeadan xabar topgan S.ning jahli chiqib B.ga nisbatan qonuniy chora ko‘rish uchun IIBga ariza bilan murojaat qildi.

– Holatga huquqiy baho bering. 10-masala. Akusher-ginekolog bo‘lib ishlovchi F.ning uyiga

qo‘shnisi X. chiqib, homilador turmush o‘rtog‘ining tobi qochib qol-

Page 12: Jinoyat huquqining maxsus qismidan amaliy masalalar

12

ganligini va unga yordam berishini so‘radi. F. qo‘shnisi X.ning uyiga chiqdi va uning turmush o‘rtog‘i homilador S.ni tekshirib ko‘rdi. S.ning ahvoli juda og‘irligini, kasalxonaga yetib bora olmasligini, shu sababli hoziroq homilasini olib tashlash kerakligini ma’lum qildi. X. har qanday holatda ham turmush o‘rtog‘ining hayotini saqlab qolishni F.dan iltimos qildi va F. S.ning homilasini sun’iy ravishda tushirdi.

– Qilmishga jinoiy-huquqiy baho bering.

IV bob. Jinsiy erkinlikka qarshi jinoyatlar

1-masala. Q. tungi soat 23:30larda qorong‘i ko‘chalarning birida piyoda ketayotib, qarshisidan kelayotgan va unga notanish bo‘lgan J.ni ko‘rib qoldi. Tabiiy jinsiy aloqa qilish maqsadida J.ning yo‘lini to‘sib, qo‘li bilan uning og‘zini yopdi va pana joyga sudray boshladi. Nomusini saqlash maqsadida J. qarshilik ko‘rsatib, Q.ning qo‘lini qattiq tishlab oldi. Bundan g‘azablangan Q. J.ning yuz qismiga qo‘li bilan bir necha marotaba urib o‘rtacha og‘irlikdagi tan jarohati yetkazdi va voqea joyidan yashirindi.

– Q.ning qilmishini kvalifikatsiya qiling. 2-masala.A va B.lar fohishalik bilan shug‘ullanishardi. Kechqurun

uyga qaytishayotganda yo‘l chetida mast holatda hushsiz yotgan erkak jinsidagi T.ni ko‘rib qolishdi. Shunda A. sumkasida bo‘lgan ingichka arqon bilan T.ning qo‘l-oyog‘ini bog‘lab, B.ga T.ni yechintirish kerak-ligini aytdi. B. nima uchun yechintirish kerakligini so‘raganida A. unga ushbu shaxs bilan jinsiy aloqa qilmoqchiligini bildiradi. B. va A.lar T.ni yechintirib jinsiy aloqa qilishayotganda T. uyg‘onib ketib ularga qarshilik ko‘rsatadi. Shunda A. T.ning bosh qismiga yerda yotgan tosh bilan bir necha marta zarba berib, unga og‘ir shikast yetkazadi va B. bilan birga voqea joyidan yashirinishadi.

– Mazkur shaxslarning qilmishiga huquqiy baho bering. 3-masala. R.ning tug‘ilgan kuniga bir nechta dugonalari tashrif

buyurdi. Ularning ichida R.ning akasi I. ko‘pdan beri ko‘z ostiga olib yurgan M. ham bor edi. Tug‘ilgan kun avjiga chiqqan vaqtda I. o‘zining anchadan buyon rejalashtirgan niyatini amalga oshirdi. Ya’ni, M.ni aldab uy ichkarisidan hovli chetiga olib chiqdi va hamma uyga kirib ketgan-ligidan foydalanib, zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitib uning nomusiga tegdi.

– I.ning harakatlarini kvalifikatsiya qiling.

Page 13: Jinoyat huquqining maxsus qismidan amaliy masalalar

13

4-masala. S. qarindoshi P.ning uyiga mehmonga kelgan vaqtida, P.ning qo‘shnisi F.ni ko‘rib qoldi va unda F. bilan jinsiy aloqa qilish fikri paydo bo‘ldi. P.ga o‘z maqsadini aytganda, u F.ni P.ning uyidagi gullar qanday parvarish qilinayotganligini ko‘rib berish uchun uyiga taklif qildi. F. uyga kirganidan so‘ng P. eshikni ichkaridan qulflab qo‘yganligidan foydalangan S. F.ga tashlanib og‘zini mahkam yopib yotoqxonaga olib kirdi. P. ularning orqasidan kirib F.ning qo‘llarini mahkam ushlab, og‘ziga mato tiqib qo‘ydi. Bu vaqtda S. F.ning nomusiga tegdi.

– Mazkur shaxslarning qilmishiga huquqiy baho bering. 5-masala. O. fohishalikka qarshi kurashish maqsadida fohishalik

bilan shug‘ullanuvchi E.ni o‘ldirish bilan qo‘rqitib ovloq yerga olib bordi. U yerda O. E.ni zo‘rlab tabiiy va g‘ayritabiiy jinsiy aloqa qildi. So‘ngra E.ni o‘ldirib, murdani turli qismlarga bo‘ldi va ustidan benzin quyib yoqib yubordi. O. shu usulda yana uch nafar fohishalik bilan shug‘ul-lanuvchi ayollarni zo‘rlab o‘ldirgan.

– Ushbu holatda qilmishni kvalifikatsiya qiling. 6-masala. Tungi soat 23:30larda xiyobonda aylanib yurgan T.

qarshisidan kelayotgan va unga notanish bo‘lgan S.ni ko‘rib qoldi va uning yuz qismiga qo‘li bilan urib o‘rtacha og‘irlikdagi tan jarohati yetkazdi. S. hushidan ketganligidan foydalanib, u bilan bir necha marotaba jinsiy aloqa qildi va voqea joyidan yashirindi.

– Mazkur holatda T.ning qilmishiga huquqiy baho bering. 7-masala. O. mast holda uyiga keldi va qonuniy nikohida bo‘lgan

turmush o‘rtog‘iga nisbatan zo‘rlik ishlatib u bilan g‘ayritabiiy jinsiy aloqa qildi. Shundan so‘ng ular qonuniy tartibda ajralishdi. Oradan bir oy o‘tgach O. sobiq turmush o‘rtog‘ining uyiga borib, uni o‘ldirish bilan qo‘rqitib, tabiiy jinsiy aloqa qildi.

– Holatga huquqiy baho bering. 8-masala. T. kechqurun soat 22:00larda ishdan qaytib kelayotgan

voyaga yetmagan Y.ning nomusiga tegish maqsadida unga tashlandi va uning kiyimlarini yechib, o‘zi ham kiyimini yechayotgan vaqtda shu atrofda yurgan odamlar uning harakatini ko‘rib qolishdi. Shundan so‘ng T. voqea joyidan qochib ketdi.

– Ushbu holatda qilmishni kvalifikatsiya qiling.

Page 14: Jinoyat huquqining maxsus qismidan amaliy masalalar

14

V bob. Oilaga, yoshlarga va axloqqa qarshi jinoyatlar

1-masala. G‘. va Y. o‘rtasidagi nikoh sud tartibida bekor qilindi va

ularning o‘g‘li J. onasi Y.ning qaramog‘ida qoldi. Biroq, Y. o‘g‘li otasi bilan bo‘lgan uchrashuvlardan so‘ng tajang bo‘lishini va hech narsa yemasdan, uxlamasdan azob berishi kabi bahonalarni ro‘kach qilib, sobiq turmush o‘rtog‘i G‘.ga o‘g‘li bilan uchrashishga yo‘l qo‘ymas edi. Bundan jahli chiqqan G‘. unga javoban 3 yarim oy mobaynida aliment to‘lamadi.

– Holatga huquqiy baho bering. 2-masala. Ozodlikdan mahrum qilish joylaridan qaytgan N. o‘zi bilan

qo‘shni yashovchi 15 yoshli A. va 13 yoshli V.lar bilan tanishdi. O‘smir-larning ota-onalari ularning tarbiyasiga befarqligi sababli, ularning tarbiyasi bilan N. shug‘ullana boshladi. Ularni boshqa o‘smirlardan «himoya» qilar edi. Kunlarning birida u o‘smirlarni «OOO»ning ofisidan o‘g‘irlik sodir qilishga qiziqtirdi va ularga kalit tanlab berdi. Natijada u yerdan 1 dona video ikkilik, charm kreslo va 2 dona kompyuter o‘g‘irlandi.

– Yuqoridagi shaxslarning harakatlarini kvalifikatsiya qiling. 3-masala. N. o‘zining kasal bo‘lgan o‘ng tomon buyragini olib

tashlashga rozilik berdi. Operatsiya davomida u yuragining to‘xtashi oqibatida vafot etdi. Operatsiya qilayotgan shifokor M. bemorning ikkin-chi sog‘lom buyragini kesib oldi va uni chet el fuqarosi bo‘lgan K.ga berish uchun tayyorlab qo‘ydi. Ilgari K. M.dan buyrak iltimos qilib murojaat qilgan edi.

– Mazkur holat yuzasidan M. va K.larning javobgarligini aniqlang. 4-masala. K. dugonasi J.ga bir necha marotaba kvartirasining kaliti-

ni berardi. J. kalitning nimaga kerakligini aytmasada, biroq K. uyida J. o‘zining tanishi bilan uchrashishini sezardi. Kunlarning birida J. K.dan kalitni so‘rab oldi, so‘ngra dugonasi R.ga kalitni berdi va undan K.ga berishim kerak deb 50 AQSH dollari oldi.

– Yuqoridagi shaxslarning javobgarlik masalasini hal qiling. 5-masala. Hech qayerda ishlamaydigan U. va F.lar oson pul topish

maqsadida qabrlarni qazib, qabr ichiga ko‘milgan jasadlarning tilla

Page 15: Jinoyat huquqining maxsus qismidan amaliy masalalar

15

tishlarini yechib olishardi. Shu usulda ular 22 ta qabrni ochishdi va 490 gramm tilla orttirishdi.

– Mazkur shaxslarning qilmishiga huquqiy baho bering. 6-masala. X. yangi tug‘ilgan farzandidan voz kechib tug‘ruqxona-

dan qochib ketdi. Shu kuni ushbu tug‘ruqxonada ko‘zi yorigan L.ning farzandi nobud bo‘ldi. Bu holatdan L. va uning turmush o‘rtog‘i achinarli ahvolga tushib qolganligini ko‘rgan tug‘ruqxona shifokori D. ularga X. tashlab ketgan chaqaloqni berib go‘yoki X.ning farzandi nobud bo‘lgan deb hujjatlarni rasmiylashtirdi. Oradan bir qancha vaqt o‘tgach X. tug‘ruqxonaga kelib farzandini qaytarib olmoqchiligini aytib murojaat qildi. Buning oqibatida shifokor D.ning siri fosh bo‘ldi.

– Holatga huquqiy baho bering. 7-masala. P. mast holda ko‘chada ketayotgan 15 yoshli R.ga

nisbatan axloqqa zid harakatlarni sodir etdi. – Qilmishni kvalifikatsiya qiling. 8-masala. D. kafeda ayol jinsidagi X. bilan tanishib qoldi. X.ning

tashqi ko‘rinishi o‘n sakkiz-yigirma yoshga o‘xshasada, hali o‘n olti yoshga to‘lmagan edi. D. X. bilan uning xohishiga ko‘ra bir necha marotaba tabiiy jinsiy aloqa qildi. Bundan xabar topgan X.ning qarindoshlari IIBga ariza bilan murojaat qilishdi. Tergovchi ushbu holat yuzasidan JKning 128-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atish haqidagi qarorni chiqardi.

– Mazkur holatga huquqiy baho bering. 9-masala. R.ning xonadonida bir nechta qizlar ijara shartnomasi

asosida yashar edi. Ular kunduzi savdo bilan shug‘ullanishar, kechqurun-lari esa R. topgan shaxslar bilan mo‘may pul evaziga jinsiy aloqada bo‘lishar edi.

– Yuqoridagi shaxslarning harakatlarini kvalifikatsiya qiling. 10-masala. J. o‘zi sodir etgan qasddan odam o‘ldirish jinoyati

qurbonining murdasini yashirish maqsadida uning tanasini mayda bo‘laklarga bo‘lgan holda o‘rmonga olib borib ko‘mib yubordi.

– J.ning qilmishini kvalifikatsiya qiling.

Page 16: Jinoyat huquqining maxsus qismidan amaliy masalalar

16

VI bob. Shaxsning ozodligi, sha’ni va qadr-qimmatiga qarshi jinoyatlar

1-masala. A. shahar markaziy ko‘chalaridan birida yurgan, o‘ziga

notanish bo‘lgan O.ni unga uylanish maqsadida o‘g‘irlab ketgan va shahar chetidagi xonadonlarning birida ikki kun davomida saqlagan. So‘ngra O.ni olib qochganligi haqida jabrlanuvchining onasiga xabar bergan.

– Mazkur holatda A.ning qilmishiga huquqiy baho bering. 2-masala. T.ning tuman tibbiyot kolleji mansabdor shaxslari

harakatidan norozi bo‘lib yozgan murojaati tekshirilganda, undagi vajlar o‘z tasdig‘ini topmadi.

– Holatga huquqiy baho bering. 3-masala. 24 yoshli A. shahardagi tug‘ruqxonalardan birida o‘g‘il

farzandni dunyoga keltirgan, biroq 50 yoshli onasi bilan kelishgan holda chaqaloqni sotishga qaror qilgan. Oradan bir hafta o‘tgach, shaharning chekka ko‘chalaridan birida buvi o‘z nevarasini 3 ming AQSH dollariga sotayotganida qo‘lga olindi.

– Yuqoridagi shaxslarning harakatlarini kvalifikatsiya qiling. 4-masala. S. hamshaharlari H. va A.larni chet davlatga olib borib

ishlatib, ish haqini bermagan. Ma’lum bo‘lishicha, H. va A.lar chet davlatda olti oy davomida qurilish obyektlarida ishlashadi. Ammo S. tomonidan va’da qilingan puldan darak bo‘lmaydi. S. bajarilgan ish uchun buyurtmachidan tegishli haqni olgan bo‘lsa-da, turli bahonalar bilan hamshaharlarini aldab yuravergan.

H. va A.lar bir amallab o‘z yurtiga qaytgach, shahar IIBga murojaat qilishdi.

– Qilmishga jinoiy-huquqiy baho bering. 5-masala. Fuqarolarga chet davlatda ishlashni taklif qilgan uyush-

gan guruh a’zolari ushlandi. Ma’lum bo‘lishicha, uyushgan guruh a’zolari o‘n besh nafar fuqarodan ularga chet elda ish topib berishlari mumkinligini bildirishib, aldash yo‘li bilan ularning har biridan 6 ming AQSH dollaridan pul olishgan va ularni fohisha sifatida chet eldagi jinoiy guruhlarga sotib yuborishni rejalashtirishgan.

– Mazkur shaxslarning harakatlarini kvalifikatsiya qiling.

Page 17: Jinoyat huquqining maxsus qismidan amaliy masalalar

17

6-masala. Tuman jinoyat ishlari bo‘yicha sudi qizlarni chet elga fohishalik bilan shug‘ullanish uchun jo‘natgan L., M., I. va A.larga nisbatan turli muddatlarga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi.

L., M., I. va A.lar bir necha yil davomida qizlarni fohishalik qilishlari uchun chet davlatga jo‘natib turgan va ularning har biri uchun kamida 100 AQSH dollari olgan.

– Holatga huquqiy baho bering. 7-masala. R. ikki yil davomida o‘z yurtdoshlarini aldab, chet eldagi

qurilishlarda ishlashlari uchun qiziqtirib, borganlarga ko‘p miqdordagi maosh va’da qilgan. Taklifga rozi bo‘lganlarni chet davlatga olib kelib, ularga jismoniy va ruhiy tazyiq o‘tkazgan, hujjatlarini olib qo‘yib, og‘ir ishlarni bajarishga majburlagan.

– Mazkur holatda R.ning qilmishini kvalifikatsiya qiling. 8-masala. T. o‘ndan ortiq ayollarni mo‘may daromadli ish topib

berish va’dasi bilan chet elga sotib yuborgan, u yerda ayollar fohishalik qilishga majburlangan. Chet elga yuborilayotgan ayollarga jinoiy guruhning boshqa sheriklari yordamida qo‘shni davlatdan soxta pasport olib berilgan.

– Mazkur holatga huquqiy baho bering. 9-masala. Z. shahar tug‘ruq majmuasida o‘g‘il farzandni dunyoga

keltiradi. Z. shifokorlarga hech qayerda ishlamasligi, turmush o‘rtog‘i xorijga ketib uzoq vaqtdan buyon pul jo‘natmayotgani, boshqa bolasi ham borligini aytib, chaqaloqdan voz kechmoqchiligini ma’lum qiladi.

Bu haqda xabar topgan qariyb 10 yildan buyon farzandsiz bo‘lgan I. shahar tug‘ruq majmuasiga keladi va shifokor guvohligida Z.dan bolani olish haqida kelishib oladi. Shundan so‘ng I. shahar FHDYO bo‘limiga borib, chaqaloqqa guvohnoma yozdirib oladi. Shifoxonadan chiqqan kuni Z. I.dan 800 ming so‘m olib, farzandini berib yuboradi.

Biroq Z. o‘z va’dasida turmaydi va I. bolasini qaytarib bermayot-gani haqida viloyat IIBga ariza bilan murojaat qiladi.

– Yuqoridagi shaxslarning harakatlarini kvalifikatsiya qiling. 10-masala. Og‘ir oilaviy vaziyat va o‘z qarindoshlaridan homila-

dorligini yashirish zarurati tufayli D. tug‘ilajak farzandi dunyoga kelishi bilan begonalarga sotib yuborishga qaror qiladi. Farzandi tug‘ilgach, o‘z

Page 18: Jinoyat huquqining maxsus qismidan amaliy masalalar

18

tanishlari orqali xaridor qidira boshlaydi. Bir yarim oydan so‘ng IIIning tezkor xodimlari xaridor sifatida kelib, chaqaloqni «sotib oladi». Farzandini pullaganidan so‘ng oradan bir soat o‘tib, D. ushlandi.

– Holatga huquqiy baho bering.

VII bob. Fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi jinoyatlar

1-masala. Ishlab chiqarish korxonasining ish vaqti soat 09:00dan

17.00gacha belgilanganligiga qaramasdan, korxona rahbari V. qo‘l ostidagi o‘z millatiga mansub ishchilarga ish vaqtining belgilangan vaqt-dan kech kelib erta ketishlariga indamasdi va ularga shunday sharoitlar yaratib berardi. Lekin korxonadagi boshqa millatga mansub ishchilarni ishga kelib-ketish vaqtlarini doim hisob-kitob qilib, arzimagan sabablarni ro‘kach qilib, ularning oylik ish haqidan ushlab qolardi va ish vaqtlari tugagandan keyin ham bir soatdan oshiq vaqt ushlab qolib ishlatardi.

– V.ning qilmishiga huquqiy baho bering va yuridik tahlil qiling.

2-masala. R. 15 yoshli qizi L. va 13 yoshli o‘g‘li N.lar bilan birga yashar edi. R. uyda yo‘qligida yong‘in xavfsizligi xizmati inspektorlari B. va V.lar uydagi yong‘in xavfsizligi holatini tekshirmoqchi bo‘lib, voyaga yetmagan L. va N.lardan uy eshigini ochishni talab qilishadi. Lekin L. va N.lar onasi R. kelmaguncha ochmasliklarini aytishlariga qaramasdan, B. va V.lar kun yakunida qilingan ishlar bo‘yicha hisobot berishlari lozimligi, bo‘lmasa rahbarlari tomonidan intizomiy jazo qo‘llanilishi mumkinligidan qo‘rqib, uyning ko‘cha tomondan joylashgan derazasi oynasini sindirib ichkariga kirishadi va uyning yong‘in xavfsizligi holatini tekshirib chiqib ketishadi.

Bundan xabar topgan R. tuman prokuraturasiga B. va V.larga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘rab ariza bilan murojaat qildi.

– Qilmishga jinoiy-huquqiy baho bering. 3-masala. F. tikuv sexiga ishga kirish uchun hujjatlarini taqdim qildi

va tikuv sexi rahbari A. u bilan suhbat jarayonida oilaviy sharoiti bilan tanishib, eri bilan ajrashganligidan xabardor bo‘ldi.

Tikuv sexi rahbari A. F.ni ishga qabul qilish to‘g‘risidagi buyruqni chiqardi va F.ga uni ishga qabul qilganligi evaziga jinsiy munosabatga kirishish talabini qo‘ydi.

– F.ning qilmishini kvalifikatsiya qiling.

Page 19: Jinoyat huquqining maxsus qismidan amaliy masalalar

19

4-masala. Saylov uchastkasida navbatdagi saylov o‘tkazilayotganda, saylov komissiyasining ovozlarni hisoblash bo‘yicha mas’ul xodimi U. saylov uchastkasida deputatlikka nomzodini qo‘ygan qo‘shnisi D.ning unga turli qimmatliklardagi sovg‘alar berganligi sababli, uning nomzodi g‘olib chiqishi uchun ataylab D. uchun ovoz bergan saylovchilarni ko‘paytirib hisobladi. Natijada saylovda D. g‘olib chiqdi.

– Holatga huquqiy baho bering. 5-masala. Qandolatchilik korxonasi tomonidan fuqarolarni ishga

qabul qilish bo‘yicha berilgan e’lon asosida fuqaro M. ariza bilan murojaat qiladi va ishga qabul qilish bo‘yicha hujjatlarini rasmiylash-tirayotganida korxona rahbari B. uning bir oylik homiladorligidan xabardor bo‘lib qoldi. Shundan so‘ng uning homiladorligini va tug‘ruq-dan keyin yana ikki yilgacha bola parvarishi bilan shug‘ullanishini bahona qilib, ishga qabul qilishni rad etdi.

– Ushbu holatda qilmishni kvalifikatsiya qiling. 6-masala. Cherkov rohibi I. cherkov yaqinida joylashgan xonadon-

larda istiqomat qiluvchi voyaga yetmagan mahalliy millat vakillariga turli xil shirinliklar berib, ularga xristianlik dinini targ‘ib etuvchi adabiyotlar o‘qib bergan va xristianlik diniy odatlarini bajarishga undagan. Ushbu diniy odatlarni bajarganlarga bu ishni bajarishni xohlamagan yoshlarni «shakkok» deb chaqirishlari lozimligini uqtirgan.

– Mazkur holatga huquqiy baho bering. 7-masala. Tuman gazetasida tahririyat muxbiri T.ning tuman hokimi

A. o‘z vazifasi va xalq oldidagi majburiyatlarini bajarmayotganligi, xalq-ning ishonchini suiiste’mol qilib kelayotganligini aks ettiruvchi maqolasi chop etildi.

Ushbu maqola bilan tanishgan tuman hokimi A. T.ni chaqirtirib, agar raddiya bermasa, uni ishdan bo‘shattirib yuborib, ruhiy kasalliklar shifoxonasiga joylashtirib qo‘yishini aytib, tahdid qildi. T. raddiya berishdan bosh tortgach, A. tahririyat direktori M.ni chaqirtirib muxbir T.ni qanday qilib bo‘lsa-da, zudlik bilan ishdan bo‘shatishi lozimligini tayinladi. Oradan bir hafta o‘tgach, tahririyat direktori M. T.ga o‘zini xizmat lavozimiga nisbatan nomunosib tutayotganligini, rahbar odamlar bilan o‘ylab muomala qilish kerakligi kabi laganbardorlarga xos bo‘lgan fikrlarni bildirib, uni ishdan bo‘shatdi.

– Yuqoridagi shaxslarning harakatlariga huquqiy baho bering va yuridik tahlil qiling.

Page 20: Jinoyat huquqining maxsus qismidan amaliy masalalar

20

8-masala. Ilmiy tadqiqotchi D. doktorlik ishi bo‘yicha ilmiy rahbar

xulosasini olishi uchun ilmiy rahbari I.ga taqdim etadi, lekin I. doktorlik ishi uchun ilmiy xulosa berish evaziga, doktorlik ishi bo‘yicha chop ettirish uchun tayyorlangan o‘quv qo‘llanmasiga o‘zining muallifligini qo‘shishni talab qiladi va muallifligini qo‘shmasa, ilmiy xulosa bermas-ligini ma’lum qildi.

– Qilmishga jinoiy-huquqiy baho bering. 9-masala. Ilmiy tadqiqotchi M. yangi o‘quv qo‘llanmasiga taqriz

olish uchun oliy o‘quv yurti kafedra boshlig‘i R.ga taqdim etadi. Kafedra boshlig‘i R. taqdim etilgan o‘quv qo‘llanmaga taqriz

berishni qasddan kechiktirib, mazkur o‘quv qo‘llanmani o‘z muallifligida deb ko‘rsatib, nashr ettiradi.

– Ushbu holatda qilmishni kvalifikatsiya qiling.

10-masala. Siyosiy partiya yetakchisi J.ning deputatlikka nomzodi taqdim etildi va uning ishonchli vakillari B. va V.lar J.ning deputatlikka saylov oldi dasturini targ‘ibot qilishardi. Lekin bir qator hududlarda B. va V.lar saylov oldi dasturi bo‘yicha targ‘ibot ishlarini olib borayotgan vaqtda, shu hududlarda yashovchi bir guruh shaxslar ularni turli axloqsiz so‘zlar bilan haqoratlab, hududdan chiqarib yuborishdi.

– Holatga huquqiy baho bering.

Page 21: Jinoyat huquqining maxsus qismidan amaliy masalalar

21

Ikkinchi bo‘lim. TINCHLIK VA XAVFSIZLIKKA QARSHI JINOYATLAR

VIII bob. Tinchlik va insoniyatning xavfsizligiga qarshi jinoyatlar

1-masala. O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi A. chet el davlati

politsiyasi xizmatiga ishga kirdi. Oradan besh yil o‘tgandan so‘ng u O‘zbekiston Respublikasiga qaytib keldi va O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga bu haqda o‘z ixtiyori bilan xabar berdi.

– Mazkur holatga huquqiy baho bering. 2-masala. Chet el davlatining mudofaa vaziri R. mamlakatning

g‘arbiy chegaralarida yashovchi kam sonli millatga mansub fuqarolar davlat rahbariga «fitna uyushtirayapti» degan soxta ma’lumotlarni vaj qilib, davlat Qurolli Kuchlarining harbiy tayyorgarligini oshiradi.

Oradan ikki oy o‘tgach, R. o‘zining qo‘l ostidagi armiya bilan mamlakatning g‘arbiy chegaralarida yashovchi kam sonli millatga mansub fuqarolarni tutqunlikka olib, ularning deyarli barchasini qirib tashladi.

– R.ning qilmishini kvalifikatsiya qiling. 3-masala. M. qo‘shni davlat hududida bo‘layotgan fuqarolar

urushida muxolifot tomonida jang qilayotgan tanishi B.dan hukumat qo‘shinlariga qarshi janglarda qatnashish uchun besh nafar professional merganlarni tayyorlab berish evaziga 5 ming AQSH dollari oldi. Shu tariqa M. besh nafar yollanma professional merganni o‘qitib, tayyorladi va ularni B.ning oldiga yubordi.

– Mazkur holatda M.ning qilmishiga huquqiy baho bering. 4-masala. B. davlati Qurolli kuchlari qo‘mondoni F. N. davlatidan

qadimda B. davlatiga tegishli bo‘lgan ikkita viloyatni qaytarib olish uchun N. davlatining B. davlati bilan chegaradosh ikkita viloyatiga bostirib kirib chegara qo‘shinlari askarlari va tinch aholini o‘qqa tutdi.

– F.ning qilmishini kvalifikatsiya qiling. 5-masala. R. va A. davlatlari o‘rtasidagi o‘zaro urush va qurolli

to‘qnashuvlarda g‘alaba qozonish maqsadida R. davlati armiyasi qo‘mondoni Z. o‘zboshimchalik bilan raqib davlat qurolli kuchlariga nisbatan atom bombasini qo‘llashga ruxsat beradi. Atom bombasining

Page 22: Jinoyat huquqining maxsus qismidan amaliy masalalar

22

qo‘llanilishi natijasida A. davlatining uchta viloyati aholisi kimyoviy zaharlandi.

– Ushbu holatda qilmishni kvalifikatsiya qiling. 6-masala. Chet el davlati armiyasining qo‘mondoni S. asossiz

ravishda qo‘shni davlat tomonidan harbiy harakatlar boshlanayotganligini bildirib, ushbu davlatga qarshi urush boshlash va qurolli to‘qnashuvlarga tayyorgarlik ko‘rishga da’vat qilish maqsadida rasmiy ommaviy axborot vositalarida chiqishlar qiladi.

– S.ning harakatlariga huquqiy baho bering. 7-masala. Chet el fuqarolari P. va R.lar O‘zbekistonga kelib,

o‘zlariga jinoiy sheriklarini to‘plab, bir necha mas’ul lavozimlarda ishlovchi xodimlarni garovga olishgan. Hukumat rahbariyati tomonidan garovga olingan xodimlarni ozod qilishni so‘ralganida, ular garovga olinganlarni ozod qilish evaziga ko‘p miqdorda pul, o‘qotar qurollari va O‘zbekistondan chiqib ketish uchun samolyot berishni talab qiladilar, aks holda garovga olingan barcha xodimlar va binolarni portlatib yuborish-larini bildiradilar.

– Mazkur shaxslarning harakatlarini kvalifikatsiya qiling va yuridik tahlil qiling.

8-masala. Chet el fuqarolari A. va N.larning O‘zbekiston hududi-

dagi muhim obyektlar, ya’ni temir yo‘l vokzali va xalqaro aeroport binolarini portlatish rejasidan fuqaro E. xabardor bo‘lib qoladi. Bundan xabardor bo‘lgan chet el fuqarolari A. va N.lar bu haqda tegishli organ-larga xabar bersang yoki rejamizni fosh etsang «seni va oila a’zolaringni qirib yuboramiz» deb tahdid qiladi. Bu do‘q-po‘pisalardan qo‘rqib ketgan E. bu haqda hech kimga aytmaydi va xabar qilmaydi.

Chet el fuqarolari A. va N.lar Toshkent shahridagi temir yo‘l vokzali va xalqaro aeroport binolarini portlatmoqchi bo‘lgan paytda HMQO xodimlari tomonidan qo‘lga olinadi va dastlabki tergov paytida aybdorlar so‘roq qilinganida, ularning mazkur rejasidan fuqaro E. ham xabardorligi aniqlandi.

– Yuqoridagi shaxslarning javobgarlik masalasini hal qiling.

9-masala. M. o‘rtoqlari B. va S.lar bilan birgalikda qurilish obyekti-da ishlash uchun Rossiya Federatsiyasiga ketdi. Qurilish obyektining qorovuli I. ularning o‘qotar qurollarga qiziqishi borligini sezib qolib,

Page 23: Jinoyat huquqining maxsus qismidan amaliy masalalar

23

ularni V. bilan tanishtiradi. V. aslida terroristik oqim a’zosi bo‘lib, M., B. va S.larga o‘qotar qurollarini qo‘llashni va ulardan foydalanishni o‘rgata-di hamda ularni o‘zi rahbarligidagi terroristik oqimga xizmat qilishga ko‘ndiradi.

V. o‘qotar qurollarni qo‘llash va ulardan foydalanishni o‘rgangan M., B. va S.larni O‘zbekistondagi muhim obyektlarni chuqur o‘rganib kelishi uchun O‘zbekistonga qaytarib yuboradi va ular O‘zbekistonga kelganlarida HMQO xodimlari tomonidan qo‘lga olinadi.

– Mazkur shaxslarning qilmishiga huquqiy baho bering.

IX bob. O‘zbekiston Respublikasiga qarshi jinoyatlar 1-masala. Chet el razvedkasi xodimi J. O‘zbekiston Respublikasi

fuqarolari S. va K.larning har biriga 50 ming AQSH dollari miqdorida mukofot berish evaziga O‘zbekiston Respublikasida joylashgan ishlab chiqarish korxonalari binolarini portlatishni taklif qildi. Shu tariqa ular Toshkent shahrida joylashgan 2 ta va Toshkent viloyatidagi 1 ta ishlab chiqarish zavodini portlatib yuborishdi.

– Mazkur shaxslarning harakatlarini kvalifikatsiya qiling. 2-masala. Maxsus xizmat xodimi M. davlat siri bilan bog‘liq

hujjatlar bilan shug‘ullanayotganida, xonasini tozalash uchun kelgan farrosh B. xonani tozalashini aytadi va undan xonadan chiqib turishini taklif qiladi. M. xonadagi davlat siri hisoblangan maxfiy hujjatlarni xizmat temir sandig‘iga solib xonadan chiqib ketadi. Shundan keyin B. xonani tozalayotganida stol ustida turgan hujjatni davlat siriga oid maxfiy hujjat deb o‘ylab, uni yashirin ravishda olib xonadan chiqib ketadi va chet el davlati xavfsizlik xizmati xodimi N.ga 100 AQSH dollari evaziga sotib yuboradi.

Dastlabki tergov jarayonida mazkur hujjat maxfiy hujjat emasligi aniqlandi.

– Holatga huquqiy baho bering va yuridik tahlil qiling.

3-masala. Chet el fuqarosi, fizika va matematika fanlari doktori K. O‘zbekistonlik olimlar bilan hamkorlikda o‘zaro tajriba almashish maqsadida ilmiy tadqiqot ishlarini olib boradi.

K. ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish jarayonida ishlab chiqarish va savdo-sotiqqa oid davlat siri hisoblangan hujjatlardan nusxa olib o‘zining

Page 24: Jinoyat huquqining maxsus qismidan amaliy masalalar

24

davlatiga yuborayotganida huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.

– Mazkur holatda K.ning qilmishini kvalifikatsiya qiling. 4-masala. Chegara xizmati xodimi R. tanishi P.ning tug‘ilgan kunini

nishonlash marosimida, kuchli mastlik holatida barcha mehmonlarga yaqin kunlarda yuz berishi mumkin bo‘lgan respublika chegarasidagi qo‘shinlarning maxfiy o‘rin o‘zgartirishlari va terroristik guruhlarni ushlash rejasi haqida gapirdi.

– Holatga huquqiy baho bering. 5-masala. G. rahbarligidagi bir guruh shaxslar «Xalifalik davlati»

qurishni maqsad qilib birlashishdi. Ular ikki yil davomida o‘z saflariga 150dan oshiq yigit-qizlarni jalb qilishdi va ularni o‘qitib, jangovar tayyorgarlikdan o‘tkazishdi.

G. mazkur yigit-qizlarga tegishli vazifalarni berib, respublikaning turli hududlarida o‘zlariga guruhlar tuzishni topshiradi. Lekin guruh a’zolaridan biri A. HMQO xodimlariga o‘zlarining faoliyati va hukumat rahbarlariga nisbatan tayyorlanayotgan fitna haqida xabar berdi.

– Mazkur shaxslarning harakatlarini kvalifikatsiya qiling. 6-masala. Harbiy havo kuchlari uchuvchisi Ch. yangi qiruvchi

samolyotida o‘quv-mashq uchishlarini bajarayotganida, samolyotda yuza-ga kelgan nosozliklar tufayli davlat chegarasini buzib o‘tib, chet davlat hududiga qo‘ndi hamda yangi quruvchi samolyotga oid maxfiy ma’lumot-larni chet el xavfsizlik xizmatiga oshkor qildi.

Ch.ning ushbu ma’lumotlarni oshkor qilishi natijasida davlatning mudofaa salohiyatiga va iqtisodiga katta miqdorda ziyon yetkazildi.

– Mazkur holatda Ch.ning qilmishiga huquqiy baho bering. 7-masala. Xavfsizlik xizmati xodimi P. o‘ziga berilgan topshiriqni

o‘z vaqtida tugata olmaganligi sababli, berilgan topshiriqni oxiriga yetkazish uchun davlat siriga oid maxfiy hujjatlarni uyiga olib ketdi.

P.ning uyiga noma’lum shaxslar kirib, davlat siriga oid maxfiy hujjatlar va 1 mln. so‘m pulni olib ketishadi hamda ushbu hujjatlarni 200 AQSH dollari evaziga chet el xavfsizlik xizmati xodimi N.ga sotib yuborishadi.

– Mazkur shaxslarning qilmishiga huquqiy baho bering.

Page 25: Jinoyat huquqining maxsus qismidan amaliy masalalar

25

8-masala. Maxsus xizmat xodimi A. metroda ketayotgan vaqtida uxlab qoldi. Bu vaqtda S. uning diplomatini yashirin ravishda olib qo‘yadi.

Natijada muhim davlat va mudofaa ahamiyatiga ega bo‘lgan hujjat-lar yo‘qoldi.

– Holatga huquqiy baho bering. 9-masala. Chet el davlati elchixonasining ishchisi T. Z.ni ushbu

davlat razvedkasiga xizmatga yolladi. Z. bir yil davomida elchixona ishchisiga 10 ming AQSH dollari evaziga o‘z davlati manfaatlariga ziyon yetkazishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarni berib turdi. Keyinchalik Z. xavfsizlik xizmatiga chet el razvedkasi bilan hamkorligi haqida xabar berdi, biroq olgan moddiy rag‘batlantirishlarini yashirdi.

– Z.ning harakatlarini kvalifikatsiya qiling. 10-masala. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari V. va S.lar davlat

rahbarining olib borayotgan siyosatidan noroziligi va davlat boshqaruvini izdan chiqarish maqsadida Prezident sha’ni va qadr-qimmatini kamsituv-chi, haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ma’lumotlarni internet provayderlari orqali tarqatayotganlarida HMQO xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.

– Yuqoridagi shaxslarning harakatlariga huquqiy baho bering va yuridik tahlil qiling.

Page 26: Jinoyat huquqining maxsus qismidan amaliy masalalar

26

Uchinchi bo‘lim. IQTISODIYOT SOHASIDAGI JINOYATLAR

X bob. O‘zgalar mulkini talon-toroj qilish

1-masala. M. va F.lar soat 13:00 larda kompaniya rahbari B.ning xonadoniga o‘zlarini yong‘in xavfsizligi xodimlari deb tanishirib, yong‘in xavfsizligi qoidalariga qanday rioya qilinayotganligi bo‘yicha o‘tkazila-yotgan tekshiruvlar bo‘yicha kelishganligini bildirishgan. B. ularga xonadoniga kirishga ruxsat berganidan so‘ng M. yonida bo‘lgan sumkadan qirqma miltiqni chiqarib, B.ni otib o‘ldirish bilan qo‘rqitib, pul va moddiy qimmatliklar talab qilgan. B. xonadonida pul va moddiy qimmatliklar yo‘qligini bildirganida F. uning bosh qismiga oyog‘i bilan tepib, do‘pposlagan. B. hushidan ketib qolganidan so‘ng M. va F. yotoqxonadagi divan ostiga joylashgan seyfdan 12 ming AQSH dollari va 6 mln. so‘mni, stol ustidan B.ga tegishli bo‘lgan avtomashinaning kaliti va hujjatlarini olishib, xonadondan chiqib ketayotgan vaqtlarida ichki ishlar xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.

– Mazkur shaxslarning harakatlarini kvalifikatsiya qiling. 2-masala. Qalbaki hujjatlar tayyorlaganligi uchun muqaddam sud-

langan D. unga tayinlangan jazoni o‘tab bo‘lganidan so‘ng ham o‘zining jinoiy faoliyatini davom ettirgan. Jumladan, iyul oyida u R.ning taklifiga ko‘ra unga bir oy muddat ichida institutning bakalavr bosqichini tamom-laganligi to‘g‘risidagi diplomni tayyorlab berish uchun undan 3 ming AQSH dollari olgan. Lekin, ushbu pullarni o‘z manfaati yo‘lida sarflab yuborib, R.ning institutning bakalavr bosqichini tamomlaganligi to‘g‘risidagi diplomni tayyorlash uchun hech qanday harakatlarni amalga oshirmagan.

Belgilangan muddat o‘tganidan so‘ng R. ichki ishlar idoralariga ariza bilan murojaat qilgan.

– Mazkur holatga huquqiy baho bering. 3-masala. K. va 16 yoshli S. oldindan jinoiy til biriktirishib, yo‘l

chetida ketayotgan fuqaro O.ning orqa tarafidan unga sezdirmasdan kelishib, uning qo‘lida bo‘lgan sumka ichidan 2 dona brilliant uzuk, 2 dona kumush bilaguzuk hamda onasi J.ga tegishli bo‘lgan fuqarolik pasportini yashirin ravishda olishgan va voqea joyidan yashirinishgan. Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari natijasida K. va S.lar ushlanib, ulardan O.ga tegishli bo‘lgan 2 dona brilliant uzuk, 2 dona kumush

Page 27: Jinoyat huquqining maxsus qismidan amaliy masalalar

27

bilaguzuk ashyoviy dalil sifatidan olingan. O.ning onasi J.ga tegishli bo‘lgan fuqarolik pasportini esa K. jinoyatni yashirish maqsadida yoqib yuborganligi aniqlandi.

– Mazkur shaxslarning harakatlarini kvalifikatsiya qiling. 4-masala. G. soat 24:00larda IIB Navbatchilik qismiga ariza bilan

murojaat qilib, soat 23:00larda 204-sonli maktabgacha ta’lim muassasasi yonidan o‘tib ketayotganida erkak jinsiga mansub noma’lum shaxs, bo‘yin a’zosining hiqildoq qismiga 2 marta mushti bilan urib, qo‘lidagi narxi 500 AQSH dollari bo‘lgan uyali aloqa vositasini olib qochib ketganligini bildirgan. O‘tkazilgan sud-tibbiy ekspertizasining xulosasiga ko‘ra, fuqaro G.ga yetkazilgan tan jarohati sog‘liqning qisqa muddatga yomonlashuviga yoki mehnat qobiliyatining uncha uzoq bo‘lmagan muddatga yo‘qolishiga olib kelmaydigan yengil tan jarohatlari toifasiga kirishligi aniqlangan.

Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida ushbu jinoyatni L. sodir etganligi aniqlangan va ushlangan.

– Ushbu holatda qilmishni kvalifikatsiya qiling. 5-masala. Tadbirkor V. IIB Navbatchilik qismiga ariza bilan

murojaat qilib, o‘zi istiqomat qiluvchi mahalla fuqarolar yig‘ini raisi O. unga tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi uchun zarur hujjatlarni yig‘ishda yordam berganligini ro‘kach qilib, agar har oyda unga ma’lum miqdorda pul mablag‘lari berib turmasa, V.ning tadbirkorlik faoliyati ustidan tekshiruv o‘tkazib, faoliyatini tugatish bo‘yicha sudga taqdimnoma kiritish bilan qo‘rqitayotganligini bildirib, O.ga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

– Mazkur holatda O.ning qilmishiga huquqiy baho bering. 6-masala. Z. tanishi X.ga tegishli bo‘lgan avtomashinani ikki yil

muddatga ijara shartnomasi asosida olib, yo‘lovchi tashish bilan shug‘ul-langan. Oradan bir yil o‘tgandan so‘ng Z. ushbu avtomashinani qismlarga ajratib, avtomashinalarning ehtiyot qismlari bilan savdo qiluvchi fuqaro B.ga sotib yuborgan. Fuqaro X. Z.dan o‘ziga tegishli bo‘lgan avto-mashinasi qayerdaligini so‘raganida, Z. noma’lum shaxslar uni avto-mashinasida chegara yaqiniga aldab olib borishganligini, unga tan jarohati yetkazib, avtomashinani Qozog‘iston Respublikasi chegarasidan olib o‘tib ketishganligini bildirgan.

Page 28: Jinoyat huquqining maxsus qismidan amaliy masalalar

28

Z.ning gaplaridan shubhalangan X. ichki ishlar idoralariga ariza bilan murojaat qilgan.

– Mazkur holatga huquqiy baho bering. 7-masala. T. institutga o‘qishga qabul qilingan. Lekin, u o‘quv

fanlarini yetarli darajada o‘zlashtira olmaganligi va imtihonlarni topshira olmaganligi tufayli 2-kurs yakunida talabalar safidan o‘chirilgan. Biroq fuqaro T.ning o‘qishdan chetlatilganligi to‘g‘risidagi hujjatlar mas’ul shaxslarning beparvoligi tufayli moliya bo‘limiga topshirilmaganligi bois, u ikki yil davomida «qoniqarli» bahoga o‘zlashtiruvchi talabalarga beriladigan miqdordagi stipendiyani muntazam ravishda olib kelgan. Mas’ul idoralar tomonidan o‘tkazilgan tekshiruv natijasida yuqoridagi holatga chek qo‘yildi.

– Mazkur shaxslarning qilmishiga huquqiy baho bering. 8-masala. U. va M.lar tungi soat 03:00larda D.ning xonadoniga orqa

eshikdan kalit tanlash yo‘li bilan yashirin ravishda kirib, oshxonadagi stol ustida turgan xo‘jalik sumkasida bo‘lgan 7 mln. so‘m hamda narxi 1 mln so‘m bo‘lgan uyali aloqa vositasini olmoqchi bo‘lishganida xonadon egasi D. uyg‘onib ketib, ularga qarshilik ko‘rsatganida M. oshxonadagi stol ustida bo‘lgan oshxona pichog‘ini olib, D.ning son qismiga ikki marta zarb bilan urgan. D.ning polga yiqilganligidan foydalangan U. va M.lar unga tegishli bo‘lgan 7 mln. so‘m hamda narxi 1 mln so‘m bo‘lgan uyali aloqa vositasini talon-toroj qilib voqea joyidan yashirinishgan. Fuqaro D. esa yetkazilgan tan jarohati natijasida shifoxonada vafot etgan.

− Yuqoridagi shaxslarning qilmishini kvalifikatsiya qiling. 9-masala. N. sayyohlik firmasi ish boshqaruvchisiga o‘zini mehmon-

xona egasi sifatida tanishtirib, uning ishonchini qozonish maqsadida shaxsini tasdiqlovchi soxta hujjatlarni taqdim qildi va unga ushbu firma yo‘llanmasi bilan kelgan sayyohlar uchun arzonlashtirilgan narxlarda mehmonxona xizmati ko‘rsatishini bildirib, har ikki taraf uchun ham manfaatli bo‘lgan shartnoma tuzishni taklif qildi. Ish boshqaruvchi bunga rozi bo‘lib, shartnoma tuzish uchun zarur hujjatlarni rasmiylashtirayotgan vaqtida N. uning ish bilan bandligidan foydalanib firma kassasida saqla-nayotgan 12 mln. so‘m va 4 ming AQSH dollarini olib qo‘ydi. Shartnoma tuzilgach N. ikki kundan so‘ng kelishini aytib, uyiga ketgan.

Firma g‘aznasida saqlanayotgan pullar yo‘qolganligini sezgan ish boshqaruvchi N.ga qo‘ng‘iroq qilib, firma kassasida saqlanayotgan

Page 29: Jinoyat huquqining maxsus qismidan amaliy masalalar

29

12 mln. so‘m va 4 ming AQSH dollari yo‘qolganligini, ushbu pullarni N. olgan yoki olmaganligini so‘raganida, u ushbu pullarni olmaganligini bildirgan. Shundan so‘ng ish boshqaruvchi hududiy ichki ishlar idorasiga ariza bilan murojaat qilgan.

– Holatga huquqiy baho bering. 10-masala. Ustav fondida davlat ulushi bo‘lmagan qo‘shma korxona

ishchisi J. korxona sexidan tikuv mashinasi ehtiyot qismlarini yashirin ravishda olib chiqib ketish maqsadida xo‘jalik sumkasiga joylashtirayot-gan vaqtida sex boshlig‘i R. tomonidan ushlandi. Shunda J. R.ning oyoq qismiga temir bo‘lagi bilan urib, qiymati 2 mln. so‘m bo‘lgan tikuv mashinasi ehtiyot qismlarini korxonaning orqa tomonida kutib turgan sherigi F.ga olib borib bergan va o‘zi noma’lum tomonga qochib ketgan.

Surishtiruv ishlari natijasida J. hamda F. ushlangan va F.dan qiymati 2 mln. so‘m bo‘lgan tikuv mashinasi ehtiyot qismlari ashyoviy dalil sifatida olingan.

– Mazkur shaxslarning harakatlarini kvalifikatsiya qiling.

XI bob. O‘zgalar mulkini talon-toroj qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jinoyatlar

1-masala. F. kechqurun mast holda qo‘shnisi A.ning uyiga kirib,

agar u bilan jinsiy aloqa qilmasa, A.ning xonadonini yoqib yuborish bilan qo‘rqitdi. So‘zining isboti sifatida F. A.ning jami qiymati 50 mln. so‘mlik qimmatbaho kiyimlari va noyob buyumlari saqlanayotgan sandiqni yoqib yubordi. Shundan so‘ng A. F. bilan tabiiy jinsiy aloqa qilishga rozi bo‘ldi.

– F.ning qilmishini kvalifikatsiya qiling. 2-masala. Muddatli harbiy xizmatchi V. chegara yaqinida joy-

lashgan dala hovlida ovchilik bilan shug‘ullanuvchi fuqaro T. bilan uchrashib qoldi. V. T.ga agar hech kimga aytmasa, harbiy qismdan o‘g‘ir-langan 10 juft harbiy etik bilan birga eskirgan, harbiy qismga tegishli bo‘lgan to‘pponchani 10 ta o‘qi bilan sotishini bildirdi. Shunda T. V.dan ancha arzon narxda 10 juft harbiy etik bilan birga eskirgan, harbiy qismga tegishli bo‘lgan to‘pponchani 10 ta o‘qi bilan sotib oldi.

– Mazkur shaxslarning qilmishiga huquqiy baho bering. 3-masala. Chet el fuqarosi S. o‘zini uch nafar tanishi bilan to‘rt

dona Germaniyada ishlab chiqarilgan yengil avtomobillarni yashirin

Page 30: Jinoyat huquqining maxsus qismidan amaliy masalalar

30

ravishda talon-toroj qilib, so‘ngra ularni O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasini aylanma yo‘llar orqali chetlab olib o‘tib, yengil avtomobillar oldi-sotdisi bilan shug‘ullanuvchi M., N. va R.larga har bir avtomobilni 14 ming AQSH dollariga qalbakilashtirilgan hujjatlar asosida sotayotganlarida qo‘lga olindi.

– Qilmishni kvalifikatsiya qiling. 4-masala. M. va P.lar ov mavsumi boshlanmaganligiga qaramasdan,

daryodan ko‘p miqdorda baliqlar va yovvoyi parrandalarni ovlab, oshxona egasi D.ga ushbu baliq va yovvoyi parrandalar daryodan yangi ovlanganligini bildirishib, arzon narxda bo‘lsa ham sotib olishini taklif qilishgan. D. ularga hozir ov mavsumi emasligini, lekin M. va P.larga rahmi kelganligini va ovlangan baliq, yovvoyi parrandalar narxini yana ozroq tushirishsa sotib olishini aytgan va ulardan ancha arzon narxda qonunga xilof ravishda ovlangan baliq va yovvoyi parrandalarni sotib olgan.

– Mazkur shaxslarning qilmishiga huquqiy baho bering. 5-masala. N. va K.lar qurolli bosqinchilik natijasida topilgan jami

qiymati 170 mln. so‘mlik tilla taqinchoqlarni turmush o‘rtoqlari S. va M.larga sovg‘a qilishdi. S. va M.lar ushbu taqinchoqlar qurolli bosqinchi-lik natijasida qo‘lga kiritilganligini bilishar edi. S. har ehtimolga qarshi tilla taqinchoqlardan faqat zeb-ziynat sifatida foydalangan bo‘lsa, M. ushbu taqinchoqlarni sotib, ulardan tushgan foyda hisobiga xususiy go‘zallik salon ochdi. Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida N. va K.lar qo‘lga olindi.

– Ushbu holatda qilmishni kvalifikatsiya qiling. 6-masala. V. va Y.lar uzoq kuzatuvlar natijasida zargarlik do‘koni

qorovuli I. kunduz kunlari o‘g‘irlik jinoyatlari kam sodir etilishi, bundan tashqari zargarlik do‘koni bozorning markaziy qismida joylashganligi sababli har yakshanba kunidagi navbatchilikda soat 14:00dan 16:30ga qadar o‘z joyida bo‘lmasligini aniqlashdi. Yakshanba kuni ular zargarlik do‘koniga tanlash yo‘li bilan kirayotganlarida do‘kon ichida bo‘lgan qorovul I. sezib qolib, ularga qarshilik ko‘rsatganida V. va Y.lar I.ning bosh qismiga yog‘och to‘qmoq bilan urishib, qo‘l-oyog‘ini bog‘lab, jami qiymati 450 mln. so‘mlik qimmatbaho taqinchoqlarni olib ketishgan.

Page 31: Jinoyat huquqining maxsus qismidan amaliy masalalar

31

Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari natijasida V. va Y.lar qo‘lga olindi.

– Mazkur shaxslarning qilmishiga huquqiy baho bering. 7-masala. T. o‘ziga noma’lum bo‘lgan firmada ekspeditor bo‘lib

ishlovchi U.dan bozordagidan ancha arzon narxda transport vositasining ehtiyot qismlarini sotib oldi. T. ushbu ehtiyot qismlarda qandaydir inven-tarizatsiya belgilari borligini ko‘rib qoldi va bu haqda U.ga bildirganida, u shuning uchun ham arzon narxda sotayotganligini, birorta chilangarga aytsa, ushbu belgilarni yo‘qotib berishi mumkinligini aytdi. T. ushbu ehtiyot qismlarni sotib oldi va ikki kundan so‘ng chilangarlik ustaxona-sida inventarizatsiya belgilari o‘chirilgan ehtiyot qismlarini olib ketish uchun kelganida ushlandi.

– Qilmishni kvalifikatsiya qiling. 8-masala. A. O. tomonidan sodir qilingan o‘g‘irlikning guvohi bo‘lib

qoldi. A. ushbu vaziyatdan o‘z manfaati uchun foydalanish maqsadida O.dan o‘g‘irlangan buyumlardan unga ham hissa berishini talab qildi. Agarda rad javobi bo‘lsa, sodir qilingan qilmish haqida huquqni muhofaza qilish idoralariga darhol xabar berishini bildirdi. O. esa javob-garlikka tortilishdan qo‘rqib, 5 mln. so‘m miqdoridagi tilla taqinchoqlarni A.ga berdi. O‘zi esa 15 mln. so‘m miqdoridagi tilla taqinchoqlarni tanishi V. orqali sotib yubordi va keyinchalik huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan qo‘lga olindi.

– Mazkur shaxslarning harakatlarini kvalifikatsiya qiling. 9-masala. N. o‘zaro janjal oqibatida tanishi K.ning yuziga qo‘li

bilan urib, unga tan jarohati yetkazdi. K. esa N.ga kuchi yetmasligini bilib, tunda N.ning ko‘chada qoldirilgan avtomashinasini yoqib yubordi. O‘tkazilgan sud-tibbiy ekspertizasi K.ning yuzidagi tan jarohati o‘rtacha og‘irlikdagi tan jarohati toifasiga kirishi to‘g‘risida xulosa berdi.

– Holatga huquqiy baho bering. 10-masala. S. tanishi P.ga tegishli bo‘lgan avtomashinani uch yil

muddatga ijara shartnomasi asosida olib, yo‘lovchi tashish bilan shug‘ul-langan. Lekin turli xil bahonalar bilan ijara shartnomasi asosida P.ga berilishi lozim bo‘lgan pul summasini bermasdan yurgan. Ijara shart-nomasi tugaganidan so‘ng esa avtomashinani P. yo‘qligida uyining oldiga tashlab ketgan.

Page 32: Jinoyat huquqining maxsus qismidan amaliy masalalar

32

Bundan xabar topgan P. ichki ishlar idoralariga ariza bilan murojaat qildi.

– S.ning qilmishini kvalifikatsiya qiling.

XII bob. Iqtisodiyot asoslariga qarshi jinoyatlar 1-masala. M. yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanish maqsadida avto-

mashina sotib olmoqchi bo‘lib, bu haqda tanishi R.dan qarz so‘raganida, u o‘zida buncha pul yo‘qligini, lekin rangli printerda qalbaki pul tayyorlay olishini bildirdi. Shundan so‘ng ular qalbaki pul tayyorlash uchun zarur bo‘lgan narsalarni sotib olishib, tayyorlangan 10 ming AQSH dollariga fuqaro A.dan unga tegishli bo‘lgan avtomashinani sotib olishayotgan vaqtda huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan ushlandi.

– Mazkur shaxslarning harakatlarini kvalifikatsiya qiling. 2-masala. D. ikki yil muddatda qaytarish sharti bilan F.dan 10 mln.

so‘m qarz olgan edi. D. bu orada F.ning yo‘l-transport hodisasi natijasida ko‘zi ojiz bo‘lib qolganligidan foydalanib, uni aldash maqsadida kelishil-gan vaqtda 10 mln. so‘m o‘rniga suvenir uchun tayyorlangan 10 mln. so‘mni F.ga berdi. F. qo‘shnisi O.ga D. bergan pullarni ko‘rsatganida u ushbu valuta qimmatliklari suvenir uchun mo‘ljallanib tayyorlanganligini bildirdi. Shundan so‘ng F. ichki ishlar idoralariga ariza bilan murojaat qildi.

– Qilmishni kvalifikatsiya qiling. 3-masala. N. va S.lar uyushgan guruh a’zolari bo‘lgani holda ancha

miqdordagi oziq-ovqat mahsulotlarini qonunga xilof ravishda O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasidan olib o‘tishgan. Dastlabki tergov davomida ushbu shaxslarning qilmishlari Jinoyat kodeksining 182-moddasi ikkinchi qismining «v» bandi bo‘yicha kvalifikatsiya qilingan. Lekin prokuror tomonidan jinoyat ishi noto‘g‘ri kvalifikatsiya qilingan deb topilib, qo‘shimcha tergov o‘tkazish uchun qaytarildi.

– Holatga huquqiy baho bering. 4-masala. S. va B.lar chet elda ishlab chiqarilgan kiyim-kechaklarni

qonunga xilof ravishda O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish maqsadida oldindan til biriktirib, bir oy davomida uch marotaba bojxona chegarasi-dan jami ko‘p miqdordagi tovarlarni olib o‘tishgan. So‘ngra qo‘lga tushib qolishdan xavfsirab, o‘zlarining ushbu faoliyatlarini to‘xtatishgan.

Page 33: Jinoyat huquqining maxsus qismidan amaliy masalalar

33

Surishtiruv organlari tomonidan ularning yuqorida sodir etgan qilmishlari aniqlanib, ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 182-moddasi ikkinchi qismining «v» bandi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Lekin S. va B.larning himoyachisi uning himoyasidagi shaxslar asossiz ravishda javobgarlikka tortilayotganligini bildirib, prokuror nomiga shikoyat yozgan.

− Yuqoridagi shaxslar va surishtiruv organlarining harakatlariga huquqiy baho bering.

5-masala.Mehmonxona xizmatchilari U. va X.lar chet el fuqarosi

J.ga tegishli bo‘lgan 9 ming AQSH dollarini uning roziligi bilan qonunga xilof ravishda valuta ayirboshlash bilan shug‘ullanuvchi T.dan O‘zbekis-ton Respublikasining milliy valutasi – so‘mga almashtirib olayotganlarida huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan ushlandi.

– Mazkur shaxslarning qilmishiga huquqiy baho bering. 6-masala. Z. maktab o‘quvchilari uchun kiyim-bosh ishlab chiqa-

ruvchi korxona sifatida ro‘yxatdan o‘tdi, lekin ishlab chiqarish bilan shug‘ullanmasdan chet eldan keltirilgan kiyim-kechaklarni olib-sotish bilan shug‘ullandi. Soliq idoralari tomonidan o‘tkazilgan tekshiruv vaqtida ushbu holat aniqlandi va uning faoliyatiga chek qo‘yildi.

− Z.ning harakatlariga huquqiy baho bering. 7-masala. I. uyushgan guruh a’zosi bo‘lgani holda juda ko‘p miq-

dordagi tovarlarni qonunga xilof ravishda O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasidan o‘tkazish bilan bog‘liq ravishda ko‘p miqdordagi davlat boji tariqasidagi soliqlarni to‘lashdan ham bo‘yin tovlagan. O‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida I. huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan ushlandi.

– Mazkur holatda M.ning qilmishini kvalifikatsiya qiling. 8-masala. Oziq-ovqat do‘koni sotuvchisi P.ning oldiga tanishi R.

kelib, nazorat-kassa mashinalari fiskal xotirasi xizmati dasturiga noqonu-niy o‘zgartirish kiritish yo‘li bilan daromad (foyda)ni yashirish mumkin-ligini, agar har oyda yashirilgan daromad (foyda)ning o‘n foizini berishga rozi bo‘lsa, nazorat-kassa mashinalari fiskal xotirasi xizmati dasturiga noqonuniy o‘zgartirish kiritish yo‘li bilan olingan daromad (foyda) miq-dorini kamaytirib berishini, buni hech kim aniqlay olmasligini bildirdi. P. ushbu taklifga rozi bo‘ldi va R.ga bir yil davomida yashirib qolingan daromad (foyda)ning o‘n foizini berib keldi.

Page 34: Jinoyat huquqining maxsus qismidan amaliy masalalar

34

Yuqori soliq idorasi tomonidan o‘tkazilgan tadbir vaqtida ushbu holat aniqlanib, unga chek qo‘yildi.

– Holatga huquqiy baho bering. 9-masala. Yakka tartibdagi tadbirkor V. to‘lovga qobiliyatsizligi

hamda ushbu holat barqaror iqtisodiy nochorligiga (bankrotligiga) olib kelganligi sababli o‘zini bankrot deb e’lon qildi. O‘tkazilgan surishtiruv natijalariga ko‘ra V. asosiy faoliyati bo‘lmish xizmatlar ko‘rsatishga jalb etilgan aktivlarining 50 foizdan ortig‘ini tanishi B.ga berib yuborganligi aniqlandi.

– Mazkur shaxslarning qilmishiga huquqiy baho bering. 10-masala. Parrandachilik fabrikasi rahbari L. xarajatlarni kamay-

tirish maqsadida fabrika gaz tarmog‘ini fabrika yaqinidan o‘tgan magis-tral gaz quvuriga o‘zboshimchalik bilan ulashni buyurdi. O‘zboshimcha-lik bilan ulanish ko‘p miqdordagi gaz mahsulotlaridan foydalanish bilan bir qatorda gaz quvurining normal ishlashi buzilishiga olib keldi.

– Qilmishni kvalifikatsiya qiling.

XIII bob. Xo‘jalik faoliyati sohasidagi jinoyatlar

1-masala. Firma direktori U. markaziy gazetalardan birining muxbiriga intervyu berish jarayonida bila turib raqobatdosh firma mahsulotlari va ularning ishlab chiqarilish sharoiti to‘g‘risida yolg‘on va buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlarni aytib o‘tdi. Ushbu ma’lumotlar gazetada bosib chiqarilishi natijasida raqobatchi firmaning obro‘siga putur yetdi.

– Holatga huquqiy baho bering. 2-masala. Mas’ul lavozimda ishlovchi A. xizmat yuzasidan o‘zi

rahbarligida o‘tkazilgan tekshiruvlarning birida savdo-sotiq bilan shug‘ul-lanuvchi kompaniyaning kelgusida ishlab chiqarish istiqbollari va savdo hajmini oshirish borasidagi rejasi bilan tanishib qoldi. Yaqin qarindoshi F.ning shu sohada faoliyat ko‘rsatuvchi firmasi borligini bilgan A. ushbu ma’lumotlarni F.ga berdi.

Keyinchalik ushbu holatdan xabar topgan kompaniya vakillari A. va F.ga nisbatan qonuniy chora ko‘rilishini so‘rab, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilishdi.

– Qilmishga jinoiy-huquqiy baho bering.

Page 35: Jinoyat huquqining maxsus qismidan amaliy masalalar

35

3-masala. Farmatsevtika kompaniyasi rahbari D. chet eldan foyda-lanish muddati o‘tib ketgan ko‘p miqdordagi sifatsiz dori vositalarini bojxona nazoratini chetlab o‘tib olib keldi. So‘ngra xodimlari S. va I.lar bilan birgalikda ushbu dori vositalarining amal qilish muddatlarini qaytadan o‘zgartirib chiqishdi. Ushbu kompaniyaga tegishli dorixonadan shifokor retsepti asosida dori vositasini olib iste’mol qilgan B. o‘tkir zaharlanish natijasida hayotdan ko‘z yumdi.

– Mazkur holatga huquqiy baho bering. 4-masala. Mas’ul mansabdor T. ukasi K. tomonidan qonunga xilof

ravishda ko‘p miqdorda etil spirti ishlab chiqarilishi va muomalaga kiritilishini moliyalashtirib kelgan. Olib borilgan va o‘tkazilgan surish-tiruv ishlari natijasida ularning noqonuniy faoliyatiga chek qo‘yildi.

– Mazkur shaxslarning harakatlarini kvalifikatsiya qiling. 5-masala. J. qonunga xilof ravishda tadbirkorlik faoliyati bilan

shug‘ullanganligi uchun unga nisbatan JKning 188-moddasi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi prokurorga yuborildi.

Prokuror esa ishni qo‘shimcha tergovga qaytarib, bunga sabab sifatida tergovchi J.ning faqat qonunga xilof ravishda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanganligiga huquqiy baho berganligini, qonunga xilof ravishda tadbirkorlik faoliyati natijasida olingan daromaddan soliqlar yoki boshqa majburiy to‘lovlar to‘lanmaganligi holatiga esa e’tibor qaratilmaganligini ko‘rsatgan.

– Holatga huquqiy baho bering. 6-masala. D. daromad olish maqsadida qonunga xilof ravishda

psixotrop moddalar savdosi bilan shug‘ullangan. Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida uning noqonuniy

faoliyatiga chek qo‘yilib, unga nisbatan JKning 188 va 184-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Dastlabki tergov davomida D. faqat daromad olish maqsadida qonunga xilof ravishda psixotrop moddalar savdosi bilan shug‘ullanganligini, lekin to‘lanmagan soliqlar miqdori ancha miqdordaligini bildirib, ayblovdan JKning 184-moddasini chiqa-rishni so‘ragan.

– Mazkur holatda D.ning qilmishini kvalifikatsiya qiling. 7-masala. B. ilgari savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini ancha

miqdordagi qiymatda buzganligi uchun unga nisbatan ma’muriy jazo

Page 36: Jinoyat huquqining maxsus qismidan amaliy masalalar

36

qo‘llanilganligiga qaramasdan, xizmat ko‘rsatish qoidalarini surunkali ravishda buzib kelayotganligi aniqlandi.

– Qilmishni kvalifikatsiya qiling. 8-masala. Fermer xo‘jaligi rahbari T. paxta chigitidan yog‘ ishlab

chiqarish maqsadida yashirin sex tashkil qildi. So‘ngra tanishi O. bilan birga ushbu sexda tayyorlangan, xavfsizlik talablariga javob bermaydigan yog‘ mahsulotlarini fuqarolarga arzon narxlarda sota boshladi.

– Mazkur shaxslarning qilmishiga huquqiy baho bering. 9-masala. Y. litsenziya olinishi shart bo‘lgan faoliyat bilan maxsus

ruxsatnoma (litsenziya) olmasdan shug‘ullanganligi uchun unga nisbatan ish ko‘rilayotgan vaqtda uning ayni paytda ro‘yxatdan o‘tishdan ham bo‘yin tovlaganligi aniqlandi.

Y.ga nisbatan ilgari savdo yoki vositachilik faoliyati bilan qonunga xilof ravishda shug‘ullanganligi uchun ma’muriy jazo qo‘llanilgan.

– Mazkur holatda Y.ning qilmishini kvalifikatsiya qiling. 10-masala. U. etil spirti va alkogolli mahsulotlarni qonunga xilof

ravishda ancha miqdorda ishlab chiqarish va muomalaga kiritish bilan shug‘ullanganligi uchun HMQO xodimlari tomonidan ushlandi. Olib borilgan surishtiruv ishlari jarayonida U.ga nisbatan ilgari shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilmaganligi aniqlandi.

– Qilmishga jinoiy-huquqiy baho bering.

Page 37: Jinoyat huquqining maxsus qismidan amaliy masalalar

37

To‘rtinchi bo‘lim. EKOLOGIYA SOHASIDAGI JINOYATLAR

XIV bob. Atrof muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi jinoyatlar

1-masala. D. 2013-yil 31-oktabr kuni J. va N. bilan oldindan o‘zaro

jinoiy til biriktirib, tumandagi archa o‘rmonidan umumiy qiymati 75 mln. so‘mlik 25 dona diametri 50, 60 sm bo‘lgan «yasen» daraxtini noqonuniy ravishda kesib ketayotgan vaqtida HMQO xodimlari tomonidan ushlangan.

– Holatga huquqiy baho bering.

2-masala. S. va V.lar ov qilish maqsadida qo‘riqxona hududiga g‘ayri-qonuniy kirib, u yerda noyob hisoblangan hayvonlar, ya’ni 2 ta kiyik, 3 ta kaklik va ko‘pgina qushlarni ov qilishgan. Buning oqibatida davlatga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazilgan.

− S. va V.larning harakatlarini kvalifikatsiya qiling.

3-masala. Kimyo zavodining bosh muhandisi B. zavod ishchilari S. va A.ga tozalash qurilmasining nosozligini tuzatishlarini buyurdi, ammo ularning ishini nazorat qilmadi. Sifatsiz ta’mirlash natijasida daryoga me’yoridan ancha ortiq zararli moddalar kelib tushdi. Buning natijasida ishlab chiqarish chiqindilari kelib tushgan daryoning ancha qismida baliqlarning qirilib ketishiga sabab bo‘ldi.

− Mazkur shaxslarning javobgarlik masalasini hal qiling.

4-masala. O. va N.lar baliq ovlash uchun zaharli moddalardan foyda-landilar. Aynan ular daryoga bir chelak xlor qorishmasini to‘kishgan, buning oqibatida 2 km masofadagi baliq va suv hayvonlari zaharlangan.

– Mazkur holatga huquqiy baho bering.

5-masala. Neft-gaz korxonasining rahbari B. va uning o‘rinbosari D.lar rahbarligi ostida korxona ishchilari neft mahsulotlarini qazish ishlari olib borilayotganida, yer ostida saqlanayotgan portlash va yong‘in kelib chiqish xavfi mumkin bo‘lgan neft-gaz mahsulotlarining muntazam ravishda nazorat qilinmaganligi va ehtiyotkorlik choralari ko‘rilmaganligi sababli portlash va yong‘in yuzaga keldi. Portlash va yong‘indan yuzaga kelgan zaharli gazlarning tarqalishi oqibatida korxonaga yaqin joylashgan qishloq aholisi ommaviy ravishda kasallandi.

– Mazkur shaxslarning harakatlarini kvalifikatsiya qiling.

6-masala. Viloyat hokimining suv va qishloq xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari viloyat hududida o‘simliklar zararkunandalari va kasalliklariga qarshi kurash zarur choralarini ko‘rmaslik oqibatida viloyat

Page 38: Jinoyat huquqining maxsus qismidan amaliy masalalar

38

hududining katta maydonini cho‘l chigirtkasi bosib ketishi natijasida 10 ming gektarga yaqin o‘simliklarga juda katta miqdorda zarar yetkazildi.

– Mazkur holatda qilmishga jinoiy-huquqiy baho bering.

7-masala. Viloyat veterinariya xizmati viloyatda hayvonlar yuqumli kasalliklarini oldini olish va bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqdi. Ushbu vazifalarni amalga oshirish maqsadida tuman veterinariya xizmati inspektori I. tumanda chorva mollari orasida yuqumli kasallik-larning oldini olish uchun o‘zi tomonidan qo‘lbola usulda tayyorlangan sifatsiz vaksinani veterinariya do‘konlariga tarqatib yuborishi natijasida 25 mingdan ziyod qo‘y nobud bo‘ldi.

− Qilmishga huquqiy baho bering.

8-masala. Bozorda archa daraxti savdosi bilan shug‘ullanuvchi fuqaro A. yangi yil arafasida fuqaro V.ga noqonuniy boylik orttirishni, ya’ni fuqaro V.ga o‘rmonga borib archa kesib olib kelsa, A. ushbu archalarni sotib olishini, so‘ng qalbaki hujjat tayyorlab ushbu archalarni sotishini taklif qildi. Fuqaro V. o‘zining yuk mashinasida shu kuni tunda o‘rmon xo‘jaligining yangi yil bozorida sotish uchun maxsus yetishtirilayotgan archalar ekilgan hududiga keldi va mashinasi faralari yorug‘ida 20 ta balandligi 1.5 va 2 metr bo‘lgan archalarni kesib olib kelib fuqaro A.ga sotib yubordi. Fuqaro V. o‘rmon xo‘jaligining qaysi qismidan archa kesganligi fuqaro A.ga ma’lum bo‘lmagan.

– Mazkur shaxslarning harakatlarini kvalifikatsiya qiling.

9-masala. Fermer xo‘jaligi haydovchisi D. paxta yig‘im-terimi mobaynida avtotsisternalarda defoliantlarni tashish paytida, zararli kimyo-viy vositalarni tashish talablarini qo‘pol ravishda buzdi. Buning natijasida 1,5 tonna miqdorida bo‘lgan yukning hammasi kanalga to‘kilib, yer osti suvining va yaqin atrofdagi suv havzalarining zaharlanishiga olib keldi. Zaharlangan suvlarni iste’mol qilganlik oqibatida esa odamlarning va hayvonlarning ommaviy kasallanishiga sabab bo‘ldi.

– Ushbu holatda qilmishni kvalifikatsiya qiling.

10-masala. Kimyo-sanoat zavodining kimyoviy moddalarni saqlash va tashish bo‘yicha mas’ul xodimlari G. va D.lar simob saqlanayotgan idish-larni simob saqlanayotgan omborxonadan kimyoviy moddalarni nazoratdan o‘tkazish punktiga olib borish vaqtida xavfsizlik choralarini ko‘rmaganligi sababli ushbu idishlar sinib ketdi. Natijada zavod va unga yaqin joylashgan hududlarga simob moddasi tarqalib, aholi ommaviy ravishda kasallandi.

– Holatga huquqiy baho bering.

Page 39: Jinoyat huquqining maxsus qismidan amaliy masalalar

39

Beshinchi bo‘lim. HOKIMIYAT, BOSHQARUV VA JAMOAT BIRLASHMALARI ORGANLARINING FAOLIYAT TARTIBIGA

QARSHI JINOYATLAR

XV bob. Boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlar

1-masala. S. oldi-sotdi shartnomasini hujjatlashtirishni tezlashtirish uchun notarial idora boshlig‘i T.ga 100 AQSH dollarini berdi. Notarius T. o‘z o‘rnida barcha ishlarini chetga qo‘yib, oldi-sotdi shartnomasini rasmiylashtirdi va tasdiqlab berdi. Oradan ikki hafta o‘tgach S. notarius T.ning pora olayotganda huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan qo‘lga olinganligini eshitib qoldi va o‘zining pora berganligini fosh etilishidan qo‘rqib, T. undan pora berishni talab qilganligi haqida prokuraturaga ariza bilan murojaat qildi. Dastlabki tergov jarayonida S. JKning 211-moddasining 4-qismiga muvofiq jinoiy javobgarlikdan ozod qilindi.

– Mazkur holatga huquqiy baho bering. 2-masala. Muqaddam uch marotaba talonchilik va bezorilik uchun

sudlangan Q. ozodlikdan mahrum etish joylaridan qaytib ham to‘g‘ri yo‘lga kirmay, spirtli ichimliklarni ichishni, oilada janjal qilishni va jamoat tartibini buzishni davom ettiraverdi. Nazorat o‘rnatilganligiga qaramay, qarorda belgilangan vaqtda IIBga kelib turishdan bo‘yin tovlagan, taqiqlangan vaqtda shaharda yurgan va buning uchun ichki ishlar organlari tomonidan ma’muriy javobgarlikka tortilgan. Shundan so‘ng ham IIIning ruxsatisiz boshqa shaharga ketib qolgan va u yerda qo‘lga olingan.

– Q.ning qilmishini kvalifikatsiya qiling. 3-masala. Tergovchi A. Jinoyat kodeksining 164-moddasi bo‘yicha

fuqaro Q.ga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlarini olib borayotgan vaqtida Q. A.ga jinoyat ishini Jinoyat kodeksining 164-moddasidan 166-moddasiga o‘zgartirsa unga «xizmat haqi» evaziga 1000 AQSH dollari berishini bildirdi. T. bu haqda boshlig‘iga bildirdi va boshlig‘ining roziligini olib, jinoyat ishini Jinoyat kodeksining 164-mod-dasidan 166-moddasiga qayta kvalifikatsiya qilish to‘g‘risida qaror chiqardi va Q.ga Jinoyat kodeksining 166-moddasi bilan ayb e’lon qildi. Q. tergovchi A.ga kelishilgan 1000 AQSH dollarini keltirib berdi.

– Mazkur shaxslarning harakatlarini kvalifikatsiya qiling.

Page 40: Jinoyat huquqining maxsus qismidan amaliy masalalar

40

4-masala. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 117-mod-dasi 2-qismi bilan 2 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosini o‘tashga hukm qilingan O. jazoni ijro etish joylariga olib borilayotganda, yo‘lda qo‘riqchilardan biriga yengil shikast yetkazib, ularning nazoratidan qochib ketdi. Oradan 2 hafta o‘tgach, yuqori instansiya sud organi, O.ning harakatlarida Jinoyat kodeksining 117-moddasida ko‘rsatilgan jinoyat tarkibining yo‘qligi sababli hukmni bekor qildi.

– Mazkur holatga huquqiy baho bering. 5-masala. Korxona direktori A. qurilishga aloqasi bo‘lmagan

23 nafar ishchisini bir qator obyektlarni kapital ta’mirlaganliklari va o‘z vaqtida topshirganliklari uchun mukofotladi. Mukofotlanganlarning ko‘pchiligi A.ning qarindoshlaridan iborat edi. Buning natijasida davlatga juda ko‘p miqdorda moddiy zarar yetkazildi.

– Qilmishni kvalifikatsiya qiling. 6-masala. X. va B. oldindan til biriktirib O‘.ga tegishli bo‘lgan

sigirni molxonaning devorini teshib olib ketganlikda ayblanganlar. Dastlabki tergov vaqtida X. o‘zining aybini tan olmadi, uning aytishicha, qizini O‘.ga turmushga berganida sepga qo‘shib sigir ham berganligini, lekin qizi O‘. bilan ajrashib otasinikiga qaytib kelganidan so‘ng, bir necha bor sigirni qaytib berish talabiga O‘. rad javobini bergan. X. qo‘shnisi B. yordamida o‘z xohishicha sigirni olgan.

– Mazkur shaxslarning qilmishiga huquqiy baho bering. 7-masala. Korxona rahbari P. chet eldagi hamkorlari bilan shart-

noma tuzish uchun BAAning Dubay shahriga chiqish vizasini rasmiy-lashtirdi. Bir haftadan so‘ng u Dubayga borib, hamkorlari bilan uchrashdi. Uchrashuvda Dubaylik hamkorlari u tomonidan ishlab chiqarilayotgan tovarlarga Ispaniya va Italiya davlatlaridan juda ko‘p miqdorda taklif tushayotganligini va bu haqda kelishib olish uchun mazkur davlatlarga borib, shartnoma tuzish lozimligini bayon qilishdi. P. ushbu taklifga rozi bo‘ldi va Dubaylik hamkorlari bilan Ispaniya va Italiya davlatlariga tashrif buyurib, ularga ham tovar yetkazib berish yuzasidan shartnomalar imzolandi. Shundan so‘ng P. Dubay orqali O‘zbekistonga qaytib kelgani-da Toshkent aeroportida ushlandi.

– P.ning harakatlariga jinoiy-huquqiy baho bering.

8-masala. Tergovchi T. Jinoyat kodeksining 169-moddasi bo‘yicha fuqaro S. va A.larga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishni ko‘rayotgan

Page 41: Jinoyat huquqining maxsus qismidan amaliy masalalar

41

vaqtda A. T.ga jinoyat ishini unga nisbatan qismini bekor qilish haqida qaror chiqarib bersa «xizmat haqi» evaziga 2000 AQSH dollari berishini bildirdi. T. bu haqda boshlig‘iga va tuman prokuroriga bildirdi va ular-ning roziligini olib, A.dan 2000 AQSH dollarini olayotgan vaqtida qo‘lga olindi.

– Sodir etilgan qilmishni kvalifikatsiya qiling va jinoiy-huquqiy baho bering.

9-masala. I. mast holatda do‘konning yopilish vaqtida kelib, bir

shisha aroq oldi, biroq do‘kondan chiqmadi. PPX xodimi S.ning do‘konni tark etish to‘g‘risidagi taklifiga javoban unga qo‘lidagi shisha bilan hujum qildi. S. qo‘li bilan chap berib ulgurdi, natijada zarba tirsagiga tegdi. S.ga shisha zarbidan yengil shikast yetkazilgan.

– I.ning qilmishini kvalifikatsiya qiling.

XVI bob. Odil sudlovga qarshi jinoyatlar

1-masala. M. tungi soat 01:45 larda o‘ziga tegishli avtomashinani noma’lum shaxslar tomonidan o‘g‘irlab ketilganligi to‘g‘risida IIB Navbatchilik qismiga telefon orqali xabar beradi. Lekin surishtiruv vaqtida M. o‘ziga tegishli bo‘lgan avtomashinani mast holda boshqargan-ligi uchun YHXX xodimlari tomonidan to‘xtatilib, avtomashina jarima maydoniga qo‘yilganligi aniqlandi.

− M.ning qilmishiga huquqiy baho bering.

2-masala. U. 2000-yildan buyon fuqaro M. bilan qonuniy nikohdan o‘tmasdan birga yashab kelib, M.ning shaxsiy jamg‘armasiga avto-mashina sotib olgan. Garchand avtomashina M.ning nomiga rasmiylash-tirilgan bo‘lsa-da, undan U. foydalanib kelgan.

U. avgust oyi o‘rtalarida M. bilan urishib qolganligi sababli, u bilan kelajakda munosabatlarini to‘xtatish va avtomashinani o‘zida olib qolish maqsadida, o‘z boshqaruvida bo‘lgan ushbu avtoulovni «Qo‘yliq» bozori oldidagi avtoturargohga qo‘yib, M.ga tegishli bo‘lgan mulkni uni roziligisiz o‘zboshimchalik bilan yashirib qo‘ygan. Surishtiruv davomida U. ushbu avtomashinani noma’lum shaxslar tomonidan o‘zining uyi oldidan olib qochib ketilgan deb ko‘rsatuv bergan.

– Mazkur holatga huquqiy baho bering.

3-masala. Tergovchi A. jinoyat ishini belgilangan muddatda tuga-tishga intilib, ishda yetarlicha dalillar bo‘lmasligiga qaramasdan T.ga

Page 42: Jinoyat huquqining maxsus qismidan amaliy masalalar

42

Jinoyat kodeksining 164-moddasi 2-qismi «a» bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilishda ayblab, ayblov qarorini e’lon qildi.

– Mazkur holatda A.ning qilmishiga huquqiy baho bering.

4-masala. Chet el fuqarosi A. O‘zbekiston Respublikasiga chegara hududi orqali aylanma yo‘llar bilan o‘tib, chegara temir yo‘l ishchisi O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi B.dan shu tuman kasalxonasiga qanday borishini so‘raydi. Fuqaro B. A.ga yo‘lni ko‘rsatib yuboradi. Oradan bir oy o‘tgandan so‘ng tergovchi M. fuqaro B.ni A.ga chegaradan noqonuniy o‘tishda yaqindan yordam berganlikda ayblab, jinoiy javob-garlikka tortdi.

− Tergovchi M.ning harakatlariga huquqiy baho bering.

5-masala. B. uy sharoitida tayyorlangan konserva mahsulotidan zaharlanib, tuman shifoxonasida vafot etdi. Surishtiruv jarayonida konserva mahsulotini B.ning turmush o‘rtog‘ining singlisi T. tayyorlagani ma’lum bo‘ldi. Tergovchi D. T.ning aybsizligini bila turib, unga JKning 97-moddasi 2-qismi «i» bandi bilan ayb e’lon qilib, jinoiy javobgarlikka tortdi.

– Qilmishni kvalifikatsiya qiling.

6-masala. Ishlab chiqarish korxonasi rahbari M. JKning 186-modda-sida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda sud tomonidan aybdor deb topilib, eng kam oylik ish haqining bir yuz sakson baravari miqdorida jarima jazosi tayinlandi. Sud ijrochisi S. ishlab chiqarish korxonasi rahbariga jarimani o‘z vaqtida to‘lashni talab qiladi. Biroq shu kuni tuman prokurori B. sud ijrochisi S.ga telefon qilib, ishlab chiqarish korxonasi rahbari M. sud tomonidan tayinlangan jarima jazosini 6 oyga kechiktirib to‘lashligini, bundan keyin sud ijrochilari M.ni boshqa bezovta qilmas-liklari lozimligini aytadi.

– Mazkur holatda B.ning qilmishiga huquqiy baho bering. 7-masala. Sudlanuvchi A.ning onasi sudda o‘g‘lining sodir etgan

jinoyati haqida guvoh tariqasida ko‘rsatuv beradi. Keyinchalik sudlanuv-chi A.ning onasi bergan mazkur ko‘rsatuv haqiqatga to‘g‘ri kelmasligi va yolg‘on ko‘rsatuvligi aniqlandi.

– Mazkur holatga huquqiy baho bering. 8-masala. A.ni Jinoyat kodeksining 164-moddasi 2-qismi «a» bandi-

da nazarda tutilgan jinoyatni haqiqatan ham sodir qilganligi aniq edi, biroq u jinoyat ishi bo‘yicha daliliy ashyolarning qayerga yashirilganligini

Page 43: Jinoyat huquqining maxsus qismidan amaliy masalalar

43

ko‘rsatmasdan, bu ishga aloqadorligini yashirib, keskin rad qilardi. Jinoyat ishining sudga oshirilish muddati yaqinlashganligi sababli tuman prokuror R. tergovchi M.ni o‘z oldiga chaqirib, unga A.dan aybiga iqrorlik ko‘rsatmalarni olish va daliliy ashyolarni topish uchun barcha choralarni ko‘rishni tayinlaydi. Tergovchi gumonlanuvchi shaxs A.ga advokati va yaqin qarindoshlari bilan uchrashishga yo‘l qo‘ymas edi, A. bilan bir kamerada saqlanayotgan shaxslar esa unga uxlashga berishmas va uni azoblashar edi. Yuqoridagi harakatlarga chiday olmasdan A. jinoyat sodir qilganligiga iqror bo‘ldi va daliliy ashyolarning qayerga yashirilgan-ligini ko‘rsatdi.

– Mazkur shaxslarning qilmishiga huquqiy baho bering.

9-masala. Korxona ishchilari Q. va M.lar ikki oy davomida o‘zaro janjallashib kelar edi. M. Q.ning turli xil kamsitishlari va haqoratlariga chiday olmay, Q.ni o‘ldirishga qaror qildi. Bu haqda uning yaqin do‘sti S. bilib qoldi va uni bu yo‘ldan qaytardi. Bir necha kun o‘tgach, M. Q.ning kechasi ishdan qaytishini poylab turganligi va o‘ldirganligiga S. guvoh bo‘ldi.

Dastlabki tergov davomida S. M.ning sodir etgan qotillik jinoyatini sodir etganligi haqida bilganligini qat’iyan rad qildi.

– Holatga huquqiy baho bering. 10-masala. Jinoyat ishlari bo‘yicha shahar sudi tomonidan korxona

ishchisi T. turmush o‘rtog‘i M. bilan ajrashganligi sababli, uning oylik maoshining to‘rtdan bir qismini davlat foydasiga ushlab qolish to‘g‘risida sudning hal qiluv qarori chiqdi. Lekin T. mazkur qaror ijrosini ta’minlash uchun kelgan sud ijrochisi V.ga qarshilik ko‘rsatib, unga o‘rtacha og‘irlikdagi shikast yetkazdi.

– Mazkur holatda T.ning qilmishini kvalifikatsiya qiling.

Page 44: Jinoyat huquqining maxsus qismidan amaliy masalalar

44

Oltinchi bo‘lim. JAMOAT XAVFSIZLIGI VA JAMOAT TARTIBIGA QARSHI JINOYATLAR

XVII bob. Jamoat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar

1-masala. Uyushgan qurolli guruhning tashkilotchisi J. ular ikki oy

davomida tayyorgarlik ko‘rayotgan jinoyatlari, huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlarining nazorati ostida ekanligini bilib qoldi. Ushbu vaqt mobaynida ushbu guruhning a’zolari ikki dona to‘pponchani o‘g‘irlashdi va boshqa hech qanday jinoyat sodir etmaganlar.

Fosh bo‘lib qolishdan qo‘rqqan J. guruh a’zolariga hech qanday jinoyat sodir etmasliklarini buyurdi.

– Mazkur shaxslarning harakatlarini kvalifikatsiya qiling. 2-masala. Q. xotini L. va o‘g‘illari A., Y.lar bilan birgalikda

samolyotga plastik bombani olib kirishdi va ekipaj komandiridan ularga 1 mln. AQSH dollari hamda chet elga uchib ketishlariga imkoniyat berish-larini talab qilishdi. Aks holda, ular samolyot ichidagi 100 nafar katta yoshdagi va 20 nafar voyaga yetmagan yo‘lovchini portlatib yuborish-larini bildirishdi. Jinoyatchilar bilan o‘tkazilgan muzokaralar ularning hushyorligini chalg‘itdi va 30 daqiqa ichida ularni qo‘lga olishga erishildi.

– Mazkur holatda qilmishga jinoiy-huquqiy baho bering. 3-masala. Chet elga doimiy yashashga chiqib ketmoqchi bo‘lgan E.

va uning oila a’zolari kapsulalarga dori deb ilon zaharlarini joylashtir-dilar. Kapsulalardagi kulrang suyuqlikni tekshirayotgan vaqtda ehtiyotsiz-lik oqibatida ekspertlardan biri qo‘lini kesib oldi va zaharlandi. Natijada ekspertning o‘limi yuz berdi.

– Holatga huquqiy baho bering. 4-masala. B. va M.lar tovar saqlash omborxonasi qo‘riqchisining

yoniga borib, unga nisbatan gaz balonchasini ishlatib hushidan ketkazish-di va tabel qurolini olib ketishdi. Qurolni ular katta yuk mashinalari haydovchilariga nisbatan bosqinchilik hujumlarini uyushtirish uchun olishgan, biroq oradan uch kun o‘tgach ular qo‘lga olindilar.

– Qilmishni kvalifikatsiya qiling. 5-masala. M. va S.lar bozor oldida qarovsiz turgan avtomashinani

olib qochishdi va shahar tashqarisidagi dala hovlilardan biriga yashirishdi. M. S.ga avtomashinani bo‘laklarga bo‘lib sotishni taklif qildi. S. esa

Page 45: Jinoyat huquqining maxsus qismidan amaliy masalalar

45

o‘zining notarius bo‘lib ishlovchi tanishi borligini va iltimos qilsa avto-mashinani sotishga qalbaki ishonchnoma qilib berishini ta’kidladi. Shun-dan so‘ng ular qalbaki ishonchnoma orqali avtomashinani sotib yuborishdi va tushgan pulni o‘zaro taqsimlab olishdi.

– Qilmishga jinoiy-huquqiy baho bering.

6-masala. K. o‘q-dori saqlanadigan omborda omborchi lavozimida xizmat qiladi. Kunlarning birida u qurol-yarog‘ omboridan tanishi S.ning iltimosiga ko‘ra jangovar granataning zapalini olib chiqib ketayotgan vaqtida qo‘lga olindi. Tergovchi ushbu holat yuzasidan K.ga nisbatan JKning 248-moddasi bilan ish qo‘zg‘atdi.

– Mazkur holatda qilmishni kvalifikatsiya qiling. 7-masala. D. portlatish qurilmasini O‘zbekiston Respublikasining

bojxona chegarasidan qonunga xilof ravishda olib o‘tayotgan vaqtida qo‘lga olindi.

– D.ning qilmishini kvalifikatsiya qiling. 8-masala. U. bojxona nazoratidan yashirib juda ko‘p miqdordagi

dori vositalarini qonunga xilof ravishda O‘zbekiston Respublikasiga olib o‘tayotganda qo‘lga olindi.

– Qilmishga jinoiy-huquqiy baho bering. 9-masala. G. o‘zi bojxona xizmati xodimi ekanligiga qaramay, juda

ko‘p miqdorda tovarlarni o‘z xizmat lavozimidan foydalangan holda qonunga xilof ravishda bojxona chegarasidan o‘tkazgan.

– Mazkur holatda G.ning qilmishiga huquqiy baho bering.

XVIII bob. Transport harakati va undan foydalanish xavfsizligiga qarshi jinoyatlar

1-masala. F. avtomashinani 65 km/soat tezlikda boshqarib ketayot-

ganida, 2,5-3 metr uzoqlikdagi masofadan yo‘lga yugurib chiqqan o‘smir-lar K. va S.ni ko‘rib qoldi. O‘smirlarni bosib ketmaslik maqsadida u darhol rulni chap tomonga, ya’ni qarama-qarshi harakat yo‘liga burdi va mashinani to‘xtatishga uringanda, qarama-qarshi yo‘nalishdan kelayotgan avtomashina bilan to‘qnashdi va to‘qnashuv oqibatida ushbu avtomashi-naning haydovchisi voqea joyida vafot etdi.

– Mazkur shaxslarning qilmishiga huquqiy baho bering.

Page 46: Jinoyat huquqining maxsus qismidan amaliy masalalar

46

2-masala. N. o‘ziga tegishli avtomashinani yo‘l harakati qoidalariga amal qilgan holda boshqarib ketayotganida tasodifan yo‘l chetida ketayot-gan piyoda R.ni urib yubordi. Ushbu voqeadan sarosimaga tushgan haydovchi N. piyoda R.ga hech qanday yordam ko‘rsatmasdan voqea joyi-dan ketib qoldi. R. olgan tan jarohatlari natijasida kasalxonada vafot etdi.

– N.ning harakatlarini kvalifikatsiya qiling. 3-masala. D. avtomashinada akasi B.ni ishxonadan olib ketish

uchun keldi. B. mast holda avtomashina oldiga kelib D.ga muhim ishlar bilan ketayotganligini va kech qaytishi mumkinligini aytib avtomashinani haydab ketdi va yo‘l chetida ketayotgan piyoda O.ni urib yubordi. O. olgan tan jarohatlari natijasida vafot etdi.

– Mazkur shaxslarning qilmishiga huquqiy baho bering. 4-masala. Avtokorxonaga tegishli bo‘lgan transport vositalarining

texnik holati va undan foydalanish uchun mas’ul bo‘lgan katta mexanik V. texnik nosozligini bilgan holda boshliq O.ning buyrug‘iga asosan avtomashinani xizmatga haydovchi R. bilan chiqarib yubordi, lekin R.ga avtomashinaning nosozligini aytmadi. R. avtomashinani boshqarib keta-yotganda texnik nosozlik tufayli yo‘l-transport hodisasini sodir etdi. Natijada R. yengil shikastlandi.

– Mazkur holatga huquqiy baho bering. 5-masala. Avtokorxona haydovchisi D. boshlig‘i T.ni xizmat

joyidan olib ketish uchun aytilgan vaqtdan 20 daqiqa kech qolib keldi. T. ushbu holat asosida D.ni ishdan bo‘shatib yubordi va o‘zi mast holda bo‘lishiga qaramay avtomashinani haydab uyiga ketayotgan vaqtida yo‘l-transport hodisasi sodir etdi. Yo‘l-transport hodisasi natijasida chet el fuqarosi K. og‘ir tan jarohati oldi.

– Ushbu holatda qilmishni kvalifikatsiya qiling. 6-masala. Avtokorxona haydovchisi B. o‘ziga biriktirilgan transport

vositasining tormoz tizimi yaxshi ishlamasligiga qaramasdan xizmatga chiqib yo‘l harakati qoidalariga amal qilgan holda boshqarib ketdi va yo‘lni kesib o‘tayotgan piyoda J. ni urib yubordi. Natijada J. og‘ir tan jarohati oldi. Dastlabki tergov jarayonida aniqlanishicha, haydovchi B. avtomashinani tormoz tizimi soz holda boshqargan taqdirda ham J.ni urib yuborishi aniqlandi.

– Holatga huquqiy baho bering.

Page 47: Jinoyat huquqining maxsus qismidan amaliy masalalar

47

7-masala. I. jinoyat sodir etib, yashirinish maqsadida yugurib

ketayotgan vaqtida do‘kon oldida turgan L.ga tegishli bo‘lgan avtoma-shinani ko‘rib qoldi va voqea joyidan tezroq ketish uchun ushbu avto-mashinaga o‘tirib uni boshqarib ketdi.

– I.ning qilmishini kvalifikatsiya qiling. 8-masala. V. transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi huj-

jatlari yo‘qligiga qaramasdan turmush o‘rtog‘iga tegishli bo‘lgan avto-mashinani yo‘l harakati qoidalariga amal qilgan holda boshqarib ketayotib bexosdan boshqa avtomashina bilan to‘qnashib ketdi. Natijada V. og‘ir tan jarohati olib shifoxonaga yotqizildi.

– Holatga huquqiy baho bering. 9-masala. Transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi guvoh-

nomasi bo‘lmasa-da, Y. o‘ziga tegishli avtomashinani 100 km/soat tezligida boshqarib ketayotgan vaqtda turmush o‘rtog‘i bilan janjallashib ko‘chaga chiqqan F. Y.ning boshqaruvidagi avtomashinaning ostiga o‘zini tashladi. Biroq F. avtomashinaning orqa yon eshigiga urilib yerga yiqildi va olingan og‘ir tan jarohati natijasida shifoxonaga yotqizildi.

– Qilmishga jinoiy-huquqiy baho bering. 10-masala. Harbiy qism navbatchisi serjant I. o‘ziga biriktirilgan

transport vositasini boshqarib ketayotganida yo‘l harakati qoidalarini buz-ganligi tufayli ikkita piyodani urib yubordi. Buning natijasida piyoda-larning biriga og‘ir, ikkinchisiga o‘rtacha og‘ir shikast yetdi.

– Mazkur holatda I.ning qilmishini kvalifikatsiya qiling.

XIX bob. Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlar

1-masala. G. o‘zining tomorqasida makkajo‘xori poyalari orasiga

nasha o‘simligini ekib yetishtirar edi. Uning qo‘shnisi X. esa ushbu giyoh-vandlik moddalarni Toshkent shahriga olib kelib, tanishi Q.ga topshirar edi. Q. giyohvandlik moddasini papiros shaklida o‘rab sotar edi. Qo‘lga kiritil-gan daromad esa ular orasida teng bo‘linar edi.

– Mazkur shaxslarning harakatlarini kvalifikatsiya qiling.

Page 48: Jinoyat huquqining maxsus qismidan amaliy masalalar

48

2-masala. D. o‘ziga tegishli bo‘lgan 30 m2 yer maydoniga ko‘knori ekinini ekdi. HMQO xodimlarining ekinlarni yo‘q qilish to‘g‘risidagi talablariga javoban, D. ekinlarni shifobaxsh malham sifatida ishlatishini ta’kidladi.

– Holatga huquqiy baho bering. 3-masala. Chet el fuqarolari F. va S.lar yashirin tarzda O‘zbekiston

Respublikasiga prekursor moddalarni olib kirar edilar va O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari V. va M.lar bilan birga olib kelingan prekursorlar-dan giyohvandlik vositalari ishlab chiqarishardi.

– Mazkur holatda qilmishga jinoiy-huquqiy baho bering. 4-masala. Tunda B. navbatchi dorixonaga kirib, sotuvchining bo‘y-

niga pichoq tirab, tarkibida giyohvandlik vositasi bor biron-bir dorini berishni talab qildi. Sotuvchi dorixonada giyohvandlik moddasi bor dorilar yo‘qligini bilar edi, biroq o‘zining hayotidan xavfsirab B.ga tarkibida giyohvandlik vositasi bor dori sifatida, aslida oddiy tinch-lantiruvchi vositani berib yubordi.

– Ushbu holatda qilmishni kvalifikatsiya qiling. 5-masala. O‘ta xavfli retsidivist deb topilgan J. qo‘shnisi bo‘lgan

18 yoshli A. va uning ukasi 16 yoshli Z.larga marixuana giyohvandlik vositasini iste’mol qilishlarini taklif qildi. A. rozi bo‘lib, marixuanani iste’mol qilib ko‘rdi, uning ukasi Z. esa iste’mol qilishni xohlamadi.

– Qilmishga jinoiy-huquqiy baho bering. 6-masala. Aeroportda chet el davlatidan kelayotgan N.ning qo‘l

yuki ko‘zdan kechirilayotganda oz miqdorda «kokain» giyohvandlik moddasi topildi. Aniqlanishicha, N. ushbu moddani o‘zining ehtiyojlari uchun olib kelgan.

– Mazkur holatga huquqiy baho bering. 7-masala. D. giyohvandlikka chalingan X.ga 1 gramm miqdorda

«geroin» moddasini sotdi. Oradan ma’lum vaqt o‘tgach X. D.ning oldiga kelib, sotib olingan geroinning ta’sir kuchini maqtab, undan o‘sha geroin-dan yana 10 gramm sotishini iltimos qildi. D. geroin o‘rniga 10 gramm miqdordagi shakar kukunini X.ga sotib yubordi.

– Mazkur shaxslarning harakatlarini kvalifikatsiya qiling.

Page 49: Jinoyat huquqining maxsus qismidan amaliy masalalar

49

8-masala. R. K.ning nomusiga tegish maqsadida tanishi U.dan kuchli giyohvandlik moddasini sotib oldi. So‘ng K.ni o‘z uyiga mehmon-ga taklif qilib, uning sharbatiga sotib olgan giyohvandlik moddasini qo‘shib berdi. Giyohvandlik moddasining ta’siri boshlanganda R. K.ning mastligidan foydalanib, bir necha marotaba uning nomusiga tegib, yonida uxlab qoldi. Ertalab uyg‘onganda K.ning vafot etganligini bilib qoldi va murdani daryoga cho‘ktirmoqchi bo‘lganda ichki ishlar idoralari xodim-lari tomonidan qo‘lga olindi. Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, K.ning o‘limi kuchli giyohvandlik moddasining ta’siri natijasida kelib chiqqanligi aniqlandi.

– R.ning qilmishini kvalifikatsiya qiling. 9-masala. V. va F.lar giyohvandlik vositalarini qo‘lga kiritish

maqsadida, farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonaning devoridan oshib korxona hududiga kirishdi va u yerdan ko‘p miqdordagi giyohvandlik vositalarini olib chiqib ketishayotganda ularni korxona qorovuli to‘xtatdi. Shunda V. yonida bo‘lgan pichoq bilan qorovulning badaniga bir necha marotaba zarba berdi va ular voqea joyidan g‘oyib bo‘lishdi. Natijada korxona qorovuli voqea joyida vafot etdi.

– Mazkur shaxslarning harakatlarini kvalifikatsiya qiling. 10-masala. A. og‘ir kasalligi tufayli shifokor I. tomonidan unga tar-

kibida giyohvandlik vositasi bo‘lgan 20 ta tabletka sotib olish uchun maxsus retsept berildi. Ushbu retseptga asosan A. dorixonadan 20 ta tabletka sotib oldi. Oradan bir hafta o‘tgach o‘tkazilgan muolajalarga qaramasdan A. vafot etdi. Uning ukasi G. qolgan tabletkalarni S.ga sotib yubordi.

– Qilmishga jinoiy-huquqiy baho bering.

XX bob. Jamoat tartibiga qarshi jinoyatlar

1-masala. U. mast holatda ko‘chada qo‘shnilari er-xotin P. va S.larga tegajog‘lik qila boshladi. Ularni o‘ldirish bilan qo‘rqitib, nojo‘ya so‘zlar bilan haqoratlab, yo‘l chetida yotgan belkurakni olib ularga qarata otdi, lekin belkurak hech kimga tegmadi. Mahalla profilaktika inspektori uning harakatlarini to‘xtatmoqchi bo‘lganida, U. profilaktika inspektori tomonga belkurakni otdi va unga yengil shikast yetkazdi.

– Mazkur holatda U.ning qilmishini kvalifikatsiya qiling.

Page 50: Jinoyat huquqining maxsus qismidan amaliy masalalar

50

2-masala. P. mast holatda umumiy yotoqxonaning yo‘lagida yalan-g‘och holda yugurib yurgan vaqtida, yotoqxonada yashovchilar tomoni-dan to‘xtatildi, bunga javoban P. ularni nojo‘ya so‘zlar bilan haqoratladi.

– Holatga huquqiy baho bering. 3-masala. D. haqiqiy qurolga o‘xshatib yasalgan to‘pponcha bilan

o‘ziga notanish bo‘lgan S.ni qo‘rqitib, uni urib-do‘pposlab, ko‘chada yalang‘och holatda yurishga majbur qildi va bu holatlarning barchasini o‘zining telefoni orqali suratga oldi. Boshqa fuqarolarning aralashuvi bilan D. qo‘lga olinib, IIBga olib kelindi.

– Mazkur holatda qilmishni kvalifikatsiya qiling. 4-masala. Giyohvandlik vositalari ta’siri ostida bo‘lgan U. ko‘chada

ayollarga tegajog‘lik qilib, ularni haqorat qilganligi uchun profilaktika inspektori tomonidan ushlanib, IIBga olib kelinayotgan paytida U. profi-laktika inspektoriga qarshilik ko‘rsatib, uning badaniga yengil shikast yetkazdi va qochib ketdi. Oradan bir kun o‘tganidan keyin U. qo‘lga olindi.

– Mazkur holatga huquqiy baho bering. 5-masala. T. bir necha marotaba voyaga yetmagan B. va I.larni

spirtli ichimliklar ichishga jalb qildi. Spirtli ichimliklarni ichgandan so‘ng T. ularni qimor o‘ynashga o‘rgatdi. Bundan tashqari, T. bir necha maro-taba turli shaxslarga o‘zining yashash xonalaridan birini qimor o‘ynash uchun taqdim qilgan.

– Ushbu qilmishni kvalifikatsiya qiling. 6-masala. R. o‘zining ko‘p qavatli uydagi xonadonini ijaraga beradi-

gan A. bilan tanishib, unga odatdagidan ko‘ra ko‘proq bo‘lgan miqdorda pul berib, xonadonini ijaraga olishini ma’lum qildi, lekin xonadonga ko‘p odam kelib-ketishi va bu bilan uning ishi bo‘lmasligini aytdi. A. ushbu shartlarga rozi bo‘lib, o‘zining xonadonini R.ga berib turdi. R. esa ushbu xonadonda qimorxona tashkil etganligi uchun qo‘lga olinganda u xonadon o‘ziniki emasligini, qimorxonaning «egasi» A. ekanligini ma’lum qildi.

– Mazkur shaxslarning qilmishiga huquqiy baho bering.

XX1 bob. Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlar

1-masala. Test markazi mas’ul xodimi R. axborotlashtirish qoidalari-ga, ya’ni belgilangan himoya choralarini ko‘rmagan holda, markaziy

Page 51: Jinoyat huquqining maxsus qismidan amaliy masalalar

51

kompyuteridagi mavjud test bazasiga ishlov berish jarayonida unga jiddiy ziyon yetkazdi.

– Holatga huquqiy baho bering. 2-masala. Universitetning sobiq talabalari B. va T.lar oldindan til

biriktirib, qonunga xilof ravishda universitet axborot ta’lim portalidagi mavjud axborotlardan nusxa olish vaqtida axborot ta’lim portali tarmoqlari ishining buzilishiga sabab bo‘ldi.

– Mazkur shaxslarning qilmishiga huquqiy baho bering. 3-masala. Q.ga maxsus himoyalangan kompyuter tizimidan ruxsatsiz

foydalanishi uchun Davlat test markazi mas’ul xodimi M. maxsus dasturni ma’lum bir haq evaziga berib yubordi.

– Qilmishni kvalifikatsiya qiling. 4-masala. Bankda yetakchi mutaxassis bo‘lib ishlovchi F. jinoiy guruh

bilan oldindan til biriktirgan holda, himoyalangan maxsus kompyuter tizimidan qonunga xilof ravishda foydalanish uchun jinoiy guruh tomonidan ishlab chiqilgan maxsus dasturlarni bankda ishlovchi xodimlarga tarqatib chiqdi.

– Qilmishga jinoiy-huquqiy baho bering. 5-masala. Bank xodimi B. jinoiy qilmishlarini yo‘qotish maqsadida,

tanishi D. tomonidan ishlab chiqilgan dastur bilan kompyuter tizimida saq-lanayotgan ma’lumotlarga shikast yetkazishi natijasida davlat manfaatlariga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazildi.

– Mazkur holatda qilmishni kvalifikatsiya qiling. 6-masala. Tijorat bankidan juda ko‘p miqdorda kredit olgan R. kredit

berilganligi haqidagi ma’lumotlarni yo‘qotish maqsadida ushbu bankning bosh mutaxassisi J. bilan til biriktirib, xizmatda foydalaniladigan kompyuter uskunasini ishdan chiqardi.

– Holatga huquqiy baho bering. 7-masala. Test markazida test javoblarini tekshirish guruhida mas’ul

bo‘lib ishlovchi P. institut o‘qituvchilari R. va L.lar bilan til biriktirib, axborot-hisoblash tizimiga ruxsatsiz kirib, 25 nafar abituriyentlarning test javoblarini sun’iy ravishda ko‘tarib qo‘ydi.

– Mazkur shaxslarning harakatlarini kvalifikatsiya qiling.

Page 52: Jinoyat huquqining maxsus qismidan amaliy masalalar

52

Yettinchi bo‘lim. HARBIY XIZMATNI O‘TASH TARTIBIGA QARSHI JINOYATLAR

XXI bob. Bo‘ysunish va harbiy sha’nga rioya etish tartibiga qarshi

jinoyatlar

1-masala. Postda turgan harbiy xizmatchi N.ning yoniga uning vzvod komandiri keldi va unga boshqa obyektni qo‘riqlash uchun buyruq berdi. N. esa ushbu buyruqni bajarishni qat’iy rad qildi.

– Holatga huquqiy baho bering.

2-masala. Oddiy askarlar X. va V.lar boshlig‘i R.ning shafqat-sizliklaridan jahllari chiqib, uni do‘pposlamoqchi bo‘lishdi. Ular yuzlari-ga niqob kiygan holda boshlig‘ini do‘pposlashdi.

X. uchun kutilmaganda V. pichoq chiqarib R.ning son qismiga urdi va ko‘p qon yo‘qotish oqibatida R. vafot etdi.

– Mazkur shaxslarning harakatlarini kvalifikatsiya qiling.

3-masala. Muddatli harbiy xizmatchi N.ning boshlig‘i O. oldin intizomiy jazo olganligiga qaramay hammaning oldida N.ni haqorat qildi. Bundan jahli chiqqan N. postda xizmatni o‘tash paytida quroli borligidan foydalanib, boshlig‘ini o‘ldirish bilan qo‘rqitdi.

– Mazkur holatda N.ning qilmishiga huquqiy baho bering.

4-masala. Bir guruh harbiy xizmatchilar dala o‘quv poligonida mashg‘ulotlar olib borayotgan paytda ularga biriktirilgan harbiy jangovar mashinadan olov chiqib yona boshladi. Guruh boshlig‘i harbiy xizmatchi-larga yong‘inni darhol o‘chirishni buyurdi, ammo harbiy xizmatchilar bir ovozdan unga rad javobini berdilar. Oqibatda harbiy mashina yonib tiklab bo‘lmas darajaga keldi.

– Mazkur shaxslarning qilmishiga huquqiy baho bering.

5-masala. Harbiy xizmatchi V. navbatdagi ruxsatdan kech qolib keldi. Bunga javoban boshlig‘i unga uchta naryad e’lon qildi. Naryadga tushgan harbiy xizmatchi boshlig‘i tomonidan yana qo‘shimcha berilgan topshiriqlarni bajarishdan bosh tortib uni hammaning oldida haqorat qildi.

– Holatga huquqiy baho bering.

6-masala. Harbiy xizmatchi S. urush paytida jang maydonida halok bo‘lganlarning buyumlarini o‘zlashtirganligi aniqlandi.

– Ushbu holatda qilmishni kvalifikatsiya qiling.

Page 53: Jinoyat huquqining maxsus qismidan amaliy masalalar

53

7-masala. Harbiy xizmatga yangi chaqirilgan muddatli harbiy xizmatchi F. harbiy xizmatni o‘tayotgan muddatli harbiy xizmatchilar bilan murosasi kelishmadi. Ular o‘rtasidagi o‘zaro janjal tufayli olingan tan jarohatlari natijasida F. shifoxonada vafot etdi.

– Mazkur holatga huquqiy baho bering. 8-masala. Boshlig‘i R.da qasdi bo‘lgan harbiy xizmatchi T. jangovar

postda turganida o‘ziga berilgan o‘qotar quroldan o‘q uzib, R.ning oyoq qismini yaralaganligi tergov jarayonida aniqlandi.

– Qilmishni kvalifikatsiya qiling. 9-masala. Navbatdagi ta’tilda bo‘lgan harbiy xizmatchi K. boshlig‘i

M.ni poylab yurib uni harbiy garnizon tashqarisida uchratdi va yonida bo‘lgan xo‘jalik pichog‘ini uning tomoq qismiga tirab so‘yib tashlash bilan qo‘rqitib, xizmatga qaytganidan so‘ng unga umuman buyruqlar bermasligini tayinladi.

– Mazkur holatda K.ning qilmishini kvalifikatsiya qiling. 10-masala. Harbiy xizmatchi N. boshlig‘ining buyrug‘ini ehtiyotsizlik

natijasida bajara olmadi va buning oqibatida harbiy qismga jiddiy zarar yetkazildi. Tergovchi N.ga nisbatan JKning 279-moddasi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atdi.

– Holatga huquqiy baho bering.

XXII bob. Harbiy xizmatni o‘tash tartibiga qarshi jinoyatlar 1-masala. Muddatli harbiy xizmatchi A. qulog‘ining batamom

eshitmasligini bahona qilib, xizmatni davom ettirishdan bo‘yin tovladi. Shu sababdan unga nisbatan Jinoyat kodeksi 290-moddasining 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Dastlabki tergov jarayonida aniqlanishicha, A. «Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida»gi qonunga asosan uning akasi harbiy xizmatni o‘tash davrida halok bo‘lganligi sababli harbiy xizmatdan ozod qilinar ekan.

– Mazkur holatda A.ning qilmishiga huquqiy baho bering.

2-masala. Harbiy xizmatchi T.ning xizmatdoshlari bilan o‘zaro munosabatlari kelishmadi. Xizmatdoshlari uni urar, qiynashar va haqorat qilishar edi. Ushbu holatlardan qiynalib ketgan va xizmatni davom ettirish

Page 54: Jinoyat huquqining maxsus qismidan amaliy masalalar

54

uning o‘limiga olib kelishi mumkinligini anglagan T. harbiy xizmatdan bo‘yin tovlagan holda harbiy qismni o‘zboshimchalik bilan tashlab ketdi.

– Qilmishga jinoiy-huquqiy baho bering. 3-masala. Harbiy xizmatni o‘tashdan bo‘yin tovlash maqsadida

navbatdagi chaqiruvdan va tibbiy ko‘rikdan oldin xizmatga chaqiriluvchi A. o‘ziga og‘ir shikast yetkazdi. Tibbiy komissiya uni harbiy xizmatga yaroqsiz deb topdi.

– Mazkur holatda qilmishga jinoiy-huquqiy baho bering. 4-masala. Harbiy xizmatchi A. navbatchilik postini topshirdi va

kechasi bilan uxlamaganligi sababli harbiy qism yonida joylashgan uyiga hech kimga aytmasdan harbiy qismni tashlab ketdi va uyida dam olib o‘n ikki soatdan so‘ng harbiy qismga qaytayotganida qo‘lga olindi.

– Mazkur holatga huquqiy baho bering. 5-masala. Muddatli harbiy xizmatchi S. xizmatga kelganidan so‘ng

bir oy vaqt o‘tgach, o‘ziga harbiy xizmatning to‘g‘ri kelmasligini anglab, bir hafta davomida harbiy qismdan qochib ketish rejasini tuzdi. Reja tayyor bo‘lgach, shaxsiy vaqt berilganligidan foydalanib, harbiy qism chetidagi axlatxonaga borib o‘zining harbiy kiyimini yoqib yubordi va shu yerga yashirilgan fuqarolik kiyimini kiyib harbiy qism devoridan oshib o‘tayotganida qo‘lga olindi.

– Qilmishni kvalifikatsiya qiling. 6-masala. Muddatli harbiy xizmatchi N. xizmatga kelganidan so‘ng

bir oy vaqt o‘tgach, o‘ziga harbiy xizmatning to‘g‘ri kelmasligini anglab, qabul komissiyasidan o‘tayotganida harbiy xizmatga borish uchun ataylab yashirgan kasalini yanada kuchaytirib xizmatdan bo‘yin tovlamoqchi bo‘ldi. Buning uchun u o‘ziga taqiqlangan dorini ichdi. Natijada kasal-xonaga tushdi.

– Mazkur qilmishga jinoiy-huquqiy baho bering. 7-masala. Muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan R. xizmatning yetti

oydan ortiq muddatini o‘tayotgan paytda ertalabki nonushtada unda ilgaridan mavjud bo‘lgan «epilepsiya tutqanog‘i» xuruj berishi oqibatida kasalxonaga yotqizildi va harbiy tibbiy komissiyaning xulosasiga ko‘ra harbiy xizmatdan bo‘shatildi.

– Holatga huquqiy baho bering.

Page 55: Jinoyat huquqining maxsus qismidan amaliy masalalar

55

8-masala. Muddatli harbiy xizmatchi S. xizmatni harbiy kemada o‘tayotgan bir paytda boshqa davlat kemasi bilan otishma boshlandi. Ushbu holatdan qo‘rqib ketgan S. yordamchi katerga minib kemani tashlab qochdi.

– Mazkur holatda S.ning qilmishiga huquqiy baho bering. 9-masala. O‘q-dorilar saqlanadigan omborning qo‘riqlash postida

turgan soqchi M. tishining og‘riyotganligi sababli postni tashlab, hech kimni ogohlantirmasdan ketgan vaqtida noma’lum shaxslar tomonidan qurol-aslaha ombori eshigi buzilib, 1 dona to‘pponcha va 2 dona avtomat olib ketilgan.

– Mazkur shaxslarning harakatlarini kvalifikatsiya qiling. 10-masala. Chegara naryadiga biriktirilgan harbiy xizmatchi Y. bir

kun oldin bo‘lib o‘tgan trevoga chaqiruvidan charchaganligi sababli chegara postini nazoratsiz qoldirib uxlab qoldi. Natijada chegaradan ikki noma’lum shaxs o‘tib ketdi.

– Holatga huquqiy baho bering.

XXIII bob. Harbiy mulkni saqlash yoki undan foydalanish tartibiga qarshi jinoyatlar

1-masala. Muddatli harbiy xizmatdagi oddiy askar S. o‘ziga beril-

gan harbiy kiyimni uning yoniga uchrashish uchun kelgan yaqin qarin-doshi B.ga berib yubordi.

– S.ning harakatlariga huquqiy baho bering. 2-masala. Harbiy qism oziq-ovqat omborining boshlig‘i R. harbiy

qismga keltirilgan jami 2 mln. so‘mlik kartoshkani omborlarga kiritmas-dan tegishli tartibda saqlash qoidalarini buzib, ochiq holatda harbiy qism hududida saqlaydi. Buning oqibatida kartoshkaning yarmi iste’molga yaroqsiz holatga keladi.

– Mazkur qilmishga jinoiy-huquqiy baho bering. 3-masala. Oddiy askar V. shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatni

haydovchi lavozimida o‘tayotib, harbiy qism hududidan tashqarida o‘ziga biriktirilgan avtomashinani qarovsiz qoldirganligi oqibatida mazkur avtomashinaning ehtiyot qismlari o‘g‘irlanishiga yo‘l qo‘ygan.

– Holatga huquqiy baho bering.

Page 56: Jinoyat huquqining maxsus qismidan amaliy masalalar

56

4-masala. Harbiy xizmatchi U. F-1 granatasi bilan ishlash qoidalari-ni buzganligi natijasida portlash yuz berdi. Portlash tufayli U. va yana ikki nafar harbiy xizmatchi halok bo‘ldi. Dastlabki tergov jarayonida aniqlanishicha, harbiy xizmatchilar bilan harbiy tayyorgarlik mashg‘ulot-lari yetarli darajada olib borilmagan.

– Mazkur shaxslarning qilmishiga huquqiy baho bering. 5-masala. Qorovul xizmatini olib borish jarayonida oddiy askar P.

harbiy xizmatdan butunlay bo‘yin tovlagan holda xizmat joyini o‘zboshim-chalik bilan tashlab ketdi.

– P.ning qilmishini kvalifikatsiya qiling. 6-masala. Harbiy qism haydovchisi, shartnoma bo‘yicha erkin yollan-

gan fuqaro T. harbiy qismga tegishli bo‘lgan maxsus mashinani boshqara-yotganda yo‘l harakati xavfsizligi qoidasini buzish natijasida fuqaro G.ning badaniga og‘ir shikast yetkazdi.

– T.ning harakatlariga huquqiy baho bering. 7-masala. Kiyim-kechak ombori boshlig‘i M. markaziy ombordan

avtomashinaga 2 mln. so‘mlik yukni yuklab haydovchi U.ning boshqa-ruvidagi avtomashinada harbiy qismga jo‘natib yuboradi. O‘zi esa uyida qoladi. Natijada U. avtomashinadan yashirincha 300.000 so‘mlik kiyim-kechakni olib, qolgan yukni harbiy qism omboriga topshiradi.

– Mazkur shaxslarning harakatlarini kvalifikatsiya qiling. 8-masala. Jangovar o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilganidan besh kun

o‘tgach, muddatli harbiy xizmatchi A.ning cho‘ntagidan to‘rt dona gilza topildi. Aniqlanishicha, A. ushbu gilzalarni suvenir tariqasida saqlash uchun olgan.

– Mazkur holatda A.ning qilmishiga huquqiy baho bering. 9-masala. Qorovul xizmatini o‘tayotgan muddatli harbiy xizmatchi

N.ning xizmat joyida uxlab qolganligini ko‘rgan oddiy askar D. unga biriktirilgan avtomatni bildirmagan holda olib ketdi va keyinchalik sotish maqsadida yashirib qo‘ydi.

– Ushbu qilmishni kvalifikatsiya qiling. 10-masala. Harbiy qismda muddatli harbiy xizmat o‘tayotgan A.

xizmatdoshi bo‘lgan oddiy askar V.ga jangovar mashinaning taxminan

Page 57: Jinoyat huquqining maxsus qismidan amaliy masalalar

57

700 ming so‘m turadigan ehtiyot qismini ko‘rsatib, uni avtoparkdan o‘g‘irlaganligini aytadi. Natijada oddiy askar V. A.ning gaplariga e’tibor bermaydi va bu haqda hech kimga aytmaydi.

– Mazkur shaxslarning qilmishiga huquqiy baho bering.

XXIV bob. Harbiy mansabdorlik jinoyatlari

1-masala. Jarroh N. tomonidan oddiy askar G. operatsiya qilinadi. Tungi navbatchilik vaqtida hamshiralar G.ning ahvoli og‘irlashgani haqida N.ga xabar berishadi. N. G.ning ahvoli og‘irlashganligini bilsa-da, unga tibbiy yordam ko‘rsatmaydi. Natijada oddiy askar G. vafot etadi.

– N.ning harakatlariga huquqiy baho bering. 2-masala. L. viloyat bojxona posti boshlig‘i lavozimida xizmat qilib,

o‘z xizmat mavqeidan foydalangan holda fuqaro Z.dan 500 ming so‘m pulni pora tariqasida olib, haqiqatda O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirmagan avtomashinalarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirganligi to‘g‘risidagi hujjatlarni to‘ldirib, transport vositalarini qabul qilish dalolatnomalaridagi shaxslarning imzolarini fuqarolar U. va E.lar tomonidan soxtalashtirishda ishtirok etgan.

– Qilmishni kvalifikatsiya qiling. 3-masala. Harbiy qism oziq-ovqat ombori boshlig‘i serjant E. o‘ziga

ishonib topshirilgan ombordan umumiy narxi 39 mln. so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlarini sotib o‘z ehtiyojiga ishlatib yuboradi va harbiy qismga moddiy zarar yetkazadi.

– S.ning harakatlariga huquqiy baho bering. 4-masala. Vzvod komandiri S. muntazam ravishda o‘ziga bo‘ysu-

nuvchi oddiy askar U., G. va K.larni haqoratlab, sha’ni va qadr-qimmatini kamsitib, urib-do‘pposlar edi. Kunlarning birida bunday munosabatga chiday olmagan oddiy askar G. o‘zini o‘zi o‘ldirdi.

– Ushbu holatda qilmishni kvalifikatsiya qiling.

5-masala. Vzvod komandiri O. boshchiligida sport mashqlarini bajarayotgan askarlardan biri, ya’ni oddiy askar B. charchaganligini, boshi aylanayotganligini O.ga aytdi, lekin u B.ga mashqni davom ettirishga buyruq beradi. Natijada mashqni bajarayotgan B. turnikdan

Page 58: Jinoyat huquqining maxsus qismidan amaliy masalalar

58

boshi bilan yiqilib tushadi va sog‘lig‘ining buzilishiga sabab bo‘lgan yengil tan jarohati oladi.

– Mazkur holatda O.ning qilmishiga huquqiy baho bering. 6-masala. Vzvod komandiri M. chegara hududi yonida qo‘y boqib

yurgan fuqaro S.ning iltimosiga ko‘ra, uning chegaradan o‘tib ketgan 4 bosh qo‘yini chegara hududidan o‘tib qaytarib kelishni oddiy askar D.ga buyuradi, biroq buning evaziga S.dan hech narsa olmaydi.

– Mazkur qilmishga jinoiy-huquqiy baho bering. 7-masala. Harbiy bilim yurti xodimi X. fuqaro S.ni bilim yurtiga

o‘qishga kiritish maqsadida undan 8 ming AQSH dollari miqdorida pulni olib, o‘z ehtiyojiga ishlatib yubordi.

– X.ning qilmishini kvalifikatsiya qiling. 8-masala. Harbiy qism moliya bo‘linmasi boshlig‘i S. harbiy qism

moliya bo‘linmasidan 2 mln. so‘m pulni olib o‘z manfaatlari yo‘lida ishlatib, bir oydan so‘ng olingan pulni qaytarib joyiga qo‘ydi.

– Ushbu holatga huquqiy baho bering. 9-masala. Mudofaa vazirligi qurilish boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i

P. bir qator obyektlarni kapital ta’mirlaganliklari va o‘z vaqtida topshir-ganliklari uchun ta’mirlash ishlariga aloqasi bo‘lmagan 21 nafar ishchisini mukofotladi. Mukofotlanganlarning ko‘pchiligi P.ning qarindoshlaridan iborat edi. Buning natijasida davlatga juda ko‘p miqdorda moddiy zarar yetkazildi.

– Mazkur holatda P.ning qilmishini kvalifikatsiya qiling. 10-masala. Garnizon navbatchilik qismiga yo‘l harakati xavfsizlik

qoidalarini buzganligi uchun serjant T. olib kelindi. Navbatchilik qismi boshlig‘i M. T.ni navbatchining xonasida bir sutkaga yaqin vaqt ichida ushlab turdi. T. uning ishi bo‘yicha aniqlik kiritib, qo‘yib yuborishlarini talab qilganida, M. uning bosh qismiga pistoletning qo‘ndog‘i bilan urdi. Natijada T.ga sog‘lig‘ining qisqa muddatga yomonlashuvi bilan bog‘liq yengil shikast yetkazildi. Aniqlanishicha, serjant T. mast holatda transport vositasini boshqargan ekan.

– Qilmishga jinoiy-huquqiy baho bering.

Page 59: Jinoyat huquqining maxsus qismidan amaliy masalalar

59

M U N D A R I J A

SO‘ZBOSHI ........................................................................................................ 3

Birinchi bo‘lim. SHAXSGA QARSHI JINOYATLAR I bob. Hayotga qarshi jinoyatlar ......................................................................... 5 II bob. Sog‘liqqa qarshi jinoyatlar ...................................................................... 8 III bob. Hayot yoki sog‘liq uchun xavfli jinoyatlar ........................................... 10 IV bob. Jinsiy erkinlikka qarshi jinoyatlar.......................................................... 12 V bob. Oilaga, yoshlarga va axloqqa qarshi jinoyatlar ....................................... 14 VI bob. Shaxsning ozodligi, sha’ni va qadr-qimmatiga qarshi jinoyatlar .......... 16 VII bob. Fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi jinoyatlar ............................................................................................................. 18

Ikkinchi bo‘lim. TINCHLIK VA XAVFSIZLIKKA QARSHI JINOYATLAR

VIII bob. Tinchlik va insoniyatning xavfsizligiga qarshi jinoyatlar .................. 21 IX bob. O‘zbekiston Respublikasiga qarshi jinoyatlar ....................................... 23

Uchinchi bo‘lim. IQTISODIYOT SOHASIDAGI JINOYATLAR X bob. O‘zgalar mulkini talon-toroj qilish ......................................................... 26 XI bob. O‘zgalar mulkini talon-toroj qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jinoyatlar ............................................................................................................. 29 XII bob. Iqtisodiyot asoslariga qarshi jinoyatlar ................................................ 32 XIII bob. Xo‘jalik faoliyati sohasidagi jinoyatlar ............................................... 34

To‘rtinchi bo‘lim. EKOLOGIYA SOHASIDAGI JINOYATLAR XIV bob. Atrof muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi jinoyatlar ......................................................................................................................... 37

Beshinchi bo‘lim. HOKIMIYAT, BOSHQARUV VA JAMOAT BIRLASHMALARI ORGANLARINING FAOLIYAT TARTIBIGA

QARSHI JINOYATLAR XV bob. Boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlar ................................................... 39 XVI bob. Odil sudlovga qarshi jinoyatlar ........................................................... 41

Page 60: Jinoyat huquqining maxsus qismidan amaliy masalalar

60

Oltinchi bo‘lim. JAMOAT XAVFSIZLIGI VA JAMOAT TARTIBIGA QARSHI JINOYATLAR

XVII bob. Jamoat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar ............................................... 44 XVIII bob. Transport harakati va undan foydalanish xavfsizligiga qarshi jinoyatlar ............................................................................................................. 45 XIX bob. Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlar ............................................ 47 XX bob. Jamoat tartibiga qarshi jinoyatlar ......................................................... 49 XX1 bob. Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlar .................................... 50

Yettinchi bo‘lim. HARBIY XIZMATNI O‘TASH TARTIBIGA QARSHI JINOYATLAR

XXI bob. Bo‘ysunish va harbiy sha’nga rioya etish tartibiga qarshi jinoyatlar . 52 XXII bob. Harbiy xizmatni o‘tash tartibiga qarshi jinoyatlar ............................. 53 XXIII bob. Harbiy mulkni saqlash yoki undan foydalanish tartibiga qarshi jinoyatlar ............................................................................................................. 55 XIV bob. Harbiy mansabdorlik jinoyatlari ......................................................... 57

Page 61: Jinoyat huquqining maxsus qismidan amaliy masalalar

JINOYAT HUQUQINING MAXSUS QISMIDAN

AMALIY MASALALAR

O‘quv qo‘llanma

Muharrir B. Q. Ergashev Texnik muharrir D. R. Djalilov

Bosishga 23. 02. 2015-yil ruxsat etildi. Nashriyot hisob tabog‘i 3,7. Adadi 50 nusxa. Buyurtma .

O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 100197, Toshkent sh., Intizor ko‘chasi, 68