224

 · 6 Декабрь 2020 10-қисм Тошкент Педагогика ва Психология соҳаларидаги инновациялар 1. Akyulova Zuxra Shamsiddinovna

  • Upload
    others

  • View
    7

  • Download
    0

Embed Size (px)

Citation preview

  • 10

    10

    10

  • 3Декабрь 2020 10-қисм Тошкент

    декабрь 2020 йил. - Тошкент: Tadqiqot, 2020. - 224 б.

  • 4Декабрь 2020 10-қисм Тошкент

  • 5Декабрь 2020 10-қисм Тошкент

  • 6Декабрь 2020 10-қисм Тошкент

    Педагогика ва Психология соҳаларидаги инновациялар

    1. Akyulova Zuxra ShamsiddinovnaBOSHLANG‘ICH SINFLARDA PUNKTUATSIYA HAQIDAGI BILIMLARNI SHAKLLANTIRISH YO‘LLARI ............................................................................................... 12

    2. Атажанова Гулзар КазакбаевнаКОМПЬЮТЕР МОДЕЛЛАРИ ОРҚАЛИ ФИЗИКАДАН МАСАЛАЛАР ЕЧИШ МЕТОДИКАСИ .......................................................................................................................... 14

    3. To‘rayeva Dilfuza XoldarovnaBOSHLANG‘ICH SINFLARDA TABIAT BURCHAGI TASHKIL ETISHNING TA’LIMIY VA TARBIYAVIY AHAMIYATI .............................................................................. 17

    4. Djanibekova Sayyora OrtiqovnaBOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINI IJODIY FIKRLASHGA O‘RGATISHDA KITOBNING O‘RNI. .................................................................................................................. 19

    5. Атажанова Гулзар КазакбаевнаФИЗИКАДАН АМАЛИЙ МАШҒУЛОТЛАРНИ ПЕДАГОГИК ДАСТУРИЙ ВОСИЙТАЛАР ЁРДАМИДА ТАШКИЛЛАШТИРИШ ........................................................ 20

    6. Atajonova FeruzaKONSEPTNING ONGDAGI TASVIRI ..................................................................................... 22

    7. Badalov Azamat Obil o‘g‘liTA’LIM JARAYONIDA ZOOM DASTURI IMKONIYATLARIDAN FOYDALANISH. ...... 24

    8. Davronova Iroda AbdupattayevnaTABIAT DARSLARIDA TABIATNI ESTETIK QABUL QILISH KO‘NIKMASINI SHAKLLANTIRISH ASOSIDA ESTETIK TARBIYALASH. .................................................. 26

    9. Hamidova Firuza Abdurashidovna BOSHLANG‘ICH SINFLARDA NUTQIY XATOLAR USTIDA ISHLASH YO‘LLARI ................................................................................................................................... 28

    10. Haydarova Muhtaram Ravshanovna O‘QUVCHILAR MANTIQIY FIKRLASH QOBILIYATLARINI O‘STIRISHDA MASALA TURLARIDAN FOYDALANISH USULLARI ....................................................... 30

    11. Ismaylova Kenjegul AshirbekovnaO‘QUVCHILAR NUTQINI O‘STIRISHDA INNOVATSION USULLARNING O‘RNI ....... 32

    12. Qosimova Xurshida, Isoqulova NuriyaBOSHLANG‘ICH SINFLARDA INTERFAOL USULLARDAN FOYDALANISH ............... 35

    13. Maftuna Sobirova JamolovnaPOTENTIAL EFFICIENCY OF IMPLEMENTING KAHOOT TO ESP CLASSES AS A LEARNING TOOL ..................................................................................................................... 36

    14. Malikov G‘anisher BahromkulovichTA‘LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISHDA KADRLAR STRATEGIYASINI AMALGA OSHIRISH MASALASI ......................................................................................... 37

    15. Muzaffarova Zilola MurtazoyevnaBOSHLANG‘ICH SINFLARDA NUTQ HAMDA ESHITISH QOBILIYATINI RIVOJLANTIRISH ..................................................................................................................... 39

    16. Nizamova Nodiraxon AbdukarimovaBOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING NUTQINI O‘STIRISHDA BOSHQA FANLARLARNI O‘RNI ............................................................................................................. 40

    17. Nosirova Nafisa Ziyadullayevna, Raximova Orzigul MovliddinovnaTA’LIM JARAYONLARIDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARNING TUTGAN O‘RNI. ......................................................................................................................................... 42

  • 7Декабрь 2020 10-қисм Тошкент

    18. Nurova Oygul BarotovnaMAKTABGACHA TA’LIM BOLALARINI MAKTABGA PSIXOLOGIK JIHATDAN TAYYORLASH .......................................................................................................................... 44

    19. Qarshiyeva OrzigulO‘QISH TURLARI VA ULARDAN FOYDALANISH TEXNOLOGIYALARI ..................... 46

    20. Razakova Laylo RaximovnaBOLALARNINIG MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI (MTT) VA MAKTABDA O‘QISH FAOLIYATIDAGI QIYINCHILIKLARNI BARTARAF ETISHDA NEYROPSIXOLOGIK VA PSIXOLOGIK YONDASHUV ...................................................... 47

    21. Reyimboeva ShakhrozaLOCATIVE SYNTAXEMES IN ENGLISH ............................................................................. 52

    22. Sharipova Ziyoda SafarovnaBOSHLANG‘ICH SINFLAR DARS JARAYONIDA DIDAKTIK O‘YINLARDA FOYDALANISH. ........................................................................................................................ 54

    23. Shoniyozova FazilatBOSHLANG‘ICH SINFLARDA AKT DAN FOYDALANISH USULLARI .......................... 56

    24. Shukurova Saodat AbdualimovnaONA TILI VA ADABIYOT DARSLARIDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNI QO‘LLASH ........................................................................................ 57

    25. Shukurullayeva Zarifa TojiqulovnaTABIAT DARSLARIDA EKSKURSIYALARNING TA’LIMIY VA TARBIYAVIY AHAMIYATI ............................................................................................................................... 59

    26. Sobirova IklimaSOME FUNCTIONS OF ELLIPSIS IN NATURAL LANGUAGE ......................................... 61

    27. Suvonova Muhabbat Shuhratovna, Ахунова Гулдария АбдуллаевнаTA’LIM JARAYONINI RIVOJLANTIRISHDA AXBOROT KOMMUNIKATSION TEXNOLOGIYALARINING O‘RNI. ........................................................................................ 63

    28. Ulug‘ova Aziza IsmoilovnaBOSHLANG‘ICH SINFLARDA MATEMATIKA FANINI INTERFAOL USULLARDA O‘TISH VA BUNING SAMARASI ........................................................................................... 65

    29. Umirova Shaxnoza XazratqulovnaBOSHLANG‘ICH SINFLARDA ERTAK O‘QISH ORQALI OG‘ZAKI NUTQNI O‘STIRISH IMKONIYATLARI ................................................................................................. 66

    30. Vahobova Dilafruz Uktam kyzyBASED ON THE VIEWS OF OUR ALLIANCE DEVELOPMENT OF TEACHER-STUDENT SYSTEM .................................................................................................................. 68

    31. Vaydullayeva Shaxzoda AnvarovnaBOSHLANG‘ICH SINFLARGA SAVOD O‘RGATISH METODIKASINING ILMIY, PEDAGOGIK VA LINGVISTIK ASOSLARI ........................................................................... 70

    32. Юнусова Гулнозахон Зарифжон қизи, Алтмишева Ёркиной МажидовнаМЕТОДИКА РАБОТЫ С ЛИРИЧЕСКИМ ПРОИЗВЕДЕНИЕМ ......................................... 72

    33. Каюмова Дилдора ШокировнаДАВЛАТ БОШҚАРУВИДА СИЁСИЙ ПАРТИЯЛАРНИНГ РОЛИ ВА УНИНГ ҲУҚУҚИЙ АСОСЛАРИ ........................................................................................................... 74

    34. Кутлимуратова ДилнавозК ВОПРОСУ О ТИПОЛОГИИ ПАРАЛИНГВИЧЕСКИХ СРЕДСТВ В РАЗНЫХ ЛИНГВОКУЛЬТУРАХ ............................................................................................................... 75

    35. Собитов Отабекхўжа Йўлдош ўғли, Ибрагимов Соҳибхон ТемировичАЛОҲИДА ЭЪТИБОРГА МУҲТОЖ БЎЛГАН БОЛАЛАРНИ ҲАЁТГА ТАЙЁРЛАШНИНГ ПСИХОЛОГИК ЖИҲАТДАН ҚЎЛЛАБ-ҚУВВАТЛАШ .................... 77

    36. Ahmedova Ma’mura JamoldinovnaO‘QISH DARSLARIDA OG‘ZAKI NUTQNI O‘STIRISH YO‘LI VA VOSITALARI .......... 80

    37. Akbarov Hasanboy BahromovichAJRATILGAN BO‘LAKLAR VA ULARNING O‘RGANILISH TARIXI. .............................. 81

  • 8Декабрь 2020 10-қисм Тошкент

    38. Aripova Gulandom DjurayevnaBOSHLANG‘ICH SINFLARDA BADIIY ASARLARNI JANRIY XUSUSIYATLARIGA KO‘RA O‘RGANISH ................................................................................................................ 83

    39. Ashirova Komila ZarifboyevnaBOSHLANG‘ICH SINFLARDA YOZUVGA O‘RGATISH YO‘LLARI ................................. 84

    40. Aymatova Aziza Baxtiyor qiziBOSHLANG‘ICH SINFLARDA SINFDAN TASHQARI O‘QISH DARSLARINI TASHKIL ETISH ........................................................................................................................ 85

    41. Berdiyorova Nilufar PanjiyevnaBOSHLANG‘ICH SINFLARDA ONA TILIDAN IJODIY TOPSHIRIQLARNI TA’LIMGA TATBIQ ETILISHI .................................................................................................. 86

    42. Sattorova Muxlisa OripovnaDARSDA METODLARDAN FOYDALANISH NAMUNALARI ....................................... 87

    43. Egamova Oygul Saidjonovna, Jiyanova Shoxida MaxsumovnaTA’LIM TO‘G‘RISIDAGI YANGI QONUN – SIFATLI TA’LIM ASOSI ............................... 88

    44. Ergasheva Sevara Normo‘minovnaSAVOD O‘RGATISH JARAYONIDA O‘QUVCHILARNI UNLI VA UNDOSH TOVUSHLARNI TO‘G‘RI TALAFFUZ QILISH VA O‘QISHGA O‘RGATISH USULLARI. ................................................................................................................................. 90

    45. Gafforova GulnozaBOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING BOG‘LANISHLI NUTQINI SHAKLLANTIRISH USULLARI .............................................................................................. 92

    46. Hakimova Muhayyo NasimovnaMEHNAT TA’LIMI FANIDA KASB TANLASHGA OID TADQIQOT METODLARI ........ 94

    47. Ismailova Nafisa AkbarjanovnaIMPROVING B1 LEVEL LEARNER’S VOCABULARY COMPETENCE ........................... 96

    48. Ismoilova Risolat Ulug‘bek qizi, Abduxoliqova Muhabbat Abdirashid qizi, Begimqulova Marxabo Ismatullo qizi

    INGLIZ TILINI O‘QITISHDA INNOVATSION USULLAR VA ULARNING METODIKASI ............................................................................................................................. 98

    49. Kulboyeva Dilnoza Abdug‘ofurovnaBOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARNING IJODIY QOBILIYATINI SHAKLLANTIRISHDA TEXNOLOGIYA FANINING AHAMIYATI ................................. 100

    50. Mahmudova Shahlo Sheraliyevna, Nurniyozova Nodira SubhonovnaBOSHLANG‘ICH SINFLARDA INSHO YOZISHGA O‘RGATISH. .................................... 102

    51. Matkarimova Iqbol, Ernazarova AdolatBOSHLANG‘ICH SINFLARDA MATEMATIKA TO‘GARAKLARINING AHAMIYATI ............................................................................................................................. 104

    52. Miraliyeva Dilshoda TagabayevnaSAVODXONLIKNI OSHIRISHDA ERTAKLAR VA TOPISHMOQLARNING O‘RNI ..... 105

    53. Najimova Dildora IlhomvnaGIPERAKTIV BOLALAR: NAMOYON BO‘LISHI, SABABLARI, TUZATISH USULLARI. ............................................................................................................................. 107

    54. Nosirova Lobar SalimovnaBOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA DIQQAT PSIXOKORREKSIYASI ........ 109

    55. O‘rinova Zarrina YusufjonovnaGAPDA SO‘Z TARKIBI. .......................................................................................................... 111

    56. O‘roqova Nargiza AnvarovnaMA’NAVIY-AXLOQIY TARBIYANI AMALGA OSHIRISH YO‘LLARI ........................... 113

    57. Омонова Манзура СувоновнаЎҚУВЧИ ҚИЗЛАРДА СОҒЛОМ ЭЪТИҚОДНИ ШАКЛЛАНТИРИШНИНГ ПСИХОЛОГИК ҲУСУСИЯТЛАРИ ....................................................................................... 114

    58. Полотова Гулмира АкматалиевнаТАЪЛИМ ЖАРАЁНИДА ИНТЕРФАОЛ МЕТОДЛАРНИ ҚЎЛЛАШ ........................... 117

    59. Qarabayeva Saodat, Yusupova Ra’noINTERFAOL TA’LIM VA UNING IMKONIYATLARI ......................................................... 119

  • 9Декабрь 2020 10-қисм Тошкент

    60. Qiyomova Zarina ShomurodovnaBOSHLANG‘ICH SINFLARDA DIDAKTIK TA’LIMIY O‘YINLARNING AHAMIYATLI TOMONLARI ............................................................................................................................ 120

    61. Qodirova Munojatxon AdxamovnaBOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARNI KASB VA MEHNAT FAOLIYATIGA TAYYORLASH ........................................................................................................................ 121

    62. Qorayeva NafisaOTA-ONALAR BILAN HAMKORLIK QILISHNING PSIXOLOGIK JIHATLARI ........... 122

    63. Qozixonova Turg‘unoy Umaraliyevna, Tojiboyeva Gulchehra No‘monjonovnaO‘QITUVCHI BO‘LISH MA’SULIYATI ................................................................................. 124

    64. Qurbonova Maqsad QayumovnaANIQLOVCHI VA UNING IFODALANISHI. ....................................................................... 126

    65. Rasulova Surayyo GayratovnaBOSHLANG‘ICH TA’LIMDA MUAMMOLI O‘QITISH TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH ....................................................................................................................... 128

    66. Safoyeva ZamiraHUNARLI KISHI XOR BO‘LMAS. ....................................................................................... 130

    67. Salamova Mahfuza OripjonovnaTHE ROLE OF TEACHING ENGLISH IN PRIME CLASS................................................. 131

    68. Ulugmurodov Muhriddin Ulugmurod ugliTHE ISSUE OF EDUCATING BAD BEHAVIOUR YOUNGS ............................................. 133

    69. Usmonaliyeva Nasiba UsufovnaRUS TILI FANINI O‘QITISHDA TEXNIK VOSITALARDAN FOYDALANISH PREDMETI................................................................................................................................ 134

    70. Xaydarova Yaxshigul Saydullayevna, Ne’matova Kamola UbaydullayevnaO‘QUVCHILARDA KOMPETENSIYALARNI SHAKLLANTIRISHGA YO‘NALTIRIGAN TA’LIM TEXNOLOGIYALARI. ............................................................ 136

    71. Xo‘janazarova SurayyoTARQATMA MATERIALLAR ORQALI O‘QUVCHINING MATEMATIKA DARSIGA BO‘LGAN QIZIQISHINI OSHIRISH YO‘LLARI ................................................................. 138

    72. Xudayqulova Azada AkmataliyevnaBOSHLANG‘ICH SINF ONA TILI DARSLARIDA INSHO TURLARIDAN FOYDALANISH VA UNI TASHKIL ETISH USULLARI VA AHAMIYATI ....................... 140

    73. Yusupova Dilnoza BOSHLANG‘ICH SINFLARDA MATEMATIKA DARSLARIDA GEOMETRIK SHAKLLARDAN FOYDALANISH USULLARI ................................................................... 141

    74. Yusupova Zamira Isoqulovna1-2- SINFLARDA “ATROFIMIZDAGI OLAM” DARSLIGI BILAN ISHLASHNING METODIK XUSUSIYATLARI ................................................................................................. 142

    75. Ашурова Зохида Абдувохид кизиYUQORI SINFLARDA MATEMATIKA FANINI O‘QITISHDA ZAMONAVIY AXBOROT TEXNOLOGIYALARINING O‘RNI ....................................................................................... 144

    76. Бадалова Саидахон МахамадалиевнаTARIX FANINI O‘QITISHDA HAMKORLIKDA O‘QITISH TEXNOLOGIYALARI ........ 145

    77. Давлатова Дилфуза РустамжоновнаORFOGRAFIYA O‘QITISHNING TA’LIMIY-TARBIYAVIY AHAMIYATI ......................... 147

    78. Кенжаева ЗамираМАЪНАВИЯТЛИ, СОҒЛОМ БОЛА ТАРБИЯСИ - ЮРТ КАМОЛОТИНИНГ ТАЯНЧИ ................................................................................................................................... 148

    79. Мамадалиева Мукаддасхон ЖурабоевнаTEXNOLOGIYA DARSLARIDA O‘QUV JARAYONINI TASHKIL ETISH ....................... 150

    80. Муродова Гулчехра ТухтапулатовнаGEOGRAFIYA FANINI O‘QITISHDA INNOVASION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH AHAMIYATI ................................................................................................ 152

    81. Насретдинова Машхура ИсмонжоновнаSINTAKSIS O‘QITISHNING MAQSAD VA VAZIFALARI ................................................. 154

  • 10Декабрь 2020 10-қисм Тошкент

    82. Sapayeva Nigora, Sapayeva NavbahorBOSHLANG‘ICH TA’LIMDA O‘QUVCHILARNI MANTIQIY FIKRLASHLARINI SHAKLLANTIRISH USULLARI. ........................................................................................... 156

    83. Халилова Шахло РавшановнаЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ ВА ТАРБИЯДА МУОМАЛА МАДАНИЯТИНИНГ ЎРНИ ......................................................................................................................................... 158

    84. Хужакулова Мохигул АноркуловнаОСЕВАЯ СИММЕТРИЯ НА УРОКАХ МАТЕМАТИКИ В ПЕРВОМ КЛАССЕ ........... 163

    85. Юлдашева Шахноза ФармоновнаАСТРОНОМИЯ ФАНИДАН МАСАЛАЛАР ЕЧИШ ОРҚАЛИ ЎҚУВЧИЛАРНИНГ АСТРОНОМИК ҲОДИСАЛАР ҲАҚИДАГИ ТАСАВВУРЛАРИНИ ШАКЛЛАНТИРИШ ............................................................................................................... 165

    86. Нуруллоев Лазиз Латипович, Наврузов Азизбек Бахтиёр ўғлиШАРҚ МУТАФАККИРЛАРИ ТАЪЛИМОТИДА ҲАРБИЙ ВАТАНПАРВАРЛИККА ДОИР ҚАРАШЛАР ................................................................................................................ 167

    87. Ibragimova Manzura Vaxabovna, G‘aniyeva Dildora G‘affarovnaBOSHLANG‘ICH SINF DARSLARIDA DIDAKTIK O‘YINLARDAN FOYDALANISH ....................................................................................................................... 169

    88. Қодирoва Халимахон Нурмухаммад қизиБЎЛАЖАК БОШЛАНҒИЧ СИНФ ЎҚИТУВЧИЛАРИНИНГ ДИАГНОСТИК МАДАНИЯТИНИ ИННОВАЦИОН АСОСДА ШАКЛЛАНТИРИШ ................................ 171

    89. Қодирова Халимахон Нурмухаммад қизиИНТЕГРАЦИОН ЁНДАШУВ БЎЛАЖАК БОШЛАНҒИЧ СИНФ ЎҚИТУВЧИЛАРИНИНГ ДИАГНОСТИК МАДАНИЯТИНИ ШАКЛЛАНТИРИШ ОМИЛИ СИФАТИДА ............................................................................................................ 173

    90. Abdullayev Dilmurod XushbekovichMUSIQA DARSLARIDA ILG’OR PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH .......................................................................................................................175

    91. Abdullayeva ZilolaEFFECTIVE WAYS TO USE INTERACTIVE METHODS IN LEARNING ENGLISH TODAY ......................................................................................................................................177

    92. Shuhrat Bobojonov, Shakurbanova Barno PazliddinovnaO’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA TA’LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISHNING KONSEPTUAL ASOSLARI .....................................................................................................179

    93. Eshmurodova Mahbuba AbdullayevnaUMUMTA’LIM MAKTABLARIDA DAVLAT VA HUQUQ ASOSLARI FANINI O’QITISHDA TA’LIM METODLARDAN FOYDALANISH ................................................181

    94. Fayziyeva Aziza KhusnitdinovnaEFFECTIVE WAYS OF TEACHING ENGLISH GRAMMAR IN PRIMARY EDUCATION .............................................................................................................................183

    95. Guli Bobonorova, Sadullayeva GulzoraPERSPECTIVES OF DISTANCE EDUCATION IN UZBEKISTAN ....................................185

    96. Ibotova Zarifa NajmiddinovnaBOSHLANG‘ICH SINF O‘QISH DARSLARIDA BO‘SH O‘ZLASHTIRUVCHI O‘QUVCHILAR BILAN ISHLASH YO‘LLARI ....................................................................188

    97. Karimova Mohira GayratovnaADVANTAGES AND PROBLEMS OF USING LITERATURE IN TEACHING FOREIGN LANGUAGE .............................................................................................................................190

    98. Komilova OydinTHE ROLE OF HOMEWORK LEARNING FOREIGN LANGUAGE AS A METHODICAL MEAN OF STUDYING MOTIVATION WITHIN THE PROCESS OF ENGLISH LANGUAGE STUDYING AT THE SECONDARY SCHOOL .....................192

    99. Nazarova Sanobar Abdug‘aforovna, Arziyeva Dilfuza RustamovnaABU AL-MU’IYN AN-NASAFIYNING ILMIY VA MA’NAVIY MEROSI-BARKAMOL AVLOD TARBIYASIDA MUHIM MANBA ...........................................................................195

  • 11Декабрь 2020 10-қисм Тошкент

    100. Назарова СанобарБОШЛАНҒИЧ СИНФЛАРДА МАТЕМАТИКА ФАНИДА АРИФМЕТИК АМАЛЛАРНИ ЎРГАТИШДА ПЕДАГОГИК ТЕХНОЛОГИЯЛАРДАН ФОЙДАЛАНИШНИНГ АҲАМИЯТИ ..................................................................................197

    101. Qilicheva Mohiniso FarhodovnaBOSHLANG’ICH SINF ONA TILI DARSLARIDA SO‘Z MA`NOLARI USTIDA ISHLASH ...................................................................................................................................200

    102. Qoraxonova Gulchehra SalohutdinovnaTARIX FANINI O’QITISH QO’LLANILADIGAN METODLAR ........................................202

    103. Qo‘shshiyeva LolaBOSHLANG‘ICH SINFLAR O‘QISH DARSLARIDA IFODALI O‘QISH METODINING SAMARALI NATIJALARI ............................................................................204

    104. Sharopova Halima AbdusamadovnaSYSTEM OF VISUALIZATION TOOLS IN FOREIGN LANGUAGE TEACHING ..........206

    105. Tukhsanova MukhabbatEFFECTIVE TEACHING OF WRITING SKILLS TO THE ENGLISH LANGUAGE LEARNERS ...............................................................................................................................208

    106. Akbarova Go’zalTEXNOLOGIYA DARSLARIDA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARNI QO’LLANILISHI ......................................................................................................................210

    107. Chinkilova Ra’noDIDACTIC PRINCIPLES FOR FOREIGN LANGUAGE TEACHING IN PRIMARY SCHOOLS .................................................................................................................................212

    108. Pirmanova Gavhar Nazarkulovna, Haydarova Nozigul Bahrom qiziO’SMIRLARNING INTELLEKTUAL VA IJODIY QOBILIYATINI RIVOJLANTIRISHDA ANGLIYA TARIXIY MADANIYATINING AHAMIYATI ..............214

    109. Kamolov Sulton JamalovichGEOGRAFIYA DARSLARIDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNING QO’LLANILISHI ......................................................................................................................215

    110. Murodova Dilora RajabovnaINGLIZ TILIDAGI ZAMONLARNI O’RGANISHDA O’QUVCHILARDA KUZATILADIGAN AYRIM QIYINCHILIKLAR VA ULARNI BARTARAF ETISH USULLARI ................................................................................................................................217

    111. Pardayev Safar Shamuratovich, Umarova Nodira Xamraxo’jayevnaCHET TILLARINI MASOFAVIY O’QITISHDA INTERFAOL USULLARDAN FOYDALANISH QULAYLIKLARI VA UNDA YUZAGA KELADIGAN MUAMMOLAR ........................................................................................................................219

    112. Toshonova Manzura SayitovnaO‘QUVCHILAR NUTQINI O‘STIRISHDA ZAMONAVIY TA’LIM VOSITALARIDAN FOYDALANISH ......................................................................................................................221

    113. Серназарова М.ОАКТУАЛЬНОСТЬ ФОРМИРОВАНИЯ ЭСТЕТИЧЕСКОЙ КУЛЬТУРЫ ВОСПИТАННИКОВ ДОШКОЛЬНОГО УЧРЕЖДЕНИЯ ...................................................223

  • 12Декабрь 2020 10-қисм Тошкент

    Педагогика ва Психология соҳаларидаги инновациялар

    BOSHLANG‘ICH SINFLARDA PUNKTUATSIYA HAQIDAGI BILIMLARNI SHAKLLANTIRISH YO‘LLARI

    Akyulova Zuxra Shamsiddinovna Sirdaryo viloyati Shirin shahar

    1-umumta’lim maktabi boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi+99890 252 54 52

    Annotatsiya. Mazkur maqolada boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilar yozma nutqida uchraydigan punktuatsion xatolar ustida ishlash yo‘llari va tinish belgilarni o‘rinli qo‘llash yo‘nalishlari haqida masalalar yoritilgan.

    Kalit so‘zlar: punktuatsiya,punktuatsion xatolar, tinish belgilar.

    Ma’lumki, punktuatsiya tinish belgilarining ishlatilishi haqidagi qoidalar yig‘indisidir. “Punktuatsiya ham yozuv kabi kishilar orasidagi aloqaning muhim vositalaridan biri sanaladi”. Boshlang‘ich sinflarda to‘rtta tinish belgisi: gap oxirida nuqta, so‘roq, undov belgisi hamda uyushiq bo‘lakli gaplarda vergulning ishlatilishi haqidagi qoidalar o‘rgatiladi. Boshlang‘ich sinflarda o‘rgatiladigan tinish belgilari kam bo‘lishiga qaramay, o‘qituvchi har bir sinfda tinish belgilari ustida muntazam ish olib borishi zarur.

    Kichik yoshdagi o‘quvchilarni tinish belgilari bilan tanishtirishda o‘qituvchi, avvalo, ularning yozma nutqda ishlatilishi va o‘rnini ko‘rsatadi. Tinish belgisi fikrni to‘g‘ri, boshqalarga tushunarli qilib ifodalash uchun muhim ekanini tushuntiradi. Masalan, nuqtaning roli bilan elementar tarzda tanishtirish uchun gaplarga ajratilmagan (tinish belgilari qo‘yilmagan) yaxlit matn o‘qitiladi; o‘quvchilar bunday matnni o‘qish va mazmuniga tushunish qiyin ekanligiga ishonch hosil qiladilar.

    Punktuatsiya semantik, sintaktik va intonatsion qoidaga asoslanadi. Bu uch asos bir-biriga o‘zaro ta’sir qiladi. Xat yozuvchi tinish belgisini qo‘yishda, avvalo, bayon etadigan fikrining mazmuniga asoslanadi. Nutqning mazmun tomoni gapning qurilishiga ham ta’sir qiladi. Shuning uchun o‘quvchilarga tinish belgilarining qo‘llanilishini o‘rgatishda biror gapda tinish belgilarini qo‘llashni belgilaydigan semantik-sintaktik tamoyilga asoslaniladi.

    1-sinf o‘quvchilariga savod o‘rgatish davridayoq nuqta, so‘roq belgisi va undov belgisi bilan amaliy tanishtiriladi. Bolalar “Alifbe” o‘qimasalar ham, rasmga qarab gap tuzadilar.

    O‘qituvchi ularga talaffuzda bir gap boshqasidan to‘xtam (pauza) bilan ajratilishini, gapning oxirida ovoz pasayishini tushuntiradi. Bolalar, o‘qituvchi topshirig‘iga ko‘ra, 3-5 gapli kichik matnni gaplarga ajratadilar va ular o‘rtasidagi to‘xtam (pauza) qilish hikoya mazmunini yaxshi tushunishga yordam berishiga ishonch hosil qiladilar. Ular gapni to‘g‘ri talaffuz qilishini o‘rgana boshlaydilar. Bu gap oxiriga nuqta qo‘yilishi bilan tanishtirish uchun mazmuniy va intonatsion asos yaratadi. Bolalarni gapni o‘qishga oldindan tayyorlash uchun chizmadan foydalaniladi. Masalan, bolalar gap tuzadilar, undagi so‘zlarni sanaydilar va o‘qituvchi rahbarligida chiziqlar bilan belgilaydilar:

    Biz ertakni sevamiz. ____ _____ ______ . Ovqat pishdi. ____ _____ . O‘qituvchi quyidagi mazmunda tushuntiradi: – Og‘zaki nutqda bir gapni ikkinchisidan pauza (to‘xtam) bilan ajratamiz (Har bir gapni

    talaffuz qilib ko‘rsatadi). Kitoblarda, gazetalarda gapning tugaganini, ovozni pasaytirish va pauza qilish kerakligini ko‘rsatish uchun alohida belgi – nuqta ishlatiladi.

  • 13Декабрь 2020 10-қисм Тошкент

    Bir necha darsdan so‘ng o‘quvchilar gaplarni o‘qiy boshlaydilar. Ular nuqta pasaytirish, pauza qilishga belgi ekanini tushunadilar. Kesma harflardan gap tuzishda albatta nuqtali kartochkalardan foydalaniladi. O‘quvchilar gapni yozganda o‘qituvchi nuqta qo‘yishni eslatadi, ishni tekshiradi. Gapning oxiriga nuqta qo‘yilmasa, xato hisoblanadi. O‘quvchilar o‘qituvchi yordamida nima uchun nuqta qo‘yish lozimligini tushuntiradilar. Shunday yo‘l bilan gapning oxiriga nuqta qo‘yish ko‘nikmasi shakllantiriladi.

    So‘roq va undov belgilari bilan ham savod o‘rgatish davridayoq tanishtiriladi. Bolalar so‘rash mazmunini bildirgan gaplarni o‘qiydilar. O‘quvchilar bunday gaplarni ohangga rioya qilgan holda, ya’ni gapning oxirida ovozni ko‘tarish bilan o‘qishga o‘rgatiladi. Gapning mazmuni va intonatsiyasi so‘roq belgisini qo‘yishni talab etadi. Undov belgisini qo‘yishni o‘quvchilar gapning his-hayajon ifodalashi va alohida ohangda o‘qilishi bilan bog‘laydilar.

    O‘quvchilar 2-sinfda “Gap” bo‘limi mavzularini o‘rganish jarayonida nuqta, so‘roq va undov belgisi haqida nazariy tushunchalar oladilar.

    3-sinfda esa tinish belgilari haqidagi nazariy tushunchalar chuqurlashtiriladi. Shu vaqtdan boshlab o‘quvchilar gap oxiriga tinish belgilari sintaktik asosda qo‘yilishini anglay boshlaydilar.

    “Darak gap” mavzusini o‘rganish bilan bog‘liq holda nuqta qo‘yilishi, “So‘roq gap” mavzusi bilan bog‘liq holda so‘roq belgisi va “Undov gap” mavzusini o‘rganish bilan bog‘liq holda undov belgisining qo‘yilishi o‘rgatiladi.

    4-sinfda o‘quvchilar “Gapning uyushiq bo‘laklari” mavzusi o‘rganilganda sanash ohangi bilan bog‘langan bo‘laklarda vergulning vazifasi bilan tanishadilar.O‘qituvchi ikki gapni o‘qib taqqoslash bilan nuqta va vergulda ohangning qanday berilishini ko‘rsatadi. Masalan, Biz ona tilimizni sevib o‘rganamiz (Gap oxirida ovoz pasayadi, pauza qilinadi). Men, Ra’no, Alisher boshqa tillarni ham sevib o‘rganyapmiz (Men, Ra’no, Alisher so‘zlaridan so‘ng ovoz bir oz pasayadi, xabarning davom etishi seziladi).

    Foydalanilgan adabiyotlar:1. Karima Qosimova va b.q. Darslik “Ona tili o‘qitish metodikasi”. T-20092. U. Masharipova va b.q. Ona tili “4-sinf o‘qituvchilari uchun ilg‘or pedagogik va axborot

    kommunikatsiya texnologiyalarini amaliyotga joriy etish bo‘yicha metodik qo‘llanma T-2017.

  • 14Декабрь 2020 10-қисм Тошкент

    КОМПЬЮТЕР МОДЕЛЛАРИ ОРҚАЛИ ФИЗИКАДАН МАСАЛАЛАР ЕЧИШ МЕТОДИКАСИ

    Атажанова Гулзар КазакбаевнаМуҳаммад ал-Хоразмий номидаги

    Тошкент ахборот технологиялари Университети Нукус филиали ассистент-ўқитувчиси

    Телефон:+998907232817 e-mail: [email protected].

    Аннотация: Мақолада амалий машғулот ўтказишда ўқувчилар учун янада тушунарли ва қизиқарли ўтказиш юзасидан амалий машғулотларда компьютерда анимацияли модел орқали амалга ошириш жараёнин талабаларга кўрсатиш.

    Калит сўзи: Компьютер, Interactive Physics, симулятор.

    Физика ўқитишда масала ечиш муҳим аҳамиятга эга. Масала ечиш физика ўқитиш жараёнининг ажралмас қисми бўлиб, у физик тушунчаларни шакллантиришга катта ҳисса қўшади, физик фикрларни ривожлантиради, билимни амалда қўллаш малакасини орттиради.

    Талабаларнинг ижодий қобилиятларини ўстиришда масалаларнинг ўрни жуда каттадир. Масала ечиш орқали ўқувчиларнинг меҳнатсеварлиги, синчковлиги, мустақил мулоҳаза юритиши, ўқишга қизиқиши ва хулқи, қўйилган мақсадга эришишдаги қатъийлиги тарбияланади.

    Физикадан масала ечиш ўқувчиларнинг дунёқарашларини шакллантиришга ижобий таъсир кўрсатади. Масала ечиш кўп ҳолларда физика дарсларининг таркибий қисми бўлиб келади. Ўқитувчи янги мавзуни баён қилишда ва уни мустаҳкамлашда, ўтилганларни такрорлашда, ўқувчиларнинг мустақил ишларида ва билимларини синаб кўришда масала ечишдан фойдаланади. Физикага қизиқувчи ўқувчилар билан синфдан ташқари машғулотларда ҳам масалалар ечилади.

    Interactive Physics симуляторидан фойдаланган ҳолда физикавий масалаларнинг шартини анимация ҳолда моделини яратиш талабаларга физикавий масалаларга бўлган қизиқишининг ортганини биз ўтказган педагогик тажрибалар кўрсатди. Талабалар Interactive Physics симулятори орқали бирор бир физик масалани олган ҳолда уни моделлаштиришга киришдилар. Талабалар компьютер моделини ярата туриб масалалар устида яхши бош қотирдилар, физик мохиятини англаб етдилар ҳамда ечиладиган масаланинг физик жараёнини жонли кўринишда кўз олдига келтирдилар. Натижада, талабалар берилаётган физик масалаларни қийинчиликсиз ечиш малакасига эга бўлдилар.

    Масалан: 1). Ўртача тезлик тушунчасига доир компьютер моделидан фойдаланган ҳолда масала ечиш.

    Калит сўзлар: тезлик, ўртача тезлик, нотекис ҳаракат. Мақсад: Нотекис ҳаракатда ўртача тезлик тушунчасини мустаҳкамлаш. Ўртача тезликни

    ҳисоблашга оид масалаларни ечиш кўникмасини шакллантириш. Талаба: Бошқаргичлар ёрдамида синов шарига шундай доимий тезликни танлайдики,

    шу синов шари, автомобилнинг тўхташ нуқтасига автомобил билан бир вақтда келсин.

    1-расм

  • 15Декабрь 2020 10-қисм Тошкент

    Бунинг учун талаба автомобилнинг ўртача тезлигини компьютер моделидан фойдаланган ҳолда ҳисоблаши керак бўлади.

    Изоҳ: Тажриба давомида автомобилнинг қайси вақтда тезлиги нимага тенг бўлишини аниқлаш қийин бўлганлиги учун, вақт пульти билан дақиқа вақтларни (тезлигини) кўриш мумкин бўлади.

    Вақт пультининг кўриниши Моделдан кўриниб турибдики, автомобилнинг нотекис ҳаракати 4 қисмдан иборат

    бўлади. 1-жадвал

    1-соҳада 2-соҳада 3-соҳада 4-соҳада u ut (с)

    υ (м/c)Ўртача тезликни ҳисоблашда:

    1-усул. формуладан

    2-усул. фойдаланган ҳолда ҳисоблайди. Олинган натижаларни

    жадвалга тўлдиради. Ўқитувчи: Моделда ишлашни ўргатади. Талабаларнинг бажараётган ишини назорат

    қилади. Олинган натижалардан келиб чиққан ҳолда, талабаларни баҳолайди. 2) Жисмнинг эркин тушишига оид компьютер моделидан фойдаланган ҳолда

    масала ечиш. Калит сўзлар: жисмнинг эркин тушиши, эркин тушиш тезланиши, тушиш баландлиги,

    жисм тезлиги.

    2-расм

    Мақсад: Талабаларга жисмларнинг эркин тушишига оид масалалар ечиш кўникмасини компьютер модели орқали шакллантириш.

    Талаба: Талаба эркин тушиш тезланишининг қийматларини ўзгартирган ҳолда жараённи кузатади. Эркин тушиш тезланишининг ҳар хил қийматларида спидометрнинг, тушган баландликнинг ва тушиш вақтининг ўзгаришига эътиборини қаратади. Берилган моделдан фойдаланган ҳолда масала тузади ва ечади.

    Мақсад: Талабаларга жисмларнинг эркин тушишига оид масалалар ечиш кўникмасини компьютер модели орқали шакллантириш.

    Талаба: Талаба эркин тушиш тезланишининг қийматларини ўзгартирган ҳолда жараённи кузатади. Эркин тушиш тезланишининг ҳар хил қийматларида спидометрнинг, тушган баландликнинг ва тушиш вақтининг ўзгаришига эътиборини қаратади. Берилган моделдан фойдаланган ҳолда масала тузади ва ечади.

  • 16Декабрь 2020 10-қисм Тошкент

    Масала. Парашютчи эркин тушиш тезланиши g бўлган сайёрадан бошланғич тезликсиз (υ0 = 0 м/c) эркин тушмоқда. Парашютчининг t=5 с давомида қандай h баландликни босиб ўтишини ва тезлиги υ нимага тенг бўлишини аниқланг.

    № g(м/с2 ) t(с) h(м) u1 5 52 10 53 15 54 20 5

    Натижаларни компьютерда моделлаштириш натижасида олинган натижалар билан солиштиради.

    Фойдаланилган адабиётлар1. Абдуқодиров А.А.Умумтаълим мактаблари учун электрон дарслик яратишнинг наза-

    рий асослари //Педагогик маҳорат. – Т., 2003, №2. 6-10 – бетлар. 2. Азизходжаева Н.Н. Педагогик технология ва педагогик маҳорат. Ўқув қўлланма. –

    Тошкент: ТДПУ, 2003. – 174 б. 3. http://vakhid.zn.uz. 4. Хамидов В.С. Interactive physics муҳитида физик жараёнларни моделлаштириш.

    Таълимда Ахборот-Коммуникация технологиялари , III-том, Тошкент 2006, : 2

  • 17Декабрь 2020 10-қисм Тошкент

    BOSHLANG‘ICH SINFLARDA TABIAT BURCHAGI TASHKIL ETISHNING TA’LIMIY VA TARBIYAVIY AHAMIYATI

    To‘rayeva Dilfuza Xoldarovna Sirdaryo viloyati Guliston shahar

    8-umumta’lim maktabi boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi+99899 479 30 32

    Annotatsiya. Mazkur maqolada tabiat darslarida ekskursiyalar o‘tkazishda ekskursiyani tayyorlash, ekskursiya mavzusi, nomi, maqsadi, obyektlari haqidagi ma’lumotlar asosida ularning ta’limiy va tarbiyaviy ahamiyatlari yoritib berilgan.

    Kalit so‘zlar: ekskursiyani tayyorlash, ekskursiya mavzusi, ekskursiya nomi, ekskursiya maqsadi, ekskursiya obyektlari.

    Boshlang‘ich sinflarda bolalarni tabiat bilan tanishtirish u bilan doimo bevosita munosabatda bo‘lishni talab qiladi. Buni ta’minlovchi shartlardan biri Boshlang‘ich sinflarda jonii tabiat burchagiga ega bo‘lishdir. Bolalarni tabiat bilan uzviy, davomli va tizimli tarzda tanishtirish ularda jonli tabiat burchagida yashovchilar haqida chuqur va puxta bilimlarni, mehnat, malaka hamda ko‘nikmalarni hosil qilish, kuzatuvchanlikni o‘stirish uchun sharoit yaratadi. Ana shu malaka va ko‘nikmalar asosida tabiatga ehtiyotkorona munosabat ham, unga qiziqish ham tarbiyalanadi.

    Tabiat burchagi bolalarning diqqatini burchakda yashovchi bir necha hayvonlarga, uiarning o‘ziga xos belgilariga qaratish va shu bilan bolalarning chuqur, mustahkam bilimga ega bo‘lishlariga imkon yaratadi. Tabiatda bolalar uchratadigan hayvon va o‘simliklarning xilma xilligi ular hayotidagi umumiy, ahamiyatli hamda qonuniy tomonlarni ajratib ko‘rsatishni qiyinlashtiradi. Cheklangan miqdordagi maxsus tanlangan obyektlar bilan tabiat burchagida tanishtirish bu murakkab hamda muhim vazifani hal etish imkoniyatini beradi. Tabiat burchagida yashovchilarning fazoviy yaqinligi ham ahamiyatlidir. Bolalar, masalan, akvariumdagi baliqlarni yaxshilab ko‘rish, ularni uzoq muddat davomida kuzatish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

    Jonii tabiat burchagi uchun o‘simlik va hayvonlarni tanlashda bir qator talablarni nazarda tutish lozim. Ular quyidagilardir:

    1) o‘simlik yoki hayvon u yoki bu ekologik guruhga xos bo‘lishi lozim. Bunda bolalarni o‘simlik va hayvonlarning katta guruhi uchun xarakterli bo‘lgan, asosiy, o‘ziga xos belgilari, yashash sharoitlari bilan tanishtirish imkoni yaratiladi;

    tabiat burchagida yashovchilarni parvarish qilish, qilinadigan mehnatning sifati, xarakteri, unga sarflanadigan kuch va vaqtiga ko‘ra boshlang‘ich sinf yoshdagi bolalarning yoshiga mos (o‘qituvchining ishtiroki va rahbarligi ostida) bo‘lishi lozim. Shuning uchun «beor» o‘simliklar va ovqatni tanlamaydigan hayvonlar tanlanadi;

    3) tabiat burchagidagi hayvon va o‘simliklar tashqi ko‘rinishidan yorqin, jozibador, boshlang‘ich sinf yoshidagi bolalar ning hali unchalik barqaror bo‘lmagan diqqatini o‘ziga jalb qila oladigan bo‘lishi kerak;

    4) tabiat burchagida bu turdagi o‘simlik va hayvonlarning bir necha xili mavjud bo‘lishi lozim. Chunki bolalar kuzatish obyektida faqat umumiy belgilarnigina emas, balki o‘ziga xos xususiyatli belgilarni ham ko‘ra olishlari kerak. Bu bolalarning tirik organizmlarning xilma xilligi hamda takrorlanmasligini bilib olishlariga yordam beradi;

    5) tabiat burchagida o‘simlik va hayvonlar tamoman xavfsiz bo‘lishi, bolalarning sog‘liqlariga hech qanday zarar yetkazmasligi lozim;

    6) o‘simlik va hayvonlarning bolalar muassasasi binosidagi hayot faoliyati, o‘sishi va rivojlanishida binoning doimiy haroratini, karbonat angidrit gazining konsentratsiyasini, quruqligini, shovqinsuronning mavjudligini hisobga olish lozim.

    Hayvon va o‘simliklarni tabiat burchagiga joylashtirishda, birinchi navbatda, ularning biologik xususiyatlari hamda ehtiyojlariga e’tibor berish lozim. Masalan, ba’zi xona o‘simliklari (chiroqgul, kaktus va boshqalar) quyosh nurini ko‘proq bo‘lishini talab qiladi, shuning uchun ularni eng yorug‘ joyga qo‘yish lozim, ba’zilari esa (masalan, uzambarg gunafshasi) tik tushib turuvchi quyosh nuriga bardosh bera olmaydi. Shu bilan birga jonli tabiat burchagi ko‘zni quvontirishi, bezashi lozim. Bunda, obyektlarni shunday joylashtirish kerakki, bolalar ularning yoniga bemalol kela olishlari, kuzata olishlari va unda mehnat qila olishlari mumkin bo‘lsin.

  • 18Декабрь 2020 10-қисм Тошкент

    Tabiat burchagida yashovchilarni doimiy va vaqtincha yashovchilarga ajratish mumkin. Doimiy yashovchilarga xona gullari, qafasdagi qushlar, akvariumdagi baliqlar kiradi. Vaqtincha yashovchilarga qisqa muddatga olib kiriladigan mahalliy o‘lka o‘simligi, hayvonlar, dastlabki bahorgi gullar, kuzda qiyg‘os gullaydigan gulxonadagi dekorativ o‘simliklar, xonadagi manzarali o‘simliklar, hasharotlar va shu kabilar kiradi.

    Tabiat burchagini tashkil etish orqali biz bolalarda tabiat haqidagi tushunchalarni kengaytirish, burchakdagi gul, o‘’simlik, hayvonot olami haqida yanada to‘laqonli ma’lumotlar olishlariga erishamiz.

    Foydalanilgan adabiyotlar:1. Grigoryans A.G.Tabiatshunoslikni o‘qitish metodikasi T-2008-yil2. Nuriddinova M. “Tabiatshunoslik o‘qitish metodikasi” o‘quv qo‘llanma.T-2005-yil.

  • 19Декабрь 2020 10-қисм Тошкент

    BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINI IJODIY FIKRLASHGA O‘RGATISHDA KITOBNING O‘RNI.

    Djanibekova Sayyora OrtiqovnaSirdaryo viloyati Mirzaobod

    tumani 12-maktab boshlang‘ich sinfo‘qituvchisi

    Telefon:+99891504-90-75

    Annotatsiya: Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini ijodiy fikrlashga o‘rgatishda kitobning o‘rni haqida ma’lumot berilgan.

    Kalit so‘zlar: Beminnat do‘st, ertaklar yaxshilikka yetaklar,sevimli qahramon.

    Kitobdek aqlli va sodiq do‘st yo‘q.Ernest Heminguey

    Endigina maktab ostonasiga qadam qo‘ygan har bir o‘quvchi hali bolalik va o‘yinqaroqlikdan uzoqlashmagan va murg‘ak tasavvuri u qadar keng bo‘lmaydi. Atrofdagi voqea –hodisalarga ham bolalarcha nigoh bilan qaraydi. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi bolaga nafaqat harf tanitib, ta’lim tarbiya berishi balki , uni ijodiy fikrlashga o‘rgatishi va yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalab, ajdodlarga munosib voris bo‘lishga undashi lozim.O‘quvchilarni ijodiy fikrlashga o‘rgatishda pedagog beminnat do‘stimiz, javondagi javoxir bo‘lmish kitobdan unumli foydalanishi zarur.Pedagog yosh avlodga kitobning foydali jihatlari va kitobxonlik madaniyati haqida o‘qish darslarida muntazam ravishda batafsil ma’lumot berib borishi va o‘zi ham namuna ko‘rsatib , o‘quvchilari bilan doimiy kitob mutolaa qilishi lozim.

    Buning uchun o‘qituvchi o‘qish darslarida o‘quvchilarning yoshidan kelib chiqqan holda darslikda berilmagan birorta qiziqarli ertakni topib, uni bolalar bilan birga o‘qishi , undagi salbiy va ijobiy qahramonlar , ularning ertakdan olgan tassurotlari bilan o‘rtoqlashishi kerak. Agar bu jarayon har bir o‘qish darslarida takrorlansa, bolada mustaqil fikr va dunyoqarash shakllanadi. Ertakni muhokamasidan so‘ng, ularning sevimli qahramonlari rasmni chizish topshirig‘ini berish ham juda samarali usul hisoblanadi . Chunki o‘quvchi o‘z sevgan qahramonini chizish asnosida uning tasavvuri yanada kengayadi.Ertakni nafaqat o‘qituvchi o‘zi , balki, o‘quvchilarga qismlarga bo‘lgan holda o‘qitsa, maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Chunki ertakni og‘zaki bayon qilish bolalarda og‘zaki nutqning o‘sishida muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

    O‘qituvchi haftada bir marta bo‘lsa-da, “Ertaklar –yaxshilikka yetaklar” nomi ostida kichik bir badiiy kecha o‘tkazib, vazifa qilib berilgan ertak asosida kichik bir sahna ko‘rinishi yoki qo‘g‘irchoq teatrni ham tashkil qilsa, nur ustiga a’lo nur bo‘ladi.

    Ertak qahramonlari rollarini ijro etish orqali bolalarning o‘g‘zaki nutqi yanada boyiydi va suhbatdoshiga nimanidir isbot qilmoqchi yoki tushuntirib berishga harakat qiladi. Aynan sahna ko‘rinishi yoki teatr bolalar tasavvurini yanada boyitadi. Muntazam ertak eshitib yurgan o‘quvchi o‘zi bilmagan holda kitob va adabiyotga ko‘ngil qo‘yadi. Ezgulikka mehr qo‘yib, yovuzlikka nafrat bilan qaraydigan inson bo‘lib kamol topadi. Bunday inson kelajakda o‘z vataniga sodiq fuqaro bo‘lib yetishadi.

    Kitob o‘quvchining nutqini o‘stirib, uning dunyoqarashini kengaytirib, ijodiy fikrlashga o‘rgatadi. Yuqorida takidlab o‘tilgan metodlardan foydalangan holda , o‘quvchilarni boshlang‘ich sinflardan boshlab kitobga oshno qilishimiz zarur. Buning uchun, avvalo, o‘zimiz ham shaxsiy namuna ko‘rasatib,doimo o‘quvchilarimiz bilan birga kitob mutolaa qilishimiz zarur. Ular bilan birga tez-tez kitob do‘konlariga sayr qilishimiz va ularning qiziqishlaridan kelib chiqqan holda ertaklar tanlab, ularga o‘qib berishimiz lozim.Ularning ertak haqidagi fikr va mulohazalari bilan o‘rtoqlashib , xato va kamchiliklarini to‘g‘irlashimiz lozim.

    Bir so‘z bilan aytganda boshlang‘ich sing o‘qituvchisi o‘qish darslarida kitobdan unumli foydalansa, bolalarning ijodiy fikrlashi ham o‘sadi.

    Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:1. Boshlang‘ich ta’lim metodikasi T-20092. www.ziyonet.uz

  • 20Декабрь 2020 10-қисм Тошкент

    ФИЗИКАДАН АМАЛИЙ МАШҒУЛОТЛАРНИ ПЕДАГОГИК ДАСТУРИЙ ВОСИЙТАЛАР ЁРДАМИДА ТАШКИЛЛАШТИРИШ

    Атажанова Гулзар КазакбаевнаМуҳаммад ал-Хоразмий номидаги

    Тошкент ахборот технологиялари Университети Нукус филиали ассистент-ўқитувчиси

    Телефон:+998907232817 e-mail: [email protected].

    Аннотация: Мақолада лаборатория ва амалий машғулотларда компьютерда анимацияли модел орқали амалга ошириш жараёнин талабаларга кўрсатиш.

    Калит сўзи: Компьютер, модел, дастур.

    Маълумки, физика таълимига инновацион педагогик ва ахборот технологияларини жадал тадбиқ этиш давр талабидир. Ахборот технологияларини таълим тизимига кириб келиши айниқса, физика фанини ўқитишда янги турдаги машғулот турларининг (физик модел билан танишув, компьютерда тажриба ўтказиш, экспериментал масалалар ечиш, тадқиқот олиб бориш, ижодий топшириқ) вужудга келтиришга сабаб бўлди. Булар орасида физика таълимини асосий муаммоларидан бири лабораторияларнинг виртуал стендларини яратиш, физик жараёнларни моделлаштириш шу куннинг долзарб муаммоларидан биридир.

    Компьютер ўқитиш воситаси сифатида ўқувчига ҳам, ўқитувчига ҳам ёрдамчи бўла олиши мумкин. Ўқитувчи учун у автоматлашган синф журнали, савол-жавоб қилиш ва ўқитиш натижаларини ишлаб чиқиш воситаси, дарсларга тайёрланиш ва лаборатория практикумлари ва намойиш тажрибаларни ўтказиш учун асос ҳисобланади. Ўқувчи учун вазифаларни бажариш воситаси, икковлари учун эса реал оламни моделлаштириш воситаси ҳисобланади. Компьютер ўқувчи учун турли функцияларни: ўқитувчи, ўқитиш объекти, ҳамкорликдаги жамоа, дам олиш (ўйин) муҳити ҳисобланади.

    Физикадан масала ечиш машғулотларини педагогик дастурий воситалар ёрдамида ташкиллаштириш ўқув самарадорлигини оширишга хизмат қилади. Дарс бериш давомидаги тажрибалардан маълумки, кўпгина талабалар физика фанидан берилган масаланинг шартини тушунишда маълум бир қийинчиликларга учрашади. Талаба масала шартини тушунмасдан ечиш учун масала шартида қатнашаётган физик катталикларни ўзида акс эттирган формулани топишга ҳаракат қилади. Бу ҳолатда вужудга келадиган дидактик муаммолардан бири берилган физик масалада кечаётган физик жараённинг ҳаёлий моделини тассавур эта олмаслигидадир. Бу ҳолатда ўқитувчи талабага берилган масалани тушуниб олиши учун чизма чизишни таклиф қилади, лекин чизилган чизма орқали кечаётган физик жараённи тўлақонли тасвирлаш қийин ҳисобланади. Айниқса, физиканинг механика бўлимига оид масалаларнинг аксарияти ҳаракат билан боғлиқ бўлган масалалардир. Масалани ечиш учун чизилган чизма эса қаралаётган физик жараённи статик кўринишдагина тасвирлаш мумкин бўлади, бу эса кечаётган физик жараённинг айрим бир ҳолатинигина акс эттира олади.

    Қуйида физиканинг механика бўлимига оид мавзулар бўйича, яъни куч, масса ва тезланишга оид компьютер моделидан фойдаланган ҳолда масала ечиш усули берилган.

    Калит сўзлар: масса, тезланиш, куч. Мақсад: куч, масса ва тезланиш орасидаги муносабатни ифодаловчи Ньютоннинг

    иккинчи қонуни ҳақида тасаввурларни ҳосил қилиш, унга доир масала ечиш кўникмасини шакллантириш.

    1-расм

  • 21Декабрь 2020 10-қисм Тошкент

    Талаба: Массаси 400 кг бўлган жисмга ҳар хил тезланиш берган ҳолда унинг ҳаракатланишини кузатади.

    а) Масала. Массаси 400 кг бўлган жисмга қандай куч таъсир қилганда, у 10 м/с2 тезланиш билан ҳаракатланади? Берилган:m=400 кг а=10 м/с2 F=?

    Ечиш: F=ma=400 кг·10 м/с2=4000Н Олинган натижани компьютер моделида тажриба ўтказган ҳолда таққосланг.

    Ўқитувчи: Юқорида келтирилган масалаларга талабаларнинг диққатини қаратади ва компьютер модели орқали жавобларни текширади. Талабалар бажараётган ишларини на-зорат қилади ва олинган натижаларни текшириб баҳолайди.

    Фойдаланилган адабиётлар1. Абдуқодиров А.А.Умумтаълим мактаблари учун электрон дарслик яратишнинг назарий

    асослари //Педагогик маҳорат. – Т., 2003, №2. 6-10 – бетлар. 2. Азизходжаева Н.Н. Педагогик технология ва педагогик маҳорат. Ўқув қўлланма. –

    Тошкент: ТДПУ, 2003. – 174 б. 3. Бегимқулов У.Ш. Педагогик таълимда замонавий ахборот технологияларини жорий

    этишнинг илмий-назарий асослари. – Т.: Фан, 2007. 160 – б.4. http://vakhid.zn.uz. 5. Хамидов В.С. Interactive physics муҳитида физик жараёнларни моделлаштириш.

    Таълимда Ахборот-Коммуникация технологиялари , III-том, Тошкент 2006, : 2

  • 22Декабрь 2020 10-қисм Тошкент

    KONSEPTNING ONGDAGI TASVIRI

    Atajonova FeruzaXorazm viloyati Hazorasp tumani,

    5 – son maktab o‘qituvchisi.Telefon ++99894 314 10 20.

    Annotatsiya: Konsept bu tashqi yoki ichki dunyodagi biror narsa yoki hodisa haqidagi ongimizdagi bilimlar majmuasi, u haqidagi obrazlar va unga bo‘lgan ijobiy, salbiy, neytral munosabatlar, ya’ni baholashlardir.

    Kalit so‘zlar: ijtimoiylashuv, lingvomadaniyat, antropologiya, konseptlar, prizmalari.

    Inson hayoti davomida to‘xtovsiz, ketma-ket, aralashgan, yakka holda, majburiy va ixtiyoriy harakatlarni amalga oshirar ekan, beixtiyor ongida o‘z ko‘nikmalari, bilimlari, xotirasini shakllantirib boradi. Uning ijtimoiylashuvini esa biz uning jamiyat va tabiatdagi, ichki va tashqi olamdagi bilimlarga bo‘lgan munosabatlarida ko‘ra olishimiz mumkin. Har bir jamiyat vakili ma’lum bir lingvomadaniyat ta’sirida shakllangan bo‘lib, bu lingvomadaniyat ildizi esa albatta aynan shu jamiyat poydevori bo‘lmish antropologiya, etnografiya, etimologiya, arxeologiya, milliy va madaniy qadriyatlar bilan uzviy bog‘langandir. Inson ongida ko‘nikma hosil qiluvchi bunday qadriyatlar zamirida esa bilimlar majmui, tushunchalar hosilasi bo‘lmish konseptlar yotadi.

    Professor O‘.Q. Yusupov konsept atamasiga quyidagi ta’rifni beradi:“Konsept bu tashqi yoki ichki dunyodagi biror narsa yoki hodisa haqidagi ongimizdagi

    bilimlar majmuasi, u haqidagi obrazlar va unga bo‘lgan ijobiy, salbiy, neytral munosabatlar, ya’ni baholashlardir”.

    Lingvokognitologiyada ish olib borayotgan tadqiqotchilardan biri M.V.Pimenova esa o‘z maqolasida konsept haqida quyidagi ta’rifni keltiradi: “Birinchidan, konsept (conseptus-fikrlash, tushuncha, predmet haqidagi tasavvur) klassik sensualistik sxemaning bir qismi sifatida qaraladi. Predmet - sezish, idrok etish, tasavvur, tushuncha va u inson fikrlash qobiliyatining hissiy-amaliy mushohada va mantiqiy ya’ni abstrakt kabi faoliyatli bosqichlarini ko‘rsatadi: konsept - bu umumiy tasavvur”.

    Konsept- bu har kuni duch keladigan “ta’lim, uchrashuv, nonushta, tushlik, sokin tun, suhbat” kabi tushunchalarda yoki bizning urf-odatlarimiz,madaniyatimiz asosida yuzaga kelgan “non, beshik, vatan, to ’y, sumalak, Navro‘z” kabi lingvomadaniy tushunchalarda namoyon bo‘ladi. Bunday konseptlar bizning madaniyatimiz manbai desak xato qilmagan bo‘lamiz.Chunki ular yillar davomida sayqallanib, hozirgi kungacha yetib kelgandir. Ba’zi konseptlar zamon bilan hamnafasligiga ko‘ra yo jamiyatda ommalashadi, yo yo‘qolib boradi. Bu konseptning qanchalik insoniyatga foydasi tegishiga bog‘liq. Shunga ko‘ra konseptlami turlarga ajratgan olimlar fikrini keltirishimiz mumkin.Frumkina fikricha: “Til tizimida ikkita turli konsept bor. Birinchi tur konseptlar universal ma’noli (uxlash, yemoq, boshlamoq, о ‘qimoq, gapirmoq) konseptlari bo‘lsa, ikkinchi tur konseptlar o‘z ichiga madaniy-milliy qimmatga ega bo‘lgan (non, mehmon, ota-ona, to‘y, do‘st, vatan) konseptlami qamrab oladi. Ikkinchi tur konseptlami ham o‘z navbatida ikkiga ajratish: a) lingvomadaniyat spesifikasi bilan izohlanadigan; b) milliy mentalitetni anglashga xizmat qiladigan kalit (markaziy) elementli”.

    Konsept huddi munchoqlar shodasi kabi tizimga solinadi.Agar uni munchoqlar tizimidan ajratib olinsa, tadqiq etilayotgan obyekt o‘z ma’nosini yo‘qotadi. Shuning uchun konsept tahlilini konseptosfera doirasida tadqiq qilish, dominant va yondosh konseptlami izlash maqsadga muvofiq. Bundan kelib chiqib, misol tariqasida “Oila” konseptini olib qarasak, barcha millatlar va elatlar lingvomadaniyatida bu so‘z “qondoshlik, qarindosh urug‘chilik” ma’nolarida namoyon bo‘ladi. Oila konseptosferasi tizimida ota-onaning farzandlariga isbatan ishlatadigan so‘zlar “bolam, jigarbandim, mehribonimjoychog‘im, jujuqlarim, oppoq qizim, usta o‘g‘lim, askar bolam” kabi konseptlami, oila a’zolarining o‘zaro muloqotida esa oyim, dadam.akam, ukalarim, opam, singillarim, qarindoshlarim” kabi konseptlami birlashtira olamiz va bir butun oila haqida umumiy hulosalarga ega bo‘laolamiz.

    Yuqorida keltirilgan misollardan ko‘rinib turibdiki, konsept bu tushuncha, tasavvur, ma’no va shu kabi mental hosilalami tildagi o‘mini belgilamaydi ya’ni huddi M.V.Pimenova ta’rif berganidek: “konsept bu emik darajadagi til birligi bo‘lib, fonema, leksema, morfema va boshqalar

  • 23Декабрь 2020 10-қисм Тошкент

    bilan solishtiriladi hamda etnik bosqichda signifikat (tushunchaning tarkibi va sig‘imi) leksik ma’no va so‘zning ichki tarkibi yordamida namoyon bo‘ladi”fikrlari misollarimiz dalilidir.[2:26]

    Konsept qo‘llanishiga ko‘ra:1. Bilimlar majmuini tashuvchi lisoniy birlik.2. Milliy-madaniy semasi asosida baholanuvchi lisoniy birlik.3. Pragmatik sistema ko‘rinishida ishlatiladi.Uning tashuvchilari esa turli dunyoqarash egalaridir.Konseptning qo‘llanishida albatta til

    yetakchi o‘rinni egallaydi.Til bu inson ongidagi bilimlami aks ettirish manbai bo‘lib, shunga ko‘ra insonlar o‘z til prizmalari orqali dunyoni turlicha ko‘ra olishlari mumkin. Fikr almashinuvining qiyosiy tajribasi bilan konsept mazmunini aniqlash uchun 2ta ijtimoiy tajriba o‘tkazildi. Maqsad lisoniy belgining real konseptualizatsiyasini va etnosotsio konseptlami o‘zbek konseptosferasidagi “Teatr” konsepti orqali solishtirishdir. Shu maqsadda teatrga nisbatan qiziqishi yo‘q odamlar(20ta), teatr fanatlari(20ta) va kun davomida ish faoliyati sahna ustida o‘tuvchi aktyorlar(20ta) til tashuvchilari tashkil etadi. Har uchchala leksik qatlam “Teatr” hususida bir-biridan farqli ta’riflami beradilar.Umuman teatrga, badiiy ijodga qiziqmaydiganlar toifasiga kiruvchi insonlar, “teatr” deganda ko‘z oldilarida faqat “teatr binosi va uning joylashgan landshaftini”namoyon bo‘lishini aytadilar.Ikkinchi toifa teatr fanatlari esa teatmi ma’naviy ozuqa sifatida idrok etadilar. Unda “sahna, sahna pardasi va uning bezati!ishi,o‘rindiqlar, tomoshabinlar va ularning olqishlari, so ’ng esa aktyorlar va ularning harakatlari, ochib berilgan asar mazmuni va uning tarbiyaviy ahamiyati” tushunchalarini bayon qilishadi.Uchinchi toifaga esa biz kun-u tun teatr sahnasida faoliyat yurituvchi aktyor va aktrisalami teatr haqidagi tushunchalarini kiritdik. Ular fikricha teatr bu : “Ibratxona”, tomoshabinlar esa “Oily hokum”. Ular “Teatr -bu turli qatlamdagi insonlarga ко ’p qirrali, sermazmun asarni goh kuldirib, goh yeg ’latib, ularga jonli obrazJari orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir qila olish va asar mazmunidan kelib chiqqan holda hayotsaboqlaridan dars berish” tushunchalarini ilgari surdilar. Tilshunoslikda teatr konseptining qurilishi quyidagi tushunchalarni o‘z ichiga oladi: “Hordiq chiqarish uchun mo‘ljallangan jonli obrazlarda ifoda etilgan tarbiyaviy hususiyatlarga ega bo‘lgan ma’naviy ozuqa manbai, badiiy ijodkorlik”. Agar “Teatr” konseptining tarixiga nazar soladigan bo‘lsak, uning miiliy-madaniy konseptlardan ekanligini bilib olamiz.Dastlabki teatrlar ma’lum mavzuga bag‘ishlangan bo‘lib, asosan bunda qo‘lbola qo‘g‘irchoqlar orqali biror voqea-hodisani teatrko‘rinishida yetkazib berilishini aytishimiz mumkin. Albatta bu o‘sha paytdagi madaniy-ijtimoiy sharoitdan kelib chiqqan holda muhtoj qatlamning zodagonlar ustidan hazilomuz tarzdao‘z noroziliklarini ifoda etish usullaridan biri bo‘lgan desak, hato qilmagan bo‘lamiz.

    Etnosotsiomadaniy konseptlar turli til tizimlari birliklarida yoki biror ijtimoiy til tarkibida bo‘ladi. Yani ular bir kasb maydonidagi inson harakterini aks ettiruvchi konseptlar, hususan ma’lumotlarni o‘z ichiga oluvchi unsurlar tarkibida bo‘ladi.Fikrlarimizga hulosa qilib aytishimiz mumkinki, konsept bu - ong birligidir. Inson har qanday sharoitda yashamasin unda biror bir konsept haqida tushuncha paydo bo‘lishi uchun albatta qandaydur unsur turtki bo‘ladi. Va insonning shu sohadagi qiziqishlari esa uning ongidagi konseptosferani yanada kengaytiradi yoki umuman toraytirib yuboradi. Hozirdajahon tilshunosligida katta qiziqishlar bilanizlanilayotgan va rivojlanib borayotgan bu soha hali to‘lig‘icha o‘rganib ulgurilmaganbo‘lib, hatto konsept mohiyatini yorituvchi lug‘atlar ham tuzib chiqilmagan. Mazkur masalani kengroq va batafsilroq yoritish esa kelajakda o‘z tadqiqodchilarini kutmoqda.

    Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:1. Yusupov O‘.Q. Konsept va lingvokulturema atamalari hususida.-T., 2007.-B.10.2. Пименова М. В. Концептуальные исследование и национальная ментальность. -

    Кемерово, 2011. №4.с.28.3. Сафаров Ш. Когнитив лингвистика. Жиззах: Сангзор, 2006. -Б. 28.4. Фрумкина Р. М. Самосознание лингвистики - вчера и завтра. - Т,1999.с.58.

  • 24Декабрь 2020 10-қисм Тошкент

    TA’LIM JARAYONIDA ZOOM DASTURI IMKONIYATLARIDAN FOYDALANISH.

    Badalov Azamat Obil o‘g‘li,Boyovut tumani 7-sonli umumiy

    o‘rta ta’lim maktabining informatika fani o‘qituvchisi

    Annotatsiya: Internet tizimi va AKT imkoniyatlaridan masofaviy ta’limda foydalanish uchun avvalo bunday vazifalarni bajara oluvchi dasturlarni o‘rganib chiqib, amaliyotda qo‘llay olishimiz kerak. Zoom dasturi ko‘p imkoniyatli shunday dasturlardan biri bo‘lib, undan masofaviy ta’limni tashkil etishda foydalansak yuqori samaradorlikga erishishimiz mumkin.

    Kalit so‘zlar: zoom, masofaviy ta’lim, internet, akt, kompyuter, telefon, dastur, mobil qurilmalar, axborot, kommunikatsiya vositalari.

    Jahonda koronavirus pandemiyasi yoyilishi bilan bog‘liq favqulodda voqealar ta’lim muassasalari, o‘qituvchilar zimmasiga ham mutlaqo yangi vazifalar yukladi. Qisqa muddatda ta’lim muassasalarida ham texnik jihatdan, ham dasturiy ta’minot va resurslarni shakllantirish bo‘yicha katta hajmdagi ishlar amalga oshirildi. Respublikamizda o‘quv jarayonini uzluksizligini ta’minlash hamda o‘quvchilarning bilim olish faoliyatini masofadan turib metodik qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2020 yil aprel oyidan masofaviy ta’lim platformalari ishga tushirildi.

    Masofaviy ta’lim - axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va ilmiy asoslangan o‘qitish usullarini qo‘llab ta’lim olish shaklidir. O‘qitishning bu shaklida ta’lim jarayoni ta’lim oluvchilarga mos o‘quv predmetini erkin tanlash, o‘qituvchi bilan muloqat qilish sharoitlarini ta’minlaydigan an’anaviy, zamonaviy axborot-telekommunikatsiya texnologiyalariga asoslanadigan, o‘qitish jarayonida o‘quvchining qayerdaligi va vaqtga bog‘liq bo‘lmagan holda amalga oshiriladi. Masofaviy ta’limning samaradorligi ko‘p jihatdan o‘quv materialini to‘g‘ri tashkil etishga bog‘liq. O‘quv materiali o‘qituvchi va ta’lim oluvchilar hamda ta’lim oluvchilararo hamkorlikning qanday tashkil etilganidan kelib chiqib tuziladi. Masofaviy ta’limning o‘ziga xos jihati ham ta’lim oluvchilarga mustaqil bilim olish imkoniyati berilishidir. Masofaviy ta’lim jarayonida ta’lim oluvchilar barcha turdagi axborot-kommunikatsiya vositalardan keng foydalanadilar va bu albatta zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar yordamida amalga oshiriladi.

    Masofaviy ta’limda o‘quv jarayoniga tegishli bo‘lgan barcha komponentlar (maqsad, mazmun, metod, tashkiliy shakl, o‘qitish vositalari va hokazo) internet texnologiyasining texnik va dasturiy vositalari bilan amalga oshiriladi.

    Zoom — videokonferentsiyalar, onlayn-uchrashuvlar va maktab o‘quvchilarini masofadan o‘qitishni tashkil qilish uchun mo‘ljallangan tizim hisoblanadi. Zoom dasturini kompyuterlarga(1-rasm) yoki mobil qurilmalarga(2-rasm) o‘rnatib videokonferentsiyalarni har qanday foydalanuvchi tashkil qilishi mumkin. Dastur tekinga foydalanish uchun 40 minut davomiylikdagi video konferentsiya o‘tkazish imkonini beradi. Pullik tarif evaziga esa cheklanmagan davomiylikdagi konferentsiyalarni barcha o‘lchamlarda va qatnashchilari soni esa 100tani tashkil qilish mumkin bo‘ladi.

    1-rasm. 2-rasm.

  • 25Декабрь 2020 10-қисм Тошкент

    Dastur individual va guruhli mashg‘ulotlar uchun juda mos kelib, o‘quvchilar kompyuter orqali, planshet orqali va xatto telefon orqali foydalanishlari mumkin. Uning yordamida tashkil qilingan videokonferentsiyalarga taklif havolasiga yoki konferentsiya identifikatoriga ega har qanday foydalanuvchi bog‘lanishi mumkin. Onlayn darslarni oldindan rejalashtirish, shuningdek takrorlanuvchi havolalar ham qilish mumkin bo‘lib, bu esa ma’lum vaqtda doimiy takrorlanuvchi darslarga bitta havola orqali kirish imkonini beradi. Dasturning imkoniyatlarini umumlashtiradigan bo‘lsak ular quyidagilardan iborat:

    - yuqori darajadagi aloqani tashkil qilish mumkin bo‘lib platformaning kamchiliklari ko‘zga tashlanmaydi;

    - har bir qatnashchi bilan video va audio aloqani tashkil qilish va uni boshqarish mumkin. Tashkilotchida mikrofon va video uzatishni yoqish yoki o‘chirish imkoniyati mavjud bo‘lib shu bilan birga barcha qatnashchilardan shu imkoniyatlarni faollashtirishni yoki aksincha o‘chirishni so‘rashi ham mumkin.

    - konferentsiyaga faqat ko‘rish huquqi bilan ham tashrif buyurish mumkin;- boshqalar bilan ekranni (screensharing) va xatto tovushni bo‘lishish imkoniyati mavjud.

    Ekran demonstratsiyasini pauza rejimiga qo‘yish mumkin.- ekranni bo‘lishish bilan birga alohida ilovalarni ham uzatish mumkin, masalan, brauzer

    namoyishini yoqish mumkin. Sozlamalar orqali barcha qatnashchilarga o‘z ekranini boshqalar bilan bo‘lishish imkoniyatini berish yoki faqat tashkilotchi tomonidan cheklashlar kiritilishi mumkin;

    - platforma ichiga interaktiv doska o‘rnatilgan bo‘lib uni osongina ekrandemonstratsiyasiga uzatish mumkin bo‘ladi;

    - platformada chat mavjud bo‘lib uning yordamida barchaga yoki tanlangan o‘quvchiga xabar yozish, fayl jo‘natish mumkin. Chatni avtomatik ravishda saqlaydigan qilish mumkin yoki zarur bo‘lganda har bir konferentsiyada qo‘lda saqlaydigan rejimga o‘tkazib qo‘yish mumkin (Чат→Подробнее→Сохранить чат);

    - darsni yozib olib uni kompyuterga ham shuningdek bulutli texnologiyalarga ham saqlash mumkin. Yozishni avtomatik tarzda yoqishga sozlash, shuningdek, uni pauzaga qo‘yish mumkin.Konferentsiya vaqtida yordamchi tashkilotchini belgilash mumkinki u tashkilotchining vakolatlarini va imkoniyatlarini qo‘lga kiritadi: alohida o‘quvchilarni mikrofonini yoqish yoki o‘chirish, qayta nomlash va xonalarga bo‘lib tashlashi mumkin.

    Yuqorida keltirilgan imkoniyatlardan tashqari yana ko‘plab imkoniyatlar mavjudki ular videokonferentsiya ko‘rinishidagi onlayn darslarni yanada samarali o‘tishiga xizmat qiladi. Mamlakatimizda ta’limning yangi bosqichiga o‘tilayotgan hozirgi kunda masofaviy ta’limning samaradorligini oshirish omillari va imkoniyatlari aniqlanib, ular amaliyotga samarali joriy qilinsa ta’lim tizimida ko‘pgina muvaffaqiyatlarga erishiladi.

    Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:1. Abduqodirov A.A., Pardayev A.X. Masofali o‘qitish nazariyasi va amaliyoti. -T.: Fan,

    2009. - 146 b.2. Toshtemirov D.E. Ta’lim portalining tarkibiy tuzilishi va uslubiy ta’minoti. // Kasb-hunar

    ta’limi, 2010. -10-11 b.

  • 26Декабрь 2020 10-қисм Тошкент

    TABIAT DARSLARIDA TABIATNI ESTETIK QABUL QILISH KO‘NIKMASINI SHAKLLANTIRISH ASOSIDA ESTETIK TARBIYALASH.

    Davronova Iroda Abdupattayevna Sirdaryo viloyati Oqoltin tumani

    9-umumta’lim maktabi boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi+99894 657 96 53

    Annotatsiya. Mazkur maqolada boshlang‘ich sinflarda estetik tarbiya berish orqali o‘quvchilarni tabiatga nisbatan estetik didlarini shakllantirish imkoniyatlari misollarda ko‘rsatilib o‘tilgan.

    Kalit so‘zlar: estetik tarbiya, estetik did, tabiat.

    Estetik tarbiya - borliqdagi va sa’natdagi go‘zallikni tushunish, ulardan zavqlanish va uni yaratishga intilishni tarkib toptirishdir.

    Inson har doim go‘zallikka intiladi, undan ma’naviy ozuqa oladi. O‘z hayotini, faoliyatini, turmush sharoitini, o‘zini o‘rab turgan atrof-muhitni go‘zalroq bo‘lishiga harakat qiladi. Bu hol o‘z navbatida uning didini, nozik xis-tuyg‘ularini shakllantiradi.

    Odamlarni o‘ziga rom etuvchi go‘zallik namunalari hayotning turli jabhalarida namoyon bo‘lib, ularni idrok eta bilishga estetik tarbiya katta hissa qo‘shadi. Shuning uchun bolaga juda yoshligidan oilada, maktabgacha tarbiya muassasalarida, ayniqsa maktabda estetik tarbiya alohida e’tibor bilan beriladi. Estetik tarbiya har bir davrda, har bir xalqda turlicha bo‘lsada, uni amalga oshirishning asosiy vositalari, tarbia go‘zalligi, badiy ijod namunalari hamda inson shaxsiyatidagi go‘zallikni sanab o‘tadi. Bu vositalar bir-birini to‘ldirib, boyitib beradi. Barchasidan to‘la bahramand bo‘lgan kishining ma’naviy boy, yuksak didli bo‘lsagina zavqli hayot kechirishi mumkin. Tabiat o‘ziga xos go‘zalliklarga ega bo‘lib, ma’lum qonuniyatlar asosida o‘zgarib, jilolanib turadi. Yil fasllarining almashinuvi tabiatning ranglarini, shakllantirishining, xushbo‘y hidlaru, turli jonzotlarning yoqimli tovushini, inson shuuriga tortiq etadi. Ular har bir kishini baxtiyor poklik, beg‘uborlik olamiga olib kiradi.

    Estetik tarbiyaning yana bir tarbiyasi badiiy ijod namunalari hisoblanadi. Ayrim pedagogik adabiyotlarda badiiy tarbiya deb nomlanib, o‘z ichiga badiiy adabiyotni, musiqa, qo‘shiq va raqs san’atini, teatr va kino san’atini, tasviriy san’atning, haykaltaroshlik, me’morchilik, xalq amaliy san’ati va boshqalarni oladi.

    Bu san’at turlarini yoshlarga estetik tarbiya berishdagi imkoniyatlari cheksizdir. Ayrim san’at asarlarini qiymati dunyoviy boyliklarda nihoyat darajada ustun turganidek,badiy tarbiya ham odamlarning ma’naviy boyishlarida tengi yo‘q ta’sir kuchiga egadir.

    Insonning go‘zallikdan zavqlanish, uni sevish va qadrlash layoqati tug‘ma bo‘lmaydi. Bu layoqat ma’lum bir maqsadda tarbiyalash jarayonida rivojlanib boradi. Umumiy ta’lim maktablarida estetik tarbiya butun ta’lim va tarbiya sistemasiga dahldordir. Bunda san’at vositalariga-rasm solish, musiqa mashqulotlari, ifodali o‘qish, badiiy so‘zga asosiy o‘rin beriladi. Estetik tarbiya uchun sinfdan va maktabdan tashqari ishlarning har xil formalaridan foydalaniladi.

    Biroq maktabdagi estetik tarbiya faqat san’at vositalari yordamida tabiyalash bilan cheklanib qolmaydi. Estetik tarbiya voqelikka estetik munosabatda bo‘lish, jumladan, bevosita turmushdagi go‘zalliklarni idrok etish yo‘li bilan ham olib boriladi. Bolalarda go‘zal qis tuyqularni tarbiyalashda barcha turdagi mehnatga chiroy kiritish katta rol o‘ynaydi.

    Ilqor ish tajribalariga ega bo‘lgan maktab o‘qituvchilari bolalarning butun o‘quv ishi jarayonini estetik ta’sir ko‘rsatish elementlari bilan boyitishning aniq yo‘llarini izlashadi.

    Estetik didni tarbiyalab borish bilan bir qatorda go‘zallik to‘g‘risidagi tushunchalarimizga zid keladigan narsalarning hammasiga turmush va san’atdagi be’manilikka nisbatan murosasizlikni tarbiyalab borishda ham maktabning roli juda katta. Maktabda bolalarning o‘zlari vujudga keltirgan chiroyli ko‘rinish, tartib va ozodalik madaniy yurish turish malakasini qosil qilishga yordam beradi. Bularning hammasi o‘quvchilarning ma’naviy dunyosini boyitadi.

    Tabiatshunoslik kursida estetik tarbiyani yo‘lga qo‘yish uchun ko‘pgina imkoniyatlar bor. ”Jonajon o‘lka tabiati” mavzusi shu jihatdan juda qulay. Bolalar tabiat darslarida tarqatma materiallar bilan ishlash, tabiatga va qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishiga ekskursiyalar vaqtida, o‘quv-tajriba uchastkasida o‘simliklar yetishtirish jarayonida, maktabdagi jonli tabiat burchagida, hayvonlar bilan ishlash davrida tabiat narsalari va hodisalarini diqqat bilan kuzatib boradilar.

  • 27Декабрь 2020 10-қисм Тошкент

    Ular ko‘rgan narsalarining hammasini ushlab ko‘rishga, ko‘zdan kechirib, har tomondan tekshirib chiqishga urinadilar, keyin esa idrok etgan narsalarini yorqin va obrazli qilib ta’riflab berishni o‘rganadilar. Tabiat bilan yaqin aloqada bo‘lish natijasida bolaning emotsional dunyosi boyib bordiki, bu-bilish va e’tiqodlar hosil qilish jarayonini faollashtiradi. Bolalar jonajon o‘lka manzarasini, ba’zi o‘simliklar va hayvonlarning go‘zalligina payqashga, o‘simliklarning muattar hidini sezishga, qasharotlar va qushlar ovozini eshitishga, tabiatdagi uyg‘unlikka nazar solishga asta-sekin o‘rganib boradilar.

    ”Odam organizmi va uning soqligini saqlash” mavzusida estetik tarbiya uchun kattagina imkoniyatlar bor. Bu mavzuning asosini gigienaga doir materiallar tashkil etadi. Hamisha o‘zini ozoda tutib, toza kiyim kiyib yuradigan, qaddi qomati raso odamning nechoqlik go‘zalligi, kishi sog‘lom bo‘lishi va tishini hamisha toza tutishi qanchalik chiroy berishiga; ozoda, yorug‘, toza binoda ishlash qanchalik ko‘ngilni ochishiga bolalar diqqatini jalb etish muhim. Bolalar ovqatlanish gigienasi bilan tanishar ekanlar, dasturxon atrofida o‘zini tutish madaniyatini ham bilib oladilar. Estetik did-zavqni tarbiyalashda chiroyli qilib dasturxon tuzash va ovqatni chiroyli qilib suzish katta rol o‘ynaydi.

    Xulosa shuki, estetik didni shakllantirish asosida o‘quvchilarda go‘zallikni his etishga yo‘naltirish eng muhim vazifalarimizdan biridir.

    Foydalanilgan adabiyotlar1. A.K.Munavvarovning taxriri ostida. “Pedagogika“ T-19962. Bahromov A, Sharipov Sh, Nabiyeva M “Tabiatshunoslik” darsligi 3-sinf T-2019.

  • 28Декабрь 2020 10-қисм Тошкент

    BOSHLANG‘ICH SINFLARDA NUTQIY XATOLAR USTIDA ISHLASH YO‘LLARI

    Hamidova Firuza Abdurashidovna Sirdaryo viloyati Boyovut tumani

    6-umumta’lim maktabi boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi+998995308059

    Annotatsiya. Mazkur maqolada boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilar nutqida uchraydigan xatolar: lug‘aviy-uslubiy, morfologik- uslubiy, sintaktik-uslubiy xatolar va ularni to‘g‘rilash yo‘nalishlari haqida so‘z yuritilgan.

    Kalit so‘zlar: nutqiy xato. lug‘aviy-uslubiy xato, morfologik- uslubiy xato, sintaktik-uslubiy xato.

    Nutqiy xatolarga noto‘g‘ri (noo‘rin) tanlangan so‘zlar, noto‘g‘ri tuzilgan gaplar, morfologik shakllarni noto‘g‘ri ishlatish kiradi.

    Boshlang‘ich sinflarda bunday xatolar ustida ishlash ancha qiyin, chunki ularni to‘g‘rilash va oldini olish uchun ona tili dasturida berilgan qisqa nazariy ma’lumot yetarli emas. Bolalar nutqini takomillashtirish ustida rejali, muntazam ish olib borish uchun asosiy nutqiy xatolar turini bilish zarur. Bunday nutqiy xatolarni o‘rganish, shuningdek, ularning kelib chiqish sabablarini tekshirish xatolarni to‘g‘rilash va oldini olish uchun zamin hozirlaydi.

    Nutqiy xatolar uch turga ajratiladi: lug‘aviy-uslubiy, morfologik- uslubiy, sintaktik-uslubiy.Boshlang‘ich sinflarda lug‘aviy-uslubiy xatolar ko‘proq uchraydi. Bunday xatolarga quyidagilar

    kiradi:1. Bir so‘zni qayta-qayta ishlatish. Bunday xatoning kelib chiqishiga sabab, birinchidan,

    o‘quvchi so‘zni ishlatishga kam e’tibor beradi va faol lug‘atidagi so‘zdan takroriy foydalanadi; ikkinchidan, o‘quvchining so‘z boyligi kam, ma’nodosh so‘zlarni bilmaydi, takrorlanadigan so‘zlar o‘rniga olmoshlardan foydalana olmaydi.

    Agar o‘qituvchi bir so‘zni qayta-qayta ishlatmaslik uchun uning ma’nodoshlaridan yoki shu so‘z o‘rniga olmoshlardan foydalanish kerakligini yaxshi tushuntirsa, kichik yoshdagi o‘quvchi matnni e’tibor bilan o‘qib, takrorlarini nisbatan tez tuzata oladi.

    2. So‘zning ma’nosini yoki ma’no qirrasini tushunmaslik natijasida uni aniq ma’nosida ishlata olmaslik. Bunday xato bolaning nutqi yaxshi rivojlanmaganligi, so‘z boyligining kamligi sababli yuzaga keladi.

    Leksik xatolar xilma-xil bo‘lgani uchun uni to‘g‘rilash va tushuntirish usullari ham turlicha, ammo bunday xatolarning oldini olishning umumiy yo‘li bor: bu yaxshi nutqiy sharoit yaratish, o‘qilgan va qayta hikoya qilingan matnni til tomondan tahlil qilish, matndagi so‘zlarning ma’no qirrasini tushuntirishdir.

    Morfologik-uslubiy xatolarga so‘z shaklini, so‘z o‘zgartuvchi va so‘z yasovchi qo‘shimchalarni noto‘g‘ri qo‘llashdan kelib chiqadigan xatolar kiradi.

    Sintaktik-uslubiy xatolarga so‘z birikmasi va gap tuzishga oid xatolar kiradi. Bunday xatolar juda xilma-xildir.

    Kompozitsion, mantiqiy va dalillarni noto‘g‘ri bayon qilish nutqiy xato hisoblanmaydi.Tipik kompozitsion xatoga insho, hikoya, bayonning tuzilgan rejaga mos kelmasligi, ya’ni

    voqea, kuzatishlarni bayon etishda izchillikning buzilishi kiradi.O‘quvchilar yo‘l qo‘ygan xatolarni guruhlash, ularning turlarini aniqlash va har bir xatoning

    kelib chiqish sabablarini o‘rganish asosida nutqqa oid xatolarni to‘g‘rilash va ularning oldini olish tizimi ishlab chiqiladi:

    1) nutqqa oid xatolarni o‘quvchilar daftarida to‘g‘rilash;2) sinf o‘quvchilari uchun umumiy bo‘lgan nutqqa oid xatolar ustida sinfda ishlash (buning

    uchun darsning 15-20 minutlik qismi ajratiladi va tekshirilgan insho va bayon tahlil qilinadi, o‘quvchilarning yo‘l qo‘yilgan xatoni mustaqil ravishda topishga va uni to‘g‘rilashga imkon beriladi);

    3) ayrim individual xatolar ustida darsdan tashqari vaqtda ishlash, xatoni topish, tushuntirish va to‘g‘rilash;

    O‘quvchilar og‘zaki va yozma nutqida yo‘l qo‘ygan nutqiy xatolarni o‘z vaqtida to‘g‘rilab borish zarur. O‘quvchi yo‘l qo‘ygan xatosining to‘g‘ri variantini o‘zlashtirsin, imkoni bo‘lsa,

  • 29Декабрь 2020 10-қисм Тошкент

    xatoning kelib chiqish sababini tushunsin. Xatoni to‘g‘rilashning eng foydali usuli yo‘l qo‘ygan xatosini o‘quvchining o‘zi to‘g‘rilashi hisoblanadi, agar o‘quvchi xatosini to‘g‘rilay olmasa, uni o‘qituvchi to‘g‘rilaydi. Xato turiga qarab to‘g‘rilanadi: gap yoki so‘z birikmasi qayta tuziladi, so‘z boshqasi bilan almashtiriladi, zarur so‘z qo‘shiladi, ortiqchasi ustidan chiziladi.

    Insho yoki bayonni tahlil qilish darsida xatolar ustida ishlash maqsadi uchun darsning ikkinchi qismi – 20-25 minuti ajratiladi. O‘qituvchi o‘quvchilar insho yoki bayonni qanday yozganlari haqida qisqa tushuncha berib, eng yaxshi yozilgan matnni o‘qib beradi, mazmundagi, mavzuni yoritishdagi kamchiliklar, imloviy va nutqiy xatolar aniqlanadi. Yo‘l qo‘yilgan xatoni to‘g‘rilash yo‘li tushuntiriladi. Shundan so‘ng xato ustida birgalikda ishlanadi: o‘qituvchi yo‘l qo‘yilgan xatoning bir turini to‘g‘rilash yuzasidan topshiriq beradi: «Noo‘rin ishlatilgan so‘zni boshqasi bilan almashtiring». Xatosi bor matnni o‘qib yoki yozib beradi, o‘quvchilar yo‘l qo‘yilgan xatoni topadilar, maqsadga muvofiq so‘z bilan almashtirib, uni to‘g‘rilaydilar va tushuntiradilar.

    Xulosa shuki, ayrim o‘quvchilar yo‘l qo‘ygan individual xatolar darsdan tashqari vaqtda, qo‘shimcha mashg‘ulot jarayonida to‘g‘rilanadi. O‘quvchi bilan individual suhbatda ham, sinfda jamoa bo‘lib ishlash jarayonidagi kabi bolalarning aqliy faolligiga, ya’ni u xatosi nimadaligini tushunibgina qolmay, balki uni to‘g‘rilashi va tushuntirishiga erishish muhimdir.

    Foydalanilgan adabiyotlar.1. K.Qosimova va b.q. Darslik “Ona tili o‘qitish metodikasi”. T-2009.2.U. Masharipova va b.q. Ona tili “4-sinf o‘qituvchilari uchun ilg‘or pedagogik va axborot

    kommunikatsiya texnologiyalarini amaliyotga joriy etish bo‘yicha metodik qo‘llanma T-2017.

  • 30Декабрь 2020 10-қисм Тошкент

    O‘QUVCHILAR MANTIQIY FIKRLASH QOBILIYATLARINI O‘STIRISHDA MASALA TURLARIDAN FOYDALANISH USULLARI

    Haydarova Muhtaram Ravshanovna Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumani

    7-umumta’lim maktabi boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi+99897 7553940

    Annotatsiya. Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf matematika darslarida sodda va tarkibli masalalar yechishda sahnalashtirilgan, ko‘rgazmali masalalarni o‘rni misollarda ko‘rsatilib o‘tilgan.

    Kalit so‘zlar: sahnalashtirilgan, ko‘rgazmali masala.

    Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini matematika darslarida fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishda turli masalalarning o‘rni katta. Biz quyida ana shunday masalalarning ayrim turlariga to‘xtalib o‘tamiz.

    Sahnalashtirilgan masalalar. Sahnalashtirilgan masalalarga katta e‘tibor beriladi. Bu masalalarda bolalarning kuzatgan, ko‘pincha o‘zlari bevosita bajargan harakatlari aks ettiriladi. Bu erda savolga javob berish emas, balki bu berilgan sonlar ko‘rgazmali asosida ko‘rinib turishi mumkindir. Birinchi sinf bolalari ko‘pincha masalani yechishni bilmaydilar, chunki ular u yoki bu harakatni ifodalovchi (sarf qildi, bo‘lishib oldi, sovg‘a qildi va hakozo) so‘zlarning ma‘nosini tushunmaydilar. Shunning uchun maktabda, tayyorlov guruhida u yoki bu harakatni ifoda etuvchi so‘zlarni mazmunini ochib berishga alohida e‘tibor berish kerak. Shu maqsadda masala asosiga qanday amaliy harakatlarni kiritish zarurligini hisobga olish kerak. Bunda qarama- qarshi harakatni: keldi-ketdi, yaqin kelishdi-uzoqlashdilar, oldi-berishdi, ko‘tarishdi-tushirishdi, olib kelishdi - olib ketishdi, uchib ketishdi nazarda tutuvchi yio‘indi va qoldiqni topishga oid masalalarni taqqoslash maqsadga muvofiqdir.

    Ko‘rgazmali masalalar. Dastlab bolalarga mavzu mazmuni to‘g‘risida gapiriladi, hamda berilgan sonlar tasvirlangan rasmlar ko‘rsatiladi. Rasm bo‘yicha birinchi masalani o‘qituvchining o‘zi tuzadi. U bolalarni rasmlarni ko‘rib chiqishiga, berilgan sonlarni hamda miqdoriy munosabatlarning o‘zgarishiga olib kelgan hayotiy harakatlarni ajratib olishga o‘rgatadi. Masalan, rasmda 5 ta shar ushlagan bola tasvirlangan, u 1 ta sharni qizchaga bermoqda. Rasmni ko‘zatayotib o‘qituvchi: Bu erda nima tasvirlangan? Bola nima ushlab turibdi? Unda nechta shar bor? U nima qilmoqda? Biz nimani bilamiz? Masalani shartini tuzing. Nima haqida so‘rash mumkin? deb so‘raydi. O‘qituvchi berilgan sonlarni o‘zgartirib, bolalarni ayni bir mavzuda har xil mazmundagi yig‘indi va qoldiqni topishga oid masalalarni o‘ylab topishga, hikoya qilishga o‘rgatishda foydalanadigan hohlagan mazmundagi rasm asosida masala tuzishga undaydi.

    Matematik masalalar sodda va murakkab masalalarga ajratiladi. Bitta amal bilan yechilishi mumkin bo‘lgan masalalarga sodda masalalar deyiladi. Bir nechta sodda masalalardan tuzilgan va shu sababli ikki yoki undan ortiq amallar yordamida yechiladigan masalalarga murakkab masalalar deyiladi.

    Masalan: daraxt shoxida 6 ta qush bor edi. Ulardan 2 tasi uchib ketdi? Bu ma